OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAhmad A’zam
Asar nomiOyning gardishi (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Ahmad A’zam
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm42KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/02/13
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Oyning gardishi (hikoya)
Ahmad A’zam

Otasi uni hech qachon urmagan, hatto chertmagan ham, lekin qattiqroq gapirganda, u boʻynini qisadi, yelkalarida titroq turadi.

Otasi u qadar, kishi yuragiga vahm soladigan haybatli, devqomat emas, hamma qariyalarga oʻxshagan oddiy moʻysafid, faqat boʻyi balandroq, yoshi oltmishdan oshgan boʻlsa-da, qomatini tik tutib yuradi.

«Otang ilgarilari koʻp qiynalgan. Karimovlar xoʻp azob bergan, majlislarda tikka qilib doʻq urgan», deydi onasi. U esa otasiga birovning tik gapirishini koʻz oldiga keltirolmaydi. «Salohiddin akanglar senday paytlarda otang shoʻrlik…», deya hikoya qilishga tushadi onasi. U jon qulogʻi bshgan tinglaydi-yu, otasining «shoʻrlik» boʻlganiga ishonmaydi. Uningcha, otasi «oʻsha paytlarda» ham hozirgidek, qaerga bormasin, hamma peshvoz chiqqan, qaerga kirmasin, hamisha toʻrdan joy olgan. Hatto Xudoyqul guppi kabi ogʻzikattalar ham otasining oldida tilini tiyib qoladiyu...,

Otasi biron kimsa bilan urishmagan, san-manga bormagan boʻlsa-da, qishloqdagilar undan hayiqadi, hayiqish aralash hurmat qiladi.

Uning yelkalariga titroq yugurdi.
— Miyang xatomi sening?! Ikki bogʻ oʻt deb Bulungʻur yoqaga borasanmi! Falokat bosib suvga tushib ketsang...

U boshini koʻtarmaydi, oyoqlari qaltirab ketadi,
— Orziqul bobongning chaylasi oldidagi oʻt belga uradi. Oʻsha joyga bor! Oʻroqqa boxabar boʻl, yana oyoq-poyogʻingga sanchib olib... Seni koʻtarib doʻxtirma-doʻxtir chopib yurmayin.

«Oʻsmaydi ham, toʻlishmaydi ham,— deb tashvishlanadi chol.— Rangida rang qolmabdi-ya».

«Bir shapaloq ursa bormi, yerparchin boʻlib ketsam kerak,— choʻchinqiraydi bola.— Otning sagʻrisiga bir mushtlab, sulaytirib qoʻygan-a!»
— Nega oqshom yana sahargacha oʻqiding?
— Qiziq kitob edi-da.
— He, kitobing bilan qoʻshib... Qiziq deb xonumonimga oʻt qoʻymoqchimisan?

U hayron boʻlib otasiga bir qarab qoʻydi.
— Uxlab qolibsan. Kitobing surilib, chiroqqa tegay-tegay deb turibdi. Uyqusirab turtib yuborsang, omin, ollohu akbar, hammayoq yonib ketadi. Eng birinchi oʻzing yonasan kitobing bilan birga.

«Demak joyimga koʻtarib oʻtkazgan ekanlar-da»

U oʻzini bir zum otasining quchogʻida tasavvur qildi. Dimogʻiga qariyalarga xos achqimtil ter hidi urilgandek boʻldi. Yigʻlagisi kelib burnini tortib qoʻydi.

«Bunga ham qiyin. Shuncha mol-holni bir oʻzi eplaydi. Tong-sahardan uygʻotaman. Dashtda bir oʻzi, kitobdan boshqa ovunchogʻi yoʻq...»— Cholning rahmi keldi, endi yotigʻi bilan gapira boshladi:
— Birov seni majburlayaptimi, dunyodagi hamma kitoblarni oʻqiysan, deb. Darsingni beshga oʻqisang boʻldi-da. Ertadan-kechgacha Bulungʻurnnng loyqa suvidan chiqmaysan, oqshomi bilan kitobga shoʻngʻiysan.

Bolaning xoʻrligi keldi: «Axir choʻmiladigan bitta men emas-ku».
— Nega maktabning olmasidan oʻgʻirlading? Ana, chorvogʻda meva-cheva toʻlib yotibdi-ku. Kuning xom olmaga koldimi! Shunaqa koʻzi och boʻlasanmi, valad!

«Bular-ku begunoh norasida, oʻgʻrilikning ma’nisini qaydan bnlsin,— deb gʻashlanadi chol.— Bir tishlab tashlab yuborishadi. Shuni «Ha unday, ha bunday, bolann boshdan tergash kerak, boʻlmasa oʻgʻri boʻlib ketadi», deb hovliqqanini qara. Voy dono-e! Oʻzing-ku bir institutni oʻn yilda zoʻrgʻa bitirding, endi odam qatoriga kirib, boshqalarga aql oʻrgatadigan boʻlib qoldingmi!»
— Ikkinchi marta shunaqa gap eshitsam, oʻsha olmaga oyogʻingdan osaman. Bir kamim sen tufayli...

U qarshilik koʻrsatmaydi. Yigʻlamaydi ham. Otasi uni yetaklab borib, olmaga... oyogʻidan osadn! Shunda Abdualim kelib bir chetda, ajab boʻpti, degandek tirjayadi. Yoʻq, yoʻq! Hech kim kelmaydi. U hammaning esidan chiqadi. Osilnb turib-turib, oxiri, oʻpkasi ogʻziga tiqiladi-da, oʻli-ib qoladi... Hamma yigʻlaydi. Qosim muallim ham juda pushaymon boʻladi, «otasining bunchalar zolimligini bilganimda, oʻgʻirligini aytmasdim», deydi. Odamlar afsus bilan bosh chayqashadi: «Qanday a’lochi edi! Qish boʻyi qirqta kitob oʻqigan edi. Hay attang, borib-borib zoʻr odam boʻlar edi-da! Otasining diydasi qattiq ekan, shunday oʻgʻilni-ya!» Onasi oʻzidan ketib qoladi. Otasining koʻzlaridan duv-duv yosh oqadi: «Yo parvardigor, qanday gunoxi azimga botdim! Oʻrniga mening jonimni olu tiriltirib ber! Mayli, hech ish qilmasin, kunboʻyi kitobdan bosh koʻtarmasin. Velosiped ham olib beraman». U hammasini eshitib yotadi. Lekin mulla «Saloti janoza-a», deyishi bilan quloqlari chippa bitadi. Oʻrnidan turmoqchi boʻladi, lekin...
— E, sal gapga koʻzingning suvnni oqizasan. Qanaqa noshudsan oʻzi! Artma yenging bilan. Qara, yaltirab ketibdi. Hayf-e senga koʻylak! Semiz-semiz kitoblarni oʻqiysan-u, burningni yenging bilan artasan.

«Sal qattiqroq gapirsang koʻzida yosh tayyor turadi-ya, tavba», deb xunob boʻladi chol,

Hushtak tovushi eshitildi — Abdualim. Chol miyigʻida kuladi:
— Ana bulbulchang sayrayapti, oʻtga ketdik, deb. U boshini burgancha piqirlab kulib yuboradi.

