OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAlisher Navoiy
Asar nomiBadoyi' ul-Bidoya (I- qism)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Alisher Navoiy
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm339KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/19
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Badoyi' ul-Bidoya (I- qism)
Alisher Navoiy

Debocha

Fasohat devonining gʻazal saroylari tab’ maxzaanidin shoʻridahol oshiqlar xirmani joniga oʻt solgʻudek bir otashin la’l nazm silkiga torta olmagʻaylar, agar soʻz debochasin ul soni’ javohiri hamdi bila murassa’ qilmagʻaylarkim, ishq ahlin olmosi lison sharafi va gavhari bayon lutfi bila soyir insonning durratul-toji qildi.

Subhonallohu huval-aliyul-mutaol,
Kim ayladi ishq bahrini molomol.
Insonni chu anda soldi gʻavvos misol,
Ham gavhari hol berdi, ham durri maqol.

Va balogʻat boʻstonining chamanoroylari xayol gulshanidin sohibjamol ma’shuqlar gulbuni husnigʻa ziynat bergudek bir otashin gul vazn guldastasigʻa bogʻlay olmagʻaylar, agar kalom fihrastin ul qodir zavohiri shukri bila mulamma’ qilmagʻaylarkim, husn xaylin gulbargi uzor bogʻi va nargisi bemor charogʻi bila koffayi xaloyiq qurratul-ayni etti.

Alhamdu limujidil-hadoyo va ni’am,
Kim kesti vujud bogʻidin xori adam.
Ul bogʻda har gul oʻtikim, chekti alam,
Jon evini yorutti, nazar sham’inn ham.

Bu hamdi mazkur va sanoyi masturgʻa koʻngul moyil va til qoyil boʻlub, koʻngulga orom va tilga kom yetishmagay, to risolat burjining munir axtari va nubuvvat durjining samin gavhari va «mo yantiqu an-il-havo» taronasining mushorun ilayhi va «in huva illo vahyun yuho» xazonasining mu’tamadun alayhi va «ana afsahu» surudining mutarannimi va «ana amlahu» durudining mutakallimi na’tining tuhfasi anga vosita va durudniing hadiyasi anga vasila boʻlmagʻay.

Muhammadkim, rusul anjumdur, ul oy,
Qayu oy, balki mehri olamoroy.
Vujudining tufayli toʻqquz aflok,
Bu da’vo shohidi manshuri «lavlok».
Olib yuz barqdin sur’at samandi,
Yangi oy ul oy samandi siynabandi.
Sitomi markabi Birjisu Nohid,
Iki yondin chanoqi oyu xurshid.
Zalolat koʻyining mahzunlarigʻa,
Jaholat dashtining majnunlarigʻa,
Shafi’ etkil oni jovid, ilohiy,
Meni ham qoʻymagʻil navmid, ilohiy.

Va sallallohu alayhi va alo olihit-tayibin va ashobihittohirin va alo man taba’ahum ajma’in ila yavmidin.

Bu parishon ajzoning varaqnigori va bu oshufta avroqning qissaguzori, mehnat paymonasining jur’achashi va malomat xumxonasining sabukashi, shaydoliq mahallasining rasvosi va rasvoliq koʻchasinnng shaydosi

Vafo boʻstonining dostonsaroyi,
Malomat bulbuli, ya’ni Navoiy

gʻafarallohu zunubahu andoq arz qilurkim, ul chogʻkim Xuroson taxti koʻragonliq duvoji ila ziynatafzoy va Koʻragon farqi jahonbonliq toji bila falakfarsoy erdi, umrum shabistoni shabob sham’lari nuridin munavvar va hayotim gulistoni yigitlik gullari atridin muattar erdi, sinn muqtazosidin tabiatgʻa havo gʻolib va havo gʻalabasidin tabiat lahvgʻa tolib erdi, koʻnglagim chokidin koʻksumdagi eski toʻganlar bir-bir ayon va koʻkragimda kesgan yangi aliflardin koʻnglagim xat-xat qon, mudom may ragʻba-ti koʻngulga mahbub va hamisha mahbub ulfati xotirgʻa margʻub, jonim ishq bodasidin mast va koʻnglum boda ishqidin mayparast:

Boʻlmasa ollimda gulrux soqiy, ahvolim xarob,
Yoʻq esa soqiyda gulgun jomi may, bagʻrim kabob.

Oz vaqtda boda selidin hushu aqlim evi yiqildi va ishq barqi salohu ofiyatim xirmanin kul qildi:

Birovki, ishqu may ilgida mubtalo boʻlgʻay,
Ne tong, agar anga har lahza yuz balo boʻlgʻay.
Agarchi sa’b balodur, vale budur tilagim,
Ki bu balo manga boʻlgʻay hamisha, to boʻlgʻay.

Bori shuur surati koʻnglumdin ketdi va koʻngul surati holi bir yerga yetdikim,

Tun-kun ayogʻim yalang, yoqam chok,
Mayxona yoʻlida mastu bebok.
Har dam yetibon falakka huyum,
Avbosh ila barcha guftugoʻyum.

Chun tab’i jibilliy salomatdin va jibillat zoti istiqomatdin oriy ermas erdi, oshiqliq koʻchasidakim, ajib holotgʻa gʻoyat va xumorliq mahallasidakim, gʻarib mushkilotgʻa nihoyat yoʻqturur; ishqda xoh habib jamoli hayratidin va xoh raqib xayoli gʻayratidin va xoh visol bahori intizoridin va xoh firoq xazoni xor-xori iztiroridin har nav’ ish yuzlansa erdi; va mayda xoh mastliq ayshu tarabidin va xoh maxmurliq ranju taabidin va xoh mayfurush inoyatidin va xoh muhtasib shikoyatidin har amr voqi’ boʻlsa erdi, ul holgʻa loyiq va ul xayolgʻa muvofiq:

Koʻnglumda ne ma’ni oʻlsa erdi paydo,
Til aylar edi nazm libosida ado.
Ul nazmgʻa jonin qilibon xalq fido,
Solurlar edi gunbazi gardungʻa sado.
Bu vayron tab’ni bayt etsa mastur,
Tutub shuhrat nechukkim bayti ma’mur.
Xarobot ichra paydovu nihoniy,
Ul erdi xalqning ratbul-lisoni.

Yoʻqkim, xarobot durdnoʻshlari, balki munojot xirqapoʻshlari va demaykim, avom arozili, balki xavos afozilining tillariga joriy va koʻngullariga koriy tushar erdi va ul zamonning karimul-xulq ozodalari, balki azimush-sha’n shahzodalari iltifotigʻa musharraf boʻlur erdi. Xususan, saltanat ganjining durri samini va qanoat kunjining xoknishini, ilmu zako ahlining yagonasi va faqru fano xaylining benishonasi, itik zehni daqoyiq rishtalarining girihkushoyi va arigʻ tab’i haqoyiq chehralarining pardaraboyi

Tab’i darveshu oʻzi shohnishon,
Shohi darvesh Muhammad Sulton

abqol-lohu kanza fanoihi va adoma izza gʻinoihikim, matla’e yo ortuqroq, yo tamom gʻazal tilim xomasi taqririgʻa kelsa erdi, yo xomam tili tahrir qilsa erdi, filhol ani mushkbor qalam birla kofurkirdor safhagʻa raqam qilib, oqu qaroni andin maxtut qilur erdi va yana ham anga qarobat hisobliq tezfahm shahzodalar va musohib intisobliq xushtab’ mirzodalar mutaaddid savod qilib, soyir ulusgʻa yoyilur erdi va oshiqpesha beqarorlarning ja-lisi mehnati va ma’shuqsheva gul’uzorlarning anisi suhbati boʻlub, xavosu avom orasida ishtihori tamom va intishori molokalom topar erdi. Va lekin xotirimgʻa kelmaskim, bu parishon abyotni jam’ qilmoq xotirimgʻa kelmish boʻlgʻay va koʻnglumga kechmaskim, bu parokanda ash’orgʻa tartib bermak koʻnglumga kechmish boʻlgʻay. Agarchi, alarkim axassi ashob va aazzi ahbob erdilar, koʻp qatla bu ish irtikobigʻa iltimos va taklif qilur erdi-lar, ammo oshufta xayolgʻa andoq kelur erdikim,

Kulmakka oʻrganur el har soʻzki desa majnun,
Ul soʻzni jam’ qilsa, kulmakni istar afzun.
Devonaki, mast boʻlsa doyim,
Kulmakka erur soʻzi muloyim.
Oʻrgansa ulus, emas tahayyur,
Gohi kerak elga ham tamasxur.

Va farzankim, bu soʻzlardin ba’zi zavqu hol yuzidin tadvingʻa mustahiq va aazzahu aning tartibi istid’osido muhaqqiq boʻlgʻaylar, ammo qoyilekim,

Har kun yana bir ishq iladur afsona,
Har tun yana bir shay’gʻadur parvona,
Ish anga junun, manzil anga mayxona,
Devon yasamoqni ne bilur devona?!

Va bar taqdirekim, qoyil jununi iloj qobili boʻlgʻay va avqoti jomi saloh bodasidin tulgʻay,

Bartaraf boʻlgʻay mayu ishqu junun,
Barchagʻa qoyimmaqom oʻlgʻay funun.

Ammo ash’or tadvin qilgʻonlardin ba’zikim, baqo mulkida foniy va ba’zikim, holo fano dayrida boqiy dururlar. Avvalgʻi zumradin bovujudi dard beshasining gʻazanfari va ishq otashgoxining samandari, ma’dani javohiri ma’naviy Amir Xusrav Dehlaviy qaddasal-lohu taolo ruhah va fano mayxonasinnng rindi xirkachoki va balo paymonasining masti beboki, ishqu muhabbat asrori aminlarining hamrozi Xoja Hofiz Sheroziy saqol-lohu saroh. Va soʻnggʻi firqadin quds shabistonining sham’i anvari va uns gulistonining andalibi suxanvari, balogʻat shakkaristonining toʻtiyi shirinkalomi janobi maxdumiy mavlono Abdurahmon Jomiy maddal-lohu taolo zilola irshodihi alo maforiqit-tolibin devonlari orada boʻlgʻay. Va uygʻur iboratining fusahosidin va turk alfozining bulagʻosidin mavlono Sakkokiy va mavlono Lutfiy rahimahumol-lohkim, birining shirin abyoti ishtihori Turkistonda begʻoyat va birining latif gʻazaliyoti intishori Iroqu Xurosonda benihoyatdurur, ham devonlari mavjud boʻlgʻai. Va gʻaribroq bukim, gʻaroyibi maoniy iktisobi uchun gʻarobat iqlimlarida tab’ sayyohini gʻurbatgʻa solgʻon forsiydisor va turkiyshior yigitlar sarxayli yori aziz Suhayliy doma tavfiqahkim, forsiy ash’or bahorida fayz sahobidin yoqqan maoniy yomgʻurinnng har qatrasi rishtasigʻa shoʻxtab’ abkori barmogʻlari uchi bila yuz girih tugar va turkiy abyot maydonida azimat bodpoyin poʻyagʻa solsa, yuz yilgʻi oʻlgan daqoyiq parivashlarining silsilayi zulfidin chobukluq zaman shahsuvori sinoni noʻgi bila yuz zirih koʻtarur. Holiyo ikkalasi alfoz nazmigʻa qoyil, balki devon takmiligʻa moyil boʻlgʻay.

Va yana dogʻi latofatshior nozimlar zaroyifi va zarofatdisor roqimlar latoyifi har yondin istimo’ tusharkim, koʻpragi gʻazal uslubigʻa mashgʻul va aytilgʻon gʻazallaridin koʻpragi matbu’ va maqbuldur. Ma’no daryosida muncha gʻavvos orasida bir biyobongʻa xoʻy qilgʻan devonakim, shino fanidin dogʻi begona boʻlgʻay, oʻzin ne nav’ bu daryogʻa solgʻay va solsa ham, ne gavhar topa olgʻay?

Bu qofila ahligʻa haram shavqi tamom,
Jammozalari poʻya bila abrxirom.
Men xastaki, yerdin ola olmon bir gom,
Hamrahliq alar birla xayoledur xom.

Doim el qoshida bu nav’ maqbul uzr bila mashhur va oʻz ollimda bu tavr ma’qul bahona bila ma’zur erdim, to roʻzgor havodisi ul jahondor saltanati asosin barham urdi va yel taharrukluk sipehr ul komgor sham’i hayotin oʻchurdi, mulksitonliq taxti bir shahanshoh maqdami bila tafoxur qildikim, saodat axtari tojining gavhari boʻlmoqliq bila boshin koʻkka yetkurdi va jahonbonliq toji bir anjumsipoh farqi bila mubohot koʻr-guzdikim, iqbol kavkabi chatrining qubbasi boʻlmogʻliq bila farqin quyoshgʻa yetkurdi. Mulk shabistoni bir davlat mash’ali bila ravshan boʻldikim, uchqunining ashi’asida badri munir badr ollida Suhodek yoshundi va adl shahristoni bir ma’dilat xurshidi bila yorudikim, ashi’asining partavida mehri olamgir mehr ollida zarradek koʻrundi. Iqlimgirekim, humoyun alqobi sharafidin farmonravoliq xutbasining minbari poyasi Mushtariy avjigʻa yetti va gʻanjbaxshekim, roʻzafzun janobi ismidin kishvarkushoyliq sikkasining mir’oti behbud naqshin zohir etti. Pokdinekim, shariat rivojida xurshidi ra’yati ixtisobidin Zuhra udi yuzidagi torlardin mushaf bitir mistar yuziga chekti. Adloyinekim, raiyat rioyatida insofi dehqoni madadidin Mirrixi qahtandesh savobit donalarin sipehr mazra’ida ekti. Sohibqironekim, tiygʻi suyidin razm boʻstonida fath gullari ochildi, mulksitonekim, azmi asaridin bazmi anjumanida inoyat sahobidin zafar durlari sochildi.

Shahekim, vasfi yuz ming yil tuganmas, desa yuz ming til,
Bu aytilgʻoncha yuz ming bil, yana har birni yuz ming qil.
Ki yuz mingdin biri zikr oʻlmagʻay zikr oʻlsa yuz ming qarn,
Bu yuz ming qaridin ham boʻlsa har bir lahza yuz ming yil.
Oliy nasabi bila quvonib xonlar,
Tun-kun eshigini yastanib xoqonlar,
Oy-yil qadamida bosh qoʻyub qoonlar,
Jonlar bila qullugʻin qilib sultonlar.
Gardun qadi hilmi yukidin xam boʻldi,
Oy lam’asi ra’yi nuridin kam boʻldi,
Sultonligʻ anga garchi musallam boʻldi,
Bu turfaki, darveshsifat ham boʻldi.
Bu yangligʻ yozdi alqobini davron,
Ki sulton ibni sulton ibni sulton —

Abulgʻoziy Sulton Husayn Bahodirxon xalladal-lohu taolo mulkahu va saltanahu va afoza alal-olamina birrahu va ihsonah

Roʻziy anga barcha kom boʻlsun, yo rab,
Iqboli mayi mudom boʻlsun, yo rab,
Ham ishrati bardavom boʻlsun, yo rab,
Ham davlati mustadom boʻlsun, yo rab.

Omin, yo rabbul-olamin.

Hosilkim, chun ul saltanat sipehrining quyoshi anjum shoxi toʻrtunchi sipehr anjumanini musaxxar qilgʻondek, toʻrtunchi iqlim taxtida mutamakkin boʻldi. Rub’i maskun xaloyiqi farogʻat maskanida muraffahul-hol va rifohiyat ma’manida forigʻul-bol boʻlub,

Nechukkim qamar tegrasida nujum
Ulus ul quyosh sori:qildi hujum.
Jahon mulkatining ulugʻ beklari,
Yana poyada oʻrtarogʻdeklari.
Ulugʻ neyu, oʻrta nekim, xosu om
Rafi’ ostonigʻa aylab xirom.
Yetib dargahigʻa, topib bor ham,
Budur turfaroqkim, meni zor ham.
Falak javfida bir ovuch xokdek,
Karonsiz tengiz ichra xoshokdek.
Janobigʻakim, arsasidur sipehr,
Oʻshul arsa kirpichlari mohu mehr.
Uzumni solib zarradek beqaror,
Itib ul quyosh nurida zarravor.
Kuyosh arsasin chun matof ayladim,
Ani zarra yangligʻ tazof ayladim.

Chun yuzum bu sipehroso dargoh tufrogʻidin bahramand va boshim bu falakfarso borgoh itlari ayogʻidin arjumand boʻldi, agarchi ota-otadin yetti pushtgʻa degincha bu rafi’ dudmonning boyiri bandasi va bu vasi’ ostonning mavrusi tugʻmasi, ya’ni bu xonazodaning xonavodasi va bu xonavodaning xonazodasi erdi:

Otam bu ostonning xokbezi,
Onam ham bu saro boʻston kanizi.
Manga, gar xud boʻlay bulbul, vagar zogʻ,
Kim ushbu dargah oʻlgʻay gulshanu bogʻ.
Vale umre bu gulshandin havodis
Qilib jonimga hijron ranji hodis.

Va lekin qobiliyat qillatidin va haqorat kasratidin hargiz salotini oliymiqdor mulozamati muddaosi xotirimgʻa xutur qilmaydurur erdi va xavoqini sipehriqtidor xususiyati tamannosi botinimda zuhur etmaydurur erdi. Ammo ul hazratning kimyo xosiyatliq iltifotlaridin va iksir manfaatliq murootlaridin mulozamatda beixtiyor va ubudiyatda devonavor erdim va xurshidi ra’yatidin nihoyatsiz tarbiyatlar quyosh togʻdin anvo’i javohir paydo qilgʻondek, koʻnglum konin daqoyiq gavharlari birla orosta qilib va sahobi kafidin gʻoyatsiz taqviyatlar boʻlub, tufrogʻdin turluk rayohin huvaydo qilgʻondek, xotirim boʻstonin latoyif gullari birla perosta aylar erdi. Va durarbor tiliga majolisda ba’zi abyotim mazkur va gavharnisor ilgiga mahofilda ba’zi gʻazaliyotim mastur boʻlur erdi. Va gohi iboratim qusurin tagʻyir bermak bila aybdin mubarro, va gohi maoniyimdin futurin isloh qilmoq bila nuqsondin muarro qilur erdi. Ba’zi baytimdin biror nomunosib lafzni chiqorib, bir dasta subha ichra bir durri shahvor tortqondek biror lafz kiyurur erdi va ba’zi gʻazalimdin biror nohanjor baytqa xat urub, bir buzugʻ dasht ichra bir qasri zarnigor yasagʻondek, biror baytgʻa daxl berur erdi. Bu oshufta abyotimda ul lafz va bu parishon gʻazaliyotimda ul bayt

Xoro orasinda erdi gavhar yangligʻ,
Yo kullar ichinda erdi axgar yangligʻ,
Yoxud tikan ichra guli ahmar yangligʻ,
Balkim tan aro ruhi musavvar yangligʻ.

Chun bu baytlar ayvoni ul islohlar naqshu nigoridin rashk» nigorxonayi Chin va bu gʻazallar boʻstoni ul ihtimomlar bahoridin gʻayrati xuldi barin boʻla boshladi; sohibnazarlar koʻziga mahbubroq va ahli dillar koʻngliga margʻubroq boʻlub, hurmati gʻoyatdin va shuhrati nihoyatdin oʻtti, val-haq

Boʻldi, chu shoh surdi isloh etarga xoma,
Har bayti — shohbayte, har noma — shohnoma.

Men bu vayronani ul javohir naqdi maxzan qilgʻan hayratdin mutafakkir va bu koshonani ul mashoil nuri ravshan etgan fikratdin mutahayyir:

Ravshan qilib ul charogʻi tobanda meni,
Mas’ud etib ul axtari farxanda meni,
Har nuktasi yuz qatla qilib banda meni.
Har shafqati bandaliqda sharmanda meni.

Mundoq holatda:

Nido yetkurdi nogah munhiyi roz,
Ki:— «Ey afsungaru afsonapardoz,
Balogʻat kishvarining nuktadoni,
Fasohat mulkining sohibqironi,
Ravon xomang uchun aylab murattab,
Atorud koʻz qarosidin murakkab,
Maoniy xaylikim, mar’iy emas ul,
Hamono qildi xomang javfidin yoʻl.
Ulus tab’ing sahobi yomgʻuridin
Boʻlub serob, bal nazming duridin
Soʻzung bir avj uza chekti alamni,
Ki surdung arsh lavhigʻa qalamni.
Agarchi axtaredur har soʻzung pok,
Ki evrulur aning boshigʻa aflok.
Valekin bu qadar bikri parison
Banotun-na’shdek boʻlmish parishon.
Tilarbiz, bu parishon boʻlsa majmu’,
Ravon boʻlkim, emastur uzr masmu’.
Chu oliy himmatimiz boʻldi moyil,
Sen oʻldung muncha nodir soʻzga qoyil.
Bu nav’ istaydur emdi royi oliy,
Ki qilgʻay fikrating devon xayoli.
Jahonda kimga boʻlsa muncha farzand,
Ki boʻlgʻay barcha ruhafzovu dilband.
Ravomudur bizing farrux zamonda
Alarni darbadar qilmoq jahonda?!
Barin yigʻ emdi andogʻkim atolar,
Suruk tiflin nechukkim kadxudolar.
Ki bor ul xayli sargardoni soda
Sanga farzand, bizga xonazoda.
Alar bechoravu biz chorarasbiz,
Sen ar nomehribonsen, biz emasbiz.
Chu bilding hukm, bor ishtin ruju’ et,
Ravon maqsud sori-oʻq shuru’ et.
Murattab qilmagʻuncha tinma bir dam,
Soʻz oʻldi muxtasar, vallohu a’lam”.

Bu vojibul-ittibo’ amr vuqu’idin va bu yasihus-sukut hukm suduridin dud boshimgʻa oshti va oʻt dumogʻimga tutoshti, xomam tili lol va tilim xomasi shikastamaqol boʻldi. Ne shurg' qilurgʻa quvvat va ne uzr ayturgʻa qudrat; gʻoyati iztirob, balki iztirordin oʻz voqi’amgʻa sodiq va oʻz holimgʻa muvofiq tilim bu baytgʻa mutakallim va koʻnglum bu navogʻa mutarannim erdikim:

Navoiy gʻamgʻa qoldi oʻz kalomi jonfizosidin,
Aningdekkim, yetar bulbulgʻa mehnat oʻz navosidin.

Ki nogah xirad piri nahib urdi va aql xabiri yuzumga yugurdi:

Ki:—«Falon, bu ne tiyrajonliqdur?
Ne balo ajzu notavonliqdur?
Ranj koʻrmay kishi toparmu farogʻ?!
Koʻngli oʻrtanmayin yonarmu charogʻ?!
Tuxm yerga kirib chechak boʻldi,
Qurt jondin kechib ipak boʻldi.
Lola tuxmicha gʻayrating yoʻqmu?!
Pilla qurticha himmating yoʻqmu?!
Aylasang ham shuru’u jon cheksang,
Sa’yda yuz piyola qon cheksang.
Senmu bergungdurur anga tazyin?
Balki shah sa’yi etgusi tadvin».
Chun xiraddin yetishti buyla navid,
Manga boʻldi oʻzumdin oʻzga umid.
Tengri tavfiqin iddio aylab,
Shah janobigʻa iltijo aylab,
Hukm mazmunigʻa qalam chektim,
Safha tartibigʻa raqam chektim.
Arzimas gar yigʻargʻa ul xoshok,
Chun bu durlar nihondur anda, ne bok?
Garchi bas tiyraroʻdur ul zulumot,
Gʻam emas, chun bor anda obi hayot.

Bu devon, inshoolloh, bu zobita bilakim mazkur boʻlur, murattab boʻlgʻay va bu robita bilakim mastur boʻlur, ihyo topqay. Necha nav’ ishkim, munda mar’iy boʻlubturur, oʻzga davovinda koʻrulmaydurur. Avval budurkim, har kishikim devon tartib qilibdurur, oʻttiz ikki harfdinki, xaloyiq iboratida voqi’durur va ulus kitobatida shoyi’, toʻrt harfgʻa taarruz qilmaydururlar. Chun soʻz arusi nazm haririning matbu’ kisvatin va mavzun xil’atin kiyib, jilva ogʻoz qilsa, huqqayi yoquti dogʻi oʻttuz ikkita gavhardin qachonkim toʻrtigʻa nuqson voqi’ boʻlsa, muqarrardurkim, jamoligʻa andin qusur va kalomigʻa andin futur voqi’ boʻlgʻusidurur.

Shoʻxeki, oʻkush husnu jamol oʻlgʻay anga,
Bir husn yana husni maqol oʻlgʻay anga.
La’li aro durlarida gar boʻlsa qusur,
Soʻz derda kerakkim, infiol oʻlgʻay anga,

Bu jihatdin ul toʻrt harf gavharlarin dogʻi oʻzga huruf javohiri silkiga tortib, gʻazaliyotni oʻttuz ikki harf tartibi bila murattab qilindi.

Yana bukim, har harf gʻazaliyotining avval bitigan gʻazal bila oʻzga gʻazallar orasida uslub xaysiyatidin tafovut rioyat qilmaydururlar. Muqarrardurkim, har amrda bir lahza haq subhonahu va taolo hamdidin yo rasul alayhis-salom na’tidin, yo bu ikki ishga dalolat qilurdek bir amrdin gʻofil boʻlmamogʻliq avlodurur. Agar lahzaye bu saodat muyassar boʻlmasa, har mutaayyin amr iftigohida xud ne nav’ tagʻoful va takosul ravo koʻrulgay:

Garchi erur tengri taolo soʻzi
Boshtin-ayogʻigʻa kalomi qadim.
Koʻrki, erur avvali har suraning
«Bismillohir-rahmonir-rahim».
Bu ishga hadis ham erur shohidi hol,
Kim sobit erurki kulli amrin zi bol.
Ham buyla ayon qildi xudoyi mutaol,
Ham ulcha rasul dedi, bordur anga dol.

Bu nav’ xayole xotirgʻa kelgan uchun har harf gʻazaliyotining avvalgʻi gʻazalini yo tangri taolo hamdi bila muvashshah, yo rasul alayhis-salom na’ti bila mufattah, yo bir mav’iza bilakim, bu ikki ishdin biriga dol boʻlgʻay, muvazzah qilindi.

Yana bir bukim, goʻyiyo ba’zi el ash’or tahsilidin va devon takmilidin gʻaraz majoziy husnu jamol tavsifi va maqsud zohiriy xattu xol ta’rifidin oʻzga nima anglamaydururlar. Devon topilgʻaykim, anda ma’rifatomiz bir gʻazal topilmagʻay va gʻazal boʻlgʻaykim, anda mav’izatangiz bir bayt boʻlmagʻay. Mundoq devon bitilsa, xud asru behuda zahmax va zoyi’ mashaqqat tortilgʻon boʻlgay. Ul jihatdin bu devonda hamdu na’t va mav’izadin boshqa har shoʻrangiz gʻazaldinkim, istimo’i mahvashlargʻa mujibi sarkashlik va gʻamkashlargʻa boisi mushavvashliq boʻlgʻay, biror-ikkiror nasihatoro va mav’izatoso bayt irtikob qilindikim, alarning lam’ayi ruxsori iffat burqa’idin koʻp tashqari lomi’ boʻlmagʻay, to bularning vujudi xirmani ul barq ixroqidin bilqul zoyi’ boʻlmagʻay, yoʻqkim, bu gʻazallar gʻazolalari jilvagarlik soz, balki pardadarlik ogʻoz qilsalar, bu baytlarning nasihatsoz vo’izlari va mav’izapardoz nosihlari moni’ boʻlgʻaylar.

Ya’ni ul gulchehralar noz etsalar,
Aqlu din yagʻmosin ogʻoz etsalar.
Ishvagarlik qilsalar gʻammoz oʻlub,
Pardadarlik etsalar tannoz oʻlub.
Lam’ayi orazlaridin har nafas,
Qilsalar olamni kuydurmak havas.
Bu nasoyih ahli hikmatlar bila,
Yuz tuman pandu nasihatlar bila,
Moni’ oʻlgʻaylar alargʻa har zamon,
To zamon ul fitnadin topqay omon.

Yana bukim, soyir davovinda rasmiy gʻazal uslubidinkim, shoyi’durur, tajovuz qilib, maxsus nav’larda soʻz arusining jilvasigʻa namoyish va jamoligʻa oroyish bermaydururlar. Ba agar ahyonan matla’e maxsus nav’da voqi’ boʻlgʻon boʻlsa, hamul matla’ uslubi bila itmom xil’atin va anjom kisvatin kiydurmaydururlar, balki tugangʻuncha agar bir bayt mazmuni visol bahorida guloroyliq qilsa, yana biri firoq xazonida xornamoyliq qilibdurur. Bu surat dogʻi munosabatdin yiroq va muloyamatdin qiroq koʻrundi. Ul jihatdin sa’y qilindikim, har mazmunda matla’e voqi’ boʻlsa, aksar andogʻ boʻlgʻaykim, maqta’gʻacha surat xaysiyatidin muvofiq va ma’ni jonibidin mutobiq tushkay.

Har yerda bahor oʻlsa, chaman boʻlsa kerak,
Har yerda chaman, gulu suman boʻlsa kerak.
Har qayda xazon boʻlsa, tikan boʻlsa kerak,
Har qayda tikan, ranju mihan boʻlsa kerak.
Zohid xush emasturur xarobot ichra,
Fosiq ne tilar ahli munojot ichra?
Gʻurbatki, qotiq tutubtur oni bori xalq,
Budurki, tushar kishi suruk yot ichra.

Yana masnaviy bila qasoyiddin boshqakim, inshoolloh, alar dogʻi har qaysi boshqa mujallad boʻlgʻay, har nav’ she’rdin, masalan, ruhafzo muxammaslar, barcha xamsaziynat; va ravonoso musaddaslar, barcha sittaziynat; va mufid ruboiyot, barcha latofatomiz; va nofi’ muqattaot, barcha manfaatangiz; va dilpazir mustazodlar, barchaning vasfi zoyidul-had; va benazir fardlar, barcha lutfu ravonliqda mufrad; va nomiy muammolar, barchasi ot yoshurmoqda sotir; va kiromiy lugʻzlar, barchaning mabtunlugʻi zohir; va musalsal tarji’lar, barcha margʻub; va mu’tadil tuyugʻ-lar, barcha turkiy uslub bu abyot zaylida muxayyal va bu ash’or xaylida muzayyal boʻldi. Va gʻaraz bu fihrastdinkim, bu zebo uzorigʻa yozildi, va maqsad bu debochadankim, bu ra’no ruxsorigʻa bitildi, ul erdikim, chun salotindin qay birikim binoye qoʻyubdururlar mann’ va ayvone chekibtururlar rafi’, ul bino ravoqida va ul ayvon toqida oʻz ismlarin tahrir va oʻz alqoblarin tanqir qilibdururlarkim, to ul ayvon toqi boʻlgʻay, ul ism anda boqiy boʻlgʻay:

Kim qilsa imorateki, maqdur oʻlgʻay,
Chun ismi kitobasida mastur oʻlgʻay
Ne choqqacha ul binoki ma’mur oʻlgʻay,
Ul ism ulus tiliga mazkur oʻlgʻay.

Chun bu qubbayi sipehrtimsol qasredurur muallo, ul hazratning tab’i latifining me’mori bino qilgʻon va bu ravzayi firdavsmisol bogʻedurur jahonoro, ul janobning xayoli sharifining bogʻboni tarh solgʻon va bu qasr asosining toqida ul roʻzafzun janob yozilsa, ne gʻarib va bu bogʻ kiryosining ravoqida ul humoyun alqob bitilsa, ne ajib:

Gʻaraz ul erdikim, bu qasri oliy,
Qi hargiz boʻlmagʻay, yo rab, zavoli,
Binoyedurki, shah bunyod qilmish,
Zamona qasridek obod qilmish.
Ani shah ixtimomi qildi ma’mur,
Meni me’mor farz et, balki muzdur,
Agar muzdur, agar me’mori mohir,
Ishicha ming chu muzdi boʻldi zohir.
Tugangach shoh qasri zarnigori,
Alargʻa qasr aro ne daxl bori?
Xalil ar Ka’bani obod qildi,
Yaqin bormuki, ne ustod qildi?!
Hamul sadkim, Sikandar qildi ma’mur,
Kim ayturkim, anga kim erdi muzdur?
Imorat sa’yida kim boʻlsa zarposh,
Bino oning oti birla boʻlur fosh.
Binogʻa garchi har kim boʻlsa boniy,
Atarlar boniy ismi birla oni.
Va lekin xalq aro bu boʻldi dastur,
Ki boʻlgʻay onda boniy ismi mastur.
Shah otin, chunki bu ma’nini bildim,
Bu qasr ayvoni uzra sabt qildim.
Ki to boʻlgʻay bu qasri charxkirdor,
Bu ism ayvonida boʻlgʻay namudor.
Alo, to charx qasri soyir oʻlgʻay,
Nujum ayvoni uzra doyir oʻlgʻay,
Bu shoh ayvoni umrining binosi
Matin oʻlsun, nechukkim charx asosi.
Qadar devonidin har lahza komin
Qazo dilxohidek yetkursun, omin!

Yana daqoyiqshior muxaqqiqlar xizmatida va haqoyiqdisor mudaqqiqlar hazratida arzim uldururkim, bu parishon abyotkim, sharh qilgʻondek tartib topti, bu zobita qaydigʻa kirmasdin va bu robita silkiga tortilmasdin burun, bu jihatdinkim, agar ba’zisi vasati sinda aytilgʻon boʻlsa, ba’zi sigʻari sinda deyilib erdi va ba’zi fikriy boʻlsa, ba’zi badiha va ba’zi sogʻ erkanda boʻlsa, ba’zi usruklukda, va ba’zi hushmandlikda boʻlsa, ba’zi devonaliqda voqi’ boʻlub erdi; oralarida, shoyadki, fohish tafovut boʻlgʻay deb jam’ qilmogʻida dalirlik qilinmas erdi, ammo xaloyiq arosida ming bayt-ikki ming bayt ortugʻroq-oʻksukrakkim oʻzlari jam’ qilib erdilar, bagʻoyat mashhur boʻlub erdi. Bularning tartibigʻa hukm boʻlgʻondin soʻngra ba’zi abyotekim, xomroq va ba’zi gʻazaliyotekim, notamomroq erdi, kitobat shuyu’idin va shuhrat vuqu’idin oʻzgalar orasidin xorij qilmoqliq mutaazzir, balki muhol koʻrindi, ul jihatdin har qaysi oʻz yerida nazm silkiga kirdi.

Gul boʻlsa, tikan dogʻi boʻlur boʻstonda,
Dur boʻlsa, sadaf dogʻi boʻlur ummonda.
Sukr oʻlsa, xummor ham boʻlur davronda,
Ayb aylama, soda bayt bu devonda.
Yuz gul arosida bir tikan boʻlsa, ne tong?!
Yuz yaxshi ichinda bir yoman boʻlsa, ne tong?!
Ming sogʻar ichilsa, uylakim obi hayot,
Birining tahida durdi dan boʻlsa, ne tong?!

Soʻz rishtasi uzoldi va maqsud gavhari orada qoldi. Bu mazkur boʻlgʻon mahodimgʻa hosilki, iltimosim budururkim, ya’ni:

Bu nomagʻakim, xomam etibtur tahrir,
Aylarda nazzora ahli ma'ni bir-bir,
Taqsir topilsa, aylasunlar tagʻyir,
Tagʻyir berurda qilmasunlar taqsir.
Ayb istaguchiki, soʻzidur barcha xilof,
Feruzani xarmuhra debon sursa gazof.
Chun javharini zohir etar, ayla muof,
Mundoq javhariygʻa tengri bergay insof.
Yo rab, chekibon koʻp raqam jurmu gunoh
Nomamni qaro qildimu umrumni taboh.
Rahmat suyidin yumasang ul nomani, oh,
Mahshar kuni netkamen meni nomasiyoh?!
Kom ayla Navoiygʻa fanoni, yo rab!
Chun boʻldi sening yoʻlingda foniy, yo rab!
Lutf ayla baqoyi jovidoniy, yo rab!
Ul dam sen bil, ne qilsang oni, yo rab!

Gʻazallar

1

Ashraqat min aksi shamsil-ka’si anvorul-xudo,
Yor aksin mayda koʻr, deb jomdin chiqti sado.
Gʻayr naqshidin koʻngul jomida boʻlsa zangi gʻam,
Yoʻqtur, ey soqiy, mayi vahdat masallik gʻamzudo.
Ey xush ul maykim, anga zarf oʻlsa bir singʻon safol,
Jom oʻlur getinamo, Jamshid ani ichgan gado.
Jomu may gar buyladur, ul jom uchun qilmoq boʻlur
Yuz jahon har dam nisor, ul may uchun ming jon fido.
Dayr aro hush ahli rasvo boʻlgʻali, ey mugʻbacha,
Jomi may tutsang meni devonadin qil ibtido.
Toki ul maydin koʻngul jomida boʻlgʻach jilvagar
Chehrayi maqsud, mahv oʻlgʻay hamul dam moado.
Vahdate boʻlgʻay muyassar may bila jom ichrakim,
Jomu may lafzin degan bir ism ila qilgʻay ado,
Sen gumon qilgʻondin oʻzga jomu may mavjud erur,
Bilmayin nafy etma bu mayxona ahlin, zohido.
Tashnalab oʻlma, Navoiy, chun azal soqiysidin
«Ishrabu yo ayyuhal-atshon» kelur har dam nido.

2

Zihi husnung zuhuridin tushub har kimga bir savdo,
Bu savdolar bila kavnayn bozorida yuz gʻavgʻo.
Seni topmoq base mushkildurur, topmasligʻ osonkim,
Erur paydoligʻing pinhon, vale pinhonligʻing paydo.
Chaman otashgahiga otashin guldin chu oʻt solding,
Samandardek ul oʻtdin kulga botti bulbuli shaydo.
Ne ishga boʻldi beorom koʻzgu aksidek Majnun,
Yuzi koʻzgusida aksingni koʻrguzmadi Laylo.
Quyoshgʻa gah qizormoq, goh sorgʻormoq erur andin,
Ki sun’ung bogʻida bor ul sifat yuz ming guli ra’no.
Nedin yuz gul ochar ishq oʻtidin bulbul kibi Vomiq,
Yuzungdin gar uzori bogʻida gul ochmadi Uzro?
Kalomingni agar Shirin labida qilmading muzmar,
Nedin bas la’l oʻlur Farhodning qon yoshidin xoro?
Jamoling partavidin sham’ oʻti gar gulsiton ermas,
Nedin parvona oʻt ichra oʻzin solur Xaliloso?
Malohat birla tuzdung sarvqadlar qomatin, ya’ni
Ki mundoq zeb birla ul alifni aylading zebo.
Qanoatning dalilin inzivo qilding, yana bir ham
Dalil ushbuki qoni’ harfidin xalq aylading anqo.
Navoiy qaysi til birla sening hamding bayon qilsun,
Tikan jannat guli vasfin qilurda gung erur goʻyo.

3

Ey, mushafi ruxsoring azal xattidin insho,
Debochayi husnungda abad nuqtasi tugʻro.
Zarrot aro har zarraki bor, zikringa zokir,
Amtor aro har qatraki bor, hamdinga goʻyo.
Mashshotayi husnungdurur ulkim, nafas ichra
Kun koʻzgusin oqshom kulidin qildi mujallo.
Kun shakli yuzung sajdasidin boʻldi mushakkal,
Tun turrasi qahring yelidin boʻlda mutarro.
Sun’ung qilibon subhni ul nav’ musha’bad,
Kim mehr oʻti ogʻzidin etar har nafas ifsho.
Goʻyoki kuyar ogʻzi ul oʻt xirqatidinkim,
Anjumdin oʻlur obilalar girdida paydo.
Muhtoj sening dargahinga xusravu darvesh,
Parvarda sening ne’matinga johilu dono.
Gul yuzida bulbul sening asroringa notiq,
Sham’ oʻtida parvona sening husnunga shaydo.
Ushshoq aro, yo rabki, Navoiygʻa maqome
Bergilki, sening hamdinga boʻlsun tili goʻyo.

4

Ey, hamd oʻlub mahol fasohat bila sanga,
Andoqki, qurbi taqviyu toat bila sanga.
Topmoq ajib fikru taxayyul bila seni,
Yetmak xayol aqlu farosat bila sanga.
Chun koinot zubdasi ojiz koʻrub oʻzin,
Hamd eta olmas oncha fasohat bila sanga.
Izhori ajz bizdin adab tarkidur base,
Yuz ming qusuru nuqsu kasofat bila sanga.
Har tiyra roʻzgorki, vaslinggʻa yoʻl topib,
Sendin yetib charogʻi hidoyat bila sanga.
Lutfung rafiqim oʻlmasa, ne hadki, yetkamen
Boshtin-ayoq gunohu zalolat bila sanga.
Chun sendin oʻzga yoʻq panahim, qochmayin netay
Jurmu gunahdin ohu nadomat bila sanga?
Isyoni koʻp Navoiyningu yoʻq uyotikim,
Istar yetishsa muncha xijolat bila sanga.
Lutf aylagilki, mumkin emas qilmasang qabul,
Yetmak tamomi umr ibodat bila sanga.

5

Yo rab, ulus nihoni emastur nihon sanga,
Ne dey nihon gʻamimni, erur chun ayon sanga.
Qaysi makon aro seni istayki, kavnda
Sensiz emas makoniyu yoʻqtur makon sanga.
Amringdin ayru tilga takallum chu yoʻq, ne ayb,
Gar hamd ayta olmasa bu bezabon sanga.
Ey kosh, topsa jonu koʻngul oncha qurbkim,
Jonni koʻngul, koʻngulnn fido qilsa jon sanga
Zohir qilurda hojat erur hazratingda teng
Sultoni asru soyili bexonumon sanga.
Izhori ajz etarda janobingda birdurur
Neshi sinuq singak bila pili damon sanga.
Chun pashsha ojiz oʻldiki, yuz mencha qurbi bor,
Hayhot, agar yetarni men etsam gumon sanga.
Haq sirridin, Navoiy, agar istasang nishon,
Jahd aylagilki, qolmasun avval nishon sanga.
Yo rab, bu xasta ulcha tamanno qilibdurur,
Chun bor ayon sanga, nesin aylay bayon sanga?

6

Ey, nubuvvat xayligʻa xotam bani Odam aro,
Gar alar xotam, sen ul otkim, boʻlur xotam aro.
Yuz eshiging tufrogʻigʻa surta olgʻaymenmu deb
Charx qasridin quyosh har kun tushar olam aro.
Anjum ichra orazing me’roj shomi uylakim,
Tushsa durri shabcharogʻi har taraf shabnam aro.
Ne uchun kiymish qaro har yon solib jaybigʻa chok,
Furqatingdin Ka’ba gar qolmaydurur motam aro?
Sof koʻnglida yuzung mehrini goʻyo asramish,
Tush chogʻi har kun quyosh aksi emas Zamzam aro.
Mash’ale boʻlmish malak ilgida ravzang boshigʻa
Oy charogʻi har kecha bu nilgun toram aro.
Qum emas Bathodakim, mehri jamoling hajridin
Zarra-zarra jismi bir-birdin toʻkuldi gʻam aro.
Yoʻl emas, Yasribda yirtibtur yuzin tirnogʻ ila
Maqdaming to yetmadi ul vodiyi xurram aro.
Itlaring maxsusu mahzundur Navoiy, koshki,
Kirsa bu mahrum ham ul zumrayi mahram aro.

7

Zihi javlongahing aflok uza maydoni «av adno»,
Buroqinggʻa toʻquz gunbaz bu toʻqquz gunbazi xazro.
Qilib chun xay gulobe mil na’layning, boʻlub ondin
Malak ra’nolarining jabhasigʻa charxi sandalso.
Esib rahmat nasimi chun damodam sunbulung sori,
Boʻlub ruhonilar jaybi labolab anbari soro.
Malak qolib buroqingdin, emas vasfi falak sur’at,
Qamar yorub jamolingdin, emas na’ting qamar siymo.
Yuzungdin anjum, anjumdin quyosh nur iktisob aylab,
Aningdekkim quyoshdin oyu oydin qiyrgun gʻabro.
Falak vodiylari qat'igʻa azming chun surub markab,
Xirad paykiga ham avval qadamda ranj oʻlub paydo.
Rafiqing toyir andoqkim Sulaymon ollida hudhud,
Buroqing soyir anjum shohi ostida sariroso.
Qilib bu sayr aro ma’shuq vasli koʻyida manzil,
Tilab sargashta ushshoqigʻa ham rahmat evin ma’vo.
Navoiy xush koʻrar olamni oning yodidin, yoʻqsa
Anga xoshok aro oʻtdekdurur dunyovu mofiho.

8

Zihi hiloling oʻlub oy boshigʻa tiygʻi balo,
Bir olma san ikki yorgʻon senu quyosh maslo.
Tutub sanga chu mayi lutf soqiyi rahmat,
Shafoating urub ikki jahon eliga salo.
Risolating damidin shar’ koʻzgusida jilo,
Siyosating oʻtidin kufr rohibigʻa jalo.
Ham ahli ravzagʻa firdavs sensizin chahi vayl,
Ham ahli vayl ishi hajring oʻtida vovaylo.
Xumor dofi’i boʻlgʻaymu, soqiyi kavsar,
Bu dayr ichiada mayi ishqing ichmaganga toʻlo.
Tilimda zikringu koʻnglumda xayolingdur, shukr,
Ki bori sensiz emas suhbatim xalovu malo.
Navoiy oʻldi base xoru past xas yangligʻ,
Sening yoʻlungda esa bas anga bu izzu alo.

9

Har gadokim, boʻryoyi faqr erur kisvat anga,
Saltanat zarbaftidin hojat emas xil’at anga.
Kim fano tufrogʻigʻa yotib qoʻyar tosh uzra bosh,
Taxt uza ermas muzahhab muttako hojat anga.
Shah yurub olam ochar, darvesh olamdin qochar;
Ham oʻzung insof bergilkim, bu ne nisbat anga?!
Har ne shah maqsudidur — darveshning mardudidur
Koʻr nedur himmat munga, ne nav’ erur holat anga.
Faqr koʻyi tufrogʻin shah mulkiga bermas faqir,
Mulk, koʻrkim, teng emas tufrogʻ ila qiymat anga.
Shah sipah cheksa, faqir ahvoligʻa yetmas futur,
Bu vale chekkach nafas, barbod oʻlur hashmat anga.
Shoh emastur bir nafas osuda doʻzax vahmidin,
Ey xusho darveshkim, mardud erur jannat anga.
Shahgʻa sidq ahli damidin mash’ali davlat yorur,
Mehrdekkim, subh anfosi ochar tal’at anga.
Shohgʻa shahligʻ musallamdur, agar boʻlgʻay mudom
Shohgʻa tarkin qilib, darvesh oʻlur niyat anga.
Mumkin ermas shahlar ichra buyla niyatligʻ, magar
Shohi Gʻoziykim, muyassar boʻldi bu davlat anga.
Shohlar darveshiyu darveshlar shohiki, bor
Shohligʻ surat anga, darveshlik siyrat anga.
To shahu darvesh boʻlgʻay, aylagil, yo rab, ayon
Shohdin xizmat anga, darveshdin himmat anga.
Gar Navoiy soʻz uzatti, faqrdin ermas demang,
Boʻlmagʻuncha hukm shahdin, qayda bu jur’at anga?

10

Falak nilufaridin chashmayi mehr oʻldi gar paydo,
Yuzungda nildin ul chashma qilmish nilufar paydo.
Oʻqung koʻnglumga yetgach, qatra qonlar tomdi, kim koʻrmish
Nihol andoqki oni tekkach oʻq, boʻlgʻay samar paydo.
Achigʻ soʻz birla bel qatlimgʻa bogʻlar, turfaroq, bukim,
Nazargʻa ne ogʻiz zohirdur andin, ne kamar paydo.
Labi shavqi ichimda, yuzda qon yoshim, ajab ermas.
Yuzida la’l yutqonning boʻlur derlar asar paydo.
Koʻngulni to parishon aylading, yuz barqi gʻam sochti,
Nechakim oʻtni qoʻzgʻarlar, boʻlur andin sharar paydo.
Yorutti vasl sham’i ahli hijron tiyra avqotin,
Mening shomimgʻa, vahkim, qilmadi davron sahar paydo.
Ajal qasrin hakimi sun’ bas mushkil tilsim etmish,
Ki har kim anda kirdi, boʻlmadi andin xabar paydo.
Masihodin dam urmangkim, habibim gardigʻa yetmas,
Agar Jibrildek ilkidin oning boʻlsa par paydo.
Navoiy ishqin, ey zohid, sening panding ayon qildi,
Bale, ayb oʻlmagʻuncha oshkor, oʻlmas hunar paydo.

11

Manga ne manzilu ma’vo ayon, ne xonumon paydo,
Ne jonimdin asar zohir, ne koʻnglumdin nishon paydo.
Xirad maxfiy, badan foniy, koʻngul gʻoyib, tarab ma’dum,
Bori sahl erdi, boʻlsa erdi ul nomehribon paydo.
Shikebu aqlu hush itmish, qaroru sabru jon ketmish,
Ne gʻam, gar boʻlsa ul oromi ruhu quti jon paydo.
Xayoli jonda paydodur, soʻzi afgʻonda paydodur,
Oʻzi ham vah, netay, ollimda boʻlsa bir zamon paydo.
Oʻlar holatdamen onsiz, tarabdin oʻlmayin koʻrmay,
Demang, ta’jil ila ul umr boʻlsa nogahon paydo.
Qiyomat erdi ul mahkim, yuz ochti, ey musulmonlar,
Boʻlung voqifki, boʻldi fitnayi oxir zamon paydo.
Kesar yuz sarvni har dam, qilur yuz naxlni xurram,
Taajjub, koʻrki, bu gulshanda ermas bogʻbon paydo.
Hazar qilmoq qazo jallodidin boʻlmaski, yillardur
Qilur qatl, uylakim, ne tiygʻ erur zohir, ne qon paydo.
Sanga jon shavqidin berdi Navoiy, yoʻq ajaldinkim,
Ajal topquncha ermas ul zaifu notavon paydo.

12

Ham ramad tekkan koʻzungga jismi bemorim fido,
Ham uchuq chiqqan labinggʻa joni afgorim fido.
Ashkkim, andin tomar giryon koʻz oning sadqasi,
Qongʻakim mundin chiqar, bu chashmi xunborim fido.
Ul koʻzu bu labgʻa umrum bogʻu gulzorindagʻi
Nargisu gulbargi yoʻqkim, bogʻu gulzorim fido.
Koʻzu ogʻzingdin ketarga boru yoʻq oshubu ranj,
Sabru, ishqim sadqa, ya’nikim yoʻqu borim fido.
Gar koʻngul ohu koʻzung ollinda loyiq boʻlmasa,
Itlaringga boʻlsun, ey shoʻxi sitamkorim, fido.
Jon agar shirin labinggʻa oʻlgali darxoʻr emas,
Ayla alfozing uchun, ey talxguftorim, fido.
Uzlugumnung qaydidin bir may bila qilding xalos,
Vah, ne dey, ey mugʻ, sanga but birla zunnorim fido.
Boda mir’otida shohid aksi zohir boʻlmadi,
Bodavu shohidgʻa boʻlmay naqdi pindorim fido.
Ey Navoiy, demakim jonu koʻngulni naylading,
Ayladim javlon qilib chiqqanda dildorim fido.

13

Nuqtayi mushkdur bu yo xoli aning jabin aro,
Kufr savodini ne xush sizdi bayozi din aro.
Xotami la’l ogʻzidur, lek hadisi jon olur,
Zahr nihon qilibdurur la’li magar nigin aro?
Sajdadadur yuzum, vale jon aro ul sanam gʻami,
Boʻynuma subhadur, vale butdurur ostin aro.
Jon koʻngul necha dedi: asrali oʻzni, kelgach ul,
Vah, yana qoʻzgʻalishtilar koʻrgach oni ichin aro.
La’li hadisida demangkim sifat uyla kirpigin,
Ogʻzima chunki sanchilur nesh bu angubin aro.
Aqlu havos erur adam, jonu koʻngulga yoʻq vujud,
Tafriqa tushgali menu ul butn nozanin aro.
Esti magar xazon yelikim, xam oʻlub vido’ uchun
Voqe’ayi firoq erur sunbulu yosamin aro.
Bu chaman ichra har gulekim ochilur, figʻonki, bor
Hodisa tifli muntazir uzmak uchun kamin aro.
Belingu inju tishlaring hasratida Navoiyning
Jismiyu ashki bordurur rishta duri samin aro.

14

Ey, alifdek qomating mili buzulgʻon jon aro,
Ganji husnung javhari bu xotiri vayron aro.
Kulmaging ichra malohat uyladurkim, shoʻxlar
Oʻynamoqdin yuz yoshururlar guli xandon aro.
Gar kalomingni Masih anfosi dedim, ey habib,
Ayb qilmakim, gʻalat gohi tushar Qur’on aro.
Oʻqlaringdin jon toparmen, goʻyiyo paykonlari
Suv icharda gʻoʻta topmish chashmayi hayvon aro.
Xasta koʻnglum ohi koʻnglungga dedi qilgʻay asar,
Qayda oʻltursun vale bemor oʻqi sandon aro?
Boshta gavhar goʻyining fikridin ortar dardi sar,
Kimki kechti boshidin, goʻy urdi bu maydon aro.
Uyki, oʻynab tebratur sokinga xotir jam’ emas,
Ne ajab, gar amn yoʻqtur gunbazi gardon aro.
La’ling olgʻan koʻnglum ahvolin munajjim chun koʻrar,
Aytur ul ovvora boʻlgʻon gʻoyibingdur qon aro.
Ey Navoiy, ishq dardi koʻrgan el koʻnglin buzar,
Har xaroshekim unung zohir qilur afgʻon aro.

15

Mehnat oʻqidin qabaqdek qolmisham afgʻon aro,
Kim bugun chobuksuvorim yoʻqturur maydon aro.
Tiyralikdin koʻr etibtur koʻzlarim har kungi gard
Kim, bor erdi toʻtiyo bu diydayi giryon aro.
Senki bu maydonda yoʻqsen, paykaredur joni yoʻq,
Har pari paykarki markab sekretur javlon aro.
Garchi har shoʻxe surar maydongʻa oʻq yangligʻ samand,.
Chun sening raxshing emas, billah, oʻqidur jon aro.
Ter oqizgʻan ablaqingdekdur seni kelgaymu deb,
Har sari tushgan koʻzum yuz ming duri gʻalton aro.
Onsiz urmish halqa chobuklar, ne yangligʻ itmayin,
Kim koʻrunmas zarra, xurshid oʻlmasa davron aro.
Mehrdek kel tavsani gardunga mingilkim, sipehr
Past etarda farq yoʻq xurshid ila Kayvon aro.
Kel quyosh zangin falakraftorligʻ raxshinggʻa os,
Kim toʻzar ul zang navhang nagʻmasin afgʻon aro.
Ey Navoiy, ket bu maydondinki ul hur oʻlmasa,
Billah, oʻlsam turmagʻaymen ravzayi rizvon aro.

16

Kimki koʻrsa mushki nob ul sunbuli serob aro,
Bir qaro tufrogʻ degaykim tushti mushki nob aro.
Qoshing ichra rishtayi jonimgʻa chirmangʻon koʻngul
Ankabutedurki, aylabtur vatan mehrob aro.
Ul quyoshdin ayru ashkim yomgʻurining barqidur
Oʻt tutashqan rishta yangligʻ jismi pechu tob aro.
Ul labi unnobgun koʻnglumda ekkan tuxmi mehr
Koʻnglum ichra yoshurun durdonadek unnob aro.
Uyqu saydi qasdigʻa otqon toshingdindur nishon,
Koʻz qarosi demagil bu diydayi bexob aro.
Charxi doir bahridin el tutmasun sohil umid,
Kim qutulmas har kishikim, tushti ul girdob aro.
Gar Navoiy yodini qilmoq habib imkon emas,
Basdudur mazkur ham boʻlsa gahi ahbob aro.

