OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Abdulxoliq Gʻijduvoniy. Ruboiyot
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAbdulxoliq Gʻijduvoniy
Asar nomiRuboiyot
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/qadimgi adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Abdulxoliq Gʻijduvoniy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Ruboiylar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm10KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/4
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Ruboiyot
Abdulxoliq Gʻijduvoniy

Ergash Ochilov

1

Gar bir kishidan dilda shikoyat boʻlgay,
Dil ogʻrigʻi undan benihoyat boʻlgay,
Hech oʻylama intiqom olishni, chunki
Yomonga yomonligi kifoyat boʻlgay.

2

Bir lahza tilim tin olmasin shukringdan,
Bir lahza dilim toʻxtamasin fikringdan.
Har uzvi quloqqa aylanar jismimning
Har qayda soʻz ochsalar seshyug zikringdan.

3

Tokaygacha ishqingda, sanam, gʻam chekaman?
Togʻdek bu ulugʻ gʻamni damodam chekaman.
Dil olguchi gar sensan-u, dil berguchi — men,
Yuz gʻam chekaman koʻyingda, ming gʻam chekaman!

4

Zikr yetsa koʻngilga, u tamom dard boʻlgay,
Ul zikr tufayli mardlar fard boʻlgay.
Otashda agarchi xosiyat koʻp, ammo
Koʻnglingda sening ikki jahon sard boʻlgay.

5

Bir yorki, uning nomidan ishq yogʻiladi,
Har nomayu paygʻomidan ishq yogʻiladi.
Kim koʻchasidan oʻtsa — u oshiq boʻladi,
Goʻyo eshigu tomidan ishq yogʻiladi.

6

Bu jilvayu nozki, u dilafroʻz qilgay,
Oshiq balodan ne xilda parhez qilgay?
Gar ta’na yeli etsa qulogʻimni batang,
Koʻnglimdagi ishq otashini tez qilgay.

7

Biz doʻstga muborakmiz-u, dushmanga-chi — shum,
Jang chogʻida temirmiz-u, sulh onida mum.
Gʻijduvon togʻi etagi bizga makon,
Lek hukmimiz ostida erur hattoki Rum.

8

Ochmay sira ogʻzingni kula olsang soz!
Koʻzsiz yana dunyoni koʻra olsang soz!
Oʻltir-da, safar ayla, oyoq zaxmatisiz —
Yer kurrasini agar keza olsang soz!

9

Ey bahri ulumga yot, makoni — sohil,
Bahr ichra farogʻat, sohil — dushmani dil.
Har ikki jahonni(ng) mavjidan mast oʻlma,
Har ikki nafasda qolma bahrdan gʻofil.

10

Umringki, oʻtar ekan, muruvvat ayla,
Qoʻlingki, tutar ekan, saxovat ayla.
Oʻz hosilini oʻzi oʻrar har kimsa,
Bas, parvarishi uchun riyozat ayla.

11

Ey pok soʻfiy, qilsang agar mayli samo’,
Bil, keltiradi samo’ nifoq birla nizo.
Bas, pok boʻlayin desang, samo’ni tark et,
Yoinki, diling hayotiga ayla vido.

12

Mayl etma samo’ga, qilmagin ham inkor,
Sen tanla shu yoʻlni, boʻlsa koʻngling bedor.
Nafsing hali oʻlmay, seni qilsa bezor,
Qil roʻza-namoz, boshqasidan kech zinhor.

13

Darvesh darayu togʻ aro manzil tutadi,
Har lahza bu joydan sheru yoʻlbars oʻgadi.
Bor safda ulugʻ pir-u, sara mardlarimiz,
Kim bizga gʻanimdir — uni oʻlim kutadi.

14

Bizning safimizga kir-u, mutloq qoʻrqma,
Boʻl ostonamiz ostida tuproq — qoʻrqma,
Qoʻzgʻolsa sening qasdishta gar jumla jahon,
Sen izla najot bizdan-u, har choq qoʻrqma!

15

Bir yurtki, butun tuprogʻi anbarsoro,
Tong qotgʻusi koʻrsa uni Xisrav, Doro.
Yer yuzini uch marta kezib chiqdim men,
Bildim: latifu sharif zamin — Buxoro!
Ergash Ochilov tarjimalari

Hazrat Xojai Jahon she’rlari

Hazrati Xojai Jahon Abdulxoliq Gʻijduvoniy she’rlar, inchunin, ruboiy, qit’alar yozganlaridan koʻpchilik bexabar. Darvoqe, buyuk avliyolar, ulugʻ shayxlarning koʻpi she’rlar ijod qilgani sir emas. Ular she’r vositasida muridlari, shogirdlarini tarbiya qilgan. Chunki she’r.inson botinini, qalbini oʻzgartiradi, inson ruhiyatiga ta’sir qiladi.

