OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

3 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAhmad Lutfiy Qozonchi
Asar nomiOʻgay ona (roman)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Turk adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Ahmad Lutfiy Qozonchi
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Romanlar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm281KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/22
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Oʻgay ona (roman)
Ahmad Lutfiy Qozonchi

I

Aslida bu ikki bola — qarindoshlar. Qarindoshliklari ikki holatda aks etadi: biri shu onda yonmayon turishlari, ikkinchisi bir uyda yotibturishlari. Ularning shu ikkisidan boshqa barcha narsalari farqlidir. Yebichishlari, kiyinishlari va ularga qilinadigan muomala qarindosh emasliklariga dalolat boʻla oladi. Birini «bir donam, yagonam, dilporam, dilbandim» deb suyishsa, ikkinchisini «yoʻqol, basharang qursin» deya quvishsa, biriga har soat jonim, koʻngling ne tusaydi» deb murojaat etilsayu, boshqasi ochqaganini aysa, «ochqamay oʻl, zahar ye, zaqqum yut” deb javob eshitsa, birini bagʻriga bosarkan, boshqasini koʻkragidan itarsa, albatta, bu hodisalar, ularning qarindosh ekaniga dalil sanalmaydi,

Olti yoshlardagi oʻgʻil bola bundan uch yil avval — uch yoshlarida yetim qolib, oʻgay ona koʻlida shu holga tushdi: bir bola koʻtara olishi mushkul boʻlgan qahru qiyinchiliklarni, hayot achchiqliklarini totdi, tayoq yedi. Koʻrgankechirganlari ichida tamoman unutgani — ona mehri, ona shafqati... Uning uchun ana shu uch yil uch asr qadar uzoq kechdi. Shu uch yil ichida loaqal biror marta tasodifan boʻlsaham «jon bolam» degan soʻzni, afsuski, eshitmadi. Uning quloqlari bunday yaxshi soʻzlarga tashna, qalbi esa zor boʻldi. Bu bolaning vazifasi kichigiga qarash, uni ovuntirish, oʻynatish, beshigini tebratish va Sanihaxonim koʻrsatgan ishlarni bajaripvdan iborat.

Hozir bu ikki qarindosh toʻp oʻynayotganlarni tomosha qilishmoqda. Toʻgʻrirogʻi, kattasi tomosha qilayotgan kichigiga koʻzquloq. Oʻyinni roʻparadan koʻrish qulay tuyuldi. Singlisini qarshi tarafga ohista yetaklay boshladi. Koʻzi bolalar oʻynayotgan toʻpda, aksiga olib toʻp singlisiga kelib teshshi mumkin. U faqat shuning uchun diqqatini toʻpga qaratgan, oʻyinni esa tomosha qilmoqchi emas. Uzi oʻynamagach, tomoshadan ne foyda?

Bu ehtiyot singlisini yaxshi koʻrgani uchunmi? Yoʻq. Chunki biri har jihatdan sevgiga, ikkinchisi nafratga duchor boʻlgan qarindoshlarning birbirini yaxshi koʻrishi daryoning tepaga oqishiday gap. Unda bu harakatning sababi nimada? Bu bolaoʻziyaxshi koʻrmagan qarindoshini nechun bu qadar jiddu jaqd bilan qoʻriqlaydi? Javob oddiy: kaltak yeyishdan qoʻrqish... Ha, shu qoʻrkuv boʻlmasa, tayoqemasayedi... Boy bolalari yegan shokoladdan koʻproq tayoqlar... oʻrniga mexrshafqat, muruvvat koʻrsa edi, balki qarindoshini bundan koʻproq avaylardi. Joni achib, yaxshi koʻrib, oʻzi istab qarardi. Shafqat va marhamat yulduzlar qadar uzoq ekan, u oʻziga yuklangan yumushlarni koʻngiddan, mehr bilan ado etolmas edi.

Yoʻl oʻrtasiga kelganda qizaloqning oyogʻi qayrilib, yiqilib tushdi. Bola uni darhol turgʻazdiyu, faryodini toʻxtatolmadi. U qizaloqni kuchib chetga yetakladi, kiyimlarini qoqa boshladi. Qizcha yigʻidan tinmasdi. Qarshi tomondan ochilgan eshikdan bir ayolning boshi koʻrindi. Atrofga alangladi, bolalarni koʻrdi. Yoʻlda erkak yoʻqligini bilgach, tezroq yurdi:
— Razil, yana bolani yigʻlatding, hozir senga koʻrsatib qoʻyaman!

Yuqoridan ochilgan derazadan yosh qiz ovoz berdi:
— Sanixaxola, Ismoilning aybi yoʻq. Bolaoʻzi yiqildi. Oʻz koʻzim bilan koʻrdim.

Sanihaxonim, uning bu aralashuvidan mamnun emasligini ta’kidlagan ohangda javob berdi:
— Yaxshi qarasa yiqilarmidi, singlim? Koʻr boʻlgur, hech qaramaydi goʻdakka.

Soʻng bolalarga oʻgirildi. Yuqorqdagi qiz:
— Alloh haqqi, u aybdor emas! — deya bakirdi. Lekin Sanihaxonnm quloq solmadi, kattasini birikki shapaloqlagach, kichigini quchogʻiga oldi:

Kel qoʻzichogʻim, yagonam! Soʻng Ismoilga oʻgirildi: Uyaltirma, ikki tarsaki nima degan gap? Naq oyogʻimning ostigaolib tepkilardimku.... —deya oʻdagʻaylab, bolasini yetaklab uyi tomonga yoʻl oldi.

Ismoilning nohaq jazolanishi oʻynayotgan bolalarga tekin tomosha boʻldi. Ikki daqiqa davom etgan bu shafqatsiz voqea ularni tinchlantirdi, hatto dam oldilar.

Ismoil yigʻlar ekan, ular yana oʻyinlariga berilib ketdilar. Bu orada yon tomondagi eshik ochilib, haligi baqirgan qiz chiqdi va Ismoilni chaqirdi:
— Ismoil! Ismoil!

Ismoil qayrilib qaradi.
— Buyoqqa kel!

Bordi. Qiz uni ichkariga taklif etarkan:
— Ol, mana bularni, ye! Mana bunga esa koʻngling istagan narsani sotib ol, —deya qoʻlidagi qandlarni unga uzatdi. Boshqa koʻlida esa ellik qurush bor edi.
— Kerakmas, Fotima opa.
— Olmasang xafa boʻlaman, opa demaysan.

Ismoil hiqillashini bosolmadi. «Bular nimaga ham yarardi, hech qanday foydasi yoʻq», deganday oldi. Choʻntagiga soldi.
— Kel yuzingni yaxshilab yuv, Ismoil, —deb Fotima zinada turgan suraxi (grafin)ga uzaldi, Ismoil hiqqillab:
— Opa, oʻzim yuvaman, ovora boʻlmang.

Men kuyib tursam, yaxshiroq yuvasan. Quloqsiz boʻlma!

Ismoil yuzini yuvdi. Fotima sochiq keltirib bolaning yuzini artdi va oʻpib qoʻydi.
— Bir narsa kerak boʻlsa, yonimga kel, maylimi, Ismoil.

Ismoil uning koʻzlariga qaradi. Ezilib qaradi. Koʻzlari yana yoshlandi.
— Mening xam sizday opam boʻlsaydi?!—deb choʻntagidan chiqargan kir roʻmolchani koʻzlariga olib bordi.
— Men sening opang emasmanmi, Ismoil?! Doim yonimga kelib tur.
— Qanday kelaman? Bu yerga kirganimni koʻrsa, oʻldiradi meni.

Tashqariga yoʻnalib, oʻz eshiklariga bir qarab qoʻydida, devor tagiga iyagi bilan qoʻllariga tayangancha choʻnqayib oʻtirdi va yigʻlay boshladi.

Sanihaxonim Ismoil yegan tayoqlar jannatdan chiqqan deydi. Orasira shunday deyishdan Ismoilni urib zavqlangani kabi zavq oladi. Jannatdan chiqqan narsa faqat tayoqmi? Yoxud tayoqning jahannamdan chiqqan turi yoʻqmi? Modomiki, jannatdan chiqqan ekan, nechun Salma bilan birga totmaydi bu tayoqni?! Ismoil kichik boshi bilan bularni tushunganday boʻlar, yigʻlar, faqat tuzukroq, toʻgʻriroq javob topolmasdi. Topgandan ne foyda? Tayoq jannatdan chiqqanmi yoki doʻzaxdanmi, baribir Ismoilning joniga azob beraveradiku, Ismoil shunday xayollar bilan band bir paytda yuqorida ikki ayol oʻrtasida shunday suhbat kechardi:
— Pastda nima qilib yuruvding, Fotima?

Ismoilning koʻnglini koʻtardim, ona.

— Birovning bolasi boʻlsa, senga nima, qizim? Onasini bilasanku, dimogʻidan qurt yogʻadi. Nega aralashasan demaydimi?..
— Desin, ona, deb koʻrsin?! Zulm emasmi goʻdakkinaga?! Onasi boʻlmasa, shuncha ezish kerakmi? Aslida onasizligini bildirmasligi zarurku... buning oʻrniga bunday ish tutsa, jon chidaydimi?
— Bu insonlik emas, ammo na chora, nima ham qilarding?! Kimga

dod deysan, kimga tushuntirasan, qizim?! Hamma yerda

shunday. Qaysi oʻgay ona yetim bolalarni bagʻriga olibdi?! Oʻz bolasiday koʻribdi? Oʻgaylik qilmagan oʻgay ona bormi? Qani bunday fazilatlar, qizim?
— Menga qolsa, bu bolaga zulm qilinmasa deyman. Oʻz dardi oʻziga yetib ortadi. Ona mehriga muhtoj, koʻngli vayron bolaga qanday muomala qilishmokda, bilmadim. Qanday inson bunday muomala qiladi, qaysi axlok, kitobida bunga oʻrin bor?! Qay vijdon bunga chidaydi, bilmadim, ona, bilmadim..!

Shu kecha Fotima, uxlay olmadi. Koʻzlarini yumishi bilan Ismoilni koʻrar, u yigʻlar, toʻxtovsiz yigʻlardi. Bu bolaning yolgʻiz aybi — onasining oʻlgani, yetimligi. Aslida, unga bu yoshda parvarish, ona mehriga muhtoj gʻamli yuragiga, mahzun koʻngliga malham zarur edi. Lekin qayda malham?! Qani, u mehribon inson?! Insoniylik amriga kuloq tutgan bormi? Muruvvat, marhamat yoʻlidan yurguvchi qani? Qani, oʻz diniy burchini oʻylaganlar?! Qayerda?!! Axloqiy vazifasini oʻtaydiganlar qayda, qayokda, qani?!

Agar Janobi Paygʻambarimiz tugʻilmasdan yetim qolganlari eslansa, har yetimga qilingan yaxshilik Alloh huzurida ul zotga qilingan yaxshilik singari qabul qilinishi oʻylansa, shunday hodisalar sodir boʻlarmidi?! Aslida katta odam ham koʻtarolmaydigan yuk bechora, yoshgina goʻdak yelkasiga qoʻyilgan edi. Onasi vafot etgandan buyon hayoti vayron, koʻngli chilparchin, dunyodan bezgan. Bezdiruvchi tayoqlar, haqoratlar paydarpay yogʻilib, peshmapesh kelib turar, faqat yaxshi soʻz, mexrmuruvvat, marhamat koʻli tasodifan boʻlsada, hali uning darvozasini, koʻngil eshigini ochmagandi...

Ha, jajjigana Ismoil bu holga bardosh berar, istaristamas bu ogʻirliklarni koʻtarardi. Koʻtarmasdan nima ham qilardi?! Arzimas xatosi uchun ham kaltaklaydigan oʻgay onauni parvarish qilarmidi?! Unga yoki otasiga bularni aytib, dardiga darmon toparmidi?! Ismoiluchun bu ishlar gʻoyat mushkul edi. Otasi yonida ham oʻgay onasidan koʻp bor haqorat eshitgan, kaltak yegan, ammo otasi uning yonini olmagan. Aqalli biron marta oʻgay onaning qoʻlidan tutmagan. Yoʻqsa, shunday boʻlarmidi? Loaqal oqshom uyga qaytgan otasini xursandlik bilan qarshilab, quchogʻiga otilmasmidi?! Qachon bunga jur’at qila olgan? Fotima bunday holatga shohid boʻlmagan. Ammo oqshom uyga qaytgan ota qarshisida boshi egik, oʻylayoʻylay uygakirib ketgan maxzun Ismoilni koʻp koʻrgan. Balki bir oz keyin bu kamchiliklar botar vau otasining koʻlidan tutar... Balki har kim oʻz aybi uchun oʻzi jazolanar... Balki qarindoshi qilgan xatosi uchun Ismoil jazolanmaydigan kunlar kelar...

Ikki haftacha avval uning koʻnglini koʻtarib:
— Ismoil, uning qilmishlarini otangga aytmaysanmi? Meni koʻp uradi demaysanmi? —deyishi bilan Ismoilning boshi egildi:

Otam meni yaxshi koʻrmaydiku... Kechasi tizzalariga oʻtirmoqchi boʻlsam, onamga qaradi, qaradiyu, meni surib koʻydi. U Salmani keltirdi:
— Kapkatta bolangni suymasdan mana buni erkalat! Otam ham uni erkalatdi.

Ismoil bularni aytib yigʻladi, Fotimani ham yigʻlatdi.Toʻshagida shularni oʻylab uxlayolmagan Fotima goh oʻngga, goh chapga agʻdarilar, oʻrtanar edi.

Ikki oy oʻtdi. Bayram keldi. Odatga muvofiq bolalar eshikmayeshik yurib, koʻl oʻpardilar.

Ismoilham bayram kuni otasining koʻlini oʻpdi. Otasi ham uni bagʻriga oldi, kuchoqladi, yuzlaridan oʻpdi. Bayramda choʻntagiga tushgan beshoʻn kurush va kiygan yangi liboslari oʻz yoʻliga, Ismoilni quvontirgan — ota quchogʻida besh daqiqa oʻtirish, ota chehrasini

ochiq koʻrib,shirin soʻz eshitish edi. Hatto oʻgay onasi uni suyib, quchoqlab oʻpdi.

Bayram qanday goʻzal, qanday totli! Har kun bayram boʻlsaydi, deb oʻyladn. Avval buni doʻstlariga anglatishni oʻyladi. Otam meni suydi demoqchi boʻldi. Keyin bu fikridan voz kechdi. Uydan chiqib toʻgʻri Fotima opasining eshigiga yurdi. Nima uchun? Uni tushungan yolgʻiz u boʻldi, koʻzyoshini u sidirdi, har nedan ortik, muhtoj boʻlgani — shafqatni, mehrni undan koʻrdi. Qay vaqt kaltaklansa, Fotima opa hamdard boʻldi. Koʻngli tasalli topdi. Shuning

Uchun Ismoil eng avval uning uyiga yoʻl oldi.

Eshik Ismoil qoʻl uzatmasdan avval ochildi, ochiq chehra Fotima opa uni taklif etdi. Kelishini derazadan koʻrdi.
— Opa... — deya unga talpindi.
— Kirmaysanmi? Qochadiganga oʻxshab turibsan. Shundaymi? Dunyoda seni yolgʻiz tashlab koʻymayman.

Ismonlningoʻzi ham kirishni, besh daqiqa opasining yonida oʻtirishni judayam istardi. Ammo uning vayron koʻnglidan, tushunarmikan, istamay qolmasmikan dega hadiklar oʻtdi. U kechirayotgan hayot — mehrga muhtojli hech kim tomonidan sevilmaslik hissini koʻngliga sing dirib yuborgan boʻlib, Fotima opasi yonida oʻtirish unp yuk, malol kelishi mumkinligini oʻylamokda edi. Yuqori chiqdi. Qoʻllar oʻpildi, duolar qilindi,
— Bugun otam meni suydi, opa. Bagʻriga olib erkaladi
— Bu — tabiiy, Ismoil, u — sening otang. Albatta shunday qiladi.
— Harkun bunday emasku...
— Endi shunday boʻladi, inshooloh.
— Ismoil uzatilgan qandlardan bir dona oldi.
— Yana ol, Ismoil
— Yetadi, opa. Boʻladi. Rahmat.

Yoʻq, boʻlmaydi, mana buni men uchun ol. Meni yaxshi koʻrsang, ol.

Ismoil yana bir dona oldi. U nimanidir aytmoqchi edi. Boshini sal egdi:
— Opa, sizga bir gap aytaymi?
— Ayt, Ismoil.
— Kechqurun otam meni mozorga olib bordi. Menga onamning qabrini koʻrsatdi. «Qara, oʻgʻlim, bu yerda onang yotibdi. Oʻqi!» — dedi.
— Oʻqidingmi?!
— «Fotiha» oʻqidim, opa, «Alham»ni. Ammo, rosa yigʻladim.

U Fotimaga bu gaplarni ayta turib koʻzlariga kelgan yosh tomchilarini toʻxtatolmadi. Ketmoqchi boʻlib, oʻrnidan turdi. Fotima darhol qoʻllaridan tutdi.
— Qayoqqa borasan, Ismoil? Mening bilan shunchagina oʻtirasanmi? Odam opasining yonidan ham shunchatez ketadimi?

Ismoil Fotima opasining koʻnglini koʻtarish uchun yana qaytib oʻtirdi. Sal fursat oʻtgach:
— Endi ketay, opa, — deb qoʻzgʻaldi.
— Mayli, bor. Ammo yana kel, kutaman.

Ismoil chiqdi. Soʻng qayoqqa ketganini hech kim bilmaydi. U ancha vaqt mahallada koʻrinmadi.

Agar goʻrkov oʻsha kuni joyida boʻlganida, oltiyetti yoshlardagi bir bolaning eshikdan kirib, shoshapisha qabriston oralab ketganini koʻrgan boʻlardi. Bu bola oʻsha tunda ziyorat qilgani kelib, onasining qabrini bilib olgan Ismoil edi. Undan boshqa bola bunga qodir emasdi. U dunyoda shu bir uyum tuprokdagidekaftni hech yerdan, hatto otasidan ham topolmagani va shuning uchunmikan otasi bilan oʻzi oʻrtasida begonalik paydo boʻlganidan bu yergayeldi.Chopib keldi. Har kim koʻngilxushlik uchun shoshgan bayram ayyomida toʻyibtoʻyib yigʻlamoq, yillar koʻngliga choʻktirgan dardlarining bir qismini yengillatmok, uchun kelgandi Ismoil...

Bayram oʻn besh kechakunduz boʻldi. Oʻgay onaning Ismonl toʻgʻrisida bergan ma’lumoti otani oʻylantirib koʻydi. Uning aytishicha, Ismoil teztez qayoqlargadir ketar,yarim soat, bir soatgacha xech kim uni koʻrmasmish. Oʻzidan soʻralsa:
— Oʻynadim, — deb koʻya qolar, boshqa javob olinmasdi.

Yangi xotinning ra’yiga qarab bugungacha oʻz oʻgʻliga oʻgay ota qatorida boʻlmoqdan boshqa narsa koʻlidan kelmagan otani oʻy bosdi. Bola qayoqqa ketishi mumkin?

Boshqa mahallalarga oʻynagani borib, u yerda bolalardan tayoq yeb qaytgani esiga tushdi. Ezildi. Ismoil oʻzi uchun muglaqo xuzursiz bu uydan uzoqlashishi tabiiy emasmi?! Ikkinchi marotaba uylanganidan keyin ota sifatida oʻgʻli uchun hech narsa qilmadi. Ota buni ilk bora bugun xis etdi va oʻz qilmishlarining kechirilmas gunoh ekanligini anglaganday boʻldi. Uni ichidan qaynab chiqayotgan bir nido ezardi: vijdonli bir oʻgay ota Ismoilga sendan koʻra yaxshiroq muomala qilar, mehrliroq boʻlardi. Turdi. Tashqariga chikdi. Koʻzyoshlarini sidirmokdan boshqa bir chora topolmayotgandi.

Ikkn kun oʻtdi. Havo ancha ilib qoldi. Doʻkonlarning eshiklari ochildi. Koʻkraklarni toʻldirib-toʻldirib bahor xavosini oladigan zavqli damlar boshlandi. Bir doʻstinikida mexmondorchilikda oʻtirib, choyning oxirgi yutumini hoʻplarkan koʻzlari birdan katta-katta ochilib ketdi. U koʻchada yugurib ketayotgan Ismoilni koʻrib qoldi. Mezbon bilan xayr xoʻshlashishga ham sabri chidamasdan Ismoilning ortidan tushdi. Ismoil orqasiga qaray demasdi. Besh daqiqalardan soʻng qabriston eshigidan avval olti yoshlardagi bola, undan keyin bir kishi kirdilar. Uning qaydaligi endi ma’lum edi. Avval mozorchiga uchradi. Mozorchn bu bola bir ikki haftadirki, qabristonga serqatnov boʻlib qolganini, shoshapisha, hatto yugurib kelishi va birozdan soʻng qaytishini aytdi.

Mozor boshlarida hech kim koʻzga tashlanmasdi. Ota ajablangan koʻyi Ismoilni axtara boshladi. Oʻgʻli hadeb koʻzga tashlanavermagach, Fotiha oʻqib ketishuchun marhuma xotinining qabri tomon yoʻnaldi. Oʻn odimcha masofa qolgan ediyamki, mozorning narigi tarafidagi gʻalati butaga koʻzi tushdi. Butaga yaqinlashib, shoxni koʻtarish

uchun egilishi bilan hayratdan dong qotdi. Koʻzlari koasidan chiqkuday boʻlib, bir hamlada buta shoxini chetga tirdi. Buta tagida Ismoilning zaif vujudi koʻrindi. Chuqurligi bir qarichcha keladigan, yotganda Ismoilning boʻyiga mos bir joy qazilgan. Ismoil shu chuqurda ozi mozorga tegar darajada yotibdi, yuziga boʻz parchasi qilgan. Ustidan buta olinishini sezar-sezmas Ismoil yotgan joyidan irgʻib turdi. Qarshisida otasini soʻrdi. Sakrab turarkan birinchi qilgan ishi yuzidagi boʻz tarchasini choʻntagiga solmoq boʻldi. Har ikkisi kutilmagan bu uchrashuv hayajoni ichra qoʻrquv va hayrat aralash bir-biriga tikilib qoldilar.

Ismoil oyoq tovushlarini eshitgan, biroq ziyoratchi uni sezmasdan oʻtib ketishiga ishonib, jim yotgan edi. Koʻrdiki qarshisida otasi turibdi. Shu onda tuproqqa aylangan onasi va yetimlik jamiki ozorlarini chekishiga sabab boʻlgan otasi orasida edi u. Qochish kerakmikan? Nima qilsa ekan? Ismoil hozir bu savollarga javob bera oladigan holatda emasdi.
— Bu yerda nima qilyapsan, oʻgʻlim?
— Onamning kuchogʻida yotibman.
— Shunday xam boʻladimi, bolam? Onangoʻlganiga necha shil boʻldi?! Axir u tuproqqa aylanib ketganku
— Mayli. Men unnng tuprogʻini ham yaxshi koʻraman. Endi bu yer mening uyim, — dedi u qoʻli bilan qazilgan koyga ishora qilib.

Ota boshqa chidayolmadi, Onasining tuprogʻidan boshqa oʻkinadigan yeri va kimsasi qolmaganini anglagan bolasini bagʻriga bosib xoʻng-hoʻng yigʻlay boshladi.

Bir muddat shunday yigʻlagach:
— Yur, oʻgʻlim, ketamiz, — deb koʻlidan tutdi va u yerdan chiqdilar. Oʻn-oʻn besh qadam tashlagach bir nima esiga tushib soʻradi:
— Yuzingta yopib olganing nimaydi, oʻgʻlim?
— Ismoil kissasidan boʻz parchasini chiqardi:

Onamning koʻylagidan uzib oldim .Bunda uning hidi bor.

Tush, Quyosh harorati kuchayganida qabristondan naqadar gunohkor va bemehrligini anglagan ota hamda uniig ota mehridan maxrum boʻlgani uchun ona xokini yuzga surtib, ona tuprogʻiga bosh urushdan boshqa chorasi qolmagan tolesiz oʻgʻli chiqishmokda.

Tunda, Ismoil uykuga ketgach, bu hodisalarni bir-bir anglatgan otaxo tiniga murojaat qildi:
— Bir narsaga aqlim yetmayapti. Ismoil onasi oʻlganda uni taniydigan holda emasdi. Uning koʻylagi qayoqdan bildi?

Sanixaxonim javob berdi:
— Kecha uyni yigʻishtirayotganda eski kiyimlarni taxlayotib unga onasining koʻylagini koʻrsatgandim. U olib uni koʻliga oldi, koʻzlari yoshlandi. Men ortiqcha axamiyat bermasdan koʻylakni uning koʻlidan olib koʻydim.

U taxmonni titkilab oʻsha koʻylakni topdi. Bu koʻylakning naq koʻksidan bir parcha qirqib olingan edi.

Oʻsha kundan e’tiboran Ismoilning uydagi ahvoli ozgina yengillashdi. Endi Ismoil ba’zida bir tizzasiga Salmani olgan otasining kuchogʻida oʻtirish zavqini totar bu holdan Sanixaxonimning qovogʻi ham avvalgaday uyulmasdi.

Endi Ismoil ham ochiq chehra bilan yura boshladi.Avallari oqshomda uyga qaytgan otasini boshi xam holda kutib olgan Ismoil endi otasi kelishi bilan yugurib boradigan va uning koʻlidan ushlab uyga yonma-yon kiradigan boʻldi. Uning hayotida koʻzga koʻrinarli oʻzgarishlar boʻlnanini bilgan koʻshnilarning ham vijdonlari endi xotirjam edi. Avvalo Fotima... Ota-oʻgʻil koʻl ushlashib uyga kirisharkan, ba’zan uning ham koʻzlaridan qaynoq tomchilar mexr va shafqat toʻla koʻksiga enardi.

II

Fotima bu yil oʻn toʻqqizga qadam koʻydi. Bu yoshga pok, vijdoni oldida uyalmaydigan bir holda kirdi. Qur’on oʻqimoqni otasidan, namoz oʻqimoqni ota-onasidan,tarbiya va odobni ular bilan birgalikda oʻz vijodonidan oʻrgandi. Har jixatdan ayol degan nomga munosib boʻldi.

Otasidan yetarlicha diniy ma’lumot oldi. Alloh har narsani koʻrguvchi, eshitguvchi, bilguvchi ekanini, yaxshiyomon qilgan ishlari hususida uning huzurida bir kun xisob berajagi, bu ishlarni chap va oʻng yelkasidagi ikki kotib farishta yozib borajagini bilishi bilan koʻzlari yoshlandi. Shu kundan boshini oʻradi, koʻpchilik orasida oʻzini qanday odobli tutsa, yolgʻiz qolganda xam shunga qattiq amal qildi.

Ayollar toʻplanishgach, bemalol ochiq-sochiq oʻtiraveradilar. Hatto Fotima yaxshi taniydigan adabli, tarbiyali bir nechta xotinlar ham shunday ish tutishdi. Dugonalari, uni ham boshini ochib, roʻmolnni yechib oʻtirishga qistashardi. U qabul qilmasdi.

— Bu yerda hech kim yoʻq-ku, Fotima, kim koʻrib oʻtiribdi?! Buncha talabchan boʻlmasang?!
— Alloh koʻradi, — deb javob berardi Fotima.
— Xoʻp, sen oʻraganing bilan sochingni Alloh koʻrmaydimi? — deya e’tiroz etdi dugonasi.
— Tabiiyki, koʻradi.
— Unda nechun bu taassub, mutaassiblik?! Nimadan buncha saqlanasan, Fotima?!
— Istaymanki, Alloh meni uyalishimga sabab boʻlgan holatda koʻrmasin. Oʻzi amr etgan, rozi boʻladigan qiyofada koʻrsin.

Hech qanday e’tirozga oʻrin qolmadi. Fotima yodlangan qoidalarni shunchaki gapirmadi, balki shu qadar sammiy javob berdiki, ochilgan tizzalar va boshlar darhol yopildi, bu soʻzlar vijdonlarga qadar yetdi, qalblar titratib yubordi. Shu kundan soʻng Fotimaga bunday tak lif bilan murojaat qilishga hech kim botinmadi. Hatto uni ziyorat qilgani kelishgan dugonalari boshqa joylardagiday va avvalgiday emas, tartibli va nazokatli boʻlgan holda oʻtiradigan boʻldilar.

Bolalikdan xotirasida qolgan bir voqea bor: bir kun boqqa borishdi. Olti yoshga kirib-kirmagan Fotima bogʻdan u yoq bu yoqqa yugurayotib bir olma topib oldi va «ona senga olma keltirdim “dedi sevinib, soʻng toklar orasiga kirib ketdi. Yon qoʻshnining bogʻidan bir bosh chiroyli uzum ularning bogʻiga osilib turardi. Endi uzaman deb turganida otasining ovozi darhol koʻl tortishga maj etdi:
— Fotima,uzma qizim! Bu uzum bizga harom!

Uning jajji shuurida uzum qora boʻlganligi uchun harom degan fikr qoldi. Oradan yillar oʻtdi, lekin Fotima bir dona ham qora uzum yemadi. Uzumning qoraligi uchun emas, birovning moli boʻlgani uchun harom ekanini yillar oʻtib bilgach ham oq va qora uzum koʻyilsa, uning koʻllari beixtiyor oqga uzalaverardi...

Bu yil oʻn toʻqqizga kirayotgan Fotima kichikligidan shunday oʻsdi. Qalbidagi Allohdan qoʻrqish, odob va tarbiya hissi vijdonidagi iffat tuygʻusi, insoniy noztkliklar... Yoxud suhbatlari, uyalishlari, harakatlariyu muomalasi...Uni oʻzidan katta-kichik, barcha ayollarga oʻrnak qilib koʻrsatish mumkin. Chunki Fotima oʻzini, soʻzlari va harakatlarini nazorat qilishga qodir qiz boʻlib yetgandi.

Fotima boʻy yetgan qizlar kabi atrofdan soʻrala boshlandi. Soʻraganlar orasida boy-badavlatlar, faqiru oʻrtahollar bor. Bulardan har biri bir bahona bilan etilardi. Fotima turmushga chiqishi kerak boʻlgan olam dini butun bir musulmoy, pok, goʻzal axloqli, insoniy fazilatlar bilan ziynatlangan inson boʻlishi kerak. Boy yoki faqir boʻlishi uning uchun aytarli ahamiyatga ega emas. Mahallasida boy deb tanilgan va zamona zayli bilan faqirlashgan kishilar bor. Bir zamonlar kunlik ovqatini zoʻrgʻa topib, ertangi quni uchun koʻlida hech vaqo boʻlmagan,lekin sergʻayratligi tufayli boshqalarga yordam beradian darajada boyib ketgan odamlarni ham biladi. Shu tufayli Fotima mol-mulk kabi bugun kelib, erta ketadgan narsalarga ahamiyat bermasdi.

Bir kuni uni ikki bolali beva erkakka soʻrab kelishi. Xotini bir yil burun vafot etgan bu odamning bolalari parishon bir xolda qolgandi. Buvisi,ya’ni marxum xotinning onasi bu parishonlikni biroz boʻlsada kamaytirish uchun ancha urindi, lekin oʻzi ham xastalanib qoldi. Shundan soʻng Odilbek bolalarining axvolini biroz boʻlsada yaxshilash umidida ikkinchi bor uylanishga istar-istamas rozi boʻldi.

Odilbek namozxon, xushfe’l, xushbichim, fayzli bir inon edi. U haqda eshitilgan qisqa ma’lumot — shu. Fotimaning onasi bunday turmushga rozi boʻlmaydiganga oʻxshardi. Ikki yetimga qarash oson boʻptimi?! Uni muamolar kamroq,har jihatdan toʻkin oilaga uzatmoqchi edi. U toʻgʻrida qizi bilan maslahatlashdi:
— U odam yaxshilikka yaxshi emish, ammo ikki yetimn or, qizim, nima qilasan?
— Ularga farzandimday qarayman, ona boʻlib tarbiyalayman.

Ona boʻlib qarash osonmi, qizim? Saniha nima qildi? Ismoil yegan tayoqlarni koʻrmayapsanmi? Bola shuncha zulm koʻryapti, Saniha shuncha gunoh orttiryapti,

Xoʻsh, Sanihaxonim onalik qildimi, buni istadimi,bunga tirishdimi? Kelganining uchinchi kuniyoq Ismoil uydan yigʻlab chiqmaganmidi? Qachon Ismoil Salmaday goʻzal, toza liboslar kiydi? Qachon Salma bilan teng koʻrildi? Salmaga qarashdan ortib, biror marta doʻstlari bilan oʻynadimi? Aminmanki, u uyda Salma Sanihaxonimning bolasi, Ismoil esa uning xizmatkoriday koʻriladi. Hatto xizmatkorga ham bunday muomala qilmaydilarku.
— Qizim, bir narsa menga ma’lumki, yetimning qahri qattiq boʻladi. Qancha urinma, oʻzingni ularga ona sifatida tan oldirolmaysan. Senga bir narsa aytaymi? Yetimgʻesirsiz, qaynonasiz, bolasiz oilaga kelin boʻlishing kerak. Nega oʻzingni zaxmatga urasan,el qilmaganni qilasan?
— Hoʻsh, unda bu bolalar nima boʻladi, ona? Bironta oʻzini bilmaydigan kelib har xil zulmlar oʻtkazsa, bechora bolalarning hoai ne kechadi, ularning aybi nima, ona?
— Senga nima, Fotima? Birovning bolasi boʻlsa, oʻylagan narsangni qara. Qancha chidaysan, bir hafta, bir oy sabr qilding, xoʻsh, oxiri nima bilan tugaydi? Bir kun kelib boshqacha oʻylab qolasan. Pushaymon boʻlasan, hayoting soʻngigacha ularning dardiga oʻralashib oʻzini jabr qilasan, yo Sanixaga oʻxshab, ogʻizlariga urib, tashqariga quvib, haydaysan. Bundan boshqa yoʻl bormi?

Bor, ona. Ularni oʻz farzandimday oʻstirib, savob olish bor. Oʻz bolasini parvarish qilish hayvonning ham qoʻlidan keladi. Inson bir pogʻona ustun boʻlishi kerakmasmi? Insonning xayvovdan ustunligi gʻarib yetimni bolasiday bagʻriga bosa olishida emasmi? Zulmning har qanday turi ham yomon, ammo yetimga qilingam zulm, zolimni, ya’ni zulm qilguvchi insonni hayvondan pastroq tushirib koʻysa kerak.

Bu suhbat Fotimaning istagi amalga oshishi bilan yaqunlandi. Qizini soʻratgan bu odamning yomon odam emasligini bilgan otasi ixtiyorni Fotimaga berdi Yetimlarni parvarishlash Fotimaning qoʻlidan keladi Agar Fotima xoxlayotgan inson axloqiy buzuq, ichkiliboz, qimorboz, din dushmani boʻlsa, qizini unga bermaslik otaning burchi. Aksi boʻlsa, Fotimani oʻz ixtiyoriga qoʻyish kerak. Shu sababdan sovchilarga muvofiq va munosib javob berdi.

Bayramdan bir oylar keyin Ismoilning ahvolini koʻrganlar uning sekin-asta oʻnglanib borayotgani haqida xulosa chiqarishlari mumkin edi. Ba’zan otasi uni bozorga olib borar, ba’zan Ismoil oʻrtoqlari bilan oʻynardi. Uyda yana uni kaltaklashyaptimi, yoʻqmi bilib boʻlmasdi. Faqat ilgarigiday tayoq yeyishlar nihoyasiga yetgan!

eDI. Buni birinchilardan boʻlib Fotima angladi.Aslida Fotimaning ikki yetimi boʻlgan kishiga turmushga ishiga sababham Ismoil edi. Toʻgʻrirogʻi, Ismoil chekkan iztiroblarning uning koʻnglida qoldirgan teran ta’siri edi bu. Ikki yetimning qoʻnglini olish—ularni zolim koʻliga tushishdan kutqarish edi uning niyati. Yoʻqsa, Fotimaday ham ruhiy, xam jismoniy goʻzallik sohibasi,ishchan qizga uylanmoqchi boʻlganlar koʻp edi. Yana koʻplab topilardi ham.

U uylangan odamga turmushga chiqarkan, uning marhum xotini xotiralariga bogʻlanib qolishi mumkinligini bilgani holda, bu goʻdaklarni qutqarish fikrida edi. Modomiki, boʻlgʻusi er murosali inson ekan, muammo yoʻq hisob. Har xolda oʻlgan bilan tirik bir emas. Endi uylangan xotini ham sevadi, hurmatlaydi. Buning ustiga, Fotima eri boʻladigan odamga, birinchi xotiniga nisbatan xurmatni unutishini taklif etadigan, uni esiidan chiqarmagani uchun xafa boʻladigan, tirgʻaladigan qiz emas. Oʻzi bir vaqtlar kichikligidan boqib katta qilgan mushugi yoʻqolganda uning xotirasini koʻnglidan chiqarib tashlayolmagan Fotima, ikki bolasini omonat qoldirgan bir insonni unutib yuborishni tasavvuriga sigʻdirolmasdi. Bu toʻgʻridan-toʻgʻri muruvvatsizlik boʻlardi.

Oʻzining u xonimni unuttiradigan nima bor? Balki u xotin koʻp ustun, saviyali, fazilatli boʻlgandir. Uni unutish— u qoldirgan goʻdaklarni ham yoddan chiqarish demakdir. Holbuki, Fotima bu xonadonga shu goʻdaklarni deb kelmoqda edi, toki ular unutilmasin, iztirobda qolmasin.

* * *

Fotimaning ikki yetimi bor odamga tegishga rozi boʻlishidan qarindosh urugʻ bexad hayron boʻlib qoldi. Ular bolani eplash mushkulligidan soʻzlar, oʻylamasdan ish tutilayotganligini aytib, kuyinishardi. Yosh, kelishgan u odamning qusur va kamchiliklari deyarli yoʻq aksincha, u bir talay fazilatlarga ega. Qarindoshlarning ba’ilari doʻstona achinishib, ozorlanishar, ba’zilari esa qaror qabul qilgan Fotimani ayblashar edi. Hali ham fikridan qaytish uchun kech emasligini, aksincha, bu eng toʻgʻri yoʻl ekanini aytishardi. Onasi kelganlarning dashnomlariga javoban:
— Qancha harakat qilmay kor qilmadi, tushuntirolmadim. Ne qilay, qoʻlimdan nimaham kelardi. Ana oʻzingiz chaqirib gaplashinglar, —demoqdan boshqa chora topolmasdi. Ular Fotimaning oʻzi bilan gaplashishdi:
— Fotima, seni yaxshi koʻrganimizdan kuyinamiz. Boʻlmasa, bizga nima? Ke, oʻzingni qiynama. Xohlasat pochchang aralashadi. Kech boʻlmasdan oldini olaylik.

Fotimaning yuragi siqildi. Nega har kim aralashaveradi? Boradigan, yashaydigan va buni koʻngil rizoligi bilan istagan uning oʻzi-ku. Har holda oʻz zararini oʻz ham ularchalik oʻylar va tushunardi.
— Xola, — dedi, — meni yaxshi koʻrganingiz uchun gapiryapsiz, ammo mening qarorim qatiy. Mening maqsadim ikki goʻdakka qarash hamda ularni iztirobdan, mashaqqatdan kutqarish. Men pushaymon qilmayman. Buning uchun behuda aziyat chekmang.
— Ishqilib pushaymon boʻlib qolmasang boʻlgani, Fotima!
— Parvardigorim meni uyaltirmas. Yomon ish qilmoqchi emasmanku!

Soʻz shu yer da toʻxtadi.

* * *

Toʻyni oddiygina oʻtkazish taklifi keldi. Fotimanin otasi bu taklifni ma’qullab qarshi oldi.
— Xotini yaqinda vafot etgan odam, dabdabaning bugun va umuman hojati yoʻq, — dedilar.

Fotima ham bu taklifni oʻrinli deb bildi. Hatto bundan Odilbekning tushungan bir inson ekani koʻrinardi.Hurmatli inson boʻlmasaydi, marhum xotinining xotirasini xayoliga ham keltirmasdi.

III

Yillar boʻyi inson koʻli tegmagan, parvarishdan uzoq, begona oʻtlardan koʻrinmas holga kelgan bogʻcha bilan istalgan mahalla va hattoki shahar ayollari ahvoli oʻrtasida katta oʻxshashlik bor. Bu bogʻchada yetishgan narsalarning koʻpi iste’molga yaroqli mahsulot boʻlib yetishishi qiyin. Bogʻbon tarbiyasi bogʻcha uchun begona edi. Shu sababdan har nihol, oʻzicha — qanday yoʻl topsa, shunday oʻsib yotardi.

Mahalla ayollari ham shunday. Kichik yoshdan quloqlari tarbiya uchun burilmagan, Faqat betakalluf bir turmushning beparvo tarzi quloqlariga quyilib,qalblariga qadar oʻrnashgan. Shu sababdan ular hislariga, orzulariga toʻqri kelgan narsalarni oʻzlari bilganicha, oʻzlari xohlaganicha qoyillatib bajarishardi. Faqat aql va mantiq zaruratiga, axloq va fazilat amriga kelganda loqayd qolishlari koʻzga tashlanadi. Oʻtirib birovni gʻiybat qilishda, chogʻishtirishda, chaqimchilikda, bahslashishda, urushishda barcha mahoratlarini ishga solib, oʻrtaga chiqaradiganlar koʻp. Ammo oʻzlarini bundan saqlaydigan ayollar ozdir.

Ayollarning hammasi shunday deyish insofdan boʻlmasa kerak. Ular orasida ham orzu-umidlari, maqsad va tuygʻulari, faoliyatlarini Alloh rizosi uchun qiladigan, irodasini hislari qarshisiga qudratli bir qoʻmondon kabi oladiganlar bor. Goʻyo tasodifan yovvoyi oʻtlar iskanjasida qolgan noyob bogʻ guli kabi. Ba’zan bu gul atrofini qichitqi oʻtlar qoplaydi, chirmoviqlar oʻraydi, tikanlar kurshaydi va gulni yoniga yaqinlashib boʻlmas holatga keltiradi. Lekin, baribir, uning xush boʻyi atrofga yoyilishidan, goʻzal rangi yiroqlarga joziba taratishidan koʻz quvnaydi, dimogʻ chogʻ boʻladi, jon xuzur qiladi.

Fotimaning turmushga chiqishini eshitib, tabriklagani kelganlar orasidagi (.....) Xonimni ham Fotimalar malhallasining guli deyish mumkin. Bu xonim Fotimaning jasoratli qarorini qutlagani va unga bu qarorda sobit qolmoqni tashviq qilgani kelgandi. Ikki kunlik huzur-halovat uchun fazilat va xaqiqat yoʻlini tark etmasdan, yolgʻiz qolib mashaqqatlarga duch kelsa ham sabr etishni maslaxat va nasihat qilgani kelgan bu ayol xush qarshilanishga arzigulik, yaxshi kutib olinishga munosibdir

Qalbi xaqqa bogʻlangan, yomonliqdan yuz oʻgirgan insonlarda boshqlarga oʻxshamagan, porloq bir vijdon bor. (...) Xonim fazilatsizlikni, fayzsizyashamoqqatashviqni, haqsizlikni, huquqsizlikni koʻrganda qoʻl siltab, koʻz yumib ketmaydigan, iloji boricha chora topishga, tadbir qilishga kirishadigan, hech boʻlmaganda ich-ichdan iztirob chekadigan vijdon soxibasi edi. Koʻpchilik xato manzil tomon kim oʻzarga shoshgan bir davrda ularni haq yoʻlga yurishga undashni amr etgan bir vijdon sohibasi edi u. Fotymaning eshigida bir xonim turardi. Koʻrinishida sokinlikdan boshqa narsani ifoda etmagan, samimiyatdan boshqa narsa oʻqilmagan chexrasidan qalbiga boqsangiz vulqonlar otashli, ummonlar kabi bezovta bir olamning aks etganini koʻrishingiz mumkin.

Eshik ochildi. Qirqqa yakranlashgan, oʻrtadan baland, uzunga yaqin boʻyli, boshini sharf bilan yaxshilab oʻragan bir ayol koʻrindi. Hech qachon kelmagan, bir uzoq koʻshni tashrif buyurdi. Fotima har kuni bir necha mehmonlar kelishiga odatlanganligi va ularning kelish sababini bilgani uchun uyiga ilk bor mexmon boʻlib kelgan uzoq qoʻshnining tashrifidan xayron boʻlmadi, uni begonalardek qarshilamadi.

Mehmon xonimda xar kun keladiganlarda uchramagan bir xususiyat koʻzga tashlanib turardi. Harakatlarida, turishidayoq roʻparasidagi odamni hurmat bilan muomala qilishga majbur etadigan viqor va jiddiyat sezilardi. Bir qahva ichguncha qancha «zahmat chekkani»ni takrorlaydigan yoki ming turda gʻiybat qiladiganlardan emasligi bilinib turardi. Ayol jimgina qaxva ichdi, tashakkur aytdi, Alloh ziyoda etsin, deya duo qildi. Soʻng Fotimaning turmushga chiqish haqidagi qaroridan juda mamnunligini aytib, tabrikladi. Bu haqda suxbatlashish mumkin boʻlgan bironta mehmon kelishiga umid qilmagan Fotima shoshib qolganday boʻldi. Mexmon xonim davom etdi:

«Faqat, qizim, insonlik sharafi xayrli qaror qabul qilishdagana emas, balki turli aziyatlar qarshiida qabul qilingan qarorda sabr bilan davom eta bilmoqdadir. Bu goʻdaklarga beradigan har bir luqma taoming, aytadigan har soʻzing Alloh xuzurida zoye ketmasligini, qiymatli boʻlishini unutma. Ularga qiladigan xar yaxshiliging, Paygʻambaringga qilingan yaxshilik ekanini yodingda tut. Bilursanki, u zotham tugʻilmaslaridanoq otalaridan, olti yoshlarida onadan yetim qoldilar. Yetimlarning koʻz yoshlarini sening mehr-shafqating toʻxtatsa, sendan baxtli odam yoʻqdir. Ha, bu yoʻlda ancha zaxmat va aziyat chekasan. Sabr etsang, bu zaxmatlar ertaga rahmat boʻlib qarshingdan chiqadi. Peshona terini toʻkib insonligini isbot etganni, Paygʻambari xurmatiga yetimlarga koʻz-quloq boʻlganni Alloh koʻz koʻrmagan ne’matlar bilan siylaydi. Ularga onalari yoʻqligini «Fotima yaxshi ayol ekan”, deyishlari uchun emas, Alloh rozi boʻlishi uchun sezdirmaslikka kirish».

