OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAlisher Navoiy
Asar nomiBadoyi' ul-Vasat (I- qism)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Alisher Navoiy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm225KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/14
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Badoyi' ul-Vasat (I- qism)
Alisher Navoiy

Xazoyin ul-Maoniy: Uchinchi Devon

Alif Harfining Ofatlarining Ibtidosi «Badoye’»din

1

Ey navbahori orazing subhigʻa jonparvar havo,
Andin gulu bulbul topib yuz barg birla ming navo.
Toʻbiyu shohi sidradur koʻyung giyohi, negakim
Ushshoq ashku ohidin har dam topar suyu havo.
Zahri firoqingdin qayu oshiqki boʻldi talxkom,
Noʻshi visoling yetmasa, Iso anga topmas davo.
Chun qoziyul hojot sen da’voi mahring qilgʻali,
Dardu firoq anduhidin kelturmisham ikki guvo.
Qilmay qabul ijodning imkoni yoʻq, soʻngra yana
Maqbulini rad aylamak lutfungdin oʻlgʻaymu ravo.
Zohid, koʻngulning xilvatin matlub gʻayridin orit,
Sen sayr qilsang qil, kerak koʻnglungga boʻlsa inzivo.
Desang Navoiy jon aro mahbub boʻlgʻay jilvagar,
Avval koʻngul koʻzgusidin mahv ayla naqshi mosivo.

2

Ne sun’ungdin ajab yuz ming jahon boʻlmoq yana paydo,
Ne mulkungga xalal yuz ming jahondek boʻlsa nopaydo.
Ne poyoni jalolu kibriyodurkim tafovut yoʻq,
Agar yuz ming jahondek boʻlsa nopaydo va yo paydo.
Azal ham sen, abad ham sen, ne avval birla oxirkim,
Anga yoʻq ibtido paydo, munga yoʻq intiho paydo.
Irodang birla taqdiringdin oʻlgʻay ikki kavn ichra,
Agar boʻlsa fano zohir vagar boʻlsa baqo paydo.
Falak ham ojiz, axtar ham zabun, sayru sukun ichra
Ki, sendindur, ne boʻlsa anjumu aflok aro paydo.
Bahona ummohot oʻldiyu obo yoʻqsa sun’ungdin,
Ato birla anogʻa ne atovu ne ano paydo.
Nechakim bahr ila kon boʻlsa, sendin tarbiyat yetmay,
Emastur mumkin oʻlmoq durru la’li bebaho paydo.
Chu bahri rahmating mavj ursa, paydo boʻlmagʻay xascha,
Necha jurm ahlidinkim boʻlsa yuz koʻhi xato paydo.
Navoiyning tilin shukrunggʻa goʻyo aylakim, boʻlgʻay
Anga hamding gulistonida har dam yuz navo paydo.

3

Ey, qilib lutfu ato birla ulus komi ravo,
Ey, vujudu adam ikkisi vujudinggʻa guvo.
Sen solib nav’i bashar xayli mizoji aro za’f,
Sendin aflok tiboida qavi barcha quvo.
Ofarinish sipahida bir emas yuz mingdin
Mehrkim, chekti falak burjida zarbaft livo.
Yetmasa gardi rahing koʻhli boʻlub Ruhulloh
Ojiz aylar chogʻi xuffosh amosigʻa davo.
Lutfung ollida kirib ravzagʻa ahli isyon,
Qahring oʻlgʻanda tushub vaylgʻa ahli taqvo.
Sharqdin gʻarbni bir dam borib ahli talabing
Kim, boʻlub himmat ayogʻi bila ul qavm ravo.
Gulshani vaslinga har qushki havo koʻrguzdi,
Yetmadi lek agar yetti qilib erdi havo.
Zotinga gʻayrni kimsa nachuk etgay tashbih,
Mosivalloh chu savo keldiyu ul zot sivo.
Yo rab, ul barg nasib etki, Navoiy topqay
Bogʻi tavhid gulu bulbuldek bargu navo.

4

Ey, jamoling jilvasi mir’ot insu jon aro,
Lek oʻlub ul jilva komil mazhari inson aro.
Topmagʻan boʻlsa labingning sharbatidin choshni,
Bas bu ne jonbaxshliqdur chashmai hayvon aro.
Nega olam oʻrtadi, husnung oʻtidin lam’aye,
Tushmagan boʻlsa jamoli Yusufi Kan’on aro.
Tushmagan boʻlsa quyoshingdin qoʻligʻa partave,
Bas ne bayzo erdi jaybi Musai Umron aro.
Esmayin lutfung riyozidin chaman sari nasim,
Gulga bulbul qayda vola boʻldi bu boʻston aro.
Fayz agar olmas vujudung gulsitoni atridin,
Shammai naqshi vujud imkon emas imkon aro.
Tortibon solgʻil Navoiyni karam daryosigʻa
Kim, boʻlubtur gʻarqa bahri bodai isyon aro.

5

Yo rab, oʻlgʻon chogʻda jonim jismi vayrondin judo
Ul boʻlub mundin judo, sen boʻlmagʻil andin judo,
Chun judo boʻlsam meni gʻamnok yoʻqu bordin
Ne gʻamim, sen boʻlmasang men zori hayrondin judo.
Naqdi jon chiqqanda imon gavharin koʻnglumga sol,
Aylagil jondin judo, lek etma imondin judo.
Xonumondin oyirib, qilgʻanda zindon ichra hibs
Qilma lutfung men aloxonu alomondin judo.
Hashr gʻavgʻosi aro osiyligʻimgʻa rahm qil,
Lutf ila ilgim tutub, qil ahli isyondin judo.
Garchi oʻldum kofiri ishq ahli islom ichra qot,
Ul zamonkim boʻlgʻusi kofir musulmondin judo.
Elga maxlas istasang, yetti tamugʻni ayla kul,
Aylabon bir shu’la bu ohi duraxshondin judo.
Jannat istab aylaganlarni ibodat qilmagʻil
Kavsaru toʻbiyu qasru huru rizvondin judo.
Barchadin ayru Navoiygʻa qilib vasling nasib,
Qilmagʻil, yo rab, ani mundin, muni andin judo,

6

Ey gulshani ruxsoring oʻlub dahrgʻa oro,
Ruxsor uza soching gul uza anbari soro.
Gung etti Masihoniyu tor etti quyoshni,
Ul nutqi dilorom ila ul husni diloro.
Gesuvu yuzung sunbuliyu bargi gulidin,
Devona menu shifta laylan va nahoro.
Ul yerdaki raxshing qilibon jilvai parvoz,
Uchmoqqa falak qushlarigʻa anda ne yoro.
Zaxm eldin oʻlub zohiru sendin bori marham,
El unf ayon aylabu sen barcha madoro.
La’linggʻa yetib xora agarchi ushatibdur,
Chun anda yetib la’l boʻlub qadrda xoro.
Bildi chu hadisingni Sahih emdi Navoiy,
Maskan chu tilar boʻlsa ne Batho, ne Buxoro.

7

Ey, sanga muqtadoliq iki kavn aro,
Anta xayrul bashar, anta xayrul varo.
Kimki favqus surayyo edi manzili,
Tobe’ing boʻlmagʻach kirdi taxtas-saro.
Zotinga faxr etib yetmish ikki fariq,
Orazing sham’idin yorub ikki saro.
Nafsinga rahmati haq bila iqtiron,
Mu’jiz otinggʻa sihru fusun iftiro.
Hashrgʻa tegru me’rojing afsonasi,
Xayli xayl maloyik aro mojaro.
Ham raf’atinggʻa arshi barinda makon,
Ham Buroqinggʻa xuldi barinda charo.
Kim kasofat bila qoʻydi yuz na’tingga,
Gar quyosh erdikim, boʻldi yuzi qaro.
Yo nabiyallox, ahvolima qil nazar,
Jurmu isyonu ojizligʻim mo taro.
To aning birla boʻlgʻay, Navoiy, sening
Na’tu hamding bayonigʻa doston saro.

8

Ulki ishq ahlini oʻlturmak erur odat anga,
Jon kerak boʻlsa koʻngul aylamagay ragʻbat anga.
Hajr muhlik ekanin mundoq agar bilsam edi,
Tutmagʻay erdim agar oʻlsam edi ulfat anga.
Ul pariy suvratigʻa telba koʻngul boʻldi asir,
Ishq aro, voyki, yuzlandi ajab suvrat anga.
Yuzi koʻzni yoritur, lek quyosh xira qilur,
Bilur ulkim koʻzi borkim, munga yoʻq nisbat anga.
Tosh urarlar meni Majnungʻaki, qozmish Farhod,
Ishq aro mencha qachon erdi ekin shiddat anga.
Uldi Majnun koʻrubon dilbarinu men koʻrmay,
Mencha yoʻq erdi ekin oʻlganida hasrat anga.
Diyda poboʻsin ayogʻinggʻa magar eltur ashk,
Yoʻq esa muncha yugurmakda nedurur sur’at anga.
Meni sargashtada hijron oʻqidin ming paykon,
Charxi gardongʻa mushobih koʻrunur hay’at anga.
Dahrning gulshanidin boʻyi vafo tutma tama’
Kim, sabo mashshotasi sepmadi bu nakhat anga.
Ey xush ul rindki, mugʻ dayrini qildi maskan,
Yetsa ham mugʻbachalar ishqida yuz ofat anga.
Ey koʻngul, qoʻyma Navoiyniki, hushyor oʻlgʻay,
Koʻp yetardek esa davron elidin mehnat anga.

9

Kilk erur jismimki, til boʻlmish demakdin lol anga,
Ichda pechu tobligʻ nolamni angla, nol anga.
Sun’ kilkidin yozildi goʻyi, ul goʻyi zaqan,
Nuqtalar yangligʻ zanaxdoningda ikki xol anga.
Kokulung elga jahonni tiyra qilgʻon dud erur,
Har sari zulfung iki yonida tushkan dol anga,
Koʻynda ovora koʻnglum xasta ermish, ey rafiq,
Lutf etib ma’lum qilsangkim, ne boʻlmish hol anga.
Ey musavvir, topmasang Layliyu Majnun chehrasin,
Dilbarimni bil munga oʻxshash, meni timsol anga.
Soqiyo, koʻnglumni davron qildi koʻptin-koʻp malul,
Boʻlgʻali forigʻ kerak bir jomi molomol anga.
Ey Navoiy, kimki qildi hajr bedodin qabul,
Rahbari sarmanzili vasl oʻldi bu iqbol anga.

10

La’li labingki, jonim erur mubtalo anga,
Maxlas demonki, istaram oʻlgʻay fido anga.
Hajring balosigʻa ne iloj aylagay Masih,
Ranjidur ulki zahr yemakdur davo anga.
Vasling qushiki ashk ila ohimdin etti ram,
Goʻyo yarashmadi bu su birla havo anga.
Mar’yam kebi ano edi tuqqonda ul Masih,
Tarso emon desamki, kim erdi ato anga.
Dashnomim etsa shod nechuk boʻlmayinki, men
Andoq haqirmenki, dey olmon duo anga.
Soqiy mayiki yor labu orazi kebi
Boʻlgʻay nazar harimida rangu safo anga.
To ichsam ani ul yuzu lab jilva aylasa,
Jon koʻzgusida raf’ boʻlub mosivo anga.
Ulkim zamona ahlidin istar vafovu mehr
Kim, naqshi mehr koʻrdi munga yo vafo anga.
Ayb etmangiz, Navoiy agar boʻlsa benavo,
Qoʻydimu davr charxi muxolif navo anga.

11

Hajridin har nechakim boʻldi koʻngul zor manga,
Hech rahm etmadi ul shoʻxi jafokor manga.
Gʻunchadekdurkim, ocharlar kuch ila barglarin,
Boʻlgʻali hajrida qonligʻ koʻngul afgor manga.
Otashin la’ldek axgar toʻkadurlar har dam,
Labi hajrida iki diydai xunbor manga.
Zulfidin shiddati kufrum erur ul hadgʻachakim,
Sabha toricha erur rishtai zunnor manga.
Yaxshiroq ravza savodidin, agar dast berur
Ul quyosh koʻyida bir soyai devor manga.
Chunki bu qubbai xazro aro juz hodisa yoʻq,
Ey koʻngul, avlo erur kulbai xammor manga.
Ey Navoiy, ne mayu mutribu ne huonu ne ishq
Xonaqah tarki erur, anglaki, nochor manga.

12

Lablaringdin garchi qon yutmoq damo-damdur manga,
Gar dame jomi visoling yiqsa, ne gʻamdur manga?!
Pand eshitmay, koʻrub ani, yuz balogʻa uchradim,
Koʻzlarim chiqsunki, yuz muncha sazo kamdur manga?!
Qofi shavqum sharhini tahrir qildim, vah, ne sud
Kim, anga irsol uchun Semurgʻ mahramdur manga?!
Yorkim, mundoq nihondur koʻzdinu men telbamen
Kim, degaykim, fitna boʻlgʻan nasli odamdur manga,
Qora chirmab yosh toʻkub, afgʻon qilurmen xomadek,
Etkali nolon koʻngul bu nav’ motamdur manga?!
Oʻzga yuzga boqma deb, bir-bir koʻzumgʻa bosti muhr,
Iynak-iynak har qora bir naqshi xotamdur manga?
Dahr aro tushkan havodis oʻtidin mone’ emas,
Koʻz yoshimdin garchi koʻz tushkuncha bir namdur manga?!
Soqiyo, jomi jahonbin tutki, andin kashf etay
Kim, koʻp ish bu korgah vaz’ida mubhamdur manga?!
Dilbari ollida Majnun naqdi jon sarf etmadi,
Ey Navoiy, ishq atvori musallamdur manga?!

13

To seningdek qotili xunxoraye bordur manga,
Billah, ar oʻlmakdin oʻzga choraye bordur manga?!
Noʻshi jon har bodakim ahbob ila noʻsh aylading,
Garchi hargiz demading ovoraye bordur manga?!
Vasli iqboliyu men, hayhot, basdur bu sharaf
Kim, yiroqdin davlati nazzoraye bordur manga?!
Deb emish har kimda bor zaxme, otay marham bir oʻq,
Shukr erurkim, har sarimoʻ yoraye bordur manga?!
Bordi ul xurshidu ashkim oqti, vah, tole’ koʻrung
Kim, ne yangligʻ axtari sayyoraye bordur manga?!
Sabr soldim koʻngluma vasling tilab, vah, bot kelib
Turfa koʻrkim, shisha ichra xoraye bordur manga?!
Dema koʻp, ey nafskim, dunyo arusin iqd qil,
Uyda ba’zidek sogʻin makkoraye bordur manga?!
Dev urub ishqi majoziy ichra majnun aylagan,
Yova der, bukim pariy ruxsoraye bordur manga?!
Ey Navoiy, kuymakimni qilmagʻaysen man’, agar
Jon aro bilsang ne otashporaye bordur manga?!

14

Labing sari tokim nazardur manga,
Yosh oʻrnida xuni jigardur manga.
Dema mendin ayril, dogʻi umr sur
Ki, ul umr oʻlumdin batardur manga.
Tugonlar diram shaklidur zod uchun,
Adam sari chunkim safardur manga.
Qilur ayb oshiqligʻim barcha xalq,
Ulus aybi, vahkim, hunardur manga.
Tabibo, yana sabrdin dema soʻz
Ki, bu sharbatingdin zarardur manga.
Dema mayni tark etki, soqiy yuzi
Bu koʻzgu aro jilvagardur manga.
Navoiy, ul oy hajrida tunu kun
Qotiq shomu tiyra sahardur manga.

15

Javru zulmung garchi oʻlmaklik nishonidur manga,
Chunki sendindur hayoti jovidonidur manga.
Ul parivash ishqidin, nosih, meni man’ etmakim,
Telbalik vaqtiyu oshiqliq zamonidur manga.
To oʻqubmen ishq harfin darsu takroru sabaq
Vomiqu Farhodu Majnun dostonidur manga.
Muztaribmen charx yangligʻkim, nujumi tiyradin
Tanda har kun yuz tuman dogʻi nihonidur manga.
Hech ranje zohir oʻlmay men xud oʻldum, ey tabib,
Lek bilkim, qasdi jon etkan falonidur manga.
Eyki, dersen ishq aro oʻlmak ziyondur, umr sud,
Har ne sudidur sanga, nekim ziyonidur manga.
Koʻrmisham vojib baqosin ravshan, andoqkim quyosh
Toki imkon soya yangligʻ koʻzda fonidur manga.
Bu fano dayrin baqosiz erkanin to angladim,
El surudi ishrati motam figʻonidur manga.
Ey Navoiy, voizu firdavsi a’lo zikrikim,
Bogʻi xuld ul huri paykar ostonidur manga.

16

Qildi yuz pora koʻngul boʻlgʻali afgor sanga,
Yuz koʻngul birla meni ishq giriftor sanga.
Yoʻq badan birla koʻnguldin manga yuz mehnatu dard
Kim, boʻlubtur badan afgoru koʻngul zor sanga.
Gʻam tuni subh tilarsen, koʻngul uz, zaxming koʻp,
Voqif oʻlkim, damidin yetmasun ozor sanga.
Eyki, dersen manga oshiqmusen, ahvolima boq,
Vahki, til birla nechuk qilgʻamen izhor sanga.
Eyki, davron gʻamidin yoʻq senga bir lahza amon,
Bilki, xush ma’man erur kulbai xammor sanga
May ich, ei shayxki, matlub yuzi jilvasidin,
Qilmadi man’ bajuz pardai pindor sanga.
Vasl koʻyida, Navoiy, turubon istama yor,
Muddai borida ul koʻyda ne bor sanga.

17

Bahona qatlimadur ishqdin fasona sanga,
Qilurgʻa qatl ne hojatdurur bahona sanga.
Oʻqi oʻtunlari ichra sen oʻtsen, ey koʻnglum,
Boshogʻlari uchidan har taraf zabona sanga.
Quruq tanim oʻq uchidin koʻrunmas, ey chobuk,
Yaqin ketur, kerak ersa soʻngak nishona sanga.
Ihota aylading, ey bahri ashk, yer kurrasin,
Ajab emastur, agar yoʻqturur karona sanga,
Dam urma mugʻbachalar ishvasidin, ey zohid,
Vujud naqshin oqizmay mayi mugʻona sanga.
Zamona tarkini kom aylabon xalos oʻlgʻil,
Desangki, solmasa nokomligʻ zamona sanga.
Navoiyo, gʻami chun jonu koʻnglung oldi, ne sud,
Surudi dilkash ila jonfizo tarona sanga.

18

Mehnat oʻqidin qabaqdek qolmisham afgʻon aro
Kim, bukun chobuksuvorim yoʻqturur maydon aro.
Tiyralikdin koʻr etibtur koʻzlarim har kungi gard
Kim, bor erdi toʻtiyo bu diydai giryon aro.
Senki maydon ichra yoʻqsen, paykaredur joni yoʻq,
Har pari paykarki markab sekretur javlon aro.
Garchi har shoʻxe surar maydongʻa oʻq yangligʻ samand,
Chun sening raxshing emas, billah, oʻqidur jon aro.
Ter oqizgʻan ablaqingdektur seni kelgaymu deb,
Har sari tushkan koʻzum yuz ming duri gʻalton aro.
Onsiz urmish halqa chobuklar, ne yangligʻ etmayin
Kim, koʻrunmas zarra, xurshid oʻlmasa davron aro.
Mehrdek gar tavsani gardunga mingilkim, sipehr
Past etarda farq yoʻq xurshid ila Kayvon aro,
Gar quyosh zangin falakraftorligʻ raxshingga os
Kim, tuzar ul zang navhang nagʻmasin afgʻon aro.
Ey Navoiy, ket bu maydondin, gar ul hur oʻlmasa,
Billah, oʻlsam turmagʻaymen ravzayu rizvon aro.

19

Vahki, rasvomen yana devonavu oqil aro,
Bul-ajab holim boʻlub afsona har mahfil aro.
Muztar erdim hajrdin, yor etkan ermish tarki mehr,
Mushkuledur ishqdin har dam manga mushkul aro.
Aqlu sabru hush itib, koʻnglumda qoldi dogʻlar,
Korvon koʻchsa, qolur oʻtlar yeri manzil aro.
Oʻqlaring mujgon kebi giryon koʻzum atrofida,
Rost bordur ul qamishliqkim butar sohil aro.
Kirpiking tushkan koʻngul ichra xayoling, ey pariy,
Goʻyiyo Yusuf nuzul etmish chahi Bobil aro.
Qullugʻung dogʻidin oʻlsam, istamon ozodliq
Kim, bu tamgʻadur nishoni Mudbiru Muqbil aro.
Maskaning istar Navoiy, nasya jannat ahli zuhd,
Muncha-oʻq boʻlur tafovut olimu johil aro.

20

Ey alifdek rost qadding hasrati jonlar aro,
Jism ichinda jon kebi sen barcha sultonlar aro.
Qushqa oʻxsharkim, tikandur oshiyoni, ey koʻngul,
Tiyri boroni gʻamingdin qoldi paykonlar aro.
Gʻam topar hajringda ashkim ichra koʻnglum porasin,
Ish kuni topqan kebi el gʻoyibin qonlar aro.
Chok koʻnglum xoʻblar koʻngli aro topti shikast,
Vah, butun qolgʻaymu yoruq shisha sandonlar aro.
Dogʻlar ichra aliflar zor jismim mulkida,
Gʻam sipohigʻa silichlar boʻldi qolqonlar aro.
Elga koʻyungdur makon, men qulni qavmogʻligʻ nedur,
Bulbul oʻlsa, zogʻ ham boʻlur gulistonlar aro.
Ista yirtuq janda kiyganlarda ma’ni maxzanin
Kim, bu yangligʻ ganj oʻlur ul nav’ vayronlar aro.
Atlasu zarbaft aro nodon aningdek hashv erur
Kim, xatoyi safhada sabt oʻldi afshonlar aro.
Bu eshikni chun tilab keldi Navoiy tengridin,
Ul sababdin goʻyiyokim qoldi darbonlar aro.

21

Demaki, kirdi oʻsi qatl vaqti qonim aro
Kim, ul alif kebi kirdi oʻlarda jonim aro.
Ulub edim gʻami hajringda, boʻlmasa erdi
Labing taxayyuli jon jismi notavonim aro.
Gar aylasam vatan ul koʻy aro, meni qovmang
Ki, ishq shu’lasi oʻt soldi xonumonim aro.
Koʻzu koʻngul qurumish, ne toʻkay ayogʻinggʻa
Ki, qolmamish duru la’li ushbu bahru konim aro.
Ajab yoʻq, oqsa erib magʻzi ustixonimkim,
Oʻtun soʻngaklar erur shu’lai nihonim aro.
Sabuhi istayu yetkach sahar ochildi eshik,
Bu fath dayrida oʻtmas edi gumonim aro.
Navoiy, istama juz yigʻlamoq, unumdinkim
Nashot zamzamasi yoʻqturur figʻonim aro.

22

Seningdek bute yoʻqturur Chin aro,
Buti chin sening bandang oyin aro.
Magar obi hayvongʻa kirish Masih,
Kaloming labi la’li shirin aro.
Gulandomlar ichra, ey gul’uzor,
Qizil gul kebisen rayohin aro.
Qadingdek desam sarvni, qilma ayb,
Agar tushmadi rost taxmin aro.
Firoq ichrakim va’da qilding visol,
Ajab lutf qilding ayon kin aro.
Koʻngulda sen oʻlsang, tafovut nedur,
Yoʻlum boʻlsa gar kufr, agar din aro.
Navoiy duo aylar ul hur uchun,
Maloyik, madad aylang omin aro.

23

Bagʻir xunobidin za’f oʻldi gʻolib xasta jonimgʻa,
Ogʻir erdi gʻizo, avd etti zahmat notavonimgʻa.
Labing hajrida jismim konidin bir pora la’ledur
Koʻngul zaxmida, yaxshi boqsalar har qatra qonimgʻa.
Adam durjiki ogʻzing huqqasidur, marhame andin
Davodur gʻunchadek koʻnglumdagi dogʻi nihonimgʻa.
Sarigʻ yuzumdin el yigʻlar, magarkim oʻlmakim yetti
Ki, mundoq xosiyat bar’aks boʻldi za’faronimgʻa.
Salohim pardasi kuydi ul oʻtlugʻ yuz xayolidin,
Figʻonkim, oyni yod etmak zarar qildi katonimgʻa.
Ul oy kulbamgʻa keldi, jonduru xunob ila ohim,
Bu tortigʻlar murattab aylamishmen mehmonimgʻa.
Qaroru aqlu hushum ishqing oʻti birla churkandi,
Samum esdi balo dashtida ozgʻan korvonimgʻa.
Zamon avroqiyu ishqim edi Farhodu Majnundin,
Falak bir-ikki fasl etti izofat dostonimgʻa.
Navoiy, Zuhra udin motamim tutqonda kuydurdi
Falak sari erishib borgʻan uchqunlar figʻonimgʻa.

24

Oʻtgʻa solgʻil sarvni, ul qaddi mavzun boʻlmasa,
Yelga bergil gulni, ul ruxsori gulgun boʻlmasa.
Sarsari ohim esar gʻam shomi hijron togʻigʻa,
Yaxshidur tong otqucha bu togʻ homun boʻlmasa.
Telbalikdin, vahki, har dam dardim afzundur, agar
Ul pariy ishqida har dam dardim afzun boʻlmasa.
Gar koʻngul qatl istabon sen va’da qilding tongla deb,
Ushbu dam oʻltur, bu ehson birla mamnun boʻlmasa.
Xirqa jinsin rahn uchun, ey shayx, olmas piri dayr,
Boda bermas, toki oʻzluk jinsi marhun boʻlmasa.
Foniy oʻl, vasl istar oʻlsang, benavoligʻdin ne gʻam,
Boʻlmasun hargiz mato’e dunyoi dun boʻlmasa.
Ey Navoiy, tonma, gar der ul pariy majnun seni,
Oshiq oʻlgʻaymu pariygʻa, ulki majnun boʻlmasa?!

25

Xotirim vayronligʻin bilgay birov hijronida,
Ulki har soat birovni yoʻqlagʻay vayronida.
Anglagʻay bekasligimni bir quyosh qilgʻan gumon,
Tebranurda soya ham tebransa nogah yonida.
Tiyra shomim shiddatin andin soʻrungkim, boʻlmagʻay
Nur bir sham’i shabistondin saro boʻstonida.
Kulbam ayvonin falak yiqqonni soʻr ul zordin
Kim, anisi yoʻq, yiqilgʻur kulbasi ayvonida.
Hajr Kan’onida sha’nimda oʻqir sabr oyatin
Ulki, hajr oyatlari nozildur aning shonida.
Eyki, aytursen falak bedodidin koʻrmay sitam,
Davr ayogʻin solmagʻil qoʻldin falak davronida.
Rahm etib ahbobqa gardun, Navoiy koʻrdi zulm,
Qoʻshmadi goʻyo ani ahli muhabbat sonida.

26

Dahrkim, yor yoʻq mango anda,
Bor esa dogʻi yoʻq vafo anda.
Toza dogʻedurur koʻzum qondin
Kim, boʻlubtur nihon qoro anda.
Uyla zindon durur firoqki, yoʻq
Men kebi kimsa mubtalo anda.
Zaxmi koʻp koʻnglum oʻldi gʻam togʻi,
Lolalar har taraf yaro anda.
Dardinga jonu koʻnglum oʻldi vatan,
Istagan topti munda yo anda.
Ka’badin dayr sari chek menikim,
Rind oʻlur kirsa porso anda.
Furqat ichra Navoiy ul gulsiz
Bulbuledurki, yoʻq navo anda.

27

Tushta koʻrdum yorni xandon raqibin oʻtruda,
Rashkdin har lahza tish qirchillaturmen uyquda.
Ul pariy vasli aro yodimgʻa kirsa furqati,
Telbalar yangligʻ toʻkarmen ashk ayni kulguda.
Koʻzgu jannat ravzanidurkim, tamosho qilgʻali
Hur kelmish goʻyiyo, aksing emastur koʻzguda.
Yulduz itkandek quyosh yogʻdusida, itti quyosh
Orazing xurshidi chun qildi tulu’ ul yogʻduda.
Soqiyo, bir jur’a tut, shoyadki yuzlangay nashot,
Necha boʻlgʻay hajrdin ozurda koʻnglum qaygʻuda.
Oʻzlukumni ashk eltib, oʻzdin andoq yotmen
Kim, oʻzumni tonimon, aksimni ham koʻrsam suda.
Chun Navoiy yor sari yuzlanur, qaygʻu qolur,
Soya qolgʻandek keyin, xurshid boʻlgʻach oʻtruda.

28

Behi rangidek oʻlmish dardi hajringdin manga siymo,
Dimogʻim ichra har bir tuxmi yangligʻ donai savdo.
Mazallat tufrogʻi sarigʻ yuzumda bordur andoqkim,
Behida gard oʻlturgʻon masallik tuk boʻlur paydo.
Oqartib ishq boshimni, nnhon boʻldi sarigʻ chehram,
Momugʻ ichra behini chirmagʻan yangligʻ kishi amdo.
Yuzumda tigʻi hajring zaxmi har sari erur bevajh,
Behini tigʻ ilan chun qat’ qilmoq rasm emas qat’o.
Yuzum tufroqdadur har dam qurugʻon jism ranjidin,
Behiga sarnigunlik shoxi za’fidin boʻlur goʻyo.
Bu gulshan ichra behbud istagan doim behi yangligʻ,
Kiyib pashmina, toatqa qadin ham asramoq avlo.
Navoiy gar quyosh noranjidin behrak koʻrar, tong yoʻq,
Behikim lutf qilmish mahdi ulyo ismat ud-dunyo.

29

Jismi bemorimgʻa bor ul nargisi shahlo balo,
Joni xunxorimgʻa ham ul la’li ruhafzo balo.
Dahr ichinda ofiyat netsunki, ichkach bir qadah,
Yogʻdurur olamgʻa ul shoʻxi qadah paymo balo.
Ne balodurkim, qutulmasmen balodin bir nafas
Kim, manga yetmas dame ul shoʻxdin illo balo.
Voykim, jonimgʻa koʻzu qoshu xattu xolidin,
Yo adamdur, yo malolat, yo suubat, yo balo.
Qasdima azm etti, vah, oʻlmaktin oʻzga chora ne
Kim, erur ham jilva ofat, ham qadi ra’no balo.
Sevgali ul shahni men munglugʻ, balo har dam yogʻar,
Bor emish boʻlmoq gadoning dilbari mirzo balo.
Ul balogʻa oʻrganibmen, oʻylakim jonim chiqar,
Koʻrmasam boshimda bir soat meni shaydo balo.
Jomi minoyi ilikdin qoʻyma, bu davrondakim,
Yogʻdurur davr ahli uzra gunbadi mino balo.
Ey Navoiy, farq aro qil mosivalloh daf’ikim,
Keldi solik boshigʻa dunyovu mofiho balo.

30

Tigʻi zahr oludidin jismimda sar-tosar yara,
Chashmai zahri gʻamidin ichmakimga har yara.
Naylay oʻlmay, ey koʻzi qotilki, yuz ming yaradii,
Jismi afgorim uza muhlikdurur aksar yara.
Itlaring mehmonim oʻlsa, toʻ’ma yaram qonidur,
Qotil oʻlgʻach, turfa koʻrkim, boʻldi jonparvar yara.
Qon borurdin garchi jismim bogʻigʻa boʻlmish xazon,
Turfaroqkim, qondin ochmish yuz guli ahmar yara.
Yaragʻa qoʻygʻan momugʻlardin boʻlub boshimgʻa toj,
La’lu yoqut aylamish ul tojgʻa zevar yara.
Yogʻmagʻan boʻlsa tanimgʻa tiyri boroni firoq,
Bir badanda kimga boʻlgʻay bu qadar bovar yara.
Yara gar mahbubdin yuz muncha yetsa bok emas,
Chun yetar ahbobdin, aylar meni muztar yara.
Desang, ey soqiy, badal boʻlsun, qadah tut behisob,
Kim toʻkar qonimni behad, kim erur bemar yara.
Ey Navoiy, qaysi bir yarang oʻngʻalgʻay, negakim,
Turgʻani birla erur bu notavon paykar yara.

31

Gulu gulzor sening bogʻi jamolinggʻa fido,
Sarvu shamshod dogʻi toza niholinggʻa fido.
Butubon mehrigiyah donasi ham sochilsa,
Orazing gulshani ichra xatu xolinggʻa fido.
Yoʻq mening, balki Xizr birla Masiho joni,
Chashmai noʻsh aro jonbaxsh zulolinggʻa fido.
Yangi oy, balki toʻlun oy demayin, balki quyosh,
Toʻlin oyu quyoshing uzra hilolinggʻa fido.
Ey koʻngul, vasli xayolini qilursen doim
Ki, mening jonu jahonim bu xayolinggʻa fido.
Tuttung, ey rindi xarobot, manga sogʻarkim,
Ruh bodanggʻavu tan eski safolinggʻa fido.
Ey Navoiy, labidin nukta soʻrarsen, yuz jon
Boʻyla shirin soʻzu jonbaxsh maqolinggʻa fido.

32

Majnun boshini sajdadin olmas edi aslo,
Gar Layli itining julidin topsa musallo.
Naylay qora nargisni, boshimgʻa urayinmu
Kim, boshima ofat keturur ul koʻzi shahlo.
Yozgʻanda yuzung mushafini kotibi taqdir,
Ishq oyatini qildi mening sha’nima imlo.
Ul mugʻbacha goʻyoki chiqibtur yana usruk,
Yoʻqsa ne uchun dayrda bor elga alolo.
Doʻzaxni agar ishq oʻti birla qiziturlar,
Dard ahligʻa uchmoqdin erur bas tamugʻ avlo.
Maqsadni yigitlar gʻami ishqi aro ista,
Yoxud qarilar himmatidin ayla tavallo.
Vasligʻa yetushkung necha sa’b ersa, Navoiy,
Gar qilsa karam tengri taborak va taolo.

33

Dardi hajrimgʻa ul ikki la’li xandondur davo
Kim, oʻlar Iso damiyu obi hayvondur davo.
Ne davo Iso damin fahm ayla, ne hayvon suyin,
Hajr jonin olgʻon elga vasli jonondur davo.
Ishq aro za’fim davosi sharbat ermas, ey hakim,
Sharbati vasl etmayin hosil, ne imkondur davo.
Hajr aro dardim davosin yor mushkul, deb emish,
Rahm agar qilsa, aning ollida osondur davo.
Darddin gʻamgin koʻngulda xona qilmish yuz mavod,
Ey, qora koʻz, daf’igʻa bir nishi mujgondur davo.
Zulfi zunnorigʻa chirmangʻan uzorin ochti yor,
Zulmati kufr ichra elga nuri imondur davo.
Gar mening bedilligʻim dardi davosin istasang,
Ey Navoiy, bu marazgʻa koʻnglum olgʻandur davo.

34

Gulbarg uza qilmishsen to sabzai tar paydo,
Kun koʻzgusida goʻyo zang etti asar paydo.
La’ling gʻamidin suda gul yafrogʻi kelgandek,
Ashkimda kelur har dam parkandi jigar paydo.
Jismimdin oqib qoni, paykoni ayon boʻldi,
Shox uzra boʻlur doim gul ketsa, samar paydo.
Jon rishtasidek ermas koʻzlarga beling mar’i,
Chobuklik uchun qilding bagʻlargʻa kamar paydo.
Ul zulf savodida oʻldum yuzini koʻrmay,
Vahkim, yoʻq edi muhlik shomimgʻa sahar paydo
Davron gʻamidin koʻnglum maqbuz erur, ey soqiy,
Basti uchun etkaysen ham boda magar paydo.
Kilkida Navoiyning jon shirasi muzmardur,
Har nayda qachon boʻlgʻay bu nav’ shakar paydo.

35

Qilur ishq yuz ming balo oshkoro,
Vale borin aylar mango oshkoro.
Balo, koʻrki, agʻyorgʻa koʻrguzur yor
Nihon mehru bizga jafo oshkoro.
Dedim: ishqni oshkor etmay, ammo
Yoshurdum men, etti qazo oshkoro.
Netib men nihon asrayin, ayting oxir,
Tilar boʻlsa dardim xudo oshkoro.
Jununum bu boʻlsa, gʻamim boʻlgʻusidur
Nechakim yoshursam yano oshkoro.
Qilur yuz jafo oshkoravu bir ham
Vafo qilmas ul bevafo oshkoro.
Yedim tiyr boroni hajringda ming zaxm
Ki, boʻldi ne oʻqu ne yo oshkoro.
Necha boda maxfiy, chu fosh oʻldi ishqim,.
Tut emdi qadah, soqiyo, oshkoro
Ki, to mast oʻlub ishq ramzida, tortay
Navoiy kebi bir navo oshkoro.

36

Ey, sanga qomati diljoʻ ra’no,
Tavru tarzing dogʻi asru ra’no.
Paykaru qaddinga volihmenkim,
Ul biri nozuk erur, bu ra’no.
Ul pariy uchqusi ra’noliqdin,
Odami muncha boʻlurmu ra’no.
Qomating nozuku toʻbi nozuk,
Sarv ra’novu tarongʻu ra’no.
Ey musulmonlar, oʻlarmenkim, erur
Asru ul sarvi sumanboʻ ra’no.
Bevafodur bu chaman, koʻp boʻlmang,
Ey, sapidor ila nojoʻ ra’no.
Bil, Navoiyki, gʻizolingcha emas,
Chin gulistonida ohu ra’no.

