OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Adib Sobir Termiziy. Ruboiyot
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAdib Sobir Termiziy
Asar nomiRuboiyot
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/qadimgi adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Adib Sobir Termiziy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Ruboiylar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonЖамол Камол
Hajm14KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/15
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Ruboiyot
Adib Sobir Termiziy

Adib Sobir Termiziy

Adib Shahobiddii Sobir binni Ismoil Termiziy XII asrda yashagan allomalardan. U Termizdai Hirotga kelib, Nizomiya madrasasida tahsil oladi. Sulton Sanjar uni Xorazmshoh Otsiz saroyiga elchi qilib joʻnatadi. Lekii u ikki hukmdor oʻrtasidagi raqobat va dushmanchilikning qurboni boʻladi. Xorazmshoh Otsizning buyrugʻi bilan Adib Sobirning qoʻl-oyogʻini bogʻlab, Jayhunga otishadi.

Shoirdan gʻazallar, qasidalar, tarjebandlar, qit’alar, ruboiylardan iborat devon meros bulib qolgan. Adib Sobir ruboiylari ana shu boqiy merosning goʻzal bir parchasidir.

Ruboiyot

1

Biz erdigu bogʻ erdi, sharobi gulgun,
Chun koʻrdi, xasad etdi oʻshal garduni dun.
Kim isigʻi quvdi bizni bogʻdin, emdi,
Sardoba, oʻzing lutfi karam ayla bugun.

2

Soqiy menga tutsa ul mayi gulgunni,
Gulgun etayin firoqidin Jayhunni.
Yer ustiga koʻz yoshim ila boda berib,
Ham mast etayin yer ostnda Qorunni.

3

Tun tongga ulansa, hal boʻlib matlabimiz,
Ham burji sharaf ichra yonib kavkabimiz.
Ham bitsa shikoyat, shirin oʻlsa labimiz,
Shay oʻlsa zafar jabdugʻidin markabimiz.

4

Ey, kunduzing aylamish makon tun ichra,
Zulfing dagʻi tunga soyabon tun ichra,
Hal etmasa kunduzing tunim mushkulini.
Sendin chekayin nola-figʻon tun ichra.

5

Ey, moyayi har latofat, ey durri xushob.
Otash kabi har soʻzingda koʻp etma itob.
Otash ila suv desam seni, rost-savob,
Otash kabi sofsenu aziz misli gulob.

6

Gʻamzang oʻkidin balo paykonligʻ boʻldi,
Nomingni bitib, jafo unvonligʻ boʻldi.
Har neki jafoni sendan oʻrgandi falak.
Xoʻb boʻlmadi bu ishiig, yomonligʻ boʻldi...

7

Bul kecha umid toshiga toshimni koʻyay.
To labingga lab, qoshingga qoshimni qoʻyay,
Sen yoshli koʻzimga qoʻy oyogʻingni, sanam.
Men ersam eshik tubiga boshimni qoʻyay.

8

Nargis koʻzing ul qadar zabun etdi meni,
Koʻnglim bogʻidin quvdi, yupun etdi meni,
Ham misli binafsha sarnagun etdi meni,
Gul chehrasidek tamomi xun etdi meni.

9

Yor furqati birla dili noshodim bor,
Yod aylamas ul yorni tilab yodim bor.
Bir yor dilidin hazor bedodim bor,
Faryod etayin, koʻngilda faryodim bor.

10

Koʻnglim tilab ul la’li shakarbor, ketdi,
Boz istadi, dil quvvati takror ketdi.
Umrim boʻyi hosil etganim ilmu xirad
La’lingni tilab hammasi bir bor ketdi.

11

Jono, labu gʻamzang koʻyiniig sharbati moʻl,
Rost, rohati moʻl uning, vale ofati moʻl.
Gʻamzang ila la’ling dilbariston, sanam,
Ozori agar ersa, yana rohati moʻl.

12

Voh, boʻyla qiyomat etmasa netdi sanam,
Kim koʻzimni yosh ayladiyu ketdi sanam.
Bir azmi safar-la ul aziz chehrasini
Jon birla koʻzimdin ham aziz etdi sanam.

13

Amringda agar ne’mati yuz narvezdir,
Izmingda-chi, ikki yuz bedov shabdezdir.
Qoʻy kibru havoni, berma hukmingga shitob,
Ki gardishi roʻzgor shoʻrangezdir.

14

Chehrang nuridin hamisha kunduz ravshan,
Tun zulmat oʻlur oʻshal qaro zulfing ilan.
Ishqing tunu kun meni chunon etdi zabun,
Kun lashkari yetgaymu menga, bilmasman.

