OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAbulqosim Mamarasulov
Asar nomiUch soʻm pul (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Abulqosim Mamarasulov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm19KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/20
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Uch soʻm pul (hikoya)
Abulqosim Mamarasulov

Shoniyoz boya olgan oʻnta biletini haligacha oʻtkaza olmadi. Boshqalar boʻlsa bu vaqt ichida yigirma-oʻttiztadan sotib qoʻydi. O’zi, bugun, negadir, Shoniyozning ishi yurishmayapti. Ertalab uydan chiqqanda, ilojini qilib, ikki-uchta biletni qimmatroq sotib, ozroq pulni Bahodirdan yashirib qolishni oʻylagandi. Onasi kasalxonaa yotipti. Shu pulga onasiga olmami, anormi, olib bormoqchi edi.

Kino seansi yaqinlashyapti. Hali Bahodirda bir yuz elliktacha bilet bor. Agar oʻtmay qolsa, uning achchigʻi chiqadi. Keyin hammasini urishadi. Shoniyozga koʻproq gap tegadi.

Kassaxonaga ikkita yigit kirib keldi.
— Akalar, bari bir kassadan bilet ololmaysizlar, - dedi Shoniyoz, ularning yoniga borib. – Qolmagan. Agar hozirgi seansga kerak boʻlsa, mana, menda bor... Sizlarga nechta bilet kerak?
— Ikkitasi yetadi, - dedi ularning biri. – Sen qanchadan sotyapsan?
— Ikki soʻmdan toʻrt soʻm boʻladi. – Shoniyoz chaqqonlik bilan ikkita biletni ajratib, ularning qoʻliga tutdi.
— Shoshma, shoshma, xohlasang biz bir soʻmdan ikki soʻm beramiz.
— Yoʻq, boʻlmaydi, - dedi Shoniyozning ruhi tushib. – Bir yildan keyin ham bir soʻmga bilet ololmaysizlar.
— Bari bir hozir seans boshlanadi, biletlaring kuyib ketadi.
— Buning uchun sizlar qaygʻurmasalaringiz ham boʻladi, - deya Shoniyoz ters oʻgirilib, boshqa xaridor izladi. Ammo goʻyo bir narsasini yooʻqotganday, yana oʻsha yigitga oʻgirildi. U hamon sinovchan tikilib turardi. Qandaydir, qarashlari boshqacha. Xuddi Shoniyozning turishiga rahmi kelayotganday. «Bechora, kuning bilet sotishga qolipti-da», deyayotganday. Shoniyoz koʻzlarini olib qochdi. Alanglab, oʻziga yomon tikilib turgan Bahodirni koʻrdi.

Shoniyozga va uning bilet sotuvchi sheriklariga Shoniyoz boshchilik qiladi. Bahodirning tanishlari koʻp. Qoʻrqmaydi. Har seansdan oldin kassisdan bir talay biletlar koʻtarib chiqadigan ham oʻsha. Foydani boʻlishayotganda Bahodir bir chismini kassisga ajratadi. «Uni xafa qilmaslik kerak», deydi. Kassir bilan kelishadi, shekilli-da. Ba’zan yakshanba kunlari seans uchun sotiladigan biletlarning salkam hammasi Bahodirning qoʻlida boʻladi. Odatda bunaqa kunlari kinoteatrga odam koʻp keladi. Albatta, yaxshi filmlar qoʻyiladiyu, Shoniyoz va sheriklarining qoʻli qoʻliga tegmaydi.

