OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAbdugʻani Abduvaliyev
Asar nomiSharh (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Abdugʻani Abduvaliyev
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/06/19
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Sharh (hajviya)
Abdugʻani Abduvaliyev

Sharvonbining darvozaxonasi naq internetning oʻzi. Nafaqat shahar va viloyat, balki butun mamlakat, hatto jahon miqyosidagi yangiliklar ham shu markazdan tarqaladi. Sharvonbi xontaxtani darvoza ostonasiga qoʻyib, savdoni boshlashi bilan bekorchi qoʻshni xotinlar ham goʻsht hidini sezgan aridek birin-ketin inlaridan chiqib, shu yerga toʻplanishadi va «infonyus», ya’ni yangi axborotlar olib, mahallaga tarqatishadi. Ular axborotni tomdan tarasha tushgandek emas, balki gapni uzoqdan aylantirib, shoshilmay olishadi. Ana shunday axborot almashuvlardan birini bir qitmir qoʻshni diktofonga yozib olgan ekan, eriga qoʻyib berdi va gurungni ora-chora sharhlab turdi.
— Ha-a, Sharvonbi, tuzukmisiz, bugun yomgʻir yogʻadi shekilli, kechasi bilan belim ogʻrib chiqdi.
— Bu — Qoʻzivoy qoʻtirning xotini, — izoh berib quydi «sharhlovchi».
— Ob-havoning ham tuturigʻi qolmadi, odamlarga oʻxshab, — dedi Sharvonbi.
— Hay, ikkovinglar boshni boshga qoʻyib nimani muhokama qilyapsizlar? — degan tovush eshitildi.
— Bu — Sharofat shallaqi, dajjolning oʻzi, — deb qoʻydi «sharhlovchi».
— Men ham optumdan mayda-chuyda obkelib sotaymi? — soʻradi Sharofat saqichini qarsillatib.
— Bir edi moyam, ikki boʻldi... Qorasuvga qatnab turganingiz ham yetar, — dedi Sharvonbi qoshini chimirib.
— Hay, bu gaplarni qoʻying, anavi boʻshabdimi? — soʻradi Qoʻzivoyning xotini amaldorlardan birining nomini tilga olib.
— Ana, boshlandi, — deb qoʻydi «sharhlovchi».
— Koʻtarilib ketibdi, yer yutgur.
— E, xudo koʻtarsin. Oʻziyam tuvagi tilladan boʻlib ketuvdi.
— Oʻrniga kim boʻlarkin?
— Hammasi bir goʻr, sizga baribir emasmi?
— Mana, mendan soʻrang, oʻrniga Eshmat boʻladi.
— Toshmat boʻladi, deyishgan edi-ku?
— Toshmatdan oldin Eshmat otini qamchilab qolibdi.
— Endi hammani shilarkan-da...
— Anavi kelinchak, Saboxonning kelinimi?
— Ha. Buyam kekkayib ketdi.
— Charm palto kiyib olibdimi?
— Har bitta kasaldan besh mingdan olaversin-chi. Charm paltoni u kiymay, men kiyaymi?..
— Toʻpaxon nechta savat qilibdi?
— Oʻzi oʻnta savatni hammadan qarz olib zoʻrgʻa qildi. Boʻyniga tros taqqaniga oʻlaymi? Sichqon sigʻmas iniga, gʻalvir bogʻlar dumiga.
— Masturaning qizi chala tugʻib quyibdi, eri narkoman ekan. Mening oʻgʻlimni aroqxoʻr, deb yomonlagan edi. Battar boʻl, yer yutgur!
— Ha-y, kim qilmagay, kim tortmagay... Menga qarang, anavi poʻnqa xotinini ustiga bitta gʻarni olvolganmish.
— Rostdanmi? Kim aytdi?
— Men yerning tagida ilon qimirlasa bilaman. Mikrorayondan dom olib bergan ekan, xotini bilib qolib, rosa janjal boʻlibdi...
— Yolgʻon, — dedi «sharhlovchi» atrofga olazarak qarab.
— Qatiq ivitib qoʻydingizmi, qoʻshni?
— Pismiq kelinim sutning hammasini «Nestle»ga topshirvoribdi...
— Allaqaydan kuyindining isi kelyaptimi? Voy, esim qursin! Qozonning tagiga olov yoqib chiquvdim, yogʻim kuyib ketdi!..

«Sharhlovchi» diktafonning tugmasini bosdi va izoh berdi:

— Bularning qozoni har kuni oʻt oladi, lekin hech narsa boʻlmaydi.