OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAlisher Navoiy
Asar nomiFavoid ul-Kibar (I- qism)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Alisher Navoiy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm224KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/14
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Favoid ul-Kibar (I- qism)
Alisher Navoiy

Xazoyin ul-Maoniy: Ikkinchi Devon

Alif Harfining Ofatlarining Ibtidosi «Favoyid»din

1

Ey, yetti manzar tarhigʻa me’mori sun’ungdin bino,
Masnu’lar foniy, vale maslubi soni’din fano.
Chekmay malak lutfung kuni juz zikr ila tasbih uni
Odam debon qahring tuni har dam «zalamno rabbano».
Hamdnnggʻa har koʻtah nazar ham gungu lol oʻlgʻay magar
Chunkim demish xayrul bashar ul yerda louhsi sano.
Jinsi bashar yoʻq ogahing, xurshid xoki dargahing,
Koʻk mahd aro tifli rahing yetti atou toʻrt ano.
Faqr ahli istab qurbating, ahli gʻino ham toating,
Yetkanga dogʻi furqating ne faqr nofi’, ne gʻino.
Vaslingda ishrat xoʻb erur, ayshu tarab margʻub erur,
Sensiz manga matlub erur tanda alam, jonda ano.
Ishqingda bir devonaligʻ, shavqingda bir farzonaligʻ,
Agʻyordin begonaligʻ aylab oʻzungga oshno.
Jurmu gunahlardin oʻtub, kelturma yuzga qoʻrqutub,
Lola agar sogʻar tutub, musicha gar qilmish zino.
Bordur Navoiy bekase, ishq ichra andoqkim xase,
Chun oʻrtading ani, base, kuydurma doʻzaxda yano.

2

Ravshandururki mehr, yuzungdin olur safo,
Yoʻqsa, ne vajh ila qamar andin topar ziyo.
Gʻarqi muhiti ishqing edi jon ila koʻngul,
Ul damki, ruh emas edi tan birla oshno.
Gulda yuzung latofatidin range koʻrmasa,
Bulbulgʻa ne edi bu figʻon birla, bu navo.
Bir zarra ogʻzi ramzini har kimki angladi,
Yoʻli adam tariqiduru, zodi rah — fano.
Ul zindadil hayoti abad vaslidin topar,
Kim nishi gʻamni noʻsh deru dardni davo.
Lomeki, vasl ayogʻigʻa topmishtur ittisol,
Ul lomdurki, oʻrtagʻa olmish ani balo.
Oʻzdin qutul, Navoiyu maqsadgʻa yetki, qush
Yetmas chamangʻa, boʻlsa qafas ichra mubtalo.

3

Ey, nechukkim, durni maxfiy asrabon Ummon aro,
Gavhari ishqini pinhon asragʻan inson aro?!
Chunki insonni bu gavhar birla aylab bahramand,
Sarfaroz aylab maloyik xayli birla jon aro.
Allamal insongʻa chun aylab musharraf yer berib,
Taxti johu ishrat uzra ravzan rizvon aro.
Uylakim, taxt ahligʻa dushmandin oʻlmaydur guzir,
Ul xalifa birla dushmanligʻ solib shayton aro.
Makridin xorij qilib, mulki dinu aylab nasib,
Qarnlar sargashtayu ovoraligʻ davron aro.
Gʻurbatu yolgʻuzlugʻu mahzunlugʻu hasrat bila
Har zamon yuz ming balo ichra solib hijron aro.
Buyla chun rad aylagandpn soʻng yana aylab qabul,
Voli aylab olam otligʻ kulbai ahzon aro.
Bu qabulu rad aro hikmatni kimsa anglamoq
Xayli inson ichra sigʻmas xayyiz imkon aro.
Ey Navoiy, sen chu qulsen, qullugʻungni yaxshi bil,
Fikrating raxshigʻa javlon berma bu maydon aro.

4

Xudoyo, zalol ahligʻa rahnamoyo,
Yuzung jilva aylarga ash’yo maroyo.
Angakim atoyo, tilar sendin ehson,
Navo istaganlarga sendin atoyo.
Asireki, zikringni aylab hadya,
Beribsen xalosigʻa yuz ming hadoyo.
Falakda davoyirki, rasm etti sun’ung,
Jahon ganjidek anda yuz ming zavoyo.
Sen etmay qazo, boʻlmay ijrosi mumkin,
Jahon korgohida oʻtgan qazoyo.
Sening kibriyong ostonida yakson,
Agar xud salotin va gar xud raoyo.
Navoiyni bu jurmu isyonda bilmon
Ki, qoʻygʻungmudur yo chiqargʻungmu, oyo.
Oʻz ilgida chun hech yoʻq ixtiyori,
Oʻziga ani qoʻymagʻaysen, xudoyo.
Gunahbaxshi sen boʻlgʻilu jurmpoʻshi,
Shafoatgarilik xayrul baroyo.

5

Ey, koʻngul ichra mayi vasling uchun kom tamanno,
Jongʻa ham furqating oʻti aro bu xom tamanno.
Garchi vaslingni tilab, jonim aro qolmamish orom,
Lek topmish bu hazin jon aro orom tamanno.
Tunu kun bazmi visoling aro usruklar elidin
Meni labtashnai maxmurgʻa ber jom tamanno.
Garmroʻlargʻa agar hamqadam oʻlmoqqa hadim yoʻq,
Ham alarning soʻngicha urgʻali bir gom tamanno.
Kimki ul vahmu xayoli aro zotingni kiyurdi,
Qilmadi gʻayri xayolot ila avhom tamanno.
Munglugʻ ollinggʻa kelibmen, manga rahm aylaki,boʻlmas
Shohdin buyla gadolargʻa juz in’om tamanno.
Tong emas bodiyai ishqinga kirmakki, qilibmen
Bogʻlamoq Ka’bai koʻyung sari ehrom tamanno.
Holim ogʻozini bilmon, karam et rahm qilibkim,
Qilmisham xayr ila koʻying sari anjom tamanno.
Nuru zulmatni Navoiy netar, ul yuz keraku zulf
Kim, budur koʻnglida gar subhu gar shom tamanno.

6

Zihi, tojinga gavhari kibriyo,
Bu gavhardin ofoq topib ziyo.
Quyosh chiqqach, andoqki itkay nujum
Koʻrunmay, sen oʻlgʻach ayon, anbiyo.
Urujungda aynul yaqin ahlining
Koʻziga gʻuboring boʻlib toʻtiyo.
Quyoshning shioi xututin Masih,
Toʻquy olmayin hujranga boʻryo.
Sening millatingdin chu topib sharaf,
Saodat libosi kiyib ashqiyo.
Qilib toshu tufrogʻni oltunki, bor
Sening korgohingda bu kimyo.
Sanga ummat oʻlmagʻni istab rusul,
Vale biz sarafroz oʻlub holiyo.
Kelib sidqing ollida siddiqlar,
Aningdekki, siddiqu ahli riyo.
Navoiy netar qoba qavsayn, agar
Topa olsa qoshnng kebi ikki yo.

7

Zihi, hiloling oʻlub oy boshigʻa tigʻi balo,
Bir olmasiz ikki yorgʻon senu quyosh masalo.
Tutub sanga chu mayi lutf soqiyi rahmat,
Shafoating urub ikki jahon eliga salo.
Risolating damidin shar’i koʻzgusiga jilo,
Siyosating oʻtidin kufr rohibigʻa jalo.
Ham ahli ravzagʻa firdavs sensizin chahi vayl,
Ham ahli vayl ishi hajring oʻtida vovaylo.
Xumor dofii boʻlgʻaymu soqiyi kavsar,
Bu dayr ichinda mayi ishq ichmaganga toʻlo.
Tilimda zikringu koʻnglumdadur xayoling, shukr
Ki, bori sensiz emas suhbatim xalou malo.
Navoiy oʻldi, base, xoru past xas yangligʻ,
Sening yoʻlungda esa, bas, anga bu izzu alo.

8

Qishiki istasakim, yetmagay malolat anga,
Kerakmas ahli jahon birla zavqu holat anga.
Gar odame malak oʻlsaki, qilmasun ta’rif,
Agar kishi desakim, yetmagay xijolat anga.
Yomonni demaki, izlol etar ekin shayton,
Degil: fasodda mundin yetar zalolat anga.
Chu derlar insonni mushtaq oʻldi nisyondin,
Oʻzinu ahdin unutmoq etar dalolat anga.
Bilurki, roʻzi anga haq berur, oʻzidekning
Boʻlur chu bandasi, bois erur razolat anga.
Demaki, ilmda kelmish malakdin ul afzun
Ki, devdin dogʻi afzun erur jaholat anga.
Birov amonatini asray olmas, archi erur
Xudoy amonatini asramoq havolat anga.
Chu boʻldi nutq ila mumtoz barcha hayvondin,
Ham oxir ul hayvondin erur maqolat anga.
Bu zulmlarki, ul aylar, ne aylagay nogah
Aning hisobida haq aylasa adolat anga.
Navoiy ogʻzida na’m al-vakil erur zikring,
Surugʻ kuni karaminggʻa buyur vakolat anga.

9

Necha koʻnglum pora boʻlsa, rahm qilmas yor anga,
Necha bagʻrim boʻlsa qon, boqmas dame dildor anga.
Bir yuguruk tifl erur kirpiklarim ichinda yosh
Kim, yiqilib sonchilibtur har tarafdnn xor anga.
Nomam eltur qush agar mazmunin aytib qilsa sharh,
Sochqay oʻt qaqnus kebi ming chok oʻlub minqor anga.
La’ling ollida chekar el jonini olgʻach koʻzung,
Vah, ne sharbatdur labingkim, jon berur bemor anga.
Aql uyi sari inonin boshlamoq, nosih, ne sud,
Telbakim, dasht uzra markabdur buzugʻ devor anga.
Tortasen isyon yukin, xam qil qading toatqakim,
Yuk ogʻir boʻlsa, ruku’ ul dam boʻlur nochor anga.
Umri gʻaflat uyqusi birla tilarsen kechsa oh,
Koʻz yumub ochquncha kimning e’timodi bor anga.
Men xud oʻldum, ey sabo, koʻnglumni koʻrsang koʻyida,
Chiqma andin, deb nasihat qilgʻasen zinhor anga.
Zor koʻnglum tushkali hajr oʻtidin gʻam changiga,
Ey Navoiy, oʻxshashur ham ud anga, ham tor anga.

10

La’ling ul oʻtki, koʻngul mijmar anga,
Yo koʻngul durju labing gavhar anga.
Gʻamidin ayru emonkim, tutmish
Uns bu xotiri gʻamparvar anga.
Zordur telba koʻngulkim, koʻrunur
Har dam ul hur pariy paykar anga.
Qon koʻnguldin ne ajab turmasakim,
Kirpiking har dam urar nishtar anga.
Hajr oʻtidin tanim ul nav’ kuyar
Kim, erur ostida kul bistar anga.
Hajridin holim erur andoqkim,
Boʻlmagʻay koʻrmagucha bovar anga.
Dahr xush gulshan erur, naylaykim,
Yoʻq vafo gullaridin zevar anga.
Jon olurda gʻami hajr, ey soqiy,
Choradur boda bila sogʻar anga.
Yuzi vasfigʻa Navoiy tushmish,
Bargi guldin yasangiz daftar anga.

11

Vah, ne hol oʻlgʻayki, kelgach ul buti zebo manga,
Oʻzga qilgʻay hol har dam ul qadi ra’no manga.
Ne ajab, oʻlsamki aylab toza ruhin, xalqning
Ruh zoyil aylagay ul husni ruhafzo manga.
Shukr erur, ey koʻzki, har oʻqkim otar ul qoshi yo,
Yo sangadur, yo bagʻirgʻa, yo koʻngulga, yo manga.
Aylagay bir damda yuz dayri koʻhan tarkin Masih,
Koʻrsa zulmekim qilur ul dilbari tarso manga.
Ey koʻngul, itkilki har devonaligʻkim aylasang,
Ul pariyvash ishqida, oxir kelur gʻavgʻo manga.
Noumid oʻlsam, vale nav’i ummidim dogʻi bor,
Barcha ushshoqigʻa rahm etmak ul oy, illo manga.
Ikki zulfi tobu pechidin buzuldum, negakim
Xonumon aylar qora har lahza ul savdo manga.
Soqiyo, ahbob hajri qatlim aylar — boda tut
Kim, bu qotil zahr taryoki erur sahbo manga.
Dema, ne erkin Navoiyning jilavdor oʻlmagʻi,
Vah, ne erkim, har nekim hukm etsa ul mirzo manga.

12

Qachon otsa ul gʻamza novak manga,
Kelur gar ming oʻlsa yako-yak manga.
Yaqo chokidin hajr tashrifini
Koʻrungkim, yelak boʻldi koʻnglak manga.
Firoq ichra, jonu koʻngul, siz keting
Ki, boʻlmish zarurat bu emgak manga.
Ne zulfungni qasdimgʻa dom aylading,
Bas, aning chu bir tori ilmak manga.
Chu sensiz tirik qolmisham, yaxshiroq
Bu yangligʻ tiriklikdin oʻlmak manga.
Necha bevafolargʻa koʻprak vafo
Qilursen, yetar javr koʻprak manga.
Netib oʻlmayin, ey Navoiyki, zulm
Qilur barcha mirzoyu miyrak manga.

13

Agarchi yoʻq talabingdin dame qaror manga,
Irodat emgagidur bu, ne ixtiyor manga.
Visol davlatin ul kun oʻzumga jazm ettim
Ki, hajr gʻussasin etti havola yor manga.
Chu yor koʻnglida boʻlsam, balo manga yovumas,
Bu vajh ilaki, temurdin boʻlur hisor manga,
Ne bilsun ul kishikim, chekmamish firoq tunki
Ki, ne sifat kechadur tiyra roʻzgor manga.
Qochib adamgʻa boray aqlu fahmu donishdin,
Vatan borinda bu yot el aro ne bor manga.
Buyurmagʻil yana sabr, ey tabib, tengri uchun
Ki, ushbu sharbat emas emdi sozvor manga.
Navoiydek qadidin qilsam oʻlgali ohang,
Biyik maqom topibon yasang mazor manga.

14

Chogʻirgʻa tushkali yoʻqtur qaroru xob manga,
Chu oʻtqa tushtum, emas ayb iztirob manga.
Hamisha mastu xarob ul sifat yururmenkim,
Koʻrub tahayyur etar olami xarob manga.
Boqib tabassum etar piri dayru mugʻbacha ham,
Bu dayr aro kular alqissa shayxu shob manga.
Chu mast edim, manga ta’sir qilmadi, garchi
Malul boʻldilar etmakdin ehtisob manga.
Duoi subh bila boda tarkin istarmen,
Tilar sabuh xumor aylabon, azob manga.
Nechaki maykada ichra ayogʻyalang, yaqo chok,
Icharga durdi qadah har taraf shitob manga.
Ichursa jomi hidoyat, navo tuzub jome,
Navoiy, anda magar boʻlgʻay ijtinob manga.

15

Ul oy kularga erur, yuz ajab, tarona manga,
Borisi qoshida maks etkali bahona manga.
Oʻqi yaralarini koʻksum ichra asrarmen
Ki, har biri erur ul shoʻxdin nishona manga.
Zabonalar yaralardinki chiqti, holimni
Demakka hol tili boʻldi har zabona manga.
Bir oh oʻti bila ishq ahlin uyla kuydurayin
Ki, qolmagʻay kishi ishqi shariki yona manga.
Koʻngulda xolidin ul xat muhabbati tushti,
Giyohi fitna koʻkartur bu turfa dona manga.
Sipehr gunbadi ichra netib qadah ichmay
Ki, boʻldi mujibi hayrat bu korxona manga.
Navoiyo, meni Farhod dema yo Majnun,
Nedinki, hojat emas bogʻlamoq fasona manga.

16

Tori zulf oʻlgʻali dilband sanga,
Boʻldi jon rishtasi payvand sanga.
Ham shakardur labingu ham xandon,
Yarashur asru shakarxand sanga.
Xoʻblar mayli koʻngul qilmadikim,
Emas erdi biri monand sanga.
Ey koʻngul, gʻunchasining hasratidin
Tushdi parkand uza parkand sanga.
Vahki, zanjiri junun zulfungdin
Mubtalo barcha xiradmand sanga.
Men kebi hajrgʻa qolgʻay, ey vasl,
Har kishi boʻlmasa xursand sanga.
Sen ekinsenmu, Navoiy, telba,
Yoʻqsa, bergan kishilar pand sanga.

17

Zihi, ahli din qatli oyin sanga,
Ne oyindur, ey kofiri Chin, sanga.
Yuzung maydin oʻldimu gulgul, vayo
Sochar charx gulbargu nasrin sanga.
Erur gʻuncha ogʻzingki, kulganda bor,
Iki barg iki la’li rangin sanga.
Labing joni shirin kebi boʻldikim,
Fido boʻldi yuz joni shirin sanga.
Daming, ey koʻngul, elni oshiq qilur,
Magarkim, berur ishq talqin sanga.
Desang ishq dashtini qat’ aylayin,
Kerakmas buyla aqli xudbin sanga.
Navoiy, bu husni kaloming bila
Emas hojat ehsonu tahsin sanga.

18

Telba koʻnglum yorasi hadsiz tani uryon aro,
Uyladurkim, yer tutar devonaye vayron aro.
Buki, la’ling nuktasi har dam oʻlukni tirguzur,
Kirdi Ruhulloh, magar ul chashmai hayvon aro.
La’l yozilgʻon kebidur la’l aro qilsang nazar,
Koʻzki hayratdin tikibmen ul labi xandon aro.
Qatra su ichra, degaykim, bargi gulning aksidur,
Qatra qonim rangini kim koʻrsa ul paykon aro.
Qomating yodida koʻnglum ichra har keskan alif,
Rost boʻlmish ul alifdekki, yozilgʻay jon aro.
Jon fidong oʻlsun, habibimkim, hamono bor edi,
Qasdi mahluqot aro insonu sen inson aro.
Ey Navoiy, istasangkim oʻlmagay el darddin,
Dardi holingni dema nazm aylabon afgʻon aro.

19

Soqiyo, naqdi hayotim javharidur jom aro
Kim, erur jom ichra may, aksing mayi gulfom aro.
Lojuvardi charx jomida shafaqdin quydi may,
Quy shafaqgun bodasin ham lojuvardi jom aro.
Mast oʻlub bir dam shabob ayyomini tut mugʻtanam
Kim, yigitlik dam-badam oʻtmakdadur ayyom aro.
Bir zamon ayrilma ahbobi neku farjomdin
Kim, erur oxir judoligʻ dahri nofarjom aro.
Boʻlmasa ashrof sofiy, noʻsh bazmi xushturur,
Mastligʻ dayr ichra ham arzoli durdoshom aro.
Chun qotiq hangomadur rihlat, icharmen tunu kun
Kim, oʻzumni aylagaymen bexud ul on hangom aro.
Dahr noʻshi komigʻa boʻlma, Navoiy, gʻarrakim,
Tegmasun nokomligʻning neshi andin kom aro.

20

Mir’oti husnung tiyradur bu ohi dardolud aro,
Ravshanligʻi mumkin emas, chun sham’ qoldi dud aro.
Butkanga oʻxshar, degasen, har yon qizil gul uzra barg,
Har saridin paykonlaring bu jismi xunolud aro.
Shomi gʻam ohim dudidur, ul dud aro har yon sharar,
Bilgil, nuhusat anjumi bu shomi qirandud aro.
Xoʻy qatrasidin gʻarq erur xoling savodi, vah, netar
Bir tiyra kavkab fitnasi yuz axtari mas’ud aro.
Ochting chu zulf ul ikki koʻz haryon xadang otmoq ne tong
Kim, qolmish ikki turki chin hinduyi noma’dud aro.
Ul koʻy qasdi etmisham, ey voiz, ani man’ etib
Har dam dema jannat soʻzin, soʻz solmagʻil maqsud aro.
Qochsa Navoiy shayxdin piri mugʻon sari, ne ayb
Kim, bor tafovutlar, base, maqbul ila mardud aro.

21

Savodi xoli aning la’li ruhparvar aro,
Magarki murcha nisfi uzuldi shakkar aro.
Koʻngulda nuqtai xoling xayoli toʻsh-toʻshdin,
Yogʻin asarlaridur nuqta-nuqta axgar aro.
Yuzungda qatraye xoʻy kasrati orasida xol,
Birisi munkasif oʻlmish bu xayli axtar aro.
Kecha ne nav’ yumay kirpiking xayolida koʻz,
Mangaki, igna butar tonggʻa tegru bistar aro.
Bu oʻtki, mendadurur, doʻzax ichra qochqay xalq,
Kiyursalar meni oshub birla mahshar aro.
Qadah keturki, falak javridin amon hirzi,
Zamona yozmadi juz davri jomu sogʻar aro.


Navoiy, ayla makon charx gulshanin, ya’ni
Ki, chugʻz boʻlma bu vayronai muhaqqar aro.

22

Yor labi aksi tushub jom aro,
Bodagʻa jon ta’mi berur kom aro.
Baski koʻngul ogʻzi xayolidadur,
Gʻunchadek oʻlmishdurur andom aro.
Hajr aro koʻrguz desam ul yuzni, der:
Mehr qachon jilva qilur shom aro?
Dema, nedin koʻnglunga oromdur,
Muttasil ul zulfi dilorom aro.
Oʻzga koʻngullar qushin aylarga sayd,
Bogʻladi koʻnglum qushin ul dom aro.
Mast chiqib dayrdin ul mugʻbacha,
Tafriqa soldn yana islom aro.
Oʻtda Navoiy kuyadur koʻrgali
Xolin aning orazi gulfom aro.

23

Bir oy oʻtti meni mahzungʻa, bir oy intizorinda
Ki, ne koʻnglum erur hushinda, ne hushum qarorinda.
Ichim furqat balosinda, toshim hajr ibtilosinda,
Tanim ishq iztirobinda, oʻzum shavq iztirorinda.
Yuzung hajrida tufrogʻ oʻldum ul yangligʻki, yel qoʻpqoch,
Quyosh chiqsa, padidor oʻlmagʻay jismim gʻuborinda.
Yuzung maydinki gulgul boʻldi, yoʻq jannatda ul gullar
Ki, bir-bir ochilibdur olami husnung bahorinda.
Degaykim: boʻstonafroʻz ichida tuxmi sochilmish,
Biravkim xollar koʻrsa, uzoring lolazorinda.
Tishing shavqida gʻaltonligʻ aro yuz goʻshada qolgʻay,
Agar inju oʻzin solsa, duri ashkim qatorinda.
Mayi vasling qanikim, nash’asi jismimgʻa jon bergay,
Bu yangligʻkim, oʻlum holinda men hajring xumorinda.
Mening yo doʻstning jurmi dema ishqimnikim, ermas
Mening ham ixtiyorimda, aning ham ixtiyorinda.
Quyosh chiqqandek oʻlgʻay, tiyra tun ichra ul oy kelsa,
Navoiyning firoq ichra qorargʻan roʻzgorinda.

24

Gul kerakmastur menga, majlisda sahbo boʻlmasa,
Naylayin sahboni, bir gul majlisaro boʻlmasa.
Bazm aro xushtur qadah kavkab, vale ermas tamom,
Mutribi xushlahjai xurshid siymo boʻlmasa.
Mehru mohu mushtariyu zuhra chun qildi tulu’,
Hech nahs axtar tulu’i anda qat’o boʻlmasa.
Muncha boʻlsa ham muyassar, jam’ emas xotir hanuz,
Toki mugʻ koʻyida bir mahfuzi ma’vo boʻlmasa.
Chun bu yerda ichkaridin rust bogʻlandi eshik,
Odam ermas ul kishikim, bodapaymo boʻlmasa.
Xushturur bu nav’ amniyat, vale aqshomgʻacha
Gar falakdin bir xiyonat oshkoro boʻlmasa.
Har kishiga umrida bu nav’ bir kun bersa dast,
To abad gʻam yoʻq agar boʻlsa yana, yo boʻlmasa.
Umr bazmida nashot asbobi dilkashdur, base,
Gar havodis shahnasidin anda yagʻmo boʻlmasa.
Ey Navoiy, gar nasibingdur abad umre, kerak
Xotiringda yordin oʻzga tamanno boʻlmasa.

25

Yuzi ollida gul, nazzora qildim, xoʻb emas ancha,
Qadi qoshigʻa boqtim, sarvgʻa margʻub emas ancha.
Habibim ishqida devona boʻlgʻanda, pariy dogʻi
Koʻzumga jilva qildi, borlar mahbub emas ancha.
Boʻlubmen yorgʻa tolib va lekin hurgʻa zohid,
Muni men istamasmenkim, manga matlub emas ancha.
Iti oʻltursa ham, koʻprak sogʻinurmen raqibidin,
Nedinkim, xotirimdin bu pariy maslub emas ancha.
May ichsam behisob, eskarmayin kavsar suyin, yoʻq ayb,
Fano kasbida bu ollimda chun mahsub emas ancha.
Junun koʻnglumga Majnundin erur gʻolibroq, ey oqil,
Taaqqul aylasang savdogʻa bu magʻlub emas ancha.
Agar zuhdi riyoiy ahlidin kufr ahlini koʻproq
Sogʻinsam ayb emaskim, bu manga ma’yub emas ancha.
Koʻzum ashkini yoʻq, lekin qurutmoq bahrni mumkin
Ki, xilqat vajhidin tab’i munung martub emas ancha.
Navoiygʻa keraktur yor, gul bulbulgʻa boʻlsunkim,
Yuzi ollida gul, nazzora qildim, xoʻb emas ancha.

26

Sohiredur ul koʻz, ammo xoli hindu ostida
Nuqtadur oraz uza, yoʻq ersa, jodu ostida.
Son’din koʻrdik zanaxdon ostida fikrat chogʻi,
Kimki koʻrmaydur bilurin dasta koʻzgu ostida.
Ichsa may, jismi safosidin koʻrunur to borur,
La’l agar tushsa, koʻrungandek suzuk su ostida.
Shohlar tojigʻa loyiq tugmadur, gar bersa dast,
Goʻyikim koʻrguzdi ul chobuk uzangu ostida.
Otashin gulning niholisin unut, ey andalib,
Kuldin oʻzga gulxani bistar solurmu ostida.
Jomi miynoye ilikdin qoʻymakim, bu shevasiz,
Kimsa xushhol oʻlmadi bu toqi minu ostida.
Ey Navoiy, qaygʻu togʻin may bila daf’ aylakim,
Yaxshiroq togʻ ostida qolmoqki, qaygʻu ostida.

27

Figʻonki, hajridin oʻldi oʻkush alam bizga,
Tarahhum etmadi ul mehri yoʻq sanam bizga.
Fidosi jonu koʻngul ayladuk, vafo ul oy
Qilib ulusqa, ravo koʻrdi dardu gʻam bizga.
Gʻamidin oʻldigu ul isaviy dam aylamadi,
Iyodat aylagali ranja bir qadam bizga.
Bitidi har sari ushshoqigʻa vafo bitigin
Magar, ushaldi yetishkan zamon qalam bizga.
May el bila ichibon, bizni xokirah aylab,
Figʻonki, toʻkmadi durdi piyola ham bizga.
Fano mayini agar piri dayrdin topsaq,
Sinuq safol koʻp ortuqki, jomi Jam bizga.
Navoiy usruk esa subhu shom, tonglamakim,
Azalda kilki qazo chekti bu raqam bizga.

28

Yorlardin qilibon ram goʻyo,
Boʻldung agʻyorgʻa hamdam goʻyo.
Xayli ushshoqki, mardud etting,
Bormen ul xaylda men ham goʻyo.
Dudi oh ichra qora kiymishlar,
Boʻldi ishq ahligʻa motam goʻyo.
Buki, devona koʻngul sevdi pariy,
Bevafodur bani odam goʻyo.
Girdibolisht anga xurshid oʻldi,
Ul erur Isoi Mar'yam goʻyo.
Olam asbobi uchun gʻam yemagil,
Arzimas bunchagʻa olam goʻyo.
Ey Navoiy, buki, aylandi habib,
Yoʻqtur ul zaxmgʻa marham goʻyo.

29

Chiqmaq usruk dogʻi ul kofiri bebok balo,
Mastligʻdin yaqo ham aylamagi chok balo.
Oʻlturur qahriyu lutfi, bas erur boʻlgʻanda
Ul pariy chehra gʻazabnoku tarabnok balo.
Yuzu qaddi gul ila sarvni oʻrtabki, erur
Ham xadi pok balo, ham qadi cholok balo.
Mehrn ruxsorngʻa koʻz solsam oʻlarmenkim, bor
Zaqanidin yuzu manglayigʻacha pok balo.
Raxsh surganda oʻkush jonlar erur xokirahing,
Koʻrmadi sen kebi hargiz kurrai xok balo.
Kim balodin qocha olgʻayki, qilib davr aylar
Xalq boshi uza parvizani aflok balo.
Lam’ai orazidin kuysa Navoiy ne ajab,
Torta olgʻaymu choqin yoʻlida xoshok balo.

30

Doʻst boʻlmas gar jamol ahliga jon qilsang fido,
Dushmani jondur agar jonu jahon qilsang fido.
Xasta joninggʻa baloyi jovidondur qotile
Kim, tamannosigʻa umri jovidon qilsang fido.
Ey koʻngul, koʻrsang labu qaddin, kerak shukronagʻa
Javhari joning bila naqdi ravon qilsang fido.
Dedi: kelgum soʻrgʻali, ey ishq, jonim asragʻil,
Kim kerakkim, kirgach ul nomehribon, qilsang fido.
Umrgʻa yoʻq e’timod, ey xasta jon, oʻzni kerak
Ul koʻngul oromini koʻrgan zamon qilsang fido.
Jilva aylar har taraf bir mugʻbacha, ey piri dayr,
Jonim olibsen, bil ani har qayon qilsang fido.
Ey Navoiy, kosh yuz joning boʻlub, jononadin
Istamay bir vasl, borin roygon qilsang fido.

31

Yor dardim soʻrmayin koʻnglumni mahzun qildilo,
Jonim oshubini kam qilmoqdin afzun qildilo.
Bermayin zaxmin jigar qonigʻa taskin gunaye
La’li kulmak birla ashkimni jigargun qildilo.
Daf’i savdo istadim la’li mayidin bir yoʻli,
Ul pariy savdozada koʻnglumni majnun qildilo.
Ey koʻngulkim, sabr togʻin maskan etting, oqibat
Tund sayli ishq ul togʻingni homun qildilo.
Besutungʻakim sutun Farhod boʻldi, qofi ishq
Ul sutunni Besutun ostidagʻi nun qildilo.
Nedur uchmoq joh ila, oxir falak Namrudning
Osmoni taxtu johin ganji Qorun qildilo.
Qatra xoʻyluq orazing vasfin Navoiy qilgʻali
Lutfi tab’ abyot nazmin durri maknun qildilo.

