OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAbdurauf Fitrat
Asar nomiJohilona taassubgʻa misol
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/jadid adabiyoti
Boʻlimlar
   - Publitsistika
Mualliflar
   - Abdurauf Fitrat
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Ochiq xatlar va maktublar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm9KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/09/05
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Johilona taassubgʻa misol
Abdurauf Fitrat

Maqola[1]

Buxoro shahrining oʻramlarina[2] ushbu mazmunda bir e’lon yopishrilgʻan edi: «Yangi chiqgʻan jadidlar bolalarimizning e’tiqodlarini buzalar, munlar hunarlarinda hech kim bolasini oʻqutmasin, oʻqutsa shul kishini oʻldirajakmiz, jadidlar jivlashub[3] oʻlturmasunlar, agarda jivlashub oʻtursalar, biz onlarning boshlarini kesarmiz, jadidlar namoz birla roʻzani, zakotni oʻtamaylar, munlar kofirlar, qonlari halol» (Bu e’lonla bir hadisda[4] yozilgʻan).

Boshqa mamlakatlarda munday ma’nosiz, imlosi buzuq, axmoqliq alomati boʻlgʻan e’lonlar, yozuvlarning ahamiyatlari boʻlmasada, Buxoro kabi oʻrunda afkori umumiyaning mundan mutaassir boʻluvi mumkin. Shul sababli munday johilona taassubgʻa qarshi iltifot etmay qoluv bizning uchun mumkin tugul[5].

Yozuv yoza bilmay turib, shu shiy e’lon yozuvlarigʻa «jadid»larning maslaklari nindi[6] narsadan iborat ekanligini biddirurgʻa hojat bor.

Buxorolilarning tijorat, axloq va ilm, sanoat va hunar, maishat jihatlarinda butunlay ortda qolgʻanliqlarini «e’lon» yozuchilar bilmasalarda, boshqalar bilalar. Tijorat maydonlarinda, tahsil madrasalarinda, axloq toʻgʻivlarinda[7] oʻz ishlarining qoidasini va zibarini[8] bir yahudiy qadar biluvchi ongli kishimiz yoʻq. Dunyoning telefon va telegʻrof hamda temur yoʻllar kabi fanniy moʻ‘jizalarini koʻrub-da shunlarning sirlarini oʻgranurgʻa tirishuchi odamimiz yoʻq. Hatto madrasalarimizdan chiqub-da bir jamoatning kofirligini e’lon etuchilarimiz-da durust yoza bilmaylar.

Shu holni yaratub, bundan rizo boʻlub turuchi birgʻina musulmonda boʻlmasa kerak. Mana shu shiy[9] ravishda boʻlgʻan ijtimoiy xastaliklarimizgʻa davo izlovchilar «jadid»lardir.

Jadidlar «millatimiz, xalqimizning bu darajada tuban qoluvlarini, shu shiy martabada yomon kunlargʻa tushularini nodonligʻlari sabab boʻldi, bizning uchun oʻquv, ilm va ma’rifatgʻa yopishuv(imiz) lozim. Vatanimiz, mamlakatimiz va millatimiz ilm nuri birla yoqtursun, din ham dunyo ilmlari birla jihozlansun. Bu hol endi bizning uchun farz boʻldi, eski maktablarda sakkiz yillar oʻqub-da. Eron xalqtarining ichkilik va ishq kabi safohatlarindan iborat boʻlgʻan adabiyotdan boshqani bilmovchi bolalarimiz yangi maktablarga kirub din ham dunyo uchun foyda beraturgʻan lozim narsalarni oʻqisunlar, hisob va yozuv bilsunlar, toʻrt gurli fan oʻqir uchun madrasalarimizda oʻn sakkiz yil yotuvi shogirdlarimiz oʻn ikki yil madrasani-da tamom shartina yetishdurub oʻn besh fan oʻrgansunlar, madrasadan chiqub-da boshqalarni akfor[10] qilush tugul, balki musulmon qilub e’lon yozuchidarimizning imlolarini kishi kuldurmak darajada buzuq boʻlmasun, savdolarimiz hunar va sanoatimiz, ekunchilik[11] ishlarimiz bukungi kabi zabun holda turmasun, balki tuzalsun yaxshilansun!» deylar. Muni «jadid»lar shuytib ravishda soʻylaylar va shu shiy yoʻlda yuriylar.

