OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAbulqosim Mamarasulov
Asar nomiAnoyi yoki yechilmagan yettinchi tugun (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Abulqosim Mamarasulov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm16KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/01
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Anoyi yoki yechilmagan yettinchi tugun (hikoya)
Abulqosim Mamarasulov

Hamma gap shundaki... Niyozmat uch kundan beri uyidan chiqmas emish, har zamonda darvozadan koʻchaga umidvor moʻralab, tagʻin ichkariga urib ketarmish, xuddi chillali kelinchaklarday. Hamisha soqol moʻylovi oʻsib, tappiyuqi kirzavoy etik kiyib yurguvchi Niyozmat uch kundan beri xuddi mehmonga borayotganday – yasan-tusan, oyoqda xrom etik, har kuni ikki marta moylab, soqolini qayta-qayta qirayotgan emish. Ayniqsa, hovlida Eshqobil fermaga oʻxshab, qoʻllarini orqasiga qilib, koʻkragini kerib, damba-dam tomoq qirishi boshqacha emish. Umuman, hech kim bilan gaplashmayotgan emish. Jin chalganmi, balo tekkanmi, hech bir inson bilmaydi. Toʻrt kun burun Eshqobil ferma «ezib tashlagach», molxona ortiga oʻtib tavallo qilgani, «ishqilib oʻzing qoʻlla, hech boʻlmasa bir kungina meni shuning oʻrniga ferma qil, bu kasofat menga oʻxshab molboqar boʻlsin, bir tesini shilay», degani joʻrasi - Qosim artisga ma’lum ekan. Qosim artistga u: «Ertaga ishga chiqmayman, shaharga boraman, yetti soʻmga goʻsht olib kelib, uyda maza qilib yeyman, yuraman mazza qilib», degan ekan. Ertasi kun uydan yetti soʻm olib, shahardan goʻsht olib kelaman, bir qaynatma shoʻrva qilib ichamiz, deb chiqib ketgan ekan. Kechqurun ship-shiydam boʻlib qaytipti: na goʻsht bor, na pul. Xotinining savollariga javob bermay, ichkariga kirib ketipti. Avvaliga xotini ahvolni birovga atiysha istihola qilipti. Nihoyat uchinchi kuni qoʻrqqanidan qoʻshnilari Mamat bilan Usmonni chaqiripti. Qoʻshnilar jinnixonaga olib borib yotqizsakmikan, deb maslahatlashib turgan mahal Niyozmat ichkaridan chiqib, kallalaring ishlamaydi senlarning, qqabilida gʻalati qarabdi, soʻng koʻchaga ishora qilib, uch barmogʻini koʻrsatibdi va yana gʻoz yurish bilan ichkariga kirib ketibdi. Shunaqa...

Voqea aslida, keyinroq bayon qilishlaricha, quyidagi tarzda kechgan:

Niyozmat haqiqatan ham yetti soʻmga ikki kilo goʻsht olib qaytayotganda juda salobatli, sallasi savatday, toʻni uzun va keng, oppoq soqoli koʻksiga tushgan, boshdan-oyoq kiyimi oppoq, hassasi ham gʻaroyib, kinolardagi ulamolarnikiday – bir oqsoqol roʻparasidan chiqdi. Na yosh deb boʻladi uni, na keksa.
— Xudoyimga tavallo qilgan senmiding, ey hokisor banda?! – dedi u choʻzib, har bir soʻziga alohida urgʻu berarkan. – Hasrating joyiga yetib bordi, boʻtam! Uch kun ichida hayotingda katta oʻzgarish sodir boʻladi.

Niyozmat hangu-mang boʻlib qoldi. Kim ekan bu?! Ovozi, qarashlari, qandaydir tanishmiey. Ammo esla olmadi. Nahotki Hazrati Xizrga duch kelgan boʻlsa?! Niyozmat esini tanigandan beri Barlosda bunaqa salobatli nuroniyni koʻrgan emas. Soqol ham shunchalar uzun boʻladimi, oppoq. Kiyimlariyam oppoq. Toʻnining barlari yerni suparaman, deydi. Quyosh taftida qoraygan peshonasidan nur yogʻilayotganday. Koʻzlari kishiga oʻqday qadaladi. Aytishlaricha, Hazrati Xizr har bir yigitga umri davomida uch marta duch kelarmish, nimani tilasang bajo bilarmish. Qarabsanki, sendan badavlat odam yoʻq. Undan soʻng somonning gʻamini yemasang ham boʻlaveradi. Nahotki u... Yoshi bir joyga borganda... Hozir shartta oyogʻiga yiqilsamikan? Hazratim, bir tilagim bor desamikan? Yoʻq, uning oʻzi koʻnglidagini aytyapti-ku! Yo birontasi... unday desa...

