OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Abulvafo Xorazmiy. Ruboiyot
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAbulvafo Xorazmiy
Asar nomiRuboiyot
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Fors adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Abulvafo Xorazmiy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Ruboiylar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonЭргаш Очилов
Hajm21KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/15
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Ruboiyot
Abulvafo Xorazmiy

1

Ish avvalida kechish keraqdir jondan,
Koʻngildagi barcha orzuyu armondan.
Har ikki jahonni(ng) maqsudi boʻlgaysan,
Pok boʻlsang-u, koʻngil uzmasang jonondan.

2

Oʻz hoyu havaslaringni bilma ma’bud,
Ey dil, bu tiriklikdan emas chin maqsud.
Behbud[1] nimadir sening uchun? Bilgilki,
Behbudni etish tark haqiqiy behbud.

3

Har kimsa asiri nangu nomdir[2] hanuz,
Ishq yoʻlida, bilki, notamomdir[3] hanuz.
Bir dil bu faqirda borki, ishq otashida
Yillar osha oʻrtansa-da, xomdir hanuz.

4

Ul kimsa tiriklikka ekan to bandi,
Sevgi mayi zavqining emas payvandi.
Raqs ayla qutulgan esang oʻz nuqsingdan,
Qarsak chal agar qolmasa oʻzlik bandi.

5

Dedim: «Malako, men — osiyu nomasiyoh[4],
Sen balki gunohimni kechirmaysan, oh!»
Dediki: «Hayotsan — shu oʻzi katta gunoh,
Aybing shu tirikligingdadir, ey gumroh!»

6

To oʻgmas ekan jonu jaxrndan, ey dil,
Bu joni jaxrn yuzini koʻrsatmas, bil:
To boxabar oʻzdan-u, gumondan xorij —
Turli-tuman olamdan erursan gʻofil.

7

Oʻz xohishicha hech kipga darvesh boʻlmas,
Ul koʻngli qattiq yor ishqiga esh boʻlmas.
Oʻz-oʻziga qul — kimki havasga banda,
Ozod kishi oʻz-oʻziga qul hech boʻlmas.

8

Gʻam dastida har kimki giriftoru zabun,
Bilsangiz agar bois unga himmati dun.
Bas, mehnatu dard ilan boʻlur har dil shod,
Har aql jununga yoʻllamas, inchunin.

9

Xomush boʻl-u, har turfa muloqotdan kech,
Soʻz yoʻli bilan begonaga toʻlgay ich.
Dil — Haq uyi, doim eshigin yopgil zich,
Haqdan boʻlak unda tutmasin manzil hech.

10

Darveshlik uchun zavqu talab lozimdir,
Ilmi vara’u[5] holu adab lozimdir.
Ming ranju riyozatga tutinib ulfat,
Tarki hama rohatu tarab lozimdir.

11

Har mahrami roz koʻnglida sirring pinhon,
Noil seni(ng) rahmatishta har bir inson.
Har kimki eshigishta kelarkan nolon,
Mahrum eshigingdan qoladirmi hech jon?

12

Ul mard etar orzu goʻyini[6] maydondan,
Oʻynar goʻydek yetsa-da zaxm har yondan.
Boʻlgay yana shod u zaxmning lazzatidan
Ham shukriga bu zaxmni(ng) kechgay jondan.

13

Jahd ayla hamisha to diling dil boʻlsin!
Qirq yorguchi qilni komiling dil boʻlsin!
Gar homili[7] daftar boʻlmasang ishq ichra,
Yuk boʻlgil-u, ammo homiling dil boʻlsin!

14

Sen oʻz vujudingdan kech-u, mavjud boʻlma,
Shodlikni-da qoʻy, moyili behbud boʻlma.
Har kimki ziyon qilmasa, sud ham koʻrmas,
Qilmay to ziyon xomtama’i sud boʻlma.

15

Ozod boʻl-u, ey dil, u-yu bundan kechgil,
Qul boʻlma vujudga sira, jondan kechgil.
Kam boʻlsang agar fazlu hunar sohibisan,
Yoʻq boʻlgil-u, har belgi-nishondan kechgil.

16

Jon tolibi boʻlsang, hama jonsan, ey dil,
Gar tan tilasang, tan shu zamonsan, ey dil,
Aksing nimada boʻlsa, shu yonsan, ey dil,
Bu xush yuz ila ikki jahonsan, ey dil!

