OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAbdulla Saidov
Asar nomiOq boʻrining fojeasi (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Abdulla Saidov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm6KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/17
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Oq boʻrining fojeasi (hikoya)
Abdulla Saidov

Boʻri — zehni oʻtkir, tabiat qiyinchiliklariga bardoshli va ayyor yirtqich boʻlib, osonlikcha tutqich bermaydi. Keksa ovchilarning ta’kidlashicha boʻrini yer tishlatish — uning yashash tarzi va tabiatini yaxshi biladigan tajribali ovchilargagina nasib qilarkan. Negaki, maxluq uzoq muddatli tayyorgarlik ma mashaqqatli mehnatlar evaziga qoʻlga kiritiladi.

Tabiat boʻrilarga mustahkam jagʻ va muskullar, tuganmas kuch va sabr-toqat ato etgan. Ular oʻz yoʻllarida uchraydigan daraxt, xarsangtosh, shox-shabba uyumlari, tepalik va turli hayvonlarning bosh suyak qoldiqlarini yaxshi eslab qolishlari sababli toʻdadagi boʻlinib ketgan sheriklarini ham bexato topib oladilar.

Hamroqul amaki boshliq fermer qoʻychivonlari gʻalladan boʻshagan maydonlardagi angordan qaytib, togʻ etagidagi qoʻralarga joylashib olgan kezlar edi. Durkun qoʻy-qoʻzilarga yirtqichlar tez-tez oralab, choʻponlarning tinchi buzildi. Bu noxushlikdan xabar topgan mergan Nosir amaki chorvadorlar huzuriga shoshdi. Qaddi-qomati kelishgan, togʻ yoʻllarida tez va ildam yuraoladigan, tabiatan kamgap va bosiq ovchi ayni kungacha yigirmadan ziyod yirtqichni yer tishlatgan. U «Niva» avtomashinasida, ba’zan qashqa samani bilan «Toʻrtkoʻz» iti hamrohligida ov qilishni yaxshi koʻradi.

Kuz boshlanib, fermerlarning soy boʻyidagi bedazor va bogʻlariga yanada fayz qoʻshilgan. Soʻlim goʻsha kishiga huzur-halovat baxsh etadi. Bir chekkadagi eshik-romlari oʻrnatilmagan uycha Nosir amakiga ma’qul tushdi. Bu yerdan osmonoʻpar togʻ choʻqqilariyu, adogʻi yoʻq bepoyon yaylovlar koʻzga yaqqol tashlanib turardi. Kech kirgan, etni junjiktiruvchi salqin shamol esa boshladi.

Biz oʻtirgan mashina bilan uycha oraligʻi unchalik uzoq emas. Azamat ikkimiz voqeaning nima bilan yakunlanishini hayajonlanib kuzatyapmiz. Shu orada Nosir amaki qoʻl siltagan edi, hamrohim uning paxtalik ust-boshini eltib berdi.Shu payt gʻira-shirada tepalikdan bedazor tomon bir toʻp jonivorlarning chopib ketayotganiga koʻzimiz tushdi. Ularning ikkitasi yirik, oʻn chogʻlisi mayda yovvoyi choʻchqa bolalari edi. Beozor jonivorlar olisdanoq hidni ilgʻashdi chogʻi, yurishlarini sekinlatishdi. Yoʻlboshlovchi toʻxtab, uy tomon oʻgirilgach, kelayotgan yoʻlini soylik tomonga oʻzgartirdi. Atrofga qorongʻilik tushib, ularni koʻzdan yoʻqotib qoʻydik.

Oradan ikki soatlar chamasi vaqt oʻtib, allaqanday sharpa bedazor ichida koʻrinib-koʻrinmay kela boshladi. Oraliq masofa oʻn-oʻn besh qadam qolganida uning oq boʻri ekanligiga ishonch hosil qildik. Kutilmaganda gumbirlagan oʻq ovozi quloqni qomatga keltirdi. Nosir amaki yirtqichni aniq nishonga olgan edi. Koʻp oʻtmay beoʻxshov xirillagan tovush tun sokinligini buza boshladi. Biz uzoqni yorituvchi chiroqni yoqib kuzatganimizda ona boʻri qornidan chiqayotgan pufakchalarni koʻrib hayron boʻldik. Yakka oʻq yirtqich biqiniga tegib, qornini teshib oʻtgan edi. Tong yorishar-yorishmas choʻpon-choʻliqlar uning atrofini oʻrab olishdi. Boʻrining qorni nimtalangan qoʻy dumbasi yogʻiga toʻla ekan.