Posbonlardan ham Bahodir qoʻriqlaydi. Doim eshikning oldida koʻz-quloq boʻlib turadi. Bir-ikkita shu atrofda aylanib yuradiganlari bor. Ular bilan Bahodir apoq-chapoq . Koʻpincha pullarni boʻlishgandan keyin Bahodir oʻshalar bilan choyxonaga ketadi. Bir marta bilet sotayotganda Shoniyozni ikki kishi ushlab: «Maktab oʻquvchisi boʻla turib, shunaqa yoʻl bilan pul topishni oʻrganyapsanmi?» deya sudray boshlashdi. Eshikning oldida bilmagan kishiday voqeani kuzatib turgan Bahodir birdan yoʻq boʻlib qoldiyu, zum oʻtmay oʻsha, posbon doʻstlaridan birini boshlab keldi.
— Siz shu yerga biriktirilganmisiz? – soʻradi ularning biri posbondan.
— Ha.
— Unday boʻlsa mana bu bolani olib keting. Kassada bilet yoʻgʻu, bu bir dastasini koʻtarib yuripti.
— Qaysi maktabda oʻqiysan? – Bahodir yetaklab kelgan posbon xoʻjakoʻrsinga doʻq urdi.

Shoniyoz goʻyo qattiq iztirob chekayotganday, yerga qaradi. Bu orada odamlar yigʻila boshlashdiyu, posbon: «Yur, sen bilan boshqa joyda gaplashamiz», deb anavilardan ajratib olib haydab ketdiyu O’shanda Shoniyoz qayta bilet sotmayman, deb oʻzicha qaror qilgandi. Boʻlmadi. Yana sotyapti.

Bir marta ular bilet sotadigan kinoteatrga yana bir bola kelib, bir oʻzi bilet sotadigan qiliq chiqardi. U juda chaqqon, Shoniyozga oʻxshaganlar bir kishiga sotgancha, u uch-toʻrt kishi bilan muomala qilishga ulgurardi. Bahodir oʻsha bolani chetga chiqarib: «yaxshilikcha ket, bizga xalaqit beryapsan», dedi. U esa: «Ishingni qil, men senga tekkanim yoʻq, senlar ham menga tegmalaring», deb yana biletini sotaverdi. Sheriklar birgalashib doʻpposlashmoqchi edi, Bahodir: «Indamasdan ishlaringni davom ettiraveringlar», deb sal oʻtmay posbon doʻstlaridan birini yetaklab keldi...