Fotima qabul qilgan qarori uchun shu kunga qadar ilk marotaba qutlanayotganini tushundi. Uylariga ilk bor kelgan bu xonimning soʻzlari riyodan yiroq, gʻoyat samimiy edi. Ketayotganda, haligacha tanishib suhbatlashmaganidan xijolat boʻlib qoʻlini oʻparkan, xonimdan duo qilishinn soʻradi, bu xil nasihatlarni kutganini bildirdi.

Koʻk yuzidagi bulutlarni shamol atrofga tarqatgann kabi insoniy vaznfasini ijro ztgach, vazmin qadamlar bilan uyiga yoʻnalgan bu xonimning orqasidan yerdagi chang toʻzonlarni koʻkka sovuradigan bir shamol turdi. Bir onda odam-odamni tanimaydigan holat vujudga keldi. U toʻzonva quyun ichra sokinlik bilan odimlayotgani qoʻzga tashlanib turardi. Bu manzara Fotimaga botilning kelib-ketishini, chang-toʻzon kabi ekanini, faqat haq qudratli va boqiy boʻlib qolaverishini eslatdi.

* * *

Kim edi bu ayol? Ismini aytishni lozim topmagan, hatto aytmasliqdan koʻnglida huzur tuygan bir ayol. Sababi nima edi? Uyaladigan ish qildimi yoki «nechun bunday qilding?» —deb soʻrab ketadiganlardan biri ekanligi uchun shunday yoʻl tutganmikan? Albatta, yoʻq.

Agar: «Ajabo, bu xonim ushbu ishni Alloh rizoligi uchun qilganidan va faqat U bilishi yetarli ekaniga ishonganidan oʻzini tanitishni istamagandir?»—deyilsa, javob savolning oʻzida aks etgan boʻlardi.

Insonda bir dard bor. Amallarini boshqalarga bildirish dardi. Bu dard ba’zan tarbiya va odob doirasidan chiqib ketadi. Inson bir yaxshilik qiladi. Faqat bu yaxshilik mukofotini Allohdan kutmasdan, boshqalarning boshlarini qotirib, kuloqlariga yetkazmaguncha rohat topmaydi. Kelajak nasllarga qanday yetkazishadi? Buning ham chorasi bor, yoʻli oson. Darhol marmar lavhaga koʻrsatilgan yordam va oʻzining ismini yozdiradi, Tamom. Kim nima deydi?

Ba’zan birovga ertalab yaxshilik qilinib, kechqurun yuziga solinadi. Lekin bu jahonda bildirmasdan yaxshnlik qilib, bu yaxshiligini yodida saqlab yurmaydiganlarning ham borligi aniq. Haqiqat shuki, Fotimaning mehmoni — har soʻzi gavhardan ziyoda bu ayol dunyoning ismsiz janoblari orasidan oʻrin olishga loyiqligini oʻz harakatlari bilan isbot etgandi. Alloh undan rozi boʻlsin.

Uning mukofoti uni tanimagan, faqat ortidan bu yoʻlda duo qilganlarning Alloh huzurida qabul boʻlingan niyozlaridir.

IV

Odilbek bir necha xonadonga bosh urib, nihoyat muvaffaqiyatli javob oldi..Uning avval uylanganini, buning ustiga ikki yetimi borligini eshitganlar darhol rad etardilar. Odnlbek tul xotinlar balki bu turmushga rozi boʻlar deb oʻylar, biroq hech kimdan ijobiy javob ololmasdi. Nihoyat Fotima ismli bir qizning oilasi bu taklifni:
— Bir oʻylab koʻraylik... — deya qarshilashdi va bir haftadan keyin rozi boʻlishdi.

Xotini oʻlganiga bir yil boʻldi . Undan xotira boʻlib uch yoshli qizaloq va besh yashar oʻgʻil qoldi. Odila va Husayin. Bu bir-birvdan sevimli, bir-biridan goʻzal va shirin, shu bilan birga bir-biridan tolesiz ikki goʻdak uning koʻlida qoddi. Ne qilarini bilmaydi.

Xotinining xasgaligi kuchaygan sayin, hayotdan umidi uzilarkan, goʻdaklarni avvalo Allohga, qolaversa eriga omonat qoldirganini bir lahza boʻlsin yodidan chiqarmaydi.

Soʻnggi kecha edi. Xasta qiynalib nafas olar, har nafas olganda tili zoʻrgʻa qimirlar, bir narsalar aytayotgandek boʻlardi. Odilbek uning ahvoli yomonlashganini sezishi bilan qulogʻiga bir necha bor Alloh... Alloh dedi. U javob bermadi. Minnatdor koʻzlarini eridan olib, qoʻllari bilan ishorat qildi.

Odila belanchakda yotar, Husayin uni kuldirib, oʻynardi. Xasta ayol eriga qaradi, soʻng koʻli oʻynayotgan bolalarni koʻrsatganday uzaldi. Faqat uzalgan qoʻl havoda qolmadi, koʻrpa ustiga tushdi. Bu orada chukur nafas bilan Alloh kalimasi eshitildi. Koʻl boshqa qimirlamadi. Faqat hamma narsadan bexabar oʻynayotgan bolalarini koʻrsatganday oldinga uzanib qoldi. Balki bu xarakati bilan soʻnggi hayotining gʻunchalarini, kurtaklarnni omonat qoldirayotganini yana bir bor bildirib, uylanadigan xotiniga bu goʻdaklarni ezdirmaslikni vasiyat qilmoqchi boʻlgandir.

Odilbek koʻzlarida qalqqan yoshlarni sassiz sidirarkan, bir necha soniya avval onasi boʻlgan bu yetimlarga iztirob va achinish bilan qaradi. Odila akasi tebratayogan belanchakda qulgidan toʻxtamasdi...

Uning kulgisi yana qancha davom etadi? Buni tushunishga hali ojiz edi. Har qanday inson oilasidan oʻlimdan qattiq ta’sirlanadi, nihoyat bu taassurot kundan-kunga kamayadi. Biroq shunday payt keladiki, unga aloqador nimadir xotiralar choʻgʻini qoʻzgʻab, oʻt oldirib yuboradi, koʻngil iztirob alangasi ichra qoladi...

Odilbekning ahvoli, ta’siroti boshqacharoq kechdi. Uzoq vaqtlar koʻnglida Xayriyaning alohida bir joy band etib turganini his etdi. Bu uning oilasiga, xotiniga vafosidan edimi yoki undan yodgor qolgan ikki noʻdakning kundan-kun onalarini qoʻmsashlariga, izlashlariga boqib, qon yigʻlab, yarasi yangilanib, koʻngli zirqirashidanmi? Odilbek uchun vafo hissidan koʻra ikki norasidaning achchiq holi kuchlilik qilgandek edi, goʻyo. Biroq uni vafosiz deyish insofsizlikdir. Tunlar onasizlik tufayli gʻariblikda qiynalgan yetimlarni kuchogʻiga olib sevmoqning ta’rif etilish mumkin boʻlmagan bir xis paydo qilishini boshidan kechirganlar yaxshiroq bilsalar kerak. Aslida bular musibatda qolganmi? Quchoqlarida boshlari egik turgan, sevgalisi tark etgan bir oshiq, maxzunligi ogʻushida jim qolgan goʻdaklarmi aslida? Barchasining bagʻri yarim. Barchasi kuygan. Koʻngillari yarali. Shu bilan birga xotinidan judo boʻlgach, bir-ikki yil oʻtib uylanganlarning chexrasi ochilganini koʻrganlar koʻpdir. Bunga aksi oʻlaroq uyda koʻchada, maktabda doimo gʻussali, yigʻlamoqqa tayyor yetimning qosh-koʻzi kulib turishi nodir hodisadir.

Ota koʻngli bir ayol bilan toʻlishi mumkin. Faqat bola koʻnglini oladigan, koʻnglini toʻldiradigan ayol endi dunyoda yoʻq. Ota sevgisi bir insonga boʻlgan sevgidan iborat, bolaning mehr-muhabbati esa faqat onaga bogʻlikdir. Ona yer yuzida bir donadir, yagonadir. Uning onasi oʻlgach, uyga yangi bir ona keladi. Otaning aytishicha, bu onaning avvalgisidan kamchilik tarafi yoʻq. Faqat bolaning fikricha, bu ona bilan avvalgi onani qiyoslash inson bilan uning soyasini tenglashtirishdek gap.

Biri butun borligʻi bilan shafqat va marhamatdan iborat boʻlsa, boshqasi faqat moddiy va shakliy jixatdangina onaga oʻxshaydi. Biri sevsa, ikkinchisi uradi, biri bagʻriga bossa, oʻzgasi koʻksidan itaradi, Birinchisi — ona, ikkinchisi—oʻgay ona.

Odilbek bolalarida onasizlik tuygʻularini koʻrgan sayin, dardi ham ortib bordi. Ularni har oqshom, har tun kuchogʻiga olarkan, koʻli koʻzyoshlardan nam boʻlardi. Ayniqsa, Husayin:

—Ota, onam kelmadiku, hali tuzalmadimi?—deb soʻraganida dardi yanada kuchayadi Tun-kechalab qiynalsa ham ularga qarar, shafqatini, mexrini ayamas, kunduzlar qaynonasi, ya’ni xotinining onasinikiga qoldirib, ishiga ketardi. Bir kun u ham bolalarga qarayolmaydigan darajada xastalandi va u yana uylanish majburiyatida ekanini xis eta boshladi. Fotimaxonimga uylanish masalasi ham hal boʻlgunga qadar bolalariga bir oʻgay onakelishini tuzukroq oʻylab xam koʻrmagan ekan. Yoxud bolalari bilan ovora boʻlish, ularning holiga achinib, yaxshi niyat bilan harakat qilyash bunday oʻy surishlardan chalgʻitgandir. Endi bu kun tartibidagi koʻndalang masala kun sayin ulkanlashar, barcha yoʻllar bolalarga oʻgay ona topish ma’nosida birlashardi. Oʻgay ona... Bu nomni bugungichalik haqikiy ma’noda tushunmagan edi. Boshga tushmaguncha bilmas deidilar. Peshonadagi yara bilan devordagi kovakning qanday farqi bor? Odilbek necha bor xotini oʻlib uylanganlarni eshitgan.Ammo oʻsha uylanganlarning oʻz bolalariga bugun anglaganidek, oʻgay ona olib kelshni tushunmagandi.Hozir oʻgay onani bir olov sifatida qabul qilardi:etimlarning ovqatini pishirish yoki isitish oʻrniga yoqib yuboradigan olov.Yohud u bir shamol-goʻdaklarga orom berish oʻrniga a ularni junjiktirib, yuz-kuzlarini chang-toʻzon bilan toʻldirguchi shamol...

Bolalar boshiga shunday ona kelishi ehtimoli bor. Bunday ehtimol katta. Butun ixtiyor koʻldan ketishi mumkin. Shu oʻy Odilbekni egovlardi. Ona hasratida yuraklari dogʻlangan goʻdaklarga qarashi bilan oʻzini ularga zulm farmonini imzolagan hakim oʻrnida koʻrardi.

Hamma oʻgay insonlar ham bolalarga zulm qilishdan zavq olmasa kerak deb oʻzini ovutishni istaydi. Mingtadan bitta boʻlsa ham yaxshisi uchrab, bolalarning chehrasi ochilib qolar deya umid qiladi.Oxiri:”Nega bekorchi hayol,behuda oʻy suraman. Yaxshi oʻgay ona mening bolalarimni kutib turibdimi?» — deb yana gʻussasi ortadi.

Toʻyga bir hafta qoldi. Chigal oʻylar qurshovida kun sayin Odilbekningumidiuzilib bordi. Uylanishni istaganiga pushaymon boʻldi. Toʻyga tayyorgarlik koʻrilmagan, soʻz bermagan boʻlsaydi, shu koʻyi boʻydoq oʻtishga rozi edi. Oh, qarshi tarafdan qaytish taklifi kelsaydi, toʻy zararini toʻlab, barcha aloqani toʻxtatgan boʻlurdi. Aksiga olib, utarafdan bunday sado yoʻq edi.

Kunlar shunday oʻ lar bilan oʻtdi. Xotinining bir yil avval vafot etgani sababi bilan cholgʻuli-solgʻuli toʻy qilmoqchi emas. Faqat kelin kelgan oqshom doʻstlari bilan bir taom yeb, oʻtirish qilmoqchi — mavlud, masnaviy oʻqitmoqchi. Qiz tarafga ham bu taklif ma’qul boʻldi.

Bir kecha avval... Ertasiga kelin kelishi kerak.Toʻgʻrirogʻi, balki ochiqrogʻini aytish kerak boʻlsa, bolalarning hayotida onasizlik davri tugab, oʻgay ona davri boshlanadi. Bu kecha toʻyib-toʻyib yaxshi koʻrib qoladigan kechasidir. Bozordan keltirgan bir xaltachani uzatarkan.
— Nima olib keldingiz menga, ota? — degan bolalariga ichi zirqirab qaradi. Endi bunday narsalarni faqat oʻgay ona roziligi bilan keltirishini oʻylab koʻngli buzildi. Goʻyo ayrilmoq uchun xayrlashayotganday ularning gul yuzlaridan xidlab-hidlab oʻpdi. Xaltachalarni ochdi. Pista, qandlar, oʻyinchoqlar... qandlarni yedirdi. Oʻyinchoqlarni berdi.
— Qani, bolalarim bular bilan oʻynang, men namozimni oʻqiyin! —dedi. Namozdan soʻng suv isitdi, yuvintirdi, sochlarini taradi, ust-boshini kiydirdi. Kechgacha ularni oʻynatdi, Uyqulari kelishi bilai uxlatdk. Oʻzi ham yonlariga auzaldi. Yetimlarini hidlab-hidlab koʻzlarini yumdi. Uxladi...

tun yarmida dahshat ichra uygʻondn. Qaradi. Bolalari pish-pish uxlashmoqda. Koʻrgani tush ekaniga shukr etdi.

Tushida Husayin ochqoganmish, oʻgay onasidan ovqat soʻraganmish, u esa:

-Hozir ovqatlanadigan vaqt emas!.. — dermish va ovqat bermaganmish. Birozdan keyin bolatakror soʻrasa:

-Zaqqum ye.Hammamiz ochmiz. Kutsang, oʻlasanmi?! —deb ozor berarmish. Bu soʻz Husayindan ziyod Odilbekka yomon ta’sir qilib:
— Xonim, bolaku bu, biroz ovqat bersangiz boʻlmaydimi desa:
— Uning tarbiyasi menga oid ekan, ishimni qiyinlashtirish ne hojat? Ogʻziga ikki urish oʻrniga ovqat tutish kerakmi? Bugun indamasang, ertaga boshimga chiqadi.Nimasi bola buning? Koʻrmaysanmi, har narsaga aqli yetadi deb Husayinga shunday bir gʻazabli qarash qilganmishki...

Odilbek bu tush ertaga haqiqatga aylanajagini oʻylab oʻrtandi. Peshonasini silarkan koʻrkuvdan sovuq ter paydo boʻlganini sezdi. Bu terlar tush ta’siri va vijdon muxosabasiga oid edi.

Vu orada Odila uyqu aralash qoʻllarini uzatganday boʻldi:
— Ona, suv... — dedi. Odilbek turib, suv keltirdi. Lekin qizi yana yaxshigina uxlardi. Uygʻotmoqqa koʻzi qiymadi. Piyolani koʻl yetadigan joyga koʻydi, uygʻonib, suv ichgisi kelishi mumkin. Bolalari yoniga uzaldi. Bir pas bolalarining nafas olishini tinglab yotdi, hatto Odilaning suv soʻrashini kutdi va sekin-sekin uykuga ketganini bilmay qoldi.

Vomdodni oʻqigach, yotmadi. Bolalarining uygʻonishini kutdi. Ovqatlarini hozirladi. Uygʻongilari kelmasdi, Uygʻonmaslikka xaqlari bor, bunday rohat yana qachon nasib kim bilsin.. oʻyladi Odilbek. Yana qutmoqchiydi... Qarindoshlari kelib qolishlari kerak. Nima boʻlganda ham toʻy, bir yil orziqib kutilgan ona (!) uyga rohat, huzur keltirmoq uchun tashrif etadi.

V

Fotimaning uydan ayrilishi qiyin boʻldi. Toʻi yaqinlashgani sayin iztirobi ham ortib bordi. Bu mahzunlik totuv turmush kechirish-kechirmaslik xavotiridan koʻproq ota-onadan alohida yashash, ulardan ajrash tuygʻusi edi.

Fotima oʻziga tasalli berish uchun harakat qildi.Har boʻy yetgan qizning boshida turmushga chiqishdan boz chora yoʻqligini oʻyladi. Umrining oxirigacha ota uyida qololmasligini bu oʻyga uladi. Ikki yetimga onalik qilishini va bu bilan savob qozonishini xotiriga keltirdi. Ular bilan mashgʻul boʻlib vaqt qanday oʻtganini bilmay qolishini, bu mutlaqo ayriliq boʻlmay, istagan paytda qizlik uyidagilarini koʻrib keta olishini tushunsa-da, bu maxzunlikka monelik qilolmadi. Nihoyat toʻy onasi bilan birga soʻng bor ovqatlanayotganini oʻylagach, taom tomogʻidan oʻtmadi. Koʻzlari yoshga toʻldi. Otasining qistashiga qaramasdan ovqat yeyolmasligini aytdi va yemadi. Shoshilinch yurishlar, kelib-ketishlar, oʻrinli-oʻrinsiz baqirib-chaqirishlar va shunga oʻxshash hodisalar bilan bir necha soat oʻtdi. Bu soatlar Fotimaga uzunmidi yoki qisqa? Buni Fotima bilolmasdi. Faqat eshikka mashina kelishini kutib turgan bolalar taksi uzoqdan koʻrinishi bilan:

Kelishmoqda... —deya baqirishib,u tomon yugurdi. Fotima koʻnglida gʻalati kechinmalar paydo boʻlayotganini,tizzalari majolsizlanayotganini his qildi. Birozdan soʻng yoniga ikki ayol keldi. Bu orada tashqaridan, «Ovmin» ovozlari keldi. Qoʻllar duoga ochildi. Duolarni eshitmas, faqat ovmin deganlari qulogʻiga chalinardi. Soʻng yana jimlik.

U ham qoʻllarini koʻtardi. Oʻz rizoligi bilan shu turmushni tanlaganini koʻngil tarjimoni boʻlgan tillari yengilgina qimirlab anglatar, koʻzlaridan oqqan injular upa-elikka ehtiyojsiz gul yuzidan sirgʻalib koʻksiga goʻzal bir holda tomchilab tushardi:
— Rabbim, sabr ber. Xayrli oqibat ato qil. Yetimlarimga zulm etmokdan, zolimlikdan, ularning haqqiga xiyonat qilmoqdan Oʻzingga sigʻinurman. Poko Parvardigoro, nomus bilan yashamoqni, xayrli zuriyotlarni, bolalarim oʻrtasida adolatga rioyat etmoqni nasib ayla, yo Robbil a’lamiyn! Sendan sixat-salomatlik, afiyat, xusni xulq tilayman, dinimga, ibodatimga loyiq kuch-quvvat soʻrayman. Huzuringga uyaladigan holda bormokdan Oʻzing asra, Habibing hurmati...

Bu orada tashqaridan duo soʻngiga yetganini bildirguvchi «Fotiha salovat!» degan ovozlar eshitildi va Fotimaning koʻllari ham yuzlariga surildi. Keyin xolasining qizi koʻllaridan tutgancha, toʻyga kelgan keksalarning, qarindoshlarining qoʻllarini oʻptirdi. Pastki bogʻchada ota-onasi, togʻasi, amakisi bir qator turishardi. Ular bilan xayrlashdi. Oldinda goʻzal jildi va muqovali Qur’oni Karimni tutib ketayotgan ayol izidan yurib yonidagi ayollar bilan birga taksiga oʻtirdi.

Fotima uchun yigʻlaganlar orasida bir chetdan unga mahzun-mahzun termulib qolgan Ismoil ham bor edi. Fotimaning qalbidagi gʻalayonlar va gʻussasining hozirga darajasi haqida soʻzlash xuquqi faqat bu holatni boshidan oʻtkazgan, boshiga yopinchiq tashlab, ota uyi bilan xayrlashish alamini totgan kelinlardagina mavjuddir.

Fotimani bir hovliga tushirdilar. Yangi emas. Lekin xarob ham emas. Uch xonasi, bir zali, bogʻi bor. Bogʻcha qarovsiz. Hovli (uy va bogʻ) toʻy oldidan yigʻishtirilganiga qaramasdan, koʻp vaqtlardan beri ayol qoʻli tegmagani bilinib turardi. Fotimaning koʻngli zirqiradi. Xasta, zaif, holsiz bir yosh ayol koʻz oldiga keldi. U

bolalariga qanday taomlar bergan, hovlini qanchalar orasta qilgan... Faqat xastaligidan bogʻ oyoq bosolmaydigan holga kelgan.

Aslida toʻy deyish unchalik joiz boʻlmagan bu yigʻinga kelgan qoʻshnilar birpasdan soʻng tarqalishdi. Uyda faqat Odilbekning qarindoshlari — toʻrt-besh ayol qoldi.

Birozdan soʻng eshikdan bir ayol va ikki bola kirdi. Fotima bu xotinni ikki marta koʻrganini esladi. Odilbekning xolasi. Yonida qora qosh, qora koʻz, qirra burun, chiroyli, shirin ikki goʻdak. Yanga liboslar kiydirilgan, sochlari taralgan. Agar ularga diqqat bilan boqqanlarida yuzlarida iztirob belgilarini koʻrmasalar, bu ularda iztirob yoʻqligidan emas, balki notoʻgʻri qarash, yaxshilab qaramaslikdandir. Odilbek ningxolasi ularning qoʻllarini tutib olgan. Fotimaning yoniga kelishdi. Muloyim,ammo koʻp vaqt dard chekkani bilinib turadigan ovozda:
— Xush kelibsiz, qizim—dedi.
— Xushvaqt boʻling, xola! Ayol yonidagi bolalarga ishorat qildi:

Mana, qizim, bolalaring. Avval enasi qaradi — katta onasidan keyin, kim kelsa shu, uning-buning qoʻlida qoldi. Qoʻgʻirchoqday koʻldan-koʻlgaoʻtib yurishdi bechora bolalar. Endi senga topshirdik. Omonat. Shunday omonatki, koʻngillari jannat eshigiga bogʻlangan, bir omonatki, boshidan bir tuk tushib,joni qiynalsa,xisobi katta. Bu gulgʻunchalarni xoxla yayrat,xoxla uz. Ixtiyor senda. Oʻzing bilasan.

Bularni shikasta ohangda soʻzlayotgan xonim bir oʻziga bir Fotimaga hayron qarayotgan bolalar yoniga bordi:
— Qarang, bolalarim, onangiz keldi. Endi yaxshi boʻladi. Qani, koʻllarini oʻping.

Husayin Fotimaning onasi ekanini yaxshi anglamadi, shu bilan birga tarbiya natijasi tufayli, odob yuzasidan uning qoʻlini oʻpdi. Chekinmoqchi boʻldi. Ammo yangi ona uning qoʻlini qoʻyib yubormadi. Chap koʻliga olgach, dedi:
— Qani sen ham kelchi, Odila.

Odila xolasiga qaradi. Fotima avvaldan tayyorlab qoʻygan, rangli qogʻozlarga oʻralgan ikki xaltacha chiqardi. Birini Husayinga berdi. Keyingisidan beshlik, oʻnli bir qancha mayda pullar chiqarib Husayinning hovuchini toʻldirdi Soʻng:

_ Endi Odilaning koʻnglini olamiz, unga ham beramiz, — dedi. Husayin Odilaning koʻlidan ushlab , sekin tortdi:

Kel, singlim, senga ham beradilar, — dedi. Odila zoʻrgʻa yaqinlashdi. Guyo kulogʻidan sudralgan uloqcha. Berganlarini olarkan, Fotima uni quchoqladi. Oldiga oʻtqazdi. Odila turib, qochmoqchi boʻlardi. Fotima uni koʻyib yubormadi.
— Men sening onang emasmanmi? Nega mendan qochasan, qizim? Seni shunchalik oʻzimniki, desamam, nega sen onam deb uchmaysan? Mana, keldim. Endi hech ketmayman. Qochsang xafa boʻlaman, onang boʻlmay koʻyaman. Akang, mana, shu yerda. Kel, Husayin, kel, oʻgʻlim. Sen oldida oʻtir, singling ham bagʻrimda boʻlsin.

Husayin tortinib-uyalib keldi. Fotimaning bir tizzasiga oʻtirdi. Yangi ona ikkovini ham bir-bir oʻpib, bagʻriga bosdi. Bolalar dimogʻiga xushboʻy urildi. Bu hid bolalarga goʻzal ta’sir etdi.

Boshqa ayollar aralashmasdan quzatib turishardi. Ikki yetimga kelar-kelmas hadyalar berib, oʻpib, bagʻriga bosgan ona bilan, tizzalarida oʻtirgan ikki goʻdak holati ularning koʻzlarini yoshladi.

Ikki koʻli bilan ikki goʻdakni kuchgancha Fotima Odilbekning xolasiga qayrilib qaradi:
— Hali soʻzlaringizni tingladim . Juda toʻgʻri va yaxshi gapirdingiz. Ishonchingiz komil boʻlsin, men ham bu uyga ularning dardiga chora boʻlish, bagʻrimga bosib, qiyinchiliklarini ketkazish uchun keldim. Sabrim yetguncha tirishaman, oʻz onasi boʻlish niyatidaman. Bolalarga mendan nima istagan, kutgan boʻlsangiz, ziyoda bajarishga kirishaman. Duo qiling. Alloh meni uyaltirmasin, — dedi. Bu soʻzlar xolani va boshqa ayollarni mamnun etdi. Hatgo ulardan biri yonidagi xotinga:
— Eshityapsizmi? — deb oyogʻi bilan yengilgina turtib qoʻydi.

Bir soatlardan keyin Fotima bilan bolalar oʻrtasida samimiy munosabatlar boshlandi deyish mumkin.

* * *

Oqshomga qadar turli oʻylar bilan oʻzini yeb bitirgan Odilbek ohista odimlar bilan, istar-istamas uyga kelib, bolalarga koʻzi tushmasdan, gʻalati axvolda qoldi. Oʻzini gʻarib xis etdi. Endi bu uyda uni kulib, yugurib chiqadigan bolalar oʻrniga tund holda qarshi oladigan bir xotin va undan qoʻrqib biror burchakka bekinadigan bolalar mavjud. Mana, hozirdan bu oʻrtada koʻrinishmaydi.Balki xolasi xafa boʻlishmasin, xoʻrlanmasin deya oʻzininikiga olib ketgandir. Ularning yoʻqligi, boʻlsa ham koʻzlarida yosh toʻla ekanligi bu uyni kanchalar fayzsiz, farogʻatsiz qilib qoʻygan-a, yo Rabbiy...

Xayriya oʻlmagan, bugun bir shifoxonadan tuzalib chiqqan boʻlsaydi, naqadar goʻzal boʻlardi. Oh, naqadar deb oʻyladi. Soʻngra bu Alloh takdiriga qarshi, odobdan tashqari bir oʻy (shayton vasvasasi)ekanini va musulmon bunday fikrlamasligini xotirlab, Alloh Taolodan afv tiladi. Bunday oʻylamokdan ne foyda bor edi? Boʻlmaydigan oʻylar bilan boshini qotirguncha, haqiqatga aloqador bir narsa bilan mashgʻul boʻlish afzal emasmi? Masalan, oʻgay ona koʻnglini qanday oladi, bolalarini uning zulmidan qanday qutqaradi, qanday yoʻl topish mumkin? Oʻylashi va chora topish kerak boʻlgan narsalar mana shular edi.

Bir sigaret tutatdi. Ilgari chekmasdi. Soʻnggi bir yil ichida shu zaqkumga yoʻliqdi. Bir-ikki tortdi. Biroz keyinroq bir doʻsti kelishi kerak edi. Oʻzining bu ahvolini unga biddirmaslik lozim. Zotan, tongdan oqshomga qadar oʻylashdan va kuygan koʻngil bilan Alloxga duo etishdan boshqa hech ish qilmadi, bir luqma boʻlsin taom yemadi. Kechgacha ikki quti sigaretni bulgʻashga aslo haqqi boʻlmagan toza havoga pufladi. Oʻchini undan oldi. Sabr kosasini toʻldirayozgan iztirob uni oʻz-oʻziga atrofini oʻragan pashshalar talovida koʻllari bogʻlangan, bechorahol, gʻarib ahvolda koʻrsatdi. Bu orada xolasi boqqa chiqdi. Uni koʻrib, yaqinlashdi:
— Xush kelibsan! Beadad shukrki, bu ish xam bitdi, dedi. Odilbek:
— Bolalar qani, xola? Nima qilishyapti?
— Ichkarida. Onalari bilan oʻynab ovunib oʻtirishibdi.

Odilbek sarchib tushdi.
— Tushunolmadim?
— Onalari tizzasida oʻynab oʻtirishibdi.
— Yo...

Bu hayrat nidosi Odilbekning ogʻztdan chiqishi barobarida koʻzlari ham yoshlandi,gʻalati boʻlib ketdi.

-Ha oʻgʻlim,ba’mani xonimga oʻxshaydi. Kelar-kelmas goʻdaklarga hadyalar berdi, oʻpdi, quchoqladi. Bu uyga kelishdan maqsadi ham ularga yetimlik mashaqqatlarini chektirmaslik ekanini aytdi. Menimcha, bularni chin dildan gapirdi.

Bir necha kunlardan buyon bolalari gʻamida ezilib kelayotgan Odilbek bu soʻzlarga juda-jula ishonishni hohlardi.Qarshstda xazilni hush koʻrmaydigan xodasi soʻzlarkan , ishonmasdan boʻlmasdi. Ammo shuuriga beri oʻrnashib qolgan chigal va ogʻir oʻylarini birdan uloqtirish osonmi? Undagi karaxtlik va turgʻunlikni qoʻrgan xolasi:
— Kel, eshiqdagi kalit oʻrnidan ularga oʻzing qara,-dedi.

Xolasi oldinda, Odilbek orqada, uyga kirishdi. Kelinning xonasi yopiq edi. Xola balki ichkaridan ochilgandir deb oʻylab avval eshikni turtdi, soʻng Odilbekka qara deganday ishora qildi. Odilbek koʻzining birini yumib, ikkinchisini kalit joyi(teshigi}ga toʻgʻriladi. Fotimaxonim yon tarafdan koʻrinib turardi. U choʻk tushgan, Odila va Xusayin oldida oʻtirardi. Fotimaxonim koʻlini tizzasiga koʻydi. Odilaning koʻzi Fotimaxonimning qoʻlida. Birdan uning koʻlini tutdi. Fotimaxonim atay qoʻlini tortmadi. Odila qoʻlini silkib:

Tutdim , ushladim , — deb qichqirardi . Boshqa qarashning hojata yoʻk, Bir oylik vijdon azobi nihoya topganga oʻxshaydi. Kichrayib, torayib bir zindon holiga kelgan dunyo bir zumda unut boʻlib, «Kal Alining bogʻiga aylangan qarovsiz hovlisi koʻziga saroyday koʻrina boshladi.

Uch kun oʻtib, nonushta tayyorlayottn Fotimaxonim ota oʻgʻil oʻrtasida kechayotgan suhbatdan xabarsiz edi. Qoʻli ish bilan, qalbi esa shu ne’matlarni ato etganga, yaratgam shukrona bilan mashgʻul. Kun kelib ushbu ne’matlar u ham javob berajagini oʻylaydi.

Fotimaxonimdan mamnun boʻlsada, hali uni tamom bu uy odami sifatida qabul qilolmayotgan Husayin sir aytmoqchi boʻlganday otasiga yaqinlashdi. Sekingina:
— Ota, bu opa qachon ketadi?
— Qaysi opa, oʻgʻlim?
— Tashqaridagi opa?

—A, onani opa deyishganini sendan eshityapman. Odam onasini ham opa deydimi hech zamonda?
— Bu mening eski, avvalgi onam emas, ota.
— Nega eski onang emas, oʻgʻlim? Kasal boʻlguncha shunday edi, hozir ham shunday. Yoki sizni yaxshi koʻrmaydim?

Yaxshi koʻradi.

Bu orada Fotimaxonim ichkariga kirib qolib suhbat toʻxtadi.

U bir ish uchun qaytib chiqib ketgach, Odilbek:
— Endi bunday gaplarni eshitmayin, oʻgʻlim. Agar, ona demas ekansan, meni ham ota dema!
— Nega endi, ota?
— Onangni opa deganingdan keyin, meni ota deyishning ne hojati bor?! Onang xafa boʻlib, seni oʻgʻlim demay koʻysa, nima qilasan? Onang boʻlmasa, seni yaxshi koʻrarmidi? Sizlarni oʻpib yotqizarmidi? Onang boʻlmasa, bu ishlarni qilarmidi?

Bu orada Fotimaxonim xonaga yana kirdi. Oʻtgan qunlar Husayinni Fotimaxonimga koʻproq yaqinlashtirdi. Odila esa hali kichik. Avval oʻtganlarni eslayolmaydi. Ikki kun oʻtmasdan Fotimaxonimni ona deb yaxshi munosabatda boʻlib ketdi.

Oʻynamoq uchun chiqqanlarida deraza oldida kuzatib,kutib oʻtiradigan, qaytganlarida yugurib eshikni ochadigan onalari bor edi endi ularning uyida.
— Kelganimizni qanday bildingiz, ona?

—Derazadan qarab, kutib oʻtiruvdim, bolalarim kelsin deb.

-Bizni judayam yaxshi koʻrasizmi, ona?

Juda-judayam!

Keyin bu yaxshi koʻrishning kattaligini, darajasini koʻrsatish uchun yoniga yozilgan qoʻllar va ularga mehr bilan qarab qolgan koʻzlar...

Bu koʻzlarning sohibi, bolalarining boshqa bolalardan kam emasligi, past kelmaslik kerakligini, ba’zi oʻzini bilmaganlar: «Ha, endi, nima boʻlardi, yetim shunday boʻladida!» —demasliklari uchun butun kuch-kuvvati va gʻayratini sarflar, xar ikkisini ham gulday toza qilib tashqari chiqarardi. Uyda ham kundalik ishlaridan tashqari, ularni oʻynatar, qoʻngil ochishlarini tartibga solib borardi.

Odilbek hayotidan mamnun koʻrinardi. Koʻrinadi emas, xaqiqatan mamnun. Chunki Fotima oʻgay ona emas, oʻz onalariday bolalarga talabchanlik va mehr bilan qaramokda. Endi bolalar uzoq davom etgan dardli hayotdan forigʻ boʻldilar. Odilbek azonda uydan xavotirsiz, xotirjam chiqadi. Ishiga koʻnglida rohat, qalbida xuzur bilan keladi. Buyuk falokat oʻrniga saodat kelganini,tushida koʻrganlari tush boʻlib qolganini anglagan va shukr aytgan bir qul qay axvolda boʻlsa, Odilbek ham shu holda. Goʻdaklariga boqib rahmatlidan bir omonat ekanini, birga achchiq-chuchuk kunlarni kechirgan xotinini xotirlaydi. Ba’zan charchagan paytlarida: «Fotima!» deyish oʻrniga «Xayriya» deb yuboray deydiyu, aqlini yigʻishtirib oladi. Ba’zan uyqu aralash yonidaga Fotimani Xayriya deb oʻylab koʻyardi. Xavfli tomoni shunda ediki, uyku aralash ogʻzidan uning ismi chiqib ketishi mumkin edi. Unda Fotimaxonim oʻzini yaxshi koʻrmasligini, hanuz u Xayriyaga bogʻliq ekanini oʻylab qolishi mumkin. Buning oqibati yaxshi deb boʻlmaydi. Qaysi erkak uylangan xotinini avvalgi eridan soʻz ochishini, ochganda ham unga bogʻlanib qolganini eshitishni istaydi?

Avvalgi erini har kecha maqtayvergan xotinini «uchchovimiz bir oʻringa sigʻmaymiz» deb urib yotoqdan uloqtirgan Afandining holiga oʻxshaydimi bu? Ba’zan pishgan taom Xayriya tayyorlaydigan ovqatga oʻxshashligi, Xayrnya uni keltirganda yeyman deb ogʻzini kuydirishlari uni ikki-uch azvalgi xotiralarga qaytarardi. Yana u bilan bogʻliq hotiralarga beixtiyor berilib ketardi. Fotimadan shikoyat bormidi? Shunin uchun avvalgi xotinini unutolmayaptimi? Yoʻq, u xaqiqatni inkor yoki oyoq osti qiladiganlardan emas. Doʻkonida sotiladigan qahva va shunga oʻxshash qimmatli bir narsani tortarkan, tarozining qarshi pallasiga qahva solinib oʻralgan qogʻoz ogʻirligicha foydani xaridor zarari xisobiga urib qoladigan sotuvchida vijdon borligini gapirish lozimmi?

Bir necha bor ayni oʻzi kabi vijdonli bir xaridornin
— Odilbek, oʻraydigan qogʻozni tekin olmaysan. Shunday ekan, zarar koʻrasan, degach:

Foydamiz qogʻoz xarajatini qoplaydi, — deb, bun koʻngil roziligi bilan qilayotganini aytardi. U tijortida vijdon talabidan kelib chiqib koʻyilgan foydadan ziyodini oʻziga munosib koʻrmas va barokat shunda ekan ishonar edi. Bunday tushunchaga ega kishining bolalari halovat ato etgan, ularni oʻz onasi kabi bagʻriga bosgan oʻzining xurmatini ham oʻrniga qoʻygan xonimdan shikoyat etilishiga imkon bermasligi kunday ravshan. Albatta xonimiga munosib tarzda hurmat koʻrsatyapti, faqat odobu tarbiyasi, samimiyati yanada ziyoda xurmat etishga loyiq ekan, uni xafa qilmaslik uchun hech boʻlmasa Xayriyaxonimni uning yonida xotirlamaslikni istardi.

Fotimaxonim Qur’on oʻqishni bilardi. Boshlangʻnch maktabni tugatgach, maxsus kursga qatnab, xatm qilgan, Kursda Qur’oni Karimni soʻngiga qadar oʻqigan boʻlsa ham har bomdoddan soʻng Kalomullo tilovatini odat qilgay Alloh kalomini oʻqigach, uning zavqi va hayajoni bilan ishlarini boshlardi. Kelin boʻlgach ham bu odatini davom ettirdi. Kelgan haftasining juma oqshomi edi. Odil akasiga murojaat qildi:
— Kur’onni oʻqishni bilasizmi?
— Yoʻq! Bu jihatdan omadsiz va savodsizman.
— Savodli boʻlishni istaysizmi?
— Qanday?

Sizga Qur’on oʻqishn ioʻrgatsam, nima deysiz?
— Shu yoshdami?
— Yoshingizga nima qilibi? Inson Qur’on oʻqishni oʻrganishi uchun mutlaqo goʻdak boʻlishi kerakmasku...Koʻngil xohasa bu yoshdagina emas, yigirma yil keyin oʻrganish mumkin. Otam yozuv almashganda yoshi bir joyga borib qolgan koʻplab kishilar yangi yozuvni oʻrganganini aytar edilar.
— Yaxshi, qanchada oʻrganishim mumkin?

Kirishishingiz, harakatingizga bogʻliq. Har oqshom bir soat mashgʻul boʻlinsa, bir oyda bemalol oʻqishingiz umkin. Vafot etgan qancha qarindoshlaringiz ikki sahifalik tilovatga och odamning ovqatga boʻlgan ehtiyojidan koʻra kuchliroq ehtiyoj bilan koʻz tikadirlar. Bomoddan soʻnggi oʻqiladigan oʻn daqiqalik oyatlar qalbga qanday tuygʻular solishini tilovat qilgach anglaymiz.

— Juda mamnun boʻlardim, koʻllaringni oʻpaman. Shu oqshomdan kechiktirmasdan, darhol boshlaymiz.

Odilbek aytganidek shu kechadan oʻqishni boshlab yubordi. U soʻzida turadigan insonlardan edi.

Fotimaxonimning aytgani toʻgʻri chikdi. Odilbek bir oy oʻtgach, insoniyat xidoyati uchun yuborilgan sharafli kitobni hurmatli va suyukli xonimining yordami bilan kechqunlar bemalol oʻqiydigan boʻldi. Bu ilk qadam edi. Bundan soʻng bu kitobda koʻrsatilgan, oqibati mutlaqo saodat boʻlgan islomiy va insoniy qonunlarni oʻrganmoq uchun uning turkiy tarjimasini oʻqib chiqishga qaror qilishdi.

Bir kun Odilbek uyga qoʻlida bir qogʻoz xalta bilan qaytdi. Oʻzini ochiq chexra bilan karshilagan xonimga uni uzatarkan;
— Qimmatli ustozimga hadyam bu, —dedi. Qogʻoz xalta ochildi.Goʻzal bir libos edi. Fotimaxonim erining yuziga boqib:
— Tashakkur. Ammo mening bolalarimga hadya qani? Men kiyib,ular shunday qoladtlarmi?
— Ularga ham boʻladi. Bir hafta oʻtsin, inshoolloh.Ularning ham koʻngillarini koʻtaraman.
— Buni olgan doʻkon zgasi bilan doʻstligingiz bormi?

Bor.

— Yaxshi, agar menga quloq solsangiz, buni ertaga eltib borib,oʻrniga bolalarimga ikki hira oling. Qarang, kunlar ham soviy boshladi. Ham koʻngillarini olasiz, sovuq yemaydilar. Ularni xursand, shod etsangiz, men sevinaman. Oʻzim kiyganimdan ziyodaroq kuvonaman.

Bu soʻzlardan Odilbekning koʻzlarida yosh paydo boʻlgan ikki tomchi yoshga qaramaslik uchun kiyimni taxlamoqqa kirishgan Fotimaxonim boshini koʻtarmas ilova qildi:
— Ham men bunday emas, qimmatliroq hadya xoxlayman.
— Nimani istaymiz, Fotimaxonim?
— Xoxlaganimni xuftondan keyin aytaman.
— Hozir ayting.
— Hozir paytimas.

Buni anglashdan ojiz qolgan Odilbek xotinini ortiq qistamadi.

Fotimaxonimning lutfi uchun Yaratkanga jon-dili bilan shukr qildi.

Oʻynagani chiqqan bolalar uyga qaytishganda,kamzul qogʻoz xaltachaga joylanib,yashirib qoʻyilgandi.

«Xufton»dan soʻng Odila Fotimaxonimning yoniga keldi:
— Ona, meni uxlating, — dedi, Fotima uni oʻrniga yotqizdi. Yonida oʻtirdi. Unga har tungi uch kalima darsi takrorlatdi:
— Seni kim yaratdi, qizim?
— Alloh.
— Paygʻambaring kim?
— Hazrati Muhammad.

—Dining nima?

Islom.

Darsi bittach, yonoqlaridan bir-bir oʻpib, «Alloh rohat bersin, tuning xayrli boʻlsin» dedida, uykuga ketishini kutdi. Besh daqiqalar oʻtib, Odila uxlab qoldi. Birozlan soʻng Husayin ham uxlagach, eriga murojaat qildi:
— Endi mening hadyamga navbat keldi. Shu oqshomdan e’tiboran har oqshom uch bor «Ixlos» va bir marotaba “Fotiha» surasini, har juma oqshomi Taborikni oʻqib,marhuma qarindoshimga bagʻishlaysiz. Bir kamzul bir kun sevintirar,bu hadya esa har kun.
— Sening qarindoshing qlganmi?
— Ha. Bir yil avval.
— Bu hakda gapirmaganding.
— Endi gapiraman.Mayli,oʻqiyman,lekin ismi nima qarindoshingning?

Fotima gʻoyat sokin ovozda dedi:
— Xayriya.

Bu ismni eshitishi bilan Odilbekning rangi oʻzgardi.Hayajonini bildirmaslik uchun mingʻirladi:

—Xayriyami?

—Ha, Xayriya. Nega gʻalati boʻlib ketdingiz?

Yoʻq, gʻalati boʻlmadim.
— Men Xayriya deyishim bilan dovdiradingiz. Nega? Odilbek boshini quyi soldi:
— Chunki vafot etgan xotimimning ismi ham Xayriya edi Fotimaxonim.

Qistamadi.Bu gapni qoʻyib, sening qarindoshingga oʻtaylik.
— Mening qarindoshim vafot etgan xotiningiz Xayriyadir. Haqqiga tilovat qilishingizni istagan qarindoshim aynan u.

Odilbekning koʻzlari yoshlandi. Boshini egdi:
— Ammo, men uni unutishga harakat qilyapman.
— Nega? Axloqsizmidi? Odilbek tezlik bilan e’tiroz etdi:
— Yoʻq, aslo.
— Yaxshi koʻrmasmidingiz? Sevmasmidingiz? Odilbek jon joyidan ushlangandi. Sevmoq — ne degani? Telbalarcha sevardi. Chuqur iztirob bilan:
— Yaxshi koʻrardim, Fotimaxonim. Faqat nega soʻraysiz? Nechun kul boʻlgan dardni qoʻzgʻaysiz?

Nechunmi? Masalan, Xayriyaxonim hayot boʻlganida sevmasmidingiz? Unutilishiga sabab uning oʻlishimi? Bu xonimning aybi sizga ikki shu’laday, nurday bola , hayotini hayotingizga bogʻlaganimi, nomusini sizga topshirganimi, butun borligʻi bilan sizniki edimi, sizning yoʻlingizga koʻz tikkanimi? Shularmi uning unitilishiga sabab,ayting! Nega bu bolalarni unutmayapsiz? Bular faqat sizga oidmi yoki oʻlgach,vafosiz eri tomonidan unutilgan Xayriyaxonimning ham ularda haqqi bormi?

