OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAbulqosim Mamarasulov
Asar nomiSevishganlar (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Abulqosim Mamarasulov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm9KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/18
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Sevishganlar (hikoya)
Abulqosim Mamarasulov

Saydan (ya’ni Saydirasul) koʻpdan beri Norxolga soyaday ergashib yurardi… Norxol toʻqqizinchida, oʻzi oʻninchida oʻqib yurgan kezlari. E yoʻq, be yoʻq, bir kun u qizning yoʻlini toʻsib, yodlab olgan she’rini esdan chiqarib qoʻyadigandek, shosha-pisha, «men seni sevaman», dedi. Dabdurustdan aytilgan gapga Norxolning kulgisi qistadi.
— Nima qilay shunga? Qoch, yoʻlimni toʻsma.
— Men senga, seni sevaman, deyapman?!
— Hay, nima qilay sevsang? Qoch yoʻlimdan!
— Qochmayman. Oldin ayt: sen ham meni sevasanmi, yoʻqmi?
— E bor-e! Kallang ishlaydimi oʻzi?
— Ishlamaydi. Ayt: sevasanmi, yoʻqmi?

Saydanning bir etikka ikki oyogʻini tiqishidan qizning achchigʻi chiqa boshladi.
— Qoch, boʻlmasa, hozir borib otamga aytaman.
— Aytsang aytaver. Otangdan qoʻrqmayman. Bari bir seni sevaveraman.
— E bor-e! – deb Norxol uni siltab, ketdi, qoldi.

Shunga ham bir yilcha boʻldi. Lekin haliyam Saydan Norxolning ketidan qolmaydi. Nuqul sevish-sevmasligingni ayt, deb tiqilinch qiladi. Norxol esa… garchi oʻshanda otamga aytaman, deb uni qoʻrqitgan boʻlsa-da, otasiga aytmagan. Saydanning qiligʻiga rosa kulgandi.

Saydan oʻzi zoʻr yigit-da! Qaddi-qomati kelishgan. Tengqurlari uning oldida shunaqa titrashadiki, asti qoʻyavering. Qaerda janjal – Saydan hoziru-nozir, tagʻin yengib chiqadi. Norxol uni sevadimi – oʻzi ham bilmaydi. U yoʻlini toʻsib, sarkashlik qilgandan keyin u haqda oz-moz oʻylab qoʻyadiyu, keyin esdan chiqaradi. Uning soʻrogʻiga bir nima demaydi. Chunki, maktabni bitirib, oʻqishga bormoqchi. Institutga kirib oʻqiydigan boʻlgach, sevmasligi kerak-a. Yoʻqsa, xayoli boʻlinib, miyasiga dars kirmay qoladi. Saydan-ku, oʻzi yaxshi yigit-a, lekin… Norxol roʻyxush bermasligining sababi bor. Onasi sevishganlarni juda yomon koʻradi. «Ota-onasi turganda qiz bolaning shuytib yurishini kim qoʻyipti?» deydi. Norxol onasining ra’yiga qaraydi. Iloji qancha – oʻqishga yubormay qoʻyishlari hech gap emas. Ustiga ustak biron kishi, «falonchi falonchiga koʻz suzibdi», deb qolsa bormi, xudo urdi-da. Shu kuniyoq Barlos qishlogʻini qora mushuk kabi mish-mish oralaydi. Oʻzini aqlli qiz deb hisoblaydigan Norxol esa gap boʻlishni istamaydi. Avval gap-soʻz boʻlib, keyin qiz tomondan ota-ona «sovchilik»ka qatnab yurganini koʻp koʻrgan. Ana, Ulbozorning otasi Bogʻmon aka ham Abulxayrning orqasidan yuguraverib, ovora boʻlib ketdi-ku! Toʻgʻri, Saydan Abulxayrga oʻxshaganlardan emas, yaxshi yigit, lekin Norxolga hali hech kim kerak emas. Toʻgʻrisi – shu. Saydan esa buni tushunmaydi. Nuqul sevasanmi, yoʻqmi, ayt, deb oyoq tiraydi. «Sevaman desang, bas, qachongacha boʻlsayam kutaman. Agar boshqa darding boʻlsa, buni ayt, orqangdan ovora boʻlib yurmayin», deydi. Albatta, Norxol mayli, demagan, demaydi ham ham. Saydanni oʻlguday yaxshi koʻrib qolganda ham , bari bir, aytmasdi. Qadrini biladigan qiz bunaqa gapni ogʻzidan chiqarmaydi-ku! Lekin uzil-kesil yoʻq deyishga ham, rosti, tili bormaydi. Bir yigit soyaday ketingdan ergashib yursa, gʻalati-da. Shuning uchun ham dugonalarining Norxolga havasi keladi. Uning yoʻlini poylab Saydan maktab atrofida aylanishgani-aylanishgan. Unga rahmi kelibmi, goho dugonalari Norxolni koyishadi: «Nimaga uni qiynaysan? Ber-da, javobini! Yo ha de, yo yoʻq!» Aslida kim unga ovora boʻl, depti. Norxol aytiptimi? Bir gal kampirga oʻxshab mijinglaydigan dugonasi shunaqa gapni aytganda Norxolning jini qoʻzidi: «Juda joning achib borayotgan boʻlsa, bor, oʻzing teg. Menga zaril emas». Buni qarang, bu gapi Saydanga ham yetib boripti. Oʻsha kuni yana yoʻltusarlik qildi: «Bu nima deganing? Sevmayman, deganingmi? Bari bir men sevaveraman. Lekin sen ham meni sevishing kerak-ku!», deb turib oldi. «Sevaman deganingcha qoʻymayman!», deydi. Bilib olgani – shu. Xuddi toʻtiqushga oʻxshaydi.