17

Vahki, rasvomen yana devonavu oqil aro,
Bul’ajab holim erur afsona har mahfil aro.
Muztar erdim hajridin, yor etgan ermish tarki mehr,
Mushkuledur ishqdin har dam manga mushkil aro.
Aqlu sabru hush itib, koʻnglumda qoldi dogʻlar,
Korvon koʻchsa qolur oʻtlar yeri manzil aro.
Oʻqlaring mujgon kibi giryon koʻzum atrofida,—
Rost bordur ul qamishliqkim boʻlur sohil aro.
Kirpiging tushgan koʻngul ichra xayoling, ey pari,
Goʻyiyo Yusuf nuzul etmish chahi Bobil aro.
Qullugʻung dogʻidin oʻlsam, istamon ozodlik,
Kim bu tamgʻodur nishone mudbiru muqbil aro.
Koʻyung-oʻq istar Navoiy, nasya jannat ahli zuhd,
Muncha-oʻq boʻlgʻay tafovut olimu johil aro.

18

Zavraq ichra ul quyosh sayr aylamas Jayhun aro,
Axtari sa’de hilol ichra kezar gardun aro.
Anglamon Jayhunda ul oy kema birla sayr etar
Yo hilolu mehr aksin el koʻrar Jayhun aro.
Kemadin har dam chiqib rangin suv koʻzum qonidek,
Anda yor andoqki mardum diydayi purxun aro.
Borgʻil, ey Majnunkim, ul oy zavraqidek tez emas
Joʻngkim Layli amoriysin chekar homun aro.
Olma xum girdobidin bir lahza sogʻar zavraqni,
Bahri gʻamdin istasang maxlas bu dahri dun aro.
Bahr mavjidin mushavvash boʻlmasun deb xotiring,
Mavj urar yuz bahri gʻam bu xotiri mahzun aro.
Dur boʻlur bahr ichra pinhon, nazmidin shah madhida
Bahr yoshurmish Navoiy har duri maknun aro.

19

Ey, alifdek rost qadding hasrati jonlar aro,
Jism ichinda jon kibi sen barcha sultonlar aro.
Qushgʻa oʻxsharkim, tikandur oshyoni, to koʻngul
Tiyrboroni gʻamingdin qoldi paykonlar aro.
Gʻam topar hajringda ashkim ichra koʻnglum porasin,
Ish kuni topqan kibi el gʻoyibin qonlar aro.
Chok koʻnglum xoʻblar koʻngli aro topti shikast,
Vah, butun qolgʻaymu yoruq shisha sandonlar aro?
Dogʻlar ichra aliflar zor jismim mulkida
Gʻam sipohigʻa, qilichlar boʻldi qolgʻonlar aro.
Elga koʻyungdur makon, men qulni qavmogʻliq nedur,
Bulbul oʻlsa, zogʻ ham boʻlur gulistonlar aro.
Ista yirtuq janda kiyganlarda ma’ni maxzanin,
Kim bu yangligʻ ganj oʻlur ul nav’ vayronlar aro.
Atlasu zarbaft aro nodon aningdek hajv erur,
Kim xatoye safhada sabt oʻldi afshonlar aro.
Bu eshikni chun tilab keldi Navoiy tengridin,
Ul sababdin goʻyiyokim qoldi darbonlar aro.

20

Savodi xoli aning la’li ruhparvar aro,
Magarki moʻrcha nisfi uzuldi shakkar aro.
Koʻngulda nuqtayi xoling xayoli toʻsh-toʻshdin
Yogʻin asarlaridur nuqta-nuqta axgar aro.
Yuzungda qatrayi xay kasrati arosida xol,
Birisi munxasif oʻlmish bu xayli axtar aro.
Kecha ne nav’ yumay kirpiging xayolida koʻz,
Mangaki, igna butar tonggʻa tegru bistar aro.
Bu oʻtki mendadurur, doʻzax ichra qochqay xalq,
Kiyursalar meni oshub birla mahshar aro.
Qadah keturki, falak javridin amon hirzi,
Zamona yozmadi juz davri jomu sogʻar aro.
Navoiy, ayla makon charx gulshanin, ya’ni
Ki chugʻz boʻlma bu vayronayi muhaqqar aro.

21

Ming zaxm urdi xanjari ishqing bu tan aro,
Bu tanni hajr tashladi yuz ming tikan aro.
Lek ul tikanlar uzra xayoling bila koʻngul
Oʻynar magar gul uzravu agʻnar suman aro.
Jism uyidin koʻngul tilar ul koʻyni, valek
Gʻurbat suubatin kishi bilmas vatan aro.
Ermas uchuq labingdaki, ul yuz Suhaylidin
Rang olmadi bu qatra aqiqi Yaman aro.
Jonim labing shahidi ekanga tonuq durur,
Har ol rishta qongʻa boʻyalgʻon kafan aro.
Bulbul ne kuymasunki, bir oʻt yoqti qasdigʻa
Har otashin gul ushbu vafosiz chaman aro.
Koʻrdung, Navoiy, ul sari zulf uzra yuz shikan,
Koʻr emdi, yuz shikasta koʻngul har shikan aro.

22

Necha koʻnglum yora boʻlsa, rahm qilmas yor anga,
Necha bagʻrim toʻlsa qon, boqmas dame dildor anga.
Bir yuguruk tifl erur kirpiklarim ichinda yosh,
Kim, yiqilib sonchilibtur har tarafdin xor anga.
Nomam eltur qush agar mazmunin eltib qilsa sharh,
Sochqay oʻt qaqnus kibi ming chok oʻlub minqor anga.
La’ling ollida chekar el jonini olgʻach koʻzung,
Vah, ne sharbatdur labingkim, jon berur bemor anga.
Aql evi sori inonin boshlamoq, nosih, ne sud,
Telbakim, dasht uzra markabdur buzuq devor anga.
Tortasen isyon yukin, xam qil qading toatgʻakim,
Yuk ogʻir boʻlsa, ruku’ ul dam boʻlur nochor anga.
Umr gʻaflat uyqusi birla tilarsen, kecha, oh,
Koʻz yumub-ochquncha kimning i’timodi bor anga?
Men xud oʻldum, ey sabo, koʻnglumni koʻrsang koʻyida,
Chiqma andin, deb nasihat qilgʻasen zinhor anga.
Zor jismim tushgali hajr oʻtidin gʻam changiga,
Ey Navoiy, oʻxshashur ham ud anga, ham tor anga.

23

Ul parivashkim, boʻlubmen zoru sargardon anga,
Ishqidin olam manga hayronu men hayron anga.
Oʻqlaringdin har zamon taskin topar koʻnglum oʻti,
Bordurur bir qatra suv goʻyoki har paykon anga.
Bir dilovardur koʻngulkim gʻam sipohi qalbida,
Ohi novak toza dogʻidur qizil qalqon anga.
Novakining parru paykonida rangin tus erur,
Yoki koʻnglumdin chu parron oʻtti, yuqmish qon anga.
Nomayi shavqum ne nav’ ul oygʻa yetgay, chunki men
El otin oʻqur hasaddin yozmadim unvon anga.
Xizr xattingning ajab yoʻq sabzu xurram boʻlmogʻi,
Lab-balab chunkim suv berur chashmayi hayvon anga.
Ey xusho mugʻ dayrikim, ziynat bila rif’atda bor
Mehr anga bir shamsavu koʻk toqi bir ayvon anga.
Istamish bulbul vafo guldin, magarkim joladin
Bagʻri qotmish gʻunchaning baskim erur xandon anga.
Qilmagʻon jonin fido jonongʻa yetmas der emish,
Ey Navoiy, ushbu soʻz birla fido yuz jon anga.

24

Sinsa koʻnglumda oʻqung surtub isigʻ qondin anga,
Pay masallik chirmagʻaymen rishtayi jondin anga.
Bodayi la’ling mizoji ruhparvardur base,
Goʻyiyo mamzuj etibsen obi hayvondin anga.
Oʻti koʻnglum shu’lasin gah sokin etti, goh tez,
Gah oʻtun boʻldi, gahi suv urdi paykondin anga.
Dardu gʻam boʻstonining tovusidur koʻnglum qushi,
Gul boʻlub jismimda kesgan na’l har yondin anga.
Ne kabutar yeta olur ul quyoshgʻa, ne nasim,
Ey koʻngul, holingni i’lom ayla afgʻondin anga.
Koʻzga to kirdi xayoling sovugʻ ohim vahmidin,
Bogʻlamishmen qoʻryo har sori mujgondin anga.
Ey Navoiy, yigʻlamoq ohimgʻa taskin bermadi,
Vah, bu ne oʻtturki, yoʻq ta’sir toʻfondin anga.

25

Chin kiyigi desam koʻzin, vah nedurur itob anga,
Chunki qarosi koʻrguzur har sori mushki nob anga.
La’li labingda ter boʻlub obi hayot qatrasi,
Yoki Xizr suyi labing qatra boʻlub hubob anga.
Yopmadi koʻzni ashkkim, boqmasun oʻzga yuzga deb,
Har sori ayn rashkidin yopti gʻaming niqob anga.
Jismim agar kuyar, koʻngul tolpinuri ajab emas,
Kimki uyiga tushsa oʻt, yoʻq ajab, iztirob anga.
Oqmadi xoʻy uzoridin la’ligʻakim, hakimi sun’
Ezdi hayot sharbatin, emdi urar gulob anga.
Zulfi xayolidin koʻngul har yon etar havo, valek
Saydgʻa ne xalos chun bogʻligʻ erur tanob anga.
Oʻzlukining hijobidin kimki oʻzin xalos etar,
Oʻzga qayonki solsa koʻz, mumkin emas hijob anga.
Ahli mazallat ohining novakidin sipehr agar
Qochmadi, muncha bas nedur xam boʻlubon shitob anga?
Va’dayi vasl etib edi, tushda ayogʻin oʻpmisham,
Dema, Navoiy, ul pari aylamasun hisob anga.

26

Koʻrgali husnungni zoru mubtalo boʻldum sanga,
Ne baloligʻ kun edikim, oshno boʻldum sanga.
Har necha dedimki, kun-kundin uzay sendin koʻngul,
Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo boʻldum sanga.
Men qachon dedim, vafo qilgʻil manga, zulm aylading,
Sen qachon deding, fido boʻlgʻil fido, boʻldum sanga.
Qay pari paykarga dersen telba boʻldung bu sifat,
Ey pari paykar, ne qilsang qil, sanga boʻldum, sanga.
Ey koʻngul, tarki nasihat ayladim, ovora boʻl,
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo boʻldum sanga.
Jomi Jam ichra Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado boʻldum sanga.
Gʻussa changidin navoye topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asiru benavo boʻldum sanga.

27

Qahring oʻlsa barcha ishimdin malolattur sanga,
Lutfung oʻlsa yuz meningdekdin farogʻattur sanga.
Ey, meni sargashtadin gah forigʻu gohi malul,
Qahring ul, lutfung bu, yo rabkim, ne odattur sanga?!
Lutfung ozi jon olur, qahring koʻpi ham oʻlturur,
Bul’ajab holedurur, oyo, ne holattur sanga?!
Pand eshitmay sevdung oni, ey koʻngul, chek dardu ranj,—
Ozdurur har lahza gar yuz muncha ofattur sanga.
Vahm et ohim oʻtidin, ey gulki, davron bogʻida
Koʻz yoshimdin bu qadar lutfu tarovattur sanga.
Ey quyosh, mehr ahlini kuydurma bu vodiydakim,
Garmroʻlar ohidin muncha harorattur sanga.
Ey Navoiy, istama vasl ul quyoshdin zarradek,
Chun necha ul qilsa istigʻno — haqorattur sanga.

28

Iydi ruxsoring koʻrub, boʻldi ulus hayron sanga,
Ey ulus iydi yuzung, jonim mening qurbon sanga.
Sham’ emas yerdin, kavokib charxdin bayram tuni,
Kim erur yer-koʻk tuman ming koʻz bilan hayron sanga.
Iydgahda gard emas, balkim yetishgach maqdaming,
Qoʻpti yerdin sadqa boʻlmoq istabon maydon sanga.
Xusravi anjum degaysen, sekretur koʻk tavsanin,
Iydgahda kimki koʻrsa raxsh ila javlon sanga.
Chatr shaklidin samoviy barcha ofat daf’igʻa
Tengri aylabtur nasib oʻz hifzidin qalqon sanga.
Notavon jismimgʻa bayramliq bila ber suhbate,
Kim koʻngul ummedvoru muntazirdur jon sanga.
Necha bayramlarda kiygan jandasin faqr ahlining
Xor koʻrma, eyki, xil’attur necha alvon sanga.
Iydgoh ahlin dame qilma parishon, ey sipehr,
Kim erur bu jam’ bir-ikki zamon mehmon sanga.
Ey Navoiy, durri nazming xutbadek topqay sharaf,
Lutf ila qilsa nazar bayram kuni sulton sanga.

29

Javru zulming garchi oʻlmaklik nishonidur manga,
Chunki sendindur hayoti jovidonidur manga.
Ul parivash ishqidin, nosih, meni man’ etmakim,
Telbalik vaqtiyu oshiqlik zamonidur manga.
To oʻqubmen ishq harfin darsu takroru sabaq
Vomiqu Farhodu Majnun dostonidur manga.
Muztaribmen charx yangligʻkim, nujumi tiyradin
Tanda har kun yuz tuman dogʻi nihonidur manga.
Hech ranje zohir oʻlmay men xud oʻldum, ey tabib,
Lek bilkim, qasdi jon etgan falonidur manga.
Eyki, dersen ishq aro oʻlmoq ziyondur, umr sud,
Har ne sudedur sanga, nekim ziyonidur manga.
Koʻrmisham vojib baqosin ravshan andoqkim quyosh,
Toki imkon soya yangligʻ koʻzda fonidur manga.
Bu fano dayrin baqosiz erkanin to angladim,
El surudi ishrati Motam figʻonidur manga.
Ey Navoiy, voizu firdavsi a’lo zikrikim,
Bogʻi xuld ul huri paykar ostonidur manga.

30

Ul malohat kunji hajrida buzugʻ maskan manga,
Uyladurkim jondin ayru yuz yaroligʻ tan manga.
Mehr ila mah partavidin koʻzni ravshan qilmadim,
Boʻlgʻali mehri ruxung mohiyati ravshan manga.
Boʻldi ravzan-ravzan ul qotil xadangidin koʻngul,
Jon qushi chiqmoqqa bir yoʻl angla har ravzan manga.
Men oʻlarmen gʻamdinu yigʻlab kuyub boshimda sham’,
Dudidin chirmab haro har tun tutar shevan manga.
Rahm ztib holimgʻa dushman doʻst boʻlmoq, vah, ne sud,
Doʻst uchun rahm aylamay boʻlmishturur dushman manga,
Gʻam tuni zulmida xandon boʻlmadi holimgʻa subh,
Subhdek, ne tongki, boʻlgʻay chok pirohan manga.
Ey Navoiy, ishq mushkil deb nechuk tarkin tutay,
Eyla gar bu ish hunar boʻlsa, boʻlubtur fan manga.

31

Vahki, ishqing zohir etsam vahm erur oʻlmak manga,
Gar nihon tutsam dogʻi jon xavfidur beshak manga.
Kelgan ermish ul Masih oʻlganlarin tirguzgali,
Men tirik, vah, yaxshiroq bu umrdin oʻlmak manga.
Juzv-juzvimni, figʻonkim, munfak etti tiygʻi hajr,
Bir-biridin lek oʻzidur juzvi loyanfak manga.
Koʻnglum oʻtidin yigʻoch kuldur, boshoq bir qatra suv,
Nogah ul shoʻxi jafokash otsa bir novak manga.
Oltun ezib, erib kuygan soyi xolis boʻlur,
Ne ajab, sorgʻorsa yuz yetgan soyi emgak manga.
Chok aylarmen yaqo ul qoshi yoni koʻrgach-oʻq,
Kim xadangin otsa hoyil boʻlmagʻay koʻnglak manga.
Boda hajridin oqarmish koʻzlarim, ei piri dayr,
Aylagil may shishasidin sindurub aynak manga.
Sarsari hijron, vujudum xirmanin andoq sovur,
Kim fano yoʻlida sarsar boʻlmasun hamtak manga.
Ey Navoiy, gar manga koʻprak emas ummedi vasl,
Bas nagʻoʻ ushshoqdin javri erur koʻprak manga,

32

Agarchi yoʻq talabingdin dame qaror manga,
Irodat emgagidur bu, ne ixtiyor manga?!
Visol davlatin ul kun oʻzumga jazm ettim,
Ki hajr gʻussasin etti havola yor manga.
Chu yor koʻnglida boʻlsa, balo manga yovumas,
Bu vajh ilaki, temurdin boʻlur hisor manga.
Ne bilsun ul kishikim, chekmamish firoq tuni,
Ki ne sifat kechadur tiyra roʻzgor manga.
Qochib adamgʻa boray-aqlu fahmu donishdin,
Vatan borinda bu yot el aro ne bor manga?!
Buyurmagʻin yana sabr, ey tabib, tengri uchun,
Ki ushbu sharbat emas emdi sazovor manga.
Navoiydek qadidin qilsam oʻlgali ohang,
Biyik maqom topibon yasang mazor manga.

33

Lablaringdin garchi qon yutmoq damo-damdur manga,
Gar dame jomi visoling yiqsa, ne gʻamdur manga?
Pand eshitmay, koʻrub oni, yuz balogʻa uchradim,
Koʻzlarim chiqsunki, yuz muncha sazo kamdur manga!
Qofi shavqum sharhini tahrir qildim, vah, iye sud,
Kim anga irsol uchun simurgʻ mahramdur manga.
Yor mundoqkim nihondur koʻzdinu men telbamen,
Kim degaykim, fitna boʻlgʻon nasli Odamdur manga.
Qora chirmab yosh toʻkub, afgʻon qilurmen xomadek,
Etgali nolon koʻngul bu nav’ motamdur manga.
Oʻzga yuzga boqma deb, har bir koʻzumga bosti muhr,
Iynak-iynak har qaro bir naqshi xotamdur manga.
Dahr aro tushgan havodis oʻtidin moni’ emas,
Koʻz yoshimdin garchi koʻz tushguncha bir namdur manga
Soqiyo, jomi jahonbin tutki, andin kashf etay,
Kim koʻp ish bu korgah vaz’ida mubhamdur manga.
Dilbari ollida Majnun naqdi jon sarf etmadi,
Ey Navoiy, ishq atvori musallamdur manga.

34

To seningdek qotili xunxoraye bordur manga,
Billah, ar oʻlmakdin oʻzga choraye bordur manga?
Noʻshi jon har bodakim ahbob ila noʻsh aylading,
Garchi hargiz demading ovoraye bordur manga.
Vasling iqboliyu men, hayhot, basdur bu sharaf,
Kim yiroqdin davlati nazzoraye bordur manga.
Deb emish har kimda bor zaxme, otay marham bir oʻq,
Shukr erurkim, har sari moʻ yoraye bordur manga.
Bordi ul xurshidu ashkim oqti, vah, toli’ koʻrung,
Kim ne yangligʻ axtari sayyoraye bordur manga.
Sabr soldim koʻngluma vasling tilab, vah, bot kelib,
Turfa koʻrkim, shisha ichra xoraye bordur manga.
Dema koʻp, ey nafskim, dunyo arusin aqd qil,
Uyda ba’zidek sogʻin makkoraye bordur manga.
Dev urub ishqi majoziy ichra majnun aylagan,
Yova der, bukim pari ruxsoraye bordur manga.
Ey Navoiy, kuymagimni qilmagʻaysan man’, agar
Jon aro bilsang ne otashporaye bordur manga.

35

Labing sori tokim nazardur manga,
Yosh oʻrnida xuni jigardur manga.
Dema, mendin ayril, dogʻi umr sur,
Ki ul umr oʻlumdin batardur manga.
Tuganlar diram shaklidur zod uchun,
Adam sori chunkim safardur manga.
Qilur ayb oshiqligʻim barcha xalq,
Ulus aybi, vahkim, hunardur manga.
Tabibo, yana sabrdin dema soʻz,
Ki bu sharbatingdin zarardur manga.
Dema, mayni tark etki, soqiy yuzi
Bu koʻzgu aro jilvagardur manga.
Chuchukdur qamish oʻqlaring jonima,
Bu nay ichra goʻyo shakardur manga.
Navoiy, ul oy hajrida tunu kun
Qotiq shomu tiyra sahardur manga.

36

Shahr bir oy furqatidin baytul-ahzandur manga,
Bir guli ra’no gʻamidin bogʻ zindondur manga.
Bazmi ishrat ichra siz may noʻsh eting, ey doʻstlar,
Kim nasib ul la’li lab hijronidin qondur manga.
Chiqti aqlu fahm ila sabru koʻngul tan mulkidin,
Chiqmayin har lahza zahmat berguchi jondur manga.
Oʻqi baskim tandadur, tegmas tanimgʻa oʻzga oʻq,
Ulki oʻq deb nola qildim, emdi qalqondur manga.
Uyla rasvomenki, koʻyu koʻchada holim koʻrub
Ba’zi el giryonu ba’zi xalq xandondur manga.
Hajridin bagʻrim suvdur, ul suv aro boligʻ kibi
Dardu mehnat oʻqidin bir necha paykondur manga.
Hur mujgonin agar surtay desa qilmon qabul,
Kim ayoqda orzu xori mugʻilondur manga.
May ichib toatni favt etmangki, ul oʻt tobidin
Necha boqsam bahra holo dogʻi hirmondur manga.
Ey Navoiy, xalq der: jon ber, vayo kech ishqidin,
Garchi bu dushvor erur, lekin ul osondur manga.

37

Menmudurmenkim sening vasling muyassardur manga,
Baxti gumrahdin qachon bu qissa bovardur manga.
Haq tonuqturkim, tiriklikdin manga sensen murod,
Yoʻqsa olamning yoʻqi-bori barobardur manga.
Ey koʻngul, gʻavvosi bahri vasl oʻlubmen, ne ajab,
Kim nasib emdi oʻshul pokiza gavhardur manga.
Ne uchun bazmi visol ichinda ichmay bodakim,
Koʻziyu ogʻzi bukun bodomu shakkardur manga.
Oyu xurshidingni yigʻ ey charxi gardunkim, bu dam
Hamdam ul oy chehraligʻ xurshid paykardur manga.
Sarvni oʻrtab, sumanni yelga ber, ey bogʻbon,
Kim bukun hamsuhbat ul sarvi sumanbardur manga.
Qoʻrqaram hirmon sahobin yopmagʻay fahm ztsa charx,
Kim shabiston mehr yam’idin munavvardur manga.
Ey Navoiy, hech bilmonkim topibmen vaslini,
Yo magarkim jumlayi olam musaxxardur manga?

38

Koʻzlarimda ishqdin suv erdi uyqu oʻrnida,
Turfa koʻrkim, hajrdin qon boʻldi ul su oʻrnida.
Kimgakim kirpik oʻqin yogʻdursa ul gul, rashkdin
Jismim ichra bir tikandur har sari moʻ oʻrnida.
Gʻayr naqshidin qilibmen pok koʻnglum safhasin,
Tut ul oy ollida, ey mashshota, koʻzgu oʻrnida.
Shaxsuvorimning ayogʻin oʻpkali rozidurur
Oy bila kun har birisi bir tepingu oʻrnida.
Iztirob etsa qoshing koʻrgach, ne tong, shaydo koʻngul
Telba kim koʻrdi yangi oy oʻltururmu oʻrnida?
Dahr boʻstoni aro barqu bulutdin anglakim,
Yigʻlamoq yuz qatladur bir qatla kulgu oʻrnida.
Ey Navoiy, dersen ul qomatni koʻnglungdin chiqar,
Ne nihol oʻlturtayin ul sarvi diljoʻ oʻrnida?!

39

Behi rangidek oʻlmish dardi hajringdin manga siymo,
Dimogʻim ichra har bir tuxmi yangligʻ donayi savdo.
Mazallat tufrogʻi sorigʻ yuzumda bordur andoqkim,
Behida gard oʻlturgʻon masallik tuk boʻlur paydo.
Oqartib ishq boshimni, nihon boʻldi sarigʻ chehram,
Momugʻ ichra behini chirmagʻon yangligʻ kishi umdo.
Yuzumda tiygʻi hajring zaxmi har sori erur bevajh,
Behini tiygʻ ila chun qat’ qilmoq rasm emas qat’o.
Yuzum tufrogʻdadur har dam qurugʻon jism ranjidin,
Behiga sarnigunluk shoxi za’fidin boʻlur goʻyo.
Bu gulshan ichra behbud istagan doim behi yangligʻ
Kiyib pashminayi toat qadin ham asramoq avlo.
Navoiy gar quyosh noranjidin behrak koʻrar, tong yoʻq
Behikim lutf qilmish mahdi ul’yo ismatud-dunyo.

40

Yor aksi chunki aylar jilva may koʻzgusida,
May icharmenkim, yuzi boʻlgʻay yuzum oʻtrusida.
Ul sabohat birlakim kuldung, manga mehr oʻldi fahm,
Mehr fahm oʻlmoq, tong ermas, subhning kulgusida.
Uylakim xayli hubob ichra tushar xas, bormen
Ashk aro sargashta ul sultoni husn oʻrdusida.
Urdi olam buzgʻali bir-birga kirpik saflarin,
Fitnalar bedor qilmoq, koʻr, ul oy uyqusida.
Ne xato qilgʻay koʻngullarga koʻzung mujgon oʻqin
Har qayon chun boqsa, saydedur aning qobusida.
Navbahori dahrgʻa qoʻymang koʻngulkim, yoʻq vafo
Ne guli boʻstonida, ne lolayi xudroʻsida.
Shohlar poboʻsung etgandin, Navoiy, yaxshiroq
Kim boshingni xoki rah etsang aning poboʻsida.

41

Kimsa hargiz koʻrmadi chun ahli davrondin vafo
Ulki davron ofatidur, ne tama’ ondin vafo?!
Jonimu umrumdur ul oy, bevafo boʻlsa, ne tong,
Qayda koʻrmish kimsa hargiz umr ila jondii vafo?
Gar vafo qilsang erur, andinki, bordursen, pari,
Yoʻqsa, kim olamda koʻrmish nav’i insondin vafo?
Vahki, davron ahlidin juz bevafoligʻ kelmadi,
Har nechakim koʻrdilar men zoru hayrondin vafo.
Chun vafo gulbargi davron bogʻida yer topmadi,
Bejihatdur kimki istar bu gulistondin vafo.
Kimsa qoʻnglin kimsadin istab vafo, oldurmasun,
Kim manga xud yetmadi ul koʻnglum olgʻondin vafo.

42

Mir’oti husnung tiyradur bu ohi dardolud aro,
Ravshanligʻi mumkin emas chun sham’ qoldi dud aro.
Butganga oʻxshar degasen har yon qizil tol uzra barg,
Har soridin paykonlaring bu jismi xunolud aro.
Shomi gʻam ohim dudidur, ul dud aro har yon sharar,
Bilgil, nuhusat anjumi bu shomi qiyrandud aro.
Xoʻy qatrasidan gʻarq erur xoling savodi, vah, netar,
Bir tiyra kavkab fitnasi yuz axtari mas’ud aro.
Ochting chu zulf, ul ikki koʻz har yon hadang otmoq, ne tong,
Kim qolmish ikki turki Chin hinduyi noma’dud aro.
Ul koʻy qasdi etmisham, ey voiz, oni man’ etib,
Har dam dema jannat soʻzin, soʻz solmagʻil maqsud aro.
Qochsa Navoiy shayxdin piri mugʻon sori, ne ayb,
Kim bor tafovutlar base maqbul ila mardud aro.

43

Yer tutar koʻnglumda gardundin judo boʻlgʻon balo,
Jondadur devona koʻnglumdin xato boʻlgʻon balo.
Istamonkim ishq mendin oʻzgani qilgʻay asir,
Hech kishiga boʻlmasun, yo rab, manga boʻlgʻon balo.
Shod yuzlanmang, balolar, bizgakim, boʻlmas xalos
Bu koʻngul zindoni ichra mubtalo boʻlgʻon balo.
Xoʻblardin har kishiga bir balo yetgan kuni
Bizga yetmish otidur javru jafo boʻlgʻon balo.
Vaslida rashk oʻlturur hajrida gʻam, vahkim, manga
Vasl aro boʻlgʻon balodur hajr aro boʻlgʻon balo.
Oʻltururlar hamdaming boʻlsam, oʻlarmen boʻlmasam
Boʻlmagʻon, jono, sening birla balo boʻlgʻon balo.
Nosiho, oshiqligʻimni man’ qilding, bilmading,
Kim nasihat birla daf’ oʻlmas qazo boʻlgʻon balo.
Chun balosiz kom yoʻq, topmas baqo komin, magar
Kimki oni oʻrtamas oti fano boʻlgʻon balo.

44

Orazu xolingni bir dam koʻrmasam, ey dilrabo,
Uyladurmenkim koʻrunmas koʻzuma oqu qaro.
Hajr aro ra’no qading naxlin tilarmen tengridin,
Shomlar sham’ istagandek xayr ahlidin gado.
Gar firoq ayyomining bilmon hisobin, ne ajab,
Kim yuzung hajrida kunduz kecha yangligʻdur mango..
Barq emas, olamgʻa yuz qoʻymishdur ohimdin sharar,
Ra’d emas, gardungʻa chirmanmish figʻonimdin sado.
Boshing ol, ket oʻz payi vaqtinggʻa, ey shaydo koʻngul,
Kim emassen xasta jonning hech dardigʻa davo.
Necha oqgʻay koʻz yoshim, yetkur gʻuborin, ey nasim,
Farzi ayn erur yasharur koʻzga solmoq toʻtiyo.
Umr yeldek oʻtmagin debsen magar, ey bogʻbon,
Kim yaqosi choksiz gul butmadi bu bogʻ aro?
Jon topay dersen sabuhiydin, vale gʻofilki, subh
Chok etib koʻnglak, sening holingga tutmishtur azo.
Ey Navoiy, xasta koʻnglumga madaddur novaki,
Rost andoqkim zaif elga berur quvvat aso.

45

Ravshandururki, mehr yuzungdin olur safo,
Yoʻqsa, ne zajh ila qamar andin topar ziyo?
Gʻarqi muhiti ishqing edi jon ila koʻngul,
Ul damki, ruh emas edi tan birla oshno.
Gulda yuzung latofatidin range koʻrmasa,
Bulbulgʻa ne edi bu figʻon birla, bu navo?
Bir zarra ogʻzi ramzini har kimki angladi,
Yoʻli adam tariqiduru zodi rah — fano.
Ul zindadil hayoti abad vaslidin topar,
Kim neshi gʻamni noʻsh deru dardni davo.
Lomiki, vasl ayogʻigʻa topmishtur ittisol,
Ul «lom»durki, oʻrtagʻa olmish oni «balo».
Oʻzdin qutul, Navoyiyu maqsadgʻa yetki, qush
Yetmas chamangʻa, boʻlsa qafas ichra mubtalo.

46

Zor jismimgʻa xadanging zaxmidin ortar navo,
Sozdekkim, teshsalar oni fuzun aylar sado.
Qaddi hajrida gʻamim sham’ini har devorgʻa,
Kim tayabmen sarv andomi bila boʻlmish qaro.
Gʻunchang anfosi nasimi zavraqi jon qasdigʻa
Yetkurur har dam adam daryosidin mavji fano.
Orzuyi vaslidin ranjur zrur munglugʻ koʻngul,
Qut uchun tazvir ila bemor boʻlgʻondek gado.
Nega yigʻlab anbariy zulfin kesar hijron tuni,
Oʻlmagimni anglabon gar sham’ tutmaydur azo?
Hajr dardin koʻngluma kam qildi xoling oqibat,
Dogʻ emish dardi shaloyin xastagʻa oxir davo.
Ruhparvardur Navoiy ohu ul yuz shavqidin,
Ul sifatkim lolavu gul yuzidin kelgay sabo.

47

Yor dardim soʻrmayin koʻnglumni mahzun qildilo,
Jonim oshubini kam qilmoqdin afzun qildilo.
Bermayin zaxmin jigar qonigʻa taskin gunaye,
La’li kulmak birla ashkimni jigargun qildilo.
Daf’i savdo istadim la’li mayidin, bir yoʻli
Ul pari savdozada koʻnglumni majnun qildilo.
Ey koʻngulkim, sabr togʻin maskan etting oqibat,
Tund sayli ishq ul togʻingni homun qildilo.
Besutungʻakim sutun Farhod boʻldi, qofi ishq
Ul sutunni Besutun ostidagi «nun» qildilo.
Nedur uchmoq joh ila, oxir falak Namrudning
Osmoni taxtu johin ganji Qorun qildilo.
Qatra xoʻyliq orazing vasfin Navoiy qilgʻali,
Lutfi tab’ abyoti nazmin durri maknun qildilo.

48

Sorigʻ ogʻriq boʻldum, zy soqiy, xazoni hajr aro,
Qoni asfar mayki, bor har qatrasi bir kahrabo.
Yuzu jismimdur sorigʻ barge qurugʻon shox uza,
Shoxu bargekim qurub sorgʻorsa, kim koʻrmish davo?
Ne marazdur buki, bir gulrux sharori ishqidin
Boʻldi sorigʻ lola koʻzum oqiyu dogʻi qaro,
Sud emish koʻz tushsa asfar jinsi sori, vah, qani
Sarvinozimkim, sorigʻ gul bargʻidin kiymish qabo?
Sorgʻorib qoldim havodis kojigʻa hijrda kuni,
Bir sorigʻ qushdekki, kunduz qolgʻay ul qushlar aro.
Shom ila subh ar sorigʻ ogʻriq emaslar, bas nedur
Tun sochin yoyib, quyosh yirtib yuzin, tutmoq azo?
Dard tufroqqa nihon qildi Navoiy jismini,
Topibon bir shisha oltun dafn qilgʻondek gado.

49

Koʻnglum oʻrtansun agar gʻayringga parvo aylasa,
Har koʻngul hamkim sening shavqungni paydo aylasa
Har kishi vaslin tamanno aylasam navmid oʻlay,
Har kishi hamkim sening vasling tamanno aylasa.
Oʻzgalar husnin tamosho aylasam chiqsun koʻzum,
Oʻzga bir koʻz hamki husnungni tamosho aylasa.
Gʻayr zikrin oshkora qilsa lol oʻlsun tilim,
Qaysi bir til hamki zikring oshkoro aylasa.
Rashkdin jonimgʻa har nargis koʻzi bir shu’ladur,,
Bogʻ aro nogah xirom ul sarvi ra’no aylasa.
Yoʻq ogʻizdin nukta aytur mahvashimdek boʻlmagʻay,
Gar quyosh har zarrasidin bir Masiho aylasa.
Oqibat jonimgʻa yetti, ey xusho mugʻkim, meni
Bir qadah birla xarobot ichra rasvo aylasa.
Qelturung daf’i jununumgʻa parixon, yoʻq tabib,
Kim ul ansabdur pari har kimni shaydo aylasa.
Subhdek bir damda gardun qoʻymagʻay osorshsh
Nogah ahli sidq koʻngli mehrin ifsho aylasa.
Dahr shoʻxigʻa, Navoiy, sayd boʻlma, nechakim
Kun uzori uzra tun zulfin mutarro aylasa.

50

Qosidekim yordin bir soʻz rivoyat aylasa,
Istaram soʻrgʻon soyi boshtin hikoyat aylasa.
Telbalar yangligʻ gah oʻz holimdadurmen, goh yoʻq,
Ul paridin har kishi bir soʻz rivoyat aylasa.
Ey koʻngul, ohingni dersenkim suv aylar toshni,
Chin erur, gar koʻngliga oning siroyat aylasa.
Jongʻa basdur har nafas bir dogʻ, nevchun boʻlmasun
Qoni’ ulkim, bir diram har dam kifoyat aylasa.
Topti Majnun shuhratu qoldi mening qissam nihon,
Kim oʻlar har kim fasonamni bidoyat aylasa.
Gʻam sipah qasdimgʻa tortibtur, ne boʻldi piri dayr
Bir qadah birla bu mahzunni himoyat aylasa?
Ey Navoiy, faqrdin bebahradur yuz gʻam yetib,
Solikekim shukr borinda shikoyat aylasa.

51

Bagʻir xunobidin za’f oʻldi gʻolib xasta jonimgʻa,
Ogʻir erdi gʻizo, avd etti zahmat notavanimgʻa,
Labing hajrida jismim konidin har pora la’ledur,
Koʻngul zaxmida yaxshi boqsalar bir qatra honimgʻa.
Adam durjiki ogʻzing huqqasidur, marhame ondin,
Davodur gʻunchadek koʻnglumdagi dogʻi nihonimgʻa.
Sarigʻ yuzumdin el yigʻlar, magarkim oʻlmagim yetti,
Kim mundogʻ xosiyat baraks boʻldi za’faronimgʻa.
Salohim pardasi kuydi ul oʻtlugʻ yuz xayolidin,
Figʻonkim, oyni yod etmak zarar qildi katonimgʻa.
Ul oy kulbamga keldi jondurur xunob ila ohim,
Bu tortigʻlar murattab aylamishmen mehmonimgʻa..
Qaroru aqlu hushum ishqing oʻti birla churkandi,
Samum esdi balo dashtida ozgʻan karvonimgʻa.
Zamon avroqiyu ishqim edi Farhodu Majnundin,
Falak bir-ikki fasl etti izofat dostonimgʻa.
Navoiy, Zuhra udin motamim tutqonda kuydurdi,
Falak sori erishib borgʻon uchqunlar figʻonimgʻa.

52

Ne navo soz aylagay bulbul gulistondin judo,
Aylamas toʻti takallum shakkaristondin judo.
Ul quyosh hajrida qoʻrqarmen falakni oʻrtagay
Har sharorekim, boʻlur bu oʻtlugʻ afgʻondin judo.
Dema, hijronimda chekmaysen figʻonu nola koʻp,
Jism aylarmu figʻon boʻlgʻon nafas jondin judo?
Boʻlsa yuz ming jonim ol, ey hajr, lekin qilmagʻil
Yorni mendin judo yoxud meni ondin judo.
Hajr oʻlumdin talx emish, mundin soʻng, ey gardun, meni
Aylagil jondin judo, qilgʻuncha jonondin judo.
Vasl aro parvona oʻrtandi, hamono bildikim
Qilgʻudekdur subh ani sham’i shabistondin judo.
Bir iyosiz it boʻlub erdi Navoiy yorsiz,
Boʻlmasun, yo rabki, hargiz banda sultondin judo.

53

Zihi visolingga tolib tutub oʻzin matlub,
Muhabbatidin otingni habib atab mahbub.
Urujung aqshomi boʻlmay toʻquz snpehr hijob,
Yuzung xijolatidin mehr oʻlub vale mahjub.
Oʻt ichra tushsa boʻlur nisbati samandardek,
Kishiki, ishqing oʻtigʻa oʻzin qilib mansub.
Iting hisobigʻa kirgan hisob vaqtida,
Agarchi jurmi erur behisob, emas mahsub.
Kitobat etmaganingdin qalamda nol ermas,
Ki tushti koʻngli aro tob uylakim maktub.
Libosi motam aro qoldi to abad soya,
Ki mehrdin nega yoningda boʻlmadi mashub.
Muti’i amring agar podshoh, agar soyil,
Gadoyi xonung agar hushmand, agar majzub.
Ajab yoʻq, olsa koʻngul hushin ul iki gisu,
Bu boʻlsa silsila, koʻp telbani qilur magʻlub.
Tilasa ravzani zohid, Navoyiyu koʻyung,
Ki har kishi ani istarki, bor anga margʻub.

54

Sochsa anjumdin falak boshinggʻa yuz ming durri nob,
Jolayi gʻam, bilki, yogʻdurgʻay bir ofatliq sahob.
Ne gʻaraz bu jolani yogʻdursa andin oʻzgakim,
Umr naxlin sinduroʻb, tan gulbunin qilgʻay xarob.
Roʻziy ortugʻ boʻlmagʻin har kimki bilgay charxdin,
Zol yangligʻdurki roziiq charxini qilgʻay xitob.
Ofarinish bahridin gardun hubobi besh emas,
Bormu imkon kimsaya bir qatra suv bermak hubob?
Boʻlsa erdi qudratikim lahzaye tobqay qaror,
Tunu kun tinmay bu nav’ etgaymu erdi iztirob?
Ul dogʻi oʻz holigʻa hayron erur andogʻki men,
Anda ham sargashtaliq andoqki menda pechu tob.
Jismi oning ham havodis zarbasidin nilgun,
Topmayin maqsudini mendek necha aylab shitob.
Qudrat ilgida boʻlub ul ham zabun andoqki men,
Olmay ul mendii hisob, andoqki men andin hisob.
Ey Navoiy, solik ersang haq vujudin bil vujud,
Mosivollohni adam, vallohu a’lam bis-savob.

55

Ikki oʻtlugʻ nargisingkim qildilar bagʻrim kabob
Biridur ayni xumor ichinda, biri masti xob.
Tiygʻ tortib dam ola olmay yetishting boshima,
Goʻyiyo xurshid yangligʻ yoʻlda koʻrguzdung shitob.
Ofarinish baski ahvolimgʻa yigʻlar har kecha,
Ashk daryosi erur gardunu kavkablar hubob.
Tolpinurmen ashk aro har damki tishlar la’lini,
Kim tengizga tushsa, jon vahmidin aylar iztirob.
Ranju za’fim boʻlmish andoqkim, soʻra kelgan ulus
Holim aylarlar savol, ammo eshitmaslar javob.
Necha tasbihing hisobi, zohido, ich bodakim,
Senu mendeklarga xud bu korgahda ne hisob?!
Gar karam daryosining mavji budurkim, chogʻladim,
Qoni oʻz boʻynigʻa kim ishratdin etsa ijtinob.
Ich, Navoiy, mayki, fahm ettuk tabibi ishqdin:
Gʻussavu gʻam zahrigʻa taryok emish yoquti nob.
Xossa bazmikim quyosh jomin shafaq rohi bila
Elga tutqay xusravi anjumsipohi Jamjanob.

56

Qoshu koʻzungni munajjim chunki koʻrdi beniqob,
Dedi: koʻrkim, qavs burjidin tugʻubtur oftob.
Bir labing jon oldi andoqkim, birisi bilmadi,
Emdikim bildi, arolarinda bordur shakkarob.
Gar falak qoshing bila bahse hilolidin qilur,
Bir desa payvasta, jono, eshitur ikki javob.
Gul kibi yuzungda ter fard etti hushumdin meni,
Garchi behush elga hush uchun muqavviydur gulob.
Kim sirishkim koʻrdi, ma’lum etti ishqim hosilin,
Dona birla uylakim el naqdini aylar hisob.
Garchi ishq oʻtida koʻnglumni oʻqunggʻa shishlading,
Garm boʻlmakim, hanuz ne six kuymish, ne kabob.
Ne chamandur buki, hasrat suyiyu dard oʻtidin
Parvarish topmish qayu bir guldakim bor obu tob.
Gar Navoiyning kuyuk bagʻrida qondur, ne ajab,
Xomsoʻz oʻlur yolin uzra tushub kuygan kabob.

57

Yetti hajr ayyomi, qatlimgʻa nedur har dam itob?
Men xud oʻlgumdur yaqin, ey umr, koʻp qilma shitob!
Elga mehringdin kuyarmen, menga qahring sahl erur,
Doʻzax ahligʻa erur jannatni koʻrmaklik azob.
Oʻlturur chun hajr, beparvoligʻing ortuqsidur,
Dard muhlikdur, ne hojat sharbat ichra zahri nob?
Nevchun eldek yoʻq manga mehringki, sarvu gul uza
Tushsa, xoru xasni ham mahrum qoʻymas oftob.
Bodpoying yoʻlida xoki tanim gard ayladim,
Vahki, ul gard-oʻq murodim yuziga boʻldi hijob.
Ashk suvidin qading sarvini qildim sarbaland,
Vahki, ham ul suvdin umidim uyin qilding xarob.
Ul quyosh hajri meni oʻlturgali bas, ey sipehr,
Sen quyosh tiygʻin chekib, qilmoq ne hojat iztirob?!
Bu chamanda suv masallik pokravni charxdin
Koʻrmadikkim, koʻngli sinmay qoldi andoqkim hubob.
Chun Navoiydin uzuldung, bor savob oʻlmak anga,
Jonidin mahjur oʻlar vallohu a’lam bis-savob.

58

Eyki ruxsoring erur xoʻbu xating ham margʻub,
Xoʻblardin neki bosh ursa, erur beshak xoʻb.
Toki sevdum seni, javringni dogʻi sevmishmen,
Har ne mahbub qilur, bordurur ul ham mahbub.
Rishtayi jon bila nomang boshini chirmar edim,
Ul sharar tori bila kuymasa erdi maktub.
Xasta dillargʻa ne jon olgʻuchi yuzdur ulkim,
Qolibin qildi tihi koʻrgach oni ahli qulub.
To labing volihi boʻldum, tilamon obi hayot,
Suvni naylar kishikim, bodagʻa boʻlgʻay magʻlub?
Ahli ishq ichra manga yoqma vara’ tuhmatini,
Zohido, qilma hunar ahligʻa bizni ma’yub.
Istasang mulki baqo, salb qil oʻzlukni burun,
Ki suluk ichra fano ahligʻa budur uslub.
Ey Navoiy, tilasa shoh mushavvash raqaming,
Har ne matlub anga, bizga ham uldur matlub.

59

Tiygʻ ila xoki tanimni har taraf yording kelib,
Naqdi jon olmoqqa bu tufrogʻni oxtording kelib.
Keldingu koʻnglumni yuz chok etmaguncha bormading,
Ba’d umre, ey sitamgar, yaxshilar bording kelib.
Jon senga qurbonki, olib jon koʻngul afgʻonidin,
Ham oʻzungni, ham meni, ham elni qutqording kelib.
Qatl bas erdi, tanim ul koʻydin sudratmaging
Ortugʻ erdi, ey jafojoʻ, haddin oʻtkording kelib.
Ey koʻngul, ozdur senga bu hamki, ul oy koʻyidin
Man’lar qildim, vale yuz qatla yolbording kelib.
Soqiyo, yetkurmish erdi jonni ogʻzimgʻa xumor,
Jon fidong oʻlsunki, bir may birla qoytording kelib.
Zuhd etib erdi Navoiyni xarob, ey mugʻbacha,
Tengri yoringkim, fano dayrigʻa boshqording kelib.

60

Chobukekim, har taraf maydon aro aylar shitob,
Barqi lomi’dur samandi, gardi andoqkim sahob.
Oʻqi rashkidin erur koʻksum aro koʻnglum qushi
Ul kabutarkim, qabaq nchinda qilgʻay iztirob.
Otsa oʻq ul qoshi yo yuz pech urar jon rishtasi,
Kim manga hirmonu oning oʻqigʻa yetgay tanob.
Nogahon otqaymu deb bir oʻq qabaq shakli bila
Boshi ustiga kelur maydonda har kun oftob.
Ul quyoshdin boshqa kim otqay qabaq, vah, koʻrmaduk
Axtari Sa’deki, har dam zohir etgay bir sahob.
Jon berurmen qayrilur chogʻda koʻrub belida pech,
Oʻlsa tong yoʻq ulki, joni rishtasigʻa tushsa tob.
Kimki sarkashrak — havodis oʻqigʻa koʻprak hadaf,
Ushbu holatni qabaq ahvolidin qilgʻil hisob.
Ey Navoiy, chun oʻqi har dam falak mayli qilur,
Sen oti gardiga qoni’ boʻlki, bordursen turob.

61

Havo xush erdiyu ilkimda bir qadah mayi nob.
Ichar edim vale gʻamdin qadah-qadah xunob.
Ki hozir erdi oʻshul sarvi nargisi maxmur,
Valek ragʻmima qilmas edi qadahgʻa shitob.
Manga ne zahraye ulkim, desamki, bir qadah ich,
Ne onsiz ichgali may, ne qaroru toqatu tob.
Bu gʻussa birla ichim qon boʻlub nechukki qadah,
Koʻzumga har nafas ashk evrulub misoli hubob.
Chu angladiki, borur ixtiyor ilgimdin,
Kulub qadah kibi lutf ayladiyu qoʻydi itob.
Qadahni ichtiyu yuz loba birla tutti manga,
Ki oning ichgani-oʻq qildi meni mastu xarob.
Chu soqiy etti qadah koʻzgusida jilvayi husn,
Ne ayb, oshiqi mayxora koʻngli boʻlsa yabob?
Navoiy, vasl bihishtida shukr qil bu nafas,
Ki yona chekmagasen hajr doʻzaxida azob.

62

Labingdin xasta jonkim boʻldi betob,
Emas betob, anga erur shakarxob.
Yoshimdii obroʻyum bordi, bildim,
Ki ravnaqsiz qilur oltunni siymob.
Qoshing hajrida har na’leki kessam,
Kelur payvasta, jono shakli mehrob.
Qilich bogʻi beling quchqan hasaddin
Koʻzumga ajdaredur shakli qullob.
Koʻzum ollindadur la’ling xayoli,
Emas kirpiklarim ustida xunob.
Firoq ilgi, figʻon, jon rishtasidin
Chiqorur tordin andoqki mizrob.
Falak boshinggʻa qoplab it terisin,
Sen oni jahldin deb kishu sinjob.
Ajab yoʻq, odamiyliqni unutsang,
Oʻzungni telba it charmida asrob.
Navoiy, ranj koʻrma, ogʻzin istab,
Kim ul bir javharedur asru noyob.

63

Bovujudikim adam boʻldum gʻamidin qaygʻurub,
Hech ogʻzining soʻrogʻin la’lidin topmon soʻrub.
Jonki, qat-qat qon boʻlubtur dogʻi ishqing ketmagay,
Lola bargidek ani bir-bir sovursang kuydurub.
Novaking koʻnglumda qilmish xona, bovar qilmasang,
Koʻksuma ilgingni kelturkim, turubtur bilgurub.
Ishqidur jon pardasida, ravshan ettim, doʻstlar,
Necha kuygaymen harir ichinda oʻtni yoshurub?
Barqdek poʻyamni ayb etmang, salomat ahlikim,
Mundoq oʻtekim tutashibdur manga, boʻlmas turub.
Istama tahsinki, shokirmen ne kelsa ollima,
Shukr qilmay, naylay olursen qazoni yozgʻurub?
Chun Navoiy jonigʻa marham erur paykonlarnng,
Kosh, yoqsa marhami oʻqung yonimgʻa oʻlturub.

64

Xoki poyi boʻldi joni xoksorim qon yutub,
Kim chiqib la’lini oʻpgay rishtayn zulfin tutub.
Zulfin ochqonda zanax chohigʻa tushgay ming koʻshul,
Qoʻymasa ul choh uza ruxsori sham’in yorutub.
Ishq muhriq dashtini qat' aylamak dushvor erur,
Kirmasam ohim yeli birla havosin sovutub.
Kuygali moyilmenu hajrigʻa yoʻq, vahkim, meni
Ayladi rozi isitmoqqa oʻlumdin qoʻrqutub.
Der emish, bir kun kelib koʻngli yarosin butkaray,
Kelsa butgil, ey koʻngul, bu soʻzga xud boʻlmas butub.
Dahr boʻstonida qilmoq sayr aylab hoyu huy
Harza kezmakdur hayoting qushlarini hurkutub.
Jomi vaslingdinki, elni tirguzursen, bil yaqin,
Kim Navoiy oʻlgusi xunobayi hijron yutub.

65

Sen labing soʻrgʻon soyi men qon yutarmen, ey habib,
Sen may ichgilkim, menga xuni jigar boʻlmish nasib.
Dedilar, ahbob dardigʻa habib aylar davo,
Vahki, men kuydum, muhabbatdin emas voqif habib.
Koʻyungga kirgach koʻngul qoshinggʻa mayl aylar, bale,
Goʻshayi mehrob etar payvasta manzilgah gʻarib.
Chehra sorgʻorgʻon soyi ortar koʻngulning nolasi,
Bor ajab voqi’ xazon faslida nolon andalib.
Xossalillah sharbatimni zahri qotil birla ez,
Chun ish ondin oʻttikim, kelgay Masihim, ey tabib.
Necha ul oy mehridin shaydo koʻngulni ovutay,
Telbaga yolgʻon hikoyat birla bergandek firib.
Maygʻa rahn oʻlmay fano dayrida tasbihu rido,
Piri dayr etmas havola elgʻa zunnoru salib.
Nafsing etsa shoʻxlugʻ charx emgagidin qil adab,
Tiflni andoqki zajr aylar falak birla adib.
Ey Navoiy, zulmidin dermenki ishqin tark etay,
To nazardin gʻoyib oʻldi, yoʻq yana sabru shikib.

66

Vah, ne qotildur, kelur oyini zulmu kin solib,
Oshiq oʻlturmak uchun har qoshigʻa yuz chin solib.
Chun oʻtub ishq ahlidin — oshubi sabru fahm oʻlub,
Chun yetib zuhd ahligʻa — toroji aqlu din solib.
Har tarafkim gom urub — yuz porso yoʻlin urub,
Har qayonkim koʻz solib — yagʻmovu qatloyin solib.
El sorikim yuzlanib — qindin chiqarib tiygʻi kin,
Chun manga markab surub — boshimgʻa tiygʻi kin solib.
Bu sorigʻ ruxsora birla qon yoshimdin yod qil,
Ichsang oltun jom ichinda bodayi rangin solib.
Sensizin, ey umr, chun mumkin emas oromu sabr,
Borma har dam bizni mundoq bedilu gʻamgin solib.
Bogʻi husnungkim, gul ochti rang-rang, ey mugʻbacha,
Goʻyi ichting maygʻa bargi lolavu nasrin solib.
Shar’siz xoshok aro xashxoshdekdur, ey hakim,
Koʻkka chiqsang jaybing ichra subhayi parvin solib.
Dardu gʻam qolib, Navoiy joni chiqti oqibat,
Hajr elidin xonumonin bordi ul miskin solib.

67

Yuz toʻshuk koʻksumni oʻrtarsen jafodin qon qilib,
Xalq kuydurgan kibi zanbur evin vayron qilib.
Javhari ishqing yoshurgʻach oʻrtadim koʻnglumga dogʻ,
Uylakim qoʻygʻay nishon el naqdini pinhon qilib.
Koʻhi ohandek gʻaming koʻnglumdin olgʻon ne osigʻ,
Kim yana jonimgʻa otding barchasin paykon qilib.
Yuz oʻluk tirguzdi la’linggʻa yetishgan jomi may,
Goʻyiyo berding oning har qatrasin bir jon qilib.
Aqlu din naqdin oʻgʻurlar goʻyi ul ayyorvash,
Buki behush aylar elni husnigʻa hayron qilib.
Boʻlubon har sham’gʻa parvona, kuyma, ey koʻngul,
Ishq oʻtlugʻ zulmatida oʻzni sargardon qilib.
Ey Navoiy, dema la’lin tishlar el qatligʻa yor,
Balki elga jon bagʻishlar bizga qasdi jon qilib.

68

Yuz soʻzumdin biriga bermas javob ul noʻshlab,
Ogʻzini yoʻqtur desam, voqi’ki, hech ermas ajab.
Nuqtayi xoling nedin shirin labing ustidadur,
Nuqta chun ostin boʻlur har qaydakim yozilsa «lab».
Vasl ne yangligʻ muyassar boʻlgʻusidur, chun erur
Dilbarim nozikmizoju men bagʻoyat beadab.
Gar quyosh derlar yuzungni, garm boʻlub chekma tiygʻ,
Elga jurme yoʻq, inar chun osmondin har laqab.
La’ling olsa choklik bemor koʻnglumni, ne tong,
Ey malohat naxli, chunkim xastasiz boʻlmas rutab.
Zindadil Majnunning oʻlmish koʻngli chun Layligʻa hay,
Bas, ne osigʻ oni haydin qovlamogʻliq, ey arab?!
Tolib ulkim topmasang dogʻi bu baskim, aylamas
Bir nafas gʻofil seni matlub yodidin talab.
Qahr barqi birla rahmat yomgʻuri gar buyladur,
Emmin ermas Bu-l-Alo, navmid emastur Bu Lahab.
Gar navo topsa Navoiy lablaringning zikridin,
Tong emastur, chun mudom afzun boʻlur maydin tarab.

