OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAlisher Navoiy
Asar nomiBadoyi' ul-Bidoya (II- qism)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Alisher Navoiy
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm401KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/19
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Badoyi' ul-Bidoya (II- qism)
Alisher Navoiy

Gʻazallar (davomi)

385

Samandi noz uza ul chobuki balogʻa boqing,
Pari boshinda malak parridin oʻtogʻa boqing.
Nechukki qavsi quzah davri mehr aksi erur,
Topib ham egnidin aylangʻon ikki yogʻa boqing.
Sadogʻi jonibikim ilgiga sinon tutmish,
Yuz oʻq yiloniyu bir qotil ajdahogʻa boqing.
Agar bu oʻqu sinon urmogʻin inonmasangiz,
Ochib tanimni, adaddin fuzun yarogʻa boqing.
Bu shakl birla jahon buzmogʻi yaqin gar emas,
Ulusda har taraf oshubu ibtilogʻa boqing.
Bu bogʻ gullarini yerga sochmayin qoʻymas,
Xazon yelini koʻrung, charxi bevafogʻa boqing.
Navoiy oʻldi jamol ahlidin vafo topmay,
Ne boʻldi bir nazar ul zori benavogʻa boqing.

386

Xayoling husnigʻa koʻnglumda ziynat bersa hijroning,
Erur gulguna qon, mashshota ishqu koʻzgu payqonnng.
Jafo sarlavhida qildi alif mashqi koʻzungʻ yoxud
Alifdek jongʻa nesh urmoqqa saflar chekti mujgoning.
Labing xat zohir etti, Hizr umri bersalar oʻlgum,
Xususankim, Xizrgʻa hamdam oʻlgʻay obi hayvoning.
Tushumda vasli erdi, ey koʻngul, yo rab, balo ursun
Sangakim, meni uygʻotti ajab holatda afgʻoning.
Dimogʻi yoʻq mushavvash boʻlmagʻin, goʻyoki butratmish
Jahon bogʻida savdo sunbuli zulfi parishoning.
Necha yogʻdursa gʻam toshin firoq atfoli, ey Majnun,
Ne gʻam bosh uzra Layli borgohi boʻlsa qalqoning.
Qafas qaydidadur bulbul, bukim vayrona tutmish chugʻz,
Vafosi yoʻq ekanni bildi goʻyo ahli dunyoning.
Bu bazm ahli nifoqidin toriqmish koʻnglum, ey soqiy,
Ezib behushdoru, tut manga yetganda davroning.
Navoiy, hajrida ne nav’ seli ashk oqizdingkim,
Visoli boʻldi chun mumkin, oʻtarga yoʻqtur imkoning.

387

Shikof emas buki koʻksumga soldi tiygʻi halok,
Ki joni xasta gʻamingdin yaqosin ayladi chok.
Ulusgʻa oʻt solur ersang meni burun oʻrta,
Nedinki oʻtni tutashturgʻali kerak xoshok.
Nekim boshimda edi uchti, yetgach ul chobuk,
Yonigʻa bogʻlasa bori uzilmagʻay fitrok.
Gʻamingni elga berib, yoʻqki bizni shod etting,
Ki elni shod etibon, bizni aylading gʻamnok.
Gʻamingdin ohim oʻqi yetti charxdin oʻtti,
Nishon erur yeti kavkabki koʻrguzur aflok.
Koʻngul oʻti bila zaxmin koʻrub ne rahm etgay,
Oʻzin chu dogʻu alifdin ayomas ul bebok.
Tikanda gul ochilur, andalib yangligʻ anga,
Ki ishqi oʻlsa tabiat xiyonatidin pok.
Ich ul bihisht suyin mugʻ safolidinkim, aql
Tomugʻ oʻtidin aning rangin etmagay idrok.
Navoiy ichti mayu forigʻ oʻldi oʻzlugidin,
Koʻrung, ne zahrni daf’ ayladi ichib taryok.

388

Koʻngulki, hajr tuni qoʻymadi qarorin aning,
Munung ham ohi qaro etdi roʻzgorin aning.
Visol gulshani birla koʻp oʻlmagʻil mash’uf,
Xazoni hajr chu barbod etar bahorin aning.
Tutub nishotu tarab chang zulfin etma surud,
Ki bir-bir uzgusi gʻam changi tor-torin aning.
Qadah nishoti uchun davr ichinda qon yutqon,
Chekarga, bilki, garm aylamas xumorin aning.
Sipehr kom ila evrulmasa, hazin boʻlma,
Kishiga bermadn chunkim haq ixtiyorin aning.
Agar baqoyi abad istasang, fano yoʻli tut,
Yorut koʻzungni qilib toʻtiyo gʻuborin aning.
Navoiy, ul kishi topti farogʻ olamdin,
Ki himmati koʻzi teng koʻrdi yoʻqu borin aning.

389

Koʻngulkim, har yonigʻa na’l kestim boʻlgʻali zoring,
Qushedur tallaning chanbarlari ichra giriftoring.
Ulus qatlidin ul koʻz notavonroqdur, ne hol erkin,
Ki jon olgʻan bila mayl aylamas sihhatqa bemoring.
Yuzu zulfung chu din qasdiqilur, kofir desam tonma,
Demon yuz uzra zulfung, balki mushaf uzra zunnoring.
Koʻzi ollida, ey bodom, qilding ishva da’vosin,
Magar kirpiklaridindur nishoni jismi afgoring.
Oʻzungni sotmogʻingda husn savdosidin, ey Yusuf,
Habibim yetsa erdi, ne ushalgʻoy erdi bozoring.
Yuzung gulgun boʻlubtur bodadin, vah, koʻzguga boqkim,
Ne yangligʻ toza-toza gullar ochmish bogʻi ruxsoring.
Gʻamim ayturgʻa yore topmagʻondin, soqiyo, oʻlgum,
Manga bir jur’a birla yorliq qilsang, xudo yoring.
Agar rangin may ichsam, ey qazo naqqoshi, yozgʻurma,
Ihota qilmagʻon ish qoʻymamish chun davri pargoring.
Navoiyni adam vodiysigʻa soldi fano seli,
Iturganlar ani, ul selning, xoshokin axtoring.

390

Elga ishqidin gʻaraz mehru vafosidur aning,
Gar meni oʻltursa, maqsudum rizosidur aiing.
Boʻlmas ul begonavash chun oshno, boʻl, ey koʻngul,
Bir kishiga oshnokim — oshnosidur aning.
Novaki zavqi koʻzumdin chiqmasun deb, zaxmini
Qiyr ila tuttum, sogʻinmangkim, qarosidur aning.
Oʻqi sufori koʻngulda gar qizardi, ne ajab,
Kim bagʻir pargolasi har dam, gʻizosidur aning.
Sabr xaylin koʻnglum oʻz girdinda qoʻymas, goʻyiyo
Kirpiku qoshing xayoli oʻqu yosidur aning.
Dahr boʻstonida bukim chok erur gul koʻnglagi,
Bulbul ahvoligʻa goʻyokim azosidur aning.
Shod oʻlubtur faqr kuyida Navoiy uylakim
Saltanat farshi gadoligʻ boʻryosidur aning.

391

Kimga bir majlisda ohu dard ila soʻze kerak,
Mundoq oʻt yoqmoqqa avval majlisafroʻze kerak.
Majlisafroʻze agar ham boʻlsa, majlis ahlining
Bagʻrini kuydurgali ohi jigarsoʻze kerak.
Subhi vasling ichra tirguz xayli ushshoqingnikim,
Shomi hajr, oʻlturgʻali mendek siyahroʻze kerak.
Koʻyungga har kun borib har dam koʻray dermen seni,
Menga har kun bayramu har lahza navroʻze kerak.
Yaxshi asra gʻam tuni ohim oʻqin, ey charxkim,
Sen ivaz otmoqqa ham chun tiyri dildoʻze kerak.
Bir Xizrvash himmatin berma ilikdin, negakim
Dashti hirmon qat’iga oxir qalovuze kerak.
Ishq ta’limin Navoiydin olurlar ahli dard,
Uyla dars ahligʻa mundoq donishomuze kerak.

392

Yana, ey ishq, guli ruxsorin oshubi chaman qilding,
Hazin bulbul tanigʻa har paridin bir tikan qilding,
Koʻngulni telba aylab, qaydigʻa har yon oqar suvdii
Chaman zanjiri gisusinda yuz chinu shikan qilding.
Sahob atfoli jola toshlarin yogʻdurgʻali, ey gul,
Pari yangligʻ zuhur aylab, junun bulbulgʻa fan qilding.
Rayohin xaylini chekmakka yer zindonidin goʻyo,
Bulut ayyoridin har qatra torin bir rasan qilding.
Niholi gul nishiman gulshan etting goʻyi, ey bulbul,
Firoq ichra tikandin bistaru xasdin vatan qilding.
Yuzung sham’ida shabnam, yoʻqsa terdur, soqiyo, vahkim,
Ul anjumdin shabiston ichra qatli anjuman qilding.
Chamanda mast yeldin, vahki, har yon xam boʻlur guldek
Zamone jilva aylab, bizni rasvoyi zaman qilding.
Oʻluk deb ujbdin zohid anga xilvatni goʻr aylab,
Hamono pardayi pindorin, ey gardun, kafan qilding.
Navoiy qayda gʻam seyli yaka koʻnglung uyin buzgʻay,
Ki aylarda imorat anda balchigʻ durdidan qilding.

393

Shomi hajrim koʻrdung, ammo zulm tarkin tutmading,
Va’dayi sham’i visol etting, vale yorutmading.
Gavhari vasling ilik bergay deb ashkim boʻldi bahr,
Chunkim ul daryo aro gʻarq oʻldum — ilgim tutmading.
Vasl noʻshidin koʻngulni qilmading bir lahza xush,
Hajr zahri biymidin yuz katl to qoʻrqutmading.
Donayi ashkimgakim rom oʻldi hijron qushlari,
Ey koʻngul, bir kun figʻoningdin oni oʻrkutmading.
Otashin gul gʻunchasidek oʻrtading koʻnglumni, lek
Ochibon, oni nasimi vasldin sovutmading.
Xasta koʻnglumkim gʻamu xunoba qilding qismati,
Bu gʻizovu sharbat ul bemordin oʻksutmading.
Bodayi vaslin gʻanimat tut, Navoiy, zinhor,
Kim ne qonlarkim, bu gulgun suvni istab, yutmading.

394

Chamanda chehra furugʻi uchun qadah olding,
Ne achigʻ erdiki gul xirmanigʻa oʻt solding.
Ajab yoʻq, ashking agar yummayin oqar, ey koʻz,
Ki yor boqmayin oʻttiyu sen boqib qolding.
Samandi poʻyasidin sarsar urgʻon oʻt yangligʻ,
Ne holat erdi sanga, ey, koʻngulki, qoʻzgʻolding.
Gʻamim yukin koʻtarib, ey sipehr, hajr tuni
Chu qilmading harakat goʻyi asru tavsholding.
Dedim taronaye jonbaxsh, mutribo, sen xud
Firoq sozi tuzub, oʻlturur koʻki cholding.
Visol gulshanin, ey jon qushi, koʻp istarsen,
Bu domgah aro goʻyoki asru qiynolding.
Fano yoʻlida Navoiygʻa boʻlmading hamrah,
Bu dasht poʻyasidin, zohido, magar tolding?!

395

Donayi xoling bila koʻnglum qushin rom ayladshg,
Gardi Yazdiy me’jaring din qasdigʻa dom aylading.
Sabzavu gul istamon to voʻsmavu gulgunadin
Qoshni aylab sabzagun, orazni gulfom aylading.
Husn bogʻida qading boʻlmish latofat gulbuni,
Toʻnni gulgun, tugmani to gʻunchaandom aylading.
Qomatim dolu yoshim gulrang erur, to noz ila
Dolugul yetgan nihole uzra orom aylading.
Yuz uza ochting soching zunnorin, ey kofir, magar
Fosh etib kufrungni qasdi ahli islom aylading.
Tongla jannat huridin kech, ey koʻngul, nokom ila
Gar bu kun dunyo arusi vaslini kom aylading.
Ey Navoiy, zulfigʻa boʻldung parishon oqibat,
Yaxshi jam’iyat bu savdodin saranjom aylading.

396

Zulfekim, bogʻliqdurur har jonga bir tori aning,
Tandin el jonin, ajab yoʻq, cheksa raftori aning.
Tiygʻi zaxminkim tikarmen, sihhatim ermas gʻaraz,
Chiqmasun dermen hazin koʻnglumdin ozori aning.
Dona-dona xol ila gʻunchangni istab, koʻrki, bor
Toza-toza dogʻ ila koʻnglum namudori aning.
Lablaring shavqida oʻlgan halqdin koʻyunda zogʻ
Toʻ’ma aylabdurki, boʻlmish la’l minqori aning.
Mumkin ermas ul pari majnunigʻa hush, ey hakim,
Kim junun xattidurur boʻyninda tumori aniig.
Ey musulmonlar, figʻonkim, kofire koʻnglumdadur,
Kim emas jon rishtasidin oʻzga zunnori aning.
Tashnamen, soqiy shafaqgun may toʻla tut sogʻare,
Kim falakni nuqta qilgʻay davr pargori aning.
To quyub ogʻzimgʻa andoq sipqoray ul maynikim,
Qolmasun ul nav’ sogʻar ichra osori aning.
Ayta olmon, asray olmon ishq sirrin, ohkim,
Sa’b erur ixfosiyu mushkildir izhori aning.
Ey Navoiy, fard boʻl vasl istasangkim, xalqdin
Har kishikim yorligʻ uzgay, xudo yori aning.
Mujda, ey tolibki, yerdin olmogʻi mumkin emas,
Bir qadam matlub boshqarmay talabgori aning.

397

Dudi ohimning quyundeq pech ila tobin koʻrung,
Tiyra hajrim oqshomining bahri girdobin koʻrung.
Qushkim ul oydin kelturmish noma, har tirnogʻidin
Choklar boʻlgʻon koʻngul elturga qullobin koʻrung.
Hinduyi sohirdurur davri zanahdonida xol,
Tavqi gʻabgʻab shaklidin bir aksi mehrobin koʻrung,
Ishq oʻti tugʻyonidin jonimki bulmish tashnalab,
Daf’igʻa ul oyning ikki la’li serobin koʻrung.
Olmagʻon boʻlsa chuchuk jonim labi birla koʻzi,
Ham shakarxandigʻa boqing, ham shakarxobin koʻrung.
Soliki mahrumkim, matlubidin toʻlmish jahon,
Olloh-olloh, jonin oʻrtar dardi noyobin koʻrung.
Yor koʻyin istay oʻzlukdin Navoiy boʻldi fard,
Ka’ba ihromigʻa iste’dodu asbobin koʻrung.

398

Latofat oyi ul yuz shomi savdo sunbuli tobing,
Soch uzra gardi Yazdiy me’jar ul shom ichra mahtobing.
Koʻngullar xayligʻa xush-xush kirarga shohroh oʻlmish
Tarogʻ chekkan zamon yoʻl-yoʻlki boʻldi sunbuli tobing.
Bezarda orazing mashshota hayvon chashmasi ichra
Tushub gulguna gulgun qilmish, ermas la’li serobing.
Ipaklarkim eshipsen jismlar zaxmi uchun goʻyo,
Muqayyad qilgʻali jonlar qushin ham uldur asbobing.
Ulusni sajdagʻa targʻib etargʻa Xizri rah boʻldi,
Demasmen voʻsmaliq qoshingki, miynorang mehrobing.
Uchi xam igna birla koʻz duosi boshqa osqondin,
Yomon koʻz tegmasun, ul boʻldi men chekmakka qullobing.
Keturgil raz qizi. soqiy, mugʻanniy, nagʻmaye tuzgil,
Ki ul koʻktin keturgay Zuhrani afgʻangʻa mizrobing.
Tunu kun jilva qilma, ey arusi dahr, bilmishmen,
Ki mehnat subhi oʻlmish qoqumung, gʻam shomi sinjobing,
Navoiy, ofiyat istar esang, qoʻy dahr zolinkim,
Harif ermasdur ul makkoragʻa bu jismi betobing.

399

Zihi quti hayotim hajr muhlik dardida yoding,
Agar lutfunggʻa loyiq boʻlmasam, yoʻqturmu bedoding?
Manga lazzat sening zikring, manga quvvat sening fikring,
Manga ishrat sening vasling, manga toat sening yoding.
Agar xurshidi raxshon orzu qilsam — guli roʻyung,
Magar toʻbiyi jannat mayli etsam — sarvi ozoding.
Bagʻir qonin labolab aylagan oshom iki la’ling,
Koʻngul saydin damodam bismil etgan ikki sayyoding.
Ulusni tirgizur qatl aylamakdin obi hayvoning,
Va lekin oʻlturur qatl aylamasdin bizni jalloding.
Muhiqdur, ey koʻngul, bukim ul oy faryodingga yetmas,
Ki yolqibdur nedinkim, yetti koʻp ul oygʻa faryodnng.
Demon devona, balkim dev oʻlubmen ul pari ruxdin,
Ne tong, ey shayx, aks etsam taxayyul barcha irshoding.
Ulusqa sofiyi ishrat tutub, ey soqiyi davron,
Hamono zahri mehnatni mening jonimgʻa asroding.
Navoiy, Ka’bayi maqsud sori gar qadam qoʻysang,
Tajarrud basdurur hamrohingu betoʻshaligʻ zoding.

400

Chamanda sarvinozim jilva qilmoq aylamas ohang,
Jahon boʻstonidin, billah, boʻlubmen gʻunchadek diltang.
Mizojikim tilar xilvat, xudoyo, boʻlmasun ofat,
Bihilmen gar qilib ishrat, ichar maxfiy mayi gulrang.
Yashil yafrogʻliq ashjor emas hajringda, ey dildor,
Ki ohim tafidin gulzor mir’oti tutubtur zang.
Solibtur chorbolish gul, tutubtur chorgah bulbul,
Ne sud, ul shah ichay deb mul musharraf aylamas avrang.
Malolat boʻlsa jononda tikancha bordurur jonda,
Agar har gul gulistonda koʻrunsa bir harifi shang.
Bu gulshanda guli ra’no toʻkulmak vahmidin goʻyo
Jamolin kech qilur paydo dema, bulbuldin aylar nang.
Navoiy koʻrmayin oni yetibtur ogʻzigʻa joni,
Magarkim qilgʻay afgʻoni gahi ul gul sori ohang.

401

Chamanda sabza manga xanjar oʻldi, sarv — xadang,
Koʻngulni olgʻali ul sarvqaddi sabzarang.
Agar gul islamas ul koʻrkaboy, hayrat emas,
Gʻaniydurur, toʻni yuz pora eldin aylar nang.
Koʻtarsa mahmili husnungni charx buxtisi
Iki yonida munosibdur oyu kundin zang.
Nafas-nafas qadah ichmasni jazm etarmen, lek,
Netayki, ishva qilur lahza-lahza soqiyi shang.
Sinuq safol nla vayron aro gado Jam erur,
Ul angʻa jomu bu Jamshid bogʻlagʻan avrang.
Bu bazm ichinda navo ul toparki, xizmatda
Qadi xam oʻlsa dogʻi koʻngli holi uylaki chang.
Badan anosirining chorgohin et xorij,
Navoyiyo, desangʻ aylay falak sari ohang.

402

May bila mayxonaning xishtnya tosh uzra hal qiling,
Chun xumoridin sudo’ oʻlea, ani sandal qiling.
Har ne qolsa suda boʻlgʻon xishtdin ta’zim uchun,
Ip toqib har jonibidin boʻynuma haykal qiling.
Ey xarobot ahli, soqiy orazi aksi uchun
Sof qilmogʻligʻ bila may koʻzgusin sayqal qiling.
Mugʻbacha ollida chun boʻldi sujud etmak ishim,
Maygʻa marhun qilsangiz, sajjodani avval qiling.
Sahl erur jon naqdini soqiy uchun qilmoq nisor,
Lek bir paymona toʻldurmoq bila ashal qiling.
Mastu majnun chiqmisham mayxonadin, ey shoʻxlar,
Komingiz gar hazl esa, iynak meni mahzal qiling.
Koʻyidin quvlgan havoru aqlni» ey dardu ishq,
Anda sargardon Navoiyni vale ankal qiling.

403

Gʻam toshin jismimgʻa paykoning bila band aylading,
Ul samarnn bu yigʻochqa parkpayvand aylading.
Chun shakar shirinlik izhor etti la’ling ollida,
Demayin, qilding tabassumkim, shakarxand aylading.
Elga ishrat bodasi tuttung yoyib xoni visol,
Vahki, bizni qon yutub gʻam yerga xursand aylading.
Istamas boʻlsang meni bulbul kibi shaydo, nedin
Yuzni gulgun boda birla gulga monand aylading?
Qilding ul yuz jannatidin ayru bu koʻz mardumin,
Odamu har sori yoshin anga farzand aylading.
Dahr bogʻining gulida yoʻqturur boʻyi vafo,
Oʻzni, ey bulbul, agar parkand-parkand aylading.
Ey pari, debsen Navoiy bor emish Majnun kibi,
Bir yoʻli ul telbani qaydga xiradmand aylading?

404

Ey mugʻanniy yor bazmida navo soz aylasang,
Jon fidong oʻlsun gʻamim sharhidin ogʻoz aylasang.
Uddek kuymakligim sharh eg lisoni hol ila,
Nagʻmada udung lisonin sehrpardoz aylasang.
Oʻzga olamdin xabar deb bizni tirguzdung, ne tong,
Bu risolat birla gar izhori i’joz aylasang.
Rozim ar sozing lisonidin ba’idul-fahm esa,
Anga ruhafzo unungni dogʻy hamroz aylasang.
Otlanib, boshimni raxshingning ayogʻi ostigʻa
Tiygʻ birla solgʻudek masti sarandoz aylasang.
Parda yop roz uzravu doxil boʻl ushbu bazm aro,
Kim erur xorij agar beparda ovoz aylasang.
Chekmading lahne Navoiy koʻnglun istab, ayb emas
Anglab oʻzungni navo ahligʻa shah, noz aylasang.

405

Ishq oʻtidin qismatim dardu balomu qilmading?!
Dudi birla xonumonimni qaromu qilmading?!
Kuymagimga barqn ofat qilmadingmu ohni?!
Oʻlmagimga ashkni seli balomu qilmading?!
Zulm tigʻidin tanimni etmadingmu band-band?!
Furqatingdin band-bandimni judomu qilmading?!
Dema, ey koʻzkim, ne qildim, gar seni koʻr istasam,
Bir boqib, yuz ming balogʻa mubtalomu qilmading?
Ey koʻngul, holimni qilding arzu afzun qildi zulm,
Bilmadingmu, yo bilib yaxshi adomu qilmading?!
Shikva qilsoq sendin, ey gardun, ravo ermas dema,
Bizni bekom aylab, el komin ravomu qilmading?!
Bahri ishq ichra, Navoiy, oshnoligʻ topmading,
To bu bir koʻzni Aras, ul birni Omu qilmading!

406

Ey koʻngul, yer-koʻk asosin asru bebunyod bil,
Ul kesakni suvda koʻr, bu safhani barbod bil.
Jism uyi chunkim erur faniy, tafovut yoʻq, ani
Gar fano selobidin vayronu gar obod bil.
Toʻrt unsur qaydidin to chiqmagʻaysen, naf’ emas
Osmoniy toʻrt daftarni tutaykim yod bil.
Eyki debsen, haqni ne ta’rifu vasf ila bilay?
Vasfdin mustagʻniyu ta’rifdin ozod bil.
Tengri zikrikim, maloyikka gʻizoyi ruh erur,
Bu gʻizoni haq yoʻligʻa kirgan elga zod bil.
Gar habibim qilsa izhori kalom, ey piri dayr,
Isiyi Maryamni ul dam gungi modarzod bil.
Mantiqi ishq ichra oshiqil tasavvur ayla nav’,
Fard boʻlgʻonlarni bu yoʻlda anga afrod bil.
El oyogʻiga tushardin boshqa chiqmoq rasmini
May kuhanpiridin ushbu dayr aro irshod bil.
Ey suluk ahli, qachon maqsud topqumdur desang,
Mosivallohni fano koʻrgan kunin miyod bil.
Eyki debsenkim, bilay tavhid sirridin xabar,
Shar’din nekim tajovuz ayladi, ilhod bil.
Doʻst vaslin topmogʻon dunyovu uqbodin kechib,
Ushbu dardinggʻa Navoiy holin istishhod bil.

407

Ogʻzidin chiqqan hadisi nfuku ranginni bil,
La’l suftidin chiqorgʻon rishtadur rangi qizil,
Bir zabona har yaramda soʻzi ishqingdin erur,
Koʻnglum oʻti sharhiga ochqon ogʻizlar ichra til.
Ey ajal, koʻyida boshim qil ogʻirkim, aylamish
Hajr ashkim selin ildam, za’f jismimni yengil.
Qon yosh ichra gʻarqadur jismim, chiqar, ey mugʻbacha,
Koʻrsang andoqkim olursen la’lgun may ichra qil.
Xoʻblar har dam oʻtar sensiz qoshimdin, vahki, bor
Har nafas hajring manga bu oylar oʻtgan birla yil.
Sarsaredur har daming maqsud izin gum qilgʻali,
Gar bu vodiy ichra gʻaflat birla yuz ming yil tiril.
Ey Navoiy, faqr tufrogʻigʻa koʻp toʻktung sirishk,
Gar tilar boʻlsang fano ham anda-oʻq emdi yiqil.

408

Aningdek mastmen day subhikim, bu mushkil ermas hal,
Ki mayliq shisha qoʻygʻon shiradur yo shu’laliq manqal.
Quyoshdek titramak daf’in sahargah orzu qilsang,
Quyoshdek jomni titrab sumurmak farz erur avval.
Munungdek faslkim, tun mushkini charx etti kofuriy,
Sabuhiy maydin ulkim boʻlsa loya’qil erur a’qal.
Sudo’im gʻolibu gulgun mayimni muhtasib toʻkmish,
Topib oldimgʻa ul balchigʻdin-oʻq surtay qizil sandal.
Sovugʻ yo tiyra ersa day sabuhi, ista ravshan may,
Netarsen mehr oʻtidin shu’la yo oy nuridin mash’al?
Xush oʻl maxmurlugʻdin tiyra koʻzkim, ochqach-oʻq boʻlsa
Oʻshul koʻzguga soqiyning hiloliy qoshidin misqal.
Mahosin subhdin bogʻlab, sochar oʻt ogʻzidin gardun,
Sabuh ahli, nishot aylangki, topmishsiz ajab mahzal.
May ichra aks erur soqiy yuzidin, anglamon, yoxud
Koʻzum nazzoradin toʻrt oʻldi, yoxud boʻlmisham ahval.
Quloq har soʻzga solma istasang ishq ichra rasvoliq,
Ki voiz koʻp chekib faryodu nosiq koʻp degay muhmal.
Muyassardur, Navoiy, yor vasli xilvate topsang,
Ki ya’ni boʻlmasa ul xilvat ichra oʻzlukung ankal.

409

Yuzungni koʻrdum, emdi koʻzlarimni bogʻla, ey qotil,
Ki nogah boʻlmagʻaylar oʻzga yuzni koʻrgali moyil.
Kitob avroqidek boʻlgʻay musattah qolmayin davri
Gʻamim toshigʻa boʻlsa bir nafas toʻquz falak homil.
Meni bedilning ohin oʻkmakim, olamni kuydurdi,
Hanuz ermas koʻngulning shu’lasi bu oʻt aro doxil.
Tanimda kul emas gulxan nishoni telbalikdinkim,
Kul oʻldum oʻrtanib ishqing oʻtidin, lek sen gʻofil.
Labing shavqi koʻnguldin xalq ta’n aylab qachon ketsun,
Sabodin gʻunchaning hargiz boʻlurmu humrati zoyil?
Nedur oy safhasi boʻlgʻon qarodin dogʻliq, goʻyo
Jamoling daftarin yozgʻonda boʻlmish bir varaq botil.
Mening jurm ichra uzrum shayxning zuhd ichra ujbidin
Batardur, doʻst lutfi holima gar boʻlmasa shomil.
Figʻoni oʻqidin bulbulning, ey gulbun, hazar qilkim,
Tikan paykonigʻa gul javshani hargiz emas hoyil.
Navoiy qullugʻin faqr ahlining piri qabul etsa,
Erur bir banda ozod aylagan yangligʻ shahi odil.

410

Hajr oʻtigʻa istasang yoqilmagʻaysen, ey koʻngul,
Yordin zinhorkim ayrilmagʻaysen, ey koʻngul.
Vah, ne toli’durki topmay umre istab yorni,
Chun seni yor istagay, topilmagʻaysen, ey koʻngul.
Buki qon boʻldung desangkim, oshkoro boʻlmasun,
Mayl etib yoshlar sari qotilmagʻaysen, ey koʻngul.
Desalar: Laylimu ortuq husn aro yo ul pari?
Garchi Majnunsen, kerak yongʻilmagʻaysen, ey koʻngul.
Qildi chun soqiy labi yetgan qadah hushungni mahv,
To abad zinhorkim oyilmagʻaysen, ey koʻngul.
Gʻunchasin gʻamdin vale soqiy bahori orazin
Ochsa, bilmonkim, nedin ochilmagʻaysen, ey koʻngul?
Davlati boqiy Navoiydek erur topmoq mahol,
To tamom oʻzlukni foniy qilmagʻaysen, ey koʻngul.

411

Chamanda qonini baskim oqizdi zor koʻngul,
Sogʻinma gʻunchaki, gulbun keturdi bor koʻngul.
Ne gullar ochqay alam gulshanida gʻuncha kibi,
Nihoniy zaxmlarin qilsa oshkor koʻngul,
Toʻnungda tugma emas barcha la’l paykoni,
Labing havoyeigʻa borur tuzub qator koʻngul.
Chamanda qon yogʻar oʻtsang magar sanubar uza,
Ochar jarohati ogʻzini har figor koʻngul.
Tutashqon oʻtdurur oʻtun aro bukim topmas
Firoqnng oʻqlari birla dame qaror koʻngul.
Fatilalarni yaramdin chekib tutashturdi,
Magar gʻamingda qoʻyar dogʻi intizor koʻngul.
Firoq zaxmida ochmish ogʻiz, ketur, soqiy,
Qadahki, istamas oʻlmogʻni hushyor koʻngul,
Ne mehr isi, ne vafo rangi topqung, ey bulbul,
Bu bogʻ gullariga berma zinhor koʻngul.
Navoiy etgʻay oning tarkin ixtiyor, valek
Qachon berur anga bu ishda ixtiyor koʻngul?

412

Men jahondin kechtimu kechmas mening jonimdin el,
Mek ilik jondin yudum, chekmas ilik qonimdin el.
Toʻsh-toʻshumdin baski rasvoligʻ oʻti lov-lov yonar,
Har taraf yoʻldin chiqarlar oʻtsalar yonimdin el.
Baxtim uyqusigʻa goʻyokim surudedur hazin,
Koʻyida bukim uyumas har tun afgʻonimdin el.
Tonimaslar bir-birin yoqqon mazallat gardidin,
Soʻrgʻali holim kirib chiqquncha vayronimdin el.
Menda tumori junundek pech, vahkim, bexabar
Har taraf koʻnglumda qonligʻ dogʻi pinhonimdin el.
Istaram, ey Xizr, kelgaymen qilib jon birla tavf,
Ka’bayi koʻyin xabar topquncha borgʻonimdin el.
Ey Navoiy, qilmagʻaylar ayb agar devonamen,
Ul pari vasfin oʻqugʻon soyi devonimdin el.

413

Qaro koʻzum, kelu mardumlugʻ emdi fan qilgʻil,
Koʻzum qarosida mardum kibi vatan qilgʻil.
Yuzung guliga koʻngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholigʻa jon gulshanin chaman qilgʻil.
Takovaringgʻa bagʻir qonidin hino bogʻla,
Itinggʻa gʻamzada jon rishtasin rasan qilgʻil.
Firoq togʻida topilsa tufrogʻim, ey charx,
Xamir etib, yana ul togʻda koʻhkan qilgʻil.
Yuzung visoligʻa yetsun desang koʻngullarni,
Sochingni boshtin ayogʻ chin ila shikan qilgʻil.
Xazon sipohigʻa, ey bogʻbon, emas mone’,
Bu bogʻ tomida gar ignadin tikan qilgʻil.
Yuzida terni koʻrub oʻlsam, ey rafiq, meni
Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilgʻil.
Navoiy anjumani shavq jon aro tuzsang,
Aning boshogʻligʻ oʻqin sham’i anjuman qilgʻil.

414

Nomasi qoʻynumda, baskim iztirob aylar koʻngul,
Oʻpgali chiqmoqqa goʻyokim shitob aylar koʻngul.
Toza butmish erdi koʻksum choki, vahkim, tolpinib
Chiqqali ul raxnani har dam xarob aylar koʻngul.
Oʻqi zaxmi yoʻlidin solsam ichimga nomasin,
Bir fatila marham oʻrnigʻa hisob aylar koʻngul.
Chirmabon jon pardasin manshur uza volo kibi
Koʻrmasun deb gʻayr oni, goʻr niqob aylar koʻngul.
Gʻunchadek qat-qat boʻlub qon ul musofir shavqidin,
Nomasi yangligʻ damo-dam pechu tob aylar koʻngul.
Mubham ermish ruq’asi davronning asru yovakim,
Jongʻa bu andishadin har dam azob aylar koʻngul.
Ey Navoiy, ochti koʻksumning tikilgan chokini,
Nomasi qoʻynumda, baskim iztirob aylar koʻngul.

415

Yordin kelmish manga bir turfa maktub, ey koʻngul,
Kim erur har satri, bal har lafzi margʻub, ey koʻngul,
Lafz yoʻq, har harfi jon hirzi, dogʻi har nuqtasi
Mardumak yangligʻ biaynih koʻzga matlub, ey koʻngul.
Ayladim tumor, agar tumor etar daf’i junun,
Bu meni qilmish junun ilgida magʻlub, ey koʻngul.
Safhada ermas muhabbat sharhikim, kelmish kiyib
Hullayi kofurgʻun bir turfa mahbub, ey koʻngul.
Asru koʻp takror etardin ul parivash nomasin
Boʻlmisham el ichra majnunluqqa mansub, ey koʻngul.
Gʻayrdin safhangni qilgʻil pok, ya’ni aylama
Xotiring lavhini har xat birla ma’yub, ey koʻngul.
Gʻamdin ozod oʻldi xattidin Navoiy, bermasa
Begiga qulluqqa xat boʻlgʻaymu mahsub, ey koʻngul?

416

Ey koʻngul, bir nav’ oʻlubmen ahli davrondin malul,
Kim erurmen kimki ondin yaxshi yoʻq, ondin malul.
Hajr agar budur, netay men jonni, jon netsun meni,
Kim erur har lahza mendin jonu men jondin malul.
Tengri xalq etmish meni goʻyo malolat chekkali,
Kim dame yoʻqkim, emasmen xalqi nodondin malul.
Necha dinim uzra titray dilrabolar koʻyida,
Ey musulmonlar, boʻlubmen kofiristondin malul.
Istasang maqsad, qadam qoʻy, ta’n toshidin ne bok,
Ka’ba topti boʻlmagʻon xori mugʻilondin malul.
Ey koʻngul, fikringni qilkim, doʻstu dushmanlar yuzin,
Koʻrmas erdi, boʻlmasa sen zori hayrondin malul.
Ey mugʻanniy, tut «Iroq» ohangiyu koʻrguz «Hijoz»,
Kim Navoiy xotiri boʻlmish «Xuroson»din malul.

417

Ul parikim bandi zulfigʻa majonindur uqul,
Men kibi devonalar qaydin qachon qilsun qabul.
Zarra ermaskim quyosh ajzosi nur aylarga kasb,
Ul pari qasrigʻa ravzandin qilur har dam nuzul.
Olamoro husn ila jonbaxsh nutqungmu ekin,
Yo Masiho ruhi Yusuf jismida qilmish hulul?
Eyki dersen, keldingu shod oʻlgʻusi vaslinggʻa yor,
Shod boʻlgʻay erdi boʻlgʻon boʻlsa hajrimdin malul.
Mushaf avsofingda ermish, olloh-olloh, mujmale,
Sura-sura har karashmang sharhida iynak fusul.
Yerga soching sudralur kulbamga kirsang xam boʻlub,
Mehr past oʻlgʻon zamon andoqki topqay soya tul.
Ikki zulfung toʻlgʻonur har dam sabo tahrikidin,
Ikki hindu nagʻma bnrla zohir etgandek usul.
Rostliqdin dayr toqigʻa mador oʻlmoq, ne ayb,
Solikekim boʻlsa xizmatda sutun yangligʻ hamul.
Boʻlmasa erdi Navoiy sirri ishqinggʻa amin,
Ne zalum etgay eding oniig xitobin, ne jahul.

418

Qon toʻkar koʻz orazing gulgunaliq koʻrgan mahal,
Ne uchunkim suyi oning qon ila boʻlmish badal.
Toqi axzar qotti barcha fitnavu bedodini,
Qoshingga mashshota goʻyo voʻsma aylar chogʻda hal.
Nildin gulgun uzoring bogʻida har sori xol,
Nilufar gulshan aro har yon ochilmish fil-masal.
Kechrak ochmoq burqa’ ermas el oʻlar deb rahm uchun,
Balki aylarsen ulus koʻprak yigʻilsun deb hayal.
Bogʻ aro har rang toʻn egnida chiqmish uylakim,
Hur jannat sayrigʻa chiqqay kiyib turluk hulal.
To yudung zunnori zulfungni, sochilgʻon suyidin
Kishvari islom aro yuz ming bino topmish xalal.
Dahr shoʻxidin, Navoiy, tut qiroqkim, bogʻlasang
Bir ayoq suv birla aqdin, uldurur jomi ajal.

419

Yor hijronida sarvaqtimgʻa yetting, ey ajal,
Jon fidong etsam hanuz ozdurki, kelding darmahal.
Jon talashmoqliqqa qoʻyma la’li hajridin meni,
Chun erur ta’xir aro ofot, koʻp qilma hayal.
Jonni bot olmoq sanga mushkul esa, jon chekma koʻp,
Qoʻyki, bu mushkulni bot aylar aning hijroni hal.
Hajridin oʻlmay visoli noʻshidii topsam umid,
Aylaguvdur sa’y oʻlmakdin tirilmak fil-masal.
Hajr bemorigʻa qotil zahr erur hayvon suyi,
Ey Masih, asra nafas, bu nuqtada qilma jadal.
Soʻnggʻi kundin halq tarson, men burun kundin vahim,
Elga gʻam shomi abad keldi, mangʻa subhi azal.
Ich Navoiy, gʻussa tahliligʻa gulgun bodakim,
Bir piyola la’li mahlul oʻlmadi andin badal.

420

Koʻzumda hajr oʻtining humratin koʻr, dema qondur ul,
Qaro sogʻnima, paykoning suyi tomgʻon nishondur ul.
Labing xoliki xat yoshurdi jonni yoshurun oʻrtar,
Hamono ishqdin jonimdagʻi dogʻi nihondur ul.
Koʻngul bogʻi aro har yon oʻqung zaxmi emas, goʻyo
Niholi mehring ekmaklik uchun qozgʻon makondur ul.
Koʻzumnung mardumikim, to sahar kavkab sanar har tun,
Ul oydin uyqu ayyorin qovargʻa posbondur ul.
Koʻnguldin kelgan ohim xaylini man’ etmasam avlo,
Ki mehnat kishvaridin azm qilgʻon korvondur ul.
Qading sarvidadur koʻnglum qushi, vah, sunbulung ermas,
Kim ul sarv uzra qush qasdigʻa chirmashqon yilondur ul.
Surohiy ogʻzida qil shaklidin xushdilmen, ey soqiy,
Magar ayshu farogʻat toyirigʻa oshyondur ul.
Emas boʻlsang taayyun xonaqohi shugʻlidin emin,
Fano dayrigʻa kir fil-holkim, dorul-amondur ul.
Navoiy za’fin anglab, oʻzgaga haml etma javrungni
Ki yillar ushbu ogʻir yukni chekkan notavondur ul.

421

Qurudi chekkali qondin koʻzum niqob qizil,
Bale, yogʻinsiz oʻlur chin boʻlur sahob qizil.
Koʻzumda loladek ul yuz gʻarib erur qon yosh,
Ki boʻlsa gul qizil, oʻlmas anga gulob qizil.
Boshim sipehrdek evruldi, qon yoshim sari boq,
Ki har zamon yugurur anda bir shihob qizil.
Koʻzum qizardi qizil ashk rangidin, garchi
Qizil boʻlur suvu boʻlmas anga hubob qizil.
Koʻngulii churkadi ishqing, valek erur toʻla qon,
Yolinda kuymishu kessang erur kabob qizil.
Bu qonki, vodiyi ishq ichra oqti, borsa, ne tong,
Samum rangidek ul dasht uza sarob qizil.
Ne jilva erdi qizil toʻn bilaki, qon yoshdin
Libosin ayladi ishqingda shayxu shob qizil.
Labing gʻamida Navoiy oʻzin tilar bexud,
Ne tong, may ichsa aningdekki, la’li nob qizil.

422

Ey musavvir, dilbarimgʻa suvrate monand qil,
Koʻrmagidin xotirimni gah-gahe xursand qil.
Ul harir uzraki tarh etgungdurur timsolini,
Sigʻmasa, zayligʻa jonim pardasin payvand qil.
Boʻlmasun bu toʻ’madin mahrum ul kuy itlari,
Ey ajal, taqsim uchun bagʻrimni yuz parkand qil.
Ul parivash chiqti usruk sekretib koʻnglagcha, voy,
Nosiho, devona boʻldum, emdi tarki pand qil.
La’li shirindinki qilding ayshni jonimgʻa talx,
Necha achigʻ soʻz demak, bir qatla shakkarxand qil.
Jomi Jamning rohi Afridun yiloni zahridur,
Ey koʻngul, oʻzni safoli faqr ila xursand qil.
Hojati budur Navoiyning, xudoyokim, ani
Mugʻbacha husnigʻa mugʻ dayrida hojatmand qil.

423

Qani bir chehraki, mayl etgay anga xasta koʻngul,
Qani bir zulfki, boʻlgʻay anga vobasta koʻngul.
Zaxmi ogʻzida labing zikriyu ahvoli qatiq,
Jon yetib ogʻzigʻa hol ustidadur xasta koʻngul.
Gʻussa tirnogʻi bilakim qilur atrofini resh,
Naqsh etar egma qoshing shaklini payvasta koʻngul.
Gʻam yemon buzdi esa koʻnglum uyinkim, qoʻymas
Maxzani ishqini to boʻlmas, shoyista koʻngul.
Tah-batah qon demakim, ikki yuzung shavqidin
Dard bogʻida qilur lolavu gul dasta koʻngul.
Koʻnglum ar boʻlmasa vobasta, tong ermas, ey shayx,
Bormu oxir bori olam aro vorasta koʻngul?
Zulmidin desa Navoiyki qilay ishqin tark,
Man’ etib, ichkaridin yolbarur ohista koʻngul.

424

Qasdi jonim qildi hajr, ey qotili xunxor, kel,
Qon toʻkub jonimni olmoq istasang, zinhor kel.
Ashk durrin koʻzda, jon naqdin ovuchda asradim,
Kim qachon kelsang, yoʻlungda qilgʻamen isor, kel.
Ruhum ayrilmish badandin gar tilarsen, ey habib,
Aylamak Isoyi Ruhulloh damin izhor, kel.
Aytmon kelgil, dogʻi qilgʻil tavaqquf lahzaye,
Kelgach-oʻq borgʻil, vale jonimni olgʻoch, bor, kel.
Jon yetibtur ogʻzima, dermen labinggʻa topshuray,
Lutf etib qilgʻil meni jon birla minnatdor, kel.
Dayr aro may ichkali kelgum, desam der mugʻbacha,
But qoshida bosh qoʻyub bogʻlar esang zunnor, kel.
Jon Navoiyni, Navoiy jonni sensiz istamas,
Oni jonning, jonni oning ranjidin qutqor, kel.

425

Yuzi oyina qildi koʻzguni ul siymbar hoyil,
Aningdekkim quyosh ruxsorigʻa boʻlgʻay qamar hoyil.
Ul oʻtlugʻ yuzni qilmoq zarvaraq pinhon emas mumkin,
Ne imkondur koʻrarda shu’lani boʻlmoq sharar hoyil?
Koʻrunmas zor koʻnglum jahd etib paykanlaring ichra,
Magar ul qushqa boʻlmish kasrati bargi shajar hoyil.
Suni andoqki yopqay safha-safha bargi gul tushgach,
Yoshimgʻa pora-pora boʻlmish ajzoyi jigar hoyil.
Sochinggʻa gardi Yazdiy me’jaring hoyil boʻla olgʻay,
Boʻla olsa savodi shom uza shabnam agar hoyil.
Safardur mujibi hirmoni diydor ahli shavq ichra
Hamono vasl xurshidigʻadur gardi safar hoyil.
Yuzungni och, agar xud rishtayi jondin durur burqa’,
Berib jon istamas diydorgʻa ahli nazar hoyil.
Dema, solikka hoyil ne ekin maqsud vaslidin,
Erur aqlu hisu dunyovu uqbo sarbasar hoyil.
Desangkim, oʻzlugumdin, oʻzga hoyil bormu jonongʻa,
Boʻlurmu, ey Navoiy, ishq aro mundin batar hoyil?!

426

Har kishi koʻrsa qizil xoroda ul mahvash jamol,
Qon yoshim mavji aro qilgʻay quyosh aksi xayol.
Novakin chekmangki, chirmalmish anga jon rishtasi,
Kuch bila chiqmoq ne imkon resha berkitgan nihol?
Ul quyoshning markabi koʻk tavsanidur, ne ajab,
Gar rikob oʻlmoqqa bosh bir-birga yetkurgay hilol.
Nun boshinda shamra yangligʻdur qoshing uzra girih,
Oraz uzra nuqta misliduf uzoring uzra xol.
Goʻyiyo qilgʻay quyosh birla shafaqdin rangi hal,
Sun’ naqqoshi tasavvur qipsa chehrangdin misol.
Mayda soqiy aksini koʻrgan egildim oʻpgali,
Bosh koʻtarmon emdi, ya’nikim topibmen infiol.
Ey Navoiy, oʻlgil ondin burnakim, yetgay ajal,
Kim ajal yetgach oʻlarga burmagay shoyad majol.

427

Sarvdek xazro libosing birla, ey nozik nihol,
Toʻtiyesen jilvagar, shakkar sanga shirin maqol.
Ogʻzingu beling hadisu ramzini bilmay yaqin,
El aro paydovu pinhon muncha tushti qilu qol.
Bilgurur yuzungʻ tihidin turfa xatti mushkboʻ,
Sabzadekkim, boʻlgʻay aning ustida ravshan zulol,
Ishq aro topsam malolat sabrdin, yoʻq hayrate,
Darddin bemorgʻa parhez erur koʻprak malol.
Ey koʻngul, gar tori jismimda navo yoʻq, ne ajab
Nola qilmas garchi pechu tob urar sargashta nol.
Hasrat ohidin falakka oʻt solurmen har nafas,
Ne ekin hikmat bukim, topmas asosi ixtilol.
Begunah toʻksang Navoiy qonini, yoʻqtur gʻami,
Kim seni koʻrgan dami qonin sanga qilmish halol.

428

Kim dedi mehringi ul mahvashqa ravshan aylagil
Kuch bila joninggʻa jononingni dushman aylagil.
Ul pari chun bordi, xohi telbalardek dasht tut,
Xoh zuhdu ofiyat kunjini maskan aylagil.
Chun boʻlur ul turfa qush koʻprak ramida, ne osigʻ,
Har zamon yuz qatla gar faryodu shevan aylagil?
Ey quyosh, ishqingda gar sargashta boʻldi zarraye,
Garm oʻlub kuydurma, balkim mehr anga fan aylagil,
Boʻlmasa ul sarvi gulrux hamrahing, doʻzaxcha bor
Xoh azmi dasht, xohi mayli gulshan aylagil.
Har ne davrondin kelur, taslim xushtur, ey rafiq,
Naf’ chun yoʻq, oʻzni gar yuz qatla tavsan aylagil.
Gʻam sipohi daf’igʻa mayxonadur dorul-amon,
Ey Navoiy, zinhor ul uyin ma’man aylagil.

429

Gulbuni ishratdin uzgil bargi payvand, ey koʻngul,
Gʻunchadek boʻl qon yutub kulmakka monand, ey koʻngul.
Qilma tark evrulmak ul gul girdigʻa bulbul kibi,
Qilsalar gar gʻunchadek parkand-parkand, ey koʻngul.
Orazu la’li xayoli birla sen to xastasen,
Naf’ etar goʻyoki bu za’finggʻa gulqand, ey koʻngul.
La’li ne kondindurur, nevchun hadis etmas dema,
Ne ato bordur Masihogʻa, ne farzand, ey koʻngul.
Orazing ochqach, demakim, oshiq etma xalqni,
Oʻtqa bermaklik durur kuydurma deb pand, ey koʻngul.
Bismil etti sayd koʻnglidek seni tiygʻi qazo,
Yoxud ul lab shavqndin qilding shakarxand, ey koʻngul?
Ey Navoiy, boqma tun-kun xoliyu ruxsorigʻa,
Donavu suv birla sayd oʻlmas xiradmand, ey koʻngul.

430

Qildi ovora meni xastani ovora koʻngul,
Xonumonimni qaro etti yuzi qora koʻngul.
Itlaring ollida yuz pora koʻngulni soldim,
Muna koʻr, har birining ollida bir pora koʻngul.
Yor yuz pora qilib bordi hazin koʻnglumni,
Hech oʻsanmay yana har lahza borur yora koʻngul.
Yosh toʻkar koʻnglum aning vasligʻa mayl aylasa koʻz,
Qon yutar koʻz, yuzini aylasa nazzora koʻngul.
Noz oʻqin jon bila jismimgʻa urub xud oʻttungʻ,
Boqki, qoldi boqibon yolbora-yolbora koʻngul.
Lu’bati dahr firibi bila boziy yemakim,
Bermadi kimsaga bu shohidi makkora koʻngul.
Koʻngli istarki, sinuq boʻlsa Navoiy koʻngli,
Boʻlmasun shisha koʻngul qasdida, vah, xora koʻngul.

431

Ey, jamoling ravzasi firdavs bogʻidek jamil,
Lablaringning kavsari aynan tusammo salsabil.
Istamas boʻlsa muhabbat ahli yoshin Dajladek,
Ne uchun chekti qazo mashshotasi ollinggʻa Nil?
Koʻzuma yoʻlungda tufrogʻligʻ tikankim sanchilur,
Bor biaynih surma ul tufrogʻ, tikan andoqki mil.
Bargi guldek hulla jismingda sabo tahrikidin
Titrar andoqkim kumush ustida bir muflis baxil.
Ey kabutar, vosil oʻldum, noma kelturmakni qoʻy,
Kim harimi lomakonda mahram ermas Jabrail.
Orazing oyina yuz mahvash safodin ursa dam,
Koʻzgu olkim, koʻrguzur yuz vajhdin ravshan dalil.
Ey Navoiy, boda ol, ich xossa bu shukronagʻa,
Kim salomatdur asolat gavhari sayid asil.

432

Ul quyosh ogʻzi uza mushkin hol,
Zarraning nuqtasidin keldi misol.
Gar ravondur, ne tong, ul qadki, erur
Ruh sarchashmasida toza nihol.
Raxsh har yonki surar ul chobuk,
Yugurur tegrasida payki xayol.
Chobukumning otining na’li emas,
Tushti shabrang ayogʻigʻa hilol.
Gʻuncha ogʻziki takallum qilmas,
Ul ogʻiz gʻunchasi qilmish ani lol.
Hajrning chorasi bexudlugʻ emish,
Soqiyo, jom ketur molomol.
To Navoiydek oʻlay oni ichib,
Mastu Majnunsifatu shifthol.

433

Ne qoshu yuzdurur sanga, ey husni loyazol.
Bir oy boshida koʻrmadi hech kim iki hilol.
Ogʻzi soʻzin demakda beli yodima kelur,
Ore, daqiq nukta aro yuz berur xayol.
Koʻzu qoshing biaynih nargiz boshinda «nun»,
Zulfung ayogʻing ostida chun vard ayogʻi «dol».
«Xat» lafzi kimki yozsa qoʻyar nuqta yuqori,
Mushkin xatingning ustida andogʻ koʻrundi xol.
Sarsabz erur hamisha bu gulshanda sarvdek,
Ozodayeki boʻlsa mizojida i’tidol.
Vasl istaram ayon qilibon ashk durlarin,
Soyil yatimlar yigʻib etgan kibi savol.
Ul chobuk ollida boshin etti Navoiy goʻy,
Chavgoni sarguzashtima basdur guvohi hol.

434

Yo rab, ul oy husnin el fahmigʻa nomafhum qil,
Buyla mavjud etmasang, avval meni ma’dum qil.
Barcha yuzdin uylakim koʻzumni mahrum aylading,
Barcha koʻzni ul parivash yuzidin mahrum qil.
Boʻlsa ishqimda qusure, koʻnglini mendin sovut,
Ishkim ar pok oʻlsa, toshdek koʻnglin oning mum qil.
Qilsa zulm ul zolim elni qilmagʻil, yo rab, zabun,
Chun tazallumdur ishim, doim meni mazlum qil.
To koʻzum qutlugʻ yuzidin oʻzga sori tushmasun,
Har ne koʻz koʻrgay, mening baxtimgʻa oni shum qil.
To tirikmen ishqi harfidur ichimda, ey rafiq,
Oʻlsam oni-oʻq mazorim toshida marqum qil.
Demakim, bormu ekin mehrim Navoiy koʻnglida?
Anda sensen, bir taammul aylabon ma’lum qil.

435

Qon yoshim ichra tanim toʻlgʻangʻanin nazzora qil,
Lolazor ichra yilon gar koʻrmading, oʻt uzra qil.
Bodadinmu erkin usruk koʻzlaringning humrati,
Yo uzoring oʻti tobidin boʻlubturlar qizil?
Koʻnglum ichra har yara ogʻzida paykoning uchi,
Keldi darding lazzatining shukrini ayturgʻa til.
To tushubmen ul uzoru ikki gisu hajrigʻa,
Ey quyosh, rahm aylakim, boʻlmish bir oyu ikki yil.
Dogʻima andoza marhamlik momugʻdin istagan,
Koʻnglum ichra buyla har yon dogʻi beandoza bil.
Dahr boʻstonida chun yoʻqtur vafoye, ey koʻngul,
Loladek gulgun qadah tut, gʻunchadek bir dam ochil.
Iltifoting ozidin itti Navoiy telbarab,
Ey pari, bir ham bu majnununggʻa parvo aylagil.

436

Nolani har nechakim eldin nihon aylar koʻngul,
Seni sogʻingʻoch, yana bexud figʻon aylar koʻngul.
Har nechakim rozi ishqing yashururmen xalq aro,
Bir mahalsiz oh ila borin ayon aylar koʻngul.
May tarashshuh aylagandek chok boʻlgʻon shishadin,
Zaxmidin xunobasin har dam ravon aylar koʻngul,
Qasd etar koʻnglumki, olgʻay lablaringdin komi dil,
Emdi tahqiq ayladimkim, qasdi jon aylar koʻngul.
Koʻz koʻrar yuzungniyu koʻnglum meni rasvo qilur,
Zor etar koʻngʻlumni koʻz, bagʻrimni qon aylar koʻngul.
Shu’layi gugird koʻrguzdi qazo kuydurgali,
Dard ishq ahlin bukim gardun gumon aylar koʻngul.
Ey Navoiy, avval ul nomehribongʻa uchratur,
Kimnikim men benavodek notavon aylar koʻngul.

437

Zulfini ochmish sabo, yuziga chiqmish tobi mul,
Zulfu yuzi aksidin toʻnigʻa tushmish dolugul.
Qon yutub koʻnglum tilar har lahza ishqing dogʻini,
Kursi limu istagandek ahli ishrat ichsa mul.
Par emas bulbulda, balkim otashin gul shavqidin
Gulxaniy devonadurkim, yuqmish a’zosida kul.
Yuzu xoling oʻti to dogʻ etti, boʻlmish loladek
Koʻhi gʻam tigʻi jafodin chok-chok etgan koʻngul.
Borgʻusi garding falakka bodpolar sayridin,
Bodpoyinggʻa, ne osigʻ, atlasi aflok jul.
Gar binafsha xatingga qullugʻ qilurdin qochmadi,
El aro nevchun erur boshi quyi, boʻynida gʻul?
Kirpik ermaskim, Navoiy oʻtgay ul chobuk debon,
Koʻz qaro suyigʻa bogʻlaydur qamishlar birla pul.

438

Qasdi jon aylar damodamkim anga yuz jon tufayl,
Tifl uchun goʻyo qilur har dam chuchuklik sori mayl.
Gul yuzungdin kelsa ashkim lolagun, yoʻqtur ajab,
Kim bahor ayyomida rangin kelur, albatta, sayl.
Tushta koʻz surtar edim yuzunga goʻyo xat emas,
Boʻldi mujgondin tikan birla toʻla husnunggʻa zayl.
Varqdin bir lam’avu xoshoku xasdin koʻh-koʻh,
Ishq yolgʻuz zuhdu taqzo cherigidin xayl-xayl.
Ul saodat axtarin koʻrgach sirishkim qon boʻlur,
Chun aqiqekim oni raigin qilur tobi Suhayl.
Mazra’i ishq ichra sochmoqqa baliyat donasin
Ayladi koʻk tosidin goʻyo qazo dehqoni kayl.
Zulfu yuzi furqati ayomidin soʻrmang hisob,
Kim Navoiy koʻziga birdek boʻlubtur yavmu layl.

439

Koʻnglung istar yorlar birla hamisha shod boʻl,
Mendinu kimdinki koʻnglunu istamas, ozod boʻl.
Garchi sabrim uyi yangligʻ aylading vayron meni,
Doimo, yo rabki, husnung mulkidek obod boʻl.
Men chekib anduh, oʻlay, el joni boʻlsun ul Masih,
Sovurul, ey charxi nigun, ey dahri dun, barbod boʻl!
Bevafolar zulmu bedodigʻa ermassen harif,
Ey sinuq koʻnglum, agar xud shisha, gar foʻlod boʻl.
Tuttum oʻlmakdin tirilmak, hajr, vah, tengdur manga
Emdi gar bergil ziloli Xizr, agar jallod boʻl.
Chekma boshkim, emin ermassen xazon yagʻmosidin,
Bu chaman ichra agar savsan, agar shamshod boʻl.
Ey Navoiy, olam ahligʻa chu yoʻq ermish vafo,
Kelu mundin nori bekaslik bila mu’tod boʻl.

440

Gar yetar agʻyordin yuz ming jarohat, ey koʻngul,
Chunki erur yor uchun bor ayshu rohat, ey koʻngul.
Ka’ba istarsen, mugʻilon cheksa til qaygʻurmagʻil,
Bemalomat topmadi hech kim salomat, ey koʻngul.
Menmenu ul oy gʻami sen ham agar mardonasen,
Dardu gʻam chek, istama komu farogʻat, ey koʻngul.
Kimga yetgay vasl iqboli, agar hijron aro
Senda boʻlsa gʻam chekarga sabru toqat, ey koʻngul.
Xurdayi rozingni asra gʻuncha yangligʻ qon yutub,
Har necha qilsa jafo ul sarvqomat, ey koʻngul.
Dema, ishqi soʻzi kam boʻlgʻay boshimgʻa ursa tiygʻ,
Kim bu suvdin sokin oʻlmas ul harorat, ey koʻngul.
Oʻrtading oxir Navoiyni sharori oh ila,
Anga nevchun muncha koʻrguzdung sharorat, ey koʻngul?!

441

Qomatinggʻa har zamon yuz jilva, ey zebo nihol,
Notavon koʻnglumga har bir jilvasidin oʻzga hol.
Evrulur koʻnglumda ul chobuk xayoli har kecha,
Shu’laliq koʻnglumni qildi ishq fonusi xayol.
Bosh qoʻyay dedim oyogʻi tufrogʻigʻa, dedi: «qoʻy»,
Boʻsa istab la’li rangin soʻrdum, ersa dedi: «ol»,
Gʻunchayi xandonki derlar munfaildur ogʻzidin,
Lek kulmak birla istar qilsa daf’i infiol.
Xattu xoli hasratidin oncha ashkim oqtikim,
Bir koʻzum tutti gʻuboru bir koʻzumga tushti xol.
Davr ham qildi qadingni, ushak tut, yoʻq aso,
Negakim dard-oʻh boʻlur zohir alif yondoshsa dol.
Ey koʻz, onsiz oʻzga yuz koʻrmakni qilmishsen havas,
Hajr tigʻidin oʻyul, yoxud Navoiydin uyol.

442

Anglading yo yoʻqmukim aylar safar yor, ey koʻngul,
Vahki, boʻlduq yona hajri ilkidin zor, ey koʻngul.
Ul xud aylar azm, men ham xastadurmen, ham gʻarib,
Goh-gohi boʻlgʻasen mendin yaabardor, ey koʻngul.
Ne borurgʻa quvvatim bor, ne turargʻa toqatim,
Bizni bu holatqa sen qilding giriftor, ey koʻngul.
Bora xud olmon turub ham chun tirilgum yoʻqturur,
Bas vido’ying qildim, ondin qolma zinhor, ey koʻngul.
Mahrami gar boʻlmasang xushtur bu hamkim, boʻlgʻasen
Itlariga hamnishinu sohib asror, ey koʻngul.
Gar boʻlubon nogahon toli’ musoid, baxt yor,
Topsang ul oy birla soʻzlashguncha miqdor, ey koʻngul.
Iltimosim budururkim, barcha eldin yoshurun
Qilgʻasen miskin Navoiy dardin izhor, ey koʻngul.
Boʻlsa senlik, vasl yoʻqtur har necha qilsang talab,
Boʻlmasa, matlub erur ul dam talabgor, ey koʻngul.

443

Ey koʻngul, hijron kunidur, tortib afgʻon yigʻlagʻil,
V-ey koʻz, ayrulgʻungdur ul gulchehradin, qon yigʻlagʻil.
Qoʻz tutarmen, ey bulutkim, oʻtsang ul gulshan sari,
Chun sogʻinsang bizni, un tortib, farovon yigʻlagʻil.
Rostliq haqqi uchun, ey sham’, bir tun bazmida
Chiqsa soʻz mendin, kuyub behaddu poyon yigʻlagʻil.
Ey qadah, qon yutmogʻimni majlisida sogʻinib,
Cheksa gulgun boda ul gulbargi xandon, yigʻlagʻil.
Koʻnglum olgʻon chogʻda, ey koʻz, man’i ashk ettim, valek
Qasdi jon ham qildi chun ul koʻnglum olgʻon, yigʻlagʻil.
Yoʻl qotiq, maqsud mubham, ya’s gʻolib, ey koʻngul,
Un chekib bu holingga, to bordur imkon yigʻlagʻil.
Ey Navoiy, belu ogʻzidin sanga yoʻqtur nasib,
Xoh paydo nola chekkil, xoh pinhon yigʻlagʻil.

444

Bogʻ mendek sorgʻorib, bulbul meningdek boʻldi lol,
Goʻyiyo mundogʻ emish bir guldin ayrilgʻongʻa hol.
Yerdagi yafrogʻ gʻaribu xoksor ar boʻlmasa,
Men kibi ne vajhdin yuzi sorigʻdur, ashki ol?
Suvgʻakim tushmish qizorgʻon barglar, koʻrgan kishi,
Koʻz yoshim ichra bagʻir pargolasi aylar xayol.
Shox Majnundurki, uryon boʻlubon aylar figʻon,
Barg Laylidurki, nilu igna birla qozdi xol.
Hajr aro ohimgʻa boqmay bordi, lekin shukr erur
Kim xazonda sarvgʻa osiyb yetkurmas shamol.
Bu sorigʻ ruxsor uza har sori ashkim oʻxshashur
Bir xazonligʻ bogʻ ichinda har taraf ravshan zilol.
Vasl angla ishq bogʻining bahoridin nishon,
Hajr bilgil gar tilar boʻlsang xazonidin misol.
Bu chaman ra’nolari sarkashlik etgandin ne sud
Kim xazon torojidin emin emastur bir nihol.
Ey Navoiy, bu xazon oʻlgʻay bahor ila badal,
Kelsa davlat gulbuni shahzodayi sohib jamol.

445

Ey, latofat kasbida husnunga hojatmand gul,
Yuz guliston ichra yoʻq yuzunggʻa bir monand gul.
Xil’ati xazro bila ul qomatu ruxsor erur
Rost bir sarveki, qilgʻaylar anga payvand gul.
Yuzu gʻamzangdin mujam qon yosh aro zoyandadur,
Yoʻq ajab, chun bor tikanga doimo farzand gul.
Jolalar ermas guli sadbarg uzakim, aylamish
Jismini tishlar bila hajringda yuz parkand gul.
Qaysi vajh ila yuzungga da’vo etgay, chun erur
Ganji husnungdin muhaqqir vajh ila xursand gul.
Sarvsen, ey gul’uzor, ar boʻlsa xushraftor sarv,
Gulsen, ey sarviravon, gar hilsa shakkarxand gul.
Ey Navoiy, gar soʻzungni yor eshitmas, ayb emas,
Turgʻoni birla quloqdur, lek eshitmas pand gul.