O’zi, Shoniyozning bu guruhga qoʻshilishi qiziq boʻlgan. Otasi universitetda domlalik qilib, student qizlardan birini sevib qolgan, endi onasi bilan ajrashmoqchi, lekin uch-toʻrt oydan beri tortishib yurgan kunlar edi. O’shanda otasi doim uyga oʻqrayib kelar, onasining koʻzlari moʻltillab qaltanglab qolardi. Ba’zan onasi hiqillab yigʻlar, otasi boʻgʻilib baqirar «... tushunsangchi, sen ham odamsan, men ham odamman! Axir odamlarday yashashga haqqimiz bormi, yoʻqmi? Men uni sevaman! Tushunasanmi shuni?! Sevaman!! Sen bilan shuncha yil turmush qurdik, endi yaxshilikcha ajrashaylik. Axir tushunadigan xotinsan-ku, nega meni qiynaysan?», derdi. Onasi oʻkirib yigʻlar, otasi jahl bilan chiqib ketar, haftalab uyga kelmay qoʻyar, kelsa, janjal qaytadan boshlanardi. «Menga qara, - derdi otasi, - uyni senga qoldiraman, aliment toʻlayman. Qiziq odam ekansan! Senga yana nima kerak? Sen ham mening polojeniyamga kirib koʻr-da...» Keyin otasi kelmay qoʻydi. Xuddi oʻsha paytlari Shoniyoz kinoteatrdagilar bilan tanishdi. Koʻchalarida yashaydigan bir tengdoshi bilan yakshanba kuni birga yoʻlga chiqib qoldi. Shoniyozning qoʻlida ozroq puli bor, kinoga tushmoqchi edi. Tengdoshi Bahodirning guruhida ekan. Bilet topolmay hayron boʻlib turganidan Shoniyozga oʻz bahosida bitta bilet berdi. Kino tamom boʻlgandan keyin Shoniyoz qaytib kelib, kechgacha doʻstiga yordam berib, bilet sotishdi. Keyin doʻsti uni Bahodirga duchor qildi. Shu taxlit Shoniyoz har yakshanba kuni kinoteatrga keladigan boʻldi. Buning nimasi yomon. Axir pul kerak-ku! Onasiga yordam bersa yaxshi emasmi? Onasi hozir nima qilishini bilmay, oʻz yogʻiga oʻzi qovrilib yotipti. Shoniyoz hech boʻlmasa oʻz kunini oʻzi koʻradi-ku. Yakshanbalarning birida Shoniyoz kassaxonaga otasining yoshgina qizni yetaklab kirganini koʻrib, qotib qoldi. Qiz goʻzal edi. Agar studentligini bilmaganija Shoniyoz uni tengdoshim deb oʻylardi. Otasi qizni qoʻltiqlab olgancha, kassa tarafga borardi. Shoniyoz shunaqa xafa boʻlib ketdiki... Shunaqangi xafa boʻlib ketdiki,.. demak,.. onasiga aytgan, «kechikib topgan baxti»ni yetaklab kelgan. Hozir,.. ho..zi..ir... Hozir gaplashib bir... Shoniyoz qanday qilib ularning qarshisida paydo boʻlganini oʻzi ham bilmay qoldi:
— Sizga bilet kerakmi? Ovora boʻlmang, kassadan topolmaysiz. Mana oling!
— Shoniyoz?! – garangsib qolgan otasi beixtiyor biletga qoʻl uzatdi.
— Shoshmang, avval pulini toʻlang, - dedi Shoniyoz qat’iy, hatto doʻq aralash. Koʻzlari oʻtdek yonib, otasining nigohiga qadalar, har zamonda yonidagi qizchaga ham nazar tashlarkan, ichini bostirib kelayotgan xoʻrlik xurujini toʻxtatish uchun nuqul chiranib baqirishga urinardi. Qani endi otasi xotinchasining qoʻlini boʻshatib, «oʻgʻlim», desa. Agar otasi shunday desa, Shoniyoz ham qoʻlidagi biletlarni duch kelgan tomonga uloqtirib, tomogʻiga tiqilib turgan yigʻini baralla qoʻyib yuborar, otasining bagʻriga otilgan boʻlardi. Axir ikkita singlisi otalarini ozmuncha sogʻinganmi? Shoniyozning oʻzi uchun uyda otasi yoʻqligi ozmuncha bilindimi? Onasi ozmuncha aziyat chekdimi? Hammasi otasi tufayli.

Yoʻq, hozir oldida boshqa odam turardi. Bu avvalgi otasi emas. Bu odam hatto bir ogʻiz «oʻgʻlim» deya olmaydi. «O’gʻlim» deyishga yonidagi xotinchasidan hadiksiraydi. Sevgi deganlari shunaqa boʻlarkan-da!? Yoʻq, hammasi mayli, ayniqsa, kichik singlisiga qarab, Shoniyozning yuragi oʻrtanib ketadi. Yoshiga nomunosib ravishda oʻychan boʻlib qolgan. Otasini juda sogʻinadi. Yana otib-otib oʻynatishini, erkalatishini istaydi, ammo murgʻak qalbi bilan endi otasining begonaligini sezadi. O’sha murgʻak qalbi bilan oʻsha odamni tilga olmaslik kerakligini ham yaxshi biladi. Biladiyu... qiynaladi. Singlisiga qarab, Shoniyoz chidolmay ketadiyu, uydan qochib chiqadi. Shunday, qochib chiqqan kunlarining birida kinoteatrga kelib qoldi. Endi qarshisida otasi baqrayib turipti. Yonida shahlokoʻz xotini. Kulimsirab, nozlanib domla –eriga tikiladi. Endi imtihonlardan bemalol oʻtsa kerak. Pul koʻp, tayin uy-joy bor, oʻynab-kulib, erkatoy boʻlib yuraveradi...
— S.. se.. sen bilet sotyapsanmi? Nega?
— Ishingiz boʻlmasin. Olasizmi, yoʻqmi?!
— Ыanchadan sotyapsiz? – sщradi yonidagi xotini, erining holatini payqamay.
— Besh soʻmdan ikkitasini oʻn soʻmga sotayotgandim. Sizlar oʻn soʻmdan yigirma soʻm berasizlar.
— Ikkita biletgaya? O’ylab gapiryapsizmi? – xotincha chaqqonlik bilan savdolashmoqchi edi, Shoniyoz uni jerkidi:
— Sizga hech kim gapirayotgani yoʻq. Jim turing. – otasiga oʻgirildi. – Xoʻsh, nega oʻylanib qoldingiz? Olasizmi, yoʻqmi?

