OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

4 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAlisher Navoiy
Asar nomiFarhod va Shirin (II- qism)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Alisher Navoiy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm350KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/07
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy

Farhod Va Shirin (davom)

XXXII

Farhodning madhush dimogʻiga hush bogʻidin nasim yetmak va nasimdek tebranib togʻ sori azimat etmak va tesha bila togʻ bagʻrin yormoq, balki togʻ roralarni havogʻa uchurmoq bila qiyomat qoʻrarmoq va Shorur ani raydo qilib Shirinni aning gʻami ishqi shaydo qilmoq va Shirinning koʻngli xorasini aning teshasi fikri xarosh qilgʻonin Mihinbonu ma’lum qilib, teshadek tafakkur boshin quyi solmoq va gohi diljoʻyluq bila ul bedilgʻa koʻngul bermak, balki koʻeglin olmoq

Bu mahd alvohigʻa qilgʻon nigorish,
Bu yangligʻ qissagʻa berdi guzorish
Ki, chun zoyil boʻlub Farhoddin hush,
Ani yotquzdilar taxt uzra madhush.
Ne ul ogah tiriklik olamidin,
Ne jismida asar raydo damidin.
Qolib bu nav’ ikki kecha-kunduz,
Olib gah-gah nafas, lek ochmayin koʻz.
Hayoti qaydidin Shirin qilib shoʻr,
Yangi jon topibon bechora Shorur.
Uchinchi kecha uyqu el koʻziga
Kim, ul ochib koʻzin, keldi oʻziga.
Koʻrub shohona taxtu borgohe,
Yotib taxt uzra ul andoqki shohe.
Necha ul hol aro qildi tafakkur,
Tafakkurdin fuzun boʻldi tahayyur.
Vale yodigʻa bu keldikim ul oy,
Dema oy, oftobi olamoroy
Aning sarvaqtigʻa solib edi nur,
Boʻlub erdi necha soʻz dogʻi mazkur.
Yaqin bildiki borgʻondur oʻzidin,
Parining yo yuzidin, yo soʻzidin.
Hayodin terga boʻldi abrdek gʻarq,
Ul uydin chiqti sekrib oʻylakim barq.
Tafarrus qildikim mehri diloro,
Aning holigʻa qilgʻondur madoro(1).
Oʻzi chun qatlin ogʻoz aylagandur,
Azo birla sarafroz aylagandur.
Sevunub togʻ sari boʻldi shitobon,
Xijolat birla qat’ aylab biyobon.
Yetib oriqqa koʻp aylab takuru,
Hayo teridin andoq oqizib suv.
Topib metini birla teshasini,
Ayon aylab ravon oʻz reshasini.
Oʻzi birla debonkim: «Ul Parichehr,
Meni majnunga muncha koʻrguzub mehr.
Yesim ketkonda e’zoz aylamishdur,
Tarahhumdin sarafroz aylamishdur.
Aning rodoshi ne kelgay ilimdin,
Va yoxud shukri ne oʻtkay tilimdin.
Hamono bu arigʻdur borcha komi
Ki, itmomigʻa koʻrtur ihtimomi.
Umidim ulki umri tezrihlat
Meni mahzungʻa bergay oncha muhlat
Ki, bu komin ravo qilgʻoymen oning,
Bu dardigʻa davo qilgʻoymen oning».
Chu bu fikr etti koʻngli yangi boshdin,
Chiqordi gard gardun uzra toshdin.
Aningdek xora chormoq etti bunyod
Ki, chiqti togʻdin gardungʻa faryod.
Qachon tosh uzra metin tez soldi,
Falak toqigʻa rustoxez soldi.
Dami dudi bila metini gardi,
Yoshurdi koʻzga charxi lojuvardi.
Ne gardu dud, migʻi dardu anduh,
Tutub Arman hududin koʻh to koʻh.
Dema migʻ, aytqil abri bahoron,
Yogʻin birla tagargi sangboron.
Hamul metinki tosh uzra boʻlub gʻarq,
Damo-dam lam’asidin koʻrguzub barq.
Ne soatkim xaroshi xora aylab,
Qatiq xoroni andoq rora aylab
Ki, bolchigʻ rushtasin noʻgi itik bel,
Va yo roru bila qor oritur el.
Kecha-kunduz ne tinmoq, ne tayonmoq,
Ne bir dam qon yutardin koʻngli qonmoq.
Tamoshosigʻa har kun xayl-barxayl,
Ulus ul sori tush-tushdin qilib mayl.
Qilib har kim nazar oning ishiga,
Tahayyur barmogʻin eltib tishiga.
Koʻrardin yoʻq kamarburlargʻa toʻymoq,
Ne haddi yerga rushti dast qoʻymoq.
Aning xorogʻa mundoq kov-kovi.
Bu soʻzni boʻyla taqrir etti rovi
Kim ul tunkim Mihinbonu uyidin,
Mihinbonu yoʻq, ul mahroʻ uyidin
Kelib oʻz holiga ul hushi zoyil,
Chiqib boʻldi hamul togʻ sori moyil.
Chu torti xira koʻzlar subhdin nur,
Ne ul xayl oni tortilar, ne Shorur.
QOʻpub Shorur xud keynicha bordi,
Vale Shirin koʻzi gʻamdin qorordi.
Topib Shorur, oʻlub gʻamdin yana shod,
Tushub hajr oʻtigʻa Shirini noshod.
Qoʻyub Shorur ayogʻiga aning bosh,
Toʻkub Shirin firoqidin aning yosh.
Tegib hijron oʻqi mahvashqa kori,
Ilikdin koʻrdi borur ixtiyori.
Bahona boʻyla qildikim: «Bu bedil
Ki, qilmish erdi bu kishvarni manzil.
Bu ishkim togʻ aro men soz etibmen
Ariq qozmoq ishin ogʻoz etibmen.
Hamono ul yigitni Hayyi Soni’,
Mening ranjimni qilmasliqqa zoyi’.
Bu marzu bum sori kelturubtur
Ki, sarvaqtimgʻa oni yetkurubtur.
Ani gar tormasoq bu ish qililmas,
Vagar yuz qarn sa’y etsak qozilmas.
Kishilar har sori chormoq keraktur,
Qayon boʻlsa ani tormoq keraktur».
Mihinbonu ul oy jahdu shitobin,
Chu koʻrdi fahm qildi iztirobin
Ki, xopokan damidin shu’lai garm
Qilibtur xoradek koʻnglin aning narm.
Nasihat bildikim koʻp naf’ bermas,
Oʻziga keltururning vaqti ermas.
Qilib ul ishda hikmatlar rioyat,
Ani tormoqqa jahd etti bagʻoyat.
Topib, filhol qildilar xabar fosh
Ki, oriqda burungʻidek qozar tosh.
Bilib, oygʻa tarab yuzlandi chandon
Ki, boʻldi lablari gulbargi xandon.
Qila boshladi mahzun koʻngli chora
Ki, ne nav’ aylagay oni nazora.
Kamingohe topib boqqoy anga toʻq,
Bu koʻrgay oni, ammo ul muni yoʻq
Kim, ul koʻrsa qilib bedilliq ogʻoz,
Yana koʻrroq ochilgʻay rardai roz.
Vale aylab Mihinbonu hamesha,
Aning qoshigʻa bormogʻliqni resha.
SOʻpub ahvolin oning gohu begoh,
Tilab maxfiy gʻamidin boʻlmoq ogoh.
Topib holin nechakim aylab idpok,
Hunardin mamlu, ammo aybdin pok.
Xati mehrini koʻngli ichra tortib,
Vale ul mehr kundin-kunga ortib.
Havas aylabki, mundoq pok rayvand,
Manga ne boʻlgʻay erdi boʻlsa farzand.
Va lekin hajrdin zor erdi Shirin,
Kecha to subh bedor erdi Shirin.
Ne dardin derga bir hamdardi oning,
Ne subhu shom xobu xoʻrdi oning.
Ne bir hamdam anga boʻlmoqqa ma’nus.
Ne qoʻyub holi izhorigʻa nomus.
Qoshigʻa borgʻoli aylab taammul
Ki, nogah boʻlmagʻay ul betahammul.
Desakim bormayin gulchehri zebo,
Boʻla olmay hazin koʻngli shikebo.
Firoq oʻtida miskin joni oning
Ki, boʻlgʻay dardu yoʻq darmoni oning.
Ketur, soqiy, mayi gulrangi xushboʻ
Ki, urgʻay chorasiz dard oʻtigʻa suv.
Munungdek may manga armon boʻlubtur
Ki, dardim asru bedarmon boʻlubtur.

XXXIII

Farhodning ul tosh arigʻin, balki arigʻ toshin qazib Armaniya togʻiga yetkurub ul togʻ fazosida qasri qulla monand, balki asosi koʻh rayvand bino qilib itmomgʻa yetkurgoni va «Bahr un-najot»(1) havzin qasr ollinda metini xoroshikof bila namudor qilib ul havz va arigʻ atrofin safoda billurkirdor va jiloda oyinai chiniy davri bila dastasidin namudor qilgʻoni va bu ariqqa suv ochmoq uchun abri bahoriydek koʻzlaridin ashkbor va durri ashkidin gavhar nisor qilib «Ayn ul hayot» chashmasigʻa yuzlangani

Bu rangin nuktaga hangomaoro,
Bu yangligʻ qildi kilkin nomaoro
Ki, Farhod ul arigʻni chora aylab,
Qazar erdi shikofi xora aylab.
Umidi ulki bu ish torsa itmom,
Tamoshogʻa kelib sarvi gulandom(2).
Yana bir qatla ham koʻrgay jamolin,
Simo’ etgay ravonoso maqolin.
Tarabdin chiqsa munglugʻ joni oning,
Jahonda qolmagay armoni oning.
Va gar xud boʻlmasa ul yon xiromi,
Bu ish sori chu koʻrtur ehtimomi.
Husuli ranju dardi dildur asru,
Ul oyning ollida mushkildur asru.
Bu mushkil ishga boʻlsa chorarardoz,
Eshitgach ul sihi sarvi sarafroz.
Muyassar koʻrsa komu muddaosin,
Bu hosil aylagay oning rizosin.
Bu nav’ ummid birla subh to shom,
Anga yoʻq erdi tosh chormoqdin orom.
Muhandisvor aylar erdi avval,
Arigʻning ikki yonin ikki jadval.
Ham uch qori kanoridin kanori,
Ham oning umqi erdi ikki qori(3).
Vale har jadvalikim tortar erdi,
Hamono ming qoridin ortar erdi.
Bu ming qori sarosar torsa rardoz,
Yana ming qori aylar erdi ogʻoz.
Qilib har ming qori qozgʻonda xora,
Burun metini birla xora rora.
Burungʻi ikki yuz xopokani rust,
Tashirlar erdi singʻon xorani chust.
Arigʻ javfin alar qilgʻuncha xoli,
Bu olib teshasin ilgiga holi.
Arigʻning qilgʻoli malso xaroshin,
Qilibon teshaning raydo taroshin(4).
Yoʻnargʻa teshani ilgiga olso,
Qilib yuz-yuz qori xoroni malso.
Musayqal aylabon koʻzgu masallik
Ki, anda yuz koʻrunib suv masallik.
Iki yondin qilib xoroni rayvand,
Toʻshab farshin aning dandona monand(5).
Biror yerkim tugansa erdi xoro,
Yerida tufroq oʻlsa oshkoro.
Bu yangligʻ yerda mehnat ortar erdi,
Yasab oʻtguncha zahmat tortar erdi.
Vale solmay oʻzin zoru dajamvor,
Yoʻnub xoroni taxta-taxta hamvor.
Hamul jadval bila rargorin asrab,
Raja torin chekib hanjorin asrab.
Olib bir-bir yoʻnulgʻon xorani chust,
Toʻshab ul taxta-taxta toshni rust(6).
Arigʻ hanjorin andoq aylabon soz,
Muhandisresha aylar erdi rardoz
Ki, boʻlub xoroi yakrora ul marz,
Shikofida tora olmay kishi darz.
Va gar olligʻa kelsa erdi togʻe,
Koʻtarguncha tora olmay farogʻe.
Ani chormoqqa aylab teshani tez.
Boʻlub ul qatra suvdin otashangez.
Tutub ul togʻning avjida maskan,
Boʻlub xoroshikofu qullaafgan.
Kamar bogʻlab yiqorgʻa chun hajarni,
Yiqib har zarbi dasti bir kamarni.
Solib chun zarba togʻ avjigʻa rayvast,
Qilib har zarb ila bir qullani rast.
Rayoray chun solib metini kori,
Yugurtub qulla-qulla dasht sori.
Chu metin orqasin aylab hajarkoʻb,
Boʻlub har sekregon toshi qamarkoʻb.
Qamargʻa boʻyla tosh oʻlgʻoch havola,
Boʻlub qalqon aning ollida hola(7).
Koʻrub anjum yogʻarni ul ushoq tosh,
Taharrukdin oʻgʻurlab har taraf bosh.
Ushoq tosh aylabon gardun yuzin resh.
Nechukkim qullalar homun yuzin resh.
Falak har lahza garchi bosh oʻgʻurlab,
Yer uzra yogʻdururgʻa tosh oʻgʻurlab.
Jafo toshiki holo charx etar fosh,
Hamonokim tuganmaydur hamul tosh.
Falakka togʻning gardin chiqorib,
Iki-uch kunda oʻrnidin qoʻngorib.
Hunardin koʻrguzub yuz sehri Bobil(8),
Arigʻ oʻtkargali qilgʻuncha qobil.
Qilib ul togʻni chun yer bila teng,
Arigʻ qozmoqqa har yon qoʻl ochib keng.
Hamul avvalgi rargorin chekib tuz,
Qozar erdi arigʻni kecha-kunduz.
Chu oz fursat bu yangligʻ koʻshish etti,
Arigʻning boshi qasr oʻrnigʻa yetti.
Yoʻnub havze, kesib xoroni rayvast,
Masohat ichra vaz’i shast-darshast(9).
Dema havz, aytqil daryocha oni,
Suyi lekin ziloli zindagoni.
Bor erdi qasrning oʻrnida bir tosh,
Biyiklikda falakdin oshurub bosh.
Mudavvar vaz’ ila rargori oning,
Va lekin davri besh yuz qori oning.
Bu yangligʻ xoragʻa xoroburi chust,
Ura boshladi metin zarbasin rust.
Yoʻnub atrofin andoq berdi hanjor
Ki, qasre aylagay charxi barinvor.
Chu oz fursat ul ishga boʻldi mashgʻul,
Qoyodin yoʻndi qasri oʻyla maqbul.
Su sori toqi oliyshoni oning,
Yetib koʻk toqigʻa ayvoni oning.
Ichinda gunbazi ayvongʻa loyiq
Yana dahlezi gunbazgʻa muvofiq.
Yana uch sori ham uch toqu ayvon,
Uyolib har biridin toqi Kayvon.
Har uy lutfu safodin oyat anda,
Ravoqu rahbalar begʻoyat anda.
Bu yangligʻ yoʻndi qasri olamoro,
Bori ajzo anga bir rora xoro.
Qilib ayvonida yuz tarh tahrir.
Mavoze’ tarh qildi bori tasvir.
Chekib ul sarvi gulrux taxtu johin,
Bu taxt uzra hamul husn ahli shohin.
Parilar qulluq aylab xizmatida,
Parivashlar qoʻyub yuz hazratida.
Bu suratlarni aylab garchi bejon,
Bularni aylabon surat, ani jon.
Chekib yuz ming bu yangligʻ turfa timsol
Oʻzin ul shoʻx oʻtrusida behol.
Qayu mavzudakim, ul mohrora
Muning shakli qilib bexud nazora.
Bu ishlarda boʻlub Shorur yori,
Yetib har birga kilki chirakori.
Bu sizsa odami, taksir etib ul,
Bu cheksa jonvar, tash’ir etib ul(10).
Chu ul oy suratin aylab guzorish,
Oʻzi xoro uza aylab nigorish.
Chekarda ul jamoli getioroy
Gahi ohe chekib, gahi chekib voy.
Bu yangligʻ qasr topib zebu oyin,
Latofat ichra suratxonai Chin.
Tugangach qasrgʻa bu zevaru soxt,
Ravoni havzni ham qildi rardoxt.
Chu boʻldi havzdin bir yoʻli forigʻ,
Kesib har yonidin bir turfa origʻ.
Rioyat qildi andoq vaz’u tavrin
Ki, aylangʻay arigʻlar qasr davrin.
Kelib dargah muhozisigʻa har nahr,
Toʻkulgay suvlari ul sorikim shahr.
Topib aql irtifoining shumori,
Iki ming qori har bir obshori
Ki, suv ondin quyi chun aylasa mayl,
Yasagay bogʻu boʻston anda har xayl.
Nekim xoro chorar ish torqach itmom.
Su boshigʻa urub xorofikan gom
Ki, suvni bogʻlagʻay ul nahr ichiga,
Alolo tushti mulku shahr ichiga.
Aningdek togʻ sori tuttilar yoʻl
Ki, igna solsa yerga tushmagay ul.
Tamoshogʻa qoʻyub el ul sifat yuz
Ki, kasratdin koʻrunmay togʻ ila tuz.
Yaqo birla yurub Farhodi mahjur,
Yonida gom urub bechora Shorur.
Xirom aylab hunarmandi yagona,
Koʻzidin yosh oʻlub turmay ravona.
Tushub dilbar xayoli joni ichra,
Solib oʻt xotiri vayroni ichra.
Suyin turgʻuzmayin koʻzida qaygʻu,
Arigʻ novigʻa oqib ashkidin suv.
Bu qaygʻu eltibon oni oʻzidin,
Oqib bechoraliq ashki koʻzidin
Ki, mundoqkim el oʻlmish dashtraymoy,
Tamosho qilgʻali kelgaymu ul oygʻ
Agar kelsa meni bemor oʻlarmen,
Vagar ham kelmas oʻlsa, zor oʻlarmen!
Ani bu fikr andoq aylabon lol
Ki, fahm aylab ulus tavridin ul hol.
Mihinbonu aning keynicha pokib,
Surub atboi beroyon mavokib.
Tajammul onchakim, el fahmi yetmay,
Takalluf onchakim, el bovar etmay.
Aning har gomigʻa aylab nisori,
Sochib boshigʻa naqdi beshumori.
Sinuq boshigʻa boʻlmoq la’lu durrosh,
Koʻrunub bahr aro yoqqon kibi tosh.
Surub olligʻa gardunvash mavokib,
Bori sur’atda andoqkim kavokib
Ki, minmakdin boʻlub oromi oning,
Dame tingʻay qoborgʻon gomi oning.
Oʻpub ul bodrolarning ayogʻin,
Tushub yoʻlgʻa tutub ikki qulogʻin.
Ulus holigʻa oning zor yigʻlab,
Qilib dardi koʻngulga kor yigʻlab.
Qoʻyub ul gomu el keynicha anbuh,
Qayu anbuh, balkim koʻh to koʻh.
Qayon ul ketti el keynicha ketti,
Bu holat birla suv boshigʻa yetti.
Zamone tinmogʻin qildi bahona
Ki, yetgaymu ul oshubi zamonagʻ
Koʻzida suv va lekin jonida oʻrt,
Boʻlub har sori boqmoqdin koʻzi toʻrt.
Ketur, soqiy, mayu, daf’ et xumorim
Ki, oʻlturdi xumori intizorim.
Xumori hajr bas muhlik balodur,
Anga yo vasl yoxud may davodur.

XXXIV

Farhodning «Ayn ul-hayot» suyin «Bahr un-najot» havzi arigʻigʻa ochib, koʻzidin ul chashma rashahotidek ashki rudin sochib, Armaniya sori xiromi va xaloyiqning ul arigʻ atrofida tamosho uchun gʻavgʻoyi omi va Parivashning Parikash devzodi roʻyadin qolmoq va Farhod devonavor Parikash bila Parivashin egniga olmoq va Armaniya togʻi sori barqdek gom solmoq va falaki qadxamdek mehr ostida yugurmak va mehrni falak ayvonigʻa yetkurmoq va junun

Bu koʻhsor ichra xoro aylagan chok,
Quyar mundogʻ ziloli sofiyu pok
Ki, chun Farhod suv ochmoqqa ketti,
Xabar har soridin Shiringʻa yetti.
Kim, ul qozib arigʻe poku soda,
Necha ishlar dogʻi aylab ziyoda.
Yasab ul nav’ qasri charxmonand
Ki, topib kungiri gardungʻa rayvand.
Bu yangligʻ kilk ila tahriri oning,
Bu yangligʻ naqsh ila tasviri oning.
Qilib ishlarki, qilmay odamizod,
Boʻlub koʻrmakdin oni odami shod.
Qoʻyub koʻngliga yuz koʻhi alamni,
Toʻkub koʻzdin tuman ming seli gʻamni.
Urub ohidin oʻt hardam zabona,
Suv ochmoq azmigʻa boʻldi ravona.
Sanam xud tinmayin soʻzi nihondin,
Tutar erdi xabar har lahza ondin.
Va lekin bu xabarni chun eshitti,
Qaroru sabri ketti, hushi itti.
Buyurdikim: «Ravonroq kelturung ot»,
Buyurgʻoch ashhabi kelturdilar bot.
Ul ashhab girdu rast erdiyu rahvor,
Nechukkim boʻlsa gʻalton durri shahvor.
Chu chiqti yelga gulbargi taridek,
Falak raxshiga mehri xovaridek.
Kishi Bonugʻa(1) chorturdi shitobon
Ki, qildi sayr azmi mehri tobon.
Quyoshdek sayrda bordur shitobi
Ki, bir dam manzil etkay burji obi.
Hamul xopokani roʻlod bozu(2),
Ariqqa men yetishmay qoʻymasun suv!
Xabar chun bildi Bonu shod boʻldi,
Surub bedil qoshigʻa uzr qoʻldi:
«Ki, ey bizdin sanga yetgan malolat,
Yetishmay bizga sandin juz xijolat.
Dame tingʻilki qilding koʻp taku roʻy,
Hamono azm etibdur sarvi gulroʻy
Ki, ushbu sarzaminni ravshan etgay.
Arigʻni sarvu guldek maskan etgay».
Navozishlar qilib bedilni behad,
Buyurdi soldilar ul yerda masnad.
Chiqib masnad yuzida tutti orom,
Hamul tavsanni aylab soʻz aro rom.
Irak zaylucha ham soldurdi filhol,
Dedi: «Oʻltursun ul shoʻrida ahvol!»
Oʻpub tufrogʻni xopokoʻbi(3) xoki
Ulusni oʻrtab ohi dardnoki.
Kelib yer tutti Bonu xizmatida
Malak ul nav’kim gardun qatida.
Mihinbonu navozish aylabon soz,
Anga diljoʻyluqlar qildi ogʻoz.
Debon har lahza shafqat birla bir soʻz,
Hayodin ul tikib yerga iki koʻz.
Shukuhu hilmi aylab elni bevazn,
Giyohu xasqa togʻ ollida ne vazn.
Adab birla berib gohi javobi
Ki, har lafzi aning durri xushobi.
Soʻzidin fahm oʻlub aqlu kayosat.
Yuzidin bilgurub fahmu farosat.
Bulargʻa munda mundoq rasm, qonun
Ki, chiqti bir gʻubori toʻtiyogun.
Chu rechu tob birla avj tutti,
Falak yoʻqkim, quyosh aynin yorutti.
Dedilar: «Bu gʻubori surmamonand
Ki, tutti charx kuhli birla rayvand.
Hamono xoʻblar sultoniningdur,
Jamol avji mahi toboniningdur».
Bu yon goʻyoki surmishdur takovar
Ki, gardidin koʻrunmas mehri xovar.
Ulusni surdilar ul suv boshidin,
Ne suv, Farhod ila Bonu qoshidin.
Yana Farhodni titratma tutti,
Isigʻ dam jismida qonin qurutti.
Mihinbonu kelib rand etti bunyod,
Qasam Shirin boshidin aylabon yod
Ki, ey farzand, bir dam tut oʻzungni,
Dame asra koʻngul birla koʻzungni!
Bu dam gar torsa hushung rishtasi rech
Boʻlur bu necha yil qilgʻon ishing hech.
Seni devonaligʻ gar qilsa magʻlub,
Pari raykar boʻlur el ichra mahjub.
Oʻzungni asra bir dam, boʻlma gʻoyib
Ki, dahr ahli tilab tormas maoyib.
Oʻzungni ham, meni ranjurni ham,
Parishon aylama ul hurni ham.
Bu yangligʻ koʻp sabaq irshod qildi,
Muassir koʻp qasam ham yod qildi.
Oʻzin zabt etkucha ul zori gʻamkash,
Yetishti telba boshigʻa Parivash.
Uzori birla oʻt olamgʻa solib,
Samandardek ulus oʻt ichra qolib.
Dema, yuz uzra zulfi anbarolud
Ki, ul oʻt zohir aylab anbarin dud.
Hamul oʻt shu’lasi oʻrtab jahonni,
Bu dud aylab qaro yuz xonumonni.
Kamoli sur’atidin sarvi gulroʻ
Ravon aylab uzori oʻtidin suv.
Boʻlub fahm ul sudin ayni latofat,
Koʻngul elturga lekin seli ofat.
Yuzida xol oʻlub gulbarg uza zogʻ,
Va yo ter ostida suv ichraki bogʻ(4).
Dema suvkim, ziloli zindagoni,
Ne Xizru ne Sikandar topib oni.
Boʻlub gʻalton latofatdin gul uzra,
Sochib yuz qatra har dam sunbul uzra.
Sochi zulmotida yuz ming Sikandar,
Itib dud ichra andoqkim samandar.
Takovar uzra ra’no qaddu andom,
Balolar sochib, ofatlar qilib om.
Yuzi mehri niqob ostida rinhon.
Nechukkim, oy sahob ostida rinhon.
Bu yangligʻ yetti oshubi zamona,
Samandi na’li sarkoʻbi zamona.
Dedi bedilgʻa Bonukim: «Ravon boʻl,
Ishingga ham qadam qoʻy, ham uzot qoʻl.
Bu ofatkim buyon solmish guzarni,
Tushardin ul taraf asra nazarni.
Sanga garchi bu talqin bejihatdur,
Va lekin holiyo bu maslahatdur».
Sitamkash Bonu ollida yer oʻrti,
Qoʻlin Shorur tutti toki qoʻrti.
Olib metin suv ochmoq etti bunyod,
Yetishti ul sori huri Parizod.
Boqar erdi arigʻning ichu toshin,
Kulumsub tebratib har lahza boshin.
Oshib har ishda hayrat nozaningʻa,
Boʻlub qoyil rayoray ofaringʻa.
Pari raykarda soʻz yoʻq gʻayri tahsin
Urub devona suv ochmoqqa metin(5).
Sugʻa origʻ shikofin ochti chun chust,
Burun novu mamarni bogʻlabon rust.
Chu ul yoʻl boʻldi xoro birla masdud,
Bu yoʻlgʻa mayl qildi tezrav rud.
Arigʻ novi chu boʻldi suv maqomi,
Tegirmon novidek boʻldi xiromi.
Xaloyiq ichra gʻavgʻo tushti har yon,
Ulus ichra alolo tushti har yon.
Arigʻning ikki yonidin alolo,
Nishot ahli tuzub dirno talolo.
Mugʻanniylar iki yondin navosoz,
Tuzub ul roʻd lahni birla ovoz.
Mihinbonu bila Shirin surub ot
Ki, qasr olligʻa yetkaylar sudin bot.
Va lekin suv boʻlub andoq sabukrav
Ki, yetmay girdigʻa xingi sabukdav.
Yugurmakka ulus baskim qilib mayl,
Yiqilib bir-biri ustida har xayl.
Qilib el keynidin ham roʻya Farhod,
Koʻzi ul yonkim ul huri Parizod.
Sumanbar chorib erdi oʻn yigʻoch yoʻl,
Demaykim tuz, tamomi togʻ ila choʻl.
Yana qaytib samandin surdi chun tez
Yeti-sekkiz yigʻoch boʻldi sabukxez.
Nasimekim yuki siym oʻlgʻay oxir
Taharrukda anga biym oʻlgʻay oxir(6).
Aningdek bodroyi tutti orom
Ki, bosqon yerdin oʻtmas boʻldi bir gom.
Bor erdi sursa chirmoshib ayogʻi,
Pari raykar yiqilmoq xavfi dogʻi.
Chu oshiq ongladi qilgʻoch taammul
Ki, yeldin tushkudekdur yer uza gul.
Yer oʻrmaklikka majnundek xam oʻldi,
Quyosh ostida gardundek xam oʻldi.
Koʻtardi orqasigʻa bodroni,
Nechukkim bodro ul dilraboni(7).
Bir ilgi ikki qoʻlin qildi mahkam,
Yana bir ilgi ikki butlarin ham.
Aningdek roʻyada koʻrguzdi ta’jil
Ki, gardi surma boʻldi mil dar mil.
Mihinbonu ani nazzora aylab,
Tora olmay ilojin chora aylab.
Chu ikki-uch yigʻoch gom urdi shaydo,
Boʻlub ollinda qasru havz raydo.
Qadamni qoʻydi qasr ayvoni sori,
Salomat raxshi birla shahsuvori.
Turub ayvonda solim chun egib qad,
Hamul turgʻon su birla sarvi gulxad.
Boshigʻa sarvning aylandi filhol,
Oʻpub yer, zor yigʻlab, yondi filhol.
Chiqib togʻ uzra aylab ashkboron,
Chekib un, oʻylakim abri bahoron.
Chu ul qildi bulutdek togʻ uza mayl,
Arigʻdin suv yetishti oʻylakim sel.
Labolab ul sudin chun havz toʻldi,
Arigʻlar dogʻi molomol boʻldi.
Boʻlub suv qasr atrofigʻa doyir,
Toʻkuldi dasht uza boʻlmoqqa soyir.
Ariqqa qoʻydilar «Nahr ul-hayot» ism,
Falakvash havzgʻa «Bahr un-najot» ism.
Ketur, soqiy, tagʻori bahr timsol,
Qadah kishtisin ul may bahrigʻa sol!
Arigʻ ichmak erur jonim hayoti,
Tugatmak bahri may umrum najoti.

XXXV

Mihinbonu bila Shirinning Farhodni firoq xoro kamari etagidin domangir boʻlub visol atlasi charxi haramida toʻqquz rarda ichra mahram qilib ziyofat harir va hullalari uzra majlis tuzatmoqlari va oʻn fanda oʻn sohib kamol qizkim, asharai komila alar ta’rifidin ushri ashir boʻla olgʻay, aning qoshinda izhori fazl qilib oʻzlarining qonidek, ya’ni yuzidek xijolat boshlarin quyi solmoqlari va Shirin-ning falak qasridin quyosh chiqqondek qasr hujrasidin chiqib mehri jamoli kavkabasi bila anjumanni ravshan qilmoqligʻi va Farhodi siyah sitora ollinda hiloliy jom aro shafaqgun may tutub, aning ishqi bila ichib oʻz ishqi bila anga ichurub, bir-birining bodai ishqidin mast

Guzorish suyidin bu havzi xoro,
Bu yangligʻ mavj qildi oshkoro
Ki, ul suv havz aro qilgʻoch tamavvuj,
Ulusqa necha vaqt oʻldi tafarruj.
Mihinbonu bila Shirini gʻamkash,
Boʻlub ul mushkil ish itmomidin xush.
Buyurdilarki torti qasri zebo,
Ayoqdin-boshqa tegru farshi debo.
Nishotu aysh oʻlub imkondin ortuq,
Sururu shodmonligʻ ondin ortuq.
Valek ul oy uzorin oh tobi,
Nazarda qilmish erdi mohtobi.
Base diltang edi bedil gʻamidin,
Boʻlub diltanglik hosil gʻamidin.
Mihinbonugʻa bas mushkil ish erdi
Ki, mahvashning xayolin bilmish erdi.
Vale tormas edi bu ishga chora
Ki, yondoshqay buluru sangi xora.
Chu koʻrdi itti bedil telbalikdin
Pari raykar dogʻi borur ilikdin.
Dedi mahvashqa: «K-ey jonimgʻa rayvand!
Hazin jonim jamoling birla xursand.
Bu shaydovash yigitkim chekti koʻp ranj
Ki, muzdi dast anga bor erdi yuz ganj.
Necha koʻp boʻlsa istigʻnosi oning
Yoʻq ersa ganjdin rarvosi oning.
Vale bizdin dogʻi xushdur muruvvat
Ki, bersak soʻz bila koʻngliga quvvat.
Anga taklif qilsak mehmonliq,
Ikimiz zohir etsak mizbonliq.
Ani istargʻa el qilsak ravona,
Tuzatsak bazmgohi xusravona.
Yasosoq sandali uzra maqomin,
Qilib diljoʻliq etsak ehtiromin.
Bular birla gar oni aylasak rom,
Rioyat aylasak nekim erur kom.
Vagar qilgʻonga boʻlmas mayli zohir,
Qilurni qilmish oʻlgʻoybiz biz oxir.
Bular gar koʻngliga boʻlmas tirozi,
Xud oʻlgʻay daf’ elning e’tirozi».
Bu soʻzdin lolarux guldek ochildi,
Rujuin ham aning rayigʻa qildi.
Mihinbonu ravoni hukm surdi,
Nekim matlub edi, borin buyurdi.
Bilurlar erdi Bonu rasmu royin,
Hamul dam torti bazm asbobi oyin.
Dedi Bonuki: «Ayvon ichra kunduz,
Qoʻyoli jomi may ichmak sori yuz
Ki, havz oʻlsun nazar olligʻa oʻtru,
Bu manzildin gʻaraz chun erdi bu suv.
Jahongʻa mushk sersa shomi dayjur,
Qilib ravshan falakdek sham’i kofur,
Tutoli bir nafas qasr ichra orom,
Vale orom tutmay tortali jom».
Iki-uch hushmandi nuktarardoz
Yibordikim qilib har yon taku toz,
Topib Farhodi zori benavoni,
Keturgaylar bu majlis ichra oni.
Borib tortilar oni zoru mahjur,
Balou dardigʻa yoʻq haddu maqdur.
gʻamu andisha oʻtining sharori,
Sharori dardu mehnat beqarori.
Topib koʻrmaktin oni yuz malolat,
Ravon qildilar izhori risolat.
Ayogʻlarigʻa qoʻydi bosh yigʻlab,
Nechukkim sel toʻkti yosh yigʻlab.
Dedi: «K-ey nuktangiz jonimgʻa ummid,
Ne jon ummidi, balkim umri jovid.
Izingiz gardi toji iftixorim,
Ne qilmoqqa mening ne ixtiyorim».
Eshitgach boʻldilar xushdil ravona,
Ani e’zoz aylab xusravona.
Ul oʻldi shah, bular xaylu sirohi,
Anga tegruki erdi bazmi shohi.
Yetishgach Bonu aylab behad ikrom,
Dedikim, kursi uzra tutsun orom.
Bajo kelturdi ul bemisl nodir,
Nekim Bonugʻa boʻldi hukm sodir.
Ishorat aylagʻach Shoruri bedil,
Ravon kursi tubida tutti manzil.
Chu kursi uzra manzil tutti Farhod,
Mihinbonu takallum qildi bunyod.
Nekim imkoni boʻlgʻay husni taqrir,
Ravo koʻrmay aning uzrida taqsir.
Bu ham har nav’kim anglab xitobin,
Xijolatlar bila aytib javobin.
Chu mardumliq hadisi torti royon,
Ravon xon chektilar behad namoyon.
Chu qolmay ishtiho xonlargʻa boqi,
Surohi kelturub majlisqa soqi
Tuzuldi oʻyla bazmi xusravoyin
Ki, koʻrmay oʻyla charxi kajravoyin.
Surohilar mayidin ruh olib qut,
Qadahlar har biri bir rora yoqut.
Boʻlub gulrang may moi maindek,
Safou rangi la’li otashindek.
Bu la’lu zarfning yoqut jismi,
Hisori shira bu maxzan tilismi.
Tilismi torqan el nogah ochilmoq,
Havosi telbarab usruk yiqilmoq.
Mihinbonu ichib davron ayogʻi,
Chekib Farhod ila Shorur dogʻi.
Ne majlis, bogʻi rizvondin namudor,
Ne boda, obi hayvondin namudor.
Ayoqchilar shakarguftoru dilband,
Qilib dilbandliq birla shakarxand.
Mugʻanniylar aningdek lahnrardoz
Ki, jonlar rardadin raqs aylab ogʻoz.
Bu majlis ichra hozir oʻn dilorom,
Bori ham sarv qomat, ham gulandom:
Boʻlub Shirin bisotining nadimi,
Alardin xush Mihinbonu harimi.
Kelib har qaysi bir fazl ichra mohir,
Mahorat shevasi har birda zohir.
Biri ash’or bahri ichra gʻavvos,
Biri advor(1) davri ichra raqqos.
Biri mantiq(2) rusumida raqamkash,
Biri hay’at(3) ruqumigʻa qalamkash.
Birining shevasi ilmi haqoyiq(4),
Balogʻatda(5) biri aytib daqoyiq.
Biri tarixda soʻz aylab fasona,
Biri hikmat(6) fani ichra yagona.
Hisob ichra birining zihni borib
Muammoda(7) birisi ot chiqorib(8).
Bu fanlarda bular bir-birdin ahsan
Yuz ul fanliq aro har qaysi yakfan(9).
Diloromu Diloroyu Diloso,
Gulandomu Sumanboʻyu Sumanso.
Parichehru Parizodu Parivash,
Pariraykar zihi oʻn ismi dilkash.
Chu evruldi labolab davr ayogʻi,
Qizidi bazm yangligʻ el dimogʻi.
Mihinbonu kamol izhori aylab
Daqoyiqdin savol izhori aylab,
Alargʻa aylagach juzvi ishorat,
Radidor oʻldi yuz dilkash iborat.
Funun bozori ichra shoʻr tushti,
Atorudgʻa degin gʻavgʻo yovushti.
gʻaroyib koʻp qila boshladi zohir,
Oʻzining fannida har shoʻxi mohir.
Alargʻa chun taammul qildi Farhod,
Unutqon nuktalarni ayladi yod.
Daler oʻlmish edi may jur’atidin,
Ne may, jomi rayoray jur’atidin.
Ani chun tab’i poku zihni oliy,
Qilib erdi zamon sohibkamoli.
Boqib ul sori tab’i ravshanidin,
Savole qildi har birning fanidin.
Javobida sanamlar borcha ojiz,
Eshitmay oʻyla mushkil nukta hargiz.
Alar chun shubhasigʻa tormayin daf’
Oʻzi-oʻq aylabon ul shubhani raf’.
Fasohatda soʻzidin qosir idpok
Ki, har bir lafzi erdi gavhari pok.
Takallumni qilib chun nuktararvard,
Boʻlub bazm ahli aqlu hushidin fard.
Mihinbonu qolib hayron soʻzidin,
Soʻzin chun goʻsh etib, borib oʻzidin.
Soʻzidin zohir asrori Ilohiy,
Jamolidin ayon anvori shohiy.
Yuzi oyini sogʻar lola aylab,
Ul oygʻa sabzasidan hola aylab.
Mihinbonuki donishrarvar erdi,
Bilik ahligʻa shohi sarvar erdi(10).
Muhaqqaq bildikim ulkim yoʻnar tosh,
Qochurmishdur guharligʻ tojdin bosh.
Shukuhi ollida torti oʻzin rast,
Kalomi janbida koʻrdi soʻzin rast
Kishi gavhargʻa jola aylasa ot,
Ham oning gavharidin bilgurur bot.
Tushub taxt ustidin aylab tavozu’,
Qilib taxt uzra ul chiqmoq tavaqqu’.
Ul aylab koʻp tazallumlarki, Bonu
Nekim der jonima minnat, magar bu.
Balo togʻini mujgon birla yormoq,
Yorib tirnoq ila yerdin qoʻngormoq.
Buyursa boʻlmagʻum andin haroson
Ki, bu ishdin erur yuz qatla oson.
Gadou saltanat taxti yiroqdur,
Anga tufroq uza yer yaxshiroqdur.
Chu Bonu koʻrdi beroyon ibosin,
Yana istab aning koʻngli rizosin.
Dedi, taxt uzra gar tutmassen orom,
Manga yer uzra oʻlturmoq erur kom.
Buyurdi oldilar taxti murassa’,
Yer uzra soldilar farshi mulamma’.
Toʻshalgach bu bisoti komroni,
Oʻzi oʻlturdi, lek oʻlturtub oni.
Yana chun jomi may boʻldi ravona,
Guharrez oʻldi Farhodi yagona
Dema yolgʻiz boʻlub soʻzdin guhar posh
Ki, soʻzcha yuz iki koʻzdin guhar posh(11).
Ul oy hijronidin jonida oshub,
gʻamidin charx ayvonida oshub.
Pari xud rardaning keynida hozir,
Boʻlub majmui ahvoligʻa nozir.
Sirishki tinmayin oqib koʻzidin,
Gah oʻzida, gahi borib oʻzidin.
Pari yangligʻ nazarlardin nihoni,
Kupub ul elniyu, el koʻrmay oni.
Vale Bonu tutub koʻz uchidin ros
Ki, xopokan nechuk yumshatmish olmos.
Munung ashki gahi boshidin oshib,
Gah oning ohidin olam tutoshib.
Dedi koʻnglida Bonukim: bu gʻamnok
Ki, mundoq mumkin ermas gavhari pok.
Manga xud barcha holi boʻldi ravshan
Ki, qilmish rostliq — ish, poklik — fan.
Chu yoʻqtur bir nazar qilmoqqa tobi,
Chiqorgʻa yovushur joni xarobi.
Malakdur kelgan inson suratida,
Malakvashliq mubarhan hay’atida.
Bu holat ichra har nav’i Kimondin
Emas mumkin xayoli fosid ondin.
Bukun qilgʻay xilofi pokligʻ ul,
Emas bermak ravo imkongʻa ham yoʻl.
Anga koʻzu koʻngul juz pok emasdur,
Nazarda pok koʻzdin bok emasdur.
Kuyar shavq oʻtidin joni asiri,
Erur yerida boʻlsam dastgiri.
Bu muhlik gʻamda chiqsa joni oning,
Yaqin boʻynumgʻa boʻlgʻay qoni oning.
Dedikim: «Xoʻblar shohigʻa ayting,
Malohat avjining mohigʻa ayting
Ki, bir dam mizbonliq rasmi tutsun,
Yuzidan mehmon koʻzin yorutsun!
Labidin jongʻa qilsun mizbonliq,
Yuzidin koʻzga etsun mehmonliq!»
Sumanbar(12) xud eshitur erdi oni,
Boʻlub bu nuktadin osuda joni.
Xiromon bazm aro boʻldi ravona
Ki, qoʻzgʻoldi xiromidin zamona.
Yuzinda mehr oʻtidin asarlar,
Koʻzida ashk selidin xabarlar.
Koʻzidin hajr apokim ashki borib,
Bori mujgon sinonlarin suvorib.
Qilib Farhod metini kibi tez,
Boʻlub ul xorarez, ammo bu xunrez.
Ogʻizdin ohikim kam boʻlmayin hech,
Bu yel zunnori zulfidin ochib rech
Ki, har tori yuz imon aylagay band
Ki, qilgʻay kufr zunnorigʻa rayvand.
Uzori oʻtigʻakim ashk urub suv,
Ulusning kuymagin koʻrrak qilib bu.
Qoshindakim girih zohir qilib gʻam,
Yangi oy fitnaliq andoq kelib kam.
Jamolidin qoʻyub davrongʻa minnat,
Tutub davron bu ishdin jongʻa minnat.
Uzoridin qilib davronni ravshan,
Qoshidin toq ila ayvonni ravshan.
Solib oʻt jongʻa la’li otashini,
Jahongʻa chehrai burqa’nishini.
Chiqargʻach rardalarning keynidin chehr
Nechukkim toʻrt burqa’ ostidin mehr(13).
Qupub bazm ichra el qoʻzgʻoldilar bot,
Aningdekkim quyosh chiqqonda zarrot.
Bir oʻt Farhodi besomongʻa tushti
Ki, jismin pok oʻrtab, jongʻa tushti.
Koʻzi tushgach ul oyga, chekti bir oh
Ki, dudidin qorordi yetti xirgoh(14).
Yaqin erdiki tarki hush qilgʻay,
Yana behushlar yangligʻ yiqilgʻay.
Vale may zoʻri boʻldi dastgiri
Ki, hushin ayladi farmonraziri.
Maqomin yonida koʻrguzdi Bonu,
Kelib oʻlturdi ul zonu-bazonu.
Quyosh chun tutti oy yonida manzil,
Ham oʻz oʻrnida manzil tutti bedil.
Chu yerliq oʻz yerida tutti orom,
Ayoqchilar rayo-ray tuttilar jom.
Labolab necha sogʻardin Parivash,
Chu oʻz devonasidek boʻldi sarxush.
Hijobi boda zoʻridinki ketti,
Pari izhori insoniyat etti
Ki, ey olam elidin fardu nodir!
Kelib zoting bori qudratda qodir.
Hunarda zerdasting borcha olam,
Hunar yoʻqkim, kamolu fazl aro ham.
Kishikim qilsa ta’rifing xayoli,
Quyosh ravshan demaktur, charx — oliy.
Balodin asrasun davron taningni,
Ne yolgʻuz tanki, joni rurfaningni.
Yoʻlungda ganj agar solgʻoybiz oxir,
Qayu uzring qoʻla olgʻoybiz oxir.
Toʻkub mahvash bu yangligʻ durri shahvor,
Qolib bedil nechukkim naqshi devor.
Parivash boʻldi chun mundogʻ guharrosh,
Ayoq tutmoq uchun qoʻrti urub bosh.
Ul oʻn qizkim oʻn ishda erdi mohir,
Tutub har qaysi bir xoni javohir.
Parivashning qayon boʻlgʻoch xiromi,
Sochib bir xonni har yon tushsa gomi.
Nisori la’lu dur sharh aylagoncha,
Toʻkub Farhod xud koʻzdin yuz oncha.
Pari ul shakl ila bir-bir qoʻyub gom,
Kelib majnun qoshida tutti orom.
Dedi la’ligʻa olib la’li ahmar(15),
«Sening ishqingda noʻsh ettuk bu sogʻar!»
Sumurdi uyla shamshodi qasabroʻsh
Ki, mundin oldi oning ichkani hush.
Ichib jomi labo-lab tutti ul dam
Ki: «Hoʻsh etkil mening ishqimda sen ham!»
Iki hol ul may ichra hosil erdi
Ki, ham hayvon suyi, ham qotil erdi.
Chu oshiq may isidin bor edi mast,
Ajab soqiygʻa koʻrkim boʻldi hamdast.
Olib sirqordi andoq bexudona
Ki, sogʻar naqshidin ketti nishona.
Bu sogʻar boʻlsa erdi jomi aflok,
Qoʻyub ogʻzigʻa sirqorgʻay edi pok.
Vujudi naqshi koʻnglidin yuvuldi,
Koʻngil nangi vujudidin qutuldi.
Qilib oʻzni xalos oʻzluk gʻamidin,
Ne oʻzluk, balki yoʻqluq olamidin.
Ayogʻni torshurub fardi zamona,
Oʻzin tufroqqa soldi bexudona.
Boshi chun ul sanamni sajda etti,
Bu olamdin yana olamgʻa ketti.
Koʻtarmak istadi boshin Parizod,
Yiqildi jismi, ketmish erdi Farhod.
Bu shirin hol chun nazzora qildi,
Aning yonida Shirin ham yiqildi.
Ikisin ogʻzigʻa tutqonda mir’ot,
Nafasdin hech asar yoʻq erdi, hayhot.
Ketur soqiy, manga mir’oti joni
Ki, anda torqamen jonon nishoni!
Chu jonon aksi koʻrguzgay bu koʻzgu,
Oʻzumdin borgʻamen ul nav’kim suv.

XXXVI

Farhod bila Shirin may visolidin, balki visol mayidin birhol, balki behol boʻlgʻonlari va charxi kabud, balki davri hasud soqiysi alarning aysh sogʻari, balki sogʻari ayshigʻa zahri hirmon, balki behush doruyi hijron qoʻshqoni va Xusravi Rarvez Shirinning shakarlablar shohi erkanin bilib, visoli noʻshin koʻngliga shirin qilib, shirin maqol elchidin chuchuk soʻzlar aytib yiborib, Shirin labi jullobidin kom orzusin shakarrez qilur muddao qilgʻoni

Raqam qilgʻon bu soʻzu dard rozin,
Aningdek chekti bu raykar tirozin
Ki, chun bazm ichra ul ikki sitamkash,
Yiqildilar tana’umdin qilib gʻash.
Yana bazm ahli tortib ohu nola,
Bagʻir qoni boʻlub ichgan riyola.
Koʻtardilar ravon mahvashni bir yon,
Yana ul bedili gʻamkashni bir yon.
Anga bir uyda solib bistari noz,
Kelib yotquzdilar huzn aylab ogʻoz.
Yana bir uyda yer solib nihoni,
Yigʻishturdilar ul koʻhi baloni.
Visol ichra yetishmay oshnoligʻ,
Falak soldi aro yerda judoligʻ.
Tong otquncha ikov behol edilar,
Mashaqqat xayligʻa romol edilar.
Chu tebrandi nasimi subhgohi,
Sahargah oʻylakim Farhod ohi.
Falakni tun gʻuboridin sururdi,
Ne tun, savdo tutunin dogʻi surdi.
Ul ikki ishq savdosida madhush,
Oʻziga keldilar aylab madad hush.
Xijolatdin qOʻpub Farhodi diltang,
Baliyat togʻi sori qildi ohang.
Pari raykarda xud bir sa’b holat
Ki, aylab jonining qasdi malolat.
Mihinbonuni ojiz aylab ul hol,
Boʻla olmay ul ishda forigʻulbol.
Ne bedil tarkini tutmoqqa xushnud,
Ne mahvashqa nasihat aylabon sud.
Desakim bermayin bedilgʻa quvvat,
Taqozo qilmay insofu muruvvat.
Koʻp oʻlsa mehribon xudkomligʻdin,
Yel ichra vahm etib badnomligʻdin.
Vale chun bilmish erdi ishqi pokin,
Bu yangligʻ ishq aro dardi halokin.
Tilab har necha kunda bir dam oni,
Ichib bir necha jomi komroni.
Chu mahvash ilgidin aylab qadah noʻsh,
Bu ham behush oʻlub, ul dogʻi behush.
Yana ul hushigʻa kelgach tutub togʻ,
Muning jonigʻa qolib yuz tuman dogʻ.
Bu yangligʻ voqi’ erdi muddati hol,
Yetishmay hol boʻlmoq erdi behol
Ki, nogohon sirehri bemadoro,
Ajab mansuba qildi oshkoro.
Bu tarix ichra magʻrib hukmroni,
Ne magʻribkim, jahon kishvarsitoni.
Ajam birla Arab mulkida dovar,
Arab birla Ajamgʻa shohu sarvar.
Shahi erdiki derlar oni Xusrav,
Mutii amri garduni sabukrav.
Jahon mulkin tutub xaylu sirohi,
Madoyin(1) mulki oning taxtgohi.
Nasabda topibon Kisrogʻa rayvand,
Qayu rayvand, farzandigʻa farzand.
Baqo mulkiga chun Kisro(2) qoʻyub yuz,
Berib ziynat aning mulkiga Hurmuz(3).
Chu Hurmuzning boʻlub ul yon xiromi,
Boʻlub Rarvez aning qoyim maqomi.
Oti Xusrav, laqab otigʻa Parvez(4),
Bu otu bu laqab shuhrat qilib tez.
Ulusqa irs birla hukmron ul,
Atodin to ato xusravnishon ul.
Bilibkim mulk anga yetmish qazodin,
Nekim yetti ato, yetmish atodin.
Qayu birkim qoʻyub oyini ra’fat,
Xalafqa torshurub taxti xilofat.
Yaqin anglabki davroni kuhan gard,
Anga ham tutqusi bu sogʻari dard.
Chu nogah xoli oʻlsa umri jomi,
Keraktur bir xalaf qoyim maqomi.
Agarchi aqdi zavj aylab muqarrar,
Boʻlub erdi anga gavhar muyassar.
Va lekin ermas erdi loyiqi toj
Ki, boʻlgʻaylar anga toj ahli muhtoj.
Nikoh ichra tilar erdi takarrur
Ki, torqay tojgʻa shoyista bir dur.
Topib bu ishda chun aylab taammul
Ki, shoʻra xas qilur zohir, chaman gul.
Bulutdin obi hayvon gar Topar bahr,
Boʻlur albatta pur xarmuhragʻa zahr.
Vagar xud ichsa suv oʻrnida zahrob,
Chamanda gul butar, lavnida yuz tob.
Gar oʻlsa tarbiyat kam yo ziyoda,
Tabiat aylamas tagʻyir zoda.
Xirad dehqoni mundogʻ nuktaye der:
«Ki dona sochqoli yaxshi kerak yer»(5).
Bu ma’ni koʻnglida chun torti orom,
Boʻlub bu komning keynicha nokom.
Mamolik ichra munhilar uzotib,
Aningdek bir samin gavhar soʻrotib
Ki, silki izdivoji ichra chekkay,
Agar gul eksa, gulzor ichra ekkay.
Bu avqot ichra boʻlmish erdi mashhur
Ki, olam ichra kelmish ravzadin hur.
Ne hurekim yurub qilgʻoch takallum,
Uyotdin tuboyu(6) kavsar(7) boʻlub Kim.
Quyosh boʻlmish falakdin yerga nozil,
Va lekin tutmish Arman ichra manzil.
Ul oydin yorumish ul xittai pok,
Quyoshdin oʻylakim bu markazi xok.
Kishiga oʻxshamas goʻyo Paridur,
Pari yoʻq, oftobi xovaridur.
Nasabda jaddi a’lo anga Jamshed,
Hasabda soʻnggʻi mavlo anga xurshed.
Boʻlub oshuftasi nodir misoli,
Bori fanlar aro sohibkamoli.
Uzub eldin aning ishqida rayvand,
Ne ul elga va ne el onga monand.
Huvaydo haykalida koʻhtanlik,
Qilur ashgʻoli holo koʻhkanlik.
Demakim tesha birla koʻhkan ul
Ki, zarbi dast ila xoroshikan ul.
Vale tortib figʻon chekmakdin ohe,
Boʻlub koʻhi tani andoqki kohe.
Kupub ondin bu yangligʻ notavonligʻ,
Pari raykar ham aylab mehribonligʻ.
Agar ma’shuq erur fardi zamona,
Bu oshiq ham erur fardi yagona.
Yoyildi elga chun bu amri matbu’,
Magar Xusravga dogʻi boʻldi masmu’(8).
Ul oy avsofini ahli zamondin,
Eshitur erdi bal yaxshi-yamondin.
Harorat koʻngliga solmish edi joʻsh,
Taraddud jonin etmish erdi madhush.
Xayolida kecha-kunduz ul erdi,
Tilida kecha-kunduz soʻz ul erdi.
Vale mavquf edi munhilarigʻa
Ki, ne kelgay alar inhilarigʻa(9).
Alar ham har tarafdin onglabon hol,
Kelibon qildilar bilganni irsol.
Birikim bor edi Armangʻa ozim,
Bor erdi xalq aytur soʻzgʻa jozim
Ki, shah mahdigʻa loyiq ul Paridur
Ki, Arman mulki oning kishvaridur.
Yana har kimki har yon bormish erdi,
Yuz urgʻon mulkni axtormish erdi.
Dedi bori oning ovozasidin.
Sadoyi husni beandozasidin
Ki, olam ichra jannat huri uldur,
Quyosh yangligʻ jahon mashhuri uldur.
Eshitgan birla Xusrav moyil erdi,
Bular kelmak gʻarazgʻa hoyil erdi.
Chu tush-tushdin bu soʻzlar boʻldi raydo,
Havas bir yoʻli koʻnglin qildi shaydo.
Burun qildi muni koʻngli aro jazm
Ki, Arman sori filhol aylagay azm.
Solib ul gulsiton sori guzarni,
Kiyurgay qoʻlgʻa sarvi siymbarni(10).
Yana qildi taammul saltanatdin
Ki, shahligʻdur munofi ul sifatdin.
Buzurg Ummid edi yoru nadimi,
Ulus donosiyu olam hakimi.
Bilib ravshan samakdin to samo ul,
Anga har mushkil ishda rahnamo ul.
Ani xilvatda chorlab ochti rozin,
Sumanbar ishqidin soʻzu gudozin.
Chu qildi borcha sirrin oshkora,
Tavaqqu’ ayladi ul ishga chora.
Hakim ul nav’ muztar koʻrgach oni,
Taammul aylabon mumtad zamoni
Dedi: «Bok ermas, osondur bu tadbir,
Mizojing tormayin bu ishda tagʻyir.
Muayyan aylagil ravshan zamire,
Risolat shevasida benazire.
Ichi durri maoni birla rurjoʻsh,
Sadaf yangligʻ va lekin ogʻzi xomush.
Sadafdek chunki ogʻzin ochqay oxir,
Hadis oʻrnigʻa gavhar sochqay oxir.
Anga ham taqvo oʻlsun, ham asolat,
Mihinbonugʻa yetkursun risolat.
Saloming birla aylab oni e’zoz,
Debon vuslat soʻzin qilsun sarafroz.
Agarchi arzi johu rif’at etkay,
Vale boshi bu soʻzdin koʻkka yetkay.
Eshitmishmenki Bonu kordondur,
Pari raykar dogʻi bisyordondur.
Chu savdo torsalar bu nav’ mavjud,
Ilikdin bermagaylar bu sifat sud.
Yaqinkim, aylab ul ishdin mubohot,
Yiborgaylar risolat noqilin bot.
Javobu muddao torsoq muvofiq,
Qiloli fikrin oning anga loyiq.
Vagar xud ochsa uzr aytur sari qoʻl
Ki, aslo aql xud bermas anga yoʻl.
Sangakim borcha ishga dastrasdur
Aning fikri dogʻi dushvor emasdur».
Chu arz etti soʻzin donoyi davron,
Risand etti borin doroyi davron.
Topib andoq kishikim boʻldi mastur,
Qilib bu muddaokim boʻldi mazkur.
Rasuli kordon soʻzning tamomin,
Chu qildi fahm, tez etti xiromin(11).
Kecha-kunduz demay borur edi yoʻl,
Qadam qoʻygʻuncha Arman mulkiga ul.
Ketur soqiy, qadahkim komim uldur
Ki, ollimda ajab dushvor yoʻldur.
Ne bir sogʻarki, sogʻar tut rayoray
Ki, bu vodiyni bexud tay qilay, tay.