446

Sarvinozim, yoʻq ajab, gar roʻzadin topmish malol,
Kim suv ichmasdan topar pajmurdalik nozik nihol.
Yillar ogʻzimkim qurutmishsen ziloli vasl uchun,
Bilding erkin shammayekim sa’b erkandur bu hol.
Kun tush oʻlmay roʻzavu issigʻdin ul oy qildi za’f,
Ne harorattur, quyosh, yo rabki, topqaysen zavol.
Roʻza za’fidinki chiqmas uydin oʻlmish mohi nav,
Za’f, koʻrgilkim, toʻlun oyimni aylabtur hilol.
Roʻza muhri sogʻinib dermenki olsam tishlabon
Har qachon koʻrsam aning shirin dudogʻi uzra xol.
Sharbatin dermen ezay jon shirasidin, hil madad
Zulmatingdin tiyraliq, ey Xizru chashmangdnn zilol.
Elga shom oʻlmish, Navoiygʻa yuzungdin subh erur,
Kim sogʻinsun roʻza shomin bor ekan subhi visol?

447

Ey, manga sensiz bahoru bogʻu boʻstondin malol,
Qaysi boʻstonu bahoru bogʻkim, jondin malol.
Sensizin koʻnglum, tong ermas, boʻlsa jannatdin malul,
Ne ajab, bulbulgʻa guldin ayru boʻstondin malol.
Boʻlmasa kofir koʻzung shaydosi majnun koʻngluma,
Aqlu donishdin tanaffur, dinu imondin malol.
Ishqi tugʻyonida yuz koʻrsatsa gulruxlar, ne sud,
Kim topar muhriq isitgʻon mehri raxshondin malol.
Kuydururlar dogʻ daf’ oʻlsun maloli hajr deb,
Voy angakim, voqi’ oʻlgʻay dogʻi hijrondin malol.
Kasrati paykonidyai koʻnglum toriqmas, garchi bor
I’tidolidinki oʻtgach obi hayvondin malol.
Bazm aro har dam qadah koʻngli toʻla xunob erur,
Men kibi goʻyo anga ham yetti davrondin malol.
Qiblayi maqsad tilarsen, dard oʻqidin gʻam yema,
Istagan tavfi haram koʻrmas mugʻilondin malol.
Charx anjumdin quloqqa paxtalar tiqti, magar
Gʻam tuni topmish Navoiy chekkan afgʻondin malol?

448

Uygʻonib subh uyqusidin, mehr sham’in tor qil,
Koʻz ochib, har goʻshadin bir fitnani bedor qil.
Koʻzni afsunsoz etib jonbaxsh labdin nukta ayt,
Somiriy sehrin, Masiho moʻ’jizin izhor qil.
Koʻz toʻla uyqu ogʻirliq solmoq uchun qoʻl ochib,
Ul mahol ummed birla bizni minnatdor qil.
Sep qaro yer uzra xobolud koʻzga suv urub,
Koʻz yetarcha yerni ul suv birla nargiszor qil.
Lab etib nukta, xobolud koʻzga chin solib,
Jon berib oʻlganga, jonli xalqni bemor qil.
Uyqudin ul gulni koʻrmak gar murodim boʻlmasa,
Koʻzuma, yo rabki, har bir kirpigin bir xor qil.
Doʻst matlub ersa, gʻaflat uyqusidin koʻz ochib,
Uchmoq ummedi, tomugʻ biymidin istigʻfor qil.
Ey Navoiy, tushta ul oy dedikim vasl istama,
Aks erur tosh, sen talabni ulcha mumkin bor qil.

449

Kecha ul oy birla erdim, vah, bu tushdur yo xayol,
Tush emas, chun yoʻqturur uyqu xayoledur muhol.
Ishqin izhor aylabon vaslin tilar munglugʻ koʻngul,
Bir gado yangligʻki, aybin koʻrguzub aylar savol.
Oraz uzra ayn yangʻligʻdur uzoring uzra koʻz,
Nargiz uzra nuqta yangligʻdur koʻzung ustida xol.
Egma qaddim za’fi haddin oshti ul yuz qoshida,
Notavon boʻlgʻon kibi xurshid vaslidin hilol.
Yigʻlabon ul sarvning yoʻligʻa tushsam noz etar,
Suv bila tufrogʻdin bosh tortqon yangʻligʻ nihol.
Hajr tigʻidin quruq jismim qalamdek boʻldi shaq,
Lek pechon nolalar koʻnglumdadur andogʻki nol.
Kom erur jonimgʻa ul oludaligʻdin pok lab,
Ey Navoiy, oʻlsam ichmon Xizr noʻsh etgan zulol.

450

Ul mukahhal koʻz jafosidin agar boʻlsam qatilu
Surma toshidin yasab qabrim, qoʻyung boshida mil.
La’li jon olgʻon dalili ulki, yoʻqtur elga jon,
Buki elga jon bagʻishlaydur, bu dogʻi bir dalil.
Rashkdin har sori ishqing dogʻin aylarmen nihon
Bogʻlabon marham diram har yon yoshurgʻondek baxil.
Yuzda yoʻllar shakli tutmish qon yoshimning xatlari
Kelki, kelmish koʻz xayoling xayligʻa qonin sabil.
Orazingdin xay manga tomgʻaymu deb tufrogʻmen,
Ul kishi yangligʻki boʻlgʻay obroʻ istab zalil.
Soqiyo tut bir qadah maykim, eritgay toshii,
Kim gʻamu anduh gʻizosidin erur koʻnglum saqil.
To ani ichgach Navoiygʻa ochilgʻay gulsiton,
Gar sabuk ruhona kirsa oʻtqa andogʻkim Xalil.

451

Boʻlmish andogʻ munqati’ ahli zamondnn ulfatim,
Kim oʻzum birla chiqishmas hamzamone suhbatim.
Ey xush ulkim, tutmish erdi vahsh ila sahroda uns,
Muhish ahvole mangakim, bor oʻzumdin vahshatim.
Istaram qochmoq adam vodiysidinkim, kirgali
Vomiqu Farhodu Majnun bas gʻuludur xilvatim.
Toʻlgʻanurmen oʻzlugumdin chiqqali, bukim zrur
Dard vodiysida sargardon quyundek hay’atim.
Ey ajal, tan xirqasin kuydurki, boʻlmish bas ogʻir
Bu malomat oʻqlari birla tikilgan kisvatim.
Ey falak, anjum ushoq toshin yigʻib boshinggʻa ur,
Chun fano mayxonasi xishtidin oʻldi turbatim.
Yetti koʻkni koʻk varaqlardek sovurgʻay har taraf,
Toqi miynoyi aro chirmashsa ohi hasratim.
Qoʻy duru feruza bahsinkim, nujumu charxni
Nilufar bargi uza shabnamcha koʻrmas himmatim.
La’ldek boshim osilsun gʻarqayi xunob oʻlub,
La’l tikkan saltanat tojigʻa boʻlsa ragʻbatim.
Turfa koʻrkim, xalq komi birla umrum boʻldi sarf,
Turfaroq bukim, birovga yoqmadi bir xizmatim.
Ey Navoiy, ikki olamdin kechib toptim visol,
Bu iki butxonadin ermish bu yoʻlda ofatim.

452

Ul pari nazzorasigʻa, vahki, yoʻqtur toqatim,
Kim qachon qilsam nazar, devona aylar hayratim.
Bas, ne nav’ aylay tamannokim, visoli sham’idin
Hajr shomi gah-gahi boʻlgʻay munavvar suhbatim.
Suhbatida bor ham topsam bu toli’ qaydakim,
Bir nafas mahramlari silkida boʻlgʻay xizmatim.
Xizmatigʻa mahram oʻlsam ham qachon imkoni bor,
Kim degay bir lahzaye boʻlgʻil harifi xilvatim.
Boʻlsa ham xilvat muyassar, vahki, hargiz yoʻqturur
Poyboʻsi davlatin zohir qilurgʻa jur’atim.
Gar ayoq sunsa koʻzumga ham koʻngulni, voykim,
Ul zamon koʻz rashkidin kuydurgusidur gʻayratim.
Vasl umidin qoʻy, Navoiykim, xayoledur mahol,
Bu mahol ummed ila har lahza berma zahmatim,

453

Chamanda munisim ne sarv zrur, ne gul, ne sunbul ham,
Manga sarve kerakkim, sochi sunbuldur, yuzi gul ham.
Ajab yoʻq, toʻlgʻanib jismim, qororsa subhi ayshimkim,
Tushub ul kokul uzra chin, yuziga tushti kokul ham.
Demang, ul shoʻx ila ashob bazmin qil tafarrujkim,
Talaffuz aylay olmon bu hikoyatni, taxayyuol ham.
Yuzung birla quyosh ta’rifida gar davr erur hosil,
Kelur zanjiri zulfung vasfida lozim tasalsul ham.
Yuzu qaddigʻa huru toʻbi oʻxshar debsen, ey voiz,
Yiroq ermas soʻz ayturda gahi qilsang taammul ham.
Chekib koʻhi firoqin sabr qildim vasligʻa yetgach,
Figʻon cheksam, ajab yoʻq, muncha-oʻq boʻlgʻay tahammul ham.
Yuzung shavqida koʻnglum ohi sham’u gulga oʻt soldi,
Ki kuydi notavon parvonavu kul boʻldi bulbul ham.
Gʻanimat anglasun bulbulni gul yetgachki, boʻstondin
Uchar gul yafrogʻi ham, qolmas uchmay garchi bulbul ham.
Xumor oʻlturmish erdi boʻlmasang mugʻ dayrigʻa ozim,
Bu ishga, ey Navoiy, ayladi tengri seni mulham.

454

Urarmen koʻksuma toshlar gʻam etgach qasdi jon har dam,
Qoqarmen bu eshiknikim, yetar bir mehmon har dam.
Uluk topib buzugʻ ichra meni majnunni goʻyo chugʻz,
Navohiy ahdin ogah qilgʻali tortar figʻon har dam.
Hamono tufrogʻimni la’lgun qilmoqqadur bukim,
Kelur bagʻrim shikofidin labingʻ shavqida qon har dam.
Magar majnun koʻngulga har dam aylar ul pari jilva,
Yoʻq ersa, nevchun oʻzdin borur bu notavon har dam?
Ochar goʻyo sabo ul gul yuzidin har zamon burqa’,
Bukim bir fitna birla qoʻzgʻalur ahli zamon har dam.
Sovugʻ ohim burudat soldi olam ichra, hish ermas,
Bulut yoʻq— dudi ohimdin koʻrunmas osmon har dam.
Kerak har dam qadahkim, may suyi har lahza qaytargʻay,
Bukim davron jafosidin yetar ogʻzimgʻa qon har dam.
Bu manzildin sanga yoʻl azmigʻa boisdurur bukim,
Yetar bir karvon har dam, oʻtar bir karvon har dam.
Damodam javr ila buzdung Navoiy koʻnglin andogʻkim,
Buzulgʻay mulki bir zulm etsa shohi komron har dam.

455

Ne itni ul buti begonavash itiki sogʻindim,
It oshnogʻa yolingʻon kibi ul itga yolindim.
Yuzi nazorasi daf’ ayladi sovugʻ nafasimni,
Yelang gadoy kibi oftobroʻda isindim.
Junun yoʻlida bu rasvogʻa yopma pardayi ismat,
Ki yoʻl qolur agar andogʻ ogʻir libos yopindim.
Chu tigʻ chekti manga boʻldi qatl davlati roʻziy,
Ki el qochib, anga-oʻq men zaif xasta sigʻindim.
Oʻchurdi shu’layi ohimni tiygʻi, shukrki, bori
Gudozu soʻzdin andogʻki sham’ gʻam tuni tindim.
Burunqi kam ajab yoʻq gar oʻlsa Ka’bayi maqsad,
Talab yoʻlinda bu damkim fano samandigʻa mindim.
Sochi koʻngul qushining har parigʻa bogʻladi tore,
Navoiy, emdi sen oʻtgilki, men bu nav’ ilindim.

456

Hajr toshining koʻkumtul dogʻidin kuydi tanim,
Ohkim, gugird oʻti birla tutashti xirmanim.
Tiyra kulbam ichra oʻt soldi firoqing, voykim,
Yorudi kuymak oʻti birla qorongʻu maskanim.
Nildin xolu alif yuz uzra to naqsh aylading,
Dogʻ kuydurmak ishim boʻlmish, alif kesmak fanim.
Ishq aro boʻldum gʻani, koʻnglum aro paykonidin,
Kim toʻlubtur ul javohir birla ushbu maxzanim.
Zarvaraq birla bezabdur gul yuzin, vah, turfa koʻr,
Kim bahor ichra xazon zohir qilibtur gulshanim.
Emin oʻlmon xonaqohu xilvat ichra ujbdin,
Zohido, mayxona, balkim kup ichidur ma’manim.
Ey Navoiy, ul xat etmish roʻzgorimni qaro,
Tong emas, yirtuq yaqo birla qalamdek shevanim.

457

Oʻrtanur el furqatingdin navha bunyod aylasam,
Qoʻzgʻalur olam oʻkurmak birla faryod aylasam.
Yemrulur boshimgʻa goʻyokim falak gʻamxonasi,
Ul quyosh hamxonam erkanni qachon yod aylasam.
Hajr biymi chun yetar gʻamgin qilur beixtiyor,
Vasl umidi birla koʻnglumni necha shod aylasam.
Charxu anjumdin kuyubmen, ayb emas, gar oh ila
Bu necha axgar bila ul kulni barbod aylasam.
Daf’ etay dermen jahondin ashk ila gʻam tufrogʻin,
Bu buzugʻni sel ila istarmen obod aylasam.
Saltanatdin boda ortuqdur manga yuz qatlakim,
Xushroq el bedodidin oʻzumga bedod aylasam.
Ey Navoiy, hajr aro yetti ajal, qilgʻaymu sabr
Ul Masiho va’dayi vaslini miyod aylasam?

458

Qilgʻali yuz til kibi koʻnglumni chok ul qotilim,
Tigʻi ishqi lazzatin aylar hikoyat har tilim.
Har kecha gʻam togʻi ichra jon yetib ogʻzimgʻa, bor
Mushfiqim bosh uzra bumu koʻzi sham’i mahfilim.
Yigʻlagʻon soyi sarigʻrogʻdur yuzum, toli’ koʻrung,
Kim socharmen donavu andin somondur hosilim.
Halqa-halqa zulfi domi ichramen, vahkim, kelur
Toʻsh-toʻshumdin neshi hajru bu zirihdur hoyilim.
Gʻam sipohi ollidin qochmoq ne imkonkim, berur
Oh oʻtiyu ashk qonidan nishon har manzilim.
Nega dahr, oyo, vafo ahlining istar oʻlmagin?
Ohkim, oʻlgumdurur hal boʻlmayin bu mushkilim.
Ey Navoiy, qilma koʻp Majnun hadisi naqlini,
Kim men etsam naql, Majnun boʻlgʻusidur noqilim.

459

Bu kun ahli jahondin xastaxotirmen, jahondin ham,
Demon ahli jahon birla jahon, billahki, jondin ham.
Meni jonu jahondin hajr vaqtikim malul etgay,
Vatan yo mulkdin xudkim desun, bal xonumondin ham.
Koʻnguldin jongʻa yettim, ey ajal, netgay xalos etsang
Meni ul telbadin, ul telbani men notavondin ham.
Ne ayrilmoq dururkim yor to ayrildi, ayrilmish
Koʻngul mendin, figʻon koʻnglumdinu oʻtlar figʻondin ham.
Manga jononsiz oʻlmak yaxshiroq, ey Xizr, yuz qatla
Qetursang mujda oʻlmoq birla umri jovidondin ham.
Nafas qat’ oʻldi ul yuz furqatidsh, koʻzgu kelturmang,
Ki men emdi qutuldum ibtilosiz imtihondin ham.
Yamon-yaxshigʻa koʻp zulm etmagilkim, gar budur davron
Qutulgʻung kimki andin yaxshiroq yoʻq, men yamondin ham,
Itiga toʻ’ma, darbonigʻa boʻlsun muttako, oʻlsam,
Tanim ul koʻydin olmang, boshim ul ostondin ham.
Faqihu Ka’ba, rindu maykada, xushdur Navoiykim,
Sening yoding bila mundin erur ozodu ondin ham.

460

Bahor boʻldiyu gul mayli qilmadi koʻnglum,
Ochildi gʻunchavu lekin ochilmadi koʻnglum.
Yuzung xayoli ila vola erdi andogʻkim,
Bahor kelganu ketganni bilmadi koʻnglum.
Gum oʻldi bogʻda ogʻzing xayolidin, yuz vah,
Ki gʻunchalar aro istab, topilmadi koʻnglum.
Koʻzumda jilva qilib, koʻnglum olmoq istadi gul.
Iting izicha ani koʻzga ilmadi koʻnglum.
Yuzung nazorasida mahvu mast edi, ya’ni
Ki gul chogʻida zamone oyilmadi koʻnglum.
Zamona gulbunida gʻunchadekdur el koʻngli,
Alargʻa, shukrki, bori qotilmadi koʻnglum.
Navoiy, gʻuncha tilab koʻnglum ogʻzin etti havas,
Agarchi topmadn, lekin yongilmadi koʻnglum.

461

Loladek yuzung xayolidin toʻla qondur koʻzum,
Balki lola jomidek qon ichra pinhondur koʻzum.
Ichida suv tegrasida yosh qoborgʻon shakl ila
Sensizin bir toza qoʻygʻon dogʻi hijrondur koʻzum.
Yel xam etgan sham’ oʻti andomi birla oʻrtanur,
Yoʻq ajab, gar kecha tong otquncha giryondur koʻzum.
Shoxi marjondur qizil raglar, duri gʻalton sirishk,
Bu zarofatdin biaynih bahri Ummondur koʻzum.
Har yoram jismimda bir hayron koʻz oʻlmish holima,
Turfa koʻrkim, muncha hayron koʻzga hayrondur koʻzum.
To toʻkar jonbaxsh la’lingning xayolidin sirishk,
Bahri ashk ermaski, ayni obi hayvondur koʻzum.
Koʻz nazar yoʻlin tilar, tutqay vido’ ashkin toʻkub,
Koʻz yumub-ochquncha yuz koʻrguzki, mehmondur koʻzum.

462

Magarki, koʻz yoʻlidin oqti qon boʻlub yuragim,
Ki togʻ etaklaridek lolagundurur etagim.
Ne tushki, hajri balosin koʻrarda seskansam,
Dukuldamak bila qoʻshnini uygʻotur yuragim.
Raming boʻgʻun-boʻgʻunumni oyirdi, ham xushtur
Itingga tashlamoq uchun birin-birin soʻngagim.
Emas bu xolki, koʻz orazigʻa yetganda
Qolibdurur yopishib ayni shavqdin ninagim.
Ne bazm erur mayi hajring sumurmagim, hayhot,
Ki hasrat ilgi ovuch qoqmoqimdurur gazagim.
Demangki, qoshlari mehrobida tilak tilagin,
Mangʻaki qoshlari mehrobi-oʻqdurur tilagim.
Chamanda savsanu ra’no qadigʻa moyilmen,
Ki savsaniy toʻn ila jilva koʻp qilur miragim.

463

Qadinggʻa toʻbi oʻlubtur muti’u chokar ham,
Bu ishga adl tonuq sarv erur, sanubar ham.
Bir uchigʻaki, momuq chirmalibturur boshogʻing,
Koʻngul yarosigʻa boʻlmish fatilaliq marham.
Koʻngulki, ohi tafidin qorordi paykoning,
Meni ul etti siyahroʻzu tiyra axtar ham.
Yopishti qonima hajring palosi, uylaki bor
Shahidliqda kafan, xastaliqda bistar ham.
Ishimni mugʻbachalar ishqi ichra soʻrsa faqih,
Dengizki, bogʻladi zunnoru chekti sogʻar ham.
Koʻngulga sham’i jamoling solibdurur bir oʻt,
Ki toʻzmagay anga parvona, bal samandar ham.
Xumor za’fida may bahri ichra gar tushsam,
Gʻariq mumkin erur boʻlmogʻim shinovar ham.
Gadoyi vasling erur bulbul, ayla rahm, ey gul,
Ki bir qaror ila qolmas gado tavongar ham.
Navoiy aytsa gah yova, goh lol oʻlsa,
Ne tongki, muztarib aylabsen ani, muztar ham.

464

Koʻngul jon birla bordi hamrahing, men dard ila turdum,
Sanga jon birla koʻnglumni, seni tengriga topshurdum.
Nishondur tiyra boʻlgʻon axtari baxtim savodidin
Tuganlarkim, firoqing oʻtidin gʻam shomi kuydurdum.
Yigʻoch birla boshoqkim, tanda qolmish uldurur marham,
Junundinkim, firoqing oʻqlarin jismimda sindurdum.
Tutashti sham’dek har barmogʻim hijron sharoridin,
Ilik marham qoʻyay deb chun koʻngul chokiga yetkurdum.
Chu ul kofir chiqar koʻz solmagʻaysiz, ey musulmonlar,
Ki men bechora koʻnglumni boqib turgʻuncha oldurdum.
Qotibdur koʻzlarimki, ne yopilmoq, ne taharruk bor,
Qiyo boqqaymu bir deb, azm etarda baski telmurdum.
Yuzin koʻrgach boshimgʻa tushti mushkin zulfi savdosi,
Figʻonkim, bir boqishda yuz balo boshimgʻa kelturdum.
Koʻygul tinmasqa qolmish erdi har nav’ orzu birla,
Rizo koʻyida to qoʻydum qadam, koʻnglumni tindurdum.
Makon gulxan kulin qildim, Navoiy, telbadek, ya’ni
Junun torojidin oxir qaro tufroqqa oʻlturdum.

465

Chu yopsa na’shim uza mugʻ palosi idborim,
Belin tongorgʻa palos uzra yaxshi zunnorim.
Chekib may ahli xarobotu xirqa chok aylab,
Koʻtarsalar yigʻilib na’sh ila tani zorim.
Mugʻona navha bila dayr sori azm aylab,
Chekib surudi vafo yor, balki agʻyorim.
Yasarda dayri fano dargahida qabrimni,
Borisigʻa budurur iltimosu ziyahorim.
Ki dayr pirining ollida bosh qoʻyub, yer oʻpub,
Niyozlar bila arz etsalar bu guftorim:
Ki men xud anglamay ish sirridin xabar, oʻttim,
Ish uldururki, gahi boʻlmasang xabardorim.
Qadam agar lahadim uzra qoʻysang, ermas tong,
Ki boʻlsa ravzayi jannat bu kulbayi torim.
Umidim oxir erur dayr pirining karami,
Gar emdi mugʻbachalar birladur saru korim.
Navoyiyo, boqibon fazl bahri mavji sari,
Xudoy uchun tilama tavba birla ozorim.

466

Ayni za’fimdin qoʻlum chun qoʻldading, ey dilbarim,
Qoʻyma ilgimniki, qoʻrqarmen toʻkulgay paykarim.
To junun bemorimen, gulxanning oʻtluq kullari
Boʻldi gulgun rishtadin gullar tikilgan bistarim.
Sovugʻ ohimdin zarar topqay edim gʻam bazmida
Jism uyida boʻlmasa oʻtlugʻ koʻnguldin mijmarim,
Qatra xoʻylar ichra ul orazni koʻrdum, ey rafiq,
Oʻlmagim ermas ajabkim, suvga tushmish axtarim.
Dema, la’lim shavqidin sipqormading qon bir qadah,
Men icharmen, koʻz toʻkar, netib tugansun sogʻarim?
Gulshani faqr ichra-to kirdim erur, balkim emas
Gunbazi nilufariy gulshanda bir nilufarim.
Hajr tigʻi koʻp uchun jismimda har yon chekti bosh,
Ey Navoiy, men mazallat toyiri, budur parim.

467

Koʻngluma yor istabon, mehnat kelurni bilmadim,
Jongʻa yetmay ul hanuz ofat kelurni bilmadim.
Suratin koʻrmak tamanno aylabon, koʻrmay hanuz,
Ollima yuz ming ajab surat kelurni bilmadim.
Men yuzin koʻrmay hanuz el vasl etar ermish tama’,
Koʻngluma mundoq qotiq holat kelurni bilmadim.
Koʻrmay oxir tarkin ettim, vahki, munglugʻ jonima
Vasl yetmay, jovidon furqat kelurni bilmadim.
Ishq koʻyida balo koʻp koʻrmagin bildim, valek
Yor tarkin tutqucha gʻayrat kelurni bilmadim.
Resh etib jonnmni ulkim, dedi marham kelturay,
Marham andin nishtari hasrat kelurni bilmadim.
Ul rafiqekim anga dedimki, jon aylay tufayl,
Muncha ondin jonima vahshat kelurni bilmadim.
Koʻngluma ashob zulmi junbida «vo hasrato»,
Charx neshin marhami rohat kelurni bilmadim.
Ishq shahrohigʻa kirmashi xayol etmak bila
Ollima yuz vodiyi hayrat kelurni bilmadim.
Ey Navoiy, qilmagʻuncha mosivolloh tarkini,
Komim ichra jur’ayi vahdat kelurni bilmadim.

468

Tun oqshom keldiyu kelmas mening sham’i shabistonim,
Bu anduh oʻtidin har dam kuyar parvonadek jonim.
Ne gʻam, koʻrguzsa koʻksum porasin choki giribonim,
Koʻrunmas boʻlsa koʻksum yorasidin dogʻi pinhonim.
Gʻamidin durri maknundek sirishkim oqti Jayhundek,
Muzayyan qildi gardundek jahonni ashki gʻaltonim.
Falak ham toʻldi kavkabdin, quyosh ham tushti ashhabdin
Kelib tushmasmu markabdin mening xurshidi raxshonim?
Jahonni zulmat etti chah, bu zulmat ichra oʻlgum, vah,
Manga boʻlsang ne Xizri rah, yetib, ey obi hayvonim.
Dema koʻkdin quyosh ketmish, falakka tiyralik yetmish,
Ul oy hajrida tor etmish falakni dudi afgʻonim.
Quyosh qochib yuzin uydi, shafaq oʻtqa tushub kuydi,
Falakka dogʻlar qoʻydi gʻamingdin soʻzi pinhonim.
Navoiy kibi hijrondin bu oqshom oʻldum afgʻondin,
Gʻamim yoʻq buyla yuz jondin, yetib gar kelsa jononim.

469

Zulmati hijron qilur qat’i hayotim dam-badam,
Ey Masihi Xizrpay, boshimgʻa yetkur bir qadam.
Novaking koʻnglum aro singʻay debon payvand uchun,
Koʻz qarosi obnoʻsu qon yoshim boʻlmish baqam.
Boshda tiygʻing, jon aro novaklaringning sharhini
Yozaram doimki, bor bu ishda hamdardim qalam.
Yor kelmish qabrima, har yon sogʻinmang lolakim,
Gʻayrini oʻrtarga gʻayrat oʻtlari urmish alam.
Ruh uchar ul yon, vale oʻrtar parin hijron oʻti,
Oh, agar ul toyiri davlat bu oʻttin qilsa ram.
Eyki, shohid koʻzu zulfu ogʻzigʻa oshuftasen,
Bir taammul aylakim, bordur bu maqsuding adam.
Gar Navoiy ishqi ortar, ohidin sen vahm qil,
Kim oʻchurur sham’ni garchi yorutur oʻtni dam.

470

Ishq ila boʻldum masal savdo bila afsona ham,
Shukrilillohkim, yana oshiqmenu devona ham.
To unutdi oshnoligʻ rasmin ul begonavash,
Oshno yigʻlar mening holim koʻrub, begona ham.
Gʻam tuni mendurmen ohu ashkdin sham’im oʻchub,
Boshima yemrulgali turmish buzuq koshona ham.
Elga mehring bor, buzuq koʻnglumga ham bir zarra boq,
Kim quyoshning tobidin mahrum emas vayrona ham.
Ey malohat sham’i, har soat meni kuydurmakim,
Koʻp yorumas sham’ agarchi oʻrtanur parvona ham.
Yoʻq, bu dayr ichra berur jomi ajal ta’mini may,
Kim erur paymona toʻlmoqdin nishon paymona ham.
Ey Navoiy, gar desang ul turfa qushni sayd etay,
Rishtayi jismingni dom et, koʻz yoshingni dona ham.

471

La’lingki, sogʻindim ani jon rozigʻa mahram,
Bilmonki. nedin xat chiqarur qonima har dam?
Terlab gul uza sabzang oʻlubtur taru toza,
Xat garchi hamisha buzulur boʻlsa varaq nam.
Bosh sajdagʻa rogʻibduru koʻz surmagʻa tolib,
Yoʻlungda, ajab ermas, agar boʻlsa qadim xam.
El pand berur koʻngluma, sen novak otarsen,
Netgak edim ul zaxmgʻa boʻlmasa bu marham.
Bilginki, koʻngul shu’lasin izhor qilibmen,
Ul kunki, tutashqay gʻam oʻtidin bori alam.
Gar oqibat ahvoligʻa men voqif emasmen,
Kimdurki anga qolmadi bu mas’ala mubham.
Gar itti esa xasta koʻngul gʻam yema, ey aql,
Gʻam yegali bordur chu Navoiy, sanga ne gʻam?!

472

Kecha ul mahvashni yod aylab farovon yigʻladim,
Mehrim oshti subhdek har nechakim qon yigʻladim.
Sham’ avval oqshom-oʻq kuydi figʻonim oʻtidin,
Kim men oʻt sochqon bulutdek, tortib afgʻon yngʻladim.
Tun qorongʻu, kulba xilvat, hajridin koʻnglum toʻla,
Tosh urub koʻksumga to bor erdi imkon yigʻladim.
Yor hajridin kishiga ayta olmas gʻussani
Koʻnglum etti sharhu men mahjuru pazmon yigʻladim.
Charx ham toʻkti quyoshning hajridin kavkab, vale
Yigʻlamoq ul erdikim, men zor giryon yigʻladim.
Subhdek xurshid vaslidin agar kulsam, ne tong,
Menki subhi vasl uchun koʻp shomi hijron yigʻladim.
Ey Navoiy, tosh eshitsa navha qilgʻay oshkor,
Yoʻq ajab, gar bir tun oʻz holimgʻa pinhon yigʻladim.

473

Soqiyo, kechagi may nash’asidin jon toptim,
Zulmat ichra masalan chashmayi hayvon toptim.
Ogʻzingga olma olibkim, manga tishlab berding,
Ham oʻshul ogʻiz ila, goʻyi zanaxdon toptim.
Boda tobiyu yuzung partavidin tiyra kecha
Toʻlun oy koʻrdumu xurshidi duraxshon toptim.
Mehrdin koʻp nafas urma der edim tonggʻa boqib,
Kim men ushbu kecha xurshidni mehmon toptim.
Men toʻkub ashk falakdek, vale behudlugʻuma
Dam-badam yorumagʻur subhki xandon toptim.
Telba koʻnglumki, labu zulfungʻ uchun itmish edi,
Kecha mayxona aro mastu parishon toptim.
Charxdin mehr tama’ tuttumu ofat koʻrdum,
Yordin vasl talab qildimu hijron toptim.
Zulfi fikrida Navoiyni labi tirguzdi,
Soqiyo, kechagi may nash’asidin jon toptim.

474

Bitigingdinki, savodini koʻrub jon toptim,
Zulmat ichra masalan chashmayi hayvon toptim.
Bahrdin qatragʻa ta’zim ila tahsin koʻrdum,
Mehrdin zarragʻa e’zoz ila ehson toptim.
Har «alif» sarv edi, «he» gʻunchavu «dol»i sunbul,
Demayin nomaki, bir toza guliston toptim.
Anbarin madlarikim mehr edi mazmuni aning,
Har uzun kechada bir mehri duraxshon toptim.
Qatra qonlarki, koʻzum sochti oʻqur holatida
Har shabih ustida bir la’li Badaxshon toptim.
Ne shabih erdiki mazmuni bila ashkimdin
Toshida la’l, ichida gavhari Ummon toptim.
Gah-gahi xasta Navoiy tanigʻa jon yetkur,
Bitigingdinki, savodini koʻrub jon toptim.

475

Visol tuxmini ektim, firoq bar toptim,
Vafo niholini tiktim, jafo samar toptim.
Muhabbat oʻtiki yoqtim visol sham’i uchun,
Uzumni oqibat ul oʻtda-oʻq sharar toptim.
Men ashk birla yudum gʻayr naqshini koʻzdin,
Valek gʻayrgʻa-oʻq yordin nazar toptim.
Umid bahrida har necha gʻoʻtakim urdum,
Sadaf koʻzumdinu koʻz yoshidin guhar toptim.
Dedim, bu ramzni anglay, vale xirad pirin
Bu nukta kayfiyati ichra bexabar toptim.
Chu dardi ishq biyobonlarini qildim qat’,
Adam viloyatidin nori yuz xatar toptim.
Navoyiyo, kecha-kunduz xatu yuzini tilab,
Shabona navha bila nolayi sahar toptim.

476

Vasl bargin uzki, men hijron gulin boʻy etmisham,
Mehr tarkin tutki, men mehnat bila xoʻy etmisham.
Naxli qaddinggʻaki berdim koʻz yoshidin parvarish,
Emdi bosh tortarki yoshdin yuz sori joʻy etmisham.
Har sori javlon qilib yetgach manga chekting inon,
Bu ekin jurmumki yoʻlungda boshim goʻy etmisham?
Noma ichra chirmashibon sanga yetgaymenmu deb,
Orazim kahbargu jismim rishtasin moʻy etmisham.
May boʻlub ashkim, gʻizo bagʻrim, surud afgʻonlarim,
Keling, ahli ishqkim, gʻam xayligʻa toʻy etmisham.
Shayx boqiy boʻlsunu zarq ichra tinmasliqki, men
Tinmisham, tokim fano dayri sari roʻy etmisham.
Topmadim gulchehralardin shammaye boʻyi vafo,
Ey Navoiy, nechakim yeldek taku poʻy etmisham.

477

Tirik yururmenu bor mendin ayru jononim,
Bu umr birla yurub oʻlmagan mening jonim.
Bagʻirda yuz xalavu, vah, demakka yoʻq zahram,
Koʻngulda qon toʻlavu yoʻq dam urmoq imkonim.
Ne bir aniski, oritsa lolayi ashkim,
Ne bir rafiqki, anglasa dogʻi pinhonim.
Koʻrub qoshida muhiblarni jam’u men mardud,
Munkayibon buzulur xotiri parishonim.
Koʻngul xud ittiyu jon hamdami boʻla olmon,
Bir-ikki lahzaki bor ul zaif mehmonim.
Azimat etgali ul ganji husn andoqdur,
Ki chugʻz or qilur koʻrsa emdi vayronim.
Navoyiyo, bu navolarki kecha tortarmen,
Zuhal eshituru xurshid eshitmas afgʻonim.

478

Ey, qading sarvi ravon, koʻyung bahoru gulshanim,
Mehnatu afgʻon sening hajringda koʻrgan-bilganim.
Qabr toshidur bezaklik sarbasar gul bargidin,
Toza-toza dogʻ ila koʻhi balo boʻlgʻon tanim.
Charx mehnat toshidin to ravzan ochti har taraf,
Men malomat bulbuli, goʻyo qafasdur maskanim.
Mehnatu gʻam oʻqlarigʻa, vahki, yuz ming zaxmliq,
Ashki siymandud qilgʻon hay’at oʻldi javshanim.
Tigʻikim koʻksum uyin ochti, eshikdekdur anga
Ochilib yopilsa har dam choklik pirohanim.
Doʻstlar, meni koʻngulsiz deb soʻrarsiz, shodmen,
Boʻlmayinmu shodkim, daf’ oʻlmish andogʻ dushmanim?
Ishh naqdi dogʻi gʻam kirmish Navoiy koʻngliga,
Vahki, bir dam ajdahodin xoli ermas maxzanim.

479

Eyki, avval qomating vasfini shamshod ayladim,
Sarvi jannat boʻlki, emdi seni ozod ayladim.
Oʻzgalarni davlati vaslingda xush tut, chunki men
Xasta koʻnglumni gʻami hijron bila shod ayladim.
Xoh sen yor oʻl manga, xoh oʻzgalarning yori boʻl,
Chun men oʻz tab’imni bekaslikka mu’tod ayladim.
Mujda ber, ey shayxkim, tortib nadomat ohidin,
Bul’havasliq juzvi avroqini barbod ayladim.
Necha men mahrum oʻlub, boʻlgʻay anga mahram raqib,
Shukrkim, gʻayrat tariqin oqibat yod ayladim.
Ul vafosiz ishqini tark etmaguncha tinmadim,
Ne yomon soatda bu shum ishni bunyod ayladim?
Ey Navoiy, hech bilmonkim, unagʻaymu koʻngul,
Onga muncha ajnabiy soʻzlarki irshod ayladim.

480

Junundin uyla tufrogʻ oʻldi jismi ranjparvardim,
Ki har tosh ursalar atfol jismimgʻa, chiqar gardim.
Necha hajrinda oʻlgum ohu ashkimdin solib toʻfon,
Vale qoʻymang, koʻrarga kelsa sarvi nozparvardim.
Yoʻlida baski qoʻydum chehra sonchilgʻon xasu xoshok,
Somonlar bilki chekmish kahrabodek chehrayi zardim.
Payopay ne ekan abri bahoriydin choqin tushmak,
Bulut uzra bir uchqun soldi goʻyo shu’layi dardim.
Quyundek gar talab dashtida yoʻq men yetmagan vodiy,
Ne gʻam, sargashtalikda uchrasa mohi jahongardim.
Vafo boʻstonin ashkim birla serob ayladim umre,
Erur gʻam novaki sarvim, bagʻir pargolasi vardim.
Muhiqdur, ey Navoiy, ul pari mendin malul oʻlmoq,
Nedinkim, koʻyida devonaligʻni haddin oʻtkardim.

481

Mehr koʻp koʻrguzdum, ammo mehribone topmadim,
Jon base qildim fido, oromi jone topmadim.
Gʻam bila jonimgʻa yettim, gʻamgusore koʻrmadim,
Hajr ila dilxasta boʻldum, dilsitone topmadim.
Ishq aro yuz ming malomat oʻqigʻa boʻldum nishon,
Bir kamon abroʻda tuzlukdin nishone topmadim.
Koʻnglum ichra sarv oʻqdur, gʻuncha paykon, gul tikan,
Dahr bogʻi ichra mundogʻ gulsitone topmadim.
Husn mulki ichra sendek shohi zolim koʻrmadim,
Ishq koʻyida oʻzumdek notavone topmadim.
Koʻp oʻqudum Vomiqu Farhodu Majnun qissasin,
Oʻz ishimdin bul’ajabroq dostone topmadim.
Ul amon ichinda boʻlsun, ey Navoiy, garchi men
Bir zamon ishqida mehnatdin amone tolmadim.
Tab’ ganjidan maoniy xurdasii, yuz qatla hayf,
Kim nisor etmakka shohi xurdadone topmadim.

482

Yetti soʻzi hajru chektim ohi dardolud ham,
Xasta jonim kuydiyu boshimgʻa chiqti dud ham.
Kim vafo ahlin sinuqtursa, bilurmen onchakim,
Koʻp ziyon qilmasa, bore qilmagʻay koʻp sud ham.
Istagan Majnun mazorin, kelki, andin kam emas
Telba koʻnglumni yoshurgʻon jismi gʻamfarsud ham.
Anjum ermas, gʻam tunikim ishrat ayvonin sipehr
Mixdoʻz aylab, sarosar qildi qiyrandud ham.
Muddaiy, koʻp kulma idborimgʻakim, yor ollida
Sen kibi maqbul edim bir choq meni mardud ham.
Koʻp toriqma, ey koʻngul, ul shoʻx hijroni aro,
Shoyad ushbu ishda-oʻq erdi ekin behbud ham.
Ey Navoiy, oʻlmasa bori firoqingdin malul,
Ayrilurda yaxshiroqkim qilmasang padrud ham.

483

Yogʻligʻing ilgimda, ashkimni ravona aylaram,
Koʻzga surtub ashk aritmogʻni bahona aylaram.
Ul koʻzumga chum yetib, taskin topib giryonligʻi,
Koʻzdin olgʻach, yona ashkimni ravona aylaram.
Yona yetgach, koʻzga ashkim tursa olurmen oni,
Yona borsa, chorasin bu nav’ yona aylaram.
Koʻzda kirpiklarni tillar aylabon har torigʻa,
Za’fi holim koʻz tili birla fasona aylaram.
Balki har torigʻa jonim rishtasin chirmashturub,
Jonima kasbi hayoti jovidona aylaram.
Bir qadah quysangki, tutsa mugʻbacha, ey piri dayr,
Naqdi din sarmoyayi jomi mugʻona aylaram.
Ey Navoiy, toki boʻlmishmen fano dayrida mast,
Aqlu din tashvishidin forigʻ tarona aylaram.

484

Oqizdi limuyi boʻrkungni koʻrgach oncha qon koʻnglum,
Ki za’f etti sorigʻ gul gʻunchasidek notavon koʻnglum.
Koʻngulda baski gʻuyachang fikratidin xurdayi ma’ni
Yigʻibmen, gʻuncha koʻnglidek boʻlubtur xurdadon koʻnglum.
Sanubar koʻngliga koʻnglumni oʻqshatmangki, oʻrtabdur
Nihon har tuxm ummediga bir dogʻi nihon koʻnglum.
Badan vayronida ul husn ganji hajridin gohi,
Gah oʻz yolgʻuzlugʻidin chugʻzdek tortar figʻon koʻnglum.
Duri ishqingni to topmish, agar chok oʻlsa sar-tosar,
Guhar yutqon baligʻ yangligʻ dam urmas bezabon koʻnglum.
Aningdek topti siymin soyiding yodi bila ulfat,
Ki dastomuz qushdek onsiz oʻlmas bir zamon koʻnglum.
Maqomi gah balo togʻidurur, gohi fano dashti,
Ki ishq ichra berur Farhodu Majnundin nishon koʻnglum.
Falak zoli gʻamu dardin chekardin oʻldum, ey soqiy,
Keturgil raz qizin botkim, tilar bir n-avjuvon koʻnglum.
Navoiy, derki, koʻnglungni keturgil ishq koʻyidin,
Bagʻoyat yaxshidur, gar boʻlsa rozi ul yomon koʻnglum.

485

Yana firoq oʻtigʻa tushti tobligʻ koʻnglum,
Tarahhumeki qiladur xarobligʻ koʻnglum.
Sogʻinsa gʻunchang uchun qongʻa evrulur har dam,
Bu yuz jarohat ila pechu tobligʻ koʻnglum.
Firoqu dard qachon tuzsa bazm kulbamda,
Berur koʻzum mayi la’lu kabobligʻ koʻnglum.
Erur sharoraki xurshid sori borgʻay tez,
Yuzung visoligʻa jahdu shitobligʻ koʻnglum.
Yuzungai koʻrdum esa suv bila baligʻdek oʻlur,
Qarorsiz tanimu iztirobligʻ koʻnglum.
Fano yeli qonikim ochsa chehrayi maqsud,
Ki tan gʻuborida boʻlmish hijobligʻ koʻnglum.
Navoiy gʻam yediyu oʻldi, dogʻi topti visol,
Ne topmasun bu sifat xoʻrdu xobligʻ koʻnglum?

486

Ne kun kelgayki, kelgay nozaninim,
Ne xush boʻlgʻayki, boʻlgʻay hamnishinim.
Saodat xatlari qilmish huvaydo
Oting changiga surtulgan jabinim.
Erur ul shoʻx otqan kaj guruha
Koʻngul ganji aro durri saminim.
Nedin ul koʻz chekar oʻq goʻshalardin,
Gar oʻlturmakka qilmaydur kaminim?
Tegurma otashin la’linggʻa boda,
Kim ul oʻtdin kuyar joni hazinim.
Ketur, ey mugʻbacha, jomi mugʻona,
Erur olsang bahosi naqdi dinim.
Navoiy, ne osigʻ, jonongʻa yetmas,
Navolarkim chekar joni hazinim.

487

Ne ayb, agar mayi sofiy gʻamidadur koʻnglum,
Ki changi halqayi zulfi xamidadur koʻnglum.
Falak haqiqati fikrida kuydi ersa, iye tong,
Ki ajdahoye damonning damidadur koʻnglum.
Mugʻanniyo, kelu tuzgil xaroshliq unuma
Hazin taronaki, rudung bazmidadur koʻnglum.
Nishotdin dema soʻz, navha birla boshla surud,
Ki dardu gʻamzadaliq olamidadur koʻnglum.
Firoq oʻtigʻa tushub dam-badam toʻkar qon yosh,
Ki oxir oʻlgusi oʻz motamidadur koʻnglum.
Ne ayb, vaslidin ar marhal oʻlsa koʻnglumda,
Hamisha chunki aning marhamidadur koʻnglum.
May ich, Navoyiyu, ahli zamondin aylama yod,
Ki ushbu xayldin asru ramidadur koʻnglum.

488

Vayranayedur maskanim, andin manga bisyor gʻam,
Ohim bila eshikda oʻt, ashkim bila devor nam.
Noʻshidin elda guftugoʻ, ey hajr, icharmen men ogʻu,
Kosh oʻlsamu koʻnglumni bu anduhdin qutqorsam.
Qil ishq dayrida maqar, sukkonigʻa solgʻil nazar,
Kim bor bu majma’ ichra har bir durdkash xummor Jam.
Har yerki anda bir nafas ishratqa topsam dastras
Yuz qatla aylarmen havas, kim boʻlsa erdi yor ham.
Soqiy, bugun mayin unut, mendek dame xunoba yut;
Mutrib, navoye navha tut, sozinggʻa bogʻla tori bam.
Desamki, ey badmehr oʻgʻul, yuzung koʻrub oy tutti yoʻl,
Der: «Yer quyi gar bordi ul, bir shabravi ayyor kam».
Miskin Navoiy bersa jon, ey diyda, har dam toʻkma qon,
Ul har necha qilsa figʻon, sen asragʻil znnhor dam.

489

Chun oʻlarmen bir nafas ul dilraboni koʻrmasam,
Ne hayot imkoni boʻlgʻay bir kun oni koʻrmasam.
Koʻnglum ichra topilur gʻam novakidin yuz nishon,
Oʻqidin har kun tanimda yuz nishone koʻrmasam.
Koʻngul itti, koʻzni dogʻi istaram ashk etsa koʻr,
Kim tilarmen hargiz ul yuzi qaroni koʻrmasam.
Sogʻinurmen kufr zulfi mojarosidin base,
Gar dame ul shoʻxi kofir mojaroni koʻrmasam.
Kim vafo gulchehralardin koʻrdikim, men koʻrgamen,
Boʻlmas ushbu ayb ila ul bevafoni koʻrmasam.
Har biri yuz minnat aylarlar, erur bu ham jafo,
Olam ahlidin ne kunkim ming jafoni koʻrmasam.
Ey Navoiy, ne balodurkim, oʻlarmen qaygʻudin,
Gar dame ollimda ul shoʻxi baloni koʻrmasam.

490

Oncha kavkab toʻkti shomi gʻam xayolingdin koʻzum,
Kim yorudi oqibat subhi visolingdin koʻzum.
Xoldin koʻz tiyra boʻlmoq rasm erur, bu turfakim,
Yorudi koʻz mardumidek turfa xolingdin koʻzum.
Quy aqiqi may suhayli jom aro, ey mugʻbacha,
Kim yorur ul axtari farxundafolingdin koʻzum.
Vaslingga yettim, bihamdillahki, zoyi’ boʻlmadi,
Ulki qon yigʻlar edi har dam xayolingdin koʻzum.
Bu sababdinkim nedin sensiz qolib koʻr oʻlmadi,
Boqa olmaydur yuzungga infiolingdin koʻzum.
Yangi oy koʻrgach xaloyiq koʻzni yummoq rasm erur
Lekin ochildi koʻrub mushkin hilolingdin koʻzum.
Shukrlillahkim, Navoiydek munavvardur yana
Xoki poyingdin yuzum, sham’i jamolingdin koʻzum.

491

Yer yuzini tutti ashkim, koʻkka yetti nolishim,
Yuqori tengriyu quyi sendin oʻzga yoʻq kishim.
Lojaram devonavu rasvoyi olam boʻlgʻamen,
Chun tushubtur, ey pari paykar, sening birla ishim.
Tish qadabmen la’lingga uzmasmen andin bu tama’
Anburi hijron ila bir-bir sugʻursalar tishim.
Har biri yuz minnat aylarlar, erur bu ham jafo,
Yuzu zulfung davrida mundoq kechar yozu qishim.
Tiyralik dudu shafaqdur shu’lavu anjum sharor,
Goʻyiyokim soldi oʻt hijron tuniga qargʻishim.
Mehri yoʻqlugʻdin zrur har tun sinoni oh ila
Koʻk hisori xayli birla tonggʻa tegru sonchishim.
Ey Navoiy, gar sening nolanggʻa yigʻlar andalib,
Bir kun ul gul koʻngliga ham kor qnlgʻay nolishim.

492

Ne uchun tarki muhabbat qildi mohim, bilmadim,
Bu gʻazabkim ayladi mohim, gunohim bilmadim.
Oshiq oʻldum yordin topqay debon koʻnglum visol,
Hajr bu yangligʻ boʻlurni kiynaxohim bilmadim.
Yor koʻyi ichra itti zor jismim ohdim,
Qayda tushganni bu yeldin bargi kohim bilmadim.
Ishq boʻstonigʻa kirganda havoyiy qush kibi,
Sunbuli zulfi boʻlurni domi rohim bilmadim.
Aqlu hushu sabrim itti koʻrgach ul kirpik safin,
Bir-bir oʻlmogʻni haro koʻrgach sipohim bilmadim.
Kirmaguncha dayr aro tinch oʻlmadim, tut bodakim,
Gʻussadin bu qal’a erkanni panohim bilmadim.
Ey Navoiy, buyla qilgʻon roʻzgorimni qaro
Hajr shomi erdi yoxud dudi ohim bilmadim?

493

La’ling gʻamidin diydayi giryon bila bordim,
Koʻrmay seni yuz nolavu afgʻon bila bordim.
Vaslinggʻa yetay dedimu hajringgʻa yoʻluqtum,
Ummed ila keldim, vale armon bila bordim.
Vaslinggʻa shitob aylab oʻkush gʻam bila yondim,
Oʻqdek kelibon bir necha paykon bila bordim.
Olamgʻa vido’ ettim oʻshul yuz havasidin,
Yuz shukrki, oxir dame imon bila bordim.
Umre tilab ish sirrini ketmak kerak oxir,
Kim shammaye andin meni hayron bila bordim.
Olamgʻa vido’ ettim, och ul yuzni damekim,
Zodi abad etay, chu bu borgʻon bila bordim.
Dedimki: Navoiydek oʻlay mehring ila-oʻq,
Yuz shukrki, ul va’davu paymon bila bordim.

494

Vodiyi hajringda bir dam qon yutardin qonmadim,
Ushbu oʻtlugʻ vodiy ichra tinmadim, to yonmadim.
Oʻlganimdin soʻngra keldi soʻrgʻali dardimni yor,
Uyqu, koʻrkim, boshima yetib quyosh, uygʻonmadim.
Orazim sorgʻordi oltundek soching savdosidin,
Mundin oʻzga naqd ul savdo aro qozgʻonmadim.
Koʻyiga aylandurung na’shimki, hijron za’fida
Oʻlturub hayrat meni bir ud taraf aylonmadim,
Nol yangligʻ garchi xatting shavqidin boʻldum zaif,
Lek javrung tigʻi boshimgʻa kelib toʻlgʻonmadim.
Saltanat, koʻrkim, niholi mehrdin arz ettilar,
Juz fano mayxonasining kirpichin yostonmadim.
Ishqida iqror koʻp chekma meni oʻlturgali,
Ey Navoiy, chunki men hargiz bu ishdin tonmadim.

495

Sahar koʻrdum yuzin, oqshomgʻacha kuydi hazin jonim,
Bu erdi subhi vaslim, to ne boʻlgʻay shomi hijronim?
Quyosh kulbamgʻa ingandin manga yuz qatla xushroqdur
Qaro shomimni ravshan aylagan sham’i shabistonim.
Ne yangligʻ yoshuray hijron gʻaminkim, fosh etar hardam
Ogʻizdin shu’laliq ohim, nazardin ashksiz qonim.
Ajabdur toyiri vasl istamak kulbamgʻa qoʻnmoqkim,
Yaqindur nasri voqi’ni uchurgʻay koʻkdin afgʻonim.
Qading naxli xayoli koʻzdadur, ey navbahori husn,
Maozolloh, agar oni qoʻngʻargʻoy seli mujgonim.
Dedim: soʻzon koʻnguldin chekmagil bir dam xadangingni,
Dedikim: qolsa bir dam suv boʻlur ul oʻtta paykonim.
Baliyat toshi yogʻdurgʻon kibi vayronima gardun,
Mazallat gardi har dam yogʻdurur boshimgʻa vayronim.
Qadah davrin evur, ey dayr piri, toki mumkindur,
Ki davron ranjini tortargʻa emdi yoʻqtur imkonim.
Dema, jomi fano ichra ezilmishdur ajal zahri,
Navoiy, jon berib, ul jomni chekmakdur armonim.

496

Muvofiq kiydilar, boʻlmish magar navroʻz ila bayram,
Chaman sarvi yashil xil’at, mening sarvi ravonim ham.
Chaman sarvi qolib hayron, mening sarvim qilib javlon,
Aning shaydosi bir dehqon, munga shaydo bari olam.
Chaman sarvi qolib bebar, mening sarvim boʻlub dilbar,
Ani yel aylabon muztar, bu yeldek sekratib adham.
Qoʻnub ul sarv uza bulbul, chekib gul shavqidan gʻulgʻul
Bu sarv uzra ochilib gul, anga terdin tushub shabnam.
Qilib ohim sari parvo, bu yon mayl etmading qat’o,
Sabodin, ey qadi ra’no, boʻlur ham sarv gah-gah xam.
Bu bogʻ ichra may, ey soqiy, ki bormen asru mushtoqiy
Ki anda sarv ham boqiy emas, gul ahdi ham mahkam.
Navoiy, koʻyin et manzil, yuzu qaddigʻa boʻl moyil,
Ki bogʻ etmas seni xushdil, tulu sarv aylamas xurram.

497

Jongʻa koʻksum chokidin jononni mehmon ayladim,
Gavhare toptim, oni qoʻynumda pinhon ayladim.
Kavkab ermas, paxtalar tiqmish qulogʻigʻa sipehr,
Ul quyosh hajrida tunlar baski afgʻon ayladim.
Jongʻa, ey gul, xori gʻam koʻp urdung, et vahm emdikim,
Har birin bir novaki ohimgʻa paykon ayladim.
Koʻksum uzra neki marham erdi, ashk oqizdi, voy,
Kim salomat tarhin ul suv birla vayron ayladim.
Fitna toshi yo salomat sohili tengdur manga,
Kim hubobi ashkdin boshimgʻa qalqon ayladim.
Boisi maqsud zohid zuhd qildi, men fano,
Faqr iqbolidin ul mushkulni oson ayladim.
Ey Navoiy, bogʻlab erdi Ka’ba ihromin koʻngul,
Koʻyidin bir nuqta sharh aylab, pushaymon ayladim.

498

Ne tongʻ, gar muhlik oʻlsa dudi ohim imtidodi ham,
Ki bir hijron tunicha bor aning qaddi savodi ham.
Labi birla mengi vasfin yozay desam, munosibdur
Varaq jon safhasi, dogʻim qarosidin midodi ham.
Agar bir dam unutsam oni, haqdin istaram oʻlmak,
Agarchi oʻlturur har dam meni bedilni yodi ham.
Tutulmish zulfunga, lekin yuz ochsang ochilur koʻnglum,
Sening ilkingdadur ul telbaning bandi kushodi ham.
Hayotim naxlini hajringda ashkim seli chun yiqti
Madad qildi nigun aylarda ohim tundbodi ham.
Uqubatlar bila hajrida oʻltursang meni, ey ishq,
Jahon ahli aro ibrat oʻchun yetkur munodiy ham.
Kerakmas gʻarra boʻlmoq shohidi davlat bosh indursa,
Ki purxamliq erur oning salomu xayrbodi ham.
Meni zuhdi riyoiy sori targʻib etting, ey zohid.
Salohi bor esa, zohirdurur oning fasodi ham.
Navoiy egniga qoʻydung sabu ichmakka dayr ahli,
Bu erdi umrlar, ey mugʻbacha, oning murodi ham.

499

Aqlu jon qasdida koʻrdum ul koʻzu mujgonni ham,
Chektim ul mujgonu koʻz ollida aqlu jonni ham.
Novaking yetgach qiziq koʻnglum yigʻochin kuydurub,
Qatrayi suv yangligʻ oshom ayladi paykonni ham.
Koʻz yoshimni qon qilib, bagʻrim suv ettingʻ, ey firoq,
Yoʻqki yolgʻuz suvni qon qilding, suv qilding qonni ham.
Ishq dashtida quyundek xoksoringmen, gahe
Istasang ushshoqni, yod et bu sargardonni ham.
Goʻydek boshim necha raxshing ayogʻi zarbidin
Poʻya qilgʻay; gah-gahi yetkur anga chavgonni ham.
Ey tavongar, nechakim qasringni qilding zarkigor,
Asru xoli koʻrma darvesh oʻlturur vayronni ham.
Koʻnglum olib bordingu qomish manga bir xasta jon,
Har qachon kelsang Navoiy topshurur qolgʻonni ham.

500

Ajoyib tiyradur hajrim tuni, ey mehri yoʻq mohim,
Magar sovurdi ishqing oʻrtaganlarning kulin ohim.
Vujudum ul quyosh hajrida andoq murtafi’ boʻldi,
Ki mumkin yoʻq ani istarda boʻlmoq soya hamrohim.
Yuzumning aksi kohiy qildi koʻyungning ushoq toshin
Kamoli ishq, koʻrkim, kahrabo ijod etar gohim.
Koʻkgul ham gʻamzasi oʻqinki bordur orzu qildi,
Bihamdillahki, yetkurdi nekim bor erdi dilxohim,
Yasay dard oʻqlaridin bir oq uy jon gulshani ichra,
Ki koʻnglumda toriqsa, anda kirgay mohi xirgohim.
Koʻngul afsonasin gohi desam, elni tutar uyqu,
Va lekin har zamon seskandurur afgʻoni nogohim.
Qilib mayxona tufrogʻin vatan, qon yutmogʻim, koʻrgil,
Ki bu bir bodayi ayshimdurur, ul masnadi johim.
Erur bir mugʻbacha ilgidin ichmak orzusidin
Fano dayrida har dam bir eshikdin shayilillohim.
Umid ulkim qadam sarvaqtima yetkurgay ogohe,
Navoiy, gar talab yoʻlida boʻlsa joni ogohim.

501

Bahoru bogʻ sayridin ne gul, ne sarvdur komim,
Budur komimki, shoyad uchragʻay sarvi gulandomim.
Oʻqung koʻp zaxmidin dom oʻldi jismim, zaxmlar ermas,
Chiqargʻa jon qushi yoʻllar yasabtur har taraf domim.
Jamoling koʻzgusi chun elga roʻbaroʻ boʻlur har dam,
Ne tong, gar koʻzgu aksidek zamone yoʻqtur oromim.
Xusho Majnunki, ma’nusi edi boshigʻa qoʻngʻon qush,
Junun toshi yogʻardin boshima ul ham emas romim.
Mangakim hajr za’fidin nafas ma’lum emas kelmak,
Ne imkon bas yetishmak ul Masihodamgʻa paygʻomim.
Firoqim kechasi bas muhlik oʻlmish, gar sahar boʻlmas,
Nafas urmoqqa goʻyo subhni qoʻymas qaro shomim.
Aningdek tashnamen, ey mugʻbachakim, qoʻsh tutar boʻlsang,
Falakning huqqasin boʻl ikki, to boʻlsin iki jomim.
Baho bu benavodin gar qabul aylar esang, bordur
Biriga javhari jonim, biriga naqdi islomim.
Harom ettim Navoiy, dunyovu uqbo tamannosin,
Nedinkim Ka’bayi koʻyi sari bogʻlandi ihromim.

502

Tandin oʻqungni cheksalar ogʻrirdin ermas shevanim,
Aidin qilurmen navhakim, ayru tushar jondin tanim.
Gulxan kuli ichra nihon jismim junundindur nishon,
To telbalik barqi ayon boʻlgʻach kuyubtur xirmanim.
To ishq aro afsonamen, oʻt ichraki devonamen,
Ul sham’ uchun parvonamen, kim boʻlmish oʻrtanmak fanim.
Ul shoʻx sekritti samand, ermas nasihat sudmand,
Har doʻst emdi bersa pand, uldur ulugʻroq dushmanim.
May ichgali ul noʻshlab zohir qilur har dam tarab,
Bu nav’ ochilmoq, ne ajab, andoq suv ichgan gulshanim.
Chun odamiyda yoʻq vafo, koʻr ul pari ishqi aro
Javlongahim dashti fano, vayronayi gʻam maskanim.
Gʻam tigʻidin qochmoq havas qilma, Navoiy, har nafas,
Ul tigʻning daf’igʻa bas yuz pora xirqa javshanim.

503

Quruq tanimgʻa tugan kuydururda bebokim
Fatila oʻti yetishgach tutashti xoshokim.
Tan ichra telba koʻngul iztirob etar asru,
Tikib ne nav’ oʻngalsun bu siynayi chokim?
Hazin koʻngulni magar chok qilgʻasen, ey gul,
Ki gʻuncha yangligʻ ochilgʻay dame bu gʻamnokim.
Davoyi ishqing aro oʻzga olamim bordur,
Ki ashkim anjum erur, oh—dudi aflokim.
Dedim: boshimni chopib, elt toʻ’ma itlarinnga,
Dedi: bu yukdin uzulmish yaqinda fitrokim.
Figʻonki, ishq hadisi daqnq erur andoq,
Ki qosir oʻlmish ani anglamoqdin idrokim,
Deding, Navoiy emish hushmand, bori degil,
Jahonda kimdurur andoq xarobu rasvo kim?!

504

Noʻshi labini har necha soʻrdum, oʻsonmadim,
Ichmak bila hayot zulolini qonmadim.
Zohid dediki, rahn etibon hirqa dayr aro,
Qilmishsen anda butgʻa dogʻi sajda, tonmadim.
Mugʻ piri may borib, tiladi jonni mugʻbacha,
Har neki dedilar, qiluridin tajonmadim.
Sarxayl edim bu kecha xarobot ahligʻa,
Ul saltanatni lek oʻzumga inonmadim.
Aql etti man’ mugʻbachavu dayrdin base,
Koʻp oʻkdi huru ravzani, lekin begonmadim.
Shukr, ey koʻngulki, boʻlmadim aflok javridin
Oshuftaholu johigʻa dogʻi quvonmadim.
Azm ettim, ey Navoiy, ul-oy sori bu kecha,
Mahvashlar ochti shu’layi ruxsoru yonmadim.

505

Visol ichra ul oyning furqatin oson gumon qildim,
Chu bordi, voykim, ne nav’ dushvor erkanin bildim.
Der erdim hajrida shoyad oʻzumni asray olgʻaymen,
Bu soʻz hashv erkanin bildim, hamul soatki ayrildim.
Figʻonkim, dardu gʻam kirmakka xush-xush raxnalar boʻldi,
Koʻngulkim toʻsh-toʻshidin dardu gʻam chiqsun debon tildim.
Hamul dam ishq dashtida meni gum qildi bexudluq,
Agar hushu xirad sa’yi bila bir lahza topildim.
Fano yoʻligʻa tushtum yetgaly Farhodu Majnungʻa,
Nechuk yoʻl bormayinkim, yahshi hamrahlargʻa qotildim.
Chu ichtim ishq jomin, bexud oʻldum tarki hush aylab,
Aningdek may ichib, bu nav’ usruklukdin oyildim.
Firoqi mushkil ermish, bilmayin men ham Navoiydek
Visol ichra ul oyning furqatin oson gumon qildim.

506

Qirogʻ ermaski, qilmishmen koʻzum seli yoʻlin mahkam,
Sirishk ermaski, ul yoʻl berkimay qilmish tarashshuh nam.
Itining gar ayogʻi kuydi oʻtgan chogʻda qabrimdin,
Soʻngaklar tufrogʻimdin kuydurub, aylang anga marham.
Koʻnguldur ul paridin ishq mulkining Sulaymoni,
Ki ham bor ohidin, bil, hukmida, ham dogʻidin hotam.
Quyoshning qurbidin oykim hilol oʻlgʻay erur andoq,
Ki bir mahvash sanga yetkach, yer oʻpmaklikka boʻlgʻay xam.
Parivash tifllardin har zamon ortar jununumkim,
Berurlar hushu aqlim qushlarigʻa tosh otardin ram.
Ulusdin chiqtimu har dam qocharmen soyadin ham, vah,
Ki nogah ul quyosh sirrin desam ul ham emas mahram.
Shikof ermas qalamdakim, firoqim sharhi yozgʻandin
Yaqo chok aylabon, chirmab qaro, boʻlmish anga motam.
Bu ersa mayki kuydurdi vujudum kishvarin atri,
Yaqin bil, soqiyokim, jom sirrin bilmay oʻtmish Jam.
May ich dahr ichrakim ish sirridin anglay desang ramze
Erur har zarraning mohiyati xurshiddin mubham.
Sahar kun ashhabigʻa chun keraktur poymol oʻlmoq,
Falak maydonigʻa har tun qamardek surdi tut adham.
Navoiy dardi holidin dam ochmas boʻlsa, ayb etmang,
Ne dam ochsun birovkim, topmadi olamda bir hamdam?