37

Zihi la’ling mayidin jongʻa yagʻmo,
Koʻzungnung kufridin imongʻa yagʻmo.
Buzugʻ koʻnglumga torojingni bas qil,
Kishi solmaydurur vayrongʻa yagʻmo.
Yuzung koʻz mardumining nurin oldi,
Pariy solgʻan kebi insongʻa yagʻmo.
Boʻlur har shoʻx yagʻmoyi asiri,
Chu ul chobuk solur maydongʻa yagʻmo.
Ajab hayron qolibmenkim, ne olgʻay,
Solib ul koʻz meni hayrongʻa yagʻmo.
Yuzung koʻrguz manga andin burunkim,
Xazondin yetkay ul boʻstongʻa yagʻmo.
Koʻzidin zulf agar toʻlgʻondi, tong yoʻq
Ki, solmish turk Hindistongʻa yagʻmo.
Junun dashtida ne axz aylagay ishq,
Bukim solgʻay meni uryongʻa yagʻmo.
Navoiy, anda chekti davr ayogʻi
Ki, soldi jomi may davrongʻa yagʻmo.

38

Yor javlongahidin keldi sabo,
Paykarim tufrogʻini qildi habo.
Yuz samandi ayogʻigʻa qoʻyarim,
Misli kah bargdurur kahrabo.
Buki koʻksumni gʻaming qildi shikof,
Xilqatim koʻnglakini qildi qabo.
Boʻldi bagʻrim yarasi ila afan
Ki, shamimidin erur biymi vabo.
Boshima yogʻsa qilich ishqingda,
Boʻlmasun boshim, agar qilsam ibo.
Vahki, jonim bila oʻynar ul tifl,
Shoʻxlugʻ lozimasi keldi sabo.
Panja pashminagʻa urdumki, erur,
Ey Navoiy, panahim oliy abo.

39

Ey, yuzung gulbargiga oshuftavu hayron sabo,
Telbalardek gulshani koʻyungda sargardon sabo.
Qoʻpmogʻi mumkin emastur, balki tebranmakligi,
Topmasa jonbaxsh la’ling nuktasidin jon sabo.
Sunbuli zulfin agar oshufta qilmaydur, nedur
Kim, shabistongʻa esar har dam abirafshon sabo.
Pora-pora jism aro ohim netib qolgʻay nihon,
Boʻlmogʻ imkon yoʻq xasu xoshok aro pinhon sabo.
Yordin keldi sabo kech kelmakin aylarga fosh,
Koʻnglum ichra tez qildi shu’lai hijron sabo.
Notavonlar ohi ul gul koʻyida har subhidam,
Uyladurkim, gulsiton ichra esar har yon sabo.
Subh chun esti sabo, ichkil qadahkim, boʻlmogʻung
Senu koʻp esturgusi bu bogʻ aro davron sabo.
Lolaruxlar ahdining mahkamligi mumkin emas,
Sobit oʻlmoq lahzaye bir yerda ne imkon sabo.
Tong emas, solsa Navoiy ohi koʻyungda gʻirev,
Chun guliston sayrida zohir qilur afgʻon sabo.

Be Xarfining Balolarining Bidoyati «Badoye’»din

40

Haq oʻzin qildi muhib, sen oyni mahbub, ey habib,
Ul muhibqa sen kebi mahbub erur xoʻb, ey habib.
Rogʻib erding ul muhib vasligʻa, chun shomi uruj
Topting, ulkim xotiringgʻa erdi margʻub, ey habib.
Bir sarimoʻ olam ahli boʻgʻzidin parvoyi yoʻq,
Aylagan oʻznn sening hubbunggʻa mansub, ey habib.
Boʻlsalar ahli muhabbat har kishining tolibi,
Bizga sendursen iki olamda matlub, ey habib.
Har kishi ahbobing ichrakim oʻzin aylar hisob,
Bermayin jon ul muhibqa qayda mahsub, ey habib.
Chun shafoat daftari sendin tutarmen koʻz, ne gʻam,
Har qoʻlumgʻa bersalar mahsharda maktub, ey habib.
Chun muhabbat ahligʻa toat hunardur, rahm qil
Kim, Navoiy keldi ul xayl ichra ma’yub, ey habib.

41

Yor gulgun toʻn yenginmu yuzga aylabtur hijob,
Yo yoshurmishtur quyosh ruxsorini gulgun sahob.
Yoʻqki, ishq ahligʻa olamni qorongʻu qilgʻali
Ul shafaqdin yopti xurshid uzra gulnori niqob.
To qizil toʻn ichra boʻldi jilvagar mohim mening,
Mehr etar har tun shafaq xunobi ichra iztirob.
Qon yoshim aksimu ol etmish falak mir’otini
Kim, boʻlubtur la’lgun atlasda soyir oftob.
Toʻn kiyib gulrang, olamni guliston aylading,
Bizga qism aylab xazoni hajr aro xori azob.
Soqiyi gulchehra, gulgun boda beandoza tut
Kim, bu gulshan ichradur xori malolat behisob.
Ikki olamda, Navoiy, surxroʻlugʻ istasang,
Ham nabi, ham oliy hubbigʻa durust et intisob.

42

Vahki, ul mugʻbacha, har damki chekar bodai nob,
Qoʻzgʻalur arbadasidin bu koʻhan dayri xarob.
Yoqa choku, oʻzi beboku belida zunnor,
Bir ilikida pichoq, bir qoʻlida jomi sharob.
Koʻzi islom elining jonin olurgʻa qotil,
Zulfi taqvo elining boʻgʻzidin osmoqqa tanob.
Yuzida kufr oʻtining shu’lasidin yuz ming nur,
Sochida din xalalidin tushubon yuz ming tob.
Oʻlturub dayr eshiki ollida tufrogʻ uzra,
Durdi jomiki tomib, ruh topib ahli turob,
Jonlaridin yub ilik barcha xarobot ahli,
Oʻzni qutqargʻali har qaysigʻa bir sari shitob.
Buyla holatda koʻzi tushti mangavu kulibon
Yuz tuman lutfu karam birla bu nav’ etti xitob:
«Kim ayo rindi vafo peshavu mehr andisha,
Kelib ich bir qadahu chekma xumor ichra azob».
Yugurub tushtum ayogʻigʻavu tufrogʻ oʻptum,
Berdi may ilgima hayvon suyi ollida sarob.
Chektimu hush yuzin koʻrmadim, andin soʻngra
Tushmisham koʻyi xarobot ichida masti xarob.
Ey Navoiy, angakim bor esa bu roh nasib,
Ruhullohu taolo valahu husni maob.

43

Pariydek ulki erur xoʻblar aro mahjub,
Hijob sizu men uldur bu telbaga matlub.
Hayosi birla hijobida garchi volamen,
Qilibturur meni ollida noladin majhub.
Muhabbat ahligʻa noz etkuchidin ermish sa’b,
Tariqi hilmu adab zohir etkuchi mahbub.
Chu ishq gʻolib erur, ehtiyoj emas Layli
Qilurgʻa ishvaki, Majnunni aylagay magʻlub.
Kishiki, da’voi ishq ichra oʻzdin oldi hisob,
Bu muddaoda agar oʻlmagay, emas mahsub.
Fano yoʻlida sabukbor istasang oʻzni,
Oʻzungdin ayla burun oʻzlukung yukin maslub.
Navoiy, asru muaddabdur ul mahi maktab,
Adab tariqi bila yozgʻasen anga maktub.

44

Labingdin xasta jonkim boʻldi betob,
Emas betob, anga erur shakarxob.
Yoshimdin obroʻyum bordi, bildim
Ki, ravnaqsiz qilur oltunni siymob.
Qoshing hajrida har na’liki kessam,
Kelur payvasta, jono, shakli mehrob.
Qilich bogʻi beling quchqon hasaddin
Koʻzumga ajdaredur shakli qullob.
Koʻzum ollidadur la’ling xayoli,
Emas kirpiklarim ostida xunob.
Firoq ilgi figʻon jon rishtasidin
Chiqarur, tordin andoqki mizrob.
Falak boshinggʻa qoplab it terisin,
Sen ani jahldin deb kishu sanjob.
Ajab yoʻq, odamiligʻni unutsang,
Oʻzungni buyla it charmida asrob.
Navoiy, ranj koʻrma, ogʻzin istab
Kim, ul bir javharedur — asru noyob.

45

Shahd aro ogʻushta gulbargedurur ul ikki lab,
Har soʻz andinkim chiqar, shirin esa, yoʻqtur ajab.
Jonim ichra kirpigi nishi teshuk qilgʻan kebi
Bilgurur ogʻzi, tabassum aylagach ul ikki lab.
Ishqini jon rishtasi birla muqayyad ayladim,
Ey xirad, ketkim, seni qayd etkali yoʻqtur sabab.
Xoksorin ul quyosh yuzlik pariy malshun demish,
Tengri bizga osmondin nozil etmish bu laqab.
Koʻyida maqbul ulus hajrida bilmas kuymakim,
Doʻzax ahlidin ne ogah ravzada ahli tarab.
Topti Layli noqasi Majnun figʻonidin hudi,
Mumkin ermas poʻyadin taskini aning, ey arab.
Dayr aro har dam yiqilma vajd etib, ey shayxkim,
Piri dayr ollida mustahsan emas har beadab.
Koʻp achigʻlanma, agar boʻlsang ulustin talxkom,
Ulcha qismingdur qazodin, kimga aylarsen gʻazab.
Ey Navoiy, olma yor ollida yuz tufrogʻdin
Kim, bu shar’ ichra muhabbat sajdasidur mustahab.

46

Boʻlmayin husn koʻngul topmadi ishq ichra tarab,
Anga haqdin talabi ishqdurur husn talab.
Dahr boʻstonida bir husn guli ochilmas,
Bulbuli ishq agar boʻlsa navosiz, ne ajab.
Otashin yuzga yetib, qayda koʻngul oʻrtangay,
Boʻlmasa zulf kamandi anga bu ishda sabab.
Talxliq birla berurmu kishi shirin jonin,
Noz ila talx hadis aylamasa shirin lab.
Bir quyosh mash’alidin jonima ur ishq oʻti,
Yoʻq esa sham’i hayotimni oʻchirgil, yo rab.
Soqiyo, ishq oʻti gar yoʻq, may oʻtin ravshan qil
Ki, kul oʻlsun nafasi xoru xas, ranju taab.
Koʻrgach-oʻq axtari husn, oʻlsa Navoiy, tong yoʻq
Kim, oʻtub umr, tulu’ etti bu farrux kavkab.

47

Jamolin ayla ulus koʻzidin nihon, yo rab,
Nihon oʻtumni aning koʻngligʻa ayon, yo rab.
Ayogʻi chunki yetar ostoni tufrogʻigʻa,
Boshimni aylagil ul xoki oston, yo rab.
Agarchi emin emon bir zamon jafosidin,
Chekardin ani manga bermagil amon, yo rab.
Demonki, lutfini, javrini dogʻi mendin oʻgun
Birov xayoligʻa oʻtkarma, nogahon, yo rab.
Zamon-zamon chekibon ishq oʻti shu’lasini,
Yorut koʻngulni ul oʻt birla har zamon, yo rab.
Agarchi aylamasang yaxshi, yaxshi koʻrguzgil
Meni anga nechakim bor esam yomon, yo rab.
Navoiy ohini yetkur anga, vale qoʻyma
Aning jamolida bu duddin nishon, yo rab.

48

Ey, jamoling gulshani xoʻbu visoling bogʻi xoʻb,
Elga lutfung xoʻb esa, jonimgʻa zulmung dogʻi xoʻb.
Maydin ul ruxsora gul-gul, bas muloyimdurki, bor
Sof su uzraki bir-bir tushsa gul yafrogʻi, xoʻb.
La’li koʻnglum holini soʻrgʻoch, tirildim hajr aro,
Ne balo bor ermish aning la’lining soʻrmogʻi xoʻb.
Dema bu olamda ul oy xoʻb yo jannatda hur,
Koʻrmamishmen andagʻin, bori erur mundogʻi xoʻb.
Mehrigʻa koʻkta shafaq xoʻb ermas andoqkim manga.
Moviy terlik uzra ul oyning qizil shirdogʻi xoʻb.
Tut yigitlikni gʻanimatkim, qarigʻach angladim
Kim, yigitlar ishqi bor ermish, yigitlik chogʻi xoʻb.
Zohido, sen boʻl riyo avji uza masnadnishin
Kim, Navoiygʻa erur faqru fano tufrogʻi xoʻb.

49

Ey, firoqingdin manga gʻam roʻziyu mehnat nasib,
Ohkim, hajringda oʻz shahrimda boʻlmishmen gʻarib.
To gʻarib erdim, nasibim gʻam yemak erdiyu bas,
Shahrim ichra dogʻi gʻam boʻlsa nasibim yo nasib.
Gʻurbat ichra istar erdim kezibon yoru diyor,
Chunki toptim, istamak gʻurbat erur behad gʻarib.
Oʻz diyorimda buzugʻ koʻnglum ne yangligʻ toʻqtasun
Kim, erur begona ham ahbob mendin, ham habib.
Kim raqibim boʻlsa, baskim, yor aylar iltifot,
Olam ahlin sogʻinurmenkim, menga boʻlmish raqib.
Dahr aro, eykim, deding: aylab vafo, koʻrdum jafo,
Kim vafo ahlidurur, bu soʻz anga bordur ajib.
Ey Navoiy, yor vaslin topmasang, yoʻqtur ajab,
Noʻsh yoʻq, lekin koʻrar yuz nish guldin andalib.

50

Yuzungda qironing erur bas ajoyib
Ki, oy davrida halqa urmish kavokib.
Ajab safhadur orazingkim, esirkab,
Ani xat bila qilmadi tiyra kotib.
Yuzung ollida har nafas tutma koʻzgu,
Quyoshni qamar yopmoq ermas munosib.
Erur suvrating zebi andoqki, boʻlgʻay
Raqam aylagan suvrat oʻpmakka rogʻib.
Kishi suhbatidin qoch, ey loʻ’bati Chin
Ki, loʻ’batlaring-oʻq sanga bas musohib.
Yigitlar ishi pardadarligʻdir, emdi
Boʻladur koʻngul pardadarligʻlargʻa rogʻib.
Navoiy, yigitlikni qoʻy, chun qariding,
Qilib tavba, boʻl zuhdu taqvogʻa tolib.

51

Ishqing ixfosigʻa ne yangligʻ boʻlayin murtakib
Kim, boʻlurmen, har kishi otingni tutgʻoch muztarib.
Eyki, dersen: bormasun ul yuz sari koʻnglung qushi,
Kim koʻrubtur sham’din parvona boʻlmogʻ mujtanib.
Koʻrmagan mushkin sahob ichra payopay soiqa,
Dudi ohimdin damo-dam shu’lalar koʻr multahib.
Gah koʻzidin oʻlturur, gohi labidin jon berur,
Shoʻxligʻdindur anga har dam burayi munqalib.
Rindlar, iflosdin gʻam yoʻq, toʻkilgan bodadin
Aysh etarsiz, chunki mugʻ dayrigʻa kirdi muhtasib.
Itlaringga nisbatimni rost qilsam, qahf iti
Odamilargʻa oʻzin qilgʻan kebidur muntasib.
Markabing javlonida boshin Navoiy qildi goʻy,
Ishq aro boʻldi ajab sargashtalikka murtakib.

52

Kuydi koʻnglum, shu’la oʻtlugʻ dostonidin tushub,
Rost ul qushdekki kuygay, oʻt figʻonidin tushub.
Boruram uryon tushub tan zaxmidin, nolon koʻngul
Ul qalandardekki, qolgʻay zang yonidin tushub.
Koʻyidin tushgan yiroq koʻnglum erur ovoraye,
Kim erur devona, ayru xonumonidin tushub.
Tigʻi bedoding bila borgʻon shahidi ishqning,
Rustaxezi dahr aro har qatra qopidin tushub.
Gʻunchasi rangin boʻlub la’li mayidin, uylakim,
Oʻt tutashqay oshiqi koʻngliga jonidin tushub.
Ruhi isyon tufrogʻidin avj topmas, uylakim,
Bir malak jurm aylabon oliy makonidin tushub.
Xoli hajridin Navoiy koʻngli ogʻrir, negakim,
Ogʻrigʻay elning qora dogʻi nihonidin tushub.

53

Ishq nobud etti bizni volayu shaydo qilib,
Qatl uchun har lahza muhlik boise paydo qilib.
Ekkali gʻam tuxmi xayli dard ashkim saylidin
Aylabon vayron chu koʻnglum kishvarin, yagʻmo qilib.
Hushu aqlu nomu nangim shishasin sindurgʻali
Nozanin siyminbarim koʻnglin qazo xoro qilib.
Ishq kimni koʻrmasun deb odamiligʻdin nishon,
Dilbarin aning pariy paykar, malaksiymo qilib.
Ibtido aylab alifdin, muhr aylab dogʻdin,
Ishq manshurin chu davron otima insho qilib.
Topibon Farhod ila Majnun tariqi ofiyat,
Ishq bedodi aro yerda meni rasvo qilib.
Soqiyo, tut jomi ruhafzoki, muhlik hajrdin
Kim, boʻlub mahzun ilojin sogʻari sahbo qilib.
Ey, xush ul rindi xarobotiki, mast oʻlgʻon zamon
Dahrgʻa hukmin surub, gardungʻa istigʻno qilib.
Ishqi kofir, chun Navoiy telbani din mulkidin
Xorij aylab, moyili dayru mugʻu tarso qilib.

54

Vah, ne balo ekinkim, ul chiqti samandin oʻynatib,
Qoshlari yosini chekib, gʻamzasi oʻqlarin otib.
Fitna qilurgʻa otlanib, goh chopib, gahi yonib,
Har tarafekim aylanib, oʻzgacha la’b koʻrsatib.
Tizginib, uylakim quyun, aylanib uylakim tutun,
Raxshi solib chu dubdurun, xayli baloni qoʻzgʻatib.
Elga ochib uzorini, gul kebi yuz bahorini,
Dardu firoq xorini koʻkragim ichra oʻrnatib.
Ishqi chu elga oʻt yoqib, ikki koʻzum suyi oqib,
Har sarikim kula boqib, dard ila bizni yigʻlatib.
Mugʻbacha ishqida meni tezrak itti piri dayr,
Nechaki mast tashladi, koʻyi boshigʻa sudratib.
Itti Navoiy oh ila, nolai umri koh ila,
Chunki shahu sipoh ila sirrini elga anglatib.

55

Ul meni surmakka har dam xanjari hijron chekib,
Men ayogʻidin boshim olmay, yoʻlinda jon chekib.
Ul ichib el birla ruhafzo qadahlar oshkor,
Men balo jomida zahri gʻussani pinhon chekib.
Vasl ne mumkinki, to oshiqmen, ul qatlim uchun
Oʻq chekib qosh yoyigʻa, men zaxmdin paykon chekib.
Men chekib koʻz qonidin yuz uzra xatlar birga yuz,
Nildin xatkim banogoʻshi aro jonon chekib.
Zikrida ohim damo-dam uyladurkim, ahli zuhd
Har zamon bir mad oʻqurda oyati Qur’on chekib.
Davr bazmida ne maykim xalq noʻsh aylar, meni
Qon yutargʻa ul aroda soqiyi davron chekib.
Ul pariy borgʻach, Navoiy dasht sari qoʻydi yuz,
Telbalar yangligʻ yaqosin chok etib, afgʻon chekib.

56

Ishq oʻti ichra har dam kul boʻlurmen oʻrtanib,
Gah-gahi ham telba itlardek chiqarmen churkanib.
Tobligʻ gisusigʻa chirmar meni sargashtani,
Koʻrmaduk ikki quyun bir tor birla chirmanib.
Mast boʻlsam, ostoning bas manga bosh qoʻygʻali,
Ne hadimkim, takya qilgʻaymen, tizingni yostanib.
Ishqdin koʻp ma’rifat xarj ayladi Majnun manga,
Boʻlmasa majnun, qilurmu xarj, mendin oʻrganib.
Men kimu gustox oʻpmak ilging, ey sultoni husn,
Itlaringning chun kafi poyin oʻparmen iymanib.
Yordin boʻlmas judo, jongʻa balo boʻlgʻan koʻngul,
Qush bolosidekki, ayrilmas kichikdin oʻrganib.
Hajr aro sargashtamen andoqki, to tutqum qaror:
Ish yiqilmoqdur, bori olam boshimgʻa aylanib.
Bevafodur chun jahon gulzori, ey koʻnglum qushi,
Boʻlma bir gul volehi, bulbulgʻa nogoh oʻtkanib.
Yorigʻa borsa, yuz ish boʻlsa, Navoiy tark etib,
Lek qaytur vaqti har soat bir ishga kuymanib.

57

Ul pariy koʻnglum qushin sayd etti, zulfin dom etib,
Yuzi birla xoli su donasidin rom etib.
Soldi oʻt koʻnglumgʻavu orom tutti gʻayr ila,
Shu’la yangligʻ soʻzlugʻ koʻnglumni beorom etib.
Kofirekim dinim oldi, dogʻi kirdi qasr aro,
Qal’ai Xaybargʻa kirdi, gʻorati islom etib.
Bazm aro men oʻlsam, ul jon topsa, tong yoʻqkim, manga
Tutti zahri hajr, oʻzi noʻshi tarab oshom etib.
Ey kabutar, chun damim oʻrtar malak bolu parim,
Sendin oʻlmas ishqim oʻtin yorgʻa paygʻom etib.
Ul quyosh hajrinda, ey soqiy, shafaqgun may manga
Tut labolab, lek davri charx zarfin jom etib.
Yaxshi ot badnomlngʻ birla chiqargʻil oʻlgucha,
Ey Navoiy, oʻzni yaxshi ot bila badnom etib.

58

Ichsangiz may suyidin, ishrat uyin obod etib,
Jur’aye ham quygʻasiz tufroqqa, bizni yod etib.
Soz eting avval gʻamimdin nagʻmakim, bir usl erur
Uy imorat aylamak, xoro bila bunyod etib.
To havoiymen ul oy hajrida andoqkim, bulut
Toqqa har dam yuzlanurmen, yosh toʻkub, faryod etib.
Va’dai vasl etsa ul Shirin sanam, gʻam togʻini
Qozgʻamen, tirnogʻlarimni teshai Farhod etib.
Ul quyundurmen fano dashtidakim, boʻldum adam,
Har ne borimni boshimdin chuyurib, ozod etib.
Har zamon koʻnglum qotigʻ ermas dema, ey siymbar,
Yoshurun qolmas billur ichra nihon poʻlod etib.
Voqif oʻlkim, dahr dehqoni sening qasdingdadur,
Ismim aning gul qilib, otin munung shamshod etib.
Maygʻa targʻib etmaking kofidurur, ey piri dayr,
Mundin oʻzga ishni naylarsen manga irshod etib.
Istama la’lin, Navoiykim, marazda emganur,
Tab’ini sihhatliq el sharbat bila mu’tod etib.

59

Vafoni qildi koʻp ozurda ul oy, chun jafo aylab,
Adam dashtida koʻnglumni vatan qilmish, jalo aylab
Vafo andoqki qochti ul jafogardin, agar men ham
Qocha olsam, yana ishqin havas qilmay, xato aylab.
Demon davron aro yoʻqtur vafo aylab vafo koʻrgan
Ki, yoʻqtur ming jafo tortib, qutulgʻan, bir vafo aylab
Yiqilgʻan ishq aro, sihhat tama’ qilma Masihodin
Ki, bu bemorligʻdin kimsa qoʻpqon yoʻq, davo aylab.
Safoli faqr ol, jonu jahon naqdin berib, garchi
Kishi Jamshid jomin sotqin olmaydur, baho aylab.
Qutulsang bevafovashlar gʻamidin, ey koʻngul, shukr et,
Yana chekma balo, oʻzni birovga oshno aylab.
Bizing afsonamizdin nukta soʻrmang, ey xirad ahli,
Nedinkim, bu junun fasli tuganmas, mojaro aylab.
Manga yoʻq, oʻzgaga bori vafo qilgʻanni gar topsam,
Boshigʻa evrulay, ollida jonimni fido aylab.
Koʻngulkim, roʻzgorimni qorartib boʻldi ovora,
Topilsa, kezduray davron aro, yuzun qora aylab.
Gadolargʻa gahe lutf et, shaho, bu shukr uchunkim, haq
Seni lutf aylabon shoh ayladi, bizni gado aylab.
Navoiy, kimsa yoʻqkim, charx zulmidin zabun ermas,
Navo jovid kimga berdi, bizni benavo aylab.

60

Un chekarmen ishq aro, bir nargisi jodu koʻrub,
Bagʻlagʻan itdekki, faryod aylagay, ohu koʻrub,
Vah, netib mashshotani ollinda koʻrgaymenki, yor
Aksidin gʻayrat qilurmen, ollida koʻzgu koʻrub.
Orazu xoling xayol etkach, yetishti novaking,
Qildi ul qush mayl, goʻyo dona birla su koʻrub.
Chekti bosh xatting labu xoling qoshida, vah, ne tong,
Gar muloyim boʻlsa toʻti shakkaru hindu koʻrub.
Lablari xandon boʻlur, koʻrgach koʻzumda yigʻlamoq,
Koʻzlarim yigʻlar, labi jonbaxshida kulgu koʻrub.
Nosiho, ne nav’ mayi jomini ogʻzimdin olay
Kim, icharmen, mayda soqiy orazin oʻtru koʻrub.
Gar Navoiy mufrit afgʻon etsa, jono, qilma ayb,
Sen halok etgan koʻngul soʻngida yigʻlar oʻkurub.

61

Oʻrtanurmen, koʻngliga andin asar boʻlgʻaymu deb,
Boʻlsa ta’sir, anga holimdin xabar boʻlgʻaymu deb.
Telmururmen mungrayib ul bevafogʻa muttasil,
Bir ham andin dardi holimgʻa nazar boʻlgʻaymu deb.
Oʻrtanur, ey voiz, ohimning sharoridin sipehr,
Ne soʻray, doʻzaxqa mundoq bir sharar boʻlgʻaymu deb.
Sursa maydon ichra har chobuk, yugurmoqdur ishim
Keyinicha, ul chobuki zarrin kamar boʻlgʻaymu deb.
Telbalik koʻrkim, qucharmen bogʻ aro har sarvni,
Birisi ul sarv qaddi siymbar boʻlgʻaymu deb.
Dahr boʻstoni aro soʻr bogʻbondin, ey rafiq,
Juz baliyat mehr naxligʻa samar boʻlgʻaymu deb.
Ey Navoiy, nechakim qildim gadoligʻ, soʻrmadi,
Yo rab, ul majnuni zor darbadar boʻlgʻaymu deb.

62

Ul pariy ishqida yoʻqkim meni devona kuyub,
Yasagʻanlar ham oʻzin, oqilu farzona kuyub.
Ishq oʻtidin kishi bir qatla kuyub boʻlsa xalos,
Chun yana qaytibon ul shu’la sari, yona kuyub.
Ishq koʻksumga chu oʻt soldi, koʻngul ham kuydi,
Chugʻz ham oʻrtanib, ul oʻtqaki vayrona kuyub.
Yuzidin oʻrtanibon talpinur ollida koʻngul,
Sham’ ayogʻida urungʻan kebi, parvona kuyub.
Eyki soʻrdungki, qachon kuydi buzugʻ koʻnglung uyi,
Orazing barqi chaqilgʻonda, bu koshona kuyub.
Oʻrtanib aqlu koʻngul, ishq chu aylab tugʻyon,
Andakim barq tushub, oqilu farzona kuyub.
Chun Navoiy chekib ul oy gʻamidin shu’lai oh,
Oshno kul boʻlub ul oʻtdinu begona kuyub.

63

Xorlar bir gul gʻamidinkim koʻngulga butrashib,
Har biri mujgonining bir zaxmi ichra oʻrnashib.
Yo rab, andin sa’broq holat boʻla olgʻaymukim,
Ikki hamdam bir-biridin ayrilurda yigʻlashib?
Bu uqubatqa talofiy hajr daf’ oʻlgʻoch budur
Kim, quchushqoylar alar bir-birga nogah uchrashib.
Istagaymu huri jannat yonida kavsar suyin,
Kimki yori birla bir kun boda ichti yondashib?
Sarv qaddim ishqidin koʻp toʻlgʻanib, men koʻrgali
Bogʻ arokim chiqti sarvu ishqi pechon chirmashib.
Oʻlsa oʻldummu degay, ulkim sevar yori bila
Qolsalar xilvat aro, agʻyor har yon tarqashib.
Soqiyo, may birla sol jonimgʻa andoq shu’lakim,
Ranju mehnat dudi chiqqaylar boshimdin toʻlgashib.
Gʻam xazonida toʻkarmen ashklar, tortib gʻirev,
Navbahor andoqki yogʻqaylar bulutlar kukrashib.
Ey Navoiy, bevafo davr ahligʻa indurma bosh
Kim, alar qoshida bosh indurgan el boʻynin qashib.

64

Kuysalar Farhodu Majnun ishqdin afsona deb,
Zohir etmaslar manga ul nuktani, devona deb.
Ishq ichinda munglarim deb, eyki, yigʻlatting meni,
Jon fidong aylay, yana bir lahza yigʻlat, yona deb.
Bir yoʻli ishq ahli orimenki, qoʻymaslar meni
Jam aro bir yoʻli, aqlu hushdin begona deb.
Soʻnggʻi uyqum shiddatin naql etma, rovi, zinhor,
Kelturur boʻlsang anga uyqu kecha afsona deb.
Men hamulmenkim, qovar majnun deb emdi tifllar
Kim, tilar erdi ulugʻlar oqilu farzona deb.
Tushti zulfi domigʻa koʻnglum qushi mayl aylagach,
Ul taraf ruxsori koʻzgusin su, xolin dona deb.
Tongla barcha yaxshilar boʻlgʻusi kavsar davrida,
Men yomonni mahram etmang sokini mayxona deb.
Naylab ul tovus paykarni tilay kulbamgʻakim,
Chugʻz qoʻnmas, dam-badam yemrulgudek vayrona deb.
Shohligʻdin or etar, chunkim Navoiy kirsa mast
Dayr koʻyiga, surudu nagʻmai mastona deb.

65

May quyoshimu ichimda uyoqib,
Yo falak mehr oʻti koʻnglumda yoqib.
Hajr aro vasli dogʻi har ishin
Aytib ahbobu mening ashkim oqib.
Telbalik xushtur, agar sudrasalar
Zulfi zanjirini boʻynumgʻa toqib.
Tushubon yuz tuban el koʻz yoshidek
Koʻz uchi birla chu har sari boqib.
Hajr toshiyu salosil temuri
Telbalik oʻtini koʻnglumga choqib.
May bati dayrda uchmoq tilabon,
Mastlar anda ovuch, baski, qoqib.
Debki, marham yoqayin zaxminggʻa,
Ul nekim desa, Navoiygʻa yoqib.

66

Qotil koʻzungki oʻlturur elni boqib turub,
Boqmas manga, koʻzum nechakim tursa telmurub.
Har qatla it kebi tusharam oʻzga raxnadin,
Har lahza chun meni chiqarur koʻyidin surub.
Singʻon qadah kebiki, oqar har taraf mayi,
Qonlar oqib, chu gʻam toshi boshimni sindurub.
Har bir boʻlub bir axtari nahse chu shomi hajr,
Chun dudi ohim uchqunini koʻkka yetkurub.
Ishqing bosh ursa zor tanimdin, emas ajab,
Xoshok ichinda shu’lani boʻlgʻaymu yoshurub.
Andoq latifdur tanikim, ichsa jomi may,
Borur tanida qursogʻigʻa tegru bilgurub.
Bulbul parin ne gulki sovurdi bu bogʻ aro,
Day sarsari aning dogʻi bargini sovurub.
Davron eliga kimki vafo noʻshi arz etib,
Ul ham muqobilida jafo nishi yetkurub.
Bukim qovar jafo bila, ey kosh, koʻyida
Itlarga toʻ’ma qilsa, Navoiyni oʻlturub.

Pe Harfining Parivashlarining Parvozi «Badoye’»din

67

Nechakim koʻnglumda bor ul dilraboning yodi koʻp,
Bor aning yod etmaki ozroq, vale bedodi koʻp.
Layliyu Shirinvashimning ishq dashtu togʻida
Mencha bir yoʻq, garchi bor Majnun ila Farhodi koʻp.
Xoʻblar vodiysida topilmas el koʻngli qushi,
Ne uchunkim, bordurur bu beshaning sayyodi koʻp.
Topmagʻay naxli qadingdek bir niholi xush xirom,
Garchi boʻlgʻay bogʻbonning sarv ila shamshodi koʻp.
Telba koʻnglumdin emon roziki, har tun koʻyida
Itlarining ogʻritur boshin aning faryodi koʻp.
Kirpigingga qatl ta’limin ajal bermish, valek
Oʻzidin ustodroq etmish aning ustodi koʻp.
Shayx ila ahli riyovu dayr piri birla rind
Kim, fano ichra keraktur pirning irshodi koʻp.
Umr qasrin necha kun tutqil gʻanimatkim, darigʻ
Xush binodur — poydor ermas vale bunyodi koʻp.
Davr ayogʻidur iloji, kimki davron ahlining
Javridin ozurda boʻlmish xotiri noshodi koʻp.
Tarqang, ey ushshoqkim, sayd etti bizni mugʻbacha,
Dayr aro siz ham kezing, kufr ahlining avlodi koʻp.
Tifllar oʻynar Navoiy birla majnun deb, magar
Tifl ekanda ul dogʻi bu qavm ila oʻynodi koʻp.

68

Javr oʻqin xoki tanimgʻa urma koʻp,
Koʻkka bu tufrogʻni sovurma koʻp.
Ishqdin bastur manga oʻrtanmakim,
Hajr barqi birla ham kuydurma koʻp.
Yuziga, ey koʻz, chu yoʻq tobi nazar,
Bas, aning sari boqib, telmurma koʻp.
Noʻshi la’lingdin agar jon istadim,
Bu gunoh uchun meni oʻlturma koʻp.
Doimo rasmi muhabbat bor emish,
Bizni ushbu jurm chun yozgʻurma koʻp.
Vaslgʻa chun yoʻq nihoyat juz firoq,
Bas, vafo ahlin qoshingdin surma koʻp.
Hech ish oʻlmas ayru xoliq amridin,
Iltijo maxluqqa kelturma koʻp.
Ey gado, chun shayalilloh deding, oʻt,
Aylabon ibrom boqib turma koʻp.
Tut gadoligʻni, Navoiy, mugʻtanam,
Shohlar ollinda bosh indurma koʻp.

Te Harfining Torojgarlarining Tamoshosi «Badoye’»din

69

Taxtu johing kishvari mulki Skandar boʻldi, tut,
Xizr umri ham bu mulk uzra muyassar boʻldi, tut.
Buyla mulku umrdin soʻng jinu insu vahshu tayr
Hukmu amringgʻa Sulaymondek musaxxar boʻldi, tut.
Muncha hashmat topmogʻingdin soʻngra birovni qulung
Joh ila muknatda Qoruncha tavongar boʻldi, tut.
Poya yetti zinaligʻ taxtinggʻa, yetti charx oʻlub,
Taxtpoʻshung zinati tarsi’ axtar boʻldi tut.
Buyla taxt uzra boʻlub boshing uza xurshidi toj,
Mundoq oltun toj uza Birjis gavhar boʻldi, tut.
Bazmi ishqing bodasin kavsar deyin yo salsabil,
Jomi Jam ul jonfizo sahbogʻa sogʻar boʻldi, tut.
Har nekim zikr oʻldi, oxir chun solib ketkungdurur,
Tengdurur, gar boʻlmadi tut, barchani gar boʻldi tut.
Umrgʻa chun yoʻq vafo, tengri necha bu dahrcha
Yona xalq aylab, sanga hukme muqarrar boʻldi, tut.
Chun borursen, avlo ulkim, yoʻl yarogʻin aylasang,
Qolibon aksar gunohing, dogʻi aksar boʻldi, tut.
Sust himmatligʻ bila uchmogʻ ne mumkin, ey hakim,
Hikmat avroqi iki egning uza par boʻldi, tut.
Deb eding, soqiyki, vaqt oʻlgʻoch, tutay bir jomi may,
Davrdin mir’oti avqotim mukaddar boʻldi, tut.
Oʻlsa deb erding Navoiy, tirguzay vaslim bila
Biltur oʻlganlar bila ani barobar boʻldi, tut.

70

Tutti koʻk feruzagun jomini shingarfi bulut,
Soqiyo, nilufari jom ichra gulgun boda tut.
Charx davri chun malolat boisidur, necha kun
Charxdek jomu shafaqgun may bila oʻzni ovut.
Topsa kunduz kavn shugʻlidin zamiring tiyralik,
Kecha bori may quyoshidin zamiringni yorut.
Chun unutqungdur sen elni, el seni, bori chekib
Aysh jomin, bu unutmogʻlarni bir soat unut.
Nosiho, chun umr oʻtar, qoʻykim, boʻlay ishrat bila,
Aysh tarkin kim buyurdung, oʻktadur bu nav’ oʻgut.
Gar zuloli vasl, ey solik, qilursen orzu,
Xotiringni orzular oʻtidin avval sovut.
Ey Navoiy, chiqti chun rangin bulut, rangin may ich
Kim, sen oʻlmay qilgʻusi koʻp jilva bu rangin bulut.

