OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAhmad A’zam
Asar nomiOdamning olasi (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Ahmad A’zam
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm40KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/02/13
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Odamning olasi (hikoya)
Ahmad A’zam

Lof emas, Yalamada Sherqoʻzidek muloyim, undan halimroq kishini topish mushkul. Mana, yoshi qirqdan ham oshibdiki, birov bilan san-manga borganini yoki, aqalli nomiga boʻlsa-da, kimsaga doʻq urganini hech kim koʻrmagan-eshitmagan. Lekin Yallamaning man-man degan boʻyni yoʻgʻoni ham uning qarshisida qoʻl qovushtirib aytadigan gapini orqa-oldiga qarab, oʻylab gapiradi: Sherqoʻzi «Jonim-jonim»lab har qanday odamning jonini kekirdagidan sugʻurib oladi.

Sherqoʻzi bir odamdan, u ham boʻlsa otasidan bir oz choʻchiydi. Lekin hovli-joyi, roʻzgʻori boshqa, shunday ekan, qarib qolgan boboydan choʻchidi nima, choʻchimadi nima! Uch singlisi, «musofirlikda yurgan» ukasi va onasiga Sherqoʻzi ayabroq gapiradi, ammo ular ham Sherqoʻzidan negadir hayiqishadi. Ainiqsa, xotini Karomatga xudo yurakdan bergan: yelkasidan ham kelmaydigan (taqdir ekan-da!), uvoqqina eri oldida qaltirab turadi. Sherqoʻzi jahli chiqqan paytlarda baqirmaydi, soʻkmaydi, «Xonim!» deb sizlaydi, «Karomatxon!», deydi - uzib oladi. Uning eshikdan: «Karom, choy-poying bormi?» Oʻzbekning roʻzgʻori qursin, birin bitirsang, biri tayyor turadi-ya». Deb horgʻin kirib kelishiga, oh Karomat joni-jahonini berishga tayyor - Sherqoʻzining erkalatgani shu-da!

Aslida-ku, Sherqoʻzi roʻzgʻori, xoʻjaligidan nolimasa ham boʻladi -joyida. Eshik oldi bir tekis vaish, husayni, keyin yana bir qator qora kishmish, muskat… eng oxiri - ertagi daroyi. Undan soʻng xuddi shunday tartib bilan pomidor, bodring, kartoshka, loviya, bulgʻori qalampir, achchiq jaydari qalampir ekilgan. Uyning orqasida esa beda, makkajoʻxori, piyoz, ozgina sarimsoqpiyoz, sabzi, yana urugʻini Sherqoʻzi qaydandir topib kelgan «sudanka» degan yemish oʻt. Yon tomonda chogʻroqqina bogʻ, u yerda mevali daraxtning yongʻoq bilan shaftolidan boshqa qariyb hammasi bor. Sherqoʻzi bu ikkala daraxtning mevasini yaxshi koʻrsa ham, oʻzini xushlamaydi: yongʻoq koʻp joyni egallaydi, tomorqaning ancha joyiga soya tashlab, boshqa ekinlarni siqib qoʻyadi, shaftoli esa uch-toʻrt yildan soʻng qarib qoladi. Hovlining chor-atrofi bir tekis boʻy tortgan mirzateraklar bilan oʻralgan. Har biridan ikkita bolor chiqadi. Agar qirq soʻmdan (Sherqoʻzi oshiqcha soʻramaydi -insofi bor) pullasa, oʻzicha oʻsadigan, osh-non soʻramaydigan shu teraklarning oʻzi ikki yarim-uch ming turadi. Bu ham bir davlat-da, pul topish oson emas, lekin yoʻlini bilish kerak.

Sherqoʻzi pulga muhtoj emas. Uch govmish sigiri (bittasi yaqinda tugʻib beradi), ikki zotli buzogʻi, bir novvosi bor; buqasi esa boquvda, burniga oʻtkazilgan xalqani silkitib, pishqirib yotibdi. Besh-oltita qoʻyi dashtda -choʻponda. Har yili yo birontasi yoʻqoladi, yo harom oʻladi, biroq Sherqoʻzi qoʻli ochiq, bagʻri keng odam - kuyinib oʻtirmaydi, «Sadaqa-da, kelgan baloqazo shunga ursin», deb qoʻya qoladi. Negaki, Sherqoʻzi pulning izidan quvgan odam emas, aksincha, pulning oʻzi uni quvlab yuradi. Toʻgʻri, Sherqoʻzi tinmaydi, ertayu kech mehnat qiladi, koʻpincha tez-tez mol almashtirib sotadi. Har biridan ikki yuz-uch yuz yonga qoladi, lekin hech kim buni ayb sanamaydi -bozor-da, yoʻlini bilagn odamniki halol.

Oʻtgan yili Sherqoʻzi oʻgʻli uxlagandan soʻng xotiniga achchiq choy damlatib, oʻzicha xomchoʻt qilib koʻrsa, jamgʻarmasi bitta yengil mashinaga bemalol yetib, hatto oshib ham qolibdi. Keyin oʻylab qarasa, Yalamaning eng old odamlarida mashina bor. Sherqoʻzining ulardan hech bir kamchilik joyi yoʻq. Sherqoʻzi ertasi kuni yaqin-yaqin ogʻaynilaridan shunchaki nomiga ikki ming qarz koʻtardi; qishloqda har xil odam bor, oʻzi suvchi, topgani muncha, shuncha pulni qaydan oldi, deb ustingdan yozishdan ham toymaydi bular. U pulni kostyumining astariga tikdi-da, toʻgʻri markazga - rayijroqoʻm raisining qabuliga joʻnadi. Gapni qisqa qildi: «Bizni, mana, yaqin oʻn yildan beri yaxshi bilasiz. Paxtani kechalari quloq boshida qolib sugʻorish tashabbusiga qoʻshilganimiz uchun rahmatnomani oʻz qoʻlingiz bilan topshirgansiz. Ammo shu patgacha unim kam, bunim kam, deb sizni bezovta qilganim yoʻq. Endi bir iltimos bor. Toʻgʻrisini aytganda, siz uchun ogʻzingizning bir chetidan chiqadigan gap, biz uchun esa… oʻzingiz bilasiz». Rayijrokom raisi: «Nima iltimos ekan? Agar qoʻlimizdan kelsa, sizdek ilgʻor suvchidan yordamimizni ayaymizmi?», deb qoʻygach, Sherqoʻzi temirni qizigʻida bosdi: loʻnda qilib shu kishi shu lavozimga koʻtarilgandan beri rayon xoʻjaligi gurillab rivoj topganini, hali xudo xohlasa, bundan ham zoʻr boʻlajagini, odamlarning farovonchiligi oshib; koʻpchilik mashina olganini va shular qatorida gʻarib Sherqoʻziga ham bitta «aravacha» kerakligini (agar iloji topilsa, albatta; yoʻqsa, nima, mashinasiz odamning kuni oʻtmayaptimi!) bayon etdi; «Kel-e, shu kalbagʻalning ham yelkasiga bir oftob tegsin, deysiz-da endi», dedi oxrida. Xullas, markazga imi-jimida, hech kimga bildirmay joʻnagan Sherkoʻzi qaytishda hammaga koʻz-koʻz qilib govmish sigirining qaymogʻidek tovlanib turgan «Jiguli»ni haydab keldi. Qurgʻur, oʻzi ham kiyikdek boʻlar ekan, sal tizginni boʻshatsang - uchadi-ya, uchadi! Ainiqsa, Sherqoʻzining bunga qadar kerakli qogʻozlarigacha toʻgʻrilab qoʻyib, mashina haydashni ham oʻrganib olganini aytmaysizmi!