507

Ne ul quloqqa yetar, arzi hol ado qilsam,
Ne ul koʻngulga yoqar, naqdi jon fido qilsam.
Koʻngul shikofigʻa ul koʻy tufrogʻi qanikim,
Bu xushk doru ila zaxmima davo qilsam.
Kerak quyosh dirami tanga oʻlsa bay’ona,
Chu Yusufumni iki dahrgʻa baho qilsam.
Figʻonki, ishq chekar bogʻlab oni boʻynumgʻa
Nechaki zuhdu vara’ pardasin rido qilsam.
Koʻzumga dahrni har lahza tiyrarak aylar
Savodi xolingga har necha koʻz qaro qilsam.
Ishim chu savmaa shayxi bkla tuzolmadi, kosh,
Ki emdi maykada pirigʻa iltijo qilsam.
Navoiyiyo, chu sabo hamnafasdur ul gulga
Ne boʻldi, sarsari ohimni gar sabo qilsam.

506

Hajr ila koʻrma ravo jonimgʻa bepoyon oʻlum,
Tigʻ surkim, xushdurur oz ogʻrigʻu oson oʻlum.
Jon berib istarmen oʻlmaki, oʻlum xushroqki jon,
Jonim oʻlmakdur chu istaydur manga jonon oʻlum.
Xalq dushvor oʻlmagim hayronidurlar, turfa koʻr,
Kim erur dushvor hajrim ollida hayron oʻlum.
Hajr qolmas yoshurun, ohu figʻon chek, ey koʻngul,
Kim yashurmoq birla hargiz qolmadi pinhon oʻlum.
Dardi hijron sa’bu yetmas sharbati vasl, ey tabib,
Goʻyiyokim ushbu dardimgʻa erur darmon oʻlum.
Foniy oʻlmay qilgʻon izhori fano, bilkim, erur
Ul gadokim, rnzq uchun zohir qilur yolgʻon oʻlum.
Ey Navoiy, jahl ila oʻlmak qatiq ishdur, valek
Chun kamoli ma’rifat kasb oʻldi, ne nuqson oʻlum?

509

Sarvi ozodimni bogʻ ichra xiromon istaram,
Sabzasnn sarsabzu gulbargini xandon istaram.
Dard jononimda, balkim yuz alam jonimdadur,
Yoʻqki jononimgʻa, bal jonimgʻa darmon istaram.
Tiyradur vayronim onsiz, vah, yana bir qatla ham
Ul quyoshni baytul-ahzonimda mehmon istaram.
Naf’ etar boʻlsa hino yangligʻ kafi poyingʻa qon,
Chok etib koʻksum, oni bagʻrimda pinhon istaram.
Ey Xizr, hayvon suyi tut dam-badamkim yor uchun,
Sadqa qilmoqliq uchun har lahza bir jon istaram.
Mujdaye bergil mizoji sihhatidin, ey tabib,
Kim bu paygʻoming uchun jonimni qurbon istaram.
Uq kibi qaddin koʻrub aftoda chun koʻr oʻlmading,
Ey Navoiy, koʻzlaringda noʻgi paykon istaram.

510

Boʻlmasun koʻnglung qushigʻa durru gavhar vasli kom,
Kim qazo ul donalargʻa bahr mavjin qildi dom.
Gar malak tasbihi dona hur zulfi dom erur,
Kim bu domu donagʻa ziyrak qush ersang, boʻlma rom.
Dahr bogʻining havosidur samumu suyi zahr,
Anda boʻlmas bu havovu suv bila qilmoq maqom.
Bogʻkim, nilufari gugird oʻtidur, anglakim,
Ne muattar boʻlgʻay andin tarbiyat topqon mashom.
May oʻti birla dimogʻingni qizitmakim, bu oʻt
El dimogʻida pishirmaydur bajuz savdoyi xom.
To oʻzungni xascha koʻrgungdur, emassen odamiy,
Gar havoda sayr qil, gar suv uza koʻrguz xirom.
Kul qil ul xasni fano otashgahigʻa tashlabon,
To koʻngul mir’oti ul kuldin jilo topqay tamom.
Istaram, koʻzguda koʻrsam yor aksin bir nafas,
Soqiyo, maykim, erur ishq ahlining koʻzgusi jom.

511

Istaram yuz manzil oʻtgaymen adam sahrosidin,
To zamone tingʻamen olam eli gʻavgʻosidin.
Umr naqdin sarf etay dermen fano bozorida,
To qutulgʻay xotirim sudu ziyon savdosidin.
Xushturur vayronaye taskin uchun, lekin yiroq
Yuz ming illiq yoʻl falaqning gunbazi miynosidin.
Chiqmayin bu dayrdin, mumkin emas boʻlmoq xalos
Har kecha yuz ming buti siymin badan yagʻmosidin.
Har soʻngak yonimda qasdi umr etar, vah, xoʻshaye
Bormu imkonkim, qutulgʻay muncha mehnat dosidin.
Za’faroniy yuzda gulgun ashk toʻkmak ne osigʻ,
Ishva koʻrgan dahr bogʻining guli ra’nosidin.
Gʻarqa el dafni uchun sardobayedur har hubob,
Ishq vodiysinda ashkim selining daryosidin.
Ishvagarlar dogʻidin jon pardasin koʻr, ohkim,
Bu harir eskirdi zolim shohlar tamgʻosidnn.
Ey Navoiy, dahr bogʻidin qutulmoq istakim,
Bulbul uchqon yaxshiroq zogʻu zagʻan ma’vosidin.

512

Koʻngulni ayladim yuz chok ishqingdan meni mahzun,
Ki husnung vasfi yozgʻaymen kitobe, kogʻazi gulgun.
Koʻngulnung mazra’ikim novakingdin boʻldi yuz xirman,
Boshoq termak uchun kelgay magar Farhod ila Majnun.
Qabob har tun chekib yuz ming sinon anjum shuo’idin,
Magar sabrim sipohigʻa shabixun kelturur gardun.
Labing shavqida koʻnglum har ne borin boshidin qoʻydi,
May istab rindi muflis ayladi dastorini marhun.
Koʻngulda shoʻxlar nozidin ortar har nafas ohim,
Yonar oʻtqa chu atfol evrushurlar, dud oʻlur afzun.
Mayi la’ling uchun behudlugʻum andoqdur, ey soqiy,
Ki qotsat, tong emas, jomimgʻa kasbi hush uchun afyun.
Ulik zulfunggʻa eltur orzudin yova ayturmen,
Birovdekkim yilon tutmoq uchun ogʻzidadur afsun.
Toʻkub feruzagun koʻk motaminggʻa gavhari anjum,
Seni feruzavu gavhar xayoli aylabon maftun.
Navoiy, nazm lofin qoʻyki, koʻz bir kunlugi ermas,
Agar yuz yil socharsen tab’ bahridin duri maknun.

513

Bulut hayvon ziloli birla tirguzdi havo jonin,
Sevunmak ashkidin shodob qildi sabza mujgonin.
Emastur sabzavu lolaki, jola toshidin gardun
Koʻkartib yer yuzin, har sori zohir ayladi qonnn.
Irik nevchundurur shox uzrna gulbun bargi suhondek,
Ititmas boʻlsa bulbul joni uchun gʻuncha paykonin?
Chaman Laylisidin ayru degaysen lola Majnuyadur,
Ki gardun jola toshidin qonatmish dogʻi hijronin.
Chaman bahri latofat boʻldi nayson durlari birla,
Qizil toldek muhayyo qildi har yon shoxi marjonin.
Bu fasl ichra malomat toshidin solim birov qolgʻay
Ki chekkay may sumurmakda yuziga jomi qalqonin.
Mayikim otashin chiqgʻay sarigʻ gullar, agar dehqon
Tomizsa qatraye andin suvorur chogʻda boʻstonin.
Birovkim dahr bogʻiiing firibin bildi nargisdek,
Qadahdin bosh koʻtarmay surdi ishrat birla davronin.
Guli maqsud ul qondur, Navoiykim, ayogʻingdin
Chiqar chekkanda maqsad Ka’basi xori mugʻilonin.

514

Muhabbat rishtasin uzdiki, oʻlturgay bu gʻamnokin,
Magar ul rishta birla tikmish erdi koʻkragim chokin.
Emas giryon koʻzum kirpiklarikim, sarsari ohim
Solib mavj ul tengizga, bir qiroqqa soldi xoshokin.
Munajjim koʻnglum oʻti daf’igʻa dedi topay soat,
Damim dudi aro ne anjumin topti, ne aflokin.
Boshim chopqonda ul chobuk yoshingni asragʻil, ey koʻz,
Kim ul suvdin yuvgʻaysen, qon yuqardek boʻlsa fitrokin.
Nazar yoʻlin sirishkim pok yub, koʻz pardasin ochti,
Ki chiqqach pardadin koʻrgaymen oning chehrayi pokin.
Koʻzin uyquda koʻrgach, oʻldum, oyo, oʻlmayin netgay
Kishi gulshanda behud koʻrsa turki mast bebokin?
Yuzung koʻp ochma, gohi soʻz degilkim, aql dehqoni
Ne gul isrofini yaxshi demish, ne gʻuncha imsokin.
Oʻkub jannat gulin voiz, tilarkim, aylasam savdo
Necha eski diramgʻa Yusufum, vah, koʻrgil idrokin.
Desam, ul oy borib, chiqmas gʻami koʻnglumdin, ayturkim,
Navoiy, ne ajab, boʻlmoq qamar soyir, hajar sokin?

515

Baski qaddi gʻunchadek el koʻnglin olib qildi qon,
Gulbuni noz oʻlmish el koʻnglidin ul sarvi ravon.
Koʻzlaring xunxoraliqdin doimo bemor erur,
Boda koʻp ichgandin andoqkim boʻlur el notavon.
Yoshurun husnungda parronedururkim jon aro,
Ham alif, ham na’l uza dogʻim erur andin nishon.
Yuzidin biynomen archi yuz chiqarmas pardadin,
Nurdin koʻrmakdur, ammo nur erur koʻzdin nihon.
Ishqi komil boʻlsa, mehnat oʻqlaridin bok emas,
Ne zarur bulbulgʻakim, boʻlgʻay tikandin oshyon?
Ishq bogʻining suyi qondur, ne tong, gar ohu ashk
Anda yoxud otashin gul ochsalar, yo argʻuvon.
Subhning har tong erur el gʻaflatidin kulgusi,
Mehr xonidin gumon qilmaki, yebdur za’faron.
Topmadim bu dayr holidin xabar, ey mugʻbacha,
Bexabar qil meni oʻz holimdin emdi bir zamon.
Dard agar budur, Navoiy chiqsa olamdin, ne tong,
Mastu uryon koʻkragiga tosh urub, tortib figʻon.

516

Ishqida yaxshi-yamon bedodidin topmon amon,
Yaxshi to qilsam nazar — yoʻqtur kishi mendin yamon.
Lahza-lahza bosh chekar ishqim sharori, ey rafiq,
Al’amon shavqu muhabbat shu’lasidin, al’amon!
Yuz adam mulkiga qoʻydum, kelki, istaydur koʻngul
Bu uzun yoʻl zodi koʻz tikmak yuzungga bir zamon.
Oʻrtabon ushshoq jismin, gʻofil oʻlma ohdin,
Kim zararliq dud zohir aylar oʻt tushgan somon.
Kuymakimga novaking paykoni bas, hijronni qoʻy,
Xasgʻa oʻt solmoq uchun uchqun hamon, doʻzax hamon,
Sen magar tuqqonda kun tuqqondururkim, zarraye
Farq fahm oʻlmas orangizda nevchunkim tav’amon.
Ul quyosh hajrida ohim oʻqidin vahm etmasa,
Koʻk temur ichra nihon nevchun boʻlubtur osmon?
Vaqtdin ol naqdi ayshingniki, mundoqkim erur
Dam-badam koʻzdin nihon boʻlmas anga boʻlmoq zimon.
Ey Navoiy, telba koʻnglum dardini anglay desam,
Oncha aytur yovakim, bir lafz andin anglamon.

517

Yuzu zulfungni sogʻinib kelmisham, ey mahjabin,
Kechani kecha demay, kunduzni kunduz demayin.
Ohu afgʻon chekma deb, ogʻzimgʻa, jono, muhr qoʻy,
Chunki la’ling xotamu yoquti nobingdur nigin.
La’lining bir-bir hadisi shahddek shirin erur,
Ore-ore, doimo gul bargidindur angubin.
La’l uza xat ichra xolingdur nihon, yo hinduye
Sabzada yoshundi shakkar qasdigʻa aylab kamin?
Yangi oy xurshid aro boʻlmoq ayon ma’hud emas,
Vah, nedur aylab gʻazab, solmoq jabining uzra chin?
Sham’ni parvona kuydurmakdin, ey gul, qilma ayb
Bulbul ermasdurmu kul, yo sen emassen otashin?
Ey Navoiy, ochmagʻay qonimdin oʻzga lolaye,
Har giyah bu yoʻldakim, qatlimgʻa chekmish tigʻi kin.

518

Shikeb uyin buzadur benavo koʻngul netayin?!
Xarobligʻ qiladur mubtalo koʻngul, netayin?!
Dedingki, asra koʻngulni oʻzungdavu sabr et,
Chu menda turmasu borur sango koʻngul, netayin?!
Koʻngulni qaydi junundin chiqar deding, ey aql,
Ketursa boshingga yuz ming balo koʻngul, netayin?!
Koʻngulni oʻtgʻa solib, koʻzni istaram oʻysam,
Baloni koʻz keturur jongʻa, yo koʻngul, netayin?!
Men ul koʻzi qaro ishqin qoʻyub edim, billah,
Tahammul etmadi yuzi qaro koʻngul, netayin?!
Tagʻoful etsam itarsen, oʻlarsen etsam qayd,
Sening bila degil, ey bevafo koʻngul, netayin?!
Navoyiyo, deb eding zuhd tarhi bunyod et,
Shikeb uyin buzadur benavo koʻngul, netayin?!

519

Ne tong, sarigʻ yuzumda ashki rangin,
Ki kiymish sabzi talx ul sabzi shirin.
Oʻzi gavhar, toʻni daryoyi ofat,
Boʻlub mavji balo ul toʻn uza chin.
Sanga hamrang toʻnluq shoʻxlar bor,
Nechukkim sarv ayogʻinda rayohin.
Erur jiyemingda axzar xil’at ul nav’,
Ki gulbun bargidin toʻn qilsa nasrin.
Degaylar sarv qaddu xil’atingni,
Va lekin sarv kim koʻrmish gulogin?
Xating shavqida koʻnglum toʻtiyedur,
Ki yoʻq zikringdin oʻzga anga talqin.
Navoiy, charxi axzardur siyahkor,
Tama’ sarsabz boʻlmoq qilma andin.

520

Argʻuvoniy toʻnmudurkim kiymish ul sarviravon,
Yo magar sarviravon qilmish libosin argʻuvon?
Sarvining har bargi bagʻrim qonidin serob erur,
Yoʻqsa, boʻlmas argʻuvoniy barglik sarviravon.
Sarvdin to topti ziynat argʻuvon yuz shavq ila,
Boshqa sanchar argʻuvon har zod sarvi navjuvon.
Argʻuvonu sarv istarmen chamanda, to meni
Argʻuvoniy toʻn bila ul sarv qildi notavon.
Koʻrguzur qaddu libosing shavqidin qonligʻ mija,
Koʻzda har dam argʻuvonu sarvdin bir karvon.
Argʻuvoniy toʻn bila qatl aylamas ul sarvkim,
Qon ila qilmish libosin argʻuvoniy bir avon.
Argʻuvonu sarvdin to dahr bogʻi zebidur,
Boʻlsun ulkim dahr aro ham shoh erur, ham pahlavon.

521

Ishq aro menmen dame bemehnatu gʻam boʻlmagʻon,
Jonidin mahrum oʻlub, jonongʻa mahram boʻlmagʻon.
Yuz vafo aylab, jafodin oʻzga naf’e koʻrmagan,
Ming jafo koʻrub, vafosi zarraye kam boʻlmagʻon.
Ming quyoshcha koʻrgan oʻz yorin, vale yor ollida
Ming ulushidin birincha zarraning ham boʻlmagʻon.
Olam ahli ishq aro rasvoligʻim ta’n etmangiz,
Kimdurur oshiq boʻlub, rasvoyi olam boʻlmagʻon?!
Anjum ermas, terdur ohim oʻtidin koʻk saqfida,
Vahki, bu terdin binoye qolmadi nam boʻlmagʻon.
Dastgire istakim gʻamdin xalos imkon emas,
Ilgi bir zarrin kamar beliga mahkam boʻlmagʻon.
Ey Navoiy, bilki, topmas la’lidin quti hayot
Jonni taslim aylamaklikda musallam boʻlmagʻon.

522

Xurshid tulu’ etsa, quyoshing sogʻinurmen,
Koʻrgach yangi oy milini, qoshing sogʻinurmen.
Har gulki jahon gulshanidin jismima, ey shoʻx,
Yetgach, meni savdozada toshing sogʻinurmen.
Ey koʻz, qurudung, lek qayu seli balokim
Bir uyni xarob ayladi, yoshing sogʻinurmen.
Ey jism, ajal chobuki har goʻyki oʻynar,
Maydoni fano ichida boshing sogʻinurmen.
Nay sharhin eshitgach qilib, ey nola, seni yod,
Koʻz sharhalarin koʻrsa, xaroshing sogʻinurmen.
Ey xasta koʻngul, boʻlgʻali sen ishqda Majnun,
Koʻrgach seni sargashta, adoshing sogʻinurmen.
Oʻlgan itin, ey xasta Navoyiyu raqibin
Chun koʻrsam iti ollida, loshing sogʻinurmen.

523

Har xazon bargi erur zoreki dahr ozoridin,
Sargʻarib mendek tushar ayru sihiy qad yoridin.
Har qurugʻon shox majnundurki, tufrogʻ uyiga
Topshirur har dam ilik yub nozanin bemoridin.
Bogʻ aro, demang, xazonkim oshiq oʻlmish men kibi,
Bilgurur sovugʻ nafas birla sorigʻ ruxsoridin.
Har oqar suvni xazon tigʻi qilibdur zarnishon,
Kesgali mehru vafo naxlin jahon gulzoridin.
Bu sorigʻ yuz birla oʻlsam koʻyida, tobutuma
Shoxlar bogʻlang xazoni ishqpechon toridin.
Koʻyida kuymish koʻngul bukim, xazondur bogʻ aro
Esti bir yel goʻyiyo kuygan gʻaribim soridin.
Kohiy yuz birla oʻlarmen, Isaviydam soqiyo,
Boda tut xurshid jomi kahrabo kirdoridin.
Bodayekim jur’asi tomgʻach, xazon yafrogʻlari
Tok bargidek qizargʻay sarbasar ashjoridin.

524

Shavqdin ashk ichra gʻarq oʻlub, dey olmasmen gʻamin.
Kim tengizda gavhar istar, asramoq kerak damin.
Ayshu suhbat xayligʻa tushgay nasimidin vabo,
Qayda solsam zaxme islangʻon yurakning marhamin.
Paykarim gardin sovurgʻudfk esar hijran yeli,
Lutf etib, ey gul, sahobi vaslning yetkur namin.
Qolab etti yangi oyni toq uchun me’mori sun’
Qudrat ilgi bogʻlagʻon soat qoshing toqi xamin.
Koʻnglagidur choku kiz boʻynida fonus, oy, ajab,
Tutti ul ham sham’dek gʻam shomi koʻnglum motamin.
Sham’ chobukluk aro loʻlivashimgʻa yetmadi,
Dudidin har nechakim qildi mutarro parchamin.
Motami hijronda sozedur Navoiy jismikim,
Nolasidin zerini toqmish, oʻkurmakdin bamin.

525

Meni bedil sanga jon oʻynamoq birla yaraydurmen,
Bale, sen tiflni bu tuhfa birla argʻadaydurmen.
Labing koʻrgach, iligim tishlaram har dam tahayyurdin,
Ajab holatki, bolni tutmayin, barmoq yalaydurmen.
Dedim: «koʻnglumga har yondin xadanging nedurur yoro?»
«Muhabbat oʻtigʻa, — dedi, — oʻtundurkim qalaydurmen».
Chu ahli dard uchun payvasta qosh yosini tortibsen,
Manga-oʻq novakingni xush kushod etkim, qulaydurmen.
Anga aytur soʻzum koʻp, ohkim, ul husn mir’oti
Chu qildi jilva, koʻzgu aksi yangligʻ aldaraydurmen.
Magar eltur parilar, ey fusungar, telba koʻnglumni,
Ki turmaydur, nechakim jismim uyinda qabaydurmen.
Navoiy telbarab to ul pari koʻyiga yuzlanmish,
Eshiturmen figʻon, lekin hadisin anglamaydurmen.

526

Tikmisham majruh koʻnglum zaxmini gʻam neshidin,
Chiqmasun deb xanjaring zavqi koʻngulning reshidin.
La’ldin mahrur edi koʻnglum, chu fasod ochti qon,
Qatra qonlar yoʻqki, jonlar tomdi ul dam neshidin.
Qoshi milin olmasa qurbon koʻnguldin, bas manga,
Yoʻqsa, ne gʻam, cheksa yo qatlimgʻa har dam keshidin.
Koʻnglum andogʻkim, itib Majnun atodin, tutti togʻ,
Dardi ishq istar qochib aqli saloh andeshidin.
Soqnyo, chun davr ishi ma’lum emas, bir may bila
Forigʻ et jonimni aqli xurdadon tashvishidin.
Ul mayekim, toʻlgʻucha paymona ozod aylagay
Budni xumxona durdu sofining taftishidin.
Asradi munglugʻ Navoiy rishtayi jonin chekib,
Asragʻondek shohlar sarrishtaye darveshidin.

527

Anglamon suvdek yuzungdurmu koʻrungan koʻzgudin,
Yo yuzungdin koʻzgu suv boʻldi yuzung zohir sudin?
Roʻbaroʻ boʻlgʻach yuzung gʻam shomi ollimdin ketar,
Soya tushgandek keyin xurshid boʻlgʻach oʻtrudin.
Yigʻlamoq chun ayladi da’vo koʻzum birla bulut,
Barq goʻyo muni fahm aylab yiqildi kulgudin.
Tushta ul mahvash yuziga to koʻz ochtim, har kecha
Istamasmen turfatul-ayne koʻz ochmoq uyqudin.
Holi ul yuz vasli topqan vajhdin, bir goʻshada
Zulfi yangligʻ toʻlgʻanib, boshim quyidur qaygʻudin.
Kom soqiy lablaridin toptim, ammo oldi jon,
Eyki, davrondin qoʻsh ichting, gʻofil oʻlma qorudin.
Borgʻan ermishmen oʻzumdin jilva qilgʻan chogʻda yor
Soʻrmay oʻtmish, ey Navoiy, xudnamoyim bexudin.

528

Yona ne qad jilva qildikim, demakdin lolmen,
Yona qaysi zulf ochildikim, parishonholmen.
Za’fdin qaddim «alif» boʻldi, ul ikki «lom»i zulf
Har yonimdin jilvagar, vah, ne ajab gar lolmen.
Itlaringning izidin yuz gul koʻzum bogʻidadur,
Shukr erur bu hamki ishqing yoʻlida pomolmen.
Jismim anduh ichra dard ostida qolmish, ne ajab
Egma qad birla agar zulfung gʻamidin «dol»men.
Itti ul koʻnglumki, vasl uchun tilar erdi hayot,
Shukr emdi, oʻlgali ishqingda forigʻbolmen.
Ishq oʻti bu nav’kim uryon tanimni churkadi,
Ahli dard uchun fano yuziga mushkin xolmen.
Ey Navoiy, ne ajab yuzum uza yugursa yosh,
Chunki Majnun boʻlgʻali bozichayi atfolmen.

529

Vahki, mendin ayru yuz jon, yoʻqsa jononmu ekin?!
Manga onsiz ming oʻlum yo dardi hijronmu ekin?!
Soʻrgʻali za’fimni la’lidinmu erkin bir hadis,
Yo buzugʻ jismimda mamlu yuz tuman jonmu ekin?
Ravzanimni to yoruttung, kulbam ichra har taraf
Zarralar soyirmu yoxud mehri raxshonmu ekin?!
Olam ahligʻa labing zikrimudur ratbul-lison,
Yo bori olam labolab obi hayvonmu ekin?!
Zulf aro qadding xayolidin koʻzum yorutqali
Anbarin yuz sham’ yoxud xayli mujgonmu ekin?!
Koʻngluma ul yuzu lab yodimu erkin gʻam tuni,
Yo shabistonim toʻla gulbargi xandonmu ekin?!
Gʻayrigʻa boqqan uchun koʻz mardumin qatl ayladim,
Ashki gulgun yoxud oning zaxmidin qonmu ekin?!

530

Yaramni tikkali boshing uza bichakmu ekin?
Bichakda rishtayi jonimmu yo ipakmu ekin?
Koʻz asru tiktim aning oʻymogʻigʻa, bilmonkim
Koʻzum oqimu ekin anda, yo soʻngakmu ekin?
Tun uzra oydinu oydinda subh zrkinmu,
Vayo sochingda burunchak uza lachakmu ekin?
Gul uzra har sori tob urdi sunbulung, yoxud
Yuzungda ziynat uchun sonchqon gajakmu ekin?
Labingdin istadi jonim hayot, bilmasmen
Ki bir soʻkunchmu yo qasdi bir muchakmu ekin?
Bir usruk elni chiqib qirgʻon ermish, ey Lutfiy,
Seningmu beging ekin, yo bizing mirakmu zkin?
Navoiy, ushbu parishon hadis ila gʻarazing
Avom xotirini sayd aylamakmu ekin?

531

Yuzung oʻtigʻa tutun zulfi muanbarmu ekin?
Otashin la’ling ul oʻt ichida axgarmu ekin?
Mehr sarchashmasidin qatrayemu tomdi, yoxud
Orazing birla qulogʻingdagʻi gavharmu ekin?
Gʻam tuni har taraf ohim oʻqi ul oy gʻamida
Charxdin oʻtganining oʻrnimu, axtarmu ekin?
Muztarib koʻnglum ekinmu kuyadurgan tan aro,
Yo bu otashkada kunjida samandarmu ekin?
Qon ekinmu yangi dogʻim aro, yo hajringda
Jomi gulnoriy ichinda mayi ahmarmu ekin?
Zohid uchmogʻ tiladi yordinu men ham oʻzin,
Yo rab, ushbu iki matlub barobarmu akin?
Ey Navoiy, dema Farhod parishonligʻidin,
Ul bu majnuncha balo togʻida abtarmu ekin?

532

Ulki, har tun uygʻonib yonida koʻrmas hamdamin,
Yoʻq ajab, gar soyani hamdam qilib aytur gʻamin.
Qoʻynida af’i, ne mumkin koʻzga uyqu kirmagi,
Ulki, har tun yod etar bir zulfning pechu xamin.
Takya ne imkon tushub bistar aro yuz ming tikan,
Ulki, bir mujgon xayoli tiyra qilmish olamin.
Kecha afgʻon qilmasam, tong yoʻq, birovkim koʻngliga
Hajr oʻqi tevruldi, mushkildur qatiq urmoq damin.
Ne yorugʻ boʻlgʻay hayoti sham’i ulkim, ishq anga
Gʻam shabistoni aro yogʻdurdi hijron shabnamin.
Zaxmingga sep, ey koʻngul, navmidligʻ tufrogʻikim,
Topmadi koʻk huqqasinda kimsa vuslat marhamin.
Charx anjum ashkini sochib, nedin kiymish qaro,
Hajr shomi tutmagʻon boʻlsa Navoiy motamin?

533

Porso yorim sogʻinmas masjidu sajjodadin,
Ne uchunkim to may ichmish, bosh koʻtarmas bodadin.
Boqmasa tasbihu mushaf xattigʻa, yoʻq aybkim,
Forigʻ ermas donayi nuqlu harifi sodadin.
Roʻzasin se roʻza may qilsa, ne tongkim, sa’b erur
Nasya ummedigʻa kechmak ishrati omodadin.
Tokim ul gulsiz bulut yangligʻ havoyiy boʻlmisham,
Bazmi ayshi yodidin ashkim qolinmas bodadin.
Maygʻa jonim rahn etay maxmur esangkim, farz erur
Sarvi ozodiygʻa qulluq oshiqi ozodadin.
Kim qizitti ishq oʻti birla koʻngul, maydin dimogʻ,
Ne gʻami bor nosihi beaqlu shayxi lodadin?
Za’fdin maxmurlugʻ yiqti Navoiy jismini,
Yor bazmi ayshida yod aylang u aftodadin.

534

Chiqorgʻach ul mahi mahmilnishin oraz niqobidin,
Jarasdek nola aylarmen koʻngulning iztirobidin.
Emas koʻksumga eski dogʻlar, bal suqbalardurkim,
Suvabmen to xayoling chiqmagʻay koʻnglum xarobidin.
Havoyi ishqing asrargʻa erur har yon kumish gunbaz,
Ki qilmishmen imorat bahri ashkimning hubobidin.
Bagʻirda neshi gʻam oʻlturdiyu koʻngʻlumda yuz gʻamkim,
Iting qut etmagay nogah kuyuk bagʻrim kabobidin.
Tanu jon zavraqin gʻarq etgali girdobi ofatdur,
Quyunlarkim, yugurur ishq dashtining sarobidin.
Qoshi mehrobidin yuz qiblagʻa qoʻy dersen, ey nosih,
Muvajjah der ekinsen, vahki, ojizmen javobidin.
Xirad mulkini sabrim kishvaridek buzdung, ey soqiy,
Bu selikim ravon qilding qadahpolo sahobidin.
Bu bazm ahlini bot yiqmoqdin oʻzga soqiyi davron,
Ne qildi qasd bu nilin qadah davri shitobidin.
Navoiy rishtayi fikri chekar ma’ni sumanboʻyin,
Xush ul tojirki, Yusuf chehra koʻrguzgay tanobidin.

535

Subh yetkurdi sabo gulbargi xandon mujdasin,
Yo koʻngul topti Masih anfosidin jon mujdasin.
Yo falak berdi yigʻi, koʻr aylagan Ya’qubning
Koʻzlari ochilmoq uchun mohi Kan’on mujdasin.
Ne guli xandon, ne Isodur, ne Yusuf mujdasi,
Topti bir mahjur oʻlar holatda jonon mujdasin.
Gʻuncha erdim gʻam yelidin, toʻngʻa sigʻmon gʻunchadek,
To sabo yetkurdi ul sarvi xiromon mujdasin.
Hajr aro, ey payk, agar sen noma yetkursang, ne tong
Tong yeli har kun berur xurshidi tobon mujdasin.
Naqdi jon berdim, musulmonlar, uyatligʻmen hanuz,
To eshittim paykdin ul nomusulmon mujdasin.
Ey Navoiy, shomi hijroi yigʻlarim daf’ oʻldikim,
Subh yetkurdi sabo gulbargi xandon mujdasin.

536

Yonida boʻlmacam nafase, dardnokmen,
Koʻrcam yonida gʻayr, xud ul dam halokmen.
Jonimgʻa yuz gʻam ignasini tikti ul Masih,
To bildikim, quyosh kibi ishqida pokmen.
Vasling taxayyuliyu men, insofdin emas
Kim, ruhi pok sensenu men tayra xokmen.
Vahm ayla, ey sipehr, bugun ohim oʻqidin,
Kim hajr dardidin yana bevahmu bokmen.
Juz vasl sharbati manga sud etmas, ey tabib,
Kim men firoq mehnatidin dardnokmen.
Zotimda chun mayi azaliy choshnisi bor,
Har sori mast qoʻl solib andoqki tokmen.
Ohim, Navoyiyo, nechuk asray koʻngul aro,
Chun men firoq tigʻi bila siynayi chokmen.

537

Ul sababdin tiyradur koʻnglum uyi hijronidin,
Kim emas tobon koʻzum sham’y oning tobonidin.
Boshigʻa desamki evrulub oʻpay tobonini,
Voykim, har dam ayogʻ tortar bu sargardonidin.
Chun tikandin ayru ermas doyimo gul yafrogʻi,
Ne uchun olur kafi poyin koʻzum mujgonidin?
Kirpigimdin zaxm oʻlub goʻyoki yoqibdur xino,
Yo qizoribtur kafi poyi sirishkim qonidin.
Qilmamish tirnogʻlarin ranginki, paydodur asar
Koʻz qarosi har biriga sajdalar qilgʻonidin.
Chehrayi maqsud koʻrdi ulki qildi toʻtiyo,
Garmroʻ sohibnazarlar sohati maydonidin.
Kelmasa ravshan zulol, albatta, boʻlur chashma koʻr,
Bas ayoq chekma, Navoiy, dildayi giryonidin.

538

Koʻnglum uyin har nechakim, istasang gʻam topqasen,
Dogʻi hajru gʻussayi besabrligʻ ham topqasen,
Kim emas oshiq sanga solsang meni koʻzdin, vale
Oshiqekim sodiq oʻlgʻay men kibi kam topqasen.
Noʻshi vasl, eykim, tilarsen neshi hijron koʻrmayin,
Chun emas bagʻring jarohatliq, ne marham topqasen?
Ne gʻaming yuz zarra sargardonligʻidin, ey quyosh,
Senki rif’atdin Masiho kibi hamdam topqasen?
Kulma xam qaddimgʻakim, yuklansa ishqing Qof aro,
Ishq ostida yozilgʻon qofdek xam topqasen.
Muncha furqat ashki birla boʻlsa doʻzax maskanim,
Toʻlgʻasang yuz qarn oʻtub, xirqam tegin nam topqasen.
Ey nasihatgoʻ, Navoiy yaxshidur deb istading,
Bilmadingkim, buyla bir!rayevoyn olam topqasen.

539

Yuz balo har dam topar hijron bu mahzun jon uchun,
Tengri goʻyokim yaratmishtur meni hijron uchun.
Hajr uyida man’ ashkimga malomat toshlari
Farsh erur, goʻyo yiqilgʻur kulbayi ahzon uchun.
Qomating hajrinda koʻnglum soʻrgʻuchi nosih tili
Nishtaredurkim, yorar oʻq zaxmini paykon uchun.
Hajr aro holimni yozdim, yod tut, ey navhagar.
Kim base loyiqdurur sen yod etar daston uchun.
Ishq gʻam bazmida zgri qaddima jon rishtasin
Tor etib, soz ayladi koʻnglum chekar afgʻon uchun.
Ajdaho ogʻzi bil oʻtlugʻkim ochibtur qasdingʻga,
Munchakim volihsen, ey bulbul, guli xandon uchun.
Chun Navoiy nomayi shavqin yetursang, ey rafiq,
Tengri haqqi ruq’aye bu zori sargardon uchun.

540

Furqatingdin kechalar oʻrtar meni baxti zabun,
Goʻyiyo men bir yonar oʻtmen, qarongʻuluq tutun.
Ashk etib gʻammozligʻ, koʻnglum buzulsa, ne ajab,
Kim topar ozor yoshlardin mudom ahli junun.
Men tilarmen vaslu oning koʻngli har agʻyor ila,
Manga ikki tosh arosinda kerak albatta un.
Qaddingu irning havosi jondadur, ayb etmagil,
Boʻlsa afgʻonim biyik, seli sirishkim la’lgun.
Kim kafanni yod etar, andin oʻluk ogohroq,
Gar libosin bilsakim erur katan yoxud katun.
Seli ashkimdin falak gʻamxonasi vayron edi,
Qilmasa erdi jafosi dudi ohimdin sutun.
Koʻrmasam qoshing boʻlurmen turgʻonim birla figʻon,
«Voyiy» erur bas chu boʻlmasa «Navoiy» birla «nun».

541

Sensizin, ey umr, bir soat manga jon boʻlmasun,
Sen boʻlu bas, toʻbiyu firdavsu rizvon boʻlmasun.
Deb emishsen, kuyduray bir dogʻ ila koʻnglin aning,
Har nechuk dogʻ oʻlsa oʻlsun, dogʻi hnjron boʻlmasun.
Qoshigʻa qilgʻach sujud, oʻlturdi ul kofir meni,
Hech musulmon yori, yo rab, nomusulmon boʻlmasun.
Ishqida jonim uqubatlar bila ol, ey ajal,
To aning oshiqligʻi hech kimga oson boʻlmasun.
Ul pari koʻnglumda mehmon boʻlmish, ey jon, voqif oʻl,
Oh oʻti dud etmasun, zaxm ichra paykon boʻlmasun.
Ey koʻngul, maste chiqib shahr ichra solmish rustaxez,
Vah, xabar tutkim, bizing beboki nodon boʻlmasun.
Dedikim, jon ber, dogʻi oʻpgil ayogʻim tufrogʻin,
Ey Navoiy, tezrak boʻlkim, pushaymon boʻlmasun.

542

Vaslinggʻa yetibon sogʻinurmen xayol ekin,
Holimni anglamon manga, yo rab, ne hol ekin?
Ushshoq ashkidin suv ichib, bar jafo berur,
Yo rabki, qomating ne ajoyib nihol ekin?
Zulfungda xol «jim» arosindagʻi nuqtadek,
Yuzungda zulf «vard» yonindagʻi «dol» ekin.
Har nechakim kuyarmen, aning zarra mehri yoʻq,
Oyoki, tole’im kuniga ne zavol ekin?
Dersenki, seni qaysi pari telba aylamish?
Ey bagʻri tosh, bilib yana bu ne savol ekin?!
Zanburning evi kibi koʻnglum toʻshuk-toʻshuk,
La’ling xayoli har toʻshuk ichinda bol ekin.
Miskin Navoiy jonigʻa koʻyungda qilma qasd,
Sayd aylamak haram qushi oxir vubol ekin.

543

Ishqing etagin jon iligi birla tutubmen,
Sen kirgali yodimgʻa oʻzumni unutubmen.
Koʻnglumga kelur har sori oʻq otsa, nedinkim
Jon shirasidin ogʻzini oning chuchutubmen.
«Yoring, — dedilar, — gʻayr bila boda ichibtur»,
Tahqiqini bilguncha ne qochlarki yutubmen.
Garm oʻlmangiz, ahbob tilab vasl charogʻin,
Menkim yuragim kuydi, ne chogʻligʻ yorutubmen.
Hajring tuni ollimgʻa ne mehnatki yetibtur,
Vasliig kuni yodidin oʻzumni ovutubmen.
Xilvat asari ujb ekanin angladim, ey shayx,
Ayb etma, fano dayrida gar kulba tutubmen.
Ashk ila Navoiy suv berur, sabr niholin
Bilmaski, oni ohim oʻtidin qurutubmen.

544

Oʻlgumdurur chu furqat ila ishtiyoqdin,
Kel qutqar, ey ajal, meni ushbu firoqdin.
Tong yoʻq, qizorsa lola kibi koʻz, chu mardumi
Har dam gʻamingda qon yutadur ul ayoqdin.
Sen may icharsen el bila, ul gʻamza qon qilur,
Men qon yutub nazora qilurmen yiroqdin.
Atfol sang arbadasi vahmidin dame
Devonalar kibi chiqa olmon visoqdin.
Ichtim iting safolida may, vah, qachon yuvgʻay
Hayvon ziloli zavqini onnng mazoqdin?
Maydin hayot tutki, begonmas Masihni
Har shappareki, uchsa bu eski ravoqdii.
Mutrib bila ne koʻngli ochilsun Navoiyning,
Kim men firoqdin desam, ul der «Iroq»din.

545

Eykim, tanimgʻa jon berasen har tariqdin,
Oʻlsam ne ayru tushgucha sendek rafiqdin.
Belingmudurki, anga qizil foʻta bogʻlading,
Yo rishtayeki oʻtkarilibtur aqiqdin.
Savdovu rishta zaxmatigʻa uchradi koʻngul
Zulfu beling xayolida fikri daqiqdin.
Har dam demaki, koʻz yoshidin sarguzashte ayt,
Daryo fasonasin ne soʻrarsen gʻariqdin?
Ohim koʻngulni koʻyung aro solsa, ne ajab,
Gulzor aro Xalil tushar manjaniqdin.
Zuhd ahli ujb tafriqasidin xalos emas,
Sharti fano firoqdurur ul fariqdin.
Talpinma ashking ichra, Navoiyki, chiqmadi
Hech kimsa gʻoʻta birla bu bahri amiqdin.

546

Gʻamingda har kecha, ey gul’uzor, yigʻlarmen,
Sahargʻa tegru chekib intizor yigʻlarmen.
Menu qaro kecha, yoʻq nisbatim sanga, ey subh,
Ki sen kularsenu men sham’vor yigʻlarmen.
Burungʻi mehru vafo, soʻnggʻi javru zulmungni
Birin-birin sogʻinib, zor-zor yigʻlarmen.
Kularlar el manga beixtiyorkim, har dam
Eshitsam otini, beixtiyor yigʻlarmen.
Mungʻaydi koʻnglum aningdek, hazl nagʻmasidin
Ki elga kulgu etar, oshkor yigʻlarmen.
Kular sipehri daniy iztirobigʻa koʻngʻlum,
Valek oʻzumda koʻrub iztirob yigʻlarmen.
Navoiy, ashkim oqizgʻay gʻamim tunin mundogʻ,
Ki charxdek kecha tutmay qaror, yigʻlarmen.

547

Lolaning gʻunchasidek koʻnglum oʻlubtur toʻla qon,
Vahki, el gʻofilu kuydurdi meni dogʻi nihon.
Zahri hajr ichgali dermenki, qilay ishqing tark,
Aytqondek kishi muhlik maraz ichra hazayon.
Roʻzgʻorimki qaro boʻldi, erur ishq asari,
Qayda oʻt tushsa, qaroligʻi qolur yerda nishon.
Ishqing oʻtinki yoshurdum, el aro yoydi raqib,
Kim isitmani nihon tutsa, qilur marg ayon.
Xating ichinda labingning iki xoli, ne ajab,
Ikidur nuqta yozilur esa xat ichida «jon».
Hajr chun qonim ichar har sori qonligʻ tuganim,
Xon erur ollida, to koʻngluma boʻlmish mehmon.
Charxdin mehr isi topqongʻa takabbur ne ajab,
El dimogʻigʻa chu gugird oʻti aylar nuqson.
Xalq ta’n etsa, Navoiy egilib nola qilur,
Igri yangligʻga qilur yel asari birla figʻon.

548

Safhayi husnungda jonbaxsh irning, ey siyminbadan,
Oʻxshashurkim aylagay Iso quyosh ichra vatan.
Yoʻq ajab, ey gul, koʻngul zaxmi aro novaklaring,
Rasm erur chun raxna boʻlgʻon yerga qoʻymogʻligʻ tikan.
Hasratingdin, bilki, oʻlmishmen, agar koʻyung aro
Bir gado nogah tilar boʻlsa gʻarib uchun kafan.
Koʻzungu zulfu qoshingdin injudek boʻldi yoshim,
Xalq ushbu vajhdin derlar ani durri Adan.
Voqif, oʻl, ey bogʻbonkim, har taraf pul shaklidin
Sendek elning qabridurkim, zohir etmish bu chaman.
Koʻnglagining atri jonsiz jismima berdi hayot,
Goʻyiyo el jonidin maxluq oʻlubtur ul badan.
Chun Navoiy nazmining har harfidur sharhi gʻaming,
Desa boʻlurkim erur har bayti bir baytul-hazan.

549

Falak sitezasidin boʻlma, soqiyo, mahzun,
Qadah keturki, erur besabot olami dun.
Manga tama’ karam ahlidin oʻldi may vajhi,
Yoʻq ersa, yer quyi ul ganjkim yigʻar Qorun.
Muraqqa’ uzra diram kibi vuslalar ne osigʻ,
Ki bir diramgʻa chogʻir uchun oʻlmagʻay marhun.
Bu shukr uchun gahi, ey shoʻx, ber nazrki, hudoy
Seni azizu sharif etti, bizni xoru zabun.
Yema bu lavhayi miyno ramuzi halligʻa gʻam,
May ichki, topmadi hech kim bu safhagʻa mazmun.
Xumor jonima qasd etti, soqiyo, may ber,
Ki jongʻa solsa bir oʻtkim, boshimgʻa chiqsa tutun.
Navoiy nazmidurur yaxshi gar quloq solsang,
Tarannumeki qilur oʻzi birla ahli junun.

550

Gʻam yelidin, yo rab, ul gulga gʻubore boʻlmasun,
Balki onsiz dahr bogʻida bahore boʻlmasun.
Qaddining sarvigʻakim, bogʻi latofat naxlidur,
Chashmayi hayvondin oʻzga joʻybore boʻlmasun.
Ayshu ishrat jomidin boʻlsun yuzi gul-gul, valek
Koʻngliga gʻam gulbunidin xor-xore boʻlmasun.
Jilvasoz oʻlgʻonda maydon ichra chobuk shoʻxlar,
Shohu sarxayl andin oʻzga shahsuvore boʻlmasun.
Gar buyursang sadqa boshigʻa evurmak, ey rafiq,
Budur ummedimki, mendin oʻzga bore boʻlmasun.
Dahr bogʻining nasimi sovurur gul xirmanin,
Anga ul gul gulshani sori guzore boʻlmasun.
Ey Navoiy, qil duo jonigʻavu jahd aylakim,
Mayling oning qullugʻidin oʻzga sori boʻlmasun.

551

Eykim, nafase gʻoyib emassen nazarimdin,
Vahkim, gʻami hajring oqizur qon jigarimdin.
Rasvoligʻ oʻti birla tutashib keladurmen,
Ey ahli salomat, qoʻpunguz rahguzarimdin.
Sen gʻofilu men vahm qilurmen kecha-kunduz,
Bu nolayi shabgir ila ohi saharimdin.
Gʻam yelidin ul nav’ oʻtum oʻrdi alamkim,
Yuz barq yasar abri balo har shararimdin.
Beling gʻamidin moʻya bila yigʻladim oncha,
Kim ashk duru gavhari oʻtti kamarimdin.
Ey zuhd, yoʻlum urmaki, bu marhala ichra
Maqsadgʻacha sensen biri yuz ming xatarimdin.
Ey ishq, fano yoʻli sari boshlaki, tinmon
Gar topsa Navoiy xabar ushbu safarimdin.

552

Ne tirikmen, ne oʻluk; ne sogʻ, ne bemormen,
Ayta olmonkim firoqingdin ne yangligʻ zormen.
Nuqtayi ogʻzing gʻamidin tortibon jadvaldek oh,
Ashk selin oqizib sargashta chun pargormen.
Doʻstlar, koʻnglum hadisin demangiz tengri uchun,
Kim men ul devonayi sargashtadin bezormen.
Koʻnglagingdinkim, topar jon dam-badam Yusuf isi,
Ey Azizim, men ham ul koʻnglak aro bir tormen.
Bir quyosh hajrinda tundeq roʻzgorim tiyradur,
Tong emas, gar tun kibi motam tutub yigʻlormen.
Mayda afyun ezgil, ey mugʻkim, bu eski dayr aro
Telbararmen gʻussadin gar bir nafas hushyormen.
Nevchun el dashnomu ta’nidin boʻlay oshuftahol,
Ey Navoiy, chun nekim derlar, yuz oncha bormen.

553

Vasl etti yor va’da labi jonfizosidin,
Goʻyo bu soʻzni aytti jonim arosidin.
Gar koʻrmading shafaq uza xurshid, ey koʻngul,
Ihsos qil oni yuzu gulgun qabosidin.
Munglugʻ koʻngulning ohidin etmas raqib vahm,
Yoʻq itga bok ishq gadosi asosidin.
Ishq ichra oʻldum, ohki, qutqarmadi meni
Davr ofati ul ofati davron jafosidin.
Olamni hajr zulmati tutqay, sovursa yel
Kuygan fatilani yangi dogʻim qarosidin.
Charxi daniyda bodayi gʻam toʻlmish, ey rafiq,
Juz hajr zahri qilma tama’ davr kosidin.
Sabt oʻlmasa Navoiy oti nazmi zaylida,
Fahm aylar ahli dard kalomi adosidin.

554

Sarveki, nolishim biyik oʻldi havosidin,
Yuz ming figʻonki, ogah emas mubtalosidin.
Koʻnglumni koʻzlaridin ayirmangki, chiqmagʻay
Majnun nasihat ila kiyiklar arosidin.
Men tiyra uyda behudu yuz nav’ guftugoʻ
Har koʻ boshinda telbaligim mojarosidin.
Koʻnglumda toza dogʻlaring shaklini istasang,
Fahm ayla oʻtlugʻ iki koʻzumning qarosidin.
Quvvat tutar labing gʻamini yeb hazin koʻngul,
Goʻyoki qon tavallud etar bu gʻizosidin.
Davlat libosi shahgʻaki, yoʻqtur shikoyatim
Mugʻ dayri tegrasida gadoligʻ palosidin.
Gʻam shomidin Navoiyni netgay xalos etib,
Yorutsang uyini sham’i jamoling ziyosidin?

555

Doʻstlar, bir chora men devonaye shaydo uchun,
Kim oʻlarmen ul paripaykar malaksiymo uchun.
Otashin gul tegrasnda la’lgun yuz barg emas,
Balki yuz na’l oʻtqa solmish bulbuli shaydo uchun.
Xom koʻnglumkim, dudogʻingni tilab afgʻon qilur,
Bor durur ul tifldekkim yigʻlagʻay halvo uchun.
Ashk ichinda gʻarqamen zulfungnn tutqaymenmu deb,
Uylakim tojir tengiz ranjin chekar savdo uchun.
Turki mastedur koʻzung uyquda, koʻz kunjida xol
Oʻgʻrikim qilmish kamin yonida qoʻygʻon yo uchun,
Gulxaniydekdurki, istar gʻulxanu olotini,
Siflakim mehnat chekar dunyovu mofiho uchun.
Bu Navoiy bandani, ey sarv, ozod asrakim,
Buyla bir bulbul kerak sendek guli ra’no uchun.

556

Oʻrtama koʻnglumni komin hosil etmasdin burun,
Qushni kim biryon etibdur bismil etmasdin burun?
Jism aro ishqing vatan qilmay, hanuz oldi koʻngul,
Oʻt yoqar yer topti uyni manzil etmasdin burun.
Oshiq oʻldum, jonni osonliq bila ol, ey ajal,
Ishq dardi jongʻa ishni mushkil etmasdin burun.
Ey koʻngul, yor ochti yuz, hijronda oʻlmak sa’b erur,
Jon fido qil yuzga burqa’ hoyil etmasdin burun.
Pandlar berdi xirad koʻnglumga, yuz shukr, ey pari,
Telba qilding nosiq oni oqil etmasdin burun.
Foniy oʻlsunkim, baqoyi jovidon istar oni,
Foniy oʻlgʻanlargʻa davron doxil etmasdin burun.
Ey Navoiy, gʻayr naqshidin orit koʻnglungnikim,
Fayz mumkin ermas oʻzni qobil etmasdin burun.

557

Koʻngul olurda ajab dilrabo emishtuksen,
Ne dilraboki, baloyi xudo emishtuksen.
Koʻngul berurda sanga bilmas erdim, ey badmehr,
Ki xasta koʻngluma mundoq balo emishtuksen.
Tabib ojiz oʻlub oqibat dedi, bildim,
Ki ishq dardi bila mubtalo emishtuksen.
Gadoligʻ ettim esa boʻsaye, achigʻlanibon,
Dediki: «Asru uyatsiz gado emishtuksen».
Koʻngulni kuydurubon jon olursen, ey yangi dogʻ,
Figʻonki, bir yoʻli koʻngli qaro emishtuksen.
Cherik vuhushu senga, taxt — qulla, ey Majnun,
Fano mamolikida podsho emishtuksen.
Dedim: «kamina itingmen», kulub manga aytur:
«Navoyiyo, ne balo xudnamo emishtuksen?!»

558

La’lu gʻamzang birla baskim nuktadon ustodsen,
Bir nafas borsen Masiho, bir zamon jallodsen.
La’li shavqidinki gʻam togʻin qozarsen, ey koʻngul,
Ne balo Shirin havasliq notavon Farhodsen.
Ahli dillar chehrasi oltun, sirishki siym erur,
Toki siymi nob aro qilding nihon foʻlod sen.
Nargisingdin bir nazar qilgʻilki, asru bir yoʻli
Qullaring holidin, ey sarvi ravon, ozodsen.
Nayshakardek qaddinggʻa, vah bargi nay toʻn demakim,
Ishqpechon bargida boʻlgʻon nihon shamshodsen.
Xurram oʻlmassen sumurmay bir qadah, eykim, mudom
Charxdin koʻnglung boʻlub yuz laxt qon, noshodsen.
Ey Navoiy, jisminga paykonlaridin langar et,
Yoʻqsa, bu ohing yelidin nogahon barbodsen.

559

Chok-chok etting koʻngul komini hosil qilmayin,
Keskulortting notavon saydingni bismil qilmayin
Hajr oʻqining manzili boʻlmoq koʻngul, ne sudkim,
Yetgach-oʻq oʻtti xadanging anda manzil qilmayin.
Tushmasun har koʻz yuzungga, elga ham oʻt tushmasun,
Chiqma uydin parda oʻtlugʻ yuzga hoyil qilmayin.
Garchi hajri roʻzgorim tiyra qilmish, ey sipehr,
Mahfilim yorutma, oni sham’i mahfil qilmayin.
Ul pari majnunidur, koʻnglumni zinhor, ey hakim,
Pand qilma zulfi qaydidin salosil qilmayin.
Dahr ishi oludaliqdur, ey xusho ul pokrav,
Kim oʻtar bu jiyfagʻa koʻnglini moyil qilmayin.
Ey Navoiy, shart qildimkim qutulsam hajridin,
Necha koʻnglum desakim, ishq orzu qil, qilmayin.

560

Yoridin hech kim meningdek zoru mahjur oʻlmasun,
Jumlayi olamda rasvoliqqa mashhur oʻlmasun.
Men boʻlay ovora to ishqimdin aylab guftugoʻy,
Oti oning har kishi ogʻzigʻa mazkur oʻlmasun.
Jonima bedodu zulmin, yo rab, ul miqdor qil,
Kim aning oshiqligʻi har kimga maqdur oʻlmasun.
Men xud oʻldum, lek har oshiqki erur pokboz,
Navha tortib motamim tutmoqda ma’zur oʻlmasun.
Pand ila koʻnglum uyin qilma imorat, ey rafiq
Bizni buzdi, hargiz ul, yo rabki, ma’mur oʻlmasun.
Kechalar ul gul chekar ermish qadah, ey tong yeli,
Voqif oʻl, holimni aytur chogʻda maxmur oʻlmasun.
Yor vasligʻa quvondim, qovdi koʻyidin meni,
Ey Navoiy, hech kishi davlatgʻa magʻrur oʻlmasun.

561

Noumide men kibi bormu ekin jononidin,
Jongʻa yetgan koʻnglidin, koʻngli tutulgʻon jonidin?
Fard hushu sabridin, mahjur zuhdu ilmidin,
Ayru shahru mulkidin, ovora xonumonidii?
Tangʻa mehnat ravzanin ochqon yaqoning chokidin,
Jongʻa rihlat navhasin tuzgan koʻngul afgʻonidin?
Ham saloh uyin qaro aylab tuganlar davridin,
Ham balo yuzin qizil qilgʻon aliflar qonidin?
Men dogʻi bir kun saloh ahli edim, ey porso,
Bu uqubatlar aro qoldim birov hijronidin.
Jomima har davr quy, soqiy, halohil zahrikim,
Tah~batah qondur ichim tosi nigun davronidin.
Ey mugʻanniy, tuz maqomi navhakim, chiqmoqtadur
Xasta jon jism uyi otligʻ kulbayi ahzonidin.
Jon berur har dam Navoiy, ne ajab, gar bersa jon
Qulki ayrilgʻay begidin, bek nekim, sultonidin.
Rostliqda sarvi ozodiy yigitlik bogʻidin,
Poklikda la’li raxshoniy eranlik konidin.

562

Aqlu jonu koʻnglum ul oy furqati ozoridin
Bori bir-birdin malul oʻlmishlaru men boridin.
Shomi hajrim toru bepoyonligʻin anglay desang,
Fahm oʻlur yaldo tuni yangligʻ soching har toridin.
Bordur andoqkim, buzugʻ koʻnglumda qonu har yon dogʻ,
Lolalarkim, chiqti vayron maskanim devoridin.
Ul pari koʻnglum qushi qonin oqizgʻon fahm oʻlur,
Ochsalar boʻynumdagʻi daf’i junun tumoridin.
Gʻunchayi vaslim ochar, sham’i firoqim tindurur,
Har nasimekim kelur gulrux bahorim soridin.
Dahr bogʻi lola birla sabzasidin kechki, yoʻq
Gʻayri qonu zahr bu shingarf ila zangoridin.
Ey Navoiy, nuqtayi aysh istasang mayxonada,
Bosh koʻtarma may tagʻori davrayi pargoridin.

563

Yor paygʻomi ne osigʻ oʻzgalar tahriridin?
Jon qachon bersun Masih alfozi el taqriridin?
Ruq’asi gar barchd qatlim hukmidur, xushdurki, bor
Qatl hukmi hirzi jon Isodamim tahriridin.
Kimki koʻrsa, vahki, maxfiy ishqim oʻtin fahm etar,
Ruq’asin ochib oʻqurda hay’atim tagʻyiridin.
Nomasin ochqanda yuz devonaliq qilding, dema,
Kim xabar yoʻqtur manga, billah, alarning biridin.
Ne fusun qilmish edi, bilmonki, yoʻqtur aqlu hush
Notavon koʻnglum aro alfozining ta’siridin.
Ruq’ayedur charx chirmoshliqki, mazmun suratin
Hech kim fahm etmadi unvonining tasvirndin.
Har ne yozmish ollingga kilki qazo, koʻrmak kerak,
Ey Navoiy, qochmoq oʻlmas tengrining taqdiridin.

564

Kelki, vaslingdin hazin jonimnn xursand aylayin,
Sen jigar pargolasin bagʻrimgʻa payvand aylayin.
Chok etib koʻksumni, mahv aylay seni bagʻrim aro,
Necha bu ummed ila koʻnglumni xursand aylayin.
Koʻzda mardum boʻl, koʻngulda jon yerin tut, vah, necha
Koʻzni mushtoqu koʻngulni orzumand aylayin.
Yuz balo soldi koʻngul boshimgʻa, oni, ey rafiq,
Qoʻyki, tishlab-tishlabon parkand-parkand aylayin.
Ne achigʻlanmoqdur andin, ne chuchuk soʻz, ey koʻngul,
Xoh achchigʻ yigʻlayin, xohi shakarxand aylayin,
Gulshani vaslin tilar jon, yer quyi, jism zaif,
Necha qudsiy qushqa mundoq torni band aylayin.
Der, Navoiy, Vomiqu Majnundek oʻlgʻil, vah, ne nav’
Kuch bila hush ahligʻa oʻzumni monand aylayin?!

565

Masihodin labing afsah, quyoshtin orazing ahsan,
Quyoshinggʻa falak hayron, Masihinggʻa quyosh maskan.
Koʻzumda gardi maydoning, tanimda naqdi paykoning,
Anga koʻz mardumi xozin, munga jon kulbasi maxzan,
Yasarmen yuz maqolat, vah, boʻlur koʻrgach ani nogah
Koʻzum hayron, tanim larzon, esim vola, tilim alkan.
Shikebu sabr uyin buzdi, ki ruxsorinda koʻrguzdi
Xatidin nur uza zulmat, yuzidin oʻt aro gulshan.
Toʻkarsen qon koʻzung birla, berursen jon soʻzung birla,
Ajoyib zufununesenki, har fan ichra sen yakfan.
Malomat toshi dogʻidin yorudi ishratim sham’i,
Ajab gugird oʻtidin ayladim bu sham’ni ravshan.
Yasarda sun’ me’mori falak gʻamxonasnn goʻyo,
Ki qildi dardu gʻam kirmakka har kavkabni bir ravzan.
Sen istab Xizr umri, turfa bukim, gunbazi xazro
Yuziga tun qarosin surtubon, aylar sanga shevan.
Navoiy, asrabon tamkin, kishidin istama tahsin,
Chu shah koʻrguzdi istihson, koʻrub nazmingni mustahsan.

566

Azal naqqoshi tarh aylarda gul bargi namudorin,
Magar pargor hildi bulbuli sargashta minhorin.
Qazo mashshotasi parvonalar jismi kuli birla
Hamonokim yorutdi sham’ning mir’oti ruxsorin.
Degin, Majnun qaro jonining uzgan rishtasidindur,
Ki sun’ ilgi mutarro qildi Layli zulfi zunnorin.
Magar Farhod jonidin sizib, qonidin etti rang
Qadar suratgari Shirin labi la’li shakarborin,
Tarozu bargi gul, ip rishtayi jon, tosh la’l etti
Chekarda xozini hikmat labing yoquti miqdorin.
Qarogʻlarim emastur, balki topqach koʻzga qoqmishmen
Itardin vahm etib raxshing sitomin, balki mismorin.
Ayogʻing kirpigimdin ogʻrigʻon boʻlsa, yorib koʻksum
Isigʻ qonimgʻa qoʻykim, ul hino-oʻq cheksun ozorin.
Xarobot ahli avru dogʻ derkim kuydurung, soqiy,
Davo yoʻq sirmabon qochmoqdin oʻzga shayx dastorin.
Magar boʻldi quyun tufrogʻ ila yel, may suv birla oʻt
Yasarda masti sargardon Navoiy xilqati zorin.

567

Rashkdin dermenki, mehr itsun sipehr ayvonidin,
Bori etgay soya ayvon ichra oning yonidin.
Koʻksuma urmoqqa olgʻan toshqa oʻqi tegdi, lek
Qildi kul jismimni oʻtkim, sekridi paykonidnn.
Otashin ochildi ichgach bogʻning oq gullari,
Ashk ila har qatrayekim, bordi koʻnglim qonidin.
Anjum ermaskim, falak mir’oti ichra tushti aks,
Baski dur sochildi yer uzra koʻzum ummonidin.
Dema, nolangdin yumulmas koʻzlarimkim, tong emas,
Kelmasa bemorlargʻa uyqu it afgʻonidin.
Mehrning ermas shafaq ichra shuo’iy xatlari,
Charx zulmi qon toʻkar har shom aning mujgonidin.
Jon olur la’lim hadisi, deb meni qoʻrqutmagʻil,
Kim bu bir soʻzdurki, aytursen Navoiy jonidin.

568

Koʻrubmen kirpiging boshtin-ayoq teshgan koʻngul holin,
Qushedurkim, tiriklay yulmish oʻlgʻaylar paru bolin.
Ekib tuxmshsh andogʻkim ochilgʻay boʻstonafroʻz,
Ochar xunoba koʻz bogʻida eksam donayi xolin.
Jamolin va’d agar debmen, koʻp etma, ey arab, hayrat
Yuzi aynin koʻrub har yon nazar qil zulfidin dolin.
Tanimkikim qurubtur xomadek nol oʻqlaringdindur,
Qalam qilsang qil, ammo tashlama har yon chekib nolin.
Bu majnun qatlin ul tifli parivash istamas boʻlsa,
Nedin toshlar bila qasdimgʻa soldi shahr atfolin?
Gʻamin koʻrmang balo togʻida, la’li shavqidin jonni,
Ki har bir toshidin sotmas abad umrigʻa misqolin.
Chu boʻlmas sham’siz parvonavu gul birladur bulbul,
Firoq oʻrtar koʻngulni chun koʻrar vasl ichra amsolin.
Sabuhiy jom ila xushmen, nechuk xush boʻlmagʻay ulkim,
Muningdek axtari farxunda qilgʻay subh aning folin?
Javod ilgida piri dayrning may zavraqin koʻrsun,
Birovkim, koʻrmamish daryo ichinda jung timsolin.
Shah egnida murassa’ tugmalik xil’atgʻa bermasmen,
Yigʻochlar birla ollin tevrabon kiygan fano sholin.
Navoiy, istasang koʻyin, itiga oshno boʻlgʻil,
Yalingʻon yangligʻ ul it oshnogʻa, sen anga yolin.

569

Shahid oʻlsam libosi lolagun sarvi ravonimdin,
Yasang qabrim uza mile, boʻyang gulrang qonimdin.
Koʻrub tumordek chirmonmogʻim hajrida rahm etmas,
Ki gʻofildur ichimda har taraf dogʻi nihonimdin.
Qurugʻ tandinki qilding sharha-sharha nola tortarmen,
Ne tong, vajd oʻlsa elga dam-badam naydek figʻonimdin.
Alifsiz jon kibi yoʻq ul paridin oʻzga mavjude,
Hazin jonimda to hijron xadangi chiqti janimdin.
Koʻrunub zulfiiing tori, koʻrunmas za’fliq koʻnglum
Nedinkim ul tavonoroqdurur bu notavonimdnn.
Koʻngul koʻz oʻtu selidin kelib holim koʻra olmas,
Maloyik ravzanimdin, bal xaloyiq ostonimdnn.
Erur qotildin etmak orzu jonbaxshliq rasmi,
Umidi mehribonliq bogʻlamoq nomehribonimdin.
Meni uyqugʻa solmish dahr bogʻining nasimi, vah,
Ne gul tergaymen ushbu tushta koʻrgan boʻstonimdin?
Navoiy, bilki, topmishmen nishon maqsuddin beshak,
Oʻshal kunkim nishone topmasang istab nishonimdin.