Otasi hamon bir narsa deyishga ojiz, karaxt holda bir dasta oʻn soʻmliklarni chiqargan edi, Shoniyoz orasidan ikkitasini oldiyu, otasinining qoʻliga ikkita bilet tutqazib, chetga oʻgirildi... Behol boʻlib devorga suyandi. Bagʻri boʻshashib, yigʻlagisi kelsa-da, kuch bilan oʻzini toʻxtatib turardi.
— Shoniyoz, bu yoqqa qarasang-chi, Shoniyoz!

Shoniyoz choʻchib oʻziga kelganday boʻldi. Bahodir chaqirayotgandi.
— Garang boʻlib qoldingmi? Nega indamaysan? Bir soʻmdan boʻlsa ham mana bularga sotib, pulini olsangchi! – dedi boyagi ikki yigitni koʻrsatib.

Ikki yigit biletni olarkan, savdolashgani zaoʻarxanda qildi6
— Ha, joʻra, bir yil emas, bir minutga ham yetmadi-ng-ku! Bu yogʻi qanday boʻldi?

Shoniyoz qayrilib Bahodirga, sheriklariga qaradi. Turib-turib alam qilib ketdi. Bu nima qilgani endi? Shuyam ish boʻldimi? Bir unga bilet oling, deb sargʻayadi, bir bunga. Qachongacha odamlar yuziga mana shu taxlit zahrini sochib ketaveradi? Ba’zilar biletni olishga oladiyu, bundan beshbattar qilib ketishadi, Shoniyoz esa biletini oʻtkizganiga xursand boʻlib qolaverishga mahkum. Boshqa iloji yoʻq. Hozir esa ham omadi yurishmay, ham otasi esiga tushib kayfiyati buzilib turganda judayam alam qilib ketdi.
— Shoniyoz, qancha bileting qoldi?

Bahodirning ovozini eshitib, Shoniyoz hushini yigʻdi. «Hali bor», degancha kassaxonaga oʻn-oʻn ikki yoshlardagi qizchasini yetaklab kirayotgan kishining orqasidan yurdi.
— Aka, sizga hozirga bilet kerakmi? Kassadan topolmaysiz, ovora boʻlib yurmang. Mana, ikkita biletim qoldi, oling, ikki soʻmdan beraman...

U kishi oʻgirilib qaradi. Shoniyozning gaplari ogʻzida qoldi. Qarshisida qizining qoʻlidan ushlab, sinf rahbari turardi.
— Shoniyo-oz!? – dedi oʻqituvchisi hayratlanib. – Senmi?

Shoniyozning koʻzlari katta-katta ochilgancha, vujudi boʻshashib ketdi.
— Sen bilet sotyapsanmi? – soʻradi oʻqituvchisi, uning qoʻlidagi bir dasta biletga tikilib. – Yaxshi, yaxshi kasb tanlapsan, oʻgʻlim. Omon boʻl!

Shoniyoz indamadi. Yerga mixlandi.
— Ikki soʻmdan dedingmi? – sinf rahbari kissasidan pul chiqarib, Shoniyozga tutdi. Keyin qoʻlidan ikkita bilet oldi-da, chiqib ketdi.

