OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAbulqosim Mamarasulov
Asar nomiOysha xolaning «kuyov»i (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Abulqosim Mamarasulov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm12KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/17
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Oysha xolaning «kuyov»i (hikoya)
Abulqosim Mamarasulov

Oysha xola yaxshi ayol-da. Odamning dili-joni. Necha maralab Abdurazzoqning hojatini chiqargan, rahmatini eshitgan. Oʻgʻlini uylantirayotganda u bormagan doʻkon, elanmagan sotuvchi qolmadi. Yoʻq deyishdi. Oʻziyam kelin tomon nomi boru oʻzi yoʻq buyumlarni ayttirgan ekan, ancha-muncha ovora boʻlishdi. Bechora oʻzini oʻtga urdi, suvga urdi. Yoʻq-da, yoʻq. Figʻoni falakka chiqib, boʻshashib oʻtirganda qayoqdan ham Oysha xola oʻz oyogʻi bilan kelib qoldi. Eski tanishlardek quyuqqina soʻrashib, bir piyola choy ham ichdi. Soʻng sumkasini ochib, «ozroq molim bor, koʻringlar, yoqsa olinglar», deb qoldi. Bundo-oq qarashsa, oʻzlari izlab topolmay yurgan matohlar! Abdurazzoq ham, xotini ham quvonib, shartta koʻtara savdo qilishdi. Kelinning sarpolari bitdi. Toʻy boʻldi. Toʻyga Oysha xola ham keldi.
— Buni qarang, - degandi oʻshanda Oysha xola, - xuddi bilganday toʻppa-toʻgʻri siznikiga kiribman. Yuragim sezdi-da. Sh uyda yaxshi odamlar yashaydi, deb oʻylagandim. Bu zamonda kim koʻp – yomon koʻp. Doʻstdan dushman koʻp. Koʻrolmaydi, yo ustidan yozadi, yo melisa bilan soliqqa xabar beradi...
— Bizning Barlosda unaqalar yoʻq, - dedi Abdurazzoq. – Bemalol kelavering. Topgan-tutganingizni olib kelavering. Kam boʻlmaysiz.

Shu-shu Oysha xola Barlosga tez-tez keladigan, har gal Abdurazzoqni, xotinini, qoʻshnilarini alqab ketadigan boʻldi. Keyinchalik Abdurazzoq qizini uzatayotganda ham sarponi Oysha xola toʻgʻrilab berdi. Tagʻin arzonbahoroq... Albatta, bular ham qarab turishmas edi. Abdurazzoqning xotini uyma-uy yurib, xotin-xalajni yigʻar, hademay ularning supasi Oysha xolaning «yarmarka»siga aylanib ketardi.

Bir kuni Abdurazzoq xotini, qudasi bilan choy ichib oʻtirganida Oysha xola kelib qoldi. Gapdan gap chiqib, Oysha xola aytdiki,qoʻshnisinikiga ikki bolali yoshgina juvon koʻchib kelganmish. Eri aroqxoʻr ekan-da, bahridan oʻtibdi. Endi... agar... ichmaydigan durustgina odam chiqsa...
— Toshtemir aka-chi? – dedi xotini. – Bechora, xotini oʻlgandan beri qiynalib yuripti. Bizdan nima ketdi, savobga qolamiz.
— Rost aytasan, xotin! – dedi Abdurazzoq oʻylaninqirab.
— Haligi... u ... yoshmi? – soʻradi Oysha xola.
— Endigina ellikdan oshdi. Oltitagina bolasi bor, - dedi Abdurazzoq darrov savdolashishga kirishib. Umuman, u savdolashishni yaxshi koʻrardi. – Bolalari odam boʻlib qolgan. Ziyoni tegmaydi. Kattasi uylanmoqchi shekilli,a? Toshtemirning oʻzi yaxshi inson, moʻmin-qobil, namozxon. Topsa shundayini topadida. Nima deding, onasi?
— Haq gapni aytdingiz. Ammo-lekin siz ham savobga qolasiz, Oyshaxon!
— Mayli-ku, - dedi Oysha xola nimadandir andisha qilib. – Yoshi oʻtib qolgan emasmi ishqilib. Sa-algina, a? Keyin... Hech boʻlmasa, qirq yoshlar atrofida boʻlganda edi... Juvongina hali oʻttizgayam kirmagan. Koʻngil...
— E, rozi boʻladi. Rozi boʻlmay qoyoqqa borardi. Toshtemir bir yasan-tusan qilsa. Soqol-moʻylovini qirtishlab, karillab yoʻliga chiqsa-chi, oʻsha juvoningiz «men ham yurgan ekanman-ku, baxtimdan oʻrgilay», deb boʻyniga osilib qoladi. Koʻrasiz hali! Siz nima deyapsiz!
— Mayli, unda ertaga kechga kuyovtoʻrani biznikiga yetkazib boringlar. Kelin boʻlmishni chaqirib chiqish – men tan. Ikkovini uchrashtiraylik. Yulduzi yulduziga toʻgʻri kelsa,.. – Oysha xola mugʻambirona kulimsirab koʻz qisdi. – Yulduzi yulduziga toʻgʻri kelsa, biz bir nimali boʻp qolarmiz. A, nima dedingiz?
— Gapni dangal qiling, - deya Abdurazzoq ochiqcha savdoga oʻtdi. – Qancha soʻraysi? Biz shunga qarab, Toshtemirga uchraymiz. U, lekin, qoʻli sal kaltaroq odam. Bu yogʻini ogʻirlashtirib yuoradigan boʻlsangiz, biz hoziroq ishni...
— E, ot bilan tuya boʻlarmidi! Kelish-ketish... yoʻl xarajatlari... Besh yuz boʻlar, olti yuz boʻlar, ishqilib, el urfi deganday. Bizlar bir hojatbaror odam. Yosh narsa har qalay, qoʻlli, oyoqli...
— Besh yuz!
— Boʻpti! Besh yuz boʻlsa besh yuz-da! Qolgan-qutgan xarajatlar kuyov tan.