570

Sogʻinmang soya gʻam shomi malul ermas figʻonimdin,
Bosib oʻlturmasam yuz qatla, qochqay erdi yonimdin.
Uchuq zaxmi labida bilgurur, bilgurmasun, koʻrung,
Nishona kimki istar jon aro dogʻi nihonimdin.
Baliyat shohidi gulguna qilsa, bas munosibdur
Momugʻlarkim, yaro ogʻzida gulgun boʻldi qonimdin.
Ichimda baski toʻldi novaking, har yon alif ermas,
Ki raglardek oʻqung bilgurdi jismi notavonimdin.
Koʻz ichra uyqu xayli gar kira olmas, ajab ermas,
Ki xoli turfatul-ayni emas ashki ravonimdin.
Dema, roviy, erur Farhodu Majnun qissasi muhlik,
Ani, alqissa, bir «dolu alif» bil dostonimdin.
Yuzumni, ey bahori husn, qon yosh ichra koʻrgulkim,
Yuzung shavqida ne gullar zuhur etti xazonimdin.
Ulus taklifidin koʻp xasta qildim jonni, vah, emdi
Yaqindur oʻlgamen, baskim xijilmen xasta jonimdin.
Navoiy, vaqtni toatgʻa yo ishratgʻa sarf etkim,
Sogʻinsam oʻrtanurmen tiyra oʻtkargan zamonimdin.

571

Toʻla qondur koʻzumnung halqasi to qoldi yorimdin,
Magar tushmish qarosi toza dogʻi intizorimdin.
Qavokib demagil, gardun koʻzi goʻyo yosharmishdur,
Tutundinkim, chiqar gardun sari sham’i mazorimdin.
Yaramgʻa hech marhamdin yetishmas oncha rohatkim,
Chiqorib til, iting qonin yalar jismi figorimdin.
Men ul oy rashkidinkim el koʻrar tufrogʻ agar boʻlsam,
Koʻrar el koʻzlarin koʻr ayla, ey gardun, gʻuborimdin.
Egarmas koʻk hisori davrigʻa turki falak koʻrgach,
Evurmak ashhabin bir xisht uza chobuksuvorimdin.
Erur qonligʻ koʻngulda koʻzlaring, vah, turfadur asru,
Ki chiqmaslar dame ul ikki jayron lolazorimdin.
Ichib, gar tutmasang erdi qadah, ey noʻshlab soqiy,
Ne imkon erdi qutqarmoq meni muhlik xumorimdin.
Meni yozgʻurmangiz qilsam sabuhiykim, azal subhi
Chiqibtur ixtiyor ilgimdinu ish ixtiyorimdin.
Inoyat yomgʻuri ollida daf’sh sahl erur, garchi
Yogʻar idbor gardi, ey Navoiy, roʻzgorimdin.

572

Meni zaifni sargashta ayladi gardun,
Shitobu davr ila xoshokni nechukki quyun.
Tutashti telba koʻngul ul pari uzoridin,
Bu oʻtni gul sogʻinib, vahki, kuydi ul majnun.
Hubob onchaki Jayhun uza erur mumkin,
Tasavvur ayla koʻzumnung hubobidin gardun.
Yuzung shahidlari tufrogʻin sovurmish yel,
Bukim bulut koʻrunur koʻkta har taraf gulgun.
Ne ayb, shodligʻ ashkim koʻp oqsa vaslingda,
Bahor fasli boʻlur chashmalar suyi afzun.
Qadinggʻa sarv bosh indurmamish emas aksi,
Ki dahr adab qilur oni solib suv ichra nigun.
Ushatib oʻqini, mahzun koʻngulni sindurmang,
Ki uy shikast topar har qachonki sindi sutun.
Yer ostidin kup ila la’lni chiqar, ey mugʻ,
Ki bordi yer quyi, chun soʻz eshitmadi Qorun.
Gʻam oʻlturur meni, qoʻy pandu bir qadah berkim,
Qilur bu zahrni taryok daf’, yoʻq afyun.
Navoiy, istar esang saltanat, fano boʻlkim,
Jahon zabunung erur, boʻlmasang jahongʻa zabun.

573

Yelga berdi kuydurub ul gul tanim xokistarin,
Otashin gul hajri sovurgʻon kibi bulbul parin.
Anglamon bulbul qiziq koʻnglimudur yo atr uchun
Gʻunchasidin gul murattab qildi oʻtlugʻ mijmarin.
Bargi guldur, yoʻqsa bulbulning tutashmish har pari,
Baski, yorutdi sabo gul mijmarining axgarin.
Gul emastur, balki bulbul oshyonin oʻrtagan
Ishq oʻti bil, koʻrsang oning davru lavni ahmarin.
Qoʻy gulu bulbulni, gulgun may toʻla tut balbala,
To oʻquy bulbul maqolotin ochib gul daftarin.
Dahr bogʻida gulu bulbulgʻa yoʻq bargu navo,
Solmadi bu gʻussadin nargis ilikdin sogʻarin.
Soqiyo, hayvon suyi mamzuj qilsang ichmagay,
Gar Navoiy topmasa may ichra la’ling javharin.

574

Nihon ishqingki, koʻnglum ichra tushti yuz sharor andin,
Nihoniy dogʻlar qolmish ichimda yodgor andin.
Muqavvas qoshlaringning naqshidin giryon koʻzum boʻlmish
Bulutdekkim, boʻlur qavsi quzahlar oshkor andin.
Boʻlubtur sarvinozim husn sham’i, boshida oning
Barak zarrishtasi ulkim, yonar bir necha tor andin.
Buzugʻ koʻnglumki, atrofida ul yuz shavqidin qondur,
Erur vayronayekim lolalar butgay bahor andin.
Ne kirpiklar ekin ulkim, taxayyul aylamak birla
Boʻlur jism ichra har dam jonim andomi figor andin.
Qadi naxlidin oʻlsam, doʻstlar, budur vasiyatkim,
Boshim uzra ekib sarve, qiling mili mazor andin.
Jafodin yumsa koʻz, taskin topar koʻnglum oʻti, goʻyo
Qarori yoʻq koʻzi har dam olur sabru qaror andin.
Jahon bahri emish muhlik, tuman ming shukrkim, garchi
Koʻp urdum dastu po, tuttum valek oxir kanor andin.
Navoiy yangligʻ oʻlmish xonaqah ahli suruk majnun,
Magarkim sarxush oʻtmish ul pari devonavor andin.

575

Dema, mehnat togʻining Farhodi sargardonimen,
Toza yuz ming dogʻ ila ul qullaning qaplonimen.
Lam’ayi ruxsoridin parvonadek kuysam, ne tong,
Menki yillar ul malohat sham’i sargardonimen.
Husnungga hayron esam, kelmas ulus hayronligʻi,
Kimki hayroning emastur, men aning hayronimen.
Men oʻlar holatdavu jon qasdi aylar ul pari,
Odamiyliq koʻrguzurkim, bir nafas mehmonimen.
Gar koʻngul buzdi meni, yor erdi bois, shukrkim,
Chugʻzning yoʻq, bir malohat ganjining vayronimen.
Dayr piri tutsa may, noʻsh etsam ermas aybkim,
Zahr agar ich derkim, aning bandayi farmonimen.
Telbalikdin aql sori istamish zohid meni,
Ey Navoiy, muncha nodon bilmas erdim oni men.

576

Koʻrsa ne fikri tanim zaxmiyu koʻnglum kuyganin,
Ulki na’lu dogʻdin hayf etmas oʻz nozuk tanin.
Qayda koʻrsun, koʻrsa ne qilsun yoqam choki asar,
Mastligʻdin ulki har dam chok etar pirohanin.
Xirmani sabrim kuyardin ne gʻam ul kofirgʻakim,
Oʻt solibtur bodadin, koʻrgil, jamoli xirmanin.
Garchi ranjim sa’b erur, vah, qayda parvo aylasun
Qotile kim koʻrdi tirguzmakcha oʻlturmak fanin?
Anglagʻoch qatl aylar erdi, shukrkim, bilmas kishi
Bazmi gʻavgʻosi aro ahli musibat shevanin.
Necha tavsanliq sukun andin burunroq koʻzlakim,
Olmagʻay kome, necha sursang yigitlik tavsanin.
Gulshani ishratqa siz azm aylangiz, ey ahli aysh,
Kim Navoiy bas ogʻir olmish mazallat gulxanin.

577

Firoqingda koʻzumdin yigʻlamoq boʻlgʻaymu kam bir kun?
Kulub kirgaymu vayron kulbam ichra ul sanam bir kun?
Maloyik, tarqashingkim, ul quyosh hajrinda qoʻrqarmen
Teshib oʻtgay falakni ohim oʻtidin alam bir kun.
Harimi vasligʻa mahramlar oxir shukr eting, kulmang,
Meni mahrum debkim, men ham erdim muhtaram bir kun.
Fasonam yozgʻuchi, bilkim, bitik uzra sochar kuldek
Kuyub sochilgʻusi kogʻazga ilgingdin qalam bir kun.
Emas gʻam shomi anjum qatralar ohim tafidin bil,
Ne tong, kun koʻzgusin gar tiyra qilsa ushbu nam bir kun.
Eshnttim, telba it koʻyida qatl aylar emish, ayting,
Kim ul koʻy itlaridin erdi bu devona ham bir kun.
Talab dashtida yillar poʻya aylab, vahki, to yettim
Harimi vasligʻa, derkim, boʻlur tavfi haram bir kun.
Koʻnguldin tavba qaydin raf’ qilmas xonaqah shayxi,
Magar ham dayr piri zohir etgay bu karam bir qun.
Navoiy, ruhparvar nuktavu muhlnk tajarruddin,
Ajab gar qoʻymagʻay koʻkka Masihodek qadam bir kun.

578

Yuzinda may gulidur yo yuzin koʻrguzdi koʻzgudin,
Vayo jannat guli aksini zohir ayladn sudin.
Yuzungga chun tavajjuh ayladim, qoldi qaro qaygʻu,
Qeyin tushgan kibi soya koʻrungach mehr oʻtrudin.
Tushumda dedikim, koʻksungga bir oʻh ursam, ilgim oʻp,
Koʻrung toli’kim, ul oʻq yetgach-oʻq seskandim uyqudin.
Dema, hijron tuni muhlik gʻamimdin subh sargʻardi,
Hamono bul’ajab holim koʻrub za’f etti kulgudin.
Bor erdi husnung afzun gʻam tuni chun chehra koʻrguzdung,
Koʻrunur sham’ ravshanroq zuhur etgach qarongʻudin.
Dema, mensiz nechukdurkim seni oʻlturmadi qaygʻu,
Sanga yoʻqtur xabar, men xud oʻlubmen ushbu qaygʻudin.
Qadah nazzorasi hushumni zoyil qilsa ayb ermas,
Ki shohid aksi har dam jilva aylar ushbu koʻzgudin.
Bu gulshandinki, bulbul zogʻ ila tengdur, firoq avlo,
Netar ul yerdakim, yoʻqtur arabgʻa farq hindudin.
Navoiy Ka’ba qasdin aylasun, ey shayx, dey olsang,
Kim imkon yoʻqturur topmoq kishi dayr ichra maqsudin.

579

Yozarda ishqing oʻtin sekrir ohimdin sharar har yon,
Varaqda nuqtalar iynak shararlardin asar har yon.
Raqib ilgi jafo toshin koʻp otsa, bois ohimdur,
Aningdekkim, itik yel shoxdin sochqay samar har yon.
Dam urmassen labing shirinligʻin vasf aylasam, goʻyo
Iki la’lingni bir-biriga yopishturdi shakar har yon.
Koʻkargan dogʻidur gʻam toshlarining xasta jismimda,
Qurugʻ shoh uzra chirmashib ochilgʻan nilufar har yon.
Suda gulbarglar oqqan masallik la’li hajrinda,
Oqar ashkim aro har qatra qon boʻlgʻan jigar har yon.
Koʻngulda oʻqlaringdin bar yesam bir kun, ajab ermas,
Muningdekkim bu bogʻ atrofida ekting shajar har yon.
Beling sarrishtasigʻa mubtalo boʻlgʻan koʻngul saydi
Kiyikdekdurkim, mahkam aylamish yoʻlin kamar har yon.
Ne muhlik vodiy ermish Ka’bayi maqsad biyoboni,
Ki adno moʻridin bor ajdaholargʻa xatar har yon.
Navoiy rishtayi zuhdi uzulsa, qilmangiz hayrat,
Muningdekkim oni usruk chekar bir siymbar har yon.

580

Jamoling shavqidin gʻam shomi kuymak ibtilosidin,
Koʻzum sham’i kul aylabtur ayon qonliq qarosidin.
Firoqingda tugan uzra tugan qoʻydum, ne hosilkim,
Manga un boʻlmadi hosil bu ikki tosh arosidin.
Quyoshni Yusufim bay’igʻa bermak bor esa mumkin,
Degaymen tangayi bay’onadur ermas bahosidin.
Chekay ishqing yukin deb xasta koʻnglum qon yutub, gʻam yer,
Ne quvvat kasb eta olgʻay bu sharbat ul gʻizosidin?
Jafosi tirguzur elniyu men bu ayshdin mahrum,
Musulmonlar, bilingkim, oʻlgum ul kofir jafosidin.
Erur majnun koʻngulda yuz girehkim, ne sababdindur
Musalsal qissalar el ichra zulfung mojarosidin.
Xumori hajrdindur tiyra koʻzu koʻnglum, ey soqiy,
Yorutqil ham jamoling sham’idin, ham may safosidin.
Gar oʻlsam, dayr piri tang belnn zunnor nla mahkam,
Manga tobutpoʻsh aylab fano dayri palosidin.
Adam farshida to qoʻydi fano toshi uza boshin,
Navoiy or etar koʻk na’tiyu kun muttakosidin.

581

Gar meni yod etmas ul oy zulm ila bedodidin,
Shukrkim, gʻofil zmasmen bir dam oning yodidin.
Lutf ila gar yod etar, yo zulm ila bedod ztar,
Men rizosin istaram yodidinu bedodidin.
Kecha aysh ahli mugʻanniy lahnidin xushhol emas,
Onchakim men tonggʻa tegru itlari faryodidin.
Xotirim sinmoq tilar, koʻngli tilarmen men dogʻi,
Har ne bu shishamga kelgay, xushtur ul poʻlodidin.
Sabr toshidin koʻngulga koʻp bino tarh ayladim,
Koʻz yoshim seli qoʻngʻordi barchani bunyodidin.
Dayr pirk dedn: maydin bosh koʻtarma, ei rafiq
Solik uldur, chekmagay boshini pir irshodidin.
Soʻrma, ey hamdam, Navoiyning gʻaminkim, olame
Gʻam bila toʻlgʻay dam ursa xotiri noshodidin.

582

Choklik koʻksum eshikdur, jism uyi baytul-hazan,
Ul eshikning halqasidur na’lu gulmixi tugan.
Gul yuzung shavqida tiygʻi ishq ila boʻlsam shahid,
Boʻlgʻusidur hurlar gulgunasi qonligʻ kafan.
Argʻadol ichra qaroqchi maxfiy oʻlgʻandekdurur
Fitna xayligʻa panah zulfungdagʻi chinu shikan.
Chugʻz tashbihin manga, ey husn ganji, qilmakim,
Men vatan buzmishmen, ul qilmish buzugʻ ichra vatan.
Sudramang ul koʻydin yuz zaxm ila men xastani,
Kim yopishmish ostoni farshigʻa qonligʻ badan.
Uyla, ey bulbul, bahor oʻlmish xazon birla qarin,
Kim degaysen bir guli ra’no boʻlubtur bu chaman.
Yuz hiyal qilding Navoiy qatligʻa, faryodkim,
Aylading bir targuzur uchun yuz oʻlturmakni fan.

583

Ichimdagi yoshurun gʻamki, ayta olmasmen,
Bir oʻt solur manga har damki, ayta olmasmen.
Gʻamiki, oʻlsam emas ayta olmogʻi mumkin,
Agarchi oʻlturur ul hamki, ayta olmasmen.
Desamki, dardini dey, ishq ilgi boʻgʻzumni
Tutar aning kibi mahkamki, ayta olmasmen.
Ne nukta nshqidin aytay desam, meni ul shoʻx
Qilur aning kibi mulzamki, ayta olmasmen.
Gʻaming nihon meni oʻlturdi zulm tiygʻi bila,
Erur bugun manga motamki, ayta olmasmen.
Ketur piyolaki, ishq sirrini hakimi azal
Aningdek ayladi mubhamki, ayta olmasmen.
Navoiy aytsun oʻz dardiniki, dard meni
Kilibtur ul sifat abkamki, ayta olmasmen.

584

Yuz oʻtida yuz qatra suv, ne tong, hayi gʻaltonidin,,
Koʻnglum oʻtida yoʻqmudur yuz qatra suv paykonidin.
Qilgʻonda raxshin garmpoʻy ul shahsuvori tundxoʻy,
Qilgʻay debon ollida goʻy olmon boshim maydonidin.
Bu dardu gʻamdin lolmen maydon aro pomolmen,
Kim koʻrgach-oʻq beholmen ul ishvagar javlonidin.
Boshim sari nazzora qil, ey charxu idboringni bil,
Dogʻi saodat anglagʻil bir zaxm oning chavgonidin.
Maydongʻa ul chobuk surub, boshimgʻa chavgon yetkurub,
Sargashta jonim kuydurub el poʻyasi har yonidin.
Koʻk mazra’idin xoʻshaye kasb aylasang qil toʻshaye,
Kom istabon tut goʻshaye goʻyi falak davronidin.
Gardun chekib tiygʻin nihoi, yuz javr birla toʻkti qon,
Oxir Navoiy topti jon, topqach vafo jononidin.

585

Qosh koʻnglumdin chiqorgʻay erdim ul oy ulfatin,
Vasl ayyomida-oʻq xoʻy etgay erdim furqatin.
Vaslini zikr etmagay erdi tilim, bal ishqini,
Bilsam erdi hajrida bu nav’ koʻnglum holatin.
Qoʻrmamish boʻlsang yagʻochkim bargin ol etmish xazon,
Jismim uzra koʻr yangi qonligʻ tuganlar hay’atin.
Tanda har yon hajr tiygʻi zaxmi tiktim, qilma chok,
Jonning, ey tiygʻi ajal, yuz ming yamogʻligʻ kisvatin.
Tiygʻ ila gʻamgin koʻngul oʻtigʻa taskin bermading,
Eltkumdur, ohkim, tufroqqa ul suv hasratin.
Demagil uzr, ey mugʻanniykim, unum topmish xarosh,
Qir oʻshul suhon bila qoʻnglumdin anduh suvratin,
Ey Navoiy, istasang kasb etmak oyini fano,
Xonaqah shayxin qoʻyub, qil dayr pnri xizmatin.

586

Man’ qilmas ashk la’lingdnn tutashqon jon oʻtin,
Past ne nav’ aylagay daryo suyi marjon oʻtin?
Ulki, aytur hajr taskini uchun dogʻ oʻrtagil,
Qoʻrmamish boshtin-ayogʻim oʻrtagan hijron oʻtin.
Ishq dashtining samumidin gumon etgay quyun,
Vodiyi hijron aro koʻrgan bu sargardon oʻtin.
Bul’ajabliq ishq aro, koʻrgilki, koʻnglum cheksa oh
Zaxmi ogʻzidin musha’biddek sochar har yon oʻtin.
Otashin guldin qizarmish bogʻ yoxud andalib
Urdi gulbunlargʻa gul hijronidin afgʻon oʻtin,
Charx uza ermas shafaqkim, oʻrtanurga ahli dard
Tez etar har tun qazo otashgahi davron oʻtin.
Ey Navoiy, har nasim ul gul harimi tavfidin,
Kim yetar ravshan qilur koʻnglumdagi hirmon oʻtin.

587

Tushta la’lin koʻrdum, uygʻonmay debon qaygʻudamen,
Urma dam, ey subhkim, bir dam chuchuk uyqudamen.
Koʻzguda to koʻrdum oni qilmagʻil aksim gumon,
Kim kirib qilmoqqa vaslin justujoʻ koʻzgudamen.
Nogah ul qotil nishon aylab bir oʻq otqaymu deb
Koʻyida yillar soʻngakdek jism ila oʻtrudamen.
Ishq bahrining nahangi desa boʻlgʻay, negakim
Ashk daryosin chekib gardungʻa men ul sudamen,
Holima kulmakka har zaxmim bir ochilgʻon ogʻiz,
Turfakim, men ham alar kulgusidin kulgudamen.
Har baliyat oʻqikim charxi muqavvasdin kelur,
Goʻyiyo menmenki olam ahlidin qobudamen.
Ey Navoiy, ul pari ishqigʻa marham yoʻqidin
Telbalar yangligʻ oʻz-oʻzum birla guftugoʻdamen.

588

Xayoling kelsa koʻnglumga boʻlur ozurda mujgondin,
Haramgʻa azm qilgʻan uylakim xori mugʻilondin.
Oʻqung koʻnglumga tegmasdin gʻubore erdi koʻnglumda,
Gʻubori oʻlturushmish to suv septing anda paykondin.
Koʻzum xunobi la’ling shavqidin bahr oʻldi, tong ermas,
Chiqib gulgun bu daryoning sahobi, yogʻsa qon ondin.
Xating naqshi buzugʻ koʻnglumda aylar qasdi jon, vahkim,
Boʻlur neshi balo har sabzakim butkay bu vayrondin.
Junun tufrogʻin, ey ahbob, aritmang zor jismimdin,
Libosin soʻymangiz hazl aylabon majnuni uryondin.
Labing vasfida jonbaxsh oʻlsa anfosim, tong ermaskim,
Damim ul dam nasimidurki, esgay obi hayvondin.
Soching har rishtasidin bir girih koʻnglumda jam’ oʻldi,
Bu jam’iyat erur koʻnglumga ul zulfi parishondin.
Buyurdi shayx paymon maydinu mugʻ tutti paymona,
Rizo yoʻlida ne paymonadin qochtim, ne paymondin,
Na gulgun bodaye mumkin, na gulrux soqiye mavjud,
Jihat budur, Navoiy gar tilar ketmak Xurosondin.

589

Koʻngul toshlar qarosin dogʻlarkim qoʻydi gʻam har yon,
Junun ifrotidin devona sochqondek diram har yon.
Men ashk ichra choʻmub, har tun qilib hamsoyalar oshub,
Mening holimgʻa yoʻq, oʻtgan uchun uylarga nam har yon.
Erur har sori ushshoq ohidin, maydin emas bukim,
Boʻlur naxli qadigʻa jilva aylar chogʻda xam har yon.
Bulutgʻa humrat ermas mehrdin, balkim tutoshibdur,
Momuqdek baski chiqti ohim oʻtidin alam har yon.
Boʻlur qon mushki, ishqing mushkini qon ettikim, boʻlmish
Qaro shanjarf, holim yozgʻali qoʻysam qalam har yon.
Itibtur telba koʻnglum har taraf, ey ishqu dard, istang,
Soʻrayin ul parivash koʻyida men xasta ham har yon.
Ne vodiy qat’i qilmoqdur fano davrida sokin boʻl,
Ki qay ravzangʻa qoʻysang koʻz, boʻlur mar’iy haram har yon.
Dame oʻksutmagil, yo rab, xarobot ahli gʻavgʻosin,
Qi ul undin kudurat qushlarigʻa boʻldi ram har yon.
Navoiydek qadam mayxonaga berkit sutun yangligʻ,
Desang ollinggʻa yuz gʻam kekmagʻay qoʻysang qadam har yon.

590

Lablaring sharbatini chashmayi hayvonmu deyin?
Demasam chashmayi hayvon, ne deyin, jonmu deyin?
Tun-kunumkim yorugʻ ul yuzdin erur, vahki, ani
Mohi anvarmu deyin, mehr duraxshonmu deyin?
Kulubon jilva qilur chogʻda qadu ogʻzin aning
Sarvi ra’nomu deyin, chungʻayi xandonmu deyin?
Gʻamzayi qotil ila kofiri xunrez koʻzin
Dushmani jonmu atay, ofg ti imonmu deyin?
Ishq dardini desam sa’b, mrni ayb etmang,
Ishki ming mushkil erur, zimnida osonmu deyin?
Aql agar ishq oʻtidin qochsa, nechuk man’ qilay,
Shu’ladin sa’y qilib chiqsa birav, yonmu deyin?
Ichmagim zohid agar bildi, Navoiy, naylay,
Soʻrsa soʻz uyla kishi ollida yolgʻonmu deyin?

591

Ishq ahli sotqun olsa izing toʻtiyosidin,
Qilgʻil tarozu ikki koʻzumning qarosidin.
Qoshingki juzv, juzvida bor qavs hay’ati,
Oʻq yogʻdururgʻa jongʻa otar barcha yosidin.
Koʻrmak tilar yuzungni koʻngul, kosh itlaring
Yonimni qilsa toʻ’ma soʻngaklar arosidin.
Ey noz sham’i, kokulung ermaski, dud erur,
Kim zohir oʻldi shu’layi husnung ziyosidin.
Gar oʻlturur habib murodimgʻa yetmayin,
Istay desam hayoti Masiho davosidin.
Mendek qul oʻlgʻay elga qoʻyub tengri qullugʻin,
Mingdin bir ermas emgagim oning sazosidin.
Dam urma bu chamanda, Navoiyki, bir gule
Bilmas zagʻan figʻonini bulbul navosidin.

592

Sirishk qonin ayogʻing uchun hino qilayin,
Qabul tushsa, qarogʻim ezib qaro qilayin.
Aqiq la’lingga jon javharin nisor aylay,
Savodi xolinggʻa koʻz mardumin fido qilayin.
Qaro menging bila qadding xayoli kelsa, vatan
Munga koʻz ichra yasay, anga jon aro qilayin.
Qadingki, soya solibtur, ulay anga, ya’ni,
Ki ishq ilmin alifbedin ibtido qilayin.
Labini qasdima tishlar yuriga telmursam,
Boqib turub necha oʻz jonima jafo qilayin.
Koʻngul qushikim, erur jilvagohi gulshani quds,
Bu domgohda nedin oni mubtalo qilayin?
Navoyiyo, gʻamim ahli vara’din oʻlmadi gum,
Qoʻy emdi maykada piriga iltijo qilayin.

593

Vafo yoʻlinda, eykim, topmading istab asar mendin,
Degaysen bilganing ul bevafo soʻrsa xabar mendin.
Tanimda qaddingu la’ling firoqi tiyrboronin
Kishi koʻrsa, gumon qilgʻayki butmish nayshakar mendin,
Jigargun boʻldi qasring toshi la’ling hajrida baskim,
Sirishk oʻrnigʻa hajr oqizdi qon boʻlgʻon jigar mendin.
Aningdek soldi ishqing shu’la jonim ichrakim, shaksiz,
Maloyik oshiq oʻlgʻay koʻkka tushsa bir sharar mendin.
Boʻlubmen ul parivash furqatidin telba it yangligʻ,
Qayon yuzlansam, ey ahli saloh, aylang hazar mendin.
Qilib Farhodu Majnun ishqi oʻtin sharh, ey roviy,
Boʻlub garmi takallum gʻofil oʻlmishsen magar mendin?
Ne tong, siymob yangligʻ oqsa koʻzdin siymgun ashkim,
Ki siymob aylamish, hushu xirad bir siymbar mendin.
Amal sarrishtasin qilma mutavval, kelganin xush koʻr,
Tutung, ahbob, yod ushbu kalomi muxtasar mendin.
Jahonu jonni tark aylab, oning koʻyiga azm ettim,
Navoiy, bas munosib erdi bu yangligʻ safar mendin.

594

Agar ishqing havosida yogʻar har jola tosh oʻlsun,
Nishona har biriga dermen ushbu xasta bosh oʻlsun.
Yuzungnung mehridin bir zarra sotmon, gar falak javfi
Toʻla boʻlsun filuriy, har filuriy bir quyosh oʻlsun.
Sitam zangin temurdek koʻnlidin, vahkim, qira olmas,
Nechakim nolayi zorimda suhondek xarosh oʻlsun.
Quyoshni boʻlmas, ey gardun, ul oygʻa aylamak tashbih,
Ogʻiz gar zarra, Choʻlpon – koʻz, yangi oy anga qosh oʻlsun.
Agar paykonlarin koʻz istabon topti koʻngul, gʻam yoʻq,
Kelib yigʻlar mahal ul qatra suvlar koʻzga yosh oʻlsun.
Sipohi husnunga bir mahchasi raxshon alam boʻlgʻay,
Quyosh koʻzgusiga ohim sutuni gar tutosh oʻlsun.
Koʻngulda sirri ishqin asray-asray oʻldum, ey soqiy,
Qadah tutkim, xarobot ahligʻa fosh oʻlsa fosh oʻlsun.
Chu sidqi ishq oʻlur, ofat ketarkim, guldurur qolgʻon,
Agar bulbul uchun har bir tikan bir durbosh oʻlsun.
Koʻngulga jon bila dogʻingʻ ozdur, qoʻy yana bir ham,
Necha ikki gadogʻa bir diram uzra talosh oʻlsun.
Oʻlarda tengdur ar shoh aylasun gulshan gulin mafrash,
Vagar gulxan kuli uzra gado sohibfirosh oʻlsun.
Navoiy ashk durridek tilarkim koʻzda yer bergay,
Agar ishqing havosida yogʻad har jola tosh oʻlsun.

595

Ahd qildim: ishq lafzin tylga mazkur etmayin,
Til nekim, xomam tilidin dogʻi mastur etmayin.
Barcha elga fitna boʻlgʻan koʻzga maftun boʻlmayin,
Har kishi nazzora aylar yuzni manzur etmayin.
Ishq kufri birla taqvo xonaqosin buzmayin,
But xayolidin koʻngul dayrini ma’mur etmayin.
Har kecha bir lab mayi vaslidin etmay jonni mast,
Har kun oning hajridin koʻnglumni maxmur etmayin.
Gar chiday olmay. koʻngul bersam biravga nogahon,
Bori el ichra chiday olgʻancha mashhur etmayin.
Ishqu may anjomi chun hajr oʻldi, qoʻy, ey shayxkim,
Oʻzni bu iqboldin kuch birla mahjur etmayin.
Zulm ila el jonigʻa oʻt yoqma, eykim, shohsen,
Gar desang doʻzax oʻtigʻa jonni mahrur etmayin.
Garchi ma’zur oʻldi ma’mur, ey Navoiy, oʻzni men
Doʻst ma’mur aylagan xizmatda ma’zur etmayin.

596

Kul oʻlsa raxshi na’li barqidin ishq ichra bir xirman,
Vafo ahli koʻzi ul kuldiy oʻlgʻay surmadek ravshan.
Xayoling har koʻngulga kirgach, oni oʻrtasang, tong yoʻq,
Anga nevchunki oʻtlugʻ koʻnglum otashgohidur maskan.
Chu koʻnglum mazra’ida xirmani sabrimgʻa oʻt solding,
Yangi dogʻim emas, qolmish qaro oʻrni kuyub xirman.
Nihon ishqing agar qatlimgʻa boisdur, boʻyun sundum,
Kechar jon naqdidin ulkim, yoshurgʻay shoh uchun maxzan.
Firoqing biymidin bir yerda yoʻq gʻam shomi oromim,
Kecha yer koʻp yivutgar kimki bor qasdida bir dushman.
Boshinda savsaniy belboq ila ul sarv etar jilva,
Nazar aylang, ochilgʻon bogʻ aro ozoda qad savsan.
Buzugʻ koʻnglumda ravzan boʻldi tiygʻing zaxmidin yoxud,
Bu vayron uy, hamonokim yorilmishdur, emas ravzan.
Sipehr oʻlsa sanga markab, shafaq anjum bilan rangi,
Koʻp ildam surmakim, sen mast erursen, abrashing tavsan.
Navo chek vasl gʻulzorida gul shavqidin, ey bulbul,
Ki hijron bogʻida boʻlmish Navoiy shevasi shevan.

597

Bilgasen, chekmas kishi dardu balo andoqki men,
Gar birovga mubtalo boʻlsang, sango andoqki men.
Ishq dardigʻa davokim vasl debsen, ey hakim,
Bu balogʻa kimsa ermas mubtalo andoqki men.
Uylakim yoʻq sen kibi husn ahli ichra bir pari,
Yoʻqturur bir telba ahli ishq aro aydoqki men.
Eyki qoʻymassen, tanimni toʻ’ma qilgʻay itlaring,
Itlaringga jonni kim qildi fido andoqki men?!
Garchi oʻlturdung jafo birla meni, lekin tilab
Topmogʻungdur anda bir ahli vafo andoqki men.
Yoʻqturur davron jafosidin qutulmoq, ey rafiq,
Tutmasang mayxonaning koʻnjini to andoqki men.
Gar berur husni zakotin, ey Navoiy, yoʻqturur
Xastaye zori gʻaribi benavo andoqki men.

598

Yetishti bayramu daf’ etti roʻza qaygʻusin,
Hilol musqili yogʻutti boda koʻzgusin.
Sipehr jomi hiloliygʻa jilva berdi magar,
Ki boda zabt eta olmas nashot kulgusin.
Magarki qildi shabistongʻa azm shohidi iyd,
Ki toʻkti charx ayogʻigʻa axtar injusin.
Dalil rohi shafaq rangu jomi miynoni,
Shafaq mayini koʻru charx jomi miynusin.
Farogʻate tilar ersang, kup ogʻzi xishtini ol,
Ushat bu xisht bila zuhd nangu nomusin.
Saharki xalq Musallogʻa yuz qoʻyar, xush tut,
Borurgʻa dayri fano sori tong qorogʻusin.
Navoiy, ich qadahu foniy oʻlki, topti baqo,
Biravki, topmadilar el soʻrogʻu belgusin.

599

Chekkanda naqqoshi qazo ul sarvi gulrux suratin,
Goʻyo beganmay tashlamish tarh aylab oy kun hay’atin.
To jilva qildi ul sanam, Layli soʻzi boʻldi adam,
Savdom oʻti chekkach alam, past etti Majnun shuhratin.
Ruxsor ochib ul siymbar, qomatni aylab jilvagar,
Uzdiyu ketti sarbasar gul ragʻbatin, sarv ulfatin.
Koʻnglum yuzung bechorasi, jonim labing xunxorasi,
Soʻr, ey jahon ayyorasi, gohi alarning holatin.
Taqvo uyi hamvor zrur, subham ipi zunnor erur,
Uy kulbayi xammor erur, to koʻrdum ul Chin loʻ’batin.
Jannatgʻa qilmasmen nuzul ul koʻy aro topsam vusul,
Doʻzaxni aylarmen qabul, ammo yoʻq oning furqatin.
Aylab salosil orzu, ortar jununim moʻbamoʻ,
Nogah nasimi mushkboʻ yetkursa zulfung nakhatin.
Ish sirrin, oyo, kim bilur, kimdin bu mushkil ochilur,
Vahkim, bu gʻam muhlik qilur har lahza koʻngdum hayratin.
Boʻlgʻil, Navoiy, roʻbarah, qilgʻil fano koʻyin panah,
Tark ayla zuhdu xonaqah, qil dayr piri xizmatin.

600

Huqqayi la’lingda koʻptur xurdayi ma’ni nihon,
Ushbu ma’nidin ani goʻyoki derlar xurdadon.
Hush ila sabrim sipohi uylarin kuydurdi ishq,
Har yangi dogʻim ul uylar oʻrnidin qolmish nishon.
Koʻzda ashkim qonidin har sori koʻrgil qatralar,
Nuqtalar yangligʻki, qoʻygʻaylar qachon yozilsa «qon».
Tiygʻ chun boshimgʻa yetkurdung, tavaqquf qilmakim,
Suv maqom etmas biyik yerdin quyi boʻlmay ravon.
Bir momuq tiqqan quloqdur har yaram marham bila,
Xasta koʻnglum baski oʻqi zaxmidin tortar figʻon.
Durdi jomi birla yiq, ey soqiyi davron, meni,
Kim oʻlarmen ishq koʻyida sogʻalsam har zamon.
Ey Navoiy, emin erman zuhd aro mundin nari,
Dayrni ma’man qilay, gar umrdin topsam omon.

601

Bazm ichinda andoq ul mahvash xayoli birlamen,
Kim xayol andoq qilurmenkim visoli birlamen.
Soʻzlashurda oʻz-oʻzum birla junun ahli kibi,
Ul parivash belu ogʻzi qilu qoli birlamen.
Gah kulub, gohiki yigʻlarmen xayol aylab ani,
Vasli ummediyu hijroni maloli birlamen.
Demagil, maydin yuzum rangin, qulogʻimdur qiziq,
Kim bu yangligʻ hajr koju goʻshmoli birlamen.
Ogʻziyu zulfi gʻamidinkim erur nolamda mad,
Buyla mad tortarda oning «mim»u «dol»i birlamen.
Soqiyo, bir jomi may birla meni devona qil,
Kim mushavvash aql savdoyi muholi birlamen.
Ey Navoiy, aql sori emdi boʻlma rahnamun,
Kim boʻlub devonaye, ishq louboli birlamen.

602

Muzayyan qilma marmar toshi birla tufrogʻim boshin,
Ki koʻnglum dudi Mashhad toshi aylar mashhadim toshin.
Bulut birla yogʻin ermaski, ul oy hajrida har dam
Tiya olmon damim dudin, yigʻa olmon koʻzum yoshin.
Azal naqqoshikim chekti yangi oy shaklini, goʻyo
Qalam sof aylar erdi sizgʻali ul dilrabo qoshin.
Quvondi shayx zikri halqasidin, naylasun miskin,
Alola ichra koʻrmaydur malomat koʻyi avboshin.
Xaloyiq oʻlganimni baxtim uyqusi sogʻinmishlar,
Nechukkim tonimas el tav’amonning koʻrsa qardoshin.
Soching fikriga to tushtum, musalsal boʻldi ul savdo,
Qachon bildim men ul sarrishtaning bu nav’ chirmoshin.
Jahonni kuydurur, ey mugʻbachcha, paymonoyi la’ling,
Magar koʻnglum oʻti birla qizitmishlar aning doshin.
Ajab mehru sipehr ermasmudurkim, topmadi hargiz
Xirad bu toq me’morin, nazar ul shamsa naqqoshin.
Navoiy, xonaqahla xirqavu sajjodang oʻlmish qayd,
Bulardin maxlas istarsen, fano dayri sori yoshin.

603

Borsang ol jonimni, to sensiz manga jon qolmasun,
Jon qolib, jon ichra nogah dogʻi hijron qolmasun.
Chun oʻlarmen, chin deyin, ishqi buzugʻ koʻnglumdadur,
Men oʻlub, ul ganj bu vayronda pinhon qolmasun.
Ey koʻngul, dey koʻzga bu damkim tirikmen, kelsa yor
Orazidin bahra olsun, asru hayron qolmasun.
Hajrida oncha balo yetkur manga, ey charxkim,
Oʻzgalar ishqin havas qilmoqqa imkon qolmasun.
Mujdayi vaslin debon, eykim, koʻnguldin hajr oʻqiv
Tortasen, vah, oncha voqif boʻlki, paykon qolmasun.
Dahr aro andoq maosh etgilki, sendin qolmasa
Toat andoqkim, keraktur bor isyon qolmasun.
Ey Navoiy, sobit oʻlsun shohi Gʻoziy davlati,
Ollida qul boʻlmagʻon olamda sulton qolmasun.

604

Tilab jannatni oʻtmon doʻst koʻyida gadoligʻdin,
Muhaqqar bogʻ uchun kechmak boʻlurmu podsholigʻdin?
Boʻlub begona maydin dogʻi to xirqamdadur bildim,
Ki dogʻi hajr emish oxir natija oshnoligʻdin.
Firoqing ichra qolgʻach, oʻlganimga qilma hayratkim,
Ulumdin oʻzga ish yoʻq, jismgʻa jondin judoligʻdin.
Ajoyib ibtilodur bandi zulfung ichra jonlargʻa,
Ki bor oʻlmakcha bir soat najot ul mubtaloligʻdin.
Yorut may lam’asidin xilvatimni bir kun ey mugʻkim,
Yorugʻlugʻ topmadim xilvatda yillar porsoligʻdin.
Koʻzum andoq qorormish tiyra zuhd ichraki, gar soqiy,
Demon may tutsa, zahr ichgaymen oni koʻz qaroligʻdin.
Bu gulshan gʻunchasida jola ermaskim, tish irjaytib,
Kular oshufta bulbul navhasigʻa bevafoligʻdin.
Jahon shoʻxinki, el mahbubidur aqd aylading, lekin
Taammul qilki, ne lozim kelur bu kadxudoligʻdin.
Navoiy, benavoliq shevasin berma ilikdinkim,
Navo har kimki istabtur, topibtur benavoligʻdin.

605

Vafo ahligʻa davrondin yetar javru jafo asru,
Jafosidin aning ozurdadur ahli vafo asru.
Bukim, ahli vafo noyob erurlar, ondin erkinkim
Bu eski toq alargʻa yogʻdurur gardi balo asru.
Falak dardi iloji chiqmay ondin kimsa topmaydur,
Magar noyob erur ul huqqa ichra bu davo asru.
Garonjonligʻni qoʻy, jon ber, tilar boʻlsang duri maqsud,
Ki olamda ogʻirdur ushbu javhargʻa baho asru.
Fido jonimni aylab, olam ahlidin tama’ qildim
Vafo, astagʻfirulloh, qilgʻon ermishmen xato asru.
Rizo ahlin siyosat tigʻidin qoʻrqutmagʻil, ey shah,
Ki qatlingdin sening qoʻrqargʻa oʻlmaydur gado asru.
Tabiat komidin ruhungni qutqarkim, xush ermastur
Qafas qaydi aro bulbulgʻa boʻlmoq mubtalo asru.
Chu kavsar jomi zikri qilmadi raf’ oʻzlugum qaydin,
Bu ranjimgʻa hamono naf’ etar jomi fano asru.
Havoyi gulshani quds et, Navoiykim, xush ermastur
Zagʻanlar birla bu gulxanda boʻlmoq benavo asru.

606

Yor mustagʻniyu muhlik gʻami hijron asru,
Ohkim, qolmisham oʻz holima hayron asru.
Rahnalar soldi oʻqung kasrati koʻnglum eviga,
Ul yogʻin ayladi bu kulbani vayron asru.
Ey rafiq, oʻqini zaxmimdin agar chekting, lek
Yetadur jonima koʻnglumdagi paykon asru.
Shayx taklifi namoz etti, vale bilmaskim
Ishq tigʻi yarasidin boradur qon asru.
Noz etib gʻamza oʻqin gar otar ey jon, asra,
Kim otar gʻamza oʻqin noz ila jonon asru.
Gʻussa jomiki bu davr ichra labolabdur, oni
Vahki, bot-bot tutadur soqiyi davron asru.
Ey Navoiy, dema iqboli baqo mushkil erur,
Foniy oʻlgʻongʻa erur ushbu ish oson asru.

607

Yuzungda may guli yo gul ochilgʻon boʻstondur bu,
Gulungda qatra xay boʻstondagʻi suvdin nishondur bu.
Koʻzumda qatra qonlar bogʻlagʻon ermas hamonokim,
Nazar bogʻida shavqungdin ochilgʻon argʻuvondur bu.
Emas vasling tilab uchqon koʻzum atrofida kirpik,
Kim ul daryoyiy qushlargʻa qamishdin oshyondur bu.
Koʻnguldin chiqqon ohim aylar afzun xalq savdosin,
Ki shaydoliq diyoridin yetishgʻan karvondur bu.
Qizil raglar koʻzumda koʻrgan anglar ashk selinkim,
Oqargʻa kelgan ul yoʻllar bila har sori qondur bu.
Labindin xastadur koʻnglum, dam ochmay, ey Masih, oʻtkim,
Ilojin yuz seningdekning begonmas notavondur bu.
Quyundek dasht aro koʻrsang meni, koʻp qochmakim, har dam
Boshinggʻa evrulur sargashtayi bexonumondur bu.
Koʻngul mayxona romi, xotirim xush may batidinkim,
Munga ruhul-amindur ul, anga dorul-amondur bu.
Dema, hijron tuni har dam yetar ul oygʻa faryodim,
Ul oy faryodingga yetmas, Navoiy, ne figʻondur bu?!

608

Yordin ayru may ichmak qindurur balkim ogʻu,
Xoh ogʻizda talx suv, xohi burunda shoʻr su.
Deb eding, ey hajr, yoring kelmasa, jon bergasen,
Chiqti jonim birga, vah, bu ikkidin vaqt oʻtdimu?
Istasam husnung zakotin, gar boʻlur moni’ raqib,
Ne ajab, chun it boʻlur doim gado birla adu.
Nevchun ogʻzinggʻa yetar deb jomi gulgun dam-badam,
Xasta koʻnglum gʻunchadek qon bogʻlanibtur toʻ-batoʻ.
Menki oʻldum koʻyida, koʻnglum oʻtining dudidur,
Zogʻdin qilmang gumon, qonligʻ tanim uzra gʻulu.
Zohidi xudbingʻa xirqam zayli tegdi, ey rafiq,
Olib egnimdin, fano dayri aro may birla yu (v).
Ey Navoiy, koʻrgach ul qotilni, qoʻydung yerga bosh,
Buyla bosh qoʻygʻach nafas tashvishidin forigʻ uyu

609

Hajrida koʻnglumga bor ul la’li serob orzu,
Ne ajab, maxmur qilsa bodayi nob orzu.
Ul pari majnuni oʻldum bu sababdinkim, erur
Zulfining zanjiridin boʻynumgʻa qullob orzu.
La’lidin behush boʻlmoqliq havasdur jonima,
Kimga, vahkim, boʻlmagʻay mundoq shakarxob orzu.
Ettim ogʻzin istabon men yoʻq tamannoligʻni, voy,
Kim adam yoʻlida gum qildi bu noyob orzu.
Koʻrdum ul but qoshlari, kofirmen, ar islomi bor,
Ka’ba ahli qilmasa bu nav’ mehrob orzu.
Faqr koʻyining qaro sholi bila gulxan kulin
Topqali, billahki, qilmon kishu sinjob orzu.
Gar Navoiy tarki ishq etti havas, oʻlturmakim,
Chin emastur aylamish bu ishni oʻynab orzu.

610

Har yon ul yuzda ter oqizdingmu?
Yo oqar mehr chashmasidin su?
Qoldi xoling ter ostida, yoxud
Damin asrar suvgʻa choʻmub hindu.
Terdin ul yuzga boʻlmish oʻzga safo,
Qatradin garchi tiyradur koʻzgu.
Gulda shabnam ajab xud ermas, lek
Oyda anjum gʻarib erur asru.
Senda ter, menda ashkdur yuz uza,
Yigʻlasam men, senga kelur kulgu.
Uyolib ter oqizdi anjum emas,
Shomi hajrimda torami miynu.
Der Navoiyki gʻayr emas mavjud,
Turfa soʻz «loiloha illohu».

611

Gul sochar yel bogʻ aro, sarvi ravonim keldimu?
Jon isi guldin kelur, oromi jonim keldimu?
Bexud erdim aytgali koʻnglum, chu keldim holima,
Ayting: ul ovorayi bexonumokim keldimu?
Qolmish erdi xasta jon kirganda men mayxonagʻa,
Anglamonkim, ul zaifi notavonim keldimu?
Demangizkim, keldi mahvashlar seni oʻlturgali,
Muni dengkim, qotili nomehribonim keldimu?
Hajridin oʻldum demangkim, boshima kelmish Masih,
Ayting, ul osoyishi ruhu ravonim keldimu?
Koʻyungga ushshoq kelgandin xabar tuttung, valek
Demading ul zori benomunishonim keldimu?
Zuhd koʻyiga koʻngul birla, dedingkim, kelmading,
Ey Navoiy, necha aytib ul yomonim keldimu?

612

Soqiyo, men yutmagʻon xunobi hijron qoldimu?
Bermasang may, emdi qon yutmoqqa imkon qoldimu?
Eyki dersen, istasang vaslimni jon qilgʻil fido,
Muni soʻr avvalki, hajringdin manga jon qoldimu?
Ishq maxfiy qolmas oxir, ey koʻngul, koʻp chekma jon,
Men ham avval koʻp yoshurdum, koʻrki, pinhon qoldimu?
Chektilar majruh koʻnglumdin xadangin kuch bila,
Bori, ey jon, mujdaye bergilki, paykon qoldimu?
Koʻrgach ul oyni, junundinkim yiqildim, ey rafiq,
Tengri uchun aytkim, holimgʻa hayron qoldimu?
Ey koʻngul, bu gulshan atrofigʻa boqkim, gʻunchaye,
Kim koʻngul jam’ ayladi, boʻlmay parishon qoldimu?
Ey Navoiy, qochmagʻil hamdamligʻimdin, koʻrki, yor
Gar sanga mehrin kam etti, bizga yakson qoldimu?

613

Belingu zulfung xayolin sharh etarmen moʻ-bamoʻ,
Tashnadurmen la’lingga to bordurur jonimda su.
Orzu aylar labing ollinda jon bermakni Xizr,
Xizr suyidin oʻluk umr aylagandek orzu.
Sharbati la’ling qoʻyub noʻsh aylagan hayvon suyi
Boʻlgʻay andoqkim qoʻyub hayvon suyin, ichgay ogʻu.
Sunbulungni qilgʻali oshufta yoʻl topmas nasim,
Baski atrofidadur shaydo koʻngullardin gʻulu.
Terlagan yuz qatrasidinkim yuzum qonin yudung,
Vah, ne deykim, ishq aro toptim ne yangligʻ obroʻ.
Koʻnglaking lavnidin oʻldum, atridin toptim hayot,
Qaysi gul barginda bor erkin bu yangligʻ rangu boʻ?
Ey Navoiy, yor sarvaqtinggʻa yetmak istasang,
Ohu ashkingdin supur vaqting harimin, balki yu(v).

614

Qayon qilsa havo ul turfa qush uyqum olur qaygʻu,
Vagar kulbamda bir tun qoʻnsa xud koʻzdin uchar uyqu.
Firoqing shomida subhi visoling yodima kirgach,
Kelur har lahza tinmay yigʻlamoq ichra manga kulgu.
Quyoshim sarvdek qad birlakim har yon qilur jilva,
Ayogʻi ostida, vah, soyadur yo sunbuli gisu.
Yangi jon topqamen boʻlsa labing obi hayotidin,
Oʻlarda ogʻzima chun tomizurlar paxta birla su.
Labingning xolidin jon istadim, ul oldi jonimni,
Gunah mendindur, andin yoʻq, chu ishni aks etar hindu.
Qul oʻldum xolu zulfu qaddinga, gar javrdin qochsam,
Erur koʻksumda har yon dogʻ ila na’lu alif belgu.
Qadah mir’ati ruh, ey soqiyu maxmurluq ranji
Meni oʻlturdi, bovar qilmasang, qoʻy ogʻzima koʻzgu.
Chu davron bevafodur necha sohibjoh esang, ey shah,
Gadolar xotirin asravu magʻrur oʻlmagʻil asru.
Ichar ermish ul oy ushshoq yodi birla sogʻarlar,
Seni ul el tufayli, ey Navoiy, yod qilgʻaymu?

615

Ul oygʻa ne gʻam tushsa bu devonadin ayru,
Boʻlmas zarare sham’gʻa parvonadin ayru.
Xolingni tilab ruhum agar uchsa, emas ayb,
Bu qushqa tahammul qani ul donadin ayru?
Mehnat qushi koʻnglum evidin chiqmasa, tong yoʻq,
Kim koʻrgani bor chugʻzni vayronadin ayru?
Anduhu xirad qasdim etar, voyki, mehnat
Oʻzdin manga ayruduru begonadin ayru.
Qissamni eshitgan oʻladur ishq aro, vahkim,
Ermas ul ogʻir uyqu bu afsonadin ayru.
Tufrogʻ agar boʻlsa tanim dayrda qilma,
Ey charx, oni sogʻaru paymonadin ayru.
Masjidda Navoiy gar emas, nukta budurkim,
Nuqson qilur oʻlmoq anga mayxonadin ayru.

616

Tutqali lam’ayi ruxsorigʻa jonon koʻzgu,
Suvdurur baski qolibtur anga hayron koʻzgu.
Charx zoli sanga mashshotadururkim, boʻlmish
Anga gulguna shafaq, mehri duraxshon koʻzgu.
Ne qatiq koʻngli bor, oyokim, oʻshul mahvashning,
Roʻbaroʻyigʻa kelur har nafas oson koʻzgu.
Jon evi ichra xayolingni bezar boʻlsa koʻngul,
Pari oʻlur tarogʻ oʻqungnungu paykon koʻzgu.
Ul pari yuziga devona gar ermas, ne uchun
Boʻldi bozorda sargashtavu uryon koʻzgu.
Sof qil safhayi xotirni tilar boʻlsang fayz,
Aks topmoq gar erur tiyra, ne imkon koʻzgu?
Koʻzgudek borsa Navoiy oʻzidin, ne tongkim,
Ayladi may quyoshin soqiyi davron koʻzgu.

617

Xating ermas, gul uzra sabzayn bogʻi Iramdur bu,
Na sabza, kun yuzida tun savodidin raqamdur bu.
Gar ohim shu’lasi oʻtti quyoshtin, tong yoʻq, ey mahvash,
Sen ahli husn aro shahligʻ uchun chekkan alamdur bu.
Latofat suyidin toʻlmish zanaxdoning chahi goʻyo,
Tarashshuh aylagan kun chashmasidin barcha namdur bu.
Jafo dogʻin qoʻyibkim jonim olding, asrasam, tong yoʻq,
Nihon koʻksum arokim, jon berib topqon diramdur bu.
Ilojimdin boʻlub ojiz dedilar hikmat ahlikim,
Gʻaribu xasta yoʻqkim, oshiqu devona hamdur bu.
Butekim kuch bila chekti boshimni sajdagʻa, emdi
Vafodin bosh chekar, koʻrgilki, ne sarkash sanamdur bu.
Olib din naqdi piri dayrkim, qildi mani sarxush,
Koʻrung, oxir ne kamlik oʻtrusida, ne karamdur bu.
Qadah davrini xush tut, charx javrin boqma, ey soqiy
Ki ul tutqach vujud, albatta bilkim, kal’adamdur bu.
Navoiy gʻofil oʻlma, ul sanamning qasrin aylansang,
Samad zikrini mazkur aylakim, tavfi haramdur bu.

618

Sochti terdin gul uza ul sarvi gulruxsor suv,
Kuymagim daf’igʻa qildi oʻt uza izhor suv.
Yuzda xay tugʻyonidin gar kulsa ogʻzi, yoʻq ajab,
Gʻunchagʻa boʻlmas ochilmoq ichmayin gulzor suv.
Tigʻi bot-bot zaxm urardin zor jismim qildi za’f
Zamzam oʻlsunkim, koʻp ichsa yetkurur ozor suv.
Yor ayogʻi tufrogʻidin oʻzga koʻrmon doruye,
Ey muolij, koʻzlarimdinkim kelur bisyor suv.
Mehrkim ul chehra aksidur, nedur gar boʻlmamish
Oʻtlugʻ ohim shu’lasidin gunbazi davvor suv.
Gʻam oʻtidin, ey hakim, oʻlmak tilarmen, jomima
Zahr qoʻshsang qoʻsh, va leyn qotmagʻil zinhor suv.
Xasta koʻnglum ogʻzi zaxmi paxtaligʻ paykonidin,
Bor aningdekkim momuq birla nchar bemor suv.
Shar’din ayri riyozatdin safo kasb aylagan
Uyladurkim sof oʻlur taskin bila murdor suv.
Toʻrt yondin oʻqi yoʻl qilmish Navoiy koʻnglini,
Ishq savdosi uchun goʻyo yasabtur chorsu.

619

Solsa zuhdung tuniga jomi hiloliy partav,
Subha anjumlarin et boda quyoshigʻa garav.
Tiyra xilvatin netay, xilvat oni bilki, solur
Onda soqiy yuziyu boda quyoshi partav.
Ul pari ishqida qochmoqdur oʻzumdin gʻarazim,
Buki gʻam dashtida Majnundek etarmen taku dav.
Zulfi hajrida damim dudi jahonni tutti,
Meni savdoyiy oʻshul zulmat aromen shabrav.
Dahr xusravligʻin ulkim taladi, charx oning
Boshigʻa qoʻydi tugankim, der ulus Kayxusrav.
Fayz koʻz tutma riyozatda teshilmay yuraging,
Ochmayin ravzana, uy ichra quyosh solmadi zav.
Ey Navoiy, xush erur xilvat, agar boʻlsa kishi
Dilbari birla ikov, boʻlmasa lek onda birav.

620

Sujud etar quyosh ollinda uylakim hindu
Yuzung qoshinda quyosh loiloha illohu.
Quyosh yuziga qobardin nazar erur ojiz,
Yuzungdin etti magar aks zohir ul koʻzgu.
Yuzung nishonigʻa har zarra gar emas tolib,
Quyosh jamoligʻa zarrot nevchun etti gʻulu.
Magar tajalliyi husnunggʻa mazhar oʻldi quyosh,
Ki zohir ayladi oncha jilo bila yogʻdu.
Yuzung xijolatidin mehr uyla sorgʻormish,
Ki subh aylar aning za’faronidin kulgu.
Yuzungni tushta koʻrar mumkin oʻlsa, istarmen
Oningdek uyquki, andin soʻng oʻlmagʻay uyqu.
Navoiy, ista visolin, bihisht istamagil,
Kishi bihisht borinda tamugʻni istarmu?

611

Yuzu koʻzungda muayyan kamoli sun’i iloh,
Ne yuzdurur bu, ne koʻz, loiloha illalloh.
Jamoling oyina «vash-shams» koʻzgusi nozil,
Koʻzung qorasigʻa «mozogʻ» surmasi hamroh.
Tiling hamisha laduniy ulumigʻa notiq,
Mudom koʻnglung ilohiy rumuzidin ogoh.
Qamar har oy boshi mu’jiznamoy ilgingdin
Qochib boshini oʻgʻurlarki, boʻldi uyla dutoh.
Chu sen sipehrdin oʻttung, shihobu halqayi badr
Emaski, charx chekar kecha hasratingdin oh.
Sening shafoating ummedi chun erur mumkin,
Gunohkor birovdurki, yoʻqtur anga gunoh,
Navoiy gulshanining nargisi nujum oʻlgʻay,
Koʻz uchidin anga qilsang hisob vaqti nigoh.

622

Otashin gul garchi ziynatdur jahon boʻstonigʻa,
Barq erur har yel uchurgʻon bargi bulbul jonigʻa.
Garchi sham’ oʻldi shabiston zebi, koʻrkim, shu’ladin
Til chiqarmishtur susab parvonalarning qonigʻa.
Mayki quygʻay soqiyi gulrux, erur hayvon suyi,
Vahki, ofat selidur ishq ahli xonumonigʻa.
Nay yelin Iso dami tutqilki, ul bordur samum
Har nafas ahli muhabbat xotiri vayronigʻa.
Bir qadah may ichmadi bu dayr ahli bexumor,
To taharruk boʻldi bu tosi nigun davronigʻa.
Boda beranji xumor erur fano jomida, lek
Ichmak oni kelmamish har bulhavasning shonigʻa.
Hasrat oʻlturdi meni, ey mugʻ, ketur jomi fano,
Kim chiday olmon bugundin soʻng oning hijronigʻa.
Boʻlmayin foniy, muhabbat jomin ichmakdur mahol,
Sabt eting bu naktani dayri fano ayvonigʻa.
Kom topmay kimki hirmon dardigʻa boʻlmish asir,
Istasa hamdard, oʻlturtung Navoiy yonigʻa.

623

Koʻngulkim vaslin istar har taraf dogʻi sitam birla,
Erur Yusuf xaridori necha eski diram birla.
Figʻonligʻ koʻnglumu oʻtlugʻ damimni sahl tutmangkim,
Olibmen ishq iqlimini bu tablu alam birla.
Iturdum oh ila agʻyorni ul yuz havosidin,
Aningdekkim, kishi suvdin ketargay xasni dam birla.
Qurugʻ jismimda qonligʻ zaxm emastur qat’ uchun har yon,
Ki payvand aylamishsen ul soʻngaklarni baqam birla.
Tugan birla alifdin, ey munajjim, holatim koʻrgil,
Ki koʻksum taxtayi raml oʻldi har yon bu raqam birla.
Koʻngul mashhudigʻa chun boʻldi vosil, boʻlsa boʻlsun til
Agar qoyil samad birla, vagar zokir sanam birla.
Taayyun xirmanin kuydurgay, ammo barq raftori
Ki koʻkdin yercha manzil qat’ qilgʻay bir qadam birla.
Dema, koʻksumda eskirgay tuganlarkim, koʻzum har yon
Chu toʻkti qatra, dogʻ oʻldi bu sarigʻ safha nam birla.
Qadu zulfung bila ogʻzing tilab koʻz yumdi olamdin,
Navoiygʻa tarahhum aylakim, bordi alam birla.

624

Kuydi koʻnglumkim, nedin manzil emas jononagʻa,
Tushti oʻt ganj orzusidin bizing vayronagʻa.
Ul pari usruk koʻzin istab biyobon tutmisham,
Kim kiyik birla mudom ulfat boʻlur devonagʻa.
Keldimu koʻrdum yuzin, qayturmen emdi oʻrtanib,
Sham’ni koʻrgan nafas yonmoq kerak parvonagʻa.
To manga begona boʻldung, koʻnglum oʻldi shodkim,
Oshnodin ulfating koʻprakdurur begonagʻa.
Charxdin yigʻlarsen, ey koʻz, bilki boʻlmish yetkudek
Seli ashkingdin xalal bu ertagi gʻamxonagʻa.
Eyki, istarsen berib jon, vasl topqonlar soʻzin,
Safhagʻa oʻt sol qachon yetsang bizing afsonagʻa.
Ey Navoiy, necha bagʻring suv boʻlub toʻktung sirishk,
Toyiri davlat chu boqmas buyla suvu donagʻa.

625

Yonida el koʻrsam, oʻq sanchilmasunmu jonima,
Menki gʻayratdin ravo koʻrmon ani oʻz yonima.
Zaxmliq jonimki ishqi oʻtidin xursand erur,
Oʻt emas ul marhamedurkim, yoqibtur jonima.
Vasligʻa koʻz mahram ermastur, netib mahram boʻlur
Ikki tardomanki, tonugʻluq berurlar qonima?
Chun yetar ul oygʻa afgʻonim, erur bu dam-badam
Kim chiqib jon dogʻi hamrah boʻlgʻusi afgʻonima.
Aqlu jondin ishqida begona boʻldung, ey koʻngul,
Ket xudoy uchun, bugundin soʻng meni ham tonima.
Tan evin dard oʻqi koʻp zaxm etti, ammo shukrkim,
Kirmadi noshukrlugʻ selobi bu vayronima.
Ey Navoiy, kuldi ul gul ashkima, boʻlmay xalos
Yigʻlamoqdin, kom agar budur guli xandoshsha.

626

Anbari tar istamon yuz uzra xoling borida,
Kam koʻrunur yangi oy mushkin hiloling borida.
Siymi ashkim itlaringning yoʻlida sarf aylaram,
Chun demishturlarki: qozgʻon doʻst moling borida.
Chashmayi hayvondin, ey jonim, suv ichmaydur koʻngul,
Xizrvash xatting aro shirin ziloling borida.
Chun vafo qilmas kishiga oqibat davroni husn,
Bas gʻanimat bil vafo qilmdq jamoling borida.
Degasen, miskin Navoiy nolasin bulbul kibi,
Ey sabo, ul gul harimigʻa majoling borida.

627

Gʻamidin garchi jon yoʻq erda tanda,
Tirildim la’lidin oʻldum deganda.
Necha bogʻ ichra borsam boʻye topmon,
Qadingdin sarv birla norvanda.
Yoshurun necha koʻz solsam adamning
Vujudi yoʻqtur ogʻzing bor ekanda.
Tilar kirpiklaringni zor koʻnglum,
Boʻlur bulbul yeri doyim tikanda.
Dema gul umrin oz, ey bogʻbonkim,
Seningdek koʻpni koʻrmish bu chamanda.
Navoiy garchi oʻldi lola yangligʻ,
Erur dogʻing bila qonligʻ kafanda.
Nechakim shoh beparvoligʻ etsa,
Kerak oʻksutmasa qullugʻni banda.

628

Koʻnglumning ohi qatraye xuni jigar bila
Dudedururki, ayrilur oʻtdin sharar bila.
La’l uzra xolu xatki yuzung koʻzgusidadur,
Toʻtigʻa hindu oʻrgatadur soʻz shakar bila.
Ul shoʻx koʻnglum oldi solib jismima shikast,
Bir tifldekki, shoxin ushatqay samar bila.
Noziklugidin erkin, vayo men hasudmen,
Bukim belin oning koʻra olmon kamar bila.
Dardoki, olam ahlida bir yor topmadim
Tun-kun duoyi shomu niyozi sahar bila.
Bu gʻussadin dedimki: boʻlay umrum oxiri
Shohi sipehrqadr Muhammad Umar bila.
El moni’ oʻlsa, tushti Navoiy kibi ishim
Majnun boʻlub adam yoʻli sori safar bila.

629

Zihi hayvon suyidek lablaringning hasrati jonda,
Xating Xizriki pinhondur va lekin obi hayvonda.
Yuzung hah nur, jisming ruhi pok, ey ruhdek gʻoyib,
Seningdek bir malaksiymo parivash yoʻqtur insonda.
Iki koʻzkim, arosidin chiqib yosh oʻtti boshimdin,
Biaynih gʻarq boʻlgʻon kemalardur bahri Ummonda.
Degaysen bahr davrida qamishligʻ ichra oʻt tushmish,
Koʻzum girdida qon yoshkim yugurur xori mujgonda.
Emas paykonining ravshanligʻidin bu koʻngul aksi,
Har oʻqkim ul otar, koʻnglum erur albatta, paykonda.
Oʻtub yillar, ul oy bir kunki kulbam sori yoʻl ozgʻay,
Yomon toli’din ul kun boʻlmagʻaymen baytul-ahzonda.
Navoiy qon yosh ichra gʻarqu yori may ichib doim
Der ermish: «zarq aylaydur, koʻrung men qonda, ul qonda?»