Chol yengil tin oladi: «He, bir kun odam boʻlar-da, bu ham».
— Bormay qoʻya qol, shuncha yoʻlga bir oʻzing borasanmi, oʻzi keladi otang, — deb uni yoʻldan qaytarmoqchi boʻladi onasi.
— Qari odam-a! Qorongʻida turtinib yuradimi Axir, charchab qoladilar.
— Charchamaydi, hali otday. Qaridim, deb qoʻrqitadi-da. Eh-he, hali otang...

Uning jahli chiqib onasiga baqiradi:
— Boʻldi-e! Hamma ishga aralashaverasizmi!
— Yopirim-ey, bu kishining otalariga oʻxshab zugʻum qilishlarini. Achchiqchalari burunlarining uchida turadi. Yana yarim yoʻldan yigʻlab qaytmagin.
— Patinkam qani, deyapman sizga!
— Ana turibdi-ku, burningning tagida.

U shunday oyogʻi tagida yotgan botinkasini koʻrmaganiga izza tortadi, lekin sir boy bermay pishillab kiyina boshlaydi.
— Bir burda non olgin yoʻlga.

U ensasi qotib onasiga oʻshqirib bermoqchi boʻldi-yu, lekin uch chaqirimlik yoʻlni, boradigan joyi qabriston yonida ekanini oʻylab, bir burda nonni qoʻyniga soladi.

Yulduzlar xira yaltiraydi.

Yoʻl olachalpoq oydin. Eshak bir tekisda yoʻrgʻala bormoqda.

U ortiga oʻgirilib, eshak dupuridan koʻtarilgan changning havoda erinchoq turib qolishini kuzatadi.

"Chang tuproq orasida siqilganidan oqarib ketgan havomi yoki tuproqning maydasimi? Changda qolganingdan soʻng tupursang, burningni qoqsang, loy tushadi — tuproqning maydasi boʻlsa kerak-da.

Qorongʻida hamma narsa jimib qoladi-ya. Qiziq, odam ham qorongʻida qoʻrqadi. Axir oqshom ham quyoshi yoʻq kunduz-ku, faqat quyoshning oʻrniga oy chiqadi.

Oyning nuri nimadan, mayda oqish changga oʻxshagan boʻyoqmi? Havoni, yoʻlni shu rangga boʻyagan. Soyalar qora, chunki ularni oydan daraxtlar toʻsgan. Nega oy daraxtlarni ham oqish rangga boʻyamagan? Ularning yashil tusi oy boʻyogʻi ostida qolib ketmaydimi? Xuddi suyuq rang surtilgandek yaltiraydi. Soyasi bilan qoʻshilib usti yaltiroq, tagi chirigan, qoramtir pichan gʻaramiga oʻxshaydi. Kunduzi quyosh sochgan nurlar oqshom qayga yoʻqoladi? Bordi-yu, kechasi ham kunduzgidek yorugʻ boʻlsa-da, quyoshning oʻrniga oy chiqib tursa. Yoki hech ham kun botmasa. Juda alomat boʻlsa kerak».

Eshak toʻsatdan burildi. U eshakdan agʻanab tushay dedi. Egarining qoshini mahkam changallab, qoʻrquv bilan yoʻlga tikildi. «Nimadan hurkkan ekan, ilonmi?»

Dumaloq soya yoʻl chetidagi oʻtlarga tomon gʻimirlardi: «E, tipratikan ekan-ku».

Bolaning kulgisi qistadi.

«Oyning soyasiga oʻxshaydi-ya... Oy Yer bilan Quyosh orasiga kirganda soyasi yerga tushadi. Muallim aytgani toʻgʻri-yu, lekin soyasi buncha bahaybat? Oyning soyasi tipratikandan sal kattaroq boʻlmaydimi?»

Bir marta quyosh tutilgani uning zsiga tushdi. Hammayoqni qizgʻish qorongʻilik bosgandi oʻshanda. Onasi uning qoʻliga choʻp tutqazib, «togʻorani dangʻillat», degan edi.

«Oyim qoʻrqqan edi, Abdualim ham. Oʻshanda hamma qoʻrqqanday edi. Oyning soyasidan ham odam qoʻrqadimi?»

Chorrahaga kelganda eshak sekinladi, quloqlarini salanglatib, xirt etib qoʻydi.

«Ha, jonivor-ey, qayoqqa burilay, deb soʻrayapti».

U xalachoʻpni koʻtardi-yu, lekin eshakning boʻyniga urmadi, toʻgʻriga degan ma’noda noʻxtaning ipini siltadi. Eshak yana oʻsha maromda yoʻrgʻasini bosh-ladi. -

Bolaning xayollari boyagi izidan chiqib ketdi.

«Eshakka buncha katta quloqning nima keragi bor, a? Odamlarga oʻxshab shivirlab soʻzlashmasa. Hangrashini quloqsiz ham eshitish mumkin. Odam shuncha trvushlarni eshktadi-yu, lekin qulogʻi kichkina. Eh-he, oʻylab qarasa, bir-birining gaplari, qushlar sayrashi, mashinalar gurillashi, traktorlar tarillashi, shamol shuvillashi, aravaning gʻiyqillashi, zshikiit-gʻijirlashi, radio, qoʻshiq... Voy-boʻ!»

U daf’atan uydan chiqqandan beri hech narsa eshitmayotganini sezib qoldi. Hatto eshakning dupurini ham eshitmay kelaveribdi. Buni oʻylashi bilanoq atrofdagi barcha ovozlar shiddat bilan uning qulogʻiga yopirildi: chigirtkalar chirillashi, itlar hurishi, traktor tovushi, kimdir varanglatib qoʻygan ashula, uzoqdagi Bulungʻur arigʻi bandining shovullashi, hatto ostidagi egarning zorlanib gʻichirlashi— hamma-hammasini birdan aniq eshita boshladi. Butun borliq shatur-shutur qilib nafas olayotgandek.

U sokin tuyulgan sut oydinda buncha koʻp tovush borligiga shunchalar ajablandiki... ma’lum muddat shu tovushlar bosimi ostida, ogʻzini yarim ochgancha, hech narsani oʻylamasdan, barcha ovozlar bilan birga; oʻzining xam pishillab nafas olishini tinglagan| koʻyi egarda qotib ketaverdi.

Oʻzi sezmagan holda asta-sekin xayolga berildi.

«Yer nafas olsa kerak, chopib ketayotgan odamdek hansirab nafas olsa kerak. Bu tovushlarning barchasi shundan. Hamma narsa nafas oladi. Daraxtlar ham zararli gazlarni yutib, kislorodga aylantirib chiqaradi, degan edi Turgʻunov muallim. Aytganday, shamol yerning nafas chiqarishi, jimlik yutishi emasmi? Ha, shamol - yerning nafasi. Oy-chi, nafas oladimi? Yoki kuylarmikin?»

U tuzukroq javob topa olmadi. Oydan kumushrang unsiz sadolar yoʻl yoqalab ketgan daraxtlar chodir: uzra yaltiroq iz qoldirgancha quyilib tushishini gʻira-shira tasavvur qildi-yu, aniqroq fikrlashga chogʻi kelmadi.

