OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAbdulla Avloniy
Asar nomiMuxtasar tarixi anbiyo va tarixi Islom
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Sotsialist realizm
Mualliflar
   - Abdulla Avloniy
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm22KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/05/30
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi Islom
Abdulla Avloniy

«
Odam alayhissalomdin Muhammad alayhissalomgʻacha arolarinda oʻtgʻan paygʻambarlarning qissalari va zuhuri islom.
Usuli jadidaga muvofiq ravishda maktabi ibtidoiyalarimizning uchinchi va toʻrtinchi sinf shogirdlari uchun tartib berilub, Turkiston shevasinda eng moʻ‘tabar asarlara iktifo qilinub, qisqacha Hazrati Odam alayhissalomdin xilofati roshidin zamonigacha darj qilinub, maydoni intishora qoʻyildi.

Haq ta’bi mahfuzdir
»

Bismillahir rohmanir rohim!

Oyati Karima: Nahnu naqussu alayka ahsanal qasasi bimo avhayno ilayka hazal Qur’ana va in kunta min qablihi laminal gʻofilin (Qur’oni karim. «Yusuf» surasi, 3-oyat.).

Manosi: Yo, Muhammad! Biz Qur’onni senga vahiy qilub, qissalarning goʻzalini hikoyat qilamiz, agarchi biz qissa qilmasdin ilgari bu goʻzal qissalardin xabarsiz boʻlsang ham.

Hazrati Odam Alayhissalom

Janobi Haq olamni bor qilub, Otamiz Odam alayhissalomni loydin yaratub, jon berdi. Farishtalarni Hazrati Odamga sajda qilurgʻa buyurdi. Farishtalar sajda qilub, Iblis sajda qilmadi. Shul sababli Allohu taolo dargohindan quvlanub, mal’un oʻlub, Odam bolalariga dushman boʻldi. Soʻngra Janobi Haq Hazrati Odamning chab qobirgʻalarindin Anomiz Havvoni yaratub, ikkilarini jannatga qoʻyub, «bugʻdoydin yemangiz«, - dedi. Dushman Shayton bir hiyla ila jannatga kirub, vasvasa qilub: »agar bugʻdoydin yesangiz, doim jannatda qolursiz», - deb aldab, ikkilarin ham yedurdi. Shul sababli Janobi Haq alarni jannatdin yerga tushurdi. Hazrati Odam Hindistonga yaqin Sarandib otasiga (yurtiga) Hazrati Havvo Makkai mukarrama yonindagi Jadda togʻiga tushdilar.

Hazrati Odam jannatdin chiqqanlariga koʻb vaqt yigʻlab, qilgʻan gunohlariga tavba qildilar. Haq taolo tavbalarini qabul qilub, «Makkaga bor!» - deb amr qildi. Makkaga borub, Hazrati Havvo ila topishub, birga yashadilar. Anomiz Momo Havvo har tugʻushda bir qiz, bir oʻgʻul tugʻub, faqat Shis alayhissalomni yolgʻuz tugʻdilar.

Qobil Ila Hobil

Odam alayhissalomning Qobil va Hobil ismli ikki oʻgʻillari bor edi. Qobil oʻzi birla tugʻushgan Iqlima ismli singlisini olmoqchi boʻldi. Odam alayhissalom oʻz shariatlari uzra Hobilga bermoqchi boʻlganlarida Qobil rozi boʻlmadi. Odam alayhissalom: «Boʻlmasa, ikkingiz ham Allohu taologa qurbon soʻyingiz, qaysingizni qurboningiz qabul boʻlsa, Iqlimani ul olur», - dedilar. Qurbon soʻydilar. Hobilniki qabul boʻldi. Qobil hasad qilub, Hobilni tosh birla urub oʻldurub, yerga koʻmdi.

Janobi Haq Odam alayhissalomni oʻz bolalariga paygʻambar qilub, oʻn sahifa kitob yubordi. Ming yil yashab, Jum’a kuni vafot boʻldilar. Qabri shariflari Sarandib-dadur. Bir rivoyatda Makkada Abu Qubays togʻindagi gʻorda deyilur. Hazrati Havvo Hazrati Odamdin bir yil soʻngra vafot boʻldilar. Qabri shariflari Jidda togʻindadur.