XXXVII

Xusrav elchisi Arman kishvarigʻa yetgoni va Mihinbonu munhiylariga muddaosin zohir etib, Bonu ani koʻrarga bazmi saltanat qurgʻoni va Hudhud Bilqis ollinda oʻlturgʻondek rasulning Bonu qoshinda oʻlturgʻoni va Sulaymoni zamon risolatin qushlar tili bila arz qilgʻoni va tovusni Anqo(1) juftlugʻigʻa soʻz solgʻoni va Bonuning bahona domin ochqoni va hiyla donasin sochqoni va ul ziyrak qushning bu dona va domdin ram qilib qochqoni va farogʻbol hosil qilmay qahramonligʻ Qofigʻa ketgoni va ul Qof Anqosi bu ma’nidin gʻazab minqori bila

Bu vodiy qat’ida qilgʻon sayohat,
Bu yangligʻ qildi izhori fasohat
Ki, chun Armangʻa yetti homili roz(2),
Boʻlub koʻnglida yuz turluk fusunsoz.
Xabar yetkurdilar Bonugʻa navvob
Ki, davlat bu taraf boʻlmish inontob.
Rasule qasru toqi Kisraviydin,
Ne Kispokim, bisoti Xusraviydin.
Kelibdur aqldek boshtin-ayoq hush,
Takallum vaqti goʻyo, yoʻqsa xomush.
Solib Bonu quloq ul mojarogʻa,
Tushurmak hukm etib mehmonsarogʻa.
Koʻp aylab aklu shurb ichra zarofat,
Buyurdi ulcha imkoni ziyofat.
Yibordi nuktadoni hushmand el,
Daqiq idpoklik mushkilrisand el
Ki, noziklik bila aylab qiyosin,
Nekim bor onglagaylar muddaosin.
Qilib ma’lumi ul xayli yagona,
Boʻlub dargah bisotigʻa ravona.
Qilib arzida izhori xijolat
Kim, ul xijlat-oʻq aylab arzi holat.
Mihinbonu bilibkim, charxi soyir
Yana ne bulajab la’b etti zohir.
Dedikim: «Tongla asrab bor(3) chogʻin,
Muhayyo aylangiz koʻrmak yarogʻin.
Koʻray e’zoz ilakim mehmondur,
Ulugʻ yerdin yetishgan kordondur.
Manga ma’lumi chun boʻldi xitobi,
Degaymen har nekim boʻlgʻay javobi».
Eshitgach hukm, yer oʻrtilar ul xayl,
Chiqib hukm oʻlgʻon ishga qildilar mayl.
Tushub Bonu tafakkur olamigʻa,
Tafakkur yoʻq, tahayyur olamigʻa.
Desa zohir qilay ul ish rizosin,
gʻanimat onglabon davlat asosin.
Kelib yodigʻa Farhodi sitamkash,
Hazin koʻngli boʻlur erdi mushavvash.
Bu soʻz raddin qilurgʻa boʻlsa mashgʻul,
Torilmay hech nav’i uzri ma’qul.
Desa Xusravni oʻzdin kam emastur,
Oʻzin tengsiz desa, ul ham emastur.
Agar farzan, oʻzi boʻlsa rizomand,
Boʻlurmu rozi ul shoʻxi shakarxandgʻ
Agar kuch birla boʻlsa oy rizosi,
Ne boʻlgʻay bu rizoning intihosigʻ
Vagar qilsa ibo tarhini bunyod,
gʻazanfardin yetar jayranga bedod(4).
Harif ermas yolingʻa hulla chandon,
Ushotur shisha yuz ming boʻlsa sandon(5).
Bu ma’nida base aylab madoro
Ki, yaxshi uzre etkay oshkoro.
Taxayyul tuxmini yuz nav’ ekti,
Ham oxir oyni ul roy ichra chekti
Ki, gardundin bu ish voqe’ durur bil,
Yamon gar yaxshisin ham fikrini qil.
Eshitgach qissani huri Parizod,
Qoʻyub tufrogʻ uza yuz, qildi faryod
Ki: «Yey na’layning oʻrni qiblagohim!
Harimi nazhating gʻamdin ranohim!
Necha yetkay sanga mendin malolat,
Necha kelgay manga ondin xijolat.
Boshimgʻa tigʻi gʻam sursang ne boʻlgʻay,
Bu soʻz deguncha oʻltursang ne boʻlgʻay.
Meni hindudek otashgahgʻa boshla,
Uzorim xolidek oʻt ichra tashla
Ki, jismim boʻlsa ul oʻt ichra nobud,
Sochimdek chiqqay ondin chirmanib dud.
Malolimdin bari olam qutulsin,
Tanim yuz ming balodin ham qutulsin.
Manga Farhod ishqi tuhmati bas
Ki, chehram koʻrmayin ul zoru bekas.
Yiqilmoqdur shiori oh tortib,
Koʻnguldin nolai jonkoh tortib.
Qulogʻi mustami’ boʻlmay soʻzumga,
Koʻzi oylar oʻtub tushmay yuzumga.
Togʻ ichra sel yangligʻ oqizib yosh,
Urub tosh uzra hardam seldek bosh.
Xayolim birla koʻnglin qone’ aylab,
Firoqim ichra umrin zoye’ aylab.
Yuzumdin didai giryoni mahrum,
Visolimdin balokash joni mahrum.
Qolib men ham yiroq ul notavondin,
Nechukkim mendin ul, men dogʻi ondin.
Bu bizga holu yuz nav’ elda shuhrat,
Ne yuz shuhratki, yuz ming nav’ tuhmat.
Manga ne yoru ne oshiq havasdur,
Agar men odam oʻlsam ushbu basdur!(6)
Agar Bonu iloji bilsa qilsun,
Oʻzumni oʻltururmen yoʻqsa bilsun!»
Mihinbonu ani chun boʻyla koʻrdi,
Yuziga darddin ashki yugurdi.
Koʻngulga chora tarhin soldi filhol,
Koʻngul berdiyu, koʻnglin oldi filhol.
Dedi: «Yey koʻrmagingdin koʻngluma kom!
Huzuringdin hazin jonimgʻa orom.
Ne soʻzkim sen deding jonimgʻa yoqti.
Hadising joni rajmonimgʻa yoqti.
Sanga bori soʻzingda muttafiqmen,
Muhiq sen-sen dogʻi, men ham muhiqmen.
Sen emdi gʻam yema, koʻnglungni xush tut,
Tarab birla oʻzungni bodakash tut.
Tuzub men tongla jashni xusravona,
Qilay elchini uzre deb ravona».
Degan miodi birla oni koʻrdi,
Talattuf birla yoʻl ranjini soʻrdi.
Yana Xusravgʻa ham aytib duolar,
Base soʻrdi debon madhu sanolar.
Quyi solib suxanvar farqi taslim,
QOʻpub aylab anga shoyista ta’zim.
Koʻrub ul xusravona taxtu avrang,
Anga loyiq shukuhu hushu farhang.
Nihon koʻnglida yuz ming ofarin deb,
Hasabda loyiqi toju nigin deb.
Chu bazm oyinigʻa boʻldi nihoyat,
Anga in’omlar aylab bagʻoyat.
Ijozat berdi ta’zim aylabon koʻr,
Dedi shahgʻa duolar aytu yer oʻr.
Yana deb zohir etgach muncha savlat
Ki, degaylar javob arkoni davlat.
Rayomovar chu torti soʻzga anjom,
Yer oʻrti, dogʻi qoʻydi tashqari gom.
Tilab navvobni Bonu ravone,
Alargʻa sharh qildi dostone.
Ki: «Ayting bu rasuli kordongʻa,
Ki, desun Xusravi Kisronishongʻa
Ki, raygʻomiki bu jonib yibording,
Niyoz ahlini tufrogʻdin koʻtording.
Chekib tufrogʻni charxi axzar uzra,
Chiqording zarra mehri xovar uzra.
Vale tole’gʻa chun yoʻq roʻyi behbud,
Sen ar yuz muncha qilsang lutf ne sud.
Agar yuz yil bu ishga yesam armon,
Chu bu dardimgʻa darmon yoʻq, ne dermon.
Bizing birlaki sen vuslat qilursen,
Sharafdur bizga bu, sen ham bilursen.
Vale voqi’ durur bir turfa holat
Ki, bor oni demaktin ham xijolat.
Vale har neki Tengri qilsa taqdir,
Kishiga yoʻq rizodin oʻzga tadbir.
Budur soʻz hosilikim, bu qamarchehr
Ki, oning sori garm oʻlmish sanga mehr.
Hunardur garchi boshdin to ayogʻi,
Va lekin bor durur bir aybi dogʻi
Ki, juft otin qoshida tutsa boʻlmas,
Bu soʻzning girdiga yovutsa boʻlmas.
Yeranlardek erur da’bu shiori,
Chorib, oʻq otib, oʻlturmak shikori.
Kishiga yoʻq bizing el ichra yoro,
Anga qilmoq bu soʻzni oshkoro.
Kim etsa qoshida bu soʻzga madxal,
Magarkim kechgay oʻz jonidin avval.
Anga bu ayb bermish Koshifi gʻayb,
Ne Haqdin boʻlsa, boʻlmas aylamak ayb.
Yoʻq ersa ul bani odam Parisi,
Quyoshedurki, koʻrtur mushtarisi(7).
Angakim oʻlsa olam xalqi mushtoq,
Nechuk ul juftdin qolgʻay edi toq.
Jihat bu erdikim bu kunga tegru,
Uy ichra qoldi ul gulchehra mahroʻ.
Chu shahni aybimizdin qilduk ogoh,
Nekim hukm aylasa hokim durur shoh».
Tugatgach soʻzni Bonuyi zamona,
QOʻpub navvob, eshitgach ul fasona.
Rayomovargʻa ochib rardai roz,
Barisi boʻldilar afsonarardoz.
Javobida oʻzin ojiz torub ul,
QOʻpub, kelgan sari tutti ravon yoʻl.
Chu yetti anda, mundin har ne bildi,
Ravon Xusrav qoshida arza qildi.
Eshitgach tund oʻlub doroyi dovar,
gʻazabdin qilmadi ul soʻzni bovar.
Yana bir tundroq elchi yibordi,
Aning dogʻi javobi boʻyla bordi.
Necha qatla borib keldi rasuli,
Muyassar boʻlmadi maqsad husuli.
gʻazab ul nav’ garm etti dimogʻin
Ki, dudi tiyra qildi kun charogʻin.
Dedi: «Holim mening ul yerga yetti
Ki, bu nav’ el soʻzumdin nafrat etti.
Yaqindurkim bu bema’ni fasona,
Erur boshtin-ayogʻ makru bahona.
Manga bas ermas erdi bu qadar nang
Ki, qilgʻoymen alargʻa oʻzni hamsang.
Eshitmaklik kerak bu mojaro ham,
Ki, qilgʻaylar alar soʻzdin ibo ham.
Erur oʻz baxtigʻa bermak nigunluq,
Zabunlargʻa ayon qilmoq zabunluq.
Nega xud chiqmasun sungʻur jahondin,
Koʻrub shavkat sadosi mokiyondingʻ
gʻazanfar xud netar changolu yolin,
Chekar boʻlsa tishi oʻyning maholin.
Agar umr oʻlsa ul ayyoralargʻa,
Demay ayyorakim, makkoralargʻa.
Sitamdin yetkuray andoq sazoye,
Solay kishvarlari ichra baloye
Ki, qayda bor esa bir hiylarayvand,
Qiyomatgʻa dekin boʻlgʻay anga rand».
Bu soʻzlarni debon azm ayladi bot,
Sirahlar tortibon hayhot-hayhot!
Kerak ishq ahli qul boʻlmoq bu soʻzga
Ki, «shahliq oʻzgadur, oshiqliq oʻzga»(8).
Ketur, soqiy, qadah ogohliqdin
Ki, andin jur’a xushroq shohliqdin!
Ichib may, saltanat ilmay koʻzumga.
Qilay zulm, elga qilgʻuncha, oʻzumga!(9)

XXXVIII

Xusravning Shirin soridin kelgan talx javoblaridin achchigʻlanib qalin siroh chekib, Arman viloyatigʻa shoʻru gʻavgʻo solgʻoni va Mihinbonu Armaniya qoʻrgʻoninkim, har burji rif’atda sekizinchi hisorning oʻn ikki burjidin bosh oʻtkarib, har kungirasi toʻqquzunchi hisn uchigʻa xisht yetkurub erdi berkitgoni va Xusrav qal’a tegrasin evrularda Farhodni qayo ustida kupub tutmoq xayoli qilib Farhodning til xaroshi bila aning bagʻrigʻa nish sonchib, koʻngliga tigʻ urmogʻi va ilik toshi bila boshidin xudin va alami boshidin mahchasin uchurmogʻi va Xusravning tugʻi boshsiz va boshi xudsiz oʻrdusigʻa surmoki va cherigin qoʻrgʻon sori koʻchurmoki

Maoni xaylini qilgʻon murattab,
Bu maydon ichra mundoq surdi markab
Ki, chun surdi sirah Armangʻa Rarvez,
Nizou qahr tigʻin aylabon tez.
Ne oʻrdusigʻa bor erdi kanora,
Ne ul oʻrduning ahligʻa shumora.
Sirah gardi qarortib kun charogʻin,
Mushavvash aylabon gardun dimogʻin.
Sirohi chekti koʻrguzmakka bedod
Ki, bermas olami bedodgar yod.
Necha kun chun manozil qat’ qildi,
Cherik Arman savodigʻa yoyildi.
Xabar Bonu sori yetkurdi har xayl
Ki, tutti borcha Arman mulkini sel.
Qayu bir selikim, daryoyi ofat,
Qayu daryoki, toʻfoni maxofat.
Anga xud bu ish ermas erdi mubham,
Burundin ishni qilmish erdi mahkam.
Hisorin royu harfi qal’adori,
Qilib mahkam nechukkim koʻk hisori.
Ne qoʻrgʻon, bir hasinu berk qoʻrgʻon,
Falak hisnini arkidek yashurgʻon.
Samon oshligʻ toshigʻon yoʻl nishoni,
Falak yangligʻ yonida Kahkashoni.
Tutub har kungiri keynida orom,
Muborizshevaye andoqki Bahrom.
Chiqib boru anga gardungʻa tegru,
Oʻtub xandaq yana gardungʻa tegru.
Yazak qilsa tutub ul avj bora,
Kecha xandaq suyi sori nazora,
Quyi kavkabni koʻrguzgay safodin.
Kavokib aksi tushgandek samodin.
Bu mahkamliq bila oncha zaxira
Ki, idpokida qolib aql xira.
Suhovash donasin dastosi gardun,
Ming yil davr etsa boʻlmay tortmoq un.
Hamaldek qoʻzi yuz mingdin ziyoda,
Uy anda suvr yangligʻ poda-poda(1).
Yana har jinsi kiymak yo yemakdin,
Boʻlub kasratda mustagʻni demakdin.
Boʻlub Bonuyi korogahgʻa resha,
Hisor ahlini zabt etmoq hamesha.
Pari raykar bila Bonuyi sardor,
Qilib Farhodni dogʻi xabardor.
Anga zohir etib ul ish qiyosin,
Qilib qoʻrgʻonga kirmak iltimosin.
Parining soʻzini ul yerga solmay,
Parining xotiridin kecha olmay,
Qoʻyub nokomdin qoʻrgʻon sori gom,
Vale toshqori tutmish erdi orom.
Topib ul qal’aning toshida bir tosh(2),
Kim ul koʻk qal’asidin oʻtkarib bosh.
Tutub erdi aning ustida maskan
Ki, boʻlgʻay razm vaqti xoraafkan.
Kelib Xusrav ham aylab jahdu ta’jil,
Yiroqroq tushti qoʻrgʻondin yarim mil.
Adaddin koʻp sirohin chun tushurdi,
Tamosho aylay Arman sori surdi.
Humoyun mavkibida ming dilovar,
Aning birla surub ul yon takovar.
Hisor atrofida solib nazar tez,
Boʻlub har lahza nav’i fikratangez.
Nazora aylar erdi har zamone,
Koʻrar erdi yer uzra osmone(3).
Ne topib olmogʻi sa’yida behbud,
Ne kelmakdin rushaymonliq etib sud.
Tutub Farhod ul tosh uzra manzil,
Nechukkim dur qilur bosh uzra manzil.
Nazar Farhodgʻa chun soldi Rarvez,
Degil koʻksiga tegdi dashnai tez(4).
Dedi: «Ul bulajabvash odamizod
Ki, koʻrgach oni koʻnglum boʻldi noshod;
Tafahhus aylangizkim, ne kishidur
Ki, xotirni hazin qilmoq ishidur».
Birov farzona sori surdi otin,
Yetib Xusrav tilidin soʻrdi otin.
Dedi bedilki: «Ot ahli emasmen,
Otim tutmoqqa dogʻi arzimasmen.
Qazodin oʻyla tufroq oʻldi zotim,
Kim ul tufroq aro Kim boʻldi otim.
Ichimga ishq oʻtidin tushkali dud,
Ne otim, balki zotim boʻldi nobud.
Meni ot anglamakdin ishq etib yot,
Men otdin yotu mendin yot oʻlub ot.
Va lekin dahr aro ahli talavvun,
Adamgʻa aylab itloqi taayyun(5).
Qilurlar chun vujudim tufrogʻin yod,
Hamonokim atarlar xasta Farhod».
Soʻzin Xusrav qilib boshdin-ayoq goʻsh,
Yaqin erdiki borgʻay magʻzidin hush.
Eshitmish erdi koʻp avsofin oning,
Eshitgach bu kalomi sofin oning.
Agarchi vola etti hayrat oni,
Vale ishq ichra oʻrtab gʻayrat oni.
Dedikim: «Nuktasidur choshniyi bahr,
Manga andin nasib ermas, magar zahr.
Qilur rangin soʻzi xotir mushavvash,
Hamonokim yilonedur munaqqash.
Kalomi nechakim sofu arigʻdur,
Manga nuqsondin oʻzga ne osigʻdur.
Chu bor ondin gʻamu mehnat nasibim,
Erurmen oshiqu uldur raqibim.
Erur koʻnglida shirkat orzusi,
Ne shirkat, balki mulkiyat gʻulusi.
Bu xoredurki yoʻldin olgʻulugʻdur,
Aning koʻsi rahilin cholgʻulugʻdur.
Qoʻlumgʻa muft solmish oni iqbol,
Kerakdur boʻlmoq andin forigʻulbol.
Chamanni chun aritsam bu tikandin,
Tong ermas, bar yemak sarvu sumandin».
Dedi: «Besh-oʻn muboriz sekretib ot,
Mening ollimgʻa oni kelturung bot».
Alar chun qildilar ul sori rarvoz,
Chiqib tosh uzra Farhod etti ovoz:
Ki: «Yey chobuk sirahdori dilovar,
Qoʻlungda baxt yoru charx yovar.
Agar Xusrav esang xud bil bu soʻzni,
Emas ersang ham eshitgil bu soʻzni:
Sanga mendinki kelmak multamasdur,
Tariqi multamas mundoq emasdur
Ki, chorturdung oʻn-oʻn besh rahlavonni
Ki, qilgʻaylar talaf bir notavonni.
Vagar xud qasdu qatlim erdi maqsud,
Manga mundin ziyon yoʻqtur, sanga sud.
Bu jam’i begunah qonigʻa kirding,
Sirohingni oʻz ilging birla qirding.
Desang bu nukta ermas, rost hosho,
Boqib, Haq sun’ini qilgʻil tamosho
Ki, boshdin uchqusidur mili xudung,
Bu tosh birlaki yetkurdim durudung(6).
Yana bir tosh otib, dedi ravoni:
«Mungadur mahchai tugʻung nishoni».
Iki toshi qilib sur’atda ta’jil,
Rayoray uchti yetgach mahchau mil.
Dedi: «Yey kim, bu elga rodshahsen,
Yoʻq ersang shoh, sarxayli sirahsen.
Bu erdi ishq xayli dastburdi
Ki, sen koʻrdung, sirohing dogʻi koʻrdi.
Bu elni qaytarurgʻa amr qilgʻil,
Yoʻq ersa borcha bir-bir oʻldi bilgil.
Bu toshikim uchurdi xud mili,
Hamuldur bosh uchurmoqning dalili.
Nazar qilkim seningdek bir sirahdor
Ki, boʻlgʻay xayli ichra ming kulahdor.
Birov jonigʻa qilgʻay qasdi nohaq,
Yevaz bu nav’ yetkurgʻay anga Haq
Ki, bir majnun qayodin tosh uchurgʻay,
Yetib ul tosh, sendin bosh uchurgʻay.
Boshingdin kechtim oxir bil gʻanimat,
Boshing olib yoʻlunggʻa qil azimat
Ki, mendin boʻlmayin hech amr noshi,
Manga boʻldi sening qasding xaroshi.
Nechakim ishqdin ranjur erurmen,
Nekim qilsam, sanga ma’zur erurmen.
Ki, Arman togʻida kin aylasam fosh,
Yaqin bilkim, erur har toshu bir bosh.
Kimon qilma bor ersang ishda dono,
Sirohu mulk ila boʻlmoq tavono
Ki, Haq ollinda butmas ming sirahdin,
Ish andoqkim bir ohi subhgahdin.
Sangakim roʻzi etti rodshahliq,
Mening qildi nasibim xokirahliq.
Koʻngul aylab sen ul shahliq bila keng,
Mening ollimda ul tufroq bila teng.
Ne ishkim shah topib ondin navoye,
Vale yuz qatla or etgay gadoye(7).
Jafo maydonigʻa har dam surub ot,
Kishi andin nechuk qilgʻay mubohot.
Erur bu turfaroqkim tortibon tigʻ,
Qarortib yerni xayling oʻylakim migʻ.
Qilib el mulki ichra qatlu toroj,
Olay deb mulk elidin taxt ila toj.
Birovnikim berib mulkini barbod,
Qilursen nozanin koʻnglini noshod.
Shikastigʻa sitam yoyin qurarsen.
Eshittim, ishq lofin ham urarsen.
Bu boʻlgʻay dardu ishq oyini voh-voh,
Vafou mehr sharti Alloh-Alloh!
Kishi ishqida zor oʻlmoq bu boʻlgʻay,
gʻamidin beqaror oʻlmoq bu boʻlgʻay!»
Ilik zoʻri bila andoq otib tosh,
Qilib tigʻi zabon mundoq yana fosh.
Tushub Xusravgʻa toshi iztirobi,
Soʻzining ham tora olmay javobi.
Yonarda erta kunni qilmayin kech,
Yovuq bormoqqa tormay maslahat hech.
Topib kelgan sirohidin malolat,
Yuz oncha qal’a ahlidin xijolat.
Bu sayridin anga boʻlmay ravo kom,
Yonib oʻrdusi sori bordi nokom.
TEshib xudin aning Farhod toshi,
Ichin tigʻi zabonining xaroshi.
Ketur soqiy, mayu, gʻam xaylini yeng
Ki, ermish ishq aro shohu gado teng!
Necha ishq ichra shahligʻ lazzati bor,
Gadoligʻlarning oʻzga holati bor.

XXXIX

Xusrav Farhodning qattigʻ toshidin rajmurda va qattiq soʻzidin ozurda kelib, Buzurg Ummid bila ulugʻ chora umidigʻa soʻzlashib, lutfomiz alfozgʻa qahr va shahdangiz kalomgʻa zahr qotqoni va bu umid va biym maktubin rasuldin Mihinbonu sori uzotqoni va elchining shahdliq zahri shishasi qal’aning xorasidin usholgʻoni, ya’ni Mihinbonuning xoradek mahkam javoblaridin ojiz qolgʻoni, dogʻi Xusrav Armaniya hisorin muhosara qilgʻoni va qal’a darvozalari bogʻlanib, xusumat eshiklari ochilgʻoni

Fasona aytur ustodi suxanvar,
Bu yangligʻ toqti soʻz bikrigʻa zevar
Ki, Xusrav garchi ul kun boʻldi diltang,
Yonib diltang, uyigʻa qildi ohang.
Ham oxir qoʻydi koʻp aylab marogʻa,
Buzurg Ummid ila soʻzni arogʻa.
Buzurg Ummid ani aylab tarabnok,
Dedi: «Qaygʻurmagʻilkim yoʻqturur bok;
Koʻhiston ahli koʻp otqay faloxan,
Junun ahli koʻp etgay yova soʻz fan.
Yilon netgay urub nish ajdahoni,
It urmak birla yonmas korvoni(1).
Nechuk majnun soʻzin oqil eshitgay,
Junun oʻti bila koʻnglin eritgay.
Eshitgan nuktani koʻnglungga olma,
Eshitsang juz eshitmaslikka solma.
Bu avlokim yana bir nuktarardoz,
Borib Bonu sori rand etsa ogʻoz.
Kalomi ichra boʻlgʻay lutfu tahdid,
Nechukkim biym boʻlgʻay, boʻlgʻay ummid.
Shak ermaskim ayon aylab madoro,
Zabunliq aylagaylar oshkoro.
Bu ish boʻlmoqliq avlo chora birla,
Siteza qilsa boʻlmas xora birla
Ki, bu qoʻrgʻon erur mahkam bagʻoyat,
Zaxira anda dogʻi benihoyat.
Seningdek shahki xurshedi jahonsen,
Qayu xurshed, Jamshedi zamonsen.
Qachon ul yon tilarsen razm solmoq,
Keraktur razm solgʻon kun-oʻq olmoq.
Bu yangligʻ fath agar xud dast bermas,
Ani yuz yilda olmoq mumkin ermas.
Chu boʻlmas razm ila olmoq muqarrar,
Magar tadbir ila oʻlgʻay muyassar.
Emas tadbiri holo mundin oʻzga
Ki, chekkaybiz bir ish naqshini soʻzga».
Fusungar aytibon yolgʻonu chindin,
Chekar af’ini afsun birla indin(2).
Degach bu soʻz topib shaxsi suxandon,
Uzottilar ani gʻamginu xandon.
Kelib qoʻrgʻongʻa ul farxunda rovi,
Bu yangligʻ ayladi soʻz kov-kovi
Ki, shahkim charxni rom aylamishdur,
Qamargʻa bu soʻz e’lom aylamishdur
Ki, biz farzandliq tarhini solib,
Buyon keldik vafo koʻsini cholib.
Burunkim tushmamish amre apoda,
Qiling andoqki, qilmishbiz ipoda.
Agar avvalgʻidektur soʻz hisobi,
Bu soʻzdur ul Parishon soʻz javobi
Ki, siyminbarki keldi mehri ofoq,
Gar oʻlsa siz degondek juftdin toq,
Yeranlar maylidin fard oʻlsa zoti,
Alargʻa yoʻqsa mutlaq iltifoti.
Bor ermish telbai xoroshikofe,
Soʻzi boshtin-ayoq sahvu gazofe.
Xiradgʻa yuz tanaffur hay’atidin,
Xirad ahligʻa dogʻi suhbatidin.
Bu shan’at birla ul nangi zamona,
Urub tun-kun figʻoni bexudona.
Oʻzin aylab aning ishqigʻa mansub,
Qilib oshiq oʻzin, ul oyni mahbub.
Bu ish topib bori olamda shuhrat,
Nechuk ul oygʻa boʻlmoy hech gʻayrat.
Ani istab yana qoshigʻa doim,
Vafoomiz soʻzlar deb muloyim.
Visoli birla aylab koʻnglini shod,
gʻami hajridin aylar ermish ozod!
Siz aytur soʻz zilole boʻlsa sofi,
Erur bu ish aning birla munofi.
Va gar yolgʻongʻa oxir boʻlsa roje’,
Bas ul soʻz voqe’, oʻlmish gʻayr voqe’gʻ!
Agar bu sahvingizgʻa mu’tarifsiz,
Karam birla kechurduk ham ani biz.
Xatodin xoli ermas odamizod,
Erur Haq ishda sahv etmoqdin ozod.
Chu qilduq mulkunguzgʻa mehmonliq,
Qiling siz ham tariqi mizbonliq.
Arodin murtafe’ boʻlsun kudurat,
Kuduratsiz safo boʻlgʻay zarurat.
Tugatti soʻzni chun roviyi farrux,
Mihinbonu bu yangligʻ dedi rosux:
«Kim, ulkim Xusrav aytibturki, Farhod
Emas siyratda misli odamizod.
Ne yangligʻ degabiz bu soʻz javobin
Ki, xud ul deb eshitmish oʻz javobin.
Bizingdek yuz tuman vasf etsa yuz yil,
Deyolmas vasfining mingdin birin til.
Gado debdur, erur ul shohzoda,
Sharafda ondinu bizdin ziyoda.
Ne ilmu fanki bor olamda ahsan,
Bu ahsandurki, ul bor anda yakfan.
Aning ul gavhari volosi bordur
Ki, bu oʻkmakdin istigʻnosi bordur.
Yana bir buki debtur sarvi gulchehr,
Yeranlargʻa agar bor ersa bemehr.
Nedin Farhod anga chun boʻldi oshiq,
Erur koʻngli aning birla muvofiq.
Bukun Farhod ul ozodavashdur
Ki, yoʻqluq bodasidin jur’akashdur.
Fano oʻti aro andoqki xoshok,
Vujudi xirmanin pok oʻrtamish pok.
Boʻlubtur oʻyla Haq zotida foniy
Ki, yoʻqtur anda oʻzlukning nishoni.
Bu ash’yo ichra kim boʻlgʻay mazohir,
Koʻrar mazharni har yon boʻlsa nozir.
Qayu mazharki ajmal kelsa mavsuf,
Ajab yoʻq anda koʻrrak boʻlsa mash’uf(3).
Va lekin to erur Shiringʻa shaydo,
Ishi boʻlmaydur andin oʻzga raydo
Ki, koʻrmish ikki yo uch qatla oni,
Tiriklikdin anga qolmay nishoni.
Aningdek tarki aqlu hush qilmish
Ki, ikki-uch kun oʻlgandek yiqilmish.
Azosidin boʻlub har xayl ranjon,
Yana Haq mavhibat aylab yangi jon.
gʻarazdin pok topib oni gulrux,
Koʻrub farxunda ruxsorini farrux,
Qilur jonin aning vasli fidosi,
Va lekin koʻp durur oning ibosi
Ki, koʻrgach hush tark etmak hamondur,
Kelib bu oʻzidin ketmak hamondur.
Bu ma’nidin tutub gah dashtu gah koʻh,
Zaif egniga yuklab bori anduh.
Erur oning xayoli birla qone’,
gʻamu dardu maloli birla qone’.
Vale mahvashqa oning vasli maqsud
Ki, yoʻq makruhe tab’i anda mavjud.
Bukim debtur, karih oning jamolin,
Ne til birla deb erkin bu maqolingʻ
Ani men ayta olmon zisht yo xoʻb,
Sanga koʻrmakligi bor ersa matlub,
Borib Tengri uchun koʻp oni bexost
Ki, Xusrav soʻzlamish egrimu yo rostgʻ
Yuzi gulzoridin chun vard tergung,
Ne aytay men, oʻzing insof bergung.
Bukim Xusrav erur bu ishga moyil
Ki, men boʻlgʻaymen oʻz sahvimgʻa qoyil.
Bu erdi soʻzki, taqrir oʻldi bir-bir,
Borib ollinda bir-bir ayla taqrir.
Desakim, sahvdur, yoʻq hech bokim,
Agar chin desa ham bor oʻzi hokim».
Quloq chun elchi ul soʻzlarga solib,
QOʻpub yondi deganlardin uyolib.
Kelib shoh ollida ogʻoz aylab,
Nekim fahm etti sharhi roz aylab.
Bu soʻzlardin boʻlub gʻolib xijolat,
Taraddud soldi Xusravgʻa malolat.
Bir ulkim, har ne aylab erdi maqsud,
Sarosar torti yor ollinda mardud.
Bu ham ozurda koʻnglin etti maqtul,
Raqib oʻlmoq habib ollinda maqbul.
Chu qildi rodshahlik e’tiborin,
gʻazab oldi ilikdin ixtiyorin.
gʻazab tigʻin chiqorsa rodshahlar,
Ulugʻ mujrimcha bordur begunahlar.
Qamishliq ichra chun oʻt tushti nogoh,
Qurugʻ-oʻl kul boʻlur boʻlgʻuncha ogoh(4).
Qayonkim zohir etti seli bedod,
Yiqorda teng durur vayronu obod.
Chu Xusravni gʻazab magʻlub qildi,
Anga ul mulk elin magʻzub qildi.
Koʻchub qoʻrgʻon sori surdi samandin,
Solay deb koʻk hisorigʻa kamandin.
Sirah azm etti ul yon favj-barfavj
Ki, choyqatti cherik daryosini mavj.
Aningdek yer yuzin tutti sirohi
Ki, tutqay mashq avroqin siyohi.
Qabab qoʻrgʻonni darqur-darqur ul xayl,
Tushargʻa qildilar toʻshluq-toʻshi mayl.
Chu qoʻrgʻon davrigʻa yovushtilar bot,
Suron solib yonibon tushtilar bot.
Suron yoʻq, sur savtining safiri,
Qayu bir surkim, mahshar nafiri.
Ihota qildilar qoʻrgʻonni bebok,
Nechukkim arz jirmin davri aflok.
Ketur soqiy, qadah andoqki gardun,
Shafaqdek boda solib anda gulgun.
Koʻraykim bu hisori lu’batakboz,
Yana ne nav’ to la’b etgay ogʻoz!

XL

Xusrav qoʻrgʻonni qabab tushub davrida yana bir qoʻrgʻon egirgani va Armaniya qoʻrgʻoni arkdek Xusrav egirgan qal’aning davrigʻa kirgoni va cherikning Farhod toshi qoʻrqunchidin anga yovuy olmay ming qari yiroqdin tushganlari va Xusrav aning giriftorligʻi bobida bir hiylagar topib soʻz rishtasin tugushganlari va ul hiylagar afsun rishtasi domin ochib tazvir ashki donasin sochib ul telba qushni(1) giriftor qilgʻoni, balki gul isi bila ul ishq bulbulining(2) hushin uchurgʻoni va Shorur sayyodni halok qilib, kamindagʻilar saydni eltib Xusravgʻa tortqonlari

Falak hisni demay, lu’bat hisori,
Aningdek ochti bu lu’bat uzori
Ki, chun tushti qabab qoʻrgʻonni Rarvez,
Adovat oʻti boʻldi dam-badam tez.
Uloshti moʻrjalu yerni qilib shaqq,
Cherik atrofigʻa qozdurdi xandaq.
Yasab xandaq toshida boruvu burj,
Parivash qoʻrgʻonining naqdigʻa durj.
Qabab ul hisn davrin toshqi qoʻrgʻon,
Nechukkim qubba atrofini qolqon.
Hisor ahli dogʻi voqif tunu kun,
Chiqarmay qal’adin kunduz unu tun.
Kecha lekin figʻoni fosh birla,
Yurub to subh hozir bosh birla(3).
Tong otkuncha furugʻi sham’u mash’al
Yorutub qal’ani andoqki manqal.
Valek ul yonki Farhod erdi sokin,
Cherik kelmak yovuq yoʻq erdi mumkin.
Tiyib a’do sirohin ming qoridin,
Dema bir soridinkim, har soridin.
Yetib toshi nechukkim, ra’d toshi,
Uchub gar tegsa sheri sharza boshi.
Toshigʻa ming qori yerda nishona,
Urub gar xud erur xashxosh dona.
Bu andin turfaroqkim tegsa ul tosh,
Boʻlub Alburz togʻi boʻlsa xashxosh.
Chorib xoroni beandoza haddin,
Otar toshi yoʻnub koʻrrak adaddin.
Bu ishlar bor edi mardudi oning,
Vale izhoridin maqsudi oning
Aodi xaylini qoʻrqutmoq erdi,
Alardin oʻzni solim tutmoq erdi.
Yoʻq ersa yoʻq edi mumkinki ul zor,
Tegurgay rashshaning rarrigʻa ozor.
Birovga yetsa erdi charxdin ranj.
Bu andin koʻp boʻlur erdi alamsanj.
Zaife cheksa erdi dardligʻ oh,
Bu tortar erdi yuz ming ohi jonkoh.
Ne mumkin erdi ul mahzun ishiga
Ki, andin bir alam yetkay kishiga.
Vale a’doni qoʻrqutmoq futuri,
Anga jon vahmidin erdi zaruri
Ki, jonkim andadur jonon vafosi,
Nechuk qilgʻay ani dushman fidosi.
Shukuhidin yetib biym ahligʻa biym,
Koʻrub taslim andin ahli taslim.
Borib darmondalar qoshigʻa oning,
Toʻkub koʻz yoshi koʻz yoshigʻa oning.
Topib andin navozishlar gadolar,
Koʻrub har dam navolar benavolar.
Ayoqqakim tikan kirsa nihoni,
Tilab mujgoni birla cheksa oni.
Anga bu holu, ammo Xusravi ahd,
Aning daf’igʻa aylar sa’y ila jahd.
Tunu kun aylabon oning soʻzin zikr,
Buzurg Ummid birla koʻp qilib fikr
Ki, shoyad ishga nav’i chora boʻlgʻay
Ki, Farhod oʻrtadin ovora boʻlgʻay
Ki, andin boʻlmasa xotir haroson,
Boʻlur qoʻrgʻonni olmoq ul dam oson.
Aning har bir ishin kim el qilib fosh,
Taajjub yo gʻazabdin irgʻotib bosh.
Ham oxir boʻldi raydo naqshboze,
Ne mushkil hiyla boʻlsa chorasoze.
Qachonkim zohir aylab makru talbis,
Boʻlub bir fahmi yoʻq shogirdi iblis.
Anga shah zohir etti muddaosin
Ki, istarbiz bu majnun ibtilosin.
Agar sen aylasang bu ishga chora,
BErurmen naqd behaddu shumora.
Fusunrardoz mundogʻ surdi guftor
Ki, oni makr ila aylay giriftor.
Aningdekkim, dimogʻidin ketib hush,
Oʻluk yangligʻ yiqilsun yerga madhush.
Vale kelturmagiga chora bilmon,
Bu ajzimdin bu ishga bora bilmon.
Dedi Xusrav: «Sen etsang oni behush,
Kamingahda qoʻyay men yuz zirihroʻsh
Ki, chorqoylar kamindin boʻlgʻach ogoh,
Keturgaylar ani andoqki dilxoh».
Chu mundoq va’da qildi shohi gʻaddor,
Oʻpub yer tebradi Kimrohi makkor.
Yasab oʻzni takalluf birla mahzun,
Jununsiz, lek shakli misli majnun.
Hamul vodida bir gul uzdi xushboʻ,
Serib bargi aro behushdoru.
Ravon Farhod sori urdi gomin,
Yasab devonalar yangligʻ xiromin.
Chekib ul nav’ ohi oshiqona,
Degaysen, urdi oʻt andin zabona.
Chu Farhod ul surudi dard eshitti,
Qaroru hushi ketti, sabri itti.
Boqib chun koʻrdi qaddin oʻylakim yoy,
Degaysen, koʻrdi devona yangi oy.
Yetib jonigʻa koʻngli iztirobi,
Urub koʻngligʻa oʻt joni xarobi.
Dedi: «K-ey dard oʻtidin shu’laangez,
Daming qilgʻon oʻtumning shu’lasin tez.
Ne holing boru qaysi koʻydinsen,
Bu yangligʻ telba, ne mahroʻydin sengʻ
Manga gʻam tigʻin urdi ishqi bebok,
Sening koʻksung nedin bu nav’ erur chokgʻ
Manga gardundin oʻldi zulmu bedod,
Nedin sen tortasen afgʻonu faryodgʻ
Manga hajr oʻtin etmish baxt roʻzi,
Sanga muncha nedindur hajr soʻzigʻ
Mening jismim qilib ishq oʻti nobud,
Sening ohing nechun zohir qilur dudgʻ»
Chu torti hiylagar bu nav’ bozor,
Yana izhor aylab ranju ozor.
Dedi: «K-ey ishq elining rodshohi,
Boʻlub bul xayl ayogʻing xokirohi.
Meni mahzun falon iqlimdinmen
Ki, forigʻ har umidu biymdinmen.
Meni yuz ranj ila Haqning rizosi,
Yana garduni gardon iqtizosi.
Bu kishvar jonibi ovora qildi,
Birov ishqi bila bechora qildi.
Koʻrar erdim gahi ul dilraboni,
Yiroqtin oshkora, gah nihoni.
Necha hajrida zoru gʻamkash erdim,
Yiroqtin koʻrmaki birla xush erdim.
Bukun Xusravki Haq bersun jazosin,
Bu kishvardin yiroq solsun balosin.
Kelib bu shahr boʻldi qal’abandon,
Kirib qoʻrgʻongʻa ul gulbargi xandon.
Meni majnun biyobon ichra qoldim,
Balovu dardi hijron ichra qoldim.
Erurmen chun gʻarib, el tonimaslar,
Manga ham oshnovu yor emaslar.
Chu borsam qal’a sori zulm etib fosh,
Boshimgʻa yogʻdururlar oʻq bilan tosh.
Eshik ochilmadi chun ul talabdin,
Yaqin erdiki oʻlgaymen taabdin.
Chu dardim sa’bu hamdardim yoʻq erdi,
Juz ohi dardrarvardim yoʻq erdi.
Senikim ishq dashti rahravisen,
Mazallat kishvarining xusravisen.
Eshittim bu qayo uzra vatangoh,
Tutubsen ul sifatkim taxt uza shoh.
Kelibmenkim sanga holim degaymen,
Ulus fahm etmas ahvolim degaymen.
Chekib ishq ilgidin har lahza faryod,
Degaymen hajr elidin har nafas dod!
Degaymen ishq oʻtigʻa xasligʻimni,
gʻaribu oshiqu bekasligʻimni».
Chu Farhod oncha ohu dardi jonsoʻz,
Koʻribkim, zohir etti ul siyahroʻz.
Anga xud muncha hojat ermas erdi,
Degan yuz ming fusundin bir bas erdi.
Damidin shu’lalar gardungʻa bordi,
Koʻzidin sellari homungʻa bordi.
Fusungar sharh qilgʻondek malolin,
Mushobih torti oʻz oshufta holin.
Chekib huy oncha shoʻru shayn qildi
Ki, gʻamkash jismi za’f aylab yiqildi.
Yugurdi hiylagar devonalardek,
Yiqilgʻon sham’ uza rarvonalardek.
Chu koʻrdi xastani beholu xomush,
Dimogʻiga aning kelturgali hush.
Gulekim sermish erdi noʻshdoru,
gʻalat sharh ayladim, behushdoru.
Dimogʻigʻa qoʻyub qildi tavaqquf
Ki, hushi zoyil oʻlgʻay betaxalluf.
Anga qolmaydur erdi hushidan bahr,
Quyar erdi oʻlukning komigʻa zahr.
Chu hushi xaylin etti boʻyla gʻorat,
QOʻpub far’yod etib qildi ishorat.
Uyumush erdi bir tosh uzra Shorur,
Yamon tush koʻrmagidin erdi ranjur.
Ul undin seskanib, borib qarori,
Sarosima boqib Farhod sori.
Ne koʻrdigʻ Borib oʻzdin ul malakvash,
Boʻlub shaytonvashe har dam navokash.
Anga bildiki andin boʻlmish ul rev
Ki, yetti har tarafdin ul suruk dev.
Chu fahm ettiki bormish ilgidin ish,
Yiqilmay bagʻrigʻa mahkam qilib tish.
Toʻkub Farhodning ul holigʻa yosh,
Qoʻnqordi ul qayodin bir ogʻir tosh.
Biyikrak yerda tutmish erdi manzil,
Ayogʻ ostida hiylatsoz gʻofil.
Aningdek urdi ul tosh birla oni
Ki, avval magʻzi, soʻngra chiqti joni.
Usholdi tosh birla ul qotiq bosh,
Masaldurkim, «ushotur boshni tosh»(4).
Agar ul xastagʻa yetkurdi ofot,
Yana ofotdin torti mukofot.
Chu yettilar suruk xayli jafokesh,
Boʻlub Farhod holigʻa badandesh.
Biri deb sudroli Xusravgʻa tegru,
Biri deb eltoli boshini ayru.
Chu koʻrdilar jamoli jonfizoyin,
Unuttilar taaddi rasmu royin.
Koʻtardilar ani aylab yuz ikrom,
Qilib avd urdilar Xusrav sori gom.
Oʻlukdek oʻzda yoʻq Farhodi mahjur,
Yovushub oʻzni oʻlturmakka Shorur.
Boʻlub chun togʻ aro ul navharardoz,
Sadodin togʻ etib ham navha ogʻoz.
Bu yangligʻkim falak aylab sitezi,
Tushub qoʻrgʻon eliga rustaxezi.
Va lekin yoshurub ul ishni nokom
Ki, nogah bilmagay sarvi gulandom.
Ki, fahm etsa yumub jondin koʻzini,
Shake yoʻqturki oʻlturgay oʻzini.
Alar aylab asir ul notavonni,
Mashaqqat togʻida bexonumonni.
Chorib Xusravning oʻrdusigʻa tegru,
Qayu oʻrduki, qarshusigʻa tegru.
Tutub joʻldu olur yormoqqa qalqon,
Degilkim aylamishlar togʻni talqon.
Ketur soqiy, qadahkim, benavomen,
Xumori hajr eliga mubtalomen.
Meni holimni onglardin yiroq qil,
Necha behush esam, behushroq qil.

XLI

Farhodni ul xaylning Xusrav qoshigʻa yetkurgoni va Xusrav aning boshidan-ayogʻigʻacha salosil va agʻlol hukmi surgoni va Buzurg Ummid hikmat bila ul bandlargʻa muqayyad devona dimogʻigʻa hush keturgoni va Xusrav hujjat yuzidin anga soʻz qotqoni va Xusravning savoloti shishalarin javoblari xorolari bila ushotqoni va aning bu nav’ qattiq soʻzlari sangboronidin Xusravning koʻnglidogʻi savollari shishasidek sinib aning qatligʻa jozim boʻlgʻoni va ul muhlik soʻzlari himoyati bila qatldin qutulgʻoni

Bu bexudligʻ yoʻlining hushmandi,
Boʻlur bu nav’ ma’ni naqshbandi
Ki, chun Farhodni ul xayli cholok,
Shah olligʻa yeturdilar tarabnok.
Boʻlub Xusrav ul ishdin shodmona,
Ato aylab alargʻa xusravona;
Dedi, majnungʻa soldilar ogʻir band,
Iki ilgin qilib band uzra rayvand.
Majonindek muqayyad qildi hosil,
Bori a’zosin agʻlolu salosil.
Buyurdikim hakim oʻlub hamogʻush,
Kiyurdi notavonning magʻzigʻa hush.
Koʻzin chun ochti ul majnuni bexud
Ki, boʻlmish erdi majnundek muqayyad.
Oʻzin koʻrdi ajoyib hol ichinda,
Salosil qaydida, agʻlol ichinda.
Boshida xusravoyin borgohi,
Turub atrofida xaylu sirohi.
Toʻrida borgahning bir biyik taxt,
Aning ustida bir shohi javonbaxt.
Ayogʻi ostida taxti Kayoniy,
Boshi ustida toji Xusravoniy.
Taajjub birla oning sori boqib,
Boshini irgʻotib, ilgini qoqib.
Qilib gah ishqi oyinida gʻayrat,
Yetib gah haykalu shaklida hayrat.
Yaqin bildi chu boʻldi fikratandesh
Ki, ne fe’l aylamish charxi jafokesh.
Oʻzin solmay xidevi gʻayratoyin,
QOʻpub oʻlturdi solib qoshigʻa chin.
Adab birla hayo rasmin qilib fosh,
Burun indurdi majlis ahligʻa bosh.
Chu da’bi yoʻq edi soʻrmay demak soʻz,
Ogʻiz soʻzdin tikib, tikti quyi koʻz.
Shukuhidin yetib Xusravgʻa tagʻyir,
Qilib ishqi oʻti koʻngligʻa ta’sir.
Unutti aylamakni qatlu bedod,
Anga boqib takallum qildi bunyod.
Dedi: Qaydinsen, ey majnuni Kimrahgʻ
Dedi: Majnun vatandin qayda ogah.
Dedi: Nedur sanga olamda reshagʻ
Dedi: Ishq ichra majnunluq hamesha.
Dedi: Bu ishdin oʻlmas kasb roʻzi,
Dedi: Kasb oʻlsa basdur ishq soʻzi.
Dedikim: Ishq oʻtidin de fasona!
Dedi: Kuymay kishi tormas nishona.
Dedikim: Kuymagingni ayla ma’lum!
Dedi: Andin erur joh ahli mahrum!
Dedi: Qay chogʻdin oʻldung ishq aro mastgʻ
Dedi: Ruh ermas erdi tangʻa rayvast.
Dedi: Bu ishqdin inkor qilgʻil!
Dedi: Bu soʻzdin istigʻfor qilgʻil!
Dedi: Oshiqqa ne ish koʻp qilur zoʻrgʻ
Dedi: Furqat kuni ishqi baloshoʻr.
Dedi: Ishq ahlining nedur hayotigʻ
Dedi: Vasl ichra jonon iltifoti.
Dedikim: Dilbaringning de sifotin!
Dedi: Til gʻayratidin tutmon otin!
Dedikim: Ishqigʻa koʻnglung oʻrundurgʻ
Dedi: Koʻnglumda jondek yoshurundur.
Dedi: Vasligʻa borsen orzumandgʻ
Dedi: Bormen xayoli birla xursand.
Dedi: Noʻshi labidin torqay el bahrgʻ
Dedi: Ul noʻshdin el qismidur zahr.
Dedi: Joningni olsa la’li yodigʻ
Dedikim: Ushbudur jonim murodi.
Dedi: Koʻksungni gar chok etsa bebokgʻ
Dedi: Koʻnglum tutay ham ayla deb chok!
Dedi: Koʻnglung fido qilsa jafosigʻ
Dedi: Jonimni ham aylay fidosi.
Dedikim: Ishqdin yoʻq juz ziyonbud!
Dedi: Bu keldi savdo ahligʻa sud.
Dedi: Bu ishq tarki yaxshiroqdur!
Dedi: Bu sheva oshiqdin yiroqdur!
Dedi: Ol ganju qoʻy mehrin nihoni!
Dedi: Tufroqqa bermon kimyoni!
Dedi: Joninggʻa hijron kinakashdur.
Dedi: Chun bor vasl ummidi xushdur.
Dedikim: Shahgʻa boʻlma shirkatandesh!
Dedi: Ishq ichra tengdur shohu darvesh!
Dedi: Joninggʻa bu ishdin alam bor!
Dedi: Ishq ichra jondin kimga gʻam borgʻ
Dedi: Kishvar beray, kech bu havasdin!
Dedi: Bechora, kech bu multamasdin!
Dedi: Ishq ichra qatling hukm etKim!
Dedi: Ishqida maqsudumgʻa yetKim.
Dedi: Bu ishda yoʻq sendin yiroq qatl!
Dedi: Bu soʻzlaringdin yaxshiroq qatl.
Nechakim boʻldi mushkil soʻz xitobi,
Base oson anga yetti javobi.
Chu Xusrav koʻrdi bu yangligʻ tahavvur,
Takallum aylamak sochqon kibi dur.
Bir oʻt tushti ichiga bexudona
Ki, otashgohidek chekti zabona
Ki, mendek shahgʻa mundoq razl duni.
Ayogʻdin-boshqa band ichra zabuni.
Hayotining niholigʻa sinib shox,
Javob aytur ne soʻrsam boʻyla gustox.
Siyosat qilgʻuluqdur bu fidoyi
Ki, har bir togʻ ila vodi gadoyi
Yana koʻrguzmagay bexavfu dahshat,
Salotin xizmatida soʻzga jur’at.
gʻazab birla buyurdi shohi gʻaddor
Ki, urdilar hisor ollinda bir dor.
Keyin bogʻlab qadogʻliq qoʻllari rust,
Borib chekmaklik oni dorgʻa chust.
Chekilgach, oʻylakim abri bahoron,
Ulus qilmogʻligʻ oni tirboron.
Necha kun turmoq ushbu hol birla,
Koʻrub xalq oni bu ahvol birla.
Aning holidin olmoq borcha ibrat,
Gadolar qilmasun deb shahgʻa shirkat.
Necha kundin soʻng oʻt aylab furuzon,
Tamugʻ oʻti kibi tafsonu soʻzon.
Oʻt ichra tashlamoqliq oʻylakim barq
Ki, boʻlgʻay shu’la toʻfoni aro gʻarq.
Bu yangligʻ oʻtgʻa yondurmogʻligʻ oni,
Kul oʻlgʻoch koʻkka sovurmogʻligʻ oni.
Boʻlub yoʻq dahr ichidin bori oning,
Jahonda qolmamoq osori oning.
Boʻlub Farhod ul soʻzdin tarabnok,
Kulub dedikim: «Yey shohi gʻazabnok!
Tasavvur qilma kome tortadursen,
Adudin intiqome tortadursen.
Ki, ne hukm aylading maqsudum uldur,
Ne kelsa ishq aro behbudum uldur.
Murodim ishqida oʻlmaklik erdi,
Bukun mundoq murodim Tengri berdi.
Sanga har nechakim joyi gʻazabdur,
Manga bu ishda yuz ayshu tarabdur
Ki, bu hijronki har dam erdi oʻlmak,
Ne oʻlmak, banddin bandimni boʻlmak.
Adam yoʻligʻa garchi boshqarursen,
Bir oʻlmak birla andin qutqarursen.
Yana jonkim hayot ozori boʻlmish,
Soʻngaklar chorchoʻbi dori boʻlmish.
Biyiklik yetsa ul dori fanodin,
Qutulgʻay jon bu bir dori anodin.
Yanakim hukm qilding tirboron,
Sanga yogʻdurmamish oʻq xayli hijron.
Mangakim hajr aro yuz ibtilodur,
Hamisha tirboroni balodur.
Sening bu tirboroningki yetgay,
Meni qutqargʻay andin, oʻzga netgaygʻ
Bukim dedingki, kuydursunlar oni,
Kul aylab koʻkka sovursunlar oni.
Firoq oʻtigʻa kuymay sen hamono,
Bu oʻt ichra kul oʻlmaysen hamono.
Menikim hajr oʻtigʻa soldi gardun
Ki, bor uchqunlari doʻzaxdin afzun.
Bu doʻzaxdin xalos etkungdur oxir,
Tarab xuldigʻa xos etkungdur oxir.
Xaliloso ochib oʻtdin gulumni,
Bukim debsen sovursunlar kulumni.
Bu ham xushturki jismi xokrayvand,
Tarakkub qaydigʻa boʻlgʻuncha roband.
Kul oʻlmogʻligʻ bila boʻlsa fanosi,
Sovursa yor ishqining havosi.
Bu kul mushkin bulutdek torsa roya,
Solib dildor boshi uzra soya.
Gahi yogʻdursa hajr ashkin yogʻindek,
Gahi cheksa firoq ohin choqindek.
Yogʻin ham koʻyi tufrogʻini tutsa,
Choqin ham mulkining togʻin yorutsa.
Siyosatlarki aylar shohi jabbor,
Mening sori durur har sirfakim bor.
Vale bu turfadurkim notavone,
gʻaribe, oshiqe, ozurda jone.
Ichinda ishq oʻtidin ming oshub,
Boshinda charxdin yuz ming lagadkoʻb.
Jafo birla sirehri tezraftor,
Ani bir ishq ila aylab giriftor.
Eshitib xalqdin ishqi soʻzini,
Anga shohe raqib etgay oʻzini.
Birovga koʻrmay oʻzin oshiq etgay,
Bu oshiqligʻda otin sodiq etgay.
Yigʻib xaylu sirohi vahshatangez,
Chekib gardunga yuz ming tigʻi xunrez.
Aning mulkiga solgʻay qatlu toroj,
Badandin bosh tushurgay, boshdin toj.
Bu gʻavgʻoyi baland ovoza birla,
Muningdek xayli beandoza birla,
Hamul gulchehraning zoru gʻaribi
Ki, bu shah qilmish oni oʻz raqibi.
Qilib qasd ul gʻaribi benavogʻa,
Tumon ming mehnat ichra mubtalogʻa.
Ne rom aylab ani darxost birla,
Ne aylab qatl zarbi rost birla.
Iki toshidin ul yangligʻ boʻlub rast
Ki, yuz ming xayl ila tormay anga dast.
Ham oxir koʻrguzub makri nihoni,
Qilib yuz revu behush aylab oni.
Yesi yoʻqliqda aylab makru tadbir,
Ayogʻ-boshigʻa solib bandu zanjir.
Chu qoʻymay band aro bir uzvini boʻsh,
Dimogʻigʻa keturgaylar ani hush.
Bu holat ichra koʻrguzmay tarahhum,
Itobomiz qilgʻay shah takallum.
Savol etkay sarosar ta’naomiz,
Itiklik ichra har bir xanjari tez.
Javob oʻlgʻoch savolotigʻa vofi,
Anga boʻlmay muvajjah nukta kofi.
gʻaribi xastagʻa qilgʻay siyosat.
Zihi oyini arbobi rayosat!
Siyosat yoʻqki, bir oʻlturmaku bas,
Necha turlukki shiddat andin oʻtmas.
Burunkim qatl yetkurgay malolat,
Meni yoqindur oʻlturgay xijolat
Ki, odil shah qilib makru fusun ham,
Boʻlur ermish bu gʻoyatqa zabun ham.
Adolat ushbu boʻlgʻay, lavhashalloh!2
Shijoat muncha boʻlgʻay, borakalloh!
Damekim ermas erdim ishq asiri,
Yerim erdi xirad mulki sariri.
Shuur anvoridin holimgʻa rartav,
Manga ul kun yoʻluqsa erdi Xusrav.
Agar yuz muncha boʻlsa erdi xayli,
Borining kinu qon toʻkmakka mayli.
Borining tori umrin uzgay erdim,
Yigitlikni anga koʻrguzgay erdim.
gʻurur oʻti ichidin soʻngay erdi,
Shijoat rasmini oʻrgangay erdi.
Bu dam hamki zaifu notavonmen,
gʻaribu oshiqu bexonumonmen.
Meni tutmoqqa ul kunkim qilib mayl,
Sirohidin yibordi bir qolin xayl.
Oʻzi bilgayki, ul tosheki urdum,
Boshidin xudining milin uchurdum.
Agar qilsam edi boshin nishona,
Bor erdi boshigʻa hukmum ravona.
Kechib ul qavmu xayli qonidin ham,
Alarning qoni, oning jonidin ham.
Omon chun torti mendin boshi oning.
Boshim qasdi erur rodoshi oning.
Tiriklik rasmi mendin xud yiroqdur,
Oʻlum hijronda andin yaxshiroqdur.
Qilibmen margni hijrongʻa tarjeh,
Bu soʻzgʻa hojat ermas asru tavzeh.
Vale essa Xito sori nasime,
Bu ishdin anda yetkursa shamime.
Topib Xoqon xabar ovorasidin,
Qayu ovora, bagʻri rorasidin
Kim, ul ne nav’ qolib gʻurbat ichra,
Hamul gʻurbatda yuz ming shiddat ichra.
Ne bedod aylab oʻlturdilar oni,
Solib oʻt ichra kuydurdilar oni.
Yetishmay kimsa far’yodigʻa oning,
Ne ishlar keldi Farhodigʻa oning.
Hamono tor oʻlub olam koʻziga,
Bu gʻamdin bas kela olmoy oʻziga.
Chekib bebok tigʻi xunfishonni,
Cherik birla qaro aylab jahonni.
Olurgʻa kina birla intiqomin,
Bu kishvarlargʻa koʻrguzgay xiromin.
Chekib magʻribda tigʻi kini bedod,
Tirik mushkilki qoʻygʻay odamizod.
Madoyin shahrin odamdin oritqay,
Xito mulkigʻa tufrogʻin toshitqay.
Chu osorini mahv etkay jahondin,
Su quygay anda bahri bekarondin.
Ravoqu toq boʻlgʻay anda noyob,
Ayon boʻlgʻay minor oʻrnigʻa girdob.
Tugangay odam avlodi hisobi,
Kishi oʻrnigʻa boʻlgʻay shaxsi obi.
Oʻlub men begunah, Xusrav gunahkor,
Bu vayronliqqa ul boʻlgʻay tabahkor.
Manga charx etsa yuz ming kinu bedod,
Bu soʻzdin xud ne nav’ etgay edim yod.
Vale Rarvezning nodonligʻidin,
Boʻlurgʻa dahrning vayronligʻidin,
Tahammulsiz boʻlub torti soʻzim tul,
Xaloyiq qilmasun vahmigʻa mahmul.
Soʻzumni har ne erdi koʻtah ettim,
Jahondin doʻst yodi birla kettim.
Bu soʻzlarni debon qoʻrgʻongʻa boqti,
Oʻpub yer, oʻt ulus jonigʻa yoqti.
Dedi: «Yemdi qiling nekim qilursiz,
Osarsiz, gar chorarsiz, siz bilursiz!
Tugatgach, soʻzni bedod ayladilar,
Ani Xusrav qoshidin sudradilar.
Anga tegruki dor urmishlar erdi,
Oʻtun, oʻt dogʻi kelturmishlar erdi.
Tushub bori ulus ichra gʻirevi
Ki, oʻlgay begunah andogʻ xidevi.
Xabar qoʻrgʻonda boʻlmish erdi ravshan
Ki, mundogʻ la’b qildi charxi rurfan.
Parirux3 birla Bonudin nihoni.
Kuyarlar erdi el yod aylab oni.
Koʻrub dor ostida jismi xarobin,
Hamul boʻynigʻa bogʻlangʻon tanobin.
Hisor ahli aro vayronligʻ erdi,
Yetib oʻlmoqqa ulkim jonligʻ erdi.
Buyon Xisrav bila jam’i xavosi,
Xavosi demayinkim, omu xosi.
Qolib hayron aning donoligʻidin,
Tahavvur birla berarvoligʻidin.
Xaloyiq yigʻlabon bekasligiga,
Siyosat4 loyiqi ermasligiga.
Yebon Xusrav dogʻi ul ishdin afsus,
Vale qoʻymoy aning tarkiga nomus.
Buzurg Ummid daxl etmak Koʻrub farz,
Tilab xilvat ravoni ayladi arz.
Ki, oʻlturmaklik oni bejihatdur,
Junungʻa bandu zindon maslahatdur.
Anga oʻxsharki ozroqdur gunohi,
Tahoshisizligʻi basdur guvohi.
Agarchi tab’ida devonaligʻ bor,
Tariqi aqldin begonaligʻ bor.
Va lekin soʻzlaridur rostmonand,
Taammul farz erur qilmoq, xudovand.
Buyuk togʻ uzra gar torsoq maqome,
Aning habsigʻa qilsoq ehtimome.
Iki-uch oycha zindon ichra tursa,
Iki-uch yuz nigahbon ichra tursa.
Soʻzida rostligʻ gar boʻlsa raydo,
Tirik boʻlsa ne gʻam ul zor, shaydo.
Soʻzi yolgʻon ekandin boʻlsoq ogoh,
Qila olurbiz ul dam ulcha dilxoh».
Chu dono nukta surdi hikmatomiz,
Rizo berdi aning rayigʻa Rarvez.
Bor erdi ul yaqinda bir biyik togʻ,
Qoʻyub tigʻi qamar ruxsorigʻa dogʻ.
Hisore anda mahkam charxmonand,
Qilib asrar uchun jurm ahlini band.
Yasab devi hamul qoʻrgʻonni hosil
Ki, bor ermish aning oti Salosil.5
Salosil qoʻrgʻoni el ichra mashhur,
Aning oti bilakim qildi ma’mur.
Uzottilar ani ul qal’a sori
Kim, oʻz dildoridek boʻlgʻay hisori.
Qoʻshub hushyorvash besh yuz nigahbon,
Aningdekkim but atrofida rahbon.
Kel, ey soqiy, meni majnunni mast et,
Soching zanjiri birla roybast et.
Ki, bu qayd ichra boʻlsa mubtaloligʻ,
Vujudim qaydidin boʻlgʻay raholigʻ.

