OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAbu Ali ibn Sino
Asar nomiHayy ibn Yaqzon (falsafiy qissa)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Fors adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Abu Ali ibn Sino
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Qissalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonAbdusodiq Irisov
Hajm24KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/11/29
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Hayy ibn Yaqzon (falsafiy qissa)
Abu Ali ibn Sino

Oʻz shahrimda turgan vaktimda uning atrofidagi sayilgoh joylarning birisiga oʻrtoqlarim bilan sayohat kilishga muvaffaq boʻldim. Biz oʻsha yerni aylanib yurgan vaqtimizda koʻzimizga bir nuroniy, yoshi ham anchaga borib kartayib qolgan, lekin oʻzi hali barvasta, tetik suyaklari ham susaymagan, hech bir a’zosi boʻshashmagan va xullas soch oqarishdan boshqa hech qarilik nishonasi boʻlmagan bir chol koʻrindi. Shunda mening u bilan gaplashishga havasim kelib, oʻzimdan-oʻzim uning pinjiga kirgim va u bilan yaqin boʻlgim kelib qoldi. Keyin oʻrtoqlarim bilan unga qarab ravona boʻldim. Unga yaqinlashgan chogʻimizda, u bizdan avval salom berdi va juda dilga yoqar, ma’qul gaplardan gapira boshladi. Gapga kirishib ketibmiz, hatto gap aylanib, uning hol-ahvoli, yoshi, hunari, hattoki uning ismi, nasabi, shahrini bilishgacha ham borib yetdi.

Keyin u javob berib aytdi:
— Ismim Tirik, nasabimga kelsak, Uygʻoq oʻgʻliman. Shahrim Bayt ul-muqaddasdir. Hunarim jahon tevaragini sayohat qilish va hatto olamning hamma tomonlaridan xabardor boʻlib yurishdir. Shu sayohatlarimda yuzimni otam tomonga qaratganman. U tirikdir. Men barcha ilmlar kalidini undan olganman. U menga olam chegaralariga olib boradigan yoʻllarni koʻrsatgan, sayohat qilish bilan hatto hamma iqlim ufqlari menga koʻrinib qoldi.

Ancha mahalgacha u bilan har xil ilm sohalarida masalalar aytishardik va ularning haqiqatini tushuntnrib berishni soʻrardik, nihoyat farosat ilmiga yetdik. Men uning bu ilmda shunchalik toʻgʻri fikr yuritayotganinm koʻrib, juda ham hayratda qoldnm. Negaki, u biz kelib toʻxtagan farosat ilmidan gap boshlab, mana shunday dedi:
— Farosat ilmi foydasi naqd boʻlgan ilmlardandir. Sen bu ilmni bilib olsang, u senga kishilarning oʻzlari yashirib yurgan fe’lu atvorlarini bildiradi. Mana shu farosatning bildirishi natijasida oʻz bilging bilan unga boylanib qolarsan, yo undan yuz oʻgirarsan. Farosat ilmi sening oʻzingni aslingda bor boʻlgan instinktiv yaratilmalaring, oʻzgartirilmagan tabiatlaringni koʻz oʻngingga keltirib qoʻyadi. Agar senga farosatning tuzatuvchi qoʻli tegsa, sen juda oʻtkir boʻlib ketasan. Agar seni bir aldoqchi yoʻldan ozdirib, tuzogʻiga tushira olsa, aldanasan.

Tevaragingdagi seni tashlab ketmaydigan bu kishilar sening yomon oshnalaringdirlar. Sen ulardan osonlikcha salomat qutulmaysan, ular senga fitna qiladilar. Seni ular fitnasidan faqat toʻla bir poklikkina saqlab qola olishi mumkin, xolos.