32

Vahki, boʻldum ishq aro bir bevafogʻa mubtalo,
Boʻlmasun ahli vafo mundoq balogʻa mubtalo.
Anglagʻay majnunlugʻu bedilligʻimni har kishi
Kim, boʻluptur bir pariyvash dilrabogʻa mubtalo.
Zohido, rasvoligʻim ta’n aylading, jahd aylakim,
Boʻlmagʻaysen ul koʻzi, qoshi qorogʻa mubtalo.
Boʻlmayin begona yoru oshnodin chora yoʻq,
Xoh boʻl begonagʻa, xoh oshnogʻa mubtalo.
Podsho birla gado holigʻa kulsa, ne ajab,
Boʻlsa men yangligʻ gadoye podshogʻa mubtalo.
Boʻlmish ul kofir gʻami devona koʻnglumdin malul,
Hech kofir boʻlmasun men mubtalogʻa mubtalo.
Soqiyo, may tutki, dardining davosi bodadur,
Hajrdin kim boʻlsa dardi bedavogʻa mubtalo.
Kir xarobot ichrayu boʻl rindlar vobastasi,
Xonaqahda boʻlgʻucha ahli riyogʻa mubtalo.
Ey Navoiy, yona ul badahddin boʻlsam xalos,
Ahd qildimkim, yona boʻlmay yonagʻa mubtalo.

33

Falak nilufaridin chashmai mehr oʻldi gar paydo,
Yuzungda nildin ul chashma qilmish nilufar paydo.
Oʻqung koʻnglumga kirgach, qatra qonlar oqti, kim koʻrmish
Nihol andoqki, ani tikkach-oʻq boʻlgʻay samar paydo.
Achiq soʻz birla bel qatlimgʻa bagʻlar, turfaroq bukim,
Nazarda ne ogʻizdur zohir andin, ne kamar paydo.
Labi shavqi ichimda, yuzda qon yoshim, ajab ermas,
Yuzinda la’l yutqanning boʻlur, derlar, asar paydo.
Koʻngulni to parishon aylading, yuz barqi gʻam sochti,
Nachukkim, oʻtni qoʻzgʻarlar, boʻlur andin sharar paydo.
Yerutti vasl sham’i ahli hijron tiyra avqotin,
Mening shomimgʻa, vahkim, qilmadi davron sahar paydo.
Ajal qasrin hakimi sun’, bas, mushkil tilsim etmish
Ki, har kim anda kirdi, boʻlmadi andin xabar paydo.
Masihodin dam urmangkim, habibim gardigʻa yetmas,
Agar Jibrildek egnidin aning boʻlsa par paydo.
Navoiy ishqin, ey zohid, sening panding ayon qildi,
Bale, ayb oʻlmagʻuncha oshkor, oʻlmas hunar paydo.

34

Manga ne manzilu ma’vo ayon, ne xonumon paydo,
Ne jonimdin asar zohir, ne koʻnglumdin nishon paydo.
Xirad maxfiy, badan foniy, koʻngul gʻoyib, tarab ma’dum,
Bori sahl erdi, boʻlsa erdi ul nomehribon paydo.
Shikebu sabru hush itmish, qaroru aqlu jon ketmish,
Ne gʻam, gar boʻlsa ul oromi ruh, ul quti jon paydo.
Xayoli jonda paydodur, soʻzi afgʻonda paydodur,
Oʻzi ham netti, vah, ollimda boʻlsa bir zamon paydo.
Oʻlar holatdamen onsiz, tarabdin koʻrmayin oʻlmay,
Demang, ta’jil ila ul umr boʻlsa nogahon paydo.
Qiyomat erdi onsizkim, yuz ochti, ey musulmonlar,
Boʻlung voqifki, boʻldi fitnai oxirzamon paydo.
Kesar yuz naxlni har dam, qilur yuz sarvni xurram,
Taajjub, koʻrki, bu gulshanda ermas bogʻbon paydo.
Hazar qilmoq qazo jallodidin boʻlmaski, yillardur
Qilur qatl, uylakim, ne tigʻ oʻlur paydo, ne qon paydo.
Sanga jon shavqidin berdi Navoiy, yoʻq ajaldinkim,
Ajal topquncha ermas ul zaifi notavon paydo.

35

Ul oy bu telba bila yormu ekin, oyo,
Zamiri ichra gʻamim bormu ekin, oyo.
Bukim, firoqi oʻzumdin xabarsiz etti meni,
Oʻzi birorta xabardormu ekin, oyo.
Koʻzum tobonigʻakim shomi vasl surtarmen,
Uyubmu erkinu, bedormu ekin, oyo,
Men ul taraf bora olmon, koʻngul kela olmas,
Meningdek ul dogʻi bemormu ekin, oyo.
Kamandi zulfi gah ochilgʻach, uchti imonim,
Rasanmu, rishtai zunnormu ekin, oyo.
Chu xirqa bodagʻa rahn oʻldi, boʻlmisham sargum,
Garovga navbati dastormu ekin, oyo.
Navoiy oʻzlukidin kechti, dogʻi qoʻydi qadam,
Bu yoʻlda emdi sabukbormu ekin, oyo.

36

Orazu xolingni birdam koʻrmasam, ey dilrabo,
Uyladurmenkim, koʻrunmas koʻzuma oqu qoro.
Hajr aro ra’no qading naxlin tilarmen tengridin,
Shomlar sham’ istagandek xayr ahlidin gado.
Gar firoq ayyomining bilmon hisobin, ne ajab
Kim, yuzung hajrinda kunduz kecha yangligʻdur mango.
Barq emas, olamgʻa yuz qoʻymishdur ohimdin sharar,
Ra’d emas, gardungʻa chirmanmish figʻonimdin sado.
Boshing ol, ket oʻz payi vaqtinggʻa, ey shaydo koʻngul
Kim, emassen xasta jonning hech dardigʻa davo.
Necha oqqay koʻz yoshim, yetkur gʻuborin, ey nasim,
Farzi ayn erur yasharur koʻzga solmoq toʻtiyo.
Umr yeldek oʻtmakin debsen magar, ey bogʻbon
Kim, yaqosi choksiz gul butmadi bu bogʻ aro.
Jon topay, dersen, sabuhiydin, vale gʻofilki, subh
Chok etib koʻnglak, sening holinggʻa tutmishtur azo.
Ey Navoiy, xasta koʻnglumga madaddur novaki,
Rost andoqkim, zaif elga berur quvvat aso.

37

Sarigʻ ogʻrigʻ boʻldum, ey soqiy, xazoni hajr aro,
Qoni asfar mayki, bor har qatrasi bir kahrabo.
Yuzu jismimdur sarigʻ barge qurugʻan shox uza,
Shoxu bargekim, qurub sargʻarsa, kim koʻrmish davo!
Ne marazdur buki, bir gulruh sharori ishqidin,
Boʻldi sarigʻ lola koʻzum oqiyu dogʻi qoro.
Sud emish koʻz tushsa asfar jinsi sari, vah, qani
Sarvinozimkim, sarigʻ gul bargidin kiymish qabo.
Sargʻarib qolmish havodis kojigʻa hijron kuni,
Sir sarigʻ qushdekki, kunduz qolgʻay ul qushlar aro.
Shom ila subh ar sarigʻ ogʻrigʻ emaslar, bas nedur,
Tun sochin yoyib, quyosh yirtib yuzin, tutmaq azo.
Dardi tufroqqa nihon etti Navoiy jismini,
Topibon bir shusha oltun, dafn qilgʻandek gado.

38

Kimsa hargiz koʻrmadi chun ahli davrondin vafo,
Ulki davron ofatidur, ne tama’ andin vafo.
Jonu umrum uldurur, gar bevafo boʻlsa, ne tong,
Qayda koʻrmish kimsa hargiz umr ila jondin vafo!
Gar vafo qilsang, erur andinki, bordursen pariy,
Yoʻqsa, kim olamda koʻrmish nav’i insondin vafo!
Vahki, davron ahlidin juz bevafoligʻ kelmadi,
Har nechakim, koʻrdilar men zori hayrondin vafo.
Chun vafo gulbargi dazron bogʻida ochilmadi,
Bejihattur kimki istar bu gulistondin vafo.
Kimsa koʻnglin, kimsadin istab vafo, oldurmasun
Kim, manga xud yetmadi ul koʻnglum olgʻandin vafo.
Ey Navoiy, gar vafosiz chiqti ul sultoni husn,
Topting eldinkim, tilarsen emdi sultondin vafo.

39

Zihi anda makon topibki, yoʻq mumkin makon anda,
Yetib andaki, yetmas aqlu fahmi xurdadon anda.
Kishi bu nav’ xilvatni nachuk qilgʻay taaqqulkim,
Haq anda mizbon boʻlgʻay, habibi mehmon anda.
Bu xilvat rozigʻa nomahram oʻlmagʻliq tariqinda,
Malak boʻlgʻay hamon anda, bashar boʻlgay hamon anda.
Yiroqtin anbiyo arvohi soyir posbon yangligʻ,
Chu shah matlub ila boʻlgʻay, ne mahram posbon anda.
Nachukkim, mehmongʻa tuhfa chekmak rasmi davr, boʻlgʻay
Ulusqa rahmati jovidi osori ayon anda.
Makon birla zamondin soʻrmakim, yoʻqluqda bor erdi
Zamon yangligʻ makon anda, makon yangligʻ zamon anda.
Nishon, eykim, tilarsen aqldin mundoq ishonlarni,
Nishon kim aytqay, aql oʻlsa benomu nishon anda.
Topib maqsud shabgardi samoviy bu urujidin,
Yeridin zarra borib, qaytibon xurshidson anda.
Ilohiy, ul shafi’ oʻlgʻanda el jurminki, afv etkung,
Navoiyni dogʻi novmid qilma nogahon anda.

Be Harfining Balolarining Bidoyati «Favoyid»din

40

Sochsa anjumdin falak boshinggʻa yuz ming durri nob,
Jolai gʻam, bilki, yogʻdurgʻay bir ofatligʻ sahob.
Ne gʻaraz bu jolani yogʻdursa andin oʻzgakim,
Umr naxlin sindurub tan kulbasin qilgʻay xarob,
Roʻzi ortuq boʻlmagʻin har kimki bilgay charxdin,
Zol yangligʻdurki, roziq charxini qilgʻay xitob.
Ofarinish bahridin gardun hubobe besh emas,
Bormu imkon kimsaga bir qatra su bermak hubob
Boʻlsa erdi qudratekim lahzaye tutgʻay qaror,
Tunu kun tinmay bu nav’ etkaymu erdi nztirob.
Ul dogʻi oʻz holigʻa hayron erur andoqki men,
Anda ham sargashtalik andoqki, menda pechu tob.
Jismi aning ham havodis zarbasidin nilgun,
Topmayin maqsudini mendek necha aylab shitob.
Qudrat ilgida boʻlub ul ham zabun andoqki men,
Olmay ul mendin hisob, andoqki men andin hisob.
Ey Navoiy, solik ersang, haq vujudin bil vujud,
Mosivollohni — adam. Vallohu a’lam bissavob.

41

Uygʻotur subhi bahor elni figʻon birla sahob
Kim, sabuhiy chogʻidur — mast boʻlung, ey ashob.
Barq har dam choqilib ishnagach-oʻq tiyra boʻlur,
Ya’ni oʻsh mundin oling umr charogʻigʻa hisob.
Yogʻin ahvolinga yigʻlarki, koʻz och uyqudin
Kim, erur sayli mamarri bu koʻhan dayri xarob.
Yel esib tiyr chekar, ohki, boʻlma gʻofil
Kim, bu yangligʻdurur ayyomi hayotinggʻa shitob.
Barcha tanbih angadurkim, qoʻpu chek jomi sabuh,
Hayfdur buki, oʻtar uyqu bila subhi shabob.
Koʻz yumub ochqucha tong otmishu chiqmish xurshid,
Tun erur pardayu mushkin bila holinggʻa hijob.
Bir dam ahbob bila bazmi sabuhiy tuzubon
Chekingiz, damni gʻanimat bilibon, bodai nob.
Hoyu-huy aylabon oʻzni nafase xush tutkim,
«Hay» degancha ne sen oʻlgʻung oroda, ne ahbob.
Bu navo kimga nasib oʻlsa, Navoiy yangligʻ,
Bu gʻazal birla ichib boʻlsa kerak masti xarob.

42

Bu koʻhan dayrda xushtur necha kun bodai nob,
Xossa bir mugʻbacha ishqida kishi boʻlsa xarob.
Zolime, qotile, yagʻmoye, torojgare
Kim, boʻlub kufridin, ofoq aro din ahli yabob.
Rishtai jonni tugub, zulfidin ochqanda girix,
Pardadarliklar etib, yuziga yopqanda niqob.
Koʻyi ul dayrki din ahlini aylab kofir,
Qoshi ul dayrda bu kufr eliga mehrob.
Buyla ofat gʻamidin goh kishi koʻnglida oʻt,
Andoq oʻt shu’lasidin goh birav jismida tob.
Nogahon mast chiqib dayrdin, ilgida qadah,
Ichibon oshiqi zorigʻa ichursa mayi nob.
Hashrgʻa tegru ayilsa bu may ichkan ozdur,
Ming tamugʻ yolinicha oʻtda ekan boʻlsa azob.
Dayrda butni kishi topsa, netar jannatu hur,
Ul qadah ollida kavsar mayigʻa xud ne hisob.
Buyla bir aysh Navoiygʻa talofiy aylar,
Charxdin tortsa yuz qarn jafo birla itob.

43

Iki ruxsoring erur xoʻbu xatting ham margʻub,
Xoʻblardin neki bosh ursa, erur beshak xoʻb.
Toki sevdim seni, javringni dogʻi sevmishmen,
Har ne mahbub qilur, bordurur ul ham mahbub.
Rishtai jon bila nomang boshini chirmar edim,
Ul sharar tori bila kuymasa erdi maktub.
Xasta dillargʻa ne jon olgʻuchi yuzdur ulkim,
Qolibin qildi tihi, koʻrgach ani ahli qulub.
To labing volahi boʻldum, tilamon obi hayot,
Suni naylar kishikim, bodagʻa boʻlgʻay magʻlub.
Ahli ishq ichra manga yoqma vara’ tuhmatini,
Zohido, qilma hunar ahligʻa bizni ma’yub.
Istasang mulki baqo, salb qil oʻzlukni burun
Ki, suluk ichra fano ahligʻa budur uslub.
Ey Navoiy, tilasa shoh mushavvash raqaming,
Har ne matlub anga, bizga ham uldur matlub.

44

Oʻrtasa ishq meni, soʻrma sabab:
Kuysa xoshok yolindin, ne ajab.
Choklik jon qolur oʻtu su aro,
Chun mayoluda boʻlur ul iki lab.
Ayogʻing tufrogʻin oʻpsam basdur,
Ber ayogʻingni desam — tarki adab.
Uyla, dardu gʻaminga oʻrgandim
Kim, unut boʻldi manga ayshu tarab.
Zulfida zor koʻngul ranji ne tong,
Xastagʻa koʻprak oʻlur kecha taab.
Biz kimu vasl murodi, hayhot!
Dardi noyoft erur bizga talab.
Jon topib zor Navoiy qoʻpqay,
Tufrogʻi ustiga sursang markab.

45

Qilgʻali may bila gulgul yuzin ul noʻshinlab,
Lolagun boʻldi quyosh orazi kavkab-kavkab.
Sendin ul kom xayol etmamisham, koʻnglumakim,
Qilsam izhor ham oʻlgʻay demaki, tarki adab.
Jon labing oshiqiyu zikri mudom ogʻzimda,
Rashkdin jonim agar ogʻzima kelsa, ne ajab.
Keldi Shirin bila Layli sanga hayron, garchi
Bu ikav hasratida erdi Ajam birla Arab.
Ayladim tavba nedinkim, gʻamim andoq gʻam emas
Ki, may ichkan bila boʻlgʻay manga har lahza tarab.
Koʻyidin ketmaku oʻlmak manga teng boʻlsa, ne tong
Kim, jalo harflaridurki, ajal topti laqab.
Dahr aro ayshu nashot istasang, oʻlgʻung mahrum,
Negakim, anda nasib oʻlmadi juz ranju taab.
Aqlkim, barcha xirad ahligʻa erdi ustod,
Boʻldi ishq abjadi ta’limida tifli maktab.
Bil Navoiyki, talab birla topilmas maqsud,
Lek topqanda dogʻi bor edi albatta talab.

46

Qachon maktabda ul mohi muaddab
Borur, oʻzdin borurlar ahli maktab.
Boʻlur lavhi zabarjad ahli hayron,
Chu olur ilgiga lavhi muzahhab.
Degach abjad, boshigʻa evrulurlar
Qamar birla quyosh, ya’ni jadu ab.
Nechukkim maktab atfoli xurushi,
Gʻamidin xalq aro faryodu yo rab.
Muallim qullugʻigʻa xat berurmen,
Gar ozod oʻlsa ul sarvi shakarlab.
Dabistoni fanoda shurb darsin
Ravon qilmay, emassen ahli mashrab.
Navoiy ashkidin to shom anjum
Toʻkar, chiqqaymu deb ul sa’d kavkab.

47

Bogʻingga yetmasun oshub xazondin, yo rab,
Gul bila sarvunga oseb zamondnn, yo rab.
Oldi jon la’lingu elga labi jon berguchilar
Barcha qul boʻlsun aning ollida jondin, yo rab.
Dardini baski nihon tuttum — oʻlarmen pinhon,
Voqif etgil ani bu dardi nihondin, yo rab.
Yomon ahvolima koʻz solmadi ul oy yaxshi,
Yaxshi ogoh qil ani bu yomondin, yo rab.
Yuz jahon zulm jahon ahli manga qildi, meni
Forigʻ et ahli jahon birla jahondnn, yo rab.
Beribon koʻngluma jam’iyati xotir qutqar,
Har nekim andin erur tafriqa, andin, yorab.
Koʻyida hajr figʻoninki Navoiy tortar,
Ham meni, ham ani qutqar bu figʻondin, yo rab.

48

Ulki boshtin to qadam bor onchakim, imkoni xoʻb,
Sad’yaki boʻlgʻay birikim, xalq derlar ani xoʻb.
Toʻksa qon ul kofir, oʻzga xoʻbni sevgil demang,
Ey musulmonlar, jahonda bir aningdek qani xoʻb.
Huri jannat shaklidin ham dilrabo husnung latif,
Xuldi rizvondin dogʻi koʻyung saroboʻstoni xoʻb.
Jonni jonon istasa, qilmoq taallul xoʻb emas,
Naylasun jon ulki, boʻlgʻay sen kebi jononi xoʻb.
Husni ofatdin emas xoli, bu damkim xoʻb sen,
Sa’y qil, jonoki, oʻtsun xoʻbluq davroni xoʻb.
Koʻz gunohi koʻrmaking erdiki, toʻktung qon yoshin,
Xoʻb emas, jono, toʻkulmak begunahlar qoni xoʻb.
Ey Navoiy, gʻayr rashkidin visoli bazmida
Uyladurmenkim, koʻrunubtur manga hijroni xoʻb.

49

Gar boʻlmadi bir lahza manga yor musohib,
Ne boʻlgʻay edi boʻlmasa agʻyor musohib.
Rozimen agar naqdi dilu dinim oʻgʻurlar,
Gar boʻlsa manga ul buti ayyor musohib.
Mahjub edi ul shoʻx ulustin, chu may ichti.
Har xayl bila boʻldi bayakbor musohib?
Koʻzlar bila ul yuz qiladur qatl, ne boʻlgʻan,
Din ahli bila boʻldi chu kuffor musohib?
Bir goʻshada may ichmasa, oʻz boʻynida qoni,
Gar boʻlsa dame kimsaga dildor musohib.
Topilmasa gar yori vafodor kam ermas
Andin, kishi gar topsa vafodor musohib.
Yaxshingni yamonligʻ bila fosh ar tilamassen,
Olam elidin aylama zinhor musohib.
Dardoki, musohib manga bir tushmadi hamdard,
Davronda tushub ilgima bisyor musohib.
Yor etsa Navoiyni musohiblari, xushtur,
Yoʻq baxti qilurgʻa chu ani yor musohib.

50

Qani sening kebi olamda dilrabo mahbub,
Koʻz ila qotilu lab birla jonfizo mahbub.
Ne zulm aylasang ahbobqa, xudo yoring,
Chu xalq aylamamish sen kebi xudo mahbub.
Xumor dardi birla hajr mehnatida manga,
Iloj bodadur, oy hamdamu davo mahbub.
Niyozi ishq sari nozi husn jonibidur,
Agarchi shoh muhib boʻlsayu gado — mahbub.
Meni gadogʻa ne hol oʻlgʻay, ey musulmonlar
Ki, soldi ishq boshim uzra podsho mahbub.
Rafiqlar, oʻtunguz dayr koʻyidinki, meni
Xarob ayladi may dogʻi mubtalo mahbub.
Gar oʻlsa hali muhabbat Navoiy, ey hamdam,
Vafo kerak anga, qilgʻan soyi jafo mahbub.

51

Vah, netib ishqin nihon asrargʻa boʻlgʻay murtakib,
Xasta koʻnglumkim, boʻlur otin eshitkach, muztarib.
Dahr aro shahliqqa oʻz holimni nisbat aylamon,
Koʻyida tokim gadoliqqa boʻlubmen muntasib.
Koʻnglum oʻtgʻa tushkali koʻrmas yuzumni, turfadur
Shu’ladin ozurda oltun lam’asidin mujtanib.
Itti kunglum, shodmen, tong yoʻq kishi gar boʻlsa shod,
Tushsa yonidin judo qalbi mizoji munqalib.
Kechayu kunduz xarobot ichra andoq mastmen
Kim, qocharlar arbadamdin shahna birla muhtasib.
Xonaqah shayxidin etkanlar riyo oyini kasb,
Dayr piridin boʻlung rasmi fanoga muktasib.
Ey Navoiy, boʻlsam ul badmehr ishqidin xalos,
Boʻlmayin husn ahlining mehrigʻa hargiz murtakib.

52

Buzdi koʻnglum kishvarin hijron gʻami tugʻyon qilib,
Ohu ashkimdin birin sarsar, birin toʻfon qilib.
Dard uyin qildi bino, ishqing buzub koʻnglum uyin,
Kimsa yangligʻkim, bir uy tuzgay, birin vayron qilib.
Tanda ohing shu’lasin, derlar, nihon tut, ohkim,
Bir ovuch xoshok aro boʻlmas choqin pinhon qilib.
Hajr koʻyida yalang jismimni koʻrgan sogʻinur
Kim, meni oʻlturgali eltur junun, uryon qilib.
Xorlar koʻnglumdadur sendinki, gardun tuzmagay,
Har birin otsam, bir ohim oʻqigʻa paykon qilib.
Soʻrma nevchun bedil oʻldung deb, oʻzung chun hajr aro
Koʻzdin oqizding koʻngulni, qatra-qatra qon qilib.
Shukrini ne deb ado aylayki, aylar jilva yor,
Elni holimgʻa, meni oʻz husnigʻa hayron qilib.
Dahr elidin juz jafo mumkin emas topmoq kishi,
Lek har birga vafolar onchakim imkon qilib.
Yor koʻp qilsa jafo, kam qil, Navoiy, nolakim,
Gulga bulbul oʻrgata olmas vafo, afgʻon qilib.

53

Sahvdur toʻbi demak, ra’no niholingni koʻrub,
Yoki jannat bogʻi gulzori jamolingni koʻrub.
Ravzada kavsar qirogʻinda xayol ettim Bilol,
Yuz aro lab, lab uza shabrang xolingni koʻrub.
Sogʻinur oshiqligʻinggʻa roʻbaroʻ kelmish quyosh,
Koʻzguda mashshota har soat misolingni koʻrub.
Sarvdin bulbul ne tong ram qilsa, toʻbidin malaq
Jilvai qad holatida e’tidolingni koʻrub.
Nargising afsunu gul barging takallum ayladi,
Aqli kul topti firib, ul makru olingni koʻrub.
Elga ishratdur yangi oy koʻrsalar, lekin manga
Yuzlanur oshuftaligʻ, mushkin hilolingni koʻrub.
Oʻlturur hijron tuni, oʻlsam ham armon qolmagʻay,
Tushta ham boʻlsa bir ayyomi visolingni koʻrub.
Netting, ey soqiyki, oʻzdin bordim andoqkim, zilol
Olib ichmastin burun, jomi zilolingni koʻrub.
Sudra ul yon, ey Navoiy, oʻzni muhlik za’f ila,
Shoyad etkay rahm ul qotil bu holingni koʻrub.

54

Ul qoʻpub, otlangʻali markab surub, sarxush borib,
Men boshim ochib, ayogʻigʻa qoʻyub yuz, yolborib.
Menda xud had yoʻq, vale ollinda jon aylay fido:
Har kishi ashobidin keltursa ani qaytorib.
Boʻldi rokib, netti koʻnglum uyida qilsa nuzul,
Tigʻ ilakim tortmish, ozurda koʻksumni yorib.
Oʻz uyiga tushmakin ham bilmay oʻlgum, koshki
Borsa qatl aylab meni, jon mehnatidin qutqorib.
Vah, ne yangligʻ sa’b emish gʻam bazmida qolmoq kishi,
Koʻnglida orom qolmay, joni oromi borib.
Kimga davron bir ayogʻ may berdikim, boʻldi xalos,
Soʻngra aning yuz qadah bedodi zahrin sipqorib.
Bekas oʻlsam, ne taajjubkim, vafoda jon berib,
Topmadim ahli vafo bori jahonni axtorib.
Bosh oqardi — uzlat avlodurki, ul kofur ila
Sovutur, ulkim yigitlar bazmida kirgay qorib.
Ey Navoiy, goʻyiyo yoring kelur, yoʻqsa nega
Muztaribtursen — taning titrab, uzoring sargʻorib.

55

Chun bagʻir zaxmlari butmadi, payvand qilib,
Itlaring ollida tashlay, necha parkand qilib.
Koʻnglum ochilmadi hargiz gʻami ishq ichra, magar
Ochqasen bir ani gʻunchangda shakarxand qilib.
Ishqda men kebi Majnun yasadi kilki qazo,
Layli ashkolini dildorima monand qilib.
Xoli shavqi biladur tanda koʻngul qoʻymishmen,
Moʻrni dona xayoli bila xursand qilib.
Elga oshiqligʻim izhor eta olmon, vahkim,
Qoʻydi olamda meni ishqi zabonband qilib.
Soqiyo, boda keturgilki, agar davr budur,
Nosihi shahr netar bizni xiradmand qilib.
Ich, Navoiyki, bu tun raz qizini bermak emish,
Piri mayxona seni oʻziga farzand qilib.

56

Xas kebi jismimgʻa hijron shu’lasi urdung borib,
Barqi ofat birla xoshokimni kuydurdung borib.
Aylabon gul, hajr azmigʻa chu surdung bodpoy,
Buyla sarsar birla ani koʻkka sovurdung borib.
Tiyra aylab koʻkni ul kulda bu yangligʻ lutf etib,
Poyam ahli ishq aro gardungʻa yetkurdung borib.
Tindi sargardon koʻngul koʻyungda har yon poʻyadin,
Orzui vasldin koʻnglumni tindurdung borib.
Azm etarda barcha ishq ahligʻa qilding xayrbod,
Nayladuk ushshoq arokim, bizni yozgʻurdung, borib.
Ul koʻzi kofir sari borma deb erdim, ey koʻngul,
Pand eshitmay, naqdi imoningni oldurdung borib.
Eyki, man’ing aylab erdim ishq koʻyi tavfidin,
Zorsen, goʻyo balo boshinggʻa kelturdung borib.
Xonaqah zuhdi aro, ey shayx, bas oshuftasen,
Goʻyiyo dayri fanoda tavba sindurdung borib.
Yorni istay Navoiy bormish erdi, ey rafiq,
Bilmadim, ani ne afsun birla yondurdung borib.

57

Kotibi sun’ chu har kimga bir ishni raqam aylab,
Sabz xatlar gʻamigʻa bizni qazo muttaham aylab.
Vasl ummidi bila koʻnglum dogʻi toʻymadi chekardin,
Necha ul xayl malul oʻlmadi javru sitam aylab.
Har qayon ul xatti mushkinki borur qilsa ishorat,
Boruram xoma kebi men dogʻi boshtin qadam aylab.
Zulfining tobini mashshotadin ochmoq emas imkon,
Dol yo lomni kim yozgʻan ekin, daf’i xam aylab.
Hurlar kelsa ani koʻrmak uchun, xozini jannat
Yuborur sochini gulbarglaridin diram aylab.
Soqiyo, bodaki bu korgah avzoi xiradni,
Yoʻqki, ojiz qilibu masx gah devona ham aylab.
Dayr piri qoshida kamligimiz koʻp edi, lekin
Mast qildi yana bir jom ila bizni, karam aylab.
Ey xusho, koʻyi xarobotki, har eski safolin
Kimki durd ichmak uchun jom qilib, oʻzni Jam aylab.
Ey koʻngul, kimki Navoiy kebi vasl nstadi, ani
Ishq rasvoligʻ ila olam ichinda alam aylab.

58

Xushturur bir tiyra shomi hajr iki yor uchrashib,
Topishib, bir-birlarin mahkam quchushub, yigʻlashib.
Hajr dardiyu firoq anduhigʻa taskin boʻla,
Ulturub ulfat bila, bir-birlariga yondashib.
Furqat ayyomida har birning boshiga kelganin,
Yuz tuman hamdardligʻlar birla har dam soʻzlashib.
Goh vasl iqbolining ishratlaridin shukr deb,
Gah firoq idborining shiddatlaridin mungrashib.
Goh ikki rishta yangligʻkim, topar bir-birga tob,
Ikkilik fahm oʻlmogʻudek bir-biriga chirmashib.
Gah bu chirmanmogʻ ochilgʻanda ham ikki rishtadek,
Tob ochilsa qaytara ham bir-biriga toʻlgʻashib.
Ikki yondin qoʻl hamoyil berk-berk andoq chekib
Kim, yana bir-birdin ayrilmas masallik oʻrmashib.
Ayni vasl ichra ishi oʻtsa shikoyat mujibi,
Ikki yondin raf’ etib, bir-birlarini aldashib.
Ey Navoiy, bu mahol andishagʻa chirmashma koʻp,
Jur’at aylab betahoshi soʻzlaring haddin oshib.

