OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAbdulahad Oʻrmonov
Asar nomiLafzi qaytmagan yigit (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Abdulahad Oʻrmonov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/06/19
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Lafzi qaytmagan yigit (hajviya)
Abdulahad Oʻrmonov

Valijon velosipeddan tushib, endi bozor tomonga burilgan edi, kimdir yelkasiga qoʻlini qoʻydi. Ortiga oʻgirilgandi, qop-qora moʻylovchasi oʻziga yarashgan, bashang kiyingan yigit kulimsirab, ikki qoʻlini choʻzdi:
— E, akaxon, bormisiz? Salom bersak, alik olmaysiz?
— Uzr. Eshitmabman, — dedi Valijon yigitga hayron boqib. — Vaalaykum assalom.
— Siz Payzavodliksiz-a?
— Yoʻq, Axtachidanman. Fayzoboddan keyingi qishloq.
— Xuddi oʻzi. Axtachida sizni koʻrganman. Ukangiz ishlayaptimi?
— Ukam yoʻq, jiyanim bor. Moʻminjon. Ishlayapti... Ha, nimaydi?
— Anovini qarang. Men ukangiz, deb yurarkanman. Ammo-lekin juda bir-biringlarga oʻxshaysizlar. Moʻminjon bilan birga ishlaganman. Xuddi oʻzingiz-a.
— Jiyanim koʻmir omborida qorovul turadi...
— Shu-da... E, Moʻminjon juda ajoyib, bahosi yoʻq, zalatoy. Bir qop yongʻoq, deysiz.

Valijon hamrohiga boshdan-oyoq koʻz yugurtirib chiqdi. «Nega bu yigitni hech koʻrmagan ekanman, — ajablandi u, — basharasi tanishga oʻxshaydi-yu... yoʻq, eslolmayapman».
— Siz ham bozorgami? — dedi Valijon yigitning qoʻlidagi kanistrga ishora qilib.
— Xuddi oʻzi. Siz ja sinchkov ekansiz. Chayqov bozoriga ketayotuvdim, deng. Benziniga qaramagan ekanman, shu yerga kelganda oʻchib qolsa boʻladimi? — yigit yoʻl chetidagi qizil «Jiguli»ga imo qildi. — Kanistr koʻtarib yoʻl chetida ancha turdim. Birontasi hojat chiqaray, demaydi. Oʻzingda yoʻq — olamda yoʻq, deganlari shu-da.
— Endi nima qilmoqchisiz? — dedi Valijon yigitga astoydil achinib.
— Soʻrashga tilim bormay turibdi, — dedi yigit, — lafzim qaytmasin, deyman-da. Bozor orqasida birov benzin sotardi, shunga tezda borib kelsam, degandim.
— Yaqinmi?
— Ana, shundoq bozorning orqasidagi uchinchi uyda.
— Mang, tezroq keling, — Valijon velosipedining rulini unga tutqazdi, — ishim zaril, ammo...
— Zumda qaytaman. Siz mashinaga koʻz-quloq boʻlib turing, xoʻpmi?

Yigit kanistrni rulga ilib, velosipedga chaqqon mindi.

Valijon qancha turdi, yigitdan darak yoʻq. Bir payt qizil «Jiguli» yoniga bir moʻysafid kelganini koʻrdi. Jadallab oʻsha tomonga yurdi. Moʻysafid bamaylixotir mashina eshigini ochdi, yukxonaga qogʻoz xaltadagi xarajatini joyladi.
— E, toʻxtang, — dedi halloslab yetib kelgan Valijon. — Togʻa, benzin topildimi? Oʻgʻlingiz qani?
— Ha, birodar, sizga nima boʻldi? Qanaqa benzin? Meni kimgadir oʻxshatyapsiz, shekilli?
— Siz... siz...
— Ishqilib, ichmaganmisiz?
— Haligi kanistr... Yangi velosiped...

Valijon joʻnab ketgan mashina ortidan jovdiragancha qarab qoldi. «Velosiped... kanistr... uchinchi uy...» Valijonning miyasida shu soʻzlar uzoq vaqt bir-biriga navbat bermay aylandi.