OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAlisher Navoiy
Asar nomiBadoyi' ul-Vasat (II- qism)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Alisher Navoiy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm227KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/14
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Badoyi' ul-Vasat (II- qism)
Alisher Navoiy

Ze Harfining Zariflarining Zuhuri «Badoye’»din

284

Uyla qildim daftari ishqingda har dastonni hifz
Kim, qilur atfol sura-surai qur’onni hifz.
Telbalikdin garchi yoʻqtur xotirimda hech harf,
Lek bas xoʻb etmisham afsonai hijronni hifz.
Orazu koʻyungni vasf aylarni qilgʻan orzu,
Aylamak avlo bahoriston bilan boʻstonni hifz.
Yuz balogʻa uchrasa jonim gʻamidin, gʻam yemon,
Har baliyatdin kerak haq aylasa jononni hifz.
Yor derlar aylamish kulbamgʻa kelmak ixtiyor,
Vahki, aylay olmogʻum beixtiyor afgʻonni hifz.
Shomi zulfi qaydiyu mehri uzorin koʻrgali
Aylamishmen surai vallaylu val-rahmonni hifz.
Ey Navoiy, ishq atvorini hifz aylay degan,
Barcha ishni tark etib, qilsun bizing devonni hifz.

285

Ey, oʻlukni tirguzur chogʻda surub durbor lafz,
Dam-badam zohir qilib lutfung Masih osor lafz,
Qadding ul naxliki, bori gavhari alfoz erur,
Olloh-Olloh, ne qad ra’novu gavharbor lafz.
La’li har lafzida ma’ni koʻpturur, yoʻq tifldek,
Bir adoye ma’ni aylarda degay bisyor lafz.
Orazing vasfida koʻp soʻrsam quyosh lafzin, ne tong,
Ajz esa ma’ni adosida topar takror lafz.
Hajr aro andoq topibdur noladin boʻgʻzum xirosh
Kim, boʻlur dardi dilim aytur zamon afgor lafz.
Bemalohat xoʻbkim debo kiyor bor uylakim,
Ma’ni oʻlgʻay choshnisizlik anga pargor lafz.
Ey Navoiy, koʻnglungga bersang safo, yor ollida
Fosh oʻlur sirring, ne hojat aylamak izhor lafz.

286

Tong emastur, tobi ishqingdin koʻngul gar topsa haz,
Ne ajab, oʻt shu’lasi birla samandar topsa haz.
Xasta koʻnglum bir labing qandidin, ey obi hayot,
Topti haz, sharbat ichib netti mukarrar topsa haz.
Jomi la’lingdin koʻngul mahzuz boʻldi, vah, ne tong,
Tushsa maxmur ilgiga bu nav’ sogʻar, topsa haz.
Tun-kun ul bebok may ichkandin ar gʻamgin esam,
Bok yoʻq, maydin kerakkim ul sitamgar topsa haz.
Men yutub qon yigʻlaram, la’ling ichib sogʻar kular,
Teng qadah ichkan kerak erdi barobar topsa haz.
Ishqi komil koʻrki, yuz ming zuhd birla bodadin,
Goʻyiyo men haz toparmen, ul samanbar topsa haz.
Ne ajab, ahli xirad xushdil Navoiy nazmidin,
Javhari topqanda, tong yoʻq, yaxshi gavhar topsa haz.

287

Koʻngulki ishqini jon ichra ayladi mahfuz,
Guharni naqdi nihon ichra ayladi mahfuz.
Koʻngulki koʻyida erdi gʻarib, dardu gʻamin
Ne bas, gʻaribi makon ichra ayladi mahfuz.
Nachukki ruhu ravon tandadur nihon, ishqin
Koʻringki, ruhu ravon ichra ayladi mahfuz.
Yuziyu ogʻzida asrab koʻngul bila jonni,
Yaqinda dogʻi gumon ichra ayladi mahfuz.
Yoshurdi dogʻini qonligʻ koʻngulda, vah, koʻrkim,
Tugonni lolasiton ichra ayladi mahfuz.
Labida asradi jonimni, ishqi jon farsoy
Qurutti qoninu qon ichra ayladi mahfuz.
Navoiy oʻldi figʻondin, bu turfaroqki, aning
Chu jonin oldi, figʻon ichra ayladi mahfuz.

Ayn Harfining Iyorlarining Alomati «Badoye’»din

288

Haqdin azizliq tilasang, eldin uz tama’,
Kim xalqning aazzi dedi azza manqana’.
Mazmumdur qanoatidin qone’ etsa faxr,
Tome’ xisolidin kishi ne aylagay tama’.
Kim toʻ’ma topmas etkali iftoru roʻzadur,
Ermas vara’ bir ochqa gʻizo bazlidur vara’.
Motam oʻzungga tutki, oʻlarsen gunoh ila,
Be jurm tifling oʻlganiga nedurur jaza’.
Bir dardmand koʻnglida koʻrsang vaja’, anga
Gar koʻngling ogʻrimas, ul emas, budurur vaja’.
Nafs oʻlsa tobi’ing kishisen, yoʻqsa boʻlmagʻung
Hargiz kishi, boʻlub sanga yuz ming kishi taba’.
Qoqqil, Navoiy, ushbu eshikni lajoj ila
Kim, sobit oʻldi faqrda mazmuni manqana’.

289

Ulki, aylarmen gʻami hajrinda jon birlan vido’,
Qosh jondek aylasa bu notavon birlan vido’.
Gar jahonu jon ila qilmoq vido’ oson erur,
Lek bas mushkuldur ul jonu jahon birlan vido’.
Gar vido’ etsam zamonu yuz ming oshubi bila,
Naylab etkaymen ul oshubi zamon birlan vido’.
Xonumonimgʻa vido’ ettim gʻamidin, vah, anga
Kim, dey olgʻaykim, qil ul bexonumon birlan vido’.
Men oʻlub ul yaxshilar sultonining hijronida,
Ul topib jon aylaganda men yomon birlan vido’.
Ayladim koʻp mehribon birla vidoyu oʻlmadim,
Vah, oʻlarmen, qilsam ul nomehribon birlan vido’.
Dahr boʻstonigʻa magʻrur oʻlma koʻp, ey bogʻbon,
Oxir etkung, chun gulu sarvi ravon birlan vido’.
Gar vido’ing vaqti oʻlsam borib oʻzdin, ne ajab
Kim, erur koʻp sa’b sendek dilsiton birlan vido’.
Ey Navoiy, xayrbodi vaqti xilvat istakim,
Aylagung oshubu faryodu figʻon birlan vido’.

290

Qilur qaygʻu koʻnglumga ul nozanin jam’,
Jarohatqa andoqki boʻlgʻay chibin jam’.
Labingda halovat boʻlur mufrit andoq
Ki, gul yafrogʻida boʻlur angubin jam’.
Yigʻar qatl uchun elni ul kofir, ammo
Duosigʻa aning boʻlur ahli din jam’.
Ishi dasht uza gʻayri rasvoligʻ ermas,
Necha boʻlsa koʻyungda xilvatnishin jam’.
Taningcha emas, koʻnglaking ichra qilsa
Kishi hulla ichra gulu yosmin jam’.
Yuzing davrida zulfu mashshotalar koʻr
Ki, gul xirmanida erur xoʻshachin jam’.
Giriftorlar uyladur zulfung ichra
Ki, hijron tuni boʻlsa xayli hazin jam’.
Soʻzung nomabarqush yigʻar aylagandek
Nabi nuktasin Jabraili amin jam’.
Navoiy xayoli ne maxzanki, yoʻqtur
Base bahr aro oncha durri samin jam’.

291

Ming javr ila biravki qilur ishqdin ruju’,
Qilmoq ruju’dur ish aro qilmayin shuru’.
Berganda piri dayr may ilgimga deb edi,
Ollimgʻa har ne mugʻbachalardin topar vuqu’.
Qutqargʻay erdi kufrdin oʻlsa haq ollida,
But sajdasida munchaki men ayladim xushu’.
Ishq ermish asli ilm fano darsgohida,
Ahli usul har neki der sar-basar furu’.
Aylar xumor shomida yuz tiyralishi daf’,
Sogʻar quyoshi qildi chu koʻp charxidin tulu’.
Ishq ichra surxroʻ boʻla olmang, chu sepmasang
Ruxsori za’faroni uza lolagun dumu’.
Gar ishqdin ruju’ Navoiy qilur edi,
Emdi ruju’ qilgʻanidin ayladi ruju’.

292

Ul pariy har dam qilur majnunlarin shod oʻzga nav’,
Lek etar men telbaga har lahza bedod oʻzga vav’.
Yorni men koʻrmay oʻldum, ul koʻrub ham oʻlmadi,
Ishq aro men bormen oʻzga nav’u Farhod oʻzga nav’.
Zikr etar bazm ichra lutfu mehr ila oshiqlarin,
Lek men badroʻz rasvoni qilur yod oʻzga nav’.
Ishq aro oʻzni manga oʻxshatma, ey bulbulki, bor
Lahnu ohang oʻzga nav’u ohu faryod oʻzga nav’.
Shayxu talqini riyokim, soliki dayri fano
Bizga qilmish dardu ishq oyinin irshod oʻzga nav’.
Siz cheking noʻshi visol, ey ahli ayshu nozkim,
Biz boʻlubbiz zahri hajr ichmakka mu’tod oʻzga nav’.
Koʻnglidek soʻrma Navoiyniki, qilmagʻligʻ erur
Qushni ozod oʻzga nav’u qulni ozod oʻzga nav’.

293

Ul quyoshtin topti bu aqshom bizing koshona sham’,
Qilmasun bu uyni dudidin qorongʻu yona sham’.
Band ayogʻida lagandin, boshida soch dudidin,
Ul pariy hajrinda mendekdur magar devona sham’.
Yoʻl shabiston ichra topmas, har kecha kelturmasa,
Ul quyosh devoni husnidin necha parvona sham’.
Ista gohi bizni dogʻi, ey mahi xirgahnishin
Kim, boʻlur fonus aro parvonagʻa hamxona sham’.
Nola qilmas til chekibkim, uyqu istab yorgʻa,
Sarguzashtidin kecha der goʻyiyo afsona sham’.
Netti bir kun yorusa sendin yiqilgʻan kulbamiz,
Chun topar oy partavidin doimo vayrona sham’.
Tong emastur, har biri gar boʻlsa durri shabcharogʻ,
Orazing hajrida toʻksa ashkidin har dona sham’.
Bu shabiston ichra keldi farqigʻa tigʻ uzra tigʻ,
Boshi uzra chunki qoʻydi toji zar shohona sham’.
Ey Navoiy, oʻrtagil jonu koʻngul parvonasin
Kim, bu aqshom orazidin ayladi jonona sham’.

294

Istamassen xotiri ushshoqi hayroningni jam’,
Yoʻqsa nevchun qilmading zulfi parishoningni jam’.
Ishqing oʻtigʻa koʻngul ichra dedim taskin beray,
Buki qildim zor jismim ichra paykoningni jam’.
Asramoqqa yer iki koʻzdin munosib topmadim,
Oritib yuzniki, qildim gardi maydoningni jam’.
Yaxshi erdi, ey koʻngul, qatling xud aning tigʻidin,
Itlariga bersalar kosh, aylabon qoningni jam’.
Ul pariy majnunlarigʻa sad’yak oʻlgʻay, ey quyosh,
Chunki qilsang zarrai behaddu poyoningni jam’.
Gar tabassum vaqtida koʻrsang labin, ey bogʻbon,
Yelga bergaysen, qilib gulbargi xandoningni jam’.
Ey Navoiy, nazming el koʻnglin parishon ayladi,
Qilding el koʻngli uchun goʻyoki devoningni jam’.

Gʻayn Harfining Gʻazolalarining Gʻavgʻosi «Badoye’»din

295

Ul oy ravshan qilur koʻzlarni mehri xovari yangligʻ,
Netib devona boʻlmaykim, qochar mendin pariy yangligʻ.
Saodatligʻ biravkim, gʻam tuni naxsiyati daf’in
Qilurgʻa chiqsa ollidin jamoling Mushtariy yangligʻ.
Nechuk takrorida to subh bulbuldek navo chekmay,
Yuzungkim, sabzai xatdin erur gul daftari yangligʻ.
Jabiningdurmukim, ikki muambar toqi kenidin
Chiqibdur yarimi subhi saodat axtari yangligʻ.
Ne yangligʻ turfa qushsen, vahki, tovusu tazarv ermas
Jamolingcha, nachuk jilvangni dey kabki dari yangligʻ.
Ul oʻtlugʻ chehra davrinda muanbar zulf erur har yon,
Tajalli barqidin kuygan maloyik shahpari yangligʻ.
Xusho, dayri fanokim, mugʻbacha atrofidin chiqqay,
Qilurgʻa naqdi din toroj Xaybar kofiri yangligʻ.
Kishi hijronda oʻlman vasl otin tutmoq erur andoq
Ki, gʻofil ravza tush koʻrgay riyo tanparvari yangligʻ.
Navoiy, aysh uchun dayru riyozat chekkali Ka’ba
Gar istarsen, bu ikki ishga yoʻqtur yer Hiri yangligʻ.

296

Keldi yoru boʻlmas ollinda muyassar foshligʻ,
Ul quyoshtin toptuq oxir mansabi xuffoshligʻ.
Anglamas bulbul ichim paykonlarinkim, gul emas,
Novakoso tez mujgonligʻ, muqavvas qoshligʻ.
Koʻzdur ul tifl oʻrniyu istar yugurmak ashk ila,
Goʻyiyokim bor anga bois, bu ishga yoshligʻ.
Ishq dashtida yogʻar ovoralar boshigʻa tosh,
Bu jihatdin boʻlmish ul sahro hamono toshligʻ.
Orazing naqshida Chin suvratgari boʻldi zabun,
Chin budurkim, kilki sun’ etmish ani naqqoshligʻ.
Shoʻx maynoʻshimgʻa Qorun ganji toʻksam qadri yoʻq,
Bizni mayxona gadoyi qildi ul qalloshligʻ.
Boshlaridin kechtilar ishq ahli hijron dashtida,
Vomiqu Farhod ila Majnun Navoiy boshligʻ.

297

Yaraqondin manga gar bor esa ruxsor sarigʻ,
Turfa koʻngilki, erur diydai xunbor sarigʻ.
Koʻzki, qon yosh oqibon boʻlmasa sarigʻligʻi daf’,
Rangi goʻyoki sarigʻ lola kebi bor sarigʻ.
Xil’atin dema sarigʻ rangki, ruxsoru koʻzum
Ayladi oyinagun toʻnida izhor sarigʻ.
Yaraqon daf’i sarigʻ jins qilur, turfa koʻrung
Kim, boʻlur tegsa yuzum toʻnigʻa bisyor sarigʻ.
Oʻzga sufrat manga yuz qoʻydi, yoʻq ersa tong emas,
Za’faron rangicha oʻn bor esa bemor sarigʻ.
Men kebi subhu quyosh oshiqing oʻlmish, negakim
Sidqu mehr ahli yuzi qildi namudor sarigʻ.
Xas kebi boʻlsa Navoiygʻa sarigʻ yuz, kulma,
Koʻrguzur gulni dogʻi bogʻda gulzor sarigʻ.

298

Oncha yor altofidin har kun yetar sharmandaligʻ
Kim, erur kam, har biriga yuz yil etsam bandaligʻ.
Ham junun, ham xastaligʻ koʻyungda chun niqti meni,
Sarbaland oʻlmoqdin ortuqdur manga afkandaligʻ.
Zulmung idbori aro tufrogʻ ila tong boʻlgʻanim
Yaxshiroqkim, oʻzgalarning lutfidin farxundaligʻ.
Qaddu ogʻzing hajrida gulshangʻa mayl etmonki, yoʻq
Sarv dilkash jilvaligʻ yo gʻuncha shakkarxandaligʻ.
Ne farishta poklikda husnunga keldi shabih,
Ne pariygʻa odamiligʻda sanga monandaligʻ.
Ishq koʻyining gadoyimenkim, anda tengdurur
Shoh esa zarbaftligʻ yo soyil oʻlsa jandaligʻ.
Dema mensiz oʻlmading, vaslimda koʻp yer oʻpmagil
Kim, quyi solmish Navoiy boshin — ul sharmandaligʻ.

299

Bil ani dayrda masti mudom men yangligʻ
Ki, may gadoligʻ etar subhu shom men yangligʻ.
Biravni rindi xarobot anglakim, boʻlgʻay
Bir ilgida kaduyu birda jom men yangligʻ.
Anga halol mayu ishq dayr aro bilkim,
Oʻziga zuhdni qilmish harom men yangligʻ.
Banaqdi jannat aro noʻsh etar mayi kavsar,
Angaki, maykada boʻlmish maqom men yangligʻ.
Hayot sofini nokomdin birav ichkay
Ki, dayr durdi bila topsa kom men yangligʻ.
Abiri jannat isin aylamas pisand ulkim,
Muattar aylasa maydin mashom men yangligʻ.
Yomon emas edi Majnunda ishq tavri valek
Sumursa may boʻlur erdi tamom, men yangligʻ.
Biravki jon berib, eldin vafo tama’ tutti,
Pishurdi koʻnglida savdoi xom men yangligʻ.
Navoiy oʻzlukidin tindi, ulki dayr ichra
Ushatti shishai nomusu nom men yangligʻ.

300

Shoʻxi charogʻchi yoqibon husnidin charogʻ,
Mash’al fatilasi bila koʻksumga qoʻydi dogʻ.
Bazm ahlin oʻrtamakka yoqar kecha zulm oʻtin,
El bazmini yorutgʻali ermastur ul charogʻ.
Koʻnglumdurur fatila emas mash’al ichrakim,
Ul shoʻx oʻt solib, quyar aning oʻtigʻa yogʻ.
Boʻldi quruq yogʻoch kebi jismu boshimda oʻt,
To boʻlgʻay anga mash’alaning xarjidin farogʻ.
Mash’alni kosh tutmasa, oʻtluq yuzi yetar,
Gar sayr etarga qoʻysa shabiston sari ayogʻ.
Ne tong, koʻzinki sham’i hidoyat yorutmasa,
Xabt oʻlgʻan elga mash’ala dudi bila dimogʻ.
Ushshoq bazmi mash’ali bas oh shu’lasi,
Gʻam shomi qilma mash’alachi har sari soʻrogʻ.

301

Koʻzungki, kufr ila yuz dingʻa soldi vayronligʻ,
Xudoy uchun tiy ani — yoʻqmudur musulmonligʻ.
Qadingki jilva uza jilva koʻrguzur har dam,
Ajab emas manga hayronligʻ uzra hayronligʻ.
Labingni soʻrsam, emas tongki, toʻkti qonimni,
Soʻrarlar aniki, boʻlgʻay birav bila qonligʻ.
Demishsen oʻlturayin ishq ahlin aylab jam’,
Magar bilibsen alar ichra koʻp parishonligʻ.
Ne hukm aylar esang, ayla husn mulkidakim,
Sanga musallam erur xoʻblargʻa sultonligʻ.
Jununni tark etibon oqil oʻl, dedi zohid,
Boʻlur emish bani odamgʻa muncha nodonligʻ.
Deding, Navoiy agar vasl topsa, oʻlturayin,
Firoqing ichra gumon aylading ani jonligʻ.

302

Ey labing xosiyati chashmai hayvon yangligʻ,
Quyiyu yuqorigʻi xoli bila jon yangligʻ.
Ayogʻimning qalami za’fdin andoqki qalam,
Qotaqolgʻan teri davrida qalamdon yangligʻ.
Nuni tanvin kebi xam hajrida nobud tanim,
Dogʻi pinhonim anga nuqtai pinhon yangligʻ.
Qaddi javshan aro koʻnglumda aningdekkim oʻq,
Charkasi dulugʻa ul oʻq uza paykon yangligʻ.
Odam oʻrnigʻa pariy oshiqi boʻldumkim, ul
Odamisizligʻ aro boʻlmagʻay inson yangligʻ.
Yuzi nazzorasi hayronligʻi oʻlturdi meni,
Bir nazardin kim oʻlubtur meni hayron yangligʻ.
Qoʻyma bu manzilu maskanga koʻngulkim zinhor,
Angla yoʻl oʻtkuchidek oʻzniyu mehmon yangligʻ.
Johning zebigʻakim husn tilab, bildikkim,
Ziynati kelmadi joh ahligʻa ehson yangligʻ.
Shayx der ishqni tark et, sanga aql oʻrgatayin,
Ey Navoiy, kishi boʻlgʻaymu bu nodon yangligʻ!

Fe Harfining Fitnalarining Fusuni «Badoye’»din

303

Dashti fanoki moʻrcha yoʻq sherlarga saf,
Garchi maxuf yoʻldurur, et azmu lotaxaf.
Gar sherdurki, moʻrcha yoʻqtur hisob anga,
Kim topmadi koʻzi bu yobon gardidin sharaf.
Oʻzni koʻngul sahifasidin mahv qilmagʻan
Topmas vuquf nuktai asrori man’araf.
Tab’inggʻa faqr nuktasi gar zoda boʻlmasa,
Boʻlgʻan nedur xalifai davron sanga xalaf.
Gar sochsa ul xalifa soʻzidin duri samin,
Dur har necha samin esa, beqadrdur sadaf.
Bahri fanoda gʻoʻta sadafvor urmasang,
Sendin yetishmagay duri maqsud har taraf.
Soqiy, xarobi jomi xaroboti ishqmen,
Tutqil qadah, mugʻanniy etib soz changu daf.
To nash’a yetsa koʻngluma ul boda zavqidin,
Ganji xayoldin sochayin har taraf tuhaf.
Shoyad Navoiy aylagay ul tuhfalar bila
Tartib nazm manqabati shaxxatun najaf.

304

Hajrdin har dam qilur bu xotiri afgor xavf,
Zohir etkandek oʻlumdin har zamon bemor xavf.
Eyki, koming doʻst vaslidin erur topmoq hayot,
Qatl tigʻi sursa dushman, qilmagʻil zinhor xavf.
Vasl boʻstonida gar emin emasmen, ey rafiq,
Naylayinkim, xori hijrondin ichimda bor xavf.
Hajr shomidur maxufu qotil, ey mahvash, ne tong,
Uyla muhlik tiyra tunda aylasam izhor xavf.
Nechakim doʻzaxdin oʻlsa xavf mahshar ahligʻa,
Menda hajring shu’lasidindur yuz ul miqdor xavf.
Solmay oʻzluk naqdin oʻzdin tutmagʻil dashti fano
Kim, ogʻir yuklukka bu yoʻlda yetar bisyor xavf.
Ey Navoiy, hushung oʻlsa, koʻzlaridin xavf erur
Ul sifatkim, mastlardin aylagay hushyor xavf.

305

Ohkim, koʻnglum buzuldi topmayin jonon vuquf,
Mulk vayron boʻldi, hosil qilmayin sulton vuquf.
Jonni komimdur adam kunjida pinhon aylamak,
Ogʻzi ramzigʻaki hosil qilmisham pinhon vuquf.
Vasl aro hijron yoshurdi ishq koʻnglum qatligʻa,
Mezbok zahr ezdi sugʻa, topmayin mehmon vuquf.
Telba koʻnglum gʻofil andinkim ulusqa vasl erur,
Layli etti ayshu Majnun topmadi chandon vuquf.
Ogʻzi ramzigʻa agar yoʻl topmadim, ermas ajab,
Gʻayb sirrigʻa ne tong el topmamaq oson vuquf.
Ishqim ahvoligʻa mutlaq voqif ermastur xirad,
Qayda topqay ahli ma’ni holidin nodon vuquf.
La’li hushum zoyil etti, topmadi koʻnglum xabar,
Vahki, may ahvolidin usrukka ne imkon vuquf.
Vasl ummidi birla hajrin qilmish erdim ixtiyor,
Qatldin koʻnglumga avval bermadi hijron vuquf.
Ey Navoiy, buki davrondin yuz ofatdur sanga,
Ermas erkin topmayin ul ofati davron vuquf.

306

Ishq tobidin oʻlubmen meni bemor zaif,
Tob koʻp koʻrsa aningdekki boʻlur tor zaif.
Vaslida evrulubon boshigʻa dermenki oʻlay,
Vahki, boʻlmishmen annng hajrida bisyor zaif.
Za’f aro zorligʻ ozurda qilur koʻnglumni,
Topar ozor, bale, chunki boʻlur zor zaif.
Xastaligʻ tortsa yillar kishi, ma’lum ermas,
Men kebi koʻrguza olgʻaymu namudor zaif.
Boʻlmish oʻn yilgʻi oʻluktin manga za’f afzunroq,
Vahki, jonliq kishi kim koʻrdi bu miqdor zaif.
Za’fdin shayx qutulgʻung dedi, tark etsang ishq,
Piri dayr ollida bu qavli aning bor zaif.
Za’f aro qilma Navoiygʻa sitam, ey oykim,
Buyla aylabtur ani charxi sitamkor zaif.

307

Qotil koʻzung atrofida mujgon chekibdur uyla saf
Kim, qatl etar hangomada qilgʻay hujum el har taraf.
Oy, kun ato birla ano, farzand sen boʻlsang ne tong
Kim, sen samindursen, valek ul ikki andoqkim sadaf.
Gʻam zulmatida istayu la’li labing oʻldum, valek
Hayvon suyi topsam «e gʻam, gar boʻlsa ham umrum talaf.
Vaslinggʻa muhlik hajrdin dedim musharraf boʻlgʻamen,
Lekin sening ishqing aro oʻlsam, erur ul ham sharaf.
Jon naqdini ovuchlabon kelmish edim vasling tilay,
Muhlik firoq ul naqdni oldi, urub ilgimga kaf.
Gar bebasarliq aynidin nargis koʻzungdin lof urar,
Ahli nazar anglarkim, ul ham koʻr erur, ham bad alaf.
Ey mutribi Zuhrajabin, bu nagʻmakim, chekting hazin
Kamdur jalojil gar nujum oʻlsa, sanga xurshid — daf.
Boʻlmas niqob ochsang dogʻi chun halli sirri lavkashaf,
Tolibgʻa nedur aylamak tahsili ganji man’araf.
Ul novakafkan qilmasa koʻksin Navoiyning nishon,
Tong yoʻq, chu aylabtur anga xurshidni gardun hadaf.

308

Gar tanimda zohir oʻlmish dogʻi hijron har taraf,
Jonda xud yuz oncha bordur dogʻi pinhon har taraf.
Ishq sahrosida menmen soyir andoqkim quyun,
Dema sargardon kezar Majnuni hayron har taraf.
Koʻyiga pinhon borib, zaxmim ne yangligʻ yoshuray
Kim, qayon borsam yaralardin borur qon har taraf.
Koʻksum ichra tushti bir xori xasak, ya’ni koʻngul
Toki andin chiqqali bir noʻgi paykon har taraf.
Hinduyedur bul-ajab bozigar ul koʻz davrida,
Hind eli ahli tamosho xayli mujgon har taraf.
Toza boʻlsun ul bahori husnkim, onsiz koʻzum
Durfishon oʻlmish nachukkim abri nayson har taraf.
Har taraf maydon aro yuz fitna tushti, rahm etib,
Tavsaningni chopmagʻil qilgʻanda javlon har taraf.
Dayr ichinda netti tirguzsang meni, ey mugʻbacha,
Jomi davringdin tomar chun obi hayvon har taraf.
Chun Navoiydek havoiy boʻldum ul oy hajridin,
Ne ajab, yeldek yuz ursam, tortib afgʻon har taraf.

Qof Harfining Kiymatlarining Qironi «Badoye’»din

309

Charx dard ahligʻa har dam yogʻdurur gardi firoq,
Oʻt ravonroqkim, xatarliqdur, base, bu eski toq.
Ajdaredur halqa urgʻan pesa kavkab xolidin,
Juz ajal zahrini kom andin topa olmas mazoq.
Hazm etar fikrin ham etgil, farz etay noning uchun,
Qildi charx anjumni dona, oyu kunni yorgʻuchoq.
Charx bir evdur, ishi boʻlmoq aning har dam nigun,
Tushmagan yaxshi iqomat mundoq uyda ittifoq.
Sun’ bahridin hubobe anglagʻil koʻk gunbadin,
Siymgun gunbad deb oʻlmas aylamak ani visoq.
Istasang besh kun farogʻat, garchi kobin umr erur,
Dahr zolin toʻrt mazhab birla qilgʻil uch taloq.
El nifoqin koʻrmayin desang, Navoiy, foniy boʻl,
Chunki sen chiqsang arodin, kimga qilgʻaylar nifoq.

310

Yor kelsa bas mahaldurkim, ichim qon etti shavq,
Sabru oromim berib barbod, tugʻyon etti shavq.
Ozu koʻp har ne dedi qosid visoling mujdasin,
Sabrim ozu iztirobimni farovon etti shavq.
Shavq hijrondin batar oshub soldi koʻngluma,
Koʻnglum oshubini qoʻykim, gʻorati jon etti shavq.
Ne ajab kechrak muyassar boʻlsa — oʻlsam, ey rafiq,
Buylakim, ummidvori vasli jonon etti shavq.
Hajr boʻlsun yo visol ummidi chun muhlikdurur,
Bas hayotu qatlini koʻksumga yakson etti shavq.
Gar jununumning hadu poyoni yoʻqtur, yoʻq ajab
Kim koʻngul bexudlugʻin behaddu poyon etti shavq.
Ey Navoiy, hajr zulmin yod qilsam, qilma ayb
Kim, manga bedodi nomaqduru imkon etti shavq.

311

Har kun oʻtkan kechadin oshufta koʻnglum zorroq,
Har tun oʻtkan kundin ashkafshon koʻzum xunborroq.
Oʻlmakimni qilgʻil osonroq visolingdinki, bor
Furqatingdin lahza-lahza holatim dushvorroq.
Shiddati holimdur andoqkim, ajaldin jon erur
Har necha boshimgʻa botroq kelsa minnatdorroq.
Gʻam tuni tulu savodin koʻz bila koʻnglum bilur
Kim, alardin yoʻq edi muztarroqu bedorroq.
Hajr dashtin sayli ashkim oncha qozdi har taraf
Kim, bu sahro togʻlardin boʻldi nohamvorroq.
Men aning husnini koʻrsam yuz quyosh miqdoricha,
Zarradin men ollida yuz qatla bemiqdorroq.
Necha laylivashroq ul oy jilva koʻrguzdi manga,
Koʻrdi men shaydoni ham ishqida majnunvorroq.
Ka’ba shayxiyu riyodur, dayr piriyu fano,
Ey Navoiy, dema mundin ani fayzosorroq.
Durdkashlar ichra mendin forigʻi gar yoʻq, ne tong,
Chun xarobot ichra yoʻq mendin kishi xummorroq.

312

El dardi yordin kam oʻlur, menda yor yoʻq,
Koʻnglumda yuz tuman gʻamu bir gʻamgusor yoʻq.
Jon rishtasini chirmadim oʻqunggʻa, voykim,
Tigʻing bagʻirni yordiyu tikmakka tor yoʻq.
Demang gʻamida yigʻlama koʻp ixtiyorsiz,
Beixtiyorliqda manga ixtiyor yoʻq.
Tutsa qaror bir nafas ollimda, vah, ne sud
Kim, ul nafas ramida koʻngulga qaror yoʻq.
Desamki, tarki ishqing etay butma, ey pariy
Kim, telbalar hadisigʻa koʻp e’tibor yoʻq.
Chiq roʻzgor ahlidin osoyish istasang
Kim, munda gʻayri tafriqai roʻzgor yoʻq.
Oʻzni Navoiy aylama usruk bu bazm aro
Kim, dahr ayshi bodasida juz xumor yoʻq.

313

Oʻqlaringdinkim koʻzum ham ravshan oʻlmish, ham ochuq,
Mash’aledurkim, boʻlubtur kavlamoq birla yoruq.
Eyki, boʻynumgʻa yozuq deb qatl tigʻin surmading,
Sen ne qilsang qil, mening boʻynumgʻa boʻlsun ul yozuq.
Manglayimdin keltururmen koʻzga sajdam gardini,
Koʻrgan ul butni gumon aylarki, aylarmen tobuq.
Da’voi mehrimga mendin ikki tonuq istama,
Xalqdin chun yoshurubmen, yoʻq manga juz bir tonuq.
Garmrav ashku sovugʻ oh ettilar ojiz meni,
Vahki, ishqingdin yuzumga keldi koʻp issiq-sovuq.
Eyki, azm etting haram matlub hamrahdur sanga,
Sen yiroqsen andin, ammo ul sanga behad yovuq.
Dayrgʻa kirdi Navoiy kufri ne pinhon, ne fosh,
Tavba chun sindi — icharga ne surohi, ne yotuq.

314

Ey, jamolu nozu ishvang bir-biridan xoʻbroq,
Qomating margʻubu andin paykaring margʻubroq.
Menda boʻlsa ming hunar, chun yorning mardudimen,
Olam ahli ichra yoʻq mendin kishi ma’yubroq.
Ishq aro Farhodu Majnun dogʻi bexud erdilar,
Kimsa mendin gʻolibo bu ishda yoʻq magʻlubroq.
Har ne qilsang, notavon koʻnglum sevar jondin seni,
Haq yaratmaydur ekan sendin kishi mahbubroq.
Tolib ersang qatlima, jono, sanga jonim fido,
Ne sanga matlubroq, uldur manga matlubroq.
Kim tilar dayri fano azmini uslub aylagan,
Oʻzlukidin ish kerakmas koʻngliga maslubroq.
Gar Navoiy bor edi maqbulung, etkil rahmkim,
Andim emdi yoʻqturur ushshoq aro mankubroq.

315

Meni aylapturur bir qotili paymonshikan oshiq
Ki, tigʻi zulmidin oʻlmish meningdek yuz tuman oshiq
Soʻrarkim, oshiqim senmu, muqir boʻlsam, halok aylar,
Erur bu turfakim, yolgʻon deyolmonkim, eman oshiq.
Agar ishq etti vayron xonumonim, bok emas, nevchun
Ki, chun azmi fano koʻyigadur, naylar vatan oshiq.
Gar oʻlsam ishq togʻi tigʻi zaxmidin yalang, gʻam yoʻq
Ki, bas ham lolalardin aylasa qonligʻ kafan oshiq.
Qozib gʻam togʻi tosh ostida oʻlmak ne edi mendek,
Gar ermas erdi bir Shirin sanamgʻa Koʻhkan oshiq.
Visol imkon emas to boʻlsa oʻzluktin sarimoʻe,
Bas oʻlgʻay farzkim, qilgʻay fano tavrini fan oshiq.
Navoiy, shodsenkim, oʻlturur ushshoqin, ammo koʻr
Ki, sendeklarni dermu bore ul siyminbadan oshiq.

316

Solur dinim uyiga kofire har lahza vayronliq,
Musulmonlar, bu shahr ichra magar yoʻqtur musulmonliq.
Jamoli jilva qilgʻach, naylab idrok aylayin husnin,
Chu hayronliq uza ortar manga har lahza hayronliq.
Labi la’ling erur ogʻishta qonimdin, ajab ermas,
Ani tutsamkim, ul mayxoradur bu dam manga qonliq.
Koʻngul to ayladi zulfung savodi a’zamin maskan,
Qorarib roʻzgori, koʻrdi yuz turluk parishonliq.
Yoshurdum dogʻi ishqing, hajr oʻti jismimni kuydurdi,
Koʻngulni dogʻi chok et, qolmadi chun anda pinhonliq.
Labingdur jomi Jamshidu yuzung mir’oti Iskandar,
Musallamdur sanga husnu jamol ahligʻa sultonliq.
Agar yoʻq odamiliq mendayu yorimda, tong ermas
Ki, majnunda kishilik yo parida boʻlmas insonliq.
Jahon bazmida mehmonsen, iki-uch sogʻar ichkach, qoʻp
Ki, munjar boʻlmagʻay nogah malolatqa bu mehmonliq.
Bori dushvorliqlarni oʻzungga aylasang oson,
Bori dushvorliqlar dogʻi boʻlgʻay shoyad osonliq.
Kel, ey soqiy, meni bir jom ila qil masti loyaqil
Ki, dahr ichra erur gʻofil tirilmak mahzi nodonliq.
Navoy, chunki mugʻ dayrida tutti mugʻbacha sogʻar,
Ichib may, kofiri ishq oʻlmasang, koʻrgung pushaymonliq.

317

Bogʻ ichra sanga sochti gul oqu qizil yafroq,
Shah boshigʻa andoqkim el oqu qizil yormoq.
Ne yorligʻ oʻlgʻaykim, har kecha tong otquncha
Sen aysh ila uyquda, men ranj bila uygʻoq.
Koʻz mardumi koʻyungning gardin tilabon bordi,
Qoniki oqar, ani qon tortti yo tufroq.
Koʻrgach ani hayratdin ilgimniki tishlabmen,
Barmoqqa botibtur tish, tilni kesibon tirnoq.
Jon naqdin ajal birla hajring iki boʻlmishlar,
Andoqki, topib sude ayirgʻay ikki oʻrtoq.
Koʻyung kerak, uchmoq yoʻqkim, uchmoqu koʻyungda,
Ul nav’ tafovutdurkim, tomugʻ ila uchmoq.
Ham dahr baqosizdur, ham umr vafosizdur,
Xushtur nafase oʻzi ahbob ila xush tutmoq.
Yetmaklik erur mushkil maqsadgʻa, nedinkim bor
Koʻz xiravu tun tiyra, ot oqsogʻu yoʻl burtoq.
Debsenki, Navoiyni kelgum dogʻi oʻlturgum,
Ul oʻldi bu hasratdin, kel tengri uchun botroq.

