OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAbduqayum Yoʻldosh
Asar nomiQizil tilla, qip-qizil tilla (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Abduqayum Yoʻldosh
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm37KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/18
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Qizil tilla, qip-qizil tilla (hikoya)
Abduqayum Yoʻldosh

Bu endi azaddan koʻpchilikka ma’lum haqiqat: pul, boylik odamning belini baquvvat, tilini uzun qiladi. Axir beliga oltin tugib olgan mardikorning bir pudlik ketmonda tuproqni uch gaz yuqoriga otib ishlayverganiyu, belidagi oltinidan ayrilgach, tuproqni bir gaz yuqoriga ham otolmasdan ojiz, nimjon kishiga aylanib qolganligi haqidagi rivoyat bejiz toʻqilmagandir.

Oʻzbekovullik Salima ayani orqavoratdan «Boy xotin» deb chaqirishardi. Aslini oladigan boʻlsak, aya shu nomga munosib edi.

Salima ayaning ajdodlari katta eshon sulolasiga mansub deyishadi. Balki shu sabablidir, oʻtgan asrning yetmishinchi yillarida, maktabni bitirganidan soʻng Salima bir yigitni suyib qolganida, yigit «qora«lardan, ya’ni oddiy fuqarolardan boʻlganligi bois avvaliga qizning ota-onasi hatto bu haqda eshitilni ham istamagan. Ammo Salima oʻjarlik qilib turib olgan, »Tegsang ham shunga tegaman, tegmasam ham!» degan.

Ota-ona qarasaki, ahvol chatoq. Soʻng bir muddat yigit tomondan sovchi kelishini kutishgan. Lekin yigit tomon eshonlarga sovchi boʻlibkelishga jur’at qilisholmagan. Ana shunda urf-odatga koʻra eshon taraf, ya’ni qiz taraf yigit tarafga sovchi boʻlib borgan, deyishadi.

Nima boʻlganda ham yaxshigina toʻy boʻlib oʻtdi.

Salima u paytlari sanamarasta, qaddi tik, yuzi sutga chayib olinganday oppoq, sochi taqimini oʻpadigan, yurganda koʻchani toʻddirib, andak viqor ila qadam tashlaydigan qiz edi.

Ahli qishloq yangi kelinchakning husnini, odobini ancha paytgacha maqgab yurdi, uning ozgina koʻksini kerib, dadil yurishini eshonlar sulolasiga mansubligiga yoʻyishdi.

Aytib oʻtganimizday, Salima oddiygina, hattoki aytish mumkinki, faqirona hayot kechiriladigan oilaga kelin boʻlib tushgandi. Biroq yangi kelin bilan uyga baraka ham kelgan shekilli, tez orada kuyov boʻlmish Xayrullaning ishlari yurishib ketdi. Xullas, birgalikda yashagan oʻn toʻrt yil ichida ular oltita qizlik boʻlishdi.

Birinchi qizni xursandchilik bilan kutib olishdi, ikkinchisidan soʻng «Keyingisi oʻgʻil boʻlar», deb umid qilishdi. Uchinchi qizga Oʻgʻiloy deb ism qoʻyishdi. Er-xotin farzandlaridan aylanib-oʻrgilishdi, ularni oq yuvib-oq tarashdi. Xayrulla dalada oddiy suvchi edi, shunga qaramay, xotinining saraton oftobida qorayib, jizgʻinagi chiqib yurishini istamadi chogʻi, uni dalaga qoʻymadi. Shunga qaramay, hali aytganimizday, oilada qut-baraka hukmron edi. Jajji qizaloqlar eng chiroyli liboslarda yurardilar, ular uchun oʻyinchogʻu qoʻgʻirchoqlarning eng sarasi sotib olinardi.

Ana shunda ogʻziga kuchi yetmaganlar:
— Bular buncha pulni qaerdan oladi? — deya bir-birlariga savol beradigan boʻlishdi.

Ayniqsa Xayrullaning mudom tilla toshan gadoyday xursand ahvolda yurishi ham koʻpchilikni ajablantirardi.

Bunday sinchkov fuqarolar razm solib yurib koʻrishdiki, bitta oylik olishiga qaramasdan Xayrulla toʻy-ma’rakalarda el qatori ataganini beradi, biron marta boʻlsin birovdan toʻrt soʻm pul qarz soʻramaydi... Xoʻsh, buning sababi nimada ekan? Ayni shu paytlari qishloqda Salima ayaning bobosi katta eshon boʻlganiyu, bu eshonga murid boʻlgan katta savdogar bir qop oltin meros qoldirib ketgani haqida gap-soʻzlar oʻrmalab qoldi. Toʻgʻri, ba’zi birovlar «katta savdogar« oʻrniga "bosmachi" degan atamani ham ishlatishdi. Ammo zehni oʻtkirroq hamqishloqlar, ayniqsa oqsoqollar bu gasha ishonishmadi. Hatto ulardan biri "Urush payti bir qop tillaga bir qop un sotib olish mumkin edi. Salimaning bobosida oltin boʻlganida edi, tugʻishgan jiyanining ochliqdan oʻlib ketishiga yoʻl qoʻymasdi", deya oʻz haqli e’tirozini bildirdi. Ammo sinchkov zotlar boʻsh kelishmadi: »Boboyning kallasi ishlagan, birov bilib qolishidan qoʻrqqan...»

Er-xotin esa bu mayda-chuyda gaplarga e’tibor bermaslikni uddalashardi. Ikkovlon zoriqib oʻgʻil farzand kutishardi. Ammo keyingi va undan keyingi farzand ham qiz boʻlaverdi.

Ayollar shohid, beshinchi farzandga homilador boʻlib yurgan kunlarining birida Salima aya ishonch bilan:
— Koʻnglim sezib turibdi, ngunisi oʻgʻil boʻladi. Xudo xohlasa oʻgʻlimni tillaga koʻmib tashlayman, — deb yuboradi.

Qishloqning tabiatan gayirroq ayollari bu gasha unchalik e’tibor berib oʻtirishmaydi. Ammo xotinlari koʻmagida bu gapdan ba’zi bir sinchkov fuqarolar endi qaddini goz tutib yurishi bois orqavoratdan «Ispolkom momo» laqabini olgan ayaga sinchkovroq va gumonsirabroq qaray boshlashadi. Beshinchi farzand ham qiz tugʻiladi. Sanoq oltitaga yetganda ham Xayrulla umidsizlanmadi:
— Keyingisi oʻgʻil boʻlib qolar, — deya iljayib turaverdi.

