OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAbdurauf Fitrat
Asar nomi«Shoʻroyi islomiya»ning xatosi
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/jadid adabiyoti
Boʻlimlar
   - Publitsistika
Mualliflar
   - Abdurauf Fitrat
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Ochiq xatlar va maktublar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/09/05
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





«Shoʻroyi islomiya»ning xatosi
Abdurauf Fitrat

Maqolamizning shu unvoni, oʻquvchilarimizning hayrat va taajjublarigʻa sabab boʻlsa kerak. Uzimizdagʻi shul maqolani buyuk bir hayrat va taajjub ichinda yozib turibmiz. Masala shu:

«Shoʻroyi islom» jamiyatining[1] saylov toʻgʻrisinda «uy egalari»[2] otli bir rus partiyasi bilan ittifoq qilgʻanini barchamiz bilib oldik endi, Mashhur soʻzlargʻa qaragʻanda, shul ittifoq ikki musulmon, bir rus tartibi oʻzaro bogʻlangan. Muning ma’nosi shuki, «Shoʻroyi islom» oʻz roʻyxatigʻa elli(q) musulmon va yigirma besh rusni, ikki musulmon bir rus qilib yozadir. Saylov kuni «Shoʻroyi islom» tarafdorlari boʻlgʻan musulmonlar bilan «uy egalari» tarafdorlari boʻlgʻan ruslar shul shoʻroning roʻyxatigʻa tavush berurlar va natijada masala 15 galos[3] olinsa, 5 tasini ruslarga berib, 10 tasini musulmonlar olurlar.

Tunov kuni mutafakkir bir doʻstim bilan shul toʻgʻrilarda gapurib oʻtirgʻan edim. Doʻstim haqli bir suratda «Shoʻroyi islom»ning shul ittifoqini tanqid qildi, dedikim:

Samarqand saylovigʻa qushilaturgʻanlar; musulmondan (xotunlar hisob emas) oʻnolti ming, juhud ikki ming besh yuz, rus oʻn bir ming besh yuz, hammasi oʻttiz ming kishi boʻlur. Shul oʻttiz ming kishini yetmish besh galosiga taqsim qilsak, har toʻrt yuz kishiga bir galosi tushar. Emdi shunisi ham ma’lumdirki, saylovgʻa qoʻshilaturgʻan oʻn bir ming besh yuz rusning hammasi «uy egalari» partiyasiga dohil emaslar. Chunki ruslar orasinda «uy egalari» partiyasidan boshqa toʻrt-besh partiya bordur. «Uy egalari» partiyasi gʻayrat qilsa, oʻn bir ming besh yuz rusdan ikki mingini oʻz tarafiga ola bilur.

Faraz qilaylikki: shoʻro jamiyati shul saylovda oʻz tarafigʻa, oʻz roʻyxati uchun ikki ming musulmon tovushi ola bilsun. «Uy egalari» partiyasining oʻttiz besh galosi tushar. Endi ittifoq yuzindan shoʻro jamiyatining oʻzi shul oʻttiz besh galosdan oʻn ikki ming musulmon tovushi olur 24 galosni; «uy egalari» partiyasiga ikki ming rus tovushi uchun berur oʻn bir galosni!

Holbuki, ayri-ayri spiska boʻlgʻanda «Shoʻroyi islom» oʻn ikki ming musulmon tovushi uchun 30 galosni va «uy egalari» partiyasi ikki ming rus tovushi uchun besh galosni olur edi. Mana shul hisob yuzindan Shoʻro jamiyatining shul qilgʻan ittifoqi musulmon haqigʻa zararlidir, chunki olti musulmon galosining yeri ruslargʻa oʻtgan boʻlur.

Doʻstimning bu hisoblarini eshitgach, hayratda qoldim. «Ajabo, Shoʻro jamiyati nechun shuni tushunmaydi?» dedim va chiqib keldim. Shoʻro shu masalani tushunmagʻan boʻlsa, millatning oʻzi tushunsin va ortuq qaysi noʻmir roʻyxatgʻa tovush bermak kerak edigini tayin etsun.

(«Hurriyat», 1917 yil, 5 sentyabr, 36-son)

Qayta nashri: «Yoshlik», 1991, 10-son, 45-bet (N. Avazov nashrga tayyorlagan). Saylovlarda ishtirok etayotgan har bir firqa qatori «Shoʻroyi islomiya» tashkiloti va uning rus «uy egalari» firqasi bilan hamkorligi tanqid etilgan.


  1. Shoʻroyi islomiya - 1917 yil 1 aprelda mazkur tashkilotning 1 qurultoyida ta’sis etilgan jamiyat. Sobiq oʻng jadidlar, asosan, shu jamiyat quruvchilari edilar. Uniig dasturi qurultoyda Munavvar Qori nutqida e’lon etilgan.
  2. Uy egalari - Turkistonda mavjud rus partiyalaridan biri.
  3. galos - ovoz.