17

To mehnatu dard ichra ishing sabr ermas,
Bor, faqru fano nomasini tay et, bas.
Soʻz ochma suluku tarku tadrijdan kech,
Aylanma bu soʻzlar atrofida, xullas.

18

Tun yarmida yor xayoli boʻldi mehmon,
Dedim: «Dilu jon senga fidodir, jonon!»
Dedi: «Dilu jon, axir, sening mulkingmas,
Himmat qilish oʻzgalar molidan oson».

19

Yor fikri hamisha rohati ruhu badan,
Yor zikri hamisha lazzati komu dahan.
Vaslishta vasila[8] boʻlsa bu umrim agar,
Umrimni hisoblamang sira vaslai[9] tan.

20

Ey, sen mudom sevgili jononimsan,
Jonimsan-u, dilda sirri pinhonimsan.
Sogʻ boʻlsam agar mudom tanimga quvvat,
Dard yetsa agar dardima darmonimsan.

21

Nodonlik erur tilda qilish ishqni bayon,
Koʻz oʻrnini soʻz chunki bosolmas, bu — ayon.
Boʻlmas bilib ishq haqiqatin aql ilan,
Koʻrinmas, axir, sham’ ila xurshidi jahon.

22

Ishqing menga junun sari yoʻl koʻrguzdi,
Dildan jami bogʻliqlik ipini uzdi.
Ishq davlati deb hasadga boʻldi nishon,
Rohat edi qismat menga ne gʻam yozdi.

23

Har kimga maqom oʻlsa agar koʻyi junun,
Ozod u «Nimaga?»dan-u, demas «Ne uchun?»
Ma’lumdir uning bor aqlu idroki butun,
Chun aybu qusurdan xolidir ishqu junun.

24

Biz ming ishqu ishrat qonini sochgaymiz,
Ranju balo, faqru dardga dil ochgaymiz.
Kuyganmiz-ey andoqki, kuyish lazzatidan
Jannat toʻridan doʻzax sari qochgaymiz.

25

Ul kimsaga bandaman — balodan qochmas,
Ishq masti boʻlib, aysh qonini toʻkkay, bas.
Qoʻzgʻolsa zamin-u, choʻksa-da charxu falak,
Buzmas pinapshi sira, parvo qilmas.

26

Darmon tilama, dard qidir, ey miskin,
Dard boʻlmasa, darmonni topilmogʻi qiyin.
Miskinligu nomuroddigu dard izla,
Miskinlaru dardmandlar ila boʻl yaqin.

27

Darmonni netarsan, avvalo dard soʻra,
Bedardlik azal bedavo darddan koʻra.
Dil olguchiga dilingni izmini bera,
Ishq atrofida kezipshi bas qilma sira.

28

Umringni ibodatga qurib, ey joʻmard,
Olloh yoʻlida boʻlsang agar komilu fard.
Soʻzimni eshit, bilsang oʻzing mard aro mard:
Boʻlsin kecha-kunduz rafiqing dard, yana dard!

29

Bermam bu gʻamu gʻussani darmonga sira,
Bu faqrni-da mulki Sulaymonga sira.
Bu faqru fanoni olmadim arzon, bas,
Qimmatni alishmagayman arzonga sira.

30

Tutmoq kerak ul haqiqiy olamda vatan,
Bundan-da yaqin boʻlamiz unda sanu man.
Qat' aylagamiz ming yillik yoʻlni har on,
Bevositai zamonu bezahmati tan.

31

Tor olamidan tiqildi boʻgʻzimga bu jon,
Xalq suhbatidan oshdi figon, oshdi fiyun.
Toʻydim oʻzim-u, nomu nishondan, zero,
Men kelgan oʻshal jahrnda yoʻq nomu nishon.

32

Bechorayu noumidu koʻngli reshman,
Nodonligu hayronligu za’fga eshman.
Darvesh atayin oʻzimni qay xislat ila?
Darveshmas-u, xoki poyi har darveshman.

33

Oʻz orzularimni qay kuni tark etdim,
Yerdan uzilib, yetti falakka yetdim.
Sen maslahatim yaxshi qabul qilgaysan,
Ol maslahatim — men uni senga tutdim.

34

Boʻlganda ishimning izmi qoʻlimda agar,
Yorim sochidan-da chuvalar erdi batar.
Mening oʻz ishimga nazarim boʻlsa edi,
Qilmasmidi u ishimga bir zarra nazar.