Bu soʻzlar Odilbekning yuragiga oʻqday qadaldi, terga botirdi:
— Fotimaxonim, bir koʻngulda ikki sevgi boʻlurmi? Bir inson ikki xotinni ham sevishi mumkinmi?
— Bu kecha gʻalati suhbatlashayapsiz. Meni sevish bilan uni sevish orasida qanday munosabat bor? Uni sevish bilan, masalan, mozorga borib u bilan birga yotasizmi? Na siz bunday qila olasiz, na u sizdan buni kutadi. Bugun unga boʻlgan sevgingiz, Alloxdan uni kechirishi soʻrashingiz, savobini unga atab taom tarqatmogʻingiz unga bagʻishlab Qur’on oʻqimogʻingizdir. Yoki marxumni boshqacha tarzda sevish ham mumkinmi? Men unga qarshi soʻzlasam, meni uyaltirish oʻrniga, aksincha yoʻl tutishingizdan xafa boʻldim. Sizni bunday qiyofada qoʻrishni istamasdim. Axdiga vafoli boʻlmogʻingizni xohlayman. Sizdan unga nisbatan muruvvat kutaman.

Odilbekning koʻzlari yerda boʻlgani uchun Fotimaxon uning koʻzlari yoshlanganini koʻrmadi. Agar uyatdan yerga kirgudek, yorilgudek holda boʻlmasaydi, yigʻlayotganini ovozidan ham bilsa boʻlardi. Faqat bunga imkon yoʻq edi. Qalbi gavhardan qimmat xonimi qarshisida ekanini yana bir idrok etib, u koʻrsatgan insoniy ibratdan lol qolib turardi. Bir ayol erining oʻlgan xotinini bu qadar bu darajada insoniylik koʻrsatishi uni lol etgandi:
— Uni unutmasligingiz haqida menga soʻz bera olasizmi?

Odilbek soʻz berdi. Suxbat ta’sirida bu kecha uzoq vaqt uxlay olmadi.

* * *

Bir kun keyin bolalariga bir donadan jun kamzul keltirildi. Ikkisnning ham sevinchi soʻngsiz. Ularni kuvongannni koʻrgan Fotimaxonim:
— Mana, endi men mamnun boʻldim. Alloh sizdan rozi boʻlsin, — dedi.

Husayin:
— Ona, otam sizga ham olib keladimi?
— Albatta, olib keladi. Ammo hozir menda bor. Siz kiysangiz, men xursand boʻlaman.

Ovqatdan soʻng ikki bola yashinmachoq oʻynashardi. Avval biri koʻzlarini yumadi, ikkinchisi yashirinadi, soʻngra koʻzlarini ochib bekinganni topadi, Yashirinish navbati Odilada. Husayin koʻzlarini yumdi. Fotimaxonim qoʻllarini ochib, «kel» deya ishora etdi. Ayni vaqtda Odilbek ham shunday qildi. Bola taraddudlandi, ikkisiga teztez qarab oldida, soʻng Fotimaning quchogʻiga otildi. Boshini uning koʻksiga yashirib, qichqirdi:
— Boʻldiii..

Husayin koʻzlariki ochdi va bir daqiqadan soʻng Odilani topdi. Aka-singilning qiyqirgʻi koʻkka koʻtarildi. Odilbek soʻradi:
— Qizim, men ham kuchogʻimni ochdimku, nega menga kel

mading?

Siz — badboʻysiz, onam — xushboʻy. Qizaloq sigaret isini aytmoqchi edi. Sigaretning yomon hidi kelganidan otasining bagʻriga yashirinmadi.
— Rostdan xam yomon hid keladimi mendan, qizim?
— Rostdan. Ishonmasangiz, akamdan soʻrang.

Husayin boshi bilan tasdiqladi, soʻng, yana oʻyin boshlandi. Odilbek bu holni soʻrash uchun Fotimaxonimga oʻgirildi. Koʻzlarida, siz nima deysiz, degan ma’no bor edi. Fotimaxonim:
— Ha, afsuski, shunday xidingiz bor. Ba’zan odamning nafasi qaytadi. Otam chekmasdi, lekin piyoz, sarimsoq yesa oqshom jomega bormasdi, namozni uyda oʻqirdilar, Hech zsimdan chiqmaydi, bir oqshom:”Ota, azon aytilmoqda”, — dedim.

Eshityapman, qizim. Faqat bu oqshom piyoz yedim, jamoatni bexuzur qilmasam devdim, — dedi. Men esa buni behuda deb topdim:

Men boʻlsam, piyoz va sarimsoq uchun jomeni tark etmasdim, ammo jome uchun bularni tark etardim, — dedim. Otam javob bermadi. Ammo shundan keyin ularni xomligicha yeganini koʻrmadim.

Odilbek nozikta’b xotinini sigaret hidi bilan behuzur qilganini shunda tushundi. Tashlamoq kerak. Xonim tirikligida chekmasdi. Vafot etgach, bolalarnin parishon xollarini koʻrib cheka boshladi. Dardimni unutarman deb oʻyladi. Fotimaxonim u sigaretni tashlash uchun qanday ta’sir etish kerakligini bilardi.
— Chekishni necha yoshdan boshladingiz?
— Bir yil boʻldi. Raxmatli Xayriya vafot etgach, boshladim. Bolalarning holi parishon edi. Gʻamim kamayar debman.
— Bundan bolarning gʻami kamaydimi?
— Bnlmadim.
— Menimcha, ozaymadi. Ularni ovutish, dardiga chora topish oʻrniga ularni unutib, oʻzingizni oʻylabsiz. Toʻgʻri yoʻl tanlamabsiz. Masalan, chekishga xarjlangan pul bilan bolalarning koʻnglini olish mumkin edi.

Fotimaxonim toʻgʻri gapirardi.Soʻzlaridan chekishni tashlatish xoxishi sezilib turardi. Oʻzi ham sekin-sekin zararini koʻra boshlagan edi. Kechalari yoʻtal tutsa, uxlatmaydi. Tonglar ishtaxasiz turadi. Buning ustiga uch yarim yosh bolasi «sasiysiz», deb ikki oylik oʻgay onasini quchsa.

U kecha bu masala boshqa koʻzgʻalmadi. Ammo Odilbekning zexnini bir muddat mashgʻul qilib turdi. Odilbek oʻsha kecha qilgan qaroriga binoan, har kun ozozdan kamaytirib — chekishni butunlay tark etdi. Bir kun sigaretni tashlagani toʻgʻrisida suhbatlasharkan, doʻsti:
— Men chekmayman, ammo chekkanlar bir oʻrgangach, tashlash qiyin deyishadi,—dedi.
— Goʻdak oʻzi uchun benixoya sevimli boʻlgan ona koʻkragini tark etadiku. Aqli joyida, irodasiga hokim inson sigaretni tark etishi mushkul ishmi? Irodasiga hokim boʻlmaganlar uchun mushkul boʻlishi mumkin, —deb javob berdi Odilbek.

VI

Bir kun Xusayin tashqarida oʻynayotib, urishayotgan ikki bolaning orasiga tushdi. Orachilik qilmoqchi boʻldi, yani ajratib koʻyishni istadi. Ajratolmadi, buning ustiga ularning mushtlariga nishon boʻldi. Qoʻshni xotinlarsan biri yetib keldi va uni urishyapti deb oʻyladi. Husaynni chetga tortdi-da
— Nima istaysiz bu yetimchadan? Uyalmaysizmi? Tortadiganini tortib, oladiganini olib yotibdi bechora goʻdak. Oʻgay onaning oʻzi yetmaydimi? Husayin hayron boʻldi, ne qilarini bilmay qoldi.

—Xola, mening onam oʻlgani yoʻq, — deya oldi. Ayol uning boshini siladi:
— Seni aldashmoqda, goʻdagim. Asl onangni koʻrganinga edi, buni ona dermiding?! Farishtaday ayol edi. Buning nimasi sizga oʻxshaydi? Koʻzlariga qara. Sizning koʻzingiz — qora, uniki — qoʻk.

Eshtk oldid aularni kuzatib turgan boshqa bir qoʻshni xotin:
— Nimalar deyapsan, Olmos? Nega bolani xafa qilasan? Bularni gapirib nimaga erishding? — dedi.

Uni urishyapti opa,etimni uradimi? Ayb emasmi?

Xoʻp,sen bularni gapirib bolani xafa qilishing ayb emasmi? Yaxshi ish qildingmi?

— Bilsin,duch kelganni ona demasin.
— Nega duch kelgan? Sendan, mendan yaxshi u xotin, mashaAlloh.
— Sen uni oqlovchi boʻlib qoldingmi, Samohat? Yaxshi boʻlsa, ikki yetim bolasi bor odamga turmushga chiqarmidi?! Sen ham yaxshi boʻlsang, shunday xotinning yonini olmasding. Uning nimasi ona?! Xayriyaning oʻrnini bosolarmidi?! Gapirmaysanmi bularni?! Meni zaharlama xudo haqqi, menga tirgʻalma, tilimni qichitsang, rasvoi jahon qilaman seni!

Gap yana choʻzilib gapira-gapira uzoqlashdi. Erkaklar oʻtib ketishi bilan Husayinga tasalli bermoq uchun eshigini ochgan Samohat xonim uning boshi egik holda ogʻir-ogʻir qadamlar tashlab, uyiga yaqinlashib qolganini koʻrdi. Ichi achidi. Eshigini yopib ichkari kirarkan:
— Razil xotin,Xudodan top!-demoqdan oʻzini tiya olmadi.

Haligi xotining chirkin harakatini aqlli odam toʻgʻri topmasligi muqarrar. Oʻz onasi borday mexr bilan qaralayotgan bu bolaga yetimligini bildirish uni ruhan choʻktirish ekanini bnlmaslik aybdir. Balki u xotin ham biroz oʻylasa, soʻzlari bolani xafa qilishini bilgan boʻlarmidi?! Ammo inson avval soʻylaydi, keyin oʻylaydi. Bir ishni avval oʻylamasdan qilib koʻyib, keyin pushaymon boʻladi. Avval oʻylab keyin soʻylasa, avval tushunib, keyin ado etsa ne boʻlarkin?

* * *

Husayin istar-istamas qadamlar bilan oʻychan holda ichkari kirishi bilan Fotimaxonim unga yaqinlashdi.

Nima boʻldi oʻgʻlim, tobing yoʻqmi?

...

Gapirsangchi, jon bolam, mazang qochdimi? Nimani oʻylayapsan?

Husayin yana javob bermadi. Fotimaxonim hayron boʻldi. Uy oʻrtasida turgan bolaning oldiga choʻkkalab oʻtirdi.Qoʻllari bilan uning boshini koʻtardi. Yuzlaridan bir-bir oʻpdi. Xusayinning koʻzlari yoshli edi.

Birov bilan urushdingmi,oʻgʻlim? Nega gapirmaysan? Xoʻsh, gapir, yoʻqsa, onang boʻlmayman.

Xusayn yigʻlay boshlagandi:
— Siz mening onam emas ekansiz. Mening onam oʻlgan.

Fotimaxonim ne qilarini bilmay qoldi. Tepasidan qaynoq suv quyilganday boʻldi. Peshonasidan sovuq ter chikdi.Bu uyga kelishning asosiy sababi ularga oʻgayligini bildirmaslik emasmidi? Uch oy oʻtmasdan bu umidi koʻkka sovurilmokda. Shuning bilan birga Fotimaxonim oxiri baxayr boʻlishiga ishonchidan ayrilmasligi kerak edi. Yaxshi niyatli insonlarni Alloh yordamsiz qoldirmasligiga ishonardi.
— Xoʻsh, kim gapirdi bularni, oʻgʻlim?
— Tashqarida. Bir xotin.

Seni birovga oʻxshatibdi, oʻgʻlim. Qara, men sogʻman. Sen mening onam oʻlgani yoʻq, demadingmi?

—Dedim.
— Nima dedi u?
— «Seni aldashyapti, u oʻgay onang, uning koʻzlari senikiga oʻxshamaydiku», dedi.
— Sen ishondingmi?
— Albatta, ishondim. Qarang, koʻzlaringiz menikidaymi?
— Koʻzlarimiz oʻxshamasa, onang boʻlmas ekanmanmi?
— Bilmasam.
— Kel, bunday bagʻrimda oʻtir, senga ba’zi narsalarni tushuntiray, quloq sol.
— Sizning bagʻringizda oʻtirmayman.
— Buni qarang, onasining kuchogʻida oʻtirmasmish.

Shularni aytarkan, uni kuchoqlaganday koʻtardi.

Husayin:
— Qoʻying meni... qoʻyib yuboring... —deya tipirchilardi.Vaziyat yomonlashib borardi. Uni tushirdi va roʻparasiga turdi:

Demak, noma’lum xotinga ishonasan, menga ishonmaysan, shundaymn?Men oʻgʻlim bor, deb quvonib yuribman. Birov uchrab otang oʻlgan desa, ishonasanmi, qarindoshing oʻldi desa, bunga ham ishonasanmi? Xoʻsh, meni ona demasang kimni ona demoqchisan? Onam deb kimni yaxshi koʻrasan? Bugungacha seni xech urdimmi? Yomon gapirdimmi? Aytganingni ikki qildimmi, koʻzichogʻim? Onang boʻlmasam shunday qilarmidim? Menga ona deganingda, bor onangni top, men sening onang emasman demasmidim? Meni xafa qilding, koʻnglimni vayron qilding. Ket, qarshimda turma. Qachon kelib koʻlimni oʻpsang, shundagina yarashaman.

Fotimaxonim shularni aytib boqqa chiqib ketdi.Bolaga bularni gapirgan xotinga nisbatan ichidan bir gʻazab koʻzgʻalib kelardi. Agar yomonlikka odatlangan boʻls edi, xech qursa u xotinning ortidan yomon soʻzlar aytardi. Lekin uning tili yomon soʻzga aylanmaydi. Fotimaxonning irodasi xislaridan gʻolib keldi, u xotinni duoibad etmakdan tiyilib, yetimlarini yaxshilik yoʻlida duo qilishga kirishdi: «Yo Rabbiy, goʻdaklarim holini Oʻzing isloh et, ularga nisbatan koʻnglimni marhamat bilan toʻldir, bubolalarni oʻz onasi kabi ulgʻaytirishim uchun Senga sigʻinaman!» Koʻnglidan chiqqan duolari yuksak maqomlarga koʻtarila boshladi. Koʻzlari ravshanlashdi.

Oradan yarim soatcha vaqt oʻtdi. Bu orada Husayin ichkarida nima qildi yoki Fotimaxonimning oʻzi qay daraja iztirob cheqdi, bilish qiyin. Insonning ichida kechadigan shunday tuygʻular borki, ta’rifiga til ojiz,tariflash sanoqli kishilargagina nasib etgan.

Husayin tashqariga chiqdi. Fotimaxonimga yaqinlashdi va uch odimcha berida toʻxtadi. Qoʻllari shimining choʻnchagida. Harakatlaridan biroz ulgʻayganday tuyulardi.Bir muddat Fotimaxonimga qarab turdi. Fotimaxonim boshini koʻtarmas va unga boqmasdi. Bir pas oʻtgach, soʻradi:

Mendan xafamisiz?

Ona demasdi. Fotimaxonim javob bermadi. Husayn bir-ikki lahza kutgach, takror soʻradi:
— Xafamisiz, mendan ranjidingizmi? Fotimaxonim boshini koʻtardi. Koʻzlari nam edi.
— Yigʻlayapsizmi?

Hanuz ona demasdi. Fotimaxonim boshini yana egdiyu Husayin yaqinlashdi. U ham yigʻlaguday edi. Insonga xos xususiyatlardan biri shu: yoshli koʻzlarga boqqanda koʻzlari yoshlanadi. Qoʻlini Fotimaxonimning boshiga qoʻyli.
— Nega yigʻlayapsiz?

Ona demaslikka qattiq harakat qilardi.
— Men sening onang emasman. Nega suykanasan menga? Qoch,yaqinlashma. Soʻng qoʻzlarini artib, uni yengilgina itardi:
— Ket yonimlan.
— Ketmayman. Yarashing men bilan.

Ovozi hozir yigʻlab yuborishidan xabar berardi.
— Yarashmayman.

Yoshli koʻzlar bir-biriga bir pas qaradi. Fotimaxonim qoʻlini Husayinga uzatdi, Husayin tutdi, oʻpdi va peshoasiga qoʻydi.
— Onam de.
— Onam.
— Jonim onam de.
— Jonimonam.
— Yagona onam de.

Yagona onam!
— Onangni kuchoqla, qani, koʻrayin. Husayin quchoqladi, oʻpdi. Fotimaxonim ham uni bagʻiga bosdi:
— Yana shunday ish qilsang koʻrasan, seni Qanday savalayman. Soʻng uni qoʻllaridan ushlab, qarshisiga turgʻazdi:
— Gapir, yana shunday haqsizlik qilib, meni ranjitasanmi?
— Yoʻq, ona.

Husayin xanuz onasining koʻzlarini kuzatardi.
— Sizning koʻzingiz nega koʻk, ona? Fotimaxonim bu savolga javob bermasdan oʻzi soʻradi: Sening koʻzlaring nega qora?

—Bilmayman.
— Men xam bilmayman, oʻgʻlim. Tangrim sening koʻzlaingni qora yaratgan, menikini — koʻk. Hozir senga bir narsa koʻrsataman. Ichkaridan bir parcha non keltir. Ali amakilarning pishagini chaqiramiz.
— Nonsiz chaqirsak boʻlmaydimi, ona?

Hayvonni aldasak boʻladimi, qoʻzim? Chaqirsak, bir narsa bermoqchi deb yugurib keladi, bizda esa hech narsa boʻlmasa, ya’ni aldasak, hech narsa bermasak, gunoh boʻladi, Inson bugun hayvonni aldasa, ertaga oʻziga oʻxshaoʻ insonni aldaydi. Bu bechora hayvonning hech kimi yoʻq.Biz nima bersak, yeydi. Yugur, onalar aytgan ishni darrov bajarish kerak.

Husayin chopib borib, uydan bir parcha non keltirdi. Soʻng Ali amakining bogʻiga burilib, pish....pish...pish deya pishakni chaqira boshladi. Birozdan soʻng bir pishak bu yoqqa hatladi.
— Nonni toʻgʻra, oldiga koʻyaylik.

Husayin non toʻgʻramlarini oldiga tashlar, pishak kuzatib turar,soʻng oʻziga qulay tomondan yaqinlashib, mohirona bosh silkkancha ogʻzining goh oʻng, goh chap tarafiga oʻtkazib yerdi.
— Husayin!
— Labbay, ona?

Pishakning koʻzlarini koʻryapsanmi?

Husayin qaradi. Va hayratdan qichqirdi.

Aaaa... Ona mushukning koʻzlari notoʻgʻri ekan.

Fotimaxonim kuldi:
— Qanaqasiga notoʻgʻri boʻlsin, oʻgʻlim?
— Xato. Biri bir rangda, ikkinchisi ikkinchi rangda.
— Koʻrdingmi, oʻgʻlim, menga sizning koʻzingiz nega koʻk deganding. Hatto bir pishakning ikki koʻzi turli rangda. Alloh shunday yaratgan.
— Xoʻp, unday boʻlsa, Xayriya kim, ona?
— Mening bir ismim Xayriya, bilmaysanmi, boʻtalogʻim.
— Bilmayman.
— Unda oqshom otang kelganda soʻraysan. Men indamay turaman.
— Ishondim, ona, soʻramayman.
— Yoʻq, oqshom soʻraymiz.

* * *

Odilbek doʻkonda oʻtirarkan, qoʻshni bola qoʻlida bir konvert bilan keldi:
— Buni Fotima yangam berib yubordi amaki, — deb xatni uzatdi. Maktub ikki satrdangina iborat edi.

«Oqshom sizdan Husayin mening ismimni soʻraydi.Bugundan e’tiboran ikkinchn ismim Xayriyadir. Sababini tushuntiraman».

Odilbek xatni oʻqib, oʻyga toldi. Husayin nega Fotimaning otini soʻradiykan? Nega ismi Xayriya boʻldi ekan? Biror ezma boʻlar-boʻlmas gaplarni laqilladimi? Uylanganidan beri chehralari ochilib qolgan bolalaridan omad yuz oʻgirmoqdami?

Oqshomni joniqib kutdi. Uyga borishi bilan koʻzlari bolalarining yuzlarida boʻldi. Hech narsa anglamadi, ovkatlanarkan Fotimaxonim:
— Qani, oʻgʻlim, otangdan mening otimni soʻrachi? —dedi
— Ota, onamning oti nima? — dedi.
— Fotima, oʻgʻlim.
— Boshqa oti bormi onamning?
— Bor, bir oti — Xayriya. Ammo biz koʻpincha Fotima deymiz. Nega soʻrayapsan, qoʻzim?
— Bugun bir xotin meni yetim, dedi.Onang tirik yursa shunday boʻlarmidi, dedi. Onam Xayriya ekanini aytdi.
— Xoʻsh, sen ishondingmi, Husayn?
— Yoʻq, ishonmadim. Mening onam sogʻ dedim.

—Xoʻsh?

— «Bu sening oʻgay onang, seni aldashyapti», — dedi
— Onangning oʻlib-oʻlmaganini men bilmay, ular bilib qolibdimi? Inson bir yil kasal yotsa, darhol oʻladimi? Mana, koʻrmayapsanmi, tuzalib keldi.

Dasturxon atrofidan turdilar. Fotimaxonim xonadan chiqshi bilan Odilbek Xusayinni yoniga oʻtqazdi?
— Oʻgʻlim, onang seni uryaptimi?
— Yoʻq, ota.
— Yomon soʻz aytadimi?
— Aytmaydi.
— Sizlarni yaxshi koʻradimi?
— Juda yaxshi koʻradi.

Xoʻsh, oʻgay ona boʻlsa, shunday qilarmidi?

* * *

Bir kun ishdan keyin Odilbek doʻkonga ketayotganda Fotimaxonim:
— Ruxsat etsangiz, bolalarni znasiga olib borib kelsam,-dedi.
— Mayli, boringlar. Mendan ham salom denglar. Odilbek ketgach, Fotimaxonim bolalarini chiroyli kiyintirdi. Yuz-koʻllarini yuvdi, sochlarini taradi. Ikkisini yoniga olib yoʻlga chiqdi.

Oʻn-oʻn besh kunda bir kelib bu bemor ayolni ziyorat qilib, hatto uy ishlariga qarashar, bu bordi-keldi bilan nevaralarini unga koʻrsatib ketardi.

Odilbek qaynonasidan Fotimaning kelib turishiga ilk bor ruxsat soʻraganida u rozi boʻlmadn. «Qizim oʻrniga kelgan xotinga qanday qarayman?! Kelmasin, koʻrmayin — dedi. Odilbek:

Bolalarni oʻz bolasiday yaxshi koʻradi, oʻz bolasiday qaraydi. Bu yoqqa kelishdan maqsadi nevaralaringazni sizga koʻrsatish, sizning qoʻnglingizni olish. Nevaralari oʻgay ona koʻlida qoldi deb xafa boʻlmang, oʻzingiz koʻring. Balki, bolalar ham sizni sogʻingandir,-degach, u rozi boʻldi.Va toʻydan oʻn besh kun oʻtgach, uni koʻrgani keldilar.

Ayol ularning kelishiga chidayolmadi,koʻzyoshlarini tutolmadi. Bu kuyovi, bu nevaralari, ammo mana bu kim? Qani Xayriyasi? Qani, besh-olti yil avval yopinchiq yopinib kelib-ketib turadigan jigargoʻshasi? Yoshlik zavqiga toʻymagan, dard ustiga dard chekkan, nihoyat ikki ma’sum goʻdagini qoldirib ketgan gul yuzlisi qani? U bir uyum tuproq boʻlib, uning oʻrniga kelib oʻtirgan, bolalari uyiga ega chiqan bu xotin kim boʻldi? Ne yuz bilan bu uyga qadam qoʻydi? Qizini esiga tushirib, «qara, qizingning hamma narsasiga men ega boʻldim», degani keldimi bu yerga? Ortiq oʻylashga fursat boʻlmadi. Shundoq oʻrniga toʻgʻri kelib qoʻlini oʻpgan bolalariga «rahmat, sogʻ boʻling!» derkan, orqalaridan Fotimaxonim:
— Qalaysiz, yaxshimisiz, ona? — deb qoʻlini oʻpdi. Ayol yigʻlab yubordi.

Katta ona, nega yigʻlaysiz?

Fotimaxonim oldinroq harakat qildi:
— Yigʻlamasinlarmi oʻgʻlim, qara, katta enang xasta-ku?

Odila Fotimaxonimning kuchogʻida, Husayin esa buvisining oʻrnida oʻtirardi. Momo bemor boʻlishiga qaramasdan Fotimaxonimning bolalarga munosabatini koʻzdan qochirmasdi. Toʻgʻrisini aytganda, Fotima bolalarni oʻziga jalb etishni uddalardi. Husayinning «ona» deyishiga «labbay, onasining joni” deya javob berishi bunga misoldir.Unga “nima deysan” va hatto «jim, suhbatlashayapmiz» deya olishi mumkin edi. «Onasining joni» derkan, bunda oʻzini koʻrsatishdan asar ham yoʻq, gapirishidan, ovoz ohangidan sezilmasdi. Aksincha, haqiqiy ona mehri, muomalasi bor edi unda. Kelganlar yana kelishni va’da etib hayrlasharkan,katta onaning koʻnglida bir chimdim xuzur va xotirjamlik qoldirardilar.

fotimaxonim birinchi kelganidan keyin Odilbekning ruxsati bilan yana bir necha bor keldi, har kelishida katta ona koʻngli yanada iliy boshladi. Mana bugun yana boryapti. Momoning koʻnglini olishni oʻziga burch deb bildi. Bemor buvi biroz tuzalgan, ularni turib qarshi oldi:
— Marhamat qizim, xush kelibsiz, — der ekan, ovozi bu tashrifdan mamnunligini bildirardi. Oʻtirdilar, hol ahvol soʻrashishdi, suhbatlashishdi.
— Fotima qizim, mana bu yerda ikkita olma bor. Birini oʻzingaz oling, birini bolalarga boʻlib bering.

Fotimaxonim turdi, olmalarni oldi. Kesdi. Bolalarga boʻlishdi.
— Oʻzingiz nega olmadingiz,
— Shular yesa, men yegandayman.

Bnrozdan soʻng bolalar boqqa chiqib ketishdi. Ular chiqib ketishi bilan buvi:

Fotimaxonim, toʻgʻrisini aytganda, kuyovimning uylanishi meni oʻlguday xafa qildi. Qizim vafot ztganiga nihoyat bir yil boʻldi. Uning oʻrniga, bolalar boshiga oʻgay ona keltiradi deb oʻzimni yeb ado qildim. Bu yerga ilk kelmoqchi boʻlganingizni Odilbekdan eshitganimda, kelmasin, koʻzim koʻrmasin, dedim. Ammo men yanglishgan ekanman, qizim. Har kelganingizda birozdan sizga ilib bordim. Ilk kelib-ketganingizdayoq kechgacha xafachiligim yengillashdi, Ularga oʻz bolangizday qarashingizda kamchilik yoʻq.Albatta, bolalarni koʻiganimda rahmatli farzandimni xotirlamay boʻlmaydi.

Chidayolmayman, ammo bu uning oʻlimi tufayli paydo boʻlgan gʻussadir. Goʻdaklarimni boshi egik holda qoldirmadingiz, yetim ekanini bildirmadingiz, ularga oʻgay boʻlganingizni sezdirmadingiz. Men ularni yigʻlatasiz, deb oʻylasam koʻzyoshlarini artdingiz. Dardlariga dard qoʻshadi deb taxmin etsam, siz dardini oldingiz,hamdadard boʻldingiz, dardlariga darmon boʻldingiz. Alloh sizdan rozi boʻlsin, ikki dunyoda uyaltirmasin, Bu daraja ayollik — insoniylikni sizdan kutmagandim, toʻgʻrisi.
— Rahmat, sogʻ boʻling xola. Sizdan ham Alloh rozi boʻlsin! Kuyovingizga turmushga chiqishimning eng asosiy sababi shu ikki goʻdakka qarash edi. Balki ishonmassiz, ularni oʻz farzandimday yaxshi koʻraman. Hozir bogʻda oʻynayaptilar, ammo mening xayolim ularda, yiqilib, bir yeri lat yemasin, ogʻrimasin deb ich-etimni yeyman. Ertaga mavllud oʻqitmoqchiman, borsangiz juda mamnun boʻlardim.
— Yana biroz tuzalsam, boraman. Xayriyam vafot etgan uyga kirmagandim. Endi qanday kiraman, bilmadim.

Endi men qizingizman. Qarang, nevaralaringiz bor.Mavludni Xayriyaxonim ruhiga bagʻishlash uchun oʻqitmoqchiman. Boring. Meni ranjitmang. Kutaman.

Bolalar oʻyinga berilib ketdilar. Fotimaxonim derazadan chaqirdi:
— Xusayin! Singlingni olib kel, ketamiz.
— Yana biroz oʻynaylik, ona. Xoʻpmi?
— Yoʻq, oqshom boʻldi. Otang keladi, uyda boʻlishimiz kerak. Xayrlashdilar. Momo ikki goʻdagini yetaklab, insoniy maqomning baland pogʻonasida, muruvvat choʻqqilarida viqorli qadamlar tashlab ketayotgan bu xonimga koʻksida ajib tuygʻularga toʻlgan holda qarab qoldi. koʻcha muyulishiga yetguncha kuzatib turdi. Soʻng ichkari kirdi. Endi ularni koʻngli bilan kuzatardi. Koʻngilning kuzatishi uchun koʻzning koʻrishi shart emas. Lablari pichirlab duo qildi: «Alloh sendan rozi boʻlsin, qizim!»

Tonglab Odilbek bozorga chiqayotganda Fotimaxonim unga picha pul berdi.
— Bunga qand olib keling. Hozirlnk koʻrayin. Odilbek pulni qaytardi.
— Oʻzim ololmaymanmi, Fotimaxonim! Olib qoʻying.
— Mavludni men oʻqitaman. Qandini olish mening zimmamda. Xoxlasangiz siz ham uning ruhiga istaganingizni bagʻishlang.

Odilbek indamasdan pulni olib ketdi.

* * *

Mavludga kelganlar unchalik koʻp emas. Xayriyaning onasi,Odilbekning ammasi va xolasi, Fotimaxonnmning onasi, koʻshnilardan toʻqqiz-oʻntasi va mavlud oʻqiydigan otinoyi.

Fotimaxonim koʻpchilikni xohlamadi. Shovqin-surondan boshqa narsa boʻlmaydi deb oʻyladi.

Taklif etilganlar mavlud Xayriyaxonim nomiga oʻqilganini eshitgach, Fotimaxonimni tabrikladilar. Bir-birlariga “Xonimlik mana bunday boʻpti-da», deyishdi.

fotimaxonimning fikricha, bu mavlud Xayriyaxonim ruxi pokiga bagʻishlanganini aytish lozim emas edi. Oʻzini koʻrsatishni yaxshi koʻrmasligini bilganlar — biladilar. Qadrlaydilar. Uning bu tushuntirishdan asosiy maqsadi nima ekanini bilganlar har holda uning bu harakatini ma’zur koʻrsalar kerak.Oʻlgan kundoshiga chin dildan hurmat koʻrsatgan xonimlar soni bir shahardagi mahalla boshliqlaridan ozrokdir. Fotimaxonimning shu guruhga mansubligi bnlinishi zarur. Bolalarga oʻgay onadek emas, oʻlgan qarindoshining bolalariga qaraganday qarashini mahalla ayollari bilishlari shart. Bilsinlar, toki bundan buyogʻiga bolalarning qulogʻiga yetim ekanini aytib, pichir-pichir qilmasinlar. Mana mavlud oʻqitishdan koʻzlangan maqsad va gʻoya. Yoʻqsa, Xayriyaxonimga sadaqa sifatida oʻqilishi kerakmidi? Fotimaxonim kelganidan beri biror kun uning haqiga duoi hadya etmakni unutgani yoʻq.

Eshigiga kelgan faqirni sevintirarkan, ehsonini mutlaqo Xayriyaxonim nomiga atadi, kechgacha unga oid moldan oʻzi uchun sadaqa qilish muruvvatga zid ekanini har gal vijdonidan eshitib turdi.Daraxt soyasida dam olib mevasidan totib, ekkanni va yetishtirganni duo qilish insoniylikdan hisoblanganidek, Xayriyaxonimning mehlari singgan xonadonga kelib, koʻnglida unga nisbatan yomonlik tuymadi. Tez-tez agar men oʻlib, bolalarim boshiga bir xotin kelib, ne qilsa mamnun boʻlardnm deb ba’zan Xayriyaxonim parda ortidan bolalariga munosabatimni kuzatadi deya qabul qilish, faqat bularni Xayriyaxonim mamnun boʻladi deb emas, Alloh rozi boʻlishini tushunib, uning amrini ado etayotganini anglash, unga xos boʻlgan va ayni oʻrinda ta’kidlanishi zarur xususiyatlardandir.

Aytishga oson. Masalan, yuvib tozalangan kiyim yarim soat oʻtmasdan yana yuvadigan holga kelishi. Odilaning ovqatlanishida peshband taqimiga koʻnmay, ovqatni libosiga toʻkishi, Husayinning oʻynayotganda yiqilib hamma yogʻini loy qilishi kabi son-sanoqsiz hodisalar... Bular qarshisida sabru tahammul koʻrsatib, bolalarni Ismoil, oʻzini Saniha oʻrniga qoʻymaslik, hatto oʻz farzandini bu holda koʻrib yomon soʻzlar aytadigan ayollar saviyasiga tuymaslik buyuklikning ifodasidir.

Fotimaxonim bolalarning bu ishlaridan xafa boʻlmasdi deyish notoʻgʻri boʻlardi. U ham oddiy inson-bandai ojiza, uning ham xush, noxush paytlari, yaxshilikdan suyunib, yomonlikdan kuyunishlari bor. Faqat bola larning bu qilmishlaridan xafa boʻlish boshqa, bu xafachilik tufayli yaxshi yoki yomon harakatda boʻlish, sab etish yoki sabr etmaslik yana bir boshqa gapdir. Insonlik mezoni xafa boʻladigan, qaygʻuli xodisalar oldida gʻam chekib-chekmaslik emas, bu hodisalarni sabr va matonat bilan qarshilash va afv etishdir. Fotimaxonim jajji goʻdaklardan yetuk nnsonlardek harakatlarni kutish nojoiz ekanligini yaxshi anglaydi. Shu sababda ularning noxush qilmishlaridan xafa boʻlsada, yomon soʻz aytmoqdan oʻzini tiya olardi. Albatta, bolalar bunda ishlarni atay qilmaydilar. Ya’ni Fotimaxonimga aziyat beraylik deb qilmaydilar. Qolaversa, Fotimaxonim bu uyga ularni urmoq, qargʻamoq, koʻngillarini qoldirmoq uchun kelmadiku... Ularning yaralariga malham koʻyish niyati bilan keldiku. Bunda Alloh rizoligi mavjudligidan umid qildi.

Ikki kecha avval oʻtgan voqea Fotimaxonimning bu xususdagi fikrini ochiqroq koʻrsatadi.

Dasturxon atrofida oʻtirisharkan, Odilbek Odilaga peshband tutishni buyurdi, qizaloq akslik qilib, solmadi, ikkinchi qoshiqni olayotganda ovqat ust-boshiga toʻkildi, Odnlbek asabiylashib, ikki shapaloq urdi.Qizaloq chinqira boshladi. Fotimaxonim yemaqdan chekinadi.

— Ovqatingizni yemaysizmi, Fotimaxon?!
— Yemayman.

Birozdan soʻng Fotimaxonim turib, dahlizga chiqdi. Orqasidan Odilbek ham chikdi:
— Nega ovqatingizni yemadingiz, Fotimaxon?
— Nega bolani urdingiz? U bilib, xohlab toʻkdimi?
— Men unga aytdim, peshband tutmadi.
— Bolalik degani shunday boʻlmaydimi? Yigirma yoshli qizdan kutish kerak boʻlgan narsalarni kutmaysizku shu goʻdakdan. Bola boʻlmaganmisiz, bolaligingizni unutdingizmi? Hammaning bolasi shunday,hamma bolalar shunday qilishadi. Men ursam, siz meni qaytarish oʻrniga, teskarisi boʻlyapti, bunday keyin siz oʻgay ota boʻlasiz, men oʻz onasi...
— Fotimaxon, hammasi sizning ziyoningizga. Endi uni artib-yuvadigan siz emasmi?
— Albatta, men.
— Joningizni bunchalik qiynab, sizga nima zarur?
— Achinishga mendan koʻra bolalar koʻproq muhtoj. Yer yuzida bularga achinadigan, qaraydigan bir siz va men. Buni yolgʻizz menga tashlab qoʻyasizmi? Bunga Alloh rozi boʻladimi? Modomiki, kirlarini yuvadigan men ekanman, sabrim tugaguncha siz ham sabr qilasiz. Yaxshi boʻlib ketadi. Tarbiyamizga Alloh yordam beradi. Men bunga ishonaman. Endi borib uning koʻnglini oling, shunday qilsangiz men xam ovqatlanaman. Boring.

Odilbekning boshi egildi:
— Fotimaxon, meni uyaltirdingiz, — deya ichkariladi.

* * *

Kelganlarga mavlud ta’siri katta boʻldi. Mamnun ketdilar. Bundan soʻng Fotimaxonim toʻgʻrisida nari-beri soʻzlaydiganlar topilsada, bolalarga yetimligini eslatishga oʻxshagan hodisalar nihoyasiga yetdi.

Mavlud oʻqitilgan kechasi edi. Fotimaxonim tun yarmida uygʻondi. Soat bir yarimni koʻrsatmokda. Boqqa chikdi. Osmonni bulut qoplagandi. Shamol esar, shamolda daraxtlarning shoxlari chayqalar va yengilgina figʻon qilib koʻyardi. Bu manzara kunduz kunlari xis etish qiyin boʻlgan tuygʻularni koʻzgʻardi. Butalar orasidagi qochirgan ovi oldidan chiqqan ovchiday yulduzlarni kuvlagan oy ba’zan birpas bulutlar orasiga yashirinib, yana umid va shiddat bilan olgʻa intilardi....

Qayga ketishmoqda? Qayoqqa boradilar? Har tun intizom bilan harakatlangan oy va yulduzlar nimani anglatadi, aslida? Oʻzlariga tayin etilgan vazifadan tashqari aslo chiqmagan, Yaratganning azamati va qudratiga dalolat etguvchi bu yulduzlarni bir muddat tomosha qilgan Fotimaxonim ichkari kirayotib yengilgina sovuq yeganiga sezdi. Oʻrniga yotarkan faqirlar har doim, har tun shunday junjikadi deya oʻyladi.

Tashqarida xanuz shamol figʻoni eshitilib turardi. Fotimaxonim shu figʻon aro Xayriyaxonimni oʻyladi. Bir uyum tuproq holiga kelgan u xonim bu uyda necha yil yotgan? Mavluddan uning ruhi xabardormidi yoki kelganlarga Xayriyaxonim uchun oʻqiyapman deyishi soxtalik boʻldimi? Bir muddat shularni oʻyladi...

VII

Oradan ikki yil oʻtdi. Fotimaxonimdan oʻzgasi bardosh qilishi qiyin boʻlgan hodisalarga toʻla ikki yil. Fotimaxonim nafsidan sabri ustun kelgan ikki yil. Bu ikki yil ichida Fotimaxonim ham bir qizli boʻldi. Samiha...

Samiha uch oyga toʻlgan kunlar edi. Fotimaxonim ikki daqiqaga qandaydir ish bilan boqqa chiqdi. Samiha oʻrnida yotar,Odila oʻyinchoq oʻynar, ora-sira choʻntagidan qovurilgan noʻxat olib, ogʻziga tashlab qoʻyardi. Ikki daqiqadan soʻng Fotimaxonim ichkari kirganida Odila chaqaloqning toʻshagidan tushib kelardi. Birdan yuragi shigʻ etdi. Ajabo, goʻdakka bir narsa boʻldimi? Bu savolga javob izlashga xojat xam, vaqt ham yoʻq, chunki Samihaning xirillashi yaxshi nafas ololmayotganiga ishora. Fotimaxonimning ichi yondi. Otildi. Samihaning ogʻziga koʻpiklar toʻplana boshlagandi. Barmogʻini ogʻziga suqdi. Ogʻzida hech yoʻq, ammo bolaning rangi va ogʻzidagi koʻpiklar boʻgʻilayotganini koʻrsatardi. Chaqaloqni bagʻriga bosdi. Koʻkragidan ogʻziga ikki tomchi sut oqizdi. Boʻgʻzi yumshaydi.Odila unga noʻxat yedirmoqchi boʻlgani aniq edi. Boʻgʻzidagi xirillash ortar, koʻpiklar koʻpayardi. Bolani olib, yoʻlga chiqib doktorga borguncha vaqt oʻtar, Fotimaxonim peshonasida paydo boʻlgan terlar, koʻzidan oqqan yoshlar hozir uning ne ahvolda ekanini bildirib turardi. Odilaga qaradi,narsa boʻlmaganday oʻynab oʻtiribdi.
— Odila,singlingga,nima yedirding?

Noʻxat yedirdim. Yigʻladi-da...

Fotimaxonimning ichidan kelgan bir his chaqaloqni koʻyib Odilani yaxshilab kaltaklashni, hech qursa, bir shapaloq tushirishni amr etardi. Talvasa paytida qilinadigan eng qulay ish shu edi. Hech boʻlmasa yuragiga biroz suv sepiladi.

Lekin Odilaga tegadigan tayoqning Samihaga foydasi bormi? Bola ikki shapaloq bilan tuzalib qoladimi? Odila bola bu holga tushsin deb shunday qildimi? Istab, qildimi? Urganda keladigan foyda, avf etganda keladigan zarar bormi?

Fotimaxonim shularni oʻylab, Odilani urishdan voz kechdi, Odila yana hech narsadan xabarsiz holda oʻyinchoqlarini oʻynab ketdi. Uning shu mas’um holatini koʻrib Fotimaxonim yolvordi.
— Yo Rabbiy, bagʻri yarim yetimlar, koʻngli mungli yetimlar xurmatiga, mening ikki yetim bolam hurmatiga bolamni qutqar! Kichik yoshda yetim va oʻksik qolgan Habibing hurmati. Yetimlarga yelka tutgan, koʻl uzatgan, haqqini qoʻrigan yaxshi insonlar hurmati...

Fotimaxonim oradan qancha vaqt oʻtganini biladigan ahvolda emasdi. Bu uzrli holat. Bolasi bunday holga tushgan onalar uning nima his qilganini tushunadilar, vaqtni qanday oʻtganini bilmasligi ham ayb sanamaydilar. Qoʻlini chaqaloqning ogʻziga tiqqanidan keyin toʻrt-besh daqiqacha oʻtdi. Faqat bu vaqt bolasi boʻgʻilgan uchun yoki ogʻriqlar, sanchiqlar ichra qiynalgan, tirishgan xasta uchun oz deganda bir necha soatlarday tuyuladi.

Oradan besh daqiqacha oʻtganda bolaning chuqur bir nafas olganini his etdi. Birdan yuragi yanada qattiqroq ura boshladi. Faqat bemalol nafas olayotganini koʻrgach tinchlandi.Noʻxat tomogʻidan oʻtib ketgandi. Darhol bu musibatni aritgani uchun Allohga shukr etdi. Bolaning yonoqlaridan bir-bir oʻpib, hidladi va oʻrniga yotqizdi.Yurak urishi, koʻngil bezovtaligi hali tamoman oʻtib ketmagandi. Bir oz gul suvi bilan chakkalarini, yuzlarini siladi. Fotimaxonim uchun katta musibat, oʻzi uchun Samihaga qovrilgan noʻxat yedirishdan iborat boʻlgan bu hodisa nimalarga olib kelganini bilmagan Odila bemalol oʻynab oʻtirardi.

Ajabo, shu tobda boshida Samihaxonim bir ona boʻlsaydi, holi ne kechardi? Buni taxmin bilish qiyin boʻlmasa kerak. Bu aziyat va haqoratlarni barcha tuqqan onalar va oʻgay onalar tasavvur qila oladilar.

Fotimaxonim bu hodisa sabab Odilaga tayoq oʻqtalmadi,urmadi, yomon soʻz aytmadi. Ammo chaqaloqni u bilan boshqa biror marta yolgʻiz qoldirmadi.

* * *

Husayin bu yil maktabga borishi kerak. Otasi uni qoʻlidan tutib, qayd ettirib kelgani olib bordi. Husayin maktab ochilishi yaqinlashayotgani sari kuchliroq hayajonlanardi:
— Maktabda oʻqish qiyinmi, ona? Siz ham maktabga borganmisiz, ona? — kabi savollar berar, Fotimaxonim uni tinchlantiruvchi soʻzlar aytar, oʻqib buyuk odam boʻlishini tushuntirardi.

Fotimaxonim Husayin uchun ikki dona peshband qilish va uni maktabga doim top-toza qiyofada yuborish istagini Odilbekka bildirdi. Oʻrtoqlari orasida xijolat boʻlmasin, uyalmasin, derdi.

Oʻqish ochilgan kuni otasi uni koʻlidan tutdi va maktabga olib bordi.

Mahalladan tanish bir bolaga topshirdi.Sinflarga kirib-chiqishda yordam berishini tayinladi. Tushda koʻp qatori maktabdan qaytarkan, deraza oldida Husayinning yoʻliga qarab turadigan bir ona bor edi.
— Oh, onasning joni kelyapti,- deya uning jajji yonoqlaridan oʻparkan, Husayin jiddiy oxangda:
— Tushlikdan soʻng, ovqatlangach yana oʻqish bor, ona, — dedi.