69

Xanjaring jonimgʻa yetti koʻkragimga sanchilib,
Novaking yonimgʻa oʻlturdi iyodatgʻa kelib.
Qirib oʻtgan oʻqlaring jon pardasin resh etgali
Safhadekdurkim, qirilgʻay sahv xatlar yozilib.
Yugurar har kirpigimga ortilib bir qatra yosh,
Shoʻx yoshlardekki oʻynarlar chubuq markab qilib.
Ushbu hijron kechasin tush koʻrsam erdi nogahon,
Oʻlgay erdim vahmdin, albatta, zahram yorilib.
Na’lim ichra dogʻ uchun qoʻygʻon fatnlam dud ila
Dard oʻchoqida tutaydur anduh oʻti yoqilib.
Ul quyosh birla borur el soyadek, men xoksor,
Vahki, qolurmen izining tufrogʻidek ayrilib.
Sirri vahdat chun fano dayrida sigʻmas lafz aro,
Nevchun, oyo, xonaqah ichra tuganmas aytilib?
Nuktayi tavhidni bilgan qila olmas bayon,
Kim bayon qildim desa, bilginki, qilmaydur bilib.
Ey Navoiy, mayda soqiy la’lidin ermish furugʻ,
Kayfiyatni chunki fahm etting, netarsen oyilib?

71

Xasta jonim za’fin angla koʻnglum afgʻonin koʻrub,
Soʻrma koʻnglum yorasin, fahm et koʻzum qonin koʻrub.
Vaslida la’li uza holin koʻrub kuygan kibi
Oʻrtanurmen jonda emdi dogʻi hijronin koʻrub.
Vodiyi sabrimdagʻi xori xashak qildim gumon,
Koʻnglum atrofida har yon noʻgi paykonin koʻrub.
Angladim qilmish koʻzi olgʻon koʻngul saydigʻa qasd,
Har tarafdin chirga tuzgan xayli mujgonin koʻrub.
Yeru koʻkta istabon paydo emas Xizru Masih,
Qochtilar goʻyo dudogʻing obi hayvonin koʻrub.
Jism bogʻida ravon shakle tasavvur qildi aql,
Boʻstoni husn aro sarvi xiromonin koʻrub.
Shabnam ermas, nargis ashkidur, nedin qon yigʻlamas
Koʻz yumub-ochquncha gulshan umri poyonin koʻrub?
Charxdin sidq ahli motam ichradur, fahm aylagil,
Har sahargah subhnung choki giribonin koʻrub.
Nomasin, vahkim, ochib solmoq nazar mumkin emas,
Chun Navoiy hushi zoyil boʻldi unvonin koʻrub.

72

Ichsangiz may suyidin ishrat uyin obod etib,
Jur’aye ham quygʻasiz tufroqqa bizni yod etib.
Soz eting avval gʻamimdin nagʻmakim, barasl erur
Uy imorat aylamak xoro bila bunyod etib.
To havoyiymen ul oy hajrida andoqkim bulut,
Toqqa har dam yuzlanurmen yosh toʻkub, faryod etib.
Va’dayi vasl etsa ul Shirin sanam, gʻam togʻini
Qozgʻamen tirnogʻlarimni teshayi Farhod etib.
Ul quyundurmen fano dashtidakim, boʻldum adam,
Har ne borimni boshimdin chivurub, ozod etib.
Har zamon koʻnglum qatiq ermas, dema, ey siymbar,
Yoshurun qolmas bilur ichra nihon foʻlod etib,
Voqif oʻlkim, dahr dehqoni sening qasdingdadur,
Ismin oning gul qilib, otin munung shamshod etib.
Maygʻa targʻib etmaging kofiydurur, ey piri dayr,
Mundin oʻzga ishni naylarsen manga irshod etib?
Istama la’lin, Navoiykim, marazda emganur
Tab’ini sihhatligʻ el sharbat bila mu’tod etib.

73

Soʻzi hajring ichra har dam za’fligʻ jismim yonib,
Oʻtqa tushgan qil masallik oʻrtanurmen toʻlgʻanib.
Ochqil oʻtlugʻ orazing, ey sham’kim, parvonadek
Oʻrtanay boshing uza bir necha qatla aylanib.
Solgʻasen olamgʻa oʻt, gar gul sovugʻi tobidin
Gʻunchadek gulshangʻa chiqsangʻ hullalargʻa chirmanib.
Biym erurkim ofarinishdin chiqargʻaysen damor,
Bazmdin usruk chiqib maydongʻa chopsang otlanib.
Yor ila xoʻy aylagʻan koʻnglum erur ul nav’ qush,
Kim kishidin ayrila olmas kichikdin oʻrganib.
Qabrim uzra qoʻygʻasiz tosheki, za’f ayyomida
Ul pari koʻyida yotmishmen boshimgʻa yastanib.
Moldin umrunggʻa osoyish agar yetmas, ne sud,
Nuh umri hosil etsang, ganji Qorun qozgʻonib?
Ey Navoiy, tushta gar koʻrmak ani mumkin esa,
Barcha gar xud soʻnggʻi uyqudur, netarsen uygʻonib?

74

Qon yoshim yoʻlungda tommaydur koʻzum giryon boʻlub,
Kim ayogʻinggʻa tushubtur koʻz qarosi qon boʻlub.
Gʻunchadek koʻnglum chekar ul gʻarq oʻlub xunob aro,
Soʻz deganda ogʻzing ikki la’l aro pinhon boʻlub.
Soʻrsa Majnun ishq dashtida meni, ayt, ey rafiq,
Kim quyundek itti bu vodiyda sargardon boʻlub.
Hajri koʻnglumni boʻzub, gʻam seli hamvor etti, voy,
Kim asar ham yoʻqtur ul ma’muradin vayron boʻlub.
Tiygʻi xud oʻtti, suubat koʻrki, muhlik yorasi
Bu zamon boshimgʻa qolibtur baloyi jon boʻlub.
Har zamon ogʻzing xayoli sanchilur koʻnglum aro,
Goʻyiyo bu gʻuncha oni zaxm etar paykon boʻlub.
Charx ushshoq ohi oʻtidin magar vahm ettikim,
Qubba qildi mehrini oʻz hay’ati qalqon boʻlub.
Hashr xurshidigʻa moni’ fikr qilmassen, ne sud,
Atlasi gardunsaro pardanggʻa shodurvon boʻlub.
Ey Navoiy, foniy oʻl yor istasangkim, xoʻb emas
Jonni sevmaklik bahona oʻrtada jonon boʻlub.

75

Oʻlukni tirguzur la’ling Masihoso kalom aylab,
Takallum choshnisin sharbati yuhyil-izom aylab.
Azalda la’lingga sayd etgali koʻnglum qushin goʻyo
Qazo sayyodi jonlar rishtasidin yoydi dom aylab.
Chamanda tozaligʻdin har quruq shoxe erur Xizre,
Magarkim andin oʻtmish obi hayvonim xirom aylab.
Agar harf oʻlsa mudgʻam, vahki, xoling nuqta idgʻomin
Ayon qildi koʻzumnung mardumi ichra maqom aylab.
Ne boʻlgʻay tiyra boʻlmay roʻzgorimkim, ochib gisu
Qaro shomimni muhlik aylading subhumni shom aylab.
Gʻaraz ul yuzni mastur asramoqdurkim, hakimi sun’
Ulusqa oh etar qismat ani oyinafom aylab.
Chu haq dargohidin mardud etar, naylarsen, ey zohid,
Qabuli xalq uchun ortqusi toat iltizom aylab.
Yoshingni dona, bagʻringni suv qilkim, tutti faqr ahli
Hidoyat qushlarin bu donavu suv birla rom aylab.
Navoiy kunda chun bir qursi maqsum ortmas, ne yeud,
Falakdek boʻlmogʻing sargashta tun-kun ihtimom aylab.

76

Tuganmas mehri yoʻq hajrim tuni sharhin savod aydab
Varaq aflok oʻlub, ul tun savodin-oʻq midod aylab.
Ulusni oqizur ashkim, falakni kuydurur ohim,
Chekib un yigʻlasam gʻam shomi ul mahvashni yod aylab.
Murodi nomurod oʻlmoqdin ortugʻroq emas mumkin,
Murodin gar topar ul shoʻx bizni nomurod aylab.
Inonib vasligʻa hajrin unuttung, ey koʻngul, lekin
Qutulgʻaymu oʻlumdin umrigʻa el i’timod aylab?
Meni xud ul pari hajri qilib sahroda sargardon,
Chekib bechora Layli ohu Majnun e’tiqod aylab.
Sovurgʻil aql evin, gardun, meni majnun qachon oʻlsam,
Tanim tufrogʻiyu ohim yelidin girdibod aylab.
Ayogʻ yolang borib qilding imorat Ka’bani goʻyo,
Ayogʻing oʻpmaki birla buzuq koʻnglumni shod aylab.
Boshim ham zuhd uyotidin quyi tushmush, ham andinkim
Borurmen dayr sori xonaqahgʻa xayrbod aylab.
Navoiy koʻnglini koʻp mehr ila oldi ul oy andoq,
Ki olgʻay mushtariy qalloshlar molin muzod aylab.

77

Mendin ul chobukning, ey payki sabo, maydonin oʻp
Koʻyiga boshim niyozin yetkurub, chavgonin oʻp.
Bodpoyi sayrigʻa hamtaklik aylay olmasang,
Yerga mendin yuz qoʻyub koʻrgan soyi javlonin oʻp.
Gar ayogʻi raxshining oʻpmak muyassar boʻlmasa,
Koʻz solib har yerdakim topsang ayoq bosqonin oʻp
Qoshi yosi gʻamza oʻqin otsa, vah, men xastadin,
Koʻzlaringga surtubon suvforini, paykonin oʻp.
Kulsa la’li, vahki, qolmas menda bir oʻpguncha hush,
Hashv erur, koʻnglumki, aytursen labi xandonin oʻp.
Pok etak istar esang, bir pok etaklik istabon,
Xoki na’laynigʻa yuz qoʻy, goʻshayi domonin oʻp.
Ey Navoiy, Ka’bayi maqsud vaslin istasang,
Shohi Gʻoziy qasrining dargohi oliy shonin oʻp.

78

Qasri johinggʻa sipehr avjida ayvon boʻldi tut,
Ham sipehr osiybidin yer birla yakson boʻldi tut.
La’li rummoniy tilarsen dam-badam ziynat uchun,
Qatra-qatra bagʻring andin nordek qon boʻldi tut.
Naf’ chun kuymaktin oʻzga koʻrmagung parvonadek,
Bir quyosh har tun sanga sham’i shabiston boʻldi tut.
Dayr qasdi qilmagʻil har lahza oshiq boʻlgʻali,
Qasdi dining qilgʻasen bir nomusulmon boʻldi tut.
Istading dunyo arusin tushtagi mahbubdek,
Topmas erkach kom la’lidin, pushaymon boʻldi tut.
Shoʻxlar qoshin tilarsen, lek andoqkim hilol
Jongʻa yetganda koʻrungach koʻzga pinhon boʻldi tut.
Bir mugʻanniydin navo topmoq tilarsen changdek,
Egri qad birla ishing faryodu afgʻon boʻldi tut.
Koʻsi shavkat yetti doʻzaxqa eshik qoqmoq durur,
Bas yeti iqlim mulki uzra sulton boʻldi tut.
Ey Navoiy, oʻzni jam’ et, yoʻqsa olam maxzanin
Qon yutub jam’ aylabon oʻlgach parishon boʻldi sut.

79

Ey koʻngul, ul ahdi yolgʻon mehr shartin qildi tut,
Ahdini poyoniga yetkurmayin ayrildi tut.
Xanjari hijron bila oxir kesar chun rishtani, .
Mehr torin rishtayi joninggʻa mahkam qildi tut.
Chun mayi vasl oʻzgalar ichmakka bois boʻlgʻusi,
Har nafas xunobi hijron yutmogʻingni bildi tut.
Yo eshitmas, yo eshitgach zulmin aylar birga yuz,
Holing ul zolimgʻa yuz ming qatla bas aytildi tut.
Dema, sanchib neshi hijron, yetkuray noʻshi visol,
Chun bu noʻshung oʻlturur, ul nesh ham sanchildi tut.
Motam ashki durri chun tufrogʻingga sochilgʻusi,
Gavhari anjum falakdin boshingga sochildi tut.
Ey Navoiy, kisvati faqr ista, yoʻqsa charxning
Atlasin kiyding, gumon zt oqibat eskildi tut.

80

Kelgil, ey qurbon koʻngul, ul qoshi yo mehrin unut,
Chun vafodin tortilur, sen ham borib bir goʻsha tut.
Chunki ul bizni unutmogʻni sogʻindi yaxshi ish,
Sen dogʻi, kel, bir nafas oni sogʻinmogʻni unut.
Ul quyosh har dam boʻlur bir zarra birla garm mehr,
Mehr sham’in sen dogʻi bir oʻzga oy birla yorut.
Hayf erur har shoʻxi ra’no yuziga chun pok ishq,
Shavq oʻtin, kel, sen dogʻi-bu ishvagarlardin sovut.
Ey pari, bir telba gar ovora boʻldi gʻam yema,
Odamiyvashlar bila nozuk mizojingni ovut.
Gar koʻzum yoshigʻa ul gul multafit boʻlmas, ne gʻam,
Gul bulutdin tozadur, serob emas guldin bulut.
Dahr bogʻida giyohi mehr hargiz butmadi,
Gar desangkim koʻrmayin bemehrlik bu soʻzga but.
Shahdi ishqing zahr etar gardun, sen ushbu jomdin
Xoh komingni ochit, xohi mazoqingni chuchut.
Tark qil, sen ham Navoiydek havosin, ey koʻngul,
Yoki har dam bir taraf maylin koʻrub, xunoba yut.

81

Ohkim, ul oshno begona boʻldi oqibat,
Hajridin behudlugʻum afsona boʻldi oqibat.
Aqlu donish lofini urgʻon koʻngul yigʻlay yuruy,
Ul parivash hajridin devona boʻldi oqibat.
Qatra-qatra shodligʻ ashkini sochtim vaslida,
Barcha hijron qushlarigʻa dona boʻldi oqibat.
Borgʻali ul husn ganji gʻam buzugʻ koʻnglumdadur,
Ajdaho evi bizing vayrona boʻldi oqibat.
Mastu behudlugʻ emish hajr anduhining dofi’i,
Bas muqimiy manzilim mayxona boʻldi oqibat.
Soqiyo, may tutki, hajr anduhidin men telbani
Forigʻ etgan sogʻaru paymona boʻldi oqibat.
Chekma un, ohim koʻr, ey Majnunki, bulbul koʻp figʻon
Chekti, oʻrtangan vale parvona boʻldi oqibat.
Butgʻa gar bosh qoʻymadim, koʻrgilki, dinim tuhfasi
Dayr piri ollida jurmona boʻldi oqibat.
Deding oʻlgilkim, Navoiy, seni gah-gah tirguzay,
Hech bilmonkim sanga, jono, na boʻldi oqibat?!

82

Yoshurun dardimni zohir qildi afgʻon oqibat,
Asragʻon rozimni yoydi seli mujgon oqibat.
Yoshurub erdim bagʻir chokini, vahkim, qildi fosh
Har taraf koʻzdin tarashshuh aylagan qon oqibat.
Tiygʻi hajringdin nihon koʻksum shikofin, ohkim,
Elga ravshan ayladi choki giribon oqibat.
Voykim, koʻksum shikofidin ulusqa boʻldi fahm
Ishq oʻti bagʻrimgʻa qoʻygʻon dogʻi pinhon oqibat.
Shavqidin dam urmayin bedodigʻa xursand edim,
Vahki, boʻldum hajridin rasvoyi davron oqibat.
Gar budur kofir koʻzu zunnor zulfi, ey faqih,
Boʻlgʻudekmen dayr aro mastu parishon oqibat.
Ishq koʻyida jununumni munodiy ayladi
Dahr toshidin munaqqash jismi uryon oqibat.
Dahr boʻstoni aro sarkash nihole koʻrmaduk
Soya yangligʻ boʻlmagʻon yer bilan yakson oqibat.
Ey Navoiy, davlati boqiy tilarsen vaslidin,
Oni kasb etmak fano boʻlmay, ne imkon oqibat?

83

Jahdim andoqdur yetishgaymenmu deb vaslinggʻa bot,
Kim qabul etmon ogʻir deb chiqsa egnimdin qanot.
Sabr togʻi birla qilmoq poʻya boʻlmas, ey koʻngul,
Tashla ul yukni yetishmak istasang vasligʻa bot.
Shahsuvorimning buroqi poʻyasidin qoldi barq,
Kim aning fe’li shitob ermish, munung rasmi sabot.
Koʻp Masihodin dam urma, qil hayotingni tufayl,—
Angakim topmish Masih oning tufaylidin hayot.
Mehr yuz koʻrmay oʻchashti pardadin chiqqach yuzung,
Olgʻali qoʻymas sorigʻ yuzin qaro yerdin uyot.
Chun yuvdi koʻzlar savodin ashk, yorut yuz ochib,
Kim diramsiz elga boy el farzdur bermak zakot.
Ey Navoiy, xoki poyi vasfida shirin soʻzung
Bor biaynih toʻtiyo ichinda solgʻondek nabot.

84

Tiyra kulbamgʻa kirib, jono, oʻlumdin ber najot,
Zulmat ichra Xizrgʻa ul nav’kim obi hayot.
Soda koʻnglum ichra la’lingning xayoli tushgali
Shishayedurkim, aning ichiga solmishlar nabot.
Orazing mehrida ogʻzingdur gadoligʻ qilgʻonim,
Haq seni xurshid qilmish, zarraye bergil zakot.
To koʻnguldin bosh chiqarmish har taraf paykonlaring,
Qush bolasidek boʻlubturkim, boʻlur temurqanot.
Vasl umidigʻa tilarmen umr, lekin voykim,
Sensizin koʻrsam tirikmen, oʻlturur meni uyot.
Istasangkim, ul quyosh chiqqach sanga qilgʻay tulu’,
Ey koʻngul, gʻam seli yetgach, togʻdek tutqil sabot.
Ishqing oʻtin gar Navoiy desakim aylay raqam,
Soʻzidin kuyar qalam, qurur qaro, erir davot.

85

Koʻzum ucharki, humoyun yuzungni koʻrgay bot.
Biaynih anga kirpiklar oʻlmish ikki qanot.
Bezansa dardu balo shohidi halokim uchun,
Mijam tarogʻdurur, eski toʻganlarim mir’ot.
Labing xayolida ashkim erur hayot suyi,
Firoqing ichra qororgʻon koʻzum anga zulmot.
Zakot oʻlur edi yuzung jamoli naqdigʻa mehr,
Tajammul ahligʻa yuzdin bir oʻlsa erdi zakot.
Desangki, jonima oʻt solmagʻaysen, ey soqiy,
Takallum etma mayolud lab bila, hayhot!
Qolurlar ogʻzin ochib ishq ahli poʻyamdin,
Sogʻ elga kulgu erur telba aylagan harakot.
Labingki jon beradur ahli dard qoni uchun,
Navoiy qonigʻa gar mayl etar, mumiddi hayot.

86

Ey koʻngul, yor oʻzgalar domigʻa boʻldi poybast,
Senga mushkil holatu bizga qotiq ish berdi dast.
Vasl torin chekti ul, men dogʻi chektim, ohkim,
Rishtani urdiyu boʻldum hajr tufrogʻigʻa past.
Necha bosh qoʻydum yoʻligʻa, vahki, qildi poymol,
Za’fliq jismimgʻa zulfi toridek solib shikast.
Zahra yoʻq, mujib soʻrargʻa boʻlmasun, yo rab, kishi
Muflisu oshiq, sevar dildori mustagʻniyu mast.
Soqiyo, bu ishga behudlugʻdin oʻzga yoʻq iloj,
Mujda mugʻ koʻyiga yetkurgilki, boʻldum mayparast.
Gʻarq oʻlay may bahri ichra rost ul gʻoyatqacha,
Gah solib boʻgʻzum aro chekkay ajal qullobi shast.
Ey Navoiy, jurm uzri dashtida qil poʻyakim,
Yaxshi ermas zuhd zanjirigʻa boʻlmogʻ poybast.

87

Subh erur soqiyu men maxmurmen, sen mayparast,
Tut quyoshdek jomni, moni’ nedur boʻlmoqqa mast?
Tiyra shomi hajr aro, vah, asru koʻp chektuk xumor,
Mast oʻloli bu nafaskim vasl subhi berdi dast.
Kun biyiq chiqquncha hoʻyu nolani past etmali,
Koʻp biyik chiqqay bu kunkim, boʻlgʻabiz biz yerga past.
Anjuman ahli yuzin gul-gul qiloli may bila,
Mehrdin topquncha anjum gullari bir-bir shikast.
Charx motam yetkurur, biz dogʻi oncha yigʻlali,
Kim kuhan gʻamxonasi ul seldin qilsun nishast.
Gar shafoatgʻa maloyik kelsa nomahram debon,
Mehr shaklidin falak yoʻlin qiloli xorbast.
Tong emas, boʻlsa Navoiy mast to shomi abad,
Kim azal subhida boʻlmish qismati jomi alast.

88

Junun toshi urub har yon yangi dogʻimni afgor et,
Ichimda loladek ishq ichra toshimni namudor et.
Chu majnun qilding emdi, ey mugʻanniy, goʻsha tobingni
Koʻngul savdosi taskini uchun boʻynumgʻa tumor et.
Desang, koʻnglum qushi aylab havo, chekkay navoyi ishq,
Xadangingning parin aylab qanot, paykonni minqor et.
Soching kufrida oʻlsam qabrim uzra qoʻyma xirqamni,
Chekib har torini bir barhaman beliga zunnor et.
Koʻngul ayvonida ohim yelidin pardayi ishqing,
Desangkim, uchmasun, mujgondin atrofigʻa mismor et.
Desang, ogʻzin koʻray, ey aql, markaz nuqtasin ista,
Vale shart ushbukim, avval quyosh davrini pargor et.
Imorat tarhidur na’lu alifdin har taraf koʻksum,
Vafo qasrin qoʻparsang bu binolar uzra devor et.
Erur maqsad yiroq, vodiy uzun, tun tiyra, yoʻl boʻrtoq
Bu yoʻlda salb etib oʻzluk yukin, oʻzni sabukbor et.
Navoiy oʻlsa tirguzgil yuziga yuz qoʻyub, ya’ni
Yuziga suv urib, ul uyqusidin oni bedor et.

89

Vujudum oʻrtading, ey ishq, emdi tarkim tut,
Xudoy uchunki, meni qayda koʻrdung, anda unut.
Koʻngulni vasl charogʻi bila, deding, yorutay,
Tutashti chun bizing uy, emdi oʻzga uyni yorut.
Chu vasl kuymak ila hosil oʻlmadi, ey koʻz,
Tahassur ashki bila shu’laliq koʻngulni sovut.
Jununi daf’igʻa koʻnglumni dogʻ etay debsen,
Bu dogʻ sahldurur, hajr dogʻidin qoʻrqut.
Buxori ohim erur loyiq anglagʻil, ey ashk,
Bahori husnigʻa nogah keraklik oʻlsa bulut.
Ne voqi’ oʻlsa chu taqdirdin emas xorij,
Bas oʻktadur qiluridin kishiga bermak oʻgut.
Navoyiyo, bu oʻtar olam ichra besh kun qil
Oʻzungni may bila mashgʻulu ishq birla ovut.

90

Qachonki ul buti shirinkalom qildi hadis,
Xavosi sharbati yuhyil-izom qildi hadis.
Masih dam ura olmas anga uruj tuni,
Magar bizing mahi ulviyxirom qildi hadis.
Qayonki yozdi hadis, oʻldi sayd el goʻyo,
Nuqtani dona, xututini dom qildi hadis.
Labidin ayru tushub soʻg uchun kitobatdin,
Ne tong, libosin agar mushkfom qildi hadis.
Chibinni shahd nechukkim yigʻar, takallumdin
Ramidalarni nafas ichra rom qildi hadis.
Zihi takallumi mu’jiznizomkim, kelgach
Arab fasihlarigʻa harom qildi hadis.
Ulusni tutti Navoiy soʻzi, aning birla
Magar Rasuli alayhis-salom qildi hadis.

91

Agar jahongʻa falakdnn gʻame boʻlur hodis,
Erur bu xastani gʻamnok aylamak bois.
Magar oʻlarin Farhod birla Majnunning
Balovu dardigʻa ishq ayladi meni voris.
Firoq xirmani yigʻdim visol tuxmin ekib,
Zamona mazra’ida bormu sen kibi horis?
Iyodatimdin ul oy gar qoʻpar, chiqar jonim,
Tirikmen ar boʻlur ul umr bir zamon mokis.
Tariqi ishqu mehnat mangavu Majnungʻa
Aningdek oʻldiki, topmas sipehr anga solis.
Sen ista fayzi fano dayr gungu lolidin,
Ki ishq darsini bilmas mujodilu bohis.
Erur Navoyiyu ishq ming balo, goʻyo
Falak havodisi barcha anga boʻlur hodis.

92

Nutqi jon bermak qilur ul la’li xandon birla bahs,
Rost Isodekki qilgʻay obi hayvon birla bahs.
Yor derkim, bahs qil ernim bilakim, ne uchun
Koʻnglung olib qasdi jon etti, qilay jon birla bahs.
Ey koʻngul, gar aql etar man’i junun, qilma jadal,
Ayb erurkim ahli donish qilsa nodon birla bahs.
Jonni jonon gar tilar, billahki, minnat jongʻadur,
Har nechuk hukm etsa tegmas jongʻa jonon birla bahs.
Nosiho, qilma jadal ayril kiyiklardin debon,
Olimi shahr etmagay guli biyobon birla bahs.
Faqr koʻyida musallam tut ne qilsang istimo’,
Orif ermas har kishikim qilsa irfon birla bahs.
Ey Navoiy, har nechuk zulm etsa chek, dam urmagʻil,
Kim gado haddi emas hech ishda sulton birla bahs

93

Mening rasvoligʻimgʻa bodayi gulgun erur bois,
Mayi gulgun icharga soqiyi mavzun erur bois.
Parivashlar jafosigʻa gina bil telba koʻnglumdin,
Bukim tosh yogʻdurur atfol, anga Majnun erur bois.
Falak bejurm erur, gʻam kelsa bu mahzun sorikim, huzn,
Topib oʻz jinsini kelmakka bu mahzun erur bois.
Sovursam koʻkka tufrogʻ dard vodiysida, tong yoʻqki
Quyundek buylakim sargashtamen, gardun erur bois.
Ne tong, bu telba ogʻzida soʻzi doim ul oyningkim,
Pari vasligʻa aksar el aro afsun erur bois.
Labing jonbaxsh ayogʻdin boshingga, qotil, ne ayb, oʻlsam,
Tirilmaklikdin oʻlmaklikka chun afzun erur bois.
Raqibinggʻa desam la’nat, yori borkim senga nohaq,
Mening qonimni toʻkturmakka ul mal’un erur bois.
Rido dayr ichra rahn etganga chun qilding gʻazab, ey shayx,
Yana yozgʻurma borsam ul sari marhun erur bois.
Navoiy boda ichmas, lek chun soqiy qadah quydi,
Ul ofat shakl erur mujib, bu dilkash un erur bois.

94

Buzuq koʻngulga fano boʻlsa kom cheksun ranj,
Ki ranj chekmasa hargiz muyassar oʻlmas ganj.
Agar kishiga chekib ranj ganj boʻldi nasib,
Desa bu ganjni asray, yoʻq andin ortuq ranj.
Kishiki naqdini vazn aylabon qilur madfun,
Bu gʻussasanjdur, olgʻon kishi farogʻatsanj.
Yilon kibi, ne ajab, ganj asragʻon kishining
Hamisha komida gar zahr erur, tanida shikanj.
Zamona johi uchun har gʻululayi tashvish,
Ki kelsa koʻngling evini anga qilursen ganj.
Desangki, fard oʻlay eldin, koʻngulni xoli tut,
Ki toq derlar agar ganj sori otsang ganj.
Boshi quyidurur ozoda savsan ollida,
Chu nargis oʻldi chaman maxzanida naqdul-farj.
Tarigʻ kibi suyulur talxkomliq birla,
Tarigʻ-tarigʻki yigʻishturdi oltunin noranj.
Itur koʻngul haramidin xavotir asnomin,
Navoiy, oʻlsa maqoming Madina, gar Afranj.

95

Ey, gadoyingning gadoyi barcha ahli taxtu toj,
Kim gadoyingdur, anga yoʻq taxt ila toj ehtiyoj.
Koʻzlaring oz jurm uchun qilsa itob ermas ajab,
Bor muayyankim, boʻlur bemorlar nozikmizoj.
Gar sanubar tuzmamish sarving xilofin koʻnglida,
Yel chinor ilgi bila nevchun urar yuziga koj?
Eyki, koʻnglumni buzub, dersen, xayolimni chiqar,
Hech kim vayronadin ganj istamas hargiz xiroj.
Sen jafo qilgʻach, koʻngul jon birla tarkim tuttilar,
Boʻlsa shah zolim, el ichra zulmgʻa ermish rivoj.
Hajrdin dod istadim, deding, sabur oʻl, voykim,
Toza dogʻimgʻa yonar oʻt birla aylarsen iloj.
Chun fano gardi yopar, ne sud taxtu johingga,
Koʻkning anjumdin mukallal atlasin qilsang duvoj.
To gadoyingdur, Navoiy taxt ila toj istamas,
Ey, gadoyingning gadoyi barcha ahli taxtu toj.

96

Koʻngullar nolasi zulfung kamandin nogahon koʻrgach,
Erur andoqki qushlar qichqirishqaylar yilon koʻrgach.
Koʻngul chokin koʻzumda ashki rangin elga fosh etti,
Baligʻ zaxmini fahm aylarlar el daryoda qon koʻrgach.
Koʻzum qon yosh toʻkar, netib koʻngul zaxmin yoshuraykim,
Toparlar yerda zaxmin sayd qonidin nishon koʻrgach.
Boʻyolgʻon qon aro jon pardasi yetgach gʻami hajring,
Koʻngul bogʻida bargedurki, ol oʻlmish xazon koʻrgach.
Xadanging zaxmi ichindin balolarni yugʻon yoshim
Erur tifleki, olgʻay qush bolasin oshyon koʻrgach.
Koʻngullar naqdini toroj etarga yopmogʻing burqa’
Aningdekdurki, yuz bogʻlar qaroqchi karvon koʻrgach.
Yuzin zulf ichra to koʻrdum, oʻlub vasligʻa yetmasmen,
Gʻalat ermish yuz urmoq kecha oʻtni har qayon koʻrgach.
Erur chun olam ichra joh foniy, yaxshi ot boqiy,
Bas, el komin ravo ayla oʻzungni komron koʻrgach.
Navoiy, xurdayi nazmingni andoq aylading tahrir,
Ki sochqay xurda boshing uzra shohi xurdadon koʻrgach.

97

Girih-girih chu tugarsen — yetar ayogʻingga soch,
Girihlarin chu ocharsen — tushar quloch-quloch.
Koʻngulni qiydi itik gʻamzasiyu qilmadi rahm
Qiyo-qiyo boqibon ul ikki koʻzi qiymoch.
Chamanda kecha yotib mast orazin yopmish,
Qoʻp emdi, tong yeli, ul gulni lutf birlan och.
Qading chamanda koʻrub bogʻbon agar sarvin
Koʻziga ilsa, hamono keraktur anga yigʻoch.
Junungʻa tushti sanubar qadingdin uylaki suv,
Boʻlub ayogʻigʻa zanjir uzaldi boshida soch.
Sipehr na’l koʻrub koʻksum uzra mehrobe,
Balo oʻqigʻa hamonoki ayladi omoch.
Navoyiyo, der esang koʻrmayin vafosizliq,
Tavaqquf etma, zamon ahlidin vafo kibi hoch.

98

Koʻrub dardim, tarahhum qilmading hech,
Toʻkub ashkim, tabassum qilmading hech.
Firoqing oʻti ichra necha yigʻlab,
Figʻon chektim, tarahhum qilmading hech
Jahongʻa ohu ashkim soldi oshub,
Bu toʻfondin tavahhum qilmading hech.
Soʻzung shavqidin erdim xasta umre,
Soʻrargʻa bir takallum qilmading hech.
Musallam ishq, ey koʻnglum, sengakim,
Koʻrub zulmin, tazallum qilmading hech.
Muhabbat ahli qismin nevchun, ey charx,
Qilib mehnat, tana’um qilmading hech.
Navoiy sori, ey davri muxolif,
Navo savtin tarannum qilmading hech?!

99

Jamolin vasf etarmen hamdamim ul guluzor oʻlgʻoch,
Quruq shox uylakim gullar qilur zohir bahor oʻlgʻoch.
Qoshin koʻrgach hasaddin istaram el koʻzi bogʻlangʻay
Nechukkim koʻz tutarlar el yangi oy oshkor oʻlgʻoch.
Junun ermas kiyiklar suhbati dermen manga shoyad,.
Bir oʻq tekkay gʻalat ul qoshi yo garmi shikor oʻlgʻoch.
Havas ishq aylagan ozoda kechgil bu xayolingdin,
Ki chiqmas bu tikan koʻnglungda nogah ustuvor oʻlgʻoch.
Dey olmas dard ila ittim, vale bilgilki, chekmishmen
Bir ohe, barcha olam gʻussa dudi birla tor oʻlgʻoch.
Qilib man’i jununum ul pari koʻyiga yuzlangan,
Soʻzi hashv oʻlgʻonin fahm aylagay beixtiyor oʻlgʻoch.
Qani Hotam, qani Qorun, qani Jamshidu Afridun?
Bas, ehson qil sanga gardundin adno e’tibor oʻlgʻoch?
Gʻururi jahl jomi birla mast oʻlmaki, oʻlmakdur,
Maozallah, bu maygʻa charx davridin xumor oʻlgʻoch.
Navoiy sham’dek yigʻlab-kuyub holimni sharh aylay,
Ul oy bazmida bir toʻn rost oshiqlargʻa bor oʻlgʻoch.

100

Husni ortar yuzda zulfin anbarafshon aylagach,
Sham’ ravshanroq boʻlur torin parishon aylagach.
Yuzni gullardin bezabmu bizni qurbon aylading?
Yo yuzungga tegdi qonlar bizni qurbon aylagach?
Tiygʻ ila paykonlaring yetti koʻngʻul boʻlgʻoch xarob,
Suv quyub tuxm ekting ul kishvarni vayron aylagach.
Qon emaskim yopti gulgun hulla jannat xozini,
Ishqmu tanni shahid aylarda uryon aylagach?
Oshkor aylab yuzin koʻzumni hayron ayladi,
Yoshurun oldi koʻngul koʻzumni hayron aylagach,
Jonda qoʻygʻoch naqdi ishqin qildi koʻnglumni halok,
Oʻlturur mahramni sulton ganj pinhon aylagach.
Ey Navoiy, ishq agar koʻnglungni majruh etmadi,
Bas, nedurkim qon kelur ogʻzingdin afgʻon aylagach?

101

Zihi tiling «ana afsah» takallumida fasih,
Sen amlah oʻldung, agar dilrabolar oʻldi malih.
Tulu’i subhi saodat yuzung sabohatidin,
Zihi kamoli sabohat, zihi jamoli sabih.
Xamiri moyayi jismingdin ortqanni qazo
Iki badanda qilib ruh, atadi Xizru Masih.
Falakni chok qilib oʻtganingda gar ba’zi
Tavahhum ayladi, shaqqul-qamarda boʻldi sarih.
Qadam quyosh uza qoʻydung uruj shomi, ne tong,
Xafingni gar yadi bayzogʻa qilsalar tarjih.
Erur kalomekim, anda hurufi illat yoʻq,
Qayu hadiski sendin bayongʻa keldi sahih.
Emas Navoyiyu madhing demakka had, basdur
Anga bu qadrki, modihlaringgʻa boʻlsa madih.

102

Badangʻa kelmadi to azmi koʻyung ayladi ruh,
Ki ruh shaxsini ul gʻamza aylamish majruh.
Hayotbaxsh esa ul Hur aksindin boda,
Mahalli hayrat emas, hur aksidindur ruh.
Qizardi lolavu sargʻardi subh xijlatdin,
Bu lolalarki, uzoringda ochti jomi sabuh.
Vafogʻa va’da qilibtur deb oʻtma, ey qosid,
Xudoy uchun manga kayfiyatin degil mashruh.
Hayot yor visolidur, ey koʻngul, yoʻq, esa,
Seni firoqda faraz aylayinki, boʻldung Nuh.
Buyurma tavba yana, nosihoki, mugʻbachalar
Havosi qildi meni tavba, tavbasida nasuh.
Figʻonki, tiyra koʻngul kunjida nihon rozim
Piyola sha’sha’sidin el ichra topti vuzuh.
Baso kishiki ishi masjid ichra band oʻldi,
Chu ochti dayri fano eshigin, yetishti futuh.
Navoyiyo, nedin ul gʻamza tiygʻ tortibdur,
Gar istamaski, koʻngul saydin aylagay mazbuh.

103

Koʻngulni mugʻbacha oldi, mugʻona tut aqdoh,
Ki yoʻq saloh ila boʻlmogʻliq emdi bizga saloh.
Bir oy firoqida bexudlugʻ istaram, toʻla tut,
Agar qilib esang aflok jurmidin aqdoh.
Halol boʻldi xaroboti ishq ahligʻa may,
Tutarbiz ahli vara’, kimki oni tutsa muboh.
Hayotbaxsh maying ruh emishtuk, ey soqiy,
Magarki vovini i’lol etib, qilibsen roh.
Yoʻq ersa jismda ul hosil aylagan qondin,
Hakim ne uchun ajzosini dedi arvoh?
Saboh maykada bogʻliqturu xumorim tund,
Taajju^b etmang agar zikrim oʻlsa «yo fattoh».
Ne erdi maykada gʻavgʻosi, raz qizin goʻyo
Bu shom qildi Navoiygʻa piri dayr nikoh.

104

Nega koʻrguzdi sovugʻ ohu sarigʻ ruxsor subh,
Gar nihoniy mehridin mendek emas bemor subh?
Gar havoyiy boʻlmasa men telba yangligʻ, bas, nedur,
Koʻnglagin chok aylabon bogʻ uzra majnunvor subh?
Mehridin mendek nihoniy toza dogʻi boʻlmasa,
Yuzda nevchun kavkabi ashkin qilur izhor subh?
Dema shingarfiy bulut har yon erur qonligʻ momuq,
Toza dogʻidin erur mendek magar xunbor subh.
Gʻam tuni ohim sharoridin tutashti koʻkka oʻt,
Kim aning otin qoʻyubtur gunbazi davvor subh.
Kun shuo’iy xatlari ermaski, tutmish motamim
Yuzni anjum tirnogʻi birla qilib afgor subh.
Soqiyo, tutqil sabuhiy bodakim, bu dayrdin
Biz ketib, bu nav’ toli’ boʻlgʻusi bisyor subh.
Ey Navoiy, istasang bargu navo bu bogʻ aro
Guldek oʻl roki’ kecha, bulbul kibi bedor subh.

105

Ravzayu gul yettiyu ichmas ul oy gulgun qadah,
Ne koʻngulxushlugʻ bila tortay meni mahzun qadah?
Yo meni mahrumgʻa xunobayi hijron berib,
Oʻzga mahramlar bila ul oy ichar gulgun qadah.
Bori har taqdir ilakim, bor men labtashnagʻa
Tutmas ermish zahri gʻamdin oʻzga dahri dun qadah.
Soqiyo, bu gʻussa daf’i mastu behudlugʻdurur,
Tut shafaqgun may toʻla, gar xud erur gardun qadah.
Ravza oyin koʻrmay ilgingdin qadahni solmagʻil,
Lek ol bayram hiloli ham koʻrungan tun qadah.
Jom erur men telbaga qonligʻ koʻzumnung kosasi,
Lolalar sahroda bas, gar istasa Majnun qadah.
Chun fano dayrigʻa kirdim, boda tut, ey piri dayr,
Zarf xoh eski safol oʻlsun, vagar oltun qadah.
Yuz qadah qilgʻil murassa’kim, chekarsen jomi marg,
Hech kim xud topmadi Jamshiddin afzun qadah.
Ey Navoiy, bizni yod etgaymu barqandon kuni
Ichsa jomi Jam tilab soniyi Afridun qadah?

106

Gadoyi fahr ila soʻz ayta olmas podsho gustox,
Shah ollinda nechukkim dam ura olmas gado gustox.
Ne quvvat birla shah gustox soʻzlashgay aning birla,
Ki vahm etgay boshigʻa soya solmoqtin humo gustox.
Uruj istar esang bu dayr ichinda foniy oʻlgʻilkim,
Malak uzra qadam bosib oʻtar ahli fano gustox.
Balo ichra daler urma qadam to oshiq oʻlmaysen,
Samandar boʻlmagʻuncha kirsa boʻlmas oʻt aro gustox.
Ne muhriq vodiy ermish ishq koʻyi dashtikim, ul yon
Oʻta olmas samum oʻlmoq harosidin sabo gustox.
Shijoat birla kirmak kulbayi faqr ichra boʻlmaskim,
Bu vayronni qila olmas vatan har ajdaho gustox.
Chu topmas har neki taqdirdur bu dayr aro tagʻyir,
Adab ermasturur qilmoq har ishni muddao gustox.
Ne nozik xoʻyi bor ul dilraboningkim, niyoz ahli,
Shikoyatqa ne yetgaykim, dey olmaslar duo gustox.
Navoiy ishq istigʻnosini to angladi, vahkim,
Qila olmas figʻon forigʻ, cheka olmas navo gustox.

107

Bahor sensiz oʻlubtur manga ajab doʻzax,
Qizil gul anda oʻtu oq shukufalardur yax.
Bahor sensiz agar doʻzax oʻlsa, tong zrmas,
Bihisht ichinda liqo boʻlmasa erur doʻzax.
Xayoli xayli koʻzumga kelurgadur goʻyo
Yuzumki yoʻllar oʻlubtur sirishkdin rax-rax.
Gʻarib kelmadi shirin labingdin achchigʻ soʻz,
Emas gʻarib, chuchuk meva boʻlsa xastagʻa talx.
Koʻngul fano kuchidin zoʻrbozu istarkim,
Havos panjasini anglamish bagʻoyat shax.
Navoiy eshi yalangdur, demangki, bordur anga
Fano hasiri, balo xorasi nasij ila nax.
Magar shah ashhabi ollinda payk boʻldi sipehr,
Ki qildi oʻn kechalik oydin egnida nochax.

108

Tong emas, gar boʻlsa har sarvi pariruxsor shoʻx,
Lek erur sarvi pariroʻyum mening bisyor shoʻx.
Gar mening shoʻxi sitamkorim parizod oʻlmasa,
Mumkin ermas odamiy boʻlmogʻligʻ ul miqdor shoʻx.
Turmasa qon bu kecha koʻksum shikofidin, ne tong,
Kim erur koʻnglumga kirgan chobuki ayyor shoʻx.
Vah, ne tong, har lahza betoqatligʻimkim, dilbarim
Bovujudi husn ham shirin erur, ham bor shoʻx.
To yetishgay jonni kuydurgan koʻngulga yuz balo,
Shukr etarmenkim, nasib oʻlmish manga dildor shoʻx.
Shoʻxlardin tuz qadam qoʻymoq chu kelmas, voqif oʻl,
Ham sitamgar chobukedur charxi kajraftor shoʻx.
Gar desangkim, jongʻa yetmay har zamon bir javrdin,
Ey Navoiy, pand eshit, yor istama bisyor shoʻx.

109

Vahki, hijron sharbatidin bizga boʻldi kom talx,
Har kishi zahr ichsa boʻlgʻay kom anga nokom talx.
Hajr yetsa may bila dedim ovungʻaymen, valek
Yorsiz bor ermish ichmak bodayi gulfom talx.
Shomi hajrimdin ne ogoh ulki, hijron tunlari
Tonggʻa tegru toʻkmadi shoʻrobani bir shom talx.
Sharbati sabr otini tutmangki, bir oy hajrida
Ogʻzima hayvon zulolin aylamish ayyom talx.
Ogʻzidin achchigʻ soʻz aytib zohir etsa zahrchashm,
Ayb zmastur, pista shoʻru, tong emas, bodom talx.
Jomi hijron ichgali bildimki javring sa’b emas,
May necha talx oʻlsa, koʻrmas oni zahroshom talx.
Nosabur oʻlur koʻngulga yetsa xunobi firoq,
Ne uchunkim talx may ichgandin oʻlmas jom talx.
Umr shahdi bas chuchukdur, lekin oxir qilmasa,
Marg zahri birla oni dahri nofarjom talx.
Vasl jomidin Navoiy elga boʻldi bahra noʻsh,
Vahki, hijron sharbatidin bizga boʻldi kom talx.

110

Sen oʻz xulqungni tuzgil, boʻlma el axloqidin xursand,
Kishiga chun kishi farzandi hargiz boʻlmadi farzand.
Zamon ahlidin uz payvand, agar desang birov birla
Qilay payvand bori qilmagʻil noahl ila payvand.
Koʻngul komini qoʻy, gar xud mening devona koʻnglumni
Toparsen uyla yuz parkandu sol har itga bir parkand.
Eshitmay xalq pandin, turfakim pand elga ham dersen,
Qila olsang eshitgil pand, sen kim — elga bermak pand?!
Bu foniy dayr aro gar shohligʻ istar esang, boʻlgʻil
Gadoligʻ nonigʻa xursandu boʻlma shahgʻa hojatmand.
Boʻlub nafsinggʻa tobi’, band etarsen tushsa dushmanni,
Sanga yoʻq nafsdek dushman, qila olsang ani qil band.
Shakar lablar tabassum qilgʻonin koʻrgach koʻngul berma,
Ki bedillarni achchigʻ yigʻlatur oxir bu shakkarxand.
Jahon lazzotini shirin koʻrarsen, lek bandingdur,
Giriftor oʻlma, voqif boʻlki, qandu qaydur erur monand.
Koʻnguldin jahl ranji dof’i gar istasang, bordur
Navoiy bogʻi nazmi shakkaristonida ul gulqand.

111

Yop ul yuz oyinasin cheksam ohi dardolud,
Bu vajhdinki, qilur mayl xoʻblar sori dud.
Jahonki, ohim ila tiyradur, emas mumkin
Bu shom daf’i yuzung subhi boʻlmayin mavjud.
Yuzungda har soridin egma qosh erur, yoxud
But ollida iki hindugʻa voqi’ oʻldi sujud.
May ichti deb meni yozgʻurmang, ey musulmonlar,
Ki rahmatidin emas noumid gabru juhud.
Qadahki dayrdin istarmen, ushbu koʻzgudin,
Bilingki, mugʻbacha aksi erur manga maqsud.
Qovarlar itlari ul koʻy aro figʻonimdin,
Ne itki koʻp ulusa el aro erur mardud.
Dedimki, sud qilay jon berib visoli uchun,
Navoyiyo, chu firoqida umr kechti, ne sud?

112

Dudi oh ermas koʻngul uyin qaro qilgʻonda dard,
Chun yiqildi ishq zulmidin, havogʻa chiqti gard.
Har taraf azm etmaging koʻp dardlar darmonidur,
Kelki, asru dardi dil izhor etarlar ahli dard.
Qaydakim tushsa nazar payki sirishkim bahridur,
Kim koʻrubtur suv uza bu nav’ payki rahnavard.
Lola yangligʻ boʻldi gulgun bodadin ul yuz guli,
Vah, ne rangin ochilur ermish qizil suv ichsa vard.
Uyla chiqting sekretib shabrangu tortib tiygʻi kin,
Shahsuvori charx yuz qaytardi boʻlmay hamnabard.
Tez evur davringda, ey soqiy, sipehroso qadah,
Barham urmastin burun majlisni charxi tezgard.
Basdurur ul oyni koʻrgandin tanim titratmasi,
Ey Navoiy, chekmagil sen dogʻi bir dam ohi sard.

113

Qoshing mehrobini vasl ahli etmish qiblayi maqsud,
Boshim yuz qatla ursam yerga hajringdin, manga ne sud?
Ichimda ishqdin yuz barqu dam urmoqqa zahram yoʻq,
Uy ichra oʻt solib, vah, mushkil ermish asramogʻligʻ dud.
Yada toshigʻa qon yetgach yogʻin yoqqandek, ey soqiy,
Yogʻar yomgʻurdek ashkim chun boʻlur la’ling sharobolud.
Chu qoʻydung dogʻ, tindurdung koʻngulni darding istardin,
Diram birla gadoni uylakim qilgʻay kishi xushnud.
Junun bu boʻlsakim yogʻdi parivash tifllar toshi,
Munosibdur bu toshlar aql eshigin qilgʻali masdud.
Toʻkuldi gul, figʻon bas qildi bulbul, shukrkim, bori
Sening husnung mening ishqimda nuqson boʻlmadi mavjud.
Tunu anjum dema davrongʻa rohat qilmasun deb mayl,
Qazo gulmixlar qoqti qilib gardunni qiyrandud.
Xarobotu munojot ahlining matlubi sendursen,
Manga koʻrsatmasang yoʻl, naylayin, qay soridur behbud?
Navoiy, Ka’ba zikrin qoʻyki, biz dayri fano istab
Zahabko vodiyal-maqsad, vajadno mohuval-maqsud.

114

Ey orazi nasrin, sochi sunbul, qadi shamshod,
Bulbul kibi hajringda ishim nolavu faryod.
Koʻzlaringga sayd oʻldi koʻngul, vah, qutulurmu
Bir qushki, aning qasdida boʻlgʻay iki sayyod?
Ul maktab arokim oʻqudung noz ramuzin,
Goʻyoki vafo ilmin unutmish edi ustod.
Ashkimni koʻrub tez boʻlur koʻngli jafogʻa,
Ore, itimas chunki suyi boʻlmasa foʻlod.
Mingdin bir emas oʻz yuragi zaxmlaridin
Har nechaki togʻ bagʻrini zaxm ayladi Farhod.
Oʻlukni kishi dafn eta olmas, vale har kun
Yuz tigʻ qilur dafn koʻzung boʻlgʻali jallod.
Gul yafrogʻi tirnogʻlar erur bu chaman ichra
Bulbul paru bolini yulub, bergali barbod.
Ne ayb, Navoiy kibi devonaligʻ etsa,
Har odamekim, boʻlsa aning yori parizod.

115

Aylamas har nav’ boʻlsam ul buti ra’no pisand,
Boʻlmagʻon koʻp yaxshiroq olamda mendek nopisand.
Umr oʻtub, bir xizmatim ul oy pisandi tushmadi,
Vah, ne umr erur, ne qilsam aylagay, oyo, pisand?
Yor agar mushkilpisand oʻlmish, koʻrung mushkilki, bor
Menda yuz mushkil ishu qilmas birin ammo pisand.
Ishqida qildim jahondin qat’u jondin ham, ne sud,
Chunki ul jonu jahonim aylamas qat’o pisand.
Ey koʻngul, kuydur tama’ tuxmin, tamanno mazra’in,
Bu ekin nevchunki hargiz aylamas dono pisand.
Davlati faqr istagil, nevchunki bor ul koʻy aro
Sidq ila kirgach agar a’lovu gar adno pisand.
Chun fano sholini kiydim, atlasing yigʻ, ey sipehr,
Kim bu bozor ichra ermas hargiz ul kolo pisand.
Soqiyo, bir oʻtki, kul qilgʻay vujudim xirmanin,
Aylamon hayvon suyinki, aylagay ihyo pisand.
Bu ne aqlu zuhd boʻlgʻay, zohidokim, qilmagʻay
Men kibi olamda bir devonayi rasvo pisand.
Kech bu bogʻu gullaridin ham, Navoiykim, emas
Ahli taxqiq ollida dunyovu mofiho pisand.

116

Buki har yondin koʻkartibdur yuzumni koji dard,
Jism uyi toqini oltun birla qildim lojuvard.
May yuzungda gullar ochti, qilma faryodimni man’,
Bulbul afgʻoni, ne tong, gulshanda chun ochildi vard.
Bul’ajabliqlardurur ishq ichrakim, zohir qilur
Mehrdek oʻtlugʻ koʻnguldin day yelidek ohi sard.
Gʻam toshi xokiy tanimdin har sori eltur gʻubor,
Boshima tufrogʻ sovurmogʻdin emas tegramda gard.
Ul quyosh zulfi xamidin chiqsa ohim toʻlgʻanib,
Bir quyun bil onikim, davri erur gardunnavard.
Eyki, istarsen oʻzungni fard ul oy ishqida,
Avval oning gʻayri yodidin oʻzungni ayla fard.
Ey Navoiy, dardliq nazmingni dard ahli bilur,
Dardsiz dogʻi boʻlur oni oʻqugʻach ahli dard.

117

Topqali xokiy tanimgʻa novaki ishqing kushod,
Koʻnglum aytur xayr maqdam, jonim aytur xayrbod,
Xatmudur yoxud bayozida yuzining kilki sun’
Xoʻblugʻ tugʻrosini zangor ila qildi savod?
Xattining vasfin yozarmen kirpiku xoli bila,
Xat yozarda chun zaruratdur qalam birla midod.
Kirdi gar shaydo koʻngul, ey ishq, nosih pandigʻa,
Gʻam yema, devonalar xoʻyigʻa boʻlmas i’timod.
Bu nafaskim oʻlgali yetmishbiz oning yodidin,
Ul Masiho bir iyodat birla qilmas bizni yod.
Ta’n qilmangkim, boʻlub oshiq, murode topmadi,
Kim erur bizga bu ishtin nomurod oʻlmoq murod.
Ey Navoiy, gʻam yema boshinggʻa boʻlsun mustadom,
Ulki bordur vorisi taxti Jamu toji Qubod.

118

Orazing mushtoqidur bu koʻzki boʻlmish dardmand,
Garchi bordur dardliq koʻzga yorugʻluqdin gazand.
Dard oʻtin yoqti koʻzumga hajrkim, koʻrdum yuzin,
Kuydurur albatta har doruki boʻlgʻay sudmand.
Bu qizargʻon koʻz aro mardum emaskim, el koʻzi
Tegmasun husnunggʻa deb oʻt uzra solibmen sipand.
Toki ul bemor koʻz oshuftasi boʻlmish koʻzum,
Istabon jinsiyat ogʻriq shevasin qilmish pisand.
Koʻzlarim la’lingʻa hamrang oʻldi, vah, ne hol ekin,
Kim ul achigʻ yigʻlagʻon soyi bu aylar noʻshxand.
Koʻzni bir iz tufrogʻidin ravshan etkim, sud emas
Shofi kofuriy chekib, ofoq anga mushkin parand.
Ul quyosh hajrinda bilmonkim, Navoiy koʻziga
Barcha olam tiyradur yo bogʻlamishdur chashmband.

119

Emas gʻamimni yozar xatgʻa zarafshon kogʻaz,
Ki shu’la chekti damimdin bitir zamon kogʻaz.
Sipehr davri bu sargashta ohidin boʻlmish,
Magarki oh quyun boʻldi, osmon kogʻaz.
Tirilmisham bitigingdin, qilurda muhr magar
Labinggʻa tegdiyu kelturdi tuhfa jon kogʻaz.
Uzoru la’li labing vasfini qachon yozdim,
Oqib koʻzum yoshi gulrang, boʻldi qon kogʻaz.
Ochildi xasta koʻngul ruq’asin yaramgʻa yopib,
Yoruq boʻlur emish uy boʻlsa tobdon kogʻaz.
Koʻngul shikofigʻa kogʻaz aro erur marham,
Gʻamim soʻrargʻa raqam qilsa dilsiton kogʻaz.
Yozar farishta quyosh safhasigʻa vasfingni,
Magarki ul falakiy topmas obdon kogʻaz?
Koʻngul sahifasin asra xutur bahridin,
Ki suvgʻa zoyi’ oʻlur tushsa nogahon kogʻaz.
Xumor daf’igʻa qulluq xatin tilar soqiy,
Navoyiyo, dema hujjat ketur ravon kogʻaz.