Vaqt peshindan oqqach, Hamroqul amaki otdan tushib, bizning dasturxonimiz atrofiga kelib oʻtirdi. U oʻzida yoʻq xursand edi. Fermer choy ustida yana koʻpdan beri tutqich bermay kelayotgan oq yoldor boʻri haqida gapirib berdi. Keyin esa bizni Doʻlanasoy va Qurisoy tomon boshlab ketdi. Soylar ancha chuqur, egri-bugri, jarlik va qir-adirlardan iborat edi. Mashinamizni yarim yoʻlda qoldirib, archazor boʻylab yayov yurishimizga toʻgʻri keldi. Azamatda rezina etik boʻlganligi tufayli soy etagidan Nosir amaki ikkimiz sal yuqoriroqda past-baland qiyaliklardan yurib bordik.

Chakalakzordagi balchiq va tuproq yoʻllarda yirtqichdan hech qanday belgi va nom-nishon yoʻq edi. Shu taxlitda ikki kechayu-ikki kunduz yurib vaqtimiz samarasiz oʻtdi. Horib-charchab asabiylashganimizdan Doʻlanasoy oshuvidagi yumshoq oʻt-oʻlanlar ustida birpas nafasimizni rostlab oldik. Nosir amaki esa bir-ikki qir narida qamish va chakalakzorlarga nazar tashlab, diqqat bilan kuzatuvni davom ettirardi Boʻrilarning quvvatini tejab, mayda qadamlar bilan qoʻylar yoyiladigan yaylovlarga yaqinroq yoʻllarni tanlashi ovchiga anchadan beri ma’lum. U ana shu yoʻllarni aniqlab olgach, bir nechta qopqon oʻrnatishga kirishdi.

Quyosh endigina botgan, hali borliqqa tun qora pardasini yoyganicha yoʻq. Ahyon-ahyonda baland togʻ choʻqqisidan boʻri bolalarining akillashi eshitilib qoladi.

Oyning xira yorugʻida Doʻlanasoy oshuvidan oʻn-oʻn besh qadamcha narida hurpaygancha fermer ta’riflab bergan oq yoldor boʻri bamaylixotir ketib borardi. Kutilmaganda yirtqich birdan toʻxtab, ortiga oʻgirildi. Uzoqdan bizni koʻrdi shekilli, lekin pisand qilmasdan oʻz yoʻlida davom etdi. Harqalay ishlarimiz oʻngidan keladiganga oʻxshardi.
— Toʻppa-toʻgʻri yoʻldagi qopqonga borib tushsa-ya, — pichirladim hamrohim Azamat tomon oʻgirilib.
— Ts-s. Biroz sabr qilaylik-chi.

Keyin ikkalamiz oraliqdagi masofani saqlagan holda, beshotarni qoʻlda mahkam tutib yirtqichning ortidan izma-iz yura boshladik. Nosir amaki esa oʻng tomondan uni bir dam ham koʻzdan qochirmay kuzatmoqda edi. Xullas, shu tun barcha yelib-yugurishlar va urinishlarimiz zoye ketmadi. Koʻpdan tutqich bermay kelayotgan oq yoldor boʻri oldingi oʻng oyogʻidan qopqonga tushgan boʻlsa ham ogʻriqqa bardosh berganicha ingramay tik turardi. Ovchi uni miltiq qoʻndogʻi bilan bir-ikki urib yiqitdi. Azamat ikkimiz tayyor oʻljani mashina oldigacha sudrab olib kelgunimizcha holdan toyib, boʻlarimiz boʻldi. Ammo qoʻychivonlarning duosini olishga sazovor boʻldik.