59

Tun aqshom keldi kulbam sari gul gulrux shitob aylab,
Xiromi sur’atidin gul uza xoʻydin gulob aylab.
Qilib mujgonni shabravlar kebi jon qasdigʻa xanjar,
Beliga zulfi anbarboridin mushkin tanob aylab.
Quyoshdek chehra birla tiyra kulbam aylagach ravshan,
Manga titratma tushti zarra yangligʻ, iztirob aylab.
Kulub oʻltirdiyu ilkim chekib, yonida yer berdi,
Takallum boshladi har lafzini durri xushob aylab.
Ki, ey zori balokash oshiqim, mensiz nechuktursen?
Men oʻldum lolu ayta olmadim mayli javob aylab.
Chiqardi shishai may dogʻi bir sogʻar toʻla quydi,
Ichib, tutti menga, yuz nav’ nozoso itob aylab.
Ki, ey majnun, pariy koʻrdung magarkim, tarki hush etting?
Takallum qil bu sogʻarni ichib, raf’i hijob aylab.
Ichib, faryod etib tushtum ayogʻigʻa, borib oʻzdin,
Meni yoʻq bodakim, lutfi aning masti xarob aylab.
Anikim, eltkay vasl uyqusi ishrat tuni mundoq,
Navoiydek netar to subhi mahshar tarki xob aylab,

60

Bir oy firoqida har tun boshimgʻa oʻt tutoshib,
Quyoshgʻa shu’la yetib, dudi yetti koʻkdin oshib.
Chu eltib ikki tarafdin boshnn qulogʻngʻa zulf,
Magarki, qatlima har bir sening bila kengoshib.
Oʻzin hechcha fahm aylabon, uyotqa qolib,
Ajal firoqing ila oʻltururda chun oʻchoshib.
Quyosh damin ola olmay, kirib qora yerga,
Yiqildi, husnda goʻyo yuzung bila taloshib.
Chamanda sarvgʻa noz aylamak yarashmaydur,
Valek har ne qilib sarvnozima yaroshib.
Firoq aro ne tiriklikdurur, xusho oʻlgan,
Visol toriga ummidi rishtasi uloshib.
Navoiy ulcha qazodin kelur, boʻyinsungʻil
Kim, ulki bosh chekpbon, soʻngra kechgasen qoshib.

61

Chobukum tez surar tund samand uzra chiqib,
Men soʻngicha yeta olmay, yugururdin toliqib.
Garchi sabrim yoʻqidin ani erishib, lekin
Hushu koʻnglum yoʻq uchun, har nafas andin oziqib.
Doʻstlar, bu kecha voqif boʻlingizkim, chiqadur
Onsizin shefta jonim tan uyidin toriqib.
Har koʻzumdin oqadur har birining xunobi,
Hajr ishkanjasi chun bagʻrimu koʻnglumni siqib.
Tigʻ ila boshima keldingki, bu kun qatl ishida
Xoʻblar ichra saromadsen, oʻlubsen ayiqib.
Koʻp kuchung birla quvonmaki, ajal jomi mayi
Ki, tutub Rustami Dostonni hamul lahza yiqib.
Ey Navoiy, toʻlar oxir dame chun paymona,
Naylagungdur bu nafas maykadadii bore chiqib.

62

Borur ul mast yana noz aylab,
Xalq ila arbada ogʻoz aylab.
Qatl uchun gʻamzani jallod qilib,
Zulm uchun koʻzni fusunsoz aylab.
Har qachonkim turubon boda ichib,
Jur’asin xonabarandoz aylab.
Javr uchun ahli vafokim ayirib,
Barchasidin meni mumtoz aylab.
Turfaroq bukim, aning keynicha-oʻq,
Jonu koʻnglum qushi parvoz aylab.
Ne gunah koʻzga nazardinki, qazo
To ochib ani nazarboz aylab.
Garchi holimni Navoiy yoshurub,
Ishq anga ashkni gʻammoz aylab.

63

Bizni zor etti bu ra’no mutrib,
Nagʻma birla tarabafzo mutrib.
Nechakim nagʻma chekib Dovudday,
Damda andoqki, Masiho mutrib.
Zuhra to nagʻmasarodur andoq,
Boʻlmadi davrda paydo mutrib.
Boʻlsa xurshid atovu Zuhra ano,
Tugʻmagay sen kebi zebo mutrib.
Seni to koʻrdum, icharda mayi nob,
Tilamas xotirim illo mutrib.
Ey xush ulkim, ani bu bazmda may
Qilmadi bexudu shaydo mutrib.
Buylakim, boʻldi Navoiy uryon,
May bu nav’ etti ani yo mutrib.

64

Bordi koʻnglum hushi ishqing oʻtidin axgar topib,
Bir gado yangligʻki, oʻlgay, qiymati gavhar topib.
Sabzai xatting erur shirin labing atrofida,
Xayli toʻtikim hujum aylabturur, shakkar topib.
Ul pariy uchti koʻzumdin, koʻnglum aylar orzu
Kim, aning sari havo qilgʻay, oʻqidin par topib.
Boshima qush oshyonidur, dogʻi ostimda togʻ,
Shohmen ishq ichra, mundoq taxt ila afsar topib.
Ishq sahrosi aro oqil iturganlar meni
Boʻldilar navmid bir devonai abtar topib.
Yorni garchi talab qilmoq bila topmas kishi,
Ham talab aylab va lekin ani tolib gar topib.
Shoyad ul mayxora bosh kulbanggʻa suqqay bir kecha,
Ey Navoiy, muntazir boʻl, bodayu sogʻar topib.

65

Toshlarkim, ul pariy paykar bu majnungʻa otib,
Aqlu donish qushlarin koʻnglum uyidin butratib.
Tushta boshim ul sanam ollidadur, ey porso,
Qoʻp, namozing vaqti oʻtdi, deb netarsen, uygʻotib.
Istabon Yusuf jamoling qullugʻining rutbasin,
Jilva koʻp qildi safo bozorida, oʻzin sotib.
Ul quyosh hajrinda jismim bovujudi ayni za’f,
Yerga har dam bosh urub andoqki, yerni titratib.
Koʻyida oʻlsam, abad umricha bor ul umr, agar
Qilmasa xorij tanimni, itlariga sudratib.
Eyki, hajringda meni yuz hasratu armon bila
Qatl qilgʻung, bori bir qatla yuzungni koʻrsatib.
Jurm aning ishqidin oʻzga yoʻqki, har dam kezdurur,
Ishqi mulki toʻrt bozorida boʻynum bogʻlatib.
Dayr aro men mastu nozuk xoʻyidin ul mugʻbacha,
Bazmdin qovlar meni gah sudratib, gah qoʻldatib.
Zohido, berma manga koʻp pandkim, hayvoncha bor
Telba itni oqil inson istagan aql oʻrgatib.
Koʻrmaku oʻlmak Navoiygʻa ne tong, ey doʻstlar,
Kirsa maydon ichra ul qotil samandin oʻynatib.

66

Kulub chu la’lingu el ilgidin piyola olib,
Yigʻida titramakimdin soʻngaklarim ushalib.
Pariy kelib sanga qilmoqqa husn da’vosi,
Seni chu koʻrgach itib, baski, xalqdin uyalib.
Mahalli muhlik oʻlub shomi furqatim, baskim,
Nachukki, sunbuli zulfung qoraribu uzalib.
Koʻngul halok erur gʻamzang oʻqlari birla,
Nachukki sayd yiqilgʻay, xadanglar qadalib.
Qarib ne holgʻa qoldimki, yor qilmas rahm,
Nachukki tifl kebi zor yngʻlasam, inalib.
Visol bogʻini soʻrmangki, men ne bilgaymen,
Firoq mulkida zindoni hajr aro qobalib.
Ne shoʻxdurki, surar tund markabin, boqmay
Ki, bedili yiqilur, lahza-lahza bagʻri tolib.
Alarki chiqdilar eldin, qutildilar gʻamdin,
Kim ul arogʻa qolib, men kebi balogʻa qolib.
Nechaki qovsa Navoiyni itlaring har dam,
Chu gʻofil aylab alarni, oʻzin arogʻa solib.

Pe Harfining Pariyvashlarining Parvozi «Favoyid»din

67

Bu aqshom holima sham’ oʻrtanib, parvona andin koʻp,
Chamanda otashin gul, bulbuli devona andin koʻp.
Itibmen gard aro, vayronim ichra, baski, boshimgʻa
Falak koʻp yogʻdurur gardi fano, vayrona andin koʻp.
Emas anjum, qazo koʻk mazra’ida sochti gʻam tuxmin,
Vale toʻkti koʻzum gʻam shomi mundoq dona andin koʻp.
Ne mufrit sa’b holim bori hijron ichra kim koʻrgach,
Topar andin malolat oshno, begona andin koʻp.
Ne qottiq hajr erur jonimgʻakim, sayru sukun vaqti
Chaman gashti halok aylar buzugʻ koshona andin koʻp.
Agar oshiqligʻim jurm erdi, oʻltur, solma hijrongʻa,
Koʻp oʻlsa jurm xud ermas ravo, jurmona andin koʻp.
Fano mayxonasigʻa sol meni, ey rindi orifkim,
Gʻamimni oʻksutur dayri fano, mayxona andin koʻp.
Jahonda faqr kasb et, mayl koʻp qilma gʻino sari
Ki, mundin oz etibdur orzu farzona andin koʻp.
Navoiy ohi tun-kun bulbulu parvonani oʻrtar
Ki, ishq oʻtini da’vo qilmagʻaylar yona andin koʻp.

68

Nukta koʻp surdung, zamone la’li jonparvarni yop,
Kuydi jonlar, bir nafas ul la’lgun axgarni yop.
Qoʻzgʻoding olamni ochib chehra, elga rahm qil,
Shomgun zulf ochib, ul ruxsori mahpaykarni yop.
Boxtargʻa solding oʻt, ey oftobi xovari,
Istasangkim boxtar tingʻay, mahi xovarni yop.
La’li jonbaxshing sari mayl ettilar jonlar qushi,
Ul chibinlardin amon istar esang, shakkarni yop.
Fitna soldi olam ahligʻa qulogʻing gavhari,
Xalq taskini uchun ul fitnalik axtarni yop.
Anbaru kofuri shomu subhning boʻldi xijil,
Orazing kofuri uzra zulfdin anbarni yop.
Soqiyo, sovurdi ohim sarsari davron yuzin,
Bodanoʻshum, dam-badam kim ichsa may, sogʻarni yop.
Ishq sirrin kimsa tahrir etmadi, taqrir ham,
Ey mudarris, dema koʻp afsonayu daftarni yop.
Ey Navoiy, koʻnglung oʻti olam ichra soldi oʻrt,
Elni kuydurdung, dame ul shu’laliq ozarnn yop.

Te Harfining Torojgarlarining Tamoshosi «Favoyid»din

69

Yigitligingda qarilargʻa qilmading xidmat,
Qariligʻingda yigitlarga bermagil zahmat.
Qariligʻ istar esang, qarilarni hurmat tut,
Qariding ersa, yigitlardin istama suhbat.
Qari qizarsa ichib boda bordur andoqkim,
Yuziga gʻoza bila zol istagay humrat.
Quruq yagʻochqa erur bogʻlamoq shukufayu barg,
Qariki, istasa kiymak qizil, yoshil xil’at.
Chu mushkin ayladi kofur kulgay oqu qora,
Agar tilar esa kofuru mushk ila ziynat.
Qarigʻa tavbayu toat kerak shior oʻlsa,
Oʻzin yigit yasasa, aylar oʻziga tuhmat.
Yigitligingda agar toat aylasang sen, sen
Qariding ersa, ne qilgʻunki, qilmagʻung toat.
Saodat ahli edi, ul yigitki, aylamadi
Yuzini dud bila tiyra shu’lai shahvat.
Qariga shahvat agar bersa xorish, andoqdur
Ki, koʻrguzur qarigʻan xez hikkai shan’at.
Oʻzungni mugʻbachayu piri dayr jonibi chek,
Tilar esang qari yoxud yigit bila ulfat.
Navoiy ayladi umrin fasod birlan sarf,
Agarchi berdi oʻziga saloh ila shuhrat.

70

Ey koʻngul, yor firoqida labolab may tut,
Dam-badam la’li xayoli bila xotirni ovut.
Jonu koʻnglumni bir oʻpmoqqa tilarsen, unomon,
Ortuq ayla adadin, yoʻqsa bahosin oʻksut.
Koʻzu koʻngul dema men borgʻali boʻlmish tiyra,
Vasl sham’i bila ul tiyra vatanlarni yorut.
Vah, necha bizni sogʻinmagʻni unuttung bir ham,
Yo sogʻinmagʻni sogʻin, yoxud unutmagʻni unut.
Koʻz firoqingda oqardiyu sirishki qurudi,
Yomgʻuri boʻlmas, agar ayni bayoz oʻldi bulut.
Aylasa xotiringga tafriqa qushlari hujum,
Zikr uni dogʻi riyozat toshi birla urkut.
Ey Navoiy, meni zor ayladi bir loʻlivash
Kim, ham arlot unut boʻldi manga, ham bilgut.

71

Soqiyo, hijron tunidur, boda tut,
Ul quyosh birla bu shomimni yorut.
Hajridin asru malolatdur manga,
May bila bir lahza koʻnglumni ovut.
Jomi davri lam’asin barq uylakim,
Chiqti magʻrib togʻidin mushkin bulut.
Gʻam tuni ham tiyra, ham poyoni yoʻq,
Oh oʻtin chek, subhning sham’in yorut.
Ul quyosh hajrida andoqkim shafaq,
Charx tigʻi zulmidin xunoba yut.
Olam ahlidin yetishmas gʻayri zaxm,
Ey jarohatligʻ koʻngul, bu soʻzga but.
Boʻldi furqatdin Navoiy tiyraroʻz,
Soqiyo, hijron tunidur, boda tut.

72

Gʻam yukidin changdek qaddim xam etting oqibat,
Rishtai jon nolasin zeru bam etting oqibat.
Yaxshi erdi safhai aflok dardim yozgʻali,
Bahri ashkim mavjidin borin nam etting oqibat,
Oʻtkarib toʻqquz falak boshidin ohim dudini,
Ul muvallidlarga ani parcham etting oqibat.
Gʻurbatu ishqu baloyi hajru za’fu xastaligʻ —
Yetmas erdikim, meni majnun ham etting oqibat.
Oh — gardun, ashk—anjum, nola — ra’du poʻya — barq,
Xilqatimdin bir ajoyib olam etting oqibat.
Bu koʻhan dayr ichra jon boʻlsun fidong, ey mugʻbacha
Kim, jahondin bizni mastu begʻam etting oqibat.
Ey Navoiy, ishq aro vasl istaduk, kuldung base
Bizni ushbu muddaoda mulzam etting oqibat.

73

Demon, ul oy oʻqin, ey doʻst, suvur, yoʻqsa, ushat
Kim, qoqib toshlar ila, zor tanimgʻa oʻrnot.
Buki, ul umrdin ayrildimu oʻlmaydurmen,
Ber, ey insofki, bu bordur oʻlum chogʻligʻ uyot.
Gʻamzang oʻqiki, ulus joni anga keldi hadaf,
Elga jon qolmadi bir, dogʻi mening jonima ot.
Jon olurgʻa bir taraf kelmak emish ul qotil,
Solma, ey jon, ani zaxmatqayu chiq olliga bot.
Eyki, hayvon suyi ichkung, tilabon umri abad,
Tilasang umrni xush, jur’ai may ham anga qot.
Bogʻbono, gulu sarving saridin soʻz dema koʻp,
Birisin sarvi gulandomima bare oʻxshot.
Raz qizi zarfini, zohid, koʻp ushatma, er esang,
Oʻz butungniyu mening but kebi tavbamni ushot.
Xalqdin har yaramas kelsa, xush ulkim, haqgʻa
Desa boʻlmas, mening uchun yana bir xalq yarot.
Ey Navoiy, chu gadosen, senu bir loʻlivash,
Shahgʻa mirzoyu mirak, xongʻa qiyotu qoʻngʻrot.

74

Gulga farxunda jamolingdin uyat,
Sarvgʻa toza niholingdin uyat.
Sabzai ravzagʻa xattingdin rashk,
Mardumi diydagʻa xolingdin uyat.
Yangi oy nega nazardin yoshunur,
Boʻlmasa anga hilolingdin uyat?!
Nega zulmatqa inar Xizr suyi,
Topmasa noʻshi zilolingdin uyat!
Zy koʻngul, holinga Majnun uyalur,
Sanga yoʻqturmu bu holingdin uyat?!
Sabza xatlar gʻamidin qilding man’,
Yoʻqmu, ey shayx, saqolingdin uyat!
Ey, Navoiy, qilasen vasl xayol,
Bilki, topqung bu xayolingdin uyat.

75

Qaydi zulfini, chu, yor ayladi zanjiri irodat,
Tushti har halqasidin boʻynuma bir tavqi saodat.
Xastaligʻ davlatidin soʻrgʻali kelding boshim uza,
Za’f uchun jon beruram, gar sen esang ahli iyodat.
Chobukum raxshini maydongʻa yana surdi choqindek,
Shahsuvori falak urgan kelib oyini jalodat.
Kirpiking oʻqi shahid etti meni, gar tonar oʻlsang,
Ikki xunrez koʻzung bas manga isboti shahodat.
Har zamon ul sanam ollida, bukim, sajda qilurmen,
Qayda zohidqa berur dast bu shoista ibodat.
Istasang, qilmagʻasen joninga mehnatni ziyoda,
Boʻlgʻil oʻz qisminga xursandu tama’ qilma ziyodat.
Jurmsiz yor agar oʻlturdi, Navoiy, farah etkim,
Husn xayligʻa budur shevayu ishq ahligʻa odat.

76

Ishq tarkiga qilurmen tunu kun koʻngluma tuhmat
Ki, otin tutmagʻay el tutsa bu oyin bila shuhrat.
Gar sabo qilsa madad, evrulay ul boshqa quyundek,
Koʻyidin gard kebi qoʻpqoli chun yoʻq manga quvvat.
Doʻzax ahligʻa tamugʻ shu’lasi boʻlgʻay dami Iso,
Koʻrsalar shomi gʻamim dudi aro shu’lai furqat.
Yor agʻyor ila hamdam, ne ajab gʻussadin oʻlsam,
Tufrogʻ oʻlgʻan toʻkilib, toshqa yuzlansa bu shiddat.
Togʻni dasht qilib, dashtni togʻ ayladi dardim,
Qilma har dasht, roʻdi koʻhkan elni manga nisbat.
Koʻngulu koʻz sanga mushtoqu yoʻluqsang, chiroyingdin
Ani behudlugʻ etib bahrasiz, ammo muni hayrat.
Soqiyo, bodaki, davron bila ahliga vafo ioʻq,
Sen agar jongʻa oʻt ursangki, erur jonima minnat
Menu mugʻ dayriyu bir mugʻbacha ishqi yuru, ey shayx
Kim, seni masx qilibtur havasi hur ila jannat.
Ey Navoiy, chu navo navha bila boʻldi badal, kosh
Boʻlmagʻay erdi sanga zuhrajabinlar bila ulfat.

77

Firoqing aro, ey guli sarv qomat,
Ne sarvu ne gul koʻrgali istiqomat.
Chu koʻrdi jununum tabib aytdikim,
Bu devonaligʻ ishqdindur alomat.
Qading jilvasidin ulus boʻldi jonsiz,
Dema ani qomatki, ul bor qiyomat.
Manga solim oʻl, deb duo qilmangizkim,
Beganmas salomatni ahli malomat.
Chu koʻnglum bila oshiq oʻldum, gar oʻlsam,
Qachon sud qilgʻay bu soat nadomat?
Karam aylab, ey mugʻ, manga boda tuttung,
Qachon shayx koʻrguzdi mundoq karomat!
Navoiy sening uchun ar oʻldi, jono,
Sen annng uchun boʻl, ilohi, salomat.

78

Boʻlmisham oshiq yana, ey aqli nofarjom, ket,
Tun-kun ish boʻlmish manga chekmak labo-lab jom, ket.
Bir qadahkash mugʻbacha koʻnglum olibtur dayr aro,
Dinu taqvo jonibidin, ey xayoli xom, ket.
Dayr piri chun belumga bogʻladi zunnori kufr,
Ibrat ol, ey muqtadoi zumrai islom, ket.
Keldingu pandim deding, ey shayx, sen ham pand eshit,
Qoʻpqilu dayr ichra boʻlmastin burun badnom, ket.
Men harimi dayr aro tutum maqom, ey porso,
Sen haram azmigʻa gar bogʻlab esang ehrom, ket.
Mastu rasvomen xarobot ichra koʻrdung, ey rafiq,
Boʻlmagʻung boʻlsang meningdek rindi durdoshom, ket.
Kelmas ergach rindlar bazmigʻa, ketmak istama,
Gar ketar boʻlsang ichib, dogʻi tutub bir jom, ket.
Ey koʻngul, chun bevafodur odamiy, topsang pariy,
Azm etib ul yon, bu sari qoʻymayin bir gom, ket.
Ey Navoiy, chun bu gulshan gullarida yoʻq vafo,
Anda koʻnglung bulbuligʻa bermagil orom, ket.

79

Kelmagil mayxonagʻa, ey shayxi oliy joh, qayt,
Yoʻqsa xirqang boda rahni boʻlgʻusi, billoh qayt.
Gar desangkim, tushmasin xirqanggʻa rasvoligʻ oʻti,
Boʻlmayin rindi xarobotiy bila hamroh, qayt.
Dayr piri ilgidin zunnor belga bogʻlabon,
But qoshinda qilmas ersang sajda, beikroh qayt.
Rindu ra’noligʻ agar koʻnglung tilar bu koʻy aro,
Juz fano yoʻqtur sanga, topilmas ul dilxoh, qayt.
Sen riyogʻa oʻrganib sen, foni’ oʻlmoq sa’b erur,
Dayr aro kirsang, pushaymon boʻlgʻasen nogoh qayt.
Har dam uchqunluq tutunlar birla koʻnglum shu’lasin,
Necha fosh etkaysen ogʻzimdin chiqib, ey oh, qayt.
Soqiyi mahvash elidin ichmisham jonbaxsh may,
Bu taraf yuzlanma emdi, ey gʻami jonkoh, qayt.
Olam ahli bevafodurlar, alarning maylidin,
Ey koʻngul, boʻlsang vafo oyinidin ogoh qayt.
Ne ishinga e’timod etkay Navoiy, ey pariy
Kim, dame yuz qatla gah kel dersen ani, goh qayt.

80

Koʻnglumni qildi shifta bir mahjabin yigit
Kim, xalq aro aning kebi yoʻq nozanin yigit.
Donish eliga solgʻuchi toroji aqlu xush,
Islom eliga qilgʻuchi yagʻmoyi din yigit.
Urdu soʻngincha it kebi sargashtamenki, bor
Yorim sipoh ofati xirgahnishin yigit.
Din ahli ichra ming qariyni aylading asir,
Kufr ahli ichra men kebi bormu ekin, yigit?
Ul notavon qarigʻa ne mumkin qaroru sabr
Kim, olsa dinu jonigʻa koʻrguzsa kin yigit.
Lutf ayla qarilargʻa desangkim uzun yashay
Kim, qarimas ayon qilibon yuzga, chin yigit.
Kuysang, Navoiyo, ne ajab, xas kebiki, bor
Sevgan kishi uzori guli otashin yigit.

81

Ey koʻngul, koʻyida ahvolimni jononimgʻa ayt,
Oʻlmakimni mehnati hijronida jonimgʻa ayt.
Oh dudi, ashk qoni, nola maddi rif’atin
Zulfi sunbul, yuzi gul, sarvi xiromonimgʻa ayt.
Ishqining yuz ming balosinkim yoshurdum xalqdin,
Yigʻlabon ul voqifi asrori pinhonimgʻa ayt.
Eyki, koʻrdung koʻyida koʻnglumni ishq etgan xarob,
Xonumonimnn aloxonu alomonimgʻa ayt.
Telbarab tandin libosi ofiyatni tashlabon,
Dasht tutqan holni Majnuni uryonimgʻa ayt.
Boʻlma dersen, nosiho, husn ahligʻa hayronu zor,
Mendin oʻtkil, koʻngul otligʻ zori hayronimgʻa ayt.
Va’dasi ummididin bukim Navoiy berdi jon,
Ey sabo, Iso nafaslik ahdi yolgʻonimgʻa ayt.

82

Ul malaksiymoki, solmish husnidin olamgʻa oʻt,
Qayda qoʻygʻay solmayin jinsi bani odamgʻa oʻt.
Charx uza xurshid emaskim, bir quyosh hijronidin
Shu’lai ohim solibtur bu biyik toramgʻa oʻt.
Bazm aro qoʻymang meni, ey ishrat ahli, zinhor
Kim, gʻamim barqi solur yuz xotiri xurramgʻa oʻt.
Har damim bir oʻtlugʻ oh oʻlsa, taajjub qilmangiz,
Hajr soʻzidin tutashibtur bu issigʻ damgʻa oʻt.
Zulfi sohirdurki, oʻtluq orazi uzra tushub,
Solmadi yuz shu’lasi ul turrai purxamgʻa oʻt.
Koʻkta ul shakli mudavvarkim, koʻrubsen, shu’laliq,
Tushmish ul yuz lam’asidin nayyiri a’zamgʻa oʻt.
Zaxmligʻ koʻnglum oʻtigʻa marham etmas naf’kim,
Yaradin momuqqa, momuqdin tushar marhamgʻa oʻt.
Dayr ichinda durd ichar singʻam safolim rashkidin,
Otashin may lam’asidin tushtn jomi Jamgʻa oʻt.
Hajr soʻzidin degan nazming, Navoiy buylakim,
Tutti olamni ajab gar solmagʻay olamgʻa oʻt.

83

Koʻngulda naqsh andoq bogʻlamish bir nozanin surat
Ki, mumkin ermas andoq tortmoq naqqoshi Chin surat.
Agar surat budurkim, sendadur, ey but, yiroq ermas
Ki, mundin soʻng parastish aylagaylar ahli din surat.
Emas Layliyu Majnun sen senu men safhada koʻrsang,
Bir ofatliq diloro naqshu bir zori hazin surat.
Agar koʻzguda sarvi gul’uzorim aks koʻrguzsa,
Yana su ichra koʻrguzgaymu sarvi yosmin surat.
Dema, ey sham’kim, kun mash’ali ham tiyra boʻlgʻay, gar
Kecha yo kunduz etsa bir ayon ul mahjabin surat.
Ne ma’ni koʻrdilarkim, suratinggʻa boʻldilar vola,
Chu ma’ni olamida istamas ahli yaqin surat.
Chu koʻrdi suratin andoq koʻzida naqsh bogʻlabsen
Ki, koʻrdi har qayonkim soldi koʻz xilvatnishin surat.
Azal suratgari maqsudi goʻyokim sen erkinsen,
Chu qudrat xomasidin zohir etti mou tin surat.
Erur dayr ichra oncha mugʻbacha suratnamo, ey shayx
Ki, ma’ni naqshini koʻnglungda qoʻymas har kamin surat.
Bu surat birla, ey jon ofati, boshtin ayoq jonsen
Ki, bir sendek musavvir qilmadi jon ofarin surat.
Navoiy koʻngli suratxonasi chak boʻldi sar-tosar,
Chu anda jilva berdi ul nigori naqshbin surat.

84

Zihi la’li labing jonimgʻa ofat,
Soching zunnori imonimgʻa ofat.
Ne majnunmenki, ohimnnng samumi
Yeturmish jismi uryonimgʻa ofat.
Buzugʻ koʻnglumni koʻz yoshim yemurdi,
Tegurdi sayli vayronimgʻa ofat.
Junundin sirri ishqing ayladim fosh,
Yetishti naqdi pinhonimgʻa ofat.
Yuz urdi tush-tushimdin xoʻblar, voy
Ki, bir-bir yetti har yonimgʻa ofat.
Dedim: Bir novak oʻtluq koʻngluma ot,
Dedi: Yetkurma paykonimgʻa ofat.
Chu mahvash soqiy etti jilva, yetti
Qadahdin ahdu paymonimgʻa ofat.
Ne ohu ashkdur, yetkur, ilohiy,
Bu sarsar birla toʻfonimgʻa ofat.
Figʻonim ofat oʻldi, ey Navoiy,
Mengakim yetsun afgʻonimgʻa ofat.

85

Jon figʻon aylar gʻami hajringda, jononim, eshit,
Chiqqudektur mehnatu anduh ila jonim, eshit.
Gar malul erding figʻonimdin va lekin za’fdin
Xalq sa’y aylab eshitmaydurlar afgʻonim, eshit.
Dardi holimni qulogʻinggʻa, tilarmen, aytsam,
Tut quloq bir lahzayu bu sirri pinhonim eshit.
Necha sarkashlik xiromi turki, bordur bir soʻzum,
Indurub boshingni, ey sarvi xiromonim, eshit.
Nechakim xudroyligʻdin soʻz eshitmassen va lek
Yorlar pandin gahi, ey shoʻxi nodonim, eshit.
Necha boʻlgʻung, ey koʻngul, ul mastqa hayronu zor,
Va’dai qatling qilur, ey zori hayronim, eshit.
Bir hadisingnn eshitkumdur deding, ichkanda may,
Sarxush oʻldung, mast ham, ey ahdi yolgʻonim, eshit.
Husn mulki bevafodur, man’i bedod etsalar,
Soʻz eshitmakni gʻanimat angla, sultonim, eshit.
Qasdi din aylab Navoiygʻa, eshitmassen soʻzin,
Benavodur, rahm etib, ey nomusulmonim, eshit.

86

Za’f, koʻrgilkim, tanimni eltibon aylarga qut,
Moʻr sudrar, tori birla rust bogʻlab ankabut.
Dardim ayturda demassen yuz soʻzumga bir javob,
Goʻyiyo xoli lab oʻldi ogʻzinga muhri sukut.
Oshiq oʻlturgum, desang, yuz qatla bu ma’ni manga,
Ishqning dorul qasosi ichra topmishtur subut.
Ul koʻzu lab oʻlturub, tirguzsalar, ne aybkim,
Birni qotil, birni jonbaxsh etti hayyi loyamut.
Xanjari tigʻida koʻrgach orazin, oqizdi qon,
Sayl oqqandek quyoshni manzili boʻlgʻanda hut.
Xoksor oʻlkim, burutin yelga berdi zoli charx
Ul kishilarniki, koʻp koʻrguzdnlar bodi burut.
Ey Navoiy, ayladi loʻlivashe koʻnglumni qayd,
Xalqni atrok asir etti, vale bizni jatut.

87

Jahon arusi birla suhbat aylama ragʻbat,
Nedinki, ragʻbat ila tutmas el bila suhbat.
Ki boʻlsa rogʻibi suhbat ani, sevar eldin
Yuz ilda yetmas mingdin biriga ham navbat.
Ajab fusungar erurkim, chu sayd qildi seni,
Qarin sogʻindingu ul xud qilib turur gʻaybat.
Quyosh niginining ostida zahredin hal etar,
Kishiga mehr bilakim ezib berur sharbat.
Taloq ber anikim, dahr aro musofirsen,
Gʻarib elga emas uylanur yeri gʻurbat.
Agar ikingiz arosida voqi’ oʻlmas ba’d,
Yaqinki, maqsadi asligʻa topmagʻung qurbat.
Navogiy, uyla fano boʻl visol uchunki, sanga
Chah joy oʻzgaki, oʻzlukka qolmagʻay nisbat.