Afsuski, erning bu umidi roʻyobga chiqmadi: u tez orada arzimagan shamollashi kuchayib ketishi oqibatida toʻsatdan vafot etdi. Ertalab uydan odatiga koʻra jilmayibgina chiqib ketgan Xayrullani kechqurun...

Qirq olti yoshli Salima aya olti qizi bilan yolgiz qoldi. Farzandlarning kattasining yoshi yigirma toʻrtda, kichigi oʻn bir oylik.

Salima aya qolgan umrini eri yashab oʻtgan uyning chirogʻini yoqib oʻtkazishga ahd qildi. Elchilik, birovning unday tanishi bor, boshqasining bunday. Qolaversa, qishloqning oʻzida ham xotini oʻlgan yoki xotin qoʻyib, oʻziga juft izlab yurgan erkaklar anchagina edi. Shular odam yuboraverib charchashmadi, Salima aya ularni yumshoqlik bilan qaytaraverib.

Erkaklar, sovchilar avvaliga «Mayli, erining qirqi oʻtsin, keyin koʻnib qolar«, deyishdi, soʻng, ayol oyoini tirab turib olgach, »Xayrullaning yili oʻtsin-chi», deyishdi.

Xayrullaning yili oʻtsa ham Salima aya birovni umidlantiradigan soʻz aytmadi. Sovchilar naq toʻrt-besh yil eshikning turumini buzishdi. Ellikka yaqinlab qolgan boʻlishiga qaramasdan, oppoq yuziga ajin tushmagan Salima aya hamon qaddini tik tutib, andak viqor bilan yurar, ayolning nigohidagi vazminlik, xotirjamlik beixtiyor suhbatdoshda unga nisbatan ehtirom uygʻotardi. Ustiga ustak, aya kiyimlarni tanlab, oʻzga yarashganidan kiyar, biron toʻyga boradigan boʻlsa taqinchoq, zeb-ziynatlarni ham kanda qilmas, ishqilib, oʻziga qarab yuradigan ayollar toifasidan edi. Balki ushbu hol ham ayaning xaridorlari soni oshishiga, «Salimani toʻshimga bosmasam bu dunyodan armon bilan oʻtaman!» deguvchi erkaklar koʻpayishiga sabab boʻlgandir.

Biroq oxir-oqibat Salima aya hech kimga boʻyin egmay, qizlari bilan yashayverishiga hamaning ishonchi hosil boʻldi shekilli, uni tinch qoʻyishdi. Vaqt esa shoshqin shamol yangligʻ yelib oʻtaverdi. Bu orada Salima ayaning toʻngʻich qizi maktabni bitirdiyu, viloyat markazidagi pedagogika institutiga oʻqishga kirib ketdi.

El razm solib koʻrdiki, aya hovlisidagi sogʻin sigirini ham, toʻrtta qoʻyini ham, hattoki bittagina gʻunajinini ham sotmadi. Bu zamonda oʻqishga kirishning, toʻgʻrirogʻi kiritishning oʻzi boʻladimi!

Mayli, toʻngʻich qiz maktabda yaxshi oʻqisa oʻqigandir, lekin bu degani institutga bir tiyin bermasdan kirib ketadi, degani emas-ku!

Ana oʻshanda ba’zi bir ogʻziga kuchi yetmaganlar katta eshon boboning muridi boʻlgan boy savdogarmi yoki qoʻrboshimi haqidagi eski gap-soʻzlarni eslab qolishdi...

Albatta, qishloqda gap yotarmidi. Bu mish-mishlarning bir uchini Salima ayaning qulogʻiga ham yetkazishdi. Bunga javoban aya avval oʻylanib qoldi, soʻng bir jilmayib qoʻydi-da, gapni boshqa yoqqa burib ketdi. Ayaning avvaliga oʻylanib qolgani koʻpchilikni shubhalantirdi.
— Tillani gapirganimizda aya boʻzarib ketdi, buni oʻz koʻzim bilan koʻrdim! — deya qasam ichib yurgan ayollar soni ham oshdi.

Ehtimol, vaqt oʻtishi bilan bu gap-soʻzlar ham unutilib ketarmidi. Biroq kutilmaganda oraga bolalar aralashib qolishdi. Oʻsha yozning issiq kunida ovulning oʻn-oʻn besh chogʻli oʻsmirlari qishloq chetidagi hovuzga terlab-pishib chopib boradilar-da, oʻzlarini suvga tashlaydilar. Ana shunda... ana shunda suvdan boshlarini chiqargan bolalar hovuzning u chetida, kunchuvoqda oʻtirgan aya shosha-pisha yoniga yoyib qoʻygan oppoq belbogʻjagi qizil tangalarni yigʻishtirib olishayotganini koʻrishadi.

Saraton quyoshida tangalar yaltirab ketadi.

Oppoq belbogʻdagi qip-qizil tangalar.

Ba’zi bolalar keyinroq tangalarni bir belbogʻ deyishdi, boshqalari «Yigirma-oʻttiztacha bor edi-yov», deyishdi. Oʻsha lahzada esa aya jon alpozda tangalarni yigʻishtiradi-da, belbogʻiga tugasola yov quvganday, ortiga bir bor oʻgirilib ham qaramasdan hovuz boʻyini tark etadi.

Avval ta’kidlab oʻtganimizday, bunday shosha-shosharlik ayaga xos emasdi. Aya shoshilmay, salobat va vazminlik bilan yurishni ma’qul koʻrardi.

Bolalar ham shosha-pisha choʻmilasola qishloqqa qaytishadi va koʻrganlarini oqizmay-tomizmay kattalarga aytib berishadi.

Kechga borib bu voqea butun qishloqda shov-shuv boʻlib ketadi.
— Bu Nekalay poshsho zamonida qolgan soʻlkavoy, — dedi ishonch bilan qishloq sinchisi Anorboy aka kalat soqolini tutamlagancha bir nuqtadan koʻz uzmay oʻylanib turarkan. — Bunga garantiya beraman. Chunki Nekalay poshsho zamonida tilla qizgʻish boʻlgan, bizning zamonda esa sariq boʻlib qolgan.
— Anorboy aka, — dedi sinchining gaplarini diqqat bilan eshitib turgan kelinchaklardan biri, — nega bunday boʻlgan?

