OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAhmad Lutfiy Qozonchi
Asar nomiQaynona (roman)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Turk adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Ahmad Lutfiy Qozonchi
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Romanlar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm281KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/22
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


Nashr belgilari
Oʻzbek oʻquvchilariga «Saodat asri qissalari», «Oʻgay ona» romanlari orqali yaxshi tanish boʻlgan Ahmad Lutfi Qozonchining mazkur asari chin goʻzallik, yuksak axloq, qaynona-oʻgʻil-kelin oʻrtasidagi muammolar va ularning goʻzal yechimi haqida.

Bu kitob muhtarama qaynonalar, suyukli kelinlar, boʻlajak kuyovlarimiz uchun sodiq xamroh boʻlishiga aminmiz.

Soʻzboshi muallifi: Tohir MALIK (Oʻzbekiston xalq yozuvchisi)
Muharrir: Bahodir KARIM (Filologiya fanlari doktori)
Mas’ul muharrir: Abdumurod TILAVOV (Filologiya fanlari nomzodi)



iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Qaynona (roman)
Ahmad Lutfiy Qozonchi

I

Munavvarhonim asr namozini oʻqib boʻldi. Shu payt oʻgʻlining: "Yahhsi qoling,onajon. Alloh yor boʻlsin", degan gapidan odati boʻyicha bozorga katayotganini angladi. Ona boshini qimirlatib:"Oq yoʻloʻgʻlim," deya javob berdi va tasbeh oʻgirishda davom etdi. Muntazam bir holatda tasbeh donalari uning botinida kechayotgan ma’lum bir zikr jarayonidan dalolat berardi. Yuziga dilidagi huzur-halovat va ma’naviy zavq aks etgan Sokin va nurli koʻzlari esa muloyim bir tarzda tizzalariga qaragan. Gohida bu sokin koʻzlar bir nuqtaga tikilib qolar va ehtimol, hech narsa koʻrmas edi.

Har bir ona farzandini yahshi koʻrishi tabiiy. Biroq Munavvarhonimning oʻgʻliga boʻlgan mehr-muhabbati boshqacha,oʻgʻlidagi goʻzal odob-ahloq yillar davomida chekkan mehnati hosilasi edi. Oʻgʻli kelishgan, qovurli yigit edi. Bundan tashqari oʻgʻlining oliyjanobligi ona koʻngliga huzur bahsh etar edi. Mustafoning ahloqidan onasining koʻngli toʻq. Be’amni tengqurlaridan uzoqligini biladi. Bu ishonchni togʻasining oʻgʻli ham tasdiqladi. "Munavvar, men Mustafoni juda ham yahshi koʻraman. U bizning huzurimizda qanday boʻlsa, boshqalar yonida ham huddi shunday.Odobi, tarbiyasi haqida ortiqcha tashvishlanishning hojati yoʻq. Biroq,mening soʻzlarim seni hotirjam qilmas, ehtimol. Balkim uning hatolarini sezmayotgandirman. Mayli, boshqalardan fikr soʻraylik-chi,nima deyisharkin?".

* * *

Choʻrumning tinch va osuda choyhonalaridan biri. Choyhoʻlarning koʻpchiligi qariyalar. Yusuf afandi shu choyhonaning doimiy mijozlaridan biri. Ammo ba’zan asrdan soʻng ikki yosh yigit ham keksalar suhbatiga some’ boʻlishadi.Ulardan biriMustafo. Yosh boʻlishiga qaramay kattalarga el boʻldi. Yoshlikning joʻshqin tuygʻularini aqliga boy’sundirdi. Saratoning kishi nagfasini qaytaruvchi harorati sekin asta pasaydi. Asr namozini jome’daoʻqiga namozhonlar bir piyola choy uchun choyhona tomon yurishdi. Yusuf afandi ham ikki doʻsti bilan choyhonaga kirdi. Joylashib ulgurmaslaridan hizmatga yetib kelgan choyhonachi yigit stol ustini chaqqonlik bialn artgach qaddini rostladi. "Nima istaysiz?’degan savolga oʻrin qoldirmay:
— Choy bolam,deyishgach, "Hoʻp boʻladi" deb uzoqlashdi.

Jome’dan chiqqach,Usmon ogʻa bir yetim masalasida soʻz ochdi. Rahmatli boʻlgan mahaladoshining bolalaridan birini asrab olishiga qaror qiligan edi. Boqib katta qilish savobini olish niyatida edi. Biroz nafas rostlagach:
— Nima qilay,ogʻayni? Allohning ne’matiga shukr, Bizga berdi. Bermadi deb nonkoʻrlik qilmay, bir bolani olib katta qilsam nimam kamayadi?Hotinim ham Hudo yoʻlida buncha rozi boʻldi. Alloh dargohiga olib boradigan nima amalimiz bor? shu bola sabab Alloh bizni avf etar,-dedi.Hursand boʻldim. Qarshi chiqarmikan deb havotirlangan edim, - dedi.

Yusuf afandi gapga qoʻshildi:
— Usmon ogʻa, juda ajoyib ish boʻldi. Alloh sendan rozi boʻlsin. Bir yetimning koʻnglini olish, uyingda ulgʻaytirish naqadar yahshi. Bu yahshilik tufayli senga savoblar yogʻiladi. Bunday holatni boshdan oʻtkazmagan odam yetarlicha his qila olmaydi. Ammo yetim haqqiga yetarlicha rioya qila olarmikansan?Bu haqda yahshiroq oʻylab koʻr. Soʻnggida noliydigan ahvolga tushgandan koʻra hozir chorasini qilgan maqulroq. Yetim yesirga shayton yondosh boʻladi,deydilar. Ularning koʻnglini topish juda mushkul. Otasi oʻlgudek urganida ovozini chiqarmagan bola, u oʻlgandan soʻng boshini silagan qoʻlni urayapti deb hisoblaydi. Yetimning koʻngli yarim boʻladi, ogʻa. Shuning uchun bu ishni uddalash juda qiyin....

Bir - ikki hoʻplam choy ichib soʻzida davom etdi:
— Men senga maqbulroq bir yoʻl koʻrsatay,maqul topsang amal qil. Bu sen uchun qulay va savobliroq.

Usmon ogʻa soʻradi:
— Qanday?

Yusuf afandi yana bir hoʻplam choy ichgach:
— Bola onasining yonida qolsin. Haftada, oyda bir ehtiyojlari uchun pul berib tur. Yegulik yubor. biror doʻkondan savdo- sotiq qilsinlar, pulini toʻla. Birorta nonvoyhona bilan kelish, nonlarini oʻsh yerdan olsinlar. Menga qolsa bui yoʻl yahshiroqdir. Bolasi bittami?
— Yoʻq, uchta. Kenjasini olmoqchiman.
— Juda yahshi.Lekin butun oila bilan hizmatida tursangiz ham unga ona muhabbati hasratini unuttira olasizmi? Menimcha, yoʻq. Eng johil, hatto bolasini kunda kaltaklaydigan oan ham oʻsha bola uchun dunyoning eng dilbar, mehribon onalaridan koʻra sevimliroqdir. Oqshomgacha bir burda non bermay yigʻatsa ham uning bu holi saroylarda noz-ne’mat ichida ulgʻaymoqdan yahsiroqdir bola nazdida. Qolaversa, sen bu bolani olgach bir dardlari ming boʻladi. Onadan tugʻishganlaridan ayrilish dardi yomon...

Yusuf afandi ohangini biroz oʻzgartirib soʻradi:
— Bu boalning onasi, aka ukalari siznikiga kelib-ketib turishadi,shundaymi?
— Albatta, hohlagan paytlarida. Hoh kecha boʻlsin. hpoh kundus. Istagan paytlarida eshigim ular uchun ochiq. Bolalar kelsinlar, birga oʻynasinlar. Onasi kelsin,koʻrsin, mehrini qondirsin. Bu ularning haqlari. Zero, ularning uchrashishlariga yoʻl qoʻymasam qilgan ishim zulmdan boshqa narsa boʻlmaydi.

Yusuf afandi soʻnggi hoʻplam choyini ichgach, Alhamdulillah, deb dastroʻmoli bilan ogʻzini artgandan soʻng soʻradi:
— Bola olgach yahshi kiyintirasanmi?
— Albatta, oʻz farzandimdek koʻraman. Uni oldingi ahvolida tashlab qoʻyolmayman-ku. Oʻz farzandimdek bagʻrimga bosmasam olib nima qilaman. Hizmatkordek tahslab qoʻysam Alloh nima deydi. Sen nima deysan ogʻa?

Shu paytgach soʻzga aralashmay oʻtirgan Mahmud ogʻa gap- soʻzlarni diqqat bilan eshitmoqda edi. Koʻzlarini bir nuqtadan olmay javob berdi:
— Siz, ishga meni aralshtirmang, bir toʻhtamga keling, men ohirida fikrimni aytaman.

Yusuf afandi davom etdi:
— Juda yahshi, bu bolani kiyintirasan. Uni kelgan holida tahslab qoʻymaysan, men buni bilaman. Bunga ishonchim komil. Balki u sening uyingda hech yerda topolmaydigan darajadagi huzur halovatni topar. Lekin ish bu bilan bitmaydi. uning nozik bir jihati bor:qolgan ikki bola siznikiga kelganlarida uni yahshi liboslarini koʻradilar. Rafiqang ularga uylarida doim ham boʻlavermaydigan yeguliklar tutadi. Bu aslida juda yahshi, lekin oʻsha bolalar ukalaridek sharoitda boʻlmagach ranjiydilar. Buni koʻtara olmaydilar.Uyga borib ehtimol onalariga:"Bizga ham oʻsha narsalardan olib ber", harhasha qiladilar. Bu yoshlarida ular:"Ha,mayli ukamiz yahshi yashayotgan ekan, biz sabr qilaylik", demaydi albatta. Ulardan buni kutish yahshi emas. Bola-da! Demak qarang, bir bolaga yahshilik qilasiz, ikkinchi tarafdan ikki bola hafa boʻlishi mumkin.

Shu payt Mahmud ogʻa choy tashuvchini ishora bilan toʻhtatib, dedi:
— Choylarni yangilab, qaynogʻidan keltirgin bolam.

Yusuf afandi soʻzida bir oz davom etdi:
— Siz yana mening aytganlarimni oʻylab koʻring, dovdiramang. Bir bola sizning uyingizda goʻshtli palov yeydi, boshqa ikkovi quruq piyoz bilan qorib toʻydiradi. Menimcha, uchchovining bir yerda yovgʻon yegani afzal. Agar hayrli boʻlsin desangiz, shunday qiling. Fikrim shu. Nima deysiz,Mahmud ogʻa?

Mahmud ogʻa oʻylamasdan soʻylamaydi. Hozirga qadar u ham muammo ustida jimgina bosh qotirdi. Ikki suhbatdoshni diqqat bilan tinglab, toʻgʻri fikrni ajrim etishga harakat qilardi. Bu orada choychi qaynoq choy keltirdi.Ogʻa choyiga shakar solib aralashtirarkan:
— Bu masalada shohsmagan maqul. Cgoydan ichinglar marhamat. Hoʻsh, modomiki,niyatimiz hayrli ekan, ishimiz ham shunga muvifiq boʻladi, Inshaalloh. Qani-qani choydan ichinglar.

Choy ichib boʻlingach, Mahmud ogʻa bazminlik bilan soʻz boshladi:
— Azizim, toʻgʻri, yetim boshini silash juda savobli, juda hayrli sih.Biroq yetim haqiga risoladagidek rioya etish esa har kimning ham qoʻlidan kelmaydi. Holbuki, savob olishning asosiy sabablaridan biri ham shu!

Usmon ogʻaga qarab:
— Modomiki, ezgu bir ishni niyat qilgan ekansiz, menga qolsa Yusuf afandi aytgan taklif munosibga oʻhshaydi. Agar bolaning onasi ham oatsi ham boʻlmasa uni uyingizga olib borganingiz maqulroq edi. Biroq hozirgi vaziyat boshqacha. Demak, bolani olmasdan orqavarotdan yordam berish hayrliroq boʻladi. Agar rozi boʻlsangiz bu ishga men ham bosh qoʻshsam. Ogʻayni, tashabbus zidan, albatta. Ammo barobar harakat qilib, savobdan men ham hissa olayin. Muhimi shuki, bu yordam faqat mahfi boʻlishi lozim. Uyga borib, bolani olmaslikka qaror qildim deysiz. "Bolani urib soʻkib savob oʻrniga gunoh orttirmaylik tagʻin", deysiz. Ayolingiz mabodo:"Boalni olmadikku, yeb ichishini ta’minlab turibmiz" deb qolsa bormi, bu gapni oʻsha ona eshitsa, koʻngil qolishma boʻlmasin. Shunay emasmi, afandim.

Yusuf afandining haq soʻziga Usmon ogʻa nima ham deya olardi.
— Toʻgʻri juda ham toʻgʻri. Alloh madadkoringiz boʻlsin. Alloh savobdan bebahra qilmasin, dedi. Yetim masalasi shu bilan yopildi.

Bir necha daqiqa jim qoldilar. Eshik tomonga qarab oʻtirgan Yusuf afandi Mustafo bilan oʻrtogʻi kirib kelganini koʻrgach, mavzuni ochishga qulay fursat ekldi deb, sekingina chaqirdi:
— Mahmud ogʻa.

Ogʻa boshini koʻtardi:
— Ha, afandim,-dedi. Koʻpincha unga faqat afandi deb hitob etardi.
— Ogʻa, ana bu bolalarni koʻryapsizmi? Huv anavi stolda oʻtiribdilar.

Ogʻa boshini oʻsha tomonga burdi, qaradi:
— Ha, ana u yigitlarmi? Ularni anchadan beri koʻrib turaman.
— Hosh, nima deysan?
— Nimaga, Nima deyman?
— Ya’ni bu yigitlarning bizdek kesa yoshli kishilarning orasiga qoʻshilishiga, bu choyhonaga kelib ketishlariga. Koʻryapsizki, oramizda boshqa yoshlar yoʻq.

Mahmud oʻgʻa unga taajjub aralash qarab turdi-da,gap boshladi:
— Hazillashaypsizmi?Sizga nima boʻldi? Charchagan koʻrinasiz. Bular oliyjanob, azamat yigitlar, menimcha, bu yerga bizdan koʻra koʻproq yarashadi.Agar choyhona bir bogʻu boʻston boʻlsa, uning eng toza gullari shu ikki azamatdir. Biz bugun aql hushimizni yigʻib olganmiz. Ammo agar biz shu yigitlar yoshida boʻlsak, vujudimizda kuch-quvvat toʻlqinlanib tursa oʻzimizni tuta bilarmidik? Oʻylab koʻraylik biz oʻspirinlik paytimizda shularga oʻhsharmidik?Yoʻq. Hozirgi serfayz bir holga kirgunga qadar nelar qilmadik?Ular esa hosirdanoq hayotini oʻzgacha bir mezonlar asosiga qurganlar. Kim bilsin,bizning yoshimizga yetganda qanday boʻladi,ular?Fazilatlari shuki, ular yomonlikka kuchi yetmay qolganidan soʻnggina yomonlikdan yuz oʻgirgan emas...

Mahmud oʻga ikki yigitga yana bir qur koʻz qirini tashladi va soʻzida davom etdi:
— Kesa kishi nima uchun hurmat qilinadi?Menga tushuntiring. Vazmin, podob ahloqda ibratli, hayotda tajribali tarbiyali boʻlgani uchun measmi? Masalan, oltmishga chiqqan kishi oppoq soqoli bilan mast alast yursa nima boʻladi?Hatto bola ham uni kalaka qiladi. Xorlaydi. Odamlar oldida bir pullik hurmati qolmaydi. Yoki yomon soʻzlar bilan ikki gapning birida soʻkinib, ogʻziga kelganini aytadigan odamni kim ham hurmat qiladi?!Insonning izzt hurmatga loyiq noloyiqligi hatti harakatidan ham bilinadi. Nazarimda, bu bolalar, garchand yosh boʻlsalarda, ma’naviy ahloqiy jihatidan yuksak darajaga yetishibdi.Bular ham tengdoshlariga oʻhshab kayf safoga berilib, turli qimorhona yoki mayhonalarda kunini tunga ulasa nima ham qilardingiz? Ota-oanlari yoki qarindosh urugʻarini isnodga qoldirsachi?Dinga iymonga hamiyyatga dushman dogʻ boʻlsa amallarini anglamasa ne qilardingiz?Hayvonlardek maqsadsiz tilsiz jonivorlardek beparvo yurish bular tabiatiga noloyiqdir. Menimcha bular ba’zi bezori yoshlarga aralashmadan toʻgʻri yoʻl tutmoqdalar. Oramizda bularday azamatlarning koʻpaygani yahshi-da!

Usmon ogʻa uning gaplarini tasdiqladi:
— Juda oʻrinli zarur gapni aytdingiz. Shularga oʻhshash odobli oʻgʻlim edi, yana Allohdan nima istardim?Qonlari qaynagan kuch qavvatlari toʻlib toshgan bir paytda quchoq ochib turgan munkirga berilmasdan,ibodatida etsa, otasi bobosi, tengdoshlarining jiddiyatiga erishsa, koshki zamonaviy yoshlarimiz shularday hech boʻlmasa, shularning yarmicha boʻlsa?

Usmon ogʻa soʻzini tugatarkan achinib, afsuslanganday boshini chayqab qoʻydida, Yusuf afandiga qaradi:
— Afandim, siz har holda bir yahshilikni niyat qildingiz.

Soʻng choy tashuvchiga sal ovozini koʻtarib:
— Bolam..., - dedi va qoʻli bilan bu yoqqa kel imladi.
— Sen bizga uchta qahva keltir, hov anavi ikki azamatga ikkita choy olib bor.Bizdan ekanini aytma.

Yusuf afandining uyi. Kechki taom payti...Uy bekasi nazarida Yusuf afandi biroz ma’yusdek koʻrindi.
— Afandi, bugun biroz hafa koʻrinasiz? Biron narsadan hafamisiz?
— Ha, honim, bugun biroz hafa boʻldim.
— Bir gap boʻldimi?Yahshilikka boʻlsin ishqilib.
— Boʻldi. Doʻstlarimizdan Usmon ogʻa bor-u, shu kishi bir yetimni asramoqchi...
— Hafa boʻlganingizga qarang. Buni nimasiga qaygʻurasiz?
— Sen shoshilma honim.Men ham bir yetimga yordam berilayotgani uchun hafa boʻlyapman demadimku. Oladigan yetimi uch aka-ukaning biri ekan. Otalari yaqinda vafot etibdi. Usmon ogʻa birini olmoqchi,boshqa ikkisi shunday qolar ekan. Hammasi onasining bagʻrida boʻlsin, siz tashqaridan yordam bering, dedim. Qabul qildi.Mahmud ogʻa ham unga yordam bermoqchi. Faqat bu yahshilikka men ham qoʻshilayin, bu savobga men ham sherikboʻlayin deyolmadim. Oʻyladim, oʻzimiz tirnogʻimizning kirini soʻrib oʻtirgan boʻlsak, ularga qanday qilib yordam beramiz, hayronman? Sharoitmiz bemalol boʻlsa, biz ham yetimni boshini silab, koʻngini olsak hursand qilsak honim.

Honim unga tasalli berdi:
— Afandi,szi ham bir yahshilik qilgansiz. Biri sevinib, boshqalari boshini egib qolishiningoldini olgansiz. Yahshilikoʻrniga, yahshilik qiluvchilarni toʻsgʻuvchilardan boʻlganingizda dodimiznikimga aytardik! Hudo saqlasin. Toʻgʻri qoʻlimiz uzun boʻlsa qani edi, biz ham bu ishga qoʻshilsak...Koʻngil istaydi,ammo nachora. Bobom aytardi, bir hayrli ishni bajarmoq istab, imkoni boʻlmasa, shu niyati uchun ham savob olarkan. Endi duo qilaylik, Alloh ishimizni oʻnglasin, niyatlarimizning roʻyobga chiqishiga madadkor boʻlsin.

Yusuf afandi bu soʻzlardan mamnun boʻldi. Imkoni boʻlsa, Usmon va Mahmud ogʻalarga sheriklik qilardi. Ayni paytda yahshilik etgani kabi savobga sazovar boʻlish tushunchasi uni sevintirdi. Yaqinda imom aytgan gapniyahshilab eslashga harakat qildi:"Agar biror kishi daryo sohiliga yoʻlovchilar damolganda otlarini bogʻlab qoʻyish uchun bir qoziq qoqib qoʻysa Alloh taolo shu sababli unga savob beradi. Undan keyin yana bir kishi kelib odamlar surinib yiqilmasinlar deya shu qoziqni sugʻurib tashlasa, unga ham huddi shunday savob beriladi. Niyatning ahamiyati muhimdir".

Hotini bir piyola qahva keltigunicha shularni oʻylab quvondi, koʻngli taskin topdi. Endi bemalol qahva ichsa boʻladi. Piyolani boʻshatar ekan koʻnglida bir savol tugʻildi.
— Daftarga yozilgan savobning bu yetimlarga qanday aloqasi bor? Bu savob ularning qornini toʻygʻizadimi yohursand qiladimi? Yoʻqsa ustiga bir kiyim kiydiradimi? Bechora Yusuf sen, nomayi a’molingga yozilgan savobda darhol hursand boʻlding. Yetimlarchi? Ularning koʻz yoshlari tinadimi?

Ha,masala gʻoyat muhim. Mabodo bu faqat oʻziga aloqador boʻlsa ish osongina koʻchar edi. Afsuski, bunday emas. Yusuf afandi oʻzining shirin oʻylaridan oʻzi uyalib ketdi. "Ey, hudoyim, menga toʻgʻri oʻylashni toʻgʻri yoʻldan yurishni nasib etgin". Bu orada hotini kirob keldi. Hozirgina hayolidan oʻtgan fikrlarni soʻzladi, hotini boshini qimirlatib, uning gaplarini tasdiqladi:
— Afandi koʻp oʻylanmang, yetimlarning onasi bor muammo hal boʻladi. Mana mening uchta koʻylagim bor, bittasini neraylik. Inshaalloh, hursand boʻladi. Ehtimol oʻzikiyar yoki bolalariga kiyim qilib berar.

Oradan jinday fursat oʻtib hotini ichkaridan yangi bir koʻylak bilan roʻmololib chiqdi. Yahhsilab oʻrab erining qoʻliga berdi. Shu payt muazzin hufton namoziga azon aytdi. Yusuf afandi:"Yo, Alloh" deb oʻrnidan turdi. Jome’da namzoini ado etgach, hotini bergan tugunchani olib, tim qorongʻu koʻchaga oydin niyat bilan chiqdi.

Tong gʻira-shira yorishgan damlar... Harobroq uyning kichik bogʻi oʻz bagʻrida uy bekasi uchun kutilmagan sovgʻa saqlardi. Tong namoziga uygʻongan uy bekasining lablari bir muddat qimirlab turdi. Soʻng koʻzlari otasiz uhlashga endi-endi koʻnikayotgan uch goʻdagiga tushdi. Ezildi. Jimgina yotoqdan chiqdi. Farzandlariga rizq soʻrab, ularni parishon qilmaslikni tilab Allohga duolar qildi. Koʻzlarida paydo boʻlgan ikki tomchi yoshni sidirib hovliga chiqdi. Yuzlariga urilgan sarin shamol uyqusini haydadi. Duolar qilib, tahorat olgach, oʻrnidan yurarkan devor tubidaghi qoraygan narsaga koʻzi tushdi. Nima ekan u ? Qarasa bogʻlangan tuguncha. Ochib koʻrdi. Yangi,pokiza koʻylak, bitta roʻmol. Bir zum nima qilishini bilmay qoldi. Kim qoʻydi ekan? Olsammi, yoʻqmi? Soʻng bildirmay yahhsilik qiluvchilarning ishi deya olib ichkariga kirdi. Namoz oʻqidi. Qur’oni karimni ochdi. Eri oʻlganidan beri har tong "Yosin" oʻqishniodat qilgan edi. Uning ruhi oʻqigan oʻqigan Qur’on savobi bilan huzur topishini oʻylab, tilovatga kirishdi. Qaysi biri oldin oʻlsa, tirik qolgani oʻlgunicha unga bagʻishlab Qur’on oʻqishni,unutmasdan duolar qilishni eri bilan ahdlashishgan edi. Bu oʻsha va’daga vafo edi. Oʻqidi. Qur’oni karimni yopdi.Oʻpib koʻzlariga surdi. Kelin boʻlib tushganida tikkan jildning ichiga soldi va joyiga ildi....

Ertalab soat sakkizlarda eshik taqqiladi. Usmon ogʻaning hotini kelgan edi. Kenja oʻgʻlini oʻzlariga olish taklifi...

Ona yuragini ta’riflab boʻlmas darajada qattiq iztiroblar toʻldirgan edi. Bir bahona bilan tashqariga chiqdi. Oʻgʻlini bagʻriga bosdi. hidladi,oʻpdi, takror quchdi. Bir yoqda koʻz yoshlarini artar, bir tarafdan:
— Goʻdagim, bolam, yetim farzandim,- deya sekin ingrar, bola esa nimalar boʻlayotganini anglamasdi.
— Ona, yigʻlamnag, yigʻlamng ona,- deya boshladi. Ovozidagi titroqdan uning ham yigʻlab yuborishini anglagan ona, oʻzini tutdi,. bolasini ezilishini hohlamadi. Dardini ichiga yutib, koʻzlarini artdi va ichkariga kirdi. Nima deb boshlashni bilmasdi:
— Bolamni olib ketishga keldingizmi?- demoqchi edi, aytolmadi. Soʻzni mehmon honimdan kutdi. Usmon ogʻaning hotini yengilgina yoʻtalib:
— Qizim, bugun bolani olib ketmoqchi edim,-dedi.Shu mahal onanng yuragi dahsahtli darajada ura boshladi. Oʻrtanishi yuzida zuhur etdi.
— Biroq, ogʻangiz kechasdi kelib, fikridan qaytganini aytdi."Balki yetim haqqiga yetarlicha rioya qilolmasmiz", dedi."Savob olaman deya gunohga qolmaylik, qizimga ayt hafa boʻlmasin’, dedi.

Ona hayajonlandi. Farzandining ketmasligi undan judo boʻlmaslik sevinchi bilan qaygʻulari qorishib ketdi.n Ortiq gapirolmadi.
— Nega hafa boʻlayin, majbur emassiz ahir. Alloh rizqlarini berar, rahmat,- deya oldi, holos.

Usmon ogʻaning hotini ketdi. Uni kuzatib qolgan ona bolalariga bildirmasdan, huddi biror ish bilan mashgʻul boʻlgandek uy ortidagi devorga suyanib yigʻaldi, selu-selob boʻlib yigʻladi, shashqator yigʻladi, toʻyib-toʻyib yigʻladi. Ularni boqish uchun ertaga kimningdir hizmatini qilishga, birovlar eshigida bolalarini toʻydirish uchun ularning bolalariga ermak oʻyinchoq boʻlishga rozi eyekanini oʻylab, kuyib-kuyib yigʻladi. Boshqa bolalar nozu-niyoz ichida, oʻz bolalari boshi egik, horu has ichida oʻsishini oʻylab, toʻyib-toʻyib yigʻladi....

Qancha vaqt oʻtdi bilmadi. Birdan esiga tuguncha tushdi. Noma’lum hayr sohibi kim? Yoki oʻgʻrimi? Qochayotib, quvib yetishlariga koʻzi yetib tugunchani bu tomonga otdimi?Yoʻgʻe, oʻgʻri bir koʻylak va bir roʻmol uchun oʻzini tahlikaga qoʻymas? Bu - gʻamhoʻrlik,yahshilik alomati. Ona buni hayrga yoʻydi. Alloh goʻdaklarini och-yalangʻoch qoldirmaydi, rizqini yetkazadi. Usmon ogʻaning hotini bolani ololmaydigan boʻldik deganini qanday tushinish mumkin?Nima boʻlganda ham bolasini olib ketmaganlari yahshi boʻldi. Bolalari koʻz oldida, oʻz bagʻrida oʻsadi. Ammo bularni boqib ulgʻaytirmoq oson boʻlmaydi. Kimga ishonadi,kimning yumushini bajaradi?Bir kunlik non topish uchun oʻzgalar eshigida ishlashi, birovlarning bolalariga qarab, oʻz bolalarini qarovsiz qoldiradi. Bolalarning qornini toʻygʻazdi. Tozaligiga kiyim boshiga qaradi. Yuz-koʻzlarini siladi. Vaqt peshinga yaqinlashgan edi. Tuyqus eshik taqqiladi. Uyga 12 yoshlardagi bir bolakirdi. Ustida qurigan hamirlar yopishgan uniqqan etak. Bundan bolaning nonvoyhonada ishlashini bilish mumkin. Sochlari, yuz koʻzlariga un urib qolgan. Sokin,soʻlgʻin chehrasi, zaifgina vujudi kishida yengilroq boʻlsada, achinish hissini uygʻotadi. Bola bir-ikki yoʻtalib:
— Hola, Jamila hola sizmisiz?
— Ha, oʻgʻlim.

Bola moʻljaldagi honadonga kelganiga ishonch hosil qilgach, choʻntagidan bir kichik daftar olib, qarshidagi beva ayolga uzatdi.
— Hola, bu daftarni olib anavi qayrilishdagi nonvoyhonaga borasiz. Bir varagʻini yirtib, uzatib bitta bnon olasiz. Ikki varagʻini uzatib ikkita non olasiz.
— Oʻgʻlim buni kim berdi?
— Ustam berib yubordi. Nonvoyhonaga bir keksa odam keldi, usta bilan suhbatlashdi, keyin shu daftarni qoʻlimga tutqazib, sziga berib yuborishdi.
— Yahshi oʻsha kishini ismini bilasanmi?
— Bilmayman hola.
— Suhbat payti eshitmadingmi otini?
— Yoʻq, unda men ichkarida edim. Eshitmadim.

Jamila honimning oʻyga tolganini koʻrib, bola soʻraydigan savoli qolmaganini anglab:
— Men katyapman, hola, koʻpqolsam ustam urushadi. ,- deya chiqib ketdi. Jamilahonim bunda bir yahshlik bordir,deya eshikni yopib ichkariga kirdi. Tongdagi tuguncha, Usmon ogʻaning hotinining kelib ketishi va nihoyat nonvoyhonadan non olish....

Eri oʻlganidan keyingi koʻngilsiz hodisalar... Agar u hayot boʻlsa, jigarporasini birovga boqish uchun berish kimning ham aqliga kelardi. Nochorlik qursin. Hozirgi sirli holatlar gʻoyibona marhamatlar...Bularning oqibati qanday boʻladi. Bir qarasang, bolani olishni oʻzlari taklif qiladilar va yana oʻzlari rad etadilar.Bir yoqdan bildirmay tugun tashlab ketishadi, yana kimligini aytmasdan kunlik nonlarini ta’min etishadi. Shubhasiz, bu Allohning bir lutfi karamidir. Moʻmin bandasi diliga yetimlarga mehribonlik tuygʻularini ehson etgan, Allohning Oʻzidir. Yer yuzida oʻziga oʻhshagan tul bevalarning holi parishon, qancha qanchasi yoʻqchilik girdobida. nima qilish kerak? Bu yordamlarni rad etsinmi, qabul etsinmi? Rad qilsa hovuchida ne yemishi bor va qoʻlidan nima ham kelardi? Bolalarni qanday boqadi? Eridan oʻziga va bolalariga qolgani bir bogʻ va ikki honalik kichik uy. Daromad keladigan joy yoʻq. Sotishga arzigulik narsa ham. Bundat yordamni qabul qilmoqdan oʻzga chora va mulohaza yoʻq. Zotan, shu paytgacha birovdan biror narsa soʻragan emas. Soʻrab olgandan ko;ra, soʻramasdan kelganiga rozi boʻlmoq yahhsiroqdir. Bu mahfiy yordam edi. Bunda ALloh rizosidan boshqa maqsad koʻrinmas edi. Jamilahonim holiga hsukr etishi lozim. Toʻgʻri, mol-mulki bisyor emsdi. Istaganiga erishgan ham emas. Eri oʻldi. Bolalarini bazoʻr toʻygʻizar edi. Qolaversa, farzandlari bilan birga yashashning oʻzi ham katta ne’mat. Hudoga shukr. Salomatligi joyida. Tiriklik uchun nomusini toptamaydi. Qolaversa, bu dunyo rohat va farogʻat makoni emasku!Kim ham istaganini topib murodga yetib gʻam tashvish koʻrmay oʻtgan bu dunyodan?

Birvaqtlar onasi unga shunday rivoyat soʻzlab bergan edi:

Bir podshoh hastalanib uzoq yotib qolibdi. Tabiblar davo top[olmabdi. Nihoyat sayyoh bir tabib podshoh yaqiblariga:"Agar hech dardi yoʻq bir kishining koʻylagini kiydirsangiz kasal shifo topadi, - debdi. Buni eshitganlar bundan osoni bormi, deya,koʻylakni soʻrab surishtira boshladilar. Biroq, dardim yoʻq, deguvchi topilmabdi. Shaharning boylariga mansabdorlariga uchrabdi. Hammasi olam jahon dardi borligini aytishibdi. Nihoyat, eshikma eshik yurib izlaganlari holda ham darddan shikoyat etmagan odam topilmabdi. Shundan soʻng qoʻshni shaharga habarlar yuborib dardi yoʻqlar boʻlsa podshoh hursand qilishini bildirishibdi. Nihoyat, bir kun qoʻshiq aytib togʻdan oʻtin terib kelayotgan bir kishiga roʻbaroʻ boʻlib undan:
— Ota, darding yoʻqmi?Nega hursandsan? Ustingda yuk, hirgoyi qilib ketyapsan?-deb soʻrashibdi.
— Nima dardim boʻlsin, hech qanday dardim yoʻq.

Ishonmay qayta soʻrashibdi. Shu javobni takror eshitgach:
— Jiddiy soʻzlayotgan boʻlsang, seni hursand qilamiz. Bizga koʻylagingni berasan, biz ogʻirligiga teng tillo beramiz,-debdilar unga.

Kishi javob beribdi:
— Jiddiy aytayapman, hech qanday dardim yoʻq, ammo afsuski, koʻylagim ham yoʻq.

Ishonmay uni yechintirib koʻrishibdi, rostdan ham uning koʻylagi ham yoʻq edi.

Jamilaning onasi hikoyani tugatgach:
— Qizim, dunyoda dardsiz odam yoʻq. Ahvoling bundan ham yomon emasli uchun shukr qil. Musibatlarga sabrli boʻl,- degan edi...

oʻsha kuni non olish uchun doʻkonga borsa odam juda koʻp ekan. Ortiga qaytdi. Birpas kutib yana bordi. Deyarli navbat yoʻq edi. Uyalib-tortinib doʻknga kirdi va non chekini uzatdi. Nonvoy biroz avval oʻzi yuborgan chekni tanidi, non olib Jamilaning oldiga qoʻydi. Jamila qoʻlini uzatmadi:
— Amaki, daftarni menga yuborgan ehson sohibini bilmoqchi edim.

Doʻkon egasi koʻpni koʻrgan odamga oʻhshaydi:
— Qizim,oʻsha kishi oʻzini tanitishni hohlasa chekni boladan berib yubormay oʻzi olib borgan yoki oʻzingizni chaqirib bergan boʻlardi. Bilib ham nimaqilasiz? Bu bir yahshilik. Istagi: siz bilmasangiz, uni oldida tilingiz qisilmasa, hijolat ham boʻlmasangiz. Uni niyati shu.

honimni faromush koʻrib, samimiy ohangda qoʻshimcha qildi;
— Buning zamirida yomon niyat yoʻq, qizim. Sizning qiyin holga tushmasligingiz uchun, Alloh rizosi uchun yordan qizim. Oʻzingiz soʻrab borgan emassiz, toʻgʻrimi? Hech kimdan hech narsa soʻramadingiz-ku. Alloh sizga va bolalaringizga mehribonlik qilib yahshiligini yuzingizga solmaydigan bir yordamchi yubordi. Bemalol yordamini qabul qiling.U odam ham savobga erishsin. Sizning nonga ehtiyojingiz qanday boʻlsa u kishining ajr va savobga ehtiyoji shunday! Va hatto undan ham ziyod. Nonni hotirjam yeyaveringlar qizim.
— Hoʻp amaki, bu oliyjanob kishini tanisam, haqqiga duo qilsam,degandim.

Doʻkin egasi bu soddalikdan yengilgina kulimsirab qoʻyishdan oʻzini tiyolmadi. Nonni uning qoʻliga qoʻygach:
— Duo qiling. Agar siz ismini aytmasangiz ham duoyingiz ijobat boʻladi, Inshaalloh. Alloh bu yahhsilikni kim qilganini bilmaydi deb oʻylaysizmi? Boshqa safar siz ovora boʻlib kelmang, daftarni bolangiz olib kelsin. Buning hech ham hijolat boʻladigan joyi yoʻq.

Jamilahonim nonni olib uyiga joʻnadi. Non chekini savobtalab Usmon ogʻa joʻnatganini bilmadi. Shunday yahshilik qilinajagini eshitgan nonvoy - yetimparvar kimsa ularga nonni yarim bahosida berishini aytgan edi. Mahmud ogʻa, Usmon ogʻa va nonvoydan iborat savobtalab insonlarning shu zaylda boshlagan ishi sirligicha qoldi...

* * *

II

Oradan bir hafta oʻtdi. Yusuf afandi Munavvarhonimning iltimosiga koʻra Mustafo haqida mahmud va Usmon ogʻalardan, boshqa choyhonachiga oʻhshash yana bir ikki tanishlaridan soʻrab bildi. Barchaning fikri ijobiy boʻldi. "Bu yoshdagi yigitning ayni holatidan quvonmoq lozim boʻladi’,- deyishdi ular. Munavvarhonim Yusuf afandi tavsifidan manun boʻldi. Allohga shukronalar aytdi. Yonidagi 11 yashar oʻgʻli Aliga ham havas bilan qaradi. ichidan akasiga oʻhshasin,Ilohim,dedi. Oʻsha seshanba kuni Mustafoning uylanishidan soʻz ochildi.Munavvarhonim buni anchadan buyon oʻylayotgan edi. Endi yurak yutib togʻasining oʻgʻliga maslahat soldi.
— Meni yolgʻiz tashlab qoʻymang, Mustafo meni oʻgʻlim boʻlsa, sizga jiyan boʻladi. birgalashib uni boshini ikki qilib qoʻyaylik. Munosib joydan kelin izlaylik.

Yusuf afandi nimadir demoqchi edi gapga hotini aralashdi:
— Izlab uzoqqa borishni hojati yoʻq. Ana, Mahmud ogʻaning qizi Amina bor. Unga hammaning havasi keladi. Odobli, yoqimli, goʻzal qiz. Ular ham Mustafodan ortiq yahshi yigit topisholmaydi, menimcha.

Yusuf afandi hotining mulohazasini maqulladi:
— Toʻgʻri, Mahmud ogʻaning qizi juda munosib. Munavvar shuni bir oʻylab koʻring. Otasi mening yaqin doʻstim. Oʻtgan kuni Mustafoni menga oʻzi maqtab qoldi. Yahshi odam. Pokiza bir musulmon kishi. birovdan yordamini ayamaydi. Mahmud ogʻa uchun men kafil,lekin qizi toʻgʻrisida bir nima deyolmayman. Qoʻshnilaridan soʻrab surishtiring. Lekin ehtiyot boʻling, meni hijolat qilib qoʻymang...

Qoʻshnilarning samimiy va holis maqtovlaridan keyin yahshi hulosa chiqarildi. Amina Mustafo uchun soʻrab boriladigan boʻldi. Yusuf afandi dangaliga koʻchdi:
— Menimcha, hayrli ishni choʻzishdan ma’no yoʻq. Avval ayollar bir necha marta borib, keyin erkaklar qatnaydilar. Menga qolsa,bu qatnovlardan foyda yoʻq. Oʻzim borib Mahmud ogʻa bilan gaplashayin. Atrofga ovoza qilmay bir soʻrab koʻraychi. Koʻnishsa, gap yoʻq, masala hal. Aksi boʻlsa, oʻzlari biladi. Yopigʻliq qozon yopigʻliq qoladi. Jilla qursa beribdi-bermabdi degan mish-mishlar boʻlmaydi.

Bu taklif Munavvarhonimga ma’qul keldi. Toʻyga bogʻliq erkaklar bilan bitadigan har hususdagi ishni Yusuf ogʻaga topshirdi. "Alloh hayrli qilsin",-deya duolar bilan maslahatga yakun yasaldi. Vaqt allamahla boʻlib qolgani uchun Ali sekin-asta mudray boshlagan edi.

Mustafodan soʻraldi:
— Onang seni uylantirmoqchi nima deysan?
— Nima ham derdim/
— Koʻz ostingga olib yurganing bormi?
— Yoʻq. Iymonli, pokiza, hushhulq bir qiz boʻlsa, boshqa istagim yoʻq.

Bu qisqa suhbat onasiga bildirildi...

Mustafo bu masalada onasi bilan gaplashmadi. Faqat toʻy boʻlguncha namozlarida, yolgʻiz qolgan kezlarida duoda boʻldi:"Yo, Rabbim, uylanadigan boʻlsam, menga pokiza bir honim nasib et. Halol sut emgan, Senga bandalik qiladigan,meni Sening yoʻlingan qoʻymaydigan umr yoʻldoshga roʻbaro qil. Mening ham, onamning ham haqqiga rioya qiladigan, bu dunyo u dunyo yuzimni yorugʻ qiladigan bir jufti halol nasib et.Ey, Allohim, yahshi turmush, goʻzal hayot, nasib ayla. Agar turmush yahshi kechmasa, bir-birimizni tushunmasak, mening uylanishdan foyda yoʻq. Allohim, meni huzuri pokingda uyatga qoʻyma!"

Mahmud oʻga bilan Yusuf afandi asr namozini Qubbali jome’sida oʻqib chiqishdi.Quyosh shomga asta sekin yoʻl olgan. Daraxt shohlari yengilgina qimirlaydi.
— Afandi, biror piyola choy ichib ikki ogʻzi gurunglashsak, nima deysiz?
— Yahshi,ammo holiroq joyni tanlasak. Choy bizdan...
— Buning ahamiyati yoʻq. Choy bahona biroz gurunglashsak.

Ularga choyhonaning holiroq joyi ham ma’qul kelmadi.Shunda Mahmud ogʻa:
— Yusuf ogʻa, yahshisi biznikiga borsak. Hoʻp deng. Biroz damolib, bemalolroq oʻtiramiz.

Doʻsti ikkilanganini koʻrib Mahmud ogʻa uning qoʻltigʻidan oldi.
— Qani, qani, menga bu joylar yoqmaydi. Hali zamon har hil odamlar keladi, turib ketishga majbur boʻlamiz. Yahshisi, uyga yuring.
— Men siz bilan shahsiy masalada gaplashmoqchiman.
— Juda yahshi uyda bunday suhbatlar taqiqlanmagan. Bemalol gaplashamiz. Hech kim halal bermaydi.

Yusuf ogʻa koʻndi. Uyga borishdi. Mahmud ogʻa ichkariladi. Birozdan keyin:"Keling, marhamat qiling!"taklif qildi. Ichkari kirildi. Oyoq kiyimlarini yechib bir chekkaga qoʻyar ekan Yusuf ogʻa dedi:
— Bolaligimizdan onam shunday oʻrgatgan. Rahmatli, intizomga juda qattiq edilar. Oyoq kiyimlarni mahsus joyga qoʻyilmasa, qulogʻimizni yengilgina choʻzar va aytganini qldirar edi. Har narsani oʻz joyiga qoʻyishga odatlanganmiz. Tunda chanqab uygʻongan kishi suvni qiynalmay topardi. Kiyim-kechaklar har doim saranjom turardi.

Mahmud ogʻa buni maqulladi.
— Alloh rahmatiga olgan boʻlsin. Ota-onamiz tarbiya bermasa,hudo biladi hozir kim boʻlardik. Bolalikdan menga namzo oʻqishni oʻrgatdi. Oʻyin eng qizigan payti otam behosdan soʻrab qolardi:"Namoz oʻqidingmi, oʻgʻlim?" Yolgʻon gapirsang jahannamga tushasan. Bu tushuncha miyamga muhrlangan. Shu sabab toʻgʻrisini aytardim:"Yoʻq, birozdan keyin oʻqiyman". Otamning bunga javobini ham juda yahshi bilaman. Ammo oʻyinni tashlab ketish ham qiyin. Ilinj bilan otamga qarayman. Otam esa:"Boʻlmaydi bolam, namoz oʻtib ketadi. Oʻyin oʻtmaydi",der edilar. Shunda oʻyinni qoldirib namozga shosh.ardim. Shunday ulgʻaydik. Hudoga shukr, shu yoshga kirdik, namozni oʻtkazib yubormadik. Esdan chiqarmadik. Alloh taolo oatmni behisob rahmat bilan siylagan boʻlsin!

Shu payt eshik ohista taqqiladi. Ostonada 17-18 yoshlardagi goʻzal bir qiz paydo boʻldi. Boshiga chiroyli roʻmol oʻrab olgan, muslimalarning bejirim libosidagi istarali qiz otasiga qarab:"Labbay,otajon",dedi.Otasi Yusuf afandiga ishora qilib:
— Qizim, amaking mehmon. Choy-non keltirgin.
— Hoʻp ota, amaki hush kelibsiz.
— Alloh hushbahtu, hushvaqt qilsin, qizim.

Qiz sekingina iziga qaytdi...

Mahmud ogʻa:
— Mening yolgʻizgizna qizim bor, afandi. Ibodatli,itoatli, Allohdan qoʻrquvchi boʻlsin duolar qildim,Hudoga shukr,shunday boʻldi.
— Mashaalloh,qizingiz odobli tarbiyali ekan.Alloh qoʻllasin.

Suhbat asnosida maqsad oʻz-oʻzidan oʻrtaga chiqib kelmoqda edi. Yusuf afandi gapni nimadan boshlashni bilmay taraddudlanar ekan,ogʻa bir narsa nogoh esiga tushgandek:
— Afandi, hali shahsiy bir masala hususida gapirdingiz,-dedi.

Endi ikkilnaishga hojat qolmaganini sezgan mehmon hozirlanib tomoq qirdi. Negadir yurak urishi tezlashgandek boʻldi. Tashqarida sukunat,qadam qadam tovushlari ham tindi. Hali bir daqiqa avval yonida boʻlgan Aminaning otasiga Yusuf ogʻa dedi:
— Ogʻa, sizga bir kuni choyhonada ikki yigitni koʻrsatgan edim. Esingizdami?
— Ha. Oʻtgan kuni gaplashgan yigitlar...
— Ha. Ulardan biri Mustafo,ammamning nabirasi, qizining oʻgʻli.