88

Ey musallam, sanga har yaxshi sifot,
Bu sifoting bila yoʻq sen kebi zot.
Xat sanga Xizru labing — chashmai Xizr,
Nutqung — ul chashma aro obi hayot.
Harakoting aro taskin zohir,
Lek taskin chogʻida xush harakot.
Zulfung ovora koʻngullardin erur,
Yuz Skandarni iturgan zulmot.
Sunbulungnung rasani boʻlmasa, yoʻq
Zaqaning chohidin imkoni najot.
Xum erur yer kurrasi, jom-axtar,
Soqiyo, ber munga sayr, anga sabot.
Aysh vaqtini, Navoiy, xush tut
Kim, erur osru sharif ul avqot.

Se Harfining Samin Gavharlarining Samarasi «Favoyid»din

89

Koʻngulda zulm bila qilma yuz bino ihdos,
Chu qilding, ushbu yetar, qilmagʻil yana ihdos.
Jafo binosini buzgʻil, nedinki muhdis erur,
Xilof shar’i bino qilding avvalo ihdos.
Gar elga qasri tarab tuzdi ishq me’mori,
Netayki, qildi manga kulbai ano ihdos.
Figʻonkn, ul buti banno base jafo tarhin
Koʻngulda qildi hanuz oʻlmay oshno ihdos.
Meni chu buzdi, ne osigʻki, xalq uchun qilgʻay
Visol ganji uchun maxzani gʻino ihdos.
Chu yor vasli tilarsen, vujud uyini buzub,
Koʻngul harimida qil mahrami fano ihdos.
Navoiyo, dema ihdos qilding oʻzluk uyin,
Men aytgan oʻlsam ani, tavba rabbano ihdos.

90

Boʻldi bexudlugʻuma bodai gulgun bois,
Ani noʻsh aylagali soqiyi mavzun bois.
Buki, laylivashim ollida fido qildim jon,
Boʻldi bu qissagʻa afsonai Majnun bois.
Dard togʻin qozorim tirnogʻ ila Shirindur,
Lek boʻldi manga Farhodi jingarxun bois.
Oʻlturur xolu xatu qoshu koʻzu gʻamzasi ham,
Bor anga qatlima andozadan afzun bois.
Ishq dashtida yugursam, ajab ermaski, erur
Telbaga poʻya uchun vus’ati homun bois.
Koʻzlarim yoshinikim Qulzumu Ummon etdim,
Mojarosigʻa edi Dajlayu Jayxun bois.
Dema: koʻyida ul oyning nega sargardonsen,
Boʻldi bu mehnatima gardishi gardun bois.
Nafsi nahsiyatidin chiqqay, angakim boʻlgʻay
Toli’ sa’d bila baxti humoyun bois,
Gar Navoiy esa mugʻ dayrida rasvo, tong emas,
Ne uchun boʻlmasun omodadurur chun bois.

91

Borib Yusuf jamoli naqdigʻa jonon erur voris,
Nachukkim, piri Kan’ongʻa mahi Kan’on erur voris.
Libos erdi quyun Majnungʻa, chun ul dashtdin chiqti,
Aning toʻnigʻa bu majnuni sargardon erur voris.
Chu men oʻldum, gʻamim ul husn shohi gar yesa, gʻam yoʻq
Ki, bekaslar oʻlub, nekim qolur, sulton erur voris.
Koʻngul foniy boʻlub, qonim duri ashkim qabul etti,
Yatim ar yosh esa ham, ne qolur pinhon, erur voris.
Uyaqti chun quyosh, ul oygʻa qoldi dahr yorutmaq,
Chu bordi mehri davron, ofati davron erur voris.
Men oʻlsam, ishq naqdi xud erur koʻnglumga mavrusi,
Kishi farzandi garchi boʻlsa besomon, erur voris.
Nekim toʻqquz anoyu toʻrt atodin fitnayu ofat,
Boʻlur voqi’, anga ul ofati fatton erur voris.
Ulugʻlardin nasib istar esang, kasbi kamol etgil,
Nedinkim, anbiyogʻa ilmliq inson erur voris.
Navoiy koʻnglin olib, tigʻ surgan jonni ham oldik
Ki, joni naqdigʻa ham koʻnglini olgʻan erur voris.

Jim Harfining Jamilalarining Jilvasi «Favoyid»din

92

Zihi, koʻk boshigʻa gardun xiromingning izidin toj,
Visoling xilvatida bir shabiston laylatul me’roj.
Shabistoning aro sabuhiylardin yuz tuman tovus,
Gulistoning aro qudduslardin yuz tuman durroj.
Yuzung xurshididin ul tun topib xayli kavokib nur,
Sochingning zulmati ul kecha tun rangini aylab doj.
Rikobingda maloyik xaylidin har sari yuz ming saf,
Solib har saf shayotin mulkiga yagʻmo bila toroj.
Yoʻlungda anbiyo ruhi musharraf aylabon oʻzni
Va lekin iltifotinggʻa biri mushtoq, oʻni muhtoj.
Buroqing sur’atidin xatti nuroniyki rasm aylab,
Ayon aylab bu sayrinda nubuvvat ahligʻa minhoj.
Oʻzin oʻzlukdinu kavnayn mulkidin qilib xorij,
Qayu kavnayn mulki, lomakondin ham topib ixroj.
Harimi qurb aro matlub vaslidin boʻlub mahzuz,
Yoʻq andoqkim, harimi Ka’ba ichra zumrai hujjoj.
Tilab ummat gunohin har nekim istab topib baxshish,
Zihi soyil, zihi bozil, zihi rif’at, zihi me’roj.
Zihi shoheki, tun-kun javharidin sonn’i hikmat,
Sening zoting uchun tuzdi bu taxti obnusu oj.
Igirdi rishtai na’ting Navoiy koʻz uchi birla,
Agar boqsang, muti’ oʻlgʻay anga nassoj ila sarroj.

93

Biravki dahr moziqidin aylagay maxraj,
Fanoyu faqr tariqi erur anga minhaj.
Ne Ka’ba shavqida, sen dayr ichinda yor ila boʻl,
Basoki, oʻgʻriligʻ etgay tavof vaqtida haj.
Riyozat aylamasun roʻzgoring oshufta,
Adoyi farzu sunan qil, oʻzunga qoʻyma haraj.
Namoz adosigʻa qilgʻil koʻngulni tengriga tuz:
Koʻngul tuz oʻlsa, emas bok, boʻlsa qiblang kaj.
Soʻzung chin oʻlsa, anga hojat dalil ermas:
Quyoshni ulki yorugʻ der, ne hojat anga hujaj!
Chu haq dediki, maal usr-yusr mujda sanga,
Ne shiddat oʻlsa ayon qil talab soʻngincha faraj.
Navoiy, ista mazohirda chehrai maqsud,
Arab va gar chigʻatoy, yoʻqsa turkmanu xalaj.

94

Ishq bemorigʻa yoʻq eldin davogʻa ehtiyoj
Yoʻq oʻlukka juz visoli jonfizogʻa ehtiyoj.
Bogʻi vasli atri jonimdur, dam urma, ey Masih
Kim, manga voqi’durur bodi sabogʻa ehtiyoj.
Xoki poyingkim erur koʻhl ul-javohir, topsa koʻz,
Hargiz oʻzga zohir etmas toʻtiyogʻa ehtiyoj.
Ishq chun begona qildi oshnolardin meni,
Yoʻq manga begona birla oshnogʻa ehtiyoj.
Har ne qilsang koʻngluma xushtur, erur sandin manga
Ham vafogʻa ehtiyoju ham jafogʻa ehtiyoj.
Uylakim yoʻqtur gadogʻa ehtiyoji shohning,
Shohdin yoʻq ishq koʻyida gadoga ehtiyoj.
Ehtiyojimni ulusdin uz, xudoyo, faqr ila
Uyla faqrkim, anga boʻlmas xudogʻa ehtiyoj.
Olam ahlidin vafo muhtoji boʻlmakim, alar
Ham chekarlar bu mato’i bebahogʻa ehtiyoj.
Dedim: Ey gulruh, Navoiygʻa navo yetkur,— dedi:
Kim koʻrubtur koʻrganin bulbul navogʻa ehtiyoj.

95

Siym agar jon naqdidur aylarda har miqdor xarj,
Yorgʻa xarj oʻlsa yoxud qilsa ani yor xarj.
Naqddin bisyoru oz har neki kirgay ilgima,
Xushturur ulkim men oz, ul aylagay bisyor xarj.
Yor mehmonim boʻlur, men oshiqu muflis netay,
Gar hayotim naqdidur, qilmaq kerak nochor xarj.
Ganj agar topsam meni devonavash vayron aro,
Aylaram laylivashimgʻa ani majnunvor xarj.
Koʻzlari jonu koʻngul naqdin olib, sarf ettilar,
Aylagandek ahli din amvolini kuffor xarj.
Ishqida boru yoʻqum xarj oʻldiyu iflosdin
Ma’rifat aylarmen emdi, chun kelur dildor xarj.
Istasang xirqam sotib, may olsam avval, boda tut,
Ey harif, oʻlmastur ani aylamak hushyor xarj.
Dayr piri gar desa: boru yoʻqungni oʻtqa sol,
Yoʻq esa qilma yoʻqu boringni behanjor xarj.
Ishq koʻyida Navoiy sochsa dogʻidin qora,
Uyladurkim, muhtasham el aylagay dinor xarj.

Chim Harfining Chobuklarining Chehrakushoyligʻi «Favoyid»din

96

Qovmagʻil koʻnglumni, zulfung ichra orom aylagach,
Qushni kim ozod etibtur bastai dom aylagach.
Ul ne jondurkim, gado yangligʻ qilurlar shohlar,
Yuz duo jonigʻa har qaysini dashnom aylagach.
La’li shavqin yoshururmen qon yutub, to sogʻmen,
Asray olmon oʻzni, gulgun boda oshom aylagach.
Gul parishon oʻldiyu sarvi sihi topti shikast,
Bogʻ aro gulgasht ul sarvi gulandom aylagach.
Dahr gulzorigʻa oʻt soldi jamoli barqidin,
May oʻtidin gunai ruxsori gulfom aylagach.
Soqiyo, may tutki, hijron shiddati tugʻyondadur,
Yigʻlamoq taskin berur, mayli mayu jom aylagach.
Dayr ichinda soʻrma zunnorimnikim, ul mugʻbacha
Mahkam etti zulfidin toroji islom aylagach.
Lahvu isyon birla oʻtti umru hech ish qilmadim,
Oʻt tushar jonimgʻa, zikri faslu ayyom aylagach.
Gar Navoiy hajridin oʻlmish, vale yuz jon topar,
La’li ruhafzosidin bir boʻsa in’om aylagach.

97

Manga agar degasiz: jon bila jahondin kech,
Kechay, velek muni demangizki, ondin kech.
Zamonu ahli zamondin dengizki kech, lekin
Demang bu soʻznikim, ul ofati zamondin kech.
Gʻamida qon yoshim ul nav’ bahrdurki, kishi
Qolur tahayyur aro, demasamki qondin kech.
Soʻrargʻa kelmak emish yor, ey ajal, rahm et,
Yuzini koʻrgucha bu zori notavondin kech.
Gʻam oʻlturur meni, gar boda ichmasam, ey shayx,
Agarchi panding erur yaxshi, bu yomondin kech.
Desangki, yor ila hamxona boʻlgʻasen, boʻlgʻil
Diyoru mulkdin ovora, xonumondin kech.
Iki jahonni koʻrar vasl mone’i solik,
Murod yor esa, ham mundinu, ham andin kech.
Kamol kasbi qilur boʻlsang, ozmundin oʻt,
Gar istifoda gʻaraz boʻlsa, imtihondin kech.
Navoiy, oʻttilar ahbob, boʻl fano bila chust,
Desangki, qolmagʻasen yoʻlda korvondin, kech.

98

Tushkali ul dilraboning turrasi torida pech,
Turra toridek tushubtur koʻnglum atvorida pech.
Zulfi tobidin jununumnung yuz oncha pechi bor
Kim, nazar soldim: jununum daf’i tumorida pech.
Hajr dashtida meni sargashtaning toʻlgʻanmagʻi,
Aylagandektur quyun jismi namudorida pech.
La’lingu zulfung xayolidin meni dilxastani
Notavon jonida anduhu tani zorida pech.
Soqiyo, ul shoʻxning jomin rioyat aylagil
Kim, buzulmish, may chiqib boshigʻa, dastorida pech.
Vahki, ul kofir asirinnng ishida kufrdin,
Pechlardur onchakim, yoʻq oncha zunnorida pech.
Olam ahligʻa ne tong sargashtaligʻ nevchunki bor,
Charx pargorida davru davr osorida pech.
Rostravlar goʻsha tuttilarki, davron ahlining
Bordur atvorida pech, andoqki guftorida pech.
Chun Navoiy, yor zulfi vasfida koʻp chirmashur,
El taajjub qilmasun, koʻp etsa ash’orida pech.

99

Koʻzung qonimgʻa serob etti oʻzni, naqdi jon olgʻach,
Nechukkim, mast bergay maygʻa naqdi rongon olgʻach.
Chu urdung nishtari hijron, firoqing soʻzi kam boʻldi,
Aningdekkim, isitma daf’ boʻlgʻay, kimsa qon olgʻach.
Nachukkim, qiymati la’l olibon bergay raqibigʻa,
Itiga tashladi koʻnglumni ul nomehribon olgʻach.
Sanab ushshoqini qatl ayladi ul husn sultonn,
Chirikni tarqatib ozod etar shah, garchi son olgʻach.
Koʻngul jurmigʻa boʻldum uhdavu gʻam chohigʻa solding,
Emastur rasm qilmoq hibs, mujrimdin zimon olgʻach.
Shikebu sabr xayli ittilar, yetkach manga nomang,
Nachukkim, korvon bogʻlar safar raxtin, nishon olgʻach.
Ushatma tavbam, ey soqiyki, qolmas yaxshiliq rasmi,
Mening holimda ilgimga qadahni men yomon olgʻach.
Bahori husnidin bulbulgʻa ham yetkur navo, ey gul,
Bu gulshan mulkini toroj etar, xayli xazon olgʻach.
Navoiy holini ul yoʻq ogʻizdin soʻrma emdikim,
Adam yoʻligʻa bordi mehring ul bexonumon olgʻach.

100

Qayd aylarga junun ahlini bor ul ikki soch,
Har biri necha tugun, har tuguni necha quloch.
Turklarning qulidurmenki, nigorimning erur
Qoshi turkona, qabogʻi kengu koʻzi qiymoch.
Sochingu mushk aro bor ancha tafovutki, munung
Kisvatidur yangi iksunda, aning — eski sanoch.
Tashlabon dogʻlarim marhami birla momugʻin,
Telbadurmenki, choponin solnb oʻlgʻay yolangoch.
Soqiyo, la’l uza xay koʻrubon bexudmen,
Maygʻa mamzuj gulob aylab, ani yuzuma soch.
Luqma ogahlik ila solik agar aylasa noʻsh,
Yaxshiroq arpa koʻmochiki, tagʻofilda kuloch.
Ey Navoiy, tilasang eldinu oʻzdin maxlas,
Chiqqil oʻzluk yoʻlidin chustu fano koʻyiga qoch.

He Harfining Haromilarining Husnoroiligʻi «Favoyid»din

101

Azalda chunki raqam topti tolihu solih,
Manga bu pandlaring bejihattur, ey nosih.
Sen e’tirozni qoʻygʻilki, barcha haqdindur,
Chu gʻayb makmanidin har nekim boʻlur sonih.
Ne ixtiyor sangayu manga, chu kilki qazo,
Azalda yozdi ne majruhdur va gar rojih.
Amal bir oyat ila aylamas, chu yoʻq taqdir,
Biravki aylasa «Kashshof»da oʻzin shorih.
Tili hurufqa evrulmagan, baso, hindu
Ki, boʻldi nuktasi koʻp gʻayb hazigʻa fotih.
Bu korxonagʻa daxl aylamak adab ermas,
Ne daxl kimsaga, har neki mehr etar loyih.
Navoiy, ollinga yozgʻanni koʻrmayin boʻlmas,
Erur haq ollidin ar solih oʻl va gar tolih.

102

Zormen zulfu yuzi furqatidin shomu saboh,
Soqiyo, boda ketur, qayda menu qayda saloh.
Boda daryosigʻa solgʻil meni, ey bodafurush,
Men gʻariq oʻlsam, emas gʻam, chun sen oʻlgʻung malloh.
Men menu koʻyi xarobotu may ichmak tunu kun,
Qoʻpqil, ey shayxu salohimgʻa koʻp etma ilhoh.
Xonaqahdin chu sahar maykadagʻa yuzlandim,
Har tarafdin yuzuma ochti eshiklar fattoh.
Shahr muftiysi bukun mast edi, fatvo yozdi
Ki, harom oʻldi, yamon ichsa kishi, yoʻqsa muboh.
Qachon ul ruhi musavvarki simo’ ichra kirar,
Evrulur boshigʻa quds amkinasidin arvoh.
Ey Navoiy, chu erur zoli falak xasmgʻa xasm,
Gar nikoh oʻlsa, taloq et, yoʻq esa, qilma nikoh.

103

Ey, xatu la’ling qoshida munfail Xizru Masih,
Ne yoshunmoqdur, gar ermaslar xijil Xizru Masih.
Xat labinggʻa muttasildur, lab yuzungakim, erur
Obi hayvonu quyoshqa muttasil Xizru Masih.
Uylakim Xizru Masih ollida sabza birla su,
Xattingu la’ling qoshinda uyla bil Xizru Masih.
Chun Masihoso labingdin Xizr umri kasb oʻlur,
Boʻlsalar andin, ajab yoʻq, munfail Xizru Masih.
Lablaringdindur Masihu Xizrgʻa nutqu hayot
Kim, emishlar ishlariga mustaqil Xizru Masih.
Sabzai xat koʻrguzub, jonbaxsh labdin soʻz degach,
Boʻldilar ul hayrat ichra muzmahil Xizru Masih.
Oʻldi hajridii Navoiy, tushsalar bu hajr aro,
Tong yoʻq oʻlmoq bu sarodin muntaqil Xizru Masih.

104

Ey, soching shomi aro ruxsori farruxfol subh,
Oy yuzungdin toli’ aylab kavkabi iqbol subh.
Ey sabuh ahli, iching maykim, bagʻoyat xushturur,
Lahni noʻsho-noʻsh birla jomi molomol subh.
Tun xumori hajrida badhol edim, yuz voy, agar
Jomi vaslidin meni yor etmasa xushhol subh.
Shomi subh istab qora tun ichra erdim, shukrkim,
Jilva aylab, shomi zulfin ayladi poymol subh.
Vasli subhidin tilarmen — andoq etkay shomi hajr
Kim, yuziga topmagʻay qoʻymoqqa mushkin xol subh.
Dam-badam tong yorubon olam eli gʻavgʻosidur,
Bodadin xushvaqtligʻni qilmangiz ehmol subh.
Charx davri zulmidindur goʻyiyokim sargʻarib,
Koʻrguzur yigʻlab, yaqo yirtib, ajab ashkol subh.
Ey xush ulkim, subhidam jomi sabuh ul nav’ ichib,
Mast boʻlgʻaykim, aning holigʻa qolgʻay lol subh.
Ey Navoiy, istasang sidqu safo gʻam shomida,
Boʻlma gʻofil, toki qilgʻay jilva farruxfol subh.

105

Zihi shahdi noʻshung bagʻoyat malih,
Musalsal soʻzung benihoyat malih.
Shakardek labing keldi ishq ahlidin,
Demak shukr shirin, shikoyat malih.
Malohatdin ul la’li koni namak,
Ajab ermas andin rivoyat malih.
Dam urma raqib, ul desun, soʻzki bor:
Malohatligʻ eldin hikoyat malih.
Ne yangligʻ takallumdur, oyoki, bor
Sarih etsa Shirin kinoyat malih.
Ochigʻlan gahi qullaringgʻaki, bor
Raiyatqa shahdin rioyat malih.
Navoiy yarasigʻa koʻp sepma tuz,
Necha boʻlsa nutqung bagʻoyat malih.

106

Boshima yetkurdi tigʻ ul shoʻxi mah paykar saboh,
Kosh roʻzi boʻlsa bu axtar tulu’i har saboh.
Vasl subhi ul saodat kavkabi koʻrguzdi yuz,
Ul sifatkim, jilva qilgʻay xisravi xovar saboh.
Yor vasli xushturur, gar zulf, agar yuz koʻrguzar,
Vasl davri ayshdur, gar shom boʻlsun, gar saboh.
Tong yoʻq ul mahvash mugʻanniy tutsa jomi may sabuh,
Ne uchunkim Zuhradur toli’, boʻlur axtar saboh.
Yorutub har tun shabistonni, sahar uyqudadur,
Ne taajjub, gar gʻurub aylar mahi anvar saboh.
Taxtai ishqin oʻqirmen maktab ichra, chun qoʻyar
Lavhi siymin qoʻynigʻa ul shoʻxi siyminbar saboh.
Hajr subhu shomi mendek boʻlmasun ishq ahlikim,
Muztaribmen shom oʻz holimgʻayu muztar saboh.
Bosh koʻtarma dayr piri ostonidin kecha,
Gar tilar boʻlsang mugʻona ichkasen sogʻar saboh.
Koʻyi tufrogʻin Navoiy ohi sovurdi sahar,
Ishrat ahli uylakim raf’ etsalar bistar saboh.

Xe Harfining Xoʻblarining Xiromi «Favoyid»din

107

Sadqang boʻlubon urmoq bu gunbadi axzar charx,
Qasringgʻa davr urgʻondek bir sabz kabutar charx.
Sen sham’, vale gardun fonusi xayol erdi,
Urgʻanda malak xayli tegrangda sarosar charx.
Chun yuqori mayl etti nuru azming boʻldi,
Ham nurda charx axtar, ham azmda axtar charx.
Sham’inggʻa lagan boʻlgʻach aflok maloyikdin,
Parvonalar urdilar tegrangda mukarrar charx.
Koʻk hullasidin yoyib atlas yoʻlunga anjum,
Anjum duridin sochib boshing uza gavhar charx.
Yoʻlung izidin oʻzni ravshan qilibon kavkab,
Raxshing nuridin koʻzni har dam qilib anvar charx.
Koʻyungda Navoiygʻa charx urmoq agar yetsa,
Bir doirai maqsud oʻlgʻusi anga har charx.

108

Qon toʻkub ul buti zebo gustox,
Borib ul yon meni shaydo gustox.
Boʻlmasa telba, pariyni mendek
Kim qilur buyla tamosho gustox.
Vah, ne tarsodurur ul dayrdakim,
Soʻz demas ollida Iso gustox.
Xoling ul hindu erurkim, boʻlmish
Labing ustida shakarxo gustox.
Soqiyo, ber iki sogʻarki, boʻlay
Nuktai ishq aro goʻyo gustox.
Xattu la’li qoshida asrang adab,
Kelmang, ey Xizru Masiho, gustox.
Yor hazl aylar uchun boʻlmishmen,
Harza derdin meni rasvo gustox.
Ishq dayrida gadodur shahlar,
Kirgali bizga ne yoro gustox.
Ey Navoiy, tilasang sogʻari fayz,
Boʻlma bu dayrda aslo gustox.

109

Chu qildi ishqigʻa koʻnglumni mubtalo ul shoʻx,
Keturdi jonima har lahza yuz balo ul shoʻx.
Asir qilsa musulmonni, qilmagʻay kofur,
Bu javru zulmki, har dam qilur mango ul shoʻx.
Ajab emaski, qilur naqdi jongʻa koʻz qoraligʻ,
Erur chu shoʻxlar ichra koʻzi qoro ul shoʻx.
Ulustun urkup, oʻzumdin dogʻi boʻlubmen yot,
Meni ramidagʻa to boʻldi oshno ul shoʻx.
Zamona ichradur oshubu qoʻzgʻolon goʻyo
Ki, chiqti sarxushu tund otlanib yano ul shoʻx.
Ajab emaski, vafo rasmi aylagay bunyod,
Qilurgʻa chunki yana topmasa jafo ul shoʻx.
Bu nav’kim manga ul shoʻx may berur, bir kun
Halok qilgʻusidur yo bu tund, yo ul shoʻx.
Yoʻq ogʻzidin soʻrubon nukta oqibat qildi
Menn musofiri sarmanzili fano ul shoʻx.
Bukim ulusqa navo berdi vaslidin, ne osigʻ
Ki, oxir etti Navoiyni benavo ul shoʻx.

110

Ul pariyvash hurning men telbadek shaydosi choʻx,
Ne ajab, gar boʻlsa olam mulkida gʻavgʻosi choʻx.
Ey koʻngul, mumkin emastur vasl, nevchunkim, erur
Sabru hushum ozu aning nozu istigʻnosi choʻx.
Men gado naylab sochi mushki xaridori boʻlay
Kim, erur shahlar dimogʻinda aning savdosi choʻx.
Armanidur goʻyiyo ul shoʻx kofur turkmon
Kim, yetar din mulkiga kofur koʻzi yagʻmosi choʻx.
Dilraboligʻning libosi choʻxasidur goʻyiyo,
Kim ani kiygach, koʻngul olur qadi ra’nosi choʻx.
Qiymati ajnosdin chun shadda bogʻlar haft rang,
Husni bozori aro zohir boʻlur kolosi choʻx.
Sollonib chun jilva aylar, xalqni vola qilur,
Ham qadi ra’nosi, ham andomi ruhafzosi choʻx.
La’lidin kom nstaram, ne chora, yetsa koʻngluma
Kirpikining nayzasidin zaxm ila izosi choʻx.
Bas bahodirvash erur, lekin muloyim ham erur
Kim, Navoiy koʻngliga tushmish aning vasvosi choʻx.

111

Dema, bir oʻpmak ne erkin la’lidin jonongʻa narx,
Ne soʻrarsen, angla, bir misqoli yuz ming jongʻa narx.
Kom pinhon ogʻzidin topmoqqa koʻp soʻrmang baho:
Kimsa ta’yin aylamaydur javhari pinhongʻa narx
Har kun ul yuz qiymati tagʻyir topsa ayb emas:
Ikki kun bir nav’ boʻlmaydur guli boʻstongʻa narx.
Husn bozorida men boʻldum ul oygʻa mushtari,
Kim muqarrar aylagay oyo mahi tobongʻa narx.
Xudfurush oʻldi ul oy, oyo, qayondin topqamen
Anikim, qildi muayyan Yusufi Kan’ongʻa narx.
Kim mening koʻnglum xaridoridurur, bir lutf bas,
Naqd hojat ermas, oxir istasang vayrongʻa narx.
Ey Navoiy, ul quyosh qursi bahosin soʻrmagʻil,
Sen gadogʻa avlo ul boʻglgʻayki, soʻrsang nongʻa narx.

112

Qaddu ruxsorigʻa yoʻq gulshanda bir monand shox,
Kim sapidor uzra guldin aylamish payvand shox.
Bogʻi hajr ashjori shoxidin tutay sayli sirishk
Kim, ulugʻ savdo keraktur bogʻlamoqqa band shox.
Tundbodi hajr ayshim bogʻin andoq buzdikim,
Tushti furqat dashtida har sari bir parkand shox.
Jism aro har uzv tigʻingni qilurlar orzu,
Uylakim, boʻlgʻay yagʻochda sugʻa hojatmand shox.
Shoʻxlar sindurdilar naqdi hayotim shoxini,
Ul sifatkim, boʻlgʻay atfol ilgidin sarkand shox.
Naxli tab’im shoxidin ma’ni boʻlur zoyandakim,
Shoxning farzandi guldur, naxligʻa farzand shox.
Ey Navoiy, qaddi tubidur, yuzi jannat guli,
Gulshani davronda yoʻq ul qadgʻa bir monand shox.

113

Xujasta tongki ochib oraz ul buti gulrux,
Bahor husni kebi subhim aylagay farrux.
Sanga mushobahati boʻlgʻay erdi, boʻlsa edi
Bu gulshan ichra pariy — sarvqomatu gulrux.
Soʻz aytsa ham oʻlubu ham tirilmakim ne ajab
Kim, oʻlsa talx takallum, erur shakar posux.
Soching qorasida yuz mushk tibbatu totor,
Qading havosida ming sarvi Uchavu Xallux.
Ichimda la’ling erur uylakim badan aro jon,
Oʻqungda jonim erur uylakim soʻngak aro mux.
Chu fayz erur mutafovut topilmagʻay ma’ruf,
Agarchi Karax kebi keldi surat ichra kurux.
Koʻrub yuzungni Navoiygʻa hush ketsa ne tong
Ki, mot oʻlur bori shahlar, qachon sen ochsang rux.

Dol Harfining Diloromlarining Davroni «Favoyid»din

114

Chu solik aylar esa azm vodiyi tavhid,
Kerakki, minsa bu sayr ichra markabi tajrid.
Bu markabu bu safar kimsaga muyassar emas
Ki, hosil aylamagay olam ahlidin tafrid.
Bu ham kishi oʻzini boru yoʻqdin etkay fard,
Emastur oʻzlukidin mumkin oʻlmayin ta’yid.
Chu doʻst lutfigʻa bu barcha boʻldi vobasta,
Nedin kerak kishiga vasl naqdidin tardid.
Azalda chun ne nasib oʻldi, oʻzga boʻlmadi ul,
Sa’idni ne shaqi qildi, ne shaqini sa’id.
Ketur qadahki, dame oʻzni xush tutay, ey mugʻ,
Toʻla quyargʻa emas hojat aylamak ta’kid.
Navoiy istamas oʻzni dame bu dayrda sogʻ,
Hamisha kayfiyatigʻa aning bering tajdid.

115

Kotibi sun’ki mushk ayladi xattinggʻa midod,
Oyati rahmat edi qildi quyosh uzra savod.
Uyla ishqingda boʻlub mahv, unuttum oʻzni
Kim, sen oʻlmish menu men emdi seni qilmon yod.
Kecha nolamdin uyumas edilar olam eli,
Za’fdin emdi eshitmon oʻzum, etsam faryod.
Charx davronikim, ohimdin erur, ul chu meni
Berdi barbod, ani men dogʻi bergum barbod.
Davr bedod etar, ey soqiyi gulchehra, meni,
Uyla qil mastki, davrongʻa men aylay bedod.
Xonaqah shayxi agar ishq ila may man’i qilur,
Dayr piri, netayinkim, muni aylar irshod.
Nosiho, ishq ila may tarki buyurdung, lekin
Qilma taklif Navoiygʻaki, boʻlmish mu’tod.