Pokiza peshband, dazmollangan shim, maktabga borib-kelishida yarqirab turuvchi, tozalangan poyabzal, yuzlari porloq bir bola... Bu hol va bu qiyofa maktab ochilishida qanday boʻlsa ,shunday davom etdi.

Bir kun toza,ikkinchi kun ham shunday boʻlmaydilar, bugun oyoq kiyimi yap-yangi boʻlganlar, bir necha kun oʻtgach loy ichida tanib boʻlmaydigan holga keltirishadi.Ichlarida boyi, faqiri, juda ham kambagʻallari bor. Biroq eng boylari ham oʻrtahol oila farzandi Husayinga tozalik va intizom jihatdan tenglasholmasdi.

Bir kun oʻqituvchi tozalikni tekshirayotib bir bolaning oldida toʻxtadi. Ismi Yilmaz. Choʻntagining cheti yirtiq, bir tugmasi tushgan va peshbandi koʻp vaqtlardan beri yuvilmagandi.
— Yilmaz, seni ertaga bunday koʻrmayin. Onangga ayt, oʻqituvchi shunday dedi de, — tanbeh berib oʻtdi. Nazorat davom etdi. Husayinning yoniga keldi.
— Qarang, bolalar! Hammangiz Husayinday boʻling.Unga oʻxshab top-toza boʻlib keling. Sen aytchi, Yilmaz, sen gʻayrat qilsang, Husayinday boʻlmaysanmi, oʻgʻlim!

Yilmas boshini egdi, javob bermadi.
— Gapir, sen ham Husayinday ozoda boʻlishni istaysanmi, Yilmaz?

Yilmaz bosh koʻtarmay mingʻirladi:
— Istayman, ustoz.

Juda yaxshi. Modomiki, istar ekansan, ertadan boshlab seni gulday koʻrayin. Uyga borishing bilan onangga ayt, men uyalyapman, oʻqituvchi menga tanbeh berdi de.
— Men bunday deyolmayman, janob muallim.
— Nega aytolmaysan?

Oʻqituvchi asabiylashganday boʻldi. Yilmaz javob beravermagach, yengilgina, astagina kulogʻidan tutdi:
— Buni qaranga! Ham toza boʻlmoqchimish ham aytolmasmish.

Soʻngra yana biroz dagʻallashdi:
— !... ...

Yilmazning koʻzidan sizilgan ikki tomchi yosh muallimga ta’sir qildi shekilli, yumshadi, qulogʻini sekinroq ushladi. Otasini uzoqdan tanirdi, orqavorotdan bilardi. Boy bilan oʻrtahol orasidagi bir odam edi.Bolasiga yangi liboslar olib berish unchalik qiyin boʻlmasa kerak. Uning boshini silab:
— Boshqa bunday adabsizlik qilma, Yilmaz va bolalarga murojaat qildi:
— Yilmazning uyini biladigan bormi?
— Bor,ustoz.

Uch qoʻl barobar koʻtarildi.
— Bugun ketishda Yilmazlarniknga uchrab, mening aytganlarimni aytasiz.

Aytmasinlar, janob muallim.
— Aa-a-a? Haddingdan oshyapsan, Yilmaz... Nega aytmasinlar? Sababi nima?
— Chunki, aysalar, tayoq yeyman, ustoz. Mening oʻz onam yoʻq,mening

onam oʻgay.

Yilmaz bu gaplarni aytar ekan yigʻlay boshladi. Yigʻi aralash qoʻshib koʻydi:
— Aytganlari bilan bajararmidi? Battar uradi.

Yana yigʻlashga tushdi. Oʻqituvchi bu qadar qattiqkoʻllik qilganiga pushaymon boʻldi. Ahvol bunday boʻlib chiqishini oʻylamagandi. Yilmaz toʻxtamasdan yigʻlardi,
— Yilmaz, yigʻlama. Azamat yigitsanku oʻzing. Tashqariga chiqib, yuzingni yuv! Husayin, doʻstingga yordamlash!

Husayin Yilmazning koʻlidan tutdi, Yonma-yon sinfdan chiqishdi.

Chashma boshida — ikki bola. Biri oʻgay ona zulmini,etimlik mashaqqatlarini totgan, ikkinchisi yetimligini bilmagan, ona mehrini koʻrayotgan yetim.

Yilmaz yuz-qoʻlini yuvgach, koʻllarini shimiga surtdi:

Roʻmolcham yoʻk. Oʻzi bermaydi, menham soʻramayman. Soʻrasam, yomon soʻzlar aytadi. Sen oʻlmading, men kutuladim, deydi. Bechora onamga ham til tekkizadi.

Xusaynn choʻntagidan roʻmolchasini chiqardi:
— Ol, Yilmaz. Seniki boʻlsin.
— Olmayman, Husayin.
— Olmasang, xafa boʻlaman.

Yilmaz poʻmolchani oldi. Choʻntagiga soldi. Birga sinfga kirdilar. Tushdan soʻng maktabdan uyga qaytgan Husaynda parishonlik sezilardi,
— Bolaginam, nega xafa koʻrinasan, birov bilan urishdigmi yoki boshqa bir hodisa roʻy berdimi, — deya ahvol soʻradi Fotimaxonim.

Yoʻq, ona, xech narsani oʻylaganim yoʻq.Oʻqtuvchim meni bolalarga koʻrsatib, Husayndek boʻlinglar, dedi.
— Ofarin, oʻgʻlim. Ammo sen yana nimanidir oʻylayapsan?
— Yoʻq, ona, xech narsani oʻylaganim yoʻq.Sinfimizda Yilmaz degan bola bor. Usti boshi kir, yirtiq...

Husayin sinfda boʻlgan voqeani boshidan hikoya qilib berdi.
— Ona, juda achindim, unga roʻmolchamni berdim, jahlingiz chiqmas.
— Obbo bolamey, yaxshilik qilsang, nega jaxlim chiqsin?! Juda yaxshi qilibsan. Ertaga doʻstinni aytib kel.Onam soʻtilgan kiyimlaringni tikmoqchi de. Albatta olib kel, xoʻpmi? Senga ham savobi tegadi. Yetimga yordam qilganing uchun Alloh senga savob beradi.

Ertasi kun Husayin onasining aytganini qildi. Bir bolani ergashtirib keldi. Bu bolaning oʻgay ona zulmi ostida, qarovsiz oʻsganini anglamoq uchun axmoqning y ikki bor qarashiga hojat yoʻq. Fotimaxonim ularga ovqat berdi. Ular ovqatlanayotgan paytda kiyimlarini tikdi, tozaladi, dazmolladi.

Bir soatdan soʻng koʻchaga chiqqan bola mening ham shunday onam boʻlsaydi degan orzu bilan oʻgay onasi boʻlgan uyi tomon yoʻl oldi. U ketishi bilan Husayin Fotimaxonimning boʻynidan quchokdadi:
— Bir dona onam, dono onam, bularni men uchun qildingizmi?
— Albatta, oʻgʻlim, yana olib kel, kutaman, yana shunday qilaman.

* * *

Uch-toʻrt kundan keyin Yilmaz Husayinning qistovi bilan yana keldi. Aslida qistashiga ham hojat yoʻq edi. Uyida koʻrgan yomonlik, zulm «hamma endi menga shunday muomala qiladi, xech kim yaxshi koʻrmaydi, hamma mendan nafratlanadi», degan ishonchni paydo qilgan edi. Yilmaz kimning yoniga bormayin, xoʻrlik, haqorat va koʻraman, deb oʻylardi. Bir gal Husayinning onas oʻgʻlim dedi, ammo bu safar ham shunday deydimi, ya ganidan mamnun boʻladimi?

Dard ustiga dard — yana shuncha oʻgay ona ham bor. Oʻgay onalarga topshirgan bolalarining yuzidagi mahzunlikni uqolmaydigan, ojiz, oʻysiz, begʻam qancha otalar va nihoyat guldek bolalari chekkan aziyatdan suyaklari sirqiragan necha-necha marhuma onalar bor.

Fotimaxonim qoʻzlarining namlanishidan hech narsa tushunmagan Husayin, xafa qiladigan gap aytdimmikan, deya oʻylarkan, Fotimaxonim:

Ayt, oʻgʻlim, ayt, u ham meni ona desin. Tushdan keyin olib kel, maylimi?

Tushdan keyin Yilmaz keldi. Koʻzlarini yerdan olmas,uyalardi.
— Qani Yilmaz, ona desangchi, onamga! Husayin uchun bir kalimadan iborat ona degan soʻzni aytish qanday qiyinligini, bu soʻzning naqadar qimmatli ekanini Yilmazdan soʻrash kerak edi. Fotimaxonim xuzurida ikkita yetim bor edi. Biri dunyoning barcha alam va qaygʻusini totib koʻrgan Yilmaz ismli bechora bola; ikkinchisi esa ayni holatdan Allohning marhamati bilan Fotimaxonimning duch kelishi natijasida kutulgan bax-tiyor bola, Ikkisining ham onasi oʻgay. Ammo biri marhamatsiz, toshday hissiz, bergan aziyatidan zavq oladigan vijdonsiz; ikkinchisi esa, oʻz bolalariga qarashda onalarga oʻrnak boʻladigan, ya’ni onalar oʻz tuqqan bolasiga mana shu oʻgay onachalik qarashni, mehrli boʻlishni havas qilishiga sazovor boʻlgan.

Fotimaxonim Yilmazning roʻparasiga choʻkkaladi. Bir necha tengdoshi toqat qilolmaydigan mashaqqatlar boshiga tushgan yetti-sakkiz yoshlardagi bu bolaga, mahzun chehrali jajji bu insonga mehr toʻla koʻz bilan qaradn.
— Qani, onadeginchi, menga oʻgʻlim. Endi men sening ham onangman. Husayin qanday oʻgʻlim boʻlsa, sen ham shunday oʻgʻlim boʻlasan. Xafa qilma meni, ona deginchi, oʻgʻlim...

Bu orada koʻzlari yoshga toʻlgan Yilmaz birdan oʻzini Fotimaxonimning bagʻriga otdi.

Ona, onam... —deb faryod qildi. Fotimaxonim uni haqiqiy onalik bagʻriga bosdi, quchoqladi. Umrida ona shafqatidan mahrum, ona mehrini koʻrmagan bu bola qarshisida u ham marhamat yoshlarini toʻkdi. Husayin ikki uch-qadamcha naridan bu hayajonli, achchiq manzaraga qarab qolgandi. Hayratlar ichida edi. Hozir Yilmaz his etganlarni u his etishi yoki unga his ettirish mumkin emasdi. Tomdan yiqilib tushganning holini faqat tomdan yiqilib tushgan biladi. Kim bilsin, bechora bola ona deyishni qanchalar orzu qilgan, qancha vaqtlar, qancha yillar “bolam» degan soʻzni eshitmoqqa zor boʻlgan.

Birozdan soʻng Fotimaxonim koʻz yoshlarini artdi.
— Sen uyda onangni nima deysan, ona demaysanmi, oʻgʻlim.
— Yoʻq. Soʻng xoʻrsnnib koʻshib qoʻydi: — oʻzi aytkizmaydi.Bir marta unga ona dedim. «Nega onang boʻlay,men tugʻdimmi seni?Bor, anavini ona degin»,—deb mozorot tomonni koʻrsatdi.
— Men ham shundan keyin uni ona demadim. Hiqillay-hiqillay bularni soʻzlagan Yilmaz, gapirib boʻlgach, yana yigʻlashga tushdi. Fotimaxonimning dardi yana oshdi.
— Bundan keyin meni ona degin, maylimi?

Fotimaxonim uning koʻzyoshlarini artdi, kuchi yetgancha tasalli berdi. Faqat qisqa bir vaqtda, uning mushtday qalbida yillar osha yigʻilib qolgan dunyoday dardni ketkazishi mumkinmi? Doim qon tomib titrgan jarohat bir onda qanday tuzaladi? Har qun vayron boʻlgan koʻngil bir zumda qanday tiklanadi?

Birozdan soʻng u oʻzi uchun zindon boʻlgan uyga ketarkan, yana eski holiga qaytadi. Dunyoda Yilmazga ochiladigan yolgʻiz uy, ota uyi.... Ammo uning uchun eng yoqimsiz uy ham shu. U zindon boʻlmay nnma? Mashaqqat makoni! Azob uyasi! Ne qilmoq kerak? Yilmaz bu uyda, hatto tushida boʻlsin, loaqal bir-ikki soatgina halovat topmoqqa rozi... Ammo u yerda koʻrgan tushlari ham dahshatli, terlarga gʻarq boʻlib uygʻonadi. Bir muddat zulmat ichra koʻzlarini katta-katta ochib shiftga tikiladi, mavhum xatar, noma’lum qoʻrkuv aro chap-oʻngga agʻdariladi. Yana shu qoʻrquv ostida sekin-sekin koʻzlariga uyku choʻkadi... Kechasi kunduzidan totsiz, kunduzi kechasidan qorongʻu bu uyda yashashdan ne foyda, yashamaslikdan ne zarar? Ichidagi havo, devoridagi toshlardan qattiq bu uyda Yilmaz uchun koʻrishi mushkul boʻlgan, koʻrishi mumkin boʻlmagan, yoʻq narsa bor: saodat...

VIII

Sodiyaxonim anchadan beri oʻgay oʻgʻli Yilmazda bir qancha oʻzgarishlar seza boshladi. Bir kun liboslari tikilgan holda keladi, boshqa kun Yilmazda anglashilmas xushnudlik koʻrinadi. Aslida undan biron narsa soʻrashga xech qachon jur’at qilmagan bu bola oʻzidan yana ham uzoqashganini, biroq qoniqish holatidaye kanini sezganday boʻlardi. Buning sababi boʻlishi kerak edi. Uch-toʻrt kun avval yirtiq shimini tikilgan, yuvilgan, dazmollangan koʻrishi uni yerga urganday boʻldi:
— Bugun qayokda qolding?
— Dars tayyorladim.
— Kimlarnikida tayyorlading?

—Husayinlarnikida.
— Husayin kim?
— Sinfdoshim.
— Xoʻsh, shimga nima boʻldi?
— Onasi dazmolladi.
— Nega dazmollatding?
— Oʻzi dazmollayman dedi, berdim.
— Seni shunday taltaytirishadi. Duch kelganga yaltoqlanasan, shundaymi? Qarab tur, kechqurun otangga alla-kimlargadir shim dazmollatib yurishingni aytib dodingni berdirmasammi. Ja-a, janob boʻlib ketdilar. Koʻz tegib yurmasin tagʻin!
— Nima qilay? Siz dazmollamaysiz, meni maktabda turtkilashadi.Tayoq yeyman. Bundan xabaringizbormi?
— Vaysashini-chi buni!

Sodiyaxonim shunday deb Yilmazning ustigabostirib kela boshladi, ammo Yilmaz chavdonlik bnlan eshikdan chiqa qochdi. Sodiyaxonim eshikdan chiqshi bilan Yilmaz qochgan tomondan kelayotgan xotinga baqirdi:
— Allohni sevsangiz, shuni ushlang.

Lekin ayol yonidan indamay oʻtavergach, yana baqirdi:
— Allohni sevsangiz, dedim, Inson. Shuni ushlab qoling!
— Allohni yaxshi koʻrganimdan, Undan qoʻrqqanimdan tugmadim. Yetimni urish uchun gapirgan gapingizni qarang. Unga koʻtargan mushtingizni nafsingizga ursangiz, avval oʻzingizga urib koʻrsangiz qanday boʻlarkin? Agar Allohni bilsangiz, bu gudakka xizmatchi boʻlardingiz. Bolangiz oʻzingizday oʻgay ona koʻlida qolsa, nima qilasiz? — dedi va javob kutib turmasdan yoʻlida davom etdi. Bu soʻzlar Sodiyaxonimning gʻazabini battar qoʻzgʻadi. Oh, koʻchalar oralab bu tirmizakni quvlasa, tutib oʻchini olsa...

Uning ortidan kin toʻla boqishlar bilan chaqnagan qoʻzlar, gʻijirlagan tishlar va hirsli, oʻzgacha tusga kirgan yuz... boshqa chora yoʻqligi uchun uyga chekindi. Eshikni ichkaridan bekitarkan, oqshom uyga kelarsan, deya mingʻirladi.

Kim bu Husayin? Avvalo buni bnlib,borib bolani taltaytmasliklarini aytib, ogohlantirib kelish keraq Yilmaz kim, dazmolli shim kiyishni unga kim koʻyibdi?! Yamoqli kiyim yetmaydimi?

Aslini olganda Sodiyaxonim Yilmazga yomon muomala qilishini biladi. Maktabdan yugurib kelib, non soʻragan yetti yoshli och goʻdakka: «Zaqkum ye. Qani non, koʻrmayapsanmi? Bu janobimga endi bir xizmatchi yollashimiz kerak!» — demaslik kerakligini ham biladi. Biladi, ammo oʻzini toʻxtatolmaydi, tutib turolmaydi. Yilmazning har harakati uning gʻashiga tegadi. Koʻrishi bilan asabiylashadi. Oʻz bolasi ne qilsa yoqadi, sevinadi. Yilmazga kelganda teskarisi. Yilmaz ona deguday boʻlsa, xuddi uning onasiga oʻxshab oʻlib qoladiganday tuyuladi. Yilmazga nisbatan haqsizlik qilishdan boshqa ish koʻlidan kelmaydi. Ba’zan: «Bu bola oʻzi shunga munosib, yoʻqsa boshiga mendan boshqasi kelgan boʻlardi, balki yaxshilikka yaramas, yaxshilik qilsam, yanada kekkayib, yomonlashib ketishi mumkin», — deyaoʻzini ovutardi. Ba’zan qilgan muomalasi va soʻzlagan soʻzi haddan oshganini oʻzi ham tan olardi. Masalan, olti oy oldin bir hodisa boʻlib oʻtdi. Oʻsha oqshom eri:
— Qara, Sodiya, bolaning choʻntagi yirtilibdi, tikib ber!—dedi.
— Endi shu yetmay turuvdi, shu qoluvdi qilmaganim. Ipni ignadan oʻtkazib, chatib tashlash shuncha qiyinmi bunga? Ertaga askarlikka borsa, qanday qiladi? Hozirdan oʻrgansin... — deb javob berdi. Holbuki, «ertaga askarlikka boradigan bola», endigina boshlangʻich maktabning birinchi sinfiga borishga tayyorlanyapti.

Bu surbetlik qarshisida ota nima ham qila olardi? Bechora odam, bu xotinga goʻyo azob chekish va bolasini ezdirish uchungina uylangandi. Bu ikkisi rost chiqdi. Har oqshom yangi-yangi shikoyatlar... Guyo bu bola tongdan tungacha yaramaslik qiladi yoki yetimning butun vazifasi oʻgay onasiga ish orttirishdan iborat emish.

Bu oqshom eshitgan shikoyati yanada boshqacharoq. Yilmaz shimini boshqa ayolga dazmollatgandi. Bu ish uydagi onaga, ya’ni oʻziga katta haqorat edi. Agar qilingan bu aybning jazosini ota bermasa, beradigan topiladi. Ota-oʻgʻil bir boʻlib, bechora Sodnyaxonimga xayollariga kelgan zulmni oʻtkazishadi. Sodiyaxonim bu harakat oʻziga haqorat ekanini tushunar, biroq uning shimini dazmollash lozimligini aqliga sigʻdirolmasdi.

Shu paytgacha xohlagan tarafiga osongina egiladigan eri bugun negadir uning xoxishiga mos suhbatlashadiganga oʻxshamasdi. Vajohati shuni koʻrsatib turardi. Zotan, ota-oʻgʻil bir boʻlib oʻziga zulm qilish rejasini pishitib olganlarini, bulut kelishidan yomgʻirni sezganday erining holatidan sezgan va yana oʻzi haq boʻlib chiqishi uchun gapni shunday boshlashni lozim topgandi. Haqiqatan, Maxmudbek:
— Qani,Xonim, avval aytingchi, shu uyga kelganingizdan buyon bu bolaning shimi necha marta dazmollandi? Bola maktabga — odamlar orasiga boradi, parishon qiyofada chiqmasin deb chiroyli kiyintirib joʻnatgan kuningizni eslaysizmi? Unga ona boʻlib aziyat chektirmasdan, yomon soʻzlamasdan, kaltaklamasdan yoki kaltaklatmasdan, yaxshi muomala qilgan, koʻnglini olgan, bolam deb bagʻringizga bosgan kuningiz boʻldimi? Masalan, hatto bayram kuni oʻz bolangizday quchib, oʻpganingizni kim koʻrdi? Albatta, birovlarga boradi. Bundan gʻazablanish oʻrniga biroz oʻylab koʻrsangiz qanday boʻlardi? — deyishi ahvol u oʻylagandek boʻlib chiqqayaini anglatardi.

Mahmudbekning nogoh sizlab, vazmin gapirishidan Sodiyaxonim dovdirab qoldi. Aslida bir gapini ikki qilmagan eridagi bu holatga biror ma’no berolmadi. Kunduz Yilmazni ushlab qolmagan xotin ham nimalar demadi.Demaq bu ishda bir sir bor. Ammo Sodiyaxonim osonlikcha bu sirning tagiga yetolmasdi.

Kunduz Yilmazning tutilishini istamagan kampir Sodiyaxonimga aytadiganini aytib, qolganini toʻkib solish uchun Mahmudbekning doʻkoniga toʻgʻri bordi va u yerda nafasini rostladi. Mahmudbek mahallada keksa ayollar orasida xurmatli boʻlgan Faridaxonimni yaxshi qutib oldi, nima xizmatlari borligini soʻradi. Faridaxonimning rangi oʻzgarib kettani dilida toʻkib soladigan gapi borligini bildirib turardi. Oʻrindiqqa oʻtirgach, bir-ikki lahzatin olishni kifoya bilib soʻz boshladi:
— Oʻgʻlim Maxmudbek eshigingiz oldidan oʻta turib.., — deya hodisani anglatgach, xulosa qilib maqsadini aytdi. — Biroz avval mendan biror xizmat, iltimosim, amrim bor-yoʻqligini soʻrading. Oʻrtada bajarishga majbur boʻlganing — Alloh amri bor. Zero, ado etilishi lozim boʻlgan eng sharafli amr Alloh amridir. Alloh bolaga, yetimga yaxshi qaramoqni amr etgan. Ana shu amrni ado etmasdan, mening xohishimni oʻrinlatishdan senga nima foyda bor? Ikkinchi uylanganingdan buyon Yilmaz yomon soʻz eshitishdan, ezilishdan, tayoq yeyishdan boshqa narsa koʻrgann yoʻq. sizningcha, shu Alloh amrini ado etishmi? Senda otalik mehfi boʻlsaydi hamma Yilmazga achingan bir paytda va bu gap menday kampirning qulogʻigacha yetib kelmasdan burun oʻgʻlingga achingan boʻlarding va uni butunlay Sodiyaxonimning ixtiyoriga tashlab koʻymasding. Yo rahmatli xotiningdan qolgan omonatni shunday xor-zor qilib saqlash uchun uylangandingmi? Xotiningni bu qadar mamnun etishga urinishing yaxshi, biroq Allohning xuzurida qanday javob berishingni ham ozgina oʻylab koʻrmadingmi?

Eshikdan kirgan xaridorni koʻrgan Faridaxonim gapirishdantoʻxtad Maxmudbek eshitgan achchiq soʻelar ta’sirida terlarga botdi, yer yorilsa, kirib kesam, deydigan holga tushdi. Xaridorning kirishi unga quyosh tigʻida terga botgan odamga salqin xavoning tegishidek ta’sir qildi. Turib,xaridor bilan muomala qildi. Ikki daqiqadan soʻng, xaridor ketgach, yana mehmoni roʻparasiga vijdon hisobini bermoq uchun qaytdi. Faridaxonim bu ikki daqiqa ichida biroz tinchlandi, yana qancha achchiq soʻzlar aytib yuborishi mumkin ekanligani oʻylardi. Ammo ortiqcha soʻzga ehtiyoj yoʻq edi. Tushunganga shunisi xam ziyoda, yaxshi otga — bir qamchi. Xonim soʻzini anchayin qattiqroq ohangda davom ettirdi:
— Bu bola chekkan azob, ehtimol, seningcha kamdir, ammo biz endi chidayolmaymiz. Agar xotiningning zulmini toʻxtatolmasang, bolani bizga ber, oʻz nevaramday qarayman. Yoʻqsa, biroz otalik burchingni ham bajar, yetimning chiroyi ochilsin.

Faridaxonim soʻzlarini tugatib oʻrnidan turarkan, yana qoʻshib qoʻydi:
— Achchiq gapirdim, Mahmudbek! Lekin yetimning haqqiga rioya qilmaganing, bu haqsizlikning oldini olmaganing uchun ertaga chekadigan azobing bundan anchayin achchikroq boʻladi. Butun pushaymon boʻlarsan, balki kutulish yoʻlini toparsan, ammo zrtangi pushaymon oʻzingga dushman boʻladi.

Faridaxonim taklif etklgan choyni ham ichmasdan turib ketgach, Maxmudbekni chuqur oʻy bosdi. Eshitgan soʻzlari bagʻini ezib yubordi. Ayol kishidan bunday haq soʻzlarni eshitish osonmi? Agar kichikligidan kattalarga xurmat ruhida tarbiyalangan boʻlmasa edi, balki koʻrsroq javob saytarib yuborardi. Ammo aytadigan soʻzlari nafsining himoyasidan boshqa narsa boʻlmasdi. Oʻzini bu ayoldan himoya qilishdan, unga oʻzini haq deb qoʻrsatishdan nima foyda bor? Modomiki, ertaga aldab boʻlmaydigan, har narsaning xaqiqatini ayon qiladigan, zolimdan mazlumning haqqini Olib beradiganning huzuriga borilganda mahallaning momosiga qiladigan dagʻdagʻasi Mahmudbekni qutqaradimi? Aslida aytilgan soʻzlar naqadar achchiq boʻlmasin haq, emasmi?! Toʻgʻri aytmadimi momo? Uylanishidan murodi Yilmazninguzur-halovatini ta’min etishmasmidi? Qani u halovat, qani u xuzur?!

Oqshom Sodiyaxonimga qarshi ilk bor achchiq gapirishining siri shunda edn. Tabiiyki, Mahmudbek Faridaxonimning doʻkonda aytgan achchiq gaplaridan soʻz ochmadi.

Sodiyaxonimga qarshi jangta chiqan Mahmudbek bundan keyin muvaffaqiyat qozonadimi? Yoki Sodiyaxonim Yilmazga qarshi hiylalarini boshqa yoʻlga, boshqa usulga almashtiradimi? Ta’qib etadimi? Javoblar taxmindan iborat. Vaqt koʻrsatadi. Bunday savollarga munosib javobni dono hakam vaqt bergusidir.

IX

Bironta mahallada mish-mish toʻxtadi deyish — bugun quyosh chiqmadi deyish bilan barobar. Buni ikki xotin uchrashganda beixtiyor qulogʻingizga kirgan soʻzlardan ham bilishingiz mumkin. Buday suhbatlarda yaxshi-yomon doʻstlari ortidan faqat ezgu maqsadlar, odob va axloqdan soʻz ochgan fazilatli ayollar unchalik koʻp emas.

Fotimaxonim qanchalik yaxshi boʻlmasin, u xakda xilma-xil soʻzlarni qalashtirib tashlaydiganlar oz emas. Odilbek uylanarkan, u xaqda xech narsani bilmasalarda: «Oh, bechora goʻdaklar, oʻgay ona qahrini koʻradigan boʻlishdi», — deya bolalar chekadigan azoblardan fol ochadilar — bahs etadilar. Vaqt ularni haqsizlar safiga qoʻshdi. Fotimaxonim kelishi bilan qaqshab qolishi kutilgan goʻdaklarning chiroyi ochilib, yomonlikka duch kelishlari oʻylangan bolalar gulday pokiza holatga kirdilar. Bu safar Fotimaxonimning onalarcha xarakatlarini oʻzining bolasi yoʻqligiga bogʻladilar. «Oʻzining bolasi boʻlmagandan keyin xammaxam shunday qiladida», —dedilar. «Oʻzining bolasi tugʻilsin koʻramiz, bularning bir pullik qimmati qolarmikin», —deydiganlar ham topildi. Ajabo, bu gaplarni gapirganlarning oʻzlari ikki yetimga qarashi kerak boʻlib qolsa, nima qilarkinlar?! Oʻz bolalariday qarash u yoqda tursin, Yilmaz yoki Ismoilga qaralgandan sal yaxshiroq tarbiyalay olishadimi? Haqiqat shuki, har kun yuzlab bolalar yetim qoladi. Ammo bulardan faqat bitta-ikkitasigagina Fotimaxonim nasib etadi. Haligi gʻiybatchilarning har biri Saniha, Sodiya boʻla oladi, ammo Fotimaxonim boʻla olishi gumon.

Vaqt yana ularning yanglishganini koʻrsatdi. Samiha tugʻilgandan keyin ham Husayin va Odilaning ahvollari oʻzgarmadi. Hatto Odilaninguch oylik Samihaga noʻxat yedirmoqchi boʻlgani va tomogʻiga tiqilgani toʻgʻrisidagi hodisani, hech kim, loaqal Odilbek ham eshitmadi. Fotimaxonim matonat koʻrsatdi, sabr qildi. Birovlar eshitishining hech qanaqa foydasi yoʻq edi. Qoʻlida oʻz bolasi boʻlishiga qaramasdan Fotimaxonim Husayinni ikknnchi sinfga ham avvalgiday pokiza holda joʻnatardi.

U fazilat yoʻlida yuksalardi, bunga ters oʻlaroq razolat yoʻlida tashlanayotgan qadamlar ham yoʻq emas edi.

Samoxatxonim qatnashgan bir suhbatda, oʻzi yoʻq qoʻshnilar gʻiybat qilinib, navbat Fotimaxonimga yetdi. Fotimaxonimning ishlari boshdan-oyoq riyokorlik emish. Oʻzini koʻrsatish uchungina bolalarga yaxshi qararmish. Bunday ichi sirti bilan, tili dili bilan, soʻzi ishi bilan bir boʻlmagan kimsalar aslida juda xavfli ekanlar. Zotan, ikkiyuzlamachi boʻlish, yaxshilik qilyapti deyishlari uchungina yaxshilik qilish axloqsizlik boʻlmay nima?

Qanchadan-qancha shunga oʻxshash axloq qoidalari sanaldi. Natijada Fotimaxonim haqida tamomila teskari hulosalar chiqarildi. Ular orasida vijdoniga quloq soladigan yolgiz Samoxatxonim edi, u eshitgan soʻzlariga e’tiroz bildirdi:

— Singlim, inson oʻzini koʻrsatish uchun yegimlarga bunchalik mehribonlik qilishi qiyin. Bolalarning ahvolini koʻrmayapsizmi? Har qun toza kiyintirib chiqaradi. Necha bor oʻzim koʻrdim: bolalar yiqilib,hammayogʻini loy qilib uyiga ketishadi va besh daqiqa oʻtib, yana top-toza chiqib kelishadi. Mayli, bizga hammaamallari sezilmasin ham deylik, lekin qoʻshnilar bu xonimning bolalarga baqirib-chaqirganini, qargʻaganini eshitishlari kerakku? Yoki tarsaki tushurganini koʻrmaydilarmi va ularning yigʻlaganlarini eshitmaydilarmi? Na sen, na men uning qilganini qila olamiz. Yuz-qoʻlimizni bulgʻamaymiz. Bizga oʻtirib olib gʻiybat qilish qulayroq. Hech boʻlmasa unga til tegizmaylik.
— U bularning barini oʻzini koʻrsatish, namoyishkorlik uchun qiladi-ku!
— Qayokdan bilasan? Tashqaridagilarga oʻzini koʻrsatishi mumkin, ammo uyda kechgacha hech kim boʻlmaydiku, kimga namoyishkorlik qiladi? Atrofidagi toʻrt devorgami? Mayli, Fotimaxonim oʻzini koʻrsatish uchun yaxshilik qilayotgan boʻlib chiqaqolsin. Ammo bundan bolalar huzur-halovat topyaptilar, oʻgay ona nimaligini bilmayaptilarku, shuning oʻzi yetmaydimi?! Koshki, barcha oʻgay onalar ham u kabi koʻrgazmaga boʻlsada, yaxshilik qilsalar!

Samohatxonim toʻgʻri gapirdi. Ammo toʻgʻri gapni tan olish osonmi? Tugʻri soʻzga moyillik bildiruvchi topiladimi? Ularga har qancha asossiz boʻlmasin, oʻrtada gʻiybat qilishga yaragulik mavzu boʻlsa bas. Qilingan yoki qilinmagan gunohlari uchun kimlarningdir poʻstaklarini koqishlari kerak. Saqichday chaynab gʻiybat qilishlari kerak.

Fotimaxonimning bir qusuri bor edi. Uning bu ayollar orasiga koʻshilganini, umuman gap-gashtaklarga chiqqanini hech kim koʻrmagan, shunchaki kelib-ketib yuraversa boʻlardi, aslida. Mahalladagi ayollarning koʻpchiligi uning yuzini durustroq koʻrganlari ham yoʻq edi. Bu uning kibriga ishora emish. Inson oʻzini bunchalar katta tutmasligi kerak ekan. Alloh bunday insonni dovdiratib qoʻyarmish. Oʻzini shunday katta tutganidan keyin ikki bolalidan boshqa kim tan olardi?! Keyin Xayriyalarnikiga onasi huzuriga borgani nimasi? Qizingning oʻrnini men egalladim, deganimi?! Shuxam odamiylikmi?!

Samohatxonim yana gapga aralashdi.
— Orangazga kelib nimaga erishadi. Birovga loy chaplash, birovni yomonlashni oʻrganadimi? Xayriyaning onasi huzuriga yemon niyatda bordimi? Borishidan xafa boʻlsa, Fotimaxonim buning chorasini topib, koʻnglini olsa kerak menimcha, Xayriyaning onasi nevaralarining ahvolini bilib xursand boʻladi. Agar xafa boʻlsa edi, Fotimaxonimnin gziyoratiga kelarmidi?! Koʻryapsizki, ora-sira oʻz xohishi bilan kelib-ketib turibdi. Bunisiga nima deysiz?!

Ayollardan biri qattiq suqildi.
— Qoʻying, qizim,, Samohat bugun Fotimaga oqlovchi boʻlgan. Boshqa gaplardan gapiring.
— Nega oqlovchi boʻlay? Haqni haq deyish oqlovchilikmi?
— Oqlovchilik.Yaxshi gaplashayapmiz, suhbatni buzib nima qilamiz? Ma’nosiyam, foydasiyam yoʻq.
— Yaxshi gaplashish, Fotimaxonimga ayb taqmoqmi? U holda marhamat, xohlaganingizni gapirib, suhbatlashing.

Samohatxonim shunday deb,oʻrnidan turdi. Qistashlariga qaramasdan oʻtirmadi va chiqib ketdi.

Samohatxonim Husayinni yetim degan xotinni qaytarganini eshitganlar bor edi. Uning bu vaziyatda oʻzini tutishini koʻz oldiga keltirganlar ozmi-koʻpmi har holda vijdoni borligiga qanoat hosil qilgan boʻlishlari kerak. Ayollar orasida bu xildagi, ya’ni haqsizlik qarshisida jim turmaydigan, haqiqatni mudofaa etadigan xonimlarning topilishi e’tirof etilish zarur boʻlgan haqiqatlardandir.

Bu voqeadan uch kun oʻtgach, Fotimaxonimning eshigi taqilladi. Bu Samohatxonim edi. Bir pas u yoq buyoqdan suhbatlashdilar,hol-ahvol soʻrashdilar. Samohatxonim soʻzni oʻzi boshladi. Uni xurmat qilishini aytdi. Soʻng gap aylanib, uch kun ilgarigi voqeaga keldi. Aytib berdi. Fotimaxonim ochiq yuz bilan, vazmin holda tingladi:
— Shunday gaplar boʻlib turadi, opa. Odamlarning tili tiyilmaydi. El ogʻziga elak tutib boʻlmaydi. Urinmang. Alloh barchamizni avf etsin! Bolalarga qarayapman, kamchiliklarim koʻp. Agar bilmasdan ularni xafa qilib qoʻysam, Alloh shu bolalarning xurmati meni kechirsin, — deb gapga yakun yasadi.

Fotimaxonim bexuda ogʻiz ogʻritadiganlardan emas edi. Oʻzi hakdagi gʻiybatni berilib tinglashni xush koʻrmasdi. Shuning uchun bu gapni soʻngiga qadar sabr bilan tingladi. Tinglarkan, «ular bilib, oʻzim xabarsiz qolgan qusurim bormikin», deya gapning oxirini kutdi. Bandai ojizmiz —oʻzimiz ilgʻamagan kusurimiz boʻlishi mumkin. Buni birovning ogoxlantirishidan bilib qolamiz. Oʻzimiz uzrli, hatto haq deb biladiganimiz hodisada mutlaqo nohaq ekanimiz, boshqaning fikri sabab yuzaga chiqishi mumkin. Shuning uchun Fotimaxonim boshdan-oyoq haqiqatga aloqasi boʻlmagan soʻzlarni tinglash zaxmatiga beriladi.

Bolalarga munosabatining soxtalik va oʻzgalarga yaxshi koʻrinish bilan hech bir aloqasi yoʻq. Paygʻambarimiz otasini koʻrmaganligidan, olti yoshda onadan ham yetim qolib,shu olti yilning ham ancha qismini sut onasi koʻlida oʻtkazgandan xabardor edi. U zot hurmati uchun yetimga onalik qilish shafoatga sazovor etishini, hatto jannatda Paygʻambarga juda yaqin, qoʻshni boʻlishiga olib kelishini bilardi, shunday umid bilan bolalarni bagʻriga olgandi.

Kibr qilmoq uning axloqidan emas edi. Qoʻlidagi ikki yetim hurmati uchun Allohdan istigʻfor tilagan, bolalarni najotga sababchi deb bilgan ayolda kibr ne qilsin? Mahalladagi gʻiybatchilarga aralashmaslikni esa — zararga aralashmaslik deb bilardi.

Shu kun Samohatxonim Husayinlarnikida ikki soatcha oʻtirdi. Fotimaxonimning bolalarga, bolalarning Fotimaxonimga boʻlgan mehr-muxabbatini, samimny muomalalarini koʻrdi, mushohada etdi. Bu ziyoratidan mamnun boʻldi. Bundan keyin koʻrishib turishga kelishishdi. Mish-mish oʻrniga yaxshi soʻzlashish, bir-biriga haq yoʻlda yordamlashish, foydali ishlarga mashgʻul boʻlish kerakligini soʻzlashdilar. Bir-birining qusurini samimiy gapirmoqchi, yanada yaxshi boʻlishlari uchun oʻzaro yordam bermoqchi edilar. Bu oʻziga xos axloqiy qarindoshlik edi. Axloqiy yoʻldosh boʻlmoqchi edilar.

Samohatxonim joʻnayotib ichida oʻzgacha bir tuygʻu his etdi. Boshqa ayollar bilan xayrlashayotganida his etganlariga mutlaqo oʻxshamaydigan tuygʻu edi bu. Bu tuygʻu ichida mavjudligini endi-endi his eta boshlagan boʻshliqni toʻldirish umidini bergandi.

* * *

Husayin bir kun maktabdan qaytib papkasini uloqtirganday tashladi-da, koʻchaga joʻnadi. Fotimaxonim ortidan chaqirdi:

—Husayin namozingni oʻqidingmi?
— Yoʻq, ona, kelib oʻqiyman.
— Boʻlmaydi, hozir oʻqiysan. Husayin qocha boshladi.
— Qochsang, tutib olib kaltaklayman, Husayin, — deyishiga qaramasdan eshikdan chiqib, juftakni rostlab qoldi.

Husayin ikki oy avval namoz oʻqishni boshlagandi. Fotimaxonim kechalari yotarkan ularga namoz suralarini oʻqitardi. Ora-sira yoniga oʻtqizib, namoz oʻqishni oʻrgatardi. Bir kun Fotimaxonim Husayin uchun ham bir joynamoz toʻshadi. Husayin onasi barobar yotib-tura boshladi. Keyinroq har kim oʻz-oʻzicha oʻqib ketdi.

Bugun maktabdan qaytayotib, doʻstlari bilan oʻynamoqqa kelishgan edilar. Soʻzining ustidan chiqish uchun onasiga quloq solmay qochib qoldi.

Oradan oʻn daqiqacha oʻtib, eshik taqilladi. Fotimaxonim eshikni ochdi-yu, xushi boshidan uchdi. Rangi boʻzday oqardi ikki oʻrtogʻi Husayinning koʻltigʻidan suyab turardi. Boshidan oqqan qon yuz-koʻzini qizil rangga boʻyagan. Doʻstlari nima deganini hatto eshitmadi. Yarasini artdi, tozaladi, malham surdi va bogʻlab, Husayinni yotqizdi. Koʻp qon ketganidan va qoʻrquvdan Husayinning yuzi sargʻayib qolgandi. Yoniga oʻtirib sochlarini mexr bilan silab tuzatayotgan Fotimaxonimga qaradi.
— Sizga quloq solmaganimdan boʻlmadimi bu, ona?! Kechirasizmi?
— Kechirdim, oʻgʻlim. Lekin boshqa bunday qilma. Kechasi Husayin isitmaladi. Ba’zan koʻzi ochiq alahsiraydi. Fotimaxonim tunni uning yonida oʻtkazdi. Bir narsa kerak boʻlsa, soʻrashini tayinladi. Koʻzi ilingan ekan, Husayin gʻudrandi:
— Ona, suv...

Fotimaxonim uygʻondi, turib suv keltirdi. Husayin uxlab qolgandi.
— Husayin, Husayin... Suv soʻrovding, oʻgʻlim. Husayin suv ichgin. Fotimaxonim toʻshagiga keldi. Uxlamoqchi boʻldi .
— Ona!

Turdi. Tungi chiroq nurida Husayinni aniq koʻrib turardi. Uygʻoq emasdi. Demak, alaxsiramokda. Yana oʻrniga yotdi.

U kechani qanday oʻtkazdi, qancha uxladi, qancha uxlamadi bilmaydi. Tongda koʻzlaridagi mudroq, boshidagi ogʻirlikdan hech uxlamaganday holda ekanini his etdi. Yotib-turaverish holdan toydirgandi.

Husayinning issigʻi tongga yaqin biroz tushib, uxlab qoldi.Tushga yaqin uygʻonib, yonida onasi oʻtirganini koʻrdi.
— Ona, soat nechchi boʻldi?

-Oʻn bir boʻlyapti, oʻgʻlim.
— Vaqt oʻtibdi... maktabga bormaymanmi?
— Bugun yot, ertaga borasan oʻgʻlim. Otang maktabga uchrab xastaligingni aytmoqchiydi.
— Oʻqituvchim xafa boʻlsachi?
— Kasalligingni eshitsa, nega xafa boʻladi, oʻgʻlim? Ammo onasining aytganini qilmagani uchun tobi qochibdi deb eshitsa, albatta, xafa boʻladi. Inshoolloh, ertagacha tuzalib ketasan.

Fotimaxonim Husayinga dars tayyorlashda yordam berishdan charchamasdi. Oʻzining ham ancha-muncha yumushlari bor edi. Shu orada namozlarini oʻqir, soʻng xayotida juda ham kam tark etgan odatga aylanib qolgan Qur’on tilovati bilan mashgʻul boʻlar, uyini supirib-sidirib, orasta qilib qoʻyar, ortib qolgan vaqtida Husayinning darslariga yordamlashardi. Ba’zan u bilan birga boshlangʻich sinfdan esida turgan bilimlari yordamida matematika darsiga kirishar, ba’zan adabiyotdan koʻmak berar va Husayinni oʻqilgan har parchadan saboq olishga, xulosa chiqarishga, axloqiy bilim qozonishga oʻrgatardi. Masalan, oʻqish kitobidagi ot-arava bilan toshbaqaga ozor bergan bola toʻgʻrisidagi hikoyaga Husayin berilib ketardi. Bir bola toshbaqaga turli xil azobu aznyatlar yetkazadi va oxirida yoʻldan oʻtayotgan aravaning gʻildiragi ostiga qoʻyadi. Qari, choʻbir ot—bir hayvon bu toshbaqani ezmaslik uchun yoʻlini oʻzgartib, zolim bolaga menday ham boʻlmadinga, deganday qarab oʻtadi. Bu hikoya uni oʻyga toldirardi. Demak inson hayvondan ham past ketishi, tuban tushishi mumkin ekan.
— Qanchalar ayanchli-a, ona. Hatto choʻbir ot ham achindi bu toshbaqaga.
— Seningcha, bola yaxshilik qildimi yoki hayvon, Husayin?
— Hayvon yaxshi ish qildi, ona!
— Senga yana bir savol — shu bola bilan choʻbir yonma-yon tursa, qaysi goʻzalroq koʻrinadi. Ya’ni bola chiroylimi yoki hayvon?
— Bola goʻzalroq.
— Yaxshi, endi aytchi, inson bahosi nima bilan belgilanadi, chiroyi bilanmi yoki qilgan ishi, harakati bilanmi?
— Qilgan harakatlari, ishlari bilan oʻlchanishi kerakmasmi, ona?
— Albatta, oʻgʻlim. Qara, bu bola hayvondan chiroyli, biroq hayvon undan koʻra yaxshi ish qilyapti. Demak inson ba’zan qilgan bitta axloqsizligi bilan oʻzini yerga uradi,oʻzini hayvondan ham past holga tushirib koʻyadi...

