OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAbdulla Qahhor
Asar nomiKampirlar sim qoqdi (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Sotsialist realizm
Mualliflar
   - Abdulla Qahhor
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm8KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/05/15
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Kampirlar sim qoqdi (hikoya)
Abdulla Qahhor

-Toʻxtabuvinikiga chiqamiz. Rais kelibdi.

хRais?

Nazirbuvi darrov oʻrnidan turdi, doka roʻmolini qayta bogʻlab, Shahodatbuvi bilan birga chiqdi.

Toʻxtabuvining uyida Roziyabuvi, Ortiqjonlar oʻtirar, rais bularga urushning borishi toʻgʻrisida soʻzlar edi; kimningdir savoliga javob berib:
-Endi nemisning poshshosi daryo tagiga uy solib kirib ketganligi masalasiga kelganimizda, — dedi, — men buni gazetada oʻqiganim yoʻq. Agar Gitler shundoq qilgan boʻlsa, qizil askarlarimiz orasida suvchi bolalar ham koʻp, birontasi kirib giribonidan boʻgʻib chiqadi... Mana, Nazira xola ham, Shahodat xola ham kelishdi. Yaxshi boʻldi. Oʻzim ham sizlarni yigʻib ikki ogʻiz gaplashmoqchi edim. Gapim shuki, kobcozimizda paxta ishiga yaraydigan odamlar qanchaligi oʻzlaringga ma’lum. Shunday choʻt urib qarasam, paxta ishiga yaraydigan har bir kolxozchining har bir ish soati bir kilogramm paxta ekan. Shundoq boʻlgandan keyin odamlarni iloji boricha boshqa ishlardan boʻshatib, paxtaga solishimiz kerak boʻladi. Oʻshanaqa ishlardan bittasi pilla-qurt. Men beshovla-ring quit tutinglar, beshta odam boʻshasin demoqchi emasman. Hech undoq emas. Shundoq qilinglarki, paxta ishiga yaraydigan odam biron soat ham sizlarning qoʻllaringdan keladigan ishga band boʻlmasin. Agar siz-lar mana shu yoʻl bilan butun bir mavsumda oʻn meh-na

Hech kimdan sado chiqmadi. Hamma nechukdir, oʻngʻaysizlanar, qimtinar, yerga qarar edi.
-Xoʻsh, boʻlmadimi? — dedi rais. Kampirlar bir-biriga qarashdi va hamma birdan:
-Nega, nega boʻlmas ekan! — dedi.
-Boʻlsa nega indamaysizlar? Qani, Toʻxta xola, gapiring!

Toʻxta xola roʻmolining uchi bilan ogʻzini yopib, boʻzargan holda awal oʻrtoqlariga, keyin raisga qaradi.
-Endi, oʻgʻlim, dabduristan majlis deding... asli shu gapni avval oʻz ora joʻn gaplashib, pishiqtirib olsagu keyin majlisga solsang boʻlar edi.

Toʻxtabuvi hammaning koʻnglidagi gapni aytdi. Rais bu suhbatni majlis deb atash bilan kampirlarni qiynab qoʻyganligini darrov fahmladi-da, kulib, xatosini tuzatdi:
-Toʻgʻri, awal joʻn gaplashib olaylik. Xoʻb, majlis yopiq. Gapni bir joyga qoʻyganimizdan keyin ochamiz.

Majlis yopiq e’lon qilingandan keyin Roziyabuvi oʻzidan-oʻzi gap boshladi:
-Qurt tutishga bizning qoʻlimizdan keladigan ish koʻp. Aytsangiz-aytmasangiz oʻshanaqa ishlarga qarashish bizdan lozim. Men yana bir narsani oʻylab qoldim: besh kishi ekanmiz, beshovimiz bir quti urugʻ olsak nainki eplab boqolmasak?

Boshqalar bir qutini bahuzur eplash mumkin ekanini aytib:
-Qurt ishida koʻzimiz pishgan, qayta yaxshiroq bo-

qamiz, ogʻir ishJari boʻlsa, bizga qarashadigan yosh-yalang topiladi –

deyishdi.

Rais miyigʻida kulib:
-Mayli, — dedi. — Agar bir qutini ermak qilamiz, desalaring oʻzlaring bilasizlar. Xoʻb, endi shu gap puxta gapmi?
-Puxta gap! — deyishdi.
-Endi majlisni ochsam maylimi? Xoʻp, majlis ochiq. Beshovlaringni bir zveno deymiz. Zvenoga boshJiq kerak boʻladi, kimni saylaysizlar?

Munozara va muzokaralardan keyin zvenoga boshliq qilib yetmish bir yashar Toʻxtabuvi Sarimsoqova saylandi.

Majlis yopildi. Rais ketdi.

Shu kuni kechasi, yotar mahalida, Toʻxtabuvini vahima bosdi: bular-ku hammasi va’da berdi, sayladi, ertaga bin «Belim ogʻriydi«, biri »Oʻgʻlimdan xat kelmayap-ti, yuragimga qil sigʻmaydi» deb uyiga kirib yotib olsa, nima boʻladi?

Toʻxtabuvi yugurganicha Nazirbuvinikiga chiqdi. Nazirbuvi hali uxlamagan ekan.
-Hoy, Nazirbuvi, shu boʻladigan ishmi, yo raisning qoʻynini puch yongʻoqqa toʻldirib joʻnatdikmi?
-Voy, Toʻxtabuvi, nega boʻlmas ekan? Majlisga soldik-a, majlis uvol emasmi? Men hali boshqa narsanioʻylab oʻtiribman; beshta nozanindek kampir boʻlsagu

bir quti desak butun tumanga kalaka boʻlmaymizmi? Bizga nima qipti, nega ikki quti tutamiz demadik?