15

Ey, sensiz oʻlib yiroq koʻzimdin uyqum,
Noz uyqung uchun uyquni koʻzdin quvdim.
Ishqingda ishimdir uyqusizlik, sanamo,
Koʻz yoshim ila uyquni koʻzdin yuvdim.

16

Doʻst ahdini buzdi, dil koʻtardi isyon.
Dedimki, na hojat ishq agar boʻlsa chunon.
Ul nargisi mast ishqi yetishdi nogah,
Tugʻyonli koʻngil goʻshasini tutdi makon.

17

Har neki tilarmen, u qadar imkon yoʻq,
Diltang erurmanki, anga poyon yoʻq.
Dil tangligidin qutulmoq oson ermas,
Darmoni sabr emish, vale darmon yoʻq.

18

Xurshidki, jilo berib shafaqning oʻtiga.
Yoqut yasadi, boqib labing barqutiga.
Har kimki labinga yetdi, yoqut tilamas,
Yoqut dagʻi qul emish labing yoqutiga.

19

Dushman-ku dilozor, qolishmas doʻst ham,
Kim ikkisidin yetar menga ranju alam.
Tan tashvishu gʻam chekar esa, jonga ne bok?
Poʻst tashvish agar chekar esa, magʻzga ne gʻam?

20

Koʻngling-ku vafo bilan qovushmas hargiz,
Nazdingda yana dushmanu doʻst ham farqsiz,
Bas-baski, shikoyating sira joiz emas,
Bor-borki, hikoyating dagʻi nojoiz.

21

Dedimki, yetar, ishq bila korim bitdi,
Chun yuzingni koʻrdimu qarorim yitdi.
Soʻzimga agar yurmas esam, uzrim bor,
Naylayki, qoʻlimdin ixtiyorim ketdi...

22

Ishqing, sanamim, tutdi girebon, oldi,
Aqlimni etib har sari sarson, oldi.
Savdoyi koʻying mulki dili jon oldi,
Har nechaki istadi, du chandon oldi.

23

To xushvaqt emish ushbu zamonda gumroh,
Xush koʻrmas emish aqlu xiradni dunyo.
Kel, aqlu xiradni ol boshimdin, ey doʻst,
Shoyadki, zamona biz sari boqsa qiyo...

24

Men senga boqarmen, senga boqqanda, saiam,
Qolmas nazarimda bu koʻngil mulkida gʻam.
Men sen-la icharmen, sen-la ichganda, saiam,
Qoʻrqmay oʻtamen malomatdin ham.

25

Boshimga ajab qiyomati ishq yetdi,
Boqqanda koʻzim tinib, qamoshib ketdi.
Ham soldi dilimga ishq ajab tashvishu gʻam,
Ham ikki yuzimga nomini naqsh etdi.

26

Hajrintki vabo emish, baloyi-yut emish,
Yetgan yerida umri hayot soqit emish.
Har lahza labingga koʻz tikarman, ey gul,
Derlarki, «vabo kushandasi yoqut emish».

27

To qahri itobing menga yuzlandi yomon,
Xok etdi tanimni, har taraf sochdi hamon.
Ishqing koʻyida dilim kuyib, chekdi figʻon,
Kim oqdi koʻzim kiprigidin obi ravon.

28

Yuzing hama nurdin rivoyat aylar,
Husnipg hama hurdin hikoyat aylar.
Vaslingga boqar esam, hushim boshdin uchar,
Oshiftaligimni u bagʻoyat aylar.

29

Koʻnglim yana bir sanam sari mayl etmas,
Koʻnglim sarigʻa boshqa sanam ham yetmas,
Kim, oʻzgaga dil berish menga ma’zur emas,
Dildori nisandida karam aylasa, bas.

30

Yuzing, sanamo, dudsiz olovga oʻxshash,
Koʻnglim dedikim: «boʻlurmu dilsiz otash?»
Xatting koʻrinib misoli otash dudidek,
Ishqimni yana ayladi hadsiz otash...

31

Gul chehrasi chehrangni koʻrib, ol, aqiq,
Ogʻzing gʻamidin gʻuncha boʻlibdir ogʻriq.
Husning chamani birovni chin oshiq etib,
Ham koʻngilni zor ayladi, rangini sariq.

32

Ul gulki, bahor sahnini boʻston aylar,
Men misoli kaldiroq, dilim qon aylar.
Chaqmoq kabi har nafas ajib xanda otib,
Chun bulutdek yigʻlashimga farmon aylar.