Ushbu maqsadlarimizgʻa erishur uchun biz «jadid»lar Buxoroda maktablar ochdiq, lekin Buxoro hukumati neqdi falsafagʻa koʻradur[12] bizning maktablarimizning davomini musoada[13] qilmadi, yashatmadi. Shul kunday berli biz maktabsiz qolduq.

Mundan soʻng: «Maktab yoʻli birla boʻlmasa boshqa bir yoʻl birla tirishub qarayliq!» deb tijorat yoʻlina kirdik va Buxoro hukumatidan ruxsat olub bir kitobchiluk shirkati va bir koʻmoch narsasi shirkati[14] tuzuvdik.

Kitobxonamizda gazit va jurnallar birla birlikta hadis va tafsir hamda dars kitoblari kelturub eski madrasatarning shogirdlarika uch yuz haq birla dars kitoblari sotdiramiz. Koʻmoch shirkati dahi yuz mollarini uch yuz baho birla sotub foydasini(ng) koʻbisi «jadid» boʻlmagʻan shirkatlar orasinda taqsim etoʻb turadir. Demak, bizning ijtihodimizdan[15] «jadid» boʻlmagʻan va «jadid»larni yarotmay turgʻan odamlar foydalanalar.

Endi «jadid»lik maslakinda boʻdgʻanlarning oʻz hollarini-da bir oz ta’ruf qilaylik:

Bu «jadid»larning koʻbraklari eski madrasalarda, darslarini eng yaxshi ravishda tamom etuchilar boʻlub oralarinda bu kunda zoʻr mudarrislar va olimlar bor. Munlar tafsir va hadis darslari oʻqutalar, oʻqutmagʻanlarida dars oʻqituv lozim boʻlgʻanda oʻqituvgʻa mahtaddirlar. Munlar yuzlar birla hadisi shariflarini xatosiz yodlagʻanlar va durust onglaylar. Endi Paygʻambardan rivoyat etilaturgʻan bir hadisni-da durust yoza bilmagʻan, imlo hunarindan-da mahrum odamlar chiqsunlar-da shu shunday odamlarni akfor etsunlar, akfor birlagina qanoat etmay, qonlari halol boʻluv birla fatvo bersunlar. Shu shiymi insof? Bumi musulmonliq?

U otish oʻynovchilar[16], aroqi ichuchilar va butun amrlarini fisqu fujur yoʻlida yozdiruchilar Buxoroda oz tugul. Milyoʻnlar Sirla insonlarning qonlarini suv kabi oquzib turuchi va gʻoz minglar birla bolalarini, xotunlarini yetim va kishisiz qoldiruchi bu kungi zoʻr suqishdan ibrat-la hamma kayf va safo majlislari qurub musulmon bolalarini oʻynatuchilar-da koʻb. Shu shiyday xalqlar ozgʻina-da taqti' qilinmagʻanlari holda islom va musulmonlarning taraqqiysi uchun tortishuchilar akfor qilinsunlar, qonlari muboh koʻrilsun! Diyonat shu shiymi? Bumi odamchilik?!

Qur'oni karim musulmonligʻni da’vo qilib salom beruchilarni akfor qiludan man' etadir. Musulmonlarni akfor qiluchilar bilsunlarki, «Musulmon kishilarini akfor qiluchilar agarda shul kishi kofir boʻlmasa, oʻzlari kofir boʻlurlar» mazmunida hadisi shariflar Buxoriy[17] birla Muslim[18] sahihlarinda bor.

e’lonchi afandilar, fitna qoʻzgʻatuchi oʻrninda Qur'on birla Hadis oʻqub shunday oliy soʻzlarni oʻrgansalar va bilgʻan narsalarini durust yozargʻa tirishsalar yaxshiroq va musulmoncharoq boʻlur edi.