«Qanaqa kuy? Radiokarnaydan chiqadigan kuymi? Unaqaga oʻxshamaydi. Ana, oyning oʻzi radiokarnayga oʻxshar ekan. Nega «oy yuzingni» deyishadi? Oy qizlarning yuziga hech ham oʻxshamaydi-ku... Misol uchun Mahbubaning afti oyga emas, toʻrlagan qovunga oʻxshaydi. Saodatning beti toʻla sepkil. Oyda esa sepkil yoʻq.

Hozir birdan shu radiokarnay — oydan «oy yuzingning shevasi...» deb qoʻshiq boshlanib ketsa-ya! Yoki qoʻshiq oʻrniga «hey bola, hadeb angrayaverma!», baqiriq eshitilsa.

Buni oʻyladiyu yuragini vahm bosdi. Darrov ix-ixlab, eshagini niqtadi. Eshak jadalladi. Oy rostdan ham baqirib yuboradigandek, unga qarashga bolaning yuragit dov bermadi. Biroq sal oʻtmay qoʻrqa-pisa boshini koʻtarib yana oyga qaradi.

Shunda... tong qotdi — daraxtlar oralab uni ta’qib etib kelayotgan oy ochikqa chiqib muallaq turar, tumanli tegrasida esa... kattakon, mahobatli doira yaraqlar edi.

Qanchalar chiroyli!

Ex-he! Xuddi juda katta tsirkul bilan, uchini oyning qoq oʻrtasiga qoʻyib chizilgandek. Nega shu paytgacha koʻrmadi?

U hamma narsani unutdi.

Oy pastga enib, juda-juda yaqin kelgan, bola unga yonma-yon holda, aylana gardishning oʻrtasida chayqalib-chayqalib suzib ketayotgandek edi. Dunyoda oy va boladan boshqa hech kimsa yoʻq edi.

Bola oyga qoʻshilib ketgan edi...

Toʻsatdan oy mushukdek bagʻillab unga tashlangandek boʻldi. U qichqirishga ham ulgurmay, egardan uchib ketdi — eshak shaxt bilan oʻzini yonboshga otgan edi. Ikki mushuk pixillashib yoʻlni oʻqday kesib oʻtdi. Chang-toʻzon ichida qolgan bola bir muddat nafasi ichiga tushib, oʻziga kelolmai turdi. Soʻngra entikib-entikib yigʻlab yubordi.

«Mov boʻlgan mushuklar ekan-ku, shunga qoʻrqamanmi. Ahmoq eshak hurkib...»

U oʻziga taskin berdi. Qoʻzgʻalgan edi, oʻng boʻksasida sanchiq turdi: «Xalachoʻp kirib ketmadimikan?» Xalachoʻp bir qadamcha narida yotardi. U oʻtirgancha xalachoʻpga intilganida gavdasida ham allanechuk ogʻirlik tuydi. Sekin oʻrnidan turdi, oyoqlarini siladi, boʻksasini avaylab ushlab koʻrdi. Ogʻriq a’zoi badaniga tarqaldi.

Xayriyat, hech joyi sinmabdi, chiqmabdi. Faqat tirsagi achishyapti — shilingan. Odam yiqilganda tuya oʻrkachini, ot yolini, eshak esa tuyogʻini tashlaydi uning ostiga. Shuning uchun tuyadan, otdan past boʻlgan zshakdan yomon yiqiladi.

Eshak nariroqda turardi.

«Minib olay, keyin kunini koʻrsataman. Xrzir ursam qochib ketadi, tutqich bermaydi».

U «ish-ish», deb eshakka yaqinlashdi. Eshak qochmadi. U inqillab oʻzini egarga oldiyu xalachoʻp bilan eshakni savalay ketdi. Eshak xalachoʻpdan himoyalanib kallasini oyoqlari orasiga tiqqancha, turgan joyida gir aylandi. Uning egardan agʻnab tushishiga sal qoldi, oʻzini oʻnglab noʻxtaning ipini siltadi. Eshak tez yurib ketdi.

... Hamma narsa yoʻqoldi. Oy ham, bolaning xayollari ham. Ioʻlning ikki cheti tut aralash qator tollar bilan qurshaldi, yana ochildi.

Qarshidan qabriston vahimali, bosiq bir sukut bilan bostirib kela boshladi. Uning taniga titroq kirdi. Otasiga: «Qoʻrqmayman, eshakni oʻzim olib borib, sizni olib kelaman», deganiga pushaymon yedi.

«Ashula aytsammikan? Lekin bu yerda, mozoratning oldida baqirib boʻladimi? Oʻliklar eshitib... Arvohlarni bezovta qilmaslik kerak».

U qabristonga qaramaslikka tirishib, oyoqlari bilan eshakning

biqiniga niqtadi. Bultur, yoʻqolgan qoʻyini axtarib yurganda, oʻpirilib tushgan eski qabrda bir qora narsani koʻrgani esiga tushib yuragi uvishdi. Oʻshanda urra qochib qolgandi.

«Soch chirimasmikan?.. Eski joy-da. Qirq gektar-a! Kunduzi uncha qoʻrqinchli emas-u, lekin hozir... Nega oqshomda vahimali boʻladi,a? Jin-ajinalar chiqadimi? Ajina odamning otini aytib chaqiradi. Mening otimni qayoqdan bilar ekan?.. Men uni uchratmagan boʻlsam. Yo u meni koʻrganmikan?.. Otingni eshitsang «Ha», demaslik kerak. «Ha», desang chalib ketadi. Meni chalmasa kerak. Menga tegmaydi. Chunki otamning bobosining otasi tegirmon toshi ustida sariq sochlarini tarab oʻtirgan ajinani qoʻrqmay ushlab olgan. Ajina rosa yalinganda ham qoʻyib yubormagan. Sochini burab qiynayvergan. Oxiri, «etti pushtingga tegmayman», deb qasam ichgandan keyin qoʻyib yuborgan. Ajina shu zahoti turgan joyida yoʻq boʻlib qolgan. Men beshinchi pushtman. Meni ajina chalmaydi. Lekin hazillashib chaqirishi ham mumkin-da, bu bolani bir qoʻrqitib qoʻyay, deb».

Qabriston yonidagi qishloqchaga kirilganda eshak birdan hangrab yubordi. Bola nafasini ichiga yutib, egarga qapishib qoldi. Yon tomondagi darvoza tagidan bir kuchuk vakillagancha pildirab chiqdi. Kuchuk bola yuragidagi qoʻrquvni ham hurib tashladi

Simyogʻochga osilgan lampochkadan tushayotgan nurning sargʻish doirasiga kirganda, u qabristonga qaradi. Qabriston osoyishta, vahimasi ortga chekingan edi. Kuchuk ham bir-ikki gʻingshib orqada qoldi.

U tirsagi hali ham achishayotganini sezdi.

«Boya yiqilganimda ust-boshim tuproqqa rosa belangan boʻlsa kerak».

... U Mahmud akaning darvozasi oldida eshakdan tushmay qichqira boshladi:
— Husniddin, oʻ Husniddin! :

Uning ovozi chiyillab chiqdi. Buni oʻzi ham sezib, kattalarning tovushiga oʻxshatib yoʻgʻonroq ovozda yana chaqirdi.

