OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAleksandr Pushkin
Asar nomiTanlangan asarlar (she'rlar va doston)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Rus adabiyoti
Boʻlimlar
   - Romantizm
Mualliflar
   - Aleksandr Pushkin
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
NashriyotҒафур Ғулом номидаги Адабиёт на санъат нашриёти, Тошкент, 1999
Hajm161KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/05/02
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Tanlangan asarlar (she'rlar va doston)
Aleksandr Pushkin

Erkinlik (Oda)

Qoch, yoʻqol, koʻrinma — chekil koʻzlardan.
Siteraning ojiz. ey malikasi!
Magrur erk kuychisi, qani, qaydasan.
Qaydasan shohlarning zoʻr tahlikasi!
Kel, gultojim uzib tashla bir yonga!
Injiq rubobimni parchala-sindir...
Erkni uluglayin butun jahonga.
Taxtu toj qusurin toptayin bir-bir.
Shoiri kulfat. ofat aro sen oʻzing
Dadil qasidalar ilhomin bergan —
Oʻsha olijanob, ulug insonning
Atoqli izlarin ochgil menga san!
Havoyi qismatning arzandalari.
Jahon zolimlari! Titrang bu zamon!
Siz-chi, ey ularning xor bandalari.
Mardona-mardona boshlang qoʻzgʻolon!
Qay tomonga nazar tashlamay, evoh.
Temir kishanlaru zulm qamchilari:
Qonunlar xatarli, qonunlar rasvo,
Erksizlikning nochor yosh tomchilari;
Har yonda xaqsizlik, zoʻrlik hukmron.
Uyushgan xurofot — quyuq mavhumot,
Qullikning dahosi qoʻrqinch oʻltirgan,
Shonlarni boʻgʻadi shum hirsi, hayhot!
Ezgu ozodlik-la qonun doʻstlashsa,
Ayrilmas bir tusda jipslashsa magar;
Sodiq qoʻllar qonun tigʻin ushlasa.
Hammani qurisa xayrlik sipar;
Bosh ustida adl qilichi nihoyat —
Tanlamasdan kelib tushsa ayovsiz —
Yuqoridan barbod etilsa butun jinoyat,
Qilichning damidan oʻtsa toʻxtovsiz,
Na ochkoʻz, nokaslik va na qoʻrquv-la
Sotilib ketmasa qonun beomon —
Podshoh boshiga xavf solmas shunda
Xalqlarning uvoli faqat shu zamop.
Hukmdorlar! Sizga toj-gaxt bergan
Qonundir! Nainki bersin tabiat.
Siz xalqdan yuqori turasiz, ammo,
Mangu qonun sizdan yuksakdir, albat!
Xalq oʻzi yoki shoh qonun qoʻlida
Bilganin qilolsa, bu xalqning shoʻri,
Bexabar mudragan qabilalarga
Alam! Ushalarga tushadi zoʻri.
Seni guvohlikka chaqirdim bukun
Nuqsonlar oʻtida kuygan podshoh ,
Yaqindagi boʻronda bobolar uchun
Shohona kallasin qoʻygan podshoh.
Lyudovik oʻlimga chiqib boradi,
Buni kuzatadi jim zurriyoti,
Tojidan ajralgan shohona boshin
Qonli, shum kundaga mute uradi.
Qonun jim turadi — xalq turadi jim,
Jinoyat boltasi tushadi ogʻir...
Ham yovuz, qirmizi, yasogʻlik kiyim
Kishanband gallarda yotadi axir.
Ey yovuz hukmron, badkirdor, zolim!
Nafratlarim senga, toju taxtingga.
Senga va naslingga kelarkan oʻlim.
Qattiq sevinch boʻlib koʻrinar menga
Sening peshanangda, ey zulm shohi!
Xalqlar oʻqir aniq — la’nat tamgʻasi,
Sen jahon dahshati, sen olam dogʻi,
Sen yerda tangriga xalqlar ta’nasi!
Qorongʻi va gʻamgin Nevaga boqib,
Yarim tun yulduzi jilva qilganda,
Qaygʻusiz, tashvishsiz kallasi ogʻib,
Sokin uyqu malol kelganda,
Oʻyga tolgan shoir yugurtadi koʻz:
Tuman orasida mudhish uyquda —
Xilvatda zolimning haykali yolgʻiz .
Unutilgan saroy — turar qarshida.
Ham eshitar qoʻrqinch Klio tovushin —
Shu qoʻrqinchli devor, saroy ortida.
Ham Kaligulaning soʻna olishin
Yaqqol koʻradi u koʻzi oldida...
U koʻradi uqalar ham yulduzlarda,
Sharob, achchiq gʻazab — kin ila sarxush
Yashirin qotillar borar, yuzlarda —
Gustohlik — yurakda vahima-qoʻrqish.
Turar sotqin posbon sassiz-sadosiz,
Asta tushirilgan osma koʻprik ham,
Darvozalar ochiq kimsasiz tunda,
Yollangan xiyonat qulida shu dam.
O, nomus! O, bizning kunlar dahshati!
Yancharlar bosib kirdi yirtqichga oʻxshab,
Sharafsiz zarbalar bir-bir tushadi...
Ham tojdor yovuz mahv boʻladi qaqshab.
Sizga ibrat boʻlsin, ey shohlar, bukun:
Na in’om, mukofot, na ogʻir jazo —
Na xilvat zindonlar, na-da sajdagoh
Boʻlar sizga sodiq qalqon, yo panoh.
Shohlar, boshlab oʻzingiz bosh egingiz
Mustahkam qonunning ostonasiga,
Xalqning erki, tinchi shudir, bilingiz.
Shudir taxtning qoʻriqchisi manguga!
1817
Mirtemir tarjimasi
* * *
Sibir' konlarining tagida
Magʻrur saqpang sabot va chidam.
Gʻamgin zahmat ketmas behuda —
Yuksak xayol, amalingiz ham.
Baxtsizlikning sodiq singlisi —
Umid qora chuqurda, inon,
Koʻzgʻar gʻayrat, quvnoqlik hissin,
Kelur orzu etilgan zamon.
Mushkul jazo inlaringizga —
Erkin tovshim yetgan singari,
Poʻlat qopqalardan oʻtib ichkari —
Sevgi, doʻstlik yetadi sizga!
Parchalanur ogʻir kishanlar,
Zindon qular va erk shodumon
Peshvoz chiqar eshikda u on,
Qilich berur sizga yoronlar.
Mirtemir tarjimasi

Цarskoye Selo Xotiralari

Gʻussali tun pardasin osmish
Mudroq osmon ravoqlarida.
Vodiylarni sukunat bagʻriga bosmish.
Oʻrmon oppoqtuman quchoqlarida.
Sal shildirar emanzor soyasiga shoshgan soy.
Sal pichirlar uyquchan shabboda barg-oʻtlarda,
Yuzib yurar kattakon oqqush yangligʻ oy —
Kumush rang bulutlarda.
Yuzib yurar — ham sochar xira, oqish nur.
Buyumlarni yoritar nur doirasi.
Yuz yashar argʻuvonzor — xiyobonlar koʻrinur,
Yiroqlarda sabzazor ham tepalar sirasi;
Bunda koʻrdim sarvga chirmashibdir majnuntol,
Soyalari jimillar suvning billur mavjida;
Dalalar malikasi nilufar magʻrur, xushhol,
Dabdabasi, ziynati, goʻzalligi avjida.
Gʻadir-budur togʻlardan tushar bebosh sharshara,
Marvarid daryo boʻlib oqar, qaynashar.
U yonda, sokin koʻlda pari qizlar shoʻx sara,
Erinchak toʻlqinlarni sachratishar, oʻynashar.
Bu yonda, jimjitlikda muhtasham saroylari.
Bulutlarga choʻzmish boʻy, suyanchigʻi koʻk toqi,
Davron surmaganmidi bunda yer xudolari?
Rossiya Minervasin shumasmi sajdagohi .
Shu emasmi shimol jannati.
Shoh qishlogʻi, soz bogʻi eram;
Halok etib arslonni rus burgutin qudrati.
Tinchib orom olmasmidi shu joyda xurram?
Evoh! U oltin paytlar oʻtdilar jadal.
U palla buyuk xotin edi hukmron.
Rossiyaning shavkati boshkarardi u mahal.
Baxtiyor dorilamon.
Bu yerlarda har qadam dilni uygʻotar.
Oʻtmishlarni eslatar darhol;
Atrofga nazar solib rus bir oh tortar:
«Gʻoyib boʻldi bari, yoʻq buyuk ayol!»
Ham xayolga gʻarq boʻlib, yam-yashil qirgʻoqlarda,
Quloq solib yellarga oʻtiradi lol.
Kechmish yillar jimirlar koʻz qaroqlarda. —
Va jimgina dil boʻlar xushhol.
U koʻradi, haybatli qoya koʻksida
Toʻlqinlar oʻrtasida yuksak haykal bor .
Qanotlarin keng yoyib uning ustida
Bir yosh burgut turar barqaror;
Ogʻir zanjir halqasi, ham oʻq, ham kamon —
Baland haykal atrofin qurshamish uch qat.
Oqtoʻlqinlar shovullab etaklarida biyron.
Yarqiroq koʻpiklarda qiladi rohat.
Qalin qaragʻaylarning quyuq soyalarida
Koʻtarilgan oddiy yodgor .
Kagul qirgʻogʻi, senga harorat bor barida.
Aziz vatanga esa shavkat poyidor!
Umrbod barhayotsiz, ey rus pahlavonlari,
Siz jang dahshatlarida topdingiz kamol rosa,
Sizning haqda, malika safdoshi-yoronlari
Nasldan naslga ketar ovoza.
O! harbiy talashlarning gurlagan asri
Rossiya shavkatining guvohi boʻlgan zamon!
Slavyanlarning usha mardona nasli —
Ulugʻ sarkardalarni koʻrgansan ayon,
Zevs yashinlariday, qoʻlga oldilar zafar,
Shiddatlaridan titrab jahon qoldi tang,
Toʻqidilar Derjavin va Petrov madhiyalar -
Bahodirlar sha’niga kuylari jarang!
Sen ham oʻtib ketding, unutilmas chog!
Ham darrov oʻzga zamon boʻldi namudor;
Ham yangi mojaro, jang dahshatlari tumtaroq;
Odamzod qismati — azob, ohu zor.
Makkor va beor shohning tiyiqsiz panjasida
Yarqiradi qonli bir qilich.
Turdi jahon ofati, shiddat alangasila —
Jadal otdi jang tongi mudhish va qizgich.
Hovliqma toshqinlarday Rossiya dalalarida —
Oqdi, oqdi dushmanlar;
Yoʻllarida gʻamnok choʻl chuqur uyqu bagʻrida,
Yerda burqiydi qonlar;
Tinch qishloqlar, shaharlar yolqinlanar tun boʻyi
Koʻk gumbazi va ufq kiydi qizil rang.
Mudroq oʻrmonlar qoʻyni — qochqinlar uyi,
Omochlarni qirlarda bosib yotdi zang.
Kelmakdalar — ularning zoʻriga yoʻq biron gʻov,
Xarob etar, agʻdarar, koʻtarar toʻzon.
Bellona farzandlari ruhlari tuzib yasov,
Samoviy lashkarsimon —
Qorongʻi qabrlarga inar betoʻxtov,
Yo tun boʻyi kezishar oʻrmonlarda sargardon...
Ammo, yangradi ovoz! Yiroqda algʻov-dalgʻov,
Sovut, qilich shaqirlab kelar olomon!
Esingni yigʻ, qaltira, yot qabila lashkari,
Rossiya oʻgillari — bu qoʻzgʻalganlar;
Orsizlarning ustiga uchar birday yosh- qari.
Oʻch qahrida dillari olov,changanlar.
Qaltira. ey shaddod shoh! Halokat yaqin!
Har askar bir bahodir, mardona kelar.
Yo gʻalaba qozonar din va shoh haqqi.
Yo jangda oʻlar.
Argʻumoqlar pishqirar, oʻtar oʻynoqlab,
Vodiylar toʻliq lashkar;
Saf ortidan saf oqar oʻch va shon choglab,
Sevinchlari oshkor.
Mudhish bazmga shoshar, qilichlar oʻlja qunlar
Ham jang olovlamadi, gumburlaydi qir-dovon.
Toʻzonli havolarda shamshirlar, oʻqlar guvlar.
Qalqonlarga sachrar qon.
Halok boʻldi dushmanlar jangda! Rus gʻolib!
Takabbur fransuzlar orqaga qochar,
Ammo, zoʻravonlarga parvardigor yor boʻlib
Soʻng qatla shu’la sochar;
Yovni bunda yanchmagan keksa sarkarda ,
Borodino dalasi, o, qonli janggoh!
Quturishlar, kibrlar bitmadi bu safarda!
Kreml' tepasida fransuz, evoh!
Moskva yerlari, ey ona yurtim,
Gullagan u yillarning ertalarida —
Beparvo oltin kunlar kechirgan edim,
Balolardan, gʻamdan narida...
Vatan dushmanlarini koʻrdingiz siz ham,
Sizni ham qizartti, qon qaqshatdi olov bisyor.
Qurbon qila olmadim jonimni men oʻsha dam,
Faqat dil gʻazab bilan oʻrtandi bekor.
Qani sen, ey yuz qubbalik Moskva chiroyi?
Aziz mamlakatimning koʻrki, qaydasan?
Qani jilodor shahar, hashamat joyi?
Hozir faqat vayronadasan.
Moskva! Bu manzarang rusga gʻamgin shu qadar!
Yoʻqolmish a’yonlaru shohlar koshonalari.
Minoralar tojlarin qoraytirmish yongʻinlar.
Yiqilmish boyonlarning farogʻatxonalari.
Ziynat, koʻrkamlik makon qurgan joylarda,
Soyali daraxtzorda, yashil bogʻlarda.
Archazor xushhid sochib turgan joylarda —
Kul, toʻzon — bu choqlarda.
Soʻlim yoz tunlarining sokin, soz damlarida
Uchib kelmas bu yerga xushchaqchaq shovqin.
Charogʻonlik, jilo yoʻq qirgʻoq chamanlarida.
Hammasi jimjit, soʻlgʻun.
Hay rus shahri! Shaharlar onasi, yupan.
Kelgindi oʻlimiga koʻz tashlagil bir yoʻla.
Yovning oʻjar boʻyniga tushdi bu zamon
Parvardigor gʻazabi, oʻch qoʻli biratoʻla.
Koʻz tashla, qochmoqdalar orqaga boqmay bir zum,
Qonlari oq qorlarda oqmoqda daryosimon.
Qirmoqda qora tunda ularni ochlik, oʻlim.
Orqadan rus qilichi quvar beomon.
Ey, ularni qaltiratgan zoʻr — bardam
Yevropaning qabilalari,
O, yirtqich fransuzlar! Goʻrga tushdingiz siz ham.
Ey, dahshat! Ey, shiddat yillari!
Haqiqat ovoziga, ham dinga, qonunga yov —
Baxt va jang arzandasi, qaylardasan bu zamon?
Saltanatlarni buzish xayolida solding dov!
Gʻoyib boʻlding subhidam qoʻrqinch tushsimon.
Parijga kirdi ruslar! Oʻch mash’ali kayoqda?
Ey, fransuz, boshingni quyi sol bu dam
Ammo nima koʻrdim men? Iljayib ayni choqda
Zar-zaytun shoxin tutib qahramon tashlar qadam.
Hali ovloq joylarda jang chaqmogʻi chaqardi.
Goʻyoki choʻl tuniday Moskva gʻamgin;
U yovga oʻlim emas. najot — sulh olib bordi,
Ham jahonda totuvlik sochdi, saqlamadi kin.
Bahodirlar sha’niga qasidalar kuylagan
O, Rossiya kuychisi, ilhomi balapdparvoz.
Yoronlar davrasida alangali shavq bilan -
Jaranglatgil oltin soz.
Titroq torlar dillarga purkadi olov.
Yangrar botir sha’niga xush, shirin ovoz,
Ham jangovar qoʻshiqni tinglab qoʻzgalar darrov,
Joʻshar navqiron shovvoz.
1814
Mirtemir tarjimasi


Oʻrtoqlarimga

Uchib oʻtib ketdi tutqunlik vaqti:
Endi koʻp qolmadi, ey tengqurlarim,
Biz tashlab ketamiz bu tor xilvatni,
Цarskoye Selo dala-qirlarin.
Bizni chorlar olis shovqin-suron,
Judolik kutadi eshik yonida,
Har kim koʻz tikadi yoʻlga, navqiron
Va magʻrur xayollar hayajonida.
Birov boʻrk ostiga aqlin berkitib,
Harbiy libos kiyib shu maxaldanoq,
Gusar qilichini yonda silkitib,
Chilla sovugʻida qotsa ham, biroq,
Safda sipolikni boy bermay sira,
Soʻng soqchixonaga issiqqa kirar:
Birov — mansab uchun tugilgan azal,
Ishda vijdon emas, shuhrat dardida,
Oʻzin itoatkor mugtaham sezar
Mashhur mutahamning eshik oldida;
Faqat men, taqdirga butkul berib tan,
Baxtli tanballikning sodiq farzandi,
Koʻnglim har narsaga befarq va begʻam,
Tanho mudramoqqa sekin yastandim...
Befarqman mirzolik va ulanlikka,
Baribir qonunlar, gusar boʻrklari.
Oʻzimni urmayman kapitanlikka,
Yoki asessorlik mansabi sari;
Doʻstlar! Lekin himmat qilingiz picha
To katta gunohlar qilib bir kuni
Jangovar qalpoqqa almashgunimcha,
To kutmay dahshatli ofat xavfini.
Iyul' kunlarida tanbal bemalol
Yechib yurolarkan jilet tugmasin —
Qizil qalpogʻimga hech kim tegmasin.
1817
Asqad Muxtor tarjimasi


Chaadayevga

Bu diyorda ilk yillar iztirobin unutdim,
Ovidiy mozorini xoli hamsoya tutdim,
Bunda men uchun shuhrat — arzimas bir mashaqqat,
Horgʻin ruhim seni der, sen kamsan unga faqat.
Men-ku: siqiq — tang hayot, kishanga saqlayman kek.
Bazmlardan voz kechmoq boʻlmadi uncha qiyin.
Unda yurak uxlarkan, jilvalanur puch hikmat,
Sovuq odob quynida muzlar yoniq haqiqat,
Yosh doʻstlar davrasidan ayrilib shu kunlarda —
Sira afsuslanmadim men olis quvgʻinlarda;
Tin olib, oʻzga ozgʻur oʻydan qocha boshladim,
Yovlarimni gumdonlik la’natiga tashladim.
Uzdim bandilik toʻrin — azob, malomatini.
Yuragim olur bunda yangi orom totini.
Tinch mehnat va tafakkur chanqovin, bu fursatda
Anglab oldi xoʻb oʻjar farosatim gʻurbatda.
Oʻz kunimga hokimman; aqlim tartibga inoq.
Uzun oʻylar ipini tugaman qoʻymay yiroq;
Oʻtgan isyonkor yoshlik yillarimni izlayman,
Erk qoʻynida ularni tasdiqlamoq istayman.
Ham boʻlay ma’rifatda asrim bilan baravar.
Jahon ma’budalari, keldi tagin muzalar —
Va qildilar tabassum mustaqil, hur rayiga
Toʻqnashdi dudoqlarim tashlandiqu nasimga:
Koʻngilga sevinch soldi oʻsha qadimiy ovoz:
Kuylayman — orzularim, tabiat va shavqni boz.
Sodiq, vafodor doʻstlik madhin rosa kuylayman,
Yosh choqda maftun etgan harna boʻlsa kuylayman.
U kunlarda-ku, hali hech kimga ma’lum boʻlmay,
Gʻam bilmay, tashvish bilmay, tartibga amal qilmay
Kuy taratdim, tomosha — ermak makonlarida.
Shox qishlogin ogʻushi — salqin maydonlarida.
Ammo, menga doʻstlik yoʻq, qaygʻularla yuraman.
Men bunda begona yurt ufqlarini kuraman:
Na muzalar, na ash’or, na erk — sevinch sarosar:
Birgina sen doʻstimga hecham kelmas barobar.
Ruxiy kuchlarimning sen hokimi eding, axir,
Ey yagona doʻst, senga ma'lum edi butun sir,
Bagʻishlagandim bebaxt qisqa umrimni senga.
Va balki, oʻzing xalos etgan tuygʻumni senga .
Yuragimni bilarding gul yoshlik kunlarimla.
Sen koʻrdingki: keyinroq orzu toʻlqinlarimda.
Maxfiy siqdi dilimni uning azob, qiynogʻi;
Sirli tagsiz jarlarla ayni halokat chogʻi —
Meni sergak qoʻling-la tutib qololding, joʻram,
Ssn boʻlding menga umid, sen eding menga orom:
Payqardi jiddiy koʻzing teran dilimni ayon.
Maslahat yo ginang-la berar eding unga jon.
Ishqim yalligʻi baland yonar haroratingdan,
Menda bukilmas chidam paydo buldi mexringdan;
Boʻhton shovqinlarila ranjishni ham qoʻyganman,
Nafratda jirkanishga uddaburon boʻlganman.
Menga na der u laqma, oʻzi malay zodagon,
Burun koʻksi yulduzli, johil va qashqa polvon,
Filosof-ku, koʻp ozgur, chiqqan fahshningʻ uchiga,
Ovozasi taralgan olamning toʻrt burchiga,
Ammo, ma’rifat olib, badnomni yuvgan bir oz,
Sharobdan qaytdi, lekin boʻldi laqma qimorboz.
Notiq Lujnikov esa yeng ichida ish boshlar.
Andak gʻashimga tekkan zararsiz vovillashar.
Shikoyat qilarmidim, shoʻxlarning qilmishidan,
Xonimlar gʻujurlashi, fitnachilar ishidan;
Shum niyat, gʻiybatlarni tatishga fursatim bor.
Men sening doʻstligingdan qilganimla iftixor?
Xudoga shukur: oʻtdim qora yoʻllardan omon.
Bugungi gʻussalardan koʻp siqilar edi jon;
Qaygʻularga koʻnikdim, toledan oldim hisob;
Yasharkanman, chidayman — jonimla toqatu tob...
Birgina orzum shuki, sen qol, men bilan qolgin!
Xudoyimdan hamisha shunigina tilar dil.
O, tezdanmi, doʻsginam, bitar hijron muddati,
Qachon qoʻshilar qoʻllar, ikki dil muhabbati?
Qachon men eshitarman samimiy salomingni?
Quchoqlardim! Koʻrardim xonala maqomingni.
Unda sen doim ziyrak, oʻychan filosof goho.
Havoyi olomonga koʻz tashlaysan beparvo;
Tez yoningga boraman, aziz doʻsti mehribon,
Qadimiy suhbatlarni yodlashurmiz ikovlon:
Ilk oqshomlar, talashlar — paygambarlar singari.
Biz bilgan murdalarning tirik hangomalari,
Sanarmiz, tergasharmiz, suhbatu munozara.
Erksevar umidlarni qoʻzgasak tagʻin zora,
Men baxtiyor boʻlurman; tangri haqqi, sen ammo
Ostonamizdan quvla, Shepingni koʻrmay aslo!
1921
Mirtemir tarjimasi


Pushchin Al'bomiga

Bu maxfiy varaqqa koʻz tashlab bir choq
Mening yozganimni esga olgaysan.
Shirin xayollarga birpas tolgaysan,
Xayolda litseyga uchgaysan, oʻrtoq!
Eslanar tez oʻtgan birinchi kunlar,
Ham birga oʻtkazgan totuv olti yil,
Qaygʻular, shodliklar, quvnoq gurunglar
Ajralmas oʻrtoqlik qaror topgan dil...
Oʻtib ketdi bari qaytmagay ortiq...
Esga tushganida yum-yum oqar yosh:
Esga tushar ilk bor boʻlganing oshiq.
U xam oʻtdi... Lekin ketsa hamki bosh,
Yoshlik doʻstlarini unutish ogʻir;
Shoʻx xayol emas-ku, uzilmas aslo.
Qoʻ-rqinch zamonalar kelsin, baribir.
Mangulikdir, buzilmas aslo!
1817
Mirtemir tarjimasi


* * *
Jonajon yurtining moviy osmoni
Ostida zoriqdi, soʻldi sarvinoz...
Xazondek qovjirab yoshgina joni,
Soyasi ustimda etadi parvoz;
Ammo oramizda mislsiz gʻov bor,
Men tuygʻu uygʻotdim qalbda behuda:
Loqaydlab oʻlimdan qildi xabardor,
Men ham uni loqayd tingladim juda.
Uni benihoya sevardim axir;
Otashin yurak va his bilan butun,
Kuyida zoriqib boʻlib muntazir,
Azob-uqubatdan goʻyo bir majnun!
Qani gʻam, qani ishq? Koʻnglimdan, hayhot,
Oʻtgan totli kunni etish uchun yod,
U shoʻrlik, soddadil bir soya uchun
Sira topolmasman na koʻz yosh, na un.
1826
Ramz Bobojon tarjimasi


Shoir

Qutlugʻ qurbon boʻl deb, shoirdan hali
Talab etmas ekan Apollon,
U, yuvoshlik bilan, gʻavgʻoli
Dunyo tashvishidan chiqolmas hamon;
Muqaddas lirasi sukunatda, lol;
Ruhin muzday chulgʻaydi uyqu,
Dunyoda benaflar ichra, ehtimol,
Hammasidan benafrogʻi shu.
Lekin agar ilohiy bir soʻz
Sezgir qulogʻiga urilsa qitday,
Xuddi uyqusidan turgan burgutday,
Shoir qalbi titrar sabrsiz.
Oʻyin-kulgi tegar gʻashiga,
Odamlar mishmishin yotsirar, sevmas.
Xalqning xukmdori qoshida
Shoir magrur boshini egmas;
Notinch qalbda oxanglar toshar;
Yovvoyi, shiddatli koʻz qarashlari,
Saxro toʻlqinlari bagʻriga shoshar.
Shovullagan oʻrmonlar sari...
1827
Asqad Muxtor tarjimasi


Tumor

Yalang qoyalarga sira toʻxtamay
Dengiz hamishalik chayqalib urgan,
Iliqqina porlab koʻkda toʻlin oy
Tunning shirin payti jilmayib turgan,
Haramda musulmon, kayfini surib,
Yashagan diyorda — koʻzlari xumor
Jodu qiz erkalab, nozlanib turib
Qoʻlimga tutqizgan edi bir tumor.
Erkalanib turib menga dediki:
«Mening tumorimni yoʻqotmay saqla.
Unda sirli kuch bor, muhabbatimki
Bagʻishladi senga, sen uni oqla! ,
Boʻronda, dovulda, mudhish toʻfonda —
Kasaldan, oʻlimdan, toʻfondan, ey yor,
Boshingni saklamas hech bir makonda
Senga men baxsh etgan sehrli tumor.
Sharqning son-sanoqsiz davlatlarini
Bagishlamas senga bu tumor hech ham,
Hamma paygʻambarning ummatlarini
Bosh egdirib senga qilmaydi qaram;
Hamda seni gamgin bu uzoq yurtdan
Doʻstlar ogʻushiga, vatanga, dildor.—
Shimol sari, ona yurtga janubdan
Uchirib yetkizmas men bergan tumor...
Va lekin makrli, hiylakor nigoh
Maftun etib qoʻysa sani daf’agan,
Yo zulmat kechada dudoq xar nogoh
Sevmasdan boʻsalar olsa labingdan,
Aziz doʻst, oʻshanday bir jinoyatdan
Yurakka yangidan qoʻymay dard, gʻubor;
Xiyonat, unutish kabi holatdan
Saklab qolar seni men bergan tumor».
1827
Mirtemir tarjimasi