XLII

Farhodni junun ahlidek Pari silsilai ishqi bila Salosil dev qoʻrgʻonigʻa yiborganlari va nigahbonlar aning malakiy sifat va farishta zotligʻin bilib qaydin itloqqa badal qilib dasht yuzlari va togʻ qullarida mutlaqulinon qilgʻonlari va aning vuhush galasida roʻya qilib sibo’ halqasida moʻya qilmogʻi va tuyur qatorida forigʻulbol boʻlub riyoh gʻuborida Parishon hol kezmoki va shom zillida gʻurbati qaro kunin ravshan qilib subh ollida hajri shomi qarosin savod qilgʻoni va quyoshda mehri oʻtin yorutub bulutqa ishq havosida faryod bila ashki yomgʻurin koʻrguzgoni

Bu dasht ichra hakimi hushrayvand,
Aningdek oldi soʻz majnunidin band
Ki, chun Farhod ul qoʻrgʻongʻa bordi,
Nigahbonlar bila zindongʻa bordi.
Ani asrarlar erdi ros birla,
Yoʻlida qum toʻshab almos birla
Ki, Xusrav hukm etib erdiki nogoh,
Qochursa ul el oni boʻlmay ogoh
Yevaz ba’zisining boʻynini urgʻay,
Yana ba’zini qoʻrgʻondin uchurgʻay.
Alargʻa bu tavahhumdin hamesha,
Tunu-kun voqif oʻlmoq erdi resha.
Va lekin ohu faryodidin oning,
Arigʻ avqotu avrodidin oning.
Anga boʻlmish edilar oʻyla maftun
Ki, boʻlgʻay ishq aro Layligʻa Majnun.
Ulumi xufyakim Suqroti komil
Aning holigʻa qilmish erdi shomil.
Alardin biri bir ism erdi nomi,
Bu xosiyat ani aylab kiromi
Ki, yuz ming band aro gar boʻlsa qoyil,
Qayonkim borsa boʻlmay band hoyil.
Yoʻlida boʻlsa yuz mahbus darband,
Chu ul yetgach ochilgʻay sarbasar band.
Ani chun ism gʻamdin forigʻ etgay,
Qayonkim istar oʻlsa koʻngli ketgay.
Qilib ul ism amrigʻa itoat
Ki, ojiz boʻlmagʻay qilmoqqa toat.
Yarim tunlar ochib har bandkim bor.
Yana ollinda har darbandkim bor
Chiqib aylar edi ul togʻni gasht,
Matofi erdi gohi togʻu gah dasht.
Beribon toshqa koʻksidin ozor
Ki, yigʻlab togʻ aning ahvoligʻa zor.
Urub jonigʻa tigʻi louboli,
Qilib dard oʻtidin koʻnglini xoli.
Chekib togʻ ichra yuz afgʻonu faryod,
Urub oʻz jonigʻa ming tigʻi bedod.
Yonib ul chogʻdakim ketmay qarongʻu,
Hanuz el koʻzlarida sokin uyqu.
Tutub rinhoni ul bandu kushodin
Ki, el fahm etmagaylar ul arodin.
Chu boʻlsa el aro bu nukta mashhur,
Hamono Xusrav etkay elni maqhur.
Supub fahm etmay ul ishni kamohi,
Ul el ahvoligʻa yetgay tabohi.
Va lekin sirrin anglab erdilar xayl,
Aning komigʻa aylab jon bila mayl.
Bilibkim ul humoyi charxrarvoz,
Bora olur qayonkim qilsa andoz.
Vale yeb ul ulus fikrini behad,
Oʻzin band ichra qilmishdur muqayyad.
Dedilar borcha: «K-ey olamda nodir,
Valoyat nuri ruxsoringda zohir.
Nedin bilduk oʻzingni band etibsen,
Salosil qaydida xursand etibsen.
Bizingdek xalq joni benavosi,
Sening bir tori moʻyungning fidosi.
Qayonkim xotiring istar, qadam ur,
Bu mahzun xaylni Tengriga torshur.
Nechakim yetsa Xusravdin gʻaromat,
Ne boʻlsoq biz boʻlub, sen boʻl salomat».
Dedi Farhodkim: «Yey notavonlar,
Falakdin men kibi ozurda jonlar(1).
Qachon kelgay bu ish ahli vafodin,
Xususan men zaifi mubtalodin
Ki, ragʻbat aylabon komi havogʻa,
Necha mahzunni solgʻaymen balogʻa».
Alarning komi ul shaydo xiromi,
Aning komi alar ayshi mudomi.
Javonibdin bu yangligʻ erdi holat,
Aning koʻngligʻa ish erdi havolat.
Alar ozod etib erdilar oni,
Aning ul tegrada lekin makoni.
Qoʻyar erdi gahi qoʻrgʻon sori gom,
Tutub bir dam alar qoshida orom.
Bori koʻz yorutub farrux yuzidin,
Tamattu’lar olib shirin soʻzidin.
Yanakim ishq oʻti urdi zabona,
Chekar erdi figʻoni bexudona.
Qoʻyar erdi hamul vodiy sari yuz,
Qilib qat’ ollida togʻ oʻlsa, gar tuz.
Junundin kim topib tab’ida orom,
Qoshida jam’ oʻlub doim dadu dom.
Sulaymondek barigʻa hukmi jori,
Agar dashtiyu yoxud koʻhsori.(2)
Sulaymonvash chekib ul yerga roya
Ki, qushlar tortibon boshigʻa soya.
Qilib ishq oʻyla shavkat rahnamuni
Ki, sheri sharzani aylab zabuni.
Boʻlub ul gohi sher ustiga pokib,
Sibou vahsh anga xaylu mavokib.
Zamone babru qarlondin boʻlub shod,
Qilib dildor koʻyi itlarin yod.
Boʻriga sharh etib gah arzi holin,
Toʻkub yosh, yod etib Yusuf(3) jamolin.
Boʻlub tulkugʻa bu yangligʻ niyozi
Kim, ul koʻy itlarigʻa berma bozi.
Qoʻlin aylab qulonlar boʻyni bandi,
Yetib erkin debon ul oy kamandi.
Qilib gohi kiyiklar birla bozor,
Tilab mushkin gʻazolin yigʻlabon zor.
Tovushqon uyqusi andin olib hush,
Sogʻinib dilbaridin xobi xargoʻsh.
Koʻrub kabki darining sayru gomin,
Qilib yod ul buti ra’no xiromin.
Humoy olligʻa jismi vahmtakni
Solibkim, elt itiga bu soʻngakni.
Qanotlarin Oʻpub koʻrgach hamoma
Ki, yor olligʻa mendin elt noma.
Tazarv etsa xirom ollida nogoh,
Chekib ul qaddi ra’no hajridin oh.
Qilib zogʻ ollida afgʻongʻa ohang
Ki, zulfidin magar kasb aylading rang.
Yetib toʻti qoshida hushini Kim
Ki, la’lidin magar olding takallum.
Quchub qoʻyni aro bagʻriqaroni,
Anga deb bagʻri kuygan mojaroni.
Boqib qumri sori yigʻlab bagʻoyat,
Yetib oʻz boʻyni tavqidin hikoyat.
Debon hudhudgʻa soz aylab figʻonlar,
Boshigʻa oʻt tutoshqondin nishonlar.
Qilib bulbulgʻa ul soʻz ichra bir-bir,
Ani ishq oʻti kul qilgʻonni taqrir.
Chu faryod aylabon murgʻi shabovez,
Chekib ul dogʻi oʻz afsonasin tez.
Berib yuz lahn ila qaqnusgʻa raygʻom,
Yetib hijron oʻti soʻzini e’lom.
Saharkim sharqdin koʻrguzdi anvor,
Yaqo chok aylabon subhi Xoʻtanvor.
Boqib mashriq sori boshlab fasona,
Chekib tong qushlari yangligʻ tarona.
Debon: «K-ey subh, men ishq ichra gʻamnok,
Ne ma’nidin sen aylabsen yaqo chokgʻ
Bor oʻxshar men kibi mehri nihoning
Ki, sorigʻ yuzdadur ashki ravoning.
Meningdek oʻrtanur oʻxshar iching ham
Ki, sovugʻ oh erur ogʻzingda har dam.
Magar joninggʻa yetting hajr elidin
Ki, mendek oh urarsen tong yelidin.
Tanimdek kuymasa jismi nizoring,
Tunu anjum nedur dudu sharoringgʻ
Chu sohibdardsen, dardimga rahm et,
Tarahhum aylabon faryodima yet.
Saharkim gulshan ichra gul ochilgʻay,
Gul uzra turrai sunbul sochilgʻay.
Chu gul termakka ul sarvi gulandom,
Qoʻyar gulshanda gulruxlar bila gom.
Sovugʻ ohimni bilgurtub damingdin,
Koʻzum yoshini anglat shabnamingdin».
Tulu’ aylab chu mehri olamafroʻz,
Debon: «K-ey rartaving bazmi gʻamafroʻz.
Magar mehr oʻtidin mendek hazinsen,
Nedin, yoʻq ersa, mundogʻ otashinsengʻ
Magar mendek muroding qildi radrud
Ki, tebrab har yon ashkingdin borur rud.
Falakdindur magar mendek azobing
Ki, oʻrtanmak biladur iztirobing.
Agar yoʻq hajr aro oʻzdin boribsen,
Nedin men notavondek sorgʻoribsengʻ
Junun mendek oʻtunggʻa quymasa yogʻ,
Maqoming nega subhu shom erur togʻgʻ
Meningdek boʻlmasang qaygʻu ichinda,
Nedin gah oʻtdasen, gah su(v) ichindagʻ
Bari holatda chun hamdardim oʻldung,
Anisi joni gʻamrarvardim oʻldung.
Chu oʻtsang mahvashimning maskanidin,
Tushub iqbol yangligʻ ravzanidin.
Tariqi mehribonligʻni fan ayla,
Qoshida kuymagimni ravshan ayla.
Yuzum lavnini rangingdin ayon qil,
gʻamim xaylini dardingdin bayon qil».
Sahardin chiqqucha kun boʻyla holi,
Gah oning, gah muning birla maqoli.
Yoyilgʻoch kun yana har yon urub gom,
Dame bir yerda yeldek tutmay orom.
Dami oʻti shafaqning hamnabardi,
Uchurgʻondek sabo shingarf gardi.
Samumi ohidin olamgʻa oshub,
Oʻtidin nilgun toramgʻa oshub.
Ayogʻigʻa tikilgan har itik tosh,
Ayogʻi orqasidin oʻtkarib bosh.
Yetib koʻksiga urgʻon xorarora,
Yetin yoʻqkim, soʻngakni rora-rora.
Solib jismigʻa tigʻi ishqi bebok,
Shikof uzra shikofu chok uza chok.
Tongib dardigʻa charxi qaydrayvand,
Kamand uzra kamandu band uza band.
Chu gʻam dashtida majnunvor yigʻlab,
Unidin murgʻu mohi zor yigʻlab.
Boʻlub raydo urarda tigʻi motam,
Teshuklar togʻ aro, bal raxnalar ham.
Jarohatlarki solib xanjari oh,
Tanida dard xayligʻa kamingoh.
Qayadin tigʻi ohi rora eltib,
Ne rora, yuz taroshi xora eltib.
Topib vodiy aro har sathliq marz,
Sirishki xaylidin har sori yuz darz.
Dami dudi sharori koʻh to koʻh,
Yasab abri balou barqi anduh.
gʻirevi toshni rajmurda aylab,
Figʻoni togʻni ozurda aylab.
Koʻnguldinkim figʻon tinmay chiqorib,
Salodin un chekargʻa togʻ horib.
Icharga qon qilibon lolani jom,
Vale koʻk jomikim boʻlgʻay shafaqfom.
Tilab ul jom aro ham boda to lab,
Dema bir, ham damodam, ham labolab.
Aning bu bodasi xunobi anduh,
Dema xunob, la’li nobi anduh.
Ketur soqiy, qadah gardunni aylab.
Anga mamlu mayi gulgunni aylab.
Yoʻq ersa boda, quy zahri halohil,
Hayotu hajr mushkil keldi, mushkil.

XLIII

Farhod roʻzgorining qaroligʻi, ya’ni hajr shomigʻa mubtaloligʻi va ul shom tuli nihoyatsizligʻikim adami iborat aning quyoshining ayni va subhining damidin boʻlgʻay va savodining gʻoyatsizligʻikim mavti kinoyat aning humumining qalbi va zulmatining etagidin boʻla olgʻay va mundoq tiyra tunda aning xasdek tanining kuymagikim, tutun ichra axgardin afsona aytur erdi va bu yangligʻ qattigʻ kechada teshukluk bagʻrining qongʻa boʻyalmogʻikim, xora ichinda yoquti ahmardin nishona koʻrguzur erdi va mundoq tunni sham’dek gudoz bila sahargʻa yetkurgani va charxdek taku toz bila kunduzga kelturgani

Bu bazmi gʻussa ichra bodaraymoy,
Boʻlur har lahza mundoq majlisoroy
Kim, ul anduh bahrining nahangi,
Balou dard togʻining palangi.
Junun vodiysining Majnunnihodi,
Ne Majnunkim, bu vodi devbodi.
Malomat bodasining bahrnoʻshi,
Mazallat togʻining majnunxurushi.
Mashaqqat gʻori ichra ajdahovash,
Malolat jomidin zahri balokash.
Firogʻ oʻtigʻa otashgoh koʻngli,
Yuz otashgahcha chekkon oh koʻngli.
Jahonni dudi ohi tiyra qilgʻon,
Murodi subhigʻa ul tun yorilgʻon.
Falak bahrigʻa boʻlgʻon ashki hamdast,
Umidi qasrin ul sel aylagan rast.
Tosh otqonda balo koʻrgach, ani ur,
Qilib ul tosh maqsudi koʻzin koʻr.
Baloi hajr shomi dardnoki,
Bu tunda ya’s zahrining haloki.
Yegan joni falakdin tigʻi bedod,
Balo afloki, furqat togʻi Farhod.
Chu andoq hajri beroyongʻa qoldi,
Ne hijron, dardi bedarmongʻa qoldi.
Oʻtub kunduz bu yangligʻ roʻzgori,
Sahardin tungʻacha afgʻonu zori.
Chu boʻldi shom to subhi dilafroʻz,
Ishi kunduzgacha yuz dard ila soʻz.
Kishining boʻlsa har kun ming balosi,
Qatiq ul nav’ emaskim tun balosi2.
Anga bu hajr ayyomida bir shom,
Savode yoydi mehnat zulfidin dom.
Ne shom anduh mulkining savodi,
Vale qilmay Xoʻtan iqlimi yodi.
Savodi dudi olamgʻa yorib qiyr,
Vale ul qiyr hajr ahligʻa damgir.
Boʻlub ofoq aro zulmat saboti,
Itib koʻkdin quyosh obi hayoti.
Ziyo Iskandari holi tabahdin,
Koʻrub navmid oʻzin bir Xizri rahdin.
Sirehr oʻrtab jahoni benavoni,
Kuli birla qaro aylab havoni.
Dema kul, gʻam tuni sham’igʻa duda,
Qarorib olam aylab oni suda.
Qarongʻu mehr otashgohidin dud
Valek ul dud qiyri zulmatandud.
Kavokib sayr qilmoqdin muarro,
Savobitdek taharrukdin mubarro.
Falak yotib ayogʻ ilgin uzotib,
Yeshak yangligʻ qaro balchiqqa botib.
Oʻzin a’mo Koʻrub arbobi binish,
Qaro bosqon kishidek ofarinish.
Yeru suv qa’rin istab murgʻu mohi,
Qalin moʻru malaxdek tun sirohi.
Hayotin tark etib mehri humoyun,
Qilib davron ani tufroqqa madfun.
Azo tutmoq uchun aylab bahona,
Uzorin chun qaro aylab zamona.
Firoq ahligʻa har kavkab qilib tez,
Shuoi xatti noʻgin tigʻi xunrez.
Koʻziga subh shoʻxi surma tortib
Ki, oning oqini dogʻi qarortib.
Muazzin xalqikim3 chiqmay navosi,
Boʻlub bu surmadin oning gʻizosi.
Aningdek surmadin koʻzlar kelib tang,
Koʻrunub koʻzga olam surmairang.
Qarongʻudin koʻrunmay koʻzga olam,
Koʻrunub koʻzga olam oʻzga olam.
Falakda yoʻq taharrukdin namuna,
Agar fahm oʻlsa dogʻi bozguna.
Keturmay subh ul oqshomgʻa ayyom.
Qiyomat subhiga ul nav’kim shom.
Qanot rarvozidin xuffosh yormay,
Tilab koʻk gunbazi darzini tormay.
Boʻlub zulmatdin andogʻ rardalar fosh
Ki, istab pardasin toshlarni xuffosh.
Qoʻnub koʻk sabzasida yuz tuman bum,
Nima yoʻq koʻzlaridin oʻzga ma’lum.
Borining jismi tun dudi aro Kim,
Ochuq koʻzlar qolib andoqki anjum.
Yoʻq erkandur bu yangligʻ zogʻ hargiz
Ki, boʻlgʻay changida ming bum ojiz.
Demon tun onikim, zindoni anduh,
Bu zindongʻa qolib ul koni anduh.
Ani hijron gʻami rajmurda aylab,
Ne tunkim, jonidin ozurda aylab.
Yamon holigʻa zolim charxi bebok,
Yaqosin Kahkashondin aylabon chok.
Qilib har lahza qasdi joni ul tun,
Kishiga kelmay andoq bir qaro kun.
Boʻlub boshi mashaqqat toshidin resh,
Mashaqqat toshi, balkim boshidin resh.
Qonab anduh togʻidin ayogʻi,
Ayogʻidin dogʻi anduh togʻi.
Usholib ilgi hijron ranjasidin,
Ayogʻdin boshi gʻam ishkanjasidin.
Tani za’fiki yoʻl bermay demakni,
Ayon aylab teri uzra soʻngakni.
Ichinda sham’ oʻtluq joni ma’yus,
Teri birla soʻngok andoqki fonus.
Falak toshu oʻti aylab siteza,
Qilib teshuk-teshuk, bal reza-reza.
Solib gʻam togʻi ichra rechu tobi,
Oʻzin yerlarga urmoq iztirobi.
Oʻlarda jon taloshur notavondek,
Kamarda boshi yonchilgʻon yilondek.
Ajal xanjarlari jismini darron,
Oʻtub andin ajal gʻavgʻosi rarron.
Urubon lahza-lahza tosh uza bosh,
Boshin pargola-pargola qilib tosh.
Harorat andogʻ aylab jismigʻa kin
Ki, topib oʻtdin oning soʻzi taskin.
Tani tufroqqa tushgach betaammul,
Hamul dam jismidin tufrogʻ oʻlub kul.
Ani har dam bu nav’ aylab bahona,
Qaro tufroqqa oʻlturtub zamona.
Topib ul tabda chun tabxoladin bahr,
Suyidin ogʻzigʻa har dam oqib zahr4.
Zamona zahr solib har zamoni.
Ogʻizda talxkom etmokka oni.
Bu yangligʻ hol ila ul shomi anduh,
Anga anduh yuklab koʻh to koʻh.
Oʻtub hijron sirohi xayl bar xayl,
Damo-dam boshi uzra oʻylakim sel.
Koʻrunub ming balo har dam koʻziga
Ki, bir soat kela olmay oʻziga.
Chu boʻldi toqatiyu sabri barbod,
Chekib faryod qildi navha bunyod
Ki: «Yey zolim sirehri kinararvard!
Chiqording ushbu xoki jismdin gard5.
Tariqi zulm yo kin muncha boʻlgʻay,
Jafo qilmoqqa oyin muncha boʻlgʻay!
Ajal tigʻin chekib sursang ne boʻldi,
Meni bir qatla oʻltursang ne boʻldigʻ!
gʻaribu xastau mahzun emonmu,
Balo vodiysida majnun emonmugʻ!
Anikim Tengri aylabtur zabardast,
Birovni koʻrsa gʻurbat kojidin rast,
Kerak lutfu karam boʻlgʻay shiori,
Yoʻq ersa qilmagʻay ming zulm bori.
Qayon bordi sening ozarming oxir,
Qaro tufroqqa mehri garming oxirgʻ!
Necha jonimgʻa mundoq kecha boʻlgʻay,
Kecha jonimgʻa mundoq necha boʻlgʻaygʻ
Boshimgʻa koʻrki ne tun kelturubsen,
Demon tun, ne qaro kun kelturubsengʻ
Qayu tun, qiyrgun ming devi xunxor,
Meni qilding bulargʻa qatl uchun xor.
Necha ming yil qilib sayr emdi tolding,
Va yo baxtim kibi uyqugʻa qoldinggʻ
Degil har kungi goming qoni oxir,
Har oqshomgʻi xiroming qoni oxirgʻ
Magar men oh oʻqin otkonda kori,
Ayogʻing boʻldi ul oʻqlar figori.
Agar afgor emassen, bir qadam ur,
Gar oʻlmaysen, chiqorgʻil subh, dam ur.
Ul oy hijronida holimgʻa rahm et,
Qaro shom ichra ahvolimgʻa rahm et!»
Anga bu holkim oy boʻldi tole’,
Yorutti yerni chun xurshedi lome’.
Base sa’y aylabon bechora qoʻrti,
Yangi oydek xam aylab qad, yer oʻrti.
Dedi: «Yey tiyra shomim ravshan etgan,
Oʻlar holatda faryodimgʻa yetgan.
Ne boʻlgʻay rahm etib jonimni olsang,
Ul oyning koʻyi tufrogʻigʻa solsang.
Boʻlurdektur adam sori xiromim,
Anga yetkursang oxir dam salomim».
Solur erdi nazar koʻklarga bir-bir
Ki, nogah koʻzlariga uchradi Tir6.
Dedi: «K-ey doʻstlar holin raqamzan,
Sirehr avroqida doim qalamzan.
Qarogʻim aylasang netgay siyohi,
Bitisang holatim sharhin kamohi.
Qachon nur ul quyosh tobidin olsang,
Qoshigʻa chirmabon nomamni solsang».
Koʻrungoch Zuhra, un tortib damo-dam,
Qadin afgʻondin aylab changdek xam.
Debon: «K-ey yer uza koʻkdin tarabrez,
Unung jonbaxshu nagʻmang ishratangez.
Zamone tori xunyogarligʻing uz,
Oʻlarmen navhagarlik sozini tuz7.
Ul oy bazmida boʻlsang nagʻmarardoz,
Halokim navhasin ham aylagil soz».
Kupub toʻrtunchi manzarni chu xoli,
Debon: «K-ey mehrsiz garduni oli.
Quyoshingni quyoshimdek yoshurdung,
Manga hijron tunin haddin oshurdung.
Yorut olamni, mehring zohir ayla,
Mening bu shomi hajrim oxir ayla».
Kupub beshinchi qoʻrgʻon qahramonin,
Debon ul tunda holining yamonin.
Anga deb: «K-ey shioring kinu novard,
Qilurda qatl tigʻingdek javonmard.
Qiliching aylabon qonimgʻa rangin,
Tiriklikdin yetur jonimgʻa taskin.
Tanim ul koʻyning boshigʻa tashla
Boshimni itlari qoshigʻa tashla.
Boqib oltinchi koʻkta Mushtarigʻa.
Qilib arz ul saodat axtarigʻa8.
Ki: «Yey burji sharaf masnadnishini,
Saodat taxtu tojining amini.
Duoye qilki, Haq bersun murodim,
Bu mehnat shomidin boʻlsun kushodim.
Boshimdin hajr shomi dudi ketsun,
Koʻzumga vasl subhi nuri yetsun».
Yettinchi qullagʻa aylab guzora
Zuhalgʻa der edi aylab nazora
Ki: «Yey bahri viqoru koʻhi tamkin,
Shioru shevang oʻlgʻay hilmu taskin.
Vujudung hajr togʻidek garonsang,
Ayogʻing sabr shaxsidek kuhanlang.
Bu dardim ichra ber sabru sabote
Ki, yoʻq jonimda hijrondin hayote».
Yana bir huqqa boʻlgʻoch durrigʻa durj,
Kezib ul toram ichra burj bar burj.
Tilab har burj aro mahraykarini,
Sharaf mehri, saodat axtarini.
Boʻlub chun toʻqquzunchi koʻkka sobit,
Nazora aylabon xayli savobit.
Debon har birga dardi holidin roz.
Firoq ichra qatiq ahvolidin roz.
Qilib anjumni ohi dudidin Kim,
Bu dudu ashkin aylab charxu anjum.
Debon: «K-ey durri ashkimdin nishon siz,
Boʻlung ashkim duri yangligʻ ravon siz.
Hazin koʻnglumki yuz ming rora boʻlmish,
Havosida aning ovora boʻlmish.
Demonkim, har biri bir rora qondur,
Guli anduh bargidin nishondur.
Oling har biringiz bir rorasini,
Yigʻib oning tuman ovorasini.
Azimat koʻyiga tez aylang oxir,
Aning boshigʻa gulrez aylang oxir.
Demon gulbarg soching osmondin
Ki, yogʻdurtung yogʻin ustiga qondin.
Chu hijroni gunahsiz oldi jonim,
Aning koʻyini tutsun bori qonim».
Bu yangligʻ to sahar aylab marogʻa9,
Qilib yuz mojaro har mojarogʻa.
Oʻlardin benadomatliqlar aylab,
Oʻzi birla qiyomatliqlar aylab.
Chu bordi quvvati afgʻon qilurdin,
Oʻzi oʻziga qasdi jon qilurdin.
Yana tushti oʻlukdek tark etib hush,
Azosigʻa boʻlub olam siyahroʻsh.
Yaqosin motamida subh etib chok,
Toʻkub anjum durin soʻgida aflok.
Chu oni gʻam tuni oʻlturdi ne sud,
Dam urmoq mehridin subh otasholud.
Bu ermish rasm bermak zoli ofoq,
Chu masmum oʻldi, andin soʻngra taryoq(1)0.
Ketur, soqiy, manga taryoqi joni,
Demon taryoq, obi zindagoni.
Yongildim chun topib men hajrdin bahr,
Toʻkub taryoqni, quy jomima zahr.

XLIV

Farhodning bandi ochilgʻonin va zindondin kanora qilgʻonin Xusrav bilib nigohbonlargʻa siyosat fikri qilib, yana Farhod ishqi togʻining tigʻidin hisob olgʻoni va ul ishni bilmasga solgʻoni va Shirinning ishq ahli surud va simoidin aning marsiyasi navhasin istimo’ qilgʻoni va simo’da vajd ahlidek bexudona yiqilgʻoni va Shorurning Farhod tirikligi xabarin Shiringʻa hayot mujdasi yetkurgani va jonbaxsh damidin jonsiz jismigʻa ruh kiyurgani va Shirin kirrikdin xoma murattab qilib hajr dudasi bila ashkidin qaro murakkab qilib noma raqam urub Shopur Farhod sori qadam urmogʻi

Bu avroq uzra surgan xomai dard,
Raqam bu nav’ qildi nomai dard.
Kim, ul fursatdakim Farhodi bexud,
Balo qoʻrgʻonigʻa boʻldi muqayyad.
Boʻlub asror ulus sirrigʻa voqif
Kim, uldur gʻayb asrorigʻa koshif.
Fano burjida raxshon axtar uldur,
Vafo durjida ravshan gavhar uldur.
Viloyat mash’alidin jonida nur,
Karomat nuri birla koʻngli ma’mur.
Qachonkim koʻngli istar ochilur band,
Alar koʻngli uchun oʻzin qilur band.
Alar jon birla oni aylab ozod,
Hamul ozodligʻ birla boʻlub shod.
Valek ul tegrada oning matofi,
Yiroq tushmas edi hargiz tavofi.
Ki, ul holatni ma’lum etsa Rarvez,
gʻazabdin boʻlmagʻay ul elga xunrez.
Valek ul qayddin oning xalosi,
Alar birla tariqi ixtisosi.
Bori Xusravgʻa zohir boʻldi bir-bir
Ki, hukmigʻa ne yangligʻ etti tagʻyir.
Burun qindin chekib tigʻi siyosat,
Alargʻa ayladi bigʻi siyosat.
Chu ish kayfiyatigʻa boʻldi tolib,
Yana koʻngliga boʻldi vahm gʻolib.
Kim, ul bedildin oʻlmas boʻlsa gʻofil,
Afolloh(1), balki sohibdil, ne bedil.
Bori holigʻa chun qildi nazora,
gʻarobat fahm boʻldi beshumora.
Chu el hifzigʻa ul shaydoi ayyom,
Yiroq qoʻymas emish ul marzdin gom.
Dedi: «Avloki bilmaslikka solsam,
Eshitsam ham eshitmaslikka solsam».
Topib Farhodni ul rishtada band,
Bu bandi birla Xusrav boʻldi xursand.
Valek ul vaqtikim Farhodi bedil,
Tutuldi chora aylab «shohi odil».
Oʻzin qoʻrgʻongʻa solmish erdi Shorur,
Ani aylab ul ish anduhi ranjur.
Dema ul ranj ila bistargʻa tushti
Ki, gulxan ichra xokistargʻa tushti.
Ishi erdi figʻonu nola qilmoq,
Tanin tosh birla yuz rargola qilmoq.
Ulus onglabki Rarvezi jafokesh,
Boʻlub yuz makr birla hiylaandesh.
Tutub Farhodni gʻadr aylab ogʻoz,
Tikib dor oʻldi avval kinarardoz.
Yana ne hiyla koʻrguzdi xayoli
Ki, bedildin qilib maydonni xoli.
Ani to qay taraf ovora qildi,
Bu yangligʻ bori daf’in chora qildi.
Hamul holatda Farhodi yagona,
Ne soʻzlar birlakim aytib tarona.
Ne soʻzkim boʻldi Xusravdin xitobi,
Savolotigʻa ne boʻldi javobi.
Yana chun qatl hukmin qildi Rarvez,
Degon soʻzlar nechukkim dashnai tez.
Aning hukmigʻa rarvo qilmagʻoni,
Asosin koʻzga mutlaq ilmagʻoni.
Soʻz ichra fahm oʻlub sultonligʻ andin,
Xitou Chin eliga xonligʻ andin.
Najodi fahm boʻlmoq gavhari ham,
Bulardin faxri yoʻqluq bir sari ham.
Boʻlub erdi xaloyiq ichra mashhur,
Yamon, yaxshi demaktin erdi ma’zur.
Ki, el Rarvezdin magʻbun edilar,
Dogʻi oning uchun maftun edilar.
Deb ul ma’nida tab’ ahli gʻazal koʻr,
Mugʻanniylar yasab savtu amal koʻr.
Chekib dard ahli ohin oshiqona,
Tuzub ul savtlar birla tarona.
Ayolgʻu borchagʻa Farhod holi,
Surud ul xastai noshod holi
Ki, Xusravgʻa ne nav’ oʻldi giriftor,
Arolarida ne nav’ oʻtti guftor.
Bu dam holi dagʻi mafhum emas, lek
Oʻluk yoxud tirik ma’lum emas lek.
Bu yangligʻ omning savti simoi,
Boʻlub ham erdi Bonu istimoi.
Anga boʻlmay bu gʻamda aqlu his yor,
Tahayyur birla yigʻlar erdi bisyor.
Boʻlub koʻp gʻussa ul gʻamkashgʻa zohir
Ki, bu ish boʻlmasun mahvashgʻa zohir(2)
Ki, bu nav’ anglasa oning soʻzini,
Shak ermasturki oʻlturgay oʻzini.
Vale gulchehra gʻamgin erdi behad,
Oʻzinda erdi gohi, gohi bexud.
Sezib erdiki ul gʻurbat asiri,
Hamono boʻldi dushman dastgiri.
Yoshurub rarda ichra holi zorin,
Nechukkim hullada jismi nizorin.
Bu oʻtdin suv boʻlub xorosi oning,
Vale yoʻq soʻrgʻoli yorosi oning.
Chekib hijron aro ohi nihoni,
Qarorib dudi ohidin jahoni.
Magarkim bir kun ul gʻamnoki miskin,
Firoq ichra bagʻoyat erdi gʻamgin.
Chu koʻngli hajr toshidin siniqti,
Zamone qasr tomi uzra chiqti.
Ki, bir soat havoi kasb qilgʻay,
Havodin gʻunchadek koʻngli ochilgʻay.
Qulogʻigʻa yetushti bir hazin un
Ki, lahn aylar edi bir zori mahzun.
Ani ul nagʻma lahni zor qildi,
Buzuq koʻngliga behad kor qildi.
Quloq soldiki abyotin eshitgay,
Surud ichra maqolotin eshitgay.
Anga har bayt bir gʻamxona erdi,
Bori Farhoddin afsona erdi.
Ne kelturgan boshigʻa charxi kajrav,
Nelarkim ayladi jonigʻa Xusrav.
Bayon aylab aning favtin chekib hoʻy,
Demakda favt qilmay bir sari moʻy.
Eshitgach mahvash ul lahni gʻamangez,
Degil bagʻrigʻa tegdi dashnai tez.
Aningdek chekti bir ohi jigarsoʻz
Ki, oʻchti sham’i mehri olamafroʻz.
Yuziga boshladi urmoq taroncha,
Boshin dogʻi urub yerga yuz oncha.
Sekiz gul bargi birla betaammul,
Sarigʻ gul uzra oqizdi qizil gul(3).
Boʻlub barmoqlari qondin hino rang,
Vale la’li qururdin kahrabo rang.
Sirishki qoni yuz qonida oqqon,
Hamonokim yur erdi qon bila qon.
Boʻlub gulgun hariri chok elidin,
Nechukkim gul yaqosi tong yelidin.
Kelib gulgun hariru rarniyoni
Qologʻay chun oqib har yerda qoni.
Urub gulgun yaqo chok aylaguncha,
Boʻlub zohir gul ichra ikki gʻuncha.
Dema gʻuncha, iki raykon de oni,
gʻam oʻqi koʻksidin oʻtkan nishoni.
Iki nargis aro yuz qatra lola,
Sovuq ohi bila gulrang jola.
Ochib sunbulni gulbargi tar uzra,
Savodi shom mehri xovar uzra.
Sochi shominki aylab mehru mah roʻsh,
Yuzin ul soʻgidin aylab siyahroʻsh.
Yuzi oʻtida zulfi anbarolud,
Ul oʻtqa chun yogʻib ashki, chiqib dud.
Urunub oncha shoʻru shayn qildi
Ki, za’f aylab, esi ozib yiqildi.
Boshi ustida Bonu ashkrezon,
Qaroru sabri koʻnglidin gurezon.
Bu holat ichra yetti xasta Shorur,
Zamona zarbasidin jismi ranjur.
Yer oʻrti Bonu ollinda qoʻyub bosh,
Soʻz aytib, shodmonligʻdin toʻkub yosh
Ki: «Gardunmasnado, anjumsiroho,
Humoyun torazo, ismat panoho(4).
Hamul kundinki shohi kishvari ishq,
Balo avjida raxshon axtari ishq.
Desam shah — shah, desam darvesh — darvesh,
gʻaribu xasta Farhodi jigarresh.
Aduvning domi makrigʻa boʻlub sayd,
Aning qaydigʻa zohir boʻldi yuz qayd.
Bihamdillah, anga qayd aylagonni,
Oʻkush talbis ila sayd aylagonni.
Olib bir devkush xopoki ottim,
Jahannam xittasi sori uzottim.
Koʻzum chun orazidin boʻldi mahjur,
Yotardim goʻshalarda zoru ranjur.
Ne sud oning sori boʻlmoqqa ozim,
Ne yuzkim sizga boʻlgʻoymen mulozim.
Tuno kungacha erdim zoru gʻamkash,
Yiqilgʻon bir buzugʻ ichra mushavvash.
Chu qoʻrgʻon ichra boʻldum asru diltang,
QOʻpub tashqari chiqmoq qildim ohang.
Qadam boru uza har sori soldim
Ki, oʻzni qal’adin tashqori soldim.
Ki, ul xayl ichra kezib ertau kech,
Tora olgʻaymu men andin xabar hechgʻ!
Kirib Rarvez oʻrdusigʻa bu shom,
Tutub har anjuman yonida orom.
Yetib ishratgahu gʻamxonalargʻa,
Quloq solur edim afsonalargʻa.
Hamono qat’ oʻlub gardun nifoqi,
Ajab mansuba tushti ittifoqi.
Ki, ham ushbu kun ul fardi zamondin,
gʻaribu xastau bexonumondin.
Ulus ichra hadisi toza erdi,
Bagʻoyat bulajab ovoza erdi».
Nechukkim anglamish erdi yako-yak,
Borin sayrodi andogʻkim chakovak.
Munga tegruki holo sogʻ emishtuk,
Yeri gah dashtu gohi togʻ emishtuk.
Aodi xavfidin hosil farogʻi,
Boʻlub a’dosining chashmu charogʻi.
Valoyatdin Koʻrub holida rartav,
Ani vahm aylab oʻlturmakka Xusrav.
Vale aytibki, ul bemisli ayyom,
Agar ul marzdin qoʻysa yiroq gom:
Ani asrar ulusni oʻltururmen,
Ne oʻlturmakki, borin kuydururmen.
Bu vahmu bimdin ul bedili zor
Ki, Xusravdin birovgʻa yetkay ozor.
Kim, ul boʻlgʻay bu ozorigʻa bois.
Jafou qatlu timorigʻa bois.
Hamul togʻ tegrasidin komu nokom,
Tuta olmas yiroqroq yerda orom.
Chu men oning bu ahvolin eshittim,
Anga bormay ravone sizga yettim.
Kim elning chinu yolgʻon soʻzlaridin
Ki, koʻrrakni yasarlar oʻzlaridin.
Bilur erdimki Bonu qaygʻulugʻdur,
gʻami Farhod togʻidin ulugʻdur.
Yana ham xoʻblar shohini anduh
Bilur erdimki tutmish koʻh to koʻh.
Dedimkim, sizga dey avval xabarni,
Qilay xandon burun gulbargi tarni.
Yana sizdin anga ham koʻz tutay soʻz,
Borib oning yuzidin yorutay koʻz.
Tavaqquf soʻzgakim dersiz etaymu,
Yoʻq ersa soʻz, anga botroq ketaymugʻ
Mihinbonu bu yangligʻ soʻrdi rosux
Ki: «Yey alfozi xush, diydori farrux.
Takallumlarki lafzing surdi darham,
Jarohatliq koʻngulga erdi marham.
Sening hajringda erduk asru noshod,
Yana Farhod hajrin qilma xud yod.
Oʻzungni hajridin ozod qilding,
Aning hajri gʻamidin shod qilding.
Nedur ikki qadah tutqon zamon noʻsh,
Yana zahri halohil tutmogʻing qoʻsh.
Borur boʻlsang anga e’lomimiz koʻr,
Soʻzumiz behadu raygʻomimiz koʻr.
Sumanbar7 holatin ham sharh qildi
Ki, ne soʻz anglab ushbu dam yiqildi.
Bihamdillahki, koʻrduk seni bori,
Ani koʻrgoncha boʻldi e’tibori».
Debon yigʻlashtilar koʻp ul, dagʻi bu,
Hazin Shorur ila dilxasta Bonu.
Ikavlon munglashib, soʻzlar qilib yod,
Yetishganni falakdin zulmu bedod.
Debon Shorur ul dilxasta holin,
Mihinbonu debon mahvash malolin.
Bu yangligʻ qissalar oʻtkuncha laxte,
Yotib Shirin nechukkim shoʻrbaxte.
Dimogʻigʻa tutub har dam buxurot,
Ani oʻz holigʻa kelturdilar bot.
Koʻz ochqoch koʻrdi Shoruri hazinni,
Yana yod etti Farhodi guzinni.
Biyik un chekti andogʻ bexudona
Ki, afgʻonidin oʻt chekti zabona
Ki: «Yey Shorur, qaydin boʻyla yetting,
Kelibsen fard, Farhodingni nettinggʻ
Hamul kun mehr koʻsin urmish erdim,
Borur chogʻda sanga torshurmish erdim.
Rafiqu yorliq mundoq boʻlurmu,
Amonatdorliq mundoq boʻlurmugʻ
Manga oʻz gʻoyibimdin bir nishon ayt,
Desangkim, hajridin oʻlmay, ravon ayt.
Gar etsang maksu, nogah chiqsa jonim,
Yaqin bilkim erur boʻyninggʻa qonim».
Dedi Bonuki: «Yey jonimgʻa rayvand,
Labing la’li kelib bagʻrimgʻa rarkand.
Zamone iztirobing torsa taskin,
Base soʻz arz etar Shoruri miskin
Ki, har birdin yetib yuz komu rohat,
Butar ham yangi ham eski jarohat».
Eshitgach boʻyla soʻz sham’i Tirozi,
Kuyub, zohir boʻlub ashki niyozi.
Dedi: «K-ey misli yoʻq ustodi naqqosh,
Demay naqqoshkim, yoru qarindosh.
Ne der boʻlsang oʻzungni tutma ma’zur».
Ravon bunyod qildi xasta Shorur.
Ishin Farhodning andoqki bildi,
Borin Shirin qoshida arz qildi.
Anga tegruki holi ul tirikdur,
Vale hajringda holi bas irikdur.
Borur erdim anga zoru jigarxor,
Dedim avval seni aylay xabardor.
Agar mahvashqa yoʻl tormay maloli,
Iki-uch nukta yozsa sharhi holi.
Borib ollinda moʻjiz koʻrguzurmen
Ki, oʻlgan boʻlsa dogʻi tirguzurmen.
Pari raykar dedi, jonimgʻa minnat,
Ravon qoʻrtiyu qildi azmi xilvat.
Bitidi dard ila bir turfa maktub,
Demay har satrikim, har lafzi margʻub.
Chiqib Shorurgʻa torshurdi filhol,
Ul olib yoʻl sori gom urdi filhol.
Qilib yoʻl qat’ini eldin nihoni,
Angachakim eshitmish erdi oni.
Yetishti ul saharkim, shomi Farhod
Tong otquncha qilib jonigʻa bedod.
Borib erdi oʻzidin zoru mahjur
Ki, yetti qoshigʻa farzona Shorur.
Qilib ram tegrasidin vahsh ila tayr,
Borib qoshigʻa ul rayki sabuksayr.
Koʻrub andoqki oni koʻrmasun koʻz,
Ne jismi ichra jon, ne ogʻzida soʻz.
Chekib afgʻon olib qoʻynigʻa boshin,
Yuziga ul sifat yogʻdurdi yoshin
Ki, ul yangligʻ gulob urgʻoch yuziga,
Ochib bedil koʻzin, keldi oʻziga.
Chu ul koʻrdi muni, bu koʻrdi oni,
Ikovlon tortibon muhlik navoni.
Solibon bir-birining boʻynigʻa qoʻl,
Anga gah bu, munga gah yigʻladi ul.
Chekib andoq bu oshub imtidodi
Ki, qon yigʻlab alargʻa togʻu vodi.
Ayogʻin oʻrti Shoruri gʻamandud,
Chiqordi qoʻynidin maktubi maqsud.
Olib Farhod chunkim ochti noma,
Tani za’f ayladi andoqki xoma.
Oʻqumoq boshlagʻoch ul zori mahzun,
Bu erdi noma alfozigʻa mazmun.

XLV

Shirinning nayi kilki shakarrezlik, balki sahifai kofurigʻa mushkbezlik qilgʻoni va hajr qaro shomi mushkidin roʻzgori tiyra boʻlub ul royiha yabusatidin(1) dimogʻi za’fi quvvatin va sudoi shiddatin va nomus rardalari nofasida ishq gʻammoz mushki isin nihon asramoq suubatin raqam urgʻoni va Farhod oʻqub aning sunbuli mushkinidek rechu tobdin esi ozgʻoni

«Aning hamdi bila bu nomai dard
Ki, soldi dahr aro hangomai dard.
Vafo ahlini qilgʻon mazhari qahr,
Solib komigʻa hijron jomidin zahr.
Koʻrub ishq ahligʻa kuymoklik avlo,
Jaloliyat bila aylab tajallo.
Urub chun ishq barqin betaammul,
Agar sarvu agar xaskim qilib kul.
Muhabbat seligʻa berganda bedod,
Yiqarda demayin vayronu obod.
Yeturgach gʻam yelining turktozi,
Oʻchub teng mash’alu sham’i Tirozi.
Qilib chun mehnat oʻti dudini fosh,
Agar koʻru agar bino toʻkub yosh.
Sinib gʻam toshidin yetkursa kina,
Agar yoqut agar xud obgina.
Somongʻa gar berib ranji nihoni,
Hamul kohivash aylab kahraboni.
Agar bulbul figʻon qilmogʻi ondin,
Boʻlub gul jaybi choki dogʻi ondin.
Ham ondin zarra tobu iztirobi,
Ham ondin mehri raxshon soʻzu tobi.
Bitib chunkim berib insho kushodi
Kim, ushbu noma yoʻq, mehnat savodi.
Demon bir sham’din rarvona sori,
Samandardin bir otashxona sori(2)
Ki, ya’ni men zaifi xastajondin,
Malolat qal’asiga posbondin(3).
Sangakim qal’ang oʻlmish koʻhi anduh,
gʻamu dardu firoqing koʻh to koʻh.
Nedur ahvoling, ey zori gʻaribim,
Visolim davlatidin benasibimgʻ
Chekardin gʻam togʻin holing nechukdur,
Bu yukdin jismi chun noling nechukdur.
Qatiq gʻurbat aro holing ne erkin,
Achiq furqatda ahvoling ne erkingʻ
Firoq ichra nechukdur jismi zoring,
Ne yangligʻ toʻlgʻonur oʻt ichra toringgʻ
Sochim fikrida tunlar aylasang rech,
Qarorurmu jahoning tun kibi hechgʻ
Qoshim mehrobini yod aylagan dam,
Yangi oydek boʻlurmu qomating xamgʻ
Koʻzum fikri ichingga solsa qaygʻu,
Balo har goʻshadin tugʻyon qilurmugʻ
Chu mujgonim gʻamidin chiqsa hoʻyung,
Boʻlurmu bir tikon har tora moʻyunggʻ
Qarogʻimni taxayyul aylagan chogʻ,
Xayoling shaxsi oʻrtarmu yangi dogʻgʻ
Yengim gulbargidin boʻlgʻonda mahzun,
Yuzung gul-gul qilurmu ashki gulgungʻ
Qilib xolim gʻami koʻnglungga kinlar,
Qoʻnarmu ul yarang uzra chibinlargʻ
Yuzum hajrida toʻksa koʻzlaring suv,
Quyosh ruxsorigʻa boqqung kelurmugʻ
Koʻzung la’lim gʻamidin toʻksa qon yosh,
Boʻlurmu la’l ul qon birla har toshgʻ
Tiling qilsa hadisimdin rivoyat,
Oʻzung birla qilursenmu hikoyatgʻ
Tishim yodida koʻnglung cheksa nola,
Yoshingni sovuq oh aylarmu jolagʻ
Zamiring qilsa ogʻzimni tavahhum,
Adam yoʻlida aylarmu oʻzin Kimgʻ
Zanaxdonim bila zulfi girihgir,
Hazin koʻnglungga erkin chohu zanjirgʻ
Qarogʻim durri ashking qilsa kavkab,
Boʻlurmu koʻzlaring durdin labo-labgʻ
Qadim hijroni boʻlsa kinaxohing,
Chiqormu sarv yangligʻ dudi ohinggʻ
Xayol etsang xiromimdin shamoyil,
Ravoning chiqqali boʻlurmu moyilgʻ
Belimdin za’f boʻlsa koʻnglunga hol,
Boʻlurmu moʻyadin moʻ, noladin nolgʻ
Tanim siymi ichingni qilsa mahzun,
Boʻlur erkin yuzung ul gʻamdin oltungʻ
Maqoming togʻ yo sahromu erkin,
Yoningda bistaring xoromu erkingʻ
Humoyi ishrating ma’dum ekinmu,
Boshinggʻa soya solgʻon bum ekinmugʻ
Kiyik erkin yururda rahnamoying,
Qulon erkin samandi bodroyinggʻ
Sharafdin boʻlgʻon ermishsen Sulaymon,
Mening birla unutma ahdu paymon!(4)
Vuhush ermish sening ollingda xodim,
Sibo’ ermish tobugʻingda mulozim.
Bahoyim tobii farmoning ermish,
Janohi tayr shodurvoning ermish.
Chu sen torting Sulaymonliq maqomin,
Demon qil manga Bilqis ehtiromin(5).
Agar Bilqisdek yoru azizing
Boʻla olmon, ham oʻlgʻaymen kanizing.
Bir ish Bilqisliqqa boʻlsa mone’,
Sulaymongʻa Pari ham keldi tobe’.
Agar Bilqis boʻlmoq yoʻqsa haddim,
Pariliqdin xud oʻlmas qilsa raddim.
Ne boʻlgʻay erdi charxi zulmresha,
Meni sendin judo qilmay hamesha.
Xiroming chogʻi yoʻldosh oʻlsam erdi,
Sukuning vaqti qoʻldosh oʻlsam erdi.
Quyosh yangligʻ boʻlub kunduz qarining,
Boʻlub tun soya yangligʻ hamnishining.
Tikon kirsa kafinggʻa kinasidin,
Chiqorsam erdi kirrik ignasidin.
Ayogʻ sunsang boʻlub gʻamdin xaroshing,
Mudom oʻlsa edi qoʻynumda boshing.
Koʻrub xoru xas oʻrnungda nihoni,
Sochim birla surursam erdi oni.
Chu bilsam garddin koʻnglungda qaygʻu,
Yer uzra ashkdin sersam edi suv.
Boshinggʻa tushsa mehnat shomi jovid,
Yuz ochib zohir etsam erdi xurshid.
Agar joninggʻa qasd etsa uzun kun,
Sochim yetkursa erdi anbarin tun.
Yuzungni olmasam erdi engimdin,
Aritsam erdi ashkingni yengimdin.
Junun ta’vizigʻa koʻrganda moyil,
Qoʻl etsam erdi boʻynunggʻa hamoyil.
Tilar boʻlsang yuzung koʻrmakka koʻzgu,
Yuzum yuzungga tutsam erdi oʻtru.
Suv istab tushsa oʻtlugʻ koʻnglunga joʻsh,
Labimdin tutsam erdi chashmai noʻsh.
Damo-dam aylabon hamdamligʻingni,
Kecha-kunduz qilib mahramligʻingni.
Tunungda sham’i majlis boʻlsam erdi,
Kun oʻlsa yoru munis boʻlsam erdi.
Chu aylabtur sirehri tezraftor,
Seni bir yon, meni bir yon giriftor.
Kishi gar koʻksini yuz rora qilsun,
Falak bedodigʻa ne chora qilsungʻ!
Aning bedodidin kim boʻlsa noshod,
Qilur jonigʻa bedod uzra bedod.
Necha sen bastai bandu balosen,
Balolar bandi ichra mubtalosen.
gʻamu dardingcha dard imkoni yoʻqtur,
Balou mehnating royoni yoʻqtur.
Vale boʻlmish jahon ahligʻa ma’lum
Ki, ilgingda qotiq xoro erur mum.
Chekarga dardu anduh jur’ating bor,
Balo tortargʻa sabru toqating bor.
Agarchi furqatimdin notavonsen,
Vale ham ersenu ham rahlavonsen.
Agar tugʻyon qilur hijron maloli,
Qilursen oh ila koʻnglungni xoli.
Mashaqqat oʻti qilsa jisminga kin,
BErursen ashk seli birla taskin.
Yetishgach dard chun har yon ketarsen,
Figʻonu roʻya birla daf’ etarsen.
Agar koʻksungga ursang gʻussa toshi,
Vagar joningga mehnat durboshi(6).
Nekim qilsang soʻzi sigʻmas kishining
Ki, bu tavri boʻlur oshiq ishining.
Meni zoru zaifu roshikasta,
Boshimdin to ayoq a’zo shikasta.
Firoqing tigʻidin yuz rora jonim,
Ne jonim, balki jismi notavonim.
Kuyub hajr oʻtidin jonu koʻngul ham,
Ne kuymakkim, boʻlub yuz qatla kul ham.
Ichimga shu’lai ishqing tutoshib,
Tutoshib demakim, boshimdin oshib.
Ichimda boʻlsa yuz oʻt oshkoro,
Nafas dudin urargʻa qayda yorogʻ!
Gar oʻlsa la’l birla koʻzlarim kon,
Oqizmoq qatraye andin ne imkon.
Necha xotun kishi bor ersa tavsan,
Boʻlub ozodaligʻda sarvu savsan.
Jamol ichra mahi tobondin afzun,
Mahi tobonni qoʻykim, ondin afzun.
Anga yaxshiki aylab dilraboliq,
Vafo ahligʻa qilgʻay bevafoliq.
Haq andin asrasunkim ul zabunvash,
Birovning ishqidin boʻlgʻay mushavvash.
Girihlar hajrdin qoshigʻa tushgay,
Girihlik ishq ishi boshigʻa tushgay.
Ne ishq oʻtigʻa kuymaklikka tobi,
Ne andin qurtulib joni xarobi.
Ayogʻ ostigʻa qolsa notavon moʻr,
Ketursa qatligʻa yuz ajdaho zoʻr.
Chu ul boʻlmish xaloyiq roymoli,
Yuz ajdar changida boʻlgʻay ne holi.
Chaqilsa barq olam ichra bebok,
Tura olgʻaymu oʻtrusida xoshokgʻ
Bu mushkilroqki mundoq zoru bedil
Ki, bedilliq erur jonigʻa mushkil.
Anga bir yon erur yuz muncha afsus,
Yana bir yon hijobi nangu nomus.
Nihoni ursa tun-kun yuz tuman rech,
Agar nomusi bordi borchasi hech.
Bagʻoyat mushkul ish ermish, bagʻoyat
Ki, oshiq nangu nom etgay rioyat.
Uchursa ohi yetti koʻk(7) niqobin,
Yuzidin ochmagʻay burqa’ hijobin.
Demon mendin sening darding erur kam,
Sening ham koʻrturur darding, mening ham.
Vale yuz muncha dardi toza birla,
gʻamu anduhi beandoza birla,
Chu dardu gʻurbatingni yod etarmen,
Hazin jonimgʻa yuz bedod etarmen.
Agarchi boʻlgʻoli ishqing asiri,
Oʻtar aflokdin ohim nafiri.
Dame xush urmadim afgʻon ichinda,
Dame xush boʻlmadim hijron ichinda.
Olib dushman sirohu afsarimni,
Qilib toroj mulku kishvarimni.
Menu xaylim nechukkim bumi manhus,
Boʻlub bir gʻor aro togʻ ichra mahbus.
Munungdek mulkning shohu faqiri,
Boʻlub boshdin-ayoq dushman asiri.
Tutulgʻonlar qilib jonini taslim,
Qutulgʻonlarni har dam oʻlturub bim.
Bular elga mening ishqim ishidin,
Qulogʻim yolqibon el qargʻishidin.
Qilib jonimgʻa qasd eldin uyotim,
Oʻchub Bonu uyotidin hayotim.
Vale yuz muncha mehnat boʻlsa erdi,
Ne yuz, ming muncha shiddat boʻlsa erdi,
Seni koʻrsam edi nogoh-nogoh,
gʻamim yoʻq erdi billoh, summa billoh(8).
Bu dam hamkim firoqingdin oʻlubmen,
Yuz oʻlgandin ham ortuqroq boʻlubmen.
Hayotim vaslinga ummid ilandur,
Umid ul rahmati jovid ilandur.
Agar hajringda yuz yil gʻussakashmen,
Agar vasling umidi boʻlsa xushmen.
Tavaqqu’ ulki bu oshufta noma
Ki, bu oshufta qildi naqshi xoma.
Oʻqub mazmunidin olsang hisobin,
Karam aylab yiborgaysen javobin
Kim, ul har gʻamda boʻlgʻay hirzi jonim,
Balou gʻussadin xatti amonim.
Chu boʻlsang holima ogohu a’lam,
Javobin ham yibor, vallohu a’lam».
Oʻqub bu nomani ul zori badhol,
Koʻp urdi tob jismi oʻylakim nol.
Gahi bexud chekar erdi figʻoni,
QOʻpub yuz charx urar erdi zamoni.
Junun osorini koʻp zohir etti,
Oʻziga keldi gohi, goh ketti.
Junundin garchi koʻp boʻldi nafiri,
Yoʻq erdi noma yozmoqdin guziri.
Chiqordi noma asbobini Shorur,
Murakkab aylamakka mushku kofur(9).
Oʻzin devona bir dam zabt qildi
Kim, ul dardu balo sharhi yozildi.
Berib Shorurni qildi ravona,
Oʻzi dard oʻti ichra qoldi yona.
Yugurdi nomabar chun noma olib,
Ne nav’ oʻlsa oʻzin qoʻrgʻongʻa solib(10),
Yetib mahvashning ollinda yer oʻrti,
Bitikni yerga qoʻydi, dogʻi qoʻrti.
Sumanbar yigʻlayu xilvatqa kirdi,
Sarodin hujrai mehnatqa kirdi.
Ochib chunkim oʻquy boshlodi oni,
Bu yangligʻ erdi ul gʻam dostoni.