120

Zuhdu toat shahdini ahli zamon koʻrmas laziz,
Har ne nofi’dur, marizi notavon koʻrmas laziz.
Zulmat ahli gʻaflat istarlarki, olam komini
Uyqucha shabgir qilgʻon karvon koʻrmas laziz.
Quti botin istakim, zohir gʻizosi birla tab’
Bir zamon gar topsa lazzat, bir zamon koʻrmas laziz.
Or etar pashminadin ablaq tilab zarrishtani,
Kim eshak halvoni andoqkim somon koʻrmas laziz.
Xar ne eldin qutqarur lazzatligʻ uldurkim, faqir
Mehr qursin uylakim bir pora non koʻrmas laziz.
Yutmayin xunoba yetmas vasli oning, ahli ishq
Topsa kavsar sharbati andoqki qon koʻrmas laziz.
Topmayin lazzat Navoiy soldi koʻzdin ashkdek,
Bodani to xusravi sohibqiron koʻrmas laziz.

121

Ey, zotingga har necha qilib aql tafakkur,
Ul fikrga boʻlmay samare gʻayri tahayyur.
Yuz mehrga netsun chu erur mujibi hayrat,
Har zarraki tahqiqida aql etsa tafakkur.
Idroki kamolingni xirad haddi sogʻingʻon
Har qatra aro ayladi yuz bahr tasavvur.
Kavnayn adam boʻlsa, vujudunggʻa ne tagʻyir?
Gar mavj sukun topsa, tengizga ne tagʻayyur?
Qahring yoʻq etar xalqnikim, turgʻali boʻlmas
Sarsar yoʻlida pashsha guruhiga tahavvur.
Bu turfaki, daf’ini yarim pashshagʻa qoʻydung,
Har pilnihodiyki sanga qildi takabbur.
Hajring tunida sham’ kibi qoldi Navoiy,
Har tun, ne ajab, kuysa toʻkub ashki tahassur.

122

Sipehr osiybidin solim qutulmogʻliq ne imkondur,
Ki mehri tashtu tiygʻu kulgusi barqi duraxshondur.
Munungdek mehr koʻrgach, shod oʻlub kulgan zihi gʻofil,
Bu yangligʻ kulgu sori mehr solgʻon asru nodondur.
Tengiz koʻnglida andoq mehrdin yuz shu’la paydodur,
Qiyo bagʻrida mundoq kulgudin ming dashna pinhondur.
Hijoridin qiyodur anga yuz ming tiygʻ ila ojiz,
Hubobidin tengiz yuz ming koʻz ila anga hayrondur.
Chekib qavsi quzahtin yo koʻngullar qasdigʻa oning,
Yogʻin maddi xadangu qatra suvlar anda paykondur.
Bu yo birla aningdek oʻqni yogʻdurgʻach, xaloyiqning
Hayoti qasrida har sori qilmoq rahna osondur.
Hayot ichra baqo chun mumkin ermas, Nuh boʻlsinkim
Ular holatda tugʻmay oʻlgan oʻgʻli birla yaksondur.
Baqo sarchashmasi zulmatda derlar, yoʻqki, ul zulmat
Sikandar ohi oʻtidin yigʻilgʻon dudi hirmondur.
Navoiy, oʻrtabon oʻzluk, qadam bu yoʻlgʻa qoʻy, ya’ni
Ki har hamrohkim boʻlgʻay tajarrud moni’i yondur.

123

Parim boʻlsa uchub qochsam ulusdin to qanotim bor,
Qanotim kuysa uchmogʻdin, yugursam to hayotim bor.
Chiqib bu dayrdin Isogʻa nevchun hamnafas boʻlmay,
Bihamdillah, tajarrud birla himmatdin qanotim bor.
Xaloyiq suhbatidin ming gʻamim bordurki, muft oʻlgʻay
Agar ming jon berib bilsamki, bir gʻamdin najotim bor.
Chekib agʻyordin yuz javru tortib yordin ming gʻam,
Ne oʻzga xalqdin gʻayrat, ne oʻzumdin uyotim bor.
Kechib koʻzdin yozay bir xatki, dahr ahligʻa koʻz solmay,
Bu damkim koʻz savodidin qaro, koʻzdin davotim bor.
Tilar koʻnglum qushi anqodin oʻtgay nori yuz vodiy,
Munungdek sayr etarga Qofdin ortuq sabotim bor.
Navoiy, bilki shah koʻngli manga qayd oʻlmasa, billah,
Agar kavnayngʻa xoshok chogʻligʻ iltifotim bor.

124

Kema ogʻzi demakim, ishqingda koʻksum chokidur,
Bahr mavji yoʻqki, ashkim selining koʻlokidur.
Suvda ermas mehr aksi, balki daryo jonigʻa
Solgʻon oʻtlar xasta koʻnlum ohi otashnokidur.
Xas emas girdob arokim, boshingga evrulgali
Suv uza sargashta oshiq jismining xoshokidur.
Vahki, ul kishtida daryokash, manga xud yoʻq hayot,
El degandinkim falonning kofiri bebokidur.
Ul baligʻ tutmoqqa solib shastu oning rashkidin
Suvdin ayrilgʻon baligʻ yangligʻ koʻngul tobokidur.
Koʻrma faqr ahli sirishki bahrida har yon hubob,
Kim fano kavkablari, balkim balo aflokidur.
Ey Navoiy, kema tiyri koʻksum ichra hajr oʻqi,
Kema ogʻzi goʻyiyo ishqida koʻksum chokidur.

125

Zaxmim achitqon dam-badam ul la’li shakkarxand erur,
Vah-vah, tuz ermish ulki, men qildim gumonkim qand erur.
Oʻtsang gʻamim sahrosidin, qonligʻ koʻngul ajzosidin,
Har lola bargin anglakim bir dogʻliq parkand erur.
Koʻyungda mungʻlugʻ jongʻa tan yuz zahm ilandur xirqaye,
Marham bila qoʻygʻon momuq har yon anga payvand erur.
Majnun koʻngul qilmas havo har yon oʻqungdin goʻyiyo,
Kim bu temur birla yigʻoch hibsigʻa oning band erur.
Boqqach quyosh ruxsorigʻa andin qilurmen koʻz yoshi,
Kim ul musofir oyima husn ichra bas monand erur.
Gʻam barqiyu mehnat tuni zoyanda boʻlsa ishqdin,
Tong yoʻqki, oʻtqa gah sharar, gohi tutun farzand erur.
Dunyo arusi zulfini tutqon ne ogah faqrdin,
Ganj istamas ulkim yilon tutmoq bila xursand erur.
Ming nola tortib koʻrmay ul gul vaslin oxir oʻlganim,
Bu bogʻning bulbullari gar bilsalar xush pand erur.
Koʻz uchi birla boqtingu qiyding Navoiy koʻnglini,
Bilding onikim bir qiyo boqmoqqa hojatmand erur.

126

El tilidin jonima gar yuz balo mavjud erur,
Gʻam yemon, gar ul qizil til tiygʻi xunolud erur.
Yuz uza siymin zanaxdoningda xatti mushkboʻy
Oʻtqa qoʻygʻon olmadin goʻyoki chiqqon dud erur.
Jon berib oldim jununi ishq to boʻldum fano,
Olloh-olloh, ul ne xush savdo, bu ne xush sud erur?!
Hajr bedodidin ul yuz shavqi ortar har necha,
Kim xazon osiybidin gul yafrogʻi nobud erur.
Kisvatidur xilqatim ishq ofati shaxsigʻakim,
Rishtayi jon anda toru tori jismim pud erur.
Qilmading ahdinggʻa bir ahdeki, qilgʻaysen vafo,
Bevafolar ahdi mundoq goʻyiyo ma’hud erur.
Mehr isi bu mijmari feruzadin koʻz tutmakim,
Barcha qad shamshodi bu mijmar ichinda ud erur.
Eyki, qadding boʻldi xam, olam bila qil xayrbod,
Kim xam etmak qad hamisha lozimi padrud erur.
Ey Navoiy, ermas ul zolim koʻzi uyqudakim,
Zulm eshigi shohi Gʻoziy adlidin masdud erur.

127

Yigʻlasam, koʻnglumga ishim ohi dardolud erur,
Oʻtqakim yomgʻur yogʻar, oning nishoni dud erur.
La’li shavqidin koʻngul xursand erur xunob ichib,
Telbaga rangin suv bersa, may debon xushnud erur.
Yuz ayogʻi tufrogʻidin olmon ushbu vajh ila,
Kim necha tufrogʻ ichinda tursa oltun, sud erur.
Chiqmas ohim shiddatidin ul mahi xirgahnishin,
Sham’gʻa fonus yeldin asramoq maqsud erur.
Yaaslin istab koʻp inoldim, qovdi koʻyidin meni,
Boʻlsa mubrimsheva, albatta, gado mardud erur.
Talx maydin, soqiyo, topti chuchuk jonim hayot,
Ey baso makruhkim, zimnida bir behbud erur.
Telba itdekdur Navoiy ul parivashsiz, ne tong,
Ogʻzidin gar oʻt sochib, a’zosi gardolud erur?

128

Ulki yuz mehnatgʻa jonim ishqidin pomol erur,
Anga rahmu manga toqat yoʻq, ajoyib hol erur.
Zeb erur husi ahligʻa ahli nazar nazzorasi,
Koʻzki bulbul tikti gul ruxsori uzra xol erur.
Xatti shavqidin toʻkuldi jismim ul yangligʻ qurub,
Kim soʻngaklarda qalam koʻrgan sogʻingʻay nol erur.
La’lidin kom olmagʻuncha bilmadim shirinligʻin,
Bargi gul zanbur komi ichra kirgach bol erur.
Gulxani majnundek ohim chiqqoch, oqgʻan yoshlarim
Telba keynidin yugurgan goʻyiyo atfol erur.
Bu chaman gulbargi xushrang oʻlsa, mayl etmangki, ul
Gʻoza bulbul qonidin surtarki, lavni ol erur.
Ey Navoiy, kimgakim bir jur’a chekti jomi vasl,
Soʻngra hijron zahridin yuz jomi molomol erur.

129

Yoʻq ajab, la’lingdin ar bexudlugʻum oyin erur,
Chunki usrukrak boʻlur har mayki lab shirin erur.
Raz qizi to pardadarlik aylagay talbis uchun,
Shisha me’jardur angavu mavji oning Chin erur.
Qon yoshim ta’siridin sorigʻ yuzumning safhasi
Kogʻazedurkim, hino suyi bila rangin erur.
Muhlik oʻtumni damingdin tez qilma, ey Masih,
Kim bu oʻtqa motam ashki suyidin taskin erur.
Ul pari ishqida ashkim lahv tuxmidur demang,
Kim malak tasbihigʻa bu donadin tazyin erur.
Olmayin yerdin qadam sayri maqomot aylamak,
Chang piridin bu bazm ahligʻa xush talqin erur.
Sizu vasl, zy aysh ahlikim, Navoiy jonigʻa
Anduhi hijron azal devonidin ta’yin erur.

130

To labing shavqida jismim garqayi xunob erur,
Har junun toshi angakim tegdi, la’li nob erur.
Gar asir oʻldum, tong ermaskim, koʻngulnung lomidek
Mubtalo koʻnglumda zulfi toridin qullob erur.
Qaddi yodeklarni zor etmish hiloliy jom uchun,
Egma qoshingkim oʻzi roki’, oʻzi mehrob erur.
Koʻz qarosin yub, sorigʻ orazni beqadr etti ashk,
Goʻyiyo har vajh ila ayn ofati siymob erur.
Gʻam tuni gar tobsiz jismim kuyar, vah, ne ajab,
Kuydururlar kecha koʻprak rishtakim betob erur.
Har taraf na’lu alif jismimda goʻyo ishq aro
Xatti idborimni vozih qilgʻali i’rob erur.
Sendadur maqsud ganji, lek jismingdur tilism,
Vahki, bu ganj ul tilism ichra ajab noyob erur.
Ey Navoiy, jism aro jon rishtasin tutqil aziz,
Kim bori loʻlivashim la’bi uchun asbob erur.

131

Ul pari koʻngli uchun ruhum asiru zor erur,
Bul’ajab toshi qanotsiz qushgʻa badraftor erur.
Har kecha qon birla jismim safhayi taqvimdek
Goʻyi anjum tirnogʻidin sarbasar afgor erur.
Kofiri mastedur ul koʻzkim, kamandi zulf anga
Yeshibon yonida qoʻygʻon rishtayi zunnor erur.
Baxtim uyqusidin afgʻonlar chekardin goʻyiyo
Har kecha koʻz yummay anjuj to sahar bedor erur.
Yangla koʻnglum vasl topti, rahm qil, ey ohkim,
Tund yeldin yangi butgan yoragʻa ozor erur.
Qatlima ul koʻz savodi hay’atidin bagʻrigʻa
Bir qaro tosh bogʻlagʻon qon qilgʻuchi xunxor erur.
Oʻqusam nomangni pechu tobligʻ behud tanim
Goʻyiyokim nomani chirmab yiborgan tor erur.
Chun quyoshdek yerga kirgung, ne asigʻ gar yuz quyosh
Masnading toqida har yon shamsayi devor erur?
Tirguzub, debsen, Navoiy jonigʻa minnat qoʻyay,
Gar sen oʻltursangki, ul jon birla minnatdor erur.

132

Koʻngulki, ishqida dersen balo ne boʻlgʻusidur?
Nekim boʻlur sanga boʻlgʻay, mango ne boʻlgʻusidur?
Ul oy jamoligʻa ishqim xud ortadur har dam,
Bu ishda oqibatim, vahki, to ne boʻlgʻusidur?
Dema, ne boʻlgʻusi ul zulf qaydida koʻnglung,
Asiru volavu shaydo, yano ne boʻlgʻusidur?
Firoq dardigʻa debsen davo ne boʻlgʻay ekin,
Bu dardgʻa ham oʻzung de, davo ne boʻlgʻusidur?
Bihishti mehnat emas, boʻlsa va’dayi diydor,
Visol umidi bor ersa, jafo ne boʻlgʻusidur?
Bu yoʻl musofirining holi, ohkim, mutlaq
Bilinmadiki ne oʻldi, vayo ne boʻlgʻusidur?
Navoyiyo, dema, foniy boʻlub visolgʻa yet,
Mangaki hajr chekibmen, fano ne boʻlgʻusidur?

133

Jafo qilur bari gulchehralar, vafo qilakoʻr,
Vafo ham elga qilursen, vale mango qilakoʻr.
Ne telbaniki muqayyad tilarsen, ey gardun,
Aning salosili zulfigʻa mubtalo qilakoʻr.
Desang hijobni olgʻaylar, ey koʻz, ollingdin,
Ne gard oning yoʻlidin qoʻpsa, toʻtiyo qilakoʻr.
Tajallo istasang ul yuzdin oʻrtabon jisming,
Kuli bila koʻngul oyinasin jilo qilakoʻr.
Umidi vasl ila koʻyungga bordi xasta koʻngul,
Yigitliging haqi, ul hojatin ravo qilakoʻr.
Biyik nishiman erur, ey koʻngul, visol avji,
Talab qanoti bila ul taraf havo qilakoʻr.
Navoyiyo, chu alamsiz murod mumkin emas,
Desangki vasl topay, hajr oʻtigʻa yoqilakoʻr.

134

Jonim oromi uchun qosidki jonondin kelur,
Goʻyo jonparvar nasime obi hayvondin kelur.
Noma qosid ilgidin, qosid habibim ollidin,
Mujdayi jon yeldinu yel mohi Kan’ondin kelur.
Va’dayi vasliki, jonondin kelur hijron kuni,
Tindurur koʻnglumni soʻz yangligʻkim, ul jondin kelur.
Gavharedekdurki, chiqmish xomasining noʻgidin
Noma uzra shodligʻ ashkimki mujgondin kelur.
Shodligʻdin jon nisor etsam, ne tongkim, bu xabar
Ham koʻnguldin, filmasal, ham koʻnglum olgʻondin kelur.
Vahki, mazmunidur ahli dard sargardonligʻi,
Har balo maktubikim, bu charxi gardondin kelur.
Deb emish nomamgʻa qilmaydur Navoiy jon nisor,
Anda jon boʻlsa, qachon bu nav’ ish ondin kelur?!

135

Tutulmish erdi gʻazabdin ulusni qildi asir,
Quyosh tutulsa, bale, fitnadur anga ta’sir.
Agarchi yoda girih boʻlsa, oʻqi tuz chiqmas,
Qoshi girih bila zulm oʻqin etmadi taqsir.
Koʻngulni koʻzlaring oldi, ne tong, iki boʻlmak
Bir ahli dinni iki mast kofir etsa asir?
Koʻrub yuzida gʻazab, zulfi sori qochti koʻngul,
Koʻngulga soya kerak itik oʻlsa mehri munir.
Xadangging oʻtti koʻngul pardasigʻa yetmas ekach,
Ne haddi man’, xususan, qazo oʻqigʻa harir.
Gʻam oʻlsa solma girihlar qoshinggʻakim, qilmas
Gʻaliz oʻlub bu qaro man’i xomayi taqdir.
Navoyiyo, sanga bu soʻzda shubhaye boʻlsa,
Qadah keturki, xututida koʻrguzay bir-bir.

136

Voyki, bagʻrim yana hajr oʻqidin yoradur,
Har nafas ul yoradin jon oʻzidin boradur.
Jonima ofat labi, hajri balo, ohkim,
Baxtima bir hukmi bor la’l, vagar xoradur.
Dard sipehri tanim toʻzgʻanu oʻtgan oʻqung
Lam’ayi paykon bila sobitu sayyoradur.
Koʻyida topmoq seni mumkin emas, ey koʻngul,
Anda chu sen telbadek yuz tuman ovoradur.
Charx arusigʻa yoʻq gʻayri yamonliq shior,
Aqdigʻa mayl etmakim, shohidu badkoradur.
Voʻsmasi qavsi quzah, gʻozasi gulgun shafaq,
Zulfu yuzi tunu kun, koʻrki, ne makkoradur.
Ishq ajab dard emish, dardgʻadur chora sabr,
Vahki, Navoiy base oshiqi bechoradur.

137

Telbarab itgan koʻngul yodimgʻa kelsa gohlar,
Yigʻlab el koʻngli buzulgʻudek chekarmen ohlar.
Utti xoʻblar oy kibi, yoʻqtur aroda ul quyosh,
Vahki, ul badmehrni koʻrmon, oʻtadur mohlar.
Xoʻblar zulfu zanaxdonigʻa bording, ey koʻngul,
Hozir oʻl, tundur qarongʻu, yoʻlda bordur chohlar.
Gar musavvir chizsa devor uzra ul gul xirmanin,
Jav-bajav mendin nishon bergusi bir-bir kohlar.
Ey koʻngul, Farhod ila Vomiq dogʻi Majnun qani?
Boʻlmagʻil gʻofilki, bir-bir bordilar hamrohlar.
Toʻkti qon gulgun libosin kiygach ul xoʻblar shahi,
Qon toʻkar ermish qizil toʻn kiysa, beshak, shohlar.
Ey bahori husn, eshitsang gar Navoiy ohini
Kerak, albatta, xazon yelin sogʻinsang gohlar.

138

Yuz tuman mehnat oʻti anduhligʻ jonimdadur,
To havodin sarzanish sarvi xiromonimdadur.
Hojatim budur, xudoyokim, karomat qilgʻasen,
Notavon jonimgʻa har zahmatki jononimdadur.
Dard menda sendin ortuq boʻlsa, jono, ne ajab,
Kim sening jismingdadur, zahmat mening jonimdadur.
Soʻrdum ogʻzi ta’mi talx ermish, ajab yoʻq oʻlmagim
Menki, bu yangʻligʻ achigʻ ta’m obi hayvonimdadur.
Ey Masiho, subhi ayshim tiyra boʻlmish, goʻyiyo
Zarraye betobligʻ xurshidi tobonimdadur.
Dahr bogʻi ichra barbod oʻlmagʻon gul chiqmadi,
Yoʻq ajab, gar yeldin osibe gulistonimdadur.
Ey Navoiy, soʻrmading dersen malul oʻlgʻanda yor,
Sogʻinursen goʻyiyokim baxt farmonimdadur.

139

Kirdi siymobiy libos ichra yana ul guluzor,
Ul quyoshdekkim, anga moni’ boʻlur abri bahor.
Ul bulut yangligʻ libos uzra sizilgʻon xatlari
Bor aningdekkim, yogʻin tushgay bulutdin tor-tor.
Bu libosi siymgun ichra sening nozik taning
Ul kumushdekdurkim, ul siymob aro tutqay qaror.
Mehri ruxsoring libosi siymgundin mutlaqo
Ul quyoshdurkim, qilur koʻzguda aksin oshkor.
Boʻldi siymobiy -libosing rangi baskim, ayladim
Koʻz sahobidin boshinggʻa ashk siymobin nisor.
Tanni chun siymob etar bu charxi axzar oqibat,
Toʻn agar siymobiy oʻlsun, gar yashil, bir hukmi bor.
Ey Navoiy, kisvati gar obgundur, ne ajab,
Bu yaqindurkim, boʻlur suv ichra durri shohvor.

140

Furqatingdin za’faron uzra toʻkarmen lolalar,
Lolalar ermaski, bagʻrimdin erur pargolalar.
Dur tishingdin donayi sabrim qolur bebar desam,
Kulub ayturkim, ekinning ofatidur jolalar.
Bargi gul uzra yopishibtur shakar har soridin,
Yo magar-la’ling uza qaynabturur tabxolalar?
Tola-tola nay oʻqung koʻksumda goʻyo sindikim,
Tevrulubtur notavon koʻnglumda bir-bir tolalar.
Fitnalik toʻqquz falaq girdingda, jono, turfadur,
Kim koʻrubtur bir quyosh davrinda mundoq holalar?
Bordilar ahbobu men yigʻlarmen oʻz ahvolima,
Korvondin qolgʻon it yangligʻki, qilgʻay nolalar.
Koʻhi gʻam boʻldi Navoiy, lolalar gulgun sirishk,
Togʻ agar budur, bale, ashk oʻlgʻusidur lolalar.

141

Ul malohat sham’idin mundoqki jismim yonadur,
Har bir uchqun gʻam shabistonida bir parvonadur.
Shomi hajrim sharhin el afsona qildi, ohkim,
Uyqugʻa solgʻon qaro baxtimni bu afsonadur.
Gʻayrkim, mahv oʻldiyu sensen buzugʻ koʻnglum aro,—
Chugʻz itib, tovus yer tutmish, ajab vayronadur.
Koʻksum ichrakim, gʻamingdin nordek boʻldi inkof,
Goʻyiyo har bir bagʻir pargolasi bir donadur.
Koʻyida soʻrsang koʻngullarni unutma, ey sabo,
Mening ovoramnikim, ham xasta, ham devonadur.
Charx shabgardigʻa goʻyo naqdi umringdur gʻaraz,
Tegrangga har tunki ikki bukrayib aylonadur.
Soʻrma hajringda Navoiy yorinu sarmanzilin,
Yor anga darding, vatan bir kunji mehnatxonadur.

142

To xayoling gah koʻngul, gah koʻz aro mehmon erur,
Koʻz bila koʻnglum arosinda hasaddin qon erur.
Koʻngluma paykonlaringdin qatra-qatra suv emas,
Holima koʻzdek biaynih ul dogʻi giryon erur.
Gʻarqamen ashk ichrakim, ishqing tanimni oʻrtamas,
Yoʻqsa, oʻt kim koʻrdikim, xoshok aro pinhon erur?
Hajr oʻqidinkim erur bagʻrim aro yuz ming toʻshuk,
Har toʻshuk bir koʻzdururkim, holima hayron erur.
Husn maydonida ul koʻz chobukedurkim, anga
Xoli mushkin goʻyu zulfung anbarin chavgon erur.
Dahr boʻstonida bosh chekkan nihol atrofida
Shox emas, novak degil, yafrogʻ emas, paykon erur.
Tiygʻ ila dushvor aylabsen Navoiy qatlini,
Chehradin burqa’ni olgʻilkim, base oson erur.

143

Gʻunchayi xandon bila husnung guli xurram bahor,
Xatting andoq sabzakim, boʻlgʻay anga hamdam bahor.
Yuz uza terdin xating gar bosh chekar, ey gul, ne tong
Sabzagʻa boisdurur chun boʻldi ersa nam bahor.
Shodligʻdin gulshani vaslingda yigʻlab cheksam oh,
Yopma yuzkim, gulga boʻlmas yel-yogʻindin gʻam bahor.
Orazim aksi yuzung oyina tushgan turfadur,
Kim koʻrubtur ham xazon bir oyda boʻlgʻay, ham bahor?!
Voykim, bir gul xazongʻa soldi ayshim gulbunin,
Ushbu fasl ichraki topmish jumlayi olam bahor.
Barqu sel ermas, figʻonu ashk erur, bukim, har el
Gul yuzung koʻrgach tutar oʻz holigʻa motam bahor.
Qasdi bulbul koʻngli qaydi boʻlmasa, nevchun solur
Bogʻ shoʻxi sunbuli zulfigʻa pechu xam bahor?
Gul emas, bu bogʻ torojigʻa iynak la’ldin
Ayladi oviza mehri davrygʻa xotam bahor.
Ey Navoiy, chin bahor erkin bu, yoxud koʻrguzur
Bogʻi xulqidin ulusgʻa dovari a’zam bahor.

144

Vahki, koʻnglum gʻussasi har lahza qasdi jon qilur
Hajrim anduhi buzugʻ sabrim uyin vayron qilur.
Koʻp madaddur hajr anduhida sovugʻ ohlar,
Kim singursa men kibi oʻziga qasdi jon qilur.
Necha yillik mehnatim ishq ichra bilgay oshiqe,
Kim hadisin yor ila agʻyordin pinhon qilur.
Jonni istarmen chiqarsam uyidin, koʻzlarni ham,
Koʻnglum ul damkim xayolin lahzaye mehmon qilur.
Asradim jon ichra mehrin, bilmadim oxir nafas
Ul Masiho oʻlmagim anglab, oʻzin nodon qilur.
Faqr yoʻlinda irik pashminadin or etmakim,
Har taharrukdin taayyun bandini suhon qilur.
Soqiyo, holimni bilding, emdi tutqil bodakim,
Bu suubatlarni bexudlugʻ manga oson qilur.
Rostlargʻa charx agar har lahza qilmas sarzanish,
Sham’ bas har tun nedin yigʻlab-kuyub afgʻon qilur?
Daf’ etar dardin Navoiyning oʻshul maykim, mudom
Xusravi Xusravnishon soqiylari ehson qilur.

145

Tararda uhdaliq zulfin musalsal ayladi chinlar,
Girih «mim», ikki zulfi ikki «lom», iynak tarogʻ «sin»lar»
Girihlar zulfida goʻyo hisob asrabdur ul kofir,
Olurda zuhdu tahvo ahlidin toroj etib dinlar.
Yeshib, nevchun figʻongʻa soldi zulfidin koʻngullarni,
Qaroru sabr naqdin olgʻali gar aylamas qinlar.
Ne yuzdur, olloh-olloh, boda tobidinki, har soat
Ochar nasrinlar uzra gul, sochar gul uzra nasrinlar.
Kelur ul sarvkim, gullar mullavvan qildi gulshanni,
Kirarda shah nechukkim mulk eli bogʻlarlar oyinlar.
Desam husn ahlini koʻrmangki, zolimdurlaru qotil,
Qoʻngul aytur: koʻray, shoyadki mundogʻ ermas erkinlar?
Erur mahzun koʻngullar zulmati zulfida zor andogʻ,
Ki shomi hajrida ishq ahlidin har sori gʻamginlar.
Ne yellanmakdur, ey shah, moʻr xaylidek chirikdinkim,
Sulaymondek bu vodiy ichra barbod oʻldi chandinlar!
Navoiy, boʻlmayin zoru zaif oʻlmas navo topmoq,
Bu ermish piri chang avtoridin dayr ichra talqinlar.

146

Ollim ul but sajdasidin resh erur, holim budur,
Toati maqbulum uldur, dogʻi iqbolim budur.
Oʻqlaridin qushdek oʻldum jongʻa ul koʻy orzu,
Uchmogʻ istarmen, vale koʻrkim, paru bolim budur.
Bas, gʻaniymen koʻhi gʻam birla junun toshi aro,
Iynak-iynak taxti johim; ulduru molim budur.
Yor shavqidin oʻlar holatdadurmen, ey tabib,
Ne ilojing bor, mening xud za’f ahvolim budur.
Choʻmgʻali qoʻymas quruq naydek soʻngaklar ashk aro,
Turfa koʻrkim, bahri bepoyon aro solim budur,
Topmayin dunyoda kome, dinni barbod ayladim,
Hayf doʻzax ham manga, billah gar a’molim budur.
Ey Navoiy, gar oʻlarda jon talashsam, qilma ayb,
Dermen ul oyni koʻrub: jon bersam, ihmolim budur.

147

Tirguzur har dam raqiblarniyu mani oʻlturur,
Oʻt yoqib el jonigʻa, mening ichimni kuydurur.
Koʻnglum ahvolin sabodyn soʻrdum ersa dedikim:
«Telbalardek bir pari koʻyida sargardon yurur».
Ul quyosh yuziga boqqan soyi ortar koʻz yoshim,
Mehr tobidin agarchi har nima oʻldur qurur.
Qon yoshim rangi yoshurdi xotami la’l ogʻzini,
Oʻynamoqda yoshlar andoqkim uzukni yoshurur.
Senki yoʻqsen, mohruxlar jilva aylarlar, valek
Kecha ishnar qurt nuri mehr chiqqach bilgurur.
Ul quyosh hijronida har tun iki munglugʻ koʻzum
Tonggʻa tegru subhidam yoʻligʻa boqib telmurur.
Tuzluk aylab sham’dek, vah, bilmadimkim, bu nihol
Mehnat oʻti gul ochar, yosh qatrasi bar kelturur.
Bul’ajabligʻlar bahori ishq aro koʻrkim, meni
Gah bulutdek yigʻlatur, gohi choqindek kuldurur.
Zuhd ohangin Navoiy har nechakim soz etar,
Bir navo birla mugʻanniy yona yoʻldin ozgʻurur.

148

Yana sensizin munisim gʻam boʻlubtur,
Koʻzumga yurak qoni hamdam boʻlubtur.
Qarorib koʻzum dam-badam zor yigʻlar,
Anga shomi hajringda motam boʻlubtur.
Yaramdin chekarga oʻqin sa’y qilmang,
Ki paykon soʻngak ichra mahkam boʻlubtur.
Ichimdin nechuk tortqaylar oʻqinkim,
Koʻngul qoʻymasu jon madad ham boʻlubtur.
Koʻngulga yoqar kirpigingning xayoli,
Mening zaxmima nesh marham boʻlubtur.
Gʻuborin tilab yigʻlama har dam, ey koʻz,
Ki ashkingdin-oʻq yer yuzi nam boʻlubtur.
Bu gulshan aro barg toʻtilarigʻa
Xazon tifli bas boisi ram boʻlubtur.
Vafo shaxsining farqini charx tiygʻi
Iki boʻldi, vahkim, biri kam boʻlubtur.
Emas gʻam yukidinki, qoshingni koʻrgach,
Navoiy sujud etgali xam blubtur.

149

Koʻzung ne balo qaro boʻlubtur,
Kim jongʻa qaro balo boʻlubtur.
Majmu’i davoni dard qildi
Dardingki, mango davo boʻlubtur.
Ishq ichra oning fidosi yuz jon,
Har jonki sango fido boʻlubtur.
Begona boʻlubtur oshnodin,
Begonagʻo oshno boʻlubtur.
To qildi yuzung havosi jonim,
Yuz sori ango havo boʻlubtur.
Boqiy topar ulki boʻldi foniy,
Rahravgʻa fano baqo boʻlubtur.
To tuzdi Navoiy oyati ishq,
Ishq ahli aro navo boʻlubtur.

150

Koʻk gʻazoli chunki kofur uzra mushkafshon boʻlur,
Kavkabafshon koʻzlarimdin ul quyosh pinhon boʻlur.
Mungʻayib andogʻ sinugʻ koʻnglum buzulurkim, sipehr
Bul’ajab holimgʻa yuz ming koʻz bila hayron boʻlur.
Gah yurub, gah oʻlturub, bir lahza tutmasmen qaror,
Gʻussa bandidin bari olam manga zindon boʻlur.
Gah koʻngul oʻti urar koʻksum shikofidin alam,
Gah bagʻir pargolasi koʻz yoʻlidin gʻalton boʻlur.
Oʻlturur uy saqfigʻa ohim tafidin qatralar,
Yo mening holimgʻadurkim tomu tosh giryon boʻlur.
Eyki istarsen salomat, ishq koʻyin soʻrmagʻil,
Kim bu yoʻlgʻa har kishikim tushti, sargardon boʻlur.
Istaganga doʻst komin istabon kuymak, ne tong,
Gar tutun sunbul, oʻtun ashjoru oʻt rayhon boʻlur.
Ichni uryon qilki, toshing zebi man’i faqr emas,
Faqr emastur gar iching mamlu, toshing uryon boʻlur.
Ey Navoiy, ishq man’in elga irshod aylading,
Olloh-olloh, bu ne makru hiylavu doston boʻlur?!

151

Vahki, maydon azmigʻa sekretti ul chobuk suvor,
Kimdururkim asragʻay emdi inoni ixtiyor?
Qoshu yuzungdin agar ortar jununim, ne ajab,
Telbalikka ham yangi oydur madad, ham navbahor.
Chok eting koʻksumki, chiqsun oʻtlugʻ ohim shu’lasi,
Bir nafas boʻlgʻayki, bu anduh oʻti topqay qaror.
Aqlu fahm oshuftahol oʻldi yigit joning uchun,
Kim yana uydin munungdek chiqmagʻil oluftavor.
Bir zamonligʻ hajr chun ming yilcha bor, oʻlsam, ne tong
Chunki boʻlmas hech kishining umri ming yil poydor.
Soqiyo, chun ichkumizdur oqibat jomi ajal,
Boda tut ondin burunkim, bizni oʻlturgay xumor.
Orazi bogʻidagʻi ter koʻnglum oʻtin qildi tez,
Markabi na’lidagʻi oʻt jonima urdi sharor.
Ey Navoiy, shukrkim, maydongʻa ul shah qoʻydi yuz„
Kim yoʻlida qolmadi navmid joni xoksor.

152

Vahy nozil boʻldi yoxud yorning paygʻomidur,
Kim gʻamim taskini gʻamgin xotirim oromidur.
Safhayi kofur uza mushkin rahamkim aylamish,
Goʻyiyo subhi saodat uzra davlat shomidur.
Hajridin jonim arosigʻa agar xud kirmadi,
Nega shakli jon aro kirgan alif andomidur?
Kirdi jonu jismgʻa xat safhasin koʻrgach, magar
Elga jon bermakka mehr uzra Masih arqomidur?
Va’dayi vasl erdi mazmun, gah oʻlukmen, gah tirik
Anglamon, qotilmudur bu mujda, ruhafzomidur?
Vodiyi hayratda qolgʻonlargʻa jon hirzi uchun
Ruq’ayi maqsud komil nutqi yo i’lomidur.
Ey Navoiy, nega surtub koʻzga, solmay jongʻakim,
Ham koʻzumnung nuri, ham ozurda jonim komidur.

153

Ikki koʻzumki dardu balo joʻyboridur,
Ohim buxori ustida abri bahoridur.
Ushshoq tiyra axtari har yon shafaq aro
Goʻyo sipehr sabzasining lolazoridur.
Bilmay deding, uzulmish ekan subhayi aqiq,
La’ling gʻamida hon kibi ashkim qatoridur.
Gʻam gulshanida qaddim erur ul yigʻochkim,
Paykonu bori hajring oning bargu boridur.
Har kimki Yusufum gʻamidin oʻldi dasht aro,
Har tun magar boʻri koʻzi sham’i mazoridur.
Bu dasht tufrogʻin dema mushkinki, har ovuch
Bir mushkboʻ gʻazola tani xoksoridur.
Bergil, tutub piyola Navoiygʻa ruhkim,
Jonin yeturgan ogʻzigʻa la’ling xumoridur.

154

Barmogʻi hayrat bilakim la’li xandon ichradur,
Ul «alif» yangligʻ dururkim filmasal «jon» ichradur.
Xoni husni zavqini bilmakka yoxud barmogʻi
La’li xandon ichra zrmaskim, namakdon ichradur.
La’li bir soʻz birla yuz yilliq oʻlukni Xizr etar,
Goʻyiyo Ruhulloh ushbu obi hayvon ichradur.
Munfaildur yuzu zulfidinki, titratgay nasim,
Jilvagar tovuskim firdavsi rizvon ichradur.
Orazing hajrinda har qonligʻ koʻzumdur lolaye,
Dogʻlar koʻznung qarosin, anglakim, qon ichradur.
Tutma ulfat bogʻ arokim, sarsari daydin durur
Emin ul qushkim, aning ma’vosi vayron ichradur.
Ey Navoiy, birga yuz jomi balo turmish toʻla,
Har nechakim sogʻari ishrat bu davron ichradur.

155

Qoshing koʻzdin nihon, andin nihonroq xoli mushkindur,
Bu oning nuqtasidur, goʻyiyo ul nuni tanvindur.
Koʻngul zulfung gʻamidin toza-toza dogʻ ila goʻyo,
Ki nisfi qonu nisfi mushk boʻlgʻon nofayi Chindur.
Itingning goh izi, gah panjasidindur dimogʻim xush,
Bu birdur mushki biyd, ul bir anga goʻyoki nasrindur.
Nedin bilmon yuzum sorgʻordi muhriq ishq tobidin,
Yuzi oʻtqa yaqinroq boʻlgʻon elning chunki rangindur.
Ichimda andoq oʻtdurkim, tugan jismimda kuydursam,
Anga bu oʻtdin andoqkim, sudin bu oʻtqa taskindur.
Yuzungga boqsa boʻlgʻay oyu kuncha nuri oʻksulsa,
Yaqin ermas bu ham, astagʻfirulloh, balki taxmindur.
Qizil toʻn birla chiqti, lolaruxlar ne koʻrungay, vah,
Bu guldin xil’at etgan sarv, alar har yon rayohindur.
Jahon makkorasi dilkashdur, ammo kimki aqd etsa,
Ipak jon rishtasi yormoq, anga din naqdi kobindur.
Qoshing mehrobigʻa, ey mugʻbacha, yuz qoʻygʻali qoʻykim,
Bu toat dayr piridin manga ishq ichra talqindur.
Yuzung koʻrmak tilab tinmas Navoiy koʻngli solmoqdin,
Xudoy uchun olib burqa’ni, oning koʻnglini tindur.

156

Qatlima tiygʻ oʻlgalikim charx ishi ozordur,
Mavji ashkim aksidin poʻlodi javhardordur.
Koʻk tegirmon toshi aylandurmoq istar boshima,
Dema oyu kun boshim uzra bukim sayyordur.
Ishq dashtida quyun ermaski, men devonagʻa
Dasht aro sargashtalik xattin sizar pargordur.
Dard togʻida choqinlar dema, de oʻtlugʻ kamand,
Kim solurda boʻynuma charx ilgidin takrordur.
Rahm qil, gardunki, bir dilxastadin maqdur emas
Chekmagi gar mehnatu bedod bu miqdordur.
Muncha dardu gʻussadin maxlas topar yer istasang,
Ey Navoiy, bilki, ul yer kulbayi xammordur.
Ey xusho xumxonakim, qilgʻonni anda tarki hush,
Koʻk xumidin har nekim kelgay, farogʻi bordur.

157

Nuqtayi xolingki koʻzdin doimo ma’dum erur,
Nuqtayi xol ermas ulkim, nuqtayi mavhum erur.
Tong emas, ul nuqta gar koʻzdin nihondur, vah, ne tong
Mardumin koʻrmakligidin koʻz agar mahrum erur.
Baski, xoli koʻzdadur boʻlmish jahon bir safhakim,
Raml mashqi yangligʻ anda nuqta-oʻq marqum erur.
Axtari baxtimdurur ul xol, yoʻqsa koʻrmaduk
Kavkab andoq tiyrakim, hurshid uza ma’lum erur.
Xoli ruxsoring kumish masnadda Hinduston shahi,
Ollida saf tortibon xat tobi’u mahkum erur.
Eyki, maydin xoli ermas deb meni ta’n aylading,
Bori koʻrguz onikim bu dayr aro ma’sum erur.
Dogʻi pinhondur Navoiy koʻnglida, ey lolarux,
Nuqtayi xolingki koʻzdin doimo ma’dum erur.

158

Har labing oʻlganni tirguzmakda, jono, jon erur,
Bu jihatdin bir-birisi birla jonajon erur.
Jonim andoq toʻldi jonondinki, boʻlmas fahmkim,
Jon erur jonon emas yo jon emas, jonon erur.
Boʻlsa jonon, bordurur jon ham, chu jonon qildi azm,
Jon ketib jonon bila, jondin menga hijron erur.
Jon manga jonon uchundur, yoʻqki jonon jon uchun,
Umr jononsiz qotiq, jonsiz vale oson erur.
Borsa jon, jonon yitar, gar borsa jonon, jon ketar,
Kimsaga jononu jonsiz umr ne imkon erur?
Xushturur jonu jahon jonon bila, jonon agar
Boʻlmasa jon uylakim oʻlmak jahon zindon erur.
Jonim ol, ey hajru jononsiz manga ranj istama,
Chunki jononsiz Navoiy jonidin ranjon erur.

159

Har qachonkim kemaga ul oy safar raxtin solur,
Mavjluq daryo kibi oshufta koʻnglum qoʻzgʻolur.
Yigʻlama, ey koʻz, nedin sohilgʻa chiqmas kema deb,
Koʻz yoshim daryosidur har sorikim el koʻz solur.
Titrabon siymobdek koʻnglum, yetar jon ogʻzima,
Tund yel tahrikidin har damki daryo chayqolur.
Sabr koʻnglumda, koʻngul ul oyda, ul oy kemada,
Vahki, borib, telmurub koʻz, mungʻayib jonim qolur.
Dam tutulgʻondin oʻlar eldek yetibmen oʻlgali,
Surmasun deb kemasin baskim nafaslar asrolur.
Kirma savdo bahrida olamdin istab sudkim,
Siym naqdi tushsa, lekin umr naqdi siygʻolur.
Gʻarq etar bahri fano gʻam zavraqin, ey piri dayr,
Ilgiga chunkim Navoiy boda kishtisin olur.

160

Jon berur elga agarchi labidin qon tomadur,
Vah, dema qon tomadur, balki chuchuk jon tomadur.
Noz oʻqi birla koʻzum mardumin etding majruh,
Ashki gulgun dema, zaxmidin aning qon tomadur.
Vah, yaram ichra ne qondur buki, devona koʻngul
Topsa taskin — turadur, aylasa afgʻon — tomadur.
Goʻyiyo fitna sahobidin erur seli balo,
Raxshidin qatraki javlon aro har yon tomadur.
Tomchidek ashkim emas, koʻnglum oʻti daf’i uchun
Gah badan kulbasini qilgʻali vayron tomadur.
Vahki, gul sham’in oʻchurmaklik uchundur, gar xud
Qatra oʻrnigʻa bulutdin durri gʻalton tomadur.
La’li vasfida Navoiy soʻzidin obi hayot
Qilsa paydo oqadur, aylasa pinhon tomadur.

161

Xolu xating xayolidin, ey sarvi guluzor,
Gohi koʻzumga xol toʻshubtur, gahi gʻubor.
Yuzungda xol safhada tomgʻan kibi qaro,
Xoling malohati tuz erurkim qaroda bor.
Jonimni oʻrtagan yuzu xolingni bilmasang,
Ut shu’lasida ayla gumon bir oʻchuk sharor.
Bilmon, koʻngulda xollaringning xayolidur,
Yo kirpiging tikanlarin aylabsen ustuvor?
Har dam koʻngul haloku koʻzum tiyra boʻlmogʻin
Bilgay birovki, yori erur shoʻxu xoldor.
Mashshotayi qazo bezamish xolu xattini,
Beixtiyorliqda manga bormu ixtiyor?
Miskin Navoiy xoli labing koʻrsa jon berur,
Boqsang ne boʻldi surati holigʻa, ey nigor?!

162

Chiqti ov azmigʻa javlon aylab ul chobuksuvor,
Jon nisor ul sayd uchunkim, jon anga qilgʻay nisor
Bu edi qasdimki, bir kun saydi fitrok aylagay,
Qilgʻanim umre kiyiklar birla suhbat ixtiyor.
Chun kiyik qatlini istar, koshki ruhum uchub,
Bir qatil etgan kiyik jismi aro tutqay qaror.
Toki yetkursam rikobigʻa boshimni, koshki,
Qilsa shaxsimni qazo it shakli birla oshkor.
Qomati hajrida har yon yoradin qonligʻ koʻngul
Bir kiyikdekdurki, oʻq zaxmi bila boʻlmish figor.
Goʻr uchun ochmoq nedur har lahza bahromi kamand,
Chun seni Bahromdek aylar ajal goʻri shikor.
Ey Navoiy, ul quyoshning soyasida koʻr itin
Komronu yoʻq sanga ollida itcha e’tibor.

163

Bargi gul yuzinda la’ling rashkidin xunoblar,
Gʻuncha koʻngli ichra ogʻzing hasratidin toblar.
Safhayedur orazim debocha ishq avroqigʻa,
Qon yoshimning xatlari shingarf birla boblar.
Ashkim artilgʻon uchun xam boʻlmamish kirpiklarim,
Kim yasabdur koʻz xayolin chekkali qulloblar.
Hajridin koʻzlargakim ashk evrulur, ul ashk emas,
Kim erur dardu balo daryosigʻa girdoblar.
Aybim etmang, bosh koʻtarmaydur debon xumxonadin,
Qilmayinmu sajda topsam bu sifat mehroblar?
Hajr aro ikki koʻzum ichra belingning naqshidur,
Oʻtkarur tunni xayol aylab kecha bexoblar.
Roʻzgorin qildi mazlum ohining dudi qaro,
Koʻrma.zolim xilvatining koʻrgasin sinjoblar.
Terga botqon garmroʻlardin magar daf’ aylamish,
Oʻzluki chirkin taharrukdin irik moshoblar.
Doʻstlar, miskin Navoiy tiyra shomin yod eting,
Yor ila jomi hiloliy cheksangiz mahtoblar.

164

Ul quyoshkim saltanat avji uza tobon erur,
Barcha shahlar jism erur, ul barchasigʻa jon erur.
Ul malaksiymo qudumidin qiyomat koʻrki, bogʻ
Zebu oyin birla rashki ravzayi rizvon erur.
Umri jovid elgakim bermish aroda ul Masih,
Yuz tuman ming Xizr aro bir chashmayi hayvon erur.
Ollida sochiqmu erkin yoki gullar bargidin
Sarv boshigʻa sabo har lahza siymafshon erur?
El Navoiydek tana’um birla boʻlsa, ne ajab,
Chun borigʻa iftixor ul xusravi davron erur.

165

Telba koʻnglum, vahki, har soat birov sori borur,
Man’ qildim ersa bagʻrim ogʻrigʻudek yolborur.
Qoʻydum ersa kelturur munglugʻ boshimgʻa yuz balo,
Qoʻymasam jongʻa zarar yetgudek oʻzidin borur.
Qoʻymasam — bu, qoʻysam— ul, vah, boʻlsa yuz jonim fido
Ul kishigakim, hazin jonimni andin qutqorur.
Aql vasvosini qoʻysam avlo ulkim, men dogʻi
Boshim olib ketgamen har sorikim, ul boshqorur.
Soqiyo, bir nav’ men labtashna yoʻqkim ogʻzima,
Har yaram ogʻzigʻa quysang bir qadahni sipqorur.
Ikki yuzluk boʻlmakim, bu bogʻning ra’no guli
Gar qizorur bir yuzi, lekin yana bir sorgʻorur.
Kulda pinhon oʻt kibi topmas Navoiy koʻnglini,
Har nechakim ishq kul qildi vujudin oxtorur.

166

Ul oyki, jafo nardini xoʻblardin utubtur,
Yo rab, ne balo, mehru vafoni unutubtur?!
Ogʻzing bila pista oʻchashur puchlugʻidin,
Bilmonki, oʻshul ogʻzi ochuq qayda butubtur?
Har dam qizigʻ ohim tafidin muztar oʻlurmen,
Oʻtlugʻ nafas, ey voyki, koʻklardin oʻtubtur.
Yillar labi la’ling gʻamidin joni hazinim
Hasrat suyini xuni jigar birla yutubtur.
Ul nargisi bemor ila ul gʻunchayi xandon
Koʻzumni oʻl aylabturu ogʻzim qurutubtur1.
Aksini koʻngul koʻzgusida koʻrdumu oʻldum,
Kim gʻayrin aning eviga nevchun yovutubtur?
Hijron kuni ishq ahlini oʻrtarga magar charx
Otashkadasida shafaq oʻtin yorutubtur.
Bulbul kibi xushgoʻy Navoryni qilib xor,
Ul gulni koʻrung, jonibi badgoʻy tutubtur.

167

Barcha xoʻblarning qadu ruxsoru xattu xoli bor?
Lek ulkim bizni behol aylar, oʻzga holi bor.
Yuzum oltundekdurur, bu vajhdinkim holiyo
Siymbarlar ul kishiningdurkim, oning moli bor.
Kirgali koʻnglum aro bir-bir oʻqung boʻlmish tanim
Ul qalamdekkim, oning ichida tuz-tuz noli bor.
Sunbulung tushsa oyogʻing ostida, ne aybkim,
«Gul» bila «xurshid»ning ostida «lom»u «dol»i bor.
Ul sababdin, zohido, mashgʻul emasmen zuhd ila,
Kim koʻngulning mutribu may birla koʻp ashgʻoli bor.
Odam oʻlmishmenki, ishq ahli manga avlod erur,
Yoʻqsa, yoshdin mencha kimning yuz sari atfoli bor?
Gavhari maqsud chun vobastayi tavfiq erur,
Desa boʻlmaskim, munung sa’yi, oning ihmoli bor.
Ey Navoiy, topmasang kome labi jonbaxshidin,
Sening uchun boʻlsun oning gʻamzayi qattoli bor.

168

Chorayi kor istabon bechoraliq koʻnglum tilar,
Xonumon tarkin qilib, ovoraliq koʻnglum tilar.
Istaram ollingda qilsam sajdavu oʻpsam labing,
But parastish aylabon, mayxoraliq koʻnglum tilar.
Bagʻrimu koʻksum bila koʻnglumni qilding yoraliq,
Joni ham bu hol birla yoraliq koʻnglum tilar.
Oshiq ishi chun savodul-vajhi fid-dorayn erur,
Bu malomat koʻyida yuz qoraliq koʻnglum tilar.
Qasdima har yondin ul koʻy itlarin qoʻy, ey raqib,
Kim salomat pardasin yuz poraliq koʻnglum tilar.
Tan gʻuborin jon yuzidin raf’ qil, ey dardkim,
Koʻzni ul yon gah-gahi nazzoraliq koʻnglum tilar.
Ey Navoiy, nechakim koʻnglumga tushgan dard uchun
Chora istarmen, vale bechoraliq koʻnglum tilar.

169

Har oʻqi ul qoshi yoning elnikim qurbon qilur,
Rost bir oʻqdurki, qurbon koʻnglum ichra sanchilur.
Istasa vaslin koʻngul, koʻz rashkdin qon yosh toʻkar,
Koʻz yuzin koʻrgach, koʻngul yuz nola gʻayratdin qilur.
Tiygʻi koʻksum chok etib, koʻnglumni ochsa, ne ajab,
Kim ravon suvdin hamisha xalq koʻngli ochilur.
Garm oʻlub, har yon ul otash porakim novak otar,
Rost oʻtdekdurki, girdidin shararlar ayrilur.
Yuzni oʻn tirnogʻ ilakim gʻussadin qildim figor,
Dona erkin koʻz yoshimkim, har dam anda sochilur.
Boda ichkim, charx jomi sirrini Jam qilmadi,
Garchi ul yuz Jam kibi mayxoraning davrin bilur.
Oh oʻtidin shikva gar aylar Navoiy, ayb emas,
Telbalarning har nekim ogʻzigʻa kelsa aytilur.

170

Yo rab, bu ne guldurkim, boshigʻa chechak sanchar,
Gah egri qoʻyar boʻrkin, gah belga etak sanchar.
Koʻnglumga chekib novak, oj ayladi payvandin,
Har zaxmki ul teshti, el anga soʻngak sanchar.
Boshimgʻa havas la’ling, olamni vido’ ettim,
Chiqsa kishi majlisdin, boshigʻa gazak sanchar.
Gʻam kulbasida, jono, ul xastagʻa rahm etkim,
Tebransa bagʻir ogʻrir, dam ursa yurak sanchar.
Qullobi muhabbattur sargashta koʻngullarga,
Chun qush solib ul chobuk, boshigʻa gajak sanchar.
Har kavkab uchin gardun nesh etti shuo’idin,
Gʻam shomi vafo ahlin har nav’ kerak sanchar.
Sanchilgʻon ajal xori ishq uchrasa bilgaysen,
Kim jongʻa balo neshin hajr oʻzgacharak sanchar.
Jismin chu Navoiyningʻ paykoni temur qildi,
Bilmonki, sinon emdi bagʻrigʻa netak sanchar?

171

Gʻaming oʻqiki, koʻngullar uyin nishona qilur,
Mening chu xokiy tanim ichra yetti, xona qilur.
Labing bahonasiz el qonini toʻkar har dam,
Manga chu yetti ish, albatta, bir bahona qilur.
Koʻngul berurda fusunlugʻ koʻziga bilmas edim,
Ki el ichinda meni oqibat fasona qilur.
Koʻngulda javhari paykoniniki yigʻmish jon,
Ajab emaski, bu vayronani xazona qilur.
Desaki, mehrgiyohin koʻkartayin gardun,
Zamona ahli vafo koʻz yoshini dona qilur.
Halok domi yoyar subhxez qushlar uchun
Sahar yeliki, chaman sunbulini shona qilur.
Nasib bulbul uchun xori gʻamdurur, ul ham
Navoiy nagʻmasi birla magar tarona qilur?

172

Dureki, mening jonima ofat yetilibtur,
Toʻbi kibi qad birla qiyomat yetilibtur.
Ushshoh koʻzidin duru gavhar oqizurgʻa
Bir bahri jafo, koni malohat yetilibtur.
La’ling mayikim, soʻrgʻali devona boʻlubmen,
Shirin koʻrunur, lek bagʻoyat yetilibtur.
Ishqing chamanida ne tarab shoxiki ektim,
Har birisi bir naxli nadomat yetilibtur.
Yuz zarracha sargashtaligim boʻlsa, ne tongkim,
Yuz mehrdin ul shoʻx ziyodat yetilibtur.
Bu bogʻ aro holmaydur ajal yelidin ozod
Har gulgaki, savsan kibi qomat yetilibtur.
Hijron gʻamidin vahm etu shukr ayla, Navony,
Bu lahzaki, vasligʻa salomat yetilibtur.

