OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Alisher Navoiy. Arba’in
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAlisher Navoiy
Asar nomiArba’in
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Alisher Navoiy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm16KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/20
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
Matnni nashrga tayyorlovchi: SUYIMA GʻANIYEVA
Toshkent «Fan» 2000



iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Arba’in
Alisher Navoiy

Bismillohir-Rahmonir-Rahim

Hamd angakim, kalomi xayrmaol
Qildi elga rasulidin irsol.
Ul rasuleki, ham kalomi fasih
Elga tegurdi, ham hadisi sahih,
To ulus jahldin xalos boʻlub,
Ilm xilvatgahiga xos boʻlub,
Chun tamuqdin najot topqaylar,
Uchmaq ichra hayot topqaylar.
Jalla zikruh zihe ilohi rafiʼ,
Azza kadruh zihe rasuli shafiʼ.

Sababi Taʼlifi Manzuma

Ul safo ahli pok farjomi,
Pokfarjomu pokfar Jomiy.
Ul yaqin sori dastgir manga,
Qiblavu ustodu pir manga
Ki tutubdur jahonni tasnifi,
Nazm devoni, nasr taʼlifi.
Chunki hijratdin el arosida soʻz
Seksan olti edi-yu sekkiz yuz,
Kim yana tuhfae ayon qildi,
Tuhfa yoʻq, turfae bayon qildi.
Oʻqugʻonda buxoriu muslim
Qirq soʻz borcha shubhadin solim.
Nasr ila nazmin murakkab etib,
Forsiy lafz ila murattab etib,
«Arbaʼin»e chiqardikim, jonlar
Balki qirq arbaʼin chiqorgonlar.
Toptilar anda nashʼai maqsud,
«Arbaʼin»din nechukki, ahli shuhud,
Forsiydonlar aylabon idrok,
Oriy erdi bu nafʼdin atrok.
Istadimki, bu xalq ham bori
Boʻlmagʻaylar bu nafʼdin oriy.
Men demakni chu muddao aylab,
Ul ijozat berib duo aylab.
Muddao chun bori savob erdi,
Har duo qilsa, mustajob erdi.
Bir-iki kunki ehtimom ettim,
Koʻz tutardin burun tamom ettim.
Bor umidimki, shohi sharʼoyin
Kim, nabiy sharʼiga berur tazyin,
Ulki avroq aroki solgʻay koʻz,
Aylagay koʻngliga asar bori soʻz.
Nasridin dagʻi bahravar boʻlgʻay,
Nazmdin dagʻi boxabar boʻlgʻay.
Bu kun oʻlsa hadislarga mutiʼ,
Tongla boʻlgʻay muhaddis anga shafiʼ.

1. Lo yuʼminu ahadukum hatta yahibbu la ahihi ma yuhibbu li nafsihi. Moʻʼmin ermastur, ulki iymondin
Roʻzgorida yuz safo koʻrgay,
Toki qardoshiga ravo koʻrmas —
Har nekim oʻziga ravo koʻrgay.

2. Man aʼta lillahi va manaʼa lillahi va ahabba lillahi va abgʻaza lillahi faqad-isʼtakmala iymanahu. Kimgakim hubbu bugʻzu manʼu ato
Haq uchun boʻldi jazm bil oni,
Kim erur tengri lutfidin komil
Ahli iimon qoshida iymoni.

3. Al-muslimu man salim al-muslimuna min yadihi va lisonihi. Kim musulmonligʻ aylasa daʼvo
Chin emas gar fido qilur jonlar.
Ul musulmondururki, solimdur.
Tiliyu ilgidin musulmonlar.

4. Xislat aʼni lo yajtamiʼani fi moʻʼminin al-buxlu va suʼ ul-xulqi. Moʻʼmin ersang qilib durringni nisor,
El bila ravshan oʻl nechukkim shamʼ.
Negakim, tengri hech moʻʼminda,
Buxlu badxoʻyluqni qilmadi jamʼ.

5. Yashibu ibnu adama va tashubbu fihi xislatoni al-hirsu va tul ul-amali. Odamigʻa agarchi voqeʼ erur
Qarigan sori barcha ishda xalal.
Ikki feʼli vale yigitrak oʻlur:
Biri hirsu birisi tuli amal.

6. Man lam yashkurinnasa lam yashkurillaha. Ulki xoliqga shukr der, avval
Shokir oʻlmoq kerak xaloyiqdin.
Kimki, maxluq shukrini demagay,
Demagay dagʻi shukr xoliqdin.

7. Man lam yarhaminasa la yarhamhullohu. Tengridin rahm agar tamaʼ qilsang,
Avval oʻlmoq keraksen elga rahim.
Har kishikim ulusqa rahm etmas,
Anga rahm aylamas rahimi karim.