XLVI

Farhodning Shirin nomasi muqobalasida xoma uchin metini noʻgidek tez etib, ul xoma bila varaq taxtasin metin xoro taxtasigʻa tekkondek otashangez qilgʻonini va Pari afsunidin ajz zohir qilib, telbalardek oʻzin itlar silsilasigʻa tortib loba koʻrguzgonini Pari raykar oʻqub, Parizadalardek iztirobqa tushub, koʻngli qushi majnuni sori rarvoz qilib, ani koʻrarga koʻzi uchqoni, balki majnuni uyqu xaylidek aning

Aning oti bila bu gʻam savodi
Ki, naqshi kilkidur olam savodi.
Yorurgʻa husn sham’i shomi dayjur,
Chiqorib ishq barqi noridin nur.
Chekib chun ishq norining duxonin,
Qarortib dard elining xonumonin.
Quyoshdek kimning aylab husnin ofot,
Ulusni qoʻzgʻabon andoqki zarrot.
Anikim oshiq aylab zarra monand,
Qilib sargashtaliklar birla xursand.
Angakim bermayin oʻz mulkidin bahr,
Qilib gʻurbat mayin talx oʻylakim zahr.
Diyoru yor dardin qattigʻ etgan,
Firoqu hajr jomin achchigʻ etgan.
Birovgakim berib gʻurbatda maskan,
Jahon ahlin qilib jonigʻa dushman.
Anikim doʻstdin aylab tarabnok,
Ulus dushmanligʻidin bermayin bok.
Chiqorur elni gʻam hangomasidin,
Qilib masrur dilbar nomasidin.
Balo togʻin sarosar xora qilgʻon,
Anga ishq ahlini ovora qilgʻon.
Muhabbat dashtini qilgʻon baloye,
Yetib har moʻrin oning ajdahoye.
Surub chun nuktani hamd ichra laxte,
Deb andin soʻng nechukkim shoʻrbaxte
Ki: «Bu mehnat oʻtining dostoni,
Savodi gʻussa dudidin nishoni.
Tikondin yoʻqki sarvu yosamingʻa,
Tomugʻdin balki firdavsi baringʻa.
Tomugʻni qoʻyki, ohin tortqon kun,
Boʻlub bir doʻzax ohidin har uchqun
Ki, ya’ni men gʻaribi notavondin,
Tutulgʻon zor koʻngli xasta jondin.
Koʻngul boʻlgʻon baloyi joni oning,
Borib jondek koʻngul olgʻoni oning.
Angakim yoʻq hadim jonon demakka,
Qayu jonon demakkim, jon demakka.
Va lekin chun junun ma’zuridurmen,
Junun birla jahon mashhuridurmen.
Nedinkim ofatim boʻlgʻon Paridur,
Pari yoʻq, odamilar sarvaridur.
Ishim chun telbalikka torti rayvand,
Ajab yoʻq, soʻz desam devonamonand.
Junun ahli hadisi borsa har yon,
Boʻlur zohir xirad ahligʻa hazyon.
Paridin noqili afsonadurmen,
Ne tong sahv oʻlsakim, devonadurmen.
Va lekin keldi chun Layli misoli,
Qilay Majnun kibi koʻnglumni xoli.
Nigoro, mahvasho, iffatranoho,
Jahon mahvashlarigʻa rodshoho!
Sanga haddim yoʻq oʻlmoq nuktarardoz,
Tilarmen itlaringgʻa aytmoq roz.
Nedur koʻyung aro itlargʻa holat,
Farogʻat birladurlar, yo malolatgʻ
Kecha ul koʻy aro qilgʻonda faryod.
Qilurlarmu bu itgan itni ham yodgʻ
Yigʻilib halqa urgʻon mojapoda,
Meni yoʻqlarmu erkinlar apodagʻ
Soʻngak chaynarda aylab qahru kinlar,
Qurugʻ jismim sogʻinurmu ekinlargʻ
Qilurda tu’ma toshdin yonchqon bosh,
Bilurlarmukin yer boshim nelar toshgʻ
Su sori tillari qilgʻon zamon mayl,
Sogʻinurlarmu ashkim suyini selgʻ
Boʻyinlarigʻa sagbon cheksa zanjir,
Sogʻinurlarmu zanjirimni bir-birgʻ
Qilodang tavqidin har dam topib zavq,
Sogʻinurlarmu tushkan boʻynuma tavq?(1)
Yotib bosh qoʻysalar ul ostongʻa,
Qolur erkinmu yer bu notavongʻagʻ
Bilibkim manga ne yetmish qazodin,
Ulurlarmu ekin har tun azodingʻ
Hinodin qoʻllarin koʻrganda rangin,
Koʻzum qonin sogʻinurlarmu erkingʻ
Rasan torsa boʻyunlarigʻa rayvand,
Bilurlarmu ekin boʻynumda yuz bandgʻ
Bular ichra bor erdi bir zaif it,
Meningdek zoru majruhu nahif it.
Tani zoru soʻngak birla boʻgʻunlar,
Mashaqqat torigʻa solib tugunlar.
Quloqdin ikki yuzga rarda solib,
Yuzin ochmoqqa itlardin uyolib.
Qilibon quyrugʻin sudrarni resha,
Horib ul yukni tortordin hamisha.
Chibinlar jismini majruh etar chogʻ,
Oʻluksa uzra andoqqim suruk zogʻ.
Ichimdek xasta jismining xaroshi,
Boshimdek, dard tufrogʻida boshi.
Ichimda hajr oʻqi solgʻoncha yora,
Qoʻturdin oncha zaxmi oshkora.
Mening zaxmimdagʻi qonlar nihoni,
Nihon aylab aning zaxmini qoni.
Meningdek za’f oʻtidin jonida oʻrt,
Yuzung koʻrmak xayolidin koʻzi toʻrt.
Vafo bobida ikkimizda da’vo,
Muhabbat shartida ham bizda da’vo.
Topib oʻz holatin bu notavonda,
Manga ulfat tutub ul ostonda.
Mening holimgʻa ul aylab tarahhum,
Anga ul nav’kim ahli tana’um.
Koʻrubmen anda mardumligʻ nishoni,
Koʻzumda indabon mardumdek oni(2).
Koʻzum qonining oqmogʻin chu boqib,
Aning dogʻi koʻzumdek qoni oqib.
Rafiq erdi manga men ham rafiqi,
Mening holimgʻa rifq oning tariqi.
Ne erkin za’f ichinda holi, yo Rab,
Bu itdekmu ekin ahvoli, yo Rabgʻ!
Tororda ostoningda ranohi,
Meni koʻzlarmu erkin goh-gohigʻ!
Koʻngulda oʻylakim dardi nihoning
Kirarmenmu ekin koʻngliga oninggʻ
Yalar vaqti jarohatlarni darham,
Bilurmu, yoʻq mening zaxmimgʻa marhamgʻ
Ayogʻi koʻyunga gah-gah yetarmugʻ
Agar yetsa bu itni yod etarmugʻ
Sanga jonni fido qilmoq havosi,
Ne haddimkim boʻlay ul it fidosigʻ
Sening holing soʻrargʻa qayda yoro,
Bas oning holin etsam oshkoro.
Bukim maktub aro durlar qilib darj,
Latoyif naqdi koʻp aylab eding xarj.
Aning uzrida ojizdur bayonim
Ki, har harfigʻa boʻlsun sadqa jonim.
Deb erding menda ham koʻrtur gʻamu dard,
Bu soʻzdin kuydi joni dardrarvard.
Meningdek yuz tuman ming oʻlsa har dam,
Muborak xotiringgʻa boʻlmasun gʻam!
Bitib erdingki, sen gar notavonsen,
Va lekin gʻam chekarga rahlavonsen.
Agar togʻ oʻlsa, teshangdin nigundur,
Va gar sher oʻlsa, ranjangdin zabundur.
Manga ul zoʻru shavkat qayda qolmish,
Nafas urgʻuncha quvvat qayda qolmishgʻ
Men ul moʻre dururmen zoru ojiz
Ki, andoq azj aro yoʻq moʻr hargiz.
Ilayimda kesak koʻhi balodur,
Koʻzumga resa rishta ajdahodur.
gʻamingdindur manga tobu tavon ham,
Erur darding chekardin quti jon ham.
Necha ishqingdin oʻlsa jismima zoʻr,
Va lekin ajdahoni ishq etar moʻr.
Va gar xud moʻr erur romoli oning,
Xayol etkim, ne boʻlgʻay holi oninggʻ
Raqam aylab edingkim, taxtu johim,
Diyoru kishvaru xaylu sirohim.
Menu Bonu boʻlubturbiz hisori,
Hisori mehnat ichra koʻhsori.
Bu soʻzning gar javobin ayta olmon,
Vale ayturda ojiz dogʻi qolmon.
Bitilgan soʻz erur boshtin-ayoq rost,
Bu nav’ ermish azalda Tengriga xost.
Kishiga har nekim kelgay qazodin,
Davoye yaxshiroq yoʻqtur rizodin.
Bilurmenkim ne kelmish kishvaringgʻa,
Ne bir kishvarki xaylu chokaringgʻa.
Vale ulkim erur xaylu sirohing,
Muteu banda, balkim xoki rohing.
Alardin gar biri tutsang meni ham,
Biri ham yoʻqki, tutsang barchadin kam.
Agar insofni tortib arogʻa,
Taammul aylasang bu mojarogʻa.
Manga yetgan baliyat koʻru ozi,
Bori birla boʻla olur muvozi.
Desang mehnatqa sen erding sazovor,
Alargʻa zulm qildi charxi davvor.
Fido borigʻa joni notavonim,
Ne qilsang ham turubdur xasta jonim.
Gar ermas muncha birla ham kifoyat,
Mening boʻynumgʻa yuklarsen jinoyat.
Yoʻlingda bor esam tufrogʻdin kam
Va lekin chiqmadim tufrogʻdin ham.
Manga ham bor edi erkin diyore,
Diyorim xayli ichra iqtidore.
Atom shoyadki xoqon erdi erkin.
Necha iqlim uza xon erdi erkin.
Yetib erdi ekin boshimgʻa toji,
Ayogʻim ostigʻa ham taxti oji.
Xitou Chin aro oʻn ikki ming shahr,
Topar erdi ekin hukmum bila bahr.
Munga loyiq sirohu xaylu johim,
Tariqi saltanatda dastgohim.
Yetib chun ishq xayli turktozi,
Haqiqiy ishq, yoʻq ishqi majozi.
Balo xayli aro bechora boʻlmoq,
Diyoru mulkdin ovora boʻlmoq.
Tuman ming odami gar banda, gar xayl,
Toʻkub bu soʻg aro ashk oʻylakim sel.
Ato birla ano qolib azogʻa,
Necha ming shahr eli ranju anogʻa.
Alarni davri charx aylab adamvor,
Mening jismimni xud tufroqqa hamvor.
Yana koʻrkim, havodis toshidin dard,
Chiqorib har dam ul tufroqdin gard.
Azaldin ishq ekan boʻlsa sirishtim,
Qazodin dardu mehnat sarnavishtim(3).
Bu ishda kimga tigʻi ta’n uroyin,
Oʻzumni yoʻqsa kimni yozgʻuroyin
Ki, yuz mendek, tuman andoqki Xusrav,
Habo boʻlsa, qazo ollinda bir jav.
Nekim boʻlsa qazoi osmoni,
Kishiga boʻlmas isnod etmak oni.
Qayon erdim, qayon chekti jununum,
Junundin yova soʻz boʻldi fununum.
Yozarda nomani hushumdin ozdim,
Junundin hech bilmonkim, ne yozdim.
Chu men devona oʻzdin erman ogoh,
Ne sahv ettim raqam, astagʻfurulloh.
Xato, afv et qalamgʻa bu raqamdin
Ki, majnunlar boʻlur ma’fu qalamdin.
Qalamgʻa chun tugondi safhada sayr,
Soʻz itmomi edikim «tamma bilxayr!»(4)
Pari raykar oʻqugʻuncha bu maktub,
Nihodidin chiqib yuz qatla oshub.
Tanida noma chirmar ir kibi tob,
Vale ul irga tob ul jismi betob.
Qoʻyub yerga shagʻabdin har zamon yuz,
Qadi gʻamdin dame xam, bir zamon tuz.
Chekib gardungʻa ohining sharorin
Ki, oʻrtab ul sharar sabru qarorin.
Boʻlub bir lahza koʻngli ishratanduz,
Tirik erkonga Farhodi jigarsoʻz.
Zamone nola tortib furqatidin,
Chekib vo hasratolar hasratidin.
Qilib Bonugʻa arz ul turfa maktub
Ki, boshtin to ayogʻi erdi margʻub.
Qilib Bonu dogʻi koʻp nomadek rech,
Davoye tormayin ul dardigʻa hech.
Bilib ul xasta holotin kamohi
Ki, bor ermish duri daryoi shohi.
Ikisi koʻz yoshidin koʻp sochib dur,
Aning holigʻa yeb har dam tahassur.
Qilib Shorur izzu ehtiromin,
Burungʻidin biyik aylab maqomin.
SOʻpub Farhodning holini bir-bir,
Ikov yigʻlab bu qilgʻon soyi taqrir.
Ne xushtur torsa bir mahjuri jovid,
Birovdin noumid oʻlgʻonda ummid.
Navoiygʻa talab, yo Rab, shior et,
Necha navmid esa, ummidvor et!
Ketur, soqiy, mayu bir dam oyilma!
Meni ham darddin navmid qilma.
Umidimgʻa meni xursand etgil,
Umidim buki, ummidinggʻa yetgil!

XLVII

Farhod koʻngli jarohatlari Shirin nomasi navardidagʻi kalomi Masihi(1) Maryam(2), balki ul kogʻazgʻa chirmab yiborgan marhamlaridin oʻngalmoqqa yuz qoʻygʻoni va Shirin bagʻri haroratlari Farhod bitigi mazmunidin, balki Maryam rishtasigʻa chirmab yiborgan isitma ta’vizi afsunidin taskin torqoni va bu silsilai muhabbatni Shorur mutaharrik qilgʻonin Xusrav anglab ani salosili mehnatqa tortqoni va Farhod halokigʻa charx zolidek tadbir qilgʻoni va aning umri zavoli tadbiri topilgʻoni

Bu maxfiy nuktaning mushkilkushoyi,
Bu yangligʻ boʻldi ma’ni rahnamoyi
Ki, chun Shorur ul ikki notavondin
Shikasta jism ila ozurda jondin
Yeturdi bir-biriga nomai shavq,
Qiziq boʻldi yana hangomai shavq.
Xabar Xusravgʻa yettikim rasule,
Rasule yoʻqki, josusi fuzule.
Ham eltur telbadin ul oygʻa raygʻom,
Hamul oydin bErur majnungʻa e’lom.
Aningdek ishq bozori erur tez
Ki, boʻlgʻudek durur yuz fitna angez.
Hamono dashtdin devona Farhod,
Hisori fitnadan huri Parizod.
Debon bir-birga yuz afsunu nayrang,
Aningdek aylagaylar bir yon ohang.
Ki, Xusrav tormagʻay gardin alarning,
Ne sud ul dam yemak dardin alarning.
Agar ham torsa tortib koʻp uqubat,
Saranjomida bordur koʻp suubat
Ki, chu devona minsa devzode,
Yonida ul sifat huronajode.
Harifi ermas oning yuz ming odam
Ki, boʻlgʻay har biri ish vaqti Rustam.
Chu erdi maskani bu qal’a togʻi,
Yalang majnun kibi boshtin-ayogʻi.
Vujudi hajrdin zoru zabun ham,
Qadi gʻam toshi tortardan nigun ham.
Olib bir toshkim a’dogʻa otti,
Ne Xusrav, bir cherik koʻnglin ushotti.
Qachonkim minsa gardunraykari tez,
Qoʻlida chekkan oʻlsa tigʻi xunrez.
Erur Xusravgʻa bas andishai xom,
Qayon ul borsa qoʻymoq ul taraf gom.
Chu bu afsonani fahm etti Rarvez,
Tafakkur oʻti tushti koʻngliga tez.
Hamul yerdinki erdi xasta Farhod,
Bu yerga tegrukim ul sarvi ozod(3).
Ne yoʻlkim bor edi aylab kaminlar,
Kamingahlarda qoʻydi ahli kinlar
Ki, tergab borgʻanu kelgan kishini,
Tafahhus aylabon har kim ishini.
Aningdek kimsa uchrab yoʻllarigʻa
Ki, taqrir oʻldi kirsa qoʻllarigʻa.
Keturgaylar ani Rarvez uchun tez,
Oʻzi bilgay nechukkim qilsa Rarvez.
Qazodin ul iki-uch kunda Shorur
Topib Farhod roboʻsigʻa dastur(4).
Parivashdin yana bir noma olib,
Borur erdi sabodek roʻya solib.
Chu tortilar ul el, qilgʻonni matlub,
Tafahhus qilgʻoch oni, chiqti maktub.
Bitik birla oʻzin Xusravgʻa filhol,
Tavaqqu’lar bila qildilar irsol.
Chu bu nav’ ish ayon qildi zamona,
Boʻlub Xusrav bagʻoyat shodmona.
Qilib ul elga ulkim sharti ehson
Ki, bu mushkil alardin boʻldi oson.
Oʻqudi chun ochib ul turfa noma,
Quyi solib boshin andoqki xoma.
Chiqordi ul savodi anbarolud,
Savodi xoma yangligʻ boshidin dud.
Savodi erdi mehnat dudasidin,
Balo bozori mushki sudasidin.
gʻam ahlining savodi motami ul.
gʻalat qildim, savodi a’zami ul.
Ayoqdin-boshqa dardu gʻam nishoni,
Bori mehru muhabbat dostoni.
Xazoni hajr ketmakning navidi,
Bahori vasl yetmakning umidi.
Midodi mushki diljoʻyi muhabbat,
Kelib har harfidin boʻyi muhabbat.
Hikoyatlar sarosar mahramona,
Boʻlub har birda zohir yuz nishona.
Vafodinkim boʻlub har soʻz adosi,
Boʻlub har soʻzda bir-birning fidosi.
Burungʻi nomalardin koʻp surub roz.
Vafou mehr anga anjomu ogʻoz.
Vafodin va’dau paymonlar aylab,
Bu paymonlar uza aymonlar aylab.
Boʻlub koʻp zikr maktub ichra Rarvez,
Ani deb gohi zolim, gohi xunrez.
Bitib Armanni vayron qilgʻonini,
Ulusqa gʻorati jon qilgʻonini.
Qilib ishqida yuz ming ta’na ogʻoz
Ki, ulkim, ishq sirridin demak roz
Ki, chekkay tigʻu urgay ishq lofin,
Musallam kim tutar mundoq gazofingʻ!
Quloq ishq ahli solmas boʻyla soʻzga
Ki, shahliq oʻzgadur, oshiqliq oʻzga.
Kerak oshiqqa jon — jonon fidosi.
Tilar ul qilsa jonon — jon fidosi.
Agar oshiq budur, ma’dum xushroq,
Visol iqbolidin mahrum xushroq.
Haq andin asrasunkim, boʻyla oshiq
Oʻzin koʻrgay murod avjida foyiq.
Chu ul maqsud bilmish ishqdin kom,
Mening vaslim xayolidur anga xom.
Erur bu ishda sa’yu ehtimomi,
Tamomi harzau zoye tamomi.
Mening jismimda to jondin ramaqdur,
Ishim qoʻrgʻonda oʻzni asramaqdur.
Qazo qilsa meni oning asiri,
Oʻlumdin chun kishining yoʻq guziri.
Tanimni aylabon xanjar bila chok,
Ani qilmay visolimdin tarabnok.
Bu yangligʻ koʻp hadisi otashangez
Ki, bir-bir oʻqudi borini Rarvez.
Balou dard oʻti jonigʻa tushti,
Tazalzul jismi vayronigʻa tushti.
Agar insof ila aylab taammul,
Bilibkim, har nekim yozmishdur ul gul.
Savob ish mutlaq oning jonibidur,
Bori ishda Haq oning jonibidur.
Va lekin saltanat nomusu nomi,
Yana surmak havoyi nafs komi.
Ani insof sori qoʻymayin hech,
Solib koʻngliga fikri rech-darrech.
Ishorat aylabon Shorurgʻa band,
Oʻzi gʻam bandida Shorur monand.
Buzurg Ummidni chorlab nihoni,
Arogʻa qoʻydi rinhon mojaroni
Ki, bu ish anduhidin chiqti jonim,
Koʻngildin koʻz sori mayl etti qonim.
Manga bu dard aro bir chora qilgʻil,
Halok oʻlgʻumdurur yoʻq ersa, bilgil.
Kim ul devona sori devrayvand,
Oʻzi devu soʻzi devona monand.
Bu ra’noni aningdek aylamish sayd
Ki, dev etgay kishini ozgʻurub qayd.
Singursam gʻussadin oʻlmak kerakdur,
Ishimga borcha el kulmak kerakdur.
Kishi koʻrgaymu mundoq turfa oʻlmak,
Ulusdin yigʻlamoq oʻrnigʻa kulmakgʻ
Agar xud aylasam oshubu bedod,
Muning birla ham oʻlmas xotirim shod
Ki, majnunni bilurmen begunahdur,
Gunahsiz qongʻa mayl etmak tabahdur.
Kamandi rishtai fikrim uz oxir,
Manga bu ishda bir yoʻl koʻrguz oxir.
Ikovlon aytibon afsona behad,
Koʻp aylab bir-birining ra’yini rad.
Ham oxir boʻyla boʻldi ishga tadbir,
Qayu tadbirgʻ Makru revu tazvir
Ki, torqaylar nahusat intisobi
Ki, boʻlgʻay qatl anga ra’yi savobi.
Degaylarkim borib devona sori,
Nuhusat oʻtidin urgʻay sharori.
Degaykim, Xusrav Arman shahrin oldi,
Bori komin sirehr ilgiga soldi.
Ishi Shirin bila surmak durur kom,
Mihinbonu bila ichmak durur jom.
Qilib Bonu anga Shirinni hammahd,
Ikovdurlar nechukkim shakkaru shahd.
Chu ul koʻrdi sanga Xusravni foyiq,
Anga oshiqligʻing emdi ne loyiqgʻ
Chu sendin ketti ul, sen ham qoʻru ket,
Yeriga yetti, sen ham mulkinga yet.
Shak ermas chun bu yangligʻ nagʻma tutqay,
Aning koʻnglini Shirindin sovutqay.
Bu soʻz birla sovub mayl etsa bir yon,
Qurubon boshin olib ketsa bir yon.
Bular andin qachonkim boʻlsa navmid,
Apoda qolmagʻay bu ranji jovid.
Boʻlur koʻrguzmak oncha notavonliq
Ki, zohir qilgʻay ul oy mehribonliq.
Bu oʻq gar tushmasa koʻngliga kori,
Qiloli oʻzga tadbir ixtiyori.
Bu yangligʻ rishtagʻa chun soʻz tuguldi,
May istab shah qadah monand kuldi.
Ketur, soqiy qadahkim, bir gʻamim bor
Kim, ul gʻamdin ajoyib motamim bor.
Malolat xayli qasdi jonim etmish,
Qadah tutkim, qoʻlumdin chora ketmish.

XLVIII

Zoli makkora, balki Farhodkushi xunxoraning tigʻi zabonin tez etib, Farhod qatlini angez etgoni, dogʻi ul togʻ sori azimat etib, Farhod boshigʻa ajaldek yetgoni va aning hayot qushi qasdigʻa makr rishtasi domin ochib, tazvir ashki donasin sochqoni va jismi qafasin marg sangboroni bila sindurgʻoni va umri bulbulin ul pora-pora qafasdin uchurgʻon

Bu motam navhasozi oʻrtabon dogʻ,
Aningdek soʻz yuziga urdi tirnogʻ
Ki, chun ul nav’ tadbir etti Rarvez,
Topib kelturdilar bir hiylatangez.
Qadi ikki bukulgan rir zole,
Falak zoli kibi hiylat sigole(1).
Xututi makrdin yuzinda yuz chin,
Tiliga oʻtmayin umrida soʻz chin.
Chu soz aylab fusunu hiylai shum,
Qoʻlida xora yumshab, oʻylakim mum.
Berib surgach fusunliq mojaroni,
Atogʻa qizni, oʻgʻulgʻa anoni.
Qoʻyub koʻnglin chu afsunu hiyalgʻa,
Quyoshni aylabon oshiq Zuhalgʻa.
Atab koʻk rir zoli xola oni,
Ano deb Dallat ul-muhtola oni(2).
Yetib tadbir ila ul xolani bikr,
Har oqshom Dallat ul-muhtolani bikr.
Kuyovga aqdidin sobit qilib sud,
Arastu boʻlsa aylab oni xushnud.
Qachon nosozliq aylab ipoda,
Buzub bir soʻz bila yuz xonvoda.
Naxud folidin ahkomi yako-yak,
Jave yoʻq elga ul ahkom aro shak(3).
Qilib hukm ichra yuz Buqrotni Kim.
Bisotida naxudlar misli anjum.
Urargʻa zulm tigʻin tezhush ul,
Demaykim tezhush, Farhodkush ul.
Chu hozir qildilar majlisqa oni,
Dedilar borcha ahvoli nihoni.
Qilib koʻp va’da birla koʻnglini garm,
QOʻpub ul yoʻlgʻa tushti, qilmay ozarm
Ki, gar Farhod boʻlsun koʻhi roʻlod,
Beray afsun bila bir damda barbod.
Necha kun qat’i dasht aylab rayoray,
Gahi dashtu gahi vodi qilib tay.
Ham oxir yeshti ul togʻ uzra mahmil
Ki, tutmish erdi Farhod anda manzil.
Ravon oning sori boʻldi ravona,
Yasab koʻnglida yuz muhlik fasona.
Hisobi makrini qilmoqqa tavzih,
Osib sindurgʻudek boʻynigʻa tasbih.
Taharmuz tor-rudi birla miqna’,
Talavvun jinsi jinsidin muraqqa’(4).
Degil Maryam haramda tormayin kom,
Kelibdur Tur uza tutmoqqa orom.
Koʻrub Farhod yerdin qoʻrti filhol,
Salomigʻa, alifdek qad qilib dol.
Savol etti kelur kayfiyatini,
Bu kelmaktin ne erkan niyatini.
Dedi qalb oyati xolis namuna,
Urub holigʻa na’li bozguna
Ki, bordurmen zaifi xastajone,
Ulusdin rishta uzgan notavone.
Oʻn-oʻn besh yil maqomim xilvat erdi,
Ishim xilvatda Haqqa toat erdi.
Jahon ichra kishi birla ishim yoʻq,
Ishim bu — Tengridan oʻzga kishim yoʻq.
Chu Arman mulkida amniyat erdi,
Mening holimgʻa bu kayfiyat erdi.
Bu shohekim, kelibtur oti Rarvez,
Aningdek fitna oʻtin ayladi tez
Ki, eldin bordi zavqi xonumoni,
Eshitmish boʻlgʻasen sen dogʻi oni.
Chu ul mulk ahli boʻldi munqalib hol,
Manga ham munqalibvash boʻldi ahvol.
Huzuri toat anda qolmadi hech,
Dedimkim, erta kunni qilmayin kech.
Xaloyiqdin yiroqroq tiyra gʻore,
Toray yonida oning chashmasore.
gʻizou qut olib zikri nihondin,
Kiray andoqki, hargiz chiqmay ondin.
Ajaldin yetsa umrum xayligʻa zoʻr,
Hamul tiyra magʻok oʻlgʻay manga goʻr.
Kezar erdim bu savdodin mushavvash
Ki, keldi koʻngluma bu sarzamin xush.
Yumishmen umrdin garchi ilik men,
Vale bu togʻ aro men to tirikmen.
Vafosizdur chu xayli odamizod,
Vafosizni ne qilsun odami yod.
Qaro toshdin vafou mehr umidin
Tama’ qilmoq boʻlur, yoʻq odamidin!
Eshitti chun bu afsunlarni Farhod,
Bagʻoyat boʻldi andin xotiri shod.
Tabarruk istabon tufrogʻin oʻrti,
Niyoz aylab, oyogʻin dogʻin oʻrti.
Dedi: «K-ey orazingda nuri tavfiq,
Zamiring maxzani asrori tahqiq.
Bukim dahr ahligʻa nomuttafiqsen,
Muhiqsen, billahu vallah muhiqsen!(5)
Vafosizliq jahon ahligʻa xoʻdur,
Vafo eldin alargʻa justujoʻdur.
Boʻlur ma’lumkim bir amri noxush,
Zamiring bu sifat qilmish mushavvash.
Magar Armanda amre boʻldi tori
Ki, yuqti koʻnglunga oning gʻubori».
Dedikim: «Yey oʻgʻul, chindur kaloming,
Javobin dogʻi chin aylay rayoming.
Vido’ etmish bu kishvardin amonligʻ,
Amonligʻ oʻrnigʻa kelmish yamonligʻ.
Nihoyatdin erur koʻp anda ofot,
Vale bukim ayon boʻldi bu avqot.
Mihinbonu bila Xusrav yaroshti,
Xususiyat apoda haddin oshti.
Solib rayvand ishin Xusrav arogʻa,
Bu ham berdi rizo ul mojarogʻa.
Iki yondin yoyib vuslat bisotin,
gʻanimat bildi el ayshu nishotin.
Aningdek fisq ila lahv oʻldi oyin
Ki, boʻldi bartaraf islom ila din.
Qolib may seligʻa ul kishvaru taxt,
Saloh ahli arodin chektilar raxt.
Chu har kim bordi bir yon zoru gʻamnok,
Bu sori soldi men gʻamginni aflok.
Vale bu turfaroqkim, ul jamoat,
Unuttilar chu oyini salomat.
Xudo soldi apoda ranji jovid,
Murodidin borini qildi navmid».
Tana’um shomi sham’idin borib nur,
Mubaddal boʻldi motam birla ul sur.
Hamul gulruxki, derlar oni Shirin,
Bu ma’nidin ekandur asru gʻamgin.
Chu boʻldi aqd amri oshkoro,
Chekib gardungʻa afgʻon bemadoro.
Oʻziga qatl tigʻin urdi filhol,
Oʻzin bu gʻussadin oʻlturdi filhol.
Dedi ba’ziki: «Noʻsh etgan durur zahr
Ki, boʻlgʻay noʻshidin Rarvez bebahr».
Bori taqdir ila ul sarvi navxez,
Baqo mulkiga soldi gomini tez.
Anga oshiq emish bir zori noshod,
gʻaribe, dardmande oti Farhod.
Firoqi ichra yub ilkini jondin,
Aning ishqi bila bordi jahondin.
gʻamidin ohu afgʻon birla bordi,
Aning vaslidin armon birla bordi.
Ishe qildiki, kelmas ul kishidin
Ki, yuz shayullah oning ul ishidin.
Ne ruhi pok edi ul sarvi cholok
Ki, keldi pok, oxir bordi ham pok.
Chekib Farhod uchun ohi halokin,
Aning yodida berdi joni pokin.
Borur dam ogʻzida Farhod zikri,
Ichinda dogʻi ul noshod zikri.
Bori Rarvez ranjin zoyi’ etti,
Vale Farhod yodi birla ketti.
Tilidin tortibon fartut7 tigʻe,
Der erdi har nafas ohu darigʻe.
Qilib fartut bu afsonani bigʻ,
Tushub Farhod ichiga yuz tuman tigʻ.
Uzun tortib halok afsonasin bu,
Tushub oning koʻzigʻa soʻnggʻi uyqu.
Sovugʻ damlar bila ul zoli damsard,
Chiqordi koʻkka ul tufrogʻdin gard.
Debon har dam darigʻi otasholud,
Falakka chekti ul xoshokdin dud.
gʻirevi tortibon Farhodi mazlum,
Dedi: «Bas qilki, boʻldi qissa ma’lum.
gʻaraz gar jon edi, olding ana hoy!
Oʻluk tandin ne istarsen yana, voy!
Koʻngul qonin ichardin toʻygʻil emdi,
Meni oʻz mehnatimgʻa qoʻygʻil emdi!
Debon qoʻrti jahondin silkibon qoʻl,
Adam dashtigʻa hanjor aylabon yoʻl».
Yoshidin togʻda solib selrezi,
Demakim selrezi, rustaxezi.
Bu seli jismining qasrin qoʻngorib,
Hayoti xayli ham ul suvgʻa borib.
Ketur, soqiy, qadah ul nav’kim sel
Ki, qilgʻay rangi oning qon sari mayl.
Aningdek may ichardin moʻya tortay,
Tutub Farhod soʻgin, roʻya tortay.

XLIX

Farhodning umri xayli vujud mulkidin jalo boʻlgʻoni va ul jalo Parishonligʻidin ajal xayligʻa mubtalo boʻlgʻoni va hayoti yuz yoshurub, ya’ni aning yoti boʻlub umri quyoshi botib, ya’ni ul umr anga talx koʻrunub qayo tigʻi bila koʻksin yorib, koʻngli chokidin yillar yoshurgʻon dardu anduh tikonlarin chiqarib bexudona afsonalar bila koʻnglin xoli etgoni va marg jomin paymona qilib navmidligʻ ashki mayi ravon boʻlgʻoni va ul fano bodasidin paymonasining toʻlgʻoni va ul paymonani ajal soqiylari ilgidin sirqora ichgoni va sogʻolmas maydin jonon yodi bila mast boʻlub jonidin kechgoni

Bu motamnoma yozgʻon kilki cholok,
Qaro mundoq kiyib, aylar yoqo chok
Ki, chun ul hajr dashtining shikori,
Yedi bagʻrigʻa andoq zaxmi kori
Ki, ul itik qilichdin sa’b yora,
Ayirdi bagʻrin aylab ikki rora.
Figʻon tortib, qoʻrorgʻa mayl qildi,
Vale har nechakim qoʻrti, yiqildi.
Ajal yagʻmosi oldi jismidin zoʻr,
Yorugʻ olamni koʻrdi oʻylakim goʻr.
Qatiq tosh uzra talrinmoqqa tushti,
Soʻngaklar jismida sinmoqqa tushti.
Urub tosh uzra mahkam har zamon bosh
Ki, borib bosh, onsiz qolgʻusi tosh.
Yetib har neki bor ashkin ravona
Ki, yigʻlardin qutuldung jovidona.
Koʻnguldin tashladi har sori marham,
Ushotib anda novaklarni darham
Ki, oʻtti andin ishkim, yora butgay,
Ajal raykoni etgan rora butgay.
Momugʻlar tashladi har yon tugandin,
Ochib yuz chashma qon majruh tandin.
Tuganlar momugʻidin har yon ul togʻ,
Ochib yuz lola, lekin borcha bedogʻ.
Chekib zaxmini tikkon rishta har yon,
Solib ul tori xunogʻushta har yon.
Bu yangligʻ raxnalar birla ochib ul,
Ajal kirmakka, jon chiqmoqqa ham yoʻl.
Ajal koʻksini rora-rora aylab,
Chiqorgʻa xayli umri chora aylab.
Chiqib koʻngli oʻtidin dudi anduh,
Tutub mehnat sahobi vodiyu koʻh.
Boshi ustida oning zor yigʻlab,
Yomon holigʻa majnunvor yigʻlab.
Yarodin jismi sarto-sar ochib gul,
Bu gullar qatra qonlardin sochib gul.
Sochilgʻon gul bila atrofi gulrez,
Dema gullarki, oʻtlar sochilib tez.
Guli zohir qilib har yon guli dard
Topib davron oʻtidin otashin vard.
Debon boshimni yonch, ey charxi zarkor
Kim, ul ermas bukundin nori darkor(1).
Koʻzum oʻy, ey baliyat qahramoni
Kim, ul koʻrmas bu kundin soʻngra oni.
Tilim, ey tigʻi gʻam, kes betavahhum
Ki, emdi istamon ondin takallum.
Damim yoʻlini tut, ey charxi kinxoh
Ki, bordi emdi chekmak nolau oh.
Oyogʻim sindur, ey anduh toshi
Ki, ketti roʻyadin emdi xaroshi.
Tanimni gʻayr kuydurgil demasmen
Ki, bu dard oʻtidin rozi emasmen!
Ajal, koʻksumni sarto-sar shigof et,
Borurda ranjdin koʻnglumni sof et!
Taab, koʻnglumni yuz ming rora ayla,
Adam sori borin ovora ayla!
Falak, bagʻrimni qil rarkand-rarkand
Ki, emdi bordi ondin bizga rayvand!
Manga, ey ishq, hamdardona bording,
Qusure qilmading, mardona bording.
Boshimdin emdi, ey hijron gʻami, kech,
Xudo yoringki, taqsir etmading hech!
Tanim tufroqqa, ey gʻam, muttasil qil,
Nekim mendin sanga yetmish, bihil qil.
Tilab qatlim boshimdin oshqil, ey yosh,
Yuzumga har ne sendin keldi, shobosh.
Azimat ayla mohim sori, ey oh,
Qoʻshay jonimni, qil oʻzunggʻa hamroh!
Boqib sahrogʻa toʻkti ashki sofi
Ki, ey dardu gʻam ahlining matofi!
Rafiqi xokiyu hamvoru soda,
Nekim vasf aylasam andin ziyoda.
Base koʻrdung ayogʻim zarbidin ranj,
Base roʻyam bila boʻldung alamsanj.
Yoshim seli bila bagʻringni yordim,
Yugurmak birla gardingni chiqordim.
Bu soat mehnatimdin forigʻ oʻldung,
Bihil qilgʻilki, ranjimdin qutuldung.
Boʻlub bu motamidin dasht gʻamnok
Ki, vodiydin yaqosin aylabon chok.
Boqib qildi vasiyat togʻ sori,
Dedi: «K-ey, ofarinish burdbori.
Uluvvi qadring aylab koʻkka ohang,
Shukuhi hilmdin zoting garonsang.
Yetakdin notavonlargʻa ranahsen,
Hajardin xastalargʻa tak’yagahsen.
Sanga mendin yetibdur oncha yotliq
Ki, yuzungdin uyotliqmen, uyotliq.
Gahe bagʻring boʻlub tesham gʻilofi,
Gahe jismingda metinim shikofi.
Yuzung yoshimgʻa xunolud gohe,
Damimdin boshing uzra dud gohe.
Bori jurmumgʻa tigʻi afv surgil,
Borur chogʻimda afv aylab kechurgil».
Figʻoni birla togʻ afgʻoni ortib,
Sadodin har zamon yuz nola tortib.
gʻamidin bagʻrin aylab oncha rora
Ki, qondin la’l oʻlub har rora xora.
Boqib gardungʻa dedi: «K-ey, sitamkor,
Jafoda kavkabi baxtimgʻa hamkor.
Shioring har necha javru jafodur,
Bihilmen, chun mening da’bim vafodur.
Agarchi sendin oʻldi jonima ranj,
Vale mendin ham oʻldung sen alamsanj.
Ham afgʻonim bila rajmurda boʻldung,
Ham ohim oʻtidin ozurda boʻldung.
Yuzungga roʻyadin gardim yoyildi,
Quyoshing dudi ohim tiyra qildi.
Emastur anjumungning zarfishoni
Ki, ohim oʻqlaridindur nishoni.
Bukun ne oh qoldi, ne figʻonim,
Ne ohu ne figʻon, nomu nishonim.
Chu tufrogʻ oʻlgʻusi jismi jahongard,
Zamiring ichra ondin qolmasun gard.
Chu boʻldim yoʻq, meni yoʻq erdi tutqil,
Agar bor erdi tutsang ham, unutqil».
Falakning bu soʻzidin dardi oshib,
Shafaqdin joni ichra oʻt tutoshib.
Boʻlub sargashta tormay istiqomat,
Anga qilgʻondin aylab yuz nadomat.
Boqib metingʻa dedi: «Yey asirim,
Mashaqqat kunlarida dastgirim.
Yetib mendin sanga koʻp sarzanishlar,
Vale sendin manga koʻp rarvarishlar.
Urub men kuch ila boshingni toshqa,
Boshingni boshqayu noʻgungni boshqa.
Sen aylab saxtjonliq mehnatimda,
Qadam aylab boshingdin xizmatimda.
Manga bu nav’ zulmu javr resha,
Chekib bu mehnatim sen dogʻi, tesha.
Bukun maxlas Toparsiz mehnatimdin,
Ikov ozod oʻlursiz shiddatimdin.
Qiling rahmim Koʻrub bu nav’ holim,
Borur chogʻda ravo koʻrmang malolim.
Keching har neki qilmishmen jafodin,
Qoʻyung jonimgʻa minnatlar vafodin».
Urub metinu tesha tosh uza bosh,
Figʻonlar motami eldek qilib fosh.
Belidin osilib andoqki atfol,
Zaboni hol ila sharh aylabon hol
Ki, gar togʻu vagar yerdur yurarbiz,
Qaro tufroqqa kirsang ham kirarbiz.
Koʻrub atrofida darrandalarni,
Yana charrandau rarrandalarni.
Dedi: «K-ey borchangiz koʻnglumga munis,
Kecha-kunduz harifu yori majlis.
Vafo birla muxammar xilqatingiz,
Murakkab mehr birla tiynatingiz.
Nifoqu gʻadrdin tab’ingiz ozod,
Yoʻq ul yangligʻki xayli odamizod.
Boʻlub ma’nus ranji gʻurbatimda,
Kelib ma’luf dardi furqatimda.
Boʻlub ba’zi ichimga qutu moya,
Uchub ba’zi qilib boshimgʻa soya.
Boʻlub yolgʻuzlugʻumda qavmu xaylim,
Yerishib har qayonkim boʻlsa maylim.
Manga bilgurtmay bekasligimni,
Diyorimgʻa qarin ermasligimni.
Figʻonimdin Koʻrub koʻp sa’b holat,
Biringiz qilmay izhori malolat.
Manga sizdin erur behad xijillik,
Ne til birla tilay oxir bihillik».
Ul aytib bu hadisu yigʻlabon zor,
Alar fahm aylab anda oʻzga ozor.
Sarosar unlarini tez tortib,
Ne un, gʻavgʻoyi rustoxez tortib.
Xurush aylab nechukkim motamiylar,
Yoʻq andoqkim vafosiz odamiylar.
Alar birla chu fasle nukta surdi,
Ajal dard oʻqini jonigʻa urdi.
Bu soʻzlardin oʻzini torti ma’zul,
Zamone boʻldi oʻz holigʻa mashgʻul.
Tugangan fahm etib umri baqosin,
Sovugʻ oh urdi yod aylab atosin.
Anosi ham koʻzi olligʻa keldi,
Koʻzidin ikki qonligʻ rud ochildi.
Falak boshigʻa urdi bir katora
Ki, to koʻksiga boʻldi ikki rora.
Dedi: «Ne hol erur hayhot-hayhot;
Netar jonimni olsang, ey ajal, botgʻ!
Oʻlardin burna yuz oʻlmak nedur bu,
Boshim yuz tigʻ ila boʻlmak nedur bugʻ
Kuyuk tangʻa yolin urmoq ne erdi.
Momugʻ uzra choqin urmoq ne erdigʻ
Bular fikri ichimdin urmayin bosh,
Boshim tufroq aro kirgay edi kosh.
Buzugʻluq, ey falak, koʻrguzdung oxir.
Buzulgʻon xotirimni buzdung oxir.
Bu ne insof edi, ey soqiyi dahr,
Oʻlar chogʻda qadah tutmoq toʻla zahr.
Oʻluk boshigʻa tigʻ urmoq ne ya’ni,
Bir-oʻq bas, bedarigʻ urmoq ne ya’nigʻ!»
Chu bu shoʻrobagʻa yetti nihoyat,
Dedi achchigʻ-achchigʻ yigʻlab bagʻoyat
Ki: Ey bodi sabo, tengri uchun qoʻr,
Yetib Chinu Xito mulkiga yer oʻr!
Demon, xoqon qoshida bu oʻgʻuldin
Ki, gʻurbat ichra oʻlgan xasta quldin.
Quyundek sadqa qil avval oʻzungni,
Chu boʻlding sadqa, mundoq de soʻzungni.
Kim, ul ovorai bexonumoning,
Bagʻir xunobidin bir qatra qoning
Itib, olamda hirmon birla oʻldi,
Yuzungni koʻrmay armon birla oʻldi.
Ne qonlar yuqti bagʻridin yoshigʻa,
Ne ishlar tushti gardundin boshigʻa.
Boʻlub afsunu makru, hiylatangez,
Anga ne zulmlarkim qildi Rarvez.
Agar tuzluk bila torsa hisobin,
BErur erdi ming andoqning javobin.
Va lekin egrilikni aylab oyin,
Yasab yuz nav’ yolgʻon, oʻylakim chin.
Birovkim xilqatin qildi qazo rost,
Qilur bovar, necha soʻz boʻlsa norost.
Manga ne deyki ul kofir, ne qildi,
Qazodin erdi qildi, har ne qildi.
Budur komimkim, Bahromi dilovar
Ki, bor erdi manga ul yoru yovar.
Cheriklar jam’ aylab bemadoro,
Bu yon qilsa azimat oshkoro.
Qilichi toʻygʻarib Xusravni jondin,
Tilasa begunah qonimni ondin!
Eshitgach shoh bu oʻtlugʻ fasona,
Agar boshidin ursa oʻt zabona.
Yomon ahvolima aylab yaqo chok,
Oʻzin tufrogʻlargʻa ursa bebok.
Qoʻshub yigʻlasa bu ovorasini,
Qayu ovora, bagʻri rorasini.
Boʻtam deb goh boʻzlab, goh oʻkursa,
Jafo toshin sinuq koʻksiga ursa,
Yer uzra tojini urmoqqa qoʻyma,
Terib taxtini sindurmoqqa qoʻyma.
Degil mendinki, ey shohi jahongir,
Torilmas Tengri taqdirigʻa tadbir.
Mening ishq ermish avvaldin sirishtim,
Yana gʻurbatda oʻlmak sarnavishtim.
Ne Haq yozgʻonni koʻrmay chora bormu,
Davoyi boʻlmayin ovora bormugʻ!
Bu ishga ollinga hukmi qazo ber,
Ne ish Haqdin qazo boʻlmish, rizo ber!
Meni gar umrdin charx etti navmid,
Jahon mulkida boʻlsun shoh jovid.
Yiqilsa hujra, boʻlsun qasr obod.
Qurusa sabza, boʻlsun sarv ozod.
Anomgʻa bu xabardin tushsa oshub,
gʻamimdin xora uzra boʻlsa sarkoʻb.
Jahonga oʻt solib gʻavgʻosi har yon,
Yetardek boʻlsa vovaylosi har yon.
Bu vahshigʻa xitob etsa «qoʻzum» deb,
Bu bekasni sogʻinsa «yolgʻuzum» deb.
Aningdek boʻlsa shoʻru iztirobi
Ki, boʻlsa bartaraf burqa’ hijobi.
Qilibon yod gʻamrarvardasidin,
Yugursa chiqsa toʻqquz rardasidin.
Debon «Yey rishtai jonimgʻa rayvand»,
Uzorin aylasa rarkand-rarkand.
Sochidin boʻlsa yulmoq birla mahjur
Ki, Chinda boʻlsa mushk oʻrnida kofur.
Damimdin dud olib ketgaysen oxir,
Xaloyiqqa hijob etgaysen oxir.
Degaysen: «Yey, yuzung ruhum gʻizosi,
Izing gardi koʻzumning toʻtiyosi.
Manga bas erdi bu dardi gʻamandud
Ki, to Tengri vujudum qildi mavjud.
Bukim sen behad erding orzumand
Ki, boʻlgʻay munising bir turfa farzand.
gʻamimdin boʻlmading bir lahza dilxush,
Hamisha bor eding zoru mushavvash.
Gar atfol etsa mayli sabzau bogʻ,
Kichikdin erdi qismim dard ila dogʻ.
Mening dardimgʻa qolib jismi zoring,
Mening dogʻimdin oʻrtanmak shioring.
Tilab yoqut, laxti xora torting,
Tilab xurshed, otashrora torting.
Ulugʻ boʻlgʻon soyi bechora boʻldum,
Diyoru mulkdin ovora boʻldum.
Manga ovoraligʻ to charx berdi,
Firoqimdin ishing oʻrtanmak erdi.
Bas ermas erdi umre kuymaking bas,
Kuyub-kuyub, kul oʻldung oʻylakim xas.
Bu xusron baski, chun gʻam rudi tuzdum,
Sirishkim selidin ka’bamni buzdum.
Bukim men-men, manga oʻlmak dagʻi hayf,
Ulus ahvolima kulmak dagʻi hayf.
Sen ar dardimdin oʻlsang ranjfarsoy,
Manga ul ranju gʻamdin voyu yuz voy!
Meni roziligʻingdin qilma navmid,
Manga doʻzax oʻtini solma jovid.
Vagar fahm etsa Mulkorou Bahrom
Ki, holim qayda bosh chekti saranjom.
Qarortib yuz, chekib qon yosh ila harf,
Raqam aylab siyohi uzra shingarf.
Qaro kizlar boʻyunlorigʻa solib
Ki, yuzdin kizu kizdin yuz boʻyolib.
Aningdekkim kiyar yirtib libosin,
Quyosh soʻgida olam tun ralosin.
Urub gah dashtu gah togʻlargʻa oʻzni,
Ne dashtu togʻki, tufrogʻlargʻa oʻzni.
Ber avval qatla Mulkorogʻa taskin,
Degil, oqil qazogʻa aylamas kin.
Manga boʻlgʻon qazoyi osmoniy,
Ne qilgʻoy erdim, oyo koʻrmay onigʻ!
Yana Bahromgʻa yetkur salomim,
Chu yetkurdung salomim, de rayomim
Ki, ey jonim topib joninggʻa rayvand,
Koʻkaltoshu ini, shogirdu farzand.
Gar ohingdin chiqorsang charx uza dud,
Ne sud ondin sangau ne manga sud
Ki, istarsenki, tekkay yerga yonim,
Boʻlub xushnud sendin xasta jonim.
Ne bir dam tin, ne bir soat tayongʻil,
Ne harbu kina surmakdin oʻsongʻil.
Bu yon azm aylamak jazm ayla filhol,
Cherik jam’ aylabon azm ayla filhol.
Bu ishdin rohati jonimni ista,
Topibon qotilim, qonimni ista!
Aning birla kelur xaylimgʻa bir-bir,
Hadisim daf’a-daf’a ayla taqrir.
Degilkim, oshkorou nihoni,
Mening oʻrnumgʻa koʻrdik borcha oni.
Nekim hukm etsa ta’xir etmasunlar,
Buyurgʻon ishda taqsir etmasunlar!
Xoʻtan mulkiki, jannatdin nishondur
Savodi uzra jannat jonfishondur.
Gar anda sayr boʻlsa ixtiyoring,
Hadoyiq jonibi tushsa guzoring.
Hamono toʻrt bogʻi ravza oyin,
Ichinda toʻrt qasri xuld tazyin(2)
Ki, boʻlmish erdi hukmimdin muhayyo,
Gulu asmori andoqkim Surayyo.
Oʻtarda jilvagohing boʻlgʻusidur,
Esarda xoki rohing boʻlgʻusidur.
Bahoriy ravza sori qilsang ohang,
Mening soʻgum uchun toʻk ashki gulrang.
Chu sayfiy ravzagʻa(3) mayl aylasang shod,
Halokim naxli shoxu bargin et yod.
Xazoniy ravzagʻa(4) qilsang xirome,
De anda bu sarigʻ yuzdin salome.
Shitoyi ravzani(5) qilsang guzargoh,
Damim yod aylab, anda chek sovugʻ oh.
Yana Moniygʻakim naqqoshi Chindur,
Anga kilki qazodin ofarindur.
Degaysen ul mahalkim, kilki tahrir,
Chekib ul toʻrt qasrim qildi tasvir;
Biri Yunongʻa markab surganimni,
Qilib razm, ajdaho oʻlturganimni.
Ikinchi Ahramangʻa aylabon kin,
Jahonni qilgʻonim qon birla rangin.
Uchunch Iskandari Rumiy tilismin
Ki, ochtim teng qilib yer birla jismin.
Boʻlub toʻrtunch Suqrotga raqamkash
Ki, gʻori ichra kirdim ajdahovash
Ki, to olam binosi boʻldi bunyod,
Bu yangligʻ qilmadi ish odamizod.
Chekibtur sa’y etib bisyor-bisyor,
Yudik boshtin-ayoq zinhor-zinhor.
Yugʻondin soʻng soʻyub ayvondin oldik,
Haririn suvgʻa yoxud oʻtgʻa soldik.
Nechukkim, foniy oʻldi jismu jonim,
Jahondin boʻldi Kim nomu nishonim.
Ishim gardun kuhan toqidin itsun,
Misolim charx avroqidin itsun.
Koʻra olmasni bildik yaxshi gar dun,
Mening naqshimni devor uzra gardun.
Yana Qorangʻa ham mendin salom ayt,
Nekim raygʻom qilgʻumdur, tamom ayt!
Degil, har toshkim, tesham ushotti,
Yigʻib gardun borin boshimgʻa otti.
Qachon yogʻdursa gardun yuz tuman tosh,
Bular ostida netgay bir sinuq boshgʻ!
Falakvash togʻlarkim, yerga soldim,
Qazodin borchaning ostigʻa qoldim.
Manga boʻldi falak qatl aylagan chogʻ,
Uzolgʻon turbatimning toshi bir togʻ.
Ul oʻttikim, degaymen koʻhi gʻammen
Ki, koʻhi gʻamning ostida adammen.
Qayu naqshimki xoro uzra qozding,
Boshida ismu alqobimni yozding.
Chekib metin xaroshi xora qilgʻil,
Otimni men kibi ovora qilgʻil.
Chu qoldi toshning ostida zotim,
Boʻlur gar boʻlmasa tosh uzra otim.
Yana olamda shahru togʻu vodiy,
Kezib ishq ahligʻa qilgʻil munodi
Ki, Farhod oʻldi oshiqliq aro zor,
Vale yetti anga Xusravdin ozor.
Bukim, der erdingiz sultonimizdur,
Raiyat biz-bizu ul xonimizdur.
Bukun sultoningizgʻa zulm yetti,
Jahondin notavonligʻ birla ketti.
Kerakkim jam’ oʻlub tortib sirahlar,
Tutub soʻg oʻylakim, oʻlganda shahlar.
Burun Xusravgʻa chun abri bahoron,
Qilib oh oʻqlaridin tirboron.
Figʻon oʻtidin oʻrtab kishvarini,
Kul aylab toju taxtu afsarini.
Boʻlub giryon bu zori benavogʻa,
Bering boru yoʻqin seli fanogʻa.
Vafo qasrin bu yangligʻ aylab obod,
Ravonimni oʻzungizdin qiling shod.
Yana Shorurgʻa deb xayrbodim,
Degaysen: «K-ey rafiqi nomurodim.
Ne qonkim, yutmading hamdamligʻimdin,
Ne gʻamkim, chekmading mahramligʻimdin.
Manga ul vaqtdinkim hamdam oʻldung,
Giriftori balou motam oʻldung.
Vafo oyinu sharti muncha boʻlgʻay,
Magarkim Tengri-oʻq uzrungni qoʻlgʻay.
Hamisha voqif oʻl qabrim toshidin,
Ayogʻing chekma tufrogʻim boshidin».
Chu bu yerlarga yetkurdi navoni,
Yetishti ogʻzigʻa ozurda joni.
Boʻlub mundoq maqolotidan ogoh,
Dedi: «lohavl», etib «astagʻfirulloh».
Buzulgʻon joni jononigʻa tushti,
Balo oʻti buzuq jonigʻa tushti.
Ul oʻt bir nav’ kuydurdi vujudin
Ki, kul qildi vujudi toru rudin.
Qilib jononi otin tilga ta’lim,
Tutub jonon otin, jon etti taslim.
gʻamu dardu balogʻa tushti gʻavgʻo
Ki, gardun ahligʻa yovushti gʻavgʻo.
Bu motam ichra ishqi otashangez,
Solib boʻynigʻa aynidin qaro kiz.
Qolib dardu balo beyoru munis,
Boʻlub hijron tuni besham’i majlis.
Falak mung birla oning jonin olib,
Bularni dogʻi onsiz munggʻa solib.
Sibo’ ul holni aylab nazora,
Qilib Farhodkushni rora-rora.
Koʻzidin ashki gʻaltonin oquzmay,
Yer uzra qatrai qonin tomuzmay.
Tishu changol ila yirtib damo-dam,
Dema Farhodkushkim, oʻzlarin ham.
Koʻrub ul zoru bekas motamidin
Ki, hayvon beh vafosiz odamidin.
Ketur, soqiy, menga bir jomi qotil,
Labolab aylabon zahri halohil.
Chu tortim ishq aro Farhodvashliq,
Qilay ul jom ila Farhodkushliq!