630

Pardagʻa kirgan kibi xurshidi raxshon har kecha
Azmi xilvat aylar ul sham’i shabiston har kecha.
Ul kulub ahbob birla subhdek, men sham’vor
Oʻrtanib koʻnglum, toʻkarmen ashki gʻalton har kecha.
Bir quyosh hijronida uryon tanim gardun kibi
Mehr oʻtidin koʻrguzur ming dogʻi pinhon har kecha.
Gah-gah, ey maxmuri xobolud, soʻr ul xastani,
Kim yetar ogʻzigʻa la’ling yodidin jon har kecha.
Nosiho, ne nav’ pinhon toat aylaykim olur,
Dinu donish naqdini bir nomusulmon har kecha.
Bir kecha soʻrgʻil meni ondin burunkim, soʻrgʻasen:
Qoni ul bedilki, aylar erdi afgʻon har kecha?
Chek, Navoiy, nola, koʻz may bersunu bagʻrim kabob,
Chun boʻlur ul oy xayoli bizga mehmon har kecha.

631

Yo rab, ul yuzni dame koʻzumga pinhon aylama,
Yo koʻzumni ondin oʻzga yuzga hayron aylama.
Chehrasigʻa mezbon oʻlsun koʻzum, ul chehrani
Koʻzlarim uyidin oʻzga uyga mehmon aylama.
Ochmayin zulfin, parishon koʻngluma chekturma oh,
Yetmayin ohim yeli, zulfin parishon aylama.
Jonima la’lidin oʻzga la’ldin berma hayot,
La’ligʻa jonimdin oʻzga jonni qurbon aylama.
Boshima koʻyidin oʻzga koʻyni qilma vatan,
Koʻyida boshimdin oʻzga boshni gʻalton aylama.
Ey koʻngul, davr ahlidin ming yilchiliq yoʻl goʻsha tut,
Yo alardin yetsa yuz ming gʻussa, afgʻon aylama.
Istasang, ey gul, Navoiydek xushilhon bulbule,
Gʻunchadek koʻnglin malomat xoridin qon aylama.

632

Ul musofirkim erur barcha sipoh ahligʻa shoh,
Jismu ruhi xoksorimdur anga gardi sipoh.
Dedilar, ul shah qilur yoʻl azmi, bu ummed ila
Koʻksuma tirnogʻlar birla chekibmen shohroh.
Raxshining javlonini koʻrgach yer oʻpsam men zaif,
Yoʻq ajab, chun xam boʻlur ermish itik yeldin giyoh.
Novaki birla toʻshuk boʻlgʻon koʻngul ahvolini
Necha sharh aylay desam, ogʻzimgʻa kelmas gʻayri oh.
Koʻzda ashkimdin qochib, kirdi xayoli koʻngluma,
Koʻp yogʻindin yoʻlda el vayrona qilgʻandek panoh.
Buki hajringdin oʻlubmen, boʻlmasa bovar sanga,
Jonu koʻnglumkim sening birladurur, basdur guvoh.
Kelsa yorutqay sipah gardi Navoiy koʻzlarin,
Ul musofirkim erur barcha sipoh ahligʻa shoh.

633

Jon olsa naylay ul buti paymon gusil bila,
Chun bermisham koʻngulni ayga ishqi dil bila.
Keldi manga chu belini chektim, masaldurur,
Kim tortsa boʻlur keluri boʻlsa qil bila.
Ashkimki qon boʻlub yuzum uzra tushar, erur
Yosheki mayl bor anga soriq-qizil bila.
Qaddi havosida labidin rohat istaram,
Ichsam kerak mudom chogʻiri mu’tadil bila.
Zulm ahli xalq qoni uchun til uzatmogʻi
Bor uylakim sibo’ ichar suvni til bila.
Kavsar mayini shahd uza sun’ ilgi tomizib,
La’ling muxammar ayladi ul obu gil bila
Doim qoshingda boʻlsa Navoiy ajab emas,
Gul birla bulbul oʻlsa, ne tong, muttasil bila.

634

Ohkim, jon boʻynigʻa zulfung tanob oʻldi yana,
Kecha tong otquncha ishim pechu tob oʻldi yana.
Ishq asir etgan jununlugʻ koʻnglum ishi har zamon
Oʻtqa tushgan telba yangligʻ iztirob oʻldi yana.
Ganji ilm ettim koʻngul kunjin, yetishgach seli ishq
Har imoratkim qilib erdim, xarob oʻldi yana.
Bir oʻq urdi gʻamzangu itti koʻngul majnun boʻlub,
Ul balo urgʻongʻa, bilmon, ne balo oʻldi yana?
Gul shabiston bazmida oʻt yoqti, vahkim, gʻunchadin
Barcha bulbul koʻngli ul oʻtgʻa kabob oʻldi yana.
Dedilar, ul shoʻx har dam oshuqub uydin chiqar,
Jon ishi chiqmoq uchun, vahkim, shitob oʻldi yana.
Ey Navoiy, bir sori boʻldi bu gʻamlar chun sanga,
Azmi dargohi shahi oliyjanob oʻldi yana.

635

Boda tut, soqiyki, ayyomi visol oʻldi yana,
Dast berdi shodligʻ, gʻam poymol oʻldi yana.
May mudom ich ul labi maygun sanam davrindakim,
Zuhd ila taqvo haromu may halol oʻldi yana.
Gʻamza birla koʻzlari ayni balo boʻlgʻon uchun,
Ushbu ma’nigʻa karishon zulfi dol oʻldi yana.
Xoʻblar koʻyiga sayr aylay borib erdi koʻngul,
Kech kelurda anga, bilmon, kim zavol oʻldi yana?
To labi jonbaxshidin topti Navoiy komi dil,
Ey ajal, oʻlmak anga asru mahol oʻldi yana.

636

Koʻzni la’ling shavqidin durbor qilgʻungdur yana,
Jonni koʻzung hajridin xunbor qilgʻungdur yana.
Ya’ni, ey tovus paykar, aylabon azmi safar,
Tavsaningni kabki xushraftor qilgʻungdur yana.
Ey koʻngul, vaslin gʻanimat tut, dame qilma figʻon,
Kim oni topmay, figʻon bisyor qilgʻungdur yana.
Borgʻanidin xastamen, qilsang ilojim, ey tabib,
Umr zoyi’ aylabon, bekor qilgʻungdur yana.
Gul kibi yuzung Navoiy koʻzidin aylab nihon,
Koʻzunga har kirpigin bir xor qilgʻungdur yana.

637

Orazi yonigʻa gul sanchar jamol izhorigʻa,
Anglatur husnin ani yondoshturub ruxsorigʻa.
Evrulur boshigʻa jonlar, vahki, har jon rishtasi
Chirmashibtur gardi Yazdiy me’jari har torigʻa.
Sochbogʻ ermasdurki, ul kofir gʻilof aylabdurur
Olam ichra kufr ta’zimi uchun zunnorigʻa.
Koʻz duosi chun bitirsiz, sadqasi aylab meni,
Tori jonim rishtasidin tortingiz tumorigʻa.
Yeng bila nevchun yopar ogʻzin takallum holida,
Lablaridin shahd olib, yoʻl ochmasa guftorigʻa.
Barg evurmay lavn gul soʻlma, toʻkar ermish xazon,
Bogʻlama koʻnglungni, ey bulbul, jahon gulzorigʻa.
Ka’bayi koʻyin Navoiy evrulurga za’fi bor,
Bas madadtur yetsa ilgi qasrining devorigʻa.

638

Nasihat ahli manga derki: «Mayni tark et», vah,
Ilik olib kelur, ogʻiz ichar, manga ne gunah?
Manga may ichmak emas oʻzlugimdin, ey nosih,
Bu ishga chang qadi dolu shohid oʻldi guvah.
Qilur jununu qadah man’ini manga zohid,
Degaymu telbaga bu soʻzni boʻlmasa ablah?!
Qadah charogʻini ollimgʻa tutqil, ey soqiy,
Ki zuhd zulmatida asru boʻlmisham gumrah.
Bu sham’ birla xarobot sori boshla meni,
Ki tiyra zuhd tuni ichra oʻlmayin nogah.
Boshimni piri xarobot dargahida qoʻyay,
Ki bor eshigida shohu gado gado bila shah.
Navoiy aytur emish dayr aro sanam zikrin,
Bu ism zikriga kim qilsa mayl bismillah.

639

Qil uchi koʻrmay ogʻzingdin nishona,
Anga oshiq boʻlubmen gʻoyibona.
Xating bosh chekkali xoling koʻrunmas,
Koʻkardi chun ekin, gum boʻldi dona.
Bahona qilmay el qonin toʻkarsen,
Manga yetgach, qilursen bir bahona.
Bulut ermaski, gardun yuz yoshurmish,
Ki tortar shu’layi ohim zabona.
Bu javlonkim qilursen, vah, zamone
Inon chekkilki, qoʻzgʻaldi zamona.
Fano ahl soʻzin koʻp ayla mazkur,
Ki uyqu daf’ etar ushbu fasona.
Oʻtar yoring, Navoiy, arz qilkim,
Qadam qoʻysang yaqindur bandaxona.

640

To koʻrubon yuzin quyosh qolgʻali ishtiyoqigʻa
Goh boshigʻa evrulur, goh tushar ayoqigʻa.
Qoshida xoli hinduyiy kofir erurki, ahli din
Qatli uchun chiqibdurur koʻz sola dayr toqigʻa.
Dardu balovu gʻussani koʻnglum aro keturdi ishq,
Doʻstlarin birav kibikim tilagay visoqigʻa.
Vasl meni chu oʻlturur, bor sanga oʻlmagim gʻaraz,
Rahm etib, ey ajal, meni solma aning firoqigʻa.
Poʻya qilurda chobukum uchti rikobida pari,
Naqsh sogʻinma zeb uchun sizgʻon aning janoqigʻa.
Tolibi faqr bor esang barcha bila muvofiq oʻl,
Sen kimu e’tiroz kim ahli zamon nifoqigʻa?!
Noʻshi labing zilolidin xasta Navoiy ichgali
Cheksa hayot chashmasin, zahr kelur mazoqigʻa.

641

Vahki umrum barcha zoyi’ boʻldi el komi bila,
Bodayi nob oʻrnida xunoba oshomi bila.
Kimsa yuz yil komronliq qilsa, bilkim, arzimas
Dahr aro bir lahza boʻlmoqqa birov komi bila.
Zahrni oʻz komi birla ichsa ondin yaxshikim,
Ichsa hayvon sharbatin nokomliq jomi bila.
Yuz dilorom aylagandin ravza hibsi yaxshiroq
Boʻlmoq oʻz vayroni ichra koʻngli oromi bila.
Ey koʻngul, el subhi ayshi sori boqma, xoʻy qil
Fardligʻ vayronida mehnat qaro shomi bila.
Qushqa yung maskan aro xushroq durur ozodligʻ,
Boʻlgʻonidin band aro sayyod ipak domi bila.
Boʻlmoq itlar mun’imi tan toʻ’ma aylab yaxshiroq,
Tanni qilgʻuncha samin nokaslar in’omi bila.
Johu markab birla, eykim, bormading maqsad yoʻlin,
Qat’ oʻlur betoʻshaligʻ zodi fano komi bila.
Ey Navoiy, huzn ila oʻtkar qoriliq mehnatin,
Chun yigitlik bordi ayshu ishrat ayyomi bila.

642

Tushti oʻt koʻnglum eviga ohi dardolud ila,
Koʻzda kirpik dema, bu ravzan qarormish dud ila.
Telba it deb har taraf yoʻldin qocharlar ahli hush,
Oʻt sochib ogʻzim, yugursam jismi gardolud ila.
Charx sayr etmas, nechuk subh istagaymen gʻam tuni,
Javfi chun madrus erur bu shomi qiyrandud ila.
Yusufim hajrida Ya’qubiy gʻam ichra, mutribo,
Uyla menkim, xushlugʻum yoʻq nagʻmayi Dovud ila.
Dema, har dardinggʻa aylay bir davo, qoʻykim oʻlay,
Kim malul oʻlgʻungdurur bu dardi noma’dud ila.
Shah tilar davlat baqosin, men gado yor ogʻzini,
Ranjadur shohu gado bir komi nomavjud ila.
Ey Navoiy, qildilar dunyoni rad ahli qabul,
Gar desang maqbul oʻlay, yor oʻlma bu mardud ila.

643

Lablaringkim, hayf erur teng tutmoq oni qand ila,
Sindurur yuz qand bozorini shakkarxand ila.
Toki hayronmen sanga nomus ila itmish koʻngul,
Telba yangligʻkim qochar el gʻofil oʻlgʻach band ila.
Odam ul soatki jannat ichra avlodin koʻrar,
Ne quvongʻay dam-badam sen nozanin farzand ila.
Qoʻy nasihat, zohidu, oʻtlugʻ damimdin vahm qil,
Telba it imkoni yoʻqturkim sogʻalgʻay pand ila.
Hojatingni elga arz etmakka hojat boʻlmasun,
Xush chiqishsang lahzaye bu zori hojatmand ila.
Lablaring hajrinda yuz parkandkim boʻlmish koʻngul,
La’l erur mahlul qon oʻrnigʻa har parkand ila.
Chun Navoiy koʻngli sindi, emdi lutfung ne osigʻ,
Kim ushatsa shishani, butmas yana payvand ila.

644

Boʻlur shom ul mahi Naxshab ravona,
Kamandi zulfin ochib shab ravona.
Qaro tun azm etarkim, koʻrmagay el,
Jamolidin vale yorur zamona.
Meni man’ etmish oʻz hamrahligʻidin,
Manga, vahkim, ajab ish tushti yona.
Hayotim emdi xud mumkin emastur,
Ki oʻlmakka tilar erdim bahona.
Koʻz ochqaymen magar mahshar sabohi,
Ki ichmishmen ajab jomi shabona.
Bu gulshan gullari chun bevafodur,
Alardin chekma, ey bulbul, tarona.
Navoiy oʻlsa, yodin qilmagʻilkim,
Ular el ham, desang ondin fasona.

645

Mehrdin dermenki boʻlsam doyim ul oyim bila,
Naylayinkim, charx evrulmas mening royim bila.
Hajr aro mendurmenu bir ohu bir xam qomatim,
Gʻam cherigi xasmu men bu nav’ oʻq-yoyim bila.
Ahli majlis kuydurur tilin kesib, boshin uzub,
Sham’ da’vo qilsa mohi majlisoroyim bila.
Koʻhi dardu teshayi hijronni soʻr Farhoddin,
Anglamas Xusravkn, Shirin birladur doyim bila.
Husnigʻa har lahza hayronroqmen, oxir yaxshidur
Oʻlmasam nogah bu ishqi hayratafzoyim bila.
Boʻlmayin dayri fano xammori, gar qilsam badal
Zohidi xudbin ridosin bodapoloyim bila.
Dam-badam miskin Navoiyning degil qon yutmogʻin,
Ey qadah, gar hamdam oʻlsang bodapaymoyim bila.

646

Gar sabodek hamdam ermon sarvi ozoding bila,
Bormen, ey gul, qaydakim boʻlsam sening yoding bila.
Range yoʻqtur chun qizil guldin sanga, ey andalib,
El qulogʻin asru koʻp yolqitma faryoding bila.
Eyki dersen, koʻzlarim koʻnglungni ne nav’ etti sayd,
Bir kabutar netsun axir ikki sayyoding bila?
Masjid ichra butparast oʻlmoq necha, ey piri ishq,
Din uchun kirdim fano dayrigʻa irshoding bila.
Sehr erur, ey ishqkim, koʻnglum bila paykonidin
Sirqayi jism ichra oʻtu suvni asroding bila.
Gar itobe zohir etsang, oʻzgalarning koʻnglin ol,
Neshgakim men xoʻy etibmen zulmu bedoding bila.
Ey Navoiy, telbalik tark etgasen koʻrgach visol,
Hur siyratlik, malak xoʻluq parizoding bila.

647

Solib qon oncha qoʻydung dogʻ bu jismi figor ichra,
Ki oncha dogʻ ila qon boʻlmagʻay bir lolazor ichra.
Qushekim tushsa, ohim girdbodidin chiqa olmas,
Birov yangligʻki qolgʻay eshigi bogʻligʻ manor ichra.
Iki ruxsori ikki zulf yopqondin nihon oʻlmas,
Nechukkim shu’la dud ichra, quyosh yoxud gʻubor ichra.
Yuzung shavqida ashkim koʻzlar ichra jola bogʻlanmish,
Yogʻin ul nav’kim dur bogʻlagʻay abri bahor ichra.
Qolibtur anbarin zulfung ichinda bogʻlanib koʻnglum,
Kiyikdin qatra qon qolgʻon kibi mushki tator ichra.
Qizigʻ koʻnglumdagi paykonlari dardin ne fahm etgay,
Angakim qatralar xaydindurur oʻtlugʻ uzor ichra.
Chu oʻlgum hasratidin, shoyad oʻtgan chogʻda koʻrgaymen,
Meni sudrang gadolar koʻyida bir rahguzor ichra.
Gar ul shah bazmidin bir jur’a may topmon, ajab ermas,
Ki may shoʻxi kiribdur shiradin mahkam hisor ichra.
Menikim aylamish ul mugʻbacha ishqi mayi maxmur,
Magar ham dayr piri chora qilgʻay bu xumor ichra.
Vafo aylarda elga roʻzgoring aylama zoyi’,
Ki ulkim sen tilarsen, yoʻqtur ahli roʻzgor ichra.
Navoiy, gar falak davri sanga yetkurmas ul oyni,
Ne chora, chun sipehr ermas kishiga ixtiyor ichra.

648

Vahki, ul shoʻx borib, jonima oʻt soldi yana,
Telmurub ikki koʻzum yoʻlgʻa boqib qoldi yana.
Nechoʻk oʻlmay meni bemorki, Isonafasim
Koʻrdi holimniyu koʻrmasga oʻzin soldi yana.
Yigʻlang, ey sham’u surohiyki, oʻlarimni bilib,
Mutribi nagʻmasaro navha koʻkin soldi yana.
Zaxme istar edi koʻnglum qilichidin goʻyo,—
Ilgiga tigʻ mening koʻnglum uchun oldi yana.
Aqlu din naqdi fano dayri aro kirmas ekach,
May bila mugʻbachalar yoʻlida soygʻoldi yana.
Sabr elin yigʻmish edim chiqmas ekach ul xurshid,
Voykim, zarra kibi har sori qoʻzgʻoldi yana.
Qoʻlda, ey Xizri rahim, xasta Navoiy qoʻlini,
Kim bu yoʻl poʻyasidin bagʻri oning toldi yana.

649

Koʻnglum ogʻzingning xayolidinki toʻlmish gʻam bila,
Naqd uza mumedururkim, naqsh erur xotam bila.
Gʻam tuni anjumni ohim oʻqlari zaxmigʻa charx
Ul momuqlar bilki, qoʻymishdur yasab marham bila.
Yigʻlama, ey koʻzki, bormas zulm naqshi koʻnglidin,
Toshda yozgʻon xat ne imkonkim buzulgʻay nam bila?
Ul alifdurkim, ayondur har tarafdin shamrasi,
Qaddi bir yondin osilgʻon mushkboʻ parcham bila.
Shayxi gʻofil koʻnglin etti zarq ohidnn qaro,
Tifldekkim koʻzguni qilgʻay mukaddar dam bila.
Ohkim, ovvora boʻldum ayta olmay shammaye
Yoshurun koʻnglumdagi dardimni bir hamdam bila.
Ey Navoiy, gar desangkim bevafoliq koʻrmayin,
Oshnoliq qilmagʻil jinsi bani Odam bila.

650

Novakingning toʻsdin ermas nishoni boʻynigʻa,
Kim erur qatl aylagan ahbob qoii buynigʻa.
Begunoh ishq ahligʻa tiygʻi jafo surgum desang,
Bilki, mendin oʻzga tutmas kimsa oni boʻynigʻa.
Hajridin gar yuz qilich boʻynumgʻa urdung, ey sipehr,
Sarbasar qildim qoʻlum yetgan zamone boʻynigʻa.
Qotilimni kimsa bilmay, zaxm yeb oʻldum, valek,
Men bilurmenkim, erur qonim faloni boʻynigʻa.
Tavq bil jannat qushi boʻynigʻa to mushkin ipak
Tushti ta’viz etgali hirzi yamoni boʻynigʻa.
Maygʻa egnimdinki sajjodam garavdir, qildi man’
Goʻyiyo zohid koʻra olmas ridoni boʻynigʻa.
Gar Navoiy oʻlsa, ul kofir diyorigʻa cheking,
Bogʻlabon sudrarda zunnori fanoni boʻynigʻa.

651

Yana ne oʻt edikim, tushti xonumonimgʻa,
Yana ne shu’la edikim, tutashti jonimgʻa.
Yana ne barq edikim, tushgach oʻrtadi xasdek
Bir oʻt sharorasidin jismi notavonimgʻa.
Yana ne novaki mujgon ediki, qatlim uchun
Tikildi koʻngluma, ya’niki kirdi qonimgʻa.
Yana ichimga magar ishq soldi oʻtki, chiqar
Shararlari qotilib oh ila figʻonimgʻa.
Balo oʻti yonadur toʻsh-toʻshimdin, ey nosih,
Eshit nasihatu zinhor kelma yonimgʻa.
Sarigʻ yuzumni qizil qilmadi visol mayi,
Bu gulshan ichra bahor oʻlmadi xazonimgʻa.
Navoiy itti qoʻyub yodgor xasta koʻngul
Dediki, yetkurung albatta dilsitonimgʻa.

652

Meni gadoy qachon yettim ersa shohimgʻa,
Yuzumni yerga qoʻyub shukr dey ilohimgʻa.
Koʻrushmagimga agar boʻlsa multafit, boʻlgʻay
Visol toʻbiyi jannat bila giyohimgʻa.
Gunah yiroqligʻim erdi, chu lutf mazharisen,
Inoyat aylagilu boqmagʻil gunohimgʻa.
Dedi, safarda sutun birla borgohimdur,
Kishiki, boqti falak birla dudi ohimgʻa.
Baho tuganlarim oʻlmish visol uchun, hayhot,
Kishi bu tuhfani sotqaymu ul darohimgʻa?
Buzuldi koʻzu koʻnguldin ishim, magar tushgay
Bir ahli dil koʻzi bu holati tabohimgʻa.
Navoyiyo, yana gar yor yuzin koʻrsam,
Muti’u qul boʻlayin baxt, yekxohimgʻa.

653

Koʻngluma anduh yelidin gʻuboredur yana,
Goʻyi oni qoʻzgʻogʻon chobuksuvoredur yana.
To ne gullar ochqay oxir ishq aylab chok-chok,
Gʻunchadek koʻnglumda bukim xor-xoredur yana.
Oh dudin sahl tuttum, ohkim, ul dud aro
Sabr uyin kuydurgali har yon sharoredur yana.
To labing ushshoqdin jon olmoq etti ixtiyor,
Jon berurga har taraf beixtiyoredur yana.
Tong yelidin boʻldi goʻyo sunbulung oshuftakim,
Har qayon boqsam parishon roʻzgoredur yana.
Yerga sochqon ter fano dashtida solik jabhasi
Gavhari maqsuddin har dam nisoredur yana.
Raf’ oʻlub erdi Navoiyning jununi, ey pari,
Ta sanga tushmish koʻzi, majnunshioredur yana.

654

Orazing xoli nedin qildi meni devona,
Qushni sayd etmadi chun suda koʻrungan dona.
Kirib oq uy aro jonlar qushinn kuydurdung,
Garchi fonusda sham’ oʻrtamadi parvona.
Tiyrboroni gʻaming buzdi koʻngul maskanini,
Bizing uy boʻldi yogʻin kasratidin vayrona.
Hajr za’fidin oʻlubmen tanimasdek, ne ajab,
Oshnolar manga boʻldilar esa begona.
Buzdi ul shoʻxi qadahnoʻsh salohim uyini,
Manga mundin nari manzil bas erur mayxona.
Soqiyo, toʻlgʻucha paymona yerim maykadadur,
Meni mast etgali koʻp yaxshidurur paymona.
Jurm esa yor boshim uzra yetib oʻlmaganim,
Ey Navoiy, meni oʻlturmak erur jurmona.

655

Koʻradurmenki borur yoru qolurmen meni gumrah,
Bora olmon, tura olmon, ne qotiq holat erur, vah?!
Hajridin jonima yuz biym, qolayin desa ondin,
Xoʻyidin koʻngluma ming vahm, boʻlayin desa hamrah.
Qoʻyung ummedi, yuzung hasrati birla agar oʻlsam,
Yovumay ravzagʻa, valloh, tilamay hurni, billah.
Maygʻa mashgʻul oʻlubon hajrni amdo unuturmen,
Buzulur zor koʻngul kirdi esa yodima nogah.
Aql taklif qilur koʻnglumakim, tarki junun qil,
Telbadin kim bu tama’ tutqay agar boʻlmasa ablah?
Shohu soyilgʻa nasib ar koʻpu ozdur, ne tafovut,
Teng nasib oʻldi chu tufroqqa agʻar soyil, agar shah.
Yor gʻofilligʻidin zulfida jon berdi Navoiy,
Sayd oʻlar domda sayyod agar boʻlmasa ogah,

656

Vahki, bir badmehr oʻqi jonimgʻa parrondur yana,
Tiyra koʻnglum kulbasining sham’i paykondur yana.
Bir pari ishqida jonning nuqta birla nunidek,
Notavon jonimda na’lu dogʻ pinhondur yana.
Baski paykoning yigʻildi, yiqti tan koshonasin,
Bu bino suv kasratidin, vahki, vayrondur yana.
Tangʻa juzv oʻldi oʻqung ul nav’kim, ondin oni
Olmoq anburlar bila tortib ne imkondur yana?
Eyki, koʻnglumni deding majruh emastur ishqdin,
Koʻrmading, oyoki, mujgonim aro qondur yana.
Chiqmisham mugʻ koʻyidin sarxush, yoshun, ey charxkim,
Yer bila teng qilmogʻing ollimda osondur yana.
Dasht aro Majnunni koʻrganlar Navoiyni koʻrub
Qildilar hayratki, ne gʻuli biyobondur yana?!

657

Tanimda za’fdurur to isitmish ul dilxoh,
Quyosh haroratidin, ne ajab, qurusa giyoh.
Aning nihol qadi titrabon terak yangligʻ,
Men evrulub boshigʻa, tortibon sabodek oh.
Tanini gʻuncha kibi toʻngʻa chirmabon qat-qat,
Valek talfasadin guldek ochilib gah-goh.
Gulobxonadagʻi gul kibi soʻlub jismi,
Qilib gulob kibi terning oʻrtasida shinoh.
Yotib koʻzi kibi gulgun harir uza bemor,
Valek mendek etib sihhat ahlini gumroh.
Demonki, sharbat uchun yaxshidur chuchuk jonim,
Yarasa sadqa uchun qilgʻasiz meni ogoh.
Navoyiyo, dema nevchun taning zaif oʻlmish,
Tanimdd za’fdurur to isitmish ul dilxoh.

658

Hayhotkim, birav gʻamidiy zormen yana,
Faryodkim, balogʻa giriftormen yana.
Ey muddaiki, orim edi ta’nu soʻkmaking,
Forigʻ degilki, har ne desang bormen yana.
Daf’ oʻlmish erdi noʻshi labingdin malolatim,
Lutf ayla, ey tabibki, bemormen yana.
Har kecha bir quyosh gʻamida gʻussa toshidin
Boshtin-ayoq sipehrdek afgormen yana.
Soʻfiyi aql savmaasin, shukrkim, buzub,
Dorul-fanoyi ishqda xammormen yana.
Ogʻzim qurub, damim tutulub, sekririm ne tong,
Kim telba chobukumga jilavdormen yana.
Aql itti, hush ketti, koʻngul kuydi, chiqti jon,
Shukr et, Navoyiyoki, sabukbormen yana.

659

Har gulki ochibdur may ul orazi diljoʻda,
Gullarmu ekin suda, gul aksimu koʻzguda?
Koʻzguda yuzung aksi gar yaxshi nazar qilsang,
Bor uyla biaynihkim kun aksi tushar suda.
Noz uyqusida ul koʻz oshubi jahon ichra,
Uygʻonsa koʻzung netgay olam buzub uyquda.
Ollimgʻa yuzung kelgach, husn ahlini koʻrmasmen,
Koʻz anglamas ashyoni boʻlgʻach quyosh oʻtruda.
Gar shahrni tark aylab, sahrogʻa qoʻyubmen yuz,
Ma’zur erurmenkim, mohim erur oʻrduda.
Olam ishi sar-tosar gʻam yerga gari qilmas,
Soqiy, tutubon jome, qoʻyma meni qaygʻuda.
Vasl istasang, oʻl foniy andoqki Navoiykim,
Har ishki munung gʻayri, bordur bori behuda.

660

Yana har dam ishim sochmoqdurur koʻz bogʻidin lola,
Ki boʻlmish loladek qonligʻ koʻngul pargola-pargola.
Koʻzungdur fitnavu afsun savodidin qaro nargis,
Yuzumdur mehnatu idbor dogʻidin sarigʻ lola.
Umidim mazra’in dedim koʻkartay ashkdin, vahkim,
Sovugʻ ohimdin oʻldi ul ekinga bu yogʻin jola.
Shafaq ichra emas anjumki, gardun javfida ohim
Harorat oncha koʻrguzdiki erni boʻldi tabxola.
Marazliq zaxmi koʻp tandin payopay koʻnglum afgʻoni,
Buzugʻdin uylardurkim chugʻz qilgʻay dam-badam nola.
Deb erding, jon beray oʻlsang, yetishti ul mahal, vahkim,
Gado sultongʻa netgay juz gadoligʻ oʻtsa ham hola.
Navoiy dahrning kun yuzi, tun sochigʻa mayl etma,
Ki oxir umr naqdin muxtal aylar ushbu muxtola.

661

Tiyralik xatting savodidin labi xandon uza,
Xizr soldi soya goʻyo chashmayi hayvon uza.
To hazin koʻnglumni la’ling hasrati qon aylamish,
Anda xoling naqshi oʻlturgʻon chibindur qon uza.
Jonu koʻnglum nolasidin ikki haqgoʻ qush kibi
Kecha ul oy koʻyida afgʻon erur afgʻon uza.
Toyiri mehnat buzugʻ koʻnglumda qoʻymish oshyon,
Chugʻz andoqkim nishiman aylagay vayron uza.
Ey musulmonlar, yeting faryodimakim, kofire
Jonu koʻnglum oldi, emdi soʻz borur imon uza.
Charx toqidin topar kun shamsasi har kun zavol,
Zarvaraqdin shamsa chekmak ne osigʻ ayvon uza?!
Ey Navoiy, to dedi dardim yukin koʻnglungga qoʻy,
Koʻnglum uzra qoʻydum ul yukniyu minnat jon uza.

662

Nildin har yon alif ul mahjabin ruxsorida,
Bir niholi sarv erur goʻyo Iram gulzorida.
Ishq sultoni siyosat ayladi ushshoqni,
Xalq jismidur, somon ermas balo devorida.
Toza dogʻedur figʻonim oʻtidin boʻynumdagʻi
Har mudavvar shakl shingarfiy junun tumorida.
Tavqlar boʻlmish jeli tortargʻa imon ahlini,
Halqalar zanjiri zulfung rishtasi zunnorida.
Telbalik togʻi tanimdur, bosh uza joʻlida soch,
Har biri bir notavon Majnun junun koʻhsorida.
Tushsa yuz dastor boshdin, bosh egindin, vah, ne tong,
Kim erur gulrang may boshida, gul dastorida.
Boru yoʻqin teng koʻrarmen zarravu xurshidning,
Yoʻq ogʻiz birla jahonoro jamoling borida.
Sham’ ila may axtarigʻa ber sabotu sayrkim,
Mehr fahm oʻlmas falakning sobitu sayyorida.
Ey Navoiy, zor jisming nola qilmas za’fdin,
Uylakim sust oʻlsa, un boʻlmas mugʻanniy torida.

663

Va’da aylab vasl, jismi notavonim oʻrtama,
Kelmagungdur, intizor oʻtigʻa jonim oʻrtama.
Ishq oʻtining oʻrtari bastur, yana jonim aro
Dogʻi hijron har dam, ey nomehribonim, oʻrtama
Jonni olding, solma oxir notavon jismimgʻa oʻrt,
Naqd chun yagʻmogʻa bordi, xonumonim oʻrtama.
Novakingning kasratidinkim, nayistondur koʻngul,
Oʻt olib kirma qamishqa, naysitonim oʻrtama.
Jonima oʻt soldi ishqing, bal jahonim oʻrtadi,
Rahm etib, mundin nari jonu jahonim oʻrtama.
Har nafas kuydurma bir oʻt birla, ey gʻardun, meni,
Kuydururga har dam aylab imtihonim oʻrtama.
Qilma nisbat xoʻblar birla Navoiydek meni,
Tuhmat aylab har zamon, ey badgumonim, oʻrtama.

664

Koʻngul qushidur oning zulfi tobdori bila
Chibinki, bogʻligʻ erur ankabut tori bila.
Sipandi ofat emas, lolazori ofat erur,
Yuzinda har sari xol otashin uzori bila.
Magarki zulfida ishq ahlining koʻngullaridur,
Ne dudkim, nafasimdin chiqar sharori bila.
Niholi vasl oningdek qurubtururki, ani
Koʻkarta olmadi koʻz ikky joʻybori bila.
Sipehr emin emas manjaniqi ohimdin
Oʻn ikki burjluq ushbu biyik hisori bila.
Muvaffaq oʻlmasa, tavfiq ila emas mumkin
Oʻz ixtiyorini qoʻymoq oʻz ixtiyori bila.
Churuk soʻngaklarim oʻlmish quyun aro xoshok,
Boshinggʻa evruladurgon tanim gʻubori bila.

665

Falakdin yaxshiliq yetgay debon koʻnglungni shod etma,
Yamonligʻkim yetar, holo unut, oʻtganni yod etma.
Zamona ahligʻa gar yuz quyoshcha koʻrguzubsen mehr,
Vafo zinhorkim bir zarra chogʻligʻ i’timod etma.
Nujumu charx deb oʻkma gadoning bah’yaliq sholin,
Tutunni charxu uchqunlarni anjum e’tiqod etma.
Fano ahli ayogʻi tufrogʻi sharhin yozar boʻlsang,
Qarogʻimni hal ayla, ey rafiq, oʻzga midod etma.
Midod etgan qarogʻimni qilibon kirpigim xoma,
Koʻzumning pardasidin oʻzga kogʻazga savod etma.
Qilib solih amal kasbi shioringni saloh etgil,
Vale fosid xayoling birla har dam bir fasod etma.
Chu bilding, rizq erur maqsum, chekma doʻstdin minnat,
Qazodin xorij ermas ish, adugʻa inqiyod etma.
Tilarsen faqr dashtin qat’ qilgʻaysen eranlardek,
Bagʻir suv qil, yurak pargolasidin oʻzga zod etma.
Navoiy, istasang uqbo murodin nomurod oʻlgʻil,
Agar dunyo murodi yoʻqtur oʻzni nomurod etma.

666

Har oyki, gʻayrima bir zarra mehri fosh oʻlsa,
Oning sori boqa olmon, agar quyosh oʻlsa.
Koʻzumda ashkdek ul tifl parvarish topmish,
Nazar haqini kerak bilsa necha yosh oʻlsa.
Visol umidiga oʻzni yaqin solur oshiq,
Firoqdin necha jonida davr bosh oʻlsa.
Ne tong, figʻoni bagʻirdin xaroshliq chiqmoq,
Birovki bagʻrida gʻam changidin xarosh oʻlsa.
Bahorim oʻldi chu gulchehra shoʻxlar, ne ajab,
Yogʻar nima boshima jolavor tosh oʻlsa.
Xush ulki, togʻ etagin tutsa xalqdin qochibon,
Uzalsa, ostida xora anga farosh oʻlsa.
Demang, Navoiy, agar boʻlsa yor qatling etar,
Nekim murodidurur – uyla qilsa, kosh oʻlsa.

667

Dardini jismim aro asray debon tadbir ila
Toza dogʻ ermas, oʻqi zaxmin tutubmen qir ila.
Toki sham’i anjumandur mohi shabgardim mening,
Koʻk shabistonidin oy har tun qochar shabgir ila.
Zulfi ichra zor jismim holatin qilsang raqam,
Ey muharrir, zarhal etgaysen qaro tahrir ila.
Hadding ermastur mening ishqim debon yozgʻurmakim,
Men ham anglarmen, vale ne choradur taqdir ila?
Ul pari zulfi savodin yozgʻali boʻlmish davot
Uyla savdoyiyki, asrarlar ani zanjir ila.
Qabr aro aylang yuzumni chum qarokim uxmr oʻtub,
Doʻst koʻyi azmi qildim yuz tuman taqsir ila.
Ishq shar’ida Navoiy qatl ila topsang xalos,
Bilki, oʻlmakdin qutulgʻondekdurur ta’zir ila.

668

Ilgin ul gulrang etibdur lola yafrogʻi bila,
Kaflarin bargi bila, tirnogʻlarin dogʻi bila.
Rishtayi zulfi xayolidin havo qilgʻan koʻngul
Bir qushedurkim, qochibdur goʻyiyo bogʻi bila.
Reshalar koʻksumda koʻr, Farhod bahsin qoʻykim, ul
Qozmadi mendek balo togʻini tirnogʻi bila.
Sham’ hamdardimdurur hijron tunikim, men kibi
Hajr oʻtida qovrulur ul dogʻi oʻz yogʻi bila.
Otashin la’ling shahidi qabridin gulgun gʻubor,
Kim qoʻpar, oʻttur emas qon rangi tufrogʻi bila.
Bemahal gulbong ila yolqitma, bulbul, elnikim,
Dahr bogʻi gullari xushtur vale chogʻi bila.
Lola ermas, urdi oʻt gulshangʻa bir gul hajridin
Oʻrtanib har dam Navoiy nola qilmogʻi bila.

669

Ey sabo, holimni arz et gulruxi tannozima,
Egma qaddimning salomin ayt sarvinozima.
Ayt koʻptin koʻp gʻam, ozdin oz ashkim sharhini,
Dardu sabrim naqdi sadqang, boqma koʻpu ozima.
Chunki oʻlgum, yoshurun ishqim ayon qil, shammaye
Voqif etma lek ishq ahlin bu maxfiy rozima.
Novakandozimki, elni yiqti koʻp andozadin,
Vahki, emdi tortmish novak mening andozima.
Ul kabutargʻa fido jonimki, shavqum nomasin
Qilsa taslim eltibon shoʻxi kabutarbozima.
Changdek gʻam bazmida qaddim xam oʻldi, ey rafiq,
Ashk har toridin ortar nolaye bu sozima.
Ey Navoiy, ishq aro qochma balodin zinhor,
Chunki oshiqqa balokashlik kelibtur lozima.

670

Erur koʻngulda safo ishq toza dogʻi bila,
Nechukki koʻzda yorugʻluq erur qarogʻi bila.
Firoq shomi yongilmas oʻqung koʻngul yoʻlini,
Ki borur ul sori paykonidin charogʻi bila.
Erur sukutu fano ishq lozimi bulbul,
Ne voqif oncha figʻonu ulugʻ dimogʻi bila.
Ul oʻtki oʻrtadi parvonani, hamul oʻtdin
Koʻrungki qovruladur sham’ dogʻi yogʻi bila.
Shahu ulus gʻamiyu jomi Jam, xusho ulkim,
Sinuq safol ila durd ichgay oʻz farogʻi bila.
Xumor aro tiladim soqiyu qadah, yuz shukr,
Ki ulki men tiladim, keldi oʻz ayogʻi bila.
Quchargʻa sarv niholi biri qadingdek emas,
Agar ketursa ani bogʻbon quchogʻi bila.

671

Men masti gʻarqi bodamen, aksim emas may ichra, vah,
Soqiygʻa bovar boʻlmasa behudlugʻum bastur guvah.
Taqvo ridosi birlakim masjidgʻa bordim dayrdin,
Ey mugʻbacha, iynak rido boʻynumda gar qildim gunah.
Keldim qochib gʻam xaylidin mayxonagʻa, ey piri dayr,
Tengri panohing gar manga xum keynida bersang panah.
Dayr ichra sarxush mugʻbacha dilimni toroj ayladi,
Ayb etmangiz gar kelmasa yodimga shayxu xonaqah.
Nazzoradin hush ahlining dastori tushmak ne ajab,
Mundogʻki sarxush sekritur har yon samand ul kajkulah.
Tasbihni may rahni qil, har donagʻa mayl etmagil,
Gar istasang koʻnglung qushin sayd etmagay bu domgah.
May tulgʻining har pashshasi piledurur xartumluq,
Daf’ etgali dayr ahligʻa gar cheksa dardu gʻam sipah.
Yuz birla gar dayri fano yoʻlin supursam, vajhi bor,
Kim dayr piri ollida bu nav’ oʻlubmen roʻbarah.
Gulxan aro ostingda kul, uryon boshingda ishq oʻti,
Bu nav’ taxtu toj ila sensen Navoiy podshah.

672

Ochib koʻksum shikofin, ayladim koʻnglumni nazzora,
Erur yuz poravu gʻam tiygʻidin har pora yuz pora.
Tanim mehnat sipehri, anda, vah, paikoningu ashkim
Koʻngulga gʻussa yetkurmakka sobit birla sayyora.
Manga bedardliq dard erdi, vahkim, hajringdin
Chu menda boʻldi dard, emdi erur bechoralik chora.
Utarsen oʻynay-oʻynay, men gadoyi xasta yoʻl uzra,
Qolurmen bir qiyo boqmoq uchun yolbora-yolbora.
Koʻngul-sargashtalikdin boʻldi yoʻq ogʻzing kibi, goʻyo
Ani charx aylagandur gʻuncha yoʻnmogʻliqqa inkora.
Ulumdin hajr dushvor oʻlmasa dard ahligʻa, nevchun
Ajal Majnunni asrab, aylagay Laylini ovvora?
Navoiy koʻksini chok etti hajr andoqki, fahm etgay
Taxayyul hay’atin koʻngul aro kim qilsa nazzora.

673

Firoqing tiygʻidinkim xasta jismim boʻldi yuz pora
Erur har pora bir koʻz qilgʻali holimni nazzora.
Gʻuborim jismi hijron dashtida sargashta oshiqning,
Quyundek har qayonkim moyil oʻldi, boʻldi ovvora.
Ne tosh uryon tanimgʻa urdi, koʻksum chokigʻa soldim,
Meni bedil koʻngul kasb ettim oni koʻnglidek xora.
Olib yuz pora koʻnglum itlaringga aylading qismat,
Itingmen, ayb emas, jono, manga ham tegsa bir pora.
Tanimni ishq asiri aylading, man’ etma ohimni,
Chu qil oʻt ichra tushti dud boʻlmoqtin emas chora.
Malak taslimi shayton kibridekdur, buki aql oʻzin
Qilib ma’muri amr, istar amorat nafs ammora.
Navoiy boda yutqon koʻrsa qon yutqon gumon aylar,
Suv ichganni may ichgan sogʻinur, kim boʻlsa mayxora.

674

Chamanda sarv yo gul chun sabodin tebranur nogah,
Sogʻinib sarvi gulroʻyum kelur, afgʻon chekarmen, vah.
Boshimni olmagʻaymen sajdayi shukr aylayu yerdin,
Agar sarvi xiromonimgʻa boʻlsam soyadek hamrah.
Oʻzum ham ermon oʻz holimdin ogah to ani koʻrdum,
Yoʻq ulkim, ermas ahvolimdin ul nomehribon ogah.
Yuz olmoq sarv birla gul ayogʻidinki, vah, yoʻqtur
Aning qaddu yuziga bogʻ aro bu ikkidin ashbah.
Zanoxdoningda xay ermaski, obi zindagoniydur,
Ki hayvon chashmasining ostida voqi’durur ul chah.
Yuzung vasfini yuz tah safhagʻa yozsam tamom oʻlmas,
Ki boʻlgʻay safhayi xurshidcha ul safhadin har tah.
Jununum man’ qilding ul pari ishqida, ey zohid,
Kishi devona boʻlsa yaxshiroq yuz qatlakim, ablah.
Tajammul raxshidin, ey shah, gadogʻa qilma istigʻno,
Chu bogʻlar raxt bu dayri fanodin gar gado, gar shah.
Navoiy, koʻp dema gʻam xaylidin mayxona ma’mandur,
Azimat qilsang ul dorul-amongʻa fi amonulloh.

675

Xush ulkim, bor edi ilgimda pechon sunbulung gah-gah,
Tutunlar chirmashur boshimgʻa oni chun sogʻinsam, vah.
Yuzungdur poklik mehri, koʻzumdur rostliq ayni,
Aningdek yuzga mundogʻ koʻzdin oʻzga koʻz maozallah.
Koʻngul pargolasidur har taraf ishqingdin oʻrtangan,
Shararlarkim chiqar ohim oʻti dudi bila hamrah.
Tushumda la’liyu ruxsoridur, uygʻotmang meni, gar xud
Masiho birla Yusuf boshim uzra yetsalar nogah.
Uchub ruhum qushi har dam havo aylar zanaxdonin,
Aningdek qush masallikkim nishiman qilmish oʻlgʻay chah,
Muhabbat koʻyida bukim gado shahni qilur oshiq,
Biaynih bor aningdekkim gadoni oshiq etgay shah.
Qazoyi momazo chun favti hol aylar zihi hasrat,
Muvaffaq ulki avvaldin boʻlur oʻz vaqtidin ogah.
Qalam yozgʻon balodin muhtariz boʻlgʻoy zihi nodon,
Muqarrar boʻlmagʻon roʻziy talab qilgʻon zihi ablah.
Navoiy, daftari hajring yozib, koʻz toʻkti xunobin,
Chu ochsang safha-safha, koʻrgasen qon oʻtganin tah-tah.

676

Vahki, kelturdung firoqingdin balolar boshima,
Ul balolardinki qochtim, keldi olar boshima.
Zaxm agar boʻlsa boshimning har tuki soyi, ne tong?
Muncha toshkim yogʻdururlar dilrabolar boshima.
Sarvqadlarning tamannosi boshimdin chiqmagʻay,
Qahr etib, ey shayx, sindursang asolar boshima.
Koʻrmayin koʻzlar qachon keldi boshimgʻa yuz balo,
Koʻr, nelar kelturdi bu yuzi qarolar boshima!
Ishq aro gah-gahki el pandigʻa bosh indurmadim,
Keldi turluk-turluk ondin mojarolar boshima.
Muddaolar boshima tushguncha har dam aqldin,
Kelsa xushroq ishq tiygʻidin yarolar boshima.
Koʻyida oʻldi Navoiy, qochti ondin itlari,
Yoʻq edi oʻlganda yoru oshnolar boshima.

677

Soqiyo, talx oʻldi ayshim hajr bedodi bila,
Tut achigʻ maykim, ichay Mirzo Chuchuk yodi bila.
Sipqorib, jomi sipehr aqdohin aylay rez-rez,
Necha chekkaymen zabunlugʻ charx bedodi bila?
Zuhd koʻnglum koʻzgusin qilmish mukaddar, ey harif.
Sindururmen tavba piri ishq irshodi bila.
Bevafoligʻ gar budurkim hildi ul shoʻx, ey koʻngul,
Sirfa qilmas oshnoligʻ Odam avlodi bila.
Vahki, sindi naxli ummedim, xusho ul bogʻbon,
Kim erur xushhol bir navrasta shamshodi bila.
Chun hudiy Layli qulogʻin yolqitur, Majnun, ne sud
Togʻni gʻar kelturur afgʻongʻa faryodi bila?!
Ey Navoiy, ishq sahrosida xud qoʻydung qadam,
To nechuk loshgoysen ul poyoni yoʻq vodiy bila.

678

Boʻlsam ul qotil shahidi hasratu hirmon bila,
Bir qilich torting mazorim lavhi uzra qon bila.
Bir fatila anglagʻil marham bila ul shoʻxdin,
Jongʻa har momuqki chirmangʻon kelur paykon bila.
Cheksalar tandin oʻqin chun ul chiqar, jon ham chiqar,
Uydin el chiqqan kibi ta’zim uchun mehmon bila.
Qoshi gar koʻnglumda kuymak boisidur, ayb emas,
Yoy agar boʻlsa boʻlur oʻt bargi ham qurbon bila.
Ishq dashtining samumidin degay boʻlmish quyun,
Hajr oʻtin boshtin-ayoq koʻrgan bu sargardon bila.
Doʻzax ahli, gʻam yemangkim, doʻst rahmi kelgudek
Kelgum ul yon ohu ashkimdin ajab toʻfon bila.
Ey Navoiy, itlariga toʻ’ma darboyist oʻlub,
Yor agar istar, koʻngul taylim qilgʻil jon bila.

679

Sochib sirishk, yugursam qoshing xayoli bila,
Sipehr mencha emas kavkabu hiloli bila.
Koʻzungki mardum ila jon olur, erur shoʻxe,
Ki sayd aylagay eldin koʻngulni xoli bila.
Koʻngulda qaddu uzoring xayolin ettim naqsh,
Bu bogʻni bezadim sarvu gul niholi bila.
Ulusni javr ila husn ahli oʻlturur, lekin
Dalok etar meni ul sarv i’tidoli bila.
Emas yasangʻali gar solmas ilgidin koʻzgu,
Ki boʻldi koʻrgali darmonda oʻz jamoli bila.
Xirad koʻngul sipahin toʻqtatay dedi, vahkim,
Buzuldi kirpigi xaylin koʻrub yasoli bila.
Quyosh seni koʻrub andogʻ uyaldi oʻz yuzidin,
Ki yerga kirdi tura olmay infioli bila.
Xazon kamindadur, ey bulbul, oʻlmagʻil gʻofil,
Dameki dast berur aysh gul visoli bila.
Mukaddar etsa koʻngul shishasini zuhd, ne gʻam,
Navoyiyo, kelu yugil qadah ziloli bila.

680

Zihi har lahni bulbul savtining zotinggʻa isboti,
Jahon bogʻida har gul yafrogʻi husnunggʻa mir’oti.
Vujudi zarraning mumkin emas to sobit oʻlmas mehr,
Ne hojat zarra xaylidin quyosh zotigʻa isboti?
Boʻlub zotingda ojiz har sifat ichinda mavsufi,
Oningdekkim qila olmay sifoting sharhini zoti.
Xirad zotingni tashbih etgali har fikrkim aylab,
Takallum anda yoʻl topmay magar hayhot-hayhoti.
Ne qahring zahridin emin boʻlub har sokini masjid,
Ne lutfung bodasidin noumid ahli xaroboti.
Ne zarra boʻlsa maqbulung quyoshdnn zarra qilgʻondek,
Quyosh ul zarradin aylab sharaf birla mubohoti.
Navoiy zikri otingdur, umidi ulki, qutqorsang,
Ani ot istamakdin, balki andinkim boʻlur oti.

681

Ey, yuzung ustida ter gulbarg uzra shabname,
Lek har bir qatradin boʻlub guliston olame.
Qatradin olam guliston boʻlmogʻi tong yoʻqki, bor
Bahri rahmat orazing bogʻigʻa tushgan shabname.
Gul nedin yer tutti el boshida solu mehrdek,
Topmagʻon boʻlsa riyozingning shamimidin shame.
Koʻkka chun eltib, malak raxshing gʻuborin topmayin,
Zuhra andoq surmaye, Kayvon aningdek parchame.
Yoʻq ajab, otinggʻa gar muqri nubuvvat boʻlsa xatm,
Kim nubuvvat halqasida yoʻq seningdek xotame.
Sochqay erdi chashmayi xurshiddin hayvon suvi,
Hamdaming boʻlsa edi Isoyi Ruhulloh dame.
Chun Navoiy na’ting ayturgʻa tilar boʻlgʻay alam,
Ne ajab, gar boʻlsa bot olimlar ichra a’lame.

682

Chun ilik bermaski oʻpsam, ul sitamkor ilgini,
Bir kishi ilgin oʻpaykim, oʻpkay ul yor ilgini.
Chun ayogʻi tufrogʻin oʻpkuncha topmon e’tibor,
Sunsa ham nogah, oʻparga ne hadim bor, ilgini?
Jon sotarmen xoki poyinggʻa, nedinkim ahli bay’
Tuttururlar sotquchi birla xaridor ilgini.
Zulfidin, tong yoʻq, Kalimullohdek etsa ajdaho,
Kim yadi bayzodin aylabdur namudor ilgini.
Soʻrgʻali kelsa Masihim boshima domankashon,
Ul etakdin kim ola olgʻay bu bemor ilgini?
Dogʻu qondin borur ul qoʻlkim ochilmish lolazor,
Hajring ayyomida cheksang oshiqi zor ilgini.
Ey Navoiy, bilki, hijron dashtidin boʻlmas xalos,
Sayr aro matlub agar tutmas talabgor ilgini.

683

Jilvamu aylar qizil toʻn birla har yon ul pari,
Yo magarkim lolazor ichra kezar kabki dariy?
Telbalar qatli qizil qilmish libosin, ohkim,
Bir yoʻli devonalar qonigʻa kirmish ul pari.
Hullasin xunobligʻ jon rishtasidin qildi charx,
Boʻldi jonlar joni, vah-vah, ul parivash paykari,
Orazing naqshimudur qonligʻ koʻngulda jilvagar,
Yo shafaqdin boʻldi toli’ oftobi xovariy.
Ich shafaqgun mayki, gardun qotiledurkim, erur
Yangi oy birla shafaq tigʻu libosi ahmariy.
Qon uza koʻnglum yuzung shavqidin andogʻ xastadur,
Kim erur gulgun harir ollida oning bistari.
Ul pari la’lida joning, ey Navoiy, boʻldi mahv,
La’lgun kisvatda mahv etgandek oʻzni ul pari.

684

Ul quyosh oq uydavu men muztaribmen har sari,
Uylakim fonusdin parvona qolgʻay tashqari.
Sadqasi boʻlmaq erur maqsud men sargashtagʻa,
Oq uyi davrigʻa bukim aylanurmen har sari.
Ichkari ul gul tuvurlugʻni koʻtarmaslar, netay,
Ey sabo farroshi, bir lutf aylabon ul yon dari.
Parda ketgach, men zaifi zorgʻa oson erur
Yoʻllaridin chigʻning solmoq oʻzumni ichkari.
Oq uy ichra har nedur zohirdur ul yuz tobidin,
Sham’ boʻlsa uyda, tashqardin boʻlur zohir bari.
Gar falak xirgohi boʻlsa peshi xonang, ne osigʻ,
Umr xayli chunki kundin-kunga kelmas ilgari.
Ey Navoiy, ul mahi xirgahnishin hifzi uchun
Koʻzunak ermaski, har sori tikilmish koʻzlari.

685

Soʻzi hajring ichra yoʻq biryon koʻngulning toqati,
Boʻlmas ermish kuygan elning oʻt bila koʻp ulfati.
Ashk tim-tim qonidin kulbam bezansa, ne ajab,
Kim erur gul bargidin bulbul uyining ziynati.
Tolpinur kul ichra mendek shu’la tortib, goʻyiyo,
Kim quyoshning jismigʻa oʻt yoqti ul yuz hasrati.
La’li serobidin ar xat zohir oʻlmas, ayb emas,
Xizrning hayvon suyi ichgandin oʻlmish gʻaybati.
Har sori maxfiy tuganlik jism ila munglugʻ koʻngul
Soyiledurkim, erur mamlu diramdin kisvati.
Ey musavvir, chekma nozir mendin oʻzga zinhor,
Daftari ishqim aro yozilsa ul oy surati.
Mudbire toptuq Navoiyni salomatdin yiroq,
Koʻrkim, ul ne nav’u ne yangligʻ jahonda shuhrati.

686

Tavsaning na’lidin istarmen boshimgʻa afsare,
Hindudekkim boshigʻa tovusdin sanchar pare.
Orazingda may, may ichra orazing zohir qilur
Gohi axtardin shafaq, gohi shafahdin axtare.
Bazmi ayshin koʻkka nevchun chekmagay ulkim, anga
Tutsa Ruhulloh dami har dam quyoshdek sogʻare.
Masnadim koʻrgilki, har tun qasri toshu farshidin
Boshqa xoro muttakodur, tangʻa koshi bistare.
Vah, ne loʻlivashdur ul qotilki, umda xalqning
Qonini toʻkmakka har bir kirpigidur nishtare.
Orazing vasfi tuganmas kotibi sun’ aylasa
Dahr boʻstonida gul yafrogʻlaridin daftare.
Ey Navoiy, sarvdek ozod boʻl gar istasang,
Gul masallik shohide, bulbul kibi xunyogare.

687

Intizoridin ul oyning koʻzki soldim har sari,
Koʻz yumub-ochquncha oʻtti qon yoshim andin nari.
Yolinib ul koʻy iti birla borurmen koʻyiga,
Vahki, ul koʻy ichra bormen men keyin, it ilgari.
Dardu gʻam turmish yasovuldek koʻngul choki aro
Qoʻymamoqqa kelsa hushu sabr xayli ichkari.
Koʻrmasangkim oʻtni suv tez aylagay, bir-bir qurur
Koʻnglum ichra qatra-qatra suv kibi paykonlari.
Lab aro ogʻzing chuchuk til birla goʻyo anglasam,
Shahdliq neshi bila gul bargini teshmish ari.
Zohidu har lahza oʻlmak xonaqah fikridakim,
To tirikmen chiqmagʻum dayri fanodin men bari.
Ey Navoiy, dema har damkim qadahni quy toʻla,
Mayni oxir quysa xud boʻljas qadahdin tashqari.

688

Davlat tongi yuziyu sochi tong qarongʻusi,
Masti sabuh koʻzlarin eltib tong uyqusi.
Bulbul pari emas, kul erur bergali jilo
Har bargi gulki, yeldin erur tiyra koʻzgusi.
Gulzor dahr shu’badasin goʻyi anglamish,
Ichinda za’farondin emas gʻuncha kulgusi.
Boshimni yuqori qila olmon binafshadek,
Koʻnglumga chunki chirmashur ul turra qaygʻusi.
Koʻz bahri ichra shisha kiyib mardum etti gʻavs,
Yoyildi ushbu vajh ila yuz sori injusi.
Holimgʻa hajr bazmi aro tortsam surud,
Bor maddi navhi telba koʻngulning ayolgʻusi.
Qatlimgʻa mujda berdiyu oʻlturdi intizor,
Bir umrdin soʻng elga yigit va’da bergusi.

689

Hushsiz jonkim, yoshurmish jismi gʻamparvard ani,
Mutlaq ul devonadekdurkim yopibtur gard ani.
Yigʻlayin forigʻ debon va’z ichra aylarmen maqom,
Oʻz figʻonidin sogʻinur voizi damsard ani.
Bilgay ul ovora sargardonligʻim kayfiyatin,
Kim chiqarmish boʻlgʻay eldin bir de olmas dard ani.
Ul quyoshni istasang, jon berki, erur bandi roh,
Topmas ulkim, boʻlmagʻay Iso masallik fard ani.
Ey Navoiy, bir xadangi teksa oʻlgan jismima,
Ul dam-oʻq jon deb tirilgay jismi gʻamparvard ani.

690

Jongʻa chun dermen: «Ne erdi chiqmogʻing kayfiyati?»
Derki: «Bois boʻldi jism ichra marazning shiddati».
Jismdin soʻrsamki: «Bu za’fingʻa ne boʻldi sabab?»
Der: «Anga boʻldi sabab oʻtluq bagʻirning xirqati».
Chun bagʻirdin soʻrsam, aytur: «Anda oʻt tushdi manga,
Kim koʻngulga shu’la soldi ishq barqi ofati».
Koʻnglumga qilsam gʻazab, ayturki: «Koʻzdindur gunah»
Koʻrmayin ul tushmadi bizga bu ishning tuhmati».
Koʻzga chun dermenki: «Ey tardomani yuzi qaro,
Sendin oʻlmish telba koʻnglumning balovu vahshati?!»
Yigʻlab aytur koʻzki: «Yoʻq erdi manga ham ixtiyor,
Kim koʻrundi nogahon ul shoʻx mahvash tal’ati».
Ey Navoiy, barcha oʻz uzrin dedi, oʻlguncha kuy,
Kim sanga ishq oʻti-oʻq ermish azalning qismati.

691

Zohir aylar oh ila ashkimni hajring ogʻusi,
Goʻyi mundoq esnatur oxir nafasning uyqusi.
Hajri bepoyon, tuni muhlik, jununim bul’ajab,
Subh goʻyo motamim tutmishki, kelmas kulgusi.
Kuydurub jismimni bergaysen kulum birla jilo,
Tiyra boʻlsa qon ila qatlimda tigʻing koʻzgusi.
Meni Majnundek tutubtur dasht, demangkim, bu dasht
Togʻlar erdiki, homun qildi koʻnglum qaygʻusi.
Ey koʻngul, oh oʻqlarin ul gʻamzaning olligʻa chek,
Kim oʻq otmogʻligʻda sendin tuzdur oning qobusi.
Demangiz, oshiq koʻziga ne yorugʻlugʻdur mufid,
Gʻam kuni dilbar yuzi, hijron tuni tong yogʻdusi.
Hajr aro tuzdi Navoiy vasl mulkin berdi yor,
Andogʻ ish qilgʻongʻa mundin kam kerakmas juldusi.

692

Oʻt solur el jonigʻa har dam sovugʻlugʻ birla day,
Soqiyo, sinmas havo zahri, ketur taryok, may.
Tuz shabiston ichra suhbatkim, ishorat maygʻadur,
Sham’i kofuriyki, osti shusha muzlar birla day.
Otashin may birla, ey soqiy, qizitqil bazmni,
Mutribo, ul oʻtni tez etmakka ol ogʻzinggʻa nay.
Dahr mushkin chun havo kofuri pinhon ayladi,
Bodayi mushkin kofuriy mizoj ichmay netay?
Ichgali ixfo uchun tun mushkini istar hakim,
Shukr, bu kofur aro ham zohir ermas hech shay.
Ul quyosh qor uzra chiqqach, yuzum uzra anglamon
Ashk yo koʻz oqi hal boʻlub oqarmu, yoʻqsa xay?
Ilgida maylik safol, usruk Navoiy qor uza,
Ey falak, qil jomi Jam birla tamosho taxti Kay.

693

Bir kun meni ul qotili majnunshior oʻlturgusi,
Usruk chiqib, javlon qilib, devonavor oʻlturgusi.
Gar za’f ila ojizligʻim koʻngliga rahme solsa ham,
Boshimgʻa yetgach sekretib beixtiyor oʻlturgusi.
Vasli aro gar oʻlturur, jonimgʻa yuz ming shukr erur,
Chun qolsam ondin bir zamon, hijroni zor oʻlturgusi.
Oshiq boʻlurda bilmadim men notavoni xastakim,
Hajr oʻlsa, gʻam kuydurgusi; vasl oʻlsa, yor oʻlturgusi.
Maydon aro, ey ahli din, kirmang tamoshosigʻakim,
Yuz koʻrmayin ul kofiri chobuksuvor oʻlturgusi.
La’ling zakoti may tutub tirguzmasang, ey mugʻbacha,
Dayr ichra men dilxastani ranji xumor oʻlturgusi.
Derlar Navoiy qatligʻa gul-gul ochibtur orazin,
Koʻrguncha oni, voykim, bu xor-xor oʻlturgusi.

694

Shukrlillah, ey koʻngulkim, raf’ oʻlub hijron tuni,
Ul quyosh yuzin koʻrarmen tengrining qutlugʻ kuni.
Otashin la’ling aningdeq oʻrtadi olamnikim,
Har taraf bir oʻt tutashqon jondur oning uchquni.
Mehrdin ruxsora sorgʻorgʻon soyi sargashtamen,
Zarra sargardonligʻin afzun qilur mehr oltuni.
Bodadin tim-tim qizarmish orazi, vah-vah, koʻrung,
Kim ajab gullar ochibtur ul malohat gulbuni.
Shomi hijron mehnatin sharh aylay olmon za’fdin,
Ul qaro bosqon kishidekkim aning chiqmas uni.
Axtaredur nahs ushshoqi badaxtar jonigʻa,
Ulki har yon iltirar hijron tunining shudruni.
Ey Navoiy, demakim vaslini tush koʻrgay koʻzung,
Yigʻlamoq bu ersa, tush koʻrgay magar koʻz uyquni?!

695

Gʻamingdin chun ajal goʻr ogzida jismim nihon etgay,
Mazorim lavhn darding sharhini tildek bayon etgay.
Qanotliq moʻrdek jismimni uy qilmish ajal xayli,
Magar ul nav’ qushlar bu buzugʻni oshyon etgay.
Yuz ochqach egma qaddim za’f qildi, vah, ne bildimkim,
Quyosh vasli yangi oyimni mundogʻ notavon etgay.
Ogʻiz boʻldi koʻngulga chokiyu til anda paykoning,
Ne tong, bu til ogʻiz birla agar muhlik figʻon etgay.
Qiliching suyini istar qurugʻon naxldek qaddim,
Ajab ermas, qazo oning gulin gar argʻuvon etgay.
Der erdim koʻyini yuy ashk ila el zaxmi qonidin,
Ne bildimkim hamul el rashki-oʻq ashkimni qon etgay.
Natija kuymagu ashkidin oʻzga topmagʻay ulkim,
Bu gulshan shu’lavu dudin gulu sunbul gumon etgay.
Tilar yuz laxt qon etgay nasibin dahr dehqoni,
Qayu bulbulnikim gul xoni uzra mehmon etgay.
Jigargundur Navoiy jismi qon yoshdin, mahaldurkim
Qazo bu nav’ la’l uchun fano togʻini kon etgay.