Ogʻa birdan hayajonlanib:
— Shundaymi?

Yusuf afandi:
— Shunday ogʻa. Uning buvisi bilan mening otam tugʻishgan aka-singil.
— Koʻp yahshi,juda soz,unday boʻlsa,nega oʻsha kuni tanimaganga oldingiz?
— Bir kuni onasi biznikiga kelib,Mustafoni chetdan kuzatgan bir-ikki odamlar fikrini bilib ber, deb mendan iltimos qildi. Men sizlardan soʻradim ogʻa. Tabiiyki,hatoyimiz uchun jazoga tayyormiz, ogʻa...Biz shu yigitni uylantirish harakatidamiz.

Bu orada tashqaridan qadam tovushi eshitilib yaqinlab kela boshladi. Yusuf afandi jim boʻldi. Bir-ikki soniyadan keyin Amina ichkariga kirdi. Olib kelgan ayronni izzat-ikrom bilan avval mehmonga, keyin esa otasiga tutdi. Otasi:
— Qoʻling dard koʻrmasin,qizim. Ayronni shu yerga qoʻygin.Sen boraver,-dedi.

Amina ayronni qoʻyib chiqib ketgach, Yusuf afandi davom etdi:
— Nima edi, ha, oʻsha Musatfoni uylantirmoqchimiz. Allohning amri, Rasululloh s.a.v. sunnatlariga binoan qizingiz Aminani oʻgʻlimiz, jiyanimiz Mustafoga soʻrab keldim,ogʻa. Mana, siz bilan boʻladigan shahsiy gapimiz shu.

Yusuf afandi bir ikki lahza tin olib, Mahmud ogʻaning ogʻziga tikildi va javob kutib oʻtirmasdan soʻzida davom etdi:
— Odatimizga koʻra avval ayollar bir ikki marta qatnaydi, soʻng ishga erkaklar aralashadi. Men esa boshqacha yoʻl tutmoqchi boʻldim. Tabiiyki, masala faqat sizning maqullashingiz bilan hal boʻlmaydi. Albatta, onasidan soʻraysiz, qizning fikrini bilasiz va shunga koʻra javob berasiz. Agar rizolik bersangizlar yahshi boʻlardi. Shunda sovchiligimizni oshkor etardik. Biror sababga koʻra bermaydigan boʻlsangiz, bu sirligicha qolardi.

Mahmud ogʻani hayajon bosgandek boʻldi. Quloqlarim aldamayaptimi, degandek koʻzlarini bir nuqtadan olmasdan soʻradi:
— Aminani Musatfoga dedingizmi,afandi?
— Ha,ogʻa.
— Musatfo yahshi yigit. Madaniyatli. Oʻtgan kun ham u haqdagi fikrimni aytib edim. Vazmin,oliyjanob yigit.

Soʻng Yusuf afandiga qaradi:
— Afandi, inshaalloh bu ishni choʻzmasmiz. Men ra’yimni hozirdaniq bildirishim mumkin. Agar onasi va qizim rozi boʻlsalar, men ham bu taklifni ma’qullayman. Alloh hayrli etsin. Barobar duoda boʻlaylik. Mendan soʻrasangiz, qizim Mustafodek yigitga aslida loyiq ham emas. Endi bizgabiroz muhlat bersangiz. Uydagilarga vaziyatni tushuntiray. Chunki turmush qiladigan Amina.
— Toʻgʻri ogʻa, aslida qiz va hotindan soʻramay maslahatlashmay, oʻzboshimchalik bilan qizini duch kelganga berib yuborishga men ham qarshiman. Bu dinimizga zid. Ba’zilar puliga, mol-davlatiga qarab qizini uzatadi va ikki kun oʻtar - oʻtmas ish mahkama eshigiga taqaladi. Qiz bormayman deb qarshilik qilishiga qaramay ota qaysarlik qilib turib oladi. Natijada qiz bir oliyjanob yigit bilan qochib ketadi. Ikki kundan keyin esa majburan nikoh oʻqiladi.

Ular bu mavzuda uzoq suhbatlashib oʻtirdilar.Yusuf afandi oqshom yaqinlashgani uchun og;aning qistoviga qaramasdan oʻrnidan turdi:
— Oʻtirsam boʻlar edi, ammo kech qaytishimni uyga aytmagan edim...

Amina otasi bilan kelgan birga kelgan mehmonning maqsadini bilmaydi. Tashqarida qoʻylarini sogʻmoqda. Ayni paytda ichkarida ota-onasi uning turmushga uzatilishi huzusida maslahatlashayotganidan ham habari yoʻq. Oradan biroz vaqy oʻtgach, shom namzoiga chorlagan muazzining tiniq ovozi yangradi. Otasi qoʻliga hassasini olib honasidan chiqdi. Oyoq kiyimlarini kiydi, odatdagidek nimalarnidir pichirlab bogʻ eshigiga qarab yurdi. Amina qoʻlida sut chelakni koʻtarganicha har diomgidek:
— Alloh qabul qilsin,-deyishni unutmadi.Otasi:"Rahmat, sogʻa boʻl,qizim!’, degandek bosh qimirlatib qoʻydi. Hech narsadan habarsiz qiziga mehr va iztirob bilan qaradi. Soʻng jamoatdan kechikmaslik uchun qadamini tezlatdi. Namozda va namozdan soʻng, agar bu turmushga chiqishning oqibati hayrli boʻlsa osonlik va saodatlar ato etishini, yoʻqsa, oʻrtaga bir toʻsiq chiqarishini har ishga Qodir Allohdan soʻradi.

Shu kuni taomni biroz vaqtliroq tanavvul qilib, ertaroq uyidan chiqqan Mahmud ogʻa koʻngliga orom beradigan masjid burchagida jimgina oʻtirgandek koʻrinsada, aslida Allohning uyida ekanini, Uning uyida zikr bilan mashgʻul boʻlish kerakligini yahshi biladi. Yana biladiki, mehmonni e’zozlashga buyurgan bir din sohibi ALloh,jome’larda mehmondorchilik odobiga rioya etgan moʻmin qullarni mutlaqo mamnun etajak.

Til jim. Faqat dil yoʻli Allohga ochilgan,oʻz istagini oʻzidan yahshi biluvchi Parvardigori huzuriga chiqqan, arzi hol aylagan. Yillar shamolida toʻzimas ixlos bilan qilingan ibodatdan, oppoq nurga gʻarq booʻlgan soqol ham qalbdan qoʻzgʻalib koʻzdan oqqan yoshlar bilan nam boʻlmoqda.

Bu orada masjid minorasidan bir sado eshitildi. Qarshi binolarda aks-sadolar berib yangradi. Koʻngildan chiqib, koʻngillarni toʻldiruvchi nido. Allohning buyukligini e’lon etuvchi figʻon. Yuksaklik,ulugʻlik,kamol Allohga oidligini anglatuvchi nola:"Allohu Akbar! Allohu AKbar!". Moʻminlarni ALlohning uyiga chorlov. Moʻminlarni Allohnig uyiga mehmonga, ma’naviy ziyofatlarga chorlovchi eng goʻzal, eng dilbar tovush! Yangroq navo. Bu ss oyoqni tolgʻin, tazzaru holidan umidli holatga keltiradi. Buyuk Alloh uyida qilingan soʻrivni qaytarmasligi va huzurida samimiyat ila koʻtarilgan qoʻllarni boʻsh qoʻymasligi koʻnglida bir qanoat hosil etadi. Namoz ibodati shu qanoat va huzur ichida ado qilinadi...

Uyda ona bilan qiz yolgʻiz. Onasi Aminani yoniga chorladi. "Qizim, senga gapim bor". Ona soʻz boshladi:
— Amina, bugun biznikiga keligan kishi bor-ku...
— Ha, ona.
— Shu kishi sovchi boʻlib, Mustafo degan jiyaniga seni soʻrab kelibdi,qizim...

Amina bunday taklifni kutmagani uchun dovdiran qoldi. Yuzi hayodan qirmizi tus oldi. Tili tutilib, yerga qardi. Bir muddat shu zaylda jim oʻtirdi. Uning javob bermaganini koʻrgan onasisochlarini tuzata turib, ilova etdi:
— Nima boʻldi senga Amina? Hafa boʻldingmi,qizim? Bu barchaning boshida bor gap. Bu Allohning bir qonuni-ki, uni oʻzgartirib boʻlmaydi. Hech kim bunga qarshi borolmaydi. Otangning aytishicha, pokiza, ahloqli, odobli, oliyjanob yigit emish. Onasining onasi Munavvar, otasi avvalroq vafot etgan ekan. Yana 11 yoshli oʻgʻli ham bor emish. Oʻylab koʻr. Uch kun ichida menga javobingni aytgin, qizim.

Mahmud ogʻaning oydek qizi Amina oʻzicha kelin boʻlishiga hali uch-toʻrt yil borligini chamalab qoʻygandiyu,lekin onasining nogoh taklifi uni shoshirib qoʻydi,hayajonlantirdi, oʻylantirib qoʻydi. Yoshi oʻn yettida edi. Yigirma yoshga qadar hali fursatim bor degan qanoat bilan oʻzini ovutib yurardi. Yana toʻgʻrisini istasangiz, Amina hatto turmushga chiqmaslikka ham rozi edi. Nechun deysizmi?

Atrofda bunday hayol-hulosaga olib keluvchi misollar koʻp edi. U hech bir qaynona va kelin oʻzaro turmushlaridan mamnun ekanliklarini eshitgan emas. Honadon siri koʻchaga chiqmasindeguvchilarning til uchida:"Yahshimiz, binoyidek yashab yuribmiz",desalar ham, ularning gap ohanglaridan "Chiqisha olmayapmiz, ammo nachora", degan ma’noni uqish qiyin meas edi. Ikki hotin uchrashib qolishsa, qaynonasi yoki kelinidan shikoyat qiladi. Yoki mahalla kuydagi shunday bahsizlardan gap ochadi. Oddiy bir misol:toʻrt eshik naridagi qoʻshning kelini Kazbon. Uning aytishicha eri bozordan kelganda kutib olishga uyalgan. Qaynonasi darhol:
— Oʻgʻlimni kutib olmaysizmi? Nimaga turibsiz? Sizni kim uchun olib keldim?-deya arazlagan emish. Ikki kun oʻtganidan keyin uyida bir mehmon borligida, bogʻ eshigidan kirayotgan erini kutib olish uchun borayotsa, qaynonasi:
— Qizim ayb boʻladi.el yurt bor-a, deya mehmon oldida izza qilgan emish.

Bunday aqldan, mantiq va insoniylikdan yiroq hodisalarni tinglash Aminaning koʻnglini hira qilar, turmushga chiqish istagini sekin asta yoʻqqa chiqarib borardi. Yana Kazbon aytishicha, biroz e’tiborsizligi tufayli pishirayotgan taomi tagiga olib kuyadi.Qaynona ovi oʻngidan kelgan qoplandek unga tashlandi. Ahir kelin koʻr boʻlmasa, oʻgʻli otdek ishlab topgan narsalarni isrof etadimi? Beli ogʻrib pul topmaganda...Ustiga ustak oʻtin ham koʻp, istaganingcha kuydir, yoq...

Qaynonam birpas toʻngʻillagach, menga qarab shunday dedi:
— Allohdan qoʻrqing, qizim, boshqa narsa demayman. U mening oʻgʻlim boʻlsa, sizning eringiz.
— Ona bilmay qolibman. Atay kuydirmadimku....
— Albatta,bilmay kuydirasiz. Qanday topilayotganini, qandat ter toʻkilayotganini bilmaganingiz uchun,kuydirsangiz ham zararini sezmaysiz. Agar ota uyida shu ishni qilsangiz nima boʻladi? Ehtimol hech narsa...tarbiyaga qaraydi-da.Boʻy oʻsgani bilan ish bitmaydi. Terakda ham boi’y bor, natija meva yoʻq...

Qaynonam arzimagan bahonani topib avjiga chiqardi. Ovqatni bilmasdan kudirib qoʻyganim uchun shunchalik qilishi shartmi? Shunga hafa qilish shartmi? Shumi insoniylik? Qaysi ahloq kitobida bitilgan bu? Oʻzimni aybli sanab:
— Ona boshqa takrorlanmaydi. E’tiborli boʻlaman,desam, javobi hammasidan oshib tushdi. Ikki soatcha javradiyu, tagʻin nima deydi deng:
— Yahshiyam bugun birovga ozor berilmaydigan muborak kun. Yoʻqsa koʻnglingizni hufton qilardim. Shukr eting. Yana bir bor shunday ish tutadigan boʻlsangiz, oʻzingizdan koʻring. Qozonning qopqogʻini shunday eringizni oldida ochaman!...

Shunchalik achchiq soʻzlar aytib koʻnglimni ogʻritgach:"Hafa qilardimu, shukr eting", deganichi. Oʻyladiki, men hafa boʻlmadim. Uning meni hafa qilmadi, shunchaki nadihat qildi. Koʻrgulik deya oʻyladim, koʻrgulik. Haqoratni fazilat deya sanaydigan ayol bilan yashaymanmi? Koʻrglik emasmi? Bunday achchiq gaplarni umrimda eshitmaganman. Ota-oanm mnega bunday soʻzlarni aslo aytgan emas. Bu gaplar oʻy hayolimga ham kelmagan. Koʻngil qolish va hafagarchilik neligini bilib oldim...
— Inson zoti bior ayb uchun bundan ortiq malomatga qolishi mumkinmi? Ahir uyimizdan bundey qoʻpol, qattiq gapirilmas, otam bunga yoʻl qoʻymas edilar.Mehribon oanjonim menga bu tarzda muomala qilgan emas, boshimga shunday kunlar kelishini hayolimga ham keltirmagandim. Qiziq, bizning uyda ham kelin boʻlsa unga qanday muomala qilgan boʻlardik-a? Inson zulmni boshidan kechiragni, tanigani uchun ham shunday zolim boʻlarmikan yo?Aslida har bir qaynona ham kelin boʻlib koʻrgan-ku ahir. Hoʻsh, nega endi mushketti? Oʻzi tortgan zulm alamini birovdan olmoq kerakj? Yigirma besh yil keyingi hayorimni hayolan tasavvur qilamna. Sochlarim oqargan, oʻgʻlim uylangan. Kelin hizmatda. Qahva tayyorlab oldimga qoʻyadi. Mening qoʻllarim titraydi, qahvani toʻkib yuboraman. Ustiga-ustak kelinga jahl qilaman. Baqiraman:"Biroz nari qoʻysang boʻlmasmidi?"Koʻnglini ogʻritaman.Aybsiz kelin,mening achchiq zahar gaplarimga chidolmaydi,yigʻlaydi.Unga rahm qilish oʻrniga, jahl qilaman:
— Yigʻla, yigʻla,bir paytlar meni ham yigʻlatganlar.Men boshimdan oʻtkazdim bu koʻrgulikni. Sen ham totib koʻr. Bunisi hali holva, boshimdan oʻtgan azoblarni senga ham torttirmasam,Kazbon otimni boshqa qoʻyaman. Qahva toʻkishni koʻrsataman hali senga...

"Imillama,Kazbon ovqat kechga qolmasin".

Qaynonam ovozidan choʻchib oʻzimga keldim. Yeng shimarib darhol ovqatni pishira boshladim. Haligi hayolim koʻz oʻngimdan ketmadi. Yo, ALloh men ham nahot shunday insofsiz boʻlsam.Agar shunday qaynona boʻladigan boʻlsam, oʻsha kunga yetkazmay meni jonimni ol,Rabbim,-deya duo qildim.

Bu safar bir nuhoshlik boʻlmasin deya e’tibor berib pishirdim ovqatni. Kechqurun dasturhonga tortilganida negadir yana kuygan hid kelgandek boʻldi. Erim bir ikki qoshiq ovqat yegandan keyin menga:
— kazbon, ovqatda kuyik hidi bormi, qaragin-a?-dedi. Inkor eta olmadim. Chunki hidni men ham sezgan edim.
— Ha biroz kuygan shekilli,-dedim noiloj. Gapga qaynonam aralashdi:
— 0 Shunaqasi ham boʻlib turadi,kelin hali oʻrganmagan.Oʻrganib ketadi. Keyingiz safar e;tibor beradi. E, bolam,biz ham shunaqa edik. Yangi kelin boʻlib tushganimda necha martalab kuydirganman...

Onasining gaplaridan erimning kayfiyati chogʻ boʻlgan edi. Kulimsirab soʻradi:
— Ona, siz ham ovqatni kuydirgnamisiz?
— Albatta,oʻgʻlim,-dedi qaynonam va menga qarab:
— Hali yangi kelinsan. Baland pastni yahhsi bilmaysan. Hohlaysanmi, yoʻqmi bunday aks hollar sodir boʻladi. Bir kuni oʻchoqqa obqat qoʻyib qoʻshni honaga oʻtdim. Bir payt burnimga kuygan narsani hidi urilgandek boʻldi. Bu nima ekan-a?Qoʻshnilardan birortasi oʻchoqqa ovqat qoʻyganu unutgan. Qozondagi ovqat esa chasir chusur kuymoqda degan hayolga bordim. Tashqariga chiqdim, hid ozaydi. Birdan ovqat qoʻyganim esimga tushdi. Va boshimdan bir paqir qaynoq suv quygandek boʻldi. Yugurdim. Ne koʻz bilan koʻrayki, ovqat kuyib jizgʻanak boʻlibdi. Eshik yopiq boʻlgani uchun hid tashqariga chgiqmagan. Shundagi ovqatga suv quymaganim esimga tushdi. Biroq gʻisht qopildan koʻchgan edi. Darhol onamga:"Shu-shu narsalarni olib kelingʻ,deya habar yubordim. Hech ham unutmayman, onam aytib yuborgan narsalarimni oʻzlari yugurib olib keldilar. "Tinchlikmi,qizim". Ovqatni kuydirib qoʻyganimni aytdim. Onam yeng shimarib ovqat tayorlashga kirishdi.Men qozon tagidagi kuyganlarni qirib tozaladim.Ularni boqqa koʻmayotgan mahalim qaynonamkeldilar. Hech narsani sezmadi.

Qaynonam bularni gapirib boʻlgach,kerishib:
— Eh-he, qayda qoldi u eski qaynonalik davri. Shunday holat yuz bersa, eri bor demay qozonni naq boshiga kiygizib qoʻyadi. Bunday holatlar boʻlib turadi,bolam. Qani yeylik,boʻlar ish boʻlibdi.

Bu yerda bir anglashilmovchilik borga oʻhshaydi. Chunki ovqat pishishi bilan mazasini tatib qoʻygan edim. Yahshi edi. Balki qaynonam kunduzi aytgan gaplariga pushaymon boʻlganmikin?Menga gap tegmasligi uchun bunday insoniylik namunasini koʻrsatayotganmikin? Tun boʻyi bunday savollar menga tinchlik bermadi.Biroq saharda idish tovoqlarga qarar ekanman, turgan joyimda qotib qoldim. Men kuygan qozonni yahhsilab yuvmagan ekanman. Qozon ichida qolib ketgan kuyik qoldiqlari bir qoshiq bilan yahshilan qirib olingan edi. Oʻzimcha oʻyladim:ovqatdan oʻz-oʻzidan kuyik hidi kelsa, kuygan qozonni birov tozalab qoʻysa...Buning mohiyatiga aql yetmaslik uchun ahmoq boʻlish kerak holos. Tishimni tishimga qoʻyib, sabr qildim. Ovozimni chiqarmadim.

Oradan bir necha kun oʻtdi. Kunduzlari menga dushmandek tashlanadigan qaynonam, oʻgʻlining yonida onamdek mehribon edi.Uning bu munofqiligi menga shunday alam qilardiki, bir necha bor bu ishini yuziga aytmoqchi boʻldim. Uni sharmanda qilib ichimni boʻ;shatib yengil tortay dedimu, oʻzimni tiydim. Kunlarim shu zaylda hafagarchilik bilan oʻtdi. Erim soʻraganda "tobim yoʻq" dedim. Ishondi, surishtirib oʻtirmadi. Bir kuni kayfiyatim yahshi edi, toʻplanib qolgan kirlarni yuvayotgan edim. Charchab dam olgan kezlarim daraxtdagi qushlarni tomosha qilardim. Bu orada ikki chumchuq urishib qoldi. osmonda bir-biriga urilib, keyin novdadan uzilib yerga tushgan ikki olmadek, yerga tap etib tushardi. Yerda ham goʻyoki, bir-birini yer edi.Atrofida boshqa qushlar chugʻurlashib ularga qoʻshialr, ehtimol ularni ajratmoq boʻlib aralashar edilar. bu orada toʻdadan ajragan ikki qush yana osmonga koʻtarilin yonma yon uchib urushar edilar. Shu qushlarning ham bir-biriga shu qadar shafqatsiz ekanliklarimeni hayron qoldirdi. Ular nimani talashadi? Ahir bu dunyo ularniki kemasku? Yuvgan kirlarni qurishi uchun dorga osib quriganlarini yigʻar edim. Qaynonamning kiyimlarini diqqat bilan yuvib daraxt ostiga osgan edim. Bir mahal qarasam, qushlar iflos qilibdi. Darhol qayta yuvishga kirishdim. Agar bu holdan voqif boʻls qaynonam yana allanimalar deb yulib olishi aniq edi. Qayrilib ikki qadam yurib yurmay uning yoqimsiz ovozidan choʻchib tushdim. Derazadan baqirardi:
— Kazbon, koʻylagimni nega oldingiz.

Yolgʻon gapirgim kelmadi. Hojat ham yoʻq edi. Tabiiy hol deb oʻyladim.
— Qush iflos qilib qoʻyibdi. Boshqadan yuvmmoqchiman.
— Daraxt ostiga ossangiz qush iflos qiladi-da, chang tushadi. Boshqa boʻladi. Nega oʻzingiznikini u yerga emas, ochiq joyga ildingiz. Tabiiy, honimafandining liboslari toza, bizniki esa ne boʻlsa boʻlsin.

Qaynonam yana shunga oʻhshash soʻzlar bilan oʻyib oldi. Soʻngra:
— Onangiz oʻrnida onangizman. Lekin siz onangizdek koʻrmaysiz, uni hurm,at qilgandek qilmaysiz. Buning uchun hali Alloh huzurida javob berasiz,Allohdan qoʻ;rqing. Qilgan ishingiz onaga zulm emasmi?-desa boʻladimi. Tepa sochim tikka boʻldi. Kelinlikning ham bir chegarasi, haddi bordir dedim. Oʻzimni tutib turolmadim. Koʻnglimni boʻshatdim:
— Qanday qilib onam oʻrnida ona boʻlasiz? Bunday soʻzlarni dushmanga ham aytmaydilarku. Qanday qilib onam oʻrnida ona boʻlasiz?Hato qilsam onam meni kechirganlar. Sizdek oʻyib olgan measlar. Yoki siz qizingizga menga gapirgandek gapirasizmi?Nechun kun boʻyi turli jafolar qilib,oqshom oʻgʻlingiz kelganida oʻzingizni sipo tutasiz?Shumi ona oʻrnida ona boʻlganingiz? Uyalmaysizmi? Allohdan qoʻrqmaysizmi?Kelganimdan beri yegan ichganimni zahar qilib,jonimdan toʻydirdingiz. Onadan tugʻilganimga pushaymon boʻldim. Bu yolgʻonlar, bu zulmlaruchun siz ALloh oldida javob bermaysizmi?

Miaymga qon quyildi. Oʻzimni yoʻqotgan edim. Baqirib chaqirish va yomon soʻzalr aytishni koʻtarolmas edim.Qaynonam nimalar dedi,men nimalar dedim bilmayman. Qaynonam soʻzini tugatar tugatmas men boshlardim. Tilimga kelganini aytardim. Birozdan keyin ikkimiz ham shunady holga keldikki, na u, na men aytayotgan soʻzimizni bilmasdik. Bir mahal behosdan bir juft boshni koʻrdim. Qoʻshnilar tomoshaga chiqishgan ekan. Aqlim oʻzimga qaytgandek boʻldi.Shu yerda gapni kesdim:
— Inshaalloh, yayrab kiyolmassiz,-deya boshqadan yuva boshladim...

Ishim bitgach honamga kirib yotdim. Koʻpdan beri bunday rohat qilib uhlamagandim. Ertalab jonim kirib uygʻondim. Endi jim turishdan foydan yoʻq edi. Gʻavgʻo boʻlarmikan?Albatta, gʻavgʻosiz kunni oʻzi yoʻq. Qaynonamni hurmat qilishim kerakmi? Aslo! Hech qachon! Chunki u hurmatga loyiq emas. Arzimas narsalarga gʻavgʻo kootaruvchi bu ayolni hurmat qilishga ne hojat?Kechqurun erim keib uyda nimalardir boʻlib oʻtganini sezdi. Soʻradi, hech narsa boʻlgani yoʻq, biroz behuzurlik, dedim. Ishonmadi, yana soʻradi. Keyin aytdim:
— Endi chidolmayman. Kular yuzim soʻldi. Har kuni ming turli soʻz eshitdim. Yeb-ichganim zahar boʻldi. Men ham insonman. Meni bu yerga faqat qahru gʻazab koʻrsin deb olib keldingizmi?

Bu soʻzalrni eshitib erimni qovogʻi osildi.
— Nega bunday gapiryapsan, Kazbon? Ahir onam sendan shikoyat etgan emas. Har doim yahshiligingan soʻzlaydilar. Nega oʻshanda hech narsa demading?Senga har kuni yomonlik qilgan kishi kelib menga maqtaydimi?Boshqa bunday holni koʻrmayin. Bor, endi qoʻllarini borib oʻp.Yana shunday qiladigan boʻlsang, u yogʻini yahshi bilasan, boshqa gapim yoʻq! - dedi va bu masala shu tariqa yopildi.

Erim haqli deya oʻyladim. Bugungach oʻzini meni yahhsi koʻrgandek koʻrsatgan qaynonam hammasini shunday kunga tayyorlab yurgan ekan. Ovqat kuygan kunda tugʻilgan savolga javob endi topildi. Kechki ovqat mahalida ham qaynonamning qovogʻi soliq edi. Ovqatlanib boʻlgach:
— Oʻgʻlim, kel yonimga oʻtir. Gaplashib olaylik,-dedi. Erim yoniga oʻtirdi. "Hoʻp, ona", dedi. Qaynonam meni boshdan oyoq koʻzdan kechirgach, unga qaradi:
— Hotiningdan shikoyatim bor oʻgʻlim. Mana bu yerimga keldi(boʻgʻziga ishora qildi). Bugungach hech narsa demadim, faqat yahshiligini aytdim. Yaqinda ota uyidan kelgan, ham yosh, oʻrganib ketar dedim. Mayda-chuyda qusurlarini senga aytmadim. Kechirimli boʻldim. Ammo endi ortiq chidolmayman. Kelin zahrini koʻtara olmayman. Bunga majbur ham emasman. Kelin qaynonaga bunday muomala qilmaydi. Men ona hisobidaman,ahir. Bugungacha yahhsi muomala qildim, foydasi yoʻq. Yoshim ulugʻ.Ulugʻlarga hurmat qani? Qaynonaga hurmat-izzat shumi?

Qaynonam yana nimalar dedi bilmadim. Uyatdan yer yorilmadi. Qizardim. Bu qadar hayosiz gapirgan kishining oʻzida hayo bor deyish mushkul. Ortiq chidab turolmadim. Qoʻllarimni yuzimga bosib tashqariga otildim. Kechasi erimdan yana gap eshitdim. Men qaynonamga dushman boʻlish uchunbu uyga kelmagandim. U haqida hech bir yomon hayolga bormagandim. Istardimki, u menga doʻstona quchoq ochsin, men ham unga chin dildan hizmat qilay. Ammo, boʻlmadi. Bir-birimizga ming yillik dushmanlardek boʻldik. Boshqalar qanday bilmadim,ammo men omadsiz ekanman, singlim. Oradan oylar oʻtdi. Men ham tilimga erk berdim. U nima desa men ham gap qaytardim. Bir kunimiz ham janjalsiz oʻtmadi. Hech boʻlmasa yoshini hurmatidan tilimni tiyay dedim, qoʻlimdan kelmadi. Bu ahvol yana qancha davom etadi, bilmadim singlim...

Kazbon hikoyasi Aminaning koʻngil osmoniga ma’yuslik bulutlarini haydadi. Nahotki mening ham hayotim qaynona zulmi koʻlankasida oʻtsa! Uch kun... shu uch kun ichida Amina nimalarni oʻylamadi. Kelin boʻlib boradigan oilani, oʻgʻlining ismi Mustafo ekanini biladi,lekin ular yahshi yomon degan fikrga borolmadi,chunki ularni tanimas, yahshi bilmas edi. Hufton namozini odatdagidan ertaroq oʻqib honasiga kirdi. Chiroqni oʻchirdi, derazani ochdi. Chuqur oʻyga toldi, oʻylari beqaror boʻldi. Dam-badam hayoliga Mustafo ismi taqalib, zehn qorongʻuligidan oʻzi tanimagan yigitni quvib chiqarmoqchi boʻldi. Lekin baribir koʻz oldiga kelishgan bir yigitning gʻira-shira qiyofasi namoyon boʻlaverdi. Keyin boʻljak qaynonaning ismi Munavvar ekanini esladi. Bu ism unga avvalroq boʻlib oʻtgan bir hodisani eslatdi. Oʻshanda onasi hasta edi. Doktorlar ilojini topolmagan bir hastalik. Amina onasining sogʻ kunlarini eslolmaydi. Yilning bir burchida yillarcha ingrab yotgan bir bemor. Bolaligidan qolgan eng teran, eng chuqur, unutilmas hotira. Aminaning onasi hasta. Qachon honasiga kirsa yotgan holda koʻradi, doimo ingraydi. Shu bois u boshqalardan ziyodaroq sevardi onasini. Aminaning koʻnglida bir yara, bir dard bor edi. Bu dard kasalvand onasining qizini bir bor bagʻriga bosibonalik mehri bilan suyub, sochlarini silamagani tufayli paydo boʻlgan dard edi...Goʻdagiga oʻz qoʻli bilan non tutmagan, hastalikdan boshi chiqmagan onaning farzandi koʻnglida jarohat bor edi...

Bir kuniotasi uyga hursand kirib keldi. Amina bu holni anglay olmadi. Soʻrab bilarman deb qoʻydi, oʻzicha. Faqat otasi avvalroq juda bilimdon bir doktor borligini aytdi. Onasini shifohonaga olib borishmoqchi edi.Amina yigʻladi, iztirob chekdi, bormasin dedi. Faqat tuzalishiga ishontirishgach rozi boʻldi. Shifohonaga ogʻir ahvolda tushgan onasi bir oyda oyoqqa turdi. U yerda onasi oppoq halat kiygan, mas’um chehrali farishtaday bir ayol hamshiralik qilar edi. Uning ismi Munavvar edi.Balki uni hozir taniy olmas. Ammo Aminaning koʻnglida yahhsi hotiralar, goʻzal taassurotlar qoldirgandi. Har gal bu ismni eshitishi bilan koʻnglini minnatdorlik va hurmat tuygʻulari egallaydi. Bir kuni kelib oʻsha honimga hizmat qilishni koʻngliga tugib qoʻygan edi.

Ajabo oʻsha Munavvar honimmikan yo? Lekin bu dunyoda Munavvar ismli ayol bittagina emasdir?Kim bilsin...Oʻgʻlini uylantirmoqchi boʻlayotgan qanchadan - qancha Munavvarlar bordir bu shahri aziymda. Shu zaylda qancha vaqt oʻtganini bilmadi. faqat qoboqlariga tushgan yuk uxlash lozimligini anglatib turar, turib yotogʻiga kirdi. Tilovat va duolar qildi. Bu ishni hayrli boʻlishini Alloh taolodan soʻradi...

* * *

III

Juda issiq bir kun. Odamni lohas qiluvchi havo. Amina bogʻda kuymanadi. Charchagan, holdan toygan,tomoqlariqurigan. Oh, qani suv boʻlsa, qona-qona ichsa?Suv soʻray deb atrofga qaradi, hech kim yoʻq. Noiloj sabr etishni lozim koʻrdi. Qimirlashga harakat qildi. Boʻlmadi. Oyoqlari bogʻlangandek. Onasi yodiga tushdi. "Onajon, suv bering", deya baqirdi. Javob boʻlmadi. Hech kim koʻrinmadi. Yana shu hol takrorlandi. Nima qilsam ekan deb oʻylanib yotganida, oʻng tarafida bir ayol koʻrindi. Yuz-qoʻlidan boshqa joylari yopiq bir honim. Yuzlaridan nur yogʻiladi. Aminaga yaqin keldi va suv toʻla piyolani uztdi. Amina uni darhol olib ohirigacha ichdi. Boshini koʻtardi:
— Hola, Alloh rozi boʻlsin, tashakkur,-dedi.Ayol javob berdi:
— Menga emas, suvni yaratganga shukr et, bolam!

Amina Allohga shukr etdi. Ayol boshqa gapirmadi va chiqib ketdi. Bu pokiza, nuryuzli honimning ortidan qarab qolarkan, azon eshitildi. Amina koʻzlarini ochdi. Tong namoziga yaqin koʻrilgan tushlar hayrli boʻladi, deya eshitgandi. Turib tahorat oldi, namozini oʻqidi. Uzundan-uzun oʻy surdi. Chanqaganda notanish bir ayol unga muzday berdi - bu yahshilik alomati. Onasi oʻrniga gʻamhoʻrlik qilgan notanish ayol - boradigan joyida rohat koʻrishiga ishorat edi. Aminaning aqli shunday derdi. Ammo hislari-chi?

Oradan uch kun oʻtdi...Amina ovqat pishirish bilan mashgʻul. Onasi qoʻlidagi yopinchiqqa yamoq solmoqda. Aminaga berilgan muhlatni ohirgi kuni. Bugun oʻsha masala hal boʻladi. Amina javob aytishi lozim. Ketish yoki qolish tanlanadi. Mushkul ish, qiyin ahvol bu. Amina yoshidagilar uchun mashaqqatli kechishi tabiiy, chunki bu masalaga ilk duch kelishi. Hattoki onasi boʻlsa ham, turnushga chiqish istagini bildirish - ogʻir ish. Koʻrgan tushi hayrli va ezgu ishga ishorat boʻlsa-da uyini tark etmoq oson meas. Uch kun ichida Amina ogʻir oʻy ichida qoldi. Uy ashyolariga, qoʻylariga huddi vidolashayotgandek qaradi. Koʻz yoshlarini zoʻrgʻa tiydi,boʻgʻziga nimadir tiqildi. Ba’zan onasidan, sizlarni joningizga tegdimmi, deya ich-ichidan soʻragisi keladi. Faqat onasining:"Bu Allohning qonuni qizim. Uni oʻzgartirmoq hech kimni qoʻlidan kelmas", degani yodiga tushib mehr muhabbat bilan avaylab oʻstirgan ota-onasi haqida shunday oʻylagani uchun oʻzidan hafa boʻladi. Ayriliq beshafqat edi. Kim bilsin boradiga joyi qanday?Borgan uyida tanimagan ayolni onam deydi, koʻpincha uni yonida boʻladi. Hatto oʻzi tugʻilib oʻsgan uyiga mehmonga keladi. Oʻz ota-onasini haftada balki oyda bir koʻradi. Onasini koʻrish uchun izn soʻraladi, ruhsat berilmasa yana ayriliqda qoladi. Qanday qattiq va shafqatsiz ish bu - ayriliq.Yo Rabbiy!Inson oʻz otasini onasini koʻrish uchun boshqa birovdan, umuman oʻzida hech qanday haqqi boʻlmagan kishidan ruhsat soʻrasa. Yillar boʻyi oq yuvib, oq taragan shirin uyqularini tark etgan yeru koʻkka ichonmagan oʻstirgan, koʻksi mehr shafqatga toʻla oʻz onasi endi ikkinchi ona oʻrniga tushadi. Birinchi ona esa notanish ona boʻladi. Juda ham ogʻir ish bu. Hatto oʻylasa yuragi orqaga tortib ketadi. Amina shu koʻyi qolsa yana nimalarni oʻylardi, noma’lum, faqat:
— Amina, - deb chaqirgan onasi uning hayolini boʻldi.
— Labbay onajn,- der ekan Amina hozirgina surgan hayollari ta’sirida paydo boʻlgan koʻzyoshlarini bazoʻr tutdi.
— Qizim qanday fikrga kelding. Tunov kuni aytganlarimga nima deysan, qizim?

Onasining vujudini ham ayriliq azobi ezayotgan boʻlsa ham soʻzlaridagi oʻta mayinlikdan, odatdagidan oz’gacha bir mehribonlikdan sezish mumkin. Endi Aminaning koʻzlari roʻy- eost yoshlandi. Onasining koʻksiga boshini qoʻyib yigʻlay boshladi. Bu jondan aziz koʻkrakka bosh qoʻyarkan, ta’rifiga soʻz ojiz onalik hididan koʻngli boʻshab, qattiqroq quchib koʻz yosh toʻkardi. Aminaning bu holi onasining ham dardini oshirdi. Jigarporam endi qoʻlimdan uchgan qush kabi uchib oʻzga qoʻlga qoʻnadi, degan uyqusini qochirgan oʻylari, oʻzini qadrsiz koʻrsatishlari, sabr matonatlari tugaganday, yoʻq, balki toʻlib toshganday edi. Qoʻllari endi bir mehmonday koʻrinayotgan qizining schlarini silar ekan, ohista titrar, koʻz yoshlarini tutib turolmasdi. Ona-bola bir muddat shunday yigʻlashdilar.

Yigʻlash kimga foyda keltirgan? Hech kimga. Yigʻlamoq bilan biror ish bitadimi? Yigʻlamoq qaysi dardning davosi? Koʻz yosh koʻngil boʻshatmoqdan boshqa bir narsaga yarasa, ketgan qaysa, bu dunyoda kulganlar juda-juda oz qolardi. Shu sabab ona koʻzalrini roʻmolining uchi bilan artdi.
— Boʻldi qizim, meni ham parishon qilma. Boshqa yigʻlama,- deya Aminaga tasalli berdi. Koʻz yoshlarini artib, ohista siladi, yonoqlarini oʻpdi. Amina goʻyo bir necha yoshga kichrayib qolgandek edi. Aslida vazmin Aminaga onasining bu harakati oʻzgacha ta’sir qildi. Mas’um gʻdakdek yoshli koʻzlarini onasiga tikdi:
— Ona, mendan bezor boʻldingizmi? endi meni yahshi koʻrmay qoʻydingizmi?
— Qizim, hech zamonda ota-ona oʻz bolasidan bezor boʻladimi? Bunga qanday tiling bordi, bunday gaplar qanday ahyolingga keldi?
— Unda nega meni uzatmoqchisiz?Nega otam bizning kelin boʻladigan qizimiz yoʻq deb oʻsha kishini qaytarmadi?Men borgan yerimda rohat koʻramanmi? Ular meni sizlar yahshi koʻrgandek yahhsi koʻradilarmi? Ularni ona deymanmi? Uyda, koʻnglingizda Amina uchun joy qolmadimi? Birkun kelib boshqa uyga joʻnatar ekansiz, nega meni bu qadar yahshi koʻrdingiz? Nechun har kuni urib soʻkmadingiz/ Nechun quruq non bilan boqmadingiz? Oʻzingizga shunchalar bogʻlab qoʻyib, endi nega meni oʻzga eshikka yoʻllaysiz? Koʻnglingiz bunga nechuk rozi boʻldi? Ichingiz achimadimi, ona?Bu uyda men ortiqhca bolib qoldimmi? Ota-onasiga yuk boʻlib qolgan menmi?

Aminaning bu soʻzlarini tinglab yigʻlamoq gali endi onasiga keldi. Bu soʻzlarni tinglab turib, chidash mushkul edi.
— Boʻldi, Amina. Bunday gaplarga qnaday tiling bordi? Sendan kim bezor boʻlibdi? Seni kim yomon koʻribdi, qizim? Sen ona koʻnglini hali his qila olmaysan, bolam. Sening qoʻlingga kirgan tikon mening qalbimga botadi. Jigarporamni kelin qilib uzatish, ayrilish azobi mening koʻnglimni poralamaydi, deb oʻylaysanmi?Hatto hayvon ham bolasidan koʻngli ogʻrib ayrilarkan. Men insnmanku! Ammo, Allohning amri bu. Sen kelin boʻlmasang, men boʻlmasam,kim boʻladi?Har ayol Allohning irodasiga qarshi borolmaydi. Shu tariqa naslimiz, hayotimiz davom etadi. Ertyaga bizga kim fotiha oʻqiydi. Alloh hohlasa, u yerda rohat topasan, yahshi qaynonaga duch kelasan, Inshaalloh.

Ona bola shu tariq uzoq gaplashishdi, dardlashishdi. Amina turmush qurmaslikka chora yoʻqligini tushunib yetdi.
— Mayli, ona, agar borgan yerimda behuzur boʻlsam, aroqhoʻr,qimirboz, ahloqsiz bir kimsaga uzsangiz, ikki qoʻlim yoqangizda boʻadi,- deya soʻzini tugatdi...

Oʻtgan bir-ikki haftalik vaqt Mustafo va Munavvarhonimni bilish uchun yetarli boʻldi. Mahmud ogʻa Mustafoni oldindan tanir edi. Onasi-chi? Onasi qanday ayol? Buni oʻrganmoq kerak. Mustafo qanchalik yahhsi boʻlmasin, onasi muammo chiqaruvchi boʻlsa, oilada tinchlik boʻlmaydi,kelin-kuyov bir-birga qarshi boʻlib qolishadi. Mahmud ogʻa:"Oʻgʻli yahshi ekan, deb tanimagan qaynona qoʻliga qizimni berolmayman", degan hotiniga tan berdi. Munavvarhonim haqida orqavarotdan soʻrab surishtirildi.
— Pokiza ayol. Yomonligini koʻrmagnamiz. Shuncha yillik qoʻshnimiz,birov bilan urushganini bilmadik. Ortidan yomonlagan ham boʻlmadi. Unga havasimiz keladi,- dedi qoʻshni ayol. Boshqasi:
— Munavvarhonimmi? Nimasini aytasiz? Odobli, hush ahloq. Sasi sadosi yoʻq. Ishi ibodat va zikr. Uyini bir koʻring. Hammayogʻi toza, sarnjom sarishta. Har kuni ertadan kechgacha uyini yigʻishtiradimi, deysiz. Bir hafat avval ularnikiga boruvdik,bittasi:
— Vo ajab, Munavvarhonim, uyingizda huddi boʻyi yetgan qiz borga oʻhshaydi, qachon kjelsang, qachon qarasang toza, tartibli. Mening uyimda qizim, kelinim bor, yana oʻzim ham yordamlashaman. Bari-bir sizning uyingizdek sarishta boʻlmaydi. Mayli qiz, qiz. Lekin kelinim tinib-tinchimydi.

Buni eshitib Munavvarhonim kulimsiradi:
— Tongda uyni saranjomlab, narsalarni joy-joyiga qoʻyib, tartibga keltiraman. Olingan narsalarni yana qaytarib oʻz oʻrniga qoʻyaman. Shunday qilsangiz izlagan narsalarngizni oʻz joyidan topasiz. Supurgini joyida boʻlmasligi ishni qiyinlashtiradi. Lozim boʻlganda izlab ovora boʻlasiz. Holbuki, men tunda turib chiroq yoqmasdan izlagan narsamni topaman. Buni sizga ham tavsiya qilaman. Ortiqcha ovora boʻlmaysiz.
— Munavvarhonim shunaqa ayol. Oʻzimiz u kabi boʻlmasak ham, shunday qoʻshnimiz borligidan hursandmiz.

Bir kun oʻtirib suhbatlashar ekanlar, Yusuf afandi Mahmudogʻaga Mustafo bilan Aminani munosib bir tarzda koʻrishtirish kerakligini aytdi. Ogʻa bu taklifni yahshi qabul qildi:
— Juda oʻrinli gap, Inshaalloh, ertaga juma namozini oʻqigandan keyin Mustafo bilan biznikiga keling. Alloh nasib etganini baham koʻramiz. Bu orda yohlar ham bir-birlarini koʻrishadi,- dedi.
— Ammo biz uchun ortiqcha tashvish qilmang. Uyda har kuni ne boʻlsa shu. Undan ortigʻiga biz rozi emasmiz.
— Hijolat boʻlmang. Samimiyatimiz bunaqa narsalarda ustun. Qirq yillik doʻstmiz-ku ahir. Hammasi joyida boʻladi, Inshaalloh.

Juma namozidan chiqib, oyoq kiyim ipini bogʻlayotgan Mustafoni koʻrgan odam qattiq hayajonda ekanini sezish qiyin emasdi. Hatto Yusuf afandi ham shunga yaqinroq holda edi. Hozir u ham oʻzining uylanganligi va honimini toʻy kechasiga qadar koʻrmaganligini oʻyladi:"Biz ham oʻshanda koʻrishganimizda nimalarni his etgan boʻlardim, oʻzimni qanday tutardim".

Uch kishi dasturhon atrofida oʻtirdilar. Dasturhonda mehmon kutilganini bildiruvchi alohida tayyorgarli yoʻq.
— Hudoga shukr, bundan ziyodaroq ziyofatga ham qurbimiz yetmaydi desak, noshukrlik qilgan boʻlamiz. Alloh bergan ne’matni inkor qilgan boʻlamiz. Faqat dasturhon atrofiga oʻtirganimda mahalladagi fuqaro koʻz oldimga keladi. Oʻrta holdan ziyoda yeydigan boʻlsam, huddi ularning haqqini tanavvul qilayotgandek boʻlaman. Shu sabab siz kabi samimiy doʻstlarim bilan shu tarzda taomlanaman. Bu gapni ham ilk bora sizlarga aytyapman. Boshqa birov eshitsa, namoyishkorlik hisoblaydi. Bizlar esa koʻpdan bir-birmizni bilamiz, yahhsi tushunamiz.Ovqatdan keyin eshik ohista taqqiladi.Amina qoʻlida qahva bilan ichkariga kirdi. Yuz-qoʻlida boshqa joylari yopiq. Mehmonlarga qahva uzatarkan:
— Hush kelibsizlar,- dedi.