Arion

Biz koʻpchilik edik oʻsha qayiqda;
Yelkan ochdik zoʻr berib bir qanchamiz.
Bir jon, bir tan boʻlib anchamiz.
Kuchli eshkak urdik jimlikla —
Quyruqqa suyangan oqil dargʻamiz
Haydar zildek ogir qayiqni.
Men boʻlsa, bsparvo ishonchga toʻliq.
Ularga kuylardim... Birdan qoʻrquvlik
Toʻlqinlar kuyuni — bosqinchi dovul.
Shovqin-la keldi-yu, bosdi barchamiz...
Choʻkdi daryoga, choʻkdi barisi.
Faqat men ularning sirli kuychisi
Otilganman qirgoq tomon daxshat chogila:
Oʻsha qoʻshiqlarni hamon aytaman.
Xoʻl jandamni quyoshda quritaman -
Qiya togʻda, qirra qoya tagida.
1827
Mirtemir tarjimasi


Kavkaz

Koʻz oʻngimda Kavkaz. Oʻzim yuksakda.
Korli qoyalarning yoqasidaman:
Burgut koʻtarilib olis choʻqqidan
Men bilan tenglashib asta suzmakda.
Bu yerdan koʻraman ilk sel toshqinin,
Korlarning dastlabki qoʻrqinch bosqinin.
Tagimda bulutlar oqadi asta;
Bulut aro guvlab shalola toshar:
Ostida bahaybat qoq qoyatoshlar;
Nimjon oʻt, qurigan changalzor pastla;
Keyin daraxtzorlar, salqin oʻtloqdar:
Kutilar tinmay sayrar, kiyik oʻynoqlar.
Odamlar makonin koʻrmish tog aro.
Boʻliq qiyalikda oʻtlaydi poda,
Choʻpon oʻrlab borar quvnoq voxada,
Arava shoshadi koʻk qirgʻoq aro,
Daralar pana joy yupun otlikka,
Terak oʻynoklaydi bebosh shodlikda;
Oʻynoqlaru, goʻyo qafas tutquni,
Yem koʻrgan yosh yirtqich kabi ishqirar;
Behuda qahr-la qirgoqqa urar,
Koyalarni yalar ochkoʻz toʻlqini...
Hayhot! Na quvonch bor unga, na yem bor:
Uni lol qoyalar siqar shiddatkor.
1829
Asqad Muxtor tarjimasi


Jinlar

Sur bulut aylanar, uchar.
Oy yuzar butun xira —
Oqaradi sovrilib qor;
Osmon xira, tun xira.
Yoʻl bepoyon, choʻl bepoyon;
Qoʻngiroq ham qilur zor...
Qoʻrqinch, qoʻrqinch — qirla sarson
Qezmaklik beixtiyor.
«Qani, chu de».— «Iloj yoʻq. toʻra
Otlarga qiyin bu yoʻl;
Qor yopishar koʻzimga ham,
Qor ostida oʻngu soʻl;
Ming tikilsang koʻrinmas iz,
Adashibmiz, ne chora!
Jin ozdirgan oʻxshar, esiz;
Qurshab, qilar ovvora...
Qara: ana biri yurar.
Puflar, tuflar men tomon;
Xurkkan oting, ana, sudrar.
Jarga sudrar beomon;
Sanogi yoʻq, koʻz oʻngimda
Qaqqayishar yoʻl boʻyi;
Miltirashar unda-bunda,
Gʻoyib boʻlar shu koʻyi;.
Sur bulut aylanar, uchar,
Oy yuzar butun xira —
Oqaradi sovrilib qor;
Osmon xira, tun xira.
Jilishga ham yoʻqdir mador;
Qungʻiroq birdan jimjit,
Otlar toʻxtar... «Yoʻlda ne bor?» —
«Qaydam, toʻngak, boʻri, it»
Boʻron guvlar,boʻron boʻzlar.
Pishqirar sergak otlar;
Qorongʻuda yonar koʻzlar,
Mana jin sakrar, hatlar;
Torta ketdi otlar tagʻin.
Jiring-jiring qoʻngʻiroq...
Koʻrdim: ruhlar toʻplanganin
Majlis qilar; tuz — avloq...
Jinlar hadsiz, badbashara;
Xira shu’la sochar oy —
Uchar, oʻynar xil-xil davra,
Kuzdagi yaproqlarday...
Eha: qancha! Qayon haydar
Nechun mungli qoʻshiqlar?
Qazisharmi devga mozor,
Yo alvasti toʻyi bor?
Sur bulut aylanar, uchar,
Oy yuzar butun xira —
Oqaradi sovrilib qor;
Osmon xira, tun xira.
Jinlar koʻchar, koʻch-koʻch uchar -
Yiroq koʻkda paydar-pay,
Uvlar, guvlar, jinlar zor-zor.
Yuragimni uzguday...
1830
Mirtemir tarjimasi


Anonimga Javob

Oh, sen kim boʻlsang ham shirin soʻz bilan
Tabriklab iqbolga meni uygʻotding
Koʻrinmas kullaring tutib qoʻlimdan,
Menga aso berding va yoʻl koʻrsatding .
Oh, sen kim boʻlsang ham: ilhombaxsh bir ol.
Yoki, yoshligimning olis muxlisi.
Yoki,sirli ilhom dusti — yosh nihol,
Yoki goʻzallikning ma’suma qizi
Shodlikdan mast boʻlgan qalbim minnatdor.
Zarracha diqqatga boʻlmay sazovor.
Hech kimdan iltifot koʻrmagan edim,
Saloming eshitib hayratda qoldim.
Kibordan marhamat kutish kulgili
Bagritosh olomon shoirga xuddi
Oʻtkinchi figlyar deb tashlaydi nigoh;
Agar u yurakdan cheksa ogʻir oh,
Agar u oʻqisa ma’yus she’rini,
Mohirona chertsa yurak torini.
Chapak chalib, maqtab qoʻyar olomon.
Yoki sal boshini chaykar nogahon
Kuychining boshiga tushsa zoʻr kulfat,
Quvgin, qamoq yoki ogʻir musibat.—
«Soz boʻpti!» — deydilar san’atsevarlar. -
«Soz boʻpti! Yangi oʻy, hislarni toʻplar
Va bizga yetkazar». Lekin ular jim,
Shoirni qoʻllamas ulardan hech kim,
Qoʻrquv ichra sukut saqlab yotsa baxt...
1830
Hamid Gʻulom tarjimasi


D. V. Davidovga

Sengadir bu she’rim, kuychi qahramon!
Ortingdan asov ot minib, qadrdon,
Javlon urolmadim oʻtdi maydonda,
Toʻplar gumburlagan jangovar onda.
Sen, yuvosh Pegasda epchil chavandoz,
Tingla, men Parnasning qadim vaqtga xos
Eski mundirini kiydim to shu dam;
Ammo ey, ajoyib chavandozim san.
Mashaqqatli, ogir bu xizmatla ham
Mening ogam, komandirimsan!
Mening Pugachimga bir qur boq, darrov
Payqaysan: u hushyor oʻjar bir kazak!
U sening oldingi otryadingda xam
Epchil uryadniging boʻlardi beshak.
1836
Mamarasul Boboyev tarjimasi


Sarkarda

Rus shohi saroyida bitta ulkan xona bor:
Na baxmal, na oltindan unda bir nishona bor.
Na tojdagi olmoslar saklanar bu uyda;
Lekin, eni-uzuni, yuqorida-quyida —
Erkin, toʻkis qalamlik, oʻtkir koʻzlik san’atkor
Nuqul surat chizipti — qanday yorqin va rangdor!
Qishloq parilari-yu, yo tamtam oltinlarmas.
Daydi jinlarmas, yoki koʻkrakdor xotinlarmas.
Raqsu ov tasvirimas — bari qilich, qalqonlar!
Bari yuzida mardlik barqurgan pahlavonlar!
Rassom bir-biriga zich, yondosh oʻrin beripti.
Xalqimiz qudratining boshliqlarin teripti,
Bunda — shonli yurishda shon olgan talay sardor
Va oʻn ikkinchi yildan bizga mangulik yodgor!
Koʻp mahal bu xonada men avaylab yuraman.
Tanish bu suratlarga koʻzim tikib turaman:
Jangovar na’ralari goʻyoki yangrar hamon.
Koʻpchiligi yoʻq xozir; ba’zilari navqiron
Koʻrinsa xam yorqinroq tasvirda, xozir qari.
Tinchlik, sukut qoʻynida munkillab yashar bari,
Ham gultojli boshlari quyi...
Jazb etar faqat —
Bu haybatli, jangovar safda meni bir surat.
Men uning qarshisida xar gal toʻxtab qolaman,
Yangi fikrlar chulgʻab, uzoq nazar solaman,
Men uzoq boqqan sari dilni bir gʻussa yokar.
Bir gʻussa yoqqan sari koʻzlarim tikka boqar!
U tikturar. Manglayi xuddi yalangoch chanoq.
Cheksiz xasrat bekingan kabi — yuksak, yarqiroq.
Atrofi — korongʻulik. Lashkargoh — orqa tomon.
Koʻzlarda oʻychan nafrat, siyoqida mung ayon.
Rasmini chizar ekan shu tarzda, shu siymoda,
Rassom oʻz fikrni dangal etdimikin ifoda,
Yoki joʻshqin ilxomning qudratimi, ajabo.
Har nechuk unga Dou beripti shundoq siymo...
Bebaxt sardor! Taqdiring qanday ogir beomon!
Senga yot oʻlka uchun bor-yoʻging boʻldi qurbon,
Vaxshiy olomon seni anglay olmadi garchand.
Tek yoʻl oshding sen faqat buyuk fikrlarga band,
Nomingdagi yot sado koʻrinib yot va yomon,
Gʻavgʻo solib, ketingga tushib oldi beomon,
Sen oʻzing u kez pinxon qutqarib qolgan bu xalq,
Bulgʻadi sochlaringning ezgu oqini befarq.
Qiymatingni tushungan ziyrak-chi, edi ayyor,
Nodonlarga yoqay deb, senga berdi koʻp ozor...
Ishonching kuchli edi, tebranmayin qancha yil,
Adashganlar oʻngida turolding tetik, dadil;
Oqibat yarim yoʻlda, gʻing demay — chiqarmay un,
Lozim edi, tan berding, gultojdan kechding butun,
Kechding sardorlikdan xam, teran xayollardan xam,
Lashkarda maxfiy qolish orzung xam topti barham!
U yerda sen navqiron askarday, keksa sardor! —
Oʻqlarning shoʻx sadosin eshitgan kabi ilk bor,
Oʻzingni oʻtga urding, oʻliming etib orzu,
Esiz!..
O, tuban zot, ayanch qavm, o, yaramas insonlar
Bir lahzalik omadga qurbon boʻlgan past jonlar!
Koʻz oʻngingizdan tez-tez oʻtadi shundoq inson,
Uni mazax qiladi soʻqir, yovvoyi zamon,
Lekin u yuksak siymo tanilajak jahonga,
Kelajak nasl shoirin solajak hayajonga!
1835
Mirtemir tarjimasi


Suvga Choʻkkan Odam

Chopqillashib kirib uyga,
Goʻdaklar shovqin soldi:
«Dada! Dada! Bizning toʻrga
Oʻlik ilinib qoldi!»
Yolgon, yolgʻon, jinqarchalar,—
Vaysar ota: — Koʻrgulik!
Bola emas — bir dardisar!
Adabing berar oʻlik!
Sud ham kelar, boshlar tergov.
Qani. qutulib koʻr-chi!
Ilojim yoʻq, boray darrov,
Kampir, chakmonni ber-chi!
«Qani oʻlik?» — «Qarang bu yon!»
Qarasaki, qirgʻoqda —
Yotar rostdan bitta bejon.
Toʻr yozigliq qumloqda.
Koʻkargan xam shishgan murda,
Xunuk, qoʻrqinch va yomon.
Shoʻrlik jondan kechmish suvda,
Gʻaribmikan sargardon;
Baliqchimi suvga choʻkkan,
Mast yigitmi darbadar:
Yoʻltosarlar talab ketgan
Yo befahm savdogar?
Apil-tapil qarab oldi,
Nima ham qilsin dehqon?
Oʻlikni sudrab qoldi
Oyogʻidan suv tomon;
Suvga otdi qirgʻoqdan tez,
Eshkak bilan itarib;
Oʻlik yuzdi tagin shu kez
Goʻr va krest axtarib.
Tirik kabi koʻp chayqalib.
Yuzdi u oqim tomon,
Koʻz uzmayin uzoq qolib,
Uyga junadi dexqon.
«Yugurishar, hoy itvachchalar,
Beraman shirin kulcha.
Aytib qoʻysang biring agar,
Kaltaklayman oʻlguncha!»
Tunda boʻron shovkin soldi,
Daryo xam urdi toʻlqin.
Jinchirog xam yonib boʻldi.
Mujik kulbasi tutun.
Bari uxlar, mudrar kampir,
Surisida yotar u.
Uvlar boʻron, birdan kimdir
Derazani urdi-ku.
«Kim u?» — «Ochgin, hoy, xoʻjayin!
«Xoʻsh, tagin qandoq balo?
Tun daydisi, sayoq, Kain!
Jin boshlab keldimi yo,
Tashvishga vaqt bormi biron,
Uyim tor ham qorongu!»
Xam urinib, turdi dexqon.
Derazani ochdi u.
Bulutlardan yumalar oy.
Kim deng? Yalangoch uzi:
Soqoldan suv oqar soy soy
Bejonu ochiq koʻzi,
Bori yoʻgi karaxt, mudhish.
Tani shishgan sar-basar,
Ham yopishgan tishlari nish
Qora qisqichbaqalar!
Tanish-di yalangoch mehmon.
Tez yopdi derazani.
«Qurib ket!»— der titrab dehqon
Pichirlar bir nimani.
Qoʻrqinch oʻylar chuvaladi,
Qalt-qalt titrar tinmayin,
Tong otguncha un soladi
Eshikda u dam sayin.
Xalqda bordir qurqinch xabar:
Har yil, oʻshandan buyon.
Shoʻrlik dehqon, shu muqarrar.
Tayin kun kutar mehmon,
Havo gʻazab chaqar emish.
Boʻron solarmish shovqin,
Tinmay eshik qoqar emish
Suvga choʻkkan — oʻsha tun.
1828
Mirtemir tarjimasi


Romans

Bulutli kuz, oqshom pallasi,
Tentir juvon dala yoʻlida.
Baxtsiz ishqning sirli mevasi —
Chaqalogʻi titroq qoʻlida.
Haryon jimjit: oʻrmonlar, togʻlar
Bari uxlar, kecha qorongʻu.
Diqqat bilan atrofga qarar —
Bir qoʻrquvda, vahimada u.
Uxlar ma’sum, jon chaqalogi,
Koʻzlarini tikib chekar oh...
«Sen uxlaysan, jonning qiynogʻi.
Sen bilmaysan qaygʻumni, evoh.
Koʻz ocharsan va qoʻmsab lekin
Koʻkragimni izlarsan bekor;
Erta baxtsiz onang oʻlishin
Topolmayin yigʻlarsan zor-zor.
Orzu etma, bekor, onangni!
Mangu uyat boʻldi gunohim.
Unutarsan umrbod meni,
Unutmasman seni, chirogim!
Oʻzga boʻlur sigʻinchoq — panoh.
Derlar: «Yotsan, bizga oʻgaysan».
«Qayda,— dersan,— otam va onam?
Bir mehribon topolmagaysan.
Yot bolalar aro, bechora,
Gʻamgin oʻyda azob chekarsan,
Yuragingda mangulik yara:
Onalarga koʻzing tikarsan.
Har yerda sen yolgʻiz, darbadar,
Takdiringga oʻqirsan la’nat;
Eshitarsan achchiq pichinglar,
Shunda meni kechirgin faqat...
Extimolki, shoʻrlik yetimcham.
Onang uchrar,qucharsan bir kun.
Evoh! Kayda bevafo erkam,
Esdan chiqmas, ulguncha dilxun.
U chrar boʻlsang, berma tasallo,
Degin: «U yoʻq, jaxonda bugun.
Lauraga xajr boʻldi balo,
Bu olamni tark etdi butun!»
Nelar dedim?.. Balki, bir zamon
Shoʻrlik onang duch boʻlur yana.
Mungli koʻzing solgay xayajon!
Tanimasmi oʻz oʻglin ona?
Koshki edi, beayov qismat
Tasirlansa mening nolamdan...
Balki, chetlab oʻtarsan faqat.
Ayrilarman mangu bolamdan!..
Ssn uxlaysan - baxtsiz bolam,
Ogushimda soʻng bor upayin.
Xaqsiz, mudxish qonun - bu alam,
Judolikka solar, netayin.
Hali masum quvonchlaringni
Kurmagandir omonsiz yillar.
Uxla. qoʻzim. tinch kunlaringni
Buzmas xozir achchiq gʻam-sellar!»
Oʻrmonzordan nogox oy qalqib,
Oy nurida koʻrindi kapa, —
Tusi oʻchib, titrab, toliqib
Yondoshdi u eshikka xafa...
Engashdiyu jim tashlay qoldi
Gudagini yot ostonaga.
Kurqib, koʻzin oʻgira qoldi,
Yashrindi tun — zulmatxonaga.
1814
Mirtemir tarjimasi


Qushcha

Vatanim odatin begona elda
Men muqaddas bilib bajarmoqdaman:
Bahor bayramida — goʻzal sayilda
Kushchaga erk berib uchirmoqdaman.
Kunglim shundan topar tasalli — orom:
Xudodan nolishim oʻrinli emas,
Axir, men ozodlik etoldim in’om
Aqalli birgina jonga bu nafas!
1823
Hamid Gʻulom tarjimasi


Demon

Sirli olam qoshida ilk bor
Hayratlarga tushgan kunlarim,—
Qiz nigohi, shovqin oʻrmonzor,
Tunda oqqan bulbul unlari,
Balandparvoz oliy tuygʻular,
Hurlik, sharaf, ishqiy alanga,
Durri san’at, ilhom, yogʻdular
Oʻt solganda jon ila tanga —
Umid, rohat — bariga nogoh
Soya solib gʻamli va nolon,
Qandaydir bir yovuz ruh goh-goh
Kelar edi qoshimga pinhon.
Gʻamli edi bizning muloqot:
Tabassumdan to nigoh qadar,
Achchiq-achchiq soʻzlari bedod
Quyar qalbga misli muz zahar.
Boʻhtonlari behad, bemisol,
Kelajakni sinab koʻrardi;
Goʻzallikni atardi xayol;
«Ilhom — irganch» deb nahs urardi;
Ishonmasdi erk, ishqqa butkul,
«Yashash — kulgi», derdi doimo.
Tabiatda hech narsaga ul
Ezgulikni koʻrmadi ravo.
1823
Muhammad Ali tarjimasi


Dengizga

Alvido, zoʻr qudrat — asov gʻalayon!
Yashil toʻlqinlaring soʻng daf’a surib —
Koʻzlarim oldida qaynaysan chunon,
Magʻrur goʻzalliging bilan barq urib.
Undoving gʻavgʻoli, shovqining kamli,
Qulogʻim solaman soʻng qatla men ham,
Goʻyoki pichirlar, chorlar alamli,
Hayrlashuv payti yaqin doʻst, hamdam.
Orzuli bu koʻnglim istagan qirgʻoq,
Sening sohilingda kezardim sarson,
Kezar edim sokin, tumanli, charchoq,
Ezgu niyatlarim qiynar edi jon!
Naqadar yoqardi: boʻgʻiq ovozing
Va teran sadoli chaqiriqlaring,
Kechqurungi sukut va oʻjar nozing,
Hayajon, gʻazabing — baqiriqlaring!
Baliqchining yengil yelkan kemasi —
Istasang koʻksingda saqlanar omon,
Yuzar toʻlqinlarda, yoʻqdek vahmasi,
Lekin sen boshlasang ulkan gʻalayon —
Gʻarq boʻlar kemaning gala-galasi.
Mangu ketay devdim, boʻlmadi imkon:
Gʻamgin, harakatsiz, koʻngilsiz qirgʻoq,
Seni shodiyona qutlay olmadim,
Tizma togʻlaringdan hatlay olmadim,
Shoirona qochmoq boʻlgandim yiroq!
Sen kutding,chorlading... men kishandaydim.
Ruhim qanotlandi behuda, bekor.
Qudratli orzuga maftun bandaydim.
Shu sabab men koldim qirgʻoklarla zor.
Nimani ayayman! Qayga bu zamon —
Men yoʻl solar edim beparvo, begʻam?
Bitta ilinj sening goʻshangda hamon
Koʻnglimga hayratlar solar dam-badam...
U bitta qoyadir, shon sagʻanasi...
U yerda uxlaydi sovuq uyquda —
Ulkan xotiralar hammasi.
Napoleon hayoti soʻngan yer shu-da!
U yerda azobla boʻldi u halok.
Uning orqasidan dovul singari —
Oʻzga daho uchdi, dilni aylab chok,
Aqlimizning oʻzga bir hukmdori.
Ketdi, erkinlik-chi, yigʻladi yoʻqtab,
Qoldirdi tojini jahonga, esiz!—
Shovqin sol, poʻrtana, uni ulugʻlab,
U sening qoʻshiqching edi-ku, dengiz!
Unda barq urardi timsoling ayon,
Ruhan xuddi senday yaralgan edi.
Senday teran, gʻamgin, senday pahlavon,
Senday- boʻyinsunmas, zoʻr inson edi.
Dunyo boʻshab qoldi... endi sen meni
Qayon olib chiqar eding, okean?
Insonlar taqdiri har yerda birdir,
Qayda farogʻat bor boʻlsa, posbon —
Ma’rifat zolim u yerda, ayon...
Yaxshi qolgil, dengiz! Unutmayman hech
Sening tantanali bu jamolingni,
Qulogʻimda turar, jaranglar har kech,
Hamisha tinglayman gʻalayoningni.
Oʻrmonlar va jimjit sahrolar tomon —
Yorqin xotiralar ola ketaman.
Qoyalar, koʻrfazlar, toʻlqin va suron,
Soya, jilolaring esda tutaman.
1824
Mirtemir tarjimasi


Bulbul Va Gul

Bahor chogʻida xoli bogʻda bir zulmatli tun erdi,
Gʻarib bulbul figon aylab, «Gulim, rahm aylagil», derdi.
Biroq ul gul quloq solmas edi faryodu afgʻona,
Faqat orom olardi noladin toʻlgʻona-toʻlgʻona.
Seni xech sevmagan bir gul uchun, ey shoirim, sen ham,
Yonarsan, oʻrtanarsan, yod etarsan tinmayin bir dam.
Qoʻy endi, behuda dod etma, ohing unga yetmaydi,
Qaraysa, yashnagan bir gul, faqat dodinga yetmaydi.
Choʻlpon tarjimasi


Chol

Kiborlar olami tang qolgan
Serzavq oshiq endi men emas.
Bahor, yozim, oh, oʻtib boʻlgan,
Izlari ham endi koʻrinmas.
Yoshlik yillar tangrisi Amur,
Sening sodiq muxlising edim.
Agar qayta tugʻilsam, bilur —
Edim qanday xizmat qilmogʻim!
1815
Shuhrat tarjimasi


Ertaklar

Noel

Koʻchmanchi zolim, hayhot!
Kelar Rossiya tomon.
Najotkor soladi dod,
Butun xalq yigʻlaydi qon
Bibi Maryam hay-haylab. najotkorni qoʻrqitar.
«Yigʻlama, bolam, aslo,
Mana, boʻji — rus poshsho!»
Shoh kelib, berar xabar:
«Rossiya xalqi, bilgil,
Butun dunyoga ayon:
Mundir kiydim xilma-xil,
Pruss, avstrsimon.
O, xursand boʻla ber xalq: dahshatli, toʻqman, soglom;
Gazetchi maqtaganda:
Yeb-ichib, berdim va’da —
Ishdan hormadim tamom.
Qoʻshimcha, soling quloq,
Soʻngra qilaman bundoq:
Lavrov berar iste’fo.
Sariq uyga Sots ravo;
Gorgolining oʻrniga chiqaraman bir qonun,
Insonga inson haqqin
Shohona siylash-la men
Tortiq etaman butun».
Shodligidan oʻrnida
Goʻdak toʻkar koʻz yosh duv:
«Nahot yolgʻon yoʻq bunda?
Nahot chindan boʻlsa bu?»
Ona unga aytadi: «Alla, koʻz yumgin andak:
Uxlash vaqti bemalol,
Shoh-otaga quloqsol,
Soʻylab bermokda ertak».
1818
Ramz Bobojon tarjimasi

Qoʻshiqchi

Sevgi, hasrat kuychisin tungi sadosin
Eshitganmisiz gujum oʻrmon ortida?
Dala jimjit mudrarkan sahar paytida.
Nayning sodda-yu, lekin mungli navosin
Eshitganmisiz?
Uchratganmisiz xoli qora oʻrmonda
Ishq va oʻz qaygʻusining qoʻshiqchisini?
Tabassum yo yuzida koʻz yosh izini,
Yo hasrat toʻlgan kuz-la qarab turganda.
Uchratganmisiz?
Oh tortib quyganmisiz tinglab tovushin.
Sevgi, hasrat kuychisi tinch kuylaganda?
Yigiga duch kelganda qalin oʻrmonda.
Koʻrib soʻnik koʻziyu jim boqishini,
Oh tortganmisiz?
1816
Mirtemir tarjimasi


Istak

Kunlarim ohista sudralib oʻtar;
Munglug koʻnglim uchun har zum beomon,
Bevaqt sevgi dardin ortirib ketar,
Tentak xayollarim qoʻzgar hayajon.
Ammo sukutdaman, chiqmas figʻonim;
Yigʻlayman, koʻz yoshim menga ovunchoq,
Qaygʻu panjasida qolgan bu jonim
Shundan achchiq nash’a topadi har choq.
Hayot daqiqasi! Ucha ber, mayli,
Behuda xayollar, yoʻq boʻl zulmatda!
Azizdir ishqimning azobli yoʻli,
Mayli oʻlsam oʻlay shu muhabbatda.
1816
Mirtemir tarjimasi