Hazrati Shis Alayhissalom

Odam alayhissalom vafotlaridin avval Shis alayhissalomni yaxshi koʻrub, barcha bolalariga podshoh qilub qoʻymish edilar. Vafotlarindin soʻng Janobi Haq Shis alay-hissalomga paygʻambarlik berub, ellik sahifa kitob yubordi.

Shis alayhissalom Ka’bai muazzamani tosh va loydin bino qildilar. Allohga osiy boʻlgan Qobilning avlodi birla urushdilar. Odam bolalarindin eng avval qilich bilan urushgan Hazrati Shisdurlar.

Bolalari nihoyatda koʻpaygandin soʻng, toʻqquz yuz oʻn ikki yoshlarinda vafot boʻldilar. Qabri shariflari Makkai mukarrama yoninda Abu Qubays togʻindadur.

Idris Alayhissalom

Hazrati Odam bolalari arosinda toʻgʻri yoʻldin chiqub, butlarga choʻqunmak kabi yamon ishlar koʻpaydi. Haq taolo alarni toʻgʻri yoʻlga solmak uchun Idris alayhissalomga paygʻambarlik berub, oʻttuz sahifa kitob yubordi.

Hazrati Idris qavmlarini toʻgʻri yoʻlga solub, xalqni ulamoga, podshohga, amirga, avomlarga taqsim qildilar. Yer yuzinda avval kiyim tikkan, qalam birla xat yozgʻan Idris alayhissalomdurlar. Bundin avval Odam bolalari hayvon terisiga qoplanub yurur edilar.

Idris alayhissalomga koʻklarning asrori ochilub, Janobi Haq tirik hollarinda yuqori makonga koʻtardi. Ul vaqt uch yuz oltmish yoshda edilar.

Nuh Alayhissalom

Idris alayhissalomdin soʻng Odam bolalari arosinda toʻgʻri yoʻldin chiqub, butlarga choʻqunmak kabi yamon ishlar koʻpaydi. Janobi Haq alarga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatmak uchun Nuh alayhissalomni paygʻambar qilub yubordi.

Hazrati Nuh qavmlarini imonga chaqirdilar. Faqat uch oʻgʻullari ila sakson kishi imon kelturdi. Boshqalariga nasihat qilsalar, izo va jafo qildilar. Alarni imonlarindin umid uzub, jafolariga sabr qilolmay, duoibad qildilar. Duolari qabul boʻlub, Alloh tarafindin «Kema yasa!» - deb vahiy keldi.

Nuh alayhissalom kemani bir xoli yerda tayyor qilgʻanlarindin soʻng toʻfon alomatlari paydo boʻldi. Hazrati Nuh moʻ‘minlarni olub ham har xil hayvonlardin bir juftdin solub, kemaga tushdilar. Yom ismli oʻgʻillari «man togʻga chiqub qutulurman», - deb turgan zamonda bir toʻlqin kelub halok qildi! Butun yer yuzi suv birla toʻldi. Suv baland togʻlardin ham oshub, yer yuzindagi barcha insonlar va hayvonlar halok boʻldilar.

Toʻfon olti oy davom etub, soʻngra suvlar kamaydi. Nuh alayhissalomni kemalari Eronistonda Qorabogʻ degan yerda Judi ismli togʻda toʻxtadi. Kemada uch oʻgʻillarindin boshqa insonlar halok boʻldilar. Hozirgi insonlar Hazrati Nuhning bu uch oʻgʻillarindin tarqaldi. Hom ismli oʻgʻillarindin habash va zanjilar, Som ismli oʻgʻillarindin arab, fors va rum qavmlari, Yofas ismli oʻgʻillaridin turk, totor, moʻgʻul xalqlari tarqaldi. Shuning uchun Nuh alayhissalomni «Ikkinchi Odam» deyilur. Nuh alayhissalom ming yilcha umr koʻrub, toʻfonning uch yuz elliginchi yilida vafot boʻldilar.

Hazrati Hud Alayhissalom

Toʻfondin soʻngra Yaman viloyatida Hazramavt atrofinda Ahqof degan yerda Od qavmi paydo boʻldi. Shaharlarini obod qilub, nihoyatda mahkam imoratlar soldilar. Bu qavm ham toʻgʻri yoʻldin chiqub, butlarga ibodat qildilar.