Mahmud ogʻa kursiga ishora qilib:
— Oʻtir, qizim,- dedi. Amina oʻtirdi. Qattiq hayajonlanayotgani yuzini qirmizi tus olganidan bilinib turardi. Bir zamon koʻzlarini yerga tikib, bir nuqtaga tikilib qoldi. Bu orada Mustafo Aminani koʻridi. Qusur topolmadi. Sof,pokizaligi shunday bilinib turardi. Kim bilsin yonlariga kelib oʻtirish uchun qancha kuch sarflagan.

Yusuf afandi Mustafoni suhbatga tortish uchun bir-ikkita savol berdi. Uch erkak suhbatlashar ekan, biroz oʻziga kelgan Amina necha kunki tasavvurida jonlantirayotgan - Mustafoga qaradi. Yoqimsiz hech qanday narsa yoʻq. Dono-dono soʻlzashi, koʻproq tinglashi oʻziga juda yarashadi. Birpas oʻtib mehmonlar qoʻzgʻoldi. Mahmud ogʻa esa honimiga vaziyatni bilishni tayinladi. Onasi Mustafo yoqqan yoqmagani soʻrashi bilan Aminaning yuzi qizarib yerga qaradi. Bu holni eshitgan Mahmud ogʻa "Sukut - alomati rizo" deya oʻyladi.

Bir kuni Yusuf afandini topib Mustafoga Allohning amri bilan qizini berishini aytdi. Hayrli turmush, baht-saodat tiladi. Ikki doʻst bu mavzuda biroz suhbatlashdilar. Mahmud ogʻa roziligini sababi yahshi oila ekanligini bir bor eslatgach:
— Men uchun yahshi turmush muhim. Qizimni oltin kumush injular bilan bezatganingiz bilan tumushi yahhsi boʻlmasa boylikni bir pullik qiymati yoʻq. Ishonamanki,qizim borgan joyida kelinlik burchini ado etadi. Kattalarni hurmat - izzatda va hizmatda qusur qilmaydi. Albatta, hali yosh, kamchiliklari bor. Agar qasddan kamchilikka yoʻl qoʻyadigan boʻlsa, bu boshqa gap. Faqat bilmasdan qilsa, hatolarini kechirsangiz, qizidan ayrilgan bagʻri yoniq otaga tasalli bergan boʻlardingiz,- dedi.

Ogʻa soʻnggi soʻzalrini aytayotib, boshini burib derazadan tashqarini kuzatayotgan qilib koʻrsatdi. Ammo Yusuf afandiu uning koʻzlarida paydo boʻlgan yoshlarini payqadi. Yusuf afandi bir muddat ogʻani oʻz holiga qoʻydi. Soʻng dona-dona qilib hunday dedi:
— Oʻga,men sizni yahshi koʻraman. Sizning koʻnglingiz oʻksisa, men ham hafa boʻlaman. Amina borgan joyida behuzur boʻlsa, mening ham vijdonim qiynaladi. Agar bu uyda Amina yahshi yashashiga ishonmasam, uni soʻrab bormas edim. Mustafo oliyjanob yigit. Uni oʻzingiz ham yahshi bilasiz. Onasiga kelsak ajoyib ayol. Mustafodek yigitni yigirma yil tarbiyalab voyaga yetkazgan ayol Munavvarhonim. Yana ochiqroq aytadigan boʻlsak, bu uyda qizingizni qaynona meas, oʻz farzandidek bagʻriga bosuvchi,mehribon bir ona kutadi. Bunga ishonchingiz komil oʻlsin. Qizingiz Munavvarhonim faqat insoniylik va yahshilik koʻradi. Sohtalikni bilmaydigan, samimiy ayol Munavvarhonim.Bir kun kelib bu ishga sababchi boʻlgan kaminga rahmatlar aytasiz, Inshaalloh.

IV

Munavvarhonim qirq yoshlarda, boʻyi oʻrtadan baland, oriq ham, semiz ham boʻlmagan goʻzal yuzli bir honim. Yillarning goh vazmin, goh mahzun shamollari sochining yarmini oqartirgan. Yuzida paydo boʻlgan bir-ikki chiziq, gohi-gohida taqiladigan koʻzoynak yetuklikdan keksalikka qoʻyilgan ilk odimdir. Agar ismi jismiga, hulqiga, oʻziga mos honimga misol izlash lozim boʻlsa misollar boshida Munavvarhonim turardi. Hatti-harakatlaridagi samimiyat Munavvar(nurli va nurlangan)ismini olishga loyiq ekanligini isbot etadigan darajada ochiq oydindir. Qoʻshnilar hurmatini qozongan, vazmin, sokin ayol. Lozim boʻlmaganda soʻzlash unga yot,oʻylamasdan soʻzlash uning lugʻatida yoʻq.Shu sabab soʻzlagan soʻzidan pushaymon boʻlmaydi. Goʻyo jimligi uchun afsus chekmagani kabi. Kichikligidan beri toʻylarda ham taqinchoq taqmagan. maqsad - bir faqir koʻrib, menda ham boʻlsaydi, deb oʻksinmasin. Munavvarhonimning taqinchoq taqmasligi bilan ish bitadimi? Yoʻq. Toʻylarga maqtanish, koʻz - koʻz qilish, uchun qimmatbaho taqinchoqlar taqin keluvchilar ozmi? Faqirlarni hayollaridan oʻtkazmaydiganlar koʻp. Shu sababli Munavvarhonim taqinchoq taqsada, taqmasada faqirning koʻngli oʻksiydi. Faqat Munavvarhonim bu koʻngilsiz ishga oʻz hissasini qoʻshishni istamaydi. Kimki balchiqqa botsa es-hushiga kelgach bu ishdan oʻzini tortishi tabiiy. Yomonga qoʻshilgan yahshilanmaydi.

Munavvarhonim jagʻi ochiq, ezma hotinlardan emas. Suhbatni ham, sukut saqlashni ham biladi. Noʻrin soʻzlamaydi. Bir kuni gʻiybatga chogʻlangan bir ayolga:
— Alloh sizni ham, uni ham, meni ham avf etsin,- deyish bilan kifoyalandi. Ayol hovliqdi:
— Alloh meni nechun kechiradi?
— Chunki siz dinimiz taqiqlagan narsani qidingiz, gap tashidingiz,u aytgan gapni menga yetkazdingiz. Bu ish gunoh, toʻgʻri emas. Mabodo gapirgan boʻlsa ham, menga aytmasligingiz lozim. Ikkimizning oramiz buziladigan boʻlsa, bundan siz faqat gunoh orttirasiz,-dedi Munavvarhonim.

Bundayt muomalani kutmagan ayolning kayfiyati buzildi. Rajasiga koʻra Munavvarhonim uni tinglagach:
— Voy shunaqami....- deya oʻsha hotinni yomonlashi, oraga sovuqlik tushishi kerak edi. Dovdirab qolgan ayol yana soʻradi:
— Uning va sizning gunohingizni avf etilishi nedan?
— U mening gʻiybatimni qildi va gunoh orttirdi. Men ham gunohkor bir ayolman. Ikkingizdan ham koʻproq gunohkorman. Buning ustiga suyanadigan, ishonadigan biror amalim ham yoʻq. Allohning kechirishidan umidvorman.

Samimiy aytilgan bu gaplar ayol koʻnglida kuchli hayajon qoʻzgʻab yubordi. Oʻzini tavbaga boshlaydigan quvvat ta’sirida qoldi.Fasodchi zehnidagi b u hotin ketayotib Munavvarhonimning fazilatlarini oʻylab, oʻzining bu fazilatlardan yiroq yashagan umriga badal boʻlishini his qildi...

Boshqa birovning qabohatini koʻrmaslik mumkinmi?Yoʻq, mumkin meas. Ammo Munavvarhonim bu qusurni oʻzidan qidiradi,topolmasa boshqa kamchiligim bor deb oʻylaydi,aslo oʻzgalar qabohatini tilga olmaydi,aksincha oʻz nuqsonlarini tuzatish yoʻliga kiradi. Har ovqatlanganida Robbiga niyoz qiladi,bu taomdan ibodat uchun quvvat ber, agar gunoh uchun boʻlsa boʻgʻzimdan oʻtkazma. Ne’matning javobini oʻylab titraydi, hatto ba’zan koʻzlari yoshlanadi.

Ertalab turib merhum eri va yaqinlariga "fotiha" va uchu "ixlos’ oʻqimasdan ovqatlanishni muruvvatsizlik sanaydi. Oʻtganlarni eslamasak, kelgusi avlod bizni oʻylamaydilar, marhumlar tiriklar non-suvga muhtoj boʻlganidan ziyodaroq fotihaga duoga muhtojdirlar deb oʻylaydi. Ularni mahrum etmaydi,duo ila yod qilib, ruhlarini shod etadi. Marhumlar duolarimizni kutib turishiga qattiq ishonadi.

Munavvarhonimning eshigiga "pochtachilar"koʻp qatnaydi. U pochtachi deb faqir, miskinlarni aytadi. Yahshi niyat bilan berilgan har bir sadaqa, ehsonni oxiratga, koʻzlangan manzilga eltuvchi "pochtachilar".Dunyoda eng katta va mashhur pochtahona ham, pochtachilar ham yanglishishi mumkin. Hatto omonatlar ham ba’zan talonchil;ik sabab yoʻqolishi mumkin. Ammo oxirat pochtachilar unday emas. BNerilgan sadaqaning yoʻqolishi yoki oʻzga manzilga tushib qolishi mumkin emas. Pochta puli(muhri, belgisi, markasi) oʻrnida ixloa va samimiyat boʻlsa, zoye ketmasligiga Allohning va’dasi bor. Ba’zan faqir miskinlarni oʻziga sherik deb biladi. Ya’ni mol oʻzingdan, ekib-tikib oxiratda kam deganda oʻn barobar hosil koʻtarish shartnomasini tashkil qilgan sherik. Shu sabab har kelganda ozmi -koʻpmi ularni hursand qilishga harakat qiladi, berganlari oxiratda Alloh tarafidan oʻn barobardan ziyoda qaytarilishiga ishonadi.

Munavvarhonim alohida diniy tahsil koʻrmagan. Lekin Qur’on oʻqishni, namozda oʻqiladigan suralarni oʻrgangan,eng koʻp oʻqiydigan "Tabarok" va "yosin" suralarini yodlagan, yetarlicha diniy bilimi bor. Uyining bir burchida doimo toza joynamoz, yaqinidagi javonda Qur’oni karim, faqat namozu Qur’on uchun ajratilgan oq roʻmol.... Bu oʻzi uchun hozirlagan masjidi...

Namozni vaqtida ado etgach ikki-uch sahifa Qur’on oʻqiydi, oʻpib, koʻziga suradi, shu hol har kuni takrorlanadi. :Yo Rabbiy, bizni bu Kitobing va bu kitob bilan yuborgan sevikli Paygʻambaring shafoatlariga muyassar ayla’,- deya duolar qiladi. Tong namozini vaqtida ado etadi. «Namoz va Qur’on bilan boshlanmagan kundan qanday hayr kutish mumkin «, deydi. Kechasi yotarkan istigʻfor aytar, bilib-bilmay qilgan, yashirin-oshkor gunohlarini kechirishini soʻrab Parvardiforga yolvarar, agar ajalim yesa soʻnggi soʻzim shahodat kalimasi boʻlsin, deya iltijo etar, keyin tilini qimirlatmasdan dili Alloh,Alloh! deya uyquga ketardi.

Uy ishlarini bajarayotganida, ovqat pishiraytoganida koʻnglida Allohni zikr etar, ba’zan har igna oʻtkazganda bir bor «La ilaha illaloh’ deyishni unutmasdi. Dastlab qiyindek tuyuldi, bir – iki, nihoyat uch daqiqa davom ettirardi-da, soʻng ishi bilan band boʻlib qolardi. Oradan yarim bir soatlar oʻtgach tamoman ishga berilib ketganini eslar va takror zikrni boshlardi. Oʻzidan uyalib ketardi. Menga hisobsiz ne’matlar ato etgan Rabbimni bir-ikki daqiqa xotirlab, shuncha soatlar unutibman, gunohku bu deya, yana-da diqqatli boʻlish azmi bilan mashgʻulotini, zikrini davom ettirardi. Avvalari buni bajara olmasam kerak deb oʻyladi. Masalan biror soat ishlab tanaffusda zikr bilan mashgʻul boʻlmoqhci edi, voz kechdi. Aqlini ishimga ham, zikrimga ham ishlata olaman dedi, azm etdi. Bir zamon keldiki, qoʻliga qachon ish olsa, koʻngli hech zoʻriqmasdan Alloh zikrini boshlardi.

Munavvarxonimni ikki jumla bilan ta’rif etsak, dini xususida doimo oʻzidan ilgʻorlarga qarab ulardek boʻlishga gʻayrat qiladi, dunyosi haqida oʻzidan ortdagilarga boqib, holidan rozi boʻladi va Robbiga shukr etadi. Mana uning axloqi. Noni yogʻsizmi, goʻshsizmi, pishloqsizmi, holvasizmi? Gap bunda emas. Chunki yogʻsiz quruq non topolmayotganlar ham bor. Bir kun och qolganmi? Ikki – uch kun yeydigan narsa topolmayotgan ham yoʻq emas. Munavvarxonim bunga oʻxshash moddiy har narsadan kechishi mumkin. Faqat odob va tarbiya, din va axloq xususida aslo bunday emas. Masalan, u:»Har kim har kun yolgʻon gapiradi, men bir marta soʻzlasam hech narsa qilmaydi’, deyolmaydi. «hech namoz oʻqimaganlar, qiblaga hech yoʻnalmaganlar,Alloh va Paygʻambarni SAV hech xotirlamaydiganlar bor», deb bir vaqt namozini qazoga qoldirishni xush koʻrmaydi.

Kimlardir odobdan ayrilgan, kimlardir axloqsizlikni gʻururla namoyish etgan bu olamda irodasiga hokim, toʻgʻri yoʻlda yolgʻzi qolsada umidsizlikka tushmagan, xonimlar xonimini keyinroq yanada yaxshiroq tanib olish imkoni bordir.

Odamlarning bari toʻgʻri,bari vijdon sohibi boʻlmasligi mumkin. Xayrli sih qilmoqchimiszi? Oldingda devordek turuvchi yoʻltoʻsarlar, boshqaning falokatidan huzurlanivchilar, tagi past, kelib chiqishi noma’lum, notayin badbaxtlar bor. Har qayda, har qachon, har davrda bu tur inson qiyofasidagi insoniyat dushmanlari topiladi.

Bular jamiyat vujudiga tushgan qurtlardir, yara ochmaguncha tinchimaydilar. Ikki oila, ikki dos’t orasini buzib zavqlanadilar. Yetolmagan ne’matini oʻzganing qoʻlida koʻrib unga adovat tuyadi. Ovini oldirgan yitqichdek unga tashlanmoq payida boʻladi. Yoki tulkidek payt poylaydi. Amina Mustafoga unashtirilgach, bu och qurtlar faqat bir hafta sabr eta bildilar. Bir kuni peshindan soʻng Munavvarxonimning eshigini sekin taqqilatdi. Notanish bir ayol keldi. Eshik ochilar-ochilmas oʻzini ichkariga oldi.
— Mehmon qabul qialsizmi?
— Marhamat,-deya Munavvarxonim uni ichkariga taklif etdi. Soʻrashdi. Ayol nimadir demoqchi.
— Sizni yaxshiroq taniyolmay turibman, hijolatdaman. Kimlardansiz?

Ayol ayni payti kelganidan gap boshaldi. Aminalar mahallasidane kan, Aminani oʻgʻliga unashtirilayotganini tasodifan eshitib hayrli boʻlsin demoqqa kelganini aytgandan soʻng:
— Alloh hayrli qilsin, yaxshi boʻpti, Egachi, yaxshi boʻpti-yu, ammo oʻgʻlingiz oliyjanob bir insonligini eshitdim. Aina ham yaxshi qiz-u, lekin, toʻgʻrisini aysam koʻnglim rozi emas. Ogʻlingizga kimlar qizni bermaydi? Kimni kimga qoʻshayotganingizni soʻrab- surishtirsangiz boʻlmaydimi?

Munavvarxonim ayolga soʻzida boshqa davom etishi uchun imkon bermadi. Hali eshikdan shoshilib, taklifni kutmay kirishidanoq bu xotinning buzgʻunchi ekanini naglagandek boʻlgandi. Endi gumoni kundek ayon boʻldi.
— Bu masalani qoʻyaylik, jigarim, boshqa gaplardan gaplashaylik,- dedi Munavvarxonim.
— Ammo bolangizni mushkul holga qoʻymoqdasiz?

Munavvarxonim gapni boʻldi.:
— Men oʻgʻlimni boshqalardan ziyodaroq oʻylayman. Bozordan pomidorni ham tekshirib olasiz, men bir umr birga yashaydigan kelinimni surishtirmasdan olamanmi? Shu qadar nodonmanmi xonim? Bizni johil hisoblaysizmi? Oʻgʻlini oʻyalydigan menman. Sizning qizingizni olib berayotganim yoʻqku. Kelinim haqida biror narsa soʻrasam javob bering. Ortiqcha gapga hojat yoʻq. Jim turgan ma’qul. Menga yaxshilikni ravo koʻrsangiz, ortimdan duo eting. Kelinim boshdan oyoq qusurli boʻlsa ham, tanlaganim shu. U bilan yashaydigan ham men.

Vaziyat xotin kutgandek boʻlib chiqmadi. Bunday boʻlishini hech oʻylamagandi. Munavvarxonim choy, qahva keltirdi: har na boʻlsa mehmon. Ayol qahvani ichar ichmas qoʻzgʻaldi. Munavvarxonimning koʻngli xotirjam edi. Kerakli saboq berildi. Faqat uning koʻngli joyiga tushishi kerak. Insoniylik, yaxshilik qilganga yaxshilik qilishgina emas, undan ziyoda yaxshilik qaytarish, yomonlik qilganni esa avval avf etib, keyin unga yaxshilik qilishdir. Shu sabab Munavvarxonim bu ayolga yaxshilik qilgisi keldi va buni insoniy burch deb bilardi. Balki xotin Aminaning qoʻshnisidir yoki qarindoshidir. Oralarida ozmi – koʻpmi kelishmovchilik bordir. Bu gaplar Aminaning qulogʻiga yetishi ham mumkin. Bu xotinni ortiqcha uyaltirishning ma’nosi yoʻqdir.
— Xonimafandi,sizni tanimayman. Balki eklinimni qarindoshidirsiz.Qanday boʻlmasin,boshqa bunday ish qilmasligingizni oʻtinardim.Men kelinimni avval soʻrab surishtirdim, keyin olishga qaror qildim. Yana qirq kishi kelib, ualrni qoralasa ham meni fikrimdan qaytara olmaydi, shunday, endi sizga kelsak, xavotirlanmang, shu gap shu yerda qoladi.Borib Aminaga aytmayman. SOʻzim rost. Men bunday ishlarni yoqtirmayman. Bunga ishonchingiz komil boʻlishini istardim.

Ayol qarshisidagi xonim mustaqil firkli boʻlib, tortilgan tarafga sudralmasligini tushunib yetdi. Turarkan uzr soʻradi. Ich-ichidan boshqa bunday ish tutmaslikka qaror berib ajraldi. Munavvarxonim uning gapiga aldanmagani, yaxshini yomondan ajratolgani uchun Allohga shukronalar aytdi. Soʻngra:
— Yo Rabbim! Bu ayolni bunday yomonliklarga tushmoqdan Oʻzing qoʻriqla, uni avf et! – dey duo qildi.

Mahallada Munavvarxonimdan yomonlik koʻrgan biror hamsoya-qoʻshni, bir xesh aqrobo biror qarindosh – urugʻ yoʻq edi. Bir kun Aminalarning eshigi taqqiladi. Kelgan boʻxchachi ayol edi. Choyshab, koʻrpa-yostiq jildlariga oʻxshash narsalar soʻtadi. Tilini chapillatib:
— Qizim, juda chanqadim, muzdek suv ber, ichayin,- deb gap boshladi. Sovni oxirigacha sipqorgach, boʻxchasidagi narsalarni birma-bir chiqarib koʻrsata boshladi. Yoqtirmaganlarini bir chetga qoʻydi:
— Uyda yaxshirogʻI bor, hohlasangiz ertaga olib kelaman,-dedi. Xotin juda ezma edi. Shaharda tanimaydigan odami yoʻqdek falonchi shu moviy koʻrpa jildidan olgan, pistonchi bir dunyo koʻrpa-toʻshak, yostiq jildlarini sotib oldi va hokazo.
— Odamalr har xil qizim. Birov sariqni xush koʻradi, birov qirmizini yoʻqtirib oladi. Kimdir yaxshiga,yaxshilikka, kimdir esa yomonga, yomonlikka ishlatadi pulini. Kuchi yetmaydigan kambagʻlari bor, yana xasis, ziqnasi bor. Shuning uchun har qaysining istagiga, imkoniga, koʻngliga mos mol topib keltiraman,-dedi.

U bir choyshab va koʻrpa jildini ochmasdan sekin ehtiyotlab yon tomoniga olib qoʻydi.
— Xola, uni ham koʻryalik,-dedi Amina.
— Bular sotildi, qizim. Kecha birovga va’da beruvdim. Qolaversa sizga yoqmaydi, juda odmi narsa. Hohlasangiz koʻring,-deb ularni ham koʻrsatdi xotin. Haqiqatan, naryogʻI koʻrinar darajada yupqa, harir, bir pulga qimmat narsa ekan. Xotinning yana jagʻi ochildi:
— Aytdimku qizim, besh barmoq barobar emas. Biri qashshoq, biri xasis kimdir olgisi keladiyu, olmaydi. Oʻgʻlini uylayotgan emish. Gapiga qaraganda quda tarafa biroz boyroq emish:
— Otasining yolgʻiz qizi, hamma narsani toʻkis qilishalri tayin, men harajat qilib nima qilaman, men uchun qilmaydilarku, oʻz qiziga beradi-da,deydi.

Chuqur nafas olgach:
— Har kim ham sendek emas, bolam. Birov harakat qilib topadi, mol-mulkini farzandi uchun sarflaydi, birovbning tuki ham qimirlab qoʻymaydi. Ne qilasan elchilik!...

SOʻngra oʻsha narsalarni taxlab, joyiga qoʻyarkan oʻchicha qoʻshib qoʻydi:
— Inson buni faqirga bergani ham uyaladi. Koshki uyi yaqinroq boʻlsa, jahannamning tubi. Bormasdimu, ammo nachora non qaygʻusi!

Amina beovtalandi. Haligi matohni bir ayol uylanadigan oʻgʻli uchun olmoqda. Qiz oilaning yolgʻiz qizi. Bu shubha atrofida uzoq toʻxtamadi AMina. Ayol ishini bitirgandi. Amina shubhadan tamoman qutulishni istadi. Oʻsha ayol Munavvarxonimmi yo boshqami?
— Xola,,bu narsalarni oʻsha ayolga eltasizmi?
— Ha, qizim, nimaydi, nechora.-Qoʻli bilan boʻgʻziga ishora qilib,-shuncha ogʻizni toʻydirmoq lozim. U yerdan boshqa mushtariylar chiqar.

Shu payt onasi ham gapga qoʻshildi:
— U ayol qaysi mahalladan? Kimlardan? Bilasizmi?

Boʻxchaga e’tibor bermagandek boshini biroz koʻtarib ilgariga ishora qildi:
— Xuv, oʻsha yoqda, QOrakoʻldan nari. Nimaydi otiyam. Hozir, Muruvvatmidi, Munavvarmidi! shunaqa boʻlsa kerak.

Ona bola bir-birlariga qarab qoʻyishdi. Qarashlarida koʻp mazmun nihon edi. Amina ma’yus tortdi. Xotin aytgan ayol oʻsha Munavvarxonim edi. Hozirdan bu tushunchada boʻlgan qaynona yonida men nima qilaman degan hayolda edi. Onasi xotinga qarab dedi:
— Shoshmang, buvi, bunday ishlar ayb-ku, bularni oʻz qizingizga ravo koʻrasizmi, demadingizmi?

Xotin koʻzlarini yarim yumib, sal iyagini koʻtarib, :qani boʻsh kelma» degandek:
— Ey, mening ishim nima qizim. Aqli, vijdoni bor boʻlsa, mening maslahatimga ehtiyoji bormi? Demak, hamiyati buni koʻtaradi. Menday bir boʻhchachining gapi deb oʻz soʻzidan qaytarmidi? Haqiqatda shayton chalgʻitgan. Sizga bir narsa aytaymi? Oʻsha uyga kelin boʻlib boradigan qizga yuragim achiydi, ogʻir boʻldi unga deyinmi, nima deyishni ham bilmayman. Ota-onasi soʻrab surishtirishsa boʻlardi-da. Ota-onasining joni yoʻqmi, zardasi yoʻqmi, bilmadim. Bolamni bunday kuydirgandan koʻra uyda saqlardim. Soʻng oʻzicha soz’aldi:
— Qornini toʻygʻizolmasang, boʻgʻziga ip solib tort. Hech boʻlmasa bola bechora kimligi noma’lum bir kishining qoʻlida umr boʻyi qiynalishdan ozod boʻladi.

Ayol soz’alri yetarli boʻlganini fahmladi, shekilli, boʻgʻchasini olib, «Allohga topshirdik,hayr», derkan:
— Kimning qizini olayotganini bilganimda edi, tap tortmay ogohlantirgan boʻlardim. Bunday ishlar savob. Hech boʻlmasa mas’um bir qizchani qutqargan boʻlardim. Odamgarchilik bizni tark etdi. Onam akamni uylantirayotganida nimalar qilmadi. Oʻsha kunlar oʻtdi-ketdi!

Shularni aytib-aytib boʻxchasini koʻtarib chiqdi-ketdi. Ortidan eshik yopgan Amina va onasi bu soʻzlardan bir qarich choʻkkandek boʻldi.

Umuman ayollar shunday. Yu daf’a yolgʻon tuzogʻiga tushib, yana yolgʻonni eshitsa, ishonadi, shu qadar koʻp boshdan kechirdimku, deyish ularga yot. Boʻxchachi ayol bu ish bilan nimaga erishib, nimani yoʻqotadi. Yoʻqotadigannarsasi yoʻq. Aslida odobdan, hayodan iffatdan mahrum kimsaning odatiy ishi. Har kun shu zaylda kechadi. U uchun muhimi, pul, igʻvo, gʻiybat. B ishi toʻgʻrimi, yoʻqmi, oʻylab ham koʻrmaydi.

Mahmud ogʻa oqshom uyga kelib qovoqlari osilgan ona-bolani koʻrdi. Hol soʻradi. Amina darhol tashqariga otildi. Onasi ahvolini, boʻlib oʻtgan gaplarning hammasini aytdi. Soʻngra qoʻshimcha qildi;
— Shoshildik, otasi. Yigitni bilaman, yaxshi, yaxshi dedingiz. Yaxshilab soʻrab surishtirmasdan qizingizni berdingiz qoʻydingiz. Tezda «xoʻp» dedingiz. Xoʻp, oʻgʻli yaxshi, qaynonachi? Jigarporam ertayu kech u bilan qoladimi? Ne savdolar soladi, qizimning boshiga. Bu ishda bir gap bor deb, koʻnglijm sezuvdi-ya. Hech koʻrmagan edik sovchilikka ayollar qolib erkaklar kelganini. Nechun hozirgacha qorasini koʻrsatmadi bu ayol? Boshida kali boʻlmasa, kelib koʻringan boʻlardi. Biz ham bilar edik.

Onasi chuqur xoʻrsinib qoʻydi. Koʻngli negadir xufton boʻldi. Koʻp pushaymonlar chekdi,nechun rozi boʻldim? Alamini ogʻadan olmoqchi boʻldi.
— Piyozni kelin qilmishlaru qirq kun hidi chiqmabdi. Buning hidi bir haftada chiqdi. Qani, koʻraylikchi, yana nimalar eshitamiz. Kuydirdingiz qizni, oʻzimga qoʻyib bermadingiz. Qayda koʻrilgan, bir hafta ichida sovchi kelib, qizni olsin. Men yakkayu yagona qizimni shunday joyga berib, shunday uztamanmi? Shoshib boshni yordingiz. YAxshilab oʻylab koʻraylik, oʻzingiz tuzata olarsiz. Oʻzingiz boshladingiz, endi chorasini ham oʻzingiz toping.

Mahmud ogʻa xotining soʻzlari nega bunchalik tushkun va kuygun ekanligini bilardi. Har gapni sanab, har eshitganiga ishonishini, buning ustiga olovga tarasha qalab, yermoy sepishini necha yilki biladi.

Bir hafta avval oʻzi ham Munanvar xonimni bir nech qoʻshnilaridan soʻrab surishtirgach;
— Menga qolsa, bundan yaxshi ayol boʻlmaydi. Hamma yaxhsi dedi, maqtadi. Koshki bizni ham odamlar shunday maqtashsa,- degan xotinining oʻzi edi. Bir haftadan beri jim edi. Bunday voqayelarni koʻp koʻrgani uchun ahamiyat bermadi. Faqat asablari joyiga tushib, tinchlanishini kutish kerak edi.
— Koʻramiz, keragicha hal qilamiz. Sen kuyinma, bu ishni menga qoʻyib ber,-dedi, ogʻa va tashqariga chiqdi.
— Amina, qani bolam, dasturxon yoz! Otam keldi, ochiqqandir ham demaysan? Hah sen xoin qiz-a! hah sen-a!

Amina birozdan keyin keldi. Yuzi gʻamgin. Koʻzlaridan yigʻlagni bilinib turardi.
— Qizim nima boʻldi? Yo mendan hafamisan? Taomni yolgʻiz oʻzimga yedirmoqchimisan? Oʻzingchi? Kel, yonimga oʻtir, men ham xotirjam boʻlayin. Mayli, qani kel, bunday. Yoʻqsa hafa boʻlaman,-dedi otasi.

Ovqatlanishayotganida ham ona-bolani chehrasi yorishmadi.

Otasining;
— Qani, Amina men sening yoshingda bunday oz ovqatlanmasdim, - deyishiga qaramasdan hech narsa yemadi. Nihoyat dasturxon atrofidan qoʻzgʻalishdi. Amina otasiga choy,qahva tayorlash bilan ovora ekan, MAhmud ogʻa bunday vaziyatda Munavvarxonimning kelish xabarini qanday aytishni oʻylardi.

Asr namozidan chiqar ekan Yusuf afandi aytgan edi:
— Ogʻa bu oqshom sizlarnikiga boramiz. Munavvarxonim tezroq boraylik,desa-da, ikki kundan beri men orqaga tashlab kelyapman. Nasib etsa bugun boraylik degandi.

Uyga eklib uydagilarni bu holda koʻraman deb oʻylamagandi. Hozir toʻgʻridan toʻgʻri bu oqshom biznkiga ular keladilar desa kim bilsin ne qiyomatlar koʻradi. Qahvasini ichayotib birdan yodiga tushib qoldi;
— Onasi,senga latifa aytib beraymi, nima deysan?
— Nima derdim, bekorchilikda latifabozlikdan boshqa nimayam qilardingiz? Qizni ja-a oʻrniga joyladingiz. Endi navbat latifaga keldi.

Xotini iztirob bilan gapirar edi. Zarda bilan yuzini oʻgirib olmasidan dedi;
— Xotin,shu Hoʻja Nasriddin haligi Nasriddin Afandi qancha yashab, qachon vafot etganini bilasanmi?
— Hey,otasi, siz meni nega masxara qilyapsiz? Vafotini soʻragincha, qachon tugʻildi,qachon sunnat qilindi, qaysi kun uylandi, nechta bolasi boʻlgan,qanday yashagan, deb soʻramaysizmi? Tavba. Men maktab-madrasa koʻribmanmi? Qachon oʻlsa oʻlsin. Birov oʻlaman desa, bu kishi kulaman deydilar. Hozir shuning oʻrnimi? Nega meni kalaka qilyapsiz?

Ogʻa arqonni yanada uzunroq tashladi. Past keldi. Yanada pastroqdan keldi. Xotining tizzasiga yengilgina urib qoʻygach:
— Qachon oʻlganligini bilmasligingni bilaman.Oʻzim ham achon yashab, qachon oʻlganini bilmayman. Faqat koʻp qadim zamonlarda yashab oʻtganini bilarsan,-dedi.
— Bilaman, xoʻsh?
— Eshit. Bir kuni Afandining yoniga kelib eshagini soʻrashibdi. Xoʻja eshagi uyda emasligini aytishi bilan, eshagi hangrab qolibdi.
— Xojam oppoq soch-soqolingiz bilan uyalmaysizmi yolgʻon gapirishga? Eshak hovlingizda ekanku.

Afandi darhol javob qaytaribdi:
— Oppoq soch-soqolim bilan mening gapimga ihsonmay, eshakning gapiga ishonasanmi? – debdi. Xulos shulki, Xoʻja Nasriddin oʻlganiga koʻp boʻlgnan, ammo soʻzlari qimmatli. Sen ham shunday. Bir xonimni maqtab gapirgan elning soʻziga quloq solmaysan, bir tayinsiz, bir boʻxchachining gapiga kirasan, ishonasan. Uyatmasmi? Men qizim borayotgan oila yaxshi chiqishini xohlamaymanmi? Yomon joyga tushsa mening koʻnglim toʻladi deb oʻylaysanmi? Qizim falokatga tushsa, men saodatga erishamanmi? Yo qizimni faat faqat sen yaxshi koʻrasanmi? U ayolni hali koʻrmadingku? Koʻrib,tanib uyalarsan, bu ishingga pushaymon boʻlarsan. Inson duch kelganga, ayniqsam fisq fasodchiga ishonib ketaveradimi? Bir emas, besh uyda soʻrading. Biriga ishonmading boshqasiga bording. Yaxshiligini aytganlarga ishonmasdan, yomonligini soʻzlagan allaqanday notayinga ishonasanmi? Men ham senga oʻxshab ishonib, ishni buzsam, nima boʻladi? Munavvarxonim biz eshitganlarimizdan ortiqroq fazilatli ayol boʻlsachi?

Ogʻa soz’alrini aytayotib qanday ta’sir qilayotganini bilish uchun xotining yuziga qarab qoʻydi.
— Bugun ular biznikiga keisharkan. Vazmin, sipo boʻl. Mehmon ekanliklarini unutma. Mehmonlarga munosib izzat ikrom koʻrsat. Oʻzing oʻyla, haqiqat avvalgi eshitganlaringmi, bugungismi rosti! InshaAlloh oxiri hayrli boʻlar.

Yarim soatlardan keyin darvoza taqqiladi.

Sodda, lekin toza kiyingan bir xonim. Vazmin. Soz’alshi ham, sukut saqlashi ham oʻrinli. Har holi hurmatga sazovar fazilat sohibasi. Mahmud ogʻa aytganidek, ikki soat ilgari aytgan soz;alri uchun xotinini xijolat chektiradigan,uyaltiradigan yetuk xislatlarga ega bir ayol. Aminaning koʻngliga bu kecha ishonch hislari toʻldi. Uni koʻrishi bilan yuragi huzurlandi. Odamlar shunaqa. Mehri koʻzidan, yaxshiligi yuzidan bilinib turadi. Bir xillari bor-ki, qancha harakat qilinsa-da, yuzi-koʻzini koʻrib soʻzini eshitib,aslo yaxshi koʻrib boʻlmaydi. Shunday odamlar borki, ularni koʻrishing bilan, koʻnglingda yaxshilik qilish tuygʻulari tuyuladi. Ular ta’sirida latif hislar ogʻushiga kiradi inson. Yuzlarida nur bor, iliqilik bor. Alloh ular koʻngliga muhabbat bilan nazar solgan, ularning yuzlari Allohning zikri bilan nurlangan qalblari aks etgan oynadir. Odam ularning yuzlarida qalblaridagi samimiyat va ixlos goʻzal insoniy tuygʻular aksini koʻrib darhol mehri ortadi. Azaldan taniydigan, biladigandek bir-biriga el boʻlib qoladi.

Munavvarxonim Aminada shundat taassurot qoldirdi. Amina yiroqdan kelgan xolasi qarshisida turgandek his etdi oʻzini. Uning dona-dona soz’lari, soʻzlayotib ma’nolarga toʻla mas’um koʻzlari bilan Aminaga qarab qoʻyishlari koʻngliga orom berardi. Yarim soat avval koshki kelmasalar edi deya oʻylagan Amina ketishlari yaqinlagan sayin yana biroz oʻtirishlarini chin koʻngildan istardi.

Ey, hush hulq! Ey,goʻzal ahloq! Qanday qimmatli, qanday buyuksan. Sen-la dushmanlar doʻstga, musibatlar saodatga aylanadi. Ey, goʻzal ahloq! Alloh huzurida sharafing ulugʻ!!!!Aminaning boʻlajak qaynonasi haqidagi tushunchasi Munavvarxonimning hush fe’li, goʻzal hulqi, ochiq chehrasi tufayli qisqa bir fursatda oʻzgardi.

— Qanday onasi, nima deysan? Boshida kali boʻlmasa bir bora kelardi, deganding. Oʻsha oʻydamisan?

Xotini kulimsirab turardi. Mamnun edi.
— Hozircha bir narsa deb boʻlmaydi. Yaxshi ayolga oʻxshaydi. InshaAlloh oxiri hayrli boʻlar.

Mustafo oʻqirdi. Uylanadigan erkak vazifalarini, oʻziga omonat berilayotgan bir xonimga haqsizlik qilmaslikni oʻqib oʻrganmoqda edi. Adolatli, mehribon oila boshligʻi qanday ahloq qoidalariga rioya etishi kerakligi toʻgʻrisida izlanmoqda edi u. Uning izlanishi oʻziga oid vazifalarini bilishiga aloqador. Aminaga aloqadorini Amina oʻylasin. Oilada yaxshilik va insoniylik yoʻlini, har bir yaxshi ishni oʻziga ravo koʻrish, shu bilan birga Aminaga ham goʻzal muomala qilish yoʻlini tutish lozim. Avvalo pichoqni oʻzingga ur ogʻrimasa birovga. Nomusga aloqasi boʻlmagan ayblarni berkitib avf etmoq yoʻlini, yillar boʻyi onasidan oʻrgangan sabr, azmu qaror yoʻlini tutmoq lozim. Amina ham bularni bilsa kerak,ehtimol eshitgandir. U ham inson. Mustafoning yaxshiligiga yomonlik bilan javob qaytarmas, axir?!

Xato kamchiliksiz, bekamu koʻst insonni axtarish! imkondan tashqari ish. Shu qadar imkonsiz-ku, oʻz yaratganiga qarshi hatto kech-kunduz isyon qilgan inson, oʻziga oʻxshash bir insonga nisbatan vazifasini ado etolmasa, bu gʻarib-gʻalat qabul qilinmasligi kerak, ya’ni bundan ajablanmasa boʻladi. Modomiki gulning ham tikani bor ekan, Mustafo gulni tikani bilan birga yaxshi koʻradi. Kim bilsin, oʻzining ham qilajak qancha xatolari bor? Oʻzaro munosabatlarda Mustafo yaxshi insonligini koʻrsatishga azmu qaror qildi. Hayotda ham, oilada ham yaxshi yashashni ta’minlash – Alloh rizosini topish uchun harakatdir. Mustafo shunday qilmoqchi. Aslo odamlar yaxshi yashadilar, deyishalri uchun emas.

V

Amina yana ikki bor qaynonasini uchratdi. Uni oʻz xolasidek koʻrib qoldi. Chunki xayolidagi qaynonaga zid oʻlaroq, bir samimiyatni koʻrdi unda. Uyiga kelguncha soxta mehr tuygan, uyiga kelgach esa har kuni oz-ozdan oʻzgarib boruvchi qaynona hislati unda yoʻq. Shu sabab Amina uni oʻziga yaqin oldi. Unga nisbatan koʻnglida mehr-muhabbat va hurmat joʻsh urdi.

Ajabo, Mustafosi qanday ekan Aminaning. Agar u Munavvarxonimning oʻgʻli boʻlib, tarbiyani undan olgan boʻlsa,muammo yoʻq. Ammo ish faqat uning oʻgʻli boʻlish bilan bitmaydi, albatta. Ota-onasi pok, xush ahloqli boʻlib, bolalari odobsizlar ham uchrab turibdi-ku hayotda. Ularda oʻsha ota-ona tarbiyasidan hech bir alomat koʻrinmaydi. Hatto ba’zilari umrini ibodat bilan ziynatlagan ota-onasini ayblashgacha boradi-ku.

Xuddi bebaho injuni oʻgʻlidan asragandek sochlari ham begona koʻzlardan yashirib oʻrab-chirmab, asrab avaylab oʻstirilgan qizlar shu qadar ochildiki, hatto hayosizlik va yalangʻochlikning eng soʻnggi darajasiga qadar yetib bordilar. Koʻzini haromdan saqlash uchun koʻr boʻlishni orzu qilganlarning oʻgʻillari islavotxonalarda tunashni odat qildi. Ertalabgacha qimorxona va mayxonalarni obod qiluvchilarning bir qismini ota-onasi harom yemoqdan olov yutishni afzal koʻruvchilar edi.

Mustafo-chi, deb oʻylar edi Amina. U ham shunaqa toifadanmi yoki ona tarbiyasi bilan hayoli oʻsgan bir yigitmi? Lekin hozircha bu savollar javobsiz qolib, hayolida aylanar,uni bezovta qilardi. Oh!!! Munavvarxonim kelsa edi,u haqida bir ikki ogʻiz soʻzlasaydi, uyalmasaydi, yoʻlini topib soʻrasay u haqida. Ba’zan Aminani nekbin tuygʻular tuygʻular chulgʻar, Munavvarxonimdek ayol oʻgʻli loyiq boʻlmasa uylantirishga otlamsdi deb oʻylardi. Ertaga uyaltirib qoʻyishini bilib bu ishga qadam ham qoʻymasdi, birovlarning eshigiga qiz soʻrab, kelin axtarib bormasdi. Lekin qaysi ona oʻgʻlini yomon deydi, yomon koʻradi va oʻgʻlining uylanmasligini istaydi? Agar Mustafoni uylantirish lozim boʻlsa, oʻzi chekinib, qarindoshlariga tashlab qoʻymaydi-ku! Lekin boʻlar ish boʻldi. Soʻz berildi. Otasi soʻzidan qaytadigan kishi emas. Agar Mustafoga bermasa, kimga uztadi? Yana oʻshandek notanish birovga. Shunday ekan ne boʻlsa boʻlar. Hech qursa Munavvarxonimdek asl va pokiza bir qaynona bor-ku!

Amina duo qilmoqda. Mustafo aroqxoʻr, qimorboz bir kim boʻlib chiqmasligini soʻrab, duolar qilmoqda. «Yo Rabbim, har ishga qodirsan, har ne sening qudrat qoʻlingda, har ne sening xazinangda yetarli. Boradigan joyimda uyaltirma, turmush qilolmay ortga qaytishdan Oʻzing saqla. Odobli, nomusli yashashni, iymonli, ibodatli dunyodan oʻtishni, huzuringga pokiza holda borishni nasib ayla yo Rabbiy!»

Amina namozdan keyin shunday duolar qilardi.

Toʻy uchun lozim boʻlgan hozirliklar koʻrildi. Bu borada ancha tushuncha va hayotiy tajribasi boʻlgan Mahmud ogʻa Yusuf afandi orqali Munavvarxonimga shu xabarni yetkazdi:
— Ba’zilarga ergashib, afsuski, urf holiga kleib qolgan isrof va turli tashvishlarga berilmasin. Mutlaqo shart boʻlganini bajarsin. Elning ogʻziga elak tutib boʻlmaydi. Ularni mamnun qilish uchun urinib qolmasin.

Munavvarxonim Mahmud ogʻaning bunday fayzli maslahati va takliflarini juda yaxshi qabul qildi. Ogʻa soʻzida haqli edi. Toʻylarda behisob pullar nechun behuda sarflanmoqda?Xositsizlik uchun! Maqtanish uchun! Shuhrat uchun!!!

Kelinposhsha bir kun, bor yoʻgʻI bir soatgina kiyadigan liboslar uchun! Har biri bir faqirning bir necha oyligiga teng boʻlgan qimmatbaho, lekin oʻrinsiz ziynat ashyolari uchun! Bular qancha kambagʻallarni tanglikdan qutqarishi, qancha mas’um goʻdaklarga shodlik ulashish mumkin edi, deya yaqinlariga tushuntirishdan charchamsdi Munavvarxonim. Elning bu holga tushishiga sabab boʻlgan ikki toifa insonlar bor. Birinchi toifa molini sarflab tugatolmaydigan, oʻrinsiz joylarga isrof etadigan boylar. Ikkinchisi, shunday boylardan olingan qarz ostida qolib toʻy – ma’raka oʻtkazib, boylar bilan bellashmoqchi boʻlib, beli sinadigan faqirlar. Ana shu ikki toifa orasidan ba’zan tikanlar aro qulf urgan rangin chechakdek, aqlli va bu aqlini hayrli yoʻlda ishlatadiganlar ham chiqib qoladi. Ularning toʻyga hadyasi isrofu harajat emas, shu yoshlar tarbiyasidir. Toʻy va turmush faqat mol dunyo bilan emas ma’naviy hol, bir-birini tushunish, goʻzal ahloq bilan bunyod boʻlishini yaxshi biladilar, yoshlarni shu yoʻlda tayyorlab yetishtiradilar.

Demak, Mahmud og’a shularning biri. Isrof emas, yaxshi turmush zarurligini chuqur anglagan bo’lsa kerak-ki, qudalariga ham shunday xabar jo’natdi.

Oradan ikki oy o’tdi. To’y hozirligi tugadi. Aslida hech bir to’yda bunday tayorgarlik mukamml bo’lgan emas. To’y xoh kelishuvdan bir oy so’ng qilinsin,xoh ikki yil keyin qilinsin, natija bari bir shu, bari bir yana talay ishlar, tikilishi, bichilishi, olinishi kerak bo’lgan ashyolar qolib ketadi. Inson bu dunyodan har bir ishini tamomlab ketolmaganiga o’xshaydi bu hol.