Elegiya

Men yana sizniki, ey yosh doʻst-yor,
Tumanli ayriliq kunlari adoq,
Ogʻangizga takror ochdingiz quchoq;
Yana shoʻx davrada koʻrishdik diydor.
Siz hamon boyagi, dil boshqa biroq:
Qadrdon emassiz unga siz bu choq.
Men xam oʻzgarganman... Shodlik pallasi
Oʻtdi koʻz ilgʻamas tor yoʻldan bot-bot,
Butunlay: tepamda bu tezob hayot
Tonglarining turar gʻira-shirasi.
Xushchaqchaqlik boʻldi koʻngildan yiroq.
Qizgʻanchiq qismatda boʻlib darbadar
Dilshodlik, qayoqda, orom — hammasi
Unutildi: qoldi dilimda kadar.
Yosh boshimda gʻamning sukut pardasi.
Bexuda, siz menga xazil soʻz tashlab,
Muloyim va dilkash suxbatlar boshlab —
Boʻlmoqchisiz ogʻir uyqumni, bekor,
Bari tamom, dilim gʻam bilan liqqa,
Baxtiyor shoʻxlikning muxri xam siyqa,
Ogʻir azoblarni taratmoq uchun —
Chakki keltirasiz menga tagʻin soz,
Kechmish orzulari soʻndilar butun.
Tuygʻusiz torlarda boʻgʻildi ovoz.
Bari tamom boʻldi: qoldi faqat gʻam!
Menga keng jahon tor, yorugʻ kun qora,
Kimsasiz, qorongʻi oʻrmonlar ora —
Boraman; xurramlik yot menga bu dam;
Muzladi lahzalik quvonch izi ham.
Kuydingiz, kechagi gul yaproqlarim!
Gullay olmadingiz bir oy ham toʻlib,
Chopqillab oʻtdingiz, shodlik choqlarim!
Ketdingiz, koʻz yoshim erksiz toʻkilib,
Tong qorongʻisida qolarman soʻlib...
Ey doʻstlik! Sen meni unut, unutgil,
Jimgina berayin taqdirimga tan,
Qoʻy, qolsin iztirob, alamlarda dil,
Qoʻy, mayli, xilvatda yigʻlay tanho man.
1817
Mirtemir tarjimasi


Qishloq

Qutlayman, huvillab turgan oshiyon,
Sen ey, orom, mehnat, ilhom bulogʻi,
Kunlarim oqimi quyular pinhon,
Jazm etar unutish va baxt quchogʻi.
Men seniki — oʻzim almashtirdim shu
Bazmu ermak, jirkanch dabdaba koʻshkin.
Fikrdoshim, erkin bekorchiligu,
Emanzor shovqini, qir tinchi uchun.
Men seniki — yelga va gulga makon
Soya-salqin bogʻni sevaman juda.
Chakalakzordagi shildiroq suvda.
Xushboʻy oʻtloklarda koʻnglim har qachon.
Koʻz oldimda jonli lavhalar butkul:
Bu yerda lojuvard kaftday ikki koʻl.
Olisdan oqarib koʻrinar ba’zan,
Suzib borayotgan baliqchi yelkan,
Ortida ekinzor, adir-tepalar,
Uzoq-uzoqlarda tarqoq kulbalar,
Tuman bosgan ombor, shamol tegirmon,
Salqin sohillarda yurar podalar,—
Har yonda baraka. mehnatdan nishon...
Tashvish kishanidan bunda qutulib,
Bunda haqiqatda baxtga intilib,
Qonunni har qalb-la e’tibor qildim,
Nodon gʻiybatiga beparvo boʻldim.
Uyatchan yolvorish boʻlsa men tayyor,
Cheksiz nohaqlikda zolim yo ahmoq
Taqdiriga havas etmayman zinhor.
Oʻtmish buzruklari, iltimos shundoq!
Cheksiz tanholikda sizning xush ovoz
Menga yetib kelar, eshitilar soz;
U haydar tanballik uyqusini tez,
Menda tugʻdiradi mehnatga gʻayrat,
Va sizning ijodiy xayollaringiz
Qalb chuqurligida yetilar qat-qat.
Koʻngil xira mudhish fikrdan lekin:
Yashnagan maysazor va togʻlar aro
Insoniyat doʻsti payqaydi gʻamgin —
Har yonda jaholat keltirgan jafo.
Koʻrmayin koʻz yoshni, eshitmay faryod.
Odamlar boshiga tushgan koʻrgulik,
Vahshiy xoʻjayinlik bunda — qonun yot,
Tuygʻusiz oʻziga zoʻrlik bilan mulk.
Mehnat va dehqonni tortqilab olgan,
Qamchiga boʻysunib, bosh solib quyi,
Xoʻjayin yerida bir umr boʻyi
Och qullar eng ogʻir azobda qolgan.
Bunda to oʻlguncha boʻyinturuq bor,
Gurkiramas qalbda orzu va istak,
Bunda badkor yovuz nafsi-chun dildor,
Sohibjamol qizlar yashnaydi guldak,
Keksaygan otalar — orqa-nushtlari,
Navqiron oʻgʻillar, mehnat doʻstlari,
Jonajon kulbadan borar olomon
Jafokash qullarning orttirib safin:
O, mening ovozim qalbga hayajon
Sololsa koshkiydi! Bilmayman nafin
Koʻksimda yongan oʻt — alanganingʻ bu,
Taqdir meni notiq yaratmagan-ku?
Shoh amri-la, doʻstlar, xoru zor, tutqun
Xalqni koʻramanmi ozod va bardam,
Vatanim ustida balqirmi bir kun
Ma'rifatli erkning tongotari ham?
1819
Ramz Bobojon tarjimasi


Rusalka

Koʻl ustida emanzor ichra
Panoh topgan rohib qay bir vaqt,
Ibodatdan boʻshamas sira,
Yemas-ichmas, chekardi zahmat.
Mana olib belkurakni chol,
Oʻzi uchun goʻr kovlab qoldi,
Va oʻlimni oʻylarkan, darhol —
Yodga ezgu nomlarni oldi.
Keksa rohib yoz sanasida
Xudovandga ibodat etdi —
Gʻarib kulba ostonasida
Emanzorlar unniqib ketdi;
Koʻl ustida burqidi tuman,
Osmon boʻylab asta oy suzar
Oqbulutlar aro. Daf’atan —
Rohib suvga tashladi nazar.
Tikildi-yu, qoʻrqib ketdi u;
Ne gap, oʻzi anglay olmas hech...
Bir qarasa, koʻpirardi suv,
Bir qarasa, yana birdan tinch.
Birdan... Tungi soyadek yengil,
Choʻqqidagi qor kabi oppoq
Juvon chiqdi, yalangʻoch sohil —
Yoqasida oʻltirdi shundoq,
Rohibga u tashlaydi nazar
Va jiqqa hoʻl sochin taraydi.
Keksa rohib qoʻrqib qaltirar
Va goʻzalga toʻymay qaraydi.
Uni juvon oʻzga chorlab tek,
Bosh silkitib qildiyu imo,
Gʻoyib boʻldi uchgan yulduzdek,
Mudroq bosgan toʻlqinlar aro.
Tuni boʻyi uxlolmadi chol,
Ibodatga turmadi kunduz;
Koʻz oldini bosib oʻy-xayol,
Qiz soyasi namoyon hanuz.
Yana qora kiydi emanzor,
Oy suzadi bulutlar aro,
Suv boʻyida juvon beozor
Oʻltiradi rangsiz va zebo.
Nazar tashlar, boshini chayqar,
Olislardan oʻpar hazilkash,
Toʻlqin bilan oʻynar va qalqar,
Kular, yigʻlar bolaga oʻxshash,
Va rohibni chorlar, urar oh...
«Rohib, rohib! Kelgil men tomon!..»
Shaffof mavjga choʻkadi nogoh;
Sukunatga toʻlar yer-osmon.
Uchinchi kun oshiqbeqaror
Kelib dilbar sohilga yaqin,
Parivashni kutdi u takror,
Emanzorga tushguncha salqin...
Tun zulmatin quvdi tong, biroq —
Rohibni hech topmadilar, rost,
Faqat suvda bolalar oppoq
Bir soqolni koʻrdilar, xolos.
1819
Ramz Bobojon tarjimasi


Tiklanish

Vahshiy rassom mudroq beizn,
Geniy suratini buzadi
Va u surat ustiga oʻzin
Beburd suratini chizadi.
Lekin, u yot boʻyoqlar bir-bir
Koʻchib tushar yil sayin, ayon;
Va geniy ijodi bequsur
Avvalgidek boʻlur namoyon.
Ana shunday ketar ezilgan —
Yuragimdan soxta tugunlar,
Va shubhasiz tiklanur oʻtgan —
Ilk va toza-musaffo kunlar.
1819
Turob Toʻla tarjimasi


* * *
Men sizga achinmayman, vafosiz sevgilarda
Behuda oqib oʻtgan bahorimning yillari!
Men sizga achinmayman u otashin naylarda
Ehtiros-la kuylangan, ey tunlarning sirlari!
Men sizga achinmayman, bevafo doʻst, joʻralar.
Bazmlarning tojlari, davrada aylangan jom.
Men sizga achinmayman, xiyonatkor goʻzallar,
Meni xayol band etgan, xursandchilik qilmas rom.
Kayda, qayda qoldingiz, yoshlikdagi orzular,
Va qalbning sokinligi erkalatgan kezlari!
Qani avvalgi otash, ilhom baxsh etgan zavqlar.
Keling, keling, mushtoqman, bahorimning yillari.
1820
Zulfiya tarjimasi


Qora Shol

Qora sholga majnunona boqaman,
Soʻnik dilni gam oʻtida yoqaman.
Goʻl yigitlik chogi — ishqda kuygandim.
Yosh va suluv grek qizin suygandim.
Sohibjamol erkalardi har zamon.
Keldi biroq qora kunim beomon.
Bir kun dilkash mehmonlarim bor edi,
Eshigimni qoqdi jirkanch yahudiy:
— «Ziyofatda, (dedi pichirlab) barin.
Vafosizlik qildi senga dilbaring».
Quliga men oltin berdim qargadim,
Soʻngra sodiq qulimni tez chorladim.
Birga chiqdik: otda uchdim men jadal,
Rahmdillik yoʻqdi aslo shu mahal.
Grek qizin boʻsagʻasin koʻrgan choq
Koʻzim tindi, mador ketdi, toqat toq.
Yiroq xilvat uyga kirdim men tanho.
Arman oʻpar, quchogida bevafo.
Qora bosdi: sado berdi xanjarim...
Boʻsa bitmay u yovuz ham oʻldi jim.
Boshsiz tanni tepkiladim bearmon.
Rangim oʻchib, lol boqardim qiz yunon.
Hali esda — yolvorishlar... oqqan qon...
Uldi qiz ham, bitdi sevgi oʻrtab jon!
Ulik boshdan qora sholni tortdim men.
Qonli tigʻni oʻshanga jim artdim men.
Qulim, zulmat yoyganda tun dunyoga.
Murdalarni otdi joʻshqin daryoga.
Shundan beri koʻrmadim koʻz undan shoʻx,
Shundan beri xursand oʻtgan kecham yoʻq.
Qora sholga majnunona boqaman,
Soʻnik dilni gʻam oʻtida yoqaman.
1820
Mirtemir tarjimasi


Napoleon

Kelib yetdi koʻrgulik oni;
Buyuk inson koʻzini yumdi.
Napoleonning mudhish davroni
Erksizlikda zulmatga choʻmdi.
Shon tantigʻi, mahkum hukmron
Bu jahondan yuztuban ketdi.
Va u quvgʻin nasli navqiron —
Yangi avlod ulgʻayib yetdi.
Sening qonli xotirangni, o!
Jahon saqlar koʻp, benihoya.
Hech kimsasiz toʻlqinlar aro
Shon-shuhrating tashlamish soya.
Mana sening ajoyib qabring!
Unda sening jasading yotar,
Unda xalqning gʻazabi-qahri
Va mangulik shu’lasi yonar.
Dongi oʻchgan yurt osmonida
Burgutlaring uchdi, koʻpdanmi?
Mash’um kuchlar zoʻr toʻfonida
Shohliklar yer quchdi, koʻpdanmi?
Tinglab oʻjar iroda amrin
Shumlik bilan yeldi bayroqlar.
Sen hokimlik boʻyinturugʻin
Avlodlarga solding u choqlar.
Umid nuri yorishgan olam
Tutqunlikdan uygongan zamon,
Gallning qahri toshib oʻsha dam
Chirik taxtni etarkan yakson:
Isyonkor keng maydonda oʻlik
Shoh jasadi yerda yotgan dam,
Balqib chiqdi muqarrar, buyuk
Erkinlikning yorqin kuni ham,—
Xalq boʻroni toʻlqini koʻmib,
Koʻrib goʻzal qismatingni bot.
Ezgu umid koʻyiga choʻmib,
Odamzodga keltirding isnod.
Inqirozga yuzin tutgan baxt —
Toleingga ishonch boglading,
Maftun boʻlding, ixlos qaytgan taxt —
Saltanatga oʻzni chogʻlading.
Yangi bir xalq kasb etgan yoshlik
Gʻururini jilovlading san,
Yangigina bunyod boʻlgan erk
Kuchsiz, tilsiz qoldi daf'atan.
Qullar ichra hokimlik nafsing
Qondirding-da, oʻzni mast etding,
Jangga boshlab, qullar kishanin
Gulchambarlar bilan berkitding.
Fransiya shon qozondi-yu,
Istiqbolin unutdi nogoh.
Dabdabali isnodiga u
Maftun boʻlib tashladi nigoh,
Bosib kirding ziyofat toʻkin —
Bir makonga qilich-la, gʻaddor.
Halok boʻldi, Yepropa shu kun
Va huvillab qoldi, bir mozor.
Yevropaning koʻksiga qadam
Quyib, chiqdi devkorning changi.
Til'zit!.. (bu soʻz dahshat solsa ham,
Endi rusning oʻchmaydi rangi.)
Til'zit kibrli qahramonni, o! —
Soʻnggi marta shonga etdi yor,
Lekin befayz, benavo dunyo
Baxtli qalbni qildi beqaror.
Battol! Seni koʻtarganlar kim?
Kim ajoyib aqlingni oldi?
Kibrlanib, qanday qilib sen —
Rus qalbini payqamay qolding?
Bilolmading ulugʻ yongʻinni,
Oʻyladingki, sulhga biz mushtoq.
Tortiq kabi kutamiz uni,
Kamang, talang ruslarni biroq...
O Rossiya, jangovar vatan,
Kadim haqqing bilan tikla qad.
Auster, tin quyoshi, soʻn san.
Porla ulug Moskva abad!
Gʻolib keldi oʻzga payt, mana:
Yoʻqol, bizning oʻtkinchi isnod!
Moskvani olqa, Rossiya!
Boʻlsin deymiz urushni barbod
Temir tojin changallab shu dam.
Kaltiragan qoʻli bilan u
Koʻz oldida koʻrar jaxannam.
Halok boʻlar nixoyat mangu!
Yevropaning lashkari yakson!
Oppoq qorning qon bosgan yuzi
Ular taslim boʻlgandan nishon.
Qorlar erib, uchar yov izi.
Borliq daxshat soldi boʻrondek.
Tutkunlikdan Yevropa ozod.
Chaqmoq kabi oʻzin otdi tik
Zolim sari xoʻrlangan avlod.
Gʻolib xalqming Nemezidasin
Baland qoʻlin koʻrdi Bonapart.
Zolim! Jabru zulmning qasosin -
Oldi sendan maydon ichra mard.
U koʻrsatgan xarbiy mu'jiza —
Balolari yuvilib ketdi,
Ularni yov osmon tagida
Kungilli qalb oxi berkitdi.
Jazirama surgun oroli,
Unga kelar saxarlab yelkan,
Sulx soʻzini yoʻlovchi xodi —
Biror toshga asta chizarkan, -
Quvgun, mavjga tikib koʻzini.
Eslardi u qilichlar sasin.
Gʻoyat dahshat saxar kezini,
Fransiya arzi-samosin.
Hech kimsasiz makonda goxo.
Unutib u taxt, urush, avlod,
Faqat uglin oʻylardi gamgin,
Chekib achchiq alam va faryod.
Kim bema'ni kim, ular bilan
Gʻarib ruxni etsa bezovga.
Sharmandasi chiqib daf’atan,
Yuzi qaro boʻlur, albatta.
Ofarinlar! Rus xalqiga u
Ayon unga shonli bir kismat
Va surgundan jaxonga mangu
Erkinlikni qildi vasiyat.
1821
Ramz Bobojon tarjimasi


* * *
Sadoqatli grek qizi, yigʻlama, yoring
Dushman oʻqi koʻksin teshib, shon bilan oʻlgan.
Sen emasmi, kuzatarkan oʻz bahodiring,
Qonli shuxrat janglariga yoʻllanma bergan?
Dil sezarkan ayriliqning ogʻir xijronin,
Soʻngbor ochdi yoring senga issiq quchogin,
Goʻdagiga baxt tiladi tiyolmay yoshin,
Lekin, qora yalov erk-la hilpirab ketdi.
Xuddi Aristogitonday qilich oʻynatib,
Jangga oʻzin otdi — marding yiqila turib
Juda buyuk va muqaddas ish qilib ketdi.
1821
Zulfiya tarjimasi


Ya. N. Tolstoyga Yozilgan Xatdan

Shovqin-suron, bazmlar qadrdoni sen,
Charogimiz, yonib parpiraysanmi?
Askiyabozlarning qoʻlida, zarrin —
Qadax, koʻpik sochib yaltiraysanmi?
Kiprida, she’riyat oshnolari siz.
Xushchaqchaq joʻralar, bormisiz xamon?
Muhabbat va sarxush soatlari tez
Uchishib ketdimi eskicha ravon —
Erkinlik, tanballik undab qolgan kez?
Kuvginda soginib, har soat, xar on,
Armonlar oʻtida oʻzni yoqaman,
Sizni eslaymanu, qanot qoqaman,
Tasavvur etaman, koʻraman ayon:
Mana. u qadrdon mehmondoʻst xona,
Hur- ilhom parisi, sevgiga makon.
Bunda biz qasamyod etib doʻstona.
Ular bilan totuv boʻldik har qachon.
Bunda biz doʻstlikni angladik iqbol.
Bunda davra qurib stolni qurshab
Tengdoshlar oʻltirar edik bemalol;
Bunda oʻjarliklar oʻz ishin boshlab.
Shoʻxlik qoʻshiqlari, shisha va suhbat
Gap-suzning beliga tepib turardi.
Bahslarimiz hazil, sharob, harorat —
Vajidan oʻt olib, naq gurkirardi.
Vafodor shoirlar, maftun kiluvchi
Sizning tilingizga solaman quloq...
Kometa mayidan menga quying-chi,
Sihat-salomatlik tila, ey qalmoq!
1822
Ramz Bobojon tarjimasi


* * *
Shunday edi, shunday boʻlar hali ham,
Bu qadimdan qolgan ibrat, yoʻl-yoʻrig.
Bilimdon koʻp, lekin oqil, dono kam,
Tanish-bilish sanoqsizdir, doʻst-chi, yoʻq1
1822
Shuhrat tarjimasi


Hayot Aravasi

Ba’zida yuk ogʻir boʻlsa ham
Uchib ketar arava qushday;
Epchil yamshik qish payti shahdam
Haydab borar ustidan tushmay.
Ertalabdan aravada biz,
Erinchaklik, rohatdan bezib.
Bosh yorgʻuday yeldiramiz tez
Qichqiramiz: chu!
Koʻp yaxshida qolmas bu shiddat;
Toliqamiz, qoʻrqinch koʻrinar -
Qiya yuklar, jarliklar gʻoyat;
Qichqiramiz: sekinroq, xumpar!
Avvalgicha olib borar u,
Koʻnikamiz oqshomga yaqin,
Yotoqqacha bosadi uyqu.
Otlarni vaqt quvlaydi lokin.
1823
Ramz Bobojon tarjimasi


Boqchasaroy Fontaniga

Ishq fontani, ey oʻlmas fontan.
Senga ikki qizil gul sovgʻam!
Shildirashing yoqimli chunon,
Shoirona koʻz yoshlaring ham.
Sachrar menga kumush toʻzoning,
Esar salqin shabnam nafasi,
Tinmayin oq, yupanch chashmasi!
Shildir-shildir soʻyla dostoning...
Ishq fontani, qaygʻuli fontan,
Marmaringdan ayladim soʻroq,
Men eshitdim yiroq elga shon;
Mariyadan aytmading biroq...
Unut boʻlding nahotki mangu —
Sen, ey soʻlgin haram yulduzi?
Yo Mariya, Zarema bonu —
Nahot shirin xayolning oʻzi?
Yoki bari shirin bir uyqu,
Bu qorongi xilvatda xayol,
Yo bir damlik timsolmidi u,
Yo qalbdagi majhul ideal?
1824
Mirtemir tarjimasi


Kuydirilgan Maktub

Alvido, ey ishq maktubi! Amr etdi dildor.
Koʻzim qiymadi-yu, qoʻlim bormadi zinhor
Quvonchimni tashlash uchun oʻtga koʻp zamon...
Vaqt-soati yetib keldi: ishq maktubi. yon!
Shaylanganman: ta’sir etmas hech narsa menga
Varaqlaring yemirmoqta ochkoʻz alanga...
Bir nafasda!.. Lovullaydi... toʻzgʻigan tutun.
Koʻtarilib. oh-zorim-la yoʻkolur butun.
Vafodordan judo boʻlgandagi taassurot,
Oʻtga tushgan surguch qaynab biqillar... hayhot!
Shunday boʻldi! Varaqlandi qora sahifa,
Epchil kulda maktubdagi ezgu qiyofa —
Oqaradi... yurak qisar. Ey moʻ’tabar kul.
Gʻam-gʻussani taqdirimning sevinchi butkul
Qayguli shu kuksimla qol men bilan mangu...
1823
Ramz Bobojon tarjimasi


…ga

Yoʻq, yoʻq, muhabbatning joʻshqin ra’yiga
Endi men boʻlmasman telbalarcha qul.
Ozor ham bermayman dil oromiga.
dil, oʻrtanishga hech qoʻymayman yoʻl;
Bas endi. shaydolik yetar! Va ammo,
Ne uchun xayolga tolmayin bir zum,
Nogahon samoviy, nozli, musaffo
Qiz koʻzim oldidan oʻtarkan ma’sum?..
Tomosha qilmoqqa totli shavqidan
Nahotki, qolmadi zarra ijozat?
Sukutda kuzatmoq nigor izidan,
Tilamoq mumkinmas baxtu saodat?
Nahot, tilab boʻlmas hayot ne’matin;
Unga halovatu orom va shodlik?
Hattoki, barnoning qalbiga yaqin
Rafiqa atovchi kimsaga tole?
1832
Zulfiya tarjimasi


Kuyov

Uch kun boʻldi — savdogar qizi
Natashadan yoʻq edi darak,
Uchinchi kun hovliga oʻzi
Aql-hushsiz keldi jonsarak.
Ota-ona yondashib shu choq,
Natashani qilishdi soʻroq.
Ular soʻzin eshitmaydi qiz,
Qaltiraydi, entikar holsiz.
Ota-ona juda kuydilar,
Surishtirib koʻrishdi uzoq.
Keyinchalik soʻrmay qoʻydilar,
Sirni esa bilishmas biroq.
Avvalgidek Natasha tagʻin
Shod koʻrinar, yuzlari gulgun,
Opa-singil bilan chiqdi-ku
Boʻsagʻada oʻltirgani u.
Darvozaning yonida yana
Dugonalar bilan goʻzal qiz
Oʻltirardi, toʻsatdan mana
Koʻz oldidan uchib oʻtdi tez
Bir troyka abjir va koʻrkam;
Otlarining yopigʻi gilam.
Chana ichra tik turib oʻglon.
Savab haydar oʻzi oʻsha on.
U tikildi kelib roʻbaru,
Natasha ham tashladi nigoh.
Yelday uchib oʻtar ekan u,
Hushdan ketdi Natasha nogoh.
Uyga chopib boradi shosha,
«Oʻsha! — dedi,— tanidim, oʻsha!
Xuddi oʻsha! Oʻshaligi rost!
Tuting, doʻstlar, eting tez xalos!»
Oilasi chekib tashvish, gʻam.
Quloq solar bosh chayqab takror.
Ota unga deydi: «Jonginam,
Sir-asrorni menga et oshkor.
Aytgil, seni kim xafa qildi.
Faqatgina koʻrsatsang buldi».
Biror soʻz ham aytmay jimgina,
Yum-yum yigʻlar Natasha yana.
Hovlisiga erta tongotar
Sovchi xotin keldi nogahon.
Natashani avval u maqtar,
Otasi-ga soʻz tashlar chunon:
«Mol sizniki, biz-chi, xaridor.
Yigitimiz har narsada bor;
Ham xushbichim, ham chaqqon, yovqir.
Or-nomusli, har ishga qodir.
Boy, aqlli va sohibkamol,
Ta’zim qilmas hech kimsaga xam.
Boyarindek oʻzi bamisol,
Tashvish bilmay yashar xotirjam.
Kelinchakka qilmoqchi sovgʻa:
Pochapoʻstin, marvarid, tilla -
Uzuklardan koʻngildagidak,
Ham kimxobu zarbofdan koʻylak.
Kuni kecha sayr qilib yursa,
Darvozada duch kelibdi qiz:
Cherkov borib, nikoh oʻqilsa,
Juda yaxshi boʻlardi shu kez?»
Sovchi pirog yeb oʻltirarkan,
Gapirardi kinoya bilan,
Bechora qiz, shoʻrlik kelinchak.
Oʻzni qoʻyar joy topmas andak.
«Roziman,— der ota banogoh, —
Qani, ishlar boʻlsin baxayr.
Natashaga oʻqilsin nikoh,
Ota yolgʻiz oʻzi ham dilgir.
Qiz qizlikcha oʻtmas umrbod,
Faqat kuylab kechirmas hayot,
Payti, axir, qurgali oshyon.
Goʻdaklarga bir orom makon».
Qiz devorga yopishib taqir,
Allanima aytmoqchi boʻlar;
Birlan hoʻngrar, qaltirar dir-dir.
Xam yigʻlaydi. Xam birdan kular.
Sovchi gangib, tez yugurdi-yu,
Va ichirdi unga muzdek suv.
Kosadagi qolganin darhol
Qiz boshidan quydi bemalol.
Oila oh urar, parvona,
Es-hushiga keldi Natasha,
Der: «Soʻzingiz ezgu, durdona,
Izmingizda boʻlay hamisha.
Ziyofatga chorlang kuyovni,
Non yopish-chun qalang olovni.
Qaynatingiz ta’rifi yoʻq may.
Taklif eting sudni ham atay».
«Ey farishtam, ruxsat et, ruxsat!
Men jonimni berishga tayyor —
Xursand boʻlsang!» Katta ziyofat.
Noz-ne’matlar pishmoqda bisyor.
Mehmonlar ham kelib qolishdi,
Qizni stol tomon olishdi.
Kuylar-yigʻlar yor-dugonalar.
Mana uchib borar chanalar.
Mana kuyov — hamma jamuljam.
Stakanlar jaranglar payvast.
Oq urilar sogʻlik uchun ham,
Shovqin-suron va mehmonlar mast.