Oʻqish kitobida bir she’r bor. Bu she’rning ustki qismida rasm berilgan boʻlib, unda yoʻlda ketayotgan odam va yoʻlning chap tomonida doʻmpayib turgan kichik tepacha aks etgan. She’r rasmdagi yoʻlovchiga xitoban bitilgan. Goʻyo kimdir gʻoyibdan yoʻlovchiga xitob qilayotgandek. Yoʻlovchi ham bu sasga quloq tutgan va yonidan bexabar oʻtib ketayotgan tepachaga e’tibor bergandi:

Toʻxta yoʻlchi, bilmay qadaming qoʻyib,
Turganing yer bir davr botga nmakondir.
Egilib, quloq tutp, bu sassiz uyum
Bir vatan qalbini otgan makondir.
Kimsasiz, koʻlkasiz yoʻlning soʻlida,
Koʻrganing bu tepa Ona doʻlida,
Istiqlol jangida, nomus yoʻlida,
Jon bergan Mahmudlar yotgan makondir.
Bu uyum turarkan buyuk zilzila,
Soʻng vatan parchasi oʻtarkan qoʻlga,
Mahmudning dushmanin boʻgʻgan bu selga
Muborak qonini koʻshgan makondir.
Oʻylaki, yigʻilgan qon, suyak, etning
Uyumi bu doʻmsak omonsiz, metin
Bir harbning soʻngida butun millatning
Hurriyat zavqini totganmakondir.
(Najmiddin Xalil Oʻnan she’ri)

Fotimaxonim bu she’rni oʻqib chikdi. Istiqlol urushida qanchadan-qancha insonlar shaxid ketgani, bugungi avlod ularni bilmasligi, xotirlamasligini, ularning ishonchi, ma’naviyati, axloqini davom ettirmaganligini esladi. Ular bu yurtning egalari edi. Ammo ularni minnatdorlik bilan eslash oʻz yoʻliga, ularning unutilmasligi uchun jiddiy mashgʻul boʻlganlar, hatto kurashganlar bor edi...

Husayin boshlangʻich maktabni a’lo baholarga bitirdi. Bir kun Odilbekning doʻkoniga Husayinning oʻqituvchisi keldi:
— Xayrli kun, Odilbek! — deb ichkari kirdi.
— O-o-o! Marhamat Erdolbek! Qaysi shamollar uchirdi? Bizlarni butunlay unutganmisiz deb oʻylagandim.
— Unutganim yoʻq, Odilbek! Doim ham xohlaganingni qilishga imkon boʻlmas ekan...

—- Shunday. Marhamat! Erdolbek kirib oʻtirdi.
— Choymi, qaxvami?
— Choy ichayliq Odilbek qarshisidagi doʻkonga qarab bir bolaga buyurdi:
— Mahmud, bizga ikkita choy keltir, oʻgʻlim. Soʻng muallimga qaradi:
— Qalaysiz, Erdolbek! Olamda nima gap? Erdolbek doʻkonni kuzatishda davom etarkan:
— Shu kunlarda dam olishdan boshqa ish qilmayapmiz. Biroz dam olish ham kerakda, toʻgʻrimi?
— Albatta. Tabiiy.

Bu orada gap aylanib Husayinga taqaldi. Erdolbek soʻradn:
— Xusayinni oʻqitmoqchimisiz, Odilbek?
— Ha, kuchim yesa, oʻqitmoqchiman. Kuchim yetganicha oʻqitish niyatidaman. Koʻraylikchi, oʻqib bir narsa boʻladimi oʻzi yoki yuzimizni yerga qaratadimi?
— Bu bola oʻqiydi, Odilbek mening kelishdan maqsadim ham bir jixatdan shu. Odilbekdan ahvol soʻray, hamda bolaning oʻqishi hususida bir maslahatlashaylik dedim. Menga qolsa, urinib-surinib boʻlsa ham bolani oʻqitish kerak. -Xoʻsh,Husayinning oʻzi nima deydi. Kim boʻlmoqchi?
— Hozircha bir nima degani yoʻq. Men ham bir aniq qarorga kelgan emasman. Ammo onasi men oʻgʻlimni Imom Xatib maktabidan boshqasiga qoʻymayman deydi.

Birdan Erdolbekning rangi oʻzgardi. Yuzidagi ifoda ketib, burishgandek boʻldi:
— Bolaning mehnatini kuydirmoqchimisiz? Bunday ish qila koʻrmang. Qobiliyatli bir bolani aqidaparast toʻnkaga aylantirmoqchimisiz? Muallimi sifatida men bunga rozi emasman. Mamlakat bunday bolalarning xizmatiga zor.
— Demak toʻgʻri demaysiz, Erdolbek. Shundaymi?
— Qatiyyan notoʻgʻri. Doʻstim, bolaning boshini oʻrgimchak uyasigaa aylantirmang.Dunyo oldinga ketganda orqada qolmoqdan ne ma’no? Bundan koʻra oʻqitmagan yaxshiroq. .Boldiri ochiq arablarning tilini oʻrganadi. Bering, ana oʻrta maktabda inglizcha oʻrgansin. Fandan, adabiyotdan nasibasini olsin. Millatiga xizmat qilsin.

Erdolbek choyning soʻnggi hoʻplamini ichdi. Soʻng soʻzida davom etdi:
— Imom Xatib maktabining natijasi — koʻlda tasbex;, oyoqda maxsi, bu qishloq meniki, bu qishloq seniki deb xirmon aylanib kezish...

Odilbekning koʻzlariga tikildi:
— Qisqasi — tilanchilik, tilanadi. Menga qolsa, xotiningiz tugul boshqasi boʻlsa ham nima desa-desin, u yerga koʻysangiz otalik burchini bajarmagan boʻlasiz. Yana oʻzingiz bilasiz Odilbek. Bola sizniki.Xohlasangiz xor qilasiz, xohlasangiz istiqbolini ta’min etasiz. Bizning vazifamiz bilganimizni aytish.

Erdolbek shunga oʻxshash koʻshimchalar qilgach, soʻzlarini shunday tugatdi:

Bolani zamonga muvofiq va munosib qilib tarbiyalash shart. Aqlu zakovati joyida, istiqboli porloq yoshlarni almisoqdan qolgan, zamonaviy boʻlmagan ishlar bilan mashgʻul qilish nobakorlikdir. Unda faqat ota-onasining emas, butun bir millatning haqqi bor. Unga yaxshi tahsil bermaslik esa millat haqqiga xiyonat sanaladi.

Erdolbek vazifasini, vijdoniy burchini (!) oʻrinlatgach, ruxsat soʻrab turdi. Uning ketidan Odilbek oʻylanib qarab qoldi. Erdolbekning gapida jon bor.Xaq taraflari koʻp. Masalan, tilanchilik yaxshi ish emas. Aqlu hushi yetarli bolada ota-ona bilan birga millatning ham haqqi borligiga e’tiroz yoʻq. Mamlakat oʻz kelajagini shu bolalarga qarab belgilashiga kim e’tiroz bildira oladi?! Oʻzi ham aslida Husayinning doktor yoki muxandis boʻlishini orzu qilardi.

Odilbek bolasining doktor yoki muxandis boʻlib yetishishini havas qilgani uchun Erdolbekning soʻzlari ta’siriga tushdi. Aslida uni Imom Xatib maktabiga qarshi deb boʻlmasdi, ammo bu maktab tugʻrisidagi ma’lumotlari juda kam edi. Albatta, Erdolbek muallim bu xususda yetarlicha bilishiga ishonardi.

Oqshomgi ovqatdan soʻng Fotimaxonimga Erdolbekning kelganini va oralarida boʻlib oʻtgan suhbatni aytib berdi. Soʻng:
— Men qaror qilib qoʻydim,xonim,oʻgʻlimni oʻrta maktabga yozdirmoqchiman, —deb soʻzini tugatdi.
— Yaxshi, Husayin Imom Xatib maktabida oʻqisa, xaqiqatan aqidaparast boʻlishiga ishonasizmi?

Odilbek javob bermadi. Aqidaparast nima ekanini yaxshiroq bilmasdi. Faqat bu kalima xayolida mudhish ma’noni jonlantirardi. Masalan,tirnoqlari uzun, soch-soqoli oʻsiq, iflos, koʻrinishi insonga dahshat soluvchi bir shaxs koʻz oldiga kelardi.

U javob bermagach, Fotimaxonim davom etdi:
— Fikrimcha, mening oʻgʻlim qoloq ham, aqidaparast toʻnka xam, mutaassib, qoʻpolham boʻlmaydi; pokiza, olijanob,toʻppa-toʻgʻri inson boʻladi. Salohiddinni koʻring... Bola bu yil beshinchi sinfni bitiradi. Na mutaassib, na qoʻpol boʻldi. Tilidan «xonim afandim» tushmaydi, har kun maktabga qatnaydi. Bu koʻchadan boshqa maktablarga boruvchilar ham oʻtadi. Koʻryapman. Agar ularning tilga olib boʻlmaydigan soʻzlar bilan suhbatlashishlari, xatti-harakatlari bolamni koʻpollikdan qutqaradigan boʻlsa, bolam umr boʻyi qoʻpol boʻla qolsin.

Fotimaxonim soʻzlari qanday ta’sir etayotganini bilish uchun Odilbekning yuz oʻzgarishlariga qarab olgach:
— Bu bola Imom Xatib maktabidadin oʻrganadi, axloq oʻrganadi, Allohga va insonlarga nisbatan vazifalari nimaligini oʻrganadi. Ertaga biz dunyodan oʻtsaq ortimizdan mening gul yuzli bolam Fotiha oʻqiydi. Nega endi bu maktabdan chiqqanlar millatiga xizmat qilmas ekan? Ular boshqalardan ziyodroq xizmat qilishlari mumkin. Axloq, nomus va iffat tuygʻulari tanqis bir paytda, koʻchamizdan oʻtayotgan oʻsha bolalar axloq xizmatchilari boʻlsalar, axloqning ahvoli voy...

Ovoz ohangi biroz oʻzgardi:
— Men bolamni boshqa maktabga bermayman. Agar siz faqat muallimlar aytgan gapgagina ishonar ekansiz, Imom Xatib maktabi domlalaridan tanishingiz boʻlsa, undan ham soʻrang. Oʻsha muallim Imom Xatib maktabining dushmani emasligini qayoqdan bilasiz?

Odilbek Fotimaxonimning bu talabiga istar-istamas rozi boʻldi. Fotimaxonim esli-xushli ayol, ammo Erdolbek shu sohaning odami. Toʻgʻrisi, tilanchilarni tayyorlaydigan maktabga bolasini yuborishga koʻngli chopmayotgandi. Muallim haq edi. Choʻlda yashagan, bugungi madaniy dunyoda oʻrinlari boʻlmagan arablarning tilini oʻrganish uchun vaqt sarflash behuda va ma’nosizday tuyulardi. Husayinning qaysi maktabga borish masalasini bir kechada hal qilish judayam shart emasdi. Bunga hali vaqt bor. Bir bolaning kelajagi bir kechadayoq hal boʻladigan oddiy masala emas. Hali bu xususda yanayam atroflicha oʻylab koʻrish, Fotimaxonim aytganidek boshqa oʻqituvchilardan ham soʻrab koʻrish uchun bu bahsga vaqtincha nuqta qoʻyildi.

Fotimaxonim Husayinning qaysi maktabda oʻqishiga kuyinishi oʻz bolasiga kuyingan onaning mehribonlngidan ziyodaligi diqqatga sazovordir. Erdolbek kelishidan bir kecha avval bu mavzuda bahslasharkan, Odilbek:
— Xonim, bilaman... bu bolalar uchun qaygʻu, ozor chekdingiz, ammo... —deyishi bilan Fotimaxonim:
— Ozor chekkanim yoʻq. Har ona bolasiga ne istasa, shuni istadim.Tabiiyki, mening ham haqqim bor, —deb javob qildi. Bu soʻzlarni oʻgay ona emas, haqiqiy onaga munosib Fotimaxonimning oʻz ogʻzidan eshitganimizda yanada yaxshiroq tushungan boʻlardik. Menga nima,oʻzining oʻgʻli, ne istasa, shuni qilsin, deyishi mumkin edi. Hatto oʻqitmaslikka chora izlab, yoʻliga gʻov boʻlardi. Faqat uning bu tiynatda emasligi yillar davom etgan oʻgaylik-oʻzlik imtihoni natijasida ma’lum boʻlgan, u oʻgay degan oʻy allaqchonlar mahalladoshlari xotirasiga kelmay qoʻygandi. Oʻgay deyilganda, u xaqiqiy ona ekanligini isbot etdi. Ozor chekasan deyilganda, u zahmatlar rahmatga yuz burajagiga ishondi, sabr-matonat koʻrsatdi. Unashtirilgan kunlarda, hamma bunday turmushdan qaytarmoqchi boʻlgan paytlarda, «qizim insonlik sharafi yaxshi qaror qabul qilishgina emas, balki aziyatlarga sabr qilib, oʻsha qarorda sobit turmoq va davom etmokdadir» degan ayol nasihatiga munosib, muvofiq harakat etdi. Kim nima desa-desin, Xusayin endi oʻz oʻgʻli edi. Unda bir onaning oʻz oʻgʻliga boʻlgan haqqi qadar haqqi bor edi. Bu xaq yaxshiliklarini yuzga solish, kimlargadir aytib yurish ma’nosida emas, balki unga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatish va yoʻllash ma’nosidagi haqdir.

Hozir ham oʻgʻlining Imom Xatib maktabida oʻqishi uchun aynan shu xaqni qoʻllamoqda va shu haqqa rioya etmoqda.

Ikki kun oʻtgach, Choʻrumningyaqsh tumanlaridan Majidoʻzuga qatnaydigan avtobus ichidagi yoʻlovchilar orasida Odilbek xam bor edi. Shaharchaga kiraverishdagi qabristondan oʻtar-oʻtmas oʻttiz besh yoshlardagi bir ayol tushishini aytdi va avtobus toʻxtadi. Ikki bolasini tushirgach, haydovchiga yigirma lira uzatdi:
— Mana shundan olib qoling, uka.
— Mayda bering, opa, mayda pulim yoʻq.
— Menda ham yoʻq, inim. Avtobusdagilardan hech biri yigirma lirani maydalay demasdi. Mayda pullari bor edi, lekin birovning ehtiyojini qondirishni istashmasdi. Oʻzganing ehtiyojini qondirmoq buyuk insoniylik hisoblangan davrlar ortda qolgan, endi bu—ayb, ahmoqlik sanaladi. Vatan urushida shahid ketganlarning behuda qon toʻkkanligi ta’kidlanayotgan bir davrda odamlardan oʻngʻaysiz holatga tushib qolgan xotinningehtiyojini qondirishni kutish kulgili, albatta.

Ayol xijolat boʻldi. Bozor boʻlsaydiki, pulini maydalatsa. Haydovchi shoshirardi.
— Maydangiz yoʻq ekan, tayyorgarlik koʻrib chiqmaysizmi?

Bu orada yigirma beshlarga kirgan yigit xaydovchiga murojaat qildi:
— Xolaning haqi qancha?
— Yetti yarim lira.

Yigit choʻntagidan yetti yarim lira chiqarib uzatdi va ayolga yuzlanib dedi:
— Siz uchun toʻlayman. Siz xam maydalatsangiz, men uchun bir faqirga toʻlab yuborarsiz.

Ayol duo qila-qila ketdi. Odilbek yarim soatdan beri yonma-yon oʻtirib kelayotgan yoʻldoshiga shundagina diqqat bilan qaradi. U yana avvalgi holatida ketib borardi va goʻyo hozirgina sotib olgan narsasining pulini toʻlagandek bamaylixotir edi. Yoki bir doʻstiga qarz bergan, ertaga qaytib olishiga aniq ishongan qyofada edi. Haydovchining yordamchisi:
— Qani yur, ketdiq — degach, avtobus qoʻzgʻaldi. Odilbek yonida jimgina ketayotgan hamrohiga qaradi:
— Majidoʻzudanmisiz, inim?
— Yoʻq.
— Aybga buyurmaysiz, nima ish qnlasiz?
— Imom Xatib maktabida muallimman.
— Siz bilan oʻtirib biroz suhbatlashmoqchi edim.
— Sizni mamnun qilishni judayam isgardim. Afsuski, shoshilinchroq ishim bor, Agar uch-toʻrt soat keyin suhbatlashsak bemalol.

Holbuki bu payt Odilbekning rejalariga ham toʻgʻri kelmasdi. Avtobus toʻxtab yoʻlovchilar tusha boshlashdi. Yigit qoʻlida sumkasi bilan uzoqlashdi.

Koʻz oldida boʻlib oʻtgan bu voqea Odilbekni oʻylantirib qoʻydi. Yoʻldoshi bir faqirga berarsiz deb hech tanimagan ayel uchun yoʻl haqi toʻladi. Oʻzi umri davomida bunday ish qilganini eslay olmadi, yoʻq qilmagan, bunday qilishni oʻylab ham koʻrmagan. Yoʻlovchilarning ham har biri shu holda edi. Ishning gʻalati tomoni: yigit bu yaxshiligini gapirmagan, hatto koʻrinishidan ham hech qanday gʻurur sezilmasdi. Goʻyo bu yaxshilikni boshqa birov qilganday. Mana, bir imom hatib maktabining oʻqituvchisi. Tilanishning oʻrniga tang qolgan insonga yordam bermoqda. Obbo Erdolbek mana kelib koʻr, tilanishni...

Odilbek shularni oʻylab olomonga aralashib ketdi. Soʻngra tasavvurida mutaassib timsoli jonlandi. Bu domlannng nimasi koʻpol?! Agar qoʻpollik shunday boʻladigan boʻlsa, Odilbek ham «mutaassib, qoloq va qoʻpol» boʻlishni juda-juda istardi.

Odilbek uch-toʻrt soatdan soʻng yana Choʻrumga qaytarkan bu hodisani Fotimaxonimga aytib berishni oʻylardi. U xotinining: men nima degandim, deya ta’na qilib, oʻzini maqtaydigan ayollar toifasidan emasligini bilardi. Muhimi haqning oʻrtaga chiqishi. Bu haq xoh Odilbek tarafidan, xoh oʻzi tarafidan boʻlsin, farqi yoʻq. Hatto ba’zan Odilbek hak chiqishini, bu sabab bilan koʻngliga bir kibr kelmasligani istaydi. Ba’zan oʻz soʻzi toʻgʻri chiqqanda, bu toʻgʻrilik sening lutfingdan boshqa narsa emas, mendan emas, meni nafsimga asir boʻlib, gʻururga ketmoqdan oʻzing saqla, — deya duolar qilardi.

Ikki kun keyin edi..,

Oʻn sakkiz-oʻn toʻqqiz yoshlarga knrgan yigit doʻkonga kirib, Odilbekka bir lira uzatdi.
— Uch kun avval ikki kilo qand oluvdim. Qaytimini notoʻgʻri beribsiz... Borib bir lira haqingiz menga oʻtganini bildim. Uzr», ertaroq olib kelishning imkonini to-polmadim, — dedi.

Odilbek pulni oldi.
— Katta rahmat, tashakkur! Pulni keltirganingiz uchun emas, toʻgʻriligingiz uchun minnatdorman.
— Rahmat, salomat boʻling!
— Har holda talaba boʻlsangiz kerak?
— Ha, talabaman. Nasib boʻlsa, bu yil bitiraman.
— Qayerdaoʻqiysiz?
— Imom Xatib maktabida.
— Yana!..

Odilbekning ogʻzidan chiqqan bu xayrat nidosidan yosh yigit hayratlandi. Faqat Odilbek oʻzini tezda oʻnglab, tutib oldi:
— Agar oʻtirib, bir piyola choyimni ichsangiz xursand boʻlardim.

Bu orada Husayin doʻkondan ichkari kirgandi.
— Husayin, bizga ikkita choy keltir.

Husayin chiqdi. Odilbek joy koʻrsatdi va gap boshladi:
— Bu bola mening oʻgʻlim. Boshlangʻich maktabni a’lo baholarga bitirdi. Oʻtgan kun muallimi keldi.,.

Odilbek masalani tafsiloti bilan tushuntirdi. Onasining fikrini, oʻz tushunchasini aytdi.
— Iltimos, menga shu masalaga oydinlik kiritishda yordam bersangaz.

Masalani oxirigacha diqqat bilan tinglagan yigit:
— Amaki, bu muallimning gaplari isbotlash mumkin boʻlmagan, qiymatsiz soʻzlar. Sizga vaziyatni bilganimcha izohlashga harakat qilaman: avvalo Imom Xatib maktabi jangari, qoʻpollarni yetishtirmaydi. Dinli, imon-e’tiqodli, axlokli bir inson boʻlish bilan jangarilik orasida qanday aloqa bor?! Oʻgʻlingiz u yerda ota-onaga hurmat, qarindosh-urugʻga, hamsoya-haq, qoʻni-koʻshni, mahalla-qoʻyga yaxshilik va xalqqa xizmat qilish fazilatlarini oʻrganadi. Allohning amrlarini, paygʻambar koʻrsatgan toʻgʻri yoʻlni shu maktab orqali bilib oladi. Vaqtini oqshomlari yarim kechagacha qahvaxonalarda, qimorxonalarda sarflash oʻrniga, kitoblar ustida oʻtkazish zavqini shu maktabda oʻrganadi. Ham Allohiga kul, ham millatiga xizmatchi boʻlmoq menimcha, qoloqlik yoki jangarilik emas. Biz u yerda arablarning tilinigina oʻqimaymiz. Arabchani oʻrgansak bundan murod Allohning kitobini yaxshi anglashdir, paygʻambarimizning hadislarini oʻz tilida oʻrganmoqdir. Behayolikni qarang!

Buni aytayotib doʻkon oldidan oʻtayotgan erkak va ayol sayyohni koʻrsatdi, Erkakning sochi bir qarichdan uzun, bir-biriga qorishgan, yuvuqsiz, kir holda. Tizzasidan bir qarich baland, kirligidan asl rangi bilinmaydigan shim, yelkasida irganch toʻrva. Oylab hammom yuzini koʻrmagani bir qarashda bilinadi. Ter va shoʻr otib ketganini ta’riflash mushkul. Ayolning ham erkakdan qolishadigan jihati yoʻq. Qisqasi, egasiz hayvon bulardan tozaroq. Bularni koʻrganlar koʻppaklarga rahmat deyishi shubhasiz. Orqasidan ularni tomosha qilib kelayotganlarga bee’tibor ilgarilayotgan bu janob va xonim afandiga(!) Odilbek bir koʻz tashlab olgach, mehmoniga qaradi. Yigit soʻzida davom etdi:
— Agar til shu tilda soʻzlashganlarga oʻxshash uchun oʻrganiladigan boʻlsa, bularning tilini oʻrganishdan nima foyda bor? Inglizcha va fransuzcha bular bilan suhbalashish uchun emas, bularning ilmu fanini egallamoq uchun oʻrganiladi. Demak arabchani ham insoniyatga abadul-abad toʻgʻri yoʻl koʻrsatgan Alloh kitobi va paygʻambarimiz hadislarini oʻrganmoq va oʻrgatmoq uchun oʻqiymiz. Qolaversa, biz nega tilanchilik qilar ekanmiz?! Biz ham ular kabi ma’muriyatga kiramiz, ularday maosh olamiz. Faqat, ularga oʻxshab tirikchiligimizdan shikoyat etish oʻrniga, yanada yomonroq ahvolga tushmaganimiz uchun Allohga shukr aytamiz. Ha, bugun imom va muazzinlarning maoshi idora xizmatchisinikidan ozroq. Boyvachchalarning tamakiga sarflaydigan pulichalik maoshga sabr qilgan inson nafsiga kul boʻlmasa, masalan, pora olmasa, har holda bu fazilatdan darak boʻlsa kerak. Imomdan oʻn barobar ziyod maosh oladigan noib, bolalarimni boqishga pulim yoʻq deb turganda, imomning ahvolini tushunish mumkindir, har holda.

Bilim jihatidan ulardan past ekanimizni tan ololmayman. Imom Xatib maktablar oʻrtasidagi har yilgi munozaralarda magʻlub boʻlmasligi soʻzimning bir dalilidir.

Yigitchaning soʻzlari Odilbekka keragicha ta’sir koʻrsatdi. Bir necha kun ichida sodir boʻlgan bu ikki hodisa unga Erdolbekning soʻzlari haqiqatga qanchalik yaqin ekanlligini yaxshigina anglatdi.

Odilbek ahmoq odam emasdi. Koʻz oldida roʻy bergan bu ikki hodisadan xulosa chiqara olishga qodir edi. Agar bu maktabning oʻquvchilari tilamchi boʻlishsa, nechun oʻsha domla notanish ayolga «men uchun bir faqirga berarsiz», deb yetti yarim lira baxshida etdi, nega bu azamat yigit Odilbek adashib berib yuborgan bir lirani uchqundan soʻng qaytarib olib keldi?! Nonning narxi ellik qurushga chiqqan kunlarda yetti yarim lira kichkina pul emas.

Natija — Husayin Imom Xatib maktabiga yoziladigan boʻldi . Fotimaxonim Husayinni yoniga oʻtqazib Qur’oni Karim oʻqimoqni oʻrgatar, kelajakda oʻgʻlimga qulay va oson boʻlsin deb oʻylardi.

Bir kun Husayin uyga oʻychan holda keldi. Fotimaxonim:
— Bir dona bolam, nega oʻychansan bugun?
— Imom Xatib maktabida dars koʻpmish, ona. Sen u yerda oʻqiyolmaysan, deyishyapti. Boshqa maktablarning darslari oz emish.
— Nega koʻp boʻladi, bolam. Ular ham boshqa maktablardagidek dars oʻtishadi, boshqalarday boshlab, ularday tugatishadi. Koʻp boʻlsa yo ulardan oldinroq boshlashardi, yo keyinroqtugatishardi. Bilmasdan gapirishadi, oʻgʻlnm. Agar sen onamning koʻngli qolmasin desang, bunday soʻzlarga ishonma. Sen shu maktabga borasan!..

* * *

Bugun maktablar ochnladi. Husayin hayajonda. Azonlab onasi tayyorlagan nonushtadan chala-chulpa yeb, dasturxondan koʻzgʻaldi.
— Yesang-chi qoʻzichogʻim!
— Yeyolmadim, ona. Butun hayajondaman. Fotimaxonim Husayinning kiyimlarini oʻz koʻli bilan tuzatdi. Sumkasini koʻliga tutqazdi. Soʻng roʻparasiga oʻtnb unga qaradi. Endi oʻn uchga kirgan ma’sum chehrali yetimiga bu koʻrinish juda yarashgandi. «Rahmatli onasi koʻrsaydi... Qanchalar sevinardi! — deb oʻyladi. — Ona, men ketdim.
— Qoʻlimni oʻpmasdanmi, oʻgʻlim?

Husayin sumkasini koʻyib, onasining qoʻlini oʻpdi. Fotimaxonim uni quchib, bagʻriga bosdi,
— Mening oy yuzli bolam, shafoatchi boʻlasan menga, dunyodan oʻtsam oʻqib, duo qilarsan, farzandim. Shu kunla-ringni koʻrsaydim! Shaqodatni koʻtarib kelgan kuningga yesaydim.

Fotnmaxonim soʻzlarkan koʻzlarida paydo boʻlgan yosh-lar koʻnglidagi samimiy sevinchdan boshqa narsa emasdi. Husayinning yualaridan bir-bir oʻpdi.
— Meni uyaltirma, oʻgʻlim! Husayin sinfda qoldi, degan gap boʻlmasin, tinmay harakat qil, oʻqi!
— Harakat qilaman, ona.

Husayin maktabga ketdi. Peshinda makggabdan qayttan bolasini Fotimaxonim boshlangʻich maktabda boʻlganidan ziyoda sevinch va buyuk hayajon bilan kutib oldi. Maktabini yaxshi koʻrnshini aytganida yuzlaridan nur tomgan ona uni duolar qildi, unga ikki dunyo saodatini Parvardigordan soʻradi.

Husayik oʻqishni shunday hislar bilan boshladi. Kunlar, ularning ketidan oylar shunday tuygʻular ichra kechdi.

Imom Xatib maktabi Husayinga nima berishi mumkin?

Avvalo har maktab, xar bir oʻqish oʻz talabasiga nima bersa, bu maktab ham shuni beradi. Bundan ziyoda Yarat-ganni va oʻziga toʻgʻri yoʻl koʻrsatgan paygʻambarni tanlamoq, uning yoʻlida yurishning har xil kibr va shuhratdan xoli viqor va vazminlik tuygʻularini baxsh etishini, qisqasi, komil inson boʻlishni tashviq etadi.

Husayinning bu maktabda oʻtkazgan ilk ikki yili — bolalikning soʻngi boʻlib, bolalarcha kechdi. Qisqasi, bu ikki yilda Fotimaxonim Husayinga boshlangʻich maktabda boʻlgani kabi imkoni boricha yordamlashdi. Bundan maqsad Husayinga dars oʻrgatishdan koʻra koʻproq uni dars tayyorlashga undash, kirishtirish edi. Shu bilan birga Husayinning kasbga yoʻnaltirilgan maxsus diniy darslarini oʻzi ham talaba singari oʻrganishga xarakat qildi.

Ba’zan Husayin maktabdoshlari bilan birga uyda dars tayyorlar, Fotimaxonim ularga choy damlar, taom chiqarar, tortinmasdan oʻtirishlari uchun imkon berardi. Ba’zan ular oʻtirishgan xonaning eshigigacha kelib, quloq solar, dars tayyorlab-tayyorlamayotganini nazorat qilardi. Balki u gap poylab, maroqlanish uchun shunday qilgan dersiz? Fotimaxonimdek odob va tarbiya namunasi, iffat va fazilat obidasi boʻlgan bir xonimga nisbatan bu savolga «ha» deb javob berganlar gunoh ostida qoladilar. Uning maqsadi bolasining dars tayyorlash bahonasida behuda vaqt sarflab, behuda narsalarga berilmasligini nazorat qilyash edi. Har holda bunday maqsad bilan oʻgʻlining xatti-harakati oatarbnyasini nazorat qilgan Fotimaxonimning ma’zur etilmasligiga jiddiy bir sabab topilmasa kerak.

Husayin ikki yillik taxsil hayotini onasining e’tibori va yordami bilan muvaffaqiyatli ado etdi.

Bu yil Husayin uchinchi sinf talabasi — balogʻat yoshiga kirib, uyning ikkinchi erkaga sanalib qoldi.

Yanayam toʻgʻrirogʻi, u oʻzini shunday his etmokda edi. Hatto oʻsmirlikning ba’zi bir tabiiy havoyiliklarini koʻrsata boshladi. Goh maktabdan chiqnb uyga kech kelar, kelar-kelmas sumkasini koʻyib hech kim bilan gaplashmasdan, men falon yerga boraman demasdan chiqib ketardi. Izzat-nafs belgilari bilinib qoldi. Ba’zan doʻstlari bilan dars tayyorlashga ketib, tun yarmida qaytardi.

Bomdodga uygʻotmoq uchun Husayinning yoniga kirgan Fotimaxonim tamaki xidini sezib ijirgʻandi, egilib hidladi — aniq tamaki hidi. Oʻgʻlini uygʻotib oʻzi joynamoz uzra tiz choʻkdi. Koʻzlari derazadan elas-elas qoʻrinayotgan tumanli togʻlarga qaraganday. Faqat ularga tomosha qilish niyati bilan qaramayotgani aniq. Zotan tomosha qilayotganning qoʻzlari bu qadar tolgʻin boʻlmaydi. Koʻzlardagi tolgʻinlik qalbning gʻayri odatiy tashvishga duch kelganidan dalolat. Haqiqatan, Fotimaxonim bomdoddan soʻng oxirat diyoriga koʻchganlarga oyatlar oʻqib, duolar qilishni odat etgandi. Oradan olti-etti daqiqa oʻtib ham Husayin turavermagach, yana uning yoniga bordi. Haligi hid yana uni bezovta va xafa qildi.
— Husayin, qani tur, namoz oʻtib ketyapti.
— Ona, bu kecha kech yotdim.
— Namozingni oʻqib, yana yotaverasan.
— Koʻzlarimni ocholmayapman, ona, yana bir soat ruxsat bering.
— Boʻlmaydi, oʻgʻlim. Hozir quyosh chiqadi. Namoz uyqudan xayrlidir.

Soʻngra uning qoʻlndan tutib koʻtardi. Husayin haqiqatan uyquga toʻymagandi. Kech yotgandi. Shuningdek onasining turgʻazmasdan qoʻymasligini oʻz ismini bilgandek aniq bilardi. Bugungacha kun chiqqach bomdodni oʻqiganini yoki kun chiqmasdan avval oʻqimaganini eslayolmaydi. Namozini oʻqidi va yana yotdi.

Bir soat oʻtib turgach, onasining yuzida qaygʻu alomatlari koʻringanday boʻldi.
— Tobingiz yoʻqmi, ona?
— Yoʻq, oʻgʻlim.
— Xafa koʻrinasiz.
— Ha, xafaman.
— Nima boʻldi? Nega xafasiz? Bu gal Fotimaxonim soʻradi:
— Qaygʻumning sababini bilsang, meni qanday hursand qilasan?
— Kuchim yetgancha sizni xursand etishga harakat qilaman, ona.
— Unday boʻlsa, toʻgʻrisini ayt. Meni aldaganing bilan Allohni aldayolmaysan. Shuni bilib, toʻgri gapir. Sendan nega tamaki hidi kelyapti? Nechun gul yuzli bolamdan bu irganch hidni sezyapman? Javob ber menga, shu zaqkumni chekdingmi?
— Yoʻq... yoʻq, chekmadim ona.
— Unda nega ust-boshing bunchalik sasiydi?
— Kecha doʻstlarim chekishdi. Shuning hidi singgandir.
— Nega chekmanglar demading?
— Menga nima, ona. Menga kuloq solisharmidi?!
— Unda toʻgʻri soʻzingga quloq solmaydiganlar bilan nega doʻst boʻlasan? Tozaroq, tugʻriroqlar bilan doʻstlasholmaysanmi? Senga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatadigan, sen toʻgʻrisini aytganingda qabul qiladigan doʻstlaring nega yoʻq? Haqli soʻzingta e’tiroz etsalar, nechun tark etmaysan ularni?

Bu soʻzlar Husayinning bardoshini nuratdi, hissiyotini ranjitdi.
— Tark etib boʻladimi, ona?! Tark etsam xafa boʻlmaydilarmi? Doʻstlarni xafa qlish toʻgʻrimi?
— Yaxshi, onani xafa qilish toʻgʻrnligani qaysi kitobda oʻqiding? Ona seni ezgulikka da’vat etarkan doʻstlarimni ranjitmay deb onani xafa qilsang, Alloh rozi boʻlarmikan? Senga sigaret chektirib yoki sening yoningda chekishdan boshqa hunari yoʻq, senga insonlikni unutdiradigan, onaga bosh koʻtartiradigan oshnani loʻlilarning orasidan ham topa olasan. Ammo sen uchun kecha-kunduz duolar qilgan, sendan ziyoda tushunishga, oʻylashga harakat qiladigan onani, taxminimcha, topishing mushkul.

Fotamaxon Husayinga koʻzlarini yaxshiroq tikib, soʻzlari ta’siriga tortmoqni istaganday boʻlib, davom etdi:
— Seni haq yoʻlga yoʻllaydigan doʻst top, men uning koʻllarini oʻpaman. Oyoqlarining changini silayman. Faqat chekadigan, ertaga boshingga balo boshlab keladiganlarni ogʻaynim, joʻram deb menga gapirma, oʻgʻlim.

Bu mavzu shu yerda yopildi.Husayin onasiga javob bermadi. Maktabga ketdi.

* * *

Husayinning tengkurlari haqiqatan yomon bolalarmidi?

Bir zamonlar bu bolalarning shu ahvolga tushishlarini aytgan odamni jinniga chiqaradiganlar topilar yoki uning soʻzlaridan kulishar, bu pokiza goʻdaklar haqida bunday oʻylagani uchun masxara qilishardi. Ammo oradan oʻtgan bir-ikki yilda ular juda oʻzgardi, kecha farishtaday qoʻringan goʻdaklar bugun oʻzlarini farishtalarga oʻxshatgan sifatlaridan judo qildilar.

Har kun maktabga odob bilan borib-keladigan bolalarga nimadir boʻldi. Oʻzlarini oʻzga olamda koʻrganday. Tungi koʻngnlxushliklar ularni qanoatlantirmay qoldi. Tungi lazzatlar toʻydirmas, endi yanada qoniqmoq uchun bugungacha xayollariga kelmagan yoʻllarni axtarib topishardi.

Bir kun koʻrilgan muqovasida qilichidan qon tomgan qaroqchilarning rasmi boʻlgan kitob bu bolalardan birini kira bilan ijaraga kitob oʻqitadigan bir doʻkon oldigacha sudradi. U yerdan bir kitobni ijaraga olib qaytdi. Oʻsha kundan keyin ikki kunda bir, uch kunda bir ijara kitob doʻkoni oldida koʻradigan boʻlishdi. Har gal yangi kitob bilan qaytar, uyda dam olish bahonasida alohida bir xonaga kirib, dars kitoblari ostiga qoʻyib, sarguzasht romanni oʻqirdi. Agar birov kirib keladigan boʻlsa, tezda dars kitobini romanning ustiga qoʻyib oʻqiyverardi. Oʻgʻli dars tayyorlab charchaganini oʻylagan ona, choy damlab keltirganida, uni dars kitoblarini oʻqib oʻtirgan holda koʻrar va sevinardi.

Bu kitoblarning mohiyati nima? Oʻqiganga qanday foydasi tegadi-yu, nimani oʻrgata oladi?!

Bu kitoblarni oʻqiganlarda ota-onasiga magʻrur koʻrinishni sharaf sanash, janjalkashlikka havas paydo boʻlgani sezilardi, har holda bu kitoblar odob va axloq oʻrgatmasdi. Hali oʻn beshga toʻlmagan, qiyofalarini qaroqchilarga oʻxshatgan bezorichalar ogʻzilarida sigaret bilan koʻchada u yoq-bu yoqqa magʻrur kezishadi. Bular oʻsha kitoblarni oʻqigan falokatzoda bolalardir.

Bu kitoblarning nomidanoq toʻgʻri emasligini, ularni xosiyatsiz koʻllar hozirlaganini, urush-janjal, tubanlik zavqi mevasi ekanligini, millat bolalarini oʻsha maktabga xos boʻlgan ulugʻ xususiyatlardan, buyuk vazifalardan hali kichikligadayoq mahrum etmoq niyatida tayyorlanganini bemalol bilib olsa boʻladi. Ba’zan dunyoning eng kuchli lashkariga bosh egmagan millatning bolalari tafakkur, ma’rifiy-ma’naviy jihatdan shunday buziladiki, koʻrib ishongangiz kelmaydi. Bu kitoblar ichida qaroqchilik, axloqsizlik va shunga oʻxshash turli razolatlardan namuna topishingiz mumkin. Ammo insonga insoniylik yoʻlida bir odim otdiradigan, uni milliy odat va an’analarga bir qadar yaqinlashtiradigan biror narsani topish mumkin emas. Otalar bolam quvonsin deya olib kelgan bu kitoblar oʻelariga qarshi bolalari koʻliga tutqazilgan toʻpponchalardir. Balki toʻplardir. Endi koʻchalarini shu kitoblarga taqlidan bir-biriga toʻpponcha bilan hujum qilgan kovboylar, niqoblangan qaroqchilar tuta boshlaydi. Bular erta dorilfununda bilim oladigan boʻlsalar, oʻsha bnlim-ni yaxshigina shaklda talonchilikda qoʻllay oladigan badbaxt va zavolli bolalardir. Bu bolalarga shu tahdid kinolar nazariy jihatdan yordam beradilar va axloqsizlik jihatini yana toʻldiradi va quvvatlaydi. Bunga beparvo ota-onalar bir kun haqiqiy, ulkan sovuq qurol zavqini(!) totib koʻrishlari aniq.

Bu bolalar uchun koʻcha— odobsiz soʻzlar dorilfununi. Faqat u yerda oʻqish-yozishni oʻrganmaydilar. Ikki kun oʻtgach, boshlangʻich maktabda oʻrgangan harflaridan foydalanib koʻchada oʻrgangan fahsh soʻzlarini hojatxonalarning devorlariga yozadilar. U yerlarni kufrlarga toʻldirib bezash ularga zavq beradi...

Husayinning doʻstlari tamomila oʻzlarini yoʻqotgan, yoshlik savdosiga shoʻngʻib, mutlaqo beboshlik daryosida suzib ketadiganlardan emas. Yoki hali bu holga yetib kelganlaricha Yoʻq. Faqat shu ahvolga yetib kelish uchun «boʻl-boʻl» qilishib suhbatlashishar, chekishar, muallimlarni tanqid va mazax qilish bilan mashgʻul boʻlishar, ammo bu ishlarini asosan maktabdan uzoqda qilishardi...

Oʻsha tun Husayin chekmadi. Taklifni qabul qilmadi. Oralarida: «Qaranglar, uning ogʻzi sasib qolarmish», — deb masxara qilganlar boʻldi. Zoʻrlab chektirmoqi boʻlgan-lar boʻldi. Qoʻllaridan kelmadi.

Husayinning jigʻiga tegardi. Uni mazax qilib, koʻngil ochmoqchi boʻlardnlar. Oʻzlarini katta olishib, uni bola koʻrardilar. «Yigitchilik degani ayollarga oʻxshab chekmasdan oʻtirish emas, — deyishardi. Husayin turib ketay desa, ortidan gap qilishadi. Qolaversa, bu mutlaqo bolalarcha harakat boʻlardi. Shuning uchun vaziyatni koʻngilsiz tarafga burmadi, sabr etdi.

Husayin onasi bilan boʻlib oʻtgan azondagi koʻngilsiz suhbatdan soʻng ming bir oʻylar bilan maktabga keldi. Birinchi soat adabiyot darsi edi. Qora Oʻgʻlonning she’rlarini oʻqishardi. Husayin oxiridan ikkinchi qitaga diqqat qildi. Munozara qilayotganlar tinchlanmas va tinglashmasdi:

Murodim soʻzlamoq bunda nasihat,
Sizga munosibdir tinglamoq faqat,
Mehribon boʻlganga koʻrsatma zahmat,
Sevganning soʻzidan kechguvchi boʻlma!

Termani baytma-bayt izohlayotgan sinfdoshlarining soʻzlarini eshitmasdi. Yoshiga munosib bu she’r unga qattiq ta’sir qildi, «Mehribon boʻlganga koʻrsatma zahmat — Sevganning soʻzidan kechguvchi boʻlma!» bayti unga kechasi kechgan totsiz hodisalarni eslatdi. Ogʻaynilarini oddiy tamaki chekish uchun ranjitganini oʻyladi. Ikki tortim tamaki uchun ham doʻstlarining koʻnglini qoldiradimikin? Toʻgʻrisi Husayin oʻgʻilbolaga munosib ish qilmadi. Va nihoyat, bir chekishdan bir balo boʻlmasdi, ularning ham dili ogʻrimasdi. Inson doʻsti uchun zahar yutadi-ku. Masxara boʻlgani-chi. Oʻsha kundan e’tiboran oʻtgan bir yarim soatlik koʻngilsiz vaqtni, oʻziga qaratilgan qochirimlarni oʻyladi. Bunga birgina chekishni deb oʻzi sababchi boʻlganini tan oldi. Yarashmagan qiliq edi bu. Tom ma’nosi bilan xomlik qildi. Oʻrtada tuzatilishi kerak boʻlgan xato turardi. Bu xatoni tan olib, tengdoshlaridan kechirim soʻrashi kerak. Muallim:
— Husayin, shu soʻnggi baytni, sen izohla, —deyishi bilan oʻylari tarqab ketdi. Oʻrnidan turdi va soʻnggi baytni oʻqidi:

«Seni har davrada hijolat qilar,
Yomonlar izidan koʻchguvchi boʻlma!»

Husayinning miyasida chaqmoq chaqnagandek boʻldi. Avvalgi va keyingi baytlar orasidagi bogʻlanishdan esankiradi. Yutindi va boshini koʻtardi:
— Ustoz, bu baytda Qoracha Oʻgʻlon yomon, axloqsiz kimsalar bilan doʻst boʻlmaslikni nasihat qilmoqda. Bunday doʻstlik natijasida tarbiyamiz buzilib, yomon odatlar oʻrganishimizni, yigʻin va majlislarda uyaladigan holga tushishimizni eslatmoqda. Bunday davradoshlar orasidagi harakatlar, soʻzlar doʻst sifatida, albatta, bizni uyaltiradi. Ularning oshnosi boʻlganimiz uchun odamlar nazaridan qolamiz, qimmatsiz insonga aylanamiz,
— Yaxshi Husayin, oldingi baytlarga nima deysan?: «Mehribon boʻlganga koʻrsatma zahmat — Sevganning soʻzidan kechguvchi boʻlma!» Bizga doʻstlik, mehribonlik qilgan, bizni yaxshi koʻrgan kimsalarni nima qilamiz? Ularni tark etsak, sevganimizning soʻziga quloq solguvchi boʻlamizmi?

Husayin bir-ikki lahza oʻylab javob berdi:
— Ustoz, yaxshi koʻrganning soʻziga quloq solmaslik, bajarmaslik insoniylikdan emas. Doʻstlikka xiyonat. Faqat bu misrada kelgan «sevgili» soʻziga alohida e’tibor qilmoq kerak deb oʻylayman. Sevgili, ya’ni mehribon degani oʻz manfaati uchun gʻayri shar’iy ishlarga boshlaguvchi degani emas. Zero, bunday odamni mexribon, yaxshi koʻrguvchi deb boʻlmaydi. Aslida bizning axloqiy saviyamizni tushiradigan doʻst bizni sevmaydi. Yaxshi koʻrgan — suyuklisiga yaxshi boʻlishni istaydi. Qanday inson oʻzi uchun qimmatli boʻlgan kishini nooʻngʻay, uyaladigan holga keltiradi? Doʻstini yaxshi koʻrgan odam uni uyaltiradigan holga tushirmaydi, balki bunday holda boʻlsa, qutqarishga harakat qiladi. Doʻst yuziga loy chaplash emas, uning yuzidagi gʻuborni artish bizning vazifamiz emasmi? Bizni haq yoʻldan chalgʻitib, yomonlikka boshlaydigan doʻstni har doim, hatto loʻlilar orasidan ham topa olishimiz mumkin.

Husayin shu yerda soʻzini tugatdi. Tugatdi emas, onasidan eshitgan jumlani gapirolmay, uning farishtaday sof, nurli yuziga roʻbaroʻ kelgandek jim qoldi. Balki davom etardi. Jim qolganini soʻzini tugatdi deb oʻylagan oʻqituvchi tashakkur aytdi. Husayin oʻtirdi.

