OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAbu Bakir
Asar nomiTugallanmagan sayohat (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Abu Bakir
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm4KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/09/27
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Tugallanmagan sayohat (hikoya)
Abu Bakir

Institutda oʻqib yurgan kezlarim bir joʻram boʻlardi. Juda qadrdon emasdigu, har qalay, boshqa bolalarga sira oʻxshamasdi. Ba’zi yozgan narsalarimni unga koʻrsatsam, xuddi buyuk munaqqiddek fikrlarini aytardi. Shuning uchun ham ba’zi bir injiqliklariga qaramay, uni oʻzimdan uzoqlashtirmasdim. Yotoqxonada birga turardik. Uning menga yoqmaydigan, har kuni takrorlaydigan bir gapi bor edi:

– Yozyapsanmi?

– Ha, yozyapman, – kayfiyatim qanday boʻlishidan qat’i nazar, shu javobni berardim. Sababi, uni boshqa gap bilan toʻxtatish qiyin edi. Sal boʻsh kelsam boʻldi, meni oshkora kalaka qilishni boshlardi.

– Biror joyga borib qolding, – deb gap boshlardi beoʻxshov tirjayib, – birodar, nima ish bilan shugʻullanasiz, desa, hikoya yozaman deysanmi, – derdi gʻolibona kiroyish bilan.

Balki uning gapi toʻgʻridir, deb oʻylab qolardim ba’zida. Shunga qaramay, undan oʻzimni olib qochmasdim. Oxir-oqibat bu gaplarga koʻnikib qoldim va yozyapsanmi, deyishi bilan ha, yozyapman, deb qutulardim. Joʻram menga bu kabi ta’na-dashnomlarni otishiga sabab bor edi menimcha. U... juda koʻp kitob oʻqirdi. Qoʻlidan kitob tushmasdi. Qachon qaramay, qoʻlida kitob, yangi kitoblar chiqdimi, unda boʻlardi. Mana shuning uchun unga ipsiz bogʻlangan edim. Qaerga bormasin, kitob bilan qaytardi. Qizigʻi, u hech qachon kitob sotib olmagan. Institut kutubxonasidanmi, tanishlarining uyidanmi, qoʻliga nima ilinsa qoʻltiqlab kelaverardi. Men ham unga bu qilayotgan ishi yaxshimasligini sira gapirmagan ekanman, chunki uning qoʻlida koʻrgan kitoblarni imkon qadar oʻqib chiqardim va shunga xursand edim. Har oyda tuman markazidagi uyiga kitob joʻnatardi. «Kutubxona qurmoqchimisan?» – deb qiziqib soʻrasam, «Qurib boʻlganman, endi uni toʻldirishim kerak», derdi.

U toʻplayotgan kitoblarni koʻrib aqlim lol qolardi. Hamma sohadan bor: badiiy adabiyot, matematika, musiqa, qishloq xoʻjaligiga oid yirik-yirik kitoblar, qoʻllanmalar. Bunday rang-barang kitoblarni qayoqdan topadi, hayron qolaman. Mana, uning injiqliklariga chidab kelganim sababi. Ora-sira yoqtirgan adiblarimning kitoblarini sotib olmasam, asosan u olib kelgan kitoblarni oʻqib koʻnglim taskin topardi.

Institutni tamomlayotgan yilimiz tugʻilgan kuniga onasi keldi. Ozroq tayyorgarlik koʻrgan edik, «mozorbosdilar» bilan «shohona» dasturxon tuzadik. Biri pichoq soʻrab, biri kimnidir qidirib keluvchilar bilan xona toʻlib ketdi. Ertasiga onasini kuzatar chogʻimiz joʻram boʻlajak kutubxona uchun «ataganlarini» berib yubordi. Oybekning «Navoiy» romanini oʻqib tugatmagan edim, qancha iltimos qilsam ham onasi tashlab ketmadi: «Bacham, kitob oʻqib boshingiz achib ketmasin, hali koʻp oʻqiysiz». Juda qiziqqan edim, keyinroq stipendiyamga sotib olib, oxiriga yetkazib qoʻydim.

Oʻqishimiz oxirlab, diplom himoyasi kunlari toʻrt yil birga oʻqigan doʻstlarimiz bilan Samarqand, Buxoro ziyoratiga borishga kelishib oldik...

Yoʻl-yoʻlakay joʻram meni uyiga taklif etdi. Taklifini mamnuniyat¬ bilan qabul qildim. «Bozorga kirib oʻtaylik. Kelganimni onamga aytib ketamiz», dedi. Onasi bozorda somsa sotar ekan, aylanib-oʻrgilib bizni kutib oldi. Uyoq-buyoqdan gaplashib oʻtirgan boʻldik. Shu orada bir payt-lar oʻz qoʻlim bilan berib yuborgan Oybekning «Navoiy» romaniga koʻzim tushdi, muqovasiga yogʻ sachragan bir ahvolda qozon boshida turardi. «Onasi ham kitobga qiziqarkan, shu yerda ham kitob oʻqib oʻtiribdi», deb xayolimdan oʻtkazdim. Oʻsha, meni oʻziga maftun etgan kitobga qoʻlimni uzatdim, ichida bir-ikkita varagʻi qolibdi, xolos. Yuragim uvishib ketdi. Tomogʻim xippa boʻgʻildi. Nahotki, shunday kitobga som¬sa oʻrab sotishsa...

Badanimda ming-ming chumoli oʻrmalaganday, etim jimirlay boshladi. Bir ogʻiz ham gapirolmadim. Bir nimalar deb aylanib-oʻrgilayotgan onasi koʻzimga xunuk koʻrinib ketdi. Uyigacha jim bordim, ichimda «Ishqilib, bosh¬qa kitob¬lar ham shu holga tushmagan boʻlsin-da», deb oʻyladim.

– Kutubxonangni koʻrsat! – dedim sabrsizlik bilan.

– Kutubxona, qanaqa kutubxona? – ajablanib qaradi joʻram. – Ey, ha, onam kitoblarni bozorda sotib yuboribdilar.

Ustimdan muzdek suv quygandek boʻldi, ortiq bu yerda oʻtirolmadim. Sayohatni chala qoldirib, oʻsha kuniyoq Toshkentga qaytdim.