116

Ishq aro nofi’ emas oqilu farzonagʻa pand,
Qayda bas naf’ yeturgay meni devonagʻa pand.
Ul quyosh ishqidin oʻrtanma deding, vahki, kishi
Sham’din kuyma debon, bermadi parvonagʻa pand.
Bergucha ishqu vafo tarkida pandim netkay,
Bersangiz javru jafo man’ida jononagʻa pand
Zohido, bergucha pand, ayla oʻzung tarki riyo,
Pand bergil oʻzunga, aytqucha yonagʻa pand.
Ishq tarkigakim, irshod etaram ushshoqin,
Mast bergandek erur volai paymonagʻa pand.
Labi jonbaxshgʻa man’ etkucha, ey soda raqib,
Qatl man’ida ber ul gʻamzai mastonagʻa pand.
Dayr aro mugʻbacha chun qildi Navoiyni halok,
Chiq debon nofi’ emas foniyi butxonagʻa pand.

117

Ne murodu ne umid aylar ul oydin bizni shod,
Ohkim, ishq ichra ham novmidbiz, ham nomurod.
Orazi hajrida boʻlmish tiyra koʻnglum kishvari,
Muddate boʻldiki, koʻrmaydur yorugʻlugʻ bu savod.
Xol erur yo sun’ kilki safhai ruxsor uza
Xat raqam aylar zamonda, xomadin tommish midod.
Gul jabinin koʻzga koʻp surtar esam, ayb etmangiz,
Negakim, bir guljabinlikdin berur har lahza yod.
Koʻzuma ashk evrulub, tan dasht aro sargashtadur,
Ishq bahru dashtida girdob ulu bu girdbod.
Tark etib har qaydni, qoʻydum qadam dayr ichra, lek
Dayr piri har nekim der, chora yoʻq juz inqiyod.
Ishqida mendin asar yoʻq, kimga boʻlsa multafit,
Toki isnayniyat oʻlmas, mumkin ermas ittihod.
Charxdin ne kelsa, juz taslim yoʻqtur choraye
Kim, qaviy ollida xoʻb ermas zabunlardin inod.
Ey Navoiy, gʻunchadek koʻnglung tutulsa hajrdin,
Noumid oʻlma: nasimi vaslidin yetkay kushod.

118

Koʻngluma tigʻ urgʻach, ohimdin huvaydo boʻldi dud,
Shu’laning ustiga chun qunding su — paydo boʻldi dud.
Yuzu zulfi hasratidin buki chektim oʻtlugʻ oh,
Shu’la xurshidu gʻubori mushki soro boʻldi dud.
Xonumonim kuygannn hajr oʻtidin gʻam dashtida,
Bildilar ovoralar, chun oshkora boʻldi dud.
Gʻam tuni ermaski, ohimdin qorongʻudur sipehr,
Bu koʻhan dayr ichra behad vahshatafzo boʻldi dud.
Kuydurub koʻnglum, koʻzumni tiyra qildi, to anga
Yuz oʻti bargi suman, zulfi sumanso boʻldi dud.
Hajr oʻti ul oy havosida meni chun oʻrtadi,
Har taraf shabgun bulutdek charxpaymo boʻldi dud.
Soqiyo, obi hayoti may bila kulbam yorut
Kim, firoq oʻtndin anda zulmatoso boʻldi dud.
Rost ul yanglngʻki zulmat ichra Xizr oʻlgʻay nihon,
Xayli mazlum ohidin bu toqi xazro boʻldi dud.
Ul uzoru xat uchun har dam Navoiy chekkach oh,
Kulbai ehzonigʻa yo tushti oʻt, yo boʻldi dud.

119

Ey, qilib zulfung kamandi vahshiyi sahroni sayd,
Yuz menu Farhod ila Majnun kebi shaydoni sayd.
Yoʻq ajab Farhod ila Majnunni xud sayd etmaking,
Turfa budurkim, qilib Shirin bila Layloni sayd.
Vah, bu ne sayyodligʻdurkim, biravkim dahr aro,
Husn ila olamni sayd aylab, sen aylab ani sayd.
Koʻrguzub chun domi zulfu donai xol aylabon,
Bulbulu qumri demonkim, pashsha to anqoni sayd,
Domi zulfinin bir ochib, tortmoq birla qilib
Yuz tuman qudsi tuyuri gulshani xazroni sayd.
Bilmon, ey sayyod, qaysi dom ila qilmaq bulur,
Ul tazarvi dilkash, ul tovusi bazmoroni sayd.
Gar Navoiy xoʻblar saydidur, ammo qilmamish
Sendin oʻzga kimsa ul oshuftai rasvoni sayd.

120

Yoʻq manga yuz yilda ul mahvashqa bir soʻz derga had,
Boʻlsa bir soʻz derga had, ul ham boʻlur yuz qatla rad.
Mehri xud yoʻq, lek amdo zohir aylar iltifot
Kim, xaloyiq jonima qasd aylagaylar yeb hasad.
Turfaroq bukim, qilib olamni jonim dushmani,
Doʻstlugʻ izhori har majlisda aylar beadad.
Shak emaskim, boʻlgʻusidur yorlar bee’timod,
Har qachan yor ollida agʻyor boʻlsa mu’tamad.
Umr yangligʻ bevafodur xalq, goʻyo, ey Xizr,
Chekti Zulqarnayn Ya’juji vafo olligʻa sad.
Ey xush ulkim, goʻsha tutqay uylakim, topilmagʻay
Axtarib davronni davr ahli azaldin to abad.
Soqiyo, abnoyi davron javrining poyoni yoʻq,
Uyla sogʻar tutki, zoyil aylagay hushu xirad.
To boʻlay ul nav’ loya’qilki, kelmay holima,
Qilsa yuz Farhod ila Majnun nasihatdin madad,
Ey Navoiy, olam ahli javr etarda tengdurur,
Xoh shohi charx qadru xoh mohi sarvqad.

121

Ishq aro kuymak ishim, qayda menu qayda xirad,
Buyla oʻt ichra kirarga xirad ahligʻa ne had.
Ishq oʻti Turi tajalliygʻa chu soldi partav,
Xaski kul boʻldi, burunroq yoʻq edi gʻayri xirad.
Zuhd xuffoshi ocha olmasa koʻz, kimga gunah,
Ishq xurshidi yorutmish chu azal to ba abad.
Ishq ul bir muallimki, aning maktabida
Aql oʻqib tifl kebi lavhi fanodin abjad.
Ishq jonbaxsh nasimn ne chamangʻaki esib,
Yuz nihol anda boʻlub lolauzoru gulxad.
Ul chaman bargi guli shavq hadisigʻa varaq,
Sunbuli silsilasi hush jununigʻa madad.
Asli bir zot kelib chunki marotibgʻa oʻtub,
Benihoyat boʻlub ijodu sifot ichra adad.
Birdurur asli adad, kimki haqiqatbindur,
Gar adad yuz tuman oʻlsa, tuzatur birga sanad.
Ey Navoiy, desang ixlos ila bu sirni tilay
Qulhuallohu ahad, soʻngradur ollohu samad.

122

Olib el koʻnglinki, chekting sarvdek ozod qad,
Qaysi koʻngli birla chekkay ollinga shamshod qad.
Xoʻblar qaddi qadding ollida koʻrsatmakcha bor,
Sarvi ozod oʻtrusida savsani ozod qad.
Gʻam yuki ostida qaddim boʻldi xam, imkoni yoʻq
Besutunning ostida tuz asramaq Farhod qad.
Xam boʻlub, koʻnglum olurgʻa kelmaking ul nav’dur
Kim, qilurda sayd qushni xam qilur sayyod qad.
Ey musulmonlar, netib oʻrnida koʻnglum toʻxtasun,
Qilsa har dam jilva gar bir sarvi hurizod qad.
Boʻlmadi toatqa xam qadding yigitlikda, ne sud,
Rak’at emdikim, bukulmak ayladi bunyod qad.
Ey Navoiy, husn elidin ofiyat yoʻq, to qilur
Ishvadin javru jafo koʻz, jilvadin bedod qad.

123

Jafoda bor ul oy gardungʻa monand,
Atogʻa uylakim xislatda farzand.
Tugatdi qon yoshim jism ichra qonni,
Qiliching zaxmi topmas emdi payvand.
Iting koʻp, barcha bagʻrimdin tama’kor,
Ne tong qilsam ani parkand-parkand.
Agar men oshiqu devona ersam,
Manga nosih dogʻi ermas xiradmand.
Jahon ahlida mutlaq chun vafo yoʻq,
Xush ulkim, boʻldi bekaslikka xursand.
Manga davron ogʻu berdi, anga noʻsh,
Men etsam zahrxand, aylar shakarxand.
Junun boʻlmish Navoiy, aylang ozod
Ki, majnunlugʻda tortibdur, base, band.

124

Labing la’lu xating, ey jon, zumurrad,
Boʻlurmu la’lgʻa haryon zumurrad.
Erur xating xayoli koʻnglung ichra,
Nachukkim, tosh aro pinhon zumurrad.
Gʻam ermas ne uchunkim husni ortar,
Chiqarsa sabzadin boʻston zumurrad.
Zumurrad topmaq erdi mushkil, emdi
Ilikka kirgusi oson zumurrad.
Zumurrad qadri bor oz ersa, lekin
Xush ermas behadu poyon zumurrad.
Zumurradqa yuzung kon boʻldi, ammo
Fido boʻlsun anga yuz kon zumurrad.
Magar yoqut yangligʻdur mufarrih
Kim, aylar xalqni xandon zumurrad.
Falak yuz neshi zahrolud tortar
Ki, qilmas sabzadin tugʻyon zumurrad.
Navoiy, sabza ichra ich mayi la’l
Ki, solmish bogʻ aro davron zumurrad.

125

Ey, soching zanjirida oshuftayu shaydo xirad,
Ul savod ichra topib sarmoyai savdo xirad.
Gar junun daf’igʻadur zanjnr, koʻrgil, kim qilur
Ul salosil qaydida devonaligʻ paydo xirad.
Boʻldi ishq ilgida andoqkim, kerak zoru zabun,
Aylamak bordi junun ahligʻa istigʻno xirad.
Asru rasvoligʻlarimni koʻrmish erdi ishq aro,
Men nachuk rasvo edim, boʻlmish bu dam rasvo xirad.
Ishq kuydurdi xiradni, bordi ulkim, degamen
Kim, bu muhlik varta ichra yo boʻlay men, yo xirad.
Gar xirad ham ishq magʻlubidurur mendek, valek
Hech mushfiq gʻam yemas ahvolima illo xirad.
Ishq aro jonigʻa yetgandin, dame istab farogʻ,
Bizga targʻib aylar emdi sogʻari sahbo xirad.
Kir fano vodiysi ichra ishq ra’yi birlakim,
Mastu mabhut oʻldi anda ziyraku dono, xirad.
Ey Navoiy, ishq aro kom istasang, devona boʻl,
Bu sharafni topmagʻung, hamrohing oʻlsa to xirad.

126

Vahki, ham hushumni afzun qilmadi afsunu pand,
Ham jununimni kam aylay olmadi zanjiru band.
Bilki, sendindur bori dardim ne fikring holima,
Dardmand el holin ul bilgayki, boʻlgʻay dardmand.
Zaxmlarkim soldi zahrolud tigʻing jismima,
Ogʻzin ochib har biri, holimgʻa aylar zahrxand.
Boʻynunga mushkin ipakdin, eyki, tumor osmishang,
Qayda holim bilgasenkim, boʻynuma taqding kamand.
To koʻngul xoling xayolidin boshinggʻa evrulur,
Yoʻq sanga hojat yomon koʻz daf’igʻa oʻtu sipand.
Chun falak toqidek oxir boʻlgʻusidur sarnigun,
Rif’ating toqin, ne sud, etmak falakcha sarbaland.
Ey Navoiy, obi hayvondek labidin uz umid
Kim, sochi zulmotidin yopti anga mushkin parand.

127

Yoʻlida jon berdim, oʻtti koʻrmayin jonon, ne sud,
Koʻrsa ham, koʻrmaska solib, zoye’ oʻldi jon, ne sud.
Sud koʻz tuttum qorargʻan koʻzga ul yuz mehridin,
Anglagʻach, mehri jamolin ayladi pinhon, ne sud.
Bir tabassumgʻa labidin jonni berdim sud uchun,
Jonim olib, la’li aning boʻlmadi xandon, ne sud.
Zulfi savdosida naqdi umr berdim, ohkim,
Yetmadi jonimgʻa bu savdoda juz nuqson, ne sud.
Oʻqlaridin javhari paykon koʻngulga sud edi,
Har nekim otti yetishkach, oʻttilar parron, ne sud.
Foniy oʻl aylab jahon sudu ziyonin tarkkim,
Ne ziyondur moʻ’tabar olamda, ey nodon, ne sud.
Ey Navoiy, dema jon ber, vaslidin sud istasang,
Yuz tuman jon bersa, chunkim, vasl emas imkon, ne sud.

128

Ey yuzung sham’iyu zulfung dudidin tarki xirad,
Koʻngluma subhi azaldin qism to shomi abad.
Dema, to joning jasadda boʻlgʻusi, qilgʻum jafo,
Qayda qolmish jon manga, chun za’fdin yoʻqtur jasad.
Menu koʻyung qaydakim devona, balkim devmen
Kim, malak xayligʻa yoʻq gustox aning tavfigʻa had.
Gar bori ishq ahlin oʻz koʻnglung uchun qilding qabul,
Men necha mardud esam, tengri uchunkim, qilma rad.
Xastaligʻ koʻrkim, boʻlur har dam hayotim munqati’,
Gar nafasqa dam-badam chiqmaqqa jon qilmas madad.
Istasang olam eli mahsudi oʻlmoq, zinhor
Yema yuz olamcha elga tengri bergandin hasad.
Ey Navoiy, kasb oyini fano qil, uylakim
Umrning miodi yetkanda kerak bulsang muad.

Zol Harfining Zavil Hayotlarining Zufununligʻi «Favoyid»din

129

Ishq amrigʻa erur kavnu makon ichra nafoz,
Shohning hukmigʻa andoqki jahon ichra nafoz.
Ishq ahkomi koʻzu koʻnglum arodur joriy
Ki, qazo amrigʻadur bahr ila kon ichra nafoz.
Yer har ne desa, ma’mur erur ushshoqi
Ki, aning soʻzigadur jonu jahon ichra nafoz.
Ahli savdo eshitur har ne koʻngul desaki, bor
Shahna buyrugʻigʻa bozoru doʻkon ichra nafoz.
Qonima, amrini istarki, ravon qilsa raqib
Ki, ajal hukmigʻadur jonu ravon ichra nafoz.
Dayr pirigʻa haqorat bila koʻz solmaki, bor
Amrigʻa kufr elida yaxshi-yamon ichra nafoz.
Ishq dargohida qul boʻldi Navoiykim, bor
Amru farmonigʻa paydovu nihon ichra nafoz.

130

Tikibtur boshigʻa jonona ta’viz,
Kerakkim, tiksa bu devona ta’viz.
Boshinggʻa evrulub sadqang boʻlayin
Ki, bastur sham’gʻa parvona ta’viz.
Qoʻp, ey roqiyki, tumoring kerakmas,
Netay boʻlsa pariy begona, ta’viz.
Sening ruq’angni chun boʻynumgʻa ostim,
Bu majnungʻa kerakmas yona ta’viz.
Manga ta’viz ul oy qissasi, bas,
Erur oshiqqa ul afsona ta’viz.
Jununum daf’igʻa baskim yozilmish,
Toʻladur goʻshai vayrona ta’viz.
Navoiy ayshi hifzigʻa ne yetmas,
Xati sogʻar bila paymona ta’viz.

131

Boʻla olsa labing ollida Masiho tilmiz,
Yangi boshtin yana topqay edi ihyo tilmiz.
Boʻlsa Farhod ila Majnun, ne ajab, shogirdim,
Istasam ishqu jununda meni shaydo tilmiz.
Shoʻxlugʻ maktabida sendin etib kasb atfol,
Aylamaslar biri ustodgʻa aslo tilmiz.
Ishq ta’limgahidin koʻngul istar maxlas,
Qilgʻay ozodligʻ andoqki tamanno tilmiz.
Koʻzung ofat aro ustod, vale xolu xating
Davr urub ollida oʻrgangali yagʻmo tilmiz.
Maktabi ishq aro men telbaradim, demangkim,
Misli Majnun yana bir boʻlmadi paydo tilmiz.
Ishq zindonida gʻam shomi, Navoiy, u nedur,
Qilsa kech uylaki maktab aro gʻavgʻo tilmiz.

Re Harfining Ra’nolarining Rustoxezi «Favoyid»din

132

Qarida garchi sabuk ruhlugʻ farovondur,
Vale yigitlar aro chun kirar, garonjondur.
Shabobning havasidin saqolni rang etma,
Oqorsa sabza, koʻkarmak yana ne imkondur.
Qari yigitlar ishin chun qilur, erur mabhut,
Yigit qarilar ishin pesha qilsa, nodondur.
Aso yururga madaddur, vale aso ahli
Chu nayza tutti, hamul yoʻl yururga nuqsondur.
Chu qad egildi, aso birla dogʻi boʻlmas tuz,
Eshitsa tuz anga bir kunji baytul ahzondur.
Chuqurgʻa tushti chu koʻz, goʻyiyo qaviy za’fin,
Nazar qilur uyatidin chuqurgʻa pinhondur.
Darigʻkim, qaridim zuhdu faqr lofi bila,
Vale ishim yoshurun barcha jurmu isyondur.
Xudoy uchun qiling, ey porso yigitlar, shukr
Ki, sizga jurmu gunahdin xudo nigahbondur.
Yigit bila qarigʻa zuhd birla isyonda,
Yoʻq ixtiyor munga qahr anga ne ehsondur.
Yigitligida kishi qilmasa itoati amr,
Ne sud chun qaridi, nechakim pushaymondur.
Navoiyo, yema gʻam, ne uchunki, bahri karam
Chu urdi mavj, borigʻa umidi gʻufrondur.

133

Erur hamisha xazon bargidek boshimda sharor,
Senga ne gʻamki, boshing uzradur hamishabahor.
Yana netib kishi qolgʻay tirikki, chiqting mast,
Etakni sanchibu oshufta chirmabon dastor.
Tanim chuqur-chuqur oʻlmish, bori boʻlub toʻla qon,
Nedinki tishlab-tishlab qilibmen ani afgor.
Gʻubor ichinda quyosh tong emas, bu tongdurkim,
Koʻrundi yuzu xatingdin quyosh ichinda gʻubor.
Chu dayr xizmatin ortugʻroq aylaram, ne ajab
Belimga mugʻbacha zulfaynidin iki zunnor.
Chu sof aysh ila qasr ichra bordurur yuz biym,
Xusho farogʻat ila dardu kulbai xammor.
Navoiyo, tilar ersang zamone osoyish,
Zamona fikriga koʻnglungni qoʻymagʻin zinxor.

134

Qonima har dam koʻzungning oʻzgacha angezi bor
Kim, aning mujgoni birla gʻamzai xunrezi bor.
La’li yodi qongʻa ashkim rangini aylar badal,
Olloh-olloh, ne ajoyib la’li rangomezi bor!
Ishq boshimnn kesib, yoʻl topqay ul oy koʻyida,
Ne uchunkim, itlari ollida dastovezi bor.
Hajr shomi, qil tamoshokim, jamoling shavqidin
Notavon koʻnglumning oʻtlugʻ ohidin gulrezi bor.
Naylab ul koʻzdin boʻlay eminki, bemor ersa ham,
Ofiyat ahliga rahm oyinidin parhezi bor.
Bogʻ aro gul sochti noz uyqusidin ul sarv uza,
Tong nasimining magar parvizani gulbezi bor.
Charx chun bemehrdur, Parvezdek qonin toʻkar,
Mehrningkim, shomi siymin na’ldek shabdezi bor.
Bogʻi davron gullari chun bevafodur, tong emas,
Kecha gar tong qushlarining nolai shabxezi bor.
Ayb koʻp qilma Navoiy koʻzlari shoʻrobasin,
Koʻrki, ul oyning ne yangligʻ la’li shoʻrangezi bor.

135

Gʻaribligʻda demankim gʻamu malolati bor
Ki, sendin anru koʻpgulning gʻarib holati bor.
Koʻngul ilojini qil, en quyosh, vnsol ilakim,
Masih dam ura olmas kebi malolati bor.
Koʻpgul jununda tilin aql elini fahm etkay
Ki, dardu shavq kalomi bila maqolati bor.
Firoqing ilgida chun oʻlmadim, boshim quyidur,
Bu sheva zohir etar, kimsakim xijolati bor.
Koʻngul jafosidin obod erurki, boʻldi tuzuk
Harimi mulk, agar shohning adolati bor.
Keturda la’linga jonim payomini, ey gul,
Eshitki, payki saboning ajab risolati bor.
Firoq ahli chu gʻamdin xalos emas tunu kun,
Mudom icharga bu ahvolning dalolati bor.
Visol ruq’asi yetmas manga, xush ul novmid
Ki, qosidi qoʻlida xatti istimolati bor.
Navoiy, istasang oʻzlukni raf’, majnun boʻl
Ki, aql pirini koʻrdum — base jaholati bor.

136

Goʻyiyo koʻnglum taxayyul mulkining sultonidur
Kim, xayol ichra qilur har ayshkim imkonidur.
Husniyu ishqim kamol ichra yaqindurlarki, bor:
Ul mening hayronimu olam aning hayronidur.
Tutmamish rangin bulut koʻkniki, olamni tutub,
Aks koʻk mir’otigʻa solgʻan sirishkim qonidur.
Sarsaru toʻfon yetar, ey xalq, oʻlung ogohkim,
Ohu ashkimning bu oqshom hajrdin tugʻyonidur.
Chugʻz boʻlmish ganji vasling shavqidin koʻnglum qushi,
Zaxmi koʻp koʻnglum uyi ul chugʻzning vayronidur.
Husngʻa chun yoʻq vafo, bas tut vafoni mugʻtanam,
Necha kun, eykim, mahbublugʻ davronidur.
Ishq dashtida Navoiydur, quyun qilmang gumon
Kim, tani xoki bila bir shoʻx sargardonidur.

137

Vaslidin chun multafit koʻproq boʻlur furqatda yor,
Tarki vasl aylab qiling, ahbob, furqat ixtiyor,
Dema koʻnglung boʻldimu tark aylamak yoru vatan,
Ne koʻngulni tark qilmoq, ne vatan, vah, qaysi yor.
Topmadim bir nechakim mehru vafo tufrogʻida[1],

Dona sochtim ashkdin, kirpik bila aylab shiyor.
Siymgun ashk oʻlmoq oltundek yuz uzra ne osigʻ,
Jism hijron koʻrasida boʻlmayin xolis iyor.
Kimki, olam xalqi birla oshnoligʻ qilmadi,
Ani de farxunda axtar, muni bilgil baxtiyor.
Holini naylab nihon tutsun Navoiy xastakim,
Yetsa ashkin oh urar, yigʻlar agar ohin tiyor.

138

Parvona qanoti arokim dogʻ ila qondur,
Hajr oʻtiyu gʻam yarasidin ikki nishondur.
Sarigʻ, qizil alvon bila xil’atlaring, ey gul,
Ra’noligʻ erur, ulki libosingda ayondur.
Ul koʻz qorasi hay’ati majruh koʻngulda,
Hijron oʻtidin ikki yangi dogʻi nihondur.
Koʻnglumniki pargolalar etti gʻami hajring,
Lola varaqidek borida dogʻ ila qondur.
La’lingdin agar qatrai qon qilsa tarashshux,
Tufroqqa tomizmaki, aning tufrogʻi jondur.
Bu gulshan aro boʻyi vafo yetmadi guldin
Bulbulgʻaki, ming navha bila da’bi figʻondur.
Shavq oʻtigʻa yonmoqqa oʻzni urdi Navoiy,
Qovdung, kelu lutf aylabon ul telbani yondur.

139

To buzugʻ koʻnglum aro zulfung xayoli aylanur,
Ajdahoyedurki, bir vayrona nchra toʻlgʻanur.
Ahli dard ohu figʻonidur, emas koʻsu nafir,
Sayr uchun ul xoʻblar shohi qachonkim otlanur.
Gar tanimda dogʻlardur, vah, ne tong toshida dogʻ,
Notavonekim, ichi hijron oʻtidin oʻrtanur.
Har shararkim, oʻtlugʻ ohimdin borur gardun sari,
Ahli ishq arvohi oʻrtonmakni andin oʻrganur.
Ravshan etmas bazmni husn ahli sepdek, kim etar
Dahr yorutmogʻni gar anjum quyoshqa oʻtkanur.
Chun bu gulshan bevafodur, jom davrigʻa toʻkar,
Necha pora siymkim, umrida nargis qozgʻanur.
Andoq uyqugʻa Navoiy bordi hijron shomikim,
Yaxshidur gar hashr gʻavgʻosida dogʻi uygʻanur.

140

Teshildi xasta koʻngul, ishq tigʻi etkach zoʻr,
Kirar anga qora qaygʻu sipohi uylaki moʻr.
Yuzi koʻzumdayu gʻoyibmen andin, aylama ayb,
Sirishkining suyi rangin ne nav’ bilsun koʻr.
Labing xayolida shoʻroba toʻksam, andin erur
Ki, bir chuchuk berur ul yerdakim, su boʻlgʻay shoʻr.
Ajab emas ishimiz dayr aro gadoligʻ esa,
Nedinki, mugʻbachalar qildi bizni muflisu oʻr.
Agarchi mahvashim rustoyi oyindur,
Valek shahru viloyatqa soldi gʻorati gʻoʻr.
Bu dasht sathida jomi Jam ichra koʻp boqtim,
Qadah keturki, ne Bahrom zohir oʻldi, ne Goʻr.
Navoiy aytsa abyot ul oy mehrinda,
Kerakki nagʻmasi boʻlsa bayotiyu mohur.

141

Itlaring xayli meni oʻldi gumon ayladilar,
Ki, boshimda kecha to subh figʻon ayladilar.
Qatlima xat yozib afloku nigin anjum oʻlub,
Yuz tuman yerda bu mahzarni nishon ayladilar.
Ne balo erkin ul oykim, koʻzu qoshin aflok
Fitnai olamu oshubi jahon ayladilar.
Ishq savdosi jahon ichra yoyildi, garchi
Ani savdozada koʻnglumda nihon ayladilar.
Maxlasim yoʻq tirik andin, ne qilay, ey ashob,
Dard ila ishqi chu koʻnglumni makon ayladilar.
Ishq chovushlari yuz qofilani har lahza,
Koʻyidin mulki fano sari ravon ayladilar.
Koʻyida erdi Navoiyu koʻrunmas emdi,
Ishq ila dard ani, bilmonki, qayon ayladilar.

142

Vahki, savdo dashtida qildi meni devona hajr,
Bir pariy ishqida holim shahr aro afsona hajr.
Orzudinkim kirib kulbamgʻa, tutqay bir qadah,
Tunu kun hamkosa furqatdur manga, hamxona hajr.
Ul buzugʻlugʻlarki yetkurdi, bir-ikisin eshit:
Qildi vayronim yiqib, koʻnglum uyin vayrona hajr.
Tanimasmen dema elnikim, taaddi boshlagʻach,
Oshnolardin burun qildi meni begona hajr.
Shart qildim: vasl topsam, kelsa gar yuz ming balo
Tortayin, ammo qabul etmay chekarga yona hajr.
Hajr aro har necha sochtim ashki hasrat berdi bar,
Ne samar bergay, chu bir mazra’da sochqay dona hajr.
Ey Navoiy, har kishikim istagay albatta vasl,
Tortibon yuz ming balo chekmak kerak mardona hajr.

143

Ul malaksiymoki, husn ichra pariy monandidur,
Huri jannatdurmu yoxud odamiy farzandidur.
Eyki, gah-gohi koʻrarsiz ani, noshukr oʻlmangiz,
Voy, ul mahzunki yod etmak bila xursandidur.
Zogʻlar koʻyida koʻnglumni choʻqushub uzdilar,
Tumshugʻ ermas, har biri ogʻzida bir parkandidur.
Koʻnglima jon rishtasi, yo hajr tori chirmashib,
Qayd soldi, yo sening zanjiri zulfung bandidur.
Ul Masihodin netib forigʻ boʻlaykim, har nafas
Hajr tigʻidin koʻngul yuz qatla’ hojatmandidur.
Rahni xirqamkim, toʻshabturlar ani mayxonada,
Goʻyiyo har yon yopushqan durdlar payvandidur.
Ey Navoiy, koʻngluma man’i junun koʻp qilmakim,
Ani Majnun aylagan ahli nasihat pandidur.

144

Vaslidin novmid ekan chogʻda firoqi kuydurur,
Chunki boʻldi vasl ummidi, ishtiyoqi kuydurur.
Turgʻani birla bir otashporadur ul shoʻxkim,
Yoʻqu borimni aning boshtin ayoqi kuydurur.
Otashin serob la’li jongʻa oʻt solsa, ne tong
Kim, meni ul oʻt bila su ittifoqi kuydurur.
Xolin ul yuz oʻrtamishkim, fitnadur davron aro
Kim, jahon ahlin jahonning ehtiroqi kuydurur.
Bazm aro kuymakdin oʻzga yoʻq nasibim oʻzgakim,
Xohi gulgun boda, xoh ul turfa soqiy kuydurur.
Ishq bir oʻtdurki, koʻnglumdur anga otashkada,
Ul visoqin kuydurur, bizni visoqi kuydurur.
Solmoq oʻt barlosu tarxon orazi ne sudkim,
Bizni kuygan chehra birla bir yasoqi kuydurur.
Kuydururga elni ham gohe qilurlar ittifoq,
Yoʻqki, yolgʻuz olam ahlining nifoqi kuydurur.
Ey Navoiy, oshiq oʻlding, bilki, olam mulkini
Ishq etib toroj, har ne qolsa boqiy, kuydurur.

145

Safarda, vahki, mendin ayru bir gʻoyib musofirdur
Ki, koʻzdin garchi gʻoyibdur, vale koʻnglumda hozirdur.
Tilab mushkin gʻnzolimni koʻngul, devonalar yangligʻ,
Hamisha togʻu dasht ichra kiyiklar birla soyirdur.
Agar xud barcha bir kundur, ne mumtad hajr ekan, yorab
Ki, ming yil shiddatin sharh etsa til vasfida qosirdur.
Fido ruhum qushi ul chugʻzgʻakim, eski qabrimda
Erur ham navhagar anduh birla, ham mujovirdur.
Ajal gar qatl ta’limin kelib olsa firoqingdin,
Ne tong bu ishda bor ul mubtadi, lekin bu mohirdur.
Xato yoʻq novaki qatl otsa hajring jongʻakim, ham bu
Duo birla tilar haqdin hamul shastigʻa qodirdur.
Ne tong har zarra ollinda yer oʻpmak aylasam zohir
Ki, dilbar orazi xurshidigʻa ashyo muzohirdur.
Kstur, soqiy, aningdek mayki, kul qilgʻay vujudumni
Ki, oʻzluk pardasi matlub ruxsorigʻa sotirdur.
Yoqing, ahbob, marham vaslidii, yoʻq ersa, boringkim,
Navoiy hajr neshidin base ozurda xotirdur.