Anorboy akani bejiz «sinchi« deyishmaydi-da. Agar qistovga olaversangiz, u kishi »Tovuq oldin paydo boʻganmi yoki tuxum?» degan soʻrovingizga ham oʻxshatib, batafsil javob beradi. Hozir ham sinchi oʻz odatiga ogʻishmay amal qilgan holda, sira ikkilanmay, ikki karra ikkining toʻrt boʻlishini yosh bolaga tushuntirayotganday ohangda dedi:
— Chunki oʻris poshsho soʻlkavoyni chistiy oltindan qilgan, shuning uchun soʻlkavoy qizil boʻlgan. Biznikilar tillaga mis qoʻshadi, shuning uchun tillamiz sariq boʻlib qoladi...

Sinchining bu gapidan keyin ovulda Salima ayaning obroʻyi yanada oshdi. Zero, chorizm davridan qolgan tilla soʻlkavoyga egalik qilishning oʻzi boʻladimi? Ammo bu borada boshqacha fikr biddirguvchilar ham bor edi. Chunonchi, sinchining mulohazasini sal kechroq eshitib qolgan ovul adogʻida turuvchi Rabbim choʻloq keskinlik bilan dediki:
— Bekor gap! Bu oʻzimizning tilla! Ispolkom momoning otasi oltmishinchi yilning qishida bizning qozonni soʻrab olib ketmagandi. Mana shu qozonga otasidan qolgan bor tillani eritib, tanga qilib ketgan u pismiq chol...
— Krzon-chi, qozon? — deya soʻrardi tinglovchilar qiziqib. — Nima, tagida tilla yuqi qolgan ekanmi?

Rabbim choʻloq taassuflar ila bosh chayqaydi:
— Chol oʻlguday pismiq edi. Bizning qozonni atay qaytarib bermagan. Tillani eritib boʻlgandan keyin bir chuqurga koʻmib tashlagan. Qaytib berganda-ku... Gapning shu yeriga kelganda Rabbim choʻloq huzurlanib koʻz yumadi, soʻng afsuslanib, armon bilan bosh chayqaydi:
— Hay attang-a, qozonni qaytarib bermagan-da u nomard! Berganda-ku... Bizga yuqiyam yetardi...

Ajabki, Rabbim choʻloqning mazkur e’tirofi ham qishloqda Salima ayaning izzat-

hurmati yanada ortishiga olib keldi.

* * *

Bu orada ayaning ikkinchi qizi ham maktabni bitirdi va gʻiybatlar oloviga moy seshanday institutga kirdi-ketdi! Endi avval salgina shubhalanib turganlar ham birdaniga iqror boʻlishdi: ha, bu ayada bir gap bor!

Axir boshida eri yoʻq, qishloq tili bilan aytganda, yesir bir ayol qanday qilib ikkita qizini shaharda oʻqita oladi? Axir, mana-man degan ne-ne erkaklar bitta farzandni oʻqishga kiritolmay ovorayi sarson boʻlib, figʻoni falakka chiqib yuribdi-ku!..

Endi Salima ayani toʻy-ma’rakalarga kanda qilmay chaqiradigan boʻlishdi. Qaydaki ayollar dasturxon boshiga yigʻilishadi, ayaning oʻrni toʻrda boʻlardi.

Vaqtida ersiz qolgan ayaga qayta-qayta sovchi yuborib ham egalik qilolmaganlar ichlariga urib qolaverishdi. Darhaqiqat, tillaning bir hikmati bor shekilli, aya husni, qomati, hattoki dadil-dadil gapirishi, koʻchada koʻkragini koʻtarib, qaddini tik tutib yurishi bilan ham tengdoshlaridan keskin farqlanib turardi.
— Mendayam... Oʻh-hoʻ, oʻh-hoʻ... Oʻsha tillalarning ikkitaginasi... Oʻh-hoʻ... boʻlsaydi, — deb qoddi bir kuni nechanchi marotabadir viloyat markazidagi shifoxonada ikki oy yotib kelgan Abdurasul oʻpka armon bilan, — Oʻzim bilardim... Oʻh-hoʻ... Kasallik degani mendan qochardi...

Abdurasul akadan bir yosh kichik Nabi otaning ham armoni cheksiz edi.
— Biz ngu Salima bilan bir klassdan oʻqiganmiz, — derdi Nabi ota ayaning uyiga tamshanib koʻz tashlab qoʻyarkan. — Oʻsha paytlariyam odamning suqini keltirib yurardi-da bu... Hammadan ajralib turardi... E, kalla, shartta otga oʻngarib, toqqa olib chiqib ketmaymanmi...

Gʻiybatlar oʻz yoʻliga.

El-yurt ayaning hurmatini joyiga qoʻyish barobarida endi u kishining har bir harakatiga, koʻp hollarda hattoki gap-soʻzlariga ham alohida e’tibor qaratayotgani-da chin edi...

Ovul unchalik katta emas, koʻpi bilan oʻn ming aholi istiqomat qiladi. Necha asrlik oʻtroq hayot odamlarni ajriq tomirlari singari bir-birlariga bogʻlab tashlagandi. Bemalol aytish mumkinki, qishloqda bir-biriga qarindosh boʻlmagan odamning oʻzi yoʻqedi.

Shu sababli keyingi paytlarda ayaning uyi odamga gavjum boʻlib ketdi. Erkaklar, ayollar «Xolamdan (jiyandan, singiddan, ammadda, opadan, xoladan...) bir ogʻiz hol-ahvol soʻrab oʻtay deb kirdim-da». deb kun-tunning istalgan mahalida bu hovliga bostirib kiraverishar, zero, Salima aya mehmonni quchoq ochib kutib olishi hammaga ayon edi.