33

Xattingki, menga koʻrsatdi hijron yuzini,
Ham ochdi koʻzimda yuz buloqning koʻzini.
Zulfing, sanamo, yetmasa dodimga agar,
Bir ud kabi olovda koʻrsin oʻzini...

34

Rang olgan oʻshal lola yuzingdin guldir,
Domingga asiru banda bu koʻngildir.
Diltangman oʻshal gʻuncha dahoningni tilab,
Har kimki senga bersa koʻngil, bedildir.

35

To boqmasa mayga diyda ravshan boʻlmas,
To ichmasa may dil dagʻi gulshan boʻlmas.
Dersanki, «koʻngildin may olur xushu hirad»,
Keltur anikim, boʻlmasa, koʻngil toʻlmas.

36

Ishqingda ishim nola erur yozi qishi,
Yondirmogʻi kuydirmoq emish ishq ishi.
Ne oshiq emish ulki, chu ishqing tilamas,
Evohki, shakarni ham zahar dermi kishi?

37

Ul yorki mudom va’dani yolgʻon aylab,
Bu joni dilimni oldi oʻynab-oʻynab.
Tunlarni uzun etdi menga ishqi bilan,
Oshiq tuni koʻp uzun boʻlarmish, yo Rab!

38

Yashnab-ochilibsan, ey nigor, ey dilbar,
Sensizdir ishim nolayu zor, ey dilbar.
Yuzing yorishib misli bahor, ey dilbar,
Husning dagʻi ul bahorcha bor, ey dilbar.

39

Dunyoga barobar emish u — tulkimi, sher,
Hech kimsaga yoʻq baqo — qoʻrqoqmi, daler .
Koʻrdingmi, kschang kabi oʻtib ketdi kuning,
Ertang dagʻi oʻtgay, bunga bovar qilaver.

40

Bir dona tishing tushibdi, ey oyjamol,
Shundanmi yuzingdan rang siniq, oʻzgacha hol.
Bir tishga sumanbar, shu qadar tashvishmi?
Bnr dur kamayibdir sadafdin, ne malol.

41

Daryoda baliq kabi suzib, oʻynar gʻoz,
Oʻrdak bila oʻxshashlish bor, siynafaroz .
Har chandki, erinmay kun boʻyi suvda suzar,
Sohilga, sheriklar yoniga qaytar boz.

42

Ne boʻldi firoq ichra ziyonim, soʻrama,
Ne chekdi kuyib gʻamingda jonim, soʻrama.
Nelar koʻyida uchdi figʻonim, soʻrama,
Ne boʻldi ishim, shudir jahonim, soʻrama.

43

Har chandki faqir erur agarchi dono,
Koʻrgil uni boyi bexiraddin a’lo.
U boyligi yoʻq edi, davlatmand boʻldi,
Bu donish ila hamisha davlatmand shoh.

44

Chehrangga boqib, alamdadir gul bila bogʻ,
Sensiz menga begona erur ayshu farogʻ.
Koʻzim seni deb chekmasa gar hasratu dogʻ,
Kim yigʻlar axir yoʻlingda? Ey, koʻzu charogʻ!

45

Zulfing uchirib koʻzimdin uyqu, tunrang,
Ey, ohu koʻzim, etma menga kibri palang .
Bas, jismu dilimga aylading jabru jafo,
Zulfing kabi xam boʻldi u, koʻzing kabi tang.

46

Gar xomush esa bulbul, ey changnavoz,
Derlarki, yuzingga gul oʻzi soʻylar roz.
Ul bulbulu gulga koʻz tutarmen, yetmas,
Na koʻzga jamolu na qulogʻimga ovoz.

47

Chehrangdin olib nur oftobi kunduz,
Izmingda yana haqqi savobi kunduz.
Kunduzki, sanam, tun kabi xatting oʻramish,
Hay-hay, ayagil, etma xarobi kunduz.

48

Orasta boʻlib zulfu yuzingdin tunu kun,
Umrim oʻtadir quvib izingdin tunu kun.
Kim, ortiga qaytmas tunu kun, qoʻrqarmen,
Bir yoʻla yiroq etma oʻzingdin tunu kun.

49

Chehrangdin oʻlib hamisha kunduz gulgun,
Zulfing kabi oshiq tuni ham koʻp uzun.
To senga, sanam, mehri niyoz aylamasam,
Men kun bila tun farqini bilmay, dilxun.

50

Har nechaki koʻp uzun kecharkan, sanam,
Oshiq dilida oshar figʻon, hasratu gʻam.
Soching koʻyida dilimda yoʻqdir qaygʻu,
Kim, senga soching kabi uzun tun hamdam.