Kuyov

«Ey muhtaram doʻstu yor, nechun,
Yemas-ichmas goʻzal qayligʻim,
Mehmonlarni kutmaydi mamnun,
Qaygʻuradi, oʻltiradi jim?»
Kelin berar kuyovga javob:
«Vaqti keldi — etayin ayon,
Mening koʻnglim beorom, xarob,
Kecha-kunduz koʻz yoshim marjon.
Yomon bir tush etadi noxush».
Ota unga deydi: «Qanday tush?
Ne gap oʻzi. Bizga qil bayon.
Jigarbagʻrim, aziz mehribon?»
«Bir tush koʻrdim,— deb soʻzlaydi u,—
Yurganmishman xilvat oʻrmonda.
Qora bulut ostidan yogʻdu
Socharmish oy xira osmonda
Yul adashdim: ichkari tomon —
Borgan bilan koʻrinmas inson,
Faqat archa, qaragʻay — shular
Tepalarda tinmay! shovullar.
Birdaniga, tush emas goʻyo —
Koʻz oldimda bir uy namoyon.
Taqillatdim, chiqmaydi sado,
Javob bermas chaqirsam bir jon.
Duo oʻqib eshikni shu dam —
Ochib kirdim, uyda yonar sham.
Boqsam: haryon kumush bilan zar,
Muhtasham va yonib yarqirar».

Kuyov

«Ayt, tushingning nimasi yomon?
Yasharkansan, demak, badavlat».

Kelin

«Toʻxga, toʻram, boʻlmadi tamom,
Oltin, kumush, movutlar qat-qat,
Hisobi yoʻq kimxob va gilam,
Novgorod matosiga ham
Havas bilan jim nazar soldim,
Ajablandim, hayratda qoldim.
Tuyoq sasin shu choq eshitdim,
Kelishdilar zinaga tomon.
Men eshikni tezda berkitdim,
Va boʻldim pech' ortiga pinhon...
Mana, tovush yangrar ketma-ket...
Kirib keldi oʻn ikki yigit.
Ular bilan bir parivash qiz,
Sohibjamol, chiroyda tengsiz.
Sajda etmay, payqamay butni
Olomondek kirib kelishdi.
Oʻltirarkan stolga boʻrkni —
Na oldi, na duo qilishdi.
Ogʻa toʻrga oʻtib oʻltirdi.
Oʻng koʻlila inisin turtdi.
Chap yonida u parivash qnz.
Sohibjamol, chiroyda tengsiz.
Qoʻshiq, kulgi, shovqin va suron.
Aysh-ishratning kayfi shu qadar...»
Kuyov
Ayt, tushingning nimasi yomon?
Xursandlikdan beradi xabar».
Kelin
«Toʻxta, toʻram, boʻlmadi tamom,
Kayfu safo etmoqda davom,
Qizimoqda bazmu ziyofat,
Oʻrtanmoqda parivash faqat.
Yemay-ichmay oʻltirar sokin,
Koʻzidan yosh oqadi yum-yum.
Oga esa olib pichogin.
Shir-shir charxlar damini bir zum.
Xushliqina tashlaydi nigoh.
Oʻrim sochin ushlaydi nogox
Oʻsha onda qizalok topdi,
Yovuz uning oʻng koʻlin chopdi.
«Bu-chi. — dedi kuyov oʻsha choq,-
Boʻlmagan gap, chindan afsona!
Koʻrgan tushing yomonmas, biroq.
Xafa boʻlma. Ishon jonona!»
Yuzlariga qiz qaradi tik.
«Kaysi koʻldan mana bu uzuk?»—
Shunday dedi birdan kelinchak.
Xamma joyidan quzgʻaldi birdak.
Jiring etib uzuk gildirar.
Quti oʻchib, qaltirar kuyov,
Mehmonlar taajjub qildilar.
Sung buyurar: «Yovuzni darrov
Tuting, bogʻlang! Fosh boʻldi xunrez.
Kishanlandi, jazolandi tez.
Natashaning dovrugʻi ketdi,
Qushigimiz shu yerda bitdi.
Ramz Bobojon tarjimasi


19 Oktabr'

Argʻuvon libosin tashlaydi oʻrmon,
Qurigan dalada sovuqdan nuqra,
Togʻlarning ortiga berkinar xira
Quyosh beixtiyor bir boqqansimon.
Alangalan, kamin , boʻm-boʻsh kulbamda,
Sharob, sen sovuq kuz doʻsti, xamroxi,
Quy koʻksimga shodlik kayfini hamda
Gʻussaning bir nafas unutilgan ohin.
Gʻamginman! Men bilan emas doʻst-yoron,
Hijron alamida ichardik uzoq,
Chin qalbdan, qoʻl siqib, ochardim quchoq,
Koʻp yillar tilardim sevinch bearmon,
Bir oʻzim ichaman, sokin tasavvur —
Doʻstlarni atrofdan chorlar dilrabo,
Azizin kutmas qalb, tepmas u masrur,
Yaqindan eshitilmas tanish bir nido.
Bir oʻzim ichaman, doʻstlarim bugun
Meni eslar Neva boʻylarida xam...
Sizdan koʻpchilikmi u bazmda jam?
Kimni yoʻqotdingiz sanoqdan tagʻin?
Kim dilxush odatni tark etmish darhol?
Manguga koʻz yumdi orangizdan kim?
Doʻstlarcha yoʻqlovda kimning tili lol?
Kimlar koʻrinmaydi? Kimsiz bu bazm?
Kuychimiz kelmadi — sochi jingalak.
Koʻzlarin chaqnatib, gitarni olib;
Goʻzal Italiyada uyquga tolib —
Yer tagida yotar: oʻz tilla andak
Rus qabri ustiga biror doʻstu yor
Na chizdi soʻzlarning lavhayi bandin.
Mungli salomimga bir vaqt sazovor —
Boʻlsin deb, gurbatla shimol farzandi.
Doʻstlar doirasida bormisan hamon,
Sen, yot osmonlarga oshiq-beqaror-.
Yoki jazirama elda sen takror,
Yo muz dengizila suzasan ravon?
Oq yoʻl senga... Litsey bagʻridan tezda
Kemaga hatlading oʻynashgansimon.
Shundan beri sening yoʻling dengizla,
O, toʻlqin, boʻronlar oʻgʻli, jonajon!
Adashgan taqdirla saqlading mangu
Eng yaxshi yillarning ilk xulq-atvorin;
Kuchli tulqin aro eslaysan barin:
Litsey shovqinlari, ermak va kulgu.
Dengizlar ortidan bizga choʻzding kul.
Bizni olib yurding qalbingda faqat,
Deding: «Balki, uzoq xijronga bir yul
Bizni hukm etgan sirli shu qismat!»
Doʻstlar, bizning guruh naqadar koʻrkam!
U yurak singari ajralmas abad.
Ogʻishmas, erkin va beparvo, behal
Doʻstlik ilhomi-la boʻlgan mustahkam.
Bizni tashlamasin qaylarga takdir,
Qayga boshlamasin iqbol charogʻi,
Jahon bizga yotdir, hamon baribir.
Bizning vatanimiz Podsho Qishlogʻi.
Elma-el yurdim men quvgandek yashin.
Shafqatsiz taqdirning izmida qolib.
Yangi doʻstlarimning koʻksiga tolib,
Horgʻin, erkalanib qoʻydim men boshim...
Gʻamgin va isyonkor yolvorib harchand
Ilk yillarning sodda armoni bilan
Men ba’zi doʻstlarga boqdim ixlosmand.
Lek yovuz salomi koʻp achchiq ekan.
Bunda, unutilgan xilvatda, hozir
Sovuq va boʻronli dashtda naqadar
Menga xushchaqchaqlik boʻldi muyassar:
Sizdan uch kishini, doʻstlar, birma-bir
Bagʻrimga bosdim men. O, doʻstim Pushchin,
Badargʻa kulbaga sen kelding ilk bor,
Gʻamgin quvgʻin kunni sen etding shirin,
Sen litsey kunlarin keltirding takror.
Gorchakov, baxtlisan ilk kundan buyon,
Maqtovlar — tasodif dabdabalari
Oʻzgartmadi erkin qalbingni bari:
Sen sha’nu doʻstlarga birdaysan hamon.
Turli yoʻl koʻrsatdi beomon qismat.
Ajrashdik hayotga qoʻyganda qadam:
Lekin soʻqmoq yoʻlda kutmagan fursat
Uchrashdik, qondoshdek quchoqlashdik ham.
Taqdir gʻazabiga boʻlganda duchor,
Yetimdek darbadar, barchaga men yot.
Boʻronlardan boshim xam boʻlib, hayhot!,
Ilhom jarchisiga koʻz tutdim bedor.
Sen kelding ilhomning erinchak oʻgli,
O. mening Del'vigim qalb haroratin
Uzoq uyqusidan uygʻotding, balli.
Tashakkurga koʻmdim butun qismatim.
Yoshlikdan qoʻshiq-la yondik yashirin.
Ajib hayajonga berildik tezda.
Shunda ikki muza kelardi bizga,
Erkalab taqdirni etardi shirin:
Men olqish-qarsaklar zavqini sevdim,
Sen, magʻrur, kuylading ilhom, qalb uchun:
Umrimdan behuda ketdi san’atim,
Dahongni parvarish etding sen sokin.
Mayda mashmashani yoqtirmas ilhom;
Goʻzallik boʻlishi kerak ulugʻvor,
Yoshlik oʻgitlari, ammo koʻp makkor,
Hovlikma orzular etadi xurram...
Bir kun oʻzimizga kelarmiz, biroq —
Kechir. Ortda iz yoʻq qarasak shu payt.
Vil'gel'm, hamqismat va kuychi oʻrtoq,
Biz ham ana shunday boʻlmadikmi, ayt?
Paytidir! Arzimas butun bir jahon
Biz chekkan azobga; tark boʻlsin xato!
Soyaga yashirinib yashaylik tanho!
Kechikkan doʻst, senga koʻzim nigoron,
Kel, sehrli hikoyang otashi bilan
Chin koʻngil naklini jonlantir shu choq;
Soʻzlashaylik Shiller, sharaf va ishqdan,
Kavkaz kunlarini eslaylik uzoq.
Menga ham paytidir... doʻstlar, bazm eting!
Xursand uchrashuvni sezyapman, rosti.
Shoir bashoratin unutmang asti:
Yil oʻtar, siz bilan boʻlarman tagin.
Orzu-armonlarim topadi qaror;
Yil oʻtar, siz bilan boʻlarman tagin,
O qancha hayqiriq, koʻz yosh shashqator.
Qadahlar koʻklarga koʻtarilar shod!
Ilk qadah, lim toʻlsin, oshnalarim, hey!
Doʻstlar sharafiga oq urilsin, oq!
Sen ilhom parisi, dimogʻlari chogʻ,
Baxt-saodat tila: yashasin litsey!
Yoshligimiz doʻsti, pushtipanohi,
Tirikmi, oʻlikmi — barisi uchun
Alamni unutib, olsak qadahni
Yaxshilik, farogʻat yangrar bus-butun.
Lim-lim toʻldirilsin! Shavqlansin koʻngil,
Yana tomchi qoʻymay oq uringiz, oq!
Bu kim uchun? Doʻstlarim, oʻylangiz biroq...
Ura, shohimizga! Shunday! Ichamiz bir yoʻl.
U inson! Hokimdir unga bir nafas,
U shubha, ehtiros. mish mishlarga qul,
Nohaq quvgʻin uchun afv etaylik bas,
Parijni zabt etdi, litsey qurdi ul.
Ichingiz, joʻralar, xamon bunda biz!
Davramiz soatlab nuraydi, evoh!
Birov tobutdadir, birov yetim, oh!
Taqdir shu, soʻlamiz, kunlar oʻtar tez;
Bukchayib, harorat yoʻqolib sekin,
Yaqinlashmoqdadir hayot qirgʻogʻi...
Bayram etar ekan kim litsey kunin
Oʻzi yolgʻiz qolib keksaygan chogʻi!
Baxtsiz oshno! Yangi avlodlar aro
Begona, ortiqcha, hasratli mehmon,
Koʻllari qaltirab koʻz yumib chunon,
Bizni, bu kunlarni eslar benavo...
U qadah koʻtarib, mayli, bu kuni
Rohatla oʻtkazsin mungli boʻlsa ham,
Xuddi men quvgʻindi, bir tutqun uni
Oʻtkazganim kabi betashvish, begʻam.
1825
Ramz Bobojon tarjimasi


Qish Oqshomi

Boʻron, zulmat osmonni tutar,
Qor-quyunni qiladi oʻyin,
Dam hayvonday boʻkirib oʻtar,
Dam goʻdakday yigʻlar, berar un,
Eski tomdan poxol tortadi —
Guvlab, birdan soladi shovqin.
Darchamizni kelib qoqadi —
Dam kech qolgan yoʻlchiday yupun.
Koʻhna kulbam, kichkina uyim
Ham gʻamgin, ham zulmat qoʻynida
Sen nimaga, bechora buvim,
Jimjit qolding oynak yonida?
Charchatdimi boʻron uvlashi,
Zerikdingmi, buvim, yo esa?
Yo, mudratgan duging tovushi,
Horidingmi yoki boʻlmasa?
Kel, ichaylik, mehribonginam,
Shoʻrlik yoshligimning hamrohi,
Qadah qani, yondiradi gʻam,
Kel, ichaylik, ketsin dil ohi.
Kuyla menga, qushcha tashvishsiz
Nechuk yashar dengiz ortida?
Kuyla, nechuk sohibjamol qiz
Suvga kelar sahar paytida?
Boʻron, zulmat koʻk yuzin tutar,
Qor-quyunni qiladi oʻyin.
Dam hayvonday boʻkirib oʻtar.
Dam goʻdakday yiglab chekar un.
Kel, ichaylik, mehribonginam,
Shoʻrlik yoshlik chogʻlar hamrohi,
Qani, qadah, yondiradi gʻam,
Kel, ichaylik, ketsin dil ohi.
1825
Mirtemir tarjimasi


Boʻron

Hayqirgan boʻronda, zulmat ichida.
Qirgoqlar-la oʻynab yotganda dengiz,
Oppoq libos kiygan, toʻlqin ustida
Qoyatosh uchida koʻrdingmi bir qiz;
Koʻrdingmi, chaqmoqlar yarqirab turib
Hardam yoritganda uni qizgʻishroq,
Shamol tinmay, oʻzin haryonga urib,
Uning oʻrtugi-la ucha ketgan choq!
Boʻron zulmatida koʻrkamdir dengiz,
Ham zangor jilosiz yarqirar osmon;
Ammo, oʻsha qoya ustidagi qiz
Toʻlqindan, osmondan xam,
Dahshatli boʻrondan ham —
Chiroyli, inon!
1825
Mirtemir tarjimasi


Sten'ka Razin Haqida Qushiqlar

1

Volga koʻz ilgʻamas, oqadi yoyiq,
Yuzib borar unda tik tumshuq qayiq,
Qayiqning ichida eshkakchilari —
Kazak yigitlari — mard, yovqur bari,
Uchida xoʻjayin oʻzi oʻltirar,
Bahodir Sten'ka Razin oʻzi bor.
Uning qarshisida chiroyli bir qiz.
Eron malikasi, koʻrkam asir qiz.
Boqmas malikaga Sten'ka Razin,
Ona-Volga tomon qadagan koʻzin:
«O, sen. bor boʻl, Volga — mehribon ona!
Goʻdaklikdan ichdim suv qona-qona,
Allalab uxlatding uzun tunlarda,
Qanchalar tebratding shoʻx toʻlqinlarda,
Men yigit uchunmi mudramading sen,
Elimga yaxshilik ayamading sen.
Senga biz qilmadik hali hech siylov».
Shunda sakrab turdi Razin — qoʻrqinch dov.
Eron malikasin dast koʻtardi-yu —
Toʻlqinlarga otti. Botdi u suluv,
Shu bilan bosh egdi ona daryoga.

2

Yurdi Razin u zamon —
Astraxan' shahri tomon,
Yurgizar savdo-sotiq,
Talab qila boshladi
Voyevoda koʻp tortiq.
Berdi Razin ayamay
Shildiragan kimxoblar,
Parcha gulli koʻp mato,
Ham yaltiroq zarboflar.
Voyevola unamas,
Talab qilar poʻstinlar.
Poʻstini qimmatbaxo:
Yap-yangi etaklari,
Bittasi qunduz yoqa,
Bittasi nuqul sarsar.
Unga Sten'ka Razin
Bermadi poʻstinlarin.
«Ber, Sten'ka Razin, ber,
Yaxshilikcha yechaver.
Bersang, berganing — qulluq;
Bermasang, naq koʻrasan,
Haydayman taqir choʻlga.
Osgayman yashil tolga,
Osilarsan oʻlarsan —
It poʻstini kiyarsan».
Shunda Sten'ka Razin
Botdi chuqur xayolga:
«Xoʻp, mayli, voyevoda.
Ola qol poʻstinimni —
Pasaytir shovqiningni».

3

Bu — na ot dupuri, odam gavgosi.
Na ovloq dashtlarda karnay sadosi.
Boʻkirgan, oʻshqirgan — bu havo, dovul.
Gurkirar toʻlqinlar, qoplanar ung-soʻl.
U meni, Razinni chorlar qoshiga,
Chaqirar koʻk dengiz tomoshasiga:
«Sen, tanti er yigit, abjir yoʻlbosar,
Sen, sarson qaroqchi, kayfi chog qaysar
Sen uchqur qayiqqa darrov oʻtirgin,
Yoyib boʻz yelkanni yel tomon burgin,
Sen jadal yur yashil dengiz oralab,
Men haydab kelaman uch kichik korabl':
Birinchi kemada oltin toʻladir.
Ikkinchida nuqul kumush boʻladi.
Uchinchisida jonon bir qiz keladi».
Mirtemir tarjimasi


Paygʻambar

Ruhiy tashnalikda horgʻin, sargardon,
Zulmat sahrosida koʻp sanqib yurdim.
Ham olti qanotlik farishta koʻrdim —
Ikki yoʻl ustida boʻldi namoyon.
Yengil barmoqlari — yengil tush kabi
Koʻzu kiprigimga toʻqinib oʻtdi,
Bashorat nuri-la charaqlab ketdi —
Seskanib, koʻz ochgan burgut qush kabi.
Quloqlarimga ham tegib oʻtdi u,
Boʻldi quloqlarga sado va shov-shuv;
Tuydim men — larzada edi osmon,
Malaklarning baland uchishin koʻrdim.
Dengiz maxluqlari yuzishar chunon,
Vodiylarda koʻkan soʻlishin koʻrdim.
U mening ogʻzimga yopishdi shu dam,
Gunohkor tilimni sugʻurib oldi,
Kazzob, safsataboz edi tilim ham.
Jonsiz ogzim ochib, oʻrnata qoldi —
Hikmatli ilondan olib zahar til.
Qonli qoʻli bilan darrov isrofil.
Qilich-la siynamni etib choku chok,
Titroq yuragimni yulib oldi u,
Yolqinlangan koʻmir choʻgʻini shu choq
Siynayi poramga joylay qoldi u.
Dashtda yotar edim murda misoli,
Vahiy tushdi koʻkdan — tangri maqoli:
«Qoʻzgʻal, ey paygʻambar, menga quloqsol,
Irodam-la toʻlib haqlik taratgil,
Dengizda, tuproqda aylan, ayt maqol,
Soʻz aytib insonlar qalbin yoqa bil.
1826
Mirtemir tarjimasi


Enagamga

Ogʻir kunlardagi yagona hamdam.
Ey mening suyukli, keksa enagam!
Xilvat qaragayzor goʻshasidasan.
Koʻpdan buyon meni yolgʻiz kutasan.
Oʻz uying oynasi yonida hamon —
Kuyib-oʻrtanasan vaqt oʻtgan sayin.
Ajin bosgan qoʻllar qimirlar biyron,
Ohista toʻqiysan sira qoʻymayin.
Unutilgan eshik sari qaraysan,
Yiroq, xilvat yoʻlga tikasan koʻzing.
Gʻussa, andishaga dilni oʻraysan.
Kukragingni ezar, sargayar yuzing.
Kuzingga koʻrinar, nogahon…
1826
Mirtemir tarjimasi


* * *
Arzanda sipoxlar ichida boyar
Shohlarning fikrini oʻzga jalb etib -
Kulgi, koʻz yoshlarni egallab mohir,
Achchiq haqiqatga yolgonni chatib,
Utmaslangan tigni qitiqlar, izlar,
Boyarni shon-shuhrat sari gijgijlar.
Ularning bazmiga oʻzi bir savlat,
Baland maqtovlarga etadi diqqat.
Tingla zinalarda xalq, u olomon
Vazmin eshiklarning ortiga kelib,
Malaylar itargan holda tiqilib,
Narida kuychini tinglaydi shu on.
1827
Ramz Bobojon tarjimasi


Zar Bilan Xanjar

«Hamma narsa menikidir»,— dedi zar;
«Hamma narsa meniki»,— dedi xanjar.
Zar dediki:— «Barin sotib olaman»;
Xanjar dedi:— «Barin tortib olaman»
1827-1836
Rustam Komilov tarjimasi


* * *
Kuylama yonimda, o, sohibjamol,
Gruziyaning gʻamgin qoʻshigʻin, hayhot,
Kuylasang, yodimga tushadi darhol
Yiroq sohil va oʻzga hayot.
Hayhot, hech shafqat yoʻq bu qoʻshigʻingda,
Xotirimga solar olis sahroni,
Ham oydin kechada — oy yorugʻida
Yiroqdagi qizni — shoʻrlik siymoni...
Aziz, ma’sum xayol chiqar yodimdan,
Unutilar seni koʻrganda, dildor,
Sen kuylaysan, tagʻin men koʻz oldimda
Tasavvur kilaman oʻshani takror.
Kuylama yonimda, o, sohibjamol,
Gruziyaning gʻamgin qoʻshigin, hayhot,
Kuylasang, yodimga tushadi darhol
Yiroq sohil va oʻzga hayot.
1828
Mirtemir tarjimasi


Anchar

Xasis tuproq, namsiz, giyoxsiz.
Kunda qovjiragan biyobon,
Shunda turar, yer uzra yolgʻiz,
Anchar — goʻyo dahshatli posbon.
Tashna choʻlda tabiat uni
Gʻazabli bir kunla tugʻarkan,
Shoxlardagi oʻlik bargini,
Tomirin zaxrila sugorgan.
Zaxar silqib tomib poʻstlogʻidan
Kun taptida erib oqadi,
Kuyulib kunbotar chogʻida
Musaffo mum boʻlib qoladi.
Yaqinida qush qoqmas qanot.
Undan hatto yoʻlbars xam qochar.
Gox duch kelib qora girdibod
Ajal hidin taratib uchar.
Namlab oʻtsa bir daydi bulut
Uning nursiz qora yaprogʻin,
Shoxlaridan zaxarday boʻlib
Oʻtli qumga sachraydi yogʻin.
Ammo unga odamni odam
Yoʻlladi hukmron nazar-la,
Itoat-la yoʻl oldi u xam.
Ertasiga qaytdi zaxar-la.
Ajal mumin keltirdi odam,
Ham barglari soʻlgan bir butoq,
Rangsiz, sovuq peshonasidan
Ter oqardi, goʻyoki buloq.
Keltirdi-yu, boʻldi bemajol.
Chayladagi xasga yetdi-da,
Bechora qul shunda berdi jon
Hukmdorning oyoq ostida.
Knyaz' esa oʻqlar nishiga
Bu zaxarni surkab bir mahal.
Shu oʻq bilan oʻz qoʻshnisiga —
Yot ellarga yogʻdirdi ajal.
1828
Asqad Muxtor tarjimasi


Gul

Qurigan, xidi yoʻq, unutilgan gul —
Kitobni ocharkan koʻrib qoldim men.
Gʻalati xayolga toʻldi-da koʻngil,
Parishon termulib, turib qoldim men:
Qayerda va qachon, qaysi baxorda -
Gullagan? Uzoqmi? Kim uzdi ekan?
Yot qoʻlmi, tanishmi uzgan naxorla.
Nima uchun bu yerga qoʻydi ekan?
Nozik bir visolning esdaligimi.
Yoki shum ayriliq — firoq yodgori?
Yoki tinch saxroda, oʻrmon soyasida
Yolgʻiz sayr, tomosha xotiralari?
Tirikmikan yigit, tirikmikan qiz?
Shu paytda ularning qayda goʻshasi?
Yoki shu qurigan — soʻlgʻin, belgisiz
Gul kabi soʻldimi xar ikkalasi.
1828
Mirtemir tarjimasi


Qish Ertasi

Naqadar ajoyib kun; ayoz va oftob!
Hali sen uyquda, goʻzal mohitob -
Latofatli doʻstim. paytidir, uygon;
Ochgil nozli suzuk koʻzlaring sekin,
Shimol Avrorasi qarshisida sen
Shimol yulduzidek boʻlgil namoyon!
Yodingdami, oʻtgan oqshomgi quyun,
Xira koʻkni zulmat qoplaydi butun;
Osmonla nimrang chog oy kabi suzar,
Sargayib boqardi bulutlar aro.
Sen ham oʻltirarding gamgin, bemano —
Bugun esa... oynadan tashlagil nazar;
Quyosh nurlaridan tovlanib ming bor,
Serhasham gilamdan yotar oppoq qor,
Cheksiz moviy osmon ostida koʻrkam,
Qorayib koʻrinar shaffof bir oʻrmon,
Yam-yashil archalar unda bepoyon,
Muzlarning tagida yarqirar suv ham.
Yop-yorug turardi butun bir xona,
Kahrabo nuridan berib nishona.
Charsillab yonardi pechdagi oʻtin,
Mazza xayol surish yotib urinla,
Ammo bilasanmi: chanaga shunda
Boʻz otni kushishni amr kilaymikin?
Ertalabki qorda sirganib, tolib.
Uchqur ot jilovin juda boʻsh qoʻyib,
Aziz doʻstim, yelib boramiz shaxdam,
Kezamiz boʻshagan dalalar sari,
Kun-kecha barglari quyuq oʻrmonni,
Men uchun qadrdon sohillarni ham.
1829
Ramz Bobojon tarjimasi


Vidolashuv

Xayolimda dilkash qiyofang
Erkalayman bukun soʻnggi bor.
Qalbda umid uygotib arang,
Qoʻrkoq, gʻamli huzur-la sevging
Eslamoqni qildim ixtiyor.
Oʻtib borar umrimiz, yillar —
Oʻzgartirib har ikkimizni,
Endilikla shoirga sendan
Sovuq qabr epkini yelar,
Va sen uchun shoir ham soʻngan.
Yuragimning soʻnggi vidosin
Qabul etgin, e yiroq jonon:
Goʻyo beva qolgan bir xotin,
Joʻnatarkan quvgʻinga doʻstin,
Sukut ichra quchgan doʻstsimon.
1830
Zulfiya tarjimasi