Bulk etmay savdoga quloq tutib oʻtirgan Abdurazzoqning qudasi ular xayrlashayotganda indamay oʻrnidan turdi-da, uyiga joʻnadi.

Abdurazzoq Oysha xolani kuzatgandan soʻng Toshtemirnikiga yugurdi. Kuyov boʻlmish namozgarni oʻqiyotgan ekan. Abdurazzoq kira solib joynamozni yigʻishtirib oldi.
— Bu nima qilganingiz? Gunohga botasiz-ku!
— E, namozxonlikni kim qoʻyipti sizga! Gap bor!
— Xoʻsh, xoʻsh? – dedi Toshtemir xushlamay.
— Puldan bormi?
— Pul? Nimaga kerak pul?
— Toʻyga! Yetadimi toʻyga?
— Ha, endi baholiqudrat deganday, oʻzimizga yarasha...
— Choʻzing.
— Nimani?
— Pulni-da.
— Hoʻy, inson! Boshingizga baxt qushi qoʻnib turipti. Qani, oldin suyunchisini bering! Biz sizga xotin topdik, hali oʻttizgayam kirmagan! Soʻlqildoqqina! Milqildoqqina! Ikkita bolasiyam bor emish. Nozanday... Qalay, bel yaraydimi, bel? Uyaltirib qoʻymaysizmi ishqilib?!
— Kim u? – soʻradi Toshtemir, ogʻzining tanobi qochib.
— Uzumini yesangiz-chi, nima qilasiz bogʻini surishtirib! Xoʻsh, yosh xotinni eplay olasizmi?
— Menga tegarmikan? – dedi Toshtemir ishshayib, - juda-a yosh deyapsiz...
— Bu yogʻini bizga qoʻyib beravering. Gapga koʻnsangiz – bas.
— Nima deysiz?
— Turish-turmushingizni koʻrsa, kampir ham sizga tegmaydi. Sizga soqol nima zaril? Yetmish yashar cholga oʻxshab! Hozir soqolni tag-tubi bilan qirib tashlaymiz.
— Qanday boʻlar ekan?
— Anday boʻladi!
— Odamlar kulmasmikan ishqilib? Qariganda...
— Hoʻy, siz nima deyapsiz? Nima deyapsiz, a? Oʻttizgayam toʻlmagan juvonga uylanaman deb turgan yigitsiz siz, tushundingizmi? Qaridim deganingiz nimasi! E qoʻying-e! Ertaga kelinning oldidayam shunaqa gaplar aytib, hammamizni sharmanda qilasiz siz hali! Bunda-ay, yuvinib, taranib, yangi kiyimlarni dazmollab kiyib, deganday... Qani, ustarani keltiring-chi!
— Kim oʻzi u kelin?
— Keyin... kelin bilasiz. Qani tezroq, imillamang.