Uch kundan keyin Aminani olib ketadilar. Endi o’zga bir oilaning qizi bo’ladi, u yerni yurt tutadi va bir umr o’sha yerda qoladi. Hozirlangan narsalar o’raldi, chirmaldi, tugildi, sandiqqa solindi. Yo’lga chiqishi yaqin musofir go’yo. Et bilan tirnoq ajralishidek holat bu hol. Non va suvdan ortiq sevilgan ota-onaning qo’llari o’pilajak. Bu mahalla, bu uy, bu bog’ Aminaga faqat bir mehmonxona bo’lajak. Endi Amina yayrab kezgan, shodlanib, o’ynab-kulgan, umrining eng shirin, eng saodatli kunlari kechgan bu xonadonga xohlagan paytida kelolmaydi. Qo’ylarini sog’arkan otasi yelkasiga ohistagina urib, silab «hayr, Amina» deyishini eshitmaydi va javoban:»Ishingizni Alloh o’nglasin!» deyish zavqini endi tuymaydi.

Ha, otlanish damlari yaqinlashmoqda. Har bo’yi yetgan qizning boshida bor bu hodisa. Buni chetlab o’tib bo’lmaydi. Lekin ba’zan Amina chiday olmay qoladi, ayriliq o’gir ko’rinadi. Dunyoga kelmasaydim, ayol bo’lmasaydim demoqchi bo’lardi. Faqat bu bilan hech narsa o’zgarmasligini, bu fikr Allohga xush kelmasligini yaxshui tushunadi. Istig’for aytadi darhol. U bo’lmasa, boshqa bir qiz o’sha uydan ketadi. Ayriliq azobini tortib, uning yuragi ham dog’lanmaydimi?

Amina ota-onasiga ichdan toshib kelayotgan nimalarnidir aytmoqchi bo’ladi. Faqat nima deydi? Oh, ularga dilini yorsaydi, shashqator yoshlar to’ksaydi. Yo’q, bu holat ularni ham yig’latadi, dardlarini ziyoda qiladi. Lekin qo’ylari unaqa emas, ular Aminaning hamdardlari. Shu sabab ikki-uch kun dardini ularga yordi, ko’zlaridan o’pdi, boshlarini siladi, hidladi, erkaladi. To’yib-to’yib yig’ladi!

O’sha oqshom Amina o’z xonasida ekan, tashqaridan oyoq tovushi kelgandek bo’ldi. QUloq soldi. Ha, zinadan kimdir ko’tarilmoqda. Otasi:
— Amina, yotdingmi qizim?

Amina eshikni ochi:
— Hali yotmadim, ota, kiring,-dedi.
— Bolam, bilasan, sening xonanagga kirish odatim yo’q,ammo bugun ikki o’giz suhbatlashib bir pas o’tirsam dedim.

Otasining rostan ham bunday odati yo’q edi. Amina biroz hayajonlandi,ammo bu tezda o’tib ketdi. O’zini o’ngladi.
— Qizim,ikki kundan keyin kelin bo’lib ketsan. Alloh hayrli turmush ato qilsin. Ikki dunyo yuzingni yorug’ qilsin. Bu yerdan ketib, borgan yeringni qizi bo’lasan. Qaynonangni onangdek hurmat qilishngni istardim. Doimo kichikligingni, kattalarga izzat-ikrom ko’rsatishni untma, yomon so’z eshitsang ham yaxshi so’zla. Sen samimiyatdan ayrilma. Shuni unutma-ki, qilgan kichik yaxshiliging, Alloh tarafidan ziyoda qilib qaytariladi. Bugun kattalarga hurmat ko’rsatsang, ertangilar seni ham hurmat etishadi. Seni borgan joyingda uyalmaydigan bir odaob o’rganishga, yaxshi tarbiya berishga harakat qildim. Umid qilamanki, sen ham meni uyaltirmaslik uchun qo’lingdan kelganinicha g’ayrat ko’rsatasan.

Mahmud og’a sukut saqladi. Qareshisida bosh egib turgan qiziga bir-ikki lahza qarab qoldi. O’zi ham hayajonlandi. Yolg’iz qizini uzatish arafasida bu soz’alrni aytish osonmi? Ellikdan oshganiga, tajribalarda kechgan umriga qaramasdan hayajonlana boshladi. Qarshisida odob va tarbiya bilan o’stirgan yolg’iz guli, malaksifat qizi,lekin bir mehmondek o’tiribdi. Og’a umr bo’yi uning o’sib unishiga harakat qildi.Umrini shu gulni yetishtirish zavqi bezadi. Shu zavq bilan ovunardi. Endi, mana ayriliq kunlari Endi u ketmoqda. Farzand mehri bilan to’la keksayib borayotgan ko’ngli ham u bilan ketmoqda. Faqat endi hisning emas, aqlning amriga muvofiq ish tutish payti edi. Qiziga aytishi kerak bo’lgan so’zlari bor edi. Shu bois so’zlarini dona-dona, vazmin-vazmin davom ettirdi.
— Ular bilan kelganingda doimo eshigim ochiq. Faqat ulardan shikoyat qilib, turmushingdan nolib kelmagaysan. Doimo o’z holingdan rozi bo’l, qizim,shukr qil. Dunyo inson istagan narsasini topadigan joy emas. Unutma-ki, turmushi buzilib ichidan qon yig’lahan ayollar bor. Seni onangdek yaxshi ko’radigan bir qaynonaga ro’baro’ kelishingga, sening haqlaring toptalmasligiga ishonamiz. Yaxshi tarbiyali kuyov topishga harakat qildik. Alloh bizni uyaltirmasin. Hamma ham turmush quradi, bunga qarshi bormoqqa birovning haqqi yo’q. Shu sababli hafa bo’lma, bolam. Allohning qonuniga, amriga sen ham albatta, itoat etursan. Sen ham Allohning buyrug’iga muvofiq oila qurursan. Qur’on va namoz o’qishda davom et. Allohning quli eknaligingni hech ham unutma. Yaxshi turmush ato etishi uchun doimo Unga yolvor. Sen Allohni unutmasang,Alloh ham seni aslo unutmaydi. Qani, endi menga ruxsat, qizim.Senga hayrli tun tilayman.
— Xudo hayringizni bersin, ota.

VI

Amina otasining koʻngli toʻlib- toʻliqib, sal buzilib, jon qulogʻI bilan tingladi va uzoq vaqt uning ma’nodor soʻzlarini oʻylab yotdi. Uning nasihatlari hayolidan ketmadi. Koʻnglini band etdi. Oʻzicha ularni aql tarozusiga qoʻyib, otasining har soʻzi naqadar salmoqdor ekaniga tan berdi va jon deb qabul qildi. Yaxshi turmush qurishni istagan har bir aqlli inson bunday nasihatlarga amal qilish majburiyatida ekanini, buni chetlab oʻtishning iloji yoʻqligini e’tirof etmoqdan oʻzga chora topolmadi. Zotan, hayot tajribasiga ega, yaxshi yomonni ajratadigan ota qiziga yanglish oʻgit bermaydi. Shularni oʻylab Amina oʻz yotogʻiga, oʻrniga kirdi va birpasdan keyin uyquga ketdi. Toʻy ajoyib bir narsa, goʻzal yigʻin. Bor-faqir, doʻstu gʻanim bir joyga toʻplanadi. Dardlini ham chorlaydi toʻy. Hatto inson taxammul qilish mushkul boʻlgan dardi bepayonlar ham kelishadi toʻyga. Barchasi shod xurramga oʻxshaydi. Ammo koplarning dardi toʻyda yangilanadi, koʻplari yangi dard orttirib oladilar. Masalan, bu toʻyda farzand dogʻI, yoʻqotish azonbini kechirayotgan bir ona bor. Odamlar orasida oʻzini tutib turgan, qalbi pora-pora boʻlayotgan yillar davomida oq yuvib, oq tarab oʻstirgan gul yuzli bolasini qoʻldan oldirgan ona dardini oʻzidan boshqa kim ham chuqurrqo his etardi? Toʻyga taklif etilganlar orasida bir xonim bor, yonida soʻlgʻin yuzli ikki farzandi bilan mahzun-mahzun atrofni tomosha qilmoqda. Goh-goh oylardan buyon ota qoʻli tegmagan yetimlar boshlarini, tosh kabi qattiqlashgan boshlarini silab, sochlarini tarab qoʻygandek boʻlardi. Ismi Jamila uning. Jamilaxonim har kuni ikki doʻsti bilan unikiga non va oziq ovqatlar yuborayotgan Mahmud akaning uyida ekanligni bilmasdi. Bu xonim hozir Kelinlik libosi ichida ming bir hayajon bilan ota ota uyida soʻnggi kechani oʻtkazayotgan qizga boqardi. U qadar hayajonli emas, faqat unda ziyoda oʻychanlik bor. Necha yillar bu hayotni bugungi holga tushishini hayoliga keltirmasdan yashadi. Bugun ikkisi yonida, biri qoʻshnisi qaramogʻida, jami uch yetimi boʻlgan Jamilaxonim kelinlik zavqini toʻyib-toʻyib totgan edi.

Toʻyda yosh qizlar bor. Aminaga hasad-havas aralash boqib, bir kun kleib biz ham yopinchiqqa oʻranib kelin boʻlamiz, deya magʻrur yurgan qizlar. Yana bu toʻyda borgan joyida totli hayotga vido aytgan, kelin boʻlganiga emas, dunyoga kelganiga pushaymon boʻlib, ota-onasiga la’nat yogʻdirganlar ham bor. Bu yerda oʻtirib,sassiz-sadosiz yigʻlashgan, atrofga e’tiborsiz ikki yosh xonimga ne deysiz? Yuz – koʻzlari bir biriga naqadar oʻxshash bularning. Toʻyga faqat yigʻalmoq uchun kelishganmi? Boshqa topishib yigʻlaydigan joylari yoʻqmi? Ha, bular oylardir bir-birini koʻrishdan mahrum, agar tasodifan uchrashsalar-da, suhbatlashish man etilagn baxti qaro opa singillar. Ikkovi ham oilali, erlari orasidagi kelishmovchilik tufayli toy’da ham suhbatlasholmaydilar. Suhbatlashsalar erlari ajrashishni shart qilgan. Aslida toʻyga bir-biridan tamoman xabrasiz kelgan bu xonimlar tasodifan koʻrishib, quchoqlashib, oʻpishib, yigʻlashdilar,ammo bir soʻz aytolamydilar, qalaysan, jigarim deyolmaydilar. Endi yonma – yon oʻtirish zavqini totar ekanlar, ayni paytda suhbatlashmaslik iztirobidan ezilar, bu ikki tuygʻu qoʻshilib, sevinch va azob ostida yigʻlashar edi. Bir uyda oʻsib, minglab shirin – achchiq xotirlarni soz’alshdan mahrum. Bu zulm. Qaysi ahloq qoidasida bor bu.

Shunga qaramasdan toʻy koʻngilxushlik bilan davom etardi. Ba’zan bir-biriga qarab oʻynaymiz deb turishgan ikki bolakay tomoshabinlarga zavq ulashar, ularni kuldirishardi. Ba’zan bazoʻr qoʻllaridan tortib oʻrtaga taklif etilgan kelinlar bir ikki aylanib oʻz joyiga oʻtirishardi. Bu orada semiz qornini sakrata-sakrata oʻrtaga yosh bir juvon chiqdi. Modomiki, toʻyga kelidikmi, oʻynab kulaylik deya aylandi. Turli nagʻma, muqom hunarlarini koʻrsatib, goh oʻngga, goh chapga aylanib zavq va shodlik ulashardi.

«Qozonda hedik qaynona,
Tishlari kemtik qaynona,
Oʻgʻling yegulik keltirmish,
Sensiz yedik qaynona.»

Munavvarxonimga qarab sizga aytyapman, degandek boʻlardi. Yoshi oʻttiz beshlar atrofida koʻringan bu ayolning yo qaynonasi yoʻq, yo uning oʻgzini ochirmaydigan holga keltirgan. Yana kim bilsin, oʻz uyida kelinidan magʻlub, oʻ’g;ini uylantirganidan, shu oʻy boshiga kelganidan pushaymon, har kun kelinidan yomon soʻz eshitadigan,kaltak yeydigan qancha – qancha qaynonalar bordir-ki, bu soz’alr ularga balki ignadek botib borardi. Boshalriga musht tushgandek boʻlardi. Qorindor ayol yetarlicha oʻynadi. Soʻng tishlarining bir qismi tushgan, bir qismi chiriy boshlagan oʻn olti oʻn yettilarga kirgan bir qizni terlarini artib, bir tarafdan qiz sening qanday hunarlaring bor, degandek kulimsirab oʻrtadagi qizni kuzata boshladi. Qiz agar boshqasi taklif etmasa, oʻzi oʻrtaga otilib chiqadiganlar xilidan edi. Ba’zilarning uyala-uyala, bir aylanib – qoqilib, oʻtirib qoladigan oʻyingohni zavq va hayajonla kezsihlari butun mahoratini namoyon qilib ustaliklarini koʻrsatardi. Tishlarining xunukligiga qaramasdan nihoyatda xush ovoz edi.

«Onajonim, jigarni mushuklar yedi,
Oh, shu mushukni tutib olsam!
Shu mushukning tukalrini yulib olsam,
Etlarini dudlab qoq qilsam,
Qaynonamga, qaynsinglimga yedirsam! »

Shu zaylda kuylab hammani kuldirar, toʻyni qizdirardi. Faqat u o;ylab koʻrmagan balki oʻylasa-da beparvo qaraydigan bir narsa bor edi. Balki boʻlajak qaynonasi hozir uni tinglayotgandir. Na qadar xunuk boʻlsa ham, bitli yosmiqqa ham bir koʻr xaridor topiladi. Unga:»Eh, bir qoʻlimga tushsayding», deb tish qayraganlar bilan birga:»Alloh sendan oʻzi qarasin, hozirdan shunday desang, kim bilsin borgan joyingdagilarning boshiga ne savdolar, ne kunlar solasan.Alloh boʻlkaj qaynonagga sabr bersin», deguvchilar ham bor. Tajribali kelinlar uning bu soʻzlaridan keljak hayotini tasavvur qilayotgandek, achinayotgandek boʻlishardi. Shulardan birining koʻzlari unga:»Dunyo neligini tezda bilarsan va bu soz’alrinng pushmon qilarsan», degandek boqib turardi.
Munavvarxonim hammasini tinglar, atrofni vazmin va ohista kuzatib yurardi. U bu xil qaynonalardan boʻlmoqchi emas. Boʻlmaydi ham. Buning uchun qoʻlidan kelgancha harakat qiladi. Uning sabri bir kun, biro y, bir yillik emas. Toshlarni chatnatib, eng marhamatsiz, eng vijdonsiz kimsalarni tiz choʻktirajak bir sabr bu! Hach bir qaynonaga nasib boʻlmagan tengsiz bir sabr! Munavvarxonim kechirimli, bu xislatni keliniga koʻrsatadi. Har kun qusurli ish qiluvchi, har kun qabih bir yomonlik etadigan kelin kelsa ham uni kechiradi. Yaxshilik yomonlikni ketkazishini biladi. Yaxshilik dushmanlarni doʻst aylashiga ishongan bir azmu qaror ila avf etadi. Faqat odamlar:»Munavvarxonim kelinini yaxshi idora etdi», deyishlari uchun emas, Alloh rizosi cuhun va hurmati uchun kechiradi, sabr etadi. Munavvarxonim shunday toʻyga tarafdormidi? Yoʻq. Qoʻlidan kelsa yanada soda va samimiy bir toʻy qilardi. Faqat turli odatlarga koʻnikkan jamoatni qanday qilib birdaniga koʻngildagidek toʻyga koʻndira oladi? U zimmasiga tushgan vazifani qoʻlidan kelganicha ado etdi. Masalan, ayollar orasiga erkak cholgʻuchi kirgizmoq u yoqda tursin, har biri erkaksifat, ayollik odobidan yiroq behayo cholgʻuchilarni ham yaqinlashtirmadi. Ammo bu mahrumiyat ichida ham oʻzicha bir koʻngilxushlik tartibi tuzib olganlarga uddavuron ayollar har toʻyda topiladi. Qolaversa to;y ham bir koʻngilochar dilxushlik boʻlgani cuhun bundaylar, agar Allohga isyon darajasiga bormasa, yaxshi kutib olinishi kerak. Kemtik tishli qiz qorindor ayol namoyish etgan maqomlarni davom ettirdi. U maromiga yetkaza olmagan oʻrinlarni qoyillatishga harakat qilardi, oyoqlarini kuyga mos tarzda oʻynatar ekan:

«Qozonda pish qaynona,
Tilarga tush qaynona,
Oʻgʻlingni senga qoldirmam,
Kel, undan kech, qaynona».

Shu toʻrtlikni kuylab yana aylana boshladi.
Munavvraxonimnig chap tomonida bir ayol oʻtiribdi. Yuzida hech kulgu, tabassum yoʻq. Munavvarxonim uni ilk koʻrganini,uyiga kelganini esladi. Ayol uni koʻrishi bilan uyalib, biroz ortga chekingandek boʻldi. Lekin Munavvarxonim oʻzini hech narsani bilmagandek, u ayolni tanimagandek koʻrsatdi. Toʻy davom etgan ikki-uch soat ichida ayolni xijolat qilmaslik cuhun u tarafga biror marta ham qaramadi. Keyin ham bu ayol,Aminaning qarindoshidir, ora-sira Munavvarxonimga roʻbaroʻ keladi. Bir kuni yolgʻiz qolganlarida uzr soʻrash uchun bu mavzuda oʻgiz ochsa Munavvarxonim:»Oʻtmishdagi yomonliklarni faqat tavba qilish uchun eslaylik», deydi albatta. Munavvarxonimning oldidan oʻtar ekan boshlagan ashulasini nihoyasiga yetkazdi:

«Men boshqa dard istamam,
Qaynona dardim bor mening».

Toʻyga kelganlar,ayniqsa qaynonadan kuyganlar,yuragini oldirib qoʻyganlar, oʻz dardlariga sherik boʻlgan qizni telbalarcha olqishladilar. Vaqt allamahal boʻlib qoldi. Mehmonlar birin-ketin tarqala boshladilar. Amina bu soʻnggi kechada ota-onasi bilan uyda yolgʻiz qoldi.
Bugun Mustafolar xonadoniga kelin keladigan sevinchli bir kun. Lekin vaziyat boshqacharoq. Mustafoga kelinning kelganligi xushxabarini beriladigan peshin vaqti. Shu mahalda katta jome’ hovlisida Mustafoning koʻzlaridan yosh quyilmoqda. Shu onda Amina ota uyini tark qilayotganini oʻylamoqda Mustafo. Oʻziga omonat sifatida topshirilayotgan bir ayolning haqlariga koʻngildagidek rioya etolmaslik qoʻrquvidan koʻz yosh toʻkmoqda.

Uch kun avval onasi aytgan nasihatlarni esladi Mustafo. Kechki ovqatdan soʻng onasi shunday nasihat qilgandi. "Oʻgʻlim, Alloh nasib qilsa uch kundan keyin kelin keladi. Uyimizga bir qiz ota-onasini tark qilib keladi.AHil boʻlaylik, kelganiga afsus chekmasin. Shafqatli, marhamatli boʻlib, unga insoniy muomala qilishingni istayman. Hech qachon uni hafa qilmasligingni soʻrayman. Seni har kimdan ziyoda yaxshi koʻraman. Lekin Alloh omonat sifatida bergan kelin,agar oʻgʻlimdan norozi boʻlsa, men kleinni emas, oʻgʻlimni aybdor deb bilaman. Bir kun Alloh huzuriga sen bilan chiqamiz va kelin haqqi rioyasining hisobini beramiz. Uni hurmat qilganing meni hurmat qilganingdir. Uni hafa qilsang, emn battar hafa boʻlaman. Men uning qaynonasi emas, oʻz onasiman. U ham mening kelinim emas, qizimdir.

Hamma oila ham bir xil emas. Unga oʻz uyining odatlarini tark etish qiyin kechishi mumkin.Sen va menga nisbatan kamchilikka yoʻl qoʻyishi mumkin. Bundan hafa boʻlma. Inson ba’zan Allohning yoʻliga yura olmay xatoga yoʻl qoʻyadi. Bu bandaga nisbatan ham boʻlishi mumkinligini oʻylab, tasalli top, tinchlan. XOm sut emgan banda, lekin u ham vijdon sohibi, sekin asta xonim boʻlar, yaxshilik yoʻlini tutar.

Doimo Allohga duo qil. Yaxshilik va yaxshi turmush ato etishini soʻrab yolvor oʻgʻlim. Seni uylnatirdim, meni uyaltirma!Mening sutimni emganingni, meni oʻgʻlim ekaningni isbotla. Alloh seni shod etsin,ikki dunyoda yuzingni yorugʻ qilsin.

Munavvarxonim shunday deb ikki qoʻlini Mustafoning yelkasiga qoʻyib:
— Menga soʻz ber, Mustafo, qoʻlingdan kelganicha, kuching yetganicha, aytganlarimni bajar. YAxhsi turmush kechirish uchu sabr matonat bilan harakat qilishga soʻz ber. Musulmon soʻzidan qaytmaydi, soʻz ber oʻgʻlim,-dedi va Mustafoning va’dasini oldi.

Mustafo katta jome’ hovlisida ana shularni esladi. Koshki bergan soʻzim yol’on chiqmasaydi, deb oʻylar edi.

Osmon tiniq, quyoshli, sarin shabada esib turgan bir kunda Amina koʻz yoshlari sel boʻlib,ota uyi bilan xoʻshalshdi. Ulugʻlarning qoʻllarini oʻpdi, duolarini oldi. Yangi uyga bormoq uchun murakkab, gʻaroyib tuygʻular ogʻushida mashinaga, shu besh-oʻn kun ichida taniy boshlagan bir ikki ayol orasiga oʻtirdi. Ulov yoʻlga tushdi. Aminani bir uyga tushirdilar. Unib - oʻssin deyildi. Ustidan tang pul sochdilar. Erkaklar chekingach ilk bor Munavvaxonim uning yoniga bordi. Aminaga:
— Qaynonagni qoʻlini oʻp-, deyishdi.

Munavvarxonim ularga qayrilib qaradi:
— Yoʻq, bu mening qizim, onasining qoʻlini oʻpadi,-dedi va qoʻlini tutdi.

Amina yillar boʻyi faqat yaxshilik uchun ochilgan, faqat yaxshilik cuhun choʻzilgan gullardek pok ozoda qoʻlni oʻpdi va koʻziga pshonasiga ohista bosdi. Uyga qadam tashlashi bilan aytilgan bir jumla soʻz beran ishionch unga kifoya. Goʻyo gʻariblik va yolgʻizlik hislari tumandek tarqab koʻngli oftobli osmondek charaqlab ketdi. Munavvarxonimning :Xush kelding, bolam!" deb ochilgan quchogʻi Aminaga orom va huzur bogʻidek tuyuldi.

Oqshomgacha kelib ketuvchilar koʻp boʻldi. Kechgacha uy ayollarga toʻldi. Oqshom yaqinlashgach, erkak mehmonlar kela boshladi. Yusuf afandi uy sohibi sifatida kelganlarni kutib oldi. Azon aytilgach, jome’ga borildi. Shom namozidan keyin taom tortildi. Taklif etilan ikki hofiz Qur’oni Karim oʻqidi. Amina xonasida ilohiyni tingladi:

Xos bogʻingga kelganlar,
Gullaringni terganlar,
Xabar berdi koʻrganlar,
Nuri Qur’on ichinda.

Bu hikmatlar barchaning koʻzalrini yoshladi. Ma’no maqomi bilan koʻngillarda huzurbaxsh tuygʻular uygʻotardi.Hofiz afandi Faxri Koinot sav uchun yozilgan bir na’t ham oʻqidi:

Sevarmiz sunnatingizni sizdan asar, iz deyaroq,
Eslarmiz ismingizni har on Sarvarimiz deyaroq,
Uzoq tushmasak szining lutfingizdan.shohi Rasul,
Torttarmiz sharbati mavtni,qoʻrqmasdan Alloh deyaroq.
Tilarmiz: qolamylik hech sizni sevmoqdan yiroq,
Ummatingiz mahsharga yetgay shafoat deyaroq.

Oxiri mahalla imomi duo qildi. Soʻng Mustafo imomdan boshlab ulugʻlarning qoʻllarini oʻpdi. Doʻstlari bilan qoʻl siqishib koʻrishdi. Keyin onasining oldiga kirdi.
— Bolam, Alloh seni ikki dunyoda mas’ud etsin,-deya duo qildi Munavvarxonim. Mustafo onasining qoʻlini oʻpdi. Kelinning xonasiga, Aminaning oldiga kirdi.

Yusuf afandi qarindosh ayollarga taom yeyilgan dasturxonlarni, kosa tovoqlarni tozalashni buyurmoqda. Mehmonlar hufton namozi cuhun jome’ga ketisharkan, azon ovozi eshitildi. Bu azon har kimga - uylnagan Mustafoga ham Allohning bandasi ekanini, farzini ado etish vaqti kirgani va shart ekanini eslatardi.

Ichkari kirarkan Mustafo tahoratli boʻlgani uchun:
— Qani, Amina avval namozni oʻqiylik, bandalik burchimizni ado etaylik,-dedi. Joynamozlar yozildi va Mustafo "ALLOHU AKBAR!" deb namozni boshladi. Amina umr boʻyi itoat etmoq qarori bilan unga ergashdi.

Amina tongda uygʻonib Munavvarxonimning qoʻllarini oʻpdi. Yangi oila qurganlar uchun bir odat bu. Juma boʻlgani uchun Mustafo masjidga ketdi. Munavvarxonim kelini bilan yolgʻiz qoldi:
— Qizim, bundan soʻng sendan har kim :Qaynonang bilan qandaysan" deb soʻraydi. Men aslida bir yaxshi ayol emasman. Balki senga nohaqlik qilib, bilib bilmay hafa qilib qoʻyishim mumkin.Bular oʻzimizning dardimiz, uyning ichida qolsin. Senga nisbatan nohaqlik qilsam, faqat oʻzimga ayt,tuzataman. Ammo boshqalarga gapirma,yaxshimiz degin. Bu savollarni beganlarning maqsadi dardingga chora izlamoq emas, qoʻshib chatib elga tarqatish. Ikkimiz qaynona kelin emas, ona bolamiz. Shunday yashashga harakat qilamiz. Bugundan e’tiboran kelinliging nihoyasiga yetdi. Balki men senga onalik qilishni uddalay olmasman, ammo sen qiz boʻlishni uddalarsan, InshaAlloh.

Munavvarxonim bu gaplarni aytgacha, soʻradi:
— Qur’on oʻqishni bilasanmi?
— Ha,ona.
— Yaxshi, uyimizda har tongda Qur’on oʻqish odat. Bu odat senga ham tegishli. Alloh hargiz seni uyaltirmagay. Bandam har kun Meni birinchi, eng avval eslaydi,Kalomimni oʻqiydi, deb saodatlar ato etgay,InshaAlloh.

Bu odat, bu nasihat Aminaga juda ma’qul keldi.

Toʻydan keyin uyda Mahmud ogʻa bilan xotinidan boshqa hech kim qolmadi. Ular oldiga qoʻyilgan turli taomlarga qoʻl uzatmagan va tomoqlaridan oʻtmasdi ham. Uy Choʻrum ta’biri bilan aytganda, suvi tingan tegirmonday jimib qolgan. Ketgan faqat Amina edi. U oʻzi bilan uyning barcha nash’u namosini ham olib ketgandi. Mahmud ogʻa qorni ochligiga qaramasdan:
— Onasi, ol dasturxonni hech narsa yemaymiz,-dedi. Xonimning yigʻlashi uchun shuning oʻzi kifoya.
— Onasi, yana yigʻlayapsanmi?
— Yigʻlamay nima qilay, kulayinmi?
— Kul, Allohga shukr, qizing yaxshi bir xonadonga tushdi. InshaAlloh, endi yuzimiz yorugʻ, xursand boʻlamiz.
— Xoʻsh, unda nega xursand emassiz?
— Meniki hozir oʻtib ketadi onasi. Faqat undan ayrilganim uchun koʻnglim biroz qaygʻuli. Lekin kelin qilib uzatganim uchun hafa emasman.

Aminani odatga binoan toʻydan soʻng ota uyiga qoʻl oʻpmoqqa olib bordilar.Mehmondorchilikka chaqirilgan bir-ikki yaqin qarindoshlar ham bor edi. Kirganda-chiqqanda yolgʻiz duch kelgan har bir kishi:
— Qaynonang bilan qandaysan?-der edi. Amina oʻrgatilganiga binoan:
— Allohga shukr, juda yaxshimiz,- deb javob berardi.

Toʻydan bor yoʻgi ikki kun oʻtdi. Ikki kun ichida ham savollariga javob boʻlgudek biror hodisa boʻlgandir deb oʻylashardi. Lekin Aminadan yaxshi javob olishardi. Aslida oila muhiti javobdanb ham yaxshiroq edi. Bir ona farzandiga shafqat koʻrsatadi. Amina ham bu shafqatni koʻrmadim deyolmaydi. Onasidan mehr muhabbat koʻrmagan farzand boʻlmaydi. Bu oʻlguncha davom etadi. Amina kelin boʻlgach, Munavvarxonimni onasiday yaxshi koʻrmaganligini iddao etolmaydi. U buyuk shuurli, mehr muhabbat bilan yaxshi koʻrishiga har vaqt guvoh boʻlajakdir. Onasi xavotirlanib uning yuzida hafalik izlari bormikin deb qaragan boʻlsa-da, mamnuniyatdan boshqa narsa koʻrmadi.

VII

Har mahallada suvni loyqlatib yurivchi bekorchi xotinlar topiladi. Ular kelin tushgan uyga oʻralashib qoladilar. Kelin koʻrish bahona, niyatlari ezmalik, gʻiybatchilik. Juda ham qiziqib toʻy boʻlib oʻtgan xonadonga yuguradi ular. Kelinni, seplarini koʻradilar, kim nima hadya etganligi toʻgʻrisida ma’lumot oladilar. Boylar bilan bellasholmagan, keragicha yoki oshirib toshirib uyini bezab tuzay olmaganlar boʻladiki, kelganlarga uy koʻrsatishni istamaydilar. Bu bekorchi gʻiybatchilar esa hehc uzrni qabul qilmaydilar. Goʻyo hokimday, tergovchiday turib oladilar. Hamma yoqni titib koʻradilar, tekshiradilar. Hadyalar haqida nasihatlar oʻqib, qaynona qaynota quruq qolganligini, bu ish juda katta ayb ekanligini uqtiradilar. Kelgan hadyalarni bir qismi oddiy, bularni keltirgandan keltirmagan afzal deyishadi. HAdyalarni bir-bir koʻzadan kechirib, yaxshi yomonga ajratib bergan boʻlishadi. Kamchiliklarni aytib oʻtishgach, navbat uy tuzashga, narsalarni joylashtirishga keladi. Shu karavot burchakka emas, unisiga munosib koʻchirish kerak. Chetda turgan mana bu kichik taglik bir qarich yana oʻngroqqa olinsa uyga boshqacha fayz kiradi. Koʻrpa yostiq och moviydan nim pushti boʻlsa, yotoqdagi narsalar falochinikiga oʻxshab joylashtirilsa yaxshi boʻlardi. Shunga oʻxshash maslahatlar aytib chiqib ketishadi. Kelinposhsha oʻsha ondan boshlab ma’yuslanadi.

Ne-ne zahmatlar evaziga yigʻilgan seplar, hadyalar yerga urildi, kelin koʻziga past koʻrsatildi. Bu ishlar bir – ikki gʻiybatchi ayollar tomonidan amalgam oshiriladi. Bu xotinlar seplarni yigʻish uchun ertani erta, kechni kech demay ter toʻkkan ota mehnatining qadriga yetarmidi? Qoʻl qadoqlarini koʻrarmidi? Ularning yana bir maqsadi kleinning qusurlarini topib, elga yoyishdir. Qusur topolmasa, qoʻshib chatib gʻiybatnamo gaplarni koʻpaytiradilar, shundan zavqlanib, koʻnglini xushlab yuradilar.

Munavvarxonim bularni yaxshi bilgani uchun brogan joyda kelin xonasini, sepini koʻrishga intilmaydi. Hatto uy egalari:
— Kelinning xonasini koʻrmaysizmi?-deb taklif etsa ham, shunday javob beradi:
— Yoʻq, u joy faqat kelin kuyovga tegishli, menga hech qanday aloqasi yoʻq.

Amina kelgach bu odat takrorlanadimi? Albatta. Lekin Munavvarxonim bunga ruxsat bermaydi. Begona ayol tugul, hatto oʻzi ham ularning xonasiga kirmaydi. Derazasidan ham qaramaydi. Garchand hozirgacha yuzlab kelin uylari kezilgan boʻlsa-da, gʻiybatchi xotinlar uchun ham, kelin uchun ham aslo foyda bergan emas. Munavvarxonim biladiki, ruxsat etmasa, buni ham gʻiybat qiladilar, albatta.Yoʻq yerdagi gaplarni toʻqib chiqaradilar. Bu gaplar yo Munavvarxonim yoki Amina haqida boʻladi. Uy koʻrishni istaydilarmi? MArhamat! Mehmonxona, oshxonani koʻrsinlar.Ular uydan, uydagilardan, Aminadan qanchalik kamchilik axtarmasin, aslo topolmaydilar. Chunki Amina uy ishlariga ota uyida yaxshilab oʻrgangan. Qolaversa, Munavvarxonim ham qarab turmaydi. Kutilmagan bir paytda mehmon kelib qolishi yoki odamlar oʻzi uchun emas, balki pokizalarni Alloh sevgani va Alloh rizosi cuhun ozodalikka e’tibor beriladi bu xonadonda. Bir umr mish-mishu gʻiybatlardan uzoq yurgan, dili pok Munavvarxonim tonglari:
— Meni banda haqqi bilan huzuringga kelmoqdan Oʻzing saqla, emn haqimda gʻiybat qilganlarni avf et,- deya duolar, iltijolar, nolalar qilgan. Allohni eslab, Rasulullohga SAV salovat aytib koʻngil uyini nurlantirgan Munavvarxonim uyida biror tartibsizlik koʻrolmaydi. Aminaga ayb taqolmaydi.

Yangi kelin tushgan uyga kelib oʻtirgan gʻiybatsevar xotinlar baribir bir yoʻl topib maqsadiga erishishga intiladilar. Aminaning bir daqiqa tashqariga chiqishidan foydalanib soʻrashadi:
— Munavvarxonim, shu kelin bugʻdoyrang yoki jinday qoramagʻiz emasmi,emnga shunday tuyuldi-da.Bir oz goʻzalrogʻini topsangiz boʻlmasmidi?
— Boʻlishi mumkin. Qoralik Allohdan. Yonida boʻlib, bu Munavvarxonimning boʻlajak kelini, yo Rabbiy, yana bir oz goʻzalroq yarat dermidingiz,-degan javobni oldilar. Xotinlarning rangi roʻyi salgina oʻzgarganday boʻldi. Munavvarxonim davom etdi:
— Tashqi chiroy ikki kunda oʻtib ketadi,birovga vafo qilmaydi. Qarigach bizni hech kim yoshlikda goʻzal boʻlganimiz uchun hurmat qilmaydi. Ammo koʻngil goʻzalligi oʻtkinchi emas. Muhimi ham shu – ichki goʻzallik, qalb goʻzalligidir. Men kelinimning tashqi chiroyidan ziyodaroq ichki goʻzalligi, odobi va tarbiyasi cuhun oldim. Mayli, mening kelinim qoramagʻiz, bugʻdoyrang boʻlsinu, goʻzallik boshqlaarga qolsin. Bugʻdoyrang chirkinlik alomati emasku! Birov oqni, birov sariqni yaxshi koʻradi. Men esa qoramagʻiz, bugʻdoyrangni yoqtiraman.

Amina kirishi bilan Munavvarxonim gapini toʻxtatdi. Maqtashni lozim koʻrmadi. Birovning yonida kelinining kamchiligini aytishni yoqtirmaganidek, maqtashni ham xush koʻrmadi. Xotinlar ketishga chogʻlandi. Keksaroq bir ayol Aminaning qulogʻiga pichirladi:
— Qizim, qaynonagga e’tibor ber. Umring boʻyi Allohga yolvorsang ham, ehtimol bundan yaxshi, bundan goʻzalroq bir qaynona topolmas eding. Qadriga yetgin.

Uch eshik naridagi qoʻshnilarga kelin tushdi. Kelinni uyini mahalla kezuvchi xotinlar obdon tekshirdilar. Zarur gaplar aytildi. Ketar chogʻI qaynsingil kelinga eshitilmaydigan tovushda:
— Xomroq chiqdi,opa. Qaynota uchun aqalli bir sochiq ham qoʻymadi. Bir juft paypoqqa ham loyiq emasmi? Uyalib ketdim. Oʻzim qoʻydim. Eshitsa qiyomatni boshlaydi. Nechora boshga tushganni koʻz koʻradi,-dedi.

Soʻngra xoʻrsinib qoʻshib qoʻydi:
— Bilmay qoldik, bilolmadik.

Yana gapirilajak nimalar bor? Ikki kun ichida mish-mishga arzirlik qanday voqealar roʻy berdi? Kelinni koʻrib, uning kamchiliklarini atrifga yoyish uchun kelgan, bundan zavq oladigan xotinlar uchun hozirgi voqea ham gʻiybatlari uchun yetarli xom ashyodir. Ular toʻgʻri oʻz uylariga bormaydilar, avval qaysidir dugonlarinikiga kirib, ostanadayoq voqealarga oʻzlaridan qoʻshib, navbatdagi dugonanikiga shoshadilar. Axir vazifa juda ogʻir,shoshilish kerak. Gʻiybatni tarqatish kerak. Bu orada yoʻlda tanishi toʻxtatadi.
— Qayoqqa bunday shoshilyapsiz, Zakiya xonim?
— (! ..) nikidan kelyapman. Kelin koʻrgani brogan edim.
— Qanday ekan?
— Bilmadim, oxiri baxyr boʻlsin. Har holda yaxshi emas. Chiqayotganimizda qaynsinglisi bir ikki gapni aytdi. Fursat boʻlganida kim biladi yana nelarni soz’alrdi. Ikki kun ichida shuncha gap, bilmadim oxiri nima boʻladi? Yana birovlarga gapirib yurmang, egachi. Oilasi buzilib kesa bizlardan koʻrishadi. YAxshi boʻlsa ikki kunda shuncha qabohat toparmidilar? Bu mening kelinim-ku, deb yomonini yashirib yaxshisini oshirardilar.

Soʻng xoʻrsinib:
— Kelinga achinaman. Qiz ne niyatlar bilan kelgan bu uyga. Qanday qilib uyalmasdan oʻzlarini oʻzlari maqtaydilar. Hech kimga bildirmasdan ikki kunda kelinni keltirdilar qoʻydilar. Men bilsaydim, qarab turmasdim, bermang bularga qizingizni, deb dunyoni ostin ustun qilib yuborardim. Menga nimayam qilishardi? Koʻrasiz koʻp oʻtmay kelinni qay ahvolga solisharkin? Fursatini topib bularning kimligini kelinga bildirib qoʻyarman. Bilsin-da bu qizcha, hech boʻlmasa shunga yarasha oyogʻini, qadamini ular bilan tang tashlasin.

Suhbatdoshi bosh tebratadi:
— Avvalgi kelinga nimalar qilishmadi bular. E, egachi siz bulardan insoniylikni qidirib yuribsiz. Tagʻinam klein bardoshli yaxshi kelin ekan, ikki yil sabr toqat qilib yashadi. Qutuldi, ammo dunyosidan kechib qutuldi.

Suhbatlasharkanlar yoʻl oʻrtasida ekanliklarini, oyoqlari tolganini his etishib,qoʻllari bilan oʻtaylik deganday ishora qilishib, yoʻlning chetiga oʻtib olishdi. Xotin takror soʻz boshladi:
— Nima deyapgan edim? Ha! biznikilar sudlariga borishdi. Hakam:»Qizim, eringni deysanmi, otangni?» deb soʻrabdi. Qiz:»Hakam afandi, men na erimni deyman, na otamni deyman. Meni bularni qoʻllaridan qutqaring. Istasangiz meni dorga osib oʻldiring,hatto shunga ham roziman», debdi. Qiz bularni aytayotganida hakamning koʻzlari yoshlanganmish.

Xotin yana davom etdi:
— Egachi, bular Allohdan qoʻrqmaydilar, hech boʻlmasa bandadan uyalsalar edi.Yoʻq.

Uyida bolasini yolgʻiz qoldirgani esiga tushib:
— Turaylik, egachi, bolam uyda yolgʻiz uxlab qolgandi, uygʻonsa yigʻlaydi,-dedi va ketdi.

Bir kun qaynona va qaynsingil uyda yoʻq paytida «tasodifan» eshik taqqiladi. Aslida, bu tasodif tashrif emas, balki u qaynona va qaynsingil birga chiqib ketganini koʻrib, shosho-pisha kelgandi.
— Mehmon olasizmi qizim?
— Marhamat kiring xola.

Ichkari kirdi, oyoq kiyimlarini yechdi. Kelin ohistagina qaynonasi uyda yoʻqligini aytdi. Ayol goʻyo mahzunlandi:
— Koʻrdingizmi, qizim,shosha – pisha keluvdim.Mayli, bolam, salom deng,men ketay.
— Besh daqiqa oʻtiring xola, hoz kelib qolsalar kerak.
— Ketay chirogʻim ishim bor.Men bu yerda ekanimda kelsalar nari beri gap boʻladi. Ular shu yerda ekanida kelarman.

Kelin zerikkan edi.Biroz suhbatlashgisi kelardi. Necha kunki qaynonaning qovogʻi soliq. Uyga hokimlik havasida boʻlgan qaynsingilning gaplaridan siqilgandi. Shu sabab ular yoʻgʻida Xoʻjayi Hizrdek paydo boʻlgan bu ayolning kelishi bir ne’mat boʻlib, biroz suhbatlashamiz deya sevindi. Biroz oʻtrisa hech narsa boʻlmaydi, odam taftini odam oladi, ochilishadi.
— Xola, oʻtiring, qahva olib kelay,ichib ketasiz. Yoʻqsa, hurmat etmabsan, deb qaynonam mendan hafa boʻladi. Men ham zerikib oʻtiribman, besh daqiqa suhbatlashamiz, meni hafa qilmang. Xoʻp deng, xola, keling, xoʻp deng.

Aslida oʻtirgisi kelib turgan ayol:
— Mayli, besh daqiqa boʻlsa, oʻtirayin. Ammo sening hurmating uchun, bolam. Ishom bor edi,- deb qahva quygan kelinning yoniga oʻtirdi. Qahvadan ustma-ust ikki marta xoʻplab, yaxshi deb maqtadi, qoʻli yengil, odobli, tarbiyali ekanini aytgach dedi:
— Qizim, seni yaxshi koʻrib qoldim. Oyoq ostida qolib ketmasliging uchun gapiraman. Qaynonang yaxshidir-u, faqat ba’zan boʻlar boʻlmasga asabiylashadi, pashshadan fil yasaydi. Hushingni yigʻib ol. Hurmat qil, nachora qizim. Kelinlik bu. Biz ham boshimizdan kechirdik.

Qahvaning qolganini bir ikki xoʻplab xoʻrillatib ichdi:
— Ofarin bolam, qoʻling dard koʻrmasin. Koʻpdan beri bunday shirin qahva ichmagan edim. Aytganday, qoʻling yengil ekan.

Chuqur nafas olib:
— O-oh, oh, kim taqdirlaydi seni. Asosiy masala shu, qizim, shu. Kuni bilan ishlaysan, bir pullik qadring yoʻq. Kelinsan. Mening ham ikki qaynsinglim, bir qaynonam bor edi. Darrov qaynsingillar qovogʻI solinadi, qaynona ogʻziga talqon solib olgan. Uning ham qovogʻidan qor yogʻiladi. Savolingga jerkib javob beradi yoki umuman javob bermay qoʻya qoladi, soʻz hayf. Ovqatda sal kamchilik koʻrilsa, jagʻlari ochilib ketadi. Ovqat dasturxonga qoʻyilishi bilan hech kim yigʻilmaydi. Bir qoshiq luqma olib, darhol tashqariga otilib tuflab tashlaydi, soʻng quruq non yeydi. Boshqasi yana nimadir keltirib yeydi. Biri yana bir burchakka chekinib qovogʻini uyib oʻtirib oladi. Erim ne qilishini bilmay hayron. Ularga bir narsa demaydi, emnga ham hech narsa demaydi. Bir kuni yana shunday chekinishayotganda erim jahl bilan baqirdi:
— Nigor, enga turib ketding,ovqatlanmaysanmi? Dedi singlisiga.
— Qornim toʻq aka, yeyolmayman.

Qaynsinglim bunday pishirilgan ovqatdan toʻydim, degan ohangda gapirdi.
— Qorning toʻq-u, bir luqma olish cuhun oʻtriganmiding. Yemasang ham hech boʻlmasa aftingni bujmaytma. Odamning kayfiyatini buzma. Sizlarga nima boʻlyapti, oʻzi, bilmadim. Kechgacha ishlsam, uyga kelib sizlarning qor yoqqan qovogʻingizga qarayman. Sizlar ham hech oʻylaysizalrmi? Bizni deb shuncha urinyapti, charchab kelyapti, biz ham bir oz sabrliroq boʻlaylik, uni hafa qilmaylik, demaysizlarmi? Xoʻsh, ovqatlanayotganda, nega qovogʻingni solib, aftingni bujmaytirasan?

Erimning bu soz’alridan mamnun boʻldim. Faqat bu mamnunligim uzoqqa choʻzilmadi. Qaynsinglimning javobidan yer yorilmadi – kirib kesam.
— Qovoq solsak oʻzimiz uchun emas, sizga achinganimizdan. ALbatta, bir ovqatga ikki uch ovqatlik yogʻ solinsa, mazali boʻladi. Bilmaganingiz uchun sizga mazali tuyuladi. Lekin men akamni oʻylaganim, yogʻ puli topay deb ertadan ekchgacha ter toʻkkanini bilganim cuhun menga achchiq tuyuladi. Yuzom shundan oʻzgaradi. Onasi uyida yogʻ solsa taom totli boʻlishidan boshqa narsa oʻrgatmagan kelinposhshalar bu ishni qilayotib ichi achimaydi. Akamiz ham ikki kunlik xotinini deb, yigirma yillik singlisini ayblaydi, hafa qiladi. Birovning qizi yaxshi koʻrinadi-da.

Bu sozlar boshimga bolgʻaday urildi. Ular oʻzlari kunduzlari taom pishiradilar va buni menga toʻnkaydilar. Haqiqatdan ham bir haftadan soʻng yog ’tamom boʻldi deganimda erim menga dediki:

«Xonim faqat koʻp isrof qilmang,avval olib kelganimda bir yarim oyga yetardi, endi oʻn besh kunda tugayapti».