35

Koʻz yoshing agar kumush, yuzing zar boʻlsa,
Jam mulki bilan taxti Sikandar boʻlsa,
Sendan-da xotirjam kishi yoʻq olamda,
Haq hukmi bilan amnu rizo gar boʻlsa.

36

Bor ushbu jahondan oʻzga chin, asl jahon,
Boʻlmas uni til birla qilib sharhu bayon.
Bas, barcha sabablar sababi ul yerda,
Lekin uning oʻzi besababdir begumon.

37

Yetgay bekaron u zotdan haddu karon
Qam olamu benishondan nomu nishon.
Ul yerda agarchi na zamon bor, na makon,
Ul yerdan yetar bizga makon birla zamon.

38

Shodlansam-u, misli charx charx ursam man —
Qasdiga raqiblarimning arzir, zotan,
Bu zoti sifatlarki, faqirda mavjud,
Pok zoti sifotidan Xudoning ravshan.

39

Dunyodagi hech narsa adamdan bunyod —
Boʻlmaydi irodat aylamay sohibi dod.
Chunki u muridu boshqa bor narsa murod,
Mavjudligimizdan necha masrurmiz-u shod.

40

Bu dunyo aloyiqlaridan[10] ozodman,
Chunki Ruhi mutlaqdan azal bunyodman.
Mavjudligi bois Uni men mavjudman,
Har lahza oʻzimni(ng) borligimdan shodman.

41

El rasmu rusumidan boʻlibman ozod,
Shundan murod vaqfida koʻnglim obod.
Zohirda koʻrinsam-da agarchi gʻamgin,
Botinda erurman ammo mamnunu shod.

42

Ey shohi jahon, sendan xushholman-u shod,
Har lahza Rasul ruhi meni aylar yod.
Aytar: yana ikki-uch kun hibs ichra yasha,
To jonu jahondan ruhing topgʻusi najot.

43

Ey sen jami ummatta maqsudu kamol,
Borliqsan ulugʻ, yoʻqlikdan pok, alhol.
Yoʻlingda sening aql erur diydai koʻr,
Vasfingda sening nafs erur notiqi lol.

44

Majnunman, emas telba qalamga loyiq,
Bilmam hudusi qidam[11] ma’nosin ortiq.
Derlar yoʻqlik ziddi erur borliqning,
Yoʻqlik meni(ng) mazhabimda ayni borliq.

45

Ushshoq joni zotingda sening mustagʻraq[12],
Umring ikki harfidan bu dunyo mushtaq.
Ozodligu qaydingni[13] ayon etsang-da,
Ne holki, muqayyadsan-u[14] hamda mutlaq.

46

Kim vodiyi hayrat ichra tushdi mendek?
Aqlu dilu dini yelga uchdi mendek?
Kufr oʻldi butun dini-yu, kufri esa din,
Har ikki jahonidan-da kechdi mendek?

47

Zamonu makondan u munazzah[15] turgay,
Yer-koʻk Uni(ng) husni shavqidan charx urgay.
Asmoyu[16] sifoti oʻy-xayoldan yuksak,
Af’olu fazilati gumonni surgay.

48

Ham yor Oʻzing menga, ham agʻyor Oʻzing,
Begona Oʻzing, mahrami asror Oʻzing,
Dard berguchi zor dilga dilafgor Oʻzing,
Ham sihhati jonu dili bemor Oʻzing.

49

Har koʻzguda husning jilvagardir, yohu,
Ey Sen oʻzining husniga oʻzi koʻzgu.
Har koʻzda jamolingni oʻzing koʻrgaysan,
Har tilda kaloming-da jaranglar ezgu.

50

U boʻlmasa, boʻlmas edi har ikki jahon,
Yuksak U xayol bilan gumondan begumon.
Har zarrada boʻlsa-da ayon U harchand,
Ammo nishoni shuki, yoʻq Unga nishon.

51

Zoting seni, ey Tangrim, har zotda nihon,
Zoting tufayli poydor ikki jahon.
Biz — bitta yuzing, sening yuzingdir ikki —
Bu yuzni buyon burasan, u yuzni uyon.

52

Qilganmidi pashsha hech zamon filni shikor?
Ummonni simirganmi va yokim butimor?[17]
Yoʻl ochmasa oʻziga qilib jonni nisor,
Olam shohining zarra bilan ne ishi bor?