Yalamaliklar: «Sherqoʻzining hozir besh-olti ming puli bor», deb gap qilishadi, balki, rostdir. Lekin buning uchun hech kim Sherqoʻzini ayblamaydi: ishlab topadi - haloli boʻlsin! Ha endi, hamma joydagidek, Yalamada ham bir-ikki ogʻziga kuchi yetmagan topiladi. Bulturdan beri maktabda rus tilidan dars berayotgan malla, sepkildor Sarvar (u oʻqishdan diplomga qoʻshib «Savrasik» degan laqab ham olib qaytgan) Sherqoʻzini «meshchan» debdi. Sherqoʻzi buni eshitib kulib qoʻya qoldi. Oʻzi tengi boʻlganda-ku, onasini koʻziga koʻrsatar edi-ya! Qoʻlidan bir ish kelishi dargumon, choʻntagida hemiri yoʻq bu mirquruq yoshlar oʻzlari yetisholmagan narsa borki, yomonlashadi. Keyin Sherqoʻzi hech ham mechkay emas, ovqatni taniga qarab tanlab yeydi.Bu bolalar ogʻzidan chiqqan gapning ma’nisini bilmaydi-yu, yana birovlarni nah urishiga oʻlasanmi! Avval Sherqoʻzidek boʻl, qora mehnatning mazasini tatib koʻr, ha, unda gapirsang yarashadi. Toʻy-marakangga boshqosh, quvonchingga sherik, dardingga dardkash boʻlsa, boshingga tashvish tushganda, «Jon aka, yordam bering», deb oldiga yugurib kelsang-u, yana oʻzi yeb birovni quruq qoʻygandek, toʻrtta gʻildirak olganiga Sherqoʻzi puf sassiqqa chiqsa!

Sherqoʻzi chorpoyadagi ikki qavat koʻrpachada yonboshlagancha, qoʻlidagi shingil rayhon bilan yelpinib, goh xushnud, goh dilgir kayfiyatda (odam hech narsani oʻylamasa shunaqa boʻladi) «Bizni tashlab qayga ketdi ul qaro koʻzim mani», deya mingʻirlab xirgoyi qilib yotgan edi, qay goʻrdan olashaqshaq paydo boʻlib, naq tepasida shaqqillab qoldi. Sherqoʻzi choʻchib tushdi, qoʻlidagi rayhonni dasturxonga tashlab yubordi.

Kisht-e, nafasing oʻchsin! Hoy Karomat, hayda buni, hozir chakki xaltangni teshib ketadi.

Kechki ovqat tashvishida gʻimirsib yurgan Karomat oshxonadan chiqquncha olashaqshaq bir narsani uqtirmoqchi boʻlgandek avvalgidan qattiqroq, jon-jahdi bilan shaqilladi-da, uchib ketdi, qoʻshnining tepa shoxi qoʻrib qolgan toliga qoʻndi.

Oʻh-oʻ, - dedi Sherqoʻzi xavotirga tushib. - Yana achchiq ham qiladilar! Senga chakki xaltani qoʻshqoʻllab tutqazish kerak ekan-da?

«Shu qushning moyakni ogʻzidan tugʻishi –osmikan?- deb oʻyladi u, xayoliga kelgan noxush gaplarni quvishga urinib. Tavba, hamma parranda tuxumni bir tomoni bilan tugʻsa, bu tentak teskarisini qiladi-ya! Sabil juda bexosiyat qush-da, aytgani doim toʻgʻri keladi».

Karomat uydan yana ikkita yostiq koʻtarib chiqdi.

Mana, bor-ku? - dedi Sherqoʻzi ajablanib. - Yo oʻzing ham yonboshlamoqchimisan?

Karomat hu oʻsha kelinchaklik paytlaridagidek ichki bir hayajon bilan, yuzlari yorishib tabassum qildi:

Sizning soyangizda yonboshlasam arzimabdimi?

Sherqoʻzining hayrati oshdi: «Bugun juda nozu firoqlar oʻzgacha - biron gapi bor-ov. Bekorga ishva qilmaydi bu».

Hm… yonboshla, - dedi u boshqa gap topolmay. Karomat yostiqlarni erining yonboshiga qoʻyib, choynakka qoʻl choʻzdi:

Choyingiz sovib qolibdi, yangilab kelaymi? - Keragi yoʻq.

Karomat erining yoniga chiqdi, indamay uning oyoqlariga suyanib oʻtirdi. Sherqoʻzining koʻngli gʻalati boʻlib ketdi.

E-e, suykalmay oʻtir. Charchab kelganman.

Karomat erining sovib qolgan choyini ichdi-da:

Bugun oʻxshatib quyruq yogʻiga palov qilib beraman, - dedi, keyin erining kiyimlariga qarab, qoʻshib qoʻydi: - Almashtirib olmaysizmi, ustingizdagini yuvib berardim.

Sherqoʻzi tomoq qirdi-da, chordana qurib oʻtirdi.

Menga qara, biron bundayroq kiyimlik-piyimlik oldingmi? Olgan boʻlsang, koʻp aylanib-oʻrgilavermay ayt-da qoʻy!

Karomat ma’sum iljaydi-yu, indamadi, dasturxonga tikilib oʻtiraverdi. Sherqoʻzining sabri chidamadi:

Gapirsang-chi!

Karomat yana indamadi.

Sherqoʻzi qarasa, xotini hali-veri ogʻiz ochmoqchi emas, shuning uchun joʻrttaga esnab, yolgʻonladi:

Aytganday, Hakim bechora: «Xotinini kasalxonaga olib borib tashlasangiz», degan edi-ya. Sal boʻlmasa, esimdan chiqay debdi. Tur, boshqa koʻylak olib chiq, buningning yoqasi toʻzib ketibdi.

Karomat unga tashvish bilan qarab qoʻydi-yu, lekin hadeganda qoʻzgʻalavermadi. Sherqoʻzi battar qistovga oldi:

Tur, muncha inmillaysan?

Karomat boshini koʻtardi, xotin boʻlib eriga birinchi marta tik boqib gapirdi:

Sultoningiz, uylanaman, deyapti! Sherqoʻzi durust anglamadi:

Nima?

Xotin olib berasiz, deyapti. Sherqoʻzining koʻzlari chaqchayib ketdi:

Qanaqaxotin?!

