OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAlisher Navoiy
Asar nomiBadoyi' ul-Vasat (III- qism)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Alisher Navoiy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm110KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/14
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Badoyi' ul-Vasat (III- qism)
Alisher Navoiy

Lom-Alifning Lolaruxlarining Lobasi «Badoye’»din

573

Koʻnglum olgʻach ul pariy majnunu shaydo qildilo,
Aqlu hushumni junun dashtida yagʻmo qildilo.
Oʻzgacha zulmu taaddilar bila qonim toʻkar,
Turfa erdi, turfa ishlar dogʻi paydo qildilo.
Hurmati taqvo tutar erdi, vale mast otlanib,
Boshima chopmoq bila olamgʻa rasvo qildilo.
Ohkim chektim, koʻrub javlonini beixtiyor,
Yoshurun ishqim ulusqa oshkoro qildilo.
Bir qadah quymoq bila ogʻzimgʻayu xirqamgʻa ham,
Xirqa maygʻa rahn oʻzumni boda paymo qildilo.
Dayr aro jomi labolabkim ichurdi, holima
Xonaqah ahli kelib bir-bir tamosho qildilo.
Bexud oʻlgʻach, zulfi zunnorigʻa din naqdin berib,
Ishq bozorida koʻnglum turfa savdo qildilo.
Menmen emdiyu fano dayrida boʻlmoq mayparast,
Mugʻbacha ishqi ulusqa sirrim ifsho qildilo.
Gar vatan dayr ichra toptim, kimsaga yoʻq hech ayb,
Dayr piridin Navoiy bu tamanno qildilo.

574

Munisi jon deganim ofati jon boʻldilo,
Jonima bedodidin sheva figʻon boʻldilo.
Dedi, koʻzung qonini vaslim ila turgʻuzay,
Voyki, bagʻrim dogʻi hajrida qon boʻldilo.
Gar yuzi may tobidin gul-gul erur qon yoshim,
Yuz uza tim-tim tomib, lolasiton boʻldilo.
Koʻzu koʻngul qonini yoshuray eldin dedim,
Har biridin yuz sari yuzda nishon boʻldilo.
Zuhd aro har mushkilimkim bor edi, ey faqih,
Jomgʻa may quygʻoch-oʻq, barcha ayon boʻldilo.
Kimki zamon ahlidin aylamadi ijtinob,
Bir kun ani ham degung ahli zamon boʻldilo.
Yaxshilar ichra vatan tutsa Navoiy, ne tong,
Kimki yomonlar bila boʻldi, yomon boʻldilo.

Yo Xarfining Yagʻmoyilarining Yuz Koʻrguzmaklari «Badoye’»din

575

Zulmu bedod aylab andoq buzmamish davron meni
Kim, topa olgʻay oʻzi tuzmakka ham imkon meni.
Tuzmakimdin charx ojizdur, nedinkim qilmamish,
Lutfi tutqan chogʻda obod etgudek vayron meni.
Kofiri ishq oʻlmisham, tong yoʻq, siyosatgoh sari,
Boʻynuma zunnor bogʻlab, cheksalar uryon meni.
Ashk mavjida ushalsa paykarim, vah, ne ajab
Kim, urar bir togʻ uza har lahza ul toʻfon meni.
Istadim koʻnglumga tigʻin, gʻarqa boʻldum qonigʻa,
Chun men aning qonigʻa kirdim, tutubtur qon meni.
Ashk bahri igrimiga tushmamishmen chiqqudek,
Ishq ul daryoda qilmish asru sargardon meni.
Koʻp suubat birla olma xalq jonin, ey ajal,
Chunki men mushtoqmen, oʻltur kelib oson meni.
Toli’imning quvvatin koʻrkim, baliyat toshlari
Kimga koʻktin insa, aylar yer bila yakson meni.
Ming balo zaxmi bila oʻldi Navoiy, qilsa xalq
Ishq sari mayl, sudrab koʻrguzur har yon meni.

576

Ne may xushtur manga, ne gul kerakliktur, ne gulzore,
Kerak maydin gul ochqon yorning gulzori ruxsore.
Ne may xushtur manga, ne gul kerakliktur, ne gulzore,
Kerak chun ul hayotim gulshanining sarv raftore.
Junun tumorida zangoru shingarf aylama zoye’
Ki, daf’ aylar ani ul la’lu xat shingarfu zangore.
Mening xud roʻzgorim tiyra boʻldi shomi hijrondin,
Qiling subhi visoli shukrin, ey aysh ahli, siz bore.
Ne sud emdi ayogʻimdin tikon chekmaklik, ey mushfiq
Ki, toshlar birla koʻksumga qoqilmish hajr mismore.
Nihoni yuz yaram bor hajr tigʻidinki, sharh etsam,
Qilur ozurda bir olam elin har birning ozore.
Aningdek mastligʻ uyqusidin ochqay Navoiy koʻz,
Sabohi hashr ul ham yovar oʻlsa baxti bedore.

577

Necha koʻyidin chiqargʻa yoʻl sari boqib turay,
Chiqsa el yoqin taloshib, men yiroqtin telmuray.
Necha ul shoʻxi balo yuz ishva aylab har taraf,
Men figʻondin boshima har dam balolar kelturay
Necha el raxshi sovurgʻan gard ila koʻz yorutub,
Men yiroqtin boshima tufrogʻlarni sovuray.
Necha ul yuz oʻtidin el ravshan aylab sham’i vasl,
Jon qushin ul oʻtqa men parvona yangligʻ koʻyduray.
Necha bazmi aysh aro har kim boʻlub hamdam anga,
Men yutub qop kulbai hijronda har dam oh uray.
Vasli jomidin xumori hajr chun daf’ oʻlmadi,
Oʻzni oʻlmastin burun mayxona sari yetkuray.
Ey Navoiy, gar manga topshursa shoʻxi mayfurush
La’li may, tutqoch mayi la’lin, evaz jon topshuray.

578

Oʻlukka jon berur chun nukta aytur la’li guyesi,
Masiho mimidin goʻyo chiqar jonbaxsh anfosi.
Qadi naxli hayotimdur, magar topmish havovu su,
Dami Iso bila hayvon sunidin sarvi ra’nosi.
Tilar munglugʻ koʻngul har lahza ishqing bir yangi dogʻin
Gado yangligʻki, bir eski diram boʻlgʻay tamannosi.
Erur ahbob bazmingda, meni mardud nettimkim,
Yiroqtin ham muyassar boʻlmagʻay hargiz tamoshosi.
Demang jismingda pechu roʻzgoring tiyra nevchundur,
Bu holim bor to tushmish boshimgʻa zulfi savdosi.
Xumori hajr ichinda sa’b ahvolimni ul bilgay
Ki, ichkay andin ayru mayni shoʻxi bodapaymosi.
Tikonlar hajr nishidin, chechaklar ashk qonidin,
Ajoyib dasht emasmu, Olloh-Olloh, ishq sahrosi,
Sarimoʻe emas ogah fano oyinidin ulkim,
Jahon boru yoʻqidin bir sarimoʻ boʻlsa parvosi.
Koʻngul mulki aro solik ne jam’iyat topa olgʻay,
Agar har dam anga yetsa xavotir xayli yagʻmosi.
Menu, mugʻ dayriyu jomi fano, zohidgʻa man’im yoʻq,
Yachib kavsar suyidin, bogʻi jannat boʻlsa ma’vosi.
Navoiy za’fi gʻolib erdi bu koʻy ichra ul aqshom,
Agar oʻlmaydurur, ne erdi itlar shoʻru gʻavgʻosi.

579

Har necha javr qilsa noz ahli,
Tortmay naylagay niyoz ahli.
Ogʻzi ramziyu nutqi vaqtida
Ajzgʻa qoyil oʻldi roz ahli.
Koʻyi davrida benavo ushshoq,
Tavf aro uylakim Hijoz ahli.
Buzdi husn ahli koʻnglum andoqkim,
Yogʻi mulkini turktoz ahli.
Rishtai jonim uzdi mutribi bazm,
Uzsa torin nachukki soz ahli.
Menu ishqi majozi, eltur esa
Yoʻl haqiqat sari majoz ahli.
Sham’ yangligʻ Navoiy oʻrtansa,
Tong emas, buyladur gudoz ahli.

580

Bogʻdin keldi nasimu gul isin kelturmadi,
Ne tikonlarkim bu gʻam koʻnglum aro sindurmadi.
La’li yodidinki yuttum dam-badam hasrat suyin,
Olloh-Olloh, qaysi qonlarkim bu gʻam yutturmadi.
Shomi hajrim tiyradur andoqki, kunduz ham boʻlub,
Har nechakim ehtiyot ettim, quyosh bilgurmadi.
Hajr zulmidin dedim aylay ajalgʻa dardi dil,
Oqibat jonimgʻa rahm aylab, anga yetkurmadi.
Vasl aro koʻp istadi jonimki bir dam tinmayin,
Hajr to jonimni tandin olmadi, tindurmadi.
Qaysi gul bedodi bir bulbul parin sovurdikim,
Charx zulmi ham aning yafrogʻlarin sovurmadi.
Ey Navoiy, bevafodur xoʻblar, boʻldi xalos,
Ulki ba’zigʻa koʻngul, ba’zigʻa koʻz oldurmadi.

581

Demaki, qatlima ushshoqi notavon yaxshi
Ki, buyla javrunga bir men kebi yomon yaxshn.
Xush ulki, qatlgʻa ushshoq aro yomonlardin
Ul oy meni sogʻinib dedikim, falon yaxshi.
Kishiki vasl tilar, gʻurbat ixtiyor etsun,
Ul orzugʻa burun tarki xonumon yaxshi.
Aning visolida jonu koʻngul emas mahram,
Gar ul muyassar oʻlur, gʻayrdin nihon yaxshi.
Qadahni tashlaki, bas tashnalabmen, ey soqiy,
Mening sumurmakima bahri begaron yaxshi.
Ne ayb, mugʻbachagʻa dayr tomi uzra xirom,
Yoreki qilsa quyosh jilva, osmon yaxshi.
Ajab malohat emasmu yuzungakim, koʻrunur
Senga, senga chu boqarmen zamon-zamon yaxshi.
Agarchi kelmadi bemehr yor javri yomon,
Chu yaxshi boqsang, erur yori mehribon yaxshi.
Navoiyo, yomon eltur chu noladin ul gul,
Ne sud, bulbul agar aylasa figʻon yaxshi.

552

Yana hnjron oʻti jonimgʻa tushti
Ki, aning tobidin qonim qurushti.
Xumori hajrdin, ey soqiyi bazm,
Qadahkim, chiqqaln jonim yovushti.
Ilik ber, koʻzga surtay bushmas, ey shoʻx,
Qafi poyingnikim oʻptum, ne bushti.
Mening holimgʻa afgʻon chekti ahbob,
Kecha koʻyungdakim itlar ulushti.
Azalda rind xushhol oʻldi maydin
Vale xilvat aro zohid tumushti.
Safar ranji koʻnguldin chiqtikim, yor
Meni koʻrgach, ravon istab koʻrushti.
Navony hajr oʻti urgʻanda tugʻyon,
Chu urdum bodadin su, oʻlturushti.

583

Qirqib erdi qoshin ul bodaparast xudroy,
Toza chiqmish, ne ajab, gar desam ani yangi oy.
Qirqqandin iki-uch kun oʻtubon boʻlmish edi,
Uylakim xangi pay etkaylar iki dilkash yoy.
Yopti qavvosi qazo har biriga mushkin qavs,
Otqali kirpik oʻqin jon bila koʻnglum sari, voy
Koshki xattigʻa yetkurmagan erdi poki
Kim, bu toʻti boʻlur ul koʻzgu bila bolkushon.
Loʻli oʻlmoq tong emas, bor esa shahlargʻa havas,
Gar bu yuz koʻzgusiga ilgi boʻlur oshshasoy.
Ne ajab, boʻlsa yerim kunji qalandarxona
Kim, qalandarvash erur ul sanami beparvoy.
Ey Navoiy, yetilib qoshi aning, shukr deykim,
Husni qasrigʻa ayon boʻldn yana toqi namoy.

584

Muddailar betarahhum, yor beparvo, base,
Ham alar koʻp zulm etarlar, ham bu istigʻno, base.
Zulfi zanjirn magar boʻlgʻay ilojim, ey hakim
Kim, dimogʻimni parishon aylamish savdo, base.
Men oʻlar holatdayu motam edi ahbob aro,
Buki aqshom qildi koʻyung itlari gʻavgʻo, base.
Turfa menmen ishq dashti ichra, yoʻqsa anda bor
Vomiqu Farhod ila Majnun kebi shaydo, base.
Men kishi ermon junun ichra, yoʻq ersa koʻrguzur
Odamiliq ul pariy paykar, malaksiymo, base.
Ey sabo, koʻyida itti koʻnglumnikim, aylar emish
Bul-ajabvashliqlar ul oshuftai rasvo, base.
Xastamen davron jafosidin, keturgil bodakim,
Nofi’ ermish ul marazgʻa sogʻari sahbo, base.
Boda ichkim, charx rif’at ahlini koʻp qildi past,
Pastlarni koʻmdi tufrogʻ ostigʻa dunyo, base.
Ey Navoiy, gar desang koʻp injimay davr ahlidin,
Har ne derlar yo qilurlar, qilmagʻil parvo, base.

585

Emas firoq tuni, ey koʻngul, naqora uni,
Erur zamona uni holima firoq tuni.
Bu tiyra shomim ila Nahsi anjumin har yon
Firoq doʻzaxining bil sharoraliq tutuni.
Ne nav’ etay meni sargashta vasl yoʻlin qat’
Ki, har zamon sovurur hajr dashtining quyuni.
Tanimni za’f qilib subha toridek halqa,
Birin-birin koʻrunub muhradek boʻgʻun-boʻgʻuni.
Firoqning oʻti gar bot tutashsa, tong ermas
Ki, ahli dard quruq jismidur aning oʻtuni.
Hisob asradi din ahli qatlin ul kofir
Ki, behisobdurur zulfi torining tuguni.
Agarchi sarvgʻa gul qildi bogʻbon payvand
Va lek sarv qadi gulruxumcha yoʻq yoʻsuni.
Koʻngulni buzsayu sindursa ishq, bok ermas
Ki, xoʻb emasturur aning tuzuklugu butuni.
Chu xirqam oʻldi garav maygʻa, kiyma bodafurush
Ki, dogʻi hajr qoʻyar har diram kebi yuruni.
Zamona ahligʻa garchi oʻyunchiliqdur ish,
Yengar ham oxir alarni zamonaning oʻyuni.
Navoiy olmadi koʻz anbarin hilolingdin,
Nedinkim ul tilabon koʻkta, yerda topti muni.

586

Olacha hoshiyaliq toʻn kiyib ul rashki pari,
Ol etuk birla xirom etsa, erur kabki dari.
Barcha gar umr charogʻin oʻchurur, xushdilmen,
Gʻam tunidin meni qutqarsa nasimi sahari.
Angla har qaysini ishq ahligʻa bir hajr oʻqicha,
Chiqsa hajrim oʻtining har sari yuz ming sharari,
Rutab la’likim erur qomati naxligʻa samar,
Ne chuchuk meva emish naxli malohat samari.
Gul ruxsoriki may suyi bila topti furugʻ,
Suda gul aksimudur yo yuzida may asari.
Doʻstlar, koʻksi shigofini tikardin ne osigʻ,
Uyla majruhki, yuz poradur aning jigari.
Yoʻl xatarliqdur, ilik chekma tavakkuldinkim,
Yoʻq bu yoʻl solikinnng mundin ulugʻroq hunari.
Ey xush ul rindki, to kelgayu ketgay bir dam,
Boʻlmagʻay dayri fano ichra oʻzidin xabari.

587

Oncha koʻnglumdadurur gulshani hijron tikani
Ki, nazar solmas anga gʻamzai novak fikani.
Koʻzga sarrishtai tavfiq xati uldurkim,
Sudralib yerga tishon keldi itingning rasani.
Koʻz qorasin oʻyubon tashlagʻanim sa’b ermas,
Onchakim solsa qorasin gʻami ishqing tugani.
Gʻarqi may koʻnglak erur hushida yoʻq mastingda,
Yo shahidingning erur qongʻa boʻyalgʻan kafani.
Lolazoreki toʻkar jola, erur zoringning
Dam-badam tish bila pargolalar etkan badani.
Garm mehr oʻlgʻan ila zoli falak topma firib
Kim, bu ayyoraning asru koʻp erur makru fani.
Ey Navony, qaddinga soldi shikast uzra shikast,
Chun sanga boʻldi vatan zulfi shikan barshikani.

588

Kosh boʻlsa har tugan jismimda javshan yafrogʻi
Kim, oʻqi koʻnglumga yetkach, oʻtmasa tandin dogʻi.
Ishq abvobin chekar daftarlarinda ahli dard,
Buylakim, shingarfgun boʻldi shahidning tufrogʻi.
Sunbulungga bir xitoye bandadur mushki Xoʻtan,
Gar dalil istar esang, bordur libosi yorgʻogʻi.
Goʻyo ul shoʻxning koʻnglin olibtur oʻzga shoʻx,
Gar emas bedil, nedur eldin koʻngul oldurmogʻi.
Va’da qilding ham vafo, ham qatl, parvo qilmading,
Qil vafo va’danggʻa, yoxud burnagʻi, yo soʻngrogʻi.
Eyki gul fasli yigitsen, bir nigorning dogʻi bor,
Kelsa ilgingdin may ichkilkim, budur ishrat chogʻi.
Zulfi savdosida bilmaslar Navoiy nuktasin
Kim, junun guftoridur yoxud yilonning arbogʻi.

589

Koʻz bila koʻnglumga boʻlmish goʻyiyo vasling chogʻi
Kim, koʻzumning uchmogʻi tez oʻldi koʻnglum solmogʻi.
Dema koʻnglung mulki qay chogʻdin bu nav’ oʻlmish xarob,
To bu kishvar ahligʻa tushti firoqing bulgʻogʻi.
Ey koʻngul, qilma ayogʻi tufrogʻi haqqin qasam
Kim, koʻzumning haqqidur aning ayogʻi tufrogʻi.
Gʻam tuni koʻnglum xaroshia gar istarsen dalil,
Iynak-iynak charx tahrikiyu anjum tirnogʻi.
Qatl hangomi shahidingkim koʻtardi barmogʻin,
Goʻyi aning oti mundindur shahodat barmogʻi.
Dahr gulzorigʻa, ey koʻnglum qushi, mayl etmakim,
Anda bulbul qonidin rangin erur gul yafrogʻi.
Hajr aro qoʻydum diramdek dogʻlar koʻksin yorib,
Vasl erur mumkin, Navoiyning chu koʻptur yormogʻi.