173

To boʻldi koʻngul ul koʻzi usrukka giriftor,
El koʻziga sogʻmen, vale oʻz-oʻzuma bemor.
Tongdin tanim oqshomgʻacha tosh zaxmi bila resh,
Tundin badanim tonggʻacha tish zaxmidin afgor.
Kulbamning emas xishtlari darzeki, ochmish
Holimgʻa figʻon qilgʻali ogʻzin daru devor.
Xalq ichra koʻngul ishqini fosh ayladi ohim,
Uy ichida oʻt bor ekanin dud etar izhor.
Ul but gʻamidin kofiri ishq oʻlgʻali koʻnglum
Jon rishtalarin jam’ qilib bogʻladi zunnor.
Xush gulshan erur dahr, budur aybiki, anda
Payvasta xazon yelidin ozurdadur ashjor.
Yor ollida gar bor-yoʻq ersa, ajab ermas,
Agʻyor chu bor anda, Navoiy, sanga ne bor?!

174

Yuz olmon yoʻlidin qatlimgʻa chun tashrif yor eltur,
Namoz ichra oʻlumluk maks etardin roʻzgor eltur.
Qachonkim masti loyaqil chiqar, vahkim, anga bermon
Koʻngulni ixtiyorim birla, ul beixtiyor eltur.
Itiga toʻ’ma darboyist boʻlgʻay deb qayon borsa,
Koʻngul saydini fitrokigʻa aylab ustuvor eltur.
Mening majnunlugʻumni ul pari ishqida man’ etmang,
Ki aqli kulni savdo dashtigʻa devonavor eltur.
Shabistoningda anjum mahramu kun boʻlgʻali mahrum
Bu gul-gul ochilib har kecha, ul bir xor-xor eltur.
Nasimi subh xayli sunbuli zulfungni tarqatqach,
Savodi tuncha mushki sudadin har yon gʻubor eltur.
Yuzu zulfung tilab bogʻ ichra ohim otashin guldin
Uzar yafrogʻlar oʻtdin dud andoqkim sharor eltur.
Meni mayxonagʻa bording debon yozgʻurma, ey zohid,
Ki usruk shahnadek ul yon qazo ilgi tutor, eltur.
Qazo narrodi koʻk tosida oy-kun ka’bataynidin
Dushash naqshi bila el umri naqdi har ne bor eltur.
Navoiy qatligʻa chun va’daye qilding, vafo qilkim,
Yoʻlungda telmurub umredururkim intizor eltur.

175

Figʻonki, yor vafo ahligʻa sitam qiladur,
Niyozu ajz gunohigʻa muttaham qiladur.
Naimi vaslida xoʻy aylagan koʻngullarni,
Asiri hajr etibon, mubtaloyi gʻam qiladur.
Raqib behuda taqriri birla yuz taqsir
Zaif gʻamzadalar otigʻa raqam qiladur.
Ne hukm qilsa vafo xayli jurmida gʻam emas,
Bu zulm erurki, jafo ahlini hakam qiladur.
Uz ilgi birla gar oʻltursa bok yoʻq, vahkim,
Raqib ollida aftodavu dijam qiladur.
Muhabbat ahlini «vo hasrato»ki koʻp oʻrtab,
Alarning ohi oʻtidin haros kam qiladur.
Chu gul vafosiz erur, necha asrasa, vahkim,
Koʻngul qushi bu gulistondin emdi ram qiladur.
Zamona oʻq kibi tuzlarni sindurub yodek,
Alarki egridurur, shahgʻa muhtaram qiladur.
Navoiy oʻlgay edi boʻlmasa umidi visol,
Bu qasdlarki, anga hajr dam-badam qiladur.

176

Sarigʻ libos aro ul noʻshlabki xandondur,
Erur Masihki xurshid ichinda pinhondur.
Libosu jism ila ul guluzor koʻrguzdi
Xazon ichida bahoreki, aql hayrondur.
Libosi oʻt kibi asfar, tani hayot suyi,
Ajoyib oʻtki, arosinda obi hayvondur.
Oʻshul dur orzusidiki, zarvaraq kiymish,
Yuzumning oltunida durrsh ashk gʻaltondur.
Firoq dashtidagʻi lolalar sarigʻ butmish,
Magarki dogʻlari barcha dogʻi hijrondur.
Yuz ul etakdin agar olmasam, ne tongki, somon
Chu kahrabogʻa yetar, qoʻymogʻi ne imkondur?
Sarigʻ yuzumdek etib subh oʻzin sogʻindikim,
Sovugʻ nafas bila mehrin yoshurmoq osondur.
Navoiygʻa berur el pandu ul muni derkim:
Sarigʻ libosi falon shoʻxning yee chaspondur?

177

Ulki, onsiz xasta koʻnglumnung yuz ohu voyi bor,
Hajridin yuz ming meningdek oʻlsa, ne parvoyi bor?
Charx tong otquncha yigʻlar mehrin eldin yoshurub,
Goʻyo ul sargashtaning ham bir musofir oyi bor,
Ganji husnung yangligʻ oʻlmish maxzani mehrim mening,
Kim necha isrof birla xarj qilgʻon soyi bor.
Zahri hijronkim chekarmen, ta’mini bilgay magar
Bedilekim, bir vafosiz kofiri xudroyi bor.
Ishq mulkidin xabarlar topsa Layli, tong emas,
Kim aning Majnun kibi payki jahonpaymoyi bor.
.Mehrning koʻrma shafaq ichra shuo’iy xatlarin,
Kim sipehr osiybidin mujgoni xunpoloyi bor.
Hajr aro qildi Navoiy qoshlaring koʻnglida naqsh,
Razm elidek ish kuni qurbonda ikki yoyi bor.

178

Voyu yuz ming voykim, tarki muhabbat qildi yor,
Bilmayin qoldim menu qilmay xabar ayrildi yor.
Bordi oʻqdek tezu yodek qomatim yod etmadi,
Ishq aro goʻyo mening egriligimni bildi yor.
Chun gadolar birla shahlar qilmas ermish yorligʻ,
Men gadoni koʻzga, bas, nevchun burundin ildi yor?
Pand eshitib,. doʻstlar, hech kim bila yor oʻlmangiz,
Kim mening bagʻrimni tiygʻi hajr birla tildi yor.
Mendin ayrilgʻon balovu dard uchunmu yigʻlayin?
Yo angakim, boribon agʻyor ila qotildi yor?
Yigʻlashib gʻam shomi zohir aylasunlar dard uyin
Kimgakim baytul-hazanda sham’dek topildi yor.
Ey Navoiy, yor uchun tortar eding gʻurbatda ranj,
Yoʻlgʻa tush, emdi ravonroqkim, azimat qildi yor.

179

Har qayon boqsam koʻzumgʻa ul quyoshdin nur erur,
Har sori qilsam nazar ul oy manga manzur erur.
Chun masal boʻldi soching zulm ichra, yoshurmoq ne sud,
Mushk isin yoshursa boʻlmas,— bu masal mashhur erur
Telbararmen to ani koʻrmon, ajoyibdur bukim,
Ul pari devana koʻzidin dogʻi mastur erur.
Chun mudom erning mayi koshindadur kofir koʻzung
Nedin erkinkim dame usruk, dame maxmur erur.
Dilrabolar dogʻn jonim safhasida goʻyiyo
Dard eli ishqim uchun muhr aylagon manshur erur.
Par urub boshinggʻa tutma avjkim, har necha moʻr,
Kim qanotlongʻoy, qachon uchmoq anga maqdur erur?
Gar Navoiy siymbarlar vaslin istab koʻrsa ranj,
Yoʻq ajab, nevchunki xom etgan tama’ ranjur erur.

180

Yer bordiyu koʻnglumda aning nozi qolibtur,
Andogʻki qulogʻim toʻla ovozi qolibtur.
Koʻz xonasini qildi barandoxta bu ashk,
Koʻz bordi, vale xona barandozn qolibtur.
Koʻnglum qushi to sunbulunguz domigʻa tushti,
Bulbul kibi har gul sori parvozi qolibtur.
Ul qush safar aylab, ne tarab gulbunin ochqay,
Kim bogʻ aro bir sarvi sarafrozi qolibtur.
Men ishq ramuzin demay oʻldum, nazar etkim,
Farhod ila Majnunnung oʻkush rozi qolibtur.
Taqlid qilib koʻngluma ishq ahli chekar oh,
Ul ittiyu el ichra sarovozi qolibtur.
Hijronu visolin koʻpu oz dema, Navoiy,
Yuz shukr, dekim: koʻpi borib, ozi qolibtur.

181

Ul malaksiymo parikim, xalq aning hayronidur,
Jonlar oshubi, vale oshufta jonlar jonidur.
Tifl avroq ichra bir-bir bargi gul tergan kibi,
Nomayi hijron aro tim-tim sirishkim qonidur.
Koʻrsa jon zaxmida qonligʻ marhamin aylar gumon,
Kim buzulgʻon koʻnglum oʻtidin qizil paykonidur.
Yuzungga may gullari yuz fitna qildi, goʻyiyo
Fitna har gulkim ochar, yuzung aning boʻstonidur.
Bormudur koʻnglumda kesgan ham alif, ham na’lu dogʻ,
Yo bu mir’ot ichra solgʻon aksi husnung onidur?
Dahr toroji qilur uryon chaman ra’nolarin,
Yeldin un chekmas yigʻochlarkim chaman afgʻonidur.
Ey Navoiy, bilki, tong otquncha yigʻlar har kecha
Charxdek har kimki bir badmehr sargardonidur.

182

Shahsuvorim har qachon javlon qilur,
Mahvnlub, bilmon oʻzumni, haq bilur.
Anga har koʻzkim tushar, kirpiklari
Xasta koʻnglumga tikandeq sanchilur.
Ochilur koʻnglum samandi sayridin,
Gʻuncha yangligʻkim sabodin ochilur.
Ayrilur goʻyo quyoshdin bir shihob,
Oti na’lidin har oʻtkim ayrilur.
Oh tortarda magar jon pech urar,
Oʻq otarda har qachonkim qayrilur.
Tavsani gardunni markab qilmakim,
Yer bila rokibni oxir teng qilur.
Tez etar tigʻing Navoiy ishqini,
Garchi oʻt oʻchar, agar suv yeochilur.

183

Qaysi bir koʻkning yuzungdek mehri olamtobi bor?
Qaysi gulshanning jamolingdek guli serobi bor?
Zulfidin, ey zaxmliq koʻnglum, qutulgʻung yoʻqturur,
Kim sening har halqayi zulfungda bir qullobn bor.
Zulfu yuzidin dam urmang, tun bila kun chashmasi,
Kim bu sunbul birla gulning oʻzga obu tobi bor.
Ne uchun har dam sarigʻroqtur yuzumning oltuni,
Bovujudikim yuzimda ashkdin siymobi bor.
Sajda gar aylar malak, ne tongkim, ul oy qasrining
Kungiri shaklidin atrofida koʻp mehrobi bor.
Davlati zohirki mahbub aylading, tark aylakim,
Qaydingga zulfini dolu lomidin asbobi bor.
Yuzu la’liigdin Navoiy bexud oʻlsa, soʻrmagʻil,
Bir itingdurkim, sahar vaqtida shakkarxobi bor.

184

Yoʻlida kosh meni pora-pora qilgʻaylar,
Ki xalq holima bir-bir nazora qilgʻaylar.
Bu holatimni koʻrub bori ishq asirlari,
Vafosiz elni sevardin kanora qilgʻaylar.
Vasiyatim buki, koʻnglumni koʻrgach-oʻq ahbob,
Tutub yuzini hamul lahza qora qilgʻaylar.
Bu dard ilaki oʻlarmen, maraz chu zohir emas,
Tabiblar bu balogʻa ne chora qilgʻaylar?
Tamugʻni ravza sogʻingʻaylar ahli hashr ul kun,
Ki telba koʻnglum oʻtin oshkora qilgʻaylar.
May ichki, anglamagʻaylar bu dayrdin ramze,
Gar ahli zuhd yuz yil istixora qilgʻaylar.
Sabo, degilki, Navoiygʻa tortsunlar xat,
Alarki ahli vafoni shumora qilgʻaylar.

185

Xasta koʻnglum azm etar ul sorikim jonon borur,
Dam-badam jonim chiqar, goʻyo bu ham ul yon borur.
Koʻnglum ichra toʻqtamas la’ling xayoli bir zamon,
Ne ajab, oʻlsam, bu zaxmimdin chu har dam qon borur.
Ondakim sensiz yetar beshak figʻonim, ey quyosh,
Men bora olmoy, netay, ul yerdakim afgʻon borur.
Qomating jon qasdi etsa, kirpigingdur rahnamoy,
Har qayon oʻq borsa, oning ollida paykon borur.
Yod etarlar vodiyi ishq ahli Majnun sayrini,
Bexabar har yon quyundekkim bu sargardon borur.
Yoʻldin oxir surma «sultonmen» debon darveshni,
Yod et ul yoʻldinki ham darveshu ham sulton borur.
Hajridin andoq zaif oʻlmish Navoiy, ey pari,
Kim qayonkim borsa, sendek xalqdin pinhon borur.

186

Koʻnglumni figor ettingu jonimda balodur,
Bilmon yana, ey sarv, boshingda ne havodur?
Boshinggʻa girih, yuzungga ter, oldingga sandal,
El jonigʻa ul shaklni bilmon, ne balodur?
Oʻz darding unut boʻlgʻay agar shammaye bilsang,
Hajring tuni ichra bu uqubatki mangodur.
Jon evrulubon boshingga, sen chirmab oʻzungni,
Gʻuncha kibikim girdida sargashta sabodur.
Koʻnglum solibon nabz kibi borur ilikdin,
Nabzing sori koʻrsamki, tabib ilgi borodur.
Afgʻonki, xazon mehnatidin qolmadi solim,
Har sarvi gulandomki bu gulshan arodur.
Yo rabki, Navoiy gʻamu dardigʻa davo ber,
Kim yor salomatligʻi dardimgʻa davodur.

187

Koʻzum yoshiki, yurak qonigʻa tutosh koʻrunur,
Berur qonimgʻa tonugʻluq, agarchi yosh koʻrunur.
Labini soʻrgʻali aqlim junungʻa boʻldi badal,
May ichsa tez oʻlur el, sogʻda gar yovosh koʻrunur.
Shikasta koʻngluma oz gʻam boʻlubturur kulliy,
Kesak qanoti sinuq qush koʻziga tosh koʻrunur.
Ne kunki yuzini koʻrsam, tushumga kirsa, ne tong,
Quyoshqa boqsayu koʻz yumsa ham, quyosh koʻrunur.
Ne rud oqizding ulus qonidinki, tegrangda
Nazargʻa soy toshidek necha boqsa, bosh koʻrunur.
Mugʻ eshigin turadek yop yuzinggʻakim, gardun,
Quyosh sinoni chekib tavrida savosh koʻrunur.
Navoiyning bu namozi ne nav’ ekin, yo rab,
Ki sajda vaqti koʻziga ul egma qosh koʻrunur.

188

Vayelidin gar bargi guldur hajrdin gar noʻgi xor
Chunkim erur yor uchun xushtur kerak yor oʻlsa bor.
Yor agar xud yordur boʻlsun bari ofoh xasm,
Tengri yovar boʻlsa, e’do qasdigʻa ne e’tibor?
El yamon-yaxshi degandin xurramu gʻamgin emon,
Chun erur yor ollida mofiz zamirim oshkor.
Har muhabbat tuxmikim ektim vafo boʻstonida,
Vahki, boʻldi barchagʻa hajru malomat bargu bor.
Ey Navoiy, boda ich, dardu balodin gʻam yema,
Chun sanga homiydurur shohanshahi jam iqtidor.

189

Bagʻrimni tiygʻi hajr ila yuz pora qildilar,
To yor koʻyidin meni ovora qildilar.
Butkudek erdi vasl ila koʻnglum jarohati,
Hijron qilichi birla yana yora qildilar.
Mazmuni oʻlmaku oti hijron gʻami degan,
Yuz ming jafoni jonima yakbora qildilar.
Turgʻon yoshim oqizdilar ul oy firoqida,
Sobitlarimni kavkabi sayyora qildilar.
Voiz uni surud erur ishgʻoli ayshigʻa,
Qismat koʻyinda oniki mayxora qildilar.
May tutki, jom davridin-oʻq toptilar iloj,
Jam’iki charx davrini nazzora qildilar.
Yo rab, ne dey alarniki, miskin Navoiyni
Behushu aqlu bedilu bechora qildilar.

190

Ulki, yuz mendek jahonda volavu shaydosi bor,
Nechakim bordur niyozim, oning istigʻnosi bor.
Dam-badam koʻnglum berib jon naqdin istar vaslini
Olloh-olloh, telba koʻnglumnung ajab savdosi bor.
Koʻnglagim qonliq tuganlar oʻrnidin oy-oy erur,
Ul katondekkim, yuzida har taraf tamgʻosi bor.
To oʻqung yomgʻur kibi keldi, koʻzum boʻlmish sadaf,
Bovujudi ulki durdin yuz sari daryosi bor.
Jon berib, darding olib koʻksumda asrarmen, ne ayb,
Asrasa sanduq aro ulkim samin kolosi bor.
Boʻlma emin charxdin bir dam muraqqa’poʻsh deb,
Kim quyoshdin bu muraqqa’ ichra oʻtlugʻ tosi bor.
Itlaring boʻlmish Navoiy koʻngli uchun mehmon,
Bu kecha ul koʻy aro, koʻrkim, ajab gʻavgʻosi bor.

191

Jonda ishqing boʻlgʻusi, to tanda jon boʻlgʻusidur,
Tanda jondek jon aro ishqing nihon boʻlgʻusidur.
To tirikdurmen ichiga jola tushgan gʻunchadek,
Xasta koʻnglum durri ishqinggʻa makon boʻlgʻusidur.
Dardu ishqing dogʻi ul soatki oʻlsam jon aro,
«Jon»ning ikki nuqtasi yangligʻ nishon boʻlgʻusidur.
Qildi ashkimni shafaqgun hajr bepoyon tuni,
Hullasin chek tongning, ey gardunki, qon boʻlgʻusidur.
Ul Masih anfosi jonbaxshu labi hayvon suyi,
Olloh-olloh, necha jonim notavon boʻlgʻusidur?
Mehr sham’i dudidin qissamni yoz, ey charxkim,
Ziynati avroqing ushbu doston boʻlgʻusidur.
Oʻqidin koʻnglung qachongʻa tegru zaxm oʻlgʻay demang,
To bu qush boʻlgʻusidur — ul oshyon boʻlgʻusidur.
Gul qulogʻin chun ogʻir qilmish kirib shabnam suvi,
Necha, ey bulbul, ishing doim figʻon boʻlgʻusidur.
Ey Navoiy, koʻkka tegru dardi ohimdin shikanj,
Yetgali ul oygʻa goʻyo nardbon boʻlgʻusidur.

192

Har niyozu ajzkim bu joni noshodimda bor,
Vahki, yuz ming oncha noz ul sarvi ozodimda bor.
Va’dayi mehru vafogʻa munkir oʻlma, ey pari,
Kim necha majnunu volamen, vale yodimda bor.
Oʻtidin Majnunning, ey roviy, ne hayrat qilgʻamen,
Menki yuz parvona andogʻ mehnatobodimda bor?
Koʻngluma koʻhi gʻamu mujgonlaring kirmish, vale,
Ne gʻam ul togʻdin, bu metinlarki Farhodimda bor.
Ishq durrin koʻrguzur qotiq gʻamim, vahkim, erur
Dardu gʻam daryosi ul javharki poʻlodimda bor.
Kesgali hushu xirad naxlini erur arraye,
Har xaroshekim junun sharhida faryodimda bor.
Dayr piri oʻzlukum qaydin ketardi, vah, ne tong,
Gar duosi har sabuhiy vaqti avrodimda bor.
Ey Navoiy, telbaratmishdur meni ifrot ila,
Baski mufrit odamiyligʻlar parizodimda bor.

193

Kecha har kavkab koʻrungach, yodima oyim kelur,
Oy chu tole’ boʻldi — mehri olamoroyim kelur.
Zuhdu taqvo, butrashingkim, bu kecha may ichgali
Baytul-ahzonimgʻa shoʻxi bodapaymoyim kelur.
Bu sorigʻ rangini koʻrmaski, qilgʻay koʻngli rahm,
Baski, yuzga qonligʻ ashki chehraoloyim kelur.
Vah, ne hijrondur bukim, aylay desam zikri visol,
Dam-badam ogʻzimgʻa ohi mehnatafzoyim kelur.
Shayx ibriqu ridosin chun koʻrarmen, yodima
Dayr aro paymona birla bodapoloyim kelur.
Ozimi dashti fano boʻldum, kelur Majnun dogʻi,
Gar qadam tez urmon ondindurki, hampoyim kelur.
Koʻzlaru jonu koʻngulda manzil et orosta,
Ey Navoiykim, bukun mahbubi xudroyim kelur.

194

Yana gʻarib gule jonima jafo qiladur,
Yana ajab tikane koʻnglum ichra sanchiladur.
Yana bir oʻzgacha ishq ikki ilgi zoʻridin
Bagʻir bila yuragim bir-biridin ayriladur.
Qaladi, vahki, oʻtundek soʻngaklarimni sipehr,
Bu yangi oʻtqaki tan kulbasida yoqiladur.
Firoq kojlari birla, vahki, ne oʻtlar
Bulutdek ashkfishon koʻzlarimga choqiladur.
Sirishk ayladi xokiy tanimni andogʻkim,
Qadam qoʻyay desa, uyqu koʻzumga yoyiladur.
Qochar bu telba koʻngul, yana voqif oʻl, ey aql,
Ki tolpinur koʻpu koʻksum shikofi ochiladur.
Gʻarib qissa erur ishqkim, tuganmadi hech,
Agarchi boʻlgʻali olam binosi aytiladur.
Navoiy, ahli junun qaydi yor zulfi emish,
Xirad tanobini uz, band agar bu silsiladur.

195

Xoli hijronida koʻnglum dardi beandozadur,
Dogʻdin borgʻach qaro tashvishi oning tozadur.
Tushta Yusuf hay’atin koʻrdum habibim yodidin?
Goʻyi ul qolab bu ruhi mahz uchun andozadur.
Zahmim ogʻzi butmasidin uyqum uchmish, ey rafiq.
Goʻyiyo bu oʻzga uyqu keltirur xamyozadur.
Gʻamzasi jallodida holin koʻngulning bilmadim,
Ey sabo, tengri uchun koʻyida ne ovozadur?
La’li vasfin yozmisham jon safhasidin daftare,
Har taraf jon rishtasi birla anga sherozadur.
Zaxmidin qon koʻp oqib yoxud junundindur, bukim,
Ul pari koʻyida har dam telba koʻnglum ozadur.
Itlari qut etsun oʻlturgach Navoiy qonini,
Barcha gar har qatra bir jannat guligʻa gʻozadur.
Voqif oʻlkim, beshayi jahl ichra jisming hujrasi
Nafs sayyodi havo saydin tutargʻa kozadur.

196

Ikki zulfung xasta koʻnglumga qarongʻu kechalar,
Za’fdin bexudlugʻum uyqu anga bu kechalar.
To giriftor oʻldi zulfing domigʻa koʻnglum qushi,
Toʻlgʻanib jismim, koʻzumdin uchmish uyqu kechalar.
Qayda boʻlsun uyqukim, oqizmish uyqu xaylini,
Tinmayin oqqan sirishkim qonidin su kechalar.
Har ne nav’ oʻlsa oʻtar kunduz ishi, lekin boʻlur
Hajr dardidin xarob ahvolim asru kechalar.
Tiyra shomim shiddatin, koʻrgilkn, charxu subhdin,
Holima gah yigʻlagʻudur, goh kulgu kechalar.
Subhdek sof istasang koʻnglungni, andin charxdek
Tiyralik chirkini siymin ashk ila yu(v) kechalar.
Ey Navoiy, charx yangligʻ istar oʻlsang subhi vasl,
Tonggʻacha ashk axtarin toʻkmay boʻlurmu kechalar?

197

Donayi ashkimki yogʻmogʻligʻ bila afsonadur,
Tuxmi mehrin ekmak uchun ham yogʻin, ham donadur,
Ishqi komil boʻlsa, ma’shuq argʻuvon xad boʻlmasun,
Kahrabo sham’igʻa har kah barg bir parvonadur.
Shishadek koʻnglumki toʻlmish bodayi hajring bila,
Goʻyiyokim oʻlmagim uchun toʻla paymonadur.
Ishq atfoli koʻrub kogʻazda Majnun suratin,
Qildilar gʻavgʻo gumon aylabki bu devonadur.
Vasldin qolgʻan buzugʻ koʻngdumni, ey hajr, asrakim,
Ganj aro yillar nihoniy asragʻon vayronadur.
Dahrning begonavash zoligʻa boʻlma oshno,
Kim seni to oshno etti oʻzi begonadur.
Ul sanam koʻyida kunduz gum kecha soyir koʻngul,
Shapparedurkim, anga kunduz maqar butxonadur.
Ey Navoiy, mujibi sargashtalik ermish junun,
Ichgali bu mayni har soat boshim aylonadur.

198

Lolagun toʻn ichra, yo rab, ul gʻazoli Chin erur
Yo koʻzumnung mardumi qon yosh ila rangin erur.
Bilmon, oyokim, shafaq ichra erur zarrin gʻazol
Lolagun toʻn ichra yoxud ul gʻazoli Chin erur?
Aylamish guldasta band sun’ toʻnu jismini,
San’atikim, argʻuvon bargi aro nasrin erur.
Qadmudur bu yo erur shingarf ila yozgʻon alif,
Belmu yo toreki, la’l ichra anga taskin erur.
Koʻnglum ichra soldi ul toʻn aks yoxud boʻldi qon,
Xalq koʻnglin qon etarga, vah, bu ne oyin erur?
Bir qadah gulgun may, ey soqiy, toʻla tutkim, koʻngul
Ul buti gulgunqabo bedodidin gʻamgin erur.
Ey Navoiy, qatl uchun gar xud qizil toʻn kiydi yor,
Basdur ul toʻn rangi, ne muhtoji qatlu kin erur?
Dema togʻu lola dahr ichra — ajal qaploni bil,
Kim kiyiklar qonidin boshdin-ayogʻ rangin erur.

199

Kunduz ul xurshidi raxshondin koʻzumda yosh erur,
Kecha holim zulfi savdosi bila chirmosh erur.
Olmagʻon din naqdi birla yiqmagʻon mehrob yoʻq,
Ey musulmonlar, ne kofir koʻz, mufattin qosh erur?
Chok koʻksumdin ichimga solib ul oy koʻnglidek
Asraramkim, ham ul-oʻq boshimgʻa urgʻon tosh erur.
Rahm emas, berahmliqdur surmasang boshimgʻa raxsh
Kim bu koʻp qatla oning pomoli boʻlgʻon bosh erur.
Ishqi sirrin necha koʻnglum ichra pinhon asrasam,
Ham koʻngul oʻti zabona chekkach elga fosh erur.
Qaysi gul bazmiki suvgʻa, yoʻqsa yelga bormadi,
Bu chamanda to bulut saqqo, sabo farrosh erur.
Masjid ichra istamang zuhdu riyo ahli aro,
Kim Navoiy dayr ichinda doxili avbosh erur.

200

Qoshing avji malohatning yangi tuqqan hilolidur,
Qading naxli latofat bogʻining navras niholidur.
Fido jonim qading naxligakim, garchi erur navras,
Vale andomu ra’noliqda haddi i’tidolidur.
Nazokat gulshanida toza gulbun qomating shibhi,
Oning tab’ida muzmar gʻuncha yoʻq ogʻzing misolidur.
Chuchuk lafzing Masihoning tufuliyatdagʻi nutqi,
Beling jonbaxshliqta koʻngliga kirgan xayolidur.
Ne tong, koʻnglum agar majruh oʻlub, qon borsa zaxmidin,
Ki uzgan gʻunchadek bir tiflvashning poymolidur.
Yuru, ey Xizrikim, hayvon suyidur zahr agar ichsam,
Bu damkim, jomim ul shoʻx itlari singʻon safolidur.
Xalo mavjud emas suv zarfidin chiqqach havo toʻldi,
Havoyiy ishqdin mamludur oʻzdin kimki xolidur.
Navoiy ashkidek ul shoʻx agar tinmas, ajab ermas,
Qilurlar poʻya yoshlar to yugurmak ehtimolidur.
Fano dayrin tilarmen men, vale uchmogʻni zohidkim,
Mening komim qadah durdi, aning kavsar zulolidur.

201

Maydin ayru gul emas goʻyo erur gulgun harir,
Kim kesib gul hay’ati birla sepibturlar abir.
Bazm emas bogʻ ichra maysizkim, hunarvar ilgidin
Boʻldi rangin mum har qolab bnla hay’atpazir.
To qizitmaydur qulogʻin may guli yakson erur,
Bulbul ogʻzidin safiru bogʻ eshigidin sarir.
Soqiyo, jonimgʻa yettim tavbadin, joning uchun
Boʻl manga bir lab-balab paymona birla dastgir.
Bodayekim, yetgach ogʻzimgʻa, chiqargʻay nash’asi
Taqviyu islomu aqlu zuhd jonidin nafir.
To boʻlub rasvo yana bir jom uchun, mugʻ koʻyida
Har zamon oʻzumni kofirlargʻa qilgʻaymen asir.
Ey Navoiy, ma’siyat uzrida oʻlsang yaxshiroq,
Zuhd ujbidin mukaddar boʻlgʻucha lavhi zamir.

202

Ul oʻtlugʻ chehragʻa zarbaft xil’at ne yaroshibdur,
Magar xil’atqa ul yuz lam’asidin oʻt tutoshibdur.
Falakning borgohigʻa koʻmoch oʻlmish quyosh jirmi,
Anga ohim sutundek dudi mundoqkim uloshibdur.
Maloyik qushlari gʻam shomi qoʻzgʻalmoq, tong ermaskim,
Yetibdur koʻkka yuz ohim xadangi, balki oshibdur.
Balo dashti aro yuz ming oʻluktur, onda qotil ishq
Xirad magʻlub xayli birla goʻyokim savoshibdur.
Labingdin jon topay deb, koʻp talashti hajr aro koʻnglum,
Ular holatda ul bemordekkim jon taloshibdur.
Qadahgʻa boda taryokini quy toshquncha, ey soqiy,
Ki gʻam zahri bila jomim toʻlubdur, balki toshibdur.
Navoiy gar labi yodi bila qon yutdi, jon tutdi,
Tabibo, bilki, bu sharbat anga behad yaroshibdur.

203

Markab ermaskim, sabo maydonda gardangez erur,
Rokib ermas, bargi guldurkim, sabodin tez erur.
Tashladi har yon ulus jonini sargardon qilib,
Girdbodi fitna goʻyokim gʻuborangez erur.
Na’l emas, ravshan hiloli el koʻzin yorutqali,
Poʻyada har sori shabrangiga dastovez erur.
Rokibu markab yuzu a’zosidin termu oqar,
Yo bulut durbor oʻlub, xurshid anjumrez erur.
Bodayi gulgun keturkim, shomi hijron men kibi,
Yuz tuman Farhodni past aylagan Shabdez erur.
Oshuqub, terlab ilojimgʻa yetishting, ey Masih,
Ne ajab, gar sharbati la’ling gulobomez erur.
Gar yana mast otlanib koʻnglakcha javlon qilmadi,
Bas, quloq sol shahr sorikim, ne rustoxez erur.
Hiyla ojizliqdin aylar oshiq, angla, ey koʻngul,
Kim zabunroq ishq aro Farhoddin Parvez erur.
Ey Navoiy, yor agar mayxoradur, yuz qatla shukr,
Kim emassen porsovu xasta, ne parhez erur?

204

Bordi ulkim, sendin ayrilgʻay koʻngul to joni bor,
Javrungga qoʻydum koʻngul, qil onchakim, imkoni bor.
Ey Masihim, men qatili ishqmen, tirguz meni,
Bir nafas, dedim qabul etkim, nafasning joni bor.
Novaking yetgach, iki nov ochti ashkim suyidin,
Goʻyi ul novakning ikki novliq paykoni bor.
Xozini jannat seni uchmogʻ gulikim bas manga,
Buki har yon tiygʻining jismimda tomgʻon qoni bor.
Yorsa koʻksumni, figʻon zohir qilur jon rishtasi,
Koʻnglak oʻlsa chok, uzulgan torning afgʻoni bor.
Jon qushi uchqach, tuz etti jism uyin seli fano,
Ey humoyunfol oʻshul chugʻzeki, bir vayroni bor.
Shayxu bir bodomu qon yutmoqki, piri dayrning
Nuql ila maydin fano ahligʻa koʻp ehsoni bor.
Dahr shoʻxi makrigʻa berma koʻngul, yoʻl bargin et,
Sen kibi har goʻshada nevchunki yuz mehmoni bor.
La’li hajrida Navoiy qoni qaynar demangiz,
Yangi maydek ruhidurkim, nolayi pinhoni bor.

206

Soqiyo, day shiddatidin aqlu his betob erur,
Chorasi jomi bilurin ichra la’li nob erur.
Tiyinu qoqimni rokib shoʻxdar oʻz egnidin
Tob birla yuzga chekkandin koʻngul betob erur.
Ishqdin, yoʻqkim sovugʻdin otashin gul istabon,
Topmogʻondin bulbul a’zosida par sinjob erur.
Siym oʻtdin suv boʻlur, yeldin ajoyibdur bukim,
Titramakdin siymbarlar jismi chun siymob erur.
Toʻlun oy ermas, tun oqshomkim quyoshning chashmasi
Muz toʻngubturkim, ziyosi tiyra chun mahtob erur.
Siymdin bahman chaman Qofini to zol ayladi,
Qushlar ul siym ostida simurgʻdek noyob erur.
Ey xush ulkim, la’lgun may ich debon taklif uchun,
Ilgi bir zarrin kamarning boʻynigʻa qullob erur.
Kishu oʻrmak qaydidin oʻt, ayshni favt etmakim,
Kish qaroroq tulku oʻrmak yupqaroq moshob erur.
Ey Navoiy, gar muhayyo topmasang asbobi aysh,
Gʻam yema, shah qullugʻi yuz aysh uchun asbob erur.
Ul sarafrozeki, oliy dargahining hay’ati
Barcha sarkashlarga bosh qoʻymoq uchun mehrob erur.

207

Tovushkim uy toshidin kelsa, dermen bagʻri toshimdur,
Eshikdin soya kirgach, sogʻinurmenkim quyoshimdur.
Ichinda togʻning qon, toshida yuz ming balo toshi,
Oning toshu ichi mutlaq degaysen ichu toshimdur.
Emastur gardu goʻy ul shoʻx maydonida, goʻyokim
Biri farsuda jismimdur, biri sargashta boshimdur.
Sirishkimni jigar pargolasi bil, dogʻi koʻz nuri,
Koʻngul sirrini, vahkim, zohir etgan ushbu yoshimdur.
Demay, past oʻldi afgʻonim yelidin naxli ayshimkim,
Bu naxlim arrasi muhlik figʻon ichra xaroshimdur.
Urarmen yerga boshimni gʻamingdin jon taloshurda,
Firoqing xayli birla ul urushum, bu taloshimdur.
Yomon holimgʻa hayrat qilmang, ey Farhod ila Majnun,
Bukun siz mehmonsizkim, tarab birla maoshimdur.
Falak qasri bila kavn muttakosidin demang soʻzkim,
Fano dayri makonim, faqr tufrogʻi faroshimdur.
Dedimkim: «Tushta mehrob ichra koʻrdum kofiri maste»,
Dedi: «Koʻrgil, Navoiy, koʻz ochibkim, koʻzu qoshimdur».

208

Xasta koʻnglum oʻrtanur goʻyo sevar jonim borur,
Yigʻlagʻum kelur, magar gulbargi xandonim borur.
Ul quyosh hajrindakim jonimni oʻrtar gʻam tuni,
Sham’ yangligʻ, ne ajab, gar durri gʻaltonim borur.
Nil ila har yon alif koʻksumga qozgʻan, vah, ne sud,
Kim alifdek qad bila sarvi xiromonim borur.
Evrulub boshigʻa, ruxsoridin oʻrtan, ey koʻngul,
Kuygucha hajrinda chun sham’i shabistonim borur.
Men xud oʻlgum, shukrkim, ul ham bora olgʻusi yoʻq,
Tiygʻi hajri zaxmidin bu nav’kim qonim borur.
Rozi oʻldumkim, ajal boʻgʻzumni boʻqqaykim, nedin
Men qolib mahjur anga har lahza afgʻonim borur.
Ne namoz oʻlgʻayki, oʻzni koʻrguzub jam’ ichra jam’,
Yuz parishonligʻ sari tab’i parishonim borur.
Ey Navoiy, shu’laliq joning ovuchlab, boshla yoʻl,
Kechqurun chun otlanib ul mast mehmonim borur.

209

Ne loʻlivashdur ul qotil, ki qon toʻkmakkadur yaksar,
Qiyo boqmoqlari — poki, itik mujgonlari — nishtar.
Yuzidinkim xijildur gul, parishon har taraf kokul
Sochib gulbarg uza sunbul, toʻkub kofur uza anbar.
Yugurmaklikda har gunbad, ki sekrer ul mahi gulxad,
Guli mehr oldorar behad, uyolur gunbaza axzar.
Chu la’b asbobini tuzdi, salomat rishtasin uzdi,
Qamardek hola koʻrguzdi, uzori davridin chambar.
Libosi nozi chaspondur, gahi tuz qaddi chavgondur,
Zamone goʻyi gʻaltondur, zihi chobuk, zihi dilbar.
Boshigʻa sim oʻlub parron, tushub girdigʻa anjumson,
Tulu’ etkan kibi har yon qamar atrofida axtar.
Toʻkub qon neshi gʻam birla, ochib maydon sitam birla,
Olib tablu alam birla koʻngullar kishvarin yaksar.
Junun sham’in qilib ravshan, koʻngulga telbalikdur fan,
Paridek boʻlgʻali parranda ul shoʻxi pari paykar.
Navoiy boʻldi loʻlivash, ki kelmish anga loʻli xash,
Qani bir jomi loʻlikash, ki loʻli tutsa bir sogʻar.
Tama’ qilma falakdin kom, kim xanjar qilur oshom
Yangi oy shaklidin har shom ul loʻliyi bozigar.

210

Chun meni majnun boshin atfol toshi sindurur,
Oh oʻti joʻlida sochimdin anga kiz kuydurur.
Ahli dillar, chehra ochdi yor, ochmang diydakim,
Har kishi ul yuzga koʻz oldurdi — koʻnglin oldurur.
Koʻrgach ul yuzni boshimgʻa urdi yuz tiygʻi balo,
Koʻrki, chiqqur koʻz boshimgʻa ne balolar keltirur?!
Koʻzda asrabmen bagʻir qonin, tilar boʻlsang hino,
Surtsam koʻzni ayogʻinggʻa hamul dam bilgurur.
Bul’ajabliqlar jununum ichra koʻrkim, xalqin
Ishq bir dam yigʻlatur holimgʻa, bir dam kuldurur.
Navbahori husnidin topma firib, ey shoʻxkim,
Charx davri navbahor oʻtmay xazonin yetkurur.
Ey Navoiy, hajr anduhida mast oʻl zinhor,
Kim koʻnguldin gʻamni birdam zoyil etgan maydurur.

211

Otashin gul bargidin xil’atki jononimdadur,
Xil’at ermas, ul bir oʻtdurkim, mening jonimdadur.
Otashin la’ledururkim, anda muzmar boʻldi jon,
Otashin gul bargidan xil’atki jononimdadur.
Jon qushi xunobidin tutmish malohat naxli rang,
Yo libosi lolagun sarvi xiromonimdadur.
Qatl biymidur, tarahhumning dogʻi ummedi bor,
Bu libosi olkim ul nomusulmonimdadur.
Vasl shomi kuymagan parvona shoyad qolmagʻay,
Bu shafaqgun hullakim sham’i shabistonimdadur.
Tutmasun gul suhbatidin sarv oʻzin koʻp sarfaroz,
Ey sabokim, ul toʻni gulgun mening yonimdadur.
Soqiyo, gulrang may solib ketur paymonakim,
Zuhd biymidin xalal faqr ichra paymonimdadur.
Ey Navoiy, istama jon bulbulin har guldakim,
Ul toʻni gulgun, labi gulbargi xandonimdadur.

212

Sham’ ul oy hajrida har tun kuymagim ogohidur,
Dudi ermaskim, mening holimgʻa oʻtluq ohidur.
Chiqti jon, rozi emon koʻyungga borgʻay, negakim
Har qayon azm etsa, dardu gʻam aning hamrohidur.
Gar samanding gardidin qolmon, ne tongkim, bordur ul
Kahraboyekim, bu xasdek jism bargi kohidur.
Bir mahi xirgahnishin koʻnglumni olmish, ey rafiq,
Yoʻq ajab, gar xasta koʻnglum nolasi xirgohidur.
Yor koʻngli istamish koʻnglumga surmak tiygʻi kin,
Har ne dilxohi oning — men xastaning dilxohidur.
Misri izzat istagan zindoni gʻamdin qochmakim,
Mohi Kan’on taxtigʻa bois mazallat chohidur.
Ey Navoiy, men xud asrabmen gʻami ishqin nihon,
Aylagan zohir koʻngulning nolayi gah-gohidur.

213

Savsaniy toʻn birla ul qad savsani ozod erur,
Yo binafsha bargidin zeb aylagan shamshod erur.
Olloh-olloh, bilmon ul qadniki, savsan bargidin
Zeblik shamshod erur yo savsani ozod erur?
Vah, ne sarvedurki, to xil’at kiyibtur savsanin,
Chok oʻlub gul xil’ati, bulbul ishi faryod erur.
Savsanu sarve agar yoʻqtur, damimdin bogʻ aro
Oʻrtanibon sarvu savsan hullasi barbod erur.
Ayni iffatdin oʻshul pokiza gavhar jismida
Xil’at ermaskim, binafsh etgan kibi poʻlod erur
Shomi gʻam koʻnglum uzoru hullasin yod aylabon,
Mehr oʻti har yon binafsh etgan bulutdin shod erur
Qozgʻali gʻam Besutun togʻin Navoiy ilgida,
Vahki, savsan bargi ermas, teshayi Farhod erur.
Yuz tili boʻlsa, dam urmoq shart emas ozodadin,
Ey koʻngul, savsan tilidin bizga bu irshod erur.

214

Orazing xurshidu ogʻzing zarradin timsol erur,
Zarra uzra nuqta yangligʻ ogʻzing uzra xol erur.
Kokulungdur mushku ustida girih mushk uzra «mim»,
Qomating shamshodu zulf ostida tushgan «dol» erur.
Qoshu qaddu zulfidin payvasta to na’lu alif
Tanda kestim, noladin ozurda jismim nol erur.
Chun dedim, xoling bila koʻz mardumining holi bor,
Dedi ulkim: xol deysen, nuqtasiz ham hol erur.
Nukta der holatda tor ogʻzingni koʻrguzgan labing
Goʻyiyo zanbur neshidin teshilgan bol erur.
Durdkashmen piri dayr ollida maqbul oʻlgʻali,
Davlat ahlining qabuli, koʻrki, ne iqbol erur.
Soqiyo, gar davr ta’jilin koʻrub qon yigʻlamas,
Bas, Navoiydek surohiy ashki nevchun ol erur?

215

Menda bir oʻtdurki, gar dam ursam aflok oʻrtanur,
Asrasam koʻnglumda, jonu jismi gʻamnok oʻrtanur.
Mehr emas ohnm oʻtidin koʻkka yetmish bir sharar,
Ayb emastur gar desam, dam ursam, aflok oʻrtanur.
Bas tanim oʻrtarga qonligʻ novaking, hijronni qoʻy,
Barq ne hojat, bir uchqun birla xoshok oʻrtanur.
Sham’ oʻti mohiyatin anglay degan parvonadek
Orazing mehrini fahm aylarda idrok oʻrtanur.
Ishq aro koʻnglum necha tolpinsa ortar shu’lasi,
Oʻtqa tushgan telba qilgʻon soyi topok oʻrtanur.
Ashk yub jismim kuduratdin, qurutmish oh oʻti,
Lam’aye tushgach uzoring barqidin pok oʻrtanur.
Ey Navoiy, chun rutabdek otashin la’li aro
Xasta koʻnglum tushti, tong yoʻq, gar boʻlub chok oʻrtanur.

216

Birov gʻami yana koʻnglumga qoʻzgʻolon soladur,
Birov demayki, bu oshubni falon soladur.
Necha yaqin boʻladur ul ogʻiz yoʻqi, lekin
Takallumi yana koʻnglum aro gumon soladur.
Taajjub aylamangiz daf’a-daf’a faryodim,
Ki shavq koʻngluma yodin zamon-zamon soladur.
Rafiqlar, bilingizkim, musofirim yodi
Boshimgʻa har nafase tarki xonumon soladur.
Desam, shikib bila oʻzni zabt aylay, ishq
Yana bu shu’lani koʻnglumga nogahon soladur.
Ne nav’ bulbuli zor etmasun figʻonki, sipehr
Bu gulshan ichra bahor oʻlmayin xazon soladur.
Navoiy oʻlsa, koʻhanpiru kuysa, ayb etmang,
Ki mundoq oʻt anga bir shoʻxi navjuvon soladur.

217

Hayot bogʻida to sarvu lola boʻlgʻusidur,
Mening mumiddi hayotim piyola boʻlgʻusidur.
Surohiy oʻlgʻusndur manga siymtan mahbub,
Boshida qil anga mushkin kulola boʻlgʻusidur.
Hayot gulshani mugʻ kulbasiyu mugʻbachaning
Yuziyu qaddi manga sarvu lola boʻlgʻusidur.
Ne ayb, bazmim ichinda hazin figʻonki, surud,
Angaki qon yutar, albatta, nola boʻlgʻusidur.
Qadahki, holima qon yigʻlar, emdi ohimdin
Sirishki qatrasi gulrang jola boʻlgʻusidur,
Deding fano nedurur, muxtasar deyin: oʻlmak,
Ki sharhini tilasang, yuz risola boʻlgʻusidur.
Qachon may ichra yuzung aksi tushsa, ey soqiy,
Piyola davri oʻshul oygʻa hola boʻlgʻusidur.
Navoiy, istama kavsar mayini zuhd bila,
Ki boda ichkuchi elga havola boʻlgʻusidur.

218

Bargi nay toʻn ichida nol kibi beli nihondur,
Qalami foʻta qamish bandidek ustida ayokdur.
Ayladim tarh vafo qasrini koʻksum uza, koʻrkim,
Na’llar tarhida ayvonlaridin yerda nishondur.
Zulfi hijronida mundogʻki tanim har sori sanchar,
Raglarim jism aro qatlimgʻa magar necha yilondur
Chugʻz vayrona aro angladi goʻyoki oʻlarmen,
Motamimgʻa ishi har lahza gʻaribona figʻondur.
Oʻqung ogʻzida qizil tus emas koʻnglum arokim,
Tong emas, ogʻzi qizil boʻlsa, gʻizo chun anga qondur
Hullayi toat etar doʻzax oʻtin daf’, yoʻq ersa,
Ul haroratqa ne daf’, kafaningʻ garchi katondur.
Voizekim, oʻzi qilmas amalu elga berur pand,
Gar emas uyquda, bas munchaki der, ne hazayondur?!
Xas kibi tushti Navoiy may uza, gʻam neta olgʻay,
Xossaknm, anga hubob uyi kibi dori amondur.

219

Har kishikim, bir soʻz ul badmehrdin taqriri bor.
Holatimning tokim ul taqrir etar tagʻyiri bor.
Muhtariz boʻl shu’layi ohimdin, ey gul xirmani,
Kim choqin xirmongʻa tushganning ajab ta’siri bor.
Koʻngluma yoʻq chora oʻrtanmakdin oʻzga ishq aro,
Gʻayri kuymak moʻrning oʻt ichra ne tadbiri bor?
Hinduyi zulfikim, ul yuz taxti farmonidadur,
Joduyedurkim, anga goʻyo pari tasxiri bor.
Sabzayi xatting erur har sori zulfung toridin
Xatti zangoriyki, mushki nob ila tahriri bor.
Faqr dashti ne qotiq yoʻldurki, solik har necha
Qilsa diqqat birla haq amrin ado, taqsiri bor.
Gar Navoiy jon berib, ul zulfning bir torini
Olsa, ayb etmangki, bu savdo aro tavfiri bor.

220

Orazing koʻzgusimu ter kasratidin sudadur?
Yohud ul oraz suyining aksimu koʻzgudadur?
Dema ayni nozdin ul koʻz ochilmaydurki, bor
Kofirekim mastliq ifrotidin uyqudadur.
Topmogʻim oʻzni mahol oʻlmish firoqing shomikim,
Tob arodur xasta jismu tob ul gisudadur.
Sen urarsen novaku koʻksum shikofidin koʻngul
Koʻrgali kelmish, xato qilmaki, xush qopudadur.
Sajda qilmoq ne tafovut Ka’ba yohud butgʻakim,
Qoshi mehrobi qayon qilsam sujud oʻtrudadur.
Oʻlmagimdin zulfungga goʻyo parishonligʻ yetib,
Motam ahlidek quyi solib boshin qaygʻudadur.
Nuh umriyu Sulaymon mulkiga yoʻqtur baqo,
Ich, Navoiy, bodakim, olam gʻami behudadur.

221

Bu toza tugankim gʻamidin koʻnglum arodur,
Koʻnglum qushi gʻam dashti aro bagʻri qarodur.
Jismim aro paykoning emas har sori, goʻyo
Har goʻshada yomgʻur suyi gʻam togʻi arodur.
To bogʻi halokimda ne gullarki ochilgʻay,
Zaxmimdagʻi qon suv kibi tinmayki borodur.
Jonimni chiqarmoqqa agar yoʻl yasamas ishq,
Gʻam tiygʻi nedin har sori koʻksumni yorodur?
Gʻam shomi demang subhki koʻk sham’in oʻchurgan,
Ashkim suvidur ulki, yiroqtin oqarodur.
Kir vodiyi ishq ichra yengilrakki, bu yoʻlda
Oʻzluk yukini tashlamagʻon asru horodur.
Mayxona Navoiygʻavu zohidgʻa iki kavn,
Kim anga gʻaraz ikki sarodin bu sarodur.

222

Beliyu ogʻzi koʻrar-koʻrmasda chun pinhon erur,
Bas, muni oʻpmak, oni quchmoq qachon imkon erur?
Men dogʻi dey belinu ogʻzinki koʻrdum-koʻrmadim,
Yoʻq tamannolarni topqon-topmogʻton yakson erur.
Bevafolar qaddu mujgonini koʻp qilmang xayol,
Kim biri tuz oʻqdurur, bu bir itik paykon erur
Ishvagarlar lablari qasdigʻa jondin kechmangiz,
Negakim oʻz qasdi joni qilgʻon el nodon erur.
Tunu kun deb istamang har lahza zulfu yuzlarin,
Kim bu bir dudi balo, ul shu’layi hijron erur.
Noʻsh emastur dahr bazmida gazakkim neshdur,
May demakim, sogʻari davron ichinda qon erur.
Ey Navoiy, bu gʻarib ishlarga taklif aylading,
Bizgadur bisyor mushkul, gar sanga oson erur.

223

Yuzi gulchehra soqiyning tarab hukmigʻa tugʻrodur,
Yuzinda may guli ul yorligʻ uzra ol tamgʻodur.
Labi la’li halokimen, agarchi jonfizoliqda
Masiho birla ul goʻyo oʻluk birla Masihodur.
Damim dudi xirad ahlin qilur har lahza savdoyi,
Dimogʻimda, koʻrung, ul zulf mushkidin ne savdodur?!
Sinonin koʻksuma to tikti ul chobuk, bu xam qaddim
Hamono gʻam sipohi qalbida ul oʻq uchun yodur.
Labing aksi koʻzum- shoʻrobasi bahrida goʻyokim
Chuchuk suvdurki, atrofida oning talx daryodur.
Jahonni chun koʻzumga hajr shomi aylamish tiyra,
Ne sud andin mangakim, vasl subhi olamorodur.
Boshim qush oshyoni, tan junun torojidin uryon,
Ne tong, yoshlar yugurmak har tarafdinkim, tamoshodur!
Fidosi naqdi islomimki, mugʻ dayridagʻi soqiy
Ulus qonin toʻkardin vahm qilmas, garchi tarsodur.
Navoiy, dayr piri goʻyiyokim shahr shayxigʻa
Fano jomi ichurdikim, xarobot ichra gʻavgʻodur.

224

Dud yangligʻ dema koʻnglum ohi dardoludidur,
Kim koʻngul uzra tugan qoʻygʻan fatilam dudidur.
Abri hasrat yomgʻiriyu tiyrboroni fano
Kisvati mavtu halokim turfa toru pudidur.
Dard naqshin qildi har dogʻim uza sultoni husn,
Ul diramlarning bu goʻyo sikkayi behbudidur.
Ishq savdosida jonimgʻa ziyondur, demakim,
Har kishi mundoq ziyon ishq ichra qilsa, sudidur.
Xoʻblar koʻyida istigʻno yelidin har gʻubor,
Kim qoʻpar bir notavonning jismi gʻamfarsudidur.
Javhari jonim olib, tut jur’aye, ey mugʻbacha,
Kim bu naqd ahli fanoning budiyu nobudidur.
To Navoiy boʻlsa mugʻ dayrida mastu jomachok,
Kim tiriklikdin bu sultonliq aning maqsudidur.

225

Sochbogʻingdin chiqqon, oyo, sunbuli purchinmudur?
Yo terisin solgʻon ikki af’iyi mushkinmudur?
Iffatingdindurmukim me’jar yuziga tushti chin,
Yoxud anda zeb uchui mashshota solgʻon chinmudur?
Noʻshxand etganda la’lingdin koʻrunmishmu tishing,
Anglamon, yoxud asal ichra yozilgʻon «sin»mudur?
Sunbulin koʻrgach, koʻzum boʻldi qarongʻu, ey sabo,
Sochi mundogʻ tiyra yoxud sochbogʻi epkinmudur?
Chiqsa aqdingdin arusi dahr, bergil naqdi jon,
Demagilkim, xunbahodur ushbu yo kobinmudur?
Dahr zolin gar desam Farhodkush, ayb etmangiz,
Gar emas Farhokush, oxir dengiz, Shirinmudur?
Shavq oʻti topqach sukun dersenki, ishqi tarkin et,
Ey Navoiy, bir nafas bu shu’lagʻa taskinmudur?

226

Orazing koʻzgusida xat sabzadurkim suda bor,
Yo magar zangor suv ta’siridin koʻzguda bor.
Oʻqlaring paykon bila har yon quruq jismimdadur,
Shoxlar uzra koʻngullardekki ul nojuda bor.
Zahri hajrin qildi daf’ ul koʻz qarosi, vah, bu nav’
Qayda bergay xosiyat pozahrkim ohuda bor.
Bordurur mehrob turgʻoch butgʻa qilgʻondek sujud,
Sajda qilsam qiblagʻa to qoshlaring qorshuda bor.
Zulf aro xoling agar din qasdi aylar, ne ajab,
Muncha kofirligʻ ragi, vah, qaysi bir hinduda bor?
Ishq vodiysin xatardur ilm ila qat’ aylamak,
Solik ersang tashla ma’lumungniyu osuda bor.
Yuzin istarsen, Navoiy, qochma zulfi fikridin,
Kim sen istar ayshning ummidi bu qaygʻuda bor.

227

Orazing husnun fuzun qilgʻon hiloliy qosh erur,
Yoxud ul yuz sham’ini yorutqali minqosh erur.
Koʻz yoshim durri yatimin mahrami ishq aylamon,
Har nechakim pok gavhardur, va lekin yosh erur.
Oncha yogʻdurdi balo toshin tanimgʻa ishqkim,
Yuz ming el ishq ahli gar koʻksiga ursa tosh erur.
Xoʻblar la’li xayolotin pishirmakdur ishim,
Shu’laliq koʻnglum bu sogarlargʻa goʻyo dosh erur.
Qoldi avval togʻ aro Farhodu Majnun dasht aro,
Ishq yoʻlinda manga ikki ajab yoʻldosh erur.
Ul Masihanfos tarso saydidur koʻnglum qushi,
Kim malak dayri ravoqi kunjida xuffosh erur.
Chun ogʻiz ochti Navoiy koʻngli har yon zaxmidin,
Ne ajab, gar yoshurun dardi el ichra fosh erur.