Chol qoʻllarini uzun yenglari ichiga tortib, salobat bilan turardi.
— Ey bandai gumroh! Tez xudo yoʻliga xayr qil! Yoʻqsa tilaging ushalmaydi. Katta davlatdan mahrum boʻlib qolasan. Keyin yetti pushting seni noshudliging uchun qargʻab oʻtadi. Koʻryapsanmi yaratganning qoʻllarini. – Chol koʻzlarini osmonu-falakka qadadi.- Ana, muborak qoʻllar sening manlayingga yaqinlashyapti. Xayr-ehson qil, boʻlmasa u qoʻllar sendan ranjur!

Niyozmat muborak qoʻllarni koʻrib qolay deb osmonga tikildi. Hech vaqoni ilgʻamay, quyosh nurida koʻzlari qamashib, yerga qaradi. Uni eng hayratlantirayotgan narsa shu ediki, anavi chol quyoshga tik qarayotgan edi.
— Bandai moʻmin! Osiylik qilma! Sening koʻzingga ul oʻzini koʻrsatmagay! Ul nur shaklidadur! Tez yettita chalpak yoki yetti tanga sadaqa qil. Oʻshanda tilaklaring ushalgay.

Niyozmat shoshib qoldi. Cholning bir qarashda qoʻpol, ammo shirador soʻzlari, magʻrurligi, bir tekis gapirishi Niyozmatni tamoman oʻziga rom etgan edi. Endi u qarshisida hazratning oʻzlari turganiga sira ham shubha qilmasdi. Aytishlaricha, hazrat kimga roʻpara kelsa, uning qanday odamligini bilish maqsadida yo pul, yo bir kecha yotarga joy, yo taom soʻrarmish. Saxovatli ekaningni bilgach, saxovatmand boʻlar emish – yuz yilga yetgulik mol-davlat in'om etib ketarmish. Ana oʻshanda mana bunday – ikki kilo goʻsht uchun rayon markazi – shaharchaga qatnab, ovora boʻlib yurmaysan. Niyozmat farzand tilamaydi. Xudoga shukrki, yetti bolasi bor. Oʻshalarni tarbiyalab, voyaga yetkazib olsa ham katta gap. Niyozmat hech vaqosi yoʻqligini bilsa-da, nimadir qilish kerak boʻlgani uchun kissalarini kavlashtirdi. Hazrat joʻrtta sinash maqsadida pul solib qoʻyishi ham mumkin ekan-da. Pulim yoʻq, desang kissangdan olib koʻrsatib, izza qilarkan.
— Qoʻlingdagi nima? – soʻradi Hazrati Xizr, Niyozmatning bezovta boʻlib qolganini koʻrib.
— Bobojon! – dedi Niyozmat jon halpida, - qoʻlimdagi ikki kilo goʻsht. Yetti soʻmlik. Uyda ortiqcha pul yoʻq edi, borini olib chiqqandim. Agar ruxsat bersangiz, men goʻshtni qassobga topshiray, pulni opkelib sizga topshiray...
— Goʻshting aniq yetti soʻmlikmi? – soʻradi chol, Niyozmatga sinovchan tikilib.
— Ha, ha, bobojon, yetti soʻmlik.
— Yolgʻon gapirmayapsanmi? – cholning ishongisi kelmadimi, yo sinamoq niyatidami, Niyozmat anglay olmadi.
— Yoʻq, bobojon! Yolgʻon aytsam til tortmay oʻlay! Aytmoqchi, ishonmasangiz, borib tarozi tortib koʻraylik.
— Qani olchi bu yoqqa!
— Niyozmat goʻshtni oʻrogʻliq belbogʻi bilan uzatdi. Xizr bobo goʻshtni chamalab koʻrdi.
— Borakallo! Borakallo! Yaratganning yoʻliga pul sadaqa qilish shart emas... Soʻzlarimga quloq sol, bandai moʻmin! Yoinkim, aytmoq niyatidamankim, soʻzlarimdan birini yodingdan chiqarsang, aytilgan shartlarning birini salgina buzsang ham... sen boyagi-boyagi holingcha qolaverasan. O gumroh inson! Sening boshingga yo ertaga, yo indin, yo uchinchi kuni - uch kun ichida baxt qushi qoʻnmoq istaydur. U qoʻna oladimu, yo qaytib uchib ketadimu, bu senga bogʻliq. Shu uch kun ichida koʻchaga chiqmasliging darkor. Shu uch kun davomida sen ogʻiz ochmasliging, hech kim bilan gaplashmasliging lozim. Bil'aks xayolingdan yomon oʻyoy yokiyomon niyat oʻtkazmasliging kerak. Oʻshanda sen Eshqobilning oʻrniga ferma mudiri boʻlasan. Oʻzlari kelib, seni mashinada olib ketishadi. Hovliqma inson, hovliqma! Gaplarimni uq! Yodingdan chiqarma, uch kun qanoat qil, sabr qil! Gunohga botma, boʻtam! Xoʻ-oʻsh, boshqa belbogʻing bormi, yoʻqmi?