Holbuki, men taomga ortiqcha moʻl yogʻ solmasdim, bu oʻzlarining qiligʻi. «Onasinikida ovqatga moʻl yogʻ solishdan boshqasini oʻrganmagan» degan gapi menga alam qildi. Chunki buni aytgan qaynsinglim oʻzi tuxum pishirishdan boshqasini bilmasdi. Buni hech boʻlmasa, qoʻlidan ish keladigan qaynonam aysa menga alam qilmasdi. Rostini aysam, qaynonam taomni juda shirin qilib pishirardi. Oʻsha qaynsinglim kelin boʻlib brogan joyida qanday ish tutarkin? Loaqal biror xil taom pishrishini bilmasa? Ayniqsa uning:»Birovning qizi yaxshi koʻrinadi-da» deyishi aniq nishonga urilgan edi. Shu sabab oqshom erim bilan rossa aytishdilar. Oxiri qaynonam:
— Bas, yetar, ikkingiz ham juda oshirib yubordinglar, endi tayoq yeysizlar,-deganidan keyin bas qilishdi.

Ertalab qaynsinglimdan garchi pazandalikda noʻnoqligini bilsamda, ovqat pishirishni iltimos qildim. Shunday javob berdi;
— Ovqat pishirish mening vazifammi? Siz nima uchun kelin boʻlib kelgansiz?

Soʻng dagʻal ohangda qoʻshib qoʻydi:

Menga qarang kennoyi, bu uyda sizning emas, bizning aytganimiz boʻladi.

Mening nima deyishimni kutib oʻtirmasdan:
— Hih, shu ham oʻzini odam sanaydi,-deb labini burib chiqib ketdi.

Qizim, kelin boʻlgandan koʻra har narsa boʻlgan yaxshi. Menga juda ogʻir botdi. Xonamga kirib yigʻladim. Holbuki, emn ularni mensimaydigan hech bir ish qilganim yoʻq.Hali uydaligimda:»Oʻzing tengi ikki qaynsingling bor» deyishganida, xursand boʻlgandim:»Ular meni tushunishadi, doʻstlashib ketamiz», deb oʻylagandim. Bu umidlarim puchga chiqdi. Oʻsha kuni ovqat tayorlayotganimda qaynsinglim yonimga kelib, bir muddat tikilib, tomosha qilib turdi.Ertalabki soz’alri yetmagandek yana nimalardir demoqchi boʻlardi.
— Oʻtiring,Nigor xonim,-dedim. Tomdan tarasha tushgandek:
— Koʻramiz, bugun taomni qanday tayorlarkansiz? Kechagidek boʻlmasin,-dedi.
— Boʻlmaydi, undan shirinroq boʻladi. Bu gap sizga ham ma’qul qilaman,-dedim. Yana meni picha kuzatib turgach:
— Ovqatni onam pishirganda koʻring. Men onam pishirgan taomni yaxshi koʻraman,-dedi.

Jahlim chiqdi.
— Onangizga gap yoʻq, ammo bundan sizga nima foyda? Onangiz siz tushgan joyga borib taom pishirib bermaydiku,-dedim. Bu soʻzim uning gʻazabini qoʻzgʻatdi:
— Menga qarang, siz mening ishimga aralashmang. Har holda sizchalik balsam kerak. Siz kimsizki, menga aql oʻrgatasiz? Goʻyo kelinlik vazifangizni doʻndirib bajarib qoʻygandek menga nasihat qilasiz. Oʻzingizni bilmasangiz, bildirib oʻzingizga keltirib qoʻyadiganlar, bor. Ja-a bizday yuvosh qaynsingillarning boshiga chiqib olyapsiz. Aslida ayb oʻzimizda, insonday muomala qildik,-dedi.

Gapni choʻzmadim. Vaysayotgan qaynsinglimga biroz tikilib turdim. Inson zoti shu qadar orsiz boʻlishini shu kungacha bilmasdim. Soʻzlarini javobsiz qoldirganim uchun qayrilib ketdi. Qozonga masalliq solib, boshqa ishalr bilan mashgʻul boʻldim. Orada ovqat tagiga olmasin, deb suviga qaradim, ta’mini koʻrdim. Olovni past baland qildim, qani bu kech nima deyisharkin? Menimcha ovqatning hech kamchiligi yoʻq. Lekin qayerdadir kamchilik qilganday, yana gap eshitadiganday tuyulaverdi. Haqiqatdan ham kutganimdek boʻlib chiqdi. Erim birinchi qoshiqni olar olmas yuzini burishtirdi. «ey, voh endi u ham kamchilik axtara boshlaydi» Yuragimni urushi tezlashdi. Ajabo, nima boʻlyapti? Qaynonam koʻzlarini menga tikdi. Bir narsalar demoqchi boʻldi. Indamadi. Balki erimning soʻz boshlashi uni toʻxtatdi. Erim toʻgʻri qaynsingillarimning oldiga borib soʻradi:
— Kim pishirdi bu ovqatni?
— Men pishirdim.

Ulardan avval javob berdim.

Erim mulohazakor:
— Unday boʻlsa bir qoshiq sen ham ol. Koʻr, qanday boʻlibdi.

Tezda bir qoshiq oldim. Mening ham yuzim burishdi. Yeyishning hehc ilojisi yoʻq edi. Shoʻr, juda ham shoʻr edi ovqat. Yuzlarim qirmizi tus oldi, lekin bu xatolik cuhun measdi. Kapalaklarday bir burchakka oʻzini urgan qaynsingillarimdan keyin qaynonam ham qoʻzgʻoldi. Erim ham qoʻliga non olib oʻrnidan turgach:
— HasbunAlloh va ne’mal vakiyl,-deb joʻnab qoldi. Dasturxon atrofida mendan boshqa hech kim qolmadi. Men ham turaymi – turmaymi, deb taraddudlandim. Nima qilishimni bilmay hayron qoldim. Tursam oʻziyam yeyolmadiku deyishadi, qolsam, bilmadim yana nima balolar deyishadi. Baraka topsin erim:
— Dasturxonni yigʻishtir, har kim topganini yesin,-dedi va dasturxonni oʻrab olib qoʻydim.

Yotish oldidan erimga soʻz ochdim:
— Agar musulmon boʻlsangiz soʻzimga ishoning. Taom shoʻr emasdi. Oqshomgacha necha marta suvini ham, tuzini ham koʻrdim. Dasturxonga qoʻyishdan oldin ham hammasi joyida edi, — dedim. Bu gaplarim erimni hayron qoldirdi.
— Tushunolmadim, taomning tuzi yaxshi edi dedingmi?
— Ha, yaxshiydi.
— Xoʻsh, unda qanday qilib shoʻr boʻlib qoldi?
— Mana, shunisini bilolmayapman. Bilganim shuki, men buncha tuz solganim yoʻq.

Erim oʻylanib qoldi. Soʻzimga ishonsinmi? Bir toʻxtamga kelolmasdi. Juda sof, pok va begʻubor yigit edi. Singillari shu xiyonatni qilishlari xayoliga ham kelmasdi.
— Men endi bunday hiylalarga chidayolmayman. Yodingizda boʻlsin, ertaga taomga umuman tuz solmayman. Koʻraylik-chi, nima boʻlarkin? — dedim.

Erim hayratlanib soʻradi:
— Nima boʻladi?
— Bilmadim. Lekin shuni biling-ki, ertangi taomni tuzsiz pishiraman.

Gap shu yerda toʻxtadi. Lekin erim hanuz asabiy holda edi. Turib yuzini yuvdi. Derazani ochdi, uyga salqin shabada kirdi.

Yarim soatcha shunday turdi. Men mayda-chuyda ishlarim bilan band edim. Koʻnglimda:
— Yo Robbiy, meni uyaltirganlarni, oʻzing parishon qil, xor qil, yuzlarini qaro ayla, — deya duoyibad qildim.

Nihoyat erim derazani yopdi:
— Qani. Endi uxlaylik, — dedi va uxladik.

Ertasi kunni bu ishni qanday amalga oshirish kerak degan oʻy bilan oʻtkazdim. Kecha hech narsa boʻlmaganday koʻrindim ularga, ochiq chehra bilan muomala qildim. Biron narsa soʻraganda, yaxshi javob berdim. Aytganimday taomni tuz qoʻshmay pishirdim. Kechqurun erim jome’dan qaytib keldi. Dasturxon tuzadim. Bu gal qanday boʻlarkin, deya hayajon bilan kutardim. Natija, yana avvalgi kechagidek boʻldi: ilk luqmadanoq burishgan yuzlar, tark etilgan qoshiqlar, yuzimga gʻazabla tikilgan koʻzlar va yana birin-ketin dasturxondan uzoqlashishlar. Bu gal ulardan oldinroq men soʻzladim:
— Nega ovqatlanmayapsizlar? — dedim, — Bu gal oʻzingizga havola deya hech tuz solmadim, yana xatolik boʻldimi? Mana oʻzingiz istagancha solib oling, — deb yonimdagi tuzdonni oldilariga qoʻydim.
— Mashaalloh, qizim. Demak, sizningcha tuzsiz shunday boʻladi, toʻgʻrimi? Bu ovqatni bir koʻring, agar umringizda zahar yemagan boʻlsangiz, zahar qanaqa boʻlishini bilib olasiz, — dedi qaynonam.

Bir qoshiq oldim. Yutishning iloji yoʻq. Tuz ogʻusi deysiz. Holimni oʻzgartmadim.
— Men bugungi taomga bir chimdim ham tuz qoʻshmadim. Kim qoʻshgan boʻlsa, Alloh qoʻlini sindirsin, razil-rasvo aylasin, — dedim.
— Sizning qoʻlingizni sindirsin, aybni oʻzingiz qilib birovga toʻnkaysiz, suvdan quruq chiqmoqchimisiz?! Uyalmaysizmi-a!?

Bu soʻzni aytgan Nigor edi. Oʻzini oshkor qildi. Erim endi tushunganday boʻldi:
— Nigor, nega bunday qilyapsan? Aybmasmi singlim? Kecha taom shoʻr boʻldi, yemadik, toʻkdik. Bu oqshom yana shunday. Menga osonmi, singlim? Sizlar bu yerda ovqatni yeyolmaydigan darajaga keltirar ekansiz, men bir kunlik ovqat pulini topish uchun oftobda ter toʻkaman. Yuk koʻtarib qiynalaman. Sizlar yordam berish oʻrniga, bunday ishlar qilasizlar, Alloh rozi boʻlarmikin, singlim?!

Nigor boshini egib qoldi, hech narsa demadi. Erim ham soʻzini choʻzmadi. Qaynonam ham jim edi. Erim xuftongacha odatdagidek "Taborak" oʻqidi... Vaqtliroq uyquga ketdik.

Ertalab oshxonada yolgʻiz edim. Nigor keldi. Devorga suyandi, oyogʻini chalkashtirib turdi. Meni bir past kuzatib turgach:
— Kennoyi, judayam ma’rifatlisiz, — dedi kinoya bilan.
— Siz ham yaxshisiz, gʻayratlisiz, — dedim.

Balki mendan bu soʻzni kutmagandi. Uningcha, uzr soʻrashim kerakmidi, yoʻqsa nima qilishim kerakligini bilmasdim. Bu soʻzimdan soʻng gapirmay chiqib ketdi.

Yana nimalar boʻlganini aysam, katta bir kitob boʻladi. Har qalay koʻp oʻtmadi, bir yildan soʻng Nigor uzatildi. Tushgan joyida baloday bir qaynsingil mening haqimni ziyoda qilib olibdi. Zulm qilgan zulm koʻrishi aniq. Oʻz turmushi toʻgʻrisida mening oldimda soʻzlamasdi, ammo men sezardim.

Nigorning uzatilganiga bir yarim yil boʻlgan edi. Bir kun uyda yolgʻiz edim. Qaynonam kichik qaynsinglim bilan aylangani ketgan edi. Eshik qoʻngʻirogʻi chalindi, ochdim. Nigor va qaynonasi. Nigor kirgach, qaynonasi:
— Men xolamlarnikiga kirib chiqaman. Biror soatda qaytaman. Siz oʻtiravering, — dedi va ketdi. Oʻtirib birpas suhbatlashdik. Dardli edi Nigor. Nimalardir demoqchi boʻlar, lekin istihola qilib, ochilib gapirolmas edi. Oxiri:
— Yanga, sizga bir narsa aytmoqchiman, mendan rozi boʻling, — dedi.

Nigorning goho "kelin oyi", koʻpincha "kelin poshsho", "kelin xonim" deyishiga oʻrganib qolgandim, hozir "yanga" deyishiga hayratlanganday boʻldim. Koʻnglida poʻrtanalar, dovulu boʻronlar qoʻzgʻalgandek toʻlqinlanar va chekayotgan vijdon azobidan xalos boʻlishni istayotgani koʻrinib turardi. Koʻnglim zirqirab ketdi, unga achindim. Mehrim tovlab samimiyat bilan:
— Nigor, men roziman. Nima boʻldi? — dedim.

Koʻz yoshlarini artib dediki:
— Koʻp haqqingiz bor menda, yanga. Sizga koʻp haqsizliklar qildim. Bir kun oʻzimga qaytishini oʻylamadim. Bugun jazoyimni olayapman. Bunchalik qiyin, achchiq boʻlishini bilmagan ekanman. Bir yarim yilki, tortmagan azobim qolmadi, boʻgʻzimga keldi. Endi chidolmayman, yanga.

Nigorning koʻzlaridan jaladay koʻzyoshlar toʻkildi, roʻmolchasi hoʻl boʻldi. Davom etdi:
— Faqat qaynsingil dardi, qaynsingil balosi boʻlsa chidardim, sabr etardim. Ikki kundan soʻng egalik boʻlib ketadi derdim. Lekin er dardi undan oshib tushdi. Har oqshom ichib keladi. Kunim mastni ovutish, soʻkish eshitish bilan oʻtmoqda.

«Gapir, — deydi, — gapir, men yaxshimanmi?»

«Yaxshisiz, hammadan yaxshisiz!» deyman.

«Men yaxshiligimni sendan soʻrab bilamanmi? Sen kim boʻlding-ki, mening yaxshiligimni ta’riflasang», dey baqiradi. Uyat soʻzlar aytib soʻkinadi. Jim turish ilojsiz, yomonsan desang bu ham boʻlmaydi. Qusadi. Ertalab libosini iflos holda koʻrib, aybni menga agʻdaradi.

Nigor shu tariqa gapirib, koʻnglida borini toʻki boʻshatdi:
— Sizga qilganim ortigʻi bilan qaytdi, yanga. Oh, bir qutulsaydim, — deb soʻzini tugatdi. Tasalli berdim:
— Xafa boʻlmang desam, foydasiz, ammo nachora, sabrdan oʻzga chora yoʻq. Dunyo rohat dunyosi emas. Hammaning bir dardi bor. Bir kun siz ham huzur koʻrasiz, — dedim. Shu yerda soʻzimni boʻldi:
— Mening dardim boshqalarnikidek emas. Bu ketishda faqat oʻlim huzuriga boraman, — dedi va koʻzlarini yumdi. Koʻz yoshlari duv-duv toʻkilarkan, diqqat qildim: Nigor bir yarim yil avvalgi Nigor emas, xarob boʻlgandi, oʻn yoshga qarigandek edi. Avval oʻchim oshigʻi bilan olindi deb oʻyladim, soʻng yana achindim. Bechora mendan ham koʻproq aziyat chekibdi.

Ayol hikoyasi soʻnggida yana shularni aytdi:
— Mana, shunday, qizim. Seplaringni koʻrdik. Dunyo keltirmaysan-ku. Kuching nimaga yesa, qoʻlingdan nima kelsa shuni ado etasan. Qani nimalar deyisharkin deya bir yoʻqlab qoʻygim keldi. Ular yonida bir-ikki ogʻiz gapirdim, siz ham bor edingiz. Chiqayotganimda qulogʻimga nimalar demadi.

Sochiq, paypoq keltirib oldilariga qoʻymabsizmi-ey... Yana nima balolar. Bunday qilish uyat. Buni gapirib yurish insonga yarashmaydi. Tarbiyali odam bunday izzattalab boʻlmaydi. Yana toʻyning ikkinchi kuniyoq kelgan-ketganga bularni gapirib yurish yaxshimas. Shundaymasmi, bolam?! Mashaalloh, goʻzalsiz, odoblisiz, koʻlingizdan ish keladi. Koʻrdim, uyni tartibga keltiribsiz. Yana nima kerak?

Uyga bir koʻz yugurtirib chiqqach:
— Siz kelguncha iflos boʻlib yotardi bu uy. Hamma narsa ostin-ustun, ayqash-uyqash edi. Nachora, bolam. Oʻz boshidagi kalini koʻrmaganlar, boshqaning sunbul sochidan ayb axtararkan. Dunyo shunday, teskari dunyo, teskari aylanmoqda.

Kelinning dardi qoʻzgʻaldi. Haqiqatdan ayol aytgandek emasmi?! Ne qilsa, yoqtirishmaydi. Mehmon oldida izza qiladi, kiygan kiyimigacha gapirib kamsitadi:

«Buni kiyib boʻlmaydi, qizim, borib pushti koʻylak kiyib keling», deydi. Boshqa mehmon oldida boshqacha gapirishadi.

«I-e, qizim, har kelganning yonida bu kiyilavermaydi-ku, ayb boʻladi. Tez oʻzgartirib, boshqasini kiyib keling. Qoʻlimni oʻpishni unutmang».

Buyruq beraverishadi. Istasa unisini, istamasa bunisini kiydirgizishadi. Har kelgan mehmon uchun alohida libos kiymoq kerak, degan xulosaga kelgan holda ertadan kechgacha kiyim almashtiradi.

Kelin bugun oʻziga bir hamdard (aslida dardiga dard qoʻshuvchi) topgandi. Uning hikoyasi dardiga malhamday koʻrinsa, aslida tuz, undan ham battar bir zahar edikim, ikki tomonni — qaynona, qaynsingil va kelinni jiqqa musht qilishga, oila va ayniqsa kelinning dardini kuchaytirishga bemalol yetib ortardi.

Bechora kelin tushuna olmasdi. «Men bu yerga turmush qurgani keldim, gʻavgʻo uchun emas» deya olmasdi. Ularning yomonliklari haqida eshittan har yomon gapni intiqomning bir turi sifatida qabul etar va ruhi bu soʻzlardan shifo topajagini oʻylardi. Qolaversa, uning soʻzlari kunlar kelib asqotib qolishi mumkin.

Qaydan kelib qoldi bu ayol? Har kuni kelsaydi. Har kuni suhbatlashsaydi. Unga dardini yorsa, biroz yengil tortarmidi? Besh daqiqa degan ayol ikki soat oʻtirib qolganini juda yaxshi bilardi. Buguncha shunisi kifoyaligini, vazifasini yetarli bajarganini, hali zamon uy egalari — qaynona va qaynsingil kelib qolishi sezgan ayol:
— Vaqt kech boʻldi, bolam. Besh daqiqa deb shuncha qolib ketdim. Sizning hurmatingiz uchun, qizim. Yana kelaman, sizni yana yoʻqlayman. Hozir kelsalar nari-beri, past-baland gapirib yurishar. Yaxshisi ketayin. Kelganimni aytmang, hech narsa gapirmang, yaxshisi, — dedi.

Turdi, roʻmolini oldi, eshikka tomon yurarkan, nogoh toʻxtadi, yodiga muhim narsa tushib qolganday kelinposhshoga nasihat qilishni unutmadi:
— Sabr qiling, chirogʻim. Sabr bilan har ish hal boʻladi. Sabr qilsang, gʻoʻradan holva pishar deb bejiz aytishmagan. Bu dunyoga hech kim ustun boʻlmaydi. Hamma ketadi. Bir kun; qarabsizki, eringiz bilan yolgʻiz qolibsiz.. Ikki kunda qaynsinglingiz uzatiladi. Uy oʻzingizga qoladi. Bir eringizni amallab idora qilarsiz.

Darvoza tomon yurishdi. Shunda kelin:
— Xola, aybga buyurmaysiz, qoʻlingizni oʻpishni unutibman, — dedi.
— Unday demang, chirogʻim. Tushunmaymanmi?! Begona emasmanku, xolangiz hisoblanaman-a?! Falon-pismadon desangiz xafa boʻlaman. Qoʻl oʻpishga havasmandlar qoʻlini oʻping. Meni qoʻyavering. Xayr, xoʻsh, Alloh yor boʻlsin!

Darvozani ochdi, asta boshini chiqarib, alangladi soʻng birov koʻrib qolmasin degan tarzda tez chiqib, yoʻrgʻalab qoldi. Kelinning ohistagina:
— Yana kutaman sizni xola, boshqa keling, bizni unutmang, — deyishiga tasdiq ma’nosida bosh qimirlatib, uzoqlashdi.

Ayol qay darajada samimiy edi? Albatta, kelin bu haqida oʻylab ham koʻrmadi, ayol oʻsha kun boshqasiga:

«Kelini juda ahmoq. Bugun bordim oʻtirdim-oʻtirdim, to darvoza oddiga kelib xayrlashguncha qoʻl oʻpish esiga kelmadi» deb aytganlarini eshitsa, har holda oʻsha ayol kimligini darhol bilib olar edi. U ketishi bilan kelin eshikni ohista bekitdi. Necha kun-ki, oʻziga hamdard bir doʻst topolmayotgan kelin tomonga ham sarin bir shabada esganday boʻldi. Chuqur nafas oldi, xoʻrsindi. Qaynonasi ketayotib aylanishga uni ham taklif etmagani uchun oʻzicha koyinib xafa boʻlgandi, hozir esa bundan xursand boʻldi. Sabr qil dedi ayol, qarabsiz-ki, uyda bir er, bir xotin qolibsiz.

Toʻgʻri aytadi. Sulton Sulaymonga qolmagan dunyo qaynonasiga vafo qilarmidi, u ham bir kun xayr-xoʻsh qiladi, dunyoga vido aytadi. U ketgach, oʻzi xon, koʻlankasi maydon. Yolgʻiz qaynsingilning qoʻlidan nima ham kelardi. Bir-ikki yil oʻtsin, ketishmasa ikkisiga ham oʻzi bas keladi. Hozirning ushdanoq qaynsingil bilan yolgʻiz qolsa, uni choʻqib tashlaydiganday kuchli his etardi oʻzini. Hatto oʻtgan kun qaynonasining bogʻchada yoʻqligidan foydalanib, ishga joylashmoqchi boʻlgan qaynsingilga shunday tikildiki, soʻzsiz, umi chekinmoqqa majbur etdi. Qaynonasi boʻlsa, bunday qilolmasdi, ammo unga ham navbat keladi. Zotan, opasi kelin boʻlayotganda unga:
— Singlim, qaynona va qaynsingil shunday-ki, jim tursang, ular gapiradi, agar sen gapiradigan boʻlsang, ular jim boʻladi. Ovozingni chiqarmasang boshingga chiqib oladi, bir oz dagʻalroq muomala qil, darhol boʻyin egadilar, — degandi. Aytishicha, kelganining ikkinchi haftasidayoq qaynsinglisiga qoʻrslik qilgan edi:
— Qani keting-chi, siz kimsizki mening ishimga aralashasiz?! Bu uyning kelinposhshosi menman. Ikki kun oʻtar-oʻtmas kimningdir eshigiga ketasiz, shu ikki kun erimning nonini yeyish uchun ishlarimga aralashasizmi?! Qorningizni toʻydirganimiz yetmaganiday, endi gapingizniyam eshitamizmi?! Odobingizni tuzating, — dedi va qiz jimib kolgan edi oʻshanda...

Yolgʻiz qolib ortiqcha totli xayollar surolmadi. Eshik ochilganday boʻldi. Derazadan qaradi. Keldilar. Qahva idishlarini yigʻishtirmagani yodiga tushib, tezlik bilan saranjomladi. Soʻng: "Xush keldingiz", deya ularni kutib olmoq uchun tashqari chiqdi.

* * *

Har kelin xonasiga kirib, oʻzlaricha taftish oʻtkazib, xotinlarga gʻiybat qilish uchun axborot toʻplash havasida boʻlganlar Aminaning xonasiga kirish imkonini topa olmadilar. Lekin bari bir gap topish ilinjida kelinga "Qalaysiz?" deyishni unutmadilar. U haqida yomon gap eshitmagan, hatto Munavvarxonimning mish-mish, gʻiybat qilmasligini bilsalar ham, har duch kelganda bu savolni takrorlaydiganlar bor edi.

Bir kun xasta qoʻshni xotindan hol soʻragani ketishgandi. Bemor ogʻriq va iztirob ichida edi. Bir xilda yotolmay behuzur boʻlar, goh oʻng, goh chap yoniga agʻdarilardi. Munavvarxonim sogʻayib keting, deb shifolar tiladi. Ayol chekayotgan azob qarshisida iztirobga tushmoqda edi. Shu sabab xastalikdan qutulolmasligini soʻzlardi.
— Hech boʻlmasa, oʻlib qutulsam, — derdi. Munavvarxonim tasalli berdi:

Noumid boʻlmang, singlim. Alloh buyukdir. Xastaligingiz uning magʻfirati uchun balki bir kafforatdir. Hali tuzalib qolasiz. Alloh taoloning oʻzi bir kun ichida shifo berishga qodir. Hech narsa koʻrmaganday boʻlib ketasiz. Shifo bergani uchun shukr etib, yaxshi ishlar qilasiz. Oʻlimni orzu qilish yaxshi emas. Hammamiz oʻlamiz. Biroq qanday? Boʻsh qoʻl bilanmi yoki oxirat uchun yigʻilgan sarmoya bilanmi? Gap shunda. Allohdan shifo soʻrang. Xayrli umr soʻrang. Bu orada qoʻshnining tobi qochganligini eshitgan boshqa bir xotin ham kirib keldi.
— Hoy qiz, judayam mazangiz yoʻq. Nima buldi? Xabar yubormabsiz. Kelib koʻrardik. U-bu narsa kerakmi, yolgʻizlikdan siqilmayapsizmi, ahvolingiz qalay? Qarang, qaboqlaringiz, chakkalariigiz choʻkib ketibdi. Odam sal oʻziga qaramaydimi? Bir ustixon boʻlib qolibsiz.

U bir oz shunga oʻxshash gaplarni vaysagach, Munavvarxonimga qaradi.
— Qalaysiz, Munavvarxonim? Yaxshimisiz?
— Xudoga shukr, yaxshiman?
— Kelin ham yaxshidir, inshaalloh. Iye, shu yerdamisan, qalaysan qizim?
— Rahmat, yaxshi xola.

Oradan besh daqiqa sassiz sadosiz kechdi. Faqat bemor ayolning ingroqlari eshitilib turdi: Munavvarxonimga qaradi.
— Bir oz suv...

Amina darhol suv keltirish uchun tashqari chiqdi. Xastaning toʻqqiz yoshlardagi qizi hovli supirish bilaya mashgʻul edi. Onasi suv soʻrayotganini eshitib ichkari kirdi.

Bir ozdan soʻng Amina Munavvarxonimning qulogʻiga yaqin qilib sekingina:
— Ona, hovliga chiqmoqchiman, — dedi. Munavvarxonim bosh qimirlatib tasdiqladi va Amina tashqari chiqdi. Bu orada haligi xotin bemor yonida oʻrinsiz soʻzlarini davom ettirdi. Bu gal Munavvarxonimga:
— Kelin bilan yaxshisan, inshaalloh, shundaymi? — dedi. Bu birinchi, ikkinchi yoki beshinchi soʻrashi emas edi.
— Xudoga shukr, yaxshimiz, — degan javobni oldi.
— Kelin biroz yotsiraganday, gʻalatiroq koʻrindi. Yuzi ham tundroq bugun, bir gap boʻldimi deyman?

Kelgandan beri xastaga xastalik, dardiga dard qoʻshgan, ozgina yashash umidi boʻlsa shuni ham soʻndirgan bu ezma xotinga ne kerak oʻzi? Nimaga erishmoqchi?
— Masalan, kelinim bilan yomon boʻlsam, bunga biror chorangiz bormi yoki bu bilan biror narsaga ega boʻlasizmi?
— Bu qanaqasi, Munavvarxonim, sizlar yaxshi yashamasangiz, chiqishmasangiz men nimaga ega boʻlardim?!
— Unday boʻlsa, bunchalik soʻrab-surishtirishda qanday ma’no bor? Tushunolmayapman. Yaxshi yashasa sizga foydasi yoʻq, yomon boʻlsa ham biror zarar koʻrmaysiz. Tashvishlanmang, chiqisha olmasak, atrofga yoyilib ketardi, gapirishga hojat qolmasdi. Umuman, nega endi chiqisholmasligimiz kerak? U oʻzimning qizim, men esa onasiman. Hayron qoladigan joyim shuki, birov qizingiz bilan qalaysiz demasdi, keliningiz bilan qalaysiz deydi. Nega u koʻpchilikni bunchalik qiziqtiradi: hech tushunolmayapman. Yana takror aytaman, men kelinim bilan yaxshiman. Bundan keyin ham Xudo xohlasa yaxshi yashaymiz. Kelinimning hozirgi ma’yusligiga kelsak, mening qizim bemor yonida oʻzini qanday tutishni yaxshi biladi. Albatta, bu yerda toʻy boʻlayotgani yoʻq. Allohdan bemorga shifo soʻrab, qalban duo etarkan, kulolmaydi, albatta, kulsa odobsizlik qilgan boʻladi.

Yana koʻp gapirishi mumkin edi, biroq oʻz dardi bilan ovora xastaning yonida noqulay. Zotan, bemorni xafa qilgan bu ayolga ozgina saboq berildi. Xastalar ziyorati haqida ham ozroq gapirsa boʻlardi, biroq ayol allaqachon chiqib ketgan edi. U ketgach bemorning Munavvarxonimga birinchi soʻzi shu boʻldi:
— Toʻgʻrisi, ahvolim shunchalik boʻlib qoldimi? Demak, ancha yomonlashibman-da ?
— Yoʻq, singlim. Xudoga shukr, yaxshisiz. Aytganimday, Allohdan umid uzmang. Shu yoshga kirdim, har yil nihollarning, daraxtlarning yozdan soʻng qup-quruq boʻlib qolganini koʻraman. Ilk bahor kelishi bilan Alloh ularga yana hayot baxsh etadi, ular yana jonlanadi. Oʻsha jonsiz quruq novdalar, shoxlar yoz kelishi bilan qancha odamga soya boʻladi, qanchasiga meva beradi. Siz ham shunday boʻlasiz, singlim. Bu xastalik siz uchun, bahor yozdan soʻnggi bir mavsumdir-ki, daraxt yaproqlaridek gunohlaringaz toʻkilmoqda. Alloh nasib etsa, yaqinda onadan qayta tugʻilgandek pokiza, begʻubor bir musulmon xonim boʻlib oyoqqa turasiz. Uzoq yillar qanchadan-qancha odamlarga foyda keltirgansiz. Faqat sabr eting. Kelgan-kettanga ahvolingizdan shikoyat qilmang. Doim Allohni yodingizda tuting, unutmang, tilingiz tolsa, dilingiz bilan goʻzal ismini takrorlang, singlim.

Xasta yonida uzoq qolmaslik lozim edi, birozdan soʻng ketishga ruxsat soʻradilar. Bemor eshitgan soʻzlaridan mamnun edi. Yana bir oz oʻtirishlarini, yoʻqsa tez-tez yoʻqlab turishlarini iltimos qildi. Munavvarxonim soʻz berdi. Takror-takror shifolar tilab, Aminani yoniga olib xayrlashdi, oʻziga aytalgan soʻzlardan farogʻat topgan, bir talay yaxshiliklar his etgan bir xasta vujud va bu vujudda iliq yoshlarga toʻlgan bir juft koʻz bor edi.

VIII

1966 yil. Bahorning oxirgi kunlari... Havo bir salqinlab, goh isiydigan kunlar...

Bir kun Amina oʻrnidan holsiz turdi. Vujudida bir lanjlik sezdi. Munavvarxonim odatdagiday:
— Xayrli tong, qizim, qalaysiz? — der ekan uning holsizligini darhol bildi.
— Xayrli tong, ona!
— Nega holsiz koʻrinasiz, Amina?
— Oʻtib ketadi, ona, unchalik ogʻirmas. Munavvarxonim qoʻlini uning peshonasiga koʻydi, harorati baland edi. Dam olishi kerak.
— Amina, dam oling, bolam. Issigʻingiz baland.
— Hozir oʻtib ketadi, ishlarim bor, ona.
— Ishingizni qarang-u, bir-ikkita kir-chir bilan bir uyni supurish ish boʻptimi?! Yaxshi boʻlgach, qilasiz.

Amina majburan yotdi. Boshi qattiq ogʻrirdi. Munavvarxonim sochiqni hoʻllab peshonasiga bosib qoʻydi.
— Alloh shifo bersin, qizim!

Amina koʻzlarini yumdi. Munavvarxonim zoʻrlab yotqizmasa bari bir bir-ikki soatdan soʻng oʻzi ham yotishga mayasbur boʻlardi. Butun vujudi pichoq sanchganday ogʻrirdi. Qoʻli qayeriga tegsa, igna kirganday his etardi.

Oradan yarim soat oʻtdi. Toʻshagida bir oʻngga, bir chapga agʻdarilib, toʻlgʻanib yotgan Amina, eshik ohista taqillab, sekin ochilganini eshitdi. Bir-ikki lahzadan soʻng

Munavvarxonimning past ovozda:
— Amina, Amina! — deganini eshitib koʻzlarini ochdi. Amina turishga harakat qildi. Bu orada qoʻlidagi la’li patnisni qoʻyib, Munavvarxonim yordamga yetib keldi. Yelkasiga ikki yostiqni tayab qoʻydi, jun choyshab bilan yaxshilab oʻradi, soʻngra joʻka guli qaynatmasi toʻla istakonni ogʻziga tutdi.
— Qoʻying, ona, ovora boʻlmang, oʻzim ichaman.
— Yoʻq, qoʻllaringiz sovuq qotmasin, oʻzim ichiraman.
— Uyaltirmang, ona!
— Uyati yoʻq, qizim. Bir ona bemor qiziga xizmat etsa, nimasi uyat?! Men xasta boʻlsam, siz ichirmaysizmi? Qani, «Bismilloh» deng.

Amina «Bismilloh»ni aytib ichdi. Yutum-yutum, hoʻplam-hoʻplam ichar, har ichganda onasiga minnatdor boqib qoʻyardi. Har bir qaynona kelinga shunday muomalada boʻlarmikan? Ustma-ust ichirgach, yana oʻrniga oʻrab-chirmab yotqizdi.
— Issiqlab ketdim, deb ustingizni ochib yubormang, qizim. Terlang, inshaalloh shifo topasiz, — dedi Munavvarxonim.

Amina yotdi. Noma’lum bir narsa boshidan aylangandek boʻldi. Bu tushuncha, bu fikr, bu hodisa bir, besh, oʻn besh bor oʻtdi kallasidan. Miyasi zirqiraydi. Qutulmoq istaydi, ammo imkon yoʻq. Hech boʻlmasa boshida tasmaday davomli aylanayotgan narsaning nimaligini bilsa edi. Goho oʻziga kelganda zehn charchoqligini his etdi. Boshidagi nima ekanligini bilgani yoʻq. Ba’zan Munavvarxonim eshikni asta ochib, uning parishon yotganini kuzatib ohista chekinardi.

Ikki soatlardan soʻng Aminaning peshonasida ter donalari paydo boʻldi. Tashqarida ishlarini bitirib kelgan Munavvarxonim uning bosh tomoniga oʻtirib, yetti bor "fotiha" oʻqib, Alloh taolodan shifo tiladi.

Amina isitma ta’sirida choyshabdan qoʻlini tashqari chiqardi, endi-endi terlayotganini koʻrgan Munavvarxonim uni oʻrab qoʻydi.

Orada goh Aminaning peshonasini artardi. Yarim soatcha Amina rosa terga botdi. Soʻng koʻzlarini ochdi. Boshi ustida qaynonasini koʻrdi. Dudoqlarida holsiz bir kulimsirash paydo boʻldi.
— Qalaysiz, qizim?
— Terlabman, ona.
— Ha, terladingiz, qizim. Oʻtib ketadi, inshaalloh. Munavvarxonim turdi, kiyim keltirdi. Tezda almashtirib yana oʻrniga yotqizib qoʻydi.

Oʻsha kuni Amina yana bir necha bor terladi. Butun tanasi har gal jiqqa-jiqqa terlarga botdi.
— Ona, juda holsizman, miyam chaqnaganday boʻlyapti.
— Sabr eting, Amina. Bunday deyishdan foyda yoʻq, qizim. Juda qiynalganingizni bilyapman. Agar sabr etsangiz Alloh koʻp ajru savob beradi. Sabr etib dardingizni Allohdan boshqasiga shikoyat etmasangiz, bu ter gunohlaringizni ham yuvib yuboradi. Pok-pokiza, gunohlardan forigʻ boʻlasiz, Amina. Paygʻambarimiz (s.a.v.) sabr etgan xastaning gunohlari kuzgi daraxt yaproqlaridek toʻkilishini marhamat qilganlar.

Munavvarxonim asr vaqti Aminaning kiyimlarini qayta almashtirdi, ustidan yechib olganlarini koʻtarib tashqari chiqarkan Aminaning:
— Ona, kiyimlarimni bir chetga qoʻying, turgach oʻzim yuvaman, — deganini eshitib:
— Xoʻp, qizim, endi dam oling. Men namozimni oʻqib kelaman, — deb tashqariga chiqdi. Namozini oʻqidi, kirlarni yuvib, ilib qoʻydi. Soʻng Amina uchun tahorat suvi olib kirdi.
— Amina, qani tahorat qilib, namozingizni oʻqib oling, — deb uni turgʻazdi. Yordamlashib tahorat oldirdi. Amina namozini oʻqib, yana yotdi.
— Ona!
— Labbay, Amina!
— Tongdan beri nima boʻlayotganini bilmay ovoraman. Boshimda bir narsa muzlab, qotib qolganday. Hech qutulolmayapman. Zehnim shu qadar toldiki, tushuntirib berolmayman. Nima qilishni bilmay hayronman?
— Bu nimadanligini bilasizmi, qizim? Inson sogʻ paytida nima bilan koʻp shugʻullangan boʻlsa, oʻziga hokim boʻlolmay xastalanib qolganida ham oʻy-xayollari majburan oʻsha narsa bilan mashgʻul boʻladi. Bundan keyin koʻnglingizni Allohning zikri bilan nurlantiring. Xastalanganda oʻzingiz bilib-bilmay tilu dilingiz Uning zikri bilan mashgʻul boʻladi. Shunda holsizlanmaysiz. Uxlayotganda ham oʻz-oʻzidan uni eslaysiz, uyqungiz ham ibodatga aylanadi.

Amina oqshomga borib oʻziga kelganday boʻldi. Turayin dedi, ruxsat etilmadi, yana yotdi. Xastaligini oyoqda utkazadiganlar bor.
— Kasal boʻladigan nima bor, yotishga balo bormi, noz qiladi-da, endi bir xizmatchi kerak bu kelinposhshaga, — degan soʻzlarni eshitadigan kelinlar ham bor.

Bu xastalik Munavvarxonimning olijanobligini, qaynona bunday holda oʻzini qanday tutishi kerakligini va bu holda kelinga samimiy yordam koʻrsatish yaxshi bir vazifa janini namoyon qildi. Bu jihatdan Amina baxtiyor edi. Chunki bu uyda insoniy muomala tufayli qaynonasini onasiday yaxshi koʻrib qolgan bir kelin, bir umr Alloh rizosini topay deb harakat qilib yashayotgan sharafli bir qaynona bor.

* * *

Bir millatni mahv etmoq uchun izlab topilgan yoʻllarning eng tahlikali buzuvchisi moda, degan kishi yanglishmaydi. Moda ehtirosi, modaparastlik, moda tajovuzi millat ichiga vaboday kirib tarqalsa, bu yoʻl oxirida falokat bor, xolos.

Amina xastaligining uchinchi kunida yon qoʻshnisi Soriya xonim, kelini, qizi hol soʻragani kirishdi. Eski bilan yangini bir onda koʻrishni istagan kishi Soriya xonim bilan qiziga nazar tashlasa yetadi. Soriya xonim sochining bir tolasi koʻrinmaydigan shaklda munosib kiyingan, qizi esa boshi tamoman, qoʻllari tirsakdan yuqorisiga va oyoqlari tizzalarigacha ochiq holda. Ona qizining bu kiyimidan, qizi onasining eskicha qolganidan uyalishmoqda. Biri qizida odob va iffat tuygʻusi qolmaganidan, qizi oila sharafini bir pulga chiqarganidan ma’yus va iztirobda. Boshqasi onasining eski tushunchalariga berilib, madaniy olamga munosib va muvofiq qadam tashlashda gʻayrat koʻrsatmagani uchun mahzun. Ona istaydiki, qizi ham oʻziday oʻransin, sotiladigan molday oʻrtaga chiqmasin. Qizi orzu etadiki, onasi xonanishin boʻlib, uyda bekinib qolmasin va dunyodan bir oz boʻlsada nasibasini olsin.

Mehmonlar keldilar, oʻtirdilar. Amina endi oʻrnida yotmas, turib oʻtirardi.
— Tuzukmisiz, Amina, xasta deb eshitdik?
— Rahmat, Soriya xola, bir oz shamollabman. Xudoga shukr oʻtib ketdi.
— Oʻzingizga qarang, qizim, yaxshi qarang. Ehtiyot boʻlish kerak.

Soʻng Munavvarxonimga qaradi:
— Bizning qizimiz gapga kirmayapti, soʻzimizni olmayapti, qoʻshnijon. Qizim bunchalik ochilma, shamollab qolasan desam, quloq solmaydi. Boshiga roʻmol oʻratolmayman. Koʻylagini tizzasidan baland kiyarmish. Moda bu yil shunaqamish. Shu yetmay turgandi oʻzi. Bu modasi qayoqdan chiqdi. Avvallar biz bunaqa moda-podani bilmasdik. Shundaymi, Munavvarxonim?!

Qiz "portladi":
— Siz onamga qaramang, quloq solmang, Munavvar xola. Eskilik sarkitlariga yopishib olganlar. Zamonga moslashaylik degan maqsad yoʻq. Qoʻllaridan kelsa, meni erli xotinlar, kampirlarday kiyintiradilar. Roʻmol oʻrarmishman, tizzamdan bir qarich past libos kiyarmishman. Kinoga borish yoʻq. Yana bir qancha mantiqsiz ishlar. Hech bu ham yosh, aylansin, koʻngil ochsin, yoshlik zavqini totsin demaydilar.

Soʻng onasiga qaradi:
— Ona, nima boʻldi oʻzi sizga?! Uyda gapirasiz mayli, endi bu yerda nimaga tinmaysiz?! Uyning gapini tashqariga chiqarishdan ne foyda? Hamma kulmaydimi? Bunchalik mutaassib boʻlish toʻgʻrimi? Oʻzingiz amal qilmaysiz, bizga xalal bermang, masxara boʻlmaylik.

Amina xastaligini unutdi. Ona-bola hol soʻragani emas, bahslashgani, gurunglashgani chiqqanday. Soriya xonim qizining gaplaridan koʻngli ogʻridi.
— Toʻgʻri aytasan qizim, hamma mendan kulmoqda. Qizini modaga oʻrgatdi, odobga oʻrgatmadi, axloqini unutdirdi, sotiladigan narsaning mazasi, hidini koʻrsatganday qizining qoʻl-oyogʻini ochib qoʻydi, deb mendan kulishmoqda. Qarang qizimga, ochiq joylarini koʻrib qoʻying, shunga koʻra baho bering, deyayotganlar bu holga tushganim uchun kulsalar oʻrinli, qizim. Mening otam: «Xotinim, qizim nomusli boʻlsin, hayo bilan yashasin, yoʻqsa oʻlaman», deb dushman bilan urushdi, shu yoʻlda shahid boʻldi. Men uning vasiyatiga amal qilib, shu kungacha bir tola sochimni nomahramga koʻrsatmadim. Faqat sen meni xor qilding, naslingga tortmading. Nima, soyangni sotasanmi, hammaga koʻz-koʻz qilasan?

Onasi oʻrtanib, yuragi yonib-yonib, koʻzlari yoshlarga toʻlib soʻzladi. Kizi bu soʻzlarni miyigʻida kulib tingladi. Onasi: «Sen meni xor qilding, naslingga tortmading», deganda qah-qaha otib kuldi. Soʻng jiddiy tortdi.
— Nimalar deysiz, ona, faqat oʻranganlar nomusli boʻladimi? Nomus insonning ichidagi bir tuygʻu. Oʻzimni jiddiy tutsam, kim menga nima deydi? Ochilganimiz uchun xor boʻlarmishmiz. Naslu nasabimizga tortmayotgan emishmiz. Naslimizga tortamiz deb, nima, uyda qamalib oʻtiramizmi?

Keyin Munavvarxonimga qaradi:
— Munavvar xola, onam bunchalik iskanjaga olmasin. Aytib qoʻying. Zamon senga boqmasa, sen zamonga boq demaydilarmi? Bir oz aqlni ishlatish kerak-da. Bunchalik qilishlari ayb emasmi?

Munavvarxonim, bir tarafdan bu qizning hayosizligini, odobsizligini, ikkinchi tomondan yosh qizlarning, hatto onalarining sekin-asta ochilib borayotganini, uyat tuygʻusidan uzoqlashayotganini oʻylardi.