Aya mehmon oddiga dasturxon yozar, qand-qurs, konfet-shokolad, mayiz qoʻyar va, albatta, qizlariga aytib, biron issiq taom tayyorlatardi. Kelgan qoʻnoqlar bir toʻkin dasturxonga, bir hamrohlariga qarashar, boshlarini ma’nodor chayqashar va goʻyoki: «Koʻrdingizmi, tillasi bor bu xotinning, tillasi, boʻlmasa shu-uncha narsaga pulni qayoqdan topadi!» deyishardi. Bora-bora ayaning oldida oʻz nochor ahvolida shikva-shikoyat qilguvchi xesh-aqrabo soni koʻpayib ketdi.

Odatda, Salima aya ularning gapini toqat bilan eshitar, mabodo, arzi-hol haddan oshib ketsa:
— Koʻying-e, —deb mehmonni gapdan toʻxtatardi. — Toʻrt muchangiz but, farzand bor, uy-joy bor, unchalik noshukrchilik qilavermang-da... Hali hammasi yaxshi boʻlib ketadi...

Balki ushbu tasallidagi temir mantiq bois arzihol ila kelguvchilar koʻz yoshlarini toʻkib, dardlarini doston qilib soʻylasalar-da, yurak yutib asosiy maqsadga, ya’ni qarz soʻrashga oʻtolmasdilar. Kim biladi deysiz, ayaning salobati bosarmidi...

Ammo keyingi paytlarda aya sahar soat nechada oʻrnidan turadi, keyin qayoqqa boradi, umuman, kun boʻyi nima ish bilan mashgʻul boʻladi, qoʻnoqqa yoki toʻyga ketayotganida qizlariga nimalarni tayinlaydi — buni bilishga qiziquvchilar soni tobora ortib borardi.

Bemalol aytish mumkinki, bunday erkak-ayollar uchun ayaning uyi, eng asosiysi — ayaning oʻzi uzluksiz kuzatuv manbaiga aylangandi. Hatto ayrim ustomon ayollar arzimagan narsalarni bahona qilib bir necha bor ayaning uyida tunab ham ketishdi... Tabiiyki, bu ayollar kechasi bilan mijja qoqishmadi, aya yarim tunda hovliga chiqsa ham birga chiqishdi, soʻng esa uy bekasining bir tekisda nafas olib, xotirjam uxlashini kuzatgan koʻyi joniqib, asabiylashib tong ottirishdi... Koʻpchilikning nazarida tilla tangalar shundoqqina uyning oʻzida, qoʻl uzatsa yetgulik bir joyda yashirib qoʻyilgan edi. Zero, ayollar allaqachononlariyoq sabab boʻlsa-boʻlmasa quchoqlayverib, bechora ayani paypaslayverishib, belini shilib, koʻkartirib yuborishdi va tilla tangalar belda olib yurilmasligiga toʻla iqror boʻlishgandi. Xuddi shunday qismatga toliba va uydagi qizlar ham roʻbaroʻ boʻlishdi. Bechora qizlar xesh-urugʻlarning bu qadar mehribon boʻlib qolishganidan, shartta bagʻriga bosib olaverishlaridan va nechukdir zoʻr berib bellarini paypaslayverishlaridan hayratda edilar...

Salima aya tiliga mahkam ayollardan chiqib qoldi. Zero, toʻy-ma’rakalarda yoinki qoʻnoqqa chaqiruvlarda Anorboy sinchi yoinki Rabbim choʻloqqa oʻxshash ovuldoshlar gap orasida elning peshona teri evaziga bunyod boʻlgan boyliklar oxir-oqibat mana shu elning oʻziga boʻlib berilsa maqsadga muvofiq boʻlishi lozimligi xususida imo-ishorali, qochirimli gaplar qilishar, ammo Salima aya gapdonlar qatori boshqa hamqishloqlarining ham oʻziga sinchkov-sinchkov tikilib qolganliklarini sezmagandek jilmaygancha oʻtiraverardi.
— Bu xotin balo! — deya e’tirof etdi bir kuni Anorboy sinchi erkaklar orasida kechayotgan gurung chogʻi. — Bizga oʻxshagan andilarni suvga olib borib, sugʻormay olib qaytadi. Shuncha gapiraman, sira sirtiga suv yuqtirmaydi-ya! Bir tuki qilt etmay oʻtiraveradi...

* * *

Toʻngʻich qiz institutni bitirish arafasida oiladagi uchinchi qiz ham bir urinishda institutga kirdi-ketdi. Kishloq ahli bir gurillab oldi.
— Ha, ana, bittasi kirar oʻz kuchi bilan, — derdi yoqasiga tuflab-tuflab olgan Anorboy sinchi hovliqib, — ha, ana, nari borsa ikkitasi kirar! Lekin uchtasi... Yoʻq, oʻlaman sattor, lekin men bunga ishonmayman. Hali meni ayti dersizlar, bu xotinning bir balosi bor...

Albatta, «bir balo» deyilganda nima nazarda tutilayotganini hamma anglab turardi. Ammo...

Baayni ovuldoshlarini hayratda qoddirishda davom etayotgandek shu yili kuzda Salima aya toʻngʻichini turmushga uzatdi. Salima ayaning yoshlik yillarini eslatadigan, suluvgina, Nodira ismli bu qiz oʻzi bilan birga oʻqiyotgan yigit bilan suyishib qolgan ekan.

Buni eshitgan Rabbim choʻloq joʻshib ketib, bir davrada qattiqroq gapirib ham yubordi:
— Bu nima degan gap, ogʻaynilar? Yaxshi qiz mahallasidan nari ketmaydi, derdik-ku. Shunday qizni begona joyga berib yuboraveramizmi? Oʻzimizda yigit yoʻqmi? Albatta, gʻisht qolipidan koʻchib ulgurgan, ya’ni Nodiraning toʻy kuni ham belgilanib ulgurilgan edi. Ammo Rabbim oqosoqolning gapi oʻgʻillari boʻy yetib qolgan otalarga oʻziga xos ogohlantirishday yangradi: «Esing borida egallab qol...»

Tez orada toʻy boʻlib oʻtdi. Kishloq oqsoqollarining, kayvonilarining shuncha harakat qilishiga qaramasdan, Salima aya kuyov tomon olib kelgan mayda-chuydalar xususida biron marta boʻlsin norozi boʻlib gapirmadi, «Yoshlar baxtli boʻlsa bas, narsa topiladi», deya jilmayib turaverdi.