Karomatning boyagi tabassumlari, bu gapni aytishdan oldin oʻylab qoʻygan rejalari hammasi bir zumda uchdi-ketdi. Erining koʻnglidagi gaplar hoshiyasiga maydalab yozib qoʻyilgandek dasturxonga termilib qoʻrqa-pisa mingʻirladi:

Bir-biriga koʻngil bergan ekan.

Kimga? Anavi Karim chakkining jinqarchansigami?

Yoʻq, boshqa Ashirqul akaning qizi.

Sherqoʻzi tutoqdi:

Ey, menga qara, esing joyidami oʻzi? Ogʻzingdan chiqqan gapni bilib gapiryapsanmi?

Karomat eriga alamli qaradi:

Bilganim uchun gapirayapman. Hali juda ahmoq boʻlib qolganim yoʻq… Choʻlga ketaman deyapti…

Sherqoʻzining bir qoshi koʻtarildi: «Eh-e, gap jiddiyga oʻxshaydi. Bu kasofat olashaqshaq bekorga shaqqillamagan».

Ey, menga qara, galdirama. Dam xotin olmoqchi, dam choʻlga ketmoqchi deysan. Nima, uylanib, choʻlga xotini bilan ketmoqchimi?

Sizga bir gapni uqtirguncha oʻlib boʻladi odam.

«Agar Manzurani olib bermasanglar, boshimni olib choʻlga ketaman», deyapti. – Karomatning koʻzlariga jiq-jiq yosh toʻldi. Sherqoʻzi esa negadir oʻz-oʻzidan bir oz yengil tortdi: «Ketib boʻpti! Ketsa ham ikki kunda mulla boʻlib qaytadi. Lekin manavit aqli kaltani qanday qilib tinchitish kerak?»
— Hm, boshini olib ketadi, de. Bu yerda ishlamagan bosh uyoqda ish berar ekan-da, a? Senga tashlab ketsa boʻlmasmikan - aqlingga aql qoʻshilarmidi! Ikkita bosh bilan tuzukroq oʻylarmiding…

Karomatning kipriklari pir-pir uchdi:
— Sizga shunaqa mayna qilish boʻlsa! Televizordagi Ergashdan kamingiz yoʻq.

Sherqoʻzining qoshi joyiga tushdi, biroq shu on yana qayta, bu gal atay koʻtarildi.

Tinchgina oʻtirgan edim-a! Qay goʻrdan shu gapni topding?

Oʻgʻlingda kalla boʻlmasa senda bordir? Sen esingni yeb qoʻymagandirsan?-Sherqoʻzi qoʻllari titrab choy quydi, bir koʻtarishda ichib yubordi. - E, tavba! Oʻqishdan-ku birinchi imtihondayoq oyogʻi osmondan boʻlib qaytdi. Endi bu nagʻmani oʻylab topdimi? Noyabrda lip etib armiyaga olib ketsa… E, hali xotinning ma’nisini qaydan biladi bu!
— Bittayu bitta oʻgʻlingiz… - dedi Karomat iyagini tizzasiga qadagancha.

Sherqoʻzi boʻgʻildi:

Yoʻq, u mening oʻgʻlim emas, moʻltonining toʻrvasidan tushib qolgan, begona! Bu mol-davlatni narigi dunyoga orqalab ketaman, deb oʻzim uchun toʻpladimmi! Oʻpkam ogʻzimga tiqilib ertadan qora kechgacha kim uchun chopaman? Bittayu-bitta farzandim, shuni odam soniga qoʻshay, deb yuribman-ku, axir!

Shunday-ku-ya - dedi Karomat koʻzlarini yengi bilan artib.

Sherqoʻzi birdan hovuridan tushdi:

Karom, menga qara, esingni yigʻ. Munda-ay tanagga oʻylab koʻr. Hali murti chiqmagan bolaga xotin olib berib, malomatga qolmaylik. Oyoq tirab turib olsa, nasihat qil, avra. Bugun koʻngil qoʻysa, ertaga esidan chiqadi. Juda koʻkragini zaxga berib yotib qolmas. Otam xotinni qoʻynimga solib qoʻysa, har kuni bittadan muchchi olardim, degan kaltaoʻy bola-da. Yo biron shumlik qilib qoʻyganmi oʻgʻling?

Karomat qoʻrqib ketdi:
— Yoʻgʻ-e, xudo saqlasin! Faqat xat olib, xat berisharmish.
— Unda, hovliqma. Bolangning sal suyagi qotsin, biron ishning boshini tutsin, keyin bir gap boʻlar.
— «Otamga ayting», deb hol-jonimga qoʻymayapti-da, nima qilay? Sherqoʻzi bir zum oʻylanib turdi-da, dedi:

Ha, garang qilaversa, «Otang roziga oʻxshaydi», deb qoʻyaver.

Karomatning yuzi yorishdi:

Rostdanmi?

Sherqoʻzining endi jahli chiqdi:

E-ha, gap bu yoqda ekan-ku Oʻgʻildan oldin oʻzlari chopavul chopgan koʻrinadilar? Farosat ulashganda qayoqda edilar? Qaynona boʻlgilari kelib qoldimi? A, bu Ashirqulning xotini buzuq, erkaklarni yoʻldan uradigan edi-ku? Uni koʻrarga qoʻzlari yoʻq edi. Endi u bilan quda-anda boʻlmoqchimilar ?

Bu gap Karomatga yomon botdi.
— Musallamni yomon koʻrsam… - deya tutilib qoldi u. - Unga ham oʻzingiz aybdorsiz. Bechoranioʻzingiz… yoʻldan oxdirgansiz. Shuni olaman, deb…
— Ha-a, ana shunaqa boʻladi, - deb Sherqoʻzi xotinining gapini shartta kesdi. – Bir vaqtlar puf sassiq edik, kaltabaqay, yana nima balolar edik. Biz bilan rosa bir yil yurib, tegishga kelganda, «Boʻyi bir qarich boʻlmay oʻlsin, shu chittakka tegamanmi! Tagiga toʻrtta gʻisht qoʻysa ham menga yetmaydi», deb burunlarini jiyirgan edilar, - Sherqoʻzi qoʻllarini beliga qoʻyib, ovozini chiyillatib, boshini sarak-sarak qilgancha xotinini ijikladi. - Aytavermaymi? Musallam menga bitay deganda, har kuni yoʻlimni poylab, buning ham iloji boʻlmagach, «Agar meni tashlab, musallamni olsa, ustimga kerosin sepib oʻt qoʻyaman», deb opasini yugurtirgan ham oʻzlari. Shundaymi? Yana aytaymi? «Kuyovimga koʻz qisding», deb pgoʻrlik beva Sharofatni yulganingizni ha gapiraymi? «Musallamni issiq-sovuq qilib bering»», deb chizmakash oyimga yalinganingizdan ham mandat beraymi? Yoʻq, deng! Ha, nega indamaydilar?