Ichkaridan Shakar xolaning: «Hu-uv... It bogʻliq, kiraver!», degani eshitilgach, bola eshakdan tushib, kiyimlarini qoqishga tutindi.

U eshikni ochib, ichkaridagilarga «Assalom», deb kirayotganida, ayvonda idish-tovoq yuvayotgan Shakar xolaning Robiya puchuqqa: «Mushtday bolaning shuncha yoʻldan qoʻrqmay kelganini qara», degani qulogʻiga chalinib, gʻururlanib qoʻydi.
— E... Malla choʻpon, kelsinlar, kelsinlar,— deya uni koʻrgan zahoti Xayrulla amakisi odatdagi hazilini boshladi.

Otasi hammadan yuqorida, uyning toʻrida yonboshlab yotardi; u kirgan paytda bir muloyim nigoh tashladiyu gapida davom etdi:
— Yana rivoyat qilurlarkim, agar sizning hamsoyangizki boʻlsa, uning tomiga gʻoʻzapoya bosilgan boʻlsa, aytaylik, shamol turdiyu bir bogʻ gʻoʻzapoya sizning hovlingizga tushdi...

«Bilaman, bu yogʻi: «Sizning shu gʻoʻzapoyani yoqib pishirgan ovqatingiz — makruh».
— Akram aka, shu oʻgʻirlikka kiradimi, kirmaydi?—deb soʻradi Mamat mesh. U ham yonboshlab yotgan edi.

«Oʻzi otamdan katta-yu, aka, deydi».
— Albatta kiradi. Ya’ni, masalan, borib, maydondan yigʻib, oʻzingiz orqalab kelmagansiz. Unga mehnatingiz singmagan. Mehnatsiz topilgan bir igna boʻlsinki, u — harom.

U amakisining yoniga choʻkdi. Amakisi unga egilib shivirladi;
— Ey, menga qara, yoʻlda rosa qoʻrqdingmi?
— Nimadan qoʻrqaman?
— Har koʻzlari piyoladay-piyoladay keladigan ajina sochlarini yoyib, oldingdan chiqmadimi?
— E-e, nima qilasiz yolgʻon gapirib.
— Yolgʻonmi, boʻlmasa, nega dodlading? «Eshitibdi yigʻlaganimni!»
— Qachon?
— Boya.
— Yoʻgʻ-e, boshqa birovdir.
— Sening tovushingni tanimaymanmi! Otang izza boʻlmasin deb, indamay oʻtiribman-da. Beshinchida oʻqib, ajinadan qoʻrqasanmi?
— Ajina emas, ikkita mov mushuk bigʻillashib qoldi.
— Ana, qoʻrqibsan-ku!

«Aldayapti. Eshitmagan, shuncha joydak yigʻlaganimni eshitadimi! Sinab koʻryapti»
— E-e, siz oʻzingizning Rahmoningizni biling, sal qorongʻi tushgandan keyin dalaga chiqishga qoʻrqadiyu.

Amakisi bir zum gap topolmay qoldi-da, keyin koʻrsatkich va oʻrtancha barmoqlarini juftlab unga choʻzdi:
— Bir-biriga yopishib qolib juda azob beryapti-da. Qani, zoʻr boʻlsang, shularni ochib qoʻy-chi!

U amakisining barmoqlarini ajratib qoʻymoqchi boʻlib qoʻl uzatdi-yu rosa chiranganidan keyin amakisi nima qilishi esiga tushib, qoʻlini tortib oldi.
— Meni uyaltirmoqchisiz-a!?
— Ha, shum-e, bilasan-a!?

Mahmud akaning esiga bola tushib otasidan soʻradi:
— Eshon bobo, Maqsudga osh olib kelishsin?
— E-e, qornim toʻq, uydan shoʻrva ichib keldim.
— Shoʻrvang yoʻlda tushib qolgan-da.
— Mayli, zoʻrlamang, bu oʻzi kam ovqat yeydi, - dedi otasi. Amakasiga bu ham bir bahona boʻldi:
— Bu ovqatning oʻrniga ham kitob yesa kerak-da, keyin otasiga oʻgirilib davom etdi.— Tunov kuni qarasam, buningiz eshakning ustida ham kitob oʻqib kelyapti.— Unga qarab quv jilmaydi.

«Juda yopishib oldi-da bugun. Oʻzi ham ignaday gapni tuyaday qiladi-ya. Oʻqishimning unga nima ogʻirligi tushibdi. Otamning gapi yetmaganday, endi bu ham...»
— Bekor aytibsiz,— deganini oʻzi ham sezmay qoldi u.
— E, buni qara, oʻzidan kattaga ham gap qaytara-dimi,— dedi amakisi.

Otasi Xayrulla akaga ta’na bilan qarab qoʻydi. Amakisi jim boʻldi. Otasi salmoqlab gapirdi:
— Bunga urish-soʻkish kor qilmaydi. Bilmayman, kitobdan nima topgan. Akalari yoshligida pishiqqina edi. Qudrat bundayligida, boʻyi bir qarich boʻlib, qoʻsh qoʻshar edi.
— Shuni bilgani toʻgʻri,— dedi shu paytgacha jim oʻtirgan Rahmat aka.— Qani, bizning shumtakalar ham shunday oʻqisa. ~irt xuligan. «Besh«ga oʻqiysanlar», degan shart qoʻyib ikkoviga ham velosiped olib berdim. Qayoqda! Bir oy oʻtmasdan shalagʻini chiqa-rishdi.
— Ha, endi bolaning oʻzi qiziqmasa, qiyin. Urib-soʻkib yoʻlga sololmaysiz,— dedi Mamat mesh be-gʻamlik bilan.— Bizning Pirmatning ahvoli ham shu — qulayini topdimi, bolalarni toʻplab, eshak koʻpkari qiladi. Koʻp eshak halak, bir poʻstak halak.
— Hozir oʻqimaganga qiyin,— dedi Rahmat aka.— Borib-borib oʻqimaganga ish qolmaydi. Ilgari traktorchining qavatida bir-ikki oy yursang, «Universal» berishardi. Hozir traktorchilikka ham diplom kerak. Traktor haydash ham qiyinlashib ketdi.

Bu gap otasiga yoqinqiramadi:
— Oʻqiganlari olamni guliston qilyaptimi! Mana, bittasi Haydarning oʻgʻli. Xudoning bermish kuni ogʻzida papiros, tagida matasekl, sangʻigani-sangʻngan. Kim bir piyola quyib bersa — Oʻshanga joʻra. Oʻn yil maktabda oʻqidi, oʻn yil shaharda tentirab yurdi. Oʻrganib kelgani — araqxoʻrlik.

Otasi Qosim muallimni yomon koʻradi. U oʻn yil emas, yetti yil oʻqigan shaharda. Uch yil armiyada boʻlgan. Bir yil sinfida qolgan shaharda ham. Rost, yaxshi dars beradi-yu, lekin koʻp ichadi.