318

Binafshaning nega boʻlmish dimogʻi muncha uluq
Ki, ul sening xatinsa hinduyidurur mayruq.
Malohat ogʻzinga gar pista sotsa kim olsun
Ki, borgʻusiduru shoʻra pushtu ogʻzi ochuq.
Qading qoshinda nechuk sarf oʻzin degay ozod
Ki, sabz rang qulingdur, aning ayogʻi yoruq.
Erur chamanda yuzungning gadoyi oq gulkim,
Koʻrundi barcha yamogʻliq chaponi uzra momuq.
Taninggʻa maskavu qaddinggʻa naxl oʻxshashmas
Ki, budur asru semiz, lek uldur asru oruq.
Sen abrash uzra vale gul yogʻoch uza dasta,
Yoʻl oʻz ayogʻi bila borgʻay, ulki mindi suruq.
Xiromi lofida har mokiyonni deyki ne yer,
Ne nav’ jilvagar oʻlgʻay tazarv birla tovuq.
May ichsang oʻlmagʻil oqsumki, piri dayr dedi
Ki, bu ish oʻldi bizing dayr aro kamina yozuq.
Xush ulki, bazmda onlar teparda argʻushtak,
Shah anda tambura cholib, Navoiy desa qoʻshuq.

319

Solsa partav tom uza chiqqanda ruxsori ochuq,
Bir quyoshdur, tushsa har uy ichra tunglukdin yoruq.
Sovugʻ ohekim chekarmen, garm oʻlur oqmoqqa ashk,
Chashmalarda su boʻlur issigʻ, havo boʻlgʻach sovuq.
Tengri ollinda tonuqdemaki oʻtkar kimsani,
Mencha sevmassen, bu ishga xud erur tengri tonuq.
Lablaringkim uchuq tutmish hamul hay’at bila,
Ogʻzing andoq gʻunchadurkim, tushmamish andin qobuq.
Dogʻ oʻrtarga chaponim ichu toshi qolmadi,
Bogʻladim marham chapondin, qoldi gar eski momuq.
Gar yozuqsiz oʻlturursen, gʻam yemon, lekin gʻamim
Munchadurkim, boʻlmagʻay nogah sanga andin yozuq.
Yor dilxohin chu topting, tengdurur vaslu firoq,
Haq rizosin chunki qozgʻanding, ne uchmoq, ne tomuq.
Soqiyo, may tutqali qoʻpmoq base taklif erur,
Qoʻy takallufniyu qoʻp, lekin manga oʻltur yovuq.
Za’fi koʻpluktin Navoiyning kam oʻlmas nolasi,
Ne munofidur figʻon bulbulgʻa boʻlmogʻliq oruq.

320

Koʻnglum boʻlur gʻaming tuni har lahza qaygʻuluq,
Chun shom boʻldi, har nafas ortar qorongʻuluq.
Ul koʻzki olam ahlidin olmishdur uyquni,
Baxtim kebi, ne ayb, agar boʻlsa uyquluq.
Sabru qaroru hushni olmogʻligʻing nedur,
Ey jonlar ofati, sanga jonimdur olgʻuluq.
Dashti firoq ichra tirik yoʻq chu vahshu tayr,
Goʻyo yeli samumu giyohidur ogʻuluq.
Mugʻ koʻyi azmidin meni man’ etma, ey rafiq,
Bu yoʻl erur chu ahli malomatqa borgʻuluq.
Andin falakni ilmas ekan koʻzgu piri dayr
Kim, bu erur haqiru janobi aning uluq.
To gʻamdadur Navoiy, anga dahr tiyradur,
Shod anglamas ulusni, birav boʻlsa qaygʻuluq.

321

Har kishikim gʻayri ishqing harfi yozgʻay bir varaq,
Ilgini aylab qalam, boshin qalamdek ayla shaq.
Parda yopqach yuzga, tutti qon yoshim ofoqni,
Mehr uyoqqanda, ufuq sari yoyilgʻandek shafaq.
Goʻyiyo xurshid har sari yugurtur kavkabe,
Chunki sur’at vaqti ul yuzdin tomar har yon araq.
Vahki, ashkim jolasidin topti ofat bir necha,
Sabr tuxmin mazra’i jon ichrakim qildim nasaq.
Bir-bir ustida qoʻyubmen furqatingdin necha dogʻ
Ishq xoni ichra qoʻygʻandek tabaq uzra tabaq.
Noʻsh etarmen boda to la’ling xayoli birla men
Qon yutarmen, toki boʻlgʻay tanda jonimdin ramaq,
Shayx kavsar sharbati — men talx may madhin dedim,
Ochchigʻi kelsa ne tong, nevchunki ochchigʻ keldi haq.
Boda vasfin dars agar der ersa piri mayfurush,
Jomi xatti davridin olmoq munosibdur sabaq.
Istama kavsar, Navoiy, top farogʻat bodadin
Kim, erur ul muxtalif, lekin bu birdur muttafiq.

Kof Harfining Kofirlarining Kamoli «Badoye’»din

322

Desangki, dashti fano ahligʻa boʻlay hamtak,
Ne doʻst gʻayri esa, barchasigʻa silk etak.
Qil oʻzlukung kesagin poymol birla gʻubor,
Yoʻq ersa balchigʻ oʻlur fisq suyi birla kesak.
Chu ruh xayligʻa nafs istar oʻlsa ortugʻluq,
Yetur ilojigʻa taqvo sipohi birla koʻmak.
Yurakni sol demagil ishq koʻyining itiga,
Muni anga desa boʻlgʻayki, anda boʻlsa yurak.
Xush ulki, ishq gulistonu bogʻida yiqilib,
Oʻlarda ostida xorovu xor boʻlsa toʻshak.
Balo gʻubori vafo ahligʻa yogʻar goʻyo,
Sipehr chanbari parvez nedin oʻldi elak.
Gadovu xirqada kuymak nachukki parvona,
Yoʻq ulki, hulla aro shohid uylakim koʻpalak.
Anga bu dayri fano ichra tutti mugʻbacha may
Ki, tishni bagʻrigʻa berkitmakini qildi gazak.
Navoiy oʻlsa, ne tong bazm ichinda botroq mast
Ki, gʻussa jominn davron anga tutar koʻprak.

323

Bu kecha ohim erur davronni barham urgʻudek,
Charx gulzoridin anjum gullarin sovurgʻudek.
Soʻrgʻali keldi evurung boshigʻa qoʻldob meni
Kim, emastur lahzaye boshim uza oʻlturgʻudek.
Ey koʻngul, dersenki, yoshu ishqini, ne yoshuray
Kim, erur jismim fano tufrogʻida yoshurgʻudek.
Sinsa koʻnglum, ne ajabkim, sangi boroni firoq
Boʻldi xamliq jism uyin har saridin sindurgʻudek.
Hajr zulmigʻa chidarmen, oʻlgali yoʻq, anglasam
Kim, erur qatlimgʻa ul jonu jahon qaygʻurgʻudek.
Aysh vaqtini bil gʻanimatkim, erur dam ushbu dam,
Charx ermas favt boʻlgʻan vaqtni yondurgʻudek.
Sen koʻngul bersang Navoiygʻa gahe ming javr ila,
Ermas ul har dilrabogʻa koʻnglini oldurgʻudek.

324

Falak zarfi toʻla may boʻlsayu topsam ani xumdek,
Chekaykim, qatralar ham qolmagʻay javfida anjumdek.
Havoiy ishq barqi garchi muhriqdur, vale ermas
Bu ishda otashin la’ling ayon qilgʻan tabassumdek.
Quvonurmen iting eski safoli ichra may ichsam
Ki, Jam’ qilgʻan emastur jomi birla ul tana’umdek.
Halok oʻlgʻanda qilgʻan navha gar ta’sir etar, lekin
Eshit nolamnikim, muhlik emastur bu tarannumdek.
Masiho nuktasi gar jon berur erdi, vale bilgil
Ki, jon olmoqqa ermas erdi ul shirin takallumdek.
Chiqib qatlimgʻa oʻzga sari surdi raxshin ul qotil,
Manga yuzlanmamish umrumda vahme ul tavaqhumdek.
Ajal hajringda jonim oldi shafqat aylabon zohir,
Kishi rahm ahlidin koʻrmaydur erkin bu tarahhumdek.
May ichra chunki soqiy aksi muhlikdur, bu sogʻarni
Kishikim ichsa, ummidi hayotidin koʻzin yumdek.
Navoiy hajr dashtidin tana’um bistari topqay,
Bu vodiyda irik qum chun yonida boʻldi qoqumdek.

325

Tigʻi ishqingdin koʻngul har yon ogʻizdek boʻldi chok,
Bu ogʻizlardin ne tong cheksa figʻoni dardnok.
Sharbati hijron bila qatl aylading ahbobni,
Kimsa hargiz doʻstlarni zahr ila qilmas halok.
Jon qushi oʻrtanmasun deb yopma oʻtluq chehrakim,
Sham’ oʻtin koʻrgach kuyardin aylamas parvona bok.
Mehrdek yor evrulur, boshigʻa har sargashtakim,
Zarradek qilsa havoiy ishqi ichra oʻzni pok.
Orazingdin, yoʻq ajab, tushsa koʻngul zaxmigʻa oʻt,
Mehrdin koʻproq boʻlur mahrur, har yerkim magʻok.
Istasang yetkach fano yeli sanga, boʻlgʻay uruj,
Faqr koʻyida burun qilmoq kerak sen oʻzni xok.
Ey Navoiy, yor agar koʻnglumga kirmak istadi,
Zaxmima marhamcha bordur qilgʻani koʻksumni chok.

326

Ogʻzikim soʻzda Masihodek qilur elni tirik,
Bas ulugʻ soʻzlukdurur, garchi erur asru kichik.
Qaddi qoʻpqoch, sarv agar tushsa ayogʻin oʻpkali,
Yoʻq ajabkim, past oʻlur soya, quyosh boʻlgʻach biyik.
Ham oʻshul tufrogʻdin sochib qurutung nomani,
Yozsangiz ul oygʻa jismim tufrogʻ oʻlgʻandin bitik.
Tigʻi zaxmin bogʻlasa ahbob, gʻam yoʻq, ey koʻngul,
Bir eshik bogʻlansa ishq ichra, ochilgʻay yuz eshik.
Hajr toshin boshima, mehnat palosin jismima,
Qayda bilgay ishq anga koʻrguzmagan qotigʻ irik.
Uchqil, ey bulbul, bu gulshandin, nedinkim har necha
Gul vafoda kund erur, javr ichradur xori itik.
Gar Navoiy qatligʻa kelmaydur ul usruk, nega
Bas etak sanchib, qilich tortib shimolibdur ilik.

327

Xoni vaslingdin agar boʻlmas muyassar bar yemak,
Ham gʻanimatdur talashmoq itlaring birla soʻngak.
Ne libosi ofiyat kiymak meni majnungʻakim,
Anglamon, gar boʻynuma tushsa yaqo yangligʻ etak.
Ishq «aqdi kisasining hifzigʻa bodoma muhr
Gar tilar boʻlsang, munosibdur bu chok oʻlgʻan yurak.
Zulfdur yoxud uzori oʻtigʻa chirmashti dud,
Yo banogoʻshigʻa toʻsh, boʻrkiga sonchibtur gajak.
Surtkandek koʻzini sarpanjasi naqshigʻa yuz,
Koʻz yorutsam ilgidin, panjamda boʻlsa ul bilak.
Ishq agar boʻlsa havoyi nafsdin pok, ey koʻngul,
Yoʻq tafovut, dilbaring gar beka boʻlsun, gar mirak.
Qoshi mehrobida vaslin istab aylarmen duo,
Ey Navoiy, tong yoʻq, andoq qiblada mundoq tilak.

328

Baski, koʻksum choki tikkan ignadin boʻldi teshuk,
Koʻnglakim chokidek oʻlmishdur vale andin churuk.
Jonfizo la’ling bnla qotil koʻzung hijronida,
Uyla holim borkim, bilmon, tirikmen yo oʻluk.
Xotami la’ling agar ogʻzimgʻa yetkach, tishlagum,
Muhr etarda moʻm yopishqon kebi bosqach uzuk.
Furqatingdin loladekdur chok-chok oʻlgʻan koʻngul,
Negakim, ham qon aro boʻlmish boʻyogʻliq, ham kuyuk.
Otashin la’ling agar jonimni oʻrtar, tong emas
Kim, erur asru isigʻ, nekim erur asru chuchuk.
Dema, dashti ishq aro ming xayli ishq ahli qoni
Itti bu poyoni yoʻq sahroda har yon bir suruk.
Ey Navoiy, faqr yoʻlida burun oʻzlukni sol
Kim, bu yoʻlda poʻyagʻa mone’dur ul ortuqsi yuk.

329

Ey tani xoki xadangingga nishon boʻlgʻan kesak,
Ham bu ma’nigʻa qurugʻ boshim kesak uzra soʻngak
Bir yaqoni qoʻymading qilmay etakka tegru chok,
Raxsh to surdung yoqongni sindurub, sanchib etak.
Zohir aylarda yadibayzo qilursen elni qatl,
Tigʻ urarda yeng shimolibkim, ayon etsang bilak.
Gul bila nomardum el andoqki uzgay gʻunchani,
Yeb iting yuz pora bagʻrimni, tama’ qildi yurak.
Rishtai jon yangligʻ asray tushsa ilgimga dame,
Kim, xilol oʻrnigʻa shirin la’linga yetkay ipak.
Hajr shomi dardu gʻamni boshima yogʻdurgʻali
Boʻldi anjum birla charxi chambari goʻyo elak.
Ul pariy ishqida chun oʻldi Navoiy anglangiz
Kim, mujannindur Iso, qabrigʻa butsa har chechak.

330

Oʻt urdi jonima, chun ochti la’li otashnok,
Hayot chashmasidin, vahki, jonim oʻldi halok.
Zaif jismim oʻtidin jahonni kuydurdung,
Ulugʻ oʻt urmoq uchun oʻrtading magar xoshok.
Deding — koʻngul oʻti dudin chiqarma oh bila,
Agar chin ersa soʻzung, nega koʻksum etting chok!
Nazzora hoilidur dudi ohu qatrai ashk,
Figʻonki, moni’ komimdur anjumu aflok.
Koʻngul shikofi dema, anda sabr dafni uchun
Ki, hajr qotili oʻlturdi, qozdi ishqi magʻok.
Chu mast oʻldum esa, may bila yungiz badanim,
Tonging usholgʻan na’shim beliga rishtai tok.
Navoiy istasa loʻlivashe, ajab ermas,
Bu vajh ilaki, vafo tarki ettilar atrok.

331

Meniki mugʻbacha dayr ichra aylagay usruk,
Ne tong, koʻzumga quyosh boʻlsa zarradin oʻksuk.
Soʻzumni yor eshitmay yuzumni churkadi oh,
Bu vajhdindur ul oy ollida yuzum churkuk.
Firoqi oʻqidin oʻlmish teshuk-teshuk bagʻrim,
Bu turfaroqki, bir oʻqdindurur har ikki teshuk.
Gʻamida turluk-turluk balogʻa uchrabmen
Ki, har birisi meni kuydurur necha turluk.
Tanimda raglar uzuldi firoq shiddatidin,
Nachukki, rishta chuboʻlgʻay, ipak toʻn oʻlsa churuk.
Tutay jahonda Sulaymon seni va yo Jamshid,
Ne munga jom vafo ayladi, ne anga uzuk.
Navoiy, oʻrtadi shirin hadising el koʻnglin,
Nachukki kuydurur ichni, chu sharbat oʻldi chuchuk.

332

Gulshan ichra yoʻqtur oromim—diloromim kerak,
Sarvu gulni naylayin, sarvi gulandomim kerak.
Gar pariylar qush kebi ram qilsalar men telbadin,
Gʻam yoʻq, ul shoʻxi pariy paykar mening romim kerak.
Ofiyat koʻyida mahvashlargʻa yoʻqtur nisbatim,
Ul muqammir sheva shoʻxi bodaoshomim kerak.
Ka’bada nokom ila din ahligʻa yoʻq juz nifoq,
Dayr ichinda kofiri bebok xud komim kerak.
Gul bila savsan kerakmastur manga, ey bogʻbon,
Zulfi sunbul atrliq ruxsori gulfomim kerak.
Ey xarobot ahli, rasvo koʻnglum itmish bu taraf,
Kelmisham topib surogʻ — ul rindi badnomim kerak.
Ey Navoiy, xonaqahda topmadim juz tafriqa,
Xum kebi mayxonaning kunjida oromim kerak.

333

Aytmonkim, la’li jonbaxshing erur jondin chuchuk
Kim, erur har neki yoʻq andin chuchuk, andin chuchuk.
Nechakim boʻlsun chuchuk shirin takallumlar soʻzi,
Lekin ermas ul kalomi shakkarafshondin chuchuk.
Noʻshi la’lingdin manga chun zahri hajr oʻldi nasib,
Ne osigʻ, gar boʻlsa ul ortugʻroq imkondin chuchuk.
Nay oʻqung behad chuchuktur jongʻa, goʻyo chiqmamish
Bir qamish mundoq shakar butkan nayistondin chuchuk.
Novaking uzra boshoq goʻyo erur habbi nabot,
Kim, koʻnglum komi boʻlur ul shakli paykondin chuchuk.
Soqiyo, jomimda ezgil zahrkim, har necha ul
Boʻlsa ochchigʻ, boʻlgʻusidur zahri hijrondin chuchuk.
Ey Navoiy, jonfizo nazming labi vasfida bor,
Shirai jondin ezilgan obi hayvondin chuchuk.

334

Sarvning soyasida bodai gulfom kerak,
Boʻldi chun ikkisi bir, sarvi gulandom kerak.
Kimgakim boʻldi bular kofir erur desa manga,
Huru toʻbi bila kavsar mayidin kom kerak.
Garchi ruxsori erur subhi dilafroʻz, valek
Vasl ayyomi qora zulfi kebi shom kerak.
Ulki Jamshid degay oʻzini xurshid kebi,
Soqiy ilgidin aning bazmi aro jom kerak.
Koʻzlarim donayu suyigʻa kelur vasl qushi,
Lek tutmoqqa ul oy turrasidin dom kerak.
Ka’ba tavfida base tafriqadur bilki, oʻzin
Jam’ istarga fano dayrida orom kerak.
Dayr pirigʻa murid oʻldi Navoiy, negakim,
Shayxul-islom degan kimsaga islom kerak.

335

Pili gavharkashdurur har yon sahobi pilrang,
Boshida changak hilolu yonida xurshid zang.
Asru izhori tajammul qildi sultoni bahor
Kim, bu yangligʻ pil yuz ming jilva aylar bedarang.
Ayladi nayson zuloli yer yuzin oyinagun,
Anjumu koʻk aksidur anda rayohinu oʻlang.
Daf’a-daf’a bir-biri uzra bulut ofoq uza,
Goʻyiyokim tojire terdi ruxutin tang-tang.
Chang uni birla may ich, koʻrguzdi chun qavsi quzah,
Davr ila andomi changu lavn aro avtori chang.
Buyla mavsumda keraktur aysh bazmin tuzgali
Ham zumurrad rang yer, ham bodai yoqut rang.
Bu bori bir yonu ul bir yonki, ichmak boisi,
Soqiyo, boʻlgʻay bu davr ichra bagʻoyat shoʻxu shang.
Ham nigitlik, ham bahor ayyomini tut mugʻtanam,
Bodavu soqiy uchun qilmaqqa tarki nomu nang.
Ey Navoiy, dam bu damdir — tut gʻanimat, boda ich,
Oʻzga bir damga yetar-etmaska chun voqif emang.

336

Aylasa mugʻbacha dayr ichra meni masti malang,
Ushatay sogʻari nomus bila shishai nang.
Ey xush ulkim, qilibon zuhd tunidin uryon,
Dayr aro tifllar oʻynatsa ani mast yalang.
Ishq bazmigʻa netib bormagʻamen, chunki meni
Tortadur ul sari yuz tor bila nagʻmayu chang.
Manga, zohid, yana may tarkini qil deb taklif
Qilmagʻaysen, koʻzunga uchrasa ul soqiyi shang.
Sof may lam’asiyu soqiyi mahvash husni,
Tiyra zohidqa asar qilmadikim, bor edi dang.
Ishqi bebok uza kim zuhd xayolin qilsa,
Erur andoqki, yegay bodai nob ustida bang.
Maykada ahligʻa yuz toqu tarab, ey soqiy,
Xonaqahda boʻla olgʻaymu Navoiygʻa darang.

337

Rahmsiz boʻlgʻay koʻngul kuffori Xaybar koʻnglidek,
Mumkin ermas boʻlmoq ul shoʻxi sitamgar koʻnglidek.
Kesti atfol gʻaming koʻnglum uza na’l uzra na’l,
Onchakim boʻldi hazin koʻnglum sanubar koʻnglidek.
Koʻnglum ul xat shavqidin yuz zaxmliq jism ichra bor
Oʻt ichinda anbar etkan dudi mijmar koʻnglidek.
Necha zaxm etsang qiziq koʻnglumni, oʻtdur — qon emas,
Humratikim anda zohir boʻlsa axgar koʻnglidek.
Garchi Layli mahmilidin nola koʻp chekkay daroy,
Savti muhlik boʻlmagʻay Majnuni muztar koʻnglidek
Mujda dayr ahliki, soqiy aksi ermish jilvagar,
Har kishi bersa safo koʻngliga sogʻar koʻnglidek.
Hajr tigʻidin Navoiy qonu zaxmin koʻrki, bor
Koʻngli mamlu jismidek, jismi sarosar koʻnglidek.

338

Dardu mehnat toshin, ey mahzun koʻngul, jonimgʻa oʻk,
Har ne afzun kelsa andin, jismi vayronimgʻa oʻk.
Chun base koʻpdur chiqib jon, jism uyi yemrulgali
Yetsa, xirman-xirman ul toshlarni har yonimgʻa oʻk,
Ishq oʻti axgarlari taskin berur chun dardima,
Yoqqali marhamdek ani dogʻi pinhonimgʻa oʻk.
Huznu mehnat yuklari koʻnglum uyin qilmish toʻla,
Ey falak, emdi alarni baytul-ehzonimgʻa oʻq.
Yuzu zulfi yodidin majlis tuzarman, ey rafiq,
Bogʻdin gullar terib, har yon shabistonimgʻa oʻk.
Xonaqahda tiyramen, dayri fano tufrogʻini
Ham supur kirpik bila, ham chashmi giryonimgʻa oʻk.
Gʻam bila anduh gʻizosidin boʻlubmen mumtali,
Ey Navoiy, goʻshalarda ani zindonimgʻa oʻk.

339

Subhi iqbolu saodat keldi ul farxunda eng,
Tong boshida muhtariq kavkabdek ul eng uzra meng
Sarvkim, teng tutmas oʻz qaddi bila har naxlni,
E’tidol ichra emastur sarvi qadding birla teng.
To meni sargashta chiqtim, dashtdin har yon quyun
Poʻya aylar tinmayin, nevchunki topmish yerni keng.
Koʻnglak oʻrpigʻa yelak kiyding hamono, ey quyosh
Kim, yadi bayzogʻa mone’ boʻlmagʻay har sari yeng.
Gʻorati islomu din yolgʻuz qilursen goʻyiyo,
Buyla yagʻmolarda yoʻq hojatki, boʻlgʻay kimsa heng.
Boda istab zuhd tarki ayladim, olgʻaymusiz,
Xirqavu sajjoda rahn etsam, xarobot ahli deng.
Dogʻu qon birla Navoiy koʻngli boʻldi lolakim,
Bu taqozo aylar ul mushkin mengu gulrang eng.

340

Ey, jafo peshangu bedod ishing, javr faning,
Har biri marhami rohat kebi koʻnglumga mening.
Koʻpdurur koʻnglum aro nish magar qildi nishon,
Varzish aylarda ani gʻamzai novakfikaning.
Xoʻblar xatlaridin tiyradurur chehralari,
Sensen ul gulki, yuzung gulshanida yoʻq tikaning.
Lutf koʻrkim, suda gul aksi masallik koʻrunur,
Hulla nozukligidin har sari nozuk badaning.
Ey koʻngul, gʻam yuzining koʻzgusidursen goʻyo,
Koʻzguning ikki yuzi yonggʻiyu eski tuganing.
Mendek, ey lola, seni qilmadi gar ishq shahid,
Nega gʻam dogʻi ayon ayladi qonligʻ kafaning.
Davr anduhi meni qildi halok, ey soqiy,
Shisha sofiy yoʻq esa, yoʻqmu ekan durdining.
Yoʻqturur ahli zamon qasrida juz naqshi jafo,
Chiqma, gar xud yiqilur boshinga baytul-hazaning.
Ey, Navoiy, chu falak toqidin ofat yogʻadur,
Chiqmakim, boʻlsa kerak maykada bogʻu chamaning.

341

Birovki, qoʻndi kecha oʻzga yerga yori aning,
Koʻzidin uyqu oʻchargʻa ne ixtiyori aning.
Kishiki, dilbari agʻyor birla tutti qaror,
Ajab emastur, agar boʻlmasa qarori aning.
Zamona xoʻblaridin vafo tama’ tutqan,
Oʻt istagayki, su qilgʻay ayon sharori aning.
Vafogʻa chunki jafodur evaz, xush ul forigʻ
Ki, ishq kishvarigʻa tushmamish guzori aning.
Koʻngul havosi meni buzdi, shukrdur angakim,
Tuzuldi ofiyat avjida roʻzgori aning.
Hayot gulshanidin qayda bar yegay koʻnglum
Ki, gʻam hazonigʻa boʻlmish badal bahori aning.
Zamona bogʻida naxli vafo emas sarsabz
Ki, javri jolasidin tushti bargu bori aning.
Quvonma davlati husnunggʻa, ey parivashkim,
Zamona davlatidek yoʻqtur e’tibori aning.
Navoiy etsa figʻon, xoʻblar, toriqmangkim,
Ne qolgʻusidur oʻzi, ne figʻoni zori aning.

342

Oshiq oʻldum, pand bermang — choram asbobin tuzung,
Ishq zor etganga zulm etmang — tarahhum koʻrguzung.
Eyki, dersiz ishq aro sabring uyin obod qil,
Mundoq etguncha hayotim qasri bunyodin buzung.
Sarvinozimkim borur koʻz bogʻidin, qilmon qabul,
Gar aning oʻrnida toʻbi naxlini oʻlturgʻuzung.
Onsizin, ey doʻstlar, ne zahru ne obi hayot
Kim, musovidur manga gar oʻlturung, gar tirguzung.
Gar ajal turgʻuzmadi jismimni ul oy koʻyida,
Doʻstlar, na’shimni bore anda bir dam turgʻuzung.
Durd kelturdung debon yozgʻurmangiz, ey ahli ishq,
Bok yoʻq, zuhdum ridosi kunjiga solib suzung.
Chun Navoiy koʻnglini qildi girih bir tori zulf,
Doʻstlar, sarrishtai ummidni andin uzung.

343

Chun latofat koʻzgusi boʻlmish safo ichra ul eng,
Yo rab, ohim dudi zohir qilmasun ul engda meng.
Ilgim oʻtin daf’ etar yeng suyi, baskim, elturam
Oh man’igʻa ilik yo ashkning daf’igʻa yeng.
Qomating birla latofatda oʻzin teng tutsa sarv,
Bordur ul yangligʻki, boʻlgʻay sarv birla soya teng.
Men balo chohidavu Majnun farogʻat dashtida
Lofi ishq ursa, ajab yoʻqkim, topibdur yerni keng.
Sudrabon eltur qazo ilgi meni mayxonagʻa,
Mast boʻlmay chora bormu, ey nasihat ahli, deng.
Turktoz aylab koʻngul olding ajaldin burna jon,
Hissa oyirma anga, nevchunki ermas erdi cheng.
Ey Navoiy, gar koʻngul ketti, malolat koʻrma koʻp,
Sen chu bedillikka qoyilsen, erur ul telba teng.

344

Quyundek vasl dashtidin gar, ey Layli, meni surdung,
Degach sargashta Majnunum, boshimni koʻkka yetkurdung.
Sotarlar dasht uza men telbani kim tutsa hindu deb,
Tanimni hajr dudu shu’lasigʻa baski kuydurdung.
Tegib tufroqqa andin sekregan toshlar halok etti,
Necha boshimgʻa qolqon tutqung, ar gʻam toshi yogʻdurdung.
Hazin koʻnglum qushining parlari churkandi, ul kunkim,
Buzugʻ tan oshyonin shu’lai hajringgʻa kuydurdung.
Netib naxli umidimdin guli vasl orzu aylay
Ki, hajring ilgidin ani qoʻngʻarding, yoʻqki sindurdung.
Boshimgʻa keldi gʻam tigʻi, balo toshi, ajal zaxmi,
Koʻr, ey hijroni zolimkim, nelar boshimgʻa kelturdung.
Yasa, ey dayr piri, bodakim, kelgum kaforatgʻa,
Eshittimkim, meni aylabturur deb tavba yozgʻurdung.
Bu gulshan gullarining chun vafosi noʻqtur, ey bulbul,
Ne ochilgʻay tutaykim, sen figʻoning koʻktin oshurdung.
Navoiy, yoʻl yiroq, maqsud nopaydo, qadam urgʻil
Ki, qolding korvondin, gar tinargʻa bir nafas turdung.

345

Zihi quti hayotim hajr muhlik dardida yoding,
Agar lutfunggʻa loyiq boʻlmasam, yoʻqturmu bedoding.
Manga lazzat sening zikring, manga quvvat sening fikring,
Manga ishrat sening vasling, manga toat sening yoding.
Agar xurshidi raxshon orzu qilsam guli roʻyung,
Va gar toʻbiyu rizvon mayl etsam sarvi ozoding.
Bagʻir qonin labolab aylagan oshom iki la’ling,
Koʻngul saydin damo-dam bismil etgan ikki sayyoding.
Ulusni tirgizur qatl aylamaktin obi hayvoning
Va lekin oʻlturur qatl aylamastin bizni jalloding.
Muhiqdur, ey koʻngul, bukim ul oy faryodinga yetmas
Ki, yolqibdur, nedinkim, yetti koʻp ul oygʻa faryoding.
Demon devona, balkim dev oʻlubmen ul pariruxdin,
Ne tong, ey shayx, aks etsam taxayyul barcha irshoding.
Ulusqa sofiyi ishrat tutub, ey soqiyi davron,
Hamono zahri mehnatni mening jonimgʻa asroding.
Navoiy Ka’bai maqsud sari gar qadam qoʻysang,
Tajarrud basdurur hamrohingu betoʻshaligʻ zoding.

346

Rahm etib, ey doʻstlar, majruh koʻksumni yoring,
Qoʻl yolang aylab solib, har yon ichimni axtoring.
Uchrasa yuzi qora koʻnglum tutub, tortib, uzub,
Oʻtqa solib oʻrtabon, jonimni andin qutqoring.
Ketgan ersa choklik koʻksum tikib, voqif boʻlub,
Kelsa bu jonib, sinonlar birla sanchib qaytoring.
Chun oʻlarmen — yorni istang, boshimgʻa kelmasa,
Bosh yolang aylab, qoʻyub tufrogʻ uza yuz, yolboring.
Kelsa ayturda oshuqmangkim, farahdin oʻlmayin,
Nuktadonligʻ birla ul soʻzni qoshimda oʻtkoring.
Boshima yetsa, chu oʻlgumdur necha faryod etib,
Bir nafas tengri uchun har qaysingiz bir yon boring.
Gar muyassar boʻlmasa bu ish, Navoiy xastani,
Qoʻldabon yo sudrabon mayxona sari boshqoring.

347

Hajrdin koʻzumga olamni qorongʻu aylading,
Umrdin koʻz yumgʻanim ul tunda uyqu aylading.
Jonu koʻnglum muddate sargashtadur koʻyung aro,
Boshlarin aylandururgʻa buyla jodu aylading.
Holima qolur taajjubdin el ogʻzi ochilib,
Yoʻqsa ahvolim jahon ahligʻa kulgu aylading.
Ashk siymobimudur hajringda, yo koʻz oqini
Hal qilib, koʻzdin ravon ul nav’kim su ayladnng.
Qoldi mahmizingdin oy yuzinda, ey chobuk, nishon,
Goʻyiyo javlon kuni ani tepingu aylading.
Shohidi davrongʻa goʻyo, ey tarab mashshotasi,
Bodadin gulgunavu sogʻarni koʻzgu aylading.
Buki aytursen zamon ahlngʻa yoʻq ermish vafo,
Ani ma’lum, ey Navoiy, bu zamonmu aylading.

348

Nil tortib, orazing oroyishin fan aylading,
Shu’lai koʻkurd birla sham’ ravshan aylading.
Sarvdin zohir yoʻq erdi juz niyoz, ey sarvnoz,
To xiromon jilva birla azmi gulshan aylading.
Hazl birla doʻstluq izhori aylab, ohkim,
Jumlai olam elin jonimgʻa dushman aylading.
Dud solmish boshima hajr, ey balo toshi, magar
Jism unining gunbadi boshini ravzan aylading.
Juz sharar ne dona hosil aylagaymen, chunki sen
Mazrai jonim aro oʻt birla hirman anlading.
Chun qadah berding labi xandon bila, ey mugʻbacha,
Jongʻa la’li otashinni shu’laafkan aylading.
Ey Navoiy, xirqa zaylidin aritting durdi xum,
Bizni bu dayri fanoda pokdoman aylading.

349

Ayril, ey za’f, emdi mohi notavonimdin mening,
Kam qil anduh oʻtini ozurda jonimdin mening.
Chok koʻksumdek tiking ogʻzimni hamkim, kechalar
Har zamon seskanmagay bexud figʻonimdin mening.
Sadqa vojib boʻlsa, ey koʻzu koʻngul, aylang nisor,
Dur bila la’l olligʻa bu bahru konimdin mening.
Ey falak, jilvang uchun aylay ravonimni fido,
Jilvagar lek olmagʻil sarvi ravonimdin mening.
Jism aro har dam harorat fahm qilsang, ey quyosh,
Gʻofil oʻlma jon dogʻi ruhi ravonimdin mening.
Soqiyo, gar la’lgun may tutsa boʻlmas yorgʻa,
Itlarin serob qilgʻil bori qonimdin mening.
Xurdai jonim nisoring, ey Navoiy, gar desang
Sihhat oyin nukta shohi xurdadonimdin mening.

350

Ne biymi hajrdururkim, nihoyati yoʻq aning,
Visol umidi kebi haddu gʻoyati yoʻq aning.
Ne sud xorani gar qilsa dudi ohim moʻm
Ki, koʻngli ichra shararcha siroyati yoʻq aning.
Agarchi shahduru ushshoq aning ranyatidur.
Vale ranyati sari rioyati yoʻq aning.
Ne zulmdur buki, hajr etsa qasdi jon nogah,
Anga madadduru bizga himoyati yoʻq aning.
Jafovu javri damo-damdur, ey koʻngul, demakim,
Asiru shiftalargʻa inoyati yoʻq aning.
Bu dayr aro birav osudadurki, mugʻbachadin
Ne kelsa, shukr etar, ammo shikoyati yoʻq aning.
Navoiy ilgida ne sabru ne umidi visol,
Kishiki boʻlmasa naqdi, kifoyati yoʻq aning.

351

Qilsa koʻksum chok tigʻi zahrparvardi aning,
Qoʻymangiz marhamki, oʻltursun meni dardi aning.
Koʻyi tufrogʻi aro oʻldum, dam urma, ey Masih
Kim, hayot istab yuzumdin uchmasun gardi aning.
Gul yuzungdin ayru bogʻedur koʻngulkim, ochilur
Hajr oʻti uchqunlaridin otashin vardi aning.
Ohim andoqdurki, la’ling shavqidin bir qatra qon
Toʻksa koʻz, yoqutdek bagʻlandurur bardi aning.
Buylakim soldi samandin poʻyagʻa, vah, ne ajab,
Olam ichra solsa oʻt barqi jahongardi aning.
Sotma, ey gul, noz koʻp, boqqil xazon bogʻigʻakim,
Bor emish gulrang bir kun chehrai zardi aning.
Ber Navoiy komini yo jonin ol, ey umrkim,
Zulmni elga figʻoni haddin oʻtkardi aning.

352

Ne ajab, sarvi sihiga inmasa boshing sening
Kim, emastur qaddu ra’noliqda boʻydoshing sening.
Gar nihoni fitna ta’lim aylamas, bas ne uchun
Boshini chekmish banogoʻshunggʻacha qoshing sening?
Sangboroni gʻamingdin bosh ne yangligʻ yoshuray
Kim, saodat gavharidur boshima toshing sening.
Obi hayvon birla goʻyo qildi la’li rang hal,
Suvrat ichra chun labinggʻa yetti naqqoshing sening.
Oʻta olmas xonaqaxi quds eli, ey mugʻbacha,
Dayr eshikinda chu tuzgay bazm avboshing sening.
Dema, ey nosihki, qilmaysen soʻzum birla amal,
Xotirimda qayda qolmish muncha qolmoshing sening.
Ey Navoiy, boʻldi qonligʻ dushmaningkim, yoshurur
Yordin sarigʻ yuzung rangini qon yoshing sening.

353

Yuzung oq, ey gʻamki, ashkim rangini ol aylading,
Jon fidong, ey dardkim, jismimni pomol aylading.
Holatim xalq anglamas, yo rab, sen-oʻq rahm aylagil,
Chun gʻame berdingki, ayturdin tilim lol aylading.
Sen tarahhum qil, xudoyo, bu qotigʻ holatdakim,
Meni zoru dilbarimni forigʻulbol aylading.
Safhai ruxsor uza xatkim chiqarding — fitnadur,
Fitna uzra nuqtalardurkim, otin xol aylading.
Sharhi ishqing yozgʻali jismim quruttung xomadek,
Har taraf jon rishtasin ul xomagʻa nol aylading.
Vah, ne hol erdiki, majlis ichra la’ling jomidin
Elni xushhol etting, ammo bizni behol aylading.
Elga javlon ichra solding tigʻ, yuz ming voykim,
Har qachon yetting Navoiy sari, ihmol ayladnng.