Karomat boshlagan gapining oʻz zarariga bunday chappa aylanib ketishini kutmagan edi, shoshib qoldi, chor-nochor iljaygancha, qizarib-boʻzarib yon berdi:
— Oʻling, siz oʻshanda ham kichkinagina boʻlib, bir yoʻla besh-oltitamiz bilan yurar edingiz. Bilmasmidim, hali ham men…

Bu gap Sherkoʻziga ancha yoqib tushdi, shunday boʻlsada, oʻdagʻaylab qoʻydi:
— Kim kichkina? - Keyin rostdan ham xudo oʻzini boʻydan jinday qisgani esiga tushib, xotinini gap bilan sekingina chimdib oldi: - Shuncha gapdan keyin kichkina ham qiladilar!

Karomat shoʻrlik qora bulutlar yogʻmay, boshidan shuv oʻtib ketganiga ishonch hosil qilib yengil tin oldi, oʻzini uyalganga solib eriga yer ostidan suzilib boqdi. Sherqoʻzi ham labini yigʻishtirolmay kulib yubormaslik uchun choydan hoʻpladi. «He, noz qilmay oʻl-e», deb ichida xotinini soʻkdi.
— Ha endi, xudo birovni uzun, birovni qisqa, birovni katta, birovni kichik qilib yaratadi-da. Anavi teraklarni qara, ekkanimda hammasi birday edi. Suvi bir xil, yeri bir xil, lekin ikkita baravarini topib ber, qani? Hamma bir tekis boʻlsa, d…nyoning qizigʻi qolmaydi. Mana, sening boʻying ketgan… Bizniki shu, sal Lekin olmaga yetmasak ham, shaftolini uzamiz, ha! Yaratganning qudratini qara - ikkovimizni qoʻshib qoʻyibdi. Yo norozimisan? Norozi boʻlsang, ayt. Mana, Sunnat salangni qara – boʻyi tom baravar. Aqli-chi? Ellikka kirdi, hali ham valasapid minadi. E-e, kampir, dunyoning ishlari shunaqa…

Sherqoʻzi shu tariqa bir muddat va’z oʻqidi, butunlay tor-mor boʻlgan «kampiri» ham ora-sira hangomaga moy quyib, erining oyoqlarini uqalab oʻtirdi.

Er-xotin oralaridan hech gap oʻtmagandek, yana apoq-chapoq boʻlib ketishdi-yu, biroq Sherqoʻzining halovati yoʻqoldi. Qolaversa, xotinining gap ma’qullab, oyoqlarini uqalab oʻtirishida ham ma’ni koʻp. Mushtipar ayolda, ham erning, ham fa–zandning kunglini olmoqchi. Bu savdoning oʻrta bir yoʻlini topish kerak six ham kuymasin, kabob ham. Lekin erkatoy oʻgʻilni ahdidan qaytarib boʻlarmikan?

Kechqurun ukasi galstuklarini yaraqlatib, osmondan tushdimi, yerdan chiqdimi, bir-bir bosib eshikdan kirib kelganda Sherqoʻzi bir koʻza tilla topgandek suyunib ketdi: Sulton hech kimning gapini olmasa ham, amakisinikini oladi.
— Kel-e! Qaylarda yuribsan? Odamni sogʻintirib yubording-ku! Uka degan ham shunday boʻladimi? Uch oydan beri na xat, na xabar! Mundoq akam bor edi ham demaysan. Ishlaring qalay? Ranging olinib qolibdi. Charchadingmi? Imtihonlarinigdan qutuldingmi? Qachon bitirasan bu ishingni? Hech yoqlay deyapsanmi? Yoqla-e tezroq. Bizning koʻkrakka ham shamol tegsin! Ukamiz olim boʻldi, deb karillab yuraylik. Endi uylansang ham erta emas, Musaqulboy. Turgʻun sen bilan oʻqiganmidi? Yaqinda yana oʻgʻilli boʻldi. Oʻzi magazinchi, toʻrt oʻgʻilning otasi, burniga xoda yetmaydi. Bu yoqda, mana, Sulton akang ham uylanaman, akam yoʻlimni ochsin, deb turibdi. Kelin ham tayyor emish, ha. Toza oshiq-ma’shuq. Qoʻy-e shu ishingni, qiynalib ketding. Yo domlangning qiz-piziga koʻz tikib yuribsanmi? Mayli seniki toʻgʻri. Katta odamlar bilan qarindosh boʻlgan yaxshi. Mana, biz oʻqimadik. Lekin yangang bilan qozon-tovoq, uy-roʻzgʻon institutini gullatib yotibmiz. Endi qaynotaqaynanalikni imtihon topshirarkanmiz…

«Maskovdagi besh yilligidan ham katta oʻqishda domullolikka oʻqiyotgan Musoqoʻlboy» akasining pishib oʻtib ketgan shaftolidek tap-tup toʻkilayotgan savollariga sipolik bilan xushlamaygina ha-hu deb oʻtirdi. «Mashqi past - pul soʻrab kelgan-ov», deb qoʻydi oʻzicha Sherqoʻzi.

Aka-uka quyruq yogʻiga qilingan xushxoʻr palovni tushirib, soʻngra xoʻjabilmas qonuvnni huzur qilib yeyishdi, ustidan achchiq koʻk choyni bosib-bosib ichishdi. Sherqoʻzi «Ha, koʻrsatgan kuningga, yetkazgan martabangga shukur!» deb yonboshladi, nos otdi. Muso ham choʻntagidan tilla qogʻozli qutichani chiqarib, sigatera tutatdi.
— Musoqulboy, boshga bir tashvish tushib turibdi, uka, - deb gap boshladi Sherqoʻzi nosini tupirib, ogʻzini choy bilan chayib olgach - shu ukang, jiyan boʻlsa ham ukang-da endi… Kampir, oʻgʻling qayoqqa daf boʻldi?
— Mansur joʻrasining tugʻilgan kuni ekan. Oʻzingizdan soʻrab ketdi-ku, -dedi Karomat.
— Xah, tirmizaklar-ey! Tugʻilib nima karomat koʻrsatibdilarki, uni nishonlasa! - dedi Sherqoʻzi. - Mayli, borib kelaqolsin. Ishqilib ichkilikka oʻrganib ketmasa boʻldi… Musaqulboy, shu ukang yegan-ichganimni burnimdan buloq qilib oqizmoqchiga oʻxshaydi-da.

Musaqul akasiga hayron qarab qoʻydi.
— Kampir, bor, sen u-bu ishlaringa qara qozon-tovogʻingni yuvasanmi yo hamsoyalarnikiga oʻtib gap sotasanmi, ishqilib bizni xoli qoʻy, gapimiz bor, - dedi Sherqoʻzi.

Aftidan Karomat ularni hech xoli qoldirgisi yoʻq edi, shekilli, sinini buzmay:
— Oʻtiribman-da, - dedi.