Mamat mesh ayanchli iljayadi — Haydar novvoy unga qarindosh.
— Akram aka, Salohiddin kam koʻrinadi, yuribdimi eson-omon?

Otasining yuzi tundlashdi, keng peshonasidagi ajinlari chuqurlashib, yana yozildi.
— Bilib, bilmaslikka olib gapirasiz-a, Mamat aka.
— Endi soʻrayapman-da, Akram aka,— dedi Mamat mvsh.— Harna qilsa-da, oʻgʻlingiz.
— Oʻgʻil?! Bunaqa oʻgʻilning boridan yoʻgʻi yaxshi!— dedi otasi. — Ne-ne azoblar bilan oʻqitdim. Qanday! ogʻir yillar edi! U boʻlsa, oʻqishni bitirib kelib, muallimligini boshlagach, nima deydi deng: «Ota dindan kechasiz. Nima qilasiz yoʻqxudoga ishonib...»
— Ha, endi nodonlik qilgan-da,— dedi Mamat mesh beparvolik bilan.

«Joʻrttaga soʻradi. Otamning hamma sirlarini biladi-da, Qosim muallim uchun alamini olyapti. Toʻgʻri gapirishga qoʻrqadi».
— Nodonlik?! Aytgan gapini bilasizmi?! Men dindor boʻlganim uchun u kishi amallarga koʻtarilmay qolgan emish. Uyalmay-netmay oʻzimga shunday degan...

«Qachon aytgan ekan?»

Akasi uyga kelganda uni yonidan jildirmaydi Otasi gapirmagan paytlarda u bilan hazillashib oʻtiradi. Bir kuni akasi nimagadir goʻrkovlar haqida soʻzlab, «Shekspir degan yozuvchi oʻtgan, uning asarida goʻrkovlar juda zoʻr yozilgan», dedi. Otasi indamadi. Akasi yana bir-ikkita shunga oʻxshash gaplarni aytayotganda, otasi jahl bilan: «Toʻxta», dediyu birdan baland ovozda tojikchalab baqira ketdi U hech narsa tushunmay goh otasiga, goh akasiga hay ron boqib, ularning tojikchani bilishiga ajablana zdi. Bir mahal otasi unga «Bor, oʻyna», dedi. U hovlida nima qilishini bilmay gangib yurdi. Sal oʻtma akasi chiqdi. Uning ortidan otasining: «He, Shekspuling bilan qoʻshib...» degan soʻkinishi eshitildi. Aka si ayanchli iljayib uning yoniga keldi va «boboy yomon qariyapti-da», deb gʻudrandi. Uning tomogʻiga allanarsa tiqildi, ezilib ketdi, akasiga rahmi keldi
— Hozir-chi? Boshlarida soyabon shapka, oyoqlarida yirtiq batinka, ilingan magazinchining ustida yozadi, yulgʻich, muttaham, deb. Beshkapadagi Abdullaning oʻgʻli shuning dastidan qamalib ketdi. Sherqulning toʻyiga borganimda xotini oldimga beshta bolasini yetaklab chikdi. Yer yorilmadi, yerga kirsam. Oʻgʻlim, qoʻy shu ishingni, odamlarni qon qaqshatma, dedim. Qilmadi.

Mamat mesh qoʻrqa-pisa qarab qoʻydi-da, yana dasturxonga tikilib oldi. Mahmud aka dasturxonning sochigʻini oʻynab oʻtirardi. Amakisi boshini quyi osiltirib miq etmasdi.
— ...endi aspiranturami, paspiranturami degan katta oʻqishga kirarmish. Bunday tanangga oʻylab koʻr, toʻrtta bolang bor, yoshing ham qirqqa bordi. Olim boʻlish osonmi, buning uchun oʻn-yigirma yil umr kerak. Ellik-oltmishga borib olim boʻlganingda elga qanday karomat koʻrsatarding! Shunday deb nasihat tsilsam, men toʻrt yilda dissirtassa yoqlayman, deb gʻudinglaydi...

U amakisiga termildi. Qani endi, amakisi boshini koʻtara qolsa!
— Ha, oʻgʻlim, mana, Karimboyning oʻgʻli Samarqandda oʻn besh yil oʻqishning orqasidan quvib, endi olim boʻldi. Nurmat kerosinfurushning oʻgʻli urushdan qaytgandan beri institutda dars berib, endi doʻxtir boʻldi. Sen ertadan-kechgacha gazetda ishlab, kechqurun bola-chaqang bilan oʻralashib, qandayiga toʻrt yilda olim boʻlib qolasan, desam, koʻrasiz-da, deydi...

U otasining endi ancha gapirishini oʻylab siqilib ketdi. Hech kim otasiga qoʻying shu gapni, deya olmay-di-ya!
— Kolxozga rais boʻl, deyishsa, koʻnmabdi. Nima, olim boʻlmasa, non topolmay qoladimi? Qishloqqa kel, raislik yoqmasa, maktabga mudirlik qil, xalqqa aralash-da, axir qachongacha tentirab yurasan menga yordam bermasang ham, odamlarga foydang tegar-ku, desam...

Nihoyat amakisi unga qaradi: «Bir narsa deb otamni toʻxtatsangiz-chi. Akam sizga ham qarindosh-ku!». Amakisi tushundi shekilli, koʻzlarini olib Qochdi.
— ...Achchigʻim chiqib ketdi. Tur yoʻqol, ikkinchi eshigimga oyoq bosma, qayoqda sangʻib yurgan boʻlsang, oʻsha yokqa joʻna deb...
— Amaki, qoʻysangiz-chi, shunaqa gaplarni. Uydagi mojaroni nima kerak koʻchada doston qilib…
— E... Sen jim oʻtir! Men kuyib ketganimdan gapiryapman. Odamlardan yashiradigan sirim yoʻq. Hamma koʻrib, bilib oʻtiribdi. Qachongacha yashiraman?! Pushti kamarimdan boʻlgan bolam tugul, meni yaratib qoʻygan boʻlsa ham, betiga aytaman. Menga gap qaytarib valdiraysan-da, oʻzing unga bir ogʻiz nasihat qilolmaysan.
— Men nima deyman uningizga? Bir narsa desam, siz tushunmaysiz, unaqa emas, bunaqa deb aql oʻrgatadi. Sigirlaringni semirtir, kattaroq ogʻil solib, mollaringni koʻpaytir, deydi. Hangi eshagingning burnini tilsang, charchamaydi, qattiqroq hangraydi, deb kuladi. Bildingizmi! Shunday deb kalaka qilib turgan odamga men nima deyman?!
— Ana, koʻrdingmi! Bu degani tezakka qorishib, ogʻil tozalashdan boshqasiga aqling yetmaydi, degan ma’nini bildiradi. Oʻzidan boshqani odam sanamay-di-da! Osmonda yuradi u, osmonda!

Otasining qoʻli bir zum havoda qotib qoldi. Bola choʻchnb ketdi.
— Yerdagilarni oyogʻining uchi bilan koʻrsatadi. Sen nima deb yuribsan hali. U oʻzini prapesir sanaydi... Hamma ahmoq, u dono! Hamma onasidan tugʻilgan boʻlsa, u osmondan oyogʻini osiltirib tushgan.

