OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAhmad A’zam
Asar nomiOʻzi uylanmagan sovchi (roman)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Ahmad A’zam
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Romanlar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
NashriyotТошкент, «Янги аср авлоди», 2010
Hajm340KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/12
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Oʻzi uylanmagan sovchi (roman)
Ahmad A’zam

Qiziq-a: oʻzi uylanmagan sovchi? Kim u? Qanday odam? Nahotki shundaylar boʻlsa hayotda?.. Ishonavering, Nozimga oʻxshaganlar bor. Eng qizigi, u hali yosh, navqiron. Shunga qaramay, dono, oqil, yetti oʻlchab, bir kesadi. Maslahat-oʻgitlari bilan doʻstlarini ham, boshqalarni ham lol qoldiradi. Sovchilikka borib, ishni doʻndiradi. Garchand kutilmagan gap-soʻzlari bilan oʻzgalarni tahlikaga qoʻygandek tuyulsa-da, hammasi a’lo darajada yakun topadi. Kitobda yana boshqa qahramonlar ham borki, ular Nozim kabi oʻzbekning fe’l-atvori, sodda, kuyinchakligi va asosiysi, hazil-mutoyibaga moyilligini namoyon etadilar.

«Oʻzi uylanmagan sovchi« gurung-romani asosida »Oʻzbektelefilʼm» kinoijodkorlari tomonidan koʻp qismli serial suratga olinib namoyish etilgan. Shu jihatdan ham mazkur kitob muxlislar uchun qimmatli va qiziqarli, deb oʻylaymiz...

«
Bandasi - gʻofil, hali boshiga nimalar
tushishini bilmay, uxlab xam yotaveradi
»

Nozim Yotgan Xona... Tong-Sahar

Agar kinoga oladigan boʻlsak, ichkaridan ochiq derazadan hovliga qaraymiz. Toʻgʻridagi, u hovli devoridan bu hovliga qaragan bir koʻzlik katta chorburchak tuynuk lang ochiq. Ana shu tuynukdan radio vagʻirlab, maqom ohanglari toshib chiqadi.

Maqom xonishlari bilan birga ochiq derazaga qaytamiz, derazadan ichkariga qaraymiz. Karavotda shu kunlarda nima masalalarga duch kelishidan xali bexabar, buni aytdik a, xullas, qaxramonimiz NOZIM uxlab yotibdi. Maqom uning ustiga «e tursang-chi!» deyayotgandek yopiriladi. Nozim choʻchib uygonadi, yotgan joyida boshini burib xovliga norozi qaraydi.

Shu choli kampirga radioni baqirtirib qoʻyish nimaga kerak, a?

Hovli. Tong-Sahar

Hovli ham maqom ovozidan gumburlab turadi.

Hovlining etakrogiga tortilgan sim dorda Nozim kecha yuvgan, bugun qurigan kirlar yengil shabadada - maqomga mos xilpiraydi: bitta jinsi shim, koʻk, oq, kulrang uchta koʻylak, toʻrtta dastroʻmol, ikkita oq mayka, yana ikkita oq gullik trusi, uch juft boʻzrang paypoq egasining boʻydoq, yana shu holida ozoda ham ekanini dalolatlaydi.

U hovli tuynugidan bu yoqqa moʻralayotgan yana bir qahramon kampirimiz HAMIDA XOLA koʻrinadi. Hamida xolaning qarashida qiziqsinish bilan sal tortinish ham bor. Qiziq-da, bu yoshlar odam tushunmagan toifa. Hamida xola Nozimni uncha tushunmaydi, nimagaligini asta-sekin bilib olaveramiz.

Nozimning Uyi. Tong-Sahar

Nozim sakrab turadi, tez borib, derazani qarsillatib yopadi-da, yana oʻzini karavotga tashlaydi.

U tomonda Hamida xola deraza qarsillashidan choʻchib tushib, oʻzini panaga oladi. Nozim ijirganib, boshini koʻrpaga burkaydi.

Hamida Xolaning Hovlisi. Tong-Sahar

Shundoq boyagi tuynuk tagidagi taxta soʻri - karavotda namozini ado qilib olgan Bosit chol, Hamida xolaning choli, joynamozni yigishtiradi, uni taxlab, devordagi tokchaga qoʻyadi.

Pastakkina oshxona eshigidan Hamida xolaning choliga baqirib gapirayotgani eshitiladi.

HAMIDA XOLA: - Nima yeysiz? Norin bor, oshdan bor.

BOSIT CHOL qoʻlini qulogiga qoʻyib, shoyoni diqqat bilan eshitadi va u ham balandroq ovozda javob qaytaradi.

BOSIT CHOL: - Xudoga shukr! Ha, uxladim. Uxladim, deyapman-ku. Faqat oyoq ikki marta tortishib, uyquning beliga tepdi-da.

HAMIDA XOLA: - Yo somsa beraymi? Juda yaxshi. Buyurtma somsa. Anavi turklarga qildirishganekan..

BOSIT CHOL: - E-e, uyqu boʻlib goʻr boʻlarmidi, qush uyqusi. Ha, mayli, shu kunni koʻrsatganigahamshukr.

HAMIDA XOLA: - Yo oshni mastava qilib beraymi? Birpasda boʻladi. Qatiqlab ichib olasiz. Ertalabga oqlik yaxshi-da. Oyogingizga ham foydasi bor.

Bosit chol kampirining hozir biron-bir koʻngilsiz gap ayt-masligini yaxshi bilgani uchun, eshitmasa ham hamma gaplarini ma’qullab boshini irgab oʻtiradi.

Bir-birini eshitmay gaplashishga oʻrganib ketgan chol kampirning baqir-chaqir suhbati davomida radio ham tinmaydi.

Hamida Xolaning Oshxonasi. Tong-Sahar

Rangi asli qanday boʻlgani bilinmay ketgan olapes stol ustida ikkita katta sirli togora, uch lagan, bir bidon, besh-olti kosa. Hammasida toʻidan kelgan har xil ovqat, pishloq, kolbasa, qaziparralari.

Hamida xola, axir, choli eshitmasa ham gapirishi kerak-ku, oʻshandoq baland ovozda javragan koʻyi ovqatlarni saralaydi.

HAMIDA XOLA: Anavi Nuriddin aka bor edi-yu, moʻynachi? Shuni koʻrib qolsam! Men oʻlib ketgan deb yuribman. «Hamida, oʻzingmisan?», desa qotib qolibman.

Bosit chol qoʻlini qulogiga qoʻyib, xuddi eshitayotgandek diqqat qiladi.

BOSIT CHOL: Mushuk ham jonga tegdi. Qazilaringga keladi doim. Tashlama, desa ham tashlaysan. Bu padarla’nati haydaganni bilmaydi.

Hamida xola cholining eshitayotganiga xech shubha qilmagandek, u tomonga qarab-qarab gapiradi.

HAMIDA XOLA: - Hanifa pulga juda qattiq-da. Ikki kun uyidan kelmabman, bergan puliniqarang...A?..

BOSIT CHOL: - Chaman edik, choʻl boʻldik, olov edik - kul. Ha, qanday zamonlar edi. Hammasi xuddi kecha boʻlganday, a.

HAMIDA XOLA: - Men ham shuni aytyapman-da, pulga qattiq deb. Ha, mayli, boriga baraka. Pul topish osonmi. Hammani toʻyga yetkazsin!

Hamida xola cholining gapini chala eshitadi, choli uning gapini tamom eshitmasa xam oʻrtada ma’nili suhbat paydo boʻladi.

Chol kampiri tomonga, kampiri choli tomonga qarab, unisi gapirganda bunisi, bunisi gapirganda unisi diqqat bilan quloq soladi.

Biz bilamizki, Hamida xola tamom eshitmaydi emas, qulogi uncha ham tom bitmagan, yo choliga mutaassiblik qilib, eshitmaslikka oladimi, koʻraylik-chi.

BOSIT CHOL: - Anavi bolaga opchiqdingmi? Savob boʻladi, opchiq.

HAMIDA XOLA: - Opchiqaman, hali turgani yoʻq. Kechasi alla-pallagacha uxlamaydi, keyin manuvnaqa ertalab turolmaydi. Turib bet-metini yuvsin, berarman.

BOSIT CHOL: - Musofirning koʻnglini olish kerak. Oʻzi yaxshi bolaga oʻxshaydi. Bu... Oʻqiyverar ekan-da, a? Ustudent degani ham qiyin kasb ekan. Toʻrt muchali but, lekin bir bosh bir qulogi, xotin, bola-chaqa yoʻq. E xudoyim, hamma bandalaringning rahmini oʻzing ye.

HAMIDA XOLA: - Ustudent emas, bitirgan. Endi oʻzi bir nimalarni yozar emish. Bilmadim, ishqilib, odamlarni yozadigan joyga ishga kiribdi.

BOSIT CHOL: - Sen ovqatni sovutmay olib chiqib ber-da. Sovuganini kim ham yeydi. Sarqit deb oʻylaydi-da. Koʻngliga kelishi mumkin.

HAMIDA XOLA: - Nimaga sarqit deydi? Meni sarqit olib keladi, deb oʻylaydimi? Nimalar deyapsiz? Voy, koʻnglimning koʻchasi! Toʻylardan odamlar uyida yemaydigan narsalarni olibkelaman.

Hamida xola gapirganda stol ustidagi ovqatlarni bir-biri koʻrsatadi, yarimta qazini choliga koʻrinmasa ham, koʻz-koʻz qiladi.

HAMIDA XOLA: - Qazini shunday butun-butun bersam, parra boʻlsa, dasturxonda qolgan ekan demasin deb. Oʻzi bu bola chimxoʻrroqmi, ovqat olib kirmang, deydi, shunday sarxil oshlarni ham uncha yemaydi.

BOSIT CHOL: - Xudoyim odamlarning yaxshi ishlarini ham, yomon ishlarini ham yozishni ikki farishtasiga tayinlab qoʻygan. Odamning ikki yelkasida oʻtiradi shu ikkita farishta.

HAMIDA XOLA: - Shuni ayting.

BOSIT CHOL: - Musofirning koʻnglini olganingni ham yaxshi farishta daftariga yozib qoʻyadi: falonchi kampir falon musofirga yaxshilik qildi, oʻlganidan keyin esdan chiqmasin, jannatgaolamiz,deb....

Bosit chol soqolini silab, uchidan tortqilab-tortqilab gapiradi.

Bosit cholning odmi falsafasini eshitmaslikka oʻrganib qolgan Hamida xola ovozini pasaytirib, oʻzicha javrashga tushadi.

HAMIDA XOLA - Toʻkinchilik ham bor boʻlsin. Shuncha osh-a! Yarim qozon, yoʻq, bir qozoncha kelardi, ariqqa oqizishdi-ya. Uvol, uvol! Man aytdim, hozir mavsum, hamma yoqda toʻy, buncha odam kelmaydi, ellik kilo guruch boʻladi, deb. Yoʻq, quloq solishmadi. Yetimxonaga aytsa,

u yerdagilar ham olmabdi - boshqa toʻidan osh kelgan ekan. Nima qiladi - tashlaydi-da. Odamlar nimaga bunaqa boʻlib ketyapti, a? He-e, toʻydan ayirmasin... Bu orada radioda maqom tugab, yengil kuylardan konsert boshlanadi.

Gulsanamning Uyi

Yana bir qahramonimiz, hozir erini soginib, xushnud kayfiyatda GULSANAM, qoʻlida alʼbom, tizzasidagi oʻgʻilchasi Davronga Davlatning rasmini koʻrsatib oʻtirib, soʻraydi.

GULSANAM: - Kim bu? Taniyapsanmi, kim ekan? Dada. Qani, ayt-chi, kim ekan? Dada. Dad-da!

Gulsanam alʼbomni ochadi, xuddi oʻgʻilchasi tushunadigandek gapiradi.

Oʻgʻilcha Gulsanamning soginchlarini hali qaydan bilsin, buv-buv qilib, alʼbomga qoʻlini choʻzadi, oʻynagisi keladi.

GULSANAM: - Yoʻ-oʻq, yirtib qoʻyasan... Mana, bu - toʻyda tushganmiz. Unda sen yoʻq eding, toychogim. Bu dadang, bu men. Oyijonni taniyapsanmi? Ha, shu men-da. Bu dadang, bu ham dadang. Bu ham, men bilan tushgan... Dadangning yelkasiga boshimni qoʻyganman-ku. Shu rasmni buving koʻrib qolib, boshimga bir musht urgan-da... Toʻydan oldin edi.

Alʼbom varaqlanadi, Davlat bilan Gulsanamning turli vaqtlarda birga tushgan suratlari bir-bir koʻrinadi.

GULSANAM: - Qani, yana bir marta «Dada» de-chi. Hali kichkinasan-da, bilmaysan. Lekin dadang bizni sogingan. Biz ham soginganmiz dadangni. Tegma-da, bolam, yirtib qoʻysang, dada xafa boʻladi. Aylanay, tillo bolam, Davlatim!.. Sogindik a, oʻgʻlim?

Ha, sogingan. Toʻyiga qancha, hozir Davron bir yarim yoshga kirgan boʻlsa, ikki yarim yil oʻtibdi, Davlatning bultur, oʻtgan yili yozlarda bir oyga uyiga kelganida, unda ham yoru joʻralaridan boʻshaganida koʻrgani, soginadi-da, har kuni koʻrgisi keladi.

Davlatning Hovlisi

Bu yoqda uy eshigi ochilib... iy-e, bu qanaqasi? - u yoqda erkalatish bahona, soginchini oʻgʻliga toʻkib oʻtirgan Gulsanamning eri - DAVLAT turgan uy ichidan RA’NO degan boshqa bir qiz chiqib keladi. Ra’noning kiyinishi, eshikdan chiqqandan keyin u yoq-bu yogini toʻgʻrilab qoʻyishidan, kichkina oynachaga qarab, labini labiga ishqalab, labboʻyogiga sayqal berishidan, bilamizki, u bu eshikdan chiqishga koʻnikib ketgan. Chatoq, juda chatoq, ishqilib, buni Gulsanam bilmasin.

Maykachan Davlat derazadan qaraydi. Uyalmaydi ham. Hech kim bilmasligi, uzoqdagi Gulsanamga bu gaplar yetib bormasligidan koʻngli toʻq.

Lekin biz bilib oʻtiribmiz-ku. Ha, bu ham xudoning bir gofil bandasi, gofilligidan oʻzi bexabar.

RA’NO: - Bir pasda soginib qolasiz-a? Darrov kelaman.

DAVLAT: - Uxlab olay deyapman.

RA’NO: - Oʻzim kelib allalayman.

DAVLAT: - Eshikni qulflab keting. Loʻli kirib boshni qotiradi. Mayda pul yoʻq.

RA’NO: - Bari bir jiringlatadi. Tagin chiroyli qizi bilan kelsa, koʻzingizni qisib qoʻymang.

DAVLAT: - Esingiz joyidami? Bir kunim shularga qoldimi? Loʻlining oʻrniga oʻzingiz bor-ku.

Ra’no erkalanib, gamza qiladi.

RA’NO: - Men hali shunaqa boʻlib qoldimmi sizga? Rashkim yomon, oʻshanaqalarga qaraydigan boʻlsangiz, shu chiroyli koʻzlaringizni oʻyib olaman.

DAVLAT (shoʻxchan jilmayib): - Mana, qarayapman, qarab turibman-ku.

RA’NO: - Haddingizdn oshmang. Yomonman-a!

Gaplarini qarang. Bet qolmagan.

Nozimning Uyi. Choshgoh

Nozimning yignalgan karavoti ustiga boya dordagi kirlar tashlab qoʻyilgan. Qoʻshni hovlidan yengil kuylardan konsert eshitilib turibdi.

Nozim koʻk koʻylakka dazmol bosyapti, ha, uylanmagandan keyin, iloji qancha, koʻylak-" ishtoniga oʻzi dazmol bosadi-da.

Chorqirra shisha kuldonda sigareta tutaydi. Bu ham yaxshi emas, balki koʻp oʻylaganidandir.

Nozim kosadagi suvga qoʻlini botirib, koʻylakka silkiydi. Keyin shu qoʻli bilan sigaretani ushlaydi. Sigareta belidan ivib qoladi.

U sigaretani bir tortib koʻradi-da, keyin afsusda aftini burishtiradi, keyin kuldonga bosib oʻchiradi. Sigaretaning uchi ezilib, belidan yirtiladi, tamakisi titiladi.

Nozim oʻylanadi, yoʻl qarab qoladi, ha, yosh yigit, bir oʻzi turgandan keyin, oʻylanishdan boshqa nima ishi ham bor; sevgani ham xayolida.

Xotira

Oygul degan qizimiz auditoriyada dars tinglayapti.

Boshini koʻtarib, Nozimga qarab jilmayishidan, Nozim ham u bilan koʻz urishtirdi shekilli, yana ochilib tabassum hadya etishidan bilamizki, bekorga emas, ikki yosh bir-birini sevadi.

Nariroqda yana bir yigit - Jamol deganimiz, iyagini qoʻli bilan tirab, Oygulga juda mahzun termiladi - umidsiz sevgi! - jilmaygan Oygulning nigohlaridan moʻljal olib Nozimga qaraydi. Koʻz urishtirib, keyin oldidagi daftariga nigohini yashiradi.

Daftariga qarab, lekin unda nimalar yozilganini koʻrmayotgan Jamolning oʻtirishi ta’sirli, u shu egilgan koʻyi, boshini koʻtarmay, yana Oygulga mungayib tikiladi.

Daftariga bir narsalarni tez-tez yozayotgan Oygul Nozimga qaraydi.

Hamma manzaralar Nozimning xayolida boʻlayotgani uchun, turgan gap, oʻzi koʻrinmaydi, faqat koʻzoldidakoʻribturdi.

Nozimning Uyi. Choshgoh

Nozimning hamma kirlari dazmollanib, ikki koʻylak stul suyanchigiga ilingan, boshqa kirlar ustma-ust taxlab qoʻyilgan.

Karavot juda tartib bilan yigishtirilgan, ustidagi tarang tortilgan roʻyja - choyshab ham hamdazmollangandektekis.

Xayolda, faqat Nozimning xayolidagi Oygul Nozimning koʻk koʻylagiga dazmol bosadi.

Oygul kosadagi suvdan hoʻplaydi

NOZIM: - Ey, ey, bu dazmolga-ku. Qoʻlimni solgan edim. Ichishga boshqa suv beraman.

Oygul ogzidagi suvni koʻylakka puflash oʻrniga Nozimga - bizga ufuradi.

OYGUL: - Xayolingizda-ku bu, Nozim. Suv puflasam, koʻnglingizdagi oʻt pasayar.

Nozim beixtiyor qoʻl siltab, dazmolni eslaydi, yana ishga kirishadi.

Qoʻylakning gijimi tekislanmaydi.

Nozim chiqib, kosada suv koʻtarib kiradi.

Karavotda oʻtirgan Oygul, xuddi shu yerda oʻtirishga oʻrganib ketgandek.

Sharofat Ayaning Hovlisi. Choshgoh

Qator ishkom.

Ishkom tagidagi uch oyoqli narvonda SHAROFAT AYA tokqaychi bilan xomtok qilyapti.

DILOROM oshxona eshigidan chiqib, uy eshigiga kirib ketadi.

Derazadan Dilorom bilan singlisi DILAFROʻZning boshi koʻrinadi.

Darvoza eshigi ochilib, QOʻSHNI DILOROM kiradi. Bu qiz devor-darmiyon qoʻshni, yana bu Diloromningdugonasi.

Bu hovlida ham tinchlik, hali nima gap boʻladiyu nima gap boʻlmaydi, hech kim oʻylab koʻrmagan.

QOʻSHNI DILOROM: - Hormang, hormang, Sharofat aya!

SHAROFAT AYA: - Bor boʻl, qizim. Kel, kel.

QOʻSHNI DILOROM: - Assalom-alaykum! Xomtok sizga qoldimi, amakim qochib ketdilarmi?

SHAROFAT AYA: Amakingning hamma ishi chala, oʻzim tepasida turmasam boʻlmaydi.

QOʻSHNI DILOROM: - Ha, amakim ham sizsiz bir ish qilmaydilar. Ha, aytganday, dugonam uydami?

SHAROFAT AYA: — Uyda, uyda. Ana, oshxonada. Singlisi bilan meni tomosha qilyapti, bu" kampir qachon yiqiladi, biz qachon qutulamiz deb.

QOʻSHNI DILOROM: - Voy, unaqa demang, xola, qani endi hammaning ham shunaqa sergayratonasiboʻlsa.

SHAROFAT AYA: - Sergayrat-a! Ona emas, bu ikki qizga tekin mardikor de.

Oshxona eshigidan Dilorom chiqib, dugonasiga jilmayadi. Uning orqasidan chiqqan Dilafroʻz chaqqon borib, bu Dilorom bilan oʻpishib koʻrishadi.

Oʻpishaversin, hali oralariga qanaqa sovuqchilik tushib qolishini bilmaydi-da.

Koʻcha. Mahalla Idorasi Oldi. Choshgoh

Mahalla idorasining koʻchaga qaragan eshigidan biri elliklardan oshgan, biri qirq yoshlar atrofidagi ikki xotin kirib ketadi; tortinib, alanglashlaridan aniq bu mahalladan emas. Bular oʻzini sal katta oladimi yo juda boadab tutadimi, bilmadik, lekin, har holda shunday yurishga oʻrganib ketganlar, bu aniq. Kimlar boʻldi ekan, lekin tanishdek, alanglashlaridan bilamiz, koʻchada koʻp koʻrganmiz. Assalomu alaykoʻ-oʻm, shu yerda uzatiladigan qiz bor deyishdi, deb uyimizga ham kirib kelaveradi.

Nozimning Uyi. Choshgoh

Nozim kiyinyapti. Egnida boya dorda osilgan jinsi shim.

Koʻk koʻylakning tugmalarini qadaydi.

Dazmollab taxlangan dastroʻmolni choʻntakka soladi.

Ana, uylanmagan yigit, oʻzini oʻzi eplab, qirralik boʻlib yuradi, yaxshi-da.

Oʻrda. Anhor Boʻyi

Yana bir qahramonimiz - ORIF avtobus bekatida oʻtgan transportga koʻzlari nigoron, qalligini kutyapti.

Avtobusdan tushayotganlar orasida bitta, keyin yana bitta chiroyli qiz tushadi. Chiroyli qizlar ham koʻp-ey! Lekin koʻpi egalik ham.

Mana, qarang, oldingi eshikdan boshqa bir chiroyli qiz tushadi va uni darrov bir yigit kutib oladi. Oʻv-v, mard boʻlsang, qizingni mashinada olib yur, hammaning koʻzini oʻynatmay.

Mana, qahramonimiz Orif ham ancha xunob, shuncha chiroyli qizlarning birortasi ham u kutayotganqizemas.

Yana bir avtobus kelib toʻxtaydi. Yana bir qiz tushadi, tuzukkina. Faqat... nima kerak, a, tilla tish qoʻyib? Yaraqlatib jilmayadi. Urfdan qoldi-ku boyligini ogziga qoplash.

Orif bu qizga noroziroq qarab turganda, qalligi SHARIFA yoniga kelib, pichirlab salom beradi. Orif eshitmaydi, yaxshi ham uning koʻzi olma-kesak terayotganini Sharifa koʻrmadi, chunki boshini egib olgan edi. Qiz bolaning tortinchoq boʻlgani yaxshi-yu, lekin bunchalk emas-da.

Orif qator kelayotgan avtobus yoʻliga, avtobusdan tushayotgan qizlarga qarab, yonida boshini egib turgan Sharifani koʻrmaydi.

Ha, Oriflarnikidan Sharifalarnikiga sovchi borgan, hamma narsa kelishilgan, hal boʻlgan, non singan, ya’ni patir ushatilgan, endi toʻyga tayyorgarlik. Faqat shu... Sharifaning hali hech gap yoʻqdek oʻzini olib qochishi odamning yuragini siqib yuboradi. Qaysi asrda tugilgan boʻlsa? Lekin gazallardagi qizlar ham gamza qiladi.

Orif asabiylashib, endi keladi, deb qoʻl siltab yuborsa, Sharifa shu yerda, yonida jimgina kutibturganboʻladi.

Orif jilmayadi, Sharifa yerga qaraydi.

Sharifa uyalganidan boʻynini ichiga olgan, yerga kirib ketay deydi.

Hamida Xolaning Hovlisi. Choshgoh

Dasturxon yigishtirilgan. Oʻrtada faqat parvarda solingan likopcha bilan choynak va ikkitapiyola.

Hamida xola bir tomonga, Bosit chol boshqa tomonga qaragan, chol yonboshlagan, kampir tizzasini quchoqlab oʻtiradi. Bir-birining koʻnglida nima kechayotganini yaxshi tuyadigan eski juftning jim hangomasi.

Va, albatta, radio tinmaydi:

«Boshlovchi: Ayting-chi, hamma yoshda ham muhabbat boʻlishi mumkinmi?

Suhbatdosh ayol: Albatta. Muhabbat albatta hamma yoshda boʻladi. Hatto oʻlayotgan odam ham sevib qolishi mumkin. Agar odam oʻlimidan oldin sevib qolsa, u oʻlgandan keyin muhabbatning bir tomchisi yerga ham tushadi. Bundan, demak, muhabbatdan yer ham bahra oladi. Bir kuni u unibchiqadi».

Qarang-ey, odamning oʻlgisi kelib ketadi-ya. Ishqilib, kampir rashk qilib, nevaralar janjalkoʻtaribqolmasa.

Bosit chol bu gaplarni eshitib, juda ta’sirlangandek, boshini burib, kampiriga qaraydi.

HAMIDA XOLA (yoqasini ochib, koʻkragiga tuflagan boʻladi): - Yo tavba! Koʻkarib chiqqaniniaytyaptimi?

Radioda esa suhbat davom etadi:

«Suhbatdosh ayol: Ellikka boryapmiz, uchta bolamiz bor, hammasi oilalik. Lekin hozir ham bir-birimizni biron kun koʻrmasak, turolmaymiz. Haqiqiy muhabbat shunaqa kuchli boʻladi...».

Muhabbat shunaqa boʻlar ekan-da, qarang-a! Shu xotindan boshqa hech kim sevmagan. Nozim xonasi eshigini yopib, hovliga chiqadi, oʻrtada toʻxtab, oʻylanib qoladi. Keyin osmonga qaraydi.

hovli. choshgoh

Darvoza taqillaydi, keyin qoʻngirogi jiringlaydi...

Shu payti shart emas edi, Nozimning oʻzi koʻchaga chiqaman deb turganda.

Koʻcha. Choshgoh

Koʻkka boʻyalgan darvoza, darvozaning eshigi ochilib, Nozim koʻrinadi.

Kelganlarga hayron boʻlib qaraydi.

Boyagi sovchilar.

NOZIM: - Salom alaykum! Kelinglar?

KATTA SOVCHI: - Va-alaykum!

KICHIK SOVCHI (alikka boshini silkib): - Yaxshimisiz?

NOZIM: - Rahmat. Oʻzlaringiz?

Nozim ajablanishdan boshqa gap topolmaydi, tikilib turaveradi.

KICHIK SOVCHI: - Singlingiz... Uyda kim bor?

NOZIM: -Men.

KATTA SOVCHI: - Oyingizlar yoʻqmi?

KICHIK SOVCHI: - Bu uyda uzatiladigan qiz bor ekan?

NOZIM (kulib): - Uzatiladigan qiz yoʻgʻ-u, lekin uylanadigan yigit bor.

KICHIK SOVCHI (uncha anglamay): - Kim?

NOZIM: - Mana, koʻrib turibsiz.

Nozimning hazilidan katta sovchining ensasi qotadi, kichik sovchi opasiga savol bilan qarab, keyin tushunadi.

KATTA SOVCHI: - Mahalla idorasidan shu koʻk eshikni aytishdi. Shunga soʻrab turganimiz.

NOZIM: - Kechirasizlar, bu yerda bir oʻzim turaman. Uy egalari «dom»ga chiqib ketgan, ularningqizlarihamyoʻq.

KICHIKSOVCHI: - Koʻk sirlangan darvoza deb aytishdi.

NOZIM: - Ana, qarang, nechta darvoza koʻk.

KICHIK SOVCHI (atrofga alanglab): - Voy, ha-ya....

KATTA SOVCHI: - Oʻgʻlim, uzatiladigan qiz qaysisida? Oʻzingiz koʻrsatib yubora qoling.

KICHIK SOVCHI: - Uylanmagan boʻlsangiz, sizga qizni oʻzimiz topib beramiz.

NOZIM: - Bizga keraklisi hali maktabga qatnayapti.

KATTA SOVCHI: - Issiq nafas qiling, oʻgʻlim. Farishta ovmin deydi-ya.

Hamida Xolaning Hovlisi. Choshgoh

Boyagi manzara: Bosit chol bilan Hamida xola soʻrida. Hamida xola choliga choy uzatadi.

Bosit chol likopchadan bitta parvarda olib, ogʻziga tashlaydi.

Radioda esa suhbat davom etadi:

«Suhbatdosh ayol: Hozir ham bir-birimizni biron kun koʻrmasak, turolmaymiz. Safarga ketsalar, bolalarimga: «Telefon qilib bil-chi, bugun keladilarmi, yoʻqmi», deb turaman. Oʻzlari ham safarlarda uzoq qololmaydilar. Toʻgʻrisi, uncha bormaydilar ham. E-e, qoʻy, yoningda tinchgina, bejanjal oʻtiray deydilar».

Hay-hay, faqat yonidan quzgalmasangiz, qulogingiz tinchiydi, boʻlmasa, qochib ham qutulolmaysiz.

Oʻtkir Akaning Hovlisi

Viloyatdagi shahar. Bizga Toshkentdan uzoqroq, aeroporti bor shahar kerak. Keling, Urganch boʻlaqolsin. Darvoqe. Gulsanam kelin ham shu shaharda turadi.

Shahar manzarasini tomosha qilib borib, bir hovliga kiramiz.

Odatdagidek, xiyla orasta hovli.

Soʻrida SALIMAOPA oʻtiradi.

Koʻrpachalar oʻrtasida dasturxon, non, choynak-piyola.

JUMAGUL OPA, Salima opaning singlisi, bir lagan uzum koʻtarib keladi.

SALIMA OPA: - Tashvish qilma, Jumajon. Oʻtirgin.

JUMAGUL OPA: - Boʻldi, opa. Mana keldim.

SALIMA OPA: - Gaplashib oʻtiraylik. Yemagan uzumimizmi?

JUMAGUL OPA: - Xoʻp, opa, ogizga ermak-da. Olib oʻtiring.

SALIMA OPA: - Kuyov qani?

JUMAGUL OPA: - Koʻchaga chiqib ketgan edi. Yurgandir-da toʻy-toʻylab.

SALIMA OPA: - Ha, toʻy ham koʻp.

JUMAGUL OPA: - Bugun Nurmat akaniki, keyin Otanazarniki... Siz oʻtdingizmi?

SALIMA OPA: - Ha, oʻtib qoʻydim.

JUMAGUL OPA: - Opa, choydan iching.... Oʻzimiz qachon toʻy qilamiz?

SALIMA OPA: - Xudoning buyurgan kuni boʻlar-da.

JUMAGUL OPA: - Sultonjon ham bitiryapti.

SALIMA OPA: - Ha, bu yoqdan Saodatni ham tinch qoʻyishmayapti.

JUMAGUL OPA: - Shu-da, opa, boshi ochiq boʻlgandan keyin, qoʻyadimi.

SALIMA OPA: - Bunisi Koʻhnabozordan, eru xotin kelibdi. Eshitib kelganmi, bilib kelganmi, ishqilib, shashtlari baland: darrov tushirib olamiz, deydi.

JUMAGUL OPA: - Men ham shunga aytyapman-da, opa. Oʻtiramizmi, u keldi, bu keldi deb. Shartta toʻyni qilaveraylik.

SALIMA OPA: - Qoʻrqaverma. Ularga aytdim, rahmat kelganlaringga, lekin ovora boʻlmanglar, aytilib qoʻygan joyi bor deb.

JUMAGUL OPA: - Voy, rahmat, opa!

SALIMA OPA: - Xoʻp, sen oʻzi oʻgʻling bilan keyin gaplashib koʻrdingmi? Biznikidan ham oyogini uzib ketdi.

JUMAGUL OPA: - Voy, opa, katta yigit, uyaladi-da endi. Sizdan tortinadi, pochchamdan qochadi.

SALIMA OPA: - Uyalgani mayli-yu, sen bilan biz bu yoqda toʻy qilamiz deb yotsak-da, u u yoqdan birontasini topib olib......

JUMAGUL OPA: - Opa-a! Mening bolam-a! Buni oʻylamang ham.

SALIMA OPA: - Oʻylamaganda ham, bir gaplashib qoʻy. Besh yildan beri sendan uzoqda, oʻqib yuribdi. Koʻngli qanaqa. Keyin attang qilib yurmaylik. Aytib boʻladimi.

JUMAGUL OPA: - Opa, oʻz bolamni bilmaymanmi! Hali oʻzingiz ham koʻrasiz, shunday bir kuyov boʻlsinki!

SALIMA OPA: - Aytganing kelsin.

JUMAGUL OPA: - Lekin, mayli, gaplashib qoʻyaman.

Qiziq, opa-singil bir boʻlib, farzandlarining boshini biriktirish harakatida, bu yoqda esa... qani, bilaylik-chi, nima gap.

Avtobus Saloni

Avtobusda odam uncha koʻp emas. Shuning uchun ham SULTON bilan Dilorom, kattalarga joy" boʻshatish xavfi yoʻq, oʻrindiqda yonma-yon oʻtirib gaplashib keladilar.

Avtobus oynasidan shahar koʻchasi manzarasi suzib oʻtadi. Ha, hali shahar manazarasini koʻp koʻramiz, koʻchada yurganingizdan keyin hammayoq shahar-da.

Avtobus bir joydan oʻtib ketayotgan edi, yoʻlning ikki chekkasida qator-qator har xil limuzinlar, uzun qisqaroq, oq, qora, rusumi ham turlicha.

Dilorom burilib limuzinlarni tomosha qiladi, keyin Sultonga qaraydi.

Sulton oʻz xayollari bilan bandroq boʻlsa-da, Diloromning nima maqsadda qaraganini tushunadi.

SULTON: -Ha?

Dilorom tizzasi bilan Sultonni turtib, limuzinlarga imo qiladi.

SULTON: - Boʻlar xali.

DILOROM: - Yoʻq, chiroyli, a?

SULTON - Puli ham chiroyli.

SULTON: - Men hali oʻzimizga olaman.

DILOROM: - Yoʻq, kerak emas. Buning ichida yashaymizmi? Bir kunlik savlat bu.

SULTON: - Bir kunlik ham emas. Qiznikidan olib keladi, milliy bogga olib boradi, keyin toʻgʻri toʻyga. Toʻydan keyin, bilmadim, kelishsa, olib kelib ham qoʻyadi. Necha soat, toʻrt soat, nari borsa, besh soat.

DILOROM: - Yoʻq, kerak emas, shunga shuncha pul. Bundan koʻra, uy olamiz.

Xoʻsh, opa-singil gapni bir joyga qoʻyayotganda gapirganlari Sulton, shunga Saodatni olib berishmoqchi. Yo boshqa Sultonmi bu? Yoʻq, Jumagul opa shu Sultonning onasi, Salima opa esa uning xolasi, ha, shu Sulton. Opa-singilning ahd-paymoni oldindan, Saodat ham shu Saodat, Salimaopaningqizi.

Unda nimaga Sulton bu qiz - Dilorom bilan nikoh toʻyiga qaysi limuzinda borishni kelisholmay yuribdi?

Gʻalati lekin.

Chorsu Bozori. Choshgohdan Keyin

Nozim qovun bozorini oralab yuribdi.

U hozirgina mashinadan tushirilgan qovun toʻpi yonida toʻxtaydi.

Nozim katta, tumshugi yoriq qovunga ishora qilib, koʻrsatgich barmogini tepaga koʻtaradi -bir soʻm.

Juda pishiq bola ekan, qovunning ham shirini, ham arzonini tanlaydi.

Qovunchi avval boshini chayqaydi, qovuniga achinayotgandek qaraydi, keyin uni qoʻliga olib, toʻrini koʻrsatadi, bandi uzilgan joyiga ishora qiladi, bosh barmogini bukib, panjasini yoyadi-toʻrtsoʻm.

Nozim koʻrsatgich barmogini choʻzib, qovunning yorigiga ishora qiladi.

Qovunchi avval qovunning yorigiga, keyin Nozimga qarab oʻylanib turadi-da, qoʻlini bir siltab, Nozimga choʻzadi.

Qovunchining boshqa iloji yoʻq, tumshugi yoriq qovunni shu pishiqdan boshqaga oʻtkazish ham qiyin.

Nozim shimining choʻntagini kavlaydi.

Kutubxona Zali

SAODAT berilib oʻqiyotir, qoʻlini chakkasiga tirab, kitobdan boshini koʻtarmaydi.

Ikki stol narida ALISHER oʻtiribdi, oldida uchta kitob, bittasi ochiq, lekin u kitobga qaragani ham yoʻq, koʻzi Saodatda.

Saodat uning qarab turganini sezib, boshini koʻtarib qaraydi, ijirganib, labini buradi-da,yanakitobigatermiladi.

Alisher ruchkasini qoʻlida aylantirib oʻynaydi. Kitobiga qaraydi. Yana boshini koʻtarib, Saodatgatikiladi.

Alisher - girt yoshligimiz. Haligi, qizlarni kinoga qizarib-boʻzarib taklif qilgan paytlarimiz. Sal surbetligini aytmasa, endi sevgan goʻr yoshlik. Hozir uning koʻziga Saodatdan boshqa hech narsa koʻrinmaydi.

Mayli, uylanguncha odam bir nechtasiga suqlanib qarab yurishi ham mumkin. Lekin opa- singil Sulton bilan Saodatni... ha, mayli, keyin oydinlashar.

Sharofat Ayaning Hovlisi. Choshgohdan Keyin

Ishkomning tagi koʻm-koʻk tok bargi, zang.

Sharofatayaxomtokqilyapti.

Darvoza ochilib, birin-ketin uch xotin koʻrinadi. Biri - HANIFA XOLA, oltmishlarga borib qolgan, biri - MA’RIFAT AYA, undan yoshroq: ellik-ellik beshlarda. Uchinchisi esa SANOBAR, yoshi oʻttizlar atrofidagi juvon.

Ana shu juvonning bir qoʻlida bejirim sumka, bir qoʻlida mobil telefon.

Ular Sharofat ayaga xayron, xam shunday ishni qilayotganiga havas bilan qaraydilar.

Sharofat aya xijolatda, narvon ustida pitirlab qoladi.

Ana! Bu yoqda xam bir narsalar boshlandi.

SHAROFAT AYA: Voy! Yigishtiriqsiz uyga mehmon keladi, degani shu-da. Mangina oʻlay! Hay, Dilorom... e yoʻq., Dilafroʻz!

HANIFA XOLA: - Biz, axir, mehmon emas. Qulchilikka kelgan ham mehmon boʻladimi. Supurgi qayoqda? Boʻlsa, ostonangizni supurar edik.

Sharofat aya shosha-pisha narvondan tushadi.

Uydan ikkala Dilorom ham chiqadi.

Darvoza oldidagi sovchilar qizlarga juda qiziqsinib qaraydilar, lekin oʻzlari soʻrab kelgani qaysi biri ekanini bilolmay, ikkilanib qoladilar.

Sharofat aya qizi Diloromga qoʻlini silkib imo qiladi.

Dilorom oʻzini tezda ichkari oladi.

SHAROFAT AYA: - Qani, ichkariga! Hay, Dilafroʻz qizim, mehmonlarga qara.

Mexmon ayollarning koʻzi obdastaga qarab yurgan qoʻshni qiz Diloromda. Hali adashtirib qoʻyishmasa.

Oshxonadan Dilafroʻz, yelkasida sochiq, otilib chiqadi va obdastani qoʻshni Diloromdan oldin oladi.

Hovli. Choshgohdan Keyin

Ochiq derazadan ichkarida boshini egib kulayotgan Nozim koʻrinadi. Yolgiz yigit-da, oʻylanadi, xayol suradi, kitob oʻqiydi, oʻqiganiga kuladi.

Qoʻshni xovlining tuynugidan bu yoqqa qaragan Hamida xolaning koʻzlari ola-kula boʻlib ketadi.

Nozim boshini orqaga tashlab, yelkalari silkinib-silkinib kuladi.

Kitobi Hamida xolaga koʻrinmaydi, Hamida xola oʻzidan oʻzi silkinib kulayotgan Nozimni koʻradi.

Davlatning Uyi. Choshgohdan Keyin

Chogroqqina xovli. Ikkita xona, oʻrtasi daxliz.

Soʻrida qaralmagan tok.

Uning tagida «Zaporojets» mashinasi, orqa kapoti ochiq.

Davlat kapot tagiga boshini suqib, nimanidir kavlayapti. Xuddi kavlayversa, gur-r etib yuribketadigandek.

Sulton esa uning tepasida betoqat.

SULTON: - Yuradigan narsami?

DAVLAT: - Qarasang yuradi-da.

SULTON: - Shuni xam pulga oldingmi-ey? Tuzukrogi yoʻqmidi?

DAVLAT (boshini koʻtarib, Sultonga qaraydi): - Ikki yuz dollar, suv tekin. Gulsanam uch yuz yuborgan ekan, ikki yuzini shunga urdim.

SULTON: - Hech yurganingni koʻrmadim. Doim kavlaysan. Yuradiganga oʻxshamaydi-ku.

DAVLAT: - Yuradi, yuradi. Faqat ozgina mehnati bor. Ham haydashni yaxshilab oʻrganib olaman. Yangi olganimda qiynalmayman.

SULTON: - Hay, bilmadim-da. buning xech yuradigan siyoxi yoʻq.

DAVLAT: — Sen ham Nozimga oʻxshab shunga yopishma. Hali haydaganimda koʻrasan. Xoʻsh," oʻzing nima ish bilan kelding? Turishingdan bir darding bor.

Sulton yerga qarab, oʻylanib turadi.

DAVLAT (yana kapot tagiga egilib): - Gapiraver.

SULTON: - Boshingni koʻtar-da. Ketingga gapiramanmi?.

SULTON (egilgan koʻyi Sultonga qarab): - Tiling chiqib qolibdimi? Gapir, eshitib ishimni qilaveraman. Manavi simi qayoqqa boradi?

SULTON: - Men «Zaporoj»ni bilmayman. (egilib kapot tagiga qaraydi). Buning motori ikkita boʻladi, deyishadimi?

DAVLAT: - Ha, bittasi isitishga. Qishda yoqiladi. Mana....

SULTON: - Zoʻr ekan... E, boʻldi! Eshit-da gapimni. Qoʻy, shu qoʻsh motoringni! Bari bir yurmaydi.

DAVLAT: - Yuradi! Koʻrasan.

U boshini koʻtarib, Sultonga qarab qoʻyadi-da, qoʻlini lattaga arta boshlaydi.

SULTON: - Yurganda ham qaergacha boradi.

DAVLAT: - Xoʻp. Gapir. Qulogim ham, mana, koʻzim ham senda. Hozir shuni tuzatishdan ham zarilroqmi?

SULTON: - Shuni tuzatish xam zaril boʻldimi? Senga dardimni aytgani kelsam...

DAVLAT: - Xoʻp, gapir-da boʻlmasam. Imtihondan yiqildingmi yo pulingni oldirdingmi?

Bilmaydigan odam kavlaganga yurib ketaversa, mashina mashina boʻladimi? Lekin shuning ham ishqibozlari koʻp deyishadi. Orqasi ogir boʻlganigami, hech yerda tiqilib qolmas emish.

Ishqi yoʻq - eshak, dardi yoʻq kesak ekan

Davlatning Hovlisi

Davlat yana kapot tagiga egilib, bir narsalarga teginib koʻradi.

Sulton bir zum jim turadi, gapirmay deydi-yu, lekin iloji yoʻq, dardini aytishi kerak. Sekin, iymanib gapga tushadi.

SULTON: - Shu-u... Xolam bor-ku, Akmal akaning xotini.

DAVLAT: -Salimaopa.Ha?

SULTON: - Shuning qizi bor, jiyanim.

DAVLAT: - Xolangning qizi boʻla boʻladi. Ha, jiyan. Xoʻsh? Erga tegib ketmaganmi?

SULTON: - U kattasi. Kichkinasi xam bor.

DAVLAT: - Ha, kichkina qizcha.

SULTON: - Juda kichkina emas. Uchinchimi, toʻrtinchimi kursda oʻqiydi.

DAVLAT: - Men koʻrganimda kichkina edi-da. Beshinchi sinfda edimi......Xoʻsh?

SULTON: - Shuni menga beshikkertti qilishgan.

DAVLAT: - Oʻsha kichkina qizchani?

SULTON: - Katta boʻlsa oladi deb-da?. U ham chaqaloqligida. Oyim bilan xolam, opa-singilikkovi....

DAVLAT: - Qizig-u, olishing kerakmi endi? Xotin tayyor ekan-da.

SULTON: - Ishqilib, uy tomonda bir gaplar boʻlyapti-da.

DAVLAT: - Rostdanmi? Uylan-da, qoʻy.

SULTON: - Hozir hazil sigmaydi koʻnglimga. Nima qilsam deb, boshim qotib keldim.

DAVLAT: - E-e, haliyam shunaqa eskichiliklar bormi? Qachon biz madaniy xalq boʻlamiz? Hali ham beshikkertti deb yursak. Tavba! Rostdan ham qulogini tishlaganmisan?

SULTON: -E-e,qoʻysang-chi....

DAVLAT: - Borib turgan vaxshiy ekansan-ku. Gʻarchcha tishlayverdingmi? Uzib olmaganmisan?

SULTON: - Kim ham bolaning qulogini tishlatadi. Bir gap, shunaqa deyishadi. Qulogini tishlagan, beshigini kertib qoʻygan deb. Endi u vaqtlari bir yaxshi niyat qilishgan-da.

DAVLAT: - Oʻsha vaqti yoʻq deyish kerak edi-da.

SULTON: - E-e, bola vaqtim, yoʻq, oʻsha vaqti mendan soʻraydimi? Soʻrasa ham... men tushunar edimmi?

DAVLAT: — Ha, xoʻp, endi oʻsha beshikkertti jiyaningga ham uylanib, bu yoqdagisi bilan ham" yalloqilibyuraversang-chi?

SULTON: - E-e, oʻylab gapiryapsanmi? Bittasiga uylanib, boshqasi bilan yuraveradimi? Hammanioʻzinggaoʻxshatma.

DAVLAT: - He, menga oʻxshasang, doʻppingni osmonga otasan-ku-ya. Men, nima, xotinimni qoʻyvoraman, deyapmanmi. Ikkovining ham koʻnglini olaman. Uchta boʻlsa ham eplayman. Senga oʻxshab «Bu yoqda bittasini yaxshi koʻraman. U yoqda boshqasiga beshikkertti qilib qoʻyishgan», deb koʻzimning suvini oqizib yurmayman.

SULTON: - Davlat, doʻstim, menga qara. Qoʻy shu hazil-mazax gaplaringni. Jiddiy boʻlaylik.

DAVLAT: - Men jiddiy gapiryapman. Yashashni bilmaysan, Sulton.

SULTON: - Xoʻp, men senday boʻlolmayman. Shu qizni yaxshi koʻraman, shu bitta qizni, menga boshqasi kerak emas.

DAVLAT: - Ha, bir aytganday boʻluvding. Shuni olaman deyapsanmi? E-e, nima qilasan?

SULTON: - Qoʻy bu gapni. Senga maslahat soʻrab keldim.

DAVLAT: - Yoʻlini aytyapman-ku senga. Sinashta, qosh koʻzi, odobi joyida boʻlsa, shu xolangning qiziga uylanaver-da. Xolang, Salima opa, Akmal akaning xotini-da?

SULTON: - Ha.

DAVLAT: - Gulsanamlarning koʻchasida turishadi. Yaxshi odamlar. Akmal aka ham. Qizi ham yaxshi boʻlsa kerak. Uylan.

SULTON: -E-e......

DAVLAT: -Uyingda ota-onangning xizmatini qilib yuradi. Borib-kelib turasan. Bu yoqda esa bunisi bilan madaniy muhabbat.

SULTON: - Davlat, gapni eshit.

DAVLAT: - Sen meni eshit. Mana, qara, u yoqda Gulsanam, bu yoqda Ra’no, bu ham gul, guli ra’no. Masala yoʻq! Bor, lekin hammasi yoqimli masalalar!

SULTON: - Sen, Davlat, odam emassan.

DAVLAT: - Odammanmi yoʻqmi, ishqilib, senga oʻxshagan latta emasman.

SULTON: - Shumi sening gaping? Senikiga shu gapni eshitaman deb keldimmi? Boʻpti, rahmat! Oʻlikka yiglagan soʻqir koʻzim...

Sulton sekin oʻrnidan turadi.

Shu payti telefon jiringlaydi.

Davlat Sultonga kulib qaraydi.

DAVLAT: - Ana, koʻrding - birovi. Ra’no boʻlsa kerak. Oʻzi boya ketdi. Bir soat koʻrmasa, koʻngli tinchimaydi. (goʻshakni qulogiga tutib) Da-ah... Ha. Senmi, Ra’no gulim? (goʻshakni qoʻli bilan bekitib, Sultonga) Aytmadimmi?.. (goʻshakka). Mayli, mayli.... Hozirmi... mehmon bor, doʻstim......

Davlatning shu odati bor: goʻshakni olsa, xuddi havo yotmayotgandek «Da-ah», deydi, hech kim bunaqa demaydi.

Nozimning Uyi

Nozimning xayolida Oygul uning karavotida oʻtirib, qoʻlidagi chambarakka tortilgan matodagi mushuk rasmli kashtachani tikyapti.

U boshini koʻtarib, Nozimga qaraydi, diqqat bilan tikiladi, koʻzlarida ta’na.

Endi e’tibor qilamiz, Oygul koʻcha kiyimida, egnida qalin koʻk jemper, boshidagi oq momiq sharfini yelkalariga tashlab olgan.

Derazadan tashqariga chiqib qaraymiz: hovlida uzunasiga tortilgan eski sim dorlar, xuddi osmonning yuziga qora qalam bilan chiziq tortilgandek.

OYGUL: - Bugun nima qilasiz, Nozim?

NOZIM: - Dam olamiz, uxlaymiz, kitob oʻqiymiz, yozamiz, keyin yana oʻqiymiz, undan keyin yanau xlab, keyin yana...

Davlatning Hovlisi

Sulton xunob, Davlatga jahl bilan qaraydi, lekin bu muloyim, yana doʻstining kimligini yaxshi biladigan odamning jinday atayinlik aralashgan gazabi.

Davlat ham oʻzining ozgina haddidan oshganini bilib, yasama kuladi, yana mashinaga unnaydi...

SULTON: - E-e qoʻyib tur shuningni!

DAVLAT: - Yurgizish kerak-ku.

SULTON: - Yursa... uyalmay koʻchaga chiqasanmi shu bilan?

DAVLAT: - Nima qipti? Mashina bu ham, toʻrtta gildiragi aylansa boʻldi-da. Hali qarab tur, men ham minay deb yalinasan?

SULTON: - Tarillatib! Bir marta oʻtirib qolib, qulogim tom bitgan. Mashina quriganday......

DAVLAT: - Ey, sen avval oʻzingni eplab ol. Oʻlikka yiglayman emish. Men tirikman. Koʻzing soʻqir boʻlsa, oʻzingdan koʻr. Bitta xotin olishni eplolmaysan-u, yana achchiging chiqadi. Shu aytgan masalang xam oʻzi shuni tuzatishdan oson. Bunga zapchast kerak, senga kalla.

SULTON: - Senga yalinib kelsam, sen......

DAVLAT: - Ha, xoʻp, boʻldi! «Odnolyub»... «birsevar» deb tarjima qilsa boʻladi. Sen shunaqa birsevarmisan? Boʻldi, menga qolsa, men rozi. Nima yordam kerak boʻlsa, tayyorman.

SULTON: - Shunday de. Odamni sil qilib yuborasan! Men unday, men bunday.

DAVLAT: - Oʻzing ham... Xay, nima uydagilarni shuncha rozi qilolmaysanmi? Tavba, qaysi zamonda yashayapsan? Aytaveradi-da ular. Sen dardingni yor, tushuntir, koʻnglim boʻlmagan qizga majbur qilmanglar, de. Bunaqa lalayib yuraversang......

SULTON (siniq asabiy kuladi): - Gaping toʻgʻri-ku-ya, lekin ular xam shuncha vaqtdan beri menga qaratib oʻtirishibdi-da.

DAVLAT: - Kimlar? Xolanglarmi?

SULTON: - Hammalari. Oyim, dadam, xolam. Xolamning eri pochcham ham biladi. Meni koʻrsa galati boʻlib qoladi. Yoʻq deyishim xayollariga ham kelmaydi. Aytsam oyim yo meni oʻldiradilar, yo oʻzlarini bir narsa qilib qoʻyadilar. Qon bosimlari bor....

DAVLAT: - Tavba, nimangga bitta qizni qaratib oʻtirishibdi, maymundan uncha farqing yoʻq.... Ha, dadang-chi? Ota-oʻgʻil boʻlib bir dardlashib olmaysanmi?

SULTON: - Dardlashib?

DAVLAT: -Biraytibkoʻr.

SULTON: - Dadamga-ya? Kallamni olar... Dadam oyimsiz hech ish qilmaydilar. Ogizlaridan oyimning tili chiqib turadi-yu.

DAVLAT: - Yaxshi ekan, ahil boʻlishsa.

Sulton Davlatga ogrinib qaraydi.

DAVLAT: - Men shu ish, sening masalang boʻlmaganda, demoqchi edim. E tavba, onang olib bergan xotin bilan maza qilib yashayvermaysanmi, nodon? Bular uylanguningcha boshqacha, koʻzingga olov boʻlib koʻrinadi, keyin choʻgi ham oʻchib, bir xil xotin boʻlib qoladi. Sen xotin koʻrgan odamning gapiga quloq sol. Koʻrdingmi, meni yeru koʻkka ishonmaydi bunisi. Oʻrnak ol.

Sulton indamay, sigaretaga qoʻl choʻzadi. Yuzida Davlatning gapini eshitmayotgan bir ifoda.

DAVLAT: - Sen oʻtirib, kalitni bura. Bir-ikki marta gazni bosib yubor. Men orqasidan benzin haydayman.

SULTON: - Oʻtirmayman. Shimim iflos boʻladi.

DAVLAT: - E-e, chekma. Oʻzi toʻrtta qolgan.

Qoʻngiroqjiringlaydi.

DAVLAT: - Bor, qara, kim ekan. Elektrdan boʻlsa, keyin kelasiz, de.

Sultonboribeshikniochadi.

Koʻchada Sultonga notanish Ra’no turgan boʻladi.

Ra’no Sultonga tikilib qaraydi.

SULTON: - Keling? Adashdingizmi?

RA’NO: - Men toʻgʻri keldim. Siz adashgandirsiz. Davlat akam uyda-ya?

SULTON: -Ha,ana.

RA’NO: - Bilaman. (qoʻlini koʻtarib, barmoqlarini jimjima qildi) Davlat aka, men keldim! Sa-alom!

DAVLAT: - E., muncha tez? Salom, salom!

Ra’no ship etib kiradi.

Sulton orqada hayron boʻlib qoladi.

DAVLAT: — Bitta choy qiling. Manavi gʻarib ham qoʻlingizdan choy ichsin.

RA’NO: - Keyin aynib yurmasin. Halitdan tikilib qarayapti.

Ra’no bir buralib, uyga kiradi.

Sulton Davlatning oldiga keladi.

SULTON: - Shumi yana bitta muhabbating?

DAVLAT (shodlanib): - Aqling yetmaydi sening.

SULTON: - Toza uchraganga oʻxshaysan.

DAVLAT: - Hey-hey, birinchi koʻrib turibsan-u......

SULTON: - Adashayapsan, joʻra. Farishtasi yoʻq buning.

DAVLAT: - Farishtasini nima qilaman, yurishga xalal beradi. Oʻzing qarayverma, gap eshitib qolasan.

SULTON: - Qaraganim yoʻgʻ-e! Oʻzining koʻzi qattiq ekan.

DAVLAT: - Sen qizlarning koʻzini bilib qoldingmi?

SULTON: - Xotining, bolang bor-a! Oʻylamaysan.

Diloromlarni Uyi. Choshgohdan Keyin

Sovchi xotinlar xontaxta ustida yengil yasogliq dasturxon atrofidan joy oladilar.

Dilafroʻz indamay manzirat qilib, ularning koʻrpachaga choʻkishlarini kutadi.

Uchovi uch tomonga alanglaydi.

Toʻrdagi sandiq ustiga guldor koʻrpalar taxlangan.

Yonboshdagi «stenka» yaxshigina idish-anjomlarga liq toʻla.

Devordayangigilamosigliq.

Uyning polida bir qarich ham ochiq joy yoʻq, hamma yerini gilam qoplagan.

DILAFROʻZ: - Hozir oyimning oʻzlari kiradilar. Qoʻllarini yuvib.

HANIFA XOLA: - Ayt, ortiqcha ovora boʻlmasinlar. Biz hozir turamiz.

DILAFROʻZ: - Hozir, hozir.

Dilafroʻz chiqadi.

Sovchilar darrov bir-birlari bilan ma’noli koʻz urishtiradilar: ma’qul!

Yana ular nigohlari bilan uydagi har bir ashyoni koʻzdan oʻtkazadilar. Kichik sovchi -Sanobar gilamni qayirib, tagiga qaraydi.

HANIFA XOLA: - Sharofatxon oʻziga juda puxta xotin. Qizlarini ham badastur qilib qoʻygan. Chizgan chizigidan chiqarmaydi.

MA’RIFAT AYA: - Yaxshi! Mehnatning ta’mini totgan oila-da. Ozodagina ekan. Oʻzi ham nima ish boʻlsa, qilib ketaveradimi deyman. Qizlariga ham shunday tarbiya bergan boʻlsa, juda yaxshi.

SANOBAR: - Boyagi koʻrganimiz qizlardan qoraqoshrogi. Bizlarni opkirgani - singlisi.

SANOBAR: - Lekin ikkovi ham binoyidek ekan. Bittasi oʻzini ichkari oldi-ku, oʻsha.