Abdurazzoq bir ishga kirishsa, astoydil kirishadi. Qoʻli ham yengil. Hash-pash deguncha Toshtemirning soqolini qirib tashladi.
— Soch qoʻymaganingiz chakki boʻlga ekan-da, birodar. Sa-al yoshroq koʻrinarmidingiz! – dedi u «birodar»ining taqir boshiga shapatilab.

Toshtemir oʻzini koʻzguga soldi. Asli yuzi burushiq emasmi, oʻzini besoqol koʻrib, afti badtar burishib ketdi.
— Hechqisi yoʻq. Atirdan bormi?

Keltirilgan odekolondan Toshtemirning boshiga, aft-basharasiga yaxshilab pufladi. Qayoqda: qarilik oʻz hukmini oʻtkazayotgan edi. Toshtemirning yuzini atir sovun bilan rosa ishqalab yuvishdi. Beti sal oqarganday boʻldi. Keyin Abdurazzoq uni qoʻyarda qoʻymay yechintirdi. Oʻzi boshidan suv quyib turdi. Badanlarini rosa ishqalab, xumordan chiqqancha yuvintirdi. Soʻng pudra surishdi. Toshtemir onadan qayta tugʻilganday boʻldi. Endi u kiyimlariga qoʻl choʻzayotgan edi, Abdurazzoq hammasini bir chetga uloqtirdi.
— Qoʻying bu jandalarni kuyovtoʻra! Sandiqni ochadigan payt keldi. Yangi kiyimlarni kiyib yasharishingiz kerak.
— Qanday boʻlarkan? Yosh oʻtib qolgani sezilmayaptimi oʻzi?
— Zoʻr! Siz aytganni qilavering, - dedi Abdurazzoq, borgan sari oʻz tadbirkorligidan zavqlanib.

Toshtemirning yangi kiyimlari ichidan bronta ham kuyovbopi topilmadi.
— Oʻgʻlingizning koʻylaklari bordir axir?
— Bor. Boʻlganda qandoq.

Oʻgʻilning koʻylaklari otasiga torlik qildi. Abdurazzoq borib oʻz uyidan oʻzining kiyimlarini keltirdi. Boshladimi, oxiriga yetkazishi kerak-da. Yangi qora kostyum va oq koʻylakda Toshtemir ancha ysh koʻrinar, faqat yuzlarining burishiqligi sal... Sa-al-da. Toshtemirning, darvoqe, oʻgʻlining uch-toʻrtta galstugi bor ekan, tanlab-tanlab bittasini olishdi, taqishdi. Ha-a, kuyovtoʻra degan mana bunaqa boʻpti-da. Toshtemir kalish-mahsi kiymoqchi boʻlayotgan edi, Abdurazzoqning jon-poni chiqib ketdi.
— Tentak! Hech odam boʻlmadigiz boʻlmadingiz-da.
— Nima kiyaman boshqa?
— Oʻgʻlingizni uylantirmoqchi edingiz-ku! Tufli olmaganmi?
— Olgan.
— Kiying oʻshani!

Tufli Toshtemirga sal torlik qildi. Poshnasi ham baland ekan. Hechqisi yoʻq, bir marta kiyishga boʻlaveradi. Shoʻring qurgʻurning paypogʻi ham yoʻq edi. Yana oʻgʻlinikini olishga toʻgʻri keldi. Xullas, kechqurun soat sakkizlarda kuyovtoʻra uchrashuvga shay boʻldi. Ikkovlon koʻngil joy boʻlib, endi dasturxon qoshiga choʻkkan edi, Abdurazzoqning uyidan «chopar» keldi. Xotini, tez yetib kelsin, depti. Tez yetib bordi. Qarasa, xotinining yuzidan zahar tomib turipti.
— Nima boʻldi? – soʻradi Abdurazzov xavotirlanib.
— Sharmanda boʻladiganga oʻxshayapmiz.
— Nega? Nima boʻldi? Munda-ay, tushuntirib gapirsang-chi?!
— Boya gap olib, indamay oʻtirib, indamay chiqib ketganiga koʻnglim gʻashlangandi oʻzi. Oʻylaganimday boʻldi...
— Nima gap, tinchlikmi? Kim gap oladi?
— Qurib ketgur qudangiz Mahmashoni kuyovday yasantirib... Hozir mashinada Oysha xolanikiga oʻtib ketishdi. Ikki orada sharmandayu sharmisor boʻli-ib...