Sherqoʻzi shu paytgacha gapini ikki qilmagan xotiniga oʻqrayib qaradi, ammo hech narsa demay ukasiga oʻgirildi:
— Toza charchadim, uka. Bir oʻzim boʻlsam, hali u deb yugur, hali bu deb. Bir yoqda kolxozning ishi, bir yoqda roʻzgʻor tashvishi. Ahvolimni koʻrib turibsan - bitta xotinga gapim oʻtmaydi. Ali desang, bali deb turadi. Ona-bola toza boshimga chiqib oldi. Mana, bir oyki, har kuni gʻalva: Sultonboyga xotin olib berish kerak emish! Oqshomlari uxlamay, koʻkragini zaxga berib yotadi. Bir-birlariga koʻngil qoʻyibdilar! Shu Ashirqulda bir qiz bor - xudoning balosi. Agar shuni olib bermasam, ona-bola meni tashlab, choʻlga qochib ketar emish, choʻlga!

Karomat angrayib qoldi. «Yolgʻon gapirguncha yorilib oʻlsangiz yaxshi-e», degandek yoqasini ushladi. Muso akasining gaplariga chippa-chin ishonib, yangasiga qaradi: «Shunaqami?» Karomat nimadir demoqchi edi, Sherqoʻzi imkon bermadi:
— Oʻtir-e! Men gapiryapman. Ermanmi senga! Ana shunaqa, uka, bir ogʻiz gapirish uchun bulardan ruxsat soʻrash kerak. Ait, desa - aytaman, yoʻqsa, tilimni tishlab oʻtiraveraman.

Muso juda tashvishlandi:
— Masala shu qadar jiddiymi?
— Nima, qulogʻingga tanbur chertayapmanmi? Jiddiy boʻlmasa, shuncha kuyib-pishamanmi?

Muso galstugini boʻshatdi, yana bitta sigareta tutatdi, rostdan ham akasining boshiga juda katta falokat tushganu, bunda faqat oʻzi xalaskor boʻlishi mumkindek, oʻychan qiyofada soʻz boshladi:
— Unda masalaga bunaqa tarzda bir yoqlama yondashib boʻlmaydi. Toʻgʻri, Sulton sal yoshroq albatta. Lekin kechalari uxlamay… Umuman, bu qadar qattiq sevib qolgan boʻlsa, koʻnglini sindirmaslik kerak. Keyin uning shakllanishiga yomon ta’sir etishi mumkin. Masala juda jiddiy. Chuqurroq oʻylash kerak.

Sherqoʻzining ensasi qotdi.
— Masala-pasalangni qoʻyib tur, uka. Undan koʻra Sultonga oʻzing ikki ogʻiz nasihat qilsang-chi. Seni «akam-akam»lab, soyangga sakkiz qavat koʻrpacha toʻshab yuradi - gapingni ikki qilmas.

Muso «jiddiy masala»ni hal etishning bunaqa oson yoʻli borligiga hayron boʻldi:
— Men-ku nasihat qilarman, biroq u... Sevgi degan narsa…
— Xoʻsh? - dedi Sherqoʻzi ukasining chaynalishiga gʻashi kelib.
— Bolaga javr boʻladimi, deyman…
— Men ham shuni aytaman-da, - dedi Karomat qaynisining daldasidan umidi uchqunlab.
— Unda nima qil deysan? - dedi Sherqoʻzi. Muso yana dudmal gapirdi:
— Har holda koʻngil masalasi…
— Uylantirib qoʻyaymi? - dedi Sherqoʻzi qizishib. - Nonni nanna deb yurgan bolani-ya?

Muso kiftini uchirdi:
— Bilmasam. Sherqoʻzi davom etdi:
— Uylantirib qoʻysam-da, hafta oʻtmay: «Ota, bunisi yoqmadi, oyogʻi ingichka ekan, boshqasini olib berasiz», desa, yo: «Kulishi bizga toʻgʻri kelmadi, yaxshi kuladiganini topdim», deb qolsa, unda nima qilaman? Mening qiz fabrikam yoʻqki, bu ona-bolaning koʻngliga toʻgʻri keladigan, andazasiga tushadiganidan chiqarib beraversam!

Musoning birdan oʻjarligi tutdi:
— Demaydi! Men kafilman - demaydi. Muhabbat - sizga oʻyinchoq emas. Bu… Oʻzingizning oʻgʻlingiz boʻlsa ham, tuygʻularini oyoqosti qilishga haqqingiz yoʻq!

«Ie, bu balo qaydan chiqdi?», deb qoʻydi Sherqoʻzi koʻnglida.
— Ey, menga qara, kallang joyidami oʻzi? - dedi u ich-ichidan xuruj qilib kelayotgan jahlini bosishga tirishib.

Bu gap Musoga achchiq qamchi boʻlib tegdi va u shu paytgacha qamchi koʻrmagan asov argʻumoqdek koʻtarilib ketdi:
— Kallam joyida, juda joyida! Qani…
— Kallangiz joyida boʻlsa, oʻzingiz uylantirib qoʻya qoling! - deb Sherqoʻzi birdan sizlashga oʻtdi.

Musoga akasining kinoyasi juda ogʻir botdi, shuncha vaqt uning gaplaridan rangi chiqmay yurgan odam, birdan isyon qildi:
— Boʻpti! Oʻzim uylantirib qoʻyaman! Nima, qoʻlidan kelmaydi, deb oʻylayapsizmi? Keladi! Toʻy-poʻy deb oʻtirmay ikkalasini ham Moskvaga olib ketaman, oʻqitaman. Stependiyamni shularga berib, oʻzim vokzalda yuk tushirsam ham, kunimni koʻraman.

Sherqoʻzining zahrasi uchdi: «E, bu qipqizil tentak ekan-ku!». Lekin, bari-bir tilining qichigʻini bosolmadi:
— Hm… mayli uylantirig. Sizga ham farz - ukangiz. Men oʻlib, netib qolsam, albatta uning boshini silashingizga toʻgʻri keladi. Lekin hozir qaysi pulchalariga uylantiradilar? Mullajiringni qaydan topadilar, mullajiringni?

Topaman! - deb tursaydi Muso.

Oldin oʻzlariga xotin topsinlar! Olti yildan beriki,

odamla…ning ichidagi gaplarni topish toʻgʻrisida kitob - dasturilamal yozyaptilar (Dissertatsiyasining muvzuini Muso har kelganida akasiga dehqoncha qilib qaytaqayta tushuntirib qoʻygan edi.) Biron bir qizning ham koʻnglini tekshirsalar boʻlarmidi, zora, oʻzlariga mayl bildirgan chiqar…

Muso qanday guvlab koʻtarilgan boʻlsa, shunday shuvillab tushdi:
— Mening uylanishim bilan ishingiz boʻlmasin! Uylanarman ham. Ogʻirligi sizga tushmaydi. - U lablari titrab, akasiga yovqarash qildi. Sherqoʻzi haddidan oshganini sezdi, bundan oʻzi ezildi. - Aka boʻlaturub sizdan shu gap chiqdimi… boʻpti! Bopladingiz! Endi oʻgʻil uylanti…asizmi yo oʻzingizga yana bitta choʻri olasizmi, aralashmayman. Bundan keyin - Muso gapini oxirigacha aytmay qoʻl siltadi-da, sapchib joyidan turdi.
— Iloyo, oʻgʻil tugʻmay men oʻlay! - deya Karomat hoʻngillagancha yigʻlab yubordi.