HANIFA XOLA: - Oʻsha qaytib kirib ketgani Sharofatga oʻxshab ketadi. Ikkita qizi bor, bittasi hali uzatiladigan yoshga yetgani yoʻq, deyishgan edi. Uchinchi qizni ham koʻrgandayman. Hali choy damlattiramiz-ku, boʻlmasa soʻrab bilarmiz. Men uncha tanish emasman-da.

MA’RIFAT AYA: - Kirib ketgani. Men bir-ikki koʻrganman. Bunisi qoʻshni-poʻshni boʻlsa kerak. Qizlar ham darrov katta boʻyalpti, bir-ikki yil koʻrmasangiz, tanimay ham qolasiz...

Oʻtkir Akaning Hovlisi

Boshqa kun.

Biz koʻrgan soʻrida Jumagul opa bilan Oʻtkir aka oʻtiradi.

Oʻtkir aka yonboshlagan, oʻrtada choynak-piyola.

Jumagul opaning kayfiyati yaxshi, eriga mehr koʻrgazgisi keladi.

JUMAGUL OPA: - Koʻp yurdingizmi? Oyogingizni uqalay? Xoʻp deng.

Jumagul opa eriga intiladi.

Oʻtkir aka qoʻl harakati bilan uni toʻxtatadi.

OʻTKIR AKA: - E, qoʻy. Gʻayrating kelib, ezib yuborasan.

JUMAGUL OPA: - Men ezar ekanmanmi? Sal koʻnglingizni olay desam....

OʻTKIR AKA (jilmayib): - Aytaver-da, kirish qilmay. Nima gap? Nima olmoqchisan?

Jumagul opa oʻzini hayronlikka soladi.

JUMAGUL OPA: — Hech narsa olmayman. Hech narsa kerak emas.

OʻTKIR AKA: - Heh, seni bilmaymanmi? Eritishga tushding-ku, bir narsa undirmoqchisan-da.

JUMAGUL OPA: - Hech ham-da. Qayta sizni xursand qiladigan gap aytmoqchi edim.

OʻTKIR AKA: - Shu-da. Boʻpti, ayt. Nima ekan? Albatta, sen yangi koʻylak kiysang, men xursand boʻlaman. Yo shubami?

JUMAGUL OPA: - Palʼtom ham kuni bitgan, shubani-ku olib bermaysiz. Mayli, oʻzimni zoʻrga koʻtarib yuribman. Mening boshqa gapim bor.

OʻTKIRAKA: -Xoʻsh?

JUMAGUL OPA: - Toʻy qilamiz! Opam kelgan edilar.

OʻTKIR AKA: - Opang aytdimi?

JUMAGUL OPA: - Yoʻq, men aytdim. Sulton oʻqishni bitir-yapti, dedim. Saodatga ham har yoqdan sovchi kelib yotgan ekan. Opa, boʻldi, endi choʻzib yurmaylik, dedim.

OʻTKIR AKA: - Opang nima dedi?

JUMAGUL OPA: - Nima ham deydilar? Shuncha yildan beri niyat qilib yuribmiz.

OʻTKIR AKA: - Niyat boshqa, aniq bir gapga kelish boshqa. Boʻpti, sovchingni yuboraver, dedimi?

JUMAGUL OPA: - Birdan shunday deydimi sizga.

OʻTKIR AKA: - Ha?

JUMAGUL OPA: - Oʻylashaylik, deydi. Sen oʻgʻling bilan gaplash, men qizim bilan, deydi. Birdan opket qizimni, demaydi-ku.

OʻTKIR AKA: - Xoʻp, yaxshi. Nimadan boshlaymiz? Sovchi yuboramizmi?

JUMAGUL OPA: - Yoʻgʻ-e, begona emas-ku.

OʻTKIR AKA: - Ha, sovchi yubormaydimi?

JUMAGUL OPA: - Yubormaymiz, boramiz. Er-xotin ikkovimiz bir oʻtaylik, mehmon boʻlib. Avval yaxshilab gaplashib olamiz. Keyin hamma qiladigan rasmi-rusmini boshlayveramiz.

OʻTKIR AKA: - Mayli-yu, Jumajon... bir oʻylab olsak boʻlarmidi, deyman.

JUMAGUL OPA: - Nimasini oʻylaydi?

OʻTKIR AKA: - Hammasi yaxshi, opang ham yaxshi, qizi ham. Bojam tillo odam. Lekin......

JUMAGUL OPA (sal xavotir bilan): - Ayta qoling!

Mahalla Koʻchasi. Choshgohdan Keyin

Boya Nozimga toʻqnash kelgan ikki sovchi xotin endi boshqa koʻk darvoza oldida. Kichigi choʻzilib, qoʻngiroq tugmasini bosadi.

Darvoza eshigi ochilib, qirq besh - ellik yoshli uy bekasi mehmonlarni ichkariga manzirat qiladi: uning shunday mehmonlar kelishini kutayotgani koʻrinib turadi. Sovchilar bir zum ikkilanib, keyin oldinma-keyin ichkari kiradilar.

Ichkaridagi Xona

Uy bekasi chaqqon borib, yasatilgan stol ustiga yopilgan matoni oladi.

Stoldagi oppoq naqshli dasturxon turli xil kutilmagan mehmon kelishiga moʻljallab, billur koʻra (vaza), chinni likopchalarda pistayu bodomlardan iborat qars-qurs, turli xil shokolad, konfetlar bilan tuzab qoʻyilgan.

Ikki sovchi stol tegrasidan joy oladi.

Uy bekasi ham oʻtirgach, fotihaga qoʻl ochiladi.

Fotihaga qoʻlini ochgan yosh sovchi hali omin qilishga ulgurmay, uy jihozlariga alanglashga tushadi.

KATTA SOVCHI: - Qani, omin, parvardigor hammamizni koʻzlagan niyatlarimizga yetkazsin, yoshlarimizga xudoyimning oʻzi riz-qu toʻkinchilikning eshigini ochib qoʻysin! Omin!

UY BEKASI: - Omin! Xush koʻrdik. Yaxshimisizlar?

KATTA SOVCHI: - Xushvaqt boʻling. Oʻzingiz yaxshimisiz? Xoʻjayin, akam yaxshimilar? Qizim qanotingizga kirib, chopqillab ishlarni qilib yuribdimi?

UY BEKASI: - Rahmat, rahmat! Xudoga shukr, yaxshi. Faqat... xoʻjayin oʻtib qolganlar.

KICHIK SOVCHI: - E-e......

KATTA SOVCHI: — Voy, kechirasiz, koʻngilga olmang. Bilmabmiz. Oxiratlari obod boʻlsinG Xayr endi, bir koʻrgan tanish, ikki koʻrgan bilish deyishadi.

KICHIK SOVCHI: - Uch koʻrgan qarindosh....

UY BEKASI: - Aytganingiz kelsin.

KATTA SOVCHI: Kerak boʻlsa, chorigimizning poshnasi yeyilib tushib ketguncha qatnaymiz. Parvardigor shunaqa yaxshi tashvishlardan benasib qilmasin. Qani, Halima......

KICHIK SOVCHI: - Xolajon, bezovta boʻlmang. Biz soʻroqlab keldik. Darrov qaytamiz.

UY BEKASI: - Voy. Odamni xijolat qilmang. Eshiklik uy, hech boʻlmasa bir piyola choy......

KATTA SOVCHI: - Shu bir piyola choyni ichamiz, albatta. Damlab olib kirsa. Biz ham bir...a?..

UY BEKASI: - Xoʻp, xoʻp.

Uy bekasi oʻrnidan turib, qoʻlini koʻkragiga qoʻyadi.

UY BEKASI: - Faqat shoshilmanglar. Bir kelib qolibsizlar.

KICHIK SOVCHI: - Bezovta boʻlmang. Xudo yoʻlimizni ochsa. Hali koʻp kelamiz.

UY BEKASI: - Aytganingiz kelsin. Men, hozir....

Uy bekasi, qoʻlini koʻkragidan olmay, chiqishga hozirlanadi.

Shu odatimiz ham ajoyib-a, bir-birini koʻrmagan, mutlaqo tanimagan, hatto xayoliga ham keltirmagan yigit-qizlar shunaqa sovchilar sabab boʻlib, oʻrtada bir yuz koʻrishib, turmush qurib ketaveradi.

Istirohat Bogʻi. Choshgoh

Anhor boʻyidagi uzun yoʻlak, choshgoh boʻlgani uchun hali bosh-qa sayr qiluvchilar yoʻq, osoyishta, tinch.

U tomondan kelayotgan juft Orif bilan Sharifa koʻrinadi.

Sharifamiz yigit bilan yurib oʻrganmagan-da, tortinchoq, yana har tarafga hurkak nazar tashlaydi.

Yana Orif uning qoʻlidan tortib, qoʻltiqlashib yurishga undaydi, Sharifa nafaqat qoʻlini, butun qomatini bu yoqqa tortadi.

SHARIFA: - Orif aka, qoʻying! Toʻgʻri yuring. Uyalaman.

ORIF: - Qoʻlushlashishningnimasiuyat?Fotihaqilinganboʻlsak.

SHARIFA: - Qoʻlimni ushlamasangiz yurolmaysizmi?

ORIF: - Qochib ketasizmi deyapman-da.

Orif yana Sharifaning qoʻlidan tortadi.

Sharifa boʻshroq qarshilik koʻrsatadi.

Sharifa, qoʻli Orifda, navnihol qaddini bu yoqqa tortgan, qaltirab ketadi - qancha tortinsa, shuncha jozibali goʻzallik.

SHARIFA: - E-e, odamlar qarayapti.

ORIF (atrofga alanglab): - Hech kim yoʻgʻ-u.

Anhor boʻyi, sokin, lekin tez oqayotgan suv, yengil shabadada sollanayotgan daraxtlar, daraxtlar ustida keng osmon.

Faqat Sharifaning uyatchanligi Orifni diqqat qiladi-da.

Nozimning Uyi. Choshgohdan Keyin

Nozim boyagi alpozda kitob oʻqiyapti. Xona burchagida boyagi qovun.

Hovli. Choshgohdan Keyin

Darvoza ochilib, Hamida xola kiradi. U nimadandir choʻchib ketgan. U toʻgʻri Nozim oʻtirgan deraza oldiga boradi va hamishagidek baland soʻraydi.

HAMIDA XOLA: - Nima boʻldi? Derazadan Nozim hayron boʻlib qaraydi.

NOZIM: -Nimaboʻldi?Ha?

HAMIDA XOLA: - Nimaga kulyapsiz, bolam? Odamning yuragini yordingiz. Hech kim yoʻq joyda bir oʻzingiz....

Nozim endi xaxolab kuladi.

Kampir battar qoʻrqib qaraydi.

HAMIDA XOLA: - Oʻzingizga oʻzingiz?..

NOZIM: - Kitob oʻqiyapman, xola. Juda qiziq.

HAMIDA XOLA: - Kitobga ham odam kuladimi? Esim chiqib ketdi.

Hamida xola yoqasiga tuflaydi.

HAMIDA XOLA: - Odam bir oʻzi boʻlsa, oʻziga oʻzi gapirib, oʻzicha kulib... miyasi aynib qolishi hech gap emas. Tezroq xotin oling, bolam. Xudoyim hamma jonzotni juft qilib yaratgan. Bunaqa yolgiz turmang, xosiyati yoʻq.

Karavotda Oygul paydo boʻlib, Nozimga jilmayadi.

OYGUL: - Ha, Nozim, xosiyati yoʻq, uylaning. Bunaqa yurmang. Oʻzingizni dunyoning erkasi deb oʻylaysiz-da, a?

NOZIM: - Nimaga bunaqa deysiz?

OYGUL: - Hatto begona kampirlar ham gamxoʻrlik qilgandan keyin.

NOZIM: - Ustimdan kulyapsizmi?

OYGUL: - Kampirlarga kulgi boʻlib yurganingizdan keyin kulaman-da.

Oygul yoʻq boʻlib qoladi - karavot boʻm-boʻsh, roʻyjaning hatto taxi ham buzilmagan.

Nozim kuladi.

Nozim, kampir eshitishi kerak gapni qattiq-qattiq aytadi, gapirganda koʻproq yuz imo-ishoralari va qoʻllarini ishga soladi.

NOZIM: - Obbo xola-ey! (kampirga eshittirmay) Shu tuynukni bir balo qilib yopish kerak.

HAMIDA XOLA: - Kechagi bergan chinnini bering. Yedingizmi, ishqilib?

NOZIM: - Ha, yedim, yedim... Xola, boshqa ovora boʻlmang.

Hamida xola deraza rahiga suyanib oladi.

HAMIDA XOLA: - Razzoq akangizning toʻyidan. Oʻ-oʻ, ikki marta qamaldi, bittasida Chorsuda toʻrt kilo lahm bilan qoʻlga tushib, keyin bir joʻra atlas sotaman deb. Mana, xudo degan ekan, toʻylar qildi, qizlar uzatdi, oʻgʻil uylantirdi. Lekin Manzura opangiz qattiq. Juda pishiq. Norin sotardi bozorda. Melisa kep qolsa, togorasini etagi bilan yopib, oʻtirib olardi. Melisa qaysi yurak bilan birovning xotinining etagini koʻtarib koʻradi?..

Nozim ma’qullab bosh silkiydi, unga eshittirmay toʻngillaydi.

NOZIM: - Melisa odobli boʻlgan ekan...

HAMIDA XOLA: - Soʻrayman deyman: oqshomi bilan nima yeb chiqasiz?

NOZIM: - Qanaqa nima? Hech nima yemayman.

HAMIDA XOLA: - Doim... bir yozasiz, likopchadan bir narsa olib yeysiz. Bir yozasiz, bir yeysiz.

Nozim kulib yuboradi.

NOZIM: - Likopcha emas, kuldon-ku, xola. Mana, kuldon. Chekaman. (Kampirga eshittirmay) Kechasi ham poylaydi-ya, ober-kampir-shturmbanfyurer!

HAMIDA XOLA: Ha-a, paparosmi? Menga ham bitta bering.

Nozim choʻzilib kampirga sigaret beradi.

Hamida xola sigaretani tishlab, imo bilan gugurt soʻraydi.

Nozimgugurtchaqibtutadi.

Tutun tortganda kampirning yuzi bujmayadi.

Nozim ketgan sigaretasiga achinib qaraydi.

HAMIDA XOLA (tutunni puflab): - Voy, zahar boʻlmay oʻlsin, muncha achchiq!

Nozimning xayolida karavotda oʻtirgan Oygul uni fosh qiladi.

OYGUL: - Qizganchiq. Sigaretingizga ichingiz achiydi, lekin bergan ovqatlarini paqqos tushirasiz. Uylanish kerak, bechoraginam.

Xayolparast Nozimning bundan keyin Oygulga aytadigan hamma gaplari ham xayolida aytiladi.

NOZIM: - Bechoraginam? Nimaga endi? Uylanmasa, bechora boʻlib qoladimi?

OYGUL: - Menga bechorasiz-da. Koʻngli ochiq, toza yigit, kimning qoʻliga tushar ekan, mendan zoʻrini topadimi, deb oʻylayman-da.

NOZIM: - Uylanish, nima, hayot yo mamot masalasimi? Muncha hamma gapiradi.

OYGUL: — Hayotning asosi ham, davom etishi ham shu-ku.

NOZIM: - Asos shu deb, toʻgʻri kelganga uylanaveradimi?

OYGUL: - Hech kim toʻgʻri kelganga uylanmaydi. Odam oʻziga toʻgʻri kelganiga uylanadi. Oʻzigatoʻgʻrikelganiga!

NOZIM: - Siz-chi, toʻgʻri kelmadingizmi menga?

OYGUL: - Men toʻgʻri kelgan edim, juda toʻgʻri kelgan edim. Lekin siz meni koʻrib turib, koʻrmadingiz.

Nozimning uyida bir ruh bor: stol ustida sochilgan qogozlarda, uchta kitobda, kompʼyuterda, karavot ustida tekis sirilgan roʻyjada, xullas, hamma narsada, tokchada turgan telefon xuddi hozir oʻz-oʻzicha jiringlab ketadigandek.

Odam yolgiz yashasa, hamma narsasi gapiradi.

Diloromlarning Oshxonasi

Oshxonada Dilorom, qoʻshni Dilorom va Dilafroʻz.

Dilorom choy damlaydi.

Qoʻshni Dilorom kursida bemalol oʻtiradi.

Dilafroʻz deraza tokchasidan joy olgan.

DILOROM: - Darvozadan qaytarib yuborsa ham boʻladi-ku. Ichkariga kirgizgandan keyin ular ham umidlanadi.

QOʻSHNI DILOROM: - Qiziqmisan, Dilor, mehmon-ku bari bir, eshikdan qaytarib boʻladimi.

DILOROM: - Shu choy opkirish ham jonimga tegib ketdi. Kirsang, koʻzlarini miltiqday qadaydilar. Dilor, san opkir, iltimos!

QOʻSHNI DILOROM: - Oʻylab gapiryapsanmi? Senga kelgan sov-chiga choynakni men olib kiramanmi? Anavi aytganingga ham oʻrningga men tega qolay?

Dilorom koʻzi bilan Dilafroʻzni imo qiladi.

Qoʻshni Dilorom labini tishlaydi.

Dilafroʻz esa gapni qulogi bilan ilib olgan.

DILAFROʻZ: - Ha-a, kim u aytganlari?

DILOROM (singlisining gapini eshitmaganga olib): - Bu yerdan chiqqandan keyin bari bir sizlarnikiga ham kiradi.

QOʻSHNI DILOROM: - Qiz axtarib yurgan emas, aniq oʻzingni soʻrab kelishgan boʻlsa-chi. Oʻzimizdan-ku bular. Uchovlashib kelishibdi-ya.

DILAFROʻZ: - Ha-a, bir gap bor. Bari bir bilib olaman.

DILOROM: - Ji-im oʻtirgin, xoʻpmi, ona xotinlik qilmay. Keyingi vaqtlari ja haddingdanoshibketyapsan.

DILAFROʻZ: - Voy men nima dedim, opa? Oʻzlaring-ku mendan gap yashirayotgan.

Hovlidan Sharofat ayaning tovushi keladi.

SHAROFAT AYA: - Hay. Dilorom, qizim, choy olib kirmaysanmi?

DILOROM: - Uf-f. Choy ichmay qurib ketgurlar.

Davlatning Hovlisi

Boyagi manzara.

Davlat yana «Zaporojets»ni kavlayapti.

Sulton uning atrofida parvona, lekin qoʻlini iflosga urgisi yoʻq.

DAVLAT: - Ha, koʻp burningni osiltirma, bir yoʻli topiladi. Odam hech qachon umidni yoʻqotmasligi kerak. Boʻlmaydigan ishning oʻzi boʻlmaydi. Beshikkertti qilingan boʻlsa nima? Bolaligingda boʻlgan gap.

SULTON: - Hozir ham shu gap kelyapti-da, Davlat.

DAVLAT: - Qiz bilan yurib, va’da berganing yoʻq-ku. Qoʻlini ham ushlamagansan, demak, aldamagansan ham. Xolangning qizi, olmasang, oraga bir sovuqchilik tushadi, keyin, bari bir, opa-singil, yana topishib ketaverishadi.

SULTON (engil tortib): Sen ham odamga oʻxshab qolar ekansan. Ha, endi gapingni eshitsa boʻladi.

DAVLAT: — E-e, nima deyapsan? Men yaxshi odamman. Senga yaxshi maslahatlarni beryapman," qulogʻingga kirmayapti. Xoʻsh, nima qildik?

SULTON: - Buncha kavlaysan? Oʻzi tushunasanmi motorini?

DAVLAT: - Shunaqa qilib bilib olaman-da. Oʻrganyapman.

SULTON: - Iy-e, hech narsasini bilmay qanday oʻrganasan?

DAVLAT: - Men shunaqa qilib oʻrganaman Hali bir usta boʻlib ketay-ki.

SULTON (istehzo bilan tomoq qiradi): - Bilmadim, bilmadim. Bu mashinaning ustasi boʻlib qayoqqa ham borar eding.

Davlat boshini koʻtarib, qoʻlini artishga tushadi.

DAVLAT: - Ha, aytganday, yana bir yaxshi doʻstimiz ham bor-a. Nima deding? Hamma yogi gij-bij aql, bir maslahat chiqar undan ham. Uchovimiz oʻtirib aqllashamiz. Kalla jonivor ishlaydi. Hu, ichkarida telefon bor. (ovozini koʻtaradi) Ra’no! Guli Ra’no! Telefonni chiqarib tokchaga qoʻying.

SULTON: - E-e, buning ketmaydimi?

DAVLAT: - Ket deyishim kerakmi?

SULTON: - Men bilan gaplashyapsan-u, xayoling uyda. Hozir Nozimni ham chaqirsak... Uyalmaydimi?

DAVLAT: - Har kuni shu yerda-yu, nimaga uyaladi. Sizlarga ham xizmat qilsin.

Auditoriya

Toʻrt buklangan qogoz qoʻlma-qoʻl oʻtib, nihoyat manziliga - Saodatning qoʻliga yetib boradi.

Saodat qogozni ochib oʻqiydi, Alisherga befarq koʻz tashlaydi.

Alisher unga umid bilan, hayajonli qarab turgan boʻladi. Im qoqib, nigohi bilan soʻraydi.

Saodatning katta-katta ochilgan koʻzlarida biron-bir tuyguni sezmaymiz, beparvolik bor lekin.

Saodat qogozni yirtmoqqa chogalanadi-yu, lekin atrofgi bir koʻz tashlab, yana taxlab, kitobi orasiga solib qoʻyadi.

Hali ham ishqini qogozda izhori dil qiladigan yigitchalar bor ekan-da. Biz boʻlsa bular hozir sevgisini «esemes» bilan aytadi deb oʻylabmiz. Ha, hali Saodatning qoʻl telefoni yoʻgʻ-a.

Sharofat Ayaning Uyi

Haligi uch sovchi xotin, Sharofat aya.

Oʻsha uy, oʻsha dasturxon, oʻsha manzara.

Sanobar qoʻl telefonini qoʻliga oladi va yana yoniga qoʻyadi.

MA’RIFAT AYA: - Tez-tez telefon qiladi. Oʻzi ham soatlab gaplashadi. Bir oʻzi-da. Soginib ketdim, deydi. Oshlar koʻz oldimdan shunday oʻtaveradi, manti, norinlarni yegim keladi,deydi.

HANIFA XOLA: - Ularda yoʻq boʻlsa kerak-da, a?

MA’RIFAT AYA: - Qayoqda! Ular umuman yoglik narsalarni yemas ekan. Nima deydi, haligi.... Sanobar, aytgan edim-ku?. Haligi......

KICHIK AYoL: - Xolesterinmi?

MA’RIFAT AYA: - Ha, xolesterin. Shu narsasi koʻp deb yeyishmas ekan. Hamma yeydigani qaynatilgan, dimlangan, uning ham yogi boʻlmas ekan.

HANIFA XOLA: - Oshlarni-chi?

MA’RIFAT AYA: - Osh? E-e, oshga yoʻlashmaydi ham. Bizlarga oʻxshab quyruq yogiga qilingan oshlarni yeyish qayoqda!

Sharofat aya odob saqlab, goh unisining, goh bunisining ogziga qarab oʻtiradi.

HANIFA XOLA: - Ularda ham toʻylar boʻlar? Toʻyda nima ovqat qilishar ekan? Yo toʻyga ham yegulikni oʻzlari bilan olib boradilarmi? Shunaqa deb eshitar edik.

SANOBAR: - Yoʻgʻ-e, unaqa emas. Faqat oldindan aytib qoʻyadi, biz boryapmiz, deb. Uy egalari ovqatini shunga qarab qiladi. Bizga oʻxshab bostirib kirib borish yoʻq. Toʻylari ham restoranlarda oʻtadi. Mana, oʻzimizda ham toʻylar restoranga oʻtib ketdi-ku. Lekin u yerdagi hayotningoʻzitoʻy.

MA’RIFAT AYA («Chalgʻib ketdik» degan ma’noda Hanifa xolaga im qoqadi, Sanobar» bilan koʻz urishtiradi): - E-e, xullas, shuncha yildan beri oʻsha yoqda. Oti nima edi?.. Ha, Mo... Mordi...Sanobar,nimaedi?

SANOBAR: - Opa, doim aytaman-ku, mantini esingizga keltiring deb. Manti!

MA’RIFAT OPA: - Xoʻp, manti. U yogi ham esimga kelmaydi-da.

SANOBAR (Sharofat ayaga qarab): - Monte-Karlo. Monte-Karloda ishlaydi.

SHAROFAT AYA: - U... Montisi... qaerda?

SANOBAR: - Yevropada, xola. Oʻrta Yer dengizining boʻyida. Zoʻr, kurort, turistik shahar. Juda mashhur. Sarvarjon Fransiyada oʻqigandan keyin, oʻsha yerga ishga oʻtgan. Oyligi ham juda katta. Dollarga chaqsak, yuz mingdan ham koʻp.

SHAROFAT AYA: - E-ha, bizlarning pulga qancha?

MA’RIFAT AYA: - E juda koʻp. Yana kiy sotadigan doʻkoni ham bor.

SHAROFAT AYA: - Kiyi nima ekan?

SANOBAR (ikki qoʻli bilan kiy tutgan boʻlib koʻrsatadi): - Munaqa qilib uradi-ku. Bilyardtayoqchasi.

SHAROFAT AYA (uncha tushunmay): - Shuni ham olar ekanmi?

SANOBAR: - Ha, kurort shahar, hamma yogi shunaqa oʻyinlar, kazino!

Bu gapga Hanifa xola ham hayron boʻladi.

Ma’rifat aya Sanobarga qarab, uning gapini ma’qullab, quvvatlab oʻtiradi.

SANOBAR: - Ishqilib, hamma narsasi toʻkis, mashinagacha olgan. U yoqda mashina olish uncha gap emas-ku-ya. Bu yoqda ham uyga bittasini olib berib qoʻygan.

MA’RIFAT AYA: - Faqat dadasi minmaydilar. «Qoʻy, bu qimmat balo, bir narsa boʻlib yurmasin», deydilar. Oʻzlari haydashni bilmaydilar-da. Togasi Sharifga tirikchilikka «Kamaz» berib qoʻygan. Faqat shu bitta kamchiligi....

HANIFA XOLA: - Sharofatxon, bularga qoʻshniman, shuncha yildan koʻrib-bilib kelayotganim uchun sovchilikka bosh qoʻshib keldim. Bolasi juda yaxshi bola. Oʻzimizning qizlardan uylanaman, deb yurgan ekan.

MA’RIFAT AYA: - Shunday. Shunday.

HANIFA XOLA: - Endi gapni yashirib nima ham qildik, qizingizni soʻrab kelganimiz. Yana buning bolasi, juda yosh, kecha maktabni bitirgani boʻlmasin, bu yerda siqilib qoladi, depti. Oʻqigan boʻlsin, til bilsin, bu yerda odamlarga aralashadi, uyda oʻtirib qolmaydi, ishlataman, deydi.

SHAROFAT AYA: - Yaxshi, yaxshi.

SANOBAR: - Aqllik bola-da. Ha, aqllik boʻlmasa, shuncha yildan beri oʻsha yoqda oʻqib, yana ishlab yurarmidi. Bu yil doktorlikni ham yoqlaydi. Ularda kandidat degani boʻlmas ekan, birdandoktor.

HANIFA XOLA: - Qizingiz bu yil bitiradi a? Til biladi? Qarang, bizlar ham oʻqib, til oʻrganishni oʻylamabmiz. Ana, kerak boʻlar ekan.

SANOBAR: - Ha, xola, yana oʻqimoqchimisiz?

HANIFA XOLA: - Nevaralarim oʻsh yoqlarga ketsa, borib bolalariga qarar edim. Qoʻshni xotinlar bilan nima tilda gaplashaman?

SHAROFAT AYA: - Ularda ham qoʻshni boʻlar ekanmi?

MA’RIFAT AYA: - Voy, qoʻshni hamma yerda qoʻshni-da.

SHAROFAT AYA: - Eshigi toʻgʻrima-toʻgʻrilar ham bir-birini tanimas ekan-ku?

HANIFA XOLA: - O-o, bizlardagi ahlchilik qayoqda!

Chet elni koʻrmagandan keyin juda qiziq tuyulsa kerak, odamlar bilmagan narsasini xuddi koʻrgandek, u yerdagi ishlarni oʻzi tepasida turib qildirgandek gapiradi. Xudo beraman desa, qoʻshqoʻllab beradi

Sharofat Ayaning Uyi

Oʻsha manzara, oʻsha sovchi xotinlar, oʻsha hangoma.

SHAROFAT AYA: - Oʻqishini bitirib olsin deb, shu vaqtgacha uzatmadim. Boʻlmasa, koʻp joydan odam keldi. Kelyapti.

HANIFA XOLA: — Ha, albatta, albatta. Kim biladi, xudoyimning oʻzi yoʻlimizni toʻgʻri" qilgandir. Biz axtarib yurgan, xoʻp mos ekan-da. Ajab emas, farishta ovmin degan boʻlsa....

MA’RIFAT AYA: - Xay endi, peshanasiga yozilgani boʻladi-da. Buningizning til bilgani yaxshi ekan-da. Sarvarjonning ham tayinlagani shu - oyi, til bilsin, til bilsa bu yoq jannat deydi.

HANIFA XOLA: - Xudoyimning oʻzi yoʻlimizni toʻgʻri solgani shu-da.

Sharofat aya ancha ta’sirlanib, yerga qarab oʻtiradi, koʻnglida rozi ekanini bildirmaslikka urinadi.

Keyin sekin turib, eshikka yuradi.

Sanobar telefoni qoʻliga olib, Ma’rifat ayaga qarab qoʻyadi.

Ma’rifat aya «mayli» degan ma’noda bosh irgaydi.

Dahliz

Dilorom eshik oldida choynak koʻtarib turibdi.

Eshik ochilib, Sharofat aya koʻrinadi.

Sharofat aya, oʻzini chekkaga olib, Diloromga «Kir!» deb imo qiladi.

Sanobar telefonini Diloromga toʻgʻrilaydi.

Nozimning Uyi

Deraza tokchasida turgan eski telefon apparati jiringlaydi.

Hamida xola deraza yonidan ketmay turaveradi. Pagʻa-pagʻa tutun qaytaradi - tutunni yutmay chekishibilinibturadi.

Nozim qulogi goʻshakda, kampirga ogrinib qaraydi.

NOZIM (telefonga): - Bugun shanba-ku... Kim?.. Ha, Sultonmi... Nima deydi? Bu kampirga nima ekan?.. Sizga emas... Mayli, oʻtaman... Shundan shu yoqqa qovun koʻtarib yuramanmi? Ja tekin mardikorni topgansiz-da. Odamning oʻzi ketini koʻtarolmagandan keyin... Ey, aytganday, limuzin yurmadimi? Bozorga bir savlat toʻkib kelar edingiz-da.

HAMIDA XOLA: Kim?

NOZIM: - Bitta joʻra. Oʻtiraylik deyapti.

Nozim kursiga oʻtirib, kitobiga atay tikilib oladi.

Hamida xola nima qilarini bilmay, bir muddat turib qoladi.

Hovli

Hamida xola, qoʻlida chinni kosa, darvoza tomonga qaytayotib javraydi.

HAMIDA XOLA: - Ey xudoyim-ey! Bir piyola choy damlab beradigani yoʻq. Och-nahor. Uylab qoʻymaydilarmi? Xoʻb ota-onalar bor-da... Voy-voy-ey! Jinni boʻladi-da, mana shunaqa qilib. Oʻpkasini chiritib chekadi.

Oygul karavotdan turib kelib, stol ustidagi sigaret qutisidan bitta olib, oʻzi tutatib chekadi.

Nozimga qarata tutun qaytaradi

NOZIM: - Jy, ey, bu nima qiliq? Chekmas edingiz-ku.

OYGUL: - Sizning hasratingiz chekmaganimga qoʻyadimi?

NOZIM: - Hasrat-a? Hech bilmadim-ku?

OYGUL: - Siz qiz bolaning koʻnglini bilasizmi? Qiz bolaning koʻngli, eh-he....

Nozim koʻz oldidagi roʻyoni haydab, boshini siltaydi.

Oygul yoʻqoladi, uning oʻrnida tutun - Nozimning oʻzi chekkan sigareta tutuni.

Tutun derazaga tortilib ketadi - bu boya Hamida xola chekkan sigaretdan qolgandir, balki.

Oʻtkir Akaning Hovlisi

Soʻrida Oʻtkir aka bilan Jumagul opa.

JUMAGUL OPA: - Bu gapni bir gapirdingiz, boshqa gapirmang. Xoʻp. Bizlar opa-singil.

OʻTKIR AKA: - Opa-singil yaqin boʻlmaydimi?

JUMAGUL OPA: - Lekin siz-chi, Akmal aka-chi? Sizlar ham yaqinmi? Yotti-yot begona -boshqa-boshqa qon. Koʻrdingizmi! Bizdan ham yaqinlar quda boʻlyapti-yu. Qizini oʻzining urugidan begonaga bermaydiganlar ham bor.

OʻTKIR AKA: — Akmal aka... juda yetti-yot emas-ku? Amakiroq shekilli?

JUMAGUL OPA: - Eh-he, katta ammamning oʻgʻlining oʻgʻli. Ammamning eri - pochcham, oʻgʻillarining xotini.. necha qon aralashgan. Uzoq boʻlib ketgan..

OʻTKIR AKA: Olimlar aytyapti, duxtirlar gapiryapti, axir. Bir gap bordir-da.

JUMAGUL OPA: - Gapiraveradi. Yuztadan bittami, tugilishi mumkindir kamchilik bilan. Kelib-kelib shu bizlarga toʻgʻri kelar edimi?

OʻTKIR AKA: - Xoʻp, shu, kelib-kelib toʻgʻri kelsa-chi?

JUMAGUL OPA: - Nafasingizni issiq qiling. Mana, koʻrasiz. Hali Sulton bilan Saodatjonning bolalarini oʻynatib yurganda aytaman. Yoʻq, aytmayman. Siz ham gapirmang endi shuni. Eshitgandan nari.

OʻTKIR AKA: - Ha-ey, qachon boramiz? U-bu narsa olish kerakdir?

JUMAGUL OPA: - E, begonamidik? Toʻrtta non. Quruq bormasak boʻldi-da.

OʻTKIR AKA: - Nonning oʻzi bilan boʻlmas. Men bir bozorga tushay. Yana ichimdik-pichimlikdeganday....

JUMAGUL OPA: - Yoʻq, yoʻq, qoʻying shu ichimlik-pichimlikni. Achchiq

aralashtirilmaydi.

OʻTKIR AKA: - E-a, qoʻy shu irim-jirimlarni. Begona boʻlsa boshqa gap edi. Akmal aka ikkovimiz olamiz-da yuzta-yuzta. Ikki boja oʻtirib xam ichmaylikmi. Sizlar xam xursandchilikka bir piyoladan....

JUMAGUL OPA: - Bojangiz bilan ichsangiz, quloqlaringizga xech narsa kirmay qoladi. Bir marta qoʻyib turing shuni.

Deraza tokchasida turgan telefon jiringlaydi.

Jumagul opa borib, goʻshakni koʻtaradi.

JUMAGUL OPA: - Alyo, alyo... Iy-e, gapirmaydi-ku.

OʻTKIR AKA: - Tusholmayotgandir.

JUMAGUL OPA: - Nafasi eshitilib turganday. Alyo, alyo. Gapiring!... Biron bola oʻynayapti shekilli. Ha, men... uydalar.... E-e, qoʻyib qoʻydi-ku.

OʻTKIR AKA: - Kim ekan? Nima dedi.

JUMAGUL OPA: - Bir xotin. Eringiz uydami, dedi. Keyin qoʻyib qoʻydi.

OʻTKIR AKA: - Uzilibqolgandir. Shu yoshimda xotinlar telefon qilib......

Jumagul opa eriga diqqat bilan tikiladi.

OʻTKIR AKA: - Nimaga bunday qaraysan?

JUMAGUL OPA: - Yo sizda bir gapi bor, yo menda.

Sharofat Ayaning Uyi

Dilorom choy koʻtarib kiradi.

Sanobar qoʻl telefonida Diloromni suratga oladi.

Dilorom boshini koʻtarmay, odob bilan pichirlab salom beradi.

Hanifa xola mexr bilan, qanoat qilib qaraydi.

Sanobar chimirilib, sinovchan nigoh tashlaydi.

Sharofat Sanobarning shu payti telefonini tomosha qilyapti deb oʻylab, xayron qaraydi.

HANIFA XOLA: - Vaalaykoʻm! Baraka top, qizim! Oʻzim oʻrgilay.

MA’RIFAT AYA: - Yaxshi yuribsizmi, qoqindiq? Oʻqishlaringiz yaxshimi?

Sanobar indamay alik oladi.

Dilorom hamma savollarga eshitilar-eshitilmas «Ha, rahmat, rahmat», deb javob qiladi va Sharofatayagaqaraydi.

Sharofat aya koʻzi bilan «Boʻldi, chiqaver mayli», deb imo qiladi.

Sanobar shosha-pisha sumkasini ochib, fotoapparat oladi.

HANIFA XOLA: - Sharofatxon, oʻtirsin, ikki ogiz gaplashaylik.

SHAROFAT AYA: - Mayli oʻtirsa. Lekin ishlari bor, oshxonaga qarasin. Men bolalarimni mehmonning oldida yalpayib oʻtirishga oʻrgatmaganman.

MA’RIFAT AYA: - Bilamiz. Eshitganmiz, shuning uchun niyat qilib keldik-da.

Oʻrtancha ayol shunday deb yana Diloromga qarab qoʻyadi.

Keyin u kichik ayol bilan koʻz urishtiradi.

SANOBAR: - Singlim, otingiz Dilorom, a?

Dilorom yalt etib qaraydi, Sanobar fotoapparatini yarq-yurq etkizib, uni suratga olib" oladi.

Dilorom «Voy!» deb otilib chiqib ketadi.

Diloromlarning Oshxonasi

Dilorom, qoʻshni Dilorom, Dilafroʻz.

Dilorom idishlarni yuvyapti.

Qoʻshni Dilorom u uzatgan likopchalarni taxlayapti: ikkalasi qiz bu oshxonada birga ish qiliboʻrganibketganlar.

Dilafroʻz deraza tokchasida hovliga qarab oʻtiribdi.

DILOROM: - Sen toʻgʻri aytganga oʻxshaysan. Bular bekorga uchovlashib kelmagan. Yana fotoapparatu kamerali qoʻl telefoni bilan. Yoshini shunga yetaklab olishgan.

QOʻSHNI DILOROM: - Zoʻr yoʻlini topishibdi-ku. Uchrashtirish shart emas, xarajat yoʻq. Sovganing puli ham yonga qoladi.

DILOROM: - Yigit jonivor koʻtaram boʻlib yotgandir-da, oʻzi koʻrgani kelolmasa.

QOʻSHNI DILOROM: - Shuni ayt. Bularni koʻrib turaman-u, lekin yigiti... bilmyman.

DILOROM: - Mahalla-yu, lekin men ham koʻrmaganman. O-oldin bitirib ketgandir-da.

QOʻSHNI DILOROM: - Shularning kimidir chet elda. Fransiya-dami, Benilyuksdami....

Dilafroʻz yalt etib qoʻshni Diloromga qaraydi.

DILOROM: - Tavba, bir ogiz soʻrash yoʻq a, suratga tushiraverganini. Qoʻrqib ketibman.

QOʻSHNI DILOROM: - Texnika bilan qurollangani ayt.

DILOROM: -Gapirma.

DILAFROʻZ: - Men ham hayron boʻlgan edim, nimaga buncha telefonni qoʻlidan qoʻymaydi deb. Shunga ekan-da. Rasmingizni olib borib, unga qoʻyib beradi-da.

Uy tomondan shosha-pisha Sharofat aya keladi.

Dilorom onasining kelishiga xavotir bilan qarab turadi.

SHAROFAT AYA: - Bittang xabar olay demaysan.

DILOROM: - Aya, qarasangiz boʻlmaydimi?

SHAROFAT AYA: - Nima boʻpti, qizim? Biron gap chiqdimi?

DILOROM: - Rasmimni olib oldi. Anavi yoshrogi. Men, nima, ularga tomoshaqovoqmi?

SHAROFAT AYA: - Hamma gapni gap deb gapiraverma, qizim. Rasmingni olsa olgandir. Oyday qizsan, kam joying yoʻq. Nimadan uyalasan?

DILAFROʻZ: - Rasmga soʻrab tushirsin-da? Birovning qiziga xoʻjayinchilik qiladi.

SHAROFAT AYA: - Sen jim oʻtir.

DILAFROʻZ: - Nima dedim? Jim oʻtir, jim boʻl....

SHAROFAT AYA (Diloromga): - Qizim, men e’tibor qilmabman. Shunisi buncha koʻp telefon oʻynaydi dedim lekin.

DILOROM: - Ha, hali telefonda ham oldimi? Men faqat rasmga tushirdi deb oʻtiribman, kameraga ham tushiribdi-da.

DILAFROʻZ: - Lekin sotkasi juda krutoy ekan.

qOʻSHNI DILOROM: - Uzoq yozadiganimi deyman.

DILAFROʻZ: - Oʻshanaqa. Koʻrinishi aytib turibdi.

DILOROM: - Koʻryapsizmi, aya, rosa kino boʻlibman boʻlmasa.

Sharofat aya sal oʻngaysizlanadi.

SHAROFAT AYA: - Xay, nima boʻlsa boʻldi. Yaxshi niyat bilan qizimni rasmga tushirganga men nima ham deyman. E-e, boʻpti, tez oshning tagiga unnab yuboringlar. Ha, chaqqon-chaqqon.

DILOROM: - Hali osh bilan ham siylaymizmi?

Dilorom onasining nigohini tutishga harakat qiladi.

Sharofat aya chiqib ketayotib, qoʻshni Diloromga bir qarab qoʻyadi.

Davlatning Oshxonasi

Qozonning tagi yoqiq.

Qoʻlyuvgichda, shildirab oqayotgan joʻmrak tagida boyagi qovun.

Stol ustida piyoz, pomidor, bulgori qalampir, kartoshka poʻchoqlari betartib sochilgan.

Bir togorachada archilgan kartoshka.

Ra’no kiyimini almashtirib, xalat kiyib olgan, piyoz arch-yapti, koʻzi piyozdanmi," norozilikdanmi, yoshlangan.

Qoʻngiroq jiringlab, derazadan Sultonning borib darvoza eshigini ochgani, Nozimning u bilan koʻrishib kirgani koʻrinadi.

Ra’no Nozimga uzoq qarab qoladi.

Diloromlarning Oshxonasi

Dilorom, qoʻshni Dilorom va Dilafroʻz.

QOʻSHNI DILOROM: - Men boray, Dilor. Kompʼyuteringga chiqqan edim. Menikiga virus tushibdi. «Imeyl»imga bir kirmoqchi edim. Yo qarashaymi?

DILOROM: - Yoʻq, ketma. Qarashmasang ham oʻtir. Yuragim taka-puka boʻlib ketyapti. Oyim bir baloni boshlamasalar. Bularning kelishi juda yoqib turibdi-da.

QOʻSHNI DILOROM: - Yoʻgʻ-e. Oʻzingdan soʻramay bir ish qilmasalar kerak. Doim koʻnglinggaqaraydilar-ku.

DILOROM: - Oʻzlarining aytganlariga toʻgʻri kelsa, qaraydilar. Osh buyurib qoldilar-da.

DILAFROʻZ: - Mehmonni quruq joʻnatmaydilar-ku.

DILOROM: - San, bor, oyimga qarash. Choylari tugagandir. Tush, axir, derazadan.

DILAFROʻZ: - Meni haydayverar ekansiz-da.

QOʻSHNI DILOROM: - Mening «imeyl»im virus tushganiga yopilib qolibdi. Umida kursdoshim bir narsa yubormoqchi edi, senikini aytdim, maylimi?

DILOROM: - Mayli, mayli.

QOʻSHNI DILOROM: - Yuborgan hamdir. «Imeyl»ingga kirsam maylimi?

DILOROM: - Mayli, kodimni bilasan.

QOʻSHNI DILOROM: - «Orasta». Oʻzgartirganing yoʻqmi?

DILOROM: -Yoʻq,oʻsha.

QOʻSHNI DILOROM : - Rahmat.

Dilafroʻz bir opasiga, bir qoʻshni Diloromga ajablanib qaraydi.

DILAFROʻZ: - Opa, nimaga pochtangizning kodini ham berasiz?

DILOROM: - Nima qilibdi? Bekitadigan sirim bormi?

DILAFROʻZ: -Endi-da....

Davlatning Hovlisi

Davlat yengi bilagigacha shimarilgan, qoʻllari moy.

«Zaporojets»ning orqa kapoti koʻtarilgan.

Nozim ham egilib, kapotning tagiga qaraydi.

NOZIM: - Choy-poy boʻladimi? Yo qoramoy yalab ketaveramizmi? (Sultonga) Buning mehmonga chaqirgani shu. Suvni ham soʻrab olasiz.

DAVLAT: - Yomon izzattalabsiz-da. Hozir ovqat boʻladi.

NOZIM: - Yoruglik qaydan chiqdi?

DAVLAT (kulib): - Yoʻq yerdan.

NOZIM (Sultonga): - Hamma puli mashinaga ketgan.

DAVLAT: - Ikki yuzgina dollarga oldim, deb necha marta aytaman.

SULTON: - Ikki yuz dollar pul emasmi?

NOZIM: - Uyidan ikki dollarlik yegulik topilarmikan? Anavi latifa bor-u, afandining qarzi bor ekan, qarz bergan odam soʻrab kelsa, uning xotini shu yerdan oʻtgan qoʻylarning tikanga ilashgan junini yigib olib, ip yigirib sotadilar-da, shuning puliga qoʻy olibboqib......

DAVLAT: - Ming marta eshitganman-e.

SULTON: - Ayting, ayting.

DAVLAT: - Men eshitmayman.

NOZIM: - Mening aytayotganim, bir dono maslahat bermoqchiman.

DAVLAT: - Ayting qani, dono kallangizdan nima maslahat chiqar ekan.

NOZIM: - Buni yurgizaman deb ovora boʻlmasangiz-da, tovuq boqsangiz.

Dalat boshini koʻtarib. Nozimga iljayib qaraydi.

DAVLAT: - Nimaga endi tovuq?

NOZIM (mashinaga imo qilib): — Tayyor katak! Tovuqlar ichida dunyoni koʻrib, joʻjalab" yotaveradi.

DAVLAT: - Hoh, hoh, ishtoni yoʻq tizzasi yirtiqqa kulibdi. Oʻzlaringda velosipedning gildiragi ham yoʻq. Mana, koʻzining yoshini oqizib oʻtiribdi!

NOZIM: -Nimaga?

DAVLAT: Bunga xotin olib berishimiz kerak boʻlib qoldi.

NOZIM (dabdurustdan anglamay): - Kimga?

DAVLAT: - Menga emas, har qalay. Mana bunga?

NOZIM: - Kim olib beradi?

DAVLAT: - Kim boʻlardi? Biz. Siz bilan men.

NOZIM: - Bunday tushuntirib ayting? Kim uylanadi, kimga uylanadi? Nimaga uni biz uylantiramiz? Sulton?

Sulton xijolat boʻladi, Davlatga «oʻzing tushuntir» deb mustar qaraydi.

DAVLAT: - Juda sizga yetib borishi qiyin-da. Mana bu shu yerda bittasi bilan yuradi. Usiz dunyo qorongi, boshqasiga qarasa, koʻzi soʻqir boʻlar emish. Xullas, sevgi-muhabbat savdosi. Ma’shuqasini topgan, endi xotin qilib tushirib olishi qolgan. Yetib bordimi?

Sultonsiniqiljayadi.

Davlat mashinaga orqasini berib, suyanib oladi.

NOZIM: - Yaxshi-ku. Nima kerak masxara qilib? Toʻgʻri gapiring. Xoʻp, biz nima qilib beramiz? Buning ham boshida ota-onasi bor uylantirib qoʻyadigan. Bizdan aniq nima kerak?

DAVLAT: - Ana shu uylantirib qoʻyadiganlar - biz. Ota-onasi... ikkovimiz ikkita ota boʻlib, buning boshini qizning boshi bilan bitta qilamiz. Sizni shunga chaqirdim, miyasi butun, kavlasa koʻp aql chiqadi deb.

NOZIM: - E-e, rahmat tan berganingizga. Oʻzining miyasi yoʻqlarga miya boʻlish menga tan. Faqat aqlim yetmayapti: nimaga ota-onasi emas?

DAVLAT: - Ular bilmasligi kerak.

NOZIM: - Kim bilmasligi kerak?

DAVLAT: - Ota-onasi.

NOZIM: - Iy-e! Shunaqa ham boʻladimi?

DAVLAT: - Boʻldiramiz. Boʻldirishimiz kerak.

NOZIM: - Nimaga? Yo biron ish qilib qoʻyganmi bu? A, Sulton?

DAVLAT: - Qanaqa ish?

SULTON: - Yoʻgʻ-ey, hech ish qilib qoʻyganim yoʻq.

NOZIM: - Boʻlmasa, nimaga ota-onangiz bilmasligi kerak? Ota-onadan ham yashirib boʻladimi?

DAVLAT: - Nimaga boʻlmas ekan? Ular u yoqda, biz bu yoqda.

NOZIM: - E-e, yongoqning tagida uxlab turdingizmi? Yo jinni qoʻyning miyasini yedinglarmi?

Sulton yerga qarab qimirchilaydi. Nozim battar ajablanadi.

Sulton deraza tomonga qarab qoʻyadi.

SULTON: - Sekinroq, sekin.

NOZIM: - Nimaga sekin?

DAVLAT: - Shunday boʻlib qoldi. Buning uyidagilarga bildirmay turishimiz kerak.

SULTON: - Shunday, shunday.

NOZIM: - Nimashunday?

DAVLAT: - Ey, muncha koʻp savol berasiz? Toʻy oʻtguncha bilmay turishsin.

NOZIM: - Yo mening kallam ishlamayapti, yo sizlarga bir gap boʻlgan.

DAVLAT: - Sizga bir gap yetib borguncha, men bir uxlab turaman, shekilli.

SULTON: - Nozimboy, hozir hammasini tushuntiraman.

NOZIM: - Qizig-u, tushungandan keyin undan ham qiziq boʻlsa kerak.

DAVLAT: - Gap ikkita insonning boshini qoʻshish, sevishganlarni murod-maqsadiga yetkazishhaqidaboryapti.

NOZIM: - Xoʻp, sevishganlar boʻlsa, nimaga bekitiqcha? Nimaga ota-onasidan yashiradi? Ayb ish qilib qoʻyganmi?

SULTON: - Hay, sekinroq gaplashaylik.

NOZIM: — Namuncha? Gapimizni birov poylayaptimi?

DAVLAT: - Hech qanaqa aybi yoʻq. Faqat......Uh, bu qoqvoshga ham bir boshdan tushuntirish

kerakendi.

NOZIM: - Xoʻp, qani, tushuntiring, oʻtkir kallangizdan nima gap chiqar ekan?

SULTON: - Sizlar hech toʻgʻri gaplashmaysizlar shekilli?

DAVLAT: - Xoʻ-oʻsh, manavi ammamning, yoʻq, xolasining buzogi... Ha, xolangning tuzogiga tushgandan keyin kimning buzogi boʻlasan?

SULTON: - Mayli, mayli, nima desang ham roziman. Faqat tezroq gapir.

Davlat oshxona tomonga qarab oladi, Nozim uning oshxonaga alanglayverganidan ajablanib, oʻsha yoqqa koʻz tikadi.

Oshxona derazasidan hech kim koʻrinmaydi, lekin idish-ayoq tiqirlab, ovqatning jizillagani eshitiladi.

DAVLAT (ovozi pasaytirib): - Xullas, bu lattachaynar xotin oladigan; bu yoqda bir qiz bilan yuradi, hozir tili-zaboni boʻlsa oʻzi ham aytadi. Uylanishi kerag-u, lekin u yoqda xolasining qizi bilan beshikkertti ham qilingan. Yana, anavi qulogini tishlab qoʻygan deydimi, endi uni ham olishi kerak, bunisini ham. Xudo bersa, qoʻsh qoʻllab beradi degani shu. Men boshingga bitta emas, ikkita baxt qushi qoʻnibdi, deyapman....

NOZIM: - Hali ham shunaqa odatlar bor ekan-da?

DAVLAT: - Bor, bor. Yovvoyi-da bu, qizning qulogini beshikda yotgan payti tishlab qoʻygan. Katta boʻlsam, bexotin qolaman deb qoʻrqqan-da. Endi, mana, ikkitasining oʻrtasida sarson.

Davlat masxaraomuz iljayadi, Nozim kuladi, Sulton xijolatli jilmayadi.

SULTON: - Ey, bu nima desa, deyaversin, tishlamaganman.

DAVLAT: - Ishonma bunga, kichkinaligida yirtqich boʻlgan, tishlagan. Xolasining qizi, bechora haligacha qulogini ushlab yiglaydi.

SULTON: - Endi, Nozimboy, oyim bilan xolam oʻsha paytlari quda boʻlamiz deb gapni bir joyga qoʻygan ekanlar-da.

DAVLAT: - Sen endi, Sulton, jim oʻtir. Ilhomning beliga tepma. Nozimga badiiy qilib tushuntirish kerak. Xullas, endi bu xolasining qizidan aynigan, ayniganini onasi bilsa, oʻldiradi. Xolasining qiziga uylanaman desa, bu yoqda yuradigan qizi ham oʻldiradi. Ana shu ishkalni ikkovimiz yechishimiz kerak. Tushunarlimi?

NOZIM: - Tushunarli-yu, lekin kalla ishlamayapti.

DAVLAT: - Yoʻq, ishlasin. Ishlating-da, boʻlmasa boʻlmaydi.

NOZIM: - Kallam ishlamayotganing yana bir belgisi - shu bir uyum temirga yopishib olganingizni tushunmayapman. Tagini teshib, oyogingizni tushirib, yurgizib ketaversangiz ham boʻlar ekan.

DAVLAT: - Oldimga siz tushib, yoʻl koʻrsatasiz.

NOZIM: - Sizga-ya? Birov koʻrsatgan yoʻlga yurasizmi? (Oshxonaga qarab olib) Ichkarida yana birov bormi? Derazada bir narsa lip etganday boʻldi.

Davlat Nozimga qarab qoʻyib, iljayadi.

SULTON: - Bor, bor. Manavining poynagi.

DAVLAT: - Hey, hey, eshitib qoladi.

NOZIM: - Hazillashyapsizlarmi?

Shu payti Ra’no choynak koʻtarib keladi.

Nozimhayronqarabqoladi.

SULTON (shivirlab): - Ana, huriliqo!

RA’NO (Nozimga): - Salom!.. Ha, salom. Qiz koʻrmaganmisiz?

NOZIM (tili tutilib): - Ha, salom!... Yaxshimisiz?

RA’NO: - Muncha qaraysiz? Qiz koʻrmaganmisiz deyapman.

NOZIM (oʻzini tutib olib): - Qiz-ku koʻrganman. Lekin sizni koʻrmaganman.

RA’NO: - Boʻlmasa, yaxshilab koʻrib oling. Ogzingiz ochilmay.

Davlat kuladi.

NOZIM: - Ogzim emas, qulogim ochilib qoldi.

RA’NO: - Qulogingiz? Nimaga?

NOZIM: - Qizlarning bunaqa ogzi borligini eshitmagan edim-da.

RA’NO: - Gapga balo ekansiz.

Sulton Ra’noga yoqtirmay tikiladi. Ra’no choynakni kursi ustiga qoʻyib ketadi.

NOZIM (Davlatga qarab boshini chayqab): - Tep tortmaydi-yu! Xalatigacha olib kelib olgan boʻlsa, xudo uribdi sizni.

SULTON: - Davlatni xudo urmaydi, xotini uradi.

DAVLAT: - Maqol toʻqiyapsanmi?

NOZIM: - Chatoq, chatoq. Qaydan topgansiz buni?

DAVLAT: - Sizlarga nima? Mushukka oʻxshab puf sassiq qilasizlar.

Koʻcha

Alisher «Neksiya»ga suyanib olgan, qoʻlida mashina kalitini oʻynaydi. Shunchaki, beixtiyor. Shundan bilamizki, u doim mashinada yurishga oʻrganib ketgan.

«Neksiya» ham Alisherning amriga muntazir jonzotga oʻxshaydi, yaxshilab yuvib, artilgan, old kapoti ustida oftob charaqlaydi.

Saodat ana shu oftob jilosiga termiladi, koʻrsatgich barmogini kapot ustida yurgizib, allanarsalarni chizgan boʻladi...

ALISHER: - Xatimni kitobingga solib qoʻysang, rozi boʻldi deb oʻylabman.

SAODAT (Alisherga qaramay): - Yomon muloyim surbetsan-da. Shuncha odamning ichida xat yuborib oʻtiribsan. Uyalmaysanmi?

ALISHER: - Nimaga uyalaman? Biron ayb qildimmi? Kinoga birga tushaylik, deb yozdim. Buaybemas-ku.

SAODAT: - Butun kurs qarab turgan edi, ayb boʻlmaydimi?

ALISHER: - Qarasa nima? Hammasi biladi?

Saodat boshini koʻtarib, Alisherga hayron qaraydi.

SAODAT: - I-i, nimani?

ALISHER: - Shuni.

SAODAT: - Nima shu?

ALISHER: - Seni yaxshi koʻrishim. Hamma biladi seni yaxshi koʻrishimni.

SAODAT: - Esing joyidami? Nima deyapsan? Hali meni hammaga gapirib yuribsanmi?

ALISHER: - Seni gapirganim yoʻq. Lekin oʻzimning yaxshi koʻrishimni aytganman. Ha, yaxshi koʻraman, nimasini yashiray... Oʻzingga ham aytganman.

SAODAT: - Meni oʻylamaysanmi?

ALISHER: - Doim oʻylayman. Mana, hozir ham, oldim-da turibsan-u, xuddi sen bu yerda yoʻqday, oʻylab turibman.

SAODAT: - Jinnisan, Alisher.

ALISHER: - Men uydagilarga ham aytganman. Oyimga. Oying bilan gaplashadi....

SAODAT: - Tamom esingni yeb qoʻyibsan. Bekorga ovora qilma.

