OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAbdurauf Fitrat
Asar nomiAngliz va Turkiston
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/jadid adabiyoti
Boʻlimlar
   - Publitsistika
Mualliflar
   - Abdurauf Fitrat
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Ochiq xatlar va maktublar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm5KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/09/05
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Angliz va Turkiston
Abdurauf Fitrat

Mundan ikki oy burun «Turkistonda angliz mudofaasini saqtamoq uchun Chin qoʻshuni kelmoqchi emish» degan bir xabar chiqgʻanda «Hurriyat» gazetasi ikki maqola ila fikrini bildirgan[1] va Turkiston siyosiylarini uygʻoqliqqa chaqirgʻan edi. Bu kun ish bir oz ochildi: Turkistongʻa angliz vakillarimi, angliz josuslarimi kela boshladilar.

Bu vakillardan Kogonda Sapar Badloʻf[2]ning uyiga qoʻngʻan bir hindli Parnasning rus rasmiy doiralarinda berdigʻi ma’lumotga qaragʻanda bir odam hind inqilobchilaridan emish. Hindustonda inqilob chiqarmoq uchun bolsheviklar bilan muzokara qilgʻali kelgan emish. Sharqning eski hukumatlarindan birisi aydigʻi uchun ruxsat berilsa, bechora hukumatini koʻrmoqchi emish.

Bunlarning yuqori doiralargʻa ham soʻzlari shu esa biz bunlargʻa «yashurun bir maqsad uchun kelgan josuslar» deb qarargʻa majbur qolurmiz. Yuqori doiralarga tilaklarini ochibgʻina aytkan boʻlsalar, u vaqt bunlarning bolsheviklar bilan muzokara qilgʻali kelgan vakillari ayduqlarigʻa shubha qolmas. Har holda mas'alaning shu nuqtasi ma’lumdirkim bunlar josus boʻlsalar ham vakil boʻlsalar ham tilaklari birdir. Bunlarning ikkinchisi bir Hindustonni olmoqchi boʻlgʻanlar. Bunlarning koʻzlari bizning yurtimizdadir.

Anglizlar bilan Turkiston orasinda Afgʻon va Chin hukumatlari bordir. Ajabo Britaniya tulkilari Turkistonimizgʻa burunlarini suqmoquchun Chin hukumati bilanmi onglashadilar. Afgʻon hukumati bilanmi?

Ogʻiz xabarlarigʻa qaragʻanda, har ikkisi bilan ham onglashgʻan, hatto Afgʻon hukumati bilan ittifoqi kuchliroqgʻa oʻxshaydirlar. Lekin biz shul Afgʻon va Angliz ittifoqini qabul qilmaymiz.

Ma’lumdurkim: bu kun German va Turk davlatlarining birinchi dushmanlari anglizdir. German va turk davlatlari oldida Turkistonning anglizlarga kechmakindan ruslargʻa qolmogʻi yaxshiroqdir. Bir vaqtlar oʻzini turk davlatining bir kashishi[3] atagʻan Afgʻon hukumati turk siyosatiga shuncha molik boʻlgʻan bir mas'alani qabul qilarmi?

Angliz bilan ittifoq etmak - german va turkga qarshi chiqmoqdir. Afgʻon hukumati bu yoʻlga kirarmi? Angliz hiylasining ta’siri buyukdir, ehtimol kim, Afgʻon hukumati ham oldangʻandur, lekin bizning umidimiz boshqadir.

Afgʻon hukumatining urushgʻa qotishmogʻi mumkindir, uning kuchi bordir, ehtimolkim, vaqti daxi boʻladir, lekin biz umid qilamizkim, Afgʻon hukumatining bu harakati angliz foydasi uchun emas, german va turk pilonlarigʻa muvofiq boʻlmoq sharti bilan oʻz foydasi uchun bu harakat Hindustongʻa qarshi boʻlgʻulidir.

Ammo Angliz va Chin ittifoqi mumkindir. Chin hukumati Japun tazyiqotindan qutulmoq va oʻlkasining rus nufuzi ostida qolgʻan qisminda oʻz huquqini tasdiq eturmak uchun Angliz davlatining turli xizmatlarigʻa hozirdir.

Emdi mas'alaning boshqa bir jihati qoldi. Turkistonni daxi Hinduston kabi yutmoqchi boʻlgʻan anglizlar bu urush maydonidan qanday chiqarlar? Magʻlubmi? Magʻlub chiqarlar esa, Turkistonni qaysi kuch bilan saqlarlar?

Oʻz hiylalarigʻa ishongʻan chidamli anglizlar oʻzlarini shul muhoribadan oz zarar bilan soqgʻina qutqarmoq uchun albatta bir pilon chizgʻan va shul pilonlariga ishongʻandirlar. Mana shul nuqtagʻa binoan, sulhdan burun Turkistonni olib dushmanlarini «amru afu»[4] qarshisinda qoʻymoq va sulh majlisinda kirganda Turkistonni qaytarib berargʻa majbur boʻlsalar ham uning oʻrninda boshqa yoqdan biror narsa saqlamoq fikrinda boʻlsalar kerak.

Ammo bizning fikrimizga koʻra, angliz hukumatining bu urushdan oz zarar bilan soqgʻina qutulmogʻi mumkin emasdir. Germaniyaning ogʻir va yomonroq zarbasi anglizlarning boshlarigʻa inar[5]. Angliz hukumati butun ishdan chiqmayin bu urushdan chiqolmas. Shul suratda Turkistonning tole’i[6] nimadir?

Uni turkistonlilarning oʻzlari tayin qilarlar, ammo ittifoq va ittihod aytib butun fikrlarini bir nuqtada toʻplagʻandan keyin!..

(«Hurriyat», 1918 yil, 29 mart, 82-son)



  1. «Hurriyat» gazetasining 64-sonidagi «Angliz oʻyunlari» va «Taqsimi a’mol» (67-son) maqolalari nazarda tutiladi.
  2. Safar Badlov - Kogonda (yangi Buxoro) yashayotgan rus muhojirlaridan biri. Amir Olimxonning maslahatchisi va noibi Millerning buyrugʻiga koʻra Kogonda koʻplab rus va yahudiy boylari toʻplagan edi.
  3. kashish - tortilgan, jalb etilgan.
  4. amru avu - afv etish haqidagi buyruq. Bu yerda: amnistiya.
  5. inar - kelar, tushar.
  6. «Turkistonning tole’i» haqida Fitrat ayni 10-yillar oxiridagi siyosiy voqealarni chuqur tahlil etgan «Sharq siyosati» (Toshkent, 1919) risolasida batafsil ma’lumot bergan.