OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAbulqosim Mamarasulov
Asar nomiHasharchilar (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Abulqosim Mamarasulov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm7KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/06
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Hasharchilar (hikoya)
Abulqosim Mamarasulov

Mamat molxonasining tomiga loy qordi. Yaxshilab suvab qoʻymasa boʻlmaydi. Tomning sogʻ joyi qolmagan. Sal yomgʻir shivalaguday boʻldi degancha, ikki kecha-kunduz tomchi tomib yotadi. Bir yoʻlini qilib, yozga chiqib olishdi. U boʻldi-bu boʻldi, qarashsa, kuz ham kelib qolyapti. Xotini qoʻymadi. Har qalay, xotinlarning ham boriga shukr. Ba’zida toʻgʻri, ba’zida notoʻgʻri gapni aytib, erlarini yoʻlga solib turishadi. Mamatning oʻzi sal dangasaroq. Hovlida biron ish chiqadigan boʻlsa, darrov otiga minib, bedazorga borishim kerak, brigadir aytgan, deb joʻnab qoladi. Shunaqa boʻlgandan keyin uni hal qil, buni hal qil, deb turgan xotinga ham rahmat.

Mamat shularni oʻyladiyu, kecha ishdan ertaroq qaytib, loy qordi. Mayda somon aralashtirib, rosa obi-tobiga yetkazgandan soʻng, achisin, deb ertalabgacha qoldirdi. Kecha brigadirga, shunaqa gap, desa: «Koʻryapsiz-ku, ozir bosh qashishga vaqt yoʻq. Hech boʻlmasa yakshanbagacha toʻxtatib turing», deydi. U yakshanba, bu yakshanba, deb kuz kelib qoldi. Yakshanbagacha yana oʻnta bahona topiladi. Brigadirga oʻxshagan amaldorlar yalintirishni yaxshi koʻrishadi. Axmogʻingni topibsan, dediyu, ketdi-qoldi. Xotini aytganday, odam oʻz uyini, oʻlan toʻshagini ham oʻylashi kerak-da. Toʻgʻrisini aytsa, uch yil oldin molxona qurganda loydan bezib qolgan ekan, shekilli, shuning uchun loy qilishni ortga choʻzib kelayotgandi. Bari bir tirikchilik ekan, mana…

Ertalab uch-toʻrtta qoʻshnilarni hasharga aytdi. Hammasi tushga yaqin keladigan boʻlishdi. Faqat Eshqobil… Odamlar juda nozik boʻlib boyartimi-ey… Mamat bilmay qoldi. Har qalay, barlosliklardan ham oqibat ketyapti: «Kechirasiz, Mamat aka, hech vaqtim yoʻq», deydi. «Kechirasiz»ga balo bormi? He… kechirasizingni ich-chiga… Oʻzi shu Eshqobil keyingi vaqtlarda ayniyapti. Ayniqsa, boʻlim bugaltiri boʻlgandan beri… Qaysi kuni Bahri ham hasharga aytgan ekan, ishim koʻp, depti.

Eshqobil toʻy qilganda Mamat oʻzi boshida turgan. Oʻtgan yili Eshqobil loy qilib, hasharga aytganda Mamat andava tortgan. Shuning uchun tomidan bitta chakki oʻtmaydi… Turib-turib, ta’sir qilib ketarkan. Eshqobil… notoʻgʻri qildi-da. Yaxshi boʻlmadi, har qalay. Yo Eshqobilni amal buzdimikan? Oʻtgan yili ketmon koʻtarib yurgan oddiygina ishchi edi. Qishda nima boʻldiyu, ikki oylik bugaltirlik kursiga oʻrin kelib, hisob-kitobdan ozroq xabari bor, deb Eshqobilni yuborishdi. Tok ochiladigan paytgacha Eshqobil oʻqishni bitirib, bugʻaltir boʻlib oldi. Idorada ishlayotganiga besh-olti oy boʻlib qoldi. Oʻshandan beri ikki odamning boshi biriksa, Eshqobildan gap ochiladi. Barlosda Eshqobilning gapi yotmay qoldi. Eshqobil unday boʻlib ketyapti, Eshqobil bunday boʻlib ketyapti… Qoʻshnisi boʻlgani uchunmi, bu gaplar Mamatga ogʻir botadi. Toʻgʻri, Eshqobil oʻzgargan, anchagina oʻzgargan. Ilgarigiday, eski-tuskida emas, yangi kostyum kiyib, galstuk taqadi. Soch oʻstirgan. Kiyimlari doim ozoda. Koʻchada ham gard tegib qolmasin, deb ehtiyotlanib yuradi. Sa-al kerilib, qorinni chiqarib oladi. Har oʻn qadamda bir-ikki tomoq qirib qoʻyadi. Ana shu odati odamlarga yoqmaydi. Hamma gap Eshqobilning ana shu tomoq qirishidan boshlandi.

Ilgari toʻylarda el qatori toʻgʻri kelgan joyga oʻtiraverardi. Endi boʻlimning kattalaridan ajralmaydi. Boshqaruvchining yonida oʻtiradi.