Bozor

Viloyat shahari bozorida eru xotin Oʻtkir aka bilan Jumagul opa xarid qilib yuribdi.

Albatta rastalar, xilma-xil meva-cheva.

Eru xotin katta-katta anorga xaridor boʻladi.

Sotuvchi sarxil uzumni yelim xaltaga solib beradi.

Oʻtkir aka sotuvchiga pul choʻzadi.

Er-xotin ikkovining qoʻlida yelim xaltalar, non rastasi yonidan oʻtadilar.

JUMAGUL OPA: - Bittasi ham dehqon emas.

OʻTKIR AKA: - Dehqon nima qiladi bu yerda. Yerga qoʻyib sotgani qoʻymasa. Rastalarning santimetrigacha egalik.

JUMAGUL OPA: - Shunga hamma narsa oshib ketgan. Shoshmang, non ham olaylik....

Jumagul opa nonlarni qaray boshlaydi.

JUMAGUL OPA: - Hay, bu nonlarning tuzukrogi yoʻqmi? Munday bir mehmonga olib boradigan. Kichrayib ketibdi-ya.

OʻTKIR AKA: - Olaver-da endi. Hamma non - bir non.

JUMAGUL OPA (sotuvchiga): - Bu patirning yogi nima?

SOTUVCHI: - Oling, opa. Sariyog.

JUMAGUL OPA: — Hech ham sariyogʻ boʻlmasa kerak. Margarindir, a?

SOTUVCHI: - E, bu sariyogʻdan qolishmaydi. Rossiyskiy.

JUMAGUL OPA: - Ana. Aytmadimmi?

OʻTKIR AKA: - Uh, boʻl-da endi! Shuning uchun sen bilan bozor qilmayman. Savdoni ham ezibyuborasan.

JUMAGUL OPA: - E-e, bozorda savdo qiladi-da, indamay olib ketavermaydi... Yaxshi-yaxshisidan olti... yoʻq, sakkizta bering. Gullamagani boʻlsin.

SOTUVCHI: - Patir gullamaydi-ku, opa.

JUMAGUL OPA: - Xoʻp. Xudo xohlasa, niyat qilib olyapmiz. Yaxshimi, uyaltirmaydigan qilibsaylang.

SOTUVCHI: - E toʻymi, opa, qutlug boʻlsin. Qanaqa toʻy?

JUMAGUL OPA: - Oʻgʻil uylantiryapmiz.

OʻTKIR AKA: - Koʻp gapirding-da lekin. Sani oʻgʻil uylantirganing bularga nima qiziq.

Sotuvchi nonlarni saralashga tushadi.

SOTUVCHI: - Unday demang. Bizlarni ham toʻyga yetkazsin.

Sharofat Ayaning Uyi

Uch sovchi ayol va Sharofat aya.

SHAROFAT AYA: - Nechchiga chiqqan?

MA’RIFAT AYA: - Bu yil yigirma sakkizni toʻldiradi. Shu oktyabrda.

SHAROFAT AYA: - Hm-m. Yaxshi.

SANOBAR: - Endi, xola, begona yurtda boʻlgandan keyin qiyin ekan. U yoqda oʻzimizning qizlardan yoʻq, bu yoqdan topaylik desa, oʻzi yoʻq. Kelganda ham oʻn besh-yigirma kun turadi, qarindosh-urugdan boʻshamaydi. Qizlar bilan tanisholmasa. Ana shunaqa qilib, umr oʻtib ketyapti.

HANIFA XOLA: - Bandasining rizqi qaerga sochilgan boʻlsa, oʻsha yerdan teradi-da.

MA’RIFAT AYA: - Hozir bir narsa demayman. Oʻzlari gaplashsin, tanishsin.

SANOBAR: - Bu, xola, qizingizning kompʼyuteri bor, a?

SHAROFAT AYA: Ha, nima edi?

SANOBAR: - Unda oʻzining pochtasi ham bor boʻlsa kerak?

Hanifa xola Sanobarga hayron qaraydi.

SHAROFAT AYA: - Pochta? Ha, pochtamiz bitta-ku, qanday ishlaydi, bilmayman. Mirahmad degan ukamiz odamlarning pensiyasini uyiga olib kelib berib yuradi lekin.

SANOBAR: - Yoʻq. Men elektron pochtani aytyapman, «imeyl».

SHAROFAT AYA: - I.. imiylingiz nima degani?

SANOBAR: - Odamlar kompʼterda bir-biriga xat yozishib turadi, shu. Elektron pochta, «imeyl»deyiladi.

SHAROFAT AYA: - Birov bilan yozishganini bilmayman, boʻlsa, aytar edi.

MA’RIFAT AYA: - Men tushunmayman, lekin oʻgʻlim bu kennoyisi bilan kompʼyuterda xatlashib turadi. Gaplashadi ham. Men ham chiqib gaplashganman.

SHAROFAT AYA: - Shunaqami? Telefondami?

SANOBAR: - Kompʼyuterda ham. Faqat oldindan bir vaqtni kelishib olish kerak. Kichkina kamerasi ham boʻladi, shu bilan bir-birini koʻrib ham turamiz.

SHAROFAT AYA: - Yo tavba! Nimalar chiqmayapti-ya! Koʻrinib turadimi? Xuddi televizordagidek, a?

MA’RIFAT AYA: - Ha, shunday koʻrib turasiz.

SANOBAR: - Qizingizning «imeyl»ini bersangiz, ikkovi tanishib, gaplashib koʻrardi. Agar yoʻq demasangiz, «vebkamera»ni oʻzim olib kelib berardim. Bir-birini koʻrib ham olardi.

HANIFA XOLA: - Ana xolos! Oʻzi sovchiga hojat ham qolmaydimi, deyman. Zamon oldingaketyapti-da,a?

MA’RIFAT AYA: - Ha, shu, yoshlar bir-birini koʻrsin, gaplashsin. Oʻzlari topishsin. Erta-bir kun bizga malomat qilib yurmaydi.

SHAROFAT AYA: - Xoʻp. Men qizimga aytib koʻray. Ishqilib, kompʼyuterda koʻp dars qiladi. Anavi, nima deydi, «Internet»mi?

SANOBAR: — Ha, «Internet». «Internet»i boʻlsa, «imeyl»i ham boʻladi....

SHAROFAT AYA: - Bu, hozir rasmga tushirib oldingizmi?

SANOBAR: - Ha, xola, koʻnglingizga kelmasin. Koʻrib olishga kelib ketolmaydi-ku, endi kelsa, toʻyiga keladi. Shuning uchun pochtasiga yuboraman, oʻzi koʻrib oladi. Telefonu fotoapparatlarni ham oʻzi olib bergan.

Sharofat xola bir gina qilib qoʻymoqchi boʻldi-yu, lekin qizining rasmi, nima edi, ha, Monte-Karlo degan, dengiz boʻyidagi juda boy shaharga ketishini oʻylab, indamay qoʻya qoldi.

Davlatning Hovlisi

Davlat mashina eshigini ochib, oyoqlarini tushirib oʻrindiqqa oʻtirib olgan, moy qoʻllarini goh koʻtarib turadi, goh mashina derazasiga qoʻyadi.

Qayoqdandir uchta stul paydo boʻlib, bittasida Nozim, bittasida Sulton oʻtiribdi, bittasining ustida choynak-piyola.

SULTON: - Davlat, shuning xalal beryapti gaplashishga. Xuddi boshimning orqasidan miltiginitirabturganday.

NOZIM: - Qansharimga, deng.

DAVLAT: - Kundoshday rashk qilyapsanmi?

SULTON: - Rashk emas, ravo koʻrmayapman seni shunga.

DAVLAT: - Sekinroq.

NOZIM: - Pishirgan oshini oʻzi ichadi, Sulton.

SULTON: - Keyin bundan qochib qutulmasa......

DAVLAT: - Sen menga aql emas. Oʻzingni bil.

SULTON: -Aytyapman-da.

NOZIM: - Foydasi yoʻq, baliq qarmoqqa tushib boʻlgan. Yurishini koʻring.

DAVLAT: - Voh-voh, yomon donosiz-ey!

SULTON: - Erkak sabzining oʻzi.

DAVLAT: - Oʻzing yalinib kelib... Qoʻy shuni, deyapman!

Nozim kulib qoʻyadi.

Sultonqoʻlsiltaydi.

NOZIM: - Boʻpti, gapimizga qaytaylik. Masala ancha gujala.

DAVLAT: - Sen, Sulton, koʻp qoʻrqaverma. Buning oʻzi odati shunaqa, bir ishni qilishdan avval vaysamasa boʻlmaydi.

NOZIM: - Sizga oʻxshab, suv koʻrmay etik yechmayman, bildingizmi? Oʻylab olaman.

SULTON: - Hech kimim yoʻq-da bu yerda.

DAVLAT: - Nimaga yoʻq? Mana, men bor-ku. Nozim ham aql oʻrgatib olsin, yonimizga kiradi. Oʻzi bu juda uddaburon, koʻp narsani biladi.

NOZIM: - Yoʻgʻ-e, sizdan koʻproq bilish ayb-ku.

DAVLAT: - Men jiddiy aytyapman. Men, masalan, buning uylanishiga ishonaman, lekin toʻy qanaqa boʻlishini, oʻlay agar, bilmayman.

NOZIM: - Yurgan ekansiz-da otam xotin olib bergan deb. Uylangan boʻlib siz bilmasangiz, men qayoqdan bilaman. Qishloqda bitta sinfdoshim uylanganda, toʻyida kuyovjoʻra boʻlganman, xolos. Keyin borganlarimda toʻy toʻgʻri kelgan boʻlsa, bazmda oʻtirib kelaverganman.

DAVLAT: - Men-chi? Meni uylantirib qoʻyishgan, oʻzim aralashmaganman.

NOZIM: - Iya, siz aralashmagan boʻlsangiz, kelinga kim uylangan? Yo doʻppini uylantirishganmi?

DAVLAT: - Nima deganingiz bu?

NOZIM: - Bir xil joylarda kuyov toʻyda oʻzi boʻlmasa, kelinning yoniga doʻppsini qoʻyib qoʻyib, toʻyni oʻtkazib yuboraverishar ekan.

SULTON: - Qanaqasiga? Kuyov qayoqda boʻladi?

NOZIM: - Eskidan qolgan hiylai shar'iy boʻlsa kerak-da. Endi, kuyov safardan kelolmay qolgan yo harbiyda yurgan boʻlsa, bu yoqda qizni uzatish uchun oʻylab topilgan chora boʻlsa kerak-da. Mana, bitta tanishim qishning chillasida uylangan, katta qor tushib, mashina yurmay, Nurotaning togiga, toʻyiga oʻzi yetib borolmagan. Toʻy kuyovsiz oʻtgan. Shu aytuvdi, haligacha xotini u-bu olib bering deb qolsa, «Menga emas, manavinga tekkansan, nima soʻrasang, shunga aytaver, olib beradi», deb qalpogini koʻrsatar ekan.

Davlat bilan Sulton kulib yuboradi.

DAVLAT: Ana, mening birinchi eshitishim. Yana bilmayman deysiz.

NOZIM: Men ham eshitganman, oʻzim koʻrganim yoʻq.

SULTON: - Qalpoq... doʻppi-da, a?

NOZIM: - Yoʻq, juni kalta telpak.

DAVLAT: - Kulmang. Bilmaydi-da.

SULTON: - Toʻqilgan, kashta... doʻppi ham bor-ku.

Davlat oʻzini ichkariga olib, mashina kalitini buraydi.

Motor vigillaydi, lekin oʻt olmaydi.

DAVLAT: - Vig-vig-g qiladi, ishlab ketmaydi.

SULTON: - Motori ikkita deyapsan-ku. Unisini ishlat.

DAVLAT: - Unisi isitishga deyapman-ku.

SULTON: - Senday uddaburonga farqi yoʻqdir?

NOZIM: - Qoʻsh xotin ekan-da?

DAVLAT: - Yana boshladinglarmi?

NOZIM: - Men motorini aytyapman. Bittasi yurgizsa, bittasi isitib tursa....

SULTON (erga qarab, shivirlab): - Qarab turibdi. Uyalmaydi ham-ey.

Derazadan Ra’no toʻgʻri Nozimga qarab turgan boʻladi.

DAVLAT: - Sen, nima, qaynatammisan? Nima ishing bor?

SULTON: - Koʻrasan hali. Yemoqning qusmogi bor.

DAVLAT: - Oʻzing avval yeb koʻr. Tishing sinmay.

Sulton toza yigit-da, koʻngli oldindan sezishi xech gap emas. Davlatga joni achiydi.

Sozni qoʻlingizga olganingiz bilan, chalishni bilmasangiz, musiqa chiqmaydi.

Diloromlarning Oshxonasi

Qozonda piyoz qovurilayotgan yog ustiga goʻsht jazillab tushadi.

Dilorom kapkir biln goʻshtni aralashtiradi.

Qoʻshni Dilorom uning tepasida gap ovlaydi.

Ha, shu qizimiz serqatnov boʻlib qoldi, buni hali Sharofat aya ham gapiradi.

DILOROM: - Dilor, oʻldim men. Bir gap boʻlmasa, oyim osh qildirmasdilar.

QOʻSHNI DILOROM: - Shoshma, avval bilaylik-chi.

DILOROM: - Xoʻp deb yuborganlaridan keyin bilganimizdan nima foyda? Voy, qanday aytaman?

Qoʻshni Dilorom nima deyishini bilmay, indamay qoladi.

Uy tomondan choynak koʻtarib Dilafroʻz keladi.

DILOROM: - Turadigan shashtlari bormi?

DILAFROʻZ: - Bilmadim. Kirganim yoʻq, oyim choynakni dahlizga chiqargan ekanlar.

DILOROM: - Ey, qurib ketsin! Tez guruchni tozalab yuboringlar. Bularning hangomasi quyuqlashib ketdi. Oyim, boʻldi, javobingni berdim, deb turmasalar edi.

DILAFROʻZ: - Opa, koʻrmay-bilmay tegib ketaverasizmi?

Dilorom singlisiga kapgir oʻqtaladi.

DILOROM: - Gapirmasang, tiling tanglayingga yopishib qoladi.

DILAFROʻZ: - Opa-ey. Nima dedim? Soʻrayapman-da.

DILOROM: - Guruchnitozala,deyapman.

QOʻSHNI DILOROM: - Darrov bermaslar. Oʻzingdan ham bir ogiz soʻraydilar...

Dilorom yana shiddat bilan qozon kavlashga tushadi.

Kapkirda nima ayb?

Davlatning Hovlisi

Davlat, Nozim, Sulton.

DAVLAT: - Qishda sessiyaga borsam, shu oʻzing bilgan Gulsanamni olasan deyishdi. Fotiha qilib, non sindirib ham qoʻyishgan ekan. NOZIM: - Sizdan soʻramaymi?

DAVLAT: — Aniq qilib soʻrashgani yoʻq-da. Bir borganimda oyim: «Shu Gulsanam ham koʻzga« yaqin boʻlib qoldi. Har yoqdan sov-chilar kelyapti ekan», desalar, «Ha, yomon emas, yaxshi qiz boʻlsa kerak», debman. Oyim shu gapimni ilib olib, xarakatni boshlab yuborganlar.

Gulsanamning Uyi

Davron karavotda qoʻlchalarini kerib uxlab yotibdi.

Gulsanam uning ustiga adyol yopadi.

GULSANAM (shivirlaydi) - Dadasining oʻgʻli! Davlatim!

Gulsanam oʻgʻli jim termilib oʻtiradi.

GULSANAM (oʻzicha): - Dadang yomon edi, bolam. Toʻrtinchi sinf-da Karimboyni rosa urgan. Hozir odamlarning quvurlarini ulaydign payvandchi bor-ku, shu Karimboy. Oʻqimadi u, lekin tirikchiligi yomon emas. Dadang meni talashgan-da....

Davron uyqusida injiqlanadi.

Gulsanam uning yelkasiga urib, tinchlantiradi.

GULSANAM: - Kichkina Davlat uxlasin. Dadang oʻshanda kichkina boʻlsa ham meni yaxshi koʻrgan-da. Qara, hali oʻzi bola. Sevgi nimadigini bilgan. Men... koʻrsam, qulogidan tortgim, chimchilagim kelaverardi. Shudir-da mening sevganim.

Davlatning Oshxonasi

Ra’no qozonga kartoshkani solib, damlab qoʻyadi. Tashqaridagi gaplar gudur-gudur boʻlib eshitilib turadi.

Ra’no stol ustini yigishtirayotib, tashqariga qaraydi: Davlat mashinaga oʻtirib olib, gap beryapti.

DAVLAT: Bor-e, deb oʻylanaverdim.

Davlatning Hovlisi

Doʻstlar pastroq ovozda gaplashadilar.

NOZIM: - Koʻnglingizda hech gap yoʻq edimi?

SULTON: - E-e, ishonmang buning gapiga. Oliftalik qiladi. Gulsanam bilan maktabdaligidayoq gapi chiqqan. Oyisi bilar edi.

DAVLAT: - Ey, unga uylanish xayolim yoʻq edi-da. Maktabda boshqa yaxshi qizlar ham bor edi-ku.

NOZIM: - Oʻshandayoq buzilib boʻlgan ekansiz-da.

DAVLAT: - Nimaga buzilar ekanman? Siz, ogʻayni, oʻzingiz bitta xotinga yetolmay yuribsiz-u, yana meni bunaqa deysiz. Men buzuq emas, qizlarning koʻnglini olishni bilaman. Mana, ikkitasini xursand qilib yuribman. Kerak boʻlsa, uchta, bundan ham koʻprogi.... Sizlar boʻlsa... ey, ikkoving ham bir goʻr.

Sulton deraza tomonga ma’noli ishora qiladi.

SULTON: - Sekin-ey! Muncha maqtanasan?

DAVLAT: - Nima? Eshitaversin. Yashirmayman. Xotinim, bolam borligini biladi.

NOZIM: -Shundaham?

DAVLAT: - Eng asosiysi, oʻylamaslik kerak. Qancha koʻp oʻylasangiz, shuncha koʻp qoʻrqasiz. Lekin qoʻrqmaslik uchun yurak ham kerak....

Davlatning Oshxonasi

Ra’no devorga qapishib quloq tutadi.

Tashqaridagi gaplar uzuq-yuluq eshitiladi, lekin nima gapligini anglash mumkin.

DAVLAT: - Ha?

NOZIM: -Kelaveradimi?

SULTON: - Men shuni aytyapman-da.

DAVLAT: - Sen hech narsa aytganing yoʻq.

NOZIM: - Toza xudo urib qoʻygan ekan boʻlmasam.

Diloromlarning Oshxonasi

Dilorom, qoʻshni Dilorom, Dilafroʻz.

Dilorom qozonga sabzi solyapti.

Dilafroʻz yana deraza tokchasiga chiqib olgan.

QOʻSHNI DILOROM: - Men uyga chiqib kelay. Hali kelaman.

DILOROM: - Ketma. Yuragim siqilib ketyapti. Koʻnglim juda gash.

QOʻSHNI DILOROM: - Uyga bir qarab kelay. Boʻlmasa, oyim soʻroqlab kelib qolishlari mumkin.

DILOROM: - Ozgina oʻtir. Hozir ketib qolishar.

Sharofat aya kiradi, ancha xushhol, chehrasi ochiq.

DILAFROʻZ: - Oyi, qachon turadi bular? Opam ham uzoq oʻtirib qolishdi, deyapti.

SHAROFAT AYA: - San jim oʻtir. E-e, tush derazadan! Togechkiga oʻxshab chiqib olmay.

DILAFROʻZ (tokchadan sakrab tushib): - Topib olganlaring menmi? Hamma menga gapiradi-ya.

SHAROFAT AYA: - Voy. qizim, mehmonlar koʻrsa nima deydi? Shu qiz bola oʻtiradigan joymi? Hay, Dilorom qizim, haligi... nima edi-ya, poʻchtang bormi?

DILOROM: - Pochtang? Qanaqa pochta?

SHAROFAT AYA: - Anavi kompʼyuterda boʻlar ekan-ku, xat yozishadigan.. Imiymi, bir nima dediSanobar.

DILOROM: - Voy, elektron pochta, «imeyl»! Siz qaydan bilasiz?

DILAFROʻZ: - Ur-a! Ayam «Internet»ni oʻrganibdilar.

QOʻSHNI DILOROM: - Xolam zoʻrlar! Amerika bilan yozishadilar.

SHAROFAT AYA (Dilafroʻzga): - Nima, ayam toza andi deb oʻylagan edingmi? (Diloromga) Oʻshangniyozibber.

DILOROM: -Sizganimagakerak?

SHAROFAT AYA: - Kerak-da, ona qizim. Nasibang qoʻshilgan boʻlsa......

Diloromning rangi oʻchib ketadi.

Dilafroʻz juda qiziqib qoladi.

Ayniqsa, qoʻshni Diloromning qulogi ding boʻladi.

Oʻtkir Akaning Hovlisi

Oʻsha hovli, nariroqda oʻsha soʻri.

Darvoza oldida «Neksiya» mashinasi.

«Neksiya» yonida boyagi odmi kiyimda Oʻtkir aka betoqat turibdi.

OʻTKIR AKA (uy tomonga qarab, baland ovozda): - Boʻla qol endi! Shuncha ham kuttiradimi odamni!

JUMAGUL OPA: - Boʻlyapman. Hozir! Oʻzingiz tayyormisiz?

OʻTKIR AKA: - Tayyor boʻlmay nima. Ikki soatdan beri seni poylayman.

JUMAGUL OPA: - Ja ikki soat! Mana, tayyorman.

Jumagul opa eshikda koʻrinadi.

OʻTKIR AKA: - E-e, xudo-ey, sen bilan bir yoqqa borish azob-da.

JUMAGUL OPA: - Menga bunaqa deysiz, oʻzingiz tayyor emas-ku.

OʻTKIR AKA (ajablanib): - Nimaga tayyor emasman? Mana, buyrugingizga shay boʻlib turibmiz-ku.

JUMAGULOPA: - Kiyinmaysizmi?

OʻTKIRAKA: -Nima?

JUMAGUL OPA: - Kirib, yangi qora yoʻl-yoʻl kostʼyumingizni kiyib oling. Oq koʻylak bilan, tayyorlab qoʻydim. Galstuk ham esdan chiqmasin.

OʻTKIR AKA: - Iy-e, qaerga boryapmiz?

JUMAGUL OPA: - Opamnikiga boryapmiz.

OʻTKIR AKA: - Bojam kostyumimni koʻrmagan, galstuk taqmasam tanimaydi a?

JUMAGUL OPA: - Voy, hali moshinni ham yuvdirmaganmisiz?

OʻTKIR AKA: - Nima deyapsan? Sayilga chiqyapmizmi? Ikki qadam joyga boramiz, shunga shunchavahima.

JUMAGUL OPA: - Biz sovchilikka, niyat qilib boryapmiz. Hamma narsamiz toza boʻlsin.

OʻTKIR AKA: - Ke, qoʻy. Moshinni yuvib oʻtirmaylik.

JUMAGUL OPA: — Yoʻq demang endi. Shu ahvoldagi moshin bilan yurib boʻladimi. Bir chelak suv bilan toza ekan. Keyin kiyimingizni almashtirib olasiz.

OʻTKIR AKA: - Borib yurgan joyimiz-ku....

JUMAGUL OPA: - Borib yurgan joyingiz boʻlsa ham, oʻzingizning hurmatingiz.

OʻTKIR AKA: - Qoʻymading, qoʻymading-da.

JUMAGUL OPA: - Boʻling, boʻla qoling. Telefon bir jiringlab, toʻxtaydi.

OʻTKIR AKA: - Aytdim-ku, liniyada bir gap bor.

Davlatning Hovlisi

Uch doʻstning boyagi xangomasi.

Ichkarida, oshxonada Ra’no, xali ketmagan, ketish xayoli xam yoʻq shekilli.

DAVLAT: - Bittang ilm qilaman deb oʻzini kitobga urgan, bittang peshanasiga ikkita qiz bitsa, hurrasi uchib, yiglab oʻtiribdi. Yaxshi ham tepalaringda men borman.

NOZIM: - Rahmat, aka, baraka toping! Siz boʻlmasangiz, xor boʻlib ketar edik. Valine’matimizsiz.

DAVLAT: - Ha. Rost-da, tayyor namuna, tekin oʻrnak, lekin sizlarning ogizlaringga chaynab solib qoʻysa ham yutishni eplolmaysizlar. Qoshiq bilan itarish kerak.

SULTON: - Voh-voh. Onadan bitta sen tugilib qolgansan.

DAVLAT: - Men sizlarga bitta gap aytaymi? Qiz bola hali chalinmagan soz, pianino. Uni qoʻlingga olganing bilan chalishni bilmasang, befoyda. Musiqa chiqmaydi. Men (gijjak chalib koʻrsatadi) chalishni bilaman, mening qoʻlimda qiz bola ohang beradi, kuylaydi.

NOZIM: - Muganniy, soqiy, lekin bu gijjagingiz faqat gishillaydi. Koʻp chalingan boʻlsakerak.

DAVLAT: - E-e, kuyib ketyapsiz. Siz ham chalib koʻring qani.

NOZIM (kinoya qilib): - Hech chalmaganman....

SULTON: - Hali bilmadik, kim kimni chalar ekan. Hozirdan sayratib oʻtiribdi.

DAVLAT: - Sen muncha menga yopishding?

NOZIM: - Aytganday, Sulton, uylanib... keyin qaerda turmoqchisiz? Uy masalasi......

Davlatning Oshxonasi

Qozonda ovqat dimlangan, qopqoq tagidan bug chiqadi.

Ra’no deraza yonida, qoʻlini qulogiga hovoncha qilib, gap poylaydi.

Davlatning Hovlisi

Sulton kiftini qisib Davlatga qaraydi.

DAVLAT: -Shuerda.

NOZIM: -Qandayshuerda?

DAVLAT: - Boshqa joyi yoʻq. Kelinni shu yerga tushiramiz.

NOZIM: -Siz-chi?

SULTON: - U nima qilishi kerak?

NOZIM: - Yangi kelin-kuyov bilan turaveradimi?

SULTON: - Boʻlmaydimi?

NOZIM: -E,boʻlmaydi.

SULTON: - Iy-e, oʻzining uyida-ya.

NOZIM: - Toʻgʻri kelmaydi-da. Kelin-kuyovning oʻzining ishlari bor.

SULTON: -E-e....

DAVLAT: - Toʻgʻri, toʻgʻri kelmaydi, Sulton.

SULTON: - E-e, menga noqulay.

NOZIM: - Aksi, shu yerda tursa, noqulay boʻladi. Uchovlaring-ga ham.

DAVLAT: - Men oʻzingga joy topguningcha yotoqda yo biron ijarada turib turaman.

NOZIM: - Ha, boshqa iloji boʻlmasa, shu iloj.

SULTON: -E-e,men......

DAVLAT: - Boʻldi, koʻp e-elayverma. Yoʻq-ku ilojing. Senga begonamiman? Birga oʻqidik, birga oʻsdik. Shunaqa payti qoʻltigingga kirmasam...

NOZIM: - Kelinni koʻchaga tushirmaydi-ku.

DAVLAT: — Shu-da. Koʻp oʻylanma, Sulton. Toʻini oʻtkazib olaylik, keyin bir gap boʻlar. SULTON: - Rahmat, Davlat! Bu yaxshiligingni.

DAVLAT: - Ha. qaytarasan, qaytarasan. Tuyaning dumi yerga tekkanda.... E-e, aytganday, oʻzim bunisi bilan qaerda uchrashib yuraman?

Diloromlarning Oshxonasi

Qoʻshni Dilorom chiqib ketgan.

SHAROFAT AYA: - Bersang, nima qilibdi? Izzatingni qilib, soʻrab kelib oʻtirishibdi? Nimagarangingoʻchadi?

Dilorom onasiga teskari qarab oladi.

SHAROFAT AYA: - Rangim oʻchmasinmi? Yalpayib oʻtirib olishsa, rasmga tushirishsa, halitdan oʻzlarining bir buyumidek qarashsa, shunga gul-gul ochilaymi?

SHAROFAT AYA: - Hay, qizim, ogzingga kelgan gapni gapiraverma. Bu nima deganing? Oyoq-qoʻlingni boglab berib yuboryapmanmi?

DMLOROM: - Bermaganingizmi shu? Qizingizni kinoga tushirsa, uyiga olib borib, tomosha qilsa, shumi berib yubormaganingiz?

SHAROFAT AYA: - Voy, voy, nimaga tomosha qilar ekan?

DILOROM: - Aya, siz bilmaysiz, ana shu telefonda suratga olib, keyin uyida kompʼyuterda kattalashtirib koʻradi! Toʻplanib olib, muhokama qilishadi. Qoshi unday ekan, burni bunday ekan, ogzi katta ekan, oyogi qiyshiq ekan, deb.

SHAROFAT AYA: - Xudo saqlasin! Hecham qiyshiq joying yoʻq... Qizim, men bu yogini bilganim yoʻq. Lekin... unaqa demadi, yuboraman, dedi.

DILOROM: -Qayoqqa?

SHAROFAT AYA: - Ma.. qayoqqa dedi-ya?

DILAFROʻZ: - Malayziyagami?

SHAROFAT AYA: - Yoʻ-oʻ... boshqacha.

Sharofat ayaning koʻzi ichkari tokchada turgan mantiqasqon-ga tushadi.

SHAROFAT AYA: - Ha! Manti dedi.

DILOROM: -Manti?

SHAROFAT AYA: - Sanobar Ma’rifatga «manti» desangiz esingizga tushadi, dedi.

DILOROM: - Mantisini oʻzlari pishirib yesin.

SHAROFAT AYA: - Berdisini aytguncha oʻldirmay tur, qizim. Oʻzi esim kirdi-chiqdi boʻlib turibdi. Mantimi, boshqasimi, qurib ketgurning oti tilimga kelmayapti. Fransiyaning biqinida, zoʻr shaxar ekan.. Hamma bilarmish-ku.

DILAFROʻZ: - Voy, opa! Fransiyaning yoni! Yevropa!

SHAROFAT AYA: - Dengiz boʻyida, kurort, dedi. Kiy tayoq sotadigan doʻkon ham ochib olibdi. Anavi zoʻldirlarni shaqirlatib uradigan oʻyinning tayogi.

DILOROM: - Sotishga bilyard tayogidan boshqa narsa qurib ketgan ekanmi?

SHAROFAT AYA: - Voy, qizim, shuning daromadi yaxshi ekan-da. Bekorchi koʻp.

DILAFROʻZ: - Opa! Dengiz boʻyi... har kuni choʻmilsa boʻladi.

SHAROFAT AYA: - Faqat manti emas, oti qoʻshaloq, yana «Karim»mi... yoʻq, «mardikor»mi?.. Yoʻgʻ-ey. lekin shunga uyqash.

DILOROM: - Boʻldi, Monte-Karlo.

DILAFROʻZ: - Vuy-y! Monte-Karlo!

SHAROFAT AYA: - Ana shu! Ha, bilar ekansan-ku. Anavi oʻqituvching, Abdurahmon akaning oʻgʻliSarvar-da.

DILOROM: Xoʻp, aya, bilganimda nima?

DILAFROʻZ: - Opa, Monte-Karlo-ya! Vo-oy, men dengizni koʻrmaganman.

DILOROM: - E-e, jim oʻtir san. Choʻmilging kelsa, ana, Boʻzsuvning loyqasi bor.

SHAROFAT AYA: - Xoʻp, qizim, gapimni eshit-da. Men senga yomonlik tilaymanmi? Ana shu Sarvar oʻsha «manti...». E ishqilib, oʻsha yerda ishlab dars berar ekan. Yuz mingdan ham koʻp anavidollarchaoyligi.

DILOROM: - Oyiga emas, yiliga. Qulogingizga lagmon osishmasin. U yoqda bu pul hech narsa emas.

SHAROFAT AYA: — Kam pulmi shu, qizim. Bu oyligi boʻlsa, yana boshqa ishlar ham qilar« ekan. U yoqda ham, bu yoqda ham mashinasi bor. Uyiga yordam beradi, togasiga ham «Kamaz» olib beribqoʻigan....

DILOROM: - Boy boʻlsa, ana, boylarning qiziga borishsin.

SHAROFAT AYA: - Unga yana boylik kerak emas. Oʻzimizning oʻzbek qizlardan uylanaman deb turib olibdi. Xoʻp, qizim, seni shunga soʻrab kelishibdi. Nimasi yomon? Buyum emish.

DILOROM: - Ha, boy boʻlsa, yana bitta buyum kerak-da. Lekin men buyum boʻlmayman. Tagin tanimagan-bilmagan odamimga mardikor boʻlib ham tushmayman..

DILAFROʻZ: Opa, Monte-Karlo! Yonida Fransiya.

SHAROFAT AYA: - Ha, Sanobar aytdi, shundoq mashinaga oʻtirib, Fransiya, yana Shveysariyaga borib kelaverar ekan. Chegara, ruxsat-puxsat degan gaplar yoʻq.

DILAFROʻZ: - Opa, dam olish kunlari Parijga borsa boʻladi.

DILOROM: - E oʻchir! Parijing boshingdan qolsin!

SHAROFAT AYA: - Hay, qizim, sekinroq.

DILOROM: - Eshitishsa eshitibdi! Oʻzimizning uyda ham tovushimni chiqarolmaymanmi? Monte-Karlosini xudo olsin! Bermayman pochtamni! Kerak boʻlsa, kelib koʻrmaydimi?

SHAROFAT AYA: - San xoʻp desang, kelib ham koʻradi.

Davlatning Hovlisi

Sulton kursida qoʻnishibgina oʻtiradi.

Davlat bizga koʻrinmaydi, oshxonadan taqir-tuqur tovushlar eshitilib turadi.

Endi oʻziga sigmay Nozim hovlida u yoqdan bu yoqqa yuradi.

SULTON: - Juda boshim qotib qoldi. Oyim qishda shu gapni boshlagan edilar. «Endi, mana, oʻqishing bityapti, Saodatni ham birovlar ilib ketmasdan, boshlaringni qovushtirib qoʻyishimizkerak»,deb....

NOZIM: - Nima dedingiz siz? Yo unda bu qiz yoʻq edimi?

SULTON: - Nimaga yoʻq boʻladi? Bor edi. Lekin, aytdim-ku, oyimga qanday aytaman? Oyisiz qolaman-ku.

NOZIM: -Ha-a,chatoq,chatoq.

SULTON: - Ha, ular uchun hammasi hal. Xolamlar ham boshqa oʻyni oʻylamaydi. Dadam bilan pochcham ham juda qalin.

NOZIM: - Xolangizning qizi qanaqa oʻzi?

SULTON: - Odobli, yaxshi qiz.

NOZIM: - Xolangiz... bu oyingizning opasi, a?

SULTON: - Ha, ha. U yogini soʻrasangiz, pochcham ham uncha uzoq emas, togaroq qarindosh.

NOZIM: - Opa-singilning bolalari... juda yaqin boʻlib qoladi-ku?

SULTON: -Nima?

NOZIM: - Yaqin qarindoshlarning bolalari turmushidan boʻlgan bolalar... ancha xavfli-ku. Nuqs bilan tugilishi mumkin ekan. Bekorga aytishmasa kerak.

SULTON: - Shunday, lekin buni ularga qanday tushuntirasiz?

NOZIM: - Hm-m.... Bu... xolangizning qizi... chiroylimi?

SULTON: - Ha, chiroylidir, xolamning qizi-da, oʻzimga deb qaramaganimdan keyin... Oyim chiroyli-chiroyli deyaveradi, chiroyli boʻlsa kerak.

NOZIM: - Demak, chiroyli. Boʻlmasa, husniga osh suzib yemaysan, deyishar edi. Balki bironta ilib ketar? Qoʻyib qoʻysak.

SULTON: - Tushunmadim. Kim ilib ketadi?

NOZIM: - Chiroyli boʻlsa, bironta ilib ketsa yaxshi boʻlar edi, deyapman. Shunda masala ham qolmas edi-da.

SULTON: - Ey-Y, poylab yuramizmi qachon bironta chiqadi deb.

NOZIM: - Chiroyli boʻlsa, doʻstim, teshik kulcha yerda yotmaydi. Uning ham peshanasiga bitganitopiladi.

Davlatning Oshxonasi

Davlat Ra’noning belidan quchoqlab oʻpib qoʻyadi.

RA’NO (nozlanib): - Bular yotib qolmaydimi ishqilib.

DAVLAT: - Yoʻgʻ-e.

RA’NO: - Ketmaydimi boʻlmasa?

DAVLAT: —Gapborhali.

RA’NO: - Odamda farosat boʻlishi kerak. Birovning oldida qiz bola bormi, gapingni tezroqayt-da,ket.

DAVLAT: - Oʻzim chaqirib, oʻzim ket deymanmi?

RA’NO: -Tikilaveradi.

DAVLAT: -Kim?

RA’NO: -Ikkoviham.

DAVLAT: -Qoʻysangiz-chi.

RA’NO: - Unisi kirgunimcha boshdan-oyoq qarab oldi. Xuddi men yalangochday. Bunisi ham koʻziniuzmaydi.

DAVLAT: - Sizga shunday tuyulgan. Bunaqa bolalar emas.

Davlat Ra’noga ajablanganini bildirmay qaraydi.

RA’NO: - Umrida chiroyli qiz koʻrmaganday. Yeb qoʻyaman deydi. Yaxshi xam siz borsiz. Boshqa joyda boʻlsa, shappa yopishishi ham hech gap emas. Qizlarga och.

DAVLAT: - Hm-m... Qoʻying bu gapni. Qorin ochdi.

RA’NO(ishvaqilib): - Meni yeb qoʻya qoling. Lekin bular ketsin-da. Qizxoʻr!

DAVLAT: - Bugun hamma menga bir laqab yopishtiradimi?

RA’NO: - Jonim, bu ogʻayningiz uylansa, shu yerga tushiramiz, deyapsizmi?

DAVLAT: - Ha, boshqa joyi yoʻq.

RA’NO: - Iy-e, men-chi?

DAVLAT: -Nimasiz?

RA’NO: - Men nima qilaman? Sizni koʻrgim kelganda... parkda uchrashamizmi?

DAVLAT: - Hm-m, bu yogi ham bor-a.... Aytganday, tuz soldingizmi?

RA’NO: -Voy,solmabman.

U qozon qopqogini koʻtaradi.

DAVLAT: - Solib, kapgir bilan aralashtirib yuboring.

RA’NO: - Qancha solay?

DAVLAT: - E-e, bilmaysizmi?

RA’NO: - Men bunaqa ovqat qilib yurganmidim. Kartoshka, piyoz...... Shu ham masalliqmi?

Davlatning Hovlisi

Davlat derazadan boshini chiqaradi.

DAVLAT : - Ey, qancha tuz soladi?

NOZIM (istehzo bilan): - Bir piyolani toʻldirib solinglar. Keyin ustidan bir chimdim ham tashlab yuborasiz. Sifatiga kafolat boʻladi.

SULTON: - Qanchaligiga qarab. Tagin arki namakob qilib yubormanglar. E-e, qoʻyinglar, oʻzim.

Sulton turib oshxonaga yuradi.

DAVLAT: - Qara, mayli. (kadr ortidan) Goʻshti ham qorayib ketibdi.

Hozirgina Sulton oʻtirgan kursida paydo boʻlgan Oygul Davlatning gapi tugashini kutib oʻtirgan boʻladi, keyin gapiradi.

OYGUL: - Ha, oʻrtogingizning oʻynashiga gashlanib oʻtiribsizmi?

NOZIM: - Ha, men bunaqalarni yomon koʻraman.

OYGUL: - Yomon koʻrasiz-u, lekin ichingizda qani mening ham shunaqa oʻynashim boʻlsa, yursam-u, lekin uylanmasam deysiz.

NOZIM: - Ibosi ham, sadoqati ham yoʻq. Buzuq.

OYGUL: - Lekin yurishga yoʻq demaysiz.

NOZIM: - Bu oddiy erkaklik istagi, muhabbat emas.

OYGUL: - Ikkalasi ham bir koʻngildan chiqadi-ku. Siz oʻzi moyillik bilan sevgining farqiga bormaysiz. Men bu qizni aytmayapman. Bu qiz sizni xushlamaydi, siz uni, ikkovlaring toʻqnash kelib, bir-birlaringizni koʻrmaysizlar. Tamomila bosh-qa, begona dunyosiz.

Oygul gapini tugatar-tugatmas, Davlatning ovozi keladi.

Nozim Davlatga boshini buradi.

DAVLAT: - Shunaqa, Nozimboy, sizga qolsa, tuz yedirasiz.

NOZIM: - E-e, yaxshi ham shoʻrva emas. Siz aralashgan shoʻrva tagiga olardi.

DAVLAT: — Shoʻrva qilish uchun bizda (orqaga ishora qilib) bor. Sizda yoʻq, doʻstim. Bitta" qovun olib kelsangiz, shu ham yoriq.

NOZIM: - Shirasi koʻpligidan yorilgan. Bilib oldim-ku. Rahmatning oʻrniga...

DAVLAT : - Yoriq, bari bir, yoriq-da.

Davlat derazadan yarim chiqib, tokchaga qoʻlini tiraydi.

NOZIM: - Toʻrini koʻrdingizmi, oʻzi dumcha bergan... Boʻpti, siz yemang. Bodringning ham sargaygani - pishgani, zoʻri - shu deb yurasiz-u, qovunni bilasizmi.

DAVLAT : - Dumchasini oʻzi bergan boʻlsa, yeymiz. Biz, doʻstim, tayyor narsaga tayyormiz.

NOZIM: -Ayyormiz,deng.

DAVLAT: - Yoʻq, tayyormiz. Doim tayyor. Sizga oʻxshab oʻzi yemas, itga ham bermas qilib yurmaymiz. Shartta bosamiz.

Koʻcha

«Neksiya»ning oldingi ikki eshigi lang ochiq.

Oftob charaqlaydi.

Alisher bilan Saodat mashina salonida soyalab oʻtiradilr.

ALISHER: - Men odamning hamma narsasi toʻkis, kamchiligi boʻlmasligi kerak deb oʻylayman.

SAODAT: - Yaxshi oʻylaysan, shunga erishsang, yana ham yaxshi.

ALISHER: - Erishaman ham.

SAODAT: - Erish. Erishasan ham. Chunki sen maqsadingdan qaytmaysan.

ALISHER: - Men shu uchun yaxshi qizni tanladim. Hamma tomonim yaxshi boʻlishi kerak-da, sevganim ham. Chiroyli, odobli, suluv, yana nima deydi, ishqilib, zoʻr boʻlishi kerak.

SAODAT: - Topasan shunaqasini.

ALISHER: - Yoʻq, men topganman.

SAODAT: - Chiroyli, odobli, suluv, zoʻr boʻlganim uchunmi?

ALISHER: - Ha!

SAODAT: - Boshqa yana nimam bor?

ALISHER: - Yana nima kerak?

SAODAT: - Demak, meni umuman bilmaysan. Tashimni koʻrib, sevaman deb yuribsan.

ALISHER: - Menga yetadi shu! Oʻzim koʻrganimda quvonsam, odamlar koʻrganda havasi kelsa boʻldi-da.

Alisherning falsafasini qarang, tip-tiniq suvdek, hamma narsasi koʻrinib turadi. Toʻgʻri-da, yaxshi yigit, qiz ham yaxshi, hamma tomoni toʻkis boʻlsa, nimaga bir-birini sevmasligi kerak?

Davlatning Oshxonasi

Davlat derazaga koʻkragini berib yotib olgan.

Ra’no uning orqasidan gapiradi.

RA’NO: - Koʻrdingizmi? Kimga shama qilayotganini.

Davlat bu yoqqa oʻgiriladi.

DAVLAT: - Hech kimga shama qilgani yoʻq.

RA’NO: - Meni qovun deyapti-yu.

DAVLAT: - E-e, kim qaydagi gumonlarni topasiz-a.

RA’NO: - Sizni bodring dedi. Men - shirin yoriq qovun, siz - pishgan bodring.

Ra’nohiringlabkuladi.

Davlat xuddi uni endi koʻrayotgandek hayron boʻlib qaraydi.

Qiz bolaning ham hazili shunaqa boʻladimi?

Davlatning Hovlisi

NOZIM: - E-e, xoʻp. Sulton, doʻstona suhbatimiz shu, biz-birimizga nish urmasak, gapimiz qovushmaydi. Bu yerda Davlatdan boshqa kimlaringiz bor? Davlat yana derazadan boshini chiqaradi.

DAVLAT: - Shuncha vaqtdan beri tanbur chalyapmanmi? Yoʻq hech kimi. NOZIM: - Siz tanbur chalishdan boshqaga yaramaysiz oʻzi. U ham eshakning qulogiga..

DAVLAT: — Odam ham oʻzini eshak deydimi? Ha, boʻpti, mayli, toʻgʻri gaplashaylik. Bir" insonning taqdiri... Latta boʻlsa ham inson-da bu bechora. Shu holida xotin olaman deyapti, yordam berish kerak. Buning mendan boshqa odami yoʻq, mening sizdan boshqa...

Tokchadagi telefon uzun-uzun jiringlaydi.

Ra’nochiqibgoʻshaknioladi.

DAVLAT: - I-i, Ra’no, oʻzim!

RA’NO (goʻshakka): - Alyo?... A?

Ra’no Davlatga hayron boʻlib qaraydi.

Davlat Ra’noning qarashidan kim telefon qilayotganini tushunadi.

Davlat qoʻlini pastga tez-tez siltab, «telefonni qoʻying» deb ishora qiladi, lablari shu soʻzlarni shivirlaydi.

Ra’no tars etkizib goʻshakni qoʻyadi.

DAVLAT: -Kimedi?..

RA’NO: - Bilmasam, bir xotin.

DAVLAT: - Bir xotin emas, Gulsanamdir. Ming marta aytaman, telefonni siz olmang, deb.

RA’NO: - Xotin dedim-ku. Olsam, nima qilibdi?

Telefon yana uzun jiringlaydi.

Davlat yugurib kelib goʻshakni oladi.

DAVLAT: - Da-ah?.. Ha, senmi? Yaxshimisan? Davron yaxshimi?.. Yaxshi, hammasi joyida. Nima?.. Hech kim olmadi. Yoʻq, qachon qiluvding? Hozir?... Yoʻq, mana endi jiringladi.... Kim? Nima qiladi bu yerda?... Hech kim yoʻq bu yerda?.. Qanaqa qiz? Mana, Nozim, Sulton uchovimiz oʻtiribmiz...

Ra’no oshkora quloq solib turadi.

Davlat gapini toʻxtatmagani holda Ra’noga «ichkari kiring» deb ishora qiladi.

Ra’no kirmaydi.

Nozim Ra’noga ajablanib qaraydi.

Uni Sultonning gaplari buzyapti shekilli.

DAVLAT: - Qiz deganingga hech kim deb yuboribman... Ha, oʻzimizning Sulton...... Endi,

keldi-da.... Esing joyidami? Har xil xayolga boraverasanmi? Aytyapman-ku, hech kim yoʻq deb... (goʻshakni qoʻli bilan bekitib, Sultonga) Qaysi qiz bilan oʻtiribsiz, deydi.

SULTON: - Toʻgʻri soʻz, mardsan-ku. Ayt toʻgʻrisini.

DAVLAT (Sultonga bir ola qarab qoʻyib, goʻshakka): -E-e, sen bunaqa gaplarni... Oʻylama, xoʻpmi? Men unaqa odam emasman. Seni hech qaysisiga alishmayman.

Sulton tovushini chiqarmay kuladi.

Nozim ensasiqotganinibildiradi.

Ra’no Nozimga qiziqib qaraydi.

SULTON: - Bir gap boʻladi. Koʻnglim sezyapti.

DAVLAT: - Nima gap?

Sulton Ra’noga bir qarab oladi.

Ra’no ichkari kiradi.

DAVLAT: - Romingni ayt.

SULTON: - Rom emas. Xotiningning oʻzini aldaysan, koʻnglini emas. Oʻsha yoqdan sezib turibdi-ya.

DAVLAT: - Voh, ekstrasens-ey! Sen xotin koʻngli nimaligini bilib qoldingmi?

SULTON: -Koʻrasan-da.

Gulsanamning Uyi

Davron uygongan, karavotida oʻynab yotadi.

Gulsanam uning yonida, lekin unga qaramay xayolchan oʻtiradi.

GULSANAM (oʻzicha): - Oʻldimi! Uyda begona qiz boʻlsa. Yoʻgʻ-e. Lekin tovushni aniq

eshitdim. Dadasining tili ham galdiraklab turibdi...... Boramiz, oʻgʻlim, huvillagan hovlida

Oʻzini bitta yashattirib qoʻyish ham yaxshi emas. Xotin koʻrgan erkak-da. Bizni oʻylab, ichikib yurgandir.

Gulsanam Davronni qoʻliga olib, bagriga bosadi.

GULSANAM: — Davlatginam! Ha, sogʻingan. Men ham soginib ketdim. Sogindik a, oʻgʻlim? " Erini uzoq vaqtdan beri koʻrmagan kelinning shundan bosh-qa oʻyi ham qolmaydi, shekilli.

Sharofat Ayaning Uyi

Oʻsha manzara.

Uch sovchi.

MA’RIFAT AYA: - Juda oʻtirib qoldik-ku. Sanobar ham suratkashligini bitirdi.

HANIFA XOLA: - Ha, koʻngling shularda boʻlsa, menga ma’qul tushdi. Qizi ham odobli, ham oʻtli-shudlikkinaga oʻxshaydi. Oʻzini tutib olgan.

SANOBAR: - Shu vaqtgacha oʻtirib turgan ekan-da, a? Xuddi bizlarni kutganday.

HANIFA XOLA: - Aytyapti-ku, oʻqishi deb bermadim deb. Hozir bolasini avval oʻqisin, oʻzini tutib olsin, chet ellarga borib kelsin deganlar ham ancha chiqadi.

Sanobar qoʻl telefonidan boya tushirgan manzarasini koʻrib oladi.

MA’RIFAT AYA: - Yaxshi chiqibdimi? Yuborsa boʻladimi?

SANOBAR (telefoni ekranidan koʻzini olmay): - Yaxshi. Qorongilik qiladimi, degan edim,yoʻq,tiniqchiqibdi.

HANIFAXOLA: - Nimalar tushibdi?

SANOBAR: - Shu, kirganidan chiqib ketgunigacha.

HANIFA XOLA: - Yo tavba! Shu kichkina narsa-ya. Kinoga katta narsalarini toʻgʻrilab olar edi-ku.

SANOBAR (shivirlab): - Boʻldi. Kelyaptilar.

Sharofat aya qoʻlini koʻksiga qoʻyib kiradi.

SHAROFAT AYA: - Yaxshi oʻtiribsizlarmi?

HANIFA XOLA (yoʻliga): - Aylanay, biz endi turaylik.

MA’RIFAT AYA: - Ha, juda oʻtirib qoldik.

SHAROFAT AYA: - Yoʻq, bir choʻqim osh yemay hech qayoqqa ketmaysizlar. Sizlar uchun ataylab qizimga qildiryapman.

SANOBAR: - Xolajon, bular kelishni bilar ekan-u, ketishni bilmas ekan, deb oʻylamang tagin.

SHAROFAT AYA: - Damladi. Oʻn besh-yigirma minutda tayyor boʻladi. Endi, azaldan gap bor-ku, mehmonning kelishi oʻzidan, ketishi uy egasining ruxsati bilan deb. Ruxsat yoʻq.

HANIFA XOLA: - Ha mayli, qizingiz qilayotgan boʻlsa, bira toʻla qoʻlining shirinligini ham bilib ketar ekanmiz-da... Sharofatxon, endi shu ochiq yuz bilan aytishingiz qoldimi deyman?

Boʻyimdek boʻy topdim-u, koʻnglimdek koʻngil topmadim

Istirohat Bogʻi

Anhor boʻyida, boshqa kun - Orif bilan Sharifaning kiyimlari ham boshqa.

ORIF: - Shu yerdan boshqa joyni bilmaymizmi? Boraylik bunday.

SHARIFA: - Mayli.... Qayoqqa?

ORIF: - Nuqul shu anhor boʻyida, u yoqqa boramiz, bu yoqqa kelamiz. Xuddi shu yoʻlakni ijaragaolganday.

SHARIFA: - Mayli, Bogi Eramga. Muzqaymoq olib berasiz.

ORIF: - U yer ham shu-da. Har muzqaymoqdan keyin isitmam chiqadi.

SHARIFA: -Voy,nimaga?

ORIF: - Tomoq chatoq. Mayli, siz yeyavering. Qizlar oʻzi muzqaymoqsiz turolmaydi. Men boshqa narsani aytyapman, Sharifa. Hozir birga yurib qolaylik. Toʻydan keyin, koʻrasiz, boʻsh vaqt topish qiyin boʻladi.

SHARIFA: - Mana, yuribmiz-ku. Uchrashyapmiz.

ORIF: - Diskotekaga boraylik. Qahva ichamiz, oʻyinga tushamiz.

SHARIFA (keskin): - Yoʻ-oʻ, men unaqa joyga bormayman!

ORIF: - Nimaga endi? U yerdagilar ham siz bilan menga oʻxshagan yoshlar.

SHARIFa: - Men hech bormaganman.

ORIF: - Sira hammi?

SHARIFA: —Sira.

ORIF (hayron boʻlib): - Nimaga?

SHARIFA: - Hamma qaraydi. Qoʻrqaman. Orifhayronqarabqoladi.

Bor, bor shunaqa qizlar, oʻttiz-qirq yil oldingi davrlarni eslang, eng botirlari yigitlar bilan kinoga tushardi, xolos.

Akmal Akaning Hovlisi

Darvoza eshigi ochilib, avval Jumagul opa, keyin Oʻtkir aka, ikkovining ham qoʻlida bozorlik, kirib keladilar.

Ularni koʻrgan Salima opa, kutib turgan boʻlsa-da, hayajonlanadi.

SALIMA OPA: - Voy. Voy!... Kelinglar, kelinglar. Hoy, Akmal aka, chiqing. Chiqsangiz-chi! Bojangiz keldilar.

JUMAGUL OPA: - Assalom, opa!

SALIMA OPA: - Vaalaykum! Voy, assalom, Oʻtkir... Yaxshimisiz? Hoy, Akmal aka, qarang! Muncha koʻtarinib yuribsizlar, Jumagul, menga ber.

JUMAGULOPA: - Mang....

SALIMA OPA: - Oʻtkirjon, siz xam bering. Ovora boʻlibsizlar-da.

JUMAGUL OPA: - Oʻzim qarashaman. Opa, yaxshimisiz.

Ayollar oʻpishadilar.

Oʻtkir aka oʻngaysizlanib turadi.

SALIMAOPA: - Hayajonlanib ketyapman.

JUMAGULOPA: - Meni aytmaysizmi.

SALIMA OPA: - Yuragim oʻynab ketyapti. Xuddi oʻzim erga tegayotganday.

Ayollar sharaqlab kulib yuboradilar.

Oʻtkir aka iljayadi, eshikka qarab qoʻyadi.

JUMAGUL OPA: - Men xam ertalabdan beri uchib yuribman.

Eshik ochilib, Akmal aka shoshib tushadi.

AKMAL AKA: - Iy-e, iy-e, Oʻtkir, xush kelibsiz!

OʻTKIR AKA: - Salom-alaykum, Akmal aka.

AKMAL AKA: - Va-alaykum, va-alaykum! (ajablangan boʻlib, hazil maqomida) Yasanib olibsiz? Galstuklar.... Dakalad oʻqigani keldingizmi deyman.

OʻTKIR AKA: - E-e, odamni uyaltirmang.

AKMAL AKA: - Oʻ-oʻ, kostyum xam yangi-ku. Muborak boʻlsin, muborak!

OʻTKIR AKA: - Hammasiga, mana, jiyaningiz, yangi kostʼyum kiyib, galstuk taqmasangiz, pochcham uyga kiritmaydilar, dedi.

SALIMA OPA: - Akmal aka, qoʻying shu hazillaringizni. Mehmonlarni uyga torting.

JUMAGUL OPA: - Voy, opa. Mehmon demang. Quda deng endi.

SALIMA OPA: - Aytganing kelsin. Xoʻp, Oʻtkirjon, kiring. Jumajon.

AKMAL AKA (jilmayib): - Shoshmay tur-chi, qancha kuchi bor ekan. Quda boʻlaman deb beli sinib yurmasin.

OʻTKIR AKA: - Bor, bor, aka.

JUMAGUL OPA: - Bojangizning beli sinsa, men bor, pochcha. Saodatjon uchun hamma narsagatayyormiz.

SALIMA OPA: - Xay, kiringlar endi.

AKMAL AKA: - Qani, Oʻtkirjon....

OʻTKIR AKA: - Yoʻq, sizdan. Uy sizniki.

AKMAL AKA: - Sizniki ham. Endi yana ham sizniki boʻladi, xudo xohlasa.

JUMAGUL OPA: - Opa, men sizga qarashay.

SALIMA OPA: - Avval kirib bir omin qilaylik. Keyin birgalashamiz.

Sultonga Saodat, juda ahil oilalar, hali koʻrasiz, qiz ham juda zoʻr. Diloromga Monte-Karlo degan poshsholik yurtida ishlaydigan, yana boy bir yigitdan odam qatnab turibdi, yoʻq deydigan sababning oʻzi yoʻq, ammo oʻrtada koʻngil degan narsa...

Nozimning Uyi. Ertalab.

Nozim kompʼyuterda berilib ishlayapti: klaviatura tinmay shiqirlaydi.

Hamida xola ustiga non yopilgan kosa koʻtarib kiradi.

Nozim chalgiganiga ogrinib qaraydi, lekin unga stul berib, oʻzi ham qarshisiga oʻtirib oladi.

HAMIDA XOLA: - Sahargacha yozasiz-ey, bolam! (kosani deraza tokchasiga qoʻyadi) Qachon shu oʻqishingiz tugab, yurtingizga ketasiz?

NOZIM (xunob boʻlib): - Obbo. Ovora boʻlib nima qilasiz? Aytdim-ku, har kuni koʻchadan ovqatlanibkelaman,deb.

Hamida xola kursiga bemalol joylashib oladi.