Hazrat Ali r.a, Boyazid Bastomiy, Mansur Halloj, Shayx Abusaid Abdulxayr, Bahouddin Naqshband, Xoja Ali ar Rometaniy, Maxdumi A’zam va boshqa pirlar shu bois she’r yozgan.

Xojai Jahon she’rlari ezgulik, poklik, halollikka da’vat. Ushbu pandu nasihatlar XXI asrda ham oʻz qimmatini yoʻqotgan emas. Ushbu pandu nasihatlarga amal etgan zot shak shubhasiz komil inson boʻlajak.

Biz quyida Xojai Jahon asarlarini ham asliyatda, ham tarjimada (tarjimon S.S.Buxoriy) beryapmiz:

1

Gar dar dilat az kase shikoyat boshad,
Dardi dili tu az oʻ bagʻoyat boshad,
Zinhor ba intiqom mashgʻul mashav,
Badro badii xesh kifoyat boshad.
Gar senga birovdan shikoyat bordur,
Dardi diling undin bagʻoyat bordur,
Yomonligi oʻzi yomonga jazo,
Intiqom olmoqqa na hojat bordur.

2

Chun meguzarad umr kam ozori beh,
Chun medihad dast nakoʻkori beh.
Chun kishtai xud ba dasti xud medaravi,
Tuxme ki nakoʻtar ast agar kori beh.
Umring oʻtadur kam ozorlik beh,
Qoʻldan keladur nakoʻkorlikbeh.
Har neki ekding shuni oʻrgaysen,
Ekkil sara urugʻ xushyorlik beh.

3

3-on boda naxurdam, ki xushyor shavam,
V-on mast nayam, ki boz bedor shavam.
Yak jomi tajalli jamoli Tu bosham,
To az adami vujud bezor shavam.
Ul bodadin ichmadim ki xushyor boʻlsam,
Mast boʻlmadim ki boz bedor boʻlsam.
Jamoling tajalliysigʻa boʻlsaydim jom,
Toki bu vujuddin tamom bezor boʻlsam.

4

Az xislati bad agar muhazzab boshi,
Bo xalqi jahon jumla muaddab boshi.
Bo neku badi jahon ba rahmat mebosh,
To nazdi Xudo abdi mukarrab boshi.
Gar bad xislatdan muhazzab boʻlajaksan,
Jahon xalqi ichra muaddab boʻlajaksan.
Yaxshi yu yomonga birday raxmat la nazar sol,
Alloh nazdida abdi muqarrab boʻlajaksan.

5

Bar doʻst muborakam, bar dushman shum
Dar jang chu ohanam, dar sulh chu mum.
Sarchashmay nur Gʻijduvon manzili most,
Man tigʻi duroʻya mezanam to dari Rum.
Doʻstta muborakman, dushmanlarga shum,
Jangda temirdirman, sulxdamisli mum.
Sarchashmainur Gʻijduvon manzilam,
Xanjarmanu tigʻim kesolgay to Rum.

b

Inkor makun samo’vu maqbul mador,
Ilo zi kase, ki zindadil boshad yor.
Gar nafsi tu murda nest az shuhratu oz,
Bo savmu salot boshu digar biguzor.
Samo’ni san na qabul, na inkor et,
Neni aytsam, oʻshal ishni zinhor et.
Agar nafsing oʻlmagandur, ogoh boʻl,
Roʻza, namoz ila oʻzni hu shyor et.

7

Ey soʻfiy sof, ki kuni mayli samo’,
Hosil zi samo’, chun infoq astu nizo’.
Yo tarki samo’ kun, ki sofi gardi,
Yo on ki hayoti dili xud kun vido’.
Qay soʻfii sof samo’ga moyil boʻlgay,
Har neki nizo’ samo’dan hosil boʻlgay,
Yo tarki samo’ et, ki soflik paydo,
Yo inki bori umring zoyil boʻlgay.

8

Onho ki ba haq musohibat yoftand,
Az xesh badu munosibat yoftand,
Mebosh muroqibeki buzurgoni jahon
In martaba az muroqibat yoftand.
Haq suhbatiga kim musharraf boʻldi,
Haqning angarahmatiyu sharaf boʻldi.
Muroqabada boʻlki buyuk iisoplar,
Muroqabadan azizu ashraf boʻldi.