8. Ad-dunyo malʼunatun va malʼunun ma fiyha illa zikrallohi taolo. Dunyovu har ne andadur mavjud
Boʻldi haq laʼnati giriftori.
Gʻayri haq zikrikim, erur zokir
Tengrining rahmati sazovori.

9. Luʼina abd ud-diyari va luʼina abd ul-dirhami. Rahmat ozodagʻaki ul olmos,
Dahr dinoru dirhamin gʻamgʻa.
Lek laʼnat angaki qul boʻlgʻay:
Xoh dinoru xoh dirhamgʻa.

10. Dum ala-t-tahorati yuvsaʼu alayka-r-rizqu. Gar hamisha tahorating boʻlsa,
Origay foqa chirki ul suvdin,
Tohir oʻl istasang fuzun roʻziy,
Xosir ulkim piturdi bul suvdin.

11. La yuldagʻ ul-moʻʼminu min juhrin vohidin marratayni. Eyki, bir nesh etti muzyidin
Koʻnglunga pecha uzaysa, yotla.
Chunki moʻʼminni tishlamas hargiz,
Bir toʻshukdin yilon iki qatla.

12. Al-vaʼdatu daynun. Kimki har kimga vaʼdae qildi,
Shart erur vaʼdagʻa vafo qilmoq.
Vaʼdakim qilding oʻyladurkim dayn,
Farzdur qarzni ado qilmoq.

13. Al-majolisu bil-amonati. Qaysi majlisdakim eshitsang soʻz,
Bilgil ul soʻz sanga amonatdur.
Gar ani oʻzga erda naql etsang,
Ul amonatgʻa bu xiyonatdur.

14. Al-mustashoru muʼtaminun. Har kishikim birovni mahram etib,
Mashvaratda amini roz etti,
Gar yashurdi bilib saloh soʻzin,
Oʻzini qalbu hiylasoz etti.

15. As-samohu rabahun. Mol bazl ila sud agar tilasang,
Oqibat chun oʻlum erur mavjud.
Asragon qolur, ulki bazl etting
Sanga hamroh borurdin etting sud.

16. Ad-daynu shayn ud-dini. Ahli din ul dururki qilgʻay ado,
Bot agar zimmasinda dayn oʻlgʻay.
Dayn adosi chu din alomatidur,
Beadoliq dingʻa shayn oʻlgʻay.

17. Al-qanoʼatu molun la yafna. Hirsdin kechgil ul gʻamedurkim,
Haddu gʻoyat emas anga paydo.
Tut qanoatki, ul erur mole
Ki, nihoyat emas anga paydo.

18. Navm us-subayhati yamiaʼ ur-rizqa. Subh uyqusin ulki aylar tark
Rizqu roʻzin oʻziga toʻsh koʻrgay.
Ulki gʻaflatdin etti navmi sabuh,
Bu sharafni magarki tush koʻrgay.

19. Ofat us-samohati al-mannu. Har kishiga rioyate qilsang,
Minnat oʻtkarmagil gumoninggʻa.
Negakim ul kishiga ofat erur,
Yukla minnat va lek joninggʻa.

20. As-saʼidu man vuʼiza bigʻayrihi. Elga ne kelsa aylamas pand,
Ulki koʻnglini qildi gʻaflat band.
Kimki pand oldi elga tushgandin,
Oni bilkim, erur saodatmand.

21. Kafa bilmarʼi isman an yuhaddisa bikulli ma yasmaʼu. Bu yozuq bas kishigakim, eldin
Har na soʻzkim eshitti fosh etti.
Togʻ eshitganni der, gunohidin
Goʻiyo tengri oni tosh etti.

22. Kafa bilmavti vaʼizan. Voizing bas ato-ano oʻlumi,
Kim alarcha erur sanga nosih.
Voize ul kim ayturu qilmas,
Erur ul voizing munga rojih.

23. Xayr un-nasi man yanfaʼuli-n-nasi. Xalq aro yaxshiroq, deding, kimdur?
Eshitib, ayla shubha rafʼ andin,
Yaxshiroq bil ani ulus arokim,
Yetsa koʻprak ulusqa nafʼ andin.

24. Innalloha yuhib us-sahl at-talqa. Haq seni sevgay el bila boʻlsang,
Tilu koʻnglungni qilib yakroʻy,
Nukta sursang shukuftau xandon,
Zist qilsang kushodau xushroʻy.

25. Tahadu tahabbu. Doʻstlashinglar hadiyalar berishib,
Bahra topqon xirad atiyasidin.
Xud jahonda atiyae bormu,
Yaxshiroq doʻstliq hadiyasidin.

26. Utlub ul-xayri inda hisonil-vujuhi. Eyki, bir ishda hojating boʻlsa,
Yaxshi yuzlukdin ista baxshoyish.
Toki baxshoyishidin avvalroq
Koʻrmagidin etushgay osoyish.