L

Dahr evi bunyodsizligʻidakim, bir toʻda tufrogʻdurur suv ichinda va charx gunbadi baqosizligʻidakim, bir mutaharrik hubobdurur suv ustida va bu obo va ummahot zodasidinki, inson boʻlgʻay — vafo imkoni yoʻq muqtazosidin Xusrav bila Mihinbonu yarashqoni va qoʻrgʻonda qabalgʻonlarning togʻ va dashtqa butrashqoni va Shirin mizoji Farhod oʻlumidin oʻlum holiga yetgan uchun ani Armaniya togʻining ravonoso fasosi va ruhafzo havosigʻa yiborganlari

Jahondin rahrav ersang bogʻla mahmil
Ki, osoyish yeri ermas bu manzil.
Nedin derlar jahonni rub’i maskun
Ki, uch rub’idur oning suvgʻa madfun.
Kishi nokom qaygʻu uzra boʻlgʻay
Ki, tushgan manzili suv uzra boʻlgʻay.
Havodis tundbodi solsa bir mavj
Ne tong, suv tutsa ul rub’ uzra ham avjgʻ!
Muni ma’man dema, degil xarobe,
Muni maskan dema, degil hubobe.
Hubob ar suv uza gunbaznishondur,
Ruf etkach ul hamondur, suv hamondur.
Uyekim bir nafasdin boʻlsa barbod,
Ne qoʻysun oqil andogʻ uyga bunyodgʻ!
Bu yangligʻ uyda ya’ni tursa boʻlmas
Ki, forigʻ anda bir dam ursa boʻlmas.
Hubob ermas erur bir toʻda tufroq,
Ne boʻlgʻay suv aro tufroq ishi boq!
Bu tufroq tegrasida charxi doyir,
Nechukkim oshyon davrida toyir.
Ajab toyirdurur charxi mutabbaq,
Ishi urmoq kabutardek muallaq(1).
Kabutar gar tutar orom oʻlub rom,
Anga ne rom boʻlmogʻliq, ne orom.
Hamonokim erur sahroyi ohang,
Bu ma’nining dalilidur anga rang.
Kabutar yoʻq, kabutarxonadur ul,
Dema anjumki, sochqon donadur ul.
Kabutarbozin ustodi qazo bil,
Nekim ul aylasa avlo, rizo bil!
Kabutar sayd oʻlur, sayyod erur bu,
Dema sayyodkim, jallod erur bu.
Hilolu mehr oning tashtu tigʻi,
Qilurgʻa qatl yoʻq hayfu darigʻi.
Yelidin mohvashlar bagʻri rora,
Nechukkim zarra, behaddu shumora.
Erur mashhurkim jallodi magʻbun,
Chu ming qon toʻksa aylar tigʻ madfun.
Bukim ming kimsa har kundur qatili,
Quyosh tigʻini koʻmmakdur dalili.
Bu yangligʻ ming kishi qatli ishidur
Kim, oni desa boʻlgʻoykim kishidur
Ki, borcha shoh yo shahzoda boʻlgʻay,
Va yoxud mufradu ozoda boʻlgʻay.
Aning bu nav’ maqtulida soʻzdur,
Menu sendekka xud ne boshu koʻzdur.
Kishining necha koʻrrak gavhari pok,
Aning bedodidin koʻrrak alamnok.
Chu asli pok gavhar keldi yoqut,
TEshib bagʻrini qon aylar anga qut.
Quyoshkim koinot andin olur nur,
Qilur har tun qaro tufroqqa mastur.
Base sogʻarning andin qoni toʻlgʻay
Ki, bir dam fosiqe xushhol boʻlgʻay.
Yetib yuz javhari pokizani xok
Ki, andin bangiye boʻlgʻay farahnok.
Berib bir naxlgʻa har dam shikaste,
Ki, tingʻay tobidin otashraraste.
Toʻkub Farhod qonin bemadoro
Ki, Xusrav maydin oʻlgʻay majlisoro.
Maalqissa: chu Farhodi jigarsoʻz,
Fano bazmida boʻldi majlisafroʻz;
Oʻzin koʻp domu dad oʻlturdi gʻamdin,
Yana koʻp xastahol oʻldi alamdin.
Urub halqa aning davrida bori,
Azosidin qilib afgʻonu zori.
Boʻlub ul nav’ atrofida sokin
Ki, boʻlmay el yovumoq anda mumkin.
Oʻlar holida goʻyo notavone,
Hamul marz ahlidin bexonumone(2).
Ani koʻrmakka bormish erdi ranjur
Ki, boʻlgʻay xizmatidin shodu masrur.
Yetishgach fahm etib ul nav’i holot
Ki, oʻtti sharh ila bori maqolot.
Oʻzin bir tosh darzi ichra solib,
Koʻrub holin aning hayratqa qolib.
Ishin to Haqqa vosil boʻldi joni,
Qilib fahm, oshkorovu nihoni.
Tilabkim, aylabon qabrini zohir,
Aning boshi uza boʻlgʻay mujovir.
Vale qaytib, qilib ashkini xunrez
Ki, sheru babr changolin Koʻrub tez.
Kirib xalq ichrau ovoza solib,
Xabar har anjumangʻa toza solib.
Chu deb bu soʻzni ul afgor yigʻlab,
Eshitgan xalq borcha zor yigʻlab.
Chu bu mudhish xabar har sori yetti,
Ne Xusrav, balki Shirin ham eshitti.
Maqolotin qilib Xusrav taaqqul,
Tafakkur birla koʻp aylab taammul.
Necha kun qaygʻudin kulgusi kelmay,
Necha tun vahmidin uyqusi kelmay.
Agarchi bu umid aylab ani shod
Ki, Shirindur aning, chun bordi Farhod.
Vale bu vahmdin har lahza gʻamgin
Ki, netgay kinigʻa, charx aylasa kingʻ
Kelib chun jahl gʻolib, nafs tolib,
Boʻlub ul nafs joʻyoyi matolib.
Muni bilmayki, tutqon zahrlik jom,
Qilur ham zahr oshomin saranjom.
Fatila dogʻ uchun oʻt solsa har dam,
Agarchi kuydurur, lekin kuyar ham.
Yilondin kimga zaxmi boʻlsa hodis,
Hamul zaxm-oʻq boʻlur qatligʻa bois.
Dedi: «Bu ish kerakmas erdi mundoq,
Chu boʻldi, boʻlmas ishda sust boʻlmoq».
Yibordi kordonlar qal’a sori,
Berib har birga soʻzning ixtiyori
Ki, arz aylab sitam, taslim dogʻi,
Umid etkaylar ifsho, biym dogʻi.
Koʻp afsunlar bila boʻlub mulozim,
Iki tavsanni qilgʻaylar muloyim.
Fusungarlar chu bu guftor topib,
Borib qoʻrgʻon ichinda bor topib;
Debon Bonugʻa jondin koʻp sanolar,
Yana mahvashqa andin koʻp duolar.
Debon Xusravdin oncha mehribonliq,
Niyozu ajz birla notavonliq.
Fusundin koʻrguzub oncha daloyil
Ki, Bonuni qilib ul ishka moyil.
Kirib arkoni davlat ham arogʻa,
Boʻlub hamdoston ul mojarogʻa.
Debon xilvatda koʻp rozi nihoni
Ki, Xusravdur jahonning hukmroni.
Nasabda borcha sultonlar shahidur,
Hasab ichra nihonlar ogahidur.
Bizing birlaki qilmish mayli rayvand,
Ne derbiz boʻlmayin bu ishga xursandgʻ
Tirik boʻlsa edi Farhodi gʻamgin,
Qilur erdi kiroy qilmoq munga kin.
Chu ul bordi, xusumat bejihatdur,
Bu shah ra’yigʻa kirmak maslahatdur.
Nechuk qilgʻay bir ish ahli maoni
Ki, sudi ozu koʻp boʻlgʻay ziyonigʻ!
Kerak Rarvez paymonigʻa kirmak,
Erur bevajh el qonigʻa kirmak.
Bu kishvarniki zulmi qildi barbod,
Magar ham qilgʻay oning adli obod!
Harif ermas durur xorogʻa shisha,
Chu tushti oʻt, kuyar xirmon hamisha.
Mihinbonu bu soʻzlar aylagach goʻsh,
Koʻrub ma’qul, bir dam boʻldi xomush.
Bu ishni dogʻikim Farhodi mazlum,
Ne yangligʻ oʻldi qilmish erdi ma’lum.
Aning dardigʻa koʻp qon yutmish erdi,
Anolardek azosin tutmish erdi.
Yoʻq ul yolgʻuzki sarvi lolaruxsor,
Qilib soʻgida yuz rargola ruxsor.
Yetib ming zaxm jismi dardnokin,
Tilab albatta qilmoq oʻz halokin.
Necha qatla tilab zahri nihoni,
Icha olmay chu el fahm aylab oni.
Kuyarga aylab otashgah sori mayl,
Muyassar boʻlmayin chun anglabon xayl.
Qoʻyub Bonu kecha-kunduz nigahbon,
Aningdekkim, but atrofida rahbon.
Boʻlub ojiz ul oyni asramoqdin,
Xayolin lahza-lahza anglamoqdin.
Pari andoq boʻlub devona rayvand
Ki, jismidin uzub tish birla rarkand.
Damo-dam nolau gʻavgʻosi tinmay,
Rayoray ohu vovaylosi tinmay.
Debon «Farhodu» tortib oʻyla faryod
Ki, tortib hajridin faryod, Farhod.
Gahe gʻurbatda holi zorin aytib,
Aodi makridin ozorin aytib.
Gahe ta’rif etib husnu jamolin,
Viqoru hushu farhangu kamolin.
Gahi deb zoru navmid oʻlmagidin,
Chekib hijroni jovid oʻlmagidin.
Gahi qoʻshmoqta mazlumum deb oni,
Asiru zoru mahrumum deb oni.
Xayoli birla tunu kun maqoli,
Maqoli birla oyu yil xayoli.
Qolib Bonu bu ish fikrida hayron,
Boʻlub holigʻa har dam koʻngli vayron.
Qila olmay dame bir ishga mashgʻul
Ki, muhlik gʻamdin oʻlgʻoy joni ma’zul.
Yana qoʻrgʻonda ham qolmay zaxira,
Boʻlub el dogʻi Bonu birla tiyra.
Kichiklar aylabon ohu tazallum,
Ulugʻlar ta’n ila aylab takallum
Ki, bu ish garchi elga dilkash erdi,
Va lekin filhaqiqat noxush erdi.
Ulusqa mehnatu nokomligʻ ham,
Jahon xalqi aro badnomligʻ ham.
Yamon gar yaxshi, har ne boʻldi hodis,
Anga bir turfa barno erdi bois
Ki, arzir erdi gar yuz muncha qilsoq,
Qayu yuz muncha, gar oʻlguncha qilsoq.
Chu bois bartaraf boʻldi arodin,
Ne ochilgʻay sababsiz mojarodingʻ
Bizing kishvarni bu shoheki olmish,
Base ajzu niyoz oʻrtogʻa solmish.
Tarab bu nav’kim, qilmak keraktur,
Bu ishni mugʻtanam bilmak keraktur.
Boʻlub Rarvez rayvandi bila shod,
Bu zindondin ulusni qilmoq ozod.
Yoʻq ersa boʻlmish elning toqati toq,
Yaqindurkim boʻlub Bonu bila oq(3).
Berib tatvil mundoq guftu goʻgʻa,
Ochib qoʻrgʻonni bergaylar aduvgʻa.
Eshitgach boʻyla har yondin takallum,
Tushub koʻngliga haddin koʻp tavahhum.
Kirib Shirin qoshigʻa ochti rozin,
Falakdin oshurub soʻzu gudozin
Ki: «Yey jismimgʻa, bal jonimgʻa rayvand,
Yuzungga jismu jonim orzumand.
Bir ishdurkim takallum sursa boʻlmas,
Netaykim oni ham yoshursa boʻlmas».
Ulus bu nav’ deydurlar hikoyat,
Tamomin ayladi bir-bir rivoyat.
Dedi Shirinki: «Yey quti hayotim,
DeKimdur, garchi mone’dur uyotim.
Manga juft ul, ulusning fardi erdi
Ki, koʻnglum quti, oning dardi erdi.
Chu kechti juftdin ul toqi ofoq,
Nechuk men juft koʻzlay, ul borib toqgʻ
Vafo ahli ishi mundoq boʻlurmugʻ
Vafo aylar kishi mundoq boʻlurmugʻ
Firoqida bukunluk-tonglaliqmen,
gʻamidin oʻylakim, suvsiz baliqmen.
Baliq holi bu boʻlgʻay suvdin ayru
Ki, tolrinmoqdin oʻlgʻay istabon suv.
Aning hajrida tolrinmoq ishimdur,
Chu tolrindim, oʻlub tinmoq ishimdur.
Manga chun yoʻq tiriklikning falohi,
Siz aylang ulcha boʻlgʻay el salohi.
Ulusgʻa koʻp shikanju ranj berdim,
Men archi bermadim, bois men erdim.
Tiriklikda xud ettim elni noshod,
Oʻlarda bori etmay zulmu bedod».
Mihinbonu chu torti boʻyla ruxsat,
Chiqib xushdil, gʻanimat koʻrdi fursat.
Saloh amrida bogʻlab chust belni,
Tilab Xusrav qoshidin kelgan elni,
Dedi: «Shoh olligʻa ayting salomim,
Yana bu nav’ arz aylang rayomim
Kim, ul kundinki doroyi zamona
Ki, boʻlsun toju taxti jovidona,
Qilib rayvand e’lomin sarogʻoz,
Meni bu soʻz bila qildi sarafroz.
Oʻpub maktubni qoshimgʻa qoʻydum,
Sudo’ afsunidek boshimgʻa qoʻydum.
Qilib qosidgʻa oyini muroot,
Chiqordim charx uza koʻsi mubohot.
Va lekin koʻrguzub dilreshliq ham,
Qilib oyini durandeshliq ham.
Oʻzum-oʻq qildim oʻz aybimni izhor,
Shikasti gavhari jaybimni izhor.
Ne bildimkim bu soʻzda rayb ekandur,
Demak oʻz aybini xud, ayb ekandur.
Bu dam hamkim yetubtur hukmi shohiy,
Erurmen ulcha mumkindur mubohi.
Agar shah koʻnglida yoʻqtur kudurat,
Qilurbiz xizmatin jondin zarurat.
Vale voqe’ boʻlubtur bir ajab ish
Ki, andindur manga ranju taab ish
Ki, bu muddatki darbandonliq erdi,
Falakdin bizga sargardonliq erdi.
Haroratdin havo erdi shararrez,
Yubusatdin yel erdi otashangez.
Xaloyiq kasratigʻa yoʻq taayyun,
Tushub qoʻrgʻon aro andin taaffun.
Latofat joʻyborining tazarvi,
Malohat gulshanining zod sarvi.
Jamol ayvonida mohi dilorom
Ki, boʻlsun shahgʻa oning vaslidin kom.
Boʻlub ozurda ul noxush havodin,
Nishoti bulbuli qolmish navodin.
Haroratdin tushubtur bistar uzra,
Nechukkim axgare xokistar uzra.
Qavidur ul sifat ranju maloli
Ki, bordur har zamon bir oʻzga holi.
Magar shah lutfi-oʻq yovarliq etgay,
Mening jurmumgʻa uzrovarliq etgay.
Yiborgay lutf birla nomai afv,
Xato xattigʻa surgʻay xomai afv
Ki, el ozod oʻlub mahbusliqdin,
Qutulgʻay qal’a ham madrusliqdin».
Ufunatdin qutulsa sarvi gulrux,
Boʻlub xurram havodin shodu farrux.
Atibbo necha kun aylab taraddud,
Kam oʻlsa dardu ranjidin tashaddud.
Shah ar koʻrsa, aziz oʻlgʻay azizi,
Vagar xud qilsa xor oʻlgʻay kanizi.
Eshitganlar bu harfi jonfizoni,
Borib Xusravdin olib mujdagoni.
Nishotu aysh fartidin deolmay,
Eshitgach Xusrav oʻz holida qolmay.
Bashorat fartidin aylab ishorat
Ki, cholgʻaylar ravon koʻsi bashorat.
Tarabdin hoʻyu gʻavgʻo boʻldi har yon,
Qiyomat oshkoro boʻldi har yon.
Yarash birla solib ovozalarni,
Ochib, rust aylagan darvozalarni.
Qabolgʻon el kezib har yon havasdin,
Tamom andoqki qush chiqqay qafasdin.
Tuzub oncha nishot asbobi Rarvez
Ki, hayrat aylabon charxi sabukxez.
Yasab bir mahdi oliy xusravona,
Qilib arkoni davlatni ravona
Ki, Bonu mahd ichinda maskan etgay,
Aning oliy bisotin ravshan etgay.
Boʻlub Bonu dogʻi amrigʻa ma’mur,
Qilib Xusravning ayvonini rurnur.
Arodin raf’ oʻlub kinu kudurat,
Nishotu aysh yer topib zarurat.
Chu suhbat boʻldi garm andoqki dilxoh,
Sanam holin tafahhus ayladi shoh.
Toʻkub koʻz yoshi Bonuyi alamsanj,
Dedi: «Tab’ida bordur za’fdin ranj.
Atibbo aylabon tashxisi holin,
Kelib xud arz qilgʻaylar malolin.
Vale qoʻrgʻon ufun, ul notavondur,
Burun vojib anga naqli makondur
Ki, tolibdur havoyi jonfizogʻa
Ki, mu’tod erdi jonrarvar havogʻa».
Dedi Xusravki: «Har yerning havosi
Ki, anfa’dur sen-oʻq sen rahshunosi.
Ishorat qilki tortib anda mahmil,
Quyoshqa qilgʻil ul ma’voni manzil».
Dedi, Arman shimoli sori togʻe
Ki, avjidadur oning qasru bogʻe.
Base zahmat chekib suv kelturubtur,
Hamono shah dogʻi oni Koʻrubtur.
Agar xud shahdin oʻlsa hukmu farmon,
Hamul yerdur aning koʻngliga armon.
Eshitgach Xusrav oʻldi koʻngli noshod
Kim, ul suvni keturmish erdi Farhod
Ki, ming Xusrav kibi yuz yil chekib ranj,
Ul ish boʻlmas edi gar toʻksa yuz ganj.
Rizo, lekin zarurat birla berdi
Ki, bermakda rizo bechora erdi.
Ravon Bonu ravon etti amori
Ki, oyni eltibon ul ravza sori.
Falakni oygʻa mahmil ayladilar,
Chamanni gulga manzil ayladilar.
Quyosh ul jonfizo ayvongʻa bordi,
Pari sarchashmai hayvongʻa bordi.
Ketur, soqiy, mayikim jonfizodur
Ki, bu rangin chaman bas bevafodur.
Boʻlay usrukki, bor ollida bir jav,
Demay Farhodu Shirin, balki Xusrav.

LI

Quyoshni shafaqgun amoriygʻa solib falak qoʻrgʻonidin chiqorgʻonda sahob monand amoriy zayli ochilmogʻi va Sheruyani bir koʻrmoki zarradek sargashta qilmogʻi va Sheruyagʻa Shirin ona boʻlur vahmidin otasin oʻlturgʻoni va raxshi tamanno aning shabistonigʻa surgoni va Shirin charbzabonligʻ bila anga taskin berib, Farhod soʻngagin Armaniyadan kelturgani va oʻz hamogʻushligʻi bila ul jismgʻa ruh kiyurgani, yoʻq-yoʻqki, jismin aning jismigʻa tegurganidek ruhin dogʻi aning ruhigʻa yetkurgani

Bu soʻzda iftitoh etgan kalomin,
Bu yangligʻ ayladi soʻz ixtitomin
Ki, chiqqoch qal’asidin sarvi gulchehr,
Aningdekkim falak qoʻrgʻonidin mehr.
Maqomi boʻldi gulnori amori,
gʻazoli tegrasida lolazori.
gʻazole demakim, zarrin gʻazola,
Shafaqdin har yon atrofida lola.
Harorat birla titratmak nishoni,
Quyoshdek rangin aylab za’faroni.
Surarda Armaniya sori mahmil
Ki, qilgʻay sihhat ayvonida manzil.
Chiqib Xusrav sirohining tamomi,
Tamosho sori borining xiromi.
Amorisigʻa ul oyning qolib mot,
Quyosh atrofida andoqki zarrot.
Magar hodis qilib erdi havodis,
Ajab shahzoda shah mulkiga voris.
Sharar andoqki, boʻlgʻay oʻtqa farzand
Bashoqdekkim, erur temurga rarkand.
Aning birla atosi tab’i noxush,
Ato tavri dogʻi kelmay anga xush.
Ato hargiz oʻgʻul koʻngliga boqmay,
Oʻgʻulgʻa ham ato af’oli yoqmay.
Bu kunkim xalq chiqti beshumora,
Chiqib ul ham qilur erdi nazora.
Quyosh mahdigʻa boqqach tund bode,
Amori zayligʻa berdi kushode.
Bulut chun ketti, zohir boʻldi ul oy,
Dema oy, oftobi olamoroy.
Koʻrub Sheruya ul husni jahontob,
Ichiga ishq oʻti soldi nihon tob.
Borib manzilgʻa chun tushti dilorom,
Munung koʻnglidin itti hosil orom.
Tunu kun zoyil oʻldi xoʻrdu xobi,
Boʻlub afzun damodam iztirobi.
Chu bildikim oʻlar bu gʻamda beshak,
Dedi koʻnglida «oʻlmakdin tirilmak».
Kerak tadbir ila qilmoq xayoli
Ki, mumkin boʻlgʻay ummidi visoli.
Ato qatligʻa bu ish munhasirdur,
Bu ishga ishq gʻavgʻosi musirdur.
Chu oshiq bordur oʻz qatligʻa bebok,
Yanalar qatlidin koʻnglida ne bok.
Dedi: «Xusrav agar chiqsa arodin,
Boʻlur komim ravo ul dilrabodin.
Ani daf’ aylasam olam meningdur,
Bu mehri olamoro ham meningdur.
Emas ummid yalgʻuz rodshahliq
Kim, oning vasliyu yuz rodshahliq».
Chu fikr etti bu tadbiri xatoni,
Ulusqa va’dalar aylab nihoni.
Oʻziga chekti Xusrav qavmu xaylin,
Oʻzi sori borining torti maylin
Ki, Xusrav zulmi haddin oshmish erdi,
Jafosi tund seli toshmish erdi.
Falak chun zohir etti boʻyla san’at,
Qilib Sheruya birla borcha bay’at
Tutub Xusravni mahbus ayladilar,
Yuziga raxna madrus ayladilar.
Chu ul boʻldi muqayyad qildilar jahd
Ki, qilgʻaylar ani tufroqqa hammahd
Ki, nogah uzmagay ul qush bu domin,
Alargʻa zohir aylab intiqomin.
Nayomidin chiqorgʻay tigʻi bebok,
Alardin yer yuzini aylagay pok.
Oʻgʻul qatl etgali ohang qildi,
Ato qonigʻa tigʻin rang qildi(1).
Oʻgʻul qilmadi oning qasdi joni
Ki, davron istadi Farhod qoni.
Agar Farhodqa zulm etti Xusrav,
Yevaz bot ayladi charxi sabukrav.
Anga gar bu yeturdi tigʻi bedod,
Munga davron keturdi tigʻi roʻlod.
Toʻkub qon xalq bagʻri yorasidin,
Ham oqti qoni bagʻri rorasidin.
Agar qotil gado, gar komrondur
Ki, shar’i ishq aro ham qongʻa-qondur.
Falak cholok erur gar zulm chogʻi,
Erur chobuk mukofotida dogʻi.
Birovgʻakim, birovdin yetti ofot,
Hamonokim qatigʻroqdur mukofot.
Birovkim rishtaye uzdi jafodin,
Yevaz tutmoq kerak koʻz ajdahodin.
Kim etti kul bir uchqunni nihoni
Ki, barqi qilmadi kul oxir onigʻ!
Qasos amrida davron keldi cholok,
Dema davronki, soyir toʻqquz aflok.
Sitamdin bas ilikni chekmak avlo,
Vafou mehr tuxmin ekmak avlo.
Chu mazra’ ichra sochting har ne dona,
Hamul dona, koʻtargung jovidona.
Chu mahsulidin oʻlmas kimsa qochmoq,
Keraktur yaxshiliq tuxmini sochmoq
Ki, Xusrav zulm tigʻin urdi chun tez,
Ham urdi zulm tigʻi charxi xunrez.
Agar Sheruya dogʻi etti bedod,
Anga dogʻi falakdin yetti bedod.
Chu ul bu ishni qildi bemadoro,
Xilofat koʻsin urdi oshkoro.
Chiqib taxt uzra qoʻydi boshigʻa toj,
Qoshida tojvarlar boʻldi muhtoj.
Chekib Bonuni oʻtkan mojarogʻa.
Sanam aqdida soʻz soldi arogʻa.
Dedi Bonuki: «Mahvash notavondur,
Mizojida takassurdin nishondur.
Agar zotigʻa sihhat qilsa yori,
Erur oʻz ilgida oʻz ixtiyori.
Necha ul oydin ayru kishim yoʻq,
Vale har ishki ul qilsa, ishim yoʻq.
Oʻzi birla hikoyat qilmoq avlo,
Tamannoni rivoyat qilmoq avlo.
Chu oshiq johil erdi, ishq-qattol,
Sanam olligʻa holin qildi irsol
Ki, bir koʻrmak bila husningni, ey hur,
Ul oʻtdin koʻnglum andogʻ boʻldi mahrur
Ki, andin shu’la chun jonimgʻa tushti,
Qurushmoq tandagʻi qonimgʻa tushti.
Manga andoqki ul oʻt soldi rartav,
Ne Farhod ul sifat kuydi, ne Xusrav.
Dalil istar esang, da’vo surubmen
Ki, ishqingda atomni oʻlturubmen.
Qazodin boʻlgʻoli olam binosi,
Anga tegruki boʻlgʻay intihosi.
Bu yangligʻ ishq javru zulmidin rech,
Manga tushgan kishiga tushmamish hech.
Sirehr avroqini axtarsa bir-bir,
Ne oʻtkan ish rayigʻa borsa bir-bir.
Manga arzir agarchi komronmen,
Demak ishqingda rasvoyi jahonmen.
Ishim rasvoliq ichra bebadaldur,
Ulusqa to jahon boʻlgʻay masaldur.
Vafo qilmoq bila komim ravo qil,
Visoling va’dasi aylab vafo qil.
Ibo qilmoqligʻing ham gar bilurmen,
Yaqin bil, ne qila olsam, qilurmen.
Manga bu ishq aro yoʻq oncha yoro
Ki, va’dang birla qilgʻaymen madoro».
Rayomovar chu yetkurdi bu raygʻom,
Borib oʻz holidin sarvi gulandom.
Oʻziga zulfi yangligʻ urdi koʻp rech,
Vale onglatmay oni ozgʻidek hech.
Taammul birla torti ish yuzin pok
Ki, bordur ul fidoyi asru bebok.
Tilab joh ulki oʻlturgay atoni,
Ajab yoʻq, kom uchun ne qilsa onigʻ!
Dedi: «Koʻrmak ani mendin yiroqdur,
Ani koʻrmakdin, oʻlmak yaxshiroqdur.
Agar torsam oʻlumni koʻrmay oni,
Bu oʻlmakdur hayoti jovidoniy».
Taammul birla roye torti shofi
Ki, bor erdi aning fikriga vofi.
Dedi soʻz homiligʻa lutf etib koʻr
Ki, har soʻzkim deding bori erur joʻb.
Degil shahgʻa duo birla niyozim,
Duodin soʻngra sharh et ushbu rozim
Ki, har amriki ul boʻlgʻay qazodin,
Ul ishdin oʻtmamak avlo rizodin.
Bu erkondur qazoyi osmoniy
Ki, Xusrav sanga bergay mulki foniy.
Sening ilgingda qilsa, Kirdigoring
Aning qatlin, sening ne ixtiyoringgʻ!
Xirad har kimgakim, Haqdin atodur,
Bu ishda e’tiroz etmak xatodur.
Sanga boʻlgʻon kibi ishqim balosi,
Manga ham tushmish erdi ibtilosi.
Qatilikim atongdin koʻrdi bedod,
Bori ishq ahlining sarxayli Farhod,
Boʻlub ishqim kamandining asiri,
Men oning ishqi bandining asiri.
Bu ikki ishqdek har lavsdin pok,
Kerak koʻrmaydur erkin davri aflok.
Mening ishqimda etti tarki jon ul,
Adam sarmanzilin qildi makon ul.
Aning hajrida men bemori bedil,
Qushemenkim, qilurlar nim bismil(2).
Erur za’fim dogʻi oning gʻamidin,
Halokim dogʻi oning motamidin
Ki, ishqimda aningdek fardi olam,
Vafo bobida gʻamrarvardi olam.
Oʻlub men qilmasam zohir vafoye,
gʻamidin tutmasam soʻgu azoye.
Koʻngulning aytkim, ne holi oʻlgʻay,
Nechuk oning gʻamidin xoli oʻlgʻaygʻ!.
Ishorat qilsa shah aylab meni shod
Ki, Shorur oʻlsa gʻam qaydidin ozod.
Ani bir xayl ila qilsam ravona,
Anga tegruki oʻlmish ul yagona.
Qaro kiysam, dogʻi tutsam azosin,
Kim etsam jon aro ishqi balosin,
Xalos aylab badanni mehnatidin,
Koʻngulni xoli etsam furqatidin.
Bu ish boʻlgʻoch, ne shah qilsa ishorat,
Manga xud boʻlgʻusidur ul bashorat.
Tunu kun soyadek yonida boʻlsam,
Ne qilsa, hukmu farmonida boʻlsam.
Agar bu ishga rozi boʻlmasa shoh,
Oʻluk torqay meni, boʻlguncha ogoh.
Borib Sheruyagʻa farxunda qosid,
Chu qildi arz bu yangligʻ maqosid.
Boʻlub koʻngli bagʻoyat shodu xurram,
Qoʻyub Shorurni hukm etti ul dam
Ki, sarvi lolarux qilsun degandek,
Muborak xotiri ne istagandek.
Koʻrub Shorurni mohi Parichehr,
Atorud birla qilgʻondek qiron mehr.
Tushub tufroqqa Shoruri jigarxun;
Qilib qon yoshi mujgonin tabarxun.
Chekib devonalardek un Parizod,
Ani koʻrganda Farhodin qilib yod.
Zamone tuttilar bir nav’i motam
Ki, boʻldi qiyrgun feruza xotam(3).
Jaza’ toʻfonigʻa chun boʻldi taskin,
Dedi Shoruri mehnatkashgʻa Shirin.
Nekim Sheruyadin kelgan maqolot,
Oʻzi ma’ruz qilgʻon ham xayolot.
Chu ul bu kayfiyatdin boʻldi ogoh,
Anga oʻz taxti mahdin qildi hamroh.
Iki-uch yuz kishi aylab mulozim,
Hamul maqsudi sori qildi ozim(4).
Buxuru udu soʻzu, nofai tiyb,
Nihoyatsiz qilib shohona tartib
Ki, koʻhsor ichra topib koʻhkanni,
Balo togʻi kibi jonsiz badanni,
Amori ichra solib shoh monand,
Falak mahdi ichinda moh monand.
Keturgaylar badanni jon qoshigʻa,
Badan yoʻq, jonni bal jonon qoshigʻa.
Borib Shoruru ul xayli sitamkash,
Anga tegruki ul maqtuli gʻamkash.
Koʻrubkim halqa urmishlar dadu dom,
Tutub ul nuqtadek davr ichra orom.
Bulardin koʻhiyu dashtiy qilib ram,
Alar oʻrnin tutub bir dam bular ham.
Muborak jismini nur ichra topib,
Hariru hulla birla oni yorib.
Qilib shohona bori ehtiromin,
Parivash mahdida aylab maqomin.
Qilib Shoruri miskin nolalar koʻr,
Uzub oʻz jismidin rargolalar koʻr.
Amorini qoʻyub boʻynigʻa bori,
Kishidin royalar topib amori.
Figʻon birla vido’ aylab dadu dom,
Hamul yer tegrasida topib orom.
Alar kelturdilar Armangʻa oni,
Qoʻyub qasr ichra mahvashdin nihoni.
Chu bori ishni tayyor ayladilar,
Parivashni xabardor ayladilar.
Chu mahvash bildikim ne ish ochilmish,
Nechuk mehmon shabistonigʻa kelmish.
Yuzi ul mujdadin guldek ochildi,
QOʻpub mehmonsarogʻa azm qildi
Ki, mehmonigʻa qilgʻay mizbonliq,
Demaykim mizbonliq, jonfishonliq.
Bakulliy raf’ oʻlub ranju maloli,
Simo’ aylab surud aytib visoli.
Dedi Bonugʻa: «Budur iltimosim
Ki, bir dam tutmagʻaylar xalq rosim
Ki, ul yoreki mahrum erdim ondin,
Toʻyub erdim gʻamida xasta jondin.
Eshitgan birlakim Shirin oʻlubtur,
Mening dardimdin ul miskin oʻlubtur.
Vafodin qilmamish ishqimda taqsir,
Bu dam navbat manga yetmish, ne tadbir.
Gar ul ishqimda hirmon birla ketti,
Vale ishqi kamolin sobit etti.
Manga ham bor edi ishqida lofe,
Tilarmen boʻlmagʻay lofim gazofe.
Vafoda ul oʻz insofini olmish,
Ul aylab oʻz ishin, ish bizga qolmish.
Umidim ulki, yetgay oʻyla holat
Ki, mehmondin manga yetmay xijolat,
Vafosin jonda rinhon aylagaymen,
Nisori maqdami jon aylagaymen.
Agarchi bor edim Bonugʻa yotliq,
Oʻlar damda uyotliqmen-uyotliq.
Bihillik istabon yer oʻrti filhol,
Qilurgʻa azmi xilvat qoʻrti filhol».
Yurub uy sori, jondin yub ilikni,
Kirib rust etti ichkardin eshikni.
Malolat qolmayin koʻnglida chandon,
Xirom etti amori sori xandon.
Chu ul mahd ichra kirdi sarvi gulroʻ,
Koʻrarkim, eltmish mehmonni uyqu.
Munungdek uyquni kim koʻrdi jovid.
Ki, uygʻonmay yetib boshigʻa xurshed.
Bu yangligʻ uyqu koʻrgach sarvi cholok,
Anga hamxobaliq qildi havasnok.
Qoʻyubon roʻy-barroʻ, doʻsh-bardoʻsh,
Boʻlub oʻz bedili birla hamogʻush.
Koʻnguldin shu’laliq ohe chiqordi,
Koʻzi hamxobadek uyqugʻa bordi.
Ne uyqu, kimsa andin qonmas uyqu,
Qiyomatqa degin uygʻonmas uyqu.
Bu boʻlsa uyqu, uygʻonmoq ne ya’nigʻ!
Munungdek uyqudin qonmoq ne ya’nigʻ!
Ketur soqiy, qadah tutqil manga qoʻsh
Ki, boʻldum gulruxum birla hamogʻush.
Bir uyqu boʻlsun ul maydin radidor
Ki, boʻlgaybiz qiyomat subhi bedor.

LII

Shirinning Farhod ishqida jon berganin bilib, Mihinbonu dogʻi joni shirin tarkin qilib, bu holatda Bahromi dilovarning Chin mulkidin kelgani va bu vaqoyi’ vahshatidin yorugʻ jahongʻa qarongʻu goʻrni tarjih qilgʻoni va Sheruyai zolim amvolidin Farhod uchun raddi mazolim qilib, Armanda rodshohi odil tayin etgani va Chin bila Magʻribzamin cheriklariga ijozat berib qaytarib, oʻzi zohir saltanati tarkin etgani va ma’naviy saltanatqa yetgani

Bu motamxona ichra navharardoz,
Bu yangligʻ etti lahni navha ogʻoz
Ki, chun mahvash ul uy ichra kirib chust,
Eshiklarni kiyirdin bogʻladi rust.
Mihinbonu bila xaylu tabori,
Necha chektilar oning intizori.
Sanam qoʻymodi uydin tashqari gom,
Yorilgʻuncha jahongʻa rardai shom.
Tahammulsiz boʻlub uy sori borib,
Eshik ochilmogʻondin soʻng qoʻngorib.
Amori sori qoʻydilar qadamni,
Ochibon rarda, koʻrdilar sanamni
Ki, Farhodi bila yotib hamogʻush,
Qoʻyubon roʻy-barroʻ, doʻsh-bardoʻsh.
Koʻziyu qoshi uzra, koʻzu qoshi,
Sari moʻ boʻlmayin zohir tahoshi.
Ketib ul furqati behaddu gʻoyat,
Boʻlub roʻzi visoli benihoyat.
Oʻluk oshiq bila ma’shuqi bejon,
Nechukkim sarv birla ishqrechon.
Quchub oʻz oshiqin ma’shuqi mahkam,
Nechukkim, oshiq oʻz ma’shuqini ham.
gʻalat qildim, boʻlub Farhodu Shirin,
Riyozi jannat ichra ishratoyin.
Falakda ikkisining ruhi poki,
Qolib tufroqqa ikki jismi xoki.
Chu Bonu koʻrdi mundoq turfa holat,
Anga xud bor edi jondin malolat.
Chiqib gardun sori afgʻoni oning,
Figʻoni birla chiqti joni oning.
Chu Shirin joni erdi, onsiz oʻldi,
Damekim oʻldi onsiz, jonsiz oʻldi.
Magar jon keynicha chiqti figʻoni
Va yo chiqti figʻoni birla joni.
Aning naxli hayoti dogʻi sindi,
Zamona koʻngli andin dogʻi tindi.
Ajab nav’ oʻldilar ul notavonlar,
Fido bu nav’ oʻlmaklikka jonlar.
Eshittimkim, hamul aqshom guruhe,
Riyozat birla qozgʻolgʻon shukuhe.
Adadda qirq ul xayli kiromi,
Bu yangligʻ tush Koʻrubturlar tamomi
Ki, jannat ichra bogʻe osmoncha,
Munungtak bogʻ aro qasre jahoncha.
Hamul dilkash chamandin ruh olib qut,
Ham ushbu qasr oʻlub bir dona yoqut.
Safovu ziynati imkondin ortuq,
Nekim vasf aylagaylar ondin ortuq.
Aning ta’rifida ketmak ne hojat,
Kishi uchmoqni vasf etmak ne hojat.
Bu qasr ayvoni ichra nurdin taxt,
Bu taxt uzra hariru hulladin raxt.
Chiqib ul taxt uza Farhodu Shirin,
Nechukkim gulshan ichra sarvu nasrin.
Jamolu ziynatu zebu safoda,
Boʻlub yuz onchakim, dori fanoda.
Aning sori ato birla ano ham,
Kelib Bonu munung sori yano ham.
Jamolu mulku johi har birining,
Boʻlub olamda boʻlgʻonning biri ming.
Alar soʻrgʻon emishkim bu jamoat,
Ne qilmishlar ekin taqviyu toat
Ki, bu qasr ichra manzil aylamishlar,
Muningdek roya hosil aylamishlar,
Deb ermish xozini jannatki, Farhod
Jahonda ishq tarhin soldi bunyod.
Aningdekkim kechib sultonligʻidin,
Jahon mulki ichida xonligʻidin,
Murodu orzudin tortibon qoʻl,
Havoyi nafs sori tutmayin yoʻl,
Boʻlub ma’shuqidin hirmon bila xush,
Balovu mehnati hijron bila xush,
Vujudin oʻrtab otashnok ishqi,
Solib oʻt olam ichra pok ishqi.
Kechib avval diyoru xonumondin,
Vale soʻngra jahondin, balki jondin.
Oʻtar dam oʻyla foniy boʻldi mutlaq
Kim, ul ishqini boqiy ayladi Haq.
Vujudin oʻrtab ul soʻzu gudozi,
Haqiqatqa badal boʻldi majozi.
Tutub soqiyi vahdat jomi tavfiq,
Nasibi ayladi Haq rohi tahqiq.
Baqo shahrida sultonliqqa yetti,
Haqiqat mulkida xonliqqa yetti.
Aning dardida koʻrganlar vaqoye’
Ki, qildilar murodu kom zoye’.
Kechib iqboli beroyonlaridin,
Ilik bori yudilar jonlaridin.
Alar ranjini ham Haq zoye’ etmay,
Munga xijlatlarini shoye’ etmay.
Ato birla ano oʻlmishlar erdi,
Firoqinda fano boʻlmishlar erdi.
Yana Shirin kibi ma’shuqi cholok,
Aning hijronida Bonuyi gʻamnok.
Bularning ham aning komi uchun Haq,
Qilib bori gunohin mahv mutlaq.
Borigʻa bahri rahmat roʻzi etti,
Bu yangligʻ bogʻi jannat roʻzi etti.
Berib bu qasri davlatni muabbad,
Riyozi xuldni tutti muxallad.
Bular aylab anga jonlarni rayvand,
Aning vasli bila jannatqa xursand.
Vale vahdatda joni poki oning.
Boʻlub Haq birla istihloki oning.
Bu tush koʻrganlar uygʻongʻoch hamul dam,
Boʻlub voqif bu ishdin ahli olam.
Chu dahr avroqin axtardim bagʻoyat,
Bu yangligʻ dogʻi tortim bir rivoyat
Ki, oshiqliq aro Farhodi mahjur,
Chu boʻldi borcha olam ichra mashhur.
Yetishti ahli kufru dingʻa dogʻi,
Xabar bordi Xitou Chingʻa dogʻi.
Vale ul xitta avzoigʻa taqdir,
Solib erdi base tabdilu taygʻir.
Aning hajrida Xoqon oʻlmish erdi,
Kichik qardoshi xoqon boʻlmish erdi.
Ano dogʻi ani istarga jozim
Boʻlub erdi fano mulkiga ozim.
Vale ul vaqt Bahromi dilovar,
Nahange erdi qon ichra shinovar.
Qilichi suyi daryoyi maxofat,
Boʻlub javharlar anda mavji ofat.
Falak bahromigʻa gar koʻrguzub kin,
Koʻrunub ollida Bahromi choʻbin(1).
Falak raxshin zabun aylab samandi,
Zuhal qaddin nigun aylab kamandi.
Qarongʻu kecha chiqqach oʻqi yodin,
Oʻtub yetti falakdin, yoʻq Suhodin.
Tutub Chinu Xito ahli musallam
Ki, ish vaqti emas Farhoddin kam.
Valek ul soyir eldin jovidona,
SOʻpub Farhod holidin nishona;
Chu ul ish tutti shuhrat Hind to Rum,
Xito ahligʻa dogʻi boʻldi ma’lum.
Bu soʻz yetgan zamon Bahromi bixrad,
Xito xonigʻa bor erdi sirahbad.
Vale Farhodsiz bor erdi ranjur,
Nechukkim yorsiz Farhodi mahjur.
Chu xon ham bor edi Farhodgʻa a’m,
Aning soridin ermas erdi begʻam.
Kelib xon ollida arz etti Bahrom
Ki, bu yangligʻ xabar boʻlmish durur om.
Ki: «Magʻrib sori mulki Arman otligʻ,
Bor ermish yuz Eram andin uyotligʻ.
Bu mulk ichra bor ermish bir Parizod
Ki, boʻlmish ishqidin devona Farhod.
Agar hukm etsa xon lutfu atodin,
Cheriklar jam’ etib Chinu Xitodin
Azimat aylabon Magʻrib zamingʻa,
Yetursam oʻzni Farhodi guzingʻa.
Torilsa, qilsam ul holigʻa tadbir,
Yoʻq ersa, koʻrsam ulkim boʻlsa taqdir».
Ijozat berdi xon, royin Koʻrub xoʻb
Ki, vahmi bor edi Bahromdin koʻr.
Dedi: «Ul xud oʻlubtur, bu ham itsun.
Qayonkim, xotiri mayl etsa, ketsun!»
Ijozat torti chun farxunda Bahrom,
Cherik tortib zamone tutmay orom,
Kelib Magʻrib zamingʻa koʻch-barkoʻch,
Qilib elning iki koʻchicha bir koʻch.
Chu Arman sori soldi zilli iqbol,
Tilab ul elni tahqiq ayladi hol.
Mukarrar koʻp qilib soʻrmakda tadqiq,
Aningdekkim, bor erdi qildi tahqiq.
Urub dard oʻti koʻnglidin zabona,
Hamul madfan sori boʻldi ravona.
Qilib ta’jil, yetti xotiri resh,
Hamul dam goʻyiyo charxi jafokesh.
Ulus Farhod soʻgin qilmay oxir,
Bu ikki motam etmish erdi zohir.
Chekib vohasrato ul kishvar ahli,
Faza’ ichra nechukkim mahshar ahli.
Birovni istadi Bahromi ranjur
Ki, holat fahm qilgʻay keldi Shorur.
Eshitmish erdi oning vasfini ham,
Guzin Farhodgʻa erkanni hamdam.
Ham eshitmish edi Shoruri miskin,
Ani Farhodning dardigʻa taskin.
Torishtilar chu bir-birni soʻrushub,
Base yigʻlashtilar keb-keb koʻrushub.
Bilib Bahrom chun soʻrmoq qilib fan
Ki, ul gunbaz durur yorigʻa madfan.
Kirib, gunbazgʻa koʻkdin voyi oshib
Ki, koʻk gunbazlarigʻa oʻt tutoshib.
Qilib bir nav’ shevanlarki ul bum
Yerib ohi oʻtidin oʻylakim mum.
Jahongʻa oʻt solib bir kecha-kunduz,
Debon Farhod ayogʻigʻa qoʻyub yuz
Ki: «Yey jondin meni navmid qilgʻon,
Balou mehnatim jovid qilgʻon.
Koʻzum chiqsun, seni koʻrguncha mundoq,
Kesilsun til, soʻzung soʻrguncha mundoq.
Nelar kelmish boshinggʻa gʻurbat ichra,
Ne gʻurbatlar chekibsen shiddat ichragʻ!
Nasibing soʻzu ohe boʻlgʻon ermish,
Taning koʻhi chu kohe boʻlgʻon ermish.
Qani ul ajdahogʻa surmak oxirgʻ
Qani ul Ahraman oʻlturmak oxirgʻ
Qani ulkim, chu boʻlgʻoch kingʻa moyil,
Bulutni charx etib olligʻa hoyilgʻ
Qani tigʻingdin oʻlmoq togʻ aro darzgʻ
Qani gurzingdin oʻlmoq dasht aro larzgʻ
Firoq ayyomi tovsholgʻon emishsen,
Bas ogʻir uyqugʻa qolgʻon emishsen.
Koʻzung ochib, koʻtargil boshing oxir
Ki, kelmish bir hazin qoʻldoshing oxir!
Ne uyqudurki yetti koʻkka hoʻyum,
Jahongʻa oʻrt soldi guftu goʻyum.
Yetib gardungʻa un seskanmaging yoʻq,
Tushub olamgʻa oʻt tebranmaging yoʻq.
Koʻz ochmassen, debon: «kelgan qulumdur»,
Masal chin boʻldikim: «Uyqu – oʻlumdur!
Meningdek qul sanga olamda mavjud,
Sen a’do zulmidin bu nav’ nobud.
Bu ishning toqati mendin yiroqdur,
Muni koʻrguncha oʻlsam yaxshiroqdur.
Sening qoninggʻa tortib tigʻi kinni,
Teng etsam yer bila Magʻrib zaminni.
Qazib togʻini daryosigʻa solsam,
Tengiz suyini sahrosigʻa solsam.
Bilodi bahr ichinda boʻlsa noyob,
Minoridin nishonlar boʻlsa girdob.
Tuman ming qonning oʻlsam razmsozi,
Sening qoninggʻa boʻlgʻaymu muvozigʻ!
Bulardin tormasam ruhungni xushnud,
Bu qonlardin manga ne boʻlgʻusi sudgʻ
Netay mundin nari tigʻu kamarni,
Boshimgʻa toj yangligʻ dardisarnigʻ
Zirihni ne qilay, xaftonni naylay,
Oʻqu yoni netay, qalqonni naylaygʻ
Ne deb oʻzni xayol aylay dilovar,
Nedin aylay havas minmak takovargʻ
Ne deb emdi qilay maydongʻa ohang,
Boshimgʻamu uray gurzi garonsanggʻ
Ne nav’ emdi tutay bazm ichra orom,
Ne koʻnglum birla tortay la’lgun jomgʻ
Manga hajringda may zahr oʻldi, billah,
Tarabdan umr bebahr oʻldi, billah!
Nasibim gʻussau dard ayladinglo,
Vujudum tufrogʻin gard ayladinglo!»
Anga bu navhalar birla oʻkurmak,
Ish elga ashkidin xunoba surmak.
Boʻlub ul dard birla navharardoz,
gʻamin Shorur yonida hamovoz.
Chu bu oshubi bir dam torti orom,
Oʻpub yer, qoʻydi uydin tashqari gom.
Yibordi kimsakim, Sheruya kelsun,
Nekim soʻrsam, javobin arz qilsun!
Agar torsam oni har jurmdin pok,
Qilay lutfu karam birla tarabnok.
Vagar xud begunahligʻinda shakdur,
Bilay ul damki, ne qilmoq kerakdur.
Boʻlub Sheruya ul ma’nidin ogoh,
Tavahhumdinki, surgay kina nogoh.
Shah ollindaki qohirlik ishidur,
Gunahsizroq, gunahlikroq kishidur.
Agarchi ul dogʻi shoh erdiyu tund,
Temur tigʻin qayo tigʻi qilur kund.
Qilib Shorur ihzorin tavaqqu’,
Aning ollinda koʻp qildi tazarru’.
Dedi: «Bu soʻz aro sensen guvohim
Ki, Farhod amrida yoʻqtur gunohim.
Anga har kimnikim qotil bilibmen,
Atom ham boʻlsakim, qatlin qilibmen.
Muni Bahrom shoh ollinda qil arz,
Vale bilkim qilibmen xizmatin farz.
Agar tutsa meni kelmakda ma’zur,
Ne hukm etsa boʻlay jon birla ma’mur.
Ani koʻrmakda gʻolibdur harosim,
Sening ollingda budur iltimosim
Ki, bu ma’nidin oʻtkorgaysen oni,
Karam yoʻligʻa boshqorgaysen oni.
Erurmen gar bu nav’ etsang muruvvat,
Qiyomatqa degin mamnuni minnat».
Chu oni koʻrdi Shorur asru mazlum,
Kelib ahvolin etti shahgʻa ma’lum
Ki: «Men yoʻq, balki Tengridur guvohi
Ki, bu ishlarda yoʻq oning gunohi.
Vale kelmakda ojizdur bagʻoyat,
Manga qilsang bu kelmakni inoyat.
Nekim holi desang, jon birla qilsun,
Ne soʻngra ahdu paymon birla qilsun».
Koʻrub Shorurgʻa ul qissani kom,
Aning kelmokligidin kechti Bahrom.
Dedi: «Lekin bu kishvar ahli ta’yin
Qila olmosa nekim qilsa taxmin
Ki, to Xusrav cherik chekmish bu sori,
Ne nuqson boʻlmish andin elga tori.
Ham oncha vajh andin elga yetsun,
Ani yetkurgach oʻz mulkiga ketsun.
Vale ahd aylasunkim, yetsa filhol,
Yana bir oncha andin qilsun irsol».
Degach Shorur hukm ul notavongʻa,
Eshitgach hukm, minnat qoʻydi jongʻa.
Nekim el istadi toʻkti xizona,
Xizona sarf etib boʻldi ravona.
Yana oncha yibormakka qilib ahd,
Ani ham yetkurub koʻp aylabon jahd.
Yigʻib Arman elin farxunda hokim,
Qilib Farhod uchun raddi mazolim
Ki: «Xusravdin ne ishkim boʻldi hodis,
Kishikim desa Farhod erdi bois;
Nekim arz etsa nobudu ziyondin,
Olib za’fini, xushnud oʻlsun ondin».
Bu soʻzdin shoʻru gʻavgʻo tushti har yon,
Figʻon birla alolo tushti har yon
Ki: «Haqdin borimizning iltimosi
Bu erdikim, aning boʻlsoq fidosi.
Chu biz yoʻlida soʻz jondin degaybiz,
Ne boʻlgʻay molkim, ondin degaybiz.
Emas el royi birla hukmi taqdir,
Nekim taqdir anga boʻlmish ne tadbir.
Duosigʻa hamisha mushtagʻilbiz,
Ne qilmish har ne qilmish ham bihilbiz».
Muhosiblargʻa ta’yin etti filhol
Ki, ul el ichra qismat torti amvol.
Tuzarga mulk aro hashmat asosin,
Tilab el ichra Bonu aqrabosin.
Birovnikim, topib borigʻa foyiq
Ki, boʻlgʻay saltanat amrigʻa loyiq.
Qilib Arman elining rodshohi
Ki, boʻlgʻay kishvar ahlining ranohi.
Qilib ul adl oyinini bunyod
Ki, adlidin boʻlub vayronlar obod.
Ne yerkim buzdi beandoza Xusrav,
Ani aylab imorat toza xusrav.
Berib Bahrom anga hashmat asosin,
Livou toju ganji beqiyosin.
Topib ham maqdamidin taxt roya,
Solib ham boshi uzra chatr soya.
Aning sultonligʻin chun shohi Bahrom,
Nechukkim istabon aylab saranjom,
Toʻkub Chin ahligʻa koʻp naqd ila ganj,
Qoʻlub koʻp uzrlarkim, koʻrdunguz ranj.
Yeting ahlu ayolingizga yonib,
Diyoru mulku molingizgʻa yonib.
Alar ham chun Koʻrub bu nav’ surat,
Base yigʻlab, vale yonib zarurat.
Dedi: «Xoqongʻa elting boʻyla e’lom
Ki, torti bir-birin Farhodu Bahrom».
Alar chun tuttilar xushluq sori yoʻl,
«Qayonkim bor esang sen dogʻi xush boʻl».
Sirahni chun bu soʻz birla uzotti
Taayyun band ila qaydin ushotti.
Yetib Farhodning qabrini zohir,
Ulu Shorur boʻldilar mujovir.
Fano tufrogʻigʻa chun boʻldilar rast,
Baqo fayzi yeta boshlodi rayvast.
Qoʻyub shahliq, chu qildi xoki rahliq,
Chu yaxshi boqti, xud ul erdi shahliq.
Navoiy foniy oʻl, istar esang kom,
Nechukkim boʻldilar Farhodu Bahrom!
Ketur soqiy, manga jomi fano ber,
Nechakim oni sirqorsam, yano ber!
Magar qilgʻay meni bu jom rayvast,
Alar yangligʻ fano tufrogʻigʻa rast!