71

Jon farah topti, labing javhari boʻlgʻach anga qut,
Olloh-Olloh, ne mufarrih boʻlur ermish yoqut.
Nola man’in qilasen, xotami la’l ogʻzima qoʻy,
Bu nigin naqshi bila qoʻygʻil anga muhri sukut.
Mayi la’ling ne ajab bodaki, kayfiyatidin
Ruh loya’qilu andin xirad oʻlmish mabhut.
Xanjaring tigʻida yuz koʻrdungu ashkim yogʻdi,
Yomgʻur ermas ajab, oʻlgʻonda quyosh manzili Hut.
Husn mulki uza, oyo, ne pariy erkinsen
Ki, boʻlur sadqa sanga charx uza xayli malakut.
Oʻzluki boqiyu zohid uradur lofi vusul,
Foniy oʻlmay kishi topqaymu bu da’vogʻa subut.
Jon halok oʻldi Navoiygʻavu tan zoru nahif,
Ul oʻlukka yasamish ushbu soʻngakdin tobut.

72

Vahki, la’ling qildi bagʻrim tah-batah qon oqibat,
Qatra-qatra koʻzdin ul qon boʻldi gʻalton oqibat.
Bordingu ogʻzimgʻa qoʻydung muhr, afgʻon chekma deb,
Bu ishingning muhri boʻldi dogʻi hijron oqibat.
Furqating tigʻi buzugʻ koʻnglumni yiqti, ohkim,
Sayli ofat birla yemruldi bu vayron oqibat.
Koʻngluma qoshing xayoli boʻldi tanvin nunidek,
Uyla nungʻa nukta boʻldi dogʻi pinhon oqibat.
Oʻlmish erdim gʻam tuni, la’ling xayoli berdi jon,
Zulmat ichra boʻldi paydo obi hayvon oqibat.
Soqiyo, jom ayla doirkim, gʻanimatdur hayot,
Tutqusidur chun ajal kosini davron oqibat.
Ey Navoiy, yor vasli garchi bas dushvor edi,
Foniy oʻlgʻach, buyla dushvor oʻldi oson oqibat.

73

Koʻzdin uchti ul pariy, vahkim, anga yetmakka bot,
Kosh aningdek chiqsa dermen ikki egnimdan qanot.
Novaking koʻnglumda gar itti hamul andoz ila,
Ani topmoq istasang, jono, yana bir novak ot.
Kosh sensiz oʻlsam erdi, ey parivash, qilma ta’n
Kim, meni majnungʻa ortuqtur oʻlumdin bu uyot.
Soqiyo, bexudmen andoqkim, qilurmen kasbi hush,
Imtihongʻa doruyi behush agar jomimgʻa qot.
Xonaqah shayxi ushatti sogʻarin, ey piri dayr,
Sen karomat koʻrguzub, ragʻmigʻa tavbamni ushot.
Ey tani xoki, ul oy ollida hukmi birdurur,
Garddek chiq koʻkka yo tufrogʻdek yoʻlinda yot.
Bir diramkim qalb boʻlgʻay, arzimassen, ey koʻngul,
Har necha mehru vafo bozorida oʻzungni sot.
Telbalar yuz pora koʻnglidek yasabsen bolu par,
Garchi gʻaybatda pariygʻa hojat ermastur qanot.
Chun Navoiy jonigʻa ofat erur loʻlivashe,
Sogʻinur gʻuli biyobon, koʻrsa qoʻngʻrotu qiyot.

74

Boshim chu gardu koʻzum koʻr sensiz oʻlmadi bot,
Qoshingda bosh koʻtarib, koʻz ochargʻa qoʻymas uyot.
Erur maloyikai rahmat oʻqlaring jongʻa,
Malak tanida, ajab yoʻq, agar uch oʻlsa qanot.
Xizr suyiki erur zulmat ichra, tengmu boʻlur
Labing bilaki quyoshdin chiqardi obi hayot.
Habib ishqi aro buki oʻlmading, ey Xizr,
Ichib hayot suyi, zoye’ aylading avqot.
Quyoshqa kimki yuzung borida qilur sajda,
Parastish aylamak angla iloh ollida Lot.
Kirib quyosh kebi qoʻyma vujud gʻayrgʻa hech
Ki, koʻnglum ichra xavotirdur uylakim zarrot.
Navoiy oʻldi oʻqung hasratidin, ey chobuk,
Inoyat ayla bir oʻq, sekretib aning sari ot.

75

Gʻaming qattigʻligʻin qilsam hikoyat,
Eshitsa tosh, anga aylar siroyat.
Koʻngul gʻam shomidin chiqmoqqa boʻldi,
Boshogʻligʻ novaking sham’i hidoyat.
Ne nav’ ollingda shavqumni qilay sharh
Ki, husnungdek anga yoʻqtur nahoyat.
Xayoling koʻnglum ichra muztaribdur
Kim, ul vayrona issigʻdur bagʻoyat.
Koʻzung qonimni ichmakka ne haddim
Erur, ani iting ichsa, kifoyat.
Dema bir yoʻldurur ishq ichra, ey shayx
Ki, munda muxtalif keldi rivoyat.
Navoiy qonin ul koʻz birla toʻktung,
Tirik boʻlkim, budur ayni inoyat.

76

Tanimni qilsa gʻamzang yuz jarohat,
Yotar har zaxmdin jonimgʻa rohat.
Halovat topmayin jonim labingdin,
Solur zaxmim aro tuz ul malohat.
Jamoling subhi ochib erdi yuz gul,
Quyosh sargʻardi, koʻrgach ul sabohat.
Supurdum koʻz bila koʻyung fizosin
Ki, jonlar jilvagohidur bu sohat.
Boʻlur zohir labingdin qatl etar chogʻ,
Oʻlukni tirguzurdek yuz fasohat.
Chu sendin ayru ermas yor, nedur
Uyin istab jahon qilmoq masohat.
Qabih etti Navoiy haq jahonni,
Elidin tutmagʻil koʻz juz qabohat.

77

Boshigʻa may chiqibon, boʻldi ul sitamgar mast,
Yoʻq ahli husn aro bir uyla qotili sarmast.
Nachukki sarv niholi nasimdin egilur,
Xirom vaqtida ul nahli mohi paykar mast.
Kabutar oʻynamogʻidin koʻngul qushi behud,
Xuruj etar boʻlubon uylakim kabutar mast.
Ne masti arbada gar senki, chiqsa bazmingdin,
Buzar zamonani badmastligʻ bila har mast.
Labing haloki agar bodanoʻsh, agar toib,
Koʻzung xarobi agar hushyor erur, gar mast.
Labing xayolidan ar mastmen, ne tongki, erur
Bu may xayoli bila olam ahli aksar mast.
Navoiy usruk agar qilsa arbada, tong yoʻq
Ki, shayn oʻlur ishi, majnunni gar qilurlar mast.

78

Yo rab, ul oy husnining idrokin elga mubham et,
Koʻz bila koʻnglumni ul sirri-xafigʻa mahram et.
Koʻyiyu qaddu labi yodin manga q0ilgʻil fuzun,
Jannatu toʻbi bila kavsar tamannosin kam et.
Diyda koʻrmak istasa aning yuzidin oʻzga yuz,
Qiyrlar birla bu ikki suqba javfin mahkam et.
Gar koʻngul vaslidin oʻzga vasl surin istasa,
Qism anga hijron siyah cholida doim motam et.
Xotiri savdoi ar ul zulfdin oʻzga havas
Qilsa, ani zulfdek oshuftaholu darham et.
Ruh ul qad jilvasidin oʻzga qilsa orzu,
Hajr oʻti ichra anga doʻzax azobin har dam et.
Koʻnglum oʻldi hajr oʻtidin resh, ey soqiy, manga
Bodai kofurgun durdidin olib marham et.
Yoʻq chu olam bogʻida boʻyi vafo, ey piri ishq,
Jilvagah bir jom ila koʻnglumga oʻzga olam et.
Ishq jurmigʻa Navoiyni qovarsen, ey pariy,
Qovma, javru zulm qil, devonavu rasvo ham et.

79

Harfi ishq oʻldi azaldin safhai jonimda sabt,
Har ne andin oʻzga barcha lavhi nisyonimda sabt.
Dedim: ey koʻnglumga oʻq urgʻon, nedur otting, degil,
Dedi: boqkim, aylamishlar ani paykonimda sabt.
Qaysi shahlar boshi qasring davrida bormish desam,
Derki: boqqilkim, erur ul toqi ayvonimda sabt.
Boʻlsa tobe’ Vomiqu Majnun, ne tongkim, aylamish
Ishq tugʻrosin qazo kilki mening shonimda sabt.
Ishq avroqida, eykim, oʻqiding yuz ming balo,
Yuz tuman oncha erur avroq hijronimda sabt.
Dardi ganji sharhini, eykim, tilarsen, qilmisham,
Gʻussa nishi noʻgi birla kunji vayronimda sabt.
Ne oʻqirsen qissada Ya’qub huzninkim, erur
Oncha yuz bir oy gʻamidin baytul-ehzonimda sabt.
Juzv-juzvimni ayiribkim parishon aylading,
Bordur aning sharhi ajzoyi parishonimda sabt.
Ishq tigʻi yarasidin oʻlganim tarixini,
Ey Navoiy, nazm aylab, ayla devonimda sabt.

80

Vahki chiqdi otlanib bir mast loyaqil yigit,
Sarvdek yeldin ot uzra har taraf moyil yigit.
La’li noʻshi birla yuz yilligʻ oʻlukka ruh baxsh,
Gʻamzaye nishidin Masihu Xizirgʻa qotil yigit.
Tigʻi xunrezi ajaldek qatli om aylab valek,
Soʻrsa har jonib nechukkim umr musta’jil yigit.
Anglamonkim hurmu erkin, malakmu yo pariy
Kim, bashar jinsida andoq koʻrmaduk hosil yigit.
Koʻngli qotigʻliqdin elni oʻlturur, rahm aylamas,
Olloh-Olloh kim koʻrubtur buyla sangin dil yigit.
Zahri chashmu tigʻi qotil gʻamzayi hunrez ila,
Kilgʻuchi elga tiriklik rasmini mushkil yigit.
Gʻorati din qildiyu kofirligʻ irshod aylabon,
Ahli kufr alfozi birla har zamon qoyil yigit.
Qaribon qilma yigitlar suhbatin har dam havas
Kim, qarini istamas bazm ahligʻa doxil yigit.
Ey Navoiy, nega boʻldung telba deb koʻp soʻrmakim,
Aqlu hushum qolmadi chiqqach bu loyaqil yigit.

81

Vah qayon bordi buzuq koʻnglumni zor etgan yigit,
Javr tigʻi birla koʻksumni figor etgan yigit.
Orazin ochqanda koʻnglumni ochib gul-gul valek,
Kirpikidin onda yuzming xor-xor etgan yigit.
Necha koʻnglum toatu taqvokim aylab ixtiyor,
Jilva qilgʻach mast ani beixtiyor etgan yigit.
Bizni ishq oyinida rasvoyi olam aylabon,
Ofiyat ahli qoshida sharmisor etgan yigit.
Ishq tarkidaki yuz tadbir etib koʻnglum nihon,
Daf’igʻa yuz labu afsun oshkor etgan yigit.
Meni salohu ofiyat ishqingda tark etgan qari,
Sen jafoyu zulm qatlimgʻa shior etgan yigit.
Tavba aylab erdim, ey zohid, netay tutti manga,
Lolagun may ber, uzorin lolazor etgan yigit.
Bilki ne ajzu niyoz oyinu rasm etgan qari,
Qolgʻusi ne nozu istigʻnoyu sor etgan yigit.
Nosiho tarki junun qilmas Navoiy kelmayin,
Ishq dashtida ani devonavor etgan yigit.

82

Olami ishq ichra darding oʻtdurur, hajring ham oʻt,
Dardi hajring soʻzidin koʻnglumda olam-olam oʻt.
Dogʻi ishqing uyladurkim hirqatin oʻksutkali,
Yoqsa boʻlgʻay ustiga aning nachukkim marham oʻt.
Ne haroratdur, mayi ishqingda tokim ichmisham,
Koʻkka dudimni chekar, koʻnglumga solib har dam oʻt.
Shu’laye tushmish firoqingdin hazin koʻnglumdakim,
Ashkdin toʻktim yeti daryo suyin, boʻlmas kam oʻt.
Vah, ne muhlik hol erur jonimgʻa la’ling hajrida
Kim, solur daf’igʻa anfosi Masihi Mar'yam oʻt.
Bu kecha voqif boʻlung evlardin, ey hamsoyalar
Kim, manga tushmish firoq otashgahidin mahkam oʻt.
Hajr koʻnglum kishvarin bir oʻt bila kuydurdikim,
Kildi ishq ahligʻa dudidin savodi a’zam oʻt.
Dahr boʻstoni aro sunbul bila gul demakim,
Charx zulmi solmish anda dud birla darham oʻt.
Ey quyosh, naylab Navoiy kuymasinkim, bor anga
Ishqing oʻt, husnung ham oʻt, lutfung ham oʻt, qahring ham oʻt.

83

Yor boʻlmoq tong emas men zori rasvo birla doʻst
Kim, pariy gohi boʻlur majnuni shaydo birla doʻsx.
La’lini sevdum, koʻzining qatlidin qaygʻurmogʻum,
Ne gʻam oʻlmaktin, kishi boʻlsa Masiho birla doʻst.
Zulfi savdosi, bu savdoyi boshinda koʻpturur,
Boʻlsa savdo ahli, tong yoʻq, ahli savdo birla doʻst.
Sarv qadliq, guljabinlik doʻstning hijronida
Boʻlmogʻum ne gul bila, ne sarvi ra’no birla doʻst.
Hajrdin olam qorongʻudur vale, gʻam yoʻq, gahe
Jilva qilsa ul jamoli olamoro birla doʻst.
Xizr yuz mehr ila tutqan jomi Jamdin yaxshiroq,
Tutsa may durdini yuz toroju yagʻmo birla doʻst.
Boʻlma dunyo doʻst, gar istar esang osudaliq,
Lek har ne qilsalar, boʻl ahli dunyo birla doʻst.
Ey Navoiy, necha dushman boʻlsa, yonma doʻstdin,
Chun sanga boʻlmishtur ul yuz ming tamanno birla doʻst.

84

Chu qildi jilvagar ul shoʻxi noʻshlab suvrat,
Meni zaifqa koʻrguzdi yuz ajab suvrat.
Jamoli suvratini safhada koʻrub, ittim,
Tushub jahonni kezarga qilib talab suvrat.
Ne nav’ suvratidin koʻz olayki, ma’nidin
Boʻlurgʻa bir xabar oʻlmish manga sabab suvrat.
Nishot suvratidin topqamen dedim, vahkim,
Muyassar oʻlmayin ul berdi yuz taab suvrat.
Firoq anduhida, soqiyo, qadah tutkim,
Bu koʻzgu ichra manga koʻrguzur tarab suvrat.
Ul oy jamoli aro zulfidin ajab qoldim
Ki, oy arosida qilmish ayon zanab suvrat.
Navoiy oso dardu figʻon ilan menkim,
Bulardurur manga zotiyu muktasib suvrat.

85

Koʻyi gardidin koʻzumni avval, ey hamdam, yorut,
Soʻngra. marham aylabon koʻksum shikofin dogʻi tut
Gar unutti yor bu mahzunni, vahkim, koʻngluma,
Bor ani har dam sogʻnndirmoq desam, sen ham unut.
Qaddu ruxsoridin ayru dudu oʻtdur, ey rafiq,
Dema sarvu gul bila bir lahza koʻnglungni ovut.
Zahri hajring birla chun yuz qatla qilding talxkom
Noʻshi la’ling birla ham bir qatla ogʻzimni chuchut.
Zulfi zanjiri jununum chorasidur, ey hakim,
Aqldinmu erdi bu devonagʻa bermak oʻgut.
Va’dai vasl ayladi ul oy, hamono kelgusi,
Tigʻi hajridin shikof oʻlgʻon koʻngul bu soʻzga but.
Asru vahshiydur mening mushkin gʻizolim, ey koʻngul,
Chin kiyigi goʻyiyo bermish anga tuqqonda sut.
Ey koʻngul, davron elining tarki tut yo har nafas
Bagʻringga bir xanjari bedod yeb, xunoba yut.
Olam ahli, demangiz emdi Navoiykim, meni
Bir quyosh hajri havoni qilmish andoqkim bulut..

86

Bahor el gulga moyil, bagʻrima yuz xor har soat,
Yetib har xoridin koʻnglumga ming ozor har soat.
Bu aqshom notavon koʻnglumdin, ey ahbob, oʻlung voqif
Ki, holidin borur za’f aylab ul bemor har soat.
Boʻlurmen uylakim, koʻrgan zamon vayron boʻlub koʻngli
Boshimda yigʻlagʻay ham yoru ham agʻyor har soat.
Emas vayronada har dam oʻlardek holatim, vahkim,
Turubtur boshima yemrulgali devor har soat.
Damo-dam za’fim andindurki, mujgoning xayolidin
Jarohatligʻ koʻngulga sanchilur bir xor har soat.
Jununum har dam afzun boʻlsa, ey hush ahli, tong yoʻqkim,
Koʻzumga jilva aylar ul pariy ruxsor har soat.
Mayi la’linggʻa ne kayfiyat erdikim, nasimidin
Boʻlurlar mastu bexud yuz tuman hushyor har soat.
Bu bazm ichra ne amnu ayshkim, har davr ayogʻinda
Yiqar bir notavonni gunbadi davvor har soat.
Fano dayrida gar may vajhi yoʻq, bas xirqavu daftar,
Meni mayxonadin sudratma, ey xammor, har soat.
Agar boshimgʻa yogʻsa tosh gardundin, tong ermaskim,
Borurmen ul pariy koʻyiga Majnunvor har soat.
Navoiy, to jahon ahligʻa sen vobasta, koʻngronma,
Alar javridin oʻlsa xotiring afgor har soat.

87

Tanimgʻa berdi jon ul naxli qomat,
Dema qomat ani, degil qiyomat.
Vafogʻa mayl qilmas naxli qaddnng
Ki, topmish javr aro koʻp istiqomat.
Yuz ochma, garchi tutqay koʻrsa ma’zur,
Meni ishqingda arbobi malomat.
Ne gʻam gar yuz meningdek oʻlsa, yo rab
Ki, boʻlsun ul masihodam salomat.
Abad umricha bor ollida oʻlmak,
Buyurma, ey nasihatgoʻ, nadomat.
Nedur, ey shayx, ushatmoq sogʻarimni,
Butun qil, bor esang ahli karomat.
Navoiyni deding koʻyumdin oʻtma,
Salomat boʻl, desang aylay iqomat.

88

Ey qoshing fitnavu ul nargisi shahlo ofat,
Yoʻqtur ul ikkida juz fitnavu illo ofat,
Ne qadu, ne koʻzu ne gʻamzaki, har dam andin
Yo balodur manga, yo fitnadurur, yo ofat.
Dema ra’no qad ila jilvasidin xolingni,
Jilva jonimgʻa balo, ul qadi ra’no ofat.
Manga ne ofiyat oʻlgʻayki, xayol etsam, erur
Yuzini yuz saridin jonima paydo ofat.
Muncha ofatki erur dahrda, sendin tushmish,
Yoʻqsa olamda burun yoʻq edi muncha ofat.
Soqiyo, bodaki, taqvoyu riyo ofatidin
Yaxshiroq, boʻlsa manga sogʻaru sahbo ofat.
Vahki, kirpiklarining ofati koʻnglumga kirib,
Solmish ul kulba aro bu kecha gʻavgʻo ofat.
Foniy oʻlgʻil, tilasang vaslki, bu yoʻlda erur
Xirqavu daftaru tasbihu musallo ofat.
Asl uldurki, sanamlar sori koʻz solmagʻasen,
Ey Navoiy, tilasang koʻrmamak aslo ofat.

Se Harfining Samin Gavharlarining Samarasi «Badoye’»din

89

Agar jahongʻa falakdin gʻame boʻlur hodis,
Erur bu xastani gʻamnok aylamak bois.
Magar oʻlar kuni Farhod birla Majnunning
Balovu dardigʻa ishq ayladi meni voris.
Firoq xirmani yigʻdim, visol tuxmin ekib,
Zamona mazraida bormu men kebi horis.
Iyodatimdin ul oy gar qoʻpar, chiqar jonim,
Tirikmen ar boʻlur ul umr bir zamon mokis.
Tariqi ishqu muhabbat mangayu Majnungʻa
Aningdek oʻldiki, topmas sipehr anga solis.
Sen ista fayzi fano dayr gungu lolidin
Ki, ishq darsini bilmas mujodilu bohis.
Erur Navoiyu ishq ichra ming balo, goʻyo
Falak havodisi barcha anga boʻlur hodis.

90

Mening majnunlugʻumgʻa ishqu savdo gar erur bois,
Va lekin bu ikkiga bir pari paykar erur bois.
Dema bois nedurkim, talpinursen har kecha to subh,
Tikilgan kirpikingdin jongʻa yuz nishtar erur bois.
Koʻngulda otashin la’ling gʻami, ayb etma kuysamkim,
Tutashmoqqa tanim xoshoki ul axgar erur bois.
Oʻqungdin par chiqardim, koʻyunga qilsam havo, tong yoʻq
Ki, uchmoq mayli qilmoqqa bu bolu par erur bois.
Firoqing biymidin yuz qatla jon bergay edim, lekin
Hayotimgʻa umidi la’li jonparvar erur bois.
Chu mendin yuz evurdung, tong emas, boshinggʻa evrulsam,
Bu sargardonligʻimgʻa gardishi axtar erur bois.
Agar rahn oʻldi tasbihu rido mayxonada, ey shayx,
Icharga dayr piri ilgidin sogʻar erur bois.
Fano bahrigʻa choʻmmoqdin gʻaraz tolibqa vasl oʻldi
Ki, gʻavvos oʻlmakiga gʻarq oʻlub, gavhar erur bois.
Navoiy jismining za’figʻa bois boʻldi bedilliq,
Vale bedilligʻin soʻrsang, anga dilbar erur bois.

91

Va’dai vaslidin etsa ul soʻzi shirin hadis,
Garchi yolgʻon aytur, ani sogʻinurmen chin hadis.
Istasam vaslini, der gʻam togʻi qoz tirnogʻ ila,
Buyla hargiz qilmadi Farhod ila Shirin hadis.
Chunki har bir nukta dersen, sochilur yoqutu la’l,
Olloh-Olloh, kim deb erkin bu sifat rangin hadis.
Bazmi ayshida hadisimni demang, ey doʻstlar
Kim, erur gʻam mujibi nekim qilur, gʻamgin hadis.
Gar takallumdin oʻlukni tirguzurlar xoʻblar,
Barchasigʻa mahvashim goʻyo qilur talqin hadis.
Ishq sirrin sharh qilmoqdin chu qosirdur bayon,
Bas kerak oshiq demakni qilmasa oyin hadis.
Darsi ishqingni, Navoiy, uyla der ushshoq aro
Kim, degay ilm ahligʻa Sayid Jamoliddin hadis.

Jim Xarfining Jamilalarining Jilvasi «Badoye’»din

92

Ey jahon mulki xiroji sanga bir gavhari toj,
Mulklar shohi qoʻyub dargahinga toju xiroj.
Tuzubon adl, koʻngul mulkini obod etting,
Mulk ma’mur boʻlur, adlgʻa shah bersa rivoj.
Tengriga gavhari zoting edi kulli maqsud,
Sun’ daryosin azal subhi qilurdin mavvoj.
Ehtiyoj aylabon izhor quyosh ra’yinggʻa,
Xalq andoqki quyosh nuriga boʻlgʻay muhtoj.
Paykaring tufrogʻigʻa xayli maloyik homil,
Taxti izzu sharafinggʻa toʻquz aflok davvoj.
Chun chiqib taxti xilofat uza haqdin, boʻlubon
Hukmi gardankashiga mulkdin amri ixroj.
Buyla mardud hadisin nega qilding maqbul
Kim, tanazzulgʻa badal boʻldi sanga ul me’roj.
Ne tagʻoful edikim, uyla aduv makr bila
Xoksor etti seni, mulkunga solib toroj.
Roʻzgʻoring qorarib zulmati isyon ichra,
Zor eding, afv ilki tutmasa ollingga siroj.
E’tiroz etma, Navoiyu fuzul oʻlmaki, haq
Xalq etib sevdi, yana dard berib qildi iloj.
El ne bilsun ne edi haqqa bu ishda hikmat,
Mehr nurin ne bilur shapparaki tiyra mizoj.

93

Telba koʻnglum poʻyasigʻa anbarin banding iloj,
Xasta jonim za’figʻa la’li shakarxanding iloj.
Solib erdi choklar bagʻrimgʻa tigʻing har taraf,
Boʻldi mujgon oʻqidnn har sori payvanding iloj.
Muhlik oʻldi shavq, yo sur tigʻ, yo qil jilvakim,
Bu ikidin oʻzga topmas orzumanding iloj.
Hajr qatlidin meni tirguzdi la’li, ey Masih,
Ojiz erding, sen nafas asra, gar oʻrganding iloj.
Yuzu la’li hajridin bemor oʻlubmen, ey hakim,
Umr zoye’ qilma, qilmas chunki gulqanding iloj.
Dardi hajrim sa’b erur — kel, ey ajal, boshimgʻakim,
Vasldin ayru emas ma’lum monanding iloj.
Koʻnglung, ey bulbulki, yuz parkand erur, gar kelsa gul,
Barg-bargidin topar parkand-parkanding iloj.
Murshidesen bas ajab, ey ishqkim, matlubning
Vaslidin ham istamas mehnatqa xursanding iloj.
Ul pariy hijronida boʻlgʻon Navoiy nosihe,
Aylay olgʻaymu junun magʻlubigʻa panding iloj.

94

Ey, soching oshuftasi yuz xayli savdoiy mizoj,
Koʻrmaduk zanjir ham savdogʻa bois, ham iloj.
Vasl ishida asru nozukluk tushubtur, ey koʻngul,
Kim erur ham nozuk ul gulchehra, ham nozuk mizoj.
Dardi hajrim arz qilsam, derki, sabr et, voykim,
Zahr ila muhlik marazgʻa koʻrmaduk hargiz iloj.
Tigʻ tortib tojvarlar, boshigʻa chun chopti raxsh,
Tandin uchti, vahki, har yon boshu boshtin uchti toj.
Zulmunga boʻlsam zabun yuz vajh ila, ne aybkim,
Sen gʻanisen — men gado, sen shah — men ahli ehtiyoj.
Tuz boʻyung oqu qoralik, dolu gul tundin erur,
Uyla oʻqkim, obnoʻs oʻlgʻay anga payvand oj.
Kishvari ishq ichra zolim shahdur ul sultoni husn
Kim, koʻngullar mulkidin jon naqdini olur hiroj.
Arsh qandili gumon qil shishadek sofiy koʻngul,
Urmagʻil damkim, topar yeldin xalal ravshan zujoj..
Ohi muhlikdur, Navoiy koʻngli zaxmi islanib,
El oʻlar, topsa havogʻa chun ufunat imtizoj.

95

Emas la’ling qatili jongʻa muhtoj,
Koʻzungnung kofiri imongʻa muhtoj.
Labing muhtojidur koʻnglum, nachukkim,
Skandar chashmai hayvongʻa muhtoj.
Chu maydon ichra surdung, bas bu ofat,
Emas nazzora gar javlongʻa muhtoj.
Tilar koʻnglum oʻzin ishqing shahidi
Ki, bor ul gʻamzai fattongʻa muhtoj.
Qochar koʻnglum qushi tan kulbasidin,
Agarchi chugʻz erur vayrongʻa muhtoj.
Yuzung qursi qamar, muhtoj anga men,
Gado andoqki boʻlgʻay nongʻa muhtoj.
Fano mayxonasida qil gadoligʻ,
Desangkim, boʻlmayin sultongʻa muhtoj.
Anga muhtojroq menmen, agarchi
Erur koʻp gar boqar har yonga muhtoj.
Navoiy jongʻa muhtoj ermas, ammo
Erur yuz jon bila jonongʻa muhtoj.

Chim Harfining Chobuklarining Chehrakushoyligʻi «Badoye’»din

96

Koʻzi qatl etti, koʻnglum ichra zulfi mubtalo boʻlgʻach
Ki, qush bismil uchundur, bastai domi balo boʻlgʻach.
Yetib munglugʻ koʻngul vasligʻa hech oʻz holini bilmas,
Ajab ermas gado oʻzni itursa, podsho koʻrgach.
Ne soʻrdung bir yoʻli nogah qorargʻan roʻzgorimni,
Bu hol oʻldi bir oy hijronidin shomim qora boʻlgʻach.
Qachon boʻldung demang begona aqlu, hushu taqvodin,
Muni soʻrmogʻ ne hojat, ul parigʻa oshno boʻlgʻach,
Maloyik xayli jonidin toʻla boʻldi falak javfi
Jahonda ul pari vasligʻa jon naqdi baho boʻlgʻach.
Ulusqa tiyri boroni baliyat yogʻdi, ul oyning
Sipohi husn aro mujgoni novak, qoshi yo boʻlgʻach.
Xijolatlar kelur Farhodu Majnun ruhigʻa har dam,
Mening ishqim soʻzidin xalq ichinda mojaro boʻlgʻach.
Zamon ahli vafosizliq bila gar qildilar qatlim,
Farah topqay magar ruhum, alar da’bi vafo boʻlgʻach.
Chu ketti bargu gul, bulbul navodin qoldn, koʻrgilkim
Navoiydek emish ul dogʻi bebargu navo boʻlgʻach.

97

Turra margʻulin ochib ruxsori mah siymogʻa soch,
Tun savodi anbarin mehri jahon orogʻa soch.
Sarvi gulroʻyim qilur gulgashti gulzor, ey nasim,
Dam-badam sarigʻ, qizil gul, ul guli ra’nogʻa soch.
Yigʻlama, ey koʻzkim, ul oy boʻlgʻusidur mehmon,
Gar socharsen yuz guhar, ul gavhari yaktogʻa soch.
Yordur sham’i shabistonim bu aqshom, ey sipehr,
Axtaringning durlarin bu bazmi mehrosogʻa soch.
Tashnagʻa ber fayz, ey abri karamkim, yoʻq osigʻ,
Gar suni yuz qatla daryodin olib, daryogʻa soch.
Dayr aro din ahlining koʻngliga zulfi boʻldi qayd,
Bulajab zunnordur, ul dilbari tarsogʻa soch.
Zuhd elin may birla rasvo aylading, ey mugʻbacha,
Jur’aye ham netti rahm aylab meni rasvogʻa soch.
Yoʻq u dunyoda vafo, ey sarsari dashti fano,
Gardi nisyon sovurub, dunyovu mofihogʻa soch.
Ey Navoiy, umri jovid aylar ersang orzu,
Bas hayoting naqdini ul la’li ruhafzogʻa soch.

98

Toʻlgʻadi sabrim, qoʻlin zohir qilib dildor kuch,
Garchi nozukdur va lekin bor anga bisyor kuch.
Ishq uylarni yiqar, oshiqqa kin qilmoq nedur,
Moʻr xayligʻa qachon pil aylamish izhor kuch.
Qosh agar budur, sening yoyingni chekmak sa’b erur,
Kimsa ilgida chu maqdur ermas ul miqdor kuch.
Koʻzlaring bedodi jon birla koʻngulga tong emas,
Ne ajab, din ahligʻa gar koʻrguzur kuffor kuch.
Za’f aro ul koʻydin sudrar qoʻlum tortib raqib,
Banddin oyirgʻudekdur qilsa nohanjor kuch.
Soqiyo, men xastadin badmastligʻ ermas ajab,
Koʻrguzur koʻprak zaif elga mayi xammor kuch.
Ishq aro andoq zabundurmenki, aylarlar manga
Ham gado, ham shoh kuch, ham yoru ham agʻyor kuch.
Sogʻ ekanda hajr aro kuch birla oʻzni asraram,
Lek may ichkanda aylar yigʻlamoq bisyor kuch.
Kuch bila oʻlturdi ul zolim Navoiy xastani,
Necha torta olgʻay oxir bir zaifi zor kuch.

99

Chiqti bogʻlab yana ul kofiri xunrez qilich,
Mast har sari surar raxsh, chekib tez qilich.
Qilichin koʻrdumu jonimgʻa tarab yuzlandi,
Turfadur qon toʻkub oʻlmoq, tarabangez qilich.
Qatra qonlarki, tomar tigʻidnn, uchmoq gulidur
Ki, shahidin qilur ul gʻamzagʻa xunrez qilich.
Har qayon tigʻ solur, koʻnglum osigʻligʻdur anga,
Buyla qatl ahlida kim koʻrdi dilovez qilich.
Lam’ayi tigʻi dema, barq choqilgʻan kebikim,
Goʻyiyo keskali ilgidin etar xez qilich.
Ishq aro ajzini koʻrgilki, oʻlarga Farhod
Xasmi fartut tilin ayladi Parvez qilich.
Shah Navoiy tilidek tigʻ ila koʻp mulk ochti,
Tortmish ochqali Bagʻdod ila Tabriz qilich.

100

Chiqti jon, qoshima jonon kirgach,
Kim halok oʻlgʻon ekin jon kirgach?
Keluringga yasadim koʻnglum uyin,
Yasalur kulba, chu mehmon kirgach.
Oʻzni asrarmenu koʻnglum chekar oh,
Nogah ul sarvi xiromon kirgach.
Ohdin shu’la yetishkandek erur,
Oʻqidin koʻngluma paykon kirgach.
Yuz junun shu’basi aylar paydo,
Ul pariy koʻngluma pinhon kirgach.
Dahr uyi ichra iqomat tilama,
Chiqmamoq anda ne imkon, kirgach.
Borma koʻyiga, Navoiyki, qochar
Yor, sen telbai uryon kirgach.

He Harfining Haromiylarining Husn Oroyligʻi «Badoye’»din

101

Zihi taqaddumung odamgʻa bas hadisi sahih,
Bu nukta kuntu nabiyan ishoratida sarih.
Azalda vaslingu hajring magar nasib oʻldi
Ki, jon toparni Xizir oldi, jon berurni Masih.
Soʻzungni xoni nubuvvatqa tengri tuz yasadi,
Zihi kamoli malohat, zihi kalomi malih.
Chu sep chekib «ana afsax» taronasin qochirib,
Alarki da’vo ila soʻz ochib, deb oʻzni fasih.
Demak shariati bayzoni mehrga rojih,
Quyoshni zarragʻa qilgʻan kebidurur tarjih.
Yuzung sabuhi azal bodasidin andoqknm,
Ne subhgʻa bu sabohat, ne mehr muncha sabih.
Navoiy oʻldi nihon ishKing ichra, tirguz ani,
Necha nihon tutayin, ayladim oʻlub tasrih.

102

Bu koʻhan dayrda ich shomu saboh,
Rohati ruh tilar boʻlsang, roh.
Chun quyosh lolasi tong gulshanidin
Chiqti, tut lola masallik aqdoh.
Anga tegruki shabistoni sipehr,
Yetkirur ruh dimogʻigʻa riyoh.
Yana ul vaqtqachakim, xurshid
Koʻk biyobonida boʻlgʻay sayyoh.
Qoʻyma mugʻ dayrida jom ilgingdin,
Dayr piri chun ani qildi muboh.
Roʻzgoring buzugʻ etkan esa charx,
Sen kimu aylamak ani isloh.
Koʻp girih tushti Navoiy ishiga,
Sen kushode ber anga, yo fattoh.

103

Ey, xatu jonbaxsh la’lingdin nishon Xizru Masih,
Balki bu ikki uyotidin nihon Xizru Masih.
Xat labing uzra, labing yuz uzradur qilgʻon kebi
Obi hayvonu quyosh uzra makon Xizru Masih.
Ul yoshungʻoy zulmat ichra, bu falakdin yonmagʻay,
Koʻrsalar xattu labingni nogahon Xizru Masih.
Gar Masihu Xizr koʻzdin gʻoyib oʻlmishlar, ne tong,
Sabzavu obi hayotingdur hamon Xizru Masih.
Goʻyiyo Ruhul quds ya’ni damingdin yetti fayz
Kim, muabbad topti umru berdi jon Xizru Masih.
Yoʻq daming, balkim nasimi gulshaning aylar sahi
Boʻlsalar muhlik marazdin notavon Xizru Masih.
Xattidin la’ligʻa yettim, la’lidin toptim hayot,
Ul ikav boʻldi manga, ey xasta jon, Xizru Masih.
Soliki foniy tavajjuhdin taraddud aylamas,
Yotsalar mahviy shuhud boʻlgʻan zamon Xizru Masih.
Dayr piri qoʻldabon, tirguzdi maydin mugʻbacha,
Ey Navoiy, bu ikavni qil gumon Xizru Masih.

104

Boda keltur, chun quyoshtin chekti maxfiy jom subh
Kim, erur jomi nishot ichmakka xush hangom subh.
Oshkoro bodai gulrang ichmak xushturur,
Chun nihon aylar kavokib gullarin gulfom subh.
Siymbarlarkim, sabohat birla tutqaylar qadah,
Ne balo xushtur tulu’ etkanda siym andom subh.
Sargʻarib ashkin toʻkub, mendek yaqo chok aylamish,
Bir nihoni mehr ila to boʻldi beorom subh.
Vahki, ul subh uzoru shomi zulf anduhidin
Yigʻlaram to subh shom, afgʻon tuzub to shom, subh.
Dahr gulzorida har tun chekkali jomi sabuh,
Yetkurur tong bulbuli faryodidin paygʻom subh.
Subhi vasl ummididin oʻldn, Navoiy shomi hajr,
Anga ne sud, oʻzgalarga hosil etsa kom subh.