Toʻxtabuvining yuragi dadil boʻldi. Nazirbuvining andishasi unga ma’qul tushdi. Ikkovi Shahodatbuvinikiga chiqishdi. Shahodatbuvi bu gapni eshitib:
-Gap shu ishga qunt qilishda, qunt qiladigan boʻlsak, ikki quti ham biru uch qutisi ham bir, — dedi.

Uchovi Roziyabuvinikiga chiqishdi. Roziyabuvi koʻngandan keyin, Ortiqjonnikiga borishdi. Ortiqjon oʻsha majlisda «Uch quti tutish qoʻlimizdan keladi» demoqchi ekan-ku, boshqalardan istihola qilib aytmabdi. Bular uch quti degandan keyin, u ham bir quti qoʻshdi.

Shunday qilib uyma-uy yurib qilingan majlisda kampirlar zvenosi toʻrt quti qurt tutishga qaror qildi va ertalab kolxoz idorasiga chopar yubordi.

Rais koʻnmabdi: «Hammasi yigʻilganda bitta shaftoliga tishi oʻtmaydi-yu, toʻrt quti urugʻ tutar emishmi. Yoʻq, kampirlarning tovoniga qolaman«, debdi. Cho¬par ham bu gapni oqizmay-tomizmay kampirlarga yetqizdi: »Hammalaring yigʻilganda bitta shaftoliga tishlaring oʻtmas emish», dedi.

Bu gap kampirlarga nihoyatda alam qildi, ikki kundan keyin rais kelganda uni oʻrtaga olib shunday qilishdiki, rais «tegishgan edim, tavba qildim» deb zoʻrgʻa qutildi va toʻrt quti urugʻni oʻz qoʻli bilan keltirib berdi.

Hademay qurt koʻm-koʻk barg ustida oʻrmalab qoldi. Qurt katta boʻlgan sayin kampirlarning havasi, gʻayrati ortar edi. Hech kimning beli ham ogʻrimadi, yuragiga qil sigʻmaydigan payti ham boʻlmadi, aksincha, hamma sogʻ, dimogʻlar chogʻ edi.

Bir kuni rais kelib qurtni koʻzdan kechirdi-da:
-Yashasin havaskor kampirlarimiz! — deb qichqirdi.

Eshik yonida ikki qoʻlini beliga qoʻyib, kerilib turgan Toʻxtabuvi boshqalarga koʻz qisib:
-Qani oʻgʻlim, chamangda normamiz toʻladimi, yoʻqmi? — dedi.

Iye, shunchalik qurt boqasizlaru, qancha pilla chiqishini bilmaysizlarmi? Har qutidan kamida oltmish kilogrammdan olasizlar, — dedi.
-Ana xolos, — dedi Ortiqjon, — toʻlmas ekan-da!
-Nega, norma qancha oʻzi? Qirq besh kilogrammi?

Hamma kulib yubordi.
-Unaqa normangni shaftoliga tishi oʻtadigan tam-tamlarga ber. Bizning normamiz har qutidan yetmish-sakson kilogramm!

Rais tilini tishladi.

Bir necha kundan keyin qurt nishona berdi. Nishona pilla betoʻxtov kolxoz idorasiga yuborildi. Oʻsha kuni kechki payt rais yetib keldi va eshikdan kirishi bilanoq:
-Onalar, birinchi terimni olgan kunlaring bitta semiz qoʻy sizlarniki, men tumandan soʻradim, hali hech qaysi kolxozning qurti nishona bergani yoʻq! — dedi.

Kampirlar uchun bu xabar yangilik edi.
-Undoq boʻlsa, sen bizdan bitta qoʻy bilan qutilmaysan, — dedi. Toʻxtabuvi, — birinchi terimni olib topshirgan kunimiz Toshkentga sim qoqasan, aytasanki... Nima desang oʻzing bilasan. Bugun seshanba, yakshanba kuni birinchi terimni topshiramiz.

Uch kun boʻyi zveno qurtning tepasidan nari ketmadi. Qani endi bu qurt oʻlgur tez-tez oʻray qolsa!

Rais har kuni tumanga telefon qilib turdi — yoʻq, xotirjamlik — tumanda hech kim pilla topshirgani yoʻq.

Nihoyat toʻrtinchi kuni ertalab zveno har uydan savat-savat pilla olib chiqa boshladi. Rais oʻsha kuni, tu¬manda birinchi boʻlib, yigirma besh kilo pilla topshirdi va kampirlarga bergan va’dasiga muvofiq Toshkentga «sim qoqdi».

Zveno raisning Toshkentga sim qoqqani toʻgʻrisida xabar kutib Toʻxtabuvining uyida oʻtirar edi. Birdan Roziyabuvi yugurganicha kirib keldi:
-Turinglar! Turinglar! Oʻtirasizlarmi! Radio gapirdi, hammamizning otimizni aytdi. Qizil askar oilalaridan Toʻxtabuvi, Nazirbuvi, Ortiqjon... Hammamizni aytdi.

Nima dedi?
-Bilmayman, chamamda, sim qoqdi dedi.

Toʻgʻri, rais telefon qilgandan keyin, Toshkent radiosining olgʻirlari bu xabarni kechki soʻnggi axborotda berishgan edi.

Hamma koʻchaga chiqdi. Koʻchaning u boshida rais kattakon semiz qoʻyning quyrugʻiga arqon solib sudrab kelmoqda edi.