Bu maqolani yozuvimiz oʻlimdan qoʻrquvdan tugul. Biz oʻlumdan qoʻrqmaymiz. Haq yoʻlda oʻldiriluv va oʻluv botilliq[19] uzrinda yashovdan yaxshiroq. Xayrliroq. Biz muni Qur'oni karimda oʻqub shungʻa ayon keturganmiz. Balki muni yozuvdan maqsadimiz buxorolilarni insofgʻa da’vat etuv hamda hukumatimizning diqqatini jalb qiluvdir. Hukumatimiz munday mas'aladan sukut etmasun, balki bu ishni taftish va tadqiq qilsun edi. Agarda ayb bizda boʻlsa, teyishli jazoni bersun, yoʻqsa shunday e’lon yozuchilarni topub maydongʻa chiqarsun. «Onlargʻa teyishli jazo bersun edi» demaymiz. Jazo bermasun, balki tanbeh va nasihat qilsun.

«Onlargʻa jazo bermasun» degan soʻzimni vijdonim, iymonim birla yozdim. Chunki shul odamlar-da, saodatlari va taraqqiylari uchun tortishaturgʻan millatimizning kishilaridir. Modomiki, biz bu millatning baxtiyor boʻluvini orzu qilamiz, e’lon yozub yobishdiruchilarning saodatlari-da bizning uchun matlubdir. Bizning maslakimiz muhabbat va ma’rifat hamda marhamatga bino qilinadir.

Durust, agarda bu toʻgʻrida biz gunohli tugul esak, hukumat taftish etub shul e’lon yobishdiruchilarni topsun, ammo jazo bermasun, balki nasihat yoʻlindan onlargʻa Siz munday fitnalar qoʻzgʻatib yurmangiz! Munday yoʻq ishlar birla shugʻullanuv oʻrnigʻa maktabga qirub yozuv oʻrganingiz. Imlongizni tuzatingiz, mundan shu ilmlari komil odamlar huzurina borub tafsir va hadis oʻqungiz desun...


  1. Maqola «Ochiq soʻz» gazetasidan (sanasi koʻrsatilmagan) olinib, «Shoʻro» jurnalining 1917 yil 15 yanvar sonida (Sana 10, Adad 2, 34-35-bet) bosilgan. Ayni oʻsha manbadan olinib nashrga tayyorlandi. Fitratning ushbu maqolasini bizga taqdim etganlari uchun yapon olimi Xisao Koʻmatsu janoblariga lutfan minnatdorchilik bildiramiz.
  2. oʻramlarina - Buxoro shahrini oʻrab turuvchi devorlar, qoʻrgʻon nazarda tutiladi. Maqola dastlab tatar lahjasida e’lon etilgani uchun unda tatarcha soʻz va grammatik belgilar koʻpdir.
  3. jivlashib - qarshilik bildirish.
  4. Bu e’lonning ostiga bir hadis ham yozilgan boʻlib, uning soʻzlari keltirilmagan. Bizningcha, Fitratning «Munozara» asarida keltirilgan hadislardan biri shunga mazmunan mos keladi.
  5. tugul - emas. Bu yerda: mumkin emas.
  6. ninday - nima, qanday narsa.
  7. toʻgʻuvlarinda - yaratish, tarbiya bermoq. Bu yerda: axloq, tarbiyalarida.
  8. zibar - bezak, ziynat.
  9. shiy - shu, shunday.
  10. akfor - kufr qilmoq, koʻplikda: kofirlar.
  11. ekunchilik - dehqonlik.
  12. ninday falsafaga qoʻradir - qanday falsafaga asoslanadi.
  13. musoida - «musoid» yordam beruvchi. Bu yerda: yordam bermadi ma’nosida.
  14. koʻmoch narsasi shirkati - Buxoroda jadidlar tomonidan ochilgan tijorat shirkatlaridan biri.
  15. ijtihod - tirishish, say'-harakat.
  16. otish oʻynovchi - qimorboz. Bu yerda: oshiqotuvchi.
  17. Buxoriy - asli ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810-870). «Al-jomi' as-sahih» kitobidagi hadislar nazarda tutiladi.
  18. Muslim - Muslim an-Nishopuriy mashhur muhaddis nazarda tutiladi.
  19. botillik - nohaq, asossiz. Bu yerda: behuda.