  Bugun dam olish kuni boʻlgani uchun Norxollar dalaga ishga chiqishdi. Saydan ham shu yerga keldiyu Bir oyogʻini yerga, ikkinchi oyogʻini velosipedining pedaliga tiragancha, ishdan bosh koʻtarmayotgan qizlarga picha qarab turdi-da, keyin qayoqqadir gʻoyib boʻldi. Norxol ikkita dugonasi bilan tokzor orasidagi yoʻldan uyga qaytishayotganda  Saydan velosipedini uchirib kelib, ularning yoʻliga koʻndalang qildi-da, qizlarga: «Sizlar ketaveringizlar. Mening Norxolda ishim bor», dedi.  Norxol ham dugonalariga ergashib ketayotgandi , Saydan astagina, lekin buyruq ohangida: «Toʻxta, gapim bor», dedi. Xuddi unga bogʻlanib qolganday, Norxol toʻxtadi. Har doimgiday, bor-e, deb ketaversa, boʻlardiyu, nimagadir ketolmadi. Saydanning ovozidagi hukm ohangi ta’sir qildimi yoki uning niyati qat’iyligini sezgach, ketaman, deb baloga qolishini bildimi, har qalay, unga boʻysundi. Yoʻqsa, u bir qiliq chiqarishdan toymaydi-da. E, bu Saydan!..  Qizning vujudiga titroq yugurdi. Dugonalari esa uzoqlashib ketyapti. Nihoyat, Saydan velosipeddan tushdi.

— Yur bu yoqqa! – U xotinini yetaklaganday, Norxolning qoʻlidan tortib, tokzor orasiga boshladi.
— Oxirgi marta soʻrayapman, - dedi Saydan oʻqrayib, - meni sevasanmi, yoʻqmi?!