105

Istamon may boʻlsa xurshidi jahonoro qadah,
Tutmasa bazm ichra ul shoʻxi qadahpaymo qadah.
Yor chun tutti qadah, ichmon demak boʻlmas, valek
To ne hol oʻlgʻum yana ichkach meni shaydo qadah.
Hajr anduhida oz may tutmas, ey soqiy, meni
Bazm ahlidin toʻlaroq tut manga amdo qadah.
Bir quyosh hajridin andoq menki ichkum sipqarib,
Tutsalar, solib shafaqgun may, sipehroso qadah.
Hajr daf’in chun tabibi ishqdin soʻrdum, dedi:
Kim erur yo vasl, yo jon tarki qilmoq, yo qadah.
Bu fano dayrida zohir boʻldi anfosi Masih
Kim, ichib tutti manga ul dilbari tarso qadah.
Chun xumor ilgimni qildi ra’sha, jono, ogʻzima
Netti oʻz ilging bila tutsang solib sahbo qadah.
Su xumor ahli icharlar, ul ham oʻlgʻandin zarur,
Ichmagum hayvon suyin, ey Xizr, topqum to qadah.
Chun xarobot ichra mast oʻldum ichib, ey mayfurush,
Rindlar birla solib gʻavgʻo meni rasvo qadah.
Shahna bazmigʻa ne hosil, gar kirib oshub ila,
Chekmasam shohid bila mutrib, qilib yagʻmo qadah.
Cheksalar, tongla tutub Bogʻi jahonoro sari,
Dayr aro topib surohi, aylabon paydo qadah.
Vah, ne hol oʻlgʻay alargʻakim, Navoiydur debon,
Tanibon chorlab, manga lutf aylasa mirzo qadah.
Xusravi Gʻoziyki, jomi Jam anga boʻlsun nasib,
To quyoshtin koʻrguzur bu torami a’lo qadah.

106

Ey sening koʻyung harimi tufrogʻi yuz pok ruh,
Solqinidin sovrulub ul nav’kim xoshok ruh.
Ruh agar yuz vajh ila tufrogʻing oʻlsa, ne ajab,
Lutf aro jisming bila chun teng emas yuz pok ruh.
Xilqatim bogʻida ul gul hayfkim, bordur manga
Zor tan, majruh jon, mahzun koʻngul, gʻamnok ruh.
Ul quyosh qasrigʻa mayl aylar tanimdin chiqsa jon,
Kimsa oʻlgandekki, boʻlgʻay ozimi aflok ruh.
Jon fido boʻlsun sangavu ruh sadqangkim, emas
Jon chuchuk la’lingdegu qadding kebi cholok ruh.
Moʻmin oʻl ajsod hashrigʻavu da’vo qilma koʻp
Kim, azobu ne’matin tongla qilur idrok ruh.
Tigʻi ishqidin Navoiygʻa ne dahshat, negakim
Telbadur jonu fidoidur koʻngul, bebok ruh.

Xe Harfining Xoʻblarining Xiromi «Badoye’»din

107

Jafo tariqida andin erur jahongʻa rusux
Ki, qildi mehru vafo rasmu royini mansux.
Jahongʻa chunki vafo boʻlmasa, ajab ermas
Ki, boʻlsa ahli jahongʻa dogʻi jafoda rusux.
Sogʻinma barcha pishigʻ soʻzni ta’b etar oshom,
Boʻlur muqayniyu hozim chu ikkisi matbux.
Kamoldin neki oʻtti, yana topar nuqson
Ki, koʻp yashab, kirar atfol chergasiga shuyux.
Durusht xoʻy qilur elni chirk dunyoliq,
Nechukki, qilgʻay irik jam’ boʻlsa uzvida shoʻx
Chu sifla ganj topar, mujibi haloki erur
Ki, hayzadur mushuk ilgiga chun tushar maslux.
Navoiyo, tila faqru riyoe eldin qoch
Ki, odamilar erur oʻzga, dogʻi oʻzga masux.

108

Qotilekim, anga ermas kishi aslo gustox,
Toʻldi qonimki, boʻlubmen meni shaydo gustox.
Ey koʻngul, oʻzni yostlab mast tilarmen har kun,
Aylasam la’lidin oʻpmakni tamanno gustox.
Bu mahol amredurur, chunki taxayyul birla
Qila olmon iki la’lini tamosho gustox.
Men siyahroʻz kimu vasliki, hargiz kunduz
Boʻla olmasmen aning koʻyida paydo gustox.
Xatti davrigʻa, ne tong, evrula gar olmas Xizr
Kim, bu jur’atda emas gunbadi xazro gustox.
Ul pari dahshati ishqidin eta olmon anga
Telbalik birla ham oʻzni, meni rasvo gustox.
Xonaqoh ichra tutub savm, su ichmak boʻlmas,
Boʻl xarobotiyu chek sogʻari sahbo gustox.
Fayzi qudsiy tilasang koʻnglungga boʻlgʻay zohir,
Ahli botin qoshida soʻz dema aslo gustox.
E’tidol ista, Navoiyki, fano dayri aro
Ulki yoʻl topmadi, yo kohil erur, yo gustox.

109

Dilrabolar gar koʻngul olmoqda durlar asru shoʻya,
Lek dildorim erur bu shoʻxlardin ayru shoʻx.
Shoʻxlardin ba’zi olsa jonu ba’zi bersa jon,
Sen qilursen ikkisin, vah, sen kebi boʻlgʻaymu shoʻx
Shoʻxluqtin har dam ul tifl aylar oʻzga nav’ noz,
Koʻngli istar ne qilur xoʻbeki, boʻlsa tifl shoʻx.
Gah kirar koʻzdin koʻngulga, gah koʻnguldin jon aro,
Tutmasa orom, tong yoʻq, nozanin, boʻldi chu shoʻx.
Shoʻxlar ichra biri koʻnglum olibdur voykim,
Desalar, de qaysi shoʻx olmish, dey olmonkim, bu shoʻx.
Gar namozim sahv boʻlsa har dam, ey zohid, ne tong
Kim, erur mohimki, ang oʻlturubtur oʻtru shoʻx.
Ey Navoiy, bir zamon koʻnglung emas osuda, kosh
Koʻnglung olgʻan boʻlmagʻay erdi bu yangligʻ asru shoʻx

110

Garchi ul shirinlab ichgan may erur bisyor talx,
Lek men ichgan mayi hajri yuz oncha bor talx.
May necha talx ersa, hijron sharbaticha talx emas,
Zahri qotil, onglamon, boʻlgʻaymu ul miqdor talx.
Achchigʻ-achchigʻ dam-badam shoʻrobam etmang aybkim,
Qildi ayshim hajr ila bir shoʻxi shirinkor talx.
Hajri zahri ichkanimdinmu ekin, oyo bukim,
Nabiz soqit boʻlmishu ogʻzim erur bisyor talx.
Naylay oʻlmaykim, hayotim sharbatin men telbaga
Qildi hijron zahri birla ul pari ruxsor talx.
Koʻp chuchukluktin ochigʻliq anfa’ oʻldi ishq aro,
Sharbati attor erur shirin, mayi xammor talx.
Talx may birla meni mast ayla, ey soqiyki, bor
Hajr aro umrum, gar oʻlsam lahzaye hushyor, talx.
Dinim ahvoligʻa ochigʻ yigʻlaramkim, mugʻbacha
Noʻsh etar dayr ichra har dam jomi mugʻkirdor talx,
Yor shirin la’lidin har lahza aylar noʻshxand,
Ishqidin har dam Navoiy garchi yigʻlar zor talx.

111

Meni havosida devona ayladi ul shoʻx,
Jununu ishq ila afsona ayladi ul shoʻx.
Parin kebi chiqibon hushu aql gʻorat etib,
Nihon oʻlub, meni devona ayladi ul shoʻx.
Ushatti shishavu, jomu qadahni bazm ichra,
Oʻyun tariqini tiflona ayladi ul shoʻx.
Quloq solingki, xarobot ichra gʻavgʻodur,
Magar azimati manxona ayladi ul shoʻx.
Qadahgʻa xirqam etib rahi, vahki, subhamni
Qimor aylagali dona ayladi ul shoʻx.
Chu oldi oʻynagʻali naqdi hushu sabrimni,
Yana topilmadilar — to ne ayladi ul shoʻx.
Qilib Navoiyi ovorani jaloi vatan,
Balovu dardgʻa hamxona ayladi ul shoʻx.

112

Har nechakim sanga jafoda rusux,
Men jafokashgadur vafoda rusux.
Bandi zulfungni kimki qilsa havas,
Anga vojibdur ibtiloda rusux.
Yuzi mir’otin orzu qilgʻan
Kerak etsa ayon safoda rusux.
Soqiyo, ber qadahki, hijrondin
Jongʻadur dard ila anoda rusux.
Sidq aro piri dayr rosixdur,
Lek zohidgʻadur riyoda rusux.
Qilma ishq ichra da’vo, ar qilsang,
Zohir etkil bu mojaroda rusux.
Ey Navoiy vusul agar tilasang,
Ishq aro fosh qil fanoda rusux.

113

Sochingki, yur chogʻida bordi har taraf bir shox,
Su ichra sunbuli tardur anga mukarrar shox.
Demanki sunbuli tarkim, suda erur aksi
Ki, suda sunbuli tar koʻrguzur muanbar shox.
Magarki sunbulunga chirmashur taxayyuli bor
Ki, zohir etti tarogʻ sandali sarosar shox.
Chamanda qilgʻusi gulgasht goʻyiyo ul sarv
Ki, ochti soya uchun har taraf sanavbar shox.
Yoshil yengingki sarigʻ dakladin koʻrundi, ne tong,
Xazon daraxti boʻlur ham birorta axzar shox.
Karam qil, el panahing ichra kirsakim, xushtur
Chamanda meva dogʻi bersa soyagustar shox.
Navoiy, ongla yaqinkim, hayot rishtasidur,
Qoʻlunggʻa kirsa aning iqdi zulfidin har shox.

Dol Harfining Diloromlarining Davroni «Badoye’»din

114

Qani sening kebi mahbubi oqibat mahmud
Ki, zilli otifating boʻlsun el uza mamdud.
Jamol aro mutajalli yuzungda partavi zot,
Kamol aro mutalolo oʻzungda nuru jud.
Vujudung ikki jahon xilqatidin oʻldi murod,
Nachukki zoting oʻlub ikki kavidin maqsud.
Ne jud erur, ne vujud elga zoting ollinda,
Sanga chu keldi musallam vujud birlan jud.
Nubuvvat avjida koʻp tole’ oʻldi kavkabi sa’d,
Biri sen oydek emas erdi axtari mas’ud.
Chu sen mushohada shomi shuhud qozgʻondek,
Kishi ne bildiki, shohid kim erdi — kim mashhud.
Navoiy, oʻlsa gunah dudi birla noma siyoh,
Gʻami yoʻq, oʻttin erur chun shafoating mav’ud.

115

Xoʻblar bazmida jam’ oʻlmoqqa bor ul oy mujid,
Husnin izhor aylamakka istar atrofida zid.
Gar jamol ahli jafo bobida bor ahli kamol,
Lek ijodi jafo qilmoqqa sensen mujtahid.
Erni shavqida sovugʻ ohu isigʻ koʻnglumdin ashk
Goh qon yangligʻ ravon, gah la’l yangligʻ munjamid.
Qahr yo lutf ulcha andin kelsa minnat jonima,
Menkim oʻldum boʻlgʻali munkir anga yo mu’taqid.
Ostoning takyagohimdurki, taxti joh erur,
Lek darboning madorosigʻa ermon mustanid.
Dilbarim andoqki keldi husn mulki ichra fard,
Shukrkim, men dogʻi ahli ishq aromen munfarid.
Ishqi komil gulshani ichra guli ra’no nedur,
Bilhaqiqat boʻlmasa ma’shuqu oshiq muttahid.
Doʻstlugʻ kim qilsa, dushmanliq topardin dahr aro,
Boʻlmamish goʻyo muhabbat ahli hargiz mun’aqid.
Istaram, koʻrgach ani, afgʻonlar aylab oʻlgamen,
Soqiyo, bir jom ila boʻlgʻil Navoiygʻa mumid.

116

Oʻzin shakkar desa la’linggʻa monand,
Kilay tishlab ani parkand-parkand.
Labing oʻpmakka haddim yoʻq, boʻlubmen
Taxayyul birla oʻpmaklikka xursand.
Meni chun ul parivash telbaratti,
Ne sud, ey nosih, emdi telbaga pand.
Magar tengriga odam xilqatidin
Murod erdi seningdek turfa farzand.
Labingning shakkari aylab tabassum,
Guli xandongʻa koʻrguzdi shakarxand.
Jahon ra’nosigʻa berma koʻngulkim,
Anga oldurmamish koʻnglin xiradmand.
Navoiy naylabon sendin uzulgay,
Chu topting rishtai jonigʻa payvand.

117

Koʻngulning xonumonin berdi barbod
Gʻami ishqingki, xonumoni obod.
Meni yod aylamakni chun unuttung,
Unutub, nettn gohe anlasang yod.
Firoqing kunjida tun-kun erurmen
Gʻamingdin shodu mendin ham gʻaming shod.
Senga sayd oʻlgʻali uryon boʻlubmen,
Qachon yuldi tiriklay qushni sanyod.
Koʻngul jinsi bashardin asrab oxir,
Meni devona qildi bir parizod.
Sen ich maxsuslar vaslida maykim,
Meni hajr etti qon yutmoqqa mu’tod.
Vafoligʻ tuz bu gulshan ichra yoʻqtur,
Agar nasrinu gul yo sarvu shamshod.
Ne shayxi xonaqah maydin qilur man’
Ki, qilmish dayr piri bizga irshod.
Navoiy, yor faryodinggʻa yetmas,
Aning forigʻligʻidin ayla faryod.

118

Yor vaslidin uzub erdim meni shaydo umid.
Shoh lutfi qoʻymadi shaydo koʻngulni noumid.
Oʻrtar erdi hajr navmid erkanimda, voykim,
Shavq oʻti kul qilgʻudekdur boʻlgʻali paydo umid.
Bir nazardin gar boʻlur jonim gahe osuda, bas,
Mundin ortuq vaslidin yoʻqtur manga qat’o umid.
Hayrat aylarlar mening holim koʻrub ahli junun,
Aqldin, vah, qayda tutgʻaymen meni rasvo umid.
Yoʻq ajab, gar odamiyligʻdin chiqib devonamen,
Chun manga bor ul pari paykar, malaksiymo umid.
Hajr navmid erkanimda oʻrtar ummidimda shavq,
Vahki, yo navmidligʻ aylar halokim, yo umid.
Ham jafo, ham javr umidi borduru ham lutfu mehr,
Har jihatdin yoʻqturur andin manga illo umid.
Hajr dardigʻa davo bexudlugʻ ermish, soqiyo,
Bu balo ichra tutarmen sogʻarn sahbo umid.
Ey Navoiy, gʻarqi bahri vahdat oʻlsam, ne ajab,
Menki koʻz daryosidin tuttum duri yakto umid.

119

Domi zulfu donai xolidin etsa yor sayd,
Yoʻq xaloyiqkim, maloyik boʻlgʻusi bisyor sayd.
Ul koʻzi sayyod agar jon qasdi aylar saydgʻa,
Ollida oʻlgay boʻlub jon birla minnatdor sayd.
Olloh-Olloh, ne balo ul husn erur mardum firib
Kim, ani koʻrgach boʻlur ham yoru ham agʻyor sayd.
Saydgahda qochmas andin saydkim, jon bergaln
Sekrebu oʻynab, nishotu zavq etar izhor sayd.
Saydi gulrang oldi xirman-xirman ul gul xirmani,
Lolazori dahraro kim koʻrdi bu miqdor sayd.
Xushtur oʻlsam itlariga toʻ’ma, ne imkoni bor,
Shoh fitrokiga yetmak bir zaifi zor sayd.
Har kishi nafs itligidin aylasa oʻzni xalos,
Vahsh xaylin aylar ul dasht uzra Majnunvor sayd.
Jomi zarrin tutki, boʻlmas mehr koʻrguzmak bila,
Kimsaga zarrin gʻizoli charxi kajraftor sayd.
Ey Navoiy, gar desang ming zulm birla oʻlmayin,
Bevafolar makri birla boʻlmagʻil zinhor sayd.

120

Buki har yondin koʻkartibdur yuzumni koji dard,
Jism uyi toqini oltun birla qildim lojuvard.
May yuzungda gullar ochti, qilma faryodimni man’,
Bulbul afgʻoni ne tong, ochildi chun gulshanda vard.
Bul-ajabligʻlardurur ishq ichrakim, zohir qilur,
Mehrdek oʻtluq koʻnguldin day yelidek ohi sard.
Gʻam toshi xoki tanimdin har sari eltur gʻubor
Boshima tufrogʻ sovurmogʻdin emas tegramda gard,
Ul quyosh zulfi xamidin chiqsa ohim toʻlgʻanib,
Bir quyun bil anikim, davri erur gardun navard
Eyki, istarsen oʻzungni fard ul oy ishqida,
Avval aning gʻayri yodidin oʻzungni ayla fard.
Ey Navoiy, dardligʻ nazmingni dard ahli bilur,
Dardsiz dogʻi boʻlur, ani oʻqugʻoch, axli dard.

121

Ey jamoling qoshida lol xirad,
Ishqing oshubigʻa pomol xirad.
Andakim sen qilibon jilvai husn,
Hush oʻlub zoyilu badhol xirad.
Ishq Masih ayladi, garchi bor edi
Ilm ashkoligʻa hallol xirad.
Chiqmadi tuz yoʻlidin ishq ahli,
Nechakim ayladi izlol xirad.
Ishqqa aql zalil oʻlmasa, koʻr,
Ne qolur, chunki ketar dol xirad.
Ich mayi ishqu Navoiy, mast oʻl,
Kelturur boʻlsa koʻp ashkol xirad.

122

Unla hijron toshlarin yogʻdurdi charxi tezgard
Kim sipehr avjigʻacha xoki tanimdin chiqti gard.
Yor ila ahbob mendin anruyu men barchadin,
Yoʻq ajab, gar barchaning dardicha boʻlsa menda dard.
Hajr toshidin koʻkardi paykarim yoxud bu rang
Ayladi uryon tanimni, baski chektim ohi sard.
Kahkashoidin chekma saf anjum sipohin shomi hajr,
Men oʻlubmen, ey falak, hojat emas qilmoq nabard.
Ashku ohimdii natija boʻldi qonligʻ toza dogʻ,
Goʻyi ul suyu havodin ochilur bu nav’ vard.
Ey koʻngul, gar xud xazon fasli emas, hijron kuni,
Nega bogʻ ahligʻadur titratmavu ruxsori zard.
Xalqning qaydi Navoiyni parishoi ayladi,
Kimki jam’iyat tilar, qilmoq keraktur oʻzni fard.

123

Qading deb sarvni jon boʻlsa xursand,
Ajab yolgʻondur, ammo rostmonand.
Shakar chun qildi shirinlikni da’vo,
Eshitkach lablaring qildi shakarxand
Koʻngul jonimgʻa yetmish erdi, yuz shukr
Ki, qildi itlaring parkand-parkand.
Iti bagʻrim yegandin oʻlsa, aylang,
Kesib bagʻrin, kesuk bagʻrimgʻa payvand.
Bu nav’ ar zulfi savdosi olur hush,
Erur sa’b, ey hakim, oʻlmoq xiradmand.
Talab yoʻlinda avval foniy oʻlgʻil
Ki, yoʻq bu yoʻlda oʻzlukdin ogʻir band.
Navoiygʻa yana koʻp pand berma,
Kel, ey nosih, eshit sen dogʻi bir pand.

124

Ishq oʻzluk nafyi aylar, zuhd ila taqvo ne sud,
Chun vujudung manfi oʻldi, kibru istigʻno ne sud.
Sudu sarmoyang nechun nobud qildi bir yoʻli,
Sen pishurmak har zamon bir oʻzgacha savdo ne sud.
Telbarab eldin chiqib, yoʻlinda jon berding valek
Rahm qilmas ul pari pankar malaksiymo, ne sud.
Oshiq oʻldung vaslidin sud istabon, oyo firoq
Qoʻymadi naqshi vujudungdin asar paydo, ne sud.
Ishq daryosigʻa sud ummididin kirding valek
Boʻlmadi oxir nasibing ul durri yakto, ne sud.
Yor erur jon ichra, sen gʻofil vale istab ani,
Kecha-kunduz yel kebi boʻlmoq jahonpaymo ne sud.
Sud qildi ulki ichti vasl bazmi ichra may,
Bizga soqiy tutmadi bu sogʻari sahbo, ne sud.
Istasang faqr, oʻrta olam sud ila sarmoyasin,
Koʻnglunga to evurulur dunyovu mofiho, ne sud.
To Navoiy ishq bozorida savdoiy erur.
Juz ziyon ne topti bir sarmoya ul rasvo, ne sud.

125

Garchi yor etmadi hargiz meni noshodni yod,
Lek aning yodi bila koʻnglum erur har dam shod.
Zulfidin surdi koʻngullarni koʻzi arbadasi,
Domdin koʻrmadn el saydni surmak sayyod.
Qomating bandasidur sarv vale xidmat aro
Koʻrubon rostligʻin ani qilibsen ozod.
Qatlima chiqti etak belga urub, tigʻ chekib,
Qon tegardin ayab erkin etagin ul jallod?
Chunki Shirin koʻzi behad qoradur, bas necha mil
Toshni surma nedin ayladi oyo Farhod.
Oʻzgalarga ichur, ey soqiyi davron, mayi vasl
Kim, manga zahri firoq ichmak oʻlubtur mu’tod.
Muncha faryod Navoiydin emas hajr tuni
Kim, qilur har kecha faryodidin el ham faryod.

126

Ruxsori jonibida ul xoli anbarolud,
Oʻt goʻshasida goʻyo anbar tushub qilur dud.
Bahri gʻam ichra ashkim koʻngliga rahm soldi,
Daryo musofirimen — gardundin aylagan sud.
Bazmi gʻamida shahmen, sarigʻ yuzumda qon yosh,
Bu la’lrang boda, ul sogʻari zarandud.
Koʻnglum gadoligʻ aylar, ogʻzingni garchi topmas,
Yoʻq va’da birla ani qilsang ne boʻldi xushnud.
Kelkim, yoʻlungda tufroq, boshinggʻa sadqa boʻlsun
Ham jismi dardparvar, ham joni ranj farsud.
Nobudu bud fikrin mahv et zamirdinkim,
Ne bud qolgʻusidur oxir sanga, ne nobud.
Sarxush taronagustar boʻlmishsen, ey Navoiy,
Soqiy, sen emdi tut may, mutrib, sen emdi tuz ud.

127

Toʻsh-toʻshumdin dushmanu yoʻq doʻstdin qat’o umid,
Kilma, yo rab, doʻstdin dushmanni mendek noumid.
Ushbu muhlik varta ichra garchi eldin qolmamish
Hech umidim, qat’ qilmon doʻstdin ammo umid.
Ula girdobi balo ichra tushubturmenki, bor
Necha dersen biym, ammo yoʻqturur paydo umid.
Jon fido qildim — meni navmid qildi vaslidin,
La’lidin jon istar elga yoʻqturur illo umid.
Soqiyo, muhlik gʻamimgʻa shodligʻ imkoni yoʻq,
Ne tutay sendin yana jomi nishot afzo umid.
Yor vaslidin vafo koʻz tutmasam, ayb etmakim,
Umru davlatdin vafo tutmaydurur dono umid.
Ne visolu ne umidi vasl, vah, oʻlmay netay,
Ey Navoiy, koshki yo vasl boʻlsa yo umid.

128

Ham ayogʻida oʻtuk, ham boshida dastori tund,
Oshiq oʻlturmak uchun boshtin ayogʻi bori tund.
Tundliq man’in ne nav’ aylay angakim, oʻzganing
Bir ishi bor ersa, bor aning bari atvori tund.
Dahrni raxshi agar zeru zabar istar, ne tong
Kim, erur ham oʻynamogʻi tundu ham raftori tund.
Ul kishi har lahza bilgay oʻlmakim kayfiyatin
Kim, boʻlur har dam anga bir kofiri xunxori tund.
Ey sabo, tund erdi badmastim kecha boʻston aro,
Subhidam uyqugʻa bormish — esmagil ul sori tund.
Dayr pirin tund agar qilmish xumor, ey mugʻbacha,
Jomini quygʻil toʻlo, anda mayi xammori tund.
Ey Navoiy, dahr komi yoʻq esa, tund oʻtmagʻil,
Anda yuz kom arzimas bir dam boʻlurgʻa bori tund.

Zol Harfining Zavil Hayotlarining Zufununlugʻi «Badoye’»din

129

Junun daf’igʻa qildim yuzda qon yoshtin ayon ta’viz
Ki, yozgʻonda kerak shingarf birla za’faron ta’viz.
Boʻlubtur toza qonligʻ dogʻu tirnogʻ xatlari birla
Tanim ul nav’kim, koʻrgan kishi qilgʻay gumon ta’viz.
Dema ta’vizkim, afsuni savdo erdi koʻnglumga
Ki, oshti shu’lai ishqu junun yozgʻan zamon ta’viz.
Manga yozing duokim, ul parini koʻrgamen nogah,
Yozarlar chun pariy koʻzga ayon boʻlgʻan zamon ta’viz.
Jununumdin pariroʻyumgʻa ham savdo asar qilsa,
Bitidiklar koʻzi koʻnglum qushidin toʻksa qon ta’viz.
Meni ishq aylamish devona, ey roqiy, ne sud etkay,
Necha qilsang bayon afsun, necha qilsang ayon ta’viz.
Navoiy ishq asrorin yoznb, boʻynigʻa osibdur,
Tasavvur qilmagʻaysen, ey rafiqi mehribon, ta’viz.

130

Labing hukmi erur qonimgʻa nofiz,
Demay qonimgʻakim, jonimgʻa nofiz.
Nekim kofir koʻzung farmoni boʻlgʻay,
Erur ul dinu imonimgʻa nofiz.
Erur, har zulmkim amr aylagungdur,
Oʻqungdek jismi uryonimgʻa nofiz.
Koʻngul mahkumi amringdurki, hukmung
Erur bu mulki vayronimgʻa nofiz.
Shah oʻlsam, bandamen ollida hosho
Ki, boʻlgʻay hukm jononimgʻa nofiz.
Koʻngul ittiki, zulmung bor edi ul
Aloxonu alomonimgʻa nofiz.
Navoiyni labing qatl etsa, tong yoʻq
Ki, aning hukmidur qonimgʻa nofiz.

131

Ey, labing bodasigʻa ruhu ravon ichra nufuz,
Qaysi ruhu ne ravon, javhari jon ichra nufuz.
Mayi ishq uyladurur tezki, ichkanga qilur
Juzvi-juzvi aro har qatrai qon ichra nufuz.
Qoʻydi oʻlmakka koʻngul jism ila jonim, goʻyo
Zahri hajr ayladi paydovu nihon ichra nufuz.
Dahr bogʻidin esar royihai ishq, magar
Ayladi ohim oʻti tab’ zamon ichra nufuz.
Otashin nevchun erur la’lu mufarrih yoqut,
Bodai ishq agar qilmadi kon ichra nufuz.
Ichtilar koʻp mayu fosh aylamadi, qilgʻandek
Meni ovorai benomu nishon ichra nufuz.
Gar Navoiygʻa erur ruhu ravon mast, ne tong
Ki, mayi ishq qilur ruhu ravon ichra nufuz.

Re Harfining Ra’nolarining Rustahezi «Badoye’»din

132

Sipehr osebidin solim qutulmogʻliq ne imkondur
Ki, mehre dashtu tigʻu kulgusi barqi duraxshondur.
Munungdek mehr koʻrgach, shod oʻlub kulgan zihi gʻofil,
Bu yangligʻ kulgu sari mehr solgʻan asru nodondur.
Tengiz koʻnglida andoq mehrdin yuz shu’ladur paydo,
Qiyo bagʻrida mundoq kulgudin ming dashna pinhondur.
Hijoridin qiyodur anga yuz ming tigʻ ila ojiz,
Hubobidin tengiz yuz ming koʻz ilan anga hayrondur.
Chekib qavsi quzahdin yo koʻngullar qasdigʻa, aning
Yogʻin haddi xadangu qatra sular anda paykondur.
Bu yoy birla aningdek oʻqni yogʻdurgʻoch, xaloyiqning
Hayoti qasrida har sari qilmoq raxna osondur.
Hayot ichra baqo chun mumkin ermas Nuh boʻlsinkim,
Oʻlar holatda tugʻmay oʻlgan oʻgʻli birla yaksondur.
Baqo sarchashmasi zulmatda derlar, yoʻqki, ul zulmat
Skandar ohi oʻtidin yigʻilgʻon dudi hirmondur.
Navoiy, oʻrtabon oʻzluk qadam bu yoʻlgʻa qoʻy, ya’ni
Ki, har hamrohkim boʻlgʻay tajarrud moni’i yondur.

133

Menki hijron dashtigʻa kirdim quyundek beqaror,
Ohu vovayloki, ham sargashtamen, ham xoksor.
Sanchilib uryon tanimgʻa har taraf yuz ming tikan,
Har tikanni kuydurub koʻnglum oʻtidin bir sharor.
Qaydadur Majnunki, bergay pandu chun fahm etmasam,
Yigʻlagʻay holimgʻa bagʻri ogʻrigʻandin zor-zor.
Yo qani Farhodkim, gʻam togʻini tirnogʻ ila
Qozgʻanimdin, teshavu togʻidin oʻlgʻay sharmisor.
Bilsam erdi bir zamonligʻ hajr dardi shiddatin,
Yuz yil oʻlsa vasl davri, qilmas erdim ixtiyor.
Doʻstlar, mehru muhabbatning niholin ekmangiz
Kim, boʻlur ermish anga anduhi hijron bargu bor.
Ey sabo, kelmish Navoiy xasta jonidin batang,
Eltibon yor itlarining ollida qilgʻil nisor.

134

Har kishikim, yer yuzinda bir seningdek mohi bor,
Tong emas, yer-koʻkni gar tutquncha ashku ohi bor.
Ne ajab, koʻnglum adam koʻyi sari azm aylasa,
Xossakim ogʻzing xayolidek aning hamrohi bor.
Poku ogah boʻlsa koʻnglum xalq javridnn, ne gʻam,
Yorning chun tab’i poku xotiri ogohi bor.
Yorni koʻnglumda jon yangligʻ nihon qilgʻay edim,
Aybi koʻnglumning budurkim, nolai jonkohi bor.
Ishq koʻyida qora tufroqcha yoʻq jon qiymati,
Yoʻl yarogʻin dogʻi topmas, ulki molu johi bor.
Men kebi hijronda jon bermaktin oʻzga naylagay,
Dilbarimdek kimki bir begonavash dilxohi bor.
Ishq vodiysidin anrukim erur moʻr ajdaho,
Koʻrmaduk shahkim, gado ollinda shayallohi bor.
Ey musulmonlar, erur koʻnglumda bir kofir gʻami
Kim, erur boiski, taqvo jonibi ikrohi bor.
Ey Navoiy, hajr bedodu jafosidin ne gʻam,
Har gadokim, xusravi Gʻoziydek aning shohi bor.

135

Bukim, koʻngulning ul oysiz ne sa’b holati bor,
Ul anglagʻayki, birav hajridin malolati bor.
Quyiga tushmish aning zulmi tigʻidin boshim,
Hanuz tigʻi yuzidin magar xijolati bor.
Quloq duriyu yuzi ikki axtar etti qiron
Ki, olam ichra base fitnagʻa dalolati bor.
Sabo debon xabar ul guldin, elni tirguzdi,
Masihcha desa boʻlgʻay aning risolati bor.
Koʻngulni zulm ila buzdung, bale boʻlur ma’mur
Shaheki, mulkida ehson bilan adolati bor.
Qadah quyoshi bila ravshan ayla xotirni,
Chu anglasangki, falak zulmidin zalolati bor.
Navoiy istamas el ishqin anglagʻay, bukim
Oʻz-oʻzi birla junun ahlidek maqolati bor.

136

Bu tiyrai qotilki, oti hajr tunidur,
Ohim tutunidur dema, dogʻim tutunidur.
Jism ichra yuzung hajrida ming dard xadangi,
Goʻyo koʻngul otashkadasining oʻtunidur.
Soʻngakdin emas rishtai jismimda boʻgʻunlar
Ul torda ranjim adadining tugunidur.
Ul shoʻx simo’ ichra uchurmoqqa koʻnguldin
Hushu xiradu sabrni ofat quyunidur.
Uyqu keturur su uni, lek uyquni olgʻon
Elning koʻzidin sayli sirishkimnnng unidur.
Oʻynay-oʻynay toʻksa ul oy qonim, emas tong
Kim, barcha bular charxi muloib oʻyunidur.
Yuz pora boshimni iti rad qildi, Navoiy
Bilmaski, soʻngaklarda borining butunidur.

137

Ul quyoshkim, koʻnglum ichra hajrining ozoridur,
Jonim olsa ham, koʻngul jon birla minnatdoridur.
Naylab ul qotildin oʻlgʻaymen xalos, ey ishqkim,
Jonim afgori, tanim bemori, koʻnglum zoridur.
Hajr oʻti paykoni zaxmin men kebi bilmas kishi
Kim, ichim boshtin-ayoq ul nishning afgoridur.
Hajraro joning olay der, koʻr ne boʻlgʻay javrkim,
Bu manga ul shoʻxdin mehru vafo izhoridur.
Qof agar yuzdur adadda, Qof togʻi mehnatim
Shiddati a’dodining yuzdin biri miqdoridur.
Telba koʻnglum istasa Farhodu Majnun sihhatin,
Oqil el ragʻmi anga hushu xirad osoridur.
Kir xarobot ichra, ey zohid, tilar boʻlsang bihisht
Kim, mayi kavsar zuloli kulbai xammoridur.
Ne ajab gulshan erur davronki, dudi ohdin
Sunbuliyu ashk qoni saylidin gulzoridur.
Gar Navoiydek soʻzung fahm etmadim, ey porso,
Afv qil, bir dam xayolim bodanoʻshum soridur.

138

Ishqdin, vahkim, manga har lahza hole yuzlanur
Kim, buzulgʻon koʻngluma andin malole yuzlanur.
Yorga oʻzni taxayyul birla maxsus aylabon,
Ul xususiyat aro har dam xayole yuzlanur.
Chun xayol ilgida boʻldi notavon koʻnglum asir,
Boshigʻa har lahza savdoi muhole yuzlanur.
Vasl savdosidin oʻtkarsam emas mumkin debon,
Xotiri ichra aning ham ehtimole yuzlanur.
Mahvashimni soʻzga tortarmen taxayyul kunjida,
Har soʻzumga kim javob aytur, savole yuzlanur.
Istamon aning xayolin dogʻi qilgʻaymen malul,
Bas qilurmen, garchi har dam qilu qole yuzlanur.
Vaslini aning xayoli birla qilmasmen badal,
Garchi har soat manga sohib jamole yuzlanur.
Chiq bu gulshandinki, past istar boshingni yer kebi,
Onda har damkim sanga sarkash nihole yuzlanur.
Ey Navoiy, yor zulfu qomatidin boʻlgʻusi,
Gar parishon xotiringgʻa e’tidole yuzlanur.

139

Za’fliq jismim qachon nozuk belingga chirmanur,
Zulfung ikki tori goʻyo bir-biriga toʻlgʻanur.
Qomatinggʻa sarv taqlid aylabon topti shikast,
Bu sazodur, gar giyah sarvi sihigʻa oʻtkanur.
Zulfunga hamsarliq etmak oʻzda topmas, nechakim
Sunbuli mushkin quyundek oʻz-oʻziga aylanur.
Voqif erkin ishq oʻtining soʻzidin husn ahlikim,
Sham’ agar parvonani oʻrtar, oʻzi ham oʻrtanur.
Oʻynamoq birla solur davrongʻa raxshi qoʻzgʻalon,
Har qachonkim bazmdin ul shoʻx sarxush otlanur.
Bu chamanda tortibon bulbul tong otquncha figʻon,
Ishq darsin goʻyiyo gul daftaridin oʻrganur.
Dema sargʻardi Navoiyning yuzi ishq ichrakim,
Buyla oltunni qilurgʻa poymoling qozgʻanur.

140

Yordin hijron chekar ushshoqi zor, ey doʻstlar,
Necha tortay hajr, chun yoʻq menda yor, ey doʻstlar.
Yor ishqin asragʻil pinhon, debon sa’y etmangiz,
Vah, ne nav’ etgum yoʻq nshni oshkor, ey doʻstlar,
Ishq birla gar birov lofi vafovu ahd urar,
Ishvagarlar ahdigʻa yoʻq e’tibor, ey doʻstlar.
Aylamang bekasligimni ta’n, bir kun bor edi
Menda ham bir nozanin chobuksuvor, ey doʻstlar.
Yorsiz vayronda qon yigʻlarmen oxir, siz qiling
Yor birla gashti bogʻu lolazor, ey doʻstlar.
Yorsiz ifrot ila gar yigʻlasam, ayb etmangiz
Kim, erur bu ish manga beixtiyor, ey doʻstlar.
Doʻstluq aylab tutung gah-gah labolab jomkim,
Qasdi jon qilmish manga dardi xumor, ey doʻstlar.
May ichingkim, dahr eli ichra koʻp istab topmaduq
Ahdu paymonida boʻlgʻon ustuvor, ey doʻstlar.
Yoringiz vaslin gʻanimat anglabon shukr aylangiz
Kim, Navoiy oʻldi bekaslikda zor, ey doʻstlar.