53

Yoʻldan yetishdik necha masrurlar,
Toʻy bizga mudom ranju baloyu shoʻrlar.
Diydor agar naqd esa, bizga ne ziyon,
Diydori agar qilsa-da bizni koʻrlar...

54

Poʻchoq kabi bir boqsa jahrn — maqbul emas,
Bir boqsa magʻiz kabi u yaxshidir, abas.
Biz balki yomon dunyo tomonidan, lek,
Haq nurini idrok etsa, kim yaxshi demas?

55

Qalb qoʻzi-la boqsang ezgudir bor olam,
Chunki yoʻq Oʻzidan oʻzga yotu hamdam.
Biz deb qarasak jahonni — hammayoq gʻam,
U deb qarasak jahonni — barcha xurram.

56

Harchand vujud quyopshi(ng) soyasidir,
Shaxs boʻlmasa ul soya topolmaydi zuhur.
Gʻayb olamida shaxs — Xudoning ismi,
Zoti Uning oftobu jahon soya erur.

57

Oʻzlik sari boshlangusidir oʻzdan yoʻl,
Haq qoʻllamasa, bu yoʻlni oʻtmak mushkul.
Oydan bexabar esak-da biz, ammo ular
Avvalgisidan keyingisi ogoh, bil.

58

Sendan senga borar yoʻl bepoyondir,
Joning sening tandir, yana unda jondir.
Bas, arshi majid ul lomakon bahri aro
Goʻyoki sadafu gavhari insondir.

59

Yer tegrasida falakni koʻr sargardon,
Raqs aylamagay jism agar yoʻqdir jon.
Bu charxu zaminga kuch berar joni jahon,
Ul joni jahon madad olar Haqdan ayon.

60

Ul jonu jahon nechun koʻzdan nihon?
Dil ichra vale misoli oftob ayon.
Yoʻq, yoʻq, gʻalat aytdim, har nima qoʻrsam — Ul,
Chun mazhari zoti Uni(ng) zarroti jahon.

61

Oh-zori bedillar dilining boʻlsa-da ming,
Dil pardasidan hech koʻrsatarmi yuz, deng.
Tavhid sirin qalam bilan yozmoqlik —
Jon koʻzini tirnamoq tikan birlan teng.

62

Bir lahza eshit oshufta oshiq qalbin,
Bu nuktani hal qilgan emas Aflotun.
Olam jamu senda, sen bu olamda vale
Tinglab meni na nega deyarsan, na chun?

63

Qoʻlingda agarchi mulki Iskandaru Jam,
Qul aylamasin seni sira siymu diram.
Olam jamu senda, sen jaholat ichra,
Olamda deb oʻzni qilasan his chinakam.

64

El suhbatidan chekkaga olgil oʻzni,
Oʻltirma qayergaki tikar el koʻzni.
Azbaski, kishi bilmasa oʻz sohibini,
Mashhurligi hech — unutmagil bu soʻzni.

65

Bosh ogʻrigʻi koʻp avomni, moʻl ranji xavos[18],
Bul ikkisidan topmadi aql ahli xalos.
Majnun boʻl-u, aql istama-yu, ayla qabul
Ixlos ila bu soʻzniki, ermas beasos.

66

Hal boʻlmagay el birla ishing hech berayb[19],
Xoh ahli hunar boʻlsin-u, xoh sohibi ayb.
Yoqangga tikib boshni huzur birla oʻgir,
Ne tuhfa hozirlashini kut olami gʻayb.

67

Lof ursam agarki, men bilan ul shahzod,
Ul asl murod kullu bu kulli murod.
Hajri gʻamidan cheksam agar oh-faryod,
Xirmoni visolini berurman barbod.

68

Sen bir yashirin gʻamga makonsan, ey dil,
Kim tal’atidan oyu quyosh ham xijil.
Umring-ku ado boʻldi butun yor izlab,
Undan vale bebahrasan-u ham gʻofil.

69

Yor noxunidan[20] qoʻyinda goʻyoki rubob —
Yangrar vale undan bexabarman, ne azob?
Goʻyo turib ot ustida oti yitgan,
Yo suvda turib suv qidirar bagʻri kabob.

70

Komil kishilar suhbatini ista mudom,
Muqbil[21] kipshlar birla oʻtir, tingla kalom.
Qop-qora oʻtin nur oʻldi yor suhbatidan,
Insonga yaqin boʻldi-yu, jonlandi taom.