Ammo mana shu sening oldingda turgan ogʻayning esa, senn hayratga soluvchi, ezmadir. U yolgʻonni toʻqib chiqaradigan va qalbaki ishlarga usta bir uydirmachidir. U yoʻl ozigʻi berilmagan kishilarning senga keltirgan xabariga oʻxshagan xabarlarni keltiradi. U xabarlarning haqiqatini uydirma bilan bulgʻandi, rostni yolgʻonga qorishtiradi. Tagʻin u sening josusing va aygʻoqchingmi? Senga ma’lum boʻlmagan va sendan uzoq boʻlgan narsalarning xabarlarini senga u shu yoʻl bilan keltiradi. Sen buning rostini yolgʻondan ajratish bilan, soxtadan chinni farq qilish bilan, xato pardalar ortidan toʻgʻrilarini saylab olish bilan sinalasan. Senga bunday qilishdan boshqa chora yoʻq. Goho baxt qoʻlingni tutib, adashuv muhitidan qutqaradi, goho uning bergan xabari seni hayratda qoldiradi, goho yolgʻon seni aldaydi.

Mana bu oʻngingdagi oshnang esa, senn yoʻldan urishga juda ham chogʻlangandir. Agar u bezovta boʻlib qoʻzgʻalib qolsa, uni nasihat qilish bilan toʻxtatib va yumshoqlik bilan bosib boʻlmaydi. U xuddi quruq oʻtinga tushgan oʻtday yo bosib kelayotgan selday, yo mast tuyaday va yo qasd oladigan sherday, uning jnlovini tutib boʻlmaydi.

Mana bu soʻlingdagi oshnang esa, oʻlguday iflos, ochopat, vujudi bilan shahvatga berilgan kishidir. Uning qornini tuproqdan boʻlak hech narsa toʻldirolmaydi, ochligini gard, changdan boʻlak hech narsa yoʻqota olmaydi. U oʻlguday yaloqi, xoʻranda, yutoqqan, mechkay va yamloqdir. U rosa ochiqtirib, keyin axlatga qoʻyib yuborilgan toʻngʻizga oʻxshaydi.

Ey, miskin! Bu oshnalaringga sen shunday bogʻlanib qolgansanki, ular va ularga oʻxshaganlarning oyogʻi hech ham tegmagan mamlakatga chiqib ketib, ulardan qutulmasang, boshqa hech narsa seni qutqarolmaydi. Lekin hozir ulardan ajralishning vaqti ham emas, qochib qutulishing ham qiyin. Endi qoʻlingni ulardan uzun qilib yur. Sening hukming ular hukmidan ustun kelsin. Sen oʻz tizginingni ular qoʻliga tutqazib qoʻyishdan yoki ularning oʻzingga yetakchi boʻlishlaridan saqlan. Qaytangga ularga yaxshi tadbir qoʻllab, ustun kelishga harakat qil. Shunda sen ularni toʻgʻri yoʻlga boshlagan boʻlasan. Agar sen qattiq tursang, ularni oʻznngga qaratasan, ular esa seni oʻzlariga qarata olmaydilar. Sen ularni egallab olasan, ular seni egallay olmaydilar. Bu oʻrtoq va ogʻaynilaring haqida sening uchun eng yaxshi hiyla va tadbir shuki, laganbardorlik bilan muomala qiladigan bu kaltafahmga aldanishdan iborat gʻazab aralash oshiftalik va qiyin ishni uchratsang, u badxulq bilan bu kaltafahmning boshiga yaxshilab urib sindirasan, shunda uning martabasnni juda pasaytirgan boʻlasan. Ammo mana bu ochkoʻzga u to tangriga katta qasam ichib, seni ishontirmagunigacha unga moyil ekanligingni bildirma. Agar u qasam ichib, inontirsa, inon, uning senga keltirayotgan xabari rost-yolgʻon aralash boʻlsa ham eshitishdan qochma. Shunda sen uning xabarlaridan aniq va isbotlashga loyiq boʻlganini yoʻqotmagan boʻlasan.

Shunday qilib, u chol, menga ogʻaynilarimdan gapirib, ularni menga tavsiflab berganida oshnalarim haqida bilgan narsalarini, rost, deb qabul qilishga shoshildim. Axir, men uni imtihon qila boshlaganimda, soʻragan kishim ular haqidagi xabarlarning toʻgʻrisini menga aytib berdi-da!