Bu qadar tantiliqdan hayratga tushgan ayollar oʻylay-oʻylay oxiri bir xulosaga kelishdi: «Bu yogʻida yigʻib qoʻygani bor-da, boʻlmasa-ku... Oʻshanaqa qizil tilladan bizdayam boʻlganida edi, oʻzimiz bilardik...»

Toʻy oddidan koʻrpa qavish uchun hasharga chaqirilganda, Salima ayaning uyini qiz-juvon bosib ketdi... Buncha odam kelishini kutmagan ayaning boshi osmonda edi. Ayollar... koʻrpa qavish bahona har bir xonaga qayta-qayta kirib chiqishdi, hatto ularning ichidagi ba’zi bir gʻayratlilar molxonaga qadam ranjida qilib, mollarning tagini tozalab qoʻyishga ham ulgurishdi. Ayni paytda hasharga kelgan ayollarning diqqat-e’tibori yelib-yugurib xizmat qilayotgan Salima ayada boʻddi. Ammo aya bu gal ham sir boy bermadi, jilmayib yuraverdi.
— Bu xotinning asablari temirdan ekan, — degan xulosaga kelishdi ba’zi ayollar. —

Yo boʻlmasa tillasini ishonchli bir joyga koʻmib tashlagan.

Shiringina toʻy boʻlib oʻtdi. Stoddagi toʻkin-sochinlikni koʻrgan qishloqdoshlar lab tishlab qolishdi, soʻng bir-birlariga ma’nodor koʻz tashlashdi: «Bor-da, bor... Yoʻq boʻlganda-ku...»

* * *

Kelasi bahor seryogʻin keldi.

Uzluksiz yoqqan jala tufayli koʻpchilik qatori Salima ayaning hovlisini oʻrab turgan paxsa devorning bir necha joyi ham nurab qoldi. Kun sal isib, yerlar quriy boshlaganidan soʻng bezovtalanib qolgan aya yaqin qarindoshlarning uch-toʻrt farzandini hasharga chorladi.

Nuragan devorni tiklash uchun nari borsa toʻrt oʻgʻlon bir kun ishlasa yetarli edi. Aytaylik, ertalab loy qorilsa, tushga borib loy pishiydi, tushdan keyin devorni bemalol tiklab qoʻysa boʻladi.

Salima ayaning bezovtalanib nuragan devor yonida qayta-qayta paydo boʻlayotganini koʻrgan Anorboy sinchi birinchi boʻlib:
— Bu yerda bir gap bor... — dedi ma’nodor tarzda va, chaqirilmagan boʻlsa-da, oʻzi bosh boʻlib, oʻgillarini hasharga boshlab keldi.

Xuddi shunday mulohazaga borgan Rabbim choʻloq ham ikki bolasini boshlab yetib keldi. Hatto oʻh-oʻhhoʻlab yoʻtalayotgan Abdurasul oʻpka ham bir ketmonni yelkasiga qoʻygancha kelaveribdi.

Xullas, hovliga odam toʻlib ketdi.

Ham quvonib ketgan, ham hayron qolgan aya buncha odamni tuzukroq mehmon qilishni oʻyladimi, ishqilib, sobiq sinfdoshi Nabi otani bir chekkaga tortdi-da, ogʻilda turgan qoʻylarning ichidan semizrogʻini tanlab olib, soʻyishni iltimos qildi. Mehmonlar bu tantilikni ham tabiiy hol sifatida qabul qilishdi: «Bor-da, bor, yoʻq boʻlganda-ku...»

Xullas, kamida oʻttiz chogʻli hasharchi bir qoʻyni yeb, kekiribgina, ammo devorni sinchiklab koʻz tashlab oʻtirishdi. Toʻrt-besh chogʻli sergʻayrat yigit hamma ishni uch-toʻrt soat ichida bitirib tashlashdi.

Ayani erinmay kuzatib oʻtirgan Anorboy sinchi kech mahal, uyga qaytish uchun yoʻlga tushgan mahallari Rabbim choʻloqqa shivirladi:
— Balo bu, balo... Tillani boshqa joyga yashirib qoʻygan...

Bu gasha javoban Rabbim choʻloq kemshik tishlarini koʻrsatib iljaydi:
— Egasining ming poylagani, olaman deganning bir poylagani... Xotin baribir xotin-da, bir kuni bildiradi-qoʻyadi...

Bu gapni eshitgan sinchi xuddi qip-qizil tillalarni qoʻlga tushirgandek ogʻzi qulogʻiga yetib iljaydi va kaftlarini bir-biriga ishqadi:
— Bildiradi, baribir bildiradi...

Bu muloqotga beixtiyor shohid boʻlgan Anorboy akaning oʻgʻli soʻrab qoldi:
— Keyin nima boʻladi?

Sinchi oʻgʻliga ajablanib qaradi:
— Nima nima boʻladi?
— Tilla qaerdaligini bilib olganlaringizdan keyin nima boʻladi?

Sinchi bir lahza oʻylanib qoldi. Darvoqe, shu haqda hech mulohaza yuritib koʻrmagan ekan. Ammo sinchi oʻgʻlining oldida sir boy bergisi kelmay, jahl bilan doʻq urdi:
— Sen kattalarning ishiga aralashma. Avval topib olaylik, nima qilishni keyin oʻylab koʻraveramiz... Salimaning bobosi bu tillani osmondan olmagandir, bizning bobolarimizni ishlatib toshandir...
— Toʻppa-toʻgʻri, — deya tenxdoshining fikrini ma’qulladi Rabbim choʻloq. — Mening bobom Salimaning bobosining qoʻlida qarol boʻlgan. Demak, tillada mening hissam bor...
— Bizning ulushimiz koʻproq, — dedi ishonch bilan sinchi. — Chunki Salimaning bobosining bobosi bizning bobomizning bobosining yerini tortib olib, keyin sotib yuborgan ekan... Buni menga otamning otasi aytib bergan...

* * *

Oradan yana bir yil oʻtdi.

Ovuldoshlarining shuncha sa’y-harakatlariga qaramay, Salima aya baribir sir boy bermay yurgan edi.

Kutilmaganda...

Koʻklamning boshlari edi. Kishloqqa sel keldi.

Salima ayaning uyi sal pastlikda edi.

Sel ayaning uyiga yetmagan, ammo yertoʻlasini suvga toʻldirgan.