27. Zur gʻabban tazdad hubban. Bir-birin doʻstlar agar gah-gah,
Koʻrsalar, doʻstluq oʻlur gʻolib.
Shavqdin ixtilot oʻlur matlub,
Vasl uchun orzu oʻlur tolib.

28. Tuba liman shagʻalahu aybuhu an uyub-un-nasi. Ey xusho ulki, ayb koʻrmamak ila
Yuz hunarvar marotibin topqay.
Yaʼni oʻz aybi pardasi koʻziga
Oʻzga el aybi chehrasin yopqay.

29. Al-gʻinal-yaʼsu mimma fi aydin-nasi. Boyligʻ istar esang el ilgidin
Har na koʻrsang boridin oʻl navmid,
Bul gʻino, baski, xalqdin kechibon
Tutsang ummid haqdin-oʻq jovid.

30. Min husnil islom il-marʼi tarkuhu ma la yuiybuhi. Kimki islom koʻzgusida tilar
Har zamon oʻzga bir safo mavjud,
Kechsun ul navʼ borcha ishdinkim,
Tengri rozi emas, ulus-xushnud.

31. Laysa ash-shadidu bisirʼati innama ash-shadid ul-laziyna yamliku nafsahu ind al gʻazabi. Emas ul pahlavonki oʻz qadrin
Bosh uza eltibon nigun qilgay.
Pahlavon oni bilki etsa gʻazab
Nafsi ammorani zabun qilgʻay.

32. Lays al-gʻaniyu an kasrat il arzi innamal-gʻaniyu nafsi. Boy emas ulki, mol kasratidin
Koʻrmagay foqau talab ranjin.
Oni bilkim, xudoy bermish anga
Nafsi ammora tarkini ganjin.

33. Al-hazmu suʼ uz-zanni. Hazm bois durur angaki, mudom
Ishi el sori badgumon oʻlgʻay.
Doimo ehtiyot etar angakim,
Qayodlardin hama amon oʻlgay.

34. Al-ilmu la yahillu manʼhu. Ey xiradmand olimeki, sanga
Ilmdin roʻziy ayladi soneʼ.
Kishi oʻrgansa qilmagʻil mahrum,
Yoki nafʼ olsa boʻlmagʻil moneʼ.

35. Al-kalimat ut-tayyibatu sadaqatun. Yaxshi soʻz birla hojat ahlin soʻr,
Bermasang yaxshi toʻʼmadin nafaqa.
Pe uchunkim rasul qavli bilan
Yaxshi soʻz bordur uylakim sadaqa.

36. Kasrat uz-zihki yumiyt ul-qalba. Asru koʻp kulmakim, oʻlar ermish,
Zinda dil koʻngli kulgu kasratidin.
Muni har kimki bildi koʻngli bila,
Kulmagay oʻlsa koʻngli hasratidin.

37. Al-jannatu tahta aqdomi ummahati. Onalarning oyogʻi ostidadur
Ravzai jannatu jinon bogʻi.
Ravza bogʻi visolin istar esang,
Boʻl onaning oyogʻi tufrogʻi.

38. Al-balou muakkalun bin-nutqi. Dedi koʻp soʻzlagan xato koʻp etar,
Ulki derlar ani valiyulloh.
Har balokim etar-erur soʻzdin,
Buyla hukm ayladi nabiyulloh.

39. An-nazaru ilal marʼatil-ajiabiyati sahmun min sihami iblisa. Solma koʻz kimsa boʻlsa nomahram,
Garchi nafsing topar nazorada sud,
Ki nazarkim harom-shaytonning
Novakidur va lek zahrolud.

40. Lo yashbaʼ ul-moʻʼminu duna jorihi. Kimki moʻʼmin durur qachon chidagʻay,
Kim oʻzi toʻqu qoʻshni boʻlgʻay och.
Anga dogʻi kerak etursa nasib,
Xonida gar qulochu xohi umoch.

* * *

Eyki, shaxsingni xoliqi fattoh
Dedi: «Xammartu arbaʼina saboh»,

Erur ul arbaʼining avvali hol,
Ayla bu «Arbaʼin» bila aʼmol,

Ki bu navʼ ikki «Arbaʼin» mavjud
Boʻlsa, shoyadki topqasen maqsud.

Yetsa maqsud muddao birla
Meni yod etgasen duo birla

Ki, Navoiygʻa ul duo etgay,
Bulbuli ruhigʻa navo etgay.

Val-hamdu lillahi ala tavfiqi haazl-arbaʼini vas-salotu vas-salom at-tayyibin at-tohirina va sallama tasliman kasiyran.