Shoniyozga bugun bir nima boʻldi. Omadi ketgandan ketyapti. Qoʻlidagi biletlar orasida sinf rahbarining toʻrt soʻmi ham bor. Nega?.. Nega shu ishlarga aralashib qoldi? Nahotki hammasidan biratoʻla voz kechish mumkin emas? Shu bugun, hoziroq. Bari bir ertaga sharmanda boʻladi. O’qituvchisi tinch ketadigan oʻqituvchilardan emas. Ayniqsa, sinfdoshi Vaziraning yuziga qanday qaraydi endi?

Vazira bilan birga bir sinfda oʻqishadi. Juda yaxshi, muloyim qiz. Shoniyoz uni... yaxshi koʻradi. Qiz ham oʻzi haqda yaxshi fikrda boʻlishini istaydi. Vazira tufayli keyingi vaqtlarda yaxshi oʻquvchilar qatoridan joy olgandi. Biladi, Vazira ham uni... yaxshi koʻradi. Ammo,... endi... nima boʻladi? Vazira undan yuz oʻgiradimi? Shunday yaxshi qiz-a? Yoʻq. Shoniyoz bunga yoʻl qoʻya olmaydi. Qoʻymaydi! Shoniyoz kissalaridagi biletlarni bir qoʻliga, pullarni bir qoʻliga toʻpladi. Hozir hammasini Bahodirga topshiradiyu, ketadi. Vassalom. Ammo... onasi-chi? Onasi otasi ketgandan beri oʻziga kelolmaydi. Oxiri kasalxonaga tushib qoldi. Ovqat yemaydi hisob. Shuning uchun ishtaha ochadigan olmami, anormi olib bormoqchi edi. – Shoniyoz Bahodirga qaradi. U bir doʻsti bilan gaplashyapti. Unga e’tibor bermayapti. Hech boʻlmasa uch soʻmni yashirib qolsa-chi? Yon-veriga qaradi, sheriklarining u bilan ishi yoʻq. O’zlaridagi biletga xaridor izlash bilan band. Shoniyoz koʻzlari bejo boʻlib, puldan uch soʻmlikni ajratib oldi. Pul tutgan qoʻli qaltirayotganini sezdi. Keyin butun vujudi qaltiradi. Yana alang-jalang boʻldi. Hozir pulni kissasiga soladi.- Vassalom! Ammo negadir qoʻli irodasiga boʻysunmayapti. Avval pulni olgandan darrov kissasiga solmoqchi edi. Ammo qoʻli juda sekin qimirlayapti. Hech kissasiga yaqin bormayapti. Unga nima boʻldi? Nimaga buncha hayajonlanyapti? Pulni sheriklari koʻrib qolmasligi uchun gʻijimladi. Bir iloj qilib pul tutgan qoʻlini kissasiga yetkizdi. Bir zumda terlab ketdiyu Biroq qoʻl kissasiga kirishni xohlamas, qaltirardi. Shoniyoz birdan holsizlanib qoldi. Nega oʻzini qiynayapti? Uch soʻmga shunchalar zormi? Yaxshisi hamma pulni topshiradi-yu, chiqadi, ketadi. U dadillanib, qoʻlini koʻtardi. Bahodir tomon bir-ikki qadam tashladi, ammo u doʻsti bilan suhbatlashib, chetga chiqib ketdi. Bu, menga xalaqit berma, muhim bir ish bilan bandman, degani edi. Shoniyoz kutib qoldi.Hamma pulni berishga beradi, ammo mehnat qildi-ku! Mana, yigirma soʻmlik bilet sotdi. Nega oʻz haqqini olmasligi kerak? Agar hozir hamma pulni tutqizadigan boʻlsa, Bahodir bir tiyin ham bermaydi. Shoniyoz qoʻlidagi pulga qaradi. – G’ijimlangan uch soʻmlik juda boshqacha boʻlib ajralib turardi. Sheriklari qaramayapti. Bahodir uzoqlashib ketdi. Ayni qulay fursat.