Men mashaqqat tortib, ular bilan shugʻullana boshladim. Goh mening qoʻlim ulardan, goh ularning qoʻli mendan baland kelardi. To ajralish payti kelgunga qadar bu oshnalarim bilan yaxshi qoʻshnichilik qilishim uchun tangridan yordam tilayman.

Soʻngra bu choldan zoʻr bir orzu va ishtiyoq bilan sayohatda rahnamolik qilishini istadim. U menga aytdi:
— Sen va senga oʻxshash kishilar mening sayohatimdek sayohat qilmoqchi boʻlishsa, bunga yoʻl berkdir. U sayohat yoʻli senga va senga oʻxshashlarga ham berkilgan. Yakkalanish senga baxt-saodat bagʻishlamasmikin?! Baxt uchun belgilangan vaqt bor; sen u vaqtdan oldin baxtga erisholmaysan. Sen ba’zi vaqtlar qoʻnim aralash sayohat qilishga va ba’zi vaqtlar ular bilan birgalashnb turishga koʻnik. Juda ishtiyoq bilan sayohatga chiqqaningda sen men bilan birga boʻlasan. Shunda sen ularni oʻzing bilan birga olmay, tashlab ketarsan. Agar sen u oshnalaringga moyil boʻlsang, ular tomonga borarsan; to ulardan yuz oʻgira olishliging muyassar boʻlgungacha mendan aloqangni uzib turarsan.

Shunday qilib, gap har bir iqlim ahvolidan, toʻla bilgan va eshitgan xabarlaridan soʻrashga kelib yetdi. Shunda u menga aytdi:
— Yer chegarasi uchtadir: birn Xofiqoni deb aniqlangan chegaradir. Bu chegaraning haqiqati ma’lum. U haqda ketma-ket ochiq va ajoyib xabarlar kelib turadi. U ulugʻ narsalarni oʻz ichiga olgan, yana ikkita ajoyib chegara bor: biri Kunbotar, boshqa biri Kunchiqardir".

Bularning har birida bittadan mamlakat bor. Bu ikkalasi oraligʻi bilan nnsonlar olami oraligʻini ajratib turgan chegara bor. U chegaradan xudo tomonidan, asli yaratilishda oʻtish layoqatini kasb qilgan, maxsus odamlardan tashqari, hech kim oʻtolmaydi. Bu chegaralardan oʻtishda turgʻun hayot chashmasi yonida sharillab oqib turgan chashmada choʻmilish foyda beradi. Agar sayohatchi oʻsha chashmaga yoʻl topsa, unda yuvinib, toza boʻlsa va uning shirin suvidan ichsa, u vaqtda uning a’zolarida ajoyib bir quvvat paydo boʻlib, u bilan bu sahrolarni bosib oʻtishga qodir boʻladi. U Bahr ul-Muhitda choʻkmaydi. Qof togʻi uning yoʻlini toʻsolmaydi. Zaboniya ham uni jahannamga uloqtirib yubora olmaydi. Biz buloqni yaxshilab tushuntirib berishni soʻradik. U aytdi:
— Sen buni eshitgansan: Qutb tomondagi turgun qorongʻuliklarning holi senga ma’lum. Quyosh har yili ma’lum muddatgacha uni yoritishga qodir boʻlolmaydi. U qorongʻuliklarga kirgan va ulardan tortinmagan kishi, nurga toʻlgan cheksiz bir boʻshliqqa yetib boradi. Shunda, unga, eng oldin, balandlikka qarab, daryo boʻlib sharillab oqayotgan chashma koʻrinadi. Kimki bu chashmada choʻmilsa, suvda choʻkmay, yengil yuradi; togʻ choʻqqilariga qiynalmay chiqib, nihoyat insoniyat olamndan ajralgan oʻsha ikki chegaraning biriga erishadi. Mamlakatimiz Magʻrib chegarasidan uzoq boʻlgani uchun chegara haqida gapirib berishini soʻradik. Shunda u aytdi:
— Magʻribning eng uzoq joyida katta va issiq bir dengiz bor. Uni tangri kitobida «Aynan hamiatan» issiq chashma deb yuritiladi. Quyosh uning yaqinnga botadi. Bu dengiz cheki yoʻq keng bir xarob mamlakatdan boshlanadi. U iqlimga turli tomondan gʻariblar kelib, uni obod qilib turadilar, xolos. Uning yerlarini doimiy qorongʻilik qoplab olgan, u yerga boradigan koʻchmanchilar quyosh botganda kerak boʻladi, deb oʻzlari bilan birga bir ozgina nur ham olib boradilar. Uning yerlari shoʻr tuproqdir. Bu yerga kelib qoʻnib qolganlar oʻzlari uchun u yerni obod qilib, ariqlar qaziydilar, binolar qurib, koʻchatlar ekadilar. Boshqa birovlar imorat soladilar, keyin u binolar qulaydi, uni yana tiklashadi, yana buzadilar.