Janobi Haq bu qavmga Hud alayhissalomni paygʻambar qilub yubordi. Hud alayhissalom qavmlarni imonga da’vat qildilar. Moʻ‘jizalar koʻrsatdilar. Oz kishi imon kelturub, boshqalari shirk va zalolatda qoldilar. Janobi Haq bularning boshiga ochlik balosini yubordi. Uch yil qahatchilik boʻlub, shahar va bogʻlarning suvi toʻxtadi. Xotunlari yetti yil bola tugʻmadi. Barcha hayvonlari oʻlub bitdi. Bularni koʻrub ham imon kelturmadilar. Janobi Haq ul qavmni sarsar ismli shamol birla halok qildi.

Hazrati Hud moʻ‘minlar ila Makkai mukarramaga borub, umrlarini toatu ibodatda kechurdilar. Qabri shariflari Makkai mukarrama shahrindadur.

Hazrati Solih Alayhissalom

Od qavmindin soʻng Shom ila Hijoz orasinda Hajar degan yerda Samud qavmi paydo boʻldi. Bular ham Od qavmi kabi togʻlarni, toshlarni tilub, mustahkam uylar soldilar. Lekin bu qavm ham toʻgʻri yoʻldin chiqib, butlarga ibodat qildilar.

Janobi Haq bularga Solih alayhissalomni paygʻambar qilub yubordi. Solih alayhissalom haq dinga chaqirdilar. Oz kishi imon kelturub, boshqalari kofirlikda qoldilar.

Bir kun mushriklar «paygʻambar boʻlsangiz shul tosh ichindin bolalik teva (tuya) chiqaring», - deb bir katta toshni koʻrsatdilar. Solih alayhissalom duo qildilar. Allohning amri ila ul tosh yorilub, ichidin bolalik teva chiqdi. Kofirlar ul tevaning anosini soʻydilar. Bolasi yana shul tosh ichiga kirub ketdi. Bu moʻ‘jizani koʻrub ham mushriklarning ozlari imon kelturdilar. Soʻngra Janobi Haq ul qavmni koʻkdin bir ovoz yuborub halok qildi. Solih alayhissalom musulmonlar ila Makkai mukarramaga borub, umrlarini toatu ibodat ila oʻtkardilar.

Hazrati Ibrohim Alayhissalom

Hazrati Nuhning bolalari avval Iroq shahrinda turub, soʻngra Frot nahriga yaqin Bobil shahrini bino qildilar. Ichlarindin bir toifa chiqub, Dajla nahri labinda Mavsil shahriga yaqin Ninvo shahrini bino qildilar. Bu qavm Ninvoni poytaxt qilub, koʻb shaharlarni oldilar. Bulardin soʻng Kaldoni degan bir qavm paydo boʻlub, nihoyatda tez quvvat tobdilar. Lekin toʻgʻri yoʻldin chiqub, yulduzlarga ibodat qildilar.

Janobi Haq alarni toʻgʻri yoʻlga solmak uchun Ibrohim alayhissalomga paygʻambarlik berub, oʻttuz sahifa kitob yubordi. Hazrati Ibrohim qavmlarni va Bobil hokimini imonga da’vat qildilar. Namrud Ibrohim alayhissalomga ishonmasdin, bir ulugʻ oʻt yoqdurub, Ibrohim alayhissalomni oʻtga tashladi. Allohu taolo paygʻambarini kuyishdin saqlab, oʻtni bir yaxshi gulzor qildi. Bu moʻ‘jizani koʻrub, ba’zilari imon kelturdilar.

Ibrohim alayhissalom uy ichlarini olub Harron tarafiga, andin Shomga, andin Makkaga borub, oʻgʻullari Ismoil alayhissalom ila Ka’bai muazzamani bino qildilar. Xatna qilmak, tirnog olmak, moʻylab olmak, misvok qilmak, musofirlarni izzat qilmak Hazrati Ibrohimning sunnatlarindindur. Qabri shariflari Quddusi sharifga yaqin Xalil ul-rahmon degan yerdadur.

Hazrati Lut Alayhissalom

Lut alayhissalom Hazrati Ibrohimni qarindoshlaridurlar. Ibrohim alayhissalom ila birga Misrga, andin Shomga bordilar. Falastinga kelganlarida Janobi Haq Sadum xalqiga paygʻambar qildi.