590

Uyqu hamsoyalarimdin ketarur hajr tuni,
Gah boshim yerga urub, gah yurakim solmoq uni.
Gʻam tuni tiyra dogʻi anjumi raxshon demakim,
Yer yuzin tutti shararlar bila ohim tutuni.
Meni sargashta emon vodiyi hijrondaki, bor
Gʻussa tufrogʻiyu anduh yelining quyuni.
Rishtai jonima har yon tugun andoqdurkim,
Tori jismim aro farsuda soʻngaklar boʻgʻuni.
Ishq rasvosi deb oʻzni tikar egniga tiroz,
Dayr aro tushsa falak engiga xirqam yuruni.
Dahr bogʻida nechuk vasl guli butsunkim,
Hajr oʻqidur yogʻini, ashk suyidur juvuni.
Gar Navoiy soʻngakiga tutashur koʻnglidin oʻt,
Ne ajab, ishq oʻtidur ulu bu aning oʻtuni.

591

Ul quyosh oquydayu men muztaribmen har sari,
Uylakim, fonusdin parvona qolgʻay tashqari.
Sadqasi boʻlmoq erur maqsud men sargashtagʻa,
Oquyi davrigʻa bukim aylanurmen har sari.
Ichkari ul gul tuvurlugʻni koʻtarmaslar, netay,
Ey sabo farroshi, bir lutf aylabon ul yon dari.
Parda ketgach, men zaifi zorgʻa oson erur,
Yoʻllaridin chigʻning solmoq oʻzumni ichkari.
Oquy ichra har nedur, zohirdur ul yuz tobidin,
Sham’ boʻlsa uyda, tashqardin boʻlur zohir bari.
Gar falak xirgohi boʻlsa peshxonang, ne osigʻ,
Umr xayli chunki kundin-kunga kelmas ilgari.
Ey Navoiy, ul mahi xirgahnishin hifzi uchun
Koʻzanak ermaski, har sari tikilmish koʻzlari.

592

Xasta jonim rishtasi koʻrganda hajr ozorini
Gar uzuldi, qil anga payvand zulfung torini.
Dema ogʻzin gʻuncha, qaddin sarvkim, el koʻrmamish,
Sarvning raftorini yo gʻunchaning guftorini.
Gulda xolu mehrda xat yoʻq, ne yangligʻ oʻxshatay,
Mehru gulga xol ila xatligʻ iki ruxsorini.
Yogʻmadi hargiz chu shabnam injusi gul bargidin,
Anga tashbih etsa boʻlmas la’li gavharborini.
Ne qilurdin qasdi sunbul, ne etar jon sandi dom,
Aylamon monand alargʻa zulfining zunnorini.
Charx qasrinda quyosh uzra koʻngul mayl aylamas
Kim, gʻanimat tutmish aning soyai devorini.
Sayridin paykonlaring koʻnglumda topmishdur sabot,
Koʻzga ilmasmen falakning sobitu sayyorini.
Davr sirri pardasin gar ochmamishsan, soqiyo,
Boda tutkim, dey sanga bu pardaning asrorini.
Ey Navoiy, daxl qilma, gar tilar ersang navo,
Har necha xorij navo koʻrsang sipehr advorini.

593

Zihi naxli qaddingdin xijil sarv boʻstoni,
Xat ichra labingdin munfail rohi rayhoni.
Tushumga yuzung kirdi ham yaxshi toli’din,
Koʻz ochtim, tulu’ aylab edi subhi nuroniy.
Gʻaming dogʻi jonimgʻa labing xoli yangligʻdur
Ne boʻldi surushsoq biz muni dogʻi, sen oni.
Firoq ichra ruxsoring quyoshigʻa ber jilva
Ki, bas tiyra aylabtur meni shomi zulmoni.
Dema, yoshurun dogʻim sening ichingda yoʻqtur,
Ichim yoru koʻr ulkim, erur naqdi pinhoni.
Baqo chun emas mumkin, mudom oʻzni xush tutqil
Ki, qaygʻurgʻali qilmas gari olami foniy.
Navoiy, behisht ichra farogʻat yoʻlin soʻrdung,
Namudoridur aning Hirining xiyoboni.

594

Siyosat etti soching mushk chun xato qildi
Ki, borcha jismi qorarib teriga tortildi.
Qadinggʻa qullugʻi ahdini nayshakar buzmish
Ki, buyla bir-biridin bandi-bandi ayrildi.
Boshinda toj zar oʻldi, ayogʻi ostida nat’,
Chu sham’ xidmating aylarda poyasin bildi.
Magarki koʻz yumub ochquncha noz oʻqin otting
Ki, bir ajab tikoni koʻnglum ichra sonchildi.
Koʻzi xadangi balo yogʻdururni fahm ettim
Ki, raxshi na’lidin oʻtlar koʻzumga choqildi.
Qadah keturgilu dam urma dahr sirridin
Ki, mubham oʻldi bu soʻz har nechaki aytildi.
Jigari kabobgʻa mayl etmagan esa ul mast,
Navoiyo, nega bagʻringni har taraf tildi.

595

Sayllarkim toʻkar koʻzum yoshi,
Soyining toshidur yado toshi.
Da’vo etgaymu erdi qoshing ila,
Boʻlmasa yoyning ikki boshi.
Qahrdin chinki tushti manglayigʻa,
Chinning ostida nun erur qoshi.
Rangin ezmakka solmish obi hayot,
Chehrang ochqanda sun’ naqqoshi.
Qarigʻan chogʻda ayladi rasvo
Meni, garchi kichiqdurur yoshi.
Ne rafi’ oʻldi dayr toqiki, bor
Mehr anga shamsa, koʻk anga koshi.
Gar Navoiy qochar fano yoʻlidin,
Ne ajab, chun yoʻq anda yoʻldoshi.

596

Jon mazraida boʻlsa, ne tong, dard xirmani,
Ohimdin oʻldi chunki falak yel tegirmani.
Xatting xayoli koʻnglum aro qildi yuz teshuk,
Bu nav’ oʻlur buzugʻda qolin moʻr maskani.
Koʻnglum yorur, chu nomasini koʻzdin olmasam,
Uydekki, zeb kogʻaz ila topsa ravzani.
Zaxmi dogʻi fatilagʻa oʻt tushti, ey rafiq,
Dard uyining magar budurur sham’i ravshani.
Basdur yuzu qadding, gulu savsan, yana nedurur
Gulgun yilakning ustida takband savsani.
Bulbulgʻa, ey gul ayla vafo toza-tozakim,
Serobu toza doim emas dahr gulshani.
Gʻamdin Navoiy oʻlgusidur, koʻnglin asragʻil,
Chun sencha kimsa bilmadi dildorliq fani.

597

Intizoridin ul oyning koʻzki soldim har sari,
Koʻz yumub ochquncha oʻtti koʻz yoshim andin nari.
Yolinib ul koʻy iti birla borurmen koʻyiga,
Vahki, ul koʻy ichra bormen men keyin, it ilgari.
Dardu gʻam turmish yasovuldek koʻngul choki aro,
Qoʻymamoqqa kelsa hushu sabr xayli ichkari.
Koʻrmasangkim oʻtni su tez aylagay, bir-bir turur
Koʻnglum ichra qatra-qatra su kebi paykonlari.
Lab aro ogʻzing chuchuk til birla goʻyo anglasam,
Shahdligʻ nishi bila gul bargini teshmish ari.
Zohidu har lahza oʻlmak xonaqah fikridakim,
To tirikmen chiqmagʻum dayri fanodin men bari.
Ey Navoiy, dema har damkim qadahni quy toʻla,
Mayni oxir quysa xud boʻlmas qadahdin tashqari.

598

Ne ishq ediki, adam ayladi vujudumni,
Chu urdi soiqa, gardungʻa chekti dudumni.
Ne nukta budu nabudumdin aytayinkim, ul
Nabud qildi fano oʻti birla budumni.
Agar shikof esa koʻksum yaqo kebi, ne ajab
Ki, hajr bir-biridin uzdi toru pudumni.
Bu yoʻlda sudu ziyondin takallum etmangkim,
Tugatti ishqida savdo ziyonu sudumni.
Chu ishq kufri aro belga bogʻladim zunnor,
But ollida yana ayb aylamang sujudumni.
Yuzung mushohadasi qilmish uyla mustagʻraq
Ki, hajr salb qila olmas ul shuhudumni.
Navoiy oʻzdin asar topmon oʻlgʻali oshiq,
Ne ishq ediki, adam ayladi vujudimni.

599

Tilarmen islab-islab gʻabgʻabingni,
Gah oʻpsam orazingni, gah labingni.
Erur bu bir tamanno baski topsam,
Yuzum surtarga na’li markabingni.
Yuzu zulfin koʻrarga borgʻum, ey charx,
Judo qilgʻil qamardin aqrabingni.
Falakdin oʻtti gardi anbarolud,
Chu maydon ichra surdung ashhabingni.
Yuzi, ey charx, burqa’ ochti terlab,
Bulutqa chirma oyu kavkabingni.
Qadi borinda toʻbidin dema soʻz,
Qil, ey zohid, biyikrak mashrabingni.
Navoiy, yor rahm etkaymu, yo rab,
Eshitsa muncha «yo rab-yo rab»ingni.

600

Tushta sarvu guldin islab birni, quchtum birini,
Aylagil, ey sarvi gulrux, bu tushum ta’birini.
Angladik oʻtluq yuzi, koʻnglum ne yangligʻ qildi su,
Moʻm arokim koʻrmamishtur shu’laning ta’sirini.
Doʻstlar, daf’i jununum gar tilarsiz, bogʻlangiz,
Ul pariy koʻyida bu devonaning zanjirini.
Suvratingdin ojiz ersa Moniy, ermastur ajab,
Qayda naqqosh aylagay kilki qazo tasvirini.
Vasl ila qilgʻil buzugʻ koʻnglum ilojinkim,
Qilur Shoh adl etmak bila vayronalar ta’mirini.
Ishqu may, ey shayx, azaldin sarnavisht ermish manga,
Vah, netib xush koʻrmagaymen tengrining taqdirini.
Ey Navoiy, dersen ul oy ishqini eldin yoshur,
Oti mazkur oʻlsa, naylay holatim tagʻ’yirini.

601

Koʻksumda na’l boʻldi xadanging nishonasi,
Koʻksum uyi erur aning omochxonasi.
Paykonlaringki, til kebi koʻnglumdin urdi bosh,
Goʻyo bir oʻtdur ulki, bulardur zabonasi.
Koʻp soʻz yasadi Layliyu Majnun soʻzida xalq,
Ermas nachukki husnungu ishqim fasonasi.
Deb erdi bir bahona bila seni oʻlturay,
Oʻlturdi, vahki, har dam aning bir bahonasi.
Mehri ruxungda mehrigiyah sabzai xating,
Goʻyoki xoling oʻldi hamul sabza donasi.
Mugʻ dayri pirining qulimenkim, gʻam etsa qasd,
Aylar xalos bir toʻla jomi mugʻonasi.
Ishqing Navoiy aylar ulustin nihon, valek
Fosh aylar elga zamzamai bexudonasi.

602

Sahar kuyar gʻami hajringda xasta jism xasi,
Magar oʻtumni qilur tez subhning nafasi.
Koʻngulga oncha xadanging tikildi har yondin
Ki, boʻldi xasta koʻngul andalibining qafasi.
Koʻngulki tolpinadur tanda, koʻyung istaydur,
Qafasda sekresa qush, uchmoq oʻlgʻusi havasi.
Ul oygʻa yetmasa qoʻl oʻtluq oh ila, ne ajab,
Chinor kuysa, boʻlurmu quyoshqa dastrasi.
Ne rind oʻlsa soching kufrida yetar zunnor,
Jahon yuzidagi din ahligʻa aning marasi.
Talab yoʻlidagʻi ovoralargʻa mujda dengiz
Ki, yoʻlgʻa hodiy erur doʻst mahmili jarasi.
Figʻonki xastalarin ul Masih tirguzubon
Vale Navoiy dilxastani unutti base.

603

Vahki, hajring oʻti jismi notavonim oʻrtadi,
Notavon jismimgʻa tushkan shu’la jonim oʻrtadi.
Qoʻzgʻabon koʻnglum aloxonu alomon ayladi,
Ne aloxonu alomon, xonumonim oʻrtadi.
Barqi ishqing chunki tushti, xonumonim boʻldi kul,
Turfa oʻt erdiki, paydovu nihonim oʻrtadi.
Dema, ishqim nayladikim roʻzgoringdur qora,
Oʻrtadi, ey qotili nomehribonim, oʻrtadi.
La’li mahlul aylagandin oʻt yoqib xoshok ila,
Hajri jonim kuydurub, jismimda qonim oʻrtadi.
Boʻlmasa nomu nishonim, ayb qilmangkim, firoq
Roʻzgor avroqida nomu nishonim oʻrtadi.
Shomi hajrida shafaq koʻrsang, Navoiy, bil yaqin
Kim, falakni shu’lai ohu figʻonim oʻrtadi.

604

Gul ne boʻlgʻaykim, yuzung hajrida koʻrgaymen ani,
Solsalar kulbamgʻa, xas yangligʻ supurgaymen ani.
Bazmidin boʻlsa nasibim bir soʻngak, to umr bor
Islagaymen, yoʻqki it yangligʻ koʻmurgaymen ani.
Jon chiqar holatda keldi yoru taskin topti jon,
Emdi nomahram deb istarmen iturgaymen ani.
Koʻnglum oʻtidin yorut mehring charogʻin, ey sipehr,
Sarsari ohimdin ul damkim uchurgaymen ani.
Lablaring hajrinda gar xud boda huro la’lidur,
Mumkin ermasturki, ogʻzimgʻa yeturgaymen ani.
Uyla hijrondin tilarmen bexud oʻlmoq, ey rafiq
Kim, falak jomin toʻla tutsang, sumurgaymen ani.
Ey Navoiy, telba koʻnglum itti, emdi istamon,
Necha togʻu dashtdin istab keturgaymen ani.

605

Yoʻqki, yomgʻurdin meni holimgʻa davron yigʻlagʻay,
Koʻrguzub gulgun bulut istar magar qon yigʻlagʻay.
Anjum ermaskim, erur aflok ashki donasi,
Har tun ahvolimgʻa baskim charxi gardon yigʻlagʻay.
Chok bagʻrim qonu dogʻin koʻz yoshim daf’ etmadi,
Lola naf’idur, nechakim abri nayson yigʻlagʻay.
Koʻz qurubtur ashkdin ul oy havoiy ishqida,
Bas qilur oxir bulut chun ulcha imkon yigʻlagʻay.
Parda ichra yigʻlab ashkim, vahki, pinhon qolmadi,
Sham’ fonus ichra eldin qayda pinhon yigʻlagʻay?
Mu’tabar ermas, agar zarq ahli koʻp toʻkkay sirishk
Kim, musha’bid oz diram istab farovon yigʻlagʻay.
Hajr tigʻidin ne gʻam har dam Navoiy yigʻlasa,
Kimki boʻldi pora-pora bagʻri, oson yigʻlagʻay.

606

Gar bahor el topsa boʻstondin gulu rayhon isi,
Kelur ul rayhon ila guldin manga hijron isi.
Menki bir guldin jahon bogʻida boʻe topmadim,
Naylayin, qilsa muattar dahrni boʻston isi.
La’li hajrinda nihon ashkim soʻzin agʻyor aro
Desa boʻlmaskim, kelur ul nav’ soʻzdin qon isi.
Qaydakim jonbaxsh la’lidin Masihoso kalom
Surdi, ul yerdin kelur yuz qaridin soʻng jon isi.
Jon isi tutti jahonni, men borurmen koʻyiga
Kim, tilar el jon isi, men istaram jonon isi.
Ey gado, olam eliga shayalillah demakim,
Bu chamandin kelmadi hargiz guli ehson isi.
Chun Navoiygʻa kelur hijron isi har dam, ne sud,
Gar bahor el topsa boʻstondin gulu rayhon isi.

607

Tan qora tufrogʻ oʻlub, oh oʻti oxir boʻlmadi,
Garchi xas kul boʻlgʻach, andin shu’la zohir boʻlmadi.
Husnunga mehr etti da’vo, zulfdin chiqqach yuzung,
Tun hijobigʻa kirib majlisqa hozir boʻlmadi.
Dema koʻksung chokini yopqilki, koʻp yoptim valek
Choklik koʻnglak aning chokiga sotir boʻlmadi.
Orzu aylarmen oʻpsam, deb koʻzumni har zamon
Kim, sening yuzungdin oʻzga yuzga nozir boʻlmadi.
Oʻrtamakta furqating shogirdidur doʻzax, valek
Pesha aylab kasb ustodicha mohir boʻlmadi.
Vah, ne manzildur fano koʻyikim, anda yetmayin
Kimsa ikki kavndin osuda xotir boʻlmadi.
Ey Navoiy, qaygʻu yetsa charxdin, ich bodakim,
Ketmadi davron gʻami, to jomi doir boʻlmadi.

608

Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulru kelmadi,
Koʻzlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.
Lahza-lahza chiqtimu chektim yoʻlida intizor,
Keldi jon ogʻzimgʻayu ul shoʻxi badxoʻ kelmadi.
Orazidek ondin erkanda gar etti ehtiyot,
Roʻzgorimdek ham oʻlgʻanda qorangʻu kelmadi.
Ul parivash hajridinkim yigʻladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga koʻrganda kulgu kelmadi.
Koʻzlaringdin necha su kelgay, deb oʻlturmang meni
Kim, bori qon erdi kelgan, bu kecha su kelmadi.
Tolibi sodiq topilmas, yoʻqsakim qoʻydi qadam
Yoʻlgʻakim avval qadam, ma’shuqi oʻtru kelmadi.
Ey Navoiy, boda birla xurram et koʻnglung uyin,
Ne uchunkim boda kelgan uyga qaygʻu kelmadi.

609

Nozuk harir agar taningga hoyil oʻlmagʻay,
Koʻrsa jamod mumkin emas moyil oʻlmagʻay.
Chun toru pudi lutfda jon rishtasidurur,
Tong yoʻqturur, agar taningga hoyil oʻlmagʻay.
La’ling xayoli jon aro bir naqsh tuttikim,
Obi hayot ila yuvsalar, zoyil oʻlmagʻay.
Osori hajr agar budururkim, koʻrar koʻngul,
Doʻzax alomati bu sifat hoyil oʻlmagʻay.
Qildim kumush bilaklaridin boʻsai savol,
Mendek jahonda xomtama’ soyil oʻlmagʻay.
Isboti juzvi loyatajazzo qilib xirad,
Ogʻzing vujudi nuktasiga qoyil oʻlmagʻay.
Yilliq ibodat ermish ayogʻingda sajdaye,
Boshin Navoiy olmagʻusi to yil oʻlmagʻay.