71

Sen soyaga boq: shu’ladan izlaydi visol,
To soyaligicha qolsa u — vasl mahol.
Gar soya vujud zulmatidan topsa xalos,
Nur boʻlgʻusi, qolmay nuqsi topgʻusi kamol.

72

Majnunman, adab boʻlmasa gar ma’zurman,
Devonayu rasvolik ila mashhurman.
Uzimdamas ixtiyorimu majburman,
Maqbulu shu holatim, oʻzim masrurman.

73

Ishq soʻzidan oʻzga soʻzni soʻzlama — qoʻy,
Bizdan adabu axloqni izlama — qoʻy.
Biz goʻymiz-u, qudrati Uning chavgondir,
Gar tegmasa chavgon, harakat qilmas goʻy.

74

Markab senga tan, maqsadi tanni angla,
Bas, rokibu markabi badanni angla.
Oʻzingcha Xudo qoshiga eltolmassan,
Oʻzni unut-u, oʻzlik, ya’ni «manshi angla!

75

Borgan sari oʻz-oʻzimga hayrondirman,
Chunki oʻzim oʻz koʻzimga pinhondirman.
Bas, hammasi — Sen, shu jumladan, men ham, lek,
Hech narsani bilmaguvchi nodondirman.

76

Ey, Sen men emas-u, men-da Sen ermasman,
Ham jonsan-u tanda, ham na jonsan, na-da tan.
Mushrik boʻlar ul — koʻrsa boʻlakni Sendan,
Kofir boʻlar ochsa oʻzga mavzuda suxan.

77

Sen jonu jahonsan-u, na jonsan, na jahon,
Paydo-yu nihonsan-u, na paydo, na nihrn.
Gar olmasa qamrab nimani aqlu bayon,
Soʻz mavzui hech qachon boʻlolmas u — ayon.

78

Bor garchi qulogʻimiz — baliqdek karmiz,
Koʻzimiz ochigʻ-u, koʻrdan battarmiz.
Bas, uyqu-yu bedorligimiz bir xildir,
Suvratni sevib, mohiyat istarmiz.

79

Soʻz dengizi koʻnglimda mening ursa-da joʻsh,
Tun-kun yuraman baliq kabi jim, xomush.
Ul mahrami roz tinglar ekan rozimni,
Na til unga zahmat, na quloqdir tashvish.

80

Ishq — menga imom boʻlsa, sukut saklash — din,
Topdim shu sukut orqasidan nuri yaqin.
Ogʻzimni qaro tuproqqa toʻldiring-ey,
Soʻz ayttali ochsam ogʻiz shundan-da keyin.

81

Sen aqli kullu xoliqi har bir jonsan,
Yoʻq soʻzga oʻrin, sababki, yuz chandonsan.
Yuzing seni ham nur-u, hijob ham oʻzi,
Shundan Oʻzing paydo-yu, Oʻzing pinhonsan.

82

Koʻzishta agarchi shakl bisyor keldi,
Qilsang e’tibor: bittasi takror keldi.
Bor boʻlsa amal qudrati bizda — U sabab:
Haq bizda etib oʻzin namudor[22] keldi.

83

Ey, men Seni jondan-da yaqin bilgayman,
Vasfingga zaifligim tayin bilgayman.
Binoligi koʻzimni-da sen — koʻrgayman,
Donoligi aqlimni-da sen — bilgayman.

84

Sendan sira boʻlmagum judo to borman,
Soʻzimga dalil shukim: tole’ga yorman.
Zotingda koʻrinmasa, ne tong, bu zarra,
Nuringda agar zohirman, bas, borman.

85

Ul oʻzi nihondir-u, jahondir oshkor,
Irfon ahli shohiddigi balki bekor.
Oshkoru nihon — barchasi Oʻzi balki,
Haq ahliga Haqdan oʻzgasi ne darkor?!

86

Ishqdan ishq umid qil, oʻzga maqsud tilama,
Kech jonu jahondan-u, behbud tilama.
Har kimki ziyon qilmasa, sud ham qilmas,
Qilmay turibon ziyon, abas, sud tilama.

87

Jonimdasan-u, sendan uzoqman, jono,
Koʻz nuri oʻzing, yuzing qilar koʻr, ammo.
Bundan ogʻir ahvolga tusharmi kimsa:
Sen menda-yu, men senda emasman aslo.