Niyozmat angraygancha Xizr boboga ixlos bilan termulib turardi.
— Boshqa belbogʻing bormi, ey gumroh!?

Niyozmat timirskilandi, soʻng Xizr boboning qoʻllariga qaradi. Goʻshtni yap-yangi belboqqa tukkan edi-da.Ammo shunday-shunday gap, deyishga haddi sigʻmadi.
— Nega jimsan, boshqa belbogʻing yoʻqmi, bandai moʻmin?!
— Belbogʻimga... – Niyozmat qiynaldi. Aytishga majbur boʻlayotganini, bunga boboning oʻzlari undayotganini sezdirish maqsadida yuziga qattiq iztirob tusini berdi-da, tugunni koʻrsatdi.
— Bor-yoʻq belbogʻing shumi? – deya soʻradi Xizr bobo nimagadir norozi boʻlib. – Ha mayli, xayr-ehson uchun belbogʻ kerak emas. Goʻshtning oʻzi yettim soʻmlik boʻlsa kifoya. Bir tiy in ortiq yo kam olmayman. – Xizr bobo yon choʻntagidan yangi tuman gazetasini chiqarib, goʻshtni yaxshilab oʻradi. Keyin belbogʻni oldi-da, shoshilmay yetti joyidan tugdi. – Ma, ol moʻmin banda. Har kuni ertalab, kechqurun bitta-bitta tugunni yechasan. Uch kun toʻlganda sanoq oltitaga yetadi. Agar shartlarni risoladagiday bajarsang, yettinchi tugun oʻz-oʻzidan yechiladi. Keyin koʻchani changitib, mashinalar uyingga keladi-da, seni idoraga olib ketadi. Oʻsha kuniyoq Eshqobilning uyi kuyadi, oʻrniga sen tayinlanasan. Keyin oʻchingni olasan. Shunga rozimisan?
— Roziman! Hammasiga roziman, Xizr bobo! – dedi Niyozmat, boboni taniganini, shu bilan oʻzining unchalar anoyi emasligini bildirib qoʻyish niyatida maqtangisi kelib. – Men hamma shartlaringizni bajaraman, hazratim!
— Bilibsan-da,a? – dedi Xizr boboning koʻzlari shodon chaqnab. – Qanday taniding meni?
— Shunday. Yuragim sezdi, Xizr bobo! – dedi Niyozmat, bemisl shodlikdan tizzalari qaltirab. Tiz choʻkishga, boboning oyoqlarini oʻpishga ham tayyor edi ayni damda.
— Yaratganning muborak qoʻllari sening peshonagda. Hozir... eriy boshlaysan. Qara, menga emas, quyosh tarafga qara! Koʻzlaringni yum!