Uyi balandroqda boʻlgan Nabi ota sinfdoshidan xabar olay deb kelsa...

Yertoʻlani bosgan tizza boʻyi loyqa suv ichida yurgan Salima aya qizarib-boʻzarib:
— Sinfdosh, siz boravering, men oʻzim... — deganmish.

Nabi ota... fahmligina odam edi. Sinfdoshining bu iltifotidan andak shubhalangan va indamay qaytib ketish asnosida oʻz gumonini yoʻlda uchragan Anorboy sinchiga aytgan.

Sinchi oʻylanib qolgan, soʻng ishonch bilan:
— Tilla yertoʻlada! — degan.

Ikkala qariya xuddi kelishib olganday ngu zahoti katta-katta qadam tashlab Salima ayaning uyiga kelishgan. Kelib koʻrishadiki, aya hamon tizza boʻyi loyqa suv bosgan yertoʻlasida suvni shaloplatib kechib, tez-tez engashgan koʻyi afti loyga belanib, bir nimani izlab yuribdi...

Sinchi yoʻtalib, ovoz beradi.

Yoʻtalni eshitgan zahoti keskin qad rostlagan Salima aya mehmonlarni koʻrib, birdan qazarib-boʻzaradi va noiloj:
— Voy, kelinglar, — deydi.

Sinchi ayolga diqqat bilan tikilshda davom etgan koʻyi:
— Bir xabar olib ketgani kelgandik. Yordam kerakmi? — deydi. Salima aya dovdirab, esnkirab, jon halpida:
— Yoʻq, yoʻq, sizlar boraveringlar, men oʻzim... — deydi.

Sinchi bir narsaga e’tibor beradi: hali ngu paytga qadar aya biron marta uyiga kelgan mehmonga «Boraveringlar...» demagan, aksincha, kulib, xush-xandon kayfiyatda kutib olgan.

«Bu yerda bir gap bor...» degan toʻxtamga keddi sinchi.

Shu bois:
— Yordamlashib yuboraylik emasa, — deya bir qadam oddinga yurdi. Rangi quv oʻchib ketgan aya jon holatda qoʻlini yuqori koʻtardi va:
— Yoʻq, yoʻq, — dedi battar esankirab va hattoki hayajondan ovozi titrab. — Suvga tushib oʻtirmang. Muzday ekan. Men oʻzim...
— Men mahsidaman, — deya boʻsh kelmaydi sinchi.
— Mening oʻng oyogimni sovuq urib ketgan, endi sovuq oʻtmaydi, — deya oraga qoʻshiladi Nabi ota. — Oʻzim kiray emasa...
— Yoʻq! — deya hayqirib yuboradi Salima aya jon alpozda. Soʻng, ovozi qattiq chiqqanidan oʻzi xijolat chekkanday, sal muloyim gapirishga urinadi: — Aval suv silqisin, keyin oʻzim...

Shu gapni aytgandan soʻng Salima aya shalabbo ust-boshida, yuzi loyga belangan holda yertoʻladan chiqib keladi va oʻziga ayricha diqqat bilan termulib turgan ikkala erkakni ajablantirgan koʻyi tizza boʻyi loyqa suv toʻplanib yotgan yertoʻlaning yogʻoch eshini... yopishga urinadi.

Ayniqsa ushbu holat sinchining oʻy-xayollari bir joylarga uloqib ketishiga sabab boʻldi.

Tabiiyki, ostonaga loy toʻplanib qolganligi bois eshik yopilmadi.

Salima aya eshikka bir muddat shuursiz holatda tikilib turgach:
— Uyga kiringizlar, mehmonlar, — deya oʻzi yoʻl boshladi.

Ammo sezgir sinchi yana biri narsani anglab ulgurgan edi: Salima aya bu taklifni oʻlganining kunidan, til uchida aytdi-yov... Boshqa payt boʻlganda-ku, aya tilidan bol tomib, xush-xandon kayfiyatda qoʻnoqlarni uyga chorlagan, oʻziyam yelib-yugurib xizmat qilgan boʻlardi... Sinchi bir amallab tilga kirdi:
— Mayli, rahmat, boshqalardan ham bir xabar olaylik...

Ajabki, Salima aya qoʻnoqlarni qayta uyga chorlab oʻtirmadi. Sinchi bunga ham e’tibor berdi. Boshqa payt boʻlganda-ku... Yertoʻla tarafga qayta-qayta orziqib qarab, noiloj yoʻlga tushgan Anorboy sinchi oradan yarim soat oʻtar-oʻtmas ngu yerga qaytib keddi va...

Ne koʻz bilan koʻrsinki, yertoʻlaning yopilmagan eshigi yonida Salima ayaning bahaybat Boʻribosar iti bogʻlab qoʻyilgan edi.

Yertoʻlada nedir bir harakat boʻlayotganligi ham aniq edi. Sinchi uzoqdan boʻlsa ham zingil solib qaradi va fonus koʻtarib olgan Salima aya yana tizza boʻyi loyqa suvni kechgancha bir nimalar qilayotganini koʻrdi.

«Tamom! — deya oʻyladi Anorboy sinchi. — Kampir oʻzini fosh qildi. Tilallar shu yerda!..»

Darvoqe, qayd etib oʻtaylikki, qishloqda sinchkov odamlar koʻpchilikni tashkil qilardi va ayniqsa Nabi otaning uchragan odamga boʻlgan voqeani oqizmay-tomizmay atib beraverganidan soʻng Anorboy sinchi singari xulosaga kelganlar ancha-munchani tashkil etardi...

* * *

Qizil, qip-qizil tillalar bor va ular shundoqqina qoʻl yetguday joyga, yertoʻlaning biron kavagiga yashirib qoʻyilgan edi...

Bu oʻy, bu mulohaza koʻplarning aql-hushini oʻgʻirladi.

Atigi bir hafta mobaynida kamida oʻn-oʻn besh kishi kelib, Salima ayaga yertoʻlani kengaytirib qazib berishni taklif etdi.

Yertoʻlani kengaytirish qishloqda urf boʻlgan edi. Axir yertoʻla qancha keng boʻlsa shuncha yaxshi-da: tayyor joy, tayyor muzxona. Saraton chogʻi ham osh-qatiqlar muzdaygina boʻlib, aynimay turaveradi.