610

Chehra oʻti birla koʻnglum xonumonin oʻrtadi,
Otashin gul ishqi bulbul oshyonin oʻrtadi.
Ishq koʻnglum bogʻin asrab toza, oxir soldi oʻt,
Bogʻboni mastdekkim, boʻstonin oʻrtadi.
Otashin la’lingda xol ermaski, qoʻymish toza dogʻ,
Har bahona aylabon ushshoq jonin oʻrtadi.
Ishq oʻtidin zor koʻnglum ichra solding soʻzi hajr
Kim, bu yangligʻ birta kuygan notavonin oʻrtadi.
Soʻzi ishqim daftarigʻa har kishikim soldi koʻz,
Oʻrtanib Farhodu Majnun dostonin oʻrtadi.
Ishq zuhdum xayligʻa oʻt solsa, tong yoʻqkim, bu barq
Dahr aro koʻp buyla taqvo korvonin oʻrtadi.
Xonaqahgʻa soldi oʻt kirgach Navoiy dayr aro,
Hirfavardek ganjkim topti, doʻkonin oʻrtadi.

611

Ohkim, nomehribonim azmi bedod ayladi,
Bir yoʻli mehru vafo rasmini barbod ayladi.
Qoʻrqaram, ahli vafo ohi anga qilgʻay jafo,
Bu jafolarkim vafo ahligʻa bunyod ayladi.
Boʻlmadi noshod oxir dam gunah boʻlgʻay debon,
Begunah ahbobni mundoqki noshod ayladi.
Bir dam nchra tund sayle qahr ila qildi xarob,
Har vafo qasriki, yillar ani obod ayladi.
Dam urargʻa topmadi had kimsa to ushshoq uchun,
Shahna aylab gʻamzasin, kirpikni jallod ayladi.
Tindi abnoyi zamonning ixtilofi tab’idin,
Kimki oʻz tab’ini bekaslikka mu’tod ayladi.
Koʻngli mulkin istar obod, vah, buzar xayli firoq,
To Navoiy azmi mulki Astrobod ayladi.

612

Gar yana bir qatla oʻz vaslinggʻa yetkursang meni,
Istasam hajring, bihildurmen gar oʻltursang meni.
Ul eshikdin kirgum uy toshini itdek aylanib,
Bu eshikdin tosh ila yuz qatla gar sursang meni.
Qolgʻusi bir dogʻ koʻyungda kulumdin yodgor,
Yozgʻurib hijron gunohi birla kuydursang meni.
Orzudur ostoning tufrogʻida oʻlmakim,
Toza jon topqum, gar ul tufroqqa topshursang meni.
Garchi jurmum koʻp, xusho ul jurmkim, tahqiq uchun
Soʻrgʻali gah-gohi oʻz qoshinggʻa keltursang meni.
Tarki jon ettim, boshim boʻlgʻusiyu ul oston,
Sen bilursen, lutf qilsang, xoh yozgʻursang meni.
Ka’bai koʻyiga yuz qoʻydum, bu yoʻldin yonmagʻum,
Ey Navoiy, har nechakim yoʻldin ozgʻursang meni.

613

Chu ul huri parivash jilva aylar vaqt, noz etkay,
Malak xayli koʻrub andoq baloni ihtiroz etkay.
Taolalloh, ne istigʻnodur ul husn ichrakim, nozin
Yuz oncha aylagay, oshiq necha arzi niyoz etkay.
Yorutqay el koʻzin barqi jamoling lam’asi har dam,
Vale men xasta koʻnglining ishin soʻzu gudoz etkay.
Koʻpu ozim fidosidur aning, ya’niki shavqu sabr,
Agarchi ul sanam koʻp javr qilgʻay, rahm oz etkay.
Oʻzin pok aylamay oshiqki, yor ollinda qoʻygʻay bosh,
Erur ul nav’, zohidkim tahoratsiz namoz etkay.
Koʻp oʻlmish bul-ajabliq ishq aro ul jumladin bir bu
Ki, shohi Gʻaznaviy mahkum boʻlgʻay, hukm Ayoz etkay.
Chu haq nuri yuzungda zohir oʻldi, bebasar ulkim,
Haqiqat rasmi bor erkanda ishqingni majoz etkay.
Toriqtim xonaqahdin, xushturur mayxonakim, anda
Ayoqchi jomi may tutgʻay, mugʻanniy nagʻma soz etkay.
Chu solsam eski xirqamni, xarobot ahli, tong ermas
Ki, har bir-bir yurunni andin egniga tiroz etkay.
Erur hisni hasin matlubu zikri boʻlgʻali emin,
Xavotir xayli solik koʻngliga chun turktoz etkay.
Navoiy yor ila boʻlsa, haramdur anga dayr ichra,
Agar mayli Ajam qilgʻay, gar ohangi Hijoz etkay.

614

Mening baxtim yuzi gʻam kochidin ul kun qora boʻldi
Ki, koʻnglum ul koʻzi, qoshi qoragʻa mubtalo boʻldi.
Qutulmish erdi oshigʻliq balosidin koʻngul, ketmish
Ul oy koʻyiga, bilmon, yona anga ne balo boʻldi.
Qoshu kipriklaring koʻnglum uyin qildi kamonxona,
Aliflardin oʻqu har na’l anga bir halqa yo boʻldi.
Buzulgʻan xasta koʻnglumdin oʻqin zinhor chekmangkim,
Ul uyga bu sutun, ul notavongʻa bu aso boʻldi.
Labinggʻa qaysi til birla fido dey xasta jonimni,
Anga jonim fidokim, joni la’linggʻa fido boʻldi.
Ajab muhlik emasmu ishq dashti, ey musulmonlar
Ki, bir moʻrigʻa har kun tu’ma ikki ajdaho boʻldi.
Fano istar esang, tut dayr piri ilgidin jome,
Nedinkim xonaqah shayxi ishi zarqu riyo boʻldi.
Vujudum foniy aylab oldi din bir mugʻbacha, tong yoʻq,
Agar zunnor bogʻlab, maskanim dayri fano boʻldi.
Navoiy, gʻussadin maxlas tilarsen, mastu bexud boʻl
Ki, davron dardu ranjigʻa davo bu boʻldi, to boʻldi.

615

Bir kun meni ul qotili majnunshior oʻlturgusi,
Usruk chiqib, javlon qilib, devonavor oʻlturgusi.
Gar za’f ila ojizligʻim koʻngliga rahme solsa ham,
Boshimgʻa yetkach, sekretib beixtiyor oʻlturgusi.
Vasli aro gar oʻlturur, jonimgʻa yuz ming shukr erur,
Chun qolsam andin bir zamon, hijroni zor oʻlturgusi.
Oshiq boʻlurda bilmadim, men notavoni xastakim,
Hajr oʻlsa, gʻam kuydurgusi, vasl oʻlsa yor ulturgusi.
Maydon aro, ey ahli din, kirmang tamoshosigʻakim,
Yuz koʻrmayin ul kofiri chobuksuvor oʻlturgusi.
La’ling zakoti may tutub tirguzmasang, ey mugʻbacha,
Dayr ichra men dilxastani ranji xumor oʻlturgusi.
Derlar Navoiy qatligʻa gul-gul ochibtur orazin,
Koʻrguncha ani, voykim, bu xor-xor oʻlturgusi.

616

Gar alamimgʻa chora yoʻq, boʻlmasa boʻlmasun, netay,
Var gʻamima shumora yoʻq, boʻlmasa boʻlmasun, netay.
Ranjima yoʻq esa adadi xost bu ersa naylayin,
Dardima gar kanora yoʻq, boʻlmasa boʻlmasun, netay.
Jam’ emas ersa xotirim, jam’ oʻlurigʻa, zohido,
Hojati istixora yoʻq, boʻlmasa boʻlmasun, netay.
Yordin elga komlar, buki mening sari gahi
Koʻz uchidin nazzora yoʻq, boʻlmasa boʻlmasun, netay.
Mash’ali vasl ila ulus shomi munavvaru mening,
Baxtima bir sharora yoʻq, boʻlmasa boʻlmasun, netay.
Qismi azalgʻa shodmen, buki falak rioyati,
Holima oshkora yoʻq, boʻlmasa boʻlmasun, netay.
Dedim, erur Navoiy oʻz dardigʻa chorasiz, dedi,
Gar alamimgʻa chora yoʻq, boʻlmasa boʻlmasun, netay.

617

Vahsh xaylin dasht aro men telbai mahzun sari,
Om gʻavgʻosi xayol et shahr aro Majnun sari.
Ham borurda, ham yonarda oʻtkudekdur charxdin,
Chiqsa ul oy hajrida ohim oʻti gardun sari.
Sham’igʻa parvona maylidekdurur koʻnglum qushi,
Borsa nogah ul qadu ruxsori otashgun sari.
Turfa koʻrkim, nosihim Farhod ila Majnun erur,
Bul-ajab holimgʻa boqib togʻ ila homun sari.
Har tun afzun boʻlgʻan ohim oʻtigʻa jonim sipand
Kim, gazande yetmagay ul husni roʻzafzun sari.
Soqiyo, kup kunjidin tut bizga la’li nobkim,
Bu borinda mayl boʻlmas ganji Afridun sari.
Ey Navoiy, majma’ul bahrayn boʻlgʻay oshkor,
Mayl qilsa sayli ashkim nogahon Jayxun sari.

618

Ashk xunobidin oʻlmish koʻzlarim ummon kebi,
Qon yosh aritmogʻdin ilgim panjai marjon kebi.
Koʻnglum oʻtidin qizorgʻan har taraf paykonlaring,
Su boʻlub emdi tomarlar zaxmlardin qon kebi.
Tanni gar doʻzax oʻti kuydursa, jonni oʻrtamas,
Qilmagʻil hech oʻtni, yo rab, shu’lai hijron kebi.
Ishq dashtida quyun chekmas figʻon, vah, boʻlmasun,
Xoksori bodpaymoye bu sargardon kebi.
Sabzai xat yopqan ogʻzing oʻpsam, ey gul, ne ajab,
Tufrogʻimdin gʻuncha butsa zaxmliq paykon kebi.
Dahr bogʻinda necha kunkim tiriksen, aysh qil
Kim, yana topmoq emas ma’lum bu boʻston kebi.
Ey Navoiy, ishqimu husni erurlar onchakim,
Men anga hayronmenu ul dogʻi men hayron kebi.

619

Bir pariy paykar gʻami oshuftahol etmish meni,
Elga ahvolim demaktin gungu lol etmish meni.
Men havoyini, ne tong, koʻrguzsalar bir-birgakim
Egma qoshing fikri andoqkim hilol etmish meni.
Oshkor etmas edim ishqin, vale oʻtkan kecha
Boda zoʻr aylab, yigʻi bee’tidol etmish meni.
Yor koʻyi ichrakim tufrogʻ ila teng boʻlmisham,
Ishq gʻavgʻosi bu yangligʻ poymol etmish meni.
To tanimgʻa oʻt tutashmish, barqdekdur hay’atim,
Furqating to za’fdin andoqki nol etmish meni.
Oʻt solurmen oh ila olamgʻa men kim, zuhd kim,
Zohidi afsurda oyo ne xayol etmish meni.
Dashti vahshigʻa anis oʻlsam Navoiydek, ne tong,
Ul pariy savdosi chun Majnun misol etmish meni.

620

Hijron kuni har xastaki jonongʻa yoʻluqti,
Qil uyla tasavvurki, oʻluk jongʻa yoʻluqti.
Zulfung qora qaygʻusida jonongʻa yoʻluqqan,
Zulmat ichida chashmai hayvongʻa yoʻluqti.
Qochti koʻngul ashkimdinu ohim aro tushti,
Yomgʻur suyidin qochtiyu toʻfongʻa yoʻluqti.
Majnungʻa yoʻluqti, manga gʻam dashtida itkan
Majnun demakim, gʻuli biyobongʻa yoʻluqti.
Hayronligʻima hayrati mendin dogʻi oshti,
Ishq ahlidin ulkim meni hayrongʻa yoʻluqti.
Davronda kamol ichra quyoshtin biyik oʻldi,
Har zarraki bir komili davrongʻa yoʻluqti.
Ishq ahli ishi topti bori vasl ila chora,
Bechora Navoiy gʻami hijrongʻa yoʻluqti.

621

Kimki bir koʻngli buzugʻning xotirin shod aylagay,
Oncha borkim, Ka’ba vayron boʻlsa, obod aylagay.
Garchi xalq ozodasimen, yor agar bandam desa,
Andin ortuq anglakim, bir banda ozod aylagay.
Yordin har kimki bir soʻz der, tuganmasdin burun,
Istaramkim, avvalidin yona bunyod aylagay.
Yor hijronidin oʻlgumdur, bu nav’ ermish sazo
Ul kishigakim, biravga oʻzni mu’tod aylagay.
Necha sabr avroqi yozgʻay koʻnglumu bir oh ila
Sarsari ishqing yetib, borini barbod aylagay.
Shayxdin zuhdi riyoyi kasb oʻlur, yo rab, qani
Dayr pirikim, fano rasmini irshod aylagay.
Odam avlodida kamdur odamiliq shevasi,
Odam ermas, ulki mayli odamizod aylagay.
Ne balodurkim, falak har kimga cheksa tigʻi kin,
Yongilib avval mening jonimgʻa bedod aylagay.
Besha ichra devlar maqtuli oʻlsun, ey pariy,
Gar Navoiy yona azmi Astrobod aylagay.

622

Tigʻi hijroning kirib koʻnglumni gʻamnok ayladi,
Ichkaridin koʻkragimni sar-basar chok ayladi.
Ayladi men zori mahzunni balovu javrkash,
Ulki dildorimni mundoq mastu bebok ayladi.
Husn aro ulkim nasibing qilmadi juz poklik,
Xotirim lavhini gʻayring naqshidin pok ayladi.
Zor jismim lam’ai husnungdin oʻrtanmak ne tong,
Chunki ishq ul birni oʻt, bu birni xoshok ayladi.
Dam urub, gardimni yetkur koʻyiga, ey subhi vasl
Kim, tanimni hajr bepoyon tuni xok ayladi.
Ma’rifat naxlidin ul orif hamono topti bar
Kim, tafakkur birla fahmi moarafnok ayladi.
Nosiho, ul husndin qilmas Navoiy man’ini,
Har kishikim ishq atvorini idrok ayladi.

623

Chun ilik bermaski oʻpsam, ul sitamkor ilgini,
Bir kishi ilgin oʻpaykim, oʻpkay ul yor ilgini.
Chun ayogʻi tufrogʻin oʻpkuncha topmon e’tibor,
Soʻyasa ham nogah, oʻparga ne hadim bor ilgini.
Jon sotarmen xoki poyinggʻa, nedinkim, ahli bay’
Tuttururlar sotquchi birla xaridor ilgini.
Zulfidin, tong yoʻq, kalimullohdek etsa ajdaho
Kim, yadi bayzodin aylabtur namudor ilgini.
Soʻrgʻali kelsa Masihim boshima domankashon,
Ul etakdin kim olaolgʻay bu bemor ilgini?
Dogʻu qondin bordurur ulkim ochilmish lolazor,
Hajring ayyomida cheksang oshiqi zor ilgini.
Ey Navoiy, bilki, hijron dashtidin boʻlmas xalos,
Sayr aro matlub agar tutmas talabgor ilgini.

624

Biravki ishq bila qildi muttaham bizni,
Ne nav’ yoʻq deylikim, etti muhtaram bizni.
Gʻamingda bir-iki dam qoldi, jonni botroq ol,
Hayot vahmidin oʻlturma dam-badam bizni.
Koʻngul ne mujda berursenki, bazm aro tuno-kun
Hariflar aro yod etmish ul sanam bizni.
Demangki, tigʻ surub, boshimizni soldi quyi
Ki, qildi hajrda sharmanda ul karam bizni.
Firoq muhliku vasl ichra shodligʻ muhlik,
Firoqi oʻlturur ermish, visoli ham bizni.
Icharda durdi may aylab sinuq safolni jom,
Boʻlur bu joh ila davr ahli desa Jam bizni.
Navoiy ayladi hijronda nolayu faryod,
Xarob qildi ul ohangi zeru bam bizni.

625

Vahki, savdodur dimogʻimda, parishonligʻ dogʻi,
Telba koʻnglum ichra oʻz holimgʻa hayronligʻ dogʻi.
Gar meni olam eli bedodi buzdi, bok yoʻq,
Olamedur bu buzugʻ olamda vayronligʻ dogʻi.
Xonumonim gah balo togʻi, gahe gʻam dashtidur,
Buyla kim koʻrdi aloxonligʻ, alomonligʻ dogʻi.
Qatlim aylab qonimakim kirdilar koʻzu koʻngul,
Ikkisi dushmandururlar jonima, qonligʻ dogʻi.
Yor kelgumdur debon bordiyu kelmas, vah, yana
Bevafoligʻ zohir etti, ahdi yolgʻonligʻ dogʻi.
Hajrida oʻlturmadim oʻzni agar koʻrsam yuzin,
Infiolim dogʻi sud etmas, pushaymonligʻ dogʻi.
Furqati dashtida ham sargashta, ham ovoramen
Kim, quyunlugʻdur ishim, gʻuli biyobonligʻ dogʻi.
Dahr elining zulmi gar budurki yetti jonima,
Qilmayin anda vatan billahki, mehmonligʻ dogʻi.
Ey Navoiy, sen xud itting, kimsa sendek itmasun,
Shohidin hirmonligʻu mohidin armonligʻ dogʻi.

626

Komi la’lingning xayolidin koʻngul qozgʻonmadi,
Tushta su ichkan bila lab tashna hargiz qonmadi.
Oh sargardon koʻnguldinkim, ul oy koʻyi sari
Borgʻali bir ham bizing sari yana aylonmadi.
Koʻr, ne oʻt boʻlgʻaykn oʻrtandim, qayonkim solding oʻt,
Yolgʻiz ul oʻtdinki men kuydum, koʻngul oʻrtonmadi.
Hajr aro oʻlmakni xoʻy ettimki, chun toptim visol,
Oʻlmak etkach orzu ollinda jon emgonmadi.
Hajr oʻlturgon qiyomat dogʻi qoʻpmas, koʻrmadik
Uyqukim, gʻavgʻoye rustahez ila uygʻonmadi.
Oʻlmak osondur, koʻngul uzmak biravdin sa’b erur,
Ey xush ulkim, koʻngli bir badmehr ila oʻrgonmadi.
Gar Navoiy za’fi tebranguncha bor erdi, valek
Hajr oʻqi koʻksigakim tegdi, yana tebronmadi.