Keyingi soat axloq darsi edi. Mavzu ota-ona oldidaga burch, axloqiy vazifa. Oʻqituvchi bir hadisi sharif oʻqidi: «Jannat onalar oyogʻi ostidadir». Soʻng sinfga murojaat qilib, birgalikda hadisni izoxlashni topshirdi.
— Usmon, bu hadisni qanday tushunasan? Masalan, bu onalar oyoq bosgan joyda jannat bor deganimi?
— Ustoz, «jannat onalar oyogʻi ostida», degani jannatga ularning oyoqlari ostiga poyondoz boʻlar darajada xurmat va xizmat etish bilan kiriladi deganidir. Shu qadarki, ularga hurmatdan inson bir narsa yoʻqot-maydi, aksincha, Alloh huzurida hurmati ortadi. Xizmatiga yarasha jannatga yaqinlashadi. Bu aslida bir misol. Ona rozi qilinmaguncha jannatga kirishga yoʻl yoʻq ma’nosidadir.

Husayin doʻstini tinglarkan, ertalab onasi bilan boʻlib oʻtgan koʻngilsiz suhbatni esladi. Oldingi darsda doʻst haqida oʻzi aytgan soʻzlar xayolidan oʻtdi. Vijdoni oʻzini haqsizga chiqardi. Onasi aytgan soʻzlarga e’tiroz bildirganini yana bir bora angladi.

Onasi doʻst haqida soʻzlarkan, oʻz manfaatini oʻyladimi? Husayin yaxshi doʻst orttirsa, kimga foydayu, yomon doʻst topsa, kimga zarar? Avvalo oʻziga emasmi? Shunday ekan, onasi oʻzi uchun emas, oʻgʻli uchun soʻzlaganligiga qanday shubha boʻlishi mumkin?

Husayin oʻsha kun darsda, tanaffuslarda oʻyladi. Bir tarafda — onasi, ikkinchi tomonda — sinfdoshlari... Ich-ichidan onasini tan olmoqda edi, ammo uch yil birga oʻqigan sinfdoshlariga nima deydi?

Uchinchi darsni tugatishardi. Dars yakuniga oʻn besh daqiqacha bor. Eshik taqilladi, kutilmasdan ochildi. Oldinda maktab mudiri yordamchisi, izma-iz boshqa domla ichkari kirishdi. Dars oʻtayotgan oʻqituvchiga yaqinlashib, astagina bir-ikki soʻz shivirladi. Oʻqituvchi boshi bilan tasdiq ishorasi qildi. Mudir yordamchisi sinfga murojaat qildi: «Bolalar, turinglar!» Soʻng:
— Hamma qoʻlini boshiga koʻysin! — deb buyurdi. Tintuv oʻtkazishmoqchi ekanligi ma’lum boʻldi. Husayin hayratlandi. Oqshom chekkan sinfdoshlarining illatlari ochilmoqda edi. Koʻzining yoni bilan ularga qaradi. Ranglarida, tuslarida oʻzgarish, xayajon sezilmaydi. Balki yonlarida yoʻqdir deb oʻyladi. Ayni paytda oʻzi gʻoyatda hayajonda edi.

Tekshirish boshlandi. Uchalasi barobar izlashardi. Navbat chekadigan oʻrtogʻiga kelganda Husayinga bir narsa boʻladiganday yuragi tez urib ketdi, hayajonlandi. Haqiqatan uning orqa choʻntagidan tamaki qutisi olinib oldiga koʻyilganda Husayin uyalib boshini egdi. Oʻrtogʻi-chi, uyaldimi? Aslo. Na uyaldi, na hayajonlandi. Oʻzini xuddi choʻntagidan qoʻrgʻoshin qalam yoki kundalik daftar topilgandek tutardi.
— Ertoʻgʻon, bunima?
— Sigaret, janob.
— Yaxshi, bu holingdan hijolat chekmayapsanmi? Uyalmansanmi?
— Tamaki otamniki. Uyda unutib qoldiribdi, tushki dam olishda eltib bermoqchiman. Agar uyalish kerak boʻlsa, otam uyalishi kerak.

Shu javob bilan ish bitdimi? Albatta, yoʻq. Tartib-intizom majlisida masala koʻrilib, hal etiladi. Diqqatga sazovor jihati shuki, berilgan javob oldida Husayin qip-qizarib ketdi. Oʻrtogʻida topilishi shart boʻlgan toʻgʻrilik va hayo tuygʻularining yoʻqligi qizartirdi uni. Ertoʻgʻon sigaret otasinikiligini aytganda, boshini burib qaradi. Parta ustida turgan tamaki qutisi kechagi, tungi xotiralarni uygʻotdi. Tanaffusga chiqqanlarida Husayin unga yaqinlashdi:
— Nega sigaret otamniki deding, Ertoʻgʻon?

Ertoʻgʻon Husayinni esli-hushli koʻrishni istaganday achinib qaradi.
— Goʻdaksan, Husayin, — dedi va ketdi...

X

Izma-iz kelgan bu voqealar goʻyo til biriktirib, Husayinni onasidan uzr soʻratish uchun sodir boʻlganday. Ertoʻgʻondan toʻgʻri gapirmaganining sababini soʻraganda bergan javobi yaraga sepilgan qalampir boʻldi. Husayin uni bugungacha yaxshi bilmagani, u va unga oʻxshaganlar bilan doʻst boʻlgani uchun uyaldi. Bu doʻst Husayinni majlislarda uyaltirishi, axloqiy buzuq yoʻllarga yoʻllashi mumkin. Tutiladigan eng toʻgʻri yoʻl — toʻgʻrilikdan qayrilganni toʻgʻri yoʻlga keltirmoq... Hech qachon kim bilandir doʻstlashish majburiyat boʻlmagan. U yoki bu kimsa bilan doʻstlashish, yoki doʻstlashmaslik tavsiya etilishi mumkin, xolos. Husayin ham Ertoʻgʻon bilan doʻst boʻlishga majbur emasdi, shuni anglagan holda uni tark etishga qaror qildi.

Ertoʻgʻonning xatolari tufayli maktabdan haydalishi bu qarorning xato emasligiga dalil boʻldi.

* * *

Oʻsha kun tushdan keyin bogʻda suhbatlashayotgan doʻstlari yonidan oʻtarkan eshitilgan bir-ikki soʻz uni toʻxtab tinglashga majbur etdi. Ikki sinfdoshi baxslashar, besh-olti sinfdoshi tinglashardi. Yozma imtihonda nusxa (shpargalka)dan foydalanish toʻgʻrisida soʻz borardi. Ikki doʻstining biri:
— Nusxa talabaning haqqidir, — derdi. Kim nima desa-desin, meni fikrimdan qaytarolmaydi. Oʻzlaringiz uddalay olmagach, tarbiyasizlikdan lof urasiz. «Pishak quyruqqa yetolmagach, «puf, sassiq» derkan», degan otalarimizning tiliga shakar. Eplasang, bu gaplarni aytib oʻtirmasding.

Ikkinchisi javob berdi:
— Bunday qilmasligimiz bu ishni notoʻgʻri, chirkin bir harakat deb bilganimizdandir. Ha, biz bu ishni qilmaymiz. Chunki odobimiz, tarbiyamiz bunga yoʻl qoʻymaydi. Uy-ingizda oʻtirib dars qilishga kuchingiz yetmaydi, sabr qilolmaysiz, yalqovlikka, ishlamasdan, charchamasdan dam olishni, koʻngil ochishni istagan nafsingizga hokim boʻlolmaysiz, natijada haqqingiz boʻlmagan nusxa koʻchirishga, ya’ni notoʻgʻri ishga qoʻl urasiz. Bu ishni ham talabaning zarurati, ehtiyoji deb qabul qilasiz. Extiyoj — ilm, zarurat — bilmoqdir. Qoʻshni doʻkondan moloʻmarib olib, sotib pul topgan va yonidagi sinfdoshining bilimi bilan baho olgan ikki kishining orasida qanday farq bor?! Balki bir kun kelib koʻshnining molini oʻgʻirlash yomonligi toʻrisida millatga nasihat qilarsiz. Boshqasi gapga suqildi:
— Xoʻp, sen shu qadar toʻgʻrilik bilan nimaga erishding? Kecha jugʻrofnyadan toʻrt olgan zoti oliylari, oʻzlarimidi?!
— Olishim mumkin. Men uchun hiyla bilan oʻn olgandan, toʻgʻrilikcha toʻrt olish xayrlidir. Haqiqatan, qimor, oʻgʻirlik, riyokorlik bilan millionlar topmasdan toʻgʻrilik, peshona teri bilan ozroq pul topgan va yaxshiligiga koʻngli xotirjamligini dalil keltiruvchi qanchalab vijdonli odamlar bor.
— Koʻzboʻyamachilik qilma!
— Koʻzboʻyamachilik qilayotganim yoʻq. Koʻzboʻyamachilik dalil boʻlmasligi aniq narsani dalil qilib koʻrsatishdir, Men shunday qildimmi? Shunday dedimmi?

Ularning yuzlariga bir lahza tikilgach, davom etdi:

—Doʻstlar, oʻz bilimi bilan imtihondan oʻtishning shunday huzur va zavqi borki, bu halovatni koʻchirmakashlar bilmaydi.
— Sen oʻzing hech nusxa koʻchirganmisan? Nusxadan foydalanganmisan?
— Yoʻq.
— Unday boʻlsa, sen ham buning zavqu hayajonini bilmaysan.
— Men oʻsha zavqu hayajonni bilaman. Birovning molini oʻmarayotgan, oʻmarganini yeyayotgan oʻgʻri shunday hayajonlanadi, aynan shunday zavqlanadi. Faqat bu zavqu hayajonni halol deb da’vo qilolmaysiz. Eshiting, misol keltirayin. Bir odam oʻgʻliga: «bugun bir lira topib keltir», debdi. Oʻgʻli «xoʻb boʻladi», deb onasidan olib, kechasi otasiga keltirib beribdi. Otasi pulni derazadan uloqtiribdi. «Ertaga yana keltir», debdi. Oʻgʻli ikkinchi kun yana onasidan olib keltirgan pulning uloqtirishini jimgina kuzatibdi. Keyingi kuni haligi kishi xotiniga pul bermaslikni tayinlabdi. Uchinchi kun mehnat qlib topishdan boshqa iloji qolmagan oʻgʻil, keltirgan pulini uloqtirmoqchi boʻlayotgan otasining bilagidan tutib:
— Nima qilyapsiz, ota? Men bu lira uchun oqshomgacha zahmat cheqdim, bundan xabaringiz bormi, —debdi.

Mening bu hikoyaga qoʻshimcham yoʻq. Har kim xohlaganini tushunsin. Istagan ma’nosini olsin. Tinglayotganlardan biri:
— Shunaqasi ham boʻlarkanmi? — deb e’tiroz qildi. Boshqasi chidab turolmadi.
— Boʻlish-boʻlmasligi senga aloqador emas. Hikoyadan chiqadigan hulosa senga aloqador. Odam peshona terinig toʻkmasdan mulkning qiymatini bilmaydi, mashaqqat bilan topganini qadrlaydi, degan xulosa chiqarish darkor.

Bu savol berilayotganda Husayin miyigʻida kulib qoʻydi, faqat bu istehzo, kamsitish, mazaxlash yoki kibrning belgisi emasdi.

Husayin soʻnggi darsda yozma nazorat ishini toshpirishi kerak. Bugungacha nusxaga havasmand boʻlmagani sayin ba’zan esda saqlayolmasligini oʻylab bir-ikki soʻzni partaga yengilgina qayd etib koʻyar, bundan foydalangan paytlari ham boʻlardi. Bu safar shu ishni qilmadi, bunga sabab bir soat avval tinglaganlarining ta’siri edi, Sigareti olingan, uning otasiniki ekanligani yuzi qizarmasdan ayta olgan Ertoʻgʻon bu darsda nusxa koʻchira turib qoʻlga tushishi ham Husayinda qatgiq, manfiy bir ta’sir qoldirdi. Oqshom uyiga kirar-kirmas onasining koʻlini oʻpmoqni, uzr soʻramoqni, oʻzining haqsizligini e’tirof etmoqni oʻylardi. Uyiga shunday xayol va shunday niyat bilan bordi.

Qur’oni Karim oldida Allohning quli ekanini har hujayrasi, har zarrasi, bor vujudi bilan his etgan, tavozeli holda sokin va sassiz bir ado bilan oʻqiyotgan Fotimaxonim... Insoniyat uchun hidoyat boʻlib kelgan bu kitobdan ufurgan nur, uning odobi bilan adablanmoqni eng buyuk maqsad deb bilgan bu xonimning yuzida aks etar, ifodasi imkonsiz, moddiy jihatdan qoʻl yetmas bir goʻzallik tajalliy etardi. Tasviri bir jumlada mushkul boʻlsa-da, undagi bu hol — koʻzi Kitobi Karimda, koʻngli samoda. Ya’ni koʻzi Qur’onga, koʻngli bu sharafli kitobni yuborgan Allohga yoʻnalgan, bogʻlangan. Bu shunday bir hol ediki, bu hol xuzurini faqat bir moʻmin butun borligʻi bilan boqiyga bogʻlanib, foniyni unutib — dunyo mashgʻulotini koʻngildan quvib oʻqigan namozida topishi mumkin.

Husayin onasining tilovati tugaguncha kutdi. Uyga kirib, onasini farishta sifat qiyofada Qur’on oʻqiyotgan holda koʻrishi yanada kuchliroq ta’sir qildi. Ertalab oʻzi ranjitgan onasini bu xolda koʻrgan qoʻzlari yoshlandi.

Kitobi yopildi. Qoʻllar koʻtarildi. Tilovat savobi muhtojlarga bagʻishlandi. Kalomini oʻqiganga, hurmatlaganga buyuk mukofotlar va’da etgan Allohga chin dildan duolar qilinur. Shu onda uning yuzlariga boqqan kishi, soflik va poklikda huddi ikki tomchi yoshning odob va hayo bilan toʻliq yuzlardan sizib oʻtganini koʻrgan boʻlardi. Ammo koʻrishning hojati yoʻq. Chunki u — Fotimaxonim koʻrsinlar deb yigʻlamas, buni yigʻi ham deb boʻlmasdi.

Qoʻllar yuzga suruldi. Kitobi Karimni koʻtarish uchun uzalgan qoʻllar muallaq qoldi. Chunki oʻng tarafdan uzatilgan bir juft koʻl kitobni oldi va oʻrniga qoʻydi. Soʻngra hanuz joynamoz ustida oʻtirgan Fotimaxonimning oʻng qoʻlini olib bagʻriga bosdi. Hurmatu mehr bilan oʻpdi va peshonasiga surdi. Birozdan soʻng uzrini aytdi:
— Ona, meni shu Kitobi Karim hurmati avf eting! Soʻng onasining oyoqlarini quchdi. Toʻxtatmoqchi boʻlgan ona, navbatdagi yolvorishni eshitdi:
— Onajon, ruxsat bering, bir bor yuzlarimni surayin! Ertalab onasiga isyon bilan qaragan yuz, Paygʻambar ifodasi bilan ostida jannat boʻlgan ona oyogʻiga surilmoqla yuklandi. Fotimaxonim oʻgʻlini turgʻazdi. Koʻzlaridan oʻpib, bagʻriga bosdi:
— Charogʻim, toʻgʻri, halol, pokiza insonlarga oshnolik qilsang deyman, bir dona Husayinimdan, gul yuzli bolamdan oʻsha zaqqumning hidi kelmasa deyman?!.

Husayin oʻsha kungi hodisalarni bir-bir naql etgach:
— Ona, soʻz beraman, hayotda yolgʻiz qolsam-da, meni haq yoʻldan ayiradigan bilan doʻst boʻlmayman. Sizning doʻstligingiz menga yetarli, —dedi.

Oradan ikki haftacha vaqt oʻtdi. Koʻkda yer yuziga yengil va mayin yomgʻir donalarini yullashga loyiq bulutlar paydo boʻldi. Quyosh goho koʻrinib, atrofni ilitar, faqat bu orada oʻrtaga tushgan va quyosh nurlarini toʻsgan bir bulut fuqaroga sadaqa qabilida bir necha lahzalik yomgʻir sevalar, soʻngra shoshiladigan joyi yoʻq yoʻlovchiday ogʻir-vazmin uzoqlashardi.

Oʻsha kun bir necha doʻstlari bilan aylanishga chiqqan Husayin sekin-sekin kinoxonaga yaqinlashganlarini bilmay qoldi. Joʻralaridan birining:
— Bugun kinoga tushaylik, — degan taklifini hammalari tasdiqlashdi. Yoshlar— shunaqa. Koʻpincha qilayotgan ishlarini oldin oʻylab koʻrishmaydi. Ular oldin xayollariga kelganini qiladilar, soʻng oʻylashni boshlaydilar. Lekin Husayinga ham aynan shunday ta’rif berish haqsizlik boʻlardi. Chunki chipta olmasdan avval «kirsammi-kirmasammi», deb bir muddat taraddudlandi. Soʻngra bundan ham bir ibrat olarman deya chipta oldi.

Hali oʻn besh daqiqa bor. Har kim yonidagi bilan suhbatlashar, atrofdan kelgan ovozlar birlashib yuksalar, gaplar eshitilmas, shuning uchun yonidagi suhbatdoshga biroz ovozni koʻtarib gapirishga toʻgʻri kelardi.

Husayin maktabga kelgan vaqtlarda kinoning nohush holatlariga unchalik tobu toqati yoʻq edi. Avval oʻzi bilan biron kitob olmaganiga ranjiganday boʻldi. Oʻn besh daqiqa oʻqidim, deb oʻyladi. Vaqtni behuda oʻtkazishni xushlamasdi. Masalan, muallim kelmagan boʻsh darslarni oʻrtoqlari behuda oʻtkazsa, Husayin oʻqituvchi kelib qolsa, qanday javob beraman qabilida ish tutib, shunga asosan oʻqib-oʻrganib oʻtirardi.

Tan olish kerakki, uning bu xususiyatida oʻz qobiliyati bilan birga onasining ham katta hissasi bor. Maktabga borib kelarkan fursat boʻlgan taqdirda xayolida darslarni tahlil qilishni, bu orada «Ixlos» surasini uch, «Fotiha» surasini bir karra oʻqib rahmatli xolasiga bagʻishlashni odatlantirgan ham onasidir. Aytishlariga qaraganda Husayinga xolasining koʻp mehnati singgan. Kichikligida onasidan koʻproq xolasi qaragan. Ismi — Xayriya. Onasining ham xolasining ham ismi Xayriya deb ilk bor eshitganda gʻalati tasodif ekanini oʻylagandi. Keyin onasidan soʻraganda, Fotimaxonim:
— Oʻgʻlim, mening otim ham Xayriya, ammo koʻryapsanki koʻpincha meni Fotima deb chaqirishadi. Oldinlari hammaga ikkita ism koʻyishardi. Otam Xayriya ismini juda yaxshi koʻrganlaridan meni ham, uni ham Xayriya degan. Sen endi bu gapni qoʻy-da, maktabga borib kelguncha xolangga bagʻishlab oʻqishni unutma. Ham vazifangni oʻtagan, xam borib-kelguncha vaqtni behuda ketkazmagan boʻlasan,—degandi.

Endi Husayin bularni tushunadi, shuning uchun bu yerdagi boʻsh vaqtning qadriga yetayapti. Biroz oʻtib bu gʻashligi oʻrinsizligani angladi. Chunki, bu gʻala-gʻovur ichida oʻqigani bilan tushunmasdi.

Atrofda suhbatlashayotganlarning harakatlari umuman olganda durust holat emas. Tugʻrirogʻi, Husayinning fikricha, bular aql va mantiq tarozisiga tortib koʻrilsa, natija — noxush. Suhbatlashayotganlarning fikricha esa, aksincha, suhbatlari zaruriydir. Kamdan-kam kishilargina behuda, foydasiz gaplashayotganligini anglashga qodir, ularning ichidan kamdan-kamlarigana bunday foydasiz soʻzlashdan koʻra sukutni afzal bilishadi.

Quloqlarni garang qilgudek gʻala-gʻovur orasida kuchli hayajon bilan gaplashayotgan orqa qatordagi ikki yoshdan biri bundan oldingi filmga ikki marta tushganini va falon artistning shohona roli boʻlganligi sababli yana bir marta tushishga ham tayyor ekanligani soʻzlar edi. Qaysidir artistning allaqaysi koʻshiqchi bilan don olishishi endi hech kimdan yashirib boʻlmaydigan holga kelgan, goʻyoki ikkisining oʻrtasida yangi bir ishq mojarosi boshlanganmish. Hatto yaqinda farzandli boʻlishlari kutilayotganligi haqida xabarlar tarqatiladi. Falon artist askarlikka ketayotganmish. Ajabo, askarlikda ham unga oʻz kasbiga aloqador biron vazifa berilarmikan? Agar shunday yoʻl tutishsa, ayni muddao boʻlardi, chunki ham san’atkor san’atini rivojlantiradi, ham bu bilan askarlarda jangovor ruh uygʻotib, qoʻshinga katta yordam berardi... Shu kabi ogʻiz charchatishdan boshqa sifati boʻlmagan soʻzlar qatori va ora-sira bu yerda yozishimizga odob tamoyillari yoʻl qoʻymaydigan kalomlar eshitiladi. Xusayinning fikricha, bu tarzda vaqt oʻtkazish odob va mas’ulnyat tuygʻusining yetishmasligi va yoki umuman mavjud emasligi bilangina izohlanishi mumkin. Bu soʻzlardan kimga qanday foyda bor yoki ular aytilmay qolgan taqdirda koʻriladigan zarar ne chogʻli?

Atrofda endigina oʻn besh yoshini qarshilagan oliftachalar seltanglab yurar, yoʻtala-yoʻtala yeqilgan sigaretlarini chekishga harakat qilardilar. Qoʻllari bilan ogʻzini berkitishlari tamakining oʻta achchiq ekanini va shu sabab yoʻtalayotganlarini anglatardi.

Bu orada parda ochildi. Uch marotaba yangragan ogohlantiruvchi qoʻngʻirokdan soʻng film boshlandi. Namoyishdan oldin koʻrsatiladigan filmlardan parchalar taqdim etilardi. Ularda aks etgan sharmandali bir sahna koʻrinishi tomoshabinlarning yuraklaridan qaynab chiqqan inqillash yuksalishiga, yanada kuchayib, hayvoniy xirillashga oʻxshagan hayajonli ovozlarning chiqishiga sabab boʻldi. Hushtak chalganlar, hatto oʻzini tutolmasdan bor ovozda na’ra tortganlar ham yoʻq emasdi. Bunday filmlarni koʻrgandan soʻng yoshlikning qanday mahv etilishini, iffat va nomus tuygʻularining qay tarzda ildizlaridan ayrilganini anglamoq uchun xoʻkizning aqli ham kifoya qiladi.

Asosiy film boshlandi. Uning ham koʻrsatilgan parchalardan farqi yoʻq edi.

Xu sayin haftaning ikki-uch kunini kinoteatrda oʻtkazadiganlar sirasiga mansub emasligi uchun film texnikasi haqida aytadigan gapi yoʻq. Uning odobi esa oʻzi bilmaydigan sohada soʻz aytishiga toʻsqinlik qilardi. Faqat oʻz sohasidan kelib chiqib, bir-ikki ogʻiz soʻz bilan bahsga aralashishga ham kishining haddi sigʻmaydi.

Bunday filmlar axloqsiz, odobu tarbiyasiz kimsalar uchun koʻngil ochish vositasi boʻlishi mumkin. Lekin bular Xusayin kabi oila tarbiyasi va Imom Xatib maktabi tahsilini oʻzaro uygʻunlashtirgan, sharafli bir musulmon boʻlish orzusi bilan urgan oʻspiringa koʻngilxushlik vositasi boʻlishi qiyin. Bu filmlar adab va hayo yoʻlidan uzoqlashtirishi va darslardan chalgʻitishi mumkin. Husayinning bu filmdan olgan yolgʻiz sabogʻi: boshqa qaytib bunday fil’mlarga kelmaslik va vaqtni zoye ketkazmaslik boʻldi. Bu razolatni tomosha qilish uchun ketgan pulchi? Bu pulga bir faqir tushlik qilishi mumkin edi. Filmni yarmida tark etmoqchi ham boʻldi, ammo oʻrtoqlari bilan filmni tanqid qilish uchun kutdi, sabr qildi.

Qolaversa, bir necha kishini «kino» kasalligidan qutqarish ham yomon ish emasdi. Lekin butun Turkiyada har kun ikki yuz mingdan ziyod kishi vaqtini kinoda oʻtkazishi nazarda tutilsa, Husayinning oʻrtoqlariga qiladigan yaxshiligi dengnzdan tomchi deyish mumkin.

Shuncha odamni kinodan qaytarish xayoliy bir gap edi. Yoshlikning goʻyoki sel kabi kinoxonalarni, maydonlarni toʻldiradigan 6u davrida mazkur maqsad yoʻlida urinishlar suvdan yogʻ chiqazishga urinishdek bir gap edi. Qaniydi, aqlli va oʻziga toʻn; musulmonlarning bir guruhi din, diniy va axloqiy mavzularda film ishlab chiqaradigan shirkat tuzsalar. Koʻpchiligi masjidga faqat oʻlganida bir necha kishining yelkasida ziyorat qlish uchun birinchi va soʻnggi marta keladigan bu kishilarga kinoteatrlarda koʻrsatiladigan filmlar orqali din va axloq tuygʻusini yaxshiroq yuqtirish mumkin. Bunday yoʻl tutish qayoqqa ketayotganini oʻzi ham bilmaydigan koʻplab yoshlarga yoʻl koʻrsatgan va ularni halokatdan qutqargan boʻlardi.

Chiqqach, film ta’siri bilan suhbatlashgan doʻstlarning hayajoni bosildi. Husayin tengdoshlari bemalol tinglashiga koʻzi yetgach, soʻz boshladi va fikrlarini anglatdi. Tinglayotganlar qatorida yuzida mamnuniyat aks etganlar bor edi. Hech xushlamayotganlarini bildirayotganlar, anglatayotganlar ham topilardi. Soʻzlarini tugatganda ilk e’tiroz baralla eshitildi:
— Xoʻsh, Husayin, biz hech dam olmaymizmi, koʻngil ochmaymizmi?

Husayinning javob berishiga oʻrin qolmadi, Bir joʻrasi:
— Dam olishga haqqimiz bor. Ammo dam olyapmiz deb bunaqa odob va axloq yoʻllariga pistirma qoʻygan filmlarni koʻrish ham har holda dam olish boʻlmasa keraq Dam olish faqat film tomosha qilish deganimi?! Koʻngil ochish-chi? Mening axloqimni buzmaydigan, nomus va iffat tuygʻularimni orttiradigan, mehnatga nisbatan kishida kuch-quvvat, gʻayrat, muhabbat uygʻotadigan filmlar boʻlsin, biz ham koʻramiz, biz ham qutlaymiz.

Husayin bu suhbatning foyda berayotganini koʻrib mamnun boʻldi. Bundan keyin kinoga haftada bir borishga qaror qilindi. Kino uchun ketadigan qolgan pulga kitob olinib, harakatchan, tarbiyali va faqir bir doʻstga hadya qlindi. Hadya etganlar koʻnglida pulni behuda xarjlamagani, yaxshi ish qnlganidan huzur bor edi.

Keyinroq ham Husayin sinfdoshlari bilan bu mavzuda makggab ichida kengroq tashviqot yuritishga kirishdi. Kino pullarini xayrli yoʻlga sarflamoqqa rozi boʻlganlarning gʻayrati bilan kutubxona tashkil etish qarorlashtirildi. Kitob javoni usgiga «Bu kitoblar kinoga beriladigan pulga olindi degan yozuv ilindi.

Husayin kinoga borganini bir hafta oʻtgach, onasiga aytdi. Hodisani bir boshdan gapirib berdi. Soʻzlarini tugatganda Fotimaxonim oʻgʻlining sochlarini siladi:
— Mamiun boʻldim, oʻgʻlim, hursand boʻldim. Umid qilamanki, har kun bir yangi yaxshilik eshigani ochgaysan. Shu yoʻlda mashgʻul boʻlasan. Har yaxshilikni yolgʻiz Alloh rizosi uchun ado etishga gʻayrat qilgaysan. Faqat sendan istaganim bir yaxshilik qilganingda, nega koʻproq qilmadim, nega kech qildim deya Allohdan kechirim soʻra. Men oʻgʻlimni shunday koʻrmoqni istayman. Shunday koʻrsam, quvonaman, bolam.

Husayin onasining bu yuksak tuygʻusi, nozik hislari qarshisida erib ketdi. Soʻzlari goʻzal, oʻzi soʻzidan yaxshi boʻlgan onasining Qur’on axloqi bilan nurlangan yuziga shukrona va minnatdorlik hislari bilan boqdi. Bu iz umr boʻyi Haqqa qul boʻlmoq sharafi bilan porlab, faqat Haq ne’matlari qarshisida loyiq ibodat etolmaganining, munosib qul boʻlolmaganining ranjidasi bilan yonardi.

Hafta davomida yaxshilik qilgani uchun sevingan, oʻziga sigʻmay yurgan Husayin endi qarshisiga xar kun yangi fazilat bilan chiqqan onasiga loyiq oʻgʻil boʻlmagani uchun kuyinardi. Uning koʻk koʻzlariga tikilib bir on oʻyga toldi. Har narsaga ibrat nazari bilan boqqan, samimiyligiga toʻlib-toshgan 6u koʻzlar uning bepoyon ummonlarni tamsil etgan pokiza ruhiga tarjimonlik qilganday. Tolgʻin koʻzlaridan sizgan ikki tomchi yosh Husayinda soʻz bilan tushuntirish mushkul boʻlgan his va oʻylarning dolgʻalanganini bildiradi. Birdan oʻz koʻzlarining ham bu koʻzlar kabi moviy boʻlmaganidan ranjiganday boʻldi. Qanday gʻalati holki, onaning koʻzlari moviy, oʻgʻilniki qora! Soʻngra Alloh taolo har narsaga qodirligini, kuruq tuproqdan yuzlab tur meva, giyoh va gullar yetishtirgan Allohningbu ishda ham bir hikmati borligini oʻyladi. Koʻz rangi jihatidan emas, axloq va tushuncha tarafidan unga oʻxshshi kerakligini xotirladi. Necha koʻzlari koʻk odamlar borki, pokiza axloqqa daxldor emas.

Husayin shularni oʻylaganda azon ovozi asr kirganini, har xil mashgʻulotlarni qoʻyib, Yaratgan huzurida turish kerakligini e’lon etardi.

* * *

Imom Xatib maktabining toʻrtinchi sinfiga oʻtganda dars tatbiqoti sifatida hutba oʻqish vazifasi topshiriladi. Husayin qanday mavzuni olish kerakligi haqda bir qarorga kelolmasdi. Ilk daf’a xutba juda ham hayajonli edi. Xayolida ba’zi mavzular jonlanar, lekin hech biriga koʻngli chopmasdi.

Asrdan soʻng maktabdan qaytarkan koʻzi yerda, xayoli mavzu tanlash bilan mashgʻul. Oʻylay-oʻylay ogʻir-vazmin odimlardi. Yonidan oʻtayotganlarning ayol, erkakligini farqlamasdi.
— Xusayin, yoʻl boʻlsin! Boshini qoʻtardi.
— Qalaysan, Husayin?!
— Xudoga shukur. Tinchliq Oʻzing qalaysan?
— Allohga shukur. Oʻychan ekansan.
— Shukur, yaxshi. Yomon emas.
— Alloh yaxshilikdan ayirmasin.
— Omin.

Ajrashdilar. Ora-sira koʻrishib turadigan samimiy doʻsti. Yurishda davom etdi. Eski oʻychanlik tarqalib ketdi.

Bugun chorshanba, Choʻrim bozori qizgʻin. Yoʻllar odatdagidan koʻra tiqilinch. Yaqin qishloqlardan kelganlar endi ketmoqchiligini ma’lum qilganday magazinlari oldiga qoʻygan yuklarini hozirlashmoqda. Doira (aylana doʻkon)lardan bir oz erta chiqqan ayol-erkaklar qoʻllarida toʻrxalta olib bozorga shoshilibroq ketishmoqda. Eski hokimiyat binosi boʻlgan tarafdan Qubbali Jom’e yoʻnalishida kelgan avtobus yomgʻir suvlarini sachratmasin deya bir chetga chekinib, oʻtib ketishini kutib turdi.

Jome’ roʻparasidagi magazinning yonida choʻkkalagan kampir Xusayinning diqqatini tortdi. Ustidagi liboslar faqirligiga, yuzidagi ajinlar umr boʻyi mashaqqat chekkaniga dalolat edi.

Oldida bir savat bor edi. Bir koʻli bilan savat tutqichidan ushlab, shu qoʻli ustiga peshonasini suyab turar, chuqur-chuqur nafas olardi. Oldidan oʻtgan avtobus sachratgan suvlari bezovta qilmas yoxud chekinmoqqa toqati va majoli yoʻq edi. Boshini kutardi. Atrofdan oʻtayotganlarga yordam umidida bokdi.

Shu orada oldidan oʻtayetgan ochiq-sochiq xotin uni turtib, chetga itardi va yoʻlida davom etdi. Uch qadamcha yurib, yana qaytdi, sumkasidan hamyoninn olnb, undan kampirga pul uzatdi. Bu payt Husayin ham ularga uch-toʻrt qadamcha yaqinlashib qolgandi, Momo avval qoʻliga tushgan pulga, soʻng uni bergan ayolga qaradi, pulni qaytardi:
— Tilanish uchun oʻtirganim yoʻq, charchadim, — dedi. Pokiza insonlarga yarashadigan muomala edi bu. Tilanadigan ahvolga tushmaguncha bu yoʻl bilan qorin toʻydirishni munosib koʻrmaslik doim ham uchraydigan fazilat emas. Bu pul olinsa ne boʻlardi? Bergan ham, olgan ham zarar qilmasdi. Ammo «mendan muhtojroqlar bordir» deya zirqiragan vijdonga ne deymiz?

Koʻcha boshlarida oʻtirib kelgan-ketganga qoʻl ochganlarni, kechgacha zshikma-eshik kezganlarni oʻiladi Husayin... Bu odamlar oʻrtahol hunarmand yoki doʻkondorni ortda qoldiradigan pulnn qoʻlga kiritishmoqda...Hatto bular orasida bozorma-bozor kezadiganlari ham bor. Bir necha kun burun bir baqqol bitta tilanchini dushanba kuni Majidoʻzuda, seshanba kuni Singurluda, Chorshanba kuni Koʻhna (Soʻrgun)da, payshanba kuni Olachada, juma kuni Choʻrumda koʻrganini aytgandi.

Bunday mablagʻ tikish talab qilinmaydigan «san’at»ni kim ham sevmaydi. Sarmoya yoʻq, soliq toʻlash yoʻq, «boʻsh turgan qoʻlni Alloh sevmaydi», deya eshiqdan-eshikka sangʻib, doʻkondan-doʻkonga izgʻir va bir-ikkita duoni mingʻnrlashdan iboratmi bu «san’at». Bunday tilanchilikning qanday qiyinchiligi bor?

Xoʻsh, toptalgan or-nomus, yoʻqotilgan odob va iffat tuygʻusigʻa nima deysiz? Bularning hech qanday qadri yuqmi?

Yoʻq, aslo yoʻq!.. Uyatning koʻchalariga allaqachonlardan buyon qadam bosmagan, «Xudo bersin!» —degan javobni eshitgach ham ketishni xayoliga keltirmagan, shilimshiq kabi yopishqoq, koʻz ostiga olgan odamini zuluk kabi soʻrmagunicha koʻngillari joyiga tushmaganidan kelib chiqib aytadigan boʻlsak, yuqorida qayd etilgan tuygʻular ular uchun bir necha harflarning yigʻindisi — quruq soʻz, holos.

Ammo insonlikning asl mohiyatini anglaganlar uchun odob va iffat soʻzlarining ma’nolari dunyodan va dunyodagi barcha narsalardan benihoya qimmatlidir.

Mana, momoning berilgan sadaqani olmagan paytda his etgan ruhiy holati. Agarda bu pulni olsa, ikkinchi marta berilgan sadaqani olishi osonlashadi, bu esa uchinchisini olishga xohish uygʻotadi va shu tariqa poyoniga yetishiga juda oz fursat qolgan umr tilanchilik bilan yakun topadi. Bu esa umr boʻyi xayoliga ham keltirishni istamagan mudhish bir yakun.

Yalangʻoch xotin bir soniya turdi, soʻng yoʻlida davom etdi. Husayinning yonidan oʻtar ekan: «Bular odam boʻlmaydi», deya gʻudranmoqda edi. Xusayin chidab turolmadi:
— Xonim afandi, odam boʻlishlari uchun tilanchilik qilishlari kerakmi?

Xotin hayron boʻlib, Husayin tomonga qayrildi:
— Bir nima dedingizmi?
— Odam boʻlishlari uchun tilanchilik qilishlari kerakmi, degandim.

Xotin savolga «ha» deb javob berolmadi. Gapni choʻzmaslik uchun boʻlsa kerak, yoʻlida davom etdi. Husayin keksa xotinning yoniga kelib:
— Hola, istasangiz yordamlashay, savatingizni uyingizgacha olib borib beraqolay, — dedi.

Ayol boshini koʻtardi. Qarshisida ochiq chehrali yigitcha turardi. Unga minnatdor nigoh tashladi:

Alloh sendan rozi boʻlsin, bolam. Madorim butunlay quridi. Ozroq yordamlashib yuborsang, yana oʻzim olaman, — dedi.

Savatdan qoʻlini olib, ikki tizzasiga tayandi. Butun kuchini qoʻllariga va tizzalariga toʻplab, kuchanib oʻrnidan turdi. Husayin savatni oldi. Juda ogʻir emasdi. Lekin kampirni bemalol charchata olardi. Birga mahalla oralab yurdilar. Kampir ora-sira «Alloh murodingga yetkazsin!», deb duolar qilib borardi. Lekin Husayin savatni duo uchun emas, dinning muhtojlarga yordam etish yoʻlida bergan amrini bajarish, insonlik vazifasini ado etish uchun koʻtarib borardi, Albatta, uning duo etishiga ham qarshi emasdi. Yoshlikda Alloh rizosi uchun bir keksaga yordam bergan kishi, oʻzi keksayganda yordam beradigan yoshlarning topilishiga ishonardi.

Bu ayol oʻrnida oʻz onasi boʻlganda, bu aziyatni u chekkanida nima qilardi? Uning shu ahvolda emasligiga shukr qilishning yagona yoʻli bu ayolga va u kabilarga yordam bermoqdir. Bundaylarni koʻrib, oʻziking ahvoliga shukr etib oʻtib ketmoq oʻysizlik, beparvolik sanalishi kerak. Agar boylarning molida faqirlar uchun Alloh tarafidan belgilangan haq boʻlsa — Husayin bu haqning borligiga ishonardi — xuddi shunday yosh va sogʻlomlarning kuch-quvvatida keksalar va ojiz-zaiflar uchun tayin etilgan haq ham bor. Bu yordam tan kuch-quvvatining zakotidir. Bu muruvvat va insonlik tuygʻusining yuksak nuqtasidir.
— Uyim shu yerda, oʻgʻlim, Alloh sendan rozi boʻlsin! Bu soʻz Husayinning xayolini boʻldi. Savatni eshik oldiga qoʻydi. Eshikning turishi uyning xarobligidan xabar berardi.
— Oʻgʻlim, sening oting nima? Kimlardansan?
— Nima qilasiz, hola?
— Bir yoʻlim tushsa, uyingizga kirib, sendan koʻrgan yaxshiligimni onangga aytardim.
— Shart emas, hola. Men onam eshitishi uchun emas, Alloh rizosi uchun yordamlashdim. Onamni xursand etishni istasangiz, haq yoʻldan ayrilmasligi uchun duo qiling.

Husayin ketdi. Eshikdan ichkari kirgan momoning koʻzlari yoshli edi. Bu yoshning sababi oʻzining kuchi yetganda boshqalarga yordam etolmaganlik pushaymonidan edi. Boshqa birov bu yeshlarning sababini yaxshnlik qilishni sevadigan bir insonni uchratganidan paydo boʻlgan tuygʻular tufayli deb tushunishi mumkin. Hech tanimagan bnr bola yukini koʻtarib keltirib bergani va oʻz nevarasidan bunday olijanoblik koʻrmagani nazarga olinsa, insoniylikdan uzoq boʻlgan nevaradan haqorat koʻrishi, ogʻir soʻzlar eshitishi, katta ona oʻrniga «sassiq kampir!» deya baqirishi, oʻzining shu ahvoliga rozi boʻlib shukr etishi hisobga olinsa, ikkinchi qarashni oldinga surganni haqli deyish ham bemalol mumkin.

Husayin keksa ayoldan ajrashgach, uyga keldi. Koʻz oldida kechgan va ikki ayolning bahsi yaxshilik va yomonlik kurashiga oʻxshagan bu hodisani oʻylamasdan boʻlmasdi. Uyimda bir haftaga yetgulik yeguligim bor deb berganni olmaslik buyuk fazilatdan darak boʻlsa kerak. Momoning oʻsha yuqori tabaqaga mansub kibor xotinni sharmanda va parishon qilishiga nima deysiz?! Bular bir zamonda yashagan ikki guruhga mansub ayollar timsoli. Bir tarafda erining koʻz oʻngida ochiq-sochiq holda koʻcha kezgan va oʻzidan balandga egilib, zaifni surib oʻtadigan, amal-taqal qilib turmushga chiqib olgan hayosizlar; ikkinchi tarafda ogʻzidagi nonni birovga ilingan, tizzasidagi yarani oʻz tugʻishganiga qoʻrsatmoqdan or qilgan, uyalgan, nomusini boshiga koʻtargan, nomus uchun hayotini seva-seva fido qilishga tayyorlar...

Husayinning onasi ikkinchi guruhga mansub. Bu guruhning timsoli — munosib qobiliyatli, qiladigan ishini oʻylab, mutlaqo Alloh rizosi uchun ado etadigan bir ona...

Bu yil oʻn oltiga kirgan Husayim, shu choqqacha tasodifan boʻlsin, onasini boshi ochiq yoki yalangʻoch holda koʻrgani yoʻq.

Husayin onasiga shohidi boʻlgan hodisani aytib bergach, soʻzini shunday tugatdi: «Mening onam, onajonim, bilsangiz, sizni shunday yaxshn koʻramanki... Mening yonimda goʻyo bir begona borday doim oʻranib, yopinib yurasiz».

Oʻranishimni «mendan chekinish» deb oʻylaysanmi? Onalar oʻgʻillaridan chekinib oʻranmaslar, men ham sendan chekinmasman. Seni nomahram sanasam, kimim qolur mening bu dunyoda?! Sen boʻlmagan paytlarda, Odila va Samihaning yonida ham shu holda boʻlaman. Ular oldida ham boshim oʻrogʻliq yuraman, yolgʻiz qolganimda ham shu holdaman.

— U payt kimdan qochib, oʻranasiz?
— Bil. Oʻzing bil kimdanligini!

Fotimaxonim Husayinga yoshligida dugonalariga bergan javobni aytdi. Shu qadar samimiy soʻzlagani oʻn yillardan keyin ham tasdiq boʻldi.

Husayin bu yil toʻrtinchi sinfda, oʻn kundan keyin keladigan jumaga xutba oʻqish uchun tayyorlanish topshirilganini aytgach:
— Qaysi mavzuni tanlasam, ona? — dedi.
— Hozirgina aytganlaring goʻzal mavzularku, oʻgʻlim? Bularning boshi moda. Moda haqida tayyorlan.

Haqiqatan goʻzal mavzu topilgandi.

* * *

Oʻn kundan soʻng juma namozi uchun minoralardan taralgan azon sasi moʻminlarning juma ekanini unutmasliklarini ta’min etarkan, uyning bir burchida, joynamoz ustida, butun borligʻi bilan yaratganga yuzlanib, oʻgʻli oʻkiydigan hutbada yanglishmasligini, shu xutba sababli yoʻllaridan adashganlar yana haq yoʻlga va oʻzlariga kelishlarini duolar qilgan bir oʻgay ona bor edi. Yillar davomida, qat’iy iroda, tuganmas sabr va oʻgay emas, haqiqiy ona mehri bilan bagʻriga bosgan yetimini endi jon-jonidan va chin koʻngildan duo etardi. Oradan kechgan oʻn bir yil vaqt uni et bilan tirnokday bolalarga bogʻlab qoʻydi, ularning oʻgayligini deyarli unutdi. Endi Alloh madadini tilagan gul yuzli farzandiga «menga oxiratda shafqatchi, shafoatchi boʻladi, degan ezgu umid bilan boqar,unga onalik muhabbati bilan bir navbatda alohida ma’naviy mehr ham koʻygandi.

Birozdan soʻng oʻgʻlidan xabar kelishi kerak. Tongda har kungiday alohida bir hayajon bilan yoʻlga chiqararkan, koʻlini oʻpgan bolasini:

Alloh madadkor boʻlsin, gunohkor onangni ham duo qilishni unutma, oʻgʻlim... — deb kuzatdi.

Jome’ liq toʻlgan. Odilbek oʻgʻlini koʻrib hayajonlanmaslik uchun ustun orqasida yashiringanday boʻlib oʻtiribdi. Bir zamonlar Erdolbekning soʻzlariga ishonib va aldanib Imom Xatib maktabiga berishni istamagan oʻgʻli toʻrt yillik tahsil mevasini koʻrsatishi, otasi uni aynan shu maktabga bergani uchun mamnun etishi keraq

Juma quniga maxsus azon aytib boʻlinganda minbarda sekin oyoqqa turgan oʻgʻlini koʻrishi bilan qoʻzlarida paydo boʻlgan ikki tomchi yoshni artishni lozim topmadi.

Xalq shunday oʻn olti, oʻn yetti yoshlilar oʻqigan xutbaga odatlandi. Necha yilki, endi din ilmini unutay deganida bahor chechagiday yigitlarni tinglash zavqu hayajonini tota boshladi.