Qizning «Munavvar xola» degan murojaati oʻylarini tarqatib yubordi. Bechora qiz yordam umidida murojaat qilardi.
— Qizim, keling, men sizlarga bir orachilik qilay. Ona-bola bahslashib, bir-biringizni xafa qilishingizning asosiy sababini aytay. Bu, bir suhbatda yechilib, hal boʻladigan masala emas. Bularning bir asosiy manbai bor. Masalan, sen bir gazmol olsang uni tikish yoki tiktirish uchun darhol bir andoza izlaysan, shundaymi?
— Shunday, xola.
— Andoza kitoblarni olib takror-takror qaraysan, nihoyat bittasiga oʻxshatib tikasan. Ya’ni sening doimiy bir moʻljallagan, oʻrnak oladigan nusxang yoʻq. Bugun bir turlisini, ertaga boshqa bir turlisini tiktirasan. Oʻtgan yili modangiz tizzadan pastda edi. Bu yil tizzaga chiqdi, men aminman-ki, kelgusi yil tizzadan balandda boʻladi. Kelajak yillarda bir qarich yana yuqori koʻtarasiz va bundan uyalmaysizlar. Men yana aminman-ki, bir kun keladi-ki, uyat joylaringizni ham ochasiz, uyatli joylaringizni ham koʻrsatib yurish sizlar uchun sharaf va obroʻga aylanadi. Moda tufayli kimdir qoʻliga qaychi olib, libosining oldini qirqadi, yirtadi va modaning yangi shaklini, joriy etadi. Moda deb sizlarni kimlardir barmogʻida oʻynatadilar, aylantiradilar, xohlagan kuylariga soladilar. Kimlar bular? Bir pullik, nasli-nasabining tayini yoʻq kimsalar emasmi? Barcha oʻy-maqsadi sodda xalqni aldamoq, oila nomusini toptamoq, musulmonlar sharafini yoʻqqa chiqarmoq, moʻminlarni ham oʻzlariga oʻxshatmoqchi boʻlgan buzgʻunchi kimsalar ishi emasmi bu? Boshlaringiz, sochlaringiz, har oy har tusga kiradi, qoʻllaringiz, yelkalaringiz ochildi. Ertaga koʻksingiz ochilmogʻi amr etiladi, keyin yana bir kun keladi-ki, onadan tugʻilgandek qip-yalangʻoch kezmoqdan nomus qilmay qoʻyasiz.

Munavvarxonim bir oz sukut qilgach:
— Hozir mehmondorchilikda ayol-erkak aralash-quralash oʻtiradi, shundaymi? Toʻgʻrimi? — dedi.

Soʻzlarini qiziqish va hayratlanish bilan tinglayotgan qiz:
— Ha, shunday xola, — dedi
— Xoʻsh, ular birga oʻtirishganda ayol-erkakning bir-biriga koʻzi tushmaydimi, koʻzlarini urishtirmaydimi? Ertaga bir bahona bilan bir-birlariga yanada yaqinroq kelmaydilarmi? Hozir yangicha toʻylarda bir-birlarining xotinlari bilan tansaga tusha boshladilar.

Munavvarxonim soʻzlayotganda sekin-sekin peshonasida va yonoqlaridan chiqqan terlar bu nuroniy yuzni yomgʻir tomchilariday yuvib, goʻyo bir gul holiga keltirayotgandek edi. Kizning bir oz avval onasiga nisbatan masxaromuz qarashi jiddiylasha boshladi. Va masala ham jiddiyroq tus oldi. Chunki qarshisida turgan ayol onasi emas, va onasiga oʻxshab «Biz shularni koʻrdik, sen ham shunday boʻl», demayotgandi. Munavvarxonim bir oz hayajonlandi. Bir muddat hayajoni bosilishini kutib, sukut qilgach, davom etdi:
— Biz bunday emasmiz, qizim. Sen moda deya bir yoʻlga kiryapsan. Bu modaning yetakchisi kim, boshqaruvchisi qaysi imonsiz bilmaysan. Imonsiz deyapman, mening ta’rifim shu soʻzda mujassam. Butun bir mamlakatni buzdilar, yuz minglarcha insonni odob-axloqidan judo qildilar. Nomahramdan arslondan qochganday berkingan ayollarning qizlarini fohishalar kabi yalangʻochladilar. Dengiz qirgʻoqlarida xammomda yechinganday yechinib, erkaklarga aralashib yurganlar akasining yonida tizzasini ochishdan uyalgan ayollarning qizlari edi. Yana nimalar qiladi? Qaysi dushman bir millatga bundai kattaroq yomonlik qilgan yoki kilishi mumkin?

Shunday qizim, sizning modalaringiz sizga shularni oʻrgatmoqda. Bu yashash shakli sizningcha nomusli, fazilat toʻla bir turmush tarzi emish. Bilmadim. Boʻlishi mumkin. Bir narsa deyolmayman.

Munavvarxonim qattiq hayajonlanar, ovozi koʻtarilib borar, koʻtarilgan sayin qiz ezilardi.
— Bizning ham andozalarimiz bor. Bizning ham oʻrnak oladigan ulugʻlarimiz bor, qizim. Faqat ularni yaxshi bilmaysizlar. Sizlar amrini bajo keltirganlaringiz, bir kuni kelib sizlarni har kimning ayoliga aylantirajak, zotan vaziyat shuni koʻrsatmoqda. Biz amrini tutgan buyuklar esa bizga faqat erlarimizga qarashli ekanimizni, ulardan boshqa hech kimning oldida ochilmasligimiz kerakligini bildirmoqda. Ochiq-sochiq yurganlar qimmatli hayosini yoʻqotdilar, biz esa, Xudoga shukr, bugungacha nomus bilan yashadik. Ota-bobolarimiz shu yoʻlda jon berdilar. Bizning birgina "moda"miz bor qizim, lekin u bugungacha oʻzgarmadi, qiyomatga qadar oʻzgarmaydi, inshaalloh. Bu "moda" sohibiga sharafdan boshqa narsa keltirmaydi. Bizning "moda"chilarimiz sha’n va sharafni boshlariga toj qilgan, har kim ularni oʻz onasiday koʻrgan, oʻz onasiday hurmat etgan, yoshu qari ehtirom bilan tilga oladigan xonimlardir ular. Sizning modachilaringiz tonggacha mayxonalarda, qimorxonalarda begonalar qoʻynida safolat bilan ovunadilar. Biznikilar esa fazilatli turmushi bilan koʻngillarda taxt qurganlar, har bir harakati Allohdan qoʻrquv hissi bilan toʻla, har ishi Alloh rizosi uchun boʻlgan, sharafli hayot kechirgan ayollardir.

Munavvarxonim soʻzlari farosatli bir inson uchun kifoya ekanligini oʻylab toʻxtadi. Qiz parishon boʻlib qoldi, umridagi eng kuchli zarbani oldi. Shu bilan birga koʻnglida bir maroq, bir qiziqish paydo boʻldi. Kim ekan bu Munavvarxonimlarning «moda»chilari? Nega shu paytgacha hech kim eshitmagan ularni. Sekingina soʻradi:
— Kechirasiz, Munavvarxonim, kimlar sizlarning modachilaringiz? Nega hech kim bilmaydi, nega hech kim eshitmagan? Siz aytgan moda qay bichimda?
— Qizim bizning «moda»chilarimiz, Xadicha onamiz, Oysha onamiz va Fotima onamizdir. Biz ularning andozasiga ergashamiz. Bu yuz, qoʻlimizdan boshqa joylarimiz yopiq boʻlishi, nomahramga koʻrsatmaslik, nomahramlar bilan birga oʻtirmaslik, yolgʻiz holda ham uyatli bir qiyofada qolmaslikdir. Mana, hammasi shu. Bu ulugʻ millatlarni tiklagan, ma’naviyatlarni saqlagandir. Bu ulugʻ zot ayollarni eshitmaganligingiz masalasiga kelsak, koʻpgina yoshlarnint quloqlari ochigʻu, jon qulogʻi, qalb koʻzi berkilgan. Aksincha boʻlsa, yaxshi, edi. Ya’ni, inson qulogʻini turli zararli shamollar, yomon soʻzlar, ma’naviy xastaliklar kirishidan toʻssa, berkitsa, shundagina koʻngil koʻzi va qulogʻi ochilsa ajab emas...
— Kim bu Xadicha onamiz, Fotima onamiz, xola?
— Xadicha va Oysha onamiz Paygʻambarimizning (s.a.v.) xotinlari. Fotima esa qizlari.
— Xola, unday boʻlsa onam ikkingiz bir «moda»da ekansiz-da?
— Shunday, qizim. Faqat bitta farqi bor. Sofiya xonim vaqtida bularni qiziga anglatmadi. Qalbiga Allohdan qoʻrqishni joylamadi. Boshiga roʻmol oʻratsam boʻldi, ish bitadi, deb boshqa tomonlarini esdan chiqardi. Bugun oʻsha unutishning jazosini tortmoqda.

Bu orada Amina mehmonlarga choy keltirdi. Mavzu shu yerda tugadi.

Yana yarim soatcha oʻtirishgan mehmonlar takror-takror shifolar tilab qoʻzgʻalishdi. Qoʻshni qizning holida oʻzgarish borligi koʻzga tashlandi. Endi avvalgiga nisbatan biroz oʻransa, yanada odobliroq yoʻldan kesa ajabmas. Ular ketishi bilan Amina hayratini yashirolmadi:
— Ona, sizning bunchalik gapirganingizni koʻrmagandim.
— Qizim, bunday paytlarda gapirish jim turmoqdan xayrlidir. Qiz toʻgʻri (haq) yoʻlga kirsa ajabmas.

Koʻshni qiz bir necha kun oʻtib, eshik qoʻngʻirogʻini chaldi. Knyim-kechagi nisbatan odob doirasida edi. Onasiga bir kiyim tiktirmoqchi ekan. Oʻsha kun eshitganiga koʻra qanday bichimda tiktirishni soʻramoqchi boʻlibdi. Munavvarxonim kulimsiradi:
— Qizim, bizning andozamizning shakli yoʻq. Oson. Faqat chegaralari bor, buni oʻsha kun aytdim. Yuz-qoʻldan boshqa joylarning yopiq boʻlishi. Shaklini esa har kimning xohishi, ta’bi, didi belgilaydi. Har kim istaganday tiktiradi va sizning bunga aqlingiz yetadi. Goʻzal bir kiyim tiktiring-ki, yoshlarimizga ham yoqadigan boʻlsin.

Oradan kunlar, oylar oʻtdi. Amina Munavvarxonimdan faqat yaxshilik va samimiyat koʻrdi. Munavvarxonim unga ona oʻrnida ona, keragida opa va bir yaqin jigar mavqeida boʻldi. Unga yoʻl koʻrsatdi, qadrladi, ragʻbatlantirdi, oʻrni kelganda koʻnglini ogʻritmay tanbeh-nasihatlar qildi. Bu uning ona mehri bilan birga aqliy, mantiqiy bir shafqati ham edi. Balki bu shafqatni ona oʻz qiziga koʻrsata olmas, lekin Munavvarxonim kelinini aslo ranjitmadi.

Uyquning eng shirin payti saharga toʻgʻri keladi. Bomdod vaqti. Bu vaqt Xoliq oshiqlari uchun bedorlik, gʻofillar uchun gʻaflat paytidir.

Mana shu damlarda Aminaning eshigi ohista chertilar va tashqaridan:
— Mustafo, Amina, turinglar, bolalarim, — degan ovoz eshitilardi.

Ba’zai turmush qurganlariga endigina bir necha oy boʻlgan ikki yosh uygʻonishga uygʻonsalar-da, joylaridan koʻzgʻalishga qiynalishar, mudrab qolishardi. Bu paytlar joynamoz ustida qiblaga yoʻnalgan, koʻnglini Parvardigorga bogʻlagan bir moʻmina oʻrnidan turib, takror eshikni chertardi:
— Mustafo, Amina turinglar endi, hozir quyosh chiqib qoladi, — deb takrorlaydi, «namoz uyqudan xayrli» ekanini eslatardi. Amina bilan Mustafo turib tahorat oladilar. Amina xonasiga Munavvarxonim kabi hozirlagan masjidiga kirar, Mustafo esa jome’ga yoʻl oladi. Bu xonadonda namozdan soʻng qoʻllar Qur’oni karimga uzanar, ikki-uch sahifa oʻqilgach, oʻpib joyiga qoʻyiladi.

Qizim kech yotdi, oʻgʻlim ishga boradi, deb tonggi nomozga uygʻotmaydigan onalar ham topiladi. Ammo natijasi zarar keltiradi. Uch kun uyqusiz boʻlsa ham, namoziga turmasa ma’naviy zarar koʻrajaklarini yaxshi his etadi. Shu bomdod namozini oʻqigach, ularga yana uxlab olishlari uchun ruxsat beradi.

* * *

Toʻy oʻtganiga ikki yil boʻlay deb qoldi. Bu vaqt ichida kelin-qaynona oʻrtasida hech qanday koʻngilsiz voqea boʻlmadi. Ammo, keyingi bir voqea, oq qandday shirin turmushga siyohday sizib dogʻ solmoqchi boʻldimi?

Oʻsha kun Amina yuragi gʻash boʻlib uygʻondi. Koʻngilsiz tushlar koʻrgan edi. Uni ochiq chehra bilan qarshilagan Munavvarxonim:
— Bugun qalaysiz, qizim? — derkan undagi parishonlikni sezganday boʻldi.
— Tuzukman, ona.
— Alloh yanada yaxshi aylasin, qizim.

Munavvarxonim boshqa hech narsa soʻramadi. Lekin Aminaning ichini bir narsa kemirardi. Sabr etolmadi. Munavvarxonimning yoniga oʻtirdi:
— Ona, sizga bir narsa aytmoqchiman.
— Ayting, Amina.
— Koʻnglim gʻash. Aloq-chaloq narsalarni tush koʻrdim tongda, qoʻrqdim.
— Yaxshilikdir, inshaalloh, Alloh xayrli oʻng atasin.
— Aytaymi?
— Yoʻq qizim. Aytmang, qoʻrqinchli tushlar aytilmaydi, faqat Allohdan yaxshilik ato etish tilanadi. Hech kimga oʻsha tushni aytmang. Xayrli boʻlishini Allohdan soʻrang.

Darvoza qoʻngʻirogʻi jiringladi. Amina borib ochdi:
— Ona, pochtachi keldi.

Lekin kelgan pochtachi emas, bir faqir edi. Biroz kutib turishini aytib, Amina ichkari kirdi.
— Sadaqa berish yaxshi ish. Shunday tush koʻrsang sadaqa berishni unutmang. Oʻz oyogʻi bilan kelibdi, mamnun eting.
— Nima beray, ona?
— Soʻrab oʻtirasizmi?! Oʻzingizni faqir oʻrniga koʻying, nima berilsa mamnun boʻlishini oʻylab koʻring va oʻshani bering. Bu uyda siz yaxshilik qilaman desangiz, kim qarshilik etadi?

Amina ichkaridan bir narsalar olib, faqirga berdi. Sadaqa behuda ketmaydi. Baloni qaytaradi, sadaqa — raddi balo. Oxiratda oʻn barobardan ziyodasi bilan qaytadi. Yana bu faqir duolar qiladi.

Bugun Yusuf afandi amakilar kelmoqchi. Amina bu odamni juda yaxshi koʻrardi. Avval sovchi boʻlib borgani uchun xafa boʻldi, keyin bu uydagi insoniy muhit uni bu hisdan uzoqlashtirdi. Baribir turmushga chiqishi kerak boʻlgan Amina uchun Mustafoday er, Munavvarxonimday qaynonani topish oson emas, albatta. Yaxshilikmi? Shuning uchun Amina Yusuf afandini amakisiday yaxshi koʻrar va hurmat qilar edi.

Ular peshindan soʻng kelishmoqchi edi. Yusuf afandi kechki ovqatga qolmoqchi edi. Peshingacha ham ancha vaqt bor. Amina bir-ikkita kir-chirlarini yuvib-chayib olmoqchi boʻldi. Tashqarida alohida katta qozonda suv isitish zarurati yoʻq, shuning uchun uydagi qozonga suv koʻydi.

Aslini olganda Munavvarxonimning koʻngli ham bir oz gʻash edi. Tilovat qilar, Allohdan sabr tilar, yomonlikni toʻsib, yaxshilikka aylantirishni Parvardigordan soʻrardi.

Eshik qoʻngʻirogʻi chalindi, kelgan Ali edi. Munavvarxonim unga:
— Kel, onasining guli, qoʻzichogʻim, — dedi. Ali bir oz xasta koʻrinardi.
— Ona, tobim yoʻq. Yotgim kelyapti.
— Xoʻp mayli, bolam, choyshab yopib qoʻyaman, yotaver.

Ali yotdi. Onasi yoniga oʻtirdi, Qur’on oʻqidi, Allohdan shifo tiladi. Amina yuviladigan kirlarni tayyorlab, suv isiganiga qarash uchun ichkariga kirdi. Suv endi iligandi, yana bir oz kutish kerak edi, tashqariga chiqdi.

Yarim soatlar oʻtib, tagʻin ichkari kirganida suv qaynamoqda edi. Issiq boʻlganidan olish qiyin edi.
— Qoʻlingiz kuymasin Amina, bir narsa bilan ushlang, — dedi Munavvarxonim.

Amina qoʻliga qalinroq ikkita latta olib, ular bilan qozonni koʻtardi. Tashqari chiqayotib, qaynisi yoniga kelganda negadir qoʻllari titrab, qozon uyqudagi Alining ustiga agʻdarildi. Munavvar xonim oʻqday otilib qozonni olarkan, ayni zamonda Aminani ham itarib yubordi. Bu bir lahzada boʻldi. Oʻn uchlarga kirgan Ali sapchib uygʻonganida, qoʻlida qozon.
— Bolaginam, nima ham boʻldiyu, agʻdarib yubordim-a, — deya faryod chekayotgan onasi bilan bir oz narida bu ibrat sahnasiga hayrat ichra qarab qolgan Aminani koʻrdi. Suv qaynoq, lekin jun koʻrpadan oʻtib, Aliga ta’sir qilguncha bir-ikki lahza oʻtgan, bu orada onasi juda ham tez harakat bilan yechintirgan, balki bir hamlada koʻylagini ustidan yirtib olib tashlagan edi.

Ali bir oz kuydi. Lekin shunisi ham xasta bolaga yetib ortdi, faryodi koʻklarga yetdi. Aminaning yuzi sargʻaydi, qoʻl-oyogʻi titrab, nima deyishini, nima qilishini bilmadi. Qaltirardi. Munavvarxonimga yordam qilsinmi yo qoʻshnilarni yordamga chaqirsinmi? Bir qarorga, bir fikrga kelolmasdi.

Bolaning yelkasi ancha qattiq kuygan, hatto ba’zi joylarining terisi shishib chiqqandi. Busiz ham dardmand bolasining bu ahvolini koʻrib Munavvarxonimning yuragi ham kuyib-yondi. Koʻzlaridan injularidek tizilgan yoshlar nurli yuzlariga dumalab tushar, bolaning azobini ziyodaroq his etardi.
— Uyda kuyishga qarshi dori bor, Amina, tez keltiring qizim.

Amina yugurdi, javonni ochdi, uch-toʻrt xil dori bor edi, qaysi biri ekanini bilmadi, hammasini toʻplab keltirdi. Bu achchiq hodisa qarshisida oʻzini yoʻqotib qoʻymagan Munavvarxonim dorini olib, Alining kuygan joylariga «shifo boʻlsin» deb moʻl-moʻl surdi.

Peshindan soʻng kelgan Yusuf afandining xotini Alini yuztuban yotgan holda koʻrdi. «Mazasi yoʻq, xasta», dedilar.
— Nega yuz tuban yotibdi? — dedi. Ali javob berdi:
— Kuyib qoldim. Ustimga suv toʻkildi.
— Kim toʻkdi, bolam.

Ali javob bermadi. Onasiga qaradi. U kuydirdi demoqchi boʻldi. Munavvarxonim:
— Na chora, shunday boʻlib qoldi, jigarim. Falokat oyoq ostida boʻlarkan. Buning ustiga bolamning sal tobi qochgandi, dedi. Amina ich-ichini yerdi, vijdoni qiynalardi. Kuygan bolasining azobi yetarli boʻlsa ham Munavvarxonim Aminani oʻylab bu ishni oʻz boʻyniga oldi. Uning koʻziga qaradi. Amina: «Alini men kuydirdim, aybni onam oʻz boʻyniga olmoqda», demoqchi edi. Munavvarxonim «tovushingni chiqarma» degandek unga ilkis qaradi. Amina indamadi. Lekin koʻngli ham tinchimadi. Ichidan qon yigʻlardi Amina.

Oqshom Yusuf afandi va Mustafo kelgach, voqeani qisqacha tushuntirdilar.
— Voh bolam-a, voh bolam, — deb Alining boshini silardi Yusuf afandi.
— Amina yangam shu yerda edi, onam unga qildirsaydi balki toʻkilmasdi, — ilk bor tovushini chiqardi Ali.
— Ne iloj, qoʻzim. Shunday boʻlishini bilibmanmi? Mendan xafa boʻldingmi, oʻgʻlim.
— Yoʻq, ona, sizdan xafa boʻlarmidim, siz mening birdan bir onamsiz-ku?!

Shu bilan masala yechildi. Mehmonlar kechgacha oʻtirdi, shifo tiladilar.

Shundan soʻng Munavvarxonim Aminaning qulogʻiga:
— Meni yaxshi koʻrasizmi, Amina? — dedi. Amina uning yuziga hayron boʻlib qaradi:
— Bu nima deganingiz, ona, sizni yaxshi koʻrmasam, kimni yaxshi koʻraman?!
— Shunday boʻlsa, Ali haqida Mustafoga boshqacha gapirmang. Meni yaxshi koʻrsangiz...
— Lekin, ona, nechun?
— Bu mening sizga buyrugʻim!

Amina gʻalati boʻlib ketdi, ajablandi.
— Bu boʻladigan narsa emas, chidolmayapman, ona.
— Agar gapimga quloq solmasangiz, rozi emasman. Aqlingizni yigʻing, — dedi Munavvarxonim. Bu orada mehmonlarni kuzatib qaytgan Mustafo ichkari kirdi:
— Nimani gaplashyapsizlar, ona? — dedi. Onasi kulimsirab:
— Ona va qiz nimani gaplashsa, biz ham shuni gaplashyapmiz, — dedi.

Shu kecha tonggacha uxlayolmagan uch juft koʻz bor edi.

Bu koʻzlar kuygan bir vujudni, mahzun bir qalbni, zirqiragan bir vijdonni tamsil etardi.

* * *

Bu hodisa... Bunda Munavvarxonimning insoniyligi, vazminligi, oqila va oliyjanobligi qarshisida Amina dovdirab qoldi, hayratlandi. Oʻyladi. Kechalar oʻyladi, kunduzlar oʻyladi. Qarindosh-urugʻlarini, onasining barcha tanigan ayollarini bir-bir koʻz oldidan oʻtkazdi. Hech birining bu darajadagi oliy fazilatlarini eslayolmadi. Kelinining eng kichik qusurini ham har kelganga aytib, tillarda "doston" qilgan gʻalati qaynonalar oldida oʻz qaynonasi ulugʻlashib, buyuklashib, uning yuksak fazilatlari qarshisida oʻzining naqadar kichik ekanligini oʻyladi. Yana Munavvarxonim shu gapi shu yerda qolishini, kuyish voqeasini ikkisidan boshqa hech kim bilmasligi kerakligini uqtirdi.

Amina koʻp kutdi. Kunlar, oylar oʻtdi hamki, bir chetga chaqirib: "Bu xatoni oʻz boʻynimga oldim, boshqa takrorlanmasin" demadi. Amina shu soʻzlarni behuda kutdi. Qaynonasining qarashlarida, harakatlarida hech oʻzgarish sezmadi. Muomalasi ham xuddi ilgarigidek.

Bir kun Amina qoʻlida paypoq toʻqir, Munavvarxonim tasbeh oʻgirish bilan mashgʻul, pok, nuroniy yuzidan yoqqan samimiyat Parvardigorga boʻlgan taslimiyatini ifoda etardi.

Amina qoʻlidagi ishini toʻxtatib nimadir soʻramoqchi boʻlar, lekin Munavvarxonimning holini koʻrib, ma’naviy halovatiga toʻsqinlik qilishni istamas va yana ishida davom etardi. Oxiri:
— Ona, — dedi. Munavvarxonim unga qaradi:
— Labbay, marhamat, qizim, gapiring.
— Ona, nega meni hanuzgacha jazolamaysiz, koyimaysiz?
— Nima sababdan jazolashim kerak, Amina?!
— Alini kuydirib qoʻytanim uchun.
— Bu gapni qaydan topdingiz? Oʻtdi-ketdi. Bir yil boʻldi. Nega haligacha oʻylab yuribsiz?
— Men oʻylamay kim oʻylasin, ona?
— Qizim, eslashdan ne naf? Xafa boʻlsangiz, Alloh taologa yahshi qul boʻlmayotganimizdan, yaxshi bandalik qilmayotganimizdan xafa boʻling. Siz aytgan ishdan emas. Yaxshilik qiling. Bilmasdan xatolikka yoʻl qoʻysangiz, ona sifatida bekitmogʻim lozim. Meni xafa qilishni istamasangiz, buni hech kimga aytmang, yodingizdan oʻchiring. Buni oʻsha kun ham aytganman. Bu gapni boshqa qoʻzgʻamang. Aks holda, kechirmayman, Amina.

Bu gap shu tariqa yakun topdi.

* * *

Bir kuni Amina Munavvarxonimga shunday savol berdi:
— Ona, siz ham qaynona dardini tortganmisiz?
— Qaynonam vafotiga oʻn besh yil boʻldi, qizim. Amina kulimsiradi:
— Har holda sal boshqacharoq tushundingiz, ona. Qaynonangiz qachon vafot etdi demadim, qaynona dardini tortganmisiz, deb soʻradim.
— Bildim, qizim. Men ham sizga vafotiga oʻn besh yil boʻldi demadimmi?
— Dedingiz. Ammo savolimning bu gapga aloqasi bormi?
— Unda, tushuntiray. Bizning tarbiyamiz hatto tirik odamning ortidan gapirishni ma’n etadi. Uning dunyodan oʻtganiga oʻn besh yil boʻldi. Xatosi boʻlsa, agar lozim kelsa, tirigida yuziga aytgan boʻlardim. Endi aytadigan yagona soʻzim — Alloh rahmatiga olgan boʻlsin!

Amina bugun qaynonasining odatini unutganday koʻrindi. Uni gapirtirmoqchi edi. Soʻzlashgisi keldi.
— Agar meni yaxshi koʻrsangiz, qisqacha boʻlsa ham gapirib bering.

Munavvarxonim gapirib berolmasdi. Bular bir imtihon edi. U oʻz aqidalarida sodiq va sobit. Aytolmaydi. Amina yolvorib soʻrasa ham, oʻlgan odamni yomonlab gapirolmaydi. Yoʻq. Agar sevimli doʻsti kelib, choʻgʻni kaftiga olishni taklif etsa, kim ham rozi boʻlardi?! Munavvarxonimning fikricha, kuyishidan ham axloqsizlik zararliroqdir. Soʻrovchini mamnun etish uchun beodoblik qilishga rozi emasdi.
— Qizim, sizni yaxshi koʻraman, ammo bu boshqa masala. Siz uchun, nomaqbul bir ishni qilish esa yana boshqa gap. Siz soʻragan masalangiz yuzasidan suhbatlashishimni xohlaysiz, mening Janobim esa sukut saqlashimni istabdi.
— Sizning Janobingiz kim, ona?
— Paygʻambarim.

Devorda osigʻliq Ravzai Mutahhara suvratiga qaradi. Shunda Amina Munavvarxonim har on bir ulugʻ zot qarshisida turib odob saqlaganday ohista soʻzlashining sababini endi angladi. Demakki, bu xonimlar xonimi har on oʻzini Paygʻambarlarning huzuri poklarida sanaydi.

Amina bu maqsadiga yetolmadi. Yetolmasdi ham. Munavvarxonim uni qanoatlantirish uchun:
— Amina, siz bir insonning zarariga sabab boʻlsangiz, masalan, bir bolani aldab ishontirib oʻgʻrilik qildirsangiz, bir necha kun oʻtgach, sir ochilsa va bola jazolansa, bundan xafa boʻlasizmi? Bu ham shunga oʻxshash. Savolingizga javob bermaganim sizni ham xuddi oʻzimday oʻylaganimdan, tushundingizmi, qizim?!
— Tushundim, ona. Uzr soʻrayman.

Munavvar xonimning yoshligi, kelinligi

1942 yil... Olmon harbi shiddat bilan davom etayotgan yillar. Qahatchilik. Qiyinchilik. Qimmatchilik. Ocharchilik.

Bir kilo bugʻdoy narxi osmonda. Non, yogʻ chek bilan olinadi... Mana shunday davrda uch bolali, nochor oila. Bizga tanish boʻlgan toʻngʻich qiz endi oʻn sakkizga qadam qoʻyayotir, boshqa bolalarning biri oʻn ikki, biri oʻn yoshlarda.

Faqirlik — hayot sinovi, mashaqqatli bir holdir. Bu oʻn sakkiz yashar qiz faqirlikning tor tuynukchasidan dunyoga boʻylagan, ta’bir joiz boʻlsa, insoniylik va hayot maktabining tirishqoq tolibasidir.

Chek bilan olinadigan non bir odamga judayam kamlik qiladi. Koʻproq olishning aslo imkoni yoʻq. Non yopish uchun esa bozorda bugʻdoy juda ham qimmat. Pullari yetmaydi. Bugʻdoy topilmaydi ham. Tirik qolishning birdan bir chorasi chek bilan olinadigan nonga qanoat qilish. Boshqa iloj yoʻq.

Chek bilan non sotilishining ilk haftasi edi. Dasturxondagi nondan birinchi boʻlib qoʻl tortgan toʻngʻich qiz boʻldi.
— Nega olmaysan, Munavvar?
— Yetarlicha yedim, ota.
— Yaxshi toʻymading qizim, qara, noningning yarmi qoldi.
— Koʻp yemoqchi emasman. Siz oling, ota, menga qaramang.

Otasi toʻgʻri aytdi, Munavvar toʻymagandi. Shugina nonga odam toʻymaydi. Zotan, necha kunki oʻz ulushini yemaydi, bari-bir toʻymadi Munavvar. Ikki kichik ukasi-chi? Ular ham oʻziday och qoladi. Munavvar chidaydi, ammo ular-chi? Shu sababdan dasturxondan qoʻl tortdi. Qolgan nonni ikki boʻlib ukalariga uzatdi. Kichigiga:
— Bakr, mana buni ham yeyaolasanmi? — dedi.

Bolaning koʻzlari porladi. Sevinch bilan ha deganday bosh qimirlatdi.
— Unday boʻlsa, koʻraylik-chi, yeb qoʻyaolasanmi?
— Yeb qoʻyaman, opa.

Bolalar ham toʻymayotgandi. Uchovi och qolgandan koʻra, ikkovi picha toʻygani ma’qul. Oʻsha kundan e’tiboran Munavvar opalari oʻz ulushining yarmidan koʻpini yemadi. Onasi bir kun iltimos qildi, qistadi, och qolasan, dedi.
— Och qolsam yemasmidim, ona, och qolishni istaymanmi? Bir oz keyin oʻn sakkizga toʻlgan Munavvar ham kelinlik hayotiga qadam qoʻydi. Zamonaning ogʻirligiga qaramay turli xarajatlar bilan qizlarini uzatayotganlar oldida Munavvarga ham nimalardir tayyorlandi deyishga til bormaydi. Bundai kuyinib. tashvishlangan onasiga Munavvar tasalli berdi:
— Kuyinmang onajon, kiyimning, ziynat ashyosining nima qiymati bor?! Hozirgacha ularni taqdimmi? Endi taqarmidim? Siz meni yaxshi koʻrasiz-ku, shuning oʻzi menga yetarli. Koʻlingizda ne boʻlsa, mendan ayamasligingizni bilmaymanmi? Duo qiling. Baxtli turmush ato etishini soʻrab Allohga yolvoraman. Sizdan oshiqcha narsa kutmayman, ona.

Toʻgʻri gapirardi Munavvar. Otasi ne hasratda qiynalib olib bergan bir-ikki taqinchokdarini uydan tashqarida taqqanini hech kim koʻrmadi. Toʻyga ketarkan taqinchoqlarini bir chetga qoʻyar, kelgach otasi taqmaganiga xafa boʻlmasin uchun yana taqib olardi. Hatto bir kun onasi:
— Nega boʻyningdagi tillo taqinchoqlarni olib qoʻyding, Munavvar, qayga qoʻyding? — deganida:
— Ona, topgan bor, topmagan bor, biror faqirning koʻngli ogʻrimasin, — deb javob berdi.
— Qizim, hamma taqadi-ku, sen ham taqsang nima qiladi?
— Har kim oʻysiz taqib, oʻzini atay namoyon qilsa, men ham shunday yoʻl tutaymi? Bir insonning koʻngli ezilishiga men sababchi boʻlmayin, ona.
— Xoʻp, mayli sen aytganday boʻlsin, — deya boshqa qistovga olmadi onasi.

Agar bu ziynat ashyolari insonga bir fazilat keltirsa, Munavvar ularni uyda yetarlicha taqardi. Kibr va gʻururdan boshqa ne foydasi bor?! Vaqti kelib bir ehtiyojini qondiradigan har narsa ziynat, lekin oʻziga foydasiz oltin yo olmosning bezakdan boshqa ne nafi bor?! Bir yil avval otasining muhtoj kunida oltin taqinchogʻini olib, uning oldiga qoʻydi, otasi ololmayman deb qaytarganda:
— Buni siz olgansiz. Hozir ehtiyojni ketkazing, keyin yana olib berasiz. Siz iztirob chekib yurasizu, men istirohat qilib taqib yuraymi, ota? — deya otasini koʻndirdi.

Munavvar boy boʻlishi, taqinchoqlarini taqishi mumkin, lekin bir shart bilan — qarshisida hech kimsaning koʻngli ezilmasin, molining koʻpligi uni sevinch va gʻurur koʻchasiga yoʻllamasin, qoʻlidan kesa, gʻussa va qaygʻu chekmasin. Faqat bunday boʻlishi qiyin.

Munavvar ota uyini kelin boʻlib tark etgach, boshidan nimalar kechdi? U ham qaynona dardini tortdimi? Bu savollarga bir soʻz bilan javob berish mumkin emas.

Chunki ba’zi narsalar kishilar va ularning dunyoqarashiga koʻra oʻzgaradi va tushunchalariga koʻra qiymat topadi, birining fikricha dard, boshqasining fikricha hech narsa emas. Bular Alloh tomonidan yuborilgan sinovlar-ki, sabr etganlarning maqomi yuksaladi.

Kelin, ya’ni Munavvar borgan joyida rohat topmadi. Yomon soʻz eshitdi va haqsiz muomala koʻrdi. Qilmagan ishi uchun aybdor sanalgan paytlari boʻldi. Ragʻbat oʻrniga tuhmatga qoldi, yaxshi soʻz oʻrniga tanbeh eshitdi. Samimiyat koʻrsatib, iztirob chekdi. «Lekin bularni mendan ziyodaroq chekayotganlar bor-ku», deb koʻp ham ahamiyat bermadi. «Shunday muomalaga loyiq boʻlib, gap eshitganimda edi, bundan yomoni boʻlmasdi», deya oʻziga tasalli berdi. «Mening namozimga, roʻzamga aralashmayaptilar, dinu imonimga toʻsqinlik qilmayaptilar, kufr keltirmayaptilar, axloqsizlikka tashviq etmayaptilar, bundan yomonrogʻini koʻrishim mumkin edi», deya ovunardi. «Parvardigorim oldida qancha qusurim bor, balki, bular shuning jazosidir», deya oʻylar va sabr etardi. Bu ishlar kelajaqda asqotib qolishini oʻylab, fikr suzgichidan oʻtkazar, yaxshi-yomonga, yoqimli-yoqimsizga ajratardi. Aslida yoqimlisi oz, hatto yoʻq deyishi mumkin. Faqat yoqimsizi bor. Munavvar shu oʻylar bilan, harakat qilar, ta’bir joiz boʻlsa, qaynona elagida elanib, tandrida pishib yetilardi.

Turmushidan, qaynonasidan gʻiybat qilish uchun kamchilik axtarganlarning urinishlari behuda boʻldi. Bir oz dadilroq, dagʻalroq muomala qilib qaynonangga haddingni bildirib koʻy, haqqingni ketkazma, iloji boʻlsa qoʻlga olib ol deguvchi nasihatgoʻylarga:
— Qaynonam yomon deb sizlarga kim aytdi? U zot katta, men kichik, — degan javobni oldilar. «U kattaligini bilmaydi», dedilar. «Men kichikligimni bilaman», dedi. Hech boʻlmasa, yomon soʻzlasa, javob qaytarishni nasihat qilganlar boʻlardi.
— Men bu uyga aytishish yoki gʻavgʻo chiqarish uchun kelmadim, — dedi va jim boʻldi.

Yillar davomida kelinlik hayotidan shikoyat qilganini birov koʻrmadi, hech kim eshitmadi. Bu uyga janjal uchun emas, yaxshi turmush uchun kelganini barcha xatti-harakatlari bilan isbot etdi. Oʻrnak bir qaynona boʻlib yetishganidek, avval namunali kelin boʻlib yashadi.

Yomonlikka qarshi yaxshilik, turli muomalalarga nisbatan hurmat, teskari gapirganlarning, mish-mish tarqatganlarning foydasini oʻylab soʻzlash fazilati u kelin boʻlgan uyda kunlik hodisalar orasida oʻrin oldi.

Har qachon, har mahallada boʻlganidek, jagʻi ochilgan vaysaqi xotinlardan biri qaynonasidan eshitganlariga bir talay gaplarni qoʻshib-chatib, unga aytib berish, toʻgʻrirogʻi, chaqish uchun chiqdi. Munavvar bir pasda uning umidini puchga chiqardi.
— Xola, men uning qiziman, bundan ortiqroq tanbeh berishga haqqi bor. Siz nega bekorga zahmat chekyapsiz? Uzoqda emasman-ku, chaqirib yuzimga aytar. Bunday ishlar uchun oʻzingizni urintirmang. Yoshman, ularchalik tajribam yoʻq. Albatta, qusurim bor; ular gapiradilar. Agar ular gapirib, oʻrgatmasalar holim ne kechadi. El-elatga sharmanda boʻlmaymanmi?

Eshitgan tanbehlari oʻz-oʻzini tarbiyalashga, kamchiliklarini yoʻqotishga yordam berardi.

Avval oʻylab koʻradi: «Men haqiqatan ham shundaymanmi?» Shunday boʻlsa, bu fe’ldan voz kechtiradigan choralar axtaradi. Aksincha boʻlsa, Allohdan qaynonasini afv etishini soʻraydi.

Munavvar qaynonasi ayblagandek soxtakor emasdi. Hiyladan, ikki yuzlamachilikdan nafratlanardi. Oʻzini bir muddat soxtakor emasman deya ovutdi. Lekin bir kun roʻy bergan hodisa sababli oʻz-oʻzidan uyaldi.

Muhim boʻlmagan bir narsa xususida ikki ayol suhbatlashardi. Zotan, banogoh uchrashib qolgan ikki xotin qanday muhim gapni gaplashardi. Dindan, Allohdan, fazilatdanmi?! Munavvar bunday mish-mishlarni tinglashni xush koʻrmasdi. Lekin, uyiga kelgan bu ikki mehmon ayolni tashlab ketib boʻlmasdi. Ikkisi ham nimadir toʻqir, gaplashishni ham unutmasdi. Biri toʻqiyotgan narsasining tugunlarini sanay boshladi. Qarshisidagi xotin bundan xabarsiz edi.
— Ertaga, Fotima xonimlarnikiga kelasizmi? — dedi. Javob boʻlmagach, boshini koʻtarib qaradi, tugun sanamoqda.

Savolni takrorladi. Ayolning fikri hisoblash bilan band edi. Tugatib qaradi:
— Bir narsa dedingizmi, ish bilan boʻlib yaxshi tushunmadim, uzr, sanayotuvdim-da, — dedi.

Toʻgʻri. Hisoblayotganda tinglayolmaydi, tinglasa hisoblayolmaydi. Bir insonning fikri-zikri, kasbi bir onda ikki narsaga mashgʻul boʻlolmaydi. Biri bilan mashgʻul ekan, boshqasini unutishga majbur. Munavvar mana shu fikr ustida toʻxtalib qoldi. Shu paytda soxtakor ekanini yaxshi angladi.

Ha, Munavvar soxtakor edi. Namozda tili zarur, lozim boʻlgan oyat, takbir, tasbehlarni takrorlar, dili esa namozga mutlaqo aloqasiz narsalarga mashgʻul edi; uy supurar, kir yuvar, ovqat pishirar, liboslarining soʻkiklarini tikar, namozidan tashqarida boʻlardi. Ajablanarli tomoni bu ahvolni namoz oʻqish hisoblab, Munavvar oʻzini aldardi. Mana, shu soxta namoz. Demak, bunday namoz oʻquvchi kim boʻlishi ma’lum. Alloh huzurida turib hushsiz oʻqigan namozlaridan uyaldi. Necha yillar bu ma’naviy huzurdan bebahra qolganidan oʻkindi. Natijada uni soxtakor atab, bilmasdan oʻzini oʻziga tanitgan qaynonasini duolar qildi.

Munavvardagi axloqiy oʻzgarishlar asosan shundan boshlandi. Notoʻgʻri ishga qoʻli, notoʻgʻri soʻzga tili bormay qoldi, bunga koʻngli rozi boʻlmas, qandaydir ichki his jilovlab turardi. Bir soat avval Alloh huzurida turganini, bir-ikki soat keyin yana turajagini oʻylar, koʻnglini bir soat avvalgiga nisbatan kirli koʻrsatishga Parvardigordan uyalar, buni muruvvatsizlik hisoblardi.

Bir kun Parvardigori:
— Senga pokiza qalb ato etdim, nechun dogʻ tushirdint? Ne uchun omonatimga xiyonat etding? — deya hisob-kitob qilajagini oʻylar edi. Munavvar bularni oʻylar ekan, koʻnglida yolgʻon soʻzlash, mish-mishga oʻrin qolmadi.

Munavvarda gʻayriinsoniy harakatlarga nisbatan insoniy muomala bilan javob qaytarish, uyga ikkinchi kelin kelishi bilan boshlandi. Toʻgʻrirogʻi, qaynonaning fikricha, uning istagini kelini boʻyin tovlamasdan bajarishi kerak. Munavvar shunday edi. Ikkinchi kelinni ham Munavvarday egib, bukib olmoqni istardi. Bu uning tabiiy haqqiday, hatto boshqasini xayoliga ham keltirmasdi. Qiz bola ba’zan oʻz onasidan tanbeh eshitadi-ku, qaynonadan koʻproq eshitishi tabiiydek edi goʻyo. Ne boʻlsa-da, qaynonalikiing ham alohida, oʻzicha sharafi bor.

Ikkinchi kelin kelganiga, oradan oʻn besh yigirma kun oʻtguncha qaynonasi shunday fikrda edi.

Inson koʻpincha yaxshilikning qadriga yetolmaydi. Unutadi. Lekin musibat, esini joyiga tushirib qoʻyadi. Shu jihatdap musibat ragʻbatga loyiqdir!

Munavvarning qaynonasi uchun ham bir musibat kutilgandek edi. Keldi. Qaynona xonim Munavvardan yaxshirog‘ini ko‘zlab yurganida, Munavvarning qadrini bildirib yangi kelin keldi. Qo‘lini o‘pish o‘rniga yuziga tupurilgan, salom berish yoki alik olish o‘rniga so‘kish eshitgan, haqoratlangan odam qanday holga tushsa, qaynona ham shunday holga tushdi.

Qaynona dovdirab qoldi. Munavvar salomatga o‘xshasa, yangi kelin, yumshoq qilib aytganda naq xastalikning o‘zi edi. Sihatlik qadrlanmagan, uning o‘rniga xastalik bosh ko‘targan edi. Behalovat holat tinchlikning qadrini bildirib qo‘yadi. Munavvar qaynonasini har jihatdan mamnun etadigan bir fazilat egasi edi. Lekin noshukr qaynona undan mamnun bo‘lmagandi. Buning evaziga balo-ofat kelgan edi. Ko‘raylik-chi nima bo‘lar ekan?

Munavvardan mamnun bo‘linmadi? Shundaymi? Yo‘q. Chunki tongdan shomgacha ish bilan mashg‘ul. Axloqidan shikoyat bormi? Bu masala ozgina tafsilga muhtoj. Aslida, agar o‘ziday yuzlab qaynonaning faqat yaxshi taraflarini yig‘salar ham bir Munavvar chiqmasdi. Ertadan-kechgacha mish-mishdan, g‘iybatdan zavqlanadigan xotinlarda qanaqa fazilat bo‘lsin? Ulardagi qiymatli bir narsa — faqat onalik shafqati. Biroq bu shafqat hayvonda ham bor. Bu shafqat tufayli ona bolasini emizadi, asrab-avaylaydi. Qo‘y suruvdan ajrab daladan qaytarkan, yelinlariga to‘lgan sutni qo‘zichog‘i tezroq emsin deya yuguradi. Lekin bu xotinlarning bir xususiyati bor, o‘g‘li uchun atalgan mehrga sherik bo‘lgan kelinini raqibday ko‘rib, shunga yarasha muomala qilishadi. O’zini g‘iybatchi xotinlardan himoya qilgan Munavvarga ham shunday qaraldi. Bu ayolning dardi nima? Munavvardan nima istaydi? Hech narsa istamaydi, Shunchaki vaysaqilik, ezmalik va ko‘ngil halovati. Negaki, ona-bola mehr-muhabbatiga sherik chiqib qoldi. Yanayam to‘g‘rirog‘i, o‘g‘limni mendan sovutadi, degan his shunchalikka olib keldi. Shu sabab kelgan-ketgan Munavvar haqida bo‘lar-bo‘lmas so‘zlar eshitar, Munavvar qanchalik ochiq chehra bo‘lmasin qanchalik qaramasin, bari bir uyulgan qovoqni ko‘rdi, yomon so‘z eshitdi.

Ko‘raylik-chi, endi nima bo‘larkin? Yangi kelin ham shunday munosabatda bo‘larmikan? Qaynona xonim shu zavqli hayotini davom ettira olarmikin?

Bu savolga kelinning dastlabki besh-o‘n kunlik turmushi javob berolmaydi. Ammo ishning chappasiga ketayotganini ko‘rsatuvchi alomatlar sekin-sekin namoyon bo‘lmoqda edi. Ilk kunlardayoq, qanday ish yuritishini tushuntirayotganda: "Hasbunalloh va ne’mal vakil", deganday bosh chayqab qo‘yishi shunday hollardan edi. Bu hol qaynonaning asabiga tegar, lekin bir oy o‘tmasidan g‘avg‘o chiqarmaylik degan o‘yda jim qolardi.

Bu vaziyatda Munavvar o‘zini qanday tutdi? Bundan avval qaynonasining yomon muomalasiga yaxshi javob-hurmat ko‘rsatdi. Haqsiz gaplarni onaning qiziga aytgan samimiy tanbehlari deya qabul qildi. Lekin endi uyga boshqa kelin tushdi. Vaziyat yanada nozik, noqulay ko‘rinish oldi. Yangi kelin tishli-tirnoqli edi. Osongina taslim bo‘la qolmasligini, qaynona qahriga loyiq javob berishi mumkinligini sezdirdi. Kichik bo‘lsa ham, yoshiga yarashmagan g‘alati qaysarlik, qo‘rslik va o‘jarlik bor edi yangi kelinda.