LIII

Saltanat shajarasining samarasi va xilofat bogʻining shajarasi, hidoyat avjida manzil etgan, tamalluqning nihoyatigʻa yetgan, riyo qasri bunyodin qoʻnqorgʻon, balogʻat ayvonida ot chiqorgʻon, ya’ni sultonzodai olam Abulfavoris Shohgʻarib(1) Bahodir xallada davlatuhu(2) madhida bir necha soʻz surmak va nasihatomiz nuktalar arzgʻa tegurmak, umid ulkim bu shohvor durlarni tufrogʻdin olgʻay va adosida quloq solgʻay, balki ul garonmoya gavharlarni quloqqa solgʻay

Jahon bogʻiki, rashki naqshi Chindur,
Qayu Chin, gʻayrati xuldi barindur.
Bu bogʻ ichra kishi qilsa taammul,
Topar har bir chaman sahnida yuz gul
Ki, boʻlgʻay har birida rangu boʻyi
Vale yoʻq rangu boʻdek guftu-goʻyi.
Guli xandonda gar boʻlsa tabassum,
Vale bulbul kibi yoʻqtur tarannum.
Gulekim boʻlsa rangu boʻyi oning,
Ham oʻlsa nuktai diljoʻyi oning.
Namudor ichra gulkirdor boʻlsa,
Takallum ichra bulbulvor boʻlsa.
gʻarib oʻlgʻay nihoyatdin ziyoda,
Bu yangligʻ gulkim oʻlgʻay shohzoda.
Qayu shahzoda ul koni malohat,
Takallum vaqti daryoyi fasohat.
Fasohat bobida shahgʻa qarib ul,
Bori shahlar fasihi Shohgʻarib ul.
Zihi nutqung takallum vaqti jonbaxsh,
Masiho yangligʻ anfosing ravonbaxsh.
Ne ma’ni boʻlsa diqqatdin nihoning,
Hal aylab oni tab’i xurdadoning.
Kichik yoshda qilib tab’ing shumora,
Xirad ririni tifli shirxora.
Sening zotinggʻadur bu soʻz furugʻi,
Kichik yoshdin ulugʻlarning ulugʻi.
Erurda kavkabi baxting yangi oy,
Erursen badr yangligʻ olamoroy.
Qachonkim badrligʻ torsa hiloling,
Quyoshdin boʻlgʻay ortuqrogʻ kamoling.
Yangi oy badrliqdin keldi mahjur,
Quyoshdin har kecha kasb etmasa nur.
Quyoshliq istasang kasbi kamol et,
Kamol ar kasb etarsen, bemalol et.
Kishi ta’limdin torsa malolat,
Topar ilm ahli ollinda xijolat.
Kishi farzan avonu zolim oʻlsa,
Va lekin nuktadonu olim oʻlsa.
Baso zohid kishikim om ichinda,
Anga muhtoj oʻlur islom ichinda.
Birovkim qilsa olimlargʻa ta’zim,
Qilur goʻyoki raygʻambargʻa ta’zim.
Hadis oʻlmish nabiydin boʻyla hodis
Ki, olim keldi raygʻambargʻa voris,
Kishikim boʻlsa olam rodshohi,
Aning ummatligʻidindur mubohi.
Birovkim ilm ila boʻldi barumand,
Angakim voris oʻldi – boʻldi farzand.
Erursen shoh — agar ogohsen sen,
Agar ogohsen sen — shohsen sen.
Chu boʻldi nuktadin ogoh toʻti,
Ani derlar xaloyiq shoh toʻti.
Vale tovuskim, ming zevari bor,
Ne zevarkim, boshida afsari bor.
Bu afsar birla shah dEmaslar oni
Ki, bor asli yamon Hindustoni.
Bilik shoh aylasa hayvonning otin,
Ne tong, gar shoh qilsa kimsa zotingʻ
Shahekim, ilm nurin torti zoti,
Aning to hashr qoldi yaxshi oti.
Sikandar torti chun ilmu hunarni,
Ne yangligʻ oldi koʻrgil bahru barni.
Aningdek saltanat ahli koʻp erdi,
Qayu birga bu nav’ ish dast berdigʻ
Iki ming yil oʻtub yuz ming xiradmand,
Boʻlub hikmatlari birla barumand.
Temurxon(3) naslidin sulton Ulugʻbek(4)
Ki, olam koʻrmadi sulton aningdek.
Aning abnoyi jinsi boʻldi barbod
Ki, davr ahli biridin aylamas yod.
Valek ul ilm sori torti chun dast,
Koʻzi ollinda boʻldi osmon rast.
Rasadkim bogʻlamish — zebi jahondur,
Jahon ichra yana bir osmondur.
Bilib bu nav’ ilmi osmoniy
Ki, andin yozdi «Ziji Koʻragoniy»(5).
Qiyomatgʻa degincha ahli ayyom,
Yozorlar oning ahkomidin ahkom.
Bilik garchi koʻrunur koʻzga ziynat,
Vale shahlargʻa bordur oʻzga ziynat.
Vagar ilm ichra boʻlmay birga qone’,
Baridin bahravar boʻlsang ne mone’.
Guzar qil har necha ilm oʻlsa hosil,
Chu din ilmigʻa yetsang ayla manzil.
Shah uldurkim, shiori ilmi dindur,
Nedinkim ilmi din ilm ul-yaqindur(6).
Ulum ichra oʻqusung yuz tuman fasl,
Tamomi far’u, din ilmi erur asl.
Bu din ilmiki xomam qildi tahrir,
Erur fiqhu hadisu soʻngra tafsir.
Chu takmil oʻldi bu uch ilm sen bil,
Yana har ilm maylin qilma, yo qil.
Va lekin tibbu hikmat ham erur xoʻb
Ki, sihhatdur kishi jismida matlub.
Qayu jismeki oning sihhati yoʻq,
Qilurgʻa Tengri amrin quvvati yoʻq.
Birovkim raxta birla suvni yutqay,
Oʻzung dekim, ne yangligʻ roʻza tutqay.
Netib qilgʻay safodin sajdaye fosh,
Toʻshakdin ulki olmas lahzaye bosh.
Ul uch din ilmiyu bu bir badandur,
Bular muhtoji yaxshi, gar yomondur.
Koʻrardin bu ulum oʻlgʻach kaloli,
Muborak tab’inga yetsa maloli.
Ravon tarix sori ragʻbat ayla,
Salotin birla azmi suhbat ayla.
Jahondin koʻrki kimlar kom olibdur,
Bu eski dayr kimlardin qolibdur.
Qani Tahmurasu(7) Jamshidu, Zahhok(8)
Ki, har bir oldi olam mulkini pokgʻ
Nazar qilkim, olib nettilar oxir,
Nekim borin solib kettilar oxir.
Alar xud kettilar gar kech, agar bot,
Vale qoldi alardin dahr aro ot.
Bu ot gar yaxshidur, yoxud yomondur,
Qilurgʻa oni bois koʻr, ne fandur.
Qayu fankim shuru’ etmaklik onda,
Kishidin yaxshi ot qolgʻay jahonda.
Qila olgʻoncha ul boʻlsun shioring
Ki, yaxshi ot qolgʻay yodgoring.
Chu din ilmigʻa komil boʻldi roying,
Hal etti xotiri mushkilkushoying.
Emas hojat ne qil deb kimsadin rand
Ki, ham olimsen ul dam ham xiradmand.
Nazar qilkim ne amru nahy etar Haq,
Haq amru nahyidin bosh chekma mutlaq.
Ne kim qil deb turar favt etmagil hech,
Nelarkim qilma debtur borchadin kech.
Vagar hikmatqa boʻlsa iltifoting
Ki, boʻlsun Nuh umricha hayoting.
Burun qil oʻz mizojinggʻa taammul,
Ne holi bor ekonni angla bilkul.
Chu tahqiq anglading hikmat musirdur,
Mungakim ne mufidu ne muzirdur(9).
Mufid ashyogʻa doyim ishtigʻol et,
Vale bor ishda mayli e’tidol et.
Nekim boʻlsa muzir, boʻlgʻil haroson
Ki, boʻlgʻay tab’inga mushkillar oson.
Nekim boʻlsa mizojinggʻa guvoro,
Anga koʻp mayl qilma oshkoro.
Bu soʻzni ahli hikmat deb durur xoʻb,
«Yamondin oz behkim, yaxshidin koʻr»(10).
gʻizo boʻlsa mufidu tab’ rogʻib,
Bas et tab’ing hanuz oʻlgʻonda tolib.
Bu dogʻi tormagʻuncha hazmi komil,
Badanni qilma ortuq yukka homil.
Agar hayvon suyidur gʻayri maqdur,
Erur gar me’da qilmas hazm, ma’zur.
Bu yangligʻ hikmat oyinida chust oʻl
Ki, doyim komronu tandurust oʻl.
Vagar tarix sori aylagung mayl,
Muni bilgachki ne ish qildi har xayl.
Salotineki boʻldilar jahongir,
Ne yangligʻ qildilar har ishda tadbir.
Qayu zulm ayladi, qay bir adolat,
Ne ishga ayladi har bir dalolat.
Ne ishdin mamlakat obod boʻldi,
Qayu ishdin ulus barbod boʻldi.
Nedin torti mamolik istiqomat,
Ne ishdin elga yuzlandi salomat.
Cherik oyini ne ishdin tuzuldi,
Aduvning xayli ne ishdin buzuldi.
Ne nav’ ish birla torti din ishi sud,
Ne ishdin oxirat torti ziyonbud.
Ne ish har shohning boʻldi sifoti
Ki, qoldi olam ichra yaxshi oti.
Topibdur daf’a-daf’a borcha tahrir,
Chu solgʻungdur nazar borigʻa bir-bir.
Shak ermas anglabon ravshan zamiring,
Anga mayl aylagay royi muniring
Ki, bu olamda borcha sudung oʻlgʻay,
Yana olamda ham behbudung oʻlgʻay.
Nechukkim, shoh tormish dinu dunyo,
Sanga ham yetgay ushbu ikki ma’no.
Bu ikki ishni gar qilsang tavaqqu’,
Ne ishkim shah qilur, qilgʻil tatabbu’.
Bu ma’nilarki xomamdur raqamkash,
Agar xud kelmayin tab’inggʻa noxush.
Shak ermasturki, hangomi havoyij,
Amalgʻa kelturub, torqung natoyij.
Yetursa naf’i kulliy har bir irshod,
Mening ruhum duodin qilgʻasen shod.
Sanga bu rand har dam naf’ bergay,
Duo qilsang manga ham naf’ bergay.
Ketur soqiy, mayu koʻnglumni shod et.
Qadimiy qullugʻum haqqini yod et!
Ishim chun rand bermaktur rayoray,
Eshit randu manga tut bir qadah may.

LIV

Bu noma itmomigʻa xoma tuzmakdin taronasozligʻ va bu hangoma ixtitomida sa’y koʻrguzmakdin fasonarardozligʻ va bashariyat iqtizosi bila hadsiz lof zohir qilmoqdinkim oʻz nafyigʻa «Lo»(1)durur — uyolmoq va yarimchuq da’vo koʻrguzmakdinkim oʻz man’igʻa «da’»(2)durur — xijolatqa qolmoq va bedilona ajzgʻa tushmakdin gʻoyatsiz izzat koʻrmoq va dilsoʻxtavor faqr koʻrgazmak bila nihoyatsiz farah tormoq, «Alhamdulillohil-lazi vaffaqani min iftitohihi ilo ixtitomihi; va sallalohu alayhi va olihi va ashobi kiromihi»(3)

Manga chun fikrati xurshedsoya,
Bu oliy toram uzra berdi roya
Ki, gardun qal’asigʻa raxsh surdum,
Quyoshni gardi markabdin yoshurdum.
Kumaytim(4) roʻya chun gardungʻa soldi,
Atorud kilku sanduqi usholdi.
Aningdek chirmadim Birjisdin(5) toj
Ki, boshi taylasongʻa(6) boʻldi muhtoj.
Falakdin yerga sochdim oncha anjum
Ki, ofoq oʻldi ul anjum aro Kim.
Qolib anjum aro bu dori shevan,
Diram ostida ul yangligʻki, maxzan.
Ne axtar, har biri Birjisu Nohid(7),
Ne Birjisu qayu Nohidu xurshid.
Sirehr avji uza chun roya tortim,
Quyosh jirmi bila olamni yortim.
Bori olamni tutqoch mehr nuri,
Yorudi el koʻzi andin zaruri.
Basorat ahli nekim tuttilar koʻz,
Nechukkim kom edi, yoruttilar koʻz.
Vale chun koʻri modarzod yetti,
Bu beroyon ziyoning nafyin etti.
Koʻzikim anga kunduz, kecha boʻlgʻay,
Muayyandur jahonda necha boʻlgʻay(8).
Quyoshkim soldi olam ichra yogʻdu,
Yetishti rashshadin anqogʻa tegru.
Vale yuz muncha gar nur oʻlsa ma’lum,
Ne ma’lum aylagay xuffosh ila bumgʻ
Danilargʻa birovkim zarfishondur,
Yeshak olligʻa toʻkmak za’farondur.
Ne torqay koʻralak sham’ oʻtidin zavq,
Kerak rarvona kuygay koʻrguzub shavq.
Gulikim dahr bogʻin gulshan aylar,
Nasimi koʻz charogʻin ravshan aylar.
Nechakim rangu boʻyi jonfizodur,
Jual xayligʻa atridin vabodur.
Jual koʻngli uchun bogʻ ichra bulbul,
Deyolgʻaymuki, ruhafzo emas gulgʻ
Jual andoqki, loʻliyi siyahroʻy,
Yasar rayvasta sahro dashtida goʻy.
Ani elturda naqdi jon masallik,
Nigun aylar boshin chavgon masallik.
Bu goʻy oʻlmish duri gʻaltoni goʻyo,
Dema dur, balki naqdi joni goʻyo.
Aning tab’i aro boʻlgʻonni margʻub,
Desunmu soru bulbulkim erur xoʻbgʻ
Jualgʻa xirmani gul rangu boʻyi,
Bil andoqkim, aning bulbulgʻa goʻyi.
Vale har kimsakim tab’i mudiqdur,
Bilur bu ikkidin qay bir muhiqdur(9).
Hamul bulbul bukun menmenki, aflok
Qushe fahm aylamas mendek shagʻabnok(10).
gʻami ishq ichra ming afgʻoni oning,
Har afgʻonida ming dostoni oning.
Bu gulshan bulbuli boʻstonsaroyi,
Dema boʻstonsaro, dastonsaroyi.
Navoiy, haddin oshti soʻzda lofing,
Bilindi ayni voqe’din gazofing.
Bu da’vi dastgohin bir zamon yigʻ,
Chu da’vi ichra ma’ni yoʻq, ne osigʻgʻ
Qoʻyay bir lahza shoirliq shiorin,
Chin aytay oʻz shiorim yoʻqu borin.
Men ul tufrogʻmenkim, charxi bebok,
Natija bermas ondin gʻayri xoshok.
Yoʻq ulkim garddek el farqin olmish
Ki, xas yangligʻ ayogʻ ostigʻa qolmish.
Lagadkoʻbi zamondin yuz maloli,
Boʻlub olam elining roymoli.
Nechakim el ayogʻidin topib koʻb,
Quyundek tushmayin holigʻa oshub(11).
Mashaqqat xaylidin boʻlgʻon soyi rast,
Yetib ul xayl-xayli dast-bardast.
Gahikim sarsari mehnat yetib tez,
Qilib ajzosin oning vahshatangez.
Havodis tundbodi qoʻzgʻoloni
Qazib bir damda bunyodidin oni.
Ayirib bir-biridin uzv-uzvin,
Demakim uzv-uzvin, juzv-juzvin.
Havoyilar kibi bechora aylab,
Maqomi aslidin ovora aylab.
Urub gah togʻu gah homungʻa oni,
Chekib xasdek gahi gardungʻa oni.
Qilib yel xaylidek bir dam jahongard,
Buxor ajzosi yangligʻ osmongard(12).
Chekib yel hoʻyidin afgʻonin oning,
Olib sargashtaligʻdin jonin oning.
Havodis tundbodi chun boʻlub sust,
Qaro tufroqqa oni tashlabon rust.
Chu eltib osmon uzra jahondin,
Yana tufroqqa otib osmondin.
Hamono koʻkka chekmaktin xayoli,
Bukim, urgay yana tufroqqa holi.
Tuganmay charxdin bu ranju oshub,
Yana yetib havodisdin lagadkoʻb.
Balo dashtida mundogʻ bir ovuch xok
Ki, muncha kin anga yetkurgay aflok.
Ayogʻ ostida kohi dardrarvard,
Yana bir lahza bosh uzra boʻlub gard.
Chu taskin davlatidin topibon bahr,
Qaro tufroqqa oʻlturtub ani dahr.
Bu tufroq torsa ham bir yerda orom,
Ne torqay xasdin oʻzga andin ayyom.
Bu xas ham yoʻqki, andin zoda boʻlgʻay,
Sukunu sayr aro balkim qoʻshulgʻay.
Natija bersa bu tufroq ila gard,
Xasu xoshok oʻlur, yoʻq sabzau vard.
Boʻlur ul nav’ tufroq hamki dehqon,
Ichi fikrida bogʻlab yuz gireh qon.
Berib surmak bila jismigʻa xorish,
Yuziga bal xututidin nigorish.
Chekib hifzi uchun davrida devor,
Qilib doyin hisori ohanivor.
Sochib har nav’ guldin dona anda,
Chu sochti gom qoʻymay yona anda.
Yetishmay anda yot elning ayogʻi,
Ne yot elkim, uzub yot oʻtni dogʻi.
Oʻturmay(13) vaqtidin bir lahza suyin,
Tama’ aylab bu suvdin obroʻyin.
Topib muncha navozish qil taammul
Kim, ul tufroq nevchun bermasun gul.
Muqarrardur ochilmoq qilsa ohang,
BErur bir rang gul yoʻq, balki yuz rang.
Boʻlub olamgʻa ziynat rangu boʻyi,
Chiqib bulbullarining hoyu hoʻyi.
Meni xokiga ham charxi sabukgom,
Sukun manzilgahida bersa orom.
Taraddud mehnatidin shod qilsa,
Ulus bedodidin ozod qilsa.
Mahol ummid ila har bir jafokesh,
Damo-dam urmasa bagʻrimgʻa yuz nish.
Boʻlub ming gʻussa oʻqigʻa nishona,
Zamirim boʻlmasa zanburxona.
Topib taskin jafogarlar hujumi,
Terukdin tinsa koʻnglum marzu bumi.
Chu koʻrmay kom shahdin har tabahkor,
Meni qilmosa ollinda gunahkor.
Birov boʻlsa shah ollinda muotab,
Meni qilmosa ul ishda muxotab.
Boʻlub mundoq gʻamu ranjimdin ogoh,
Tarahhum aylasa ahvolima shoh.
Nishotim bogʻida bir fikr qilsa
Ki, gohe gʻunchadek koʻnglum ochilsa.
Yigirmi toʻrt soat kecha-kunduz,
Yigirmi toʻrt dam ursam nafas tuz
Ki, andin vaqtima yetsa huzure,
Birovdin tormasa koʻnglum future.
Raqam qilgʻon Parishon nomalardin,
Yozilgʻon rabti yoʻq hangomalardin.
Hamono teztak aylab qalamni,
Ravonroq torta olgʻaymen raqamni.
Ham oʻlgʻay bu raqamdin san’ati koʻr,
Ham oʻlgʻay san’atida diqqati koʻr.
Vagar tole’ boʻlub kulliy madadgor
Ki, boʻlmay axtari baxtim hasadgor.
Farogʻat kunjida bir goʻsha tutsam,
Meni el, men dogʻi elni unutsam.
Bori ashgʻoldin shah tutsa ma’zur
Ki, boʻlsam soʻz demok shugʻligʻa ma’mur.
Yana shoh iltifoti boʻlsa goh-goh
Ki, boʻlsa nazm yo nozimdin ogoh.
Soʻzumga gah berib islohdin zeb,
Gahi in’omi etsa soʻzga targʻib(14).
Deyolmasmenki, Xusrav yo Nizomiy,
Va yo nazm ahlining sarxayli Jomiy
Nechukkim chektilar til xanjarini,
Sarosar oldilar soʻz kishvarini.
Alar oʻtrusida men ham chekib tigʻ,
Chekarga soʻz sinonin qilgʻamen bigʻ.
Vale Haq lutfigʻa eltib ranohi,
Shah iqbolidin istab takyagohi.
Deyolgʻaymenki, koʻp aylab tazarru’,
Bulargʻa aylay olgʻaymen tatabbu’
Ki, arz etsam manga yetmay malolat,
Havodorimgʻa yuzlanmay xijolat.
Boʻlub ahsanta lafzi elga oyin,
Yetishgay shahdin ehson, dogʻi tahsin.
Nizomiy olsa Barda’(15) birla Ganja,
Qadam Rum ahligʻa ham qilsa ranja.
Chekib Xusrav dagʻi tigʻi zabonni,
Yurub fath aylasa Hindustonni.
Yana Jomiy ajamda ursa navbat(16),
Arabda dogʻi cholsa koʻsi shavkat.
Agar bir qavm, gar yuz, yoʻqsa mingdur,
Muayyan turk ulusi xud meningdur(17).
Olibmen tahti farmonimgʻa oson,
Cherik chekmay Xitodin to Xuroson.
Xuroson demakim, Sherozu(18) Tabrez(19)
Ki, qilmishdur nayi kilkim shakarrez.
Koʻngul bermish soʻzumga turk jon ham,
Ne yolgʻuz turk, balkim turkmon ham.
Ne mulk ichraki bir farmon yibordim,
Aning zabtigʻa bir devon yibordim(20).
Bu devon tutti ul kishvarni andoq
Ki, devon tuzmagay daftarni andoq.
Necha daftar qaro qilgʻaymen oxir,
Jihatsiz mojaro qilgʻaymen oxir.
Navoiy necha degung soʻzni hazyon,
Bu hazyonlarni qoʻy, bir Tengriga yon.
Soʻzing hazyon, magar uyqudadursen
Ki, ma’ni qasdidin osudadursen.
Bu gʻaflat uyqusidin bir koʻz ochqil,
Yuzungga ashk – uyqu daf’i sochqil.
Urub yuzga nadomat ashkidin suv,
Magar ketgay koʻzungdin boʻyla uyqu.
Bu suv yoʻq koʻzni qilgʻay uyqudin pok,
Koʻngulni dogʻi qilgʻay qaygʻudin pok.
Demon koʻzu koʻngul hangomasin ham
Ki, pok etgay amalning nomasin ham.
Nadomat ashkidin har zori gʻamnok,
Yub etsa nomai a’molini pok.
Ul ashkin abri rahmat yomgʻuri bil,
Ne yomgʻur, fazl bahrining duri bil.
Ilohiy, soʻzni chektim rech darrech,
Hijo tumori yangligʻ sarbasar hech.
Kimon qilmon xatokore oʻzumcha,
Xato ham sarbasar tormon soʻzumcha.
Oʻtub umr etmayin bir safha oro
Ki, boʻlmay yuz varaq jurm oshkoro.
Chu mushkafshon boʻlub xomam qarosi,
Boʻlub ul mushklar nomam qarosi.
Va lekin men necha boʻlsam xatokor,
Bihamdillah, sen ermassen jafokor.
Manga garchi xato sondin fuzundur,
Sanga bahri ato ondin fuzundur.
Chu tushsa bahri afvungga talotum,
Ajab yoʻq yuz jahon jurm oʻlmogʻi Kim.
Kishi oʻz jurmidin ne uzr qoʻlgʻay
Kim, ul daryo aro bir qatra boʻlgʻay.
Agarchi qatra boʻldi ersa nopok,
Boʻlur ul damki, tushti bahr aro pok.
Chu bahri afvung oʻlsa uzrxohim,
Nedur men-menki, ne boʻlgʻay gunohim.
Karamdin aylasang jurmumni nobud,
Sanga yoʻqtur ziyon, koʻrtur manga sud.
Soʻzum xoʻb ersa rahmat ayla hamroh,
Vagar dedim yomon: astagʻfirulloh.
Bihamdillahki, bu gʻam dostoni,
Firoq ahligʻa motam dostoni.
Tugatmay nomai umrumni ayyom,
Visol ayyomi yangligʻ torti itmom.
Chu tarixi yilin onglay dedim tuz(21),
Sekiz yuz sekson erdi dogʻi toʻqquz.
Navoiy sayr etib soʻz boʻstonin,
Raqamzad qildi chun bir dostonin.
Chu qolmay dostondin nukta boqiy,
Tutub sogʻar toʻla ber turfa soqiy.
Labolab chun yetib ul jom rayvast,
Damo-dam soʻz demakda ul boʻlub mast.
Vale bu doston qilgʻuncha mastur,
Koʻp aytib soʻz, bagʻoyat boʻldi maxmur.
Ketur soqiy, anga bir doʻstgoniy
Ki, tutqay doʻstlargʻa doʻst oni!
Manga tutqilki, soʻzni koʻtah ettim,
Tinay bir lahza chun manzilgʻa yettim.

Sharh Va Izohlar

I

Muqaddima oʻrnidagi bu bob adabiy an’anaga koʻra, «hamd» – Alloh taoloning maqtoviga bagʻishlangan boʻlib, Navoiy yaratuvchining qudratini ta’riflab, uning irodasi bilan qalamga olmoqchi boʻlgan gʻoyaviy niyati haqida soʻz yuritadi.

1. Baytning birinchi misrasi arabcha: Ma’nolar eshiklarining ochilishi sening (ya’ni Ollohning) maqtoving bilan, degan mazmunii bildiradi. Keyingi misrada esa, shoir soʻz oʻyini san’atini ishlatadi – «fath» soʻzining ikki ma’nosidan foydalanadi: ma’nolar eshiklarinn koʻnglimga «ochib» ber va ularni «zabt» etishni nasib qil, mazmunida qoʻllaydi.

Keyingi baytlarda shoir ma’nolar xazinasi qulfiga qoʻlining kalit boʻlishini, shu vosita bilan barcha umidlariga yetishishni tilaydi, ana shu ma’nolar xazinasidan olamni, olam ahlini manfaatdor etishni umid qpladi. Bu baytlarda «maxzan», «durafshon», «gavhartosh», «dur», kabi soʻzlar majoziy, ya’ni koʻchma ma’noda ishlatiladi. Ular mazmun, ma’no bilan aloqador boʻlib, buni badiiyat haqidagi ilmda «istiora» san’ati deb yuritiladi.

II

1. Navoiyning «Farhod va Shirin»i boblari sarlavhalari boshqa dostonlaaridagi kabi ma’lum gʻoyaviy va badiiy funksiyalarni bajaradi. Shoir ularda asos-e’tibori bilan har bir bobdagi yetakchi gʻoyani izohlab beradi. Shuningdek, ular badiiy jihatdan ham muayyan vazifani oʻtab, oʻquvchining bobda bayon etiladigan voqealarga munosabatini belgilashga xizmat qiladi.

Bu bob sarlavhasida shoir arab yozuvidagi harflar ifodasiga ishora qilib, shavq dostoni boʻlmish «Farhod va Shirin»da sarvqadlar boʻyiga oʻxshash «alif», binafsha sochlar jingalagiga oʻxshash «lom»larda «Olloh» soʻzi nazarda tutilishini yozadi. Binobarin, bu yerda Navoiy xudo ta’rifi berilishini bayon qiladi.

Bu bobda shoir yozishga kirishayotgan «Farhod va Shirin» dostonining umumiy talqini, undagi qahramonlar, personajlarning muxtasar tavsifini beradi, «dard bogʻi» deya ta’riflangan ishq bilan aloqador barcha hayajon va iztiroblar haqida yozadi. Shoir xoliq –yaratuvchi xudo sanosi – maqtoviga kirishar ekan, eng avvalo, u inson koʻnglini ishq gulshani, bu gulshanda esa ishqni xazinaga aylantirganligini madh etadi. Ishqqa «jahonni kuydiruvchi» qudrat baxsh etadigan yaratuvchi husni, goʻzallik ta’rifn esa Navoiy davridagi keng tarqalgan tasavvufdagi panteizm ta’limoti tushunchalarita aloqadordir. Bu ta’limot «ilgʻor fikrli mutafakkirlar uchun hayot va insonni kuylashga keng imkoniyat tugʻdirar va oʻz davri uchun taraqqiyparvar yoʻnalish edi. Demak, Navoiyning yaratuvchi goʻzalligini kuylovchi ilhomli misralarini dunyo va koinot goʻzallignning tavsifi desa boʻladi» (Qayumov A. «Farhod va Shirin» sirlari. Toshkent. 1979. 6-bet). Bobning avvalgi yetti baytida shoir yana majoziy ma’nodagi «dard bogʻi», «lola», «gul bargi», «sunbul», «oqar suv», «gʻuncha», «otashin vard» (Kizil gul) kabi soʻzlar orqali ishq, uning alamlari, iztiroblari haqida soʻz yuritadi. Buni shoir ilmi bade’dagi uygʻunlashtirish san’ati vositasida amalga oshiradi. Shuningdek, bobdagn «qazo Farhodi amri rahnamuni» misrasidan to «Kelib kam zarralardin dogʻi Xusrav» misrasigacha boʻlgan qismda «Navoiy qazoni Farhodga, osmonni Farhodga aloqador Besutun togʻiga, aqlni Chin xoqonining vaziri Mulkoroga va Suqrotga, tunnn Xusrav Parvezning oti Shabdezga, qadarni Farhodning doʻsti Shopurga, ajalni otasini oʻldirgan Parvezning oʻgʻli Sheruyaga, zamonni Parvezning sozandasi Nigisoga oʻxshatgan holda «shirin», «tilism» soʻzlari Besutun, Xusrav va uning xonandasi Borbad nomlarini tilga olib, muqaddimani dostoniing mundarijasiga uygʻunlashtirgan» (Rustamov A. Navoiyning badiiy mahorati, 149-bet). Ayni choqda, bu oʻxshatishlar zamirida shoir doston mundarijasida qahramon va personajlar faoliyatn qaysn koʻlamda kechishi, ular dostonda ijobiy, salbiy rol' oʻynaydimi yoki oʻtkinchimi degan masalalarga ham e’tiborni jalb etadi.

2. Fafham – arabcha (undov soʻz). Tushun! Angla! Diqqat qil! demakdir.

3. Vallohu a’lam– arabcha: xudo biluvchandir demakdir.

Bu baytda shoir yana oʻsha panteistik ta’limotlarga koʻra yaratuvchi bilan yaratilganlar bir-biriga oshiq, buni idrok etish kerak, demoqchi boʻladi.

4. Moarafnok – arabcha: seni keragicha bilmaganmiz, ma’nosini bildiradi.

5. Navoiy yozishga kirishayotgan dostoniing personajlari ta’rifini bosh qahramon Farhoddan boshlaydi. Ma’lumki, oʻz manmalarini fol'klordan olgan Farhod obrazi Firdavsiy «Shohnoma”sida Afrosiyobning jangovar sipohsolori sifatida tilga olinadi. Dastavval bu obraz Nizomiyning «Xusrav va Shirin» dostonida asosiy personajlardan biri sifatida kiritiladi. Nizomiy Farhodi xalq namoyandasi, toshyoʻnar usta. U oqil va insonparvar, gʻoyat savodli va pahlavon. Farhod garchi doston syujeti rivojida asosiy rol' oʻynamasa-da, muallifning yetakchi gʻoyasini tushunishda ahamiyati kattadir.

Xusrav Dehlaviyning «Shirin va Xusrav» dostonida esa Farhod oliy nasab shahzoda, taqdirga tan beruvchi baxtsiz oshiq qilib tasvirlanadi. Farhod obrazini ilk daf’a birinchi oʻringa koʻchirib talqin qilgan shoir ozarbayjon adabiyoti tarixida Nizomiy an’analarini davom ettirgan, fors tilida ijod qilgan Orif Ardabiliy (XIV asr) edi. Lekin Orifning Farhodida qator manfiy jihatlar, jiddiy qusurlar mavjud. Farhod oʻz hunar va muhabbati ila Xusravdan juda ustun koʻtarilsa-da, muhabbatga munosabati va shaxsiy ma’naviyati jihatdan undan farqlanmaydn. «Farhod oʻzining sevgilisi Gulistonni tezda yodidan chiqaradi». «Muallif oʻz qahramoni (ya’ni Farhod) oʻlimini uning Rum Qaysari oʻgʻli Garoyni oʻldirganligi bilan aloqador qilib talqin qiladi... Bu esa obraz qimmatini ozaytiradi» (Arasli N. Arif Ardabili va onun «Ferhadname» poyemasi. Baki, 88–89-betlar).

Alisher Navoiy oʻz dostonida Farhodni asosiy, markaziy qahramon qilib oldi. Uni tom ma’noda ijobiy qahramon sifatidagi yangicha talqinini berdi. «Farhod obrazida oʻz davrining ilgʻor gʻoyalarini kuylaydi, xalq ommasiga xos qator olijanob xususiyatlarni ideallashtiradi» (Hayitmetov A. Navoiyning ijodiy metodi masalalari. 93-bet).

6. Xito – Chin (Xitoy) mamlakatining shimolidagi viloyat nomi (Sinszyan yoki Koshgʻar koʻzda tutiladi) (Farhangi zaboni tochik, 471-bet).

7. Mulkoro – Navoiy asarlarida Chin xoqoni vazirining nomi. U gʻoyat donishmand va tadbirkor qilib tasvirlanadi.

8. Moniy – Ibn Fatak (216–276) – moniylik ta’limotining asoschisi. Sharq rivoyatlarida uni mashhur naqqosh va rassom deb ta’riflaydilar. Uning muqaddas kitoblari nihoyatda goʻzal miniatyuralar bilan bezatilgan emish, monuviysoz–moniycha Qilib ishlash; Dostonda Farhod uchun Xoqon yil fasllariga moslab qurdirgan toʻrt qasrni bezagan naqqosh ustaning nomi.

Bu baytda esa shoir Farhodning koʻngli qasri Moniy korgohidek goʻzal va naqshpardoz qilib yaratilgan, demoqchi.

9. Suqrot – Sokrat (mil. av. 470, 469–399) qadimgi yunon faylasufi. Navoiy dostonda Suqrotni aql va hikmatda benazir bir xiradmand sifatida talqin qiladi.

10. Shirin – bu yerda shoir soʻz oʻyini ishlatgan: Navoiy oʻz salaflari Nizomiy va Xusrav Dehlaviy Shirinni jahon ahliga yoqimli, totli obraz qilib yaratdilar, demoqchi. Aytish kerakki, Shirin ba’zi ma’hazlar, afsona va dostonlarda goh eronlik, goho oromiynasab, yo rumli, yoki armani deb beriladi. Nizomiyda u ozarbayjonlik, Navoiyda esa armaniyalikdir.

Nizomiy Shirini gʻoyat goʻzal va aqlli, irodali va maqsad yoʻlida izchil boʻlib, sosoniylar podshohi Hurmuz oʻgʻli Xusrav Parvezni sevadi. U hatto Xusrav Parvez Vizantiya qaysarining qizi Maryamga, Isfahon goʻzali Shakarga uylanganida ham nechogʻlik gʻam-alam chekmasin oʻz sevgisiga sodiq qoladi. Uni kanal qazuvchilar orasidagi toshkesar Farhod sevib qolganida ham Xusravdan voz kechmaydi. Oxiri uning qonuniy xotini boʻlib qoladi. Shirinning xalqi farovonligi yoʻlida Xusravni kayfu-safo, hashamdor maishatlardan qaytarish, mamlakat va xalq taqdiri bilan mashgʻul boʻlishga da’vat etish kabi olijanob intilishlarini Nizomiy madh etadi. Maryamning oʻgʻli Sheruya toju-taxtga, Shiringa ega boʻlish maqsadida oʻz otasi Xusravni oʻldirganida, Shirin erining jasadi ustida oʻzini halok qiladi.

Xusrav Dehlaviyda Shirin ancha sust, sevgida ham barqaror boʻlmagan (Xusrav Parvez va Farhod sevgilariga javobda ikkilanadi), hatto Farhod oʻlimidan keyin Xusravdan oʻch olish maqsadida uning xotinini zaharlab oʻldirishgacha yetib boradi. Binobarin, Xusrav Dehlaviy talqinida Shirin vatani va xalqi qaygʻusini chekkani oʻz aksini topmaydi.

Navoiy esa Shirinni har jihatdan mukammal, Farhodning muhabbatiga loyiq, unga vafodor boʻlgan qahramoya qilib yaratadi. «Navoiy tasvirida u nihoyatda goʻzal va bu goʻzallik esa uning ruhiy dunyosining asosini ham tashkil qiladi. Navoiy Shirinni elning baxtu saodati, yurtning obodonligi tajassumi sifatida ham tasvirlaydi”. (Erkinov S. Farhod va Shirin // Oʻzbek adabiyoti tarixi. II. 242-bet).

11. Xusrav – Sharq xalqlari ogʻzaki ijodi va yozma adabiyotida keng tarqalgan obraz. Uning tarixiy ildizi sosoniy podshohlaridan Xusrav II Parvez (VI asr oxiri) faoliyatiga qadaladi. Badiiy adabiyotda, chunonchi, Firdavsiyning “Shohnoma»si, Nizomiyning «Xusrav va Shirin»ida ideal shoh. Alisher Navoiyda esa Xusrav mutlaqo salbiy qahramon sifatida talqin etiladi.

12. Shabdez – qora tusli ot. Xusrav otining nomi. Bu baytda shu soʻz orqali ham kecha qorongʻuligiga, ham otga ishora qilinmoqda.

13. Shopur – Eroniy mashhur rassom (q. XXXIV bob. 2-izoh).

14. Sheruya – Xusrav Parvezning oʻgʻli.

15. Nikiso – Xusrav Parvezning xos mashhur mashshoqlaridan.

16. Zuhra – Venera, Sharqda erta tongda, Gʻarbda kechqurun porlab koʻrinadigan yorqin yulduz. Qadim yunonlarda muhabbat ma’budasi sifatida tasvirlangan. Zuhra ba’zan Nohid nomi bilan ham ataladi. Zuhra goʻzallik, muhabbat hamda musiqa homiysi hisoblanadi.

17. Borbad – Borbud – Xusrav Parvezning mashhur hofizi. Badiiy adabiyotda umuman yaxshi xonandani anglatadi.

18. Bahrom – Mirrih– Mars sayyorasi. Ilmi nujumcha Bahrom harbiy ishlar homiysi sanalgan.

19. Besutun – Bihistun (Bihishtun)–Shimoliy Eronda, Hamadon shahridan 100 km. gʻarbda togʻ oraligʻidagi qoya. Bu qoya rivoyat va afsonalarda koʻpincha Farhod nomi bilan aloqali holda tilga olinadi. Farhod shu togʻ etaklarida kanal qazigan, shu togʻni kesib yoʻl ochgan qahramon sifatida tasvirlanadi.

Shoir oʻz dostoni «Farhod va Shirin»ni minglab mashhur Besutun yodnomalaridan yuksak deb ta’riflaydi. Bu bilan adabiyotdagi mubolagʻa san’atini qoʻllaydi, ayni choqda “faxriya” san’atidan ham foydalanadi.

III

1. Bu bob «Munojot» deb atalsa-da, unda Navoiy insonni yoʻqlikdagi holati, soʻngra, vujudga kelishi, goʻdakligi, hayoti toʻgʻrisidagi fikrlarni bayon etadi. Shoirning inson yaratilgach, iloh ixtiyorida boʻladi, u taqdir belgilagan ishlarnigina bajaradi, bnnobarin, inson yoʻl qoʻygan xato, gunohlar uchun aybdor emas, unga shularni avvaldan ravo koʻrgan oʻsha yaratuvchi aybdordir, – deya bildirgan fikrlari uning inson himoyasida nechogʻlik qat’iy turganligini koʻrsatadi (Qayumov A. «Farhod va Shirin» sirlari, 10-bet).

2. Mustafo – arabcha tanlangan, saralangan, saylangan demakdir. Muhammad paygʻambarning laqabi. Bu va oldingi misralarda Navoiy ilohga murojaat qilib, shu asarni yaratishda madadkor boʻlishni iltijo qiladi, bu yoʻlda Muhammad paygʻambardan ham shafoat yetishishini istaydi.

IV

Bu bob an’anaviy na’t, ya’ni Muhammad paygʻambar ta’rifiga bagʻishlangandir.

1. «Vashshams bila Vallayl» – Qur’on surasi.

2. “Va sallallohu alo shamsi jamolihi va zilli kamolihi” – arabcha: va Ollohning rahmati uning jamolining quyoshi va kamolining soyasicha boʻlsin.

3. “Kofu”, “nun”– va harflarining nomi boʻlib, ular qoʻshilsa, «kun» soʻzi yuzaga keladi. Diniy ta’limotga koʻra, xudo azalda mavjudotni paydo qilishda shu soʻz bilan buyruq bergan deyiladi.

4. Qurratul-ayn – arabcha: koʻz ravshanligʻi; koʻz qorachigʻi. maj. farzand.

5. «Kavn» – mavjudlik, borlik, dunyo; kavnayn – ikki dunyo (u dunyo va bu dunyo).

6. Arsh – osmonning eng yuqori joyi.

7. Kursiy – bu yerda osmon ma’nosida.

8. Mushaf – Qur’on.

9. Batho – Makka atrofidagi togʻ oraligʻida bir dara nomi; maj. Makka koʻzda tutiladi.

V

Bu bob an’anaviy «Me’roj» (paygʻambarning koʻkka chiqishiga bagʻishlanadi.

1. Minaz-zulumoti ilan-nur – arabcha: zulmatdan nur bilan ma’nosini bildiradi.

2. Nuran alo nur – arabcha: nur ustiga nur, demakdir.

3. Nohid – q. Zuhra.

4. Atorud – Utorid – Merkuriy sayyorasi. Forscha Dabir ham deyiladi. U yozuvchilarning, san’atkorlarning, umuman donishmandlikning homiysi hisoblanadi.

5. Mushtariy – Yupiter – forscha Birjis ham deyiladi. Ilmi nujumda Mushtariyni «Sa’di akbar» (yuksaklikdagi joy) va «Falak qozisi» deb ham yuritilgan joyi, oltinchi falakda emish.

6. Rafraf – qanot qoqib.

7. «Motagʻo»– Muhammad paygʻambar madh qilingan oyatdan bir soʻz.

8. «Mozogʻ» – Muhammad paygʻambarning koʻzi va oʻzi madh qilingan oyatning bosh soʻzi.

9. Qoba qavsayn – ikki yoy oraligʻi, ikki yoy oraligʻicha masofa. Bu yerda shoir ora yaqinligiga kinoya qiladi.

VI

Bu bob sarlavhasida Navoiy ijodkor qalami ta’rifini va oʻz salaflari «Panj ganj» («Besh xazina») muallifi Nizomiy va «Xamsa» yaratuvchisi Xusrav Dehlaviylarga oʻz munosabatini bayon qiladi.

1. «Panj ganj» – buyuk ozarbayjon shoiri Nnzomiy Ganjaviy (1141–1203)ning 5 dostondan iborat turkumi koʻzda tutiladi. Nnzomiyning oʻzi 5 dostonini «Xamsa» deb atamagan, undan keyin bu sohada qalam tebratgan shoirlar, jumladan, Xusrav Dehlaviy uni birinchi «Xamsa» muallifi deb ataganlar.

2. Bayyazallohu taolo avroqa jaroyimiho – arabcha: Olloh taolo uning gunohlari (bitilgan) varaqlarni oqlasin (ya’ni, uning gunohlarndan oʻtsin) demakdir.

3. Bu yerda shoir qalamni ta’riflab, uning tez yurarligi va qora iz qoldirishini uchqur qora otga oʻxshatadi.

4. Baytning mazmuni: chopganida quyrugʻini bayroq kabi koʻtaradi. Uning boshdan oyogʻi qulogʻidek tilingandir. Bu oʻrinda shoir qamish qalamning xat yozish jarayonidagi holatini tasvirlamoqda. Ayni choqda, «qalam» soʻzining lugʻaviy ma’nosi (kesilgan, kesik)dan kinoya ishlatib soʻz oʻyinidan foydalanadi.

5. Bu baytda qora siyohda bitilgan harflar qimmatbaho qora munchoq toshga oʻxshatiladi.

6. Javf – lugʻ. ma’nosi qorin, boʻshliq. Bu yerda qamish qalamning ichidagi boʻsh kovak koʻzda tutiladi.

7. Soʻz Nizomiy Ganjaviy haqida boradi. «Ganja orom» iboralari orqali bu buyuk shoir Ganjada dafn etilganligi anglatiladi. Keyingi baytlarda Navoiy Nizomiyni xazinadorga, uning ma’nolarga toʻla asarlarini xazinalarga oʻxshatib ta’riflaydi. Kimki bu xazinaga oʻgʻirlik qilmoqchi boʻlsa, falak uning boshiga toshlar yogʻdiradi. Ular orasidan doʻstlar gavhar, dushmanlar esa chaqirtosh topadilar. Ana shu gavhar, durlar koʻngilga oʻrnashsa; uni xazinaga aylantiradi, deydi shoir.

8. Hinduyi zod – Navoiy Hindistonda yashab ijod etgan, Nizomiydan soʻng «Xamsa» yaratgan Xusrav Dehlaviy (1253–1325)ni koʻzda tutadi.

9. Xizr – afsonalarga koʻra, «Obi hayvon» (tiriklik suvi)ni topgan va undan ichib, hamisha tirik yuradigan sirli karomatlar sohibi. Adabiyotda Xizr gʻoyibdan paydo boʻlib, yoʻldan adashgan musofirlarga koʻmak etuvchi ham deb tasvirlanadi. Xizr yashillik va idrok timsoli hisoblanadi. Bu yerda bir necha tashbih ishlatilgan. Shoir Xusrav Dehlaviyni ana shu Xizr paygʻambarga, Hindistonni qora tunga oʻxshatadi. Bunda xalqining rangi qora boʻlganiga hamda Xizr zulmat ichida hayot bulogʻini topganlngiga ishora qilinadi. Xusrav Dehlaviyning ravon she’riyati ana shu afsonaviy hayot bulogʻiga nisbat beriladi.

10. Chashmai hayvon – tiriklik suvi chiqadigan afsonaviy buloq. Uni qora zulmat mamlakatidan Xizr qidirib topgan, deydilar.

11. Qaqnus – afsonaviy qush. Uning tumshugʻida koʻp teshiklar bor boʻlib, ulardan taralgan hazin ovozlardan musiqa yaralar emish. Navoiy «Lison ut-tayr» dostonida Qaqnusning goʻzal tasivirini beradi. Unga koʻra, Qaqnus Hindistonda boʻlar, baland daraxtlar boshiga in solar ekan. Bu qush umri boʻyi xas-xashak, choʻp, terib, katta xirmon yigʻar, hayotining oxirida shu xirmon ustida hazin ohang bilan sayrar ekan. Uning dilkash navosini eshitgan butun oʻrmondagi qush va hayvonlar yigʻilar ekan. Oxiri Qaqnus shunday alamli bir nola qilar ekanki, undan xirmonga oʻt tutashib ketar va shu oʻtda oʻzi ham yonib ketar ekan. Xirmon kuli ostidan yangn bir Qaqnus bolasi par yozib chiqar sekin-sekin parvoz qilib, yana oʻsha otasi shugʻullangan ishi – xas-choʻp terishga unnab ketar ekan. Navoiy bu yerda Xusrav Dehlaviyni Qaqnusga, uning she’riyatidagi musiqiylikni, dil oʻrtovchi hazinlikni Qaqnusning sayrashiga oʻxshatadi.

12. “Mah to ba mohi» – aynan: «baligʻdan oygacha» degan mazmunii bildiradi. Bu ibora «erdan koʻkkacha» ma’nosida ishlatiladi.

13. Bu oʻrinda Navoiy Nizomiy Ganjaviydek ulugʻ shoir dostonlariga javoban «Xamsa» yozishlik oson ish emas, demoqchi boʻladi. Keyingi baytlarda shoir Nizomiyni filga, Xusrav Dehlaviyni ham garchi kichikroq esa-da, filga oʻxshatadi. Ularning shavkat va quvvatidan madad tilaydi. Uzini esa hayqiruvchi filga oʻxshatadi, u soʻz oʻrmonini egallab olishni orzu qiladi.

14. Bu bobdan boshlab, deyarli har bir bob shoirning soqiyga murojaat tarzida yozilgan asosan 2 baytli (ba’zan 3 bayt), agar ta’bir joiz boʻlsa, miniatyur «soqiynoma»lar berib boradi. «Bunday parchalar shoirning har bir bobda tasvirlangan voqea yoki muammoga munosabati, xulosasi hamda ichki kechinmalarini ifoda qiluvchi bir vosita – lirik lavhalardir» (Isoqov Yo. Navoiy lirikasining asosiy janrlari. Oʻzbek adabiyoti tarixi, II tom, 101-bet). Ba’zan esa shoir bu xildagi lirik chekinishlarda keyingi bobda qalamga olinadigan voqea yoxud masalalarga ishora ham qiladi. Bu yerda soqiyga murojaat qilib shoir: har ikki shoir (Nizomiy va Xusrav Dehlaviy) yodi uchun qoʻsh jom – ikki piyola qadah keltir. Uni ichib Jomiy mayining madhiga kirishay,– deydi.

15. Jomiy (1414–1492) – fors-tojik adabnyotining ulugʻ mu-tafakkir namoyandasi Abdurahmon Jomiyning nisbasi va taxal-loʻsi. Jomiy Navoiyning yaKin doʻstn, hamkori edi. Navoiy undan faqat adabiy va ilmiy jihatdangina maslahat olmay, balki va-zirlik lavozimi taqozosi bilan davlat ishlarida, siyosiy va ij-timoiy faoliyatida ham maslahatlar olib . turadi. «1476– 1477 yillar orasida u Jomnyni oʻziga pir sifatida tanlagaa edi. Bu ularning dunyoqarashidagi yaKinliKii koʻrsatuvchi eng xa-rakterli momentdir» (Hayitmetov A., Mirzaahmedo-v a M. Alisher Navoiyning hayot yoʻli. Q. Uzbek adabnyotn tarixi. II tom. 63-bet). Jomi£ oʻlimidan keyin Navoiy uning xotirasiga bagʻishlab maxsus «Xamsat ul-mutahayyirin» (Hayratlanganlar beshligi) asarini yozgan.

VII

1. Bu bob sarlavhasidan uning Abdurahmon Jomiy madhiga bagʻishlangani ma’lum boʻladi.

2. Zindapili Jomi (XI–XII) – Jomda tugʻilgan mashhur-mutasavvuf shoir Abu Nasr Ahmad binni Abdulhasanning laqabi. Uning taxallusi «Ahmadi Jomiy» boʻlgan. Navoiy u bilan Abdurahmon Jomiyni taqqoslab, Nizomiy va Xusrav Dehlaviylarning she’riyatdagi iqtidori ikki filcha boʻlsa, Jomiyning kuchi yuz filcha, tasavvuf bobida esa Zindapilning oʻziga teng, deya mubolagʻali ta’riflaydi.

3. Naf’yi vujud – tasavvuf istilohi –«oʻzlikni yoʻqotish” demakdir.

4. Ikki jaxon – bu dunyo va oxirat ma’nosida.

5. Olami kubro – aynan: ulugʻ olam, butun koinotni anglatadi. Tasavvufda esa inson, inson qalbi demakdir. Shoir Jomiy kamolotini nazarda tutmokda.

6. Maqsadi aqso – aynan: eng olis, qariyb yetib boʻlmas maqsad; bu yerda inson va uning yuragi, qalbi mazmuniga ega.

7. Olami sugʻro – aynan: kichik olam, tasavvufda esa bu dunyo koʻzda tutiladi.

8. Bu va keyingi baytlarda Navoiy Jomiyni dengizga, uning asarlarini dengizdagi durlarga, qalamini gavhar sochuvchi, ichi shakar bilan toʻla nayshakarga oʻxshatadi. Soʻngra uni duo qilib, madhiyalar oʻqiydi.

VIII

Bu bobda Navoiy dostonni yozishga nimalar sabab boʻlganini bayon etadi. Uning e’tiroficha, bu dostonni yaratish orzusi – tamannosi paydo boʻlgach, bepoyon durru gavharlar dengiziga choʻmadi,. ya’ni koʻp mutolaa qiladi, oʻylaydi.

1. Qoqum xori ila naqb kelturmak – aynan: qoqum (ya’ni mayin junli) hayvonning tuki bilan chuqur qazimoq. Shoir bu iborani qiyin mashaqqat bilan amalga oshadi, degan ma’noda ishlatadi.

2. Zaruriy boʻldi avzoigʻa tagʻyir – aynan: uning avzoini oʻzgartish zarur boʻldi. Navoiy bu misrada oʻz asarini salaflar dostonidan boshqacha, farqli qilib yaratish fikri zarur tugʻilganini bildiradi.

3. Navoiy «Farhod va Shirin» dostonini yozishga undagan sabablardan biri – oʻzining muhabbat sevgisi boʻlib, bu ishqning alam va iztiroblari edi. Shoir keyingi baytlarda oʻz mahbubasi, u tufayli oʻziga yetishgan azobu uqubatlar bayonini beradi.

4. Baytning mazmuni – shoir koʻngil qoʻygan mahbubasining ovozasi Farang (Yevropa), Xito (Koshgʻar) va Chin (Xitoy)ga ham yetib borgan edi, ya’ni Gʻarbda ham Sharqda ham ma’lum edi, demoqchi boʻladi.

5. Baytning mazmuni – menda bu gʻamdan aqlu hush qolmagan bir paytda gʻoyibdan nido (orig.– surish) keldi, deydi. Keyingi baytlarda ana shu nidoni sharhlab shoir: Axir sen bu gʻamlarga giriftor boʻlishdan avval qalaming oʻtkirlashib qolgan, Xizrga oʻxshab, qorongʻi zulmatdan tiriklik suvini xalqqa sochgan eding ya’ni yaxshi asarlar bilan xalqni bahramand qilgan eding, deb yozadi.

6. Bu baytda «Hayrat ul-abror” rejalanib, yozib tugatilgani aytiladi. Keyingi baytlarda Navoiyning mashaqqat bilan mehnat qilib, dur va javohirlarga toʻla xazinaga erishgani, ya’ni ter toʻkib ijod qilib, bebaho asarlar yaratgani ta’riflanadi.

7. Baytning mazmuni: gʻoyibdan kelgan nido shoirni telbalikni vayronalarda qoldirib, yana bir ganj sori qoʻl sunishga, yana bir kon qazishga, ya’ni yangi bir asar yozishga kirishishga da’vat etadi. Keyingi baytlarda kon qazish uchun Farhod bilan hamsuhbat boʻlish, uning qayroq toshida teshani tezlab olib, ish boshlash lozimligi maslahat koʻriladi.

8. Bu baytda soʻz «Xamsa» dostonlaridan biri («Hayrat ul-abror») yozilgani, endi ikkinchisiga («Farhod va Shirin») kirishishi haqida bormoqda. 9. Hotif– gʻoyibdan ovoz beruvchi.

10. Pir – aynan: Qari, keksa; maj. biror diniy – ruhoniy guruhning boshligʻi, rahbari, soʻfiylar boshligʻi. Bu yerda shoir Jomiyni koʻzda tutadi.

11. Bu va keyingi baytlardan Jomiy ham birinchi hotif aytgaklarini ta’kidlagani, ularni shoir qabul qilgani va duo olib oʻz hujrasiga ravona boʻlgani anglashiladi.

IX

1. Bu bob sarlavhasida Navoiy dostonini yozishga kirishar ekan, asarning rejasini tuzib olgani, turli afsonalar, tarixiy manbalarnn koʻrib chiqqani, shu mavzuda yozilgan dostonlarda yoʻl qoʻyilgan xatolarnn tuzatib, oʻz gʻoyalarini qay tarzda ifoda etimoqni niyat qilganini yozadi. Bunda u gʻoyat obrazli qilib: «Ma’no nafosatlari mato’ini gʻoyibdan kelgan savdogarlardan hayotim naqdini berib, latofat uyining kelinchaklari uchun sotib olmoq va jon ipi va kiprik ignasi bilan namoyish va oro libosini tikib, bu bokiralar qadlariga solib jilvalantirmoq»,– deya bayon qiladi (Navoiy. Farhod va Shirin. Nasriy bayon muallifi Gʻafur Gʻulom, matnni ayrim toʻldirishlar bilan qayta nashrga tayyorlovchi Hayitmetov A. 13-bet).

2. Bu baytning mazmuni: menga yulduzdek kulib turgan toleim yuqori manzil – «Xamsa»chilik yaratishdek yuksaklikdan joy tayyorladi. Keyingi baytlarda bu joyni farishtalar kelib oʻz parlari bilan supurgani, osmon yulduzlaridan koʻz yoshi toʻkib, u yerga suv sepgani haqida soʻz yuritar ekan, shoir Sharq she’riyatidagi yopiq istiora san’atidan foydalanadi.

3. Sharqda maxsus majmar (mijmar) deb atalgan manqalga qora rangli daraxt choʻplari – udni tashlab, yoqimli hid taratish odati qadimdan mavjud. Hindistonning Qumor degan shaharida esa eng yaxshi ud boʻlar ekan. Bu baytda shoir ana shunga ishora qilmoqda. Keyingi baytlarda Navoiy qalamni yoʻnib, yozishga kirishar ekan, saodat va iqbol kirib kelib uni muborakbod etganlari ta’riflanadi.

4. Bu baytda shoir «tuproq koʻtarsang, katta tepadan koʻtar», keyingi baytda esa «tuproq olsang oltin boʻlsin» kabi xalq maqollarini ishlatib, she’riyatdagi «irsoli masal» san’atini qoʻllagan.

5. Nasri toyir–aynan: burgut; maj. burgutga oʻxshab koʻrinuvchi. yulduzlar turkumining nomi. Uni «Uqob» ham deb yuritiladi. Bu yerda shoir doston yozishga kirishar ekan, hatto osmondagi yulduzlar turkumi – nasri toyir ham himmat qanotini qoqib gardun qorongʻuligida sayr qila boshladi, deydi.

6. Bu va keyingi baytlarda Navoiy yozilajak asari yangi boʻlishi lozimligini, avval shu mavzuda yaratilgan dostonlarni takrorlamaslik kerakligini ta’kidlaydi. Boshqacha qilib aytganda, shoir oʻziga asos maqsad qilib, adabiyotga yangilik berishni niyat qilib olganligini bildiradi. Bu sohada qalam tebratganlar nazm dengizidan ajoyib durlar qoʻlga kiritganini, lekin ancha oliy qimmat durlar hamon qolib yotganini bayon etib, ularni olib chiqish va oʻz dilrabo asarimga bezak qilish menga muyassar boʻldi, – deydi.

7. Bu bayt mazmunida Navoiy oʻz dostonining ranglarga boy, undagi voqealar ham, qahramonlar ham gʻoyat otashin bir tarzda, ta’sirchan qilib yaratilganligini bildiradi.

8. Bu va keyingi baytlarda shoir ushbu jomdan may ichganlar, ya’ni shu mavzuda doston yozganlarning barchasi Xusravning maddohi boʻlib qoldilar. Ular uning mulkiga, rasm-rusmlari, qoʻshiniyu imkoniyatlarini Shabdez otining uchqurligiyu Borbad ismli xonandasining sayrashi, Shopur degan yaqinining uzluksiz hiyla-firiblari, Buzurg Ummid nomli vazirining xushomadgoʻyligi uning (ya’ni Xusravning) goh Maryam (Rum qaysarining qizi), goho Shakar (Isfahon goʻzali) ismli xotinlarn huzurida orom olishiyu Shiringa shohona oshiqlik izhor qilishini madh etdilar. Uni haqiqiy muhabbat oyini boʻlgan dardu balo, azobu iztiroblardan begona boʻlgan erka bir shoh sifatida talqin qildilar. Toʻgʻri, ular ora-sira Farhod haqida ham soʻz yuritdilar. Uni shunchaki togʻlardagi bir toshyoʻnar qilib, Shirin vaslida yelib-yugurgani uchun Xusrav tomonidan oʻldirilganini bayon qildilar, – deydi. Koʻrinadiki, ularda Farhod obrazi epizodik xarakterga ega.

9. Bu baytda Navoiy oʻz salaflaridan boshqacha yoʻl tutganini, asos e’tibori bilan mehnatnoma (mehnat – mashaqqat, ranj, alam ma’nosida) mazmunini sharh etganligini uqdiradi.

10. Navoiy Farhod haqida hazin bir doston yaratib, unda Farhod va Shirinni tarannum etishni munosib koʻrgani bu va keyingi baytdan anglashiladi. Binobarin, Navoiy oʻz salaflaridan butunlay boshqacha yoʻl tutadi. «Xusrav obrazini tamomil salbiy qilib beradi va hayot logikasiga mos deb topadi. Navoiy ekspluatator tabaqalarning kirdikorlarini, ularning ijtimoiy basharasinn fosh etishda oʻz salaflariga nisbatan juda oldinga ketdi, adabiyotda xalqchillikni har tomonlama chuqurlashtirib,. gumanizm bayrogʻini juda baland koʻtardi» (Hayitmetov A. Navoiyning ijodiy metodi masalalari. 68-bet).

11. Ashraf – shu mavzuda qalam tebratgan shoir. Navoiy u haqda oʻzining «Majolis un-nafois» asarida quyidagilarni. yozadi: «Darveshvash va nomurodsheva kishi erdi. Va kiyiz boʻrk ustiga qurchuq chirmar erdi. Va el bila dagʻi omizishi oz erdi. Koʻprak avqot «Xamsa» tatabbu’igʻa sarf qilur erdi, to ul kitobni tugatur tavfiqi topti. Voqian oʻz xurdi holigʻa koʻra yamon bormaydur...» (Navoiy. Majolis un-nafois. Ilmiy-tanqidiy matn. 1961. 13-bet).

12. Navoiy bu mavzuda yana bir noma’lum shoir qalam tebratganini yozadi.

Adabiyotshunoslikda Navoiy koʻzda tutayotgan shoir XIV asr yarmilarida Shimoliy Ozarbayjonning Ardabil viloyatida yashab ijod qilgan Orif Ardabiliy boʻlishi ehtimol, degan (Orasli N. Muxteser Azerbaychan edebiyati tarixi. I. 118 s.) masalani birinchi boʻlib H.Orasli koʻtarib chiqqan edi. Keyinchalik Orif Ardabilin va uning «Farhodnoma» asarini maxsus tadqiq etgan H. Orasli bu toʻgʻridagi faraziyani tasdiqlovchi va ba’zi shubha uygʻotuvchi faktlarni keltiradi (Orasli N. Arif Ardebili va onun «Ferhadname» poyemasi, 157–159-betlar).

X

Bu bob Sulton Husayn Boyqaro madhiga bagʻishlanadi.

1. Shoh Gʻoziy – bu yerda Sulton Husayn Boyqaro (1438–1506)ning laqabi, boshqa hukmdorlarga nisbatan ham qoʻllaniladi. 1469 y.dan umri oxiriga qadar Xurosonda hukmronlnk qilgan Husayn Boyqaro Alisher Navoiyning maktabdosh doʻsti edi. U «Husayniy» taxallusi bilan she’rlar yozgan, sohibi devon shoir ham boʻlgan. Husayn Boyqaro qalamiga nasriy «Risolai Husayn Boyqaro» ham mansub. Unda Husayn Boyqaro Navoiyning lirik she’riyatiga va «Xamsa»siga yuksak baho beradi, shunday ulkan san’atkor, ulugʻ inson bilan bir davr, bir davlatda yashash baxtiga musharrafligidan, ayniqsa u bilan doʻst boʻlganligidan shukronalar aytadi. Navoiy ham oʻzining «Majolis un-nafois», «Muhokamat ul-lugʻatayn» va devonlari debochalarida Husayn Boyqaro ijodini, uning oʻzbek tili va she’riyati ravnaqiga qaratilgan faoliyatini alohida ta’kidlab oʻtadi.