51

Tong yoʻqki, qamashtirur quyoshni shu’lang,
Vaslingga yetolmayin quyosh ham diltang.
Nur olsa quyosh agar yuzing shu’lasidan,
Yoqut u quyosh shu’lasidan olgay rang.

52

Dilbarki, mudom erdi dilimga mahram,
Jon oldi, mashaqqatimni hech etmadi kam.
Dil motami ichra xoʻp emish sabru qaror,
Men qaydin olay sabrni, koʻp ersa sitam.

53

Javringni chekib, falak, netay, past boʻldim,
Tuproqqa qorishdim, xor ila xas boʻldim.
Ey, soqiyi gʻam, maying ichib, mast boʻldim,
Dermanki, koʻlingni tort, yetar, bas, boʻldim.

54

Koʻnglimda umid gʻunchayi xandoningdin,
Chun menga ne gʻam jafoyi soʻzoningdin?
Tin olmayin hech jafoyu jakring chekayin,
Dil uzmayin hech chohi zanahdoningdin.

55

Jonon labi-ku aqiqqa oʻxshaydi tamom,
Har lahza latif yuzi berar ishqima kom.
Gar ikki kuzim toʻkar yana ashki aqiq,
Chun ishqi aqiq koʻz bila koʻnglimda mudom.

56

Chun otash oʻlib havoda gar uchgaymiz.
Ham obi ravon kabi oqib kechgaymiz.
Tuproq boʻlamiz, agarchi biz gavhar edik,
Bas, shundoq esa, bodani ber, ichgaymiz.

57

Koʻz yoshima chun gʻarq boʻlibdir tanim,
Dil otashidim kuyib tilim ham dahanim.
Bir dardi firoq ichra qolibdir vatanim,
Bas, oʻzimga boʻlmay, men yana kimga gʻanim?

58

Yoding bila tilga nolayu un keladir,
Koʻz kiprigidin hazor Jayhun keladir.
Bildingmi, koʻzimdin ne uchun qonlar oqar.
Kim, koʻzimga koʻnglim saridin xun keladir.

59

Doʻstlar, kelingiz, toʻyib-toʻyib may ichamiz,
Kunduz kulishib, kulguda kechsin kechamiz.
Tokay yuramiz kuyib shu olam gʻami deb,
Olam eli ichra biz axir bir nechamiz...

60

Ishqing oʻtigʻa dilim sari yoʻl berdim,
Koʻz yoshiyu faryod sari qoʻl berdim.
To boʻldi dilim ishqu firoqingga asir,
Tuproq boʻlibon sochildimu sovrildim...

61

Darmonim oʻzing, bir dili bemorim bor,
Koʻyingda ham osonimu dushvorim bor.
Xor etdingu xorligimda topding izzat,
Tokaygacha bu qiyomati zorim bor?

62

Ey ishq, meni xastaga malham qani?
Oy yuzli oʻshal dilbari mahram qani?
Gʻam ilgidaman, nechuk xalos boʻlgaymen?
Tun tutqinimen, kun kabi hamdam qani?

63

Yuzing-ku aqlni qochirar, may ermas,
La’ling-ku shakar toʻkar, vale nay ermas,
Zulfingni koʻrib, sanam, nechun dil titrar?
Yurganda yoʻling ham shakkaristondir, bas.

64

Zulfingni koʻrarda ishq degan tuygʻu kelar,
Husningni koʻrarda oyga ham koʻzgu kelar.
Ruhim ochilur gul kabi chehrangni koʻrib.
Bildingmi, koʻngilga ne ajab orzu kelar?

65

Gar koʻrdim zsa jabru jafo gardundin,
U sochdi, qarang, sochimga oppoq undin.
Tahqir nazari-la aylama menga nigoh,
Bir qarchigʻay afzal yuz qaro quzgʻundin.

66

Yorim koʻzida sharmu hayo boʻlsaydi,
Rahm aylar edi, boʻlmas edi tosh misol.
Hijron koʻzida sharmu hayo boʻlsaydi,
Doʻst birla toiar edim ajab vaslu visol.

67

Oʻn yoʻlga yurarsan, oʻn diling bor magaram,
Oʻn-oʻn tugibon, bittasini ochmadingam.
Siynamdagn birgina yurak, ey oqil,
Ul oʻnta dilingdan, oʻylakim, yuztacha kam.

68

Jabring u qadar jafoki, aflokka yetar,
Xusning dagʻi oydan ham balanddir, dilbar.
Gar doirai gardun erursan, ey charx,
Baxtimni nechun yiroq etarsan bu qadar?