HAMIDA XOLA: - Voy, bolam, koʻchaniki boshqa. Bu - toʻyniki, tabarruk. Meli akangiz toʻy qilgan ekan. Men Mapirat kenno-yingiznikiga bormoqchi edim. Qoʻymay olib ketishdi. O-o, toʻymisan toʻy boʻldi-da. Meli akangiz, ana Arvonmi-Narvonmi koʻchada turadi-da.... Otasi kerosin sotardi. U vaqti kerosinchilarning ishi ham avj edi. Elektr yoʻq, bir piyola kerosin topilmay qolsa, hamma yogingiz zimiston. Meli akangizga ham otasining kerosinidan yuqqan-da, topish-tutishi yaxshi. Bilasiz-a?

NOZIM (anglamay): - A? Nimani?

HAMIDA XOLA: - Bilasiz. Anavi koʻchaning boshida turadigan Sharofat opangizning ukasi, ha. Rahmon bovongizning kampiri. Ikkinchi xotini. Rahmon bovongizni koʻrmagansiz, xudo rahmati, yaxshi odam edi, damqismadan ketdi. Sharofat opa ikkinchi xotin boʻlsa ham, hamma bolalaring boshini biriktirib, bovongizning ma’rakasini katta bergan edi.... Meli shukampirningukasi-da......

Nozim bu gurung asnosida chekkasini tirishtirib oʻtiradi, ora-sira «ha, him» deb kampirning gapi tugashini kutadi. Boʻlavermagach, sigaret tutatib, atay kampirga qarata tutun qaytaradi, zora, nafasi qaytib, chiqib ketsa degan umidda.

Nozimning xayoli qochadi: karavotda oʻtirgan Oygul qoʻli bilan tutunni yelpib qoladi.

OYGUL: - Menga ham sigareta bering.

Oygul qoʻlidagi sigaretani aylantirib, teskari tishlaydi.

NOZIM: - Teskari. Filʼtridan tishlang.

Oygul sigaretani toʻgʻri tishlab, oʻzi gugurt olib, yigitlarga oʻxshab bir koʻzini qisib tutatadi,keyinyoʻtaladi.

NOZIM: - Oldim-da, mayli, chekavering. Tutunini yomon koʻraman-u, lekin siz chekkaningiz yoqadi, der edingiz. Endi oʻzingiz chekyapsiz?

OYGUL: - Mening dardimga kuyganidan deb oʻylayapsizmi?

NOZIM: - Tutunning tami meni eslatsa kerak-da.

OYGUL: - U kunlarning tami emas, achchigi qolgan. Eslatmaydi, yurakni achitadi, oʻyib oladi.

NOZIM: - Men ham ba’zan kuyib ketaman.

OYGUL: - Yoʻ-oʻq, shunchaki kuygingiz kelyapti. Muhabbat oʻtida kuyadigan yoshdasiz. Menga kuymayapsiz, kuyadigan boʻlsangiz, buncha oson voz kechmas edingiz.

NOZIM: - Hech oson voz kechmadim. Bir inson, menga yaqin doʻst sizni kuyib-yonib, chin dildan, begubor exshi koʻrar edi-ku. Men... u qadar chuqur sevmasligimni... yoʻq, sevar edim, sevgim unikidek teran, samimiy emasligini bilib turib, nima qilishim kerak edi? Ha, yoʻl berdim! Menga ham oson boʻlgani yoʻq.

OYGUL: - Xotirangizni titkilab koʻryapsiz. Oʻzingizni oqlashni istaysiz-da.

NOZIM: - Nima aybimni oqlayman.

OYGUL: - Yaxshi koʻraman deb ishontirib, keyin urra qochish ayb emasmi? Oqqan yoshlarimning kiyasi tutmaydimi? U inson meni shunaqa chuqur sevgan ekan, men inson-chi? Men sizni chuqur sevmaganmanmi? Hatto siz chekkan tutunning zaharigacha yaxshi koʻrar edim-ku. Mana, hozir ham chekib, sizning oldingizda birga oʻtirgandek oʻtiribman. Shunday sevgimni doʻstingizga oshirib yuborishga haqqingiz bor edimi?

NOZIM: - Hay, hay, xayol qilaman deb oʻzim haddimdan oshibman.

Oygulburqsitibtutatadi.

Hamida xola xuddi Oygulni koʻrayotgandek, u tomonga bir qarab qoʻyadi, qoʻli bilan bilan tutunni haydaydi.

HAMIDA XOLA: - Papirosingizdan menga ham bitta bering.

Nozim sigareta qutisiga achinib qaraydi, lekin kampirga sigareta uzatadi, gugurt chaqib" tutadi.

Keyin kompʼyuterga oʻgirilib, yangi sahifa ochadi.

Hamida xola Nozimning har bir harakatidan koʻzini uzmaydi.

NOZIM (baqirib): - Xola, bir iltimos bor. Toʻy qanaqa boʻlishini aytib bering.

Hamida xola xavotirga tushadi, bir kompʼyuterga, bir Nozimga tikiladi.

NOZIM: - Toʻyni, xola. Ayting.

Nozim qoʻllari klaviatura ustida, Hamida xolaga qaraydi.

Hamida xola choʻchib tushadi.

HAMIDA XOLA: - Yoʻq, yoʻq, yozmang, bolam. Menga yur, deyishdi, bordim. Tanimayman, koʻchasini ham bilmayman. Moshinda oborib, opkeb qoʻyishdi. Men oʻzlari berganini olaman, muncha bering, demayman.

Hamida xola qaytib oʻrnidan turadi.

Nozim hayron boʻlib qoladi.

HAMIDA XOLA: - Eshiklik uy, birov kelsa, mahtal turib qolmasin...

NOZIM: - E-e... Xola, oʻtiring. Tushunmadingiz. Kimning toʻyi boʻlganini soʻramayapman.

HAMIDA XOLA: - Shuni chiqillatmang. Oqshomi bilan qoʻrqib chiqaman. Oʻzi yaxshi eshitmayman, lekin qoʻlingiz qimirlasa, tovushi qulogimga kiradi. Amakingizni qamaganda xonasallotlar shuni chiqillatardi, chiqillatardi... Boʻlmasa, unda qulogim ogir emasdi.

Nozim yana tovushini balandlatadi.

NOZIM: - Xola, aytasizmi? Qoʻrqmang! (oʻzicha, tovushini pasaytirib) Qulogim ogir deydi-da, yana klaviaturaning tovushidan qoʻrqarmish. Buning shiqillashi eshitilmaydi-ku.

HAMIDA XOLA: - Xotin olyapsizmi? Voy, baraka toping. Yolgizlik yomon-da, bolam. Xudoyim hech kimni yolgiz qoʻymasin. Juda yaxshi qilasiz. Toʻy qachon?

NOZIM: - Men emas, xola, bir joʻramiz. Bilmayapmiz-da? Rost gapim.

HAMIDA XOLA: - Toʻy qilishning nimasini biladi? Oʻzi boʻlib ketaveradi.... Lekin yozmang. Hukumat ham shaxardagi toʻyga indamaydi. Qishloqdagiga qarshi. Paxta vaqti. Qishda mayli deydi. Lekin meva-cheva yoʻq, ustolning ustini nima bilan toʻldiradi?

NOZIM: U boshqa hukumat edi, bu hukumatimiz toʻyga qarshi emas, deyapman-ku! Toʻy shaharda, chekkasida boʻladi! Aytasizmi?

HAMIDA XOLA: - Yozib olsangiz ham, qoʻl qoʻymayman. Advakat berganida, yaxshi odam ekan, savodim yoʻq deng, shunda qoʻlingiz oʻtmaydi, deb chuchintirish bergan. Lekin, mana munday qilibbarmoqbostirgan...

Hamida xola qanday barmoq bosganini koʻrsatadi.

Nozim esa Oygulni eslaydi.

Diloromlarning Oshxonasi

Dilorom va Sharofat aya.

Dilorom jahl bilan qozon kavlaydi.

Sharofat aya qizining atrofida parvona.

SHAROFAT AYA: - Qizim, shular kelib ketgandan beri chexrang ochilmaydi, gaplaring xam tars-turs?

DILOROM: - Oyoq-qoʻlimni boylab berib yuborasiz, shekilli?

SHAROFAT AYA: - Ie, seni, nima, boshimga yostiq qilamanmi? Xudo asrasin! Baxting ochilaman desa, yoʻlingga toʻganoq boʻlaymi boʻlmasa?

DILOROM: - Shuncha joningizga tegdimmi?

SHAROFAT AYA: - E sen qiz, bunaqa gaplarni qayoqdan topasan? Hech zamonda farzand onasining joniga tegadimi? Hamma qizning boshida bor savdo, joying chiqsa, uzatamiz-da. Shu xam gap boʻldi-yu.

DILOROM: - Qutulmoqchisiz-da. Ha, uzating! Bu ham odam, bunda ham koʻngil degan narsa bordir, deb sira oʻylamang. Soʻramang, berib yuboravering. Loʻlining xaltasidan tushib qolganman-da.

SHAROFAT AYA: - Hoy. Menga qara, sen bir baloni boshlab qoʻymaganmisan?

DILOROM: - Qanaqa balo? Nimani boshlayman?

SHAROFAT AYA: — Ja gaplaring boshqacha. Bir yaxshi joydan odam kelsa, men yaxshi kutib" olsam, nima boʻpti? Nimaga chirqillaysan? Nima qilib qoʻygansan?

DILOROM: - Aya, oʻz qizingizga ham shunaqa deysizmi? Men kim qayoqda yallo qilib yurgan boyvachchaga tegmayman deyapman, shu xolos.

SHAROFAT AYA: - Nimaga boyvachcha deysan? Oʻz mehnati bilan topyapti oʻsha yoqlarda ham.

DILOROM: - Oʻsha yoqdan uylanaversin edi. Men yaxshi tanimagan odamga tegmayman.

SHAROFAT AYA: - Keyin tanib-bilib ketaverasan. Kim toʻygacha Layli-Majnun boʻlibdi. Eshitgandan nari! Qani, qarindosh-urugning ichida kim bor shunaqa? Hamma shunday turmush qilgan, xotinini ham, erini ham ota-onasi topib bergan, sovchilik bilan. Otam zamonida kelayotgan udum bu.

Sharofat aya qoʻllarini silkib-silkib gapiradi, gapidan oʻzi ta’sirlanib, koʻzlari namlanadi.

Lekin gaplari toʻgʻri, hamma kitoblaru kinolar sevgi toʻgʻrisida boʻlgani bilan, sevishib turmush qurganlarni bir sanang-chi, yuztadan nechta chiqar ekan va ularning shirin muhabbati qancha davom etgan.... Lekin onalari topib, unashtirib qoʻyganlarning hammasi xudoga shukr qilib yashab yotibdi, bola-chaqalarini koʻpaytirib.... Ha endi, bularning ichida ham bitta-yarimi chiqib qolishi bor gap.

SHAROFAT AYA: - Hozirgi qizlar chet elda oʻqiyotganga tegsam deb oʻlib yotibdi. Oʻynab-kulib xoʻp demaysanmi?.

DILOROM: -Kerakemas!

SHAROFAT AYA: - Senga yana nima kam? Onang bechorani qiynaysan! Senga dushman emasman-ku, bolam. Avval koʻr, qani, rasmini yuborar ekan, gaplash....

Hovli. Ertalab

Nozimning uyi derazasidan tamaki tutuni sekin havoga yoyiladi.

Chala bekitilgan joʻmrakdan suv tomadi.

Yarim ochiq darvoza, uning yoniga matashgan boʻm-boʻsh xonalar, hech kim koʻrinmaydigan, jon asari sezilmaydigan derazalar, Hamida xolaning tuynugi va... balandlab ketgan osmon kampirning suhbatini tinglayotgandek...

HAMIDA XOLA: - Toʻy - juda tavarruk. Bu dunyoda qancha odam bor, hammasi toʻy bilan, nikohdan bino boʻladi. Nikohsiz tugilganlar haromi-da, shu uchun ham. Hamma, oʻris ham, karis ham, tatar ham toʻy qiladi. Amakingizning bir qarindoshinikiga boruvdik, Toshqoʻrgondan nariga, oʻsha yerda tungoni deganlar bor ekan, shular ham juda qiziq toʻy qilar ekan. Xoʻb tomosha qildik. Toʻy qilmaydigan xalqning oʻzi yoʻq.

Kampirning gaplari bugungi kun manzaralari ustida eshitiladi:

shahar koʻchalarida yurgan, xiyobonlarda sayr qilayotgan odamlar;

mahalla koʻchasida darvoza qoqayotgan ikki sovchi xotin;

qoʻltiqlashib, qoʻl ushlashib, bir-biriga jilmayib, shoʻx-shodon borayotgan yigit-qizlar;

nevarasini yetaklab, roʻparasidagi yoshlarning salomiga alik olayotgan kampir;

xiyobonda quvlashib oʻynayotgan bolalar...

Oʻrindiqda yonma-yon oʻtirgan oʻrta yoshli er-xotin...

darsini tugatib, duv oqib chiqqan talabalar....

HAMIDA XOLA:- Nimaga bu hukumat qishloqdagi toʻyga qarshi, oʻn kun vaqt beradi, hammang toʻyingni oʻtkazsang, oʻtkaz, boʻlmasa, melisa bilan bostiraman, deydi, tushunmayman. Axir, yigit bilan qiz toʻysiz chimildiqqa kirmaydi-ku. Chimildiqqa kirmasa, bola qaydan tugiladi?

NOZIM: -Xola!

HAMIDA XOLA: - Hukumatga ham odam kerak, ishchi kerak, askar kerak, melisa kerak. Hammasini ona tugadi, e, nikohsiz qanday tugadi, toʻydan oldin nikoh boʻladi-da, boʻlmasa...

NOZIM (oʻzicha): - Obbo! Ketdiyu xolam!

Karavotda oʻtirgan Oygul ma’yuslanadi.

OYGUL: - Bizning toʻyimiz boʻlmadi-da. a. Nozim! Endi boʻlmaydi ham.

NOZIM: - Sabab nima edi oʻzi? Azamat bilan yurganingizni oʻylar edim, lekin hozir oʻylasam, sabab bu emas ekan. U paytlari... begubor edik, eng katta jasoratimiz kinoga kirganda qizlarning qoʻlini ushlab qoʻyish edi. Azamat juda borsa......

OYGUL: — U tomonga oʻtmang. Sizni sevishim u narsalardan baland edi. Qarang, hozir ham oʻzingiz bahongiz juda yuqori.

NOZIM: - Oʻzingiz boshladingiz, toʻyimiz boʻlmadi deb. Men nimaga boʻlmaganining sababiniizlayapman.

OYGUL: - Siz qiz bola uchun turmushga chiqish toʻyining nimaligini bilasizmi oʻzi?.

NOZIM: - Bilsam kerak. Qizlar hali voyaga yetmay ham toʻyini tush koʻrib yuradi.

OYGUL: - Ana, toʻy nima ekan! Qizlar toʻyini eng zoʻr yigit bilan orzu qiladi. Orzusidagi odam sevganidan ham baland boʻladi. Yo sevganini shunday martabaga koʻtarib oladi. Oʻzi biladi ham sevgani bunday emasligini, lekin shunchalar istaganidan xayolida orzusini yaratib oladi. Sevganini hammadan ustun qoʻyib, oʻzi ham shunga ishonib oladi.

NOZIM: - Men xayolingizda shunday edimmi?

OYGUL (istehzo bilan kuladi): - Eh, sodda!

Oygulning oxirgi gapiga Hamida xolaning gapi ulanadi.

HAMIDA XOLA: - Albatta toʻy qilish kerak. Toʻy boʻlmasa, eldan baraka ketgani.

Oygulning oʻrnida tekis oq roʻyja qoladi.

NOZIM (Hamida xolaga, ovozini koʻtarib): - Eskisi shunaqa edi. Hozirgi hukumat oʻzimizniki, toʻyga qarshi emas. Toʻylar boʻlsin, xohlagan vaqti toʻy qilaveringlar deydi, bildingizmi? Xola, toʻyning oʻzini ayting, oʻzini...

HAMIDA XOLA: - Ha, shu, aytyapman-ku!

NOZIM: - Hozir bunaqa gaplar yoʻq. Bir joʻramiz uylanmoqchi, deyapman-ku.

HAMIDA XOLA: - Joʻrangiz? Oʻzingizga hali xotin yoʻqmi?

NOZIM: -Yoʻq.

HAMIDA XOLA: - Siz oʻzingiz uylaning-da. Joʻrangiz uylangani nima qiziq. Bechora bir oʻzingizturasiz.

NOZIM: - Bechora emasman, xola, hali uylanarman. Hozir toʻyni aytib bering. (kampirga eshittirmay) Mening xotin olishim kampirga nima qiziq ekan?

HAMIDA XOLA: - Oʻzingiz soʻraysiz-da, gapirgani qoʻymaysiz.

NOZIM: - Xoʻp, birinchi nima qilinadi?..

Oʻtkir Akaning Uyi

Uyda hech kim yoʻq.

Deraza tokchasidagi telefon jiringlaydi.

Sharofat Ayaning Uyi

Ona-bola aytishib qoldi shekilli.

SHAROFAT AYA (achchiq kinoya bilan): - Voy, rahmat, qizim! Seni shuncha yil tishida tishlab, orqasida opichlab oʻstirgan onangning hurmatini qilyapsan!

Dilorom yerga qarab, indamaydi.

SHAROFAT AYA: - Men nima deb yuribman-a! Nima orzular qilmabman! Oʻzim ham aytardim-a bu qiz tinchgina, hamma aytganga koʻnib yuribdi deb. Bu yoqda ishni bitirib yurgan ekansan-da.

DILOROM: - Aya, men bir narsa qilibmanmi?

SHAROFAT AYA: - Qachon sovchi kelsa koʻzlaring bejo, qachon sovchi kelsa koʻzlaring bejo. Koʻngling ham bejo ekan-da, a? Voy, yashshamagur-ey! Hali oʻzim topib qoʻyibman, de. Nimaga indamaysan? Gapir! Kim oʻzi? Chulchit-pulchit emasmi?

DILOROM: - Odam, hammaga oʻxshagan odam. Poʻstakning tagida ikkita teshik koʻzi, ikkita qulogi, bitta ogzi ham bor, kamchiligi yoʻq.

SHAROFAT AYA: - Gapirma-e! Yana tiling bor. Shu vaqtgacha qay goʻrda yurgan ekan? Ota-onasi bormi? Bordir? Yo yetimxonadan topdingmi?

DILOROM: - Bor, aya. Muncha yerga urasiz? U ham birovning jonday bolasidir, axir.

SHAROFAT AYA: - Jonday bolasi boʻlsa, nimaga shu vaqtgacha eshigimni qoqib kelmaydi? Har kelgan sovchining avzoiga qarab, boʻlarim boʻldi-ku. Yoʻq, sen bir zot-zuryodi yoʻgʻini topgansan. Boʻlmasa, obroʻyingni qilib, ostonamni bosib oʻtardi.

DILOROM: - Siz kel desangiz keladi-da. Halitdan tutab ketyapsiz-ku.

SHAROFAT AYA: — Tutamaymanmi?! Shunday yaxshi joyga xoʻp deydigan joyimda sen bu" gapni chiqarib oʻtiribsan. Tutamayapman, yonyapman, yonib ketyapman!

DILOROM: - Aya, balki bu undan ham yaxshidir, qaydan bilasiz.

SHAROFAT AYA: - Voy, hali kimligini ham uncha bilmaysanmi? Nimaga yaxshidir deysan?

DILOROM: - Nimaga bilmayman, bilaman: yaxshi odam.

SHAROFAT AYA: - Ota-onasi-chi?

DILOROM: - Ota-onasini qaydan bilaman. Uyiga borib oʻtirib olganim yoʻgʻ-u.

SHAROFAT AYA: - Ana! Oʻzini koʻrganu iliqib ketavergan.

DILOROm: - Aya, oʻz qizingizni har narsaga teng qilmang.

SHAROFAT AYA: - Mana shu oʻtmas pichoq bilan tiriklay soʻyib oʻtiribsan-u, yana har narsaga teng qilmang emish. Voy, seni nima orzularda oʻstirdim-a! Seni qizim oqila, hech narsani oʻylamay oʻqiyapti, ertaga oʻqiganga beraman, qizim olima boʻladi, koʻzoynak taqib prapessir boʻladi, deb yuribman-a!

DILOROM: - U ham oʻqiyapti, aya.

SHAROFAT AYA: - E oʻqimay oʻlsin! Hozir oʻqiyotgandan koʻpi bormi? Mening gulday qizimni yoʻldan urib... Iloyo qoʻllaring akashak boʻlib qolsin! Yuzing teskari boʻlsin!

DILOROM: Aya, qargamang.

Sharofat xola oʻkrab yiglab yuboradi.

Unga qoʻshilib Dilorom ham yiglaydi.

Dilorom yiglagan koʻyi borib, onasini quchoqlab oladi.

Sharofat aya bir siltanib, qizini itarib yuboradi, lekin Dilorom battar yopishadi.

Ona-bola bir-birining bagrida yigiga zoʻr beradilar.

DILOROM: Oyijon! Oʻzimning oyi-ijonim! Yiglamang. Kechiring meni, xoʻp, kechirasizmi? Jo-onoyijon!

Dilafroʻz kirib keladi, opasi bilan onasining ahvoliga bir zum qotib qoladi.

Keyin chopqillab borib, ikkalasini ham quchoqlaydi-da, yuzini bu yoqqa burib, koʻzi toʻla yosh, jilmayadi.

Xayriyatchilik.

Hovli. Ertalab

Hovlining umumiy manzarasidan qiya ochiq eshikka, undan mahalla koʻchasiga chiqiladi.

Mahalla koʻchasida bolalar oʻynab yuribdi.

Mahalla koʻchasidan chiqib kattaroq koʻchaga, katta koʻchadan avtolar yurgan shahar koʻchasiga oʻtiladi.

Shaharda hayot qaynaydi.

Odamlar,odamlar...

Shahar ham odam bilan shahar-da.

Hamida xolaning hikoyasi shu manzaralar ustidan taraladi.

HAMIDA XOLA: Birinchi... yigitning koʻngli soʻraladi, oʻzi aytmasa, otasi onasiga aytadi, bil-chi, uylanish niyati yoʻqmi, koʻz ostiga olgani bormi, deb... Boʻlsa, shunikiga boriladi, boʻlmasa, onasimi, amma-xolasi, yo boʻlmasa, sovchi xotinlar koʻchama-koʻcha yurib qiz izlashga tushadi. Kimnikida qiz boʻlsa, bilsa-bilmasa, kirib chiqaveradi. Boʻy yetgan qiz bormi, deb, soʻraydi. Qiz boʻlsa, kirishadi, oʻtirishadi, choy damlatishadi, shu bilan qizni koʻrib olishadi, birovi sekin oshxonaga qaraydi, ozodami, yoʻqmi, deb. Birovi choynak-piyolalarni, toza yuvilganmi, yoʻqmi, tekshiradi. Hatto palosu gilamlarning tagini ham qarab olishadi, ustini supurib, tagini shunday qoldirmasmikan deb. Qarindosh-urugini surishtirishadi, keyin bu yil uzatish niyati bor-yoʻqligiga qarab, keyin sovchi boʻlib kelishadi...

NOZIM: - Qizning koʻnglini-chi? Soʻrashmaydimi?

HAMIDA XOLA: - Voy, soʻragani shu-da. Sepini qilib, eshigini ochib qoʻydimi, qizning koʻngli shu, ochiq degani. Yigit bilan uchrashtirgandan keyin yana bir soʻrab olishadi, «Koʻrdingmi, tuzukmi? Yaxshi odamlarning bolasi lekin. Boʻladimi?», deb. Aytyapman-ku, qizning ota-onasi avval tayyorgarligini koʻradi, qizini ham shunga tayyor qilib, keyin sekin bu yil uzatishining gapini chiqaradi. Keyin soʻrab-surishtirib sovchilar kelaveradi, shu uyda uzatiladigan qiz bor ekan deb. Hammasining tartib-qoidasi bor, oʻgʻlim.

NOZIM: - Sovchilikning tartib-qoidasi qanaqa boʻladi?

HAMIDA XOLA: — Buni sovchi xotinlarning oʻzlari yaxshi biladi.

NOZIM: - Avval qizning uyidagilar bilan kelishib oladimi?

HAMIDA XOLA: - Nimani?

NOZIM: - Roziligini. Oldin soʻrab bilib oladimi?

HAMIDA XOLA: - A yoʻgʻ-a. Boradi, birga koʻradi, qizni koʻradi, yoqsa, keyin gaplashaveradi. Qiz bilan yigitni uchrashtirishadi, ular ham bir-biriga yoqsa, ana undan keyin kelishuv boʻladi-da. Hammasi yod boʻlib ketgan, xotinlarning oʻzi boplaydi.

NOZIM: - Mutlaqo notanish boʻlsa-chi, xola?

HAMIDA XOLA: - Nima qipti? Hamma tanishdan kelin qilmaydi-ku. Birovnikiga eshitib, birovnikiga soʻrab, tanimagannikiga ham kirib boraveradi. Notanish boʻlsa, tanishadi. Uzatiladigan qizni topib, sovchi boʻlib borgandan keyin, tanishgani shu. Yetti yot begonalar qarindosh boʻlib ketaveradi. Udumimiz shu-da.

NOZIM: - Bundan chiqdi, sovchilar juda zoʻr boʻlsa, gapga chechan, qiz tomonni aldab ketsa ham boʻlar ekan-da?

HAMIDA XOLA: - Voy, bolam, nega aldaydi? Bunaqasini hech eshitmaganman. Ana shu bordi-keldilarning orasida ikki tomon bir-birini juda yaxshi oʻrganib oladi. Aldab... yoʻq, sovchiga nima kerak aldab? Yoʻq, bunaqasi boʻlmaydi. Hamma ham xudodan qoʻrqadi, bolam.

Istirohat Bogʻi

Orif bilan Sharifa bir oʻrindiqda oʻtiradilar.

ORIF: - Hamma udum boʻldi! Faqat nikohdan oʻtishimiz qoldi, xolos. Keyin - toʻy! Toʻydan keyin boshqa hayot boshlanadi, sizni avval xotinlar egallab oladi, keyin oyimning ixtiyoriga boglanasiz. Yoʻq, oyim shunaqa yomon qaynona boʻladilar, demoqchi emasman. Lekin bari bir koʻngillariga qarash kerak, u yoq-bu yoqqa chiqishimiz kerak boʻlsa, oldilaridan oʻtasiz. Menga ham endi oilaliksan, bemahal yurma, kech qolma degan cheklovlar.

Sharifa nim tabassumda, koʻzlari sururli - u Orifning gaplaridan shirin orzularga berilgan.

SHARIFA: - Menga yaxshi gapirsalar boʻldi, har qancha xizmatlari boʻlsa qilaveraman. Yomon gapirsalar ham qilaman. Chunki oʻrgatib gapiradilar, yaxshi boʻl, deydilar.

Orif bir zum Sharifaga qarab indamay qoladi.

ORIF: - Oʻzimga sigmay, toshib ketyapman, Sharifa! Toʻygacha ham bir erkin yashaylik!

Sharifa Orifga hayron boʻlib, tushunmay qaraydi.

ORIF: - Har kuni, har soat koʻrishaylik. Teatrlar, kinolarga boraylik. Dunyosi tor! Osmonlarga uchaylik.

SHARIFA: - Karuseldami?

ORIF (hayron boʻlib qaraydi) : - K-karusel?

SHARIFA (osmonga ishora qilib): - Uchaylik, deyapsiz-ku.

ORIF: - Ha, karuselda boʻlsa ham. Hali birga karuselga ham tushganimiz yoʻq.

SHARIFA: - Pastga qarasam, boshim aylanadi.

ORIF: - Sharifa! Qaerlarda oʻsgansiz!

Sharifa unga sal oʻksinib qaraydi.

ORIF: - Kechirasiz, kechirasiz, boʻgʻilganimdan aytib yuboribman.

Akmalakaning Uyi

Stol ustidagi dasturxon tuzalgan.

Meva-chevalar, katta-katta butun nonlar, faqat ustidagisidan sindirib olingan.

Dasturxon oʻrtasida oʻntadan koʻproq turli sharbat, ma’daniy suvlar bir joyga uyum qilib qoʻyilgan.

Endi qarindoshdan ham yaqin boʻlib olgan Akmal aka, Salima opa, Oʻtkir aka, Jumagul opalarning hangomasi mehrga toʻla.

AKMAL AKA: - Nima maslahat boʻlar edi, oʻzlaringga qaraysizlar-da. Begona emasmiz-ku.

SALIMA OPA: - El qatori, odamlar gapirmaydigan boʻlsa boʻldi. Ortiqcha urinib, qiynalibqolmaysizlar.

JUMAGUL OPA: — Shu begona boʻlmaganimiz uchun ham hamma narsani bekamu koʻst" qilamiz, xudo xohlasa. Odamlar unisi kam, bunisi yetmabdi, begona boʻlganda unday qilar edi, munday qilar edi, deb yurmasin. A Oʻtkir aka?

OʻTKIRAKA: - Shunday,shunday....

AKMAL AKA: - Oʻtkir, koʻz tegmasin, yaqinmiz, bir-birimizni yaxshi bilsak... Shuning uchun kuchingiz yetadiganidan oshirishingiz shart emas.

JUMAGUL OPA: - Pochcha, halitdan bojangizni xijolat qilmang. Xudoga shukr, Sultonjonni uylantiramiz deb, qarab oʻtirganimiz yoʻq.

AKMAL AKA: - Faqat sizlarni qiynab qoʻymaylik, deyman. Yana......

SALIMA OPA - Akmal aka, otasi, Jumajon ham orzu-havasli. Qoʻying, nima qilaman desa, oʻzining bolasi uchun qiladi.

OʻTKIR AKA: - Ha, shunday, shunday.

AKMAL AKA: Shundaylikka-ku shunday, lekin hali nima bor-u, nima yoʻq.

SALIMAOPA: - Nima deganingiz?

JUMAGUL OPA: - Aytavering, pochcha.

AKMAL AKA: - Bu Sultonboy... Oʻqishi bitayotgan boʻlsa, keladimi yo qolarmikan?

JUMAGULOPA: - Nimaga qoladi?

OʻTKIR AKA: - Sen shoshmay tur, eshitaylik.

AKMAL AKA: - Hozir koʻp yoshlar shaharda qolyapti, yana oʻqigani chet elga ketyapti.

Salima opa singlisiga savol nazari bilan qaraydi.

Jumagul opa sal shoshadi, oʻz navbatida eriga qaraydi.

Oʻtkir aka indamay Akmal akaga qarab oʻtiradi.

JUMAGUL OPA: - Keladi, kelmay qayoqqa ham ketar edi.

OʻTKIR AKA: - Shuni bir gaplashmabmiz, Akmal aka. Lekin oʻqigan joyimda qolsam deb bir gapirganday boʻluvdi.

AKMAL AKA: - Bari bir, yoʻlini toʻsmaslik kerak. Bu yerga kelib nima ham qiladi? Agar olib qolishsa, qolaversin universitetida. Chet elga ketaman oʻqishga, desa, yana ham yaxshi.

SALIMA OPA: - A toʻyi nima boʻladi? Akmal aka, gapingizdan ayniyapsizmi?

Koʻcha

Orif bilan Sharifa yonma-yon ketadilar.

Orif Sharifani qoʻlidan ushlab, toʻxtatdi.

ORIF: - Sharifa, qarang, qaysisi boʻlsin?

SHARIFA: - Nimani?

Orif koʻchaning ikki tomonida qator tizilgan limuzinlarni qoʻli bilan koʻrsatadi.

ORIF: - Toʻyimizda uyingizga qaysi borsin?

Sharifa mashinalarga bir qarab qoʻyadi.

ORIF: - Ayting. Tanlaymiz.

SHARIFA: - Shular boradimi? Mahallamizga sigmaydi-ku.

ORIF: - Sigadi. Usta boʻlib ketgan bular.

SHARIFA: - Mundayrogi ham boʻlar.

ORIF: - Bir marta boʻladigan baxtimiz toʻyi....

SHARIFA: -Anaunisi?

ORIF: -Qaysi?

SHARIFA: -Anau,oqi.

ORIF: - Oq «mersedes»mi? Eskiroq-ku. Bu yerdagi oʻzi hammasi eski, kapitalistlarning eskilari. Mana, qarang, mana bu «Linkolʼn», unisi «Audi», bu «Mersedes», qora, anavi kattasi «Xammer»... Shuni olamizmi? Lekin puli ham ming yo bir yarim ming dollar boʻlsa kerak.

SHARIFA: - Sotishadimi?

ORIF: - Bu pulga kim sotadi?

SHARIFA: - Eski deyapsiz-ku.

ORIF: - Bitta toʻyga, yarim kunga!

SHARIFA: - Muncha qimmat?

Men qilaman oʻttiz, xudoyim qiladi toʻqqiz.

Akmal Akaning Hovlisi

Akmal aka, Salima opa, Oʻtkir aka va Jumagul opa hangomalari quyug-u, sal jiddiylashgan ham.

AKMAL AKA: - Nimaga gapimdan ayniyman? Boʻladigan gapni aytyapman. Endi shu ish boʻladigan boʻlsa, Sultonboyning keyingi rejalari qanday boʻladi, bilish kerak-da.

SALIMA OPA: - Shunaqa demaysizmi, boshqa niyatingiz bormi, deb choʻchib ketibman.

OʻTKIR AKA: - Bojam toʻgʻri aytyaptilar, bilishlari... bilishimiz kerak.

JUMAGUL OPA: - Mening bolam boʻlsa, keladi.

AKMAL AKA: - Hozirgi yoshlarni kurk bosib oʻtirolmaysiz. Mayli, Toshkentda qoladimi, yo chetga ketadimi, omadini bersin.

OʻTKIR AKA: - Men ham shu fikrdaman.

SALIMA OPA: - Oʻzing yaxshilab gaplashib qoʻy.

JUMAGUL OPA: - Gaplashaman, opa. Lekin qayoqqa ketadigan boʻlsa ham, Saodatjonni qoldirmaydi. Birga olib ketadi.

AKMAL AKA: - Men ham shuni aytyapman.

JUMAGUL OPA: - Bu boshqa gap. Rahmat, pochcha.

OʻTKIR AKA: - Chuqur oʻylaydigan odamsiz-da, Akmal aka.

AKMAL AKA: - Rahmatga shoshmay turinglar. ...Agar Sultonboy u yoqda qolaman, yo chetga ketamandesa......

JUMAGUL OPA: - Oʻqisa ham, ishlasa ham Saodatjon bilan birga boʻladi.

SALIMA OPA: - Ha, er qayoqda boʻlsa, xotin ham shu yoqda. Faqat Saodatning oʻqishi qolibketmasa....

JUMAGUL OPA: - Koʻchiradi. Qaerda boʻlsa ham bitirsa boʻldi-da. Bu yogini oʻylamang.

AKMAL AKA: - Oʻylaydigan tomonlari bor, Jumajon. Qaysi pulga ketadi, qaerda turadi? Ikkovi boʻladigan boʻlsa, bir chogroq boʻlsa ham uy olib berish kerak.

OʻTKIR AKA: - Ha, ha, albatta. Yangi kelin-kuyov yotoqda, talabalarning ichida turmaydi-ku.

JUMAGUL OPA: - Toʻyni oʻtkazib olaylik, u yogi bir gap boʻlar.

AKMAL AKA: - Ana shu bir gapni hozir oʻylab qoʻyish kerak. Biz ham qarab turmaymiz.

Yaxshi ota-onalar-da, toʻydan keyin nima boʻlishining ham tashvishini oʻylab qoʻyadilar.

Sharofat Ayaning Hovlisi

Sharofat aya arazlagan koʻyi oshxonadan chiqadi.

Unga Dilorom yolvorib ergashadi.

DILOROM: - Aya, bir narsa deng. Jon ayajon! Bunaqa qilsangiz, oʻlib qolaman. Hozir oʻlibqolaman.Oʻlaymi,a?

SHAROFAT AYA: - Gapirma menga! Ishim koʻp. Qara, govlab ketganini! Tokqaychi qaerda? Kim oladi-ya? Nimaga mening narsamga teginasizlar?

DILOROM: - Aya, shu vaqti tokingizni qoʻyib turing. Menga javob bermayapsiz.

SHAROFAT AYA: - Nimaga javob beraman? Xomtok qilishim kerak, tamom! Oʻrmon boʻlib ketibdi-yu.... Oʻzing topib, yana soʻraysanmi. Tegib ketaver-da. Senga ona nimaga kerak? Ona emas, nima desang xoʻp deydigan, tilsiz-zabonsiz bir choʻring boʻlsa! Bor, ustingdagi kiyiming bilan ketaver. Yaxshi koʻrishgan boʻlsang, senga ogilxona ham saroy, tansa tushib yashayverasan.

Dilorom onasining yoʻlini toʻsib, quchoqlab olmoqchi boʻladi. Sharofat aya uni itarib tashlaydi.

Qizida onadan ham bir qamchi bor lekin.

SHAROFAT AYA: - Qoch-e, yomon shayton boʻlibsan, shunaqa qilib eritmoqchimisan?

DILOROM: - Ha! Eritaman. Oʻzimning ayamsiz, nima desangiz deng, ogilga haydaysizmi, baribir,qizingizman.

Dilorom yana onasini quchoqlab olmoqchi boʻladi. Sharofat aya yana uni nari itaradi; bu gal sekinroq.

Dilorom yiglaydi.

Sharofat aya shu yerdagi qiyshiq taburetkaga oʻtirib oladi.

Dilafroʻz deraza yana deraza tokchasida bularga -qarab, kulishni ham, yigʻlashni ham bilmay," ma’sumiljayadi.

SHAROFAT AYA: Xoʻp. Qizim, menga ayt-chi, oʻshangning nimasi ortiq. Sizlarni katta qilaman, odam qatoriga qoʻshaman deb, suv kelsa simirdim, tosh kelsa, kemirdim. Dadang... ha mayli, dadang bechoraning ham bir umr qora mehnatdan boshi chiqqani yoʻq. Shu uyim, ikkita qizim deb. Xudo oʻgʻil bermadi, lekin sizlarni oʻgʻil boladay qilib oʻstirdik. Ketmon chopib, yer tirmalab boʻlsa ham shu darajaga olib keldik. Endi seni uzatib, baxtingni koʻraman, nevara koʻtaraman deb turgan paytimda, sening nima qilganing bu? Hamma orzu-umidim puchga chiqqandan keyin yiglayman-da, yiglamay nima qilay? Qaysi mahalladan oʻzi u yer yutkuring?

Sharofat aya xoʻp gapiradi, shu bilan ancha dardlari ham chiqib ketadi.

Dilorom onasining yonida, yerda oʻtirib olgan, boshini tizzasiga qoʻyib u ham yiglaydi, onasiga qiya qarab qoʻyadi, javob bermaydi, yana yiglaydi.

Dilafroʻzning ham yiglagisi kelib, burunchasi qichishib, yuzlari burishib ketadi.

SHAROFAT AYA: - Ha, tilingni yutib yubordingmi, tovushing chiqsin. Kim oʻzi, uy-joyi qaerda?.. A? Yo ichkuyov qilib olamanmi?

Ona bechora soʻrashga oʻtdi-ku, har qalay.

Akmal Akaning Uyi

Akmal aka, Salima opa, Oʻtkir aka va Jumagul opaning boyagi suhbatining avji goh pasayib, goh balandlab turadi.

AKMAL AKA: - Shunday qilaylikki, oxirida ham hammasi yaxshi boʻlsin. Men ularning kelajagini oʻylayapman. Katta boshingizni kichik qilib kelibsiz, rahmat! Mana, biz ham rozimiz. Rozimiz deb tilimizda aytishimiz ham shart emas, chunki koʻpdan beri dilimizdagi gap-ku.

OʻTKIR AKA: - Rahmat, Akmal aka!

SALIMA OPA: - Iloyo, shu niyatlarimizga yetaylik.

JUMAGUL OPA: - Iloyo!

AKMAL AKA: - Faqat shu... keyin qaerda oʻqishi, qaerda turishini hozir hisobga olish kerak. Toʻyga xarajat qilganda ham bel sinib ketadigan boʻlmasin demoqchiman.

Jumagul opa Salima opaga, u esa bunga qaraydi.

Salima opa erining gapini ma’qullab boshini qimirlatadi.

Jumagul opa Oʻtkir akaga qaraydi.

Oʻtkir aka esa, koʻzi Akmal akada, ta’sirlanib oʻtiradi.

OʻTKIR AKA: - Siz aytganday qilamiz, Akmal aka. Keyinini ham hisobga olamiz.

JUMAGUL OPA: - Bari bir el qatoridan kam qilmaymiz.

AKMAL AKA: - Hay... Salima, boʻpti-da. Endi, u-bu narsang bormi, olib kel.

SALIMA OPA: - Ovqatim hozir boʻladi. Tovuq dimlab qoʻyganman.

OʻTKIRAKA: - Ovqatemaganjoyimizmi?

AKMAL AKA: - Ovqatinggacha ber-da, hangomani qizdirib turaylik.

JUMAGUL OPA: - Pochcha, achchiq aralashtirmaydi deyishadi-ku.

AKMAL AKA: - U majlisni yakunlab, boshqa majlis ochamiz. Bunisida mumkin. Ikki boja oʻtiribmiz-da.

OʻTKIR AKA (qoʻli bilan rul boshqarishni koʻrsatib): - Piyoda emas edik-ku.

AKMAL AKA (Jumagul opaga): - Achchiq mumkin boʻlmasa, bizlar uni shirin qilib ichamiz.Yaxshigaplarbilan.

OʻTKIRAKA: - Bugunichmasak....

AKMAL AKA: - E-e, Oʻtkirjon, bu xotinlarning gapiga kirsangiz, odamni qantarib qoʻyadi. U gaplar biz tomonda yoʻq. Toshkent, Fargona tomonlarda bor bu irim. U ham nomiga... (oʻrtadagi ichimliklarga alanglab) Salima, shuncha narsani qoʻyib, oʻshani qoʻymadingmi?

SALIMA OPA: - Buguncha qoʻyib tursangiz-chi shuni. Bojangiz ham moshinim bor deyapti-ku.

AKMAL AKA: - Qoʻymaymiz! Moshinni tashlab ketadi. Chunki men xursandman. Shunday bojam kelgan, yana shunday niyat bilan! Ichmasa, qizimni bermayman.

SALIMA OPA: - Hay-hay, bunaqa gaplarni aralashtirmang.

OʻTKIR AKA: - Boʻpti-ey, Salima opa, bering!

JUMAGUL OPA: — Keyin sizlar bilan gaplashib boʻlmaydi.

AKMAL AKA: - Yana nimani gaplashamiz? Majlis qarori qabul qilindi.

OʻTKIRAKA: - Ha,boʻldi, hadeb chaynayvermaydi.

JUMAGUL OPA: - Ha, aytgancha, opa, Saodatjon uyda yoʻqmi? Oʻzlaring oʻtiribsizlar.

SALIMA OPA: - Ha, Saodat Qoʻshtegirmondagi dugonasinikiga ketgan. Ketishim oldidan bir qidirib kelay deb.

JUMAGUL OPA: - Ketishi oldidan? Qayoqqa?

SALIMA OPA: - Iy-e, senga aytmabman-da, Yaponiyaga. Ikki haftaga. Universitetida nimadir grant yutibdi. Shunga borib kelar ekan.

JUMAGULOPA: - Ha-a....

SALIMA OPA: - Yaxshimi?

AKMAL AKA: - Ey, maqtanguncha, oʻrningdan tursang-chi.

JUMAGUL OPA: - Zoʻr! Toshkentdan uchadimi?

SALIMA OPA: - Ha. Bu yerdan Toshkentga boradi. Viza-pizasini oʻsha yerda toʻgʻrilaydi.

JUMAGUL OPA: - Toshkentdan uchsa... yaxshi. (eriga bir qarab olib) Bir-ikki kun boʻlsa kerak?

SALIMA OPA: - Bilmayman, qogozi bitishiga qaraydi-da. Balki koʻproqdir.

JUMAGUL OPA: - Xay, opa, bularning soʻraganini beraylik. Oʻzim qarashaman sizga.

Salima opa bilan Jumagul opa oʻrinlaridan turadilar.

AKMAL AKA: - Yashang, Jumajon. Oʻzingizdan yoruglik chiqmasa, opangiz qishdagi qorni xamqizganadi.

SALIMA OPA: - Hozirgi qishlarning qori sholiga xam yoʻgʻ-u, suv yetmayapti.

Davlatning Uyi. Tush Payti

Yana shu oʻzimiz bilgan uch doʻst. Faqat boshqa kun.

Uchta kursida uch doʻst oʻtiradilar, bu gal jurnal stoli oʻrtaga qoʻyilgan.

Bitta soya boʻlgani uchun, «Zaporojets» ham doimgi joyida.

NOZIM: - Davlat ham odamgarchilikni oʻrganyapti, Sulton. Qarang, oʻrtada dasturxon.

SULTON: - Hech narsasi yoʻq-ku.

NOZIM: - Yaxshi niyat-da. Maqtab tursak, boʻlib qolar.

DAVLAT: - Quruq kelmasalaring hamma narsa boʻladi. Qurumsoq oʻzlaring. Umuman, Sulton, sening darding deb toʻplanyapmizmi, dasturxon xam sening boʻyningda.

SULTON: - Xoʻp, xoʻp. Shuni oldinroq aytsang boʻlar edi.

DAVLAT: - Odamning oʻzi bilishi kerak. Qizing ham sodda ekan, seni deb onasini koʻndiribdi-ya, bechora.

NOZIM: - Shunaqa deng? Koʻndiribdimi-ey?

SULTON: - Birdan koʻnmaydi-ku. Odami kelsin-chi, koʻraman, debdi.

DAVLAT: - Odami kelsin, dedimi, boʻldi! Boʻldi! Koʻngani shu!

NOZIM: - Haqiqatan xam yaxshi koʻrar ekan, Sulton, qadriga yetish kerak.

DAVLAT: - Qizlarning ham didi tushib ketibdi-da, a. Sultonni xam yaxshi koʻrgandan keyin.... Yashavor, doʻstim, men kesakdan oʻt chiqqaniga xursandman. Qara-ya!

SULTON: - E-e, qoʻy shunaqa gaplaringni. Undan koʻra, oʻyla, bu yogiga nima qilamiz.

DAVLAT: - Sen oʻyla-da, men... asosiy ishni bitirib berdim.

SULTON: -Nozim....

DAVLAT: - Nozim? Nima Nozim? Uni kim chaqirdi? Men-ku. Ha......

Telefonjiringlaydi.

DAVLAT: Ol-chi, kim ekan?

Sulton goʻshakni oladi.

SULTON: - Alyo? Yoʻq. Men. Sultonman.... Gulsanam, senmi?.. Tinchlik. Nozim ikkalamiz kelgan edik. Uy yoqlar yaxshimi?.. Oʻzimi? Ha, shu yerda.... Mana, beryapman....

DAVLAT (goʻshakka choʻzilib): - Nima buncha soʻroqlab qoldi?.. (goʻshakka) Da-ah... Va-alaykum! Ha, tinchlikmi? Davron yaxshimi?.. Ha, nima gap?.. Kechagina telefon qilding-ku.... Ha. Oʻtiribmiz, gaplashyapmiz.... Nimani deganing nima?.. Oʻzimiz gaplashib oʻtiribmiz.... Qiyqirayotgan Davronmi?... Trubkani ber... Davron, Davron... Dadaga salom qani?.. Ha, shaytonchik. (bu doʻstlariga) Hali gapirishni bilmaydi-da. (Goʻshakka): Qani, bitta aka de-chi.

Ha, mayli... Gulsanam, boshqa nima gaplar bor?... Xoʻp, borarman. Nimaga borgim kelmaydi?" Sen bunaqa gaplarni qoʻi-da, pul yubor.... Ha-da, tugadi.... Nimaga darrov? Moshin oldim.... Sal ishi bor. Bu yerda hamma narsa qimmat.. Ey, Sanam, bilasan-ku, bitta oʻzim nechta yigitga arziyman.

Davlat goʻshakni joyiga qoʻyadi.

DAVLAT: - Jinni, nechta Davlat akamni boqyapman ekan, deydi. Birov gap oʻrgatyaptimi unga? Nuqul «nima qilyapsiz, kim bilan oʻtiribsiz?» Ishonmayapti. Lekin toʻgʻri qiladi. Menga oʻxshagan yigitlarga ishonib boʻladimi?

NOZIM: - Yigitning guli, jonon yigit.

DAVLAT: - Menga bunaqa bachkana gaplarni taqamang. Men gul emas, chinorman, bildingizmi!

NOZIM: - Ha, aytdim ishqilib, nimaga qarga qoʻnib yuribdi deb?

SULTON: - Ey, qoʻysalaring-chi!

NOZIM: - Nuqul maqtanadi.

DAVLAT: - Bor - maqtanadi.

SULTON: - Odamga oʻxshab gaplashasizlarmi, yoʻqmi?

DAVLAT: - Ha, boʻpti. Odamning jahlini chiqaradigan sifatlarni yopishtirmang odamga.... Ey, Sulton, Gulsanam senga nima dedi?

SULTON: - Hech narsa. Joʻrangiz nima qilib oʻtiribdi, dedi.

DAVLAT: - Nima qilib oʻtirgan boʻlaman? Yoʻq, unga birov gap oʻrgatyapti. Kecha telefon qiluvdi, oldin payshanba kuni ham gaplashuvdik, endi, mana, yana.

SULTON: - Biron gap eshitdimikin?

DAVLAT (qoʻlini siltab): - Qaydan eshitadi? Koʻrgisi kelyapti-da. Men xotinimni bilmaymanmi! Faqat injiqligi sal boshqacha-da. Ha, ana shunaqa, doʻstlar, uylanib, boshqasi bilan xam yursang, ikkalasining oʻrtasida talash boʻlasan. Ikkovi xam meni yaxshi koʻradi. Ayniqsa Gulsanam.

NOZIM: - Obbo. Sizday maqtanchoqni yaxshi koʻrmay boʻladimi.

DAVLAT: - Xoʻp. Siz ham maqtaning-chi, doʻstim. Buni xam eplash kerak, sizlarga oʻxshagan noshudlarning qoʻlidan kelmaydi. Mana, akang qaragayga oʻxshaganlar......

Davlat shu gaplarni aytayotib gijjak chalgan boʻladi.

SULTON: -Davlat!

NOZIM: - Tori yoʻq gijjakni chalsa yoʻq kuy chiqadi.

Yana telefon jiringlaydi.

Bu gal xam goʻshakni Sulton oladi.

SULTON: - Va-alaykum. Ha, Davlat akangizning uyi.... Men oʻrtogiman. Mana, oʻziga beraman... (Davlatga goʻshakni uzatayotib). Bir qiz. Anavingmi deyman.

DAVLAT: -Ra’nomi?

SULTON: - Kim biladi, bir ovozi yoqimsiz. Erkak sabziga oʻxshaydi.

NOZIM: - Erkak sabzidan ovozi chiqar ekanmi?

Davlat Sultonga bir xoʻmrayadi-da, goʻshakni qulogiga tutadi.

DAVLAT (goʻshakni qulogiga tutadi, yuzi yorishadi): - Da-ax!.. Ra’no! Yaxshimisan?.. Jon?.. Hali gaplashib oʻtiribmiz. Kelaver, bular ketadi.

SULTON: - Eshilib, ip boʻlib ketadi bu.

NOZIM: - Gaplashamizmi yo buning musiqiy dostonini eshitamizmi?

SULTON: - Hozir ketdi-yu?

Davlat qulogi goʻshakda. Nozimga «hozir» degan ma’noda imo qiladi.

SULTON (Davlatga): - Meni aytdi deysiz, bir gap bor.

DAVLAT (goʻshakka): - Aytyapman-ku, ish bitmayapti. Boʻshashim bilan telefon qilaman.

SULTON: - Bekorga emas.

NOZIM: - Nimani aytyapsiz?

SULTON: - Xotini bilan bunisi ketma-ket telefonda. U kuni ham shunday boʻldi. Ikkovini gapirdimi, tamom. Bugun ham ikkovi ham birga telefon qilyapti.

DAVLAT: - Ha, mayli, jonim... (goʻshakni qoʻyib) Sen, Sulton, folbinlik qilmay oʻtir. Ikkovi ham yaxshi koʻrgandan keyin telefon qiladi-da.

SULTON: - Koʻrasan. Bir gap boʻladi.

DAVLAT: — Meni qoʻrqitolmaysan. Undan koʻra-chi, kelsa, oʻzing soʻlagingni oqizmay oʻtir.

SULTON: - Shuninggami? Pul bersang ham qaramasman.

DAVLAT: - Voh, voh! Ikkoving ham koʻzingni uzmaysan.

NOZIM: -Men?

DAVLAT: -Ha,siz.

NOZIM: -Oʻziaytdimi?

DAVLAT: - Qarayvermanglar-da, koʻngliga keladi.

NOZIM: - Koʻngliga boshqa narsalar keladiganga oʻxshaydi. Yoʻq yerdan rashk qildirmoqchi boʻlsa. Men hayotda qaramasman. Sizga mos u.

DAVLAT: - Menga nima qilibdi?

SULTON: - Menga qaradi dedimi-ey?

DAVLAT: - Boʻpti, aytdim, qoʻydim. Men gapiga e’tibor qilganim yoʻq.

NOZIM: - e’tibor qilmaganingiz-da bu, bizga aytyapsiz.

SULTON: - Bizni urishtirib qoʻymasa hali. Oʻzi nimaga keldi-yu, nimaga ketdi?

DAVLAT: - Sening basharangni koʻrib ketib qoldi.

NOZIM: -E-e,boʻldi-da-ey!

DAVLAT: - Tamom! Mavzuga qaytaylik. Nimaga kelgan edik? Sovchi yuboramiz, shu-da?

SULTON: - Ha, yuborish kerak.

DAVLAT: - Boʻpti, yuboramiz! Qiz onasiga aytgan, onasi keling degan, demak, masala pishgan. Sovchi yuborsa boʻldi!

NOZIM: -Kimni?

DAVLAT: - Kimni? Ha-ey, kimni yuboramiz? Nozim?

Sulton Nozimga umid bilan qaraydi.

Nozimkiftiniqisadi.

NOZIM: - Oʻylab koʻrish kerak.

DAVLAT: - Oʻylang. Boshni ishlating.

NOZIM: - Bosh bu chalkash ishlarga ishlamay qolyapti.

Oʻtkir Akaning Uyi

Uyda hech kim yoʻq.

Telefon tinmay jiringlaydi.

Gulruhlarning Uyi

Saodat qoʻl telefonida gaplashyapti.

SAODAT: - Ha. albatta, ketaman. A?.. Senga nima?.. Yoqmayapti? Esing joyidami? Sendan soʻrab oʻtiramanmi?... Sen menga kim boʻlasan?.. Hazilingni pishirib ye! Shu ham hazil boʻldi-

yu.... Menga hech kim xoʻjayinchilik qilolmaydi.... Yaponiya...... Kelganimdan keyin koʻraman.

Hali javobi kelgani yoʻq. Lekin shu kunlarda kelishi kerak.... Boʻpti, mening vaqtim yoʻq.... Ogzingga kelgan gapni gapiraverma. Seni bir kursdosh doʻst desam......Boʻpti.

Gulruh kiradi.

Bir qoʻlida choynak, bir qoʻlida shirinliklar solingan likopcha.

GULRUH: - Kim buncha?

SAODAT: - Alisher. Ketma, sen ketsang, men nima qilaman deydi. Hazilimi, chinimi, bilib boʻlmaydi.

GULRUH: -Chini.

SAODAT: -Nima?

GULRUH: - Seni yaxshi koʻradi.

SAODAT: - Voy, koʻnglimning koʻchasi-ey. Jinni-pinni boʻlganmi?

GULRUH: - Bilmasmiding?

SAODAT: - Bilganimda, nima, boshimga uramanmi! Avval ogzining sarigini artib olsin. Yaponiyagaketmaemish.

GULRUH: - Yuragi yorilayotgan-da, oʻsha yoqda birontasi bilan tanishib qolmasa deb.

SAODAT: - E-e, oʻlmaydimi!

GULRUH: - Yaxshi koʻrgandan keyin......

SAODAT: — Yaxshi koʻrsa yaxshi koʻrib yuraversin, uzoqdan. Faqat menga gapirmasin. Jinim suymaydi bunaqalarni.

Davlatning Hovlisi

Nima qilishni bilmaganlaridan shekilli, uch doʻstning maslahati juda choʻzildi.

DAVLAT : - Bu yogi pishgan boʻlsa, yana nima ish qoladi? Qizning onasi, mayli, sovchi kelsin degan boʻlsa, xoʻp degani-da. Yana nima kerak? Borib toʻyni gaplashaveradi.

NOZIM (kinoya bilan): - Oppa-oson! Gaplashadi - tamom.

DAVLAT : - Ha, bitta gapga chechan odam boʻlsa, boʻldi-da.

NOZIM: - Kim oʻsha gapga chechan? Borib yodlagan she’rni oʻqib bermaydi-ku. Ikkovi yuradi, endi toʻy qilamiz, shuni gaplashib olgani keldik, deydimi?

Davlat hayron boʻlib Nozimga qaraydi.

Sulton hoksor iljayadi.

DAVLAT: - Ha, nima deydi boʻlmasa? Choy ichgani keldik, deydimi?

NOZIM: - Qizning izzatini joyiga qoʻyish kerak. Yuradi-puradi degan gaplar tilga chiqmaydi.

DAVLAT: - Iy-e, hech narsa bilmagandaymi?

NOZIM: - Farosatli odam oʻzi tushunib olaveradi. Masalan, u qiz... Sulton, oti nima qizning? Shuncha vaqtdan beri gaplashyapmiz, hali otini ham bilmaymiz.

DAVLAT: - Oti sizga nimaga kerak? Ishdan keling.

SULTON: - Dilorom. Shokirova.

NOZIM: - Familiyasi kerak emas. Ha, sovchi bir-birini yaxshi koʻradi, degan gapni gapirmaydi. Onasiga rozi boʻlgan ekansiz ham demaydi.

DAVLAT: - Juda diplomatiya qilib yubordingiz-ku.

NOZIM: - Ha, bu ham diplomatiya-da. Xalq diplomatiyasi.

DAVLAT: - Ikkovining yurganini aytsa, ish tez bitadi-ku? Qulogiga shipshisa boʻlar?