141

Vasldin, vahkim, damo-dam elga jominoʻsh bahr,
Bizga sogʻar-sogʻar aning furqati bazmida zahr.
Ul koʻzu qoshdin agar qoʻzgʻolsa olam, tong emas
Kim, biridur ofati davron, biri oshubi dahr.
Vah, netib sabru shikebim mulki vayron boʻlmasun,
Ikki koʻzdin Dajlayu Jayhundek oqib ikki nahr.
Xoslargʻa lutfung oʻldi om, yuz afgʻonki, men
Omdinmenkim, mening jonimgʻa qilding xos qahr.
Otlanib chiqti magar ul mast zolimkim, yana
Tushti olam kishvarigʻa fitnavu qoʻzgʻoldi shahr.
Mehrdin yuz qilsakim, gardun arusi Zoldur,
Rustam ani aqd qilsa, naqdi jon bergusi mahr.
Ey Navoiy, yor yodinda malak mahram emas,
Faqr odobi aro tajviz qilma zikri jahr.

142

Vahki, zolim ishq jonimgʻa yana bedod etar,
Qatl umidi birla gʻamgin xotirimni shod etar.
Zuhdu taqvo buzdi obod aylamak birla meni,
Shukrkim, ishqu junun buzmoq bila obod etar.
Bazmi ayshi ichra gʻavgʻo uyladurkim, tashqari
Kim, quloq solur agar, devonaye faryod etar.
Necha tartib aylasam sabru saloh avroqini,
Sarsari ishqu junun yetkach, borin barbod etar.
Ishq koʻyida koʻngul holi parishonroq boʻlur,
Ofiyat mulkidagi jam’iyatin chun yod etar.
Ul quyosh hijronida bu zarrai sargashtagʻa
Ishq zulmi bas emaskim, charh ham imdod etar.
Ishq aro yolgʻuz mening holim koʻrub har dam sipehr,
Vomiqu Farhodu Majnun holin istishhod etar.
Vah, netib, ey xonaqah shayxi, tutay zuhdu riyo,
Dayr piri chun manga faqru fano irshod etar.
Ey Navoiy, ani bil ozoda olam ahlidin
Kim, oʻzin olam eli gʻavgʻosidin ozod etar.

143

Labki xandon qilibon qoshu koʻzin oʻynatadur,
Oʻynay-oʻynay meni bechorani qon yigʻlatadur.
Koʻrgach ul oyni, yaqindurki figʻonlar qilgʻay,
Lek bexudlugʻ ila koʻnglum oʻzin toʻxtatadur.
Tortmoq mumkin emas oʻqini koʻnglumdinkim,
Yana oʻq har nafas aning yonigʻa oʻrnatadur.
Baxtim uygʻonmas agarchi faza’im dard ahlin
Oʻlum uyqusigʻa borgʻonlar esa uygʻotadur.
Koʻzum ashkin bu jihatdin desa boʻlgʻay xunob
Kim, bu su oqsa, bagʻir ham anga qonin qotadur.
Sabru orom sipohin nechakim yigʻsam, ishq
Gah ani sindiradur, goh muni butratadur.
Gʻarazi buki, habibimgʻa qul oʻlgʻay Yusuf,
Husn bozorida har nechaki oʻzin sotadur.
Oʻxshamaydur mening ollimda, agarchi dehqon
Sarvi gulroʻyuma sarvu gulini oʻxshatadur.
Ishq ani kelturadur xasta Navoiy tarafi,
Novaki gʻamzani ul shoʻx qayonkim otadur.

144

Chiqib ishq oʻti koʻksum chokidin, boshimdin oshibdur,
Bu eskirgan yogʻochqa oʻz ichidin oʻt tutoshibdur.
Junun ahligʻa ul oy tori zulfi orzusidin
Base, sarrishtai savdoki bir-birga uloshibdur.
Qamar yuzinda mushtu kochdin koʻrdum asar har yon,
Hamono ul quyosh badmast boʻlgʻonda taloshibdur.
Qoʻngul chokiga gʻam tuxmin xating fikri toʻla qilmish,
Zaxira, koʻrki, xayli moʻr maskan ichra toshibdur.
Sabo mashshotasi, lutf aylabon gulgun toʻnin kiydur
Ki, ra’no sarvigʻa gulbargdin xil’at yaroshibdur.
Falakning pardai zaylin bukim qildi shafaq gulrang,
Magarkim yer yuzidin koʻz yoshim xunobi toshibdur.
Meni Majnun tanin tirnogʻlarning zaxmidin koʻrgan
Degay Layli iti har yon qoʻtur jismini qoshibdur.
Koʻngulkim, asru tavsan erdi zuhd oyinida, koʻrgil
Ki, ishqing roizidin ne zabunlardek yuvoshibdur.
Navoiy turklarning tarki tutsa, ayb qilmangkim,
Anga bir turkmon mahvash gʻami mahkam doʻloshibdur.

145

Kimki olam bogʻida bir sarvi gulruxsori bor,
Bogʻ sayridin farogʻi, sarvu guldin ori bor.
Gul bila mayni netar devonayekim, koʻnglida
Bir parivash la’lidin may, husnidin gulzori bor.
Gul nasimu atridin mumkin emas topmoq iloj,
Kimki bir gulchehra xori hajridin ozori bor.
Jon yetib ogʻzimgʻa oʻlgum, bir nafas tengri uchun,
Ey Masihim, kel beri, ey muddai, sen nori bor.
Koʻzlariga xori mehnatdur gul, ulkim gul chogʻi
Guljabinlar koʻzlari yangligʻ iki bemori bor.
Dema bulbul zulmigʻa gul bogʻlamish bel, goʻyiyo
Charx zulmidin aning ham bogʻlagʻan zunnori bor.
Qoldi xurramliq falakdin tashqari, koʻr, ey rafiq
Kim, qazo naqqoshining ne gardishi pargori bor.
Faqr yoʻlinda ogʻirroq yuk erur vobastaliq,
Ey koʻngul, tarki taalluq aylabon ul sori bor.
Ey Navoiy, oʻzni maqbul istasang, tufroq boʻl
Kim, erur mardud, ulkim boshida pindori bor.

146

Turrangki, tobi yuzda oʻtumgʻa vasiladur,
Ul sham’ shu’lasi aro mushkin fatiladur.
Olsa koʻzung hiyal bila koʻnglumni, ayb emas,
Bor ul fusungareki, ishi makru hiyladur.
Ashhablaringki, rishtagʻa tortildi dahr aro,
Solmoqqa rustaxez ajoyib taviladur.
Layli qabilasi oʻti qaydin koʻrunsa shom,
Majnunni kuydurur, bu ne oʻtluq qabiladur.
Kirsang fano tariqigʻa, devonavor kir,
Ul vajhdinki, aql bu yoʻlda aqiladur.
Eykim, jahon salitasini aylading nikoh,
Bilgilki, xasmkushdur, agarchi jamiladur.
La’linggʻa jonin etsa Navoiy fido, ne tong
Andin olurgʻa kom bu ishlar vasiladur.

147

Binafsha atri bila el tarabni yod etadur,
Qadah keturki, egib qadni xayrbod etadur.
Chaman sahifasida sabza demakim, gardun
Tarab soʻzini yashil xat bila savod etadur.
Kishiki gʻuncha aro jola koʻrsa ishratdin,
Habib ogʻzida kulmakni e’tiqod etadur.
Sabuh may chekib oltun piyolada, nargis
Koʻzining uyqusigʻa mujibi kushod etadur.
Xush ulki, lola kebi la’lu jom aro manni
Ziyoda quymoq ila ishratin ziyod etadur.
Zamona boisi gʻamdur, zamone ahli xirad
Qadah kuchi bila gʻamgin koʻngulni shod etadur,
Piyola davrini xush tutki, juz nadomat emas
Anga natijaki, davrongʻa e’timod etadur.
Ne kelsa ollinga, tut sahlkim, jafo koʻrar ul,
Biravki dahr inodin koʻrub inod etadur.
Aning murodi murodimdurur, agarchi murod
Anga budurki, Navoiyni nomurod etadur.

148

Gʻamzang ul sayyodkim, gulshan aro oromi bor,
Xol birla zulfdin ham donasi, ham domi bor.
Xattining navrasta jannat sabzasidek holati,
Qaddining navras niholi umrdek andomi bor.
Sarv uza gul butmadi hargiz, qani ul shoʻxkim,
Sarvi ra’nodek qad uzra orazi gulfomi bor.
Pora-pora bagʻrim uzra tinmasa, tong yoʻq, koʻngul,
Shu’laning axgar uza bir dam qachon oromi bor.
Vasl subhin to abad koʻz tutmasun ushshoq aro,
Kimki hijronim tunidek bir qorongʻu shomi bor.
Shukrlar qildik, manga boqib birovkim yoridin
Kunda bir qatla nazar solgʻuncha chogʻliq komi bor.
Qatl qilsa, yoʻq ajab, din ahlini kofir koʻzung,
Muncha islom olibon eldin qachon islomi bor.
Subh icharga boda rangi uylakim toji xurus,
Gʻaflat ahligʻa xurus afgʻonidin paygʻomi bor.
Itlaring singʻon safolidin Navoiy ichsa durd,
Oʻldurur Jamshidu ilginda jahonbin jomi bor.

149

Ulki solgʻay shu’la a’zosigʻa oʻtlugʻ ohlar,
Qayda bilgay kuymakin zarbaft kiygan shohlar.
Bagʻridin qon tomgʻuchi ushshoq zaxmin bilmagay,
Tigʻidin qon tomgʻuchi berahm oliy johlar.
Shiddatin Farhod qilgʻay fahm, yoʻq Parvezkim,
Dardni xokilar anglar, yoʻq falak dargohlar.
Jonu koʻnglum kirdilar gʻam dashtigʻa gum boʻlgʻali,
Men ham ettim azm, chun azm ettilar hamrohlar.
Boʻlsalar ogahki, bir gʻamginni hijron oʻlturur,
Fikr etar holigʻa hijron dardidin ogohlar.
Vah, ne bilgay hajr zanjirida dilxohim nedur,
Halqa urgʻon bazm ayshi davrida dilxohlar.
Ey Navoiy, shohlargʻa chun gadolar fikri yoʻq,
Eltkil ham tengri dargohiga shayallohlar.

150

Xatti to bosh chekti, koʻnglin may bila xushhol etar,
Husni xat istab, yuz avroqin hamono ol etar.
Lekin el oʻtni ayogʻ birla oʻchurgondek bosib,
Xattinnng xayli yuzining shu’lasin pomol etar.
Xat chiqardi ul pariy yuziga yoʻqkim egniga,
Vah, ne pardur buki, andin elni forigʻbol etar.
Xat emaskim, qildi husni kishvarin zeru zabar
Kim, bu yangligʻ yuzni mashq avroqidin timsol etar.
Husni xattin sabzi poʻsh oʻlmoqqa norozi edim,
Koʻr: ne hol oʻlgʻayki, ul kisvatni emdi shol etar.
Husni zohirdin ne hosil, ey xush ulkim, har nafas
Shohidi ma’ni yuzidin oʻzni farruxfol etar.
To savodi xattini koʻrmish Navoiy, za’fdin
Jismini kilk anda mehnat oʻqlaridin nol etar.

151

Shomi hijronim aro jismi chu nolim chirmashur,
Zulfi savdosida andoqkim xayolim chirmashur.
Ishq darsi ichra sursam nukta savdo ahlidin,
Turrasi tobigʻa chun yesam, savolim chirmashur.
Chirmashay deb zulfigʻa yuz pech urarmen har kecha,
Chun dimogʻ ichra bu savdoi muholim chirmashur.
Men quyun misli emon sargashta savdo dashtida,
Balki taqlidimni aylay deb misolim chirmashur.
Zulfiyu qaddini koʻr, ey bogʻbon, koʻp demakim,
Ishqi pechonim bila ra’no niholim chirmashur.
Mushkul ar qolgʻay asar mehru muhabbat ahlidin,
Buylakim, ul xaylgʻa bu charxi zolim chirmashur.
Ey Navoiy, koʻnglum istar zulfi torin, zulfidek
Har dam ul savdoiyi oshufta holim chirmashur.

152

Oʻlmasam bu kecha, ranju dardi gʻavgʻosi nedur!
Itlaringning ham boshim uzra alolosi nedur!
Hajr shomi tiyralik birla meni devonani
Chun halok etti, yana boshinda savdosi nedur!
Gʻam tuni jonim uqubatlar bila gar olmasa,
Oʻrnidin tebranmay anjumning tamoshosi nedur!
Jism uyi vayron boʻlub, sabru qaroru aqlu hush
Qolmadi bir, emdi ahli ishq yagʻmosi nedur!
Telba koʻnglim ittingu jonimni barbod aylading,
Yona kelding, ey malomat, dashti rasvosi nedur!
Xilqatimni ishq nobud ettiyu chekmas ilik,
Emdi bilmonkim, aning oyo tamannosi nedur!
Savtu harf ichra chu sigʻmas ishq sirri, ey faqih,
Qilu qol ahlining oyo lovu illosi nedur!
Chun azalda har ne qismat boʻldi, koʻrmay chora yoʻq,
Xalq oʻz komin oʻzidekdin tavallosi nedur!
Ey Navoiy, ishq aro chun yoʻqtur imkoni visol,
Telba koʻnglum xotirida muncha vasvosi nedur!

153

Har qachonkim xotirimgʻa ul koʻzu qosh evrulur,
Ham qoshimgʻa chin tushar, ham koʻzuma yosh evrulur.
Ul oy otqon toshni koʻksumga soldim, chokidin
Surtsam har yon ilik, koʻksumga ul tosh evrulur.
Men nihonmen, za’f birla vahmdin oʻlturdi rashk,
Gulshani koʻyidakim bodi sabo fosh evrulur.
Ey junun arbobi, sargardonligʻim afsonasin
Goʻsh qilmangkim, eshitkandin ani bosh evrulur.
Bas ulugʻ toatdur ul but suvratin qilmoq nazar,
Chun aning naqshin koʻrub, xotirgʻa naqqosh evrulur.
Kelki, bu dayri koʻhan vaz’igʻa hayrondur base
Kim, tun anda siymgun yuz naqsh xuffosh evrulur.
Naqdi jon birla Navoiy azm etar mayxonagʻa,
Har qachonkim koʻngliga ul shoʻxi qallosh evrulur.

154

Shikanji turrasidinkim girih yozilmaydur,
Binafshayedurur, ammo hanuz ochilmaydur.
Koʻzung jafo aro andoqdururki, bilmas oʻzin,
Gʻarib usruk erurkim, oʻzini bilmaydur.
Chu hur husnin etar vasf hozini jannat,
Sening jamolinga goʻyo nazzora qilmaydur.
Damim bahori bulutida dard kojidin
Koʻzumga hech nafas yoʻqki, oʻt choqilmaydur.
Erur mulk aro ishqim soʻzi, tutung ma’zur
Ki, bu fasona hanuz el aro yoyilmaydur.
Takabbur aylama, dehqon, dekim, bu gulshanda
Qachon gule ochilibturkim, ul sochilmaydur.
Oʻlar Navoiyi bedilki, xalqning koʻngli
Topildi, lek aning ovorasi topilmaydur.

155

Bu kecha sham’u subh yoqo chok qildilar,
Goʻyoki oʻlmakimni firoqingda bildilar.
Ishqim zuhuri Vomiqu Majnungʻa urdi xat,
Gar ishq daftarida burunroq bitildilar.
Koʻyida ittilar yana jonu koʻngul qochib,
Har qatlakim koʻp istab alarni topildilar.
Ushshoqi hajr chohidin oʻlgʻon zamon xalos,
Koʻyida moʻr xayli masallik yoyildilar.
Tavhid nuktasida xamush oʻldi piri dayr,
Jam’iki sharh qildilar ani, yongildilar.
Shahdur gadoyi maykada, yoʻq-yoʻq, gʻalat dedim,
Shahni gadolar anda qachon koʻzga ildilar.
Tuz qoʻy, Navoiyo, oyogʻing ishq koʻyida
Kim, anda ashk suyidin el koʻp toyildilar.

156

Oʻn sakiz ming olam oshubi agar boshindadur,
Ne ajab, chun sarvinozim oʻn sakiz yoshindadur.
Desa boʻlgʻaykim, yana ham oʻn sakiz yil husni bor,
Oʻn sakiz yoshinda muncha fitnakim boshindadur.
Oʻn sakiz yil dema, yuz sakson yil oʻlsa, uldurur
Husn shohi, ul balolarkim koʻzu qoshindadur.
Hayrat etmon husni naqshidaki, har hayratki bor,
Barchasi ezid taolo sun’ naqqoshindadur.
Tan anga siymu ichinda tosh muzmar koʻnglidin,
Aqlgʻa yuz hayrat ul oyning ichu toshindadur.
May ketur, ey mugʻki, yuz hayrat aro qolmish
Masih, Bul-ajablarkim, bu eski dayr xuffoshindadur.
To Navoiy toʻkti ul oy furqatidin bahri ashk,
Har qachon boqsang, quyosh aksi aning yoshindadur.

157

Necha tortay vasl uchun men zori mahzun intizor,
Vahki, koʻzdin toʻkti selobi jigargun intizor.
Demakim, ul oygʻa koʻp mushtoqsen yo muntazir,
Ishtiyoqim benihoyat, andin afzun intizor.
El mushavvashdur seni koʻzlarda andoqkim vuhush,
Dasht aro tortar zamon Layligʻa Majnun intizor.
Yo quyoshimni yetur boshimgʻa, yoxud jonim ol,
Koʻp manga yetkurma, ey bemehr gardun, intizor.
Ey sahobi hajr, qilma subhi umrum tiyrakim,
Ul quyoshtin ayru tortibmen uzun tun intizor.
Boshima bir qatla yet, gar xud erur oʻlturgali,
Oʻldi tortardin chu bu zori jigarxun intizor.
Ishq shahri muntazirdurlar Navoiy qatligʻa,
Ul ikiga tortqondek togʻu homun intizor.

158

Doʻstlar, men telba ahvoligʻa yigʻlang zor-zor,
Kim soladur gah-gah oʻt koʻnglumga tushkan xor-xor.
Istamas boʻlsa sabo bir-bir koʻngul jam’ aylamak,
Nega zulfungni parishonligʻdin aylar tor-tor.
Sen quyosh birla munosibsen oʻyunda, xoʻblar
Ikki-ikki chunki kirgaylar, otoshib yor-yor.
Qoʻrqaramkim, boʻlmagʻay ozurda nozuk qomating,
Egninga xush-xushki solmish chugʻdi anbarbor bor.
Halqa-halqa boʻynuma solmish tanobi zulfini,
Jurmi ishqimgʻa magar hukm ayladi dildor dor.
Ishq erur andoq murabbiykim, qilur yetkach asar,
Bulbul oʻlgʻay, ochsa yuz bir sarvi gulruxsor-sor.
Ey Navoiy, boʻldi ul but kofiri otashparast,
Ne ajab, vah-vah, gar ursa joninga zunnor nor.

159

Ul ne ra’no qomatu ruxsori farruxfoldur
Kim, havas idrokidin lolu xirad bexoldur.
Jon oʻlardin, dogʻi gʻamzang oʻltururdin toʻymadi,
Olloh-Olloh, ul ne maqtulu bu ne qattoldur.
Aql pirikim malak xayligʻa erdi muqtado,
Ul pari ishqi aro bozichai atfoldur.
Huru toʻbi kelmasa ollinggʻa, ermas aybkim,
Ne bu ham qaddingdurur, ne ul sanga timsoldur.
Chun nishiman qildi husnung bogʻida koʻnglum qushi,
Oʻzga gulshangʻa qilurdin mayl forngʻboldur.
Vahki, chiqti shahsuvorim sekretib maydongʻa mast,
To ne dinlar naqdi raxshi ollida pomoldur.
Bas manga muncha sharafkim, bergamen nisbat anga
Holima andin agar idbor, agar iqboldur.
Kir xarobot ichra, ey hamdamki, davron ahlidin
Ranji gunogun davosi jomi molomoldur.
Deding, oʻlturgum Navoiyniyu aylarsan hiyal,
Ul xud oʻldi intizor ichra, bu ne ihmoldur.

160

Yana bu oqshom buzugʻ koʻnglum, base, badholdur,
Tan buzugʻ zindonida jon ham xarob ahvoldur.
Roʻzgorim tiyralikdin yuzu xoling hajrida,
Roʻzgori xirakash ruxsori uzra xoldur.
Axtari idborim aning barcha nahsiyat bila
Toli’imning avji uzra kavkabi iqboldur.
Piri aqlimkim, manga man’i junun aylar edi,
Bir parivash koʻyida bozichai atfoldur.
Notavon jismim junun dashtidakim boʻlmish xayol,
Dema Majnun jismidinkim, ruhidin timsoldur.
Jannati koʻyungda tan soyirdurur, koʻnglum itib,
Shukr, ul uchmogʻda jismim emdi forigʻboldur.
Koʻnglum oldi ishqu itti aqlu sabru din, bu dam
Ul buzugʻ mulk ichra zolim shahgʻa istiqloldur.
Bevafolar oʻt, vafo ahli erur tufrogʻkim.
Charxdin ul sarkash oʻldi, bu dogʻi pomoldur.
Ey Navoiy, yor hajri dardida oʻlmakdur ish,
Chun tirilgung yoʻqtur, istarga bu ne ihmoldur.

161

Tushumga kirdi jannat ichra huru toʻbiyu kavsar,
Magar koʻyida topqum orazu, qaddu labidin bar.
Men ettim ishqi tarkin ham ul etti vaslidnn va’da,
Ne andindur manga bovar, ne mendindur anga bovar.
Yuzi koʻzguga, xatti yuzga ziynat berdi kim koʻrmish
Qamargʻa subhdin ravnaq, quyoshqa shomdin zevar.
Yuzinda xaymudur yo manglayidin qatra, vah, koʻrgil
Ki, guldinmu oqar shabnam, quyoshdinmu tomar axtar?!
Labida nutqu nutqida latofat koʻrki, ne yangligʻ
Sudur yoqut aro mudgʻam, hayot ul su aro muzmar.
Yuzinda partavu ul partav ichra la’lini koʻrkim,
Oʻt uzra shu’la koʻrguzdi va lekin shu’lada axgar.
Xumori hajru dardi ishqdin muztarmen, ey soqiy,
Karam aylab, oʻtumgʻa su quy, ammo jonima ozar.
Zamondin ahli yo ahli zamondin istagan ehson,
Yonar oʻtdin tilarkim su chiqargʻay, xordin gavhar.
Tilar Laylini Majnun, dilbarin miskin Navoiy, vah,
Kerak bulbulgʻa gul, devonagʻa yori pariy paykar.

162

Vahki, men bedilgʻa ne ul nomusulmondin xabar,
Ul musulmonkim xabargʻa bordi, ne andin xabar.
Qosidu jononadin yoʻqkim xabarsizmen bukun
Kim, ne qosiddin, ne jonon, balki ne jondin xabar.
Yoʻq manga andin xabar, doim soʻrub ahvolini,
Qayda bir soʻrmay anga men zori hayrondin xabar.
Masti noz ul, notavonmenkim keturgay, eltkay
Yo anga mendin xabar, yoxud manga andin xabar.
Vah, ne kun boʻlgʻayki, ul gʻoyib safardin keldi deb,
Istabon mendin sevinchi, yetsa har yondin xabar.
Hajr agarchi jondin itti bexabar, koshi oʻlgʻamen
Bexudekim, boʻlmagʻay jonimgʻa hijrondin xabar.
Davr ayogʻin, soqiyo, andoq toʻla tutkim manga,
Qolmagʻay ne ahli davrondin, ne davrondin xabar.
Ey xush ulkim, keldi andoq mastur bordi mastkim,
Topmadi mutloq ne kelgandin, ne borgʻondin xabar.
Ey Navoiy, kim soʻrar boʻlsa meni ovorani,
Dasht uza soʻrgʻay magar gʻuli biyobondin xabar.

163

Ey falak, hijron gʻamidin xotirim noshod erur,
Gʻayri vasl ar saltanat bersang, manga bedod erur.
Bas necha mujrimgʻa bir jallodi gʻamzang xaylidin,
Bir yozugʻluq zor koʻnglumga necha jallod erur.
Noz ila gulshangʻa chun kirding — niholi qaddinga
Banda boʻlgʻon sarvinozu savsani ozod erur.
Dam-badam yetmaydur ersa ishq zulmi koʻngluma,
Har dam ul mazlumi mehnatkashka ne faryod erur.
Necha yigʻsam sabr avroqiyu toat xirmanin,
Sarsari ishqing yetishkach, sarbasar barbod erur.
Noʻsh etib jomi fano, qoʻysam riyo, ayb etmakim,
Dayr piridin manga, ey shayx, bu irshod erur.
Dard mulki, gʻam sipohi gʻussa naqdin arz etib,
Ey Navoiy, ishq eliga arz isti’dod erur.

164

Ohim gʻamingda gunbadi axzarni kuydurur,
Har uchquni falakda bir axtarni kuydurur.
Otashkada oʻtida samandar topar hayot,
Koʻnglum oʻti valek samandarni kuydurur.
To qomatinggʻa ne uchun oʻxshatti bogʻbon,
Ohim samumi sarvu sanovbarni kuydurur.
Bir oʻtdurur tanimdakim, aning harorati
Koʻnglakni kul qilur, dogʻi bistarni kuydurur.
Derlarki, ogʻiz oʻt desa kuymas, vale bu oh
Chun sabt boʻlsa, xomayu daftarni kuydurur.
La’ling xayoli koʻngluma oʻt soldi, vah, koʻrung,
Ne tez erur bu bodaki, sogʻarni kuydurur.
Soqiy, gʻam ichra oʻldi Navoiy — piyola tut
Kim, gʻussalardin ushbu oʻt aksarni kuydurur.

165

Koʻnglum oʻtin zohir etsam, barcha olam oʻrtanur,
Shu’lasin gar tortsam, toʻqquz falak ham oʻrtanur.
Momugʻ uzra yoyibon kofur qoʻymang dogʻima
Kim, momugʻ dogʻi tutoshur ham bu marham oʻrtanur.
Gar gʻaming soʻzokidin kuyar koʻngul, ermas ajab,
Har koʻngul ichraki tushti shu’lai gʻam, oʻrtanur.
Ayb emas, har lahza ohim shu’la cheksakim, koʻngul
Bir yuzi oʻtluq firoqi ichra har dam oʻrtanur.
Ishqing oʻti uchqunidin jismim andoq kuydikim,
Barq xoshok uzra tushsa, bu sifat kam oʻrtanur.
Qaynabon koʻz chashmasidin ashk, jismim oʻrtadi,
Yetsa joʻshon su qayu uzv uzra, mahkam oʻrnatur.
Ey Navoiy, koʻnglum oʻti uzra su quy bodadin
Kim, koʻngul ul oʻtqa yetmas boʻlsa bu nam, oʻrtanur.

166

Zulfung ochilib, orazi diljoʻ bila oʻynar,
Hindu bachaye shoʻxdurur, su bila oʻynar.
Ul shoʻx koʻngul lavhin etib tiyra nafasdin,
Bir tifldur alqissaki, koʻzgu bila oʻynar.
Oʻynay-oʻynay bogʻladi uyqumni fusundin,
To gʻamzasi ul nargisi jodu bila oʻynar.
Tong yoʻqki, koʻzung boʻlsa koʻngul birla muloib,
Majnungʻa ajab yoʻq, agar ohu bila oʻynar.
Bir loʻliyi bozigar erur chambar ichinda,
Xolingki, oʻshul halqai gesu bila oʻynar.
Zohid bila nafs etsa tamasxur, ne ajabkim,
It sayd qilur vaqtda tulku bila oʻynar.
Mugʻ dayrida mast oʻlsa Navoiyni koʻrungkim,
Bir olma kebi gunbadi minu bila oʻynar.

167

Tilab yuzungni koʻngul hajrdin farogʻ istar,
Qorongʻu tunda nachukkim kishi charogʻ istar.
Bihisht borida doʻzax sori qilur ohang,
Habib koʻyi turub, ulki gashti bogʻ istar.
Saloh koʻnglakini yirtib, oh oʻtin yorutub,
Koʻngul firoqim aro koʻksum uzra dogʻ istar.
Sochingni islabon oshuftamen, zihi savdo,
Birovki mushkdin osoyishi dimogʻ istar.
Hayot bodasidin nash’a dogʻi hayf anga
Ki, lablaring mayi davrida oʻzni sogʻ istar.
Bu naqd jannat arodur, birovki dayr ichida
May ichsa, mugʻbachalar ilgidin ayogʻ istar.
Qoʻyung Navoiyi bedilni, qilsa koʻyiga azm
Ki, koʻngli itmish aning — aylamak soʻrogʻ istar.
Ne tong, agar oʻqi vayron koʻngulga rogʻibdur:
Qurugʻ nihol buzugʻ bogʻ aro munosibdur.
Sirishk qatralari tiyra kulbam ichra, magar
Balo sipehri aro nahsvash kavokibdur.
Qoshingdagʻi girih ul yuzni koʻrgali qoʻymas,
Jamol mulkida sulton ulu bu hojibdur.
Koʻngul uyi chu sanamlardin oʻldi butxona,
Magarki, ishq bu butxona ichra rohibdur.
Talabda shevanu gʻavgʻo erur mening aybim,
Yoʻq ersa barcha ulus xoʻblargʻa tolibdur.
Ne ixtiyor ulus bozi yerga mundoqkim,
Nujum lu’bati birla falak muloibdur.
Navoiy ittiyu koʻyida kimsa demadikim,
Bu koʻy itlari ichra birisi gʻoyibdur.

169

Forigʻu ozoda bylmas mubtalolardin xabar,
Shoh koʻnglida qachon boʻlgʻay gadolardin xabar.
Hajr vodiysinda kim topqay meni ovorani,
Dam-badam soʻrgʻay magar dardu balolardin xabar.
Ul vafosiz oldi koʻnglumniyu yuz koʻrguzmadi,
Istasam ani, soʻrarmen bevafolardin xabar.
Gʻunchadek qonligʻ koʻngul gum boʻldi ul gul koʻyida,
Ey sabo, tut goh-gohe ul arolardin xabar.
Chun xabar yoʻqtur qorargʻan roʻzgorimdin manga,
Qayda topqaymen koʻzu qoshi qoralardin xabar.
Ulki mastu bexabar der, ishqi jomidin meni,
Goʻyiyokim, anglamaydur porsolardin xabar.
Tut Navoiy holidin gohe xabarkim, ayb emas,
Gar navozish ahli tutsa benavolardin xabar.

170

Shomi hijron subhidek bagʻrimni chok etti sipehr,
Subhgʻa yetkuncha jonimni halok etti sipehr.
Subhdek bir chok yoʻq, koʻnglumni balkim gʻunchadek
Ishqi muhlik tigʻi birla chok-chok etti sipehr.
Gʻam tuni har kavkabinkim jilvagar qildi, meni
Mahvashim hijronidin anduhnok etti sipehr.
Garchi kuydurdi meni, xushturki, koʻnglum koʻzgusin
Gʻayr naqshidin hamul kul birla pok etti sipehr.
To balo toshini yogʻdurdi manga hajr ilgidin,
Demayinkim, xoksor ettiki, xok etti sipehr.
Shukrkim, jonimni ham muhtoj qildi zulmigʻa,
Qotilimni nechakim bevahmu bok etti sipehr.
Gʻam zaxira qoʻygʻali erdi magar ishq ahligʻa
Kim, Navoiy koʻnglini yuz ming magʻok etti sipehr.

171

Kecha kuymak rasmini parvona mendin oʻrganur,
Sham’ kuydurmak ishida mahvashimgʻa oʻtkanur.
Ul pariy hajrinda men devona cheksam oʻtluq oh,
Ey malak, gar boʻlmasang voqif, qanoting churkanur.
Anjum ermas, qatralar koʻk saqfida aylar ayon,
Dudi ohimkim, falak toqigʻa har tun chirmanur.
Saltanat taxti uza yotqon uyumas rashkdin,
Koʻrsa boshimniki, har tun ostoning yastanur.
Baxtim uyqudin koʻz ochmas, yoʻqsa chun cheksam figʻon,
Soʻnggi uyqu masti boʻlgʻonlar ul undin uygʻanur.
Oʻz-oʻzumga toʻlgʻanurmen, qaddu zulfin yod etib,
Sarvgʻa gulshanda sunbul shoxi chunkim toʻlgʻanur.
Devvashlardin qochib tutti Navoiy bodiya,
Bu jihatdin tegrasiga dashti vahshiy aylanur.

172

Koʻzda su — koʻngul aro oʻt, ne koʻrarsen, oxir?!
Yana ahvolin alarning ne soʻrarsen oxir?1
Rishtai vasl ila bir zaxmini tik, rahm aylab,
Hajr tigʻi necha bagʻrigʻa urarsen oxir.
Ul oy oshuftalarin aylar emish diljoʻliq,
Munda, ey shefta koʻnglum, ne turarsen oxir.
Tushta hajrini koʻrub men sanga sharhin aytay,
Ey hakim, ani agar aks yoʻrarsen oxir.
Tiyri boronki, otar charxi muqavvas — basdur,
Necha qosh yosini qasdimgʻa qurarsen oxir.
Mazrai dahr aro soch lutf ila ehson tuxmi,
Har ne eksang, ani-oʻq chunki oʻrarsen oxir.
Gar Navoiygʻa davodur unung, ey yor iti,
Hording erkinki, tong otquncha hurarsen oxir.

173

Qasrning har kunguri uzra balo toshimudur?
Yoʻqsa botil ishq da’vo qilgʻan el boshimudur?
Gʻam tuni, bilmon, shafaqdur yo falak mir’otida,
Aks koʻrguzgan koʻzumning la’lgun yoshimudur?
Kofiremu qatl aylar Ka’ba toqi ichra mast,
Yoʻqsa ul xunrezning usruk koʻzu qoshimudur?
Bir humoyun qush kecha sadqang boʻlur, ey mugʻbacha,
Qof anqosimudur yo dayr xuffoshimudur?
Bogʻbonkim sarv uzra aylamish payvand gul,
Sarv boʻyluq gulruxumdur, yoʻqsa boʻydoshimudur?
Ilgida jomu koʻrar may ichra olam holini,
Yo rab, ul Jamshid yo mayxona qalloshimudur?
Tonglogʻi kavsar uchun, dersen, bukun may ichmagil,
Tek tur, ey zohid, Navoiy sen kebi noshimudur.

174

Kecha har kavkab koʻrungach, yodima oyim kelur,
Oy chu tole’ boʻldi — mehri olamoroyim kelur.
Zuhdu taqvo, butrashingkim, bu kecha may ichkali
Baytul ehzonimgʻa shoʻxi boda paymonim kelur.
Bu sarigʻ yuzungni koʻrmaski, Kilgʻay koʻngli rahm,
Baski, yuzga qonligʻ ashki chehra oloyim kelur.
Vah, ne hijrondur bukim, aylay desam zikri visol,
Dam-badam ogʻzimga ohi mehnatafzoyim kelur.
Shayxu ibriqu ridosin chun koʻrarmen — yodima
Dayr aro paymona birla bodapoloyim kelur.
Ozimi dashti fano boʻldum, kelur Majnun dogʻi,
Gar qadam tez urmon andindurki, hampoyim kelur.
Koʻzlaru, jonu koʻngulda manzil et orasta,
Ey Navoiykim, bukun mahbubi xudroyim kelur.

175

Muztarib koʻnglum aro ul yuz xayoli aylanur,
Mavjluq suda quyosh aksi nachukkim chayqanur.
To uzori jilva aylar — jilvagardur zulfi ham,
Mehr to aylar taharruk — soya dogʻi tebranur.
Chun ulusqa ishqi oʻt soldi ajab yoʻq kuymakim,
Beshagʻa chun tushti har yon shu’la, xas ham oʻrtanur.
Egma qad birla meni sargashtadurmen muztarib,
Toki chavgon azmigʻa, bildimki, ul shoʻx otlanur.
Shoʻxliq rasmin anga taslim etarlar xoʻblar,
Sekramakta uylakim uchqun chaqingʻa oʻtkanur.
Aylay olmas orazingdin oʻzga yon koʻnglum havo,
Qush oʻzin mash’algʻa chun urdi — qanoti churkanur.
Soqiyo, ber mayki, gʻam shomi xumori hajrdin
Bir parishon tush koʻrub, bu xasta har dam seskanur.
Kimki jon aylab fido, qozgʻonsa dahr ahlida doʻst,
Anglagʻil, ey doʻstkim, ul dushmani jon qozgʻanur.
Ey xush ulkim, boshining ostidadur dilbar qoʻli
Kim, Navoiy kechalar bori oʻz ilgin yostanur.

176

May labinggʻa yetsa, jonimgʻa harorat yetkurur,
Oʻt agar Iso dami birla yorurkim, kuydurur.
Dardi hijron mendadurkim, umr oʻtub koʻrmon yuzin,
Vasl komildur, bukim Layligʻa Majnun telmurur.
Har qoʻlumni toza qonligʻ dogʻ ila uzgan iting
Ul kishidekdurki, gul birla yogʻochni sindirur.
Keltirur koʻz bogʻidin ashkim bagʻir pargolasin,
Boʻstondin uylakim gul yafrogʻin su keltirur.
Yer yuzin bahr etti ashkim, eyki, aytursen meni,
Togʻlar uzra nedin ahli junun yangligʻ yurur.
Oʻygʻay erdim koʻzni tirnogʻ birla, bilsam erdikim,
Bir nazardin boshima muncha balolar keltirur.
Soqiyo, sogʻarni aylandurki, har soat xumor
Za’fdin boshimni sogʻar davridek aylandurur.
Qoʻy taraddudkim, fano dayrigʻa kirsang, mugʻbacha
Ikki sogʻar birla koʻnglungni oʻzungdin tindirur.
Ey Navoiy, olam ahlidin qiroq tut zinhor
Kim, muloqoti alarning koʻp malolat yetkurur.