Sadum xalqi bu zamongʻacha Odam bolalari qilmagan fisq-fujurlarni qilur edilar. Lut alayhissalom alarni toʻgʻri yoʻl ila haq dinga chaqirdilar. Yomon ishlarni tashla-turgʻa harakat qildilar. Qavmlari nasihatlariga kuloq sol-may, qabohat va yomon ishlarni qila berdilar. Hazrati Lut Allohga munojot qilub «Yo, Rab! Meni bu zolimlardin qutqar!» dedilar. Janobi Haq ul qavmni boshlariga toshlar yogʻdurub, zilzila birla shaharlarini ostin-ustun qilub, halok qildi.

Lut alayhissalom moʻ‘minlar ila Makkaga borub, Ibrohim alayhissalom yonlarida ibodat ila umr kechurdilar.

Hazrati Ismoil Alayhissalom

Ismoil alayhissalom Ibrohim alayhissalomning oʻgʻillaridurlar. Ibrohim alayhissalomni xotunlari Sora bola tugʻmas edi. Shoyad bolasi boʻlsa deb, Hojar ismli kanizak Ibrohim alayhissalomga berildi. Hojardin Ismoil alay-hissalom tugʻuldilar. Sora bularni koʻrolmadi. «Birga turarga sabrim qolmadi» deb Ibrohim alayhissalomga arz qildi.

Ibrohim alayhissalom Hojar ila Ismoil alayhis-salomni Makkaga eltub qoʻydilar. Ismoil alayhissalom Makkada oʻsdilar. Ul vaqt Yamandin kelgan Jarham kabilasi Makka atrofinda turur edilar. Ismoil alayhissalom alar birla qatnashub, alardin uylandilar. Oʻn ikki bolalari boʻldi. Hazrati Ismoilning tillari ibroniy boʻlsa ham, arabcha soʻzlashurga usta boʻldilar. Shul sababli bu kishining avlodlarini «arabi musta’raba« deyildi. »Arabi musta’raba» aslda arab boʻlmay, arablikni boshqadin oriyat olub arab boʻluvchi degan soʻzdir.

Janobi Haq Ismoil alayhissalomni Yamandagi Amoliqa xalqiga paygʻambar qilub yubordi. Atolarining shariatlari uzra qavmlarini ellik yil imonga chaqirdilar. Avlodlari koʻpaydi. Har yerga borsalar zoʻr boʻldilar. Amoliqa xalqini turgan yerindin quvub chiqardilar. Yuz oʻttuz toʻrt yoshlarinda vafot boʻldilar. Qabri shariflari Hajar degan yerda, anolari Hojar yonindadur.

Hazrati Ishoq Alayhissalom

Hojardin Ismoil alayhissalom tugʻulgan zamonda Sora nihoyatda ma’yus, xafa boʻlmish edi. Shul sababli Janobi Haq qarigʻan vaqtlarida Ishoq alayhissalomni berdi. Ishoq alayhissalom yaxshiliqda, muloyimlikda, koʻrinishda atolariga oʻxshar edilar.

Janobi Haq Shom va Kan’on xalqlariga paygʻambar qilub yubordi. Ishoq alayhissalomning Iyas va Ya’qub ismli ikki oʻgʻullari boʻldi. Iyas Ismoil alayhissalomning qizlarin olub, avlodlari koʻpayub, Rum viloyatina yoydilar. Hozirgi Rum xalqi Iyas avlodindandurlar.

Ya’qub alayhissalom atolarining yurti Kan’onda qolub, laqablari Isroil boʻldi. Shuning uchun avlodlariga «Bani Isroil» deyildi.

Ishoq alayhissalom yuz yigirma yoshlarinda vafot boʻldilar. Qabri shariflari Quddusi sharifga yaqin Xalil ul-rahmon degan yerda, atolari Ibrohim alayhissalom yonlaridadur.

Hazrati Ya’qub va Yusuf Alayhissalom

Hazrati Ya’qubning oʻn ikki oʻgʻullari bor edi. Hammasindin Hazrati Yusufni ortuq suyar edilar. Hazrati Yusuf bir kun tush koʻrub, atolarina «Oʻn bir yulduz, oftob ham oy manga sajda qildi«, dedilar. Hazrati Ya’qub bildilarki, oʻn bir yulduz oʻn bir ogʻalariga, oftob paygʻambarliklariga, oy davlatlariga ishoratdur. »Yusuf, oʻgʻlum. Bu tushingni ogʻalaringga aytma, dushman boʻlurlar, Janobi Haq sanga paygʻambarlik va zoʻr davlat berur», dedilar.