2. Haydar – ayn. sher demakdir; paygʻambarning kuyovi Alining laqabi. Shoir bu yerda jang maydonida Husayn Boyqaronn sherga oʻxshatmoqda.

3. Jamshid – Eronning afsonaviy shohlaridan. U qurol-aslaha, ipak va ranglar ixtiro qilgan, ulkan binolar qurdirgan ekan. Uning davrida odamlar farovon yashagan, xastalik nima, oʻlim nima bilmagan emish. Bunda kibr-havoga berilib ketgan Jamshidni jazolash uchun xudo istilochi Zahhokni yuborgan, u Jamshidnn arra bilai ikki boʻlib tashlagan emish. Badiiy adabiyotda koʻpincha Jamshidning sehrli jomi qalamga olinadi. Goʻyo unda Jamshid oʻz zamonida istagan odam va joylarni koʻra bilar ekan. Navoiy Husayn Boyqaroni ana shu Jamshid taxtiga oʻtirgan deb ta’riflamoqda.

4. Kayon – qadim afsonaviy Eron shohlari sulolasining umumiy nomi. Firdavsiy «Shohnomasi»da qalamga olingan Kayumars, Kayqubod, Kaykovus, Kayxusrav kabi shohlar shu sulolaga mansubdir. Shoir Husayn Boyqaroni ana shundagi oliy nasab shohlarniig jomidan may ichgan, – deyish bilan uning oliy nasabiga ishora qilmoqda.

XI

Bob Husayn Boyqaroning oʻgʻli Badiuzzamon Mirzo madhiga bagʻishlanadi.

1. «Xalladallohu mulkahu va abbada davlatahu» – «Xudo mulkini va davlatini abadiy qilsin» (Shoh ismidan keyin aytiladigan yoki yoziladigan ibora).

Badiuzzamon Mirzo – Husayn Boyqaroning katta oʻgʻli. Otasi oʻlgandan keyin (1506) Xuroson taxtiga oʻtiradi va Shayboniyxon kelganda unga qarshi urushda magʻlubiyatga uchrab (1507 y. 20 may), Shoh Ismoil safaviy huzuriga qochadi. Usmonli turk sultoni Sulton Salim Shoh Ismoil bilan urushib Tabrizni ishgʻol qilgach (1514), Badiuzzamonni Istanbulga olib ketadi, U yerda koʻp oʻtmay Badiuzzamon vabo kasalidan vafot etadi. Qabri Ayyub Ansoriy qabristonida.

Alisher Navoiy bu shahzodaga katta umidlar bogʻlagan edi. U bilan Sulton orasida nizolar paydo boʻlganida Navoiy ularni murosaga keltirish uchun, oʻgʻilning ota izmida boʻlishi uchun tinmay harakatlar qilgan edi. Navoiyning «Munshaot» tarkibidagi qator maktublari, dostonlaridagi bagʻishlovlar bu fikrga dalildir.

2. “Nasrun minalloh” – arabcha: yordam Ollohdandir.

3. Birjis (Burjis) – Mushtariy – Yupiter sayyorasi. Bu baytda shoir shahzodani ta’riflab, uning yuzini quyoshga, yuzidagi terlarni Zuhra va Mushtariylarga nisbat beradi.

4. Bogʻi nav – Hirot atrofidagi goʻzal bogʻlardan biri.

XII

Bu bob sarlavhasida Chin xoqonining ta’rifi beriladi, uning befarzand ekani va Farhodning tugʻilishi haqida soʻz ketishi bayon etiladi.

1. Adam shabistonidin vujud gulshanigʻa kelgani – aynan: yoʻqlik qorongʻi kechasidan borliq gulshaniga kelishi, ya’ni dunyoga kelishi, tugʻilishi.

2. Afridun – Faridun – qadimgi Erondagi peshdodiylar sulolasiga mansub podshoh. Navoiyning «Tarixi muluki Ajamda yozishicha, ba’zi manbalarda uni Jamshid nabirasi, boshqalarida esa Taxmuras (Jamshidning aka yoki ukasi) avlodidan deb qayd qilinadi. Faridun zolim va odamxoʻr shoh Zahhokka qarshi temirchi Kova – Kovai ohangar isyoniga qoʻshilib Zahhokni oʻldiradi. Navoiy Faridunni «yaxshi axloqli va odil» edi deb ta’riflaydi. Faridun oʻzining xazina – boyligi bilan mashhur. Bu yerda shoir Farhodning otasi Chin xoqoni fazilatlarini Faridunga oʻxshatadi.

3. Qorun – nihoyatda katta boylikka ega afsonaviy shaxs, lekin u oʻta xasis boʻlgan emish. Diniy rivoyatlarga koʻra, u Muso paygʻambar aytganlariga amal qilmagan, buning uchun xudo butun boyligi, xazina, saroylari bilan yer qa’riga kiritib yuborgan emish. Badiiy adabiyotda Qorun davlatmandlik va xasislik ramzi kabi ishlatiladi. Bu yerda Chin xoqoni xazinasi Qorunnikidan yuz ming marta ortiq edi, deb ta’riflanadi.

4. Kishvardih – aynan: mamlakat beruvchi. Bu bayt mazmunida «qaram», «tobe» ma’nosida keladi.

5. Kishvarsiton – aynan: mamlakat oluvchi. Bu yerda «hukmdor» ma’nosini anglatadi.

6. Bu va keyingi baytda shoir obrazli qilib: – davron xoqon barmogʻiga shunday bir uzuk taqdiki, bu uzukning koʻzida otashin la’l parchasi yonib turgandek edi. Uning yuzida ishq sirlari yozilgan, ichida esa dard, alamlar tumori oʻyib bitilgan edi, – deydi. Navoiy shunday qilib, Farhodning dunyoga kelishidayoq uni ishq nuri va otashi bilan yoʻgʻrilgan, ana shu ishq iztiroblariga mahkum etilgan edi, deya oʻquvchilarini ogohlantirib oʻtadi.

7. Siyovush – qadimgi afsonaviy qahramon, Eron shohi Kaykovusning oʻgʻli. Firdavsiyning «Shohnoma»sida yozilishicha, uni pahlavon Rustam tarbiyalagan. Siyovushga oʻgay onasi Sudoba oshiq boʻlpb qoladi. Siyovush uni rad etganda Sudoba tuxmat qiladi. Otashparast (oʻtga, olovga tolpinuvchilar) odatiga koʻra, Siyovushning otasi uning pokligini isbotlash uchun oti bilan gulxandan oʻtkazadi. Shu ondayoq alanga gulshanga aylanadi. Siyovush Turonga, uning podshohi Afrosiyob panohiga qochadi. Afrosiyob qizi Farangizni berib, Siyovushni oʻziga kuyov qilib oladi, lekin keyichalik saroydagi fitnalar natijasida undan badgumon boʻlib, boshinn kestiradi. Sharq pozziyasida «Siyovush qoni» tushunchasi juda koʻp uchrab turadi. Bu baytda shoir Farhodning pokligi, dard elining shohi ekanligini ta’kidlash uchun goʻyo uni Siyovushning oʻt ichida sayr qilib yurganida tugʻgan farzandidek, deb ta’riflaydi.

XIII

Bu bob sarlavhasida Farhodning dunyoga kelgach, chehrasida muhabbat izlari namoyonligi, koʻngli esa gʻamu dardlarga toʻla ekanligi, u shijoat bilan yigitlik mashqlarini oʻrganganligi bayon etiladi.

1. «Al-asmou tanzilu min as-samo» – arabcha: ismlar osmondan tushadi, demakdir.

2. Xush, xud, bexud, darxoʻrd, sarxush, noxush kabi «vov» yoki «zamma» bilan yoziladigan soʻzlardagi «vov»ni «vovi ma’dula», ya’ni «oʻzgartirilgan vov» deyiladi. Shu soʻzlardagi bu harfni «alif» (a)ga aylantirib, «xash», «xad», «bexad», «darard», «sarxash», «noxash» qabilida talaffuz qilish mumkin. Lekin yozuvda «vov» saqlanadi.

3. Bu va yuqoridagi uch baytning mazmuni: uning, ya’ni Yangi tugʻilgan goʻzalning (yuzida shohlik yogʻdusi, nuri) far koʻzga tashlanib turgani sababli bu nurdan yeru koʻk yorishib ketdi.. «Himmat», «Iqbol» va «Davlat» (bu soʻzlarning avvalidagi harflar « » « »«») yuz koʻrsatib, shu yogʻdudan ziynat topdilar.

Bu javharlar, ya’ni qimmatbaho ma’nolar goʻdakka taalluqli deb tushunilgach, ularni bir-biriga qoʻshilsa, «Farhod» ( ) ismi -kelib chiqadi. Bu san’at Sharq poeziyasida muammo deb ataladi. Keyingi misrada yana shu muammo yoʻli bilan «yogʻdu» () ni bayt hodiysi (ya’ni ) toʻgʻri yoʻlga soldi (ular biriktirilib nom chiqarildi) va shahzodaga darhol «Farhod» nomi qoʻyilgani aytiladi.

4. Bu va avvalgi uch baytda Navoiy deydiki, ishq goʻdakning pokiza zotini koʻrgach, «Firoq», «Hajr», «Oh» bilan «Dard» (arab yozuvida «Farhod» ismidagi qisqa «a» harfi ifoda etilmaydi, u «fatxa» orqali talaffuz qilinadi) soʻzlaridan birinchi harflarini biriktiradi va «Farhod» ismini chiqaradi. Bu bilan shoir bu nomning yana bir tuzilish tarkibi va uning zimnidagi ma’noni bayon etadi.

5. Mofizzamir– arabcha, aynan: zamiridagi; bu yerda «koʻnglidagi» ma’nosida kelgan.

6. Abjad – qadimgi arab alifbosining sirasini koʻrsatuvchi sakkizta shartli soʻzning birinchisi va shu uydirma soʻzlar birikmasining nomi. Bundagi har bir harf ma’lum bir son qiymatiga ham ega boʻlgani uchun harflar tartibida alifbo emas, balki raqamlarning oʻsib borishi nazarga olingan. Oʻsha davrda, keyinlar ham maktablarda «abjad»ni maxsus taxtaga yozib, bolalarga harf tanitilgan va harflarning son miqdori yodlatilgan. Shoir shunga ishora qilmoqda.

7. Suho – Hulqar turkumidagi xira koʻrinadigan yulduzning «omi. Bu yerda shoir Farhodning merganligini ta’riflab, shunday xira Yulduzni ham nishonga ola olar edi, – deydi.

8. Turki falak – maj. Mirrih – Mars sayyorasi. Mirrih Sharq adabiyotida urush, jangchilik homiysi ma’nosida Bahrom ham deyiladi. Shoir Farhodning jangovarlik yarogʻlarini mohirlik bilan egallaganini maqtab, u oʻq otganda Mirrih ham ofarin oʻqiydi, demoqchi.

9. Alburz – El'burs togʻi. Shoir bu oʻrinda ham igʻroq san’atini ishlatib Farhod oʻz gurzisi bilan uning changini chiqarib yuboradi, deydi.

10. Bahrom – q. Mirrih.

11. Hut – aynan: katta baliq; maj. oʻn ikkinchi oftob burji (zodiak)ning nomi, fevral'–mart oylariga toʻgʻri keladi.

12. Asad – aynan: arslon; maj. oftob burjlaridan beshinchisining nomi, iyul'–avgust oylariga toʻgʻri keladi.

Bu va oldingi baytlarda Navoiy yana oʻsha igʻroq san’atini,aqlga nomuvofiq, hayotda mumkin boʻlmagan mubolagʻani ishlatadi. Farhod xanjariniig zarbidan Hutning bagʻri ezilib suvga aylanib ketishi, panjasi bilan Asadning boʻynini uzib olishi mumkin, deb ta’riflanadi.

13. Roʻyintan – aynan: bronza tanali; Firdavsiyning «Shohnoma»siga koʻra, Eron shohlaridan Asfandiyorning laqabi. Uning tanasiga zarba yetkazib boʻlmas ekan. Shoir Farhodning tanasini, uning kuchini Asfandiyordan ortiq deb ta’riflamoqda.

XIV

Bu bob sarlavhasidan Farhodning yigitlik chogʻlarida oʻynab-kulish oʻrniga gʻam-anduh chekib, bulbuldek figʻon qilishi, bundan diltang boʻlgan xoqon oʻgʻlini ovutish uchun toʻrt qasr bino qilish rejasini tuzgani ma’lum boʻladi.

1. Bu va avvalgi uch baytning mazmuni: nayrangboz oʻyinchilar bevafo osmonga oʻxshab koʻkning aylana muhra (bu yerda «muhra» nayrangbozlarning jomchalar ostida yashiradigan soqqalari ma’nosida ishlatilgan) oʻgʻirlagan edilar. Ular oʻz nayranglarini koʻrsatar ekanlar, falak har lahzada oʻn marta pand yer (ya’ni gʻayratlanar) edi. Ular tunni yoritib, kunduzni qorongʻilatar, suvdan oʻt yondirib, oʻtdan suv chiqarib separ edilar. Shu’lali oʻtdan isiriq koʻkartirib, oʻrgimchakning toriga temirchining sandonini osib qoʻyar edilar. Shoir bu oʻyinchilar san’atinn kuy-qoʻshiqlar shod eta olmagan, aksincha, uni yanada dardu gʻam girdobiga solgan Farhodni biroz boʻlsa-da, koʻnglini ochish uchun namoyish qilinganligini gʻoyat mahorat bilan ta’riflaydi.

2. Baytning mazmuni: yana bir yozlik qasr qurilsa, u nozu ne’matlarning boʻston saroyi boʻlsa.

3. Baytning mazmuni: yana bir kuz fasliga moslab qasr qurilsa, uning boʻyoqlari xazon rangidek sarigʻ boʻlsa.

4. Baytning mazmuni: yana bir qishlik qasr qurilsa, unga oq rangli Xitoy matolari toʻshasalar.

XV

Bu bobda Navoiy Xoqonning vaziri Mulkoro afsonaviy Eram bogʻiga monand 4 qasr qurilishiga sarkor va me’morlar tayin qilib, ish boshlab yuborgani, Farhodning esa hunarmandlar san’atini tomosha qilib, toshtarosh Qoran ishidan hayratga tushib, uning san’atini oʻrganish ishtiyoqida yongani bayon etiladi.

1. Eram – Eram, jannatga oʻxshash goʻzal va xushhavo bogʻning nomi. Uni Od qabilasidan afsonaviy zolim Shaddod barpo qilgan, deyiladi.

2. Qoran – dostondagi toshtarosh ustaning nomi.

3. “Kan-naqshi fil-hajar» – arabcha: «toshga oʻyilgan naqshdek” ma’nosini anglatadi.

4. Boniy – dostondagi me’morning nomi.

5. Bu baytda shoir baland havoza ustidagi roza – binokor ustani falakdagi Zuhal yulduziga oʻxshatmoqda. Navoiy bu toʻrt qasr qurilishini shunday mahorat bilan tasvirlaydiki, ishning rejalanishidan to binolar qad koʻtargunga qadar boʻlgan mehnat jarayonini hayotiy, real tarzda tasavvur qilish mumkin. Muhandisu me’mor, naqqoshu toshkesar, paxsachilaru gʻishtchilar, temirchilaru rassomlar, ishboshilaru pardozchilarni, ularning moʻ’jizakor mehnatini shoir alohida ta’riflaydi. Ayniqsa, ishning qizgʻinligi, hamma oʻz oʻrnida muayyan ish bilan yonishi, yelib-yugurishi, mehnat jarayoni haqida katta, qaynoq mehr bilan soʻz yuritiladi.

6. Koʻhi-Qofi – butun yer yuzini oʻrab turadigan afsonaviy togʻning nomi.

7. Shoir bu va keyingi baytlarda Farhodning Qoranning san’atiga qoyil qolib, uning tesha va toshga pardoz beruvchi metini nima sababdan hech bir zarar topmay osonlikcha toshlarni yoʻnib, oʻyib gul va naqshlar solayotgani haqidagi savoliga Qoranning bergan javobini bayon etadi. Hamma gap ularni yasashda suv berishga bogʻliq ekan, bu sirni esa dono usta hech kimga oshkor qilmas ekan. Farhod katta ishtiyoq va zavq bilan Qoran san’atini kuzatib turib oʻrganib oladi hamda oʻzi uning yonida astoydil ishga tushib ketadi.

XVI

Bu bob sarlavhasida Farhodning Qorandan toshyoʻnarlik, Moniydan naqqoshlikni, boshqa hunar va san’atlarni butun nozikliklari bilan oʻrgangani, toʻrt qasr qurilishi tugallanib, ularda Xoqon Farhod uchun bazmlar tuzgani haqida soʻz ketadi.

1. Bu va avvalgi baytning mazmuni zilzila paytida togʻ ostin-ustun boʻlib ketganidek, tun qorongʻuligi chekinganida, qizil quyosh togʻ ustida taxt qurdi. Subh – tong falakni marmarrang qildi. Quyosh osmon choʻqqisiga koʻtarilganda tomosha qilgani Jamshid (shoir Farhodni koʻzda tutadi) otlandi, ya’ni ertalab tong otgach, Farhod (yana Qoran san’atini koʻrgani) qurilishga otlandi.

2. Bu bayt mazmunidan: Farhod tosh yoʻnish san’atini shu qadar egallab oladiki, yuzta Qoran uning qoshida shogirddek tuyilardi, – degan ma’no anglashiladi.

3. Qalamzan – naqqosh Moniy koʻzda tutiladi.

4. Korfarmo – aynan: ish buyuruvchi; bu yerda Farhod koʻzda tutiladi.

5. Navoiy har bir qasr bogʻida bir havz (hovuz) bunyod etilgani, ular har faslga monand qilib bezaklanganini yozadi.

6. Bayt ul-haram – aynan: xos uy, oʻz ahli boʻlmagan kishilar kiritilmaydigan ichkari hovli; maj. Ka’ba. Bu yerda qasr Ka’badek pokiza va goʻzal demoqchi shoir.

7. Ma’kulu mashrub – arabcha: yeyiladigan, ichiladigan (ya’ni yemish va ichmish) ma’nosida.

XVII

Bu bobda Farhodning toʻrt faslda toʻrt qasrda tuzilgan bazmlarda aslo koʻngli ochilmagani, Xoqonning unga iloj qila olmagani bayon etiladi.

1. Bu baytda obrazli qilib kunduz va kechaning barobar kelishi, Navroʻz bayrami kunlariga ishora qilinadi.

2. Shoir bu baytda uning mazmunini toʻlaroq va latofatliroq ochish uchun «gulnor” soʻzining ikki mazmuni, ya’ni anor gul va arabcha «nor» – oʻt, olov soʻzi birikmasidagi «oʻtli gul» ma’nosidan gʻoyat oʻrinli foydalangan. Bu san’atni Sharq she’riyatida «iyhom» deb ataladi.

3. Bu va keyingi baytda shoir daraxtni tovusga, yaproqlarni esa toʻtining patiga oʻxshatadi, ba’zi yaproqlar qushning qovursun degan mayda patchalari obkash – eng ingichka tomirlardan suv shimsa, boshqasi Xizrga oʻxshash yashil rangli shohlik tojini boshi uzra qoʻyganligini ta’riflaydi.

4. Baytning mazmuni: noranj daraxti (ya’ni apel'sin daraxti) oltindan xazina yaratib (ya’ni oltin rang mevalar solib), bargidan sariq libos kiygan edi.

5. Bayt mazmuni: shamol suv ichida oltin sochuvchilik qildi, (ya’ni) suv yuziga sargʻaygan xazon toʻkdi.

6. Bu bayt mazmuni: xazon naqqoshi bogʻ sahnini oltin bilan qoplash (zarhal qilish) uchun bogʻdagi (daraxtlarning) barglarini zarga aylantirar (ya’ni xazon qilar) edi.

7. Bu va keyingi 5 baytda Navoiy qish faslining gʻoyat goʻzal tasvirini beradi. Baytlar mazmuni: yel daraxtlar bargshsh sovurgach, sovuq suv simobini marmarga aylantirdi. Havo ham bulutdan kulrang poʻstin kiydi, bulut ham havoga simob sochdi. Qahraton qishning zargaridek, tiniq suv bolalariga kumush lavhalar tayyorlab berdi. Bulutdan tomgan har qatra suv sovuqning zoʻridan olamga marvarid donalari boʻlib yogʻilar edi. Ariqning suv olinadigan joyi halqumday boʻlib, sovuq uning ogʻzidan toʻkilgan soʻlakayini xanjarga aylantirdi. Osmon tundan koʻmir qilib, kechqurunlari unga shafaqdan oʻt yoqib turardi.

7. Bu va keyingi baytning mazmuni: sovuq issiqlikning haroratini kamaytirdi, olovdan uchqun uchirmay qoʻydi. Oʻtdan qolgan qiziq qoʻrning sinjobchalik (ya’ni silovsin, moʻyi oʻsiq, olmaxon terisidan tikilgan poʻstin) ham issigʻi yoʻq, yonib turgan shu’la esa oltoyicha (ya’ni, oltoy qizil tulkisining terisidan ishlangan poʻstin) ham iliqlik bermas edi.

8. Bu va keyingi baytlarda Navoiy Farhodning yana oʻsha kuydiruvchi dardli ohlar tortib, ano – gʻam-alamlarga toʻla jonni oʻrtovchi nolalar qilgani, birov yigʻlasa u ham zor-zor yigʻlagani, el ozoridan koʻngli ortigʻroq ozor topgani..., birov ishqdan hikoya boshlasa, u takror-takror eshitishni istagani, hajrdan soʻz boshlansa, ikki koʻzidan qonli yoshlar oqqani haqida yozadi. Xullas, Xoqon oʻgʻlini koʻngli uchun nimaiki qilgan boʻlsa, xato ekanini tushunadi va bundan hayron qolib sarosimaga tushadi.

XVIII

Bu bob sarlavhasida shoir Xoqonning podshohlik tojini Farhodga bermoqchi boʻlgani, uning esa otasidan uzr soʻrab rad etgani bayon qilinadi.

1. Bu baytning mazmuni: bu mamlakat ustida shohlik nogʻorasini chalgan zot soʻz sipohiga shunday tartib beradi. Bu yerda ushbu dostonni kuylayotgan shoir shunday hikoya qiladi, demoqchi.

2. Bu va keyingi baytning mazmuni: Burgut va Kuykanak (Ilvasin – mayda parranda ovlaydigan qushlarning bir turi)ni tutib, ovga solsalar uning ishini bunisi qila olarmidi. Agar arsa – shaxmat taxtasi boʻm-boʻsh qolsa ham undagi shoh donasi oʻrnini baydaq – piyoda egallay olarmidi?! Bu soʻzlarni Farhod Xoqonning toj taklifiga javoban aytadi.

3. Bu va keyingi 10 baytda Farhod uzrxohlik bilan: – men hali yoshman, vazifa esa ulugʻ. Shu choqqacha barcha ishlardan gʻofil, yolgʻiz ayshu-ishrat bilan band edim. Endi shoh inoyat qilsa-yu men biror kichik xizmatga jiddiyroq mashgʻul boʻlsam, uning rivoji va kasodini tushunib yetsam, xatolarimni tuzatib turilsa, ma’lum tajriba orttirgach, har qanday hukm boʻlsa, bajonidil bajarsam, – deydi.

XIX

1. Oyinai Iskandariy – Iskandar oynasi. Afsonaga koʻra, Iskandar tomonidan temirga sayqal berib yaratilgan oyina. Goʻyo unda Jamshidning jomidagidek, shu asnoda boʻlayotgan narsalarni koʻrsa boʻlar ekan. Iskandar (356–323) eramizdan avval yashagan makedoniyalik Filippning oʻgʻli. Juda yoshligidanoq harbiy salohiyat paydo qilib, Eron, Arabiston, Hindiston va boshqa mamlakatlarni ishgʻol qilgan. Badiiy adabiyotda Iskandarga bagʻishlangan asarlar juda koʻp. Jumladan, Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Jomiy va Navoiylarning maxsus dostonlari shular jumlasidandir. Ularda Iskandar qudratli hukmdor, ideal shoh timsoliga aylangan.

2. Badiiy adabiyotda «Iskandar oynasi» tushunchasi koʻp ishlatiladi. Bu bob sarlavhasida shoir Xoqonning Farhodni oʻz xazinasiga olib kirgani, uning esa oltinu javohirlarga nazar solmay Iskandar oynasi bilan qiziqqani va oynada ajoyib narsalar koʻringani haqida yozadi. Bu baytda Navoiy inson tafakkuriga yuksak baho beradi. Farhod tilidan aytilgan misralarda inson nimaniki bunyod etishga qodir boʻlsa, unga fikrlash zamirida erishadi, degan falsafiy tushuncha ifodalanadi.

3. Aflotun – Platon – asl nomi Aristotel' (mil. av. 428/ /427. Afina – 348/347) – qadimgi yunon faylasufi, antik falsafadagi ob’ektiv-idealistik oqimning asoschisi. 407 yillarda Sokrat (Suqrot) bilan tanishib, uning eng yaqin shogirdi boʻlib qolgan. Afinada mashhur faylasuflar maktabi – «Platon akademiyasi»ni yaratgan. Xamsanavis shoirlar Ivkandar atrofidagi olim, mutafakkirlar orasida Aflotunga ayricha oʻrin ajratgan-lar, uni donishmandlar rahbari sifatida ta’riflaganlar. Bu yerda Navoiy Iskandar oyinasini har biri Aflotunga teng keladigan 400 nafar dono olimlar yaratgan, deydi.

4. Bayt mazmuni: Xoqonning hikmati boʻlgan bu koʻzguda ajib bir tilsim yashiringandir.

5. Bu va keyingi baytlarda koʻzguda yashiringan tilsimni ochish uchun uch manzilni oʻtish lozim: birinchisida ajdaho, ikkinchisida Ahraman, uchinchisida yanada mushkulroq sir bor. Ularni yengib oʻtilsa, toʻrtinchi manzil keladi, unda togʻ va ichida gʻor bor. Gʻorda Suqrot yashaydi. Agar u tirik boʻlsa, barcha mushkullarni ochib beradi, agar olamdan oʻtgan boʻlsa uning ruhiga sigʻinilsa, maqsad hosil boʻladi, degan mazmun bayon etiladi.

6. Buqrot – Gippokrat (mil. av. 460–375)–mashhur yunon hakimi, ilmiy tibbiyotning asoschilaridan biri. Uning «Kitob al-fusun» («Aforizmlar») nomli kitobi juda mashhur. «Gippokrat qasamyodi» – shifokor burchi va xulq-atvorining qisqacha ta’rifi shu olim qalamiga mansub deb hisoblanadi. Bu yerda Navoiy Suqrot hakimni bilimdon, donishmandlikda zamonasining Buqroti desa boʻladi, – deya ta’riflamoqda.

XX

Bu bob sorlavhasida Farhodning Yunon mamlakatiga borishga azm etgani, Xoqon Mulkoro bilan kengashib, Farhodni olib Yunonga qoʻshin tortmoqqa qaror qilgani bayon etiladi.

1. Baytning mazmuni: Bugun shoh (ya’ni Xoqon) zamonning eng aqlli kishisidir, uning porloq koʻngli davlat mash’alidir.

2. Dastur – bu oʻrinda «vazir», ma’nosida ishlatilgan.

3. Baytning mazmuni: qoʻshin toʻplakadigan vaqtni va joyni tayin qilib, tavochi har garafga bu haqda jar soldirdi.

XXI

Bu sarlavhada Farhodning maqsadlariga yoʻl topish uchun Xoqonning Yunonga qoʻshin surgani va u yerda mamlakat donishmandlari bilan birgalikda Suhaylo hakim gʻoriga va barchalari Suqrot gʻoriga yetishganlarini ma’lum qiladi.

1. Suhaylo – bu ism Suhayl nomli yorugʻ yulduz nomidan olingan (ast. Konopus). Oʻrta asr munajjimlari bu yulduz yaxshi ta’sir koʻrsatadi, deb biladilar. Bu yerda Yunondagi mashhur donishmand hakimning nomi. U ham Suqrot kabi gʻorda yashaydi.

2. Jomosp – qadimgi Eronning afsonaviy donishmandi va munajjimi. Uni Luqmonning shogirdi deb biladilar. Kelajak voqealaridan xabar qiluvchi «Jomospnoma» nomli kitobni shu donishmandga nnsbat- beradilar. Navoiy Suqrot gʻoriga ketayotganlarga Suhaylo «Jomosp»dan Farhodga yulduzi baland degan xushxabar yetkazganini bayon qiladi.

3. Baytning mazmuni: maqsadim mamlakatlarni fath etish emas, balki tahlikali joylarni yengish edi.

4. Baytning mazmuni: abadiy saodat hamrohlik qilib Atorid yoniga oy bilan quyosh keldilar. Bu yerda Navoiy istiora san’atini ishlatadi. U Suhaylo hakimni Atorid, Farhodni oy, Xoqonni esa quyosh deb atamoqda.

5. Bu va keyingi baytlarda Suhaylo tilidan – Jomospning oʻlimidan keyin hakimlar uning aytganlarini yozib qoldirishlaridan menga ayonki, ming yildan soʻng Chindan Yunonga bir Farhod degan yigit keladi. U ancha qiyinchiliklardan soʻng Iskandar tilsimini ochadi. Ammo ungacha Farhod ajdarni oʻldirishi kerak, shunda bebaho xazina chiqadi. Soʻngra devni (ya’ni Ahramanni) qatl etishi kerak, buni bajarganda Sulaymon paygʻambarning uzugini qoʻlga kpritadi. Tilsimni ochganida Jamshid jomiga ega boʻladi. Bularnn Farhod Xoqonga bagʻishlasin, unga esa Suqrotni koʻrishi va Iskandar oynasi kifoyadir, – deydi.

6. Sulaymon hotami – Sulaymon – Tavrot boʻyicha Solomon podshoh, islomda Sulaymon paygʻambar. Diniy rivoyatlarga qaraganda, unga xudoning muqaddas, yashirin va sirli ismi ma’lum boʻlgan va bu soʻz (ismi a’zam) uning hotamiga – uzugiga naqshlangan – oʻyib yozilgan ekan. Bu uzuk vositasida Sulaymon faqat odamlarga emas, balki hayvonlar, hasharotlar, insu jinslarga ham oʻz hukmini oʻtkaza olar ekan. Sharq adabiyotida uning Sabo (Navoiyda Saibo) diyori malikasi Bilqis bilan oshiq-ma’shuqligi hamda sehrli uzugi qalamga olinadi. Navoiy oʻzining «Tarixi anbiyo va hukamo” asarida Sulaymon haqidagi rivoyatlarga keng oʻrin ajratadi (q. Alisher Navoiy. Asarlar. 15-tom, 224–231-betlar).

7. Samandar – mayda bir jonivor. Afsonalarga koʻra, u olovda tugʻilib, olov ichida yashar emish. Bu yerda Suhaylo hakim Farhodga ajdar bilan olishuv paytida oʻt-olovdan saqlanish uchun bir idishda samandar yogʻini beradi. Undan badan va qoʻllarga surkalsa, oʻt ta’sir qilmasligi bayon etilgan.

8. Bu va keyingn 5 baytning mazmuni: tilsimni qanday ochish haqidagi barcha aziz chin soʻzlar bir kumush taxta ustiga yozilgan boʻlib, u dev boʻyniga osigʻlik turadi. Undagi tilsimdan Jamshid jomini topasan. Jom atrofidagi Iskandari Rumiy naqshlab ketgan yozuvlarni oʻqisang Suqrot hakim haqidagi ma’lumotlarni bilib olasan.

9. Baytning mazmuni: Unga (ya’ni Farhodga) bu xil ishlarni tushuntirgach, Suhaylo jonini Tangriga topshirdi.

XXII

Bu bob sarlavhasidan Farhodning ajdaho vodiysiga borgani, uni tor-mor qilib, ajdaho gʻoridan Afridun xazinasini topgani va barcha boylikni otasi va qoʻshiniga sovgʻa qilgann ma’lum boʻladi.

1. Bu va keyingi bayt mazmuni: Qaraganda uning (ya’ni ajdahoning) ikki koʻzi xuddi neftning oʻtli bulogʻidek edi. Burun teshiklari vahshat tandiriga, balki neft' moʻrisiga oʻxshardi. Shoir bu yerda mubolagʻa san’atini qoʻllab, ajdahoning dahshatli qiyofasini tasvirlamoqda.

2. Bu va keyingi bayt mazmuni: Farhod chaqqonlik bilan osmon kamalagidek yoyiga nayzadek oʻtkir oʻqni joyladi va ajdar ogʻziga shunday otdiki, hatto gurdi anjum – yulduzlar pahlavoni Mirrix hayratlanib uning qoʻlini oʻpdi.

3. Bu va keyikgi ikki bayg mazmuni: bu gʻor osmon kabi yumaloq, agar uning markaz nuqtasini aniq topa olsang, u yerda qora tosh koʻmilgan, toshning vazni ming botmondan ogʻirdir. Qiliching uchi bilan atrofini ochib, qoʻllaring bilan uni oʻrnidan qoʻzgʻat.

4. Zulfiqor – hazrat Alining ikki damli, gʻoyat keskir afsonaviy qilichi. Shoir bu yerda Farhodning ajdaho gʻori ichida topgan xazinasidagi bir qilichni Zulfiqorga oʻxshatmoqda.

5. Bayt mazmuni: uning (ya’ni qilichning) yonida qubbasi falak quyoshidek porloq boʻlgan bir qalqon bor edi.

Keyingn baytlarda shoir qalqon qubbasida Sulaymon oʻz uzugidagi kabi ismi a’zam oʻydirgani, qilichda ham bir ism yozilgan boʻlib, qilichning oʻtkirligi oʻshandan ekanligi va qilich gunohsizlarga zarba yetkazmasligi, yomonlarni, yovuzlarni esa ayovsiz ikkiga boʻlib tashlashi haqida fikr yuritadi.

XXIII

Bu bob sarlavhasi Farhodning Ahraman nomli dev yashaydigan oʻrmonga ot surgani va uni oʻldirib, Sulaymon uzugini qoʻlga kiritganidan darak beradi.

1. Rustam – Firdavsiy «Shohnoma”sidagi bosh qahramonlardan. U Zolning oʻgʻlidir. Rustamning dunyoga kelishi va unga ism qoʻyilishi haqida Firdavsiy shunday hikoya qiladi: Zolning xotini Rudoba ogʻir homila koʻtaradi. Oy-kuni yaqinlashganida dard boshlanishi bilan hushidan ketadi. Sarosimaga tushgan Zol afsonaviy qush Simurgʻ vositasida jarroh topib keladi. Jarroh onaning yonini kesib, bolani oladi. Hushiga kelgan Rudoba farzandini koʻrib xursand boʻladi va oh tortib (ya’ni azobu dardlardan xalos boʻldim ma’nosida) «Rustam” – deydi. Onaning ogʻzidan birinchi chiqqan ana shu soʻzni bolaga ism qilib qoʻyadilar. Oʻzining bahodirligi, adolatparvarligi va toʻgʻriligi bilan Sharq adabiyotida an’anaviy obrazga hamda mardlik ramziga aylanib ketgan. Bu yerda Navoiy Farhodning Ahramanni oʻldirganini Rustamning Mozandaronda Arjang devni tor-mor qilganiga oʻxshatmoqda (Bu haqda qarang: Firdavsiy. Shohnoma. 1 kitob. Oltinchi sarguzasht, Sh. Shomuhamedov tarjimasi, 353– 357-b.).

2. Mozandaron – Erondagi tarixiy viloyat. IX–XII asrlar manbalarida Tabariston nomi bilan yuritilgan.

3. Baytning mazmuni: Rustamdek qasr tomon yurdi. Eshikda raxshini mahkam bogʻladi. Baytdagi raxsh soʻzi Rustamning afsonaviy otining nomiga ishora boʻlib, bu yerda shoir istiora san’atidan istifoda etadi.

4. Bu baytda Navoiy Ahramanni oʻldirgach, uning qasriga kirib borishi, qasr ichida toza, hali inson bolasi koʻrmagan bir uyga yuzlanishi haqida yozib, gʻoyat goʻzal tashbih ishlatadi – uyning orasta, tozaligini ginasiz odamlarning koʻngliga oʻxshatadi.

Keyingi baytlarda Navoiy uyda Farhodning yoqutdan ishlangan qandil koʻrganini, uning ichiga yashirilgan Sulaymon uzugini topganini va qandilga «kimgaki bu uzuk muyassar boʻlsa, unda yozilgan ismni oʻqiganida gʻoyibdan ovoz kelib Iskandar tilsimi sirlaridan xabardor etadi», – deb hikoya qiladi.

5. Bu baytda Navoiy tashbih san’atini ishlatib qandil shu’lasini Mushtariyga, yorugʻini esa sham’i xovariy – sharq sham’i, ya’ni quyoshga oʻxshatadi.

6. Bu va keyingi baytning mazmuni: osmon Rustami quyosh qilichini koʻtardi va zamon Oq devining boʻyniga soldi. Uni mushkul holga solib, halok etdi, devning ohi – faryodi esa jahonni qorongʻi qildi. Shoir bu baytda: xudo quyoshning nurlari bilan kunduzni tugatdi, gʻira-shira tushdi va hamma yoqni tunga choʻktirdi, degan oddiy fikrni istiora san’ati vositasida juda obrazli qilib bildiradi.

XXIV

Bu bob sarlavhasi Farhodniig Suqrot togʻi tilsimini ochishga otlangani, bir buloq boshida Xizr bilan uchrashgani va uning ta’limi natijasida dunyoni koʻrsatadigan jomni qoʻlga kiritgani haqida ma’lumot beradi.

1. Bu va keyingi ikki baytning mazmuni: (Farhodning) qarshisida osmondek keng koʻkalamzor koʻrindi, uning oʻrtasida quyosh yangligʻ buloq obi hayot chiqarib turar, bu suvning har qatrasi jondek (yoqimli) edi. Qirgʻogʻida koʻk bilan teng bir daraxt bor edt. (Buloq) suvinn tiriklik suvi, (daraxtni) Xizr paygʻambar desa boʻlar edi. Shoir bu yerda Xizrning obi hayvon – tiriklik suvi topgani haqidagi rivoyatga ishora qiladi.

2. Navoiy xalq kitoblari, sarguzasht adabiyot an’anasiga koʻra Xizr tilidan Farhodga tilsimni ochish uchun qayerga, qanday qilib necha ming qadam yoʻl bosish, yoʻlda nimalarni yengnb oʻtish lozimligini bayon etib kelib, bu baytdan boshlab temir jismli paykar – haykalni tasvirlaydi. Navoiy yozadi: u odamga juda ham oʻxshar, qoʻlida oʻtkir oʻq tortilgan temir yoyni ushlab turar edi. Boshidan oyoq sovutga oʻralgan bu temir odam ich-ichidan yonib turardi.

Koʻrinadiki, qanchalik hayratlanarli boʻlmasin XV asr Navoiysi hozirgi davr tushunchasidagi robot tasvirini yaratgan.

3. Bu va keyingi baytning mazmuni: eshik ochilgan zamoniyoq, sado oʻchdi (Farhod koʻrgan darvozasinn ochish uchun Xizr oʻrgatganidek belgilangan bir toshni qattiq tepganida baland sado chiqqan edi) haligi sovutli haykal yoyiga oʻq tortib chiqib kela boshladi. Buning ustiga yana yuzta sovut kiygan (haykallar) oʻq otmoqqa tayyor edi.

4. Shid – xurshed, quyosh demakdir.

5. Bu va keyingi toʻrt baytning mazmuni: (Farhod) eshik ochib-ichkariga qadam qoʻygan edi, uyning toqida porlab turgan bir jom koʻrindi. Yorqinlikda quyoshdek, balki Jamshid jomidek edi. U goʻyo jahon ichidagi quyoshdek porlab, jahonni oʻzida aks ettirib turgan koʻzgu edi. Unda sirli hayot va dunyoning holati ravshan koʻrinib turardi. Tashqari tomonida yerning markazi, ichida esa toʻqqiz falak aylanasi jilva etardi.

Navoiy tasvirlagan bu «Jomi Jam”ning tasviri ba’zi belgilari bilan «ma’lum darajada oʻsha globus va kartalarni eslatadi» (Hayitmetov A. Tabarruk izlar izidan. 63-bet).

XXV

Bu bob sarlavhasida Farhodning Xoqon va Mulkoro bilan birga Suqrot hakim bilan uchrashganlari va uni topishda jahonni koʻrsatuvchi jomidan foydalanganlari ma’lum qilinadi.

1. “Koniyan minkon” – arabcha: kon boyligi kondan, degan ma’noni bildradi.

2. Sayrafiy – arabcha: «sarrof» soʻzidan, zarshunos, qimmatbaho toshlarni baholovchi.

3. Bu va keyingi baytda, tongni Suqrotga, nur uning jamoliga, quyosh usturlobga, osmon qogʻoz varagʻiga oʻxshatilib, shu bobning oʻziga muvofiq va boshqa boblardagidan tamoman farq qiladigan tong tasvirini beradi (Rustamov A. Navoiyning badiiy mahorati. 131).

4. Bu va keyiigi baytlarda Navoiy Suqrot yashaydigan joyning manzarasini beradi. U gʻoyat quyuq boʻyoqlarda obrazli qilib juda baland mahobatli, oʻrkachli togʻ, unda oʻsib yotgan ulkan daraxtlar, togʻ choʻqqilaridagi qorlaru, uning bagʻrida yurgan hayvonlar, chashmalaru gʻorlar, daryolarni ta’riflaydi. Bu shoirning peyzaj tasviridagi romantik uslubiga yorqin misoldir.

5. Sidra – sttinchi osmondagi afsonaviy daraxt.

6. Paygʻora – gʻor.

7. Usturlab (astrolyabiya) – Sharq astronomiyasida quyosh va yulduzlarning yuksakligini oʻlchaydigan asbob. Bu yerda shoir Suqrot gʻoridagi oʻrgimchaklarni shu asbobga oʻxshatmoqda.

8. Bu va keyingi baytlardan ma’lum boʻlishicha, Suqrot Xoqonga ikki javhar inoyat qiladi: biri – uning umri uzun boʻliishi, koʻp oʻlkalarni fath etishi, behad boyliklarga ega boʻlishi haqidagi bashorat; ikkinchisi – bir muhra (soqqaga oʻxshagan narsa) boʻlib, xastalik yuzlanganda ogʻizga olib aylantirgach, suvini yutilsa, dard chekinadi, kuch-quvvat paydo boʻladi, odam yasharib ketadi.

9. Bu bayt mazmunida Suqrot Mulkoroga: – oldingizda bir xatar bor, u anosirning (arabcha: toʻrt unsur boʻlib, suv, oʻt, shamol va tuproq) ikkitasi – shamol va suv tufayli yuz beradi, deyiladi.

10. Nuh – diniy aqidalarga koʻra, juda uzoq umr koʻrgan paygʻambar, uni ba’zi manbalarda Odami Soniy (ya’ni ikkinchi Odam Ato) ham deyiladi. Rivoyatlarda keltirilishicha, Nuh davrida 40 kecha va 40 kunduz sel yogʻadi va butun dunyoni tutib ketadi. Shunda u oʻz yaqinlarini, tarafdorlarini va har hayvondan bir juftdan kemaga solib oladi. Dunyo suvga gʻarq boʻladi, yolgʻiz Nuh kemasi omon qoladi. Toshqin chekilganda Nuh kemasi Ararat togʻining bir choʻqqisida qoladi. Goʻyo Nuhning oʻgʻillari dunyodagi asosiy qabilalarni yaratgan emishlar. Shoir bu oʻrinda Suqrot tilidan Farhodga qarata garchi hayoting Nuh umricha boʻlsa ham oʻlim barhaq, deydi.

11. Majoziy ishq – zohiriy insoniy ishq.

12. Haqiqiy ishq – tasavvufda Xudoga boʻlgan muhabbat nazarda tutiladi.

13. Baytning mazmuni: Farhod undan ayrilib faryod chekdi, u esa Sulayho kabi uzun yoʻlga tushdi. Ya’ni Suqrot ham Suhaylodek hayotdan koʻz yumdi.

14. Bu misra ikki ma’noni anglatadi: birinchisi – quyoshdek porloq Suqrot dafn etildi; ikkinchisi – quyosh botdi, kun qaytdi.

15. Luqmon – ba’zi tarixiy manbalarda paygʻambarlar, ba’zilarida esa hakimlar sirasida keltiriladi. Rivoyatlarga qaraganda, rangi qora xabash boʻlgan. U kimningdir quli boʻlib, ozod boʻlishi haqida bir qancha rivoyatlar bor ekan. Jumladan, Luqmonning xojasi – qoʻy soʻyib yaxshiroq a’zosini pishirib kel deb buyuribdi. Luqmon qoʻyning yurak va tilini keltiribdi. Boshqa safar xojasi – qoʻy soʻyib yomonroq a’zosini pishirib kel, – debdi. Luqmon yana yurak va tilni keltiribdi. Xoja buning ma’nosini soʻraganda Luqmon debdi: koʻngul noloyiq fe’l-atvordan, til keraksiz soʻzlardan beri boʻlsa ulardan yaxshiroq a’zo yoʻqdir, agar boʻlmasa, ulardan yomonrogʻi yoʻqdir. Luqmon hikmatlaridan 4000 tasi yigʻilgan ekan. Shundan ikkitasini doim yodda saqlab ikkitasini unutish kerak emish. Chunki avvalgi ikkisi – oʻzi qilgan yaxshiliklar, keyingi ikkitasi boshqalar qilgan yomonliklar haqida emish. Qadimgi manbalar Luqmon bilan bogʻliq ba’zi rivoyatlarni mil. av. VI asrda yashagan yunon masalchisi Ezopga nisbat beradilar.

Shoir bu yerda Luqmonning xabashligiga ishora qilib, majoz yaratadi va tun qorongʻiligi haqida fikr yuritadi.

XXVI

Bu bob sarlavhasida Farhodning oʻz mamlakatiga qaytgani va oynada Arman vodiysi va Shirin jamolini koʻrib hushidan ketgani bayon etiladi.

1. Bu baytda shoir ot ustidagi goʻzal Shirin xatti-harakatini shatranj donalari (shaxmat) va ularning yurishlariga oʻxshatib goʻzal obraz yaratadi: U goʻyo quyosh bilan shatranj oʻynayotgandek ruh va ot bilan yurib, uni – quyoshni har soatda yuz marta mot qilar edi.

2. Bahrom – dostonda vazir Mulkoroning oʻgʻli, Farhodning emikdoshi va yaqin sirdosh doʻsti.

3. Bu va keyingi ikki bayt mazmuni: (qayta hushiga kelgan Farhod yana koʻzguga qarasa) uning yuzi avvalgidek qorongʻi edi. Uni yasagan donishmand shunday tilsim ishlatgan ediki, koʻzguga qaragan odam qanday shakl koʻrsa, keyin boshqa koʻrinmas, tilsimi buzilib qolar edi.

4. Bu va keyingi bayt mazmuni: (Farhod) hamma narsani oʻylab koʻrgach, aql qonuni bilak ishga kirishmoqcha boʻldi; lekin u bilmadiki, ishq bedodlik qilsa, yuzlab aql va bilimning qonun-qoidalari barbod boʻlib ketadi.

XXVII

Bu bob sarlavhasida Farhodning ishq oʻtinn yashira olmagani, rangi sargʻayib ketganidan hakimlar dengiz sayohatini maslahat koʻrganlari bayon etiladi.

1. Baytning mazmuni: har qanday odam koʻrsa, ma’lum qilar ediki, bu xoro – toshni, oʻt – olov mum qilib yuboribdi. Shoir bu yerda istiora san’atini ishlatgan, «xoro» soʻzidan Farhod koʻzda tutiladi.

2. Bu va keyingi bayt mazmuni: (Farhodga) shunday holatlar yuz bergan ekan (ya’ni uning rangi sargʻaygani, harorati koʻtarilgani va h. k.), ular dimogʻining yubsi’a – qurishiga sabab boʻlgan. Endi mizojini harorat va qurishlik zabt etibdimi, uning iloji dengiz (ya’ni teskari, zid – dimogʻni yumshatish, haroratni tushirish) – muolajadir.

3. Shar’iy – uzunlik oʻlchovi, bir shar’iy – 2–3 km.

Bu va keyingi bayt mazmuni: (Farhod dengiz sayohati taklifini eshitgach) dengizdek qalbi joʻshib ketdi, ogʻzi kema ogʻzidek ochildi, lekin soʻzsiz edi. Xayoli dengiz mavjlariga zanjirdek ulanib, ularga yana yuz ming xayollar ulandi.

XXVIII

Bu bob sarlavhasida Xoqon va Farhodning katta kemaga tushib, dengizda suzishlari, qattiq shamol koʻtarilib kemani choʻktirib yuborgani, Xoqon va Mulkoroni toʻlqinlar Chinga tashlagani, Farhodning esa dengizda bir taxta ustida qolib ketgani bayon etiladi.

1. “Va izal-bihoru fujjirat” – arabcha, (agar) dengizlar toʻlib-toshsa ma’nosida.

2. «Va izal – jibolu suyyirat» – arabcha, (agar) togʻlar siljisa ma’nosida.

3. Baytning mazmuni: (Kemalarning) uchi osmondagi Hut (baliq) va Savr (hoʻkiz) sanchigudek, tubi ham yer ostidagn hoʻkiz va baligʻni yanchigudek edi. Shoir bu yerda ilmi nujumga koʻra Hut (Baliq) va Savr (Hoʻkiz) deb ataluvchi quyosh burjlariga hamda qadimgi diniy e’tiqodga binoan yer goʻyo katta hoʻkizning, hoʻkiz esa baliqning ustida turadi, degan aqidaga ishora qilmoqda. Kemaning uchi va tubini baland va chuqurligini bu xilda ta’riflash she’riyatidagi «gʻuluv» san’atiga yaqqol misoldir.

4. Jirmi xok – yer kurrasi. Shoir dengizdagi kemalar va odamlarni qorasi yer kurrasidek tuyilardi, deydi.

5. Dalv – ilmi nujumda oʻn ikki burjdan oʻn birinchisi. Bu yerda shoir dengizdagi baliqlarning suv ichishini osmondagi Hutning falak burjidan suv ichganiga oʻxshatadi.

6. Baytning mazmuni: suvning mavji goʻyo simdan toʻqilgan sovutu uni (baliq) omburdek ogʻzida tutib ketayotgandek edi.

7. Baytning mazmuni: qorongʻilik tushdi, dengizning ham dahshatli toʻlqinlari mayda mavjlarga aylandi. Shoir bu oddiy fikrni shunday oʻxshatishlarda beradi: Tun qora poʻstini (kish) ostida oq rangli mayin moʻyna poʻstin kiygan (qoqum) kunni-yashirganida, dolgʻalar (talotum)ni dengiz silovsin (sinjob), (ya’ni mayin moʻyi oʻsiq olmaxon) qildi qoʻydi. Baytdagi «kish»,_ «qoqum», «sinjob» soʻzlari «istiora» san’atiga binoan «qora poʻstin», «oq moʻyna poʻstin», «mayin» («mayda») soʻzlari oʻrnida-ishlatilgan.

8. Shoir bu ikki misrada «mohiyat» va «kamohi» soʻzlarida soʻz oʻyini qilgan. Mohiyat arabchada «haqiqat» ma’nosida kelganidek, tojikcha baliq ma’nosida boʻlgan «mohi» soʻziga nisbat berilganda. ««baliqligʻi» ma’nosini ifoda qiladi, shuningdek: «kamohi» soʻzi arabchada «oʻzicha» va «tagi tubigacha» demak boʻlganiday, arabcha oʻxshatish harfi «k» bilan tojikcha baliq ma’nosida boʻlgan «mohi»dan qoʻshma soʻz qilib olganda ham «baliqday» degan ma’noni beradi. Shoir mana shu ikki soʻzni, shu ikkala ma’noda ishlatgan va har ikkala ma’noda she’rning mazmuni toʻla chiqqan» (izoh S. Ayniyniki. Q. Alisher Navoiy. Xamsa, Toshkent, 1941, 111-bet).

9. Shoir bu misrada Suqrotning yel va suv xatari haqida aytganlariga ishora qilmoqda.

XXIX

Bu bob sarlavhasida Farhodning taxta ustida Yaman mamlakati tomon suzib borib, savdogarlar kemasidagilarni xalos qilgani, kema qaroqchilar hujumiga uchragani, Farhod ularni yenggani va Shopur bilan doʻstlashgani bayon etiladi.

1. Yaman – Arabiston yarim orolining janubidagi mamlakat.

2. Shopur – Nizomiyda bu obraz Xusravning qissaxoni, Shirin bilan Xusrav munosabatlarida vositachi, koʻmakchi sifatida talqin qilingan. Xusrav Dehlaviyda ham Shopur Xusrav bilan birga yuruvchi, unga turli ajoyib-gʻaroyibotlar hikoya qilib yupatib yuruvchi shaxs. Xusravga Shirinning rasmini koʻrsatib, Armaniya oʻlkasiga birga ketgan ham Shopurdir. Navoiyda esa Shopur Farhod bilan tasodifan uchrashib sodiq doʻstiga aylanib qolgan, mohir naqqosh va insonparvar shaxs sifatida talqin etiladi.

3. Toyif– Hijozdagi bir shahar nomi.

4. Qorurai naft– neft' solingan shisha idish.

5. Furza– arabcha: koʻrfaz, qoʻltiq.

6. Yaman oʻzining tabiiy boyligi aqiq (qimmatbaho qizgʻish tosh, haqiq ham deyiladi) bilan mashhur boʻlgan. Shoir bu baytda Yamanda dengiz qaroqchilaridan qutulganlari sharafiga savdogarlar uyushtirgan bir bazmda shu qadar toza may (mayi nob)lar tortildiki, Yamanda hatto aqiqlar ham bunchalik serob emas, demoqchi boʻladi.

7. Na’li bozguna urdi – maqol tarzidagi ibora boʻlib, aynan: na’l (taqa shaklidagi tamgʻa)ni teskari qoqmoq; maj. chalgʻitish, alahsitish demakdir. Shoir el qatori oʻz kori holi bilan mashgʻul yurgan Farhodning ishini taqdir teskarilab, chappalashtirib yubordi, deydi.

XXX

Bu bob sarlavhasi Farhodning Shopur rahnamoligida Yamandan Arman mamlakatiga joʻnagani, Armaniyada togʻ qaziyotganlarning ogʻir mehnatini koʻrib, ularga koʻmaklashib ishga tushib ketgani va bu haqda Mehinbonu va Shiringa xabar yetgachi haqida darak beriladi.

1. Bu va avvalgi bayt mazmuni: lekin tosh shu qadar qattiq ediki, yuz marta tesha urilsa ham foydasiz, bir noʻxatchalik, noʻxat u yoqda tursin, koʻknori urugʻichalik ham tosh uchmas, kesilmas edi.

2. Qori – uzunlik oʻlchovi, quloch.

3. Ruhul-amin – arabcha: ishonch ruhi. Shoir bu yerda togʻ qazuvchilarning Farhodga unda oliy sifatlar koʻrib murojaat qilishlarini ta’riflaydi. Bu va keyingi baytda shoir qator sifatlash san’atini ishlatadi: (she’r ilmida buni «sifatchini» deb ataladi) ruh ul-amindek pok gavhar, malak, oliy guhar va h. k.

4. Hisn – kadimgi yahudiylar yashagan Madinaga yaqin qishloqning nomi. Bu soʻz asosan panohgoh qoʻrgʻon, istehkom, qal’a ma’nosida ishlatiladi. Shoir bu yerda Mehinbonu saroyini koʻzda tutmoqda.

5. Ba’zn tadqiqotchilar Mehinbonu Shirining ammasi, deb yozadilar. Bu baytda u Shiringa xola (xoharzoda – opa yoki singilning farzandi) ekanligi aniq aytiladi.

6. Ayn ul-hayot – ayn. hayot bulogʻi. Bu yerda shoir ta’rificha, Shirin kelib, koʻngil ochib ketadigan buloqning nomi.

7. Yigoch– yogʻoch, bu yerda uzunlik oʻlchovi ma’nosida boʻlib, bir yigʻoch – taxminan sakkiz km.dan ortiqroq.

8. Baytning mazmuni: mashaqqat zoʻrligadan yigitlarni koʻrganlar chol (qori–qari), deydi, lekin qazilgan yer esa ikki-uch yuz quloch (qori) keladi. Shoir bu yerda «tajnis san’atidan istifoda etadi.

9. Baytning keyingi misrasida shoir foydasiz va imkonsiz ish uchun urinishning behudaligi haqida soʻz yuritadi. U «Ohani sard kuftan» (sovuq temirni oʻyish) degan xalq maqolidan foydalanib, «irsoli masal» san’atini ishlatadi.

10. Baytning mazmuni: temirchidan dam bilan koʻra oldi, beliga charm partugʻ (tanura) bogʻladi.

11. Bu va avvalgi bayt mazmuni: togʻ kamarini qazish uchun kerak boʻlgan bir necha gurzi va bir necha asbob charxlaydigan tosh (sunboda) tayyorladi. Ularning barchasiga Qorandan yashirincha oʻrganib olganidek, yaxshilab suv berdi.

12. Baytning mazmuni: u qoʻlining zarbi bilan tesha urganda, ovozi (orig. farrasti) oʻn yogʻoch masofaga yetar edi. Shoir bu yerda «gʻuluv» san’atini qoʻllagan.

13. Bu va keyingi bayt mazmuni: togʻ qazuvchilar ham, bu ishlarni boshqaruvchilar (orig. kor farmov) ham Mehinbonu qoshiga borib, koʻrmagan odamning bu ishlarga aqli inonmaydi deya xa bar qilmoqchi boʻldilar.

XXXI

Bob sarlavhasida Farhodning togʻni pora-pora qilayotgan teshasi ovozini eshitgan Shirinning uning qoshiga kelishi, Farhod Shirinni koʻrishi bilan hushidan ketgani, Shopurning bundan behad kuyib yongani va Farhodni saronga olib ketishgani bayon etiladi.

1. Havvo – diniy rivoyatlarga koʻra, insoniyatning onasi – Momo Havo. Shoir bu yerda Mehinbonuga Havoga oʻxshatadi. Uning Shirin xonasiga kelishini Momo Havoning jannatda makon tutganiga nisbat beradi.

2. Janibat – podshohlar biror yerga dabdaba bilan chiqqanda ehtiyot uchun birga olib yuriladigan ot. Bu yerda shoir umuman ot surishni, otda borishlikni koʻzda tutmoqda.