354

Ichmading may — to burunroq bizni rasvo qilmading,
Chunki rasvo qilding — andin soʻngra parvo qilmading.
Mayni zahri hajr sogʻinding magarkim, totqali
Bir fidoyi men kebi davronda paydo qilmading.
May ichardin qasding ermish bizni rasvo aylamak,
Aysh fikrin mundin oʻzga ishga goʻyo qilmading.
Shahr badnomi meni aylab, oʻzung ishrat aro
Vahki, bu badnomni bir yod qat’o qilmading.
Shoh bazmi ichra chun loyiq emas ermish gado,
Ey xirad, nevchun burunroq bizga imo qilmading?!
Ey koʻngul, rahmat senga, har nechakim koʻrdung jafo,
Olam ahlidin vafo hargiz tamanno qilmading.
Ey Navoiy, shukrkim, garchi seni shahr ichra yor
Shuhra qildi, sen aning sirrini ifsho qilmading.

355

Orazing guldur, gul uzra sunbuli tar kokulung,
Olloh-Olloh, gul yuzin qilmish muanbar kokulung.
Qomatingdur sham’u ruxsoringdur aning shu’lasi,
Shu’laning dudidur, ey shoʻxi sitamgar, kokulung.
Ochqaningda nega har tori arodur yuz girih,
Gar koʻngullar band qilmaydur sarosar kokulung.
Ne ajab, husn ahlining sultoni boʻlsang xossakim,
Mushkdin qoʻydi quyosh boshigʻa afsar kokulung.
Sunbuledurkim, sarosar chirmashibdur sarv ila,
Naxli qadding birlakim boʻlmish barobar kokulung.
Istasangkim, boʻlmagʻay oshuftayu darham, degil,
Qilmasun bizni parishonholu abtar kokulung.
Gar Navoiygʻa dimogʻ oshufta boʻlsa, tong emas,
Chun separ har dam yuzung oʻtigʻa anbar kokulung.

356

Ishq oʻtidin qismatim dardu balomu qilmading,
Dudi birla xonumonimni qaromu qilmading.
Kuymakimga barqi ofat qilmadingmu ohni,
Oʻlmakimga ashkni sayli balomu qilmading.
Zulm tigʻidin tanimni qilmadingmu band-band,
Furqatingdin band-bandimni judomu qilmading.
Dema, ey koʻzkim, ne qildim, gar seni koʻr istasam,
Bir boqib, yuz ming balogʻa mubtalomu qilmading.
Ey koʻngul, holimni qilding arzu afzun qildi zulm,
Bilmadingmu yo bilib yaxshi adomu qilmading.
Shikva qilsak sendin, ey gardun, ravo ermas dema,
Bizni bekom aylab, el komin ravomu qilmading.
Bahri ishq ichra, Navoiy, oshnoligʻ topmading,
To bu bir koʻzni Aras, ul birni Omu qilmading.

357

Ne boʻldi dardima, ey bevafo, davo qilsang,
Vafogʻa va’da qilib, va’dagʻa vafo qilsang.
Tanimni qurb fizosida xoki rah etting,
Boshimni vasl eshikiga oshno qilsang.
Sunub qoʻlumni yuzungga, murod etib hosil,
Ochib yuzungni, koʻzum hojatin ravo qilsang.
Visol avji biyik, ey koʻngul qushi, sen past,
Yetishmak anda ne mumkin, agar havo qilsang.
Jahon gʻamin chu olur, ber qadahni, ey soqiy,
Olurmen, ikki jahon mulkiga baho qilsang.
Zamona ahli jafosin tagʻoful aylarsen,
Alar tagʻoful etib, kosh sen jafo qilsang.
Agarchi ahli navodur vale ul oy boqmas,
Navoiyo, necha bulbul kebi navo qilsang.

358

Otashin ruxsora ochib, xonumonim oʻrtading,
Xonumonim xud ne boʻlgʻay, jismu jonim oʻrtading.
Dema, ne qildim, ne qildim, jonu koʻnglungni olib,
Oʻrtading, ey qotili nomehribonim, oʻrtading!
Dilraboliq birla chun yoqting jamoling shu’lasin,
Xasta koʻnglum olgʻach-oʻq, ey dilsitonim, oʻrtading.
Toʻlgʻanib kuysam, ajab yoʻq, oʻtqa tushkan rishtadek,
Chun firoq oʻtigʻa jismi notavonim oʻrtading.
Oʻtqa soldnng sabru aqlu jonu koʻnglum barchasin,
Yoʻqu borim kuydurub, yaxshi-yomonim oʻrtading.
Sogʻaring jonu jahondin ortugʻ ermish, soqiyo,
Lekin ul oʻt birla-oʻq jonu jahonim oʻrtading.
To Navoiydek belu ogʻzing xayoli birlamen,
Ushbu yoʻq savdoda paydovu nihonim oʻrtading.

359

Elga ishqidin gʻaraz mehru vafosidur aning,
Gar meni oʻltursa, maqsudim rizosidur aning.
Boʻlmas ul begonavash chun oshno, boʻl, ey koʻngul,
Bir kishiga oshnokim, oshnosidur aning.
Novaki zaxmin koʻzumdin chiqmasun deb, zaxmini
Kiyr ila tuttum, sogʻinmangkim, qorasidur aning.
Oʻqi sufori koʻngulda gar qizardi, ne ajab
Kim, bagʻir pargolasi har dam gʻizosidur aning.
Sabr xaylin koʻnglum oʻz girdinda qoʻymas, goʻyiyo
Kirpiku qoshing xayoli oʻqu yosidur aning.
Dahr boʻstonida bukim chok erur gul koʻnglaki,
Bulbul ahvoligʻa goʻyokim azosidur aning.
Shod oʻlubtur faqr koʻyida Navoiy, uylakim,
Saltanat farshi gadoligʻ boʻryosidur aning.

360

Zulfikim, bogʻliqdurur har jongʻa bir tori aning,
Tandin el jonin, ajab yoʻq, cheksa raftori aning.
Tigʻi zaxminkim tikarmen, sihhatim ermas gʻaraz,
Chiqmasun dermen hazin koʻnglumdin ozori aning.
Dona-dona xol ila gʻunchangni istab, koʻrki bor
Toza-toza dogʻ ila koʻnglum namudori aning.
Lablaring shavqida oʻlgan xalqdin koʻyungda zogʻ
Toʻ’ma aylabdurki, boʻlmish la’l minqori aning.
Mumkin ermas ul pariy majnunigʻa hush, ey hakim
Kim, junun xattidurur boʻynida tumori aning.
Ey musulmonlar, figʻonkim, kofire koʻnglumdadur
Kim, emas jon rishtasidin oʻzga zunnori aning.
Tashnamen, soqiy, shafaqgun may toʻla tut sogʻare
Kim, falakni nuqta qilgʻay davr pargori aning.
To quyub ogʻzimgʻa andoq sipqaray ul maynikim,
Qolmasun ul nav’ sogʻar ichra osori aning.
Ayta olmon, asray olmon ishq sirrin, ohkim,
Sa’b erur ixfosiyu mushkildur izhori aning.
Ey Navoiy, fard boʻl, vasl istasangkim, xalqdin
Har kishikim yorligʻ uzgay, xudo yori aning.
Mujda, ey tolibki, yerdin olmagʻi mumkin emas,
Bir qadam matlub boshqarmay talabgori aning.

361

Ohimni sarsar aylabon, ashkimni toʻfon aylading,
Bu sarsaru toʻfon bila olamni vayron aylading.
Bir dam yuzin koʻrgan zamon mahrum etarga vaslidin,
Ey yigʻlamoq, zoʻr aylabon, ey ashk, tugʻyon aylading.
Ey hajr, ashkim qonidin yer goʻyin etting la’lgun,
Bu goʻy shaklin uylakim bir qatrai qon aylading.
Har qatra ashkim qonidin xirqamni aylab dogʻ-dogʻ,
Jismimda har yerdin nishon bir dogʻi hijron aylading.
Gardun baliyat oʻqlarin otqanda, ey gul, goʻyiyo
Purxori hajring dashtidin har birga paykon aylading.
Chun jonu koʻnglum xirmanin kul aylading, ey barqi ishq
Asrargʻa hajr oʻtin magar ul kulda pinhon aylading.
Ey mugʻ, zuloli hajr edi jomi Jam ichra dayr aro,
Singʻan safol ichra solib, durdiga ehson aylading.
Davr ahlidin, eykim, vafo mumkin emas, deding, sanga
Tuttuq musallam, har nechakim man’ imkon aylading.
Ey koʻnglum, irshodim bilakim tuttung oyini fano,
Kavnayn ranjidin xalos oʻldung, ne nuqson aylading.

362

Koʻrgan el bedodi hijrondin meni yer birla teng,
Koʻrsangiz ishq ahlini, mendin oʻpub yer, ishq deng.
Sarv teng tutsa oʻzin qadding bila, ul nav’dur
Kim, giyoh oʻlgʻay qad ichra sarvi ra’no birla teng.
Gʻuncha ichra jola lof ursa tishing birla ne tong,
Bu adam kunjiga qolib, ul topibdur yerni keng.
Turfadurkim, kufr shomi raf’ oʻlub, qilgʻay tulu’
Subhi imon zulfin ochib, oshkor etsa ul eng.
Turfaroq bukim, saodat subhida chiqmish degay
Tiyra baxtim axtarikim, koʻrsa ul eng uzra meng.
Aql vasvosi xarob etmish meni hujjat bila,
Soqiyo, bir aysh jomi tut mangavu ani yeng.
Ey Navoiy, yengda pinhon etma ul oy ruq’asin,
Chun sanga uldur hamisha ashk oritmogʻ birla yeng.

363

Mening firoqimu aning visoli tun bila tong,
Bu nav’ dahrda yoʻq ehtimole tun bila tong.
Gʻarib zulfu yuz ermasmukim, jahon eliga
Koʻrunmamish bu ikining misoli tun bilan tong.
Tongim yorugʻu tunum tiyradurki, chirmashadur
Koʻngul aro yuzu zulfung xayoli tun bila tong.
Ne tunda aysh nasimi, ne tongda mehr, magar
Ki, boʻldi zulfu yuzung poymoli tun bila tong.
Tunung xujasta, tonging qutlugʻ oʻlsun, ey mahvash
Ki, ikki banda sanga boʻldi xoli tun bila tong.
Biravki, tongu tunin boda birla oʻtkargay,
Yaqinki, boʻlmagʻay aning maloli tun bila tong.
Navoiy etmadi zulfu yuzung visolin kashf,
Valek erur gʻamining ittisoli tun bila tong.

Lom Harfining Lu’batlarining Latoyifi «Badoye’»din

364

Ey koʻngul, bir nav’ oʻlubmen ahli davrondin malul
Kim, erurmen kimki andii yaxshi yoʻq, andin malul.
Hajr agar budur, netay men jonni, jon netsun meni
Kim, erur har lahza mendin jonu men jondin malul.
Tengri xalq etmish meni goʻyo malolat chekkali
Kim, dame yoʻqkim, emasmen xalqi nodondin malul.
Necha dinim uzra titray dilrabolar koʻyida,
Ey, musulmonlar, boʻlubmen kofiristondin malul.
Istasang maqsad, qadam qoʻy, ta’n toshidin ne bok,
Ka’ba topti boʻlmagʻay xori mugʻilondin malul.
Ey koʻngul, fikringni qilkim, doʻstu dushmanlar yuzun
Koʻrmas erdi, boʻlmasa sen zori hayrondin malul.
Ey mugʻanniy, tut «Iroq» ohangiyu koʻrguz «Hijoz»
Kim, Navoiy xotiri boʻlmish Xurosondin malul.

365

Ey koʻngul, men tarki ishq ettim vale fosh etmagil,
Men senga sirrim dedim, sen elni sirdosh etmagil.
Ey koʻz, emdi ayladim har chehradin qat’i nazar,
Qil tahammul dogʻi atrofimni qon yosh etmagil.
Soqiyo, qoʻydum ayogʻinggʻa sirishkim la’lini,
Lutf etib, bu maygʻa jomi hajr podosh etmagil.
Rishtai mehr uzdum, ey mashshota, zulfi qissasin
Koʻp uzatib, notavon koʻnglumga chirmosh etmagil.
Gar desang qadding boʻlub xam, qolmagʻaysan fitnagʻa,
Koʻz solib husnigʻa, mayli ul koʻzu qosh etmagil.
Hajr toshin yogʻdurubkim qavdi, oʻlsam, ey rafiq,
Qabrim ustida toʻkar toshing juz ul tosh etmagil.
Ey Navoiy, faqr yoʻlinda yer oʻpkil har qadam,
Ya’ni ul yoʻlda qadam sayr ichra juz bosh egmagil.

366

Qosido, ollinda ahvoli xarobimni degil,
Mufrit anduh birla muhlik iztirobimni degil.
Ishqi ichra za’fligʻ jismim shikanji sharhin et,
Toru zulfidek oʻt uzra pechu tobimni degil.
Koʻyi sayrida koʻrub ani muloyim gʻayr ila,
Ravzai jannat aro doʻzax azobimni degil.
Tan tiriklarning hisobi topmagʻanni dogʻi ayt,
Jonda ham dardu baloyi behisobimni degil.
Hajr dardidin vujud uyida bir dam toʻxtamay,
Har zamon mulki adam sari shitobimni degil.
Soʻrsakim, gʻam bazmida mensiz tuzarmu bazmi aysh,
Qon yoshimdin boda, bagʻrimdin kabobimni degil.
Ey Navoiy, gʻam bila bexudlugʻumdin nukta soʻr,
Yor hajrinda bu yangligʻ xoʻrdu xobimni degil.

367

Eyki, ishq oshubida holim soʻrarsen, soʻrmagʻil,
Koʻzlarimda su koʻrub, koʻnglum aro oʻt anglagʻil.
Ey pariy devona deb koʻnglumni qavma har zamon,
Da’voyi dildorligʻ qilsang, koʻngulni asragʻil.
Ey, bahori husn, barqi vasl ila kul qil meni,
Notavon koʻnglumga lekin dogʻi hijron qoʻymagʻil.
Shoʻxluqtin buki bogʻ ichra tilarsen oʻynamoq,
Koʻzlarimning bogʻi serobinda bir ham oʻynagʻil.
Telba koʻnglumni hamisha qilma majruh, ey pariy,
Tigʻi kin yuz qatlakim sursang, biror ham aldagʻil.
Kirdi ishq ahli fano dashtigʻa, ey majnun koʻngul,
Istasang yoʻl ozmagʻaysen, korvondin qolmagʻil.
Ey Navoiy, dayr aro boʻlsang gadoligʻ birla mast,
Bosh qoʻyar boʻlsang, safolingni boshinggʻa yostagʻil.

368

Ne atovu ne oʻgʻul, sen shah yigit, men qori qul,
Hech ato koʻrmaydur erkin sen kebi badmehr oʻgʻul.
Ishqing otashgohigʻa har nechakim qildim nazar,
Shu’lasi oʻtluq nafasdur, axgari qonligʻ koʻngul.
Roʻzgorim hajr dashtida qorargʻan, ayb emas
Kim, aning mushkin nasimi dud erur, tufrogʻi kul.
Domi ishqingdin gar ozod aylasang koʻnglum qushin,
Oʻzga yon qilsa havo, singʻan paru bolini yul.
Necha qilgʻay dardi dil har dam sanga jon, ey ajal,
Rahm etib, andin meni qutqar, oʻzung dogʻi qutul.
Istasang maxlas qora qaygʻudek anduh shomidin,
Subhdek ollinggʻa davrondin nekim yuz bersa kul.
Ey Navoiy, sa’y ila chun vasl hosil boʻlmadi,
Yor lutfigʻa tikil emdiyu gʻayridin toʻngul.

369

Gah-gah, ey shoʻx, meni boshing uchun yod etgil,
Yo boshingdin evurub bir yoʻli ozod etgil.
Biymi hijroning ila necha qilursen gʻamnok,
Netti bir mujdai vasling bila ham shod etgil.
Bordingu uzr bukim tuzmadi bedodimgʻa,
Kel dogʻi onchaki mumkin esa, bedod etgil.
Noladin ishqki koʻnglumni yitib, yetti firoq,
Emdi, ey telba, figʻon chekkilu faryod etgil.
Bazmdin surdingu ketmakka erur moni’ za’f,
Soqiyo, bir-ikki sogʻar bila imdod etgil.
Faqr dashtida desang forigʻu ozoda boray,
Kir tavakkal bilayu vahmni barbod etgil.
Ey Navoiy, tilasang ishqda emganmagasen,
Oʻzni hijron gʻamiyu dardi bila mu’tod etgil.

370

Qoshlaringdinkim erur qonligʻ koʻngul ichra xayol,
Ul qizil kogʻazda nundur, bu shafaq ichra hilol.
Tutmayin koʻnglumda taskin qaddi vaslin istamon,
Qayda payvand etsalar, tutqay oʻzi, tutmay nihol.
Sarvning seni kebi boshinda dastor uzra chin,
Nargis uzra nuqta monandi koʻzung ustida xol.
Za’fligʻ jismimdadur har yon boʻgʻinlardin girih,
Nol torigʻa erur garchi tugun tugmak mahol.
Lolagun may tobidin ul oy qizarmish yo magar
Shoʻxluqtin lolazor ustida agʻnaptur gʻizol.
Davr elida gar vafo yoʻq, sen vafo qilgʻil, valek
Kimni xushhol etsang, andin tut oʻzungga yuz malol.
To Navoiy zulfi yangligʻ poyboʻsin istadi,
Gah parishonhol erur ul zulfdek, gah poymol.

371

Doʻstlar, ul sarvqad hajrinda chun boʻldum qatil,
Sarv eking, gar qoʻymoq istarsiz mazorim uzra mil.
Koʻhi hajr egnimda istarmen ani sur’at bilan,
Shavqdin xasdek tanimgʻa ermas andoq yuk saqil.
Za’f aro sunbulni gar zulfung dedim, tong yoʻqki, bor
Xastagʻa javzo tuni yaldo tuni yangligʻ tavil.
Rashkdin bir-birga qiymas mehrini jonu koʻngul,
Rost andoqkim hasud el moligʻa boʻlgʻay baxil.
Buki hijron tigʻidin koʻksumni yuz chok aylading,
Yuz dalilim bor, agar har chok boʻlsa bir dalil.
Dayr jannat, huri ayndur xoʻbluqtin mugʻbacha,
May zuloli birla koʻp aynan tusammo salsabil.
Gar yuzung istab Navoiy koʻzlaringga xordur,
Ne ajab, din ahli kuffor ollida boʻlmoq zalil.

372

Hajring kunin bir yilchavu har soatin bir oycha bil,
Hayrat mahalli boʻlmagʻay oʻn ikki oy gar boʻlsa yil.
Ul ishvagar chun ochti yuz — koʻzga nazar yoʻq, tilga soʻz
Kim, ashkdin bogʻlandi koʻz, hayratdin ul yangligʻki til.
Chun shahsuvorim otlanur, andin falak la’b oʻrganur,
Ishqida jismim toʻlgʻanur, ul nav’kim oʻt uzra qil.
To chiqmas ul gul bogʻdin, boʻlmish bu dardu dogʻdin,
Dardim ogʻirroq togʻdnn, xoshokdin jismim yengil.
Ey husn aro soxib gʻino, xurshid otangdur, oy ano,
Istar esang nisbat yana, ham sarv ogʻo, ham gul singil.
Koʻk mehridin ayyorroq, Bahromdin xunxorroq,
Sen yo falak gʻaddorroq, ey mehri yoʻq mohim, degil.
Koʻrdi Navoiy jon aro gʻam shu’lasi hirmon aro,
Koʻz mardumidek qon aro, koʻrgach libosingni qizil.

373

Ul guli ra’nogʻa nomam xoʻb emas yakson qizil,
Safhasi boʻlsa kerak bir yon sarigʻ, bir yon qizil.
Hajr oʻtidin qoni koʻnglumning qurubtur, gar ul oʻt
Zor koʻnglumni qizitmaydur, nedur paykon qizil.
Sarvgʻa gulnor bargidin libos etkan kebi,
Chekti gulgun hulla naxli qaddigʻa jonon qizil.
Besutun Farhod qabridur qizargʻan loladin,
Yo aning qonidin oʻlmish tufrogʻi har yon qizil.
Orimas ashkim bila koʻzning qizargʻan raglari,
Bahr mavjidin oqargʻudek emas marjon qizil.
Qon yoshim serob qildi bogʻni, mundin nari
Anda tong ermas koʻkarmak sabzavu rayhon qizil.
Gar koʻzung zaxmin koʻngullar qonin etmaydur gʻizo,
Bas, nedin qon toʻkkali boʻlmish nachukkim qon qizil.
Charx bahridin bu yangligʻ boʻlsa qon yutmoq mudom,
Yoʻq ajab, emdi sadaf bermak durri gʻalton qizil.
La’li shavqidin sarosar lolagundur koʻz yoshim,
Ey Navoiy, kim koʻrubtur bahri bepoyon qizil.

374

Yor hijronida sarvaqtimgʻa yetting, ey ajal,
Jon fidong etsam hanuz ozdurki, kelding darmahal.
Jon talashmogʻliqqa qoʻyma la’li hajridin meni,
Chun erur ta’xir aro ofat, koʻp qilma hayal.
Jonni bot olmoq sanga mushkul esa, jon chekma koʻp,
Qoʻyki, bu mushkulni bot aylar aning hijroni hal.
Hajridin oʻlmay visoli noʻshidin topsam umid,
Aylagumdur sa’y oʻlmaktin tirilmak filmasal.
Hajr bemorigʻa qotil zahr erur hayvon suyi,
Ey Masih, asra nafas bu nuktada, qilma jadal.
Soʻnggʻi kundin xalq tarson, men burun kundin vahim,
Elga gʻam shomi abad keldi, manga subhi azal.
Ich Navoiy, gʻussa tahliligʻa gulgun bodakim,
Bir piyola la’li mahlul oʻlmadi andin badal.

375

Jongʻa zulmungni nechakim koʻnglung istar, oncha
Qil, Men cheka olgʻancha demon, sen qila olgʻancha qil.
Qoʻzgʻadi koʻnglumni bedod aylabon xayli gʻaming,
Gar rioyat aylasang, ul mulk qoʻzgʻolgʻancha qil.
Jonima ming dard solding, ayla mingdin birni daf’,
Aytmon anda davo ham dardni solgʻancha qil.
Gʻam yuki ostida tavshaldurdi hijroning meni,
Iltifot etsang dogʻi men zor tavsholgʻancha qil.
Javru bedoding tuganmay qolgʻan ersa jonima,
Charxdin ham untuj olsang, ol demon, qolgʻancha qil.
Va’dai mehrin manga yuz qatla yolgʻon etti charx,
Sen dogʻi bemehrlik qilsang, yuz ul yolgʻancha qil.
Ey Navoiy, navha ohangida koʻp qilding figʻon,
Emdi majlis mutribi bu nagʻmani cholgʻancha qil.

376

Bu ne qomat, bu ne raftoru na shaklu na shamoyil
Kim, etar aqlni madhush, dogʻi hushni zoyshk
Yuzi kuydurmakima oʻt, sochi yigʻlatmogʻima dud,
Koʻzi torojima soiy, qoshi xunrezima qotil.
Jonfizo husni niqob ichra, dogʻi el talashib jon,
Qolmagʻay erdi tirik bir kishi, ul boʻlmasa hoyil.
Tigʻin egnimga tushurmakni hamoyil tilayolmon,
Qayda ul baxtki, boʻlgʻay qoʻli boʻynumgʻa hamoyil.
Ey habib, etma Masih ollida izhori fasohat,
Chun erur dam ura olmasqa labing ollida qoyil.
Aqlu hushu xiradu jonni aning yoʻlida qoʻydum
Topmadim vasl muhayyo qilibon muncha vasoyil.
Chunki ushshoq uni yoqmas emish ul gul qulogʻigʻa,
Ey Navoiy, necha bulbul kebi bu na’rai hoyil.

377

Ey musavvir, orazin koʻr, mehri raxshon chekmagil,
Jondin ortiqdur labi, zinhorkim jon chekmagil.
Keldi ul mir’oti husnu uchmoq istar jon qushi,
Ey koʻngul, bir lahza urma ohu afgʻon chekmagil.
Novakidin jon topib erdimki chekting, ey rafiq,
Emdi bore zaxmidin bir lahza paykon chekmagil.
Eyki, boʻynum bogʻlading koʻyida jurmi ishq ila,
Asra gardanbasta qulni, lek har yon chekmagil.
Gʻamza tigʻidinki koʻnglumni qovorsen oshkor,
Chin esa qullob, zulfung birla pinhon chekmagil.
Mumkin ermas qismat oʻlgʻan rizqning afzunligʻi,
Bas xaloyiq minnatin, to boʻlgʻay imkon, chekmagil.
Ey Navoiy, xonaqah shayxi koʻp etkay zarqu makr,
Yoʻqluq asbobini mugʻ dayridin oson chekmagil.

378

Nachukki dard qirogʻi ayogʻing ostida dol,
Uzor nuqtasi yangligʻ uzoring ustida xol.
Alif kebi qading ul ikki lomi zulf ichra
Koʻrungach, oʻldum alar vasfin aylamaktin lol.
Taningki moviyi behol hulladin koʻrunur,
Tanimni su kebi, tong yoʻq, gar aylasa behol.
Gʻarib holim agar yor soʻrmasa, ne ajab
Ki, ogʻzi yoʻqlugʻidin yoʻqturur mahalli savol.
Malolat etti meni gard, lek qoʻrqarmen
Ki, yetkay, ani desam, xotiringgʻa gardi malol.
Bu bogʻ gullari chun bevafodur, ey bulbul,
Xush ul qusheki, taalluqdin oʻldi forigʻbol.
Navoiy, istasa dilbar seni firoq ichra,
Murod topma, agar xud muroding oʻlsa visol.

379

Iki koʻz manziling, ey mohi mahmil,
Koʻngulga azm qil manzil-bamanzil.
Koʻzung qotildur, ammo zahr chashming
Erur oʻlturmakimga zahri qotil.
Eshikingda yozarmen ohlar, lek
Boʻlur, bir oh cheksam, barcha zoyil.
Meni majnun dedi laylivashim, voy
Ki, bu devonani sogʻindi oqil.
Koʻzung chun nimxob erdi, ne tong, gar
Koʻngul saydini qildi nim bismil.
Erur bir xol birla mabdai fayz,
Sanga gar yetmas, ayla oʻzni qobil.
Navoiy, oʻzlukung raf’ etkim, ul but
Erur maqsud ruxsorigʻa hoyil.

380

Yoqing oʻt bergali, ey ishq, hayotimgʻa xalal,
Dogʻi hajr oʻrtagucha oʻrtasa nodogʻi ajal.
Deb emishsenki, firoqimdagʻi ushshoq ichra
Nechasin aylagum oxir, meni bori avval.
Nomai hajrim aro safhai taqvim kebi
Ashk qoni bila har sari chekilmish jadval.
Barqi tigʻingki vujudum xasini kuydurdi,
Dudidin tiyra gar oʻlsa, kulidin ber sayqal.
Boshima shu’lai hijron tutashibdur, ne osigʻ
Kim, yorutmas qora hajrim kechasin bu mash’al.
Zohido, boda gunah boʻlsavu lekin ne gunah
Bizga bu ishni nasib etti chu qassomi azal.
Ishqdin koʻp gala nazm etti Navoiy, bilmon,
Naylagay, turfa gʻazoligʻa yetushsa bu gʻazal.

381

Goʻyo labu xattingni tarh etkanda naqqoshi azal,
Shingarfu zangor oʻrnigʻa la’lu zumurrad qildi hal.
Fosh etti gohi riqqati koʻz qoni tomgʻan hay’ati
Kim, koʻz qorasin furqati qon birla aylabtur badal.
Dogʻi firoq, ey dilrabo, andoq koʻzum qildi qora
Kim, koʻz qorasidek manga matlub erur dogʻi ajal.
Sen furqat istab kin ila, men yer oʻpub tamkin ila,
Qatl ahliga taskin ila qilmoq namoz erur hiyal.
Hajring oʻtidin har zamon andoq kuyar ozurda jon
Kim, sogʻinur bogʻi jinon doʻzaxqa kirsa filmasal.
Yuz yilgʻa umr oʻlsun qarin bir dam koʻrar ahli yaqin,
Bas nedur, ey xilvatnishin, muncha sanga tuli amal.
Vaslu zamoni bul-ajab, soqiy, qadah tut lab-balab,
Mutrib, tuzat savtu tarab, oʻtkar, Navoiy, bir gʻazal.

382

Ishqing oʻtidin tanim kul boʻldi, ey badmehr, bil,
Mehr uyi qilsang bino, ul kul bila tarh aylagil.
Gar buzuqta chugʻz nolon koʻrmamishsen, zaxmi koʻp
Tan aro afgʻon chekar koʻnglum qushin nazzora qil.
Keldi chun ohimdin oʻt olmoqqa Majnuni zaif,
Toʻlgʻanib churkandi ul oʻt ichra ul yangligʻki qil.
Gʻam tuni za’f ettim andoqkim sahar ul koʻydin
Subh anfosi uchurgʻudek tanim boʻlmish yengil.
Koʻnglaki gulgun behol oʻldi chun jismin quchar,
Naylasun behol boʻlmay, en koʻngul, oxir degil.
Umrgʻa hech e’timode yoʻqtur, ey gʻofil koʻngul,
Oyu yilni necha mast oʻtkargasen, bir ham oyil.
Necha ul kirpik sinonigʻa Navoiy koʻnglini,
Har zamon ilgʻaysen, ey badmehr, ani bir koʻzga il.

383

Kim dedi mehringni ul mahvashqa ravshan aylagil,
Kuch bila joninggʻa jononingni dushman aylagil.
Ul pariy chun bordi, xohi telbalardek dasht tut,
Xoh zuhdu ofiyat kunjini maskan aylagil.
Chun boʻlur ul turfa qush koʻprak ramida, ne osigʻ,
Har zamon yuz qatla gar faryodu shevan aylagil.
Ey quyosh, ishqingda gar sargashta boʻldi zarraye,
Garm oʻlub kuydurma, balkim mehr anga fan aylagil.
Boʻlmasa ul sarvi gulrux, ey koʻngul, doʻzaxcha bor,
Xohi azmi dasht qil, gar mayli gulshan aylagil.
Har ne davrondin kelur, taslim xushtur, ey rafiq,
Naf’ chun yoʻq, oʻzni gar yuz qatla tavsan aylagil.
Gʻam sipohi qatligʻa mayxonadur dorul-omon,
Ey Navoiy, zinhor ul uyni ma’man aylagil.

384

Ey pariy, yuz yoraliq koʻnglum sari nazzora
Qil, Yorasiz har qaydakim topsang, ani ham yora qil.
Pora-pora aylagach bir-bir aning ajzosini,
Yuzlarin borining ohim dudi birla qora qil.
Xayli hindudekki, dushman ilgida boʻlgʻay asir,
Har birisin olam ichra bir taraf ovora qil.
Chun alar ovora boʻldi, koʻzlarimni ham oʻyub,
Oʻtqa tashlab, uylarin ham tosh bila yuz pora qil.
Ul ikavdin boshima kelgan balovu gʻussani
Aylabon mundoq uqubatlar zamone chora qil.
Koʻzu koʻnglum boʻlmasa netkung agarchi, ey sipehr,
Xoʻblargʻa sarvdin qad, mehrdin ruxsora qil.
Ey Navoiy, oʻynagʻung yoʻq ishq to yuz koʻrmagung,
Uzr aytib, yer oʻpu soʻz tarkini yakbora qil.

385

Ey koʻngul, hijron kunidur, tortib afgʻon yigʻlagʻil,
Vay koʻz, ayrulgʻungdur ul gulchehradin, qon yigʻlagʻil.
Koʻz tutarmen, ey bulutkim, oʻtsang ul gulshan sari,
Chun sogʻinsang bizni, un tortib, farovon yigʻlagʻil.
Rostliq haqqi uchun, ey sham’, bir tun bazmida
Chiqsa soʻz mendin, kuyub behaddu poyon yigʻlagʻil.
Ey qadah, qon yutmagʻimni majlisinda sogʻinib,
Cheksa gulgun boda ul gulbargi xandon, yigʻlagʻil.
Koʻnglum olgʻan chogʻda, ey koʻz, man’i ashk ettim, valek
Qasdi jon ham qildi chun ul koʻnglum olgʻon, yigʻlagʻil.
Yoʻl qotiq, maqsud mubham, ya’s gʻolib, ey koʻngul,
Un chekib bu holinga, to bordur imkon, yigʻlagʻil.
Ey Navoiy, belu ogʻzidin sanga yoʻqtur nasib,
Xoh paydo nola chekkil, xoh pinhon yigʻlagʻil.

386

Hajr oʻqidin, ey koʻngul, har yon qanotlar soz qil,
Ul pariy vasli havosin istabon parvoz qil.
Istasang bir qissa, ey roviyki, el koʻp yigʻlagʻay,
Ishq aro koʻrganlarimning sharhidin ogʻoz qil.
Biz niyoz ahliyu sen noz ahlisen, rahm et gahe,
Qoʻy niyoz etmakka bizni goh, oʻzung ham noz qil.
Gar desang qatlim soʻzinkim yoʻq degum yoʻq, ey Masih,
Oʻlgum armon birla, bir dam ham meni hamroz qil.
Rahm ozu javr koʻp qilmoq sanamlar da’bidur,
Gar qila olsang ani koʻprak, bu birni oz qil.
Berma, ey zohid, taayundin oʻzungga imtiyoz,
Oʻzni eldin betaayunluq bila mumtoz qil.
Gar begonamassen Navoiyning nihoniy dardini,
Yona, ey ishq, ohi birla ashkini gʻammoz qil.

387

Tigʻi hijroning bila koʻnglumni yuz parkand bil,
Har birin yuz yoraliq bagʻrimgʻa bir payvand bil.
Dema har torida zulfining nedindur yuz girih,
Har birin ul torlardin yuz koʻngulga band bil.
Oyu kun gar volidayi oʻlsa ul afzun husn aro,
Ayb emas, ikki sadafqa dur kebi farzand bil.
Yolgʻon ahli ishq yangligʻ qatlim etma, chehra och,
Bir koʻrub ishq ichra oʻlmakka meni xursand bil.
Husnigʻa oʻxshatting, ey gardun, quyoshingni, valek
On anga monanddek, ani munga monand bil.
Eyki shahsen, lek qilmaysen ravo el hojatin,
Oʻzni ham oʻzdin ulugʻroq shahgʻa hojatmand bil.
Ey Navoiy, pand eshitmay telba koʻnglung boʻldi gum,
Desang andoq boʻlmay, ahvolin oʻzungga pand bil.

388

Hullasin ul sarv qildi naxli ra’nodek yashil,
Lek ohim dudidin vahm aylab osrodek yashil.
Evrulur boshigʻa bulbullar kebi parvonalar,
Qilgʻali ul sham’ kisvat sarvi ra’nodek yashil.
Rangi la’li gar durur qonligʻ mujam, tokim erur
Vusma birla qoshi mino tusluq yodek yashil.
Istamas boʻlsa qora el roʻzgorin ul quyosh,
Hullasin bas nevchun etmish charxi xazrodek yashil.
Gar muallim lavhi mino javrin oʻrgatmas, nedin
Lavhai ta’limin etti lavhi minodek yashil.
Revu rang ahli muridi boʻlmagʻilkim, Xizr emas,
Xirqasin har ahmaq etsa baqli hamqodek yashil.
Ey Navoiy, yuz gul ochti joninga ul sarvinoz,
To libos etti bahori olamorodek yashil.

389

Yuziga, anglamadimkim, niqob erur hoyil,
Quyosh jamoligʻa yoxud sahob erur hoyil.
Uzori ustida kokilmu boʻldi oshufta,
Yoʻq ersa gul yuziga mushki nob erur hoyil.
Oʻqung koʻrunmas esa pora-pora koʻnglum aro,
Ne tongki, six koʻrarga kabob erur hoyil.
Buzugʻ koʻngul aro ul ganji husndur, yuz shukr
Ki, el koʻzidin anga bu xarob erur hoyil.
Figʻonki, turfa mugʻanniy uni bila xushmen,
Vale netayki, yuziga kitob erur hoyil.
Koʻrarsen ani, gar oʻzluk hijobin etsang raf’,
Agarchi koʻrgali yuz ming hijob erur hoyil.
Navoiy, aylama koʻrmak xayol ul gulni
Ki, bargdin yuziga behisob erur hoyil.

390

Orazingni bogʻ aro chun koʻrdi, hayron boʻldi gul,
Bargsiz qoldi, nedinkim, bas parishon boʻldi gul.
Bodadin gul-gul koʻrub ul yuzni, aning hajridin,
Chok-chok oʻlgʻan koʻnguldek tah-batah qon boʻldi gul.
Guluzorim kishvari husn ichra boʻldi podshoh,
Rost andoqkim, chaman mulkida sulton boʻldi gul.
Sayri bogʻ aylarda davron chashmi zaxmi daf’igʻa,
Har taraftin chobukum davrida qalqon boʻldi gul.
La’li komimdur, qoshimda kelsa ul gul xirmani,
May tilar koʻnglum, chu bazmimda farovon boʻldi gul.
Kecha-kunduz qilma gulbongingni bas, ey andalib
Kim, sanga besh kun bu gulshan ichra mehmon boʻldi gul.
Gul chogʻi yori safar aylab, Navoiy jonigʻa
Har biri bir toza qonligʻ dogʻi hijron boʻldi gul.

