OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Alber Kamyu. «Kundaliklar»idan
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAlber Kamyu
Asar nomi«Kundaliklar»idan
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Fransuz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Absurdizm
Mualliflar
   - Alber Kamyu
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Ochiq xatlar va maktublar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonMahmud Sa’diy (Rus tilidan)
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/03/25
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





«Kundaliklar»idan
Alber Kamyu

Erkinlik, bu — yolgʻon gapirmaslik huquqidir.

* * *

Nega men san’atkorman, faylasuf emasman? Chunki men gʻoyalar orqali emas, soʻzlar vositasida fikrlayman.

* * *

Hayotning buyuk savoli — odamlar orasida qanday yashash.

* * *

Tragediya.

L.: Dunyoni qayta yaratish — arzimas vazifa.

S.: Dunyoni emas, odamni qayta yaratish darkor.

* * *

Faqat obrazlar orqali tafakkur qilish mumkin. Agar faylasuf boʻlishni xohlasang, romanlar yoz.

* * *

Grenye kommunizm haqida: «Adolat idealini deb bema’niliklarga rozi boʻlish kerakmi». «Ha», deb javob berish mumkin, bu — goʻzal. «Yoʻq», deb ham javob berish mumkin, bu — vijdonan boʻladi. — Butun masala ana shunda.»

* * *

Erkin matbuot yaxshi ham, yomon ham boʻlishi mumkin. Erksiz matbuot faqat yomon boʻladi.

* * *

Kamdan-kam odam san’atni anglashga qodir.

* * *

Yozish — minnatsiz yumush demakdir.

* * *

Manu qonuni:

«Ayolning dudogʻi, yosh qizning koʻksi, goʻdakning duosi, qurbonlik olovi hamisha pokiza».

* * *

Oʻlimda oʻyin va qahramonlik oʻzining haqiqiy ma’nosiga ega boʻladi.

* * *

(1936), mart.

Mening shodligim chegarasiz.

* * *

31 Mart.

Menda shunday tuygʻu borki, goʻyo men bir maromda tubanlikdan koʻtarilayotgandekman...

* * *

May.

Jazoirda kun ogʻayotganda ayollar naqadar goʻzal.

* * *

Ayolning ayovli va sipo doʻstligi.

* * *

XX asrning eng kuchli ehtirosi — malaylikdir.

* * *

Eng xavfli yoʻldan ozish: hech kimga oʻxshamaslik.

* * *

Men hech narsadan koʻz yummaslikni afzal bilaman.

* * *

Hamisha haq boʻlishga intilish — aqlning tarbiya topmaganligi belgisidir.

* * *

Har qanday odamning hayotida buyuk tuygʻular kam, mayda hislar koʻp boʻladi...

* * *
Ha, mening vatanim bor: fransuz tili.