Xutbaning arabcha qismini yoddan oʻqigan va turkcha qismiga kelgan Husayinning ovozi sekin-sekin koʻtarila boshladi. Koʻzlaridan yoshlari sizilib, vnjdonlari oldida tillari qisiq, boshlari ham boʻlganlarning boshlari koʻksilariga tagʻin ham enib borardi.

Turkcha qismini, siz hurmatli oʻquvchilar bilan birga tinglamoqni ravo koʻrdik:

Muharam musulmonlar! Xutbamiz moda haqida. Bu millatni moda balosi mahv etgan. Moda atalmish bexosiyat odatlar keltirgan baloyu gunoh dunyo va oxiratda bizga yetib, ortib ham qolur. Oilamiz islom odatlari bilan idora etilgan, odamlarimiz Allohsan koʻrqan, millatimizga otalarimizning odatu an’analari hokim boʻlgan zamonlarda rohatda ediq har sohada yoʻlimiz ochiq edi. Bugun yoʻllarimiz emas, ayollarimiz ochiq. Islom odatlariga emas, ingliz, fransuz va boshqalarning odatlariga, Rasulullohning amrlariga emas, Ovroʻpodagi kimligi noma’lum, qandaydir axloqsizning xohishiga boʻysunamiz. Ayni oʻrinda Paygʻambarimizning bir hadisi sharifini naql etish joiz. Marhamat qiladilarki: “Kim qaysi qavmga oʻxshasa, oʻshalardandir!»

Agar Rasulullohning amrlariga modaga ahamiyat berganimiz kabi munosabatda boʻlganimizda edi, koʻplab pokiza va haqiqiy musulmon kishilar yetishardi. Agar modaga ketgan isrof, faqiru fuqaroga xarjlansa, necha bagʻri yaraga malham, qancha koʻngli yarimga xursandchilik boʻlardi. Yilda bir necha bor oʻzguradigan modaga sarflangan xarajatlarning hisobi yoʻq, «Bu yil oq libos kiyiladi», deyildimi tamom... amr — amrdir. Kuchi yetgan-etmaganning ustida oq libos boʻlishi shart. «Bu yil oyoq kiyimlarning tovoni bir qarich boʻlarmish, liboslarning etagi tizzasidan bir qarich yuqori chiqarmish, sochlar falon shaklga kirarmish», deyilganidan soʻng past poshnali oyoq kiyim, etagi tizzani, oyoqni bekitadigan libos qidirib koʻring-chi. Modaga berilgani uchun oʻzini maymunday turli qoʻrinishga solgan qanchalab kishilarning aslida uyida yeyishga tuzuk-quruq taomi yoʻq...

Lekin biz ularki emas, modani boshlab beradigan boylarni aybdor deb bilamiz. Ilgari vaqtlarda toʻyga keta turib faqirlar oʻksinmasin deya ziynatlarini taqmagan, havaslanib, koʻngli tushmasin, ogʻrinmasin, xarajatga qiynalmasin deb hashamdor kiyinmagan olijanob insonlar boʻlgan ekan. Endi esa oʻzidan boshqani oʻylamaydigan, barcha fazilati choʻntagidagi puldangina iborat boʻlgan boylarimiz bor. Bugun har toʻy uchun alohida kiyim tiktirmasa uyaladigan, oʻn besh, yigirma bosh kiyimni kam deydigan ayollarimiz mavjud.

Butsdaylarga Rasulullohning qizida faqat bir bosh libosi boʻlganini eslating. Bugun ustiga kiyishi uchun eng oddiy libosni topishga ham qiynaladigan, «bir muruvvat sohibini yoʻlla, yo Rab», deya ingrab, iltijo qilayotgan qancha ayollar borligini eslating. Insonlik sharafi va fazilati boylarning kim oʻzarga kiyinishi, boʻylashib, bahslashishida emas, balki ochlarni toʻydirish, yalangʻochlarni kiyintirishda ekannni tushuntiring. Modaga sarf etnlayotgan har tiyinning Alloh huzurida hisobi, javobi borligini aqllariga joylang.

Janoblar, hikoya demang.matal-choʻpchak deb tinglamang, uyiga haftada goʻsht kirmagan, issiq shoʻrva ichmagan, toʻyib ovqatlanmaydigan qanchalab dindoshlarimiz bor... Biz qish kunlari issiq pech yonida iliqqina oʻtirar ekanmiz, quruq, sovuq qozonlariga koʻzyoshlari tomgan birodarlarimiz qancha?! Oʻylab koʻrsak, din va axloqiy jihatdan bizdan koʻp yuksak. Alloh huzurida bizdan sharafliroq qanchalab birodarlarimiz biz qorin toʻqligidan me’damiz bilan mashgʻul paytlarimiz ochliqdan qiynalayotgan boʻladilar.

Muhtaram musulmonlar!

Bilamizki, shunday boylarimiz borki, kunda yuzlab lira foyda koʻradilar, har kun goʻsht, yogʻ va asalga boʻkadilar, tagʻin hech narsaga erishmaganidan, xuzur topmaganidan, bir millioni ikki millionga chiqmaganidan shikoyat qilishadi. Bundaylardan muruvvat kutmaymiz. Faqat boy xotinlarining tirnoq boʻyogʻiga xarjlaganicha pul topish uchun eshikma-eshik yurib odamlarning kirlarini yuvishga majbur boʻlayotganlarni unutmaylik.

Ayrilishni istamaganimiz bu dunyodan yolgʻiz kafan bilan birga ayrilar ekanmiz, yonimizdan yaxshiliklarimiz, ibodatlarimizgina joy olishini, oxiratda bizga yeganlarimiz emas, yedirganlarimiz, kiyganlarimiz emas, kiydirganlarimiz foyda keltirishini unutmaylik.

Modomiki, el eshigida tilanchi emas ekanmiz, bunga shukrona oʻlaroq, un, oʻtin topolmagan, holini birovga arz etolmaganlarni yoʻqlamasak, yordam bermasak, Allohning soʻroqlariga qanday javob beramiz? Ertaga, qilgan isroflarimizning gunohlari qarshisida ter toʻkib, pushaymon boʻlmasdan burun oʻzimizga kelaylik, bu xil qashshoqlikning va isrofgarchilikning oldini olaylik.

Husayin xutbasini bitirganda, kishilarning koʻnglida uygʻongan toʻlqinlanish, yuraklarni toʻldirgan hayajon tuygʻulari bu xutbaning odamlarga juda yoqqanidan darak berardi. Ammo xutba tinglovchilarga yoqish uchungina emas, xalqqa ta’sir etish, ularni toʻgʻri yoʻlga boshlash uchun oʻqildi. Shu sababli xutbaning ta’sirini oʻsha kungi tilga tushish, Odilbekni doʻkoniga kelib tabriklab ketgan xesh, doʻstu aqraboning e’tibori bilangina oʻlchamoq toʻgʻri boʻlmasa kerak.

Bundan keyin yonida yarim yalangʻoch qizini yoki nabirasini tartnbga chaqiradiganlar boʻldimi yoki boʻladimi? Xotinini bezatilgan molday yotoq kiyimida namoyishga chiqargan erkaklar bu kimlarga taqlid ekanini tushunib, tushuntiradimi? Bu chirkin harakatlarga barham beriladimi? Yuzlaridagi or va nomus hissini chaplangan boʻyoqlar hamda upa-eliklar yoʻq qilib yubormaydimi? Davron yana eski davronligicha qolaayersa, u Kun uchun koʻzlardan tomgan ikki tomchi yosh bilan ikki tomchi suvning farqi qolarmikin?

Jome’ning imomi uni tabrikladi, bir oqsoqol nuro-iy chol quchoqlab, koʻzlaridan oʻpdi. Jome’dan chiqarkan Husayinning oyoq kiyimini qoʻyarda-qoʻymay toʻgʻrilagan oʻn sakkiz yoshli yigitning samimiyati-chi?!
— Men oʻqiyolmadim, hech boʻlmasa bitta oʻqiganning oyoq kiyimini toʻgʻrilash savobidan mahrum boʻlishni istamayman.

Bu oʻspirinni Husayin tanimaydi. Ammo Fotimaxonim uni uzoqdan boʻlsa-da koʻrganda edi, Ismoilning yosh chehrasi, gʻamgan nigohi uning koʻz oʻngida namoyon boʻlardi. Ha, bu yosh yigit oʻsha Ismoil edi. Qarshisidagi oʻzidan ikki yosh kichik Husayin bir zamonlar har yegan tayogʻidan soʻng koʻzlarini silab artgan Fotima opasining oʻgay oʻgʻli ekanini bilarmikan? Husayin bu samimiy, azamat yigitga ham oʻz onasi Fotimaxonim mehr-shafqat koʻrsatganini seza olarmikan? Hatto, Fotimaxonimdan koʻrgan mehriga shu yigit sabab boʻlganini kashf etishga imkon bormikin?

* * *

Otasi Ismoilni qabristondan topgan kundan e’tiboran uning hayoti yaxshilanishga yuz tuta boshladi, ammo bu bir yilgina — otasining vafotiga qadar davom etdi. Otasi ham onasiday bir uyum tuproqqa aylandi. Sanihaxonim, Ismoil va Salima qoldilar. Uyni idora etish mutlaq Sanihaxonimning hokimiyatiga oʻtdi.

Ismoil otasi topshirgan boshlangʻich maktabni amallab tugatgan boʻlsa-da, ota-onali bolalar uchun butunlay yot boʻlgan qiyinchiliklarga duch keldi. Bitta daftar uchun ham Sanihaxonimdan pul olishni istamaganidan Chorsuda teshikkulcha sotdi, bozordan qaytayotganlarning yuklarini uylarigacha eltib berdi. Shunday yoʻllar bilan tirikchilik qilishga kirishdi.

Maktabda har kun istaganini olib yeydigan boy bolalarining yonida ularday ovqatlanolmas, lekin uzun iztirobli hayot tajribasi oʻzini toʻq koʻrsatishga majbur etishi shunga oʻxshash turmush kechirganlarga ma’lum.

Tanaffuslarda oʻynab-kulayogan sinfdoshlari orasidan sekin sirgʻalib bir chetga chiqib, mahzuillgini koʻrsatmaslik uchun ularni tomosha qilganday boʻlar, aslida onasining qabri tomondan esayotgan shamoldan koʻksini toʻldirib nafas olar, koʻzlari yoshlanardi. Bu holni koʻrganlar nechun koʻzi yoshli ekanini, oʻyinlarga qatnashmayotganini soʻrashardi. Ismoilning koʻziga shamol tufayli tuproq kirganmish, shu sababli yoshlanibdi. Balki koʻrib chiqarish mumkindir». Ayni maqsaddauning koʻzlariga sinchiklab qaragan sinfdoshi qanchalik tikilmasin, koʻzida changdan nishon koʻrmasdi.

Ba’zan uni doim tomosha qilayotgan holda koʻrgan sinfdoshlari nechun oʻynamayotganini bilishni istardilar. Javob oddiy: «tomosha qilishni yaxshi koʻraman, oʻynamoqni xushlamayman». Ba’zan bir joʻrasi uni koʻlidan tutib bogʻchaning boshqa tarafiga olib oʻtardi. Buni qasddan qilmasdi. Shunchaki, aylanish uchun... Lekin Ismoilning bir pasda bogʻning avvalgi, oʻzi turgan tarafiga oʻtib qolganini bilmay qolardi. Qabriston tarafda laydo boʻlgan bulutlar unga gʻalati zavq bagʻishlar, lekin u bu gʻarib zavq tabiatini tushunolmasdi. Maktabdan qaytarkan, har kuni boʻlmasa-da, gʻamgin qunlarida «qabriston tomondan Chorsuga borish kulayroq ekan», deya aylanib ketgan bu boladagi nozik tuygʻularni anglaydigan bormidi? Tashqaridan yuzaki qaraganlarga koʻlida sumka koʻtarib maktabdan chiqqan, Tim tagidan oʻtib ketayotgan bir bola. Lekin u qabriston eshigiga yaqinlashishi bilan tomogʻiga tugilgan achchiq tuygʻularni, egik boshini, mushtdek, balki gʻunchadek yuragida qoʻzgʻalgan hayajon toʻlqinlariyu toshqinlarni va shularning barchasi bir boʻlib koʻksidan koʻtarilib kelayotgan yigʻini bosish uchun tishini tishiga koʻyib turishlarini anglaydigan kimsa bormi?

Uning bu holini koʻrguvchi, bnlguvchi yolgʻiz bir Borliq bor... Har kimning holini bilguvchi, hatto kimsaning oʻzi uchun-da maxfiy boʻlgan har narsadan xabardor Allohdir. Oʻzini bu holda koʻrsa, nimalarnidir sezadigan, uning dardiga hamdard bir inson bor yorugʻ dunyoda... Bu inson shu onda nimalar qilayotgan ekan, oʻzi qay holda ekan? Xabari yoʻq. Oradan shuncha yillar oʻtdi, balki u ham unutgandir? Yoki koʻrsa tanirmikin? Buni bilmaydi. Lekin Chorsuda, bozorda kezarkan har ayolga e’tibor berar, uni axtarar, qaysi mahallada, qay uyda ekanini bilishni istardi.

Bir kun teshikkulcha sotayotib bir deraza pardasi ortddan koʻzga chalingan bir bosh uning aqlini shoshirar darajada sevintirdi. Oʻsha kundan soʻng boshidagi teshik-kulcha solingan taxta bilan koʻchadan oʻtayotgan yuz-qoʻli kir kulchachining boshqa sayyoh sotuvchilar kabi baqirib-chaqirmasligi Fotimaxonimning diqqatini nega tortmadi? Eshik oldida oʻynab yurgan Odilaga teshikkulcha uzatganda olmadi. Balki bu onasi bergan tarbiya sababli, balki sotuvchining yuz-koʻli qoraligi tufaylidir.

Ismoil nechun oʻzini tanitishni istamadi, aksincha, yuz-koʻzini tanimas holga solib, oʻsha koʻchadan oʻtishni afzal koʻrdi? Buning sababi undagi gʻariblik, yolgʻizlik tuygʻusidir. Balki Fotimaxonimdan avvalgi mehrni koʻrmas... Bu uniumidsiz holga boshlardi. Balki tanisa ichkariga taklif etar, balki kirishini boshqalar istamas va u ham tez-tez kelishdan uyalar?! Holbuki, tanimasdan kelib-ketgan bu koʻchada unga ahamiyat bergan yoʻq. Yuz-koʻli kir bir kulchachi... Ha kelibdi, ha ketibdi, Kimning nima ishi bor?!

Uning irkitligini koʻrganlar kulcha yeyish maqsadidan darhol voz kechardilar. Uning esa parvoyi falak. Zotan, u bu taraflarga teshikkulcha sotgani kelayotgani yoʻq-ku... Uning yagona muddaosi deraza oldida oʻtirishini Xudodan yolvorgan bir kimsasining oldidan oʻtib, unga uzoqdan, ikki lahza boʻlsin boqmoq, unga yaqinlashgach esa bosh egib sekin-sekin uzoqlashmoqdir.

Uning eshigi oldida uymalashishga jasorati yoʻq. Goʻyo tanib, chaqirib qoladiganday. Uning eshigi oldida boshqa koʻchalarda baqirgani kabi baqirish yoʻq. Balki ovozini bir necha yil oldingi Ismoilning tovushiga oʻxshatib yuborar. Ammo qaygʻuga choʻmgan kechalari chiqib shundoq qabriston eshigigacha va oʻsha koʻchagacha kelish, bu kimsasiz koʻchada kezish, Fotimaxonim bosgan izlardan yurish, Fotimaxonimning oyogʻi tekkan ostona yonida turish, uyquga ketganida uyi oldida qorovullik qilish hollari yoʻq emas edi. Bunga kim nima derdi?! Bormi bunga monelik qilguvchi?!

Bir kun shu koʻchadan oʻtayotganda oʻzidan kichikroq bir bola tirgʻaldi. Fotimaxonimning qoʻshnisi boʻlgani uchun uni avf etdi.

Odilbekning doʻkonini bilib oldi. Koʻp vaqt u yerda «balki uyiga biror narsa berib yuborar», degan umidda aylanib yuradigan boʻldi. Keyin Fotimaxonim tanib qolishini oʻylab bu fikrdan voz kechdi. Boshlangʻich maktabni sinfda qolmasdan bitirdi. Ammo tirikchilik toʻrlariga bandi etilganidan bundan buyogʻnga oʻqiyolmasdi. Zero, oʻqishni davom ettirish uchun faqat istakning oʻzigina kifoya qilmasdi. Bunnng imkoni yoʻq edi. Na ota-onasi tiriladi, na Sanihaxonim tushunadi. Tushunsa ham oʻqitishni xohlashi gumon edi, Teshikkulcha bilan qorin toʻydirib boʻlmaydi, shuning uchun boshqa bir ish qilish kerak degan oʻyda edi.

Bir kosib qarindoshiga shogird tushdi, Uydagi ahvoli bilan solishtirganda, shogirdlik unga unchalik ogʻirlik qilmasdi. U yerdan tegadigan bir necha tiyin uning uchun muhim emas. Kasbni yaxshiroq oʻrganish uchun jon holatda tirishar, Sanihaxonimning osilgan qovogʻi, tund vajohatidan kutuladigan kunlarini xayol etib ishga kirishardi. Ustozi namoz oʻqshasa tayoq yeyishini, ish uchun urmasa ham namoz uchun urishini avvaldan ogohlantirgani sababli ibodatni kanda qilmas, ularda ota-onasini duo qilishni unutmasdi. Bu duolar ularga foyda keltirishini, onasining ruhi dunyoda qoldirgan yetimidan borgan hadya bilan sevinishini oʻylab, bir oz boʻlsada koʻngli rohatlanar edi. Ba’zan orttirgan bir necha chaqasi bilan bir faqirning koʻnglini olmoqqa chiqar, ota-onasi uchun duo qilishini soʻrardi.

Kunlar shunday oʻtardi. Jome’da Husayinning xutbasini eshitib iztirob cheqdi, havas qildi. Shunday boʻlmoqni qanchalar istagandi. Balki Fotimaxonimday bir onasi boʻlganda ana shu xutba oʻqigan oʻzi boʻlishi ham mumkin edi. Jamoat chiqkuncha kutdi. Husayin oyoq kiyimini olmoqchi boʻlganda Ismoil avvalroq harakat qilib, toʻgʻrilab qoʻydi. Bu oyoq kiyimlarga Fotima onasining ham qoʻllari tekkan boʻlishi mumkin. Zotan, uning oʻgʻli boʻlishining oʻzi yetarli edi. Unga qilingan xizmat, Fotimaxonimga qilingan xizmat demakdir.

* * *

Bolasiga yetarlicha mol-mulk qoldirgan, katta boylik toʻplagan ota oʻzi yaratishga mas’ul boʻlgan kelajakni ta’minlagan sanaladimi?

Insonning ruh va badandan paydo boʻlgan bir mavjudot ekanlngini qabul qilgan, uning faqat oddiy bir moddiy borliq emasligini tan olganlar bu savolga ha deb javob berishlari mumkin emas. Oqshom tushgach, hisobsiz mol-mulk ustida boyoʻgʻlidek tunaganlar bunga misoldir. Ammo bolasini qoldirgan moliga, undan ham muhimrogʻi shaxsiga, nafsiga hokim boʻladigan odob-axloqqa oʻrgatganlarga e’tiroz yoʻq. Bular zurriyotlari istiqbolini ta’minlash yoʻlida ilk qadam tashlaganlar, ularni borishlari zarur moʻljal, manzil sari yoʻllaganlar.

Farzandiga taom yeyish odobini oʻrgatish oʻrniga ovqatni oʻzi yedirib qoʻygan, velosiped haydashni oʻrgatish uchun goʻdagini velosipedga mindirib qiyaliqdan pastga qoʻyib yuborgan otaning harakatlari qanchalik xato boʻlsa, mulkni boshqarishni bilmagan bolasini boyligaga boshliq qilib qoʻyish ham shunchalik xatodir. Toʻgʻri, bola yiqilib-turib velosiped minishni oʻrganar, ammo u oʻrgangunicha velosipedning mingulik holi qolmaydi. Otasi qoldirgan boylikdan boshqa hech narsaga ega boʻlmaganlar xushlarini boshlariga toʻplashlari, qoʻllaridagini sochib-sovurmasliklari uchun yana bir boylikka extiyojmandlarki, bu boylik osongnna qoʻlga kirmaydi. Bu: «Yana kelin boʻlsam, roʻzgʻor tutishni oʻrganardim», — deb ikkinchi marta kelin boʻlishga koʻz tutgan tul xotinning holatini eslatadi.

Otaning farzandiga qoldirishi mumkin boʻlgan eng goʻzal, qimmatli merosi odob va tarbiyadir. Bu haqiqatni bilganlar, bolalarini urish oʻrniga adab xivichi bilan tartibga chaqirishadi, intizomga keltiradilar.

Fotimaxonim Husayin, Odila va Samihaga nima bera olishi mumkin? Otasidan qoladigan katta boyliknimi? Yoʻq. Undana otasidan qoladigan boylikka, na bunday boylikning insonga saodat keltirishiga ishonchi bor. Agar boylik saodat deyilsa, faqirlardan badbaxtroq kimsalar boʻlmasdi. Fotimaxonim ertaga ularni jamiyat oldida va Yaratgan huzurida uyalmaydigan darajada tarbiyalab yegashtirsa, eng qimmatli merosni qoldirgan boʻladi. Jamiyat avlodiga, farzandiga mol-mulq boylik qoldirganlarni muborakbod etmaydi. Lekin ularni odob-axloqsiz, vijdonsiz qilib yetishtirsa, tanqid va tahqir etadi.

Fotimaxonim shunisiga ishonadi. Ishongani uchun oʻgʻlini haqiqiy oʻgʻil bola, haqiqiy farzand, qizlarini ota-onasiga gap tekkizmaydigan tarzda oʻstirish, tarbiyalash yoʻlidan boradi. Bu oson yoʻl emas. Aks holda, hammaning bolasi ham haqiqiy farzand boʻlib yetishardi. Hamma ham qoshiq yasay oladi, ammo faqat ustasigina uning sopini qoq oʻrtasidan chiqarishga qodir.

Barcha ayollar ham Fotimaxonim kabi farzand tarbiyalashning, uni iftixor qilingudek bir tarbiyaga sohib qila olishning lozimligiga ishonmaydi. Bir ona bolasi och qolsa kasallanishi va oxir-oqibat nobud boʻlishiga ishonadi. Shu ishonch tufayli har kech, har saxar uyqudan qolib unga koʻkrak tutadi. Issiq toʻshagini tark ettiradigan, uyqudan koʻz ocholmaydigan, uyqudan totli narsa boʻlmagan paytlarda koʻz ochdiradigan bir tuygʻu va ishonch bor — bu shafqat, «agar emizmasam bolam qiynaladi», degan ishonch. Bu his, shu tuygʻu onani issiqni-issiq, sovuqni-sovuq demasdan bola xizmatiga yoʻllaydi. Fotimaxonimning fikricha, beshikdagi bola sutga qanday ehtiyojmand boʻlsa, beshikdan turgach tarbiyaga ham shunday ehtiyoji bordir.

Tarbiya hech kimga hech qachon zarar keltirmaydi. Kesilgan daraxt mehmonxonaga kiritilmaydi.

U daraxt maxsus dastgohlarda qayta ishlanib, jihoz shaklida mehmonxonaga kirishi mumkin. Tarbiya hatto hayvonga ta’sir koʻrsatar ekan, nechun u insonni farishtaga yaqinlashtirib, ulardan ham yuksak maqomlarga koʻtarmasin?!

Fotimaxonim tarbiyaning ahamiyatiga qisqacha shunday izoh beradi. Shuning uchun bolalarining dars tayyorlashidan tortib, to yaxshi axloq sohiblari boʻlgunga qadar qoʻlidan kelganicha gʻayrat qilishiga shubha yoʻq. Masalan, Husayin «tayyorlaydigan darsim qolmadi», deb oʻyinga berilganda shunday derdi:
— Otang doʻkonni ochib, uch soat ishlab keyin yopib, aylanib yursa, boʻladimi?
— Ona, doʻkon ham yopiladimi?
— Nega yopilmas ekan?! Axir uch soat ichida oʻsha kun tirikchiligiga yetgulik pul ishlash mumknn.
— Mumkin, ammo bu bilan ish bitmaydi. Ertaga chiqadigan qoʻshimcha ehtiyojlar yoxud dam olish kunlaridagi xarajatlar uchun ham ishlash kerak-ku.

Barakalla, sen ham ertaga bir musulmon muhtoj boʻladigan bilimga hozirdan tayyorlan. Bir musulmon uchun bugunga qadar olgan bilimlaring yetib-etmasligini oʻylab koʻr. Bilim insonga foydadan boshqa narsa emas. Oʻgʻlim, oʻynamoq har kimning qoʻlidan keladi, ammo oʻtirib Allohning qullariga Allohga eltguvchi yulni koʻrsatish niyati bilan harakat qilmoq har kim bajara oladigan ish emas. Inson qancha harakat qilsa, barakati ham shuncha, — deb Husayinni dars tayyorlashga oʻtqizardi.

Boshqa kun doʻkonlardagi shogirdlarni misol keltiradi. Ularning ertadan-kechgacha tinmasliklarini, hatto ba’zan ovqatlanishga ham vaqt topolmasliklarini, ularning ham onalarining jondek bolasi ekanini, undan ortiq, yo kam joyi yoʻqligini aytib, ular qanday harakat qilsalar, talaba ham shunday qilishi kerakligini uqdiradi.

Husayin onasining tashviqi bilan darslarni sinfdoshlariga qaraganda yaxshiroq oʻzlashtirdi. Maktab darslari tugashi bilan maslagiga aloqador kitoblar oʻqir, ba’zi narsalarni daftariga qayd etib qoʻyar, onasi aytganiday bundan doim foydalanardi. Ba’zan bir sinfdoshi darsga emas, maslagiga aloqador savol berib sinfdoshlari javob berolmasa, bilganlarini aytar yoki shu savolga daxldor kitoblarni tavsiya qilardi. Boshqa oʻrtoqlari kabi dars tugar-tugamas oʻyinga chopmas, oʻqir, darsda javob berish uchun emas, Alloh rizosi uchun, Alloh qullariga yordamchi boʻlayin deb oʻqirdi. Uyining supurib-sidirilishini Alloh rizosiga bogʻlagan, bundan daftariga savob bitilishini umid qilgan samimiy onaning oʻgʻli boʻlish shuni taqozo etmaydimi? Bir kun onasidan soʻradi:
— Ona, uy supurish ham Alloh rizosiga bogʻliqmi? Hamma narsa Alloh rizosi bilan izohlanadimi?
— Oʻgʻlim, Alloh pokiza boʻlganlarni sevadi. Tozalikni amr etganini tushunib, uyni supurish nega uning rizoligiga sabab boʻlmasin?! — deb javob berdi va Husayin qanoatlandi.

* * *

Fotimaxonimning Samiha va Odilaga munosabatini: biri haqiqiy, biri oʻgay boʻlgan, faqat har ikkisi ham oʻzini haqiqiy hisoblagan ikki opa-singil va bir ona deb tasvirlash mumkin. Ular hamma bolalardan farq qilishmasdi va Fotimaxonim ham ba’zan yaxshi, ba’zan talabchan boʻlardi. Bolalari orasida raqobat paydo boʻlmasligi uchun qilni qirq yorgandek noziklik va ehtiyotkorlik bilan adolatli muomala yuritardi. Bu adolatli muomala tufayli hech birining xayoliga «onam meni boshqalardan kamroq yoki ziyodaroq yaxshi koʻradi», — degan oʻy kelmaydi. Agar kimningdir qalbida shubha tugʻilsa, bunga sabab Odilaning koʻzlari boshqacharoq, Samihaning koʻzlari esa Fotimaxonimning koʻzlariga oʻxshashligi boʻlishi mumkin, holos. Ularning maktabga borib-kelishlari ham Husayinga oʻxshash tartib-intizom ichida kechdi. Sinfdoshlariga oʻrnak boʻladigan toza qiyofada oʻqishlarini davom etgirdilar.

Bu uyda ikki qizdan biriga olingan kiyimdan boshqasiniki aslo ortiq yoki kam boʻlmasligiga qattiq e’tibor qilinardi, hech qachon «Samiha kichikroq-ku, unga mana buni olaqolaylik», — deganga oʻxshash ayirmachiliklarga yoʻl qoʻyilmasdi. Hatto Fotimaxonim qizlariga koʻylak tikishni bir kunda boshlab, bir kunda tugatardi. Hech qachon oldin birini bitirib, soʻng ikkinchisini boshlamasdi.

Bu uyda kiyimlari bir xil boʻlgan opa-singil bor. Opa-singilning ahil yashashlari uchun har qanday sharoit mavjud, aksiga xizmat qilishi mumkin boʻlgan narsa esa yoʻq.

Agar Fotimaxonimdek onalari boʻlmaganda ular shu qadar osonlik bilan ahil yashay olarmidilar? Fotimaxonimdan boshqasi uydagi oʻgaylik masalasini shu xilda bildirmasdan hal etishi mumkinmidi?

Fotimaxonimni hamma qatori oddiy bir banda, uning ishlari ham bir inson qiladigan ish, deb qaralsa, boshqa har qanday ayol ham aqlini ishlatib, irodasiga hokim boʻlib, Alloh roziligi yoʻlida uningdek boʻla olishiga shubha bormi? Inson vijdonsiz boʻla olganideq agar xohlasa vijdonli ham boʻlishi mumkin. Yomon ish qilganidek, yaxshi ish bajarishi ham mumkin. Irodasiga qul boʻlganidek, hokim ham boʻla oladi. Qisqasi, bir oʻgay onaning yetimlarga yomonlik qilganchalik yaxshilik qilishga ham kuchi yetadi. Yaxshi oʻgay ona boʻlish uchun na osmondan tushishning, na zamzamda yuvinishning hojati bor. Ammo biron ayol ahdidan koʻra hislariga tobe boʻlsa, vijdon azobiga tushiradigan gunoh qilishini hisobga olmaydi.

Oʻz farzandini kechirgan ona, yetim bolasini avf etishga qodir emasmi? Farzandini bagʻriga bosgan ayol onaligini isbot etsa, yetimni bagʻriga bosgan ona iksonligini isbot etgan boʻlur. Onalik yuksak tushuncha. Xuddi uning kabi yaratilish paytidayoq fe’liga singdirnlgan marhamat hisobiga u bilan onalik martabasida teng mavqeda turuvchi sanoqsiz maxluqotu mavjudotlar bor, Yetimni bagʻriga bosish esa ulardan farqimizni — insonlikni isbotlash demakdir. Bu martabada insonga tenglashadigan boshqa mavjudot yoʻq.

Hatto farishtalar undan pastda, ta’zim etgan holdadirlar. Yaratilganlarning eng sharaflisi insondir. Insondan boshqa barcha maxluqlar ham oʻz bolasini bagʻriga bosishda insonga tenglashishi mumkin. Lekin oʻz bolasidan boshqasini shafqat va marhamat bilan kucha olish faqat nnsonga xosdir. Har qanday ayol ona boʻlishi mumkin, ammo ularning hammasi ham yaxshi oʻgay ona boʻlolmaydi. Chunki baland togʻning eng yuksak choʻqqisiga chiqish hammaning ham qoʻlidan keladigan ish emas. Ona oʻgʻil-qizidan hurmat koʻrishi tabiiy, u bunga haqlidir. Yaxshi oʻgay onani hurmat qilish esa uni bilgan har bir kishining vazifasidir. Onalik shafqati insondagi ochlik, chanqashga oʻxshash tabiiy hol. Bolasiga shafqatsiz hayvon ham deyarli yoʻq. Oʻgay onalik esa irodani ishlatish natijasidir. Axloq 6u irodani yaxshi va yomon tomonga qoʻllash uchun xizmat qiladi. Ayol faqat ona boʻlganligi uchun jannatga kirishiga aql bovar qilmaydi. Qanday ona boʻlganiga qarab va, ayniqsa, yetimni oʻz bolasiday koʻrgani uchun jannatda paygʻambarlar bilan bir qoʻlning yonma-yon ikki barmogʻichalik yaqinlikda qoʻshni boʻlishi haqida esa mujdalar bor. Fotimaxonim Samihaga nisbatan qanday ona boʻlsa, Husayin va Odilaga nisbatan ham shunday ona ekanini va inson ekanini isbot qilaolgan. Oʻn toʻqqiz yoshidagi qarorida qat’iy turdi, yillar davomida qiyinchiliklarga qarshi jasorat koʻrsatdi. Uning uchun bu bolalarga yaxshi muomala qilish oson, aksincha, yomon muomalada boʻlish qiyin. Uning fikricha, oqibatda yaxshilik keltiruvchi qiyinchilik zahmat sanalmaydi. Bu dunyoda xayrli ishlar uchun chekilgan barcha zahmatlar soʻnggi nafas bilan barham topadi. Yetimlarga soya boʻlganlar u Kun soyada boʻladilar. Yetimlar soya boʻladilar. Onalarining najotlariga sabab boʻladilar. Fotimaxonim izlagan narsa mana shudir.

Husayin Imom Xatib maktabini yetti sinfini yaxshi bitirdi.

Bir kun Fotimaxonim Xusayinni yoniga oʻtqizdi. Uning nima toʻgʻrisidadir maxsus gaplashmoqchi ekanligi yaqqol sezilib turardi. Odila va Samiha bogʻda edi.
— Oʻgʻlim, bugun sen bilan Odila va Samixa eshitishini istamaganim bir masalani gaplashamiz.
— Gaplashaylik ona, marhamat.

Fotimaxonim dona-dona qilib soʻz boshladi:
— Bu yil oʻn toʻqqizga kirayapsan, oʻgʻlim. Bolaliging ortda qoldi. Endi azamat bir yigit boʻlding. Past-balandni oʻrganding, yaxshini yomondan ajratadigan boʻlding. Endi bir haqiqatni bilishingni istayman. Yillar davomida bu haqiqatni sendan, Odiladan va Samihadan maxfiy tutdim, yashirib keldim. Menimcha, bunday qilinishida foyda bor edi. Bugun esa bu haqqatning ochilishida foyda bor deb uylayman va shuning uchun ham aytmoqchiman.

Husayin tashvishlanib tinglardi. Fotimaxonim davom etdi:

Bundan ancha yillar avval boʻlib oʻtgan ikki hrdisani eslaysanmi, yoʻqmi, bilmadim. Bir kuni: Bir ayol menga yetimligimni, onamning oti Xayriya ekanligini aytdi», — deganding. Undan koʻzing mening koʻzimga oʻxshamasligini eshitgan ekansan. Oʻsha kun otangdan mening ikkinchn ismim Xayriya ekanini bilganding va masala hal boʻlgandi. Bir gal: «Samihaning koʻzlari boshqacha, biznikiga oʻxshamaydi», — deganingda, men senga otangning sochlarining bir qismi qora, bir qismi oqligini koʻrsatgandim. Bularni eslaysanmi?
— Biroz eslaganday boʻlyapman, ona.
— Eslayolmasliging ham mumkin. Ammo bilishing lozim boʻlgani shulki, oʻsha ayoldan eshitganing, har qun holam deb haqqiga duo qilganing Xayriyaxonim sening va Odilaning haqiqiy, oʻzingizningonalaringizdir. Vafot etganiga oʻn toʻrt yilga yaqin vaqt oʻtdi. Men esa sizning oʻgay onangizman, bolam.

Xusayin gʻalati boʻlib ketdi. Koʻz oʻngida yuz-koʻzi oʻzinikiga oʻxshash ayol paydo boʻlganday boʻldi. Faqat boshlangʻich maktabdagi snnfdoshi yetim Yilmaz xayolida undan aniqroq gavdalandi. Demak, oʻzi ham unga oʻxshash. Lekin uning yetimligi bilan oʻzining yetimligi orasida qanday bogʻliqlik boʻlishi mumkin? Farq esa yer bilan osmoncha. Aytgani ikki boʻlgani yoʻq. Yilmaz chekkan jafolar esa, eh-he... Nimasi oʻxshash buning?! Uning onasidagi insoniylikdan uzoq fe’l bilan oʻz onasining farishtalarga yaqin sifatlari orasida togʻlarcha masofa bor.
— Ona, hazillashmayapsizmi?

Nega xazillashay, oʻgʻlim?!

— Ammo, bizning nimamiz yetimga oʻxshaydi? Samihaning nimasi oʻzingiznikiyu, bizning qayerimiz oʻgay?! Oʻgay boʻlsak shuncha vaqtdan beri bilinmasmidi?! Sizning ismingizXayriya emasmi?
— Mening asosiy ismim Xayriya emas, oʻgʻlim. Bu uyga kelgach, onangni Xayriya ekanini eshitsang, hayronu xafa boʻlmagin deb oʻzimga Xayriya degan ikkinchi ismni oldim. Sizning oʻgaylarday oʻsmaganligingizga kelsak, otangga turmushga chiqishimning asosiy sababi sizning yetimga oʻxshamasligingizni, yaxshi unib-ulgʻayishingizni ta’minlash edi. Yillar davomida sizni oʻz zurriyotim sifatida bagʻrimga bosish, sizga yetimliklaringizni sezdirmaslik uchun koʻlimdan kelganini qildim. Agar oʻzim bexabar qusurlarim boʻlsa, Alloh kechirsin, sen ham menga buni anglashim uchun yordam ber, qoʻzichogʻim.

Husayinning qoʻzlari yoshlandi, Bu onaning oʻgay emas, oʻz onasi boʻlishini shu qadar istardiki...

Endi nima boʻladi, ona? Bundan keyin biz oʻgay boʻlamizmi?
— Nega oʻgay boʻlasizlar, oʻgʻlim? Bugungacha sen oʻzimning oʻgʻlim eding, bundan buyogʻiga ham shunday boʻladi. Odila bugunga qadar oʻz qizim edi, qizim boʻlib qolaveradi. Bugun ushbu sirni xaqiqiy onasini tanisin va uning haqqiga duo kdlsin deb ochdim. Butungacha ushbu vazifani men bajarib keldim. Uning haqiga har kun tilovat qildim, duo oʻqndim. Istagim, bugundan boshlab sen ham shunday qilsang.

Fotimaxonim bir-ikki lahza nafas rostlab, yana davom etdi:

Bugunga qadar buni bilishingizdan biron-bir foyda yoʻq edi. Boʻyni egik, koʻngli siniq bir yetim sifatida ulgʻayar edingiz. Balki meni ona deb atamasmidingiz?! Xullas, bundan yutqizadigan faqat siz edingiz. Shu sababdan bugunga qadar bu sirni sizlarga ochmagandim. Odila yana bir necha Yil bu sirdan voqif boʻlmay turgani ma’qul. Sen ham bu hakda unga hech nima demay tur! Hozircha buning payti emas. Uning bilishidan hech qanday foyda yoʻq. Mana, senga soʻzlashni xohlaganlarim shulardan iborat, oʻgʻlim. Onangni tani va unnng uchun tilovat qil.

Xusayin ta’rif etish mushkul bir ahvolda qoldi. Demak, qarshisidagi yillar boʻyi oʻzlarini gul kabi yetishtirgan, balki istalgan bir haqiqiy onadan koʻra ancha-muncha koʻproq mehr koʻrsatgan bu xotin oʻgay edi. Aqlini taniganidan beri yashab oʻtgan hayotini koʻz oldida jonlantirdi. Masalan: Samihaning Odiladan farqli tutilgan biron hodisani eslamoqchi boʻldi. Muomalalardan biron-bir belgi axtardi, faqat bular hech bir naf bermadi. Mana ishonish mumkin boʻlmagan ikki xulosa: Yo bu xabar xato boʻlishi kerak yoki shuncha yillik oʻgaylik davrida oʻzni oʻgaydan ayirgan, soxta va yasama harakatlar topilishi darkor. Na unisi, na bunisi. Oʻrtada bir vijdon bor edi va bu vijdonga hech bir boʻyab-bejashsiz oliy darajadagi onalik mehri, tarbiyasi koʻrsatilgani ma’lum zdi. Husayin oʻrtadagi munosabatlarda biron-bir soxtalik boʻlganligini ayta olishi uchun yolgʻon soʻzlashi lozim. Oʻgay ekanligini bugun aytgan onaning istalgan kimsaning onasidan koʻra xurmatga loyiqroq ekanligini juda yaxshi tushunar edi. Oʻz bolasining oʻqishi, yomonlar bilan doʻst boʻlmasligi, odamlar orasida uyalmasligi uchun qay ona bu qadar gʻayrat qilardi?! Qaysi onaning qoʻlidan kelardi bu ish?! Agar koʻllaridan kelsa, hammasining farzandi ham tarbiyali boʻlmasmidi?!

Oʻsha kuni doʻkonga borganda otasi undan onasi bilan ba’zi narsalarni gaplashgan-gaplashmaganini soʻradi. Xusayin bor gapni aytib berdi. Soʻng aqliga kelgan bir savolni berdi:

Xoʻsh, onam bilan marhum onamning qarindoshligi bormidi?
— Yoʻq, oʻgʻlim.
— Tanirmidi?
— Bilmadim. Bilganim shuki, koʻpchilik oʻz opa-singillarining yetimlariga ham bunchalik qaray olmaydi. Koʻpincha sizni urmoqchi boʻlganimda, sizni himoya qnlib, meni uyaltirgan. Sizlarga mendan koʻra mehrnbonroq boʻldi. Men sabr qilolmagan, sabrim yetmagan paytlarda u sabr qildi. Xasta boʻlganingizda mendan koʻproq kuyundi. Sizlardan shikoyat qilganini eslolmayman. Yaxshiligini yuzga solmadi. Bugungi holga kelishingga, Imom Xatib maktabida oʻqishingga sabab boʻlgan ham udir. Oʻlgan onang seni tugʻdi, sutini emding, ammo seni shunchalar tarbiya qila olarmidi, yoʻqmi, bunisini bilolmayman.

Odilbek qancha yillar davomida insoniylik va muruvvatdan boshqa harakatiga shohid boʻlmagan Fotimaxonimning bir vaqtlar Qur’oni Karim oʻqimoqni oʻrgatganini aytganida Husayinning koʻz oldida bu nurli siymo yuksalib, haqiqin onalarning yaxshi jihatlari mujassam boʻlgan sharaf tojini kiyardi.

Asr namozini birga oʻqigach, Odilbek oʻgʻliga onasining qabrini ziyorat qilishlarini aytdi va yoʻlga tushdilar. Qabriston eshigidan kirisharkan mahzun qiyofali bir askarning chiqayotgakini va salom berib uzoqlashganini koʻrishdi. Husayin bu askarni taniganday boʻldi. Keyin xutba oʻqigan juma quni oyoq kiyimini olib kelib toʻgʻrilab qoʻygan yigitni esladi. Oradan toʻr? yil oʻtgandi, shu paytgacha uchrashib qolishganlarida soʻrashib-salomlashib oʻtishardi. Demak, askar boʻlibdi.

Husayin onasining mozoridan gʻamgin holda ketmadi deyish insofsizlik boʻlar edi. Toʻgʻri, Fotimaxonim oʻziga munosib onalik qildi, ammo oʻz onasining loaqal yuzini xotirlashni naqadar istardi. Zehni shu oʻylar bilan bir muddat mashgʻul boʻldi. Unnng koʻzlari namlandi. Qaygʻurnshning marhumga foydasi yoʻqligini, unga rahmat tilash ma’yuslikdan, gʻussadan foydaliroq ekanini oʻyladi.

* * *

Oliy Islom Ma’hadiga imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan Husayin ketishi bilan uyda ikki qizidan boshqa hech kimi qolmagan Fotimaxonim bir tarafdan oʻgʻlini sogʻinsa, ikkinchi tarafdan uning oʻzi istagan oʻqishga kirganini oʻylab ovunardi. Oʻgʻli yonida boʻlib, tahsnl chala-yarim qolsa, bu ham yaxshi emas. Faqat chidash qiyin boʻlgan ayriliq. Ammo bu ham muammo emas. U bunday qiyinchiliklarning ozmunchasiga bardosh etmaganmi-di?! Ora-sira maktublari kelib turardi. Otasiga yozgan xatlaridan tashqari onasiga ham alohida maktub yozib ahvolini va duo qilishini soʻrardi. Mana bu maktub ketganidan ikki oy oʻtgandan soʻng kelgandi:

Sevimli onajonim!

Kecha asrdan soʻng choyxonadachoy ichay dedim. Choyxonachining yordamchisi choy keltirdi va choʻntagidan bir xat chiqarib, «shuni oʻqib bersangiz, eshitsam»,—dedi. Oʻqidim. Tugagach, maktabga nega bormaganini soʻradim. U oh tortdi:
— Ular yubordilaru, men qochdimmi, birodar, — dedi. Soʻngra tushuntira boshladi. Oʻgay ona qoʻlida oʻsibdi. Undan ona sifatida uch narsa koʻrdim deydi: tundliq yomon soʻz, tayoq...
— Bu uchalasidan ortiq biron naraa koʻrdim desam, yolgʻon boʻladi. U koʻzlari yoshlanganini yashirish uchun derazadan tashqariga qaradi. Men devordagya rasmlarga qaragan boʻldim.

Aytishicha, otasi asabiy odammish. «Har oqshom dasturxon atrofiga yigʻilganimizda oʻgay onam:
— Bugun badbaxt oʻgʻil u ishni qildi, bu ishni qilmadi, — deb toʻkib solardi. Otam:
— Xonim, besh daqiqa sabr et, bola ovqat-povqatini yeb olsin, soʻng xohlaganingday uraman, —desa:

Men uring demayapman, faqat qilganini aytayapman, holos. Qancha majburlasam ham toʻxtatolmadim, mana oʻzining yuzi, — deb meni koʻrsatdi. Men endi ikki barobar tayoq yeyishimni ismimni bilganday aniq bilib, indamadim. Otam:
— Xonim, asabimga tegʻma, jahlimni qoʻzgʻama! Qonimni qaynatsang, sening bolang ham xaqqini oladi. Bu ayb qnladi-yu, seniki tinch turadimi? Sening bolang osmondan tushganmi? Qaysi kun oʻgʻlingning xatosini aytding? Hudodan qoʻrqmaysanmi?
— Mening farishta oʻgʻlim nima qildi? Yashiriladigan aybi bormi uning? Yo tuxmat qilayinmi bolamga?
— Xoʻp, meniki har kun ayb qiladimi? Hech toʻgʻri ishi yoʻqmi bechoraning? Bir kun boʻlsa ham qoʻnglim uchun yaxshi bir ish qildi desang, nima qiladi? — deya yolvorsa ham oʻgay onamning men haqnmdagi yaxshi gapni otam hech eshitmadi.
— Har qun shu! Yolgʻon gapiraymi? Qilganini qilmadi deymi?