Bu o‘rinda Munavvar o‘zini bir oz tortib turishi, meni yoqtirmagan qaynonam endi bu yog‘ini totib ko‘rsin va o‘zidan ko‘rsin qabilida ish tutishi mumkin. Biroq: "Mana endi mening qadrimni biladi, qanday yaxshi bo‘ldi", degan fikr uning axloq daftarida yo‘q edi. Uning maqsadi — yaxshi turmush. Shu sababli yana fazilat yo‘lidan ketdi. Tez orada qaynona-kelin orasida chiqishi aniq bo‘lgan ko‘ngilsizliklarning oldini olishi yoki iloji boricha kechiktirishi kerak edi. Vaziyat shuni ko‘rsatib turardi. Oldini olsa-ku yanada yaxshi, hech bo‘lmasa, yengillatishga, yaxshilashga urinib ko‘radi.

Ovsin bilan birga qilinadigan yumushlarni Munavvarning o‘zi jimgina bajaraverdi. Tongda har kungidan va kelinposhshadan bir oz oldinroq turib bog‘ni supurdi. Nonushta qilar-qilmas bir gap bo‘lmasin deya idish-tovoqlarni, kir-chirlarni yuvdi.

Bu holni ko‘rgan qaynonasi:
— Munavvar, navbat bilan yuvinglar. Bir kun sen, bir kun Komila yuvsin, — dedi.
— Mayli, ona. Bugun men boshlayveray-chi.

Lekin har kun navbat uniki edi. Va bu holdan u xafa bo‘lmadi. Bu ne ko‘rgilik, faqat men ishlayman, demadi. Bir kun qaynonasi Komilaga:
— Qani, Komila, mana buni yuvib qo‘ying, — deyishi bilan janjalning birinchi pardasi ochilganday bo‘ldi. Kelin xonim:
— Men qiladigan ishni sizdan o‘rganmoqchi emasman. Qilmoqchi bo‘lsam, o‘zim turib qilaveraman, — deb gap qaytardi.
— Xo‘sh, bo‘lmasa nimaga qilmayapsiz?
— Buning sizga aloqasi yo‘q. Nima qilishni o‘zim bilaman.
— Menga aloqasi bo‘lmasa, kimga aloqasi bor, qizim? Bu uyga nima uchun keldingiz?
— Har holda sizga cho‘rilik qilish uchun emas! Ishning bunday tus olganini ko‘rgan Munavvar:
— Ona, bugun mening navbatim. Komila, ertaga qilar, dedi.
— Qizim, har kun navbat sizniki bo‘lmaydi-ku. Hammasini siz bajaryapsiz.
— Mayli, ona. Bugun men boshlayveray... Gap to‘xtadi. Munavvar barcha ishni o‘zi qildi, janjalning oldi olindi.

Asrdan keyin qaynona qo‘shnilar uyiga chiqib ketdi. Ikki kelin uyda qoldi. Komilaga bir oz nasihat qilish maqsadida:
— Komila, bugun janjal chiqishiga sal qoldi-ya, ehtiyot bo‘ling, singlim, — dedi Munavvar.
— Chiqsa nima bo‘pti? Ko‘rqarmidim undan?! Munavvar sekin davom etdi:
— Maqsad — yaxshi turmush, janjal emas, bu inson bizning onamiz. Kattadan yomonlik chiqmaydi. Sizga yaxshilikdan boshqa narsa istamaydi. Ona qiziga baqiradi, yaxshi-yomon so‘z aytishi ham mumkin.

Komila kelin bu uyda istaganini ko‘rmadi, izlaganini topmadi. Bir kelin borligini eshitgach, qaynonani qayirib olamiz, degan o‘yda edi. Munavvarning fe’li bu o‘yga muvofiq emasligini ilk haftadayoq tushundi. Bu gal ikkisining haqlarini birdan berib qo‘yishni mo‘ljalladi. Faqat qaysi biridan boshlash kerak?

Munavvar sokin va xotirjam ohangda so‘zladi. "Ishni bundan keyin boshlash ma’qul". Munavvarni ortiq tinglamadi.
— Qayoqdan bizning onamiz bo‘lsin?! Qaynonaning ona deyish odat bo‘ldimi deyman?!
— Odat emas, singlim. Agar turmushingiz yaxshi bo‘lishini xohlasangiz, ona deb bilasiz. Menga quloq solsangiz, sabrli bo‘ling. Yomonlik qilganga yaxshilik qiling. Insondan yaxshilik, insoniylik qoladi. Albatta kelin bo‘lish oson emas. Ota uyidagi rohat borgan joyda topilavermaydi. Qovoq solsa, kulib qarang. Dag‘al gapirsa, yumshoq javob bering. Hiyla qilganga, yaxshilik qiling, oxiri baxayr bo‘ladi.
— Xo‘sh, siz shunday qildingizmi? Qaynona qo‘pol muomala etganda siz uni ona bildingizmi, sabr etdingizmi?

Munavvar bu savolga javob bermadi. Sukut saqladi. Kelin davom etdi:
— Boshqaga o‘rgatish oson. Ammo amal qilish qiyin. O’zingiz amal etmagan ishni menga qil deyishga uyalmaysizmi? Siz oqlovchimisiz? Ikkingiz bir bo‘lib meni ezmoqchimisizlar? Men hayvonday ishlarmishman-da, xonimlar istirohat qilmoqchi emishlar. Yana ona-bola bo‘larmishmiz.

Ovoz balandroq ko‘tarildi:
— Menga qarang! Hushingizni yig‘ing! Men o‘zimni ezdirib, xor qilib qo‘ymayman. Shunday qaynonaga yolg‘ondan cho‘ri bo‘lib, meni ham shu ko‘yga tushirmoqchimisiz? Haddingizdan oshmang. Bugungacha jim yurdim, sabr etdim.

Munavvar bu surbetlik oldida jim turishni ma’qul ko‘rdi. Lekin kelinning og‘zi hali zamon yopiladiganga o‘xshamaydi.

Dag‘al ohangda amr etdi:
— Bugundan boshlab bu uyda biror ishga aralashmaysiz. Sizga birinchi tanbehim shu.

Nima demoqchiligini Munavvar anglay olmadi:
— Tushunmadim, Komila...
— Tushunmaydigan joyi yo‘q. Bugundan boshlab bu uyda ishlamaysiz.

Vo ajab! Shu kungacha qo‘lini sovuq suvga urmagan Komila barcha ishni o‘z zimmasiga olmoqchimi? Yo‘q, ololmaydi.

Uyning butun ishlarini unga yuklab, o‘zi bir chekkaga chiqib o‘tirish xonimning qo‘lidan kelmaydi. Darhol e’tiroz etdi:
— Bo‘lmaydi. Barchasini sizga topshirib, o‘zim qarab turolmayman. Birga bajaramiz.

Bu gapni yangi kelin anglamadi:
— Qanday qilib, barcha ishni menga qoldirarmishsiz?
— Men ish qilmasam, barcha ish sizga qolmaydimi? Kelin qahqaha otdi.
— Tentak, ikkimiz ham ish qilmaymiz.
— Unda kim, bajaradi?
— Qaynonam. So‘ng masxaraomuz qo‘shib qo‘ydi:
— Ya’ni sizning onangiz.
— Yo‘q, bunaqasi bo‘lmaydi.
— Shunaqayam bo‘ladi-ki!...
— Siz ishlamoqchi emassiz, shundaymi, bir chetga chiqib turmoqchisiz? Ammo men ishlayman. Mendan yigarma yosh katta odamni ishlatib qo‘yib, qarab turolmayman. Xudoga shukr, vijdonim bor.
— Vijdoningizni qarang-u! So‘ng buyruq ohangida dedi:
— Men ortiqcha nozu karashmani ko‘tarolmayman. Nima desam, shuni bajarasiz. O’zingizga zarar bo‘lishini istamasangiz, so‘zimni ikki qilmaysiz. Yo‘qsa, o‘zingizdan ko‘ring.

Kelinning surbetligi oshib borardi. Yaxshilikni anglamagani yetmaganidek, birovni ham yo‘ldan urib, zo‘ravonlik qilib izmiga solmoqchi. Yoshi kichik bo‘lsa-da, Munavvardan sal bo‘ychanroq edi. Janjal-to‘polon ichida o‘sganga o‘xshaydi.

Munavvar yana past kelib, gapni uzoqdan boshladi, yumshoq ohangda dedi:
— Men bu uyda shunga o‘rgandim, boshqacha ish tutolmayman. Kelinning ko‘zlarida g‘azab chaqnadi. Hayqirdi:
— Tutasan dedim, tutasan!

Munavvarning yuziga shapoloq tushirdi. Uch shapoloq yegan Munavvar nima qilarini bilmay dovdirab qoldi. Bir odim chekindi.
— Nima bo‘lyapti, Komila.
— Nima bo‘lyapdi deydi-ya, tag‘in!

Shunday deya shiddat bilan qaytadan qo‘l ko‘tardi. Munavvar chaqqonlik bilan uning qo‘lini tutib, to‘sqinlik qildi. O’zini zo‘ravonlik bilan yo‘ldan urmoqchi bo‘lgan bu ayoldan tayoq yeb, jimgina ketaverish har qalay insoniylik alomati emas. Unga saboq bermoq kerak, chunki nasihat bilan, yaxshilik bilan qabul qilmadi. Hamma ishni qaynonaga qoldirishni buyurdi, Munavvar ko‘nmagach urushga otlandi. Xudo biladi, qo‘yib bersa, ikkinchi-uchinchi galda qaynonasini urishga buyruq berar, e’tiroz etsa, yana kaltaklashga tushar?! Shu sababdan ushlab olgan qo‘lini qo‘yib yubormadi va:
— Odob saqlang, — dedi.

Kelin qutulmoq uchun tipirchiladi:
— Qo‘yvor, keyin dabdala qilaman seni! — deya baqirdi va ikkinchi ko‘li bilan urmoqchi bo‘ldi. Munavvar ikkinchi qo‘lini ham qattiq tutib turdi. So‘ng o‘z holiga qo‘ydi.
— Komila, mayli sizni kechiraman. Oldimdan keting, — dedi. Kelin jahlga mindi. Tinglamadi, yana urishmoqchi bo‘ldi. Faqat yuz-ko‘ziga chaqmoqday tushgan shapaloq uni dovdiratib qo‘ydi. O’zini tutib yana hujumga o‘tdi, bu safar ustma-ust ikki shapaloq tushgach, esankirab qoldi. Chunki bu avvalroq urgani uchun olingan o‘chgina bo‘lmay, haqiqat uchun tushirilgan zarba edi. Kelin takror hujumga o‘tmoqchi bo‘ldi.
— Komila, siz uch marta urdingiz, men ham. Keling yarashaylik xohlasangiz, yana bir marta oshiqcha uring.

Kelin e’tibor bermas, uraman-o‘ldiraman deb uyatli so‘zlar bilan haqoratlardi. Munavvar bu so‘zlar ta’siriga berilmadi. O’zini bosib olgan edi. Shu sababdan uni o‘z holiga qo‘yib, tashqariga chiqa boshladi. Lekin bexosdan sochlari tortildi. Qattiq og‘riq sezgach, odamgarchilikni bilmagan bu kelinning adabini berib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Bu orada Komila Munavvarning sochlarini tortib silkitardi. Sochlari tubidan sug‘urilgandek og‘rir, ko‘zlari yoshlanar, qo‘llari bilan uning bilaklarni siqardi. Qattiq siqdi. Nihoyat barmoqlari bo‘shab, sochlari bu iflos qo‘ldan xalos bo‘ldi. Bilaklari biroz jonlansin deya indamadi. Qo‘llari darmonsiz paytda urishmoq muruvvatdan emas, deb o‘yladi. Lekin kelin takror tashlanib krldi. Munavvar uni yana tutdi.
— Tashvishlanma, yana urishamiz. Faqat qo‘llaring og‘ridi. Bir oz dam ber.

Lekin hirs Komilani qo‘zg‘ar, haqoratlab, tashlanar edi. Qarab turishdan foyda yo‘q.
— Tinchimadingmi, mana ol, tinchi! Tipirchilashi, tashlanishiga qaramasdan shapaloq ostida Komilaning vujudi holsizlanib, yana ustma-ust tushgan zarbadan darmoni qurib, chayqalib qoldi. Munavvar uni quchoqlaganday bukdi va ostiga bosib oldi. Urush uchun emas, tavba qildirmoq uchun shunday qildi. Komilaning tarbiyaga muhtojligi kunday ravshan edi.

Nihoyat tarbiyaning birinchi darsi uchun shuni kifoya bilib to‘xtadi va tashqariga chiqdi. Oqshom yaqin edi. Qaynonasi qaydandir keldi. Oshxona tomonga o‘tdi. Kelin borib yuz-qo‘lini yuvdi. Munavvarning yonidan o‘tayotib:
— Ko‘rsatib qo‘yaman, senga — deya ming‘illadi.
— Nasihat qildim-tushunmadingiz, odobsizlik qilib oxiri kaltak yedingiz. Agar aqlingizni yig‘ib olmasangiz, biling-ki, bu boshlanishi. Ikkinchi martasida yomon uraman. Tayoq bilan tarbiyalash sizga yoqadiganga o‘xshaydi.

Kelin mag‘lubiyatni hech qabul qilolmayotgan edi.
— Kim kimni uradi, ko‘rasan, nimalar qilarkanman seni. Hech narsa qilolmasdi. Qo‘lidan po‘pisadan boshqa hech narsa kelmasdi.

Birinchi ishni uning aytganlarini bajarmasliqdan boshladi. Nima deyapsan, demadi. Eshitmaganday turdi. Bilmaganday yurdi. Maqsadi — uni hurmat qilmasligini bildirmoq. Ba’zan hatto uning aytganlarining tamoman teskarisini bajarardi. Qaynona janjallardan xabarsiz edi. Kelin borib meni Munavvar urdi, deyolmasdi. Munavvar esa maqtanmaydi.

Munavvar bilan bo‘lgan ikkinchi janjaldan keyin chamasi yigirma-yigirma besh kunlar o‘tdi. Uyda yangi kelin va qaynona orasidagi vaziyat nihoyatda tarang tortilgan bir payt. Go‘yo ikki kelin orasida endi bunday hol yo‘qday ko‘rinardi. Lekin yangi kelin va qaynona bir-birini ko‘rganda ho‘rpayishardi. Aslida bu holatning mag‘lubiyat eshigida qaynona turardi. Jangda g‘olib chiqish uchun emas, bir oz kechroq taslim bo‘lish uchun qo‘lida qolgan qurol-yarog‘lardan foydalanayotgan yarador jangchi holiga tushgandi. Ne qilarini bilmasdi. Bugunga qadar bir gapini ikki qilmagan katta kelinidan yordam umid etolmasdi. Uning xonimlik sha’niga, tarbiyasiga endi tan berar, dildan qadrlar, ammo endi buning qanday foydasi bor?! Bugungacha uni xafa etmoqdan, kelgan-ketganga g‘iybat qilmoqdan boshqa unga ne karomat ko‘rsatdi-ki, bugun undan ikkinchi kelinga qarshi yordam so‘rasin? Yordam so‘rasa: "Yaxshilikka yomonlik qilib, endi yordam so‘rashga uyalmaysizmi?" demaydimi? Shunday desa, yana ne kuyga tushadi?

Bugungacha Munavvardan yomonlik ko‘rdimi? Yo‘q. Ammo u ham kelin. Hech bir kelin qaynonani himoya qilib, boshqa kelinga qarshi chiqqanmi?! Shuning uchun Munavvardan foyda yo‘q. Endi faqat o‘g‘li qoldi. Ammo o‘g‘il... uylanganiga bir hafta o‘tmasdanoq qorasini ko‘rsatmay qo‘ydi hisob. Faqat ishga ketayotib:
— Xayr ona, — deydi, xolos. Xotinining qovog‘i uyulsa darhol:
— Komila, nima bo‘ldi? Xastamisan, — deb tipirchilab qoladi. Vo ajab! Agar onasi xastalansa, shunday zahmat chekarmikan? Yaxshiyam xasta bo‘lib, ularning qo‘lida xor emas. Ilgari boshqacha edi bu o‘g‘il. Kelin gah deya qo‘liga qo‘ndirib oldi. Begona bir qiz kelib uni o‘ziga bo‘ysundirib olganini tushunolmasdi. Tunov kun bozorday bir to‘rvachada narsa keltirib, Komilaning qo‘liga tutqazdi. Keyin bilsa, uzum ekan. Ko‘rsatmasdan nelar qilishadi, nimalar yeymshadi? Kim bilsin? "Ona, sizga mana shuni olib keldim", deb biror narsa bermaydi. Qo‘lidagi narsalarni, xalta-to‘rvalarni Komilaga berar-bermas to‘g‘ri hojatxonaga shoshildi. Axir odam yorilib ketmaydi-ku. Besh daqiqa keyin borsa ham bo‘lar edi. Uyga olinishi kerak bo‘lgan narsalarni ham kelindan so‘raydi. Onadan so‘rash lozim emasmi? Ikki kun avval kelgan kelin oldida ne degan odam bo‘ldi? Odam o‘rnida ko‘rishmi bu? Oldin onaning hurmatini o‘rinlatish kerak emasmi? Onasining yoniga o‘tirib: «Qalaysiz, keliningiz bilan chiqishyapsizlarmi? Yo shikoyatingiz bormi? Odobsiz bo‘lsa menga bildiring, kulog‘ini cho‘zib ko‘yaman!» — demaydimi? O’g‘il shu paytgacha hech bo‘lmasa, bir-ikki marta xotinini ozorlashi, ko‘z oldida musht o‘qtalib tayoq ko‘tarishi kerak emasmidi? «Aqlingni yig‘. Agar onam zig‘ircha igikoyat qilsa yoki qosh chimirsa, o‘zing. bilasan, ko‘radiganingni ko‘rasan», demaydimi?

Ne o‘ylar, ne safsatalar aylanardi qaynonaning boshida. Endi uning yangi onasi bor. Kelgan-ketganida otilib turib: «Marhamat ona, buyuring ona!» deb joy ko‘rsatadi, qo‘lini o‘padi. Uning oldida o‘z onasi kim bo‘pti. Yillar bo‘yi yuvib-tarab o‘stirgan qizini bergan ayoldan qimmatli bo‘lisharmidi onasi?! Nega o‘g‘li kelinning qilmishlarini tekshirib ko‘rmaydi? Qisqasi, kelin o‘g‘lini xohlagan maqomiga o‘ynatadi. Kelinini qayirib olishga hech ko‘zi yetmasdi. Oh, bir oz yosh bo‘lsaydi, kuchi yetsaydi boplab adabini berardi-ya kelinning. Endi nima qilsin? Ba’zan ertalab chiqib ketib, tushgacha vaqtini qo‘ni-qo‘shnilarnikida o‘tkazadi. Ba’zan uyga kelganlarni qistab o‘tqizar, ketgani qo‘ymas, dardini to‘kib soladi. Lekin bir kuni bu ishi ham teskari natija berdi. Nari-beri so‘zlaganlarini g‘iybatchi xotinlardan biri keliniga yetkazdi. Kelin kelib og‘ziga kelganini shang‘illadi:
— Yana bir bor men haqimda boshqalarga yomonlab gapirganingizni eshitadigan bo‘lsam, o‘zingizdan ko‘ring, — dedi. Ogohlantirdi.

Bugungacha odobsizligi bilan jonini zada qilgay kelinidan har narsa kutsa bo‘ladi. Hozirgi qilig‘i holva. Uni pnsofga chaqirish yo‘llarini topolmadi. Yana bir urinib ko‘ray deb, ikki og‘iz gapirmasidan, so‘zi og‘zida qoldi.
— Yana xo‘jayinlikmi? Nasihatingizni boshqa vaqtga qoldiring. Bugun jonim chiqib turibdi. Men sizga nasihat tinglaydigan vaqtni aytaman, o‘shanda boshlarsiz, — deya ermakladi. Bir gal qaynona sinab ko‘rish uchun:
— Qiliqlaringning hammasini o‘g‘limga aytaman, nima qildirishimni ko‘rasan, — deyishi bilan kelin qahqaha otdi:
— Bizning tilimiz yo‘qmi? Ayting, kim tayoq yeyishini o‘shanda ko‘ramiz, — deb javob berdi. Keyin biroz jiddiylashganday:
— Sizga bir narsa aytaymi, sevimli onajonim? Bunday ishlarga yaqinlasha ko‘rmang. Agar erimdan bir gap eshitadigan bo‘lsam jazosini ortig‘i bilan qaytaraman. Aytganingizga pushaymon qildiramap, — dedi.

Vaziyatdan o‘g‘lini xabardor qilmoqchi edimi? Yo‘q, buning imkoni yo‘q. Kelinga po‘pisa qilib qo‘ymoqchi edi, xolos. Lekin bu ham behuda ketdi. Katta o‘g‘liga ham bir narsa deyolmasdi. Desa-chi? Borib ukasinipg xotinini urmaydi-ku. Nari borsa, ukasiga aytadi, ukasi xotiniga, aylanib zarari yana o‘ziga qaytadi. Qaynona ne qilarini bilmasdi. Munavvar unga achinardi. Bir kuni kichik kelini eri bilan onasining uyiga ketgach, erkin nafas olayotgan qaynona yoniga Munavvar kelib o‘tirdi. Muhim masalani gaplashmoqchi.
— Ona, siz bilan biroz gaplashib o‘tiraylik, — dedi. «Ona» so‘zi qaynonaga xush yoqdi. Kichik kelindan bunday so‘zni eshitish amrimahol. Ba’zan «qariya», ba’zan «kampir», deb kamsitadi, ba’zan, masxaralab «sevimli onajonim», deydi. Komilaning oldida Munavvarga chindan tan berardi. Dardli edi, dardli bo‘lganidan umidsiz edi. Uningcha hech iloj qolmagan. Suhbatdan ne naf? Boshini «Hayhot, hammasi tugadi», deganday tebratgach:
— Nimani gaplashamiz, qizim? — dedi.
— Uydan turmushning toti ketib qolmadimi ona! — dedi. Qaynonaning ko‘zlarida yoshlar yiltilladi. Ro‘molchasi bilan artdi.
— Nimalar dedingiz, qizim? Kanaqa turmush? Kundan-kunga kunlarimiz qiyin kechmoqda. Kundan-kunga battarlashmoqda. Ko‘rmayapsizmi, ona-boladay yashagan kunlarimiz qani?

To‘g‘ri so‘zlardi qaynona. Ona-qizday yashadilar. Ammo o‘sha hayotda o‘ziga qanday foydasi tegdi. Agar kelini Munavvar sabr etmasa, ona-boladay yashashlari mumkin edimi?
— Ona, birgalashib biror chorasini topamiz.
— Qanaqa chora topilardi, qizim? Ko‘rmaysizmi, nima desangiz, betga chopadi. Quloqsiz xilidan ekan. Gapni tinglamaydi.
— Ruxsat bersangiz, bu ishni o‘zim hal qilaman.
— Qanday qilib qizim? Biror kimsa eplaydigan narsa emas.
— U yog‘ini menga ko‘yib bering. Faqat bundan so‘ng indamang. Uni qil, buni qil demang. Nima qilishi kerak bo‘lsa, men bajaraman. Siz faqat kuzating.
— Siz bilan urishsa, sizni ursa-chi qizim?!
— Ursin. Meni urmasa, sizni uradi.
— Mayli, bilganingizni qiling.

* * *

Bir kundan so‘ng... Kichik kelinning qovog‘i odatdagidek soliq. Har kungiday hozirlangan dasturxon atrofiga kelib o‘tirdi. Nonushtadan keyin doimiy odatiga ko‘ra bir-ikki soat qaytib chiqmaydigan bo‘lib xonasiga kirib ketdi.

Bugun qaynona Munavvarning taklifiga binoan ishga aralashmaydi. Ikki kelin yuzma-yuz keladi. Yuvvosh Munavvar bilan badjahl, o‘jar Komila orasida maroqli tomosha bo‘ladi. Komila Munavvarning so‘ziga kirmasliga sababli janjal chiqishi aniq. Dasturxondan turib bir chetga o‘tib olgan qaynona hayiqardi.

Munavvar ovqatini yeyar-emas, uyiga kirib ketgan kelin ortidan:
— Komila bir daqiqa chiqasizmi? — deya chaqirdi. Qaynonaning xayoliga janjal keldi, sochlari yulingan kichik kelin ostida chirpingan Munavvar ko‘z oldiga keldi:
— Ehtiyot bo‘ling, janjal qilmang, — deya yolvordi. Munavvar javob bermagan kelinni yana balandroq ovozda chaqirdi.
— Komila, bir daqiqaga chiqing. Deraza ochildi:
— Nima deysiz?
— Bir daqiqaga chiqing, sizga aytadigan gaplarim bor.

Komila keldi...
— Nima deysiz, mana keldim? Shu dasturxonni yig‘ishtirib qo‘ysangiz. Mening tashqarida ishim bor edi.
— Xonim afandi aytadiganlari shumi? O’zlarining tashqarida ishlari bo‘lsa, mening ichkarida ishim bor. Yig‘ishtirsinlarda, keyin tashqaridagi ishlarini bajarsinlar.
— Hammaning ham ichkarida o‘ziga xos ishlari bor. Faqatgina sizning emas. Ammo ko‘ryapsiz-ki, bu ishlarni men bajaryapman, siz uyingizga kirib olyapsiz.
— Xohlasam chiqaman, xohlasam o‘tirib olaman. Sizga aloqasi yo‘q. Ish qilishni xohlamasangiz, siz ham uyga kirib o‘tirib olardingiz. Onamiz nega ishlamaydi?
— U ishlamaydi. Ishlatmayman ham. Barcha ishlarni men qilib, siz uyda bemalol o‘tirsangiz Alloh rozi bo‘larmikan?!
— Men rozi bo‘lsam, shu yetarli!
— Komila sizga bir narsa aytaman! Bundan buyon bu uyda men qancha ishlasam, siz ham shuncha ishlaysiz. Onam ikki oy avval ishlarimizni taqsimladi, biror ish qilmadingiz. Bir kun insofga kelar, vijdoniga quloq solar dedim, bo‘lmadi. Endi bugundan boshlab har ishni teng bajaramiz.
— Bajarmasam-chi?
— Bajarishga majbursiz.

Bu orada janjal chiqishini sezgan qaynonaning yuragi qattiq urar, qo‘l oyoqlari qaltirardi. Ammo uning gapiga kim kirardi, kim quloq solardi?!
— Kim majbur etarkan, ko‘ray-chi?
— Men!

So‘ng hayqirdi:
— Tez yig‘ishtir dasturxonni, jahlimni chiqarma!

Munavvarning ovozidaga shiddat qaynonasini qo‘rqitib yubordi, sapchib tushdi. Munavvar Komila tomonga ikki odim otdi; zora janjalsiz bajarsa. Komilaning yuz-ko‘zidagi shishlar hali ketgan emas. Ikki marta mag‘lub bo‘lgani esiga keldi, tashlanmay jim turdi. Yana bir tomoni; agar tashlansa, sngilib qaynona oldida sharmanda bo‘ladi. Maqsad qaynonani bukmoq ekan, Munavvardan mag‘lub bo‘lishga chidash qiyin. Ammo bu holda mushtlarini tugib, itoat qilishdan boshqa chora yo‘q. Ming‘irlanib, dasturxonni yig‘ishtirishga tushdi.
— Undan keyin kirlarni yuving. Men bog‘ni supuraman, — deya buyruq berdi Munavvar. Keyin:
— Agar xohlasangiz, bog‘ni siz supuring, kirni menga qoldiring, — deb tashqari chiqdi.

Qaynona hayratlandi; shu paytgacha sassiz, sadosiz Munavvar, besh daqiqa ichida qaysar, qaytmas Komilani urish-janjalsiz taslim etdi. Albatta, qaynona avvalgi ikki janjaldan xabarsiz edi. Hayron bo‘lardi qaynona; bunday jasoratli Munavvar bugungacha qanday va nechun o‘ziga itoat etdi? Qo‘rqarmidi? «Ha» demoqni yo‘qqa chiqargandi hozirgi holat. Bu itoat Munavvarga yaxshi muomala qilganidanmi? Tamoman vijdonsiz bo‘lsaydi «Ha» deb javob bergan bo‘lardi. Qolgan birgina asos — Munavvarning yuksak xonimlik sha’ni, ayollik sharafi edi. To‘g‘ri so‘z ham, to‘g‘ri hukm ham shu! Kunlar o‘tishi bilan malak yuzli Munavvar aytgan har bir ishni istasa-istamasa Komila ado etadigan bo‘ldi. Qaynona bu darddan uzoqlashdi. Endi qaynona o‘rnini o‘z-o‘zidan Munavvar ola boshladi. Ertalabdan ishlarni taqsimlardi:
— Shularni siz bajaring, mana bularni men, xohlasangiz almashib olib yoki barobar, teng bajaramiz, — derdi adolat yuzasidan taklif etib, ixtiyoriga qo‘yib, xohishiga qarardi. Komila istar-istamasdan itoat etardi. U sekin-asta ishga o‘rgangan sayin Munavvarning ham chimirilgan qoshlari joyiga tushib, sekin-sekin yuzi yorishib borardi.

Bir oycha vaqt o‘tgandan so‘ng bu uyda qaysarligi ketgan itoatli, uy ishlariga ancha qobil Komila bilan unint dag‘alligini mag‘lub etgan, go‘zal bir muomala bilan yo‘lga kiritgan Munavvar va bu holdan mamnun qaynona yashardi.

Mana, Munavvar xonimning Amina so‘raganda javob bermagan aziyat va himmatu muruvatlarga to‘la kelinlik hayoti...

* * *

Munavvarning butun hayotiga qaralsa, kichikligidan o‘rnak oladigan ayol ekanligi namoyon bo‘ladi. Xo‘sh, bu yetuklik, kamolot manbaining ildizi qaerda va nimada?

Maktab va ta’lim-tarbiya insonni nimalarga erishtirishi mumkin, nimalar berishi mumkin? Ba’zilarga ko‘p narsa, kimlargadir hech narsa. Munavvar maxsus tarbiya beradigan bir maktab ko‘rgan emas. Diniy tahsil ham olmagan. Chunki zamonning diniy tahsil bilan hech qanday aloqasi yo‘q edi. Hatto bir kun muallim sinfda:
— Qani bolalar, Allohdan qand so‘ranglar-chi, berarmikan? — degan, hamma qand so‘ragan, bir ish chiqmagan, so‘ngra, — qani endi mendan so‘rab ko‘ringlar-chi, — degan, bolalar undan so‘ragach, qand tarqatgandi. Shu orada bolalardan bir qo‘lini ko‘tardi.
— Nima deysan?
— Muallim, onam menga qand yegizmaydi, tishing chiriydi, deydi. Qand o‘rniga menga olma bersangiz...

Muallim shoshib qoldi. Uning maqsadi bolalarga, qand tarqatmoqdan tashqari Allohning borligi va yo‘qligi xususida bir-ikki so‘z aytmoq va natijada: «Mana undan qand so‘rasangiz bermaydi, men berdim» demoqchi edi. Lekin muammo chiqdi.Uning oldini olish uchun:
— Senga ham ertaga olma keltiraman, — deb masalani yopdi. Ammo endi ikki qator oldindagi bir qiz qo‘lini ko‘tardi.
— Nima deysan, Munavvar?
— Dugonam qand yemayapti. Boshqa hamma yeyapti. Men ham yemayman, u yolg‘iz qolmasin. Ertaga ikkimiz olma yeymiz.

Masala cho‘zilib ketmasligani istagan muallim «mayli» dedi. Ammo olma so‘rab ololmagan bolaning xafaligi oldida, ko‘pgina do‘stlariga qand tarqatgani holda, bir bolaga olma berolmagan muallimning ko‘zbo‘yamachiligi sezildi.

Ana shunday qiyofali maktab bolalarga yaxshi axloq berishi mushkul edi. Diniy tarbiyani uyda olish ham ancha qiyin edi. Lekin onasidan Qur’on va namoz o‘qishni o‘rgandi. Ozgina bo‘lsa ham diniy ma’lumot oldi.

Munavvar, tug‘ma — fitratan pokiza edi. Fazilatlarining manbai va ildizi mana shu. Agar iste’dod yaxshi tomonga yo‘naltirilsa, bebaho inson bo‘lib, kamolotga erishadi. Shu yo‘l — Munavvarning hayot yo‘lidir. Yaxshi-yomonni nozik fahmlagani uchun shunday voyaga yetdi.

Masalan, otasi oqshomlari horib-charchab qaytganida onasi noxush qarshilardi. Xo‘sh, onasi o‘zini otasining o‘rniga ko‘yib qarasa-chi? Qanday kutib olishini istardi? Bir kun bu savolga go‘zal javob topdi.

Bog‘larida tut bor edi. Shu sabab qushlar, ayniqsa, chumchuqlar ko‘p bo‘ladi. Hatto yon devorga uya qurgan, in solgan qushlar ham bor edi. Munavvar ularni derazadan bemalol ko‘ra olardi. Bu uyalarning birida ertalabdan-kechgacha onasi va onasi keltiradigan yegulikni kutishdan boshqa narsaga yaramaydigan ikki polapon bor. Nogoh boshqa chumchuqlar sayrog‘i aro ularning ham shiddatliroq chirqillashi eshitilib qolar, bu onalari kelganidan ishorat edi. Va uyasidan oshib tushgudek talpinib: «Ona, menga bering, menga bering, ona», degandek bo‘lardi. Og‘izlar shu qadar katta ochilib ketadi-ki!.. Ona naridan-beri to‘plab og‘zida olib kelgan yegulikni bo‘lib berib, tag‘in ularga rizq axtarmoq uchun uchib ketadi.

Munavvarning otasi ham yaxshi kutib olinishi, bemalol dam olishi uchun sharoit hozirlab, birga sevinib, birga dard chekib insoniylik ko‘rsatilishi lozim emasmi?!

Onasi qovog‘i soliq holda kutib oladi, otasining ko‘nglini Munavvar ko‘tarolmaydi. Xech bo‘lmasa ochiq chehra bilan kutib olsa, otasining boshi osmonga yetmaydimi?

Bir kun devor chetida o‘rgimchakning to‘r to‘qishini kuzatdi. Tartibi yoqdi. Shu kundan boshlab uyga boshqacha bir fayz, o‘zgacha bir tartib kirdi. Boshqa kun katakdagi ikki tovuq, bir xo‘rozga don sochdi, ajabo, xo‘roz qichqirib tovuqlarni chaqirdi va ular to‘yguncha don cho‘qimay turdi. O’zidan kichiklarga yaxshi muomala qilish, o‘zidan avval ularning g‘amini yeyish lozimligini o‘shanda chuqur angladi.

Shu tariqa atrofidagi voqealardan kerakli xulosalar chiqarib, o‘z hayotiga tadbiq qilish Munavvarxonimning odatiga aylandi.

O’n to‘rt-o‘n besh yoshlarida onasi bilan qarindoshlarinikiga borishdi. Xotinlar alohida xonada. Uy bekasi:
— Qizlar bu tarafga, — deb Munavvarni boshqa xonaga oldi. Ichkaridigilar yangi kelganga bir qarab qo‘ydilar. Yana suhbatlarida davom etdilar. Munavvar tanimaydigan kimdir xaqida gaplashdilar. Libos tiktirgani to‘g‘risida. O’sha qizga qaralsa, yangi libosni kiyar-kiymas ulg‘ayganmish, hatto o‘tgan kun o‘ziga: «Olti oyki, doim bir kiyimni kiyadi», deganday qarab, labini burib o‘taverganmish. Qiz bularni dugonalariga aytgach:
— Ixtiyor menda, xohlaganimni kiyaman. U nega aralashadi. U bir libos kiygach o‘zini odam sanay boshladi. Uyalmaydi. Bir kun sharmanda qilaman. Masxaralashni ko‘rsatib qo‘yaman. Ko‘rsatmasam, odam emasman, — dedi.

Boshqa bir qiz aralashdi:
— Shunga xafamiding? Seni qara-yu men esa aslo xafa bo‘lmayman. O’tgan hafta yamoqli ko‘ylakda ichimizda ezilib turgan shu emasmidi?! Xohlasak, otamizga aytib, yangi kiyimlar oldirolmaymizmi?

Yana shu mavzuda bir muddat suhbatlashdilar. Munavvarni tanigan bir qiz:
— Sen nega jimsan, Munavvar? — deb so‘radi.
— Siz gapirayotgan qizni men tanimayman-ku, — deb javob berdi Munavvar.

Bir payt ochilgan eshikdan bir bola:
— Opa, yuring, ketyapmiz. Onam chaqiryapti, — dedi. Gap majburan bo‘lindi. Boyadan beri dugonasining o‘ziga lab burganidan tortib, boshqa turli qusurlarini aytayottan qiz:
— Menga ruxsat bering, dugonalar, — deb chiqdi. Oyoq tovushlari hali tinib ulgurmasidanoq qizlardan biri:
— Ezma: Uning-buning kamchiligini gapirishdan boshqa ishi yo‘q. Tinmay gapiradi. Osmondan tushganday, kamchiliksiz dunyoga kelganday. Shu ishlariga jahlim chiqadi. Shular ham odam bo‘ldimi?

Holbuki bu qizning o‘zi hozirgina ketgan qizni quvvatlab gapirgan edi. Ortidan g‘iybat qildi. Shunga ko‘ra, kim bilsin tag‘in Munavvar ketsa, u haqida nimalar deydi? Turib ketishni xohlardi. Bunday odobsizlar orasida siqila boshladi. Shularni o‘ylab turganida eshik . ochilib, bir xotinning boshi ko‘rindi; «Qani, ketamiz!» deganday ishora qildi. Birinchi bo‘lib ketganni yomonlagan qiz xotinning ortidan ergashdi. Ketayotib qolganlarni uyiga taklif etdi. Va’dalarini olib tashqari chiqdi. Endi yomonlanish navbati shu qizga keldi. Munavvarni taniydigan qiz so‘z boshladi:
— Tarbiyasiz. Dugonasi ketar-ketmas ortidan nimalar demadi. O’zi yaxshi bo‘lsa, har kimning ortidan gapiraveradimi?! Ertaga ko‘zi-ko‘ziga tushadi-ku. Jonajon dugonaday gaplashib ketadi. Inson do‘stining orqasidan shunday gapiradimi?

Munavvar boshqa tinglamadi, turdi. Onasi o‘tirgan xonaga kirdi. Yoniga o‘tirdi. Bu yerda ham g‘iybat. Uning-buning ortidan gapirish... Onasi turishi bilan bu ko‘ngilsiz suhbatdan qutuldi. Shundan so‘ng Munavvar uy ishlarini bahona qilib bunday jamoatlarda qatnashmaydigan bo‘ldi.

Munavvar madaniyatli qiz bo‘lish yo‘lida edi. Oila a’zolari bilan birga tamsil etmoq lozim bo‘lsa, bir gul g‘unchasini ko‘z oldiga keltirish kifoya. G’uncha, bandi, novdasi, yaproqlari, tikanlari bir oilani tashkil etadi. Shoxchalar, yaproqlardan, tikonlardan murod g‘uncha — gul. G’unchasiz qaralganda, mo‘lyasaldagi zavqli huzur hosil bo‘lmaydi. Shu gulg‘uncha go‘zalligi hurmatidan qo‘lga kiruvchi tikanlarga ham yomon nazar solinmaydi. Uning xushbo‘yli malhami tikan zahmini yengillashtirib, hatto unuttirib yuboradi. Yoki uning go‘zal, muattar hidlaridan atrofdagilar shu qadar mast bo‘ladilar-ki, hatto qo‘llariga kirgan tikandan xabarsiz qoladilar. Oilada Munavvar bir gulg‘unchaki, oilasy uning xush fe’li, go‘zal axloqi soyasida, kaftda, qo‘lda tutilar holga kelmoqda.

Gulg‘uncha qayda bo‘lsa, u yerni xush bo‘yi bilan gulistonga aylantiradi. Bu muattar hidlardan ko‘ngillar entikadi. Atrof ham chiroyli holatga keladi. Munavvar gulg‘unchani qanday avaylashni yaxshi biladi. Kelini Aminaga ham gulbog‘ zavqini munosib ko‘rdi.

IX

Munavvarxonim Aminani haftada bir marta, juma kunlari ota-onasinikiga olib borardi. Qaynonasi yonida Aminaning aytolmaydigan, maxfiy bir gapi yoʻq edi. Shu bilan birga u:
— Amina bugun juma, qizim, menga bir joynamoz bering, ibodatni ado etayin, — der, bir xonaga kirib, uzundan-uzoq namozini oʻqib chiqar edi.

Kelinligiga olti oycha boʻlib qolgandi, bir gal onasi Aminadan turmushi haqida jiddiyroq soʻradi:
— Qizim, har safar yaxshiman deysan. Toʻgʻrisini ayt, balki mening yordamim tegar. Ering, qaynonang bilan qalaysan? Shikoyating bormi, ayt, qizim.

Amina har gal yaxshiman deb aytardi. Bu gal jiddiy bir tarzda:
— Hamma ishim yaxshi, baridan mamnunman. Lekin qaynonamning bir kamchiligi bor. Oh, shu... Boʻlmasa...

Onaning yuragi hapriqdi:
— Nima u, qizim?

Amina jiddiyatini buzmasdan davom etdi.
— Menga qaynonaligini koʻrsatgani yoʻq. Men kelin emasmanmi? Boshqalarday boʻlishga haqqim yoʻqmi? Ulardan kam joyim bormi?

Onasi hech narsani anglamadi:
— Tushunmadim, qizim. Qaysi qaynonang? Qanaqa haq? Ochiqroq gapir, yuragimni siqma.
— Hech ortimdan gapirmaydi. Oʻzimga yomon soʻz aytmaydi. Oʻgʻliga yomonlab, urdirmaydi. Kamchiligimni yuzimga solmaydi. Qizishmaydi. Nima qilay bunday qaynonani, ona?!

Aminaning yuzi jiddiy, hazil alomatlari yoʻq; «Ajabo hazilmi, rost gapiryaptimi?»
— Qizim, nimalar deyansan? Bunday fazilat qaysi qaynonada bor? Qaysi kelin shunday qaynonaga, shunday imkonga ega? Sen shundan shikoyat qilyapsanmi hali? Yo hazillashayapsanmi?

Amina onasini tashvishga qoʻymoqchi emas. Chidolmadi.

Kuldi.
— Ah, sen qiz, menga tegishyapsan, shundaymi? — deb onasi kulib yubordi. Picha kulib olgach Amina:
— Hazillashdim, onajon. Allohga shukr, hech qanday shikoyatim yoʻq. Na qaynonamdan, na erimdan. Faqat sizlardan boshqa yashayapmiz, bu shikoyatga kirmaydi. Chunki oʻzingiz koʻryapsiz, har juma kelib guribmiz. Siz bilan, otam bilan koʻrishyapmiz. Hasratga oʻrin yoʻq. Ahvolim yaxshn oulgach, nimadan shikoyat qilay, onajon?!

Toʻydan soʻng uch oy oʻtgach, bunday koʻrishish masalasini Munavvarxonim qat’iy bir qoidaga bogʻladi. Aminani juma kunlari onasining uyiga olib boradi. Bir gal shunday taklif boʻldi:
— Oyshaxonim, bir taklifim bor. Aminani har hafta siznikiga olib kelyapman...

Aminaning onasi gapni boʻldi:
— Tabiiy, bu yer onasining uyi, har kun keling. U qizim boʻlsa, siz opam. Shunday emasmi?

Munavvarxonim davom etdi:
— Mening aytmoqchi boʻlganim shuki, Amina bu yerga juma kunlari kelyapti, men esa sizlarning tezroq koʻrishib turishingizgʻi istayman. Buning u^gun siz ham haftaning bir kuni biznikiga borsangiz. Masalan, dushanba kuni. Shunda uch kunda bir koʻrishgan boʻlasiz. Mabodo yanada koʻproq uchrashishni istasaigiz, marhamat, eshigimiz siz uchun doimo ochiq. Faqat oʻn besh kunda, oyda bir borayin demang, — dedi va oʻsha kundan boshlab, Amina dushanba oʻz uyida, jumada onasining uyida diydorlashuv imkoniga ega boʻldi.

* * *

Yusuf afandi aytganidek, Mahmud ogʻa qiznni «Yaxshi bir oilaga» tushishiga sababchi boʻlgan birodarini duo qildi. Hurmati yanada ziyoda boʻldi. Goh Mustafoga, goh Munavvar xonimga nisbatan qizlariga koʻrsatayotgan insoniy muomalalari uchun koʻnglida mehr-muhabbat uygʻondi.

Bir kun uyda xotini bilan suhbatlashayotib, gap Aminaning bir necha kun kelib uyda turishiga taqaldi. Onasi istardi buni. Bir-ikki kun koʻz oldida boʻlishini istardi:
— Mustafoga aysangiz, bir-ikki kun keltirib qoʻysa, — dedi. Ogʻaga bu fikr ma’qul kelmadi.
— Nima qilarding, onasi, bu yerda turishidan bir foyda yoʻq. Uyida boʻlgani yaxshi-ku. Uzoq emas, xohlaganda borib koʻrasan. Haftada bir kelib turibdi. Xudoga shukr, shikoyat-hasratga oʻrin yoʻq. Erining uyiga koʻngli ilisin.
— Otasi, u yer uyi-yu, bu yer uyi emasmi? Nega unday deysiz?
— Shuning uchunki, Aminaning uyi bu yer emas. Bu yer ota-onasining uyi. Endi oʻsha yerda yashaydi, kun kechiradi, bu yerga faqat mehmon boʻlib keladi. Biz uchun odatiy mehmonlardan emas, oʻz qizimiz sifatida keladi. Lekin uni tunab qolishiga koʻndirish uchun harakat qilma.
— Sizning qizingizga mehr-muhabbatingiz bormidi?
— Men qizimni yaxshi koʻraman. Lekin uni qanday yaxshi koʻrishimni bilmaysan. Mehr-muhabbat seningcha, bir xil boʻlsa, menimcha yana boshqacha. Uch yoshli qizaloqni suyganday jonim, jigarim qilib erkalashimniistayman. Ogʻa xotinining koʻziga bir qarab, davom etdi: — Men qizimni juda yaxshi koʻraman, ammo qalban yaxshi koʻraman. Masalan, uning bu yerda turishidan koʻra, erining uyida turishini istayman. Men uchun muhimi bu yerga kelib olishi emas, balki eri, qaynonasi bilan yaxshi yashashidir. Xudoga shukr, tinch.