Shusiz ham Niyozmat quyosh nurlaridan qamashgan koʻzlarini yumdi. Haqiqatan ham qandaydir muloyim qoʻllar peshanasini, yuzini silayotganday... Niyozmatning boshi aylandi. «Bunchalar oliy mukofot nechun?» – Niyozmat nogoh xayolan Xizr bobo tili yoʻsinida gapirib yuborganini anglab quvonib ketdi. Rahbar kishining gapi madaniyatli boʻlishi kerak-da. Demak, unga hazratning nuqsi uripti. Gapning quyulib kelishini qarang. Nazarida kallasi ogʻirlashib ketdi Aqlga toʻlyapti shekilli. U boshini egdi .Shundagina hamon koʻzlari yumuqligini esladi. Koʻzlarini ochsa, yon-verida hech kim yoʻq. Nari-berida ham hazrat koʻrinmas edi. Ana endi karomatga, ilohiyotga ishonmay koʻr. Niyozmat koʻzlarini ishqaladi. Qoʻliga qaradi: belbogʻ, yetti joyidan tugilgan. Hammasi haqiqat. – Niyozmat havoyi oʻylar ogʻushida mast boʻlib, asta yoʻlga chiqdi. Doʻkonlarni bi-ir oralasa-chi? oʻzlari mashinada olib ketishsa... Eshqobil fermanikiga oʻxshash kiyimlarni kiyib yurish kerak boʻlar. Sovxoz direktori doim galstuk taqadi, shlyapa kiyadi. Ferma mudiri – oʻng qoʻli. Ammo... «darrov uyingga bor, hech yoqqa chiqma», dedilar shekilli. Shartni buzmaslik kerak. Buning ustiga hozir yonida puli ham yoʻq. Mayli, gap kiyimda emas, - kallada!

Niyozmat agar fermaga mudir boʻlsa, direktor bilan gapni bir joyga qoʻyib, avval Eshqobilni quritadi. Eshqobil ferma qancha molni gumdon qilganini, umuman hamma oʻgʻirliklarini yaxshi biladi. Mana endi uning jazosini berish kerak.

... Eshqobilning qoʻllarini orqasiga bogʻlab, qishloqning oʻrtasiga olib chiqishsa, keyin barloslikman deganning bari yigʻilsa. «Nopokni quvgʻin qilamiz», desa xalq bir ovozdan. Hamma uni toshboʻron qilishga shaylansa. «Shoshmanglar oʻrtoqlar!» desa Niyozmat oʻrtaga chiqib. Ha, ha, aynan «oʻrtoqlar!» deydi. Niyozmat qanday qilib bu soʻz yodiga tushganiga hayron boʻldi. Keyin qoyil qoldi: kallasi vij-vij aql. Ha, yana bir marta «Shoshmanglar, oʻrtoqlar! - deydi bir qoʻlini baland koʻtarib. – Biz bu inson qiyofasidagi blgʻichni yer yuzidan supurib tashlashimiz hech gap emas. – Ana, ana, chiroyli soʻzlar shundoqqina quyulib kelyapti. Keyin: - Biz yulgʻichga shunaqa jazo beraylikki, inson boʻlib tugʻilganiga ming-ming pushaymon yesin. Uni choʻlu-biyobonlarga haydaylik, toki oʻlgunicha elga elakisholmay, odamlar bilan gaplasholmay yursin!»

«O! Barakalla! Qoyil!» – Barlosliklar Niyozmatni olqishlashsa, shunchalar aqlli hukm chiqarganiga tasannolar oʻqishsa. «oʻzimizning Niyozmatmi shu?!» deya ajablanishsa. Niyozmat esa chuqur oʻyga tolganday, koʻzlarini bir nuqtaga qadab turaversa... Keyin direktor bilan maslahatlashib, hamma ishchilarga yangi-yangi uylar qurib bersa... Eh-he! Hali juda koʻp yaxshi ishlar qiladi. Zoʻr boʻladi!..

Niyozmat hovlisiga yetib kelganini sezmay qoldi U uyiga koʻchadan qaradi. Devorlar eskirgan. Oʻtganqishda yogʻingarchilik koʻp boʻlib, tomidan tomchi oʻtib ketdi. Molxonalari qiyshaygan... Ferma mudiri – sovxoz direktorining oʻng qoʻli bunaqa uyda yashashi uyat! – Niyozmat hovliga oʻtdi. Molxonadan chqqan goʻng tomorqaga toʻkilgan. Bir gala tovuq qu-qulashib, goʻngni tityapti. Tezda bu goʻngni ham, tovuqni ham yoʻqotish kerak. Hozirdan boshlasachi? Yoʻq, Xizr bobo «uch kun sabr qil!» dedilar. Keyin... bola-chaqasi bilan goʻngni tozalab, oʻrniga sovxoz idorasi yonidagi kabi ikkiqator chiroyli gul oʻtqizadi. Ana, ana, kallasiga yana aqlli fikrlar kelyapti.