Otam dasturxondan koʻl tortib turadi:

Har kun tayoq yeb toʻymadingmi, aqling kirmadimi! Yetar endi! — deb rosa uradi. Soʻng onamga tashlanadi.
— Bu yetim bola sen tufayli shuncha tayoq yedi. Men buning javobini qanday beraman, — deb mendan ikki barobar koʻproq uni ham uradi. Keyin:
— Endi yumshadingiz. Oʻtiringlar, — deb bizni dasturxon atrofiga oʻtqizadi. Koʻzyoshlari bilan yemagan ovqatimizni yednradi. Oʻgay onamning yuzlari gezarib ketgan. Ora-sira menga qarab Qoʻyadi. Bu ertaga senga koʻrsatib koʻyaman degani. Haqiqatan koʻrsatadi. Otam boʻlmaganida:
— Razil bola, sen tufayli kaltak yedim, — deb ustimga bostirib keladi. Ushlab olsa, toʻyguncha uradi.

Mana, uka, senga bir oqshom voqeasini aytdim. Bu har oqshom davom etishini aysam senga gʻalati tuyulishi mumkin, balki ishonmassan, Ammo bularning hammasi mening boshimdan oʻtgan... Otam yoʻq paytlarda ovqatlanishga oʻtiramiz. Oʻgay onam, oʻgay ukam va men. Agar ovqatda mening oddimdan goʻsht boʻlagi chiqib qolsa, u zudlik bilan ukamning oldiga surib qoʻyiladi. Uyda biron tansiqroq taom tayyorlansa, ovqat pishar mahali meni uni keltir, buni keltir deb yugurtirardi. Ishlar bitgach, dasturxon boshiga kelib ukamdan qolgan ovqatnigina koʻrardim. Ba’zan ukam ga xitoban:

Ol koʻzichogʻim, sen ham hamma qatori yeyaver, qorning ochqab ketganini koʻrib turibman,—deredi. «Hamma» men ekanligimni bilib turardim.

Bir kuni otamningu bilan gaplashayotganini eshitib qoldim. Gap mening oʻqishim xususida edi, Oʻgan onam ming bir bahona keltirib otamni bundan qaytarishga urinardi. Oqbatda meni maktabga bermadilar.

Bir kuni holam menga bir-ikki narsalarni oʻrgatdi. «Bularni hech kim yoʻq payti otangga ayt, mening aytganligimni unga bildirma», — dedi. Rozi boʻldim. Bir kun otam bilan boqqa ketayotgandik. Otam gaplashmasdi, boshini yerga osiltirgancha vazmin yurib borardi. «Ayni vaqti», — deb oʻyladim:
— Ota.

U menga oʻgirildi:
— Nima deysan, oʻgʻlim.
— Jaxlingiz chiqmasa, sizga bir gap aytardim.
— Ayt, jahlim chiqmaydi.
— Onam boʻlsaydi, men sen uchun bir gul misoli xushboʻy taratardim. Hozir esa tikanman, senga botib turaman, toʻgʻrimi?

Otamning koʻzlarini yosh qopladi. Meni quchoqladi, bagʻriga bosdi, hidladi va hiqillab yigʻlay boshladi. Bir muddat shunday turganidan sung:

Toychogʻim, kurib turibsan-ku, sendan koʻproq uni doʻpposlayman. Toʻgʻri aytding, ammo ne qilay, kuchim yetmayapti,—dedi.

Men yana holam oʻrgatganidek:
— Menga kuchingiz yetadi-ku, ota, — dedim.

Bu soʻzlar otamga qattiq ta’sir qildi, Bu gaplarni kim oʻrgatganini soʻradi, aytmadim.

Oʻsha kundan keyin otamning menga nisbatan muomalasi oʻzgardi. Onam chaqsa, avvalgidek sapchib turib urmaydigan, faqat doʻq-poʻpisa bilan, nasihat bilan kifoyalanadigan boʻldi:
— Boshqa bunday qila koʻrma, abjagʻingni chiqaraman, bola...

Oʻgay onam otamdagi bu oʻzgarishni koʻrardi, faqat sababini bilmasdi. Menga ba’zan «oʻgʻlim, bolam» deb, ba’zan yeguliklar berib avrasa ham bunga muvaffaq boʻlolmadi.

Saodatli hayotim ikki yilcha davom etdi. Saodatli kunlar deganim, ota-onasi bor bola uchun tikanlar ustida yotish bilan teng. Ikki yildan soʻng — otam vafot etgach, ahvol oʻzgardi. Boshimda qora bulutlar aylana boshlagach, qochdim. Mana shu yerda xizmat qilyapman...»

Mening bir dona onam, bularni tinglagach, qadringizga koʻproq yetadigan boʻlayapman, sizni yanada koʻproq yaxshi koʻrib qolyapman. Qaysi bolaning oʻz onasi sizning menga koʻrsatgan yaxshiligingizni koʻrsata oladi?! Bu yerda talabalar oʻz ota-onalaridan oyda-yilda bitta maktub olishadi. Holbuki mening onajonim oʻz qoʻllari bilan bitilgan maktubni har hafta joʻnatadilar. Maktubni olib yuz-koʻzlarimga suraman, «farishtasifat onamning qoʻllari tekkan, buyozuvni nurli barmoqlari yozgan»,—deb toʻyib-toʻyib hidlayman.

Boshingizni ogʻritmadimmi? Kamchiligimga e’tibor bermang. Sizga uzun xat yozmasam, koʻnglim tinchlanmaydi. Yozarkanman, yoningizda oʻtirganday, yuzlaringizga toʻyib qarayotganday tuyulaman. Besh daqiqa boʻlsin sizni yonimda his etmoq uchun, maktubni choʻzib yuborganim uchun meni avf eting. Toʻyib-toʻyib qoʻllaringizni oʻpish umidi bilan, sizga sogʻinchli salomlar yoʻllayman.

Oʻglingiz Husayin.

Husayinning maktubiga Fotimaxonimning shaxsan oʻzi javoblar bitardi. Javoblarida Turkiyada bironta musulmon odam qolmaganda ham yolgʻiz oʻzi bu ehtiyojni qarshilay oladigan darajada bilimli, yangi musulmon boʻlgan bir odamga «mana sen oʻrnak oladigan musulmon», deya koʻrsatadigan darajada axloqli, ilmiga amal qilgan-qilmagani soʻralganda uyalmaydigan darajada ibodatga bogʻliq boʻlishga undardi. Yoshligini qanday kechirgani toʻgʻrisida Allohga hisob berishini unutmasligini, agar yoshlik gʻayri shar’iy yoʻllarga undasa, u tarafga bir qadam qoʻya koʻrmasligini aytib, ogohlantirishni ham unutmaodi.

Husayinning hayoti Choʻrumda — ota-onasi huzurida qanday kechgan boʻlsa, ularning nazoratidan uzoq Istambulda ham shunday davom etardi. U yerda ham odob-axloqini muhofaza etar, darsdan boshqa narsalarga chalgʻimasdi. Chunki u oʻz maslagidan kelib chiqib birinchi navbatda Alloh rizosi uchun, Allohning diniga yordam bermoq uchun harakat qilardi. Ibodatini oʻzgalar koʻrsin deb emas, Uning rizosini qozonmoq uchun, tark etgan yomonligini odamlar yomonlashidan chekinish uchun emas, Kun kelib Alloh huzurida javob berish uchun, har neni koʻrguvchi, eshitguvchi, bilguvchi Allohdan qoʻrqqani uchun yomonliklarni tark etdi. Alloh qilma degan ishni qilmasligiga sabab odamlarga yaxshi koʻrinish emas, Uning amrini ado etish shartligini, farzligini bilgani uchundir. Bunday fikr va ishonchdagi insonga nazorat shart emas.

Ikkinchi kursga oʻtganida kelgan bir maktubda Odnlaning Ismoil ismli bir yigit tarafidan soʻralgani, bola yetim oʻsgani, kosiblik qilayotgani eslatilib, axloqi haqida «yomon emas» deyilgandi. Husayin bu ish koʻproq ota-onasi va Odila orasida hal etilishi, agar axloqi yaxshi boʻlsa, berilishi uchun jiddiy toʻsiq yoʻqligini bildirdi.

* * *

Fotimaxonim Ismoilni unutgan edimi? Bir soʻz bilan aysak, yoʻq. Unutgan emas. Ora-sira onasinikiga borgan-da, neish bilan mashgʻulligini surishtirar va uni duolar qilardi. Bugun oʻz farzandiday yetishtirgan ikki yetimiga qandaydir xizmat qilolgan boʻlsa, agar Alloh rizosi yoʻlida bir-ikki odim otgan boʻlsa, bunda Ismoilga achinish tuygʻusining, yoshligini uning koʻzyoshlarini koʻrib kechirganining buyuk hissasi bor. Ta’bir joiz boʻlsa, Ismoil dard chekdi, bu darddan olingan ibratlar, hamdardlik tuygʻusi Fotimani yaxshi yoʻl tutishga yoʻlladi. Ismoilni shuninguchun duo qiladi, yomonliqdan saqlashi uchun Tangriga yolvoradi.

Tan olish lozimki, Fotimaxonim ikki yetim bilan ovora boʻlib, Ismoil oʻzini izlab, oʻylaganidek Ismoil haqida oʻylayolmadi. Bu oqibatsizlikdan emas, ikki yetim oldidagi burchini yaxshiroq oʻtash tuygʻusidandir, Shu sababdan eshigi oldidan koʻp bor oʻtgan yuz-qoʻli kir teshikkulcha sotuvchi bolani balki Ismoildir deb diqqat bilan kuzatolmagandir. Uning Ismoil ekanini xayoliga keltira olmasdi. Qolaversa, oʻylaganida nima ham qila olardi? Uni oʻz uyiga, oʻz tasarrufiga olishi mumkin emasdi-ku?!

Kunlarning birida Odilani soʻrab Ismoil tomondan sovchilar keldi. Gʻalati boʻldi. Kelganlarning koʻpini bilardi. Oʻz mahallasining ayollari. «Ismoilni oʻzing yaxshi bilasan», — deyishdi. Biladi, albatta, ulardan ziyodroq biladi. Shu bilan birga otasi bilan Odilaning fikrini soʻramasdan biror narsa deyolmasdi. Shuni aytdi. «Ismoil uylansa alohida yashaydimi yo yana oʻsha onasi(!) bilan birga turishadimi?» — deb soʻradi. Tabiiyki, Odilani Sanihaxonimning qoʻliga topshirib koʻyolmasdi. Ismoil alohida turmoqchi ekan. Bundan ajablanmasa ham boʻladi. Demak, yillar davomida chekkan azobini qayta tortmoqchi emas... Ularga otasi bilan bir bor uchrashishlari kerakligini bildirdi.

Mehmonlar ketgach, Odila bilan suhbatlashdi. Odilaga Ismoilning yetim ekanligi xush kelmayotgandi.
— Meni yetimga bermoqchimisiz?! — dedi. Bunday demasligi kerak edi. Balki oʻzi yetimligini bilmagan, yetimlik hayotini yashamagan, ona mehriga yoʻgʻrilgan Odila adashgandi: yetim ham oʻzi kabi inson ekanligini, balki yetim boʻlmaganlarga qaraganda insonni koʻproq qadrlashini bilmasdi... Vayana bilmasdiki, Ismoil Odilaga Fotimaxonimning qizi boʻlgani uchun uylanmoqchi edi, Uning tarbiyasida axloqli qiz boʻlib yetishganini taxmin etgan Ismoil umr boʻyi Fotimaxonimning hurmati uchun Odilani hurmat qilishini qaydan bilsin?! Bu azamat yigit bir kun koʻchada oʻziga teshikkulcha uzatgan kichkina sotuvchi ekanini qayoqdan taxmin etolsin?!

Odila kibrli bir qiz emas. Aslida bu uyda olingan tarbiya tartib-intizomni sevishga, poklikka ahamiyat berishga qaratilgan. Yetimni yoqirmaslik odat emas. Ammo qarangki, turmush qurishni taklif etayotgani nogoh yetim chiqib qolgani gʻalati ta’sir qildi va eshitishi bilan «meni yetimga bermoqchisiz?» deb yubordi. Fotnmaxonim yetimning ham inson ekani, hatto boshqalardan ham qimmatli boʻlishi mumkinligini tushuntirdi. Agar bu taklifni qabul etishni istamasa, buni yetnmni xushlamaslik kabi bir sababga bogʻlamasligini aytdi.

Odilbek ham Odilani Ismoilga berilishga rozi edn. Uning fikricha, axloqi durusg, ishi-kuchi joyida yigitning xushlanmaydigan tarafi biroz faqirligiyu, yetimligi, holos. Ammo bu oʻylaydigan ish emas. Faqirlik kelib-ketadigan hol. Yetimlik odamning ixtiyorida emas. Ixtiyoriga zid tarzda oʻz qizi ham yetim emasmi?! Gap faqat faqirliqda boʻlsa, Xudo xohlasa bu toʻgʻrilash mumkin boʻlgan muammo. Ismoilni yoniga olib, unga qoʻmaklashsa, hammasi koʻngildagidek boʻlib ketadi.

Xullas, Odilani Ismoilga beradigan boʻlishdi. Ismoilning sevinchini tasvirlash uchun soʻz ham, ta’rif ham yoʻq. Buni uning oʻrnida boʻlib koʻrganlar yaxshi bilishadi. Asal yemaganga asal lazzatini anglatish mushkulligini tan olganlar, uni bu hususda ma’zur qoʻrurlar.

Xusayin katta ta’tilga chiqib,uchinchi sinfga oʻtgani haqidagi xushxabarni olib keldi. Toʻyning shu ta’tilda oʻtishi belgilandi. Kuyovning doʻkonini ta’riflashdi, tushuntirishdi. Bordi. Qarshisida oʻzi avvaldan tanigan chehrani koʻrib, biroz shoshganday boʻldi. Suhbatlashdilar.Suhbatlashgandagi tortinchoqliq ovozidagi gʻarib ohang va shikastalik hanuz Ismoilning yetimligini bildirib turardi. Gʻaroyib voqea deb oʻyladi: yetimlik mashaqqati ovozidan bilinib turgan bir erkak bilan, yetimlik neligini bilmagan bir ayolning kurajak turmushi... Bu oilaga ichida chin koʻngildan yaxshiliklar tiladi. Saodat faqat Oʻzidan qutiladigan Parvardigoriga koʻngildan duolar, niyozlar etdi va ketdi.

Toʻy musulmonga yarashadigan dilxushliklar, tartib bilan oʻtkaziladigan boʻldi. Toʻyda Odilbek va Fotimaxonim Ismoilga ogʻir keladigan shartlar qoʻymaganligi nur ustiga a’lo nur edi. Hatto Odilbek va Fotimaxonim Ismoilga puldan yordam ham qilishdi, xijolat boʻlmasligini, buni oʻzidan boshqa hech kim bilmasligani tushuntir-di. Ismoilning koʻzlari yoshlanmay qolmadi. Dunyoda Fotima onalar boʻlganidek, Odilbeklarning ham topilishidan qanoat hosil qildi. Eridagi bu fazilat Fotimaxonimning yillar oshaqilgan mexnati samarasidir, balki Majidoʻzu sayohatida bir tanimagan ayolga yoʻl haqini toʻlagan domlaning ta’siridir. Balki bu fazilatlar unda avvaldan boʻlgandiru, shular ta’sirida nish otgandir.

Yetimini yetimga bergan Fotimaxonim bir kun Odilbekka iltimos qildi: «Hech kimga bildirmasdan Ismoilga biroz yordam bersak». Odilbek ma’qul topdi. Shunday yaxshilikni tashviq qilgani uchun xonimiga tashakkur izhor etdi. Ammo oʻzi buni bir necha kun avval amalga oshirib boʻlganini aytishni ep koʻrmadi. Chunki bu ishni Fotimaxonim bilsin deb emas, ajrini Allohdan kutib, ado etgandi.

* * *

Odila bir kun Ismoilning kiyimlarini tozalarkan ich choʻntagidan, bir paytlar rangi qirmizi boʻlgani bilinib turgan boʻz parchasini topib olib, hayron boʻldi. Kuyovlik libosi choʻntagiga solingan bu boʻz parchasi nima edi? Bilolmadi. Poyabzal tozalagich boʻlsa, ich kissaga solinmasdi. Sevimli eri buni choʻntagida olib yurishidan bir maqsadi boʻlsa kerak, deya tagʻin joyiga qaytarib solib koʻydi. Oqshom soʻraganda Ismoil bergan javob uni oʻlguday xijolat qnldi: «rahmatli onamning libossdan olingan bir parcha...» Odila bunia ytgan Ismoilning koʻzlariga qaramaslikni afzal bilib, boshini egdi.

Odilbek avval oʻylab koʻyganidek Ismoilni oʻz yoniga oldi. Doʻkondagi ish kundan-kun yaxshilanib, qizib borar, yonida bir yordamchi boʻlishini taqozo etardi. Bunga kuyovidan boshqani loyiq koʻrmadi. Har yil muntazam zakotini hisoblab berar, balki yanglish hisob boʻlgandir, vijdonim, koʻnglim tinch boʻlsin, deb ustiga bir mikdor qoʻshardi ham. Sandiqni keltirgan hammol albatta xizmat haqqiga qoʻshimcha choy puli olar va xursand boʻlib, duolar qilib ketardi. Odilbek doʻkondan koʻrayotgan barakasini mana shu yaxshiliklar hisobiga deb bilardi. «Alloh uchun berganga Alloh berar», degan lavhani doʻkoniga ostirib qoʻygandi. Bu doʻkonning moddiy boʻlmasa ham, ma’naviy bezagi edi, undagi ma’no Odilbek tijorat ishlarida qat’iy amal qiladigan aqidalardan biridir.

Toʻgʻrilik aytishga oson, toʻgʻrilikka amal qilish, uni asos qilgan tarzda ish yuritish esa juda mushkuldir. Doʻkonida hiyladan boshqa ish qilmaydigan kimsalar yuzi qizarmasdan haqiqatdan soʻz ochib, toʻgʻriliqdan lof urishadi. «Sendan boshqasiga bu narxda bermayman»,— deganlar, ayni mollarini shu bahoda, hatto arzonroqqa ham oʻzgalarga berib yurishadi va vijdonlari ham qiynalmaydi. Shunday bnr davrda Odilbekning axloqiga ishonib, aldanmasliklarini bilib, uning doʻkoniga baxuzur keladilar. Uni bilmaganlar ham bu doʻkondan chiqarkanlar aldanmaganlariga amin boʻladilar.

Uning doʻkonida har narsaning oʻz narxi, oʻz bahosi bor. Bu baho vijdon va qanoat kabi ikki hakam qarori bilan tasdiqlangan. Tanigan ham tanimagan ham bir narsani bir narxda oladi. Ba’zi mol bahosi past qoʻyilishi xaridorning gʻalati-gʻalati qarab koʻyishiga sabab boʻladi. Soʻraydi va kamchiligi borligini biladi. Kamchilik bir qarashda sezilmas darajada. Natijada xaridor u molni oladi. Ketayotib bu qusur aytilmaganda bilmasligini, dunyoda yaxshi odamlar borligini va yana doʻkonga kelishini oʻylab, xursand boʻlib ketadi. Doʻkonda esa, molining kusurini aytib sotadigan, Allohga va insonlarga nisbatan axloqiy vazifani yaxshi oʻtaydigan, oʻzini toʻgʻrilikka yoʻllaydigan, Allohga shukr etmoq bilan mashgʻul boʻlgan bir Odilbek qolgandi.

Boshqalarda topilmaydigan mollarning bahosi ham uning doʻkonida ziyoda koʻrsatilmaydi. Yoki kamyob mol bahosini oshirish uchun saqlab qoʻymaydi. Chet el mahsulotiga alohida joy qilib qoʻygan. Xaridorga agar xohlasa, Turkiyada ishlangan, puli Turkiyada qoladigan mol berishini aytadi. Xaridor ishlatib koʻrmagan molni olishni istamaydi. Odilbek soʻraydi:
— Puling chetga — ajnabiyga ketishiga, millatning qashshoqlashishiga rozimisan?
— Jonim, senga nima?! Sen xohlaganimni ber.

Beraman. Lekin bu sotilmaydi. Xaridor hayron. «Sotilmasa nega doʻkonda turibdi? Bu qanday gap? Borib turgan muomalasizlik», — deb oʻylaydi.
— Yaxshi, lekin namoyishga qoʻyganmisan buni?
— Ha, namoyish uchun saqlayapman. Nima olmoqchiligini, puli qayoqqa, kimlarga ketishini bilarmikin deb saqlayapman. Qayokdan bilasan bu mollar ichiga bizni biz boʻlishdan chiqaradigan moddalar aralashtirilmaganini?! Zararsiz boʻlganda ham, pul millat kissasidan chiqib, oʻzga millatning, masalan, yahudiyning kissasiga tushadi. Holbuki, turk molini olsang, puli Turkiyada qoladi...

Xaridor bu suhbatdan soʻng tavsiya etilgan molni oladi yoki olmasdan chiqib ketadi. U bundan soʻng eski odatida qoladimi? Yoki tushunib, milliy sarmoya muhofazasi yoʻlida bir qadam tashlaydimi? Bu uning vijdoniga bogʻliq. Ne boʻlganda ham Odilbekning ishi rohat. «Ikki chaqa deb milliy sarmoyaga xiyonat qilaymi?!»—deb vazifasini oʻtaydi hamda xaridorga ajoyib bir oʻy, tushuncha berib qoʻyadi. Xaridorning hech narsa olmasdan chiqib ketishi muammo emas. Kun kelib, bu millat oʻz mahsulotidan boshqasini munosib koʻrmaslikni anglab yetadi.

* * *

Bu tushuncha Odilbekka qaydan keldi?

E’tirof etmoq kerakki, ilgari bunday fikrlamasdi. Tugʻri, tuzuk, harakatchan edi. Shuning bilan birga olgan gazlama yoki uy ashyosi oʻzimiznikimi, yoʻqmi deb qiziqmas, shunchaki yoqtirganini olardi, holos. Bu hol Husayin Imom Xatib maktabining beshinchi sinfiga borishiga qadar davom etdi.

Husayin darsdan tashqari oʻqigan bir tafsir kitobidan Qur’on oyatlarining koʻpi nozil boʻlishiga yaxudiylarning tarbiyasizligi sabab boʻlganini bilib oddi. Oʻsha joydan savdodagi qallobliklarning aksariyati ana shu millatga xos ekanligini, ular oʻzga millatlarni talash, abgor etish maqsadida turli hiylalar ishlatishini bilib oldi. Bu bilimlardan Odilbekni ham xabardor etdi.

Kun kelib, Odilbek ishini ulgurji, koʻtara savdoga oʻtkazdi. Harom yoʻl bilan boyiganlarga halol va shar’iy yoʻl bilan ham boyish mumkinligini isbotladi. Hiylakor va haromxoʻr u dunyodagina emas, bu dunyoda ham topganini baxuzur, bemalol yeyolmasligi qilmishiga jazo emasmi?

Odilbekka ba’zan yaqin tumanlardan zarur mollar soʻralgan talab maktublari kelardi. Bu talablarning bir qismini qondirardi, qondirilmagan qismi uchun talabgorlarga maktublyar yoʻllab «topilmagan chet el mahsulotlari oʻrniga xohlasangiz, oʻzimiznikidan yuboraman!, deb taklif bildirardi. Bu maktublar koʻpincha yaxshi natijalar berardi.

Mamlakatdan tashqariga oqib ketayotgan pul masalaning bir tomoni, masalaning boshqa tomoni — u yoqdan keladigan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati qanaqaligi. Kutsdan-qun ortib borayotgan turli xastaliklarning bunga hech qanday aloqasi yoʻqmikan?! Unda oldin koʻz koʻrib, kuloq eshitmagan tomir qotishiga oʻxshash kasalliklar osmondan tushyaptimi?

Tabiiy, oʻzing mutaxassis boʻlmagan sohalarda qat’iy soʻz aytish yaxshi emas. Ammo, ota-bobolarimiz bejizga «Govurdan doʻst boʻlmas» deyishmagan.

Odilbek oʻgʻlini Imom Xatib maktabiga berish oldidan ikkilanganini esladi. Oʻgʻlini bu oʻqishga berganidan pushaymon emas. U bilan qilgan samimiy suhbatlari natijasida tijoratida, fikr va axloqida katta oʻzgarishlar boʻlganidan Odnlbek juda ham mamnun.

Husayin Imom Xatib maktabiga qayd etilgach, Odilbek goho Erdolbekka roʻbaru kelib qolganida piching va minnatlariga ahamiyat bermasdi. Erdolbek:
— Kim ne desa-desin, Odilbek, siz yanglishdingiz.
— Erdolbek, yanglishgan boʻlsam ham mamnunman. Faqat yanglishganimni isbot etish qoldi, bunday odamning topilishiga ishonmayman. Sizga tijoriy hayotdan misol keltiray: tasavvur etingki, bir mol faqat mening qoʻlimda bor. Millatning bu molga ehtiyoji katta, baland narx qoʻyishimni kim ma’n eta oladi?

Masalan, avtobus bekatida yigirma besh qurushlik gazli suv ellik, hatto yetmish besh qurushga sotiladi. Gazetalar koʻpincha katta shaharlarda kimlarningdir kasal ot va eshak soʻyib sotilayotganda ushlanganini yozishadi. Bular yolgʻon boʻlsa, bu yomonlarning oldini olmoq, yolgʻon boʻlmasa, bularni haqiqat sifatida qabul qilmoq majburiyatidamiz. Vijdonni isloh qilishga hukumat ham ojiz. Har insonning boshiga bittadan nazoratchi koʻyolmaydi. Har doʻkonni va doʻkonchini har kun, har soat nazorat qilolmaydi.

Xaridorga molning kamchiligini aytmasam, aytishga meni kim majbur qiladi? Qaytarib olib kelganga, buni oʻzing qilib keltirding deb tuxmat qilsamchi? Kim meni qaytaradi? Ertaga bahosi oshadigan bir molni uyimda yeki boshqa joyda saqlab, vaqgi kelganda chiqarsam, kim aralashadi bunga? Hukumat bularning qanchasidan xabar topadi? Nechasini uddalaydi, nechasiga ulgurib, qanchasiga ulgurmaydi? Bunaqa voqealar tijoratda qanchadan-qancha?! Qoʻlimdagi mol tugaguncha eski bahoda sotsam, bunga kamroq foyda koʻrishni yoqtirganim sabab emas. Bu Allohdan koʻrqishimdan, vijdon tuygʻusidan.

Stadionning ilk ochilgan kun choʻkishiga nima deysiz? Stadion qurilishida ilm yetarli boʻlmaganmi? Yoki xalq ilk ochilgan qun yoqtirmasdan ketmon, bel, choʻkich bilan qulatdilarmi? Balki quriliivdagi nuqson vijdon hokimiyatining Alloh buyrugʻi bilan nazorat qilinmay qolishi natijasidir?

Odilbek Erdolbekning yuziga javob kutganday birpas qarab turgach, davom etdi:

Erdolbek, xayotimda, tijoratimda kechaga nisbatan bugun yaxshi tomonga oʻzgarish boʻlgan boʻlsa, buning birinchi sababi oʻgʻlim oʻqigan kitoblardan foydalanganim, u bilan din, ma’naviyat borasida muzokara qilganim, axloq toʻgʻrisida suhbatlashganimdir.

Odilbek bundan soʻng Erdolbek bilan biror marta bahslashmadi. Bahslashsa-da, natija oʻzgaradi deb bOʻlmasdi. Odilbek toʻgʻri gapirardi, Odilbek oʻgʻli tufayli bilmagan sohalaridan xabardor boʻldi, anchagina ma’lumot oldi. Bungacha faqat namozxon bir musulmon edi, holos. Fotimaxonimga uylanib, Qur’oni Karim oʻqishni oʻrgandi, natijada bir qadar fe’li ham yaxshilandi, masalan, marhuma xotini haqiga har kun tilovat qilmoqni, uning ruhiga bagʻishlab sadaqalar bermoqni odat qildi, Shu sababdan xonimiga boʻlgan xurmati soʻngsiz. Unda bir ayolda boʻlishi kerak boʻlgan bir talay xususiyatlar bor edi. Qarshisidagn eri boʻlsa ham toʻrri, samimiy soʻzlar, yaxshi niyat bilan yoʻl koʻrsatadi. Oʻzini katta tutish, tavsiya etgan narsasi toʻgʻri chiqsa, yuzga solishday tarbiyasizlikni unda koʻrmadi. Oʻgʻlining oʻqishidan faqat foydalar koʻrganini inkor etolmaydi.

Odilbekning doʻkondagi aqidalaridan biri toʻgʻrilik boʻlsa, ikkinchisi qanoat edi. Ha, unda qanoat mavjud edi. Faqat uning bomdoddan soʻng to xuftongacha namoz vaqtlaridan tashqari doim doʻkonda boʻlishini koʻrganlar bu qanoatni anglashlari mushkul. Ham qanoat sohibn boʻlmoq ham oqshomgacha ishlamoq... Agar bu da’vo toʻgʻri boʻlsa, qanoatning boshqa bir ma’nosi bordir?!

Ha, qanoat bir luqma, bir xirqa», deb yotib, bugun yegulik topib, ertani oʻylamaslik emas. Hisobsiz boy boʻlishning ham qanoatga zarari yoʻq. Faqat inson bu molga emas, bu molni bergan va xoxlaganida olib qoʻya oladigan qudratga ega Allohga kul ekanini anglasa, bas. Pulga kul boʻlmasa, uyida puldan boshqasiga oʻrin qoldirmaydiganlardan boʻlmasa, pul uchun Alloh rizosnni tark etish oʻrniga Alloh rizosi uchun pulidan kecha oladigan, pul va mulk ortishi ochkoʻzlikni emas, shukrini orttirishi lozim. Alloh yoʻlida bir pogʻona yuksalmoq uchun pulni bir narvon deb biladi va foydalanadi. Oqshom uyga kelganda «qan-cha topdim», deb emas, «qanday topdim, harom aralashib ketmadimi?» deb oʻylaydi. Odilbekning qanoati shunday bir qanoatdir.

Ha, toʻplagan boyligi hisobini Robbiga qanday berajagini, yaxshi, halol ishlash ham ibodat ekanini oʻylagan insonni qanoatsiz deb boʻlmaydi.

* * *

«Dunyo va oxiratning eng sharafli axloqini senga oʻrgatayinmi? Seni tark etganning holiga rioyat, seni mahrum etganga yaxshilik va ikrom, senga zulm etganga kechirimli muojala.»

Rasululloh S.AV.

Tagidan yozma xatlar bilan Husayinning bayram bilan tabriklari, sihat va salomatlik tilab qilgan niyatlari joy olgandi.

Bu tabrik xati Ismoilning koʻnglini titratib yubordi. Bu tabrikni olib, oʻn daqiqa oʻtar-oʻtmas Odila bilan birga Sanixaxonim koʻlini oʻpmoq uchun yoʻlga otlandi. Shu onda eshik ochilib bayram tabrigiga kelgan Sannhaxonim kirib keldi. Sanihaxonim xastaligi paytida Ismoildan koʻrgan yaxshilik ta’sirida tavba suvida yuvinib, poklanib, Ismoil ham Fotimaxonimning tashviqi, Husayinning tabrigi ta’sirida muruvvatdan yiroq tuygʻularni quvib, bir-birini hayit bilan tabriklash huzuriga va lazzatiga erishdilar. Bu ularning hayoti davomida dildan kelgan bir istak bilan «onam», «bolam» deya quchoqlashib koʻrishgan ilk bayramlari edi.

Bir soatlar oʻtirgach, ketayotib oyna qarshisida roʻmolini tuzatayotgan Sanixaxonimning koʻzlari oynaga pardaga oʻxshatib ilib qoʻyilgan eski boʻz parchasiga tushdi. Yillar qa’ridan koʻngilsiz bir xotira jonlandi. Boʻz koʻrpachasiga gʻariblarcha koʻl uzatgan jajji yetim Ismoil koʻz oldiga keldi. Roʻmolini tuzatgan boʻlib boʻzni oldi, koʻzyoshlarini unga artdi va joyiga qoʻydi. Uydan chiqarkan lablari pichirlab, shu boʻzdan boʻlgan libos egasiga «Fotiha» oʻqirdi.

* * *

Husaynn Istambuldan tahsilni tamomlab kelgach, birdan ishga joylashmasdan avval askarlik burchini oʻtab kelishni oʻylab yurardi. Lekin onasining bir yil boʻlsa ham oʻqituvchilik qilib ismingni, kasbingni mustahkamla degan taklifini qabul qilib foyda koʻrdi. Haqiqatan bu oʻzi uchun yaxshi boʻldi.

Bir yildan soʻng askarlikka joʻnaydigan Husayinni kuzatmoq uchun kelganlar uyni toʻldirdi. Odila bilan Samiha ogʻalarining safar xaltasini hozirlar, oʻgʻillarini askarlikka yuborganlar xotiralarini soʻzlardilar. Vaqt yaqinlashgan sayin hayajon ham ortib borardi. Nihoyat ayriliq daqiqalari kelganda erkaklar tarafida oʻtirgan Husayin onasining qoʻlini oʻpmoq, qarindoshlari bilan xayrlashmoq uchun ichkari kirganida hayajon soʻnggi nuqtaga yetdi. Husayin:

Ona, duo qiling, — deb qoʻlini oʻpib quchganda koʻzlar yoshga toʻldi, orqasiga oʻgirilib roʻmolchasi bilan koʻzlarini artganlar boʻldi. Fotimaxonim oʻgʻlini quchgandan soʻng, ma’yus, lekin samimiy ovoz bilan shunday dedi:
— Qara oʻgʻlim, bugungacha senga qaramoq bizning vazifamiz edi. Bugundan soʻng bizga qaramoq sening vazifang boʻlur. Hayotingda oʻtashing kerak boʻlgan vazifalarning eng ulugʻlaridan birini ado etmoqqa ketyapsan. Istardimki, toʻgʻriliqdan, samimiyatdan ayrilmagaysan. Agar bir bor nojiddiy harakat qilib, vatan xizmatiga hiyla aralashtirsang, sendan rozi emasman. Navbatchilikda har on menga, qarindoshlaringga hujum qilmoqchi boʻlgan dushman qarshisiga chiqqanday sergak, bedor va xushyor boʻl! Yurganda qadamingni dushmanni ezayotganday bos. Meni Alloh huzurida uyaltirib qoʻyma! Vatan mudofaasida xiyonat qilgan oʻshaning onasi ahvolini boshimga solma. Meni butsday sharmandalikka tushirma! Agar soʻzlarimga amal qilsang orqangda seni kecha-kunduz duo qilgan bir onang bor. Sen uni topasan. Agar soʻzlarimga amal qilmasang, yonimga qaytma va meni ona demagaysan oʻgʻlim! Mayli, Alloh salomat saqlasin va seni ikki dunyoda azizu mukarram etsin!..

Fotimaxonimning soʻzlari atrofdan eshitilgan hiqillab yigʻlashlarga qorishib ketdi. Lekin u matonatni qoʻldan qoʻymadi.

Husayin boshqalar bilan ham xayrlashgach, ayrildi. U eshikdan chiqishn bilan darhol joynamoz uzra qoʻl bogʻlab turgan, Parvardigoridan namoz bilan madad tilagan Fotimaxonimda har onada koʻrilmagan bir haybat mujassam edi. Salom bergach, samoga qalqqan koʻllar va Robbiga bogʻlangan koʻngil, koʻzlardan sassiz engan yoshlar va qimirlagan lablar pichirlab, Oliy Parvardigordan nelarnidir soʻrab, unsiz iltijolar va duolar qilardi.

Oy borib, omon kelsin!.. — deb duo qilib ajrashganlardan ikkitasining orasidagi bu suhbatni koʻring.
— Fotimaxonimni ayting, bolaga ketar chogʻida ogʻir gaplar qilmadimi? Ming qilsa ham oʻgay bor uyda maza qolmaydi-da.
— Menimcha, unday emas, egachim. Toʻgʻrisini aysam, siz yanglishyapsiz. Soʻzlar sizga achchiq tuyulsa-da, yaxshilik uchun aytildi. Menimcha, har ona shunday soʻzlashi kerak. Alloh uchun goʻzal, yaxshi soʻzlar aytdi.

Husayinning yoʻl xaltasini bekatgacha Ismoil eltdi. Bekatda yoʻlovchilar minadigan avtobus bagajini yosh yigit ochib, uning xaltasini oldi. Husayin bu yigitni koʻzlaridan taniganday boʻldi.

Bir muddat esladi. Bu orada shofyorning:
— Yilmaz, tezroq qnmirla! —deb baqirishi unga boshlangʻich maktabdagi yetim sinfdoshi Yilmazni eslatdi. Tanimaydigan holga kelibdi. Bolalikdan qolgani — faqat qoʻzlarining rangi. U bilan bir-ikki ogʻiz gaplashmoqni qanchalar istardi. Ammo u ish bilan band, oʻzi ham quzatib kelganlar bilan xayrlashishi kerak. Ismoil bilan quchoqlasharkan, bu yigitga e’tibor berishni, ilojini topsa bir ishga joylashni iltimos qildi. Avtobusga mindi. Oʻziga qoʻl siltayotganlar bilan xayrlashib, Istanbul sari yoʻl oldi. Tuzla piyoda maktabida ta’lim olib, bir yarim yillik xizmatini boshlamoqchi.

Ismoil va Yilmaz ikkalasi ham yetimlik hayotini qoʻrgan, uning mashaqqatlari bilan kurashgan darddosh, taqdirdosh edilar. Salomlashishdan boshlangan tanishish bir-ikki oyda qalin doʻstlikk aaylandi. Ismoil sinfdoshi Husayinning pochchasi ekanini eshitgan Yilmaz unga yanada yaqin muomalada boʻldi. U ham Ismoilni «pochcha», deya boshladi.

Jamoat bilan oldi-berdida hiyla ishlatmagan Odilbekning ishi kundan-kun ilgarila borardi va bir oʻzi ulgurolmas, yana bir kishining yordamiga extiyoj sezardi. Husayin askarlikka ketganiga besh oy boʻldi. Odilbek doʻkon ishlariga endi yana bir odam aralashishini istardi. Ikki kishi boʻlib harakat qilsalar ham ibodat, ham ish oqsamaydi. Odilbekning hayotiy aqidasi diniy va dunyoviy ish bir-biriga xalal berishiga yoʻl qoʻymaslik, aksincha, bir-birini toʻldirib, goʻzallashtirib, bnr-biriga yordamchi boʻlishiga erishish. Paygʻambarning «Dunyoning ishlarini hech qachon oʻlmaydigandek, oxirat ishlarini ertaga oʻladigandek ado et!» —degan amrini harf-harfigacha tatbiq etish azmidan hech bir manfaat qaytarolmasdi. Hayotda eng yaxshi muvaffaqiyat qozonishning siri shundadir. Bu borada suhbatlasharkanlar Ismoil oʻzining va Husayinning doʻsti Yilmazdan soʻz ochdi.

Yilmaz ertasigayoq ishni boshlab yubordi. Bir hafta oʻtib kelgan Husayin doʻsti doʻkonda ishlayotganini koʻrib xursand boʻldi. Boshlangʻich makgabdagi jajji jafokash Yilmaz ulgʻayib, bir azamatga aylangandi. Malakasizligi bir qarashda bilinardi. Shuning bilan birga qandaydir ishlar qilishga tirishar, shu ishda qolishga xavasmand ekani koʻrinib turardi. Avvalgi kasbidan koʻra tuzuk, toza va kulay ishga yoʻliqish mamnuniyatini yuzidan uqish mumkin edi.

Boshlangʻich maktabni tugatgach, oʻgay onasi koʻp yashamadi. Yilmaz erkin nafas oldi, Otasi Mahmudbek uchinchi bor uylanishni xohlamadi. Chunki ikkinchi bor uylanganiga ham pushaymon edi.

Ota-oʻgʻil gulday yashab, ishlab yurarkan bir kun doʻkonga kirib yuki yengil, lekin qimmatbaho buyumlarni oʻmargan oʻgʻrining kasofati bilan shikoyatsiz yashayotgan kunlariga soʻng nuqta qoʻydi. Endi bu ishdan bir natija chiqmasdi. Mahmudbek doʻkonda qolgan bor-yoʻq molni chiqarib sotdi. Sotdiyu shu hafta oʻzi ham dunyoga qoʻl tortdi, etak siltadi. Hayotining hisobini bermoq uchun oʻziga hayot ato etganning huzuriga ketdi. Janoza harajatlaridan ortib qolgan bir necha qurush koʻngli yarim Yilmazga qanchagacha yetardi?! Boshlangʻich maktabdan soʻng oʻqishga Imkoni boʻlmagan, hunarsiz bolaga hammollik va shofyor yordamchiligidan boshqa ish topilarmidi? Yilmaz ham abtobus bekatlarida bir muddat yoʻnalishlarni e’lon qiluvchi — jarchi boʻlib ishladi. Bu orada haydovchiga yordamchi zarur edi, darrov ishni boshlab yubordi. Faqat ishidan koʻngli toʻlmas, xuzurlanmasdi. Oqshom tushib uyga kelgach, horgʻinlikdan butun vujudi, ruhi, koʻngli rohatsizlanardi. Pokizarok, bir ishga joylashishni shunchalar istardiki...

Husayin askarlikka joʻnayotgan kunda Ismoilning koʻlidan jomadonni olarkan, Husayinni bir qarashda taniganini, lekin bu yordamchi, jomakorda koʻrinish unga ozor berishi mumkinligini oʻylab oʻzini tanimaganga solishni afzal koʻrdi. Husayinni bir jihatdan qarindosh hisoblardi. Chunki, zulm ostida qolgan oʻsha ogʻir kunlarida koʻngil yarasiga uning onasi malham koʻydi, bagʻriga bosdi, mehr-shafqat toʻla boqishlarini sezdi, Ona demoqningʻ ta’rifsiz hayajonini tuydi va ovundi.

Oʻsha kundan keyin Husayinni garajgacha olib kelgan Ismoilni tez-tez koʻrardi. Avval salomlashib oʻtishardi, keyin-keyin bir-ikki daqiqa suhbatlashadigan boʻlishdi. Hamdardlik ularni darrov doʻstlashtirdi. Masalaning yana bir tomoni Yilmaz goʻdakligida birga oʻynagan Odilaga Ismoil uylangandi. Bir qun Ismoil^doʻkonlariga ishga taklif etganida Yilmaz bu taklifni mamnuniyat bilan qabul etdi.

Oradan bir necha oy oʻtdi. Ishini yokdirar, charchaganini bilmas, berilib harakat qilardi. Odilbek ham xursand edi. Yilmazdagi gʻariblik hissi yoʻqolib, odamlarga, havtga aralashib, koʻtarinki, dimogʻi chogʻ boʻlib qolishiga, nekbin harakatlar qilishiga sababchi boʻlardi.

Ismoil bir kun Yilmaz bilan yolgʻiz qolganda doim aytmoqchi boʻlgan, lekin aytolmay yurgan bir dardi borligini, buni koʻpdan payqab yurganini aytdi. Yilmaz tortinchoqlik bilan uylanish vaqti kelganini, lekin qoʻlida hech vaqosi yoʻqlignni, oʻziga yordam kerakligini soʻzladi. Kimga uylanmoqchi ekanini soʻraganda, Yilmaz uyalib jimib qoldi va boshini egib oldi. Yuzi uyatdan qizarib ketdi. Ismoil osmondan tushgani yoʻq. Koʻngli nimalarnidir sezadi. Vaziyat avvalo Fotima onasi bilan maslahatlashishni taqozo etadi. Kunglida shunga qaror qildi va unga aytdi, Fotimaxonim mamnun boʻldi. «Demak, Alloh menga ikki emas, toʻrt yetimga ona boʻlishni nasib etgan ekan, oʻgʻlim. Nima deyman, Allohning bu lutfu karamini qanday qarshilayman, bilmayman» dedi, soʻngra koʻzlaridan toʻkilgan ikki tomchi yoshni yetimlarning yarasiga malham boʻlgan, malham surgan barmoqlari bilan sidirdi. Odilani bir yetimga uzatgandan beri har namozdan soʻng har ishga qodir Allohning lutfu karamidan umidvor boʻlib, «Yo Robbiy, Samihamni ham bir pokiza yetimga nasib ayla, bugungacha adolat bilan duolarimni ijobat etganingdek, qizimga ham baxtu saodatli turmush nasib aylab, meni bu turmushni koʻrib, halovat topishimga muvaffaq ayla, oʻksiklarning, gʻariblarning, yetimlarning Sultoni Habibi Akramning hurmatlariga....» deb duo qilishni unutmasdi. Mana, duosi qabul boʻlganining ilk mujdasi. Endigi tilagi Odilbekning bu ishni ma’qul topishi edi.

Uyda toʻyga hozirliklar koʻrilyapti. Odilaning emaklab qolgan oʻgʻlini bagʻrida uxlatayotgan BUYUK ONA qoʻlida goho ogʻir-vazmin oʻgirilayotgan tasbeh donalari. Goho deraza oldida koʻzlaridan biri bilan oʻtirib, ora-sira koʻringan kuyosh ziyosida boqqanida yuz-qoʻzlarini nurlantirguvchi Qur’onini qizi ham eshitadigan darajada sokin va mayin ovozda oʻqirdi. Uning kunlari shu taxlit kechardi...