391

Otashnn gul gʻunchasidur oʻtlugʻu qonliq koʻngul,
Zor bulbul tumshugʻi chokidin afgʻonliq koʻngul.
Boʻstonafroʻz erur har yon nihon tuxmi aning,
Hajr xunobi aro yuz dogʻi pinhonliq koʻngul.
Xasta jonning soʻgida devonayedur motami,
Koʻkragimning zaxmidin choki giribonliq koʻngul.
To boʻlub yuz pora, har bir pora zulfung toridin
Birga bogʻlandi, base topti parishonligʻ koʻngul.
Birki hayron boʻldi ul orazgʻa, koʻrdi xalqdin
Har nafas yuz qatla oʻz holigʻa hayronligʻ koʻngul.
Gʻunchalar ermas tikonlar ichrakim, ushshoqdek
Charxdin koʻrguzdi ul ham necha laykonligʻ koʻngul.
Ey Navoiy, koʻnglung oldurma, yoʻq ersa sen oʻlub,
Ne osigʻ, yuz qatla gar qilsa pushaymonligʻ koʻngul.

392

Yuzini koʻrdi badan chokidin xarob koʻngul,
Uzuldi, baski ayon qildi iztirob koʻngul.
Chu boʻldi jilvagar ul ganji husn hasratidin,
Xarobligʻ qiladur har zamon xarob koʻngul.
Magar shikanjai zulfunggʻa qoldikim, urdi
Oʻziga gʻuncha kebi muncha pechu tob koʻngul.
Balodurur gʻami ishqing sening vale yuz voy
Kim, ul balodin eta olmas ijtinob koʻngul.
Sharori oh masallik ul oy havosida koʻr
Ki, pora-pora qilur koʻk sari shitob koʻngul.
Rioyat ayla sudek sof xalq koʻnglinikim,
Sinar nafas bila ul nav’kim hubob koʻngul.
Navoiy oncha labingdin dediki, boʻldi anga
Teshilmaki bila qon ichra la’li nob koʻngul.

Mim Harfining Mahbublarining Malohati «Badoye’»din

393

Bormu ul ikki oʻrulgon gesuyi anbar shamim,
Yo etak solmish Muhammadda yozilgʻan ikki «mim».
Hamd vajhida biri sarchashmai obi hayot,
Haddi lutf ichra biri sarxalqai ahli na’im.
Ul biridin ruhparvar topti anfosi Masih,
Bu birisidin asosin ajdaho koʻrdi kalim.
Jahl aro oʻlgan koʻngullarga dami Iso boʻlub,
Chun esib tanlar quburigʻa riyozingdin nasim.
Koʻrmagan boʻlsang ato, ma’ni anga bu boʻldikim,
Sen kebi chiqmay nubuvvat bahridin durri yatim.
Turfa bukim, bul bashar keldi atolargʻa ato,
Lek Bulqosim dedi farzand ani bevahmu biym.
Qidmat ichra barchadin boʻldung muqaddamroq, valek
Ulki sendindur muqaddamroq, erur hayyi qadim.
Yo nabiilloh salomatdin boʻlub men munharif,
Bir inoyat birla ahvolimni qilgʻil mustaqim.
Tong emastur, gar navo boʻstonida topqay maqom,
Chun Navoiy oʻzni na’ting koʻyida qildi muqim.

394

Necha hijrondin buzugʻ koʻnglumda boʻlgʻay dam-badam
Gʻam uza gʻam, dard uza dardu alam uzra alam.
Yor hijroni, vatan tarkiyu gʻurbat shiddati,
Charx bedodiyu davron mehnati, el javri ham.
Sabr ozidin azob, anduh koʻpidin iztirob,
Ashkdin sayli balo, oh oʻtidin har dam alam.
Subhu shom emgak koʻpidin koʻngluma yuz ming balo,
Shom to subh uyqu yoʻqtin jonima yuz ming sitam.
Barcha bir sari, mangavu yor za’fi bir sari,
Kosh anga sihhat boʻlub, boʻlgʻay manga yuz muncha gʻam.
Sadqa aylarga anga loyiq, manga yoʻq tuhfaye,
Xasta jonim naqdi bordur elt, ey payki haram.
Ey Navoiy, sharhi holimni dedim irsol etay,
Soʻzidin ham safhagʻa oʻt tushti, ham kuydi qalam.

395

Subhidam gul yoqti sham’u lola zohir qildi jom,
Ya’ni yoqib sham’, ol jomi sabuhiy birla kom.
Jomi gulgun xushturur bir sarvqad shoʻx ilgidin,
Ul nafaskim, tong yelidin gulga sarv aylar salom.
Subhkim bulbul maqomi «rost» tuzgay sarv uza,
Bazm uchun tut sen dogʻi bir sarv ayogʻinda maqom.
Subh nevchun umrdin may birla kome topmagʻay,
Kimsakim, umrigʻa yoʻqtur e’timod oʻlgʻuncha shom.
Soqiye xushtur sabohatligʻ sabuhi vaqtida,
Lek andin xushroq uldurkim, bu aysh oʻlgʻay mudom.
Gul arusigʻa berur ziynat chaman mashshotasi,
Su bila har subh to boʻlmish zilol oyinafom.
Sen dogʻi bir gul isi birla dimogʻingni qizit,
Vasl savdosin pishur, garchi erur savdoi xom.
Men xud ul sarvi xiromonni dedim, umri aziz,
Vahkim, ul sarvi xiromon bas itik aylar xirom.
Ey Navoiy, umr ishida xud koʻp ihmol aylading,
Qilmasang dunyo ishiga ham boʻlur koʻp ihtimom.

396

Xoli xatting uza, ey turfa sanam,
Aylading nuqta xat ustida raqam.
Tushti koʻz zulf ila ogʻzinggʻa, ne tong,
Aylasa ishq vujudumni adam.
Oʻt solib boshima ishqu tan aro,
Sham’ning rishtasidek pech ila xam.
Oʻqi zaxmi uza kuydurdum dogʻ,
Qorasi zaxm uza boʻldi marham.
Oʻziga qilmagʻan oʻzlukni harom,
Harami ishq aro boʻlmas mahram,
Soqiyo, oyinagun jom bila
Bir dam etgil meni Iskandaru Jam
Ki, na Jam qoldiyu ne Iskandar,
Itti ul jom ila ul koʻzgu ham.
Shod boʻlkim, ikki olam komi
Arzimaskim, yegasen bir dam gʻam.
Ey Navoiy, sanga sa’b oʻlsa xirad,
Telbalik silsilasin tut mahkam.

397

Yorgʻa yetkach alam, tutti koʻngul xaylini gʻam,
Shahgʻa chun ranje yetar, ranjur oʻlur mulk ahli ham.
Yor uydin chiqmasa, olam koʻzumga tiyradur,
Chun quyosh chiqmas, jahondin murtafi’ boʻlmas zulam.
Ne haroratdur sangakim, kuydi andin olame,
Uylakim oʻrtar jahonni mehr oʻti urgʻach alam.
Ne araqdurkim, ichinda gʻarqadur nozuk taning,
Bargi guldekkim, gulob ichra choʻmar sar to qadam.
Sarvgʻa bogʻ ichra har yon jilva qilmoq xushturur,
Soyadek nevchun yotibdur sarvi gulzori Eram.
Sensiz ichmak uyladurkim marg jomi ichra zahr,
Obi hayvon birla gar boʻlsa labolab jomi Jam.
Ey Navoiy, sadqasi boʻlgʻil alam daf’i uchun,
Men oʻlub, gar ul salomat boʻlsa, hech ermas alam.

398

Yer uzra tim-tim qon yoshim goʻyoki tommas dam-badam
Kim, naqdi vasling bay’igʻa koʻzlar sanar bir-bir
diram.
Ishqingda boʻlgʻach xoki rah, boʻldum balokashlargʻa shah,
Gʻam xaylidin tortib sipah, oh oʻtidin chektim alam.
Bir qatla koʻrsang ani, bas, ta’n etmagay erding havas,
Ishqigʻa, eykim, har nafas bizni qilursen muttaham.
Ey sarv qaddi mahliqo, tengri qachon koʻrgay ravo
Mendin vafo uzra vafo, sendin sitam uzra sitam.
Yoʻq fikri bu devonaning, titrar ichi hamxonaning
Kim, saqfi bu vayronaning ashkim suyidin boʻldi nam.
Mutrib, navoye kom tut, mugʻ dayrida orom tut,
Soqiy, labolab jom tutkim, qasdi jonim qildi gʻam.
Berganga gʻam dahri dani mayxona basdur maskani
Kim, boda daf’ aylar ani, yetsa kishiga har alam.
Dayru haramda sar-basar, ul yuzdin istarlar xabar,
Koʻp ham nizo’ etma agar ul der samad, bu der sanam.
Deding topib jonon isi, toptim labidin jon isi,
Kelur bu soʻzdin qon isi, tinma, Navoiy, asra dam.

399

Tutqali bodai gulgun qadi savsan mohim,
Savsani xonadurur har kecha manzilgohim.
Vahki, vasfida tilim loldurur savsandek,
Savsani toʻn ila to jilvagar oʻlmish mohim.
Koʻrgali qaddini savsan sari tuz boqmaymen,
Ushbu soʻz tuzlugiga tengri erur ogohim.
Manga dilxoh aning qaddu yuzidur, garchi
Savsanu gul sari koʻp mayl qilur dilxohim.
Qomating xijlatidin savsan oʻlubtur necha rang,
Yo bu nav’ etmish ani shu’lavu dudi ohim.
Bu chaman savsanu sarvigʻa baqo chun yoʻqtur,
Boʻlsa gul gashtidin aning, ne ajab, ikrohim.
Ey Navoiy, netayin sarv ila savsanki, erur
Savsani toʻn bila ul sarvi ravon hamrohim.

400

Qachon koʻrsam ul oyni, kuydurur jonimni afgʻonim,
Agar koʻrmak muyassar boʻlmasa, miskin mening jonim.
Koʻzum yoshi tanim zaxmi bila koʻyung yoʻlin tuttum
Ki, bir sari borur ashkim, yana sari borur qonim.
Tanimda buki pinhon dogʻlardur, aylagay pinhon
Tanimni, har tarafdin boʻlsa paydo dogʻi pinhonim.
Quyundek dasht uza sargashtadur xoki tanim, yoxud
Libos etmish quyunning pardasidin jismi uryonim.
Tanimgʻa kelmadi ovora koʻnglum koʻyidin, goʻyo
Unutmish xonumonin ul aloxonu alomonim.
Yonimgʻa keldi ul mahvash, dam urmon, lek naylaykim,
Koʻngulning iztirobidin teshilgudekdurur yonim.
Ayoqchi mahvashu may dilkashu ahli tarab sarxush,
Qadah kelturki, qilmoq porsoliq yoʻqtur imkonim.
Zamon ashobining hajri qoshimda vaslidin xushroq
Ki, xushroqdur visolimdin alar ollida hijronim.
Navoiy ishq aro zunnor bogʻlab kirdi dayr ichra,
Mugʻona bir qadah bermas hanuz ul nomusulmonim.

401

Ne gʻam, koʻrguzsa koʻksum yorasin choki giribonim,
Koʻrunmas boʻlsa koʻnglum yorasidin dogʻi pinhonim.
Bagʻirdin oʻzga yoʻqtur toʻ’ma, koʻksum chokidin yerga
Ichimga boshini solib iting gar boʻlsa mehmonim.
Boʻlubtur za’fim ul yangligʻki, bossam moʻrni oʻlmas,
Vale ul jismim uzra chiqsa, dardidin chiqar jonim.
Tanimgʻa muncha za’f oʻldiki, rangin ashk ifroti,
Ne tong za’fim, chu ikki zaxmdin turmay borur qonim.
Sabohi vasl ul oy istab meni tufrogʻ aro topmas
Ki, shomi hajr koʻp gardi fano yogʻdurdi vayronim.
Chamandin yel ravonoso kelur har dam, ajab ermas
Ki, gulgashti chaman aylar bugun sarvi xiromonim.
Tiyarmen ohu ashkimni ulus bedodidin, yoʻqsa
Olur dodim alardin ushbu sarsar birla toʻfonim.
Meni maqsuddin mahrum etibsen, ey koʻngul, har dam
Jafo dogʻi bila kuydurmakim, bas dogʻi hirmonim.
Qilibtur va’dai vasl, ey Navoiy, vah, ne xush boʻlgʻay,
Soʻzin bir qatla gar chin aylasa ul ahdi yolgʻonim.

402

Sahar koʻrdum yuzin — aqshomgʻacha kuydi hazin jonim,
Bu erdi subhi vaslim to ne boʻlgʻay shomi hijronim.
Quyosh kulbamgʻa ingandin manga yuz qatla xushroqdur
Qora shomimni ravshan aylagan sham’i shabistonim.
Ne yangligʻ yoshuray hijron gʻaminkim, fosh etar har dam
Ogʻizdin shu’laliq ohim, nazardin ashksiz qonim.
Ajabtur toiri vasl istamak kulbamgʻa qoʻnmoqkim,
Yaqindur nasri voqi’ni uchurgʻay koʻktin afgʻonim.
Qading naxli xayoli koʻzdadur, ey navbahori husn,
Maozolloh, agar ani qoʻngargʻay sayli mujgonim.
Dedim, soʻzon koʻnguldin chekmagil bir dam xadangingni,
Dedikim, qolsa bir dam su boʻlur ul oʻtda paykonim.
Baliyat toshi yogʻdurgʻan kebi vayronima gardun,
Mazallat gardi har dam yogʻdurur boshimgʻa vayronim.
Qadah davrin evur, ey dayr piri, toki mumkindur
Ki, davron ranjini tortargʻa emdi yoʻqtur imkonim.
Dema jomi fano ichra ezilmishtur ajal zahri,
Navoiy, jon berib, ul jomni chekmakdur armonim.

403

Suda koʻrmak yuzung dushvor edi, ey husn aro mohim,
Xususankim, anga tahrik bergay sarsari ohim.
Ne yangligʻ ul quyosh koʻyiga yolgʻuz azm qilgʻaymen
Ki, boʻlmoq istamon ul yon borurgʻa soya hamrohim.
Koʻngulni istadi ul, ani koʻnglum istadi, yuz shukr
Ki, holo dast bermish har nekim bor erdi dilxohim.
Biravni koʻz koʻrub, koʻnglum asir oʻlgʻanni yoshursam,
Gah ashkim imtidodi fosh etar, gah ohi nogohim.
Gar oʻlsam itlari hamkosasi, ahbob, ta’n etmang,
Alar ikrohi gar yoʻqtur, mening xud qayda ikrohim.
Necha dogʻ istaram koʻnglum aro, tengri uchun oʻrta
Ki, soyilmen, bu ikki-uch diramdur shayalillohim.
Mavokib gardi ul yondin, bu yondin xalq nazzora,
Magar yoʻlinda men oʻlgan, tamoshogʻa kelur shohim.
Ajab yoʻq pirlarning nuktasidin boʻlmogʻim ogah,
Fano yoʻli suluki ichra boʻlsa piri ogohim.
Tanimni, ey Navoiy, har taraf koʻyida oh eltur,
Tilab ul xirmani gulni, uchar har yon pari kohim.

404

Junundin uyla tufrogʻ oʻldi jismi ranjparvardim
Ki, har tosh ursalar atfol jismimgʻa, chiqar gardim.
Necha hajrinda oʻlsam ohu ashkimdin solib toʻfon,
Vale qoʻymang, koʻrarga kelsa sarvi nozparvardim.
Yoʻlida baski qoʻydum chehra sanchilgʻan xasu xoshok,
Somonlar bilki chekmish kahrabodek chehrai zardim.
Payopay ne ekin abri bahordin choqin tushmak,
Bulut uzra bir uchqun soldi goʻyo shu’lai dardim.
Quyundek gar talab dashtida yoʻq men yetmagan vodiy
Ne gʻam, sargashtalikda uchrasa mohi jahongardim.
Vafo boʻstonin ashkim birla serob ayladim, umre
Erur gʻam novaki-sarvim, bagʻir pargolasi vardim.
Muhiqdur, ey Navoiy, ul pariy mendin malul oʻlmoq,
Nedinkim, koʻyida devonaligʻni haddin oʻtkardim.

405

Ey, yuzu qadding oshiqi gulu sarvi ravon ham,
Munung ichida oʻqdur, aning bagʻrida qon ham.
Koʻyung erur ul ravzaki, xijlat topib andin,
Gum boʻldi gulistoni Eram, bogʻi jinon ham.
Ogʻzing bila la’lingni tilar jonu koʻngulkim,
Gʻunchanggʻa koʻngul sadqa, fido la’linga jon ham.
Koʻnglum kebidur gʻuncha, ekan lolaki bordur,
Paydo toshida qon, ichida dogʻi nihon ham.
Gah bul-ajab ahvolima, gah dardima boʻlmish
Ul koʻyida har kechaki gʻavgʻovu figʻon ham.
Men telbaki koʻrgach ani faryod etib oʻldum,
Gar yaxshi emas erdi, emas erdi yomon ham.
Gʻam xayli hujum etsa, yugur maykada sari,
Nevchunkn, erur hisni hasin dori omon ham.
Tut mugʻtanam, oʻldung esa xushhol zamone,
Nevchunki, zamon hosid erur, ahli zamon ham.
Har yon borur ul shoʻxu Navoiygʻa ham ummid
Kim, sahv ila shoyad qilgʻay mayl bu yon ham.

406

Ishq oʻtidin tanda andoq sa’b oʻlubtur kuymakim
Kim, shararlar toridin goʻyo toʻqilmish koʻnglakim.
Bagʻrimu koʻnglum itiga toʻ’maliq dushvor edi,
Shukrkim, chok oʻldi ishqing tigʻi birla koʻkragim.
Za’fdin koʻyungga bordim surganib atfoldek,
Rahm qilgʻilkim, bu yoʻlda haddin oshdi emgakim.
Dema uyqusiz koʻzung hajrim tuni ochilmadi,
Ne qila olgʻay ajal uyqusi birla sergakim.
Bir qadam vayronima qoʻykim, gʻamingdin tunu kun
Yuzga ilgimdur sutun, tufroqqa botib tirsakim.
Dard koʻrkim, dev siyratlar bilandur ul pariy,
Garchi bor andin malak xayligʻa dogʻi tergakim.
Ey Navoiy, hajridin yillar quyub, ul bevafo
Demadikim, naylar ul ushshoq ichinda ertakim.

407

Hajringda qonu gʻussadur ichmak-emaklarim,
Ishrat surudi nolai zor aylamaklarim.
Maxfiy gʻaming yozarda yigʻilgʻan bitikcha bor
Darding nihon tutardin oqargʻan soʻngaklarim.
Jonu koʻngul firoq hujumida ittilar,
Mendin zabunu zorroq ermish koʻmaklarim.
Oʻpmak izingni yoʻq haddim, ammo xayol ila
La’lingni yolqitur mutaoqib muchaklarim.
Gardi balo boshimgʻa yogʻar onchakim, magar
Chambarlaridin ayladi gardun elaklarim.
Yuz pora bagʻrima tish urar men yutarda qon,
Bu boʻlsa may, ne tong, alar oʻlmoq gazaklarim.
Ogʻzing gumoni erdi Navoiyda, shukrkim,
Nutqung yaqingʻa qildi badal barcha shaklarim.

408

Yigʻlarimni, eyki, koʻp man’ aylading, yoʻqtur shakim,
Ashking oʻlmoqda sadim gar boʻlsa darding sad’yakim.
Ul quyosh vaslin tilarda poʻyam ul gʻoyatdadur
Kim, emas mumkinki, bir kun soya boʻlgʻay hamtakim.
Jon berib, vaslingni bay’ etkanni yozdim koʻngluma,
Dardu ishq ikki guvohim, choklik koʻnglum chakim.
Shomi hajr uygʻoqmen behad kelurdin koʻzga yosh,
Uyqugʻa qoʻymas yugurmakdin bu xayli goʻdakim.
Koʻngluma juzv oʻldi paykoningki, chiqmas tortibon
Juzv-juzv oʻlsa koʻngul, ul juzv erur loyanfakim.
Soqiyo, mir’oti idrokimni maydin ravshan et
Kim, emas bu korgahda bir sarimoʻ mudrakim.
Ey Navoiy, ogʻzidin koʻnglumda gar bor erdi shak,
Qatlima chun demadi soʻz, bartaraf boʻldi shakim.

409

Kishi ham ermas emish ishq sirrigʻa mahram,
Taxayyuligʻa koʻngul ham, hadisigʻa til ham.
Nasime gʻuncha ichidin chu yoydi gul atrin,
Dimogʻlargʻa yetardin ne chora, ey hamdam.
Yoshurdi odam agar tengri sirrini, koʻrunguz
Ki, xalq sirrini tutmas nihon bani odam.
Taashshuqum soʻzini, ey rafiq, koʻp soʻrma
Ki, bu fasonaning avlodur oʻlmagʻi mubham.
Agar gunohim esa dardu ishq izhori,
Bu soʻzda yaxshi yomonning qoshida men mulzam.
Hayot boʻlsa qililgʻay talofiyi mofot,
Figʻonki, umr binosi emasturur mahkam.
Xush ulki, mast oʻlub oʻlgʻay xalos olamdin
Ki, keldi olami behushluq ajab olam.
Men oʻlmadim esa gʻamsiz dame, gʻam ermastur
Ki, gʻam hujum etar, oʻlgʻan zamon dame xurram.
Ne tong, Navoiy ulustin gar oʻldi ozurda
Ki, koʻrdi koʻp alam uzra alam, gʻam ustida gʻam.

410

Furqati za’fida qon yosh ichra yotmish paykarim,
Guluzorimdek qizil atlastin oʻlmish bistarim.
Yuz bila ashkim oritti yor, shod oʻlsam ne tong
Kim, tulu’ etti saodat matla’idin axtarim.
Otashin la’ling gʻami qonligʻ tanimgʻa soldi oʻt,
Uchqunum gulbarg oʻlub, la’l oʻlgʻusidur axgarim.
Oh shoyad koʻyi sari eltgay deb shodmen,
Garchi gard oʻldi yoʻlinda jismi mehnatparvarim.
Uyla hijron birla xoʻy ettimki, gar derlar birav
Yori birla vasl topmishtur, emastur bovarim.
Itlaring singʻan safoli ichra boʻldum durdkash,
Boʻlmasun hargiz tihi ul bodadin bu sogʻarim.
Ey Navoiy, hajr oʻqidin par chiqarmogʻ ne osigʻ,
Chun pariy roʻyumgʻa yetmakka yaramas bu parim.

411

Koʻnglumu jonim fido ogʻzigʻa, guftorigʻa ham,
Kufrimu dinim dogʻi zulfigʻa, ruxsorigʻa ham.
Itti qonligʻ koʻnglum, uzgil gʻunchalarni, ey sabo
Kim, anga koʻz solmayin, balkim namudorigʻa ham.
Zor koʻnglumga agar boqib ani zor aylading,
Joni bemorimgʻa ham boq, jismi afgorimgʻa xam.
Borgʻach ul sarvi ravon, jismimda jon qolgʻaymukim:
Qaddigʻa jon rishtasi bogʻlandi, raftorigʻa ham.
Men kimu din, ey musulmonlarki, bir kofir koʻrub,
Jon fido qildim chaliposigʻa, zunnorigʻa ham.
Dahr bogʻining guli oʻtdur, biyik ashjori dud,
Yelga ber ul gulni ham, oʻt solgʻil ashjorigʻa ham.
Ey Navoiy, dahr yoʻqu bori tinmasligʻdurur,
Tingʻasen, gar qilmasang parvo yoʻqu borigʻa ham.

412

Emas junundin, agar togʻlarda boʻlsa qarorim
Ki, qoldi bahri sirishkim tubida mulku diyorim.
Jamoling oyinasin xat chu tiyra ayladi — oʻldum,
Ne ayb, qilsa quyosh koʻzgusini tiyra gʻuborim.
Chu itlaring yaladi qonlarimni zaxmlaridin,
Gʻarib marham edi buki topti jismi afgorim.
Sirishk qoni chu naqsh ayladim, nigor yetishti,
Bihisht qildi buzugʻ manzilimni naqshu nigorim.
Halokim ul qadu yuzdin chu boʻldi, tufrogʻim uzra
Boʻlur, chu sarv uza gul egilsa, sham’i mazorim.
Qadah olib labi jon baxshinga, quy ogʻzima, soqiy
Ki, jonni aylagudekdur halok ranji xumorim.
Navoiyo, su agar qilsa toshni, ne osigʻdur,
Nigor koʻngliga qilmas asar chu nolai zorim.

413

Ne rafiqekim, davosiz dardi holimni desam,
Ne shafiqekim, nihoyatsiz malolimni desam.
Yetti charx avroqi toʻlgʻay, yetti bahr oʻlsa midod,
Ul quyosh vasligʻa bir damliq xayolimni desam.
Istimo’ oʻlsa xirad savdoi oʻlgʻay shammaye,
Zulfi zanjirida savdoi muholimni desam.
Chunki kozibdur munajjim oʻksa mehrin ordur,
Oʻtruda ul axtari farxunda folimni desam.
Dema toʻbidinkim, ul eski daraxt oʻtrusida
Nomunosibdur, agar navras niholimni desam.
Rind emasmen dayr aro, gar jomi Jamdin oʻtsa soʻz,
May gadoligʻ qilgʻali singʻan safolimni desam.
Ey Navoiy, xoʻblar ichra mening mohimdadur
Tab’i mavzunni desam yo zihni solimni desam.

414

Firoq oʻtidin aningdek qizibturur badanim
Kim, ani sokin etar jonni oʻrtagan tuganim.
Gʻamingdin uyla oʻluklar hisobi boʻlmishmen
Ki, hujra madfanu idbor gardidur kafanim.
Sirishk bahri aro uyla xoʻy qilmishmen
Ki, su kishisidek oʻlmish tengiz aro vatanim.
Farishtaligʻ tilamon, istaram iting boʻlsam,
Agar boʻlur esa zulfung kamandidin rasanim.
Agarchi yuz tikan ul gʻamza tikti bagʻrimgʻa,
Yuz ochsang, ochgʻusi yuz gul bagʻirda har tikanim.
Xush ulki, yigʻlar edim zor-zor dayrda mast,
Sanam gʻamidin oʻlub chok-chok pirahanim.
Navoiyo, qani ul fayz xonaqoh ichra
Azimat etki, erur xushroq anda-oʻq ekanim.

415

Ishq tarkin qildimu chiqti koʻnguldin yodi ham,
Sizga vaslining nishoti, hajrining bedodi ham.
Ishq buzsun deb koʻngul mulkini obod ayladim,
Yer quyi emdi aning vayroni ham, obodi ham.
Zor edimkim, shod emas ishq ichra koʻnglum xotiri,
Emdi koʻnglum qolmadi, ul xotiri noshodi ham.
Koʻrsa Layli birla Shirin ruhi javrin, rahm etib,
Kuygay aning xasta Majnuni, munung Farhodi ham.
Dahr bogʻidin, koʻngul, naf’i vafo koʻz tutmakim,
Besamardur sarv ham, sarkashdurur shamshodi ham.
Men vafo kimdin topay, bu shevani chun topmadi
Ofarinishda pariy jinsi, bashar avlodi ham.
Yorsizligʻdin Navoiyni yana qoʻrqutmangiz
Kim, bu sa’b ishga yurak bosti koʻngul toʻqtodi ham.

416

Keldi tirguzgali za’fim koʻrub ul Iso dam,
Kelgani ham oʻz ishin qildi, vale ketgani ham.
Kelmaki jon beribon qayturi oʻlturdi yana,
Goʻyiyo qaytgʻali boshima yetkurdi qadam.
Borib oʻlturmadi jon naqd nisor etti koʻngul,
Uylakim, xalq sochar, shoh ayogʻigʻa diram.
Shomi hijroniki, gʻoyatsiz erur tiyraligi,
Adam iqlimigʻa ul keldi savodi a’zam.
Koʻzni surtub, gar itingning tobonin resh ettim,
Hal qilib koʻz qorayu oqini aylay marham.
Vah, ne yangligʻ bu xarobot aro hushyor boʻlay
Ki, daqoyiqdur anga bir-birisidin mubham.
Men kimu vasl, ani xoslaringgʻa yetkur
Kim, Navoiygʻa yetar hajr aro bedodu sitam.

417

Hajr qonim toʻkkudekdur, buylakim zor oʻlmisham,
Bot qutulgʻum garchi bas qottigʻ giriftor oʻlmisham.
Uylakim, uryon tanimgʻa yogʻdi tosh hijronida,
Ey Masih, asra damingkim, behad afgor oʻlmisham.
Kecha tegrang aylanib, kunduz yuzum devor uza,
Uydagi parvonadin goʻyo namudor oʻlmisham.
Mumkin ermas men qori soyilgʻa koʻyung furqati
Xossakim, ishq ofatidin sa’b bemor oʻlmisham.
Koʻyi devorigʻa orqam yopishib, men volihi
Suvrati nazzorasida naqshi devor oʻlmisham.
Gar koʻrunmas ul pariy, istab anga yakranglik,
Za’fdin men telba ham emdi parivor oʻlmisham.
Ey sabuh ahli, meni bir jom birla tirguzung
Kim, oʻlum holi xumor ilgida bedor oʻlmisham.
To mulozim piri dayr oʻldi, murodim mugʻbacha,
Sokini dayru muqimi koʻyi xammor oʻlmisham.
Ey Navoiy, sarv birla gulni naylay, chunki men
Volai bir gul uzori sarv raftor oʻlmisham.

418

Qarigʻan chogʻda bir mahvash yigitga mubtalo boʻldum,
Oʻzum oʻz jonima bedod qilmoqtin balo boʻldum.
Manga ham oshno begona ham begona xasm oʻldi,
Ham ul chogʻdinkim, ul begonavashqa oshno boʻldum.
Junun sahrosida demang qachondin boʻldung ovora,
Aning ishqida tokim aql mulkidin jalo boʻldum.
Yuzumga charxdin yuz koju ul oy ollida mardud,
Qorargʻan roʻzgorimdek ajab yuzi qora boʻldum.
Hino yoqgʻan kebi jismimgʻa marhamni suvadiklar
Ki, boshtin to oyoq hajr oʻqlari birla yaro boʻldum.
Manga dorul-qazoyi ishq aro qon davo etti shavq,
Anga xunrez koʻz birla bu davogʻa guvo boʻldum.
Mugʻona nagʻma birla mugʻbacha may tutti ollimda,
Chu bir irshodi birla sokini dayri fano boʻldum.
Muraqqa’ bas manga yuz dogʻliq tan, chunki dayr ichra,
Safol ilgimda durdi boda istardin gado boʻldum.
Navoiy barcha el bir yonu sen bir yon, yomon ermas
Gar ahli ishq toptilar navo, men benavo boʻldum.

419

Koʻngul jarohatigʻa vaslidin davo koʻrsam,
Nazar murodin aning husnidin ravo koʻrsam.
Bu nomurod yuzin bir nazar koʻrub har dam,
Murodim ushbudururkim, ani yono koʻrsam.
Ne nav’ el koʻzi ollida koʻrmakiga chiday,
Erur chu mardumidin rashk koʻz aro koʻrsam.
Qora koʻrub, ne balo qoʻzgʻalurlar el manga ham,
Ne aybu ham xatidin qora balo koʻrsam.
Ulus jafosidin etmon shikoyat ulcha kelur,
Ne shikva, ul ulus oshubidin jafo koʻrsam.
Qoshimda jomi Jamu saltanatcha bor oʻrni,
Safol alimda xarobot aro gado koʻrsam.
Bu korgahda xato kelmadi chu bir sarimoʻy,
Xato mening nazarimdandurur, xato koʻrsam.
Qachongʻacha boʻlay oʻzluk muziyqi ichra batang,
Xush ulki, jilvagahim vodiyi fano koʻrsam.
Navoiyo, meni gar yor benavo qilsa,
Koʻp ortugʻ andinkim, gʻayrdin navo koʻrsam.

420

Jongʻa koʻksum chokidin jononni mehmon ayladim,
Gavhare toptim, ani koʻnglumda pinhon ayladim.
Kavkab ermas, paxtalar tiqmish qulogʻigʻa sipehr,
Ul quyosh hajrida tunlar, baski, afgʻon ayladim.
Jongʻa, ey gul, xori gʻam koʻp urdung, et vahm emdikim,
Har birin bir novaki ohimgʻa paykon ayladim.
Koʻksum uzra har ne marham erdi, ashk oqizdi, voy
Kim, salomat tarhin ul su birla vayron ayladim.
Fitna toshi yo salomat sohili tengdur manga
Kim, hubobi ashkdin boshimgʻa qolqon ayladim.
Boisi maqsud— zohid zuhd qildi, men — fano
Faqr iqbolidin ul mushkulni oson ayladim.
Ey Navoiy, bogʻlab erdi Ka’ba ehromin koʻngul,
Koʻyidin bir nukta sharh aylab, pushaymon ayladim.

421

Bodadin jon isi kasb etti mashom,
Goʻyiyo la’linga yetmish edi jom.
Koʻrmagan Xizr suyining borishin,
Kelu koʻr obi hayotimgʻa xirom.
Toʻlin oyni nedin el vasf qilur
Ki, mushobihdurur ul yuzga tamom.
Mehri gardun chamani vardidurur
Kim, erur koʻzga yuzungdek gulfom.
Qadam, ey ruxi ravon, boshima qoʻy,
Negakim, ruh biyik topti maqom.
Xolu zulfigʻa koʻngul bermangkim,
Qushni bandur etar ul donau dom.
Ogʻzi vasfida Navoiy soʻz der
Muxtasar, chunki erur xayr kalom.

422

Lahza-lahza kunduz aning zulmini yod aylaram,
Kecha oʻz jonimgʻa bedod uzra bedod aylaram.
Aql yod aylab, yana hijronida boʻlsam xamush,
Chun junun tugʻyon qilur, bexost faryod aylaram.
Boʻyni bogʻliq qul qilur, koʻrgach agarchi hajrida,
Oʻzni yuz ta’kid ila ishqidin ozod aylaram.
Ishq sayli chun oʻtar, topmon tilab osorini,
Har necha koʻnglumga tarxi sabr bunyod aylaram.
Qush qochar sayyod domidin, ajab qushmenki, men
Zulfin istab orzui domi sayyod aylaram.
Aqlu xush, avroqu ajzosin junun ohi bila
Devbod oʻtkan kebi borini barbod aylaram.
Soqiyo, muhlikdurur qaygʻum ushul ummid ila
Kim, mayi jonbaxsh tutqung, xotirim shod aylaram.
Faqrdin yuz yilchiliq yoʻl men yiroq, avval dalil
Buki, faqr oyinini oʻzumga isnod aylaram.
Ey Navoiy, zulmkim, nomehribon mohim qilur,
Mehribon shohimni koʻrgach, qichqirib dod aylaram.

423

Dardoki, lahza-lahza fuzundur malolatim,
Hijron malolatidin erur sa’b holatim.
Boshimki, tigʻi kasrati yetkach, tushar quyi,
Altofi oʻtrusida bu erkan xijolatim.
Desamki, ey jamol elining shohi, qilma zulm,
Der, shohliq tariqidadur bu adolatim.
Menda maqol quvvati noʻq za’fdin, valek
Har anjuman orasida yoʻq juz maqolatim.
Koʻnglum oʻtinki sharh qilurmen, boʻlur samum,
Ul gulga tong nasimi gar etsa risolatim.
Dashti junungʻa kirmangiz, ey ahli ishqkim,
Gum aylar anda xalqni dudi zalolatim.
Yor etmay iltifot Navoiygʻa boʻlsa ya’s,
Ne gʻam, chu qatl va’dasi bor istimolatim.

424

Boʻlgʻanda hajr tunlari behushlugʻ ishim,
Koʻz mardumidurur yuzuma su urar kishim.
Demangki, yor ochsa uzor, ayla jon nisor,
Ne hojat aytmoq, ul erur xud mening ishim.
Hajrida uyla telba boʻlubmenki, telbarar
Har itni yor koʻyidakim zaxm etar tishim.
Koʻp surdi tigʻi qatl firoq, emdi sen dogʻi
Bir qatl tigʻi sur, yetishibdur chu varzishim.
Jonon murodi qatlim oʻlub, qilsa jon ibo,
Jonimgʻa qargʻishimduru jonongʻa olqishim.
Ul gul harimi gulshanida bir giyoh edim,
Nav’e qoʻngardi hajrki, qolmadi qirtishim.
Demang, Navoiy asru tirik qoldi hajr aro,
Vasli ummidi birladurur muncha qolmishim.

425

Kuyar hajringda jismi notavonim,
Ne jismi notavonkim, xasta jonim.
Gar oʻltursang meni, qil tigʻ ila qatl
Ki, boʻlsun koʻyunga ogʻushta qonim.
Firoqing soʻzidin bir shu’ladurmen,
Oʻti ul shu’laning soʻzon figʻonim.
Meni qovma eshikdin, chun itingmen,
Ajab yoʻq, gar erur koʻyung makonim.
Yorib koʻksum, seni jonimgʻa tortay,
Tarahhum qil, koʻrub dogʻi nihonim.
Amon bermas edi davron jafosi,
Xarobot oʻlmasa dorul-amonim.
Aning koʻyida qil qabrim, Navoiy,
Der ersangkim, yetushsun yerga yonim.

426

Firoq dashtida tufroq boʻlub edi boshim,
Koʻtarmasa edi tufrogʻdin ani yoshim.
Boshimni goʻy qilibmen yoʻlungda, ey chobuk,
Oting ayogʻi qayon boʻlsa, andadur boshim.
Yoʻl uyla qat’ etaram ul quyosh havosinda
Ki, soya qilgʻudek ermas oʻzini yoʻldoshim.
Hayot naqdini naylayki, mayfurush olmas,
Ushancha maygʻaki ochqay xumor qalloshim.
Yuzung xayolida ohim sharar sochar har yon,
Samumi hajrdurur bu nasimi gulposhim.
Ketur piyolaki, har nechakim vafo qildim,
Jafodin oʻzga ulustin yoʻq erdi podoshim.
Navoiyo, agar ikkinchi Odam ermasmen,
Nedin jahon yuzini tutti sar-basar yoshim.