228

Netib tuz etay qadkim — jismimda shikanlardur,
Naylab tuz uray damkim — bagʻrimda tikanlardur.
Tirnogʻ ila xatlarkim ruxsorim uza chektim,
Yuz bogʻida gullardin har sori chamanlardur.
Yuz yoptiyu jon oldi, ochqanda ravon oldi,
Oʻlturgali oshiqni, bilmon, bu ne fanlardur.
Zulfungda tugun ermas, koʻyungda gʻubor ermas,
Aftoda koʻngullardur, farsuda badanlardur.
Yuz ahd ila mahvashlar koʻnglumnn olib, emdi
Qatl ayladilar, asru badahd ekanlardur.
Mayxonada har sori bir mastki bosh qoʻymish,
Kirpichlari goʻyokim jonlargʻa vatanlardur.
Jismida Navoiyning yuz momuq ila marham,
Bir necha oʻqung zaxmi bir necha tuganlardur.

229

Koʻngul eviga gʻamu gʻussa selidin ne qusur,
Ki boda loyi bila qilmisham oni ma’mur.
Biravni mumkin emas tiyra aylamak qaygʻu,
Ki solmish oʻlgʻay anga jomi boda lam’asi nur.
Xush ul mayeki, emastur safovu lavn ichra,
Tamugʻ oʻti bila jannat suyigʻa ul maqdur.
Desam: bu oʻt kul etar gʻussa xirmanin — ne ajab?
Desam: bu soʻz tuzatur fikr qasrini — ne qusur?
Jahon gʻamiyu uzum bodasi gumon qilmang,
Ki zohir ahligʻa bu ma’ni etti buyla zuhur.
Valek ahli haqiqatgʻa may erur vahdat,
Gʻam ushbu kasrat erurkim, qilur koʻngulga xutur.
Ichilsa soqiyi tavfiq ilgidin ul may,
Koʻngul bu gʻamdin emas, shubhakim boʻlur mahjur.
Manga bu may bila bir jom keltur, ey soqiy,
Ki koʻnglum ul gʻam aro boʻlmish asru koʻp ranjur.
Malomat ahligʻa, ey piri dayr, ayogʻ tutsang,
Bu nav’ qoʻyma Navoiyni bir yoʻli mastur.

230

Ne ajab, har yon meni majnun boshida yoralar,
Baski yogʻdi ustiga atfol elidin xoralar.
Orazing atrofida guldur koʻrungan, ey pari,
Yo qamar davrida saf tortibdurur sayyoralar?
Har quyun goʻyoki bir sargashta oshiq gardidur,
Baski, tufrogʻ oʻldi ishqing dashtida ovvoralar.
Anglakim, ahbobni kulbamda mehmon etmisham,
Itlari ogʻzida gar koʻrsang bagʻirdin poralar.
Anda Majnun, men buyon Layli, sen etgach ijtimo’:
Bir taraf devonalar, bir yon pari ruxsoralar.
Xonaqah vaqfi suyin ichmaslar, ey shayx, anlagʻil,
Gar xumor oʻlsa fano dayridagʻi mayxoralar.
Ey Navoiy, ishq aro oʻlmakdin oʻzga chora yoʻq,
Bas, gʻalat boʻlgʻay demak ushshoqni bechoralar.

231

Boshtin-ayogʻ yalang tanim uzrakim toza dogʻ erur,
Husnunggʻa qilgʻali nazar har biri bir qarogʻ erur.
Ishq gadolari degay koʻnglak erur muraqqa’yim,
Toza tugan nishonidin har sori baski dogʻ erur.
Zaxmlarim fatilasi jon oʻtidin tutashqali
Tiyra koʻngulgʻa dardu gʻam bazmi uchun charogʻ erur.
Koʻhi balodurur tanim, chashmasi koʻzki, qon toʻkar,
Tong yoʻq, agar bu togʻ uza qon oqizur bulogʻ erur.
Xurdasidin ichinda oʻt gʻuncha emaski bogʻ aro,
Har sori ishqing oʻtidin bir qizigʻon dumogʻ erur.
Zohidu uchmogʻu tomugʻ biymi bila ummidekim,
Ahli fanogʻa mosivalloh gʻamidin farogʻ erur.
Dayrda koʻr Navoiyni mugʻbachalar gʻamidakim,
Egnida chok xirqavu ilgida bir ayogʻ erur.

232

Yuzungda zarvaraq har yonki lutfi benihoyatdur,
Jamoling mushafida har biri goʻyo bir oyatdur.
Sochingda zarfishon chehrang zalolat shomida har yon
Tajallo mash’alidin yorugʻon sham’i hidoyatdur.
Yuzungda nil xoli ravza ichra nilufar shibhi,
Binafsha gulshan ichra yuzda nilingdin kinoyatdur.
Koʻngul saydigʻa ochma sunbulung domin, yuz ochgʻilkim,
Gul-oʻq ochilsa, qayd etmakka bulbulni kifoyatdur.
El ichra koʻpdurur afsona Layli husnidin, lekin
Sening husnunggʻa tashbih etmak oni ne hikoyatdur?
Koʻngul qonin koʻp ul xunxora koʻz ichti, emas, goʻyo
Yuzung gulgunadin gulgunkim, ul qondin siroyatdur.
Dema, tush vaqti ul yuz kundin ortuqtur, muni koʻrgil,
Kim ul yondin nihoyat boʻlsa, bu yondin bidoyatdur.
Erur bedod borinda tarahhum doʻstdii, yuz hayf
Angakim, shukr borinda ishi doim shikoyatdur.
Navoiygʻa koʻngul berdingki, jonin olgʻasen bir kun,
Erur oʻz naf’i shahdin gar raiyatgʻa rioyatdur.

233

Jahoni buqalamun ichra tushmish elga gudoz,
Magarki tosigʻa oʻt yoqti charxi shu’badaboz.
Bu turfaroqki, munungdek tomugʻ aro tushmish
Samuru qoqim uchun olam ahligʻa taku toz.
Ne koʻkka chiqmoq erur dolboyu oʻtogʻa bila,
Ki bolu par bu esa, mumkin ermas ul parvoz.
Ne garmligʻni qoʻyar, ne fusurdaligʻni bashar,
Nechaki kuyub erir oʻtu muz kibi qishu yoz.
Falak arusida yoʻq mehru dilraboligʻ koʻp,
Nechukki husnu jamol ahligʻa vafo bila noz.
Egilib oʻpsa yer ahli gʻurur hurmat uchun,
Shabih erur anga mutlaqki mast qilsa namoz.
Xush ul jaridaki, bir nav’ qilsa sayru suluk,
Ki soya hamqadam oʻlsa anga kamar hamroz.
Navo agar tilasang, tut qiroqki, egri bami
Ne koʻp taponcha yeru ne biyik chekar ovoz.
Navoiy, yor ila boʻlkim, budur haram vasli,
Maqoming oʻlsa Ajam yo Iroq yoki Hijoz.

234

Rafiqlar, meni mahzun nechuk boʻlay gʻamsiz?
Ki koʻnglum ermas alamsiz, koʻzum emas namsiz.
Sinuq koʻngulda chu yoʻq shodligʻ, sogʻinurmen,
Ki yoʻqturur bori olamda bir koʻngul gʻamsiz.
Demangki, hajrda may hamdam oʻlsa gʻam kam oʻlur,
Ki hamdurur dam emas boda yoru hamdamsiz.
Xush ulki, yor firoqiyu yo koʻngil gʻamidin
Tamom umrida bir lahza erdi motamsiz.
Koʻngul gʻamini deb ahbob rahm qildi habib,
Mening jarohatim zrdiki qoldi marhamsiz.
Koʻzumdin etmagil, ey sarv, hech jonibi mayl,
Ki yaxshiroq koʻrunur sarvkim boʻlur xamsiz.
Navoiyni vara’u zuhd qaydi oʻzlugidin
Xalos qilmadi, ey ishqu may, magar ham siz.

235

Tirguzur yuz xastani bir noz ila ul dilnavoz,
Chun yetar men xastagʻa navbat, qilur yuz nav’ noz.
Zohido, har dam demakim mazhabingda bor qusur,
Qaysi masjidda sening birla qilib erdim namoz?!
Ishq aro koʻnglumni ul yuz mehridin man’ aylamang,
Kim emas mumkin samandar oʻtdin etmak ihtiroz.
Bir kun ohimdin oʻshul badmehr koʻngli yumshagʻay,
Nechakim poʻlod erur qattiq, topar oʻtdin gudoz.
Yo rab, oxir netgamen ul shoʻxi badxoʻ birlakim,
Zulm etar, qilsam tazallum, noz etar, qilsam niyoz.
Charxi minoyi xati sharhigʻa hamroz istama,
Kim bu xat mazmunidin dam urmay oʻtmish ahli roz.
Ey Navoiy, sen base oludadomansen, magar
Ishq ul pok ila oʻynarsenki, derlar pokboz.

236

Ne gʻam, xumor qildi esa qasdi jonimiz,
Bordur chu kunji maykada dorul-amonimiz.
Mugʻ kulbasiki, tengri anga bermasun zavol,
Bor xuldu salsabil dame argʻuvonimiz.
Kel bir dam, ey harif, xarobot sorikim,
May vajhidur bu xirqa bila jilsonimiz.
Ul shoʻx bizdin ayruki ayshi nihon qilur,
Billah, bu nav’ yoʻq edi andin gumonimiz.
Ey aql, qoʻy fasonaki, bir vaqt bor edi
Har poya minbar uza mulki darsxonimiz.
Tutmaduq ixtiyor ila mayxona shar’in,
Qismat hakimi buyla chevurdi inonimiz.
May ichmasang, Navoiy, ziyondur debon, ne sud,
Yoʻqtur oʻz ilgimizda chu sudu ziyonimiz.

237

Ramida koʻnglum erur ishq mubtalosi hanuz,
Boshimda bordurur ul sarvqad havosi hanuz.
Yuzung firoqida har bir koʻzum mening bir dogʻ
Quyubturur, vale tushmaydurur qarosi hanuz.
Faqih qildi duo: «Ishqdin qutulgʻil» deb,
Qabul qurbida ermas emish duosi hanuz.
Nechuk tama’ qilayin mehr ila vafosinkim,
Haqir jonima darxoʻrd emas jafosi hanuz.
Halok oʻqi koʻzung urmish koʻngulga, tonmaki, bor
Yonida kirpiku qoshingdin oʻqu yosi hanuz.
Haloking oʻlgʻali jon koʻz qarordi, vah, yuz ochib,
Qarodin oni chiqargʻilki, bor azosi hanuz.
Sipehr zulmidin ul nav’ motamiydur subx,
Ki umrlar oʻtubon chok erur libosi hanuz.
Navoiy jon berur, ul muddaini mahram etar,
Bu ishga yuz ming emastur aning sazosi hanuz,

238

Jamoateki, junun man’ini manga qilasiz,
Tosh otibon ne uchun telbalarga qotilasiz?
Keting, koʻngul bila jonkim, vido’ingiz qildim,
Firoq agar budurur, erta kunni kech qilasiz.
Firoq kunidur, ey koʻzlar, emdi qon yigʻlang,
Bilurmusizki, bukun ne kishidin ayrilasiz?
Koʻzum haqini bihil qildim, ey javohiri ashk,
Ki bori ham aning-oʻq maqdamigʻa sochilasiz.
Firoq neshlari, vahki, yana rahm etmay,
Nafas-nafaye nega majruh ichimga sonchilasiz?
Koʻngul fasonalari, sizni, vah, netib yashuray,
Bu nav’kim, yuz uza qon yosh ila yozilasiz.
Navoiy hajrgʻa qoldi, qiling visolda shukr,
Jamoateki, sevar yoringiz bila bilasiz.

239

Navbahor ayyomi boʻlmish, men diyoru yorsiz,
Bulbul oʻlgʻondek xazon fasli gulu gulzorsiz.
Goh sarv uzra, gahi gul uzra bulbul nagʻmasoz,
Vahki, menmen gungu lol ul sarvi gulruxsorsiz.
Tong emastur, gar diyoru yorsiz ozurdamen,
Kim emas bulbul gulu gulzorsiz ozorsiz.
Ravza ashjori oʻtundur, gullari jonimgʻa oʻt,
Mumkin oʻlsa anda boʻlmogʻligʻ dame dildorsiz.
May chu berding, zulf ila band et meni, ey mugʻbacha,
Kim xush ermas mugʻ bila ichmak qadah zunnorsiz.
Topmaduq gulrang jome bexumor, ey bogʻbon,
Vahki, bu gulshan aro gul butmas ermish xorsnz.
Ahli zuhd ichra Navoiy topmadi maqsadqa yoʻl,
Vaqtingizni xush tutung, ey jam’kim, xummorsiz.

240

Oʻzga boʻldi yoru mehri menda boqiydur hanuz,
Notavon koʻnglumda ul oy ishtiyoqidur hanuz.
Garchi oʻzta yor istar xotirim, bordur valek
Jon anga manzil, koʻngul oning visoqidur hanuz.
Gʻayr ishqi koʻnglum evinda nechuk qilgʻay nuzul,
Kim xayoli maskani koʻzum ravoqidur hanuz.
Ishq ila may tarkin, ey nosih, ne nav’ aylay qabul,
Kim koʻngulga orzu ul turfa soqiydur hanuz.
Furqat oʻti dofi’i dogʻ oʻrtamakdur demakim,
Oʻrtagan jonim ul oy dogʻi firoqidur hanuz.
Charx yolgʻuz qilmadi Farhod qonin lolazor,
Lola qonin toʻkkuchi oning nifoqidur hanuz.
Ey Navoiy, garchi meni mehrsiz der erdi yor,
Oʻzga boʻldi yoru mehri menda boqiydur hanuz.

241

Koʻyung borida qilmon jannatgʻa guzar hargiz,
Qadding qoshida solmon toʻbigʻa nazar hargiz.
Oʻqungʻa koʻngul moyil, mujib nedur, ey qotil,
Kim oʻtganidin boʻlmas koʻnglumga xabar hargiz.
Bu jismi nizor ichra koʻnglumni gumon qilmang,
Shoxeki qurur, anda kim koʻrdi samar hargiz?
La’lingda malohatdin jon komidadur lazzat,
Bu ta’m qachon bergay tuz birla shakar hargiz?
Koʻngliga figʻonimdin rahm oʻlmasa, ey bulbul,
Gul gʻunchasigʻa bormu nolangdin asar hargiz?
Pil oʻlsa sening xasming, desangki zarar topmay,
Bir pashshagʻa olamda yetkurma zarar hargiz.
Maxlas tilasang gʻamdin dahr ichra Navoiydek,
Qoʻymagʻasen ilgingdin sogʻarni magar hargiz.

242

Zamone garchi yodim qilmas ul nomehribon hargiz,
Figʻonkim, yodi chiqmas xotirimdin bir zamon hargiz.
Oti ogʻzim aro mazkur, oʻlarmen, ohkim, boʻlmay
Otim ogʻzigʻa bir mazkur oʻlargʻa komron hargiz.
Koʻngul to vodiyi ishqigʻa tushti, qilmadi bir ham
Vatanni yod ul ovorayi bexonumon hargiz.
Labidinkim, koʻzum yoshi jahonni la’lgun qildi,
Bagʻir juzvidin ayru topmadi bir qatra qon hargiz.
Iti faryodini yoqmang mangakim, xoʻyidin umre
Ulugʻroq tinmadim, ne nav’ chekkaymen figʻon hargiz?
Yorib koʻksum, junun ta’vizidek jon pardasin ochma,
Ki fosh oʻlmaydur ul qonligʻ necha dogʻi nihon hargiz.
Gʻamu anduh ya’jujigʻa har devor saddedur,
Fano mayxonasidek topmaduq dorul-amon hargiz.
Bu damni tut gʻanimatkim, kelur damdin asar yoʻqtur
Ne damkim oʻtti, xud andin kishi topmas nishon hargiz.
Qiron qilding, Navoiy, nazm arokim iltifot etmas,
Soʻzungdin oʻzga soʻzga xusravi sohibqiron hargiz.

243

Xurram oʻldi bogʻu bir guldin ichimda gʻam hanuz,
Kuldi har yon gʻunchavu koʻnglum ishi motam hanuz.
Bulbul oʻldi gul harimi xirmanining mahrami,
Gul’uzorim koʻyida men telba nomahram hanuz.
Chiqti tuz har naxl uza bir ishqpechon yormashib,
Vahki, bir qad ishqidin jismimda pechu xam hanuz.
Ochti savdo daf’igʻa sunbul musalsal turrasin,
Ohkim, boʻynumda zanjiri junun mahkam hanuz.
Soqiyo, rahmiki tortib lola sogʻar dam-badam,
Lolagun sogʻargʻa men boʻlmay dame hamdam hanuz.
Faqr naxlidin guli maqsud uzmak istama,
Yetmay anda ohu ashkingdin havovu nam hanuz.
Bir soʻzin istab Navoiy oʻldi, vahkim, yetmamish
Huqqayi yoqutidin koʻnglumga ul marham hanuz.

244

Boʻldi shomu jongʻa ul oy hajridin qaygʻu hanuz,
Yetti subhu koʻzlarimga kirmamish uyqu hanuz.
Obi hayvoning gʻamidin toki za’fim boʻldi sa’b,
Bormamish bir qatra boʻgʻzum ichra, jono, su hanuz.
Javr oʻqin otting, vale biym erdi hijron tiygʻidin,
Yetti ul ham boshima koʻnglumdin oʻtmay bu hanuz.
Novaking umredurur koʻnglumda xandon boʻlgʻali,
Bor oning mufrit jununidan manga kulgu hanuz.
Sehr ila ul koʻz qilib zulfung kamandin ajdaho
Buzdi olam xalqinu bas aylamas jodu hanuz.
Shohidi maqsud aksi koʻngluma tushmas deding,
Gʻayr naqshidin magar pok ermas ul koʻzgu hanuz.
Dedi, boʻl foniy visolim istasang, boʻldum fano,
Ey Navoiy, soʻrki mundin ortugʻ istarmu hanuz?

245

Har necha koʻnglumni chok etsang, qilur ishqing sitez,
Ul sifatkim, oʻtni yorgʻon soyi boʻlur shu’la tez.
Sabr ila ishqim xusumat boshlab oʻrtarlar meni,
Oʻt boʻlur zoyanda, tosh etsa temur birla sitez.
Gʻam tuni rihlat sahobi jolasidur yo erur
Motamimgʻa charx anjum javharidin ashkrez.
Vasl aro ashkim qilur tugʻyon oʻshul yuz tobidin,
Yoz faslida quyosh tez oʻlsa, boʻlur seyl xez.
Sarvu gʻunchang jilvasi kuydurdi elni, ohkim,
Dahr aro toʻbiyu kavsar birla solding rustxez.
Koʻz uyidin ul pari ram qildi, mardum ashkidin
Boʻldi chun hamxona tardoman, erur avlo gurez.
Chun Navoiy vasl topti, emdi birdur, ey tabib,
Sharbatin gar zahr yoxud obi hayvon birla ez.

246

Boʻlmasa ul but qoshi mehrobim ichra jilvasoz,
Qiblagʻa, kofirmen, ar bosh indurub qilsam namoz.
Qon yoshimdin la’lgun kirpik bila aytur koʻzum
Orazing nazzorasin aylarda yuz til birla roz.
Qaddi vaslin istasam ra’noligʻ aylar noz ila,
Husn boʻstonida ul sarkash qad ermish sarvinoz.
Odamiyliqdin qochib, yettim junun oʻtin sochib,
Ey salomat ahli, aylang telba itdin ihtiroz.
Chehra och koʻnglumni desang kuyduray, hijronni qoʻy,
Oʻt ne hojat mum topsa mehr tobidin gudoz?
Rishtayi ashkin tutub tufrogʻ sori tortar fano,
Ul sababdin egma qad zohir qilur ahli niyoz.
Ey Navoiy, gʻayr naqshin pok yub jon lavhidin,
Yor uchun jon oʻynasang, ul lahza borsen pokboz.

247

Mehnat oʻtidin yoruqtur har taraf koshonamiz,
Boʻldi goʻyo ajdaho komi bizing vayronamiz.
Toyiri vasl uchti ashkim jolasidin vahm etib,
Qushqa, vahkim, ram berur toli’ yoʻqidin donamiz.
Ul charogʻi husn vayron kulbani yorutqali
Mehr sham’in yorutubtur har kuyuk parvonamiz.
Boʻldi oshiq aql ila hazl aylabon vola koʻngul,
Oʻtqa tushti oʻynay-oʻynay kul bila devonamiz.
El tilidin uyqu uchmishtur koʻzumdin goʻyiyo,
Kim erur baxt uyqusining boisi afsonamiz.
Oʻlturay bir may bila deb, tirguzursen, soqiyo,
Obi hayvon birla goʻyokim toʻlar paymonamiz.
Murshidekim, qilsa irshodu fano, billah, anga
Bu vujudi orazidin oʻzga yoʻq shukronamiz.
Koʻyida koʻnglum koʻngullar ichra koʻrdum, turfa koʻr,
Turfaroqkim, oshnoliq bermadi begonamiz.

248

Sarvqadlar agar biru gar oz,
Yuzdin ermas biri bizing bila tuz.
Gʻarazim ul sanamgʻa sajda durur,
Yer oʻpay deb qoshida qoʻysam yuz.
Yuzidin zulfigʻa koʻngul bormas,
Kimsa shabravligʻ aylamas kunduz.
Ne birov boʻlsa hamrahing toqat,
Ne tahammulki, kezgasen yolgʻuz.
Har koʻzum ul quyosh firoqi tuni
Bir falakcha ayon qilur yulduz.
Bormen, ey piri dayr, bas maxmur,
Karam ayla, karomate koʻrguz.
Qaddi hajrinda tortsang nola,
Rost ohangi, ey Navoiy, tuz.

249

Seyl un chektiyu savdo menda bepoyon hanuz,
Dasht sarsabz oʻldiyu men talba sargardon hanuz.
Gunbazin qildi imorat gʻunchaning yoz yomgʻuri,
Telba koʻnglum uyi savdo selidin vayron hanuz.
Har qurugʻ shox oʻldi dasht uzra sabodin hullapoʻsh,
Tinmagʻur jismim junun vodiysida uryon hanuz.
Tong nasimi birla nayson yomgʻuri ne sudkim,
Ohu ashkim dahr aro har dam solur toʻfon hanuz.
Yongʻil, ey Isodamim, husnung bahori haqqikim,
Bordurur muhlik jununumgʻa davo imkon hanuz.
Ne osigʻ, har oq gul oʻlsa marham uchun bir momuq
Chunki chiqmaydur yaramdin gʻunchadek paykon hanuz.
Dasht hayvoni qocharlar suhbatimdin ram qilib,
Aqli yoʻq nosih gumon aylar meni inson hanuz.
Kom yetkurmak gʻanimat angla hojat ahligʻa,
Ey gʻani, bu damki koming birladur davron hanuz.
Shayx man’ aylar junun har dam Navoiygʻa, koʻrung,
Kim bahor ayyomida gʻofildur ul nodon hanuz.

250

Ul pari koʻyida men devonani band aylangiz,
Band-bandim zulfi zanjirigʻa payvand aylangiz,
Xalq tarki ishq aylarga meni dilxastani,
Oʻlturub olam eliga mujibi pand aylangiz.
Telba koʻnglum topsangiz, ey yor koʻyi itlari,
Toʻsh-toʻshidan tishlabon parkand-parkand aylangiz.
Bodayi ishq asru mast etmish meni, ey doʻstlar,
Jomima afyun ezib har dam xiradmand aylangiz.
Yigʻlasam achchigʻ malul oʻlmoq nedur, ey xoʻblar,
Hazl uchun gohi boqib, siz ham shakarxand aylangiz.
Ishq bahrida duri vasl istasang, ey ahli dard,
Koʻnglunguz ul naqd yodi birla xursand aylangiz.
Qilsangiz tasvir Layli husnin ul oydek sizing,
Lek Majnunni Navoiy birla monand aylangiz.

251

Tufrogʻimdin, koshki, jisme murattab qilsangiz,
Bir it oʻlsa koʻyida ruhigʻa qolab qilsangiz.
Yetmagay chobuksuvorim gardigʻa, ey ahli ishq,
Mehrni rokib qilib, gardunni markab qilsangiz.
Bodanoʻshum bazmi gʻavgʻosidin, ey jonu koʻngul,
Sam’igʻa yetmas necha faryodu «yo rab» qilsangiz.
Olami ishq uzra bas loyiqdurur, ey dardu shavq,
Dudi ohimni sipehr, ashkimni kavkab qilsangiz.
Markabi na’lin mujallo qilgʻuchilar zeb uchun,
Orazimgʻa surtung ul damkim, muzahhab qilsangiz.
Gʻayri noʻsho-noʻsh azal soqiysidin kelmas xitob,
Bizni, bas, may jurmidin boʻlmas muxotab qilsangiz.
To Navoiy, qismat oʻlgʻon mayni ichmas chora yoʻq,
Doʻstlar, avlo bukim jomin labo-lab qilsangiz.

252

Yuzung firoqida har oh oʻtinki chektim tez,
Ul oʻt sharoralari boʻldi har taraf gulrez.
Qazo musavviri goʻyo hal etti la’liy rang,
Labing aqiqini aylar mahalda rangomez.
Labing malohati gʻavgʻo qoʻpordi olamdin,
Shakarni buyla kishi qayda koʻrdi shoʻrangez?
Itingki sherzabundur, anga topa olmon
Desam, koʻray ani boshimdin oʻzga dastovez.
Chu keldi xastaligʻim soʻrgʻali qadahnoʻshum,
Ketur piyolaki, oʻlsam ham aylamon parhez.
Desang zamona sitezini har zamon koʻrmay,
Zamonni xush tutu qilma zamona birla sitez.
Guli saboh yuzin koʻrmagaysen, ey bulbul,
Bu gulshan ichra Navoiydek oʻlmasang shabxez.

253

Onsiz oʻlmoq erur oʻlmoq jonsiz,
Boʻlayin jonsizu boʻlmay onsiz.
Qoshi bu chok koʻnguldin ayru
Filmasal yoye erur qurbonsiz.
Ohkim, dard yuzidin chiqmas,
Oʻq emas boʻlsa erur paykonsiz.
Ishq daryosigʻa, eykim, kirding,
Bilki, bu bahr erur poyonsiz.
Yorsiz koʻnglum erur oshufta,
Mulk oshub topar sultonsiz.
Suvu oʻt ichra siz, ey koʻzu koʻngul,
To ul oy orazigʻa hayronsiz.
Gar Navoiy chekar un hajr tuni,
Yoʻq ajab, tun emas it afgʻonsiz.

254

Yordin ayrilgʻali shaydo koʻngul, bexob koʻz,
Har zamon zohir qilur savdo koʻngul, xunob koʻz.
Koʻzu koʻnglum bahru bar sayr ettilar yor istabon,
Bu safarda toptilar yagʻmo koʻngul, gʻarqob koʻz.
Koʻzu koʻnglumdin biri koʻyub, birisin buzdi sel,
Yoʻqsa nevchun boʻldi nopaydo koʻngul, noyob koʻz?
Deb emish, hajrimda mendek koʻzu koʻnglin asrasun,
Voykim, yoʻqtur manga xoro koʻngul, qassob koʻz.
Vah, ne kun boʻlgʻayki, yetgay vaslingga koʻzu koʻngul,
Tortibon faryodu vovaylo koʻngul, yigʻlab koʻz.
Koʻrmayin deb koʻrdi koʻz, koʻrgach koʻngul qildi havo,
Boʻldi zor etgan meni rasvo koʻngul, qallob koʻz.
Doʻst koʻzla, xasmdin uzgil koʻngulkim, tushsa ish
Bermasu olmas emish a’lo koʻngul, ahbob koʻz.
Ey Navoiy, goʻyiyokim yor mehmon boʻlgʻusi,
Kim murattab aylamish ma’vo koʻngul, abvob koʻz,

255

Jilvamu qildi sarigʻ boʻrkin kiyib ul sarvinoz,
Yoki chekti shu’la axzar jism ila sham’i tiroz.
Kuysa majnun koʻnglum ul yuz lam’asidin, tong emon,
Ne uchunkim aylamas devona oʻtdin ihtiroz.
Ulki ermas ishqi poku sajda aylar koʻrsa husn,
Uyladurkim, aylagay fosiq tahoratsiz namoz.
Rozi ishqing derga paykoning erur koʻnglumga til,
Lol til birla qilur ermish takallum ahli roz.
Sekritib chiqti yana maydon sari ul turk mast,
To yana qaysi koʻngul mulkiga qilgʻay turktoz.
Ishq agar komildurur, oshiq qilur ma’shuqni,
Yoʻqsa, nevchun ayladi Mahmudqa qulluq Ayoz?
Har maqom ichraki boʻlsang ayru boʻlma yordin,
Ey Navoiy, hojat ermas qilmoq ohangi Hijoz.

256

Gʻam yuki qilmaydurur yolgʻuz meni mahzunni koʻj.
Ham bu yuk qilmish edi Farhod ila Majnunni koʻj.
Qildi chun Farhod ila Majnun qadin xam, ne ajab,
Yuz alarcha za’f ila gar qilsa bu mahzunni koʻj.
Yuk agar budur ne Farhodu, ne Majnunu, ne men,
Rost gar dersen, bu yuk aylabdurur gardunni koʻj.
Vah, ne yukdur buki gardun qomatin koʻj ayladi,
Oʻylakim «gardun»nung ostida koʻrarsen «nun»ni koʻj.
Yuzi mahtobida mushkin qrshi nevchun koʻj erur,
Oʻgʻriliq gar qilmadi ul hinduyi mavzunni koʻj.
Egrilikka shuhra boʻlmoq istamassen, aylama
Ahli isyon xizmatida qaddi beqonunni koʻj.
Gar Navoiy koʻj erur shah xizmatida, ne ajab,
Chunki qilmish qullugʻi Jamshidu Afridunni koʻj.

257

Dahr sudidin tama’ uzkim, ziyone besh emas,
Umrni tutqil gʻanimatkim zamone besh emas.
Uy bino aylab ajabdur elni mehmon aylamak,
Ulki bu uy ichra besh kun mehmone besh emas.
Qoʻy tavonoliq soʻzin, yod et ajal xorinki, pil
Pashshalar nishi qoshinda notavone besh emas.
Kir fano dayridakim, har shayxu yuz savdo anga,
Ulki otin xonaqah qoʻymish, doʻkone besh emas.
Eykim, oʻlmish xil’ating zarbaft, bori bilkim, ul
Ma’ni ahlin kuldururga za’farone besh emas.
Mehr toju charx taxting boʻlsa gʻofil boʻlmakim,
Mehr bemehru falak nomehribone besh emas.
Shahgʻa ish el fikrini qilmoqdur ulkim, zebkim,
Bir suruk qoʻydur raoyo, ul shubone besh emas.
Gar Navoiy istadi ovoraligʻ, ei ahli hush,
Gʻam yemang, devonayi bexonumone besh emas.
Avji davlat uzra boʻlsun doimo Bilqisi ahd,
Kim Zuhal qasrinda har tun posbone besh emas.

258

Ne ajab, gar nuql tuxmi gʻam qushin rom aylamas,
Mast chun bir dam ovuch qoqmoqdin orom aylamas,
Tun quyoshqa yovuy olmasdekdur ulkim, may sari
Tiyralik shaxsi azimat bir-iki gom aylamas.
Fikru gʻam qochmoqqa maydin istasang ravshan dalil,
Shayx yo zohid nedurkim boda oshom aylamas.
Ayni nozu shevadin kofir koʻzung, ey mugʻbacha,
Turfatul-ayni emaskim qasdi islom aylamas.
Jism aro paykonlaring suv qildi koʻnglum oh ila,
Bodayi shavqin, ajabkim, ichgali jom aylamas.
Voizo, aylab tama’ qon yutmagʻilkim, piri dayr
La’lidin oʻzga savol ahligʻa in’om aylamas.
Dema, ishq oʻynab Navoiy oqibat ne boʻlgʻusi?
Kim bu ish ogʻoz qilgʻon fikri anjom aylamas.

259

Kiyik charmi zaif egnimga majnunlugʻ nishoni bas,
Junun toshi sinuq boshim uza qush oshyoni bas.
Damingni asra, ey Isoki, ranjim daf’igʻa har kun,
Gʻizo ul oy qilichi zaxmining bir qatra qoni bas.
Senu hayvon suyi, ey Xizr, tutqil tarki jonimkim,
Manga yor ollida oʻlmak hayoti jovidoniy bas.
Shahu izzat saririkim, agar budur jahon johi,
Manga idbor koʻyida mazallat xokdoni bas.
Gʻaniyu koʻnglida pinhon diram fikriyu ishq oʻti
Mening koʻnglumda kuydurgon necha dogʻi nihoniy bas.
Sanga kavsar suyiyu lahni Dovudiyki, dayr ichra
Mugʻanniy nagʻmasi birla manga jomi mugʻoniy bas.
Havodis daf’igʻa shah koʻk hisori uzra gar chiqsun,
Ki faqr ahli uchun dayri fano dorul-amoni bas.
Figʻonkim, lutfu qahrigʻa tafovut yoʻqni ham anglab,
Fano ahligʻa javrin qilmadi bu dayri foniy bas.
Navoiydek oʻlar holimda demang huru jannatni,
Sizing barchaki bu ovoragʻa bir koʻrmak oni bas.

260

Nafis kiyguluk oʻlsa yalang tanimgʻa havas,
Hasir naqshi hasiri libos oʻrnigʻa bas.
Sirishk yoʻlini xas birla tuttilar, yoxud
Koʻzumni yoʻligʻa surtarda muncha toʻlmish xas.
Bir oʻt dimogʻima hajr urdikim, nafas andin
Chiqar samum oʻlub, ar xud boʻlay Masihnafas.
Azim aningdek erur ishq mahmilikim, anga
Qazo falakni ikki boʻlsa, boʻlgʻay ikki jaras.
Tanimgʻa choklar ochti, ne ayb, agar oʻlsam,
Ki ruh bulbulining loyiqi emas bu qafas.
Koʻngulki, kofiri ishq oʻldi, or erur zunnor,
Nedinki, mugʻbacha zulfin beliga qildi maras.
Fano havas qilu faqr et havo Navoiydek,
Vale havovu havas qilmagʻil havovu havas.

261

Dame ermaski, la’lingdin koʻngul yuz laxt qon ermas,
Dogʻi har laxt qon yoshim bila koʻzdin ravon ermas.
Yuzung mehri ichinda koʻz solib ogʻzingni koʻrmasmen,
Agarchi zarra xurshid ollida koʻzdin nihon ermas.
Ushalgʻon har soʻngak jismimda goʻyo ka’bataynedur,
Nihoniy dogʻi zoid nuqtasidurkim, ayon ermas.
Erur dardimgʻa taskin bu kecha, lekin toʻshuk koʻksum,
Ajab gar novaki koʻnglumga kirgandin nishon ermas.
Meni oʻlturgali gʻamzang oʻqi umredurur, lekin
Tirik la’ling xayoli birlamen, jismimda jon ermas.
Lahad kunjin vatan aylab minibtur umridin Majnun,
Ne boʻlsa, men kibi ovorayi bexonumon ermas.
Bu davr ichra qachon jomi farogʻe yetgay, ey soqiy,
Chu bir dam dardu mehnat zahri chekmakdin amon ermas.
Agarchi qon yutar bulbul, vale ne gʻam anga, chunkim
Navola gʻunchadin ayruvu guldin oʻzga xon ermas.
Navoiy oʻldi, gar parvona kuydi, bulbul un chekti,
Bular gar yaxshidurlar, ishq aro ul ham yamon ermas.

262

Sunbulin Layli ochibtur — yel abiroso emas,
Dogʻini Majnun qonatmish — lolayi humro emas.
Nastaran koʻzgusida bir sori men, bir sori yor
Chehra aksin koʻrguzubtur bir, guli ra’no emas,
Gulni oʻxshotqon uchun yorumgʻa goʻyo bogʻ aro
Muztarib koʻnglum qushidur, bulbuli shaydo emas.
Sunbul ustidin nasim esgach, nigorim turrasin
Yod qildimkim, dimogʻ oshuftadur, savdo emas.
Nargis oltun jomining ollida kofuriy harir
Pardayi jonimdurur, marhun qadahpolo emas.
Dema, afgʻonimda bulbul nolasidek yoʻq nishot,
Bu ham anduhzo emas, gar gul nishotafzo emas.
Gulni sarv uzra xayol ettim koʻngul boʻstonida,
Rost aytay, sarvi gulroʻyum kibi zebo emas.
Boʻlmangiz magʻruri husn, ey shoʻxlarkim, bogʻ aro
Siz kibi bilturgʻi gullardin biri paydo emas.
Manga gulrux soqiyu bulbulgʻa gul tutti qadah,
Mast erur ul ham, Navoiydek vale rasvo emas.

263

Demakim, noʻshi labidin quti jon qildim havas,
Obi hayvondin hayoti jovidon qildim havas.
La’li noʻshidin gar oʻlsam ham emastur aybkim,
Hazm eta olmas gʻizo men notavon qildim havas.
Tosh yebon, atfol gomi birla jon bersam, ne tong,
Kim pari vasligʻa joni komron qildim havas.
Ostoning istadim bosh qoʻysam, ermas aybkim,
Saltanat taxtin meni bexonumon qildim havas.
Har fatila zaxm arokim erdi, chektim jon aro,
Koʻngluma qoʻymoq necha dogʻi nihon qildim havas.
Zuhd ila yoʻl topmadim maqsadgʻa, may tut, piri dayr,
Kim oʻzumni emdi rasvoyi jahon qildim havas.
Ey Navoiy, togʻu vodiy tutmogʻim ayb etmakim,
Yoshurun dardim demak tortib figʻon qildim havas.

264

Bas nedur, koʻz gar xayoling xayligʻa manzil emas,
Har qaro bir oʻt yeri davrinda kirpik xoru xos.
Jannat ahligʻa erur har lahza koʻyung orzu,
Doʻzax ahli uylakim jannatni qilgʻaylar havas.
Novaking paykonini to chektilar, nolon koʻngul
Aylamas afgʻon koʻngulsizlikdin andogʻkim jaras.
Dema men majnungʻa, ey nosihki, bas qil ohni,
Kim manga ish ul pari ishqida boʻlmish ohu bas.
Za’fdin bexud koʻrub, ogʻzimgʻa ul yuz koʻzgusin
Qoʻysang ul dam urmagʻaymen, billah, ar oʻlsam nafas.
Dayri piri xizmatigʻa chekmayinmu belni chust,
Kim necha zunnordin tongmish belimga bir maras.
Soqiyo, davron agar budur, Navoiy har zamon
Jomigʻa behushdoru qotmogʻ aylar multamas.

265

Oh oʻqin jon ichra asrab, koʻnglum izhor aylamas,
Yoʻqsa bir dam bormukim, yuz jonni afgor aylamas.
Vah, ne yuzdur ulki, taqlidin qilib naqqoshi Chin
Cheksa yuz surat, birin yuzdin namudor aylamas.
Ishqdin chun munkir oʻlmish koʻnglum, oʻlturmak ne sud,
Hajr ila to oni qoʻrqutmassen, iqror aylamas.
Qoʻydung, ey aql, ochqali yuz pora koʻnglum zulfini,
Har biri bir rishtasin qondinki zunnor aylamas.
Jon fido qilgʻumdurur, la’ling qabul etsun desam,
Derki: «Ruhullah bu nav’ ishlarga begor aylamas».
Ne osigʻ, har zarragʻa ohim quyoshdek solsa oʻt,
Ul quyosh koʻngliga chunkim zarraye kor aylams.
Soqiyo, davr ichra ul yuz aksi koʻrguzgan qadah,
Fitna aylarkim, sipehru mehri sayyor aylamas.
Foniy oʻl, gar istar ersang vaslkim, qilmas nasib,
Kimni bir davlatgʻakim tengri sazovor aylamas.
Demangizkim, barxabar boʻl telba koʻnglungdin, chu ul
Qaydakim borsa Navoiyni xabardor aylamas.

266

Meni men istagan oʻz suhbatigʻa arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin koʻnglum pisand etmas.
Ne bahra topqamen ondinki, mendin istagay bahra,
Chu ulkim, bahraye ondin tilarmen, bahramand etmas.
Netay huru pari bazminki, qatlim yo hayotimgʻa
Ayon ul zahrchashm aylab, nihon bu noʻshxand etmas.
Kerakmas oy ila kun shaklikim, husnu malohatdin
Ichim ul chok-chok etmas, tanim bu band-band etmas.
Kerak oʻz chobuki qotilvashi Majnunshiorimkim,
Buzugʻ koʻnglumdin oʻzga yerda javloni samand etmas.
Koʻngul uz charx zolidin, firibin yemakim, oxir
Ajal sarrishtasidin oʻzga boʻynunggʻa kamand etmas.
Ul oy oʻtlugʻ yuzin ochsa, Navoiy, tegmasun koʻz teb,
Muhabbat tuxmidin oʻzga ul oʻt uzra sipand etmas.

267

Dam- badam la’ling xayolidin ichim qonmu emas?!
Qatra-qatra koʻz yoʻlidin yuzga gʻaltonmu emas?!
Gah oʻlub, gohi tirilsam, tong emas, vah, gʻamzasi
Qotil ermasturmu yo noʻshi labi jonmu emas?!
Ne ajab, ishq ofatidin chiqsa jon tan mulkidin,
Shahnayi zolimmu emas yo mulki vayronmu emas?!
Novaki zulm urmogʻingdin tonmagʻil, ey qoshi yo,
Tanda zaxm ermasmu yo koʻnglumda paykonmu emas?!
Telba koʻnglumni dema koʻp vola ermas ishq aro,
Shuhrayi ofoq yo rasvoyi davronmu emas?!
Dahr shoʻxigʻa koʻngul gar bermadim, ayb etmangiz,
Ishvasi chinmu zmas yo ahdi yolgʻonmu emas?!
Dasht aro koʻrsang Navoiyni emas Majnun, dema,
Toshmu urmas koʻksiga yo jismi uryonmu emas?!

268

Zulfidin ayru jununimgʻa desam tadbir emas,
Telba itga chora derkim qatl erur, zanjir emas.
Orazin koʻrsam, nedur deb soʻrma koʻnglum holatin,
Chehra tagʻyiridin angla hojati taqrir emas.
Har tun anjumdin mening holimgʻa gardun ashki bil,
Charx uza ohim buxori tafidin ta’sir emas.
Zulfi pechu tobigʻa borib kelur shaydo koʻngul,
Bovujudi tiyralik, koʻrgilki, koʻp dilgir emas.
Istasang qatlim chiqargʻil tiygʻu ihmol etmakim,
Ne desang mendin boʻyun sunmoqda xud taqsir emas.
Dayr aro usruk koʻrub, zohid meni ayb aylamish,
Bilmamish miskinki, hech ish xoriji taqdir emas.
Ul pari qilmish meni majnunu rasvo shahr aro,
Ey Navoiy, goʻsha tutkim, hojati tashhir emas.

269

Gar meningdur yor loʻli boʻlsa shoh etmon havas,
Naylay ul shahniki, har loʻligʻa boʻlgʻay hamnafas
Shikva qilmon gar jafodin boshima yogʻdursa tosh,
Toqatim yoʻq elga qilsa bargi gul urmoq havas.
Yordin har necha bedod oʻlsa aylarmen qabul,
Lek boʻlsa gʻayr birla multafit, maqbul emas.
Jonni qoʻymasmen chibindek la’li uzra rashkdin,
Ul shakar uzra chibin qilsam taxayyul — xol bas.
Bu baloni koʻrmasun oshiqki, qilgʻay iltimos
Vaslin oningkim, birov boʻlgʻay anga ham multamas.
Oʻz nigori mahmilidin qilmasun deb koʻz xato,
Ishq dashti ahligʻa har dam nido aylar jaras.
Ey Navoiy, ishq atvorida budur zulmkim,
Gul maqomi bazm oʻlub, bulbul yeri boʻlgʻay qafas.

270

Chok boʻlgʻon koʻngluma qilmoq iloj oson emas,
Gʻunchakim ochildi, butkarmak oni imkon emas.
Koʻnglum ichra gulbuni dard uzra har yon gʻunchadur,
Ey muolij, daf’igʻa sa’y etmakim, paykon emas.
Mehrim oʻtin hushu aqlu fahmu his yoshurmadi,
Mehri lomi’ toʻrt burqa’ keynidin pinhon emas.
Otashin la’ling gʻamidin koʻnglum erur pistaye,
Kim kuyubon chok oʻlubtur, gʻunchayi xandon emas.
Ishq ichinda, eyki, yuz muhlik balogʻa uchradim,
Bor sanga ming shukr vojib, gar gʻami hijron emas.
Zohido, man’ aylading koʻnglumga maydin, bilmading,—
Kim samandargʻa yolindin sud erur, nuqson emas.
Yengsa dayr ichra meni hayrat, ne tong, ey mugʻbacha,
Kimdurur bu korgah vaz’igʻakim hayron emas?
Dardi hajringdin Navoiy koʻksi uzra dogʻu na’l,
Tan harimigʻa ajab gar shamsavu devon emas.

271

Zihi kamol ila kavnayn naqshigʻa naqqosh,
Mukavvanot vujudin vujudung aylab fosh.
Vujudung ayladi mavjud ulusnikim, boʻlmas
Vujud zarragʻa mavjud boʻlmagʻuncha quyosh.
Sanga yetishmasa, tong yoʻq, bu aqli zulmoniy,
Ki mehr sham’igʻa parvona boʻlmadi xuffosh.
Qayu parigʻaki qilding yuzin quyosh, berding
Koʻngul jununi uchun anbarin hilol ila qosh.
Angaki, boʻldi junun ishq ichinda, yogʻdurdung
Xirad qushini uchurmoqqa tifllardin tosh.
Aningki, koʻnglida ishq axgarini yoshurdung,
Nihoniy oʻtin ulugʻ tinmogʻidin etting fosh.
Muhavviseki, maoshini aql ila tuzdung,
Fano yoʻlida ayading berurga aql maosh.
Hakimi qudrating ilkinda charx ila anjum
Muhaqqar uylaki xashxoshu donayi xashxosh.
Yoʻlungda oʻldi Navoyio boʻldi tufrogʻ ham,
Yopushsa erdi bu kuy itlari ayogʻigʻa kosh.

272

Jamoli yuzini chekkan tarozu oyu quyosh,
Magar bu birida nur erdi, ul birisida tosh.
Gar oyda tosh emas erdi, quyoshda nurindin
Qudurat ichra qolib oy, munavvar oʻldi quyosh.
Quyoshgʻa nurki yuqmish, hanuz erur ul nur,
Hanuz oy ichra hamul tosh erurki boʻlmish fosh.
Uruj aqshomi tegrangda oyu kavkablar,
Masih girdida andoqki bir necha xuffosh.
Yuzi tubon tushubon markabing izigʻa malak,
Yer uzra qursni qilgʻon kibi gadoy talosh.
Chu qurb Qofigʻa yetting, yetishmadi Jibril,
Ne nav’ hudhud simurgʻ ila boʻlur yoʻldosh?
Ayogʻigʻa chu maloyik boshin qoʻya olmas,
Navoyiyo, qoʻyakoʻr itlari ayogʻigʻa bosh.

273

Yozuqsiz, jurmsiz bedod etar fosh,
Manga ul surmasiz koʻz, voʻsmasiz qosh.
Figʻonkim, bu taraf boqmay oʻtarsen,
Nechakim koʻzlarim yummay toʻkar yosh,
Sirishkim seyli har yon uyla surdi,
Ki topmon koʻksuma urmoq uchun tosh.
Iliging oʻpgali ochmish ogʻizlar
Qilichingdin sarosar zaxmliq bosh.
Hamono qolmas oʻz holida rangi,
Sizarda suratingni koʻrsa naqqosh.
Bahodur naqdi din, ey dayr piri,
Karam qil mayki, borbiz asru qallosh.
Demish, kelsam Navoiy qatli aylay,
Kelib, ne koʻngli istar, aylagay kosh.

274

Meni sargashta jismin dogʻ ila qon lolazor etmish,
Quyun yoxud toʻkulgan lolazor ichra guzor etmish?
Tanimdin qon chiqorgʻon har taraf paykonlaring goʻyo
Erur yomgʻurki, tufrogʻdin chechaklar oshkor etmish.
Koʻngul birla soʻngak manqal aro oʻtu oʻtundektur,
Malomat toshlarin to charx tegramdin hisor etmish.
Yuzin may gul-gul etgandin xarosh ermas unum, balkim
Koʻngulda xor-xori nolam andomin figor etmish.
Labing jonimgʻa solgʻan shu’lalar ichra qazo goʻyo
Ulugʻroq la’ldin axgar, kichikrakdin sharor etmish.
Boʻla olsam ulusqa ul quyoshni koʻrgali moni’,
Ne gʻamdur, gar yoʻlida charx jismimni gʻubor etmish,
Halokim bilgay ulkim, bordur ul yangligʻ jafokori,
Ki tavrin husn beparvoligʻi oluftavor etmish.
Kabutar qasr burjida emas shah shastidin emin,
Xusho ul chugʻzkim, vayrona kunjin ixtiyor etmish.
Maof ermas qayon gom ursa rahrav noqayi jismi,
Nafas torin qazo chun burnigʻa oning mihor etmish.
Mugʻanniy nagʻmasi jon bersa bazm ahligʻa, tong yoʻqkim,
Navoiy rishtayi jonin eshib, changiga tor etmish.

275

Manga emdi sarz ila gul muddaosi qolmamish,
Sarv boʻylugʻ guljabinliklar havosi qolmamish.
Uyla tutmish mehnatu gʻam xayli koʻnglum kishvarin.
Kim nashot onda sigʻingʻucha fazosi qolmamish,
Men baliyat ichramen, el shod, goʻyo charxning
Emdi dard ahligʻa yetkuncha balosi qolmamish.
Yorkim qilmas jafovu javr ermas rahmdin,
Kim manga koʻrguzmagan javru jafosi qolmamish.
Baski har torin balo atfoli uzdilar chekib,
Vahki, uryon jism uza mehnat palosi qolmamish.
Gul chogʻi bogʻinggʻakim yoʻl bermading, ey bogʻbon,
Chinmudur day boʻlgʻali derlar safosi qolmamish.
Ey Navoiy, gar vafosi qolmamish oning sanga,
Gʻam yemakim, anga husnining vafosi qolmamish.

276

Koʻngulkim zarnishon paykonlaringdin notavon boʻlmish,
Magar bu bogʻ aro ul barglar birla xazon boʻlmish.
Guli ra’no kibi kogʻaz uza nomingnn yozmaymen,
Sarigʻ erdi yuzi, xunobi ashkim birla qon boʻlmish.
Yuzumni ashkmu yoʻllar qilibtur yo nazar payki —
Seni istarga koʻp har yon yugurmakdin nishon boʻlmish.
Quruq shoxedurur jismimki, koʻz davrida kirpikdin
Xayoling qushlarigʻa anda ikki oshyon boʻlmish.
Koʻzum xunob aro boʻlmish biaynix uylakim, koʻnglum
Qarosi qon aro koʻnglumdagi dogʻi nihon boʻlmish.
Sirishk ollida mujgon shoxi sanchib, bogʻlayin dermen
Yoʻlin bu selningkim, elga andin koʻp ziyon boʻlmish.
Yuzung hajrida, bilkim, qon yoshim oqmish, chaman ichra
Qachon koʻrsangki, har bir shox uza gul argʻuvon boʻlmish.
Murassa’ qilma chatring lojuvardiy atlasin, ey shah,
Gado ollidakim bu nav’ chatri osmon boʻlmish.
Navoiygʻa demang ul tifl ishqin asragʻil maxfiy,
Bu damkim holi shahr atfoli ichra doston boʻlmish.

277

Surohiy to mayi la’ling visolin orzu qilmish,
Ani bu mastliq devonayi joʻlidamoʻ qilmish.
Chibinlar shakkari la’lingda yoʻq jon qushlaridurkim,
Suv ichmaklikka hayvon chashmasi uzra gʻulu qilmish.
Adamdur ul ogʻizkim, xurdabini aql topmaydur
Vujudin garchi ul qatlim ishida guftugoʻ qilmish.
Gʻaming jon pardasin chok aylagach, gardun, ne yangligʻkim
Labing oritting aning rishtasi birla rufu qilmish.
Koʻngulkim, tashnayi la’li labingdur, vahki, suv etmas,
Anga garchi visoling va’dasi bagʻrimni su qilmish.
Labing yetgan qadah taryoqidin yetkurgil, ey soqiy,
Ki hajr achchigʻligʻi jomim aro mayni ogʻu qilmish.
Visoling noʻshi birla oʻzgalarga noʻshi jon boʻlkim,
Navoiy joni muhlik hajr neshi birla xoʻ qilmish.

278

Zarra-zarra jismim oʻrtadi gʻamingdin, ey quyosh,
Vahki, sendin boʻlmadi mehru vafo bir zarra fosh.
Har necha qilsam vafo, sendin vafodin yoʻq asar,
Tosh ekin bagʻringmu yoxud bogʻlading bagʻringgʻa tosh?
Koʻz yoshim durri yatimi qoʻydilar yoʻlingda yuz,
Vahki, rahming yoʻq ayoq ostinda koʻrub muncha bosh.
Gar kengash boshlar koʻngul saydini qurbon qilgʻali,
Qoshlaring yosi nedur kelturdilar bir yerga bosh?
Ey Navoiy, jongʻa ul koʻzdin ne yetkay gʻayri zaxm,
Oʻqu yo oldinda qoʻymish xossa ul mujgonu qosh.

279

Chiqti yorim kecha yoʻl azmin qilib ul bagʻri tosh,
Bas ajoyibdur qarongʻu kecha chiqmoqlik quyosh.
Gar quyoshgʻa el nazar qilsa koʻziga yosh toʻlar,
Ul quyosh borgʻach nazardin, koʻzlarimga toʻldi yosh.
Zaxmidin qon koʻp borurdin qoldi chok oʻlgʻon koʻngul
Zangdek afgʻon chekib xaylida boʻlgʻay erdi kosh.
Furqatingda yigʻlabon haqdin visoling istaram,
Gah socharmen boshgʻa tufrogʻ, gah qoʻyarmen yerga bosh.
Qatra qonlar gar tomar koʻksumga urgʻon toshdin,
Zaxmdindur demakim, qon yigʻlar ahvolimgʻa tosh.
Chun toʻsharlar oqibat ustunga xoro birla farsh,
Ne osigʻ, ostingda gar charx atlasidindur firosh.
Fosh etar mehrin Navoiyning sarigʻ ruxsorasi,
Subhdekkim, sorgʻorib ruxsori aylar mehr fosh.

280

Qatiq dardim zuloli ashk etar fosh,
Suzuk suv ichra qolmas yoshurun tosh.
Halokim vasl aro mingdin bir etting,
Ki bergay tengri bir yoshinggʻa ming yosh.
Demakka fitna ta’limin boʻlub xam,
Qulogʻing sori bosh eltibtur ul qosh.
Magar sochingni tiyding fitnadinkim,
Parishonhol ayogʻinggʻa qoʻyar bosh.
Yasar chogʻda labing rangini goʻyo
Ezibtur obi hayvon birla naqqosh.
Qadah, ey mugʻki, jon aylay nisoring,
Necha boʻlsam xarobot ichra qallosh.
Navoiy joni sensiz dardisardur,
Borurda oni ham olgʻay eding kosh.