Sherqoʻzi indamay yerga qarab qoldi; ukasi eshikni qars urib chiqib ketgach esa, juda-juda xoʻrligi keldi: shu kitobxoʻr, savdoyi ukam ham odam boʻlsin, peshonasiga oftob tegsin, deb topgan-tutganini ayamaydi; joʻnaganida doim mashinasiga oʻtqazib, shahardagi vokzalgacha chiqarib qoʻyadi shu yil koʻklamda kiyimlarining unniqib qolganini koʻrib, begona yurtda – doʻstu dushmanning ichida koʻngli choʻkmasin, deb, jigari-da, yuz ellik soʻmga (shuncha pulni qaysi mard yeb ketarga beradi!) ustidagi kostyumni olib berdi; mana oqibati - itday qilib ketdi! Xotinini choʻriga teng qildi. Bir ogʻiz gapiga!
— Oʻchir uningni! - deb oʻshqirdi u hamon oʻksib-oʻksib yigʻlayotgan xotiniga. Oʻchir, deyapman!

Karomat unini oʻchirib, piqillashga oʻtdi. Sherqoʻzi ukasining hamon oʻchmay, likopchada tutab yotgan sigaretasiga termulib, oʻzini bu olamdagi eng baxtiqaro odamdek his etdi, chuqur xursindi:
— Soʻrovdingmi, bu bodi necha kunga kelgan ekan? Karomat yelkasini qisdi.
— Qanaqa merov xotinsan? Soʻrab olmaysanmi, axir? - deya Sherqoʻzi doʻppisini qiyshaytirib, gardanini qashladi. - Bugun buqaga yem berdinglarmi?

Karomat bosh irgʻab, «Hi-iy» degan tovush chiqardi, bu «Ha», degani edi.

Shu tunni Sherqoʻzi qush uyqusida oʻtkazdi. Oʻgʻlining yarim kechasi gandiraklab kelganini, yotgandan soʻng ham koʻngli aynib, uch marta tashqariga otilib chiqqanini koʻrsa ham, indamadi. Oʻylagan oʻylarining toʻgʻriligiga ishonch hosil qilib, ertalab dili ravshan tortib turdi. Ikki chaqirimcha naridagi uchastkadan xabar oldi. Kecha taralgan suv hali etakka yetmabdi. Tekis yer-da, suv yurishi qiyin, lekin gʻoʻzalar qonib ichadi. Sherqoʻzi u yer-bu yerdagi yuvilayozgan quloqlarga chim bosib toʻgʻriladi-da, uyga qaytdi. Kelsa, koʻzlari qizarib, rangi olinib qolgan Sulton qatiqni qoshiq bilan kavlab oʻtirgan ekan, otasini koʻrib boshini ham qildi; kecha ichgani uchun undan achchiq-tiziq dashnom kutdi. Ammo Sherqoʻzi buni oʻgʻlining yuziga solmadi - u boshqa fikrlar bilan band edi.
— Boʻldingmi? - dedi u. - Qani, boltani ol.

Ota-bola hovliga chiqishdi. Sherqoʻzi qaysi teraklarni yiqitish kerakligini bir boshdan koʻrsatib turdi. Sulton esa bolta bilan kaftdek poʻstlogʻini uchirib belgi qilib boraverdi.
— Yigirmata, - dedi Sherqoʻzi. - Yetadi. Yiqitib, butaysan-da, poʻstlogʻini shilasan. Koʻzingga qara, elektr simiga yonboshlatib qoʻyma tagʻin. Daraxt bolta urgan tarafga qulaydi, esingdan chiqmasin. Ailantirib gʻajib tashlama, bir tomonidan chop. Bunga ikki kun ketadi. Keyin mana bu eski ogʻilni buzib, oʻrnini tekislaysan. Bironta shopir bilan togʻdan besh-olti moshin tosh tashiysan. Biron tonna semon, uch mingta gʻisht quyasan. Ogʻilning oʻrniga, keyin tashib qiynalmaysan-da. Terishiga, mayli, oʻzim qarashaman, ammo boshqa hamma ishni oʻzing qilaman, oʻrgataman. Uch uy, bittasi mana bunaqasiga tushadi. Bu yogʻi ayvon. Imoratni quling oʻrgilsin qilib bitirasan, ana undan keyin - toʻy. Kelinni yangi uyga tushirmasak uyat boʻladi, hamma shunday qilyapti. Sening boshqalardan kam joying yoʻq. Oʻzing qara, shu choldevorga kelin obkelib boʻladimi? - U poydevori yerdan bir quloch koʻtarilgan, derazalari uch tavaqali, tomi shifer bilan qoplangan, oqlangan besh xonali imoratga ishora qildi. - Senga yangi uy kerak. Bi

Sultonning qoʻlidan bolta tushib ketay derdi.
— Bunaqada… uch yilda ham… - deya oldi u.
— Ha? Uylanish - olma pish, ogʻzimga tush emas. Agar bu ishlarni ertaroq bitiraman, pulni bir oyda topaman, desang ham - ixtiyoring. Men choʻzib oʻtirmayman. Yoki, shuncha vaqt meni kutib oʻtirmaydi, deb qoʻrqayapsanmi? Kutadi, yaxshi koʻrsa - kutadi. Sen yangi uyga tushirib olaman desang, obroʻyi-da, qaytanga boshi osmonga yetadi. Yo yaxshi koʻrmaydimi?

Sulton yerga qaragancha qizarinib gʻuldiradi:
— M-m, nega endi…
— Boʻpti-da, - dedi Sherqoʻzi. Biroq Sultonning savoli bor edi:
— A, kelasi yil oʻqishga borasan, degan edingiz-ku?

Sherqoʻzi bunaqa anqov bolani endi koʻrayotgandek, juda «hayratlanganini» bildirib:
— Ana xolos! - dedi. - Qanaqa oʻqish? Esingni yeb qoʻydingmi, oʻgʻlim? Boʻyningga ola xurjun tushayapti-yu, sen oʻqish deysan. Xotiningni kim boqadi? Senga kim har oyda yetmish-sakson soʻm joʻnatib turadi? Bularni oʻylaysanmi?

Sulton boʻzarib ketdi.
— He, sodda bolam! Xotin deb oʻlib-tirilib pul yigʻasan, tushurib ham olasan. Toʻydan keyin uch-toʻrt hafta chillang chiqquncha yashinmachoq oʻynab, quvlashib ham yurasan. Keyin… boshlanadi - roʻzgʻorning unisi kam, bunisi kam. Bir vaqt qarabsanki, sevgi degani donga qoʻngan chumchuqdek pir-r etib uchib ketdi, uning oʻrniga esa xotining toʻrt-beshta churvaqani qatorlashtirib tugʻib tashlabdi. Shundan keyin dod sol, baqir, qayda - yoshlik qaytmaydi, yashinmachoq ham yoʻq. Bolalaring katta boʻladi, qoʻlini halollash kerak uylantirish kerak. Ular-ku hech narsaning tashvishini tortmay unib-oʻsaveradi, ammo sening boʻyningda - bir umrlik boʻyinturuq!