696

Koʻksumda na’l boʻldi xadanging nishonasi,
Koʻksum uyi erur aning omochxonasi.
Paykonlaringki, til kibi koʻnglumdin urdi bosh,
Goʻyo bir oʻtdur ulki, bulardur zabonasi.
Koʻp soʻz yasadi Layliyu Majnun soʻzida xalq,
Ermas nechukki husnungu ishqim fasonasi.
Deb erdi bir bahona bila seni oʻlturay,
Oʻlturdi, vahki, har dam aning bir bahonasi.
Mehri ruhungda mehrigiyah sabzayi xating,
Goʻyoki xoling oʻldi hamul sabza donasi.
Mugʻ dayri pirining qulimenkim, gʻam etsa qasd,
Aylar xalos bir toʻla jomi mugʻonasi.
Ishqing Navoiy aylar ulusdin nihon, vale
Fosh aylar elga zamzamayi bexudonasi.

697

Sihhatim ozurda jononimda boʻlgʻay koshki,
Dardi oning tinmagʻur jonimda boʻlgʻay koshki.
Notavon koʻrguncha bistarda sinondek qomatin,
Yuz sinon bu chashmi giryonimda boʻlgʻay koshki.
Boʻlgʻucha ashki ravonim seli har yon jilvagar,
Jilva ul sarvi xiromonimda boʻlgʻay koshki.
Ul ayoq ozurda boʻlgʻuncha boʻlub boshim fido,
Zahmati boshtin-ayoq jonimda boʻlgʻay koshki.
Koʻzuma gar kirpigim osiybidin sunmas ayoq,
Barqi ofat bu nayistonimda boʻlgʻay koshki.
Nolam ul oygʻa yetib, jon vaslidin mahrum erur,
Josh dogʻi payvasta afgʻonimda boʻlgʻay koshki.
Ey Navoiy, dema rozisenmu umrung istasa,
Yuz mening umrumcha sultonimda boʻlgʻay koshki.

698

Nechakim, ul oygʻa mendin mehribonroq yoʻq kishi,
Yaxshi to qilsam nazar, mendin yamonroq yoʻq kishi.
Xastalar jonigʻa ul bemor koʻzdin novake
Gar otarsen, bilki, mendin notavonroq yoʻq kishi.
Ohu xunobimni lahnu boda qilmishsen gumon,
Dilrabolar ichra sendin badgumonroq yoʻq kishi.
Ahli ishq ozori jonin istabon tishlar labin,
Mendin ushbu qissada ozurdajonroq yoʻq kishi.
Yor etar ermish vatan bexonumonlar koʻnglini,
Shukr, mendin koʻyida bexonumonroq yoʻq kishi.
Xoslar vasl istagaylar, vahki, men devonadin
Ul pari koʻyida benomunishonroq yoʻq kishi.
Ey Navoiy, xurdayi nazminggʻa isloh istasang,
Shohi Gʻoziydin jahonda xurdadonroq yoʻq kishi

699

Boshimgʻa kosh gohe yetsa raxshin sekretib mohe,
Supursam koʻzlarimgʻa xayfishon ruxsoridin gohe.
Malohat avji birla husn boʻstonida yoʻq ravnaq,
Qani u bogʻ aro sarve, qani ul avj uza mohe?
Dema oxirki yoʻqtur ishq savdosida bir bedil,
Oni koʻrgilki, bormu husn bozorida dilxohe.
Ne tong, afsurdadil boʻlsamki, to husn oʻti oʻchmishtur,
Koʻnguldin dogʻi hargiz chiqmamish bir shu’lalik ohe.
Ne boʻlgʻaykim, bahori husn aro ochilsa bir gulkim,
Tushub bir barqi ishq, oʻrtansam andoqkim bir kohe.
Kirib ishqu muhabbat dashtigʻa, ey kim, yana yonding,
Muhiqdursen, nedinkim tapmading bu yoʻlda hamrohe
Navoiy, bor esang ogah, salomat mulki ham xushtur,
Va lekin rahbaring boʻlsa yoʻli qat’ida ogohe.

700

Sensizin bazm ichra qat-qat qon koʻngul betob edi,
Dam-badam jomi labolab chekkanim xunob edi.
Har muqannad pistakim, bazm ichra erdi jilvagar,
La’lingu ogʻzing xayolidin koʻngul betob edi.
Bazm edi jonbaxsh may birla yorugʻ, vahkim, manga
Zulmat erdikim, hayotim chashmasi noyob edi.
Halqayi bazm elga qaydu,bir musalsal turradin
Chekkali ul bazmdin jonimda yuz qullob edi.
Yetti koʻk javfi toʻla gʻamni azaldin goʻyiyo
Ishq jam’ aylab, mening jonim uchun asrob edi.
Siymgun gʻalton sirishkimdurki, holo boʻldi qon,
Buki el shingarf deydurlar burun siymob edi.
Noʻshi vasl ar yetmasa gʻam yoʻq, Navoiykim, mudom
Hajrdin ahli vafo jomida zahri nob edi,

701

Tilarmen muztar etsa ofati osuda jonimni,
Sovursa ofiyat birla tuzulgan xonumonimni.
Chiqib sarxush, chopib abrash, qilib javlon, olib maydon,
Vujud iqlimidin mahv aylasa nomu nishonimni.
Urub jonimgʻa neshi gʻam, tuzub qatlim uchun marham,
Hino qilsa balo shohidlari ilgiga qonimni.
Firoq ichra alifdek qaddima gʻam togʻini yuklab,
Uhud ostidagi dol etsa jismi notavonimni.
Junun koʻyida usruk sudratib ratbul-lison qilsa,
Fano avboshigʻa dayr ichra bu rozi nihonimni.
Yuzin aylab qaro, keynicha solib ishq atfolin,
Bari mastu malang oʻynatsa aqli xurdadonimni.
Navoiy, ne may erdikim, ichib olamgʻa fosh ettim
Ulustin yoshurun yillar koʻngulda asragʻonimni.

702

Necha kilki taxayyul birla bir surat nigor aylay,
Anga oshiq yasab koʻnglumni umda beqaror aylay?
Necha chirmashturub bir zulf savdosin dimogʻimgʻa,
Uzumni ahli savdodek parishonroʻzgor aylay?
Necha bir sarvdek qomat havosi birla har soat
Jahonda ohu afgʻondin qiyomat oshkor aylay?
Necha bir lolarux dogʻi gʻamin istab tanim uzra,
Qoʻyub yuz dogʻ, ani qonligʻ yoshimdin lolazor aylay?
Necha gʻam dashti ichra bir pari mehrida soyamni
Junundin bir zamon qovub, gahi andin firor aylay?
Necha anjum bila charx ofatidin charxu anjumdek
Havoni ohim oʻtidin toʻla dudi sharor aylay?
Erur bas tiyra shomi ishq, yo rab, husn sham’in yoq,
Ki jon birla koʻngul oʻrtanmagin parvonavor aylay.
Chu hech ish ixtiyori kimsada yoʻqtur, qoʻy, ey zohid,
Ki tarki ixtiyor etmakni men ham ixtiyor aylay.
Navoiy, boda bahri bekoronigʻa meni solgʻil,
Ki gardun bahrining mavji balosidin kanor aylay.

703

Soqiyo, tut bodakim bir lahza oʻzumdin boray,
Shart bukim, har necha tutsang, labolab sipqoray.
Boʻgʻzuma jome quyub, qutqar gadoliqdin meni,
Vah, necha boʻgʻzum chekib, bir jur’a uchun yolboray.
Bir qadah may bersalar, vah, gʻoyati iflosdin,
Necha la’li qiymatiy topqon gadodek oldoray.
Tortay oʻzumni ivaz kim qilsa ehson bir qadah,
Bu bahona birla oʻzlukdiy oʻzumni qutqaray.
Vajhi may jon naqdiyu tan dogʻidur, ey mugʻbacha,
Xilqatim ganjinasin yuz qatla gar xud axtaray.
Jongʻa yettim aql vasvosi bila, tengri uchun,
Soqiyo, jomimda afyun ezki, botroq telbaray.
Eyki, debsen gʻayrdin ayru kelu chek jomi vasl,
Gar bu xilvatda Navoiy mahram ermas, qaytaray.

704

Boʻlgʻay erdi yuz tuman ming ranju mehnat koshki,
Boʻlmagʻay erdi balovu dardi furqat koshki.
Yeldek aylarda havo sayr etgali jismim xasin,
Oʻrtagay erdi urub bir barqi ofat koshki.
Xosiyat chun telbarab sahrogʻa yuzlanmak emish,
Tutmagʻay erdim parilar birla ulfat koshki.
Ofiyat kunjin dedim istay, buzuldim bir yoʻli,
Koʻnglum ichra kechmagay erdi bu niyat koshki.
Yuz gʻarib ahvol bekaslikda har dam bor emish,
Oʻtmagay erdi tilimga lafzi gʻurbat koshki.
Jilva qilgʻuncha tilab tovus yangligʻ ganji zeb,
Chugʻz yangligʻ tutqay erdim kunji uzlat koshki.
Yordin el rashkidin boʻldum judo, boʻlgʻay edi
Iltifotin gʻayr ila koʻrmakka toqat koshki.
Demakim, jon et fido ahbob ila topqach visol,
Ey Navoiy, umr bergay oncha muhlat koshki.

705

Bugun aqshomgʻa tegru menki koʻrmaymen quyoshimni,
Ne tong, toʻksam falakdek kecha tong otquncha yoshimni.
Baliyat toshidin yuz pora boʻlgʻon ham erur xushkim,
Itingga yetmagay zahmat qilurda toʻ’ma boshimni.
Yuzu xoling gʻamidin boʻstonafruz erur jismim,
Ki tutmishdur ichimni tuxmi gʻam xunob toshimni.
Oʻluk jismimni koʻrgan toza qoʻygʻon dogʻlar birla,
Qaro qilgʻon sogʻingʻay zogʻlar gʻavgʻosi loshimni.
Vazifa koʻngluma har kun erur bir dogʻ ishqingdin,
Qanoatdin tuzubmen bir diram birla maoshimni.
Qazo tagʻyir topmas, chunki zoʻru zorligʻ birla
Uzubmen dahr xalqidin urush birla yaroshimni.
Navoiy, degasen gʻam togʻi qozmish teshayi Farhod,
Koʻrub koʻksumdagi tirnogʻ ila qilgʻon xaroshimni.

706

Xushturur gulgun qadah girdinda gulbargi tari,
Xossa bayram avvali boʻlgʻay, dogʻi gul oxiri.
Har varaq bir nomayi ishratdurur fahm aylagil,
Tong yelidin abtar oʻlmasdin burun gul daftari.
Gʻuncha xudi birla gul qalqonigʻa yetti shikast,
Boʻlgʻali paydo sarigʻ savsarning oltun shashpari.
Gul adam shomigʻa yuzlangan uchun zanbaq guli
Bor kumish mash’al dogʻiyu xurdalardur axgari.
Lola qon uzra boʻyolib, oʻt uza anbar qoʻyub,
Bor parixon chiqmogʻon gʻoyib chechaklardur pari.
Nilufar tutmish sipehr lojuvardiy hay’atin,
Jolalar yuzinda andoqkim nujumu axtari.
Oʻksa la’lingni Navoiy sanga xush kelmas, vale
Xushturur gulgun qadah girdinda gulbargi tari.

707

Sevungil, ey koʻngul, oxirki jisming ichra jon keldi,
Quvon, ey joni mahzunkim, hayoti jovidon keldi.
Safardin ul pari yetti, meni mahzunni shod etti,
Koʻnguldin eski gʻam ketti, tan ichra yangi jon keldi.
Xirad, yigʻ bu masofingni, tahammul, qoʻy gazofingni,
Vara’, tark ayla lofingni, ki oshubi jahon keldi.
Damekim andin ayrildim, koʻngulni hamrahi qildim,
Bugun keldi koʻngul, bildim, kim ul nomehribon keldi.
Kelibtur yoshurun ul shah, meni majnun emon ogah,
Pari ermas esa, bas vah, nechuk koʻzdin nihon keldi?!
Falak boqti figʻonimgʻa, ajal rahm etti jonimgʻa,
Xazonligʻ boʻstonimgʻa guli bogʻi jinon keldi.
Mugʻanniy, bir navoye tuz, Navoiy, nagʻmaye koʻrguz,
Ayoqchi, tomsa tut toʻqquz, ki Doroyi jahon keldi.

708

Ne bir subh ul quyosh bazmi aro ichtim toʻla jome,
Ne yottim mast ruxsorim ayogʻigʻa qoʻyub shome.
Ne bir qush hargiz ul gulshan sori yetkurdi paygʻomim,
Ne bir yel hargiz ul guldin manga yetkurdi paygʻome.
Oʻqungdin ming toʻshukluk koʻnglak ichra tolpinur jismim,
Hamul qush mislikim oni muqayyad aylagay dome.
Nechukkim tutmading, ey umr, vayronim aro orom,
Gʻamingdin tutmadi jon ham buzugʻ jismimda orome.
Hamul kundin sarigʻ chehramda gulgun ashkdur, ey shayx,
Ki bir zarbafti gulfomiy kiyib chiqti gulandome.
Yugurdung Ka’bayi maqsad tilab koʻp, lek tinmaysen,
Chiqarsang oʻzlukungning dayridin oʻzni, erur kome.
Navoiy, tongla huru sofiyi kavsardin ortugʻdur,
Bugun ul mugʻbacha ishqida boʻlsang durdioshome.

709

Ikki hamdamkim erur may bazm aro hamdamlari,
Topmasun bizdin malolat xotiri xurramlari.
Oyu kunkim bazm tuzgaylar falak xirgohida,
Zarrayi sargashtadin ne boʻlgʻusidur gʻamlari?
Gul bila nasrinki, chekkak boda nargis jomidin,
Zulm erur voqi’ki, bulbul boʻlmagʻay mahramlari.
Chugʻzdin ram aylasa, ne ayb, durroju tazarv,
Xossa boʻlsa mastliqdin oʻzgacha olamlari.
Ey tabib, oʻlgumdurur, goʻyoki ushbu kechadin
Zaxmlik koʻnglumga oʻqdek |sanchilur marhamlari.
Ey mugʻanniy, boʻlma gʻofilkim, zaboni hol ila
Navha aylaydur mening holimgʻa sozing bamlari.
Kechalar aflok nevchun yosh toʻkar kiyib qaro,
Boʻlmasa miskin Navoiy holigʻa motamlari?

710

Yuz urma har taraf, ey shoʻxu, zor qilma meni,
Qaror tut nafase, beqaror qilma meni.
Koʻzumni sham’i jamoling furugʻi birla yorut,
Tong otqucha kechalar ashkbor qilma meni.
Xudoy uchun yana har sori bexabar borma,
Figʻonu nolada beixtiyor qilma meni.
Tarahhum aylagil, ey ixtiyorsiz nola,
Damo-dam el ichida sharmsor qilma meni.
Hayot ranji, oʻlum yodi sa’b emish, soqiy,
Bu dayr ichinda dame hushyor qilma meni.
Men oʻzga, Vomiqu Farhod oʻzgadur, ey ishq,
Tana’um ahli aro e’tibor qilma meni.
Qayonki borsang, oʻlarmen Navoiy yangligʻ zor,
Yuz urma har taraf, ey shoʻxu, zor qilma meni.

711

Ey, guli sarvi chamanda orazing sharmandasi,
Sarv bu ozodliq birla qadingning bandasi.
Gar oʻgʻurlamaydurur jon naqdini shirin labing,
Bas, nedur soʻrsam tabassum birla shakkar xandasi.
Vaslin ista, ey koʻngul, shoyadki oxir topqasen,
Chun masaldurkim, topar har nimani joʻyandasi.
Aytur ermishsenki, oy bir kamtarin quldur manga,
Koʻrki, yori yetmish oyning toli’i farxandasi.
Toji Kayxusrav bila mulki Sulaymon istamas,
To Navoiy boʻldi ul sultoni olam bandasi.

712

Yoʻqtur anduhu malolat oʻtigʻa xas men kibi,
Bedilu bechoravu bemoru bekas men kibi.
Eyki, Majnun vasfin etting, oʻlmadi yor ollida,
Men qilib yuz jon fido, ul boʻlmagʻay, bas, men kibi.
Dema, parvona kuyar mendekki, soʻz sham’ uzradur,
Ne uchunkim ul dogʻi gʻam shomi kuymas men kibi.
Turki anjumgʻa dedim, husn ichra sen yo ul fuzun,
Dedikim, boʻlgʻay anga yuz banda charkas men kibi.
Qoshlaring yosigʻa qurbon qilgʻali yillar tilab
Topmagʻay bir bu koʻhan toqi muqvvas men kibi.
Eyki, davr ahlin vafosi yoʻq debon ozurdasen,
Oshnoligʻni alardin sen ham et bas men kibi.
Ey Navoiy, ishq oʻtin har kim yorutmogʻ istasa,
Yer yuzinda topmagʻay tutrugʻ uchun xas men kibi.

713

Ey, dudogʻing sharbatida obi hayvon lazzati,
Lazzati boʻlgʻay nasibim boʻlsa la’ling sharbati.
Kechalar hajringda bexudmen, mening holimgʻadur
Sham’ning gah kuymagi, gah nolasi, gah riqqati.
Mehnati hajringda ishim oh ila faryod erur,
Oh, agar faryodima yetmas visoling davlati.
Lablaringning hasrati koʻnglumda boʻlsa, ne ajab,
Shisha birla bodaning bir-biriga koʻptur nisbati.
Orazinggʻa, ey pari, majnun koʻngulning mayli bor,
Telba yangligʻkim, aning oʻt birla boʻlgʻay ulfati.
Umr erur ishq ahligʻa payki nasim, ey bogʻbon,
Basdurur bu muddaogʻa shohid oning sur’ati.
Yuzu xolingdin Navoiyning koʻzidur qon aro
Loladekkim, dogʻi boʻlmish koʻz qarosi hay’ati.

714

Nargisin gul uzrakim bemor etar noz uyqusi,
Misli shoʻxedurki, sust etgay ani yoz uyqusi.
Koʻz ochib behudlugʻumni koʻrmasa, yoʻqtur ajab,
Kim manga baxt uyqusi boʻlmish anga noz uyqusi.
Charxi soyir goʻyiyo oshiqdururkim, kechalar
Bor aning ham men kibi koʻp ashkiyu oz uyqusi.
Bizni daf’ oʻlsun debon solmish oʻzini uyqugʻa,
Zarqdin xoli emastur ul fusunsoz uyqusi.
Har tun aylar istimo’ el qissasin, vahkim, kelur
Menki oʻz holim desam, ul qissapardoz uyqusi.
Ista komil xizmatin gʻaflatni raf’ aylay desang,
Bordur oʻzdin gʻoyib oʻlmoq zumrayi roz uyqusi.
Ey Navoiy, ochma gʻamdin koʻzki, sirrim qildi fosh,
Yaxshiroq bedorliqdin buyla gʻammoz uyqusi.

715

Mening baxtim yuzi gʻam kojidin ul kun qaro boʻldi,
Ki koʻnglum ul koʻzi-qoshi qarogʻa mubtalo boʻldi.
Qutulmish erdi oshiqlik balosidin koʻngul, ketmish
Ul oy koʻyiga, yona anga bilmon ne balo boʻldi?!
Qoshu kirpiklaring koʻnglum uyin qildi kamonxona,
Aliflardin oʻqu har na’l anga bir halqa yo boʻldi.
Buzulgʻon xasta koʻnglumdin oʻqin zinhor chekmangkim,
Ul uyga bu sutun, ul notavongʻa bu aso boʻldi.
Labinggʻa qaysi til birla fido dey xasta jonimni,
Anga jonim fidokim, joni la’linggʻa fido boʻldi.
Ajab muhlik emasmu ishq dashti, ey musulmonlar,
Ki bir moʻrigʻa har kun toʻ'ma ikki ajdaho boʻldi.
Fano istar esang, ich dayr piri ilgidin jome,
Nedinkim xonaqah shayxi ishi zarqu riyo boʻldi.
Vujudim foniy aylab, oldi din bir mugʻbacha, tong yoʻq,
Agar zunnor bogʻlab, maskanim dayri fano boʻldi.
Navoiy, gʻussadin maxlas tilarsen, mastu bexud boʻl,
Ki davron dardu ranjigʻa davo bu boʻldi, to boʻldi.

716

Tanuredur ichim goʻyo qizitqon ishq oʻti oni,
Yopishturgʻon kabob oʻrni anga har dogʻi pinhoni.
Qizil raglar emas koʻz ichrakim, koʻz mardumin gʻamzang
Aningdek neshlar urdiki, oqmish har taraf qoni.
Erur qadding xayoli gah koʻngul, gah koʻzda, goʻyokim,
Budur ul joʻyboru bogʻning sarvi xiromoni.
Tariqi ishq aro koʻnglumdadur har dam gʻami, ul uy
Ajab yoʻl uzradurkim, oʻksumas bir lahza mehmoni.
Gʻamim shomin yorutti qadding ul yuz shu’lasi birla,
Netar kunduzni ulkim, buyladur sham’i shabistoni.
Yana oʻtluq koʻngulda otashin la’ling firoqidin
Qiziq har la’lgun paykon erur bir la’l paykoni.
Xati rayhoni ichra bodayi la’lin xayol aylab,
Uchar har lahza ruhum, soqiyo, tut rohi rayhoniy.
Munungdekkim, yiroqdur Ka’bayi maqsad hamonokim,
Erur manzilgʻa yetmasdin jarasning tinmay afgʻoni.
Navoiy davlati boqiy tilar boʻlsang, yaqin bilkim,
Erur solikka mushkil topmoq oni boʻlmayin foniy.

717

Ey koʻngul, berding ilikdin vaslining davronini,
Bilmading bu nav’ talx ermish gʻami hijronini.
Goʻyiyo Farhod erur togʻ ichrakim, cheksam figʻon,
Ul dogʻi hamdardliqdin teng chekar afgʻonini.
Toʻtiyoyi koʻz tutarmenkim, ketursang, ey nasim,
Koʻrsang ul badmehri chobuk turkning javlonini.
Qoldi koʻnglum senda, lekin asradim, ey qoshi yo,
Xasta koʻnglum oʻrnida xokilaring paykonini.
Ne uchun kiymish qizil toʻn dahr boʻstonida gul,
Gar oqizmoq istamas oshufta bulbul qonini?
Tiyrboroni gʻaming jismimni qildi yerga past,
Vahki, yomgʻur kasrati yiqti gʻaming vayronini.
Ey ajal, tengri uchun ketkim, bihil qilmon sanga,
Qoʻymasangkim, dardi-oʻq olgʻay Navoiy jonini.

718

Necha tiygʻ urdung koʻngulga, tiyra ohi itmadi,
Kimsa oʻttin dud chirkin suv bila oritmadi.
Bosh qoʻyarmen shukrdinkim qilmayin boshimni goʻy,
Chobukum maydongʻa hargiz raxshini sekritmadi.
Xoh tiygʻi javr yo tiygʻi zabon birla raqib
Iltifote qilmadi koʻnglumgakim, ogʻritmadi.
Ayladi yuz qatla suv bir qatla qon koʻnglumnikim
Urmadi bir tiygʻ ani yuz qatla to injitmadi.
Qilmadi mahbus koʻnglum xulbasida gʻamni ishq,
Raxnalarni to malomat toshidin berkitmadi.
Ey xush ul qushkim, tegib jismigʻa har par bir tikan,
El qulogʻin noladin bulbul kibi yolqitmadi.
Bahri ashk ichra Navoiy sobit erdi togʻdek,
Kim esib bir yel, tanining taxtasin qolqitmadi.

719

Ul oyki, mehr ila olamni muhtaram qildi,
Bu telbaga nedin, oyo, nazarni kam qildi?
Yuzum iziga yaqindur, munga dogʻi yuz shukr,
Agarchi yoʻlida gardun qadimni xam qildi.
Nasihat etsa ulus, tezrak boʻlur ishqim,
Bale, itikrak etar oʻtni ulki dam qildi.
Firoq sharhini har kirpigim yozar, goʻyo
Falak mijamni tengiz ichraki qalam qildi.
Ul oy azimat etib yuz gʻamu balo naqdin
Nasibim etti, yomon bormadi, karam qildi.
Sipehr ishqda Majnungʻa yozdi koʻp ta’rif,
Muqobilida zamona meni raqam qildi.
Koʻzumki qon aro boʻldi nihon, ajab ermas,
Ki ayngʻa chu dam oʻldi qarin adam qildi.
Shukufa siym chiqorgʻoch bu gulshan ichra xazon,
Havogʻa bargini sochmoq bila sitam qildi.
Navoiy jismin oʻqung zaxmi etti domi balo,
Visol qushlari andin magarki ram qildi.

720

Mahvashekim, mehridin boʻldum jahon ovorasi,
Rahm etib bir chora qilmas oʻlsa ham bechorasi.
Zaxmlar qilding yana gʻam neshidin, ey bevafo,
Butmish erdi vasl noʻshi birla bagʻrim yorasi.
Bevafolar koʻngli, tong yoʻq, lablaringgʻa boʻlsa sayd,
Qaydakim la’l oʻlsa atrofida boʻlur xorasi.
Yuziga boqqoch, ajab yoʻq koʻzlarimga toʻlsa ashk,
El koʻziga yosh toʻlar qilsa quyosh nazzorasi.
Dardi hajringdin Navoiy koʻngli, koʻksi, bagʻridur
Har biri yuz poravu ming yora har bir porasi.

721

Ahli dil ollinda dildor iltifoti kamligʻi
Oncha sa’b ermaski, har noahl ila hamdamligʻi.
Gar oʻgʻurluq istamas la’ling dogʻi jon naqdidin,
Bas, nedur oʻgʻri kibi payvasta qoshing xamligʻi?
Zulfi torin torta olmas kimsa koʻnglumdinki, bor
Berkrak jon rishtasidin ham aning mahkamligʻi.
Uylakim tun dudini ohim parishon ayladi,
Tong yelidindur muanbar sunbulung darhamligʻi.
Har ne el koʻngliga xurramligʻ, mening koʻnglumgʻa gʻam,
Kim gʻamingdin boʻlmish ul devonaning xurramligʻi.
Soqiyo, may berki, dardim zohir aylay mast oʻlub,
Kim ichim qon ayladi ish sirrining mubhamligʻi.
Gar Navoiy ayladi badmastligʻ, ey piri dayr,
Sen karam kam qilmagʻilkim, koʻptur oning kamligʻi.

722

Qildim ul oy ollida oshiqligʻim izhorini,
Men anga sirrim dedim, bilmon aning asrorini.
Koʻz qarosin hal qilib ul oygʻa yozgʻum nomaye,
Bori bu tazvir ila koʻrgay koʻzum ruxsorini.
Koʻzidin to jongʻa yetmon, la’lidin bermas hayot,
Ul Masih oʻldum deganda tirgizur bemorini.
Hayfdurkim, rishtayi tasbih qilgʻay ahli zuhd
Kufr zulfi ichra oʻlgan xalqning zunnorini.
Orazing davrin chekarda goʻyiyo naqqoshi sun’
Mehr davri birla teng ochmish edi pargorini.
Toʻkma jominkim, balo seli jahonni buzmasun,
Mast koʻrsang, zohido, dayri fano xammorini.
Ey Navoiy, shavqidin oʻlsam, imorat qilgʻasen
Tufrogʻim birla muhabbat koʻyining devorini.

723

Ohkim, ul ganj yod etmas bizing vayronani,
Ul quyosh bir zarra yorutmas buzugʻ koshonani.
Egma qoshin koʻrguzub aylar manga man’i junun,
Yangi oy birla kerak sogʻ egsa bu devonani.
Koʻzuma ul vajhdin dermen yuzung afsonasin,
Kim sevarlar uyqusizlar doimo afsonani.
Oʻzgalar husnidin oʻrtanmonki, gardun har kecha
Yorutur ming sham’u kuydurmas biri parvonani.
Chiqti jonim bodayi la’ling koʻrub, ey mugʻbacha,
Vah, toʻla aylab netarsen qasdima paymonani?
Bilmadikim, avval aylar nafy ranjidin xalos,
Nafy qilgʻon shayx mugʻ koʻyidagi mayxonani.
Ashk yoʻlin tut, Navoiy, xoki poyi birlakim,
Gʻussa bar berur qayonkim sochsam ushbu donani.

724

Har tikan bu gʻunchadek koʻnglumda paykon bogʻladi,
Ey jigar pargolasi, sensiz ichim qon bogʻladi.
Sendin ayrilmoq koʻngulga mumkin ermas to abad,
Chu sening birla azaldin ahdu paymon bogʻladi.
Lablaringning shavqidin har qatra qonkim toʻkti koʻz,
Sovugʻ ohimdin hamul dam la’lu marjoy bogʻladi.
Dedi aqlu fahm oni koʻrgach, shikebi koʻzloli,
Vahki, tun bogʻin yana ul shoʻx chaspon bogʻladi.
Qonidin ul dard bogʻining guli bir paxtakim,
Dogʻima sabr ilgi marham birla har yon bogʻladi.
Sovurub tifli xazon tufrogʻ ila teng qilmagʻon
Qaysi bir guldasta bu bogʻ ichra dehqon bogʻladi?
Ishtiyoqingdin Navoiy oʻldiyu yetmas sanga,
Goʻyiyo bu nav’ oyogʻin bandi hijron bogʻladi.

725

Ne may xushtur manga, ne gul kerakliktur, ne gulzori,
Kerak maydin gul ochqon yorning gulzori ruxsori.
Ne jonimgʻa kerak hayvon suyi, balkim xiromi ham,
Kerak chun ul hayotim gulshanining sarvi raftori.
Junun tumorima zangoru shingarf aylamang zoyi’,
Ki daf’ aylar oni ul la’lu xat shingarfu zangori.
Mening xud roʻzgorim tiyra boʻldi shomi hijrondin,
Qiling subhi visoli shukrii, ey ishq ahli, siz bori.
Ne sud etgay ayogʻimdin tikan chekmaklik, ey mushfiq,
Ki toshlar birla koʻksumga qoqilmish hajr mismori.
Nihoniy yuz yaram bor hajri tiygʻidinki, sharh etsam
Qilur ozurda bir olam elin har birning ozori.
Base sargashtamen gardundin, ey soqiy, qadah bergil
Shafaqgun may toʻla aylab menga gardun namudori.
Qi davron javridin ilkimga olib sipqoray andoq,
Kim anjum qatrasi ham qolmagʻay koʻz tushsa har sori
Aningdek mastligʻ uyqusidin ochqay Navoiy koʻz,
Sabohi hashr ul ham yovar oʻlsa baxti bedori.

726

Ey koʻngul, kelkim, ikov boʻlub nigore koʻzloli,
Sarvqadde istabon, siymin uzore koʻzloli.
Yorligʻ koʻz tutqanimiz koʻzladi chun oʻzga yor,
Bizda ham koʻz bor, borib bir yerda yore koʻzloli.
Chun gʻubori markabidin ravshan aylar el koʻzin,
Telmurub turgʻuncha borib, shahsuvore koʻzloli.
Sayri bogʻu dasht etarbiz ham yana bir yor uchun,
Bogʻ sori koʻz sololi, dasht sori koʻzloli.
Gar aningdek shoʻxi shahroshubi ofat topmasak,
Bir faqiri mehribone, gʻamgusore koʻzloli.
Garchi nopaydo erur maqsud, armon qolmasun,
Xosu om ichra qila olgʻancha bori koʻzloli.
Ey Navoiy, boʻlmogʻung andin bular birla xalos,
Kelki, ham vaslin tilab sabru qarore koʻzloli.

727

Gʻunchadek qon bogʻlanibdur koʻnglum, ey gul xirmani,
Borgʻali koʻz joʻyboridin jamoling gulshani.
Koʻz qarosidin yozay dermen bitik, hayhotkim,
Kuydurur gʻayratki, men mahrumu koʻz koʻrgay ani.
Aql qochti koʻnglum ichra sokin oʻlgʻach dardi ishq,
Moʻr manzilgohi ermas ajdaholar maskani.
Koʻnglum uyida gʻami toriqmasun har zaxmidin,
Marhamin tashlangki, har yondin ochilsun ravzani.
Argʻuvoniy ashk aro savsan masallik lolmen,
To toʻningdur argʻuvoniy, koʻnglagingdur savsaniy.
Har gul ushbu bogʻ aro koʻrsang, tikan osibidin,
Gʻarqayi xunob oʻlub, yuz chok erur pirohani.
Ashk qonida Navoiydur soʻngak jismi bila
Ul muborizkim, qizil jins ichra boʻlgʻay javshani.

728

Haftayedur koʻrmamishmen ul buti cholokni,
Ne ajab, gar oʻrtasa ohim yeti aflokni.
Soldi tiygʻi furqating bagʻrimgʻa andoq chokkim,
Bagʻri boʻlgʻay chok-chok ulkim, koʻrar ul chokni.
Hajr oʻti jismimgʻa ortuqdur, anga bas bir sharar,
Oʻrtamak doʻzax bila, ya’ni ne bir xoshokni?
Otlanibdur mast koʻnglakchan chekib tiygʻi jafo,
To ne oʻt solgʻay jahongʻa, koʻrgil ul bebokni.
Ishq oʻt birla, koʻngul suv birla koʻzni qildi pok,
Pok manzillarda mehmon qilgʻali ul pokni.
Dayr aro davron gʻamidin qochmisham, ey mugʻbacha,
Bir mugʻona jom ila shod ayla bu gʻamnokni.
Boda birla yung Navoiyni xumor etsa halok,
Bogʻlangiz tobuti uzra naxli bargi tokni.

729

Gʻaribliq yana koʻnglumni dardnok etti,
Shikastaliq yana koʻksumni chok-chok etti.
Bu barcha bir soriyu yor holatimni bilib,
Tagʻoful etmagi men xastani halok etti.
Damingni asra, Masihoki, chiqmagʻay gardim,
Bu damki koʻyida jismimni dahr xok etti.
Yuzungga ulki quyosh tobi berdi, yuz ming shukr,
Quyosh kibi meni ham ishqing ichra pok etti.
Xush ul dameki, degaylar fano oʻtigʻa falon
Qadam qoʻyarda ne vahm ayladi, ne bok etti.
Ne may, ne jom, men usruk hamisha, goʻyo ishq
Tanim hadiqasida ranglarimni tok etti.
Navoiyni tila andin burunki, degaylar:
«Adam yoʻlin tutub ul zori benavo ketti».

730

La’lingga bogʻlandi jonim, hajr elindin ol ani,
Zulfungga chirmashti koʻnglum, qilmagʻil pomol ani,
Bogʻladi koʻnglum manga oshiqligʻining tuhmatin,
Shart qildim koʻrgach-oʻq rasvo qilay filhol ani.
Sendin ayru xoʻblardin ochilur koʻnglum, vale
Gʻuncha yangligʻkim ocharlar kuch bila atfol ani.
Ey sabo, bagʻrimgʻa sanchilgʻon tikankim, anglading,
Boʻlsang ul gul birla hamdam qilgʻasen irsol ani.
Ul alifkim, nil ila chekting uzoring yonida,
Husn ichinda birga oʻn qilmish yonida xol ani.
Bu chaman kayfiyatin ozyudayekim qildi fahm,
Oʻn tili savsandek oʻlsa, hayrat aylar lol ani.
Ey Navoiy, deb eding koʻrgach, ani jon topshuray,
Boʻlsa bu davlat muyassar, qilmagʻil ihmol ani.

731

Turfa gulzor aylamish may gullari ruxsorini,
Turfaroq bukim, araq serob etar gulzorini.
Ey koʻngul, har torigʻa yuz jon muqayyaddur, bukim
Yuz gireh birla koʻrarsen zulfining har torini.
Yoqmangiz zaxmimgʻa marhamkim, oʻlarmen qilsa gum
Choklik bagʻrimdin ul oy tiygʻining ozorini.
Bogʻlagʻaylar atridin din ahli kofurliqqa bel,
Yel parishon etsa kufri zulfining zunnorini.
Bumni zogʻ etgay ohim dudi qnlsa oshyon,
Dasht ichinda men boʻlur vayronaning devorini.
Fosh etar koʻnglum sharori, tiyra ohim dudi ham,
Necha dermen qilmayin ishqim oʻti izhorinn.
Gʻam hujumidin ne gʻam, azmi xarobot aylakim,
Qoʻymayin bir jom ila ul xaylning osorini.
Soyir aylarda qadah topsang sabot, ey mugʻbacha,
Aylayin barham falakning sobitu sayyorini.
Anglagʻil, jonoki, koʻyungda Navoiy oʻldi zor,
Topmasang itlar uni ichra figʻoni zorini.

732

Tushda sarvu guldin islab birni, quchtum birini,
Aylagil, ey sarvi gulrux, bu tushum ta’birini.
Angladik oʻtlugʻ yuzi koʻnglum ne yangligʻ qildi suv,
Mum aro kim koʻrmamishdur shu’laning ta’sirini.
Doʻstlar, daf’i jununum gar tilarsiz, bogʻlangiz
Ul pari koʻyida bu devonaning zanjirini.
Suvratingdin ojiz oʻlsa Moniy, ermastur ajab,
Qayda naqqosh aylagay kilki qazo tasvirini?
Vasl ila qilgʻil buzugʻ koʻnglum ilojinkim, qilur
Shoh adl etmak bila vayronalar ta’mirini.
Ishqu may, ey shayx, azaldin sarnavisht ermish manga,
Vah, netib xush koʻrmagaymen tengrining taqdirini?
Ey Navoiy, dersen ul oy ishqini eldin yoshur,
Oti mazkur oʻlsa, naylay holatim tagʻyirini?

733

Qani visolingga bir mendek orzumande,
Visol umidi bila mehnatinggʻa xursande.
Fano mayin ichib ovoraligʻ yoʻlin tuttum,
Nasihat ahli, manga emdi bermangiz pande.
Erur tanimdagʻi yuz dogʻ birla munglugʻ jon,
Gadoki, toʻnigʻa har sori solsa payvande.
Sabab bu erdi ekin xilqatidin Odamning,
Ki boʻlgʻay anga seningdeq xujasta farzande.
Koʻngulni shoʻxlar andoq talashtilar kesishib,
Ki qolmadi meni bedil nasibi parkande.
Chogʻirni oqil esang, la’l deb qizitma dimogʻ,
Ki oʻtni islamadi gul debon xiradmande.
Ajal, Navoiyni qutqaz baloyi xirmondin,
Ki ul zaif bu dard ichra asru emgandi.

734

Oʻtum xud etmadi ul toshbagʻirgʻa ta’sire,
Bu yona oʻtki, topilmas bu ishga tadbire.
Ne turfa surati bordurki, hech surat ila
Qazo musavviri qilmadi buyla tasvire.
Shikoyatim koʻpu qolmas qachon seni koʻrsam
Tanimga tobu tilimga majoli taqrire.
Tushumda obi hayot ichtim, ohkim, kelmas
Koʻngulga la’lini oʻpmakdin oʻzga ta’bire.
Meni muqayyad etar boʻlsang, ochma halqayi zulf,
Ki pashsha qaydigʻa yoʻq ehtiyoji zanjire.
Gul ichra shabnam ila xurdadur suvu dona,
Magarki qaydigʻa bulbulnung etti tazvire.
Navoiy yordin ar zulm erurki, lutfcha bor,
Sen etmasang kerak oʻz qullugʻungda taqsire.

735

Jonim chiqadur, hajr ila jonon kerak erdi,
Koʻnglum kuyadur, dard ila darmon kerak erdi.
Gʻam shomida parvona sifatkim kuyadurmen,
Boshim uza ul sham’i shabiston kerak erdi.
Koʻz bogʻida yuz gul ochadur ishq, va lekin
Yuzu xatidin lolavu rayhon kerak erdi.
Xush keldi hazin koʻnglum aro gʻamzalaringkim,
Oh oʻqlarigʻa bir necha paykon kerak erdi.
Qabrimgʻa xirom ettingu yoʻq tuhfaye, vahkim,
Bu xas kibi jism ichra bugun jon kerak erdi.
Xush ziynati koʻp nomadurur umr, va lekin
Tavqiyi vafodin anga unvon kerak erdi.
Bilmay seni ul gul qovar, ey zor Navoiy,
Sendek anga bir bulbulu nolon kerak erdi.

736

Boʻldi iyd, ul turki chobuk azmi maydon qilgʻusi,
Vahki, el bexudlugʻi jonimni qurbon qilgʻusi.
Barqi ofat boʻlgʻusi har shu’layekim ayrilur
Markabi tuynogʻidin, ul damki javlon qilgʻusi.
Oʻq hunilab, oʻt-yolindek har tarafkim qoʻysa yuz,
Yuz koʻngulni kuydurub, voz jonni vayron qilgʻusi.
Oshkoro jon olib har yon qilur mashgʻul oʻzin,
Elni bilmas deb yigit oʻzini nodon qilgʻusi.
Sham’ emas, koʻz ochtilar nazzoragʻa ahli qubur,
Kim ul oy iyd oqshomi sayri xiyobon qilgʻusi.
Subh maydon azmi qilgʻoch, vahki, yoʻq yolgʻuz meni
Olam ahlin iydi ruxsorygʻa hayron qilgʻusi.
Iydgoh ahli hujumi birla, ey shah, qilma kibr,
Kim falak bu jam’ni holi parishon qilgʻusi.
Ey Navoiy, rashkdin oʻldumki, ul qotil bugun
Har taraf bu shakl ila yuzlansa yuz, qon qilgʻusi.

737

Mushki tardur sabzayi xatting, yuzung gul xirmani,
Ravza naxli qomating, koʻyung latofat gulshani.
Zinhor ayt, ey sabo, koʻnglumgakim, ul dilrabo
Boʻlsa nogah qay sari moyil, sogʻindurgʻay mani.
Yoʻq ajab, gar jomi hajring vahmidin toʻksam sirishk,
Zahrdin vahm aylar ulkim podshahdur dushmani.
Yoshu qon ermas iki koʻzumda, balkim hajru dard
Qildi birin la’l koni, birni inju maxzani.
Dardi hajringdin Navoiy yuzi oltun, ashki dur,
Har kishi sening gadoyingdur, erur mundoq gʻani.

738

Ey, hayotim naqdi la’li xurdadoning sadqasi,
Javhari jonim aqiqi durfishoning sadqasi.
Koʻzlarimning mardumi xolin savodigʻa fido,
Bogʻu umrum gulbuni sarvi ravoning sadqasi.
Koʻzlaring gar notavondur, sadqa vojibdur anga,
Yuz meningdek notavon bnr notavoning sadqasi.
Qomatu qoshing alif-nunikim ul husn onidur,
Har malohat ahlikim bor, boʻlsun oning sadqasi.
Qulni boshtin evurub ozod etarlar, vah, meni
Boshqa evur, lek ozod etma, joning sadqasi.
Tingʻasen sargashtalikdin, ey koʻngul, gar boʻlgʻasen
Mehribonligʻ bogʻida nomehriboning sadqasi.
Boʻlur ul gul sadqasi holimni arz etmish sabo,
Ey Navoiy, boʻlsa yuz jonim, saboning sadqasi.

739

Togʻ aro Farhodu har yon surma qilgʻon toshni,
Koʻzga chekkan, ne ajab, yuz mil, oqizmoq yoshni.
Ahli ishq ul koʻy aro sargashta jodu koʻzlaring,
Sehr ila goʻyo bu nav’ aylandururlar boshni.
Koʻkta har oy bir hilol, ul mashqdurkim, kilki sun’
Aylamish sizgʻonda ul ikki muqavvas qoshni.
Ey sabo, ushshoq naqdi jonlarin yetkur yigʻib,
Qayda topsang ul muqammirpeshayi qalloshni.
Keldi Chin naqqoshi ul yuz naqshini qilmoqqa tarh,
Chehra ochib, naqshi devor aylading naqqoshni.
Kimni mendek xonaqahdin surdilar ahli saloh,
Mugʻtanam tutdik fano dayri aro avboshni.
La’lini kavsar mayigʻa garchi tashbih aylading,
Ey Navoiy, bordurur bu mayda oʻzga choshni.

746

Yor ila bir xilvat istarmenki, agʻyor oʻlmagʻay,
Balki ul xilvatning atrofida dayyor oʻlmagʻay,
Eldin andoq yoshurun istarmen ul xilvatnikim,
Koʻnglum andin voqifu joyim xabardor oʻlmagʻay.
Koʻzga koʻnglum dardidin yigʻlargʻa imkon qolmagʻay,
Tilga dardim sharhini aylarga guftor oʻlmagʻay.
Yor budi ichra nobud oʻlgʻamenkim, oʻrtada
Oʻzgalikdin demakim, oʻzlukni osor oʻlmagʻay.
Buki, derlar bordurur devor keynida quloq,
Ul fazo davrida koʻz yetguncha devor oʻlmagʻay.
Maxfiy asrorimgʻa boʻlgʻay yor lafzidin ado,
Yordin ayru va lekin sohib asror oʻlmagʻay.
Ey Navoiy, qilma har yor ollida sirringni fosh,
Bormudur imkonikim ul yorgʻa yor oʻlmagʻay?

741

Ogʻiz ichra tilingdek gʻunchada gulbargi tar boʻlgʻay,
Vale bu shart ilakim bargi gul ichra shakar boʻlgʻay.
Qadinggʻa sarvi ra’no oʻxshagʻay, lek ul zamonkim sarv
Xiromon boʻlgʻayu gul bergay, ul guldin samar boʻlgʻay.
Yuzung davrigʻa oy davrini tashbih etkamen, vaqte,
Ki anda xol ila xat fitnayi davri qamar boʻlgʻay.
Koʻzungga oʻxshagʻay nargis, agar qiymoch oʻlub oqi,
Mudavvar asfari ichra qaroligʻdin asar boʻlgʻay.
Xatinggʻa qadr shomi oʻxshagʻay bu shart birlakim,
Tajallo nuridin ul shom arosinda sahar boʻlgʻay.
Chu minsang ashhabing ul dam quyosh bulgʻay sanga monand,
Ki bersa koʻkboʻzin javlon jahon zeru zabar boʻlgʻay.
Manga ishqingda Majnun birla Farhod oʻxshagʻay ul chogʻ,
Ki bu boʻlgʻay jahon rasvosi, ul mundin batar boʻlgʻay
Xabardor oni bilgil, ey koʻngul, bu davr javridin
Kim ul tun-kun xarobot ichra mastu bexabar boʻlgʻay
Dedim, nazm ahlining sarxayli kim boʻlgʻay, dedi hotif:
Navoiy boʻlgay, ulkim sen tilaydursan agar boʻlgʻay.

742

Yana balo choqinin ishq telba jonima urdi,
Fano quyuni yetibon kulumni koʻkka sovurdi.
Magarki, men kibi eldin qocharni ayladi varzish,
Kiyiklar ichraki Majnun tamomi umr yugurdi.
Men archi koʻyida oʻldum, qovungki, telbarar oxir
Churuk soʻngakni tanimdin uzub ne itki koʻmurdi.
Gʻaming qoʻyub tugan uzra tugan, bu makr ila koʻrkim,
Tanimda har tugan ichra necha tuganni yoshurdi.
Koʻngulda gar oʻqung itmish, yana bir oʻq dogʻi otkim,
Bu nav’ topsa boʻlur har kishiki, bir oʻq iturdi.
Dam urmavu qadah ichgilki, telba boʻlmasa voiz,
Nedin edi urunub, qichqiribki ogʻiz koʻpurdi?
Firoq dogʻigʻa mash’al fatilasi keturungkim,
Navoiy ogʻzini chun kupka qoʻydi, pok sumurdi.

743

Labing takallum etib, soʻzda lol qildi meni,
Ochildi zulfungu oshuftahol qildi meni.
Yuzi koʻrundi, oching emdi zulfi silsilasin,
Ki ul pari yana majnunmisol qildi meni.
Ayogʻin oʻpgali boshim yoʻligʻa yetkurdum,
Figʻonki, zulfi kibi poymol qildi meni.
Qoshi xayolida payvasta baski chektim ranj,
Falak bu gʻamda nechukkim hilol qildi meni.
Beli gʻamida xayol oʻldum ohu afgʻondin,
Bu moʻya moʻy etib, ul nola nol qildi meni.
Kup ogʻzima quyu qoʻy adl jomin, ey mugʻkim,
Qazo bu shevada bei’tidol qildi menn.
Navoiy, anglaki, jurmumcha yuz umidam bor,
Faqiri zohid oʻzidek xayol qildi meni.

744

Xarob aylading, ey ishq, xonumonimni,
Tasavvur aylaki oʻldum, bagʻishla jonimni.
Magarki, ishq malomat oʻtin yorutmoq uchun
Qurutti uylaki xas jismi notavonimni.
Bu turfa koʻrki, fuzun boʻldi la’lgun ashkim,
Agarchi shu’layi ishqing qurutti qonimni.
Figʻonki, oʻldumu koʻyida xalq gʻavgʻosi
Aning qulogʻigʻa yetkurmadi figʻonimni.
Bugun tanimgʻa nishon ul hayotdnn kelibon,
Ki tongla topmagʻasen istabon nishonimni.
Chu ishq oyatida savtu harf yoʻl topmas,
Kamoli ishq iturmish magar bayonimni.

745

Ey quyosh, nevchun qoshingdin soyadek surdung meni,
Ravshan aylab jumlayi olamni, kuydurdung meni.
Kuydurub, ey ishq oʻti, gardungʻa sovurdung kulum,
Poyada oxir bu yangligʻ koʻkka yetkurdung meni.
Hajr oʻti tobi yana behol qildi, nechakim,
Ey nasimi vasl, oʻz holimgʻa kelturdung meni.
Ishq man’ida soʻzung chun hashv edi, boʻldum xamush,
Qilma, ey voiz, gumonkim yoʻldin ozgʻurdung meni.
Nayladim, ey ishqkim, boʻldum oʻlum mustavjibi,
Kim bu yangligʻ hajr jalldigʻa topshurdung meni?!
Vasling etting va’da ammo hajringga qilding asir,
Koʻkka chekting, lek yerga oqibat urdung meni.
Ey Navoiy, vasl agar roʻziy emastur chora yoʻq,
Qilmading deb sa’y bas, ne ishga yozgʻurdung meni?!

746

Dedimki, koʻzga chekay gardi rahnavardingni,
Figʻonki, topmadi koʻz toʻtiyogʻa gardingni.
Magar zamona koʻzi surma istar erkandur,
Ki gard qolmadi surganda rahnavardingni.
Firoqu orzuvu shavq har biri bir dard,
Desamki, darding etay sharh, qaysi dardingni?
Safarda yomgʻuru yel boʻlmasun muzohim anga,
Koʻz, asra ashku, koʻngul, chekma ohi sardingni.
Toʻshab samandigʻa farsh, ey zamona, oʻtkarding
Sipehru axtaridin sabza birla vardingni.
Koʻk ablaqin igorib, ey quyosh, sinon tortib,
Magar bu zarragʻa qilding ayon nabardingni.
Navoiy, emdi nishot avji tutki, gardishi charx
Keturdi mohi falak sayri tezgardingni.

747

Qoʻzgʻadi ohim soʻngak birla tani gʻamnokni,
Yel sovurdi bir ovuch tufrogʻ ila xoshokni.
Demagil sihhat soʻzinkim, koʻksum uzra tigʻi ishq
Aylar ikki chok tikmasdin burun bir chokni.
Buki olamgʻa havodis tushti, goʻyo qoʻzgʻamish
Ul huyosh hajrida ohim anjumu aflokni.
Men xud ettim azmi masjid, ey musulmonlar, valek
Bok emas gar koʻrmasam ul kofiri bebokni.
Qildi chun hijron meni nobud, tutma jomi vasl,
Zahr chun oʻlturdi, zoyi’ qilmagʻil taryokni.
Qaddidin ogʻzimda hayrat barmogʻidur, zohido,
Oʻtgʻa sol emdi aso, boshinggʻa ur misvokni.
Gʻayri lof ermas Navoiy pokravliqdin hadis,
Topmayin bir gʻayr naqshidin zamiri pokni.

748

Soʻrmangiz ashkim suyinkim muttasilmu kelgusi,
To koʻngul ishq oʻtidin kuygusi – ul su kelgusi.
Zulfungga yetgach koʻngul bexud yiqildi atridin,
Bilmadim ul shomgʻa kirganga uyqu kelgusi.
Tiyra boʻldi lam’ayi paykoning oʻtgandin koʻngul,
Chun quyosh borgʻusi olamdin, qoroygʻu kelgusi.
Haddin oʻtti orazim, koʻrgach labing xandonligʻi,
Bilmadim bu za’farondin muncha kulgu kelgusi.
Chiqti koʻnglumdin havosu aql ishqing olligʻa,
Qoʻysa yuz mulkiga shohi, xalq oʻtru kelgusi.
Soqiyo, tut mayki, oʻzluk naqshidin boʻlgʻum xalos,
Har qachon ilgimga ul raxshanda koʻzgu kelgusi.
Ey Navoiy, oʻlma har dam ul musofir yor uchun,
Gʻam yema, shah yongʻusidur, tongla oʻrdu kelgusi.

749

Ishqing ichra koʻksuma oncha junun toshin uray,
Kim xiradning shavkatin, taqvo shukuhin sinduray.
Qilsa tavsanliq koʻngul, tortib junun zanjirigʻa,
Hajr zindonida ishqing shahnasigʻa topshuray.
Ul pari koʻzdin chu maxfiydur hamisha, vah, necha
Istab oni topmasa, majnun koʻngulni yozgʻuray.
Gʻam tuni anjum koʻzi yangligʻ yumulmas koʻz bila,
Vah, necha gohi yuruy, gohi turay, goh oʻlturay.
Chun ne taqdir oʻlsa, tagʻyir oʻlmas ermish sa’y ila,
Qaygʻu qismim boʻldi deb ortuqsi nevchun qaygʻuray?
Ul quyoshqa zarraye ta’sir chun yoʻqtur, ne sud
Gar toʻquz aflokni ohim oʻtidin kuyduray.
Ey Navoiy, istasam oʻlmak, ne gʻam el ta’nidin,
Bori men har nav’ etib, jonongʻa jonni yetkuray.

750

Ey koʻngul, kelkim, balo bazmida jomi gʻam tutay,
Oʻz qatiq holimgʻa oʻlmasdin burun motam tutay.
Yigʻlabon boshimgʻa ohim dudidin chirmab qaro,
Motamim el soʻngra tutquncha, oʻzum bu dam tutay.
Olam ahligʻa necha qildim vafo, koʻrdum jafo,
Ey koʻngul, kelgilki, tarki jumlayi olam tutay.
Emdikim, ishrat surudidin ochilmang, ey koʻngul,
Navha ohangin tuzub, bir dam seni xurram tutay.
Mastliqdin oʻzga yoʻq dardim iloji, soqiyo,
May keturkim, ham ichay bir lahza oni, ham tutay.
Qoʻygʻil, ey nosihki, mugʻ dayrida oʻz ahvolima,
Masti loya’qil yoqam yirtib, surudi gʻam tutay.
Chun jahon birla jahon ahligʻa yoʻq ermish baqo,
Ey Navoiy, men fano sarrishtasin mahkam tutay.

751

Bir pari paykar gʻami oshuftahol etmish meni,
Elga ahvolim demakdin gungu lol etmish meni.
Men havoyiyni, ne tong, koʻrguzsalar bir-birgakim,
Egma qoshing fikri andoqkim hilol etmish meni.
Oshkor etsam edim ishqin, vale oʻtgan kecha
Boda zoʻr aylab, yigʻi bei’tidol etmish meni.
Yor koʻyi ichrakim tufrogʻ ila teng boʻlmisham,
Ishq gʻavgʻosi bu yangligʻ poymol etmish meni.
To tanimgʻa oʻt tutashmish, barqdekdur hay’atim,
Furqating to za’fdin andoqki nol etmish meni.
Oʻt solurmen oh ila olamgʻa, men kim – zuhd kim?
Zohidi afsurda, oyo, ne xayol etmish meni?!
Dasht vahshigʻa anis oʻlsam Navoiydek, ne tong.
Ul pari savdosi chun Majnunmisol etmish meni.

752

Olsa jonimni labing davron toʻkub qon yoshini,
Tong emas, ul yosh ila la’l etsa qabrim toshini.
Fitna ta’lim etmasa qoshing sanga bedod uchun,
Xam boʻlub nevchun qulogʻinggʻa keturmish boshini?
Koʻz tutar erdim qalam kirpiklarimdin bogʻla deb,
Gar azalda koʻrsam erdi surating naqqoshini.
Mayl etar koʻnglum qushi jon pardasin qilgʻay qanot,
Koʻrgali har kecha mahram koʻyining xuffoshini.
Oshiq oʻldi kimga may berding, magar, ey mugʻbacha,
Ishq oʻti birla pishurmishlar piyolang doshini?
Shayxu ahli xonaqah, tengri tuta bersun manga
Haq yoʻlin koʻrguzgali dayri fano avboshini.
Jon qushi qasdigʻa sogʻingʻay guruha birla yoy,
Ey Navoiy, kimki koʻrsa xoli birla qoshini.

753

Zaxmigʻa marham yoqib, gʻamgin koʻngul shod oʻlmadi,
Raxnagʻa balchigʻ suvab, vayronim obod oʻlmadi.
Ul muvallah charxe gar sovurdi aqlim xirmanin,
Bu quyundin qaysi bir xirmanki barbod oʻlmadi.
Ahli ishq ar men kibi majnun emaslar, ey rafiq,
Ondin erkinkim, alar yori parizod oʻlmadi.
Ey ajal, qatl etmak ol ul gʻamzadin ta’limkim,
Qilmogʻon shogirdligʻ hech ishta ustod oʻlmadi.
Koʻnglidin boʻlmas muhabbat javharin qilmoq tama’.
Har nechakim yumshasa, bir yoʻli poʻlod oʻlmadi.
Zohidi nodon gʻamim oshubidin har dam kular,
Xurram ulkim, ishq atvorida mu’tod oʻlmadi.
Ey Navoiy, oʻlsam ul tarso uchun, ayb etmakim,
Dayr piridin manga juz bu fan irshod oʻlmadi.

754

Ey koʻngul, qoʻygʻilki, mundin soʻng gadoligʻ fan qilay
Koʻyida bu fan bila bir yoʻl boshin maskan qilay.
Gah bu ishratdinki ul koʻy ichradurmen, shod oʻlay,
Gah bu mehnatdinki andin ayrumen, shevan qilay.
Aylamakdin tangʻa anduhu balo toshin hisor,
Jonima xayru salomat xaylini dushman qilay.
Ul yuzu qomat kerak, vah, oʻzni kuch birla necha
Moyili gul aylayin yo volayi savsan qilay?
Yoshurun gʻam soldi ravzanlar koʻngulga, ey rafiq,
Qoʻyki, men ham oh ila gardunni yuz ravshan qilay
Soqiyo, koʻz birla koʻnglumni qaro qilmish xumor,
Qelki, bu uylarni may hurshididin ravshan qilay.
Gar Navoiy mast agar maxmur oʻtar bu dayrdin,
Bodapolodin kafan, mugʻ dayridin madfan qilay.

755

Koʻnglumga shoʻr soldi birovning malohati,
Vahkim, ajab tuz oʻldi yana zaxmim ofati.
Ter qatrasin yuzida koʻrub ishqim oʻldi tez,
Afzun bu suvdin oʻldi oʻtumning harorati,
Oʻynatti qoshu, ohkim, ul dos noʻgidin
Bagʻrimning oʻldi toza oʻngalgʻon jarohati.
Sekritti raxshu kuydi koʻngulning ul oʻt bila
Jon mazra’ida xirmani oromu toqati.
Koʻnglum soʻrargʻa keldi, vale oldi jonni ham,
Mundogʻ boʻlurmu dilshudalarning iyodati?
Sharbati visol yo may emish qaysi xastaning
Kim ishq anduhidin oʻlubtur malolati.
Maygʻa Navoiy etti koʻngul shishasini zarf,
Bu boʻldi rindliq aro oning zarofati.

756

Boʻlsa koʻyung tufrogʻi za’f ichra jismim bistari,
Soʻzi jismimdin aning rangi boʻlur xokistari.
Uyladur za’fimki, odam qilmagʻay erdi gumon,
Gar yoʻluqsa erdi Majnungʻa vujudum paykari.
Dema, ashkim jolasin gʻam shomi durri shabcharogʻ,
Kim erur ayni malolatdin nuhusat axtari.
Dasht aro el anglamas devonadurmen, yoʻqsa dev,
Uylakim bilmon senikim – odamiysen yo pari?
Orazing uzra erur xay kasrati daryoyi lutf,
Nildin xoling latofat bahrining nilufari.
Gulshani davrongʻa moyil boʻlma ziyrak qush esang,
Kim tikan toriy qilur har toza gulbargi tari.
Sabzayi xatting xayoli birla savdo dashtidin
Gar Navoiy chiqsa, tong yoʻq, Xizr erdi rahbari.

757

Qilsa kul jismimni oʻrtab otashin oraz guli,
Har ovuch kul dahr boʻstonida boʻlgʻay bulbule.
Xattu ruxsorin tilab gʻam shomi cheksam oʻtlugʻ oh,
Har sharardin koʻk shabistonida ochilgʻay gule.
Zulfi savdosida oʻlsam, tortqay qabrimda bosh
Har giyahdin xoʻshaye, har xoʻsha boʻlgʻay sunbule.
Tushda ayshim subhigʻa kirdi balo shomi, magar
Qasdima shoʻxe uzori uzra ochmish kokule?
La’li ruhafzosini koʻrsun biravkim, koʻrmamish
Ruhoshom aylabon sarmast boʻlgʻudek mule.
May nihon ichsam kerak ogʻzim qoʻyub kup ogʻzigʻa,
Kim tugatsam chiqmagʻay andin sadoyi gʻulgʻule.
Ey Navoiy, istasang boʻlmoq zamiring lavhi pok,
May suyin kelturkim, oni gʻayr naqshidin yu(v)li.

758

Orazing zar huqqalardin, ey malohat mash’ali,
Mushafedur lojuvardu oltun oning jadvali,
Turfa oyedur uzoring, koʻk anga moviy libos,
Anjum oning tanga-tanga bosma qilgʻon zarhali.
Har nafas ortar jamolingning safosi koʻzgudin,
Koʻzguning andoqki kuldin boʻlgʻay afzun sayqali.
Bir paridur lolazor ichra sarigʻ gullar aro,
Yo ul oy ustidadur zarbaft gulgun maxmali.
Husni atrofida, ey mashshota, har yon qoʻyma xol,
Kim Xoʻtan mulkida hindularning oʻlmas madxali.
Nav arusi dahr aqdin istama koʻpkim, arus
Oxiri ifrit oʻlur garchi paridur azvali.
Ey Navoiy, voʻsma birla kesmadin topqan firib,
Gar malakdurkim, boʻlur shaytonsifatlar mahzali.

759

Kamand uchigʻa yetkurmas gʻamu andisha ayyori,
Biyik chekmish magar mayxona tomin sun’ me’mori.
Xumorim za’fida kahgil isi to yetti mast oʻldum,
Suvalmishdur magar may loyidin mayxona devori.
Toʻla kup ogʻzi may xurshididur, goʻyo teng ochilmish
Chekarda bu iki xurshid davrin sun’ pargori.
May ichmish xonaqah shayxi, xarobat ahli aysh aylang,
Ki chiqmish bahya urgʻon xirqasidin mablagʻi kori.
Quyosh aksimudur hayvon suyida yo koʻrunmishdur
Ravonoso may ichra soqiyi gulchehra ruxsori?
Koʻrungan mosivalloh bud emas, balkim namudidur,
May ustida hubobu mavj shaklining namudori.
Hubobu mavj may tahrikidin zohir boʻlur, lekin
Sukun topqach vujudi maydin oʻzga qaydadur bori.
Fano dayrin koʻngul istarki, bir-bir piri dayr elga
Tutarda boda shoyad jur’aye sungʻay bizing sori.
Navosidin fano chun hosil oʻldi qilgʻasen, ey ishq,
Navoiy rishtayi jonin mugʻanniy udining tori.

760

Emas bogʻ ichra sorigʻ lola zanbaq, bilki, har sori
Yangi dogʻ oʻrtab ul gul ishqidin sorgʻordi ruxsori.
Bu humrat birla ermas otashin gul oq gul erdikim,
Yuzung barqidin oʻt tushti angakim boʻldi gulnoriy.
Qading ollida boʻlgʻon jilvagar oq savsan anglakim,
Koʻk etti barcha a’zosin sabo kojining ozori.
Shajar yafrogʻlari oʻqdek qadingning hajrida bordur
Boshoqlarkim, chaman ashki namidin chiqti zangori.
Dema, kunduz qarongʻu tun edi, chun pardadin chiqting,
Jahonni qildi kunduzdek yuzung mehrining anvori
Desamkim, haqdurur mavjudu ashyo har nedur nobud.
Hubobu mavji bahr uzra erur oning namudori.
Navoiyning aqiq ashki oq erdiki, tutmish rang,
Suhayli orazing goʻyoki qilmish lam’a izhori.

761

Koʻngul, oʻt berki, bir oy hajridin koʻksumga dogʻ oʻrtai,
Fatila chirmab oy davricha, solib anda yogʻ oʻrtay.
Emas mushkin gʻazolim multafit, men uylakim lola,
Necha bagʻrimni qon aylay, necha koʻnglumga dogʻ oʻrtay.
Aningdek tiyradur shomi gʻamimkim, boʻlmagʻay ravshan
Agar xurshid sham’i yangligʻ anda yuz charogʻ oʻrtay.
Qoching, Farhodu Majnun, ishq oʻti lofidin urmay dam,
Ki hijron soʻzidin bir oh tortib, dashtu togʻ oʻrtay.
Emastur ul quyosh hargiz yorutmoq kulbam, ey gardun,
Oʻzumni sham’dek har tun necha boshtin-ayogʻ oʻrtay.
Meni doʻzax sari boshlangki, tashlab sarnigun oʻzni,
Bu yangligʻ hajr oʻti bedodidin istab farogʻ oʻrtay.
Necha ul shoʻx elga noʻshxandu loba qilmoqdin
Yigʻimni hoy-hoy aylay, ichimni logʻ-logʻ oʻrtay.
Bu gulshan gullarida chunki yoʻq boʻyi vafo, nevchuy
Tilab oni, tamanno oʻtidin har dam dimogʻ oʻrtay?
Zamon ahli vafosiz debki qildim dostonlar sabt,
Navoiy, bir kishida gar vafo topsang, soʻrogʻ oʻrtay.