177

Ne ajab, har yon meni majnun boshida yoralar,
Baski, yogʻdi ustiga atfol elidin xoralar.
Orazing atrofida guldur koʻrungan, ey pariy,
Yo qamar davrida saf tortibdurur sayyoralar.
Har quyun goʻyoki bir sargashta oshiq gardidur,
Baski, tufrogʻ oʻldi ishqing dashtida ovoralar.
Anglakim, ahbobni koʻnglumda mehmon etmisham,
Itlari ogʻzida gar koʻrsang bagʻirdin poralar.
Anda Majnun — men, buyon Layli — sen etkach ijtimo’,
Bir taraf devonalar, bir yon pariy ruxsoralar.
Xonaqah vaqfi suyin ichmaslar, ey shayx, anglagʻil,
Gar xumor oʻlsa fano dayridagʻi mayxoralar.
Ey Navoiy, ishq aro oʻlmaktin oʻzga chora yoʻq,
Bas, gʻalat boʻlgʻay, demak ushshoqni bechoralar.

178

Turfa koʻrkim, furqatidin yuz malol ollimdadur,
Garchi koʻz har sari solsam, ul jamol ollimdadur.
Ul Masihodinki bir dam ayru tushtum, oʻlmadim,
Ohkim, oʻlguncha ushbu infiol ollimdadur.
Tuzgamen, har necha boʻlsa tiyra hijron tunlari,
Gar yaqin bilsamki, ayyomi visol ollimdadur.
Anglamon: ollimdadur la’ling xayoli muttasil,
Yo aning shavqidin oqqan ashki ol ollimdadur.
Jon berib, la’lin bir oʻpmakni tamanno ayladim,
Ey koʻngul, bilkim, ajab fikri mahol ollimdadur.
Davr javridin tinarmen, ey koʻngul, har lahzakim,
Soqiyi mahvash bila jomi zilol ollimdadur.
Ey Navoiy, deb edi vaslimgʻa yetsang — jon olay,
Boʻlmogʻum navmid, to ul ehtimol ollimdadur.

179

Menu gʻaribligʻu hajru benavoligʻlar,
Diyoru yor firoqigʻa mubtaloligʻlar.
Shikibu sabr ila begonaligʻlar aylab koʻp,
Balovu dard bila behad oshnoligʻlar.
Ne koʻzgu tutmoq erur dam-badamki, hojat emas
Sening jamolinga bu nav’ xudnamoligʻlar.
Seni koʻngul bila jon kishvarida shoh aylab,
Xayol birla qilurmen ajab gadoligʻlar.
Qadah keturki, necha dahr eliga koʻrguzsang
Vafo, natija emas gʻayri bevafoligʻlar.
Saloh suvratida yuz fasodu voqif yor,
Boshimgʻa to ne keturgay bu behayoligʻlar.
Navoiy, emdiki mugʻ dayri ichra sen qadah ich
Ki, koʻp sovugʻ koʻrunur munda porsoligʻlar.

180

Osilmamish qulogʻingdin yuz uzra gavharlar
Ki, ayrilibtur ul oʻt shu’lasidin axgarlar.
Oting ayogʻini oʻpmakka na’lu mix ermas,
Sipehr raxshidin inmish hilolu axtarlar.
Yuzungda xoʻy emas, obi hayot qatrasidin
Quyosh jamoligʻa sun’ ilgi taqti zevarlar.
Boshogʻlaring uchi ermaski, chiqti jismimdin,
Chiqarmisham uchubon yetkali senga parlar.
Uzor safhasida xoʻblar xati demakim,
Tuz etti ishq meni oʻltururga mahzarlar.
Bahor faslida maxmur boʻlma, dashtqa chiq
Ki, lola tutti base la’lrang sogʻarlar.
Navoiy oldiribon koʻnglini agar topmas,
Birovdururki, qulidur jahonda dilbarlar.

181

Xolu xattidinki, har birining bir oʻzga holi bor,
Xat yuzinda nuqtadek mushkin xat uzra xoli bor.
Charx uza zarrin gʻazol oʻldi shafaqdin jilvagar,
Yo mening mushkin gʻazolimning hariri oli bor.
Bahri ashkim ichrakim topmas zarar koʻz mardumi,
Goʻyiyo kirpik nayistonidin aning soli bor.
Garchi hindu boʻlsa, maskan aylagay xurshid uza,
Xoldek ulkim jamolingdin humoyun foli bor.
Ne uchun oʻlmayki, el qatligʻa aylab ehtimom,
Qotilimning chun manga navbat yetar ihmoli bor.
Kon ila daryo matoin naylasun ul kimsakim,
Dayr aro la’li ravondin jomi molomoli bor.
Oʻzni mast istar xarobot ichra vajdu hol ila,
Gar Navoiyning bu dam dars ichra qiylu qoli bor.

182

Kofirekim, sen kebi ruxsori otashnoki bor,
Oʻt solurdin lashkari islom aro ne boki bor.
Ishq oʻtin koʻnglum yorutmoq istasa, yoʻqtur ajib
Kim, churuk boʻlgʻon soʻngaklardin quruq xoshoki bor.
Koʻnglakim chokin tikarga mayl qilding, ey rafiq,
Bilmading goʻyoki, koʻnglak ichra koʻksum choki bor.
Eyki, dersen pok husnumdek jamol ahlida yoʻq,
Men kebi ishq ahlining ham qayda ishqi poki bor.
Qatra-qatra ashku daf’a-daf’a ohim dudidiya
Ishq mulkining ajoyib anjumu afloki bor.
Sol yangi oy zavraqigʻa atlasing, ey charxkim,
Ohdin bu shom ashkim bahrining koʻloki bor.
Ey Navoiy, qoʻyma boshim shoʻxlar goʻy etkali
Kim, ani osmoqqa boʻlsun chobukim fitroki bor.

183

Har gadoyekim, jahonda bir muvofiq yori bor,
Xizr umriyu Skandar hashmatidin ori bor.
Kimki ul bir koʻngli sevgan naxl qaddin bar yedi,
Olloh-Olloh, umridin ne baxti barxoʻrdori bor.
Bilsa koʻnglum holatin, shoyadki kelgay soʻrgʻali
Ulki, koʻngli ichra bir badxoʻydin ozori bor.
Koʻzlaridin kecha tong otquncha uyqum yoʻqturur,
Kecha naylar anda uyqukim, iki bemori bor.
Shu’laliq yuz pora koʻnglum xayli mujgoning aro
Otashin guldurki, atrofida hadsiz xori bor.
Istasang davron jafosidin qutulmoq, ey koʻngul,
Xonaqah tarkin qilib, mayxona koʻyi sori bor.
Hech yangligʻ topmasang dayr ichra may olmoqqa vajh,
Rahn uchun boʻlsun Navoiy xirqavu dastori bor.

184

Ikki gul vaqtiduru ikki quyosh davronidur
Kim, koʻngulda ul iki oraz gʻami hijronidur.
To latofatdin labing shavqi tushubtur jon aro,
Goʻyiyokim ul munga tandur, bu aning jonidur.
Koʻzda har sari qizil raglar demakim, mardumin
Gʻamzang urdi, zaxmlar har yon yugurgan qonidur.
Multafit boʻl holatim sharhigʻakim, bu doston
Shahr aro har koʻyning boshida el dostonidur.
Har quyun gʻam dashti ichra koʻrsa Layli sogʻinur
Kim, xasu tufrogʻ aro Majnuni sargardonidur.
Ulki to mumkindurur, koʻrmish falakdin e’tibor,
Bas, mazallat ham kerak, koʻz tutsa to imkonidur.
Asrangiz oʻzni Navoiy shu’lai afgʻonidin
Kim, bu aqshom furqati oshubining tugʻyonidur.

185

Loʻlivashimdin ayruki, qabrimda loladur,
Ul oʻynagʻon kebi yogʻoch uzra piyoladur.
Gulzor oramu loʻli etar la’b toʻlgʻanib,
Yo gul kebi uzorida mushkin kuloladur.
Ul turfa chehra doiraning chambari aro,
Xurshid davrasida aningdekki holadur.
Tablu nafir ma’rakasi ichra demangiz
Kim, ishqida ulus ishi faryodu noladur.
Bormu oʻyun haroratidin chehrasida ter
Yo ravza gulistonida har sari joladur.
Gulshanda gʻunchadur demakim, charx chirmagʻan,
Bulbul gʻizosi har sari qonligʻ navoladur.
Pinhonu oshkor Navoiydin oʻlmogʻi
Gohe jafo qilib, yana gohe uyoladur.

186

Sarv uza gul butmasa, qad uzra ruxsori nedur?
Jon agar shirin emas — la’li shakar bori nedur?
Noman hajrim kabutar parlarin gar oʻrtamas,
Ul qora xatlar qanoti uzra har sori nedur?
Orazu zulfungda koʻnglum kofiri ishq oʻlmasa,
Bas, aning bir sari but, bir sari zunnori nedur?
Rishtayi zulfigʻa bogʻliqdur koʻngul ul shoʻxning,
Tifl qush sudrar kebi har sari raftori nedur?
Ishq dashtida koʻrungan yerda tushmish erdi oʻt,
Bildim — anda oʻtdur, andin bilmadim nori nedur?'
Sabz xatlar vasli holo mugʻtanamdur, ey koʻngul
Kim, bilurkim, iqtizoi charxi zangori nedur?
Gar iting debdur Navoiy qilmadi mehmonligʻim,
Kecha tishlab-tishlab olgʻon jismi afgori nedur?!

187

Men kebi parvona ishq oʻtida beoromdur,
Kim, ani ham oʻrtagan bir sarvi siym andomdur.
Kom ila islomsiz oʻlmak, musulmonlar, ne tong,
Mendek ulkim qotili bir kofiri xudkomdur.
Tunu kun oqu qorasin naylayin menkim, manga
Orzu bir xatti sabzu orazi gulfomdur.
Xolu zulfung saydi boʻlmoqqa magar ham jon qushi»
Kim, aningdek qushqa loyiq dona birla domdur.
Ayshdindur, anda nargisdek ul olgʻay bahrakim,
Ollida besh kursi kofur ichra oltun jomdur.
Chun zamon ahli zamona rangi tutmoqdur zarur,
Dahr nofarjom uchun el holi nofarjomdur.
Ey Navoiy, chun zamona ahlida yoʻqtur vafo,
Har nekim yoʻqtur, tama’ tutsang, xayoli xomdur.

188

Parivashe, dedilar, pardai hijobdadur,
Koʻrarga telba koʻngul ani iztirobdadur.
Iti uchun tilar eshkay tanob ul chobuk
Ki, elga rishtai jon barcha pechu tobdadur.
Hamul tanob, ne tong, cheksa it kebi meni ham,
Mening chu rishtai jonim hamul tanobdadur.
Xirom vaqtida ul ganji husn erur gʻofil
Ki, ishtiyoqi ne chogʻliq meni xarobdadur.
Manga vafo qilur ersang, shitob qil, ey umr,
Nedinki, umr degan bevafo shitobdadur.
Fasona har kishi ul husndin dedi, lekin
Jamoli shohidi maqsudning niqobdadur.
Hisob aylama umrungnikim, necha oʻtmish
Ki, umr gʻaflat ila oʻtsa, ne hisobdadur.
Pariyu yor Navoiygʻa qildilar jilva,
Bu birga rogʻibu ul birdin ijtinobdadur.

189

Kulbamgʻa, baski, gardun gʻam toshi yogʻdurubtur,
Sabrim uyidek ul ham yemrulgali turubtur.
Ne loladur, ne jolakim, umr uyin buzargʻa
Koʻk ra’dlar qazonin togʻ ustidin qurubtur.
Furqat tuni emaskim, hijronda kuygan elning
Kuygan kulini davroni gardunga sovurubtur.
Men oh oʻqiyu gardun zulm oʻqi yogʻdurur, vah
Kim, ul oʻqin urarni bu oʻqtin oshurubtur.
Gardun quyoshni oʻrtabkim, yerga koʻmdi goʻyo
Kim, mehr jurmi birla bu nav’ yozgʻurubtur.
Soqiy, qadah suyidin shu’lamni past qilkim,
Bu korgahda hayrat jonimni kuydurubtur.
Singʻon safol aro may ichsam, ne tongki, davron
Gʻam toshidin nishotim jomini sindurubtur.
Mugʻ dayriyu mayu but, xushvaqt oʻlki, koʻnglin
Maydin chu mast oʻlubtur — bir butqa oldurubtur.
Dunyodin oʻt, Navoiy, osoyish istar ersang
Kim, shugʻl, har necha koʻp yuz oncha gʻam turubtur.

190

Yoʻlida kosh meni pora-pora qilgʻaylar
Ki, xalq holima bir-bir nazzora qilgʻaylar.
Bu holatimni koʻrub bori ishq asirlari
Vafosiz elni sevardin kanora qilgʻaylar.
Vasiyatim buki, koʻnglumni koʻrgach-oʻq ahbob,
Tutub yuzini hamul lahza qora qilgʻaylar.
Bu dard ilaki oʻlarmen, maraz chu zohir emas,
Tabiblar bu baloga ne chora qilgʻaylar.
Tamugʻni ravza sogʻingʻaylar ahli hashr ul kun
Ki, telba koʻnglum oʻtin oshkora qilgʻaylar.
May ichki, anglamagʻaylar bu dayrdin ramze,
Gar ahli zuhd yuz il istixora qilgʻaylar.
Sabo, degilki, Navoiygʻa tortsunlar xat,
Alarki ahli vafoni shumora qilgʻaylar.

191

Xoli hijronida koʻnglum dardi beandozadur,
Dogʻdin borgʻach qora tashvishi aning tozadur.
Tushta Yusuf hay’atin koʻrdum habibim yodidin
Goʻyi ul qolip, bu ruhi mahz uchun andozadur.
Zaxmim ogʻzi butmasidin uyqum oʻchmish, ey rafiq,
Goʻyiyo bu oʻzga uyqu kelturur hamyozadur.
Gʻamzasi jallodida holin koʻngulning bilmadim,
Ey sabo, tengri uchun koʻyida ne ovozadur.
La’li vasfin yozmisham jon safhasidin daftare,
Har taraf jon rishtasi birla anga sherozadur.
Zaxmidin qon koʻp oqib yoxud junundindur bukim,
Ul pariy koʻyida har dam telba koʻnglim ozadur.
Itlari qut etsun oʻlturgach Navoiy qonini,
Barcha gar har qatra bir jannat guliga gʻozadur.
Voqif oʻlkim, beshai jahl ichra jisming hujrasi
Nafs sayyodi havo saydin tutargʻa kozadur.

192

Lolagun toʻn ichra, yo rab, ul gʻazoli Chin erur
Yo koʻzumning mardumi qon yosh ila rangin erur.
Bilmon oyokim shafaq ichra erur zarrin gʻazol,
Lolagun toʻn ichra yoxud ul gʻazoli Chin erur.
Aylamish guldasta bandi sun’ toʻnu jismidin,
San’atekim argʻuvon bargi aro nasrin erur.
Qadmudur bu yo erur shingarf ila yozgʻon alif,
Belmu yo toreki, la’l ichra anga taskin erur.
Koʻnglum ichra soldi ul toʻn aks yoxud boʻldi qon,
Xalq koʻnglin qon etarga, vah, bu ne oyin erur.
Bir qadah gulgun may, ey soqiy, toʻla tutkim, koʻngul
Ul buti gulgun qabo bedodidin gʻamgin erur.
Ey Navoiy, qatl uchun gar xud qizil toʻn kiydi yor,
Basdur ul toʻn rangi ne muhtoji qatlu kin erur.
Dema togʻu lola dahr ichra — ajal qaploni bil
Kim, kiyiklar qonidin boshtin ayogʻ rangin erur.

193

Bordi ulkim, sendin ayrilgʻay koʻngul to joni bor,
Javringa qoʻydum koʻngul, qil onchakim, imkoni bor.
Ey Masihim, men qatili ishqmen, tirguz meni,
Bir nafas, dedim, qabul etkim, nafasning joni bor.
Novaking yetkach, iki nov ochti ashkim suyidin,
Goʻyi ul novakning ikki novliq paykoni bor.
Xozini jannat senu uchmogʻ guli bastur manga,
Buki har yon tigʻining jismimda tomgʻan qoni bor.
Yorsa koʻksumni, figʻon zohir qilur jon rishtasi,
Koʻnglak oʻlsa chok, uzulgan torning afgʻoni bor.
Jon qushi uchqoch, tuzatti jism uyin sayli fano,
Ey humoyunfol, oʻshul chugʻziki, bir vayroni bor.
Shayxu, bir bodomu qon yutmoqki, piri dayrning
Nuql ila maydin fano ahligʻa koʻp ehsoni bor.
Dahr shoʻxi makrigʻa berma koʻngul — yoʻl bargin et,
Sen kebi har goʻshada nevchunki bir mehmoni bor.
La’li hajrida Navoiy qoni qaynar demangiz,
Yangi maydek ruhidurkim, nolai pinhoni bor.

194

Otashin gul bargidin xil’atki jononimdadur,
Xil’at ermas, ul bir oʻtdurkim, mening jonimdadur.
Otashin la’lidururkim, anda muzmar boʻldi jon,
Otashin gulbargidan xil’atki jononimdadur.
Jon qushi xunobidin tutmish malohat naxli rang,
Yo libosi lolagun sarvi xiromonimdadur.
Qatl biymidur, tarahhumning dogʻi ummidi bor.
Bu libosi olkim ul nomusulmonimdadur.
Vasl shomi kuymagan parvona shoyad qolmagʻay,
Bu shafaqgun hullakim sham’i shabistonimdadur.
Tutmasun gul suhbatidin sarv oʻzin koʻp sarfaroz,
Ey sabokim, ul toʻni gulgun mening yonimdadur.
Soqiyo, gulrang may solib ketur paymonakim,
Zuhd biymidin xalal ishq ichra paymonimdadur.
Ey Navoiy, istama jon bulbulin har guldakim,
Ul toʻni gulgun, labi gulbargi xandonimdadur.

195

Hayot bogʻida to sarvu lola boʻlgʻusidur,
Mening mummidi hayotim piyola boʻlgʻusidur.
Surohi oʻlgʻusidur manga siymtan mahbub,
Boshida qil anga mushkin kulola boʻlgʻusidur.
Hayot gulshani, mugʻ kulbasiyu, mugʻbachaning
Yuziyu qaddi manga sarvu lola boʻlgʻusidur.
Ne ayb bazmim ichinda hazin figʻonki, surud,
Angaki qon yutar, albatta, nola boʻlgʻusidur.
Qadahki holima qon yigʻlar, emdi ohimdin
Sirishki qatrasi gulrang jola boʻlgʻusidur.
Qachon may ichra yuzung aksi tushsa, ey soqiy,
Piyola davri oʻshul oygʻa hola boʻlgʻusidur.
Deding, fano nedurur, muxtasar deyin oʻlmak
Ki, sharhini tilasang, yuz risola boʻlgʻusidur.
Navoiy, istama kavsar mayini zuhd bila
Ki, boda ichkuchi elga havola boʻlgʻusidur.

196

Yuzi gulchehra soqiyning tarab hukmigʻa tugʻrodur,
Yuzinda may guli ul yorligʻ uzra oli tamgʻodur.
Labi la’li halokimen agarchi jon fizoligʻda
Masiho birla ul goʻyo oʻluk birla Masihodur.
Damim dudi xirad ahlin qilur har lahza savdoi,
Dimogʻimda, koʻrung, ul zulf mushkidin ne savdodur.
Sinonin koʻksuma to chekti ul chobuk, bu xam qaddim
Hamono gʻam sipohi qalbida ul oʻq uchun yodur.
Labing aksi koʻzum shoʻrobasi bahrida goʻyokim,
Chuchuk sudurki, atrofida aning talx daryodur.
Jahonni chun koʻzumga hajr shomi aylamish tiyra,
Ne sud andin mangakim, vasl subhi olamorodur.
Boshim qush oshiyoni, tan junun torojidin uryon,
Ne tong, yoshlar yugurmak har tarafdinkim, tamoshodur.
Fidosi naqd islomimki, mugʻ dayridagi soqiy
Ulus qonin toʻkardin vahm qilmas, garchi tarsodur.
Navoiy dayr piri goʻyiyokim shahr shayxigʻa
Fano jomin ichurdikim, xarobot ichra gʻavgʻodur.

197

Koʻngul uyiga gʻamu gʻussa saylidin ne qusur
Ki, boda loyi bila qilmisham ani ma’mur,
Birovni mumkin emas tiyra aylamak qaygʻu
Ki, solmish oʻlgʻay anga jomi boda lam’asi nur.
Xush ul mayeki, emastur safovu lavn ichra
Tamugʻ oʻti bila jannat suyigʻa ul maqdur.
Desam bu oʻt kul etar gʻussa xirmanin, ne ajab,
Desam bu su tuzatur fikr qasrini, ne qusur.
Jahon gʻamiyu uzum bodasi gumon qilmang
Ki, zohir ahligʻa bu ma’ni etti buyla zuhur.
Va lek ahli haqiqatqa may erur vahdat,
Gʻam ushbu kasrat erurkim, qilur koʻngulga xutur.
Ichilsa soqiyi tavfiq ilgidin ul may,
Koʻngul bu gʻamdin emas shubhakim, boʻlur mahjur.
Manga bu may bila bir jom keltur, ey soqiy
Ki, koʻnglum ul gʻam aro boʻlmish asru koʻp ranjur.
Malomat ahliga, ey piri dayr, ayogʻ tutsang,
Bu nav’ qoʻyma Navoiyni bir yoʻli mastur.

198

Visol ahli, sizu, jomi murodu komronligʻlar,
Bizu gʻam kunjiyu xunobi hajru notavonligʻlar.
Tanimda har taraf qonligʻ yara, goʻyoki qildi ishq
Qasosim hukminikim, tuttilar tegramni qonligʻlar.
Erur Farhodu Majnun xonumoni togʻ ila vodiy,
Xalos etmish meni ul qayddin bexonumonligʻlar.
Base diqqat edi koʻnglumda qilgʻach ul pariy jilva,
Junun birla mubaddal boʻldi barcha xurdadonligʻlar.
Asar yoʻq koʻnglida ul shoʻxning nomu nishonimdin,
Natija aks berdi bizga benomu nishonligʻlar.
Men oʻldum mehridin, yuz mendek oʻlsa, yoʻq aning rahmi,
Boʻlur ermish birovga muncha ham nomehribonligʻlar.
Koʻhan pire yoʻlingda oʻldi, bir ham boqmading, yo rab
Ki, oʻtkay xayr birla bu gʻururi navjuvonligʻlar.
Yana zuhdum tariqin afv qil, ey piri dayr, oxir
Ki, sendin yaxshiliqdur, necha biz qilsaq yomonligʻlar.
Navoiyni deb ermishsenki, mendii oʻzgani sevmish,
Kam oʻlmas, Olloh-Olloh, sendin ushbu badgumonligʻlar.

Ze Harfining Zebolarining Ziynati «Badoye’»din

199

Zamona bogʻiki, gulbargidur nishotangez,
Ne bargi gulki, tutashmish tikanga shu’lai tez.
Taammul etkurubon rang-rang gullarni
Ki, ochti qatligʻa bulbulning ushbu rangomez.
Chu noʻshi vasli aro zahri hajr ezilmishdur,
Aning bu sharbatidin avlo aylamak parhez.
Ne bargi gulki, anga shahd qildi ogʻushta,
Sanamlar erni kebi qildi ani shoʻrangez.
Zamona ahligʻa oʻt solgʻali erur har tun
Sipehrikim, qilur anjum sharoridin gulrez.
Agarchi tigʻi jafosi qatilidur Farhod,
Bu tigʻ qotilidin ham qutulmadi Parvez.
Fano yoʻligʻa qadam qoʻy, boshingni ovuchlab
Ki, yoʻq bu yoʻlda kishiga bu nav’ dastovez.
Murodi subhi visolingni tiyra qilmoq erur
Ki, hajr shomin etar mushkposhu anbarbez.
Navoiy istasa tardoman eldin oʻlmoq fard,
Figʻondin oʻt sochibon barq yangligʻ etkay xez.

200

Istaganlar bizni, sahroi baloda istangiz,
Vodiyi hijron ila dashti anoda istangiz.
Vomiqu Farhodu Majnundeklar ul vodiy aro
Boʻlsalar paydo, meni ham ul aroda istangiz.
Yuz alarning ishqicha dardu balovu gʻussagʻa
Tolib el boshigʻa kelgan mojaroda istangiz.
Eyki, istarsiz savodul vajh fiddorayindin,
Boxabar boʻlmoq meni yuzi qoroda istangiz.
Qoʻnglum ul zulf ichradur, zinhor ishqim sharhini
Istamang men telbada, ul mubtaloda istangiz.
Nuqta yangligʻkim, vafo uzra qilur kotib raqam,
Ishq oʻtining dogʻini ahli vafoda istangiz.
Ogʻzi shavqidin Navoiy itti, ani istar el
Yo adam dashtida, yo mulki fanoda istangiz.

201

Jonima qasd aylaru bor uylakim jonim aziz,
Men anga xoru manga ul mohi Kan’onim aziz.
Qon yutarmen, la’li gulbargiga essa tong yeli,
Tong emas, ey doʻstlar, boʻlsa menga jonim aziz.
Keldi koʻnglumga xayoli jonu koʻnglum naqdini,
Ayladim isorkim, bor erdi mehmonim aziz.
Koʻrgach-oʻq ushshoq aro jonimgʻa surdi tigʻi qatl,
El aro bu xor qulni qildi sultonim aziz.
Garchi xor etting meni dayri fano ahli aro,
Boʻl musulmonlar aro, ey nomusulmonim, aziz.
Bodai la’ling uchun azmi xarobot etgali
Rindlar ichra erur qadrim biyik, shonim aziz.
Dema har soat Navoiygʻaki, tark et ishqini
Kim, menga behad erur ul koʻnglum olgʻonim aziz.

202

Gar oʻlmasam edi ul oygʻa oshno hargiz,
Boshimgʻa yogʻmas edi charxdin balo hargiz.
Tariqi ishq aro bee’tidol esam, yoʻq ayb
Nedinki, tushmamish erdi bu ish mango hargiz.
Jafosidin, demakim, ishq tarkini tutqil,
Bu ish boʻlurmu vafo ahlidin ravo hargiz.
Baloi ishqigʻa men mubtaloyu istamagay
Qutulmaq ila balodin bu mubtalo hargiz.
Davo chu mumkin emas ishq dardigʻa, vahkim,
Iloj topmadi bu dardi bedavo hargiz.
Yoyildi Vomiqu Farhod ishqi, yoʻq edi lek
Mening ishim kebi har yon bu mojaro hargiz.
Koʻngulni dahrdin oshufta qilmakim, xushtur
Ki, tiyra boʻlmasa jomi jahonnamo hargiz.
Sanga zamon elidin yetsa koʻp jafo muni dey
Ki, kim koʻrub edi bu xayldin vafo hargiz.
Ne kelsa, xush tut oʻzungniki, xalq koʻngli uchun
Raqam hak aylamadi kotibi qazo hargiz.
Desangki, xom tama’ birla boʻlmayin ranjur,
Visol aylama ishq ichra muddao hargiz.
Navoiy, istama koʻp ishq aro navo, negakim
Bu bogʻ bulbuligʻa yetmadi navo hargiz.

203

Oʻting, ishrat ahliki, biz zorlarbiz,
Tuman ming balogʻa giriftorlarbiz.
Koʻngulni qilib yuz yara ishq oʻqi,
Tarahhum qilingkim, dilafgorlarbiz.
Tilarbiz shifo bir Masiho nafasdin
Ki, bu koʻhna dayr ichra bemorlarbiz.
Yorutqoy debon koʻzni bir sa’d kavkab,
Har aqshom tong otquncha bedorlarbiz.
Sabukruh soqiy, fano jomi tutqil
Ki, oʻzluk yukidin garonborlarbiz,
Muyassar esa doʻstning vasli bir dam,
Berib ikki olam, xaridorlarbiz.
Navoiy kebi ichgali ishq jomin
Xarobot koʻyida xummorlarbiz.

204

Maozalloh siz, ey ishqu muhabbat, ne balodursiz
Ki, koʻnglumdin olib sabru shikeb, oʻtlar solodursiz.
Seni koʻr aylab, ey koʻz, ey koʻngul, solsam seni oʻtqa,
Muhiqmenkim, manga siz boisi dardu balodursiz.
Gar ahbob etsalar gulgasht, ey jonu koʻngul, bormang,
Nedinkim, siz birav hajri gʻamigʻa mubtalodursiz.
Nasihat ahli, oʻlturmang damo-dam ishqu dard ahlin,
Demay bedardsiz, billahki, dardi bedavodursiz.
Ishingiz jonu din olmoqdur, ey mugʻ dayri atfoli,
Agar kuffori xaybarsiz va gar turki xitodursiz.
Meni bir jom ila oʻzluk xumoridin xalos aylang,
Guruhi rindlarkim, sokini dayri fanodursiz.
Tana’um ahliyu bazmi visol, ey dardi hajr ahli,
Navoiydin siz ayrilmangkn, zoru benavodursiz.

205

Ne ayb, ishqqa bu moʻri mubtalo ojiz
Ki, ishq agar budurur, boʻlgʻay ajdaho ojiz.
Rafiqlar boshima yigʻlashurlar, oʻldi magar
Tabib qilgʻali bu dardima davo ojiz.
Riyogʻa ajz ketursam tongirgʻama, ey shayx,
Ul ishda chun yoratibdur meni xudo ojiz.
Nechaki tavsanu tund ersa xalq koʻngli boʻlur,
Chu boʻldi ishqu muhabbatqa mubtalo ojiz.
Firoq ilgida ojizmen, ey koʻngul, ne ajab,
Kishini aylasa ming mehnatu balo ojiz.
Jamol mulkida sen husn shohi, men munglugʻ,
Shah etsa rahm ne tong, chun erur gado ojiz.
Navoiy ar qila olmas gadoligʻ, etkil rahm
Ki, boʻldi bir yoʻli ul zori benavo ojiz.

206

Toʻkti qonimni — mening sari chu ochti yor koʻz,
Toʻkmayin qon naylasun ul qotili xunxor koʻz.
Koʻzu koʻnglumdin balolargʻa yoʻluqtum, koshki
Itsa besomon koʻngul, koʻr oʻlsa yigʻlab zor koʻz.
Hajr tigʻi birla urma onchakim, koʻrsun seni,
Har ne qilsang qil, chu topti davlati diydor koʻz.
Vah, nelar boʻlgʻay yana tushsa koʻzum ul koʻzgakim
Ul biri xunrez koʻzdur, bu biri xunbor koʻz.
Koʻz uchidin va’dai vasl aylab imo oldi jon,
Goʻyiyo bozi berib jon oldi ul ayyor koʻz.
Bir yuz ochib, chok etib koʻnglumni, koʻzung urdi nish,
Boʻldi bu ishtin koʻngul mamnunu minnatdor koʻz.
Istasangkim, surmai maqsud ila koʻz yorugʻay,
Surma kun tunlarda hijron shomi tut bedor koʻz.
Koʻzu koʻnglungga desang ul yetkach ofat yetmasun,
Sa’y etib toʻxtat koʻngulni, asragʻil zinhor koʻz.
Ey Navoiy, toʻtiyoyi vaslgʻa qobil boʻlur,
Gʻam yema, gar boʻlsa hijron xoridin afgor koʻz.

207

Ishq jurmigʻa meni, ey doʻstlar, yozgʻurmangiz,
Begunah men xud kuyarmen, siz dagʻi kuydurmangiz.
Har zamon chun yogʻdurur bedod oʻqin jonimgʻa doʻst,
Siz dagʻi ta’nu malomat toshini yogʻdurmangiz.
Men chu oʻldum yoshurub ishqin, gar emdi soʻrsa yor,
Holatimni siz ne bilganni dengiz, yoshurmangiz.
Soʻrmang, ey ushshoq, mendin nayloli deb ishq ora,
Gar qila olursiz, avvaldin koʻngul oldurmangiz.
Ishq otashgohida kul boʻlmisham, ey doʻstlar,
Koʻkka har soat kulumni siz dagʻi sovurmangiz.
Chunki ishq oshubidin har dam ishim oʻlmakdurur,
Siz ham, ey ahli nasihat, ta’n ila oʻlturmangiz.
Ishq olamidin surub soldi Navoiydek meni,
Koʻyiga, ey ashk xayli, siz ham andin surmangiz.

208

Koʻksumni tigʻi mehnat ila yara aylangiz,
Tortib uzung koʻngulniyu yuz pora aylangiz.
Har porasini kuydurubon kul qilib sochib,
Har zarrasini bir sori ovora aylangiz.
Ul kuldin aylabon falak ohim sharorasin,
Har jonibida kavkabi sayyora aylangiz.
Har nav’ mumkin oʻlsa, ani foniy aylabon,
Bedodidin bu sheftagʻa chora aylangiz.
Ul shoʻx ishqin istagan el, solmangiz nazar
Aning soriki, koʻngluma nazzora aylangiz.
Charx oʻldi zoli hiylagar — aning tariqi makr,
Tajrid eli, taloqi bu makkora aylangiz.
Ovora koʻngln kelsa Navoiyning ozibon,
Ey xayli dudi oq yuzin qora aylangiz.

209

Kishi koʻrmaydurur iqsh ichra zore men kebi hargiz,
Gʻami hijronda besabru qarore men kebi hargiz.
Hadangi gʻamzavu oshufta zulfungdin yoʻq erkandur
Dil afgore, parishon roʻzgore men kebi hargiz.
Desang ushshoqning xoki tani uzra suray markab,
Koʻp istab topmogʻungdur xoksore men kebi hargiz.
Seningdek sust paymon dahr aro hargiz yoʻq erkandek,
Vafogʻa ham yoʻq ermish ustuvore men kebi hargiz.
Jafogarlikda yoʻq ermish seningdek, derga yoʻq haddim,
Yoʻq erkandur jafokashlikda bore men kebi hargiz.
Dedimkim: dahr bogʻida yoʻq ermish men kebi bulbul,
Dedikim: bormu ermish gul uzore men kebi hargiz.
Magarkim yor soqiy boʻlsa, daf’ oʻlgʻayki, yetmaydur
Kishiga vasli jomidin xumore men kebi hargiz.
Firoqi javrida navmid ham yoʻq men kebi, garchi
Yoʻq erdi vasldin ummidvore men kebi hargiz.
Navoiy, demakim, hijronida sabr ixtiyor etgil,
Bu ishda yoʻq emish beixtiyore men kebi hargiz.

210

Vasl ummididin boshimgʻa yorni kelturdunguz,
Oqibat yuz hajr toshi boshima yogʻdurdunguz.
Sindi boshim kosasi andoqki koʻnglum shishasi,
Muhtasibdek ishratim asbobini sindurdunguz.
Yuz tamugʻcha oʻt ne hojat erdi, ey hajru firoq
Kim, yoqarda emganib xasdek tanim kuydurdunguz.
Tinmagʻur agʻyor zohir aylabon koʻp iztirob,
Dajr aro qatlim uchun mendin koʻngul tindurdunguz.
Maygʻa afyun solib, ey dardu balo soqiylari,
Turfa bukim, mast boʻldung deb meni yozgʻurdunguz.
Chun vafo yoʻq dahr gulzorida, ey tong qushlari,
Sahvdurkim, besamar ashjorida oʻlturdunguz.
Sizga ham, ey ishrat ahli, qolmagʻay jovidi vasl,
Buki zulm aylab, Navoiyni arodin surdunguz.

211

Yoʻq hadim qoʻymoqqa aning raxshi tuynogʻigʻa yuz,
Basdurur, gar surta olsam yoʻli tufrogʻigʻa yuz.
Toʻnungga yuz surta gar olmon, chamanda har shajar
Oʻxshasa qaddinggʻa, surtay barcha yafrogʻigʻa yuz.
Raxshining dogʻigʻa mumkin boʻlmasa yuz surtarim,
Surtayin jismimda ishqi oʻtining dogʻigʻa yuz.
Koʻyiga yoʻl topmasam, doʻzax sari borgʻancha bor,
Komu osoyish uchun qoʻymoq Eram bogʻigʻa yuz.
Doʻstlar, qatlimgʻa andoq keldi ul sultoni husn
Kim, salotin qoʻymagʻaylar qatl uchun yogʻigʻa yuz.
Ishqdin Farhod ila Majnuncha men qoʻymoq bila
Gah junun dashtigʻa gomu gah balo togʻigʻa yuz.
Ey Navoiy, vasl oson erdiyu hijron qotigʻ,
Koʻrki, osonliq tilab, qoʻydum qatiqrogʻigʻa yuz.