Yoʻq, Mamat bu gaplarni \asad qilganidan aytmayapti. Eshqobilning nimasiga hasad qiladi? Qolaversa, yon qoʻshnisi boʻlim bugʻaltiri boʻlib tursa – yomonmi? Albatta, idorada ishlagandan keyin yaxshi kiyinadi, lekin… Eshqobil… Mamatning nazarida qandaydir… narsasini yoʻqotganday. Ishqilib, odamgarchilikdan chiqib boryapti. Odamning kimligini bilaman desang amal berib koʻr, deganlari rost ekan. Eshqobilni amal buzdi. Hozirgi Eshqobil bir yil avvalgi Eshqobil emas. Mamat oʻtaketgan savodsiz emas axir, idoradagilarning qachon ishlashiyu, qachon dam olishini uncha-muncha biladi. Taqdirida bor ekan, oddiygina, bedazorning qorovuli boʻlib yuripti. E-e, bu Eshqobil… turib-turib oʻtib boryapti-da.

Eshqobilnikidan ruhi tushib, Qurbonnikiga, Yoʻldoshnikiga, Bahrinikiga, Niyozmatnikiga oʻtdi. Usmon ham keladigan boʻldi. Shu Usmon ham qingʻir yoʻlga koʻp kirgani bilan qoʻshnilarning ra’yini qaytargan joyi yoʻq. Shaharda student boʻlishiga qaramay, Qohid ham «boʻpti, aka», deb qoldi. Qurbon esa:
— Yangam osh qilib beradimi axir? – deb soʻradi. Qurbon oʻzi shunaqa. Doim hazillashib turadi.
— Sizdan yangangizning oshi aylansin, - dedi Mamat, koʻngli sal-pal yorishib.
— Yangamning oshi boshqacha boʻladi-da. Boʻldi! Bizni aytdingizmi, ishonavering, moment hozir boʻlamiz.

Mamat xursand boʻlib ketdi. – Qurbon koʻngli ochiq yigit. Oʻzi aravachali traktor haydaydi. Oʻtinmi, yantoqmi, tashish kerak boʻlsa, iltimos qilsang, «yoʻq,» demaydi.

Tushga yaqin qoʻshnilar hazil-huzul bilan tom suvashni boshlab yuborishdi. Mamatning oʻzi loyxonada paqirlarga loy solib turdi. Qurbon tom ustida turib, paqirlarni tortdi. Tomning yarmini suvab boʻlay deb qolganlarida Eshqobilning tomoq qirgani eshitildi (loyxona koʻcha tarafda edi).
— Oʻzimning jonajon akajonim kelyapti, - dedi Qurbon xushchaqchaqlik bilan. – Hasharga aytmaganmidingiz, Mamat aka?
— Hormangla-ar! – dedi bu orada yetib kelgan Eshqobil choʻzib, yana ikki-uchs tomoq qirarkan. Har qalay qoʻshni emasmi, darrov oʻtib ketolmay, xandakka yaqin kelib, turib qoldi. – Loy juda yaxshi boʻlipti, zoʻr pishitibsiz, - dedi Eshqobil, yana tomoq qirib olarkan. U amalga mingandan beri aqlli-aqlli gaplarni aytishni, suhbatdoshlarning diqqat markazida boʻlishni xushlaydigan boʻlib qolgandi.
— Ha-a, - dediyu, Mamatning ensasi qotib, Eshqobil arafdagi loylarni ketmon bilan oʻziga tortaverdi. Bir safar loyi suyuq joyga ketmonni ataylab qattiq urdi. Loy sachrab, Eshqobilning tuflisiga, dazmollangan shimining pochasiga yopishdi.
— E, uzoqroq turmaysizmi? – dedi Mamat zarda qilib.
— Mayli endi, hayotda bunday koʻngilsizliklar boʻlib turadi. Xafa boʻlmang, aka. Ana. Amerikaliklar Nevadada yana atom bombasini portlatishipti. Loy nima degan gap, qurisa, oʻzi koʻchib tushib ketadi, - dedi Qurbon. – Yaxshisi, bu yoqqa chiqing. Bu yerga quyosh yaxshi tushadi, ham shimingiz quriydi, ham ozro-oq loy tortib, belingizning chigilini yozasiz.

Eshqobil ikkilanib qoldi. Ish bilan band boʻlib, ertalab, «vaqtim yoʻq», deganini unutipti. Aslida toʻxtamasdan oʻtib ketishi kerak edi. Endi Qurbondan qutulib boʻlmaydi. Hozir aytganini qilmasa, ertaga yuz joyda kalaka qiladi. Buning ustiga qoʻlida aravachali traktor, ba’zan-ba’zan ishing tushib qolsa, darrov aybingni yuzingga soladi.
— Qoʻlingizdagi papkani qaerga qoʻyishni bilmayapsizmi? – Qurbonning jagʻi tinmasdi. – Hoʻ, chetga qoʻying, turaveradi. Faqat tezroq chiqing. Esingizda boʻlsin, hasharning oʻrtasida keldingiz, hashar oshining yarmini yeysiz.

Hasharchilar kulib yuborishdi. Noiloj qolgan Eshqobil narvondan koʻtarildi.
— Kostyumingizni yeching, shimingiz loy boʻlgani yetadi, - dedi Qurbon.

Eshqobil garangsib, kostyumini yechdi. Boʻynidagi galstugini ham Qurbonga uzatdi.
— Ana endi siz arqonni oling, - dedi Qurbon, - men esa Barlosning sizday ulugʻiga xizmat qilib, kiyimlaringizni qoʻriqlab turaman.

Eshqobil taqdirga tan berib, yana ikki-uch tomoq qirdi-da, ilgakli arqonni qoʻliga oldi.