427

Qorigʻan vaqtda bir tiflgʻa shaydo boʻldum
Kim, gʻamidin qoriyu tifl aro rasvo boʻldum.
Xayli atfol aro tosh yogʻdurubon qovlarlar,
Har qayondinkim aning koʻyida paydo boʻldum.
Qaysi Majnun sogʻolur, koʻrsa meni telba boʻlur,
Telbalar xayligʻa sarmoyayi savdo boʻldum.
Itlari silsilasida kechalar nola chekib,
Xayli ahbobqa sarhalqayi gʻavgʻo boʻldum.
Gohi eng uzra, gah tim-tim koʻrunur koʻz yoshim,
Ishq bogʻi aro shohi guli ra’no boʻldum.
Demakim, tavbayu taqvoni qachon tark etting,
Soqiyi gulrux dame shiftasi to boʻldum.
Labi vasfida Navoiy dami tirguzdi oʻluk,
Fayzi quds chu madad qildi — Masiho boʻldum.

428

Ey pariy, rahm etki, koʻnglum zor erur, bechora ham,
Ishqu savdo dashtida Majnun erur ovora ham.
Tandagʻi paykonlaru ashkim yorutmas uynikim,
Dudi ohimdin qorarmish sobitu sayyora ham.
Zaxmi koʻp bagʻrimni tikmak mumkin ermas, ey rafiq
Kim, erur goz poravu majruh erur har pora ham.
Vasli iqboliyu men, hayhotkim, ruxsorini
Toqatim yoʻqtur yiroqtin qilgʻali nazzora ham.
Uyla su qildi balo koʻhsorini ohim oʻti
Kim, olib koʻksumga urgʻuncha topilmas xora ham.
Charx makru fitnasidin gʻofil oʻlmang zinhor,
Chunki bu shohid base fatton erur, makkora ham.
Telbarab ittim Navoiydek junun sahrosida,
Qilmadi yodimni hargiz bir pariy ruxsora ham.

429

Hajr arokim, oʻzni may birla fasona aylaram,
Yigʻlamoqqa boda ichmakni bahona aylaram.
La’lgun har mayki ichtim ul mayi lab hajridin,
Koʻzdin ashki la’lgun yangligʻ ravona aylaram.
To icharmen may, qadahdek yigʻlaram bexud boʻlub,
Topmasam bir dam, figʻoni bexudona aylaram.
Zavraqi may boʻlmasa, bilkim, oʻlarmen, ey rafiq,
Gʻussa bahridin aning birla karona aylaram.
To toʻla tutsun debon soqiy manga yetkach qadah,
Toshqi davri xattini aning nishona aylaram.
Soqiyo, tut bodakim, koʻprak meni mabhut etar,
Nechakim andishai bu korxona aylaram.
Ne osigʻ, chun yor koʻngli aylamas bu yon kashish,
Ey Navoiy, nechakim dilkash tarona aylaram.

430

Xirqai zuhd oʻrtamak koʻnglum shiori ayladim,
Subha torin uzdumu koʻkurd tori ayladim.
Chun tutashti oʻt, bir ovuch donasin tasbihning
Ustiga sochmoq bila ul oʻt sharori ayladim.
Daftaru sajjodavu na’layinni ham dam-badam
Tashlamoq birla ravon ul shu’la sari ayladim.
Zuhdu taqvo, balki chun oʻzluk nishoni qolmadi,
Rasm sayr aylab, fano dayri guzori ayladim.
Ichmayin bir jur’a andoq jilva qildi mugʻbacha
Kim, qoshinda sajda qilmoq ixtiyori ayladim.
Muncha davlat kasbikim aylab ekin olam aro
Kim, fano iqbolidin men xasta bore ayladim.
Ey Navoiy, menda bir jon naqdi qolmish erdi bas,
Shukr, ani ham mayu mutrib nisori ayladim.

431

Ey, hilolinggʻa nigun qad bila payvastaligʻim,
Dilkusho gʻunchai xandoningga dilbastaligʻim.
Tushkali jonima bemor koʻzung hijroni,
Oʻlgudekmenki, base sa’bdurur xastaligʻim.
Chun fano ahligʻa qayd oʻldi soching silsilasi,
Qilmadi naf’ tajarrud bila vorastaligʻim.
Yuz shikast oʻldi junun toshlaridin jismim aro,
Garchi koʻnglumda erur oncha yuz ishkastaligʻim.
Ishq sahrosidakim poʻya urub sekrermen,
Bu ekin zumrai ushshoq aro barjastaligʻim.
Istiqomat chu zamon tab’ida yoʻqtur, ne ajab,
Bir zamon tezligim, bir nafas ohistaligʻim.
Yuz baliyatqa Navoiydek oʻlub shoyista,
Ne balodurki, anga boʻlmadi shoyistaligʻim.

432

Noma yozdim yor uchun, lekin javobe topmadim,
Jismima ul nomadek juz pechu tobe topmadim.
Har kishiga jon berib, qildim tama’ mehru vafo,
Bu gunah podoshi juz nozu itobe topmadim.
Dardi keldi qasdima, itmish edi vayron koʻngul,
Qoʻygʻali bu ganjni, vahkim, xarobe topmadim.
Chirmadim jon rishtasin novaklaringgʻa nay kebi,
Uyla qushlar qaydigʻa mundoq tanobe topmadim.
Chun xayoling koʻzda mehmon oʻldi, may qon yosh oʻlub,
Bagʻlagʻan kirpikda qonlardek kabobe topmadim.
Nechakim matlub ruxsorin dedim aylay nazar,
Oʻzlugumdin oʻzga ul yuzga hijobe topmadim.
Ey Navoiy, hajr aro qil ishq birla mashvarat
Kim, men istab aqldin royi savobe topmadim.

433

Xilvate topib, seni jismim aro jon aylasam,
Balki jon xilvatsaroyi ichra mehmon aylasam.
Xilvat eldin yoshurun, xilvat aro tan yoshurun
Tanda jon yangligʻ seni jon ichra pinhon aylasam.
Anda ham jon pardasin har sari osib satr uchun,
Vasling ixfosin nechakim, boʻlgʻay imkon, aylasam.
Chun bu xilvat ichra ne oʻzluk erur mahram, ne men,
Har ne nomahram durur, oʻzdin parishon aylasam.
Daf’ oʻlub agʻyor, topsam bor ul xilvat aro,
Bezabonligʻ birla sharhi dardi hijron aylasam.
Umri boqiy topqamen, bir lahza ushbu hol aro
Oʻzni bexud, koʻzni ruxsoringgʻa hayron aylasam.
Ey Navoiy, dema iqror ayla ishqi tarkini
Kim, inongʻay, gar oʻzumga buyla boʻhton aylasam.

434

Kimga qildim bir vafokim, yuz jafosin koʻrmadim?!
Koʻrguzub yuz mehr, ming dardu balosin koʻrmadim?!
Kimga boshimni fido qildimki, boshim qasdigʻa
Har tarafdin yuz tuman tigʻi jafosin koʻrmadim?!
Kimga koʻnglum ayladi mehru muhabbat foshkim,
Har vafoga yuz jafo aning jazosin koʻrmadim?!
Kimga jonimni asir ettimki, jonim qatligʻa,
Gʻayr sari xulqu lutfi jon fizosin koʻrmadim?!
Kimga soldim koʻz qoravu oqini ishq ichrakim,
Qon aro pinhon koʻzum oqu qorosin koʻrmadim?!
Sen vafo husn ahlidin qilma tavaqqu’, ey rafiq
Kim, men ushbu xaylning husni vafosin koʻrmadim.
Ey Navoiy, tavba andin qilmadim shayx ollida
Kim, bu ishda dayr pirining rizosin koʻrmadim.

435

Soching savodigʻa hargiz nazora aydamadim
Ki, dudi oh ila olamni qora aylamadim.
Yoʻlungda kimsa boshin koʻrmadimki, gʻayratdin
Boshimni yerga urib, pora-pora aylamadim.
Bagʻirni choklar etkandin aylama inkor,
Men ani tigʻ ila xud muncha pora aylamadim.
Manga gʻaming aro bechoraligʻdurur chora,
Ne gʻam, agar meni bechora chora aylamadim.
Yorang hisobini kasratdin anglamon, ey ishq,
Sanab tuganmadi, yoʻqkim, shumora aylamadim.
Tavakkul aylayu kir ishq yoʻligʻa, ey shayx
Ki, men qilurda bu azm istixora aylamadim.
Navoiy ohni ifshoi ishq uchun yozgʻur
Ki, koʻnglum oʻtini men oshkora aylamadim.

436

Orzu tuxmigʻa bar hirmon ekanni bilmadim,
Vasl naxligʻa samar hijron ekanni bilmadim.
Hajr vodiysigʻa kirgan chogʻda bildim toʻli bor,
Lek muncha behadu poyon ekanni bilmadim.
Angladimkim, sa’b emish bemori furqat ranji, lek
Sharbati zahru gʻizosi qon ekanni bilmadim.
Bistari hijronda bildim sanchilur xori firoq,
Har sarimoʻ tanda bir paykon ekanni bilmadim.
Charx afsun berdikim, bot oʻlgʻusi hajringgʻa vasl,
Muncha aning va’dasi yolgʻon ekanni bilmadim.
Gʻam tuni bildim boʻlur oshiqning ohu ashki, lek
Ul biri sarsar, bu bir toʻfon ekanni bilmadim.
Ey Navoiy, vasl agar topsang, gʻanimat bilki, men
Roʻzgori vasl xush davron ekanni bilmadim.

437

Shomi vaslingni koʻrub, subhi dilafroʻz dedim,
Subhi hajringgʻa yetib, shomi jigarsoʻz dedim.
Teng koʻrundi koʻzuma vasl aro qadu zulfung,
Kecha kunduzni koʻrub teng, ani navroʻz dedim.
Ishqidin tondi koʻngul, soldi qora kunga firoq,
Ajab ermas, gar ani qalbi siyahroʻz dedim.
Chini zulfung gʻami muhlik dedim, oʻlturma meni,
Chin dedim, har neki men zori gʻamandoʻz dedim.
Yangi oʻrgandi koʻngul bulbuli ul gul yuziga,
Tong emastur, agar ul qushni nav’omuz dedim.
Tikti pand ignasidin dahr eli koʻnglum yarasin,
Xalq nishini bu ma’ni bila dildoʻz dedim.
Ey Navoiy, yorudi shomim ul oy partavidin,
Ne taajjub, gar ani mohi shabafroʻz dedim.

Nun Harfining Nozaninlarining Nozi «Badoye’»din

438

Ey, kelib minbaring uch poya bila sidragʻasen,
Sen chu anda tutub orom, boʻlub sidranishin.
Ul safar ichraki sen sidra sari aylab azm,
Markabing ruhi ravon, payking oʻlub ruhul-amin.
Sidrani minbar etib, nukta desang erdi, rusul
Jam’i boʻlgʻan edi eshitkali oyoti mubin.
Uylakim, sidra kebi minbar uza gohi hadis,
Yigʻilur har sari ashobi risolat oyin.
Dargahing arshdurur, anda maloyik, ne ajab,
Zikru tasbih debon surtsa har sari jabin.
Sen chu arsh uzra chiqib, charx nisoringgʻa yasab
Bu toʻquz xon ichida anjum ila durri samin.
Jurmu isyon koʻpidin boʻldi Navoiy bexud,
Bir nazar ayla aning sariki, bor asru hazin.

439

Bizga ul oy hajridin bir yilchadur har tiyra tun,
Kunduzin angla bu tundin ham qorongʻu, ham uzun.
Balki yoʻqtur bu tunu kunda tafovut, lek bor
Har birida bir gʻami muhlik bu mahzun jon uchun.
Gar oʻtar yuz ming suubat birla kunduz mehnati,
Voyu yuz ming voy, men bekasga boʻlgʻach kechqurun.
Gar butun ermas yoqam, ey doʻst, hayrat qilmakim,
Tosh urardin koʻksum ichra bir soʻngak ermas butun.
Hajridin oʻrtansa jismimda soʻngaklar, tong emas
Kim, erur oʻt asru itik, dogʻi bas qoqshol oʻtun.
Ishq naxlining bari hijron emish, ey doʻstlar,
Bu nasihatdin yengiz bar oshiq oʻlmastin burun.
Necha tun hijron aro oldi Navoiy jonini,
Kimga yetsa vasl, tutsin mugʻtanam bir necha kun.

440

Ishq dashtin hech gʻurbatkash musofir koʻrmasun,
Men gʻarib ul dasht aro koʻrganni kofir koʻrmasun.
Yormangiz Farhodu Majnun ollida koʻksumnikim,
Botinimning dardu dogʻin ahli zohir koʻrmasun.
Dahrni qil tiyra, yo rabkim, aning tufrogʻidin
Har ne koʻz mumkin esa boʻlmoqqa nozir, koʻrmasun.
Har boqishda qatli om aylar koʻzungkim, dahr eli
Hech kimni sen kebi bu fanda mohir koʻrmasun.
Voizo koʻp vasf qilding somirining sehrini,
Hozir oʻlgʻilkim, seni ul koʻzi sohir koʻrmasun.
Kimki oshiqlik asiridur, taxayyul birla ham
Ishq koʻyida oʻzin osuda xotir koʻrmasun.
Kim, Navoiydek fano vodiysida istar huzur,
Kechsun oʻzdin, balki xud oʻzlukni hozir koʻrmasun.

441

Subh chun borgʻung, kelib kulbamgʻa pinhon kechqurun,
Hajr oʻqin jonimgʻa sen otma tong otmasdin burun.
Necha el mendin yoshurgʻaylar seni, vah, bir kecha
Netti kulbam sari kelsang, barcha eldin yoshurun.
Jon magar chiqqay va yoxud sayli ashkim koʻyidin
Chiqqudekmen, bori ul koʻy ichra tutmay men oʻrun.
Jilva qilgʻanda koʻrunmaslar koʻzumga shoʻxlar,
Ey pariy, sen bori bu devonagʻa gohi koʻrun.
Nolam andoq boʻldi, bagʻrin yorasi islangʻali
Kim, yonimdan oʻtmas, el tutmay quloq birla burun.
Chirmabon berkit surohi ogʻzini, ey piri dayr,
Qayda koʻrsangkim, uzulmish choki xirqamdin burun.
Ey Navoiy, tifllar qovgʻon zamon majnun debon,
Bu bahona birla oʻz laylivashing sari urun.

442

Bogʻladim afgʻongʻa bel naydek, seni koʻrgan zamon,.
Za’fdin qilding meni oxir beli bogʻliq somon.
Emdi ruhung toza et ul otashin ruxsordin
Kim, meni mahjur ani koʻrmak hamon, kuymak hamon.
Koʻz yumulmish hajrdin, ul yuzga ochmoq istaram,
Lek hijron koʻz yumub ochquncha ham bermas omon.
Dasht aro derlar meni Majnun, ani men koʻrgan el,
Charx zoli bizni goʻyokim ketirmish tav’amon.
Yaxshilardin yaxshidur yorim, ne nav’ aylay tama’
Vaslin aning, menki bordurmen yomonlardin yomon.
Qil zuloli vasl ila bulbulni, ey gul, shodkim,
Bu chamanda doimo shodobliq yoʻqtur gumon.
Azm etib ermish Navoiyni soʻrargʻa ul Masih,
Ey ajal, joning uchun jonimgʻa rahm et bir zamon.

443

Mahvashekim chehra davrinda qiron etmish ayon,
Davrning mahvashlarida uldurur sohibqiron.
Ne qiyigʻ erkin ul oy toʻnidakim, tikkan chogʻi
Mehr anga zarrishta yetkurmish, farisa osmon.
Tugma gulgun deklayida la’l paykoni emas,
Gulga bogʻlabtur koʻngul bulbullar, ammo barcha qon.
Titraguch ermas murassa’kim, quyosh boshi uza
Xoʻshai parvin shioi xat aro qilgʻil makon.
Voʻsmayu gulgunadin ul orazi zebo erur,
Sabzayu guldin nachukkim zeb topqay boʻston.
Olloh-Olloh, anglamonkim, hursen yoxud pariy,
Odami bu shakl ila hargiz kishi qilmas gumon.
Ey Navoiy, yaxshi ermas erdi ul yon borgʻaning,
Chun borib oʻtluq yuzin qilding tamosho, emdi yon.

444

Gʻunchai xandon uza xolingmudur, ey mahjabin,
Yo magar shahd istay ul gulbarg uza qoʻnmish chibin.
Dasht uza Majnun kebi sargashtadurmen, to erur
Ul musofir mahvashim Layli kebi sahronishin.
Chin-bachin zulfung tushar el boʻynigʻa, yuz voykim,
Bizni chun koʻrdung — tushar qoshing uza chin uzra chin.
Korvoni mushk erur zulfu bapogoʻshingda xol,
Nofai mushk oʻgʻrisi bir goʻshada qilgʻan kamin.
Yuzung uzra zulfu zulfung halqasidin yuz erur,
Kishvari din ichra kufru halqai kufr ichra din.
Yuz oʻtidin oʻrtading bulbul kebi koʻnglumnn, lek
Gar toʻkulmas, xushtur ul gulkim ochilmish otashin.
Uyla mahzundur Navoiy yor hijronidakim,
Gar chekar ishrat surudi xalqni aylar hazin.

445

Dogʻi koʻp tanniki xirqam yopmishu ey siyminbadan,
Angla har tevruk yurun ostida bir tevruk tugan.
Ey quyosh, oncha shahiding bordururkim, yetmagay
Pardai afloktin gar qilsalar yirtib kafan.
Buki ruhulloh quyosh charxigʻa ruhum koʻyiga
Boʻldilar moyil, ne tong, har kim qilur mayli vatan.
Yuzu zulfung hajridin har tun sirishkim kavkabi
Charx yangligʻ koʻrguzur sunbul uza bargi suman.
Ashk ila kirpikni koʻp yurmenki, boʻlgʻay nisbati,
Tutsa bir kun nogahon ul pok etakni bu tikan.
Xonaqah ichra riyoiy zuhddin boʻlsang malul,
Ey koʻngul, shod oʻlki, yoʻqlugʻdur fano dayrida fan.
Har qayon azm aylasang, qolmas Navoiy, negakim
Tori zulfungdin aning boʻynigʻa bogʻliqdur rasan.

446

Labingda nilgun xolingdur, ey jon,
Nachukkim sharbat ichra tuxmi rayhon.
Qizil raglar koʻzumda hajr oʻtidin
Balo bahrida butkan shohi marjon.
Yuzungkim, maydin oʻlmish gul uza gul,
Koʻngul bogʻlanmish andin qon uza qon.
Seni barmogʻ bila koʻrsatmas elkim,
Bilib oʻlmakni arz aylarlar imon.
Koʻngul saydi koʻzungdin chun qutulmas,
Ne mundu tuzdilar ul xayli mujgon.
Vafo ahli esang, ich davr ayogʻi
Kim, asru bevafodur ahli davron.
Senu gulbong, ey bulbulki, tortar
Navoiy gulruxidin ayru afgʻon.

447

Xizrvash xat birla chun husnung samandin surgasen,
Yuz Skandarni sugʻa eltib, susiz kelturgasen.
Oʻrtanurmen, gʻayr ila har kecha ichsang, vah, necha
Sham’i bazmingni yorutmaqqa meni kuydurgasen.
Boʻynuma yetkurding ilgin tigʻ urargʻa, ey sipehr,
Men xud ul ermanki, ilgim boʻynigʻa yetkurgasen.
Yoʻqki koʻrmaydur, koʻrib umdo nazar solmas pariy,
Bir boqish ummididin, ey koʻz, necha telmurgasen.
Ul jamol avjida sen munglugʻ ne mumkin, ey koʻngul
Kim, fusun birla quyoshni charxdin indurgasen.
Ashk ila koʻnglum oʻti oʻchmas, qadah tut, soqiyo
Kim, bu su birla magar ul shu’lani soʻndurgasen.
Telbalik aylar Navoiy, ey sabo, holin magar
Ul pariygʻa hazl taqribi bila bildurgasen.

448

Vah, necha tortay ul oy dardu gʻamin,
Yo gʻamu dardi yoʻq elning sitamin.
Manga ortuqsidur agʻyor alami,
Torta olsam bas erur yor alamin.
Xalq koʻnglini parishon qildi,
Tong yeli tarqatib ul turra xamin.
Ishq yorutti tamugʻ hiymasini,
Yetkurub ohim oʻtining alamin.
Ey falak, bu kecha ul oy bilamen,
Subhning bir nafase asra damin.
Adam istar chu vujudumni sipehr,
Teng koʻray emdi vujudu adamin.
Piri dayr ollida kam xidmat esam,
Tengri bor aylasun aning karamin.
Istagan Ka’bai maqsad vasli,
Olmasun faqr yoʻlidin qadamin.
Qil Navoiy kebi tinmogʻni harom,
Istasang yor harimi haramin.

449

Gʻamingda buzdi koʻngul xonumonini hijron,
Tarahhum aylamading xonumoning obodon.
Koʻngul shikofi emaskim, yaqosin ayladi chok,
Yaqoda tugmalar oʻrnida har taraf paykon.
Ne ayb, ohim oʻti koʻnglung ichra qilsa asar
Ki, barq toshqa ham tegsa, qolur anda nishon.
Qiliching elga tegib, rashkdin men oʻrtandim,
Ne la’b erurki, su ichra qilibsen oʻt pinhon.
Firoq za’fida sihhat manga ne mumkinkim,
Gʻizo yerida bagʻir boʻldi sharbat oʻrnida qon.
May ichki, mugʻbachalar suhbati gʻanimatdur,
Bir-ikki kunki bu dayri fanoda sen mehmon.
Navoiyo, neki olam ishida mushkildur,
Desangki qilgʻasen oson, oʻzungga tut oson.

450

Qani ulkim, koʻzum koʻrgay jamoli olamoroyin,
Qoʻzumni surtmak qilsam havas, sungʻay kafi poyin.
Meni mundoqki zahri hajri aning talxkom etmish,
Emas insof, oʻpmak istasam la’li shakarxoyin.
Mening vaslim kunin chun xajri shomi ayladi tiyra,
Ne sud ar yor orazdin olur zulfi sumansoyin.
Tarab sham’i, ajabkim, nur zohir aylagay bu nav’
Ki, men koʻrdum qorangʻu hajr shomi mehnatafzoyin.
Kelur chun rizq isi, rozi emasturmen, agar zohid
Rido birla olishsa dayr piri bodapoloyin.
Bukim andishavu gʻam yomgʻuri mayxonadin oʻtmas,
Suvar goʻyoki piri dayr tomi uzra koʻp loyin.
Navoiygʻa deding hijronda bir oʻq yodgor otqum,
Tirik qolsam, alifdek ani jonim ichra asroyin.

451

Qizil yoxud qora yo koʻk toʻnung har bir erur mavzun,
Nechukkim oy libosi ham shafaq, ham kecha, ham gardun.
Chu men koʻrgach seni behush oʻlub, shafqat bila eltib,
Kirib ikki qoʻlumgʻa yigʻlayu Farhod ila Majnun.
Gʻamim xayli tuz etti togʻni, togʻ etti sahroni,
Bu homun birla togʻ erdiki, boʻlmish togʻ ila homun.
Yuzung shavqida ohimdin bulutlargʻa tutashmish oʻt,
Sahob ermas quyoshning partavidin har taraf gulgun.
Gar ermas nassi qoti’ qatl uchun har koʻz bila qoshing,
Nachuk bas zohir etmish har biri sod ustida bir nun.
Toʻlub, la’ling xayoli oqizur koʻz shishasidin qon
Aningdekkim, toʻkulgay boda boʻlsa zarfdin afzun.
Eshit mayxona ichra dayr piridin haq asrori
Ki, voiz xonaqahda goh der afsona, gah afsun.
Sogʻinma bodagʻa mash’ufmen, ey mugʻbacha, billah
Ki, usruk koʻzlaringning fitnasi qilmish meni maftun.
Navoiy, olam ahli gar vafosiz keldi, may ichgil,
Anga chun chora yoʻq, bore oʻzungni tutmagʻil mahzun.

452

Erur sargashta xoki tan aro majnun koʻygul har yon,
Toʻn etkandek quyundin jismigʻa Majnuni sargardon.
Yolang jismim koʻrub oncha balo tigʻini yondurdung
Ki, zaxmim bogʻlamoqtin emdi ermastur tanim uryon.
Jununum hayratigʻa vahsh davrumgʻa urub halqa,
Musha’bid la’bigʻa hangoma ahlidek boʻlub hayron.
Meningdek toza dogʻi zaxmidin qon gʻarqidur lola,
Magarkim dogʻini bagʻrigʻa qoʻydi shu’lai hijron.
Tuzaldi Nuhning toʻfonidin soʻng dahru ashkimdin
Qiyomat oshkoro boʻldi ul toʻfonu bu toʻfon.
Ichib garduncha sogʻar, kosh andoq bexud oʻlsamkim,
Ikinchi surdin ham boʻlmagʻay uygʻonmagʻim imkon.
Jahon osoyishin ollingda mushkil qilmakim, bordur
Tutay mushkil desang — mushkil va gar oson desang —oson.
Koʻp, ey gul, urma bulbul jonigʻa bedod xorinkim,
Senu mendek gulu bulbulni koʻp oʻtkardi bu boʻston.
Navoiy, qilma ayb afgʻonu faryodimki, davrondin
Ne bir faryodu oʻn afgʻonki, yuz faryodu ming afgʻon.

453

Ishqing oʻtigʻa quruq jismim oʻtun,
Koʻngul axgardur anga, oh-tutun.
Tigʻ ila yordimu koʻksungni, demang,
Aylamas tigʻ ila xud ani butun.
Roʻzgorim qorarib zulfungdin,
Tori umrumgʻa tugun uzra tugun.
Vasl aro debsen olurmen jonin,
Hajring olmaymudurur angla burun.
Va’dai vaslin etar tongla netay,
Intizori meni oʻltursa bukun.
Boda zarfi boshigʻa tiqmaq uchun,
Soqiyo, qolmadi xirqamda yurun.
Oʻynab oʻlturdi Navoiyni, koʻring,
Chini ne erkin, agar budur oʻyun.

454

Koʻyida itlar meni gah tirmabon, gah tishlabon,
Za’fdin oʻlganda bir-birdin uzarlar sudrabon.
Men kimu qilmaq havas aning qoʻlidin muttako
Koʻyida bas yotsam ilgimni boshimgʻa yostabon.
Ne junundur, vah, bukim yirtuq yaqoni chok etib,
Ashkim oqqanda kulub, turgʻan zamoni yigʻlabon.
Elni gʻofil aylabon oʻzni solurmen koʻyiga,
Har tarafdin ursalar tosh, it masallik qavlabon.
Tifli maktabdek qochib borur yana ul oy sari,
Telba koʻnglumni necha topib ketursam albadon.
Umr oʻtub bir uchrabon holimni soʻrsa, voykim,
Ayta olmasmen javob, oshufta koʻnglum toʻxtabon.
Hazl koʻnglum bila ul shoʻxu koʻnglum tortar oh,
Tifldekkim, dud etar oʻt birla har dam oʻylabon.
Aql uchub bexudlugʻ aylarmen, yoʻluqsang nogahon,
Kimsadekkim, telbalik qilgʻay pariygʻa uchrabon.
Soqiyo, muhlik xumorim uzrigʻa solma quloq,
Bir qadahni ogʻzima quygʻil qulogʻim toʻlgʻabon.
Umr torin chun kesar davron jafo tigʻi bila,
Jazm bilgilkim, anga boʻlmas koʻngulni bogʻlabon.
Ey Navoiy, chun zamon ahligʻa aslo yoʻq vafo,
Topmagʻung hargiz vafo ahli, alarni tanlabon.

455

Jilvai qadding koʻrub, sarvi ravondin kim desun?
Javhari la’ling borinda naqdi jondin kim desun?
Doʻst koʻyunda vatan chun tuttilar ahli visol,
Men kebi ovorai bexonumondin kim desun?
Koʻp dema voizki, ul qaddu labu yuz ollida,
Toʻbiyu kavsar bila huri jinondin kim desun?
Ogʻzi vasfida deyilgay xurdadonlar, ey koʻngul,
Sen kebi ma’dum, benomu nishondin kim desun?
Bordurur ani yuzungdakim, quyoshta oncha yoʻq,
Sen borinda xud quyoshkim boʻlgʻay andin kim desun?
Yorgʻa holin demakka oncha yaxshi yori bor,
Ey koʻngulkim, yaxshi boqsang, men yomondin kim desun?
Shayx anda juz fano yoʻq har qayondin kim desun?
Gah zamondin shikva, gah ali zamon javrin dema,
Boda ich, ahli zamon birla zamondin kim desun.
Gar Navoiy desa ul yuz gulshanidin qilma ayb,
Demayin bulbul hikoyat gulsitondin kim desun?

456

Buki zulfung domigʻa koʻnglum qushi urmish oʻzin,
Koʻrmaking erdi murodi, tikmagil bore koʻzin.
To seni koʻrdum, koʻzumdin oʻzlugum boʻldi nihon
Kim, seni koʻrsa, yana koʻrmas emish hargiz oʻzin.
Yoʻqki oshiqlik, soʻzumdin fahm oʻlur ma’shuqluq,
Baski, dermen oʻz-oʻzum birla aning bir-bir soʻzin.
Subhi davlat tal’ati boshida durri shabcharogʻ,
Tong boshida koʻr tulu’ etkan saodat yulduzin.
Xoni husni ichra sabzi xatti sabzu tuz labi,
Sen ne ogah ul naimi ravzadin, totmay tuzin.
Bahra xoʻrdu xobdin ul topti, bu davrondakim,
Qildi ehyo kechasin, soyim kechurdi kunduzin.
Koʻnglini istay Navoiy bu sababdin ittikim,
Oʻz bila qilgʻay ikavlon ul gʻaribi yolgʻuzin.

457

Manga har nechakim yoʻq zahra dam urmoq visolingdin
Va lekin kom olurmen ulcha mumkindur xayolingdin.
Vafo bogʻida tufrogʻ oʻldum, ammo, voykim, tushmas
Gahe bir gul bu tufrogʻ ustiga sarkash niholingdin.
Visolingdin koʻngul navmid esa, darding chekar nevchun
Ki, andin dogʻi koʻp navmidrokdur chun misolingdin.
Iki zulfung koʻngul domi, ne yangligʻ asray ul qushni,
Ani tutmoqqa jidd ma’lum oʻlur chun «jim»u «dol»ingdin.
Nachukkim boʻlsa dil lafzigʻa nuqta «zul», boʻlur hosil
Mazallat ikki ayrilgʻon koʻngulga yetti xolingdin.
Latofat suyi ul yuz, «jim» ila «lom» ikki yondin zulf„
Bu soʻzni fahm aylar bahravar boʻlgʻon jamolingdin.
Tama’ eldin vafo qilgʻon, sudin oʻt istading chiqmoq,
Agar topsang, dogʻi kuygung bu savdoi maholingdin.
Durust mehr zarfida toʻla hayvon suyi ichmak
Emas ichkancha durd, ey mugʻbacha, singʻan safolingdin.
Navoiy, gar boshing goʻy etsa ul chobuk, yomon ermas,
Yomon budurki, ermas voqif ul sargashta holingdin.

458

Qoʻngulki, har sari chok oʻldi tigʻi hijrondin,
Bir uydururki, topibdur shikast har yondin.
Sirishkim ayladi aflok javfini mamlu,
Kishi ne soʻz degay aning qoshida toʻfondin.
Yaqosi chokini Majnunning asru koʻp oʻkma,
Uyal bu koʻksi uza chok jismi uryondin.
Xayoli koʻnglum aro sokinu parishonmen
Ki, gʻayri gardi fano yogʻmas ushbu vayrondin.
Balo oʻqi koʻzi yogʻdurdi, ey musulmonlar,
Nelar kelur manga ul ikki nomusulmondin.
Yetur koʻngulga necha davr ayogʻi birla nishot,
Necha malol sanga yetsa ahli davrondin.
Navoiy, aytma, gar jon keraktur, andin oʻt,
Nedinki oʻtsam yuz jondin, oʻtmagum andin.

459

Hajr shomi baski sayli ashk oqizdim qaygʻudin,
Koʻzdin oʻldum noumid ul nav’kim, koʻz uyqudin.
Uz koʻzung birla oʻzungni garchi koʻrdung koʻzguda,
Koʻzgu aksidek va lekin muztaribmen koʻzgudin.
Chok etib yonimki, koʻrguzdung soʻngak dandonasin,
Bul-ajab holimgʻa qildi za’f jismim kulgudin.
Koʻyunga borurda gohi vahm, gah rashk oʻlturur,
Soya tebransa keyindin, mehr chiqsa oʻtrudin.
Qon yoshim sayliki tutmish dasht birla togʻni,
Argʻuvonu loladin oʻzga ne butkay ul sudin.
Charx mino sogʻaridin istama noʻshi hayot,
Ne uchunkim, bodasi mamzuj oʻlubtur ogʻudin.
Masti ishq oʻlmish Navoiy, bermagil pand, ey hakim
Kim, magar soqiy ayildurgʻay bu mayning bexudin.

460

Charxdin jonimgʻadur yuz tigʻi qotil har zamon,
Davrdin jomimda ming zahri halohil har zamon.
Asru mushkildurki, yuz mushkil gʻamimdin birni charx
Qilmayin hal, yetkurur yuz oncha mushkil har zamon.
Umrida Farhodu Majnun hosil etkancha balo,
Ishqdin bordur meni mahzungʻa hosil har zamon.
Har zamon koʻnglumga ishq afsonasin yozmoq ne sud,
Chayqalib daryoyi gʻam aylar chu zoyil har zamon.
Jannati vasl istamang, ahbobkim, sahrosida
Bir tomugʻ ermish safar ahligʻa manzil har zamon.
Sihhatim tutmoq vujud imkoni yoʻqtur, ey tabib
Kim, erur jonim adam koʻyiga vosil har zamon.
Demang osoyish hadisinkim, boʻlur aflokdin
Yuz baliyat oyati sha’nimgʻa nozil har zamon.
Dahr aro yoʻq noʻshu yuz ming nish har dam, ey rafiq,
Yetmagay yoʻq noʻsh uchun yuz nish oqil har zamon.
Boʻlsa yuz jonim berib oʻlmakni olsam, muft erur,
Jongʻa mundoqkim yetar yuz tigʻi qotil har zamon.
To abad boʻlsun jahon mulki aning farmonida,
Yuz jahoncha mulk bu mulkiga dohil har zamon.
Ey Navoiy, nazm mulki chun seningdur aylagil,
Shoh Gʻoziy vasfi ichra tilni qoyil har zamon.

461

Dema gulgundur libosim ashkning xunobidin,
Shu’ladurkim, oʻrtanurmen hajr oʻtining tobidin.
Koʻzlarin kofir desam yoʻq, ey musulmonlar, ajab
Kim, ikovlon yuz evurmishlar qoshi mehrobidin.
Gʻunchai serobi hayvon chashmasidur goʻyiyo,
Anda su inmish oqib har yon guli serobidin.
Qush solib sayd etmagilkim, maxlasi yoʻq berkishib,
Jon qushi boshinggʻa sanchilgʻan gajak qullobidin.
Xoʻblar oshiqlarigʻa mehrin etkan chogʻda arz,
Lofdur, har neki sen dersen muhabbat bobidin.
Bodai sofu, harifi sodayu mushfiq rafiq,
Gar muyassar boʻlsa bas, olamda aysh asbobidin.
Uyqudin koʻz ochmading, goʻyo ani baxtim kebi
Aylading yagʻmo Navoiy didayi bexobidin.

462

Har qatra qonki tomdi koʻngul toza dogʻidin,
Bir toza lola ochti gʻaming hajr togʻidin.
Demon, ichinda xurda nihon qildi gʻunchakim,
La’ling gʻamida oʻt chiqar aning dimogʻidin.
Tengdur shahu gado xatikim, duda birdurur
Shah bazmi sham’idin, dogʻi gulxan charogʻidin.
Ermas uchuq, shakarga yopishti chibin pari,
Ikki labim bila ani olsam dudogʻidin.
Mast uyqu ichra topsamu bir kecha olmasam
Ikki koʻzumni tonggʻacha aning ayogʻidin.
Gulda vafo yoʻqin qayu bir qushki angladi,
Hargiz vafo guli tilamas dahr bogʻidin.
Doim yuzung xayoli Navoiy koʻzindadur,
Gʻoyib emasturur pari aning bulogʻidin.

463

Sirishkim la’li otashnoku xatti mushkboridin,
Chiqardi dud jonning oʻt tutashqan roʻzgoridin.
Yel eltur xorniyu sel xoroni bil, ey bulbul
Ki, gʻam yoʻq dashtu togʻ ahligʻa Majnun rahguzoridin.
Sarigʻ kogʻazda jadval mashqidur shingarf ila yoxud
Yuzumda chekti xatlar ishq gulgun ashk toridin.
Tanimda dogʻ ila qonmu ekin yoxud bu Majnunni
Vuhush oʻtkardi sudrab ishq dashti lolazoridin.
Dema kun tushkacha uyqugʻa qolmishkim, ocha olmas
Koʻzin yo nozdin yoxud sabuhi may xumoridin.
Maloyik ishqsiz gar erdi sen bor ulki hajringda,
Tutashti barchagʻa oʻt shu’lai ishqim sharoridin.
Ayoq izzat bila bos yergakim, har sabzavu lola
Nishon bir yuz gulidin ayturu bir xat gʻuboridin.
Ajab yoʻq, dasht aro Majnun quyundek sadqasi boʻlmoq,
Qayon bir noqa koʻrsa sogʻinib Layli qatoridin.
Navoiy istagan yor ixtiyori birla maqsudin,
Magarkim kechkay oʻz maqsudi birla ixtiyoridin.