9

Ey dil tu ba jonash xon,
Bekomu zabonash xon.
K-on Yor na on, yor ast,
Ki oʻro bo dahonash xon.
Til sukut et, ey jon gapir,
Bekomu bezabon gapir.
Ul Yor ki boshqa yor erur,
Begapu bedahon gapir.

10

Az shuhrati xesh nafsro dod madeh,
Xudro ba miyoni mardumon yod madeh.
Kam nomu nishon boshudigar dermakun,
Zinhor ki dini xesh barbod madeh.
Shuhrat ila shum nafsingni shod etma,
Oʻ zni mardum orasinda koʻp yod etma.
Kamtarlik et Sen nom chiqaray deb,
Zinhorki diningni barbod etma!

11

Eshon, ki agar zi rohi mursalon boshi,
Dar zohiru botin hamayakson boshi,
Emin mashav zi makri Shayton zinhor,
Boyad, ki zi Haq hamisha tarson boshi
Mursallar yoʻlida shoyon boʻlgaysen,
Botin, zohirda bir xil, ey jon boʻlgaysen.
Shayton makridin gʻofil boʻlma aslo,
Haq qahridin doim tarson boʻlgaysen.

12

Sattori hama uyub boyad budan,
Gʻamxori hama qulub boyad budan.
Gar dar talabi rizoyi Xoliq bashi,
Bo xalq ba xulqi xub boyad budan.
Ayblarni yopguvchi satgor boʻlgaysen,
Qalblarni topguvchi gʻamxor boʻlgaysen.
Alloh rizoligin topay desang, ey doʻst!
El birla adabda xushyor boʻlgaysen.

13

Ey dil, biguzar zi shodmoni jahon,
Paydost chi xezad zy javonii jahon.
Roʻzeyu shabe biboyad rehlat kardan,
Magʻrur mashav zi zindagonii jahon.
Ey dil, dunyo shodmonligidin oʻtgaysen,
Magʻrur boʻlma, javonligidin oʻtgaysen.
Tun kunoʻtibbirkunfanodurumring,
Umring bir on, bir onligidin oʻtgaysen.

14

Ey tolibi haq ba doʻst pardoz mudom,
Dar rohi safo ilm barafroʻz mudom.
Xohiki zi ashobi shuurat xonand,
Taqdiri Xudo shuuri xud soz mudom.
Tolibi haq doʻstga oʻzni oshno ayla,
Ilm birla mudom qalbkngni barno ayla.
Shuuri borlar safidan joy olmoq boʻlsang,
Haq taqdirini shuuringga jo ayla.

15

Az qahri Xudo xaloskori pesh or.
Az rahmati oʻ umidvori pesh or.
Payvasta miyoni xavf meboshu rajo,
3-in har du tariq haq guzori pesh or.
Tangri qahridin qoʻrqqil zinhor,
Rahmatidin umid uzmagil, ey yor.
Xavfu rajo orasida yashagil,
Shu yoʻl ila boʻlajaksen xaloskor.

16

Chonam az virdi Tu chunin buvad dush,
Munisam to roʻz parvin buvad doʻsh.
Nolai man to ba vaqti subhidam,
"Yo gʻiyosal mustagʻsin", buvaddoʻsh.
Jonim virdingdin chunin boʻlgaydur,
Munisim tonggacha parvin boʻlgaydur.
Ohu nolam to subhidamgacha:
"Yo gʻiyosal mustagʻsin!" boʻlgaydur.

17

In gavhari ishq xud zi koni zikr ast,
Manzilgohi oshiqoni jahoni zikr ast.
V-on murgʻe ki donaye zi domi tu xoʻrd,
Berun zi du kavn dar jahoni zikr ast.
Ishqu muhabbat gavhari zikr konidandur,
Oshiqlar manzili bari zikr konidandur.
Ul qushki domingdan oddi yu dona, boʻldi
Ikki olam sarvari zikrkonidandur.

18

Pokizahisol boshi andar hamahol,
Ki zi xislati pokiza ki shud ahli kamol.
Behtar zi rozigii haq chi yobad banda?
Rozi ast Xudo az mardi pokiza hisol.
Pokiza axloq boʻl har vakt, hama hol,
Pokizaxislatizot ahlikamol.
Haqning rizosidin ne bor ortiqroq?
Haq rozidir boʻlsang pokiza xisol.

19

Bo badon manishin, ki suhbati bad
Garchi poki turo palid kunad.
Oftobro badin buzurgiyash,
Zarraye abr nopadid kunad.
Yomon bilai suhbat etma hech,
Alar noming bulgʻab ketolgay.
Qara, ulkan kuyosh nurini
Parcha bulut xira etolgay.
Sadriddin Salim Buxoriy tarjimalari