Mahmud aka choʻntagini timirskilab, nosqovogʻini oldi. Nosqovoqning orqasiga koʻrsatkich barmogʻi bilan sekin-sekin urib boshini orqaga tashlagancha, nos otdi. Amakisi imo bilan nosqovoqni soʻradi... Otasi jimib qoldi. Oraga ogʻir sukunat choʻkdi.
— Yo pirim-ey! Uf-f,— deya yonboshlab yotgan Mamat mesh ogʻir chayqalib chordana qurib oʻtnrdi, qorni chalishtirilgan oyoqlariga bosildi.
— Xayrulla, nosqovoqni tashla bu yoqqa!

Otasi ham nos cheqdi. Yana hamma jim qoldn.
— Ey, bu dunyoda qurt boʻlsin, qumursqa boʻlsin, rizqini topadi, — deb gap boshladi Mamat mesh ku-tilmaganda.— Qimirlagan jon borki, oʻz tashvishida. Har kimning oʻz nasibasi bor. Mana, yoshimiz yetmishga boryapti. Inqilobni koʻrdik — hammasini koʻrdik! Quloqquloq degan zamonlarda yashadik. Mol-dunyo kishiga vafo qilmaydi. Olimxoʻjaboyning ming qoʻyi bor edi. Koʻchaga chiqsalar taglarida saman ot, atroflarida oʻn-oʻn besh muridlari. Ana as-asayu mana dabdaba! Nima boʻldi? Quloq boʻlib dom-daraksiz ketdi. Urushni koʻrdik. Qirq ikkinchi yildagi qish shunday sovuq boʻldiki, shunday sovuq! E Akram aka, bu Rusiyaning sovugʻi yomon boʻlar ekan. Oyoqqoʻldan ajralishimga sal qolgan. Qulogʻim haliyam sal issiqqa qichishadi.

Negadir amakisining kulgisi qistab qoldi. Bildirmaslik uchun moʻylovining uchini buray boshlagan-da, koʻzlari chaqchayib ketdi.
— ... Birovni aka dedik, birovni uka, ishqilib, bola-chaqani och qoldirmadik. Hozir zamon yaxshi. Qaysi uyga kirmang, radiyo... Odamlar kirini ham moshinada yuvadi. Tavba, shu kir yuvadigan moshinaga qatiq solib, tugʻmasini bossang, sariyogʻini ajratib berar ekan-a! Ey, bu odamlarning ustaligi...

«Bir narsa demoqchi boʻlsa, gapni aylantirib, oxirini yoʻqotib qoʻyadi. Avval qurtqumursqa, keyin inqilob, Olimxoʻjaboy, urush, qimmatchilik. Endi kir yuvadigan mashinaga oʻtib ketdi».
— Xayrulla, kechagi oylikdan necha soʻm oldingiz? — deb soʻradi Mamat mesh dabdurustdan.
— Toʻyt yush pgoʻm,— deb javob berdi amakisi ogʻzida nos borligi uchun soqovlanib.
— Shu suvchilik ham serdaromad ish-da. Nima dedingiz, Akram aka?

Otasi indamadi. Mamat mesh gapida davom etdi:
— Pulni yoʻqotmang. Bozor kuni oʻzim bir yaxshi sigir olib beraman. Amakisi gilamni qayirib nosini tufladi, kafti bilan ogʻzini artdi.
— Borini eplab olay-chi. Bolalar televizor olib bering deb garang qilishyapti.

Shu payt otasi koʻkrak choʻntagidan zanjiri uzun soatini chiqardi:
— Soat ham oʻn birdan oʻtibdi, Mamat aka. Gap sotib oʻtirishimizdan foydayoʻq. Turaylik. Qani, omin...

Mamat mesh oʻrnidan zoʻrgʻa qoʻzgʻaldi. Sal egilgan koʻyi qulochini keng yoyib, belbogʻini aylantirib esha boshladi.

Mahmud aka Mamat meshning, bola oʻzlarining eshagini yetaklab keldi.

Mamat mesh ayilni qaytadan, qattiqroq tortdi. «Shunday katta qorin bilan eshakka qanday qilib minar ekan?»

Mamat mesh ancha vaqt kalovlanib turdi-da, oxiri;
— Mahmudjon, qoʻltiqdan olmasangiz...— dedi xijolatomuz.

Mahmud aka yordamga shoshildi. Mamat mesh: «Yo pirim!», deya bir amallab oʻzini egarga oldi, eshagi beli mayishib, gandirakladi.

Mahmud akadan ibrat olgan bola otasiga koʻmaklashmoqchi boʻldi, lekin ulgurmadi. Otasi uzangiga oyoq tirab, egarga yengil oʻtirdi. Bola aylanib oʻtib otasining bu oyogʻiga ham uzangini toʻgʻriladi.
— Qoʻlimdan ushla,— dedi otasi,— endi oyogʻingni oyogʻimga qoʻy!
— Oyogʻingiz qayrilib ketmaydimi?—dedi bola otasining oyogʻnga oyoq bosishga yuragi betlamay. — Qoʻyaver, ikki pud kelasanmi, yoʻqmi,— dedi otasi. U otasi aytganday qildi.— Ana shunday, qoʻlimdan mahkam ushla. Qani, ha!

U otasining qoʻliga osilib chirandi, gavdasini yerdan uzolmadi. Otasi uning qoʻltigʻi osha yelkasidan tortgandan soʻng egarning orqasiga minib oldi.

Ular bir muddat jim ketdilar.

Amakisining oyoqlari yerga tegay-tegay deydi: daroz, boʻlali odam boʻlsa-da, eshagi chogʻroq, egarida uzangi ham yoʻq.

Mamat mesh gap boshladi:
— Ma’rakasi tuzuk oʻtdi. Odam ham yaxshi keldi. Oshi yeyishli boʻlibdi. Qurbon yaxshi oshpaz-da. Lekin qirriqroq.

Otasi indamadi. Amakisi choʻzib esnadi.

Yengil shabada turdi. U junjikib otasiga yaqinroq siljidi, uning yelkasidan quyiroqqa boshini qoʻydi, yuzi ishqalanaverganidan gʻashi kelib, yana ortga surildi.

«Bu boboylar yozda ham chopon kiyishadi-ya, issiqlab ketishmaydimi?»

Qabristondan daraxtlar sharpasi qorayib koʻrindi. Boyoʻgʻli qichqirdi, allaqanday qush pitirlab qanot qoqdi, yana jim boʻldi.
— Mamat aka, — dedi otasi, — ertaga Orziqulni koʻrib kelaylik.

Mamat mesh eshagini xalachoʻp bilan bir tushirib qoldi. Jahli chiqib soʻkindi.
— Ertalab Oʻsarni koʻruvdim,— dedi otasi yana unga parvo qilmay.— Qora novvos bilan gʻunajinini bozorga olib chiqar ekan. Biri gap boʻlsa, shoshib qolmay deyapti.
— Yoʻgʻ-e,— dedi amaknsi tashvishlanib,— Oʻtgan kuni borganimda durust edp-ku! Bir soatcha hangomalashpb oʻtirdik. Ovqati ham yaxshi edi. Bir kosa shoʻrva ichdi.
— Omonat-da, aytib boʻladimi. Ahvoli yomondir-ki, Oʻsar yigʻinyapti. Aqlli bola, sezmasa, bilmasa, bekordan-bekorga hovliqib, menga maslahatga kelmasdi. Bugun borishga vaqt yoʻq edi, ertaga boraylik. Choshgohda uyga kelsangiz, Eshmurod bilan Qodir akani ham olib birga oʻtamiz. Ularga tayinl aganman.

