OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Abdulla Matyoqubov. Soʻnggi kecha
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAbdulla Matyoqubov
Asar nomiSoʻnggi kecha
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Abdulla Matyoqubov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
NashriyotBerlin. «Milliy adabiyot» jurnali 1943 yil, 1-son.
Hajm8KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/06/19
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
«Oʻzbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining 2004 yil 30-sonidan olindi.


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Soʻnggi kecha
Abdulla Matyoqubov

17 yanvar kechasi men besh yashar qizim bilan uyda yolgʻiz qoldim. Dilbarning opasi xizmatchi xotin bilan birga ot oʻyiniga ketgan edi.

U oʻta shoʻx edi. Boʻynimga minib olganini sezmay qolar edim men. U boʻynimga minib olgandan soʻng ingichka qoʻllari bilan sochlarimdan ushlab, «tuya-tuya» qilar, uning aytganini qilmay, tushirib qoʻysam, hech bir soʻzlashmasdan bir burchakka borib yigʻlar edi. Men uning yoniga borib ahvol soʻrasam, yupatmoqqa tirishsam, oʻzicha sira anglab boʻlmayturgan bir tovush bilan soʻzlanar edi.
— Qizim, nima deyapsan, tushuntirib soʻyla! — der edim men.
— Nigorning dadasi yaxshi, har kun, har kun «tuya-tuya» qiladi! — der edi u.
— Nigor dadasining aytganini qiladi, aqlli qiz. Sen ham mening aytganimni qilsang «tuya-tuya» qilaman. Qani ayt, qilasanmi, ayt! — dedim.

Dilbarning yuzida quvonch paydo boʻldi:
— Qilaman, dada, ayting! — deganicha boʻynimga osilib, meni qayta-qayta oʻpti (suydi). Men uni koʻtarib olib, ichkari uyga kiritdim. Patifonni qoʻyib «oʻyna» dedim. U ham «Xoʻp, dada!» deb oʻyinga tushdi.

U juda ham kelishtirib, ba’zan qiziqchilik qilib, boshini tebratib, qoshlarini chimirib, meni kuldira-kuldira birdan qulay fursat topib, xuddi chaqqon maymun bolalaridek boʻynimga minib olib, «tuya-tuya» deganicha oyoqlari bilan tepsinib, «hayt-hayt» der edi. Men boʻlsam, uy ichida tuyadek loʻkillab, u yoq-bu yoqqa chopar edim.

Shu payt eshikdan kimdir kelib qoldi. Darrov yelkamdan Dilbarni tushirib, tashqi uyga chiqdim. Qarasam, Abdulhamid Majidiyning xizmatchisi ekan. U meni koʻrishi bilan bir xatni berib, javob yozib berishimni ruschalab soʻradi. Men xatni oʻqib boʻlib, xatga boshqa bir qogʻoz orqali javob berib joʻnatdim.

Bu vaqt kechki soat oʻn bir yarim edi. Xatda Majidiy meni oilam bilan uyiga taklif qilgan. Kelishimni ta’kidlab soʻrabdi.
— Dada, — dedi Dilbar, — qaerga borasiz?
— Nigorlarnikiga. Opangga xat yozib qoldiramiz. Uning oʻzi borar! — dedim. «Men ham boraman, dada».

Men uni kiyintirdim. Oʻrtogʻimga xat qoldirib, tashqariga chiqdik. Issiq uydan chiqish bilan izgʻirin shamol aralash achchiq sovuq yuzga urildi. Biz yugurib borib tramvayga mindik.

Biz tungi bir yarimgacha hangomalashib oʻtirdik. Ichimlik ham haddan ortiq, ozgʻin, chakka suyaklari boʻrtib chiqib turgan, ojizgina Majidiy, bu safar hech ham qizarmadi. Avvallarda ikki ryumka ichish bilan tulumdek qizarib, har xil qiziq-qiziq hikoya, ertaklar, hikmatli soʻzlar va afandilar soʻzlab bera turgan kishi bugun qovogʻi solingan, rangi oʻchgan va zamonning bevafoligidan yongan qiyofada edi.

Oʻrtogʻim bilan Majidiyning oʻrtogʻi Sharifaxon Xiva somsasi pishirish uchun chiqib ketganda Majidiy menga bir soʻzni qochirim qilib qoʻydi:
— Ravshan! — dedi u, — shu kunlarda menda tinchlik yoʻq. Xavotir ichidaman!

Men unga dunyoning qaygʻulari haqida kamroq oʻylashni tavsiya qildim. U boʻlsa, qoʻl siltab, menga zarda qilgandek boqdi:
— Ana! — dedi u qoʻli bilan uyning toʻrida qoʻgʻirchoq oʻynab oʻtirgan Nigor bilan Dilbarni koʻrsatib, — ular dunyo haqida gʻam yemasa haqli. Chunki ular goʻdakchalar. Biz-chi? Ota boʻlgan kishilarmiz, ota boʻlgan kishilar!

U mening ustozim edi. 1930 yilda uni adabiy ishdan chetlashtirdilar. Poytaxtdan uzoq Xorazmga surgun qilgandek qilib haydadilar.