212

Koʻzu koʻnglumga to boʻldi ayon ul zulf birlan yuz,
Koʻzumdin uyqu uchti tun, koʻnguldin sabr ham kunduz
Yugurmaktin sirishkim hajr shomi yuzda xatlardur,
Tulu’ etkach yugurmak odat ermish gʻam tuni yulduz.
Xayoling birla men to bodai ishqing bila sarxush,
Emasmen ishqing iqbolidin, ey jon, bir nafas yolgʻuz.
Yangi oy botti, nargis itti, barbod oʻldi sarvu gul,
Taololloh, ne qoshu koʻz ekin, yo rab, ne qaddu yuz.
Tong ermas, soyadek ollingda sarvi rost bosh qoʻysa,
Tushar chun har kishining qaddi tuzdur, soyasi ham tuz.
Chamanda sarvu gulning ishvasi koʻnglumga yoqmaydur,
Fido jonim sanga, qaddinggʻa bergil jilva, yuz koʻrguz.
Kelurmen xonaqahdin dayr sari, bazm tuz, ey mugʻ,
Mugʻona tut surud, ey mutribu ey mugʻbacha, may suz.
Chu mugʻ dayrida zikrim doʻst oti boʻldi, ey soqiy,
Manga-oʻq tut qadahni, gar erur toʻqsonu gar toʻqquz.
Sanamlar husnidin maqsud yor oʻlmish Navoiygʻa,
Agar barlos, agar tarxon, agar arlot, agar sulduz.

213

Qachon boʻlgʻay manga vaslida imkoni tarab hargiz,
Xayolinda chu aylay olmadim tarki adab hargiz.
Agarchi xalq jon topmish labi obi hayotidin,
Manga juz hajr zaxmi bermadi ul noʻshlab hargiz.
Visol ahli sizu ishratkim, aning zavqini bilmas,
Biravkim koʻrmadi umrida juz ranju taab hargiz.
Tabibo, qilsa koʻnglum oʻtin afzun sharbating, tong yoʻq,
Su birla shu’la tab’idin ketarmu tobu tob hargiz.
Chu Layli qildi Majnun koʻnglining sarmanzilin xilvat,
Ne sud ar qoʻymasa Hay girdida ani arab hargiz.
Yalinsam oʻlturur, qilsam niyoz, ogʻozi noz aylar,
Kishi koʻrganmu erkin buyla xoʻyi bul-ajab hargiz.
Qachon ravshan koʻngulni nafs oʻti dudi qilur tiyra,
Nubuvvat sham’ini ne nav’ oʻchurgay Bulahab hargiz.
Nechakim sa’y birla topmasa matlubini solik
Kerakkim, jonidin kam boʻlmasa ranju talab hargiz.
Navoiydin kishi oshiqliq otin mahv eta olmas,
Qachon ketgay, kishi salb aylamak birla laqab hargiz.

214

Emdi gʻami yoʻq, soldi chu koʻnglum ar ming soʻz,
Ohim oʻtidin oʻchsa hamul sham’i dilafroʻz.
Koʻnglum yarosin tikti va lekin oʻqi birla,
Jonimgʻa alifdek durur ul novaki dildoʻz.
Vasli aro, koʻrdum, teng emish boʻyiyu sochi,
Tun-kun teng ekan zohir oʻlur boʻldi chu navroʻz.
Ishq ayladi rasvo meni, emdi boshing ol, ket
Yuz xijlat ila, ey, xiradi maslahatomuz.
Jonim evida oncha gʻaming naqdini yigʻdim
Kim, boʻldi koʻngul mahzani bu joni gʻamandoʻz.
Bir subh angakim tole’ oʻlur boda quyoshi,
Xush baxti humoyun bila xush tolei feruz.
Derlarki, Navoiymu ekin dashti fanoda,
Chun sarsari hijron sovurur bir soridin toʻz.

215

Ey yuzung bogʻi nasimida havoyi navroʻz,
La’li tojing boʻlub ul bogʻda boʻstonafroʻz.
Zulfu ruxsor ila komimgʻa meni yetkursang,
Har tunung qadr oʻlubon, har kunung oʻlsun navroʻz.
Koʻnglum ul lu’bat iligida giriftor oʻlmish,
Qushni ul nav’iki la’b ahli qilur dastomuz.
Dardi hajringda kuyar koʻnglumu oʻz holimgʻa
Kishisizlikdin oʻzumdurmen oʻzumga dilsoʻz.
Dahr zoligʻa koʻngul bermaki, Rustamlarni
Makr ila ayladi ojiz bu sitamgora ajuz.
Koʻk jafosidin oʻlur xobgahing boʻz tufrogʻ,
Boʻlsa ostingda sipehr ashhabi yanglngʻ koʻk boʻz.
Ey Navoiy, senu Xusrav bila Jomiy tavri
San’atu rangni qoʻy, soʻzda kerak dard ila soʻz.

216

Doʻstlar, mahram deb elga roz ifsho qilmangiz,
Boshingizgʻa yuz balo kuch birla paydo qilmangiz.
Fosh qilmang roz, chunkim asray olmay qildingiz
Oʻzgalardin asramoq bore tamanno qilmangiz.
Ishq asrorigʻa til mahram emastur zinhor
Kim, koʻnguldin tilga ani oshkora qilmangiz.
Chun koʻnguldur qalbu til gʻammoz, maxfiy rozni
Jon harimidin bu ikkiga huvaydo qilmangiz.
Chun koʻngul til birla mahram boʻlmadi, hojat emas
Aytmoqkim, elga andin nukta imlo qilmangiz.
Sahv etib, chun roz durrin sochtingiz, nozim boʻlub,
Ohning dudin sahobu koʻzni daryo qilmangiz.
Chok-chok aylab koʻngulni, tilni aylab yuz tilim,
Tashlab itlarga alarning yodi qat’o qilmangiz.
Menda hijron dardiyu yoʻq sabr, bori doʻstlar,
Choraye gar qilsangiz, juz jomi sahbo qilmangiz.
Chun Navoiy ishq rozin asray olmay qildi fosh,
Otini roz ahli tumorinda injo qilmangiz.

217

Nozaninlar, benavolargʻa tarahhum aylangiz,
Lutf agar yoʻqtur, gʻazab birla takallum aylangiz.
Gah biyik, gah past giryon koʻrsangiz ushshoqni,
Fosh kulmassiz, nihon bore tabassum aylangiz.
Hajr zulmidin qotiq holimni, ey jonu koʻngul,
Bildingiz, yor ollida borib tazallum aylangiz.
Ey balovu dard, oʻtlar xud solibsiz jonima,
Lek siz ham gah-gah ul oʻttin tavahhum aylangiz.
Qon agar yutsam qarorib axtarim, ey xattu xol,
Siz mayi la’li bila bore tana’um aylangiz.
Biz fano tufrogʻi boʻlduk dayr aro, ey ahli zuhd,
Xonaqah sahnida siz bahsi taqaddum aylangiz.
Ey mugʻanniylar, Navoiy mast edi — kech uygʻonur,
Ani uygʻotmoqqa bir dilkash tarannum aylangiz.

218

Meni bir noma birla dilbarim yod etmadi hargiz,
Qulin qaygʻudin ul xat birla ozod etmadi hargiz.
Sirishkim sayli yiqmay qoʻymadi xud sabr bunyodin,
Buzugʻ koʻnglumda tarhi vasl bunyod etmadi hargiz.
Balolar togʻini hajrinda tirnogʻim bila qozdim,
Men etkan ishni oshiqliqda Farhod etmadi hargiz.
Chu naqdi sabr toroj aylading, koʻnglumga oʻt solding,
Bu nav’ oʻz kishvariga shoh bedod etmadi hargiz.
Firoq ayyomida koʻp naf’ yetkurdi bukim, koʻnglum
Oʻzin ul shoʻxning vasligʻa mu’tod etmadi hargiz.
Ne tong devona koʻnglum itlaringga ta’n qilmoqkim,
Yebon yuz dardu mehnat toshi, faryod etmadi hargiz.
Erur, ishq ollida jonim fido qilsam, hanuz ozkim,
Ul oydin oʻzgani qatlimgʻa jallod etmadi hargiz.
Ne tong, ey mugʻbacha, ishqingda mast oʻlsamki, piri dayr
Bu ikki ishdin oʻzga bizga irshod etmadi hargiz.
Agar buzdi Navoiy koʻnglini ul bevafo, tong yoʻq,
Vafo ahli uyin chun ishq obod etmadi hargiz.

219

Bor aningdekkim kerak ul koʻzu qoshu qaddu yuz,
Olloh-Olloh, kim koʻrubtur husn bu yangligʻ toʻkuz.
Zulfung egrilik, qading tuzluktadurlar uylakim,
Sunbul ermas muncha egri, sarv ermas oncha tuz.
Sen erursen husn shohi, mehri soyir tojiri
Kim, chekibtur ollinga aflok jinsidin toʻquz.
Hajr za’fidinki jon bir rishtagʻa bogʻliqdurur,
Jongʻa rahm et, ey ajal, bu rishtani ham tortib uz.
Necha koʻnglum kishvaridin sabr tarhin buzgʻasen,
Bir dogʻi bu xattidin zulmu sitam tarhini buz.
Koʻz ayogʻinggʻa yetar ummid birlandur bukim,
Ollinga yuz qatla har soat qoʻyarmen yerga yuz.
Soqiyo, davron ishida yoʻqturur juz tiyralik,
Daf’igʻa anlargʻa doir davr ayogʻin boda soʻz.
Faqr koʻyi tufrogʻikim, uldur iksiri hayot,
Jon berib koʻz yoriturcha olsang — olmishsen uchuz.
Ey qalandarvash mugʻanniy, gar Navoiy koʻnglini
Istasang har lahza behol aylamak, tuzgil qoʻbuz.

220

Ey mugʻanniy, chun nihon rozim bilursen — soz tuz,
Tortibon munglugʻ navo sozing bila, ovoz tuz.
Navha ohangi tuzub, ogʻoz qil mahzun surud,
Ul surud ichra hazin koʻnglumga maxfiy roz tuz.
Tuzma ogʻoz aylabon Farhodu Majnun qissasin,
Desang el kuysun, mening dardim qilib ogʻoz tuz.
Istasangkim, nagʻmang ichra koʻp xaloyiq oʻlmagay,
Ul ikavdin koʻp, vale mendin tarona oz tuz.
Gar mening holim desang tuz barcha dostoni niyoz,
Dilbarimdin nagʻmasoz etsang, surudi noz tuz.
Chun bu gulshanda nishiman qilgʻali qoʻymas hazon,
Gul firoqi savtin, ey bulbul, qilib parvoz tuz.
Bazm aro oʻrtar Navoiyni nihon munglugʻ surud,
Ey mugʻanniy, chun nihon rozim bilursen — soz tuz.

221

Bormakim, bir dam oʻzumni bila olmon sensiz,
Kelki, bir lahza tahammul qila olmon sensiz.
Chiqma koʻnglumdin, oʻlar vaqtkim ul gʻurbatda,
Jonu tan kishvaridin ayrila olmon sensiz.
Boda bazmida nishotim tilaseng, soqiy boʻl
Ki, mayi kavsar ichib, ochila olmon sensiz.
Mayi ishqing bila bexudmen, agar hush manga
Istasang, kel berikim, oyila olmon sensiz.
Gulu bulbuldek otim sensiz emas el tilida,
Shukrkim, soʻzda dogʻi aytila olmon sensiz.
Ne gʻam ovoraligʻim, jonim aro chun sensen,
Istagan elga dogʻi topila olmon sensiz.
Chun Navoiy seni koʻrmay nafase bilmas oʻzin,
Bormakim, bir dam oʻzumni bila olmon sensiz.

222

Yigitliginda qilur qadni benavolar koʻj,
Magarki foqa yukidin boʻlur gadolar koʻj.
Ne rost qad bila magʻrursiz, yigitlarkim,
Sipehr aylar ul oʻqlarni misli yolar koʻj.
Havas qoriligʻ etib, goʻyiyoki aylarlar
Koʻngul kamini uchun qadni dilrabolar koʻj.
Ne shoʻx tuz qad ila jilva qildikim, qildi
Gʻamu balo yukidin qadni porsolar koʻj.
Aso tutub ne iloj aylagay gadoki, boʻlur
Chu vaqti yetti — falakqadr podsholar koʻj.
Alarki koʻj qadim birla hazl etarlar, hayf
Ki, boʻlmagʻumdurur ul damki, boʻlgʻayolar koʻj.
Navoiy itti yigitlik, magar vafosizlik
Qildilar qaribon qadni benavolar koʻj.

Sin Harfining Siyminbarlarining Savdosi «Badoye’»din

223

Davron guliyu gulshani xorigʻa arzimas,
Gulgun mayi baloyi xumorigʻa arzimas.
Ming yil kishi jahon eliga qilsa shohliq,
Bir dam alar ihonatu origʻa arzimas.
Manqalda udu sandal agar aylasang oʻtun,
Bir lahza dud birla sharorigʻa arzimas.
Ofoq mulki fathi uchun tortmoq sipah
Bilkim, sipoh gardu gʻuborigʻa arzimas,
Yuz qari olam ahli aro aylamak nashot,
Bir dam alar nifoqu niqorigʻa arzimas.
Yillar habib vasli muyassar esa, gahe
Mayli raqib jonibi borigʻa arzimas.
Kirgil fano yoʻligʻa, Navoiyki, dahri dun
Bu umri besabotu madorigʻa arzimas.

224

Ey, quyoshdek olamoro husnunga hayron ulus,
Zarra yangligʻ ul quyosh davrida sargardon ulus.
Uyla rasvomenki, borsam har taraf beixtiyor,
Tortar iynak, keldi ul devona deb, afgʻon ulus.
Jilvagohi husnida bir dam tamosho istaram,
Netti bir dam boʻlsa olam dashtidin pinhon ulus.
Doʻzax oʻtidin ulus tengriga elturlar panoh,
Ne uchunkim, koʻrmamishlar shu’lai hijron ulus.
Hajrdin yuz sa’b holat ichramen, ermas ajab,
Gar tamoshogʻa qilurlar boshima tugʻyon ulus.
Gar ulus izhori ishq aylarlar, ammo cheksa tigʻ,
Men qolurmen tigʻ ostida, qochib har yon ulus.
Tiyr boronkim gʻaming qildi, tuganmas qarnlar,
Tersalar anda boshoq tergan kebi paykon ulus.
Chun falak javfin qazo qilmish havodis huqqasi,
Buyla yerda fitnadin qochmoq zihi nodon ulus.
Gar ulus ahdu vafosida Navoiy oʻldi, lek
Yoʻqturur bu ahd aro qilmoq vafo imkon ulus.

225

Har niyoz etsam ayon, juz noz oyin aylamas,
Necha achchigʻ yigʻlasam, bir labni shirin aylamas.
Istasa har kimni oʻlturmak uchun jallodi dahr,
Vahki, mendin oʻzgani ul gʻamza ta’yin aylamas.
Kimgakim bir orazu ruxsoru xattu zulfning
Shavqi boʻlsa, xotiri mayli rayohin aylamas.
Jilvakim qonligʻ koʻngulda aylar ul qad birla yuz,
Sohati gulzor aro shamshodu nasrin aylamas.
Ashk oʻtkuncha yuzumdin qahrabo rangi tutar,
Suni hargiz za’faron bu nav’ rangin aylamas.
Vah, ne holatdurki, ul husn aylasa har kimni shod,
Ishq mendin oʻzgani bu ishda gʻamgin aylamas.
Ey Navoiy, soʻz dekim, davronni gardundek qazo
Juz bu durri kavkab oyin birla tazyin aylamas.

226

Yoʻq damekim, furqati jonimgʻa bedod aylamas,
Gʻayrni shod etkali koʻnglumni noshod aylamas.
Oʻlmakimni bilmayin goʻyo der ermish ul pariy
Kim, necha tundurkim, ul devona faryod aylamas.
Ulcha bagʻrimgʻa qilur gʻam nishidin hijron gʻami,
Togʻning bagʻrigʻa metin birla Farhod aylamas.
Soldi koʻnglum oʻtigʻa paykonlarin hijron, ajab
Kim, maning qatlimgʻa boshtin tigʻi poʻlod aylamas.
Qaysi bir damdurki solmon sabr avroqigʻa koʻz
Kim, borin ohim yeli bir damda barbod aylamas.
Bevafolar ragʻmigʻa sevdim parini, ey koʻngul
Kim, vafo izhori jinsi odamizod aylamas.
Oqibat chun ayruluqdur, ul kishi aylar gʻalat,
Kim visol ichra oʻzin hijrongʻa mu’tod aylamas.
Mugʻbacha qurboni boʻlsak yoʻq ajabkim, piri dayr
Bizga oyini fanodin oʻzga irshod aylamas.
Ey Navoiy, boʻlma aning yodidin gʻofil dame,
Sen kim oʻldung degalikim, ul meni yod aylamas.

227

Yoʻq manga had aylamak boshinggʻa evoulmak havas,
Itlariki boshigʻa evrulmak muyassar boʻlsa bas.
Chun haddim yoʻq etkali javru jafosin iltimos,
Qayda mumknn aylamak mehru vafosin multamas.
Ey Masihim, chun oʻlarmen — bir vasiyat aylagum,
Xalqdin maxfiy quloq ogʻzimgʻa qoʻygʻil bir nafas.
Kechalar hajringda faryodim oʻtar aflokdin,
Mahvashim, faryodkim, boʻlmas manga faryodras.
Gulmudur qoʻygʻon qafas ustida, ey bulbul, sanga
Yoxud afgʻoning oʻtidinmu tutashibtur qafas.
Gulshani ishq ila oliyshon erurkim, anda bor
Sidra shoxi birla toʻbi bir-iki xoshoku xas
Gar Navoiy yorning vaslin tamanno qilsa bor,
Uylakim, boʻlgʻay gado koʻnglida shoh oʻlmoq havas.

228

Menga, sogʻinmakim, ul dilrabo erur munis
Ki, dardi hajrida yuz ming balo erur munis.
Niyozu ajzidin ar oʻlsa dam-badam, ne ajab,
Gadovasheki, anga podsho erur munis.
Chu ishq bodiyasi keldi dashti istigʻno,
Shah oʻldi zor anga, gar gado erur munis.
Vafosiz anglasa oʻz umri-oʻq gumon qildik,
Angaki umrida bir bevafo erur munis.
Xayol boʻldi tanim za’fdin tanosib uchun,
Bu damki yor xayoli manga erur munis.
Bu dasht qat’ida hamroh erur qadam urmay,
Angaki sokini dayri fano erur munis.
Navoiy unski bulbul bila tutar, tong yoʻq,
Bu benavogʻa gar ul benavo erur munis.

229

Bir oyni tilab, xasta koʻngul zormu ermas,
Hajri gʻamidin yuz tuman afgormu ermas.
Soʻrmastin anga qatl tilar, yoʻq esa koʻnglum
Oshiqmu emas, bekasu bemormu ermas.
Ishqida sitamlar bila oʻlsam, ke ajab, yor
Qotilimu emas, shoʻxu sitamkormu ermas.
Dinim boshigʻa titrar esam, tong emas, ul koʻz
Kofirmu emas, mastu dilozormu ermas.
Chun surdi samandin nega oʻldung dema, ey shoʻx,
Sarxushmu emas, chobuku ayyormu ermas.
Gar dahr arusigʻa dedim berma koʻngul, boq:
Muxtolamu purhiylamu makkormu ermas.
Gar boʻlsa xaroshida Navoiy uni, tong yoʻq
Bir gul gʻamidin koʻnglida yuz xormu ermas.

230

Aylagan qaddu yuzung borinda sarvu gul havas,
Dahr boʻstonida andoq boʻlmagʻay bir bulhavas.
Nozanin qadding niholi birla ruxsoring gulin
Koʻrgali ne sarv qildim orzu, ne gul havas.
Sarvinozim boshida to koʻrdi mushkin kokilin,
Sham’ aylabtur muanbar dudidin kokil havas.
Koʻrdi to sarv qadu guldek yuzungni bogʻbon,
Gulshan ichra qilmadi shamshod ila sunbul havas.
Kulliyu juzviy yoʻqu borim sanga boʻldi fido,
Sen kerak boʻlsang, manga yoʻq emdi juzvu kul havas.
Shomi savm iftorigʻa, ey shayx, sharbatni netay,
Aylasam bir shoʻx ilgidin sabuhiy mul havas.
Ayladi bir xoli hindu roʻzgorimni qora,
Ey Navoiy, tong yoʻq, etsam Hind ila Kobul havas.

231

Kimgakim boʻlsa nasib ul ofati jondek anis,
Bebaho boʻlgʻay qoshinda mohi Kan’ondek anis.
Qayda bu gulshanda uns oʻlgʻay mangakim, istaram
Orazi gul, qomati sarvi xiromondek anis.
Kofirekim naqdi dinim oldiyu yoshurdi yuz,
Topmogʻum yuz sa’y ila ul nomusulmondek anis.
Uns tutqoch, va’dai vasl ettiyu qildi xilof,
Hech kimga boʻlmasun ul ahdi yolgʻondek anis.
Ul pari men telba birla uns agar tutmas, ne tong,
Dasht aro Majnungʻa bas gʻuli biyobondek anis.
Ne ajab davron aro oshub tushmak har zamon,
Menki istar boʻlsam ul oshubi davrondek anis.
Qilgʻay insoniyat ar koʻz mardumigʻa tutsa uns,
Ey Navoiy, yaxshidur insongʻa insondek anis.

232

Qilsa boʻlgʻay mehrni nurinda yoshungʻan qiyos,
Jilva qilgʻan chogʻda ul xurshidi kofuri libos.
Yoʻq koʻngul sultoni hifzigʻakim, ul oy yoʻlida
Uyqusiz koʻzlar tong otquncha tutar har kecha pos.
Ul quyosh chiqmay solur charx uzra yuz tarhi jafo,
Vah, bor ermish husn shohi, ne balo oliy asos.
Poyboʻsung va’dasigʻa jon olib, dersen manga,
Hojatingni iltimos et, vah, ne hojat iltimos.
Kirpikimdin resh boʻlgʻay deb tahayyul ichra ham,
Koʻzni qilmon bargi gul yangligʻ taboninggʻa mumos.
Ey visol ahli, sizu iqbol tashrifiki, charx
Tikti qaddimgʻa mening idbor toridin palos.
Xalqdin navmidlik yetkurdi rohat koʻngluma,
Ey Navoiy, bildim ihdar-rohatayn erkanni ya’s.

233

Men kimu mehru vafo — zulmu itob aylasa bas,
Javrini lutfcha jonimgʻa hisob aylasa bas.
Qayda ul had mangakim, lutfidin obod oʻlsam,
Zulm ila kishvari jonimni xarob aylasa bas.
Emon ul itki, rikobin tama’ etsam oʻpmoq,
Qatl uchun zulfini boʻynumgʻa tanob aylasa bas.
Oʻn quyoshcha yuzida nuru anga toʻrt niqob,
Yetti garduncha jamoligʻa niqob aylasa bas.
Ming balokashni qilib qatl gunah qozgʻondi,
Meni tirguzgucha umrida savob aylasa bas.
Men kimu la’li umidiki, xayol ichra gado
Shah bila mayli nishoti mayi nob aylasa bas.
Charx zulm etsa, Navoiy tilamas dod andin,
Azm dargohi shahi arshi janob aylasa bas.

234

Uyla boʻlmish notavon koʻnglumga jonon birla uns
Kim, badangʻa hargiz andoq boʻlmagʻay jon birla uns.
Koʻngluma kirgach anisim boʻldi, tutqonmu ekin
Bir zamonda hech kim bu nav’ mehmon birla uns.
Odamiylardin chu koʻp vahshatqa qoldim, istaram
Tutmoq elni tark etib, vahshi biyobon birla uns.
Koʻzdin uchqung, uns tut bir dam bu shaydo birlakim,
Yoʻq ajab, tutmoq pariy majnuni hayron birla uns.
La’li jonbaxshinggʻa ma’nus oʻlsa ruxsoring, ne tong
Kim, Masihogʻa boʻlur xurshidi raxshon birla uns.
Dayr aro boʻlmish anisim piri dayru mugʻbacha,
Tutmisham holo bir-ikki nomusulmon birla uns.
Notavon koʻnglungga munis kimni istarsen, demang
Kim, meni shaydogʻa yoʻq juz koʻnglum olgʻon birla uns.
Dahr bogʻi gullarida yoʻq vafo, ey andalib,
Ziyrak ersang, tutmagʻil bu turfa boʻston birla uns.
Chun itimen, itlari xayli bila xoʻy etmisham,
Ey Navoiy, ne ajab hayvongʻa hayvon birla uns.

235

Gar manga bor ersa ul dildori zebo birla uns,
Ul muhiqdur, tutmasa men zori shaydo birla uns.
Olam ahli muttafiqdurlar meni oʻlturgali,
To tutubmen ul jamoli olamoro birla uns.
La’li ma’nusumdurur, oʻltursa oʻltursun koʻzi,
Ne gʻami jalloddin tutqay Masiho birla uns.
Men kimu ul xoʻblar shohi bila ulfat, magar
Vahsh tutqay dasht aro Majnuni shaydo birla uns.
Toʻlgʻanib zulfung bu majnungʻa ne sarkashlik qilur,
Chunki savdo ahligʻa bor ahli savdo birla uns.
Ey musulmonlar, chu bir kofir asirimen, ne tong,
Bor esa koʻnglumga zunnoru chalipo birla uns.
Sarvi nozim kiygali sariq, qizil boʻlmish manga
Ham guli ra’no bila, ham sarvi zebo birla uns.
Gar desang dunyoda har dam yuz baliyat koʻrmayin,
Ey koʻngul, zinhor tutma ahli dunyo birla uns.
Ey Navoiy, gar desang soqiyligʻ etsun mugʻbacha,
Tut kirib mugʻ dayri ichra jomi sahbo birla uns.

236

Yoʻq tama’ agʻyordin, gar dushman zrmas yor, bas,
Yordin noʻsh istamon, nish urmasa agʻyor bas.
Vasli bogʻidin, demonkim, muddai gul termasun,
Tersa tersun, urmasa bagʻrimgʻa yuz ming xor bas.
Kimga qildim bir vafokim, koʻrmadim yuz ming jafo?!
Ey koʻngul, gar xud havasdur ishq bu miqdor bas.
Boʻlmasa ogʻzimda may yoxud koʻz ul guldin qizil,
Ohi otashnok birla diydai xunbor bas.
Qasdima chekma haloking tigʻini koʻp, ey sipehr
Kim, ul oyning tigʻi zulmidin koʻngul afgor bas.
Dahr boʻstonida gulgun xona Qilsang orzu,
Bodai gulrang quygʻon kulbai xammor bas.
Ey Navoiy, soʻzda ma’ni yoʻqturur, ma’niyda soʻz,
Durri ma’ni istar oʻlsang, aylagil guftor bas.

237

Gʻamingdin, ey pariy, devoia boʻlmas,
Kishikim hush topqoch, yona boʻlmas.
Jamoling sham’igʻa koʻnglum qushidek
Maloyik xayli ham parvona boʻlmas.
Anga yoʻq ishq birla oshnoliq
Ki, aqlu hushtin begona boʻlmas.
Kishiga vasl iqboli ne mumkin,
Agar hijron aro mardona boʻlmas.
Kerakmas may, agar xud jon bagʻishlar,
Manga soqiy agar jonona boʻlmas.
Xirad mugʻ dayri sari istamangkim,
Bu yoʻlda oqilu farzona boʻlmas.
Navoiygʻa buzuq, bulbulgʻa gulshan
Ki, huznu aysh eli hamxona boʻlmas.

238

Meni men istagan oʻz suhbatigʻa arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin koʻnglum pnsand etmas
Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra,
Chu ulkim, bahrai andin tilarmen, bahramand etmas.
Netay huru pari bazminki, qatlim yo hayotimgʻa
Ayon ul zahr chashm aylab, nihon bu noʻshxand etmas.
Kerakmas oy ila kun shaklikim, husnu malohatdin
Ichim ul chok-chok etmas, tanim bu band-band etmas.
Kerak oʻz chobuki qotilvashi majnun shiorimkim,
Buzugʻ koʻnglumdin oʻzga yerda javloni samand etmas.
Koʻngul uz charxi zolidin, firibin yemakim, oxir
Ajal sarrishtasidin oʻzga boʻynunggʻa kamand etmas.
Ul oy oʻtlugʻ yuzin ochsa, Navoiy, tegmasin deb koʻz,
Muhabbat tuxmidin oʻzga ul oʻt uzra sipand etmas.

239

Labingdin ayru bagʻir laxt-laxt qonmu emas,
Bu qon nazar yoʻlidin dam-badam ravonmu emas.
Yuzungni pardada desam, pariy, tongirgʻomogʻil,
Menimu qilmadi majnun, oʻzi nihonmu emas.
Jahonu jon hazar etsa, ne ayb gʻamzangdin,
Baloyi jonmu emas, ofati jahonmu emas.
Koʻngulga koʻyung aro rahm nevchun aylamading,
Gʻarib telbamu yo zori notavonmu emas.
Ne ayb, la’li labing hasratida jon bersam,
Hayot chashmasi yo umri jovidonmu emas.
Qadahni yaxshi toʻla aylamaysen, ey soqiy,
Xumor mehnatidin holatim yomonmu emas.
Qadam Navoiy mahzun boshigʻa qoʻymas yor,
Gʻubori rahmu emas, xoki ostonmu emas.

240

Olam ichra manga ul huri malak snymo bas,
Ul qachon boʻlsa muyassar, qadahi sahbo bas.
Gar shabiston ichida hojat esa sham’ ila nuql,
Ham oʻshul mahjabinu labi shakkarxo bas.
Naqdi jon bersamu la’li labidin qut olsam,
Umr bozorida men xastagʻa bu savdo bas.
Kimga bu dast beribturki, sanga bergay dast,
Ayla bu fikri muholotni, ey shaydo, bas.
Gar budur hodisai davr xarobot ichra,
Xirqai chok bila durdi qadahpolo bas.
Hashmat ahli xazu xoroda yoshunsunki, manga
Notavon jism fano gardida nopaydo bas.
Ey Navoiy, yetaring yorgʻa ermas mumkin,
Qilmasang koʻnglung aro gʻayri xayolin to bas.

241

Birov aning labi jonbaxshidin nishon bermas
Ki, har kishiki qilur istimo’, jon bermas.
Adam tariqigʻa tushtum, tilab aning ogʻzin,
Soʻrub kishi manga ul rozdin nnshon bermas.
Abad hayoti kebi vasligʻa yetishkuncha,
Firoq mahlakasi ichra umr omon bermas.
Labingdin oʻldi tanim rishtaye tabibi xirad
Ilojin etkali sharbat bagʻir qon bermas.
Gʻanimat angla koʻzu koʻnglum ashk ila qonin
Ki, muncha injuyu la’l elga bahru kon bermas.
Zamona qildi meni goh mastu, gah maxmur
Ki, bir zamon may agar bersa, bir zamon bermas.
Navoiyo, gʻami jonim olurda sa’y etti,
Sogʻindikim, tilagach ushbu notavon, bermas.

Shin Harfining Shoʻxlarining Shamoiili «Badoye’»din

242

Zihi oting bila xayli maloyik ichra xurush,
Falak senga yangi oy na’li birla halqabagoʻsh.
Gahiki fikrati zotingni aqli kul aylab,
Burungʻi jomda hayrat ani qilib behush.
Sipehr jomida qahring haroratidin zahr,
Quyosh zamirida mehring haroratidin joʻsh.
Ham etti nofai mushkung qamarni mushki davoj,
Ham etti gulshani lutfung shafaqni gulgunpoʻsh.
Ne qahring oʻtidin emin faqihi soyimi dahr,
Ne rahmatingdin novmid rindi durdnoʻsh.
Navoi hamdinga bulbul tili boʻlub goʻyo
Va lek hayrati vasfingda gʻuncha ogʻzi xamush.
Navoiy oʻzni sotar qullugʻung bila, yuz shukr
Ki, xudfurush emastur, yoʻq ersa zuhdfurush.

243

Kelki, hijroning meni mahzunni badhol aylamish,
Yuz tuman dardu balo xayligʻa pomol aylamish.
Orazingdin oʻzga yuz koʻrmaktin aylab koʻzni koʻr,
Dardi ishqing elga ayturdin tilim lol aylamish.
Ham boshimni gard ila mankubi hijron aylabon,
Ham tanimni bosh ila majruhi atfol aylamish.
Sen guli ra’no firoqidin sarigʻ chehramni ashk —
Qatra-qatra qon ila tim-tim tomib ol aylamish.
Xotirim ozurda aylab yor ila agʻyordin,
Yoru agʻyorimni mendin forigʻulbol aylamish.
Firoqingdin oʻlmagan boʻlsam, emas mendin gunah,
Charx ani komim koʻrub sa’yida ihmol aylamish.
Tushkanim Majnun bila Farhod ayogʻigʻa koʻrub,
Gah tanimni nun qilib, gohe qadim dol aylamish.
Ey koʻngul, din ahli zarqidin malul ersang, sipehr
Dayr pirin buyla mushkillarga hallol aylamish.
Hajr aro mast oʻl, Navoiykim, farah kasbiga ishq
Mayni yoquti muzobu la’li sayyol aylamish.

244

Qaysi ishrat mevasi naxli hayotim qildi fosh
Kim, parivash tifllar yogʻdurgʻay ul yon muncha tosh.
Olam ichra ul quyosh zohir vale mendin nihon,
Ey ibodat ahli, qoʻysam, tong emas, olamgʻa bosh.
Oq uqor oʻtogʻasi chobuksuvorim boshida,
Uylakim, xatti shioi aylagay zohir quyosh.
Gʻam tuni sargashta boshim, ham sipehredurmudir,
Anda kavkab zohir oʻlgʻon yuz uza har qatra yosh.
Koʻz ani koʻrgach, koʻngul sevdi, bu ish boʻlgʻan zamon
Koʻzlarim koʻru koʻngul nobud boʻlgʻay erdi kosh.
Gar desang qattiq balogʻa qolmagʻaysen charxdin,
Olam ahli birla yumshogʻligʻ bila qilgʻil maosh.
Chun Navoiy oʻldi, itlar dardparvar jismini
Toʻ’ma qilmoq yoʻqki, rad aylarda aylarlar talosh

245

Avji husn uzra yuzung xurshidi farruhbol emish,
Xoling ul hindui muqbil, kavkabi iqbol emish.
Dedim: aytay husni vasfi birla ishqim hirqatin,
Bilmadimkim, til bular vasfin demakta lol emish,
Husn xattin par chiqarib uchmogʻi ermish sazo,
Ishq ila dard ahlidin xoʻbeki forigʻbol emish.
Man’i ishq aylar edim koʻnglumga, koʻrdum holini,
Shiddati shavq iztirobidin base badhol emish.
Koʻz yumub ochquncha yuz qon aylar ermish gʻamzasi,
Men yomon baxtiga yetkanda ishi ihmol emish.
Ul parivash suvratin sizgʻach musavvir, angladim
Kim, xiradni aylagan devona bu timsol emish.
Xonaqah shayxi qoshinda qoldi koʻp mubham ishim,
Buyla mushkillarga piri maykada hallol emish.
Soqiyo, jomi visoling noʻshidin tirguz meni
Kim, xumori sogʻari hijron ajab qattol emish.
Gar Navoiy pirlargʻa murshid erdi, kirgali
Ishqu savdo koʻyiga bozichai atfol emish.

246

Sham’ uchini olmogʻ uchun, ey mahvashi farrosh,
Parvona qanotlaridin et sifrai minqosh.
Yoʻq-yoʻqki, yuzung sham’igʻa parvonadur anjum,
Kim, bir-bir alar shomi visolingda boʻlar fosh.
Oy sham’igʻa minqosh munosib yangi oydur,
Andogʻki, yuzung sham’igʻa minqoshdur ul qosh.
Boshimdur ayogʻinggʻa fido, har ne kerak — qil,
Toʻqmoqqa munosibdur, agar istar esang bosh.
Ul oy agar ilgiga supurgu olur, ey charx,
Xurshid shioi xatidin qilsang ani kosh.
Har tun chu falak borgahi vaz’i nigundur,
Gardun koʻzi goʻyo bu jihatdin toʻkadur yosh.
Koʻngli uyidin sabr mato’ini supurdi
Bechora Navoiykim, erur dilbari farrosh.

247

Men gadogʻa har necha koʻyi sari bormoqdur ish,
Toʻ’ma solmoq itgayu darbongʻa yolbormoqdur ish.
Qon boʻlub itgan koʻngulni istayu ul ravzada
Gʻunchalar xaylini gulbunlarda axtarmoqdur ish.
Ul sari borurda jon birla koʻngulni rashkdin
Har birisin yuz bahona birla qaytarmoqdur ish.
Tiyra koʻnglumda xayoligʻa malolat vahmidin
Notavon jismimni har yondin tutub yormoqdur ish.
Tushsa ilgimga iti, azbas niyozu mehrdin,
Ani men Majnun qoʻlidin elga qutqarmoqdur ish.
May tagʻorin tut desam, soqiy, tojonmakim, sanga
Ish ani tutmoq va lekin bizga sipqarmoqdur ish.
Telbarab har dam boʻlur gʻoyib Navoin, nechakim,
Bizga ani aql koʻyi sari boshqarmoqdur ish.

248

Ohkim, ul shoʻx erur ham mohvash, ham shohvash,
Balki ham quldur anga yuz shohvash, ming mohvash.
Gar quyosh ermas yuzung, nevchun nishotim mazrann
Tobidin aylab quruq, rangimni qildi kohvash.
Koʻnglum olib budurur maqsud angakim oʻrtagay,
Bukim oʻzni dilsitonim koʻrguzur dilxohvash.
Vasl aro oʻzni xayol aylab nishotim bordur,
Soyil andoqkim yasagʻay oʻzni ahli johvash.
Ey quyosh, ohim ne tong olamgʻa solsa rustaxez,
Har damim gardungʻa chunkim shu’la tortar ohvash.
Oʻzdin ogah ermon, ogohe kerak sarvaqtima,
To ul ogah davlatidin boʻlgʻamen ogohvash.
Ey Navoiy, gar hidoyat yetsa yoʻlgʻa kirgamen,
Garchi mugʻ dayrida holo bor esam gumrohvash.