762

Donayi xoli uzra koʻr sabzayi xat nishonasi,
Donayi xol emas, erur mehrigiyoh donasi.
Oʻrtanurumni ishqida bilmagan, et nazzorakim,
Tildur oning bayonigʻa koʻnglum oʻti zabonasi.
Qatlima bas bahonakim qildi, bahona qolmamish,
Emdi bahona uzrini qoʻlmoq erur bahonasi.
Tiyra firoq tunlari sharhini ayt, demakim,
Ming kecha deb tuganmagay bir kechaning fasonasi.
Istama ishq bahrining sohilin, eyki gʻarqasen,
Bir-biriga yetishti chun toʻsh-toʻshidin karonasi.
Tavsan edi koʻngul mayi ishqini tortqon zamon,
Koʻrki, ne rom etibdurur emdi oni zamonasi.
Boshimu dayr pirining dargahi chun tushubturur,
Vahmi taaqqul aylamas vaz’ ila korxonasi.
Fikri bu korxonaning qilgʻay edi halok agar,
Boʻlmasa aql zoyili jomi mayi mugʻonasi.
Baski Navoiy ayladi dard surudida navo,
Ahli tarabni yigʻlatur majlisining taronasi.

763

Sahar kuyar gʻami hajringda xasta jism xasi,
Magar oʻtumni qilur tez subhnung nafasi.
Koʻngulga oncha xadanging tikildi har yondin,
Ki boʻldi xasta koʻngul andalibining qafasi.
Koʻngulki tolpinadur tanda, koʻyung istaydur,
Qafasda sekresa qush, uchmoq oʻlgʻusi havasi.
Ul oygʻa yetmasa qoʻl oʻtlugʻ oh ila, ne ajab,
Chinor kuysa, boʻlurmu quyoshqa dastrasi?
Ne rind oʻlsa soching kufrida yetar zunnor,
Jahon yuzidagi din ahligʻa aning marasi.
Talab yoʻlidagʻi ovoralargʻa mujda dengiz,
Ki yoʻlgʻa hodiy erur doʻst mahmili jarasi.
Figʻonki, xastalarin ul Masih tirguzubon,
Vale Navoyiyi dilxastani unutti base.

764

Ishq ahli goʻristonida qabrim chu zohir boʻlgʻusi,
Farhod oning toshin yoʻnub, Majnun mujovir boʻlgʻusi.
Dersen, yuzum sori koʻzung koʻp boqmasun, gar yuz budur,
Ul mehr tobidin erib oqquncha nozir boʻlgʻusi.
Gʻamzangdin oʻlturmak ishin ta’lim ola kelmish ajal,
Bu nav’ ustod oʻlsa, ul oz chogʻda mohir boʻlgʻusi.
Xatti gʻuborin demakim, boʻlgʻusi ul yuz moni’i,
Tun pardasi oy nurigʻa ne nav’ sotir boʻlgʻusi?
Ul gʻamza kufridnn koʻngul nav’i kelur islomgʻa,
Kim tarki islom aylabon goʻyoki kofir boʻlgʻusi.
Boʻlgʻusi mutlaq shu’lalar ichra samandar sayridek,
Sensiz koʻngul gulzor aro ul damki soyir boʻlgʻusi.
Koʻnglumdagi har neshdin gar boʻlsa bir til, har biri
Yuz til bila oʻz holining sharhida qosir boʻlgʻusi.
Xotirni jam’ istar esang, avval xavotir daf’in et,
Kimda xavotir boʻlmasa, osudaxotir boʻlgʻusi.
Qildi Navoiy qaddingga sarvi sihi tashbihini,
Bu tab’i nomavzun ila bechora shoir boʻlgʻusi.

765

Butmadi gulshan tavofi birla bagʻrim yorasi,
Bermadi oʻtumgʻa taskin sarvu gul nazzorasi.
Bir zamone sarvu bir dam gulga koʻp qildim nazar,
Boʻlmadi ul sarvi gulrux furqatining chorasi.
Gul bila sarv istabon gulshan sari mayl aylamas
Dashtdin ul sarvi gulruxsoraning ovorasi.
Qaddi hajrida har ohim dud sarvedur baland,
Yuzidin ayru guledur koʻkragim har porasi.
Sarvu gul maftuni boʻlmakim, nigoru zeb uchun
Sindurub har dam uzar oni falak makkorasi.
Sarv oʻqdur, gul tikan bogʻ ichra to koʻz ollidin
Borgʻali ul sarvi gulruxning qadu ruxsorasi.
Ey Navoiy, sarvu guldin kechki, qaddu yuzidin
Bor emish yuz yilchiliq yoʻl sarv ila gul orasi.

766

Lab uza xatti anbaroludi
Otashin la’lining erur dudi.
Dardu sabrin nisoring etti koʻngul,
Kim bular erdi budu nobudi.
Jon berib, koʻnglum oldi naqdi gʻaming,
Ahli savdoning ushbudur sudi.
Gar oʻqung jongʻa qasd qildi, ne bok,
Ki oning bu-oʻq erdi maqsudi.
Tanu jon rishtasi gʻaminggʻa libos,
Bu biri tori, ul biri pudi.
Tengdurur dahrgʻa vujudu adam,
Balki ma’dum barcha mavjudi.
Gar Navoiy, koʻzi oqardi, ne tong,
Ashk oning qarosini yudi.

767

Gʻam chekar jismu koʻngulni kulbayi ahzon sari.
Xasgʻa oʻt solib gado eltur kibi vayron sari.
Dirz qalqoni, duo dir’i nedur, ey porso,
Chun balo toshi yogʻar men telbayi uryon sari.
Yor istar hajru ayni vasl erurkim, koʻngluma
Boʻldi mayl oning rizosin istabon hijron sari.
Sabza nishtar, barg paykon, gul oʻt erdi jonima,
Har qachonkim sensizin azm ayladim boʻston sari.
Ne futur islom aro tushgayki, ul kofir yana
Mast oʻlub, koʻnglakcha chiqti sekritib maydon sari
Gar xarobot ichra mumkindur sumurmak bir qadah,
Xizr agar oʻltursa bormon chashmayi hayvon sari.
Soqiyo, tezgindurur har lahza boshimni xumor,
Davr evursang, jur’aye sungʻil bu sargardon sari.
Yuz Xizr umridin ortuqroqdurur, ming jon berib
Bir qadam qoʻymoq muyassar gar boʻlur jonon sari.
Ey Navoiy, gar desangkim fitna koʻrmay, solmagʻil
Bir nazar har turfatul-ayn ul koʻzi fatton sari

768

Gardi Yazdiy mi’jar ostida qoshing, ey koʻrkaboy,
Bor aningdekkim koʻrungay gard ichinda yangi oy.
Voʻsmadur ul qosh uza yoxud zarofatdin koʻzung
Oldi bu qurbon koʻngul qasdigʻa miynorang yoy.
Gar nihon soching tarar mashshota, kelsunkim, erur
Kirpigimdin shona, ashkimdin suv, koʻz xilvat saroy.
Dilrabolar ichra har dam koʻzguga boqmoq nedur,
Vahki, bilmon, ey pari, xudbinmusen yo xudnamoy?
Otashin gul bargidin koʻnglak kiyibdursen, valek
Desang oʻt solmay jahongʻa, chiqmagʻil koʻnglakcha, voy,
Gah tutulsa, gah ochilsa koʻnglum ermas aybkim,
Sunbulung dilband, xandon gʻunchang oʻlmish dilkushoy
Ey Navoiy, dahr shoʻxi oshiqi boʻldung, valek
Bilki, kobin naqdi jondur gar boʻlursen kadxudoy.

769

Yordin ayrilsa qotilmogʻligʻin bilmas kishi,
Bilsakim chun ayrilur, qotilmas, ayrilmas kishi.
Kimsa oʻlsa yoridin ayrilmagʻay, yuz voykim,
Ayrilurda buyla hijron shiddatin bilmas kishi.
Vasli qadrin bilmayin oʻldum gʻami hajrida, oh,
Kim visol ayyomi hajr andishasin qilmas kishi.
Hajr biymidin oʻlubmen, soqiyo, tut jomkim,
Koʻzga mast oʻlgʻon zamon Jamshidni ilmas kishi.
Yoshurun dardimni qilmay oshkor oʻlgumdurur,
Ohkim, olamda ahli dard topilmas kishi.
Mendin ermas, hajridindur har taraf bagʻrimda chok,
Yoʻqsa, tiygʻi qatl ila oʻz bagʻrini tilmas kishi.
Toʻydi jonidin Navoiy hajr aro tut, ey ajal,
Uyla maykim chun ichar to hashr oyilmas kishi.

770

Boda bu maqbulluq zotimda mavjud ayladi,
Kim meni zuhdu riyo ahligʻa mardud ayladi.
May oʻtining lam’asi oʻrtab vujudum xirmanin,
Kullarin nay nagʻmasi bir damda nobud ayladi.
Bodadin xushnud oʻlubmen to meni jomi fano
Davr elining sofiyu durdigʻa xushnud ayladi.
Maygʻa rahn etgil riyo sajjodasin, ey shayxkim,
Har kishi bu nav’ savdo ayladi, sud ayladi.
Maygʻa ashkim la’lidin oludaligʻ gar istamas,
Ne uchun soqiy labi la’lin mayolud ayladi?
Odamiyliq koʻrguzub qilding parivashlarni qul,
Odam uldurkim, maloyik oni masjud ayladi.
El tilar mugʻ koʻyinu istar Navoiy mugʻbacha,
Azmi maqsad aylab el, ul qasdi maqsud ayladi.

771

Ohima yor ogʻzi bir dam kulmagin kam qilmadi,
Chun sabodin gʻuncha ochildi, yana yopilmadi.
Nishtari ohim, ajab yoʻq, koʻnglungga kor etmasa,
Tezlikdin igna hargiz xoragʻa sonchilmadi.
Qatraye tomizma bizga tutqon asfar bodadin,
Sham’ oʻtidin, soqiyo, hargiz sharor ayrilmadi.
Ishqkim har bir ishida yozdi yuz ming turfa xalq,
Turfaroq budurki, yuz mingdin biri yozilmadi,
Koʻyida ohim yeli raf’ etti ul yuz burqa’in,
Hech gulshanda sabodin buyla gul ochilmadi.
Qaysi johilgʻa nadomat boʻlgʻay ul olimchakim,
Har ne bildi qilmadi, har neki qildi bilmadi.
Ey Navoiy, yor vaslin istabon ul toptikim,
Ahli hijron zumrasida istabon topilmadi.

772

Koʻrma sorigʻ bargu qil nazzora ruxsorim sari
Qoʻy xazon bogʻin, guzar qil za’faronzorim sari.
Boqma asfar barg uza, har yon qizorgʻon obkash,
Za’faroniy yuz uza koʻr ashki xunborim sari.
Kim xazon yeli qurutqon shox holin koʻrmamish,
Ayladik nazzora uryon jismi bemorim sari.
Sarvgʻa boʻlmas xazonu lola ul mavsumda yoʻq,
Qilma mayl, ey oh, sarvi lola ruxsorim sari.
Angla boshimgʻa tutashqon shu’layi hajr, ey rafiq
Koʻrma sanchilgʻon xazoniy barg dastorim sari.
Umr bargin to xazon toʻkmaydur, etsam kosh azm
Navbahori husn aro sarmast xummorim sari.
Ey Navoiy, chun bu fasl ichra qadah margʻub erur,
Tortay oʻzni majlisi shohi qadahxorim sari.

773

Baski koʻnglumni falak majruhu vayron istagay,
Istaram oʻlmakni andoqkim oʻluk jon istagay.
Furqating oshubidin istar koʻngul qoʻymoq tugan,
Kimsa andoqkim yara man’igʻa qalqon istagay.
Hajrkim jonim tilar har dam azob aylab, erur
Zolimekim, qiynab eldin naqdi pinhon istagay.
Boʻlmasun oshiq meningdekkim, koʻrub dildorini,
Oʻzgalarga multafit har lahza hijron istagay.
Vah, necha mehnat toshi atfolidin yogʻdurgʻali
Ishq shahru koʻy aro jismimni uryon istagay.
Ul pari ushshoqigʻa rahm etsa etsun, ushbu bas,
Kim meni devonavu rasvoyi davroi istagay.
Oʻqlaringdin oʻlganimdin soʻngra topqay qatl uchun
Tufrogʻimdin charx agar yuz qarn paykon istagay.
Qilsun oson oʻzlukidin boʻlsa bir dushvorliq,
Har kishi davron gʻami dushvorin oson istagay.
Ey Navoiy, sen kibi mahrum qolgʻay, kimki ul
Olam ahlidin vafoye ahdu paymon istagay.

774

Koʻnglum ohidin tabassum la’lingga fan boʻlmadi
Uylakim la’l axgari yel birla ravshan boʻlmadi.
Istadi jism uyi bir ravzan oʻqungdin, voykim,
Qolmadi ravzan yerikim, necha ravzan boʻlmadi.
Dedi, bir dashnom uchun joningni olgʻumdur, baho
Oʻlturur, savdoki miodi muayyan boʻlmadi.
El chamanda ul pari birla kezib, men telbaga,
Vahki, ishrat jilvagohi gʻayri gulxan boʻlmadi.
Oh oʻtidin xirqani pok oʻrtakim, har bulhavas
Zarq ashkidin etak yub, pok doman boʻlmadi.
Lofi ishq urgʻon koʻngul gʻam doʻzaxidin qochmasun,
Kim samandargʻa yolindin oʻzga maskan boʻlmadi.
Ey Navoiy, kimni sevsang qilma zohirkim, sanga
Kimdururkim doʻstlugʻ fahm etti, dushman boʻlmadi.

775

May xalos etti riyoyi porsoliqdin meni,
Shukrkim, qutqardi zuhdu xudnamoliqdin meni.
Boʻldi nobud oʻzlugum, yuz shukrkim, qildi xalos
Har zamon bu korgahda behayoliqdin meni.
Dahr zolin toʻrt mazhab birla qildim uch taloq,
Fard qildi bori mundogʻ kadxudoliqdin meni.
Boʻldilar begona ahli zuhd, xush davlat bukim:
Qildi man’ ul qavm birla oshnoliqdin meni.
Orazimdin gʻussa kojining savodin qildi ol,
Shukrkim, qutqardi mundogʻ yuz qaroliqdin meni.
Bandamen soqiygʻakim, bir jomi molomol ila
Ayladi ozod yuz ming mubtaloliqdin meni.
Tavba ahli, yorumang mundogʻki, mahrum ettingiz
Dayr ichinda masti loya’qil gadoliqdin meni.
Dushmanimsiz, doʻstlarkim, qovdingiz aylab hujum,
Benavoliq kishvaridin podsholiqdin meni.
Ey Navoiy, ham magar yo mugʻbacha, yo piri dayr
Sindurub tavbam, chiqorgʻay benavoliqdin meni.

776

Gul emas har yon yuzung davrida oro qilgʻali
Halqa urmishlar jamolingni tamosho qilgʻali.
Orazing Chin naqshi, zulfung mushku har yon xol erur,
Hind elikim Chingʻa kelmish mushk savdo qilgʻali.
Yuz uza ogʻzing oʻgʻurlab naqdi din boʻldi nihon,
Chekti xatting xayli saf oʻgʻrini paydo qilgʻali.
Qilgʻali ishqingni pinhon aylading koʻksumni chok,
Dema pinhon qilgʻalikim, oshkoro qilgʻali.
Eyki, soʻrdungkim qachondin sen junun oshubida,
Ul pari xayli gʻami koʻnglumda gʻavgʻo qilgʻali.
Bodagʻa rahn aylaganda ofiyat dastorini
Yirttim bir goʻshasidin bodapolo qilgʻali.
Yoʻl chiqarmen tiyra shomimdin Navoiydek, vale
Muntazirdurmen hidoyat barqi bir choqilgʻali.

777

Yuzungdin oʻlmasa, yo rab, ravo koʻzum tilagi,
Tazallumum iligidur adolating etagi.
Koʻngulda furqat oʻqi birkishibtur andoqkim,
Kishi chekarda gumon aylagay oning soʻngagi.
Chamanda gʻuncha emaskim, boʻlubtur ul gul uchun
Figʻonim onchaki, qon bogʻlanibdurur yuragi.
Chechak nechukki yopar koʻzni tiyra aylabtur,
Koʻzum bahorini gulgun sirishkning chechagi.
Labi xayolida bagʻrim shikofini tiksam,
Alifdin igna qilur jonu rishtadin ipagi.
Xazon chamangʻa shabixun kelurga boʻldi dalil,
Sanubar ushbu chamandin kanora aylamagi.
Ne koʻnglini buzadur dardu gʻam Navoiyning,
Chu ul pariduru bas ushbu telba koʻnglidagi.

Mustazodlar

1

Ey, husnungga zarroti jahon ichra tajallo,
mazhar sanga ashyo,
Sen lutf bila kavnu makon ichida mavlo,
olam sanga mavlo.
Har yon kezaram telba sifat toki yoshundung
koʻzdin pari yangligʻ,
Majnundin oʻzin toki nihon qilmadi Laylo,
ul boʻlmadi shaydo.
Uryon badanim zaxmlari ichra emas qon,
yuz pora koʻnguldur,
Bu ravzanalardin qiladur har biri, ya’ni
husnunggʻa tamosho.
Har yon nazarim tushsa, sen ollimda turursen,
koʻrmas vale agʻyor.
Ravshandurur ushbuki, emas qobili a’mo
nazzorayi bayzo.
Ul nodiradinkim, laqabin hur demishlar,
husnung erur ahsan.
Ul manzaradinkim, otidur jannati a’lo,
koʻyung erur a’lo.
Zuhd ichida topmadi Navoiy chu maqome,
emdi qilur ohang,
Kim boʻlgʻay ulu bodavu bir turfa mugʻanniy,
mugʻ kulbasi ma’vo.
Har gavhari tufrogʻ uza bir qatra suv yangligʻ
tushgach adam oʻlgʻay,
Gar qilmasa ishfoq etibon xusravi Gʻoziy
nazming sori parvo.

2

Din ofati bir mugʻbachayi mohliqodur,
mayxoravu bebok,
Kim ishqidin oning vatanim dayri fanodur,
sarmastu yoqam chok.
Ham turrasining dudi vara’ beliga zunnor,
men kofiri ishqi,
Ham yuzi ma’jus oʻti kibi shu’lafizodur,
men oʻrtanibon pok.
Ul chehra furugʻi tushubon zor tanimgʻa
bir nav’ kuyarkim,
Har kimsa ani koʻrdi, sogʻindiki yonadur
oʻt ichida xoshok.
Hayvon suyi jonimni olur la’lidin ayru
ul jur’ayi maykim,
Tegmish anga maygun labi, jonimgʻa davodur
ne zahru, ne taryok.
Bu nav’ki, oylar mayi vasli havasidin
maxmur boʻlubmen,
Mushkilki, yozilgʻay bu xumoreki mangadur,
sogʻar boʻlub aflok.
Soyilmenu maqsudum erur naqdi visoling,
buxl aylama, jono,
Kim barcha mazohibdaki ishq ahli arodur
mazmum erir imsok.
Hajringda yuzi sorgʻoribon, dam ura olmas
bechora Navoiy,
Goʻyoki xazon faslida bebargu navodur
ul bulbuli gʻamnok.

3

Ne voʻsmavu ne kesmadur ul zulfi sumansoy,
ne gʻamzayi jodu,
Mashshota sanga zoli falakdur magar, ey oy,
xurshid anga koʻzgu.
Qosh yosi bila kirpik oʻqin har sori otsang,
imkoni xato yoʻq,
Har kimsaki, boʻlgʻay anga bu nav’ oʻqu yoy,
tuz boʻlgʻusi qobu.
Masjid yoʻlin asrab necha din ahli yoʻluqsa,
rahzanlik etarsen,
Tengri yoʻlini asramoq, ey kofiri xudroy,
bu nav’ boʻlurmu?!
Gar istamadi subhi umidimni yoshurgʻay
mehnat qaro shomi,
Har yon sochilib, bas ne uchun boʻldi sumansoy
ul turrayi hindu?
Hijron kunining tiyraligʻin kavkabi ashkim
daf’ aylasa, tong yoʻq,
Anjum sipahi koʻprak erur anjumanoroy
tun boʻlsa qarongʻu.
Gʻam dashtini qat’ aylabon ul koʻyigʻa yetmon,
koʻrmon oni tush ham,
Kim boʻlsa haram shavqi bila bodiyapaymoy,
koʻzdin uchar uyqu.
Ul shoʻx Navoiyni dedikim qilayin qatl
bir koʻz uchi birla,
Ey voyki, bir ham anga koʻz solmadi, ey voy,
qatl ushbudur, ushbu!

Muxammaslar

1

Sharbati «yuhyil-izom» erni mayi nobindadur,
Surayi «vash-shams» tafsiri yuzi bobindadur,
Sharhi «mozogʻal-basar» nargislari xobindadur,
Laylatul-me’rojning sharhi sochi tobindadur,
Qoba qavsayn ittihodi qoshi mehrobindadur.
Ey, qadi toʻbidin ortuq, yuzi rizvondin jamil,
Kim berur jon la’li har kim boʻlsa koʻzidin qatil,
La’li rashkidin figʻon aylab, qilib ashkin sabil,
Koʻp yugurdi ravzada aynan tusammo salsabil,
Topmadi ul choshnikim, shakkari nobindadur.
Jon berur erdi Xizr suyi xaloyiqqa sarih,
Iso oʻluk tirguzur erdi deb alfozi fasih,
La’lidin tokim takallum qildi ul shoʻxi malih,
Xizrning ayni yoshunmish, koʻkdin inmas ham Masih,
Netsun, ul mu’jiz bu dam yoquti serobindadur.
Xattidin boʻldi xijil sunbul bila mushki tator,
Qomatigʻa sarv ila shamshoddin yuz qatla or,
Farrux ermas orazi navroʻzidek iydu bahor,
Zulfigʻa qadru barot oʻxshar, vale yuz farqi bor,
Soʻz oning yonindagʻi xurshidu mahtobindadur.
Har gado egnida boʻlsa eski toʻn yo choki jayb,
Bilmay asli niyatin qilmoq gʻalatdur shakku rayb,
Ey Navoiy, chun sanga ma’lum emastur sirri gʻayb,
Lutfiyni mayxonada oshufta koʻrsang, qilma ayb,
Kim bu majnun ixtiyori zulfi qullobindadur.

2

Masnadi husn uzra tokim koʻrmisham ul shohni,
Tiyra aylabmen figʻondin niylgun xirgohni,
Ey sabo, arz ayla nogah koʻrsang ul dilxohni,
Koʻkdadur har dam figʻonim koʻrgali sen mohni,
Da’viyi mehringga tonuq tortadurmen ohni.
Ey, gʻubori markabing kun koʻzgusining sayqali,
Nechakim men bir gado, sen podshahdursen, bale,
Yoʻq ajab, sen husn shohin mayl qilsam sevgali,
Sen kibi sultonni sevmak haddim ermastur, vale
Bu baloliq ishq farq etmas gadovu shohni.
Xirmani vasling toʻla senda, ey xalq ahsani,
Sabzayi xatting tamoshosinda, ey koʻz ravshani,
Sunbuli zulfung xayolotida, ey jon gulshani,
Donayi xoling tamannosinda, ey gul xirmani,
Rahm qilkim, chehrayi zardim yoshurdi kohni.
Zulfu yuzung koʻrdiyu kuydi koʻngul hasrat bila,
Vasling ummedigʻa jon qildi fido ragʻbat bila,
Senda yoʻq ermish vafo, tek men kuyub mehnat bila,
Zulfungu yuzung firoqinda tuman hasrat bila,
Hayfkim, zoyi’ kechurdum muncha solu mohni.
Eyki, yoʻqtur husn iqlimida sendek podsho,
Oshiqingni necha tutqaysen munungdek benavo,
Nechakim boʻldi eshigingda Navoiydek gado,
Qovma Lutfiyni eshikdin, ber zakoti husn ango,
Qayda aytsun sen gʻani borinda shay’allohni?

3

Halqayi zulfungda koʻnglum boʻlgʻali gʻam mahrami,
Ul qaro qaygʻu bila savdoda chun ortar gʻami,
Der sanga devonavu shaydoligʻidin har dami,
Ey, soching shaydo koʻngullarning savodi a’zami,
Halqa-halqa ruhning sarmanzilidur har xami.
Ey, guli savriy jamoling daftaridin bir varaq,
Sabzavu rayhon sening xattingdin elturlar sabaq,
Chini zulfungni ochibon, ilgingta olsang taraq,
Sunbulingni taragʻanda gul uza tongdur araq,
Kim bulutluq kechaning, albatta, boʻlmas shabnami.
Rashkdin har dam yaqindur bagʻrim erib oqqali,
Yuzungga mashshotavu koʻzgusi mundoq yoqqali,
Zulfungga mashgʻul erur mashshota zezar toqqali,
Men yiroqdin jon berurmen, toqatim yoʻq boqqali,
Yuzi qattiq koʻzgukim, boʻlmish jamoling hamdami.
Ogʻzining ramzini mushkildur farovon saxlamoq,
Kim adam boʻlsa bilur ul rozi pinhon saxlamoq,
Barcha dilbarlardin oʻlur jonni oson saxlamoq,
Sen parivash hurdin mushkildurur jon saxlamoq,
Kim malak hayrondur ul suratgʻa, netsun odamiy?
Zulfi vaslin istasam ruxsori mehrafroʻzidin,
Yoʻq ajab, chun yil kelishi bilgurur navroʻzidin,
Koʻzlarim uyi buzuldi ashki selanduzidin,
Men bu koʻz birla uyotligʻmen jamoling yuzidin,
Kim kelur har lahzavu ul goʻshaking bordur nami.
Atlasi gardungʻa yetti rostiy ushshoq uni,
Kim qabo nevchun quchar nozik tanin vuslat tuni,
Yoʻq ajab, sarrishtadur, koʻrgil, aro yerda muni,
Ul badanning davlatidin tugʻdi koʻnglakning kuni,
Husni toli’ koʻrkim, uldur holi ichki mahrami.
Ey, labing Iso damidek xasta jongʻa choraras,
Vah, necha gʻamzang Navoiy qatlin etgay multamas,
Ul muborak koʻngliga boʻlgʻay muyassar bu havas,
Lutfiyni boshtin yana tirguzsang, ey Isonafas,
Kim yetibdur, vah, ani oʻlturgali hijron gʻami.

4

Ohkim, tarki muhabbat qildi jonon oqibat,
Boʻldum ushbu gʻussadin rasvoyi davron oqibat,
Qolmadi maxfiy gʻamim el ichra pinhon oqibat,
Yoshurun dardimni zohir qildi afgʻon oqibat,
Asragʻon rozimni yoydi seli mujgon oqibat.
Toki chekti oʻqu yo qasdimgʻa ul mujgonu qosh,
Ayladi paykonlari har sori bagʻrimni xarosh,
Pardayi sabru salomat yoyibon, ey bagʻri tosh,
Yoshurub erdim bagʻir chokini, vahkim, qildi fosh
Har taraf koʻzdin tarashshuh aylagan qon oqibat.
Koʻp yugurdum ishq yoʻlida meni gumrohkim,
Bilgasen holimni, lekin boʻlmading ogohkim,
Ishq aro oʻlgumdurur, bil emdi, ey dilxohkim,
Tigʻi hajringdin nihon koʻksum shikofin, ohkim,
Elga ravshan ayladi choki giribon oqibat.
Tiyrboroni gʻaming yogʻdurgʻali koʻnglumga sahm,
Yuz tuman dogʻi nihon qoʻymish edi ul xavfu sahm,
Xalq ani fahm etmasun deb, bor edi koʻnglumda vahm,
Voykim, koʻksum shikofidin ulusgʻa boʻldi fahm
Ishq oʻti bagʻrimda qoʻygʻon dogʻi pinhon oqibat.
Ul parikim, telbalarga ishqidin monand edim,
Zulfi zanjirida Majnundek asiri band edim,
Javrigʻa qoni’ boʻlub, vasligʻa hojatmand edim,
Shavqidin dam urmayin, bedodigʻa xursand edim,
Vahki, boʻldum hajridin rasvoyi davron oqibat.
Orazi qoshida gul yuz vajh ila bordur karih,
Ming jihatdin nutqi ollinda erur bulbul safih.
Koʻziyu zulfigʻa ermas nargisu sunbul shabih,
Gar budur kofir koʻzu zunnor zulfi, ey faqih,
Boʻlgʻudekmen dayr aro mastu parishon oqibat.
Jonni majnun ul pari ruxsora yodi ayladi,
Koʻzni giryon ishq zulmi may fasodi ayladi,
Tanni uryon, aqlu donish xayrbodi ayladi,
Ishq koʻyida jununumni munodi ayladi
Hajr toshidin munaqqash jismi uryon oqibat.
Boda ichkim, davr ishida i’tidole koʻrmaduk,
Navbahori husn aro sohibjamole koʻrmaduk,
Kim xazoni umrdin anda zavole koʻrmaduk,
Dahr boʻstoni aro sarkash nihole koʻrmaduk
Soya yangligʻ boʻlmagʻon yer birla yakson oqibat.
Shahliq etgandin ne hosil faqr sirrin bilmayin,
Hech kim mulki baqo sultoni boʻlgʻonmu ekin,
Foniyi mahz oʻlmayin sulton Abulgʻoziy bikin,
Ey Navoiy, davlati boqiy tilarsen vaslidin,
Oni kasb etmak fano boʻlmay, ne imkon oqibat?

5

{{poem|:Ohkim, volamen ul sarvi xiromondin judo,

Koʻzlarim giryondur ul gulbargi xandondin judo,
Benavodur jon dogʻi ul huri rizvondin judo,
Ne navo soz aylagay bulbul gulistondin judo,
Aylamas toʻti takallum shakkaristondin judo.
Vah, necha ishq oʻti jismimda soʻngakni oʻrtagay.
Koʻnglagim jaybigʻa oʻt solgʻay, etakni oʻrtagay,
Telbalik ohim samodin to samakni oʻrtagay,
Ul quyosh hajrida qoʻrqarmen falakni oʻrtagay
Har sharorekim boʻlur bu oʻtlugʻ afgʻondin judo.
Vahki, bagʻrim toʻkti koʻzlar yoʻlidin pargola koʻp,
Koʻz ham ul gul hajridin yogʻdurdi gulgun jola koʻp,
Za’f etibmen qonligʻ ashkim baski toʻkti lola koʻp,
Dema, hijronimda chekmaysen figʻonu nola koʻp,
Jism aylarmu figʻon boʻlgʻon nafas jondin judo?
Qilgʻali mahrum jomi vasldin jonon meni,
Talxkom etmish tiriklik bodasidin jon meni,
Har zamone oʻlturur gʻam zahridin hijron meni,
Hajr oʻlumdin talx emish, mundin soʻng, ey davron, meni
Aylagil jondin judo qilgʻuncha jonondin judo.
Bagʻrima, ey xori hijron, har zamon sanchilmagʻil,
Ey koʻngul, yuz javr yetsa, koʻzga gʻayrin ilmagʻil,
Ming balo yuzlansa, ey jon, yordin ayrilmagʻil,
Boʻlsa yuz ming jonim ol, ey hajr, lekin qilmagʻil
Yorni mendin judo yoxud meni ondin judo.
Jonni andoq husnung oʻti shu’lasi kul qildikim,
Jism oʻtundek shu’layi ruxsorigʻa yoqildikim,
Sharhi holigʻa alarning bu raqam yozildikim,
Vasl aro parvona oʻrtandi hamono bildikim,
Qilgʻudekdur subh oni sham’i shabistondin judo.
Oshiqekim, boʻlgʻay ul bir shoʻxi gulruxsorsiz,
Uyla bulbuldurki qolmishdur gulu gulzorsiz,
Voy ul bedilgʻakim, qolgʻay tirik dildorsiz,
Bir iyosiz it boʻlub erdi Navoiy yorsiz,
Boʻlmasun, yo rabki, hargiz banda sultondin judo.

Musaddaslar

1

Jonim oʻrtarga ul oʻtlugʻ chehra gulzori Xalil,
Oni ravshan aylagan gugird oʻti yonida nil,
Yo rab, ul husnu jamol avjida yuz ming oyu yil,
Ne jamolinggʻa zavol oʻlsun, ne husnungga badil,
Ey, jamoling loyazolu bebadal husnung jamil,
Oy yuzungdur ahsani taqvim uchun ravshan dalil.
Turfa koʻrkim, yuz uza ikki labing goʻyo boʻlur,
Bir quyosh ikki Masihogʻa qachon ma’vo boʻlur,
Koʻnglum ichra qoshlaringdin hayratim paydo boʻlur,
Kim qachon bu nav’ bir qurbonda ikki yo boʻlur,
Zulfungiz hayronimenkim, yilda bir yaldo boʻlur,
Oyda kim koʻrdi iki yaldo tuni mundoq tavil?
Ul ogʻiz paydo emastur nuktaye aytilmayin,
Bel dogʻi mavjud emas borikbinliq qilmayin,
Ul ayon ermas adam sori nazar ochilmayin,
Bu yaqin boʻlmas vujud asbobidin ayrilmayin,
Ogʻzingu belingning asrorin kamohiy bilmayin,
Mushigofu xurdabinlar ichra tushti qolu qil.
Koʻzlaring bodomi hajridin boʻlub jismim saqim,
Chiqti jonim ey qarokoʻz, baski hajring berdi biym,
Bu vasiyat qilmishamkim, mushfiqu yoru nadim
Na’shima ul koʻy tufrogʻini qilgʻaylar harim,
Chun qaro bodom tobut uzra rasmedur qadim,
Koʻz janozam sori solkim, sensizin boʻldum qatil.
Borakalloh, ey sabo, ahlan va sahlan marhabo,
Kim xabar koʻp berding ul gulchehradin qilmay ibo,
Vasligʻa chun yettimu ochti jamol ul dilrabo,
Uzlukum bordi fano yeliga andoqkim habo,
Ishq mahv etti meni, sen chiq arodin, ey sabo,
Li ma’allohning maqomida ne hojat Jabrail?
Nechakim sursun Masih anfosi jonparvar kalom,
Yoki jannat vasfida Idris qilsun ihtimom,
Charx bogʻi birla jannat gulshanin qilmon maqom,
Kim manga holo banaqd, ey zodi sarvi xushxirom,
Sunbulungdur uqdayi ra’su yuzung mohi tamom,
Orazing Firdavsu qad toʻbiyu la’ling salsabil.
Ul parining chun erur qon toʻkkali mohir koʻzi,
Ul sababdin har nafas yuz qatl etar zohir koʻzi,
Ey Navoiy, sehr birla chun boʻlur nozir koʻzi,
Bir nazarda oʻlturur sen xastani sohir koʻzi,
Jon berur Lutfiyu qilmas bir nazar kofir koʻzi,
Toli’imgʻa, ohkim, usruk ekach boʻldi baxil.

2

Zulfu siymin jisming af’i ganji Qorun ustina,
Ganj uza sohir koʻzung af’igʻa afsun ustina,
Dardi ishqing ulki qoʻydi joni mahzun ustina,
Dedi, koʻrgach orazing ul qaddi mavzun ustina,
Ey, qading toʻbiyu jannat xaddi gulgun ustina,
Koʻrmadi davron seningdek oy gardun ustina.
Topti jon har dam oʻlar holatda bu jismi zaif,
La’lidin jonbaxsh soʻz ayturda ul shoʻxi zarif,
Qoldi koʻzum tiyra, jismim xastavu jonim nahif,
Zulfu koʻzu la’li hajrigʻa boʻla olmay harif.
Boʻldi soʻzum nozuku koʻnglim xushu tab’im latif,
Har qachon soldim nazar ul shakli mavzun ustina.
Kelsa Chin suratgari bir dam jamoling qoshigʻa,
Jon fido qilgʻay hamul dam surating naqqoshigʻa,
Loladur shirin labing, Farhodekim qon yoshigʻa
Gʻarq oʻlub, tushmish guzori hajr togʻu toshigʻa,
Sarv aningdek qomating hayronidurkim, boshigʻa
Qildi qushlar oshyon andoqki Majnun ustina.
Koʻz yoʻlin, ey ishq, har soat toʻla yosh aylama,
Ey koʻngul, yoshimgʻa pargolangni yoʻldosh aylama,
Ey koʻz, ashkimni sorigʻ yuzumga durposh aylama,
Yoshurun ishqim soʻzin mashhuri avbosh aylama,
Har dam, ey koʻz yoshi, yuz koʻrmay, meni fosh aylama,
Davlatimdin agʻnading yillar chu oltun ustina.
Jubbayi sinjobing ichra vusla-vusla qoqumi,
Tugʻdi hijron shomida bir-bir saodat anjumi,
Bor qamar, aqrab demay, ishqing malomat qulzumi,
Orazing kofurida ul zulfi mushkin gajdumi,
Anbarin qoshing xamida xoldek koʻz mardumi,
Mushki tardin nuqtayi sulsiydurur nun ustina.
To koʻngul saydigʻa qoʻydi ul gʻazoli Chin koʻngul,
Boʻldi sherafganlar a’zosi aro xunin koʻngul,
Baski tortar har sanamdin bir jafo gʻamgin koʻngul,
Qildi javridin alarning tarki aqlu din koʻngul,
Necha cheksun xoʻblar ilgidin jafo miskin koʻngul,
Munchamu ofat kelur bir qatrayi xun ustina?
Chun Navoiy ashki bahr oʻldi chekib ranju taab,
Kemalikdin koʻzlari ul bahr aro topti laqab,
Koʻzida, tong yoʻq, agar tuttung maqom, ey noʻshlab,
Chun kirar el kemaga qilmoq uchun ayshu tarab,
Gar vatan Lutfiy koʻzida tutmading, yoʻqtur ajab,
Uy qoʻpormogʻligʻ erur dushvor Jayhun ustina.


Tarji’bandlar

1

I

Ketur soqiy, ul mayki, subhi alast
Aning nash’asidin koʻngul erdi mast.
Mayekim, qilur quysalar jom aro,
Oʻzi mastu kayfiyati mayparast.
Eshit sarguzashteki, bugun manga
Necha mayparast oʻldilar hamnishast.
May olmoqqa piri mugʻon jazbasi
Meni chekti andoqki, mohini shast.
Qilib xirqa may rahniyu zarfining
Etib ogʻzini mum ila sangbast.
Qelur erdim egnimda mayliq sabu,
Boʻlub toʻquz aflok ollimda past.
Ki ogoh oʻlub toʻsh-toʻshimdin qobob,
Manga toptilar ihtisob ahli dast.
Shikastim mening oncha ermas edi,
Ki may zarfi topti aroda shikast.
Chu sindi sabu, choraye topmadim,
Meni muflisi uru giryoni mast.
Xarobot aro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda singʻon safol.

II

Ketur, soqiyo, mujdaye jomdin,
Ki pajmurda boʻlmishmen anjomdin.
Bu gulshan guliga chu yoʻqtur vafo,
Ne parhez etay jomi gulfomdin?
Chu yoʻq shomi hijron xumorigʻa subh,
Ichib anglamay subhni shomdin.
Xalos aylay oʻzni mayu nuqlning
Suvu donasi birla bu domdin.
Boʻlay dayr pirigʻa andoq murid,
Ki yod etmayin shayxul-islomdin.
Kiray dayr aro uyla majnunu mast,
Ki ketsun xirad xos ila omdin.
Solay bir alolo xarobot aro,
Ki chiqsun figʻon ahli ayyomdin.
Xarobotiy oʻlmoqligʻim, zohido,
Savol etma men zori badnomdin.
Garav qilgʻali maygʻa chun qolmadi
Ne tasbihu, ne hirqa nokomdin.
Xarobot aro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda singʻon safol.

III

Safol ichra bir jur’a loye manga
Erur jomi gitinamoye manga.
Ketarmakka xudbinligʻim ranjini
Qoni boda yangligʻ davoye manga?
Chu men dayr piri vafosidamen,
Falakdin yetishmas jafoye manga.
Falakdin jafo yetsa, ey mugʻbacha,
Ne gʻam sendin oʻlsa vafoye manga.
Tariqat sulukini kasb etgali,
Hamul kunki, boʻldi havoye manga.
Burun zuhdu taqvoni aylab shior,
Dedimkim, yetishgay safoye manga.
Borib xonaqah ichra qildim maqom,
Bu ma’ni xud oʻldi baloye manga.
Boqib xilvatu zikru sajjodani
Zuhur etti har dam riyoe manga,
Bulardin oʻzumni xalos ayladim,
Ki to hosil oʻlgʻay fanoye manga.
Xarobot aro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda singʻon safol.

IV

Tilarmen bu dayr ichra koshonaye,
Ki boʻlgʻay jivorida xumxonaye.
Bu xumxona sahnidagʻi mayfurush
Saxo shevalik piri farzonaye.
Oning qurratul-ayni kup ollida,
Iligida paymona, jononaye.
Sumanbarlar ichra parichehraye,
Parichehralar ichra devonaye.
Menga gohi ul bersa may birla jon,
Bu qilsa gahi qatl mastonaye.
Erur telbalikdin ishim tunu kun
Xayol aylamak bila afsonaye.
Necha muflis istab, dedim may uchun
Qiloli ichin ora dangonaye.
Eshittimki, qilmish yana piri dayr
Xarobot ahligʻa mayxonaye.
Bugun ochib ul maykada eshigin,
Berur har gado yetsa paymonaye.
Xarobot aro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda singʻon safol.

V

Yana boʻlmisham oshiqu zor ham,
Xarobotiyu rindu xammor ham.
Mubohot etib durdkashlik bila,
Qilib tavqiyu zuhddin or ham.
Surohiyni but aylabon ogʻzida,
Qilidin eshib belga zunnor ham.
Boʻlub maygʻa sajjodavu xirqa rahn,
Borib nuql uchun kafshu dastor ham.
Fano dayri ichra qalandar sifat
Kezib, balki devonakirdor ham.
Parichehra atfolning toshidin
Boʻlub sarbasar jismim afgor ham.
Meni ishqdin oʻrtagan mugʻbacha,
Ki devonavashdur, parivor ham.
Chu bildimki, bu nav’ birla erur
Xarobot koʻyida mayxor ham.
Erur chunki yakranglik sharti ishq,
Bu taqrib birla meni zor ham
Xarobot aro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda singʻon safol.

VI

Qani soqiyi gul’uzorim mening?
Ki jon qasdi etmish xumorim mening.
Firoq ichra koʻp mehnatu dardu ranj,
Chekibtur tani xoksorim mening.
Xumor emgagidek vale koʻrmamish
Tani gʻamkashu joni zorim mening.
Bu xayli balo daf’igʻa avlo ul,
Ki mayxona boʻlgʻay hisorim mening.
Koʻpu ozdin tutsa may piri dayr,
Fidosi aning yoʻqu borim mening.
Yetursa qadam boshima mugʻbacha,
Erur javhari jon nisorim mening.
Xarobot aro kirganim, ey faqih,
Deyin, boʻl dame rozdorim mening.
Kecha xonaqah ichra sarmast edim,
Bugun maysiz itti qarorim mening.
Xumor aylab ul nav’ oshuftakim,
Ilikdin borib ixtiyorim mening,
Xarobot aro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda singʻon safol.

VII

Meni may bas oshuftahol ayladi,
Bu vodiyda Majnunmisol ayladi.
Boshimni kup atrofida mayfurush
Uzum jismidek poymol ayladi.
Chogʻir kasrati may batidek manga
Xirad bulbulin gungu lol ayladi.
Sabukashligim ayni idbordin
Qadimni yuk ostida dol ayladi.
Mayi la’l oltun qadah shaklidek
Yuzum sorigʻ, ashkimni ol ayladi.
Qadimdin falak ofiyat xirqasin
Chekib, rahni jomi zilol ayladi.
Sipehr atlasi dayr koʻyi aro
Mening kisvatim eski shol ayladi.
May istarda idboru oshuftaliq
Manga jom singʻon safol ayladi.
Xarobot piri chu bir jom uchun
Meni mundoq oshuftahol ayladi.
Xarobot aro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda singʻon safol.

VIII

Yana durdkashmen mubohot uchun,
Berib jon havoyi xarobot uchun.
Ketur, soqiyo, boda ogʻzimgʻa quy,
Damekim, oʻlubmen bu mir’ot uchun.
Ne mir’ot, balkim quyosheki, fayz
Anga om erur barcha zarrot uchun.
Manga zohid etti base sarzanish
May ichmakka sarf oʻlgʻon avqot uchun.
Dedim: «yaxshiroq boda ul zuhddin,
Ki qilgʻoy kishi shuhratu ot uchun.
Manga bodadin boʻldi nafyi vujud,.
Sanga zuhd goʻyoki isbot uchun».
Boʻlub tund, masjid sori qildi azm,
Meni qargʻayin deb munojot uchun.
Munojot etib kirdi xilvat aro,
Yasalgʻon riyoyi karomot uchun.
Karomot men qildim ul lahzakim,
Riyo biymidin daf’i ofot uchun, —
Xarobot aro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda singʻon safol.

IX

Yana boshlamish boda ichmak habib,
Manga ichmay oʻlgʻaymu sabru shikib?
Icharmen vale qon, nedinkim ichar
Habibim bila boda har dam raqib.
Nasibi raqibining ar may boʻlub,
Nasibim mening boʻlsa qon, yo nasib.
Ne zulmeki, gulshanda gul mahrami
Boʻlub zogʻu mahrum erur andalib.
Ne tong, bogʻlamoq kofiri ishq oʻlub
Kishi belga zunnoru osmoq salib.
Yoqam chok etib, koʻksuma tosh urub,
Solib rustaxez el aro men gʻarib.
Bular naf’ chun qilmadi koʻngluma,
Labolab qadah birla berdim firib.
Chu bildimki, bexudlugʻumdur iloj,
Xarobot yoʻlida boʻldum nishib.
Nechukkim yetib Rustame koʻyigʻa,
Qirar erdi sarmast Mahmudi Habib.
Xarobot aro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda singʻon safol.

X

Nechuk may bila boʻlmasun ulfatim,
Ki jon qasdi aylar gʻamu mehnatim.
Nazar ayla bu korgah vaz’igʻa,
Ki ortar tamoshosida hayratim.
Quyosh yoʻqki, bir zarra mohiyatin
Topa olmadi sa’y ila fikratim.
Ne kelmak ayon boʻldi, ne ketmagim,
Ne mabda’ yaqin boʻldi, ne raj’atim.
Ne kasbi ulum etti hal mushkilim,
Ne tutti ilik taqviyu toatim.
Topay deb xabar ushbu maqsuddin,
Tutashti base qavm ila suhbatim.
Ne qildi bu dardim ilojin hakim,
Ne shayx ayladi daf’ bu illatim.
Ne qilmoqqa bir amrdin hosilim,
Ne kechmakka bu fikrdin jur’atim.
Mening boshima bas qotiq tushti ish,
Chu toq oʻldi bu dard ila toqatim.
Xarobot aro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda singʻon safol.,

2

I

Jahon qasrigʻadur suv uzra bunyod,
Chu yoʻq bunyodi, ondin boʻlmagʻil shod.
Ne shod oʻlgʻay kishi bir qasrdinkim,
Oni tengri yaratmish mehnatobod.
Emastur qasr, balkim qosiredur,
Ki taqsir aylamas aylarga bedod.
Tiriklik qushlarigʻa yoyibon dom,
Tengiz amvojidin andoqki sayyod.
Kiyib qatl aylamakka loladin toʻn,
Qiyodin tiygʻ tortib misli jallod.
Emas qotil, parivash dilbaredur,
Ki javridin qutulmas odamizod.
Fununu lobasi andoq muassir,
Ki mum aylar koʻngul gar boʻlsa poʻlod.
Vale ne ishvasigʻa i’timode,
Ne oning va’dayi vasligʻa bunyod.
Visoli koʻz yumub-ochquncha oxir,
Firoqi koʻz ochib-yumgʻuncha barbod.
Koʻngul qoʻyma angakim boqiy ermas,
Inonmas boʻlsalar aylay qasamyod:
«Baqosizdur jahon ra’nosi, valloh,
Jahon ra’nosi yoʻqkim, mosivalloh».

II

Jahon tufrogʻ erur, shakli mudavvar,
Anga qaydin baqo boʻlsun muyassar?
Xususankim, fano dashtidin esgay
Oʻshal tufrogʻ atrofigʻa sarsar.
Bu tufrogʻ uzra ul sarsar yoʻlida
Maqar kim qilsa gʻofildur muqarrar.
Qaro tufrogʻki, yel sovurgʻay oni,
Yaqindurkim boʻlur zulmat sarosar.
Bu zulmat ichra bir suv hasratida
Halok aylar agar boʻlsun Sikandar.
Chekar goʻr ichra oxir gar jahonni
Kishi Bahromdek qilsun musaxxar.
Fano gʻorigʻa Kayxusrav masallik
Solur gar xud seningdur yetti kishvar.
Koʻrar ondin futur ar boʻlsa fagʻfur,
Topar ondin qusur ar boʻlsa Qaysar.
Kechib ondin, koʻngul tengriga bogʻla,
Taolo sha’naullohu akbar.
Ki haq boqiydurur, dunyo arusi
Erur foniy, necha koʻrguzsa zevar.
Dedingkim, ayt pandi mushfiqona,
Agar mendin qilursen soʻzni bovar:
«Baqosizdir jahon ra’nosi, valloh,
Jahon ra’nosi yoʻqkim, mosivalloh».

III

Jahon shoʻxidin olmish haq vafoni,
Ne olmoqkim, anga bermaydur oni.
Bukim yoʻqtur vafosi, bas emastur,
Ki dardu mehnatidur jovidoniy.
Bu mehnatlar bila istar oni xalq
Fahoʻm loya’rifu hozal-maoniy.
Tikandin gulga har dam yetkurub nesh,
Ki aylar la’lgun jismini qoni.
Sabo kojin urub savsangʻa andoq,
Ki qolib koʻklugi ondin nishoni.
Choqin tiygʻidin aylab pora-pora,
Chamanda gʻunchaning koʻnglin nihoniy.
Yogʻinning yigʻlabon ondin nafiri,
Bulutning titrabon ondin figʻoni.
Gʻalat qildim, bu tuhmatdin baridur,
Jahon ra’no arusi dilsitone.
Ki haq taqdiridindur olam ichra
Yomonu yaxshining yaxshi-yomoni.
Jahon foniydurur, ey xoja, zinhor,
Ki sen boqiy tasavvur qilma oni.
Koʻngul berma oʻshul ra’nogʻakim, haq
Erur boqiyu boqiy barcha foniy.
Baqosizdur jahon ra’nosi, valloh,
Jahon ra’nosi yoʻqkim, mosivalloh.

IV

Jahonkim, zohir aylar lolavu bogʻ,
Erur ul bogʻ zindon, lolasi dogʻ.
Arusedur fusunsoz, ul diloshub,
Ishi koʻrguzmak elga lobavu logʻ.
Kishikim, saydi domi boʻldi, bordur
Oning ollida ming bulbulcha bir zogʻ.
Yoqibon otashin gul jonigʻa oʻt,
Quyor yomgʻurdin ul oʻt ustiga togʻ.
Koʻrub nargisni savsan gʻunchasidin,
Chekar oning koʻzi qasdigʻa barmogʻ.
Taaddi birla nasrin yafrogʻidin
Yasar gul chehrasin yirtargʻa tirnogʻ.
Xazon bedodidin yel sa’yi birla
Sochar shamshodu gul boshigʻa tufrogʻ.
Jafosi toshidin yogʻdurdi paykon,
Gumon qilma shajar jismida yafrogʻ.
Nechukkim boʻstonning yoʻq baqosi,
Xususunkim, xazon yeli esar chogʻ.
Oning ham nisbatin gar istar oʻlsang.
Oningdekkim, xazon ayyomida bogʻ.
Baqosizdur jahon ra’nosi, valloh,
Jahon ra’nosi yoʻqkim, mosivalloh.

V

Jahon ra’nosidin boʻlgʻil mujarrad,
Ki qilmishlar qabul ahli oni rad.
Nechuk maqbulung oʻlgʻay ulki, boʻlgʻay
Anga mardudlugʻ asbobi behad.
Agar hikmatda ul miqdor boʻlkim,
Oʻqusin Bu Ali ollingda abjad.
Vagar boʻlsang fasohat ichra nav’e,
Ki nazming aylagay Hassonni bexad.
Tamavvul kasratidin boʻlsang andogʻ,
Ki dargohingda Qorun aylagay kad.
Shijoat dashtida raxshinggʻa boʻlsa,
Rikob oʻpmak uchun Rustam nigunqad.
Sikandar yangligʻ olib bahru barni,
Balo ya’juji uchun bogʻlasang sad.
Aningdek boʻlsa taxting rif’atikim,
Guharliq aylasa tojinggʻa farqad.
Jahongʻa chun baqo yoʻqtur, bu barcha
Necha kundur vale ermas muxallad.
Tamanno aylasang bir nav’ iqbol,
Ki boʻlgʻay ham muxallad, ham muabbad.
Demon yolgʻuz jahondin ayla tajrid,
Nekim haq gʻayridur, boʻlgʻil mujarrad.
Baqosizdur jahon ra’nosi, valloh,
Jahon ra’nosi yoʻqkim, mosivalloh.

VI

Jahon ra’nosi birla qilma payvand,
Er oʻlsang boʻl aning hajrigʻa xursand.
Erur olam uyi rahravgʻa zindon,
Oning har qaydi yoʻl man’igʻa bir band.
Ushatmoq istasang bu bandlarni
Muqayyad boʻlma anda, ushbudur pand.
Jahon noʻshi aro qilmish nihon zahr,
Sen oni noʻsh etarsen uylakim qand.
Topib lazzatkim, aylarsen tabassum,
Erur ul zahrxand, ermas shakarxand.
Gʻaraz irfon ekandurkim, adamdin
Seni mavjud aylabtur xudovand.
Qoʻyub koʻnglung aro naqdi amonat,
Malak boʻlmay sanga bu ishga monand.
Seni gʻofil qilib asli ishingdin,
Sarovu bogʻu rogʻu zavju farzand.
Oʻzungga kelsang, ozdur gar oʻzungni
Bu gʻamdin aylasang parkand-parkand,
Jahon johilgʻa mahbub oʻldi, lekin
Oning ollindakim, boʻlgʻay xiradmand:
Baqosizdur jahon ra’nosi, valloh,
Jahon ra’nosi yoʻqkim, mosivalloh.

VII

Jahon jomi toʻladur zahri qotil,
Anga mayl aylamas kim boʻlsa oqil.
Ajab ishdurki, mundoq zahr icharga
Jahon ahli erur jon birla moyil.
Ajabroq buki, ichgan soyi boʻlmas,
Bu zahr ichganga ichmak hirsi zoyil.
Gʻarobat koʻrki, gar yuz mingni har kun
Qilur ul zahr oʻlgan elga doxil.
Yana yuz mingdurur ichmakka mashgʻul,
Yana yuz ming oni istarga shogʻil.
Magar bu zahrdin qutqargʻay elni
Fano taryoqi birla piri komil.
Vale Qof ustida ul kimyogar,
Oni koʻrmakka Anqo parri hoyil.
Jihatsiz, ey koʻngul, sevdung jahonni,
Mening pandimdin aylab oʻzni otil.
Chu berding barcha sarmoyangni barbod,
Pushaymon boʻlmogʻing emdi ne hosil?
Magar yodingda yoʻqturkim, sanga men
Dedim yuz qatla: k-ey majnuni gʻofil,
Baqosizdur jahon ra’nosi, valloh,
Jahon ra’nosi yoʻqkim, mosivalloh.

VIII

Jahon ayyorasidin tut kanora,
Ki makru fannigʻa yoʻqtur shumora.
Ayoqu ilgida zarrinasi oʻt,
Toʻni zar basmasi ondin sharora.
Boʻlubon ruh toʻtisigʻa sayyod,
Ishi qilmoq aning qasdigʻa chora.
Bu ishga gardi Yazdiy me’jari dom,
Ichinda inju dona goʻshvora.
Nazar maqsud ruxsorigʻa solmoq
Tilar boʻlsang, anga qilma nazora.
Chekibon kun shuo’iydin sinonlar,
Qilayin deb ulus bagʻrini yora.
Anga hino shafaq rangida aylab,
Kecha nushodridin oni qora.
Yiroq boʻl, ey koʻngul, ul dilrabodin,
Ri sensen shisha, oning koʻngli xora.
Borib xush-xush anga sayd oʻlgʻaningdin,
Qilay dermen yoqamni pora-pora.
Deding, kechmoq nechuk boʻlgʻay jahondin,
Ne hojat xayr ishiga istixora.
Demon, yolgʻuz jahondin tut kanore,
Ki tutqil mosivallohdin kanora.
Baqosizdur jahon ra’nosi, valloh,
Jahon ra’nosi yoʻqkim, mosivalloh.

IX

Jahon shoʻxin aruse qilgʻil ixsos,
Ri kiymish tun bila kundin kishu os.
Bu rangomezliqdin ganji Qorun
Kishida boʻlsa, tutqay ganji iflos.
Tiriklik mazra’i qasdigʻa har oy
Ayon aylab yangi oy shaklidin dos.
Falak birla shafaq ermaski, qilmish .
Muhayyo dam-badam qon toʻkkali tos.
Emas qon, bodadurkim, bexud aylab
Yiqargʻa elni qilmish charxdin kos.
Sogʻinma bodayi la’l, onikim, bor
Ulus qonigʻa rangin boʻlgʻon olmos.
Bu qon toʻkmak bila kimdurki yoʻqtur
Aning savdosidin koʻnglida vasvos.
Bu pandimni eshit sen dogʻi, ey doʻst,
Irodat yuzidin tut posi anfos.
Jafolarkim, men onglabmen jahondin,
Vafosidin manga gʻolibdurur yos.
Valavhozal-maoniy anta qultum,
Taqulu i’lamu yo ayyuhannos.
Baqosizdur jahon ra’nosi, valloh,
Jahon ra’nosi yoʻqkim, mosivalloh.

3

I

Ey, kirpiki neshu koʻzi xunxor,
Jonimni necha qilursen afgor?
La’ling gʻamidin koʻngulda erdi
Har qonki, sirishkim etti izhor.
Hayhotki, hajr ilgidindur
Jonimda alam, tanimda ozor.
Yuzungni koʻrub meni ramida,
Ishq oʻtigʻa boʻlgʻali giriftor.
Sen erding majlisim harifi,
Kim yedi hasad sipehri gʻaddor.
Yuz hasrat ila meni ayirdi
Vaslingdin, ayo, xujasta diydor.
Emdiki, firoq aro tushubmen,
Topquncha yana harif yo yor,—
Yodingni qilay harify majlis,
Fikringni etay koʻngulga munis.

II

Jonimgʻa qilur esang jafoni,
Gah-goh aroda koʻr xudoni.
Darding bila uyla shodmenkim,
Oʻlsam dogʻi istamon davoni.
Sendin der edimki, chora boʻlgʻay,
Hajr etsa hazin bu mubtaloni.
Har lutfki, men tutar edim koʻz,
Yuz voyki, senda koʻrmay oni.
Vasling bila dedim aylayin shod
Bu shiftayi joni benavoni.
Qasdimgʻa vale chekibdurur xalq
Yuz xanjaru novaki jafoni.
Men dogʻi qachon zarurat oʻlsa,
Bir goʻshada oʻlturub nihoniy,—
Yodingni qilay harifi majlis,
Fikringni etay koʻngulga munis.

III

Gah-goh itim deb aylagil yod
Devona qulungni, ey parizod.
Bir lahzada buzdi seli ashkim
Har tarhki sabr qildi bunyod.
Har ruq’aki yozdi sabr ila hush,
Sovugʻ nafasimdin oʻldi barbod.
Koʻp istama koʻnglum iztirobin,
Qush talpinurin nechukki sayyod.
Sen garchi gʻamimdin etmading fikr,
Yotelbaligimni qilmading yod.
Sultonsenu yoʻqturur sanga hukm,
Lekin meni dardmandi noshod.
Bu gʻussagʻa topmasam chu tadbir,
Har lahza chekib figʻonu faryod,—
Yodingni qilay harifi majlis,
Fikringni etay koʻngulga munis.
Tahqiq chu angladimki, emdi
Vaslinggʻa yetarga yoʻqtur imkon,—
Yodingni qilay harifi majlis,
Fikringni etay koʻngulga munis.

V

Jismingki, emas hayottin kam,
Ne jismki, ruh erur mujassam.
Bir-bir sogʻinib labing hadisin,
Qon yigʻlar iki koʻzum damo-dam.
Gʻaming tilasang meni qutulmay,
Gʻamdin tilasam oʻzumni xurram.
To oʻldi bu zori xasta mahrum
Vaslingdin, gʻamgʻa boʻldi mahram.
Chekti koʻngul andoq oʻtlugʻ ohe,
Kim kuydi sharori birla olam.
Bu nav’ sharoraliq oʻtumning
Taskini uchun meni hazin ham
Ranjingni tilay tanimgʻa rohat,
Neshingni deyin yaramgʻa marham,—
Yodingni qilay harifi majlis,
Fikringni etay koʻngulga munis.

VI

Ul durji aqiqu la’li serob
Juzgʻimdin oqizdilar duri nob.
To jomi muhabbatingni tortib,
Koʻnglumga yetishti ishqdin tob.
Ham doʻstlar oʻldi manga dushman,
Ham tarki muhabbat etti ahbob.
Sendin ajab erdi bori, ey doʻst,
Dushmanlar uchun tuzatmak asbob.
Mahrum qulungni mahram etsa
Vasling haramigʻa hayyi vahhob.
Koʻyungni qilay oʻzumga qibla,
Qoshingni etay koʻzumga mehrob.
Yoxud yetibon xumori hijron,
Vasling mayi boʻldi ersa noyob,-—
Yodingni qilay harifi majlis,
Fikringni etay koʻngulga munis.

VII

Ey, kishvari husn uzra hokim,
Xoʻblar bori hazratingda xodim.
Buzdung bu koʻngulni, lojaram mulk
Vayron boʻlur, oʻlsa shohi zolim.
Hijron meni chunki oʻlturur zor,
Sen ham madad etmaging ne lozim?
Dar nechaki beinoyat oʻlub,
Qilding meni begunoh mujrim.
Ummed budurki, yona tengri
Solsa meni maqdaminggʻa solim.
Iqbol kibi turub qoshingda,
Boʻlsam yana xizmatinggʻa ozim.
Vaslinggʻa gʻazal tafakkur aylab,
Unutgʻamen ushbu baytnikim,—
«Yodingni qilay harifi majlis,
Fikringni etay koʻngulga munis».

Qit’alar

1

Haq zotigʻa biravki xirad birla fikr etar,
Otin el ichra oqilu farzona aylabon.
Miqdorini tengiz suyining istar anglamoq,
Lekin hubob jomini paymona aylabon.

2

Muhammadi arabiy sha’ni ondin a’zam erur,
Ki nuqs boʻlgʻay ulus boʻlsa nafyigʻa qoyil.
Quyosh ashi’asigʻa lam’a andin ortuq erur,
Ki zarra kasrati boʻlgʻay ziyosigʻa hoyil.

3

Foniyi mutlaq oʻlmayin solik,
Anga yoʻqtur umidi maqsadi kul.
Qaro tufroqqa singmayin qatra,
Andin imkoni yoʻq ochilmoq gul.

4

Soliki ozodani koʻrsang, gʻaniy qilgʻay debon,
Mol aning man’i suluki qilmagʻil inkor anga.
Kema tiyri mol aro boʻlmish muqayyad, demagil,
Koʻrki, oncha mol oʻlurmu moni’i raftor anga.

5

Ey koʻngul, tan taxtasin bu qa’ri yoʻq girdobdin
Istasang sohilgʻa chekmak, bilki, bu oson emas.
Piru iste’dodu tavfiq oʻlmasa boʻlmas bu ish,
Kimdururkim, bagʻri bu hasratdin oning qon emas.

6

Vajhi maosh uchun kishikim desa fikr etay,
Qismat rizosidin anga begonaliq kerak.
Ganji qanoat archi erur saltanat, valek
Eldin tama’ni uzgali mardonaliq kerak.
Lazzoti nafs tarki samari ofiyat berur,
Lek ul shajarni ekkali farzonaliq kerak.
Kim ishq asiri boʻlsaki, mumkin emas visol,
Dardu balogʻa hamdamu hamxonaliq kerak,
Tajrid nuridin kishi koʻz yorutay desa,
Ahbob hajri sham’igʻa parvonaliq kerak,
Gar anjumanni desa muridu muti’ etay,
Koʻp nuktavu fasonada afsonaliq kerak.
Botin harimida tilasa maxzani huzur,
Zohir uyi asosigʻa vayronaliq kerak.
Zohir yuzidin ar tilasa toju izzu joh,
Dardu balo muhitigʻa durdonaliq kerak.