Oʻsmirga

Sovuq dengiz soxilida toʻr yoymoqda baliqchi;
Bola unga qarashmoqda. Baliqchini qoʻy, oʻsmir,
Seni oʻzga istiqbollar, oʻzga tashvishlar kutar;
Sen aqllar ovlagaysan, qarashgaysan shohlarga.
1830
Asqad Muxtor tarjimasi


Shoirga

Shoir! Xalqnipg mehriga xech tikib yurma koʻz!
Maqtovlarning oʻtajakdir oniy shovqini,
Eshitarsan galvars toʻda hukmini ma’yus.
Qoim boʻlu, osuda tut koʻngil lavhini.
Sen podshosan: tanxo yasha. Erkka burib yuz,
Hur idrok-la topa bilgil hurlik zavqini,
Ardoqlagil xush oʻylaring samar-sha'qini.
Mardliging-chun exson kutma, ochma bunlan soʻz
Oʻzingdadir exson bori. Sen oliy xakam.
Qattiqqoʻlsan oʻz-oʻzingga sen barchadan xam.
Koʻngling toʻqmi yozganingdan. ey soxibkamol
Koʻngling toʻqmi? Mayli, avom koyisa uni.
Bulgasa-yu, sha’ning yongan mehrob yuzini.
Minbaringni oʻyin qilsa bolalar misol.
1830
Muhammad Ali tarjimasi


Aks Sado

Oʻkirarmi oʻrmonda xayvon,
Chalinarmi burgu nogahon,
Guldurarmi momaqaldiroq,
Kuylarmi qiz adirda nogox,
Mayli, qanday un,—
Sen qoʻshasan javob. aks sado,
Havoda toʻlqin.
Gulduraklar guldurashiga,
Toʻlqinlarning gurkirashiga.
Boʻronlarga solasan quloq.
Ham choʻponlar hoy-hoy tovushiga
Javob hozir;
Senga javob — un yoʻq... Oʻshandoq
Sen xam, ey shoir!
1831
Mirtemir tarjimasi


Bulut

Boʻronda tarqalgan, ey soʻnggi bulut!
Yolgiz sen chopasan koʻkda shu minut;
Yolgʻiz sen tashlaysan mungli koʻlanka,
Shodmon kunda gʻamgin yolgʻiz sengina.
Boya sen kurshovding osmon yuzini,
Oʻrovdi dahshatli chaqin oʻzingni;
Sen — sirli, vahmali guldiradingu,
Tashna yer qoʻyniga toʻldi yomgʻir-suv.
Bas, boʻldi, tarqalgin! Fursating oʻtdi,
Yer salqin va toza; boʻron ham ketdi.
Shamol ham erkalar tol barglarini,
Tinch koʻkdan nariga haydashdi seni...
1835
Mirtemir tarjimasi


* * *
...Yana keldim
Yorugʻlikning bu goʻshasiga,—
Sezilmagan u ikki yilni
Kuvgʻinlikda kechirgan joyga.
Oʻn yil oʻtdi oʻshandan beri,
Mening uchun ushbu xayotda
Koʻp oʻzgarish boʻldi. Uzim xam
Boʻysunib bu umum qonunga,
Oʻzgargandim,— bu yerda tagʻin
Oʻtmish quchar daf’atan meni.
Kecha yurdim shekilli sarson
Bu tolzorda...
Mana gʻarib uy —
Enagam-la bunda yashardim.
U yoʻq endi, devor ortida
Eshitilmas ogʻir qadamlar,
Kechalari boshim ustida
Oʻtirmaydi boʻlib parvona...
Mana tolzor tepa, koʻpincha
Qimirlamay oʻtirardim men.
Boqar edim koʻlga shu yerdan —
Eslar edim xasratga choʻmib,
Oʻzga qirgʻoq va toʻlqinlar...
Oltin dala, yashil sayxonlar;
Oʻrtasida yoyiq, koʻm-koʻk koʻl;
Ajib suvi uzra baliqchi
Sudrab yuzar toʻzgan toʻrini.
Yon bagʻrida, koʻl qirgʻogʻida
Koʻrinadi tarqoq qishloqlar.
Undan nari qiyshiq tegirmon —
Qanotini zoʻrgʻa koʻtargan.
Aylanadi shamol zarbida.
Bobo mulki chegarasida.
Toqqa tomon yoʻl chiqqan joyda
Yomgʻir yuvgan uchga qaragay.
Biri turar tanho narida.
Ikkisining orasi yaqin;
Oydin, yorugʻ kecha qoʻynida
Men oʻtganda bular yonidan,
Barglarining shitirlashlari,
Tanish sado qutlagan meni...
Oʻsha yoʻldan oʻtdim yana men.
Yana koʻrdim qaragʻaylarni.
Koʻz oldimda... Xamon oʻshalar,
Oʻshalarning oshna sharpasi.
Ammo, koʻxna ildizlarining
Yon-verida yaydoq yerlarda
Yosh novdalar oʻsipti xozir,
Toʻp yashillik; qalin shoxlari -
Soyasida choʻzishibdi boʻy.
Goʻyo uning bolalariday...
Narida bu qaragaylarning
Bitta doʻsti xoʻmrayib turar,
Eski boʻydoq, soʻqqabosh tanxo
Ilgari bir koʻrganim kabi
Aplanasi boʻsh.
Salom, salom —
Ey, notanish navqiron nasl
Men koʻrmasman sening qudrating
Kamoloting soʻnggi zamonda
Menga oshna qaragʻaylardan
Yuksalganda, oʻzib oʻtganda;
Menga oshna qaragaylarning
Boshlariga soya toʻkkanda,
Utganlardan berkitganingda,
Men koʻrmasman. Biroq nevaram
Doʻstona bir suxbatdan qaytib.
Xursand. shirin fikrga toʻlib
Yoningizdan tunda oʻtganda,
Salomlashgan shovqiningizni
Eshitar va xotirlar meni...
1835
Mirtemir tarjimasi


Petr Birinchining Bazmi

Kemalarning rang-barang tugi,
Hilpiraydi Nevada uzoq;
Eshkakchilar ahl qoʻshigʻi
Qayiqlardan tarqalar yangroq,
Shox qasrida katta ziyofat;
Mehmonlar mast, soʻzda shov-shuv bor.
Toʻp otishdan Neva ham behad
Zilzilaga keldi shiddatkor.
Nega bunday bazmu ziyofat
Berar ekan Piterburgda shox?
Toʻp oʻkirar jamuljam ulfat,
Eskadra daryoda nogoh?
Yangi shon-la nurga toʻldimi.
Rus nayzasi, rusning yalovi?
Gʻaddor shved maglub boʻldimi?
Sulh soʻrarmi qattol bir yovi?
Yo shvedni quvlagan elga
Brant qurgan koʻxna bot keldi,
Bobosini kutgali yoʻlga —
Bir oila yosh flot yeldi,
Va jangovar nabiralar xam
Shu keksaning yonida turdi,
Fan sharafi uchunmi shu dam
Qoʻshiq yangrab, toʻplar oʻkirdi?
Yo Poltava shonli yilligin
Zoʻr tantana qilarmi shodon,
Rus podshosi davlatin, elin
Shu kun Karldan saqlagan omon;
Yo tugʻdimi Yekaterina?
Yo qora qosh, suluv xotini,
Moʻ’jizalar kashf etgan siyna,
Tugilganmi oʻzi shu kuni?
Yoʻq! Afv etar u fuqaroni;
Gunohkorga quyib zoʻr gunoh,
Xursandchilik etar bu oni;
Koʻpiradi u bilan qadax,
Qalb va yuzi sochar edi nur,
Manglayidan oʻpadi mana;
Yovni magʻlub etgandek magʻrur,
Afv etganin qilar tantana.
Shuning uchun bu ulfat, shovqin,
Piterburgda shoh bazm qurar,
Toʻy oʻkirar, muzika butun,
Eskadra daryoda turar,
Shuning-chun bu quvonchli soat
Shohona jom toʻla, jarangdor,
Toʻp otishdan Neva ham behad
Zilzilaga keldi shiddatkor.
1835
Ramz Bobojon tarjimasi


* * *

Exedi Monumentum

Qoʻl bilan tiklab boʻlmas haykal qoʻydim oʻzimga.
Xalqning kelar yoʻlini maysa-oʻtlar qilmas band:
U magrur qad koʻtardi bosh egmasdan ta’zimga.
Aleksandr qubbasidan ham baland.
Yoʻq, butunlay oʻlmayman — qalbim yashar liramda,
Tuprogʻim-la chirimay, yashaydi u to abad.
To biron shoir-poir qolar ekan olamda,
Meni sira tark etmaydi shon-shuhrat.
Ovozim-la chulgʻanur poyoni yoʻq ulugʻ Rus',
Undagi barcha ellar meni yodlaydi har dam.
Magrur slavyan nasli, bugungi avom tungus,
Fin xalqiyu dashglar doʻsti qalmoq ham.
Uzoq zamon xalq mehriga boʻlajakman musharraf,
Chunki, rubobim bilan ezgu hislar tugʻdirdim.
Shu yovuz zamonamda kuyladim erkni maqtab,
Xor-zorlarga achinmoqqa chaqirdim.
Tangri hukmidan chiqma. ey ilhomim parisi,
Ranjida xotir boʻlma, toju gulchambardan kech,
Loqayd qabul eta ber madhu tuhmat barnsin.
Ahmoq bilan esa oʻchakishma hech.
1836
Ramz Bobojon tarjimasi


San’atkorga

Ham hazin, ham shod kiraman korxonangga, san’atkor:
Marmar senga itoatchan, gipsga jon berasan:
Qancha xudo, malak, botir... Zevs — chaqmoq tangrisi
Mana Satir nay chaladi yer tagidan tikilib.
Ishni boshlab bergan Barklay, shon keltirgan Kutuzov.
Bu Apollon — orzu-umid, Niobeya — gʻam-gʻussa...
Shodman. Ammo shuncha jonsiz moʻ’tabarlar ichida
Xafaholman: yonginamda yoʻqdir mshribon Del'vig;
San’atdoʻsti, kengashchisi qora goʻrda yotipti.
Boʻlsa Seni quchar edi! Faxr etardi sen bilan!
1836
Asqad Muxtor tarjimasi


She’r Toʻquvchi Doʻstimga

Arist! Sen xam koʻplarday topinibsan Parnasga!
Tez egar urmoqchisan asov. qaysar Pegasga:
Gultoj uchun shoshasan xavf-xatarga boqmasdan,
Beayov tanqid bilan jang boshlaysan qoʻrqmasdan!
Arist, menga ishonu, qogʻoz, qalamdan voz kech;
Soy, oʻrmon, mozorlarni olmagin yodingga xech;
Shumshuk tizmalar toʻqib, ishqda yonmay qoʻya qol;
Togʻdan qulamay turib, tezroq pastga tuishb ol!
Sensiz xam shoirlar koʻp, tagʻin chiqar, boʻlmas kam,
She’rlari nashr etilaru darrov unutar olam.
Ehtimol, shu topda xam shovqin-surondan yiroq,
Tentak bir havas bilan umrbod boʻlib inoq.
Maktabning panasida yashiringandir bironta.
Yangi «Telemaxnoma» ulgʻaytar oʻzga ota...
Bema’ni tizmachilar taqdiridan qoʻrq zinxor,
Bemaza she’rlar toʻqib berishar bizga ozor!
Avlodlar hurmatiga shoirlardir sazovor:
Pindda gultoj moʻl, lekin chaqirtikanak xam bor.
Sharmanda boʻlishdan qoʻrq! Gap yetib Apoldosha,
Ma’lum boʻlsa sening xam chiqqannsh Gelikosha,
Jingalak sochli boshin chayqab turib, dargʻazab,
Sening daxongga kaltak siylov qilsa, ne ajab.
Qalay? Qovogʻing soliq, javob aytishga shaysan.
Bilamanki: «Ortiq gap ne xam darkor.-— degaysan.
Men ra’yidan, soʻzidan qaytuvchilardan emas.
Bilgil. baxtim yor boʻlib, rubob tanladimmi, bas;
Olam, mayli, deyversin men toʻgʻrimda ne desa,
Achchigʻlan, koyi, baqir,— yozaman she’r men esa».
Arist! Qofiyaboz — bu shoir degan gap emas,
Tinmay yozganing bilan birov uni she’r demas.
Yaxshi she’r yaratmoqlik oson emas unchalik,
Ya’ni fransuzlarni Vitgenshteyn yenggunchalik!
Ammo rus elin faxri — uch san’atkor, uch ustoz,
Dmitriyev, Derjavin, Lomonosov — uch shovvoz —
Koʻp donishmand boʻlishgan va bizga qilgan xitob;
Dunyoga kelar-kelmas oʻladi qancha kitob!
Qofiyabozlar talay, safsata yaratadi,
Kitob doʻkonlarida bari chirib yotadi;
Puch gaplarni kim oʻqir, qolib ketar hammasi,
Hammasiga bosigʻliq Febning la’nat tamgʻasi!
Faraz qilaylik, Pindga chiqib olarsan xushbaxt.
Shoir atalishga xam xaqli boʻlarsan u vaqt,
Zavq bilan oʻqimoqqa tushar seni el butun.
Lekin sen oʻylaysanki, shoir boʻlganing uchun
Oqib kela beradi boyliklar daryo-daryo,
Mamlakat senga qaram boylik zoʻridan goʻyo,
Poʻlat sandiqlaringda saqlanar oltin, kumush,
Yeb-ichasan, uxlaysan, osoyishta — koʻngil xush!
Shundaymi?! Yoʻq, azizim! Shundaymas, bari bekor;
Yozuvchi manglayida na marmar koshona bor,
Na oltin toʻla sandiq!.. Shoir boy boʻlmas bundoq:
Yer tagida yertoʻla, baland tashlandiq chordoq —
Mana yozuvchilarda koshona, yorugʻ zallar,
Shoirni hamma maqtar, lekin boqar jurnallar;
Fortuna gʻildiragi yondoshmaydi butunlay,
Dunyoga yupun kelib, Russo oʻldi yupunday.
Gadolar kunatgʻasi Kamoens yotogʻida,
Kostro' oʻlib ketgan allakim chordogʻida,
Allakimlar koʻmdilar: ular kechirgan turmush -
Qaygʻulardan iborat; yuksak donglari — bir tush!
Chamamda sen shu mahal botding andak xayolga:
«Oʻzi nima gap,— deysan,— oʻxshab naq Yuvenalga,—
Jiddiy hukmlar aytding, nom-banom, boʻlak-boʻlak,
Poeziya haqida fikr yurgizding andak;
Parnas hamshiralarin gapga unatolmayin.
She’riy va’z aytish uchun kelibsan-da atayin?
Jinnimisan, sogʻmisan? Nima boʻldi oʻzingga?»
Arist, koʻp gap ne hojat, javobim shu soʻzingga:
Esga tushdi, qishloqda yashar edi bitta chol,
Oʻzi xudojoʻy edi, oqargandi soch-soqol,
Qoʻni-qushnisi bilan totuv edi. toʻq edi,
Undan oʻtar donishmand shu atrofda yoʻq edi.
Bir kun nikoh toʻyidan kelar edi kech oqshom,
Andakkina mast edi, boʻshatgandi talay jom,
Yoʻl-yoʻlakay duch keldi bir talay sodda dehqon:
«Gunohkor bandalarmiz, yoʻl koʻrsatgin, taqsirjon.
Gap shuki, bizga-ku sen ichgani yoʻl bermaysan.
Hushyorlikka undaysan, buyurasan, tergaysan,
Biz senga ishonamiz; bugun sen oʻzing, lekin...»
«Toʻxtang,— dedi xudojoʻy qishloqilarga sekin,—
Umr koʻring, cherkovda aytganimdan jilmang hech.
Aytganimni qilingu, qilganimni qilmang hech!»
Senga ham mana shunday javob berishim darkor,
Oʻzimni oklamoqchi emasman zinhor, zinhor:
Baxtlidir she’r toʻqishga havasi yoʻq har kishi,
Umrini oʻtkazar tinch, boʻlmas gʻami tashvishi.
Ketma-ket oda yozib, jurnallarga qilmas jabr,
Badiha ustida oylab oʻtirmas, besabr,
Sayr qilishni yoqtirmas u yuksak Parnasda ham,
Izlamas pok muzalar, uchmas shoʻx Pegasda ham,
Qalam tutgan Ramakov unga mudhish soʻz demas,
U — tinch ham xushvaqt. Arist, chunki u shoir emas!
Lekin gap choʻzildi-ku, zeriktirmayin, deyman,
Satirik qalam bilan azob bermayin deyman,
Azizim, gapim adoq, kengash berdim sen uchun.
Nayingni chalasanmi, yo yoʻq — hal etgin bugun?..
Oʻylab koʻr, qaysi ma’qul, oʻzing saylagin, biroq:
Dovruq olmoq yaxshi-ku, tinch yashamoq yaxshiroq!
1814
Mirtemir tarjimasi


Judolik

Soya-salqin litsey xilvatgohi,
Ulfatimiz she’rlarimni tinglar soʻnggi bor.
Litsey hayotining dilkash hamrohi.
Bu — sen bilan soʻnggi lahza koʻrishmoq diydor,
Birgalik yillari qoldi orqada:
Ahil ulfatimiz tarqalar.
Xayr! Omonda asragay xudo,
Oʻz erkingdan boʻlmagin judo.
Febdan ham ajrama, aziz birodar!
Umidli, kuvonchli, totli muhabbat,
Men koʻrmagan sevgi mahringga tushsin:
Umringning kunlari osoyish va baxt
Qoʻynida tush kabi uchib oʻtishsin!
Xayr! Qayda boʻlsam: qonli jangdami,
Aziz daryo boʻyi, tinch yalangdami,
Muqaddas doʻstlikka sodiqman har vaqg,
Barcha (taqdir eshitarmi tilaklarimni?)
Barcha doʻstlaringga yoʻldosh boʻlsin baxt!
1817
Asqad Muxtor tarjimasi


* * *
Yaxshi qol, qadrdon yashil oʻrmonzor!
Yaxshi qol, qaygʻusiz dala quchogʻi!
Siz ham, ey tez uchgan xushvaqt baxtiyor
Kunlar — yengil qanot ermaklar chogi!
Xayr, Trigorskoye, shodmon hayotim,
Mudom xushvaqt kutgan sevikli diyor!
Sizga oʻrgandim men, tuzingiz totdim,
Nahot, ayrilaman manguga takror.
Sizdan esdaliklar olib ketaman,
Lekin qoldiraman sizga bu qalbim.
Bir kun (shirin xayol!) — tagʻin qaytarman
Orombaxsh dalangiz qoʻyniga, balkim.
Yurarman joʻkazor soyalarida,
Men doʻstona erkka bosh eguvchiman,
Qiya tepalarning oralarida —
Aql,goʻzallikni xoʻp sevguvchiman.
1817
Mirtemir tarjimasi


Chaadayevga Atab

Sevgi, umid, jimjit shon ushoqlari
Ermak boʻlolmadi bizga koʻp zamon,
Oʻtdi yoshligimiz ovunchoqlari
Goʻyoki tush, goʻyo tongdagi tuman:
Ammo yonar hali bizda ishtiyoq,
Yovuz bu saltanat qilsa hamki jabr,
Qalbimiz talpinar betoqat, besabr.
Vatan da’vatiga solamiz quloq.
Oshiq yigit shirin visol damini
Zoriqib kutganday, boʻlib nigoron —
Muqaddas ozodlik minutlarini
Ishonch-la kutamiz entikib hamon.
Qali erk maylida yonar ekanmiz,
Yurak hayot ekan nomusga-shonga:
Doʻstginam, vatanga jonni tikkanmiz,
Koʻngil orzulari fido oʻshanga!
Ishon. shubha qilma, kelar u zamon,
Balqar baxt yulduzi — dilbar va porloq!
Rossiya uyqudan uygʻonar, inon,
Shohlik vayronasi ustiga, oʻrtoq,
Yozilajak bizning nomlar begumon.
1818
Mirtemir tarjimasi


N. N.

«
V. V. Engel'gardtga
»
Eskulapga chap berib qoldim,
Oriqman, taqirbosh, lekin salomat;
Azob panjasidan qutulib oldim,
Boshginamdan ketdi ogʻir malomat;
Priapning quvnoq hamrohi sogʻliq
Ham uyqu, ham farogʻatli dam
Yana xuddi ilgarigidek,
Oddiy, tor kulbamga qoʻydilar qadam.
Kel, chala bemorni yupatgin sen xam!
U seni koʻrmakka juda intizor,
Seni, qonunlardan xolis, baxtiyor,
Pindning tanbal fuqarosini.
Ozodlik va Vakxning sodiq farzandi.
Veneraning muxlis dilbandi,
Ayshi farogatning sohibi, seni!
Poytaxtning bekorchi tashvishlariyu
Nevaning sop-sovuq goʻzalligidan,
Nodonlarning chirkin mish mishlariyu
Shuncha xil ziqnalik bezorligidan
Qoʻrgʻonlar, oʻtloqlar chorlaydi meni.
Boqchalarning yashil salqini,
Dala-dashtda daryo sohili
Va erkin qishloqlar chorlaydi meni.
Qoʻlingni ber. Boraman oʻzim
Gʻamgin sentabrning avvallarida:
Yana birgalashib quramiz bazm,
Bu yerning pattalik malaylaridan.
Tentagidan, amaldoridan
Ochiq koʻngil bilan soʻzlab qolarmiz.
Soʻzlarimiz osmon hukmdoridan,
Goho yerdagisin tilga olarmiz.
1819
Asqad Muxtor tarjimasi


* * *
Kunduz mash’alasi sekin soʻnarkan,
Zangor dengizga tushar kechalik tuman.
Shovqin sol, shovqinlar sol, itoatli oq yelkan,
Toʻlqinlar ot tagimda, gʻazabnok okean.
Koʻzimga koʻrinadi olis u qirgʻoq.
Janub dalalari — sehrli diyor:
Gʻussaliman, joʻshqinman, shodman bu choq,
Meni sarxush etgulik xotiralar bor...
Payqayman: koʻzlarimda yana yosh koʻrinadi;
Oshna xayollarim uchishar aylanamda;
Qalbim bir tugʻyon etib yana darrov soʻnadi.
Kechmish, u tentak sevgi esga tushar bu damda —
Sayoq yillar, butun gʻam, suyukli har ne borkan,
Orzular, umidlarim aldagani beomon...
Shovqin sol, shovqinlar sol, itoatli oq yelkan,
Toʻlqinlar ot tagimda, gʻazabnok okean.
Kema, uch, yetkaz meni tezroq u olis yoqqa;
Aldoqchi zoʻr dengizning taxlikali maylicha,
Yondasha koʻrma faqat gamgin — tanish qirgoqqa,
Tumanli vatanimga yondasha koʻrma picha,
Qaynoq hirsim dastavval yolqinlar ila tulgan,
Sezgim va orzularim oʻtlay yongan yerlarga.
Nozli muzalar sirli va yumshoq kulgan,
Suzuk boqishlarini bagishlagan yerlarga, —
Yaqinlashma, yondashma yoshligim tor-mor qilgan,
Boʻronlarda ertaroq soʻlgan, soʻngan yerlarga.
Yengil qanot sevinchim menga vafosiz boʻlgan,
Yuragim sovuq hasrat-gamda qolgan yerlarga...
Men yangi taassurot izlagan yoʻlovchiman.
Sizdan qochdim vatanim — suyukli aymoqlarim;
Sizdan qochdim, ey, faqat zavq-shavq allalagan,
Bir damlik yoshlikdagi bir damlik oʻrtoqlarim,
Siz ham ey, muhabbatsiz oʻzimni qurbon etgan,
Shoshqin xayollarimning, ey, ozgʻin sirdoshlari,
Tinchligim, shonim, erkim, yuragim egallagan
Yoshligimning vafosiz, minutlik tutoshlari.
Barchangizni unutdim... Oltin bahorlarimning
Sirli ey, sirdoshlari, sizni-da unutganman.
Ammo yuragimdagi oʻsha eski yaramga,
Chuqur sevgi dardimga hech narsa boʻlmas darmon...
Shovqin sol, shovqinlar sol, itoatli oq yelkan,
Toʻlqinlar ot tagimda, xoʻmraygan okean...
1820
Mirtemir tarjimasi


* * *
Uchishgan bulutlardan boʻshab qoldi koʻk yuzi;
Ey sen qaykuli yulduz, ey sen oqshom yulduzi,
Soʻlgʻin dala, biyobon shu’langdan kumush boʻldi,
Qora qoya, mudragan koʻrfaz ham nurga toʻldi;
Miltillagan nuringni sevaman haqiqatan,
Uxlagan oʻylarimni uygotdi u qaytadan.
Vodiylar adil-boʻycham teraklar bilan toʻlgan,
Nozik, umrbod yashil daraxtlar mudrab turgan.
Janubning toʻlqinlari dardli shovqinlar solgan,
Har nima koʻngillarga yoqimli va xush boʻlgan —
Tinch va sokin oʻlkada — suyumli, yorugʻ yulduz,
Porlashingni yodimda saklab yuraman hanuz.
U yerlarda bir kezlar samimiy oʻy surardim,
Erinchak xayollarda dengiz boʻylab yurardim,
Kulbalarni quchganda kechaning soyasi jim,
Korongida izlardi sohibjamol qiz seni,
Qizlarga koʻrsatardi senga taqib ismini.
1820


Xanjar

Oʻlmas Nemezidaning qoʻli uchun tirgakmish
Seni Lemnoss xudosi,
Erkning maxfiy posboni — qasoskor xanjar mudhish —
Xoʻrlik va haqoratning soʻnggi hukmfarmosi.
Zevs yashinlari jim, qonun qilichi mudroq
Yerlarda la'natlar, umidlar yaratasan.
Seni asrar shohona u sarpolar panaroq,
Sen taxt koʻlankasida yashirinib yotasan.
Yovuzning koʻzlariga yarqirar bu tilsiz tigʻ.
Jahannamning shu'lasi, tangri chaqmogi yanglig,
Xam yovuz titrab ketar, alanglar haryon
Oʻz bazmida nogahon.
Kutilmagan zarbalaring uni topar har joyda,
Cherkovda-yu, chodirda, quruqlikda va suvda,
Sirli qulflar urilgan sirli uyda — har
qayda,
Oilada yoki shirin uyquda.
Ezgu Rubikon shovlar Rumi Qaysar3 ostida,
Olampanoh Rim qulab, qonun egdi boshini,
Ammo erk sevgan Brut kuzgʻadi isyon:
Xanjar, yana qon toʻkding — u ham oʻlik tusida —
Qucholmaydi viqorli Pompey marmar toshini.
Isyon nasli koʻtarar qahr-gazab gʻulgʻulasi,
La’nati, qargʻish tekkan qonli — badnamo —
Erkinlikning u boshsiz qolgan tanasi
Ustida badbashara bir jallod boʻldi paydo.
Oʻlimlar paygʻambari1 charchagan doʻzaxlarga
Barmoqlari-la qurbon belgilamishdir.
Seni va Evmenida bibini naq ularga
Tangrining oʻzi toʻgʻri yubormish — yoʻllamishdir.
Ey yosh haqiqatparvar, Rumlik saylagan odam,
Ey, Zand, sening asring ham jazoning
sirtmogʻida
Soʻndi, ammo muqaddas, fazilatli, shan odam,
Tovushi qolib ketdi bu jazo tuprogʻida.
Germaniyangda mangu sharpa boʻlib qolding sen,
Jinoiy quvvatlarga ofatu xatar.
Karl Zandning tantanali qabrida —
Yonadi bexat-beyozuv xanjar.
1821
Mirtemir tarjimasi