Mamat mesh ogʻir soʻlish oldi, indamadi.
— Mamat aka,— dedi otasi.
— Oʻzlaring boraveringlar,— dedi Mamat mesh.— Ertaga usta chaqirganman, yonida boʻlmasam, bir oʻzi eplolmaydi.
— Qoʻying, vaj-karson qilmang. U yoqda birov...— Endi otasi qattiqroq gapirdi.— Ilhaq boʻlib yotibdi bechora! Necha yillik oshnachiligingiz bor. Sizni deb qamalib ketishiga sal qolgan...

Mamat mesh indamay ketaverdi.

U Orziqul boboni yaxshi koʻradi: har gal uchratganda Orziqul bobo: «Assalomu alaykum!», deb uni qizartiradi. U esa sal yaqinroq kelsin, keyin salom beraman deb ulgurolmay qolardi. Chol uni kalaka qilardi: «E, esingizdan chiqib qoldimi? Otangiz bergan tarbiya qani? Muallimlariga borib aytamiz-da, endi». U: «Men salom berguncha oʻzingiz shoshilib...» deya tutilib qolardi. Shundan keyin u Orziqul bobo koʻchaning narigi boshida koʻrinishi bilanoq «Assalomu alaykum!», deb qichqiradigan boʻldi. Biroq Orziqul bobo oʻzini eshitmaganga olib, indamay kelaverardi. U qayta qichqirardi. Chol peshonasiga qoʻlini soyabon qilib tomgami, yoki biror qiziq narsa koʻrgandek, yergami tikilib yaqinlashar edi-da, birdaniga: «Assalomu alaykum», der va «Va-alaykum assalom», demaysizmi, oʻgʻlim», deb unga ajablanib boqar edi. «Sizdan oldin salom berdim-ku, axir», deya yigʻlagudek xunob boʻlardi u. Orziqul bobo achchiqlanardi. «Muallimingizga bo-rib, Maqsudboyga odob oʻrgatmabsizlar, deb aytmasammi», deb poʻpisa qilardi. U bir kuni onasiga arz qildi. Onasi: «Bobong seni yaxshi koʻrganidan hazillashadi-da», deb qoʻya qoldi.

Endi shunday yaxshi kishi ogʻir kasal boʻlib yotibdiyu Mamat meshning uni koʻrishga borgisi yoʻq.

U otasini Mamat mesh nima uchun «aka» deb izzat qilishini birdan tushundi — otasi ukasiga gapirgandek, oʻzidan kichik odamni koʻndirgandek, balandda turib, muloyim ovozda gapirar edi:
— Xoʻp qiziq odamsiz-da, Mamat aka, ichingiz tor. Oʻsha gapni haligacha koʻnglingizda oaqlab yuribsiz. Qoʻying, oʻtgan ishga salovot. Besh kunlik dunyo — toʻrt-beshta boboy qoldik. Siz ham, mana, yetmishni qoralayapsiz. Endi nariyogʻini oʻylang, mayda-chuyda gaplarni emas. Koʻngilni keng qiling, keng. Haqimiz qolmadi endi bu dunyoga ustun boʻlolmaymiz.

Mamat mesh yana ogʻir soʻlish oldi.

Chorrahaga yetib keldilar. Mamat meshning yoʻli boshqa, u eshagini burdi.
— Tong otsin-chi, xudo bir yoʻl koʻrsatar. Yaxshi boring, Akram aka! Aytganday,— Mamat mesh eshagining jilovini tortdi (qishloqda faqat uning eshagiga yugan solingan).— Ish-she, sabil qolgur! Xayrulla, kelasi bozor Sherqoʻrgʻonga boramizmi? Ola sigir juda chimxoʻr chiqdi, quritib kelmasam, siz ham novvosingizni sotmoqchi edingiz-ku. Aktamning moshini bilan ketamiz.
— Men soʻymoqchi edim,— dedi amakisi.— Keyin Sherqoʻrgʻonda qoramolning narxi pastroq, yutqizasiz.
— Yoʻq-yoʻq. Kecha bozor Usmonlar borib kelishibdi, yaxshi ekan.
— Xdy, koʻramiz-da, hali vaqt koʻp-ku,— ded amakisi dudmal qilib.
— Birga borsak yaxshi boʻlardi-da,— dedi Mamat mesh.— Yonimda tursangiz, har holda, bir kishidan ikki kishi... Yana bir oʻylab koʻring.

...Ular yoʻlda davom etdilar.
— Borarmikan?— dedi amakisi.
— Boradi,— dedi otasi ishonch bilan.— Orziqul yotib qolgandan beri nima qilishini bilmay, imoga mahtal boʻlib yuribdi. Toʻgʻri kirib boray desa, boʻyni yor bermaydi. Birovning yur-yur qilishini kutadi. Sirtdan shunday koʻringan bilan oʻzi yomon odam emas — hozir tixirlik qilyapti, koʻrasan, ertaga borib, Orziqulning oldida koʻzyosh toʻkib ham oladi...
— Hali ham oʻsha arazimi?
— Oʻsha. Turib-turib nash’a qiladi odamga - bitta shopulbop terakni deb et bilan tirnokday ikki joʻra san-manga borib qolishgan-a! Soʻraganda Orziqul ham bera qolmagan. Ogʻzi beparavuz odam— «Tobutingizga nasib qilsin», degan. Ertasiga yarashib ketishlari ham mumkin edi-yu, lekin oraga bir-ikki gap yetaklovchi tushib...

Oy juda-juda balandda, nurli gardishi ichida loqayd suzib borar, yerdagi ikki kishining suhbati bir maromda, tevarak-atrofga, tovushlarga aloqasiz bir tarzda davom etar edi.

Bola oyga tikilib, uning ikki soatcha oldin qanchalar suluv koʻringaniga ajablanar edi.

Harholda tegrasidagi doira qaydan paydo boʻladi?
— Ota,— dedi u yurak yutib.

Otasi unga e’tibor bermay gapida davom etdi. U yana takrorladi:
— Ota!
— Nima deysan?—dedi otasi gapi boʻlinganiga norozi boʻlib. «Urishib bersa-ya».
— Hu, oyning atrofidagi doira qaydan paydo boʻladi?

Otasi boshini koʻtarib oyga, soʻngra amakisiga qaradi, keyin koyib berdi:
— Bola degan gapni gapga qoʻshib, kattalar soʻzlashganda aralashmaydi, jim turadi.

U nooʻrin savol berganidan izza boʻldi. Amakisi buni sezdi shekilli, oʻziga yaqin. olib, izoh berdi:
— Hech qaerdan paydo boʻlmaydi, oy qoʻtonlagan-da.
— Qoʻtonlagan?!
— Qoʻtonni bilasan-ku. Shu, qoʻy qamaladigan qoʻtonni.