NOZIM: - Shuning uchun sizga oʻxshagan betakalluf odam sov-ilik qilolmaydi, bildingizmi? Aqlli, bosiq-vazmin, keyin axloqi ham toza odamlar boradi. Oʻzi haqida xunuk gap chiqqan odamni hayotda yaqinlashtirishmaydi bu ishga.

DAVLAT: - Nimaga shama qilyapsiz?

SULTON: - Davlat, eshitaylik.

DAVLAT: - Yoʻq, bu meni axloqsiz demoqchi.

SULTON: - Gapini oxirigacha aytib olsin.

NOZIM: -Oʻzi axloqsizni axloqsiz ekaniga ishontirib boʻlmaydi.

DAVLAT: - Ey, siz......

SULTON: -Davlat!

NOZIM: - Men kimni yuborishni oʻylayapman.

DAVLAT: - Hm-m, domlalardan birontasiga aytsakmi? Diplom rahbarim qanday?

SULTON: - U hozir Nozim aytgan diplomatiyani bilmasa......

NOZIM: - Sovchilikka ayollar boradi.

DAVLAT: - Iy-e, erkaklar-chi?

NOZIM: - Har yerning odati-da, Bu yerda ayollar borar ekan.

SULTON: - Ayollar? Uy tomondan chaqirib boʻlmaydi, gap chiqib ketadi.

Sulton umidsizlanib Nozimga qaraydi.

DAVLAT: - Ayollar boʻladigan boʻlsa, Ra’noga aytamizmi?

NOZIM: - E-e, shu gijjagingizni qoʻshmang?..

DAVLAT: - Unaqa demang. Yaxshi narsa.

NOZIM: - Oʻzingiz chalib yuravering.

DAVLAT: - Muncha qoʻpol gap?

NOZIM: -Oʻzingiz aytdingiz-ku, muganniy.

DAVLAT: - Men xotinlar kerak boʻlsa, topib beradi, deyapman.

NOZIM: - Hech boʻlmasa, yangi oila pokiza boʻlsin.

Davlat Nozimga oʻqrayadi.

DAVLAT: - Nimasi pokiza emas? Ey inson, u meni sevadi-ku...

NOZIM: — Mayli, sizni sevaversin. Lekin bunaqa sevgini Sultonning uylanishiga" aralashtirmang.

DAVLAT: - E-e, buni qara, Sulton! Qaysi moziyda mogor bosib yotibdi.

Nozim Davlatning gapiga bepisand iljayadi.

Sulton bular yana tortishib ketmasa degan xavotirda goh unisiga, goh bunisiga termiladi.

NOZIM: - Sulton, bu Diloromingizning telefoni bormi?

SULTON: -Ha,bor.

NOZIM: - Bugunoq gaplashing. Biz tomonda erkaklar boradi, deng. Onasiga tushuntirsin.

DAVLAT: - Umuman oʻzi xotin yoʻqligini ayt. Oʻzi sovchi erkak boʻldi nima, xotin boʻldi nima,farqiyoʻquncha.

NOZIM: -Odat-da.

SULTON: - Yaxshi, yaxshi.

DAVLAT: - Oʻzingiz toping boʻlmasa.

NOZIM: - Topaman. Ahmadali akani oʻylab oʻtiribman. Gapga usta, urf-odatni ham, bizni hamyaxshibiladi.

SULTON: -Kimukishi?

NOZIM: - U anov kuni nashriyotga bordik-ku. Sen nimaga gapirmaysiz, suv beraymi, degan odam.

SULTON: - Ha, boʻldi. Talqoningizni yutib yuboring, dedi. Fargonalik....

DAVLAT: - Boʻladi lekin.

NOZIM: - Yoniga yana bironta yaxshi odamni olib olsa, zoʻr boʻladi. Aytganday, Davlat, («Zaporojets»ga ishora qilib) bu limuzin ungacha yuradimi?

DAVLAT: -Nimaedi?

NOZIM: - Minib borar edik-da.

DAVLAT: - Dardi ogir.

SULTON: - Men necha marta aytdim, oʻzing kavlama, foydasi yoʻq deb. Usta olib kelish kerak.

DAVLAT: - Keldi bittasi. Kolʼso-porshen kerak deydi. U narsalari oʻzidan qimmat.

NOZIM (yolgondakam afsuslanib): - E attang, niyat qilib minar edik-da.

DAVLAT: -Taksiolamiz.

NOZIM: - Taksi birovniki, bu obroʻ edi-da. Yetti mahalla beridan tarillatib ovoza qilib borar edik.

Sulton kuladi, Davlat nochor iljayadi.

DAVLAT: - Voh, voh!.. Kuling.

Anhor Boʻyi

Orif bilan Sharifa sayr qilib yuradilar. Orif Sharifaning qoʻlidan ushlaydi, Sharifa choʻchib ketib, qoʻlini tortib oladi. Boshini egib toʻxtab qoladi.

Orif atrofga norozi alanglaydi. Sharifaga allanarsalarni uqtiradi. Sharifa indamay, boshini egib eshitadi.

Orif ichkariga qarab yuradi, Sharifa unga ergashadi.

Oʻtkir Akaning Uyi

Soʻrida Oʻtkir aka va Jumagul opa.

JUMAGUL OPA: - Ikki boja, rosa bitlaring toʻkildi.

OʻTKIR AKA: - Xursandchilikka-da, xotin.

JUMAGUL OPA: - Siz oʻzlaringga qaranglar degan gaplariga koʻp uchavermang. Kamroq qilsangiz, odamlar begona emas-da, begona boʻlganda bunday qilmas edi, deydi.

OʻTKIR AKA: - Sen, nima, odamlarning gapi bilan nafas olasanmi?

JUMAGUL OPA: - Iy-e, boʻlmasa-chi? Nimaga toʻy qiladi boʻlmasa?

OʻTKIR AKA: - Odam oʻzi uchun toʻy qiladi. Oʻz baxti, bolalarining baxti uchun.

JUMAGUL OPA: - Shu baxtni odamlar koʻrishi kerakmi? Yo bekitib faqat oʻzi yeydimi?

OʻTKIR AKA: - Qiziq gaplarni gapirasan-a. Bekitib yeydi? Oshirib-toshirib yubormaslik kerak, deyapman.

JUMAGUL OPA: - Siz halitdan bunaqa qilsangiz....

OʻTKIR AKA: — Nima qilibman?

JUMAGUL OPA: - Bojangizning hamma gapini qulogingizga sirga qilib taqib olmang. U kishining gapi - rasmiga. Oshirib-toshirib qil, demaydi hech qachon. Siz bilganingizdan qolmang.

OʻTKIR AKA: - Xotinlarga qoʻiib bersa, koʻp ishlar qiladi.

JUMAGUL OPA: - Toʻida qiladi-da endi.... Undan koʻra, hozir, esimiz borida etagimizni yigishtiraylik. Ertaga shoshib qolamiz. Kuyov tomonning ishi koʻp. Qizning hamma yaqin qarindoshlariga sarpo qilish kerak. Shuni toʻgʻri kelgan narsani qoʻyavermay, hammasini razmerigaqarabolishkerak.

OʻTKIRAKA: - Hammasigami?

JUMAGUL OPA: - Roʻyxat qilib chiqamiz-da. Hali kelinning hamma kiyimi bor. Palʼtosidan etigigacha. Qancha koʻylakliklar.... Eh-he! Siz boʻlsa bojam kuchingga qara, dedi, deb ichib yuribsiz.

OʻTKIR AKA: - Xoʻp, menga qara. Tortishib oʻtirmaylik. Sen bir qogoz qalam olib, roʻyxat qilib chiq. Keyin birga oʻtirib koʻramiz.

JUMAGUL OPA: - Keyin, opam Sultonning razmerlarini soʻradi. Ular ham kuyovning hammanarsasiniqiladi.

OʻTKIR AKA: - Usti qirq olti, yoʻq, qirq sakkiz, oyogimi... qirq... bir boʻlsa kerak.

JUMAGUL OPA: - Nimalar deyapsiz? Maktabda shunday edi. Keyin oʻsdi, suyagi kattardi. Hozir elligu qirq ikki, yoʻq, qirq uchlar bordir.

OʻTKIR AKA: - Ha-ya, bultur mening yangi tuflimni kiyib ketuvdi. Onasan, sen bilishing kerak. Endi fol ochib oʻtirasanmi, telefonda oʻzidan soʻra qoʻya qol....

JUMAGULOPA: -Yaxshi.

OʻTKIR AKA: - Oʻzini chaqir. Kelmaganiga ham koʻp boʻldi. Xursandchilik gapni qulogi bilan eshitsin. Saodatjon bilan bir koʻrishsin. Nima, toʻgʻri toʻyga kelmaydi-ku.

JUMAGUL OPA: - Men boshqa narsani oʻyladim.

OʻTKIR AKA: - Xoʻsh?

JUMAGUL OPA: - Saodat Toshkentdan ketar ekan. Bari bir uch-toʻrt kun boʻladi.

OʻTKIR AKA: - Ha, bu ham ma’qul gap. Oʻzlari koʻrishib, gaplashib oladi. Sulton uni aeroportdan kuzatib qoʻyadi. Juda yaxshi! Ma’qul oʻylabsan. Faqat Sulton tortinib... juda uyatchan-da, oʻgʻling.

JUMAGUL OPA: - Nimasidan tortinadi? Aka-singilday-ku. Bir-birini bilmasa ekan. Men oʻzim Saodatjonni pishiqlab yuboraman.

OʻTKIR AKA: - Ha, shunday qil. Saodat unga qaraganda oʻtlik-shudlik.

JUMAGUL OPA: - Opam bilan kelishdik. Ular ham kuzatgani shundan-shu yoqqa borib yurishmaydi. Sulton kuzatadi.

Tokchadagi telefon jiringlaydi.

Jumagul opa borib, goʻshakni koʻtaradi.

JUMAGUL OPA: - Alyo. Alyo!... Kim bu? E-e, gapiring-da.... Tanimayman?... Tanimasam, nimaga telefon qilyapsiz?... Ha, ha.... Darrov qayoqdan eshitdingiz? ...(goʻshakni qoʻli bilan bekitib, eriga). Yo tavba, hali oʻzimiz uyga kirganimiz yoʻq, kelin qilayotganimiz tarqalib boʻlibdi.... (Goʻshakka) Nima? Yoʻq, aytavering. Boshladingizmi, ayting-da!.. Alyo... alyo......

OʻTKIR AKA: - Oʻzing maqtanma-da. Ichingda gap yotmaydi.

JUMAGUL OPA: - Men hech kimga hech narsa deganim yoʻ-q. Bu oʻzi dim-dim oʻynayapti. Gapim bor, deydi, gapirmaydi. Kim boʻlsa ekan?

Istirohat Bogʻi

Dilorom Sultonning qoʻltigidan mahkam ushlab olgan. Sulton, ogirroq masalalarni gaplashyaptilar shekilli, ancha oʻychaen oʻychan. Dilorom boʻsh oʻrindiqni koʻrib qoladi.

DILOROM: - Hech kim yoʻq ekan. Oʻtiraylik. Sulton indamay oʻrindiqqa qarab yuradi.

SULTON: - Boshim qotib qoldi. Ikki oʻt orasidaman.

DILOROM (erga qarab oʻylanib): - Hech kim kelmaydimi? Ayollarga tegishli rasm-rusumlarni kim qiladi?

SULTON: — Qanaqa rasm-rusum?

DILOROM: - E qaysi birini aytay, juda koʻp. Toʻida siz tomondan ayollar boʻlmasa, kimga qilinadi? Yoʻq, ayollar boʻlmasa boʻlmaydi.

SULTON: - Kursdoshlarimiz-chi?

DILOROM: - Bu kursdosh qizlar bilan bitadigan ish emas.

SULTON: -Da-a......

DILOROM: - Oyingiz kelmasa, ayollar boʻlmasa......

SULTON: - Toʻgʻri uylanib boʻlmas ekan-da.

Sulton boshini chayqaydi.

DILOROM: - Sepu sarpolarni kim gaplashadi? Kim boshqa narsalarni kelishadi? E, toʻy xotinlar bilan boʻladi! Oyim oʻldiradi-ku meni. Oʻzi zoʻrga aytdim.

Sulton yerga qaraydi

DILOROM: - Hali bu yogini bilmaydilar.

SULTON: - Nozim bilan Davlat....

DILOROM: - Nuqul shularingizni gapirasiz. Yaxshi odamlardir, lekin ayollarning oʻrnigaoʻtmaydi.

SULTON: - Nima qilish kerak endi?

DILOROM: - Men ham bilmayapman. Lekin siz umuman tushunmayapsiz. Men ham, axir, qiz bolaman, orzu-havaslarim bor. Qaynatalik, qaynonalik joyga turmushga chiqsam deb orzu qilardim. Qaynonamning xizmatini qilsam, qaynatamga choy damlasam, ularning duosini olsam deyman. Uch yildan beri nahotki aytib koʻrmadingiz? Yuraverdingizmi shunday?

SULTON: - Iloji yoʻq edi-da. Oyimga aytib boʻlmasa, dadamga gapirolmasam. Sizni yaxshi koʻrsam.

DILOROM: - Yaxshi koʻrganingiz ham bor boʻlsin. Bitta yaxshi koʻrish bilan hayot boʻlmaydi-da. El bor, xalq bor.

SULTON: - Toʻyni qilaylik, hammasi joyiga tushib ketadi.

DILOROM: - Men ham shu toʻyni aytyapman, siz tomondan hech kim boʻlmay, qanaqa toʻy qilasiz? Uh-h, oyim qanday orzu-havaslarni tayyorlab oʻtiribdilar!

Diloromning koʻziga yosh keladi.

SULTON: - Yiglamang-da. Siz yiglasangiz, men yiglab yuboraman. Oʻzi koʻnglim toʻlib turibdi.

DILOROM: - E-e, sizga yiglashni kim qoʻyibdi? Siz harakat qiling, oʻylang. Yoʻl toping-da. Qiz bolamisiz yiglab? Meniki sizga ham yetadi.

Nashriyot Oldi. Kunduz

Nozim avtobusdan tushib nashriyot tomonga yuradi.

Ahmadali Akaning Xonasi

Eshik ochilib, Nozim kiradi.

Ahmadali aka enkayib oʻtirgan koʻyi, koʻzoynagining ustidan qaraydi.

AHMADALI AKA: - Ha, boyvachcha, xush koʻrdik. Kitob bitdimi? Yo pul tugadimi? Soʻrama, shusiz ham hamyon kasal.

Nozim Ahmadali akaga qoʻlini uzatadi.

Ahmadali aka ham indamay qoʻl choʻzadi.

Nozim kirib, koʻrishib, to stulga joylashguncha Ahmadali aka yuzida nim tabassum bilan, boshini koʻtarmay, kuzatib turadi.

NOZIM: - Qandaysiz?

AHMADALI AKA: - Otdaymiz! Qachon odamga oʻxshab soʻrashasan?

NOZIM: - Eshikdan kirmasdan sanchmang-da.

AHMADALIAKA: - Odam boʻlmaysan.

NOZIM: -Boʻlaman.

AHMADALI AKA: - Qachon?

NOZIM: - Sizdan keyin. Akadan oldinga oʻtish yaxshi emas. Odobsizlik boʻladi.

AHMADALI AKA: - Bir baloni boshlab kepsan-da.

NOZIM: - Balo emas, aka, toʻy.

AHMADALI AKA: — E-e, juda yaxshi. Lekin sal shoshilibsanmi? Qirchillagan qirqingda" olarding xotinni. Ungacha bolalari ham voyaga yetib, yoningga kirib qolardi.

NOZIM: - Men emas-e! Bir marta olib keluvdim-ku oldingizga. Sulton. Shu.

AHMADALI AKA: - Unda senga nima? Yo sen otasimisan?

NOZIM: - Shunaqaroq. Lekin bir aqli dono kerak.

AHMADALI AKA: - Meni aralashtirma. Oʻzi shu Davlat ikkovingdan bir tosh nari yurishimkerak.

NOZIM: - Sizdan boshqa odam yoʻq. Sovchilikka.

AHMADALI AKA: - Anavi... iljayib oʻtirgan bolami?

NOZIM: -Oʻsha,oʻsha.

AHMADALI AKA: - Xotinni eplarmikan? Ogzidan gapi tushib ketyaptiyu.

NOZIM: - Eplaydi. Bekorga uch yildan beri yurmagandir qizi bilan.

Ahmadali aka Nozimga tikilib qoladi.

AHMADALI AKA: - Eplabdimi-ey?

NOZIM: - Qoʻying-da shunaqa gaplarni. Yaxshi qiz, birinchi turmushi...

AHMADALI AKA: - Hali ikkinchi, uchinchi turmushlari ham boʻladimi?

NOZIM: - Ey, gapdan tutib olmang. Men hamma rasmi-rusumini qilish kerak, deb aytyapman.

AHMADALI AKA: - Oʻylab gapir-da, boʻlmasa. Shoʻrabozordan qoʻy olib berish boʻlsa edi, mayli, men dallol boʻlardim.

NOZIM: - Ja yerga urib yubordingiz lekin. Xayrli ishga bosh qoʻshish oʻrniga... Shoʻrabozor-a!..

AHMADALI AKA: - Oʻzingning gapingda tuturiq yoʻq.

NOZIM: - Hammatuturiqsizda.

AHMADALI AKA: - Qizni ham egalari orzu-umid bilan oʻstirishgan.

NOZIM: - Men ham shuni aytyapman-ku!

AHMADALI AKA: - Bunaqa aytmaydi-da. Tomdan tarasha tushganday, sovchilikka borasiz! Oldin munday tushuntir, Sultoning oʻzi kim, bu qiz kim, nimaga yetaklashib yuribdi?..

NOZIM: - Bir ish qilishingiz qiyin-ey.

AHMADALI AKA: - Boʻlmasa, bormayman.

Ming xayrli ish boʻlmasin, sizga ham kelib, bir martagina koʻrgan odam uchun sovchilikka borasiz, deyishsa, oʻylab qolasiz-da. Tagin oʻsha bir marta koʻrganingizda ham gapirmagan, faqat iljayib oʻtirgan boʻlsa.

Balki oʻchgan edim yodingdan

Ahmadali Akaning Xonasi

Nozim qoʻllarini siltab, qosh-koʻzi bilan imo-ishoralar qilib, umid bilan tushuntirib yotibdi.

Ahmadali aka nim kulib eshitadi.

NOZIM: - Bunaqa gapni qoʻying-da. Sizga suyanib kelsak, siz... Masalaga jiddiy qarang-da, aka.

AHMADALI AKA: - Men jiddiy, sizlar u boladek qarayapsizlar.

NOZIM: - Oʻzi onasining gapini olguncha boʻlarimiz boʻldi.

Nozimning xunobi oshadi, yana qoʻllarini siltab-siltab izoh beradi.

Ahmadali aka oʻzini orqaga tashlaydi, jilmayib tixirlik qiladi.

Nozim yana arazlagan boʻladi.

Ahmadali aka sal yumshagandek tutadi oʻzini...

AHMADALI AKA: - A shunaqa de. Onasi, mayli, deptimi ochiq yuz bilan?

NOZIM: - Yuzini kim koʻribdi? Ishqilib, kelishsin degan.

AHMADALI AKA: - Unda... Oʻzing oborasan bizni.

Nozimturib,qoʻlinichoʻzadi.

NOZIM: - Kelishdik. Tagin Fargonadan falonchi kepqoldi, oʻtirdik, pismadonchi Fargonaga ketayotgan edi, kuzatdik, deb...

AHMADALI AKA: - Qiziqmisan?

NOZIM: - Doim shunaqa bahonangiz chiqadi-ku.

AHMADALI AKA: — Yoru joʻrasiz yashamaydi-ku odam. Odam doʻst bilan odam. NOZIM: - Ha, boʻpti.... Men ham sizga ham aka, ham doʻst deb keldim.

AHMADALI AKA: - Sendan doʻst chiqadimi? Hali bir-ikki koʻylak yirtshing kerak shekilli?

NOZIM: - Xay, boʻpti endi. Juda ezib yubordingiz.

AHMADALI AKA: - Boʻpti boʻlsa boʻpti-da.

NOZIM: - Shu kuni oʻzim kelaman. Kimni olasiz yoningizga?

AHMADALI AKA: - Topilar. Odamdan koʻpi bormi. Borib toʻn kiyib keladigani chiqadi.

Nozimeshikkayoʻloladi.

AHMADALI AKA: - Oʻv, oʻzing shunday yuraverasanmi? Doʻstim xotin olyapti deb.

NOZIM: - Hammalaringga bir narsa boʻldimi? Bitta narsaga yopishib oldinglar.

Auditoriya

Bu Alisher deganimiz ham Saodatni tinch qoʻymaydi shekilli, mana, yana auditoriyada ham ushlab qolgan.

SAODAT: - Alisher, yomon gapiraman lekin! Hol-jonimga qoʻymayapsan. Gaplashaylik, uchrashaylik! Nima bu, mahringga tushdimmi?

ALISHER: - Nima degani u?

SAODAT: - Oʻzingniki qilib olganday. Ming marta aytish kerakmi senga? Tinch qoʻy. Tinch qoʻy meni.

ALISHER: - Koʻrgim kelaveradi. Boya koʻrdim-ku, deyman, yana koʻrgim kelaveradi. Hech oʻzimni toʻxtatib turolmayman.

SAODAT: - Koʻrgin kelsa, koʻraver. Har kuni darsdaman. Paranji tutib olganim yoʻq. Faqat oʻzimga gapirma. Jonimga tegib ketding.

ALISHER: - Bilaman. Lekin oʻzimga kuchim yetmayapti.

Saodat uh tortadi.

SAODAT: - Uh-h. Boshimga bitgan bir balo boʻlding. Uylanib nima kerak shu yoshingda? Seni sevmaganni sevdim deb, kuyib yurgandan koʻra, oʻqi. Bir yoqlarga ket oʻqishga. Dunyoni koʻrasan, oʻrganasan.

ALISHER: - Borarman hali sayohatlarga.... Seni tushunmayman: yaxshi oila, ota-onam hali yosh, men oʻzim unaqa xunuk emasman, boʻyim bir yuzu yetmish toʻqqiz boʻlsa, hali oʻsaman, hamma narsamiz bor, toʻkis... Yana nima kerak senga?

Saodat bir oz xunob boʻlib, asabiy kuladi.

SAODAT: - Hech narsa, sendan hech narsang kerak emas. Kim uchundir juda zoʻr yigit, yaxshi juftsan. Masalan, Rayhonga. Qadriga yetmayapsan. Menga yelim boʻlib yopishding. Lekin menga... yoʻqsan, tushunyapsanmi? Ey xudoyim, seenga yana qanday tushuntirsam?

ALISHER: - Yaponiyadan kelishingni kutaman.

SAODAT: - Bir umrga ketayotganim yoʻq, kelaman. Bir narsa oʻzgarar edimi? Yo oʻsha yoqda yurib, seni yaxshi koʻrib qolamanmi? Yaponlarni koʻrib, voy, bilmabman, oʻzimizning Alisherboy yaxshi yigit ekan, deyman-da, a? Shunga umid qilyapsanmi?

ALISHER: - Oʻzingga kelib qolasan, deb umid qilaman.

SAODAT: - Boʻlmasa, yuraver shunday. Rayhondan ham quruq qolasan.

ALISHER: - Hamma narsam yetarli, bitta sen yetmayapsan.

Davlatning Uyi

Har kuni keladigan mehmon boʻlgandan keyin, alohida izzat koʻrsatish shart emas, shuning uchun Davlatning Sulton bilan suhbati yana hovlida, oʻsha joyda kechadi.

SULTON: - Telefon qilishdi... Oyim bir kelib ket, deb qoʻymayaptilar.

DAVLAT: - Tinchlikmikan?

SULTON: - Tinchlikka tinchlik. Lekin kelmasang boʻlmaydi, deyaptilar. Nima shoshilinch boʻlsa?

DAVLAT: - Toʻyingni oʻtkazamiz deb qolishsa-ya?

SULTON: - E-e, odamni qoʻrqitma. Oʻzi shusiz ham vahima bosyapti.

DAVLAT: - Bosmasin. Bu yogini tezlashtirishimiz kerak. Nozim Ahmadali akani koʻndirganmikan? U odam ham oʻzini tovoqqa solmasa hali.

SULTON: — Oyim razmerlarimni ham soʻradi.

DAVLAT: -Qanaqarazmer?

SULTON: - Kostyumim, yoqam, oyogʻim. Kurtka, palʼtoniyam. Kostʼyum bilan bittami yo ikki razmerkattami?

DAVLAT: - Bilmasam, bittadir. Lekin men oʻzim kiyib koʻrib olaman. Menga qara, sarpoga soʻrayotgan boʻlmasin tagin. Kelin tomon bosh-oyoq kiyintiradi-ku.

SULTON: - Menga aytmay-a?

DAVLAT: - Oʻzlari senga birdaniga bosh-oyoq kiyim olishmaydi. Aytyapsan-ku, xolamning qizidan boshqasini xayollariga ham keltirishmaydi, deb.

Sultonningrangioʻzgaradi.

SULTON: - Yoʻgʻ-e, odamni qoʻrqitma.

DAVLAT: - Qoʻrqitmayapman. Buncha kiyim nimaga kerak boʻlmasa?

SULTON: - Borib kelmasam boʻlmaydi shekilli. Lekin... qanday aytaman? Agar zoʻrlab uylantirsangizlar, qochib ketaman desammi?

DAVLAT: - Esing joyidami? Qayoqqa qochasan? Birov, kelsang, boshpana beraman, deb turibdimi?

SULTON: - Nima qilay boʻlmasa?

DAVLAT: - Bormay tur. Bu yogini... nima deydi? Non sindirishmi, patir ushatishmi, shuni qilaylik, keyin borib aytasan. Shunday-shunday boʻldi deb. Pered faktom qoʻyasan.

Qovun Bozori.

Nozim, Davlat ikkovi Sultonni ergashtirib, bozor oralaydilar.

Sultonning qoʻynida katta, Davlatning qoʻlida kichkina xalta.

Nozim qovun uyumi yonida toʻxtaydi. Sotuvchi qoʻlini koʻksiga qoʻyib bularga mahtal turadi. Nozim tumshugi sal ezilgan qovunga qoʻlini bigiz qiladi.

NOZIM: - Shu pajmurda qovunga xam bir nima soʻraysiz-da, a?

QOVUNCHI: -Buqovun...pajmurda emas.

NOZIM: - Pachogi chiqib yotibdi-yu, pajmurda boʻlmaydimi?

QOVUNCHI: - Toza yetilib, pishgan-da, uka. Moshinda boshqa qovun ustidan bosgan. Lekin pajmurda deganingiz bu emas, bosh-qa boʻlsa kerak. Bizlar buni Sirdaryoning qovuni deymiz. Siz aytgan pajmurda degani bu bozorlarda yoʻq.

NOZIM: Ey, Gʻafur bobo, soʻzingizni odamlar bilmaydi.

SULTON: - E-e, yaxshisidan olaylik. Qimmat boʻlsa xam.

QOVUNCHI: - Bu Gʻopir boboniki emas. Juda shirin. Mana, oʻzi dumcha bergan. Ha, lekin kunhamissiq...

NOZIM: - Bu issiqda dumcha berganini ushlab turib boʻlmaydi, aka. Mayli. Sulton, Gʻafur bobo xotirasi uchun ming soʻm bering. Aka ham oftobning tagida mehnat qilgan, qarang kuyibketganlarini!

QOVUNCHI: - Bermasalaring ham, yaxshi gaplaringga men rozi. Lekin bu qovunni Gʻofur bobodan emas, Esirgap degan akamizdan oldik. Toʻgʻrisi-da, aldasak, baraka qochadi. Ammo, toʻgʻri, toza pishganini saqlab turib boʻlmaydi.

NOZIM: - Sulton, bering. Rahmat, aka, toʻyga buyursin.

Uch ogʻayni uzoqlashadilar.

Bir xaridor qoʻlidagi qovunni salmoqlab koʻrib, qovunchidan soʻraydi.

XARIDOR: - Qancha beray buningizga?

QOVUNCHI: -Oltiming!

XARIDOR: - Oʻ, birodar, ming soʻmga berganingiz bunga ikkita keladi-ku? Tayin bormi?

QOVUNCHI: - E, ular qovunni bilar ekan-da...

Uchovlon ketyaptilar. Qovun Nozimning yelkasida.

DAVLAT : - Yomon shaytonsiz-da. Ming soʻm-a, suv tekin.

NOZIM: - Bozor shunisi bilan qiziq-da.

SULTON: - Gurvakning oldi-da shu ham qovunmi?

NOZIM: - Rosa yetilgan, meni ye, yemasang, ichim eziladi, deb turibdi.

Davlat jilmayib, bir Nozimga, bir Sultonga qaraydi.

DAVLAT : - Tilimni qichitmang. Ra’no ham......

SULTON: — Nima dedingiz otini? «Ja murda qovun»mi?

NOZIM: - Sen yetim emassan, choʻchima, jigarim.

DAVLAT : - Choʻchima, yetim kuyov, men yoningdaman.

NOZIM: -Bizyoningdamiz...

Akmal Akaning Uyi

Akmal aka bilan Salima opa stol atrofida oʻtiradilar

Saodat dadasining oldiga choynak piyola qoʻyib, chiqib ketadi.

Akmal aka qizining orqasidan qarab qoladi.

AKMAL AKA: - Aytdingmi?

SALIMA OPA: - Biladi-ku. Bolaligidan beri shu gap.

AKMAL AKA: - Oldin bir gap edi, endi aniq boʻldi. Aytib, oldidan oʻtib qoʻyish kerak.

SALIMA OPA: - Hali oʻqiyman deb turib olmasa.

AKMAL AKA: - Bir hisobda oʻqigani ham yaxshi-ku-ya. Oʻzini tutib oladi. Mustaqil boʻladi.

SALIMA OPA: - Begona joyga bermayapsiz-ku. Mustaqilligini oʻylamang.

AKMAL AKA: - E-e, bizlar shu-da, qizlarni orzu-havas bilan oʻqishga qoʻyamiz-da, keyin shu oʻqishi bilan uch pullik xam ishimiz boʻlmaydi. Uzatib qutulsak.

SALIMA OPA: - Nimaga, men doim oʻqishlaring qanday deb soʻrab turaman. Qizingiz juda yaxshi oʻqiydi. Bir-ikkitagina «toʻrt»i bor, qolgani xammasi «a’lo».

AKMAL AKA: - Men faqat buni aytmayapman. Umuman. Qiz bolani oʻqishga kiritdikmi, tamom, burchimizni bajargandek, keyin koʻzimiz eshikda, kim soʻrab keladi, kimga bersak ekan deb. Pul berib oʻqitamiz, keyin oʻqishini hech oʻylamaymiz. Oʻrab-chirmab erga berib yuborsak -boʻldi! Yana e-e, xudoga shukr, qutuldik-ey, deymiz.

SALIMA OPA: - Joyi chiqqandan keyin berasiz-da. Boʻyi yetgandan keyin ushlab turmaysiz-ku.

Akmal aka qoʻlini siltaydi.

AKMAL AKA: - Ey-Y, oʻqishini oxirigacha yetkazsin, bir kasbni egallasin, tajriba olib olsin degan gap yoʻq. Oʻgʻil bola odam, qiz bola - xotin boʻlishi kerak, tavba.

SALIMA OPA: - Ungacha qarib ketadi-ku?

AKMAL AKA: - Xoʻp. Yigirma ikki- yigirma uch yoshida bitirsa, bir-ikki yil ishlasa... qarib qoladimi? Qaytangga yaxshi-ku, oqu qorani tanigan, ishi bor, oylik oladi, roʻzgorini bab-baravar koʻtaradi. Mute’ boʻlmaydi, mute’!

SALIMA OPA: - Endi bizlarning sharoitda qari qiz boʻlib qoladi-da, bari bir.

AKMAL AKA: - Yevropada qari qiz boʻlmaydi. Toʻliq mustaqil yashay oladigan boʻlgandan keyin turmush quradi. Mana, koreys kinolarini qara, maktabni bitirganiga oʻn-oʻn ikki yil boʻlgan yoshlarining sevgi savdolarini beradi. Shu yoshda hali erga tegmagan, uylanmagan.

SALIMA OPA: - Xudoga shukr qiling. Bizlarda buni tasavvur ham qilib boʻlmaydi. Qizimizning yoshi yetgan, keyin oʻzimizga beryapmiz. Qoʻyindan toʻkilsa qoʻnjiga. Odamlar yoshi toʻlmay uzatib yuboryapti-yu.

AKMAL AKA: - Shunday-da.

SALIMA OPA: - Biz hali oʻqitamiz-ku. Jumagul ham aytyapti-ku, oʻqishini bitirtiramiz deb. Oʻtkir bojangiz ham yaxshi odam, bular oʻqishining yoʻlini toʻsmaydi.

AKMAL AKA (qoʻlini siltab): - Ey-y, nomiga oʻqish. Amal-taqal qilib bitirib oladi. Gapirdim-da.

SALIMA OPA: - Gapingiz ming toʻgʻri boʻlgani bilan, odamlar nima qilsa, shuni qilasiz-da. Qizim hayotga oʻrnashib olsin deb, ushlab oʻtirmaysiz-ku. Diplomini olib, kasbini egallab, mustaqil odam boʻlguncha yoshidan oʻtib, oʻtirib qoladi. Shundan asrasin.

AKMAL AKA: - Ha, bizda oila hamma narsadan ustun.

SALIMA OPA: - Shu-da, u aytgan joylaringizda bugun turmush qurib, ertaga ajralib ham ketaveradi. Eshitgandan nari.

AKMAL AKA: - Sen bilan gapimiz bir joydan chiqmaydi.

SALIMA OPA: - Nimaga, ikkovimiz bir gapni aytyapmiz-ku?

AKMAL AKA: - Ha-ey, boʻpti-da. Ishqilib, qizing bilan gaplashib qoʻy. Oʻqishidan koʻnglini tinchit.

SALIMA OPA: — Hozir qoʻying, Yaponiyasiga borib kelsin. Keyin aytamiz.

AKMAL AKA: - Yoʻq, aytish kerak. Bilib ketsin, oʻylab keladi.

SALIMA OPA: - Aytsam aytarman. Toshkentda yana koʻrishadi. Xolasi shunaqa deyapti. Tayinlab yuboramiz.

Bu ham bor gap: qiz bola katta boʻlgandan keyin, juda katta boʻlmasdan ham, tashvishimiz uni qanday, kimga uzatish; oʻqishi... keyingi masala. Eri boqib oladi, deymiz.

Bir oʻylab koʻrish kerak ekan.

Oʻrda Bekati

Ketma-ket kelgan avtobus, trolleybuslardan odam tushadi, chiqadi.

Bekatda oʻttiz besh yoshlardagi juvon, avtobusdan tushayotgan odamlarga norozi alanglaydi.

Uning yonida bir niholdek qiz qimtinib oʻtiradi.

Nariroqda «Matiz» toʻxtab, bir ayol bilan yigitcha tushadi.

Yigitchaergaqarabolgan.

Norozi qarayotgan ayolning yuzi birdan tabassumdan yorishadi.

Yigitchaning yonidagi ayol xijolatomuz jilmayib keladi.

Qiz yer ostidan iymanib qaraydi.

Ikki ayol kulishib, bir-birlarining yelkasiga qoqib soʻrashadilar.

Yigit tushgan joyida, qiz yonida, ikkalasi ikki yoqda oʻngaysizlanib turib qoladilar.

Bir qarashda bilamiz, birinchi uchrashuv!

Nozimning Uyi

Hamida xola tashqarida, Nozim ichkarida turib gaplashyaptilar.

HAMIDA XOLA - Ana, qiz tomon roʻyxushlik bergandan ke-yin, mayli, yoshlar bir-birini koʻrishsin, chunki turmush quradigan ular, deyishadi. Yigit bilan qiz uchrashadi, gaplashadi, bir-biriga yulduzi toʻgʻri kelsa, qiz yigitning sovgasini oladi. Shu «xoʻp» degani. Ana shundan keyin oq oʻrar boʻlib, fotixaga tayyorgarlikka tushadilar. Qiz tomon kuyov boʻlmishga, kuyov tomon kelin boʻlmishga narsa tayyorlaydi. Hozir lekin bitta boʻlib ketyapti.

NOZIM: - Erkaklar borsa ham boʻladimi?

HAMIDA XOLA: - Boʻladi-yu, lekin erkaklar nimani biladi? Ilgari ikki erkak, ikki xotin borardi. Hozir faqat xotinlar... Ana, toʻyning yaxshi tashvishlari boshlanadi. Yoshlar uchrashib, muchchilashib yuraveradi, bu yoqda ota-ona shoʻrlik borini butlab, yetmaganini qarz koʻtarib... Oʻ-oʻ, bolam, hammani toʻyga yetkazsin, lekin toʻy qilish osonmas.

NOZIM: - Xola, xoʻp, oq oʻraldi, keyin-chi?

HAMIDA XOLA: - Shoshirmang-da, bolam, hali hayitlik joʻnatish, bayramlarda yoʻqlab, togorayuborishlarbor...

Anhor Boʻyi

Oʻrindiqlarning koʻpi band: juftlar, kitob oʻqiyotganlar, shunchaki yelpinib dam olib oʻtirganlar...

Yigit bilan qiz oldinda, qiz boshini quyi solib olgan, yigit qizga qarashga botinolmay, atrofga bemaqsad javdiraydi.

Ulardan oʻn besh qadamcha ortda kelayotgan xotinlarning suhbati qizgin. Yigit bilan kelgan ayolning koʻzi qizda, qizni olib kelgan ayol esa, balki onasidir, yigitni orqasidan yaxshilab koʻribolishpayida.

Nozimning Uyi

Hamida xola bilan Nozimning hangomasi davomi.

HAMIDA XOLA: - Bolam, hayhotday hovlida bir oʻzingiz, kalima qaytarib turing. Bilasizmi oʻzi?

NOZIM: -Ha, ha, bilaman.

HAMIDA XOLA: - Yigit odam farishtalik boʻladi. Saqlanib yurishi kerak. Oʻzingizga dam solib tursangiz insu jinslar yoʻlamaydi.

NOZIM: - E, xola, insu jinsingiz meni koʻrsa oʻzi qochadi-yu!

HAMIDA XOLA: - Hay-hay, unday demang, yomon boʻladi-ya. Insu jins bilan hazillashmaydi.

Nozimning xayoli: karavotda oʻtirgan Oygul jilmayadi.

OYGUL: - Voy-ey, farishtalik yigit! Farishtasi faqat hurkak-da.

NOZIM: - Men hali ham oʻzimni uncha tushunolmayapman.

OYGUL: - Tushunadigan joyi yoʻq. Yaxshi koʻraman desa, tegib olmoqchi deb qoʻrqib qochdingiz...

NOZIM: - Azamat bor edi-ku. Birga oʻqir edik, har kuni koʻrishardik.

OYGUL: - Azamat bilan oʻrtamizda hech narsa boʻlmagan.

NOZIM: - Yurmagan edingizmi?

OYGUL: - Yurish deydimi shuni?

NOZIM: - Odamlarning gapi. Azamat aytib bergan.

OYGUL: - Aytadigan nima bor ekan? Nomard. Bunaqa yigitlar xotindan ham battar boʻladi.

NOZIM: - Sizni ming oqlab olganim bilan, Azamat koʻz oldimga kelaveradi. Boʻlmasa, it tekkani bilan daryo bulganmaydi, bilaman.

OYGUL: - Bu darajaga bormaganmiz. Buni gaplashmaganmiz-u, lekin oʻzingiz sezar edingiz.

NOZIM: - Jamol bor edi-da. U sizni Azamat bilan ham yurganingizga, meni sevishingizga hamqaramay,yaxshikoʻraredi.

OYGUL: - Hay-hay, sal kamtarroq boʻling.

NOZIM: - Men oʻzimga taskin beryapman, Oygul, kuygan yuragimni davolayapman. Jamol sizni shunaqa chuqur sevar ediki, mening haqqim yoʻq, deb oʻylar edim. Ha, Jamol, hammasini bilaman, nima desangiz deyavering, lekin siz yoʻlimni toʻsmasangiz, men Oygulga uylanaman degan.

OYGUL: - Menga ham bildirgan. Aytgan, orqamdan yurgan.

NOZIM: - Men unga, doʻstim, bu kurash, marhamat, Oygul tanlasin, qaysimizni desa, shuniki, deganman. U, yoʻq, Oygul sizni yaxshi koʻradi, siz undan voz kechmasangiz, menga qaramaydi, dedi. Ha, Jamol hammasini bilaman, nima desangiz deyavering, lekin siz yoʻlimni toʻsmasangiz, men Oygulga uylanaman degan.

OYGUL: - Meni bozorga solgan ekansizlar-da.

NOZIM: - Sizni sevar edim, doim koʻrgim kelar edi. Lekin uylanishga... bilmadim, bu haqda oʻylasam ham, tasavvur qilolmas edim. Orzu emas edi menga. Siz bilan bir aytishib qolganimdan keyin, Jamolga, boʻldi, yigishtirdim. Oygul sizniki, deganman. Jamol, yoʻq, siz shunchaki Oygulga achchiq qilyapsiz, degan. Umuman juda begubor yigit edi-da oʻziyam.

OYGUL: - Mening koʻnglimni ham oʻylaganmisiz? Yo men xohlasam - men bilan, Jamol xohlasa - u bilan yuraveradi, deganmisiz?

NOZIM: - Shunday kelishgan, chiroyli yigit. Nimaga sizning koʻnglingiz boʻlmaydi?

OYGUL: - Aytaman-ku, qiz bolaning koʻngli yoʻq siz uchun. Bilmaysiz. Yigitlarga chiroyli koʻrinadigan yigit, qiz bola uchun... chiroyli emas.

NOZIM: - Jamolning qalbi ham goʻzal. Mard, sadoqatli yigit! Shuncha narsani bilib, yana sevishi, uylanishi ham katta mardlik.

OYGUL: - Bilishi kerak boʻlmagan nima bor, Nozim? Nima ayb qildik, birga nima ham ayb qilganmiz yashiradigan? Sizni yaxshi koʻrganimni men ayb bilmayman. Muhabbat -bekitadigan ayb emas.

Nozim sigareta qutisiga qoʻlini uzatadi.

Oygul uning qoʻlini ushlaydi.

OYGUL: - Chekmang, oʻpkangiz chiriydi.

Stol ustida qogozlar, kitob, toza kuldon, kuldon yonida sigareta qutisi. Hech narsa oʻzgarmagan.

Oʻrda Bekati. Koʻcha Boʻyi

Orif taksi toʻxtatish harakatida. U Sharifani kuzatib bormoqchi.

Sharifa uning yengidan tortib, «taksi kerak emas, oʻzim ketaman», degan ma’noda bosh chayqaydi, bekatga, avtobuslarga ishora qiladi. Orifning hafsalasi pir boʻladi, boʻgʻiladi.

ORIF: - Kuzatib qoʻysam, nima qiladi? Siz bilan yana biroz yurgim kelyapti.

SHARIFA: - Yurdik-ku shuncha? Aylandik, gaplashdik.

ORIF: — Nimaga bunaqasiz a? Qoʻyvorgim kelmayapti.

SHARIFA: - Voy, ishim koʻp mening. Hali seminarga ham tayyor emasman..

ORIF: -Ha-ay,mayli.

Ikkovi avtobus bekatiga qarab yuradilar.

Sharifa avtobusga chiqayotganda Orif ham chiqmoqchi boʻladi.

Sharifa choʻchib ketib, «yoʻq» degan ma’noda bosh chayqaydi.

Avtobus joyidan qoʻzgʻaladi.

Bekatda tarvuzi qoʻltigidan tushgan Orifning oʻzi qoladi.

Viloyat Shahrining Koʻchasi

Bola koʻtargan Gulsanam bilan Saodat gaplashib turadilar.

GULSANAM: - Qanday yaxshi! Zoʻr joyga ketyapsan ekan. Men faqat ularning kitoblarini oʻqiganman. «Qumdagi xotin» bilan, «Yashchik odam» degan. Lekin ancha kinolarini koʻrganman. Ha, yana Davlat akamning kitoblari ichida Kavabata degan yozuvchisining kitobi bor ekan, shunihamoʻqiganman.

SAODAT: - Ha, ancha yaponshunos ekansiz.

GULSANAM: - Meni nima deb oʻylagan eding? Hayotdan orqada qolganim yoʻq. Erim oʻqigan boʻlsa, men avom boʻlib qolmay deyman-da.

Saodat kuladi.

Davron qiyqiradi.

SAODAT: - Siz avom emassiz, opa. (Davronga) Voy, yomon bola, qani, menga kel-chi. Buncha shirin, kimga oʻxshaydi, bu? A, kimga oʻxshaysan?

Saodat Davronga qoʻlini choʻzadi.

GULSANAM: - Otasining kopiyasi. Bu ham gapga kirmaydi. Qachon ketyapsan? Qoʻy. Sochingni tortqilab tashlaydi.

SAODAT: - Mayli. Bering, bering. (Davronni qoʻliga olib) Narigisi kun.

GULSANAM: - Chipta oldingmi?

SAODAT (Davronga): - Jo-onim! (Gulsanamga) Yoʻq, xozir shunga ketamiz.

GULSANAM: - E-e, menga qara, menga ham olib kelolmaysanmi?

SAODAT: - Mayli, siz ham ketasizmi?

GULSANAM: - Bormoqchi boʻlib yurgan edim, birga keta qolamiz. Davlat akangning esidan xotini borligi chiqib ketmasin.

SAODAT: -Yaxshiboʻlaredi.

GULSANAM: - Esidan chiqsammi?

SAODAT: - Yoʻgʻ-e... birga ketsak deyapman.

Ikkovihamkuladi.

GULSANAM: - Zoʻr boʻladi. Men ham bu bola bilan qiynalmas edim. Toshkentda necha kun boʻlasan?

SAODAT: - Uch kun. Hali u yoqda viza toʻgʻrilash kerak.

GULSANAM: - Qaerda turib turasan?

SAODAT: - Mehmonxona olarman.

GULSANAM: - Bir oʻzing mehmonxonada....

SAODAT: -Boʻriermidi?

GULSANAM: - Biznikida turasan. Davlat akang kuzatib ham qoʻyadi. Begona shaharda ovoraboʻlibyurasanmi?

SAODAT: - Yaxshi boʻlar edi.

GULSANAM: - Faqat... borayotganimizni bilmasin Davlat akang.

SAODAT: - Nimaga?

GULSANAM: - Kuttirmay kirib boramiz. Bir xursand boʻlsin. Rosa Davronni sogingan. Doimtelefondasoʻraydi.

Davron Saodatning sochiga chang soladi.

SAODAT (boshini egib): - Va-ay, tortma. Hozir sartaroshga kiruvdim. (Gulsanamga) Boʻpti. Jumagul xolam Sulton akang qaraydi senga, deb yotgan edilar.

GULSANAM: - Boʻldi, menga ber....

Saodat sochini Davronning qoʻlida ajratib oladi.

SAODAT (Davronga): — Senga nima yomonlik qildim a?

GULSANAM: - Yaxshi koʻrib qoldi. Qizlarni koʻrsa, eshkanlab ketadi. Sulton har kuni Davlatning oldida. Boʻlmasa, topdirib kelamiz.

SAODAT: - Menga kerak emas, xolam qoʻymayapti, begona shaharda adashib yurmaysan deb.

GULSANAM: - Bir gaplar boʻlyapti shekilli.

SAODAT: - Hali yoʻq gaplar. Oʻqishim bor-ku.

GULSANAM: - Ha, mayli, buni oʻzing bilasan. Faqat shu, borishimizni Davlat akang bilibqoʻymasin...

SAODAT: - Boʻldi, opa, hech kimga aytmayman. Xolamga ham indamang, oʻzim telefon qilaman, deyman, Sulton akamga.

GULSANAM: - Kelishdik.... Yur endi uyga, pasport bilan chiptaga pul beray. Davronni menga ber. Kel, oʻgʻlim, dadang bir hayron qolsin. (Saodatga) Qara, chiroyli qizdan ajralgisi kelmaydi.

Davronda ham otasidan bir-ikki tomchi bor shekilli.

Goʻzallikka bolalikdan oshnolik yaxshi-yu, lekin oxiri baxayr boʻlsin, ishqilib.

Istirohat Bogʻi Boshqa Kun

Sulton bilan Dilorom qoʻltiqlashib yuradilar.

DILOROM: - Toʻy qiladigan odam, shunaqa yuribsizmi?

SULTON: - Qoʻyishmadi. Oyingizdan sal yoruglik chiqqanini yuvdik. Ozginadan.

DILOROM: - Ozginasi shu boʻlsa.

SULTON: - Men ichmayman deb turib oldim. Lekin Davlat sizni hozirdan oʻrgansin deb, qoʻymadi.

DILOROM: -Ichishgami?

SULTON: - Yoʻgʻ-ey, sizni ichishni oʻrgansin demayapti. Mening ichishimga oʻrganing ekan.

DILOROM: - Voy, hali alkashmisiz?

SULTON: - E-e, nimaga alkash boʻlaman? Meni bilmaysizmi. Davlat hazillashadi. Endi uchovimiz sovchilikni maslahat qilishga oʻtirgan edik-da.

DILOROM: - Voy, sovchilik shularga qoldimi? Oʻylab gapiryapsizmi?

SULTON: - Yoʻgʻ-ey, nima deyapsiz, bular bormaydi. Bir olim akalari bor, nashriyotda boʻlim boshligi, shu kishi boradi.

DILOROM: - Ayollardan yoʻqmi? Yoʻq-da, a?

SULTON: - U kishi ham yaxshi odam. Oʻzim koʻrganman.

DILOROM: - Davlat bilan Nozim oshnangizni kuyovjoʻra qiling boʻlmasa. Toʻyda toʻyib ichadi. Lekin oʻzingiz boshqa ichmang. Oʻzi ishlaringiz bunaqa, yana ichib yuribsiz. Hech boʻlmasa, toʻyoʻtsin.

Sulton iljayadi.

Dilorom uning qoʻltigidan mahkamroq ushlab, yelkasiga bosh qoʻyadi.

DILOROM: - Ha, hammasi toʻydan keyin. Toʻy oʻtsin... tegib olay, oʻzim bilaman nima qilishni.

SULTON: - Men oʻzi koʻp ichmayman. Toʻydan keyin ogzimga ham olmasman.

DILOROM: - Ichsangiz ham mendan soʻrab, oʻlchab berganimcha ichasiz.

SULTON: - Unda, toʻygacha toʻyib ichib olishim kerak ekan. Toʻydan keyin......

DILOROM: - Toʻydan keyin... Sulton aka. Endi teng boʻlsak ham, aka deyishim kerak.... Hamma masala toʻydan keyin chiqadi-ku? Chaqiriq, charlar, boshqa rasmu rusumlar... bu yogini nima qilamiz? Siz tomondan ayollar boʻlmasa... Ayam boʻlsalar...

Dilorom jim boʻlib qoladi.

Sulton unga xavotir bilan qaraydi.

SULTON: - Yana biron gap bormi?

DILOROM (oʻylanib turib): - A, yoʻq... aytarli gap yoʻq-ku-ya...... Bir joydan sovchi kelib

qoʻymayapti.

SULTON: - Oʻzingiz nima deyapsiz?

DILOROM: - Oʻzim? Oʻzim nima deyman? Yoʻq, deyman-da, bosh-qa nima deyman.

SULTON: - Unda nimaga oʻylanyapsiz? Yo......

DILOROM: — Oyim oʻylantiryaptilar. Bergilari bor. Oʻzimizning mahalladan. Kelgan« xotinlar ham oyimga ma’qul tushgan. Oʻzi ham boy-balavlat yigit, Monte-Karloda ishlar ekan. Juda zoʻr «partiya» boʻlar emish.

SULTON (kayfiyati tushib): - Monte-Karlo... Oʻrta Yer dengizida, Monako... Oʻsha Monte-Karlomi?Judazoʻr-u.

DILOROM: - Xoʻp deyman ham, siz bunaqa qilib yuraversangiz. Ha, baxtimni koʻraman-da.

SULTON: -Men unda......

DILOROM: - Oyim ikkilanyaptilar-u, bari bir koʻnglimga qaraydilar.

Dilorom shunday deb yana Sultonning yelkasiga bosh qoʻyadi.

Diloromning koʻzlari xayolchan.

Davlatning Hovlisi. Xufton

Oʻrtaga eskiroq stol chiqarib qoʻyilgan.

Dasturxon erkakchasiga yasogli.

Pishirilgan tovuq goʻshti, shishalar, kolbasa, pishloq, meva-cheva.

Choynak-piyolalar batartib terilgan, qoʻlsochiqlar qoʻyilgan.

Nozim bilan Davlat dasturxon tegrasida oʻtiradilar.

«Zaporojets» xam oʻsha joyida.

NOZIM: - Xoʻsh, bu yogi hal. Ahmadali aka bitta odam topsa boʻldi. Menga xam yurasan, deyapti. Bunga xam mayli.

DAVLAT: - Siz boʻling, albatta. Har xil savol chiqadi. Xarajatlar. Bir vakil boʻlishi kerak... Bu, Sulton ushlanib qoldi?

NOZIM: - Kelaman degan boʻlsa, keladi.

DAVLAT: - Oyisidanqoʻrqibyuribdi.

NOZIM: - Biron gap yetibdimi?

DAVLAT: - Hozircha yoʻgʻ-u, lekin tezroq kel, nimaga kelmayapsan, yo oʻzim borib, qulogingdan burab olib kelaymi, degan emish telefonda.

NOZIM: - Qizig-u. Onasi xam oʻtkirmi deyman.

Qoʻngiroqjiringlaydi.

Davlat oʻrnidan turadi.

Darvozada Sulton koʻrinadi.

Dasturxon atrofida yana uch ogʻayni.

NOZIM: - Tinchlikmi? Uy tomonda nima gaplar?

SULTON: - Gap koʻp. Oyim adresimni, qaerda turishimni soʻrab yozib oldilar.

NOZIM: - Nima boʻpti? Ona-da, bolasining qaerda turishini xam soʻramasinmi?

DAVLAT: -Kelibqolsa-ya?

SULTON: - Keladigan boʻlsalar, telefonim bor-ku, oʻzim chiqib kutib olaman.

DAVLAT: - Shu vaqti kelmay tursin endi. A Nozim?

NOZIM: - Kelaman desa, kelmang deb boʻladimi? Qaytangga shubxaga tushadi. Kelaversin. Uchovimiz, ogzimizga maxkam boʻlamiz.

DAVLAT: - E-e ayollardan gap bekitish qiyin.

NOZIM: - Uchovimizdan boshqa kimdan biladi?

DAVLAT: - Ayollarning koʻngli sezadi.

SULTON: - Kelmay turganlari yaxshi.

NOZIM: - Kelsa, yotoqxonada turadimi yo mehmonxonadami?

DAVLAT: -Shuer-chi?

SULTON: - Anavining irshayib kelib qolsa?

DAVLAT: - Ha-ya, u xam bor. Suyunchi olib qoʻysa.

SULTON: - Oʻlding-da.

NOZIM: - Ish pishay deb turganda chappasiga olmasa hali.

DAVLAT: - Yoʻq, mehmonxonaga qoʻyamiz.

NOZIM: - Men uni aytmayapman.

DAVLAT: - Kelsa - shu. Biratoʻla aytib qoʻya qolarmiz. Men bilaman, u kishi yaxshi ayol. Vu-uh, mayli, deb, oq fotiha bersa bormi! Kelsa, oʻzim gaplashaman. Men lekin koʻndiraman.

NOZIM: - Ha, men xotinlardan qoʻrqaman deb, yana qochmasangiz.

DAVLAT: — Oʻzimizning joydan-ku. Men yaxshilab gaplashsam, rozilik beradi.

SULTON: - Ha-a, beradilar, meni oʻldirib qoʻyarlar.

NOZIM: - E-e qoyil! Onaning oʻz farzandini yoʻqlab kelishi ham shuncha vahima boʻlsa?

DAVLAT: - Vahima emas, lekin hisobga olish kerak. Balki kelmas, bu oʻzi Sultonning yuragiolinibqoldi.

NOZIM: -Chatoq,chatoq.

DAVLAT: - Chatoq-patogi yoʻq. Shuni ham oʻylab oʻtiramizmi? Ahmadali akangizga ishonch bormi?

NOZIM: - Ha, va’da berdi-ku. Shu kuni soat toʻrtda kutib turadi. Yana bironta odam topamandedi.

DAVLAT: - Ha, yaxshi. Men ham boraman.

NOZIM: - Siz kerak emas. Buncha koʻp boʻlib borib nima qilamiz?

DAVLAT: - Nimaga meni chetga suraverasiz. Bormayman. Sulton ikkovimiz sizlarni kuzatibqoʻyamiz,deyapman.

NOZIM: -Sizbuzasiz.

SULTON: - Uyini bilmaysizlar-ku, men koʻrsatib qoʻyaman.

NOZIM: -Undamayli.

Davlat turib, mashinani bir aylanadi.

NOZIM: - Toʻygacha yuradimi?

Davlat kiftini qisadi.

DAVLAT: - Bilmayman, yana ikki yuz dollar xarajat qilsa.

SULTON: - Qiziq, shu Xorazmga ham bora oladimi?

NOZIM: - Xorazmga? Biron oylarda yetib borsa kerak.

DAVLAT: - Bora oladi Xorazmga. Faqat qishda.

SULTON: - Nimaga, yozda nimaga borolmaydi?

DAVLAT: - Qizib ketar ekan.

NOZIM (oʻzini soddalikka solib): - Torttirsa-chi?

DAVLAT: - Uh-h, boshqa gap yoʻq!

Qoʻngiroqjiringlaydi.

Davlat shartta «Zaporojets» ichiga kirib, yotib oladi.

SULTON: -Ha?

DAVLAT: - Anavi keldi! Hozir kerak emas. Meni yoʻq de.

SULTON: - E-e, kuy chalish nima boʻladi?

DAVLAT: - E-e, hozir koʻnglimga sigmayapti. Nozim, siz oching.

Nozim kulib darvoza ochgani ketadi.

SULTON: -Yaxshi.

DAVLAT: - Shuni koʻrsam, yuragim gashlanadigan boʻldi. Bir-ikkita gapidan keyin.

Koʻcha. Davlatning Darvozasi Oldi

Darvoza oldida hu oldin biz koʻrgan ikki sovchi.

Kichik sovchi yana qoʻngiroq tugmasiga qoʻlini choʻzadi, shu payt darvoza eshigi ochilib Nozim koʻrinadi.