Alomatlar

Turli-tuman alomatni kuzat har qachon,
Yosh bolalik yillaridan podachi, dehqon,
Koʻk gʻarbida koʻlankaga koʻz tashlab bir dam,
Olddan aytar shamolni ham, ochiq kunni xam;
Aytar dala bahrin ochar yomgʻir sharrosni.
Uzumlarga xavfli boʻlgan erta ayozni.
Agar oqshom oqqush suzib tinch suvda yursa.
Kelishinglab xabar berib, qichqirib tursa,
Yoki gamgin bulutlarga botsa quyosh-nur,
Bilki, erta uygʻotadi qizlarni yemgʻir,
Yo urilar darchaga doʻl: tongda qishloqi -
Shaylanarkan oʻrish uchun boʻliq boshoqni.
Boʻronlarni eshitib u chiqmaydi ishga,
Yana qayta ikkovlashib boshlar mudrashga.
1821
Ramz Bobojon tarjimasi


* * *
Kechirarmikansan, orzumdagi rashk,
Ishqdagi bu sifat telba yonishni?
Sodiqsan! Ne uchun sevasan, yakkash —-
Fikru xayolimga qoʻrquv solishni.
Jazmanlar qurshagan sening atrofing,
Koʻrinmak istaysan barchaga dilbar.
Goh munis, goh ma’yus sening nigohing
Hammaga nechun puch umid baxsh etar?
Aqlimni band etib, oʻzimni maftun,
Bu baxtsiz sevgimga ishonching komil,
Koʻrmaysan, shovqinli gurungda butun
Suhbatga begona, iztirobda dil. —
Tanholik hasratin chekaman tolib,
Mahrumman iltifot va shafqatingdan...
Ketmoqchi boʻlaman: qoʻrqib, yolvori
Koʻzlaring qidirmas mening izimdan.
Ishvali soʻzlar-la qilmoqboʻlib rom,
Meni gapga tutib qolsa bir jonon. —
Sen begam, osuda; quvnoqsan mudom,
Bu ta’nang men uchun oʻlimdan yomon!
Gapir-chi, ne uchun mening raqibim,
Menu sen — ikkovni koʻrarkan xilvat,
Senga nechun sirli qiladi ta’zim?..
Ayt-chi, kim beripti bunga ijozat?
Soʻyla-chi! Ne uchun toʻlganar rashkda,
Ne uchun oqarar jamoling koʻrib?
Ne uchun kun va tun oʻrtasi paytda
Onangsiz, sen tanho olasan kutib?!
Lekin men sevimli... Men-la qolganda
Shu qadar munissan, shu qadar dildor!
Boʻsang oʻt! Sen ishqdan suhbat ochganda
Samimiy yuraging etilar izhor!
Senga kulgilidir mendagi azob
Va lekin sevasan yetadi aqlim.
Azizim, qiynama, hech qolmadi tob.
Bilmaysan, naqadar kuchlidir ishqim,
Bilmaysan, qanday zoʻr menda iztirob.
1823
Zulfiya tarjimasi


* * *
Tun yeli gʻir-gʻir
Taratur sexr.
Kelar,
Yelar
Vodiyul Kabir.
Zar tusli oy chiqdi koʻk aro,
Sukunat... O... gitara yangrar...
Yosh ispan qiz balkonda tanxo
Panjaraga suyanib qarar.
Tun yeli gʻir-gʻir
Taratur sexr.
Kelar,
Yelar
Vodiyul Kabir.
Roʻmolingni tashlab bu chogʻda
Kun misli kel, hoy qizgina, qiz1
Panjarani qoldirib dogʻda
Nozikkina oyogʻing oʻtkiz!
Tun yeli gʻir-gʻir
Taratur sexr.
Kelar,
Yelar
Vodiyul Kabir.
1824
Muhammad Ali tarjimasi


Chaadayevga

Axir, bu bachkana gumonlar nechun?
Inondim butun:
Bu joy qoʻrqinch exrom boʻlmish bir zamon,
Bunda qonga tashna tangrilar uchun —
Tutunday burqigan qurbonlik va qon:
Yovuz Evmenida xusumatlari
Shu yerda tugalib — boʻlmish xotirjam;
Qoʻlini uzatmish ogʻasi sari —
Shu yerda Tavrida darakchisi ham:
Doʻstlikning muqaddas axdi, shukuhi —
Vafo rasmin qurmish bu vayronada,
Gʻururlanmish ulugʻ tangrilar ruhi -
Uz ijodlaridan shu butxonada.
Chaadayev, oʻtmish xotiringdami?
Yaqindaydi yoshlik shavqlari bilan
Oʻylardimki mash’um — mudhish ismni
Uzga xarobotga topshirmoqni man.
Boʻronlari tingan qalbimda. biroq,
Tanballigu sukut topibdi qaror,
Dilim joʻshqin mehru ilhomga inoq.
Ezgu doʻstligimiz topishga takror
Ismlarimizni yozaman, oʻrtoq.
1824
Mirtemir tarjimasi


Shon-Shuhrat Orzusi

Tiz choʻkib qoshingda tilsiz bir nafas
Farogʻat, ishq bilan boʻlganimda mast,
Koʻz tashlab oʻyladim: sevgilim jonon,
Shuhrat istadimmi, bu senga ayon;
Bilasan, beqaror dunyodan ketib,
Hovliqma shoirlik nomin tark etib,
Boʻronlardan charchab solmadim quloq,
Gʻoʻngʻillagan maqtov, gʻiybatga biroq,
Mish mishlar solarmi qalbga hayajon,
Qiyo boqqanida boʻlib nigoron,
Boʻynimga chirmashib, shivirlagan payt:
Sevasanmi, jonim, baxtlimisan, ayt?
Sevmaysanmi oʻzga yorni mensimon?
Unutmaysanmi, ayt, doʻstim, hech qachon?
Men esa, uyalib turar edim lol,
Zavqlarga gʻarq boʻlib, surardim xayol.
Kelgusi dahshatli judolik damlar —
Boʻlmaydi... qanday hol? Koʻz yoshi, gʻamlar,
Boʻhton, bevafolik boshimga bari
Birdan yopirildi... qaydaman? Qani?
Choʻlda yashin urgan yoʻlchiday shu vaqt —
Turaman, koʻz oldim zim-ziyo behad.
Hozir menda yangi orzu azobi:
Shon-shuhrat istayman, istayman, toki —
Nomimni eshitib qol taajjubda,
Senga duch kelay men hamma tarafda.
Baland ovoz bilan butun narsa ham
Men haqda soʻylasin, kuylasin koʻrkam,
Vafodor ohangni kuylab osuda,
Bogʻchada, kechasi tim qorongʻuda,
Hijron payti soʻnggi yolvorishim u,
Sening xotirangdan chiqmasin mangu.
1825
Ramz Bobojon tarjimasi


... ga

Esimdadir ajib dam hali:
Koʻz oldimda boʻlding namoyon,
Pok goʻzallik dahosi kabi,
Bir lahzalik xayol, tushsimon.
Gʻam-alamdan dilim yonganda
Tushlarimda koʻrdim chehrangni
Hayotdagi boʻm-boʻsh suronda
Kelib turdi tovshing jarangi.
Yillar oʻtdi. Isyon boʻroni
Xayollarim sovurdi dildan.
Va unutdim dilbar sadongni,
Oʻchdi aziz chehrang yodimdan.
Quvgʻunliknnng changida nursiz
Gʻamga toʻlib kunlarim botdi;
Xudo, ilhom va koʻz yoshisiz,
Ishq, iztirob hayotsiz okdi.
Mana, qalbga oshno boʻldi nay,
Koʻz oldimda boʻlding namoyon,
Goʻzallikning sof parisiday,
Bir lahzalik ajib tushsimon.
Ruhim yana uygʻondi bu dam,
Yana unda tirildi najot;
Yana dilda xudo va ilhom,
Koʻz yoshiyu muhabbat, hayot.
1825
Zulfiya tarjimasi


* * *
Agar seni aldasa hayot
Sen noumid boʻlma hech qachon.
Gʻamli kunga qilgin itoat.
Xushnud kunlar keladi, ishon!
Qalb kelajak ishqi-la yashar;
Bu kunimiz qaygʻu va dogʻli:
Bari oniy, oʻtishga shoshar,
Oʻtgan esa, hamisha totli.
1825
Zulfiya tarjimasi


Boxus Qoʻshigʻi

Nimadan tindi, hey shodumon ovoz?
Yangra, boxusona qoʻshiq, yangroq soz!
Bor boʻlsin sarvinoz qizlar, jononlar!
Bizni nazokat-la sevgan juvonlar.
Qani, qadahlarni toʻldira boshlang!
Jaranglab tursin,
Boda koʻpirsin —
Noyob uzuklarni tagiga tashlang!
Koʻtaring bir yoʻla, sipqaraylik oq,
Bor boʻlsin muzalar, bor boʻlsin idrok!
Sen, ey ezgu oftob, porla yorqinroq!
Yorugʻ tong otganda, mana bu chirogʻ,
Rangi oʻchib, lip-lip soʻnganisimon.
Soxta donishmandlik soʻnar beomon —
Porloq aql quyoshi oldida albat.
Bor boʻl, ey oftob, yoʻqol, ey zulmat.
1825
Mirtemir tarjimasi


* * *
Qonimda yonadi orzu otashi,
Sen mening dilimga solding jarohat;
Boʻsa ol sharobu boldan ham shirin
Sening boʻsalaring, bagʻishlar rohat.
Kel, mehru sevgi-la boshimga eggil,
Beisyon, oromda tin olsin jonim:
Quvnoq kun botguncha ufqqa yengil,
Quyulguncha tunning tumanlari jim.
1825
Zulfiya tarjimasi


Vyazemskiyga

Qadim jon ofati — dengiz shunchalik
Olovlantirdimi dahongni sening?
Madh etding sen oltin lirangni chalib
Neptunning dahshatli panshaxasini.
Madh etma. Bu bizning badbin davrda
Yerga ittifoqdosh u keksa Neptun.
Odam — barcha bebosh olagʻovurda
Yo zolim, yo xoin va yoki tutqun.
1826
Asqad Muxtor tarjimasi


Yazikovga

Yazikov, senga kim baxsh etdi ilhom
Bu shoʻxchan nomani yozmoqlik uchun?
Buncha hazilkashsan, buncha mehribon,
Bu qadar toshibdi hislaring, kuching,
Joʻsh urgan gʻayrating buncha navqiron!
Yoʻq, sen oʻz sozingni qonib sugorgan
Kastal' chashmasining suvlari emas;
Senga boshqa yerdan tuyogi bilan
Ippokren chashmasin ochibdi Iyegas.
Sizilib oqmaydi undan muzday suv.
Achigan sharobday koʻpirmaydi u;
Yaroqsiz suvlardan xoli, ozoda.
Rom bilan vinoning aralashmasi -
Goʻyo Trigorskda. bizning zamonda
Erkin tashnalikning ochgan chashmasi
Sof va olijanob ichimlikdan u,
Mast qilar, uygotar besabr tuygʻu.
1826
Asqad Muxtor tarjimasi


* * *
Achchiq satiraning otash muzasi!
Kel, mening otashin da’vatimga kel!
Menga kerak emas maqtov lirasi,
Menga Yuvenalning qamchisini ber!
Lekin, bu badhazm epigrammam
Nodon taqlidchilar, asti sizgamas,
Ey, badnafs tarjimon, qofiyaparast —
Bechora noʻnoqlar, boʻling xotirjam!
Xotirjam boʻlingiz, shoʻrlik shoirlar!
Jurnal muridlari — yuragi kirlar!
Omon boʻling siz ham, tentaklar! Biroq,
Ey, siz muttahamlar, chiqing yaqinroq!
Sizning hammangizni, razil, ablahlar,
Vijdon qiynogʻiga olaman yomon!
Qaysi biringizni unutsam agar,
Soʻrayman, janoblar, ayting shu zamon.
O, qancha mis manglay — qovoqkallalar,
O, qancha benomus, orsiz aft-angor,
Bularning hammasi mendan barobar —
Oʻchmaydigan tamgʻa olishga tayyor!
1820-1826
Turob Toʻla tarjimasi


1827 Yil 19 Oktabrda

Tangri yor boʻlsin, joʻralar, sizga
Shoh xizmatiyu hayot gʻamida.
Doʻstona ishrat bazmlari ham
Sevgining sirli, shirin damida.
Tangri yor boʻlsin, joʻralar, sizga
Boʻronlardayu tiriklik dardida,
Yot diyorda ham olis dengizda,
Ham u qorongʻi yerning qa’rida...
1827
Mirtemir tarjimasi


Shoir Va Avom

Procul este, profane

Shoir qalbin yondirib ilhom
Parishonhol chertar lirasin.
U kuylardi — tegrada avom
Quloq solar kibrli, xudkom,
Anglab yetmay gapning sirasin.
Befarosat qora xalq soʻylar:
«Yorilguday boʻlmoqda quloq,
Namuncha u xush sas-la kuylar?
Qayoqlarga boshlaydi bu choq.
Ne oʻrgatar, kuylar ne haqda,
Qoʻngillarni tutib qiynoqda
Oʻzboshimcha jodugar misol?
Qoʻshigʻi hur bamisli shamol.
Ammo shamol yanglig besamar:
Unda bizga ne naf, ne zarar.

Shoir

Tilingni tiy, muhtojlikka garq,
Aqli qosir, farosatsiz xalq!
Figon etma manfur va nolon,
Sen — chuvalchang, koʻk oʻgʻlimas, yoʻq.
Naf boʻlsa bas, nafdan koʻngling toʻq,
Nima senga axir Apollon
Unda naf yoʻq, xullasi kalom.
O, marmar-ku bu tangri!.. Biroq
Sening uchun moʻndi yaxshiroq:
Boʻlur unda pishirsa taom.

Avom

Ey, falaklar erkasi, bil-chi;
Zakovating, ilohiy elchi,
Sarf etmogʻing lozim bizni deb,
Dillarimiz pokla-yu, ber zeb.
Jur’atsizmiz, ayyormiz juda,
Shukur qilmas beormiz juda,
Yurak emas bizdagi — kesak,
Biz — tuhmatchi, biz — qul, biz — tentak
Bijgʻib yotar illatlar togʻ-togʻ,
Yaqiningni ardoqlab, siylab
Bersang mumkin ibratli saboq,
Tinglar edik bor vujud ila.

Shoir

Bas, shoirga ekanmi havas,
Ey, siz bilan nima ishi bor?
Fahsh loyiga botmaysizmi! Bas!
Lira sasi qila olmas kor!
Siz tobutdek koʻzga yomonsiz,
Tentaklikda xoʻp beomonsiz?.
Izmingizda bor axir hanuz,
Darra, bolga, zindon, bu ne soʻz?
Yetar endi, ey telba qullar!
Shaharlarda surilur yoʻllar, —
Voh voh, juda nafli ish-ku bu! —
Istaysizki, ibodatin ham,
Sajdagohin ham, tokatin ham
Unut etib kohinlar bu dam
Yoʻl supursin, shundoqmi?.. Yohu!..
Tirikchilik ikir-chikiri,
Va yo gʻaraz, yo savash emas,
Biz tugʻildik ilhom sururi,
Shirin sasu ibodat deb, bas!
1828
Muhammad Ali tarjimasi


* * *
Gruziya qirlarida tun qorongʻisi,
Koʻz oldimda Aragva shovqin soladi.
Gʻamginman va yengilman, dilim qaygʻusi
Ravshan; sogʻinish mungi dilga toʻladi.
Faqat sogʻinish mungi... Mening mungimni —
Hech nima azoblamas, tashvishga solmas.
Yangidan sevgim oʻti olar koʻngilni,
Chunki u sevmay turmas, sevmay turolmas
1829
Mirtemir tarjimasi


* * *
Shovqinli koʻchada sarson yursam-da,
Xalqtoʻla cherkovga borib kirsam-da,
Shoʻx yigitlar bilan bir oʻtirsam-da,
Meni xayol bosar, oʻy bosar hamon.
Men deyman: bu yillar shoshib oʻtadi,
Son-sanoqsiz odam bir-bir ketadi,
Dunyoda kimki bor — bori bitadi,
Kimningdir soʻngdami yaqin shu zamon.
Soʻqqabosh chinorni har koʻrganimda —
Oʻrmonlar bobosi, deyman, dilimda —
Otalarim asrin koʻrding umringda —
Mendan soʻng ham qolib, surasan davron.
Goʻdakni erkalab turganda xushxol,
Darrov oʻylab deyman: erkam, yaxshi qol,
Mening oʻrnimni bos, koʻrmagil zavol,
Men tutoqdim, soʻldim, sen gulla omon!
Har kun, xar yilimni oʻtkazib shundoq,
Odatim — xayolga botaman uzoq,
Har yil soʻng nafasdan olaman soʻroq,
Har soat topaman oʻlimdan gumon.
Bilmayman, ajalim duch kelar qayda,
Jangdami, safarda yo toshqin soyda,
Yoki goʻrim anov vodiy, toʻqayda,
Sovuq xokim olar ogʻushi tomon!
Oʻlikka hamma yer birdak har qalay,
Tuygʻusiz tan goʻrda qolmas chirimay,
Har nechuk istagim: Vatanda oʻlay,
Aziz tuproq boʻlsin soʻnggi oshiyon.
Qabrim tegrasida yosh hayot kulsin,
Qushlar bosh ustimda sayrashib tursin,
Beparvo tabiat doim barq ursin —
Mangulik chiroyda yashnab bearmon.
1829
Mirtemir tarjimasi

Mehnat

Totli dam bu: necha yillik mehnatimni tugatdim,
Nega tagʻin sirli hasrat notinch qilar koʻnglimni?
Yo, ulkan ish bajarilgach, turibman haqqin olib —
Bekor qolgan mardikordek, boʻlak ishga begona,
Yo muqaddas kuychilarning, oltin tongning doʻstini,
Tunning tilsiz hamrohini — mehnatimni koʻz qiymas?
1830
Asqad Muxtor tarjimasi


* * *
Qirmizi yuz tanqidchim, boʻrdoqi askiyaboz,
Doim mazax va ermak senga bizning tolgin soz,
Kel, bir nafas yonimda oʻtirishga unagin,
La’nati gʻam-gussaga chidarmizmi, sinagin.
Qara, qandoq manzara: qator bu garib kapa,
U yoni qora tuproq yonbagʻir, yassi tepa,
Ustlarida quyilgan sur bulutlar, tumanlar.
Qani yorugʻ dalalar? Qani qalin oʻrmonlar?
Qayda anhor? Boq, anov pastak qoʻra ichiga -
Ikki shoʻrlik tol turar koʻzlarning quvonchiga,
Ikki, xolos... Uning ham biri yaydoq-yalangoch.
Kuz yomgʻiri dastidan qup-quruq qolgan yogoch.
U birida sap-sariq uvib qolgan yaproqlar,
Koʻlmakni bulgash uchun yelga faqat intizor,
Shugina! Qoʻrasida yoʻq tirik biron kuchuk.
Rostdan ham, ana dehqon, yalang bosh eltar oʻlik.
Chaqaloqning tobuti, izma-iz ikki ayol,
Erinchak pop bolasin uzoq hay-haylar dehqon:
Otangni chaqir-chi, — der, — cherkovni ochsin darxol.
Jadalroq! Hech fursat yoʻq! — Koʻmardim allaqachon.
Nega xoʻmrayding? — Qani, tentaklikni tashlasang.
Bizni yupantirgali bir xirgoyi boshlasang?
Sen qayoqqa? — Moskvaga! Bu yerda yurmay bekor,
Graf toʻyidan qolmay! — Toʻxta, hay, karantin bor,
Axir bizning oʻlkada hozir hindu vabosi.
Oʻtir, bir choq muhtasham Kavkazning darvozasi —
Yonida itoatkor navkaring oʻtirganday.
Shoʻrlik qani, ogayni? Ha! Gʻussa bosdi — hay, hay!
1830
Mirtemir tarjimasi


Yolvorish

O, agar bu rost boʻlsa, tunda —
Bitganida odamning umri,
Qabrlarning toshiga shunda
Yalt-yalt tushsa koʻkdan oy nuri,
O, agar bu rost boʻlsa, shundoq
Boʻsh qolsa tinch mozorning bari —
Men Layliga boʻlib koʻp mushtoq;
Chorlayman: kel, doʻstim, men sari!
Avvallari koʻringaningday
Mahbub ruhi, boʻlgil namoyon,
Soʻnggi gʻamdan oʻzgarib chiroy
Rangsiz, holsiz, qish kunisimon.
Kel, yengil kuy yoki shamol, yo —
Olisdagi yulduz singari,
Kel, misoli dahshatli siymo,
Menga farqsiz: kelgil men sari!
O, seni men chaqirishim bu,
Sevgilimni kek bilan xazon —
Etganlarga ta’na emas-ku,
Yoki meni ahyon va ahyon —
Qiynagandan shubhalar qahri,
Tobut sirin fosh etish emas...
Gʻamgin deyman: sevaman payvast,
Senikiman, kelgil men sari!
1830
Ramz Bobojon tarjimasi


* * *
Meri uchun ichaman,
Meriginam dilrabo,
Jim eshik berkitaman,
Mehmonim yoʻq, men tanho,
Meri uchun ichaman.
Merimdan chiroyliroq,
Boʻlsa boʻlar, ehtimol,
Bunday parining biroq, —
Boʻlishligi koʻp mahol,
Bunday mehribon, quvnoq!
Baxtiyor boʻlgin, Meri.
Hayotimning quyoshi.
Gʻam, hijron koʻrma, pari,
Yasha, bilmay koʻz yoshi,
Baxtiyor boʻlgin, Meri.
1830
Mirtemir tarjimasi


Nasl-Nasabim

Gala-gala rus qalamkashlar
Hamkorini qilib masxara,
Meni zodagon deb atashar,
Bu bema’ni gaplarni qara!
Na ofitser va na asessor,
Na zoti-nasabim dvoryan,
Akademik va na professor;
Men anchayin rus meshchaniman.
Davr illati menga tushunarli,
Unga qarshi turmayman biroq:
Bizda yangi — tugʻma nomdorlik,
Yangi boʻlgan sari nomdorroq.
Qaqshab bitgan urugʻlar yodi
(Baxtga qarshi, yolgʻiz emasman),
Men qadimgi boyar avlodi;
Birodarlar, men mayda meshchan.
Mening bobom quymoq sotmagan,
Boʻyoqchilik qilib shoxlarga
Kuldan knyazlikka oʻzin otmagan,
Joʻr boʻlmagan u maddoxlarga,
Avstriyaning upa surkagan
Qoʻshinidan qochgan soldatmas,
Men oqsuyak emishmanmi? Bas,
Men, xudoga shukur, meshchanman.
Jangda ezgu Nevskiy uchun
Xizmat qilgan Racha — ajdodim;
Tojdor zolim — Ivan IV
Rahmi shafqat qilgan avlodin.
Shoxlar-la el boʻlgan Pushkinlar;
Koʻplarining taralgan shoni
Polyaklar-la olishgan kunlar
Nijenovgorod meshchani.
Barham berib makru adovat
Ham shiddatli urush-xavflarni,
Yorliq tutib, Romanovlarni
Xalq taxtga qilganda da’vat,
Shu yorliqqa imzo chekkanmiz,
Jafokashning oʻgʻli rahm etgan.
Bir vaqt biz ham boʻlganmiz aziz;
Ha, boʻlganmiz... lekin men — meshchan.
Oʻjarlikdir bizni xor qilgan:
Opoq bobom bir soʻzli edi,
Petr bilan chiqishmay didi,
Shuning uchun dorga osilgan.
Bu bizlarga saboq boʻlsinki,
Podshoh bahsni yoqtirmas ekan.
Baxtli — knyaz' Yakov Dolgorukiy
Aqllidir u yuvosh meshchan.
Mening bobom Petergof qasri
Ichra boʻlgan isyon paytida
Sodiq qoldi Minix singari,
Petr III ning halokatiga.
Shunda boʻldi Orlovlar aziz,
Bobom esa tushdi zindonga,
Bosh egdi shiddatli naslimiz,
Va men, meshchan, keldim jahonga.
Gerbli muhrim ostiga koʻmdim
Qoʻlimdagi toʻp-toʻp yorliqni,
Kiborlar-la yoʻq bordi-keldim,
Tiydim qonda isyonkorlikni.
Men bir savodxonman, bir nozim,
Musin emas, faqat Pushkinman,
Na boyu saroyda mulozim,
Oʻzim katta odam: men — meshchan.
Post scriptum
Figlyarin toʻqipti uyda oʻltirib:
Mening qora tanli bobom Gannibal
Goʻyoki bir shisha romga sotilib,
Shkiper qoʻliga tushganmish tugal.
U shkiper shonli va bizning elni
Harakatga solgan bir dargʻa edi,
Jonajon kemada tutganda rulni
Unga kuchli davlat sur’atin berdi.
Dargʻa betakalluf edi bobomga,
Arzon tushgan arab bardoshli edi,
Sidqidillik bilan chiqdi dovonga,
Shohning quli emas, sirdoshi edi.
Gannibal bobomning mashhur farzandi,
Chesmenda u boshliq boʻlgan janglarda
Azim korabllar lovullab yondi,
Quladi Navarin birinchi marta.
Figlyarin ilhomning jazavasida
Dvoryan meshchani deb atapti meni.
Oʻzi kim moʻ’tabar oilasida.
Umi?.. Meshchan koʻchasining dvoryani.
1830
Asqad Muxtor tarjimasi