Shoniyoz uch soʻmlikni battar gʻijimladi. Sheriklarining kuzatayotgan-kuzatmayotganini qarab, kissasiga solaman, deb oʻylagandi, pul yerga tushib ketdi. Shoniyoz terga botdi. Fikrlari algʻov-dalgʻov boʻlib, miyasi gʻuvilay boshladi. Bir yerdagi pulga, bir sheriklariga qaradi. Kerak emas, hozir hammasini yigʻishtiradiyu, Bahodirga topshirib joʻnaydi. Uch soʻm pul uchun oʻzini shunchalar qiynash shartmi? – Shoniyoz pulni olish uchun egildi. Shimining pochasi koʻtarilib, payopogʻi koʻrindi. Paypogʻiga solsachi? Axir bu oʻgʻirlikmas, halol ishlab topgan puli! – Shoniyoz pulni paypogʻiga tiqdiyu, tezlik bilan oʻrnidan turdi. Turdiyu, vujudi qoʻrquvdan boʻshashib ketdi. Sal narida Bahodir ishshaygancha oʻziga tikilib turardi. Hozirgina doʻsti bilan gaplashayotgandi, qachon yetib kelib ulgurdi ekan? Bahodirning koʻzlaridagi gʻazabli tabassum ifodasi, «davomi qanday boʻlarkan», deganday Shoniyozning harakatlarini kuzatardi. Bahodir uni koʻrsatkich barmogʻi bilan oʻziga tomon imladi. Shoniyoz qimirlamadi. Yoʻq, u qochmoqchi emasdi, qochish xayoliga ham kelmagandi, ammo Bahodirning oldiga borishga-da majoli qolmagandi.
— Kel deyapman bu yoqqa! – Bahodir past ovozda gapirsa ham har bir soʻzi dahshatli edi. Koʻzlaridagi zaoʻarli ishshayish oʻrnini sovuq ifoda egallagandi.

Shoniyoz shalviragancha yaqinlashdi.
— Necha pullik bilet sotding?

Shoniyoz titroq qoʻllari bilan choʻntaklaridagi pullarni chiqardi. Keyin Bahodirning buyrugʻiga binoan qolgan biletlarni ham qaytarib topshirdi.
— Doʻstim, nega bunchalar qaltiraysan? – dedi Bahodir yana zaharli ishshayib, Shoniyozning yoqasini toʻgʻrilarkan, - bu deyman, pul yashiradigan odatlari ham bor ekan-da,a? Ilgari ham shunaqa qilarmidilar,.. yoki bilmasdan,.. shayton yoʻldan ozdirib, a?..

Shoniyoz yerga qaradi. Nima ham desin? Uch soʻm unga qanchalar kerakligini qanday tushuntirsin?
— Javob berishni istamaydilarmi? Yaxshi. Paypogʻingdagi pulni chiqar. Tez chiqar deyapman!

Zoriqib kutilgan daqiqa yetib kelgani uchunmi, Shoniyoz birdan xotirjam tortdi. Qaltirogʻi bosilib, oʻzida allaqanday ishonch tuydi. Egilib, pulni oldi-da, Bahodirga tutdi. Keyin Bahodir uning hamma choʻntaklarini, paypogʻiyu, tuflisiga qadar tekshirtirdi. Boshqa hech vaqo yoʻq edi.
— Yaxshi! Juda soz! Endi,.. tez tuyogʻingni shiqillat! Lapashang!

