OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAbdurauf Fitrat
Asar nomiMusulmonlar, gʻofil qolmang!
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/jadid adabiyoti
Boʻlimlar
   - Publitsistika
Mualliflar
   - Abdurauf Fitrat
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Ochiq xatlar va maktublar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/09/05
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Musulmonlar, gʻofil qolmang!
Abdurauf Fitrat

Yaqinda shahar dumasi[1] ochilur. Shahar dumasi, shaharimizning pokizalik va obodligʻi, maktablarimizning taraqqiy va intizomi, bolalarimizning tarbiyasi va xalqimizning tinchligi uchun kerak boʻlgan ishlarni oʻz qoʻliga olur. Shahrimizdan xazinaga kiraturgan oqchalarni shu yoʻllarda sarf qilmoqchi boʻlur.

Bu oldimizdagi shahar dumasi eski hukumat zamonidagi shahar dumalarigʻa oʻxshamas. Yigirmadan oʻtgan butun shahar odamlarining ixtiyorlari bilan saylanurlar. Bu shahar dumasinda juhuddan, rusdan, musulmondan vakil qilib oʻturur[2]. Va shahar ishlari uchun gapurushurlar. Shaharning qaysi qit'asinda kasalxonalar qurmoq kerak, shaharning qaysi qit'asindagʻi yoʻllarni tuzatmoq kerak, shaharning qaysi qit'asinda qancha maktab solmoq kerak deb kengashurlar va shul toʻgʻrilardagʻi ishlarni «vakillar koʻbchiligi» ning qarori bilan qilmoqchi boʻlurlar. Vakillar koʻbchiligi hammadan burunroq eski qit'aning yerlarin tuzaturgʻa qaror bersa, chora yoʻq, shu qilinur. Vakillar koʻbchiligi koʻbroq kasalxonalarni yangi qit'ada solmoqchi boʻlsa, iloji yoʻq, shu boʻlur.

Mana shularni onglagan har jamoat, har millat shahar dumasiga oʻzidan koʻbroq vakil oʻtkazmoq uchun tirishadir, dumaning koʻbchiligining oʻziga olmoqchi boʻladir. Oʻtgan haftadagi «tahriri nufus»dan[3] ongʻlashildiki: shahrimizda xalqning toʻrtdan uchi musulmon va toʻrtdan biri rus, armani va juhud ekanlar. Shunga qaragʻanda unlar xazinadan chiqim boʻlaturgʻan oqchaning uch shunchasi biz uchun chiqgʻuchidur. Unlargʻa maktab ochilsa bizga uchta; unlargʻa bir kasalxona ochilsa bizga uchtasi ochgʻuli; unlargʻa bir put bugʻdoy kerak boʻlsa bizga uch put kerakdir.

Qisqasi shulkim: bizning haqimiz ularning haqtarindan uch yoʻla berkdir. Mana shularni tilab olmoq uchun shahar dumasining koʻbchiligini olmoq kerak, shahar dumasining koʻbchiligini olmoq uchun musulmonlarning saylov kuni lozimdur. Yoʻq, saylov kuni har kim oʻz uyinda oʻtirsa; boshqalar koʻbchilik boʻlib kelsalar va dumaning koʻbchiligini oʻz taraflarigʻa oʻtkarsalar; u vaqt biz hech bir haqimizgʻa erisholmasmiz, yana eski kabi huquqsiz boʻlib qolurmiz; yana eskisi kabi oʻz shahrimizda oʻz oqchamizning rohatini oʻzimiz koʻrolmasmiz.

Shuning uchun bagʻiribroq aytamankim, oʻz xalqlarini yana boshqalarning oyoqlari ostinda qoʻymoqchi boʻlmagʻan musulmonlar! Saylov kuni gʻofil qolmanglar, koʻbchilik boʻlib kelurgʻa tirishinglar.

(«Hurriyat», 1917 yil, 25 avgust, 33-son)

Qayta nashri: «Yoshlik», 1991,10-son, 44-45-betlar (N. Avazov nashrga tayyorlagan). Maqola Samarqand shahri dumasiga saylovlar oldidan yozilgan.


  1. Duma - Rusiyadagi saylov tizimiga koʻra mustamlaka oʻlkalardagi xalq vakilligi organlari ham duma deb yuritilgan.
  2. vakil qilib oʻturur - Samarqand shahri koʻp millatli boʻlgani uchun shahar dumasiga, asosan, turk, rus va yahudiy millatiga mansub kishilargina saylovlarda qatnashish huquqini olganlar.
  3. tahriri nufus - Samarqandda 1917 yil 18-20 avgustlarda saylov oldidan aholini roʻyxatga olish oʻtkazilgan, oʻsha nazarda tutiladi.