Budris Va Uning Oʻgʻillari

(Adam Mitskevichdan)
Budrisda bor uch oʻgʻlon, litvalik uch navqiron,
Keldi ular qoshiga chol maslahat solgani.
«Egarlarni qiling taxt, ot shay boʻlsin hammavaqt.
Charxlab qoʻying, bolalar, qilichni, oyboltani.
Haqiqatdir shu xabar: uch tomonga barobar
Yurish qilish niyati Vil'noda tugʻilipti.
Hokim Kestut ruslarga, Ol'gerd esa pruslarga,
Paz polyaklarga qarshi yurish qilmoq boʻlipti.
Siz hali navqironsiz va abjir pahlavonsiz,
(Hammang Litva xudosin panohida omon boʻl!),
Chiqolmayman safarga, sizni yoʻllay zafarga;
Uchovlonsiz, uchingizga mana uchta ochiq yoʻl.
Hammangga ulush katta: biring Novegradda
Ruslardan oʻlja olib, yashay bersin badavlat.
Rus xotinlar xushbichim, egnida qimmat kiyim,
Roʻzgʻorida moʻlchilik, saxiylik rasm-odat.
Biringiz pruslardan, la’nati iblislardan
Qimmatbaho narsalar topa olar bir talay,
Dunyo-dunyo pul unda, movutlar gul-gul unda,
Kahrabo-chi, behisob, dengizdagi qumlarday.
Paz bilan uchinchingiz lyaxni ursin qoʻrquvsiz:
Pol'shada moli davlat, zebi ziynat koʻp emas,
Olsa arzir shamshirin; ammo u yerdan biring,
Aminmanki, uyimga kelinsiz qaytib kelmas.
Polyak qizidan goʻzal malika yoʻqdir azal,
Pech' yonida oʻynagan mushukchaday xushchaqchaq —
Yiltillar koʻzlari ham, xuddi yonar ikki sham,
Atirgulday qirmizi, yuzlari momoqaymoq.
Hali yigit ekanman, qalligʻ olib kelganman,
Hay bolalar, oʻzim ham shu Pol'shaga borganda.
Mana, qarib qolsam ham uni eslayman har dam
Hamon oʻsha tomonga koʻzim tushib qolganda».
Oʻgʻillar qoʻl siqishdi va safarga chiqishdi.
Koʻz tikar yoʻllariga uydan jilolmagan chol.
Qunlar oʻtar basma-bas, birontasi ham kelmas,
Oʻldirdilar shekilli, deb Budris qildi xayol!
Qor yogʻadi gupillab, otliq kelar dukurlab,
Chakmonining tagida kattagina bir tugun.
«Oʻgʻlim, sovgʻami? Nima? Obbo, sen-ey, pulmi-a?
«Yoʻq, otajon, pul emas, polyak qizin keltirdim
Pagʻa-pagʻa qor tushar, otliq shamolday uchar.
Qora chakmon ostiga yashiripti bir tugun.
«Chakmoningda nima bor? Movut emasmi guldor?»
«Yoʻq, ota, movut emas, polyak qizin keltirdim».
Qor yogʻadi gupillab, soʻnggi otliq dukurlab,
Qora chakmon ostida olib kelar bir tugun.
Chol Budris tinim bilmas, soʻragisi ham kelmas,
Birdaniga uch toʻyga mehmon chaqirar bugun.
1833
Asqad Muxtor tarjimasi


* * *
Aqldan ozdirma, xudo taolo;
Yoʻq! Tayoq va xurjun baridan a’lo,
Mehnat, zahmat chekishlik oson.
Aqlu idrokning qadru qimmati,
Undan ajralishning yomon illati
Shundagina emas, bu ayon:
Meni erkinlikda qoʻysalar tanho
Chaqmoq tezligida uchardim goʻyo
Qop-qorongʻu oʻrmonzor sari!
Oʻrtanib, alahlab kuylardim shunda,
Ajib xayolotdan chiqqan tutunda
Koʻrinmasdan boʻlib sarsari.
Men ham toʻlqinlarga solardim quloq,
Baxtu saodatga toʻlib oʻsha choq,—
Ochiq koʻkka qarardim sekin.
Oʻzimni sezardim, dashtni uchirgan,
Oʻrmonni joyidan yiqib koʻchirgan
Quyun kabi qudratli, erkin.
Aqldan ozdingmi, bu yomon kulfat.
Qoʻrqinchli boʻlasan, misoli ofat,
Ustingdan qulf solinur xuddi,
Ahmoqni zanjirband etarlar darrov.
Qafasdagi yirtqich singari birov
Seni oʻynab qiladi kulgi.
Men boʻlsam tinglayman qorongʻu kecha:
Na bulbulning yangroq ovozin picha,
Na emanzor guvillashini,
Tinglayman doʻstlarning chaqiriqlarin,
Tungi soqchilarning soʻkinishlarin
Va kishanlar shaldirashini.
1833
Ramz Bobojon tarjimasi


* * *
Bas, yetar, bas, jon doʻstim! Tinchlik soʻraydi yurak,
Kun ketidan kun uchar — umrimizdan bir boʻlak —
Har soat uzib ketar; biz boʻlsa ikkalamiz
Yashamoqchi boʻlamiz, ammo rosti — oʻlamiz.
Yorugʻlikda baxt yoʻq, ammo tinchlik va erk bor,
Koʻp zamonki, bir xavas keladi xayolimga,
Koʻpdan charchagan quling qochishni oʻylab yurar
Pok mehnat, rohat yurti — u uzoq makoniga...
1834
Mirtemir tarjimasi


Gʻarbiy Slavyan Qoʻshiqlari

Gayduk Xrizich

Gʻor ichida, chaqir toshlar aro
Dadil gayduk Xrizich berkindi.
Katerina — uning xotini
Ikki oʻgʻilchasi bilan yonida.
Chiqolmaydi ular bu gʻordan.—
Yovuz dushman poylab turibdi,
Agar jindak bosh koʻtarsalar
Qirq miltiqqa boʻlarlar nishon.
Taom koʻrmadilar uch kecha-kunduz.
Toshlar chuqurida toʻplangan
Yomgʻir suvin ichdilar faqat.
Toʻrtinchi kun balqidi quyosh.
Chuqurlikda suv qurib bitdi.
Katerina oh tortdi shunda:
«Rahm-shafqat qil, parvardigor!»
Shundayoq yiqilib jon berdi.
Xrizich unga qarab yum-yum yigʻladi;
Oʻgʻillar yigʻlashga qilmadi jur’at,
Xrizich yuzin chetga burganda
Koʻz yoshlarin artdilar, xolos.
Beshinchi kun, aqldan ozib,
Uxlagan kiyikka boqqan boʻriday,
Ona jasadiga tikildi oʻgʻil.
Buni koʻrib qoʻrqqan kichigi
Akasiga qarab qichqirdi:
«Joningni qiynama, akajon!
Ichgin mening issiq qonimni,
Bunda agar ochlikdan oʻlsak,
Kechalari chiqib qabrdan
Uxlagan dushmanning qonin soʻrarmiz».
Xrizich turib, der ularga: «Bas!
Ochlik, tashnalikdan oʻq afzal».
Shunda uchovi ham qoyadan pastga
Quturgan boʻriday sakrab chopdilar.
Har biri oʻldirdi yetti dushmanni
Va har biri yedi yetti oʻq:
Dushman qirqib ularning boshin,
Nayzalarga sanchib kutardi.
Ammo yov ularga boqolmadi tik —
Xrizichlar dushmanga shu qadar dahshat.
Asqad Muxtor tarjimasi

Iakinf Maglanovichning Motam Koʻshigʻi

Oq yoʻl, uzoq safarga tushgin!
Yoʻl toparsan, xudoga shukur.
Kecha oydin; charaqlaydi oy;
Tagigacha sipqarildi may.
Oʻq afzaldir yotgandan bemor;
Erkin yashab va erkin oʻlding.
Yoving qochdi boʻlib tor-mor;
Ammo uni oʻldirdi oʻgʻling.
U dunyoda bizni esga ol,
Diydor koʻrishsanglar, ehtimol.
Unutmagin, ukam, azizim,
Ogamizga mendan ham ta’zim!
Uchrashganda otamga aytgil:
Yaram bitdi, boʻlsin xotirjam,
Salomatman. Yan degan oʻgʻil
Tugʻib berdi menga rafiqam.
Bobo hurmatiga, ismi — Yan,
Aqli raso yigit boʻladi.
Nayza ushlashni ham oʻrgangan,
Miltiq otishni ham biladi.
Qizim mening Lizgorda yashar,
Eri bilan totuv va xursand.
Tvark qildi dengizga safar,
Tirikmi, yoʻq — oʻzing bilarsan.
Oq yoʻl, uzoq safarga tushgin!
Yoʻl toparsan, xudoga shukur.
Kecha oydin; charaqlaydi oy;
Tagigacha sipqarildi may.
Asqad Muxtor tarjimasi

Bulbul

Bulbulim, ey bulbulginam,
Oʻrmonlarda kezgan qushcha.
Sen qushchada shirin biram
Tengsiz, noyob uch qoʻshiqcha.
Menda-chi, men mard oʻgʻlonda —
Uch zoʻr qaygʻu-mashaqqat bor!
Birinchisin aytsam agar —
Oʻylantirgan yosh chogʻimda;
Ikkinchisin aytsam agar —
Tulpor otim horgʻin, charchoq.
Uchinchisin aytsam agar —
Goʻzal qizdan tushdim yiroq,
Ayirdilar shum odamlar.
Mening uchun goʻr qazinglar
Keng dalada, keng dalada,
Bosh yogʻimni eting gulzor,
Yashnab tursin qizil gullar,
Oyogʻimda oqsin buloq,
Ariqchada muzdek suvlar.
Goʻzal qizlar oʻtgan choqda
Bogʻlab olar chambar guldan.
Chol bobolar oʻtgan choqda,
Hovuch-hovuch ichar suvdan.
Asqad Muxtor tarjimasi

Vurdalak

Vanya shoʻrlik oʻzi qoʻrqoqroq:
Qabristonda, bir kun bemahal.
Terga botgan qoʻrquvdan oppoq,
Uyga qaytib borardi jadal.
Qoqinadi Vanya bechora,
Goʻr oralab borar jonsarak,
Birdan quloq solsa — qabr ora
Kimdir uvlab kemirar suyak.
Qotdi, jilolmadi joyidan.
Xudovando! — deb oʻyladi u,—
Goʻristonda suyak gʻajigan
Ogʻzi qizil vurdalak-ku bu.
Nima qildim! Quvvatim kamroq;
Bu alvasti yeydi-ku meni,
Agar oʻzim duo oʻqiboq
Yeb olmasam goʻr tuprogʻini.
Qarasaki, qayda vurdalak —
(Jahlin koʻrsang Vanyaning shunda!)
Goʻrlar orasida bir koʻppak
Suyak gʻajib yotipti tunda.
Asqad Muxtor tarjimasi

Singil Va Akalar

Ikki eman daraxt oʻsgandi qator,
Bular oʻrtasida bir nozik archa.
Oʻsgan eman emas — ikki ogʻayni,
Oʻsib-ulgayishib birga yashardi:
Biri Pavel edi, biri Radula,
Bular oʻrtasida — singil Yelitsa.
Akalar sevardi yolgʻiz singilni,
Unga chin yurakdan boʻlib mehribon:
Bir kuni bir pichoq taqdim etdilar,
Oʻzi zarhallangan, qini kumushdan.
Ranjiydi yangasi — u yosh Pavlixa,
Qayin egachiga qiladi hasad.
«Ovsin, menga qara, qadrdon singil,
Deydi Radulaning xotiniga u:
Ishlatmaganmisan shunday bir oʻtni:
Uni ezib ichgan kishi daf’atan —
Oʻz tugʻishganiga koʻrinsin yomon?»
Radula xotini beradi javob:
«Xudo haqqi, opa, qadrdon ovsin,
Bilmayman bundayin irimli oʻtni,
Bilganda ham senga aytmasdim aslo.
Akalarim shunday meni ham sevgan,
Menga ham xilma-xil sovgʻa berishgan»
Mana, otxonaga bordi Pavlixa,
Toʻriq otni soʻyib qonin oqizdi,
Qaytib kelib dedi oʻz eriga u:
«Singlingni sevishing oʻzingga balo.
Sovgʻalar berasan unga behuda:
Oʻldiripti sening toʻriq otingni».
Pavel Yelitsani qiladi soʻroq:
«Bu nega? Ayt menga, ayt, xudo haqqi»,
Singlisi yosh toʻkib, javob beradi:
«Men emas, akajon, juvonmarg boʻlay,
Va yosh hayotimiz haqqi qasamyod!»
Ishonar, hech narsa demas akasi.
Mana koʻm-koʻk boqqa kirdi Pavlixa,
Shartta koʻk lochinning boshini uzdi,
Qaytib kelib dedi oʻz xoʻjasiga:
«Singlingni sevishing oʻzingga balo,
Sovgʻalar berasan unga behuda:
Mana oʻldiripti koʻk lochiningni».
Pavel Yelitsani qiladi soʻroq:
«Bu nega? Ayt menga, ayt, xudo haqqi?»
Singlisi yosh toʻkib javob beradi:
«Men emas, akajon, juvonmarg boʻlay,
Va yosh hayotimiz haqqi, qasamyod!..»
Bu gal ham ishonar akasi yana.
Qorongʻi kechada Pavlixa sekin
Qayin egachisin pichogʻin oldi,
Oʻzining norasta yolgʻiz oʻgʻlini
Oltin beshigida soʻyib oʻldirdi.
Ertalab yugurib bordi eriga,
Yigʻlab, faryod solib sochlarin yuldi:
«Singlingni sevishing oʻzingga balo,
Sovgʻalar berasan unga behuda:
Mana, oʻldiripti oʻgʻlimizni u,
Agar ishonmasang bu gal ham menga,
Borib koʻrgil uning zarhal pichogʻin».
Sakrab turdi Pavel shu zamon,
Yelitsa uyiga yugurib bordi:
Singlisi toʻshakda uxlab yotardi,
Boshida osigʻliq zarhal pichogʻi.
Qinidan sugʻurib qaradi Pavel —
Pichoq boʻyalgandi qip-qizil qonga.
Siltab tortdi qizning oppoq qoʻlidan:
«Xudo urgur singil, bu nega, aytgin,
Otxonada toʻriq otni oʻldirding,
Bogʻda koʻk lochinning uzding boshini,
Endi bolamizni soʻyibsan, nega?»
Singlisi zor yigʻlab javob beradi:
«Men emas, akajon, juvonmarg boʻlay,
Va yosh hayotimiz haqqi, qasamyod!..
Agar ishonmasang mening ontimga,
Olib chiq mayliga taqir dalaga,
Bogʻlagin yugurik otlar dumiga,
Ular sudrasinlar oppoq tanimni,
Sadpora qilsinlar, roziman, mayli».
Singlisiga endi ishonmas aka:
Olib chiqdi uni taqir dalaga,
Yugurik otlarning dumiga bogʻlab,
Sudratib haydadi otlarni quvib.
Uning tomchi qoni tomgan har yerdan
Qirmizi lolalar, chechaklar undi.
Begunoh va oppoq tani ustida
Katta cherkov bulipti paydo.
Shundan bir oz fursat oʻtgach Pavlixa
Bir ogʻir kasalga boʻldi mubtalo,
Toʻqqiz yilcha davom etdi shu kasal,
Butun suyagidan oʻtlar koʻkardi,
Bu oʻtga in qoʻyib yovuz ilonlar
Kunduz koʻzin soʻrib, tunda yotardi,
Ilon Pavlixani qiynardi shunday.
Oxiri eriga yalinib dedi:
«Arzim eshit, toʻram, meni olib bor —
Qayin egachimning cherkovi tomon:
Zora shifo topsam men usha joydan».
Eri yetakladi cherkovga tomon.
Yaqinlashar ekan oq uyga ular,
Birdan u cherkovdan chiqdi bir ovoz:
«Kelma bu tomonga, e yosh Pavlicha.
Boʻlmaydi sen uchun bu joyda shifo
Ovozni eshitgach bu yosh Pavlixa,
Yalinib-yolvordi oʻz xoʻjasiga:
«Toʻram, xudo haqqi, soʻrayman sendan,
Olib borma meni oq uyga, toʻxta!
Yugurik otlarning dumiga boglab.
Keng, taqir dalada sudrat meni ham!»
Xotinning arzini tingladi Pavel,
Yugurik otlarning dumiga boglab
Keng, taqir dalaga qoʻyib yubordi.
Uning tomchi qoni tomgan xar yerdan
Tikan, qichitqonlar oʻsib chiqardi.
Uning oppoqtani qolgan oʻrinda
Ajoyib, katta bir koʻl boʻldi paydo.
Toʻriq ot shu koʻlda suzib yuripti,
Uning orqasidan zarhal beshik ham;
Beshikning ustiga koʻk lochin qoʻngan,
Unda norasida goʻdak yotipti;
Bolaning boʻgʻzida onaning qoʻli
Hamda ammasining zarhal pichogi.
Mamarasul Boboyev tarjimasi

Ot

«Tulporim, ne uchun kishnamakdasan,
Ne uchun boʻyningni sen egib olding,
Ne uchun yollaringni toʻlqinlatmaysan,
Ne uchun suvligʻingni chaynamay qolding?
Yoki, oʻynatolmay qoldimmi sani?
Yoki, yemadingmi toʻyib arpani?
Yo egar-jabduging goʻzal emasmi?
Jiloving ipakdan toʻqilmaganmi,
Yo, taqang kumushdan quyilmaganmi,
Uzanging qip-qizil zarhal emasmi?»
Javob qaytaradi qaygʻuli tulpor:
«Ma'yus boʻlganimning sabablari bor,
Eshitdim uzoqda tuyoqlar sasin.
Uklarning tovushin, karnay sadosin:
Kishnashimga sabab shuki, maydonda
Uzoq kezolmayman yolim oʻynatib,
Uzoq yasholmayman yashnab oromda,
Goʻzal jabdugʻimni maqtab koʻrsatib,
Chunki, tez orada beshafqat dushman
Egar-jabdugʻimni yechib oladi,
Shamol kabi yengil oyoqlarimdan
Kumush taqamni ham tortib oladi:
Qaygʻum bejiz emas, egarimni yov —
Ustimdan tortqilab olib ketadi
Va sening teringni shilib beayov,
Terlagan yagʻrinim yopib ketadi».
1834
Hamid Gʻulom tarjimasi


* * *
Oramizda yashagandi ul ,
Unga yot qavm aro; koʻnglida zarra
Yoʻq edi bizlarga kinu adovat.
Biz uni sevardik. Yuvosh, beozor —
Bari suhbatlarga qoʻshilar edi,
Baxam koʻrishardik tiniq orzular.
Qoʻshiqlarni bizlar (ilhomi koʻkdan.
Hayotga ham koʻkdan boqardi). Tez-tez
Soʻylardi kelajak zamonlar haqda,
Derdiki: «Nizoni unutib xalqlar
Ulugʻ oilaga birlashajaklar!»
Ochiqib tinglardik shoirni. Gʻarbga
Joʻnab ketdi shoir — tilashib oq yoʻl.
Xoʻshlashib qoldik biz. Biroq-chi endi.
Yuvosh mehmonimiz yovliq qilmoqda
Bevosh olomonning ra’yiga qarab,
She’riy nardalarga joylabon nafrat,
Zahar quymoqdadir kalomlariga.
Qahrvor shoirning sasi olisdan
Eshitilib turar!.. O, tangri, oʻzing
Dargʻazab qalbiga tinchlik ato et,
Va unga qaytargil...
1834
Muhammad Ali tarjimasi


* * *
Oʻyladimki, yurak unutdi
Muhabbatning ezgu azobin,
Dedim: oʻtgan barisi oʻtdi,
Oʻtdi! Qaytib kelmaydi tagʻin.
Oʻtib ketdi zavq-da, qaygʻu-da
Va havoyi yengil umidlar...
Ammo oʻtkir husn oldida
Tushdi yana larzaga ular.
1833
Zulfiya tarjimasi


* * *
Yoshlik bayramimiz bizning bir vaqtlar
Shod edi, yashnardi gulchambar kiyib,
Kadahlar jaranglar kuyga joʻr boʻlib,
Tigʻiz oʻltirardi davrada saflar.
Begʻam va beparvo qalb-la u zamon —
Yashardik mushkulni etib bartaraf,
Qadah koʻtarardik umid va armon,
Yoshlik — hammasiga roʻshnolik tilab.
Endi oʻzgachadir: suronli bayram,
Yillar oʻtish bilan biz kabi abgor,
Tiyildi, tinchlandi, unda yoʻq viqor.
Jarangi boʻgʻildi qadahlarning ham.
Davramizda soʻzlar oqmaydi shoʻxchan,
Siyrak oʻltiramiz gʻamgin, bemajol.
Kulgi kam, qoʻshiqlar oralab ba’zan,
Koʻproq oh tortamiz va qolamiz lol.
Mana payti keldi: yigirma besh bor
Ezgu litsey kunin etamiz bayram.
Sezdirmay quvlashib oʻtdi yillar ham,
Bizni oʻzgartirib yubormish zinhor!
Behuda emas — yoʻq! Oʻtdi chorak asr!
Zorlanmang: taqdirda qonuniyat shu;
Inson atrofida dunyo aylanur,
Nahot, harakatsiz qolar u mangu?
Eslaysizmi, doʻstlar, davramizni naq
Taqdir qovushtirgan u kun, u zamon.
Biz nelar guvohi boʻldik, bu ayon!
Sirli bir oʻyinda misli oʻyinchoq,
Xalqlar qahr-gʻazabdan qildi gʻalayon,
Shohlar taxtga chiqdi va kunpayakun,
Inson qonlaridan qizardi maydon,
Goh sharaf, goh erklik, goh gʻurur uchun.
Eslaysizmi: litsey boʻlganda bino.
Biz uchun shoh ochdi shoxona bir koʻshk,
Biz keldik. Kunigin kutib oldi xush,
Tabriklab shohona mehmonlar aro.
U choq oʻn ikkinchi yil gulduragi
Hali mizgir edi. Hali Napoleon
Ulugʻ xalq kuchini sinamagandi —
Tahdid. Ikkilanish qalbida hamon.
Eslaysizmi: oʻtdi ketma-ket qoʻshin,
Ogʻalarimiz-la vidolashdik biz.
Ma’rifatga qaytdik — alamlar cheksiz,
Havas-la qaradik biz ulim uchun —
Ketayotganlarga... nasllar jang qildi,
Rus xalqaga oldi maqtanchoq yovni,
Moskva yongini yoritdi uning —
Polklari yoʻlida qor va qirolni.
Eslaysizmi: bizning golib Agamemnon,
U tutqun Parijdan bizga kelganin.
Uning koʻz oldida sevinch yelganin!
U qanday ulugʻvor, koʻrkam. pahlavon.
Xalqlar dusti edi. erkka posbon,
Yodingizda bordir - shunda naqadar
Suvlar toʻlqin urdi, gullab bogʻ-boʻston.
U hordiq chiqargan yerda, jilvagar.
U endi yoʻq! — etib boshlarni osmon,
Hayratda qoldirgan Rusni tark etmish,
Unutilgan quvgʻun umr qoida oʻtmish.
Barchaga begona, soʻndi Napoleon,
Va yangi dahshatli, qudratli podsho
Yevropa yurtida taxtdadir tetik,
Yer ustida yangi bulutlar paydo.
Va ularning boʻroni...
1836
Ramz Bobojon tarjimasi


Elegiya

Beparvo yillarning soʻngan shoʻx dami
Sarxush bosh ogʻrigʻi kabi azobli.
Xuddi sharob kabi u kunlar gʻami
Kanchalik eskirsa, shuncha zardobli.
Yoʻl ogʻir. Istiqbol boʻronli ummon;
Mexnat, qaygʻu va’da qiladi xamon.
Ammo, istamayman, doʻstlar, oʻlishni,
Istayman qiynalish, fikr qilishni.
Koʻraman — zoʻr gʻavgʻo, gamlar ichradir.
Tashvishlar ichradir men uchun huzur.
Goh boʻlib kuylarga maftun, osuda,
Xayollarim uzra men toʻkaman yosh.
Balki, ishq umrimning gʻamli soʻngida -
Koʻrinar alvido tabassumi-la.
1830
Mamarasul Boboyev tarjimasi

Dostonlar

Bogʻchasaroy Fontani

Qovoq solib oʻtirar Garoy.
Lablarida kahrabo chilim.
Dahshatli xon atrofida jim
Bosh egib tek turardi saroy.
Jimjit edi butun koshona:
Hamma xonning xafa yuzidan,
Gʻam va oʻyli gʻazab izidan
Payqar edi mubham nishona.
Ammo magrur sohibi farmon.
Qoʻllarini bir siltab soldi:
Barcha sekin tarqaldi har yon.
Koʻshklar aro bir ishchi qoldi:
erkin nafas oldi siynasi.
Toʻlqinlanib buzmay sukutni
Oʻynab turgan koʻrfaz oynasi
Aks etgandan qora bulutin
Uning jiddiy manglayi ayon
Dil toʻlqinni aylardi bayon.
U magrur dil ne gam-la ulmish,
Qanday fikr bilan band bulmish
Yana Rus-la jang qizmoqchimi,
Yo Pol'shani tang qilmoqchimi,
Nega xafa, ne u sandirar,
Va yo qonli uchmi yondirar.
yoki qoʻshin aylamish isyon.
Yoki togʻli xalq janglaridan.
Ginoyaning nayranglaridan
Tashvish tortib oʻylanarmi Xon?
Yoʻq, endi u charchab qolmishdir.
Zerikmishdir shuhrat, zafardan.
Berahm qoʻl ortiq tolmishdir.
Xayol uzoq qondi safardan.
Nahot, haram ichra xiyonat,
Nahot, yelga uchib diyonat,
Asira qiz jinoyat qilmish,
Kofirga dil inoyat qilmish?
Yoʻq, Garoyning xotinlari hech
Bunday ishga jur'at qilmaslar,
Mungli nola chekib erta-kech,
Yomonlikni asti bilmaslar.
Oyna uyda oʻsar gul kabi,
Oy yuzlari zindon ichra berk,
Zulm ostida goʻyo qul kabi
Ularda had yoʻkdir, yoʻqdir erk,
Oyu yillar navbatma-navbat
Gʻamgin oqin bilan oʻtalar.
Bildirmasdan yoshlik, muhabbat
Barchasini olib ketarlar.
Kunlar birday kechadir gʻamda,
Bitta-bitta imillar soat.
Yalqovlik amr etar haramda,
Kam koʻrinar safo-farogʻat.
Yosh juvonlar qaygʻuga toʻlib,
Bir ish qilib ovunmoq boʻlib.
Zeb berishib kiyim kiyishar,
Gaplashishar, oʻynab yeyishar.
Yoki oʻynoq suvlar sasida,
Toza, shaffof zamzamasida
Toʻp-toʻp boʻlib sayr etishadir
Chinorlarning zich soyasida.
Ortlarida ularni poylab,
Yovuz oga yurar hay-haylab,
Undan qochish, berkinish bekor:
Hasadli koʻz, ding quloki bor.
U hiylakor, u laganbardor.
Har bir ishdan voqif, xabardor.
Unga oʻla oʻrnashmish mangu
Abadiy bir tartib saroyda,
Unga xonning izmi har joyda
Yagona bir qonundirki, u
Uni qur’on farzidek bilar;
Dilda saqlar va bajo qilar.
Uning koʻngli sevgi istamas,
U but kabi sezgidan mahrum,
U hissizlik domida mahkum,
Na koʻz yoshi, na yumshoq nafas,
Na ta’naga bermas e’tibor;
Asiralar chekkan ohu zor
Unga asti qilmaydi ta’sir;
Pinagini buzmaydi taqir;
Yolvorishga quloq solmaydi;
Haqoratni qilmaydi pisand.
Hech na uni yumshatolmaydi,
Tosh qalbi-la magʻrur va xursand.
Unga xotin odati ma’lum,
U koʻp koʻrmish, har yerda har zum.
Hurlikda ham, erksizlikda ham
Yumshoq nigoh, koʻzlardagi nam
Koʻngliga hech hokim boʻlolmas.
U ularga ortiq ishonmas.
Soch yozishib haram qizlari —
Asiralar choʻmilar ekan,
Sehr sochgan goʻzal yuzlari
Chashmalarda koʻmilar ekan.
Qip-yalangʻoch qizlarga loqayd,
Bee’tibor termilib, shu payt
U poyloqchi hozirdir yana,
Tutqunlarga nozirdir yana.
Kechalari barg ham mizgʻiru,
U uxlamas. Ohista bosib,
Har eshikka bir quloq osib,
Haram ichra tanho izgʻir u;
Kim dam olar, kim tushda ingrar,
Kim oh tortar— hammasin tinglar
Uydan uyga bildirmay koʻchib
Keng tashlaydi u makkor domni;
Birontasi sandirab, choʻchib
Tilga olsa begona nomni,
Yo mabodo doʻstiga bir oz
Taqdiridan koyib, qilib roz
Dildagini aylasa izhor,
Balolarga boʻlar giriftor!
Garoy nega tinmay chekar gʻam?
Chilim oʻchib qolmish qoʻlida.
Botinolmay dam olgani ham
Ostonada, xonning yoʻlida
Imo kutib turadir ogʻa,
Ibo tutib turadir ogʻa.
Oʻyga botgan hukmdor turar:
Oldidagi darcha ochiq, u —
Koʻngli cheksiz qaygʻuga toʻlgan.
Indamasdan ohista yurar
Kechagina sevimli boʻlgan
Xotinlarin qabriga toʻgʻri.
Xonni kutib, koʻrish koʻyida,
Oʻynab turgan fontan boʻyida
Ipak gilam uzra oʻynashib,
Bir toʻda shoʻx qizlar osuda
Oʻltirishar edi yayrashib:
Bolalarday shodlanib, suvda
Marmar tubda koʻringan liqqa
Gir-gir yuzib yurgan baliqqa
Termilishar edi yayrashib.
Gohilari unga ataylab
Oltin sirgʻa tashlardi boylab.
Joriyalar atrofda xushboʻy
Sharbat tashib yurardi. Nogoh,
Shirin qoʻshiq, jaranglagan kuy
Bor haramni ayladi ogoh:

Tatar qoʻshigʻi
I

Yigʻi, jafolarni boshdan koʻtarib
Tangri oʻzi berar ehson:
Baxtiyordir, yillar soʻnggida qarib
Makka borib ziyorat qilgan inson.