Bu yerning odamlari oʻrtasida doimo janjal, hatto urishlar ham yuz berib turadi. Qaysi bir toifa zoʻr kelsa, boshqa toifaning uylarini egallab oladi. Shu bilan birga bu zoʻr kelganlar uy egalarini u yerdan majburiy ravishda koʻchirib yuboradilar. Ular oʻz yerlarida qolishni istashsa ham, xoʻrlanishlari bunga yoʻl qoʻymaydi. Bularning odatlari shudir, bundan qaytmaydilar. Bu iqlimga har xil jonlilar keladi, unda oʻsimliklar oʻsadi. Lekin bu yerga kelib qaror topgan jonlilar, bu yerning oʻtlogʻidan oʻtlab, bahramand boʻlib yursa va suvidan ichsa, suratlaridan ancha uzoq (ya’ni oʻxshamagan) bir tusga kirib qolib, oʻz suratlari esa pardalanib qoladi. Shunda u mamlakatda insonni jonivar terisi bilan yopilganini va uning ustida qalin oʻtlar bitishini, shu bilan birga, qolgan hamma narsalarning holi nima kechishini koʻrasan. Bu iqlim xarob bir jon boʻlib, yerlari shoʻrob, serfitna, serjanjal, sergʻalayondir. Agar istalsa, yaxshilik va xursandchilik uzoq joylardan olib kelinadi.

Mana shu iqlim bilan sizning iqlimlaringiz oʻrtasida boshqa iqlimlar ham bor. Lekin osmon cheti kelib tutashgan joyiga yondosh mana shu iqlimning orqasida bir qancha narsalarda xuddi shu iqlimga oʻxshash yana bir iqlim bor. Ularning biri gʻarib va uzoq yerdan kelgan aholisidan boshqa hech kimsa yoʻq, kimsasiz, boʻm-boʻsh joydir. Bulardan yana biri, garchi biz yuqorida aytib oʻtgan nur derazasiga eng yaqin boʻlsa ham, nurni begona joydan oʻgʻirlaydigan iqlimdir. Bundan oldingi iqlim yerning asosi va qarorgohi boʻlganidek, keyingisi osmonlarning qarorgohidir. Lekin bu keyingi iqlimda obodonlik yoʻlga qoʻyilgan. Bu iqlimga kelib tushuvchilar orasida hech qanday kelishmovchilik yoʻq. Har bir xalq uchun tayinlangan ma’lum oʻlka bor. Ular ustiga hech kim gʻolib boʻlib bostirib kirmaydi. Obod qilingan joyning bizga eng yaqin qismida yashovchi xalq kichik jussali, serharakat kishilardir. Ularning shaharlari esa sakkizta boʻladi.

Unga yondashgan mamlakat ahllarining jussasi esa bulardan ham kichikroq, yurish-turishlari ogʻirroq boʻladi. Ular yozuv-chizuv va nujum, nayrangbozliklar, tilsimlar, nozik sinoatlar, yuksak ishlarni biladilar va shular bilan shugʻullanishga harakat qiladilar. Ularning shaharlari toʻqqiztadir. Bu mamlakat aholisi yoqimli, juda goʻzal boʻladi. Ular kayf-safoni juda ham yaxshi koʻrishadi, gʻamdan ozodlar, turli na’malarni latif qilib chalishadi, uning turli-tuman kuylarnnn bilishadi. Bir xotin ularga podshohlik qiladi. Ehson va yaxshilik ular uchun tabiiydir. Agar yomon narsa gapirilib qolinsa, undan nafratlanishadi. Bu xotin podshohning shaharlari sakkiztadir.

