OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAbdurauf Fitrat
Asar nomiYurt qaygʻusi (ona bilan oʻgʻil)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/jadid adabiyoti
Boʻlimlar
   - Islom
Mualliflar
   - Abdurauf Fitrat
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm4KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/05/19
Manba[ziyouz.com ziyouz.com...]


Nashr belgilari
«Buxoro axbori» gazetasining 1920-yil 5-oktabr sonida bosilgan


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Yurt qaygʻusi (ona bilan oʻgʻil)
Abdurauf Fitrat

Fitrat bu asarlarni yigʻlab, hayqirib yozgan edi, ziyolilar ham uni yigʻlab, hurriyat uchun kurashish haqida qasamyod qilib oʻqiganlar. Ammo, afsuski, oʻzbek xalqi Fevral inqilobi bergan tarixiy imkoniyatdan foydalana olmadi. Ma’lum boʻlishicha, Fitrat 1918-yilda yozgan «Yurt qaygʻusi» nomli toʻrtta she’ridan tashqari, 1920-yilda ham shu nomda yana bir sochmani yozgan ekan. Bu Fitratning «Tengiz» taxallusi bilan yozilgan asari boʻlib, «Buxoro axbori» gazetasining 1920-yil 5-oktabr sonida bosilgan va yaqinda adabiyotshunos Sirojiddin Ahmad tomonidan matbuotda e’lon qilindi. Asarda Buxoro amiri taxtdan agʻdarilgandan keyingi tarixiy davr manzaralari tasvirlanadi. Bu she’rning topilishi Fitratning Turkiston Muxtoriyat hukumati shafqatsiz ravishda tor-mor etilganidan keyin ham erk va hurriyat uchun faol kurash olib borganidan darak beradi.

Fitrat xuddi shu faoliyati uchun — Oʻz vatanining mustaqilligi yoʻlida izchil faoliyat olib borganligi uchun dastlab adabiyot olamidan uzoqlashtirildi, yozgan asarlari nashr etilmadi, 1937-yilda esa «xalq dushmani» sifatida ayblanib otib tashlandi. Ammo butun hayoti va ijodini mustaqillik uchun kurashga toʻla-toʻkis bagʻishlagan, «Yurt qaygʻusi» singari xalqni ozodlik uchun kurashga da’vat etuvchi she’rlar, nasriy asarlar va dramalar yozgan Fitrat doim xalq xotirasida barhayot qoladi.

* * *

— Ona! Nechungina yigʻlaysan? Bugun saodatga erishdik, yana qaygʻurasanmi? Bugun oʻz tilagingga yetishding, koʻz yoshlaringni toʻkadirsanmi?

Emdi qaygʻurmoq chogʻi bitdi, yigʻlamoq pallasi yoʻq boʻldi, rohat kunlaring yetishdi, onam!
— Oh... Oʻgʻlum, arslonim! Mustabid hukumat uyimni talatdi: buyuk binolarimni yiqitdi: suyukli oʻgʻlonlarimni oʻldurdi.

Tahammul etdim, sabr qildim, kimsaga bir ogʻiz soʻz bu toʻgʻridan ochmadim. Negakim, qoʻllarinda qilich, oʻmuzlarinda toʻfang, mani oʻldirmoqqa hozir edilar. Dunyoning mukofot ekanligin bilgan edim.

Bilar edimki, bu zolimlar bir kun qilgʻon zulmlarining mukofotini koʻrarlar. Bilardimki, toʻkilgan qonlarning har bir tommasidan biror arslon yaratilub bunlarning qonlarini ichar-lar.

Koʻzlari koʻr, quloqlari kar boʻlib onalarini tonimaydilar, yuragimni teshadirlar, bagʻrimni parchalaydilar. Oʻzlarini tar-biya qilib yetishtirgan onalarini yoʻq boʻluviga sabab boʻldilar.

Oʻylamas oʻgʻillarim butun bir qutimni yotlargʻa talatib, nomusimni gʻayrilarning oyogʻi ostinda oldilar.

Boʻyla onalarigʻa dushmanliqlari oʻz boshlarigʻa yetdi, bukun koʻrub toʻrgʻon mukofot u qilgʻon zulmlarigʻa qarshi edi.

Shu davlat, shu gʻururlariga mast boʻlgʻon xoinlarning kasofati tegdi. Butun uyimni yondirdilar, yuragimdan alangalar chigʻa boshladi, buyuk binolarim yonib bitdi. Goʻzal-goʻzal masjidlarim kul boʻldi. Zolimga qarshi otilgan toʻplar manim tom yuragimni teshdi, u mustabidlarga qarshi otilgʻon toʻfanglar mani xavfga soldi. Nima qilayin, oh, minglarcha gunohsiz ma’lum oʻgʻlon-larimni nohaq yerda qonlari toʻkildi, qancha onalar bolasiz va necha oʻgʻlonlar onasiz qoldi.
— Onajonim! Yigʻlama, dushmanlar mahv boʻldi, u mustabid qon ichuvchilar bitirildi. U mustabidlar qoʻlindan ochilgʻon yaralaringni tuzatmak uchun doʻqturlar hozirlanib, zahmlar tuzatildi.

Emdi yigʻlama. Saning saodatingni chin koʻnguldan istab yurgʻon bolalaring holingni soʻrgʻali keldilar. Tur! Yigʻlamoq oʻrnida bir oz kul.

— Oh, arslon oʻgʻlonlarim! Emdi chin suyukli oʻgʻlonlarimni quchogʻinda yotayin. Oh, men sizni bu kunlarim uchun yetishtirgan edim. Manim emkanib tarbiya qilgʻon choqlarimni esingizdan chiqarmaysiz.