146

Voyki, bagʻrim yana hajr oʻqidin yoradur,
Har nafas ul yoradin jon oʻzidin boradur.
Jonima ofat labi hajri balo, ohkim.
Baxtima bir hukmi bor la’lu gar xoradur.
Dard sipehri tanim turgʻonu oʻtkan oʻqung,
Lam’ai paykon bila sobitu sayyoradur.
Koʻyida topmaq seni mumkin emas, ey koʻngul,
Anda chu sen telbadek yuz tuman ovoradur.
Charx arusiga yoʻq, garchi yomonligʻ shior,
Aqdigʻa mayl etmakim, shohidu badkoradur.
Voʻsmasi qavsi quzah, gʻozasi gulgun shafaq,
Zulfu yuzi tunu kun, koʻrki, ne makkoradur.
Ishq ajab dard emish, dardqadur chora sabr,
Vahki, Navoiy base oshiqu bechoradur.

147

Ishq dogʻidin nishon qolgʻandin, el jonim olur,
Yusa ketmas, tigʻ ila yoʻnsam, nishon koʻprak qolur.
Vah, ne holatdurki, qoshu koʻzini koʻrgach qora,
Aqlu jonim sovrulur, sabru shikibim qoʻzgʻalur.
Qoshi hajrida yangi oy zavraqining xavfi bor,
Sarsari ohim bila chun bahrn ashkim chayqalur.
Koʻk shabistoni qizil gullar ochar, chun qon yoshim
Aksini gʻam shomi anjum koʻzgusi ichra solur.
Boda tut naqdi hayotimni olib, ey mugʻbacha,
Jon topay bir lahza chun bu naqd oxir siygʻalur.
Faqr vodiysida chun urdung qadam, oʻzlukni sol:
Yoʻl uzundur, bu ogʻir yukni koʻtargan tovshalur.
Ey Navoiy, to tiriksen, tortqung eldin jafo,
Sovugʻach hangomai ishqing, bu gʻavgʻo tarqalur.

148

Birov tigʻi firoqi, vah, yana koʻksumni chok aylar
Ki, ham zaxmi, ham ixfosi, ham izhori halok aylar.
Magar istab itiga tu’ma koʻnglum birla bagʻrimdin
Birin pargola-pargola, birisin chok-chok aylar.
Ne muhlik dard erur koʻnglumdakim, afgʻonima har kim
Ki, yigʻlar, ishq aning ham figʻonin dardnok aylar.
Ajab yoʻq ishqi bebok ilgida mendek asir oʻlmoq
Kishikim, ishq koʻyi azmini bevahmu bok aylar.
Ajab yoʻq vasl xayli tushkali tartib etar manzil,
Gar ashku oh oʻti elning koʻzu koʻnglini pok aylar.
Mening boshim kesakcha ham koʻrunmas raxshi ollinda,
Birovkim, tavsani toj ahlining boshini xok aylar.
Koʻngul bogʻida dardu gʻam niholin ekkali goʻyo,
Qazo dehqoni har yon oʻqi zaxmidin magʻok aylar.
Xusho ulkim, xazon fasli mayi ol ichsa bogʻ ichra,
Qadah sarpoʻshi xinoligʻ ilikdek bargi tok aylar.
Bir ahli ishqni yori halok aylab Navoiyni,
Bu yangligʻ yorsiz jon minnatin chekmak halok aylar.

149

Ey koʻngul, dushmanlar oncha makr ila fan qildilar
Kim, vafoligʻ doʻstni jonimgʻa dushman qildilar.
Dud boshimdin chiqar, goʻyoki hijron toshidin
Yogʻdurub har yon, bu gunbad uzra ravzan qildilar.
Boshima joʻlida soch ermaski, zogʻ aylab gʻulu,
Zaxmlardin tu’ma istarga nishiman qildilar.
Hajri shomidin osib gardun qora kiz boʻynigʻa,
Subh chok aylab yaqo holimgʻa shevan qildilar.
Uchmish erdi ishq oʻti, xasdek tanimni dardu shavq
Kuydurub, goʻyo bu tufroq birla ravshan qildilar.
Boda tutkim, ahli hikmat charx bemehr erkanin
Jom davri xatlari birla mubarhan qildilar.
Ey Navoiy, Ka’ba tut yo dayrkim, ahli jahon
Jurmu gʻamdin bu iki manzilni ma’man qildilar.

150

Qayu tarafki quyosh yangligʻ ul nigor borur,
Soʻngincha soya masallik bu xoksor borur.
Dema nujumki, koʻk tirlar ohim oʻtidin
Ki, shomi gʻam anga koʻp shu’layu sharor borur.
Kularda rishtai durdek tishin koʻrub, ashkim
Tizilgan inju masallik tuzub qator borur.
Figʻonni zabt qilurmen, valek ul qotil
Chu jilva ayladi, ilgimdin ixtiyor borur.
Ichimda yuz boshogʻ, ey gul, ne ayb ingransam,
Alam topar, tobonigʻa aningki, xor borur.
Bu guliston aro bulbulgʻa rahm qil, ey gul
Ki, hay deguncha xazon yuzlanib, bahor borur.
Navoiy oʻlsa, yedik koʻyi itlari soʻngakin,
Raqib qilma gumonkim, desangki bor borur.

151

Menu furqat ayyomiyu zorligʻlar,
Har aqshom tong otquncha bedorligʻlar.
Balo xaylikim yogʻdurub toshu novak,
Tanu jonima andin afgorligʻlar.
Gʻamu dard zindoni ichra koʻngulga
Tushub oʻtlosh-oʻtlosh giriftorligʻlar.
Gahi yorsizligʻlar anlab halokim,
Gahi dardu gʻam koʻrguzub yorligʻlar.
Meni, soqiyo, hajr davrida mast et
Ki, yoqmas mizojimgʻa hushyorligʻlar.
Fano dashtida tashla oʻzluk yukinkim,
Kerakliktur anda sabukborligʻlar.
Navoiy, bahor oʻldi, tavbangni sindur
Ki, xushtur bu fasl ichra xummorligʻlar.

152

Oncha koʻnglumni jununu ishq yagʻmo qildilar.
Kim, meni devonani olamgʻa rasvo qildilar.
Xalq ba’zi kuldp, ba’zi ibrat olib yigʻladi,
Har qachon mufrit jununimni tamosho qildilar.
Gʻamzasi har damki qon toʻkmakka xuni istadi,
Koʻzlari men qoni toʻlgʻan sari imo qildilar.
Men gadokim, vaslekim chun koʻrdilar yuz tigʻi qatl,
Shahlar anikim, xayol ichra tamanno qildilar.
Koʻyiga kirgach meni munglugʻ, hujum etti raqib,
Uylakim, itlar gado koʻrganda gʻavgʻo qildilar.
Men chu asran olmadim sirrimni, naylab ayb etay,
Dushmanoyin doʻstlar gar oshkoro qildilar.
Vah, ne zulm erdiki, oʻzga sari solding tigʻi zulm,
Har nechakim, jon bila koʻnglum tavallo qildilar
Boda ichkim, gʻussadin fard oʻldilar ul xaylkim,
Bu koʻhan dayr ichra mayli jomi sahbo qildilar.
Ey Navoiy, bergil oʻzluk naqdinu kasb et fano
Kim, alar sud ayladilarkim, bu savdo qildilar.

153

Gʻam tuni ikki koʻzumgakim quyoshe evrulur,
Lam’asidin har biriga gʻussa yoshi evrulur.
Hajr vodisinda sargardonmen andoqkim quyun,
Hamqadam boʻlsa manga bir lahza, boshi evrulur.
Istaguncha boda ichdik zahr davron bazmida,
Kimki qon yutmoq bila aning maoshi evrulur.
Shu’lai vasl ichra kuysa tong yoʻq ulkim, yorining
Boshigʻa parvona yangligʻ betahoshi evrulur.
Rasm erur payvasta yoning boʻlmagʻi qurbon aro,
Tong emas gar choklik koʻnglumda qoshi evrulur.
Fayz ar oʻtdin yetar, parvez etib ul yer tutar,
Chun nabi sari xayol ichra nachoshi evrulur.
Ey Navoiy, oʻz quyoshim boshigʻa evrulmagim
Yaxshiroqkim, boshima gardun quyoshi evrulur.

154

Birov gʻami yana koʻnglumga qoʻzgʻolon soladur,
Birov demayki, bu oshubni falon soladur.
Necha yaqin boʻladur ul ogʻiz yoʻqi, lekin
Takallumi yana koʻnglum aro gumon soladur.
Taajjub aylamangiz daf’a-daf’a faryodim
Ki, shavq koʻngluma yodin zamon-zamon soladur.
Rafiqlar, bilingizkim, musofirim yodi
Boshimgʻa har nafase tarki xonumon soladur.
Desak, shikib bila oʻzni zabt aylay, ishq
Yana bu shu’lani koʻnglumga nogahon soladur.
Ne naz’ bulbuli zor etmasun figʻonki, sipehr
Bu gulshan ichra, bahor oʻlmayin, xazon soladur.
Navoiy oʻlsa koʻhan piru kuysa, ayb etmang
Ki, mundoq oʻt anga bir shoʻxi navjuvon soladur.

155

Ne pariydurkim, xirad asxobini majnun etar,
Husni har soat koʻngul holini digargun etar.
Maygʻa mashgʻul aylaram oʻzni, vale koʻnglum yana
Kim, ul oy vaslini yod aylar, meni mahzun etar.
Gʻam yuki koʻnglumga har soat qoʻyar koʻhi balo,
Garchi ashkim sayli har dam togʻni homun etar.
Pand ila ishqimgʻa har kim, desakim, taskin beray,
Ohkim, bu oʻtni dam birla yana afzun etar.
Jomi vahdat noʻsh etar, ey shayx, mugʻ dayri aro,
Bodagʻa ulkim riyoiy xirqasin marhun etar.
Dayr piri ozu nofi’ nukta der, voiz, ne sud,
Gar dame afsona aytur, lahzaye afsun etar.
Ey Navoiy, shoh Gʻoziy gavhari nazming bilur
Kim, fido har lafzigʻa koʻzdin durri maknun etar.

156

Ne naxl qomat ekinkim, koʻngul xarobi erur,
Ne turrakim, qora jonimda pechu tobi erur.
Dedi koʻzi: seni bir gʻamzada halok aylay,
Hanuz gʻamzada koʻnglumda iztirobi erur.
Firoq shomiki, ahli xirad berur pandim,
Magarkn, doʻzax ulu bu aning azobi erur.
Jamoldin garaz ul chehradur, bu turfa varaq
Magarki, husn kitobining intixobi erur.
Tanimda yuz alifu yuz tugandin oʻlgʻan sifr,
Magar koʻngul alamu ranjining hisobi erur.
Sabo nasimi aningdek esar chamandinkim.
Degaysen, ahli vafo umrining shitobi erur.
Navoiy oʻldiyu jon topti la’lgun maydin,
Magarki, soqiyi gulchehra la’li nobi erur.

157

Har necha yetkursa ul shoʻxi sitamgar intizor.
Naylagumdur tortman men zori muztar intizor.
Vah, ne tun erdi bukim, kelgay deb ul sham’i chigil,
Shomdin to subh tortarmen sarosar intizor.
Jon tilar boʻlsa, ravon beray koʻngulkim, bu mato’
Arzimas tortar uchun ul huri paykar intizor.
Javru lutfi har ne kelsa shodmenkim, yoʻqturur
Ixtiyorim, yordin gar kom erur, gar intizor.
Har kun ul oy intizoridin kuyubmen onchakim,
Boqsa, bir hijron tunicha bor ekin har intizor.
Ul quyoshning gomi davri yetsa xushtur subhi vasl,
Bersa ham bir yilcha tun charxi mudavvar intizor.
Soqiyo, hijron xumori lolu madhush aylamish,
Bermagaysen bizga yetsa davri sogʻar intizor.
Va’da qildingkim, kelay qatlinggʻa, vah, lutf aylakim,
Asru koʻp chekti bu joni gʻussaparvar intizor.
Ey Navoiy, chun sabukashsen, qadam ur tezkim,
Rindlarni qilmasun nogah mukaddar intizor.

158

Koʻzumga oʻqi gardidin ziyodur,
Magar oʻq milu gardi toʻtiyodur.
Borurda koʻyiga yoʻq ixtiyorim,
Meni har nechakim koʻnglum tiyodur.
Koʻngul ishq oʻti ichra boʻldi xolis,
Magar bu qalbgʻa ul kimyodur.
Koʻngul saydini mahrum etmagaykim,
Aning mujgoni novak, qoshi yodur.
Nechuk shahni qilay mehmon, mangakim
Gadolik kunjida bir boʻryodur.
Menu mugʻ dayrinnng pirigʻa qulluq
Ki, shayxi shahr ishi roʻyu riyodur.
Senu kavsarki dayr ichra Navoiy,
Bu davlatqa musharraf holipyodur.

159

Ruh gulzorida, yo rab, ul ne sarvi nozdur
Kim, ravonbaxsh irniga ruhul qudus hamrozdur.
Olloh-olloh, ne latofatturki, kirdim bogʻ aro,
Sarvi mingdin koʻpturur, lekin bir andoq ozdur.
Ul pariy ishqida gʻolib boʻldi ruhoniyatim
Kim, aningdek ham aning sari ishim parvozdur.
Erdi jon bermak Masih anfosi, bukim, yuz Masih,
Jon topar anfosidin — bas bul-ajab e’jozdur.
Ishqiin naylab nihon asrayki, xuni gʻamzasi
Dam-badam xunobai ashkim kebi gʻammozdur.
To ne boʻlgʻay ishqim anjomiki, jonim qolmadi,
Shavqidin bu damki ishqim davrigʻa ogʻozdur.
Gul visoli bir necha kun besh emas, ey andalib,
Yoʻqsa andin benavosen, qishdurur gar yozdur.
Dahr bogʻining gulida yoʻq vafo, bu turfakim,
Sarzanishqa xorii yuz ming til bilan tannozdur.
Boʻldi gulshan qushlari xomush nolang huznidin,
Ey Navoiy, bu ne gulbongu hazin ovozdur.

160

Yuzung ravshan, enging ham ravshan, ey hur,
Alarning shonida nurun alonur.
Iki qotil koʻzung bemorimenkim,
Erurlar ayni usruklukda maxmur.
Chu boʻldi javri bemiqdor, derlar:
Kech andin, vah, manga bu ish ne maqdur.
Aning husnicha ishqim tutti shuhrat
Ki, boʻldi sham’icha parvona mashhur.
Ne tong biym oʻlsa ishqingdin koʻngulga
Ki, bor oʻtdin harosan tab’i mahrur.
Xiradqa bizni targʻib etma, ey shayx,
Bu ishdin tut junun ahlini ma’zur.
Visol et elga qism, ey charx, baskim,
Navoiy mahvashidin boʻldi mahjur.

161

Soʻzi hajring ichra jismi zori gʻamnok oʻrtanur,
Uylakim, barqi balo choqilsa, xoshok oʻrtanur.
Gʻam tuni ul husn sham’i boshigʻa parvonadek,
Evrulub har lahza bu joni havasnok oʻrtanur.
Kuydi koʻnglum istabon ishqin fidoiligʻ bila,
Kimsa oʻt uzra nechakim borsa bebok, oʻrtanur.
Subhidam gulgun bulut yo shom ham gulgun shafaq,
Yo ul oy hijronida holimgʻa aflok oʻrtanur.
Ishq koʻnglumga tushub, nobud boʻldi ruhu nafs,
Oʻt chu bir kishvarga tushti — poku nopok oʻrtanur.
Chustluq birla qutulmoq ishqidin mumkin emas,
Necha boʻlsa shu’lada parvona cholok, oʻrtanur.
Ey Navoiy, ul quyosh husnini fahm ettim dema
Kim, aning darkida xayli hissu idrok oʻrtanur.

162

Qayda topqay telba koʻnglum ul qora koʻzdin xabar,
Chun junun ichra qorarib, topmas ul oʻzdin xabar.
Dayr toqi ichra usruk bil xabarsiz kofire,
Eyki bilmak istading ul qosh ila koʻzdin xabar.
Koʻyida koʻnglumga voqi’ boʻlgʻan ishni, ey rafiq,
Ham magar fahm aylagaysen el aro soʻzdin xabar.
Fahm etarmen ashkdin hijron tariqin, uylakim,
Kecha ozgʻan topsa yoʻl holini yulduzdin xabar.
Ishqi dashti ichra jismim tufrogʻin sovurdi oh,
Hech kim borib vale tutmadi ul tuzdin xabar.
Vodiyya hijron aro men bekas ittim, soʻrmadi
Hech yori ul taraf borib, bu yolgʻuzdin xabar.
Topmadim burqa’da ul yuzdin xabar, gar pardada,
Ey Navoiy, yor topti men kebi yuzdin xabar.

163

Oytmon koʻzu koʻngul matlubi koʻyung bogʻidur,
Bu biriga xori, ul birga gʻaraz tufrogʻidur.
Koshi hajrinda yangi oy shaklidin furqat tuni,
Koʻnglum afgor etkali goʻyo falak tirnogʻidur.
Sarvigʻa tortib qabo, chekkan quyoshqa soyabon,
Chobukim boʻyida shirdogʻ, boshida qalpogʻidur.
Demakim: boʻldung qariyu, oʻtti davri ishqkim,
To tirikturmen menga ishqu muhabbat chogʻidur.
Bilgurur parvonaniig bolida humrat birla xol,
Oʻylakim, koʻnglumda hasrat qoni, furqat dogʻidur.
Dahr gulzorn aro hasrat yelidin har taraf
Tomdi bulbul koʻngli qoni, dema gul yafrogʻidur.
Ey Navoiy, koʻnglum olib itlariga tashlasa,
Koʻngul aning barcha maqsudum koʻngul olmogʻidur.

164

Nazarga qaysi tarafdinki bir gʻubor kelur,
Koʻzum yorur bu tamanno bilaki, yor kelur.
Chu koʻchadin qulogʻim dubdurun eshitsa koʻngul
Dukuldar, uylaki ul nozanin savor kelur.
Boqar yona sari koʻrmaska solibon ul shoʻx,
Qoshida qay saridinkim bu beqaror kelur.
Qochinglar ahli salomatki, kofiri maste
Chiqargʻali xiradu sabrdin dimor kelur.
Koʻrub, boʻlurlar oshufta roʻzgor ahli,
Qayu tarafki bu oshufta roʻzgor kelur.
Bukim bir-biri kenicha bordilar ahbob,
Azolarigʻa sirishkim tuzub qator kelur.
Navoiyo, qalaming javfi bahr yoʻlimudur
Ki, turmayin ichidin durri shohvor kelur.

165

Beliyu ogʻzi koʻrar-koʻrmasda chun pinhon erur,
Bas muni quchmaq, ani oʻpmak qachon imkon erur?
Men dogʻi dey belinu ogʻzinki koʻrdum, koʻrmadim
Yoʻq tamannolarni topqan, topmagʻan yakson erur.
Bevafolar qaddu mujgonini koʻp qilmang xayol
Kim, biri tuz-oʻqdurur, bu bir itik paykon erur.
Ishvagarlar lablari qasdigʻa jondin kechmangiz,
Negakim oʻz qasdi joni qilgʻan el nodon erur.
Tunu kun deb istamang har lahza zulfu yuzlarin
Kim, bu bir domi balo ul shu’lai hijron erur.
Noʻsh emasdur dahr bazmida, gazakkim neshdur,
May demakim, sogʻari hijron ichinda qon erur.
Ey Navoiy, bu gʻarib ishlarki, taklif aylading,
Bizgadur bisyor mushkil, gar sanga oson erur.

166

Hush chun may bazmi ichra dilsitonimdin ketar,
Tob jismimdin, hayot ozurda jonimdin ketar.
Bazmdin usruk chiqibkim, otlanur oliftavor,
Hush boshimdin, xirad vahmu gumonimdin ketar.
Tund markab uzra jismi har tarafkim boʻlsa xam,
Teng boʻlub xam tobi jismi notavonimdin ketar.
Mastligʻdin har kishiga chopsa markab xoʻyfishon,
Gʻayratidin ashk chashmi xunfishonimdin ketar.
Uyga yetkuncha yetar yuz qatla jonim ogʻzima,
Chun uyur ranju alam ruhu ravonimdin ketar.
Sa’b ish ermish ishq, yo rab, yo mening jonimni ol,
Yoʻqsa, bu beboklik nomehribonimdin ketar.
Ey Navoiy, jonima yettim koʻngul afgʻonidin,
Yonim etkil choku ul majnunni yonimdin ketar.

167

Bogʻ atri chu nasimi gulu shamshod berur,
Yorning gul yuzu shamshod qadin yod berur.
Borsa Parvez bori hashmati yelga ne ajab,
Joni Shirinni chekib ohki, Farhod berur.
Jilva qildi qaddingu nargisu gul boʻldi tonuq,
Anga qulluq xatikim savsani ozod berur.
Koʻrmagan boʻlsa yuzung mushafini tifli chaman,
Nega gul daftari avroqini barbod berur.
Ey ajal, sun boʻyun gʻamzagakim, bosh chekmas
Har ne ta’limki shogirdgʻa ustod berur.
Qilma bedod burunroqki keturgaylar yuz,
Angakim, zulmkash el cheksa figʻon dod berur.
Tigʻi devona Navoiyni ne gʻam qatl etsa,
Chun anga jon yana ul huri parizod berur.

168

Shu’lai ruxsorigʻa koʻnglum qushi aylonadur,
Tong emas, gul sham’igʻa bulbul agar parvonadur.
Bulgʻanib kulga, yaqosin chok etar har subh charx
Bir quyosh ishqida goʻyo men kebi devonadur.
Yigʻlar ahvolimgʻa ham begonayu ham oshno,
To ulusqa oshno, ul oy manga begonadur.
Eyki, soʻrdung hajr zindoni baliyat chohini,
Xayra maqdam, kelki, sen soʻrgʻan bizing koshonadur.
Kirpik uzra qatralarkim topti bu koʻz mardumi,
Mazra’i dard uzra goʻyo ul ekin, bu donadur.
Zor jismimda soʻngakkim, bilgurur dandonasi,
Goʻyiyo koʻnglum uyining farshigʻa dandonadur.
Soqiyo, davron eli paymonidin yod etmagil,
Davr ayogʻin tutki, matlubum mening paymonadur.
Ermas ul farzonakim, tark etti dunyo hosilin,
Balki hosil qilgʻali mayl etmagan farzonadur.
Ey Navoiy, soʻzla voqi’ dostonim ishq aro
Kim, bu dam Farhodu Majnun qissasi afsonadur.

169

Ishq har dam koʻngluma bir oʻzga mehnat kelturur,
Hajr har soat boshimgʻa oʻzga shiddat kelturur.
Doʻzax oʻtidin ajal dogʻi keturmas oncha soʻz
Kim, gʻam oʻtidin ichimga dogʻi furqat kelturur.
Charx anjumdin keturmas oncha ofat saylikim,
Qatra xaydin jonima ul moh tal’at kelturur.
Chehra oʻtidin bulutdek dudi ohim chiqti, lek
Ul bulut selobi dardu barqi ofat kelturur.
Solmangiz koʻz daftari hajrimgʻa, ey ahli nishot
Kim, anga boqmoq koʻngulga dardu hasrat kelturur.
Ul pariy yuz dev ilandur, garchi kirgach koʻngluma,
Rashkdin, billah, maloyik yodi gʻayrat kelturur.
Boda ich, bu korgah vaz’igʻa koʻp fikr etmagil
Kim, anga har necha chirmashqancha hayrat kelturur.
Bu chaman ichra muhabbat naxli ekmang zinhor
Kim, berib hasrat guli, bori malolat kelturur.
Yuz jarohat birla koʻyungda Navoiy koʻnglini
Qilgʻan itlar tu’ma, el koʻngliga ibrat kelturur.

170

Tiyra hajr ayyomida bilmonki, jonon qaydadur,
Kecha ne bilsun kishi xurshidi raxshon qaydadur.
Ishq dashtida yugurturmen quyunlar ohdin,
Koʻrgali bu turfani Majnuni hayron qaydadur.
Eyki dersen: yor yetkach boshinga, jon qil fido,
Ey fido jonim sanga deykim, manga jon qaydadur.
Bir qadah tutqay deb ul kofir, kiribmen dayrgʻa,
Aytingʻ, ey kufr ahlikim, ul nomusulmon qaydadur.
Ishq aro to itti koʻnglum tarki xonumon qilib,
Bilmadimkim, ul aloxonu alomon qaydadur.
Qaydadurkim yoʻqturur, koʻksumni chok et, dogʻi koʻr,
Dema jonokim, ichingda dogʻi ninhon qaydadur.
Ey Navoiy, demakim, yoʻq gulda dildorimcha husn,
Aytkim, bulbulda dogʻi mencha afgʻon qaydadur.

171

Xating ichra labi xandon koʻrinur,
Xizr ila chashmai hayvon koʻrinur.
Ishq dashti aro gʻamzang oʻqidin
Koʻz yetar yergacha paykon koʻrinur.
Bil, junun bodiyasida menmen,
Qayda bir telbai uryon koʻrinur.
Lola butgʻan kebi qon yoshimdin,
Togʻu vodiy bori yakson koʻrinur.
Garchi ishq ichra, base, mushkil bor,
Vasl ummididin oson koʻrinur.
Koʻzum oʻldi yana goʻyo oshiq,
Baski bir chehragʻa hayron koʻrinur.
Lofi zuhd urma, Navoiy, har dam
Ki, aning aksari yolgʻon koʻrinur.

172

Hajr aro qolmishmen, soqiy, labolab jom ber,
Dam-badam shu’lamgʻa su quymoq bila orom ber.
Bir yuzi gul furqati ashkimni rangin aylamish,
Sogʻari gulrang ichinda bodai gulfom ber.
Ey salomat ahli, oʻt mayxonadin, yo men kebi,
Maygʻa sajjodang garav qoʻy, tarki nangu nom ber.
Dayrdin sarxush chiqib yuz noz ila, ey mugʻbacha,
Ahli taqvo ichra oʻt sol, molishi islom ber.
Torttim yillar xumori hajr aro nokomligʻ,
Rahm etib, bir qatla la’ling bodasidin kom ber.
Telbalikdin bilmadim, ne arz qildim, ey rasul,
Tengri haqqi ollida ayturda sen andom ber.
Ey Navoiy, sen gadogʻa uyla siym andomdin,
Vaslining imkoni yoʻq, tarki xayoli xom ber.

173

Xoʻblar tigʻi yetishmasdin burun bu zor oʻlar,
Chin emishkim, boʻlsa koʻp qassob, qoʻy murdor oʻlar.
Demakim, har dam koʻzidin yuz kishi bemor oʻlur,
Kirpikidin koʻz yumub ochquncha ming bemor oʻlar.
Oʻlmakimdin qilma hayrat, eyki chekting tigʻi kin,
Qotil ar sensen, meningdek notavon bisyor oʻlar.
Darddin oʻlmon, tanimdin cheksalar paykonini,
Jonni har kimning tanidin cheksalar, nochor oʻlar.
Koʻngluma bir tigʻ ila oʻlmakni oson aylakim,
Furqatingdin ul zaifi notavon dushvor oʻlar.
Ishq bazmi bodasi gar boʻlsa mundoq ruhbaxsh,
Qoni oʻz boʻynigʻakim, bu davr aro hushyor oʻlar.
Benavolar ollida umri abaddin yaxshiroq,
Har kishikim faqr yoʻlinda Navoiyvor oʻlar.

174

Ikki zulfung telba koʻnglumga qorongʻu kechalar,
Za’fdin bexudlugʻum uyqu anga bu kechalar.
To giriftor oʻldi zulfung domigʻa koʻnglum qushi,
Toʻlgʻanib jismim, koʻzumdin oʻchmish uyqu kechalar.
Qayda boʻlsun uyqukim, oqizmish uyqu xaylini,
Tinmayin oqqan sirishkim qonidin su kechalar.
Har ne nav’ oʻlsa oʻtar kunduz ishi, lekin boʻlur
Hajr dardidin xarob ahvolim asru kechalar.
Tiyra shomim shiddatin koʻrgilki, charxu subhdin,
Holima gah yigʻlagʻudur, goh kulgu kechalar.
Subhdek sof istasang koʻnglungni, andin charxdek
Tiyralik chirkini siymin ashk ila yuv kechalar.
Ey Navoiy, charx yangligʻ istar oʻlsang subhi vasl,
Tonggʻacha ashk axtarin toʻkmay boʻlurmu kechalar.

175

Kecha badmast oʻlgʻanimdin infiolim bordur,
Mayni emdi ogʻzima olmas xayolim bordur.
Ulki der, may ich uyatdin bilmagay oʻz holini,
Bilsakim bazm ahli ollinda ne holim bordur.
Demakim may daf’ etar, gar yetsa har dam yuz malol
Kim, icharda ani har dam yuz malolim bordur.
Yor tavbam bilsa garchi may berur, bermay majol,
Yolborib uzr aytqumdur, to majolim bordur.
Rindlar tavbamni sindirmoqqa bu taqrib emas,
Boda nafyidinki, har dam qilu qolim bordur.
Zuhdu istigʻnomu yaxshi, yoʻqsa isyonu niyoz,
Shahr shayxidin bu yangʻligʻ bir savolim bordur.
Ey Navoiy, men xud ettim tavba, lekin, netkamen
Kim, ajab mayxorai bee’tidolim bordur.

176

La’li shavqidin koʻzu koʻnglumda ashku ohdur,
Yo zuloli Xizr ila anfosi ruhullohdur.
Koʻp shararliq dudi ohim birla chiqqan jongʻa boq
Kim, ming oʻtlugʻ korvonga bir gado hamrohdur.
Baski, boshni yerga urgan un bila uygʻondilar,
Sarguzashtimdin kecha hamsoyalar ogohdur.
Ul zaqanda boʻlsa har bir qatra xoʻy kavkab ne tong
Kim, quyoshning chashmasi yonida boʻlgʻan chohdur.
Doʻstlar, mumkin emas boʻlmoq muyassar vaslkim,
Men anga dilxoh emoi, ulkim manga dilxohdur.
To tirikdur, shahgʻa koʻpraktur gadodin dardi sar,
Chun oʻlum vaqti yetar— tengdur gado, gar shohdur.
Dayr piri ollida qilsam gadoligʻ, ayb emas,
Ey Navoiy, bilki fayz ahligʻa shayallohdur.