Norxol uning soʻrogʻidan koʻra vajohatidan qoʻrqdi. Yigʻlagisi keldi. Yerga qaradi. Keyin nima boʻlganini oʻzi ham bilmay qoldi. Bir payt oʻzini Saydanning quchogʻida koʻrdi… Saydan uni qoʻyib yuborganda Norxol birdan xavfsirab qoldi: dugonalari kuzatishayotgan boʻlsa-ya!? Endi Norxol bilan Saydan oʻpishdi, degan gap butun qishloqqa ovoza boʻladi. Onasi yer mushtlab qargʻanadi. Shuni oʻylab, Norxol dahshatga tushdi. Yuragini oʻrtayotgan alam bilan Saydanga yomon tikildi. Shunda u avvalgiday qoʻrqinchli tuyulmadi. Aftidan, oʻpich olganidan xursand, labini yalab, kulimsirab turibdi. Kulimsirashi qursin, masxara qilayotganga oʻxshaydi. Norxol shartta burilib, uyiga joʻnadi. Orqasidan Saydanning yugurib kelishini, tiz choʻkib «meni kechir!», deya iltijo qilishini istadi. Lekin… u shoshgancha ketib borarkan, yoʻl burilgan joyda boyagi ikki dugonasini koʻrdi. Ular shivirlashib, ishshaygancha, Norxol tomonga qarab qoʻyishdi. Norxol esa oʻzini beparvo tutishga urindi. Qaramasdan oʻtib ketdiyu Xudo berdi ularga, endi gap tarqatishgani-tarqatishgan. Teshik quloq – onasi ham eshitadi. Shuning uchun Norxolning oʻzi aytgani ma’qul. Keyin boshi baloga qolmaydi. Nega endi anavi kechirim soʻrashga izidan kelmayapti? Norxol uning nima qilayotganini, qay holatda turganini bilishni istardi, ammo orqasiga burilib qarashga yuragi betlamasdi. Koʻchani toʻldirib oʻtishni istamay, tomorqa tarafdagi yolgʻizoyoq yoʻlga burildi. Nazarida hamma koʻchaga chiqib turganday: «Ay-yay,yayy! Norxolni qaranglar! Shunday qiz kuppa-kunduzi anavi Saydan bilan tokzorda oʻpishib yuripti-ya!» deyayotganday boʻlaverdi. Saydan… orqasidan kelmadi-ya! Qanday qilib uning… Juda issiq ekan… Shundagina Norxol terlab ketganini, Saydan oʻpgan beti tobora qizib borayotganini his qildi. Oʻpish qiziq boʻlarkan. Oʻsha paytda uning ichidan bir toʻlqin otilib chiqayotganday boʻlaverdi. Agar Saydanning oʻzi quchogʻidan boʻshatmaganda uning bagʻridan chiqish xayoliga ham kelmasmidi? U qoʻyib yuborgandan soʻng bir lahza hayron boʻlib turdiyu, keyin alam qilib ketdi-da. Oʻpishga-ku, oʻpdi, tagʻin yuzingda koʻzing bormi demay, tirjayib turgani ortiqcha.

Norxol paqir koʻtarib, molxonadan chiqayotgan onasini koʻrdiyu, boʻshashib ketdiyu
— Ha, nega bu yoqdan kelyapsan? – soʻradi onasi hayron boʻlib. Soʻng Norxolning olazarak koʻzlariga koʻzi tushdiyu, rangi oʻchdi. – Nima boʻldi?!
— Saydan… - dediyu, oʻpkasi toʻlib, Norxol yigʻlab yubordi.
— Nima Saydan?! Urdimi?!!
— Yoʻq.
— Boʻlmasa, nima qildi?!

Norxol yigʻini avjga chiqardi.
— Hay, buncha izillaysan? Gapirsang-chi!! Nima boʻldi oʻzi?
— Qoʻlimdan ushladi.
— Kim? Saydanmi? Qaysi Saydan? Davlat bovoyning nevarasimi?
— Ha. Oʻsha!
— Voy qirilgur-ey! Nimaga ushlaydi?! Nima kerak ekan unga? Nima dedi?
— Seni sevaman, dediyu Sevib qolganmish!..
— Voy qirilgur-ey! Voy, yer yutkur-ey! Sevarmish?! Ha, iloyo, sevging boshingni yesin! Burningni artib ol, demadingmi? Haligacha koʻchada janjal qilib yuradi-ku, voy mishiqi-ey! Oldin otang oʻzini eplab olsin, de! Ana! Ana shu-da. Bular…

Xuddi shu payt poylab turganday, otasi kelib qoldi.
— Ha, ona qizim, senga nima boʻldi?

Norxol hoʻngrab yigʻlab berdi. Onasi qishloqni boshiga koʻtarib qargʻandi.
— Bu – Davlat bovoyning nevarasi!.. Voy yer yutkur-ey!..

Bu gap oʻsha oqshom butun Barlosga ovoza boʻldi.

Norxol kechasi tushida uni koʻrdi: Saydan uning bilagidan mahkam tutib olganmish. Norxol, qoʻyvor, deb yalinsa, nuqul ishshayarmish…