464

Vafo yoʻlinda, eykim, topmading istab asar mendin,
Degaysen bilganing ul bevafo soʻrsa xabar mendin.
Tanimda qaddingu la’ling firoqi tiyri boronin
Kishi koʻrsa, gumon qilgʻayki, butmish nayshakar mendin.
Jigargun boʻldi qasring toshi la’ling hajrida baskim,
Sirishk oʻrnigʻa hajr oqizdi qon boʻlgʻan jigar mendin.
Aningdek soldi ishqing shu’la jonim ichrakim, shaksiz,
Maloyik barcha kuygay, koʻkka tushsa bir sharar mendin.
Boʻlubmen ul parivash furqatidin telba it yangligʻ,
Qayon yuzlansam, ey ahli saloh, aylang hazar mendin.
Kilib Farhodu Majnun ishqi oʻtin sharh, ey roviy,
Boʻlub garmi takallum forigʻ oʻlmishsen magar mendin.
Ne tong, siymob yangligʻ oqsa koʻzdin siymgun ashkim
Ki, siymob aylamish hushu xirad bir siymbar mendin.
Amal sarrishtasin qilma mutavval, kelganin xush koʻr,
Tutung ahbob, yod ushbu kalomi muxtasar mendin.
Jahonu jonni tark aylab, aning koʻyiga azm ettim,
Navoiy, bas munosib erdi bu yangligʻ safar mendin.

465

Yoʻqturur majlisda ayshe furqating bedodidin
Yuz figʻon, gar boʻlmasam xursand vasling yodidin.
Nechakim tushsam yiroq bu maslahatqa, yaxshikim,
Tingʻasen har kecha koʻnglum nolavu faryodidin.
Zulfu qadding furqatidin necha qilsam gashti bogʻ,
Ovuna olmon chamanning sunbulu shamshodidin.
Pand ila sabrim uyin, ey aql, ma’mur istama
Kim, qoʻngarmish koʻz yoshim sayli ani bunyodidin.
Deb eding jononsiz oʻlsang, joning olgʻum, ey ajal,
Jon fidong, ar va’dani oʻtkarmasang miyodidin.
Savmdin koʻnglum qushi mayl etti suyu donagʻa,
Lekin ogʻzin bogʻladim, qoʻrqib ajal sayyodidin.
Ey Navoiy, kimdurur bu dayr aro ahli najot,
Ulki chiqmas dayr piri amriyu irshodidin...

466

Koʻzgu har dam sudur ul ruxsori olamsoʻzdin,
Muz aningdekkim erir mehri jahonafroʻzdin.
Yuz ochib, bildirdi qad birla sochi teng erkanin,
Zohir oʻlgʻondek tunu kun tengligi navroʻzdin.
Istasangkim, tikkasen yuz pora koʻnglum chokini,
Yaxshiroq hech igna yoʻq ul novaki dildoʻzdin.
Ishq gard etkan tanimdin hajr oʻti uchqunlari,
Tir har yon lam’a koʻrguzgan kebidur toʻzdin.
Ovlading koʻnglum, chu soid koʻrguzub qovmaq nedur,
Javr ila ketmak chu kelmas saydi dastomuzdin.
Soqiyo, davron gʻamidin ranjamen, koʻnglum aro
Past qil anduh oʻtin jomi nishot anduzdin.
Kech, Navoiy, jonu koʻnglungdinki, yoʻqtur ishq aro
Chora ohi jongudozu nolai dilsoʻzdin.

467

Ey musulmonlar, figʻon ul kofiri xudkomdin
Kim, chiqardi koʻkka afgʻon lashkari islomdin.
La’li ruhafzosidin bir boʻsa paygʻom ayladi,
Garchi yolgʻon erdi, men jon toptim ul paygʻomdin.
Zulfu ruxsoringdin ayru garchi yoʻq shomimgʻa subh,
Sham’dek har kecha to subh oʻrtanurmen shomdin.
Zulfidin koʻnglumki maxlas topti, bor ul telbakim,
Banddin qochmish vayo qushkim qutulmish domdin.
Furqat ayyomidakim yod etmas ul mahvash meni,
Vasl topsam, men dogʻi yod etmay ul ayyomdin.
Jomi mayda boʻldi chun ul but jamoli jilvagar,
Kofiri ishq oʻlgʻamen, gar bosh koʻtarsam jomdin.
Dayr aro, eykim, Navoiydin tilarsen nomu nang,
Bilkim, ul bu yerga qochib keldi nangu nomdin.

468

Vasl etti yor va’da labi jonfizosidin,
Goʻyo bu soʻzni aytti jonim arosidin.
Gar koʻrmading shafaq uza xurshid, ey koʻngul,
Ehsos qil ani yuzu gulgun qabosidin.
Munglugʻ koʻngulning ohidin etmas raqib vahm,
Yoʻq itka bok ishq gadoyi asosidin.
Ishq ichra oʻldum, ohki, qutqarmadi meni,
Davr ofati ul ofati davron jafosidin.
Olamni hajr zulmati tutqay, sovursa yel
Kuygan fatilani yangi dogʻim qorosidin.
Charx danida bodai gʻam toʻlmish, ey rafiq,
Juz hajr zahri qilma tama’ davr kosidin.
Sabt oʻlmasa, Navoiy, ani nazmi zaylida,
Fahm aylar ahli dard kalomi adosidin.

469

Yana ne chehragʻa oʻt soldi mayki, hayronmen,
Yana ne turrani yel ochtikim, parishonmen.
Uchurki, ey quyun, ul oy boshigʻa evrulayin,
Bu damki yoʻlida tufroq birla yaksonmen.
Biri fusunu biri simyogʻa haml etarlar el,
Chu za’fdin kelibon koʻzlariga pinhonmen.
Vuhush aro meni dasht ichra koʻrdi chun Majnun,
Tasavvur ettikim, ul xaylgʻa nigahbonmen.
Chu xalqdin qochibon dayr sari yuzlandim,
Rafiqlar, bilingiz, vahshiyi biyobonmen.
Chu bilmay elga vafo ayladim — jafo koʻrdum
Ne sud emdi, agar nechakim pushaymonmen.
Navoiy emdi qilurmen Hijoz ohangi,
Sogʻinmagʻil yanakim azimi Xurosonmen.

470

Shahru kishvardin ilik yub, xonumondin kechkamen,
Xonumondin kim desun, ikki jahondin kechkamen.
Har zamon boshimgʻa yuz tigʻi balo aylab qabul,
Umrdin tortib etak, billahki, jondin kechkamen.
Shahru kishvar, xonumon, ikki jahonu, umru jon,
Xud ne boʻlgʻay, muncha yuz kom oʻlsa, andin kechkamen.
Gar Skandar mulki birla Xizr umri bersalar,
Uyla mulku buyla umri jovidondin kechkamen.
Mumkin ermastur valek, ey mehribonlarkim, dame
Qilsa yuz bedod, ul nomehribondin kechkamen.
Voizo, aylab yengillik, nechakim kavsar mayin
Maqtasang, hoshoki men ratli garondin kechkamen.
Ey Navoiy, qon yoshim bahr oʻldi bu dam istasam
Kim, yetay ul qotilimgʻa, emdi qondin kechkamen.

471

Har tarafkim borur agʻyor ila jonon talashurmen,
Chun ajal qasd qilur oʻlmakima, jon talashurmen.
Hajr tigʻ ursa, taloshimni oʻlum xavfi sogʻinma
Kim, shahiding boʻlayin deb meni hayron talashurmen.
Boshoq ustida talashqon kebi mazra’da gadolar,
Dashti ishqing aro ushshoq ila paykon talashurmen.
Ey pariy, chun kiyik oʻxshar iki koʻzunga biaynih,
Bu jihatdin meni devona biyobon talashurmen.
Garchi agʻyordin olmogʻligʻ emastur seni mumkin,
Turmogʻumdur boqibon, onchaki imkon, talashurmen.
Achchigʻim kelgali kavsarni achigʻ bodagʻa tarjih,
Xirad ahli chu qilurlar meni nodon, talashurmen.
Qoʻl solib hajr oʻtida ul kishi yangligʻki su urgay,
Ey Navoiy, chu oshar shu’lai hijron, talashurmen.

472

Orazing naqshin koʻngul lavhida tasvir etkamen,
Boʻlmasa taqdir ani koʻrmak, ne tadbir etkamen.
Ey qora koʻz, boʻlmas ul yuz shavqidin yuzdin biri,
Koʻz qorasidin agar yuz noma tahrir etkamen.
Yoshurun qolgʻaymu ishqim, buylakim ul shoʻxdin
Chiqsa bir soʻz bexabar, yuz qatla taqrir etkamen.
Ne junundur buki, har tun ul parivash vasligʻa,
Yuz xayol aylab, yana borigʻa tagʻyir etkamen.
Eyki, dersen vasl koming boʻlsa, jon qilgʻil fido,
Ul muyassar gar boʻlur, men xud ne taqsir etkamen.
Ishq azaldindur nasibim, nosiho, man’ etmagil,
Man’ qilsang ham, netib men man’i taqdir etkamen.
Ey Navoiy, naqdi jon bergil deding savdosigʻa,
Buyla savdo gar muyassar boʻlsa, tavfir etkamen.

473

Bazm ichinda andoq ul mahvash xayoli birlamen
Kim, xayol andoq qilurmenkim, visoli birlamen.
Soʻzlashurda oʻz-oʻzum birla junun ahli kebi,
Ul parivash belu ogʻzi, qilu qoli birlamen.
Gah kulub, gohiki yigʻlarmen xayol aylab ani,
Vasli ummidiyu hijroni maloli birlamen.
Demagil maydin yuzum rangin, qulogʻimdur qiziq
Kim, bu yangligʻ hajr koju goʻshmoli birlamen.
Ogʻziyu zulfi gʻamidinkim erur nolamda mad,
Buyla mad tortarda aning «mimu» «doli» birlamen.
Soqiyo, bir jomi may birla meni devona qil
Kim, mushavvash aql savdoyi muholi birlamen.
Ey Navoiy, aql sari emdi boʻlma rahnamun
Kim, boʻlub devona, ishqi louboli birlamen.

474

Bir yuzi oʻtluq sharori ishqidin mahrurmen,
Doʻstlar, oʻrtansam, etmang aybkim, ma’zurmen.
Ishqini ne sud pinhon tut demaktin, ey rafiq,
Emdikim ishq ichra rasvoliq bila mashhurmen.
Men kimu uyqugʻa koʻz yummoq, chu yoʻqtur toqatim,
Orazidin koʻz yumub ochquncha gar mahjurmen.
Ne ajab Farhodu Majnun zikrikim, boʻlmish unut,
Kim, men el ichra jununu ishq ila mazkurmen.
Obi hayvon ichmagaymen istabon daf’i xumor,
Menkim ul maygun labi jonbaxshdin maxmurmen.
Kimsaga chun yoʻqturur bu korgahda ixtiyor,
Yoʻq manga aybu hunar, gar mast, agar masturmen.
Ey Navoiy, vasl umidin yoqmogʻil toʻhmat manga
Kim, men ul mahvashni bir koʻrmak bila masrurmen.

475

Azimat aylama, ey shoʻxi bexabar, har yon,
Meni firoqing aro qilma darbadar har yon.
Firoq shomida anjum emaski, ohimning
Oʻti shafaq boʻlub, oʻldi judo sharar har yon.
Dema tanimda yangi dogʻlarki, ishqing oʻti
Chu tushti koʻnglum aro, ayladi asar har yon.
Yuzungda xollar ermas, koʻzung gʻazolidur
Ki, tushti nofasidin qatra mushki tar har yon.
Koʻrung zaif tanim tegrasida javri toshin,
Yagʻoch tubida sochilgʻon kebi samar har yon.
Qadamni faqr tariqida har taraf urma,
Tuz uyla qat’ki, bordur base xatar har yon.
Navoiy uchqali shavqungda tigʻi hajringdin,
Aliflar anglama jismida, chiqti par har yon.

476

Soqiyo, ochting chu may tutmaqqa jomi Jam yuzin,
Yuz gʻamim daf’ ayladingkim, koʻrmagaysen gʻam yuzin.
Uyla ruhafzo labing anfosidin toptim hayot
Kim, gar oʻlsam, koʻrmagaymen Isoyu Mar’yam yuzin.
Yor mehmon boʻlmoq ermish, boring, ey jonu koʻngul,
Istaramkim koʻrmagay, albatta, nomahram yuzin.
Gar vafo ahligʻa olam zulm qilmas, bas nedur,
Dudi ohimkim qora aylabturur olam yuzin.
Tun emas, baskim, falak jonimgʻa qoʻymish dogʻi zulm,
Ul tugonlar dudi tutmish nilgun toram yuzin.
Eyki, koʻnglung choki butti vasldin, shukr aylagil
Kim, mening zaxmimdur ulkim koʻrmamish marham yuzin.
Oncha yuzsizlik ulustin koʻrmisham, gar bersa dast,
Istaramkim, koʻrmasam hargiz bani odam yuzin.
Baski, koʻrmishmen quyosh yuzluk ulustin tiyralik,
Dermen ohim tiyra qilsa nayiri a’zam yuzin.
Ey Navoiy, tushsa mast ilgingga bir kun, oʻpkasen
Ham qabogʻin, ham saqogʻin, ham dudogʻin, ham yuzin.

477

Ming oʻtum bor, aylay olmasmen ayon mingdin birin,
Dahr kuygay, zohir etsam nogahon mingdin birin.
Ming tugon jismimda koʻrsang, koʻp taajjub qilmakim,
Ichdagidin zohir aylabmen ayon mingdin birin.
Dema dardingni nihon tutqilki, yuz ming dardni
Maxfi etsam, qilmish oʻlgʻaymen nihon mingdin birin.
Uyla yuz ming pora koʻnglumni parishon etti hajr
Kim, topa olmon tilab men notavon mingdin birin.
Garchi qildi hajr oʻti oʻrtanmakimni birga ming,
Olam oʻrtangay, agar qilsam bayon mingdin birin.
Ohkim, ahbobdin har kimga aylab ming vafo,
Topmadim yaxshi oʻzumga men yomon mingdin birin.
Ey Navoiy, dahr eli gar mingu gar bir tonima
Kim, vafoligʻ aylay olmasmen gumon mingdin birin.

478

Labing mayi havasidin mudom yigʻlarmen,
Piyoladek boʻlubon talxkom yigʻlarmen.
Gʻaming tunida kuyub sham’dek sahargʻa degin,
Oʻzumga uyquni aylab harom, yigʻlarmen.
Oʻzumni har nimaga kunduz aylaram mashgʻul,
Gʻarib holima, chun boʻldi shom, yigʻlarmen.
Toriqti charx yigʻimdin, magarki bilmas edi
Ki, dardi hajr zamonin tamom, yigʻlarmen.
Xayol ila anga deb, dam-badam salomimni
Berib oʻz-oʻzuma, andin payom yigʻlarmen.
Boʻlub ichim toʻla qon davr eli nifoqidin,
Sarigʻ uzor ila andoqki jom yigʻlarmen.
Navoiyo, yana bir lolarux firoqinda,
Koʻzum yoshin qilibon lolafom, yigʻlarmen.

479

Gar desa koʻz birla ruxsorin tamosho qilmayin,
Vaslini naylab koʻngul birla tamanno qilmayin,
Gavhari ishqigʻa koʻnglumni netib qilmay sadaf,
Muncha baskim koʻzni ifshosigʻa daryo qilmayin,
Oh oʻtiyu ashk saylidin boʻlur yer-koʻk toʻla,
Necha dermen ishq asrorin huvaydo qilmayin.
Oʻt tushub koʻnglumdavu koʻksumda ravzan zaxmidin,
Dudini aning ne yangligʻ oshkoro qilmayin.
Ul pariy har jilvasida aqli kul shaydo boʻlur,
Telbalikdindur, desam koʻnglumni shaydo qilmayin.
Qilmagʻil, ey shayx, usruklar unidin shikvakim,
Mast oʻlub mayxonada boʻlmas alolo qilmayin.
Soqiyo, andoq toʻla tut bodakim, bexud boʻlay,
Toki davr oshubigʻa bir lahza parvo qilmayin.
Qildi ul koʻz yodidin koʻnglum kiyiklar sari mayl,
Necha men Majnun dedimkim, azmi sahro qilmayin.
Ey Navoiy, olamoro husn nevchun ochti yor,
Boʻlmas emdi oʻzni olam ichra rasvo qilmayin.

480

Qil bu yon javlonki, jonni xoksoring aylayin,
Boshinga evrulgali qoʻpqon gʻuboring aylayin.
Bu bahona birla chunkim jonni sadqang ayladim,
Aqlu hushu sabr naqdin ham nisoring aylayin.
Yuz agar ochsang, nazarning qushlarin sayding qilay,
Oʻq agar otsang, koʻngul saydin shikoring aylayin.
Qochib el nazzorasidin gar kirarsen aksdek,
Koʻzgudek koʻnglumni temurdin hisoring aylayin.
Sen labingdin jon berib, vaslingdin elning koʻnglin ol,
Men hazin jonu koʻngulni xoru zoring aylayin.
Xonaqahda, eyki, oʻzluk jomidin maxmursen.
Kir fano dayrigʻakim, daf’i xumoring aylayin.
Toʻlsa paymoning, Navoiy, dayr aro may birla yub,
Boshining xum kirpichin xishti mazoring aylayin.

481

Ohu vovayloki, olam ahlining badholimen,
Har nafas bir dardu mehnat xaylining pomolimen.
Koʻzdin oqqon tiyra qonim zorjismimni boʻyab
Kim, qurubtur xoma yangligʻdurmen aning nolimen.
Toki koʻnglum ittiyu forigʻ boʻlubmen dardidin,
Ishq aro koʻnglin iturgan xayli forigʻbolimen.
Baski bedoding yukin tortib qadim boʻlmish nigun,
Goʻyi ul bedodning ostida qolgʻon dolimen.
Ruhi Majnunning magar jismim aro qilmish xulul,
Buylakim, za’fu junun birla aning timsolimen.
Ishq aro vasl istamon, qonimni to qildim halol,
Har nekim ishq ahligʻa mushkuldurur, hallolimen.
Yor ila ushshoqu men mahjur holim soʻrmakim,
Ey Navoiy, bu jamoatning xarob ahvolimen.

482

Jongʻa har dam ishqidin yuz ming balo kam istamon,
Oʻzgaga ming yil oʻtub, yuzdin birin ham istamon.
Yor chun istarki, gʻamnok oʻlgʻamen hijronidin,
Ne ajab gar vaslidin koʻnglumni xurram istamon.
Tigʻi ishqing zaxmidin jonim bir osoyishdadur
Kim, agar yuz qatla oʻlsam, dogʻi marham istamon.
Dev siyratlar bila koʻrsam ne hol oʻlgʻay manga,
Ul pariygʻa chun malak xaylini hamdam istamon.
Ne tahammul, gar yuziga tushsa nomahram koʻzi
Oʻz koʻzumni ayni gʻayratdin chu mahram istamon.
Oncha el javrin koʻrub menkim tilarmen fardliq,
Boʻlsa yore ham vafoliq, jinsi odam istamon.
Ey Navoiy, ishq agar olamgʻa rasvo qilmasa,
Men xud oʻzni kuch bila rasvoyi olam istamon.

483

Oʻlturur koʻyida ishq ahlin alolosi uchun,
Shoh qatl etkan kebi itlarni gʻavgʻosi uchun.
Tiyra zulfidin koʻngul ruxsorin aylar orzu,
Goʻyiyo ravshan su istar daf’i savdosi uchun.
Chun boʻlur har tun shabiston ichra sham’i anjuman,
Xayli anjum evrulur ul oy tamoshosi uchun.
Qaddida gulgun libos ermaski, ustodi azal
Bargi guldin hulla qilmish sarvi ra’nosi uchun.
Zulfi zanjirigʻa haddim yoʻq, iti zanjiri ham
Yaxshidur, qayd etsa bu majnuni shaydosi uchun.
To tirikdursen, qadah davrin gʻanimat tutki, charx,
Evrulur tegrangga naqdi umr yagʻmosi uchun.
Ey Navoiy, tarki dunyo ayla, izzat istasang
Kim, mazallat keldi sa’y aning tamannosi uchun.

484

Maskanim hijronda boʻlsa erdi Marvi shohjon,
Bergay erdi hajrdin oʻlsam, tanimgʻa shoh jon.
Rashkdin jonu koʻngul bir-birga dushman boʻldikim,
Goh vaslingni koʻngul aylar tamanno, goh jon.
Noma sabt aylarda chiqti jon, vale kuydi koʻngul
Kim, qoshinggʻa noma birla bormagʻay hamroh jon.
Jon bila koʻnglumni asrarmen fido aylay debon,
Yoʻqsa ermas ham koʻngul matlubu ham dilxoh jon.
Gʻayrdin xoli visolingni tilarmen, ohkim,
Koʻrmagay koʻz, boʻlmagʻay voqif koʻngul, ogoh jon.
Furqatingda boda qoʻymas oʻlgalikim, qaytarur,
Chiqqali ogʻzim sari mayl aylasa nogoh jon.
Ey Navoiy, uyla jon ogʻzimga yetmishkim, chiqar,
Furqatida har necha ohista cheksam oh, jon.

485

Yoʻq damekim, ul quyosh yodida faryod aylamon,
Aylamon faryodkim, gardunni barbod aylamon.
Nola qilmonkim, xaloyiq koʻnglini qilmon hazin,
Navha chekmon el arokim, elni noshod aylamon.
Orazu qaddi xayoli bas menga, ey bogʻbon,
Gul sari qilmon tamosho, mayli shamshod aylamon.
Qoʻyma yuz huru pariy vasfigʻa, ey roviyki, men,
Qiblai jon gʻayri ul huri parizod aylamon.
Aylamon ma’mur aqlu sabr ila koʻnglum uyin,
Chun meni buzdi, men ul vayronni obod aylamon.
Har necha qildim vafo, koʻrguzdilar javr, ey koʻngul,
Ayb qilma, gar zamon abnosidin yod aylamon.
Ey Navoiy, tarki ishq etkim, qutulsam men dogʻi,
Kimsaga koʻnglumni mundin nari mu’tod aylamon.

486

Koʻz bila qoshing aro ul xoli mushki nobdin,
Nuqta kofir uzra tushmish yo quyi mehrobdin.
Ul ogʻiz ollidakim har la’lidur obi hayot,
Nomunosibdur demak soʻz gʻunchai serobdin.
Uylakim, zulfung gʻamin olamgʻa tarqatmish nasim,
Ne ajab, sudralsa yuz jon boʻyni har qullobdin.
Nuqtai mavhum erur ogʻzing, netib kom istayin
Kim, tamattu’ kasb qildi javhari noyobdin.
Hajr tobu pechidin qisqardi umrum rishtasi
Tor ul yangligʻki boʻlgʻay qisqa pechu tobdin.
Olam asbobidin oʻt, gar istasang koʻnglungni jam’
Kim, parishonligʻdin oʻzga yetmas ul asbobdin.
Ey Navoiy, yor koʻyida qora tufroq aro
Qolibon ortuq koʻrarmen bistari sinjobdin.

487

Necha gʻamim oʻtin ahli zamongʻa yetkurayin,
Sharoru dudidin aning osmongʻa yetkurayin.
Qadam boshimdin etib kuyi azmi qildimkim,
Bu makr ila ani ul ostongʻa yetkurayin.
Labinggʻa may bila noʻshi hayot yetkandek,
Aning xayolini men dogʻi jongʻa yetkurayin.
Koʻngul chu koʻyida gum boʻldi, ne koʻngul birla
Oʻzumni kom tilay gulsitongʻa yetkurayin.
Koʻngulni istayu vayron badangʻa elturmen
Ki, xonumonini bexonumongʻa yetkurayin.
Jahonda fitnadur aylab surogʻ mayxona,
Oʻzumni sa’y ila dorul-amongʻa yetkurayin.
Navoiy ohi sanga za’fdin chu yetmas, kel
Ki, vasldin madad ul notavongʻa yetkurayin.

488

Ishq ichra qani men kebi zeru zabar oʻlgʻan
Har kimki yoʻq andin batar, andin batar oʻlgʻan.
Chun dilbari kirpiklar oʻqi har sari otqan,
A’zosi aro har sarimoʻ nishtar oʻlgʻan.
Menmen labi jonbaxshing uchun la’l masallik,
Bagʻri teshilib, gʻarqai xuni jigar oʻlgʻan.
Dehqon deki, mendek yana davron chamanida
Kim koʻrdi vafo naxligʻa hijron samar oʻlgʻan.
Jismi sharar ayrilmoq ila bilki tugandi,
Koʻnglida muhabbat shararidin asar oʻlgʻan.
Mast ulki, jahon mehnatidin topti farogʻat,
Davrongʻa kelib ketkanidin bexabar oʻlgʻan.
Faqr ichra, ne tong, oʻzlukidin kechsa Navoiy,
Fard oʻldi fano shevasidin bahravar oʻlgʻan.

489

Oy botti munfail boʻlubon ul jamoldin,
Shoyadki, chiqmagʻay yana bu infioldin.
Zulfung xayoli koʻnglum uyi ichra toʻlgʻali
Xoli emasturur nafase ul xayoldin.
Kim koʻrdi husn bogʻida sarve qading kebi
Hargiz tajovuz aylamagan e’tidoldin.
Sabrim uyini yiqsa qading naxli, tong emas,
Hargiz sutunkim ayladi navras niholdin?
Dardoki, oʻldumu anga dardimni demadim,
Koʻnglin mukaddar aylamayin deb maloldin.
Yuz jon berib, vafo bani odamda topmading,
Kech emdi, ey koʻngul, bu xayoli maholdin.
Xursandliq Navoiygʻadur bu umid ila
Kim, vasli toshqori xud emas ehtimoldin.

490

Raxshingki, xirom ichra oʻtar kabki daridin,
Istarmen aning na’lini tovus paridin.
Oʻtgan yoʻlida na’lidin oʻt jonima tushti,
Jonimgʻa nelar keldi aning rahguzaridin.
Gulgunmudurur yo julini ayladi ul nav’,
Xayyoti falak san’ati gulbargi taridin.
Gulruxlar aro chunki soʻrarsen, xabar aytur
Eskan gulu sarv uzra nasimi saharidin.
Otinki, pariy chehra deding, sendadur ul ot,
Anglar kishikim, ori emas tab’ asaridin.
Nehojat edi sur’at anga, munchaki oshiq
Koʻzni yumubon ochqucha oʻtkay nazaridin.
Mujgon bila istar qashigʻay surtub anga koʻz,
Fahm oʻlsa Navoiygʻa rizo siymbaridin.

491

Kuydum gʻami ishqimni ayon aylamakimdin,
Chekkay edilar kosh tilimni koʻmakimdin.
Bir loladururkim, ichida dogʻi nihondur,
Har qonki tomar dogʻi nihoni yurakimdin.
Dasht ichra junun ahligʻa boʻldi alami ishq,
Har xor uza pargolaki qoldi etakimdin.
Ishq ichra tiriklikda parishonligʻim anglar,
Koʻrgan kishi sahroda yoyilgʻon soʻngakimdin.
Majnundek elarmen etakim birla chu tufroq,
Goʻyoki fano gardi yogʻar ul elakimdin.
Hasrat ilikin tishlab icharmen gʻamidin qon,
Ayshimni xayol et bu mayyu ul gazagimdin.
Hajrida Navoiy kebi matlubum emas umr,
Har kimni tilarmen chu yiroqmen mirakimdin.

492

Kishi oyirsa bir bedilni yori dilpaziridin,
Umid ulkim, ayirgʻay tengri ani noguziridin.
Agarchi men asiri boʻldum ul badmehrning, yo rab,
Judo qilma asirin andinu ani asiridin.
Deb ermishkim, zamirimda anga zulm aylamak yoʻqtur,
Chiqargʻil, yo rab, ushbu zulmni aning zamiridin.
Dimogʻim topmasun maqsud isi, gar koʻni tufrogʻin
Topib, ani muattar istasam jannat abiridin.
Menu, qon yutmogʻu mayxona tufrogʻi, demang zinhor
Manga Jamshid jomi birla Afridun sariridin.
Ochildi chun eshiklar dayrgʻa, may ichmay oʻldum mast,
Nechukkim ahli rahmat jannat abvobi sariridin.
Navoiy shodmondur barcha, gar oʻlturgali ul shah
Qilibtur yod ahli ishq aro ushbu faqiridin.

493

Kelsa bir kun, necha kun kelmasligidin lolmen,
Bir kun oʻz holimda boʻlsam, necha kun beholmen.
Necha kunkim kelmasa, aylar oʻlum holi meni,
Kelsa bir kun oʻlturur, bu ishvalardin lolmen.
Yoʻlida tufrogʻ agar boʻldum, gʻaraz poboʻsidur,
Boʻlsa bu komim ravo, gʻam yoʻq agar pomolmen.
Dilbarim Shirin bila Layligʻa gar aqron esa,
Men dogʻi Majnun birla Farhodgʻa amsolmen.
Hindu oʻldum, hajr etkach roʻzgorimni qora,
Yo balogʻa nuqta, yo anduh yuziga xolmen.
Soqiyo, hijron gʻami tugʻyondadur, lutf aylakim,
Dam-badam oshuftai bir jomi molomolmen.
Ey Navoiy, boshima koʻrkim nelar kelturdi ishq,
Piri aql erdim, bu dam bozichai atfolmen.

494

Ul pariy mahjub boʻlgʻay deb meni devonadin,
Chugʻzdek chiqmon tunu kun goʻshai vayronadin.
Oshnolar ta’ni ishqida halok aylar meni,
Muncha shiddatliq emas, nekim kelur begonadin.
Aytsamkim, sadqang oʻldum, nega kuydurding meni?
Derki, bu mushkulni fahm et sham’ ila parvonadin.
Yor mehmon boʻlsa, bermasmen rizo, chun bir nafas
Mehnatu gʻam xayli chiqmaslar bizing koshonadin.
Chunki yoyildi havodis fitnasi har goʻshada,
Maslahat ermaski chiqsam goʻshai mayxonadin.
Men ichib mayxonada may, jannatu kavsar soʻzin
Voiz aytib, boʻlmadi koʻngli malul afsonadin.
Bir pariydin gar sanga bandi junun tushti, ne tong,
Ey Navoiy, qochmagʻay devonalar zulonadin,

495

Necha koʻrgan soyi ajzim javr ogʻoz etkasen,
Anglagʻan soyi niyozim shiddatin noz etkasen.
Mumkin ermas chun quyosh vasli kecha xuffoshqa,
Ey koʻngul, ul yon necha hijronda parvoz etkasen.
Boʻlsa haddim, der edim ollingda koʻnglum rozini,
Gʻayrni ragʻmimgʻa garchi mahrami roz etkasen.
La’li ul kofirning elga jon bagʻishlar, ey Masih,
Necha anfosing bila da’voyu e’joz etkasen.
Dam-badam shavqum sanga koʻprakdur, ammo sabrim oz,
Garchi sen bedodni koʻp, mehrni oz etkasen.
Ey falak, zulmu sitam ichra oʻz ovozing uchun,
Necha bizga har zamon bir ish sarovoz etkasen.
Ey mugʻanniy, baski yigʻlatgʻaysen elni bazm aro,
Gar Navoiy ohi birla nagʻmani soz etkasen.

496

Qorigʻan chogʻda bir mahvash yigit shaydosi boʻlmishmen
Ki, ishqidin qari birla yigit rasvosi boʻlmishmen.
Quyundek poʻyada maydon manga gah togʻ erur, gah dasht,
Magar Majnun bila Farhodning hamposi boʻlmishmen.
Bagʻirdin itlariga toʻ’ma qon yoshimni may qildim,
Junun bazmi aro ul xayli bazmi orosi boʻlmishmen.
Meni koʻrgach boʻlur ishq ahli majnun, berma pand ey aql,
Chu men devonlarning moyayi savdosi boʻlmishmen.
Boʻlur ishq ahli ta’lim olsalar devonaligʻ mendin,
Nedinkim, men bu nodon xayilning donosi boʻlmishmen.
Demang ahli xirad ishqu junun savdosidin chiqkim,
Meni bexonumon bu dashtning nasnosi boʻlmishmen.
Navoiydek qorigʻanda yigit boʻlsam tong ermaskim,
Qorigʻan chogʻda bir mahvash yigit shaydosi boʻlmishmen.

497

Kecha asru muztar erdim, vahki, shaydomen bukun,
Tun xud oʻtti, lek onsiz noshikibomen bukun.
Ne soʻzumni fahm etarlar el, ne men elning soʻzin,
Bilmon elniyu oʻzumni — asru rasvomen bukun.
Roʻzgorim zulfu, xolu xattidin boʻlmish qora,
Ey xirad ahli, bilingkim, mahz savdomen bukun.
Elga jon bermakka chiqti, goʻyiyokim rashkdin,
Oʻlmagay ollida aning kimsa illoh men bukun.
Multafitdur elga, men mahrum, bu damkim chekib
Tigʻ, istar bir kishi qatlin, men ovlimen bukun.
Ey koʻngul, sen onsiz ermassen dame, bu damki men
Vasligʻa yettim, sen oʻlgʻung ollida yo men bukun.
Yoʻqturur Farhod ila Majnun magarkim bildilar,
Togʻcha anduhi birla dashtpaymomen bukun.
Ul pariy ishqida oʻzluk tarki tuttim, soqiyo,
Bodakim, devona boʻlmoqqa muhayyomen bukun.
Doʻstlar, qoching Navoiydinki, zulmi hajr aro,
Dardi dil ayturdin elga mehnatafzomen bukun.

498

Tugun bir-bir demon, yuz-yuz musalsal zulfi toridin,
Nishondurlar sarosar moʻr xaylining qatoridin.
Yuzi gul, zulfi sunbul, ogʻzi gʻuncha, qomati savsan,
Nazohatda uyatligʻdur behisht aning bahoridin.
Havodis shomi solsa roʻzgor ichra parishonligʻ,
Nishon bil zulfida koʻnglum parishon roʻzgoridin.
Ani koʻrgach necha ishqim yoshursam, xalq anglarlar
Koʻngulning iztirobidin, badanning iztiroridin.
Men onsiz tufrogʻ oʻldum, ey sabo, sen rahm etib bore,
Qotishtur koʻyining tufrogʻigʻa jismim gʻuboridin.
Meni ishq ila rasvo qildikim, emas mening sari,
Nasime kelsa nogah ofiyat mulku diyoridin.
Bu dayr ichra fano rasmin biravkim ixtiyor etkay,
Kushod imkoni yoʻqtur kechmayin ul ixtiyoridin.
Mayi vasl, eyki, noʻsh aylab, oʻzungni aylading sarxush,
Guvoro boʻlsun, ar biym oʻlmasa bu may xumoridin.
Navoiy sabru ishqidin ul oy forigʻdurur, ya’ni
Xabar yoʻqtur anga bu benavoning yoʻqu boridin.

499

Koʻrsa ne fikri tanim zaxmiyu koʻnglum kuyganin,
Ulki na’lu dogʻdin hayf etmas oʻz nozuk tanin.
Qayda koʻrsun, koʻrsa ne qilsun yoqam choki asar,
Mastligʻdin ulki har dam chok etar pirohanin.
Xirmani sabrim kuyardin ne gʻam ul kofirgʻakim,
Oʻt solibtur bodadin, koʻrgil jamoli hirmanin.
Garchi ranjim sa’b erur, vah, qayda parvo aylasun,
Qotilekim, koʻrdi tirguzmakcha oʻlturmak fanin.
Anglagʻach qatl aylar erdi, shukrkim, bilmas kishi
Bazmi gʻavgʻosi aro ahli musibat shevanin.
Necha tavsanliq sukun andin burunroq koʻzlakim,
Olmagʻay kome, necha sursang yigitlik tavsanin.
Gulshani ishratqa siz azm aylangiz, ey ahli aysh
Kim, Navoiy bas ogʻir olmish mazallat gulxanin.

500

Kirpikimdur ashk qoni birla shohi argʻuvon,
Rahm qil, ey argʻuvoni rang toʻnluq navjuvon.
Ul iki koʻzdurmu yo ishqingda ayni za’fdin
Goʻshai gulzor aro yotmishlar ikki notavon.
Dudi ohimni shararlar birla koʻrgan sogʻinur
Kim, yetishti dard mulkidin yuz oʻtlugʻ korvon.
To labing naqshi koʻzumda la’lgun ashkim kebi
Tutti yer, hayvon zuloli yuz sari qildim ravon.
Shod edim husn ahli onidin, qani ul ahli husn,
Ey koʻngul, men gʻofilu ermish gʻanimat ul avon.
Ey visol ahli, sizu izzat bisoti uzra aysh
Kim, yetibdur bizga qismat ishqdin hajru havon.
Ey Navoiy, yor agar zulm etsa, shahgʻa qil duo
Kim, anga tobi’durur adl ichra yuz Noʻshiravon.