Unga tutashgan mamlakatda yashovchilarning jussalari katta, yuzlari suxsurdek; ulardagi xislatlardan biri shuki, ularning bir-birlari bilan tanishishlari juda ham foydasiz, yaqinlashish aziyatli boʻladi. Ularning shaharlari beshtadir.

Unga yondashgan mamlakatda dunyoda yomonlik qiladigan xalqlar joylashgan. Ular boʻgʻish, qon toʻkish, oʻldirish va oyoq-qoʻl kesishni yaxshi koʻradilar, oʻyin-kulgini sevadilar. Ularning kulfat keltiradigan qotil, uradigan, qirmiz yuzli, yoʻldan uruvchi podshoihi bor.

Bu qissa rivoyatchilarining aytishicha, bu hokim yuqorida aytganimiz chiroylik podshoh xotinga oshiq ekan, uning muhabbati buni oshifta qilib qoʻygan ekan. Ularning shaharlari yettitadir.

Unga yondashgan buyuk mamlakat ahllari iffat, adolat, hikmat va taqvoga berilgan, yaxshilikni qoʻlga kiritish uchun har tomonga borishga tayyor, uzoq va yaqin barcha kishilarga shafqat koʻrsatishga e’tiqodlidirlar. Bilgan va bilmaganlariga yaxshilik koʻrsatuvchilardir. Nafosat va goʻzallikda bularning tengi yoʻq. Bularning ham shaharlari yettitadir.

Unga yondashgan mamlakat aholisi esa chuqur fikr yurituvchi, yomonlikka berilgan xalqdir. Agar yaxshilik qilsalar, uni juda ham uddalaydilar. Bular biron-bir toifa ustiga yurish qilishsa, shoshgan kishi kabi emas, balki aqlli kishi singari tadbir koʻradilar; qiladigan ishlarida sabrdan boshqa narsaga asoslanmaydilar. Ularning shaharlari yettitadir.

Undan keyin, keng oʻlkali, koʻp imoratli katta bir mamlakat bor. Bu mamlakatning obod qiluvchilari koʻp. Xalqlari shaharlarda turishmaydi, sahrolarda yashashadi. Ularning turarjoylari oʻn ikki boʻlakka boʻlingan quruq yerdir. Ularning yigirma sakkiz qoʻnoq joyi bor. Ularning hech qaysisi boshqalarnning qoʻnogʻiga borishmaydi. Lekin old tomondagi uylardan biror toifa koʻchsa, ularning orqalaridan boshqa bir toifa borib, ularning joylarini darhol egallab oladi. Bundan oldingi mamlakatlarning xalqlari bu mamlakatga kelib-ketib turadilar.

Unga yana bir mamlakat yondashgan. Bu mamlakat ufqiga to ushbu vaqtgacha hech kim yetgan emas, payqagan ham emas. Unda na shaharlar bor, na qishloqlar.

Koʻz bilan koʻriladigan zotlar bu yerda turishmaydi. Bu yerni obod qilib turuvchilar ruhoniy farishtalardir. Hech bir inson u yerga tushmaydi. Bu mamlakatdan unga yondash boʻlgan mamlakatlardagilarga farmonlar tushib turadi. Buning orqasida obod joy yoʻq. Olamning Magʻrib deb ataladngan chap tomonndan bu ikki iqlimga yerlar va osmonlar tutashgan.

Agar undan Mashriq tomonga yuzlansang, senga bir iqlim koʻrinadi. Bu iqlimda na inson, na oʻt, na tosh bor. Faqatgina u keng bir sahro, suvi liq toʻla dengiz, jilovlangan shamollar, alangalangan oʻtdan iborat, xolos. Buni bosib oʻtsang, yuksak togʻli, oqar daryolar, gizillagan shamollar, yomgʻirli bulutlari mavjud bir joyga duch kelasan va u yerda oltin, kumush, qimmatli va arzon gavharlarning xil va turlariga ega boʻlasan. Lekin unda hech bir oʻsimlik yoʻq.