Kichik sovchi tugmadan qoʻlini olib, yoqasini ushlaydi.

KICHIK SOVCHI: - Voy! Tuf-tuf! Hamma yerda bor, nechta odamsiz?

NOZIM: - E-e, xotira ham bor ekan-da! Yana koʻk eshikmi?

KATTA SOVCHI: - Topilmayapti-da, oʻgʻlim. Oyoqda oyoq qolmadi.

NOZIM: - Nima izlayapsizlar?

KICHIK SOVCHI: - Nima emas, qiz.

KATTA SOVCHI: - Chiqmayapti-da shu.

NOZIM (darvozaga ishora qilib): - Yoʻq joydan izlagandan keyin chiqmaydi-da.

KATTA SOVCHI: - Yoʻq, biz anavi, qirq oltinchi uyni soʻramoqchi edik. Qanaqa odamlar?

NOZIM: - Opa, men oʻrtogimnikiga kelganman. U ham yangi koʻchib kelgan, bilmasa kerak.

KICHIK SOVCHI: - Hali uylanmadingizmi?

NOZIM: - Yov quvlayaptimi, uch kunda uylanib?

Sharofat Ayaning Uyi. Diloromning Xonasi

Qiz bola turishi bilinadigan, ozoda, shinamgina uy.

Polda gilam.

Bir tomonda divan karavot, bir tomonda ustiga kompʼyuter oʻrnatilgan stol.

Dilorom kompʼyuterda ishlab oʻtiribdi.

Sharofat aya kiradi.

SHAROFAT AYA: - Qizim, pochtangga kirar ekansan.

DILOROM: -Nimaga?

SHAROFAT AYA: - Xoʻp, qizim, qani, bir koʻr, seni tishlab olmaydi-ku.

DAVLAT: - Pochtamni qaydan olishdi? Kim berdi?

SHAROFAT AYA: - Men, qizim.

DILOROM: - Siz? Siz pochtani bilasizmi?

SHAROFAT AYA: - Buncha achchigʻing burning uchida turmasa. Dilor dugonangdan oluvdim. Soʻrab qoʻyishmadi. Keyin unga aytuvdim, men bilaman, dedi.

DILOROM: - Aya, men javobimni aytdim-ku. Nimaga birovlarni bekorga ovora qilasiz?

SHAROFAT AYA: - Ovorasi yoʻq, qizim. Oʻzlari yalinib turib oldi. Bir gaplashib koʻrishsin deyapti. Hech yomon joyi yoʻq. Koʻr, yoqmasa, koʻngli oʻzidan qolsin. Keyin, bir boladan kichkina bir quticha berib yuboribdi. Senga deb.

DILOROM: - Kerak emas hech qanaqa sovgasi. Aya, sizga nima deyapman, axir?

SHAROFAT AYA: - Sovga emas, shekilli.

DILOROM: - Nimaga olib qoldingiz?

SHAROFAT AYA: - Qizim, sovgani boladan berib yubormaydi-ku. Nima bu desam, siz bilmaysiz, ochsa, qizingizning oʻzi biladi, dedi haligi bola. Hozir opkelaman.

DILOROM: - Hali ham boʻlsa shulardan koʻngil uzolmayapsiz-da a?

SHAROFAT AYA: - Hm, men, hozir.

Sharofat aya chiqib ketadi.

Kambagʻalning ogʻzi oshga yetganda, burni qonabdi

Koʻcha

Odatiy, kundalik shahar manzarasi. Orif, bir oʻzi, parishonxotir kezib kelyapti.

Birga oʻtib ketayotgan yigit-qizlar......

Farzandini oʻrtaga olgan eru xotin......

Yana juftlar.

Koʻchadagi hamma Orifning koʻziga juda baxtiyor koʻrinadi.

Uoʻzxayollaribilanband.

Uning koʻzi oldidan qoʻltiqlashib olgan baxtiyor juftlar oʻtaveradi.

Balki Sharifa toʻydan keyin ochilar?

Davlatning Hovlisi

Gapga tugilgan shekilli, uch doʻstning hangomasi tugamaydi.

DAVLAT: - Goh loʻli keladi, goh elektrdan, gazdan. Endi sovchi.

NOZIM: - Men bularni koʻrganman. Hali ham qiz axtarib yurishibdi. Zoʻr-ey, qaerda qiz bor deb, uyma-uy kirib ketaverar ekan.

SULTON-Qiziq odat.

DAVLAT: - Ha, koʻplar shunaqa qilib uylanadi.

NOZIM: - Ha-a, ey, Sultonning boʻlsa uylanishga koʻnglidan boshqa hech narsasi yoʻq. Yalangochsuvdantoymas...

DAVLAT: - Ana shunaqa gap bilishlaringizni oʻsha yoqda ishlatasiz...

NOZIM: - Ishlataman. Hali ham mening kallam ishlagani uchun ish siljiyapti.

SULTON: - Rahmat., rahmat.

DAVLAT: - Rahmatni keyin aytasan. Avval bir aniq qilsin. Oʻzim borar edim-ku-ya, lekin men toʻgʻrisini shartta-shart-ta aytib tashlayman-da.

NOZIM: - Bemalol. Koʻrpacha toʻshab kutishyapti sizni.

DAVLAT: — Ha, nima, ikki yosh bir-birini yaxshi koʻrsa, aytish mumkin emas emish. Jinoyat emas-ku bu. Oʻzi siz, Nozim, mana shunaqa masala chiqaraverasiz.

NOZIM: - Men chiqarmayman, oʻzi koʻndalang boʻlyapti. Bularning hammasi bor masalalar.

SULTON: - Hisoblashish kerak-da.

DAVLAT: - Hisoblashish? Sizlar bir umr hisoblashasizlar. Tavba, tayyor qiz boʻlsa, sevsa, bu ham sevsa, shuni hal qilishga mingta diplomatiya! Umuman yaramaysizlar. Kim aytadi sizlarni shu zamonning odamlari deb.

NOZIM: - Sulton, bu bilan necha yildan beri yaqinsiz?

SULTON: -Maktabdan.

NOZIM: - Jinni boʻlib qolmaganingizga qoyil. Boshqa odam boʻlganda aqldan ozar edi.

DAVLAT: - Hey, hey......

Aeroport Kassasi

Saodat bir dasta pul bilan ikkita pasportni oynavand kassa tuynugiga uzatadi.

Sal narida Saodatni olib kelgan Akmal aka qarab turadi.

Diloromning Xonasi

Kompʼyuter yoqiq.

Dilorom oʻy surib oʻtiradi.

Shunday oʻylab oʻtirgan koʻyi «Internet»ga kiradi. Kompʼyuterda «Internet», «imeyl», Diloromning elektron pochtasi sahifalari.

Kompʼyuterda surat ochila boshlaydi.

SARVARNING OVOZI: «Assalomu alaykum, Dilorom! Siz meni tanimaysiz, men esa sizni taniyman. ...Kichkina paytingizdan oʻzingizni, hozir esa rasmingizdan taniyman. Bitta maktabda oʻqiganmiz. Men koʻrganimda oltinchi sinf edingiz, shekilli. Keyin uch yil oldin borganimda koʻrganman. Uzoqdan. Hozir Sanobar kennoyim yuborgan klipni koʻrdim. Siz vatandagi hamma qizlarning timsolidek koʻrindingiz menga. Ham shunday yaqin tuyuldingiz...»

DILOROM(oʻziga oʻzi): - Yaxshi odamga oʻxshaydi,... lekin sal surroqmi? Xijolat degan narsaning koʻchasidan ham oʻtmagan.

Tashqaridan Sharofat ayaning tovushi keladi.

SHAROFAT AYA: - Dilor, qizim, uydamisan?

DILOROM: -Ha,aya.

Dilorom shosha-pisha kompʼyuter sahifasini oʻzgartiradi.

Sharofat aya kiradi, uzoqdan qiziqsinib kompʼyuter ekraniga tikiladi.

SHAROFAT AYA: - Dars qilyapsanmi?

DILOROM: -Ha,nimaedi?

SHAROFAT AYA: - Oʻzim... shunday soʻrayapman.

Dilorom indamaydi.

SHAROFAT AYA: - Anavi, Sanobari telefon qiluvdi. Gaplashishmadimi, bilib bering, deb.

DILOROM: - Aya, aytdim-ku, nima qilaman gaplashib?

SHAROFAT AYA: - Bir marta gaplashsang, yeb qoʻyadimi, qizim?

DILOROM: - Ha, yeb qoʻyadi. Gaplashaylik, deydi-da, keyin ye-eb qoʻyadi.

SHAROFAT AYA: - Qizim, onangman, senga yomonlik tilaymanmi?.. Bir koʻr, deyapman. Seni birov majburlayotgani yoʻq. Yoqmasa, keyin mayli. Lekin avval bir gaplash-chi, qanaqa odam ekan.

DILOROM: - Qanaqa boʻlardi, chet elda qizlar bilan yuraverib, beti qotib ketgan bir sur.

SHAROFAT AYA: - Koʻrdingmi? Beti qotib ketgan deyapsan?

DILOROM: - Koʻrganim yoʻq. Lekin bilaman, u yoqda koʻcha toʻla qiz. Kurort shahar-da. Buzuq. Bu odam oʻshanaqa qizlardan toʻygan, endi oʻzimizniki, koʻchaga chiqmay, uyda ovqatini pishirib oʻtiradigan bitta... xizmatkor oqsach kerak.

SHAROFAT AYA: - Xay-xay, qizim, koʻrmagan bilmagan odamingni yomonlama. U yoqda ham qizlarkoʻchadayotmasakerak.

DILOROM: - Yotmasa, oʻsha yoqdan olsin edi.

SHAROFAT AYA: - Unaqa emas, oʻzimizning qizlardan olaman, degan deyapman-ku. Xoʻp, qizim, sen nima desang, men koʻnib turibman. Sen ham bir marta gapimga kirgin...

DILOROM: — Aya, sizga shuncha gapni aytsam ham, bari bir, shunga tiqishtiryapsiz-da, a? SHAROFAT AYA: - Tiqishtirayotganim yoʻq, qizim. Senga yaxshi boʻlsin deyman. Yaxshisini tanlayman. Koʻr, qani, tamom yoqmasa, bir gap boʻlar....

Avtobus Bekati. Asr

Avtobusdan Nozim, Davlat, Sulton tushadi.

Nozim ikkalasiga «sizlar shu yerda turinglar, men hozir olib tushaman», degan mazmunda ishora qilib, nashriyot tomonga shaxdam odimlaydi.

Koʻcha boʻylab Orif kelib qoladi.

ORIF: -Ha,buerda?

DAVLAT: - Bir ish bor edi.

ORIF: - Nozim qayoqqa ketyapti?

DAVLAT: - Hozir keladi. Oʻzingiz nima qilib yuribsiz?

ORIF: - Shunday... aylanib.... Yaxshi boʻldi sizlarni koʻrganim, bir oʻtiraylik.

DAVLAT: - Oʻtirishdan boshqa ish chiqib turibdi hozir. Shoshmang.

Davlat sal ogrinib gapiradi.

Sulton atrofga betoqat alanglaydi.

Nashriyot

Uzun dolon.

Tepada neon chiroqlar goʻngillaydi.

Nozim dermantin qoplangan eshikni tutqichidan tortadi.

Dolondan ikki kishi oʻtib ketadi.

Nozim hayron boʻlib, eshikdagi «boʻlim boshligi: A .Mahmudov» degan yozuvga qaraydi.

Eshikni qayta-qayta tortib koʻradi, keyin gursillatib uradi.

OVOZ: - Siz Nozimjonmisiz?

Nozim orqaga oʻgiriladi.

Elliklardan oshgan basavlat kishi unga qoʻlini choʻzadi.

NOZIM: - Salomalaykum! Ha.

KISHI: - Sizni taniyman. Ahmadali akangiz tushlikka tushgan koʻyi qaytib chiqmadi.

NOZIM: - Kelishgan edik. Soat beshda kutadigan boʻluvdilar.

Basavlat kishi Nozimga achingannamo qaradi.

NOZIM: - Va’da qattiq edi. Kepqolarmikan? Mabodo sizga biron taklif aytmadimi?

KISHI: - Indamadi. Endi siz pastni, oshxonani bir qarang.

Nozim basavlat kishining ortidan qarab qoladi: shu odamni ham qoʻshib olsa, juda yaxshi boʻlar edi.

Avtobus Bekati. Asr

Davlat, Sulton, Orif. Orif kuyib-pishib gapiryapti. Davlat, koʻzi nashriyot tomonda, beparvo eshitadi.

Nashriyot kiraverishida diqqati oshgan Nozim koʻrinib, qoʻl silkib, Davlatni chorlaydi.

DAVLAT : - Orifjon, shu doʻstimiz... Sulton. Uni yolgizlatmay gaplashib turing, biz xozir kelamiz. Nimaga meni chaqirib qoldi?

Aeroport

Navbatdagi reys joʻnashidan oldingi gavjumlik. Akmal aka, Salima opa, Jumagul opa Saodatni kuzatishga chiqqan. Saodatning oldida chogroq chamadon.

Avval Salima opa, keyin Jumagul opa Saodatga, albatta, yoʻlda xushyor boʻlish haqida gaplarnitayinlaydilar.

Saodat tez-tez bosh irgab eshitadi. Nariroqda Alisher qarab turgan boʻladi. Gulsanam tizzasidagi oʻgʻlini oʻynatadi.

Oshxona

Ahmadali aka oʻttiz besh-qirq yoshlardagi poʻrim kiyingan ikkita ulfati GʻOYIBJON va ZIYoDILLA bilan oʻtiradi.

Stolda aroq shishasi va ul-bul ovqatlar.

Eshikda Nozim bilan Davlat koʻrinadi.

Nozim har yoqqa alanglaydi.

Davlat Ahmadali akani koʻrib, toʻgʻri shu yoqqa qarab yuradi.

Ahmadali aka bularni koʻradiyu shu zahoti girt mastga aylanadi.

AHMADALI AKA (ulfatlariga): - Bizning maza qochdi.

Ulfatlar unga hayron qaraydilar.

GʻOYIBJON: - Yoʻgʻ-e, tuppa-tuzuk edingiz-ku?

AHMADALI AKA: - Kalladan ham, oyoqdan ham birdan oldi.

ZIYoDILLA: - Hozirgina yaxshi edingiz. Biron joyingiz ogrib qoldimi?

Davlat, uning ketidan Nozim bularning oldiga kelguncha Ahmadali aka «tayyor» boʻlgan edi.

AHMADALI AKA: - Oʻ-oʻ, millat gullari!.. Davlat! Nozim! Yo sen Nozim, sen Davlatmi? Yo, toʻgʻri, sen Nozim, sen Davlat! Davlat - koʻngli badavlat.

Nozim ham, Davlat ham angrayib qoladi. Bir-biriga qaraydi.

AHMADALI AKA: - Koʻrishinglar! Mana, bu goʻrkov! Mogilshchik. Gʻoyibjon! Bunisi -astronavt... yoʻq, atmos... astrofizik Ziyodilla! Dilbar yigitlar!

NOZIM: - Oʻzingiz dilbar boʻlib qopsiz-ku?

AHMADALI AKA: - Shumerlar... imperiya! Ichmay boʻladimi! Skiflar necha asr oldin yashagan? Oxirgi ochgan goʻring kimniki edi, Ziyodilla? Oʻzing tushuntir bu munavvarlarga. Ha, bularnurliyigitlar...

Gʻoyibjon ham, Ziyodilla ham noqulay ahvolga tushadilar.

DAVLAT (Nozimga shivirlab): - Ish rasvo-ku! Nima qildik?

NOZIM: - Oʻv, Ahmadali aka, goʻrni qoʻying, va’da... va’da nima edi?

DAVLAT : - Sovchilikka borishingiz kerak-ku!

AHMADALI AKA: - Kushonlar saltanati! Uch ming yil oldin ayonlarni qanday koʻmishgan? Gʻoyibjon, oʻzing ayt. Hamma koʻmiladi, podsholar ham... Nozim, tushunyapsanmi, bu yigit goʻrkov! Haqiqiy goʻrkov. Qadimgi goʻrlarni ochadi. Goʻr boʻyicha yagona mutaxassis! Kushon... yoʻq, shumerlarning goʻri zoʻr boʻlgan.

GʻOYIBJON: - Ukalar, oʻtiringlar. Nima gap oʻzi?

NOZIM: - Bizni ham toʻppa-toʻgʻri goʻrga tiqibsiz-ku, aka!

ZIYoDILLA: - Bu kishi bizga amaki boʻladilar.

AHMADALI AKA: - Ha, bu yulduzlarni tekshiradi. Sen, Nozim, bilasanmi, yulduzlar yer yuzidagi plyajlardagi qumdan ham koʻp. Qumni bitta-bitta sanab boʻladimi? Shundan ham koʻp yulduzlar. Ziyodilla, qanaqa baland yigitsan. Shuni oʻrganasan-a.... Bular boʻlsa, xotin olib beramiz deb......

NOZIM (Ziyodillaga): - Kechirasiz. Lekin amakingiz...

DAVLAT : - Nozim, ketdik, koʻryapsiz-ku, oʻchgan!

AHMADALI AKA: - Bittadan otaylik. Munavvarlar uchrashuvi uchun! Ota-bobolarimiz tarixini bilmaysizlar. Ziyodilla, qaysi zodagon edi? Balki, men oʻsha oq xunlarning toʻgʻridan toʻgʻri avlodidirman?

DAVLAT : - Nozim, kechikyapmiz!

AHMADALI AKA: - Ey, qayoqqa? Millatning gullari uchrashib qolibsizlar... Oqsoch tarix bilan yorqin kelajak chegarasida! Shuncha yulduz, ularning, eh-he, qancha sayyorasi bor. Demak, oʻzga sivilizatsiyalar ham bor.

Nozim va Davlat orqaga qaramay eshikdan chiqib ketadilar.

Ularni Ahmadali akaning gapi ta’qib qilib qoladi.

AHMADALI AKA: - Bizlar koinotning bir chekkasida qolib ketganmiz, hech kim xabar olmaydi. Insoniyat naqadar yolgiz!

GʻOYIBJON: -Xafa boʻlib ketishdi.

ZIYoDILLA-Amaki?

Ahmadali akaning «mastligi» birdan tarqadi.

AHMADALI AKA: - Yaxshi yigitlar. Lekin qanday sovchilikka boraman?

ZIYoDILLA: - Avvaliga nimaga xoʻp dedingiz boʻlmasa?

AHMADALI AKA: — Nozim qoʻymadi. Yaxshi koʻraman. Lekin uylanadiganini uncha" bilmayman. Keyin, nimaga ota-onasi yoʻq?

GʻOYIBJON: - Yetimmi? Savobdan qolibsiz.

AHMADALI AKA: - Yoʻgʻ-e, yetim emas. Lekin ota-onasiga aytmay uylanmoqchi. Oʻzi topgan-da. Nozimga nimaga bunaqa desam, shunaqa boʻlib qoldi, deydi.

ZIYoDILLA: - Aytish kerak edi. Yigitlarni xafa qildingiz.

AHMADALI AKA: - Aytgan bilan tushunmaydi bular. Ikki nikohli degan gapni qayoqdan hambilardi....

GʻOYIBJON: - Nima degani u?

AHMADALI AKA: - Bizda kennoyingiz ikkita boʻlgan.

GʻOYIBJON: - Men ham tushunmadim.

ZIYoDILLA: - Amakim ikki marta xotin olganlar. Birinchisi bilan turmush boʻlmagandan keyin, ajralib, hozirgi kennoyimni olganlar.

GʻOYIBJON: - Boʻladi hayotda. Shuni ikki nikohli deydimi? Bular bilan borishingizga nimaaloqasibor?

AHMADALI AKA: - Aloqasi yoʻgʻ-u, lekin shunaqa irim bor. Nikohi ikkita boʻlgan odam non ushatsa yaxshi boʻlmaydi degan gaplar yuradi.

ZIYoDILLA: - Iy-e.... Oʻzi... bitta oʻzi non yesa... birov sindirib beradimi?

Ahmadali aka kuladi.

AHMADALI AKA: - Osmonga qarab, yulduz sanab yuravergan ekansan-da, a. Fotiha qilganda non sindiriladi, shuni aytyapman.

ZIYoDILLA: - Buni bilaman-e. Lekin ikki nikohli degan gapni eshitmaganman...

GʻOYIBJON: - Men ham endi bildim.

AHMADALI AKA: - E-e, men shuni aytyapman-da, bularga tushuntirgunimcha toʻy ham oʻtib ketadi. Borishim sira toʻgʻri kelmaydi.

ZIYoDILLA: - Ikki marta uylanish jinoyat emas-ku. Odamni xoʻrlash bu.

GʻOYIBJON: - Turmush buzilmasin deb oʻylab topilgan-da.

AHMADALI AKA: - Lekin yaxshi ish boʻlmadi. Birontani gaplashib qoʻyar edim, lekin boyagi gap: u bolani yaxshi tanimayman, bu ikkovi nima deb chopib yuribdi - bilmayman.

Sharofat Ayaning Uyi

Dilorom dasturxon tuzayapti. Sharofat aya katta laganda uzum koʻtarib kiradi.

Poliga gilam toʻshalgan, toʻrdagi taxmonga koʻrpayu koʻrpachalar taxlanib, ustida guldor choyshab yopilgan uy.

Oʻrtada xontaxta tegrasiga koʻrpachalar toʻshalgan.

Sovchilarni kutishyapti.

SHAROFAT AYA: - Vaqtini aniq aytishgan edimi?

DAVLAT: - Ha, aya. Kelishadi.

SHAROFAT AYA: - Beshdan oʻtyapti-ku, qizim.

DILOROM: - Telefon qilib soʻray desam, noqulay. Kep qolishar.

SHAROFAT AYA: - Halitdan yoʻl qaratsa bular. Uyni adashtirib yurganmi?

DILOROM: - Nimaga adashtiradi? Oʻzi biladi-ku. Koʻrsatib qoʻyar.

SHAROFAT AYA: - Voy, hali uyga ham kelganmi? Mahalladagilar ham koʻrgandir?

DILOROM: - Hu anavi... kech qolganlarimda......Hech kim koʻrmagan. Koʻrgan boʻlsa, nima?

SHAROFAT AYA: - Boʻldi qil-e. Hali sandan koʻp gap chiqadiganga oʻxshaydi.

Avtobus Bekati

Nozim, Davlat, Orif, Sulton.

NOZIM: - E, uchovini koʻrib, xursand boʻlib ketibman? Sov-chi komanda zoʻr boʻpti deb. DAVLAT: - Piyonista! Dilbar alkash!

NOZIM: - Ertalabdan yonida oʻtirib olmaymanmi, a? Toza boʻkibdi-ya!

DAVLAT : - Boshqa odam boʻlganda tumshugiga solardim.

Bekatda turgan odamlarning birovi yoʻlga tikilgan, birovi oʻzicha xayol surgan, hamma har xil alpozda koʻrinsa-da, e’tibori bularda.

SULTON: — Kutib qolishdi. Hozir bormasa boʻlmaydi.

DAVLAT : - Sigaretdan oling!

Orif choʻntagini shappatilaydi.

ORIF: -Tugabdi.

DAVLAT : - Kashandaning yonida sigaret yoʻq! Qanaqa odamsiz?!

NOZIM: - Oʻzingiz-chi? Ham soʻrab chekadi, ham ta’na qiladi.

DAVLAT: - Kashanda bu, men emas. Doim yonida olib yurishi kerak.

SULTON: - Shundan muammo chiqarma, Davlat. Hozir opkelaman.

Sulton shundoq koʻrinib turgan doʻkonga yuguradi.

NOZIM: - Boʻgʻilib ketyapman. Nima qilamiz endi? Men ham bitta chekaman.

ORIF: - Nima gap oʻzi? Balki yordamim tegar?

Davlat Orifga boshdan-oyoq tikiladi.

Sulton oʻzi olib kelgan sigaret qutisini Davlatga uzatadi.

NOZIM: - Nariroqqa oʻtib, oʻylashib olaylik.

Koʻcha Yoqasi. Asr

Toʻrtovlon bir-biriga qarab tutatadi, Orif chekmaydi, lekin u ham tutun ichida. DAVLAT: Vaziyatdan chiqish kerak. Oʻzimiz borishimizdan boshqa yoʻl yoʻq. Orif... siz ham juda vaqtida keldingiz.

ORIF: - Yoʻq deyish yoʻq. Bilasiz-ku meni, Nozim, sizlar uchun hamma narsaga tayyorman.

DAVLAT: - Sovchilikkaborasiz.

Nozim Orifga ilkis qaraydi.

Orifningrangioʻzgaradi

ORIF: - Nima? Hazillashyapsizmi? Qanaqa sovchilik?

Akmal Akaning Uyi

Salima opa, Jumagul opa, Saodat.

Jumagul opaning qoʻlida bir dasta pul.

Saodatoʻngaysizlanadi.

JUMAGUL OPA: - Endi uyalma-da. Xolang, xolang ham emas, opangman-ku.

SALIMA OPA: - Qoʻy. Uyalsa uyalib olsin. Qiz bolaning uyalgani yaxshi.

JUMAGUL OPA: - Buni Sulton akangga berasan. Faqat ikkovlaring uchun. Shahar aylaninglar. Kinoga tushinglar. Muz-qaymoq-puzqaymoq. Bilmayman, hozirgi yoshlar nima qiladi. Bizlar oʻqiganda kinoga birga tushsa - boʻldi, shu rozi boʻlgani edi.

SALIMA OPA: - Ja uncha emas edi.

JUMAGUL OPA: - Nima boʻlsa ham, uch-toʻrt kun bir aylaninglar. Yaponiyaga ketguningcha. Unga oʻzing ayt-da, u-bu qilaylik deb. Juda moʻmin-qobil u. Aytmasang, tortinib kuzatishga hamchiqmaydi.

SALIMA OPA: - Oʻzgargandir. Shuncha vaqtdan beri hayhotday shaharda oʻqib yuribdi.

JUMAGUL OPA: - Oʻzimning bolamni bilmaymanmi, opa. Saodatjon hozirdan qoʻliga olib olsin deyapman-da.

SALIMA OPA: - Yaxshi, yuvvosh bola.

JUMAGUL OPA: - Yuvvoshning ham juda yuvvoshi boʻlmaydi. A Saodat? Oʻzing oʻrgat. Muncha boʻshashavermang, de. Yaponiyagacha shuni tarbiyalab, esini joyiga kiritib ket.

Saodatning kulgisi keladi.

Avtobus Bekati

Davlat Orifga boshdan-oyoq tikilib chiqadi.

DAVLAT: - Kiyim joyida, poʻrim. Koʻrinish ham chakki emas. (Nozimga qarab qoʻyib). Oʻzi kelishgan odam-da. Ana buni dilbar yigit desa boʻladi. Dilbar ham emas, lobar.

Orif Nozimga madad soʻrab qaraydi.

ORIF: - Siz tushuntiring. Nima gap oʻzi? Kim kim uchun sovchilikka borish kerak? Siz uylanyapsizmi, Nozim?

NOZIM: - Nimaga men uylanar ekanman? Hamma menga yopishib oldi-ya.

ORIF: - Nima, uylanish aybmi? Hamma ham uylanadi. Choʻchib ketdingiz....

DAVLAT: — Hali buning yoshi yetmagan. Uylanadigan bu, Sulton. Sovchilikka borish kerak" hozir. Sovchi akamiz boʻlsa, uchib qolibdi.

ORIF: - Endi?.. Endi kim boradi?

DAVLAT: - Oʻzimiz boramiz. Boshqa iloj yoʻq. Sovchi keladi deb kutib oʻtirishibdi.

ORIF: -Millatinima?

DAVLAT: -Kimning?

ORIF: - Qizning. Oʻzbekmi?

SULTON: -Oʻzbek.

ORIF (Sultonga): - Siz nimaga boryapsiz boʻlmasa?

NOZIM: - Oʻzi ham kelsin, kuyovkoʻrdi qilamiz, deyishdi.

SULTON: - Yoʻgʻ-e, xazillashyapti, men uyini koʻrsatib qoʻyaman.

DAVLAT: - Endi yetib bordimi? Yomon koʻp gapirasizlar-ey. Yarim umrlaring gap bilan oʻtib ketadi.

ORIF: - Hozir borish kerakmi?

DAVLAT: - E xudo, yana soʻraydi-ya!

ORIF: - Mening zaril ishim bor.

DAVLAT: - Hozir hamma narsaga tayyorman, deb turuvdingiz-ku?

ORIF: - Bunaqaga emas-da.

DAVLAT: - Nimaga boʻlmasa?

ORIF: - Hali ham tushunmayapman. Sizlar meni oʻyin qilyapsizlarmi?

SULTON: - Kechikyapmiz! Davlat, Nozim......

DAVLAT: - Oʻyin-poʻyini yoʻq, Orif. Buning qizinikiga sov-chi borishi kerak edi. Nozim bilan, yana bironta odamni yoniga olib. Hozir olib borib qoʻyamiz deb kelsak, sovchi akamiz girt mast. Ana, ichkarida, oshxonada guldirab yotibdi.

ORIF: - Boshqa kunga qoldirish kerak. Yo aytib qoʻyilganmi?

SULTON: - Davlat, kechikyapmiz!

NOZIM: - Aytilgan, aytilgan. Kutishyapti.

ORIF: - Bunaqa boʻlmaydi-da.

DAVLAT: - Bunaqa boʻlmasligini biz ham bilamiz.

ORIF: - Sovchilikka ayollar boradi. Siz bilan menga oʻxshagan bolalar emas.

DAVLAT: - Biz bola boʻldikmi?

ORIF: - Xoʻp, ana, odam deylik, erkak. Erkaklar sovchilikka yurmaydi. Men bilaman-ku.

DAVLAT: - Ana shu sizni biladi deb, yuring deyapmiz-da.

ORIF: - E, sovchi sal mundayroq odam boʻlishi kerak bari bir.

DAVLAT: - Nima, biz oʻsha mundayroq odam emasmi? Qosh-koʻzimiz joyida. Hozir shu mast akamiz aytdi: millat gullarimiz.

NOZIM: - Orifning gapi toʻgʻri. Bir katta odam boʻlmasa boʻlmaydi. Uchchovimiz ham yosh.

DAVLAT: - Endi siz chekinyapsizmi? E tavba, nimaga bunaqasizlar, a? Oʻzi mana shunaqa: unday boʻlishi kerak, bunday boʻlishi kerak deb, botqoqqa botib qolganmiz. Sovchi degani kim - oʻrtada bir vositachi, xolos. Yoshmi, qarimi, nima farqi bor? Qizni oʻziga soʻramaydi-ku.

Nozim yerga qarab oʻylanib turadi.

Orif hozir bir najotkor kelib kelib qoladigandek, atrofga alanglaydi.

Sulton hammaga bir-bir javdiraydi, keyin yana Davlatgayolvorib qaraydi.

SULTON: - Kutib qolishdi. Juda yomon boʻlyapti-da.

DAVLAT: - Orif, boʻldi, kemaga tushganning joni bir. Oʻzingizni u yoq-bu yoqqa tashlamang endi.

ORIF: - Tashlayotganim yoʻq. Boʻladigan gapni aytyapman.

DAVLAT: - Mana, boʻladigan gapni men aytaman. Bunday qilamiz: hozir hammamiz mashinaga oʻtirib, qiznikiga boramiz; Sulton uyini koʻrsatib, oʻzi tushib qoladi. Oʻsha yerda choyxona bor, oʻtirib turadi. Orif, siz gapni boshlab berasiz.

ORIF: -IY-e,nimagamen?

DAVLAT: - Yaqinda uylanasiz-ku.

ORIF: - Uylansam... nima boʻpti?

DAVLAT: - Bilasiz-da.

ORIF: - Nimani bilaman?

DAVLAT: — Uh, ezib yubordingiz odamni. Sovchi yubordingiz, toʻy boʻladi, shu yerliksiz, deb" aytyapman. Siz anavinaqa sizda gul, bizda bulbul degan gaplarni boshlasangiz, u yogini oʻzim qotiribtashlayman.

ORIF: - Nozim-chi? Qaytangga Nozim gapga ustaroq.

NOZIM: -Men......

DAVLAT: - Nozim ham himoyada turadi. Kerak payti aralashaveradi.

NOZIM: - Aralashmasam ham mayli.

ORIF: -Baribir......

SULTON: - Davlat! Sen ham gapni choʻzyapsan.

DAVLAT: - Boʻldi boʻlmasa! Ke-etdik! Oʻzim boraman. Urf-odat, irim-sirim deb mogorlab ketganlarga bir koʻrsatib qoʻyay! Mingir-mingir qilib oʻtiradimi! Taksi! Orif, siz toʻxtating. Boʻldi endi, qocholmaysiz, chekinish yoʻq. Olga! Mening ortimdan.

Sulton qoʻl koʻtarib, koʻcha chetiga chiqadi.

Bir «Tiko» mashinasi toʻxtaydi.

DAVLAT: - Aytdim-ku, siz toʻxtating deb. Ha, mayli.

Hamma «Tiko»ga qarab yuradi.

Sharofat Ayaning Hovlisi

Dilorom hovliga suv sepayotir. Sharofat aya darvozaga chiqib qaytadi.

SHAROFAT AYA: - Boʻldi, loy qilib yuborasan. Koʻrinmayapti-yu. Vaqt oʻtib ketyapti. Tavba, aytgan vaqtida kelmaydimi?

DILOROM: - Bir gap boʻlgan shekilli.

SHAROFAT AYA: - Nima qildik? Yo amaking ketaversinmi?

DILOROM: -Hayronman.

Ichkaridan MUROD AKA chiqadi.

SHAROFAT AYA: - Ha, amakisi, nos otasizmi?

MUROD AKA: - Oʻtiraverib... koʻzim ketib qolibdi. Hali ham yoʻqmi?

SHAROFAT AYA: - Kelmadi. Hayron boʻlib turibmiz.

MUROD AKA: - Men boray boʻlmasa. Kep qolsa, bir qadam, chaqirarsizlar.

Murod aka darvozaga qarab yuradi.

SHAROFAT AYA: - Yana bitta choy damlab beray. Oʻtiring endi.

MUROD AKA: - Uyda oʻtiraversam, diqqatim oshib ketadi.

SHAROFAT AYA: - Xoʻp, aylaning. Ana, toklarni qarang.

MUROD AKA: - Bir koʻchaga chiqay. Toriqib ketdim.

Murod aka yonchigidan nosqovogini oladi...

Sharofat aya juda norozi qaraydi.

Murod aka xijolat boʻlib yuzini buradi...

SHAROFAT AYA: - Tez chakib oling-da, keyin odamlarning oldi-da odamni uyaltirmang.

MUROD AKA: - Xoʻp, kelin, xoʻp. Buning nimasidan uyalasiz?

SHAROFAT AYA: - E-e, gapirmang shuni.

Choyxona

Choyxonada toʻrt ulfat oshga tadorik qilyotir.

Xontaxtada choyxonada qilinadigan oshga kerakli uncha koʻp boʻlmagan masalliqlar.

Qirq besh yoshlar chamasi SOBIR sabzi toʻgrayapti.

Qirq olti yoshli ISMAT, yagʻir doʻppisi peshanasiga tushgan, koʻzi yoshli, piyoz archyapti.

Oʻttiz toʻrt-oʻttiz besh yoshli SHARIF kleyonkaga toʻkilgan guruchni tozalayapti.

Davradagi moʻylovli, badqovoq, oʻttiz besh yoshlar chamasi MUHAMMAD hafsala bilan goʻsht maydalaydi.

SOBIR: - Boʻldi! Bugun oxirgi osh. Toʻrtta odam yigilsa boʻldi - osh! Sadagasi ketay! Lekin boshqa narsa ham yesak boʻlar.

ISMAT: - Oʻzi payshanba kuni yeganimiz ham yetadi.

SHARIF: - Samarqandning Jomiga bordim. Achchiq ichakday choʻzilib ketgan qishloq ekan, bir yogi tog, bir yogi dasht. Ana shu dashtida mehmonga bitta shoʻrva osmasa, hisobga oʻtmas ekan.

MUHAMMAD: — E — osh-chi. Osh qoʻymaydimi?

SHARIF: - Qoʻyadi, lekin bari bir shoʻrva tortish kerak ekan-da. Boʻlmasa, izzatimni qilmadi deb mehmon xafa boʻlar ekan.

ISMAT: - E-e, bizga teskari ekan-da. Toʻyida osh qiladimi?

SHARIF: - Ha, qiladi. Lekin savzisi bilan guruchini aralashtirmay suzadi. Laganda tagida guruch, (qoʻli bilan koʻrsatadi) uning ustida sabzi, uning ustidan goʻsht, boʻlak-boʻlak.

SOBIR: - Ha, osh ham har joyda har xil.

ISMAT: - Jizzaxda bir toʻyda borganimda sopi osh yeganman. Juda boplashar ekan.

SOBIR: - Sopi osh oʻzimizda ham bor. Kam qilinadi-da.

SHARIF: -Qanaqaoshshu?

SOBIR: - Guruchi bilan masalligini alohida pishirib olinadi.

SHARIF: - Lekin shoʻrva! (qoʻli bilan laganni koʻtarib koʻrsatadi) Oldin mana shunday laganda goʻshti kiradi. Togday, oʻzi ham bitta qoʻy ikkita laganga bosilgan. Keyin shoʻrvaning suvi. Ichida hech narsa yoʻq, boʻlsa, manavinday kartoshka, sholgom (bosh barmogining uchini koʻrsatadi). Zoʻr! Yoʻq, eng avval, salom-alikdan keyin aroq kiradi, (har qoʻlida barmoqlari bilan ikkitadan shishani boʻgzidan qisib olgandek) har qoʻlda ikkitadan - toʻrtta. Toʻgralmagan, boshi mushtday koʻk piyoz bilan urasiz! Katta piyolani toʻ-oʻldirib!

ISMAT: - Koʻp ichilar ekan-da.

SHARIF: - Goʻsht kesib tashlaydi.

SOBIR: - E-e, boʻldi. Odamning kayfini qochirding. Unaqa ichish kerak emas.

SHARIF: Toʻylarda ham, hozir salgina kamaygan deyishdi-yu, lekin oʻn-yigirma yil oldin yomonichishganekan.

SOBIR: - Qizig-a shu, bolaligimda, bilaman, toʻyda uncha aroq qoʻyilmas edi. Ellik yil oldin hatto qishloqlarda stol toʻyi degan narsalar ham boʻlmagan. Aroq ham ichilmagan.

MUHAMMAD: - Hozir toʻylarimizda nimaga toʻy qilayotganimiz esda boʻlmaydi, ishqilib, odamlarga yedirsak, asosiysi - ichirsak. Gapirib ketmasa boʻldi.

SHARIF: - Ha, toʻy shu-da oʻzi?

MUHAMMAD: - Borimizni toʻyga toʻkamiz-da, kelin-kuyov keyin nimaga yashaydi, qanday yashaydi - oʻylamaymiz. Qarz boʻlsa - xudo koʻrsatmasin, azobi boshqattan boshlanadi.

SOBIR: - Toʻgʻri, toʻgʻri. Hamma shunday qiladi deb, shu hamma qayoqqa qarab ketayotganini oʻylamaydi.

ISMAT: - Oʻylaydi, lekin kuchayib ketgandan oʻrganib qoladi.

Bu orada hech kim ishini toʻxtatmaydi, Ismat koʻzi yoshga toʻlib, burnini tortib-tortib qoʻyadi, Muhammad goʻsht maydalab boʻladi, dumbani jaz qilish uchun kesadi, Sobirning oldida ikki-uchta sabzi qolgan.

Sharifning oldida toza guruch uyumi kattalashib, tozalanmagani ozgina qolgan.

SOBIR: - Sharif, boʻldi, jazni tashlab opke. E-e, toʻydan ayirmasin. Buni hammamiz gapiramiz, toʻyda haddidan oshib ket-yapmiz, isrofgarchilik qilyapmiz, yaxshi emas, noshukurchilik, deymiz, birovlarning toʻyiga, lekin oʻzimiz toʻy qilgan-da, boshqalardan oshib tushamiz. Muhammad, bir piyoladan qoʻy-da-e.

ISMAT: - Ha, Sharif, anavi jiyaning nechchiga chiqdi?

SHARIF: - Yigirma sakkizda. Nima edi?

ISMAT: - Yigirma sakkiz boʻlsa... hali uylanmadi, a? Yoshi oʻtib qolibdi.

SHARIF: - U yoqdagilar qirq-ellikda ham uylanaverar ekan. Uylanmaydigani ham koʻp.

SOBIR: - Yigirma sakkiz... uncha yoshi oʻtgan emas. Oyoqqa turib olib, uylanay degan-da.

MUHAMMAD: - U yoqda topilmabdi-da a?

SHARIF: - U yoqda oʻzbek qiz yoʻq. Oʻzbek oila boʻlmagandan keyin.

SOBIR: - Ha, qiyin savdo ekan. Oʻzi kelib koʻrolmasa, tanlay olmasa.

ISMAT: - Bu yoqdagi, oʻzimizning qizlar yoqmay ham qolgandir. Juda madaniyatli boʻlib ketgandan keyin, anavi kinolarda koʻrsatadigan qizlarni deydi-da.

SHARIF: - Yoʻ-oʻq, oʻzimizdan olaman, deyapti. Mana, opam bittasinikiga boryapti, shu boʻlibqoladihali.

MUHAMMAD: - Kimning qizi ekan?

SHARIF: - Mahalamizdan. Boʻlsin, keyin aytaman.

ISMAT: — Boʻladi, boʻladi. Shunday yigitga kim ham yoʻq deydi. Biz ham yuribmiz-da rulni" aylantirib. Sarvarlar, eh-he! Lekin oʻzimizdan uylangani yaxshi.

SHARIF: - Boʻlay deb qoldi. Bugun-erta hal.

ISMAT: - Ayt-da endi, kimning qizi?

MUHAMMAD: - Mayli, aka, zoʻrlamang. Boʻlgandan oldin bildik - nima, keyin - nima? Bizga eng asosiysi, toʻy boʻlsin.

SOBIR: - Kelinni oʻzi bilan olib ketadi-da?

SHARIF: - Albatta! Yilda bir marta kelganiga xotin qilmaydi-ku.

ISMAT: - E-e, qani endi, yosh boʻlsang-da, ketsang oʻsha yoqlarga!

MUHAMMAD: - Hozir ham ketavering. Haydovchi hamma yerda kerak.

ISMAT: - Xotin, bala-chaqani tashlab ketishga yurak yoʻq.

Koʻcha

«Tiko» shahar koʻchasidan gʻizillab ketayotir.

«Tiko» Saloni

«Tiko» haydovchisi ellik besh-oltmish yoshlardagi, sochlari oqargan kishi - BAHROM AKA yigitlarga qiziqib qarab-qarab qoʻyadi, lekin indamaydi.

SULTON: - Aka, tezroq yurish iloji bormi?

BAHROM AKA: - Mingga qoʻysang ham sfetoforda toʻxtaysan-da... Boyadan beri pichir-kuchur qilasizlar, Gʻishtkoʻprikka nimaga boryapsizlar oʻzi?

NOZIM: -Sovchilikka.

BAHROM AKA: - Kattalaring oldin ketganmi? Buncha koʻpchilik?

NOZIM: - Shu, oʻzimiz. Mana, bu joʻramiz bosh sovchi. Bu bilan ikkalamiz bosh sovchi oʻrinbosarlari. Oramizda oddiy sov-chi yoʻq. Hamma amaldor.

Bahrom aka bularga bir-bir qarab, jilmayib qoʻyadi:

BAHROM AKA: - Omadlaringni bersin!

DAVLAT (xavotirlanib): - Ha, boʻlmaydimi, aka?

BAHROMAKA: - Yoʻ-oʻ... endi, aytyapman-da.

Mard maydonda sinalgan edi-yu, lekin bir Surxayl kampir bor ekan-da

Koʻcha

«Tiko» yoʻlda.

«Tiko» Saloni

Bahrom aka rulda, yigitlarga qarab-qarab gapiradi.

BAHROM AKA: - Bitadigan ishni buzib qoʻymasanglar.

DAVLAT: - Kelin tomon rozi, bu yogi rasmiyatchilik. Boramiz-u, bitiramiz.

Bahrom aka yana yoʻlga qarab oladi.

Orif tomoq qiradi.

Nozim bezovtaladi.

Davlat Sultonga dalda ma’nosida koʻzini qisadi.

BAHROM AKA: - Niyat xolis boʻlsa, hammasi yaxshi boʻladi. Lekin, mana, rasmiyatchilik deyapsizlar, hayotimiz rasmiyatchilik-da oʻzi. Mana, masalan, men sizlarning oʻrinlaringda boʻlsam, «Tiko»da bormas edim.

NOZIM: -Nimaga?

BAHROM AKA: - Savlatlirogi kerak edi.

NOZIM: - Savlatlisini qaynotasi olib beradi-da. A Sulton?

BAHROM AKA: - Hech boʻlmasa, biron «Neksiya»lik ogʻaynilardan yoʻq edimi?..

DAVLAT: - Nima farqi bor?

BAHROM AKA: - Darvozaning oldida savlat toʻkib, sizlarni poylab tursa boshqacha boʻlardi-da.

DAVLAT: -Sizniki-chi?

BAHROM AKA: — Bizniki juda mayda-da. Kira ekani koʻrinib turadi. Qizning ota-onasi« rozi boʻlgani bilan qoʻni-qoʻshni, mahalla-koʻy bor. Qizga ham uyidagilar «Ey, sovchilari shu boʻlsa, topganing bir tiyinlik ekan-da», deydi...

DAVLAT: - Nima minib borganiga ham ahamiyat berishsa!

BAHROM AKA: - Hamma narsaga ahamiyat berishmasa ham, sovchilarning kimligiga ahamiyat berishadi. Nima minib borganiga ham. Umr savdosi-da bu.

NOZIM: - E-e, aka zoʻridan bor, kir boʻlmasin dedik. A Davlat, «Linkolʼn»mi, «Xammer»midi? Borgan joyimizdagilar qoʻrqib ketmasin dedik-da. Juda boyvachchalik boʻladi-da.

BAHROM AKA (paqqos ishonib): - E-e, hozir undan ham zoʻrlari chiqib ketdi. Minib kelish kerak edi. Shunday kunda xizmat qilmasa, nimaga kerak.

NOZIM: - Men ham bunga aytdim. Mahallada bolalar chizib tashlaydi, deydi. Oʻlguday molparast-da bu.

DAVLAT: - E-e, shunga ishonyapsizmi. Mashinam borligiga ichi kuyganidan chandiydi.

BAHROM AKA: - Bormi, axir?

NOZIM: - Bor-u, haqiqiy otini aytib boʻlmaydi. Obroʻ oshib ketadi, aka.

BAHROM AKA (tushunib, kulib yuboradi): - Boʻldi, boʻldi. Hazilkash ekansizlar.

NOZIM: - Lekin buning moshinida kelsak. Beradigan qizini ham aniq bermaydi.

DAVLAT: - Aka, bularning velosipedi ham yoʻq, lekin menga yopishaveradi.

BAHROM AKA: - Yaxshi yigitlar ekansizlar. Faqat sovchilikka sal yoshlaring yetmayapti.

DAVLAT: - Ilojsizlikdan kelyapmiz-da. Yo bizlar aytib qoʻygani keldik, sovchilar boshqa kunikeladi,desakmikan?

BAHROMAKA: - Yoʻ-oʻ, kelishilgan boʻlsa, keyinga tashlamaslik kerak.

DAVLAT : - Menga, qarang, aka, oʻzingiz biz bilan yursangiz-chi?

Orif Davlatga hayron boʻlib qaraydi.

SULTON: - Pulini beramiz...

BAHROM AKA: - Yoʻ-oʻ, uka, tanishganda soʻraydi.

DAVLAT: - Soʻrasa nima?

BAHROM AKA: - Koʻchadan sovchilikka yollab kelibdi, desa...

NOZIM: - Aka, mayli, sekin haydang! Bizga bir konsulʼtatsiya bering. Toʻy ham bir ensiklopediyaekan...

Aeroport

Salima opa qizining ikki yuzidan oʻpadi. Jumagul opa Saodatni qattiq quchoqlab xayrlashadi.

Salima opa yiglab yuboradi, unga qarab turib Jumagul opa ham oʻpkasini tutolmaydi.

SALIMA OPA: - Saodat!

SAODAT: - Xoʻp, oyi bir yilga ketmayapman-ku. Gulsanam ularga qarab, jilmayadi, uning ham koʻzlari yoshlanadi. Akmal aka oʻzini kuch bilan tutib turadi.

OLAMBOY AKA: - Yaxshi bor, qizim!

JUMAGUL OPA: - Sulton akangni albatta top. Hamma ishingni toʻgʻrilab berar ekansiz, de. Lalayib yurmasin yana, oʻqishim bor deb.

SALIMA OPA: - Hay, bolam-ey, bir oʻzing uzo-oq yurtga ketyapsanmi?

SAODAT: - Oyi! Xavotir olmang. Yaxshi qoling. Yaxshi qolinglar.

AKMAL AKA: - Boshing toshdan boʻlsin!

SALIMA OPA: - Och yurmagin. Har kuni ertlab choyingni ichib ol. Birinchi, qoʻlida bolasi bilan Gulsanam, keyin Saodat ichkari qarab yuradi. Uzoqdan Alisher moʻltayib qarab qoladi.

Shahar Koʻchasi

«Tiko» xalqa yoʻldan oʻtib, Gʻishtkoʻprik tomonga yoʻl oladi.

«Tiko» Saloni

Bahrom aka yigitlarga tushuntirish beryapti.

Nozim diqqat bilan, Orif yoʻlga qarab, Davlat tund eshitib, ora-sira bahslashib" boradilar.

Bora-bora Davlatning avzoi oʻzgaradi, oldingi oʻktamligi yoʻqolib, koʻzlari olazarak boʻlib qoladi.

BAHROM AKA: - Oson ish emas, ikki insonning taqdirini boʻyniga olgandan keyin. Ha, yengil emas. Javobgarligi katta. Bir gap boʻlsa, bir narsa demaydi-yu, lekin odamning oʻzida vijdoniboʻlishikerak.

ORIF: - Ha, shu uchun sovchilarning oʻzining hurmati boʻlishi kerak-da. Koʻpni koʻrgan, kayvoniroq......

BAHROM AKA: - Toʻgʻri, uka. Umrimizni toʻyga bergandan ke-yin, bu yogini ham toʻgʻrilab qoʻyish kerak. Mana, oʻzimiz xam toʻy degan yaxshi niyatda rulni aylantirib yuribmiz.

Sharofat Ayaning Hovlisi

Murod aka darvozadan chiqayotganda, eshik ochilib qoʻshni Dilorom kiradi-da, Murod akaga salomberadi.

QOʻSHNI DILOROM: - Assalom-alaykum, amaki!

MUROD AKA: - Vaalaykum, qizim. Yaxshimisan?

Sharofat aya bemavrid kelgan qoʻshni Diloromga uncha xushlamay qaraydi.

QOʻSHNI DILOROM: - Salom-alaykum, xola!

SHAROFAT AYA: - Va-alayk, va-alayk!

Qoʻshni Dilorom «nima gap» degan degan ma’noda Diloromga qaraydi.

Diloromimqoqadi.

Murodakakoʻchagachiqadi.

Uning ortidan Sharofat aya ham chiqadi.

Koʻcha. Darvoza Oldi

Sal narida kelayotgan «Tiko» toʻxtaydi. Murod aka «Tiko»ga qiziqib qaraydi. Sharofat aya xam oʻsha yoqqa koʻz yugurtiradi...

«Tiko» Saloni

Davlat uzoqdan darvoza oldida turgan Sharofat aya bilan Murod akani koʻradi.

Murod aka shu yoqqa qiziqsinib qarab turgan boʻladi.

DAVLAT: - Shu uymi? Hu anavi, kampir bilan bitta odam turgan?

SULTON: - Shu. Onasi boʻlsa kerak. Ja kampir emas lekin.

DAVLAT: - Kampir, kampir-ku. Kampir boʻlganda ham girt yalmogiz.

NOZIM: - E-e, Davlat, boʻldi qiling. Amaki bizga qarab turibdi.

DAVLAT: - Sulton, bu odam otasimi?

SULTON: - Bilmayman, koʻrmaganman.

ORIF: - Kampir ham qarayapti.

BAHROM AKA: - Sal haydaymi yana?

DAVLAT: - Yoʻq, yoʻq, shu yerdan piyoda borishsa yaxshi boʻladi... Nozim, Orif ikkovlaring tushinglar.

NOZIM (Davlatga ajablanib qaraydi): - Ha, siz-chi?

DAVLAT: - E-e, tushing, tushing! Meni nima qilasizlar? Ikkovlaring zoʻr para. Men xalaqitberaman.

NOZIM: - Nima?

Koʻcha. Darvoza Oldi

Murod aka «Tiko» tomondan koʻzini olmaydi.

Sharofat aya ham hayron boʻlib qaraydi.

MUROD AKA: - Kelin, shularmi deyman? Moshin mahallaga begona, ichi toʻla odam....

SHAROFAT AYA: - Yosh bolalarga oʻxshaydi-ku.

MUROD AKA: - Shopiri katta odam, bu yoqqa qarab-qarab qoʻyyapti-da.

SHAROFAT AYA: - Boshqalardir. Abduvalining uyiga toʻxtab turishibdi-ku. Molga kelgan.

MUROD AKA: - Molga kelganga uncha oʻxshamayapti.

Murod aka yonchigʻiga qoʻl soladi, lekin Sharofat ayaga qarab qoʻyib, niyatidan qaytadi.

Sharofat Ayaning Hovlisi

Dilorom va qoʻshni Dilorom.

QOʻSHNI DILOROM: - Tinchlikmi, muncha?

DILOROM: - Odamlar kelishi kerak edi. Yoʻq!

QOʻSHNI DILOROM: - Voy, tabriklayman.

DILOROM: - Nimasini tabriklaysan? Yoʻq, kelishmadi, deyapman-ku.

QOʻSHNI DILOROM: - Xay, hali kelmagan boʻlsa, endi keladi. Xolam mayli degan boʻlsa boʻldi-da. Faqat... anovi... anov kuni kelganlar nima boʻladi?

DILOROM: - Nima boʻlar edi? Men ularga kelinglar debmanmi?

QOʻSHNI DILOROM: - Sarvar akaning umidi katta shekilli.

DILOROM: - Sarvaring kim?

QOʻSHNI DILOROM: - Oʻsha... oti Sarvar aka ekan.

DILOROM: - Oti Sarvar ekanmi? Sen qayoqdan bilding?

QOʻSHNI DILOROM: - Voy, senga aytishmadimi? Men......

«Tiko» Saloni

BAHROM AKA: - Boʻlinglar, yigitlar.

DAVLAT: - Boʻling, boʻling! Muncha yuragingiz yorilmasa.

NOZIM: - Mening yuragim yorilayotgani yoʻq. Siznikiga nima boʻldi, deyapman.

ORIF: - E-e, nima qilyapsizlar oʻzi?

DAVLAT: - Sovchilikka shuncha odam boradimi? Ikki kishi... ikkovlaring, boʻldi-da.

NOZIM: - Boplamoqchi edingiz-ku? Endi dumingizni xoda qilyapsizmi?

DAVLAT: - Siz, Nozim, gap bilaman deb......Boʻldi. Tan olaman. Sizdek boʻlolmayman.

NOZIM: - Nimaga mendek boʻlolmaysiz?

DAVLAT: - Men kampirlardan qoʻrqaman.

SULTON: - Bizga qarab turishibdi, axir!

NOZIM: - Mogor bosganlarga kim koʻrsatadi?

DAVLAT: - Tan olaman, deyapman-ku. Boʻldi, Nozim. Men tushmayman bari bir. Bu bir toʻgʻrisovchilikboʻlsaekan.

NOZIM: - Juda qiziq boʻldi-ku.

DAVLAT: Men kampirlar bilan gaplasha olmayman. Ularlarning oldida tilim aylanmay qoladi.

ORIF: - Meni nimaga olib keldingiz oʻzi?

NOZIM: - Buni qarang, kushxonadagi serkaga oʻxshaydi. Hammani qassobxonaga boshlab qoʻyib,oʻziquyonnisuryapti.

SULTON: - Davlat, sen oʻzing......

DAVLAT: - Sen jim tur. Bu begona joyda bir oʻzing nima qilmoqchisan? Yoʻq, doʻstimni yolgiz tashlab qoʻyadigan nomard emasman. Men Sultonning yonida boʻlaman.

NOZIM: - Endi bu gap chiqdimi?

DAVLAT: - Ey inson, bu yerning yigitlari yomon, bu qayoqdan kelib qoldi, xali bizning mahallaning qizini yoʻldan urgan shumi deb, oʻrtaga olishsa...... Biron falokat chiqmasin, toʻy boʻlay deb turganda....

NOZIM: - Oʻzi jar soladimi?

DAVLAT: - Kuzatib kelgan-ku necha marta... Koʻrganlar mushtiga tuflab turgan boʻlsa-chi?

NOZIM: - Ha, kelyapman, kutib olasizlar, degan.

ORIF: - Shuncha ishim qolib ketdi-ya. Aka, qaytaring moshinni.

DAVLAT: - Boʻldi endi, Nozim. Men yutqizdim. Toʻgʻri, men qoʻrqoq, yuragim yorildi. Dumimni xoda qilib qochaman. Faqat tushing, iltimos. Orif, tushinglar. Keyin meni xohlagancha soʻksanglar ham mayli. Lekin oʻzim tushmayman. Oʻldirsanglar ham tushmayman. Qoʻrqamankampirlardan.

NOZIM: - Yonida boʻlmasa, Sultonni boʻri tortib ketadi. Bu mahallada boʻri koʻp.

BAHROM AKA: - Ukalar, yo tushinglar, yo ketdik. Sizlarni boshqa odamlar deb oʻylab qoʻya qolishadi.

ORIF: —Ketdik.

DAVLAT: - Yoʻq, amaki, bular tushadi. Qaytadigan odamlar emas. Qani, Orif, boshlang! Nozim, boʻling-da endi! Sovchi ikki kishi boʻlsa yetadi. Qaytangga men xalaqit beraman. Muomalanibilmayman.

NOZIM: -Siz-a?

DAVLAT: - Boʻldi. Men tan berdim! Tan berdim deyapman-ku. Yomon tarang qildingiz lekin. Tushinglar!