627

Ne chogʻligʻ toshkim Farhod ushotti,
Falak borin yigʻib boshimgʻa otti.
Mening afsonam erdi bul-ajabroq,
Necha Majnun soʻzin roviy uzotti.
Taharruk qilmadi hajr aqshomi charx,
Sirishkimdin magar bolchiqqa botti.
Oʻlum sardobasi erdiki, gardun
Manga orom uchun maskan yasotti.
Firoq ollinda erdi shahd yangligʻ,
Mazoqimkim oʻlum zahrini totti.
Koʻp erdi ishq bozorida savdo,
Meni gardun vale olamgʻa sotti.
Navoiy la’li serobing gʻamidin
Yurak qonini koʻz yoshigʻa qotti.

628

Barcha bazm ahligʻa lu’batboz ishining hayrati,
Kelturub hayrat manga har lahza ul Chin lu’bati.
Chun qarigʻon chogʻda men lu’batqa boʻldum shefta,
Vah, ne tong, atfol la’bining boshimgʻa mehnati.
Shayx pandidin ne osigʻkim qilur lu’batni man’,
Menki, jonimni olur bir shoʻx lu’bat hasrati.
Garchi lu’bat birla but bir-birdin ermaslar yiroq,
Vahki, lu’batlar aro ul but erur jon ofati.
Ham ani lu’bat deyin, ham but deyin, nevchunki bor
Zotida but husniyu husnida lu’bat ziynati.
Charx zolikim oʻzin lu’batdek oroyish berur,
Qochqil andinkim, emas lu’bat, erur haq la’nati.
To Navoiy boʻldi lu’bat sari vola, vahki, bor
Barcha lu’batbozlar hangomasigʻa ulfati.

629

Ey xush ulkim, bagʻrima bir lolaruxdin dogʻ edi
Kim, havosinda sabodek jilvagohim bogʻ edi.
Oʻtqa yogʻin gar berur taskin va lekin shavqida
Koʻz yoshimning yogʻini oʻtlugʻ koʻngulga yogʻ edi.
Maydek ikki la’lu ul mushaf kebi yuzdin koʻngul
Usruk erdi ikki soat, gar zamone sogʻ edi.
Toʻtiyolardin koʻzum aylab edi qat’i nazar,
Surmasi chun chobukum maydonidin tufrogʻ edi.
Rindlar, tavbam ne tongkim, umr oʻtub isyon bila,
Doʻsti oliy dargahigʻa azm aylar chogʻ edi.
Barqi rahmat choqilurda togʻ emas xoshokcha,
Tavba vaqti gʻam yoʻq, ar jurmum nechukkim togʻ edi.
Vaqt chun yetti, Navoiy haqqa qildi bozgasht,
Garchi zoli charx ishi yuz lobayu ming logʻ edi.

630

Dasht aro dermenki Majnunni oʻzumga uchratay,
Hush andin oʻrganib, devonaligʻni oʻrgatay.
Zuhdu taqvo ahli pandimgʻa agar jam oʻlsalar,
Gʻam emas, bir oh barqidin borisin butratay.
Bogʻ gulgashtida beinsofligʻdur, gar desam
Sarvni qaddinggʻa, gulni orazinggʻa oʻxshatay.
Ul gul uygʻonmas quyosh chiqquncha, har tun necha men
Nolai shabgir ila tong qushlarini uygʻotay.
Ul pariyvash tifl maxtabdin toriqmish, piri dayr
Qoʻyki, bir dam ani majnunlugʻlar aylab oʻynatay.
Boʻlsalar Farhodu Majnun bul-ajab holimni deb,
Goh ani kulduray, gohi bu birni yigʻlatay.
Deb emishsen bir xadang otqum Navoiy koʻngliga,
Toʻqta onchakim, qarori yoʻq koʻngulni toʻqtatay.

631

Oʻqungkim jismi uryonimgʻa yetti,
Tanimdin oʻtmayin jonimgʻa yetti.
Bulut gar zohir etti barq ila ra’d,
Qachon bu oʻtlugʻ afgʻonimgʻa yetti.
Chamanda jilva aylab naxl hosho
Kim, ul sarvi xiromonimgʻa yetti.
Qochib chiqsam, ne tong, gʻam togʻi uzra,
Balo sayli chu vayronimgʻa yetti.
Dedim, nevchun sabo keldi parishon?
Dedi, zulfi parishonimgʻa yetti.
Bir oʻqkim elga otti ul qoshi yo,
Yuz oʻq bu joni qurbonimgʻa yetti.
Navoiy, bagʻrimu koʻnglum oʻtidin
Tutashti, chunki bir yonimgʻa yetti.

632

Havo xushdurur, tut qadah, yor, axi,
Qadahni oʻzung burna sipqor, axi.
Chu sipqarding, ani yona qil toʻla,
Ulugʻroq topib jom zinhor, axi.
Oʻzung birla teng tutma sogʻar manga,
Sen ozodasen, men giriftor, axi.
Hiloliy qadah birla sen boda ich,
Manga jom tut charxikirdor, axi.
Gʻamimdin boʻlur charx javfi toʻla,
Muni ham qil andin namudor, axi.
Mayi sof ham tutmasang, yaxshidur,
Gʻamim daf’igʻa durdi xammor, axi.
Zamon javri birla zamon ahlidin
Zamone bu bedilni qutqar, axi.
Manga gar bu nav’ aylasang yorliq,
Sanga doim oʻlsun xudo yor, axi.
Navoiy jahondin kechib ista yor,
Sanga buyla gʻurbatda ne bor, axi.

633

Kelsa yoru boʻlmasa hamrah raqibi tiyra roy,
Qilmasa gard imtizoji obi hayvonimni loy.
Kelsa yoru hamrahi boʻlsa raqib, ozurdamen,
Kelmasa yoru raqibi kelsa sarvaqtimgʻa, voy.
Yor chun yolgʻuz qoshimgʻa kelmaki mumkin emas,
Choraye yoʻqtur, agar shabgun bulutdin chiqmas oy.
Gar ikovlon kelsalar ham bok emastur, negakim,
Bu bir etsa gʻamfizoliq, ul bir oʻlgʻay gʻamzudoy.
Dahr bogʻida tikandin ayru chun gul butmadi,
Gar tikan jonkohdur, ammo erur gul jonfizoy.
Vasl sofi gar yoʻq, ey soqiy, manga tut jur’aye,
To quyay bir dam baloyi hajring ustiga loy.
Ey Navoiy, yuziga yuz surtmak qilma havas,
Qoni’ oʻl, boʻlsang eshiki tufrogʻigʻa chehrasoy.

634

Soʻra kelmadi yor bemorini,
Bu ish qildi bemorroq yorini.
Koʻngulsizlik anduhidin, vah, ne gʻam,
Kishi koʻrsa yonida dildorini.
Aningkim qadin tubiy etti xudoy,
Bihisht etti gulzor ruxsorini.
Ne had koʻnglaking istamaklik, valek
Yaram tikkali bir aning torini.
Musavvirgʻa jonim fido aylasa,
Ezib la’l ul lab namudorini.
Yuzung davrida goʻyo naqqoshi sun’
Quyosh birla teng tutti pargorini.
Koʻngulni firoq uyla zor ettikim,
Magar vasl daf’ etkay ozorini.
Xumor oldi jon, ey koʻngul, ishq de,
Chu koʻrsang fano dayri xammorini.
Navoiygʻa javr etma, koʻr lutf ila
Tani zorini, joni afgorini.

635

Poklar koʻnglidur ul orazi mahvash sari,
Rostlar mayli ham ul qomati dilkash sari.
Koʻnglum ul yon chekadur, negaki Majnun koʻngli
Yo pariy sari chekar, yoʻqsa pariyvash sari.
Zulf ochib, bizni mushavvash qilib oʻtti, lekin
Iltifot etmadi bir dam bu mushavvash sari.
Xalq maydon aro har sari boqib, vahki koʻzum
Rokibi mahvash ila markabi abrash sari.
Oncha naqsh oʻynadi aflok mening birlankim,
Boqa olmon yana bu saqfi munaqqash sari.
Axtari nahsdurur muhtasib, ar boda toʻkar,
Zuzanb der, kishi solsa nazar ul fash sari.
Jonni bir dov ila gar xasta Navoiy oʻynar,
Ul muqammir sifat, albatta, erur gʻash sari.

636

Bizga yetmas erdi bir nomehribon dardu gʻami
Kim, fuzun ham boʻldi yori mehribonning motami
Ikki yor erdi manga — nomehribonu mehribon,
Mehribon bordi, qolib nomehribon dardu gʻami.
Bordi ulkim bor edi ham mahramu ham mehribon,
Jon berib boʻlmon bu bir nomehribonning mahrami.
Har jarohatkim urar nomehribonim bagʻrima,
Mehribonim bu jarohatlarning erdi marhami.
Vahki, ming zaxm ursa jongʻa emdi bu nomehribon,
Yoʻq ilojigʻa koʻngulning mehribonu hamdami.
Mugʻtanamdur, ul pariy bor ersa ham nomehribon,
Dahr aro chunkim topilmas mehribonvash odami.
Mehribonim chiqsa olamdnn, Navoiy, chora yoʻq,
Yordin ham hushturur nomehribonligʻ olami.

637

Yor borgʻan chogʻda bormish bedilin oʻlturgali
Keldiyu kelgan emish oʻlturganin kuydurgali.
Olloh-Olloh, ey hayotim, ul borishqa bu kelish
Kim, biri kuydurgali boʻlgʻay, biri oʻlturgali.
Xoh oʻltur, xoh kuydurkim sanga berdim rizo,
Rozi ermasmen vale, jono eshikdin surgali.
Itlarin aning ayab boshimni qilmon tu’ma ham,
Ishq yuz turluk baliyat boshima kelturgali.
Xoni vaslingdin ulusqa bahra yetkurgilki, men
Yaxshimen soyil kebi hasrat yebon telmurgali.
Dahr elidin ihtiroz et, ey koʻngulkim, men dogʻi
Muhtarizdurmen vafosizligʻlari bilgurgali.
Ey Navoiy, ishq bizni garchi rasvo ayladi,
Ul ne qilsa, pardai kitmongʻa ani churkali.

638

Ulus qoʻzgʻalur, goʻyo yorim yetishti,
Ulus ofati, gul uzorim yetishti.
Yana gard koʻzga erur toʻtiyo rang,
Hamonoki chobuksuvorim yetishti.
Tomar qatra-qatra koʻzum yoshi gul-gul,
Magar boisi xor-xorim yetishti.
Jahonga agar oʻzga zeb oʻlsa, tong yoʻq,
Jahon zebi birla nigorim yetishti.
Ne tong, nolada qolmasa ixtiyorim
Ki, zulm ichra beixtiyorim yetishti.
Ochilsa nishotim guli, yoʻq ajabkim,
Buzugʻ bogʻima navbahorim yetishti.
Xush ulkim, Navoiy yetishkach, dedi yor
Ki, ovorai beqarorim yetishti.

639

Ohki, ishq ayladi shaydo meni,
Soldi junun koʻyiga savdo meni.
Ishq ila savdo boʻlubon muttafiq,
Ayladilar dahrda rasvo meni.
Dasht aro Majnun demayinkim, vuhush,
Keldilar aylarga tamosho meni.
Kimniki ishq istadi qatl etkali,
Hajr ravon ayladi paydo meni.
Kimki meni oʻlturur, ul tirguzur,
Yoʻqsa qochar, koʻrsa Masiho meni.
Dayr emas erdi yerim, ozgʻurub,
Soldi buyon bir buti tarso meni.
Voyki, oʻlturgali qilmas pisand,
Ishq yana kimsani illo meni.
Soqiyi gulchehradin oshuftamen,
Demaki, mast ayladi sahbo meni.
Yor Navoiyni tilab, ey koʻngul,
Yo seni oʻlturgusidur, yo meni.

640

Gulshan ichra jilvai noz etsa jonon qomati,
Tufrogʻ oʻlgʻan soyadek sarvi xiromon qomati.
Nozanin qadding tiriklik gulshanining naxlidur,
Sarvu tubi sendek oʻlmoqning ne imkon qomati.
Sarvdek uksuni axzar birla Layli qaddidur,
Tokdek yuz xam bila Majnuni uryon qomati.
Garchi qomat cheksalar, elga boʻlur mayli namoz,
Vahki, din qasdi qilur ul nomusulmon qomati.
Vasl shomi ravshan oʻldi partavi ruxsoridin,
Yoʻq ajab, desam erur sham’i shabiston qomati.
Dahr elidek egridurlar shoʻxlar boshtin ayoq,
Tik nazarda tuz ekin ul ahdi yolgʻon qomati.
Ey Navoiy, xoʻblar qaddida yoʻqtur e’tidol,
Nega oʻxshar sarvdin undurrak inson qomati.

641

Vahki bir gʻoyib xayolidin parishonmen, base,
Hush mendin gʻoyib, oʻz holimgʻa hayronmen, base.
Ul quyosh bordi buzub koʻnglumni, sen ham, ey sipehr
Bir yoʻli buzma meni, nevchunki vayronmen, base.
Ollida jon bermadim vasli zamonin qizgʻonib,
Furqatida ul tiriklikdin pushaymonmen, base.
Lahza-lahza buki yigʻlarmen gʻamidin talx-talx,
Ayb emaskim, mubtaloi dardi hijronmen, base.
Togʻ ila vodiyda, ey Farhodu Majnun, siz toping
Ofiyatkim, men aloxonu alomonmen, base.
Vasli komin sabru somondin toparlar, vahki men
Hajr oshubi aro besabru somonmen, base.
Yordin qosid kelur derlar, firoqu vasldin
Ne xabar kelturmakin bilmay harosonmen, base.
Dinu donish ahligʻa ber tavba, ey nosihki, men
Mast tun-kun dayr aro beboku nodonmen, base.
Ey Navoiy, dashti vahshi ichra boʻlsam, shod boʻl
Kim, kirib hush ahligʻa bu vaqt insonmen, base.

642

Ne kun oʻlgʻayki, nigorim kelgay,
Bogʻi umrumda bahorim kelgay.
Umr bogʻida bahor uldurkim,
Sarv qad lola uzorim kelgay.
Oʻlmagaymen yoʻlida, gar boshima
Sekretib shahsuvorim kelgay.
Ul gado jonigʻa oʻt tushkaykim,
Olgʻali sham’i mazorim kelgay.
Koʻyida itti koʻngul, vah, qachon ul
Masti devona shiorim kelgay.
Qani maykim, chu ichib mast oʻlsam,
Koʻkka tuz boqqali orim kelgay.
Ey Navoiy, tilamon huru pariy,
Shoyad ul bazmda yorim kelgay.

643

Yuzi xurshididin koʻzlar qamoshti
Va lekin tobidin jonlar tutoshti.
Bu xurshid uzra maydin gullar oʻlgʻon,
Gul uzra qatralar yangligʻ yaroshti.
Sochi savdosida oshufta qissam
Tasalsul birla bir-birga uloshti.
Ajalni jon olurda yengdi hajring,
Nechakim ul muning birla oʻchoshti.
Qoʻlini toʻlgʻadi ishqing xiradning,
Agarchi ul munung birla taloshti.
Falaktin nolani, tong yoʻq, oshurmoq,
Falak zulmi chu bizga haddin oshti.
Shafaqdin koʻk yuzi gulgun emaskim,
Firoqingdin Navoiy qoni toshti.

644

Bogʻ aro goʻyo sabo solmish edi jonon isi
Kim, yetishkach gul isi, men toptim andin jon isi.
La’li koʻnglum qatlini qilmoqqa boʻldi nuktasanj,
Ey koʻngul, dam asrakim, keldi bu soʻzdin qon isi.
Yuzu xattining nasimidin chu toptim toza jon,
Vah, ne jonimgʻa kerak emdi gulu rayhon isi.
Bordi ul yon zor koʻnglum, bermagay tashvish anga,
Zaxmi islangan koʻngulning yetsa nogohon isi.
Ogʻziyu dur tishlaridin ruhuma aytur xabar,
Kelsa nogah jola toʻlgʻan gʻunchai xandon isi.
Gʻuncha atrin xushlamasmen menki, koʻnglum bogʻida
Dark etarga oʻrganibmen zangligʻ paykon isi.
Xoli savdosin dema koʻnglung nega fosh ayladi
Kim, yoshurgʻon birla boʻlmas mushkning pinhon isi.
Muhtasib gar ahli fahm oʻlsa, yiqilgʻay mast oʻlub,
Koʻp ushatqondaki aylar bodaning tugʻyon isi.
Guldin ul gulrux isin topqach Navoiy ochti koʻz,
Uylakim, Ya’qub koʻnglakdin maxi Kan’on isi.

645

Boshni gar yerga qoʻya olmon, boqib mohim sari,
Boshima tufrogʻ sovurmoqqa boray shohim sari.
Tun aro anjum tutunda uchqun anglar, solsa koʻz
Kimsa, koʻnglum oʻtidin boʻlsa ayon, ohim sari.
Men koʻnguldin rashk elturmen, koʻngul mendin hasad,
Istasa koʻnglumki, qilsam azm dilxohim sari.
Ul quyosh sari borurda soya hamrohimdurur,
Rashkdin boqmon keyin bir qatla hamrohim sari.
Jon labing shavqidin ogah boʻlgʻali aylar Masih,
Jon berur chogʻda tavajjuh joni ogohim sari.
Ey koʻngul, ul husn ganjidin gadoligʻdur ishim,
Garchi yoʻq parvoyi aning shayalilohim sari.
Husni bogʻidur nazargohim, Navoiy, zinhor
Solmagʻil gohi nazar bogʻi nazargohim sari.

646

Bu sababdin yorumish goʻyo Xuroson kishvari
Kim, chiqibdur boxtardin oftobi xovari.
Boxtargʻa tegru xovardin yoritmoq juz quyosh,
Ravshan ermas barcha gar xud boʻlsa mohu Mushtariy.
Qaysi mohu Mushtariy ulkim quyosh bir lam’adur,
Nuridin, vah, buyla kim koʻrmish saodat axtari.
Ul ne yuzdurkim, yozarda vasfini yuz ming quyosh
Safha gar yetkursa yuz yilda tuganmas daftari.
Husnini aning quyosh tashbihi qilmoq uyladur
Kim, degaylar xoʻbliqda devga oʻxshar pariy.
Boʻlsa husni yuz quyoshcha, ishqim oʻtidin erur,
Bir sharar yuz ming tamugʻning shu’la birla axgari.
Ey Navoiy, sen kebi oshiq magar loyiq ekin,
Har kishikim, dilbaringdek boʻlsa aning dilbari.

