OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAbdujabbor Umarov
Asar nomiDivanning ustasi kim (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Abdujabbor Umarov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/06/19
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Divanning ustasi kim (hajviya)
Abdujabbor Umarov

Orzu qilmagan, qilmaydigan odam boʻlmasa kerak. Kichkinaligimda ba’zi kunlari maktabga bormasam, deb orzu qilardim. Orzuimga yetib, maktabni oʻn besh yilda tugatdim.

Men-ku orzuimga vaqtida erishdim, ammo Eshmat bobo buning uchun qirq yil sabr qilibdilar-a.

...Mebel magaziniga tasodifan kirib qoldimu, toʻpolonning ustidan chiqdim. Oʻshi oltmishlardan oshgan, qindagi pichoqni bir qoʻlida ushlab, ikkinchi qoʻli bilan nozikkina sotuvchini yoqasidan boʻgʻib bir gapni takrorlardi.
— Aytasan, shu divanni yasagan ustani aytasan, menga roʻpara qilasan, oʻsha qiztaloqni.
— Xoʻp, aka, jon aka, oʻzim importniysidan oʻyingizga oborib beraman, qoʻyvoring, odamni qoʻrqitmang, — deb yalinardi jon holatda tipirchilayotgan sotuvchi.
— Noinsof, shuni buyum deb sotdingmi, a, xotinimni xarob qilding-ku.

Bir amallab sotuvchini oqsoqolning changalidan qutqarib nima gapligini soʻradik.
— Jon, uka, siz tushunadigan yigitga oʻxshaysiz. Men dehqon odamman. Oltita farzandimni katta qilib, oʻgʻillarni uylantirib, qizlarni uzatdim. Qirq yil xotinim bilan divan qurgʻurga yetolmadik. Qachongacha polga joy solib yotib yuramiz deb, orzumand boʻlib mana shu magazindan divan sotib oluvdim. Men manavi chillashirga iltimos qildim, uka, men toʻqson kilodan oshiq tosh bosaman, yangangiz ham sizdan uch barobar ogʻir boʻlsa kerak, menga baquvvatrogʻidan bering, degandim. Bu pandavaqi menga sotgan divanni uyga obordim.
— Mana, xotinjon, bundan buyogʻiga koʻrpa sol, koʻrpa yigʻ qilib yurmaysan, — dedim.

Xullas, xotin bilan orzu qilgan divanimizga ham yetdik, deb quvonib yoshlik davrimizni eslashib yotuvdik deng, bir payt, «qars» etib sinib ketsa boʻladimi. Men-ku erkak odamman, unchalik qoʻrqmadim, ammo xotinim tamom boʻldi. Oʻshandan beri gung, gapirolmayapti. Tuzalguncha divanni oʻrniga qoʻymasam, nima degan odam boʻldim...

Toʻplanganlardan kimdir luqma tashladi:
— Divanda chol-kampirdan boshqa hech kim yoʻqmidi?

Chol bamaylixotir javob berdi:

— Oltita nimjon nabiraning ogʻirligi qaerga borardi...