7

Qanoat tariqigʻa kir, ey koʻngul,
Ki xatm oʻlgʻay oyini izzat sanga.
Desang, shoh oʻlay, yeru koʻk basdurur,
Bu bir taxtu ul chatri rif’at sanga.
Fano shu’lasida yoshur jismni,
Kerak boʻlsa zarbaft xil’at sanga.
Yetar lola butgan qiyo qullasi,
Murod oʻlsa gulgun hashmat sanga.
Erur bas arigʻ nuktavu qon yoshing,
Duru la’ldin zebu ziynat sanga.
Desang, xilvatim anjuman boʻlmasun,
Kerak anjuman ichra xilvat sanga.
Vatan ichra sokin boʻlub soyir oʻl,
Safardin agar yetsa mehnat sanga.
Nazarni qadamdin yiroq solmagʻil,
Bu yoʻl azmi gar boʻlsa ragʻbat sanga.
Damingdin yiroq tutmagʻil hushni,
Ki yuzlanmagay har dam ofat sanga.
Bu toʻrt ish bila rub’i maskun aro
Cholinmoq, ne tong, koʻsi davlat sanga.
Bu ohang ila boʻlgʻasen naqshband,
Navoiy, agar yetsa navbat sanga.

8

Tavakkulni ulkim qoʻyub xotirigʻa,
Tushar shoh ollinda qulluq havosi.
Nasibi aning bir ayoq osh erur bas,
Agar ganji Qorun erur muddaosi.
Biravkim, boʻlur bir ayoq osh uchun qul,
Yuziga keraktur qazonning qarosi.

9

Kimki maxluq xizmatigʻa kamar
Chust etar — yaxshiroq ushalsa beli.
Qoʻl qovushturgʻucha bu avlodur,
Ki aning chiqsa egni, sinsa ili.
Chun xushomad demakii boshlasa kosh,
Kim tutulsa dami, kesilsa tili.

10

Kamol et kasbkim, olam uyidin
Sanga farz oʻlmagʻay gʻamnok chiqmoq.
Jahondin notamom oʻtmak biaynih
Erur hammomdin nopok chiqmoq.

11

Biravki, jabhasida chin erur tuta olmas
Murod shohidining soidini komi bila.
Agarchi fannida sohib kamol erur sayyod,
Qachon baligʻ tuta olgʻay suv mavji domi bila?

12

Quloqda asra garonmoya soʻzniyu fikr et,
Ki dursiz oʻlsa, ne boʻlgʻusidur sadaf holi.
Soʻzungni dogʻi koʻngul ichra asragʻilkim, hayf,—
Kim uyla durjni guhardin etgasen xoli.
Bu darju ikki sadafni toʻla dur etganga,
Zihi uluvvi guhar, balki gavhari oliy.

13

Ne rahraveki, toji hidoyat boshidadur,
Yoʻq bok anga havodisi aflok toshidin.
Hudhudki, qoʻydilar azaliy toj boshigʻa,
Tushgaymu jola yoqqon ila toji boshidin?

14

Koʻrsang, ey zohid, muqomirvash qalandarpeshaye,
Boʻlma koʻp mashgʻulu dunyo shugʻlidin qil ijtinob.
Dona oʻynab vajhin isor etsang, andin yaxshikim,
Evurub tasbihu yormoq sudin etgaysen hisob.

15

Yuziga asli yamonning koʻp ochma gulshani xulq,
Siyah gilemga albatta mehr aylama fosh.
Qi qilmadi gul isi birla toza ruh jual,
Quyosh charogʻigʻa parvona boʻlmadi xuffosh.

16

Chu dushman oʻldi qadimiy, ziyonidin hazar et,
Agarchi nutqi ravonbaxshi jongʻa rohat erur.
Suv birla oʻt aro ziddiyat oʻldi chun azaliy,
Agar hayot suyidurki, oʻtgʻa ofat erur.

17

Viqor gavhariyu hilm ma’dani boʻlakoʻr,
Desangki, qilgʻay itoat sanga gado bila shoh.
Bu sheva togʻda zohirdururki, davrondin
Qachonki tafriqa yetti, ulusgʻa boʻldi panoh,

18

Biyik maqomigʻa ulkim tilar sabot kerak,
Ki egrilikni qoʻyub, tuzluk aylasa qonun.
Tuz oʻlsa soyasida el tinib minor kibi,
Sipehr uyida turar qarnlar nechukki sutun.
Gar egridur, yogʻibon oʻqu bogʻlanib boʻyni,
Boʻlur qabaq yigʻochidek besh-oʻncha kunda nigun.

19

Xiromon suvda soyir boʻlmoqu uchmoq havo uzra,
Ajab ermas, qachonkim rostravliq qilsa ozoda.
Shior aylab bu ishni kema tiyri, koʻrki, suv uzra
Xirom aylab havogʻa bodbondin soldi sajjoda.

20

Poklar joni boʻlur ozurda tazvir ashkidin,
Koʻzgu ruxsori nechukkim zang tutqay nam bila.
Rostlar koʻnglini aylar tiyra nodon yovadin,
Sham’ni ul nav’kim johil oʻchurgʻay dam bila.

21

Saxiy uldurki, nav’i bazl qilgʻay,
Agar xud sufra ichra boʻlsa noni.
Kim ul chodir koʻmochidek yetishgay
Gado uyiga koʻzlardin nihoniy.
Falakdek yoʻqki, avval jilva bergay
Quyoshning qursidek olamgʻa oni.

22

Toʻnni zarbaft aylabon xiffatdin uchqon har taraf,
Yoʻq ajab, gar bor esa dunyo mato’i kom anga.
Ul chibinkim, koʻzga oltun yangligʻ ishnor xil’ati,
Koʻpragi bilkim, najosat uzradur orom anga.

23

Navoiy, tiling asragʻil zinhor,
Desangkim, yemay dahr ishidin fusus.
Nazar hilki, oʻq ogʻzi tilsiz uchun
Qilur tojvarlar bila dastboʻs.
Necha tojvardur, kesarlar boshin,
Chu hangomsiz nagʻma tortar xuroʻs.

24

Issigʻ nafas bila hindugʻa tarbiyat qilsang,
Xisoli har yon oʻlur jahl tavsanin surmak.
Koʻmurni oʻtqa solib, la’li otashin etsang,
Natija boʻlgʻay anga qayda tushsa kuydurmak.

25

Laim farqigʻa iqbol tojini qoʻymoq,
Yaqinki, boʻlgʻusidur mujibi azobi aning.
Nutuqchi boshigʻa shunqor tumogʻasi tong emas,
Ki boʻlgʻusi sababi ranju iztirobi aning.

26

Biyik maqomliq el tifl ekanda ham boʻlmas,
Ki tiyra qilgʻay oni jahlu zulmat ahli tili.
Qamar charogʻi agar boʻlsa barcha bir kechalik,
Ne nav’ oʻchurgay oni shabparak qanota yeli?

27

Debon bergan kishi erdur, va lekin
Demay berganga erlik bil musallam.
Ne deb, ne bersa, bilgil oni xotun,
Debon bermasni xotundin dogʻi kam.

28

Ne roʻza boʻlgʻay angakim, ochuq boʻlib ogʻzi
Damekim oʻlmagʻay ondin kalomu harza kalom.
Gʻaribroq buki, qilgʻay bahonaye sunnat,
Ki sharbat aylagay oshom zohir oʻlmay shom.
Namoz qilmagʻayu qilsa ham namoz ichra
Taxayyul aylamagay gʻayri lavn-lavn taom.
Chiqib namozdin, oʻlgʻay taom ila mamlu,
Bu shart birlaki, boʻlgʻay taomi barcha harom.
Dimogʻ topsa rutubat bu nav’ at’imadin,
Kunas bosh urgʻucha uygʻonmagʻay kase nokom.
Koʻzin chu ochti yana roʻza aylagay niyat,
Agarchi fosid erur me’davu saqil andom.
Bu turfakim, tilagay bu qadar qabohat ila
Ki roʻza tutmogʻini anglagʻay xosu avom.
Bu savm ilaki, malak oni yozmagʻay juz fisq,—
Zixi malakvash soyim, zixi xujasta sayom.
Navoyiyo, erur ortuq. bu yemak-ichmakdin
Yilon etini yebon, zahrin aylamak oshom!

29

Uyla gʻarqi maydururlar xalq bu dayr ichrakim,
Shar’ning aynul-hayotidin asar mafhum emas.
Ul sifatkim, bahrning achchigʻ suyida ba’zi el,
Topilur derlar chuchuk suv ham, vale ma’lum emas.

30

Shahgʻa muqarrab oʻlsa birav barcha xaylidin,
El barcha dushman oʻlsa aning birla vajhi bor.
Kim xaylu shoh oshiqu ma’shuq erur yaqin,
Gulchehrayeki, oshiq ancha boʻlsa beshumor.
Ul barchasidin oʻlsa birisiga multafit,
Dushman boʻlurda oʻzgalariga ne ixtiyor?

31

Biravning xavfi koʻprak shah qoshinda,
Ki shahning bor anga ta’zimi koʻprak.
Erur shah majlisi oʻt, kimki oʻtgʻa
Yaqinroq boʻlsa, kuymak biymi koʻprak.

33

Shaho, el javhari jonin chiqarding,
Javohir hirsidin bedod etib fosh.
Chu oʻlgungdur, ne osigʻ, toʻkmak oni
Mazoring uzra andoqkim ushoq tosh.

34

Qarilar xotiri nozikdur, ey tifl,
Shikastidin qilib vahm, oʻlma gustox.
Unuttungmuki, atfol oʻynagʻanda
Sinar oz mayl koʻrgandin quruq shox.

35

Ne toli’durki, har kimii desam yor,
Manga ul oqibat boʻlur badandesh.
Biravdurkim, oni desam koʻzumsen,
Chekar mujgon kibi qasdimgʻa yuz nesh.

36

Ul turfa qush havosida koʻz toʻkti durri ashk,
Jon yoydi rishtasin anga aylab havoyi qayd.
Lekin gar inju sochsa kishi dona oʻrnigʻa,
Tovusni qachon qilur oʻrgamchi domi sayd?

37

Kiyib samur ila kish, qilma asru ra’noliq,
Ipak libos ila tutma gʻurur jomi toʻlo.
Tiynning oʻz tuki-oʻq boʻldi jonigʻa ofat,
Farisaning paridin keldi oʻz boshigʻa balo.

38

Shohi sipehrqadr Abobakr, ul shahe,
Kim koʻk ravoqi dargahi qadrigʻa toq erur.
Bu charxi lojuvard uza xurshid goʻyiyo
Koʻkboʻz takovarigʻa muzahhab janoq erur.
Bir pora lojuvard sari goʻyi angladi,
Kim bu zaifi xastagʻa koʻp ishtiyoq erur.

39

Chu koʻrdikim, safol ichinda solib
Ichadur boda bu mehnat qarini.
Dedi, chiniy sarohim bordur, olgʻil,
Soʻzi dedi, vale yoʻq erdi chini.

40

Falon boykim, qoʻyi besh mingdin oʻtmish,
Yana ham mingdin ortuq sogʻligʻ oʻchku.
Qoʻziliq qoʻy dediyu tondi oxir,
Ki ondin yaxshiroq oʻgʻlogʻligʻ oʻchku.

41

Sohibi a’zam Nizomul-mulk, chunkim boʻldi azal,
Hajvlar qildi Utorud charxi kajraftorni.
Chun havodis tundbodi esdi, barbod ayladi,
Yoʻqki muhru daftaru zelucha yoʻqu borni.
Bandu tutqunluq bas ermas erdikim, bemorligʻ
Bir yoʻli soldi ayoqdin ul faqiri zorni.
Keltururlar soʻrgʻali devongʻa oni xojalar,
Voqian bu nav’ soʻrgʻay doʻstlar bemorni.

42

Bu yurushda iki ulogʻim bor,
Lek bormen sipohiyliqda yayoq.
Iki shatranj otidek, birisi
Koʻtara olmay oʻz yeridin ayoq.
Chopsa shatranj xonasi xatidin,
Sekremaklik alargʻa behad shoq.
Biri rangi qarodurur, biri boʻz,
Qaro yerdur dogʻiyu boʻz tufroq.

45

Falon kotib ar xatni mundoq yozar,
Bu mansabdin ani qoʻpormoq kerak,
Yuzin nomasidek qaro aylabon,
Qalamdek boshin dogʻi yormoq kerak.
Qarodin qarogʻa beribon ulogʻ,
Qalamravdin ani chiqarmoq kerak.

46

Sadr kotib yoʻq mening she’rimki, har kim she’rina
Yozgʻali oldi qalam, borin gʻalat qildi raqam.
To qalam urdi qarogʻa, yozmadi bir harf rost,
Kim xudo qilgʻay aning yuzin qaro, ilgin qalam.


Ruboiylar

1

Subhonallohu xoliqi zul-majdu alo,
Kim andin erur toʻla xalo birla malo,
Gar mehr aning misli degaylar uqalo,
Mehr ollida zarra yangligʻ oʻlgʻay masalo.

2

Koʻk poʻyavu sayr ila talabgor sanga,
Kun sorgʻoribon ishqda bemor sanga,
Oy dogʻ ila qulluq aylab izhor sanga,
Tun anjumi naqdidin xaridor sanga.

3

Yo rabki, inoyatingni yor ayla manga,
Yoʻqluqqa hidoyatingni bor ayla manga,
Har kahfi kifoyatingni dor ayla manga,
Har durri inoyating nisor ayla manga.

5

Jonimdogʻi «jim» ikki dolinggʻa fido,
Anding soʻng «alif» toza niholinggʻa fido,
«Nun»i dogʻi anbarin hilolinggʻa fido,
Qolgʻon iki nuqta ikki xolinggʻa fido.

6

Bu qosid ishim ohu figʻon ayladilo,
Bu ruq’a tanimni notavon ayladilo,
Bu sa’b xabar ichimni qon ayladilo,
Bu qonligʻ ichim haloki jon ayladilo.

7

Nomangki, tirikligimdin uldur matlub,
Ochib oʻqugʻoch bir necha lafzi margʻub,
Koʻp toʻlgʻonib, ashk ichra oʻzumdin bordim,
Ul nav’ki, suv ichiga tushgay maktub.

8

Nomangkim, erur boisi iqbolu tarab,
Yetkursa tarab meni hazingʻa, ne ajab,
Yolgʻuz mendin ketarmadi ranju taab,
Kim boʻldi base xalq hayotigʻa sabab.

9

Bir aybgʻa garchi xalq qilgʻay mansub,
Faqr ahlidin iztirob emastur mahsub,
Sidq ersa xud etmak kerak oʻz fe’lini xoʻb,
Kizb ersa malomat dogʻi bordur matlub.

10

Suv koʻzgusini bogʻ aro aylarda shitob,
Siymob qilur erdi taharruk bila tob.
Day qildi bu simobni andoq koʻzgu,
Kim koʻzgu aning qoshida boʻlgʻay siymob.

11

Ey ulki, soʻzung tushti habib ollida xoʻp,
Mendin yoʻligʻa boshing qoʻyub, tufrogʻin oʻp,
Ahbobgʻa ham birin-birin xizmat etib,
Arz ayla, niyoz ila duo koʻptin-koʻp.

12

Gardun uza bazm uchun maqom ayladi tut,
Ul bazmda xurshidni jom ayladi tut,
Ul jom ila ishratni mudom ayladi tut,
Oxir dame yer quyi xirom ayladi tut.

13

Gar oshiq esang, zebu takallufni unut,
Yaxshiyu yamon ishda taxallufni unut,
Oʻtgan gar erur yamon, taassufni unut,
Kelgan gar erur yaxshi, tasarrufni unut.

14

Ey ishq, aning koʻyida tavfi haram et,
Bizni dogʻi ul tavfgʻa boshla, karam et,
Bir doira koʻyi tegrasida raqam et,
Gar chiqsa ayogʻim, raqamingdvn qalam et.

15

Chun xanjari hajring manga qat’ etti hayot,
Bori gʻamu darding oʻqini tinmayin ot,
Kim oncha qovursun par oʻlub butsa qanot,
Toyir boʻlubon yetgamen oxir sanga bot.

16

Boʻldi mening oʻlmagimga savdo bois,
Savdogʻa havoyi jomi sahbo bois,
Sahbogʻa dogʻi dayru chalipo bois,
Bu barchagʻa ul dilbari tarso bois.

17

Koʻnglumni olibdur ul shahi sabzdavoj,
Kim gʻamza bila olur mamolikdin boj.
Boshi uzra mamlakat xiroji bir toj,
Toji uza gavhari mamolikka xiroj.

18

Kunduz koʻrsang oʻzungni mahzun qadah ich,
Andoqki quyosh ravshanu mavzun qadah ich,
Ul damki quyosh botti, shafaqgun qadah ich,
Jomingni qilib nechukki gardun, qadah ich.

19

Gul vaqti muyassar oʻlsa gulfom qadah,
Andin soʻng tutsa bir gulandom qadah,
Man’ aylasa barcha ahli islom qadah,
Qofirmen agar qilmasam oshom qadah.

20

Ruhumgʻaki maydin erdi har lahza futuh,
Nosih tili neshi qildi ani majruh.
May loyini marham qilayin shomu sabuh,
Ul vaqtqachaki, toza boʻlgʻay manga ruh.

21

Qoʻrqutma meni tomugʻdin, ey zohidi yax,
Jannat manga boʻlgʻusi debon urma zanax,
Kim doʻzax oning yodi bila jannat erur,
Jannat bori sening biladur doʻzax.

22

Ruxsori uza xollarin ul dilband
Ochti chu meni koʻrdi base hojatmand.
Ayshimgʻa yamon koʻz etmagay emdi gazand,
Xossaki, ul-oʻq boʻlubtur oʻt uzra sipand.

23

Yoshimgʻa bagʻir qoni chu erdi monand,
Koʻz asradi yoshdek boʻlub andin xursand.
Turmadi koʻzumda yetkach ul sarvi baland,
Boʻlmas kishi farzandi kishiga farzand.

24

Ey, sharbati la’ling obi hayvondin alaz,
Hayvon suyini qoʻyki, chuchuk jondin alaz.
Ne jondin alaz, ne obi hayvondin alaz,
Kim har neki yoʻq, ondin alaz, ondin alaz.

25

Budur tilagimki, ulki ma’budung erur,
Tutkay seni ulyonki, sening sudung erur.
Koʻnglungga yeturgay ulcha behbudung erur,
Ilgingga keturgay ulcha maqsudung erur.

26

Gul zikrin eshiturmenu yoʻq guldin asar,
Bu bogʻ eshigidin istaram oncha guzar,
Kim topmasa gul jamolidin bahra nazar,
Bori isidin yetsa dimogʻimgʻa xabar,

27

Soqiy, badanimni notavon etti xumor,
Koʻnglumni qadahdek toʻla qon etti xumor,
Har uzvuma yuz ranj ayon etti xumor,
Tutqil qadaheki, qasdi jon etti xumor.

28

Koʻzum uchadur, magarki yorim keladur,
Es har dam ozar, magar nigorim keladur.
Yo bodiyayi firoq sayrida qilib
Yuz marhala qat’ shahsuvorim keladur.

30

Har garmroʻyki, boʻlgʻay ul koshifi roz,
Maqsud harimi sori qilgʻach parvoz,
Tong yoʻq, falak uzra aylabon jilvavu noz,
Na’layni malakka boʻlsa mehrobi namoz.

31

Olam bor emish, Navoyiyo, shoʻrangiz,
Olam dogʻi el boshtin-ayoq rangomiz.
Ishq istar emish seni adam misri sari
Borgʻilki, erur el tilagan yerda aziz.

32

Ahbob, dengizki, xonumondin tama’ uz,
Ne xonu ne mon, kavnu makondin tama’ uz,
Ne kavnu makon, jonu jahondin tama’ uz,
Lekin demangiz muniki ondin tama’ uz.

33

La’lingni qilib nuktasaro, ey qarokoʻz,
Ishq ahli hayotigʻa yaro, ey qarokoʻz.
Chekma yana surma koʻz aro, ey qarokoʻz,
El jonigʻa qilma koʻz qaro, ey qarokoʻz.

34

Ul koʻzki, dame boʻlmadi sogʻ, ey qarokoʻz,
Qonimdin ichar mudom ayogʻ, ey qarokoʻz.
Bilmonki, erur anga qarogʻ, ey qarokoʻz,
Yo mast edi, qoʻydi toza dogʻ, ey qarokoʻz?

35

Jonbaxsh labing chashmayi hayvonmu emas?!
Hajridin oning ichim toʻla qonmu emas?!
Har qatrayi qon la’li Badaxshonmu emas?!
Har porayi la’li javhari jonmu emas?!

39

Gʻurbatda gʻarib shodmon boʻlmas emish,
El anga shafiqu mehribon boʻlmas emish.
Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulgʻa tikandek oshyon boʻlmas emish.

40

Ul durri saminki, bor edi koʻzuma yosh,
Aylarda ajal anga jafo rasmini fosh.
Gʻam tnrnogʻidin qilib qarogʻimni xarosh,
Yoshurgʻay edim oni koʻzum uyida kosh.

41

Yoʻq bodayi vasl, obi hayzon ul emish,
Ahbob muloqoti, dema, jon ul emish.
Gardun gʻamu ranj suratin naqsh etsa,
Jon chehrasi atrofigʻa hijron ul emish.

42

Yillar tutubon shayx maqolotigʻa goʻsh,
Ne koʻngluma zavq yetti, ne jonima joʻsh.
Jonimgʻa navo soldiyu koʻnglumga xurush,
Bir jur’a bila mugʻbachayi bodafurush.

43

Soqiy, meni xor-xordin ayla xalos,
Gul-gul yuzung och, bahordin ayla xalos,
Yo may beru intizordin ayla xalos,
Yo oʻlturubon xumordin ayla xalos.

44

Ber jomu ol, ey mugʻbacha, jonimni ivaz,
Qoʻsh tutqilu, ol ikki jahonimni ivaz.
Oni sumururda qatraye tomsa agar,
Sen ham toʻk aning oʻrnida qonimni ivaz.

45

Kim istasa saltanat, saxodur anga shart,
Har va’daki aylasa, vafodur anga shart.
Kim faqr talab qilsa, fanodur anga shart,
Olligʻa nekim kelsa, rizodur anga shart.

46

Bu davrda yoʻq sen kibi xushxon hofiz,
Huffoz aro sarhalqayi davron hofiz.
Qur’onga sen oʻlgʻon kibi yakson hofiz,
Boʻlsun sanga barcha ishda qur’on hofiz.

47

Kim aylasa soqiyi gulandom tama’,
Ilgidin oning sogʻari gulfom tama’,
Andin soʻng agar taqviyu islom tama’
Aylar esa ul mardak erur xom tama’.

48

Ul damki, quyosh ayladi magʻribqa ruju’,
Gar suhbat oʻshul quyosh bila topsa vuqu’,
Xushtur qilmoq jom quyoshigʻa shuru’,
Ul damgʻachakim, qilur quyosh jomi tulu’.

49

Mugʻ dayrida dast bersa bir lahza farogʻ,
Kim mugʻbacha ishqidin qizigʻ boʻlsa dimogʻ.
Ul tutsa mugʻona lahn ila har dam ayogʻ,
Bosh olsam ayogʻidin, kerak boshima dogʻ,

50

Bir gul gʻamidin dedim qoʻyay bagʻrima dogʻ,
Bergaymu debon atri dimogʻimgʻa farogʻ,
Bargin chu mulavvas ayladi bum ila zogʻ,
Emdi oni islamoqqa yuz hayf dimogʻ.

51

Berding manga dayr aro iqomat, ey mugʻ,
Tuttung qadahi mayi malomat, ey mugʻ,
Bu ishni xud aylading karomat, ey mugʻ,
Yo rabki, hamisha boʻl salomat, ey mugʻ.

52

Nomang yetibon topti koʻngul izzu sharaf,
Har lafzi boʻlub murod durrigʻa sadaf.
Har satri alam cherikining daf’i uchun
Iqbol sipohidin chekibon bir saf.

53

Soqiy, badanimni qildi gʻam tigʻi shikof,
Qonim bori oqti, tutma oʻzungni maof.
Tutqil badali moyatahallal mayi sof,
To mast qilay gʻam cheriki birla masof.

54

Yuz mehnatu gʻam koʻngluma yetkurdi firoq,
Jonimgʻa balovu dard oʻqin urdi firoq,
Jismimni fano oʻtigʻa kuydurdi firoq,
Chun kuydi, kulini koʻkka sovurdi firoq.

55

Koʻnglumni gʻamu dard ila qon ayladi ishq,
Koʻz yoʻlidin ul qonni ravon ayladi ishq,
Har qatrani bilmadim qayon ayladi ishq,
Bedil ekanim buyla ayon ayladi ishq.

56

Ul damki quyosh bottiyu sorgʻordi shafaq,
Bazminggʻa shafaqgun may ila ber ravnaq.
Ne haqni unut, ne mayni kuygʻil mutlak,
Kim tongla erur tengri karimu barhaq.

57

Yoʻq dahrda bir besaru somon mendek,
Oʻz holigʻa sargashtavu hayron mendek,
Gʻam koʻyida xonumoni vayroi mendek,
Ya’niki, aloxonu alomon mendek.

55

Berahmdurur olamu zolim aflok,
Bemehrdurur anjumu davron bebok.
Qay sarvi chamanki, jilva qildi cholok,
Kim yerga toʻkulmadi nechukkim xoshok.

59

Zohid senu hur, manga jonona kerak,
Jannat sanga boʻlsun, manga mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha boʻlsa, toʻla yona kerak.

60

Gar dilbar emas malakvashu hur xisol,
Andin soʻng ulusning koʻzi koʻru tili lol.
Ne husnigʻa ru’yatu ne ishqimgʻa maqol,
Billah, menu oshiqlik erur amrimahol.

61

Bir sori sorigʻ poʻlovu men tutsogʻ yoʻl,
Ne togʻu, ne tuz desang, ne obodu, ne choʻl.
Yirtuq kapanakdin chiqorib yalang qoʻl,
Ul qochsavu men qovsamu, men qochsamu ul.

62

Turmay meni zoru notavon birla koʻngul,
Ulfat tutmish ul oston birla koʻngul.
Yoreki manga jon edi ham azm etti,
Men mundavu xizmatingda jon birla koʻngul.

63

Umrung quyoshigʻa bermasun charx zavol,
Joning qamarini qilmasun davr hilol.
Tun-kun boʻlgʻil mahravishu mehrxisol,
Dahr ahligʻa nurbaxshu farxunda jamol.

64

Ey, joni habibu koʻngli ahbobgʻa lol,
Men ham qildim jonu koʻngulni irsol.
Koʻnglumga ber ahbob bila jomi visol,
Jonimni habib ayogʻi tufrogʻigʻa sol.

65

Mugʻ dayri sori bukun tamanno qildim,
Ul mugʻbacha husnini tamosho qildim,
Din naqdini kufri birla savdo qildim,
Kim qildi bu ishkim, meni rasvo qildim?

66

Yoshungʻon emish qaro bulutgʻa mohim,
Gardunni sovurmogʻligʻ erur dilxohim.
Kirmish qaro tufroqqa quyoshdek shohim,
Nevchun qaro qilmasun quyoshni ohim?!

67

Johilki, hasad boʻlgʻay aning jahligʻa zam,
Nur el koʻzidin anglasa oʻz koʻzida kam.
Koʻzlarni olishmoqqa chekib tigʻi sitam,
El koʻzini ham oʻygʻayu oʻz koʻzini ham.

68

Bahru kemadin koʻngulda koʻpdur alamim,
Kim sekrimayin qadam, yugurmay qalamim.
Maqsuddin oncha soldi bir damda yiroq,
Kim yuz yil oni tay qila olmas qadamim.

69

Masjidgʻa necha ahli riyodek yetayin,
Yo rind kibi azimati dayr etayin.
Maqsud topilsa yaxshi, yoʻqsa netayin,
Boshimni olib qay sori emdi ketayin?!

70

Gul bordi esa, chaman muattar boʻlsun,
Sham’ oʻchti esa, qamar munavvar boʻlsun.
Shahzodagʻa gar ravza muyassar boʻldi,
Sultongʻa jahon mulki muyassar boʻlsun.

71

Jonim aro oʻt la’li suxandoning uchun,
Yuzum uza kavkab mahi toboning uchun,
Koʻksumda alif sarvi xiromoning uchun,
Soʻzlab, yuz ochib kel bu taraf joning uchun.

72

Zulfung girihigʻa poybast oʻlmishmen,
La’ling mayidin bodaparast oʻlmishmen,
Ul mayni ichib yoʻlungda past oʻlmishmen,
Hay-hay, ne dedim, magarki mast oʻlmishmen?

73

Menmenmu visol umididin shod oʻlgʻon,
Bir-bir gʻamu anduhdin ozod oʻlgʻon.
Oz-ozgʻina bergan soyi gul atri nasim,
Bulbuldek ishim nolavu faryod oʻlgʻon.

74

Zogʻeki choʻqub oqizdi qon koʻnglumdin,
Tirnogʻ ila uzdi notavon koʻnglumdin,
A’zosida koʻr asar damim dudidiya,
Minqor ila changida nishon koʻnglumdin.

75

Koʻnglum gulu sarv mayli qilmas, netayin?
Sarvu gul ila dame ochilmas, netayin?
Dar shoʻx koʻrunsa, koʻzga ilmas, netaynn?
Bir shoʻxkim, ul tilar — topilmas, netayin?

76

Dayr ichra tilab jomi hiloliy partav,
Sajjoda garav boʻlsa, ne tong, ey rahrav.
Chun mugʻbacha ollida qilur sajda birav,
Yoʻq ayb musallosi oning maygʻa garav.

77

Gar qilsa kishi qilib gunohe tavba,
Ul jurmgʻa boʻlsa uzrxohi tavba.
Qilmoq necha goh jurmu gohi tavba,
Bu jurm ila tavbadin, ilohi, tavba!

78

Yo koshifi asrori nihon boʻlsa kishi,
Halloli ramuzi osmon boʻlsa kishi,
Yo oshiqi zori notavoi boʻlsa kishi,
Devonavu rasvoyi jahon boʻlsa kishi.

79

Eykim, borasen, koʻngulni qaytargʻil axi,
Bedilliq oʻtidin meni qutqargʻil axi.
Yo tigʻ chekib toʻsh-toʻshidin yorgʻil axi,
Bir porasini bizga berib, borgʻil axi.

80

Sen borgʻali ortmish koʻngul zorligʻi,
Oh oʻqlaridin har nafas afgorligʻi.
Bilmon, unutulgʻonmu ekandur manga hajr,
Yo koʻprak erur bu qatla dushvorligʻi?

81

Jonimgʻa yetibturur xumor, ey soqiy,
May tutqilu berma intizor, ey soqiy,
Avval oʻzung ayla ixtiyor, ey soqiy,
Tutqil manga soʻngra zinhor, ey soqiy.


82

Oxir dame umr etsa shitob, ey soqiy,
Tutqil manga oncha mayi nob, ey soqiy,
Kim hashrda mast oʻlay xarob, ey soqiy,
To anglamay etsalar azob, ey soqiy.

83

Dedim zaqaning tutub saqogʻingni oʻpay,
Koʻz qoshingga surtubon qabogʻingni oʻpay,
Guldek yuzung islabon, dudogʻingni oʻpay,
Yoʻq, yoʻq, yoʻq, agar desang ayogʻingni oʻpay.

84

Har zulf xamigʻa qilma vobasta meni,
Har koʻz havasidin etmagil xasta meni,
Har qosh tama’igʻa solma payvasta meni,
Yo rab, borisidin ayla vorasta meni.

85

Til soʻz bila to qizitti hangomamni,
Bir ham tiya olmadim bu xudkomamni.
Har necha itikrak ayladim xomamni,
Ul xoma qaroroq ayladi nomamni.


Lugʻzlar

Qalam

Ne loʻlidurki, chun hangoma tutsa,
Qadam boshtin qilib tortar navozir.
Boshin keskandin ortib anga tahrik,
Tilin yorgʻandin oʻlub anga tahrir.
Qaro suvgʻa boshin yuz gʻoʻta bersa,
Toʻlar ogʻziyu boʻlmas lek damgir.
Kiromul-kotibin ondin qilib sabt,
El etkondin yamon-yaxshini bir-bir.
Vale oshiq bila majnun ishiga
Qazo yetkurmay andin ranju tashvir.
Bihamdillahki, ollimda azaldin
Jununu ishq yozdi kilki taqdir.

Tanga

Ne shoʻx erurki, ulus koʻngli ichra savdosi
Oning yuzidagi xatlar kibi muharrardur.
Kumishdurur tayaiyu qiymati oning lekin
Oʻn ikki oʻz tanidek vajh ila muqarrardur.
Ishi ul oʻn ikkidin har birisidur diynor,
Ki adl sikkasidin yuzlarida zevardur.
Magarki angladi xumsul-muborak asrorin,
Ki soni bu adad oʻlmish, agarchi yuz mardur.
Gadogʻa xumsidin ar saltanatdurur, ne ajab,
Qachonki beklik oning rub’idin muyassardur.

Igna

Qaysi ayyor erkin ulkim, naqb urar san’atda bor
Bir sinon yangligʻ ayogʻdin, bosh qotiqliqdin tayen.
Nozaninlariing libosi «echakim sangin erur,
Toru pudi koʻzlaridin ichkari kirmak fani.
Pardayi ismatda har gulruxki ursun lofi zuhd,
Koʻnglakining darzi-darzi ichra koʻrmishlar ani,
Bu sifatkim topti ul ayyorliq sarrishtasin,
Tongemastur, gar otin qoʻygʻaylar oning soʻzani.

Miqroz

Ne qushlar erkin alarkim, birardurur qanoti,
Qanotining uchida har birisiga minqor.
Biror ayogʻlari ham boru turfaroq bukim,
Ayogʻ uchida biror koʻz ham ettilar izhor.
Qachon ayogʻlarin olmashtururlar, ul soat
Qanot urargʻa boʻlurlar tuyurdek tayyor.
Qanot koʻp urmogʻ ila bir qori ucharlari yoʻq,
Ucharda garchi qoridur alargʻa istizhor.

Oʻq

Ne qushdururki, uchar uch qanot bila, lekin
Agar qoʻnar ham, ochuqdur qanotlari bori.
Qanoti soridur ogʻzi, valek doim ochuq,
Bu turfaroqki, boʻlur quyrugʻida minqori.
Erur aning kibi tuz koʻngli oshyonida oʻq,
Sipehr ja’basidin istasang namudori.

Anor

Ne mijmardur, toʻla axgar, vale ul mijmar andomi
Erur sun’ ilgidin gohe musaddas, gah musamman ham.
Chiqar ravzandin axgari dudiyu bu turfakim, oning
Oʻtigʻa dud yoʻqtur, mijmarigʻa balki ravzan ham.
Oʻtu mijmar dema, bor ul sadafkim, durlarin oning
Evurdi qongʻa davroni musha’bid, charxi purfan ham.
Agar bu nav’ emas, bas ne uchun, barmoq kuchi birla
Boʻshar jismi, oqar qoni, anga majruh oʻlub tan ham.
Nechakim tab’i noridur, va lekin me’da norigʻa
Berur taskin, munung naf’in topibmen voqian men ham.

Bel

Ne nav’ paykar konidur ul uzun tillik,
Ki ogʻzigʻa qoqilur bnr uzun yigʻoch mahkam.
Munungdek ogʻzini mahkam qilib emas mumkin,
Ki ul uzun tilidii hech nav’ qilgʻay kam.
Teparlar, onchaki maqdur erur, va lekin ul
Bu tepmak ila qotiq yerni chok etar har dam.
Bu nav’ yer yora olmas jahonda ul kishikim,
Yoʻq ersa belida kuch, gar oni degil Rustam.

Yumurtqa

Ul huqqayi ohkim, qilurlar gulfom,
Kim javfi paniru maskadin toʻldi tamom.
Kim oning urushturmogʻidin istar kom,
Nokom ushatqusidur oni, nokom.

Poki

Ne johildurki, aylar nochaxin tez,
Oʻzi birla durur lekin masofiy.
Magar Bahromi Choʻbin naslidindur,
Ki ahvolida zohirdur xilofiy.
Ravondur tigʻi el boshida doim,
Vale oʻz koʻksidur oning gʻilofi.
Bu holatda tonugʻdur el boshining
Safosi, dogʻi oʻz koʻksi shikofi.
Chu men qildim ayon pokiy nishonin,
Kerakkim, topqay emdi tab’i sofiy.

Parvona

Ul qushki, taashshuqdurur andesha anga,
Bir naxlgʻakim shomdadur besha anga.
Shoxi uchidin boʻlib ayon resha anga,
Gul ochmoq oʻshul reshasidin pesha anga.

Muammolar

1

Odam

Qon toʻkar yuzdin damodam ashku, vahkim, har zamon
Bogʻlanib ohimdin aylar koʻkka mayl ul qatra qon.

2

Ahmad

Mayda ikki yuz agar koʻrguzmasa ul mahjabin,
Durd dardin istabon jon bermagay ahli yaqin.

3

Boqiy Va Boqir

Jannat gulu nasrinigʻa boʻlsang mushtoq,
Gah yor yuzi.ga, gah kafi poyigʻa boq.

4

Baho

Dayr aro kir, pandni goʻsh aylagil,
Boda beshak sof erur, noʻsh aylagil.

5

Taqiy

Mustaqim erdi koʻngul ishqingda, ey oromijon,
Oʻrtanur ul mustaqimim emdi gʻamdin har zamon.

6

Toj

Yuz koʻngul saydin ajal domidin ozod ayladi,
To jamoling tobligʻ zulfini barbod ayladi.

10

Hasan

Qoshing goʻshasi chekkali gʻamza dosin
Yangi oyning ustida koʻrguzdi yosin.

11

Hamza

Yoshun, ey gulki, ul gulrux jamoli
Erur ham sodavu ham toza holi.

12

Xolid

Nuqtayi mushkinki ul yuz uzra boʻlmish jilvagar
To hisobin anglasun el yuz yoshur, ey siymbar.

13

Xusrav

Ul niholekim qadinggʻa yoʻq shabih, andoq nihol
Boshida koʻrguzsa yuz xurshid oʻlur sendin misol.

14

Dovud

Oʻt tushti vahm dudi aro furqatidin,
To kuydiyu oʻrta-ndi koʻngul hirqatidin.

15

Darvesh

Har ne topsang davr aro, soqiy, ayoqqa sol oni,
Yuz koʻrardin oʻtti ish, tut zmdi molomol oni.

16

Zunnun

Vasli sa’yidin emish ishq ahli ichra mojaro,
Zavqdin, koʻrkim, yuzum oltundek oʻlmish ishq aro.

17

Rustam

Nechakim yor sitam etgan ila uzdi vafo,
Yodin etgancha oti virdi zabon boʻldi mango.

18

Rajab

Oyu quyosh aylamish yuzung bila da’vo,
Bizga alardin ajab koʻrundi bu ma’no.

19

Zayni Va Zayd

Koʻz uchi qoshi yosidur sohir,
Oni yod ol olardin, ey somir.

20

Zohid

Oy yuzida holini koʻrgach, ul oy topti jamol,
Oxir ul yuzdinki yopti, vahki, pinhon boʻldi xol.

21

Sa’d

Bu gulshan ichraki yoʻqtur baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur chiqsa yaxshiliq bila ot.

22

Salmon

Qilur esang manga somon, ayo rafiq, havas,
Oning ayogigʻa yetkur mening boshimniyu bas.

23

Shoh

Jon qushi chu boʻldi donayi xoligʻa zor,
Shod oʻldiyu halqa ayladi zulfini yor.

24

Shukurulloh

Qaro erdi koʻzum hajringdin, ey moh,
Yana koʻrdum yuzungni shukrililloh.

25

Siddiq

Yuzung bila yuzuma kosh boʻlsa uyla visol,
Ki boʻlmasa oralarinda gʻayr ul xatu xol.

26

Safiy Va Safo

Qasdi jonimgʻa chu mujgoning ikki saf tuzdi,
Biri qosh yosi, biri gʻamzang oʻqin koʻrguzdi.

27

Ziyo

Gul avroqin sabo qildi parishon,
Qabul etti nechakim topti imkon.

28

Tohir

Girihni turradin to ochti mohim,
Parishon qildi filhol oni ohim.

29

Tolib

Ogʻiz labigʻa chu qoʻydum, yana talab qilayin,
Ki gʻayr naqshi gum oʻlgʻay, yana tarab qilayin.

30

Zahir

Xalq ichra zuhuri husn ul siyminbar
Koʻrguzdi, vayo boʻldi qiyomat yaksar?
Kim jilvagar erdi gar kichik, yoxud ulugʻ,
Bir-bir harakatin ayladi zeru zabar.

31

Omir

Jumlayi ashyogʻa boʻldum oshiqu oshuftahol,
Olamu odam yuzin chin qildi mir’ot ul jamol.

32

Odil

Ham qoshi birla orazi xush erur,
Ham koʻzi birla qaddi dilkash erur.

33

Gʻarib

Chok bagʻrim tarfin aylading ikki parkand,
Birini tashlabon oxir birin etting payvand.

34

Gʻaybiy

Soʻzga evurdi ikki labingni takallumung,
Yo bargi gulni iki oyirdi tabassumung.

35

Farhod

Har kecha koʻnglum gʻaming togʻida faryod aylagay,
Uylakim faryod, faryodini Farhod aylagay.

36

Farrux

Gar yuzungdin husn eli yuzinda bir xol etsa fosh,
Ul aroda besarupo zarradek kirgay quyosh.

37

Qubod

Soching gʻubori gahi yuz yopar, gahi yuz ochar,
Ne zulfdurki yopar oyni, chunki mushk sochar.

38

Qosim

Ruxsorasi uzra, ey koʻngul, xol nedur?
Zulfi ayogʻi ostida pomol nedur?
Qoni oni koʻrgan seni koʻrsa, meni ham,
Kim oyidin ayru elga ahvol nedur?

39

Kamol

Yuzinkim qatra xay serob qilmish,
Guldurkim, suv ichgandin ochilmish.

40

Koko

Jon qilgʻay ikki yuzung guli sori shitob,
Gar boʻlmasa ikki sunbulungdin qullob.

41

Lolo

Sabodin koʻrdi chun mashshota ikki zulfini darham,
Oningdek uchlarin kestiki, qat’ oʻldi girihlar ham.

42

Latif

Saf chekti har taraf yuzidin kirpik, ey koʻngul,
Ul shaklni koʻrub xiradu sabrdin toʻngul.

43

Muhsin

Majlisda shayx bu kecha koʻp shayn boshladi,
Sindurdi sham’u nuqlni havz ichra tashladi.

44

Murod

Lutfung yeli chun esti bu mardudgʻa filhol,
Idbor nihoyatqa yetib keldi yuz iqbol.

45

Nekiy

Oʻqunggʻa tan, va’danggʻa jon xush qilmish erdi xotirin,
Kesti chu paykoning birin, kuydurdi paygʻoming birin.

46

Nosir

Koʻrunsa koʻzga nogah-nogah ul oy,
Koʻzum hayron qolur yuziga, ey voy.

47

Vali

Chun ul oygʻa qul oʻldi bu gʻamkash,
Qulidin yuz yoshurdi ul mahvash.

48

Varqa

Javr ila qahringki haddin oshti bagʻoyat,
Vahki, ne bor ibtido anga, ne nihoyat,

49

Humom

Ul shoʻx oncha javrda koʻrguzdi ihtimom,
Kim ot chiqardi, balki anga ushbu erdi kom.

50

Xilol

Koʻnglum halok boʻldi, chu ishqingni boshladi,
Oxir boshinda har neki bor erdi, tashladi.

51

Yusuf

Sayr ichra qachonkim yuzungga yetti quyosh,
Ter oqib, aning chehrasidin bordi yosh.

52

Yunus

Zulf ochmaki, yuzungdur manga sham’i majlis,
Mahv qil tun raqamin kun yuzidin, ey munis.

Tuyuqlar

1

Yo rab, ul shahdu shakar yo labdurur,
Yo magar shahdu shakar yolabdurur.
Jonima payvasta novak otqali
Gʻamza oʻqin qoshigʻa yolabdurur.

2

Javr oʻqin jonimgʻa soqiy yozmadi,
Vasl jomidin xumorim yozmadi.
Kilki qudrat sabzxatlar ishqidin
Oʻzga ish ollimgʻa goʻyo yozmadi.

3

Yo qoshingdin necha bir oʻq koʻz tutay,
Otki, oʻtrusigʻa oning koʻz tutay.
Necha koʻrgach oʻzga mahvashlar qoshin,
Yangi oy koʻrgan kishidek koʻz tutay.

4

La’lidin jonimgʻa oʻtlar yoqilur,
Qoshi qaddimni jafodin yo qilur.
Men vafosi va’dasidin shodmen,
Ul vafo, bilmonki, qilmas yo qilur?

5

Bovujud ul yuz erur gulgunasiz,
Kim koʻrinur ollida gul gunasiz.
Yuz qizilliq yoʻqturur, ey ahli zuhd,
Toki munkirsiz mayi gulguna siz.

6

Charx tortib xanjari hijron bu tun,
Qoʻymadi bir zarra bagʻrimni butun.
Tunga borib bizni behol aylading,
Ne baloliq yor emish, yo rab, bu Tun?!

7

Oʻtkali ul sarvi gulrux soridin,
Yoʻq xabar ul sarvi gulruxsoridin.
Hajridin bogʻ ichra berur yodima
Qoshidin sarvu gul ruxsoridin.

8

Tiygʻi ishqing yorasidur butmagon,
Dardini har knmga oytib butmagon,
Hajr sahrosidur ohim oʻtidin
Anda gul yoxud giyohe butmagon.

9

Vah, qachongʻa tegru ishqing kojidin
Koʻzuma har lahza oʻt chaqilgʻusi.
Basdurur koʻnglumda ishqing, yoqma oʻt,
Kim haroratul ham oʻtcha qilgʻusi.

10

Ul pari ishqida bu devonani,
Eyki istarsen, kelib gulxanda koʻr.
Bir qadah ul gulni xandon ayladi,
Ey koʻngul, nazzora qil, gul xanda koʻr.

Fardlar

1

Ulki, haq borinda maqsud istagay har zotdin,
Mehr borinda yorugʻluq koʻz tutar zarrotdin.

2

Tama’ etma, koʻp oʻlsa el moli,
Koʻrmayin haq xazinasin xoli.

3

Nabi shar’igʻa topmoq istiqomat
Erur solikka mushkilrak karomat.

4

Yetar chu rizqing, agar xoradur, vagar yoqut,
Oʻzungga yuklama anduh togʻin, istab qut.

5

Muruvvat barcha bermakdur, yemak yoʻq,
Futuvvat barcha qilmoqdur, demak yoʻq.

6

Takalluf erur tangʻa farsudaliq,
Aning tarkidur jongʻa osudaliq.

7

Muzavvir makri boʻldi mu’jibi qayd,
Nechukkim tulki la’bi boisi sayd.

8

Qotiq el jismidin anburlar olmay naqd emas vosil
Ki togʻni pora-pora qilmayin, la’l oʻlmadi hosil.

9

Koʻk bahridin yana tama’ kom tutmayin,
Kim qatra suv tomizmas, el ogʻzin qurutmayin.

10

Tindurur boyu chigʻoyni hokimi ravshan zamir,
Yorutur obod ila vayronani mehri munir.

11

Ne safo lofin urar hinduyi otashdoni,
Uy yorutmas koʻsov, oʻn qatla yorutsang oni.

12

Mast mugʻ dayri riyoyi xilvatimdin yaxshiroq,
Yoshurun isyoni zohir toatimdin yaxshiroq.

13

Ranjkash boʻlkim, chu tortar chugʻz vayron ichra ranj,
Ajdahodin biymi yoʻq, ammo erur ummidi ganj.

14

El ichra, ey hasud, seni qildi haq zalil,
Kim nohaq elga zidsenu haq moligʻa baxil.

15

Xaliq oʻlgʻon saxiydin elga boʻldi ikki baxshoyish,
Ham ehsonidin oroyish, ham axloqidin osoyish.

16

Yolgʻon demakda tajriba avvalgʻi subh bas,
Yolgʻon nafas chu urdi, qarordi hamul nafas.

17

Avliyo poyasigʻadur yetmak,
Topmasa shukru topsa bazl etmak.

18

Bazl hayvonvashlar ilgidin agar istar koʻngul,
Uyladurkim orzu qilgʻay bugʻu shoxida gul.

19

Elni xor aylagan tama’, bilgil,
Doimo azza man qana’ bilgil.

20

Koʻngulga futur oʻlmayin, roz ochilmas,
Sadaf gar butun boʻlsa, gavhar sochilmas.

21

Gʻofil oʻlma, nazardin itsa adu,
Sham’ oʻchurganda yel koʻrunurmu?

22

Yuqar yamonligʻ angakim, kirar yamon el aro,
Koʻmur aro ilik urgʻan qilur ilgini qaro.

23

Forigʻ el davronda bori qondadur,
Kim bu davrondadurur darmondadur.

24

Dunyovu uqbo ikkisi jam’ oʻlmas, ey rafiq,
Kimki ikki kema uchini tutar, boʻlur gʻariq.

25

Ablax oni bilki, olamdin baqo qilgʻay tama’,
Axmaq ulkim, olam ahlidin vafo qilgʻay tama’.

26

Istasangkim, koʻrmagaysen bevafoligʻ, ey rafiq,
Qilma olam ahli birla oshnoligʻ, ey rafiq.

27

Jahon arusi uchun, eyki, asru tolpinding,
Qachon oning boshidin kechting, ul zamon tinding.

28

Ulki, sanga eldin erur aybgoʻ,
Elga dogʻi sendin erur aybjoʻ.

29

Kishi aybing desa, dam urmagʻilkim, ul erur koʻzgu,
Chu koʻzgu tiyra boʻldi, oʻzga aybing zohir aylarmu?

30

Kishi aybin yuziga qilma izhor,
Tahammul ayla oʻz aybinggʻa zinhor.

31

Qotiq koʻnglungdin oqti xalq yoshi,
Ki yomgʻur boisidur yoda toshi.

32

Bu kun iasimi firoqi mening-sari esti,
Ki jonni yelga berib, vasl rishtasin kesti.

33

Qizil toʻnung bila yuz xasta jongʻa ofatsen,
Hadisi muxtasar aylay, qizil qiyomatsen.

34

Noz ila avval meni firifta qilding,
Emdiki, toptim firib — shifta qilding.

35

Chu sen yoru jahon bir dushmanimdur,
Mening uchun jahon turgʻuncha sen tur.

36

Manga emdi goʻshaye mehrob ila toat yetar,
Ey koʻz, ul mehrobi qoshni koʻrmakim, ofat yetar,

37

Labingni soʻzga to goʻyo qilibsen,
Masiho mu’jizin ihyo qilibsen.

38

Andoq koʻrundi sabza arosinda lolalar,
Kim sabzxatlar ilgida gulgun piyolalar.

39

Ne xam qoshlardururkim, hasrati qaddimni yo qilmish,
Ne kirpiklar oʻqikim, roʻzgorimni qaro qilmish*.

40

Yor vaslin toptimu mehr oshkora qilmadi,
Uylakim hijroni oʻrtar chogʻda parvo qilmadi.

41

Ne ajab, gar qilmasam gulrang boʻyin orzu,
Kim erur ondin dimogʻim ichra oʻt, koʻzumda su.

42

Furqatingdin suvdurur koʻnglum, xayoling ul sudin
Uyla zohirdurki, zohirdur jamoling koʻzgudin.

43

Baloyidur buki, mendin hamisha yor judodur,
Dame bu dardu balodin xalos emon, ne balodur?

44

Chun ilik bermaski, oʻpsam ul sitamkor ilginn,
Ul kishi ilgin oʻpaykim, tutqay ul yor ilgini.

45

Elga boʻlmish ruhparvar bogʻu ruhafzo bahor,
Yor hajridin manga, bilmon, xazondur yo bahor?

46

Deding, sogʻindim, erur ashkdin yuzung gulgun,
Begim uzun yasha, sogʻingʻaning sorigʻ oltun.

47

Netay elning bahorinkim, manga oshubi hijrondur,
Koʻzumga sarv oʻqdur, koʻnglum ichra gʻuncha paykondur.

48

Istaram, shoʻxe chiqib, jonimgʻa bedod aylagay,
Sabru hushu aqlu imonimni barbod aylagay.

49

Necha boʻlgʻay, ey koʻngul, oshiqliqu aftodaliq,
Necha kun ham xushturur forigʻliqu ozodaliq,

50

Ikki koʻzungu labiig gʻamidin
Men xasta oʻlub-oʻlub tirildim.

51

Oʻq edi, ey tongki, otting jonima vuslat tuni,
Bu jihatdin yoruma dermen seni har subhidam.

52

Belu ogʻzidin, dedilarkim, degil afsonaye,
Boshladim filholkim: «Bir bor edi, bir yoʻq edi».

53

Sel yoʻlida fano dashtida mujgonim emas,
Koʻz alochuqlarining dud yegon oʻqlaridurur.

Koʻrsatkichlar

Tarixiy, Adabiy Va Mifik Shaxslar Ismi Kursatkichi

Abdurahmon Jomiy—debocha 7.
Abobakr— qit’a 38, 1.
Ayoz — gʻazal 255, 6.
Aziz — gʻazal 552, 4.
Ali — gʻazal 301, 5.
Amir Xusrav Dehlaviy — debocha 7.
Afridun — gʻazal 19, 7; 105, 9; 256, 7; 422, 6,
Ahmad — muammo 2.
Baho — muammo 4.
Bahrom (Goʻr) — gʻazal 162,6; tarji’band 2, 11.
Bahrom Choʻbin — Lugʻz 9, 2.
Bilqis — gʻazal 257, 9.
Boqibek — qit’a 48, 1, 2,
Boqiy — muammo 3.
Boqir — muammo 3.
Bu Ali (Abu Ali ibn Sino) — tarji’band 2, V,
Bul-Alo — gʻazal 68, 8.
Bu Lahab —gʻazal 68, 8.
Vali — muammo 47.
Varqa — muammo 48.
Vomiq —gʻazal 2, 6; 29, 3; 137, 5; 451, 3; 481, 6; 564, 7; 710, 6.
Darvesh — muammo 16.
Dovud — gʻazal 259, 6; 642, 4.
Dovud — muammo 15.
Doro —gʻazal 707, 7.
Jabrail (Jibril) — gʻazal 10, 8; 272, 6; 295, 7; 431, 5; mustazod 1, 5.
Jamshid (Jam) — gʻazal 1, 3; 26, 6; 55, 9; 99, 7; 105, 8; 117 7; 169, 6; 188, 5; 256, 7 297, 7; 337, 8; 369, 6; 401, 5; 422, 6; 488, 3; 506, 8; 670, 5; 692, 7; 769, 4.
Ja’far — muammo 10.
Junayd — muammo 9.
Zayd — muammo 19.
Zayni — muammo 19.
Zahir — muammo 30.
Ziyo — muammo 27.
Zol — gʻazal 54, 3.
Zohid — muammo 20.
Zunnun — muammo 17.
Idris — mustazod 1, 6.
Iskandar (Sikandar) — debocha gʻazal 19; 122, 8; 295, 7; tarji’ band 2, II; 2, V.
Iso (Masih, Ruhulloh) — gʻazal 14, 3; 31, 2; 49, 6; 65, 5; 71; 5; 75, 1; 83, 4; 90, 2; 92, 1; 101, 3: 117, 5; 123, 2; 129, 4; 338, 5;144, 5; 152, 4; 154, 3; 164, 3; 176, 1; 197, 5; 200, 4; 203, 6; 505, 4; 223, 2; 227, 6; 249, 5; 259, 2; 260, 3; 256, 5; 272, 7 295, 3; 308, 2; 310, 2; 314, 5; 332, 4; 354, 2; 366, 4; 369, 4;70; 416, 3; 419, 5; 439, 3; 406, 6; 424, 3; 448, 2; 457, 7; 469, 1; 535, 13; 536, 2; 538, 4; 544, 6; 548, 1; 558, 1; 563, 1; 565, 1; 577, 9; 591, 5; 607, 6; 611, 5; 622, 4; 675, 4; 681, 6; 686, 3;689, 4; 722, 3; 729, 3; mustazod 1, 2, 6; muxammas 1, 3; 3, 7; fard 37.
Kayxusrav (Kay)—gʻazal 619, 5; 692, 7; 711, 5; tarji’band 2, 11.
Kalimulloh (Muso) — gʻazal 682, 4.
Kamol— muammo 39.
Koko — muammo 40.
Koʻragon (Abusaid Mirzo)—debocha 4.
Layli (Laylo)—gʻazal 2,4; 18,4; 68,6; 76,5; 177,5; 230,5; 232, 5; 250, 7; 262, 1; 358, 1; 363, 3; 384, 5; 385, 5; 410, 4; 444, 4; 513, 4; 566, 3; 599, 2; 672, 6; 677, 6; 696, 3: mustazod 1, 2.
Latif — muammo 42.
Lolo — muammo 41.
Lutfiy — debocha 8; gʻazal 530, 6; muxammas 1, 5; 2, 5; 3, 7; musaddas 1, 7; 2, 7.
Majnun —gʻazal 2, 4; 18, 4; 29, 3; 33, 9; 50, 5; 51, 8; 68, 6; 74, 3 76,5; 81, 7; 91, 2; 91, 5; 105, 6; 137, 5; 177, 5; 180, 5; 185, 5: 691, 4; 696, 3: 761, 4; 764, 1192, 3; 193, 6; 197, 4; 207, 7; 227, 5; 230, 5: 250, 7; 256, 1; 12, 3; 261. 6; 262, 1; 266,; 5: 267, 7; 295, 5310, 4; 327, 5; 334, 5; 335, 7: 342, 2; 347, 5; 358, 1; 363, 3;379, 2; 384, 5; 386, 5; 403, 7; 410, 4; 432, 7; 444, 4; 451, 3: 458, 7; 481, 6; 482, 3; 484, 7; 501, 4; 505, 5; 512, 2; 513, 4; 522, 6; 526, 4; 528, 7; 531, 7; 554, 2; 557, 6; 564, 7; 566, 3; 570, 6; 593, 6;599, 2; 619, 3; 656, 7; 662, 5; 672, 6; 677, 6: 712, 2; 719, 6; 741, 7; 742, 2; 751, 7; 756, 2; 761,4;764, 1; mustazod 1, 2; muxammas 4, 5; musaddas 2, 3; tarji’band 1, VII.
Maryam — gʻazal 406, 6.
Mahmud (Gʻaznaviy) — gʻazal 255, 6.
Mahmud Habib— tarji’band 1, IX.
Mirzo Chuchuk — gʻazal 677, 1.
Moniy — gʻazal 732, 4.
Murod — muammo 44.
Muhammad (paygʻambar) —debocha; qit’a 2,1
Muhammad Sulton— debocha 6.
Muhsin — muammo 43.
Namrud — gʻazal 47, 6.
Nekiy — muammo 45.
Nizomul-mulk — qit’a 41, 3.
Nosir — muammo 46.
Nuh —gʻazal 102, 5; 122, 7; 220, 7.
Nuyon barlos — qit’a 39, 1.
Odam —gʻazal 6, 1; 33, 4; 167, 6; 649, 7; 677, 4; 733, 4; 770, 6.
Odam — muammo 1.
Odil — muammo 32.
Omir — muammo 31.
Rustam — tarji’band 1, IX; 2, V; lugʻz 7, 4.
Rustam — muammo 18.
Sadr kotib — qit’a 46, 1.
Sakkokiy — debocha 8.
Salmon — muammo 22.
Samud — muammo 7.
Safiy — muammo 26.
Safo — muammo 26.
Sa’d — muammo 21.
Siddiq — muammo 25.
Sulaymon — gʻazal 7, 7; 145, 8; 220, 7; 291, 7; 506, 3; 711, 5.
Suhayliy — debocha 8.
Taqiy — muammo 5.
Toj — muammo 6.
Tolib — muammo 29.
Tohir — muammo 28.
Uzro — gʻazal 2, 6.
Farrux — muammo 36.
Farxod — gʻazal 2, 7; 29, 3; 47, 5; 51, 8; 72, 4; 91, 2; 114, 5; 137, 5; 180, 5; 192, 4; 203, 5; 203, 8; 207, 7; 213, 7; 225, 6; 227, 5; 256 1 2-342, 2; 347, 5; 372, 3; 451, 3; 481, 6; 484, 7; 505, 5; 512, 2; 531, 7; 558, 2; 566, 4; 570, 6; 575, 1; 593, 6; 645, 4; 668, 3; 705, 3; 710, 6; 717, 2; 738, 1; 741, 7; 760, 4; 764, I; musaddas 2, 3.
Farhod — muammo 35.
Fagʻfur— tarji’band 2, 11.
Fuzayl Ayoz — gʻazal 301, 3.
Fuzayl Barmakiy — gʻazal 301, 3.
Xalil — debocha 19; gʻazal 1, 8; 450, 7; 545, 5; musaddas 1, I
Xizr-gʻazal 23, 6; 25, 2; 26, 6; 71, 5; 74, 3; 84 1; 101 36, 154, 6; 164, 3; 200, 6; 259, 3; 285, 6; 303, 1; 346, 3; 386, 3; 391, 6; 398, 5; 412, 6; 439 5; 446, 6; 449, 7; 459, 5; 468, 5; 469, 1; 509, 1; 565, 8; 613, 2; 756, 7; 767, 6, 8; muxammas 1, 3.
Xoja Hofiz Sheroziy — debocha 7.
Xolid—muammo 13.
Xusrav (Parvez) — gʻazal 144, 9; 203, 8; 372, 3; 645, 4.
Xusrav — muammo 14,
Shirin —gʻazal 2, 7; 72, 4; 225, 6; 240, 6; 558, 2; 566, 4; 645, 4.
Shoh — muammo 23.
Shukrulloh — muammo 24.
Yunus — muammo 52.
Yusuf —gʻazal 17, 5; 153, 5; 195, 2; 383, 1; 389, 5; 416, 3; 507, 3; 514, 8; 534, 9; 535, 3; 552, 4; 580, 3; 623, 1; 642 4; 675, 4.
Yusuf — muammo 51.
Yusuf Xoja — kit’a 47, 2.
Ya’qub —gʻazal 535, 2; 642, 4.
Qaysar—tarji’band 2, 11.
Qosim — muammo 38.
Qorun —gʻazal 47, 6; 73, 7; 99, 7; 549, 2; 572, 8; musaddas 2, 1 tarji’band 2, V; 2, IX; qit’a 8, 2.
Qubod — gʻazal 117, 7; 369, 6.
Qubod — muammo 37.
Gʻaybiy — muammo 34.
Gʻarib — muammo 33.
Hamza — muammo 12.
Hasan — muammo 11.
Hasson — tarji’band 2, V.
Hilol — muammo 50.
Hotam — gʻazal 99, 7.
Humom — muammo 49.
Husayn Boyqaro (Abulgʻoziy, Gʻoziy)—debocha 10; gʻazal 9, 10; 77, 7; 126, 9; 603, 7; 698, 7; mustazod 1, 7; muxammas 4, R.

Geografik Nomlar Koʻrsatkichi

Adan — gʻazal 548, 4.
Ajam — gʻazal 233, 9; 329, 7; 340, 7.
Aras — gʻazal 407, 7.
Afranj — gʻazal 94, 9.
Badaxshon — gʻazal 474, 5; ruboiy 35, 2.
Batho — gʻazal 6, 7.
Besutun — gʻazal 47, 5; 213, 7.
Bobil—gʻazal 17, 5.
Dajla — gʻazal 431, 2.
Iram —gʻazal 617, 1; 662, 1.
Irok —debocha 8; gʻazal 233, 9; 329, 7; 340, 7; 416, 7.
Jayxun (Omu)— gʻazal 18. 1, 2; 407, 7; 46, 3; 572, 3.
Kan’oya —gʻazal 134, 2; 212, 6; 535, 2.
Qa’ba — gʻazal 6, 4; 76, 7; 113, 9; 307, 3; 316, 8; 399, 9; 412, 6; 416, 5; 440, 2; 455, 6; 459, 9; 497, 7; 501, 9; 513, 9; 578, 9; 579, 8; 708, 6; 716, 8.
Madina — gʻazal 94, 9.
Mashhad — gʻazal 602, 1.
Misr —gʻazal 212, 6.
Musallo — gʻazal 598, 6.
Naxshab— gʻazal 644, 1.
Neruz — gʻazal 329, 7.
Nil— gʻazal 431, 2.
Tun — tuyuq 6, 2.
Turkiston — debocha 8.
Ummon —gʻazal 461, 4; 474, 6; 629, 3.
Xaybar — gʻazal 384, 1.
Xuroson — debocha 8; gʻazal 108, 7; 416, 7; 588, 9.
Xoʻtan — gʻazal 758, 5.
Chakar — qit’a 47, 1.
Chin —debocha 12; gʻazal 25, 1; 42, 5; 129, 2; 155, 2; 198, 1; 198, 2265, 2; 599, 5; 739, 5; 776, 2; mustazod 2, 3; musaddas 2, 6.
Yaman — gʻazal 21, 4.
Yasrib — gʻazal 6, 8.
Qof —gʻazal 33, 3; 47, 5; 123, 6; 206, 6; 272, 6; 538, 5; tarji’ band 2, VII.
Hijoz —gʻazal 233, 9; 255, 7; 324, 7; 340, 7; 416, 7.
Hinduston (Hind) —gʻazal 157, 5; 776, 2.

Etnik Nomlar Koʻrsatkichi

Arab — gʻazal 68, 6; 90, 6; 568, 3; 578, 8.
Juhud — gʻazal 111, 4.
Loʻli —gʻazal 130, 7; 209, 9; lugʻz, 1, 1.
Turk —gʻazal 255, 5; 555, 5; 717, 3.
Charkas —gʻazal 712, 4.

II- qism
 
Keyingi