647

Istamon koʻnglumni aylarda xayol ul mohni
Kim, taxayyul birla sayr aylar, netar hamrohni.
Koʻnglum istarni tilarmen boring, ey oyu quyosh,
Sizni koʻngli istamas, ulkim tilar dilxohni.
Oʻqi zaxmin tan aro ul yuz xayoli yorutur,
Uylakim, Yusuf jamoli ravshan etkay chohni.
Jonu aqlu hushtin kechkil deding, qildim qabul,
Tark eta olmon, netay nazzorai gah-gohni.
Gʻarqa boʻldi notavon jismim sirishkim bahrida,
Garchi su necha terang boʻlsa, choʻmurmas kohni.
Oshiq ersang koʻrmagil, ey shah, gadolarni haqir
Kim, baloligʻ ishq farq etmas gadoyu shohni.
Ey Navoiy, yor eshigi poklarga qibladur,
Qilmagʻil koʻz qonidin ogʻishta ul dargohni.

648

Za’fliqdur, dedilar, ul buti mah siymoni,
Jon fidoyu tan anga sadqa, koʻngul qurboni.
Ulki jonimdurur, ul boʻlsa bu yangligʻ ranjur,
Qayda boʻlgʻay meni bedilgʻa hayot imkoni.
Koʻr nedek hullai gulrang uza yotmish bemor,
Yo erur davrida qatl aylagan elning qoni.
Doʻstlar, ollida otimni tuta olmasangiz,
Naqdi jonimni boshigʻa evurung pinhoni.
Bargi gul uzra degay shahd yopushmish koʻrgan,
Buki tutmishdur uchuq ul labi shakkarxoni.
Sadaqa, chunki balolarni rad aylar, yo rab,
Jon anga sadqa qilay manga bagʻishla oni.
Ey Navoiy, yana dam urmakim, ul oy der emish
Kim, kecha uyquga qoʻymas meni it afgʻoni.

649

Ne diloromeki, soʻrgʻay dardi holimdin gahe,
Ne dil afgoreki, qaygʻurgʻay malolimdin gahe.
Sarsari ohimgʻa oʻt tushsin, xusho, mushkin nasim
Kim, berur erdi xabar navras niholimdin gahe.
Ey Xoʻtan jayranlari, netkay bu majnun koʻngluma
Nafxaye yetkursangiz mushkin gʻazolimdin gahe.
Tiyra nahsiyat durur kulbamda, ani, ey sipehr,
Ravshan etkil axtari farxunda folimdin gahe.
Turfa koʻrgilkim, labi zikrin toparmen jon aro,
Aylasam gʻoyib maozalloh xayolimdin gahe.
Telba koʻnglum itti, lekin ul pariyga yod ber,
Ey sabo, devonai bee’tidolimdin gahe.
Fikr etarmen vaslini gohi, vale kirganda hush,
Asru koʻp sharmandamen fikri maholimdin gahe.
Ul quyoshtin mehru, mendin tiyralik, vah, istaram
Yer yorilsa, yerga kirsam imfiolimdin gahe.
Ey Navoiy, zulmi koʻp ersa, pushaymonmen yana,
Oʻzni ozod istasam ul shoʻxi zolimdin gahe.

650

Yoyib orazda mushkin xollarni sunbulung domi,
Koʻngulning qushlari ul domu su donaning romi.
Chamanda sarvu gul boʻlgʻay, ne sarvu qaysi gul vah-vah,
Qachon boʻlgʻay chamanning sen kebi sarvi gulandomi.
Ne yangligʻ subhi vaslidin tutay ummidi ravshanligʻ,
Sahardin chun erur novmid hajrimning qora shomi.
Dema parvona, de Jibril, agar bir gʻam tuni nogah
Kishiga bersa bir sham’i shabiston vasli paygʻomi.
Koʻngul za’fi kam oʻlmas furqatingda, vah, oʻngalgʻaymu
Marizekim, qilur har dam baliyat zahri oshomi.
Ayogʻimgʻa tikan sinjobu xoro xulla, tong ermas
Bu damkim bogʻlamishmen Ka’bai koʻyining ehromi.
Bu yoʻlda garmroʻlarning tong ermas gar choqin yangligʻ,
Jahonpaymoligʻ etsa, yorutub olamni har gomi.
Fano dayri dogʻi zunnor ila buttin uyatligʻdur,
Riyoyi shayxning afsurda dini botil islomi.
Navoiy fardu behush oʻlgʻanin demang qachondindur,
Hamondinkim, ani mast etti vahdat jomidin Jomiy.

Mustazod

Ne voʻsmavu ne kesmadur ul zulfi sumansoy,
ne gʻamzai jodu,
Mashshota sanga zoli falakdur magar, ey oy,
xurshid anga koʻzgu.
Qosh yosi bila kirpik oʻqin har sari otsang,
imkoni xato yoʻq,
Har kimsaki, boʻlgʻay anga bu nav’ oʻqu yoy,
tuz boʻlgʻusi qobu.
Masjid yoʻlin asrab necha din ahli yoʻluqsa,
rahzanliq etarsen,
Tengri yoʻlini asramoq, ey kofiri xudroy
bu nav’ boʻlurmu?
Gar istamadi subhi ummidimni yoshurgʻay
mehnat qora shomi,
Har yon sochilib, bas, ne uchun boʻldi sumansoy
ul turrai hindu.
Hijron tunining tiyraligʻin kavkabi ashkin
daf’ aylasa, tong yoʻq,
Anjum sipahi koʻprak erur anjumanoroy,
tun boʻlsa qorongʻu.
Gʻam dashtini qat’ aylabon ul koʻygʻa yetmon,
koʻrmon ani tush ham.
Kim boʻlsa haram shavqi bila bodiyapaymoy,
koʻzdin oʻchar uyqu.
Ul shoʻx Navoiyni, dedikim, qilayin qatl
bir koʻz uchi birla,
Ey voyki, bir ham anga koʻz solmadi, ey voy,
qatl ushbudur, ushbu.

Muxammaslar

1

Sharbati yuhyil izom erni mayi nobindadur,
Surai «vashshams» tafsiri yuzi bobindadur,
Sharhi mozogʻulbasar nargislari xobindadur,
Laylatul me’rojning sharhi sochi tobindadur,
Qoba qavsayn ittihodi qoshi mehrobindadur.
Ul qadi toʻbidin ortuq yuzi rizvondin jamil,
Kim berur jon la’li har kim boʻlsa koʻzidin qatil,
La’li rashkidin figʻon aylab, qilib ashkin sabil,
Koʻp yugurdi ravzada aynan tusammo salsabil,
Topmadi ul choshnikim, shakkari nobindadur.
Jon berur erdi Xizr suyi xaloyiqqa sarih,
Iso oʻluk tirguzur erdi deb alfozi fasih,
La’lidin tokim-takallum qildi ul shoʻxi malih,
Xizrning ayni yoshunmish koʻkdin inmas ham Masih,
Netsun ul, mu’jiz bu dam yoquti serobindadur.
Xattidin boʻldi xijil sunbul bila mushki tator,
Qomatigʻa sarv ila shamshoddin yuz qatla or,
Farrux ermas orazi navroʻzidek iydu bahor,
Zulfigʻa qadru barot oʻxshar vale yuz farqi bor,
Soʻz aning yonindagʻi xurshidu mahtobindadur.
Har gado egnida boʻlsa eski toʻn yo choki jayb,
Bilmay asli niyatin qilmoq gʻalatdur shakku rayb,
Ey Navoiy, chun sanga ma’lum emastur sirri gʻayb,
Lutfini mayxonada oshufta koʻrsang, qilma ayb
Kim, bu majnun ixtiyori zulfi qullobindadur.

2

Necha, ey oy, mendin ayru aylagay davron seni,
Boʻlmagʻay yillarda koʻrmak bir nafas imkon seni,
Jon tilar, koʻnglum uyinda aylagay mehmon seni,
Kel-kel, ey oromi jonimkim, tilaydur jon seni,
Chehra ochkim, koʻrmak istar diydai giryon seni.
Borgʻali ul shoʻxkim jonim surogʻin olmadi,
Jism ani istab ne sahrokim qadamni solmadi,
Yoʻqturur bir damki, bu vodiyda bagʻrim tolmadi,
Ey gʻazoli mushkboʻ, kelkim, quyundek qolmadi
Vodiye axtarmagʻan, istab bu sargardon seni.
Furqatingdin, ey pariy, koʻnglum xayoli za’fdin
Forigʻ ermastur zamone qilu qoli za’fdin,
Demakim, nevchun koʻrunmaysen maloli za’fdin,
Sen pariy pinhon uchun men ham kamoli za’fdin,
Gʻoyib oʻldum el koʻzidin koʻrgali pinhon seni.
Chiqti ul oy huonigʻa ziynat berib, zevar taqib
Qatl etarga jonni zor aylab, koʻngulga oʻt yoqib.
Ani koʻrgach, koʻzni daryo qildi qon yoshim oqib
Qon aro gar gʻarqasen, ey koʻz, ne tongkim, bir boqib,
Zor koʻnglumni chu qon etting, tutubtur qon seni.
Qani ulkim, sogʻari vaslingni bersang ilgima,
Hazl etib gohi gulu gah nuql tersang ilgima,
Noumid ermon, nechakim kirmas ersang ilgima,
Garchi mumkin yoʻq, vale bir qatla kirsang ilgima,
Borsa bosh, eldin chiqarmoq oʻzga ne imkon seni.
Garchi dey olmonki netkil, netmagil, ey mugʻbacha,
Hajr ila jonimgʻa har dam yetmagil, ey mugʻbacha,
Rahm etib har dam qoshimdin ketmagil, ey mugʻbacha,
Koʻz yuzungdin olmasam, ayb etmagil, ey mugʻbacha,
Aylay olmon diydadin gʻoyib meni hayron seni.
Gar meni majnuni shaydo poʻya qilsam bahru bar,
Yoʻqsa shahru koʻy aro har yon yugursam bexabar,
Demagilkim, har eshikka nevchun aylabsen guzar,
Ey pariy, gar telbarab boʻlmish Navoiy darbadar,
Budurur maqsud angakim, istagay har yon seni.

Musaddaslar

1

Jonim oʻrtarga ul oʻtluq chehra gulzori Halil,
Ani ravshan aylagan koʻkurd oʻti yonida nil,
Yo rab, ul husnu jamol avjida yuz ming oyu yil
Ne jamolinggʻa zavol oʻlsun, ne husningga badil
Ey jamoling loyazolu bebadal husnung jamil,
Oy yuzungdur ahsani taqvim uchun ravshan dalil.
Turfadurkim, yuz uza ikki labing goʻyo boʻlur,
Bir quyosh ikki Masihogʻa qachon ma’vo boʻlur,
Koʻnglum ichra qoshlaringdin hayratim paydo boʻlur.
Kim, qachon bu nav’ bir qurbonda ikki yo boʻlur,
Zulfungiz hayronimenkim, yilda bir yaldo boʻlur,
Oyda kim koʻrdi iki yaldo tuni mundoq tavil?
Ul ogʻiz paydo emastur nuktaye aytilmayin,
Bil dogʻi zohir emas borikbinliq qilmayin.
Ul ayon ermas adam sari nazar ochilmayin,
Bu yaqin boʻlmas, vujud asbobidin ayrilmayin,
Ogʻzingu belingning asrorin kamohi bilmayin,
Mushkofu xurdabinlar ichra tushti qolu qil.
Koʻzlaring bodomi hajridin boʻlub jismim saqim,
Chiqti jonim, ey qora koʻz, baski hajring berdi bim,
Bu vasiyyat qilmishamkim, mushfiqu yoru nadim
Na’shima ul koʻy tufrogʻini qilgʻaylar harim,
Chun qora bodom tobut uzra rasmidur qadim,
Koʻz janozam sari solkim, sensizin boʻldum qatil.
Borakalloh, ey sabo, ahlan va sahlan marhabo
Kim, xabar koʻp berding ul gulchehradin qilmay ibo,
Vasligʻa chun yettimu ochti jamol ul dilrabo,
Uzlukum bordi fano yeliga andoqkim habo,
Ishq mahv etti meni, sen chiq arodin, ey sabo,
Lima Ollohning maqomida ne hojat Jabrail.
Nechakim sursun Masih anfosi jonparvar kalom,
Yoki jannat vasfida Idris qilsun ehtimom,
Charx bogʻi birla jannat gulshanin qilman maqom
Kim, manga holo banaqd, ey zodi sarvi xushxirom,
Sunbulungdur uqtai ra’su yuzung mohi tamom,
Orazing firdavsu, qad toʻbiyu la’ling salsabil.
Ul pariyning chun erur qon toʻkkali mohir koʻzi,
Ul sababdin har nafas yuz qatl etar zohir koʻzi,
Ey Navoiy, sehr birla chun boʻlur nozir koʻzi,
Har nazarda oʻlturur men xastani sohir koʻzi,
Jon berur Lutfiyu qilmas bir nazar kofir koʻzi,
Tole’imgʻa, ohkim, usruk ekach boʻldi baxil.

2

Ishq zor etti xaloyiq ibtilosidin meni,
Har zamon bir ta’nagir muhlik adosidin meni,
Hajr xud kuydurdi dardi bedavosidin meni,
Ham oʻlum qilgʻay xalos aning jafosidin meni,
Ey ajal, ozod qil hijron balosidin meni,
Bir yoʻli qutqar ulusning mojarosidin meni.
Ishq bogʻi holatin soʻr oshiqi ogohdin
Kim, qazosinda tafovut yoʻq gadogʻa shohdin,
Ham suyi paykon yuraklar ichra qozgʻon chohdin,
Ham havosi oʻtluq ohi nolai jonkohdin,
Za’fim oshti hajr bogʻida sirishku ohdin,
Qutqar, ey vasl, ul chaman obu havosidin meni.
Necha hijron oʻtigʻa onsiz meni kuydurgasen,
Jonima har lahza furqat shu’lasin yetkurgasen,
Notavon koʻnglumga har dam yuz balo kelturgasen,
Zor jismimni ajal vodiysi sari surgasen,
Ey ajal, qoʻrqutma oʻlturgum debon, oʻlturgasen,
Gar tirik topsang firoqining jafosidin meni.
Kofiri ishq oʻlmisham, ishqinggʻa imonim fido,
Boʻlsa yuz imon sanga, ey nomusulmonim, fido,
Ishq aro rashk ayladi bu jismi vayronim fido,
Hajr xud qildi nekim bedodu pinhonim fido,
Ishqu rashku hajri muhlik, vah, anga jonim fido
Kim, chiqargʻay bu balolarning arosidin meni.
Muddaiy kim har zamon aylar jafo bunyodu zulm,
Sabru hushumni berur andoq jafo barbodu zulm,
Jon bila koʻnglumni aylar ul jafo noshodu zulm,
Garchi tab’igʻa aning boʻlmish jafo mu’todu zulm,
Har necha oʻtkarsa haddin muddai bedodu zulm,
Oʻtkara olmas visoling muddaosidin meni.
Dardi hijron qasdi jonim ayladi bil, soqiyo,
Hajrdin jonimgʻadur har lahza yuz yil, soqiyo,
Uyla dard ichra erur xud sabr mushkil, soqiyo,
Ushbu dardimgʻa davo jome karam qil, soqiyo,
Derki, sabr etkil hakimi aql, qilgʻil, soqiyo,
Bir qadah birla xalos aning davosidin meni.
Chun Navoiy jonini may orzusi kuydurur,
Yoʻq gadoliqqa ajab mayxonalarda gar yurur,
Jur’ai dayr ahli berguncha zamone telmurur,
Shoh agar mundoq gadoni saltanatqa yetkurur,
Ey Husayniy, saltanatdin oncha faxrim yoʻqturur
Kim, degaylar koʻyining xayli gadosidin meni.

Tarji’band

I

Ey kirpiki neshu koʻzi xunxor,
Jonimni necha qilursen afgor.
La’ling gʻamidin koʻngulda erdi,
Har qonki sirishkim etti izhor.
Hayhotki, hajring ilgidindur
Jonimda alam, tanimda ozor.
Yuzungni koʻrub meni ramida,
Ishq oʻtigʻa boʻlgali giriftor.
Sen erding majlisim harifi
Kim, yedi hasad sipehri gʻaddor.
Yuz hasrat ila meni ayirdi
Vaslingdin, ayo, xujasta diydor.
Emdiki firoq aro tushubmen,
Topquncha yana harif, yo yor.
Yodingni qilay harifi majlis,
Fikringni etay koʻngulga munis.

II

Jonimgʻa qilur esang jafoni,
Gah-goh aroda koʻr xudoni.
Darding bila uyla shodmenkim,
Oʻlsam dogʻi istamon davoni.
Sendin der edimki chora boʻlgʻay,
Hajr etsa hazin bu mubtaloni.
Har lutfki, men tutar edim koʻz,
Yuz voyki, senda koʻrmon oni.
Vasling bila dedim aylayin shod,
Bu shiftai joni benavoni.
Qasdimgʻa vale chekibdurur xalq
Yuz xanjaru novaki jafoni.
Men dogʻi qachon zarurat oʻlsa,
Bir goʻshada oʻlturub nihoni,
Yodingni qilay harifi majlis,
Fikringni etay koʻngulga munis.

III

Gah-goh itim deb aylagil yod
Devona qulungni, ey pariyzod.
Bir lahzada buzdi sayli ashkim
Har tarhki sabr qildi bunyod.
Har ruq’aki yozdi sabr ila hush,
Sovugʻ nafasimdin boʻldi barbod.
Koʻp istama koʻnglum iztirobin,
Qush talpinurin nechukki sayyod.
Sen garchi gʻamimdin etmading fikr
Yo telbaligimni qilmading yod.
Sultonsenu yoʻqturur sanga hukm,
Lekin meni dardmandi noshod.
Bu gʻussagʻa topmasam chu tadbir,
Har lahza chekib figʻonu faryod.
Yodingni qilay harifi majlis,
Fikringni etay koʻngulga munis.