501

Yozarda ishqing oʻtin sekrir ohimdin sharar har yon,
Varaqda nuqtalar iynak shararlardin asar har yon.
Raqib ilgi jafo toshi koʻp otsa, bois ohimdur,
Aningdekkim, itik yel shoxidin sochqay samar har yon.
Dam urmassen, labing shirinligʻin vasf aylasam, goʻyo
Iki la’lingni bir-birga yopishturdi shakar har yon.
Koʻkargan dogʻidur gʻam toshlarining xasta jismimda,
Qurugʻ shox uzra chirmashib ochilgʻay nilufar har yon.
Suda gul barglar oqqon masallik la’li hajrinda,
Oqar ashkim aro har qatra qon boʻlgʻan jigar har yon.
Koʻngulda oʻhlaringdin bar yesam bir kun, ajab ermas,
Munungdekknm bu bogʻ atrofida ekting shajar har yon.
Beling sarrishtasigʻa mubtalo boʻlgʻon koʻngul saydi,
Kiyikdekdurki, mahkam aylamish yoʻlin kamar har yon.
Ne muhlik vodiy ermish Ka’bai maqsad biyoboni
Ki, adno moʻrdin bor ajdaholargʻa xatar har yon.
Navoiy rishtai zuhdi uzulsa, qilmangiz hayrat.
Munungdekkim ani usruk chekar bir siymbar har yon.

502

Ichimdagi yoshurun gʻamki, ayta olmasmen,
Bir oʻt solur manga har damki, ayta olmasmen.
Gʻamiki, oʻlsam emas ayta olmagʻi mumkin.
Agarchi oʻlturur ul hamki, ayta olmasmen.
Desamki, dardini dey, ishqi ilgi boʻgʻzumni
Tutar aning kebi mahkamki, ayta olmasmen.
Ne nukta ishqdin aytay desam, meni ul shoʻx
Qilur aning kebi mulzamki, ayta olmasmen.
Gʻaming nihon meni oʻlturdi zulm tigʻi bila,
Erur bukun manga motamki, ayta olmasmen.
Ketur piyolaki, ish sirrini hakimi azal
Aningdek ayladi mubhamki, ayta olmasmen.
Navoiy aytsun oʻz dardiniki, dard meni
Qilibtur ul sifat abkamki, ayta olmasmen.

503

Koʻngul toshlar qorasin dogʻlarkim, qoʻydi gʻam har yong
Junun ifrotidin devona sochqondek diram har yon.
Men ashk ichra choʻmub, har tun qilib hamsoyalar oshub,
Mening holimgʻa yoʻq oʻtkan uchun uylarga nam har yon.
Erur har sari ushshoq ohidin, mendin emas bukim,
Boʻlur naxli qadigʻa jilva aylar chogʻda xam har yon.
Bulutqa humrat ermas mehrdin, balkim tutoshibdur,
Momuqdek baski chiqti ohim oʻtidin alam har yon.
Boʻlur qon mushki, ishqing mushkini qon ettikim, boʻlmish
Qora shanjarf, holim yozgʻali qoʻysam qalam har yon.
Itibtur telba koʻnglum har taraf, ey ishqu dard, istang,
Soʻrayin ul parivash koʻyida men xasta ham har yon.
Ne vodiy qat’i qilmoqdur, fano dayrida sokin boʻl
Ki, qay ravzangʻa qoʻysang koʻz boʻlur mar’iy haram har yon.
Dame oʻksutmagil, yo rab, xarobot ahli gʻavgʻosin
Ki, ul undin kudurat qushlarigʻa boʻldi ram har yon.
Navoiydek qadam mayxonada berkit sutun yangligʻ,
Desang ollinggʻa yuz gʻam kelmagay, qoʻysang qadamhar yon.

504

Ahd qildim, ishq lafzin tilga mazkur etmayin,
Til nekim, xomam tilidin dogʻi mastur etmayin.
Barcha elga fitna boʻlgʻan koʻzga maftun boʻlmayin,
Har kishi nazzora aylar yuzni manzur etmayin.
Ishq kufri birla taqvo xonaqohin buzmayin,
But xayolidnn koʻngul dayrini ma’mur etmayin.
Har kecha bir lab mayi vaslidin etmay jonni mast,
Har kun aning hajrida koʻnglumni maxmur etmayin.
Gar chiday olmay koʻngul bersam birovga nogahon,
Bori el ichra chiday olgʻancha mashhur etmayin.
Ishqu may anjomi chun hajr oʻldi, qoʻy, ey shayxkim,
Oʻzni bu iqboldin kuch birla mahjur etmayin.
Zulm ila el jonigʻa oʻt yoqma, eykim, shohsen,
Gar desang doʻzax oʻtigʻa jonni mahrur etmayin.
Garchi ma’zur oʻldi ma’mur, ey Navoiy, oʻzni men
Doʻst ma’mur aylagan xidmatda ma’zur etmayin.

505

Muzayyan qilma marmar toshi birla tufrogʻim boshin
Ki, koʻnglum dudi Mashhad toshi aylar mashhadim toshin.
Bulut birla yogʻin ermaski, ul oy hajrida har dam
Tiya olmon damim dudin, yigʻa olmon koʻzum yoshin.
Azal naqqoshikim chekti yangi oy naqshini, goʻyo
Qalam sof aylar erdi sizgʻali ul dilrabo qoshin.
Quvondi shayx zikri halqasidin naylasun miskin,
Alolo ichra koʻrmaydur malomat koʻyi avboshin.
Xaloyiq oʻlganimni baxtim uyqusi sogʻinmishlar,
Nechukkim tonimaslar tav’amonning koʻrsa qardoshin.
Soching fikriga to tushtum, musalsal boʻldi ul savdo,
Qachon bildim men ul sarrishtaning bu nav’ chirmoshin.
Jahonni kuydurur, ey mugʻbacha, paymonai la’ling,
Magar koʻnglum oʻti birla qizitmishlar aning doshin.
Ajab mehru shafaq ermasmudurkim, topmadi hargiz
Xirad bu toq me’morin, nazar ul shamsa naqqoshin.
Navoiy, xonaqahda xirqavu sajjodang oʻlmish qayd,
Bulardin maxlas istarsen, fano dayri sari yoshin.

Vov Harfining Viloyat Afzoylarining Vaqoyeyi «Badoye’»din

506

Sujud etar quyosh ollinda uylakim hindu,
Yuzung qoshinda quyosh lo iloha illohu.
Quyosh yuziga boqardin nazar erur ojiz,
Yuzungdin etti magar aks zohir ul koʻzgu.
Yuzung nishonigʻa har zarra gar emas tolib,
Quyosh jamoligʻa zarrot nevchun etti gʻulu.
Magar tajalliy husnunggʻa mazhar oʻldi quyosh
Ki, zohir ayladi oncha jilo bila yogʻdu.
Yuzung xijolatidin mehr ila sargʻormish
Ki, subh aylar aning za’faronidin kulgu.
Yuzungni tushta koʻrar mumkin oʻlsa, istarmen
Aningdek uyquki, andin soʻng oʻlmagʻay uyqu.
Navoiy, ista visolin, bihisht istamagil,
Kishi bihisht borinda tamugʻni istarmu?

507

Ne ajab, gar qilmasam gul rangu boʻyin orzu
Kim, erur andin dimogʻim ichra oʻt, koʻzumda — su.
Sarvni ham istamonkim, koʻzga andin oʻqdurur,
Kimsa bir oʻqni koʻziga qayda qilgʻay orzu.
Guljabinlik sarvqad mohim kerak, yoʻq sarvu gul,
Ul yuzu qadsiz manga ne ul keraklikdur, ne bu.
Qomatu ruxsori komimdur, yoʻq ersa bogʻ aro
Har taraf koʻp saf tuzatgay sarvu gul qilgʻay gʻulu.
Sarvqadlar birla gul ruxsorini koʻp istadim,
Ul qadu yuzdin yiroq koʻnglumga taskin boʻldimu?
Azmi dayr etsang, qilib gʻusli tariqat, gom qoʻy,
Lekin avval din ila islomdin ilgingni yu.
Ey Navoiy, dahr boʻstonida koʻptur lavnu atr,
Lek yoʻq mehru vafodin anda mutlaq rangu boʻ.

508

Yuzunga oshufta qoshlar boʻlmasa oshiq nagʻu,
Boʻldilar har qaysi bir devonai joʻlida moʻ.
Boʻlmasa devona, bas, ne vajhdin zanjir etib,
Kelturubtursen ayogʻi sari zulfi mushkboʻ.
Ul araqnok otashin ruxsoringa mayl ettilar,
Telbalar moyil boʻlurlar, koʻrsalar oʻt birla su.
Telba ermas, balki ikki hindui sohirdurur,
Bosh qoʻshib afsun uchun goʻyo qilurlar guftugoʻ.
Yo tamosho qilgʻali, yo sehr ta’lim olgʻali,
Zulfining hindulari har saridin qilmish gʻulu.
Shoʻxlarning qoshlarigʻa, ey koʻngul, mayl etmakim,
Ofiyat koʻyiga hojiblardur ikki roʻbaroʻ.
Qoshigʻa tushkan girihlar birla koʻnglung bogʻlamish,
Ey Navoiy, ishqini tark ayladim deb boʻldimu?

509

Roʻzada lab tashnaligʻdin qildi za’f ul mohroʻ,
Jon berurmen la’ligʻa to boʻlgʻusi jonimda su.
La’ligʻa su orzu boʻlmish susizligʻ tobidin
Kim, koʻrubtur chashmayi hayvon su qilmoq orzu.
Istaram ul gulni serobu bukim beob erur,
Xasta koʻnglum gʻunchadek qon bogʻlanibdur toʻbatoʻ.
Men solay ohim bila olamgʻa zulmat, ey Xizr,
Sen su kinicha yugur chashmang sari olib sabu.
Za’fdin har dam quyoshim hushidin gʻoyib boʻlur,
Koʻz soling tengri uchun xurshid gʻoyib boʻldimu.
Rindligʻdin zohid hushk oʻldi ul oy roʻzada,
Garchi zuhd ahlin xarobat ichra qildi koʻbakoʻ.
Ey Navoiy, har dam ul oy za’fdin behol erur,
Hech bilmon kim ne qilgʻaymen ajab hol oʻldi bu.

510

Xating ermas, gul uzra sabzai bogʻi Eramdur bu,
Ne sabza, kun yuzida tun savodidin raqamdur bu.
Gar ohim shu’lasi oʻtti quyoshtin, tong yoʻq, ey mahvash,
Sen ahli husn aro shahligʻ uchun chekkan alamdur bu.
Latofat suyidin toʻlmish zanaxdoning chahi goʻyo,
Tarashshux aylagan kun chashmasidin barcha namdur bu.
Jafo dogʻin qoʻyibkim jonim olding, asrasam, tong yoʻq,
Nihon koʻksum arokim, jon berib topqan diramdur bu.
Ilojimdin boʻlub ojiz dedilar hikmat ahlikim,
Gʻaribu xasta yoʻqkim, oshiqu devona hamdur bu.
Butekim kuch bila chekti boshimni sajdagʻa emdi,
Vafodin bosh chekar, koʻrgilki, ne sarkash sanamdur bu.
Olib din naqdi piri dayrkim, qildi meni sarxush,
Koʻrung, oxir ne kamlik oʻtrusida ne karamdur bu.
Qadah davrini xush tut, charx javrin boqma, ey soqiy
Ki, ul tutqoch vujud, albatta, bilkim kal’adamdur bu.
Navoiy, gʻofil oʻlma, ul sanamning qasrin aylansang,
Samad zikrini mazkur aylakim, tavfi haramdur bu.

511

Koʻp qochar yor, ani koʻp qilsam meni zor orzu,
Anda bisyor ijtinobu menda bisyor orzu.
Kufri zulfi orzusidin berurmen naqdi din,
Kim koʻrubtur, ey musulmonlar, bu miqdor orzu.
To koʻzung ayni tanosibdin manga qilgʻay nazar,
Kechayu kunduz qilurmen oʻzni bemor orzu.
Chun erur har tori zulfung rishtai jon, bas ne tong,
Jon qushin ul dom aro qilsam giriftor orzu.
Jannat oʻlsa maskanim koʻyung tilarmen uylakim,
Doʻzax ahli aylagay jannatqa izhor orzu.
Bogʻ tavfidin gʻaraz andoqki boʻlgʻay sarvu gul,
Bizga koʻyung ichra bor ul qaddu ruxsor orzu.
Soqiyo, aylar xumorim qasdi jon, qilsam ne ayb,
Xasta jonimni muqim koʻyi xammor orzu.
Kundai doʻzaxdurur bu ravzada bir bargi shox,
Aylaram savsan kebi oʻzni sabukbor orzu.
Andin oʻldum ozimi dayri fano, ey mugʻbacha
Kim, qilibmen halqai zulfungni zunnor orzu.
Zohido, boshtin ayogʻing zarq erur, qoʻy pandkim,
Besarupolargʻa boʻlmas kafshu dastor orzu.
Orzu aylar Navoiy koʻyung ichra orazing,
Zor bulbul aylagandek bogʻu gulzor orzu.

512

Gul sochar yel bogʻ aro, sarvi ravonim keldimu,
Jon isi guldin kelur, oromi jonim keldimu.
Bexud erdim aytkali koʻnglum, chu keldim holima,
Ayting: ul ovorai bexonumonim keldimu.
Qolmish erdi xasta jon, kirganda men mayxonagʻa,
Anglamonkim, ul zaifi notavonim keldimu.
Demangizkim, keldi mahvashlar seni oʻlturgali,
Muni dengkim, qotili nomehribonim keldimu.
Hajridin oʻldum demangkim, boshima kelmish
Masih, Ayting, ul osoyishi ruxu ravonim keldimu.
Koʻyunga ushshoq kelgandin xabar tuttung valek
Demading ul zori benomu nishonim keldimu.
Zuhd koʻyiga koʻngul birla dedingkim, kelmading
Ey Navoiy, necha aytib ul yomonim keldimu.

513

Vah, bu ne husnu, jamolu ne latofatdur bu,
Dema ishq ahliki, din ahligʻa ofatdur bu.
Shisha yangligʻ koʻrunub boda oʻtar boʻgʻzingdin,
Xilqating javharida, vah, ne latofatdur bu.
Mehrning orazini buki kusuf etti qora,
Qullugʻung aylamasa, ayni kasofatdur bu.
Manga tigʻ ursa rizo berdimu agʻyorgʻa, yoʻq
Men turub oʻlturur ani, ne zarofatdur bu.
Ul pariy hoziru koʻzlardin erur gʻoyib hur,
Shayx ani vasf qilur, koʻr, ne xurofatdur bu.
Yorning manzili jon ichrayu sen ani tilab,
Azimi Ka’ba, ajab qat’i masofatdur bu.
Demakim, boʻldi junun dashtida joʻlida soching
Ul quyoshtin boshima soyai rofatdur bu.

514

To tushta yuzin koʻrdumu boʻlmish manga kom uyqu,
Lekin gʻamidin boʻlmish koʻzumga harom uyqu.
Koʻnglum ne uchun yetkach zulfunggʻa boʻlur bexud,
Ma’hud emas elga chun avvali shom uyqu.
El koʻzlaridin ul koʻz uyquni tamom olmish,
Bu ishtin ekin oxirkim, boʻldi tamom uyqu.
Yo tushta koʻray ani, yo gʻayrni koʻrmay deb,
Koʻz ochmayin istarmen hajrinda mudom uyqu.
Bu marhalada solik koʻz yumsa, qolur yoʻldin,
Yoʻl ahli qachon aylar aylarda xarom uyqu.
Chun sayli sirishkimdin koʻzning qorasi bormish,
Ne nav’ tuta olgʻay ul yerda maqom uyqu.
Uyqusi Navoiyning gar oʻchti, ajab ermas,
To dona sirishk oʻlmas, boʻlmas anga rom uyqu.

515

Tigʻ tortib chu kelur qatlima jonon oʻtru,
Har dam ogʻzimgʻa yetar chiqmogʻ uchun jon oʻtru.
Koʻngluma kelsa xayoling, chiqar oʻtrusigʻa jon,
El chiqar, uyga kirar vaqtda mehmon oʻtru.
Istabon vasl qachon koʻyiga ozim boʻlsam,
Kelmas ollimgʻa bajuz novaki hijron oʻtru.
Ul quyosh hajrida otsam kechalar novaki oh,
Holadin charx tutar daf’igʻa qalqon oʻtru.
Dasht devonasigʻa men qiluram istiqbol,
Chiqsa Majnungʻa, ne tong, gʻuli biyobon oʻtru.
Mayda soqiy yuzi chun jilvagar oʻlmish, ne ajab,
Tutsam ul koʻzguni ollimgʻa farovon oʻtru.
Keladur erdi habibim, meni koʻrgach yondi,
Ey Navoiy, nega chiqtim meni nodon oʻtru.

516

Soching rangi anbarmudur, mushki Chinmu,
Labing ta’mi shakkarmudur, angabinmu.
Soching boʻlmadi kufr eligamu zunnor,
Boʻyun tavqigʻa qoʻymadi ahli dinmu.
Kuyarga koʻngul la’ling ermasmu oʻtluq,
Gulungni qadah qilmamish otashinmu.
Koʻngul ganjigʻa qufl emasmu boshogʻing,
Yangi dogʻ emas anda naqshi niginmu.
Deding, mastu oshiqni qatl aylamishmen,
Degil, qoldi bir shayxi xnlvatnishinmu.
Meni bogʻ gulgashtigʻa chekma, dehqon,
Vafoligʻ, degil, gulmudur yo saminmu.
Navoiy, aning koʻngliga kor qilmas,
Figʻon tortmon, yoʻqsa ohi hazinmu.

517

Ne bilgay ulki qilur xudi uzra jilva yalov,
Mening oʻtumniki, boshim uza yonar lov-lov.
Balo aro chu men oʻldum, balo qilichlarini,
Ne tong ititkali lavhi mazorim oʻlsa bilov.
Qoʻlumda bandi junun tasmasi, ne fikr etkay
Parivasheki, minib dev, qoʻlgʻa olsa jilov.
Firoq oʻtida qorordim, magarki bu oʻtni
Yorutgʻali meni davron iligi qildi koʻsov.
Soqoli shayxi riyoiygʻa garchi keldi harom,
Vale kularga eshak boʻiniga kerak gʻujgʻov.
Yuz uzra xay, gul uza shabnamin havas qilma,
Bayozi shayb ila chun yogʻdi boshing uzra qirov
Navoiy aylab edi garchi raz qizini taloq,
Halola boʻlsa ham ul qizni olgʻusi bu kuyov.

518

Jonona tushubtur meni bemordin ayru,
Jon uylaki tushkay badani zordin ayru.
Koʻz olma koʻzumdinki, oʻlarmen, agar oʻlsang
Bir koʻz yumub ochquncha bu bemordin ayru.
Gul rashki pariy koʻyida boshimgʻa yogʻar tosh,
Atfoldin ayrudurur devordin ayru.
Jon kimsada qolgʻaymu bu yangligʻki olursen,
Guftordin ayru, qadu raftordin ayru.
Zulmungni kam etkilki, vafo ahli topilmas,
Ul zulfi xamida bu giriftordin ayru.
Matlubdin ayru gila qilma talabingdin,
Matlubni kim koʻrdi talabgordin ayru.
Ranjurdur ul koʻyi firoqida Navoiy,
Bulbul ne ajab gʻamzada gulzordin ayru.

519

Pok ishq ahli nechuk vasl aylagaylar orzu,
Nomunosibdur balokashlargʻa boʻlmoq komjoʻ.
Lolagun ruxsoru mushkin zulfidin kom istagan
Ishq oyinida goʻyo bilmadi juz rangu boʻ.
Koʻngli pok el gar malomat rangida qilsa suluk,
Bok emastur, boda boʻlmas rang qilgʻon birla su.
Pok oshiq oʻrtanib parvonadek dam urmagʻan
Boʻlgʻanidin yaxshiroq bulbul kebi bisyor goʻ.
Ishq tavrida koʻngul birla tilin zabt aylagan,
Oʻtu suni jam’ etar, kimga muyassar boʻldi bu.
Rutba lekin boʻlsa pok elga bulut yangligʻ biyik,
Barq oʻtun yomgʻir aro asrar zehn pokiza xoʻ.
Ey Navoiy, ishq da’vosinda koʻp lof urmakim,
Fannida sohibkamol el bir taraf qilmas gʻulu.

520

Dema yuzkim, Xoʻtan gulzoridur bu,
Dema xat — nofai totoridur bu.
Koʻzi oʻltursa, la’li jon bagʻishlar,
Ajoyib muddao izhoridur bu.
Desam zulfungmu koʻnglum ayladi band,
Der, ey miskin, aning bir toridur bu.
Soʻzi gar asru shirindur, tong ermas,
Hadisi la’li shakkarboridur bu.
Oʻgʻurlar jon zanaxdoning aro xol
Ki, Bobul chohining ayyoridur bu.
Koʻngul oʻzlukni bir sogʻargʻa sotti,
Magar dayri fano xammoridur bu.
Navoiygʻa,— desam,— qil, ey yigit, rahm,
Kulub der, ne hayosiz qaridur bu.

Xe Harfining Humoyunvashlarining Haloqangezligʻlari «Badoye’»din

521

Bu nav’ oʻldum jamoling mushafining sirridin ogah,
Ki, fihrastida keldi ikki qoshing ikki bismillah.
Jamoling buki mushafdur, hadising haq kalomi ham,
Dey olur mushafi notiq seni har kim erur ogah.
Hodisi poku nutqi jonfizoingdin topib Iso
Ki, anfosi qilib ibro, agar abras gar akmah.
Gar oʻlsa taxti johing arshu farsh uzra rusul xayli,
Tong ermaskim, alar bori mulozim keldilar, sen shah.
Hazizi arz agar boʻldi makoning, faqr edi bois.
Agarchi lomakon avji edi raxshinggʻa javlongah.
Rusuldin hech rahrav hamrahing boʻlmoq emas mumkin,
Maloyiktin chu sayringda ne rahrav keldi, ne hamrah.
Qoshinggʻa «qoba qavsayn» oyatidin yoʻq nima alyaq,
Sochinggʻa yoʻq savodi laylatul me’rojdin ashbah.
Zanaxdon chohiyu gesu kamandi gar bu yangligʻdur,
Erur vasfigʻa bersam tul Yusuf qissasi koʻtah.
Sening ishqing Navoiygʻa iki olam aro bastur,
Habibullogʻa oshiqliq anga garchi had ermas, vah.

522

Yuzun koʻr, qilmagʻil mujgonu xattu xolidin nola
Ki, boʻlmas xorsiz gul, dudsiz oʻt, dogʻsiz lola.
Chu men dur tishlaring hajridin oʻldum, ne osigʻ gar charx
Nujum ashkini yogʻdursa boshimgʻa uylakim jola.
Emas bir-bir sirishkim qonikim, koʻz mardumi solur
Iting ollida bagʻrimni uzub pargola-pargola.
Labing obi hayotin Xizri xatting noʻsh etar soat,
Hubob oʻlmish ushoq bir-ikki, ani dema tabxola.
Yuzungdur uyla davri chatr aro, ey xoʻblar shohi
Ki, boʻlmaydur qamar davrida hargiz uyla bir hola.
Yuziga, ey falak, ne zeb ber, ne husn sotqilkim,
Quyosh husnigʻa ne mashshota hojatdur, ne dallola.
Piyola birla may ogʻzimgʻa kuptin quyma, ey soqiy
Ki, ul javhargʻa goʻyokim munosib kayl erur kola.
Base mushtoqing erduk dayr aro, kech kelding, ey mutrib
Ki, sozing tarkidin bizga yangi oy boʻldi har tola.
Bu bazm ahligʻa, bilkim, ofiyat juz bevafoligʻ yoʻq,
Navoiy xoh lahni aysh tuz, xoh aylagil nola.

523

Yana shu’laliq koʻngulni gʻaming etti pora-pora,
Buki butrashur, erur poralari, emas sharora.
Ulus ichra orazingdin nazar oncha asradimkim,
Ola olmogʻum koʻz, oʻlguncha gar aylasam nazzora.
Badalu safar erur chorasi ishqning demishlar,
Badaling yoʻqu safardin gʻamim ortadur, ne chora.
Meni telba birla Farhod orasida farq koʻptur,
Anga xora qazmoq ish, vahki, yogʻib boshimgʻa xora.
Dema boʻlgʻay oʻqlarimdin taning ichra necha paykon,
Qatarotini yogʻinning kim etibdurur shumora.
Bu chaman aro gahi ovla hazor koʻnglin, ey gul
Ki, teshkusi xazon chopquni uylakim hazora.
Buki dayrdin Navoiyni haramgʻa shayx istar,
Netayinki, yoʻl koʻrunmas, necha qilsam istixora.

524

Koʻnglakim qon ila har dogʻki boʻlmish toza,
Toza dogʻim bila qonidin erur andoza.
Hajrdin kuymish edim, yana deding hajr soʻzin,
Eski dogʻimni yangi dogʻ ila qilding toza.
Derki, ishqimni yoshur, vah, netibon yoshurayin,
Emdikim tutti bari dahrni bu ovoza.
La’li avsofini gul barglari uzra yozay,
Aylayin hifzigʻa jon rishtasidin sheroza.
Zeb uchun yuzunga gul bargi emastur hojat,
Hojat ul nav’iki, gul bargiga ermas gʻoza.
Oqibat qabr eshiksiz uyiga chun kirgung,
Emdi giryo senga ne sud, ochuq darvoza.
Ul pariy suvratini cheksa Navoiy, ne ajab,
Qalami topsa maloyik yungidin pargʻoza.

525

Orazing xoli nedin qildi meni devona,
Qushni sayd etmadi chun suda koʻrungan dona.
Kiribon oq uy aro jon qushini kuydurdung,
Garchi fonusda sham’ oʻrtamadi parvona.
Tiyri boroni gʻaming buzdi koʻngul maskanini,
Bizing oʻy boʻldi yogʻin kasratidin vayrona.
Hajr za’fidin oʻlubmen tashshasdek, ne ajab,
Oshnolar manga boʻldilar esa begona.
Buzdi ul shoʻxi qadahnoʻsh salohim uyini,
Manga mundin nari manzil bas erur mayxona.
Soqiyo, toʻlgʻucha paymona yerim maykadadur,
Meni mast etkali koʻp yaxshidurur paymona.
Jurm esa yor boshim uzra yetib oʻlmaganim,
Ey Navoiy, meni oʻlturmak erur jurmona.

526

But ollida chu sujud aylagum ichib boda,
Diram yoʻq ersa, garav xirqa birla sajjoda.
Uchurdi aqlim oʻtin, balki yiqti dinim uyin,
Ne angladimki, ne sayli balo emish boda.
Agarchi dayrda usruk yiqildim, ammo shukr
Ki, bore mugʻbacha koʻyida boʻldum aftoda.
Yetishmagay mayi vahdat furugʻi boʻlmagʻucha,
Zamir shishasi soqiy uzoridek soda.
Chu zuhd keldi riyoyu yoʻq odamida vafo,
Ne boʻldi tutsa manga boda bir pariyzoda.
Qilur mubolagʻa koʻp ishqu boda tarkida shayx,
Meni ham istar oʻzi yangligʻ aylagay loda.
Navoiy, oʻlgʻil ikki kun maylidin ozod
Ki, doʻst gʻayrigʻa boʻlmas muqayyad ozoda.

527

Baski qon bordi alamlar yuzlanib har dogʻima,
Za’f ifroti yaqinlashturdi borur chogʻima.
Bazm aro yodim bila tufroqqa gohi may toʻkung
Kim, erur ul ham yaqinkim, toʻkkasiz tufrogʻima.
Bu maraz hijrondin oʻlmish berma sharbat, ey tabib
Kim, zuloli xizr yetsa, zahr oʻlur qursogʻima.
Jism za’fidin teri qolmish soʻngak uzra yana,
Hajr oʻqi parron oʻtar, chun yetsa bu yargʻogʻima.
Belga men zunnor bogʻlabmen, vale xayli ajal,
Vahki, sudrarlar, iliklar berkitib belbogʻima.
Ma’rifat bogʻida ul qushmenki, hayrat aylagay,
Toiri quds aylasa bir dam nishiman bogʻima.
Ey Navoiy, dard togʻinda sogʻingʻay lolazor,
Boqqan el ham toza qonliq, ham qoraligʻ dogʻima.

528

Xating savodigʻa sun’ ilgi yoʻndi chun xoma,
Hamul raqam bila qildi meni siyahnoma.
Yigʻildi, vahki, xating xayli davrasigʻayu bas,
Necha qizitti jamoling quyoshi hangoma.
Koʻzung xayoli koʻngul maxzanin tasarruf etib,
Magarki hifzi uchun bosti muhri bodoma.
Koʻngul xarobasida soldi tarxi mehring ishq
Ki, uy havoligʻ oʻlur boʻldi chun duoshoma.
Mening kebi kechar el koʻngli komidin nokom,
Biravki, sendek erur yori mastu xudkoma.
Maoli ilmida mendin ham erdi johilroq,
Qayuki tutti oʻzin olam ichra alloma.
Navoiy oʻlsa kerak piri dayr bazmida xos,
Ne desa desun ani va’z ichindagi oma.

529

Koʻngulni qildi ming qotilcha yora, .
Jafo tigʻidin ul shoʻxi hazora.
Samandi oʻt chaqilgʻondek chu sekrir,
Ul oʻttin sekretur na’li sharora.
Itingga tu’maliqqa boʻldi oson,
Bukim bagʻrimni qilding pora-pora.
Koʻrungach koʻzga ul yuz, xasta boʻldum,
Oʻlarmen, yaxshi gar qilsam nazora.
Ne istar chora dardi ishq uchun el,
Chu yoʻq bechoraligʻdin oʻzga chora.
Koʻngul olam uyiga bogʻlama koʻp
Ki, baytidur sanga ul istiora.
Fano yoʻli, Navoiy, bas qotiqdur,
Magar osonroq oʻlgʻay bora-bora.

530

Choklik koʻnglum nishoni gʻunchai xandonida,
Munda toza dogʻ yangligʻ xoli aning yonida.
Yoʻqturur itlarga son koʻyidayu koʻrgil meni
Kim ul oy koʻyida men ham yoʻqmen itlar sonida.
Qon boʻlub bagʻrim oqar koʻzdin, tilasang, topilur
Lola ichra sabzadek paykon sirishkim qonida.
Uyladur ra’no gʻazolim lojuvardi toq aro
Kim, emas andoq gʻazoli zar sipehr ayvonida.
Asru nofarmondur ul gulkim, libosidur binafsh,
Garchi gulruxlar erur bori aning farmonida.
Hajrida barcha azob oyatlari sha’nimdadur,
Barcha rahmat oyatidek nozil aning shonida.
Davr ayogʻidin vafo ahlin unutma, soqiyo.
Kim, vafo yoʻq juz unutmogʻliq falak davronida.
Donish ahli kaffasida kelturur nodonni charx,
Fikri yoʻqkim, rost kelmas bu xirad mezonida.
Gar Navoiy bulbule erdi, xush ilhon, koʻrki, hajr
Navha rangi koʻrguzur har dam aning ilhonida.

531

Sen qora par boshing uzra, koʻrguzub men dudi oh,
Bu mening oʻtumdin, ul sarkashligingdindur guvoh.
Xoʻblar anjum, sen ul xayl ichra mehri anjuman,
Mehrni sulton desam yoʻq aybu anjumni — sipoh.
Egma qad birla tutub koʻksum shikofin kelmisham,
Xanjari ishqing bila darding yukiga uzrxoh.
Oʻlgum erdi gah-gahi yodingdin oʻlsam erdi mahv,
Emdi jon aylab fido, yodinggʻa kirmon goh-goh.
Baski brshimgʻa yogʻar atfol toshi, ey pariy,
Qilgʻali qasdim junun xayli ul-oʻqdur shohroh,
Xonaqahda oʻzluk ahvoli yetibdur jonima,
Yoʻq ajab, gar istasam dayri fano sari panoh.
Dayr piri soqiyu may birla tirguzdi meni,
Huru kavsar hasratidin oʻldi shayxi xonaqoh.
Boʻynuma zunnor bogʻlab kelmisham, ey mugʻbacha,
Gar riyoyi subhadin boʻynumda bor erdi gunoh.
En Navoiy, hasrat ohi birla oʻlgum hajr aro,
Yor vasli yetmasa faryodima, vo hasratoh.

532

Tigʻidin zaxm yedim, yetkach ul oy qoshinda,
Har ne boshimda edi, bordim aning boshinda.
La’li serobinga to koʻz oʻzini oldurmish,
La’l rangidin asarlardur aning yoshinda.
Uyla qonligʻ koʻngul ichra tugan oʻrtabsenkim,
Lolaning gʻunchasidek bilguradur toshinda.
Charx toqi girihidin koʻp etar javr, base,
Ulki bedodim uchun soldi girih qoshinda.
Naqshi ul oyning ulus ollida behol aylar,
Vah, ne hol erdi ekan xomai naqqoshinda.
Ne tajarrud uyidur dayrki, oʻzluk ham yoʻq,
Qilgʻali maygʻa garav zumrai avboshinda.
Gar Navoiy tani chirmashsayu toʻlgʻonsa, ne tong,
Qoldi chun sunbulining chirmashuv toʻlgʻoshinda.

533

Rangsiz xoling erur ul orazi diljoʻ uza,
Zang ul yangligʻki koʻrguzgay asar koʻzgu uza,
Nash’a yoquti mufarrihdin gar ermas dam-badam,
Durji la’lingda nedin kulgudurur kulgu uza.
Xozini hikmat magarkim xol birla qildi muhr,
La’ldin chun soldi qufl ul huqqaliq inju uza.
Qoshi yosin qurgʻali el qasdigʻa boʻlmish kerish,
Fitnaligʻ chinkim tushar ul nargisi jodu uza.
Anbarin zulfung maloyik shahparidin soyadur
Kim, ayon boʻldi tajalli aqshomi yogʻdu uza.
Soqiyo, ishrat mayin bunyod ila sogʻargʻa quy,
Ne uchunkim, dahr bunyodin koʻrarmen su uza.
Koʻyi tufrogʻida qon yutsa Navoiy, yaxshiroq
Bodai kavsar chekardin ravzai minu uza.

534

Oʻzgalar bogʻindadur navras niholim bu kecha,
Tonggʻa tegru oʻzgadur har lahza holim bu kecha,
Hajr dashtida yuz oʻtluq vodiyu har dam meni
Oʻzga vodiygʻa solur, vahkim, xayolim bu kecha.
Soʻrma koʻnglum holini, bedod ila oʻlturgusi,
Oʻzin ul devonai bee’tidolim bu kecha.
Barcha bir-birdin sovurmoq biymidur, nekim oʻtar,
Anjumu aflok birla qiylu qolim bu kecha.
Yuz quyosh qilsa tulu’, ermas yorugʻluq yetkudek,
Andoq etmish tiyra olamni malolim bu kecha.
Buylakim, har dam urarmen jongʻa yuz tigʻi halok,
Tonggʻacha, vah, to qayon yetkay maolim bu kecha.
Ey ajal, jonim fidong oʻlsunki, botroq et xalos.
Chun koʻrunmaydur tirilmak ehtimolim bu kecha.
To qiyomat subh toli’ boʻlmasun emdiki, bor
Hashr subhi sari mayli intiqolim bu kecha.
Ey Navoiy, har ne zulmikim qilib erdi xayol,
Barchani jonimgʻa qildi charxi zolim bu kecha.

535

Yoqodek qurb agar topmon sening siymin saqoqinggʻa,
Etakdek ham yomon ermas tusha olsam ayoqinggʻa.
Chuchukluktinmu yo kuydurganidinmu qabarmishtur,
Labim to yetti la’li otashin yangligʻ dudoqinggʻa.
Koʻngul mujgoning uzra kirpigimda qatra qondektur,
Bu yangligʻ dashna yebtur to asir oʻlmish firoqinggʻa.
Banogoʻshingni oʻpmak komu, vahkim, xalq biymidin,
De olmon oshkoro, gar desang aytay quloqinggʻa.
Labing oʻpmakka haddim yoʻq vale lutf aylasang oncha
Ki, munglugʻ koʻzlarimni surtsam qoshu qaboqinggʻa.
Sanga yondoshmoq istab qomatim yo, ohim oʻq boʻldi,
Hasaddin bir taraf qurboninga, bir yon sadoqinggʻa.
Ajab ermas agar, ey mugʻbacha, maydin koʻtarman bosh,
Oʻlubmen, tashna labning boshi bir yetmish ayoqinggʻa.
Junundin togʻu sahro ichra ayb etma figʻonimni,
Budur ish, ey pariy, tokim tushubturmen suroqinggʻa.
Navoiy koʻngli qonin toʻkkali asrabsen, ey qotil,
Umidim yoʻq edi koʻnglumni muncha asramoqinggʻa.

536

Tushda yetkandek dururmen sarvi hurizodima,
Koʻr, yomon tole’ki, ul ham yaxshi kelmas yodima.
Sogʻinurmenkim, topilmas bir koʻngul olamda shod,
Shodligʻ hargiz chu yetmas xotiri noshodima.
Yoʻqki, za’fimdin unum chiqmasda rahm etmas ul oy,
Koʻkka ham yetkanda nolam, yetmadi faryodima.
Aytsam, xushtur koʻngul bogʻi giyohi mehr ila,
Derki, bu javharni tengri bermamish poʻlodima.
Dod sultondin toparlar, vahki, ul sultoni husn
Azm yetar har lahza tigʻi kin chekib bedodima.
Odat aylar yor hijron shevasin, ey doʻstlar,
Voykim, netkaymen onsiz xotiri mu’todima.
Men chu boʻldum dayr pirining muridi, ne osigʻ,
Emdi shayxi xonaqah qoʻymoq koʻngul irshodima.
Bir xarob oʻlgʻayki, hargiz topmagʻay obodliq,
Kimki qilsa bir guzar kunji xarobobodima.
Ey Navoiy, telba koʻnglum dardu gʻam togʻin qozar,
Koʻrsang, axvolim degil Majnun sifat Farhodima.