II

Baxtiyordir Dunay sohillarini
Qoni bilan taqdis etgan bahodir.
Jannat qizi yozib kokillarini
Unga shirin kulgi bilan boqadir.

III

Ammo, Zarema, eshitgil tagʻi-na.
Dunyo va rohatga bermay e’tibor.
Xuddi gulday seni oʻz quchogida
Erkalatgan hammasidan baxtiyor.
Ular kuylar. Ammo qani u,
Muhabbatning yulduzi qani.
Haram koʻrki — kunduzi qani.
Qayda qoldi Zarema bonu?
Hayhot, uning gul rangi soʻlmish.
Hayhot dili qaygʻuga toʻlmish,
Maqtovlarga solmaydi quloq,
Koʻzlarida yosh buloq-buloq,
Yashin urgan xurmodek qaddi
Bukilmishdir, yoʻq endi haddi.
Hech na unga yoqmasdan qoldi,
Chunki, Garoy boqmasdan qoldi.
Vafosizlik qildi xon... Ammo,
Ey gurji qiz, sen-la chiroyda
Kim tenglashar? Hattoki oy-da
Da’vo qilsa, boʻlur muammo.
Chambar qilgan soching, ey pari,
Ilon kabi yurak yoradir.
Yarqiragan koʻzing javhari
Kundan yorug, tundan qoradir.
Dil dardini kimlarning sasi
Sendan kuchli bayonlay bilar?
Kimning shirin-shakar boʻsasi
Senikidan jonlilik qilar?
Senga bir yoʻl koʻngli tushgan er
Qanday qilib boshqa koʻrkni der?
Lekin, loqayd, zolim Garoyxon
Haramiga Pol'sha qizini
Asir qilib olgandan buyon.
Sendan nari tutib oʻzini,
Hoʻrlab seni tashlab qoʻydi-yu,
Oʻzi gʻamgin, tunlar beuyqu
Tanholikni ayladi odat.
Qoʻllaringdan ketdi saodat!..
Yosh Mariya yaqindagina
Oʻzga diyor koʻkini koʻrdi:
Gulday koʻrki bilan qizgina
Oʻz yurtida gullab yururdi.
Faxrlanar edi u bilan
Qarib qolgan otasi har on,
Lobarim,— deb, maqtanuv bilan
Erkalatar edi bearmon.
Uning bola erki chol uchun
Qonun edi, tinglardi butun...
Cholni qiynar edi bir tilak:
Istardiki, baxor kunidak
Ochiq boʻlsin qizining baxti,
Xushnud kechsin umrbod vaqti,
Zarragina qaygu ham uni
Ranjitmasin,— der edi u chol.
Hech bir narsa biron dam uni
Lanj etmasin,— der edi u chol.
Hatto erga chiqqanida ham
Xotirlasin,— derdi,— tush kabi
Oʻtib ketgan, gunchaday sabiy
Betashvishu beozor, begam
Yashnab yurgan qizlik chogini,
Osmonday keng erk quchogini.
Uning yumshoq sevimli nozi,
Tabiati, laziz ovozi,
Yonib turgan moviy koʻzlari,
Dona-dona shirin soʻzlari
Bir-biridan jozibadordi;
Hammasida ajib kuch bordi.
Ochiq qoʻlli, saxiy tabiat
Ayamagan edi borini;
San’at bilan u najib xilqat
Bezar edi gul diydorini.
Sehr toʻla arfa bilan qiz
Uy bazmini jonlantirardi.
Amaldorlar, boylar izma-iz
Orqasidan izlab yurardi.
Yigit-yalang «Oh...» deb oʻyida,
Azob chekar edi koʻyida.
Lekin, goʻdak bola edi u,
Koʻngli ishqni bilmasdi aslo.
Na kamu koʻst, na gam, na qaygu,
Yuragini tilmasdi aslo.
Otasining qasrida ozod
Oʻrtoqlari bilan oʻynab shod,
Uchar qushday hur va xursanddi.
U koʻpdanmi bu yerda bandi?
Bir vaqt tatar toʻplari mahkam
Daryo kabi Pol'shani bosdi;
Xirmonlarga tushgan yongʻin ham
Bu qadar tez yoyilolmasdi.
Kunpayakun boʻlib urushda
Yetim qoldi gullab yotgan yurt,
Bu berahm yovuz yurishda
Faryod soldi qonga botgan yurt.
Butun atrof qaygʻuga toldi:
U kulgilar, oʻyinlar bitib,
Erkalatgan qoʻyinlar bitib,
Hashamatli saroy boʻsh qoldi.
Mariyaning uyi jimjit, boʻsh...
Uy ma’badi ichra bir toʻda
Mumiyalangan oʻliklar xomush
Rohat qilib, sovuq uyquda
Knyazlikka maxsus nishon-la,
Oltin toj-la, haybatli shon-la
Yotar ekan, u yerda yana
Paydo boʻlmish yangi sagʻana...
Ota goʻrda, asoratda qiz.
Koshonada baxil bir voris
Amri farmon berib yuradir,
Tavqi la’nat ostida, beor
Xarob boʻlgan yurtni aylab xor
Badnom etib, yerga uradir.
Hayhot! Saqlar qoʻynida quldek
Bogʻchasaroy yosh knyaz' qizin,
Erksizlikda yosh toʻkar, guldek
Sargʻaytirib Mariya yuzin.
Ayaydi u baxtsizni xon:
Uning munggi, u chekkan figʻon
Uyqusini bezovta qilib,
Garoyga hech bermaydi omon.
Bechoraga xon rahmi kelib,
Kat’iy haram qonunlarini
Yumshoq tutar unga ataylab.
Tund poyloqchi na kun, na tuni
Qiz oldiga kirmaydi poylab;
Yotar paytda joyiga uni
Uning gʻamxoʻr, parvoli dasti
Olib chiqib yotqizmas asti;
Mariyaga nigoh tikmakka
Botinolmas uning kir koʻzi;
Joriyasi bilan qiz yakka
Xilvat uyda choʻmilar oʻzi;
Asiraning gʻamgin oromin
Buzib qoʻymay, boʻlmay, deb zomin
Xon oʻzi ham qoʻrqar ichida:
Haramning bir yiroq burchida
Unga yashash ijozat etgan,
Goʻyo, unda samoviy bir jon
Yashiringan, uzlatga ketgan.
U yerda hech tinmasdan hamon
Aziz qizning oldida butun
Chiroq yonib turar kunu tun.
U yerda qiz koʻnglin yupatib
Mas’ud kechgan oʻtgan zamon-la
Oʻz yurtini dilga eslatib,
Umid yashar yuvosh imon-la.
U yerda yosh toʻkar tinmay qiz
Kundoshlardan narida, yolgʻiz.
Lekin atrof gʻarq boʻlmish yaksar
Tentaklarcha bir ishrat ichra.
Moʻ’jiza-la ajralgan hujra
Yosh sanamni berkitib asrar.
Ozgʻin oʻylar qurboni u dil,
Buzuq kayflar orasida ham,
Bir garovni saqlaydi har dam
Bir ilohiy histga muttasil...
Tun qoraydi, bosdi qorongʻu
Tavridaning gul bogʻlarini;
Bor olamni mast qildi uyqu,
Gullar yigdi yaproqlarini,
Uzoqlardan bulbul zorini
Eshitaman: oy diydorini —
Koʻrsatadir yulduz ketidan;
Koʻm-koʻk, toza osmon betidan
Nur toʻkadir gulzor bogʻlarga,
Vodiylarga, oʻrmon, togʻlarga.
Bogʻchasaroy koʻchalarida
Kechki paytlar oq roʻmol oʻrab,
Oppoq oydin kechalarida
Bir-biridan hol-ahvol soʻrab,
Gaplashishib oʻtirish uchun
Oddiy tatar xotinlari tek
Lipillashib yengil soyadek
Uydan uyga kezishar butun
Saroy tinchgan, uxlagan haram
Tinch rohatga choʻmib parvosiz:
Tun tinchligin biron narsa ham
Buzolmaydi. sodiq muhofiz
Oʻzi kezib chiqib bor-yoʻqni,
Yotmish; ammo tinch qoʻymas tashvish
Hatto unda uxlagan ruhni.
Xiyonatni kutib xavflanish
Orom bermas asti ham bunga:
Goh kimningdir shitirlagani,
Goh birovning pichirlagani,
Goh qichqiriq eshitilar unga.
Bekorlarga aldanib birdan
Sapchib turar, qaltiroq bosar;
Atrofiga tinch quloq osar...
Hamma sokin, sas yoʻq bir yerdan:
Marmar hovuz ichra oʻynashar
Faqat bulbul dili poralar,
Faqat shirin kuy favvoralar
Sevimli gul uzra kuylashar...
Bular uni uzoq band etar,
Yana takror uyquga kegar.
Kanday xushdir bilguvchilarga
Sharq kechasin qora chiroyi!
Paygambarni sevguvchilarga
Qanday shirin boqadir oyi!
Ularning uy-oʻchoqlarida,
Maftun etar gul bogʻlarida,
Oy ostida sirlarga toʻlgan,
Tinchlik bilan hamsuhbat boʻlgan,
Shahvat bilan dardu farogat
Tashib yotgan haramlarida,
Kechalarning tinch damlarida
Kanday koʻrk bor, qandayin rohat!
Xonning hamma xotinlari tinch
Uxlar edi, bittasi notinch,
Uxlay olmay, oʻrnidan turib,
Eshigini ochdi-yu, asta,
Bitta-bitta ohista yurib
Tashqariga chiqdi birpasda...
Kushday mudrab, koʻzi ilinib
Kari oga oldida yotar.
Agar bu ish unga bilinib
Kolsa, umri qaygʻuga botar...
Oh, u cholning qattikdir qalbi.
Yalinganga bermas e’tibor:
Uyqusi ham aldamchi, ayyor!
Yonboshidan sekin, ruh kabi
Sezdirmasdan oʻtib ketdi u.
Bir eshikka borib yetdi-yu,
Titrab sekin ochdi qulfini...
Ichkariga kirdi, ham uni
Sirli vahm bosdi shu zamon.
Ajablanib boqdi toʻrt tomon:
Shamdon yonar, toʻkar soʻnik nur,
Yaltiraydi burchakda bir but,
Kiz yotadir, yuzida sukut,
Koʻksida xoch porlab koʻrinur.
Ey gurji qiz, bular hammasi
Eslatdilar senga moziyni,
Goʻyo oʻtgan kuplarning sasi
Aytgan kabi boʻldi rozini.
Koʻz oʻngida tinch rohat bilan
Uxlab yotar u knyaz' qizi,
Kizlikka xos harorat bilan
Anor kabi qizarib yuzi.
Oshkor ekan sarin yosh izi,
Zaif kulgi ostida yonar:
Yomgʻir yuvib, oʻchib ketgan rang
Oyning xira nurida arang.
Xuddi shunga oʻxshab tovlanar.
Goʻyo, jannat oʻgʻli osmondan
Uchib tushib, uxlab yotganday.
Asiraga achinib jondan
Uyqusida yigʻlab yotganday...
A, Zarema, ne boʻldi senga!
Chidolmadi, qalbi siqildi,
Beixtiyor yerga yiqildi.
Va yalinib: «Achingil menga.
Rad etmagin arzimni!» — dedi,
Uning soʻzi, u chekkan figʻon
Uxloq qizni choʻchitib shu on
Tinch uyqudan uygʻotgan edi.
Knyaz' qizi turib, oldida
Begona bir xotinni koʻrdi;
Koʻrqib, unga qarab oldi-da,
Hayajon-la qaltirab soʻrdi;
«Kimsen? Tunda, tanho nechun sen
Bu yerdasen?» — «Senga keldim men
Meni sakla; taqdirim uchun
Menga faqat qoldi bir chora...
Raxm aylasang, yoʻqolsa zora
Umrim ufqin qoplagan tutun.
Baxt qoʻynida koʻp huzur qildim,
Na qaygʻuni, na gʻamni bildim...
Oʻtdi orom bergan u soya,
Tingla, halok boʻlmayin zoye,
Men bu yerda tugʻilganim yoʻq,
Mening yurtim yiroqdir, yiroq...
Oʻtgan kunlar, u dardli firoq,
Yodimdadir hali ham toʻliq.
Yodimdadir gullagan bogʻlar,
Osmon bilan oʻpishgan togʻlar,
Togʻdan oqqan irmoqlar, soylar,
Oʻtib boʻlmas oʻrmon-toʻqaylar;
Yodimdadir kechgan saodat,
Oʻzga qonun, oʻzga bir odat.
Ammo, qanday taqdir-la nechun
Oʻz yurtimdan ayrilganimni,
Bu yoqlarga qayrilganimni
Bilmayman men; faqat, qora tun
Yelkan uzra turgan odamu
Hamda dengiz esimda xolos...
Shu choqqacha qoʻrqinch va qaygʻu,
Alamlardan men edim xalos.
Gʻavgʻodan chet tinchlikda xandon
Haram ichra gullab yurardim,
Itoatli koʻngil-la har on
Ishq darsini kutib turardim;
Bu yashirin orzularim tez
Ushaldilar. Konli urushdan
Charchab dahshat sochgan yurishdan
Qaytib keldi haramga xunrez.
Ta’zim qilib, xonning oldiga
Biz hammamiz chikdik. U menga
Diqqat bilan indamay, soʻzsiz
Ochiq, nurli nazarin soldi,
Soʻngra, meni chaqirib oldi...
Shundan beri biz kami koʻstsiz
Tinim bilmay, rohatda masrur
Nafas oldik baxt bilan har dam;
Biron yoʻl ham na fitna, na dam;
Na tuhmatu na shubha, qusur,
Na azobli rashkning sitami.
Na xafalik va na alami
Bizga tashvish sololmagandi,
Vaqtimizni ololmagandi.
Mariya, sen duch kelding unga.
Bir koʻrishda xush kelding unga...
Shundan berli koʻngli toraydi.
Jinoyatli oʻy-la qaraydi!
Xiyonat-la yetkazib ozor
Eshitmaydi hech xitobimni,
Soʻramaydi asti tobimni.
U noladan, figʻondan bezor;
U. eskiday menga topinmas.
Menda endi eskiday nafis
Na shirin soʻz unga kuxna his
Goʻyo bitgan, goʻyo topilmas.
Jinoyatga bedaxlsan sen,
Men bilaman, ayb senda emas...
Tingla meni: chiroyliman men.
Menga hech kim tenglasha olmas.
Bir sengina haramda butun
Raqib boʻla olarding menga:
Ammo, aytib qoʻyay men senga,
Tugʻilganman ehtiros uchun,
Sen men kabi seva olmaysan;
Sovuq koʻrking bilan sen nechun
U bir ojiz dilni qiynaysan?
Na haqing bor, na hadding sening,
Koʻy Garoyni menga; u mening.
Boʻsalari yonar betimda,
Issigʻi bor hali etimda,
Menga qat’iy qasamyod etgan.
Borligʻim-la koʻpdan armonin.
Oʻy va xohish, butun farmonin
Birga qoʻshgan, ittihod etgan:
Xiyonati meni oʻldirar,
Xazon etar, gulday soʻldirar...
Men yigʻlayman: koʻrgin, tizamni
Buqdim endi qarshingda mana,
Sargʻaytirma mening yuzimni,
Yalinaman, qaytarib yana
Sevinchimni, oromimni ber.
Ul burungi Garoyimni ber...
Menga zarra etma e’tiroz:
U meniki: senga asirdir,
Yoʻllaringda koʻzi basirdir.
Xox tahqir-la, xohi qilib roz,
Ne istasang, aylagil shuni,
Ammo, bezdir oʻzingdan uni.
Ont ich... (garchi, men qur’onni deb,
Muhabbatni hamda xonni deb,
Oʻz dinimni otgan boʻlsam ham,
Ammo. mening onamning dini
Sening dining edi) kel, meni
Xalos ayla, yod etki qasam,
Oʻsha dil-la ont ich Garoyni
Zaremaga qaytarmoq uchun...
Ammo tingla: esla xudoyni,
Gar, yoʻq desang, xanjarning kuchin
Koʻrsatmoqqa qodirman oz-moz,
Zero, mening vatanim Kavkaz».
Shu soʻzlarni aytdi-da, birdan
Gʻoyib boʻldi darrov u yerdan,
Ta’qib etmoq uchun izma-iz
Botinolmay, dov qilmay dili,
Orqasidan chiqolmadi qiz,
U azobli ehtiros tili
Beayb qizga asti ma’lummas:
Ammo, uning ovozi, u sas
Sal anigu ajoyib edi,
Qoʻrqinch edi, garoyib edi.
Qanday yoshlar, qandaydir faryod
Bu xoʻrlikdan aylaydi ozod?
Ne kutadir uni? Nahot, u
Qolgan achchiq yosh kunlarin, bu —
Asoratda oʻtkazadir xor?
Ey xudoyim, ey parvardigor!
Agar Garoy baxtsizni mangu
U mahbusda unutsa edi,
Yo, gamlardan xalos aylab u,
Tez oʻlimga yuz tutsa edi,
Qanday shodlik bilan gʻam toʻlgan
Bu jahonni otar edi qiz!
Koʻpdan oʻtgan hayotning laziz
Lahzalari, koʻpdan yoʻq boʻlgan!
Ne bor endi unga dunyoda!
Vaqti yetdi, kutarlar uni:
Katta ochib tinchlik qoʻynini
Chaqirarlar uni samoda.
Kunlar oʻtdi. ketdi Mariya,
Tarki umr etdi Mariya.
Koʻpdan orzu etgan olamni
Yangi malak kabi yoritdi.
Ammo, uni, goʻzal sanamni
Nelar siqdi? Nelar horitdi?
Nechun, nechun daf etdi tobut?
Nelar uni ayladi nobud?
Asoratmi, hasratmi, gʻammi,
Erksizlikda tortgan sitammi,
Kasallikmi yo boshqa bir sir,
Kim biladi? Oʻlmish bexabar...
Latofatli Mariya oʻlmish...
U yosh gʻuncha ochilmay soʻlmish!..
Boʻshab qolmish tumraygan saroy;
Uni yana qoldirmish Garoy;
Yana oʻzga qirgʻoklar tomon,
Yovuz yurish boshlamish yomon,
Tagin toʻfon, boʻronlar aro
Gʻamgin uchar qon qusar xunrez.
Ammo, uning yuragi qora,
Olovlanar unda boshqa his.
U koʻp choqlar toʻqinishlarda
Qilichini tikka ushlar-da,
Yana birdan qotib qolardi,
Jinnilarcha nazar solardi
Atrofiga boʻzarib, goʻyo
Vahimaga toʻlganday dili,
Allanelar goʻldirab tili
Yosh toʻkardi bamisli daryo,
Unutilgan u sodiq haram
Xon yuzini koʻrmaydi bu dam;
Unda, azob qoʻynida mahkum.
Sovuq muxsiy qoʻlida mazlum.
Qarimoqda xotinlar gʻamda.
Koʻpdan ular ichra haramda
Gurji xotin koʻrinmas; uni
Muhofizlar daryoga otgan,
Bechora suv ostiga botgan...
Knyaz' qizi mahv oʻlgan tuni
Bajarilib bu qonli sazo
Koʻzin yumgan Zarema... Evoh,
Qandaygina boʻlmasin gunoh,
Koʻp dahshatli boʻlgan bu jazo!
Kavkaz oldi tuproqlarini,
Rusiyaning tinch qishloqlarini
Urush bilan qilib ming vayron
Tavridaga qaytib keldi xon.
Saroyning chet burchini saylab.
Mariyaga esdalik aylab
Marmarlardan yasatdi fontan.
Tepasiga xoch oʻrnatilmay,
Musulmonlar oyi osilmish.
(Bu albatta, boʻlmagur bir ish:
Nodonlikning aybi butunlay).
Yevuzlar bor, kechib koʻp yillar
Hali uchib ketmagan ular
Hali marmar hovuzdan suvlar
Kirgoqlardan toshib guvillar.
Tinim bilmay, toʻxtamay bir on
Dona-dona yosh toʻkar fontan:
Oʻgʻli harbda jon bergan ona
Xuddi shunday yigʻlaydi yana...
Oʻtmishning bu rivoyatini
U yoqlarda qizlar bilishgan,
Soʻngra gʻamgin haykal otini
«Yosh fontani», boʻlsin deyishgan.
Men shimolni tashlab nihoyag,
Bazmlarni koʻpga unutib,
Bogʻchasaroy tomon yoʻl tutib,
Mulroq koʻshkni qildim ziyorat;
Xalq ofati, jangari tatar
Ishrat qilib, bazmlar qurgan
Urushlardan soʻngra bexatar
Bekami koʻst farogʻat surgan
Tinch uylarda, bogʻlarda sezdim —
Xamon rohat yashar kunu tun;
Suvlar oʻynar, gul chechak otar,
Tok zanglari tovlanib yotar,
Devorlarda yarqirar oltin.
Men u yerda tinmay oh urib,
Yigʻlab, haqiq tasbeh oʻgirib,
Bahorida yashnamay soʻlgan
Xotinlarning makoni boʻlgan
Panjarali darchalar koʻrdim,
Kungurali parchalar koʻrdim.
Koʻrdim xonlar qabristonini;
Xoʻjalarning soʻng makonini.
Goʻrlardagi marmar ustunlar
Goʻyo taqdir haqida sekin
Hazin-hazin taratib unlar
Soʻzlaganday tuyuldi... lekin,
Xonlar qani? Qayda u haram?
Butun atrof mukaddas va jim,
Oʻzgarmishdir... ammoki, u dam
Bu bilan band emasdi dilim:
Oq gullarning mayin nafasi,
Fontanlarning kuylagan sasi
Jazb ayladi, qildi faromush,
Ixtiyorsiz, menda aqli hush
Nomuayyan toʻlqinga tushdi.
Shunda saroy ichida bir qiz
Soya kabi sirli va izsiz
Koʻz oldimda lipillab uchdi!..
Doʻstlar, kimning soyasin koʻrdim?
Ayting menga, men sizdan soʻrdim:
Daf mahal boʻlgan u yumshoq
Kimning shakli meni oʻsha chogʻ
Ta’qib etgan edi? Kim edi?
Hayhot! Butun atrof jim edi.
Mariyaning toza jonimi,
Yo, Zarema rashk bilan toʻlib
Boʻsh haramda bir koʻlka boʻlib
Koʻz oldimda oʻtgan onimi?
Esimdadir shunday bir chiroy,
Xuddi shunday sevimli nigoh...
Dil oʻshanga ketar butunlay,
Surgunda ham gʻussasi, evoh,
Qalbimdadir, tillarimda — oh...
Ey aklsiz! Boʻldi! Endi bas,
Gʻussa chekma, hech foyda bermas.
Bebaxt ishqning notinch, noiloj
Oromiga bermishsan xiroj.
Hushingni yigʻ, toʻsiqlarni buz,
Tokaygacha sen ojiz mahbus
Kishanlarni oʻpib yotasan?
Tokaygacha yengil tor bilan,
Bu olamda ohu zor bilan
Jununingni oshkor etasan?
Men muzaning muxlisi, yori,
Men tinchlikning murid, xushtori
Tezda butun shuhrat oʻylari
Ham sevgini tamom unutib,
Yana sizga tomon yoʻl tutib
Koʻraman, ey Solgʻir boʻylari!
Xotiralar asiri boʻlib,
Men boraman oʻsha yoqlarga,
Dengiz boʻyi baland togʻlarga.
Yana Tavrid suvlari toʻlib
Xursand etar haris koʻzimni,
Hur sezarman yana oʻzimni.
Sehrli yurt, diyda yupanchli!
Yuragimning erka quvonchi!
U yerlarda harna jonlidir:
Oʻrmon, vodiy, gulistonlik qir,
Uzumlarki, yoqut, kahrabo,
Teraklaru suvlar salqini;
Erta bilan quyosh yolqini
Taralganda, esganda sabo,
Ayiq togʻning aylanasida
Zangor havo yarqirar ekan,
Tiniq, koʻm-koʻk suvning pastida
Qizil nurlar barq urar ekan,
Toklar oshib, qirgʻoq yoʻllardan
Uchar ekan yoʻlchining toyi,
Uning hissin oʻngu soʻllardan
Jazb etadi bu yer chiroyi!..
Usmon Nosir tarjimasi