OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAbdulhamid Choʻlpon
Asar nomiChopon va paranji (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/jadid adabiyoti
Boʻlimlar
   - Jadidizm
Mualliflar
   - Abdulhamid Choʻlpon
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/05/30
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Chopon va paranji (hikoya)
Abdulhamid Choʻlpon

Shaharning dilrabo, chiroyliq bogʻlarigʻa kirar edim.

Kirar edim men bir vaqtlar shaharning dilrabo bogʻlariga.

Kalta, ixcham pichimlik kiyimlar kiygan ozoda yigitlar, kelishgan, koʻklam tuslik va tortqich ranglik koʻylak kiygan qizlar...

Kelishgan qizlar, ozoda yigitlar u yoqdan-bu yoqgʻa asta-asta bosishib oʻtalar, oʻtalar edi qoʻltiqlashib...

Ixcham kiyimlik, katta-katta kelishgan tugmalik yigitlar va hirs qoʻzgʻatquchi koʻylak kiygan qizlar orasida uzun choponlik, ola-bula belbogʻliq yakka-yakka yigitlar ham uchrab qolurlar edi...

Uchrab qolurlar edi shunda uzun-uzun, ola-bula choponlar...

Bir vaqtlar boʻldikim, choponlarni ul bogʻlargʻa qoʻymas boʻldilar.

Bir vaqtlar boʻldi kim, shaharning dilrabo boqchasi ola-bula choponni koʻrushdan mahrum qoldi...

Choponni, choponliklarni kursilarga oʻlturgʻuzmay, bogʻlargʻa kirgʻuzmay qoʻydilar...

Choponni shaharning dilrabo bogʻidan haydadilar, quvdilar...

Choponni mahkamalarga, «oliy ostona»larga kirgʻizmadilar, qoʻymadilar...

Siz bizning poytaxtimizgʻa boring. Taassub xazinasi deb ayblangʻon soddadillardan boshqada chopon qolmadi...

Qolmadi chopon ozoda zamona yigitlarimizda... Qator tugmalar, ixcham bellar, chaqkon, kalta kiyimlar bechora choponni «engib» keladar... Hay-hay!

Ey, besh yillik koʻz yoshlari bilan choʻmulgʻon Far-gʻona!

Ey, Turkistonning jannat burchagi boʻlgʻon sodda vodiy!

Sening bogʻlaringda choponning katta hurmati bor.

Chopondan qochqon yigitlarni sen yumshoq, erkalaguchi bagʻringgʻa qabul qilmading.

Sof, boy, koʻm-koʻk bagʻringda chopongʻa issiq joy berding.

Mahkamalaringda chopon yot emas.

Ixcham tugmalar chopongʻa xoʻmraymaylar...

Qurultoylarda boʻldim: qishloq dehqonlari eski choponlarini tashlamagʻonlar. Sening bagʻringgʻa hayot istab kelganlarga qalin chopon kiyub yurub tuygʻazgʻuchi oziq, tot berguchi meva-cheva tayyorlayturgʻon chorikor hali ham chopon orasida...

Chopon orasidadur qishloq dehqonlari...

Chopon bilandur qishloq soddadillari...

Qishloqi dehqon ustidadur alarning hayot berguchi tuproqlarini oʻpgan choponlar...

Hali chopon senda tashlanmagʻon.

Hatto bir vaqtlar choponni tashlab yuborgʻon «mamadana» oʻgʻillar ham yana qaytib chopon olgʻonlar... Chopon «vatandoshliq» qozongʻon!

Dilrabo bogʻchalargʻa kirdim men.

Yuqori osmonlarda yurdim men...

Ola-bula choponlar, uzun-uzun belbogʻlar...

U bilan bogʻchalar ham bulgʻanmagʻon, ostonalar ham kir boʻlmagʻon, madaniyat ham qochib ketmagʻon.

Chopon, eldan quvlanmoqchi boʻlgʻon mazlum, bechora chopon!

Paranjini ham tort yoninggʻa, paranjini ham!..