249

Bazmi vasl ichra manga tutti qadah ul mahvash,.
Boda xush, bazm xush — ul ikkisidin soqiy xush.
Bir-bir ofoq elin oʻlturdi, ne bir-bir — ming-ming,
Olloh-Olloh, ne balo qotil emish ul mahvash.
La’li koʻnglumni chekib, gʻamzasi qonim ichti,
Nechakim bu biri xunxor erur, ul dilkash.
Tavsani charx uza goʻyoki quyoshdur soyir,
Shahsuvorim chu qilur jilva, minib koʻk abrash.
Labi hayvon suyidin gar meni qildi forigʻ,
Ne ajab, boda erur xoru qilur daf’i atash.
Husn chun jilva qilur, oqu qorada noʻq farq,
Kishiga kelsa balo — xohi xito, xohi habash.
Sarvi nozim qoshida keldi Navoiy toʻbi
Lamskim, suvrati xatti oʻqidim ani lamash.

250

Qading niholiki bogʻi hayot tarfini tutmish,
Magarki Xizru Masiho suyu havosida butmish.
Koʻngulnn gavhari ishqingki ravshan ayladi, gardun
Magar bu upni durri shabcharogʻ birla yorutmish.
Koʻngulni qon yoshu gohi yuzum bila ovuturmen.
Sarigʻ-qizil bila andoqki xalq tiflin ovutmish.
Dedingki, hajr aro ber ishq soʻzu tobigʻa taskin,
Kishi tamugʻda qachon koʻnglining oʻtini sovutmish.
Koʻngulga har necha sabru qaror pandi berurmen,
Birini, voyki, bishqarmayin, birini unutmish.
Umnd naxlini ashkim bila ne toza qilaykim,
Samumi hajr ani kul aylamish demanki, qurutmish.
Navoiy, emgak ila dema tarki ishqim etibdur,
Qachon zamiri uyi girdigʻa bu ishni yovutmish.

251

Nekim qilur, koʻrunur ul buti sitamgar xush,
Chu nozu ishza bila bazmdin chiqar sarxush.
Yuzungda xush koʻrunur jomi la’ling, ul yangligʻ
Ki, toza gulshan aro la’lrang sogʻar xush.
Qamarning ikki yonida Suhaylu Zuhra kebi.
Koʻrundi iki qulogʻinda durru gavhar xush.
Koʻzungki oraz uza yotti — xush koʻrundiki, bor
Gʻazola yotmoq uchun lola bargi bistar xush.
Ne nav’ jinsi bashar suhbatini xush koʻrgay,
Biravga boʻlsa parizodi hur paykar xush.
Menu jamolin aning bir koʻrarga bermak jon,
Agar bu noxush erur ahli davr aro, gar xush.
Navoiyo, sanga gar yordin gʻarazdur, yor
Jafovu lutfini koʻrsang kerak barobar xush.

252

Yuzu engida muncha latofat boʻlur ermish,
Qoshu koʻzida muncha ham ofat boʻlur ermish.
Husnidin aning hur itib qochdi, pariy ham,
Bir odamida muncha latofat boʻlur ermish.
Mohim yuzini chunki quyosh koʻrdi — tutuldi,
Muncha falaki elda kasofat boʻlur ermish.
La’ling mayigʻa chashmai hayvonni qilib zam,
Usrukrak erur muncha sarofat boʻlur ermish.
Javr etganida oʻlmas edim, gar anga soʻngra,
Bilsam edikim, lutfi izofat boʻlur ermish.
Kirganda balo dashtigʻa fikr etkay edim gar,
Yuzdin biri, bilsamki, mahofat boʻlur ermish.
Debturki: Navoiy soʻzining bandasidurmen,
Bu lutf ila ul shahda zarofat boʻlur ermish.

253

Ey musavvir, lutf etib sizgʻil meni jonongʻa toʻsh,
Uylakim, tushkay yuzi bu diydai hayrongʻa toʻsh.
Yuzi boʻlsun yuzuma toʻsh, qaddi ham toʻsh qaddima,
Lek jonparvar labi la’lini tarh et jongʻa toʻsh.
Roʻbaroʻ har uzvi har uzvumgʻa toʻshdek tushmagay,
Yuzi koʻzgusi vale bu dudligʻ afgʻongʻa toʻsh.
Koʻksini koʻksumga toʻsh sizgʻil demonkim, tushmagay
Nozanin jismi aning bagʻrimdagʻi paykongʻa toʻsh.
Olloh-Olloh, telbalik soldi xayoloti muhol
Koʻngluma, yoʻqsa ne loyikdur gado sultongʻa toʻsh.
Qaysi yonkim itlarin tarh aylagungdur bazm aro,
Siz meni tufroqqa yuz qoʻygʻon vale ul yongʻa toʻsh.
Chekti chun har kimsani bir ishga toʻsh kilki qazo,
Ohkim, bu telbani qildi raqam hijronga toʻsh.
Aysh jomin tutmang, ey davri tarab soqiylari,
Bizgakim, charx etti bizni mehnati davrongʻa toʻsh.
Ey Navoiy, telba koʻnglum zor tangʻa kelmadi,
Toki el majnunni bir koʻrsatsalar vayrongʻa toʻsh.

254

Chekib jon rishtasin chobuksuvorimkim, kamand etmish,
Koʻngul saydin hamono ul kamandi birla band etmish.
Firoq ichra ajal zahrin tut, ey soqiyki, ishq andoq
Achigʻ sharbatni bu qotiq marazgʻa sudmand etmish.
Toʻkulmak qoningiz koʻyida, ushshoq, orzu qilmang
Ki tigʻi ishq bu davlatqa bizni arjumand etmish.
Bul ohimdin falakka yetsang oxir ishqi Majnunkim,
Bu yel imdod ila ul shu’lani andoq baland etmish.
Bu ham xushturki, moni’ boʻlgʻay el nazzora aylarga,
Bukim maydonida xoki tanim gardi samand etmish.
Anikim sevdimu yuz ming balogʻa uchradim, yoʻqkim
Manga yolgʻuzki, yuz ming men kebi bedilgʻa pand etmish.
Rizo berkim, qazogʻa yoʻq tafovut, kimsa yuz qatla
Ne kelsa olligʻa xursand yoxud bad pisand etmish.
Siyosat aylaram mujgon sinoni birla mundoqkim,
Koʻzum ul yuzga gustoxona boqib bahramand etmish.
Navoiy tarki zuhdu ilm qildi, toki dildori
Ichib may tunu kun xudroyliq birla lavand etmish.

255

Nechaknm qatl bila noz erur yorgʻa ish,
Oʻlmaku arzi niyoz oʻldi meni zorgʻa ish.
Xasta koʻnglum tilasa vasli shifosin, ne ajab,
Gʻayri sihhat ne havas boʻlgʻusi bemorgʻa ish.
Bandi zulfida tilar koʻnglum oʻzin mahkamroq,
Garchi maxlas talabi boʻldi giriftorgʻa ish.
Qoni toʻlgʻan necha din ahlin asir etti koʻzi,
Boʻldi paydo yana ul kofiri xunxorgʻa ish.
Marham oʻrnigʻa koʻngul zaxmini tirmar ul shoʻx,
Doʻstlar, sa’b tushubtur bu dili afgorgʻa ish.
Oʻlturur oʻtkanu qolgʻan boshogʻi koʻnglumda,
Ey falak, qatlim erur sobitu sayyorgʻa ish.
Juz zafo ahligʻa sargashtalik etmak oyin,
Goʻyiyo qismat emas gunbadi davvorgʻa ish.
Olam ahlida chu yoʻq yorki, mehr oʻlgʻay ishi,
Sen qiyos aylaki, ne boʻlgʻusi agʻyorgʻa ish.
Ey Navoiy, oʻzungga olam ishin oson tut,
Gar desang tortmasun el buyla dushvorgʻa ish.

256

Ul oy gar ayni usrukluktin uyqu mayligʻa yotmish,
Vale bir koʻz yumub ochquncha yuz ming fitna uygʻotmish.
Visoling bay’ida sud etmish ul tojirki, Yusufdek
Agar ming bandasi boʻlsa, barin bu vajh uchun sotmish,
Toʻla gavhar aqiqing huqqasidin bahri ashkim koʻr
Ki, koʻk anjum bila durluq sadafdek qa’riga botmish.
Soching savdosidin xayli malak majnunvash oʻlmish bil,
Magarkim olami arvohqa atrini butratmish.
Chamanda naqsh bandi nomiya koʻp sarvu gul naqshin
Chiqarmish, qaysi birni sarvi gulroʻyumgʻa oʻxshatmish.
Oʻqidin par chiqarmishmenkim, ul turki xadang afgan,
Qayonkim gʻamzasining novakin chekmish, manga otmish.
Qadahdin jon topibmen, goʻyiyokim noʻshlab soqiy
Ani mamzuj etarda obi hayvondnn anga qotmish.
Zamon ahli zamona rangi birla bevafodurlar,
Zamona ahligʻa goʻyo zamon oʻz fe’lin oʻrgatmish.
Navoiy xastaligʻdin dam urargʻa quvvati yoʻqtur,
Ani goʻyo vafosizlar jafosi asru emgatmish.

257

Ey jamolingnnng xayoli xotiri vayronda naqsh,
Shamsadin qolgʻan asar yangligʻ buzugʻ ayvonda naqsh.
Tegdi bir novakki, sahmidin oʻlub erdim, valek
Yangi jon toptim aning otin koʻrub pankonda naqsh.
Kecha ul gul furqatidin, kunduz atfol ilgidin
Xoru xora zahmini koʻr bu tani uryonda naqsh.
Orazing naqshiki chiqmas tiyra koʻnglumdin dame,
Qildilar goʻyoki Yusuf suvratin zindonda naqsh.
Ey musavvir, sizmagʻil Majnunu Layli suvratin,
Bas menu yorim hadisi safhai davronda naqsh.
Naqsh sudin chun boʻlur zoyil, ajabdurkim, erur
Yigʻlagʻan soyi xayoling diydai giryonda naqsh.
Dahr elidin gar vafo Qilding tama’, ey soddadil,
Istading amreki, tutmas, haynizi imkonda naqsh.
Qildi koʻp devonni el naqshi nigor, ammo emas
Uylakim, qildim nigorim vasfini devonda naqsh.
Bogʻlamas naqsh ulki boʻlgʻay sendin oʻzga yor uchun,
Bazmi dard ichra Navoiy bogʻlasa hijronda naqsh.

258

Shafaq jinsin quyosh zarrishtasidin chorqab qilmish,
Shafaqgun qilgʻali mehr ahlining ashkin sabab qilmish.
Sanga taqlid qilmish gulki, osib koʻza boʻynidin,
Tikan ustiga ani turgʻuzub gardun adab qilmish.
Falak javfi toʻla zahr oʻlsa, muncha qatl emas mumkin
Ki, anfosi Masih oyin bila ul noʻshlab qilmish.
Zamonda bul-ajab oseblar solmish, falak tokim
Bu yangligʻ ul zamon oshubi tavrin bul-ajab qilmish.
Ne umr oʻlgʻay mangakim, mast bebokim meni nogah
Tirik koʻrganda oʻlturmish va gar oʻlsam, gʻazab qilmish.
Jamol avroqida har nukta bor ul yuzda zohirdur,
Magar ul safhani davron boridin muntaxab qilmish.
Meni devonagʻa yuz shikva bor oʻz qavmu xaylimdin
Ki, Majnungʻa ne turlik zulmkim qilmish, arab qilmish.
Sen ani istamakdin tinmagʻil bir lahzakim, solik
Agar matlub topmish, andin ermishkim, talab qilmish.
Visol ahli, sizu ayshu farogʻatkim, Navoiygʻa
Azal qassomi roʻzi ishq aro ranju taab qilmish.

259

Menga nomehribon yor oʻzgalarga mehribon ermish,
Mening jonim olib, agʻyorgʻa oromijon ermish.
Tan uzra emdi fahm ettim adadsiz toza dogʻimni
Ki, har bir-bir qorargʻan shomi hajrimdin nishon ermish.
Buzulgʻan koʻnglum atrofindagʻi zaxm ichra novaklar
Baliyat qushlariyu zaxm alargʻa oshyon ermish.
Raqibi sindurub koʻnglinu men yigʻlab anga, lekin
Su keltirmak hamonu koʻza sindurmoq hamon ermish.
Baliyat dashtida zore koʻrub Majnun sogʻingʻaylar,
Koʻngul otligʻ bizing ovorai bexonumon ermish.
Xayoling xayli koʻnglum dashtida chun qildilar manzil,
Har oʻt yoqqan yer ul manzilda bir dogʻi nihon ermish.
Zamon oshubidin koʻnglumga yuz shiddat yetar erdi,
Chu fahm ettim — munga bois ul oshubi zamon ermish.
Agarchi men yomonmen, yaxshidurkim mu’tarifdurmen,
Oʻzin yaxshi tasavvur aylagan mendin yomon ermish.
Navoiy nazmini koʻrdum quyosh lavhigʻa sabt etkan,
Buyurgʻan ani oliy qadr shohi xurdadon ermish.

260

Labing bu xastagʻa nevchun takallum etmadi ish
Ki, bir sukunj bila hosil etsa yuz olqish.
Otar hamisha qoshi yosi birla gʻamza oʻqin,
Agarchi boʻlmas oʻq otmoq, yoʻq ersa yoda kerish.
Boshogʻlaringmu ekin bagʻrim ichra yo qoldi
Iting chu tu’ma uchun anda mahkam ayladi tish.
Tariqi ishq aro komildurur koʻngul, ne ajab,
Kamol topmoq etib ishni ishq ila varzish.
Zaif jismni to tigʻi yordi — nolonmen,
Nechaki chiqmas uni, necha chok boʻlsa qamish.
Chekar gul ollida bulbul figʻon, magar bildi
Ki, oʻtsa vasl bahori, xazoni furqat emish.
Navoiy, asra nihon ishq nuktasin zinhor
Ki, ishq piri manga yoshurun bu nukta demish.

261

Manga bor ul sanami ra’no xush,
Koʻrunur oʻzga sanamlar noxush.
Yolgʻuz ani sevaramkim, manga bor
Ul xush, oʻzga kishi yoʻq aslo xush.
Xalq noxushligʻidin qayda gʻamim,
Bor esa ul sanami zebo xush.
Yuzungga yuz qoʻyayin xat orakim,
Sabzada keldi guli ra’no xush.
Kecha hijronida may tortar edim,
Kirdi gul gulruxi mah siymo xush.
Menda yuz biymki, tutqach olibon,
Chekti ul shoʻxi qadahpaymo xush.
Dayr aro oʻzni, Navoiy, xush tut,
Chun kelibtur sanga ul tarso xush.

262

Nevchun yuzida qahr ila chin zohir aylamish,
Xurshid chashmasida kishi mavj koʻrmamish.
Vasling soʻzin eshitkach etar koʻnglum iztirob,
Sogʻinmagʻil aniki, firoqingda toʻxtamish.
La’lingni istamonki ogʻizdin chiqargʻamen,
Bir xastadekki, jonini ogʻzinda asramish.
Boʻldim halok—chun beliga bogʻladi kamar,
Qatlimgʻa goʻyiyo belin ul shoʻx bogʻlamish.
Bemorligʻda jon itiga qilmisham nisor,
Koʻyi sari kelibki soʻngakimni sudramish.
Soqiy, ketur qadahki, chu gʻam aylamish hujum,
Bu yetmayin koʻnguldin alar barcha butramish.
Yuz pora koʻngliniki Navoiy yigʻib edi,
Ul shoʻx kirmishu yana borini qoʻzgʻamish.

263

Ne xam qoshlardururkim, hasrati qaddimni yo qilmish,
Ne kirpiklar oʻqikim, roʻzgorimni qora qilmish.
Ne pechu tobi hadsiz domi zulf erkinkim, ochilgʻach,
Demay koʻnglum qushikim, uyla yuzni mubtalo qilmish.
Ne koʻzlardurki, olmish koʻz yumub ochquncha koʻnglumni,
Qilib har goʻshada bemoru qismi yuz balo qilmish.
Ne oraz lolasidurkim, koʻngulni qon etib dardi,
Tugon qoʻygʻan bila daf’igʻa ul qonning davo qilmish.
Ne nozuk xoʻy erurkim, aylamish oʻtruda yuz dashnom,
Gadoyekim aning zulfu koʻzu qaddin duo qilmish.
Biravkim, jannatu doʻzax soʻzin sharx aylamish, goʻyo,
Kinoyat vajhi birla vaslu hijronni ado qilmish.
Ajab koʻr ishq arokim, moʻr etarga ajdaholarni,
Fusundin moʻrxatlar qaydi zulfin ajdaho qilmish.
Qazodindur manga ishq oʻynamoq, ey nosihi nodon,
Koʻrubsenmu kishi hargizki, tagʻyiri qazo qilmish.
Navoiydek xalosim yoʻq edi ul gʻamza kufridin,
Xususan zulfi zunnori dogʻi boʻynumgʻa toqilmish.

264

Latofatda yuzung ham gul emish, ham gulsiton ermish,
Halovatda labing ham jonu ham oromijon ermish.
Bu ma’nidinki doim chun nihondur ul pariy koʻzdin,
Ishi jonu koʻngulga oʻrtamak dogʻi nihon ermish.
Iti bagʻrimni yer chogʻda ayogʻi qongʻa bulgʻandi,
Koʻzum bogʻida gul aning tabonidin nishon ermish.
Shararlar birla ohim dudini sahroi ishq ichra
Kishi koʻrsa, gumon qilgʻay: ming oʻtlugʻ korvon ermish.
Chamanda har sari qildim guli ra’no gumon, ul xud
Sarigʻ gul jomida gulgun sirishkim birla qon ermish.
Sogʻindim koʻyida har kecha itlar nolasi, lekin
Nachukkim telba it ushshoq koʻnglidin figʻon ermish.
Toʻkub may muhtasib, men yigʻladim, lekin ul usrukka
Su keltirmoq hamonu koʻza sindurmoq hamon ermish.
Fano dayriki gardun hisnidin mahkamdurur, bildim
Ki, gardun zulmidin faqr ahligʻa dorulamon ermish.
Navoiyni dedim ishq ichra somone topib erkin,
Vale koʻrdum — hamul devonai bexonumon ermish.

265

Ishq koʻnglungga solib dard, ani qon etmish,
Ol kisvat bila kofirni musulmon etmish.
Koʻzlaring shoʻxlugʻidinki el erdi giryon,
Ani bir shoʻx koʻzi ishvasi giryon etmish.
Emdi ahvolima shoyadki iching kuygaykim,
Sharari koʻnglung aro ishq oʻti pinhon etmish.
Bilgasen tigʻi firoqing bila koʻnglum chokin,
Emdikim hajr sanga choki giribon etmish.
Xori hijron taniga chun tikilur anglagʻasen,
Ulcha jonimgʻa mening xanjari hijron etmish.
Sencha kimdur boqibon koʻzguga oshiqliq qil,
Koʻnglung ar choshni ishq ila tugʻyon etmish.
Ey Navoiy, magar ohing ani tutmishki, kecha
Nechakim sen chekibon oh, ul afgʻon etmish.

266

Septi tun mushkiga siymi sudadin kofur qish,
Aysh uchun oqu qorani ayladi masrur qish.
Garchi Hindistonda qor oʻlmas, vale oq raxtini
Yoydi Hindiston kebi bu tunda nomaqdur qish.
Gar erur zang ahli zulmoni va lekin qor ila
Qildi tun zangisini ahli safovu nur qish.
Boda oq uy ichra ichmak rasm erur qish boʻlgʻali,
Haq yuzin oq aylasunkim, qoʻydi xush dastur qish.
Bazmni oʻtdin qizitti, bazm ahlin bodadin,
Sahv emishkim, boʻldi sovugʻlugʻ bila mashhur qish.
Qish emish may boisi, zoti burudatdin birav
Zuhd etib sovuqqa gar toʻngsa, erur ma’zur qish.
Uyi vayronlargʻa qattigʻdur, vale bil mugʻtanam,
Boʻlsa kulbang may bila asbobidin ma’mur qish.
Mulki Jam istar esang, albatta chek jomi saboh,
Kechagi maydin seni subh aylasa maxmur qish.
Ey Navoiy, doʻzax ermish gard ila issigʻ bulut,
Qoru muz birla sovugʻdin bor esa mahjur qish.

267

Hushi yoʻq koʻnglum junun dashtida bir shaydo emish
Kim, aning qoshida Majnun asru-koʻp dono emish.
Tutti sarigʻ lolalar ruxsori ashkim birla rang,
Dema, ey ra’noi gulruxkim, guli ra’no emish.
Har bir ohim dudining maddu savodin koʻrgan el
Zulfi hajrinda, sogʻingʻaylarki, bir yaldo emish.
Telba koʻnglum holini bilmak tamanno ayladim,
Yillar ermishkim, junun dashtida nopaydo emish.
Dedim: islay anbarin zulfungni ol, boshim evaz,
Dedikim: sen telba boshinda ajab savdo emish.
Ey gʻaniy, ushshoqdin mustagʻniy oʻldung, bilmading
Kim, fano ahligʻa sultonligʻdin istigʻno emish.
Anglamas erdim Navoiy holin ul oy koʻyida,
Har kecha to subh ishi faryodu vovaylo emish.

268

Javzo kunidin dogʻi ul chehra jamil ermish,
Yaldo tunidin dogʻi ul zulf tavil ermish.
Har qatra koʻngul qoni jon berdi oʻluk tangʻa,
Hosiyatini soʻrduq— la’linggʻa qatil ermish.
Gulzor aro nilufar ochildi, gumon ettim —
Xol oʻrnigʻa har yuzda bir nuqtai nil ermish.
Hijron tuni daf’ oʻlgʻach, bildimki, yuz ochibsen,
Xurshid vujudigʻa tong nuri dalil ermish.
Ovora koʻngul istab jon tandin olur ishqing,
Ul telbagakim itmish goʻyo bu kafil ermish.
Oyini qanoat tut, izzat tilar ersangkim,
Ermish tama’ ahlidin har kimki zalil ermish.
Koʻnglini Navoiyning olsang, nazar aylab koʻr
Kim, dard ila dogʻ ichra joni ne qatil ermish.

269

Suvratingdur uyla koʻnglum baytulehsonida naqsh,
Kim, pariy timsoli shahning qasri ayvonida naqsh.
Anga yondoshmoq mening haddim yoʻq, ey suvrat nigor,
Cheksang aning naqshini, qilma meni yonida naqsh.
Goʻy qilgʻanda boshimni yuqti har yonigʻa qon,
Layliyu shingarf ila sogʻinma chavgonida naqsh.
Jismi uryonimki, koʻp tolpindi togʻu dasht aro,
Xoru xorodin, tamosho ayla, har yonida naqsh.
Zor koʻnglum yo musavvir boʻldi, yo suvratparast,
Har tarafkim suvratingni qildi vayronida naqsh.
Zuhd aro yoʻq juz malolat, negakim, kilki qazo
Aysh tarhin qildi jomi boda davronida naqsh.
Ul pariykim, hajridin oʻldi Navoiy, ey rafiq,
Suvratin qildurgʻasen zinhor devonida naqsh.

270

Sarvi ra’no qaddidin ra’no qading cholok emish,
Otashin guldin guli ruxsoring otashnok emish.
Ulki aytur koʻnglaking ul gul gʻamidin chok emas,
Anglamaydur begʻami gʻofilki, koʻksum chok emish.
Bazmdin usruk chiqib toʻkti ulusning qonini,
Ahli din, qochingkim, ul kofir ajab bebok emish.
Ishqim oʻtin shoxai toʻbi urub past istagan,
Bilmading, ul shox bu oʻt ollida xoshok emish.
Tushta Majnunni hazinu zor koʻrdum, angladim
Kim, bir oy hajridin ul ham men kebi gʻamnok emish.
Bir quyosh hajri meni holimgʻa qoʻymas zarraye,
Demangiz bu ishga bois anjumu aflok emish.
Voiz aytur hur ummidi birla ul oy tarkin et,
Ey Navoiy, koʻrki, ul purgoʻyi beidrok emish.

Sod Harfining Sanamlarining Siyti «Badoye’»din

271

Bir kishi oʻzni qilur ahli fano bazmida xos
Kim, qilur oʻzluki birla oʻzidin oʻzni xalos.
Dardu gʻam xoslaridinmenu oʻlmakdur ishim,
Boʻlur ermish gʻam ila dardgʻa bu nav’ xavos.
Boʻlmayin gʻarqi fano, istamagʻil gavhari vasl,
Dur topilmas, kishi to bahrda boʻlmas gʻavvos.
Qilmay ul Zuhra jabin bazmda bir davri simo’,
Ne uchun boʻldi ekin shefta koʻnglum raqqos.
Menki koʻz qonin oqizdim, oqizur hajr dogʻi,
Qonim ul qon uchun iynak qilib izhor qasos.
Fath tolibgʻa yetishmas, agar ermas muxlis
Kim, oʻshul fotihaning lozimasidur ixlos.
Fayzi om istar esang, ayla Navoiy oʻzni
Bu fano dayri aro mugʻbachalar bazmigʻa xos.

272

Ey koʻngul, zohir etib ishqing oʻti dogʻigʻa hirs,
Bulbul ul nav’ki gulshan guli yafrogʻigʻa hirs.
Uylakim, koʻr gado kuhli basirat tilagay,
Koʻzuma raxshing ayogʻi izi tufrogʻigʻa hirs.
Boʻldi Farhod ila Majnuncha koʻngul mundoqkim,
Koʻrguzur dashti junun birla balo togʻigʻa hirs.
Yor bedillarigʻa qayda koʻngul bersunkim,
Ish anga boʻldi ulustin koʻngul olmogʻigʻa hirs.
Gar haris oʻlsam aning koʻyi tavofigʻa ne ayb,
Boʻlur el tab’ida firdavsi jinon bogʻigʻa hirs.
Dahr aro mast ila hushyor tama’ zoridurur,
Negakim gʻolib erur usruk ila sogʻigʻa hirs.
Qullugʻi dogʻidin ozodaligʻ iqboli yetar,
Ne ajab, boʻlsa Navoiyda gʻaming dogʻigʻa hirs.

273

Gar etti ishqini ahli jahon uchun taxsis
Valek hajrini bu notavon uchun taxsis.
Visol ayshini maxsuslargʻa qildi raqam,
Nechukki, hajr gʻamin men yomon uchun taxsis.
Demangki, qatligʻa maxsusmenki, aylabdur
Qilichi kesmakida imtihon uchun taxsis.
Chu bogʻ erur vataning, shodmon boʻl, ey bulbul
Ki, gʻamgʻadur meni bexonumon uchun taxsis.
Boshimni tufrogʻ et, ey muddaiyu tashlamagʻil
Ki, ani qilmisham ul oston uchun taxsis.
Agarchi dahr elida mehr yoʻq, sipehr etmish
Bu ishni ul mahi nomehribon uchun taxsis.
Xush ulki, yor Navoiyni qilmayin mazkur
Dedi, jafoni qilibmen falon uchun taxsis.

274

Ey dogʻi mehnatinggʻa meni mubtalogʻa hirs,
Ul nav’kim, diram sari boʻlgʻay gadogʻa hirs.
Hajrida vaslin istabon aylarmen iztirob,
Koʻrguzgan el kebi maraz ichra davogʻa hirs.
Men davri roʻzgor qoraligʻin istaram,
Qatlimgʻa tong yoʻq ul koʻzi qoshi qorogʻa hirs.
Mahrummen visolidin, ushbu emish asar,
Har kimki zohir aylasa bir muddaogʻa hirs.
Atfol gʻuncha uzgali oncha haris emas
Kim, bor koʻngullar olgʻali ul dilrabogʻa hirs.
Men chekkali jafosini hirs aylaram ayon,
Ne tong, agar ul aylasa zohir jafogʻa hirs.
Solikka hech mazhab aro hirs xoʻb emas,
Illo bu eski dayrda jomi fanogʻa hirs.
Mahrumluq harisqa oyin erur valek
Vasli ishida kirmayin oʻtmas arogʻa hirs.
Dardu gʻamin koʻp istayu boʻldi Navoiygʻa
Muncha kerakmas erdi bizing benavogʻa hirs.

275

Erur ishqing meni mahzungʻa maxsus
Ki, Layli dardidur Majnungʻa maxsus.
Qoʻyung, ey sarvu savsan, jilvakim, bor
Bu ish ul qomati mavzungʻa maxsus.
Koʻrub mast aylamak lofin qoʻy, ey may
Ki, bu bor ul labi maygungʻa maxsus.
Qoʻy, ey oy, tunni yorutmogʻnikim, bor
Bu ish ul husni roʻzafzungʻa maxsus.
Koʻzum girdobi jismimni choʻmurdi,
Emas bu Dajlavu Jayxungʻa maxsus.
Manga bemehr sensen ham, falak ham,
Bu ish bor oy ila gardungʻa maxsus.
Navoiy, otashin gul gʻunchasidek
Erur kuymak seni dilxungʻa maxsus.

Zod Harfining Zamiron Boʻylarining Ziyosi «Badoye’»din

276

Fayz taqvida chu noʻq bil kim erur, ey murtoz,
Mabdai fayz koʻpu maykada piri fayyoz.
Botinu zohiring ahvolini koʻr kim qilmish
Zoyi’ ul birni xavotir, bu birisin agʻroz.
Pir nutqi ketarur ujbu riyo birla hasad,
Iso oʻldi chu muolij, netar etmay amroz.
Fard boʻl diniyu uqbodin, agar vasl kerak,
Istagan yorni kavnayidin etsun e’roz.
Kirgʻovul qorda yoshungʻan kebidur ayblaring,
Elga bas zohir, agarchi sen etarsen igʻmoz.
Koʻzung ollida xating mushki chu kofur oʻldi,
Koʻr ani, gar koʻzunga kirmadi ersa bu bayoz.
Kimki illalloh ila koʻngliga istar payvand,
Naf’i losidurur eldin kesilurga miqroz.
Qilma koʻnglungni savol ahli kadu kajkuli,
Solma bir zarfqa yuz nav’ muxolif agʻroz.
Doʻst yodi tirik asrar chu Navoiy koʻnglin
Gʻayr zikri bila doim nega boʻlgʻay hamroz.

277

Basligʻa jon istar ul huri malaksiymo evaz,
Muncha bilmaskim, emas yuz jon anga aslo evaz.
Ul pariy poboʻsin aylar va’da, vahkim, topmagʻum
Boʻlsa yuz ming jon meni devonai shaydo evaz.
Jon labigʻa berdimu yetkursa basdur qatraye,
La’li tekkan maydin ul shoʻxi qadah paymo evaz.
Toʻbiyu kavsar sanga, ey voizu boʻlsun, manga
Ul labi goʻyo bila ul qomati ra’no evaz.
Rishtai dinimni uzdi, lek basdur qilsa lutf,
Rishtai zunnoridin ul mahvashi tarso evaz.
Gʻofil oʻlma yordinkim, bir nafasliq yodigʻa,
Solik ollinda emas dunyoyu mofixo evaz.
Yoʻlida oʻlsang, Navoiy, yetkura olur sanga
Yuz tuman jon raxshi gardidin bizing mirzo evaz.

278

Qilgʻan ermish notavon sarviravonimni maraz,
Zor oʻlarmenkim, qilibtur zor jonimni maraz.
Chu topar ozor jononim marazdin, yoʻq ajab,
Aylasa ozurda joni notavonimni maraz.
Gar marazning lozimi dard oʻldi, bilmon, ey koʻngul,
Dardmand etgaymu, oyo dilsitonimni maraz.
Sadqasi aylang meni mardudni, ey doʻstlar
Kim, zaif etmish ulustin tonlagʻonimni maraz.
Dardligʻ koʻnglum halokin istaramkim koʻyida,
Yiqmish ul ovorai bexonumonimni maraz.
Yuz tuman mendek kuhan pir oʻlsa aning sadqasi,
Qilmasun ozurda, yo rab, navjuvonimni maraz.
To mariz oʻlmish nigorim — qon toʻkar giryon koʻzum,
Ey Navoiy, dey olurmen — toʻkti qonimni maraz.

279

Ey, quyosh vasfin demaktin, mohi ruxsoring gʻaraz,
Obi hayvon zikridin la’li shakarboring gʻaraz.
Ulki, debturlar badan boʻstonida ruhu ravon,
Ahli ma’ni ollida qad birla raftoring gʻaraz.
Jilvagar kavsar zulolida quyoshning lam’asi,
Koʻzgu ichra chehra aksidin namudoring gʻaraz.
Sayl mavjidin raqibi xona pardozing murod,
Abr sayridin samandi barqkirdoring gʻaraz.
Ey koʻngul, Farhod togʻi birla metin zaxmidin
Dardu mehnat shiddatidin jismi afgoring gʻaraz.
Ul quyoshqa, ey falak, har zarrani zor etmaking,
Zarrai maqsud yoʻq juz bizga ozoring gʻaraz.
Ey Navoiy, umr bobida vafosizliq soʻzi
Kim, boʻlur mazkur, erur shoʻxi jafokoring gʻaraz.

Te Harfining Tannozlarining Tarovati «Badoye’»din

280

Dayr piri xidmatida qilsa har xammor shart,
Kim belin rust aylagay, avval erur zunnor shart.
Shart qildimkim, vafosizlarni emdi sevmayin,
Ishq zoʻr etkach vale botil boʻlur bisyor shart.
Tavba qilmoq istar ersang, qilma da’vo oshkor,
Tengriga topshur oʻzungni, qilmagʻil izhor shart.
Ishqni jabborlar fahm aylamaslar, negakim,
Bordur anda jon reshu xotiri afgor shart.
Boʻlmagʻil ozurdavu ozurda qilma kimsani,
Faqr oyinida nevchunkim emas ozor shart.
Shart ila da’vo fano ichra emas sharti adab,
Beadabligʻdindur, etsa shayxi da’vivor shart.
Solik ersang, ishga mashgʻul oʻl, vale dam urmagʻil,
Kim, bu yoʻlda shart erur kirdor, emas guftor shart.
Istar ersang tengrini, butlarni sindurkim, erur
Ushbu yoʻlda diniyu uqbodin istigʻfor shart.
Ey Navoiy, charxdin juz egrilik koʻz tutmakim,
Hojat ermas qilmoq ani charxi kashraftor shart.

281

Gul uza anbar yoyildi, zohir etkach yor xat,
Orazi gulnor uza kim koʻrdi anbarbor xat.
Xattini koʻrdik lab uzra, gar zumurrat xat kishi
Koʻrmadi la’l uzra yo shingarf uza zangor xat.
Demakim, xat yozmading hajrimdakim, eltur kishi
Yoʻqturur, lekin yotur hujramda yuz tumor xat.
Ul pariy qasrida xomam noʻgidin, oh, oʻq kelur,
Oh oʻqi birla yozar holatda majnunvor xat.
Qonima hijron agar xat olmamish, ne vajhdin
Ashki gulgundin ayon qilmish sarigʻ ruxsor xat.
Ul quyoshtin ayru sarigʻ chehram usturlobdek,
Koʻrguzur tirnogʻ ila behad raqam, bisyor xat.
Jomi Jam davrida shavkat ahlining tarixidur
Kim, ayon aylabturur ul sogʻari zarkor xat.
Davri gardun sayridin tuzluk tavaqqu’ qilmakim,
Mumkin ermas mustaqim etmak raqam pargor xat.
Yor xattidin Navoiy xasta koʻngli za’f etar,
Za’fqa mujib boʻlur, chun koʻp oʻqur bemor xat.

282

Xat chiqarding, qilma husnu noz aro emdi gʻalat
Kim, yana bedod qilman deb yuzung koʻrguzdi xat.
Qoʻyki, moviy yogʻligʻingni yuzdin olmay bir zamon,
Ne uchunkim, xush koʻrunur zarvaraq uzra shamat.
Boqmadi holimgʻa ayni nozdin usruk koʻzung,
Nechakim ollinda yolbordim, boqardim har namat.
Xomadek garchi qurubmen qatl uchun shaq qilgʻali,
Koʻksum ul shoʻx istamaydur tigʻkim, istar miqat.
Asru beandom erur toʻbiyu shamshod asru past,
Qomatingdur mu’tadil, men tolibi haddi vasat.
Shomi hijrimgʻa agar yoʻq subh, xushtur intiqom
Kim, falak boʻldi firoqim togʻi ollinda saqat.
Ey Navoiy, ul paridin odamiligʻ koʻrmading,
Ulki sogʻinding parini odami qilding gʻalat.

283

Yuzu la’lingdin topar har lahza koʻnglum inbisot,
Uylakim, xotirgʻa yuzlangay gulu muldin nishot.
Orazingni oy desam yoʻq ayb, chun koʻrguzmading,
Ey quyosh, chehrangni ochkim, yaxshi aylay ehtiyot.
Aylasam zohir aning mehrin mahalli rashk emas,
Zarragʻa ne boʻlgʻusi xurshid birla ixtilot.
Dilbaro, bazming bisoti notavon ushshoqdin
Chun toʻlubtur, gʻofil oʻlmakim, emas xoli bisot.
Hajrdin yetmak visol ichra ne mumkin sabrsiz
Kim, tamugʻdnn oʻtti uchmogʻ sari qat’ etmay sirot.
Bogʻlama koʻnglungni bu manzilgʻa, nevchunkim, erur
Bir yangi mehmon yeri har lahza bu eski rabot.
Ey Navoiy, dahr aro ne kelsa, boʻlgʻil munbasit,
Garchi lazzatsiz boʻlur kuch birla qilmoq inbisot.
Avvalgi
I- qism