Ammo uyga kelganlar aytayotgan haq kulguli darajada past edi. Deylik, bil quloch yer qazish oʻrtacha sakkiz yuz soʻm boʻlgani holda, aya huzuriga kelganlar besh yuz, toʻrt yuz, uch yuzgacha boʻlgan miqdorni aytishdi. Anorboy sinchining farzandlari esa:
— Bizga bir soʻmingiz kerak emas. Bu hashar, bizdan arzimagan yordam, — deb turib olishdi.

Biroq Salima aya yertoʻlasini tekinga qazdirishga ham koʻnmay turib oldi.

El-ulus oʻzicha bir xulosaga keldi.

Rabbim choʻloq bashorat qilgan ekan. Chindan-da, yaxshi qiz mahalalsidan, qishlogʻidan nari ketmas ekan.

Salima ayaning uyidan sovchilar arimay qolishdi. Eshikning turumini buzguday darajaga yetgan sovchilar shu qishloqning oʻzidan edi. Keyin bularning safiga qoʻshni qishloqdan, keyin esa tuman markazidan, nihoyat qoʻshni tumanlardan, olis-olis qishloqlardan kelganlar qoʻshilishdi.

Salima ayaning vaqti chogʻ edi...

Keyingi toliba qiz institutni bitirish arafasida qoʻshni qishloqqa, oʻzi bilan birga oʻqiydigan yigitga tushdi.

Toʻy toʻkin-sochin oʻtdi va bu qishloq ahlini aslo ajablantirmadi: «Bor-da, bor... Yoʻq boʻlganda-ku...» Balki shu xulosa ta’sirida boʻlsa kerak, toʻyda qishloq ahli astoydil xizmat ham qildi.

Xuddi shu toʻy oqshomi ayaning yertoʻlasiga oʻgʻri tushdi.

Bu gʻalati oʻgʻrilar yertoʻlani agʻdar-toʻntar qilib tashlashgan, ya’ni yertoʻlaning barcha burchaklarini kovlashgan, buning uchun ketmon ishlatishganmi yoki teshami, ishqilib, kovlangan joylar unchalik chuqur emas edi.

Oʻgʻirlikdan xabar topib, koʻp qatori yertoʻlaga tushgan Salima ayaning bir jilmayib qoʻyganini koʻrgan sinchining yuragi orqasiga tortib ketdi. Soʻng oʻzicha bir qarorga keldi: "Balo bu... Tillani allaqachon boshqa joyga yashirib qoʻygan...

Xuddi shu yili Salima ayaning keyingi qizi ham institutga oʻqishga kirdi. Qishloq ahli buni ham xuddi shunaqa boʻlishi shartdek qabul qildi. Faqat ba’zi ogʻziga kuchi yetmaganlar uer-buerda sasib qolishdi:
— Bor-da, bor... Yoʻq boʻlganda-ku...

* * *

Fursat atalmish shiddatli oqim tinmay oldinga, noma’lum tomonga intilgani-intilgan edi.

Qayd etilgan voqealardan soʻng ham oradan yillar oʻtdi.

Qishloqda Salima ayani orqavoratdan «Boy xotin» deb chaqirishardi. Shunga yarasha, ayaning obroʻsi ham baland edi. Aytib oʻtganimizdek, biron toʻy-ma’raka ayaning ishtirokiisiz oʻtmasdi. Aya ovulning kayvoni ayollaridan biriga aylanib ulgurgandi. Bu orada kampir keyingi qizini ham bir baobroʻ xonadonga turmushga uzatdi. Holbuki, sovchi deganining soni bor edi-yu, sanogʻi yoʻq edi.

Qizil, qip-qizil tillalar esa koʻpchilikning yodidan chiqmagan ekan. Ayaning shu qiziga uylanaman deb rosa harakat qilgan, ammo omadi yurishmagan yigitlar orasida Anorboy sinchining oʻgʻli Azim ham bor edi. Shu yigitcha bir kuni qaysidir toʻyda ichib olgan-da, oʻrtoqlari bilan birgaliqda toʻydan tugunini koʻtarib qaytayotgan Salima ayaning yoʻlini toʻsgan va toʻgʻridan-toʻgʻri:
— Salima aya, qiynalib qoldim, tilla tangangizdan hech boʻlmasa bittasini qarzga berib turing, — degan.

Joʻralarning hammasi ham gʻirt mast boʻlmagan ekan. Oʻsha aqli-hushi joyida yigitlarning aytishiga qaraganda, aya Azimga diqqat bilan, hattoki achinib qaragan. Soʻng:
— Sen bola bir joyda ishlamasang, oʻqimasang, tillani keyin qanday qaytarasan? — deb soʻragan.

Bir tomondan, ayaning ovozidagi mehribon ohang, ikkinchi tomondan savoddagi temir mantiq boismi, Azim nogoh qip-qizarib ketib, goʻyo ayaning fikrini ma’qullayotganday bosh irgʻaganu, darrov bu yerdan uzoqlashib qolgan... Ana shu voqeadan keyin «Aya birovga qarz bermaydi», degan gap ovulda tez tarqaddi.

* * *

Oradan yillar oʻtdi.

Salima aya hamma qizlarini oʻqitdi, oliy ma’lumotli qildi.

Oʻgʻiloy shaharda qoddi — institutni bitirganidan soʻng, oʻsha yerning oʻzida muallimalik qila boshladi.

Oʻgʻiloyning toʻyi ayniqsa dabdabali boʻldi. Oʻziyam nikoh kechasiga Toshkentdan artist olib kelishdi. Kuyov shaharda ishlarkan, tadbirkor ekan. Ikkita fabrikasi bor ekan...

Ammo bir narsaga tan berish kerak, Salima aya «Quda tarafim boy-badavlat ekan» deb qoʻl qovushtirib oʻtirmadi, oʻzining obroʻyini saqladi, quda tarafdan qolishmadi.

Butun ovul ahli ham toʻyda yelib-yugurib xizmat qildi.

Toʻgʻri, toʻyning mahobatini koʻrgan Anorboy sinchi ancha vaqtgacha siqilib, ezilib yurdi, doʻst-joʻralariga, yaqinlariga:
— Tillaning kamida ikkitasi ketdi-yov, — dedi ezilib.