281

Orazin koʻrdum nihon, ashk ayladi sirrimni fosh,
Yoshurun qolmas oʻgʻurluq uy arokim boʻlsa yosh.
Zulfi sarkashlik qilur har necha ul oy cheksa qad,
Soya garchi qisqarur doim biyik boʻlgʻach quyosh.
Har sari moʻ ul pari hijronida bir yoradur,
Baski atfoli junun boshim uza yogʻdurdi tosh.
Aylagil nolam xaroshidin hazar, ey siymbar,
Kim bu suhon birla nogah topmagʻay siyming xarosh.
Ka’badur koʻnglum uyi, aylang tavof, ey dardu ishq,
Anda mehrob oʻrnigʻa yer tutqali ul egma qosh.
Dahr bogʻi ichra chun bir gulga yoʻq boʻyi vafo,
Qilmagʻay erdi havo koʻnglum qushi ul gulga kosh.
Ey Navoiy dayr aro tutsa ayogʻ ul mugʻbacha,
Noʻsh etib olma ayogʻidin aning oʻlguncha bosh.

282

Chu bildi sham’kim, gʻam shomi koʻnglumni halok etmish,
Tanin ashk etmadi yoʻlkim, yaqo holimgʻa chok etmish.
Chamanda yoʻqki bulbul, zogʻ ham un cheksa za’f aylar,
Hazin koʻnglumni, koʻrkim, furqating ne dardnok etmish.
Koʻnguldin gʻayr yodi chiqti yetgach tiyrboroning,
Qudurat naqshidin yomgʻur suyi bu uyni pok etmish.
Quyun yangligʻ guzar koʻyiga qilmoq gar erur mumkin,
Gʻam ermas, vodiyi hijroni gar jismimni xok etmish.
Suv ichmay koʻngli zuhdumdin agar ketmish edi, soqiy,
Vuzu ibriqida maydur, toʻla kelsun, ne bok etmish.
Falak paykoni zulmi, vahki, teshmish xasta koʻnglumni,
Nechukkim tomchi bir yer uzra koʻp tomib, magʻok etmish.
Qadah tutkim, qizortay chehra, ey soqiyki, hijroning
Yuzumni asfar andoqkim xazoni bargi tok etmish.
Balodur nafs shirki faqr yoʻlida, xush ul foniy,
Ki bir rahravgʻa jismi tufrogʻin gardi shirok etmish,
Navoiyni dedingkim bir jafo birla halok aylay,
Vafo qil emdikim; bu orzu oni halok etmish.

283

Koʻz koʻtarmen ul quyoshdin gar koʻzum qilmoqqa resh,
Pashshalar yangligʻ havo uzra chekar har zarra nesh.
Telbalik bogʻi guli nilufari erkin bukim,
Ham koʻkardi xalq toshidin tanim, ham boʻldi resh.
Xushturur koʻnglumda zulfu qaddidin na’lu alif,
Kim bu qurbondek topilmas andoq oʻqu yogʻa kesh.
Beli tori hajridin jismim boʻlubtur tordek,
Ey falak, rahm et, bu ikki rishtani bir-birga esh.
Turfa koʻrkim, koʻngluma ishqing kirarga yoʻl boʻlur,
Nechakim, ishq imni tark etgil, debon koʻksumni tesh.
Istasang dayri fano tavfin, belingdin, ey faqih,
Qayd zunnorin uzub, zunnor qaydin dogʻi yesh.
Ta’n qilmangkim, Navoiy bekasu bekor erur,
Kim anga olamda oshiqliq ysh oʻlmish, ishq esh.

284

Ne xam qoshlardururkim, hayrati qaddimni yo qilmish,
Ne kirpiklar oʻqikim, roʻzgorimni qaro qilmish.
Ne pechu tobi hadsiz domi zulf erkinki, ochilgʻach,
Demay koʻnglum qushikim, uyla yuzni mubtalo qilmish.
Ne koʻzlardurki, olmish koʻz yumub-ochquncha koʻnglumni,
Qilib har goʻshada bemoru qismi yuz balo qilmish.
Ne oraz lolasidurkim, koʻngulni qon etib dardi,
Tugan qoʻygʻon bila daf’igʻa ul qonning davo qilmish.
Ne nozuk xoʻy erurkim, aylamish oʻtruda yuz dashnom,
Gadoyekim oning zulfu koʻzu qaddin duo qilmish.
Biravkim, jannatu doʻzax soʻzin sharh aylamish, goʻyo
Kinoyat vajhi birla vaslu hijronni ado qilmish.
Ajab koʻr ishq arokim, moʻr etarga ajdaholarni
Fusundin moʻrxatlar qaydi zulfin ajdaho qilmish.
Qazodindur manga ishq oʻynamoq, ey nosihi nodon,
Koʻrubsenmu kishi hargizki tagʻyiri qazo qilmish?
Navoiydek xalosim yoʻq edi ul gʻamza kufridin,
Xususan, zulfi zunnori dogʻn boʻynumgʻa toqilmish.

285

Orazin yopqach koʻzumdin sochilur har lahza yosh,
Uylakim paydo boʻlur yulduz, nihon boʻlgʻach quyosh.
Qut bir bodomu yerim goʻshayi mehrob edi,
Gʻorati din etti nogah bir baloliq koʻzu qosh.
Bu damodam ohim ifsho aylar ul oy ishqini,
Subhnung bot-bot dami andogʻki aylar mehr fosh.
Boʻsaye qilmas muruvvat, asru qattiqdur labing,
Desam ogʻzi ichra aytur: la’l ham bor nav’i tosh.
Novaking koʻnglumga kirgach, jon talashmoq bu ekin,
Kim qilur paykonini koʻnglum bila jonim talosh.
Umri jovid istasang fard oʻlki, boʻston Xizridur
Sarvkim, da’b ayladi ozodaliq birla maosh.
Koshi ollinda Navoiy bersa jon, ayb etmangiz,
Gar budur mehrob, bir-bir qoʻygʻusidur barcha bosh.

286

Sorigʻ gul demakim, chun sarvinozim bogʻ aro bormish,
Yuzin koʻrgach qizil gul za’f etib, ul nav’ sorgʻormish.
Koʻngul atrofida ochqon uchun hijron oʻqi yoʻllar,
Balo xaylini ishqing shahnasi ul sori boshqormish.
Gʻaming minnat qoʻyub jon oldi, vah, jonimgʻa yuz minnat.,
Ki xud bori tiriklik minnatidin jonni qutqormish.
Kaloming gavharidek topmamish, garchi sabo ilgi
Yaqosin gʻunchaning yirtib nechakim qoʻynin axtarmish.
Koʻngulni chok-chok etgach, yetishti oʻqi har yondin,
Oʻtun qoʻymoqqa goʻyokim bu oʻtning toʻsh-toʻshin yormish.
Nechakim qad chekar, sarkashlik aylar anbarin zulfi,
Agarchi kun biyik chiqqonda: doim soya qisqormish.
Ilik boʻgʻziga eltib, shisha toʻkmish qon yoshin mendek.
Magar soqiy ayogʻin oʻpkali oʻl dogʻi yolbormish.
Yugurma rizq uchun, ne yetsa haqdin anglakim, komil
Ne kelturgil demish, ne gʻaybdin yetganni qaytormish.
Firoqu zuhd daf’igʻa Navoiy ishq sahbosin
Magar toʻqquz tutub, toʻqquz falak jomini sipqormish.

287

Tuzmagay erdi qazo bu jismi vayronimni kosh,
Chunki tuzdi, solmagʻay erdi anga jonimni kosh..
Tan uyiga jonni solgʻach, qilmagʻay erdi muqim,
Ul uy ichra koʻngul otligʻ zori hayronimni kosh.
Boʻldi chun jonu koʻngil bori nazar sham’i bila,
Qilmagʻay erdi munavvar chashmi giryonimni kosh.
Chun adam sahrosidin keldim vujud ayvonigʻa,
Buzgʻay zrdi marg selobi ul ayvonimni kosh.
Chun tuzaldi jism uyi, qovgʻay edi ondin ravon
Yoʻq koʻngul — devonayi rasvoyi nodonimni kosh.
Chun ani ham qovmadi, koʻr etsa erdi tigʻ ila
Koʻz degan qon yosh ila oludadomonimni kosh.
Chun bu dogʻi boʻlmadi, qilmasa erdi jonima
Muncha zebovu malihu shoʻx jononimni kosh.
Chun bu yangligʻ boʻldi jonon qoʻysa erdi marhame
Gah-gahi koʻrgach koʻngulda dogʻi hijronimni kosh.
Ishq ichinda chora oʻlmakdur Navoiy dema, haq
Roʻzi etgay la’li jonbaxsh obi hayvonimni kosh.

288

Porsovash dilsitonim boʻlgʻan ermish bodanoʻsh,
To boshim boʻlgʻay ayogʻing boʻlgʻusi, ey mayfurush.
Ichganin koʻrgan zamon-oʻq mast boʻlgʻungdur, demang,
Kim eshitgan lahza mendin zoyil oʻlmish aqlu hush?
Bazmi vaslidin yiroq ogʻzimda xumdek muhr erur,
Tong emas, qonimgʻa maydek shavq oʻtidin tushsa joʻsh.
Jonu koʻnglum qon yutub afgʻon chekarlar hajridin,
Ishrat ahli may ichib bazmida qilgʻondek xurush,
Chok koʻnglak birla to usruk chiqibsen, ohkim,
Kisvatin mayxona rahni aylamish yuz xirqapoʻsh.
Subhidamul but sabuhiy bazmin ettim orzu,
Chiqmagʻil dayri fanodin deb nido qildi surush.
Ey Navoiy, qoru ermas boʻlsa yuz ming jon fido,
Gar qadahnoʻshum iki la’li mayidin tutsa qoʻsh.

289

Seni koʻrgach, der edim bir mehribonim bor emish,
Olloh-olloh, ne balo botil gumonim bor emish.
Orazing mohiyatu ogʻzing soʻzin sharh aylaram,
Vah, ne tab’i poku zehni xurdadonim bor emish.
Chok qil koʻksumni, ey badmehr, tokim bilgasen,
Tigʻi hajringdin ne nav’, ozurda jonim bor emish.
Ne hayot erdi, oʻlar holimdakim koʻrgach meni,
Noz ila dedi: hanuz ul notavonim bor emish?
Javhari ishqin olurgʻa xalq maxfiy naqdidek
Jon ichinda bir necha dogʻi nihonim bor emish.
Yuz gʻamim bor erdi, mugʻ koʻyiga kirgach boʻldi daf’,
Vahki, men gʻofil, ajab dorul-amonim bor emish.
Derki, yolqibmen Navoiy unidin, vah, yaxshidur,
Kim tiriklikdin nishon tek bir figʻonim bor emish.

290

Oshiq oʻldum, bilmadim yor oʻzgalarga yor emish,
Olloh-olloh, ishq aro mundoq balolar bor emish.
Qaddigʻa el mayli boʻlgʻondin koʻngul ozurdadur,
Ul alifdin zorlarning hosili ozor emish.
Elga novak urdi, men oʻldum, erur bas turfakim,
Jonim etkan resh el bagʻrigʻa kirgan xor emish.
Rishtakim muhlik yoram ogʻzini tikti, angladim,
Kim kafan jinsi qirogʻidin suvurgʻon tor emish.
Koʻyi devoridin ogʻriq tangʻa tushgan soyadek,
Seli gʻamdin emdi soya oʻrnigʻa devor emish.
Jongʻa taxvif ayladim tiygʻi halokidin oning,
Bilmadim, bu ishdin ul oʻlguncha minnatdor emish.
Ey Navoiy, xoʻblarni koʻrma osonligʻ bila,
Kim birovkim soldi koʻz, uzmak koʻngul dushvor emish.

291

Voʻsma birla qoshin ul mahvashki rangin aylamish,
Koʻzi jallodi qilichigʻa yashil qin aylamish.
Koʻnglum oʻtin demakim, tortar zabona zulfidin,
Kim ul af’i til chiqarmogʻligʻni oyin aylamish.
Sunbulung af’isidin zaxme yemish goʻyo tarogʻ,
Yoʻqsa, nevchun orazin boshdin-oyoq chin aylamish?
Titraguchdin qilmish ul kirpik yasoligʻa alam,
Vah, yana to ne koʻngul yagʻmosigʻa kin aylamish.
Uyladurkim ilgini hino uza qilmish nigor,
Ulki gulgun koʻnglak uzra toʻnin epkin aylamish.
Raz qizidin, soqiyo, bir dam meni shod aylakim,
Charx zoli gʻussasi koʻnglumni gʻamgin aylamish.
Gar Navoiygʻa Sulaymon mulkicha bordur, ne tong,
Buki Bilqisi zamon nazmini tahsin aylamish.

292

Ne abrashdurki, sekretmish yana maydongʻa ul mahvash,
Qizil, oq gul bila yeldin magar xalq oʻldi ul abrash.
Jahon maydonida to shoʻx chobuklar qilur javlon,
Kishi koʻrmaydur andoq abrash uzra ul sifat mahvash..
Emas abrash, sipehredur, shafaqdin koʻrguzub anjum,
Quyosh turki anga rokib, tong ermas, gar erur sarkash.
Nechuk oʻlmay ul abrash uzra ul mahvashni koʻrgachkim,
Hamul abrash erur sarkash, hamul mahvash erur sarxash.
Meni majnun yiqilsam koʻrgach-oʻq, hayrat yeri ermas,
Ki aqli kulga har soat erur nazzorasidin gʻash.
Parivash raxsh uza sarxush pari javlon qilur, netsun
Junun jomigʻa qilmay bodapolo ahli taqvo fash?
Quyun yangligʻ egarsa abrashin ul shoʻx, dam urmon
Navoiydek, nedinkim ushbu soʻz bor asru koʻp chirmash.

293

Ul sarv uzori guli serobdek ermish,
La’li labi gul uzra mayi nobdek ermish.
Koʻrdum qoshi aksini koʻngul kuzgusi ichra,
Bu qiblanamo, ul munga mehrobdek ermish.
Koʻrdum koʻngul ahzolini koʻksum toʻshugidin,
La’ling gʻamidin qatrayi xunobdek ermish.
Devona koʻngul qaydi junundin ne qutulsun,
Kim har xami zulfung anga qullobdek zrmish.
Husn anjumani ichra yuzin koʻrmamish erdim,
Anjum aro xurshidi jahontobdek ermish.
Tut faqr etagin, atlasi zarbaft soʻzin qoʻy,
Kim ul dogʻi tan hifzida moshobdek ermish.
Bir yoʻli Navoiyni yiroq solma nazardin,
Kim ul dogʻi bir kun sanga ahbobdek ermish.

294

Ne ajab, gar bor esam devonavashliq birla xash,
Kim koʻngul olgʻon pariroʻyum erur devonavash.
Man’ etarsiz hushi yoʻq koʻnglumga la’li bodasin,
Ayting, ey hush ahli, kelgaymu bu soʻz usrukka xash?
Sofi vasli boʻlmasa gar barcha zahri hajridur,
Soqiyo, bir jur’a tutkim, oldi jonimni atash.
Soldi koʻnglumni gʻami hijron gudozi ichra yor,
Goʻyiyokim ishq aro ul qalbda bor erdi gʻash.
Vah, ne yangligʻ sogʻ oʻlay men telba bu holatdakim,
Ul pari ham bordurur devonavash, ham jur’akash.
Shayx boshigʻa balo erkandurur dastorkim,
Ishq asrorin eshitmaklikka moni’ boʻldi fash.
Demakim, bir yaxshi soʻz birla Navoiy jonini
Olsam, ul boʻlgʻaymu rozi, yaxshi soʻzga ne kengash?

295

To koʻz bila koʻnglumni ul gʻamza maqom etmish,
Qonimni halol aylab, uyqumni harom etmish.
Sarv oʻlmadi bogʻ ichra ohim yeli birla xam,
Boq koʻz uchi birlankim, qaddinggʻa salom etmish.
Hayvon suyidur shudrun, Iso damidur salqin —
Boʻston sari jononim goʻyoki xirom etmish.
Hajr oʻqlari zaxmidin jismim bila ashkimni
Tutmoqqa balo saydin gʻam donavu dom etmish.
To oshiqu shaydomen qatlim qilur ul koʻzlar,
Majnungʻa kiyiklarni ishq ulfati rom etmish.
Ma’shuq qilur jilva, har kimki aning koʻnglin
Dard oʻti kuli birla ishq oyinafom etmish.
Iskandaru Jamliqdur ishqingda Navoiygʻa,
Kim raxshing izu na’lin koʻzgu bila jom etmish.

296

Borgʻoningdin jon talashmoq erdi men mahzungʻa ish,
Keldingu jonimni olding: ul borishgʻa — bu kelish.
Vasl oshiq jonidur, men jon taloshtim hajr aro,
Hajr borib, vasl yetgach, oʻlmak erur turfa ish.
Tigʻi to koʻksumni yordi nola qilmon za’fdin,
Rost andoqkim, qoʻyar afgʻonni chok oʻlgʻon qamish.
Qiymamish ul sarv gulgun toʻnki, tong ermas, bu rang,
Naxlkim koʻz bogʻida qon birla topti parvarish.
I’tidoledur havoyi ishq arokim xush kechar
Sovugʻ ohim birla yozu koʻnglum oʻti birla qish.
Jismim uzra bor yangi butgan koʻkumtul dogʻdek,
Soʻzi hajringdinki urdum gʻussadin har yerga nish.
Kishu sinjobini, tong yoʻq, kiysa muziy bozgun,
Kim chiqarmishtur kishilikdin ani sinjobu kish.
Tuz boʻl oʻqtek gar tilarsen avj, yokim egridur —
Davr har bir goʻshadin boʻgʻzigʻa solibtur kerish.
Ey Navoiy, har dam ul oy mehri ortar koʻngluma,
Garchi yillardurkim, ul tarki muhabbat aylamish.

297

Olur jonimni ishqu manga dam urmoq mahol oʻlmish
Birovdekkim, tili oning oʻlar holatda lol oʻlmish.
Erur har sori kesgan na’l yo raxshing izi, bilmon,
Tanim tufrogʻi to javlongahingda poymol oʻlmish.
Ichib qonimni ul koʻzkim qizarmish, notavonedur,
Ki ham bemorliqda may chekib, ruxsori ol oʻlmish.
Tanim to rishtayi zulfung xayoli birla chirmashti,
Biaynih rishtayi zulfunggʻa chirmashqon xayol oʻlmish.
Qoshing hajrida tishlar birlakim jismimni naqsh ettim,
Nazora aylakim, har biri bir mushkin hilol ermish.
Koʻngil bogʻida ohim oʻqlari qadding firoqidin
Bari gʻam bergali har qaysi bir ra’no nihol oʻlmish.
Fano koʻyiga kirkim, Jam ila jomi jahonbindur
Gadokim, jom anga bu dayr aro singʻon safol oʻlmish.
Sen uyqu ichrasen, xurshidi avji davlating tushdur,
Ham ushbu tushda ul xurshidgʻa doim zavol oʻlmish.
Yuzung koʻrgach Navoiy koʻngli ozdi, zulfdin band et,
Kim ul majnun bahori vasldin oshuftahol oʻlmish.

298

Dema, ne sud erur oʻlmoq fano harimigʻa xos,
Yana ne sud kerak oʻzlukungdin etsa xalos.
Avomdin, demakim, oʻzni qutqaray, er esang,
Oʻzungdin oʻzni qutulmoqqa jahd qilgʻil xos.
Koʻngul alil esa forigʻ emas xavotirdin,
Jarohat uzra yigʻilmoqdurur chibinga xos.
Ajab emastur, agar topti gavhari maqsud,
Birovki boʻldi fano ashki bahrida gʻavvos.
Ovuch qoqarmen oʻz ahvolima tahayyurdin,
Ramida koʻnglum erur bu usul ila raqqos.
Desang, bu yoʻlda oʻlay, nafsni burun oʻltur,
Ki ishq shar’ida goʻyo bu nav’ keldi qisos.
Rizo yoʻlida Navoiy borur qayon cheksang,
Chu ishq bogʻladi boʻynigʻa rishtayi ixlos.

299

Gulruxum yodi bila koʻnglum erur gulga haris,
Kim berur Yusuf isi qon aro yuz pora qamis.
Lutf vaqtida ul oy ollida eldur maxsus,
Vahki, bedod qilurda meni aylar taxsis.
Ey ajal, kelmak emish boshima ul umr, manga
Rahm qil, joning uchun berma zamone tanqis.
Boda koʻnglumni xalos ayladi davron gʻashidin,
Goʻyi ul oʻt bila bu qalbgʻa boʻldi taxlis.
Ishqim aylar seni qon toʻkkali har dam targʻib,
Husnung aylar meni jon bergali har dam tahris.
Band etibtur jadal ahli ishin ishkol, andoq,
Kim ne «Miftoh» anga sud qilur, ne «Talxis».
Vasl hirmoni Navoiygʻa emas hech ajab,
Chunki mahrum boʻlur har kishikim boʻlsa haris.

300

Jon yetib ogʻzimgʻa, topmon dardi hijrondin xalos,
Jonni hijrondin xalos et, yo meni jondin xalos.
Andoq ochti sunbulin gul uzra yelkim, boʻlmagʻay
Bir koʻngul olamda ul zulfi parishondin xalos.
Dema, nolangdin uchar har shom eldin uyqukim,
Tunning ul boshida el ermas bu afgʻondin xalos.
Garchi yer topting koʻngulda, vahm et ohu ashkdin,
Kim kirib vayrongʻa, boʻlmas kimsa toʻfondin xalos.
Yogʻsa majnun koʻnglum uzra shoʻxlar dardi, ne tong
Telba atfol ichra boʻlmas sangborondin xalos.
Istamas bir-birni sensiz jonu tan, tengri uchun,
Kim oni mundin xalos etgil, muni ondin xalos.
Hajr uyi ichra qobolmish yor hajridin koʻngul,
Vah, qachon boʻlgʻay bizing tutqun bu zindondin xalos?
Jom davridin xalos oʻlmoqni zinhor istama,
Eyki, boʻlmoq istading anduhi davrondin xalos.
Bandi zulfungdin Navoiyni xalos etgil desam,
Derki: boʻlmas, boʻlmagʻuncha hukm sultondin xalos.

301

Birovki amr xilofidin aylagach i’roz,
Agar ulus shahidur, yoʻq oning kibi murtoz.
Riyovu ujbu hasad daf’in et fano bilakim,
Ketar bu doru ila muncha muxtalif amroz.
Amalgʻa boqmaki, bebahri fazl erur yakson,
Fuzayl Barmakiy oʻlsun, vagar Fuzayl Ayoz.
Zamona ahlini bu korgoh aro bilgil,
Zurufkim toʻladur anda muxtalif agʻroz.
Haloki nafs vali nutqi, bilki, rishtayi kufr
Kesar ishiga Ali zulfiqoridur miqroz.
Zamona mushkungga kofur qotti, koʻz ochgʻil,
Ki chun koʻz ollidadur boʻlmas aylamak igʻmoz.
Savod jahlini yub, vaqt erurki uygʻonsang,
Ki umr shomigʻa subhi ajal keturdi bayoz.
Faqir yashurun ohigʻa boqmakim, oʻrtar
Jahonni, garchi erur bu choqin ishi iymoz.
Boʻlur oʻlukka Navoiy hadisi jon bersa,
Nedinki fayz eshigin bogʻlamaydurur fayyoz.

302

Ichib ul shoʻx gul-gul qildi la’li nob ila oraz.
Meni mahzun nechukkim dam-badam xunob ila oraz.
Magar simobi ashkim qilgʻali shiyagarfgun ul shoʻx
Qilur shingarfdin gulguna, yub simob ila oraz.
Ham ul kun mehri iqbolimni shomi gʻam nihon qildi
Kim ul gul qildi pinhon sunbuli serob ila oraz.
Quyoshning partavi birla agar ul yuzni teng tutsa,
Erur andoqki teng tutqay quyosh mahtob ila oraz.
Magar zanjiri zulfung shomida motam nasibimdur,
Ki har soat xarosh aylarmen ul qullob ila oraz.
Qoshi birla ishorat sajdaga aylar, xush ul davlat.
Ki aylab sajda ravshan qilsam ul mehrob ila oraz,
Dema, qish sovugʻ ohimdin dururkim, chekti ul chobuk
Qoshi ustida kish boʻrkin yopib sinjob ila oraz.
Talab yoʻlinda yuz qoʻy har eshik tufrogʻigʻa, ya’ni
Bir ahli dil ayogʻigʻa yetur har bob ila oraz.
Navoiy orazi sorgʻordi gʻam yeb bexud oʻlmogʻdin,
Nechuk sorgʻormagʻay bu nav’, xoʻrdu xob ila oraz?

303

Jongʻa zulfung tobidin ul la’li xandondur gʻaraz,
Xizrgʻa zulmat tilardin obi hayvondur gʻaraz.
Shavq oʻtigʻa urmasam suv, kuydurur koʻnglumni pok,
Istagandin oʻqlaring koʻnglumga paykondur gʻaraz.
Nevchun, ey hijron, azob aylarsen onsiz jonima,
Istagilkim, topshuray gar hud sanga jondur gʻaraz.
Yuz tugan qoʻydum emas qon’, keting, jonu koʻngul,
Goʻyiyo ul bevafogʻa dogʻi hijrondur gʻaraz.
Ol etar boʻlsang kafingni dahshat etma, tigʻ sur,
Men bihildurmen sanga gar bir ovuch qondur gʻaraz.
Olamu odam fidong oʻlsunki borsen, ey habib,
Sen gʻaraz insondin, ar olamdin insondur gʻaraz.
Ey Navoiy, voqif oʻl holinggʻakim, yor ollida
Bas farovondur gʻarazgoʻ, asru parrondur gʻaraz.

304

Ey sabo, jonim halokin ayla jononimgʻa arz,
Yoʻqki, jismi notavon ahvolin et jonimgʻa arz.
Oh dudin, ashk qonin, nola maddin aylagil
Zulfi sunbul, yuzi gul, sarvi xiromoiimgʻa arz.
Kufri zulfi dinu imonimni barbod aylabon,
Qilgʻanin jon qasdi etgʻil nomusulmonimgʻa arz.
Va’dayi vasligʻa yetmay oʻlganimni, ey rafiq,
Qilgʻasen har yerda koʻrsang ahdi yolgʻonimgʻa arz.
Oshiq oʻlturmakka chiqmish mast, vah, ishqim soʻzin,
Ey raqib, etsang ne ul beboki nodonimgʻa arz?!
Vasl shavqi gʻolibu men gungmenkim, aylamak
Hojat ermas koshifi asrori pinhonimgʻa arz,
Ey Navoiy, hajr zindonida jonning xavfi bor,
Qilgʻasen topsang mahal, albatta, sultonimgʻa arz.

305

Nafs qutto’ut-tariqn manzilidur bu rabot,
Naqdi din hifzigʻa qil oʻtguncha andin ehtiyot.
Manzil etsang bu rabot ichra iqomat qilmakim,
Har kun oʻzga karvon oromgohidur rabot.
Ne toʻsharsen taxti johing farshin oltun xisht ila,
Kim seningdek shohni koʻp oʻtkaribtur bu bisot.
Tavqi la’nat desalar boʻyninda tasbihin, ne tong,
Makru hiyla uzra shayx el birla qilsa ixtilot.
Zarq jomi birla vajd etgan erur ul tiflkim,
May debon rangin suvni qilgʻay ichib umda nishot.
Shayxi johil boʻlmoq oʻz asrori birla munbasit,
Gʻaflat ahli bang ila qilgʻon kibidur inbisot.
Faqr koʻyi itlaridin kimki kam koʻrdi oʻzin,
Topsang oni itlari silkida topqil inxirot.
Vaslgʻa yoʻl hajridin faqr oʻldi, koʻrgil, turfakim,
Birdin uchmogʻdur xijil, birdin tomugʻ, birdin sirot.
Ey Navoiy, ishq aro berabt agar sursam hadis,
Anda mazmun bil gʻaraz, maqsud koʻrma irtibot.

306

Yuzda xolingdurmu yo tahrir etar holatda xat
Tomdi qudrat kilkidin koʻn safhasigʻa bir nuqat?
Sabzayi xatting koʻzumni yorutur boqqan sayi,
Koʻp nazar qilea agarchi tiyra aylar koʻzni xat.
Oyni ruxsoring dedim goʻyo qarongʻu erdi tun,
Kim manga asru yiroqtin voqi’ oʻlmish bu gʻalat.
Jon arosigʻa kirar har dam xiromon qomating,
Garchi sokindur alifkim jongʻa boʻlmishdur vasat.
Turki anjum shomi hajrimni yorutmas, goʻyiyo
Novaki ohimdin oʻlmish tavsani gardun saqat.
Maskaning may oʻtidin, ey mugʻ, erur otashkada,
Anda bir oʻtlugʻ samandar may toʻla har sori bat.
Zohid oʻldum deb, Navoiy, ishqni tark etmakim,
Boʻlmasa ul shoʻr tuzsiz luqmadur zuhd faqat.

307

Tariqi ishqdin oʻlmish manga balo malhuz,
Nechukki faqr tilardin erur fano malhuz.
Agarchi dardsiz oʻlmas davo, valek mening
Bu dard istaganimdin emas davo malhuz.
Ayoqqa kirsa ne boʻshqay balo mugʻiloni,
Gar oʻlsa bodiyadin Ka’bayi safo malhuz?
Erur mulohazam ul oy rizosi ishq ichra,
Agarchi elga visol oʻldi ishq aro malhuz.
Firib berma manga intihodin, ey zohid,
Ki bordur ahli haqiqatqa ibtido malhuz.
Niyozing oʻlsa yetar dayr piridin qadahe?
Yoʻq ersa, bazmida ermas shahu gado malhuz.
May ichki, xalq gunohin yumoqqa abri karam
Yogʻar mahalda emas rindu porso malhuz.
Ajabki, fayz charogʻi ishiga solgʻay nur,
Biravki boʻlgʻay aning zuhdidin riyo malhuz.
Navoiy, emdi qadah sham’ini yorutqilkim,
Yorugʻlugʻ oʻlmadi taqvo bila mango malhuz.

308

Rishtayi diqqatdur kalomingda duri shahvor lafz,
Rishtagʻa durlar chekarsen chun topar takror lafz.
La’li jonbaxshing erur goʻyoki Ruhullohkim,
Sochilur jon har taraf qilgʻon soyi izhor lafz.
Goʻyiyo hayvon suyidin qatra sekrir har sori,
Chun takallum vaqti la’lingdin chiqar durbor lafz.
Gar oʻlukni tirgizur, vahkim, tirikni oʻlturur,
La’lidin qilgʻach ayon ul shoʻxi shirinkor lafz.
Dema, lafzinkim tili evrulmagondindur sinuq,
Kim topar tor ogʻzidin chiqquncha koʻp ozor lafz.
Sirri ishqimni tilarmen sharh qilmay anglasang,
Kim emas ishq oyatigʻa mahrami asror lafz.
Ey Navoiy, chun guhar beqadr erur shoh ollida,
Ne ajab, gar boʻlsa nazmingdin qoshida xor lafz.

309

Istasangkim, urgʻasen davrongʻa tigʻi inqito’,
Ul vido’ etguncha sen qilgʻil burunrogʻ alvido’.
Jon berib shirinu muhlik joh uchun ilgingda tigʻ,
Naz’ vaqti sharbati marg istab aylaysen nizo’.
Asrading katton kafan qilmoq uchun, ne sudkim,
Hashr bozorida beqiymatdurur mundogʻ mato’.
Maskaning oxir chu tufrogʻdur, ne oʻtkarmakdurur
Madfaning ayvonigʻa koʻk gunbazidin irtifo’?
Sandalogin uy yasab, eldin koʻrarsen sarzanish,
Kim bu yangligʻ koʻrdi sandalniki, yetkurgay sudo’.
Yer oʻparsen rizq uchun minnat yukidin xam boʻlub,
Tengri yoringkim, qilibsen xush namoze ixtiro’.
Dur qulogʻingda momuqdin bir chigitdur, el soʻzin
Bu momugʻ birla chigitdin. aylamassen istimo’.
Besha sherin gar zabun qilsang shijoatdin emas,
Nafs itin qilsang zabun, olamda yoʻq sendek shujo’.
Ey Navoiy, tengri asrorigʻa til mahram emas,
Chok koʻnglung ichra tutkim «jovazal-isnayni sho’».

310

Jismi vaslin qildim ul zulfi sumansodin tama’,
Ul kishi yangligʻki qilgʻay siym savdodin tama’.
La’lidin tirguzmak etsam orzu, ayb etmangiz,
Hech kim oʻlturmak etmaydur Masihodin tama’.
Zarrani xurshiddek ravshan tama’ qilgʻoncha bor
Zarracha mehr etmak ul xurshidsiymodin tama’.
Ne ajab, qilsam tama’ ovora koʻnglumdin junun,
Qilsa boʻlmas aql xud Majnuni shaydodin tama’.
Dogʻ etib koʻnglum tavaqqu’ qildi sabrim naqdini,
Ahli zulm andoqki qilgʻay naqd tamgʻodin tama’.
Gulxaniydin gulxan olotin tama’ qilmoqdurur
Har kishi dunyolik etsa ahli dunyodin tama’.
Sarvu guldin koʻp demang soʻzkim, Navoiy aylamish
Bargi guldin xil’at etgan sarvi ozodin tama’.

311

Koʻzumni toki qilmish ul saodat axtari matla’,
Qaro ermaski, shabgun hulladin qildim anga burqa’.
Labing hajrinda qon yoshim kelur bagʻrim shikofidin,
Ajab ermas, bu yangligʻ suvgʻa boʻlsa ul sifat manba’.
Qilurlar qasdi jonim kelturub bir-birga bosh, goʻyo
Bukim, paykonlaring koʻnglum harimin qildilar majma’.
Bu ne rokibduru markabki, javlon vaqti bor erdi
Quyoshdin poyada a’lo, falakdin poʻyada asra’.
Tushar koʻnglumga ul yuz partavi koʻksum shikofidin,
Bu ravzanni ne boʻlgʻay qilsang, ey tiygʻi qazo, avsa’?
Ne tong, har kun agar bar bersa yuz ofatki, anjumdin
Sochibtur yuz muxolif xosiyatligʻ tuxm bu mazra’.
Navoiy, voqif oʻl gardun arusidinki, qasdinggʻa
Ochar gah shomdin gisu, kiyar gah subhdin miqna’.

312

Uchuq ermaski chun boʻldi Suhayli orazing toli’,
Aqiqing rang olurda boʻldi xoling soyasi moni’.
Guliston demakim, chehrang ocharda sun’ naqqoshi
Qilurgʻa imtihon ul ranglarni ayladi zoyi’.
Chu har yon tigʻ solding ul hasaddin yigʻladim, lekin
Netaykim, barq oʻtigʻa boʻlmadi yomgʻur suyi dofi’.
Koʻngul qasdigʻa yolgʻuz tiyrboron qilmadi gʻamzang,
Balovu fitna xayli kelgali ham ayladi shori’.
Halokim qasdi voqi’ boʻlmadi ul gʻamzadin, lekin
Labingdin elni tirguzmak meni oʻlturdi fil-voqi’.
Chu tigʻingʻ kirdi qonimgʻa, farah boʻldi manga afzun,
Nechukkim maygʻa suv mamzuj oʻlur, koʻprak boʻlur nofi’.
Labinggʻa jon boʻlur moyil, tanim xoki rahing boʻlsa,
Ajab ermas, boʻlur chun barcha ashyo asligʻa roji’.
Nechuk zunnor bogʻlab, boda ichmay, ey musulmonlar,
Ki piri dayr har ishkim qilur, bormen anga tobi’.
Navoiy, faqr koʻyida taalluq kufri mahz ermish,
Bir olloh doʻstdin nekim nasibing boʻlsa, boʻl qoni’.

313

Dogʻ uza dogʻdin ovora koʻnguldur zoyi’,
Ne qaro kunlar anga voqi’ erur fil-voqi’.
Tiyrboroni gʻaming qildi zirih jismimni,
Gar zirih bu esa, koʻp boʻlgʻusi oʻqdin moni’.
Dahr oʻti dudi koʻzumdin, ne ajab, toʻksa sirishk,
Chunki tun xayligʻa anjum sipahidur tobi’.
La’li shavqida sarigʻ yuzni yoshurdi qon yosh,
Garchi safrogʻa chuchuk sharbat emastur dofi’.
Oʻrtanur ishqda parvona, chekar un bulbul,
Ul guli sham’jabin ishqida menmen jomi’.
El nasibi chu azal qismatida topti raqam,
Senki sa’y ortuq etarsen, nechuk oʻlgʻay nofi’?
Ul quyosh har kishiga toli’ erur, vah, netayin,
Kim Navoiygʻa bu sav’ oʻlmadi bir kun toli’.

314

Vasl shomi xilvatimda yoqsalar nogoh sham’,
Rashkdin jonimni gohi soya oʻrtar, goh sham’.
Ravshan etsa uyni dilxohim, yorutmang sham’kim,
Sham’i bazmim boʻldi chun dilxoh, zmas dilxoh sham'
Urmasun koʻp lof kuymakdinki, hijron tunlari
Tuzmas erdi ollida tortay desam bir oh sham’.
Rishtayi joni kuyar ashki oqib, jismi erib,
Tiyra shomim zulmidin boʻlmish magar ogoh sham’.
Ohim andogʻ tiyra qildi koʻknikim, tonmas oʻzin
Gar quyoshdin yoqmasa Isoyi Ruhulloh sham’.
Topsa hirmon zulmati ichra, ne tong, hayvon suyin,
Kimgakim boʻlsa hidoyat nuridin hamroh sham’.
Hajr aro iitar jamoling ham Navoiy, ham koʻngul,
Kim tilarlar tiyra tunlarda gadovu shoh sham’.

315

Koʻzum yoshardi ayon boʻlgʻach ul jamoli badi’,
Bulutgʻa suv toʻlar ul damki, boʻldi fasli rabi’.
Tasavvur etsa qoshing toqini koʻngul titrar,
Qazo muhaddisi baskim chekibtur oni rafi’.
Nediya ayogʻingga tushgay boshinggʻa evrulubon,
Quyosh gar oʻlmasa husn ichra kullugʻinggʻa muti’?
Qoshing xayoli toriqmay koʻngulda evrulsun,
Erur chu qiblanamo poʻyasigʻa huqqa vasi’.
Ne nav’ barqni deykim, buroq yangligʻ erur,
Ki ul batedurur muzlam, bu bir muniru sari’.
Navoiy, uyla tirilkim, uyatdin oʻlmagasen
Agar rasuli alayhis-salom boʻlsa shari’.
Qilurni ayla rioyat, demakta asra adab,
Ki doʻst fe’lingu qavlunggʻadur basiru sami’.

316

Yuziga koʻzguni har dam qilur ul siymbar moni’,
Oningdekkim quyosh ruxsorigʻa boʻlgʻay qamar moni’.
Jahonni ul quyoshning barqi husni oʻrtagay erdi,
Karonsiz bahri ashkim boʻlmasa erdi agar moni’.
Quruq jismimni gʻam tigʻidin asrar dard ila shavqung,
Yigʻochgʻa kesmagidin uylakim boʻlgʻay samar moni’.
Qabul etmon qanot egnim uza chiqsa ogʻir debkim,
Yoʻlungda barqdek poʻyamgʻa boʻlgʻay bolu par moii’.
Koʻzum uzra hubobi ashk ul yuz moni’i ermas,
Biaynih shishadekkim, boʻlmas aylarga nazar moni’.
Dema, zohidki, taqvogʻa ne moni’durki, bordurlar
Shabobu bodavu ishqu jununim sarbasar moni’.
Ogʻiz birla qadu qoshu koʻzung zuhdumgʻa qoʻymaslar,
Nechuk qilgʻay kishi bir ishki, boʻlgʻay bu qadar moni’.
Koʻngul baytul-harami tavfigʻa moni’ xavotirdur,
Safargʻa Ka’ba sori uylakim boʻlgʻay xatar moni’.
Navoiy jonigʻa tan gardi ermish moni’i maqsud,
Nasimi vasl esgach fayz bogʻidin, ketar moni’.

317

Mehrsizlikdin falak el qatlin aylar bedarigʻ,
Yoʻqsa, nevchun dafn etar har kun quyoshtin yerga tigʻ?
Tigʻi zulmi zaxmidin har shom andoqkim shafaq,
Qonu tufrogʻ ichradur xurshid orazlar, darigʻ.
Kun emas — olam koʻziga muntashir aylar bayoz,
Tun emas — balki chekar xurshid ruxsorigʻa migʻ.
Kimgakim doʻlobi charxidek solur sargashtalik,
Boʻgʻzin ip birla boʻgʻar qilgʻon soyi faryodu jigʻ.
Nechakim yigʻsa oʻzin shahrar boshi uzra chekar,
Chatrdek kimni sarafroz aylamaklik qilsa bigʻ.
Goʻyiyo oni sabab qildi musabbib ne uchun,
Kim anga bu qilmogʻidin ne ziyondur, ne osigʻ.
Ey Navoiy, bil nekim boʻlgʻanni haq taqdiridin,
Mundin oʻzga amrdin koʻnglungni uz, ilgingni yigʻ.

318

Zaif tanda gʻamingdin yuz eski boʻlgʻon dogʻ,
Har eski dogʻ bu shox uzra bir quruq yafrogʻ.
Yuzungga husn fuzun boʻldi nil ziynatidin,
Magarki yorudi gugird oʻtidin bu charogʻ.
Qading chu ayladi gulgasht sarvu gul demakim,
Boʻyaldi qongʻa aliflar kesib gʻamingdin bogʻ.
Sochi asirimen oʻpmay hanuz xolin, vah,
Ki donagʻa ogʻiz urmay nasibim oʻldi tuzogʻ.
Iloj silsilayi zulfidur jununumgʻa,
Agarchi mushk isidin emganur zaif dimogʻ.
Chu boʻlsa gʻayr hujumi, visol mumkin emas,
Shuhud oʻlurmu xavotirdin oʻlmagʻuncha farogʻ?
Agar Navoiy iki nargising xayoli bila
Marizu mast jahondin oʻtar, sen oʻlgʻil sogʻ.

319

Soqiyo, hajr ilgidin koʻp tortadurmen zorligʻ,
May keturkim, maslahat ermas manga hushyorligʻ.
Qasdim etmish hajru bexudlugʻ, ilojimdur dame
Maygʻa afyun yor qil gar aylar ersang yorligʻ.
Mast qil andoqki, bosh qoʻysam magar boʻlgʻay manga
Mahshar ahli «yo rab»u gʻavgʻosidin bedorligʻ.
Chorasi yo bodadur, yo vasl, yo marg, ey tabib,
Har kishikim topsa hijron dardidin bemorligʻ.
Bar yegil, yo rab, hayoting bogʻidin, ey mugʻbacha,
Kim mayi la’lingdin oʻldi bizga barxurdorligʻ.
Zuhd, ey soqiy, balo ermish, xush ul mayxorakim,
Ichgali jom, bale, boʻlmish ishi xammorligʻ.
Ey Navoiy, zuhddin yuz qatla ortuq, darbadar
Bir safol ilgimda mugʻ koʻyida qilsam zorligʻ.

320

Ul sumanbar qaddining sarvigʻa koʻnglum boʻldi bogʻ,
Otashin gullar anga har yangʻi qonligʻ toza dogʻ.
Hajr aro ul shoʻx koʻnglum sayd etar ruxsor ochib,
Tifl oqshom qush tutargʻa ravshan etgandek charogʻ.
Mujibi koʻp yigʻlamoq ermish nazar pok oʻlmogʻi,
Oʻylakim aylar suyin afzun oritmogʻdin bulogʻ.
Ey hakim, olgʻil surohiy loʻlasidin paxtakim,
Sud erur qonin necha daf’ etsa mahruri dimogʻ.
Gʻunchadin to chiqti gul mast oʻldi bulbul, soqiyo,
May surohidinki chiqmas dahrdin topmon farogʻ.
Xattu xoli nuqtasi yuz choklik koʻnglumdadur,
Bir qafasda turfadur, vah-vah koʻrung toʻtiyu zogʻ.
Necha rangin ashk toʻksam koʻzda ul yuz naqshidur,
Loladin oʻzga ne gul bergay suyi qon boʻlsa bogʻ?
Yogʻmagʻuncha ashk daf’ oʻlmas koʻnguldin tiyralik,
Bu yogʻinni goʻyiyo debtur qazo ul oʻtgʻa yogʻ.
Faqr yoʻlinda, Navoiy, aylagil boshtin qadam,
Kim bu yoʻl qat’ida bosh qoʻymoqdurur qoʻymoq ayogʻ.

321

Oʻrtanurmen kechalar hajringda andogʻkim charogʻ,
Ravshan aylay: rishta jismimdur, koʻngul oʻt, ashk yogʻ.
Sarvu sunbul loladek qad zulfu yuzung hajridin,
Ham alif, ham na’l kestim kuydurub yuz yerda dogʻ.
Bir koʻzumga sarv oʻqdur, bir koʻzumga gul tikan,
Sensizin, ey sarvi gulrux, nogah etsam gashti bogʻ.
Jonim ichra oʻtdurur bir la’li maygun hajridin
Soqiyo, navbat manga yetkach labolab tut ayogʻ.
Sogʻ boʻl, devona etsang meni bir may birlakim,
Hajrdin devonamen boʻldum esa bir lahza sogʻ.
Istaram ogʻzin qilib la’lu xatu xolini vasf,
Xalq gʻoyibdin nishonlar aytib etgandek soʻrogʻ.
Ul farogʻu bu taraddud etti maqsud oʻrtada,
Kim boʻlub maqsud oʻtti ham taraddud, ham farogʻ.
Roʻzgori tiyra, nutqi lol bulbuldur, magar
Kim xazon faslida aylarlar tasavvur oni zogʻ.
Telba deb qilma Navoiyning ilojin, ey hakim,
Kim mushavvashdur anga bir oʻzga savdodin dimogʻ.

322

Garchi men hajringdin oʻldum tortibon koʻp zorligʻ
Sen hayotingdin top, ey badmehr, barxoʻrdorligʻ.
Xasta erdim koʻzidin, yetkurdi la’lin ogʻzima,
Tengri jon berdi, vale chektim base bemorligʻ.
Kechayekim tushga kirgay ul saodat axtari,
Bermagil, yo rab, manga ul uyqudin bedorligʻ.
Bodayi la’ling bila mundoqki usrukmen mudom
Kofiri ishq oʻlgʻamen gar istasam hushyorligʻ.
Bu koʻngul ozoridin bezormen, bor muddate
Boʻlgʻali bizlar aro ozorligʻ bezorligʻ.
Ne bino erkin bukim, bir pora koshi tushmadi,
Qilgʻali bu toqni sun’ ilgi miynokorligʻ.
Ey Navoiy, suhbatingdin qilsa or ul koʻrkaboy,
Yoʻq ajab, nevchunki sensen bir gado, ul borligʻ.

323

Necha, ey oromi jon, hajringda beoromligʻ?
Doʻstluq koʻrguzki, haddin oshti dushmankomligʻ.
Shukr sham’in yoqmadim, vaslingda yetti dogʻi hajr,
Bizni bu oʻtlargʻa kuydurgan erur ul xomligʻ.
Ermas oʻtlugʻ koʻnglum ogʻzing naqshidur koʻksum aro,
Qatraye qon otashin gul gʻunchasi andomligʻ.
Deb emishsen tark etib ishqu muhabbat shevasin,
Ot chiqarmishsen saloh ichra, zihi badnomligʻ.
La’lidin za’f etti qon boʻlgʻon koʻngul, vah, bodadin,
Naf’ topmas ermish ulkim, qilsa xunoshomligʻ.
Koʻz yoshimdin nam topibdur, garchi me’mori qazo
Bogʻladi koʻk gunbazi toqini istehkomligʻ.
Zulfida dardu balo istar Navoiy ishqidin,
Ul gadodekkim tilar ahli karamdin shomligʻ.

324

Lolagun boʻlmish surarda qatlima dildor tiygʻ,
Yo balo togʻidin etmish lolazor izhor tiygʻ.
Gul tani yuz chok oʻlub bukim boʻyalmish qon aro,
Tegdi gʻamzang xaylidin goʻyo anga bisyor tiygʻ.
Tiygʻ tortib yetgach-oʻq qildim fidosi jonnikim,
Boʻlmagʻay ozurda qotil, koʻrmagay ozor tiygʻ.
Jism paykoning bila toʻldiyu jondur gʻamdakim,
Aylasang qatlimgʻa ragʻbat boʻlmagʻay nokor tiygʻ.
Ishq dashti sabzasidin lola har yon sochilur,
Ya’ni ul sahro giyohi bor; emish xunbor tiygʻ.
Olam ahli qatlini bir damda qilsang orzu,
Yuzdin ol burqa’ni, qindin chekmagil zinhor tiygʻ.
Nazm mulkin til chekib olmish Navoiy uylakim,
Cheksa olamni olur shohi falakmiqdor tiygʻ.

324

Lolagun boʻlmish surarda qatlima dildor tiygʻ,
Yo balo togʻidin etmish lolazor izhor tiygʻ.
Gul tani yuz chok oʻlub bukim boʻyalmish qon aro,
Tegdi gʻamzang xaylidin goʻyo anga bisyor tiygʻ.
Tiygʻ tortib yetgach-oʻq qildim fidosi jonnikim,
Boʻlmagʻay ozurda qotil, koʻrmagay ozor tiygʻ.
Jism paykoning bila toʻldiyu jondur gʻamdakim,
Aylasang qatlimgʻa ragʻbat boʻlmagʻay nokor tiygʻ.
Ishq dashti sabzasidin lola har yon sochilur,
Ya’ni ul sahro giyohi bor; emish xunbor tiygʻ.
Olam ahli qatlini bir damda qilsang orzu,
Yuzdin ol burqa’ni, qindin chekmagil zinhor tiygʻ.
Nazm mulkin til chekib olmish Navoiy uylakim,
Cheksa olamni olur shohi falakmiqdor tiygʻ.

325

Kechti umrum naqdi gʻaflat birla nodonliqda hayf,
Qolgʻani sarf oʻldi anduhu pushaymonliqda hayf.
Jongʻa bir dushvorliq qoʻymay riyozat ranjidin,
Sarf boʻldi naqdi avqonim tan osonliqda hayf.
Bogʻladim paymonadin paymon, figʻonkim, aqlu din
Boʻldi bu paymonavu ul sustpaymonliqda hayf.
Ey musulmonlar, bilingkim, boʻldi umrum hosili
Nafsi kofir fitnasidin nomusulmonliqda hayf.
Hayfkim, naf’ aylamas har nechakim tortib ilik,
Desam oʻz ahvolima bu nav’ hayronliqda hayf.
Andoq ish qilkim pushaymon boʻlmagʻaysenkim, emas
Hech osigʻ chun ish xato boʻldi pushaymonliqda hayf.
Har ne oʻtgan soʻzlarim chindur desam yolgʻon erur,
Chin budurkim, degamen umr oʻtti yolgʻonliqda hayf.
Chun yengilrakdur hisob oʻlgʻanda sultondin gado,
Hayfkim, boʻlgʻay gado avqoti sultonliqda hayf.
Ey Navoiy, voqif ermon xalqdin, bori mening
Kechti umrum naqdi gʻaflat birla nodonliqda hayf.

326

Zor jismimda qiliching zaxmi har yon muxtalif,
Har biridur sarv qadding hasratidan bir alif.
Tol niholida emas yafrogʻki, tillar tortibon
Sarvi ozodim uchun qulluqqa boʻlmish mu’tarif.
Qoshu koʻzin koʻrgali, ey shayx, bildim makri bor,
Har siyahpoʻsheki mehrob ichra boʻlgʻay mu’takif.
Anbarin xat birla ul yuz boʻldi olam ofati,
Olam ofatsiz emas xurshid boʻlgʻach munkasif.
Soqiyo, ul kavsaroso bodadin bir jur’a tut,
Kim meni hayrongʻa boʻlgʻay kashf sirri «lav kashif».
Bodayi maqsud jomi zavqidin tab’im yuzin,
Vah, necha doim xumori jahl tutqay munxasif.
Jon berib olsang, Navoiy, bok emas ul bodadin,
Kim erur «yuhyil-izom» avsofi birla muttasif.

327

Yoshurun gʻamzang qilichikim qilur koʻksum shikof,
Buki maxfiydur anga goʻyo qoshing boʻlmish gʻilof.
Qoshlaringni saf chekib, boʻlmish qarovul kirpiking,
Kim koʻngul sultoni xayligʻa emas hojat masof.
Mehr anglab oshiq oʻldum soʻngra yetsa koʻhi gʻam,
Ne ajab, ishq ibtidosi ayn erur, poyoni qof.
Qoshi koʻnglum oʻgʻrisidur, roki’ oʻlmogʻligʻ ne sud,
Oʻgʻri bosh solgʻoch quyi, bordur dalili e’tirof.
Ishq aro Majnunni der ba’zi fuzun, ba’zi meni,
Lek holim anglagʻon topmas mahalli ixtilof.
Boʻl safo ahligʻa hamdam yor vaslin istasang,
Aksini solgʻaymu soqiy boʻlmagʻuncha boda sof?
Ey Navoiy, gar qilur koʻnglung haram tavfini qasd,
Qat’ etib dashti fano, maqsad harimin qil tavof.

328

Koʻrguzur hijron hurufi nuqtasin jon har taraf,
Sensizin, ya’niki qoʻymish dogʻi hijron har taraf.
Uyla shiddat birla charx aylar meni sargashtakim,
Zaxmi koʻp tandin yogʻar shudrun kibi qon har taraf.
Koʻnglum ahvolin ne deykim, sharhigʻa bir tildurur
Koʻkragimdin bosh chiqorgʻon noʻgi paykon har taraf.
Tashladim yetgach junun xayli tuganlar taxtasin,
Ya’ni ochtim mehmonlar ollida xon har taraf.
Ashk qonliq koʻzni eltur uylakim suv lolani,
Boʻlmasa yoʻlinda moni’ xori mujgon har taraf.
Rashkdin koʻp muztaribroqdur koʻngul ul goʻydin,
Kim kesib boshimni ul shoʻx ursa chavgon har taraf.
Qoʻy basharni, gar maloyik domi ermas yaxshidur,
Ul pari mundoqki zulf etmish parishon har taraf.
Netib oʻlmaykim, yana ul shoʻx usruk otlanib,
Ter suyi markab yelidin soldi toʻfon har taraf.
Koʻr, ne hayratdur mangakim, bordurur bu dayr aro
Donishi yuz menchalar yuz mencha hayron har taraf.
Shishadek koʻnglumni paydo oʻrtadi soqiy, valek
Dogʻin etti may hubob ostida pinhon har taraf.
Ey Navoiy, navhayi hijron tuzub un chekma koʻp,
Kim kishi qolmas tirik, yetkach bu afgʻon har taraf.

329

Zihi azalda karam aylabon sanga xalloq,
Karimi xilqat ichinda makorimi axloq.
Sipehr gunbazini ravshan etgali zoting
Charogʻ oʻlub, anga qandil arsayi ofoq.
Nujum koʻzlarini gardi markabing yorutub,
Gahiki sekritibon charx sohatida Buroq.
Rikobing oʻpmagining orzusida oyu kun
Berib Buroqing uchun oʻzlariga shakli chanoq.
Hilolu mehru shihob oʻldi na’lu dogʻu alif,
Falakka boʻlgʻali sendin nasib dardi firoq.
Sipehr har kecha yuz ming koʻzin nedin yummas,
Visolinggʻa yana bir kecha gar emas mushtoq?
Maqomingga yetayin deb Navoiy aylar sayr,
Gahi Ajam bila Neruz, gahi Hijozu Iroq.

330

Charx dard ahligʻa har dam yogʻdurur gardi firoq,
Oʻt ravonroqkim, xatarliqdur base bu eski toq.
Ajdaredur halqa urgan pesa kavkab xolidin,
Juz ajal zahrini kom ondin topa olmas mazoq.
Hazm etar fikrin ham etgil, farz etay noning uchun
Qildi charx anjumni dona, oyu kunni yorgʻuchoq.
Charx bir uydur, ishi boʻlmoq oning har dam nigun,
Tushmagan yaxshi iqomat mundoq uyda ittifoq.
Sun’i bahridin hubobe anglagʻil koʻk gunbazin,
Siymgun gunbaz deb oʻlmas aylamak oni visoq.
Istasang besh kun farogʻat garchi kobin umr erur?
Dahr zolin toʻrt mazhab birla qilgʻil uch taloq.
El nifoqin koʻrmayin desang, Navoiy, foniy oʻl,
Chunki sen chiqsang arodin, kimga qilgʻaylar nifoq!