Sherqoʻzi oʻgʻliga zimdan razm soldi: Sultonning rangi oʻchib, shalvirab qolgan edi.
— Qanaqa qilib oʻqiysan? Ularni qishloqda qoldirib, oʻzim ketaman desang, bolalaring: «Otajon, bizni tashlab qayga borasiz», deb bigʻillab etagingga tarmashadi, xotin yoqangdan ushlaydi, sen qayda boʻlsang men ham oʻsha yerda, sensin bir kun kam yashamayman, deydi. Yaxshi koʻrgandan keyin shunaqa-da. Seni yeru koʻkka ishonmaydi. Shahardan birortasini topib oladi, deb qoʻrqadi. Joʻralaring oʻqiydi, bitirib kelib yogʻliq-yogʻliq joylarni egallaydi. Yana oʻqiyman degani Muso amakingga oʻxshab Maskov, Leningrad, Kiev degan yurtlarga boradi, dunyo kezadi. Sen esa birimni ikki qilay, chirqillab yotgan bolalarimning ogʻziga biron yegulik tiqay, deb, xotinning etagidan chiqolmay, shahar nima, sayohat nima, tomosha nima - bilmay oʻyin-kulgidan, dunyoning gashtidan bebahra oʻtib ketasan. Doim shu qishlogʻing, vagʻ-vugʻ yigʻlayotgan bolalaring, shu qora ketmon… Mayli, nima qilasan endi, uylanaman, deb soʻz berib qoʻygansan, ustidan chiq. Chidaysan-da endi, - deya Sherqoʻzi, goʻyo oʻgʻli allaqachon uylanganu hozir otasig

Sherqoʻzi uylanishning «qora» manzarasini oʻgʻliga aniq-ravshan chiqib berdi, misollar bilan tushuntirdi, kuyinib uqtirdi, unga juda achindi, bunday mushkul ahvoliga oʻzi madad boʻlolmasligi uchun taassuf bildirdi: uylangandan soʻng har kim ham, agar u erkak boʻlsa oʻz aravasini oʻzi tortishi kerak. Oʻzi esa boshqa narsalarni oʻyladi: ogʻilni yiqitib, oʻrnini tekislashga vaqtii yoʻq edi - ayni muddao; lekin teraklarga jabr boʻladigan boʻldi-da. Xdy mayli, yiqitib, archib, yaxshilab tahlab qoʻyilsa, birontasi soʻrab qolar. Ana Sohibnazar aka bu yil imoratini boshlamoqchi, bolor izlab yuradimi, keladi-da. Boʻlmasa, ustiga qora qogʻoz yopsa, nam oʻtmaydi, qurib yotadi. Oʻzi ham vaqti keldi - yana bir yil qirqilmasa, oʻzagi chirib qoladi.
— Ha, peshanangdagini koʻrasan-da, oʻgʻlim. Q,lga tuflab olib, bismillo, de, ishni boshla. Boltani terakning tubidan ur, tunkasi yer barovar qolsin. Men onang bilan maslahat qilay-chi, keliniga kiyim-kechak toʻgʻrilaganmikin. Bu ham katta gʻalva - qirqta koʻylak qoʻyish kerak. Har biri yuz soʻmdan kam emas. Tavba, yaxshi koʻrganingdan keyin janda-junda ham boʻlavermaydimi? Yoʻq, bu zamonning qizlariga kamida poshshoning malikasi kiyadiganidan topish kerak. Ilgari odamla… bir qop juxori, uch gaz chitmi, boʻzmi, shu bilan xotin tushirib olgan. E-e

Sulton har biri quchoqni toʻldiradigan teraklarning avval tubiga, soʻngra uchiga mungʻayib qaradi, nazarida, ular bulutlarga tutashib ketgandek edi. Sherqoʻzi esa oʻgʻlining uylanishiga ruxsat berib, otalik burchini oʻtagan, ammo uning boshiga tushgan fojiadan gangib qolgan odamdek yelkasidan bosib turgan yukni bazoʻr koʻtarib, ogʻir-ogʻir qadam tashlagancha joʻnadi, yoʻl-yoʻlakay kaftini toʻldirib nos otdi.
— Soʻrab keldim, - dedi Karomat erini koʻrgan zahoti. - Bugun kechqurun ketar ekan.
— Xafami?
— Ha, xiylagina, - deya Karomat erining ogʻziga termildi.
— Puldan oʻnta oʻn soʻmlmk olib chiq. Yap-yangi, shaldirab turganidan! -deb buyurdi Sherqoʻzi.

Muso akasini koʻrib qovogʻini uyub oldi, koʻrishmadi ham. Sherqoʻzi esa oʻzini juda gʻarib tutdi, ukasi salomlashmasligini bilsa ham qoʻlini choʻzdi.
— Otam qani? - deb soʻradi.
— Xatmga ketdi, - deb toʻngʻilladi Muso.
— Biyim-chi?

Muso teskari oʻgirilib oldi:
— Bilmayman!
— Qayoqqa ketdi ekan, a? - dedi Sherqoʻzi kampir onasida juda zarur ishi bordek.
— Kelin axtarib ketgan. Menga! - dedi Muso.

Sherqoʻzi yoʻtalib qoʻydi, tomoq qirdi, «Eh-e, kecha toza tegib ketgan koʻrinadi. Pulingiz kerak emas, deb boyvachchalik ham qilsa kerak», deb oʻyladi.
— Ha, uka, mening ham kunim bitganga oʻxshaydi, - dedi Sherqoʻzi dabdurustdan yigʻlamsirab. Atay burnini ham tortib qoʻydi. - Mazam yoʻq, uka, mazam yoʻq. Shu yil qishda oʻpkani oldirib qoʻyganga oʻxshayman.

Muso akasiga ishonqiramay qaradi, indamadi.
— Koʻklamda, rengin keluvdi… - Sherqoʻzi gapining davomini aytmay, xuddi hozi– , ayni damda bu dunyo bilan xayrlashayotgan odamdek «olis-olislar«ga shiftning burchagidagi oʻrgimchak uyasiga cheksiz qaygʻu bilan termildi: «Tavba, ming xil jonzot bor-a, shu ham kun koʻrsa kerak-da endi».