Sinchining tillalarga bu qadar kuyinishidan ajablanganlar ham boʻldi. Ammo boshqa birovlar «Hammasi tushunarli» degandek ma’nodor bosh chayqab qoʻyishdi: sinchi oʻlsam oʻlaman, ammo Salimaning qizlaridan birini bironta oʻgʻlimga olib beraman, quda-anda boʻlganimizdan keyin sekin-sekin sirlashib, tillalarni topib olaman, deya oʻziga oʻzi va’da berib qoʻygandi.

Ammo taqdir ekan, Anorboy sinchi shuncha yelib-yugurganiga qaramay Salima aya bilan quda boʻlolmadi...

Salima aya hamma qizlarini uyli-joyli qildi. Buni qarangki, kenja qizi Nozima ngu qishloqqa kelin boʻlib tushdi. Qizi tushmagur Abdurasul oʻpkaning kenjatoyi bilan institutda birga oʻqigan kezlari suyishib qolishibdi.

Toʻgrisini aytish kerak, Anorboy sinchi avvaliga toʻy xabarini eshitib koʻzi qonga toʻlgan ahvolda yarador sherdek xonasida uyoqdan-buyoqqa borib kelaverdi, oʻzicha bir nimalar deb gʻudrandi, hatto buldozer olib borib, Salima ayaning uyini tag-tugi bilan qoʻporib tashlamoqchi ham boʻldi. Ammo oradan uch-toʻrt kun oʻtgandan keyin sinchi oʻzini bosib oldi. Abdurasul akaning allaqachon oʻpka kasalligidan oʻlib ketganini eslarkan:
— Hali hammasi tamom boʻlmadi, — deb qoʻydi mingʻirlab.

* * *

Salima aya qishloqning baobroʻ kayvonisi sifatida, barcha qizlarini turmushga chiqarib, oʻn ikkita nevaraning mehribon buvisi boʻlgan chogʻlarida, oltmish toʻqqiz yoshida hayotdan koʻz yumdi.

«Xudoga shukr», degan iborani aya umrining oxiriga qadar takrorlab yurdi.

Salima ayaning qirqi oʻtgandan keyin qarib, beli bukchayib qolgan, koʻzlaridan nur ketgan Anorboy sinchi yana oʻsha qizil, qip-qizil tillalar haqida gap ochdi. Zero, aya farzanlariga ham, nevaralariga ham tilla meros qilib qoldirmagani ma’lum edi.

Bu gap birovga yoqdi, boshqa birovning ensasini qotirdi.

Ammo Anorboy sinchi turib oddi:
— Tillani koʻrmasam armonda ketaman...

Qariyaning istagi ado etildi.

Anorboy sinchi bola-chaqali boʻlib ketgan ikkala oʻgʻlini olib, Salima ayaning uyida oʻn besh kun gʻimirlab yurdi. Farzandlar ota koʻrsatgan joyni erinmay kovlashdi. Salima ayaning uyi ham, mashhur yertoʻlasi ham oʻnqir-choʻnqir boʻlib ketdi. Axiyri, sinchi yanglishmasa, oʻn beshinchi kun edi, farzandlar norozilanib, «Ketamiz»ga tushib qolishib, ketmon-choʻkichlarni zardaliroq tarzda ishlatisha boshlashgan edi, yertoʻlaning kun chiqar tarafidagi burchaqda...

Choʻkich bir nimaga «qars» etib urildi. Soʻng choʻkichga bir parcha oq latta oʻralib chiqdi. Bu oq latta nimasi bilandir hov oʻsha hovuz yonida bolalar koʻrgan oq belbogʻni eslatardi.

Anorboy sinchi hayajonlanib ketdi. Farzandlar ham.

Tez orada chuqurcha kavlandi.

Bu... haqaqatan ham oq belbogʻga tugilgan bir hovuch tanga edi...

Ularni qip-qizil deb atab boʻlmasdi. Toʻgʻrirogʻi, mogʻor bosgan, rangi oʻchgan qizgʻish tangalar edi...

Sinchi entikib tangalarni koʻziga yaqin olib bordi.

Bu... shoʻro payti zarb etilgan besh tiyinlik mis tangalar edi...

Farzandlar kulib yuborishdi.

Ammo sinchi taslim boʻlmadi.

Tangalarni yigʻib olib tuman markaziga, tanish tish shifokoriga olib bordi.

Tangalarni tekshirib koʻrgan shifokor uzil-kesil xulosa chiqardi:
— Oddiy mis tangalar. Bir misqol ham oltini yoʻq...

Shifkor sinchining «qizil, qip-qizil, yaltirab turgan tilla tangalar» haqidagi savoliga ham oʻxshatib javob qaytaribdi:
— Bu tangani ham gilamga yarim soat ishqab turing-chi, yaltirab koʻzni oladigan boʻladi...

Anorboy sinchi tuman markazidan xaranxsib, karaxt ahvodda qaytib keldi va ngu kuni kechqurun qattiq xastalanib, yotib qoldi. Issigʻi qirqdan oshib ketxan sinchi yarim kechasixa borib alahlay boshladi: «Tilla... Qip-qizil tilla... Meniki...» Anorboy sinchi viloyat markazida uzoq vaqt davolandi.

Qishloqda esa bu borada hamma har xil fikrda edi. Ayrimlar «Salima ayada umuman tilla boʻlmagan, aya shunchaki hazillashgan« desa, boshqalar "Yoʻq, tillalar boʻlxan, aya ularni toʻylarxa ishlatib yuborxan", deyishardi ishonch bilan. Yana ba’zi birovlar esa »Aya bolalarining baxtini oʻylab ngunday qilgan, axir bizda boy odamning hurmat-e’tibori katta boʻladi-ku, qishlogʻimizda aslida boy boʻlmasang ham, boyga oʻxshab yashasang yaxshi», deb ham qoʻyishardi.

Xullas, yaqdil xulosaning oʻzi yoʻq edi oʻsha qizil, qip-qizil tillalar masalasida... Oʻtxan hafta Anorboy sinchini dafn etdik. Bechora shifoxonada qiynalib jon beribdi. Sinchining ogʻzidan chiqqan soʻnggi soʻz ham «Tilla...» boʻlibdi...

2005