OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAdham Damin
Asar nomiShaydo koʻngil (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Adham Damin
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm4KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/03/25
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Shaydo koʻngil (hajviya)
Adham Damin

Dunyo goʻzal, xayollar esa uni yanada goʻzal qilarkan. Eh-he, bu moʻ‘tabar boshga kapalak misol ohista kelib qoʻnadigan cheksiz xayollar yigitlik chogʻlaringda koʻngil qoʻygan sohibjamol haqida, oʻsha qora qosh, qora koʻz jononga boʻlgan otashin muhabbating haqida boʻlsa-chi, oh-oh, bu goʻzal dunyo jannatga aylanarkan-qolarkan..

Qoʻshni qishloqqa tegib ketgan Suqcuroyning eri bilan ajrashayotganini eshitgan Olim ham birpasda xayollarga asir tushdi-qoldi. Oshiqlik dardi qoʻzib, nozik koʻngliga olamning bor shodliklari birin-sirin moʻralay boshladi. Quloqma-quloq koʻchib yurgan bu xushxabarni oyisi Muxlisa opa koʻchadan topib keldi:
—Gulday qizning qadriga yetmabdi-ya, bay-bay-bay.. uvol-a, uvol! Qizgina asli suluv, suluvning oʻzginasi edi, hozir ham husniga qarab toʻymaysan, bir qultum suv bilan ichvorging keladi-ya.

Orzu — koʻngilga toshu tarozu. Orzuga yetmoqqa esa birgina xayolotning oʻzi kam. Ehtiros alangasi kundan-kun kuchayib Olimbekning koʻnglidan oromni, koʻzlaridan uyquni tortib oldi. Yetisholmagan sevgining qoʻzgʻolishi Qoʻqon shamolidan ham battar boʻlarkan. Axir, sinfdoshi Suqsuroyning koʻzlari ohu, boqishlari xumor, ortidan toʻlgʻonib chopadigan tim qora sochlari jonga qasd qilguvchi edi-da. Bularni unutib boʻlarmidi? Biroq oʻshanda qizgina bu yorugʻ dunyoning barcha goʻzallaridek bevafolik qildi, unga aqalli bir qiyo boqmay, boshqaga tegib ketdi. Shu-shu uning uchun baxt eshiklari berkilib, oʻrtangan koʻngil oʻrtanganicha qoli-ib ketgandi.

Baribir dunyoda adolat bor ekan. Astoydil niyat qilsang, tilagan ogʻizga osh, yigʻlagan koʻzga yosh kelarkan. Muhabbat! Koʻhna dunyoning koʻhna dardi! Qanchalik ajoyib, qanchalik gʻaroyib tuygʻu-ya! Qalbdagi pinhoniy iztiroblari-chi, eh-he..

Olamning Eram bogʻlaridek fusunkorligi, ohanrabodek sehrgarligi muhabbatda ekan. Ishq dardi yomon ekan — bir ilashdimi tamom, umrbod kuydirarkan, yondirarkan.. Olimbekka hayoti bachkana koʻrina boshladi. Uch kun burun oyisi bilan janjallashib otasinikiga ketib qolgan xotinini eslaganda puchuq burni jiyirildi, bit koʻzlari tagʻinam qisildi, peshonasidan ajin oʻrmalab oʻtdi. Soʻng Suqsuroyni oʻylab chiroyi ochildi. Xuddi shu payt oyisi hujumga oʻtdi:
— Oʻsha pandavaqini unut, na chiroyda bor, na boshqada. Agar Suqsuroy meniki boʻlsin desang, ammamning buzogʻidek xoʻshshayib oʻtirma..

Olim «nima qilay» degandek yer suzgancha oyisiga termuldi. Oyisi hujumni davom ettirdi:
— Fursat gʻanimat, oʻsha chillashirning bahridan oʻt, shu bugunoq koʻch-koʻronini joʻnat, orani ochiq qil. Ana undan keyin..

Olimbek oyisining gapini ikki qilmay, aytilgan kuniyoq xotinining koʻch-koʻronini bir arava qilib tashlab keldi. Qaytishida qizchasining chinqirab ergashganiga ham quloq solmay, ogʻzini toʻldirib xotinining javobini berdi. Anchayin yugur-yugurlardan soʻng, qonuniy ajrim qogʻozi qoʻliga tegib, qushdek erkin boʻlib oldi. Bu orada oyisi ham qarab turmadi, harakat qildi, boʻzchining mokisidek boʻlajak qudasinikiga tinmay qatnadi. U yerdan doim yangi gap topib kelardi. Bu gal:
— Oyisi rozi, suyunchini choʻzaver, sal kunda baxting ochiladi, bolam, — dedi ona oʻgʻliga. Muxlisa opa ham oʻgʻlining shodligini koʻrib joʻshib ketdi.
— Toʻyni katta qilamiz. Bozor kuni uydagi novvosu qoʻchqorni sotasan. Puli toʻyga! Aslida bunday qiz uchun dunyoning yarmisini bersang ham oz. Keyin rosmana sovchilikka boraman.

Nihoyat uzoq kutilgan kun yetib keldi. Olim sovchilikka ketgan oyisining yoʻliga koʻzlari toʻrt boʻlib soʻridagi koʻrpachada xayol surib yotardi.

... Koʻcha eshigining taraqlab yopilishidan xayoli boʻlindi. Hovlida yelpishtovoqdek dasturxonni arang koʻtargancha oyisi koʻrindi. U lablari asabiy titrab, rangi boʻzday oqargancha, boshidagi dasturxonni soʻriga otdi. Bundan Olimning yuragi orqaga tortib ketdi.
— Shoʻrimiz quridi bolam! — Muxlisa opa yigʻlab yubordi.
— Nega?! — Olimning koʻzlari piyoladek boʻlib ketdi.
— Kelin... kelin boʻlmay yer yutkur erinikiga... qochib ketibdi.
— A?
— Arazlashgan ekan xolos.

Olim baqirganicha oʻrnidan turmoqchi boʻldi. Ammo turishga madori yetmay soʻriga gup etib yiqildi. Hushsiz yotgan oʻgʻlini koʻrib, ona ham hushidan ketdi.