OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Abdul Hamid. Zaifa kim (hajviya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAbdul Hamid
Asar nomiZaifa kim (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Abdul Hamid
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/06/19
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Zaifa kim (hajviya)
Abdul Hamid

Siz ayolni zaifa dedingizmi? Soʻzingizni qaytib oling. Bu borada biroz oʻylab gapirishga toʻgʻri keladi. Yoʻq, men ularni shaxsiy himoyamga olmoqchi emasman. Chunki ular mening himoyamga zor emas. Ammo shunga qaramay, gapingizni qaytib olishingizga toʻgʻri keladi. Nega deysizmi?

Tebsa-tebranmas, dunyoni suv bossa, toʻpigʻiga chiqmaydigan erkaklar ayollarni deb... odamga aylanganlarini eshitmaganmisiz?

Jiyanim bor. Sabrdan keyin tugʻilgan. Bir joyda oʻtirolmaydi. Har kuni uchta paypoq yirtadi. Kutish desa labiga uchuq toshadi. Hech qachon aytilgan vaqtda kelmaydi, kerak payti izlab topolmaysiz. Diplom ishini domlalari auditoriyaga qamab qoʻyib yozdirishgan. Shu jiyanim bir ofatijon tufayli «qolip»ga tushdi-qoldi.

Itdan juda qoʻrqardim. Ishonasizmi, ayol tufayli bu qoʻrquvdan batamom xalos boʻldim. Voqea bunday boʻlgandi. Boʻlajak keliningiz bilan uchrashuvdan qaytayotgan edik. Ka-atta bir kuchuk bola bizga qarab pildirab qoldi-ku! Damim ichimga tushib ketdi. Shu payt yonimdagi xonim itdan qoʻrqqan odamlarni jini suymasligini aytib qoldi. Birdan dadillandim, yonimizdan beparvo oʻtib ketayotgan bechora itni shunday quvladimki, xuddi u odamu men itdek...

Harbiy xizmatdaligimda bir ehtiyotsizlik tufayli xizmatdoshimning oyogʻi lat yedi. Doktorlarga olib borish mening zimmamga tushdi. Borgunimizcha u oh-vohlari bilan hammamizni «qon» qildi.

Tibbiy boʻlimda esa ahvol butunlay oʻzgardi. Baxtimizga bizni shunaqa hamshira qarshiladiki, bemorning yodidan oyogʻi, bizning yodimizdan bemor chiqib ketdi.

Xullas, kelguncha tinimsiz voy-voylagan xizmatdoshimiz uni koʻrib tirjaya boshladi. Hayron qoldim. Nima qilarkin degan oʻyda yaramasning lat yegan oyogʻini joʻrttaga bir-ikki turtib qoʻydim. Ogʻriqqa chidolmay chinqirib yuborishini kutgandim...

Chinqirish qayoqda, qah-qah otib kuladi, ablah. Buyam yetmaganday hamshiraning «koʻp gapirmang urinib qolasiz» degan gapiga iyib, «sizning qoʻlingizda oʻlishgayam roziman» desa boʻladimi!

Gazetadan oʻqib qoldim. Bir ayol oʻgʻlini toptab tashlamoqchi boʻlgan begemotni bir urishda narigi dunyoga ravona qilibdi. Agar u zaifa boʻlsa, shunday bahaybat maxluqqa bas kela olarmidi?

Xullas, ayol — zaifa emas. Zaifa boshqa?

Kim deysizmi? Qoʻying nima qilasiz, gapni koʻpaytirib?!