Ogʻalari tushni eshitdilar. Hazrati Yusufga hasad qilub, koʻrolmay, ba’zilari oʻldurmoq, ba’zilari xoli yerga tashlamoq boʻlub, oxirda qirga tashlarga qaror berdilar. Atolarindin «Yusufni ovga olib borurmiz«, deb soʻrab, qirga olib borub bir quduqgʻa tashladilar, yoʻlda bir boʻrini boʻgʻuzlab, qoniga Haz-rati Yusufni koʻylaklarini bulgʻab, atolarigʻa yolgʻondin »Yusufni mollarimiz oldigʻa qoʻyub, ovga ketsak, boʻri yeb ketibdur», deb yigʻlashib keldilar. Hazrati Ya’qub sabr qildilar.

Soʻngra ogʻalaridin birlari Hazrati Yusufga taom olib borsalar, Hazrati Yusufni karvonlar qudukdin chiqaribdur. Bu holni boshqalariga xabar berdi. Kelishib, Hazrati Yusufni «bu bizni qochurgan qulimiz», deb, karvonlarga oz bahoga sotdilar.

Hazrati Yusuf karvonlar bilan birla Misrga bordilar. Karvondin Misrning moliya vaziri Aziz sotib oldi. Farzandi yoʻq, oʻziga oʻgʻil qilmoq boʻlub, xotuni Zulayxoga «bu bolani ikrom qil», deb topshurdi.

Zulayxo Yusuf alayhissalomga oshiq boʻldi. Bir kun bir uyga olib kirub, eshiklarni berkitub, «Qani, tayyor boʻlingiz«, dedi. Hazrati Yusuf »Saqlan! Alloh zolimlargʻa najot bermas», deb qochdilar. Zulayxo Hazrati Yusufni boʻhton ila zindonga soldirdi.

Zindonda ikki kul bor edi. Biri podshohning sharbat-chisi, biri nonchisi erdi. Alar tush koʻrdilar. Ta’birin Hazrati Yusufdin soʻrdilar. Hazrati Yusuf: «Biringiz qutilursiz, ikkinchingiz osilursiz», - dedilar. Aytganlaridek boʻlub, biri qutildi, ikkinchisi osildi.

Hazrati Yusuf zindonda yetti yil qoldilar. Bir vaqt Misr podshohi tush koʻrdi, ta’birchilar ta’birdin ojiz (b)oʻldilar. Shul vaqt sharbatchining yodigʻa Yusuf alayhis-salom tushdi. Borub podshohning tushini soʻradi. Hazrati Yusuf «Misrda yetti yil toʻqlik, yetti yil ochlik boʻlur», dedilar. Bu ta’birlarin podshohga kelub aytdi. Podshoh Hazrati Yusufni oldirub keldi. Bu sabab ila Hazrati Yusuf zindondin chiqub, podshoh ila soʻylashdilar. Bu vaqt Aziz oʻlgan edi. Podshoh oʻrnigʻa Hazrati Yusufni vazir qilub, Zulayxoni nikohlab berdi.

Hazrati Yusufning ta’birlari toʻgʻri keldi. Toʻqlik yilinda amborlarni gʻallaga toʻldurdilar. Ochlik yilinda har tarafdin galla olmak uchun odamlar kela boshladi. Kan’ondin ham Hazrati Yusufni oʻn ogʻalari keldilar. Ogʻalari Yusufni tanimadilar. Hazrati Yusuf ogʻalarini tanidilar. «Qayerdin keldingiz, kimni oʻgʻlisiz, necha qarindoshsiz?« deb soʻradilar. Ogʻalari: "Kan’ondin kelduk, Hazrati Ya’qub oʻgʻullarimiz, oʻn ikki qarindosh eduk, birimiz qirda halok.boʻldi, birimiz atomiz yonlarida qoldi", dedilar. Hazrati Yusuf oʻzlarini bildirmasdin, e’zoz-ikrom ila gʻalla berub, Bin Yamin uchun ham gʻalla berdilar. »Ikkinchi kelishingizda qarindoshingizni kelturingizlar, boʻlmasa, gʻalla bermasman», deb joʻnatdilar.