Shoniyoz Bahodirdan hamma narsani kutgan, hozirgi bir necha daqiqa davomida necha bor oʻlib-tirilgan, ammo bunchalar oson qutularman, deb sira xayoliga keltirmagandi. Koʻzlariga ishonmay, burilgancha, endi yurayotgandi, bir narchaga qattiq chalkashib, yuztuban yiqildi. Nega bunday boʻlganini toʻla anglab yetmay, tepasida oʻziga gʻolibona tikilib turgan Bahodirni koʻrdi. Qattiq alam qilib ketdi: «Bunchalar kalaka qilgancha bir-ikki musht tushirsa yaxshiroq boʻlardi». Jismonan Bahodirga kuchi yetmasligini oʻylab, ezildi. Iloji boricha Bahodirning koʻziga qaramaslikka urinib, oʻrnidan turgancha, yoʻlga tushdi. U tobora jahl bilan ildam ketib borarkan, avvaliga orqasidan shitob bilan kelayotgan qadam tovushlarini, key in yonginasidan Bahodirning: «Shoniyoz! Toʻxta!» degan tahdidli buyrugʻini eshitdi va orqasiga qaramay, qoʻlini ortiga sermadi. Shu asnoda oʻzi bilmagan holda Bahodirning ogʻzi-burni aralash urib yubordi.
— Axmoq! – Bahodir labini tutgancha, ikkinchi qoʻli bilan Shoniyozni bilagidan ushladi va yuzkoʻzi aralash Shoniyozni qattiq mushtladi.

Shoniyoz yiqildi, ammo darrov oʻrnidan turdi-da, «oʻzing axmoqsan!», degancha yoʻlida davom etdi, ammo yelkasidan tushgan musht uni yana yerga mixladi. Yotgan joyidan oʻgirilib Bahodirga: «ablax ekansan!», dedi shivirlab, burnidan kelayotgan qonni bilagiga artarkan. Keyin bamaylixotir oʻrnidan turib, goʻyo yonida hech kim yoʻqday, goʻyo hech narsa boʻlmaganday, Bahodirga zarracha e’tibor bermay, yoʻlida davom etdi. Sal oʻtmay, endi bilet sotmasligini idrok etib, koʻngli yorishdi. Ogʻriq hozirgina kaltak yeganini eslatsa-da, tobora dili ravshanlashib borardi. Shoniyoz bozorga yaqinlashganda onasiga quruq borishini oʻylab, ikkilana boshlaganda... kimdir uni quchoqlab oldi:
— Iy-e, jiyan, bormisan?!

Qarasa, barloslik Mamat togʻasi!
— Omonmisizlar, jiyan?! Tinchlikmi? Qaysi kuni qoʻshnimiz Rahima xolaning oʻgʻli bor-ku, Vohid, shu yerda oʻqiydi, student, oʻsha, singlingiz kasalxonaga tushib qoldi, deb xabar berdi. Eshitdimu, ertalab, Samarqand qaydasan, deya yoʻlga chiqdim. Hozirgina bozordan olma-anor kabi meva-chevalardan olib, oldin kasalxonaga borsammikan yo uyga, deya ikkilanib turuvdim. Yaxshi boʻldi...

Shoniyozning koʻzlariga yosh qadaldi. Koʻngli boʻshashdi. Yigʻlaguday boʻlib, hamma gapni aytib berdi.
— Ha-a, ishqilib... – Mamat togʻasining qoshlari chimirilib, boʻynini ishqaladi. – Men bir vaqtlar : «Qoʻy shuningdi, barlosdayam yigitning urugʻi qurib ketmagandir», deganimda oʻz bilganidan qolmagandi. Akasi boʻlib mening xabarim yoʻq. Norxolning onasiga oʻxshaganlar bu gapni doston qilib yurgan emish... Boʻpti, omonchilik boʻlsin. Shahar boʻlmasa, beriroq, sizlarni oʻzimizning Barlosga koʻchirib ketaman.

Togʻa-jiyan yoʻlga tushishdi. Koʻpdan beri arzini tinglaydigan dardkash yoʻqligi tufaylimi, Shoniyoz hamon oʻpkasini bosib ololmasdi.