Abdurazzoqning miyasiga qon urdi. Begona boʻlsa-ku, boshqa gap. Ham qoʻshni, ham amaki, ham quda. Shunaqa niyating bor ekan, aytmaysanmi, nomard? Qudasi oʻzi shunaqa: oyoqdan chaladi. Lekin... bunchalar emas-da endi... Odamlar, nima...

Abdurazzoq kelinini chaqirtirdi.
— Otang nima ish qilganini bilasanmi?
— Nima ish qipti? – Kelinning lablari pirpiradi, chunki boyagina qaynonasi bilan ham shu taxlit savol-javob qilishiga toʻgʻri kelgan edi.
— Otang qanaqa odam ekanini bilasanmi? – soʻradi Abdurazzoq oʻzini zoʻrgʻa bosib.
— Qanaqa ekan? – Kelin ham boʻsh kelmadi.
— Otang – ablax!!
— Ogʻzingizga qarab gapiring! – kelin titrab ketdi.
— Ogʻzimga sen xoʻjayin emassan! Lekin bilib qoʻy, otangni bir martaga rasvo qilarim bor.

Kelin yigʻlab yubordi.
— Nima qilsangiz qilavermaysizmi? Menda nima ayb? Mahmashoni olib ketgan boʻlsa, albatta Oysha xolanikiga borishadimi? Boshqa ishi yoʻqmi?
— Chiq bu yerdan! Shangʻillama koʻp!
— Chiqaman! Haydamasangiz ham ketaman. Uyingizga sigʻmasam ham oʻsha yomon otam sigʻdiradi meni.
— Yoʻqol!

Sal oʻtmay xotini hovliqib yugurgilab kirdi-da shivirladi:
— Hay, nima qip qoʻydingiz? Tugunini koʻtarib chiqdi. Ketayapti.
— E, menga desa oshib ketsin.
— Unaqa demang, el bor, yurt bor, gap boʻladi. Eshitgan quloqqa yaxshi emas.

Hovliga chiqishsa, kelinning qoʻlida tuguni, ketishga – shay.
— Ha, nima boʻldi? – Abdurazzoq joʻrttaga soʻradi.
— Jonga tegdi... Ketaman... yomon otamnikiga.
— Ering kelsin, ora ochdi qilinglar.
— Menga er umi, yo...
— Uyga kir-e, benomus!

Kelin yigʻlagancha soʻriga oʻtirib qoldi.
— Bor, Toshtemirni chaqirib kel! – Abdurazzoq xotiniga buyurdi.
— Nima qilasiz uni?
— Oʻl qilaman, balo qilaman, battar qilaman, Oyshanikiga olib boraman! – Abdurazzoq baqirib berdi-da, garajga kirib, «Jiguli»sini oʻt oldirdi.

* * *

Oysha xola ularni noxush qarshi oldi.
— Yolgʻonchiga chiqib qoldim-ku, - dedi darvoza eshigiga suyanib. – Bugun juvon oʻlgurning eri kelib, uyiga olib ketgan emish. Eri, endi bir qultum ichsam oʻlay agar, deb qasam ichipti. Oʻzi binoyiday yigit ekan... – Oysha xola Toshtemirga boshdan oyoq sinovchan nazar tashladi. – Kuyov boʻlmish shu kishimidi? Oyday... Tuf-tuf, koʻz tegmasin. Urugʻi qurib ketmagandir, topilar yana...

Abdurazzoq serrayib turib qoldi. Sal fursatda andak oʻziga kelib, zoʻrgʻa soʻradi:

— Mening qudam... kelmadimi?
— Yoʻq, hech kim kelgani yoʻq, nimaydi? – soʻradi Oysha xola hayron boʻlib. Keyin yana Toshtemirga qaradi, miyigʻida kulgi oʻynaganday boʻldi.

... Yoʻl-yoʻlakay Toshtemir, menin axmoq qildinglar, yoʻq narsaga soqolimni oldirdinglar, endi koʻchaga qanday chiqaman, endihammaga masxara boʻlaman, deb gʻingshidi.

Abdurazzoqning qulogʻiga gap kirmas, xotining gapiga uchib, e yoʻq-be yoʻq, kelinini xafa qilganini eslab, ich-etini yer, hali oʻgʻli kelsa, bu nima qiliq desa, uning koʻziga qanday qarashi kerak boʻladi?..

— He, oʻsha Oysha xolangniyam...