3. Baytning mazmuni: arigʻni qazish uchun yuz ganj sarflagan edim, suvi kelmasdan burun qoʻl yuvib edim. Shoir bu yerda «istiora» san’atini ishlatib, «qoʻl yuvmoq»ni «voz kechmoq», «qoʻl tortmoq» ma’nosida keltiradi. Ayni choqda shoir suvi yoʻq ariqdan qoʻl yuvish tushunchasi bilan esa «mumtane’» san’atini vujudga keltiradi.

4. Bu baytda shoir Shirinni – parivash, uning otini devpaykar – dev gavdali deb ta’riflaydi. Bu ot unga Shirin mingach, parikash – parini olib boruvchi boʻldi, deydi, Natijada baytning ikki misrasida shoir «talozum» san’atini yaratadi.

5. Gulgun – Shirin otining nomi. Bu baytda shoir «ot» soʻzini ikki ma’noda (nom va ot) ishlatib, «ihom» san’atini qoʻllaydi. Ot soʻzining har ikkala ma’nosi ham bayt mazmunini yaxshi ochishga xizmat qiladi.

6. Bu bayt mazmuni: jahon bogʻida uningdek (ya’ni Gulgun dek) tez yurar ot yoʻq edi. U gulbargini eltuvchi sabodek yelar edi. Shoir bu yerda Shirinnn gulbargga, otini esa saboga oʻxshatib, «tashbih» san’atinnng ajoyib namunasini yaratadi.

7. Xing – boʻz ot. Xingi bodpoy – yeldek tezyurar ot. Shoir Shirinning oti Gulgunni nazarda tutmoqda.

8. Shu yerdan boshlab, 44 baytda Navoiy Shirinning goʻzalligini ta’riflaydi. Bunda shoir turli badiiy vositalardan gʻoyat keng foydalanadi. Bu she’riy parcha shoirning portret yaratish

mahoratiga yorqin dalildir.

9. Tung – idish ma’nosini bildiradi. Bu yerda shoir Sharqda mashhur boʻlgan Hindiston novvoti solingan shakkar idish deb

Shirinning ogʻzini ta’riflamoqda.

10. Zod – ozod soʻzining qisqartirilgani. Shoir bu yerda Farhodni ta’riflab, uni bu barno yigitgina emas, taqdir xazon boʻlish alamini ravo koʻrgan boʻstondagi ozod sarvdir, deydi.

XXXII

Bu bob sarlavhasida Farhod hushiga kelgach, toqqa chiqib ariq qazish ishlarini davom ettirgani, Shirin koʻnglida Farhodga nisbatan ishq paydo boʻlgani ifodalanadi.

1. Baytning mazmuni: Farosat bilan Farhod bildikim, dil bezatuvchi (ya’ni, Shirin)ning mehri uning holiga qarab ish tutibdi.

2. Bu va keyingi 4 baytning mazmuni: (Farhod) toshga metin urganida falak toqiga qiyomat solgandek boʻlardi. Uning yoniq nafasi va metini koʻtargan gard zangori osmonni koʻzdan yashirib yuborardi. Gard va dudgina emas, balki dard va anduhning qora buluti togʻ-togʻ boʻlib Arman atrofini tutib ketgan edi. Uni qora bulut ham demay, bahor buluti deb, yogʻin bilan koʻtarilgan doʻl tosh boʻroni desak ham boʻladi. Toshga urilayotgan metinning yaltirashi bamisoli chaqmoq edi. Shoir Farhodning togʻda arigʻ qazish mehnati tasvirini tashbih va mubolagʻa san’atlari vositasida beradi.

3. Xorokan – tosh yoʻnuvchi – bu yerda Farhod koʻzda tutiladi.

4. Kamingoh – xilvat joy; bayt mazmunicha, Shirin bir xilvat joy topib Farhodni yashirincha koʻrgisi keladi.

XXXIII

Bu bob sarlavhasida Farhodning ariq qazib, qasr bunyod etgani, «Bahr un-najot» hovuzini kovlab, atrofida bogʻ barpo qilgani va bularni koʻrgani Mehinbonu va Shirinlarni kelgani bayon etiladi.

1. «Bahr un-najot» – aynan: najot dengizi. Shirin uchun Farhod qazigan katta hovuzning nomi.

2. Sarvi gulandom – aynan: gul yuzli sarv. Shirin koʻzda tutiladi.

3. Bu va avvalgi bir baytning mazmunn: muhandislik qilib u avval ariqning ikki yoniga ikki chiziq tortdi, uni qirgʻoqdan qirgʻoqqa uch quloch, chuqurligini esa ikki quloch (qilib rejaladi).

4. Baytning mazmuni: (Farhod) arigʻni gʻadir-budir joylarini tekislashda teshasining tosh taroshlash san’atini namoyish qilardi.

5. Baytning mazmuni: (Farhod) ikki tomondan toshlarni bir-biriga ulab, uning farshnnn (yotqizilishini) dandonaga oʻxshatib, kungurali terib borar edi.

6. Bu va avvalgi ikki baytning mazmuni: lekin (Farhod) toliqish va xoriqishga berilmay, toshni taxta-taxta qilib tekis yoʻnib, haligi reja tortilgan chiziqdan, qoidadan chiqmay (ishlar edi), u yoʻnilgan toshlarnn ildam olar, taxta-taxta qilib tayyorlanganlarini toʻshab, mahkamlab borar edi.

7. Bu va avvalgi bayt mazmuni: (Farhodning) toshni maydalaydigan metinidan sachragan toshlar oygacha yetardi. Bu uchar toshlardan oy atrofidagi gardishi qalqondek boʻlgan edi.

8. Baytning mazmuni: ariq oʻtkazish ishiga kirishgan (Farhod) yuz Bobil sehrini namoyish etdi. Bu yerda shoir Bobil – Yupiter sayyorasi nomidan ihom san’ati vositasida uning boshqa ma’nosiga ishora qilib kuchli, zoʻr va nihoyatda chaqqonlik degan mazmunda ishlatadi.

9. Baytning mazmuni: tinmay tosh kesib, bir hovuz ham bunyod qildi, uning kenglik oʻlchovi har tomondan 60 qulochdan edi.

10. Bu va avvalgi bir baytning mazmuni: bu ishlarda unga Shopur yordam berar, uning mohir qalami har bir (rasmga) oroyish berar edi. Bu odamning rasmini chnzsa, u pardoz berar, bu jonivorni tasvir qilsa, u parqanotlar yasar edi.

11. Chin suratxonasi – mashhur afsonaviy rassom va naqqosh Moniyning «Arjang» nomli san’atkorona bezatilgan qasri, koshonasi (ba’zi manbalarda uni kitob ham deyiladi) koʻzda tutiladi.

XXXIV

Bu bob sarlavhasida «Bahr un-najot» hovuziga suv ochilgani, bu voqeani olqishlagan xalqning quvonchli shovqin-suroni, Shirinning oti yurmay qolganida Farhod ularni koʻtarib ariq va hovuz tepasiga eltgani hikoya qilinadi.

1. Bonu – Mehinbonu koʻzda tutiladi. Koʻpincha Navoiy Mehinbonuni shunday ataydi.

2. Xorokani poʻlod bozu – poʻlat bilakli togʻ qazuvchi. Shoir Farhodni nazarda tutmoqda.

3. Xorokub – togʻ qoʻporuvchi. Farhod koʻzda tutiladi.

4. Bu va keyingi uch baytda shoir ariq ochilishini koʻrgani Shirin ot ustida terlab-pishib yelib kelayotganini ta’riflab deydi: Shirin yuzidagi xol gulbarg ustiga qoʻngan zogʻga oʻxshar, terlar esa bogʻni suv bosgandek edi. Uni shunchaki suv emas, na Xizrga, na Iskandarga nasib etmagan tiriklik suvi desa boʻladi. Latiflikda terlar gul ustidagi shabnam kabi donadona boʻlib, sunbul ustiga har nafas ulardan yuztasi toʻkilib turar zdi. Sochining qorongʻiligida yuz ming Iskandar tutun ichida qolgan samandardek koʻzga ilinmas edi.

5. Baytdagi pari paykardan maqsad Shirin, devona esa, Farhod boʻlib, biri maqtovdan boʻlak soʻz topa olmaydi, ikkinchisi metin urib suv ochishlikka tutinadi.

6. Bu va keyingi baytda shoir istiora san’atini ishlatib, Shirin mingan otni nasim yel deb, uning suvoriysi – Shirinni kumush deb ta’riflaydi.

7. Shoir bu baytda ham istiora san’atini qoʻllaydi. Farhod Shirinnnng otini bodpo – yelqadam, oʻzinn dilrabo deb ataydi. Farhodning ularni yelkasiga koʻtarib, qasr va hovuz yoniga eltib qoʻyganini bayon etadi.

XXXV

Bu bob sarlavhasi Mehinbonu va Shirinning Farhod sharafiga ziyofat bazmi tuzganlari, oʻnta har sohada iqtidorli boʻlgan kanizak qizlarning xizmatda boʻlgani, Shirin qoʻlidan may ichgan Farhodning ishq tugʻyonidan hushdan ketishi bayon etiladi.

1. Advor – muzika ilmining bir sohasi: muzika nazariyasi; Sharq muzikasining eski nota usuli.

2. Mantiq – mantiq ilmi, logika.

3. Hay’at – Sharqda astronomiya fani.

4. Haqoyiq («haqiqat» soʻzining koʻpligi) ilmi – mavjudot haqiqatlari haqidagi ilm.

5. Balogʻat – adabiyot nazariyasiga oid boʻlib, badiiy soʻz san’atini, shoirlik mahorati sirlarini oʻrganuvchi ilm.

6. Hikmat– falsafa fani, ba’zi tadqiqotchilar fizika va tabiiyot ilmi deb ham hisoblaydilar.

7. Muammo – arabcha: berkitilgan, yashiringan; Sharq she’riyatida janr turlaridan biri. Muamno misra, bir yoki ikki baytdan iborat boʻlib, unda biror soʻz, koʻpincha atoqli ot harflari yashiringan yoki shunga ishora qilingan boʻladi. Uni maxsus qoidaga asosan ramz, imo, ishora, kinoya, oʻxshatish, ba’zi soʻzlarni boshqa tildagi sinonimini tanlash, teskari aylantirish yoki «abjad» hisobi va h. k. yoʻllar bilan topib olish, yechish kerak. Muammo aytish va uni yechishga bagʻishlab maxsus risolalar ham bitilgan. Ayniqsa XV asrda – Navoiy davrida muammo keng tarqalgan. Bu haqda, jumladan, Jomiy uchta, Navoiy bitta risola yozganlar.

8. Muammoda ot chiqarmoq – shoir «ot chiqorib» iborasini ikki ma’noda ishlatadi. Biri – mashhur boʻlmoq, dong taratmoq; ikkinchisi – muammoda yashiringan nomni chiqarish, muammoni yechish.

9. Baytning mazmuni: bu fanlardan ularning har biri bosh qasidan maqtovli, shu fanning yuzlab ustasidan bularning bittasi mohirroq edi. Navoiy bu va yuqoridagi besh baytda oʻz zamonasida ravnaq topgan fanlardan oʻntasida Mehinbonu saroyidagi oʻn kanizak dong taratganini madh etadi. Bundan anglashiladiki, shoir yaratgan har jihatdan mukammal Mehinbonu, Shirin, Layli, Dilorom kabi ayollar obrazlari qatorida fanda e’tibor qozongan komila va fozila boʻlgan Shirinning oʻnta nadimasi borligi davr adabiyotida ham katta yangilik edi.

10. Shoir bu baytda Mehinbonuning yana bir yuksak fazilatini ta’riflaydi: u ilmparvar, ilm ahliga boshchilik qilar edi. Soʻz asnosida Navoiy Mehinbonu donolik bilan Farhodning olimalar bilan suhbatiga, oʻzini tutishiga razm solib, uning oddiy toshyoʻnar yigit emasligini, balki bilim va zakovat egasi boʻlgan olnjanob shaxs ekanligini anglab olganini ta’kidlaydi.

11. Bu baytda shoir Farhodning soʻz boshlagani, u faqat soʻz gavharlarvni sochdigina emas, balki koʻzlaridan ham gavharlar sochdi deb yozar ekan, istiora san’atini qoʻllaydi, gavhar sochilishini koʻz yoshlari oʻrinda ishlatadi.

12. Sumanbar – oqbadan goʻzal; bu yerda Shirin koʻzda tutiladi.

13. Toʻrt burqa’ ostidan mehr – aynan: toʻrt osmon ostidan quyosh (chiqishi). Bu yerda Shirin toʻrt qavat parda ostidan chiqib kelishini quyosh chiqishiga oʻxshatilgan. Qadimgi astrologiyada ta’kidlanishncha, quyosh toʻrtinchi osmonda turar emish.

14. Yetti xirgoh – yetti osmon ma’nosida ishlatilgan. Shoir Shiringa koʻzi tushgan Farhod shunday bir oh torttiki, yetti osmon uning dudidan qorayib ketdi der ekan, mubolaga san’atining igʻroq turidan istifoda qiladi.

15. La’ligʻa olib la’li ahmar – bu misradagi birinchi «la’l» – lab, ikkinchisi – qizil may ma’nosida ishlatnlgan.

XXXVI

Bu bob sarlavhasida Farhod va Shirin visol mayidan behol boʻlganlarini koʻrgan hasadchi davron ularning xursandlik qadahlariga hijron zaharini qoʻshgani– Xusrav Parvez Shiringa sovchilar yuborgani bayon etiladi.

1. Madoyin – arabcha «Madina» (shahar) soʻzining koʻpligi. Arab Iroqidagi Firot daryosi boʻyidagi qadimgi shahar.

2. Kisro – sosoniylar tabaqasidan bir podshohning nomi. Bu yerda shoir Xusravni uning nabirasi, deb ta’riflamoqda.

3. Hurmuz – Xusrav Parvezning otasi.

4. Parvez– lugʻaviy ma’nosi: muzaffar, baxtiyor; Xusravning laqabi.

5. Bu baytda shoir Xusravning yuqoridagi baytlarda ifodalangan asosiy muddaosi – yana bir uylanib toju taxtiga yarashiqli, boshqa vorislardan afzalroq farzand koʻrish niyatini tasdiqlash uchun irsoli masal san’atini qoʻllaydi. «Urugʻni yaxshi yerga sochish kerak» degan hikmatli soʻz orqali maqsad ochib beriladi.

6. Toʻbiy, tubo – diniy e’tiqodga koʻra jannat daraxti deb tasavvur qilinadigan goʻzal daraxt. Unda hamisha xushboʻy va xilma-xil mevalar pishib turar ekan. Bu yerda kelishgan qomat koʻzda tutiladi.

7. Kavsar – jannatdagi serob va suvi mazali chashma emish.

8. Baytning mazmuni: xalq orasida bu xil yoqimli gap-soʻz yoyilgach, ular Xusrav qulogʻiga ham yetib keldi. Shoir bu yerda Farhod va Shirin orasidagi oshiq-ma’shuqlik haqidagi gaplarni nazarda tutmoqda.

9. Baytning mazmuni: lekin (Xusrav) sovchilarga nimalar ma’lumligini, ular qanday xabar keltirishini bilmas edi.

10. Bu baytdagi «gulsiton» Arman mamlakatini, «sarvi siymbar» Shirinni anglatadi. Shoir bu oʻrinda ham istiora san’atini qoʻllaydi.

11. Bu baytdagi «rasuli kordon» aynan: ishbilarmon elchi» ma’nosini anglatadi. Shoir Xusrav Parvezning vaziri Buzurg Ummidni shunday deb atamoqda. Unga Armanga borib, Xusrav maqsadidan Mehinbonuni ogoh etish hukm qilinadi.

XXXVII

Bu bob sarlavhasida Xusrav elchisi Mehinbonuni maqsadda voqif etgani, bunga Mehinbonu har xil bahonalar bilan javob qilgani va elchi keltirgan xabardan Xusrav gʻazabi bayon etiladi.

Shoir sarlavhada talmeh san’ati asosida Sharq afsonalaridagi Bilqis, Sulaymon obrazlari orqali hamda tashhis san’ati vositasida Anqo, tovus obrazlari bilan Xusrav, Mehinbonu, Shiringa aloqador fikrlarni ifoda qiladi.

1. Anqo – afsonaviy qush, balki qushlarning podshohi. Goʻyo u Qof togʻida yashar emish.

2. Homili roz – aynan: sir tashuvchi; bu yerda Xusravning elchisi (sovchi) koʻzda tutiladi.

3. Bor – darbor, saroy; bu yerda qabul ma’nosida ishlatilgan.

4. Baytning mazmuni: agar (Mehinbonu sovchilarga) ibo bilan boshqacha muomala qilay desa, yirtqich sher jayronga zulm qilishi mumkin. Shoir bu yerda istiora san’ati vositasida Xusravni gʻazanfar – yirtqich sher, Shirinni – jayron deb atamoqda.

5. Baytning mazmuni: olovga nozik ipak mato yaqin tura olmagandek, (temirchi) sandoni yuz mingta boʻlsa ham shishani sindirib yuboradi. Bu oʻrinda shoir Mehinbonudan rad javobi olgudek boʻlsa, Xusravning har qanday yirtqichlik qilishdan toymasligini ta’kidlamoqda.

6. Bu baytda ifodalangan Shirinning sovchilarga javobi Navoiy dostoni boʻyicha bosh xat boʻlib oʻtuvchi insoniylik, insonparvarlik gʻoyasining aniq va ravshan dalilidir.

7. Bu baytda shoir Shirinni Mehinbonu tilidan ta’riflab, uni odam naslining parisi, mushtariydek sayyoralari koʻp boʻlgan quyosh deb ataydi. Baytdagi «mushtariy» ikki ma’noda ishlatilgan. Biri – sayyoraning nomi (forscha uni «Birjis» ham deydilar); ikkinchisi – xaridor ma’nosidir.

8. Bu baytning ikkinchi misrasi orqali Navoiy irsoli masal san’atini qoʻllab, ishq-muhabbat bilan podshohlik boshqa-boshqa tushuncha, degan gʻoyani ifoda qiladi. Ayni choqda, uning zimnida shu mavzuda dostonlar yaratgan oʻz salaflariga oʻtkir kinoya ham yotadi. Chunki ular Xusravni Shirinning haqiqiy oshigʻi va shavkatli shoh sifatida talqin qilganlar. Bu oʻrinda yana shoirning doston avvalidagi «Boʻlub Shiringa oshiq podshohvar» (ya’ni Shiringa podshohcha oshiq boʻldi) degan istehzoli misrani eslash joyizdir.

9. Bu bayt mazmuniga singdirilgan fikrda Navoiyning umuman saltanatga, johil saltanat egalariga boʻlgan ochiq nafrati oʻz aksini topgan.

XXXVIII

Bu bob sarlavhasida Xusravning Shirin tomonidan kelgan javoblardan achchigʻlanib, Armaniyaga qoʻshin tortgani, Farhodni qoya ustida koʻrib, uni tutmoqchi boʻlgani, Farhod soʻzlaridan Xusrav qalbiga tigʻ sanchilgani bayon etiladi.

1. Bu bayt mazmuni: yuz mingdan ortiq qoʻy-qoʻzi hamaldagicha, qoramollar esa savr kabi poda-poda edi. Shoir bu yerda Mehinbonu oʻz qoʻrgʻonida qamal paytidagi ehtiyoj uchun qoʻy va mollar saqlagani haqida yozib, qoʻylar sonini hamal – qadimgi nujum fanicha oʻn ikki burjdan oʻn birinchisi (uni qoʻy shaklida tasavvur qilinadi)dagi yulduzlar miqdoriga, qoramollarni esa savr – oʻn ikki burjning ikkinchisi (oʻy–hoʻkiz shaklida faraz qilinadi. Yulduzlariga nisbat beradi. Shoir bu yerda gʻoyat ustalik bilan tashbeh san’atini qoʻllaydi.

2. Bu baytdagi birinchi «tosh» soʻzi «tashqari», ikkinchisi «tosh» ma’nosida ishlatilgan.

3. Ikkinchi misradagi «er uzra osmon» iborasi Mehinbonuning qal’asini anglatadi.

4. Baytning mazmuni: Parvez Farhodga koʻz tashlashi bilan koʻksiga dashnai tez – oʻtkir tigʻli xanjar tekkandek boʻldi.

5. Baytning mazmuni: lekin olamaro sabotsiz odamlar meni benomu nishonga chiqarib qoʻyganlar. Bu yerda soʻz Xusrav olami Farhoddan otini soʻraganda qilgan javobi ustida ketmoqda.

6. Bu va keyingi baytning mazmuni: boshingdan (bir tosh bilan) mili xudingni – urushda kiyiladigan qalpoqning uzayib chiqqan uchini uchirib yuboraman, bunisi bilan esa senga salom yoʻllayman; yana bir tosh bilan esa bayrogʻing boshidagi yarim oyni nishonga olaman. Bu soʻzlarni Farhod Xusravga qarata aytadi.

7. Baytdagi «navo» soʻzi bahra, huzur-halovat ma’nosida ishlatilgan.

XXXIX

Bob sarlavhasida Xusrav vaziri Buzurg Ummid bilan maslahatlashgani va Mehinbonuga noma yuborgani, uning qat’iy javoblaridan ojiz qolgan Xusrav Armaniya qoʻrgʻonini qamal qilgani bayon etiladi.

1. Bu baytda shoir irsoli masal san’atiga murojaat qiladi. Xusravning Farhoddan ustunligini dalillash maqsadida «it hurar – karvon oʻtar» maqolini ishlatadi.

2. Bu baytda ham Navoiy irsoli masal san’atini qoʻllab, «afsun birla ilonni indan chiqarish mumkin» maqolini ishlatadi. Xusravning Farhodni afsun – sehr, avrash bilan band etishlikka jazm qilinganligiga ishora qilinadi.

3. Bu va avvalgi ikki bayt mazmuni: uning zotida haq shunday yashiringanki, uning oʻzligidan nishona qolmagan. Kim bunday narsa (ya’ni ishq) ichida oʻzini koʻrsa, har tomonda haqning zuhurini koʻradi. Shuning uchun ham zohir boʻlgan narsanigina emas, goʻzal deb maqtalgan (kimsa)ni qattiq sevib qolgan boʻlsa ajab emas. Soʻz Mehinbonuning Farhodni ta’riflab, Xusravga bergan javobi ustida ketmoqda.

4. Baytning mazmuni: nogoh qamishzorga oʻt tushsa, «hoʻl-quruq barobar kul boʻladi». Bu yerda ham shoir irsoli masal san’atidan foydalanadi.

5. Misradagi: sur savtining safiri – aynan: surnay (yoki karnay) ovozi ma’nosini anglatadi. Maj.: diniy tushunchaga koʻra, qiyomat kuni Isrofil degan farishta sur chalib, oʻliklarni tiriltirar, yana bir chalganda qaytadan oʻldnrar ekan. Shoir bu yerda talmeh san’atini ustalik bilan qoʻllaydi.

XL

Bob sarlavhasida Xusravning Mehinbonu qoʻrgʻoninn qamal qilgani, uning lashkarlari Farhod irgʻitgan toshlarga bardosh bera olmaganlari, bir hiylagar koʻmagida Farhodni band etib, Xusrav huzuriga olib kelganlari xabar qilinadi.

1. Telba qush–Farhod koʻzda tutiladi.

2. Ishq bulbuli–ya’ni Farhod.

3. Bu va avvalgi bayt mazmuni: qoʻrgʻon ahli tunu kun hamma narsadan voqif, kunduzlari ovoz chiqarmas edilar. Lekin kechasi esa «hozir boʻl» {ehtiyot boʻl) deya figʻon bilan shovqin solardilar.

4. Bu baytda Shopur (Farhodga behush qiladigan dori sepilgan gulni islatib, oʻzidan ketkazgan hiylagar boshiga tosh bilan urib oʻldirgani haqida yozadi va irsoli masal san’ataga koʻra «Boshni tosh ushatadi», maqolini ishlatadi.

XLI

Bu bob sarlavhasida behush Farhodni Xusrav huzuriga keltirganlari, uning boshdan-oyoq zanjirband etilishi, Buzurg Ummid Farhodni hushiga keltirishi, Xusrav savollariga Farhodning javoblari, oʻtkbr soʻzlari tufayli uning omon qolishi xabar qilinadi.

1. Xalil – lugʻ ma’nosi: doʻst, muhib, yor, Ibrohim paygʻambarning laqabi. Bu yerda shoir paygʻambarning oʻtdan gul undirnshini ta’riflamoqda.

2. Lavhashalloh – arabcha: agar Oollohdan qoʻrqsa, ma’nosida.

3. Shoir bu baytda istiora san’atini qoʻllab, Shirinni parirux deb atamoqda.

4. Bu baytdagi siyosat soʻzi “jazo” ma’nosida ishlatilgan.

5. Salosil – «silsila»ning koʻpligi; zanjirlar, tizmalar. Bu yerda togʻ ustidagi qoʻrgʻonning nomi.

XLII

Bu bob sarlavhasida Farhodni Salosil qoʻrgʻoniga qamab qoʻyilishi, u yerda qattiq qiyinchiliklar tortishi bayon etiladi.

1. Salosil qoʻrgʻonida Farhodni qoʻriqlab turganlar unga banddan ozod etish, Xusravdan qanday jazo yetishsa shunga rozi ekanliklarini bildirishganida Farhod bu va keyingn 2 baytda ularga javob qaytarib: vafo ahli –haqiqiy oshiq bunday qilmaydi, deydi. «Farhod... shunday ogʻir vaziyatda ham aql bilan ish koʻrib olijanoblik qiladi, oʻzi tufayli boshqalarni baloga solishni istamaydi, bunday ozodlikdan voz kechadi» (Hayitmetov A. Navoiyning ijodiy metodi. 100-bet). «Oʻz baxti deb ularni oʻtga tashlamaydi. Odamiylikka odamiylik bilan javob beradi» (Erkinov S. Navoiy «Farhod va Shirin»i va uning qiyosiy tahlili, 121-bet).

2. Bu va keyingi baytda Navoiy tashbih san’atnni ishlatib, Farhodning hayvonlar, qushlar bilan doʻstlashib ketganini Sulaymon paygʻambarga oʻxshatadi.

3. Yusuf – shoir bu yerda Farhodning boʻriga oʻz alamlarini aytib dardlashishini tasvirlar zkan, boʻri haqida soʻzlab Yusufi Kan’onni yodga oladi. Rivoyatga koʻra, Yusufnnng ogʻalari uni chohga tashlab, koʻylagini qonga belab, Yusufni boʻri yedi, – deb otalariga eltadilar. Navoiy bu yerda ihom san’atidan foydalanadi. Zeroki, yuqoridagi mazmun asosiy maqsad esa-da, baytda birinchi idrok etiladigan ma’no Farhodning Yusufdek goʻzal chiroyi bor Shirinni yodlashidir.

4. Navoiyning bu baytdan boshlanadigan nido san’ati asosida Farhod qalbi hayajonlari va ruhiy iztiroblarini ifoda etuvchi uning subhga, quyoshga murojaati nihoyat yuksak darajada boʻlib, ideal oshiqning ta’sirli va samimiy ichki tuygʻularidir. Bunday xususiyatlar Navoiy ijodiy metodining, asosan, romantik xarakterda ekanligini koʻrsatadi, uning ijodini jahon adabiyotidagi eng buyuk romantiklar ijodi bilan tutashtiradi (Hayitmetov A. Navoiy ijodi metodi masalalari. 107-bet).

XLIII

Bob sarlavhasida Farhodning qora kunga qolganligi, hajr shomida qiynalganligi bayon etiladi.

1. Bu va keyingi baytda shoir istiora san’ati asosida Farhodning ayanchli ahvolini, chekayotgan azoblarini tasvirlab, uni gʻam-anduh dengizining nahangi, balo va dard togʻining yoʻlbarsi, junun vodiysining Majnuni, Majnunigina emas, bu vodiyning dev-shamoli – quyuni deb ataydi.

2. Bu va keyingi bayt mazmuni: har kuni agar kishi ming baloni tortsa ham, u balolar tun balosidek qattiq tuyilmaydi. Unga (ya’ni Farhodga) bu hajr kunlarida har bir shom qorongʻuligi mashaqqat zulfidan (sirtmoq) tashlar edi.

3. Muazzin xalqi – azon aytuvchi (soʻfi)ning boʻgʻzi demakdir.

4. Baytning mazmuni: bu isitma orasnda u (ya’ni Farhod) oʻz labidagi uchuqdan bahra olar, uchuq zardobidan ogʻziga har damda zahar tomib turar edi.

5. Shu baytdan boshlab, Farhrd zolim falakka xitob qilib, taqdirdan noliydi. Bu oʻrinda «sipehr» faqat ilohiy ma’nodagi «taqdir», «falak» tushunchasini emas, balki undan keng ma’noni, jamiyat va mavjud muhit tushunchalarini, undagi zulmni tugʻdiruvchi tartib va qoidalarni ham anglatadi (Hayitmetov A.Navoiy ijodiy metodi masalalari, 109bet).

6. Tiyr – Atorud (Merkuriy) sayyorasi, yulduzi shunday deb ham ataladi.

7. Bu baytda shoir Zuhra yulduziga xitoban: bir pastgnna musiqang torini tuz; men oʻlarga yetdim. Hazin (yigʻloqi) kuyingni boshla, deydi.

8. Saodat axtari – baxt yulduzi demakdir. Bu yerda Shirin koʻzda tutiladi.

9. Baytning mazmuni: u (ya’ni Farhod) tongga qadar yerga yumalab, har mojaro ustiga yuz mojaro qildi.

10. Bu va avvalgi baytning mazmuni: modomiki, gʻam tuni uni oʻldirgan ekan, tongning olovli quyoshi haqida soʻzlashdan ne foyda. Makkor falakning odati shu emishki, u avval zaharlab, soʻngra zaharga qarshi dori beradi.

XLIV

Bu bob sarlavhasida Farhodning zanjirsiz zindon atroflarida yurganini eshitgan Xusrav uning qoʻriqchilarini jazolamoqchi boʻlgani, Farhodning hayot ekanligidan xabar topgan Shirin unga noma yoʻllagani bayon etiladi.

1. Afolloh – arabcha: xudoning oʻzi saqlasin (yoki olloh kechirsin, ma’nosida).

2. Baytdagi gʻamkashdan – Mehinbonu, mahvashdan – Shirin koʻzda tutiladi. Bu shoirning istioralariga yaxshi misoldir. Baytning mazmuni: U (ya’ni Shirin) hech oʻylamay sakkizta barmogʻi (shoir ularni gul barglari deb ataydi) bilan (timdalab) sarigʻ yuzi uzra qonlar (shoir ularni qizil gulga oʻxshatadi) oqizdi. Bu ham favqulodda istioralardir.

3. Bu baytda Shopur Mehinbonuga murojaat qilib, shunday ta’riflaydn: ey osmon kursisida oʻtirgan, sipohlari yulduzlarcha (behisob), muborak yuzli, iffat pardasini yopingan (malika). 4. Bu nido san’atiga yorqin misol boʻla oladi.

5. Bihamdillah – arabcha: xudoga shukur. Bu va keyingi baytning mazmuni: xudoga shukrki, uni (ya’ni Farhodni) hiyla va makrlar bnlan asir etgan odamni devni oʻldira oladigan bir tosh bilan urib, jahannam yurtiga joʻnatdim.

6. Baytning mazmuni: u (ya’ni Shopur) anglagan narsalarning hammasini bir-bir toʻrgʻay (chakovak)dek sayrab (soʻzlab bera boshladi).

7. Sumanbar – Shirin koʻzda tutiladi.

XLV

Bob sarlavhasidan Shirinning Farhodga maktubi, unn oʻqib behush yiqilishi, Farhodning javob xati ma’lum boʻladi.

1. Royiha yabusati – yoqimli hidning shiddati.

2. Baytning mazmuni: (bu maktubni) bir shamdan parvonaga demayman samandardan bir gulxan (otashxona)ga (yoʻllayman). Shoir bu yerda afsonaviy samandar degan jonvorning oʻt ichida yashashligiga ishora qiladi. Ayii paytda Navoiy ham talmeh, ham istiora (gulxan Farhod samandar – Shirin) san’atlarini qoʻllaydi.

3. Bu baytdan Shirinning Farhodga yozgan maktubi boshlanadi. Maktubni Sharq peziyasidagi noma janrining ajoyib namunasi sanash mumkin. Unda soʻz ifodasini topgan hijron va uning alamli iztiroblari yolgʻiz Shiringagina emas, shuningdek, oʻrta asr feodal davri xotin-qizlariga ham taalluqlidir. Ayni choqda, bu maktubda Navoiy ijodiga xos realistik elementlar oʻz aksini topgandir. Unda Shiringa xos boʻlgan goʻzal fazilatlar, chunonchi: oqilalik, sofdillik, vafodorlik yuksak mahorat bilan ta’riflanadi.

4. Bu baytda Farhodning vahshiy hayvonlar va qushlar bilan doʻstlashib ketganligini nazarda tutib, Shirin Farhodni Sulaymonga va afsonalardagn Sulaymonning barcha jonivorlar ustidan hukmronlik qilishiga ishora qiladi. Navoiy bu oʻrinda talmeh san’atidan istifoda etadi.

5. Baytda Shirin oʻzini Sulaymonning sevgilisi Bilqisga oʻxshatadi.

6. Mehnat durboshi– bu yerda mashaqqat kaltagi ma’nosida ishlatilgan.

7. Yetti koʻk – ilmi nujumga koʻra osmon yetti iqlimga boʻlinadi. Goʻe ular bir-birining ustiga joylashgan boʻlib, har qaysisiga bir sayyora hukmronlik qilar emish.

8. Billah, summa billah – arabcha: Xudo haqi, yana Xudo haqi (qasam ma’nosida).

9. Baytning mazmuni: Shopur xat [yozish] uchun kerakln buyumlarni: siyoh uchun mushkin va oq [qogʻozni] chiqardi.

10. Baytning mazmuni: Noma eltuvchi (ya’ni Shopur) nomani olib yugurdi, bir amallab qoʻrgʻonga ham kirdi... Bu yerda shoir ishtiqoq san’atiga koʻra noma va shu soʻzdan yasalgan nomabar (xat eltuvchi) soʻzini ishlatadi. Ayni choqda istiora san’atini qoʻllab, Shopur ismi oʻrinda nomabar soʻzini ishlatadi.

XLVI

Bob sarlavhasida Farhjd xatini oʻqigan Shirinning iztirobga tushgani va uning koʻngil qushi sevgilisi tomon qanot qoqqani bayon etiladi.

1. Farhod oʻz maktubida Shiringa murojaat qilib, gʻoyat xokisorlik bilan uning itlari holini soʻraydi. Jumladan, bu baytda deydiki: (ular) boʻyinlaridagi qiloda – tasmangdan zavqlangan paytlarida mening boʻynimga solingan halqani eslaydilarmi?

2. Bu va keyingi baytning mazmuni: unda (ya’ni Farhod ta’riflayotgan bir zaif, majruh it) mey odamiylik nishonini koʻrib, koʻz qorachigʻimdek saqlar zdim. U koʻzim qoni oqishini koʻrsa, oʻz koʻzlaridan qon oqizar edi. Shoir birinchi baytda ishtiqoq san’atini qoʻllaydi; mardum, mardumligʻ soʻzlarini ishlatadi. Ikkinchi baytda esa iltizom san’atiga koʻra koʻz qoni oqmogʻi, «koʻzumdek qoni oqib» iboralarini bir bayt doirasida takroran zikr etadi.

3. Bu va keyingi ikki baytning mazmuni: azaldan qismatimga sevgi bitgan va taqdir dardu mashaqqatni (peshonamga) yozgan ekan, buning uchun men kimga ta’na qilay, oʻzimdan boshqa kimni yozgʻuray? (Axir) yuzlab men, minglab Xusravning yoʻq boʻlib ketishi qazo oldida bir dona arpachalik ham emas.

4. Tamma bilhayr – arabcha: yaxshilik bilan tamom boʻldi.

5. Baytning mazmuni: uning (ya’ni Shirinnnng) tani xatni bogʻlaydigan tob ipdek (chirmashdi). Ammo xasta jismiga shu ip tobdek ta’sir qilgan. Bu baytda shoir nozik soʻz oʻyini ishlatadi. Birinchi misradagi «tob» maktublarni ustidan oʻrab qoʻyadigan ipak tasmani anglatadi: ikkinchi misrada esa tasmadek oʻralib ketgan Shirinning jismida tob harorat betobligi (xastaligi) edi, degan ma’noni bildiradi. Shu bilan birga, shoir bu baytda ishtiqoq (tob, betob) tajnis (tob – ip oʻraydigan npak tasma; tob – harorat) va iltnzom (tob, tob, betob) san’atlarini mohir lik bilan qoʻllaydi.

XLVII

Bob sarlavhasida Farhod koʻnglidagi jarohatlar Shirin maktubidagi hayotbaxsh soʻzlardan tuzala boshlagani, Shirin barri haroratlari ham Farhod xati mazmunidan taskin topgani, bular orasidagi muhabbat zanjirini Shopur harakatga keltirayotgani, Xusrav bilib qolib uni azob zanjiriga solgani va Farhodni qatl etish uchun chora-tadbir qidirgann bayon etiladi.

1. Masih – Iso paygʻambarning laqabi. Diniy afsonalarda Isoning oʻz nafasi bilan oʻlganlarni tiriltirish, jon bagʻishlash qobiliyatiga ega boʻlgan, deyiladi. Sharq she’riyatida sevgilini va uning lablarini jonbaxshlikda Masih, Masiho (Iso)ga oʻxshatiladi. Bu yerda Navoiy Shirin maktubida bitilgan soʻzlar hayotbaxshligini Masih nafasiga tashbih qilmoqda.

2. Maryam – diniy afsonalarga koʻra, Iso paygʻambarning onasi.

3. Bu va keyingi ikki baytning mazmuni: «U (ya’ni Xusrav) bechora Farhod turgan yerdan tortib sarvqomat Shirin joylashgan yergacha boʻlgan masofaning hammasiga pistirmalar yasatdi va bu pistirmalarga ashaddaiy yovlarni joylashtirdi. Ular har bir oʻtgan-ketgan odamni tergab, ularning ishlarini tekshirib turishlarn kerak edi» (Alisher Navoiy. Farhod va Shirin. Nasriy bayon, 119-bet).

4. Bu va keyingi ikki bayt mazmuni: tasodifan, oʻsha 2–3 kun orasida Shopur Farhodni koʻrishga yoʻl topib, parivash (ya’ni Shirin)dan yana bir noma olib, sabodek yelib borarkan, oʻsha (Xusrav) odamlari oʻz istaganlarini tutdilar. Tintuv qilganlarida yonidan xat chiqdi.

XLVIII

Bob sarlavhasida makkora kampir Farhod boshiga ajaldek yetishib, uning hayotiga qasd qilgani bayon etiladi.

1. Baytning mazmuni: qaddi ikki bukilgan (bu) qari kampirning hiyla-nayrangi falaknikiga oʻxshar edi.

2. Baytning mazmuni: osmon makkorasi uni xola, Dallatul muhtola esa uni ona deb atar edn. Bu yerda shoir afsonalarda oʻz ayyorligi, makr va hiylalari bilan nom chiqargan ayol nomini keltirish bilan talmeh san’atini ishlatadi.

3. Baytnnng mazmuni: (makkora kampir) oʻzining fol ochadigan noʻxat donalaridan birma-bir hukmlar chiqara boshlasa, el uning hukmlariga zarracha (aynan: arpa donasicha) shak keltirmay (ishonardi).

4. Bu va keyingi baytning mazmunn: (makkora kampirning) yuz pardasi haromzodalik, qalloblik ipidan toʻqilgan, libosi har xil rangli lattalardan quroq qilib tikilgan (ya’ni quralgan) edi. Goʻyo Maryam haramda maqsadiga erisha olmay Tur togʻiga orom olish uchun kelgan, desang boʻladi.

Shoir bu yerda diniy rivoyatlardagi Iso paygʻambarning Maryamdan dunyoga kelishi bilan bogʻliq hikoyaga ishora qilmoqda. Buning uchun u talmeh san’atini qoʻllaydi. Ayni choqda makkora kampir Maryamga, Farhod turgan togʻ esa Arabistondagi muqaddas Tur togʻiga oʻxshatiladi.

5. Baytning mazmuni: sen dunyo odamlari bilan noittifoq ekansan, bunda haqlisan, xudo haqqi, haqlisan.

6. Bu va keyingi ikki baytning mazmuni: nikoh amri oshkoro boʻlgach, [Shirinning tinimsiz afgʻonlari koʻkka yetdi. U oʻziga oʻlim tigʻini urib, bu gʻussadan oʻzini oʻldirdi. Ba’zilar: u Parvez uning bolidan bebahra boʻlsin deb zahar ichgan, – dedilar.

7. Fartut – ayvan: juda qarib qolgan. Bu yerda makkora kampir koʻzda tutiladi.

XLIX

Bob sarlavhasida Farhodning qoya tosh uchi bilan koʻksini yorib, yillar mobaynida koʻnglida tigʻizlanib yotgan gʻam-anduhlarini chiqarib tashlagani va jononi yodi bilan jonidan kechgani bayon etiladi.

1. Shu baytdan boshlab shoir nido san’atini qoʻllab Farhodnnng charxga, gʻam tigʻi, anduh toshi, ajal, qiynoq, azob, hijron gʻami, togʻ, metin, hayvonlar va h. k.larga murojaat etib nolalar

bilan vasiyat qilganini juda ta’sirli misralarda tasvirlaydi.

2. Bu yerda Farhod uchun yurtida yil fasllariga monand qilib bunyod etilgan toʻrt bogʻ va toʻrt qasr yodga olinadi.

3. Sayfiy ravza – yoz fasli uchun yaratilgan bogʻ (ichida qasri bilan).

4. Xazoniy ravza – kuzlik bogʻ (qasri bilan).

5. Shitoyi ravza – qishlik bogʻ (qasri bilan).

6. Baytning mazmuni: yirtqich hayvonlar u holin (ya’ni Farhodning oʻlimini) koʻrib, Farhodni oʻldirganni (ya’ni makkora kampirni) burda-burda qilib yubordilar.

L

Bu bob sarlavhasida dahrning vafosizligi sababli Xusrav va Mehinbonunnng yarashganlari, qoʻrgʻon ichida, qamalda yotganlarning tarqalib ketganlari, Farhod oʻlimidan oʻlar holga yetgan Shirinni Armaniyaning bahavo togʻiga yuborganlari bayon etiladi.

1. Baytning maznuni: tabaqalarga (biri ikkinchisi ustida joylashgan yetti iqlim koʻzda tutiladi) boʻlingan osmon ajoyib qushdirki, uning ishi kabutardek muallaq uchmoqdir.

Shoir keyingi baytlarda oʻzining yaratuvchi haqidagi juda dadil fikrlarni bnldiradi. Olamni kabutarga, yaratuvchini kabutarboz sayyodga nisbat berib, uni jallod deb ataydi.

2. Bu va keyingi baytlarda Navoiy bir notavon va bexonumon kishi Farhodni koʻrnsh va uni xizmatida boʻlish uchun kelib yetganini, bu payt Farhod jon berayotib, nolalar qilganini, oʻzini bir tosh orasiga olib eshitganini bayon etadi. U shaxs Farhod qabrinm koʻtarib, u yerda mujovir (mozorda yashovchi) boʻladi va xalq orasida koʻrganlarinn hikoya qilib yuradi. Bundan Shirin ham xabar topadi.

3. Bayt mazmuni: (agar Parvez qamaldagi xalqni ozod qilmasa), ularning toqati toq boʻlib, Bonudan yuz oʻgiradilar (aynan: Bonu bilan oq boʻladilar). Shoir bu yerda xalq orasida keng tarqalgan «Oq boʻlmoq» iborasini qoʻllaydi.

4. Bu baytda shoir Mehinbonuning tadbirkorlik bilan Xusrav yuborgan odamlarga muomalasini bayon etib, u yuborgan maktubni oʻpib, sudo’ afsuni, ya’ni bosh ogʻrigʻini daf etish uchun yozilgʻan tumordek boshimgʻa qoʻydim, deydi.

5. Bu ikki bayt Navoiy istioralariga yorqin misoldir: Farhod oʻlimidan keyin xastahol Shirinni togʻ tepasida Farhod qurgan qasrga yuboradilar. Shoir ikki baytda mohirlik bilan 8 marta istiora san’atini qoʻllaydi: falak – togʻni, oy – Shirin, chaman – bogʻ, gul – Shirin, Quyosh – Shirin, jonfido ayvon – qasr, pari – Shirin, chashmai hayvon – Farhod qazgan ariqni anglatadi.

LI

Bob sarlavhasi Shirinning safar vaqtida unga Sheruyaning koʻzi tushib qolishligi va Xusravni oʻldirib, Shirinni oʻziga soʻratishi, Shirin esa uni muloyim soʻzlar bilan yupatib, toqqa ravona boʻlishi va Farhodning soʻngaklarini shu yerga keltirib, ularni quchoqlab jon berishini bayon etadi.

1. Bu va keyingi baytlarda shoir Sheruya otasi joniga qasd qilib, uni qatl etdigina emas, balki davron undan Farhod qonini istadi, kimki birovga zulm oʻtkazsa, albatta unga jazo yetishadi. Modomiki, shunday ekan, shoir yaxshilik urugʻini ekish darkor, degan fikrni ilgari suradi.

2. Baytning mazmuni: unnng (ya’ni Farhodning) hajrida men (ya’ni Shirin) bemormen, bedilmen. Bamisoli chala soʻyilgan bir qushdirmen.

3. Baytning mazmuni: ular (ya’ni Shirin va Shopur) birmuncha vaqt shunday motam tutdilarki, feruza (rangli) osmon qurum bosgandek qoraya boshladi (ya’ni kech tushib qoldi).

4. Bu va keyingi baytlarning mazmuni: (Shirin) ikki-uch yuz kishini qoʻshib (Shopurni) oʻz maqsadiga koʻra yoʻlga soldi, ularga koʻplab, xush isli tutatqi, olovda xoʻshboʻy chiqaradigan yogʻoch, mushku atrlar berdi. Ular togʻ ichidan koʻhkan, ya’ni Farhodni topib, Shirin kajavasiga solib keltirishlari lozim.

5. Bu va keyingi uch bayt mazmuni: (Shirin) koʻrsaki, (Farhod) uyquda, u ham shunday uyquni havas qildi. Uning yuziga yuzini, taniga tanini qoʻydi, oʻz sevgilisi bilan hamogʻush boʻldi. Shunda dilidan bir olovli oh chiqardi-yu, koʻzi Farhodniki kabi uyquga toldi. Bu shunday uyqu ediki, unga hech kim qonmagan, qiyomatgacha uygʻonmas uyqu edi. Bu baytlarda shoir istiora (sarvi cholok – Shirin, bedil – Farhod) va ruju’ (uyqu – ne uyqu...) san’atlarini qoʻllaydi.

LII

Bob sarlavhasida Shirinning Farhod ishqida jon bergani, buni eshitib Mehinbonu ham hayotdan koʻz yumgani, Chin mulkidan kelgan Bahrom Sheruyaning mollarini ziyon-zaxmat koʻrganlarga bergani va Armanga odil podshoh tayin qilib, oʻzi barcha lashkarlarni qaytarib, saltanatdan yuz oʻgirgani bayon etiladi.

1. Avvalgi baytlarda Navoiy Farhodning doʻsti Bahromni maqtaydi. Bu baytda esa shoir agar u osmondagi Bahrom (Mars)ga dushmanlik koʻrsatsa, osmondagi Bahrom Bahromi Choʻbindek boʻlib qoladi, deydi. Bu yerda Navoiy soʻz oʻyini ishlatib, ham sayyorani, ham qadimgi Eron podshohlaridan Hurmuzning lashkarboshisi Bahromi Choʻbinga ishora qiladi.

2. Bu va keyingi baytning mazmuni: xon Farhodga amakivachcha boʻlgani uchun ham uning tashvishinn chekar edi. Bahrom kelib, xalq orasida (Farhod haqida) ma’lum boʻlgan gaplarni xonga shunday arz qildi.

3. Shu baytdan boshlab 26 baytda shoir Bahromning Farhod mozori ustida qilgan nolalarini bayon etadi. Nido san’ati asosiga qurilgan bu hayajonli monolog gʻoyat samimiy, ta’sirli va xalqona chiqqan.

4. Bu yerda «Lo» «ku» yuklamasi oʻrnida ishlatilgan: «ayla dinglo” degani aylading-ku ma’nosini anglatadi.

LIII

Bob sarlavhasidan uni Sulton Husayn Boyqaroning oʻgʻli Shoh Gʻarib Mirzo madxi va unga Navoiy bir necha nasihatlar bagʻishlagani anglashiladi.

1. Favoris – «foris»ning koʻpligi; suvoriy, sher, demakdir.

2. Abul Favoris – Shoh Gʻarib Mirzo (Husayn Boyqaroning oʻgʻli)ning laqabi. Xallada davlatuhu – (arabcha duo), «xudo davlatnni abadiy qilsin», demakdir. Bu ibora shohlar, shahzodalarning ismidan keyin aytiladi yoki yoziladi.

3. Temurxon – Amir Temur, Temurlang (13369.4, Shahrisabz – 1405. Oʻtror sh.) – Oʻrta Osiyoda yirik feodal davlat arbobi, sarkarda. Temurning oʻng qoʻli va oʻng oyogʻi mayib boʻlgan, oqsoqlangan. Shuning uchun uni Temurlang (oqsoq Temur) deyishgan. Qabri Samarqandda Guri Mir maqbarasida.

4. Ulugʻbek (laqabi, asl nomi Muhammad Taragʻay; 1394. Sultoniya sh. (hozirgi Eronda) 1449. – Samarqandlik buyuk oʻzbek astronomi va matematigi, davlat arbobi. Temurning nabirasi, otasi Shohruh davrida 17 yashar Ulugʻbek Movarounnahr va unga yondosh viloyatlarning toʻla hukmdori qilib tayinlanadi. Keyinchalik (1414) uning davlatiga Xorazm ham qoʻshildi. 1447 y. Shohruh vafotidan keyin Ulugʻbek Shohruh tasarrufidagi Xuroson bilan Movarounnahrni birlashtirib, kuchli davlat tuzmoqchi boʻldi. Lekin reaksion kuchlarning qattiq qarshiligiga duch keldi. 1449 yili Ulugʻbek siyosatidan norozi oʻgʻli Abdullatifning roziligi va ruhoniylarning fatvosi bilan Samarqand yaqinidagi qishloqda qatl etildi. Samarqandda dafn qilingan (Guri Mirda), Ulugʻbek davrida, ayniqsa, Samarqandda hunarmandchilik, me’morchilik, ilm-fan, savdo-sotiq ravnaq topdi. Ulugʻbek musiqa ilmi va adabiyot bilan ham shugʻullangan. Alisher Navoiy «Majolis un-nafois» nomli tazkirasida Ulugʻbek faoliyatiga yuksak baho beradi va uning she’rlaridan namuna keltiradi.

5. «Zichi Koʻragoniy» – Ulugʻbekning oʻz rasadxonasida olib borgan astronomiyaga oid kuzatishlari asosida tuzilgan jadvallardan iborat asari. Uning maxsus nazariy qismi – muqaddimasi juda koʻp tillarga tarjima qilingan.

6. Ilm ul-yaqin – har narsaning mohiyat va kayfiyatini bilish, ochish.

7. Tahmuras – miloddan avvalgi Erondagi peshdodiylar sulolasining uchinchi hukmroni. Afsonalarda uni Marvda kuhandiz, Xuroson, Nishopur va Isfahonda Magʻriz va Soriyyani barpo qilgan (mil. av. 830 y.), deyiladi. Navoiy «Tarixi muluki Ajam”da yozishicha, roʻza tutishlik undan sunnat qolgan. Forscha kitob yozishlik va boʻz toʻqishlikni Tahmuras ixtiro qilgan. U har kimning biror sevgan odami boʻlsa, uning suvratnni chizdirib, shu bilan xursand boʻlar ekan. Shundan butparastlik kelib chiqqan ekan.

8. Zahhok – qadimgi afsonalarga koʻra, Jamshiddan soʻng taxtga oʻtirgan oʻta zulmkor podshoh. Uning ikki yelkasida ikkita maraz (illat, yara; boshqa rivoyatda ikki ilon) boʻlib, uning ogʻrigʻiga odamzod magʻzi (miyasi)dan boʻlak narsa taskin bera olmas ekan. Shu sababli har kuni ikki gunohkorni oʻldirib, magʻzini unga berar, agar gunohli odam topilmasa, jurba tashlab xalq orasidan ikki kishini qatl qilar ekanlar. Bir kuni jurba isfahonlik ohangar – temirchi Kova oʻgʻillaridan biriga tushib qatl qilinadi. Soʻngra yana bir oʻgʻliga tushadi. Dargʻazab Kova odamlarni yigʻib, Zahhokka qarshi isyon koʻtaradi. Ular temirchilar saxtiyoni – partugʻini bayroq qilib, Zahhok ustiga otlanadilar. Kovaga Jamshidning nabirasi (boshqa rivoyatda Tahmuras naslidan Obitin oʻgʻli) Faridun kelib qoʻshiladi va Zahhokni oʻldiradi.

9. Bu va keyingi baytning mazmuni: nima foydali, nima zararli ekanligini hikmat ajratib berishligini aniq anglaganingdan keyin, foydalilari bilan shugʻullan. Lekin hamma ishda ham oʻrtani tutishga mayl qil.

10. Bu baytda shoir irsoli masal san’atini qoʻllaydi: u yuqoridagi baytdagi oʻz muddaosi – mizoj mayl koʻrsatgan narsaga ortiqcha ruju’ qilmaslik lozim, degan fikrni tasdiqlash uchun «yaxshining koʻpidan yomonning ozi yaxshi» maqolini keltiradi.

LIV

Bob sarlavhasida shoir bu dostonni tugallash, undagi voqea – hodisalarni oxiriga yetkazishga gʻayrat koʻrsatganini bayon etadi.

1. «Lo» – arabcha; yoʻq, emas, degan ma’noni, inkorni anglatadi. «da’» – arabcha: tashla, yoʻq qil, demakdir.

2. «Alqamdu lillohillazi vaffaqani min iftitohiha ilo ixtitomihi va sallalohu alayhi va olihi va ashobi kiramiht – arabcha: meni boshlab tugatishimga muvaffaq qilgan Ollohga maqtovlar boʻlsin, Muhammadga, uning ehtiromli yaqinlari, sirdoshlariga Olloh rahmati boʻlsin, demakdir.

3. Kumayt – qora toʻriq (ot), bu yerda shoirning qalami koʻzda tutiladi. Navoiy bu oʻrinda istiora san’atini ishlatadi.

5. Birjis – q. Mushtariy sayyorasi.

6. Taylason – rido (darveshlarnnng ustiga yopinadigan libosi).

7. Nohid – q. Zuhro yulduzi.

8. Bu fasl avvalidan shu baytga qadar Navoiy oʻzining qanday qiyin va sharafli ishni bajarganini (ya’ni yangi dostonni yozib tutallaganini) badiiy mahorat bilan tasvirlab beradi. Keyingi baytlarda esa shoir uni tushunib yetmagan, binobarin, qadrlay olmagan «koʻri modarzod» (ya’ni «tugʻma koʻrlar», «boyqush», «koʻrshapalak», «daniylar» (ya’ni pastkash odamlar), «qora qoʻngʻiz» (gul isidan halok boʻladigan) kabilardan noliydi.

9. Baytning mazmuni: lekin har kim, agar nozikfahm boʻlsa, bu ikkovining (ya’ni yuqoridagi baytlarda tasvirlangan qora qoʻngʻiz va bulbulning xushboʻy guldan ta’sirlanishda qaysi biri haq ekanini bilib oladi. Shoir bu yerda badiiy adabiyotning nozikligi, uning jonbaxshligiga ishora qiladi.

10. Bu va keyingi ikki baytda Navoiy faxriya usulidan foydalanib oʻzining qanday shoir ekanligini ta’riflaydi. Bu oʻrinda goʻzal istiora, tashbih va ifodali ruju’ san’atlarini qoʻllaydi.

11. Baytda shoir litota san’atini qoʻllab, oʻzini tufroq deb ataydi, tufroq boʻlganidayam elning oyoqlarn ostida yanchilib (baytdagi «koʻp topmoq» – yanchilmoq, ezilmoq ma’nosida ishlatilgan) ketgan, quyun kabi ahvoli toʻs-toʻpolon tufroq, deb yozadi.

12. Baytning mazmuni: yel toʻdasidek bir dam jahonni kezdiradi, (yana bir dam) bugʻ boʻlagidek osmonni aylantiradi. Bu yerda shoir oʻzi haqida soʻzlab, yuqorida aytilganidek oʻzini tuproq bilan tenglashtiradi va hodisalarning qattiq esgan sovuq shamoli tuproqni ne koʻylarga solishini tasvirlaydi.

13. Oʻturmay – bu yerda oʻtkarmay ma’nosida ishlatilgan.

14. Bu va bundan avvalgi baytlarda Navoiy oʻzining ahvoli ruhiyasini ochib berishga intiladi. Saroydagi teskari kuchlar, unga muttasil turli masalalar yuzasidan murojaaat qilib turuvchi sanoqsiz odamlardan charchaganligi, – hech boʻlmasa “24 soat ichida 24 marta osuda nafas olishga” naqadar orzumand ekanligini bayon etadi. Ayniqsa, «farogʻat burchagida» sevimli ishi – ijod bilan mashgʻullik qilish istagini yoniq misralarda bildiradi.

15. Barda’ – Arran hokimiyatining qadimiy poytaxti. X asrning ikkinchi yarimlarida ruslar tomonidan talon-toroj qilingach, oʻz mavqeini yoʻqotgan. Keyin poytaxt Ganjaga koʻchirilgan.

16. Navbat urmoq – feodal shohlari oʻz hukmronligi haqida e’lon qilgan paytda katta nogʻora (koʻpincha, «kovurgo») deb atalgan nogʻorani) chaldirganlar. Bu yerda Navoiy ramzan Jomiyning adabiy hayotdagi shuhratiga ishora qiladi.

17. Navoiy bu baytda «yuz» va «ming» soʻzlarini ikki ma’noda ishlatadi: biri son, adad ma’nosida, ikkinchisi – qadimgi oʻzbek qabilalarining nomi.

18. Sheroz – Eronning janubi gʻarbidagi shahar (1750–94 yillarda Eronning poytaxti ham boʻlgan).

19. Tabriz, Tavriz – Eronning shimoliy gʻarbidagi shahar. Hozir Eron Ozarbayjonining ma’muriy markazi.

20. Bu va avvalgi 7 baytda Navoiy «faxriya» san’atini qoʻllab, agar Nizomiy Barda’, Ganja va Rumda mashhur boʻlsa, Xusrav Hindistonda shuhrat qozonib, Jomiy esa Ajam va Arabda dong taratgan boʻlsa, butun turkigoʻy xalqlar meniki boʻldi, men nafaqat Xitoydan Xurosongacha boʻlgan yerlarni, balki Sherozu Tabriz, hatto turkmanlarni farmon bilan emas, asarlarim (jumladan, devonlarim) bilan zabt etdim, deydi.

II- qism
 
Keyingi