OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Akbar Rustamov. Kelishuv (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAkbar Rustamov
Asar nomiKelishuv (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Akbar Rustamov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm4KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/11/14
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
«Sharq yulduzi» jurnalining 2011-yil, 1-sonidan olindi.


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Kelishuv (hikoya)
Akbar Rustamov

Qobil gai xunob boʻldi. Mana, soat oʻn birga qarab boryaptiki, birorta haydovchi qoida buzgani yoʻq. Aksiga olib, bugun institutda oʻqiydigan oʻgʻlining imtihoni bor. Peshinga komissiya uchun «obed puli»ni olib ketishga kelishishgandi. Qani endi biror haydovchi palakat bosib tezlikni oshirsa yoki «peregruz» qilsa-yu, shofyor: «Kechirasiz, akajon», deb texpasportning ichiga ...

Och qoringa ovqat haqida oʻylash yoqimli boʻlganidek, Qobilvoy ham shu oʻylar ta’sirida tamshanib qoʻydi. Keyin esa diqqatlikdan u yoq-bu yoqqa yurdi, chekdi, yoʻlga orqasini oʻgirib, kishi sezmaydigan qilib bir qultum «anavin»dan yutdi...

Nihoyat, uzoqdan mashina qorasi koʻrindi. Qobilvoy qoʻlini soyabon qilib ulovning markasini aniq koʻrdi-da, xotini oʻgʻil tuqqandek, quvonib ketdi: «Yest, «Zaparojets». Mashina yaqinlashgach, hushtak chalib, tayogʻi bilan yoʻl chetini koʻrsatdi.

Nazoratchi koʻp yillik tajribasidan yaxshi biladi: koʻrimli mashinadan foyda yoʻq. Unaqalarning yo oʻzi katta boʻladi, yoki kattalardan tanishi bor. Agar bilib-bilmay shulardan birortasini toʻxtatib qoʻysa, kuni boshliqning xonasida hisob berish bilan oʻtadi.

– Obl gaidan Qobil gai, – nazoratchi haydovchiga ehtirom koʻrsatdi. – Hujjatlaringiz!

Gʻaladondan olib berilgan qogʻozlarni sinchiklab varaqlagan nazoratchi, oʻzi «axtargan» narsani topolmadi shekilli, xoʻmrayib soʻz qotdi:

– Qoida buzdingiz, aka, bayonnoma tuzamiz. Tezlikni oshirdingiz.

– E-e, boshliq, axir, ming uringanda ham bu mashina oltmishdan oshmaydi-yu, – dedi haydovchi hayron boʻlib.

– Boshni qotirmang, baribir qoida buzgansiz. Hech boʻlmasa... Ha, darvoqe, mashinangiz eski «Zaparojets» ekan. Bunaqalarning ekoloʻgiyani qanchalik zaharlashini bilasizmi oʻzi?

Qobil gai bilimdonlik qilgani sayin, suhbatdoshining shamani tezda ilgʻamasligi-yu, befarosatligidan siqilib borardi.

«He, oʻl-a, – dedi ichida. – Odamni shuncha gapirtirgandan koʻra, kissaga toʻrt-besh soʻm tiqib ket. Nima qilasan, meni ham, oʻzingni ham ovora qilib?».

Shunda haydovchi barmoqlari bilan choʻntagidan nimanidir izlayotganini koʻrib, quvonib ketdi. Ammo choʻntakdan kutgani emas, roʻmolcha chiqqanini koʻrgach, hafsalasi pir boʻldi.

«Yoʻq, endi rostdan ham protokol tuzishga toʻgʻri keladi, – oʻzicha ahd qildi nazoratchi, – loaqal boshliqlarga halol xodim ekanligini shu orqali koʻrsatadi...»

Shu ahd bilan Qobil gai qogʻozni qoralay ketdi va qovogʻini solgan koʻyi varaqni mashina egasi tomon surdi:

– Oʻqib, qoʻl qoʻying!

– I-e, boshliq, savoddan ham bor ekan-ku! Familiyam Zamburov emas, Zokirov!..

Haydovchi pichingidan seskanib ketdi. Shunday boʻlsa-da, vaziyatdan chiqishga urinib, doʻq aralash soʻz qotdi:

– Savodim bilan nima ishingiz bor? Shoshganda boʻladi-da. Bering, tuzatay.

Nazoratchi haydovchi familiyasini tuzatgandek boʻldi.

– E-e, yashang! – Bayonnomani qoʻliga olarkan «Zaporojets» egasi oʻzini toʻxtatolmay kulib yubordi. – Bir soʻzning ichidagi harflarni joyiga qoʻyolmaysiz-u, koʻchada tartibni qanday eplaysiz. Nazoratchilik guvohnomasini qanday olgansiz? Bayonnomani siz menga emas, men sizga toʻldirishim kerak ekan. Ha, mayli. Mana, aynan imzongiz turibdi. Shu ham yetar. Boshligʻingiz oldida yaxshigina dalil boʻladi. Soʻraylik-chi, savodsiz kishilarni mas’ul vazifaga qoʻyish toʻgʻrimikan?!

Suhbatdoshi soʻzlarini hazilga yoʻyib turgan Qobil gai ahvol jiddiyligini tushundi. Qogʻozni qaytarib olish uchun avvaliga siyosat qilib koʻrdi. Boʻlmadi. Iltimosga oʻtdi. Foydasi yoʻq. Oxiri yalinishga oʻtdi.

– Iltimos, akajon. Boshliqqa bormang! Bola-chaqamning rizqi qiyiladi-ya. Oʻzi yaqinda bir hoʻkizimni sotib, ishga qayta tiklangandim. Iltimos...

Nihoyat, uzoq muzokaralardan soʻng kelishib olishdi. Unga koʻra, akt qogʻozi haydovchida turadigan, nazoratchi esa bundan buyon uni yoʻlda qay holda koʻrsa ham, koʻrmaganga oladigan va ... imloni yaxshilab oʻrganadigan boʻldi.