177

Boshimgʻa kuyida har dam gʻulu qilur itlar,
Gar oʻlmasam, bu gʻuluni nagʻu qilur itlar.
Magarki, gʻurbat aro zor oʻlmakimdindur,
Figonki, bir-biriga roʻbaroʻ qilur itlar.
Osib boʻyinlarigʻa kiz azo uchun juldin,
Tong otqucha boshima navhamu qilur itlar.
Tutargʻa motamim, oyo, yigʻildilar yoxud
Qilurgʻa tu’ma tanim orzu qilur itlar.
Kuyub dumogʻlari, gʻingshibon qochar har yon,
Yemakka jismim etin, chunki boʻ qilur itlar.
Fano yoʻli kiyikni ayla sayd, sher ersang
Ki, dahr jiyfasini joʻstujoʻ qilur itlar.
Navoiy uzra hujum aylasa raqiblaring,
Ne tong, gadogʻa hamisha gʻulu qilur itlar.

178

Zulfung ustida gajak qulloblar taqlididur,
Yoʻqsa, kilki sun’din ul turraning tashdididur.
Istadim chun vasli zulfu qaddidin koʻrguzdilar,
Jilva takrori magar ul naf’ining ta’kididur.
Ul pariy ishqida naylab qilgʻamen tarki junun
Kim, bu ishta boʻynuma tushgan junun ta’vizidur.
Ishq aro Farhodu Majnun qatlini qilmoq bayon,
Yordin goʻyo meni qatl aylamak tamhididur.
Kufri zulfi ichra har soat rusuxim uylakim,
Dam-badam ahli yaqin imonining tajdididur.
Ul quyosh vaslin tilarsen, boʻl mujarrad, negakim,
Koʻkka Ruhullohni yetkurgan aning tajrididur.
Istasang jon yo koʻngul, qilsam taraddud, ayb emas
Kim, Navoiyda alarni tonglamoq tardididur.

179

Tovushkim uy toshidin kelsa, dermen bagʻri toshimdur,
Eshikdin soya kirgach, sogʻinurmenkim quyoshimdur.
Ichinda togʻning qon, toshida yuz ming balo toshi,
Aning toshu ichi mutlaq degaysen ichu toshimdur.
Emastur gardu goʻy ul shoʻx maydonida, goʻyokim
Biri farsuda jismimdur, biri sargashta boshimdur.
Sirishkimni jigar pargolasi bil, dogʻi koʻz nuri.
Koʻngul sirrini, vahkim, zohir etgan ushbu yoshimdur.
Demay past oʻldi afgʻonim yelidin naxli ayshimkim,
Bu naxlim arrasi muhlik figʻon ichra xaroshimdur.
Urarmen yerga boshimni gʻamingdin jon taloshurda,
Firoqing xayli birla ul — urushum, bu taloshimdur.
Yomon holimgʻa hayrat qilmang, ey Farhod ila Majnun,
Bukun siz mehmonsizkim, tarab birla maoshimdur.
Falak qasri bilan kun muttakosidin demang, soʻzkim,
Fano dayri makonim, faqr tufrogʻi firoshimdur.
Dedimkim: Tushta mehrob ichra koʻrdum kofiri maste,
Dedi: Koʻrgil Navoiy, koʻz ochibkim, koʻzu qoshimdur.

180

Qatlima tigʻ oʻlgʻalikim charx ishi ozordur,
Mavji ashkim aksidin poʻlodi javhardordur.
Koʻk tegirmon toshi aylandurmaq istar boshima,
Dema oyu kun boshim uzra bukim sayyordur.
Ishq dashtida quyun ermaski, men devonagʻa
Dasht aro sargashtalik xattin sizar pargordur.
Dardi togʻida choqinlar dema, de oʻtluq kamand
Kim, solurda boʻynuma charx ilgidin takrordur.
Rahm qil, gardunki, bir dilxastamen, maqdur emas.
Chekmaki gar mehnatu bedod bu miqdordur.
Ey xusho, xumxonakim, qilgʻanning anda tarki hush,
Koʻk xumidin har nekim kelgay, farogʻi bordur.
Muncha dardu gʻussadin maxlas topar yer istasang,
Ey Navoiy, bilki, ul yer kulbai xammordur.

181

Hureki, mening jonima ofat yetilibtur,
Toʻbi kebi qad birla qiyomat yetilibtur.
Ushshoq koʻzidin durru gavhar oqizurgʻa
Bir bahri jafo, koni malohat yetilibtur.
La’ling mayikim soʻrgʻali devona boʻlubmen,
Shirin koʻrinur, lek bagʻoyat yetilibtur.
Ishqing chamanida ne tarab shoxiki, ektim,
Har birisi bir naxli nadomat yetilibtur.
Yuz zarracha sargashtaligim boʻlsa ne tongkim,
Yuz mehrdin ul shoʻx ziyodat yetilibtur.
Bu bogʻ aro qolmaydur ajal yelidin ozod,
Har gulgaki savsan kebi qomat yetilibtur.
Hijron gʻamidin vahm etu shukr ayla, Navoiy,
Bu lahzaki, vasligʻa salomat yetilibtur.

182

Ichkali gulrang may nargis masallik jomi bor,
Savsani toʻn birla ulkim sarvdek andomi bor.
Gulshan ichra sarvi ra’nodek qilib har yon xirom,
Mavzi’i dilkash aro may ichkali oromi bor.
Bodai sofi chekib ahbob ila gʻofil valek
Kim, yiroqtin dogʻi bir mahrumi xunoshomi bor.
Bu jafo ahli vafoni qildi maydek talxkom,
Kim qoshinda kirsa har noahli maydin komi bor.
Men yutub xunoba yillar, el chekarlar jomi aysh,
Chora yoʻq ulkim, azaldin baxti nofarjomi bor.
Chun vafo ahligʻa davron tutmadi jomi murod
Kim, murod andin tama’ aylar, xayoli xomi bor.
Ey Navoiy, gar fano dayri sari qilsang guzar,
Dayr pirining yamon-yaxshigʻa lutfi omi bor.

183

Har kishikim, bir soʻz ul badmehrdin taqriri bor,
Holatimning tokim ul taqrir etar tagʻ’yiri bor.
Muhtariz boʻl shu’lai ohimdin, ey gul xirmani
Kim, choqin xirmongʻa tushkanning ajab ta’siri bor.
Koʻngluma yoʻq chora oʻrtanmakdin oʻzga ishq aro,
Gʻayri kuymak moʻrning oʻt ichra ne tadbiri bor.
Hindui zulfikim, ul yuz taxti farmonidadur,
Joduyedurkim, anga goʻyo pariy tasxiri bor.
Sabzai xatting erur har sari zulfung toridin,
Xatti zangoreki, mushki nob ila tahriri bor.
Faqr dashti ne qotiq yoʻldurki, solik har necha
Qilsa diqqat birla haq amrin ado, taqsiri bor.
Gar Navoiy jon berib, ul zulfining har torini
Olsa, ayb etmangki, bu savdo aro tavfiri bor.

184

Gulni naylay, xotir ul ruxsori gulgun saridur,
Qoʻy gulafshonni, koʻngul bogʻi humoyun saridur.
Chekti qatlim tigʻini gardunu men ham oh oʻqin,
Ohkim, qatlimgʻa ohim dogʻi gardun saridur.
Koʻzlaring devona koʻnglum jonibin tutti, ne tong,
Ishq dashtida kiyiklar xayli Majnun saridur.
Nomasin koʻrgach nedin koʻzu koʻngulga boʻldi rashk
Kim, agar ul boʻlsa xat sari, bu mazmun saridur.
El qading zikrin qilurda oqsa yoshim tong emas,
Tifli sofiy tab’ mayli soʻzda mavzun saridur.
Podshohekim qanoat maxzanin istar, erur
Bir gadodekkim, xayoli ganjn Qorun saridur.
Ey Navoiy, ista ma’ni olamikim, keldi dun,
Har kishiknm mayli ushbu dunyoi dun saridur.

185

Koʻngul hadiqasida bir niholi navrasdur
Kim, ushbu bogʻda jinsi shajardin ul basdur.
Nazzora tuhmatin aylab kirar koʻzumga raqib,.
Sirishkim oqsa ne tongkim, koʻzum aro xasdur.
Qadu yuzi shajaru oʻt bu yoʻlda, ey koʻnglum,
Adab bila yurukim — vodii muqaddasdur.
Menga ne nargisu ne gul kerakki, matlubum
Jamoli bogʻida gul uzra ikki nargisdur.
Magarki, jonima kirpiklaringning oʻqlarini
Otar, tanosib uchun qoshlaring muqavvasdur.
Haqir koʻrma fano ahlini palos arokim,
Kamiyat himmatngʻa jul sipehri atlasdur.
Habib koʻyida ahbobning himoyati bor,
Navoiy osru va lekpn gʻaribu bekasdur.

186

Yana sensiz ohim oʻti shu’lazandur,
Ki, gardungʻa har uchqun otashfikandur.
Kirib kulbam ichra kulu oʻtni koʻrsang,
Bu soʻzon koʻngul, ul bir ozurda tandur.
Dema lolagun hulla ichra uyubmen
Ki, ishqing shahidigʻa qonligʻ kafandur.
Iting oʻlsa, jismigʻa jonimni solgʻil
Ki, bu ruhgʻa ul munosib badandur.
Qayon boʻlsa, koʻnglum uyin darding istar,
Nedinkim, musofirgʻa mayli vatandur.
Falak shoʻxidin mehr koʻz tutma, nevchun
Ki, javr anga sheva, jafo anga fandur.
Navoiy hazin boʻlsa bogʻ ichra tong yoʻq
Ki, sensiz bu mahzungʻa baytul-hazandur.

187

Xasta koʻnglum azm etar ul sarikim, jonon borur,
Dam-badam jon ham chiqar, goʻyo bu ham ul yon borur.
Koʻnglum ichra toʻqtamas la’ling xayoli bir zamon,
Ne ajab oʻlsam, bu zaxmimdin chu har dam qon borur
Ondakim sensen yetar beshak figʻonim, ey quyosh,
Men bora olmon, netay, ul yerdakim, afgʻon borur.
Qomating jon qasdi etsa, kirpikingdur rahnamoy,
Har qayon oʻq borsa, aning ollida paykon borur.
Yod etarlar vodii ishq ahli Majnun sayrini,
Bexabar har yon quyundekkim, bu sargardon borur.
Yoʻldin oxir surma sultonmen debon darveshni,
Yod et: ul yoʻldinki ham darveshu ham sulton borur.
Hajrdin andoq zaif oʻlmish Navoiy, ey pariy
Kim, qayonkim borsa sendek xalqdin pinhon borur.

188

Koʻnglumni figor ettingu jonimda balodur,
Bilmon yana, ey sarv, boshingda ne havodur.
Qoshingda girih, yuzungga ter, ollinga sandal,
El jonigʻa ul shaklni, bilmon, ne balodur.
Oʻz darding unut boʻlgʻay agar shammaye bilsang,
Hajring tuni ichra bu uqubatki mangodur.
Jon evrulubon boshinga sen chirmab oʻzungni,
Gʻuncha kebikim, girdida sargashta sabodur.
Koʻnglum solibon nabz kebi borur ilikdin,
Nabzing sari koʻrsamki tabib ilgi borodur.
Afgʻonki, xazon mehnatidin qolmadi solim,
Har sarvi gulandomki bu gulshan arodur.
Yo rabki, Navoiy gʻamu dardigʻa davo ber
Kim, yor salomatligʻi dardimgʻa davodur.

189

Koʻzum yoshiki yurak qonigʻa tutosh koʻrunur,
Berur qonimgʻa tonugʻluq, agarchi yosh koʻrunur.
Labini soʻrgʻali aqlim junungʻa boʻldi badal,
May ichsa tez oʻlur el, sogʻda gar yovosh koʻrunur.
Shikasta koʻngluma oz gʻam boʻlubturur kulli,
Kesak qanoti sinuq qush koʻziga tosh koʻrunur.
Ne kunki yuzini koʻrsam, tushumga kirsa ne tong
Quyoshqa boqsayu koʻz yumsa ham quyosh koʻrunur.
Ne rud oqizding ulus qonidinki, tegrangda
Nazarda soy toshidek necha boqsa, bosh koʻrunur.
Mugʻ eshikin toʻradek yop yuzunggʻakim, gardun,
Quyosh sinoni chekib tavrida savosh koʻrunur.
Navoiyning bu namozi ne nav’ ekin, yo rab,
Ki, sajda vaqti koʻziga ul egma qosh koʻrunur.

190

Bagʻrimni tigʻi hajr ila yuz pora qildilar,
To yor koʻyidin meni ovora qildilar.
Butkudek erdi vasl ila koʻnglum jarohati,
Hijron qilichi birla yana yora qildilar.
Mazmuni oʻlmaku oti hijron gʻami degan,
Yuz ming jafoni jonima yakbora qildilar.
Turgʻan yoshim oqizdilar ul oy firoqida,
Sobitlarimni kavkabi sayyora qildilar.
Voiz uni surud erur ishgʻoli ayshigʻa,
Qismat kunida aniki mayxora qildilar.
May tutki, jom davrida-oʻq toptilar iloj,
Jam’iki charx davrini nazzora qildilar.
Yo rab, ne dey alarniki, miskin Navoiyni
Behushu aqlu bedilu bechora qildilar.

191

Har niyozu ajzkim, bu joni noshodimda bor,
Vahki, yuz ming oncha noz ul sarvi ozodimda bor.
Va’dai mehru vafogʻa munkir oʻlma, ey pariy,
Kim necha Majnunu vola men vale yodimda bor.
Oʻtidin Majnunning, ey roviy, ne hayrat qilgʻamen,
Menki, yuz parvona andoq mehnatobodimda bor.
Koʻngluma koʻhi gʻamu mujgonlaring kirmish, valek
Ne gʻam ul togʻdin, bu metinlarki Farhodimda bor.
Kesgali hushu xirad naxlini bilgil arraye,
Har xaroshikim junun sharhida faryodimda bor.
Dayr piri oʻzlukum qaydin ketardi, vah, ne tong,
Gar duosi har sabuhi vaqti avrodimda bor.
Ey Navoiy, telbaratmishdur meni ifrot ila,
Baski mufrit odamiyligʻlar pariyzodimda bor.

192

Qoshing avji malohatning yangi tugʻqan hilolidur,
Qading naxli latofat bogʻining navras niholidur.
Fido jonim qading naxligʻakim, garchi erur navras,
Vale andomu ra’noligʻda haddi e’tidolidur.
Nazokat gulshanida toza gulbun qomating shibhi,
Aning tab’ida muzmar gʻuncha yoʻq ogʻzing misolidur.
Chuchuk lafzing Masihoning tufuliyatdagʻi nutqi,
Beling jonbaxshliqta koʻngliga kirgan xayolidur.
Ne tong koʻnglum agar majruh oʻlub, qon borsa zaxmidin
Ki, uzgan gʻunchadek bir tiflvashning poymolidur.
Yuru, ey Xizrkim, hayvon suyidur zahr agar ichsam
Bu damkim, jomim ul shoʻx itlari singʻan safolidur.
Xalo mavjud emas su zarfidin chiqqach havo toʻldi,
Havoi ishqidin mamludur, oʻzdin kimki xolidur.
Navoiy ashkidek ul shoʻx agar tinmas, ajab ermas,
Qilurlar poʻya yoshlar to yugurmak ehtimolidur.
Fano dayrin tilarmen, men vale uchmogʻni zohidkim,
Mening komim — qadah durdi, aning — kavsar zulolidur,

193

Xasta koʻnglum oʻrtanur, goʻyo sevar jonim borur,
Yigʻlagʻum kelur, magar gulbargi xandonim borur.
Ul quyosh hajrindankim jonimni oʻrtar gʻam tuni,
Sham’ yangligʻ, ne ajab, gar durri gʻaltonim borur.
Nil ila har yon alif koʻksumga qozgʻan, vah, ne sud
Kim, alifdek qad bila sarvi xiromonim borur.
Evrulub boshigʻa, ruxsoridin oʻrtan, ey koʻngul,
Kuygucha hajrinda chun sham’i shabistonim borur.
Men xud oʻlgum shukrkim, ul ham bora olgʻusi yoʻq,
Tigʻi hajri zaxmidin bu nav’kim, qonim borur.
Rozi oʻldumkim, ajal boʻgʻzumni boʻgʻqaykim, nedin,
Men qolib mahjur anga har lahza afgʻonim borur.
Ne namoz oʻlgʻayki, oʻzni koʻrguzub jam’ ichra jam’
Yuz parishonligʻ sari tab’i parishonim borur.
Ey Navoiy, shu’laliq joning ovuchlab boshla yoʻl,
Kechqurun chun otlanib ul mast mehmonim borur.

194

Savsani toʻn birla ul qad savsani ozod erur,
Yo binafsha bargidin zeb aylagan shamshod erur.
Olloh-olloh, bilmon ul qadniki savsan bargidin,
Zeblik shamshod erur yo savsani ozod erur.
Vah, ne sarvedurki, to xil’at kiyibtur savsaniy,
Chok oʻlub gul xil’ati, bulbul ishi faryod erur.
Savsanu sarvi agar yoʻqtur damimdin bogʻ aro,
Oʻrtanibon sarvu savsan, hullasi barbod erur.
Shomi gʻam koʻnglum uzoru hullasin yod aylabon,
Mehr oʻti har yon binafsh etgan bulutdin shod erur.
Qozgʻali gʻam Besutun togʻin Navoiy ilgida,
Vahki, savsan bargi ermas, teshai Farhod erur.
Yuz tili boʻlsa, dam urmoq shart emas ozodadin,
Ey koʻngul, savsan tilidin bizga bu irshod erur.

195

Bargi nay toʻn ichida nol kebi beli nihondur,
Qalami foʻta qamish bandidek ustida ayondur.
Ayladim tarh vafo qasrini koʻksum uza koʻrkim,
Na’llar tarhida ayvonlardin yerda nishondur.
Zulfi hijronida mundoqki tanim har sari sonchar,
Raglarim jism aro qatlimgʻa magar necha yilondur.
Chugʻz vayrona aro angladi goʻyoki oʻlarmen,
Motamimgʻa ishi har lahza gʻaribona figʻondur.
Oʻqungʻ ogʻzida qizil tus emas koʻnglum arokim,
Tong emas ogʻzi qizil boʻlsa, gʻizo chun anga qondur.
Hullai toat etar doʻzax oʻtin daf, yoʻq ersa,
Ul haroratqa ne daf’, kafaning garchi katondur.
Voizekim oʻzi qilmas amalu elga berur pand,
Gar emas uyquda bas munchaki der ne hazayondur.
Xas kebi tushti Navoiy may uza, gʻam neta olgʻay,
Xossakim anga hubob uyi kebi dorul-amondur.

196

Sochbogʻingdin chiqqan, oyo, sunbuli urchinmudur,
Yo terisin solgʻan ikki af’iyi mushkinmudur.
Iffatingdindurmukim, me’jar yuziga tushti chin,
Yoxud anda zeb uchun mashshota solgʻan chinmudur.
Noʻshxand etkanda, la’lingdin koʻrunmishmu tishing,
Anglamon, yoxud asal ichra yozilgʻan sinmudur.
Sunbulin koʻrgach, koʻzum boʻldi qorongʻu, ey sabo,
Sochi mundoq tiyra yoxud sochbogʻi ekinmudur.
Chiqsa aqdingdin arusi dahr, bergil naqdi jon,
Demagilkim, xun bahodur ushbu yo kobinmudur.
Dahr zolin gar desam Farhodkush, ayb etmangiz,
Gar emas Farhodkush, oxir dengiz, Shirinmudur.
Shavq oʻti topqach sukun dersenki, ishqi tarkin et,
Ey Navoiy, bir nafas bu shu’lagʻa taskinmudur.

197

Boshtin ayogʻ yalang tanim uzraki toza dogʻ erur,
Husnungʻa qilgʻali nazar har biri bir qarogʻ erur.
Ishq gadolari degay koʻnglak erur muraqqa’im,
Toza tugon nishonidin har sari baski dogʻ erur.
Zaxmlarim fatilasi jon oʻtidin tutashqali
Tiyra koʻngulga dardu gʻam bazmi uchun charogʻ erur.
Koʻhi balodurur tanim, chashmasi koʻzki qon toʻkar,
Tong yoʻq agar bu togʻ uza qon oqizur buloq erur.
Pardasidin ichinda oʻt gʻuncha emaski yogʻ aro,
Har sari ishqing oʻtidin bir qizigʻan dumogʻ erur.
Zohidu uchmoqu tomugʻ biymi bila umidikim,
Ahli fanogʻa mosivalloh gʻamidin farogʻ erur.
Dayrda koʻr Navoiyni mugʻbachalar gʻamidakim,
Egnida chok xirqavu ilgida bir ayogʻ erur.

198

Koʻnglum aro bir ajab muhol havastur,
Lablaridinkim husuli mumkin emastur.
Turmadi tan chok-chok uyida koʻngulkim,
Telba qush ul, bu usholgʻan eski qafasdur.
Aytsam, ey shoʻx, boʻyni bogʻligʻ itingmen,
Der yaramas qaysi itki harza marasdur.
Bir nafase, ey Masih, boshima yetkil
Kim, bu nafas bedilinggʻa soʻnggʻi nafasdur.
Sabrim uyin yiqsa iki koʻz sirishki ajab yoʻq
Kim, birisi Dajladur, birisi Arasdur.
Dayri fano mayli qildi rindi xarobot,
Kim, kecha anda ne shahnadur, ne asasdur.
Kuysa Navoiy, firoq aro ne ajabkim,
Ul itik oʻtdur, bu ayni za’fda xasdur.

Ze Harfining Zebolarining Ziynati «Favoyid»din

199

Ey koʻngul, ummid torin gulshani davrondin uz,
Ham gulu shamshoddin, ham la’lu rayhondin uz.
Sarv qadlar la’li birla ogʻzidin kom istama,
Ham tama’ gul bargidin, ham gʻunchai xandondin uz.
Bu chaman ra’nolarigʻa yoʻqturur boʻyi vafo,
Savsani ozoddin kech, nargisi fattondin uz.
Chunki ne jonon qolur, ne jon agarchi sa’b erur,
Kechkil avval jondin, andin soʻng tama’ jonondin uz.
Kir fano dashtida ul bemehr mahvash koʻyidin,
Ya’ni boʻl ovorayu ummid xonumondin uz.
Maygʻa, ey soqiy, ajal zahri ezib bir jom tut,
Tori ummidimni, ya’ni rishtai hnjrondin uz.
Ey Navoiy, gulshani davronu jonu xonumon,
Barchadin kechtim dema, lekin koʻngulni andin uz.

200

Bizni, ey ishqu junun, rasvoi olam qildingiz,
Har ne rasvoligʻdin afzunroq boʻlur ham qildingiz.
Jonu koʻnglimga malolat toshlari birla qoqib,
Dard ila anduh mismorini mahkam qildingnz.
Muncha bedodu sitamkim, qildingiz men telbaga,
Ishq aro shavqu muhabbat ahligʻa kam qildingiz.
Chun men oʻldum gʻam tuni ul tundin-oʻq aylab libos,
Ne osigʻ gar charx ishin holimgʻa motam qildingiz.
Ishq dardidin oʻlarmen bu kecha, ey doʻstlar,
Hajr zahridin magar zaxmimgʻa marham qildingiz.
Kishvari vasl ichra har kim aysh etar boʻlsun halol,
Chun manga ovoraligʻ mulkin musallam qildingiz.
Sirri ishqim bilmagan el qolmadi, garchi manga
Nomabar qush oʻrnigʻa anqonn mahram qildingiz.
Gulshani dahr ichra, ey bazmi tarab soqiylari,
Hajr xunobin nedin bizga damo-dam qildingnz.
Oxir, ey ishqu junun, yuz nav’ tuhmat aylabon,
Ham Navoiy sirri ishqin elga mubham qildingiz.

201

Bizga jonon vasli uldurkim, jamolin koʻrgabiz,
Parda ruxsoridin ochib, zulfu xolin koʻrgabiz.
Boʻlsa maydon azmi, yoʻlida tufrogʻ oʻlgʻabiz,
Qilsa gulgashti chaman, ra’no niholin koʻrgabiz.
Tiyr boroni balo yogʻdursa jonlar qasdigʻa,
Novaki mujgon bila mushkin hilolin koʻrgabiz.
Koʻzga bir ham jilva ber, bazmi visolin, ey sipehr,
Vah, necha koʻz ollida xayli xayolin koʻrgabiz.
Koʻzgu ul yuz jilvagohedur debon qildiq nazar,
Yoʻq bu ma’ni birlakim ul yuz misolin koʻrgabiz.
Vasli bazmi ayshi chun elga nasib oʻldi zarur,
Kim, baliyat jomining ranju malolin koʻrgabiz.
Yoʻq, hazin koʻnglumdin oʻzga yordin bekomu bahr,
Necha ushshoq ichra aning infiolin koʻrgabiz.
Ichsalar kom ahli sofi ayshu biz qolsaq tirik,
Dayr aro mayxonaning singʻan safolin koʻrgabiz.
Ey Navoiy, zarragʻa xurshid vaslindin dema,
Muncha baskim jilvada gohi jamolin koʻrgabiz.

202

Qading tuz, naxli gulzori Eram tuz
Ki, tuz ashyogʻa boʻlmish soya ham tuz.
Magarkim, zulfini cheksam tuz oʻlgʻay,
Yoʻq ersa boʻlmas oncha pechu xam tuz.
Sirishkimdin qading mayl etti har yon
Ki, qolmas oʻq havo boʻlgʻanda nam tuz.
Ne tong gar tuz chekarmen shu’lai oh,
Kerak chun ishq jayshida alam tuz.
Muqavvas charx ohimdin xam oʻlmish
Kim, ul oʻqni otarmen dam-badam tuz.
Riyo yoʻlida gar koʻp pechu xam bor,
Qadam qoʻykim, erur dashti adam tuz.
Bu dayr ichra navoye, ey mugʻanniy,
Navoiy nolasidek zeru bam tuz.

203

Ey sanga xunrez mujgonu baloangez koʻz,
Bizga mujgoning sinoni zaxmidin xunrez koʻz.
Fitna koʻzluklarda yoʻq ermish koʻzungdek solgʻuchi,
Bir qiyo boqmoq bila olamgʻa rustaxez koʻz.
Ey koʻzi ayni balo, ne rahm sendin koʻz tutay
Kim, sanga xunrez koʻzdur, bizga xunomez koʻz.
Koʻz savodin ayladi kirpiklaring parvezani,
Ne ajab boʻlsa jamoling shavqidin gulbez koʻz.
Koʻrki, har kirpik uchigʻa bogʻlabon bir pora la’l,
Keltiribtur lablaring ollinda dastovez koʻz.
Dahr zoli nechakim Farhodkushdur, turfa koʻr
Kim, xatodur tutsa gar andin vafo Parvez koʻz.
Ey Navoiy, yigʻlamoqdin xira boʻlmish koʻzlaring,
Ishq aro binandaligʻlargʻa keraktur tez koʻz.

204

Chun anga noxush kelur, bazmida otim tutmangiz,
Kimki otim bilsa ham ul bazm aro yovutmangiz.
Hajr oʻtigʻa men qilibmen xoʻyu doʻzaxdin demang,
Har zamon jannat nasimidnn meni qoʻrqutmangiz.
Vasl jomi oʻzgalar qismidur, ey jonu koʻngul,
Sa’yida behuda zaxmat tortibon qon yutmangiz.
Telba koʻnglum boʻlsa betoqat maloli hajr aro,
Juz visol ummidi harfidin ani ovutmangiz.
Ey shabistoni visol ahli, firoqim kulbasin
Kim, dedi bir kecha sham’i vasl ila yorutmangiz?
Men kuyarmen hajr aro, har dam oʻtum tez etkali,
Ey tana’um ahli, vasl afsonasin chubrutmangiz.
Toyiri vasl aylamas hargiz Navoiy sari mayl,
Kelsa afgʻon tortib, ey jonu koʻngul, urkutmangiz.

205

Ey malohat shevalik shirin dudogʻing soʻzga uz
Hikmat ilgi goʻyiyo soldi shakar tangiga tuz.
Necha buzgʻaysen koʻngul mulkin jafo tarhin solib,
Bir bu vayron yerni tuzmakka jafo tarhini buz.
Chehra ochsang yo takallum qilsang, oʻlgan jon topar,
Olloh-olloh, bordur ul ne la’li jonbaxsh, ul ne yuz.
Oy sanga oʻxshar va lekin ul sovugʻdur, sen malih,
Farq koʻptur nechakim boʻlsa mushobih tuzu muz.
Bazmidin chiqti raqib usruk, hazar, ey ahli zuhd,
Rasmdur qochmoq ulus ittinkim, ul boʻlgʻay qutuz.
Koʻzga soldim jon berib olib ayogʻn tufrogʻin,
Anglamon qadrini koloning chu olmishmen ujuz.
Ne tafovut ishqi dashti qat’ida issigʻ-sovuq
Kim, samandar oʻtda sayr aylarda tengdur yozu kuz.
Shayxda yoʻq rindliq, zohidda yoʻq rasmi vafo,
Dayr piri har suluk irshodida keldi toʻkuz.
Hajrdin oʻldi Navoiy, soqiyo, tut jomi may,
Ey mugʻanniy, sen navo ohangida qoʻpsa qubuz.

206

Doʻstlar, may bila jonimgʻa jafo aylamangiz,
Bazm aro boʻlmasa ul shoʻx, meni istamangiz.
Boʻlubon yor, meni istasangiz, mast oʻlubon
Yigʻlasam, holima badmast debon qovlamangiz.
Qoʻyinguz bir nafase, jonima bedod aylay,
Tifl yo telba kebi man’ etibon aldamangiz.
Rahm agar qilsa xudo yori va gar tigʻ chekib,
Qatl ham aylasa, zinhorki man’ aylamangiz.
Itlari olligʻa tashlangki, gʻizo qilsunlar,
Bazmini barham urub, motamima yigʻlamangiz.
Ey vafo ahli, duom ushbu dururkim, yo rab,
Bevafo mohjabinlar qoʻligʻa uchramangiz.
Oʻyulub tushti Navoiy tanining dogʻlari,
Koʻyida oʻlgan it oʻlsa, terisidin yamangiz.

207

Bir kun, ey hushu xirad, men telbaga yor erdingiz,
Bexabar ham boʻlsam oʻzdnn, siz xabardor erdingiz.
Dard yetkanda davojoʻ, yolgʻuz erkanda rafiq,
Gʻussa vaqti yoru gʻamginlikda gʻamxor erdingiz.
Nayladim, nettimki, bir yoʻli chekib mendin ilik,
Emdi ermastursiz andoqknm, burun bor erdingiz.
Boʻlmasa hushu xirad gʻamxorim, ey ishqu junun,
Siz boʻlung boqiyki, holimgʻa madadkor erdingnz.
Ishq agar zor etti, afgʻon qilmang, ey jonu koʻngul,
Toki siz bor erdingiz, ishq ilgida zor erdingiz.
Sotmangiz olamgʻa savdoyi esam, ey dardu gʻam
Kim, menga ishq ichra doim siz xaridor erdingiz.
Ey zamon ahli, fusunu gʻadringiz ne aybkim,
Ham zamondek doim afsunsozu gʻaddor erdingiz.
Rindlar bas tiyradur, siz xonaqahgʻa tushkali,
Ey xush ul kunkim, muqimi koʻyi xammor erdingiz.
Shomi hajridin Navoiyning xabar bergan ulus,
Goʻyiyokim kecha tong otquncha bedor erdingiz.