537

Xalq mehriga yana, yo rab, meni zor aylama,
Aylasang ham, mehri yoʻqlargʻa giriftor aylama.
Mehribonlargʻa dogʻi uchratsang, elning mehrini
Nogahon xotirlari ichra padidor aylama.
Ey pariy, qatlimgʻa mayl etsang, fido jonim valek
Oʻzga sari xotiringning maylin izhor aylama.
La’lidin kim qilsa bir jonbaxsh soʻz naql, ey koʻngul,
Ollida jon javharidin oʻzga isor aylama.
Tushda vasli boʻlsa gar xud barcha soʻnggʻi uyqudur,
Ey Xizr, hayvon suyi ichmakka bedor aylama.
Halqai kufr ichra chun qoʻydum qadam, ey piri dayr,
Mugʻbacha zulfi xamidin oʻzga zunnor aylama.
Ey Navoiy, dam-badam afgor koʻnglung sogʻinib,
Ittik-ittik un bila el koʻnglin afgor aylama.

538

Tomida ermas kabutar xayli bu jur’at bila
Kim, pariylar keldi oshiqliqqa ul suvrat bila.
Yo maloyik xaylidur tomida parvoz aylabon.
Evrulur boshigʻa har kun yuz tuman hayrat bila.
Yo koʻngullar qushlaridur koʻyini qilgʻan vatan
Kim, qoʻnarlar sa’y etib, qovgʻan soyi shiddat bila.
Yo kabutarlar keturmish nomalar ushshoqidin,
Ani koʻrgach koʻyini aylab vatan ulfat bila.
Soqiyo, tortay kabutar dam, ketur bir bodakim,
Bir kabutarboz uchun oʻldum gʻamu mehnat bila.
Ey kabutar, netti bir pardek qanotingda nihon
Eltsang nomam angakim, yozmisham hasrat bila.
Gar kabutardek Navoiy oʻlsa ul oy koʻyida,
Yuz muallaq urgʻay ul xurramliqu ishrat bila.

539

Isitqon, nozanin jismingki, terdin tushti tob ichra,
Erur bir otashin gul bargikim, yotqay gulob ichra.
Isitma ranjidin, ey gul, boʻlubsen gʻuncha andoqkim,
Hariru hullaliq jisming tushubtur pechu tob ichra.
Isigʻligʻdin taning oʻt boʻldi, tong yoʻq, iyecha tolpinsa,
Haroratdin qolibtur shu’la doyim iztirob ichra.
Qizil chodirshabu moviy toʻshaklar ichra titrarsen,
Aningdekkim quyosh koʻklar bila gulgun sahob ichra.
Labing yoquti ichra qatra-qatra termudur, yoxud
Tushubtur dona-dona inju ikki la’li nob ichra.
Dedilarkim, xarob oʻlmish isitmoq birla jononing,
Ne oʻtlarkim bu soʻzdin tushmadi joni xarob ichra.
Ne kun boʻlgʻay yangi oydek taning boʻlgʻay toʻlun oykim,
Toʻla sogʻar chekarga bazm tuzsang mohi tob ichra.
Oʻzumni, soqiyo, sogʻ istamon, tutqil toʻla sogʻar
Ki, charxi munqalib davronni istar inqilob ichra.
Navoiy, yorni topsang salomat, xayrbod etkim,
Yana za’f etsa nogah, qolmagʻay joning azob ichra.

540

Uzdi mendin doʻstluq ul shoʻxi siymin tan yana,
Onchakim mumkindur, etgil aysh, ey dushman, yana.
Mazra’i jismimda ermastur qorargʻan toza dogʻ,
Toki, kuymish barqi ishqingdin qayu xirman yana.
Ishqim erdi yoshurun, fosh etti giryon koʻzlarim,
Qildilar gʻammozliq bu ikki tardoman yana.
Sham’ yangligʻ oʻt tutoshib boshima hijron tuni,
Yoshurun holimni elga ayladi ravshan yana.
Qochtilar ahli junun har yondin andoqkim sharar,
Baski toʻldi oʻtluq ohim dudidin gulxan yana.
Dahr ra’nosi fanu makri bila topsang firib,
To ne makr etkay ayon bu dallai purfan yana.
Ey Navoiy, chun zamon zulmigʻa sud etmas jaza’,
Kasb qil bu shevaniyu qilma koʻp shevan yana.

541

Menki gʻam dashtida ittim ohi dard olud ila,
Istagan topqay kecha oʻt birla, kunduz dud ila.
Infiolingdin quyosh kirdi qora tufrogʻ aro,
Qilgʻaningda jilva ul ruxsori gardolud ila.
Ul ogʻiz ma’dumu menda oʻpmaki savdosidur,
Sudkim istabdurur sarmoyai nobud ila.
Ne iting boʻlmoqqa tole’, ne itingga tu’mamen,
Tushkali koʻying aro bu jismi gʻam farsud ila.
Gʻam tuni qilmish qora bosqan kebi muztar meni,
Buylakim, nokormen bu baxti qir andud ila.
Uyla mahvungmenki, kelmas xotirimgʻa hajru vasl
Sen murodimsen, ishim yoʻqtur ziyonu sud ila.
Ey Navoiy, asru maqbul el bila xoʻy etti yor,
Xushlugʻi gar yoʻqturur, ne ayb, sen mardud ila.

542

Gʻuncha gul ichra gahe paydo boʻlur gulzorda,
Boʻlmadi hargiz ayon ogʻzing sening ruxsorda.
Za’fdin kulbamda qoʻpmoq istasam, aylar madad,
Ankabute rishta osqon boʻlsa har devorda.
Kim jununumgʻa yozar ta’viz iynak ashku yuz,
Gar kerak shingarf birla za’faron tumorda.
Sayli ashkimdin demakim mulk emas mardumnishin,
Balki mardum qolmadi bu diydai xunborda.
Dayr tufrogʻida butmish sabza der koʻrgan kishi,
Zanglik yuz noʻgi paykon bu tani nokorda.
Har birisin angla bir kofir jafosidin hisob,
Bu girihlarkim, tugubmen rishtai zunnorda.
Sinsa ibriqi vuzu, andin manga bas bir safol,
May gadoliq aylamakka kulbai xammorda.
Charx ayvoni munaqqashdur, vale naqqoshi sun’
Chekmadi naqshi vafo bu toqi minokorda.
Ey Navoiy, yer yuzin agʻyor tutsa, gʻam yema,
Bir sarimoʻ gar sening fikring bor ersa yorda.

543

Za’fdin ingrongʻonim elning figʻoni zoricha,
Har damim ishq ahlining bir ohi otashboricha.
Mehri ruxsorida ne qoshdur, ne koʻz, ne xat, ne xol,
Vah, desa boʻlgʻaymu ani mahvashim ruxsoricha.
Nuqtai mavhumni yuz qism farz etsang birin,
Desa boʻlmas bor aning yoʻq ogʻzining miqdoricha.
Gul yuzungdin qatra ter har yerda tomsa, ul sudin
Charx ul yerni yasay olur Eram gulzoricha.
Dayr koʻyi sokinimenkim, bu zangori sipehr
Rif’at ichra ermas aning kulbai xammoricha.
Boʻldi mugʻ dayrida xirqamning chubulgʻon iplari
Har biri kufr ahligʻa bir barhaman zunnoricha.
Dayr piri ne ajab, gardunni sogʻar aylamak,
Va’da chun qilmishki, bergay boda maylim boricha.
Faqr atvorida yo chiqmaq kerak ofoqdin,
Yo kerak tuzlanmak ofoq ahlining atvoricha.
Ey Navoiy, ayladim har koʻy aro sayru suluk,
Kelmadi ollimgʻa ishq oyinining dushvoricha.

544

Sarv qad gulruxlar oʻtmas xotiri noshodima,
Sarvu gul koʻrsam, alar kirgay magarkim yodima.
Uyla gardun zulmi etmish roʻzgorim tiyrakim,
Yoruta olmas quyosh kirsa xarobobodima.
Nega faryod etmayin, yoxud netay faryod etib,
Buylakim, faryod etib, yetmas kishi faryodima.
Qazmasa koʻnglum yana gʻam Bestunin yaxshiroq,
Hech Shirin lab chu qilmas rahm bu Farhodima.
Shoʻxlar mujgonidin zuhdum qutulsin, vah, necha
Igna birla naqb teshmak qal’ai poʻlodima.
May quyoshin dayr aro har dam chekar boʻlsam, ne gʻam,
Gar quyosh tigʻin falak har dam chekar bedodima.
Ey Navoiy, ofiyat koʻyi gʻanimatdur valek
Naylayin, gar kirmasa shaydo koʻngul irshodima.

545

Bas yomon hole tushubtur, yorlar, men zorgʻa
Kim, yomon holimni zohir aylayolmon yorgʻa.
Eyki, debsen yer yuzini lolazor etmish bahor,
Goʻyiyo koʻz solmading bu diydai xunborgʻa.
Toshlaringdin yaxshiroq boʻlmoq tanimda dogʻlar,
Sikkai behbud urgʻondek durur dinorgʻa.
Subhi vaslim, demasang, qilgʻay nihon shomi firoq,
Nega yopting zulfi shabgun mehrdek ruxsorgʻa.
Jonfizo qilmish yuzung boʻstonini har sari xay,
Bu gul ochgʻay bersalar hayvon suyi gulzorgʻa.
Qatl mayli qilmasang, nevchun yana minding samand,
Belga rust aylab etak gul sanchibon dastorgʻa.
Ey nasihatgoʻ, koʻzumni tiyra aylabtur xumor,
Rahm etib qil rahnamunluq kulbai xammorgʻa.
Jomi may tutqilki, tarixi binosin topmadim,
Nechakim soldim nazar bu toqi minokorgʻa.
Dayrdin gar boʻlmasun gʻoyib der ersang mugʻbacha,
Ey Navoiy, bogʻla zunnore uchun zunnorgʻa.

546

Har gulki ochibdur may ul orazi diljoʻda,
Gullarmu ekin suda, gul aksimu koʻzguda.
Koʻzguda yuzung aksi, gar yaxshi nazar qilsang,
Bor uyla biaynihkim kun aksi tushar suda.
Noz uyqusida ul koʻz oshubi jahon ichra,
Uygʻonsa koʻzung netkay olam buzub uyquda.
Ollimga yuzung kelgach, husn ahlini koʻrmasmen,
Koʻz anglamas ashyoni, boʻlgʻach quyosh oʻtruda.
Gar shahrni tark aylab, sahrogʻa qoʻyubmen yuz,
Ma’zur erurmenkim, mohim erur urduda.
Olam ishi sar-tosar gʻam yerga kari qilmas,
Soqiy, tutubon jome qoʻyma meni qaygʻuda.
Vasl istasang, oʻl foniy andoqki Navoiykim
Har ishki munung gʻayri bordur, bori behuda.

547

Tiyralik xatting savodidin labi xandon uza
Xizr soldi soya goʻyo chashmai hayvon uza.
To hazin koʻnglumni la’ling hasrati qon aylamish,
Anda xoling naqsh oʻlturgʻan chibindur qon uza.
Jonu koʻnglum nolasidin ikki haqgoʻ qush kebi,
Kecha ul oy koʻyida afgʻon erur afgʻon uza.
Toiri mehnat buzuq koʻnglumda tutmish oshyon,
Chugʻz andoqkim nishiman aylagay vayron uza.
Ey musulmonlar, yeting faryodimakim, kofire
Jonu koʻnglum oldi, emdi soʻz borur imon uza.
Charx toqidin topar kun chashmasi har kun zavol,
Zarvaraqtin shamsa chekkan ne osigʻ ayvon uza.
Ey Navoiy, to dedi dardim yukin koʻnglungga qoʻyg
Koʻnglum uzra qoʻydum ul yukniyu minnat jon uza.

545

Ne ajab, ushshoq aro boʻlsam meni zor oʻzgacha
Kim, erur ma’shuqlardin ul sitamkor oʻzgacha.
Boshima ahbob boʻlmish jam’, ya’ni itlaring,
Goʻyiyokim za’fdin boʻlmish bu bemor oʻzgacha.
Dahr aro oshubdurkim, chiqmish ul bebok mast,
Egnida toʻn oʻzgacha, boshida dastor oʻzgacha.
Oʻzgacha boʻldi oʻtum paykonlaringdin, uylakim,
Qatra terlardindur ul gulrangi ruxsor oʻzgacha.
Holim oʻlmish oʻzgacha har damkim, ul oy koʻrguzur
Labda guftor oʻzgacha, qomatda raftor oʻzgacha.
Qil rioyat, soqiyokim, bazmida bir dam boʻlay
Kim, manga har dam boʻlur hole padidor oʻzgacha.
Jondin oyirmoq emas mumkin aning zulfinikim
Chirmashibdur rishtai jonimgʻa har tor oʻzgacha.
Olam ahli ichra odam demak oʻlmas anikim,
Joh ila boʻlgʻay anga qonuni atvor oʻzgacha.
Ey Navoiy, dahr gulzoridin oʻtkim, har guli
Koʻrguzur yuz xoru har xorida ozor oʻzgacha.

549

Tanimdur halqai zulfida ne yangligʻ dard qofinda,
Yilondek toʻlgʻanib har lahza bir xoro shikofinda.
Chiqorib qoni birla la’ldek boshimgʻa tikkaymen,
Ayogʻimgʻa iting tosh ursa koʻyiniing tavofinda.
Netay oy-kunni onsizkim, emas bir sabzayu gulcha,
Ham oy qolqoni, ham kun nayzasi hijron masofinda.
Koʻrub koʻrmay qoshin ushshoq aro koʻp bahs voqe’dur,
Xirad ahli aro andoqki ru’yat ixtilofinda.
Saloh ahlida garchi qoʻymading satru ifof, ammo
Seni haq asrasin oʻz pardai satru ifofinda.
Sabuhi vaqti gul ochilgʻanin naylayki, ul yotmish
Oʻzini gʻuncha yangligʻ chirmabon gulgun lihofinda.
Ne maykim tutsa piri dayr, olib rindona sipqorkim,
Emastur rind ulkim, soʻz der aning durdu sofinda.
Der erdilarki, voiz harza koʻp der, emdikim koʻrdum,
Jununu savt munkir ham muzof ermish gazofinda.
Navoiy mu’tarifdur jurmigʻa, yo rab, sen oʻtkarkim,
Qaram ahligʻa lozim afvdur jurm e’tirofinda.

550

Koʻyida toshe tilarmen qoʻygʻali bosh ostigʻa,
Toki oʻlsam, qoʻysalar boshimni ul tosh ostigʻa.
Kunduzi xurshidi oltun xishtidin oʻtkay boshim,
Ostoning xishtini qoʻygʻan kecha bosh ostigʻa.
Goʻshadin tushmish poʻlak chekkanda mushkin yoy aro,
Anbarin xoli savodi ul qora qosh ostigʻa.
Su kishisidur biaynih koʻzlarimning mardumi,
Yigʻlarimdin qolgʻali daryo kebi yosh ostigʻa.
Hajr aro baytulhazanda qilmangiz ashkimni man’,
Yemrulub vayrona kulbam, qolgʻamen kosh ostigʻa.
Sof eting may durdi sajjodamdakim, bordur haqir,
Olib egnim ustidin solmoqqa avbosh ostigʻa.
Ey Navoiy, koʻk qizib boʻlmish qizil, ermas shafak,
Shu’la oʻtlardinki, ohing ayladi fosh ostigʻa.

551

Yor agar bazmi aro gʻamginlarin shod aylasa,
Rozi oʻldum, kosh men gʻamginni ham yod aylasa.
Naxli qaddigʻa sabodin yetsa oseb oʻzni bor,
Sadqasi yuz sarv yangligʻ banda ozod aylasa.
Bogʻbon qaddu yuzungni koʻrsa bogʻ ichra, ne tong,
Sarvini gar oʻtgʻa yoqsa, gulni barbod aylasa.
Koʻnglum afgʻoni anga ermas ajab, gar yetmasa,
Oʻt uni yetmas quyoshqa, garchi faryod aylasa.
Ey koʻngul, chun olam ahligʻa vafo yoʻqtur, kishi
Avlo ulkim, oʻzni bekaslikka mu’tod aylasa.
Shayx ila zuhdi riyoyidin malul oʻlsam, qani
Dayr pirikim, fano oyinin irshod aylasa.
Ey Navoiy, odamiligʻdin yiroqdur sen kebi
Yorliqqa kimki mayli odamizod aylasa.

552

Kishi visol tuni yori birla yotquncha,
Jamoli sham’igʻa qilsun nazar tong otquncha.
Muyassar oʻlmadi jon bermaku labin oʻpmak,
Nedinki qolmadi jonim ani unatquncha.
Meni yoʻq etkan erur hajri sangboroni,
Nedinki yogʻdi tanim tosh ichiga botquncha.
Maloldin meni bir jur’a birla sotqun, ol
Xurushu arbada birla jahongʻa sotquncha.
Koʻngul jarohatigʻa yoq visol marhamini,
Firoq xorasi birla boshim ushatquncha.
Saloh toʻnini chok etsa yaxshiroq, ey shayx,
Riyo yuruni bila xirqani yamatquncha.
Navoiy, ahli fano dayri halqasin xush tut,
Oʻzungni zuhdu riyo majma’igʻa qotquncha.

553

Manga boʻlmagʻay yor begona nogah,
Meni qilmagʻay zoru devona nogah.
Base ashk oqizding, ey koʻz, bas etkim,
Yiqilmasun ustunga vayrona nogah.
Deding chekma ohu figʻon, voy naylay,
Chiqib kelsa ul shoʻxi mastona nogah.
Musallo yukin rahn etarga chekarmen,
Agar maskanim boʻlsa mayxona nogah.
Koʻp usrukmen, ey dayr piri, uyatdur,
Qoʻlumdin tushub sinsa paymona nogah.
Zamon ahlidin, ey koʻngul, gar qutulsang,
Alar sari mayl etmagil yona nogah.
Kiyomatqacha yotsa usruk, ajab yoʻq,
Navoiygʻa may tutsa jonona nogah.

554

Ne sud gulshan aro ichmaking nihon boda
Ki, yuzda gullar ochardin boʻlur ayon boda.
Koʻzung xayoli kelib qonim ichsa xushdilmen,
Biaynih uylaki dilxohi mehmon boda.
Labigʻa boda olib qildi noʻshu jon toptim,
Ul ichti, lek manga boʻldi noʻshi jon boda.
Ne munkir oʻlmoq erur kecha boda ichkandin,
Chu qoʻydi xullang uza qatradin nishon boda.
Agarchi tavba buyurding manga, bil, ey zohid
Ki, singʻusi, yona chun tutsa dilsiton boda.
Koʻzungki qonim ichar mayli qildi, mast oʻldi
Ki, botroq usruk oʻlur, ichsa notavon boda.
Zamona mehnatidin bir zamon desang qutilay,
Toʻla-toʻla quyubon ich zamon-zamon boda.
Biravki yaxshi-yomon ranjidin farogʻ istar,
Icharda tolgʻamadik yaxshi, gar yomon boda.
Navoiy ayladi dorulamone maykadani
Ki, berdi dahr gʻamidin anga amon boda.

555

Tonggʻa solma va’dai vaslingni bore bu kecha
Kim, meni oʻlturgusi tong intizori bu kecha.
Chun yoshurdi ul quyosh oʻtluq jamolin, vah, koʻrung
Kim, oʻtar gardundin ohimning sharori bu kecha.
Charx uza har yon shihob ermaski, koʻkning holima
Yosh toʻkar har lahza chashmi ashkbori bu kecha.
Subh agar urmas nafas, oʻlgumdurur yo ul Masih
Bir nafas kelmas meni dilxasta sari bu kecha.
Anglating bazmida, ey sham’u qadah, yigʻlab, kuyub,
Buki oʻlturdi meni hajr iztirori bu kecha.
Soqiyo, vasling shafaqgun jomidin tirguz meni
Kim, qilibtur qasdi jon hajring xumori bu kecha.
Ey Navoiy, sen agar kunduzga yetsang, begʻam oʻl
Kim, gʻamidin qolmadi jon bizga bore bu kecha.

556

Sunbuli shomida yuz ayladi gulrez yana,
Boʻldi har uchqunidin koʻnglum oʻti tez yana,
Gulning atrofida yuz gʻuncha degil zohir etar,
Orazing davrida ul zulfi dilovez yana.
Otashin la’lu yuzi sham’in ochar, tong yoʻq, agar
Kuysa xoshoku xas, tavbayu parhez yana.
Ne tarovatdurur ul yuzdaki, xoʻydin qilmish
Gulni shabnamzada, shabnamni gulomez yana.
Meni hijronda ukar xalq va lekin onsiz
Zor koʻnglumga erur boda gʻamangez yana.
Anglagʻan ishq aro Farhod ishi Shirinligʻini,
Ulsa ham aylamagay hashmati Parvez yana.
Ey Navoiy, kelur ul husn bahori bu taraf,
Barki ohingni bu kun qilma sabukxez yana.

557

Boda tobidin qizil raglar uzoring bogʻida,
Obkashlarning misoli keldi gul yafrogʻida.
Furqatingda dogʻ ila qonim emastur loladek
Kim, yoʻq oʻlturmak aning qonida, kuymak dogʻida.
Lutf koʻrkim, bir surohidekkim ul boʻlgʻay, billur
Bodakim noʻsh etti, zohirdur aning qursogʻida.
Koʻr mening holimnikim, ul togʻning ostidamen,
Ishq aro Farhod agar qolmish baliyat togʻida.
Topti jon ishq ahlikim, ul koʻy aro dafn ettilar,
Goʻyiyo hayvon suyidur koʻyining tufrogʻida.
Qoridim isyon aro, emdi pushaymonligʻ ne sud,
Koshki qilsam edi taqvo yigitlik chogʻida.
Bordi tishlab barmogʻin, koʻrgoch Navoiy holini,
Ham hayotu ham oʻlum koʻrdum aning bormogʻida.

558

Dardlar koʻnglumga yuzlansun, balolar jonima,
Gar ikkisin istamas boʻlsam fido jononima.
Har jihatdin oʻrtanurmenkim, bagʻir birla yurak
Ikki oʻtdurlarki, tushmishdurlar ikki yonima.
Aksini koʻrgay qizil kisvat aro jalloddek,
Qatl vaqti nogahon nazzora qilsa qonima.
Koʻrmagaylar bir-birin yogʻqon mazallat gardidin,
Kirsalar Farhod ila Majnun dame vayronima.
Topqasen charxe nujumi muhtariq, qilsang nazar
Toza yuz ming dogʻ birla jismi sargardonima.
Siflagʻa jon oʻynasang mehnat zamone tonimas,
Dahr eli bu nav’ erur, sen ham alarni tonima.
Tiyri boroni balodin chun tanim boʻlmish zirih,
Yoʻq, Navoiy, emdi andin gʻam, tani uryonima.

559

Xasta koʻnglum qushini boshing uchun shod ayla,
Yo boshingdin evurub tashlabon ozod ayla.
Lutf yo zulmki gʻayrimgʻa qilursen, chidamon,
Aylayolgʻancha mening jonima bedod ayla.
Yor oʻlturgali ishq ahligʻa yuz ming tuhmat,
Ey raqib, aylama borin manga, isnod ayla.
Ey koʻngul, xalq jafosin yetkururdin oʻlgung,
Emdi temon seni afgʻon cheku faryod ayla.
Bu chaman gullarida yoʻq chu vafo, ey bulbul,
Zor koʻnglungni jafo xorigʻa mu’tod ayla.
Ey koʻngul, sayli sirishk ani tubidin qoʻngarur,
Nechakim sabr uyining tarhini bunyod ayla.
Hajr koʻp shiddat ila oʻlturadur, bir dam anga,
Ey ajal, joning uchun sen dogʻi imdod ayla.
Tarki ishq ayla deding, kech bu soʻzungdin, ey shayx,
Tengri ishqi manga, oʻzga nima irshod ayla.
Soqiyo, mehnatu gʻam buzdi Navoiy koʻnglin,
May suyi birla bu vayronani obod ayla.

560

Koʻnglum itti zor husni onining tugʻyonida,
Ayladi oshiq meni husnu malohat onida.
Yuz tuman taqvo sipohin raxshi aylar poymol,
Mast aylar chogʻda javlon xoʻbluq maydonida.
Qasri davlat ichra eldin jon olurning ne gʻami,
Xastadinkim jon talashqay za’fdin vayronida.
Necha ul oy itlari bor ersa sondin tashqari,
Men kimu boʻlmoq aning koʻyida itlar sonida.
Vah, ne kofir erkin ulkim, zulfining zunnoridin
Soldi yuz ming uqda taqvo ahlining imonida.
Ey xush ulkim, garchi tunlar yoni yerga yetmadi,
Koʻrdi oʻz sham’i shabistonini bir tun yonida.
To Navoiy telbarabtur sensiz, ey gulrux pariy,
Bir tikan har tuk soyu koʻrgil tani uryonida.

561

Ne haddim yozmoq bitik ul mehri olamtobgʻa,
Chun yoza olmon jafosin zarraye ahbobgʻa.
Nomasigʻa rishta chirmabkim yubordim rashkdin,
Tori jismim rishta yangligʻ tushti pechu tobgʻa.
Bordi qosid, boʻldi shomu kelmadi andin javob,
Tonggʻacha to nelar oʻtkay diydai bexobgʻa.
Kim oʻqugʻay noma dogʻi kelsa chun koʻz bahridin,
Men tushubmen nomaning pechi kebi girdobgʻa.
Kimki istar nomaye sabru salomat boqmasun
Xoʻblar xolu xatdin nuqtau a’robgʻa.
Boda mavjining xututidin koʻzum topti jilo,
Soqiyo, jon ham erur moyil bu la’li nobgʻa.
Jonda yoshurgʻum alifdek, ey Navoiy, nomasin,
Shoyad andin za’f daf oʻlgʻay tani betobgʻa.

562

Halokingmen, chekib tigʻi jafo oʻlganni oʻlturma
Chu ishqing oʻrtadi hajr oʻtidin, kuyganni kuydirma.
Meni devona chun tufrogʻing oʻldum, ey pariy paykar,
Jafo toshini majnun deb, bu tufrogʻ uzra yogʻdurma.
Ichib qonin tilar koʻnglum shikastin koʻzlaring, deykim,
Chu mayni noʻsh qilding, shishasin, ey shoʻx, sindurma.
Seni koʻrgachki faryod ayladim, beixtiyor erdim,
Yozuqdin ihtiroz aylab meni bu ishda yozgʻurma.
Men ar zulmungdin oʻldum, lutf etarga oshiqing koʻptur,
Alar birla oʻzungni shod tut, holimgʻa qaygʻurma.
Chu men tufrogʻ boʻldum koʻyida, ey sarsari hijron,
Esib ul yon damo-dam tufrogʻimni bore sovurma.
Qotiqdur ishq, ul shoʻx etsa jilva, boqma, ey oqil,
Koʻngulni gar desang oldurmay, avval koʻzni oldurma.
Mayi la’lingdin ahli bazm usrukdurlar, ey soqiy,
Chu ichsang boda, mendin oʻzgaga sogʻarni topshurma.
Navo gar yetkurursen, sen bilursen tindurub elni,
Navoiyni jafoyu javr oʻtidin bore tindurma.

563

Kecha el osudadur, koʻnglum birav qaygʻusida,
Ulki, men qaygʻusida, osuda noz uyqusida.
Oʻlturub tun, subh tirguzmak meni zohirdurur,
Shomning giryonligʻiyu subhning kulgusida.
Ohkim, bu shomi hijronimgʻa yoʻq subhi visol,
Garchi yoʻq shomeki, yoʻq subhi aning oʻtrusida.
Uyquda orom yoʻq tun-kunki, aksin topmadim,
Tun qamar mir’otida, kunduz quyosh koʻzgusida.
Mehr yogʻdusida zarra boʻlmagʻandek oshkor,
Yuz tuman ming mehr pinhondur yuzung yogʻdusida.
Kimsa chun oʻtkanga yetmas, holni tut mugʻtanam,
Umrni oʻtkarma, oʻtkan hayf ila afsusda.
Na’l kesmaydur Navoiy qullugʻidindur nishon,
Ishq aynidur alomat yorning belgusida.

564

Ey xush ulkim, gohi-gohi yetsa yori qoshigʻa,
Ul muyassar boʻlmasa, evrulsa koʻyi boshigʻa.
Ishq bemorigʻa ham sharbat yasabtur, ham gʻizo,
Hajr aro qoʻshqan bagʻir pargolasin qon yoshigʻa.
Bir sarimoʻ anda qolmaydur salomatdin nishon,
To sinuq boshim nishon boʻlmish malomat toshigʻa.
Bas ajab suvratdurur, qaysigʻa jon aylay fido,
Suvrating naqshigʻa yo ul naqshning naqqoshigʻa.
Men ayogʻ koʻyida berkittim jafodin qochmayin,
Garchi boshimgʻa balo yogʻdi munung podoshigʻa.
Pardadar keldi nujumung, ey falak, yoʻq pardador,
Yoʻq anga ul holkim, dayri fano xuffoshigʻa.
Qoʻldar erdi soqiy ul damkim Navoiy boʻlsa mast,
Lutf etib, davr ahli, ani yetkurung qoʻldoshigʻa.

565

Yor hajridin agar za’f erdi jismu jonima,
Za’fidin hajr oʻldi jismu joni sargardonima.
Za’fi to quvvat tutubtur, quvvatimda za’fdur,
Koʻr nelardur ranjdin ham jonu ham jononima.
Gar koʻzi bemordur, ammo base qonlar qilur,
Koʻzidek ul ham biaynih kirgudekdur qonima.
Xastaligʻdin, vahki, boʻlmishtur toʻlun oyim hilol,
To qachon boʻlgʻay yangi oyligʻ mahi tobonima.
Nola pinhon aylaramkim, sinmagʻay koʻngli aning,
Yo rab, etkil rahm anga yo nolai pinhonima.
Chun isitti tushti ul dam notavon jonimgʻa oʻt,
Notavon jon hirqati oʻt soldi xonumonima.
Ul pariy chun za’fdin emdi kishini tonimas,
Ey Navoiy, telba boʻl, sen ham kishini tonima.

566

Bir qadah may ichmadim sarvi gulandomim bila,
Bir nafas evrulmadi davron mening komim bila.
Har mayekim onsiz ichtim topgʻali gʻamdin amon,
Zahri gʻam goʻyo ezilmish erdi ul jomim bila.
Tunga yetmas kunni oʻtkardim oʻlub hijronida,
Kunga yetkaymenmu, vah, bu subhi yoʻq shomim bila.
Qayda boʻlsin muztarib koʻnglumga orom, ey rafiq,
Tutmadim orom chun bir dam diloromim bila.
Ey sabo, ul gulga muhlik furqatim paygʻomin ayt,
Balki jon naqdin anga yetkur bu paygʻomim bila.
Koʻnglum ichra but gʻami, kufr ichra oʻlsam yaxshiroq,
Ahli din ollinda borgʻuncha bu islomim bila.
Ey Navoiy, oʻlsam armon eltkimdur, ichmayin
Bir sabuhi guluzori boda oshomim bila.

567

Koʻngulni xayli gʻaming qildi yoʻl ubur bila,
Nechukki moʻr safi yoʻl yasar murur bila.
Gar uchmaq itti sening koʻyung ollida, ey hur,
Anga ne nav’ koʻrungay oʻkush qusur bila.
Quyosh qoshida erur zarradek base maxfiy,
Yuzung qoshida quyosh gʻoyati zuhur bila.
Huzuri toat etar shayx vasf, vah, netayin,
Xayoli qoʻymasa toat aro huzur bila.
Shabobu ishqu bahoru firoqdur, ey shayx,
Boʻlurmu zuhd ila tavba bu nav’ umur bila.
Yoʻlida men kebi yuz xasta oʻlsa, qayda gʻami,
Samandi husnki javlon berur gʻurur bila.
Boʻlay rafiq junun dashtidayu hush ilakim,
Vafosiz eldin oʻlubmen, base, nufur bila.
Oʻzungni asrama bir lahza mutribu maysiz,
Desang bu gʻamkada ichra boʻlay surur bila.
Navoiy, istama nazmingda rabtu jam’iyat
Ki, koʻnglung oʻldi zamondin oʻkush futur bila.

568

Biravkim, rashk elturmen kechurmakka xayol ichra,
Ne kechkay koʻngluma, gar el bila koʻrsam visol ichra.
Bagʻirda yuz balo nishi, koʻngulda ming firoq oʻti,
Kishini solmagʻil ishq ahlidin, yo rab, bu hol ichra.
Koʻngul bir lahza el bedod etardin yuz suubatda,
Zamone yor beparvoligʻidin ming malol ichra.
Tanimda kasrati paykoni to tigʻini yondurdi,
Hamul damdin erur tigʻi, yuzidin infiol ichra.
Topilmas kom ila koʻnglum labingdin oʻldi andoqkim,
Skandar obi hayvondin tamannoi muhol ichra.
Tun aqshom uylakim boʻlgʻay shafaq ichra quyosh pinhon,
Kirar har shom ul gulchehra shodravoni ol ichra.
Belu ogʻzing xayolidin agarchi lolmen, lekin
Jadal ahli masallik oʻtti umrum qiylu qol ichra.
Xalal yoʻl berma ishrat vasfigʻayu tut gʻanimatkim,
Damo-dam dahr avzoin koʻrarmen ixtilol ichra.
Navoiy topti muhlik noladin ul za’fkim, siqqay,
Qalamda nol andoqkim, sigʻar ul dogʻi nol ichra.

569

Ne bir yoreki, vaslim sa’yigʻa pomardligʻ qilsa,
Ne bir rozeki, hajrim ranjida hamdardliq qilsa.
Qizigʻroqdurmen ul oy ishqida, har nechakim nosih
Bu ish tarkida oʻzni garm etib damsardliq qilsa.
Gʻami birla aningdek juftmenkim, oʻlgum ayrilsam,
Nechakim sarvi ozodim qoʻlidin fardliq qilsa.
Meningdek aqlu dinin yelga bergan topmagʻay hargiz,
Sabo har nechakim sayr ichra olamgardliq qilsa.
Falak ul oynikim mendin yiroq solgʻan bila oʻldum,
Tirilmak mushkil ermas emdi bozovardliq qilsa.
Gʻamidin topmagʻay mingdin birin, gar ishq yuz ming yil
Balo ahligʻa chohi gʻamda gʻamparvardliq qilsa.
Agar koʻyungda oʻlturmoq topar jonigʻa yuz minnat,
Agar yillar Navoiy bu havoda gardliq qilsa.

570

Bas tiyra erdi subhidamim shomi gʻamgʻacha,
To shomi gʻamda naylagamen subhidamgʻacha.
Ogʻzi xayoli buylaki yoʻqlugʻ sari chekar,
Turmaq boʻlurmu kimsaga mulki adamgʻacha.
El rashkidin nekim qilur ul, qilmisham qabul,
Mehru vafovu lutfini zulmu sitamgʻacha.
Koʻyini koʻrsang erdi, yoʻlung qisqarur erdi,
Bir umr, eyki, poʻya koʻtarding haramgʻacha.
Bot oʻlgʻay, ulki vasl tilab, ming yil ursa gom,
Aylab jahonni qat’ qadamdin qadamgʻacha.
Bir sarv qomating kebi, bir gul yuzung kebi
Yoʻq, kezsa xuldu ravzani bogʻi Eramgʻacha.
Boʻlmish iting safoli Navoiygʻa jomu bor
Koʻp farq ushbu zarf bila jomi Jamgʻacha..

571

Boshimgʻa shu’lai hijron tutashqandin emas ogah,
Visol avji uza boshigʻa oltun toj qoʻygʻan shah.
Biravkim, yuz pariy devonavor etkay anga qulluq,
Ne bilgay holin aningkim, pariy devona etmish, vah.
Balo chohi giriftori halokin, vah, qachon bilsun,
Siyosatgohida tutqunlarigʻa ulki qozgʻay chah.
Ne ogah ulki, hashmatdin quyoshni zarracha koʻrmas,
Quyosh hijronidin sargashta boʻlsa zarraye nogah.
Ne voqif vasl Misri ichra manzil aylagan shohe
Gadodinkim, anga vayronai hajr oʻldi manzilgah.
Menikim qatl uchun xos etti furqat qayda mustankir,
Biravkim, qatli om etsa, emas koʻngliga mustakrah.
Mangadur bir pariy matlubu zohid hurgʻa tolib,
Qachon suhbat chiqishqay, chunki menmen telba, ul ablah.
Tut, ey soqiy, fano jomiki, ishq ollinda yaksondur,
Agar fosiq, vagar zohid, vagar boʻlsun gado, gar shah,
Navoiyni ul oykim, ruhi qudsi keldi anfosi,
Desa bismil qilurmen, ne degay ul gʻayri bismillah.

572

Yoʻl erur yuz manzil ortiq mendin ul qotilgʻacha,
Yuz oʻlum vahmi bu manzildin yana manzilgʻacha.
Vahki, har mahfilda ishqim qissasidur, yoʻlda ham,
Gar kishi azm etsa bu mahfildin ul mahfilgʻacha.
Gar meni majnungʻa tashbih etsangiz, ey ahli hush,
Ne tafovut boʻldi, bas, devonadin oqilgʻacha.
Vah, ne kofirdurki, nogah tigʻ tortib chiqsa mast,
Qatlining muhtoji boʻlgʻay shohdin soyilgʻacha.
Ulki ashkim bahri toʻfonida qoldi, yetmagay,
Nuh umri sursa jismi zavraqin sohilgʻacha.
Tosh otib atfolkim, har yon surar men telbani,
Kosh bore qovsalar ul shoʻxi sangin dilgʻacha.
Xoʻblar zulmi koʻngul mulkin xarob aylar, bale,
Koʻp tafovut keldi zolim shohdin odilgʻacha.
Hajr dardi buylakim jondin malul etmish meni,
Farq oʻlumdin yoʻqturur bu umri behosilgʻacha.
II- qism