U osmonda oʻtlab ketayotgan xoʻppa semiz, dum-dumaloq oppoq qoʻyni tasavvur qildi: yulduzlarni bitta-bitta chimdib boradi, qoʻtoni ham u bilan birga siljiydi.

Otasi oppoq koʻylakda, koʻrpacha uzra yerga qarab uzala yotdi-da, unga:
— Qani, Saidmaqsud, bir yelkalarni bosib qoʻying, oʻgʻlim, — dedi.

U toʻlqinlanib ketdi: otasi undan mamnun boʻlgan, uni yaxshi koʻrgan chogʻlardagina sizlardi.

U ehtiyotkorlik bilan otasining beliga oyoq bosdi.
— Chiqavering, chiqavering!

Soʻng devorni ushlab oʻng oyogʻini ham qoʻydi. Qaltirab ketdi. Juda balandlikka chiqqanday, yiqilib tushsa, suyaklarigacha mayda-mayda boʻlib ketadiganday tuyuldi.
— Endi asta-sekin yuqoriroqqa yuring.

U avaylab qadam bosdi. Oyogʻi otasining salqigan terisi bilan toyrilganda, toʻxtab qoldi. Otasining suyaklari qisirladi. Uning koʻngli allanechuk boʻlib ketdi.
— Chap yelkamni bosing!

Otasining suyaklari yana qisirladi,
— Endi oʻng yelkamni.

U devorga ikki qoʻllab suyandi. Tizzalaridagi titroq pasaydi.
— Endi ikki yelkamning oʻrtasini.

Otasi juda bahaybat, pahlavon odam tuyuldi unga.

«Uch yuz kilolik toy paxtani yelkasiga olib yuz qadam yurishdan garov oʻynab yutgan. Mening ogʻirligim nima boʻlibdi».

U dadillanib bir tekisda mayda qadam tashlagancha otasining kiftida uyoq-buyoqqa borib kela boshladi. Otasi rohatlanib, bir necha marta uh tortdi. «Barakatoping!», deb alqadi.

Dunyoda undan baxtiyorroq odam yoʻq edi.
— Ha, ana shunday! Onasi choy koʻtarib kirdi.
— Koʻp yashang, oʻgʻlim! Tush endi.

U chiroqni oʻziga yaqinroq suradi, loʻlabolishga koʻkragini bosib kitobini ochadi.

«Orziqul bobo oʻlsa, Usar aka juda yomon kunga qoladi-da. Odam qanday qilib oʻlady, a? Joni qaeridan chiqib ketadi? Narigi dunyoda juda yomon boʻladi-ku! Oqshom mozoratda bir oʻzi... Hammayoq qpqorongʻi. Chiqay desa ustida qalin tuproq... Munkar-akir keladi... Uh-h, qanday koʻrqinchli!..»

U kitobning navbatdagi varagʻini ochayotganda, hech narsa oʻqimayotganligini sezib, yana qayta boshdan oʻqishga tutindi.

«Otam ham qariyapman, deydi. Qariyveribqariyverib, oxiri oʻlib qolsa-ya! Yoʻq, otasi hali baquvvat. Bugun oʻzi qrqdi, boʻlmasa kiftida oʻyin tushsa ham otasi parvo qilmas edi. Shunday kuchli otasining oʻlishi mumkin emas. Otasi oʻlmaydi, snra-sira oʻlmaydi. U ham hech qachon otasini tashlab, shaharga ketmaydi. Maktabni bitirgandan keyin shaharni rosa tomosha qilib, koʻp kitob olib qaytadi-da, umrining oxirigacha otasining yonida yashab, unga xizmat qiladi, duosini oladi. Otasi bilan birga qariydi. Akasi notoʻgʻri qilgan. Nega u otasini sogʻinmaydi, a? Har kuni otasini koʻrmay yashashga qanday chidaydi? Otaning qargʻishiga qolgan odamning ishi oʻngmaydi. «Ota qargʻishi — Oʻq», deydi onasi. Mana, endi qanday qilib olim boʻladi? Hamma hayiqadigan, hurmat qiladigan otasini qanday tashlab ketish mumkin! Qariyqariy, oxiri munkillab, oʻrnidan birov qoʻltigʻidan olmasa turolmaydigan, eshakka oʻzi minolmaydigan boʻlib qolsa, uni kim boqadi?! Akasi shuni oʻylamagan-da. U otasini...»

... Oʻ oq qoʻyga minib olib, koʻzlarini qamashtirayotgan gardish devornine eshigini axtaradi. Oq qoʻy esa tixirlik qilib yurmaydi, bi« joyda qotib turaveradi. Pastda otasi qoʻlini paxsa qilib qichqiradi: Miyang xatomi sening! Nega oyga minib olding? Yana yiqilib tushib boshimga balo orttirma. Seni koʻtarib doʻxtirma-doʻxtir chopib yurmayin. Yaxshilikcha tush, deyapman, boʻlmasa olmaga oyogingdan osaman ». Otasining yonida Orziqul bobo qotib-qotib kuladi: «Ana xolos! Bizni pulisirotdan oʻtkazib qoʻyadigan qoʻyni minib olibsiz-ku! Muallimingizga bo«ib aytmasammi ». Mamat mesh eshagidan tushmay otasiga taskin beradi: Qoʻying, indamang, bolaning oʻzi xoxlab tushmasa, majbur qilib boʻlmaydi. Koʻp oʻqigan-da. Oʻqimasa oyga chiqarmidi». U xadeb yaraqlayotgan gardish devorning eshigini axtaradi, devor esa uning koʻzlarini qamashtiradi, eshigi esa koʻrinmaydi. Oq qoʻy xam tixirlik qilib joydan siljimaydi. U qoʻyni xalachoʻp bilan uradi, qoʻyning junlari oyogiga oʻralashib qoladi. Birdan dimogiga achqimtil xid uriladiyu, uchib ketadi. Otasi esa negadir muloyim ovozda gapirib qoladi: «Ha, nodon bola-ya, yana chiroqni oʻchirmabdi...»
— Ha, nodon bola-ya, yana chiroqni oʻchirmabdi. Uyqusirab turtib yuborsa bormi!

Chol oriqqina oʻgʻlini avaylab koʻtardi. Oʻgʻli quchogʻida uyqusirab choʻchib tushdi, allanarsa deb gʻudrandi. Chol oʻgʻlini joyiga yotqizar ekan, mehri iyib ketdi.

«Hali qirday yigit boʻladi. Oʻjarligi ham, achchigʻi ham—oʻzim. Akalaridan koʻrmaganimni shundan koʻraman».

Chol oʻgʻlini hech qachon urmagan, hatto chertmagan ham. Faqat mushtday boshidan bu qadar koʻp kitob oʻqiy boshlaganiga tashvishlanadi, xolos.

Pastdan, qishloqning ichidan tovush sal balandladi-yu, oʻchdi, past gʻovur eshitildi — Orziqul qaytish qildimikan — tovush Oʻsarnikiga oʻxshaydi, boshqa ogʻir yotgan odam yoʻq...