Bu yerdan oʻtgach, boshqa bir iqlimga borib qolasan. Bu iqlim yuqorida aytilgan joyda boʻlmagan narsalar bilan liq toʻla. Unda yer bagʻirlab oʻsadigan oʻsimliklarning barcha turi, mevali va mevasiz. donli va urugʻli daraxtlar bor. U yerda yuradigan va ovoz chiqaradigan jondorlarni koʻrmaysan, Undan oʻtib, boshqa bir iqlimga borib qolasan, tilsiz, suzuvchi, sudraluvchi, toʻgʻri uchuvchi va tugʻiluvchi hayvonlarning hamma turlarini koʻrasan. Unda senga ulfat boʻladigan kimsa boʻlmaydi. Unda koʻrgan va eshitganlaringni oʻqib olib, hamjinslaring olamiga qutulib chiqasan.

Agar Mashriq tomonga yoʻnalsang, quyoshni shaytonning ikki shoxi oʻrtasidan chiqishining shohidi boʻlasan. Chunki shaytonning ikkita shoxi bor: biri uchadi, biri yuradi. Mashriq tomonda yuradigan xalqlar ikki qabiladan iboratdir. Birining xulqi yirtqich hayvonsifat, boshqasining xulqi esa toʻrt oyoqli uy hayvoni sifatdir. Bular ikkovi orasida doim janjallar boʻlib turadi. Bularning ikkalasi Mashriqning soʻl tomonidadir. Uchadigan shaytonlarning joylari esa Mashriqning oʻng tomonndadir. Bular bir xil jinsdan yaratilmay, balki ularning har biri deyarlik bir-biridan ajratilgan holda, nodir koʻrinishda yaratilgandir. Ularning ba’zisi ikki xil, ba’zisi uch, boshqa ba’zisi toʻrt xil qilib uchadigan inson va choʻchqa boshli ilon kabi yaratilgan. Ba’zisi yarim odam va boshqa ba’zisi bir kafti inson qoʻliyu, boshqa hamma joylari hayvonlarning a’zosidan iborat. Rassomlar tasvirlaydigan suratlarning oʻsha iqlimdan olib kelinganligi haqiqatdan uzoq emas. Bu iqlimda gʻolib kelgan — podshoh bu yerda beshta chopar — aloqa yoʻli tashkil qilgan. Shuningdek, u oʻsha mamlakat uchun qurolxonalar qurgan va unga qurolli kishilar qoʻygan. Bular bu olam ahlidan kimki u yerga borib qolsa, uni shartta tutib oladilar va oʻzlariga yetgan barcha xabarlarni oʻsha orqali isbotlaydilar. Keyin asirlarni mamlakat eshigini tutib turuvchi oʻsha beshta choparning boshligʻiga topshiradilar. Asirlarda bekitib muhrlangan yozma xabarlar boʻladi, lekin undan mudir ham xabardor boʻlolmaydi. Bu mudirning vazifasi maktublarning barchasini podshohga bildirish uchun xazinachiga yetkazishdir. Asirlarga esa mana shu xazinachi qarab turadi. Ularning qurollari esa, boshqa xazinachiga saqlash uchun topshiriladi. Sizning olamingizdan asir olingan insonlar, hayvonlar va boshqalar oʻz suratlari bilan oʻsha turlarning biri boʻlib koʻpayadilar.

Bu ikkala shox oʻrtasidan bu iqlimingizga safar qiluvchi kishi nnsonlarning nafas yoʻllaridan kirib, hatto ularning qalblarining qora nuqtasigacha boradi. Ammo bu ikki yuruvchi shoxning yirtqich hayvon suratdagisi insonga uni qiynaydigan bir aziyat yetishini kutib turadi. Agar aziyat yetsa, uni boʻrttiradi va insonga vahshiylik qilish, oʻldirish, quloq-burunni kesib sazoyi qilish, azob berib qiynash kabi yomon ishlarni yaxshi qilib koʻrsatadi. U inson vujudida jabr qilish, zulm va ezish hislarini uygʻotadi, uni shunga moyil qilib tarbiyalaydi. Lekin bu ikki shoxdan boshqa bir shox esa inson bolasiga yomonlik, man qilingan ish, fisqu fujurlarni yaxshi qilib koʻrsatadi va shunga qiziqtiradi. Hatto uning yelkasiga minib oladi. Qiziqtirishda davom etib, nihoyat uni oʻsha tomonga tortadi.