88

Kimning dilida bir gʻami pinhon boʻlmas,
U misli tirik murdadir — inson boʻlmas.
Bor, dard soʻra — bedardlik illatdir,
Bir dardki, unga sira darmon boʻlmas.

89

Aql ahlini soʻziga quloq tutsa mudom,
Borliq faqat adamda mavjud — tamom.
Yoʻq boʻlmas ekansan, bor ham boʻlmaysan,
Borliq deganiga aslida yoʻqlik nom.

90

Majnunman-u, Layli hididan mast oʻldim,
Sochi kabi oshufta, parishon boʻldim.
Hamxonaman unga-yu, koʻzimdir bogʻliq,
Diydorini bir marta koʻrolmay soʻldim.

91

Bir kuni dedimki: «Ey Xudovandi jahon,
Bu ranju azob tugarmi — qiynaldi-ku jon?
«Bu ranju azob qadrini to bilmas ekan,
Shu ranju azob dastidan oʻlgungdir ayon».

92

Qildim gunoh — uzri oʻzidan battar, oh,
Notoʻgʻri bu uch da’vo sabab men — gumroh:
Da’voi vujudu talabi quvvatu fe’l,
Lo havlu va lo quvvatu illo-billoh.

93

Oyot Oʻzing, sohibi oyot Oʻzing,
Asrori nihonni bilguchi zot Oʻzing.
Tolib seni xoh bilsa-yu, xoh bylmasa-da,
Matlub Oʻzing, maqsudi nihoyot Oʻzing!

94

Koʻrgil, nima topdi ishqdan aqli salim,
Men — Xizri zamon, sen esa — Musoi kalim.
Olmoq esa orzu suhbatimdan bahra,
Bildirma-yu e’tiroz, koʻrsat taslim.

95

Sendan ham umidvorlig-u, ham komi murod,
Gʻam gʻamzadadir sendan-u, shodlik esa shod.
Har qayda eshik boʻlsa ochiq yo yopiq,
Amringsiz u na basta boʻlar-u, na kushod[23].

96

Kashf aylamak aql uchun siri gʻaybni mahol,
Aql parda ortida etdi ishqdan savol.
Mavjudligi darveshni hijobdir oʻziga,
Mavjudligi mahv oʻlsa, nasib vaslu visol.

97

Bu nuktani anglash biz uchun noimkon,
Bu sirni yecholmay notavon dillar qon.
Bu turli-tumanlik bari bir ildizdan,
Bu turli-tumanlikka sababdir Rahmon.

98

Begonayu xeshga soʻzlama ishq dardin,
Eltar u ziyod ta’na-malomat gardin.
Yoʻq sabrdan oʻzga chorasi dil dardin,
Taslimu rizo deb angla najot shartin.

  1. Behbud — ezgulik, salomatlik, xushahvollik.
  2. Nangu nom — sharaf va nomus.
  3. Notamom — qusurli, komil emas.
  4. Nomasiyoh — yomon amallar qilgan, gunohkor.
  5. Ilmi vara’ — taqvodorlik va parheyakorlikka oid talab-qoidalar majmui.
  6. Goʻy — chavgon oʻyinida oʻynaladigan toʻp. Goʻy etmoq — biror soqada ilgarilash, golib boʻlish, afzallik qilish.
  7. Homil — yukli, yuk koʻgaruvchi, olib boruvchi.
  8. Vasila — vosita, sabab, bahrna.
  9. Vasla — yamoq.
  10. Aloyiq — bogʻliqlik, aloqa, munosabat.
  11. Hudusu qidam — koinotning azaliyu qadimiy ekanligi yoki keyin yaratilganligidan bahs etuvchi ikki nazariya.
  12. Mustagʻraq — gʻarq boʻlgan, oʻzligini yoʻqotgan.
  13. Qayd — bogʻlanish.
  14. Muqayyad — bogʻliq, giriftor, vobasta.
  15. Munazzah — pok.
  16. Asmo — ismlar.
  17. Butimor — baliqchi qush.
  18. Xavos — xos kishilar, ulugʻ zotlar.
  19. Berayb — beshubxa, beshak.
  20. Noxun — tirnoq; mizrob.
  21. Muqbil — baxtli, saodatmand.
  22. Namudor — namoyon.
  23. Kushod — ochiq.