IV

Bilmonki, yuzung pariydek, ey jon,
Nevchun yana koʻzdin oʻldi pinhon.
To boʻldi yuzung nihon koʻzumdin,
Ashk oʻrnigʻa tinmayin oqar qon.
Lutfung bila bir kun etmading yod,
To tushti manga baloi hijron.
Vah, qani burungʻi mehru payvand,
Goʻyo unutuldi ahdu paymon.
Baxtim kebi dushman oʻldung oxir,
Bu dardgʻa yuz nafiru afgʻon.
Sendin manga chun gʻaraz sen-oʻq sen,
Bas boʻldi firoqu vasl yakson.
Tahqiq chu angladimki, emdi
Vaslinggʻa yetarga yoʻqtur imkon.
Yodingni qilay harifi majlis,
Fikringni etay koʻngulga munis.

V

Jismingki emas hayotdin kam,
Ne jismiki, ruh erur mujassam.
Bir-bir sogʻinib labing hadisin,
Qon yigʻlar iki koʻzum damo-dam.
Gʻamgin tilasang meni qutilmay,
Gʻamdin tilasam oʻzumni xurram.
To boʻldi bu zori xasta mahrum
Vaslingdinu gʻamgʻa boʻldi mahram.
Chekti koʻngul andoq oʻtlugʻ ohe
Kim, kuydi sharori birla olam.
Bu nav’ sharoraligʻ oʻtumning
Taskini uchun meni hazin ham.
Ranjingni tilay tanimgʻa rohat,
Nishingni deyin yaramgʻa marham.
Yodingni qilay harifi majlis,
Fikringni etay koʻngulga munis.

Vi

Ul durji aqiqu la’li serob,
Juz’imdin oqizdilar duri nob.
To jomi muhabbatingni tortib
Koʻnglumga yetishti ishqdin tob.
Ham doʻstlar oʻldi manga dushman,
Ham tarki muhabbat etti ahbob.
Sendin ajab erdi bori, ey doʻst,
Dushmanlar uchun tuzatmak asbob.
Mahrum qulungni mahram etsa
Vasling haramigʻa hayi vahhob,
Koʻyungni qilay oʻzumga qibla,
Qoshingni etay koʻzumga mehrob.
Yoxud yetibon xumori hijron,
Vasling mayi boʻldi ersa noyob,
Yodingni qilay harifi majlis,
Fikringni etay koʻngulga munis.

Vii

Ey kishvari husn uzra hokim,
Xoʻblar bori hazratingda xodim.
Buzdung bu koʻngulni lojaram mulk —
Vayron boʻlur, oʻlsa shoh zolim.
Hijron meni chunki oʻlturur zor,
Sen ham madad etmaging ne lozim.
Har nechaki beinoyat oʻlub,
Qilding meni begunoh mujrim.
Ummid budurki, yona tengri
Qilsa meni maqdaminggʻa azim.
Iqbol kebi turub qoshingda,
Boʻlsam yana xidmatinggʻa jozim.
Vaslingda gʻazal tafakkur aylab,
Unutgʻamen ushbu baytnikim.
Yodingni qilay harifi majlis,
Fikringni etay koʻngulga munis.

Qasida

Chun nihon qildi turunji mehr raxshon tal’atin,
Oshkor etti falak bir tavqi gʻabgʻab hay’atin.
Bas xayoli ravshani erdi vale andoq daqiq
Kim, nazargoh anglar erdi gah yoʻq aning diqqatin.
Uyla zohir boʻldikim, qilgʻay ani koʻrgan kishi
Dilbarim qoshigʻayu mening qadimgʻa nisbatin.
Yo xurusi charx qildi oshkoro shahparin,
Yoki Bahrom ayladi zohir qilichi hiddatin.
Yo tushub qoldi alam ustidagi raxshanda na’l,
Chun nigunsor ayladi xurshidi raxshon ra’iyatin.
Yo Utorud kilkida zarhal tugandi, koʻkta chun
Yozdi ayni iydning avvalgʻi juzviy suvratin.
Yo falak qaddin xam aylab, kelturub bir halqa yoy,
Ixtiyor aylaydurur Doroyi a’zam xidmatin.
Bu ajoyibdinki yetti rahbaning avvalgʻisi,
Zohir etti, soldi tugʻyongʻa koʻngulning hayratin.
Moyil oʻldi koʻk tamoshosigʻa hissi bosira,
Topti chun har lahza bir a’juba paykar ru’yatin.
Bor edi ikkinchi maskanning muqime nodire,
Koʻp bilik ahli durust etkan anga oʻz hirfatin.
Su kebi har zarf aro tutqan ham aning rangini,
Oʻz dimogʻigʻa solib gʻarro qasida fikratin.
Aylamakka tahniyat arzini bayram jashnida,
Shah vujudi chun musharraf qilsa taxti shavkatin.
Jilvagar uchinchi gulshan ichra ra’no shohide,
Butratib boʻlmoqqa aql oshufta zulfi nakhatin.
Soz etib changu tuzub ul unga ruhafzo surud
Kim, malak koʻngliga solib aysh ila may ragʻbatin,
Cholibon naqshu amal bogʻlab Navoiy she’rigʻa,
Iyd jashni xush tutargʻa shoh bazmi ishratin.
Yoʻq edi toʻrtunchi manzilning shabistonida sham’,
Borib erdi yoruturgʻa shah harimi xilvatin.
Ne uchunkim roʻza yubsidin dimogʻ aylarga ratb
Aylabon mayli sabuhiy, tuzsa bazmi himmatin.
Har taraf sham’i muanbar dudi nogah qilmagʻay
Tiyra ham nozuk dimogʻin, ham eramvash suhbatin.
Hukmron beshinchi toram avjida bir qahramon,
Tigʻi qahridin tomib qon, sursa kinu vahshatin.
Xud ila javshan kiyibu bogʻlabon tigʻu kamar,
Rustam oyin soz etib parxosh hayjo olatin.
Kim, sahargah chun qaboq maydonigʻa otlansa shoh,
Ollida qilgʻay yasovulluqqa zohir jur’atin.
Oʻlturub oltinchi manzar uzra bir farxunda zot
Kim, vujudi aylabon zohir maloyik ismatin.
Ruh anglab jabhasidin nuri taqvo lam’asin,
Aql topib zotidin ilmu saodat savlatin.
Aylabon inshoki minbar uzra tangla xutbada,
Zohir etkay shoh otidin soʻng duoyu midhatin.
Mustiqan yettinchi dayr ichra muammar hinduye,
Rangu sayri koʻrguzub ushshoq shomi furqatin.
Sabrdek kohil xiromu hajr yangligʻ tiyraroʻy,
Kimsa bilmay junbushu oromi tuli muddatin.
Shohdin bayram sharaf topqonni anglab, gum qilib
Obi hayvondek adam sari nuhusat zulmatin.
Sekkizinchi sohat uzra yuz tuman siymin badan
Zohir aylab sabza uzra jola yoqqon hay’atin.
Yoʻqki gardun, lojuvardi atlasin yopib qazo,
Gavharu dur birla soz aylab sarosar ziynatin.
Yopqali shahning falakvash taxtigʻa bayram kuni
Chun yopar jinsi bashar xayligʻa xoni ra’fatin.
Toʻqquzunchi borgah andoqki lu’bat chodari,
Oʻynatib charxi muloib anda yuz ming lu’batin.
Kim chu shah bayram nashoti qilgʻali tuzganda jashn,
Har oʻyunchi zohir etkan chogʻda la’bu san’atin.
Shohning in’omu ehsonidin oʻlgʻay bahravar,
Koʻrguzub oʻz fannida ul ham kamoli diqqatin.
Bu taajjubluq safardin chun taaqqul qildi ud,
Sayr aro qilgʻan kebi zohir Utorud raj’atin.
Chun Utorud charxigʻa yettim, tabiat qildi mayl,
Koʻrgali nazminki zohir qildi tab’i javdatin.
Ul xud etkan ermish ushbu she’rima fikri javob,
Matla’i bu erdi, koʻrdum chunki nazmi riqqatin:
«Ey, sening qoshing qilib zohir yangi oy xijlatin,
V-ey, yuzung sharmanda aylab iydi akbar tal’atin»
Chun bu matla’ni eshittim, rashk tugʻyon ayladi,
Fosh qilmoq istadim ollida tab’im quvvatin.
Shoh madhida bu matla’ni raqam qildim ravon
Kim, quloq tutti Utorud zohir aylab hayratin.
«K-ey qoshingning rashki aylab xam yangi oy qomatin,
Iydi ruxsoring qilib nobud bayram ziynatin».
Chun Utorudni xijil qildim nishotu zavq ila,
Uyga kirdim, koʻrdim anda sarxush ul jon ofatin.
Kelgan ermish mahvashim bayram hilolin koʻrgach-oʻq,
Zoyil aylarga koʻnguldin savmu taqvo mehnatin.
Ham hayoda koʻrguzub aqli mujarrad paykarin,
Ham safoda anglatib ruhi mujassam suvratin.
Lafzi zohir aylabon har lahza ruhulloh damin,
Nutqi aylab har dam ifsho ruhi qudsi holatin.
Ham uzori sindurub xurshidi raxshon ravnaqin
Ham dudogʻi past etib la’li Badaxshon qiymatin.
Chun meni koʻrdiki, kirdim muztarib, qildi savol:
Kim ne hol oʻlmish sanga, sharh et aning kayfiyatin?
Yuz tafoxur birla arz ettim Utorud holini
Kim, bu matla’ birla sindurdum shukuhu shavkatin.
Aningu oʻz matla’imni chun oʻqudum ollida,
Tab’idin aylab tama’ koʻnglumda tahsin gʻoyatin.
Kuldiyu ollinda bor erdi qalam birla davot,
Yozdi bu matla’ni bir soatqa bermay muhlatin:
«K-ey, yuzung zohir qilib bayram sabohi safvatin,
Anda qoshing aylabon paydo yangi oy hay’atin».
Men boʻlub beholu masru’ uylakim koʻrgay hilol,
Obi hayvondek koʻrub jonbaxsh lafzi liynatin.
Hayratimdin shoh bazmigʻa oʻzumni yetkurub,
Sharh etib bu soʻzni hayratqa solurgʻa hazratin.
Ham Utorud, ham oʻzum, ham ul parivash nazmini
Bir-bir aylab sharhu aytib har birining riqqatin.
Aylabon da’voki, mumkin yoʻq yana matla’ demak,
Shah kulub, zohir qilib bu fangʻa tab’i ulfatin.
Filbadiha deb bu matla’ni oʻqub yuz ofarin,
Xusravu Salmonu Jomiy ruhi anglab nadratin.
«K-ey, hiloling mayli aylab toq koʻnglum toqatin,
Jon berib, yod aylagach iydi visoling jannatin».
Shoh chun qildi bu matla’ni ado, mulku malak
Chekti un, deb ofarin birla duoyi davlatin.
Qaysi shoh ulkim, azaldin haqqa ul ermish murod,
Xalq qilmoqqa salotin gavharining xilqatin.
Shoh Abulgʻoziy saodat axtari Sulton Husayn
Kim, quyoshni zarra der koʻrgan sipehri hashmatin,
Shohlar shohi demay, ul shohlarning shohikim,
Har biri yuz shohlar shohicha tutqay muknatin.
Shohligʻda gʻoyati darveshligʻdin koʻrmayin,
Boʻryoyi faqrcha zarkash sariri rif’atin.
Shohlar darveshiyu darveshlar shohiki, haq
Shoh qildi suvratin, darvesh qildi siyratin.
Ey janobing past etib garduni volo poyasin,
V-ey, zamiring sindurub firdavsi a’lo nuzhatin.
Tigʻinga qozib qazo «inno fatahno» surasin,
Tugʻunga yozib qadar «nasrun minalloh» oyati.
Jannati lutfung nasimi essa, ruhullah dami
Nisbatida koʻrguzub doʻzax duxoni xirqatin.
Doʻzaxi qahringdin ayrilsa havogʻa bir sharar,
Aylab anfosi Masiho barqi ofat xislatin.
Zoting ichrakim erur har yaxshiligʻning jomi’e
Hayi qodir zohir aylab oʻz kamoli qudratin.
Roying ichrakim kelibdur har yorugʻlugʻ manba’i,
Fardi vohid bohir aylab oʻz jamoli rahmatin.
Chun saxovat ilgi ochsang, dahr chekmas zarraye
Zarfishonligʻda quyosh sarpanjasining minnatin.
Chun ziyofat xoni yoysang, janbida topmas sipehr,
Jashni lu’bat Hotamu Barmak bisoti ne’matin.
Tab’ing ollinda sahob andoq hayodin terlabon
Kim, hamul sudin yub oʻzdin durfishonligʻ tuhmatin.
Hilming ollinda jibol andoq oʻzin topib xafif
Kim, tahattukda begonmay barqi Xotif sur’atin.
Ish kunikim koʻk temur birla takovar gardidin
Yer falak rangin tutub, kiygay falak yer kisvatin.
Yer bila koʻkni sovurmogʻ birla ofat sarsari,
Zohir etkay olam ahligʻa qiyomat shiddatin.
Charxi zolim kiynavarlar tigʻin aylab vosita,
Qatli om oyinida tutqay gʻanimat fursatin.
Tigʻlar poʻlodidin pargolalarni tosi charx
Jam’ qilgʻay, muzdek ezmakka ajalning sharbatin.
Har qizil volo yalov boʻlgʻay sarigʻ, baskim qilich
Boshqa kelgan chogʻda, zoyil qilgʻay aning humratin.
Shaxs jismi loyi nafy oʻlgʻay baqosi shonida,
Xasmi topqoch xasm ilgidin balorak zarbatin.
Dulugʻodin tigʻkim oʻt sekretib, rangin qilib,
Shu’lasi Bahrom vajhin, dudi Kayvon jabhatin.
Charx mir’otida aksidin shafaq qilgʻay zuhur,
Baski qondin la’lgun qilgʻay qazo yer sohatin.
Ul zamon har sari yuzlansa humoyun mavkabing,
Solib ofoq ichra rustoxez shaynu hinjatin.
Tushsa har yon tigʻing, olgʻay benihoyat xalqning
Jismidin bosh zahmatin, boshtin tamanno zahmatin.
Razm maydonida tigʻing chiqsa hindin bir nafas,
Kimsa taxmin aylay olmay xasm jismi kasratin.
Har biriga yuz tuman yotqon oʻluk boʻlgʻay nasib,
Yuz tuman ming moʻrnung gardun ayirsa qismatin
Lahza-lahza royati mansurung oʻlgʻay jilvagar,
Esturub haq fath bogʻidin nasimi nusratin.
Razm aro har shohning mulkinki olib bazm aro,
Bir gadogʻa jud etib ani, koʻrub chun zillatin.
Xusravo, zotingni vasf etmak Navoiy haddi yoʻq,
Avlo ulkim, zohir etkay benavolar odatin.
Toki bayram shomi savm ahli talab qilgʻay hilol,
Roʻza niyat aylamay qilmaq may ichmak niyatin.
Har kunung bayram boʻlub, joming hilol oʻlsun mudom,
Koʻrmagil beaysh umrung muddati bir soatin.
Lek umrung tuli yuz navbat Zuhal davronicha,
Farz eta olsa xirad ming yil aning har navbatin.
Yangi oyu iyd ikki qullugʻching oʻlsun, aylagan
Sen hilol aning otin, bayram bu yerning kunyatin.

Qit’alar

1

Badoye’ ul-Vasat muqattaotining sarsuhanlari tengrining xazonai karamin mamlu bilib eldin tama’ qilgʻan dareborida xoʻy suyidin dur tilagan boʻlgʻay

Haq taolo maxzanin anglabki xoli boʻlmamish,
Xalqdin har kimki jam’iyatqa asbob istagay.
Mehr olamni munavvar aylabon ul kulbasin
Yoriturgʻa tiyra tundin garm shabtob istagay.

2

Nabi Shar’idin ayoq chiqargʻan kajrav va qoʻzi zulmat bodiyasida hidoyat sham’idin bepartavdur

Bu yoʻlda kimki nabi shar’idin chiqardi qadam,
Yoʻl ozdi chunki mute’ oʻldi aqli johiligʻa.
Tavakkul ahliki chiqmas safarda jodadin,
Yaqindururki, yetar gom birla manznligʻa.

3

Hadis mazmunikim alqosib Xabibulloh Hazrat Xojai Naqshband qaddasa sirrahu mundoq bayon qilibdurkim:

Nukta asnosida Habibulloh
Dedi, alkosibu habibulloh.
Ma’ni aytur bu soʻzga piri komil
Ki, soʻzi erdi haq sari shomil.
Gʻaraz ermas bu kasbdin dunyo,
Bal erur kasbdin murod fano.

4

Hadis tarjimasi sahiyning oʻtdin najoti bovujudi ubudiyat va baxilning jannatdin hirmoni bovujudi siyodat

Kirmagay jannat ichra hech baxil,
Garchi ul boʻlsa sayyidi Qurashiy.
Bormagʻay doʻzax ichra hech sahiy
Filmasal boʻlsa bandai habashiy.

5

Amirul moʻ’minin ali karramallohu vajhahu soʻziga tarjimakim — unzur limoqola lotanzur limanqola

Chun gʻaraz soʻzdin erur ma’ni anga,
Noqil oʻlsa xoh xotun, xoh er.
Soʻzchi holin boqma, boq soʻz holini
Koʻrma kim der ani, koʻrgilkim ne der.

6

Tuzluk ta’rifidakim, shior kilgʻangʻa sa’b ishlar osondur va kulli umur suhulat bila yakson

Tuzlukka moyil oʻlki, ishing borgʻay ilgari,
Yuz mushkil oʻlsa yoʻqsa ming ollingda har zabon.
Yuz safha bir qalam bila kotib qilur raqam,
Ming qoʻyni bir aso bila har yon surar shubon.

7

Husnning Zoti Istigʻnosi Sharhidakim, To Shammaye Andin Boqiydur, Ishq Ahligʻa Ajz Va Zabunliq Muloqiydur

Tah-tah yuragim qon edi bir-bir sitamidin,
Koʻp-koʻp keluri chogʻida kelsa edi oz-oz.
Kech-kech keluri vaqtida ham rozi oʻlibmen
Bot-bot keluriga qiladur anda dogʻi noz.

8

Fano ahlini oʻz vaqtining podshohi debtur, balki vaqt podshohini aning gadoyi

Gadoligʻ yaxshiroq ahli fanodin
Ki, olam ichra qilsang podsholigʻ.
Jahon ahligʻa, koʻrkim, shah ne aylar,
Jahon tarkini qilgʻandin gadoligʻ.

9

Tirik chu oxir oʻlar, bas, ukush gʻam muhlik,
Chekib ajal madadigʻa bu iztirob nedur.
Chu har kishiki tugʻar, oʻlmayin yoʻq imkoni,
Ne ishki boʻlmayin imkoni yoʻq, shitob nedur.