Mahmud ogʻa gapining soʻngida xotiniga Aminani tunab qolishga majbur qilmasligini uqtirdi. Faqat bu suhbatdan Aminaning xabari yoʻq.

* * *

Toʻydan soʻng oylar oʻtdi. Shu kunlarda Aminaning koʻzi yorishi kutilmoqda. Bir payshanba oqshomi xuftonni oʻqib yotdilar. Yarim kecha. Amina yengilroq sanchishdan uygʻondi. «Bismilloh»ni aytdi. Sanchish davom etmadi. Oʻtib ketdi. Amina yana uxlash uchun koʻzlarini yumdi. Endi uyquga ketay deganida ikkinchi sanchiq turib, koʻzlarini ochishga majbur boʻldi. Shundan soʻng Amina uxlolmadi. Mustafoni uygʻotib onasini chaqirishini aytdi.

Mustafo bomdodni oʻqib uyga qaytganda, onasi uni ochiq chehra va mamnunlik bilan kutib oldi:
— Muborak boʻlsin, bolam, oʻgʻilli boʻldik. Beadad shukr, Alloh shu kunlarga yetkazdi, — dedi.

Bir kun oʻtgach, Mustafo onasidan soʻradi:
— Ona, nevarangizga qanday ism qoʻyasiz?
— Munosib koʻrganingni qoʻy, oʻgʻlim. Onasi bilan kelishib yaxshi bir ism topib qoʻyinglar.
— Bu uyda bizning aytganimiz boʻladimi?
— Boʻlmaydimi, oʻtlim? Juda boʻladi. Xudoga shukr uylanding, farzandli boʻlding. Uyning boshligʻi sensan.
— Xoʻp; men ismqoʻyish haqqimizni sizga bagʻishlayman, ona.
— U holda, shu toʻrt ismdan birini tanlang: Ahmad, Ibrohim, Abdulloh, Nuriddin. Bulardan qaysi birini qoʻysangiz ham mening aytganim boʻlgan boʻladi.
— Endi Aminani bir koʻrib chiq. Goʻdakka Abdulloh deb ism koʻyildi.

* * *

Aminaning oʻgʻilli boʻlganini eshitgan qarindoshlar va qoʻshnilar: «Muborak boʻlsin, qutlugʻ boʻlsin, unib-oʻssin», deya duolar qilib, tabriklab birin-ketin kela boshladilar. Mezbonlar: «Rahmat. Qulluq, qulluq» deb kutib olishdi. Shundan soʻng birinchi savollari shu boʻldi:
— Ismini nima deb qoʻydingizlar?

Abdulloh ismini yoqtirganlar, juda yaxshi boʻlibdi deyishdi. Mahalla imomining xotini:
— Paygʻambarimizning (s.a.v.) otasining ismi ham Abdulloh ekan. Oʻtgan kun biznikilar Paygʻambarimizning (s.a.v.): «Ismlarning eng yaxshisi Abdulloh va Abdurahmondir», deganlarini kimgadir aytayotgan edilar. Yaxshi boʻlibdi. Bundan yaxshi ism boʻlmaydi, — dedi.

Boshqa biri:
— Endi ishlar teskarisiga kstdi. Xayolga kelmagan ismlarni qoʻyishmoqda. Hayvonlarning nomlari bilan atashmoqda, ism qilib qoʻyishmoqda. Bir oy avval opam nevarali boʻldi. Otini nima qoʻydingiz, desam kelin darhol:

«Oltoy qoʻydik, xolajonim. Qanday, yaxshimi?», deydi.

«A? Qanday yaxshi boʻlsin, qizim? Xech boʻlmasa Boʻztoy demaysizmi?», dedim. Kelin poshshaga gapim yoqmadi. Lekin hech narsa demadi. Xafa boʻlgani yuzidan bilinib turardi. Darhol eri koʻshildi.

«Xolam-a ja hazilkash, Evo, hazillashdilar, — dedi. Soʻng menga qarab, shundaymi, xola? Qarang Evo xafa boʻldi, koʻnglini oling».

«Hazil bir yoqda tursin-u, ammo, bu ishda oʻzing hazil qilmagin, oʻgʻlim. Rostdan ham bolaning oti Oltoymi?»

«Oltoy, xola. Yo sizga yoqmadimi?»

«Yoqdi desam, yolgʻon boʻlsa. Toy deb otning bolasini aytishadi. Qoʻyar ekansiz, hech boʻlmasa, Qirtoy qoʻying, el boʻladi, otlarning ola-qizil ranglisidan koʻra boʻz boʻlgani yaxshiroq», dedim. Yigit ham bir oz ranjidi.

Ranjisa ranjisin, menga nima?! Oltoydan ham ism boʻladimi? Bugun Oltoy deydi, ertaga Boʻztoy, indinga, Xudo bilsin, qanday toy deydi. Bir kun kelib, otlar ham qolib, boshqa hayvonlar xayollariga keladi. Kelinning ismi ham Evo emish. Yetti pushtimda yoʻq. Oʻzini Istambuldan topib keltiribdi. Opamdan soʻradim, kimlardan dedim, u ham yaxshi bilmaydi. Musulmonmi, boshqami?... Yigit menga bir balolarni tushuntirgan boʻldi. Oltoy qaylardagi bir togʻning nomi emish, avval bobolarimiz u yerda yashaganmish, qahatchilik, ocharchilik boʻlgach, bu yerga kelganmish, falon-piston dedi, ammo koshki quloq solsam. Endi navbat togʻlarga kelibdi.

Boshqa bir xotin:
— Bizning bolalar qoʻygan ismiga aql yetmaydi, singlim. Mening ham ikki nevaram bor. Er-xotin bir boʻlib, yaxshi ism qoʻyamiz dedilar. Biriga Tongut deyishdi.
— Ikkinchisiga toʻgʻri, durust bir ot qoʻyinglar, — dedim. Oʻgʻlim: «Bu bizning ishimiz, oʻzimiz bilamiz», — dedi. Bunisini Oykut koʻydilar. Kattasini Tahsin, kichigini Oliya deya boshladim. «Bolani hozirdan boshqa ismga koʻniktirmang, oʻrganib qolmasin», deb jahllari chiqdi. Men ham endi bir narsa demaydigan boʻldim. Tilim kelmaydi, ularning ismiga, ayb emasmi, singlim.

Munavvarxonim bu suhbatlarni tinglab oʻtiribdi. Allohga shukr, oʻgʻli ular aytgan xilidan emas. Kelini ham koʻnglidagidek. Toʻrt ismdan birini qoʻying deganida: «Yoʻq, men bunaqasnni istamayman», deyishi mumkin edi. Deya olardi. Qaynonani biror ishga aralashtirmaslik hozirgi kelinlar uchun odat holiga keldi. Shunday boʻlmagani uchun, Allohga shukronalar aytdi.

* * *

Mustafo bu paytda oʻgʻlining otasi boʻlish nash’asi ichida edi. Hayotidan behad mamnun edi. Munavvarxonim kabi bir ona, Amina kabi bir xonim sohibi boʻlmoq va uch yildan beri na onasidan, na xonimidan kichik bir shikoyat eshitmaylik, buning ustiga samimiyat ichida yashashlarini koʻrmoq bu koʻhna Choʻrumda necha kishiga nasib boʻlgan ne’mat edi?! Agar bir begona odam ularning turmushini bir-ikki hafta kuzatsa, Munavvarxonim Aminaning onasimi, qaynonasimi — bilii qiyin edi.

Gul tikansiz demoq, haqiqatdan yuz oʻgirmoqdir. Amina bir gul. Tikani ham bor. Tikanchalik boʻlsin ogʻriqlari, qusurlari bor. Bular Mustafonint fikricha, arzimas narsalar. Ammo bir kun Mustafo onasiga aytmoqchi boʻldi. Masalan, oʻtgan kun tuflisini tozalamabdi. Ikki kun avval ovqatni shoʻr qilib yubordi. Falon kun kiyimining tugmasini qadab qoʻyishni unutdi. Shunga oʻxshash bir-ikki kamchilik... Shularni gapirmoqchi edi. Munavvarxonim darhol:
— Mustafo, oʻgʻlim, sen har holda dunyoda turib jannatni talab qilayotganga oʻxshaysan. Shu ham gapmi? Senday er yigitga bu yarashmaydi. Bunday kamchilik har kimda boʻlishi mumkin. Amina jannatdan kelgan bir farishta emas-ki, istagan narsangni istagan shaklda, istagan vaqtingda bajarsin. Yoki bunday mayda-chuyda gaplarni senga onang oʻrgatgan edimi? Sen gapirmading, men eshitmadim. Agar shularni gapirib, qizimni xafa qiladigan boʻlsang, men ham seni xafa qilaman, — dedi. Shu bilan gap tugadi. Aslida Mustafo bu gaplarni shikoyat uchun aytmagan edi. Qani onam nima derkin, oldidan bir oʻtib quyayin qabilida ish tutgan edi. Onasining bunday fikrini bir ne’mat bilib, shukronalik bilan qabul qildi. Chunki hamma joyda azaldan kelib, abadga oʻtayotgan bir dard bor edi. Odamning ilk uylanishi bilan boshlangan va soʻnggi uylanganning uyida ham shu zaylda davom etayotgan bir dard... Har kun yangilanuvchi va boshqa bir yerdan yorib chiquvchi, kamayish oʻrniga ortib boruvchi bir dard. Qaynona-kelin murosasi dardi... Oʻrtadagi erkak esa oʻzi ishtirokchisi boʻlmagan jangaing tomonlarini mamnun eta olmagan nohaq hakam...

Shunday hukm berilishi bilan ish bitarmidi? Ya’ni nohaqligi aytilgan tomon haqiqatni tan oladimi? Qarshi tomondan uzr soʻrab, ahvolni yaxshilashga harakat qiladimi. Aslo!

Haqiqat shuki: tushunchasi mulohazasiz tor qaynona bilan tarbiyasiz kelin orasida krlgan erkakdek mushkul ahvolga tushgan hakam boʻlgan emas.

Hakam nimaga asosan, kimning soʻzlarini e’tiborga olib hukm chiqarsin? Bir tomonda yigirma yil zahmat chekib oʻgʻshsh oʻstirgan, cheksiz huquqi boʻlgan ona, ikkinchi tomonda butun umidm eridan boʻlgan oʻziga omonat sifatida berilgan rafiqa. Ikkalasi ham norozi, ikkalasi ham oʻzini haqli deb biladi, ikkalasi ham mazlum qiyofasidagi zolim yoki zolim koʻrinishidagi mazlum.

Hali hech bir erkak bu ikki azaliy va abadiy raqib oʻrtasida chiqargan hukm bilan ikkala tomonni xursand qila olgan emas. Chunki zolim hisoblangan aslida mazlum deyilganning zulmi bilan mazlum, mazlum koʻringan esa zolim boʻlib chiqaveradi.

Bular ikki raqibdirlar: biri sharqda, boshqasi gʻarbda boʻlsa ham janjal uchun bir-biriga eng yaqin, lekin yonma-yon boʻlsalar tinchgina yashashlari uchun koinot qadar keladigan, masofagarni oshishi kerak boʻlgan darajada uzoqlar.

Mustafo shularni koʻnglidan oʻtkazar ekan, turmushida yana-da mamnun boʻlardi. Doʻsti Orif uylanganiga oʻn besh kun boʻldi. Kecha tushdan soʻng aylanib kelish uchun istirohat bogʻi tomon yurarkan uning ilk dardini tingladi. Gʻamgin koʻrinar edi Orif. Biroz yurdilar. Litsey qarshisiga kelgan edilar, Mustafo:
— Orif, bugun xafaroqsan? — dedi. Orif bosh irgʻadi.
— Ha, afsuski, xafaman, Mustafo.
— Nima gap, biron nima boʻldimi?
— Bir nima boʻlishi ham gapmi Mustafo? Kecha oqsho janjal boʻldi.
— Tinchlikmi?
— Tinchlikka oʻxshamaydi, oshna. Kecha sen bilan xayrlashgach uyga bordim. Dasturxon tayyor ekan. Ikkita likop qoʻyilgan. Alohida idishlarda ovqat yeyishga oʻrganmaganimiz dan hayron boʻldim. Koʻray-chi nima boʻlar ekan deb kutdim. Bir mahal rafiqam qozonni keltirdi, likoplardan biriga oz, boshqasiga koʻproq ovqat soldi.
— Nima gap? — deb soʻradim. Javob berdi.
— Endi alohida likoplarda ovqat yeymiz.
— Xoʻsh, yana bitta likop qani? Ikkita keltiribsan.
— Ikkita yetadi. Onang ana u likopdan, biz ikkalamiz bunisidan yeymiz.

Shunday deb koʻproq ovqat solingan likopchani oldimizga tortdi. Siqildim:
— Nega onam alohida yeyishi kerak yoki nega biz birga yeyishimiz kerak? — dedim.
— U ovqat yeyishni ham zoʻrgʻa eplaydi. Biz boʻlsak ikkalamiz birgamiz, bittamiz. Birga yeyishimizda ma’no yoʻq. Nima boʻlganda ham u boshqa, biz boshqamiz, shunday emasmi?

Qanchalar ezilganimni soʻz bilan ifodalay olmayman. Dasturxon ham chirpirak boʻlib aylanayotgandek edi nazarimda. Kelganiga oʻn besh kungina boʻlgan xotinim menga xoʻjayin, ega chiqib, birgalashib onam bir chetta surib chiqaradigan boʻldik. Oʻzimni tutdim va soʻradim:
— Agar shu yerda mening emas, sening onang oʻtirgan boʻlsa-yu, men uni bir tomonga ajratib, ikkalamizning birga ovqat yeyishimizni taklif qilsam, nima degan boʻlarding?
— Mening onam senikidaymi? Shunday qilishga loyiq ayolmi onam?
— Ya’ni, sening onang hurmatga loyiq, shundaymi?
— Albatta.
— Men uchun esa oʻz onam qadrliroqdir. Dunyoda undan qadrliroq ayol yoʻq.
— Shu yuzi burishgan ayolmi onam deb sevganing, Orif? Bunday gʻalati gaplarni gapirma. Xafa boʻlaman.
— Afsuski, ranjishing uchun yana bir bor takrorlayman. Qarshingdagi, sen xushlamagan keksa ayol men uchun dunyodagi jamiki ayollardan azizroqair. Men uning bir tola sochiga dunyoni beraman.

Onam gap-soʻzlarimizni hayrat va hasrat bilan tinglamoqda edi. Menga:
— Ugʻlim, kelin haq. Qoʻy, ikki kunlik umri qolgan bu kampir ovqatini alohida idishda yesin. Bu bilan bir narsa boʻlib qolmaydi. Sizlar yaxshi boʻlsangiz bas, — dedi.
— Yoʻq, ona, — dedim. Men tirik ekanman bu uyda mening onam xoʻrlanmaydi: Hech kim mening onamni kamsita olmaydi. Bunga hech kimning haqqi yoʻq!

Keyin xotinimga yuzlandim:
— Bu birinchi va soʻnggisi boʻlsin. Bu voqeani bir shart bilan boʻlmadi deb hisoblayman. Bundan keyin onamga qarshi harakatingni zarracha sezmay. Agar shunday biror narsadan shubhalansam, oʻzingdan koʻr. Hozir yana bir likop keltir. Faqat bu oqshom ayaohida idishlarda ovqat yeymiz. Ertaga bunday razolatni koʻrmayin, — dedim. Shu bilan ish bitdi.

Istirohat bogʻiga yetib kelgan edilar. Bir oʻrindiqqa oʻtirdilar. Orif davom etdi:
— Mustafo, onam bu holdan qattiq ranjidi degan fikrdaman. Chunki u dasturxondan och turib ketdi. Meni yemayapti demasin deb qoʻli taomga borib kelardi-yu ammo ovqat hech kamaymadi. Yolvordim, majbur qildim, foydasi boʻlmadi.
— Qornim och emas edi, — deb turib ketdi. Kechqurun xotinimga qattiq tanbeh berdim. Koʻraylik-chi, nima boʻlar ekan. Turmush qurganimizga bor-yoʻgʻi oʻn besh kun boʻldi. Hozirdan shu ahvol boʻlsa, keyinroq nima boʻladi? Tongda onamning koʻnglini koʻtaray dedim-u hali turmagan ekan. Uygʻotgim kelmadi.

Mustafo eshitganlaridan ta’sirlandi, qattiq ranjidi. Ammo nima ham qila olardi. Qoʻlidan biron ish kelsaydi, doʻsti uchun jon deb qilgan boʻlardi.

Kechagana kelin boʻlib kelgan ayol bu holda boʻlsa, keyinroq yaxshi boʻladi deyish soddalik boʻlar edi. Sabr qil deya olmasdi. Onasining ezilishiga sabr qilishni tavsiya etish na unga yarashardi, na Orif bunga sabr qila olardi. Bu aslida sabr emas, zulmdan koʻz yumish boʻlar edi. Shunday zulmki, ezilgan onasi, ezgan xotini. Shu bilan birga uni yaxshilik bilan toʻgʻri yoʻlga solishga harakat qilishini, nasihatlar, yaxshi gaplar bilan oʻgit berishini Orifga maslahat berdi.

Taskin berishga harakat qildi. Oxiri baxayr boʻlishi uchun birgalikda duo qilaylik, dedi.

Oqshom bu voqeani eshitgan Munavvarxonim juda ranjidi. Orifdek yaxshi yigitning boshida shunday savdolar bor ekanmi deb yigʻladi, keksa ayol koʻrgan zulm uchun koʻz yosh toʻkdi, qoʻllarini ochib duo qildi.

Bu voqeadan soʻng uch kun oʻtgach Orif Mustafoga bundan-da qaygʻuliroq xabarni yetkazdi:
— Uch kunki onam nonushtaga chiqmadi. Men uxlayapti deb oʻylab uygʻotgani koʻzim qiymasdi. Bugun tongda yana turmagach koʻnglimga shubha oraladi. Ajabo, onam uygʻoq boʻlsa ham yonimga chiqmayaptimikin, deb xonasiga bordim, eshikni sekingina taqillatib:
— Ona, ona, — deb chaqirdim. Javob boʻlmadi. Yana eshikni taqillatdim, chaqirdim, yana javob boʻlmadi. Uchinchi marta taqillatmoqchi edim, xonamizning eshigi ochildi, xotinim:
— Onang u yerda emas, — dedi. Hayron boʻldim:
— Qayerda boʻlmasa? — dedim va xona eshigini ochdim. Haqiqatdan ham hech kim yoʻq edi. Yotoq olib tashlangan, uy boshqacha jihozlangan edi. Hech narsani anglay olmadim. Xotinimga qarab:
— Onam qayerda? Nega bu yer bunday jihozlangan? — dedim. Xotinim oʻta xotirjam ovozda:
— Bu yerni mehmonxona qildim. Uni bemalolroq yerga koʻchirdim. Oʻziga juda munosib joyga.

Bu gaplarni shu qadar sokin, xotirjam gapirar ediki, hayron qolasan. Goʻyoki, uydagi bir stulning oʻrnini almashtirganini aytayotgandek befarq edi. Uyda onam uchun bu xonadan qulayroq joy yoʻq edi. Uchinchisi oʻtiradigan xonamiz edi.
— Qayerda?
— Yuring, — deb qoʻlimdan tutdi. Shunda miyamda chaqmoq chaqqandek boʻldi. Soʻz bilan ta’riflab boʻlmas iztirob tuydim. Meni narvon tomon boshlamoqsa edi. Narvon bilan chiqiladigan yagona joy chordoq edi. Sabr kosam toʻlgan edi. Shoʻrlik onaizorimni koʻrish uchun tishimni tishimga bosdim, chidadim. Narvonga tirmashdim:
— Shu yerdami?
— Ha, degandek boshini qimirlatdi.
— Qachon koʻchirding?
— Idishini alohida qiltan kunimiz oʻrnini ham koʻchirgan edim.

Ortiq kuta olmadim. Tezda narvondan koʻtarilib, eshikni ochdim. Chang va magʻorli havo dimogʻimga urildi. Koʻzlarim koʻnikkuncha kuta olmadim.
— Ona, ona, deb chaqirdim. Koʻrpaning ostidan ovoz keldi:
— Nima deysan, bolam?

Onamning ovozi edi. Ichkariga yurdim. Koʻrgan manzaram shunday edi: onam oʻrinda, ustiga koʻrpani tortgan, orqasini eshikka oʻgirib oʻtirar edi. Koʻrpa-toʻshak zoʻrgʻa sigʻadigan joy naridan-beri tozalangan, singan ashqol-dashqollar bir tomonga surib qoʻyilgan, atrofi changligidan oyoq bosib boʻlmaydigan holga kelgan bu iflos yer onam uchun yotoqxona, xotinimning ta’biri bilan aytganda, munosib xona boʻlgan edi.

Turganida boshini egmasa shiftga tegar, yillar boʻyi yigʻilgan chang va mogʻordan boshqa fazilati boʻlmagan chordoq edi onamga loyiq koʻrilgan joy. Koʻzlarimdan qoʻyilgan yoshlarni artib:
— Ona, bu yerda nima qilayapsiz? Qani, pastga tushaylik, — dedim. Boshini ham burmasdan:
— Sizlar pastda yashayveringlar. Bu yerda bemalolroqman, menga shu yer qulay, — dedi. Ovozi siniq edi.
— Nega menga aytmadingiz, ona? "Menga shu yerda yot deyapti", deb nega aytmadingiz?
— Nega aytay, oʻgʻlim. Oʻzing: "Men aysam yaxshi boʻlmaydi. Sen ayt, onam ovqatini alohida yesin, pastda ham yotmasin. Mening xabarim yoʻqdek chiqaversin. Mehmon kelganda siqilishib qolamiz. Men aysam xafa boʻladi", debsan-ku, — dedi.

Keyin chuqur xoʻrsinib:
— Shunaqa, oʻgʻlim, — dedi. — Bir paytlar jajjigina goʻdak boʻlganing, meni tong sahargacha uxlatmaganlaring, yuzingga birorta pashsha qoʻnmasin deb soatlab qoʻriganlarimni bilmaganliging uchun shunday qilsang ranjimayman. Shu yoshga kelguningcha bir ogʻiz yomon soʻz aytdimmi? Seni oʻrtoqlaringdan uyaladigan axloq bilan ulgʻaytirdimmi? Yoki jomelarda domlalar onangizni shu kuyga soling, deb nasihat beradimi?

Qoʻlini koʻtarib koʻz yoshlarini artdi va davom etdi:
— Nima qilay. Madomiki, oʻgʻlim meni koʻrishni istamas ekan, men oʻgʻlimga ortiqcha yuk boʻlayotgan ekanman, buning haad chorasi topilar; Ikki-uch kundan soʻng Alloh oʻlim yuborar, xor-zor boʻlmasman deb chidayman. Sen ishingga boraver, oʻgʻlim. Yaxshi bor. Alloh ishingni oʻnglasin. Seni ikki dunyoda uyaltirmasin. Ertang buguningdan yaxshi boʻlsin. Faqat oqshomda menga bir lampa olib kel. Tunda qorongʻu boʻladi, atrofni koʻra olmayapman.

Onamning bu soʻzlarini eshitib qanday ahvolga tushganimni tasavvur qila olmaysan. Men ham ta’riflab bera olmayman.
— Turing, ona, sizning bu yerga koʻchganingizdan xabarim yoʻq. Men unga koʻrsatib qoʻyaman, turing, — dedim.
— Turmayman, oʻgʻlim. Bor ishingga boraver. Sizlar pastda baxtli boʻlsangiz, men uchun bu yerda yashash — saroylarda yashashdan afzaldir. Sen saodat ichida yashasang, men uchun eng katta saodat shudir.

Pastga qarab baqirdim:
— Sarob!

Meni yuqoriga chiqarib, oʻzi pastga tushgan edi.
— Ha, Orif!
— Bu yoqqa kel! Sarob keldi.
— Menga qara, — dedim. — Razillik ustiga razillik qilayapsan. Men qachon senga "onam shu yerda yotsin" dedim?

Xotinimning avzoyi birdaniga oʻzgardi:
— Nima qilaylik Orif? Menga mehmonxona kerak. Hayhotday xonani qaynonaginam egallagan, men mehmonlar qarshisida xijolatdaman. Buiday narsalarga ortiqcha e’tibor berish yaramaydi. "Oʻgʻlingiz shuni istaydi", deb xato qildimmi? Yoki kemshik bir kampirni deb meni ranjitasanmi? Oʻshanda aytmagan boʻlsang, endi ayt.

Keyin onamga yuzlandi:
— Mana, oʻgʻlingning oʻzi aytayapti. Mendan ayb qidirma. Bundan keyin sening joying shu yerda. Ovqatingni ham shu yerda yeysan.

Menga qarab:
— Toʻgʻrimi, Orif, gapirsang-chi? — dedi.

Miyamga qon quyilgan edi. Shallaqilikning, odobsizlikning bu darajasini hech kim koʻrgan emas. Shiddat bilan hayqirdim.
— Tezda toʻshakni yigʻishtir. Onamni oʻz qoʻling bilan xonasiga joylashtir, — deb buyurdim. Meni eshitmadi ham:
— Nega tushar ekan? Mening uyimda qolishga qaynonamning nima haqqi bor? Chordoqning nimasi boʻlmas ekan? — deb baqirdi.

Onamga tegishli uyga kelgan kelinning uni chordoqda yashashga majbur qilishi aqlga sigʻmasdi.
— Koʻrsatib qoʻyaman senga, tez toʻshakni yigʻishtir, — deb u tomon yurdim.
— Men koʻtara olmayman. Kim keltirgan boʻlsa oʻsha koʻtarsin. Men bu yerda qaynonaga choʻri emasman. Asrandi xizmatkor ham emasman, — deb javob berdi.

Demak, shoʻrlik onaizorim oʻz uyida shunday haqoratlanish ustiga koʻrpa-toʻshakni olib chiqishga ham majbur qilingan. Ortiq toqat qilolmadim. Xotinimga tashlandim, uch-toʻrt shapaloq tushirdim. Nima qilayotganimni bilmas edim. Onamning qoʻlimdan ushlashi bilan oʻzimga keldim.
— Qoʻy, oʻgʻlim. Meni yaxshi koʻrsang, bas qil. Xudo haqqi, bas qil, — derdi.

Toʻxtadim. Keyin toʻshakni oldim va pastga tushirdim. Xonasiga yoydim.
— Ozgina hurmatsizlik qilsa menga ayting, — dedim. Uydan chiqdim. Qaynotamni qidirib topdim, voqeani aytib berdim. Oxirida:
— Sizning onangizga shunday qilishsa nima qilgan boʻlardingiz? — deb soʻradim.
— Avvalo yaxshilab doʻpposlardim dedi. Men ham shunday qilganimni aytdim.
— Qoʻling dard koʻrmasin, yaxshi qilibsan, oʻgʻlim, — dedi. Soʻngra:
— Sen tush paytida uyda boʻl. Men jomedan chiqishim bilan sizlarnikiga boraman. Bu ishni shunday qoldirib boʻlmaydi, — dedi. Qaynotam tushdan soʻng yetib keldi. Biroz suhbatlashdik. Keyin menga:
— Ruxsat bersang, Sarob bilan xonangizda gaplashsam, deb oʻrnidan turdi.

Sarob qovoq-tumshugʻini osib uning ortidan ergashdi. Yarim soatcha gaplashdilar va qaytib keldilar. Qaynotam menga: "Masala hal", — degach, qiziga:
— Takror aytaman, qizim. Inson yaxshilik qilgan paytida insondir. Sendan bu uyda inson boʻlishingni kutaman. Sen bu insoniy harakatni bajarishga, kattalarni hurmat qilishga, eringga itoat etishga majbursan. Qilasan. Yaxshilik bilan qilmasang, qanday yoʻl tutishimni juda yaxshi bilasan. Sen bugun qaynonangga yomonlik qilsang, ertaga sening boshinga undan yomoni keladi. Kelmaganda ham ertaga Alloh sendan bularning hisobini birma-bir soʻraydi. Sen bu yerda yaxshi yashasang, mening koʻnglim koʻtariladi, xursand boʻlaman. Bizning uyimizga kelgan kelin sening qilgashiringni onangga qaytarishni istasang sen ham davom ettiraver. Lekin shuni unutmaki, qizimning boshi majaqlansa ham qaynonasining dili ogʻrishiga rozi boʻlolmayman. Bundan keyin shunga koʻra ish tut.

Qaynotam shundan soʻng qiziga:
— Oldimga tush, onangning qoʻlini oʻpib uzr soʻrab, yarashasan, — dedi.

Turdik. Birgalikda onamning xonasiga kirdik. Qoʻlini oʻpdi. Qaynotam qizining ishlaridan hijolatda ekanini, bundan keyin bunday odobsizlik qilmasligiga kafil ekanligani, qizining otasini uyaltirmasligini aytdi, ruxsat soʻrab xonadan chiqdi.

Orif:
— Mana ogʻayni, bu ikkinchi voqea. Turmush qurganimizga oʻn sakkiz kun boʻldi. Koʻraylik-chi, otasining bu tanbeh, nasihatlari kor qilarmikin, — deya soʻzini tugatdi.

Oqshom choʻkayotgandi. Ular oʻrinlaridan turdilar va yoʻl boʻylab pastga tusha boshladilar.

X

Ramazon oyining ilk kuni, Abdulloh ikki oylik boʻlgan edi. Munavvarxonim bu ikki oy ichida yeng shimarib ishga shoʻngʻidi, ta’bir joiz boʻlsa, uyning keliniga aylandi. Aslida Aminaning oy-kuni yaqinlasha boshlagach, ishlarni birgaliqda bajarishar, hatto ba’zi kunlar:
— Boʻldi, Amina, sen bugun biroz dam ol, urinib qolma, — deb biror ishni bajargani qoʻymas, uning:
— Ona, hamma ish sizga qoladimi? — degan soʻzlariga e’tibor bermas:
— Sen bugun qaynonasan.. Qaynonalar ish qilmaydilar. Sen oʻtir, «Qur’on» oʻqi, oʻtirgan joyingda qiladigan ishing boʻlsa qil, — deb oʻtqazib qoʻyardi.

Bola tugʻilganidan soʻng tunlari uxlay olmagan Amina Munavvarxonimning sharofati bilan kunduzi uxlab olar edi. Uydagi ishlarni birga bitirishgach:
— Amina, navbatni menga ber. Sen kechalari uxlolmayapsan, — deb Abdullohning beshigi yoniga oʻtirar, gul yuzli nabirasining beshigini Alloh, Alloh deb tebratar edi. Bu orada Amina tungi b,edorlik oʻrnini toʻldirishga harakat qilar edi. Shu oʻrinda ta’kidlash kerakki, Munavvarxonimning bu insoniy harakatlari, Aminani kelin emas, qiz oʻrnida koʻrishlari, doimo tushunishga harakat qilishlari Aminani aslo taltaytirmadi. Uning bu ezguligidan yomonlik yoʻlida foydalanishni xayoliga ham keltirmadi. Hamma ham shunday yoʻl tutadimi? Koʻrgan yaxshilitaga yaxshilik bilan javob qaytaradimi? Yohud har bir kelin qaynonasidan yaxshi muomala koʻrsa, qaynonasi unga oʻz onasidek munbsabatda boʻlsa, buni qadrlab, onasiga koʻrsatadigan hurmatni qaynonasiga ham koʻrsata oladimi? Hamma kelinlar shunday boʻladi, deya olmaymiz. Yaxshi, osuda hayot emas, naqadar foydali ekanin minglab qizlar idrok etsa, minglab oila huzur-halovat topadi. Amina ona shunday qizlardan biri.

Agarda Amina Munavvarxonimdek emas, uning naq aksi boʻlgan qaynona qoʻliga tushsa nima qilgan boʻlardi? Unga ham Munavvarxonimga qilgan xonimligini, olijanobligini koʻrsatib, bugungi Amina boʻla olarmidi? Bunga javob berish mushkul. Unda har bir qizni borgan yerini gulzorga aylantirgan Munavvar deb tasavvur qilish kerak. Qizligida, kelinligida, qaynonaligida, har holida gullar kabi diltortar, zilol suvdek tiniq, oʻn toʻrt kunlik oydek sokin va magʻrur Munavvar... Yoshligi keksaligidan goʻzal, keksaligi yoshligidan nuroniy butun hayoti odob pardasi bilan oʻralgan, har bir harakati samimiyat bilan yoʻgʻrilgan Munavvar... Har bir qiz shunday boʻla oladimi? Harakat qilsa, boʻla oladi. Amina ham shunday ayol boʻlishi uchun qaynonasidan oʻrnak oladi.

Munavvarxonim Ramazon oyida saharlikni Aminani turgʻizmasdan oʻzi tayyorlashga harakat qiladi. Ulardan bir soat avval turar, qoʻli ish bilan, qalbi Robbi bilan band holda yegulik hozirlar, shu topda son-sanoqsiz musulmonlarning Yaratganga ibodat niyatida shirin uyqusidan kechib, turganligini oʻylar edi. Ogʻiz yonilishiga qirq-ellik daqiqa qolganda oʻgʻli bilan qizining eshigini sekingina taqillatib, ularni uygʻotar, Aminaning:
— Ona, nega meni uygʻotmadingiz? Birga tayyorlasak boʻlmasmidi? — deyishiga javoban kulimsirab:
— Nasib boʻlsa, keyingi Ramazonda birga turamiz, qizim, der, birga ovqatlanar edilar. Keyin esa har erining oldida bittadan «Kur’oni karim», Mustafo ularga eshitiladigan ovoz va ular kuzata oladigan tezlik bilan bomdod namozigacha oʻqiydilar, azon aytilishi bilan kitoblar hurmat bilan yopiladi, Mustafo bomdod nomozini jome’da oʻqish niyatida, har qadamiga savob yozilishini oʻylay-oʻylay yoʻlga chiqadi, uyda esa huzuri pokda hurmat bilan qoʻl qovushtirib turgan ikki ayol qoladi. Goʻyoki insoniyat bogʻida ochilgan atirgul va uning bagʻridan chiqib ochilmoqqa chogʻlangan bir gʻuncha...

Ramazon Amina uchun umri davomida oʻtkazgan barcha ramazonlardan barakaliroq keldi. Shu paytgacha tongdan oqshomgacha och yurishdan iborat boʻlgan roʻzaning mohiyatini onasida koʻrgan oʻrnaklar yordamida angladi. Bir kuni Abdullohni hech ovutolmadi, unga baqirishga majbur boʻldi.
— Qizim, bola baqirishni qaydan tushunsin? Bizga aytolmayotgan bir dardi bordir, — degan onasiga:
— Ona, roʻza ogʻiz inson asabiylashadi. Qarang hech tinmayapti, — deb javob berdi.

Munavvarxonim vazmin ohangda:
— Amina, roʻza asabiylashish uchun emas, asablarga hokim boʻlish uchun tutilishi kerak. Inson roʻzador boʻlgan paytida tongdan oqshomgacha namoz oʻqiyotgandek, oʻzini ibodatda deb bilishi kerak, — dedi.

Qaynonasi toʻgʻri gapirayotgan edi. Chunki oʻzi ham har doimgidanda sokin, mulohazali edi ramazonda...

Bir oqshom Mustafo qoʻlida tarvuz bilan ichkariga kirdi. Onam chanqagandir, iftorlikda muzday tarvuz yediray, duosini olay deb sotib olgan edi. Lekin tarvuzni soʻyganida hafsalasi pir boʻldi. Tarvuz xom chiqdi. Yuragi siqildi. Ham pul bekorga sarflangan, ham onasining koʻnglini ololmagan edi. Dardini onasiga aytganida Munavvarxonim:
— Xafa boʻlma, oʻgʻlim, Alloh sendan rozi boʻlsin. Meni xursand qilay deb olding-ku, shuning oʻzi yetarli. Men xursandman, — deb taskin berdi.
— Ammo pul ham bekorga ketdi, ona.
— Bunda ham bir xayr bordir, oʻgʻlim.
— Bunda qanday xayr boʻlishi mumkin? Bekordan-bekorga pul ketishi xayrmi?
— Hozir sen istasang, yoki men, Mustafo, menga yana bitta tarvuz keltir desam borib olishga puling yetadi, toʻgʻrimi?
— Xudoga shukr, ona, yetadi.
— Holbuki oqshomgacha harakat qilib, urinib, bor-yoʻq topganini kundalik yeguliklarga yetkiza olmaydigan qanchadan-qancha odamlar bor, agar bu tarvuzni ular olganlarida borib boshqasini ololmas edilar. Hech boʻlmasa, qoʻlida besh tangasi boʻlmagan faqirga duch kelmasdan senga kelganiga shukr qil. Oʻzi faqir va xasta bir kishisi ham boʻlsa, nima qilardi u shoʻrlik?

Mustafo boshini egdi va oldin aytgan soʻzlaridan xijolat chekdi.

* * *

Bu uyda Aminaning diniy, axloqiy bilimlari ham ortmoqda edi. Chunki juma va yakshanba oqshomlari Munavvar xonim Mustafodan:
— Oʻgʻlim, bugun imom jome’da nimalar dedi? Esingda qolganlarini gapir, biz ham biron narsa oʻrganaylik, — der, Mustafo xotirasida qolganlarini aytib berar edi. Hatto shu vajdan aytilganlarni jon qulogʻi bilan tinglar, uyda eshitganlarini anglatar, shu tariqa Munavvarxonimning ham Aminaning ham diniy va axloqiy bilimlari ortar edi. Munavvarxonim eshitish bilan qanoatlanmas, bularni qanday amalga oshirish haqida uzoq-uzoq oʻylar edi. Avval aytganimizdek, uning insoniy tutumlarida eng buyuk hissa tushunchalariga oid edi. Koʻrganlarini bir voqea-da, demasdan axloqiy jihatdan baholardi.

Choʻrumda Arafa kunlari qabristonlar ziyorat qilinadi. Oʻtganlar ruhiga fotiha oʻqiladi. Oʻsha kuni erta tongdan to kechgacha son-sanoqsiz erkak-ayol qabristonga kelib-ketadi. Maqsad ibrat olish boʻlgani holda maqsadga erishish imkonsiz boʻladi.

Munavvarxonim Mustafoga Arafadan bir kun oldin:
— Oʻgʻlim, bugun qabristonga borib, oʻtganlar ruhiga fotiha oʻqiylik. Asr namozidan chiqqach, kelib bizni olib bor.

Mustafo:
— Xoʻp boʻladi, ona, xudo xohlasa, — deb javob berdi. Keyin esiga tushib qolgandek soʻradi:
— Arafa ertaga-ku, ertaga borsak-chi?
— Ertaga hamma boradi, oʻgʻlim. Odam toʻlib ketadi. Bemalol ziyorat qilib boʻlmaydi. Biz bugun boraylik.
— Boʻpti, ona. Nima desangiz shu.

Mustafo tayinlangan vaqtda keldi. Munavvarxonim va Amina hozir edilar. Abdullohga qoʻshni ayol qarab turadigan boʻldi. Birgalikda yoʻlga chiqdilar. Munavvarxonim Mustafoni toʻxtatdi. Sekin shivirladi:
— Shu yerda oʻqiylik, koʻp ichkari kirmaylik.

Mustafo ovozini chiqarmadi. Devor tagiga oʻtirib oʻqiy boshladilar. Bir daqiqadan soʻng koʻzlar yumilgan, koʻngillar goʻyoki dunyodan uzilgan edi. Qarshilarida tuproq va toshdan iborat bir uyum bor ediki, kechagina hayot boʻlgan insonlarni ifoda etar edi. Bu yerda ne-ne mard yigitlar, qahramonlar dafn qilingan edilar. Oralarida fazilatdan boshqa narsadan qoʻl tortgai, yaxshilikdan boshqa yoʻlga biron odim otmagan hurmatli insonlar bor edi. Yana bular orasida umrnni yomonlik yoʻlida sarflagan, biror kishiga nafi tegmagan kishilar ham bor. Dunyo tegirmoni ularni shunday yanchgan ediki, har ikkalasidan ham oldin yashaganliklariga yagona guvoh boʻlgap chirigai suyaklardai boshqa nom-nishon qolmagandnr.

Ziyoratchilar fotihalarini oʻqir ekanlar, koʻzlari oʻngida achiparli manzara jonlangan edi. Ona sutiga toʻymagan, hatto ona yuzini koʻrmagan goʻdaklar, dunyodan, dunyodagi hamma narsadan toʻygap, yagopa istagi oʻlim boʻlganlar xayollariga keldi. Kelinlar libosida dunyoga vido aytgan qizlar, bir daqiqa yashashi uchun xazinalar sarf etilgan nozanin vujudlar, yetim-esirlarini och-yalangʻoch qoldirib kslgap bagri kuyik otalar, onalar qarshilarnda namoyon boʻladilar. Bir soʻz bilan dunsga hukmini oʻtkazgap sultonlarning egniga kiygani yamoq koʻpligi ham boʻlmagan faqirlar bilan ayni holdagi hazin ahvoli koʻz oldilariga keldi. Zolim va mazlum, olim va johnl, sulton va qul bu yerda yonma-yon yotar edi. Dunyo bozoridan bir kafan olib kelgan, ikki yoʻqlik orasidagi oʻtkinchi borliqqa ishonib, magʻrur yurganlarning yurti edi bu yer.

Bu yerda bir hid bor edi. Hech narsada mavjud boʻlmagan hid. Bu hidki; Robbiga qul boʻlib yashagan, gulzorga kirayotgandek qabrga kirgan, nega qullik yoʻlida yana bir odim ota olmadim deb pushaymon boʻlganlar bilan, oxiratni xayoliga ham keltirmasdan oxirat olamiga koʻchgan, haqiqat olami kechgach nadomatdan gʻamga botganlarning tuprogʻidan qorishtirilgan hid. Bu tuproqda yaxshi yashagan xayrli insonlarnnn gullardan xushboʻyroq, mushku anbardan ham muattarroq hid bilan yomonlikdan boshqa narsani bilmaganlarning jirkanch hidlariiing birlashishidan hosil boʻlgan gʻalati hid bor edi. Bu yerda hozirdayoq jannat hayotini yashayotgan, dunyoning turli lazzatlarini koʻpdan unutgan, qabrida ma’naviy saltanat hukm surgan tolei baland saodat ahli, moʻminlar bor. Yana bu sr chekkan azoblari zoʻridan hayqirigʻi falakka qadar chiqqan sasi dunyoni toʻldirguchi necha gunohkorlar borki, koʻrganlar ularnp uyqudalar deb oʻylaydilar.

Har daqiqada oʻtgan-qaytgandan fotiha umid qilib dengizga tushgan nochor kishidek madad kutgan bu jamoat oʻqilgan fotihalar va qilingan duolardan soʻng Munavvarxonim koʻzlarini artdi va Mustafoga:
— Ketaylik endi, — degandek qaradi.

Mustafo oʻrnidan turdi. U oldinda, ikki ayol orqada, sekin-asta qabristonni tark etdilar. Ogʻir qadamlar bilan uyga tomon yurdilar. Uydan chiqqanlariga endigina kirq besh daqiqa boʻlgan edi. Abdulloh beshikda tinchgina uxlamoqda edi.

* * *

Bayram hech bir kelin bilan qaynonani Munavvarxonim bilan Aminaning oʻrtasidagi samimiyat darajasida yaqinlashtirmagan. Mustafo hayit namozini oʻqib jome’dan qaytgach, Alloh bergan ne’matni, qullik vazifamizni bajarishda quvvat boʻlsin degan niyat va duo bilan yegan oila dasturxonidan turgach, odatga koʻra bir-birlarni qutladilar. Munavvarxonimning qoʻlini ehtirom bilan oʻpgan Amina, soʻng bir-birini quchoqlagan bu ikki ayolni, aslida qaynona-kelin ekanliklari hech kimning, hatto Mustafoning ham xayoliga kelmaydi.

Tabriklagani kelgan bir-ikki qarindosh bilan diydorlashgandan soʻng Munavvarxonim Mustafoga:
— Mustafo, sen endi Yusuf afandinikiga bor. Qoʻlini oʻp. Salomimni yetkaz. Bayram bilan qutla. Oʻ yerdai Aminalarnikiga oʻt, kechqurun borishimizni ayt. Undan keyin istagan joyingga bor, — deb, joʻnatdi. Uyda bayram shukuhi ichra ikki ayol va uyning quvonchi Abdulloh qoldi.

Asrdan soʻnggi sarin shabada shoxlarni sekin-sekin qimirlatar ekan, Abdulloh uyqudan uygʻonib, koʻzlarini ochdi. Eshik taqilladi, Ali kelgandi. Yoshi ulugʻlarni ziyorat qilgan, duolarini olgan, qarindoshlarga onasi va yangasining salomlarini yetkazgan, jajji Abdullohning sogʻligi haqyda xabar bergan edi.
— Ona, bugun yaxshigina charchadim, — der ekan, onasining uning boshini silagan qoʻlidan ushladi, takror-takror oʻpdi. Shu orada ularga qarab turgan Aminaning koʻzlari uning boʻynidagi kuyishdan qolgan izlarga tushdi. Iztirobli xotira jonlandi. Yangasiga nisbatan yomonlik his qilmasin deb butun aybni oʻz boʻyniga oltan, buni bugungacha biror kishiga sezdirmagan fazilat obidasi boʻlgan onaning chizgan manzarasi bir lahzada koʻz oʻngiga keldi. Bu voqeadan soʻng bir hafta-yuz tuban yotgan, tez-tez ingragan bu bolaning oʻsha paytdagi holini oʻyladi...
— Ona, eshik taqilladi.

Ali shunday deya eshikka yugurdi. Mustafo kelgan edi.
— Ona, borgan joylarimda salomingizni yetkazdim. Aminalarnikiga ham kirdim. "Kechki ovqatda, albatta kutamiz", — dedilar. Nima deysiz?

Munavvarxonim:
— Juda ham yaxshi, taklif etishayotgan ekan, borish kerak. Amina, Abdullohni kiyintir, yoʻlga chiqaylik.

Oʻn besh daqiqadan soʻng, quyosh botishga hozirlanar ekan, Abdulloh ogʻzida soʻrgʻich, bobosining qoʻlini oʻpish uchun buvisi quchogʻida yoʻlga chiqqan edi.

Choʻrum shahri, 28.8.1969. Juma.