«Arbaʼin»ning Izoh Va Tarjimalari

Sharq adabiyotida «arbaʼin» anʼanasi mavjud boʻlib, xalq orasida mashhur, eng sahih hadislardan 40 tasini saralab olib, uning mazmunini bir ruboiyda talqin qilingan. Abdurahmon Jomiyning «Chihil hadis»ini Alisher Navoiy turkiyga tarjima qilgan. Shoirning niyati, asar muqaddimasida taʼkidlanganidek, «forsiydonlar idrok aylagan» qirq hadis mohiyatidan turkiyzabonlarni ham bahramand qilish edi. Bu hadislarni sheʼrga solishda esa barcha shoirlar ularning oson tushunilishini, yodda saqlanilishini ham nazarda tutganlar.

Hadisi Sharif Tarjimalari

1. Sizlardan hech biringiz oʻziga ravo koʻrgan narsani birodariga ravo koʻrmaguncha, chin moʻʼmnn boʻlolmaydi.

2. Kimki xayr-ehson qilishda, nooʻrin joylarga sarf qilmaslikda, yaxshi odamlarni doʻst va yomon odamlarni dushman tutishda faqat Ollohning rizoligini niyat qilgay boʻlsa, demak u oʻz iymonini butun saqlaydi.

3. Qoʻlidan va tilidan musulmonlarga ozor etmaydigan kishigina haqiqiy musulmondir.

4. Moʻʼmin kishida ikki xislat jamʼ boʻlmaydi: baxillik va yomon xulqlilik.

5. Inson keksaygan sari unda ikki xil xislat yasharib boradi: dunyoga muhabbat va orzu-havas.

6. Kimki nnsonlarga shukr aytmasa Ollohga ham shukr qilmaydi.

7. Odamlarga rahmli boʻlmagan kishiga Ollohning ham rahmi kelmaydi.

8. Dunyo malʼundur, Olloh zikridai boshqa dunyodagi befoyda ishlar ham malʼundur.

9. Dinor va dirhamga qul boʻlganlarga laʼnat boʻlsin.

10. Doim tahoratli yurgin, tahorat — tozalik rizqu roʻzingni oshiradi.

11. Moʻʼmin kishi bir teshikdan ikki marta chiqolmaydi.

12. Vaʼda — bu qarzdur.

13. Majlislarda eshitganing — omonat.

14. Maslahatchi — ishonchga sazovordir.

15. Qoʻli ochiqlik — foydadur.

16. Qarz - bu din uzra dogʻdur.

17. Qanoat — tuganmas boylikdir.

18. Tongi uyqu rizqni qisqartiradi.

19. Minnat — saxiylik ofatidir.

20. Boshqalardagi kamchilikni koʻrib, oʻzini tuzatgan odam—saodatlidir.

21. Eshitgan gaplarini oʻzgalarga aytish — insonning gunohga botishi uchun kifoyadir.

22. Oʻlim — bu ayni pandu nasihatdur.

23. Insonlarning yaxshisi — insonlarga foydasi tegadiganidir.

24. Olloh taolo xushfeʼl va ochiq yuzli bandalarini sevadi.

25. Bir-biringizga hadyalar berib, doʻstlashinglar.

26. Yaxshilikni chehralari ochiq odamlardan kutinglar.

27. Goh-goh koʻrishganda muhabbat oshar.

28. Oʻz aybini bilib, boshqalar aybini qidirmaydigan odam — xoʻb yaxshi odamdur.

29. Haqiqiy boylik— bu odamlar qoʻlidagi narsalardan noumid boʻlish, tamaʼ qilmaslikdur.

30. Oʻziga yarashmagan narsalarnn tark etnsh — inson musulmonchiligining husnidur.

31. Kurashda gʻolib chiqqan pahlavon emas, balki gʻazabi kelganda, oʻzini bosib olgan odam pahlavondir.

32. Boylik — molu dunyoning koʻpligi bilan emas, balki nafsning toʻqligi bilan oʻlchanadi.

33. Ishonmaslik — ehtiyotkorlikdir.

34. Ilmda baxillik yoʻq.

35. Yaxshi soʻz — sadaqadur.

36. Kulgining koʻpi — qalb oʻlimi.

37. Jannat onalaringiz oyogʻi ostidadur.

38. Hamma balo — tildandur.

39. Begona asllarga tashlangan har bir nazar —shayton oʻqidur.

40. Moʻʼmin kishi qoʻshnisi och turib, oʻz qornini toʻygʻazmaydi.

Shul «Arbaʼin»ga muvaffaq etgani uchun Ollohga shukr. (Muhammad) va uning barcha pok nasliga Ollohning marhamat va rahmati hamda salomi boʻlsin.

Hadislarni TDSHI aspiranti Mansur Asqarov tarjima qilgan.