Muso lakqa tushdi.
— Xoʻsh-xoʻsh?
— Otamga aytolmay yuribman. Dogʻimni koʻtara olmaydi, deb qoʻrqaman. Ilinib turgan boboy narsa, yiqitib qoʻyamanmi, deyman-da. Mendan oldin qayga borasan, sendan oldin men ketishim kerak, deb… Ey xudo, senga nima yozigʻim bor ediki, otamdan ilga…i meni olsang! Sen Maskovda, mushtipar singillarim oʻz roʻzgʻori bilan Men bunaqa qiya boʻlib ketsam, boboyning ogʻziga kim suv tomizadi? Kim hassa ushlab, «Voy, otam»lab turadi? Hammangning yoʻlingga termilib koʻzi ochiq ketadigan boʻldi-da otam bechora… - Sherqoʻzi buni aniq tasavvur qildiyu gapiga oʻzi ham ishonib, birdan oʻpkasi toʻldi, koʻzlaridan tirqirab yosh keldi. Musoqulboyning ham iyaklari qaltirab qoldi.
— Ha, sh–rlik otam! Yetmishga chiqqanda bu koʻrgiliklar ham kutib turganmidi! Sherqoʻzi kafti bilan koʻzlarini artdi. - Uka, bu gapni ogʻzingdan chiqara koʻrma lekin. Zinhor bazinhor! Ayniqsa, boboyga.

Endi Musoning koʻzlari yoshlandi:
— Nima, doktorlar aniq kasalga chiqardimi? Sherqoʻzi choʻchib ketdi-da, yolgʻonini andavalashga oʻtdi:
— Hali aniq emasku-ya, lekin shu Xoʻjam hech natijasini aytmaydi-da. Koʻrsa, indamaydi. Oʻzim soʻrashim - nokulay.
— Soʻrash kerak-da, axir. Negativini koʻrsatsin. Qanaqasiz, odam ham oʻz sogʻligiga shunchalik beparvo boʻladimi?
— E-e, sen ham qiziq ekansan, - dedi Sherqoʻzi. - Agar sil kasalsan, desa, odamlar men bilan bitta piyoladan choy ichmay qoʻyadi. Oshna-ogʻayniga toʻy-ma’rakaga aralasholmay qolaman…
— Nu i nu! - deya tutab ketdi Muso. - Toʻy-ma’raka emish! Gapni qarang! Boʻpti, soʻramang, odamlar sizni toʻydan kaltak bilan quvlab chiqaradi. Lekin gap bunday: hoziroq, yoʻq, bugun kechqurun men bilan joʻnaysiz! Moskvada sizni oʻzim tekshirtiraman. Sizni qishloq vrachlari emas, akademik… professorlar koʻradi.
— Qoʻy-e, oʻzim bir balo qilib tuzalib olarman, - deb qoʻl siltadi. Sherqoʻzi, «Oʻttizga chiqsa ham buning hovliqmaligi qolmabdi», deya oʻylarkan. - Balki… hech gap yoʻqdir. Oʻzim vahima qilib yurgan boʻlmayin tagʻin. Meni Moskvaga olib borsang-u, soppa-sogʻ chiqsam, sen akadim, prapesirlaring oldida qizarib… Lekin shu har zamonda «Oʻh-hoʻ-oʻ», deb yoʻtalib qoʻyaman-da.

Muso Moskva kasalxonalarining bu yerdagidan ming karra afzal ekanini isbotlab, oyoq tirab turib oldi. Sherqoʻzi koʻnmadi, «Roʻzgʻor, bola-chaqamni tashlab, Maskovda tentirashim yetmay turuvdi», dedi. «Ana shu qoloqligingiz bilan oʻz boshingizga yetasiz!» deb xitob qildi Muso. Sherqoʻzi gapni aylantirdi, chuvalatdi-chiyratdi, oxiri Muso akasining hech qanaqa kasal-pasal emasligiga qanday ishonganini bilmay qoldi. U boplab chuv tushganini sezib, jahli chiqa boshlagan edi, Sherqoʻzi mavzuni mutlaqo boshqa tomonga - Musoning bolaligiga burib yuborib, kuldirdi: Muso toʻrt yasharligida «Nazirani olaman», degan emish. «Uni olib nima qilasan?» – deb Sherqoʻzi soʻrasa, Muso oʻylab turib-turib: «Oʻpaman», - degan emish.

Muso boshini orqaga tashlab qahqah otgan paytda Sherqoʻzi segingina uning oldiga pulni qoʻydi. Musoning qahqahasi ogʻzida, tizzalariga shapatilamoqchi boʻlgan qoʻllari koʻtarilganicha qoldi:
— Iya, bu… qanday boʻldi? - dedi oʻn soʻmliklardan koʻz uzmay.
— Ha endi, choy puli qilarsan, - dedi Sherqoʻzi jilmayib. Musoning yuziga mamnun bir tabassum yoyildi:
— Kechagidek tezlashib tursak boʻlar ekan-ku.

Chamasi biror soatlardan soʻng Sherqoʻzi oʻsha chorpoyada yonboshlagancha, «Bizni tashlab qayga ketdi…» deb xirgoyi qilgancha xayol surib yotardi: »Hamma ishning chappa aylanib ketishiga sal qoldi-ya… Musoqulboy bu yil yoqlarmikan? Kitob yozish shuncha qiyin ishmi, a? Ha, odamlarning ichidagini bilish oson emas-da. Heh-he, «Tuygʻularini oyoqosti qilishga haqqingiz yoʻq» emish. Ol-a! Ha, mana tuygʻularini oyoqosti ham qilmadik, katta yoʻl ham ochib berdik. Qani, bu kishining tuygʻuchalari necha kunga chidar ekan? Yigirmata terakni yiqitishni bir haftaga choʻzadi. Keyin ogʻilni yiqitganda bir changib bersin, bir changib bersin! «Ota, bu...ni bir yedim, ikkinchi yemayman, oʻqishga boraman», deb chopib keladi oldimga. Ishlarni sanab berganimda koʻzi chiqib ketdi-yu, yana bu kishi xotin olarmishlar. Shu Sohibnazar akaning sakkizinchiga oʻtgan qizchasi qoʻgʻirchoqdekkina boʻlibdi-da. E, tavba, umr juda tez oʻtadi-ya! Sohibnazar aka birinchi xotinini tugʻmasligi uchun qoʻyib yuborgani xuddi kecha edi. Mana, qizi boʻy yetib qolibdi. Onasi juda pokiza ayol. Sultonboyni bir amallab oʻqishga joylashtirsak, ikki-uch yilni oʻtkazib shu jamalaksochga bir ogʻiz solib koʻramiz-da».
— Karom, choy-poying bormi? Ey, bu oʻzbekning roʻzgʻori…

Shu payt Sherqoʻzi soʻrining suzma osilgan ayrisiga qoʻnib turgan kechagi olashaqshaqni koʻrib qoldi.

Bungacha Sultondan hamma gapni oqizmay-tomizmay bilib olib, labini tishlab qolgan Karomat damlab, tindirib qoʻygan choyini koʻtarib chiqqanda Sherqoʻzi olashaqshaq bilan qizgʻin «suhbat» qurgan edi:

— Ha, choʻqi, choʻqi! Shu chakki xaltani sen uchun osdirib qoʻyibman. Qachon bu arzanda olashaqshagʻimiz keladiyu teshib ketadi, deb kechadan beri yoʻlingda koʻzim toʻrt. E, bugun mashqing pastroq? Nega shaqillamaysan? Shaqilla, yana bir eshitaylik. Armoning qolmasin. Shaqilla-da-e…