Ikkinchi kelishlarinda Bin Yaminni olib keldilar. Yusuf alayhissalom Bin Yaminni bir hiyla ila olub qoldilar. Ogʻalari bu holni atolariga borub aytdilar. Atolari sabr qildilar. Oʻgʻullarin yana Misrga yubordilar. Hazrati Yusuf oʻzlarin bu marotabada tonitub, koʻylaklarin berib yubordilar. Atolari judolik otashi birla koʻr boʻlgʻan muborak koʻzlariga surtub edilar, ochildi. Soʻngra Misrga borub, Hazrati Yusuf ila oʻn yetti yil umr kechurub, vafot boʻldilar. Vasiyatlari uza Kan’ongʻa, atolari Ishoq alayhissalomning yonlarigʻa koʻmuldilar. Hazrati Yusuf atolarindin ellik toʻrt yildin soʻngra bir yuz yigirma besh yoshlarinda vafot oʻlub, Misrda amonat qoldilar.

Hazrati Ayyub Alayhissalom

Ishok alayhissalomning Iyas ismli oʻgʻullarining urugʻindin Ayyub alayhissalom tugʻuldilar. Janobi Haq Ayyub alayhissalomga nihoyatda koʻb mol va koʻb farzandlar berdi. Imtihon sinamoq uchun bolalarin oʻldurub, mollarini halok, uylarini xarob qildi. Oʻz jonlariga ham nihoyatda bir yamon kasal berdi. Badanlari erub, kurtlar paydo boʻldi. Tanlarida goʻsht degan narsa qolmadi. Bu balolarning barchasiga sabru tahammul qildilar. Oxirda Janobi Haq shifo berib, salomatlandilar. Allohu taolo mol va farzandlarini avvalgidin ziyoda qilub berdi. Chekkan mashaqqatlarining ajru mukofotini koʻrub, toʻqson yoshlarida vafot boʻldilar. Bu zoti sharifning Bishr isminda bir oʻgʻullari dunyoga kelub, oʻrinlariga paygʻambar boʻlub, bu zot ham tezdin bu dunyodin oxiratga koʻchdilar.

Hazrati Shuayb Alayhissalom

Hazrati Lut alayhissalom avlodindin Shuayb alayhissalom dunyogʻa keldilar. Janobi Haq Madyan va Aykat xalqiga paygʻambar qilib yubordi. Shuayb alayhissalomning tillari shirin, soʻzlari ta’sirlik boʻlsa ham qavmlariga. asar qilmadi. Imon keturmadilar. Janobi Haq Aykat xalqiga issigʻlik yubordi. Issigʻ uch kun turdi, Hamma yilgʻa va buloqlar qaynadi. Soʻngra bir bulut paydo boʻlub, hamma xalq issigʻdin qochub, bulut ostiga yigʻilganlarida ustlaridin bir oʻt paydo boʻlub, halok qildi va Madyan xalqi ham bir ovoz ila halok boʻldilar. Shuayb alayhissalom moʻ‘minlar ila Makkaga borub, qolgan umrlarin ibodatda kechurdilar. Ikki yuz yildin ortugʻroq yashab, vafot boʻldilar.

Hazrati Muso Alayhissalom

Ya’qub alayhissalomning laqablari Isroil oʻlub, avlodlariga Bani Isroil deyilur. Muso alayhissalom Bani Isroildin Imron ismli kishining oʻgʻlidurlar.

Bani Isroil Hazrati Yusuf zamonlarinda Misrga bordilar. Misrning asl xalqi qibtiylar oʻlub, sanamlarga ibodat qilur edilar. Bani Isroilga dushmanlik qilub, haqoratlar ila ogʻir, mashaqqat ishlarni ishlatar edilar. Bobolarining yurti Kan’onga ketar boʻlsalar, yoʻl bermay, asorat zanjirinda tutar edilar.

Bir kun gʻaybdin xabar berguvchilar Misr podshohi (fir’avn)ga «Bani Isroildin bir oʻgʻil tugʻulub, sening davlatingni yoʻq boʻlishiga sabab boʻlur«, dedilar. Fir’avn Bani Isroildin tugʻulgan bolalarni oʻldurmakka buyurdi. Jallodlar axtarub, oʻgʻul bolalarni oʻldira boshladilar. Shul vaqt Muso alayhissalom tugʻuldilar. Anolari qoʻrqub, sanduqgʻa solub: »Alloh hofiz», deb Nil daryosiga otdilar. Oqib borganlarida fir’avnning xotuni Osiyo tutub oldi. Koʻrdiki, chiroylik bir boladur. Yaxshi koʻrub, oʻziga bola qilub oldi. Emizmak uchun sut anolar kelturdi. Hech birin emchagin olmay, oʻz onalarin keturganida emdilar. Anolari oʻzlarin bildurmay, fir’avnning uyinda tarbiya qildilar.