Ammo u uchadigan shox esa, koʻzi bilan koʻrmaganni yolgʻondan koʻrdim, deb aldaydi, yaratilgan narsalarga ibodat qilishni tasvirlab beradi. Insonning diliga, oʻlgandan keyin qaytib tirilish yoʻq, oqibati yomonlik va yaxshilikni koʻrish ham yoʻq, bu mamlakatni yaratuvchisi ham yoʻq, deb inson qalbini qoralaydi, fikrini buzadi.

Bu ikkala shoxdan buyogʻini iqlimingiz ortidagi iqlim chegarasiga yaqin yer farishtalari obod qilishadi, farishtalarning yoʻl koʻrsatishi bilan u toifa toʻgʻri yoʻlni topib, dinsizlarning yoʻlidan chiqadilar, pok ruhlilar axloqiga ega boʻladilar. Bular agar insonlar bilan aralashsalar, ularga yomon xulqlarni oʻrgatmaydilar, yoʻldan ozdirmaydilar, insonlarning pok boʻlishlariga yordam beradilar. Ular jin va hinlardir. Kimki ushbu iqlim orqasiga yetsa, yer farishtalari turadigan bpr iqlimga boradi. Bular ikki tabaqaga boʻlinadi: biri oʻng tomondagisi boʻlib, bu biluvchi va buyruq beruvchidir. Roʻbaroʻsidagi, chap tomonda turuvchi tabaqa esa, buyruqni qabul qiluvchiga ishlovchilardir. Bu ikkala tabaqa goh jin va inson iqlimlariga, pastga tushadilar, goh koʻkka koʻtariladilar. Aytishlaricha, «xafazayi kiromi kotibiyn» shulardan emish. Bulardan oʻngda oʻtirib kuzatuvchisi esa, buyruq beruvchilardan boʻlib, yozdirish ishi shularning qoʻlida. Chapda oʻtirib kuzatuvchisi ishlovchilardan boʻlib, yozish ishi shuning qoʻlida. Bu iqlimga oʻtishga yoʻl topa olgan kishi osmonning narigi tomonidan qutulib chiqadi. Shundan keyin u eng oldingi yaratilganlarni koʻradi. Ularning barchasi itoat qiladigan yagona podshohlari bor. Chegaralarning birinchisida ulugʻ podshohlarining xizmatkorlari unga yaqinlashtiradigan amallarni qilib turadilar. Ular ochkoʻzlik, znqnalik, shahvoniy ish, zulm va hasad qilish hamda yalqovlik qilishga moyillik qilmaydigan pokiza zotlardir. Ular bu mamlakat atroflarpni obod qilish uchun qoʻyilgan vakillardir. Ular oʻsha yerda har narsadan ogoh boʻlib turadilar. Bular madaniy boʻlib, shaharlarda, baland-baland koʻshklarda, goʻzal binolarda turishadi.