U Xorazmda bir qancha vaqtlarga qadar ishsiz yurdi. Keyin koʻp qiyinchiliklar bilan Xorazm viloyat teatrini tashkil qilib, unda adabiy qism boshligʻi boʻlib ishga tutindi. Ana shu vaqtlarda men endigina gazetada ishlay boshlagan, mayda-chuyda adabiy narsalar yozishga kirishgan edim. «Abutanbal» va A.Majidiy deb mashhur ot chiqazgan bu yozuvchining qalami Xorazm gazetalari betlarida va teatrda mashhur boʻlib ketdi. Men uning bilan tanishib olgandan keyin uni viloyat gazetasiga ishga joylashtirishga sababchi boʻldim. Shundan soʻng u menga to soʻnggi kunlargacha oʻz yordamini ayamadi. Hatto bir qancha katta asarlarimni uning oʻzi tahrir etib, kamchiliklarimni koʻrsatib berib, asarlarimning silliq — kuchli chiquviga sababchi boʻldi. U asarda adabiy nuqtadan nuqson boʻluvini sira koʻra bilmas, adabiy nodonliqqa qarshi marhamatsiz kurashar edi. 1926 yilda boʻlsa kerak, uning «Xandon lolalar» degan she’rlar toʻplami bosilib chiqqan edi. U bu toʻplamda oʻzining millatchilik qarashlarini ochiqcha yozgan. Va shu sababdan Xorazmga haydalgan!

Men bu voqealarni xayolimdan oʻtkazib oldim. Xiva somsasi keltirildi. Tagʻin ichdik. Suhbat qizidi... Soat ikkidan 20 minut oʻtganda men ketish uchun ruxsat soʻradim. Abdulhamid ruxsat bermadi. U shunda bu kun qolib ketuvimizni taklif etdi. Uning soʻzini oʻldirishni men istamas edim. Xotinlar ichkarigi uyda, biz boʻlsak tashqarigi uyda yotdik.

Endi shirin uyquga ketganimizda, eshik qoqilib qoldi. Qarasak, bitta milisiya va NKVD xodimi kelib turibdi. Majidiy avvalo biroz oqarindi. Keyin oʻzini bosib ola bildi. Men ne qilarimni bimay, hayron boʻlib turar edim.
— Siz kim boʻlasiz? — dedi menga qarab NKVD xodimi.

Men dadillik bilan javob qaytardim:
— Men bu kishining birodariman. Kecha oila a’zolarim bilan mehmon boʻlib kelgan edim!
— Qaerda ishlaysiz? Hujjatlaringizni koʻrsating!

Men hujjatimni koʻrsatdim. Shundan soʻng mening ishtirokimda kelgan kishi uyni tintuvga kirishdi. Uy shunday tintildiki, qaralmagan ne shkaf, ne orja — sandiq, ne yostiq, ne karavat taglari qoldi! Ikki soatga choʻzilgan tintuvdan soʻng bitta qoʻlyozma asar chiqdi. Bu bir qancha shahar teatrlarida zoʻr yutuq qozongan «Otsiz» nomli piesa edi. Bu qoʻlyozmaning bir chekkasiga bir necha yil ilgari: «Akmal Ikromovga! Shu asarni sahnalashtiruvga (oʻynatuvga) koʻmak eting!» deb yozilgan ekan. Bu soʻz yozilgan choqda A.Ikromov firqa qoʻmitasining bosh sarkotibi boʻlgan. Bu yozuvchining «aksilinqilobchilar» bilan yaqin munosabatda, aloqada boʻlganini koʻrsatuvchi katta (?) hujjat! Ikkinchi hujjat topilmadi. U A.Majidiyning 1919-1921 yillarda Istanbulga borib chet elda oʻqigani haqidagi guvohnoma edi.
— Siz qamoqqa olindingiz! Aybingizni shu yoqda e’lon qilamiz. Koʻrpacha, pul-mul olingiz, zarar qilmas!

Nigor uni olib chiqayotganda uzala yotib, oyoq chalib yigʻlab, Dilbar boʻlsa milisiyaga qarab, xoʻmraygancha turar edi.

Men ustozimning koʻziga boqdim. U menga boqdi. Buni sezib qolgan chekist:
— Xayrlashinglar, balkim qaytib koʻrishmak nasib boʻlmas! — dedi. Bu soʻzni eshitgandan soʻng Sharifaxon bilan mening oʻrtogʻim ham, opasiga ergashib qizim Dilbar ham yigʻlab yubordi.

Majidiyning oʻtli koʻzlari chekistga tashlandi:
— Ey bagʻritosh odam! Ne uchun iljayasan?! Bu yigʻi senga rohatmi bagʻishlaydi?

U shu soʻzlarnigina ayta oldi. Chekist unga soʻzlov uchun imkon bermadi. Oldiga solib olib chiqib ketdi. Uy ichi motamga aylandi.
— Nigor, endi bizlarnikiga yur, dadangni milisiya olib ketdi. Mening dadam seni ham, meni ham «tuya-tuya» qiladi! — dedi Dilbar. U bu soʻzni Nigorni tindirish niyatida aytgan edi. Ammo u bu bilan tinmadi.

Bu soʻnggi kecha meni ustozimdan ajratdi. Ertasi kitob magaziniga borsam, uning yangigina bosilib chiqqan «Qaldirgʻoch», «Hangoma» degan asarlari sotishdan toʻxtatilibdi. Bosilayotgan devoni, hajviy hikoyalari toʻplami ham bosuvdan toʻxtatilibdi.

Mana, xalq ichindan chiqqan bitta yozuvchi nima uchun yoʻq qilinib yuborildi. Odamni har narsadan «qimmat» sanayturgan Stalin zamoninda intelligentga nisbatan tutilgan yoʻl mana qanday!!!

M.R.