Katta boʻlub, koʻchada yurganlarida koʻrdilarki, qibtiylardin biri Bani Isroil birla urushib turubdur. Muso alayhissalom qibtiyning koʻksina bir musht urganlarida joni chiqdi. Shul tufayli fir’avndin koʻrqub, Madyan shahriga borub, Shuayb alayhissalomning qizi Safurani nikohlab oldilar.

Madyanda oʻn yil turub, soʻngra Misrga uy ichlari ila joʻnadilar. Yoʻlda Tur togʻiga yetganlarida Allohu taolo ila soʻzlashdilar. Aso va yadi bayzo kabi moʻ‘jizalar berdi. Ukalari Horun alayhissalom ila ikkovlarini paygʻambar qildi.

Janobi Haq ikkovlarini Misrda da’voyi xudolik qilgʻan fir’avnni qavmlari ila haq dinga chaqurmakga buyurdi; Misrga borub, fir’avnni imonga da’vat qilganlarida moʻ‘-jiza talab qildi. Asolarini tashladilar. Zoʻr ajdaho boʻlub, fir’avnni taxti ila yutarga harakat qildi. Fir’avn «Yo, Muso! Sabr qilingiz!« dedi. Qoʻlga oldilar. Yana aso boʻldi. Fir’avn bunga ham inonmay, sehrchilarni yigʻub, ajdaholar qildurub, Hazrati Musoni yoʻllariga qoʻydi. Hazrati Muso asoni tashladilar. Yana zoʻr ajdaho boʻlub, sehrchilarning ajdaholarin yutub, yoʻq qildi. Bu moʻ‘jizani koʻrub, barcha sehrchilar imon keturdilar. Fir’avn imon keturmasdin, sehrchilardin gʻazablanub: »Siz Muso ila birlashdingiz, qoʻlu oyoqlaringizni kesub, xurmo shoxlariga osarman», dedi.

Soʻngra Muso alayhissalom Shob dengizining labiga borub, asoni dyongizga urdilar. Suv yorilub, yoʻl ochildi. Bani Isroillar oʻtmakda edilar, Fir’avn ham orqalaridin kelub, daryoga kirdi. Bani Isroil chiqqan zamon yoʻllar bekildi, fir’avn askari birla gʻarq boʻldi. Bu sabab ila Muso alayhissalom dushmanlariga ustun boʻldilar.

Kan’onning katta shaharlari Ariho, Nobilis, Quddus shaharlari boʻlub, Bani Isroilga Arihoga kirmak uchun Jabobira xalqi birla urushmoq lozim boʻldi. Bani Isroil «Jabobira ila jang qilmaymiz», deb ketlariga qaytdilar. Muso alayhissalom duoibad qildilar. Bani Isroil qirq yil Tiya sahrosinda qoldilar.

Qavmlarini Horun alayhissalomga topshirub, oʻzlari Tur togʻiga borub, Janobi Haq birla soʻzlashdilar. Haq taolo Tavrot ismli kitob yubordi. Turda yurganlarida Bani Isroildin Somiriy degan bir buzuq kishi chiqub, Bani Isroilni Horun alayhissalomga boʻyinsundurmasdin, bir buzoq suvratiga choʻqundurdi.

Muso alayhissalom Tavrot ila Turdin kelub koʻrdilarki, Bani Isroil buzoqgʻa choʻqunurlar. Achchigʻlari chiqub, suvratni daryoga otdilar. Qavmlariga Tavroti sharifni oʻrgatub, e’tiqodlarini(ng) mahkam qilganlaridin soʻngra Horun alayhissalom vafot boʻldilar. Muso alayhissalom ham Bani Isroilni Yusha’ alayhissalomga topshurub, yuz yigirma yoshlarinda vafot boʻldilar. Qabri shariflari Kan’onga yaqin Tiya sahrosindadur...