Koʻcha Darvoza Oldi.

Sharofat aya bilan Murod aka.

MUROD AKA: Bu bolalar biron narsani kelisha olmayapti. Narxi toʻgʻri kelmaganmi......

Qarang, bir-biriga qoʻlini paxsa qilyapti, urishyaptimi?

SHAROFAT AYA: - Ikkitasi tushdi-ku.

Koʻcha

Nozim bilan Orif «Tiko»dan tushgan.

DAVLAT (mashina ichida, kadr ortidan): - Haydang, aka! Buring! Oʻzlari boplaydi. Bizni boya oʻtgan choyxonaga tashlab qoʻyasiz.

NOZIM: -Serka!Nomard!

DAVLAT (oynadan boshini chiqarib): - Endi sizning yuragingiz yorilmasin. Boʻpti, Orif, omad sizlarga. Biz boyagi choyxonada kutib turamiz. Boʻsh kelmanglar.

NOZIM: - Orqamizda sizdek togimiz bor, nimaga boʻsh kelamiz.

DAVLAT: - Nozim, boʻldi-da endi. Bitta sovchilikka shuncha vahimami? Odamda sal yurak hamboʻlishikerak.

Nozim Davlatga qarab, alam bilan bosh chayqaydi.

Davlat tirjayadi.

DAVLAT: - Sizni bunaqa qoʻrqoq deb oʻylamagan edim.

NOZIM: -Oʻ-u,nomard!

Nozim xuddi Davlatni urmoqchidek qoʻl koʻtaradi.

DAVLAT: - E-e, kalla joyidami? Anavi surxayl kampir qarab turibdi-ya.

Koʻcha. Darvoza Oldi

Sharofat aya bularga hayron boʻlib qaraydi.

Murod aka choʻntagidan nosqovogini oladi.

Sharofat Ayaning Hovlisi

Dilorom va qoʻshni Dilorom.

QOʻSHNI DILOROM: - Pochtangga kiruvdim-da. Nima, xafa boʻldingmi? Oʻzing sendan yashiradigan sirim yoʻq, degansan-ku. Qiziqdim-da.

DILOROM: - Qiziq boʻlsa, shuni senga berdim.

QOʻSHNI DILOROM: - Voy men nima qilaman?.. Lekin.... yaxshi odam ekan.

DILOROM: - Sen tegib qoʻya qol boʻlmasa.

QOʻSHNI DILOROM: - Voy... meni olar edimi? Sizga odam yuborgan-ku?

DILOROM: - Menga, mana, sovchi kelyapti-ku.

QOʻSHNI DILOROM: - Hali bu sovchilar keladimi, yoʻqmi?

DILOROM: - Oʻzing hozir keladi, deding-ku. Bari bir keladi-da. «Imeyl»imga kiribsan, koʻribsan. Gaplashdinghammi?

QOʻSHNI DILOROM: - Yoʻgʻ-e, Dilor, oʻlibmanmi. Qiziqib ochib koʻrdim-da. Oʻzing ham bir koʻrgin. Bip-binoyidek.

DILOROM: - Men ham...... Yoʻq, kerak emas. Bip-binoyi boʻlsa, senga oʻtkazdim. Bagishladim.

QOʻSHNI DILOROM: - Nima, men senga tilanchimi? Ja unaqa oʻtirib qolganim yoʻq.

DILOROM: - Voy, koʻnglingga oldingmi? Chin dildan aytyapman. Senga yoqqan boʻlsa, olaver. Toʻgʻrisi... men ham koʻrdim. Salgina. Yaxshi ekan. Lekin mening Sultonim bor.

QOʻSHNI DILOROM: - Darrov burma-da. Oʻzi kirmoqchi emas edim. Aytyapman-ku, qiziqib ketibman deb....

DILOROM: — Hammasi shu qiziqib ketishdan boshlanadi.

QOʻSHNI DILOROM: - Dilor! Shunaqa dema. Nima boʻpti, shunday yaxshi kuyov hayf ketmasin.

Koʻcha

«Tiko» sal yurib, qayrilib oladi.

NOZIM: - Olifta! Kushxonaning serkasi.. Tashlab qochdi-ya! Oʻzim boraman, oʻzim boplayman, mogʻor bosganlar emish!

«Tiko»toʻxtaydi.

Bahrom aka boshini chiqaradi.

BAHROM AKA: - Xoʻp. Boʻsh kelmanglar, ukalar. (Orifga) Sen, uka, bosiqroq koʻrinasan. Rulni qoʻldan qoʻyma.

Davlat ham oynadan boshini chiqaradi.

DAVLAT: - Ha, boʻshashmanglar! Oʻzim boʻlmadim-da, boplar edim.

NOZIM: - Endi vaysamay keting. Nomard!

DAVLAT: - Hey-hey, doʻstlik shunaqa boʻladimi! Doʻsting uchun zahar yut, deyishadi-ya.

NOZIM: - Hozir aylantirib solaman lekin!

DAVLAT: - Aka, haydang! Xoʻja-da bu, tushdan keyin ayniydi. Ey, ana, kampir qarab turibdi.

«Tiko» joyidan qoʻzgaladi.

NOZIM: - Ey, toʻxtang! Sulton, otasining oti nima? Shu qarab turgan otasi boʻlsa kerak-daendi..

SULTON (ichkaridan qarab): Koʻrmaganman. Shu kishidir. Otlari? Dilorom... Rashidovna boʻlsa, ha, Rashid aka boʻladi-da.

DAVLAT: - E tavba, kimning qiziga uylanayotganini ham bilmaydi.

«Tiko» olislaydi

ORIF: - Oʻzi qovushimi ham yoʻq shuningizning. Koʻngli nozikroq odamlar boʻlsa kutayotganlar, ishni buzadi.

NOZIM: - E-e, muomalaga baloday. Qoʻrqdi. Ayyor!

ORIF: -Iste’dodlilekin.

NOZIM: - E-e, iste’dodini boshimizga uramizmi! Bizni olovga itarib, oʻzi qochdi.

ORIF: - Xoʻp, yuring endi.

NOZIM: - Siz boshlang-da, qarab qolishdi.

ORIF: - Xoʻp, xoʻp, siz boshlang, hurmatingiz bor.

NOZIM: - Endi siz boshlayapsizmi? Oldinga oʻting!

ORIF: - Yoʻq, menga noqulay. Siz oʻting. Men keyin...

Koʻcha Darvoza Oldi

Sharofat aya nariroqda «sen yur, men yur» qilib turgan Nozim bilan Orifga qiziqsinib qaraydi.

Murod aka beparvo nos otmoqchi boʻladi, Sharofat aya unga ola qaraydi. U shosha-pisha nosqovogini choʻntagiga soladi.

SHAROFAT AYA: - Nimani tortishyapti bular?

MUROD AKA (parishon): - Bilmiyman...

Murod aka kiftini qisib qoʻya qoladi, lekin yigitlardan koʻz uzmaydi.

Koʻcha

Nozim bilan Orif.

NOZIM: - Yurmaysizmi? Oʻting, deyapman, oldinga.

ORIF: - Boshlang, siz boshlang... NOZIM: - Qarab turishibdi, axir.

Nozim dovdirab bir qadam yuradi. Orif lip etib Nozimning orqasiga oʻtadi-da, uning yelkasidanitaradi.

NOZIM: - Nima qilyapsiz? E-e, sovchi siz...

Orif yerni suzayotgandek, boshini koʻtarmay, Nozimni yelkasidan itaraveradi.

ORIF: —Yuring,yuring...

Koʻcha. Darvoza Oldi

Sharofat aya bilan Murod aka.

SHAROFAT AYA: - Mastmi bular? Voy, bu yoqqa qarab yurdi-ku!

Murodaka«Im-m»debqoʻyadi.

SHAROFAT AYA: - Ha, shu yoqqa qarab kelishyapti!

Sharofat ayaning birdan avzoi buziladi.

Yonidagi Murod akaga jahl va alam bilan qarab qoʻyadi.

Murod aka ogzi yarim ochiq, anqayibroq turadi.

SHAROFAT AYA: - Hali shular boʻlib chiqmasa edi.

Murod akaning koʻzlari pirpiraydi.

Koʻcha

Nozim Orifga zarda qiladi.

NOZIM ( Orifga shivirlaydi): - Odam emas ekansizlar!

Orif boshini koʻtarmaydi.

Nozim taqdirga tan berib, birdan oʻzini tutib oladi, shaxdam odim tashlaydi.

Koʻcha. Darvoza Oldi

Sharofat aya yoqtirmay qarab turadi.

Murod aka choʻntagini paypaslaydi.

Nozimqoʻlinichoʻzibkeladi.

Murod akaning qoʻli choʻntagiga oʻralashib qoladi, bir amallab chiqarib, qoʻl choʻzadi.

NOZIM: - Assalomu alaykum, Rashid aka.!

MUROD AKA: - Va-alaykoʻm!... Yaxshimisiz.

NOZIM: - Raxmat, Rashid aka! Oʻzingiz yaxshimisiz?

MUROD AKA: - Yaxshi. .. .E-e, men Rashid emas, Murodman! Murod mening otim.

NOZIM: - E-e, shunaqami? Uyqashroq ekan-da Rashidga. Murod, deng, ha, Murod aka. Adashibmiz. Murod, yoʻgʻ-ey, Rashid de-yishsa, Murod deb...

MUROD AKA: - Rashid ham bor.

Nozim bir zumgina dovdiraydi.

NOZIM: - E-e, bormi shunaqa kishi? Shu bitta mahallada turasizlarmi? He-he, yaxshi odamga oʻxshatdimmi, ishqilib?

MUROD AKA: - Men boshqa joyda turaman.

Nozim kalavaning uchini yoʻqotib qoʻyadi. Orqasiga biqinib olgan Orifni tirsagi bilan turtadi.

NOZIM: - Iya, rostdan adashdikmi? Bu uy kimniki?

MUROD AKA: - Rashidniki. Men - akasi.

NOZIM: - Kalla achib ketdi-yu. Toʻgʻri keppiz-da boʻlmasa?

SHAROFAT AYA: - Menga qarang. Kimnikiga kelyapsiz?

Nozim yana tirsagi bilan Orifni turtadi. Orifdan yana sado chiqmaydi.

NOZIM (Sharofat ayadan koʻzini olib qochib. Murod akaga): - Biz... demak, Rashid akanikiga keldik. Murod akaning ukasi Rashid akaning uyiga. Koʻngil toʻgʻri-da, adashmabmiz.

SHAROFAT AYA: - Hali sizlarni kutib oʻtiribmizmi?

NOZIM: - Shunaqa boʻlsa kerak... Ha, shunaqa boʻladi-da endi.

SHAROFAT AYA: - Nima balo? Yo koʻtara savdo kartoshkaga keldingizmi?

NOZIM: - I-i-i, xolajon! Unaqa demang! Oʻz qizingizni-ya! Xafa boʻlamiz.

SHAROFAT AYA: - Siz nimaga xafa boʻlar ekansiz?!

NOZIM: - Nega xafa boʻlmaymiz? Bizning kelinimizni yerga urmang.

SHAROFAT AYA: - Hali kelin qilib oling-chi!

NOZIM: - Shunaqa yaxshi niyatda keldik-da. Qani, Rashid... e kechirasiz, Murod aka, torting mehmonlarni! Ha, bizni ichkariga taklif qiling.

SHAROFAT AYA: - Voy, hali rostdan sovchimisizlar? Sizlardan boshqa odam qurib ketgan ekanmi?

NOZIM: — Xola, munday qarang. Nima, choʻloq yo moʻloqmizmi? Faqat yoshimiz sal......Lekin"

biz ham bir kuni katta boʻlamiz.

SHAROFAT AYA: - Voy, Dilorom oʻlgur, meni sharmanda qilding!

NOZIM: - Sekinroq, xola, sekinroq... Mehmonga ham shunaqa qiladimi?

MUROD AKA: - Hay, kelin, boʻldi endi. Qani, mexmon uka, ichkariga...

Avtobus Saloni

Sharifa oʻrindiqda oʻtirgancha xayol surib ketyapti.

Uning yonida bir ayolning tizzasida yuvib turalagan chiroyli kuchukcha.

Ayol kuchukchani bahriga bosib erkalatadi. Koʻtarib, tumshugidan oʻpib qoʻyadi.

AYoL: - Pupsik, Pupsik, jo-onim!

Sharifa ayolga bir qarab qoʻyib, oʻzini yanada ichkariroqqa oladi.

Nariroqda xu oʻzimiz bilgan ikki sovchi.

Kichik sovchi Sharifaga tikilib qarab, katta sovchini turtadi, koʻzi bilan Sharifaga imo qiladi.

Ikki sovchi kelib, Sharifaning tepasida turib oladi.

Sharifa bilan kuchukchali xotinning roʻparasida oʻtirgan yigit Sharifaga termuladi, uning yonidagi yoshi kattaroq odam mizgiydi.

KICHIK SOVCHI: - Hey, uka, joyni boʻshatish kerak. Bu yer invalidlarning joyi.

YIGIT: - Siz invalid emas-ku?

KICHIK SOVCHI: - Ayolman. Keyin bu opangiz sizdan katta. Madaniyatli boʻlish kerak.

Sharifasapchibturdi.

SHARIFA: - Voy, opa, qaramabman. Mana, bu yerga oʻtiring.

Sharifa boʻshatgan joyga kuchukchali ayol surilib oladi.

Kichik sovchi kuchukchali ayolga yeb yuborgudek qaraydi.

KICHIK SOVCHI: - Odamga joy yoʻq. Itiga balo bormi.

KATTA SOVCHI: - Qoʻy, tizzasida-ku.

Kuchukchali ayol beparvo, kuchukchasini bagriga bosib, tashqariga termuladi.

Ogzini ochib hansirayotgan kuchukcha odamga qarab kulayotganga oʻxshar edi.

Katta sovchi kuchukchali ayolning oʻrniga oʻtirib, Sharifaga qaraydi.

KATTA SOVCHI: - Rahmat! Baraka toping. (kichik sovchiga) Juda yaxshi qiz ekan-da.

Shu payti mizgib kelayotgan erkak ham koʻzini ochib, oʻrnidan turadi.

ERKAK: - Mana, oʻtiring, singlim.

KICHIK SOVCHI: - Voy, amaki, bemalol, sizning joyingizni olamanmi.

Yigit bularga qarab turadi-da, shartta oʻrnidan turadi.

YIGIT: - E-e, dam olgani ham qoʻymaysizlar. Oʻzi kechasi bilan uxlamagan edim.

KICHIK SOVCHI: - Amaki, siz oʻtiring.

ERKAK: -Men tushaman.

Yigit ham indamay nari ketadi.

KICHIK SOVCHI (Sharifaga): -Oʻtiring, oʻtiring, singlim. Gaplashib ketamiz.

Sharofat Ayaning Hovlisi

Murod aka qoʻlida sochiq, nariroqda turadi.

Nozim kran tagida qoʻl yuvayotib, Orifga shivirlaydi.

NOZIM: - a’zoi badanimdan ter chiqib ketdi-ey!

Orif ham nihoyat tilga kirib, pichirlaydi.

ORIF: - Lekin sizga qoyil! Mening tizzalarimning qaltirogi hali bosilgani yoʻq.

NOZIM: - Bosh sovchi! Bu yogi sizga... E-e, aka, sochiqni bizga bering. Uyat boʻladi.

Shu payti oshxonadan qoʻshni Dilorom chiqadi.

Orif unga qarab qoladi.

Qoʻshni Dilorom Nozimga toʻppa-toʻgʻri tikilib, unsiz salom beradi.

Nozim bir qoʻshni Diloromga, bir Orifga qaraydi.

Orif unga savol nazari bilan koʻz tashlaydi.

NOZIM: - Murod aka, qayoqqa qarab yuramiz?

Murod aka qoʻli bilan uyni koʻrsatadi.

NOZIM: — Shu yoqqami? Juda yaxshi. Qani, Orif aka, oldinga oʻting.

Orif beixtiyor oldinga oʻtadi.

Nozim uning biqiniga yaxshilab turtadi.

Orif orqaga qaraydi.

Nozim koʻzi bilan «qani, oldinga» deb imo qiladi.

Oshxona

Dilorom bilan Dilfuza oshxonada kuymalanib turganda Sharofat aya kiradi-da, qizining biqinidanchimchilaydi.

Dilorom bir sakrab oʻzini tortadi.

DILOROM: - Voy, aya-ey! Oʻyib oldingiz-ku.

SHAROFAT AYA: - Oʻyaman-da! Kim keldi? Hech zamonda koʻrganmisan shunaqa sovchilarni?

DILOROM: - Oynadan koʻrdim. Hozir nima qilay? A? Kim boʻlsa ham keldi-ku.

SHAROFAT AYA: - Keldi, keldi! Kelmay oʻlsin! Mushtday bola-ya!

DILAFROʻZ: - Qaysisi, opa?

SHAROFAT AYA: - Ha, endi sen qoluvding...... A, shumi obroʻying?! Topganing shularmi?

Dugonang qani?

DILOROM: - Ketdi. Ishi bor ekan.

Uy

Toʻrda taxmon, koʻrpalar taxlangan.

Xontaxtadagi dasturxon bezatigli.

Eshikda avval Orif koʻrinadi, u kirmay, Nozimni undaydi. Qisqa, unsiz itar-itar.

Nozim kiradi-da, Orifni toʻrga chiqarishga urinadi.

ORIF: -Yoʻq,sizdan...

NOZIM: - Yoʻq! Oʻting! (shivirlaydi) Kelishdik-ku.

Orif boyagidek yerga qarab, tiralib oladi. Nozim noiloj toʻrga oʻtadi. Orifga olayadi...

Murod aka fotihaga qoʻl ochib, ularga ajablanib qaraydi.

Nozim Orifga ma’noli koʻz tashlab, yuziga fotiha tortadi.

Orif boshini koʻtarmay, yuzini yelpib qoʻyadi.

MUROD AKA: - Xush kepsizlar!

NOZIM: - Rahmat!

Oʻrtaga jimlik choʻkadi.

Nozim Orifga koʻzi bilan imo qiladi.

Orif uning imosini sezmagandek, dasturxonga tikilib oladi.

NOZIM ( keskin shivirlab) - Orif!

Orif miq etmaydi.

Nozim noilojdan oʻzi gap boshlaydi.

NOZIM: - E-e, Murod aka-ey! Rashid aka bilan aka-ukamiz deng. Bu, oʻzlari qaerdalar?

MUROD AKA: - Pomidorga chiqib ketgan. Dalada ham yeri bor. U mendan ham tortinchoq. Keladiganlar bilan siz gaplashing, deb, oʻzi dalaga surib yubordi.

NOZIM: - Ha, aytdim, bu xolam muncha oʻktam deb. Jilov bu yoqda ekan-da? Orif! Gapga aralashib oʻtiring.

MUROD AKA: - Oʻsha yoqda yotadi. Oʻzi dalani yaxshi koʻradi. E-e, bu yerda toriqib ketaman, deydi.

Sharofat aya kiradi. Nozimga oʻqrayib qaraydi. Orifga bir nazar tashlab qoʻyadi.

SHAROFAT AYA: - A bu... qizim ham aytgan ekan-ku, sovchilar tuzukroq odamlar boʻlsin, deb?

NOZIM: - Endi, xola, shunaqa boʻlib qoldi-da.

SHAROFAT AYA: - Ana, yiglab oʻtiribdi. Ikki soatdan beri. Vaqtida ham kelmadilaring.

NOZIM: - Orif! Siz ham tushuntiring!

Orif tasdiq ma’nosida bosh irgaydi, lekin indamaydi.

NOZIM: - Bir akamiz kelishi kerak edi. Buxoroga safar chiqib qopti deng. Bizga aytishga ulgurmapti. Soat beshga kelishgan edik. Borsak - yoʻq. Lekin aytib ketibdi.

SHAROFAT AYA: - Safarga bugundan boshqa kun yoʻqmikan?

NOZIM: - Hukumatga bunaqa deb boʻlmaydi-da.

SHAROFAT AYA: — Ha, shu ishonmayapman-da gapingizga.

NOZIM: - Rost, xola. Orif, toʻgʻrimi? Orif kampirga bir qarab, noiloj bosh irgaydi.

NOZIM: - Biz, shu... kutasizlar, sovchi kelmasa bexurmatlik boʻladi, deb...

SHAROFAT AYA (kinoya bilan): - Lekin juda katta xurmat boʻldi...

MUROD AKA: - Hukumat yuborgan boʻlsa... Odam qancha kattakon boʻlsa, shuncha ixtiyor oʻzida yoʻq-da.

Sharofat aya qaynogasiga oʻqrayib qaraydi.

Koʻcha

«Tiko» choyxona oldida toʻxtaydi.

Avval Davlat, keyin Sulton mashinadan tushadi.

Davlat Sultonga «kirdik» degan ma’noda qarab qoʻyib, choyxonaga boshlaydi.

Oshxona

Qozonda osh masalligi viqir-viqir qaynaydi. Dilorom guruch tozalaydi. Dilafroʻz deraza tokchasida oʻtiradi.

DILAFROʻZ: - Endi qaytarib yuboradilarmi? Unda darvozaning oldida toshingni ter, desalar boʻlardi. Opa, tegmang shunga, iltimos!

DILOROM: - Esingni yedingmi? Nima deyapsan?

DILAFROʻZ: - Keyin qolib ketasiz shu yerda.

DILOROM: - Koʻp bidirlamay, ji-im oʻtirgan!

DILAFROʻZ: - Monte-Karlo, Parij, Luvr, Monparnas!

DILOROM: - Oʻchir deyapman senga! Darrov bu otlarni topib olganini.

DILAFROʻZ: - Oʻqidim-da, opa.

Uy

SHAROFAT AYA: - Ana, amakisi, gapingizni ayting. Jiyaningiz yiglab oʻtiribdi, tegmayman deb. Sovchilari shu boʻlsa, xech qanaqa kuyov kerakmas ekan.

Murod aka pishillab, derazaga koʻz tikadi.

NOZIM: - Kim tegmayman deyapti?

SHAROFAT AYA: - Ishqilib, men emas. Ana, chiqib oʻzidan soʻrang. Qizlik qadrim shu boʻlsa, javobini berib yuboring, yolgiz oʻtaman, deyapti.

Sharofat aya koʻziga yosh oladi.

NOZIM: - E-e, endi yiglaydi-da. Ota-ona bagridan uzilib ketish osonmi, a, Orif? Ishqilib, borgan joyiga tosh boʻlib tushsin! U yoqdan yiglab kelmasin.

Sharofat aya betakalluf Nozimga angrayib qaraydi-da, gap topolmay durrasining uchi bilan koʻzini artib qoʻyadi.

Nozim Orifga savol nazari bilan qaraydi.

Orif koʻzini olib qochadi.

Murod aka derazaga qaragan koʻyi choʻntagini kavlab, nosqovogini oladi, Sharofat aya unga norozi tikiladi, Murod aka derazaga qarab chuqur ux tortadi.

SHAROFAT AYA: - U yoqdan yiglab kelmasligi uchun, bu yoqdan yiglatmay uzatish kerakmi? Qiz bolaning obroʻsini saqlab uzatish kerak.

Bir qiz erga tegsa,

qirq qiz tush koʻradi

Choyxona

Oʻrtadagi xontaxta ustida dasturxon. Ozgina meva-cheva, parralangan shoʻrbodring, pomidor vachimchagazaklar.

Davradagilar kirib-chiqib turibdi.

Davlat bilan Sulton choyxonaning bir burchagida, oldilarida bir choynak, ikki piyola.

Ismatning boshida oʻsha juda eski doʻppi.

Sulton oshxoʻrlarga toʻgʻri, Davlat yelka oʻgirib oʻtiradilar.

Muhammad bularga yer ostidan ogir-ogir qaraydi.

Davlat uning qarashlarini xuddi ensasi bilan sezgandek, tarang oʻtiradi.

Sultonhammanarsagatayyor.

DAVLAT: -Qaramayoʻtir.

SULTON: - Men emas, oʻzlari qarayapti.

DAVLAT: - Ularning qaraganiga ishing boʻlmasin. Hech qachon mast odamlar bilan koʻz urishtirma.

SULTON: - Bir ishkal chiqmasa. Boshqa joyga borsak-chi?

DAVLAT: - Oʻtiraver endi. Oʻzi bitta choyxona ekan. Koʻchada kutmaymiz-ku. Koʻrganlar oʻgri-poʻgridebyurmasin.

SULTON: - Oʻgri ochiqda yurar edimi?

DAVLAT: - Qizini olib ketganingdan keyin oʻgrisan-da.

Sulton zaif iljayadi.

Uy

Murod aka indamay derazaga tikiladi.

Orif ma’nisiz yoʻl qarab oʻtiradi.

Nozim gap boshlay olmay, dasturxondan koʻz uzmaydi.

Dasturxon oʻrtasidagi laganda husayni, qora kishmish, yana donasi qop-qora echkemar uzum bor edi.

NOZIM: - Murod aka, biz tomonda bir uzum bor, donasi mana bunday, mana bunday...

Nozim bosh barmogi bilan koʻrsatgich barmogini halqa qilib koʻrsatadi.

NOZIM: - Bandi ham baquvvaat, oʻzi siyohdek, qorayadi-da, turaveradi, donasi maydaroq olxoʻriday,rangi...rangi...

Nozim dasturxonga, keyin taxmondagi koʻrpalar ustiga yopilgan choyshabga, undan soʻng guldor patnisga, hatto Murod akaning oldida turgan choynakning guligacha qarab chiqadi. Murod akaning koʻzi ham Nozimning nigohi izidan qolmaydi, uzumning bilimdoni sifatida bu odam ham yordamga astoydil intiladi, lekin chora topolmaganidan bir oz xijolatda.

Orif Nozimni birinchi marta koʻrayotgandek angrayib oʻtiradi. Kampir ham suhbat mavzui, sovchilik qolib, uzumchilikka oʻtib ketganidan hayron, nigohi u gapirgandan bu gapirganga ogishadi, xolos.

Nozim esa avroqchiligi natija berayotganiga battar joʻshadi.

NOZIM: - Bu yerda yoʻq, qanaqa desam ekan, mana (piyolani qoʻliga olib), piyolaning mana bu mayda bargi... toʻq koʻk, qora-koʻk, sal qoʻngir aralashgan, salgina qirmiziligi ham bor, nima deydi shu rangni?

Murod aka pishillab piyolaning guliga astoydil tikiladi.

MUROD AKA: - Ha, oti nima ekan oʻsha navning? Qirmiskami?

NOZIM: - Yoʻ-oʻq, nima desak ekan-a, voh! Qizil tush bilan qora tushni aralashtirsangiz, bir boʻyoq paydo boʻladi, ana shu. Sharbati juda quyuq. Shunaqa shirin! Ammo pishmaguncha umuman... ogizga olib boʻlmaydi. Shoʻr, nordon emas, shoʻr-achchiq, deydimi.

Nozim oʻsha uzumning goʻrasini yegandek yuzini bujmaytiradi, unga qarab turgan boshqalarning ham yuzi bujmayib ketadi.

ORIF: - Oʻzbekistonda ham oʻsadimi shu uzum?

MUROD AKA: - Guruziyaga dekadaga borganda, shunaqaroq bir uzumni koʻrsatishuvdi, lekin uning donasi siz aytgandek emas, mayda...

NOZIM (Orifga): - Oʻzimizda, Oʻzbekistonimizda-da! Xoʻ-oʻsh, oti... oti... (Keyin qoʻlini qirs etdirib Sharofat ayaga tikiladi) Siz koʻp narsani bilasiz, xola, bandi koʻm-koʻk, baquvvat, uzib boʻlmaydi, tokqaychida kesib olasiz. Oti?.. Oti?..

SHAROFAT AYA: - E-e, muskat emasmi?

Nozim hayrat bilan tizzasini shapatiladi.

NOZIM: - Vo-e-ey! Muskat! Qora muskat! Onajon-ey! Qoyil sizga! Boyadan beri tilimga kelmayotganedi.

Shundoq bilimdon yigitni lol qilganidan Sharofat ayaning ham chehrasi yorishadi. Ochilib, qaynogasiga tushuntirish beradi.

SHAROFAT AYA (qoʻli bilan ishora qilib, Murod akaga): - Tualetning oldidagi uzum-chi. Sharbati burunning qoniday.

MUROD AKA: — E-e, anavi, yesa, tomoqni qiradigan?

SHAROFAT AYA: - Oʻsha. Beor narsa.

Nozim qora muskatning shu hovlida, yana juda beobroʻ joyda oʻsishini eshitib, suhbat jilovini boshqayoqqaburadi...

NOZIM: - Sizlarda qora anjir ekiladimi?

SHAROFAT AYA: - Ha, bor. Oʻzimizga ekkanmiz, lekin bozor koʻtarmaydi.

NOZIM: - Toʻgʻri, sariq anjir bozorgir. Qora anjirni uncha olmaydilar-u, lekin foydasikatta...

SHAROFAT AYA: - Koʻp narsani bilar ekansiz?

NOZIM: - Ishimiz shunaqa-da. Odamlar arzga, maslahatga keladi, yordam soʻraydi. Oʻzimiz yosh boʻlsak xam. Kuyov boʻlmishingiz ham qanotimiz ostida.

SHAROFAT AYA: - Iya, choy opkelmabman-ku. Qanaqa ichasiz, koʻkmi, familmi?

NOZIM: - Koʻk. Kelinning qoʻlidan icharkanmiz-da, qurugini ayamasin. Koʻp gapirgandan tomoqlarquribqoldi.

SHAROFAT AYA: - Gapga yomon pishgan ekansiz...

Xola gapga qovushib, ish siljiganidan Nozimning yelkasidan tog agdariladi, Orifga pisanda bilan qaraydi. Orif ojizgina iljayadi. Murod aka turib, derazani ochib, tashqariga nosinipuflabtupuradi...

Avtobus Saloni

Sharifa bilan kichik sovchi yonma-yon, katta sovchi bilan kuchukchali ayol bularning roʻparasidaoʻtiradilar.

Avtobus oynalaridan shahar koʻchasi suzib oʻtadi.

KICHIK SOVCHI: - Otingiz nima?

SHARIFA: - Sharifa.

KICHIK SOVCHI: - Voy, Sharifami? Qanday yaxshi. Qaysi mahallada turasiz?

SHARIFA: - Xonariqda.

KICHIK SOVCHI: - Juda ham yaxshi.... Ha, yaxshi......Adresingizni berasizmi?

Sharifahayronboʻladi.

SHARIFA: -Nimaga?

KATTA SOVCHI: - Oyingizning oldiga borar edik-da. Telefonlaring?

SHARIFA: - Biron ishingiz bormi? Oʻzimga aytavering.

KATTA SOVCHI (jilmayib): - Shunday qizning oyisida nima ishimiz boʻlar edi. Albatta......

SHARIFA: - E-e, biznikiga bormang.

KICHIKSOVCHI: -Nimaga.

SHARIFA (boshini egib, uyalib): - Uzatishgan.

KICHIK SOVCHI: - E-e, attang! Ilib ketishibdi-da. Bir yaxshi yigit bor edi, bu yil oʻqishni, diplomatiyani bitirdi. Sizga juda toʻgʻri kelar edi-da. Attang-a, kechikibmiz.

Sharifa oʻrnidan turadi.

KATTA SOVCHI: - Oʻtiravering, singlim. Sizni ham uyaltirib qoʻydik.

SHARIFA: - Bekatim keldi. Tushaman.

Choyxona

Oʻsha oshxoʻrlar davrasi.

Dasturxondan ma’lum, hali osh suzilmagan.

SOBIR: - Hayronman. Chekka mahallaga kelib, indamay quruq choy ichib oʻtiribdi bular.

ISMAT: - Mehmonga oʻxshaydi.

SHARIF: - Mehmon boʻlsa, mezbonnikida boʻladi-da. Choyxonada pishirib qoʻyibdimi?

SOBIR: - Birovning kelishini kutyapti shekilli. Ishlari bordir.

ISMAT: - Mahamadjon, koʻngliga kelishi mumkin, muncha tikilding?

SHARIF: - Bir ishkal chiqarma yana, Mahamad. Oshni tinchgina yeylik.

MUHAMMAD: - Shu... darozini bir yerda koʻrganman. Aniq.

Choyxona

Davlat bilan Sulton.

DAVLAT: - Hali ham qarayaptimi? Odam koʻrmaganmi bular.

SULTON: - Shu bittasi, moʻilovligi......Qarasa qarar. Tinch oʻtiraylik.

DAVLAT: - Seni oʻylayapman-da. Boʻlmasa, borib jagiga tushirardim.

Oshxoʻrlar davrasidan Muhammad turib, bularga qarab kela boshlaydi

SULTON: - Kelyapti!

DAVLAT: -Bizgaqarabmi?

SULTON: - Ha. Davlat, muomala qil.

DAVLAT: - Ishkal chiqsa, sen quyonni sur. Bu mahallaga kuyov boʻlasan.... Meni tanimaysan.

SULTON: - Qoʻysang-ey!

Oshxona

Sharofat aya kiradi.

Dilorom onasiga xavotir bilan qaraydi.

Sharofat ayaning chehrasi sal ochiqroq.

SHAROFAT AYA: - Darrov oshga ham unnadingmi? Men hali aytganim ham yoʻq edi-ku?

Dilorom javob bermay qozon kavlaydi.

SHAROFAT AYA: - Yuragingga sigmay ketyapsanmi deyman. Kavlayverma. Hali shavla qilib qoʻymasang edi. Guruchni qachon solasan?

DILOROM: - Solaveraymi?

SHAROFAT AYA: - Bilmay turibman. Hali gap yoʻq. Amakingning jagiga ombir solmasang, ochilmaydi.

Diloromjilmayadi.

SHAROFAT AYA: - Ha, qiz oʻlgur, hech boʻlmasa, ichingda tirjay. Sen qatorilar bolasini yetaklab yurmaganda, oʻzim bilardim... Gapga oʻqiganmi, nima balo.

DILOROM: - Gapirganim yoʻq-ku!

SHAROFAT AYA: - Seni emas-e, anavini aytyapman. Oʻrab tashladi odamni... Choy obormading-ku.

DILOROM: - Qanday oboraman? Erkaklarning oldiga... Ular ham koʻradimi?

SHAROFAT AYA: - Erkak emish, bolayu!.. (Dilafroʻzga) Uyating bormi! Tush tokchadan...

Dilafroʻz tokchadan sakrab tushadi.

SHAROFAT AYA: - Kuyov emas bular, sovchilar! Nimasini tomosha qilasan? Bor. Sekin imla amakingga, bu yoqqa bir qarasin.

DILAFROʻZ: - Tomosha qilayotganim yoʻq-ku, aya.

SHAROFAT AYA: - Boʻlmasa, tokchada pishirib qoʻyibdimi? Bor, chaqirib kel.

DILAFROʻZ: - E-e, men uyalaman.

SHAROFAT AYA (Diloromga): - Oʻzing bor. Endi nimasidan qochasan? Yana kirib oʻtirib olmagin. Choyni eshikdan amakingga uzat-da, shunda imo qil...

Dilorom chiqadi.

DILAFROʻZ: - Aya, shularga bermang.

SHAROFAT AYA (qiziga ajablanib qaraydi): - Senga nima?

DILAFROʻZ: - Menga yoqmayapti. Monte-Karlo zoʻr.

Davlatning Hovlisi

Hovlihuvillagan.

Deraza tokchasida turgan telefon tinmay jiringlaydi, qoʻngirogidan bilamiz, chaqiriq shahardan.

Talabalar Yotoqxonasi

Kiyinib, yoʻlga otlangan Ra’no qoʻl telefonini qulogida tutib kutadi. Bu qoʻlidagi sumkachasini asabiy gijimlaydi. Zarda qilib, telefonni oʻchiradi.

Toshkent Aeroporti

Samolyotdan tushib, taksi bekatiga kelayotgan odamlar orasida bir qoʻlida bolasini" koʻtargan Gulsanam.

Saodatning qoʻlida ikkita sumka.

Ularning orqasida yuklari ortilgan aravachani hammol yigit itarib keladi.

SAODAT: - Mana, Toshkent qanaqa ekan.

GULSANAM: - Oʻgʻlim, dadangning shahariga keldik. (Saodatga) Hali bu Toshkent emas, kichkina bir chekkasi. Toshkentni endi koʻrasan. Eh-he, juda katta!

SAODAT: - Shu yerdan ham bilinyapti qandayligi. (xalqaro aeroport tomonga boshini silkib) Qarang, anavi binoni.

GULSANAM: - U xalqarosi. Yaponiyaga oʻsha yerdan uchasan. Nari yoqlarida shunaqa katta binolar borki, odam qoʻrqib ketadi.

SAODAT: - Siz qachon kelgansiz?

GULSANAM: Bu tugilmasdan oldin edi. Hovlimizni koʻrib ketganman. Yoʻlda yana qurilishlar ketayotgan edi. Hozir bitgan boʻlsa, shahar juda ochilgan.

Gap asnosida ikkilasi ham atrofni tomosha qilib boradi.

Odamlar ular bilan yonma-yon keladi, oʻtib qaytadi.

Nariroqda yoʻl guvillaydi, bekatlarda yengil mashinalar qator-qator, toʻxtash maydonchalari toʻla.

SAODAT: - Mashina buncha, hamma yoqni bosib ketgan, odamdan xam koʻp.

GULSANAM: - Chetdan kelganlarga birinchi shunday tuyuladi. Lekin haqiqatan xam koʻp.

SAODAT: - Qarang, gij-bij!

GULSANAM: - Buning dadasi ham moshin oldim, deydi. Qanaqa moshin boʻlsa. Eskiroqdir-da.

SAODAT: - Eski boʻlsa ham, yursa boʻldi-da. Xumsonmi, Soʻqoqmi degan joylari bor ekan-ku, anavi togi tomonda boʻlsa kerak-da. Yakshanba kunlari Davronjonni xam olib, hayo-huyt deb ketasizlar.

GULSANAM (ta’sirlanib, jilmayadi): - Ha-a, xaz etamiz. Davron! Dadangni koʻrging kelyaptimi?

SAODAT: - Ha, koʻrgisi kelyapti, koʻrgisi kelyapti-i. Qarang, xuddi katta odamga oʻxshab tomoshaqilyapti-ya.

GULSANAM: - Dadasining rasmiga qara-ab qoladi. Bola biladi-da. Rasmga qoʻlini choʻzib, «dad-da» deydi.

SAODAT: - Siz ham har kuni koʻrsatsangiz kerak-da.

GULSANAM (kulib): - Bahonada oʻzim ham qarab olaman-da. Lekin xozir rosa quvonsa kerak.

SAODAT: - Albatta, shunday oʻgʻilchaga quvonmay boʻladimi?

GULSANAM: - Yoʻq, avval hayron boʻladi. Qotib qolsa kerak oʻzi ham. Kutmaganidan, xursand boʻlishni ham bilmay qolsa kerak. E-e, Gul. Gul, Sanam, deb. (Gulsanam azbaroyi oʻz xayolidan oʻzi ta’sirlanib, berilib gapiradi). Hozir boramiz, taksidan tushib, qoʻngiroqni bosamiz, ishlamayotgan boʻlsa, taqillatamiz. Ichkaridan dadasi chiqib... yoʻq, avval «Kim?» deb qichqiradi. Biz indamaymiz. Tovush bermay jim turamiz. U eshikni ochadi-da, bizlarni koʻrib qotibqoladi....

Taksi bekatigacha shunday gaplashib keladilar.

Gulsanamning koʻzlarida besabr soginch.

Choyxona

Muhammad Davlat bilan Sultonning tepasiga keladi. Sulton Muhammadga toʻgʻri tikiladi. Muhammadning yuzi osoyishta edi.

Asabiy tayyorlikdan Davlatning jag muskullari qotib qoladi. Orqadan Muhammadning savoli eshitiladi.

MUHAMMAD: - Bu yerda nima qilib oʻtiribsizlar? Davlat keskin oʻgiriladi va Muhammadga tik qaraydi.

DAVLAT: - Ha, sizdan ruxsat soʻrash kerak edimi? Muhammad bir zum indamay tikiladi.

MUHAMMAD: — Koʻzimga issiq koʻrinyapsiz-da.

Davlat oʻtirgan joyida undan koʻzini uzmaydi.

MUHAMMAD: - E-e, boʻldi. Janggoh! Anavi... tilla tish, soyavoni katta shapka kiygan, betibuzuq...esladingizmi?

Davlatning yuzi yumshaydi.

MUHAMMAD: - Boyadan beri tikilaman. Sizmi, siz emasmi deb.

DAVLAT: - E-e, tanidim. Otingiz nima edi?

MUHAMMAD: -Mahamad.

DAVLAT: - Iy-e! Boʻldi, boʻldi!

Davlat oʻrnidan turadi.

Muhammadjon quchoq ochadi.

Sulton yengil tortib iljayadi.

MUHAMMAD (ularni davraga undab, Davlatni qoʻlidan tortadi): - Yoʻ-oʻ, yoʻq! Xafa boʻlaman. Turinglar, turinglar. Oʻz-oʻzlik, gapjoʻralar. Hamma oʻzi bir-birining joniga tegib ketgan.... Qani, oʻtdik. Bular kim boʻldi ekan, deb oʻtirgan edik.

Muhammad Davlat bilan Sultonni gapjoʻralar davrasiga boshlaydi.

Soʻridagilar oʻrnidan turadi.

MUHAMMAD: - Bizning mahallaga kelgan odam begona boʻlmaydi. Keptimi, demak, oʻzimizniki.

Uy

Eshik sekin ochiladi.

Eshik ortida Dilorom yoʻtaladi.

Orif sakrab turib eshik oldiga boradi.

Dilorom amakisiga ishora qiladi.

Orif tushunmaydi.

DILOROM: Amaki!

Nozim Diloromga savol nazari bilan qaraydi.

Dilorom unga ma’noli jilmayadi.

Nozimhayronboʻladi.

Murod aka yoʻtalib eshik oldiga boradi.

Dilorom Orifga choynakni uzatib, Murod akaga shivirlaydi.

DILOROM: - Ayam chaqiryaptilar.

MUROD AKA: - Oʻzi kelmaydimi bu yoqqa?

Murod aka oʻrnidan turib, chiqadi.

NOZIM: - Shumi Sultonning qizi?

ORIF: - Mendan soʻraysizmi? Oʻzingiz bilishingiz kerak-ku.

NOZIM: - Shuni bilishni ham menga yuklaysiz-a. Rosa shum ekansiz.

ORIF: - Koʻchadan ushlab, zoʻrlab olib kelib, tavba! Hozir ham qochib ketgim kelib oʻtiribman oʻzi.

NOZIM: - Boʻldi, choydan qoʻying. Nima qilib kelib qoldingiz oʻzi?

ORIF: - Sizda gapim bor edi.

NOZIM: -Aytavering.

ORIF: - Yoʻq, bu yerda toʻgʻri kelmaydi. Bemalol vaqt kerak.

NOZIM: -Zachyotmi?

ORIF: - Yoʻq, imtihon. Hayot imtihoni.

NOZIM: - Voh-ey! Falsafa. Ishq dostoni emasmi?

Orif Nozimga ma’nili qarab qoʻyib, gapni buradi.

ORIF: - Shu qiz-da a, tegaman degan.

NOZIM: - Tegaman degan emas. Bir-birini sevadi. Uch yildan beri ahd-paymon qilib yurgan ekan. Qizga chet elda, Monte- Karloda ishlayotgan boy yigitdan sovchi kelib turibdi. Onasi beraman degan, qiz koʻnmagan.

ORIF: -Nimaga?

NOZIM: - Nimaga, nimaga! Sultonni yaxshi koʻradi! Bildingizmi?

ORIF: - Monte-Karlo Italiyada edimi?

NOZIM: — Yoʻq, mitti davlat bor, Oʻrta Yer dengizi boʻyida. Shuning poytaxti.

ORIF: - Vo-o, zoʻr-u! Shunga yoʻq deptimi? Oʻzbekmikan?

NOZIM: - Ha, shu mahalladan. Dars berar ekan. Qarang-ey, Monte-Karlo! Kimning tushigakiribdi.

ORIF: - U yoqda... rosa topsa kerak?

NOZIM: - Oyligining oʻzi yuzmi. Yuz yigirma mingmi dollar ekan.

ORIF: -Vuy-y!

NOZIM: -Yiliga.

ORIF: - Yiligami? Baribir, dahshat-ey.

NOZIM: - Yana doʻkoni ham bor ekan.

ORIF: - Shu yigitga yoʻq deptimi-ey! Bu Sultoningizning nimasi bor?

NOZIM: -Muhabbat!

ORIF: - E-e, qizi ahmoq ekan. Lekin qoyil! Muhabbat ham shunaqa kuchli boʻladimi!

NOZIM: - Boʻladi. Mana, boʻlar ekan-ku.

ORIF: - Shunaqa qizlar ham bor ekan-da. Obbo Sulton-ey. Iljayi-ib yuradi desam, bu yoqda,a...

Choyxona

Davlat bilan Sulton davra toʻriga oʻtadi. Shu payti ikki laganda osh keladi.

MUHAMMAD: - Ey, Sobir aka, bolalarni yugurtiring. Yana ikki shisha. Sharif aka, toʻldirib-toʻldirib quying... Suzishga sal sabr qilish kerak edi-da. Sharif toʻla piyolani Davlatga uzatadi.

SHARIF: - Buni indamay olamiz. Ishtarap!.. Bizda qoʻlni qaytarish yoʻq. Xafa boʻlamiz.

Oshxona

Dilorom qozon tepasida kuymalanadi.

Sharofat aya nima qilarini bilmay, choynak-piyolalarni joy-joyiga tergan boʻladi.

Ogzida nos Murod aka kiradi, «Nima gap?» ma’nosida Sharofat ayaga im qoqadi.

SHAROFAT AYA: - Nima balo, ertalabgacha dunyoning uzumini sanab chiqasizmi?

Murod aka qoshini kerib, Sharofat ayaga «men nima qilay», degan ma’noda qaraydi.

SHAROFAT AYA: - Tupuring shu tovuqning tezagini!

MUROD AKA: - Tupurganman-e. Qiziqib soʻrayapti-da.

SHAROFAT AYA: - Siz ham Diloromga... Bor, qiz oʻlgur, ikkoving ham chiqib tur... Nuqul gap poylaysanlar.

Dilafroʻz otilib, Dilorom shoshilmay chiqadi.

SHAROFAT AYA: - Siz ham Diloromga otaday. Sal munday, gapni bu yoqqa qarab buring-da. Guruziyadagi uzumni boshimizga uramizmi?

MUROD AKA: - Hangoma-da. Birdan qizimizni olasizlarmi, yoʻqmi, demayman-ku...

SHAROFAT AYA: - Sal harakat qiling-da. Ogziga termili-ib oʻtiramizmi? Nimaga kelganini aytsin-da.

Uy

Nozim Orifga piyola uzatadi.

NOZIM: - Koʻp oh-voh qilavermang-da, ishdan keling. Bosh sovchining tilu zaboni yoʻq. Davlatqochdinomardlarcha.

ORIF: - Ha, u nomardlik qildi. Doʻstining muhabbati uchun oʻlib qolsa ham kelishi kerak edi.

NOZIM: - Siz ham oʻligingizni menga ortdingiz.

ORIF: - Lekin men besh ketdim. Layli-Majnun-a! E-e, qoyil! Menga shunaqa qiz uchramadi-da.

NOZIM: - Ha? Nima qilgan unga?

ORIF: - E-e, hali aytaman. Bu yerni hal qilaylik.

NOZIM: - Gapiring-da siz ham.

ORIF: - Siz boshladingiz. Endi bu yogiga men kattalik qilsam boʻlmaydi.

NOZIM: — Xoʻp, endi nimani gapiray? Uzum mavzusi tugadi, bu padarla’nati ham bema’ni joydaoʻsarekan.

ORIF: - Gapiravering, oʻzi toʻgʻri boʻlib ketadi.

NOZIM: - Shu vaqtgacha tentakning ishini xudo oʻngladi. Bu yogiga nima deb gap ochaman? Topish kerak. Yana biz sovchi boʻlib keldik, deb qaytaramanmi? Sizda gul bor ekan, bizda bulbul deb....

Choyxona

Osh yeyilyapti.

Suhbat ham avjida.

MUHAMMADJON: Bular oʻtirgan davrada bittasi she’r oʻqiyman, deb qoldi. Bu joʻramiz, choyxonada she’rni xor qilma, dedi. U shoirning kayfi baland ekan, baqirib oʻqib yubordi deng. Choyxonadagi hamma xayron. Lekin eshityapti. Men xam eshityapman. Gʻoʻzaning tagida koʻrinmay ketgansan, oʻzbek, boshingni koʻtarib, dunyoni koʻrsang-chi! Yurakka tegadi-da. Yana shunaqaoʻtkir-oʻtkirgaplar.

SOBIR: -Ha,zoʻr! Osh sovimasin.

SHARIF: - Ular oʻzi gapga oʻqigan-da.

MUHAMMAD: - Shu vaqti deng, soyavoni katta shapka kiygan, ogzi toʻla tish bir davangir kelib, «E-e, xarif, oʻchir! Oʻtirishning beliga tepding!», deb qolsa, deng. He oka, oxirigacha eshitaylik, deppan. U shartta pichoq chiqarsa boʻladimi?..

SHARIF: - She’r oʻqigangami? E-e, oshdan olinglar.

MUHAMMAD: - Yoʻq, menga! U bechora qiltiriq bir narsa. Menga, qani, yur-chi, tashqarida gaplashamiz, dedi. Pichogingdan oʻrgildim, deb chiqdim orqasidan. Pichogini ishlatmasa-ku, bir-ikki musht yesam ham obroʻni qoʻldan bermayman.

SOBIR: - Sanga nima edi? Oshdan olib-olib gapir.

ISMAT: - Bu oʻzi ishkal izlab yuradi. Arogimiz bormi xali?

MUHAMMAD: - Gapirib olay.... Jon shirin, lekin oriyat xam kerak, tavakkal deb yoniga yaqinlashsam, bu joʻramiz xam turibdi. «Men bilan tushasiz», dedi xaliginga. U «Man sani tanimayman, bor, toshingni ter», dedi, Davlat boʻlsa, «She’r oʻqib, oʻtirishingizni buzgan bizdan, shu uchun avval biz bilan tushasiz. Lekin pichoqni qoʻyasiz, boʻlmasa, yigit emasman, deb qasam ichasiz, keyin mayli, pichoq olasizmi, toʻpponchami, ixtiyoringiz», dedi.

Davradagilar berilib eshitadilar.

SHARIF: - Shu ukami?

MUHAMMAD: - Ha-da.

SOBIR: - Bari bir pichogini tashlamadimi?

SHARIF: - Keyin nima boʻldi?

MUHAMMAD: - Qayoqda! Unga ham jon shirin-ku. Bunga qaradi, menga qaradi. «Boʻpti, hali gaplashaman sizlar bilan, hozir vaqtim yoʻq», deb joʻnab yubordi. E-e. Sharif aka, quying bittadan. Kim biladi, shu Davlat ukam boʻlmaganda, xozir meni «Bechora, bekorga nobud boʻlib ketdi-da», deb eslab oʻtirarmidilaring...

ISMAT: - Ha. Bezorining yomoni yomon. Olinglar, olinglar. Mexmonlar, (Davlatga qarab) uka, maza yoʻq-ku. Yo oshataylikmi? (kaftini ochib) dastpanjani koʻryapsizmi?

DAVLAT: - Yoʻq, yoʻq! Yeymiz, yeymiz.

Toshkent Aeroporti Oldi. Taksi Bekati

U yoq-bu yoqqa oʻtib-qaytib turgan odamlar orasidan Saodat va Gulsanam chiqib keladi. Orqada aravachasi bilan xammol.

GULSANAM (xammolga): - Sal shoshmang, bira toʻla taksiga solasiz.

HAMMOL: - Xoʻp, opajon, bemalol.

GULSANAM (Saodatga): - Taksini sen toʻxtat. Bu yerda hamma moshinga qoʻl koʻtaraverasan. Toʻxtaydi.

SAODAT: - Xoʻp. Qaerga deb aytay?

GULSANAM: - Yunusobodga deysan.

Saodat taksining ochiq oynasidan haydovchiga gapiradi.

Taksichi soʻraydi.

Saodat burilib, Gulsanamdan soʻraydi.

SAODAT: - Yunusobod katta, qaeriga, deyapti.

GULSANAM: - Qaeriga? Qaerigaligini bilmayman. Hovlilar. Koʻprikdan oʻtib chapga buriladi.

Saodat yana mashina oynasidan boshini suqadi.

SAODAT: - Qaysi koʻprik, deyapti. Koʻprik hozir ikkita ekan.

GULSANAM: - E-e... haydasin, oʻsha yerda koʻrsam, yoʻlini taniyman.

Uy

Murod aka qaytib kiradi.

Orif yerga tikiladi.

Nozim Murod akaga peshvoz qoʻzgaladi.

Sharofat aya xam sipogina kiradi-da, Murod akaga ma’noli koʻz tashlaydi.

Murodakatomoqqiradi.

Nozim ikkalasiga bir-bir nigoh yuboradi.

Orif Nozimga qaraydi.

NOZIM: - Xoʻ-oʻsh, xola, endi... nima qildik. Hangoma qilaveramizmi, yo?..

SHAROFATAYA: - Endi, kepsizlar...

Nozim bir oz dovdiraydi, Orifga madad soʻrab qarab qoʻyadi, undan sado chiqmaydi.

NOZIM: - Boʻlmasa, xola, Murod aka... Biz tomonda shunaqa niyatda kelsa, indamay eshikni oldini supurar ekan. Kirayotganda men ham shunday qilay desam, haydab yuborishingizga sal qoldi.

Murod aka yerga qarab miyigida kulimsiraydi.

Sharofat aya oshkora jilmayadi.

NOZIM: - Xay, ishimizning davomi ham shunday xursandchilik boʻlsin. Xullas, sovchi boʻlib keldik-da-ey!

Sharofat aya Nozimga ancha ochilib qaraydi.

Orif yengil yoʻtalib qoʻyadi.

Murod aka yana choʻntagini kavlab, nosqovogini chiqaradi, lekin Sharofat ayadan choʻchib, nosqovoqni xontaxta chetiga qoʻyadi.

Sharofat ayaning nigohini tutib, uni shosha-pisha xontaxtadan olib, yon choʻntagiga tiqadi, Sharofat ayaga choʻchinqirab koʻz tashlaydi.

Nozim yengil tortib, ancha ruhlanadi.

NOZIM: - Xudo xohlasa... Oʻzi tartibi qanaqa, xola? Yo qizingizdan... bir koʻnglini soʻrab berasizmi? Bir ogiz koʻnglimni soʻramay, berib yuboraverdingizmi deb yurmasin keyin.

MUROD AKA: Ha, ha, soʻrash kerak. Birga yashaydigan yoshlar-da.

SHAROFAT AYA: - Aytgan, amakisi, hadeb soʻrayvergan bilan... Siz, uka, koʻp gapirar ekansiz-u,lekin......

NOZIM: - Endi, onamiz gapga tuqqan-da. Nonimiz shu.

ORIF: - Gumanitar fanlar gap-da oʻzi.

Sharofat uncha tushunmay, Orifga qarab qoʻydi.

SHAROFAT AYA: - Koʻnglini soʻrang deysiz-da, oʻzingiz uning koʻnglicha ish qilmayapsiz-ku.

NOZIM: - E-e, nima deganingiz, xola?

SHAROFAT AYA: - Xay, u xoʻp degani bilan, qiz bolaning obroʻsi shumi? Ikkita yosh bola kelib, gaplashib ketaverasizlarmi? Yoʻq, bunaqa boʻlmaydi. Avval......

Shu payti eshik giyq etib ochilib. Dilafroʻz bosh suqadi.

DILAFROʻZ (xursand): - Oyi, yana mehmon keldi.

SHAROFAT AYA: - Ha. Kimlar ekan?

DILAFROʻZ (Nozim bilan Orifga bir qarab qoʻyib): - Anavi kuni kelgan... (oʻzicha sirli qilib)xotinlar.

SHAROFAT AYA (Nozimga bir qarab olib): - Hozir chiqaman.

Nozim Sharofat ayaga sinovchan tikiladi.

Sharofat aya undan koʻzini olib qochadi.

Nozim Orifga ma’noli qarab qoʻyadi.

SHAROFAT AYA: - Sizlar bemalol oʻtiringlar. Men hozir......

Sharofat aya oʻrnidan turib, eshikka yuradi.

Dilafroʻz oyisiga umid bilan tikiladi.

OrifMurodakagaqaraydi.

Murod aka indamay choʻntagiga qoʻl solib, nosqovogini

oladi.

Orif nima qilishini bilmay, choy xoʻplaydi.

NOZIM (tomoq qirib olib): - Hm-m.... Yana sovchilarmi deyman, Murod aka?

MUROD AKA (oʻzicha sir bermay): - Bilmadim.... Unaqa emasdir.

NOZIM: - Singilchaning qarashidan bilinib turibdi - sovchi.

MUROD AKA (soddalik bilan): - Ha endi...... Hali boshi ochiq... eshiklik uy. Mana,

sizlar ham kelib oʻtiribsizlar-ku.

NOZIM: - Bizning umidimiz katta, gapimiz ham boʻladiganga oʻxshab turgan edi?

MUROD AKA: - Endi bu... umr savdosi-da. Sharofat ham hammasini taroziga soladi, oʻylaydi. Ma, ol qizimni, deb berib yuboravermaydi-ku.

NOZIM: -E-e,hali?..

Nozim, kayfiyati buzilgandek, nimanidir oʻylab Orifga koʻzini tikadi.

Orifning oʻzi Nozimga xavotir bilan qarab oʻtirgan boʻladi.

Murod aka boshini qiyshaytirib, eshikka quloq tutadi.

Nozim hushyor tortadi.

Tashqaridan Sharofat aya va sovchi ayollarlarning gaplari eshitiladi.

SHAROFAT AYA: - Voy, ovoragarchiligi yoʻq. Qaytangga oʻzlaringiz ovora boʻlibsizlar. Yoʻq, yoʻq, qoʻying.

MA’RIFAT AYA: - Quruq kelamizmi, axir? Oling, xafa boʻlamiz-a...

HANIFA XOLA: - Sharofatxon, mehmonning qoʻlini qaytaradimi? Unaqa qilmang. Hay, qizim,kel,mana,buniol....