Bu yerning tuprogʻi iqlimingiz tuprogʻiga oʻxshamaydi. Bu mamlakat oyna, yoqut va shunga oʻxshagan narsalardan ham qattiqroqdir. Ularning umrlari uzun va oʻlim ulardan yiroqlashtirilgan. Ular eng uzoq umr koʻradilar. Ularning vazifalari podshohlari bilan juda yaqin va juda yaxshi aralashish boʻlib, ular shoh majlisiga doim tayyor boʻlib turadilar. Podshoh xizmatini qilishni oʻzlariga xorlik deb bilishmaydi va qilayotgan ishlarini oʻzgartirishmaydi. Ularning oʻzlari shohga yaqin turishni istashadi. Shoh oliy majlisining davrasida oʻtiradilar va podshohdan ajralmaydigan boʻlib, uning yuziga qarash bilan baxtga erishadilar. Bularning tabiatlari goʻzallik va zehn oʻtkirligi, donolik, rostgoʻylik bilan yoqimlilik va yetuklik bilan ziynatlangan. Ularning har biri uchun alohida-alohida joy ajratilgan, darajalarn ham tayin, turar-joylari ham ma’lum chegaralar bilan belgilanib qoʻyilgan. Ular bu darajalarda turib, bir-birlarining oʻrinlarini tortib olmaydilar va boshqalarning ishlariga aralashmaydilar ham. Ularning har biri boshqasidan yuqori boʻlib, oʻzganing ishiga aralashmaydi, oʻzini undan kamsitishni ep koʻrmaydi.

Podshohning bitta eng yaqin kishisi boʻlib, u ham boʻlsa ularning otasidir. U kishilar oʻsha otaning farzandi va nevaralaridir. Bu ota orqali ular podshohning buyruq va farmonlarini olib turadilar. Ularning ajoyib xususiyatlaridan biri shuki, ularning tabiatlari pir boʻlib, tez keksayishmaydi.

Ularning otasi esa, garchi ulardan kattaroq boʻlsa-da, ulardan ham kuchga toʻla, koʻrinishi ham yoshroqdir. Ularning hammalari sahroda turishadi. Hamma narsa yetarli, kamchiliklari yoʻq. Podshohlari esa, ulardan ham ehtiyojsizdir. Kimki uni biror irqqa taalluqli deb bilsa, u adashadi, kimki unga loyiq maqtovlar bilan maqtay olaman desa, bekorlarni aytibdi. Uning vasfini qilishga kishining kuchi yetmaydi. U biror narsaga oʻxshatilishdan uzoq. Chunki oʻxshatish boʻlak bir narsaga qiyoslash bilan boʻladi. Unda boʻlsa, bunday a’zolar yoʻq. Shu sababdan butun vujudi oʻzining husni uchun chehra, saxiyligi uchun qoʻldir. Uning husni barcha goʻzalliklarni yoʻq qilib yuboradigan darajada boʻlib, uning karami oldida barcha nafis karamlar chippakka chiqadi. Agar bu podshoh atrofida xizmatda boʻladiganlarning birortasi fikr qilib, uni koʻraman desa, hasratida koʻzdan mahrum boʻladi va shu koʻyicha maqsadga yetmay qaytadi. Uning jamoli oʻz husnini pardasidir, oshkoraligi uning yashirinligiga, nur sochishi bekikligiga sababdir. Xuddi quyosh ozroq niqoblanganda, ochilishi koʻproq talab qilinganidaydir.

Quyosh nuriga sinchiklab qaramoqchi boʻlinganda, nuri nuriga parda boʻlib qoladi. Bu podshoh oʻz kishilariga koʻrinib turadi, ularga oʻzini koʻrsatishga baxillik qilmaydi. Kimki uni koʻra olmas ekan, buni oʻz mulohazasining yetishmasligidan deb bilsin. U koʻp yaxshilik, xayr-ehson qiladigan, moʻl narsa ato qiladigan dargohi keng, barchaga baravardir. Kimki uning jamolidan bir ozgina bahramand boʻlsa, uni har holda taniydi. Bir koʻz ochnb yumguncha ham undan koʻzini ololmaydi. Agar insonlar u tomonga hijrat qilib tursalar, uning fazilatlaridan oʻzlariga kerakligini olishadi va bu iqlimingiz matoini bir pul qilishadi. Mabodo, uning huzuridan qaytishsa, oʻzlarining xohishiga qarab emas, balki majburan qaytishadi. Nihoyat Uygʻoq oʻgʻli Tirik qoʻshib qoʻydi:

— Agar, seni uygʻotish maqsadida qilgan bu hikoyam meni unga yaqinlashtirmaganda edi, men bu hikoya bilan mashgʻul boʻlmasdim va senga bu soʻzlarni gapirib oʻtirmasdim. Istasang menga ergash, seni unga olib borayin.