Ichkaridan xotini chiqdi. Erining tomorqaga gʻalati tikilayotganini koʻrib, hayron boʻldi.
— Goʻsht olib keldingizmi? - deb soʻradi

Niyozmat xotiniga bir qaradiyu, indamay ichkariga kirdi. Kira turib «ikki kilo goʻshtning gʻamini yeyapsanmi, xotin!» deb yuborishiga sal qoldi. Xotini orqasidan ergashdi, yana surishtirdi Niyozmat mum tishlagancha karavotga bordi-da, uzala tushib, teskari qarab yotdi. Undan sado chiqmagach, xotini lol boʻlib, dahlizga chiqdi. Niyozmat charchagan ekanmi, koʻp oʻtmay uyquga ketdi. Tush koʻrdi, tushida yana Xizr bobo... bilan yetaklashib borayotgan emish. Keyin ikkovi sovxoz direktorining «Volga»siga oʻtirishipti-da, toʻppa-toʻgʻri sovxoz idorasiga yoʻl olishipti. Yoʻl chetidagi bir daraxtga ferma mudiri yarim yalangʻoch zanjirband qilib tashlangan emish. «Gunohimdan oʻtinglar! Axmoq ekanman! Ikinchi bu b...ni ogʻzimga olmayman», deya yolborar emish. Koʻzlaridan yum-yum yosh oqarmish. Har qancha yomon koʻrmasin, Niyozmatning unga rahmi kelipti. Bora solib

Zanjirni yechmoqchi ekan, hazrati toʻxtatipti: «Qoʻy, nopokning jazosi asli shu!»

«Har qalay buyam odam, - dermish Niyozmat, ichi achib, - bola – chaqasi bor».

«Yoʻq, bu inson qiyofasidagi yulgʻich! Biz uni choʻlu-biyobonlarga haydaymiz...»

Keyin Xizr bobo Niyozmatni sovxoz direktori oldiga boshlab kiribdi: «Tanishing, bu kishi fermaning yangi mudiri Niyozmat Fayozmatovich boʻladilar Bugundan boshlab birga ishlashasiz».

Direktor oʻrnidan turib, Niyozmat bilan quchoq ochib koʻrishibdi. Rosa xursand emish. Keyin birgalashib, «Volga»da fermaga joʻnashipti. Yoʻl boʻyi qizlar roʻmollarini silkitarmish. Niyozmat esa goʻyo bunaqa hollar odat tusiga kirib qolganday, direktor bilan kelgusida qilinishi zarur ishlarni muhokama etarmish...

Niyozmat uygʻondi. Xayolida «Volga» rostdan ham yoʻlga tushganday boʻlib, shoshilib hovliga chiqdi. Koʻchaga qaradi. Ammo idora tomon tinch.Koʻcha changiyotgani yoʻq. Mashina tugul mototsikl ham koʻrinmaydi. – Uning shashti tushib, ichkariga qaytdi. Ha mayli, hali irinchi kun. Darrov olib borib qoʻyishsa, qizigʻi qolmaydi. Ozroq kutish kerak. Kech kirib qolipti. Endi birinchi tugunni yechaversa boʻladi, shekilli.

Qolgan voqealar, aziz oʻquvchim, sizga ma’lum.

Shunday qilib, yettinchi tugun yechilmadi. Koʻchani changitib, idoradan Niyozmatnikiga «Volga» kelmadi. Ustiga ustak tish qayrab yurgan ekanmi, uch kun ishga chiqmaganini bahona qilib, ferma mudiri buyruq chiqardi – Niyozmat ishdan haydaldi. Toʻrtinchi kun Niyozmatnikiga poyu-piyoda bolalik doʻsti – Qosim artist kirib keldi Bir piyola choy ustida doʻsti tush koʻrganini, tushida Xizr boboga oʻxshash bir odam Niyozmatdan gap ochganini, gʻirrom ekan, goʻshti ikki kilodan kam ekan, deganini aytdi. «Shu bois tilaging ushalmay qolganga oʻxshaydi», dedi doʻsti. «Unday emas, unday emas, - deya e’tiroz bildirdi Niyozmat, - goʻsht roppa-rosa ikki kilo edi». «Murod qassobdan olgandirsan-da». – «Ha, oʻshandan olganman». – «gʻirrom-ku u. Oʻzim ham oʻylovdim, a. Nuqul suyak ekan...»

Alqissa, Niyozmat fermaga mudir boʻlish niyatini xaylidan chiqardi. Borib, Sultonning brigadasida yana suvchilik qila boshladi...