331

Yordin ayru koʻngul mulkedurur sultoni yoʻq,
Mulkkim sultoni yoʻq, jismedururkim joni yoʻq.
Jismdin jonsiz ne hosil, ey musulmonlarkim, ul
Bir qaro tufrogʻdekdurkim, gulu rayhoni yoʻq.
Bir qaro tufrogʻkim, yoʻqtur gulu rayhon anga,
Ul qarongʻu kechadekdurkim, mahi toboni yoʻq.
Ul qarongʻu kechakim yoʻqtur mahi tobon anga,
Zulmatedurkim, aning sarchashmayi hayvoni yoʻq.
Zulmatekim, chashmayi hayvoni oning boʻlmagʻay,
Doʻzaxedurkim, yonida ravzayi rizvoni yoʻq.
Doʻzaxekim, ravzayi rizvondin oʻlgʻay noumid,
Bir xumoredurki, anda mastliq imkoni yoʻq.
Ey Navoiy, bor anga mundogʻ uqubatlarki, bor
Hajrdin dardi, va lekin vasldin darmoni yoʻq.

332

Boʻlmas ermish dilrabolar ahdi mahkam, ey rafiq!
Gar kishi derkim: boʻlur, tutma musallam, ey rafiq!
Har parizodiyki oʻz majnunigʻa qilmish vafo,
Bilki, andindurki ermas nasli odam, ey rafiq!
Mohvashlar shomi zulfi ne uchun oshuftadur,
Tutmamish boʻlsa vafo ahligʻa motam, ey rafiq!
Dard muhlik umrning ta’jili koʻp joning uchun,
Kim Masihimni ketur boshimgʻa bir dam, ey rafiq?
Qoʻydi bir oʻtlugʻ fatila dogʻ uchun har gʻunchadin,
Charx to gulshanni koʻrdi sabzu xurram, ey rafiq!
Gul emas gulbunda qonligʻ dogʻ erurkim nastaran,
Tevruk aylabdur momuq qoʻymoqqa marham, ey rafiq!
Bu munaqqash saqf tarixi yozigʻliq chun emas,
Koʻp mashaqqat chektim, ammo qoldi mubham, ey rafiq!
Men xud ettim azm mugʻ koʻyida rasvo boʻlgʻali,
Soʻz eshit, albatta, mendin qolma sen ham, ey rafiq!
Ich, dogʻi tutqil Navoiygʻa qadahkim, arzimas
Bir nafas hushyor boʻlmonliqqa olam, ey rafiq!

333

Sanga ish javlon qilib maydonda chavgon oʻynamoq,
Manga ollingda boshimni goʻy etib, jon oʻynamoq.
Bosh ovuchlab egma qomat birla qolmon raxshidin,
To tilar chobuksuvorim koʻngli chavgon oʻynamoq.
Koʻz qarosin oʻynatur har lahza ul mardumni koʻr,
Hinduyedekkim erur oyini qalqon oʻynamoq.
Oʻynay-oʻynay aylading kufr ila dinimni badal,
Olloh-olloh, bumudur, ey nomusulmon, oʻynamoq?!
Javr toshin ul pari oʻynab otay der el sari,
Vahki, bu devonagʻa yetgach, ne imkon oʻynamoq?
Har sari ashkim yugurmak ne ajabkim, ayb emas,
Tiyra uydin chiqqach-oʻq yoshlargʻa har yon oʻynamoq.
Charx oʻyun birla olur din naqdin eldin, voqif oʻl,
Bu musha’bid birla boʻlmas ahli irfon oʻynamoq.
Va’da koʻp qilding Navonygʻa va lekin oʻynabon,
Muncha boʻlgʻay el bila, ey ahdi yolgʻon, oʻynamoq.

334

Ey, kalomi jonfizoying naqdi jondin yaxshiroq,
La’li jonbaxshing hayoti jovidondin yaxshiroq.
Garchi hajringdin yomon holatdamen, lekin manga
Kimki ondin yaxshiroq yoʻq, sensen ondin yaxshiroq.
Xalq tarki ishqing aylarga biravni qatl uchun
Gar tilarsen, topmogʻung men notavondin yaxshiroq.
Ishq sahrosida yod etma vatandin, ey xirad,
Kim bu nav’ ovoraliq yuz xonumondin yaxshiroq.
Istasang, ey ishq, Majnun oʻrnigʻa sargashtaye,
Bilki, topqung yoʻq bu rasvoyi jahondin yaxshiroq.
Dayr aro yaxshi-yamon ollida bosh qoʻysam, ne tong,
Kimki yoʻq andin yamonroq, men yamondin yaxshiroq.
Ey Navoiy, xurdayi nazminggʻa isloh istasang,
Kimsa qilmas oni shohi xurdadondin yaxshiroq.

335

Ohkim, gʻam tiygʻidin koʻksumni qildi chok ishq,
Dudi ohimdin koʻzumni ayladi gʻamnok ishq.
Dard kirmak birla jon chiqmoqqa gar yoʻl qilmadi,
Ne uchun gʻam tiygʻidin koʻksumni qildi chok ishq?
Ul pari koʻyidakim har lahza yuz ming bosh borur,
Sudrabon eltur meni devonani bebok ishq.
Koʻzuma har dam yorugʻroqdur yuzungnung koʻzgusi,
Xosiyat mundoq emish har kimda boʻlsa pok ishq.
Oshiq oʻldi xasta jon koʻrgach ul otashporani,
Olloh-olloh, barq ila oʻynaydurur xoshok ishq.
Ishq vodiysigʻa kirgan yonki, andin har quyun,
Kim chiqar sargashtayedurkim qilibdur xok ishq.
Ey Navoiy, oshiqekim sen kibi istar farogʻ,
Gar erur Majnunki, ul qilmaydurur idrok ishq.

336

Vah, necha jismimni gʻamdin notavon etgay firoq,
Notavon jismimgʻa har dam qasdi jon etgay firoq.
Jismim aylab notavon, jonimgʻa qasd aylab nihon,
Qasd qilgʻon jonni rasvoyi, jahon etgay firoq.
Jonni rasvo aylagandin soʻng qanoat qilmayin,
Yuz gʻamu anduh xadangiga nishon etgay firoq.
Emdikim anduhu mehnat oʻqigʻa qildi nishon,
Har jarohat uzra yuz dogʻi nihon etgay firoq.
Ey koʻngul, solma oʻzungni dard ila, mardona boʻl,
Bizni, shoyadkim, bu yangligʻ imtihon etgay firoq?
Vaslidin dam urmayin qilsoq firoq ila basar,
Shoyad oʻzin bizga bir kun mehribon etgay firoq.
Kuydi jonim vaslida el rashkidin, to yetti hajr,
Vasl munglugʻ jonima oʻt soldi, to netgay firoq?
Doʻstdin istar rizo zinhor oni koʻrmakin,
Vasl qilgʻay komron yo notavon etgay firoq.
Ich, Navoiy, may bagʻir qonidinu bexud yiqil,
Necha vasl ummididin bagʻringni qon etgay firoq?

337

Qon yoshim sorigʻ yuz uzra oshkor etti firoq,
Za’faronzorimni gʻamdin lolazor etti firoq.
To firoq uyiga kirdim, vahki, ashkimdin edi,
Garchi yuz gavhar ayogʻimgʻa nisor etti firoq.
Dam-badam ohim chekarga sabr ila toqatni aql
Ixtiyor etti, vale beixtiyor etti firoq.
Jon taloshur elni marg andoqki aylar muztarib,
Lablaring istar koʻngulni beqaror etti firoq.
Deb eduk ishq anduhidin har dam afgʻon qilmoli,
Vahki, bu da’voda bizni sharmisor etti firoq.
Ket, farahkim, gʻamni mehnat toshin olib koʻngluma
Yuz tuman mismor birla ustuvor etti firoq.
Ey Navoiy, vasl aro boʻlgʻayki boqib koʻrgamen
Dogʻlarnikim, koʻngulga yodgor etti firoq.
Demangiz netti firoq oxirki boʻldung dushmani,
Man’i vasli xusravi Jam iqtidor etti firoq.

338

Junun toshin xarobot ichra har dam koʻksuma urmoq
Erur taqviyu donish butlarin tosh birla sindurmoq.
Quyoshkim zarra qoʻzgʻab kirsa vayronimgʻa hajringda,
Koʻzumga kul sovurmoq bil ani koʻnglumga oʻt urmoq.
Chu piri dayr taqvo xirqasin kuydur dedi, gar xud
Aning har toridur jon rishtasi, boʻlmas boqib turmoq.
Labing hajrinda xokiy tan aro koʻnglumni hibs ettim,
Nechukkim jonsiz elni rasm erur tufroqqa topshurmoq.
Dema, ul dilrabogʻa ne uchun koʻnglungni oldurdung?
Oʻz erki birla ne mumkin kishi oʻz koʻnglin oldurmoq?
Agar ohimdin aylab jilva yogʻdurdi jafo toshin,
Ne tong, gulbun sabo tahrikidin gulbargi yogʻdurmoq.
Binafsha solxoʻrd eldekki bosh soldi quyi, goʻyo
Yaqin anglab xazoni umr anga da’b oʻldi qaygʻurmoq.
Qadah ichmak yozuq deb asru mardud etmagil, ey shayx,
Bu qism ersa azaldin, bejihatdur bizni yozgʻurmoq.
Qarogʻlardin poʻlak, jon rishtasidin chillavor etmish,
Qoshing yosin Navoiy qasdigʻa gar istasang qurmoq.

339

Koʻnglum boʻlur gʻaming tuni har lahza qaygʻuluq,
Chun shom boʻldi, har nafas ortar qarongʻuluq.
Ul koʻzki olam ahlidin olmishdur uyquni,
Baxtim kibi, ne ayb, agar boʻlsa uyquluq.
Sabru qaroru hushni olmogʻligʻing nedur,
Ey jonlar ofati, sanga jonimdur olgʻuluq.
Dashti firoq ichra tirik yoʻq chu vahshu tayr,
Goʻyo yeli samumu giyohidur ogʻuluq.
Mugʻ dayri azmidin meni man’ etma, ey rafiq,
Bu yoʻl erur chu ahli malomatqa borgʻuluq.
Oydin falakni ilmas ekan koʻzga piri dayr,
Kim bu erur haqiru janobi oning uluq.
To gʻamdadur Navoiy, anga dahr tiyradur,
Shod anglamas ulusni birav boʻlsa qaygʻuluq.

340

Yor chun istarki, boʻlgʻaymen mudom ondin yiroq,
Ul jihatdin barcha vasl istar, meni mahzun firoq.
Yaxshilargʻa bas yomondur holkim, yor ollida
Tengdurur yaxshi-yomon, balkim yomonroq yaxshiroq.
Shah yonin farzin kibi kajlar maqom etmish, ne tong,
Rostravlar arsadin gar chiqsalar ruhdek qiroq.
Toza har yon dogʻ emas jismimda ul yuz ishqidin,
Kim bu kavkablargʻa boʻlmish ul quyoshdin ixtiroq.
Bu yiroqliqdin yaqindur oʻlgamen, vah, yorning
Istabon royin boʻlubturmen yaqinliqdin yiroq.
Mahjabinlardin siyahdilliq ne tongkim, oyning
Botinin koʻrsang qarodur, gar koʻrunur zohir oq.
Koʻp Hijoz ohangi tuzma, yor ila boʻl barcha vaqt,
Ey Navoiy, gar Ajam boʻlsun maqoming, gar Iroq.

341

Chiqsa jonim, ayb qilma, jismi bemorimgʻa boq,
Kuysa jismim, hayrat etma, nolayi zorimgʻa boq.
Hajr dashtining guli gar lola boʻlsa, seli qon,
Qilmagʻil, ey gul, taajjub, chashmi xunborimgʻa boq.
Eyki, koʻrmaysen quruq shoxe bezalgan gul bila,
Hajr toshidin sarosar jismi afgorimgʻa boq.
Zulfin ochti ul sanam, ey shayx, bovar qilmasang,
Kim asiri kufrmen, but birla zunnorimgʻa boq.
Yer bila teng qildi xokiy tan uyin ashkim suyi,
Ishq selidin yiqilgʻon eski devorimgʻa boq.
Qilmasang tavbamni sindurgʻonni bovar, ey faqih,
Xirqayi chokimni koʻr, oshufta dastorimgʻa boq.
Bosh koʻtarmay maydin, ektim jurm tuxmi barcha umr,
Ey Navoiy, umr etib zoyi’, saru korimgʻa boq.

342

Demangiz, ahbobkim, qilmasmusen bas yigʻlamoq?
Kim manga tengri nasib etmish tuganmas yigʻlamoq.
Asray olmon oʻzni, ashkim tutti dashtu togʻni,
Nechakim Farhodu Majnun dedilar bas yigʻlamoq.
Mastu oshiqmen, dogʻi koʻnglumda ayrilgʻon kishim,
Ey musulmonlar, ne tong, men zori bekas yigʻlamoq?
Tong emas, jismim oqizurgʻuncha koʻz gar toʻkti ashk,
Ne ajab, abri bahoriy oqqucha xas yigʻlamoq?
Tiyra hajring shomida gar jon talashmoq tonggʻacha,
Boshima sham’u surohiy nedurur, bas yigʻlamoq.
Dahr bogʻidin vafosizligʻ agar fahm etmadi,
Nega shabnam ashkidin fan qildi nargis yigʻlamoq?
Ey Navoiy, toqini men dogʻi ashkimdin yiqay,
Chun manga qism etti bu charxi muqarnas yigʻlamoq.

343

Gʻamim koʻp — ayta olmasmen, ne tong, koʻnglum halok oʻlmoq,
Ichimda yuz kilich, ne ayb, koʻksum chok-chok oʻlmoq.
Oʻlar deb shod oʻlur koʻp koʻrsa dardim muddai bilmas,
Ki ishq ichra hayotim boisidur dardnok oʻlmoq.
Agarchi husn ichinda sencha pok oʻlmoq emas mumkin,
Ashk ham, koʻrki, ishq ichra boʻlurmu mencha pok oʻlmoq?
Agar zahr ichsam ilgingdin taajjub qilma, ey soqiy,
Ki boʻlmish mastu oshiq shevasi bevahmu bok oʻlmoq.
Chu men bir jom uchun dehqon asirimen, ajab ermas,
Libosim tok bargi, rishta bel bogʻlarga tok oʻlmoq.
Jahondin silkinib chiqqan etak topib yopishmogʻligʻ
Muyassar boʻlsa ne ishdur, talab yoʻlinda xok oʻlmoq.
Navoiy koʻksida ishq etmas oʻlsa dafn gʻam naqdin,
Uyulub toza dogʻi har taraf nedur magʻok oʻlmoq?

344

Zihi sekribon charx uzra rahnavarding,
Nazar topmayin toʻtiyoliqqa garding.
Koʻrunub kavokib rayohini shabnam,
Chu koʻk gulshanigʻa yetib toza varding.
Uchub yetti doʻzax oʻti, chunki ummat
Gunohin tilarda chiqib ohi sarding.
Izingdin quyosh chehra yorutmagʻondin,
Qilib za’faron kun uzorini zarding.
Rayohin aro sarvi ozod yangligʻ
Koʻrunub rusul xaylida zoti farding.
Rusul soʻrmadi lomakon ura markab,
Sen erding bu maydondakim ot chiqarding.
Navoiy, nabi na’tidin jam’ qilgʻil
Parishon esa xotiri harzagarding.

345

Boʻlur gahiki gʻamim shu’shasin ayon qilsang,
Shararni shu’la uza nuqtalar gumon qilsang.
Koʻzum yoruq talar ersang, yoshurma xolingni,
Ki koʻr oʻlur koʻz agar nuqtasin nihon qilsang.
Xadangi ohim ila, ey falak, xato qilmay,
Qarongʻu tunda ne kavkabnikim nishon qilsang.
Iloj qilmaki, botroq kuyarga ansab erur,
Tanim xasin necha hajringda notavon qilsang.
Koʻz ichra halqa urubtur sirishk, oʻlur, ey ishq,
Koʻzum qarosini ul yoshlar ichra xon qilsang.
Chu javrung oʻrtadi parvonani, ne sud, ey sham’,
Kesib sochingni, azosi uchun figʻon qilsang?
Koʻzungni koʻngluma andoqki mezbon qilding,
Yuzungni koʻzuma ham kosh mehmon qilsang.
Bu bogʻ gullari bargida topmas, ey bulbul,
Dimogʻi mehr isi yuz qatla imtihon qilsang.
Navoiy, aylagasen vasl kishvarini vatan,
Fano yoʻligʻa kirib, tarki xonumon qilsang.

346

Qaro-qaro mija xanjarlarin ititmak ishing,
Hayot naxlini kesgan qiyo-qiyo boqishing.
Ishing bu erdiki, jonimni olgʻasen, tanni
Ki sudratursen eshiktin, gar tugandi ishing.
Zuloli Xizr labing, ul zulol qatralari
Ki jola boʻldi uzoring bahori ichra tishing.
Ne gʻunchasen, koʻngul, oxirki yelu suv yeriga
Boʻlubtur ohu bagʻir qoni birla parvarishing.
Koʻzumga qoʻydi qadam, vah, oʻtar xayol aylab,
Olay desa ayogʻ, ey koʻz qarolari, yopishing.
Erur chu dahr buzuq gulxan, ushbu avlokim:
Buzugʻda kechsa yozing, gulxan ichra oʻtsa qishing.
Navoiy, istama eldin junun ilojinkim,
Bu telbalik aro yoʻq ul paridin oʻzga kishing.

347

Ishva aylab elga, ohimdin tavahhum qilmading,
Tishlabon la’lingni, jonimgʻa tarahhum qilmading.
La’ling ichra durlaring shavqida sargʻardi yuzum,
Ohkim, bu za’farondin bir tabassum qilmading.
Orzu qildim hadising, aylading qatlimgʻa hukm,
Ul dogʻi erdi ishoratkim takallum qilmading.
Elga jon bermak sanga dushvor kelsa, tong emas,
Senki to jon olmading, eldin tana’um qilmading.
Ey koʻngul, oldinki avval dud erur, andin sung oʻt,
Ishq aro Farhodu Majnungʻa taqaddum qilmading.
Ey qazo hukmigʻa ojiz, bu sifat mahkum oʻlub,
Faqr atvorida hech ish juz tahakkum qilmading.
Tushgali ul guldin, ey bulbul, Navoiydek yiroq,
Gʻayri dilkash lahnu jonparvar tarannum qilmading.

348

Kulmading, to koʻzlarimni kavkabafshon qilmading,
Toʻkmading qonimni, to bagʻrim toʻla qon qilmading.
Tifldekkim gʻuncha ochqay, qilmading, ey bagʻri tosh,
Xotiringni jam’, to koʻnglum parishon qilmading.
Elga aytur zahra yoʻq, vah, iuqsa, qay bir turktoz
Ayladingkim, yuz koʻngul mulkini vayron qilmading.
To quyoshdek jilva qilding, qoʻymading bir zarrakim,
Ofarinish ichra ruxsoringgʻa hayron qilmading.
Yuz balo toshini ishq atfolidin yogʻdurmading,
To junun torojidin jismimni uryon qilmading.
Ey falak, qaysi quyosh yuzlukni bir kun charx uza
Jilvagar qildingki, oqshom yerga pinhon qilmading?
Demakim, qoʻydum Navoiy jonigʻa dogʻi ajal,
Shukr bori mubtaloyi dogʻi hijrok qilmading.

349

Vah, nedur maydonda har yon azmi javlon aylamak,
Bizga yetgach oʻzga yon ohangi maydon aylamak.
Zulfdin chavgon chekib el boshini goʻy etgali,
Koʻz yoshimni goʻydek har sori gʻalton aylamak.
Qon aro jismim boʻyab, dersenki, ishqim tarkin et,
Bu ekin olamda kofirni musulmon aylamak?!
Tan gʻuborinda yoshurdum dogʻi ishqinkim, emas
Ayb muflisdin diram tufroqqa pinhon aylamak.
Koʻkda gar anjum emas ohim oʻqining yorasi,
Shomlar nedur shafaqdin koʻnglagin qon aylamak?
Charx sidq ahli gʻamin istarki boʻlmish subh ishi
Ashkdin kavkab sochib, choki giribon aylamak.
Gar Navoiy jismini ishq istamas toshdin figor,
Bas, nedur oni junun koʻyida uryon aylamak?!

350

Bu ne husnu noz erurkim, intihosi yoʻq aning,
Bir nafas yoʻqkim, koʻngulda yuz balosi yoʻq aning.
Xoli hijronida tim-tim yerga tomgʻon qon yoshim,
Har biri bir lolayedurkim, qarosi yoʻq aning.
Koʻnglum andoq toʻldi qon birlaki, chiqmas nolasi,
Boda toʻlgʻon jom yangligʻkim, sadosi yoʻq aning.
Zohir etti xasta koʻnglum yorasi ogʻzida qon,
Kim bagʻir xunobidin ayru gʻizosi yoʻq aning.
Qullugʻung dogʻin qoʻyub, koʻnglumni gʻamdin sotqun ol,
Kim bu naqdi qalbdin ortuq bahosi yoʻq aning.
Ganji ishratdur arusi dahr vasli, ohkim,
Anbarin zulfidin oʻzga ajdahosi yoʻq aning.
Hajr oʻqi zaxmin Navoiy bogʻlamish boshtin-ayoq,
Yoʻq esa, jismin yopar chogʻliq libosi yoʻq aning?

351

Toza dogʻ atrofida jismimda tim-tim qon koʻrung,
Dardu gʻam togʻida, vah-vah, lolayi nu’mon koʻrung.
Nafy qilgʻonlar quruq jismim haloku za’fini,
Tangʻa koʻnglumdin tiralgʻon har taraf paykon koʻrung.
Xalq yigʻlab tufrogʻim boshida yuz hasrat bila,
Oʻqlarin har yon tanim omochida xandon koʻrung.
Gʻam tuni yummas koʻzum davrinda kirpik xaylini
Saf chekib, koʻznung qarorgʻon holigʻa hayron koʻrung.
Ishqin etganlar havas, iynak bu tuhmatdin meni,
Bogʻlatib boʻynum fano bozorida, uryon koʻrung.
Charx bahri qa’rini qilgʻon tamanno zarravor,
Mehr gʻavvosin bu ishqim ichra sargardon koʻrung.
Oʻqlaridindur Navoiy jismi mehnat gulbuni,
Gullar iynak toza qonligʻ dogʻidin har yon koʻrung.

352

Gar jafo qil, gar vafokim, dilsitonim sen mening,
Gar meni oʻltur, agar tirguzki, jonim sen mennng.
Xoh ra’no qad bila borgʻil yonimdin jilvagar,
Xoh kel qoshimgʻakim, sarviravonim sen mening.
Koʻnglum ichra sensenu ishqing, ne dey holim senga?
Chun bu yangligʻ mahrami rozi nihonim sen mening.
Jilva aylab har zamon, afgʻonu ohim qilma ayb,
Ham sen-oʻq chun boisi ohu figʻonim sen mening.
La’lidin bir-ikki soʻz mazkur qil, ey xasta jon,
Bori bu bir-ikki damkim mehmonim sen mening.
Telbalardin garchi rad qilding meni, lek anglagʻil,
Kim pari ruxsoralardin tanlagʻonim sen mening.
Oʻldi mehringdin Navoiy, bevafo debsen ani,
Ertaki nozukmizoji badgumonim sen mening.

353

Mutribo, gʻam bazmida to navha ohang aylading,
Za’fligʻ jismimni toru qomatim chang aylading.
Boʻldi boʻstoni uzoring bodadin afruxta,
Mayni goʻyo boʻstonafroʻz ila rang aylading.
Chok etib el koʻnglin, etting gʻunchadek koʻnglum girih,
Ochting el koʻnglin, agarchi bizni diltang aylading.
Buki tashbih etting, ey koʻz, xoki poyin surmagʻa,
Bilki, javharni qaro tufrogʻqa hamsang aylading.
Ishq sirri mahmilin koʻk pili chekmas, ey qazo,
Gar hilolidin gajak, xurshididin rang aylading.
Ne qatiq vodiy ekin, yo rab, sanga, ey ishqkim,
Aqli sarkash tavsanin qoʻygʻach qadam lang aylading.
Qil Navoiyii vujudi nangidin, yo rab, xalos,
Chun vujudin barcha olam ahligʻa nang aylading.

354

Orazing subhidin el ayshini jovid aylading,
Subhi vaslingdin mening shomimni navmid aylading.
La’li serobin tila, qoʻy Isovu hayvon suyin,
Ey koʻngulkim, orzuyi umri jozid aylading.
Qoshu yuzi aksi koʻk jomigʻa tushgach, ey qazo,
Bu birin qilding hilol, ud birni xurshid aylading.
Ey mugʻanniy, Zuhrasidin koʻkni qilgʻung munfail,
Senki har ter qatrasin bir turfa Nohid aylading.
Ey koʻngul, oxir qilichi xattigʻa qoʻydum boʻyun,
Vahki, sayfi hirzini boʻynumgʻa ta’vid aylading.
Vasl sarkash qaddidin qilding tamanno, ey koʻngul,
Ul «alif»kim «ya’s» arodur, naxli ummid aylading.
Itlari singʻon safoli ichra chekting durdi shavq,
Ey Navoiy, oni jom, oʻzungni Jamshid aylading.

355

Orazing guldur, gul uzra sabzayi tar kokulung,
Olloh-olloh, gul yuzun qilmish muanbar kokulung,
Qomatingdur sham’u ruxsoringdur oning shu’lasi.
Shu’laning dudidur, ey shoʻxi sitamgar, kokulung.
Ochqaningda nega har tori arodur yuz girih,
Gar koʻngullar nakd qilmaydur sarosar kokulung?
Ne ajab, husn ahlining sultoni boʻlsang, xossakim,
Mushkdin qoʻydi quyosh boshigʻa afsar kokulung.
Sunbuledurkim, sarosar chirmashibtur sarv ila,
Naxli qadding birlakim boʻlmish barobar kokulung.
Istasangkim, boʻlmagʻay oshuftazu darham, degil,
Qilmasun bizki parishonholu abtar kokulung.
Gar Navoiygʻa dimogʻ oshufta boʻlsa, tong emas,
Chun separ har dam yuzung oʻtigʻa anbar kokulung.

356

Ishq aro vasling tilab, hajringda boʻldum dardnok.
Xasta yangligʻkim xayot ummididin boʻlgʻay xalok.
Yoʻq ajab, gar ul quyosh navhanggʻa boqmas, ey koʻngul,
Oʻtqa ne gʻam, garchi kuygan nola aylar dardnok?!
Tikkanin yetgach ochar paykoni koʻksum chokining,
Ul kalid oʻlmish, ajal darvozasi goʻyo bu chok.
Aylar erduk pok ishq oʻtigʻa kuymak orzu,
Shukrlillah, oqibat kuydurdi ishqing bizni pok.
Soldi may ul hur shavqin koʻngluma, ey bogʻbon,
Berding oʻxshar parvarish kavsar ziloli birla tok.
Ishq aro doʻzaxdin, ey zohid, meni qoʻrqutmakim,
Hajr oʻtin koʻrgan samandargʻa sharardin qayda bok?!
To taning avji hayot ustidadur sen xok boʻl,
Istasangkim avj tutqaysen taning boʻlgʻanda xok.
Ey Navoiy, shomi gʻamdin ayru yoʻqtur subhi vasl,
Oq erur, lekin qarortur har neni rang etsa zok.

357

Ishqim ortar xatti zohir boʻlgʻali jononaning,
Sham’ dudi shu’lasin afzun qilur parvonaning.
Har dam ashkim kelturur yuz ta’n majnun koʻngluma,
Jismi yoshlardin hamisha tosh erur devonaning.
Orazingning naqshidin butxonadur koʻnglum uyi,
Ishq boʻlmish barhaman ichinda ul butxonaning.
Shomi hajrim sharhi elni behud etsa, ne ajab,
Uyqu kelturmakdurur xosiyati afsonaning.
Suvdurur bagʻrimki, paykoni koʻnguldin chekti bosh,
Nam havoda sabza chiqqandek uchidin donaning.
Yiqmadi koʻk gunbazin yogʻib havodis yomgʻuri,
Kim suzar erkin chiqib tomini bu koshonaning?
Oʻqlaring chok ettilar har yon Navoiy koʻnglini,
Oʻoʻllar etgandek yogʻin devorini vayronaning.

358

Quyundek vasl dashtidin gar, ey Layli, meni surdung,
Degach sargashta Majnunum, boshimni koʻkka yetkurdung.
Sotarlar dasht uza men telbani kim tutsa hindu deb,
Tanimni hajr dudu shu’lasigʻa baski kuydurdung.
Tegib tufroqqa andin sekragan toshlar halok etti,
Necha boshimgʻa qalqon tutqung, ar gʻam toshi yogʻdurdung.
Hazin koʻnglum qushining parlari churkandi ul kunkim
Buzugʻ tan oshyonin shu’layi hajringgʻa kuydurdung.
Netib naxli umidimdin guli vasl orzu aylay?
Ki hajring ilgidin oni qoʻngarding, yoʻqki sindurdung.
Boshimgʻa keldi gʻam tiygʻi, balo toshi, ajal zaxmi,
Koʻr, ey hijroni zolimkim, nelar boshimgʻa kelturdung.
Yasa, ey dayr piri, bodakim, kelgum kaforatgʻa,
Eshittimkim, meni aylabdurur deb tavba, yozgʻurdung,
Bu gulshan gullarining chun vafosi yoʻqtur, ey bulbul,
Ne ochilgʻay tutaykim, sen figʻoning koʻktin oshurdung.
Navoiy, yoʻl yiroq, maqsud nopaydo, qadam urgʻil,
Ki qolding karvondin, gar tinargʻa bir nafas turdung.

359

Kelgusn ul sarvi siyminbar guli serobdek,
Kim tanimda har zamon titrar koʻngul siymobdek.
Vah, ne yangligʻ axtari Sa’d erdikim, qilgʻach tulu’
Tun kecha koʻzum yorutti mehri olamtobdek.
Quchqamen belin kamar zanjir ila deb boʻldi xam
Notavon jismim mutallo alagon qullobdek.
Sajda ul chobuksuvor ollida andin aylaram,
Kim ayogʻi uzra naqshe koʻrmisham mehrobdek.
Aql sarrofi labin ranginu nozik soʻz bila
Topti gulgun rishta oʻtkargan aqiqi nobdek.
Silk etak zarrishta birla gul toʻqulgʻon jinsdin,
Kim emas tori chu boʻlgʻon vuslaligʻ moshobdek.
Koʻr Navoiy masnadin ishq ichrakim, gulxan aro
Shu’la oltoyiyu kullardur anga sinjobdek.

360

Tilagim sening huzurung, talabim sening jamoling
Necha kun tirikligimdin gʻarazim sening visoling.
Chiday olmasim firoqing, oʻpa olmasim ayoqing,
Koʻra olmasim naziring, topa olmasim misoling.
Manga dashtdin farah yoʻq, manga bogʻdin tarab yoʻq,
Farahim sening hadising tarabim sening xayoling.
Ajal ushbu damki, koʻyungdamen olsa jonki, bori
Boshim oʻlsa xoki poying, tanim oʻlsa poymoling.
Yuzida urubsen, ey mehr, kamoli husndin dam,
Manga ravshan oʻldi bu damki yetibturur zavoling.
Nega tarking etmay, ey charxki, shomu axtaringdin
Qarodur yuzung, va lekin oh erur yuzungda xoling.
Mayi ishq chun Navoiyni jahonda qildi rasvo,
Bu qadahni, doʻstlar, emdi oning qoshidin oling.

361

Tiyra qilmish tun kibi ofoqni ohim mening,
To eshittimkim qilur shabgardlih mohim mening.
Tun qarosidek karo pashminadurmu sayrida,
Yo tutubtur ul jafogar shoʻxni ohim mening?
Uchramas har koʻy boshida turub yoʻl asrasam,
Ravshan ermas vahki, sham’i baxti gumrohim mening,
Yo qochar mendin xaloyiq tonigʻay deb nogahon,
Yorutur chun tunni har dam ohi nogohim mening.
Xizmatida nega yoʻl topmon ekin men tiyraroʻz,
Shom mulkin chun musaxxar ayladi shohim mening.
Men dogʻi ahbobdek maqbuli erdim, ohkim,
Johi idbor oʻldi ul iqbol ila johim mening.
Elga har lutfi Navoiy jonigʻa bir dogʻ erur,
Necha qoʻygʻay bagʻrima dogʻ ul yuzi mohim mening?

362

Tong nasimin soyir etgan gul’uzorimdur mening,
Sekritib maydongʻa kirgan shahsuvorimdur mening.
Gard emas girdinda, balkim koʻrmasun deb el koʻzi
Volavu sargashta joni xoksorimdur mening.
Markabining na’lidin har dam choqilgʻon oʻt emas,
Kim koʻngul otligʻ zaifi beqarorimdur mening.
Baski, telmurdi koʻzum kirgaymu deb maydon aro,
Koʻz qarosi yoʻqki, dogʻi intizorimdur mening.
Ul bahori husn mingan qatraafshon bodpoy
Gulshani aysh ochqali abri bahorimdur mening.
Chobuki mehr oʻldi bemehru harun koʻk tavsani,
Tutmang otinkim, eshitmak oni orimdur mening.
Yoʻlida aylay fido koʻz gavharin, jon javharin,
Ey Navoiy, yetsa ul chobuk nisorimdur mening.

363

Koʻkragimdur subhning pirahanidin chokrok,
Kirpikim shabnam toʻkulgan sabzadin namnokrok.
Bu koʻngul gʻamnokidin to shodmon koʻrdum seni,
Istaram har damki boʻlgʻay xotirim gʻamnokrok.
Layli andin qoʻydi Majnun koʻnglida raxti gʻamin,
Kim yoʻq erdi manzil ul vodiyda andin pokrok.
Uyla mujgon xanjarigʻa yopishibdur durri ashk,
Kim magar ondin yatime yoʻqturur bebokrok.
Jon olurda lablaringdin barcha el quldur sanga,
Jon berurda bir qoʻlung yoʻq bandadin cholokrok.
Odamiyliq tufrogʻin bersa fano yeliga charx, ohkim,
Yoʻqtur kishi ahli vafodin xokrok.
Necha oʻqlasang Navoiy koʻngli zaxminroq boʻlur,
Koʻrmaduk zaxmeki, tekkan soyi boʻlgʻay chokrok.

364

Kogʻaz uza qalamni fusunsoz qilmading,
Bir ruq’a birla bizni sarafroz qilmading.
Jonsiz tanim hayoti uchun noma yozmading,
Kilking uchini moʻ’jizapardoz qilmading.
Vasling kuniyu shomi firoqing bayonida
Kofur birla mushkni hamroz qilmading.
Bir mehr nomasi bila sargashta zarrani
Kundek jahonda mujibi e’zoz qilmading.
To roʻzgorim aylamading dudadek qaro,
Bir nomaning savodini ogʻoz qilmading.
Ey koʻk Dabiri, kimsaga bir noma yozmading,
Kim xoma yangligʻ ani sarandoz qilmading.
Rahmat, Navoyiyo, sangakim, yor har necha
Zulmin koʻp etti, mehru vafo oz qilmading.

365

Bir oʻt esaki, manga jurmsiz vafoni kam etting,
Yuz oʻtdur ulki, jihatsiz ulusni muhtaram etting.
Boshimgʻa tigʻ urubon naqdi dard koʻngluma solding,
Vafo tariqida taqsir qilmading, karam etting.
Yuzumni naqsh etibon ashk tiyra qonidin, ey ishq,
Toshimda qonligʻ ichim holi sharhini raqam etting.
Fasonayi gʻamu mehnat buyurdung aylamak azbar,
Qanoat etmay, ulusqa meni fasona ham etting.
Koʻngulda ishqim oʻti chun falakka tortti shu’la,
Balo livosi boshigʻa bu shu’ladin alam etting.
Dedingki, faqr yoʻlinda topildi maqsadi asliy,
Vujud naqshini jon lavhidin magar adam etting.
Magarki yor seni istar, ey shikasta Navoiy,
Ki naqd jonni qilib tuhfa, farqdin qadam etting.

366

Gʻam xazonin zohir etmish chehrayi zardim mening,
Borgʻali yeldek bahori nozpavardim mening.
Telbalardek soʻzlashurmen oʻzum birla mudom,
Chun oʻzumdin oʻzga yoʻq olamda hamdardim mening.
Tufrogʻ oʻlsam koʻyida, ey abri rahmat yomgʻuri,
Qil madad onchakim, andin chiqmagʻay gardim mening.
Chiqti jon bilmay maqomin, mujdaye ber, ey Masih,
Kim qayu manzildadur mehri jahongardim mening.
Har necha koʻnglum sovugʻ ohidin aytur, ohkim,
Yorgʻa yoqmas nekim aytur bu damsardim mening.
Rizq chun maqsum erur, bir qurs uchun har kun nedur
Charxdek sargashtalik koʻyida novardim mening?
Ey Navoiy, toki urdi mehr naqshin tosi charx,
Bu bisot ichra ajab shashdardadur nardim mening.

367

Har koʻngul oromi chun boʻlmish diloromim mening,
Ul sababdin yoʻqturur koʻnglumda oromim mening.
Dudi ohim sarvdek chiqtiyu gulgun boʻldi ashk,
Qilgʻali tarki vafo sarvi gulandomim mening.
Nega koʻrguzdi shafaqdin shu’la, kavkabdin sharor,
Gar emas gʻam doʻzaxi bu subhi yoʻq shomim mening?
Dilrabolar ahdigʻa hech etmasunlar i’timod,
Ey sabo, ishq ahligʻa yetkur bu paygʻomim mening.
Oshiq otigʻa kiribtur koʻnglumu topmas visol,
Fosiqi mahrumdek boʻlmish bu badnomim mening.
Donayi tasbih mayli aylamas koʻnglum qushi,
Rishtayi zunnori zulfung boʻlgʻali domim mening.
Ey Navoiy, mendek ul but koʻyi sori kirmakim,
Kufr ila boʻldi badal bu yoʻlda islomim mening.

368

Ne ajab, sarv sihiyga inmasa boshing sening,
Kim emastur qaddi ra’noliqda boʻydoshing sening.
Gar nixoniy fitna ta’lim aylamas, bas, ne uchun
Boshini chekmish banogoʻshunggʻacha qoshing sening?
Sangboroni gʻamingdin bosh ne yangligʻ yoshuray,
Kim saodat gavharidur boshima toshing sening.
Obi hayvon birla goʻyo qildi la’liy rang hal,
Suvrat ichra chun labinggʻa yetti naqqoshing sening.
Oʻta olmas xonaqohi quds eli, ey mugʻbacha,
Dayr eshiginda chu tuzgay bazm avboshing sening.
Dema, ey nosihki, qilmaysen soʻzum birla amal,
Xotirimda qayda qolmish oncha qoʻlmoshing sening?
Ey Navoiy, boʻldi qonligʻ dushmaningkim, yoshurur
Yordin sorigʻ yuzung rangini qon yoshing sening.

369

Ne lutf ediki, meni noma birla yod etting,
Ne noma erdiki, gʻamgin koʻngulni shod etting.
Tilim qalam tilidek shukrdin erur ojiz,
Bu noma birlaki bu notavonni yod etting.
Oʻqurda oqti yoshim ixtiyorsiz, goʻyo
Qi hajr dudasidin nomagʻ midod etting.
Yeturdi jismima ruh, ey quyosh, magarki Masih.
Muallim erdi damekim ani savod etting
Javohireki yibording bu nomuroding uchun,
Koʻngul xarobasini maxzani murod etting.
Ne sud boʻlsa amal nomasi qaro, gar xud
Oting nishon uzra Jamshid yo Qubod etting.
Navoiy, jismingga ruh ul quyosh hadisi emish,
Masih nutqigʻa yoʻq yerda e’tiqod etting.

370

Ey ishq, yana furqat oʻtin jonima urdung,
Jismimni kul aylab, kulini koʻkka sovurdung.
Anjum dema, goʻyoki maloikka tutashti,
Ohim oʻti uchqunlarikim, qoʻkka yeturdung.
Qayd etmadingu bas xami zulfungni koʻngulga,
Kim gʻayr xayolin ham oning birla supurdung.
Poboʻsini istab magar, ey shodligʻ ashki,
Bu zor ila dilbar koʻrunur chogʻda yugurdung.
Furqat kuni bas tiyradur, ey ishq, hamono,
Kim sarsari ohim bila koʻksham’in oʻchurdung.
Hijron tuni, ey charx, musha’bid gar emassen,
Ne nav’ quyosh tosini xirqangda yoshurdung?
Tark etmadi bosh qoʻymoq eshigingda Navoiy,
Bu koʻydin it deb oni ham nechaki surdung.

371

Ne xayol edi yanakim, koʻngul qushi saydini havas aylading,
Badanimgʻa har soridin xadang urubon, anga qafas aylading.
Koʻngul ichra shu’layi ishqkim, yetadur falakka zabonasi,
Tanimu soʻngaklarim ul oʻtungni yoqargʻa xoru xas aylading.
Koʻz ichindakim toʻla qon edi, ogʻiz ichra dagʻi tutundek oh,
Oni dam-badam qilibon fuzun, muni ham nafas-nafas aylading.
Yetib erdim oʻlgali hajr shomi aning jafosi hadisidin,
Nega uyqudin burun ul fasonani, ey rafiq, bas aylading?!
Manga ishq ranji aro oʻlum erdi chora, vah, bu ne ranjkim,
Ani daf’ etarga firoq dardu gʻamini choraras aylading.
Chu gum oʻldi choku hazin koʻngul gʻami hajr dashtida, ey falak,
Yoʻl ozargʻa. ahli salomat ul koʻngul uyini jaras aylading.
Chu firoq shiddati, ey koʻngul, gʻami ishq lozimasi emish,
Ne yetishsa chek, chu oʻz.ung burun bu baloni multamas aylading.
Tunu kun sabu chekib, egningga sol oʻzungni halqayi dayr aro,
Chu belingga mugʻbachalar kamandi xayolini maras aylading.
Chu zamona ahli aro vafo tilading, chek emdi, Navoyiyo,
Alamu-balo, ne uchunki el aro yoʻq nima havas aylading.

372

Necha javrin tortayin ul sarvi hurizodning?
Yoʻqmudur poyoni, oyo, zulm ila bedodning?!
Aql der: sol koʻnglungga zuhdu vara’ bunyodini;
Ishq aytur: yoʻqturur bunyodi ul bunyodning.
Tosh eritti, vahki, Xusrav koʻngliga kor etmadi,
Shu’lalarkim teshasidin sekredi Farhodning.
Koʻngli mehr aylar ayon, koʻrgach raqibi yuzini,
Koʻrmaguncha zok, chiqmas javhari poʻlodning.
Toki saydingmen, ishing nevchun gʻazabdur, chun mudom
Qush giriftor oʻlsa koʻngli xush boʻlur sayyodning.
Oʻlmagimni yoqma hijroninggʻa, ey sultoni husn,
Qatl hukmi qilsa shah ne erki bor jallodning?
Roki’ erdim, chang uni keldi sahargah, ohkim,
Bordi mutrib nagʻmasigʻa hosili avrodning.
Yoʻl qorongʻudur, talab noqis, qadam ne nav’ uray,
Yorumay komil damidin mash’ali irshodning.
Ey Navoiy, necha bulbuldek figʻon ul gul uchun,
Yoʻq anga ta’siri chun bu nolavu faryodning.

373

Koʻngullar quti shirin dostoning,
Bagʻirlar qoni la’li durfishoning.
Nihonu oshkoro men sanga yor,
Sening agʻyor ila rozi nihoning.
Muhiblar birla har tun bizdin ayru
Qadahlarkim chekarsen, noʻshi joning.
Vale vahm ayla andinkim chekib voy,
Damodam qon yutar bir notavoning.
Ajab la’lesen, ey ashki jigargun,
Ajab yoʻqkim, erur gʻam togʻi koning.
Kular, ey bogʻbon, har gʻuncha, goʻyo —
Ki gʻofildur xazondin gulsitoning.
Navoiy ishq vodiysigʻa kirdi,
Xatarliq yoʻldurur, ahbob, yoning.

374

Rahm etib, ey doʻstlar, majruh koʻksumni yoring,
Qoʻl yolang aylab solib, har yon ichimni axtaring.
Uchrasa yuzi qaro koʻnglum tutub, tortib, urub,
Oʻtqa solib, oʻrtabon, jonimni andin qutqaring.
Ketgan ersa choklik koʻksum tikib, voqif boʻlub,
Kelsa bu jonib, sinonlar birla sanchib qaytaring.
Chun oʻlarmen — yorni istang, boshimgʻa kelmasa,
Bosh yolang aylab, qoʻyub tufrogʻ uza yuz, yolboring.
Kelsa, ayturda oshuqmangkim, farahdin oʻlmayin,
Nuktadonligʻ birla ul soʻzni qoshimda oʻtkaring.
Boshima yetsa, chu oʻlgumdur necha faryod etib,
Bir nafas tengri uchun har qaysingiz bir yon boring.
Gar muyassar boʻlmasa bu ish, Navoiy xastani
Qoʻldabon yo sudrabon mayxona sori boshqoring.

375

Rafiqlarni borin yoru mu’tamad qilding,
Aroda tek meni mardud edimki, rad qilding.
Falak jafosi, ulus ta’niyu firoqing oʻti
Bas ermas erdiki, sen ham yana madad qilding.
Kechib jahon bila jondin seni dedim, jono,
Magarki qatlima bu jurmni sanad qilding.
Gʻaraz chu oʻlmagim erdi, bar erdi lutfung ham,
Gʻazab ne erdiki, ey shoʻxi sarvqad, qilding?
Gʻamingni chekkali yolgʻuz koʻngul edi ojiz,
Ki tigʻi furqat ila oni yuz adad qilding.
Chu baxt axtari Sa’d oʻlmadi, ne sud, eykim,
Sipehr zijini hal qilgʻali rasad qilding.
Navoiy, yor ne javr etsa, jongʻa minnat qoʻy,
Azalda chunki bu da’voni to abad qilding.

376

Bir xabar ber, ey sabo, sarvi ravonimdin mening,
Kim kuyar jon loladek sarvi ravonimdin mening.
Nogahon fikr aylasamkim, ne kishidin ayrumen,
Men bilurmen ne kechar ul lahza jonimdin mening.
Za’fidin, voykim, unumni fahm qilmaydur tabib,
Gar burun bemor edn xulqi figʻonimdin mening.
Bir nasimekim kelur ul soridin, soʻrdum xabar
Koʻngul otligʻ bir gʻaribe notavonimdin mening.
Nosiho, kuygan yurak islangʻali qilmas nihon,
Xud sabo anglatmish elni dostonimdin mening.
Sanchilur har soridin yonimgʻa hijron xanjari,
Oʻq kibi ul qoshi yo to bordi yonimdin mening.
Ey Navoiy, maqbarimdin bosh chiqorgʻon loladek,
Dogʻi koʻnglumdin meningdur, rangi qonimdin mening.

377

Base dard berdingu davo qilmading,
Gʻamu ranjim anglab, shifo qilmading,
Base va’da berding qilay deb vafo,
Xamin va’da qilding, vafo qilmading.
Gunahsizki, hajr oʻqi otting menga,
Xato erdi, ammo xato qilmadiig.
Visolingda koʻnglumni tindurmading,
Firoqingda to mubtalo qilmading.
Koʻngul birla jonni ham etting asir,
Bu shiddatni yolgʻuz mango qilmading.
Yaqin istamak dast agar bermadi
Yiroqtin dogʻi marhabo qilmading.
Navo birla garchi hech kimsani
Navoiy kibi benavo kilmading.

378

Yuzung oq, ey gʻamki, ashkim rangini ol aylading,
Jon fidong, ey dardkim, jismimni poymol aylading.
Holatim xalq anglamas, yo rab, sen-oʻq rahm aylagil,
Chun gʻame berdingki, ayturdin tilim lol aylading.
Sen tarahhum qil, xudoyo; bu qotigʻ holatdakim,
Meni zoru dilbarimni forigʻul-bol aylading.
Safhayi ruxsor uza xatkim chiqarding— fitnadur,
Fitna uzra nuqtalardurkim, otin xol aylading.
Sharhi ishqing yozgʻali jismim quruttung xomadek,
Har taraf jon rishtasin ul xomagʻa nol aylading.
Vah, ne hol erdiki, majlis ichra la’ling jomidin
Elni xushhol etting, ammo bizni behol aylading.
Elga javlon ichra solding tiygʻ, yuz ming voykim,
Har qachon yetting Navoiy sori, ihmol aylading.

379

Ne hush ummidekim, uryon nigun qad birla ursam tak
Parilargʻa junun tumoridur boʻynumda silkinchak.
Teri jismimda har yon toza dogʻu qon ila goʻyo
Qazo Majnungʻa tikmish lolalar yafrogʻidin koʻnglak.
Yaro koʻzlar boʻlub tanda ru boʻldi xira ul yuzdin,
Yasabmen har taraf eski fuganlar shaklidin aynak.
Yulub par jon qushidin, oh paykonin yigʻib koʻnglum,
Oʻqung singʻanlarin goʻyo yasar afgʻon uchun novak.
Nazar solsa yuzungdin oʻziga yuzga koʻzni koʻr aylay,
Qilibon tiygʻ ila mardumni oning nuqtasidek hak.
Havo qilgʻonda zulfung halqa domidin koʻngul bildim,
Bu qushning ham ayogʻ, ham boʻynida mahkam emish ilmak.
Izin yerdin ketar deb asradim raglar kibi koʻzda,
Olib jon rishtasi birla ayogʻi oʻrnidin oʻlchak.
Falak zarfin toʻla berdi qazo ul oy mayi ishqin,
Bu maydin bizga, vahkim, tegmadi bir qatradin koʻprak.
Liqo mumkin esa uchmoq-tomugʻdin qochmakim, boʻlmas
Kishiga hech maqsude muyassar chekmayin emgak.
Chu boʻldum ishqida foniy, hadisin soʻrmangiz mendin,
Ki qolmas zikri zokir boʻlsa mazkurinda mustahlak.
Tilarsen oʻzlukungning Juzv-Juzvin munfak etkaysen,
Navoiy nazmining juzvini qilgʻil juzvi loyanfak.

380

Hajrdin koʻzumga olamni qarongʻu aylading,
Umrdin koʻz yumgʻanim ul tunda uyqu aylading.
Jonu koʻnglum muddate sargashtadur koʻyung aro,
Boshlarin aylandururgʻa buyla jodu aylading.
Holima qolur taajjubdin el ogʻzi ochilib,
Yoʻqsa ahvolim jahon aqligʻa kulgu aylading?
Ashki siymobiymudur hajringda yo koʻz oqini
Hal qilyb, koʻzdin ravon ul nav’kim su aylading.
Qoldi mahmizingdin oy yuzinda, ey chobuk, nishon,
Goʻyiyo javlon kuni oni tepingu aylading.
Shohidi davrongʻa goʻyo, ey tarab mashshotasi,
Bodani gulgunavu sogʻarni koʻzgu aylading.
Eyki, aytureen zamon ahligʻa yoʻq ermish vafo,
Oni ma’lum, ey Navoiy, bu zamonmu aylading?!

381

Yuzung ochib, ne ajab, yuz xonumonni oʻrtamak,
Kim boʻlur bir sham’ oʻti birla jahonni oʻrtamak.
Chun koʻngul sayd aylading, jismimgʻa oʻt solmoq nedur?
Rasm boʻlmas qushni olib, oshyonni oʻrtamak.
Za’fliq jismimni oʻrtab boʻlma ohimdin malul,
Xosiyat juz dud ne boʻlgʻay samonni oʻrtamak?
Bil shafaq oʻtiyu anjum uchqunidin gʻam tuni,
Kim qilibtur mayl ohim osmonni oʻrtamak.
Oʻrtadi koʻnglum tan ichra oʻqlaringni uylakim —
Tushsa oʻt-ul nav’ boʻlmas naysitonni oʻrtamak.
Xalq oʻlub oshiq sanga, men oʻrtanurmen, vah, necha
Elga solgʻan oʻt bila men notavonni oʻrtamak?!
Charx ohim oʻqidin yuz ming toʻshukdur, ey koʻngul,
Oʻrtamak joni hamuldur parniyonni oʻrtamak.
Ne uchun kul boʻldi oʻt, ashjor oʻtun, sunbul tutun,
Istamaydur gar falak bu boʻstonni oʻrtamak?
Solma oʻt ushshoq jonigʻa Navoiy borida,
Ne uchunkim yaxshidur avval yamonni oʻrtamak.

382

Yo rab, ul oyniki el koʻngliga margʻub aylading,
Garchi ishqidin xarob etting meni — xoʻb aylading.
Shoh esam ishq ahligʻa, tong yoʻqkim, ey gardun, meni
Ul jamol ahli shahi ishqigʻa mansub aylading.
Ne ajab, boshtin-ayogʻim dard boʻlsa, ey qazo,
Kim nigorimni qadam to farq mahbub aylading.
Telbarab ermishden, ey roqim, hamul kundin beri,
Kim jununumni parizodimgʻa maktub aylading.
Tuhmati zuhd aylabon, ey shayxi kozib, ne uchui
Begunah bizni xarobot ichra ma’yub aylading?!
Jon berib oʻlsam ajab yoʻq tolibing, ey ishqkim,
Har ne matlubidur oning, bizga matlub aylading.
Ey Navoiy, oʻzni solding itlari xayli aro,
Itni goʻyo odamiy xaylida mahsub aylading.

383

Istab ul butni xirad belida zunnorin koʻrung,
Bir kaloba ip bila Yusuf xaridorin koʻrung.
La’lu xoli naqshi jonda, tanda qonu toza dogʻ,
Zohirimda botin ahvoli namudorin koʻrung.
Zor jismim chirmashur ul oygʻa yozgʻan nomagʻa,
Vasl umididin bitikka chirmagʻon torin koʻrung.
Za’fliq jismim egildi kasrati paykonidin,
Bu yigʻochning, shoxini xam aylagon borin koʻrung.
Umr davrining baqosin bilmaganlar, har taraf
Suvda yomgʻur nuqtasining davri pargorin koʻrung.
Eyki, koʻrmaysiz bino ahli fano tufrogʻigʻa,
Soyasida men boʻlur vayrona devorin koʻrung.
Demangiz, hajr asru zaxm etmish Navoiy jismini,
Jismida zaxmicha yuz jonida ozorin koʻrung.

384

Rahmsiz boʻlgʻay koʻngul kuffori Xaybar koʻnglidek,
Mumkin ermas boʻlmoq ul shoʻxi sitamgar koʻnglidek.
Kesti atfoli gʻaming koʻnglum uza na’l uzra na’l,
Onchakim boʻldi hazin koʻnglum sanubar koʻnglidek.
Koʻnglum ul xat shavqidin yuz zahmlik jism ichra bor
Oʻt ichinda anbar etgan dudi mijmar koʻnglidek.
Necha zaxm etsang qiziq koʻnglumni, oʻttur — qon emas
Humratekim anda zohir boʻlsa axgar koʻnglidek.
Garchi Layli mahmilidin nola koʻp chekkay daroy,
Savti muhlik boʻlmagʻay Majnuni muztar koʻnglidek.
Mujda, dayr ahliki, soqiy aksi ermish jilvagar,
Dar kishi bersa safo koʻngliga sogʻar koʻnglidek.
Hajr tiygʻidin Navoiy qoru zaxmin, koʻrki, bor
Koʻngli mamlu jismidek, jismi sarosar koʻnglidek.
Avvalgi
I- qism