SHAROFAT AYA: - Qani, uyga!

HANIFA XOLA: - Qani, oʻzingiz boshlang, yo bismillo.

Nozim qulogi ding, Orifga savol nazari bilan qarab turadi.

Orif diqqat bilan quloq tutib Nozimga qarab bosh chayqab qoʻyadi.

Murod amaki choynakni ochib koʻradi, keyin piyolaga jildiratib choy quyadi.

NOZIM (shivirlab): - Nima qildik?

ORIF (elkasini ichiga olib): - Bunaqa payti... bilmayman.

NOZIM: - Siz oʻzi nimani bilasiz?

ORIF: - Qaydan bilaman, yur, dedinglar, kelaverdim. Ayting, nima qilay?

NOZIM: - Ha. Xoʻp. Boʻlmasa endi bu yogida gapirib buzmang. Meni sal boʻlsa ham qoʻllab turing-da.

Murod aka piyoladan choy hoʻplaydi.

NOZIM: - Shuncha gaplashganimiz hali bekormi, Murod aka?

MUROD AKA: - Nimaga bekor boʻladi?

NOZIM: - Bu kelgan xotinlar bilan ham shu gaplar boʻlsa......

Murod akaning koʻzlari pirpiraydi.

MUROD AKA: - Bilmadim endi. Odam bor joyga odam keladi-da... Lekin bular qattiq turib olgan.

Yulduzni benarvon ursa ham boʻladi

Dahliz

Sharofat aya Hanifa xola bilan Ma’rifat ayani boshlab kiradi.

Uyning qiya ochiq eshigidan deraza tagida oʻtirgan Orif, toʻrda oʻtirgan Nozim koʻrinadi.

SHAROFAT AYA: - Yoʻq, Hanifa opa, bu yoqqa. Mehmon kelgan edi.

HANIFA XOLA: - Bemahal kelibmiz-da.

SHAROFAT AYA: - Yoʻ-oʻg, unaqa demang.

Oshxona

Dilafroʻz boya Ma’rifat ayaning qoʻlidagi tugunni koʻtarib kiradi.

DILOROM: - Nimaga olding, a, nimaga olding?

DILAFROʻZ: — Oʻzlari qoʻlimga tutqazib qoʻysa, nima qilay?

DILOROM: - Oʻzing likillab chiqding-ku. Endi qanday qaytaramiz?

DILAFROʻZ: - Kelib qolishganini qarang. Yo bilib kelishdimikan?

DILOROM: - E-e, qaydan biladi.

DILAFROʻZ: - Bularning kelganini koʻrgan bironta yetkazgan boʻlsa-chi? Chopinglar, sizlar sovchi boʻlib yurgan joyga, bosh-qa sovchi keldi, deb.

DILOROM: - E-e, sen ham odamning yuragini siqma. Bor, oyimga qara, dasturxon yozish kerakdir.

DILAFROʻZ: - Ochib koʻrmaymizmi, nima olib kelishgan ekan?

DILOROM: - Bor, ayamga qara, dedim.

DILAFROʻZ: - Opa, balki oʻsha yoqdan yuborgan shirinliklari bordir? Zoʻr-da lekin! Ochib koʻraylik.

DILOROM: - Tegma, shunday qaytarib yuboramiz.

DILAFROʻZ: - Opa! Yevropaning holvasi boʻlsa-ya?

DILOROM: - Chiq! Muncha holvalab qolding. Yevropada holva nima qiladi.

Sharofat Ayaning Boshqa Uyi

Sharofat aya chaqqon-chaqqon koʻrpacha tashlaydi. Hanifa xola bilan Sharofat aya koʻrpachalardan joy oladilar.

Hanifa xola fotihaga qoʻl ochadi, unga Sharofat aya bilan Ma’rifat aya xam ergashadi. Ayollar bir-birlari bilan odatiy soʻrashadilar.

HANIFA XOLA: - Yaxshimisiz? Eson-omon yuribsizmi?

MA’RIFAT AYA: - Oʻzingiz, qizimiz yaxshimi? Rashid pochcham, kichkina qizingiz?

SHAROFAT AYA: - Rahmat, rahmat! Xudoga shukr. Oʻzingiz yaxshimi. Hanifa opa? Ma’rifatxon, oʻzingiz?

Uy

Bu yoqda Murod aka, Nozim va Orifning suxbatlarinozik tomonga oʻtib ketgan.

MUROD AKA: - Bular ham qoʻymay qatnayapti.

NOZIM: -Nimadeydi?

MUROD AKA: - Berasan qizingni, deydi-da. Juda yopishsa, hali ostonaga yotib ham oladi.

NOZIM: -E-e,bizlar-chi?

MUROD AKA: - Sizlar xam shu, xarakatlaringni qilasizlar. Sharofatga xam qaysilaring ma’qul tushsalaring, shunga qarab bir gap aytadi-da.

Nozim Orifga «nima qildik», degandek qaraydi, Orif xayron boʻlib yelka qisadi.

NOZIM: - E-e, hali aytmadilarmi?.. A bular qaerdan?

MUROD AKA: - Bularmi, ha, shu oʻzimizning mahalladan. Sinashta odamlar. Abdurahmonning bolasi. Nima edi, haligi... oti esimda yoʻq, dengizning yonidagi bir mamlakatda ishlaydi. Abdurahmonning oʻzi maktabda oʻqituvchi. Diloromni ham oʻqitgan. Lekin bolalariga yaxshi tarbiya bergan. Shu kattasi chetda oʻqib, oʻsha yoqda qoldi.

ORIF (Nozimga qarab qoʻyib): - Dengiz boʻyida boʻlsa, oti nima ekan?

MUROD AKA: - Shu-u, manparmi......E-e, bizlarning til kelishmaydi-da.

ORIF (bilmaslikka olib): - Qaer boʻldi ekan?

NOZIM: - Orif, bu yoqdagi ishlardan kelaylik. Murod aka, bizlar nima qildik endi?

MUROD AKA: - Xudo bir yoʻl koʻrsatar-da. Yana ham Sharofat biladi. Ochiq kutib oldi-ku.

NOZIM: - Bu sovchilarni ham yopilib kutmayaptilar shekilli.

MUROD AKA: - Sizlarni katta odamlar keladi, deb oʻtirgan edi-da. Lekin keyin sal ochildi-ku. Endi bu ham olloning ishi-da uka. Qiz bola palaxmon toshi, qaerga borib tushishi yaratganning oʻzi biladi.

NOZIM: -E-e...hali......

Nozim, ruhi choʻkkandek boʻlib, Orifga qaraydi.

Orif koʻzlarini pirpiratib, nigohini olib qochadi.

Murod amaki Nozimning kayfiyati oʻzgarib qolganini pay-qab, eshikka - Sharofat ayaning kirishiga umid bilan koʻz tikadi.

NOZIM: — Hali qaysi yaxshi deb solishtiradigan boʻlsalar, ancha gap bor ekan-da. Biz" boʻlsak......

MUROD AKA: - Yoʻq demasa kerag-e. Gap shunga qarab borayotgan edi-ku. Endi bu sovchilar yana nima gap topib kelgan boʻlsa. Lekin Abdurahmonning bolasini ham juda qobil bola deyishadi. Bering, toʻydan keyin oʻsha yoqqa olib ketadi, deyishyapti ekan.

NOZIM: - Da-a, shunaqa deng. Ha, Orif?

ORIF: - Hech narsa. Lekin tugun qilib kelishganga oʻxshaydi.

NOZIM: - Ha endi, quruq kelmaydi-ku.

MUROD AKA: - Ha, xotinlarning birinchi kelishi emas. Endi shirinligini koʻtarib kelgan-da.

ORIF: - Bu ham udum. Shirinligini olib qolsa, xoʻp degani-da, a, amaki?

MURODAKA: —Ha,shu....

NOZIM: - Unda oldi. Ma, qizim, ol, deb kimgadir berishdi-ku. Masala halmi shu bilan?

ORIF: - Uncha hal emas-u, lekin......

MUROD AKA: - Yoʻgʻ-a, ketayotganda qaytarsa ham boʻladi. Tugunini tutsa-yu, olmasa, bu ham boʻlmaydi-da. Bu yogini endi, qiz bolaning xoʻjayini - ona, Sharofat kelin biladi.

NOZIM: - Xolam juda bilib ish qiladiganga oʻxshaydilar.

Orif Nozimga ajablanib qaraydi.

Murod akaning koʻzi eshikda.

Nozim Orifga sekin koʻz qisadi.

Orif tushunmaydi.

Choyxona

Boyagi gapjoʻralar, Davlat bilan Sultonni davraga qoʻshib olganlar.

Kayfiyat yaxshi, gap zoʻr. Kallalar qizigan.

SHARIF: - Bu yigit ham shoirmi, Davlat?

DAVLAT: - Yoʻq, tarixchi. Bu yil universitetda qoladi.

SHARIF: - Domla boʻlibmi? Zoʻr ekan! Oʻqishga kirgizishga qancha olasiz?

SULTON: - Yoʻgʻ-ey, hozir test-ku.

SHARIF: - E-e, bizlar shunday rivojlanib ketganmizki, testga ham yoʻl topamiz. Test oladiganlar ham bir nima yeb-ichadi-ku.

SULTON: - E-e, bularning hammasi gap. Mana, men oʻzim test bilan kirganman.

DAVLAT: - Toʻgʻri, men ham.

SHARIF: - Sizlar kirgandirsizlar. Lekin boshqalar... bilamiz-ku.

MUHAMMAD: - E-e, olaylik. Oʻqishga kirish yoshidan oʻtib ketdingiz.

SOBIR: - Vaqtida kirolmaganiga hali ham alamda.

ISMAT: - Oʻqimay kam boʻlganimiz yoʻq. Xudoga shukur. Gʻildirak aylanib tursa boʻldi.

SHARIF: - Aldamaslik kerak. Pul olish bormi - bor. Nima qilasiz yashirib?

SULTON: - Nimaga yashiraman? Mana, oʻqib yuribman-ku.

DAVLAT: - Aldab, nima, aka, siz tergovchimi? Biz ham borini aytyapmiz-da.

ISMAT: - E-e, she’r eshitaylik bitta shoirlardan.

SOBIR: - Ha, she’rdan oling, uka. Sharif, birovning choʻntagidagi pulni sanab nima qilasan.

MUHAMMAD: - Bunaqa doʻppili odamga she’r oʻqilmaydi, Ismat aka.

ISMAT: - E-e, uka, she’rni shunaqa mehnatkash doʻppi eshitsin-da.

DAVLAT: - E-e, qoʻying., aka. Choyxonada she’rga balo bormi? Bu yerda osh yeyish kerak.

SHARIF: - Choyxonada boʻlsin-da. Shoir kelgan deb maqtanib yuramiz.

ISMAT: - Choyxonamizga ham bir fayz kirsin. Indamay ichaveramizmi.

SHARIF: - Bitta oling endi.

ISMAT: -Eshitaylik.

DAVLAT: - Yaxshi oʻtiribmiz-ku, she’r nimaga kerak.

ISMAT: - Oʻtirishimiz yana chiroyli boʻladi.

MUHAMMAD: - Davlat toʻgʻri aytyapti. Biz shopir odamlarga she’r emas, montirovka kerak.

SOBIR: — E-e, she’r ham yaxshi narsa. Kerakdirki, har kuni televizorda oʻqiydi. Mayli," oldik bittadan!.. Yoʻ-oʻq. ukalar, qaytish yoʻq, bizning davraga tushdingizmi, tamom. Biz nima boʻlsak, shu!

SHARIF: - Ukalar, soʻraganning aybi yoʻq, ikkovlaring choyxonada qunishibgina oʻtirgan ekansizlar?

DAVLAT: - Doʻstlarimiz bor edi, kutyapmiz. Bizlar shu yerda oʻtirib turamiz, degan edik.

ISMAT: - Ha, yaxshi. Ular bir ish bilan kirib ketgan-da?

DAVLAT: -Ha,ish.

MUHAMMAD: - Biznesmi? Boya aytsam, yoʻq, dedingiz. Savdoni begona qilmanglar.

DAVLAT (Sultonga qarab qoʻyib): - Bu boshqa savdo, aka.

ISMAT: - Boshqa... qanaqa savdo? Bu yerda, shu, dalachilik.

DAVLAT: - Nima, xaligi, umr savdosi, deymizmi....

MUHAMMAD: - E-e, zoʻr-zoʻr. Sovchilikmi? Bilaman-da.

ISMAT: -Shu... mahallamizdan-mi?

SHARIF: - Qarindosh koʻpayadimi deyman?

Sharofat Ayaning Boshqa Uyi

Sovchi ayollar bilan Sharofat ayaning azmoyish suhbati davom etadi.

SHAROFAT AYA: - Ha, bularmi?.. E-e, xm, xaligi... koʻtara savdoga kelishibdi. Qaynogam Murod aka bilan gaplashishyapti.

MA’RIFAT AYA (uncha tushunmay, choʻchinqirab): - Koʻtara savdo?

SHAROFAT AYA: - Ha, oʻzimiz olamiz deb.

MA’RIFAT AYA: - Voy oʻlmasam!

HANIFA XOLA: - Ha, Ma’rifat?

SHAROFAT AYA: - Hammasini olamiz deb.... Uzumni.

MA’RIFAT AYA (yoqasini ushlab, koʻkragiga tuflagan boʻladi): - Xudoga shukur-e! Qoʻrqib ketibman.

Hanifa xola tushunib, kulib yuboradi. Sharofat aya tushunmay jilmayadi. Keyin anglab, barallabemaloljilmayadi.

Bu xush kayfiyatga Ma’rifat aya ham qoʻshiladi.

MA’RIFAT AYA: - Shunday desangiz, men qizning ham koʻtara savdosi boʻlar ekan degan oʻygaborib...

Oʻtkir Akaning Hovlisi

Jumagul opa xovli supuradi.

Deraza tokchasida turgan telefon jiringlaydi.

Jumagul opa borib goʻshakni oladi.

JUMAGUL OPA: - Alyo?.. Vaa-laykum! Oʻzingiz yaxshimisiz?.. Gapiravering, telefon qilyapsiz-ku, nimasi noqulay?.. Xijolat boʻlmang? Oʻzi nima gap?.. Bir-ikki kundan beri telefon qilib, gapirmay turgan siz emasmi?.. Sizmi?.. Ha, xudo xoxlasa.... Iy-e, nimaga shoshilmay turaman......Ochiqroq gapiring.

Jumagul opa xech kim boʻlmasa xam, atrofga bir-bir qarab oladi.

JUMAGUL OPA: - Gapni boshladingizmi, endi ayting.... Saodat? Va’dalashgan?.. Tuhmat qilmang. Men jiyanimni yaxshi bilaman.... Juda yurmaydi-yu, deganingiz nimasi?.. Kim yaxshi koʻradi? Saodatmi?.. Mendan kattamisiz, kichikmisiz, bilmayman, lekin opa deyman.... Jon opa, uning yoʻliga toʻganoq boʻlmang! Iltimos sizdan! Oʻsha bolaga ham tushuntiring.... Yoʻq, nima deyapsiz? Oʻzi ketdi. Ha, albatta, oʻzidan soʻrayman ham. Eson-omon ketgan joyidan kelsin.... Shuncha yildan beri kutib oʻtiribmiz-ku....

Darvoza tomondan «Neksiya»ning signali eshitiladi.

JUMAGUL OPA: - Ana, xoʻjayin keldi. Boʻldi, boshqa telefon qilmang......Eshitmayman gapingizni.

Jumagul opa goʻshakni qoʻyib, darvozani ochgani shoshiladi.

Uning xayoli parishon.

Oʻtkir aka mashinadan tushmayoq xotinining kayfiyatini payqaydi.

OʻTKIR AKA: - Ha, joyidami hammasi. Saodat ketdimi?

JUMAGUL OPA: — Nima?.. Ha, qaysi Saodat?...

OʻTKIR AKA (kuladi): - Nechta Saodat bor? Yaxshi kuzatib qoʻydinglarmi, deyapman.

JUMAGUL OPA: -Yaxshi, yaxshi. Ha, umi, ketdi. Kelyapsizmi?

OʻTKIR AKA: - Keldim-ku. Muncha dovdiraysan? Senga bir gap boʻldimi?

JUMAGUL OPA: - Ha, keldingiz-a. Yaxshi keldingizmi, deyapman.

OʻTKIR AKA: - Halitdan shuncha hovliqasan. Toʻy vaqti nima qilasan?

JUMAGUL OPA: - Siz bor-ku, hovliqtirmay turadigan.

OʻTKIR AKA: - Xayolingni yigib ol. Qon bosiming koʻtarilib ketmasin. Bir davolanib olsangboʻlaredi.

JUMAGUL OPA: - Saodat Yaponiyadan kelsin, keyin.

OʻTKIR AKA: - Saodatning kelishiga nima aloqasi bor?

JUMAGUL OPA: - Bor-da. U kelsa-yu, men kasalxonada yotsam. Kutishga chiqaman, koʻraman. Endi nima qilsam, u bilan-da.

OʻTKIR AKA: - Hali kelin qilib olib kelganing yoʻq. Uyida. Ota-onasi bor. E-e, tavba.

JUMAGUL OPA: - Qiziq odamsiz-ey, kelin boʻlgandan keyin unga mehr koʻrsatadi-da. Toʻygacha bir boshqa, undan keyin bir boshqa boʻladimi?

OʻTKIRAKA: - Shoshasan-ey!

Uy

Yonboshdagi uydagi ayollarning kulgisi bu yoqqa bemalol keladi.

Orif Nozimga, Nozim Murod akaga, Murod aka dasturxonga qaraydi.

U yoqda eshik yopilib, kulgi ovozi kesiladi, boʻgiq eshitilib qoladi.

NOZIM: - Murod aka, biz turamiz.

MUROD AKA: - E nimaga? Gap endi boshlandi-ku?

NOZIM: -Ishkoʻp,aka,ish.

Orif ham Nozimga hayron boʻlib qaraydi.

MUROD AKA: - Avval bu ishni gaplashib......

NOZIM: - Gaplashdik-ku. A Orif?

Orifyanakiftiniqisadi.

NOZIM: - Siz ham bir narsa deng?

Orif noqulay ahvolda qolib, Murod akaga qaraydi.

MUROD AKA: - Men bir qaray, Sharofat nima qilyapti ekan. Oʻzi kelsin. E, bu... qiziq boʻldi-ku.

Murod aka oʻngaysizlanib, dahlizga chiqadi.

NOZIM (Orifga egilib, shivirlaydi): - Nima, talqon yeganmisiz? Tilingizni yutib yubordingiz.

ORIF: - Oʻzingiz... nima qilmoqchi boʻlyapsiz?

NOZIM: - Hozir quyonni suramiz.

ORIF: - Nimaga? Onasi koʻnaman deyapti-ku.

NOZIM: - Xoʻp deb aytmasidan surish kerak. Anavi sovchilar kelib turganida.

ORIF (kiftini qisib): - Aqlim yetmayapti, nimaga keldig-u, nimaga ketamiz.

Sharofat Ayaning Boshqa Uyi

Sharofat aya va sovchi ayollar.

Dahlizdan Murod akaning tovushi keladi.

MUROD AKA: - Sharofat kelin! Bu mehmonlaring turamiz deb qoldi.

Sharofat aya sarosimalanib qoladi.

Murod akaning gapini eshitgan Ma’rifat aya Hanifa xolaga ma’noli qaraydi.

SHAROFAT AYA: - Iy-e? Sizlar oʻtirib turinglar, men hozir....

Hanifa xola Ma’rifat aya bilan koʻz urishtiradi.

Dahliz

Murod aka betoqatlanib turadi.

Sharofat aya chiqadi.

MUROD AKA (shivirlab): - E-e... bular ketamiz deyapti.

SHAROFAT AYA (shivirlab): — Nimaga ketadi?

MUROD AKA: - Bilmadim, bular kelganiga fe’li buzildimi deyman.

SHAROFAT AYA: - Bulardan boshqa kirmasin deb, darvozaga qulf solamanmi? Esi joyidami?.. Sizlar uchun osh pishyapti, yeb ketasizlar, deng. Tushuntiring-da. Sovchilikka kelib hamfe’linikoʻrsatadimi?

MUROD AKA: - Shu anavi gapdoni chatoqroqmi deyman. Nozim.

SHAROFAT AYA: - Kirib ayting, oʻtirishsin. Kiring, kiring. Gapirib turing-da siz ham, hadebnosotavermay.

MUROD AKA: - Chakkanim yoʻq, kelin. Nima deyman?

SHAROFAT AYA: - Bilib turibsiz-ku. Yana nima deyman deysiz? Kiring, oʻrinlaridan turib qoʻymasin. Men oshdan xabar olay-chi.

Sharofat Ayaning Boshqa Uyi

Ma’rifat aya eshikka qarab-qarab qoʻyadi.

Hanifaxolabosiqoʻtiradi.

HANIFA XOLA: - Savdo ham yosharib boryapti a? Yosh-yosh bolalar endi koʻtarasini gaplashib yursa.

MA’RIFAT AYA: - Uzumi koʻtara savdochalik koʻp emas-ku.

HANIFA XOLA: - Shu Qoʻyliqqa olib chiqadiganlar boʻlsa kerak. Ikki-uch xovlinikini gaplashsa, kam emas.

MA’RIFAT AYA: - Bu yerda boshqa gap bormi deyman. Amakisi gaplashyapti dedi, amakisi boʻlsa, mehmonlaring ketyapti deb, oʻzini chaqirdi.

HANIFA XOLA: - Narxini Ma’rifatsiz qoʻyolmaydi-ku. Bu uyda hamma narsa Ma’rifatningizmida.

MA’RIFAT AYA: - Munday bir chiroyini ochmayapti-da. Birinchi kelganimizda boshqacharoq, berasi aniqroqday edi. Bugun narsalarni olishga ham injildi. Oʻzi olmay... yaxshi ham kichkina qizi chiqib qoldi.

HANIFA XOLA: - Ha, qizi borning nozi bor, yaxshi niyat qilib turaylik-chi.

MA’RIFAT: - Noz qilmasa ham boʻlardi. Sarvarjonday kuyov......

HANIFA XOLA (koʻrsatgich barmogini labiga bosib): - Sekin! Devorning ham qulogi bor.

MA’RIFAT: - Aytyapman-da. Sarvar yana bir-ikki yil shunday yursa, uylanmay qoʻyadi. U yoqlarda yuraverishar ekan-ku.

HANIFA XOLA: - Sabr, Ma’rifat, sabr. Xudo xohlasa, hammasi yaxshi boʻladi.

Choyxona

Oʻsha davra.

Sulton yer ostidan Davlatga qaraydi.

DAVLAT: - Bir ish bilan yuribmiz-da.

SHARIF: - Pomidormi? Yo kartoshka?

DAVLAT (hayron boʻlib): - U nima deganingiz?

SHARIF: - Gaplashgani keldingizmi, deyapman.

Davlat yana tushunmay, Muhammadga qaraydi

Muhammad izoh beradi.

MUHAMMAD: - Bizda koʻp odam dehqonchilik qiladi. Shahar chekkasi-da. Dalalari bor. Oladigan odamlarning oʻzi kelib, koʻtarasini gaplashaveradi. Keyin «Kamaz»larda kelib, olib ketadi.

DAVLAT: - E-e yoʻq, bizga yoʻl boʻlsin. Hali talabamiz-ku.

MUHAMMAD: - Talabalar ham qilyapti bu ishni. Oʻzi ekmasa, qaramasa; kelib gaplashadi, pulini beradi, Qoʻyliqqa olib borib, oʻtkazadi. Oʻrtadagi foydani olib, oʻqishini oʻqib yuraveradi. Masalan, uzumni bu yerdan besh-olti yuzdan olib, Qoʻyliqda yetti-sakkiz yuzdan sotsa ham,birnimaqoladi-da.

ISMAT: - E undan ham arzonga oladi. Dehqonning mehnati - suv tekin.

SOBIR: - Yana koʻp odamning tirikchiligi shu mehnatning ustiga-da.

SULTON: - Chorsuda husayni uzum ikki mingdan kam emas.

ISMAT: — Chorsuga borguncha necha qoʻldan oʻtadi. Siz beshinchi qoʻldan olasiz, kamida" toʻrtinchi qoʻldan. Sobir aytganday, qarang, yana nechta odam. Qoʻyliqqa siz olib borsangiz, u yerda talash, darrov oʻntasi yopishadi; oldimi - oʻsha yerning oʻzida oshirib, Chorsudan borganlarga oʻtkizadi, bu yoqdan borganlarning oʻzi sotmasa, peshtaxtada turganlarga, agar ular ham maydalasa, togorasini koʻtarib chakana sotadigan xotinlarga....

SOBIR: - Dehqonniki - baraka-da.

MUHAMMAD: - Davlat, agar sizlar ham shu biznesni qiladigan boʻlsalaring, mashina xizmatda.

DAVLAT: - E-e, yoʻq. Biz boshqa ish bilan yuribmiz.

SHARIF: - Nima ish ekan shu ish? Yo sirmi?

DAVLAT: - Sal sirroq.

SHARIF: - Shu sirni bilaylik-da.

MUHAMMAD: - Sir deb hammani qiziqtirib qoʻydingiz.

DavlatSultongaqaraydi.

SultonDavlatga.

DAVLAT: - Xayrli sir. Qarindosh boʻlsak deb yuribmiz.

MUHAMMAD: -IY-e,iy-e!

ISMAT: - Zoʻr-ku. Nima qarindosh? (Sultonga) A uka?

Sulton oʻngaysizlanib yerga qaraydi.

Sharif Sultonga sinchkilab tikiladi.

ISMAT: -E-e,boʻldi,boʻldi!

MUHAMMAD (Davlatga): - E shunaqami?

DAVLAT: -Haliboʻlsin.

MUHAMMAD: - Boʻladi, boʻladi! Boʻlmasa. Mana biz turibmiz. Beshni tashlang-e.

Davlat kaftini tutadi.

Muhammad qarsillatib uradi.

ISMAT: - Oʻzim ham shunaqa bir ish boʻlsa kerak deb oʻtirgan edim.

SHARIF: - Ja olasiz-da. Tush koʻruvdingizmi?

ISMAT: - Juda sipo oʻtirishgan edi-da.

SHARIF: - Qoʻying. Toʻqimang.

SOBIR: - Xay, bu yerda nima qilib oʻtirgan edinglar?

DAVLAT: - Yarmimiz kirib ketgan. Sovchilikka. Shularning chiqishini kutib oʻtirgan edik.

MUHAMMAD: - Zoʻr ish boʻlyapti ekan. Qani, bittadan olmaymizmi? Quying, Sharif, quying.

SOBIR: - Ha, yaxshi-da. Toʻylar koʻpaysin.

SHARIF: - Endi sirni ham ochasizlar. Kim bilan qarindosh boʻlyapsizlar?

MUHAMMAD: - Uylanayotgan kim?

DAVLAT: - Mana, bu-da kuyov boʻlaman deb yurgan.

MUHAMMAD: - Shunaqami? Zoʻr, zoʻr! Qani, kuyovtoʻraning ichishini bir koʻrib qoʻyaylik.

SHARIF: - Bitta sharti bor: mahallaga kuyov boʻlsangiz, qaynotangiznikiga avval shu choyxonaga kirib, biz bilan bir piyolani olib, keyin oʻtasiz.

DAVLAT: - Boʻpti, boʻpti. Sizlardan beruxsat oʻtmaydi. A Sulton?

SHARIF: - Kimga kuyov boʻlmoqchisiz, uka?

ISMAT: - E bunga qiz bermaymiz. Ichishining mazasi yoʻq.

SOBIR: -Ha,kimgaekan?

DAVLAT: - Qoʻymadinglar-da. Mayli, Sulton, otlari nima edi otasining?

SULTON (erga qarab, past past tovushda): - Ra.. .Rashid aka.

MUHAMMAD: - E-e, Sharofat ayaning qizimi?

SHARIF (tundlashib): - Kim, kim? Rashid akaning qizigami?

Ismat Sharifga sal hayron boʻlib qaraydi.

Sobirergatikiladi.

Faqat Muhammadning yuzi ochiq, jilmayib turadi.

Sharif Sultonga qarab oʻqrayadi.

Uy

Murod amaki, Nozim va Orif.

NOZIM: - Turmasak boʻlmaydi, aka. Xolam ham mehmonlarga bemalol qarasinlar. Oʻzingiz aytganday, solishtirsinlar.

MUROD AKA: - Ha endi, uka, men gap deb aytdim-da. Lekin hozir tursalaring, boshqacha tushunadi.

NOZIM: - Yoʻq, toʻgʻri tushunadilar.

ORIF: -Nozim......

NOZIM: - Notoʻgʻri tushunadigan joyi yoʻq. Biz bilan oʻtirdilar, gaplashdilar. Endi bu kelganlar bilan ham yaxshilab gaplashsinlar-da. Oʻzingiz aytganday, bir xulosaga kelish uchun.

MUROD AKA: - Uka, osh pishyapti ekan. Sizlar uchun qizining oʻzi qilyapti. Yemay ketsangiz, qanday boʻladi?

NOZIM: - U sovchilarga qilinayotgan osh ustiga kelib qoldik, shekilli. Uzr, uzr.

MUROD AKA: - Yoʻgʻ-e, uka, sizlarga edi. Bular keyin keldi-ku.

NOZIM: - Oldin boramiz deb aytib qoʻyishgandir-da.

ORIF: - E, Nozim, unaqa emas....

NOZIM: - Shunaqa, shunaqa, Orif, siz bilmayapsiz. (labini qimtib, «jim» ishorasini qiladi).

MUROD AKA: - Aldamayman-ku, uka. Oʻtiringlar endi. Men toʻgʻrisi, nima deyishni bilmayapman. Hozir Sharofatning oʻzi kiradi.

NOZIM: - Yoʻgʻ-e, u sovchilarga qarayversinlar. Ovora qilmang. Biz turamiz. Orif, yalpayib oʻtirasizmi? Boʻling.

Orif birdan xunobi oshib, Nozimga jahl bilan qaraydi.

ORIF: - Turmayman men. Shuncha izzatimizni qilib, kutib olishsa, yana...... Yoʻq, men osh

eb,keyinketaman.

Orif Nozimga koʻzlarini ola-kula qiladi.

NOZIM: -Orif!

ORIF: - Oʻyinchoqmanmi sizga? Oʻtir, tur.

Orifning endi toʻnini teskari kiyganini anglab, Nozim darrov hiyla toʻqiydi.

NOZIM: - Borishimiz kerak.

ORIF: - Oʻzingiz boravering!

NOZIM: - Siz uchun. Juda muhim.

ORIF: - Men uchun? Nima ekan?

NOZIM: - Menga telefon boʻldi. Sizni soʻrab. Shuni hal qilish kerak.

Orifning shashti pasayadi.

ORIF: - Meni? Kim?

NOZIM: - Bir qiz. Tanimayman. Ovozi ham notanish, lekin mayin. Otingiz nima desam, birnimadedi-ya......

Nozim oʻsha qizni otini eslayotgandek, derazaga qarab chaynaladi.

NOZIM: - Nima, ha... yoʻq......Tilimning uch-chida turibdi.

Boʻldi-Oriflaqqatushadi.

Murod aka juda qiziqsinib qoladi.

ORIF: - Sharifami?

NOZIM (tizzasiga shapatilab): - Ha, Sharifa, Sharifa! Sharofat, deyman, Shahodat, deyman - toʻgʻri kelmaydi. Sharifa!

ORIF: -Menisoʻradimi?

NOZIM: -Ha-da.

ORIF: - Telefoningizni qaydan bilibdi?

NOZIM: - Bilmasam, bergandirsiz.

ORIF: - Men bermaganman, sizni tanimaydi.

NOZIM: - Men ham tanimayman deyapman-ku. Lekin siz Orif akamning oʻrtogisiz-a, dedi. Men ham, ha oʻrtogiman, dedim. Yoʻq, oʻrtogi emasman, demayman-ku, toʻgʻrimi?

ORIF: -Qiziq.

NOZIM: - Hayron boʻldim men ham. Siz bilan, uchovimiz gaplashib oladigan gap bor, dedi.

ORIF: - Iy-e! Siz bilan?

NOZIM: — Men ham nimaga men deb, esim ketib, telefonimni qaydan oldingiz, deb" soʻramabman.

Orif juda bezovtalanib qoladi.

Murod aka bularning gapiga qanday aralashishni bilmay hayron, unisi gapirsa - unisiga, bunisi gapirsa - bunisiga qaraydi

ORIF: - E-e, afsonayu! Yo biron gap boʻlibdimi? Bugun koʻrishgan edik. Aytmadimi? Sizga telefonqilganiqiziq.

NOZIM: - Aytdi nima gapligini.

ORIF (besabr): - Nima ekan?

Nozim «bu yerda aytib boʻlmaydi» degan ma’noda tusga kirib, Murod akaga ham qarab qoʻyadi. Keyin boshi bilan «tashqariga» degan ishora qiladi.

NOZIM: - Turaylik. Aytaman.

Nozim chaqqon turadi.

Orif oʻziga kelolmaydi, hayron.

Murod aka kalovlanadi.

MUROD AKA: - Hay, uka! Nozimboy! Bunaqa boʻlmaydi. Yoʻ-oʻq, javob yoʻq. Zaril gap boʻlsa, shu yerda gaplashinglar. Men chiqib turaman.

NOZIM: - Murod aka, endi uzr. Orif, uyalab qoldingizmi?

ORIF: - Sharifa sizga telefon qilib... bari bir, galati.

NOZIM: - Hech galati joyi yoʻq, aytdim-ku, aytaman deb. Turdik.

ORIF: - Telefoningizni kimdan oladi? Biron daftar-paftarimdan......

NOZIM: - Biror vaqt aytgandirsiz, yoʻqolib qolsam, Nozim oʻrtogimdan soʻraysan deb....

ORIF: - E-e, nimaga yoʻqolaman? Yoʻqolsam ham sizdan soʻrashi......

NOZIM: - E-e, topibdi-ku. Topganiga xursand boʻlsangiz-chi. Eh-he, qizlar agar topaman desa! Yana bu gapi bor.

ORIF: - Qanaqa gapi boʻlsa?

NOZIM: - Aytaman, deyapman-ku. Shu gapni hal qilish uchun borishimiz ham kerak. Ketingizni koʻtaring. Oʻzim ketdim boʻlmasa.

Orifoʻrnidanturadi.

ORIF: -E-e...Nozim?

MUROD AKA: - Nozimjon, uka!

NOZIM: - Amaki, Orifning zarur ishi bor. Hayot-mamot masalasi.

ORIF: - E-e, nima deganingiz bu?

MUROD AKA: - Nima boʻlsa ham, oshdan keyin qilar edingiz. Yaxshi boʻlmayapti lekin.

Oʻtkir Akaning Hovlisi

Jumagul opa telefonda uyga qarab qoʻyib, raqam teradi.

JUMAGUL OPA: - Alyo, alyo?.. Opa, oʻzingizmi?.. Hech qayoqqa chiqmaysizmi?.. Men hozir boraman.... Tinchlik... uncha tinchlik emas. Oʻzingizga aytadigan bir gapim bor.

Ichkaridan Oʻtkir aka chiqadi.

Yoʻlga otlangan Jumagul opaga hayron boʻlib qaraydi.

OʻTKIR AKA: - Ha, birdan otlanib qolding, qayoqqa?

JUMAGUL OPA: - Hozir kelaman. Opamnikiga birrov oʻtib kelay.

OʻTKIR AKA: - Yana nima gap chiqdi?

JUMAGUL OPA: - Hech gap yoʻq. Darrov kelaman.

OʻTKIR AKA: - Shoshma, oʻzim olib boraman.

JUMAGUL OPA: - Yoʻq, yoʻq, bir qadam-ku. Oʻzim borib kelaman. Siz damingizni olib turing.

OʻTKIR AKA: - Kun boʻyi birga eding-ku opang bilan.

JUMAGUL OPA: - Bir narsam pochchamning moshinida ketib qolibdi.

OʻTKIRAKA: - Nimang?

JUMAGUL OPA: - Sumkam.

Oʻtkir aka xotinining gapiga uncha ishonmay qoladi.

OʻTKIR AKA: - Hech sumka qoldiradigan emas eding.

Oshxona

Sharofat aya, Dilorom, Dilafroʻz.

SHAROFAT AYA: - Jon qizim, bularing oʻzi tayinlimi?

DILOROM: - Qaydan bilay, aya, hamma oʻrtogʻi bilan tanishib chiqmayman-ku. Yaqin oʻrtoqlari.

SHAROFAT AYA: - Oʻrtoqlari boʻlsa, toʻgʻri koʻngilda kelganmi? Nimaga, hech gap yoʻq, turamanga tushadi? E tavba.

DILAFROʻZ: - Aya, bu sovchilarning kelganini koʻrgandir?

SHAROFAT AYA: - Jim oʻtir! San aralashadigan gap emas bu.

DILAFROʻZ: - Eshik sal ochiq edi-da, shunga aytyapman.

SHAROFAT AYA: - Ochiq boʻlsa nima?

DILAFROʻZ: - Xolalarni koʻrgan boʻlsa, boshqa xayolga boradi-da. Bularga beradi deb. Keyin, gap ham eshitiladi uyga. Juda quyuq soʻrashdingiz.

SHAROFATAYA: -Hm-m......

DILOROM: - Esi butun buningizning.

SHAROFAT AYA: - Eshitilsa nima qipti? E-e, hali yalinib beraman shekilli? Dilorom, kimni topding oʻzi, a? Sovchisi ham sakrab yotibdi....

DILAFROʻZ: - Aya, bermang shularga. Opamning qadri shumi?

DILOROM: - Bu ona xotinga nima ekan?

DILAFROʻZ: - Xotinlarning oʻrniga yosh odamlar kelsa.... Tayini yoʻq. Toʻrtta non xam koʻtarib kelmagan. Hozirdan shunday boʻlsa, keyin nima boʻladi?

DILOROM: Voy, voy! Tilingni kesib olaman sani!

SHAROFAT AYA (mamnun kulib): - Ha, nima boʻpti? Toʻgʻri aytyapti. Kichkina boʻlsa ham, aqlibalo.

DILAFROʻZ: - Ketsa ham yaxshi. Endi kelsa, kirgizmaymiz.

Dilorom singlisiga musht koʻrsatadi.

Dilafroʻz oyisining orqasiga oʻtib oladi.

Oshxona derazasidan hovliga chiqqan Nozim, Orif, ularga ergashgan Murod aka koʻrinadi.

Dilorom choʻchib Sharofat ayaga qaraydi.

DILAFROʻZ: - Oyi, chiqishdi!

SHAROFAT AYA: - E, gapiga javobni olmay chiqadimi? Qanaqa sovchi bular?

Sharofat aya Diloromga bir alamangiz qarab qoʻyib, hovliga chiqadi.

SHAROFAT AYA: - Yoʻ-oʻ, yoʻ-oʻgʻ, oʻtirib turinglar! Odamni bunday xafa qilmanglar. Sizlar uchunatay......

ORIF (qiynalib): - Kelamiz, xola, kelamiz. Hali koʻp oshingizni yeymiz.

Nozim Sharofat ayaga qaramaydi, indamay Orifning biqinidan turtib, darvozaga ishora qiladi.

Sharofatayahayron.

Murod aka garangsib turadi.

SHAROFAT AYA: - Oʻgʻlim, uka... buncha shoshilish? Kelishingizdan ketishingiz oson boʻldi-ku.

NOZIM: - Raxmat, xola, raxmat. Yaxshi kutib oldingiz, mehmon xam izzatini bilishi kerak.

SHAROFATAYA: -Voy....

MURODAKA: —Yomonxumori tutdilekin.

SHAROFAT AYA: - Kelgan odam sal oʻtirmaydimi?

NOZIM: - Xola, siz bu mexmonlaringizga qarang. Ularning koʻnglini oling.

Koʻzdan nari - koʻngildan nari

Choyxona

Oʻsha davra.

Sharif otashin.

Sobir boshini chayqaydi.

Ismat juda qiziqsingan.

Muhammad oʻylanib qolgan.

SHARIF: — Nimaga oʻzimni bosishim kerak, a, nimaga?

SOBIR: - Xoʻp, gaplashib olaylik.

ISMAT: - Qizni san tugib katta qilmagansan. Ixtiyori ota-onasida boʻlsa....

SHARIF: - Nima boʻlganda ham shu yerdagi odamlarning rozichiligiga qaraladimi? Nimaga yaxshi bir qizni begona qilish kerak? Sizlarda oriyat degan narsa bormi?

Ismat doʻppisini qoʻliga olib qoqadi. Yana kiyadi.

Muhammad doʻppiga qarab turib hazillashmoqchi boʻladi, lekin oʻrni emasligini anglab, niyatidan qaytadi, yerga tikilib oladi.

Davlat oʻzini ogirlikka soladi.

Sulton oʻngaysiz ahvolda.

Sharofat Ayaning Hovlisi

Sharofat aya Nozimlarni kuzatib, xayoli qochib kiradi. Oshxonaga - Dilorom tomonga qarab oʻylanadi. Darvozada qoʻshni Dilorom paydo boʻladi. Sharofat aya qoʻshni Diloromga iqi suymay qaraydi.

QOʻSHNI DILOROM: - Assalom-alaykum xola! Dugonam uydami?

SHAROFAT AYA: - Ha, ana, oshxonada. Oshxonadan Dilafroʻz chiqadi.

Qoʻshni Dilorom Dilafroʻzning qoʻliga koʻrishgan boʻlib, bir urib qoʻyib, oshxonaga kiradi. Sharofat aya norozi chimiriladi.

SHAROFAT AYA (Dilafroʻzga): - Bu qiz muncha serqatnov boʻlib qoldi? Odam kelsa, bu ham paydo boʻladi? Is olib yuribdimi?

DILAFROʻZ: - Opam kodlarini ham bergan.

SHAROFAT AYA: - Yana qanaqa kod?

DILAFROʻZ: - Pochtasining kaliti.

Sharofat aya hayron boʻlib qaraydi.

Dilafroʻz qoʻli bilan xuddi klaviaturani bosayotgandek qilib koʻrsatadi.

DILAFRUZ: - «Imaeyl»ni shu bilan ochib kiradi.

SHAROFAT AYA (tushunmasa ham): - Ha-a.

DILAFROʻZ: - Opam oʻzimniki degan narsani bilmaydi. Berib yuboraveradilar.

Akmal Akaning Hovlisi

Darvozadan Jumagul opa uchib kiradi.

JUMAGUL OPA: - Opa, opa! Uydamisiz? Opa, deyapman. Uy eshigi ochilib, Salima opa shosha-pisha zinadan tushadi.

SALIMA OPA: - Ha, uydaman. Uyda boʻlmay qaerda boʻlardim? Tinchlikmi, Jumajon? JUMAGUL OPA: - Sovuq choyingiz yoʻqmi? Mayli, suv bering.

Jumagul opa borib, vodoprovod kranini ochadi, sharillab oqayotgan suvdan hovuchini toʻldirib ichadi. Yana yuziga ham sepadi.

SALIMA OPA: - Jumajon, muncha, yov quvlab keldimi?

JUMAGUL OPA: - Ichim kuyib ketdi.

SALIMA OPA: - Nimaga iching kuyadi? Biron gap boʻldimi?

JUMAGUL OPA: - Voy, opa... Pochcham uyda yoʻqmi? Eshitmasin.

SALIMA OPA: - Yoʻq uyda. Ha?

JUMAGUL OPA: - Voy, opa!

SALIMA OPA: - Gapira qol endi, opangni oʻldirib qoʻymay.

JUMAGUL OPA: - Voy, opa, oʻlmang, oʻlmang. Oʻzim oʻlib qolay deyapman.

SALIMA OPA: - Oʻtkirga bir gap boʻldimi? Yo Sultongami?

JUMAGUL OPA: - Yoʻq, opa....

SALIMA OPA: - Boʻlmasa, nima, axir?

JUMAGUL OPA: - Saodatingiz....

SALIMA OPA (kayfi uchib): - Saodatga nima boʻlibdi? Muncha opalamay gapirsang-chi!

Koʻcha

Koʻchaning ikki tomoni uzun ketgan hovlilar qatori.

Qosh qorayib kelyapti, uylarning derazalari yorug.

Tepadagi elektr chiroqlari ham sargayib turibdi.

Gaplashib kelayotgan Nozim bilan Orifning yuzlari goh yorishib, goh soyalanadi.

NOZIM: - Ha, shuncha ham mum tishlaydimi? Oʻlib boʻldim-ku.

ORIF: - Hech narsani bilmasam, siz aytmagan boʻlsangiz, Sultonlaringni tanimasam....

NOZIM: - Yaxshi yigit Sulton.

ORIF: - Yaxshimi, yomonmi, bugun birinchi koʻrishim.

NOZIM: - Ha, xoʻp, aytdim-ku, hech boʻlmasa, nima desam, qoʻllab turing deb?

ORIF: - Bir narsani tushunsam qoʻllaymanmi? Hozir ham aqlim yetmayapti, nimaga turdik?

NOZIM: -Turdik-da.

ORIF: - Onasi yaxshi gapirib turgan edi. Sovchi kelgan boʻlsa kelgandir. Amakisi ham shama qildi-ku, qiz sizlarniki deb.

NOZIM: - Siz hali ham tushunmayapsiz.

ORIF: - Tushunmayman-da. Siz bunaqa qildingiz, nimagaligini bilmayman. E-e, biron marta sovchi boʻlib koʻribmanmi! Oʻzi bizdan qanaqa sovchi chiqadi? Odamni qiynab yubordingiz.

NOZIM: -Sizmi,menmi?

ORIF: - Nima sizmi, menmi?

NOZIM: - Qiynalgan.

ORIF: - Nimaga? Qiynalganingiz yoʻq. Gapni juda ustalik bilan olib ketdingiz. Men faqat ish pishay deb turganda turganimizni tushunmayapman.

NOZIM: - Sharmanda boʻlar edik.

ORIF: - Nimaga, axir? Bizni deb osh qildirdi. Qiziga! Sizlarga deb aytib turibdi. Yana nima kerak edi? Oʻzingiz buzdingiz. Ha, ataylab qildingiz.

NOZIM: - Aytyapman-ku, sizdan ham battar ahvolda qoldim, deb. Hammasiga Davlat aybdor, bizlarni olovga itarib, oʻzi qochdi.

ORIF: - Menga qarang.

NOZIM: -Xoʻp.Qaradim.

ORIF: - Nima qilyapsizlar oʻzi?

NOZIM: -Koʻryapsiz-ku.

ORIF: - Yoʻq, hech narsani koʻrmayapman. Bu qilayotgan ishlaring odamning ishi emas.

NOZIM: - Aytyapman-ku, sizdan ham battar ahvoldaman deb.

ORIF: - Men buni aytmayapman. Odam shunaqa qiladimi?

NOZIM: - Iy-e, bu nima deganingiz?

Oshxona

Dilorom va qoʻshni Dilorom.

QOʻSHNI DILOROM: - Dilor, anavi... vebkamerangni berib tur. Shunga chiquvdim.

DILOROM: - Nima qilasan?

QOʻSHNI DILOROM: - Juda qiziqyapman-da. Bir dugonamda ham bor ekan. Sen-da borligini aytgan edim, soʻrab koʻr-chi, beradimi, gaplashib oʻtirardik, dedi.

DILOROM: - Ha, mayli. Lekin hozir oʻzim kirolmayman-da, anavi... xotinlar kelgan, shular oʻtiribdi.

QOʻSHNI DILOROM: - Voy, oʻzim kiraman. Sen ishingni qilaver.

DILOROM: - Mayli. Bitta simi bor, diskovodning shunday orqasiga tiqilgan.

QOʻSHNI DILOROM: - Bilaman. Oʻrganib oldim. Oʻzim ham olmoqchi edim-da.

Sharofat aya kiradi.

Qoʻshni Dilorom chiqadi.

QOʻSHNI DILOROM (chiqayotib): - Bugun qaytaraman, Dilor, rahmat!

SHAROFAT AYA (qoʻshni Dilorom chiqib ketgandan keyin ham eshikdan koʻz uzmay): - Muncha bu qiz......Nimangni soʻradi?

DILOROM: - Vebkamerani. Oʻzi ham olar ekan, qoʻyib oʻrganay deydi.

SHAROFAT AYA: - Anavi kungi narsami? Koʻrib gaplashadigan.

DILOROM: - Ha,oʻsha.

SHAROFAT AYA: — Birovning narsasini nimaga berasan? Unga nimaga kerak ekan? U ham kuyov bilan gaplashmoqchimi?

DILOROM: - Qaysi kuyov bilan?

SHAROFAT AYA: - Unga ham sovchi kelibdimi deyapman-da.

DILOROM: -Boʻlsa bordir. Nechtasi soʻradi-ku. Yo toʻxtang......

Dilorom oʻylanib qoladi.

Sharofat aya unga savol nazari bilan qaraydi.

DILOROM: - Ha, mayli, bir narsani oʻylagan edim-da.

SHAROFAT AYA: - Nimani oʻylading.

DILOROM: - Mayli... qoʻyavering.

Choyxona

Hammaning kayfiyati buzilgan.

Davlatning jagʻ muskullari oʻynaydi.

Sobirning yuzida iljayishi qotib qolgan.

Sulton yerga qarab olgan, har zamonda Sharifga choʻchinqirab koʻz tashlab qoʻyadi.

Sharif esa tutaqib ketgan.

Muhammad oʻziga oʻzi biqinib olgan, indamaydi, bosiq alanglab qoʻyadi.

Ismat esa boʻlajak janjal hidini olib, koʻzlari oʻynaydi, kim gapirsa, shunga dalda berib qaraydi.

SHARIF: - Kim qayoqdan kelib, qizimizni ilib ketaveradimi?

ISMAT: -Ha, shuni ayt.

MUHAMMAD: - Hey, hey, ogizga qarang.

SOBIR: - Sharif, menga qara, Rashid akaning qizi Sarvarga aytib qoʻyilganmidi yo bitilgan edimi, muncha otashin boʻlasan?

SHARIF: - E odam! Inson! Qatnab yuribdi deyapman. Bugun ham ketgan boʻlsa kerak. Mahallamizdan bir yigit musofir yurtga borib, shuncha oʻsib yursa-yu......

ISMAT: - Otasiga rahmat lekin.

SHARIF: - Bizlar bu yerda uning koʻziga choʻp suqsak.

SOBIR: - E-e, nimaga choʻp suqamiz? Oʻylab gapiryapsanmi? Jiyaning birovning qiziga sovchi yuborsa, bizlarga nima?

DAVLAT: - Muhammad aka, biz turaylik. Rahmat, yaxshi oʻtirdik.

Muhammad Davlatga «shoshmang» degandek qarab qoʻyadi.

SHARIF: - Yoʻq, turmaydi! Gaplashib olamiz. Nima haqqi bor bularning mahallamizning qiziga xoʻjayinchilik qilishga?

ISMAT: - Xay, mayli, gaplashib olishsin, Muhammad.

DAVLAT: - Xoʻp, aka, gaplashamiz. Faqat oʻzingizni bosing.

SOBIR: - Ha, oʻzingni bos. Oʻtirishni buzyapsan.

SHARIF: - Tupurdim bunaqa oʻtirishga! Kim qayoqdan kelganlarga osh yegizib, aroq ichirib oʻtirsak! Bular qizimizni yoʻldan ursa. Belboglaring yoʻq sizlarning.

MUHAMMAD: - Nimaga yoʻldan urgan boʻladi, aka? Sovchi yuborib oʻtiribdi-ku.

SOBIR: - Belboqqa til tegizma, Sharif.

DAVLAT: - Aka, hamma narsaning javobi bor.

SOBIR: - Jiyaning «Kamaz» olib berib qoʻygan boʻlsa, senga olib bergan, bizga emas. Uning nonini yeb, quturishingni bizga qilma.

SHARIF: - Men nonimni halol yeyman. Manavi yelkam bilan topib. Har oyda «Kamaz»ning ulushini opamga berib turibman, qurtday sanab. Yana nima demoqchisiz? Men oriyat uchun kurashyapman.

ISMAT: - Ha, oriyat yomon narsa. Xotin aytgan edi, oʻqituvchimizning oʻgʻliga Rashid akaning qizini qilishmoqchi, deb. Boya, e’tibor qilmagan ekanman. Bu anavi chet elda yurgan Sarvar-da.Yaxshibolalekin.

SOBIR: - Yaxshi boʻlmasa, togasiga «Kamaz» olib berib qoʻyarmidi? Lekin toganing bu qiligiortiqchaboʻlyapti.

MUHAMMAD: - Mehmonlarni oʻzimiz dasturxonga chaqirsak-da, oshu ob bilan siylab, keyin haqorat qilsak, shu ham oriyatdanmi?

DAVLAT: — Rahmat, aka, boʻladi-da. Biz xafa emasmiz. Mana, tanishib ham oldik. Sharif aka, mayli, nima desangiz deng, lekin haqoratga oʻtmang. Hali haqorat eshitadigan ish qilganimizyoʻq.

MUHAMMAD: - Davlat, jon uka......

SHARIF: - Qayoqqa ketadi?! Ketish yoʻq. Gaplashib olamiz! Masalani bir yoqli qilaylik, keyin ketadi. Qochgan - nomard.

DAVLAT: - Hech kim qochayotgani yoʻq. Yaxshi oʻtirishlaringni buzmaylik deyapmiz.

ISMAT: - Sharif, sen oʻzi yaxshi bilasanmi, Rashid akaning qizi rostdan jiyaningga boʻlyaptimi? Sharofat aya ham ichidan pishgan xotin lekin.

SHARIF: - Boʻlay deb turgan edi. Shuni bilaman. Bular kelib ishni buzyapti.

ISMAT: - Bular ham qorongida oʻgirlikka kelmagan. Oldin royishini olib, keyin sovchi qoʻygandir. Toʻgʻrimi, ukalar?

Davlat bir qarab qoʻyadi-yu, indamaydi.

Sulton ma’nisiz bosh irgab qoʻyadi.

Muhammad moʻylovini chimdilaydi.

SOBIR: - Hech narsani bilmagan, tamom beshu begona kelmaydi-ku. Qizning oldidan oʻtgandir-da.

SHARIF: - Qanaqa odamsiz? Mahallangizning qizi yurgan boʻlsa, siz chapak chalasizmi?

SOBIR: - E-e, Sharif, ikki piyola ichib olib, ogzingning jiyagi ochilib ketdimi? Arshingni sur-e!

SHARIF: - Nima? Men... jagingizni yirtib qoʻymay yana!

ISMAT: - Hay, hay, Sharif! Achchigingni bu yerga emas, borib Rashid akaga koʻrsat-da.

Sharifsakrabturadi.

SHARIF: - Hozir tumshugingizga solmasammi!

SOBIR: - Ham garlik, ham peshgirlikmi? Zoʻravon oʻzimizdan chiqqan ekan, bilmabmiz.

Sharif Sobirga xezlanadi.

Sobir oʻtirgan joyida Sharifga bosiq tikiladi.

SHARIF: - Menga bunaqa qaramang! Solaman lekin.

SOBIR: - Sol, qani! Qancha urar ekansan.

Muhammad oʻrnidan turab, Sharifni quchoqlaydi.

MUHAMMAD: - Boʻldi. Boʻldi, Sharif aka, haddingizdan oshmang.

SHARIF: - Qoʻyvor meni! Men bular bilan ham gaplashib qoʻyaman deyapman.

MUHAMMAD: - Sharif aka! Odamning qonini qaynatmang deyapman.

Dahliz

Qoʻshni Dilorom sovchilar oʻtirgan eshikni ochadi-da, yarim kirib, egilgan koʻyi, ibo bilan salomberadi.

Xona

Ma’rifat aya birdan ochilgan eshikda paydo boʻlib, ta’zim qilgan qoʻshni Diloromga hangu mang boʻlib qaraydi.

QOʻSHNI DILOROM: - Assalomu alaykum! Yaxshi oʻtiribsizlarmi?

HANIFA XOLA (sal jilmayib, savol ohangida) : - Va-alaykum assalom, qizim!

Ma’rifat aya faqat boshini qimirlatadi, bir qizga, bir Hanifa xolaga qaraydi.

QOʻSHNI DILOROM: - Yaxshimisizlar? Hech narsa kerak emasmi?

Hanifa xola ochilib jilmayadi.

HANIFA XOLA: - Rahmat, qizim! Yoʻq, ovora boʻlma.

Qiz ibo bilan boshini egib olgan.

HANIFA XOLA: - Sen kimlardansan, qizim? Zayniddinning qizi emasmi?

Qiz shu egilgan koʻyi bosh irgab tasdiqdaydi.

MA’RIFAT AYA: - Siz qoʻshni turasiz?

QOʻSHNI DILOROM: - Ha. Dugonamiz. Nima kerak boʻlsa......

MA’RIFAT AYA: - Menga qarang, jon qizim, bu, dugonangizdan bir soʻrab bermaysizmi? Aylanay, qiynalib ketdik.

Dilorom qaddini rostlab, orqaga - dahlizga bir qarab oladi.

HANIFA XOLA: — Oʻzlari bilmasin-da. Sekingina.

QOʻSHNI DILOROM: - Xoʻp boʻladi.

HANIFA XOLA (erkalatib): - Oʻzim kelin qilay!

MA’RIFAT AYA: - Biron va’dalashgani yoʻqmikan? Hozirgi yoshlarni bilib boʻlmaydi.

QOʻSHNI DILOROM: - Va’dalashgani? Manavi oʻtirgan yigitlar ham...... Ey, xolajon,

yaqin dugonamning sirini qanday aytaman.

HANIFA XOLA: - Ma’rifat.

Ma’rifat aya Hanifa xolaga xavotir bilan qarab qoʻyadi.

Hanifa xola esa boʻynini choʻzib, dahlizga, Diloromning orqasiga koʻz tashlaydi.

Dilorom ham orqaga ma’noli qarab oladi.

MA’RIFAT AYA: - Boshqa biron gap boʻlsa, kelaverib, bularni ham xijolatga qoʻymas edik. Bir shunday xayrli ish qiling, onangiz aylansin! Menga juda yoqib qoldingiz-da.

QOʻSHNI DILOROM: - Aytardim-u......E-e, yaxshisi, Sharofat ayamning oʻzlaridan soʻrang.

Haliaytarlar.

MA’RIFAT AYA: - Nimani? Shunaqa biron gap bormi?

QOʻSHNI DILOROM: - Voy kelyaptilar!..