10

Ajal chun muqarrardur oʻlmak uchun, bas tama’din
Nedur yuz gʻam oʻtigʻa kuydurmak oʻzni,
Chu tugʻmoqdur oʻlmak uchun, bas ne ya’ni
Oʻlardin burun har dam oʻlturmak oʻzni.

Hukamo Qavlining Tarjimasi

Uch kishidin uch ish yomon koʻrinur,
Sanga arz aylay ahli dunyodin:
Shohdin tundlugʻ, gʻanidin buxl,
Molgʻa maylu, hirs donodin.

12

Oʻgʻulgʻa ano haqqi atodin koʻproq ekan bobda andaki, durgʻa daryo tarbiyati bulutdin ortugʻroqdur

Ano oʻrnin ato tutmas oʻgʻulgʻa
Ki, mumkindur oʻgʻul boʻlmoq atosiz.
Masiho birla Mar’yamdin qiyos et
Ki, imkon yoʻqturur boʻlmoq anosiz.

13

Gulshanda bir sarvi gulandomdin ayru bahramand boʻlsa boʻlur komdin debtur, balki nokomdin debtur

Gulshan aro gul xadde agar yoʻq,
Gul, bas, kishining tarab fizoyi.
Gar lolarux xitoyi anda
Topilmasa, lolayu xitoyi.

14

Yaxshi xotunlar safoyi roʻzgori quyosh nurigʻa misoldur va shamsning muannas ekani munga dol

Yaxshi xotunlar safoyi zuhdidin
Olam ichra gar yorugʻluq boʻlsa fosh,
Yoʻq ajab, chunkim arab alfozida
Istiloh ichra muannasdur quyosh.

15

Oʻz manzurining kaj nazar tavobi’idin badhol va bebasar lavohiqidin xotirida malol izhorini qilur

Bizing gʻazolai mushkin tavobi’in koʻrkim,
Qadim nigundurur ul xayl mehnati yukidin.
Agarchi itcha emasturlar odamiyligʻda,
Bu turfadurki, qalinrogʻdururlar it tukidin.

16

Sabzai xatning avval chekinu ulgʻaya qiyogʻ ekani va avval chekilurin va soʻngra kiyodin degani

Chekilur erdi sabzai xatti,
Koʻnglum ichraki dedim ani chekin,
Bu chekin koʻyi emdi boʻldi qiyogʻ
Ki, koʻngulni qiyar qiyogʻ bikin.

17

Salomat ahlining malakvashliqqa mayli va oʻzidek malomatiylarni shayton xayli debtur

Malak atbo’idururlar ul xayl
Kim, alar keldi salomat ahli.
Menu shaytongʻa tatbigʻkim, erur
Mendek ul dogʻi malomat ahli.

18

Arzi holini himmati charx payvandlargʻa demak va savolni zamiri xurshid monandlardin qilmoq munosib debtur

Biyik himmatlik elga arzi hol et,
Zamiri nurposh eldin savol et.
Ki bor abri bahore gavharafshon,
Choqin ham olam ahligʻa zarafshon.

19

Mutasayidi nopok, nodon, fosiq bobida

Seni sayidi pok, donoyi zohid
Dedim, ey ulusqa soʻzung fitna solgʻon.
Ajab kimsasenkim, ham avvalgʻi misro’,
Sening davlatingdin dedim toʻrt yolgʻon.

20

Bobobek oʻgʻli favtini ado qilibtur va ul oʻgʻil bobosini duo

Agar Bobobek oʻgʻli ayladi naql,
Haq etsun ravzani ma’vosi aning.
Oʻgʻil gar bordi tengri rahmatigʻa,
Yashasun qarilar bobosi aning.

21

Maxfiy rozni huqqa ichindagi mushk isi debturkim, huqqa ochilsa, ul isini ne yigʻishtursa boʻlur, ne yoshursa

Rozni asra, chunki fosh etting,
Yana pinhon boʻlurni qilma havas.
Koʻnglung ichra nafas kebidur roz,
Qaytmas, kimsadin chu chiqti nafas.

22

Mazlum ohi barqidin xabar berurkim, yashm bila daf’ boʻlmas balki lutf suyi bila oʻchurmaguncha daf’ boʻlmas

Eyki, istarsen choqin daf’igʻa yashm,
Oʻzga tekmakka berib imkongʻa yoʻl,
Bexabar mazlum ohi barqidin
Kim, choqindin dogʻi soʻzonroqdur ul.
Turfaroq bukim, sanga maxsus erur,
Gar sanga joning kerak, ogoh boʻl.

23

Dono nuktasini nodon eshitmasa, qoyilgʻa ne ziyon, gavhareki bu sochar, ul termasa, munga ne nuqson

Biravkim xiradmandning nuktasin
Qulogʻigʻa olmas, ne nuqson munga.
Javohirni termak anga sa’b esa,
Erur sochmamagʻligʻ xud oson munga.

24

Shohi gʻoziyning karami daryosin va ravshan zamiri xurshidi olamorosin debturki, ul yel bila loy va bu gard bila tiyra boʻlmas

Shohi Gʻoziy erur karam tengizi,
Poku sofiy zamiru ravshan roy.
Harza koʻp soʻzdin oʻlmasa tiyra,
Bahr yel kasratidin oʻlmas loy.

25

Nodonning harzasin ankar ul-asvot debtur va muning dalir ayturin aning savtida anga adami iltifot

Agar nodon mahalsiz harzakim aytur, dalir aytur,
Quloqqa yoqmasa, man’igʻa tanbih aylamak boʻlmas.
Eshak savti kalomulloda keldi ankar ul-asvot,
Aning savtigʻa taqribu tahoshi istamak boʻlmas.

26

Razili behavsala muknat koʻrsa, oʻzin aziz tutmoq ne gʻarib va joh mayi nash’asidin oʻzin unutmoq ne ajib

Chu razl havsalasizdur, ne tong, agar nogah
Yetishsa muknat anga, arjumand tutqay oʻzin.
Chu sukr boisi nisyon erur ajab ermas
Ki, joh ani chu mast aylagay, unutgʻay oʻzin.

27

Maydin tavba qilgʻangʻa niquhish va bangga bosh indurganga sarzanish

Sovuqda qochibon oʻt shu’lasidin,
Tezak dudi sari qilmoqdur ohang.
Kishi zuhd ichra maydin tavba aylab,
Nashot andin xayol aylab yemak bang.

28

Shohi gʻoziy bila navvobini anbiyo sarafrozi bila ashobigʻa tashbih qilibdur

Bizing shoh ul sifatkim bori shahlardin erur mumtoz
Erur noyiblari ham buyla ya’ni davlat arbobi.
Oʻzi shahlar aro xayli nubuvatda Muhammaddek,
Va lekin beklar aning ollida paygʻambar ashobi.

29

Pokdoman zuafokim etaklaridin yurunni eranlar sajjodasi mehrobigʻa tiroz qilsa sazodur va ul mehrobda namoz qilsa, ravodur

Pokdoman zuafodin neki zoyanda boʻlur,
Ruhparvarduru jonbaxsh zihn xilqati pok.
Koʻrki, Mar’yamgʻa oʻgʻil Isoi ruhulloh erur
Ursa bu holgʻa nopok ulus ta’n ne bok.

30

Erni xurus debtur va kulah goʻshasin aning toji, nomardni mokiyon debtur yemakta najosat muhtoji

Er urub la’l toj ila gulbong,
Zangvash el qaysi harzakim demagay,
Vaqtida tortibon xurus nido,
Ne najosatki mokiyon yemagay.

31

Oʻzin fisq ichindagi qori kofir debtur va ani tarjih ham qilibdurkim, oʻzida bu hol nihon va anda oshkor erkanin bilibtur

Ey Navoiy, bir qori kofirni koʻrsang ishq aro,
Koʻrma aning holatin oʻz holingdin koʻp yiroq.
Senda bu holat nihoniy keldi, anda oshkor,
Lekin ul yakranglik bobida sendin yaxshiroq.

32

Shahning adolati olamni quyoshdek ravshan qilurida va zulmdin tiyralik yoyilurida aytibdur

Quyoshdek shah adolat pesha qilsa,
Jahon mulkini bir damda yorutgʻay.
Agar zulm etsa aqshom zulmatidek,
Hamul dam tiyralik olamni tutgʻay.

33

Xoʻbkim shamoyilida onsiz boʻlgʻay, ani suratqa tashbih qilibdurki, jonsiz boʻlgʻay

Xoʻbkim, yoʻqtur shamoyil birla shirin soʻz anga,
Saydi boʻlmas el, nechakim boʻlsa zebo suvrati.
Xil’atin zarbaft debodin gar etsun bil yaqin
Kim, namudor ichradur zarbaft debo suvrati.

34

Mutoyaba ruxsat bergan navkar bobidakim, yana ixtiloti behamiyatligʻdur va behimmatligʻ

Chu navkarga berding ijozat, yana
Kelib, qilsa xidmatqa qoʻldoshliq,
Bil andoqki, juftunga bersang taloq,
Yana istagay qilmoq oʻynoshliq.

35

Manzurning husni bahori olu gulidin sapida qilib, shaftolu gulidin gulguna qilgʻoni

Ul bahori husnning ruxsorini dehqoni sun’
Argʻuvoni toʻn uza aylabdurur olu guli.
Turfa koʻrkim, bir chamandur orazikim, davrida
Ochilur olu guli, oʻrtada shaftolu guli.
Husnu ra’noliq bila dastori uzra sonchibon,
Vahki, shaftolu gulidur yo erur solu guli.
Barcha bir saridur, ulkim aylabon qaddimni xam,
Ashkim etti la’l, erur daklay uza dolu guli.

36

Tiyralar taqaddumin ahli safogʻakim bulut bila quyoshdin zohirdur, dalil koʻrgazmaq

Gar tiyralar taqaddumi ahli safogʻa bor,
Bu nuktani muomaladin koʻrma tashqari.
Davron aroki koʻrayi soʻzu gudoz erur,
Shu’la erur hamisha quyi, dud yuqori.

37

Shah lutfi om boʻlsa ham, barchagʻa teng tarbiyat boʻlmasqa jihat aytur va xurshiddin ravshan dalil koʻrgizur

Shah lutfi garchi boʻlsa koʻp qobil, topar nashvu namo,
Bevajhdur, bu nuktaga har kimsakim diqqat tutar.
Garchi quyoshtin parvarish olam yuziga omdir,
Sahroda qumgʻogʻu tikan, boʻstonda sarvu gul butar.

35

Tojning tarkin istab, dardisardin shikoyat qilur

Toj koʻp dardisar berur bizga,
Zulmidur aqlu hush toroji.
Boshimizdin bu tojni gum qil,
Barcha gar boʻlsa saltanat toji.

39

Oʻzi soʻzi bobida derkim, muqobalada har kim ilik urgʻay, ammo qalam sura olmagʻay va orzu qilgʻay va lekin tilga keltura olmagʻay

Ey Navoiy, soʻz ila oncha guhar sochtingkim,
Bahru kon kirdi qora yerga sening kilkingdin.
Biriga, yo oʻnigʻa, yo yuziga, yo mingiga,
Degay el naylagay ortugʻ esa ellik mingdin.

40

Oʻz nazmining rutbasi poyasin ti’dod qilur va har biriga martabaye isnod qilur

Navoiy she’ri toʻqquz baytu, oʻn bir bayt, oʻn uch bayt
Ki, lavh uzra qalam ziynat berur ul durri maknundin.
Bukim albatta yetti baytdin oʻksuk emas, ya’ni
Tanazzul aylay olmas rutba ichra yetti gardundin.

41

Falokatdin ayogʻigʻa kafsh boʻlmagʻangʻa chun kafsh uchun ayogʻi bor shukr vojibdur

Ulki, iflosdin ayogʻinda
Kafsh yoʻli azmi chogʻi yoʻqtur aning,
Shukr qildik boqib birav sari
Ki, yururga ayogʻi yoʻqtur aning.

42

Masx bobidakim, masxarayedur betariq takallum surmak

Falon masx agar chin desun, yoʻqsa aks,
Aning asl zotigʻa ne bokdur
Ki, koyokni aks ham qilsalar,
Vuquf ahli ollinda koyokdur.

43

Oʻzi tama’ vodiysin qat’ va talab bodiyasin tay qilgʻanin aytur

Ey Navoiy, olam ahlida tama’siz yoʻq kishi,
Har kishida bu sifat yoʻqtur, anga boʻlgʻay sharaf.
Sen agar tarki tama’ qilsang, ulugʻ ishdur bukim,
Olam ahli barcha boʻlgʻay bir taraf, sen bir taraf.

44

Oʻlumdin ashraf din ilmidur, andin ham gʻaraz amal, yoʻq ersa din va dunyoda xalal

Ilmi din kasb qilki, sud ermas,
Charx mushkillarini hal qilmoq.
Lekin ul ilm dogʻi naf’ etmas,
Bilibon boʻlmasa amal qilmoq.

45

Shahning quyoshqa mushobahatining daloyili va har qaysining naf’ va zarar jihatidin masoyili

Shahni donokim quyosh debtur, anga budur dalil
Kim, quyosh yangligʻ erur fayzi jahon ahligʻa om.
Oydin ansab yoʻq nima xurshiddin fayz olgʻali,
Koʻrki, ul dogʻi erur gohi hilolu gah tamom.
Bir kecha-kunduzda davron gah qorongʻu, gah yoruq,
Charx aning bir davrasinda goh subhu goh shom.
Chun quyoshqa budurur holat, ajab yoʻq, shoh ham
Boʻlsa oʻz tobi’laridin gah ramida, goh rom.

46

Birav dunyolik najosatigʻa oluda boʻlsa, dunyo ahli tamavvuli soʻzin orzu bila derlar, balki hasrat ham yerlar

Dunyo ahlidin agar topti tamavvul birisi
Oʻzgalar hasrat ila moli hadisin derlar.
Biri xud botti najosat ichiga boʻgʻzigʻacha,
Oʻzgalar ushbu najosatqa hasad ham yerlar.

47

Amirul moʻ’minin ali karramallohu vajhahu kalomining tarjimasi

Zamona ahli emaslar atolarigʻa shabih,
Erur zamongʻa mushobih alargʻa har xislat.
Muti’ erurlar angakim, zamondin olgʻay kom,
Adu angaki, yetishkay zamonadin shiddat.

48

Roz gavharin koʻngul maxzanida yoshura olmagʻangʻa, yana birov fosh qilgʻandin shikoyat tegmaslikda

Har kimki koʻngul maxzanida yoshura olmay,
Sochqay tiliga kelturubon maxzani rozin,
Topshurgʻay eshitkangaki, fosh aylamagaysen,
Ham nuktai tahqiqinu ham sirri majozin.
Chun ganj iyosi naqdni har yon oʻzi sochqay,
Bemuzd ajab yoʻqtur, agar soygʻasa xozin.

49

Abnoyi jinsimdin xalq gilamand edilarkim, eldin nomaqdur olurlar, nima bermas deb mendin ham shikoyat qilurlar

Mening abnoyi jinsimdin shikoyat bu edi elga
Ki, nomaqdur olurlar, bu shikoyat xud ajab ermas,
Ajab budurki, mendin ham shikoyat zohir aylarlar
Ki, nomaqdur olam ahli har nekim tilar, bermas.

50

Xatni tarosh qilurdin yo yaramasligʻni isbot qilur va yo yarar demakin uyot bilur

Eyki, yuz safhasida xattinga yuzlandi tarosh,
Yana dersenki, bu xat yaxshiligʻida yoʻq shak,
Yaxshi ersa, ne uchun bas har ikki-uch kunda
Tigʻ tortarsenu boshtin ayogʻ aylarsen haq?

51

Issiq xavoda sovugʻ soʻni derkim doʻzax aro zuloli kavsardur va aning ichinda muz billuri tar

Xush koʻrarmen dahrni sovugʻ su birlakim, bu yoz
Boʻldi issigʻdin quyosh koʻzlarga chatri sanjari.
Bir ayoq muzluq su jomi Jamdurur, nevchunki bor
Bir ayogʻ ogʻzicha muz oyinai Skandariy.

52

Tama’ tuxmin sochmogʻni man’ qilurkim, andin pushaymonligʻdin oʻzga bar yoʻqtur va mazallatdin oʻzga samar

Navoiy, tama’ tuxmini sochma koʻp,
Riyo ashkidin anga su ochma koʻp,
Amal mazra’in ekkali berma yer,
Havovu havas xirmanin yelga ber.

53

Riyo mazallatida soʻz der agarchi ka’badur va fano madhida nuqta surarda gar xud butkadadur

Riyoyi Ka’badin dayri fanogʻa
Kirib, gar butka zohir qildim imon,
Meni yozgʻurma, ey shayxi riyoyi
Ki, gar kofur edim, boʻldum musulmon.

54

Qalam adhami xush xiromidin varaq kofuri maydonida soʻrmakka taskin tilar va oqu qora madhi tarkini oyin istar

Kofur uza mushk olib koʻp harza raqam chektim,
Eyki, koshki bu ishdin haq bersa manga tavba.
Oqu qora madhida har neki dedim, yoqmas,
Emdi bu mazallatdin oq tavba, qora tavba.

55

Royiha uchun gulob va olma qazonining kichiklikka jihat aytur va muxtasarligʻigʻa munosabat

Olmavu gulob qaynaturgʻa
Tab’i ermas ulugʻ qazongʻa rogʻib.
Demak bu qazon kichikdur asru,
Ermas munga himmat ahli tolib.
Kim ruh gʻizosining qazoni,
Mundin ham ulugʻ emas munosib.

56

Shohidi ra’nodin la’b anduzliq tila va rindi farzonadin jongudozliq va dilsoʻzliq ista

Harzagard oʻldi shohidi ra’no,
Lek jonsoʻz rindi farzona.
Ul pariy rost uylakim koʻpalak
Bu bir, ammo nechukki parvona.

57

Oʻz isyonining shiddat va kasratin der va haq karami ollinda ani afv qilmoqning suhulatin

Qilibmen oncha isyonkim, agar doʻzax aro kirsam,
Mening behad gunohim birla doʻzax sarbasar toʻlgʻay.
Xudoyo, afv osonroqdurur, yoʻqsa gʻazab qilsang,
Magarkim oʻzga doʻzax, oʻzga oʻt, oʻzga azob oʻlgʻay.

58

Doʻstdinki dushman xoʻyi boʻlgʻay, dushman yaxshiroqdurki, doʻst roʻyi boʻlgʻay

Nihoniy igna sanchar yorlardin
Aduvvash novakafganlar koʻp ortuq.
Munofiq sheva zolim doʻstlardin
Muxolif tab’ dushmanlar koʻp ortuq.

59

Ashhabning tuvogʻi berkligin temurga oʻxshatqondek oʻzin ham berk ekan jihatdin temur buz debtur

Falonning sarxun otiki gar erur berk,
Qilur ta’vil aqli nuktaomuz
Ki, goʻyo gʻoyati mahkamligʻidin,
Aning otini debturlar Temur boʻz.

60

Barlosbek bila xoja majid bobida aytilibdur va duo qilibtur va mustajob boʻlubtur

Tutulmish edi Majid Barlos bekka
Kim, aytur edikim bu yangligʻ qutulgʻay.
Qutuldi ulu bu tutuldi, ilohiy,
Tutulgʻon qutulgʻay, qutulgʻon tutulgʻay.

Chiston (Lugʻz)

Qalam

Ne loʻlidurki, chun hangoma tutsa,
Qadam boshtin qilib tortar navozir.
Boshin keskandin ortib anga tahrik,
Tilin yorgʻandin oʻlub anga tahrir.
Qora sugʻa boshin yuz gʻuta bersa,
Toʻlar ogʻziyu boʻlmas lek damgir.
Kiromul kotibin andin qilib sabt,
El etkandin yamon-yaxshini bir-bir.
Vale oshiq bila Majnun ishiga
Qazo yetkurmay andin ranju tashvir.
Bihamdillahki, ollimda azaldin
Jununu ishq yozdi kilki taqdir.

Tanga

Ne shoʻx erurki, ulus koʻngli ichra savdosi
Aning yuzidagi xatlar kebi muharrardur.
Kumushdurur taniyu qimmati aning lekin
Un ikki oʻz tanidek vajh ila muqarrardur.
Ishida ul oʻn ikki har birisidur dinor
Ki, adl sikkasidin yuzlarida zevardur.
Magarki angladi xumsul muborak asrorin
Ki, soni bu adad oʻlmish, agarchi yuz mardur.
Gadogʻa xumsidin ar saltanatdurur, ne ajab,
Qachonki beklik aning rub’idin muyassardur.

Igna

Qaysi ayyor erkim ulkim, naqb urar san’atda bor
Bir sinon yangligʻ ayogʻdin, bosh qotiqligʻdin tani.
Nozaninlarning libosi nechakim sangin erur,
Toru pudi koʻzlaridin ichkari kirmak fani.
Pardai ismatda har gulruxki ursun lofi zuhd,
Koʻnglakining darz-darzi ichra koʻrmishlar ani.
Bu sifatkim topti ul ayyorliq sarrishtasin,
Tong emasdur, gar otin qoʻygʻaylar aning soʻzani.

Miqroz

Ne qushlar erkin alarkim, birardurur qanoti,
Qanotining uchida har birisiga minqor.
Biror ayogʻlari ham boru turfaroq bukim,
Ayogʻ uchida biror koʻz ham ettilar izhor.
Qachon ayogʻlarin olmashtururlar, ul soat
Qanot urargʻa boʻlurlar tuyurdek tayyor.
Qanot koʻp urmoq ila qari ucharlari yoʻq,
Ucharda garchi qaridur alargʻa istizhor.

Oʻq

Ne qushdururki, uchar uch qanot bila, lekin
Agar qoʻnar ham, ochiqdur qanotlari bori,
Qanoti saridur ogʻzi valek doim ochuq,
Bu turfaroqki, boʻlur quyrugʻida minqori.
Erur aning kebi tuz koʻngli oshyonida oʻq,
Sipehr ja’basidin istasang namudori.

Anor

Ne majmardur, toʻla axgar, vale ul majmar andomi,
Erur sun’ ilgidin gohi musaddas, gah musamman ham.
Chiqar ravzandin axgar dudiyu bu turfakim, aning
Oʻtigʻa dud yoʻqtur, majmarigʻa balki ravzan ham.
Oʻtu majmar dema, bor ul sadafkim, durlarin aning
Evurdi qongʻa davroni mush’abat charxi purfan ham.
Agar bu nav’ emas, bas ne uchun bormoq kuchi bnrla
Boʻshar jismi, oqar qoni, anga majruh oʻlub tan ham.
Nechakim tab’i noridur va lekin me’da norigʻa
Berur taskin, munung naf’in topibmen voqian men ham.

Bel

Ne nav’ paykari konidur ul uzun tillik
Ki, ogʻzigʻa qoqilur bir uzun yogʻoch mahkam.
Munungdek ogʻzini mahkam qilib emas mumkin
Ki, ul uzun tilidin hech nav’ qilgʻay kam.
Teparlar onchaki maqdur erur va lekin ul
Bu tepmak ila qotiq yerni chok etar har dam.
Bu nav’ yer yora olmas jahonda ul kishikim,
Yoʻq ersa belida kuch gar ani, degil Rustam.

Yumurtqa

Ul huqqai ojkim, qilurlar gulfom
Kim, javfi paniru maskadin toʻldi tamom.
Kim ani urushtirmogʻidin istar kom,
Nokom ani ushatgʻusidur ani nokom.

Poki

Ne paykardurki, aylar nojihin tez,
Oʻzi birladurur masofiy.
Magar Bahromi Choʻbin naslidindur
Ki, ahvolida zohirdur xilofi.
Ravondur tigʻi el boshida doim,
Vale oʻz koʻksidur aning gʻilofi.
Bu holatqa, tonugʻdur el boshining,
Safosi, dogʻi oʻz koʻksi shikofi.
Chu men qildim ayon poki nishonin,
Kerakkim, topqay emdi tab’i sofi.

Parvona

Ul qushki, taashshuqdurur andisha anga,
Bir naxlgʻakim shomdadur besha anga.
Shoxi uchidin ayon boʻlub resha anga,
Gul ochmaq oʻshul reshasidin pesha anga.

Tuyuqlar

1

Yo rab, ul shahdu shakar, yo labdurur,
Yo magar shahdu shakar yolabdurur.
Jonima payvasta novak otqali
Gʻamza oʻqin qoshigʻa yolabdurur.

2

Javr oʻqin jonimgʻa soqiy yozmadi,
Vasl jomidin xumorim yozmadi.
Kilki qudrat sabz xatlar ishqidin
Oʻzga ish ollimgʻa goʻyo yozmadi.

3

Yo qoshingdin necha bir oʻq koʻz tutay,
Otki, oʻtrusigʻa aning koʻz tutay.
Necha koʻrgach oʻzga mahvashlar qoshin,
Yangi oy koʻrgan kishidek koʻz tutay.

4

La’lidin jonimgʻa oʻtlar yoqilur,
Qoshi qaddimni jafodin «yo» qilur.
Men vafosi va’dasidin shodmen,
Ul vafo, bilmonki, qilmas yo qilur.

5

Bovujud ul yuz erur gulgunasiz
Kim, koʻrunur ollida gulgunasiz.
Yuz qizilliq yoʻqturur, ey ahli zuhd,
Toki munkirsiz mayi gulguna siz.

6

Charx tortib xanjari hijron bu tun,
Qoʻymadi bir zarra bagʻrimni butun.
Tunga borib bizni behol aylading,
Ne baloligʻ yer emish, yo rab, bu tun.

7

Oʻtkali ul sarvi gulruxsoridin,
Yoʻq xabar ul sarvi gul ruxsoridin.
Hajridin bogʻ ichra berur yodima
Qomatidin sarvu gul ruxsoridin.

8

Tigʻi ishqing yorasidur butmagan,
Dardini har kimga aytib butmagan.
Hajr sahrosidur ohim oʻtidin,
Anda gul yoxud giyohe butmagan.

9

Vah, qachongʻa tegru ishqing kojidin
Koʻzuma har lahza oʻt choqilgʻusi.
Basdurur koʻnglumda ishqing, yoqma oʻt
Kim, harorat ul ham oʻtcha qilgʻusi.

10

Ul pariy ishqida bu devonani
Eyki istarsen, kelib gulxanda koʻr.
Bir qadah ul gulni xandon ayladi,
Ey koʻngul, nazzora qil, gulxanda koʻr.

11

Yogʻdi javrung oʻqi hajring toshidek,
Qildi qon koʻnglum ichin ham toshidek.
Sochqali mohim ayogʻigʻa sipehr,
Koʻz yoshimning la’lu durrin toshidek.

12

Naqsh tushmish koʻzda ul yoshim mening,
Uylakim, bormas buyon yoshim mening.
Komim oʻlmoqdur habibimdin yiroq,
Gar xud oʻlsun Xizrcha yoshim mening.

13

Necha dedim ul sanamgʻa bormagʻin,
Qilmadi ul tark oxir bormagʻin.
Munchakim xudroyliq koʻrguzdi ul,
Aql hayrat qildi, tishlab bormagʻin.


Koʻrsatkichlar

Tarixiy, Adabiy Va Mifik Shaxslar Nomi

Ayoz — gʻazal 613, 6.

Afridun—gʻazal 492, 5; 617, 6.

Barmak — qasida 7, 4.

Bahrom— gʻazal 372, 6; qasida 1, 4; 8, 2.

Bahrom Choʻbin — chiston 9, 2.

Bobobek — qit’a 20, I.

Bulahab— gʻazal 213, 6.

Bulqosim — gʻazal 393, 6.

Vomiq —gazal 16, 3; 79, 4; 142, 7; 155, 2; 200, 2; 202, 6; 296, 7; 584, 4.

Doro — qasida 1, 7.

Jabrail (Jibril)—gʻazal 290, 8; 650, 4; musaddas 1, 5.

Jam (Jamshid) —gʻazal 59, 5; 69, 6; 83, 7; 105, 13; 148, 9; 173, 6; 266, 8; 281, 7; 316, 6; 324, 3; 331, 6; 334, 4, 6; 361, 7; 396, 6, 7,; 397. 6; 413. 6; 419. 6; 476, 1; 492, 5; 570, 7; 624, 6; qit’a 51, 2.

Jomiy — gʻazal 215, 7; 650, 9; qasida 5, II.

Zol —gʻazal 141, 6; 215, 5.

Idris — musaddas 1, 6.

Iso (Masih, Raxulloh) — gʻazal 1, 3; 6, 2; 10, 2. 4; 22, 2; 31—3 33, 1, 2; 59, 4; 82. 5; 83, 2; 87, 4; 93, 4; 101, 2; 103, 1, 9 105, 6; 121, 3; 135, 4; 145, 4; 156, 6; 176, 1; 178, 2; 193, 2 196, 2; 203, 3; 227, 3; 234, 5; 235, 3. 4; 250, 1; 258, 3; 276, 3 285, 1; 324, 5; 326, 1; 351, 2; 374. 5; 376. 5; 386, 4; 393, 3, 4 416, 1; 417, 2; 442. 7; 476, 2; 495, 4; 512, 5; 521, 3; 555, 4; 578, 1, 2; 602, 7; 606, 4; 623, 5; 639, 5; 645, 5; muxammzs 1, 3; musaddas 1, 2; qasida 6,11; qit’a 12, 2; 29. 2.

Layli (Laylo) — gʻazal 9,5; 32, 1; 43,4; 45.6; 67,2; 144,7; 146, 4; 157, 3; 161,9; 176, 2; 177, 5; 184. 5; 213, 5; 257, 5; 275, 1; 305, 4; 337, 5; 344, 1; 415, 4; 444. 2; 463, 8; 493, 4; 601, 3; 640, 3.

Lutfiy — muxammas I, 5; musaddas 1, 7.

Majid barlos — qit’a 60, 1.

Majnun —gʻazal 8, 5, 6; 9, 5; 12, 9; 15, 3; 23, 8; 43. 4; 45, 6; 53, 6 56, 4; 64, 1; 67, 2. 11; 73, 3; 79, 4; 83, 1; 86, 10; 89, 2. 5 96, 7; 133, 3; 137, 6; 142, 7; 146, 4; 155, 2; 157, 3; 160, 5 161, 9; 166, 4; 174, 6; 176, 2; 177, 5; 184, 5; 198, 3; 200, 2 211, 6; 213, 5; 220, 3; 231, 5; 235, 4; 239, 2; 243, 7; 247, 5 254, 4; 257, 5; 258, 7; 259, 5; 267, 1; 270, 5; 272, 3; 275, 1 296, 7; 299, 7; 305, 4; 308, 2; 314, 3; 337, 5; 343, 4; 344, 1 382, 3; 415, 4; 428. 1; 440, 2; 442, 4; 444, 2; 451, 2; 452, 1 458, 3; 460, 3; 463, 2, 4, 8; 464, 6; 469, 4; 474, 4; 479, 6 481, 5; 493, 4; 496, 2; 497, 7; 515, 5; 536, 9; 558, 4; 572, 3: 584, 4; 601, 3; 610, 5; 617, 1, 4; 619, 7; 620, 4; 627, 2; 630,

1, 6; 635, 2; 639, 3; 640, 3; 641, 5; chiston 1, 5. Mar'yam —gʻazal 10, 4; 82, 5; 476, 2; qit’a 12, 2; 29, 2. Moniy — gʻazal 600, 4. Musai Umron — gʻazal 4, 4. Muhammad — gʻazal 393, 1; qit’a 28, 2. Nuh — gʻazal 132, 7; 452, 5. Nushirvon — gʻazal 500, 7. Odam — gʻazal 426, 7.

Parvez — gʻazal 99, 6; 149, 3; 199, 6; 556, 6. Rustam — gʻazal 141, 6; 215, 5; qasida 1, 9; chiston 7, 4. Sayid Jamoliddin — gʻazal 91, 7. Skandar — gʻazal 69,-1; 95, 1; 132, 8; 183, 1; 316, 6; 396, 6, 7; 447, 1; 470, 4; qit'a 51, 2. Solmon — qasida 5, 11. Sulaymon — gʻazal 69, 2; 331, 6. Farhod (Koʻhkan) — gʻazal 8,5; 15,3; 23,8; 53,6; 58,4; 64,1;

67, 2; 89, 2; 91, 2; 96, 7; 99, 6; 125, 5; 133, 4; 137, 6; 142, 7; 149, 3; 198, 3; 199, 6; 200, 1, 2; 202, 6; 211, 6; 218, 3; 220, 3; 226, 3; 243, 7; 272, 3; 279, 5; 292, 2; 296, 7; 314, 3; 315, 5; 373, 4; 415, 4; 440, 2; 451, 2; 460, 3; 464, 6; 474, 4; 493, 4; 496, 2; 497, 7; 523, 4; 536, 9; 544, 4; 556, 6; 557, 4; 558, 4; 584, 4; 610, 5; 617, 4; 627, 1; 630, 6;

Xalil — musaddas 1, 1.

Xizr —gʻazal 31, 3; 74, 3, 4; 83, 7; 101, 2; 103, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7,

8, 9; 105, 8; 108, 5; 183, 1; 250, 1; 338, 6; 421, 2; 470, 4:

509, 4; 522, 4; 527, 3; 537, 5; 547, 7; muxammas 1, 3; tuyugʻ 12,2. Xotam — qasida 7, 4. Xotib — qasida 7, 6. Xusrav — gʻazal 215, 7; qasida 5, 11. Shirin — gʻazal 67, 2; 91, 2; 125, 5; 315, 5; 415, 4; 493, 4; 544, 4; 556, 6. Yusuf —gʻazal 4,3; 19,5; 149,7; 191,2; 256,2; 257,4; 521,8; 644, 9; 647, 3. Ya’qub —gʻazal 79, 7; 644, 9. Qorun — gʻazal 69, 3; 296, 6. Gʻaznaviy (Mahmud) — gʻazal 79, 7; 644, 9. Husayn, sulton (Shoh Abulgʻoziy Bohodirxon, Xusravi Gʻoziy) —gʻazal 134, 9; 205, 13; muxammas 2, 7; musaddas 2, 7; qasida 5, 4; qit’a 24, I; 28, sarlavha.

Geografik Nomlar

Adam —gʻazal 14, 3; 23, 3; 241, 2.

Ajam — gʻazal 613, 11.

Aras — gʻazal 356, 7.

Astrobod — gʻazal 611, 7; 621, 9.

Badaxshon — qasida 5, 1.

Batxo — gʻazal 6, 7.

Bagʻdod — gʻazal 99, 7.

Bestun — gʻazal 544, 4.

Birjis (Mushtariy) — gʻazal 69, 5; 295, 2.

Bobil— gʻazal 19, 5; 520, 5.

Bogʻi jahon — gʻazal 105, 11.

Buxoro — gʻazal 6, 7.

Dajla — gʻazal 141, 3; 275, 5.

Jayxun — gʻazal 141, 3; 275, 5; 617, 7.

Zuhal — qasida 9, 2.

Zuhro — gʻazal 251, 3.

Iroq — gʻazal 364, 7.

Kayvon (Saturn) —qasida 8, 2.

Kan’on —gʻazal 201, 1; 231, 1; 644, 9.

Ka’ba — gʻazal 173, 4; 295, 9; 311, 8; 334, 6; 345, 9; 364, 5; 420. 7; 448, 8; 501, 8; 513, 6; 612, 7; 621, 1; 650, 6;

Qit’a —53, 1.

Kobul — gʻazal 230, 7.

Marv — gʻazal 484. 1.

Mashhad — gʻazal 505, 1.

Misr — gʻazal 571, 5.

Omu — gʻazal 356, 7.

Suhayl — gʻazal 251, 3.

Tabriz — gʻazal 99, 7.

Utorud — qasida 1, 6; 4, 1, 2, 6, 7; 5, 3, 9.

Xito — gʻazal 204, 5; 249, 6.

Xuroson — gʻazal 364, 7; 469, 7; 646, 1.

Xoʻtan — gʻazal 588, 3; 649, 3.

Chin —gʻazal 22, 1; 516, 1; 628, 1.

Eram — gʻazal 397, 5; 405, 2; 510, I; 543, 4.

Haybar —gʻazal 57, 3; 204, 5; 295, 7; 337, 1.

Hijoz —gʻazal 364, 7; 469, 7; 579, 3; 613, 11.

Hind (Hindiston) — gʻazal 37, 7; 230, 7; 266, 2.

Hiriy (Hirot) — gʻazal 295, 9; 593, 7.

Etnik Nomlar

Loʻli — gʻazal 166, 5; 185, 2.

Turk — gʻazal 144, 9; 205, 5.

Qiyot — gʻazal 73, 9.

Qoʻngʻirot — gʻazal 73, 9.

Habash — gʻazal 249, 6.

Hindu — gʻazal 166, 1; 181, 4; 308, 5; 344, 2; 506, 1; 508. 4, 5; qasida 3, 3.

III- qism
 
Keyingi