208

Yor etti mehri tarkiyu men yormen hanuz,
Ishqi salosiligʻa giriftormen hanuz.
Hajrim tuniki yilcha edi bu umid ila
Kim. kelgasen, yoʻlung uza bedormen hanuz.
Kelgach, koʻngul yarasi yovushti oʻngalgʻali,
Bir lahza bormagʻilki, dilfigormen hanuz.
Bozori husn davrida har necha xayli xat,
Qildi gʻulu, valek xaridormen hanuz.
Ey shayxi soda, zuhduma har kun inonmakim,
Tunlar muqimi kulbai xammormen hanuz.
Men oʻlgali koʻp erdiyu itlar figʻonidin
Qilding gumonki, koʻyung aro bormen hanuz.
Aylab falakni jom sumurdum, Navoiyo,
Qoʻsh tut bu bazm ichindaki, hushyormen hanuz.

209

Nozaninligʻ bogʻida qadding niholi sarvnoz,
Parvarish topib niyoz ashki toʻkarda ahli roz.
Ishq soʻzidin nega kuydung debon ayb aylamang,
Zulm erur nevchun choqindin qilmading deb ehtiroz.
Sarvnozim nechakim har lahza yuz ming noz etar,
Netgamen koʻrguzmayin har nozigʻa yuz ming niyoz.
Buylakim haq nuri zohirdur yuzungda, boʻlmagʻay
Filhaqiqat sirri ishqinggʻa xayol etmak majoz.
Sham’ oʻrtar demagil, parvonani kim bildikim,
Sham’gʻa parvona koʻngli oʻtidin ermas gudoz.
Xam boʻlub yer oʻpmakim koʻyida har yondin ne ayb,
Ka’bagʻa joyizdurur har saridin qilmoq namoz.
Rostlarning chun Xuroson nchra yoʻqtur hurmati,
Vaqt erur qilsang, Navoiy, emdi ohangi Hijoz.

210

Ne labidin istimo’ etti quloq bir qatla soʻz,
Ne yuziga bir nazar solmoq murodin topti koʻz.
Deding elni oʻlturay bir soʻz bila, ammo seni
Aylayin mahrum, vah, jono, dema bu nav’ soʻz.
Eyki, bir oy ishqidin oshuftasen, vasl istasang,
Har jafo qilsa chida, har nav’ bedod etsa toʻz.
Oshnolarni qovar, lekin sevar begonani,
Oʻzni yot aylar jafo birla va lekin yotni oʻz.
May uchun zohid ridosi andin oʻlmas rahnkim,
Bodapololiqqa ham loyiq emas ul poraboʻz.
Kimsa davron ahlidin hargiz vafoye koʻrmadi,
Kimga kim qilsang vafo paydovu koʻz tut birga yuz.
Ey Navoiy, xoʻblargʻa mahkam ermas tori ahd,
Rishtai ummidni emdi bu mahvashlardin uz.

211

Boshimgʻa zaxmlarning qoni turmasdin boʻlub ojiz,
Falak choqii oʻtigʻa kuydurur har dam bulutdin kiz.
Agarchi tund tavsan erdi aqlim, kelki, nshqingdin
Nachukkim, koʻnglung istar ham zabundun emdn, ham ojiz.
Jamoling lam’asidin gar kul oʻldum, tong emasturkim,
Bu yangligʻ barqi ofat kimsaga choqilmamish hargiz.
Surub xoki tanimga raxsh, agar oʻlturdi ul chobuk,
Hayotimgʻa, Masiho, urma damkim, ketmasun ul iz.
Qadah xurshidin ul oy ilgiga olgʻach, yorur olam,
Kalimullohning ilgida bu yangligʻ yoʻq edi mu’jiz.
Koʻzum xunobidin ofoq rangn qirmizi boʻldi,
Hamonkim, bu chashma suyidin hosil boʻlur qirmiz.
Qilay xomanggʻa jon naqdini isor, ey musavvir, kel,
Sirishkim rangidnn kulbam aro ul oy misolin siz.
Agar bizdin malole erdi sizga, ey visol ahli,
Sizu jomi murod emdiki hajr oʻtigʻa kuyduk biz.
Navoiy oʻn sakiz ming olam ichra bor esa rasvo,
Tong ermas, chunki boʻlmish mahvashining yoshi oʻn sakkiz.

212

Bir pariyvash volihi boʻldum, meni majnun dengiz,
Shomi hajrim tuli savdosini roʻzafzun dengiz.
Dudi ohimdin shararlar boʻlsa koʻnglum oʻtidin,
Olami ishq ichra ani anjumu gardun dengiz.
Soʻrsa koʻnglum holini ishq ahli lahni nazm ila,
Ani rasvo ayladi bir qomati mavzun dengiz.
Ranji ishqimni dengiz Farhodu Majnun birla teng,
Dard ila hajrim bisotin togʻ ila homun dengiz.
Bir yuzi gulgun gʻamidin yuz tikon koʻnglumdadur,
Xorxorimning iloji bodai gulgun dengiz.
Doʻstlar, ishq ahli gʻavgʻosin tafahhus qilsa yor,
Dardi hajring shiddatidin oʻldi bir mahzun dengiz.
May toʻla aylab Navoiygʻa tutung, ey ahli bazm,
Ichmasa, gʻam yerga arzimas bu dahri dun, dengiz.

213

Ul yuz atrofi malihu la’li xandonida tuz,
Tengri har yon toʻkti goʻyo husnining xonida tuz.
Xoni husn ul yuz, namakdon ogʻzidur, ul xon aro
Nutqi shoʻrangezdin paydo namakdonida tuz.
Chun fano yoʻligʻa kirdim — ogʻzi koʻnglumda, ne tong
Kim, safar ahli chu azm etti, boʻlur yonida tuz.
Husnining ani koʻngul oshubi boʻldikim, solur
Kulgudin zaxmigʻa shirinkorligʻ onida tuz.
Tuzmasa tong yoʻq koʻngulkim, ul malohat konining,
Ishvasi toʻldurmish aning zaxmi pinhonida tuz.
Novaki zaxmida ogʻriqdin achishmoqdur fuzun,
Muzmar etmishlar magar su birla paykonida tuz.
Achigʻ-achigʻ yigʻlamay naylay iki la’ling uchun
Kim, xayoli soldi koʻzlar ashki gʻaltonida tuz.
Ul malohat koni ishqidin qayon borsam, kelur
Doʻstlar, ollimgʻa rasvoligʻ biyobonida tuz.
Ey Navoiy, ne ajab solsa chuchuk jonimgʻa soʻz,
Chunki bor ul noʻshlabning shakkaristonida tuz.

214

Ey visol ahli, mening holim koʻrub, rahm aylangiz,
Yor zulmi gah-gahi yetsa, shikoyat qilmangiz.
Ey ibodat xayli, pandim bergucha tengri uchun,
Yorgʻa rahmu manga sabru tahammul istangiz.
Aqlu sabru zuhdu taqvo jonima qilmang gʻulu,
Chiqti mast ul shoʻx, turmay emdi har yon butrangiz.
Koʻzu koʻnglumdin edi ranjim ani koʻr ayladim,
Boʻlsa bu devona paydo oʻtqa solib oʻrtangiz.
Men fano dashtida tufrogʻ oʻlsam, ey ahli niyoz,
Ishlarim dostonlarin olmoqqa talqin asrangiz.
Egma qaddim xam boʻlub turmoq uchun, ey shoʻxlar,
Yaxshidur cholokliklar birla sekrib oʻynangiz.
Bir pariyvash ishqidin miskin Navoiydur biling,
Dasht aro oshuftayu majnun sifatliq koʻrsangiz.

215

Ishq sirrigʻa amin kimsa xayol aylamangiz,
Qismingiz xalqdin anduhu malol aylamangiz.
Asray olmay oʻzunguz, chunki tilarsiz hamroz,
Topmagʻi mumkin emas, fikri mahol aylamangiz.
Xoʻblar turrai oshuftasigʻa mayl etmang,
Koʻnglunguzni kuch ila shiftahol aylamangiz.
Gulda yoʻq boʻyi vafo, sham’da yoʻq shu’lai mehr,
Oʻzni bulbulvashu parvona misol aylamangiz.
Dilbarim chiqqusi xurshiddek, ey mahvashlar,
Haddingizni bilib, izhori jamol aylamangiz.
Koʻrkaboylargʻa gado boʻldunguz, ey ishq ahli,
Bu gʻanilargʻa vafo naqdi savol aylamangiz.
Tarki nshq etti Navoiy, tutubon taqvoyu zuhd,
Ey sanamlar, anga koʻp gʻanju dalol aylamangiz.

216

Sarv kim koʻrdi aning ustida mohi dilnavoz,
Oy qachon qildi tulu’ — ostida aning sarvinoz.
Ma’ni ahlida bu surat zohir oʻldi har qachon
Kim, shabiston ichra qildi jilva ul sham’i tiroz.
Ne gʻarobatlar ekin ul oydakim, har dam qolur
Husnining har diqqati kashfida hayron ahli roz.
Beadad nozi bila behad niyozim sharhida,
Daftare yozib, otin qoʻymoq boʻlur «Nozu niyoz».
To xayoling koʻzdadur, koʻz uyi goʻyo Ka’badur
Kim, turub atrofidin kirpiklarim aylar namoz.
Demang, ul shoʻxi balo usruk yetishti, qil hazar,
Vah, netaykim, bu balodin aylayolmon ehtiroz.
Ey Navoiy, qalbu jon naqdin magar pok oʻynading,
Ul muqomir shevagʻakim boʻldi oting pokboz.

217

Rozi ermasmen, koʻngul chokini payvand etsangiz,
Qolgʻanin ham koshki parkand-parkand etsangiz.
Itlari ollida solibkim meni, ul koʻydin
Qovmaq istarlar, dame mashgʻulu xursand etsangiz.
Qayd etarda ul pariy koʻyida men devonani,
Itlari zanjiri birla koshki band etsangiz.
Soʻrmogʻimgʻa kelsa Majnun netti, ey ahli junun,
Va’zu pand aytib, meni bir dam xiradmand etsangiz.
Telba itni demangiz mendek, nedinkim or etar,
Aqlu hush ahlini bir majnungʻa monand etsangiz.
Eyki debsiz: pandingizdin bodani tark etkamen,
Tark etay, avval meni shoistai pand etsangiz.
Gar achchiq yigʻlar Navoiy daf’igʻa, ey shoʻxlar,
Netti ollinda turub bir dam shakarxand etsangiz.

218

Koʻnglum oldi yor, chun yuziga boqib turdi koʻz,
Vahki, oldurdi koʻngul, har kimsakim oldurdi koʻz.
Boqgʻach ul qotilgʻa, soldi boshima tigʻ uzra tigʻ,
Olloh-olloh, ne balolar boshima kelturdi koʻz.
Hajr shomi koʻz yoshim boshimdin oshti, uylakim
Su yoʻlin har sari aylab raxnalar, bilgurdi koʻz.
Oh oʻtidin ayladi zohir koʻngul barqi balo,
Nechakim koʻnglumga ofat yomgʻurin yogʻdurdi koʻz.
Koʻhi dard oʻldum menu tegramda sabru xush elin,
Yogʻdurub yoshini, sayli ashk birla surdi koʻz.
Hajr kojidin koʻzumga har zamon oʻt choqilur,
Bu choqinlargʻa tanim xoshokini kuydurdi koʻz.
Oh oʻtidin bori qutqardi bukim ashkim aro,
Su kishisi yangligʻ oʻz mardumlarin yoshurdi koʻz.
Nahs yulduzdek koʻzi chun tushti, barham boʻldi bazm,
Muhtasib mayxona ahli bazmigʻa yetkurdi koʻz.
Ey Navoiy, istama mendin koʻngulkim, yogʻdurub
Jolai ashkin, koʻngulning shishasin sindurdi koʻz.

219

Tengri bermish ul pariy paykarga andogʻ tor ogʻiz
Kim, kishi bilmaski, anda yoʻqmudur yo bor ogʻiz.
Ignasi birla Masih ogʻzin tikib, urmas nafas,
Jon berurga ochsa ul shoʻxi shakarguftor ogʻiz.
Gʻunchalar xandon emas gulshandakim, har saridin,
Ochti gulroʻyum duosin qilgʻali gulzor ogʻiz.
Turfa koʻrkim, soʻz bila ham oʻlturur, ham tirguzur,
Chun ochar muhlik soʻz ayturgʻa Masihovor ogʻiz.
Orazing davri erur xurshid davridin nishon,
Qayda mehr ichra koʻrungay nuqtai pargor ogʻiz.
Ogʻzima yetkur quloq, bilkim, sening zikringdurur
Ul zamonkim, jon berurda tebratur bemor ogʻiz.
Soqiyo, ratli garon birla meni serob qil,
Kim, qurubtur tashnalabligʻdin manga bisyor ogʻiz.
Eykn koʻnglung sirrin istarsenki, pinhon asrasang,
Dahr bogʻi ichra ochma gʻunchadek zinhor ogʻiz.
Ey Navoiy, yorning koʻngli tutuldi noladin,
Kosh hargiz ochmagʻay erdim meni afgor ogʻiz*.
________________________________________


  • Ushbu bayt Parij nusxasidan toʻldirildi.

220

Anga xoʻydin toza boʻlmish obi hayvon birla yuz,
Hajridin ogʻushta bizga ashki gʻalton birla yuz.
Sham’i vasl, eykim, koʻzung yorutti, shod oʻlkim, mening
Roʻzgorimga qorardi dudi hijron birla yuz.
Bir sarigʻ kogʻazdurur tim-tim qizil boʻlgʻan menga,
Qatra-qatra ashkdin naqsh aylagan qon birla yuz.
Surtarim tufroqqa yuz hijronda zoyi’ boʻlmagʻay,
Surtar oʻlsaq vasl aro bir-birga jonon birla yuz.
Ey ajal, qoʻykim, qoʻyay yuz yorning koʻyigakim,
Qoʻygʻudekturmen adam koʻyiga armon birla yuz.
Xonaqah ahli nifoqidin qutulmoq istabon,
Qoʻymisham iynak fano dayrigʻa afgʻon birla yuz.
Ey Navoiy, ul quyosh yodida andoqkim shafaq,
Bizga rangin ayla jomi charxi gardon birla yuz.

221

Manga oʻlmaklik erur hajrda oson sensiz,
Oʻlayin, lek dame boʻlmayin, ey jon, sensiz.
Jonsiz imkoni nafas yoʻq kishiga, vahki, manga
Ne uchun tinmas eknn bir nafas afgʻon sensiz.
Barq ila ra’dchadur togʻ uza men majnungʻa,
Kechalar oh bila nolai pinhon sensiz.
Tushmasin kimsaga bu nav’ qatiq kunki, manga
Buylakim, qolmisham oʻz holima hayron sensiz.
Qilmagʻay tangʻa ajal dardu balosi jonsiz,
Jongʻa zulmiki qilur mehnati hijron, sensiz.
Charx hajringda yaqindur boshima yemrulgay,
Koʻr, nelar kelturadur boshima davron sensiz.
Boʻlsa vaslingda Navoiy yoʻq ajal mumkin anga,
Lek bir lahza hayot anga ne imkon sensiz.

222

Ey sanga qadi rost, lekin turrai tarror koʻj,
Kim koʻrubtur sarv ila sunbulni bu miqdor koʻj.
Rostlargʻa rostligʻdur ish magar, ul mastning
Qomatikim rostdur, lekin anga raftor koʻj.
Qiblai din orazingdur, kufr tori sunbulung,
Ne ajab gar qibla tuz boʻlsa, vale zunnor koʻj.
Rostlar boshpni tufrogʻ aylasa raxshi ne tong,
Ulki qoʻydi mastligʻdin bosh uza dastor koʻj.
Ishq aro koʻnglung tuzatkim, rost solgʻay aks yor,
Koʻzgu egri boʻlsa, solur aksini ruxsor koʻj.
Egridin juz egrilik hargiz asar boʻlmas ayon,
Kim solur albatta soya naxli nohamvor koʻj.
Qolibon zulfung aro topti Navoiy jismi tob,
Naylagay boʻlmay tanob ichra uzulgan tor koʻj.

Sin Harfining Siyminbarlarining Savdosi «Favoyid»din

223

Gulshani iqbol xori mehnatigʻa arzimas,
Bodai gulgun xumori nakbatigʻa arzimas.
Lolaruxlar vaslida yuz yil kishi qilsa nishot,
Bir zamonligʻ, bilki, dogʻi furqatigʻa arzimas.
Bahru kon naqdin agar yigʻding, vale yetkach ajal
Barchani solib ketarning shiddatigʻa arzimas.
Har necha tersang yigitlikning bahori gullarin,
Bir xazoni shaybu ohi hasratigʻa arzimas.
Taxti izzat uzra nasb etsa birovni davri charx,
Azl koʻyining gʻubori zillatigʻa arzimas.
Har iyecha davlat sahobi sochsa gavhar boshinga,
Anglakim, bir qatla barqi ofatigʻa arzimas.
Xirqam olib raxn, durdi dard ber, ey mayfurush
Kim, xarobot ahli sofi ishratigʻa arzimas.
Har zamon yore ketar jonimni olgʻil, ey ajal
Kim, hayot ahbobi dardn furqatigʻa arzimas.
Kimsa birla tutmagʻil ulfat, Navoiy, negakim,
Ayrilurda manga boʻlgʻan holatigʻa arzimas.

224

Ne hadki aylagamen yor dastboʻsi havas,
Muyassar oʻlsa itining ayogʻin oʻpmak — bas.
Tabib bermadi muhlik haroratimgʻa sukun
Ki, tez oʻlur bu oʻt, ar xud Masih ursa nafas.
Koʻzung koʻngulni kabob etti, mast agar ermas,
Tanurdin kishi qushqa boʻlurmu, qilsa qafas.
Havasi labing shakaridur chibindek etsa havo,
Koʻnguldin oʻlmadi kam hech bu havoyu havas.
Firoq ashkidin el gʻofil oʻlmasunki, qilur
Koʻzum orasida har qatra qilmagʻanni Aras.
Nasimi husn yorutti chu shavq shu’lasini,
Erur teng oʻrtamakida xitoyiyu charkas.
Navoiy oʻlmadi roviy hadisidin xushhol
Ki, bu habibu anis aytur ul habibu anas.

225

Holima yor tarahhum qilmas,
Yigʻlasam zor, tabassum qilmas.
Koʻngluma vahm erur hijrondin,
Qatldin hech tavahhum qilmas.
Gʻuncha ogʻzing soʻzida qaysi zamon
Kim, hazin koʻnglum oʻzin gum qilmas.
Javrlarkim qilur ul oy manga,
Yetti aflok aro anjum qilmas.
Qaysi bir zulmki qilmas ul shoʻx,
Garchi bu zor tazallum qilmas.
Yuz kalom el bila aytur har dam,
Bizga bir nukta takallum qilmas.
Ey Navoiy, qiya boqti demakim,
Koʻngluma yor tarahhum qilmas.

226

Koʻz yorutmoqqa demon mehri jamoling bogʻi bas
Kim, samanding na’li, balkim, yoʻlining tufrogʻi bas.
Koʻrgali maqsud ruxsorini mir’ot istaram,
Har taraf koʻksumdagi ishqingning eski dogʻi bas.
Buzgʻali koʻnglumni zahmat chekmangiz, ey dardu gʻam
Kim, bu kishvarni buzargʻa hajr xayli yogʻi bas.
Yoʻlida tufrogʻmen, sovurma, ey gardun meni
Kim, bu ishga chobukumning raxshining tuynogʻi bas.
Koʻzni yozgʻursam oʻyargʻa hojat ermas tigʻi tez
Kim, ani koʻr etkali hajr ilgining tirnogʻi bas.
Qorigʻanda tavba xushroqdur yigitlar ishqidin,
Beadabligʻlarki koʻrguzdung yigitlik chogʻi — bas.
Ey Navoiy, dilrabolarning vafosin istamon
Kim, manga oʻz dilbarim javru jafo qilmogʻi bas.

227

Shomi hijronimgʻa, ey gardun, sahar paydo emas,
Chekma zahmat qatlimakim, hojati yaldo emas.
Jonim olmoqqa ajal xaylidurur koʻyung aro,
Itlaringdnn boshim uzra har taraf gʻavgʻo emas.
Nastarandurkim, yuzung hajrida qonligʻ koʻz bila,
Za’faroniy yuzga surtubmen, guli ra’no emas.
Gʻunchadek koʻnglum yoʻq ogʻzing hasratigʻa tushkali,
Ham aning rangin hamono tuttikim, paydo emas.
Har dam istigʻnoyu nozi yuz gunahsiz qon toʻkar,
Bu ajab muhlik balodur, nozu istigʻno emas.
Charx jomida toʻladur zahri qotil qasdima,
Gar nashotim yoʻq, ajab yoʻq sogʻari sahbo emas.
Shohlardin lutfu ehson da’b erur ajz ahligʻa,
Barcha shahlar zolim, ondoqkim, bizing mirzo emas.
Eyki, mendek telba ermassen, jihat ushbu ekin
Kim, nigoring bir pariy paykar malaksiymo emas.
Zikru tasbih istama mendin, Navoiykim, ishim
Tunlar ul oy hajrida har ohu vovaylo emas.

228

Koʻrmak ani chun hadim yoʻq, meni jonon tanimas,
Yoʻq ajab gar ann ham bu zori hayron tanimas.
Oshiqu ma’shuq boʻlmoq bir-birin tanishmayin,
Biz ikovdin boshqa goʻyo ahli davron tanimas.
Gʻamki yuz yillik rafiqimdur, netibmen telbagʻa
Koʻrmayin koʻksumda yuz ming dogʻi hijron tanimas.
Va’dai vasli ne yod etkayki bazmi aysh aro,
Mastligʻdin kimsani ul ahdi yolgʻon tanimas.
Ey musulmonlar, ajab yoʻq kofiru mast oʻlmagʻum,
Chunki islom ahlini ul nomusulmon tanimas.
Tanima davr ahlinikim, ulki jon qilsang fido,
Holinga tagʻyir bergach davri gardon, tanimas.
Ey Navoiy, qil Iroq ohangiyu azm et Hijoz
Kim, muhabbat zumrasin ahli Xuroson tanimas.

229

Bizga ishq anduhidin ish zorligʻlarmu emas,
Holi hajr oshubidin dushvorligʻlarmu emas.
Gʻunchadek yuz pora koʻnglum holi bir gul hajridin,
Xorligʻlarmu emas, afgorligʻlarmu emas.
Tong emas hijron sahobin desalar yogʻdurdi qon,
Koʻzlarim da’bi kecha xunborligʻlarmu emas.
Ey ajal, hijronda oʻlmakdin meni qoʻrqitmagʻil,
Ish manga bu soʻzda minnatdorligʻlarmu emas.
Emin oʻlma, mehr koʻrguzgan bila, aflokdin
Kim, bu kajravlar ishi gʻaddorligʻlarmu emas.
Mahvashekim pokrav oshiqni qilgʻay bahravar,
Husnidin oyini barxurdorligʻlarmu emas.
Ey Navoiy, yor koʻyi itlarining holinga
Kecha tutmoq qopmogʻidin yorligʻlarmu emas.

230

Base bu dayri koʻhan mahbasida qilma julus
Ki, anda har kishi majlis tuzar, boʻlur mahbus.
Jahondin istama ochuq futuh abvobin
Ki, bu zamona aro boʻlmish ul eshik madrus.
Havos sa’yi bila fayz yoʻq riyozatsiz,
Gar oʻlsa dogʻi bu ish bizga boʻlmadi maxsus.
Sovugʻ kelur koʻzuma xonaqohu zuhdu riyo,
Xusho sharorai Zardusht birla dayri majus.
Mayi mugʻona agar bizga tutsa mugʻbachalar,
Gar argʻanun uni yoʻq ersa, basdurur noqus.
Chu yoʻq bu kishvari islom aro vafo bila mehr,
Xusho navohiyi Afranju xittai Tartus.
Chu umr oʻtar, bu kun oʻzni nishot ila xush tut
Ki, tongla naf’ yeturmas darigʻ ila afsus.
Visoldin men agar noumid esam, yo rab
Ki, ishq zumrasidin qilma kimsani ma’yus.
Navoiyo, senu ovoraligʻda rasvoligʻ,
Nedinki dayri fano ichra nang erur nomus.

231

Har kishiga dast bersa ul pariy yangligʻ anis,
Boqa olmas topsa mehri xovari yangligʻ anis.
Mehr etib zohir, xaridor oʻlmas ul oy borida,
Har koʻngulkim topsa mehru Mushtari yangligʻ anis.
Ming figʻonliq koʻnglum ul gulrux bila gar topti uns,
Basdurur bulbulgʻa gul bargi tari yangligʻ anis.
Rahmi ortuq boʻlgʻusi ul nomusulmondin base,
Boʻlsa din xayligʻa xaybar kofiri yangligʻ anis.
Oʻz anisimdin koʻngul gar uzmasam yoʻqtur ajab
Kim, topilmas kimsaga oʻz dilbari yangligʻ anis.
Sen manga, bas, Layliyu Shirin ul ikki zorgʻa,
Har kishiga boʻlmas oʻz mahpaykari yangligʻ anis.
Oʻz anisimgʻa agar devonamen, yoʻq aybkim,
Yoʻq ajab devonaligʻ topqan pariy yangligʻ anis.
Xushtur ul oy, gar anisim boʻlsakim ishq avjida,
Toli’ oʻlmas ul saodat axtari yangligʻ anis.
Ey Navoiy, yuz tuman mugʻ dayrida sayr aylasang,
Topmagung ul aqlu din gʻoratgari yangligʻ anis.

232

Dayr aro bizga vatan sarmanzili xammor bas,
Qibla — but, sarrishtai faqru fano — zunnor bas.
Dam-badam bir mugʻbacha la’li labi hijronidin,
La’lgun sogʻar qadahdek, didai xunbor bas.
Devsiyratlardin, ey gardun, meni ogʻritmakim,
Yuz alarcha ogʻriturgʻa ul pariy ruxsor bas.
Yor zulm etgan sayi agʻyor soʻrmoq zulm erur,
Vahki, shoyad qilmagʻay hargiz jafosin yor bas.
Jomi minoyini soqiy gar bas etmas, bok emas,
Garchi javrin qilmagʻay bu toqi mnnokor bas.
Charxdin ne kelsa, xush boʻlkim, sening koʻnglung uchung
Aylamas davrini hargiz gunbadi davvor bas.
Ey Navoiy, rishtai davrongʻa chekkil durrn nazm
Kim, zamon avroqigʻa sendin soʻz-oʻq osor bas.

233

Mehr goʻyokim tulu’ etmish, mening mohim emas,
Kim, yuziga koʻz sola olmonki, dilxohim emas.
Har dam ohingdin dema mir’oti husnung tiyradur,
Tiyra boʻlma, ishqing oʻti dudidur, ohim emas.
Sa’b uchun ishq oʻldilar Fyarhodu Majnun yoʻlda-oʻq,
Kim, biri holo bu vodiy ichra hamrohim emas.
Oh, jismimni aning koʻyiga soldi yuz ming oh,
Kim, anga bir koʻhi mehnatdur pariy kohim emas.
Ahli ishq istar visolu men xayoligʻa dogʻi,
Oʻzin loyiq topman el bu ishta ogohim emas.
Men fano dayri gadoyimen, nedur singʻan safol,
Ilgima gar har eshikda shay-al-ollohim emas.
Koʻyida chun tufrogʻ oʻldum, esmasun ul yon sabo,
Ey Navoiy, ul maqomimdur, guzargohim emas.

234

Tutmayin olamda koʻnglum nasli odam birla uns,
Vahki, oxir tutti bir oshubi olam birla uns.
Kimga aytay ul pariy dardin meni majnun dame,
Chun tuta olmon junundin hech hamdam birla uns.
Jonda har zaxm ichra chun dardi aning matlubdur,
Bu jihatdindurki, topmas hech marham birla uns.
Gar unuttum vaslni hijron aro, yod aylamas
Shodligʻni ulki, tutti mehnatu gʻam birla uns.
Vomiqu Majnungʻa holim demadimkim, qoʻymadi
Vahshati hijron tutargʻa hech mahram birla uns.
Bor esa novmid oshiqlar anisim, tong emas,
Motam ahligʻa, ajab yoʻq, ahli motam birla uns.
Olam ahli sust paymondurlar, ey ahli vafo,
Dast agar bersa, tutung bir ahdi mahkam birla uns.
Ul pariy paykar malakvash men junundin devsor,
Tutmasa yoʻq ayb bu rasvoi olam birla uns.
Ey Navoiy, shoh chatri soyasidin ori bor,
Tutqan el bir loʻlii oshufta parcham birla uns.

235

Qoʻp, ey bodi sabo, jonon sari es,
Masih anfosi yangligʻ jon sari es.
Aning koʻyida qil arzi niyozim,
Dame ul ravzai rizvon sari es.
Dame gul birla sunbul xaylidin oʻt,
Zamone lolayu rayhon sari es.
Chu ul gulshandin oʻldung ruhparvar,
Yonib bu kulbai ahzon sari es.
Isidin ber tanimgʻa ruh, ya’ni
Ki, bu farsudai hijron sari es.
Fano dashtida, ey hijron samumi,
Quyun yangligʻ bu sargardon sari es.
Navoiy chun oʻlar, ey sarsari oh,
Buzugʻlik qilgʻali davron sari es.

236

Manga ishrat yeri — kunji fano bas,
Yangi masnad, bir eski boʻryo bas.
Yalang tan yopqali bas sholi idbor,
Bosh ostida yalang qoʻl muttako bas.
Davo dardimgʻa gar topmon, emas gʻam
Ki, dardimgʻa davosizligʻ — davo bas.
Mayi ishratni ahli aysh cheksun,
Menga xunoban ranju ano bas.
Men oʻldum xud vafo yoʻlida tufrogʻ,
Vale yor aylamas javru jafo bas.
Skandarga jahonu azmi zulmat
Ki, mulki ishqu shomi gʻam manga bas.
Desam anglay jahon holiin ravshan,
Qadah oyinayi getinamo bas.
Havodisdin panoh har kimga bir yer,
Manga mayxona kunji multajo bas.
Navo ma’shuqdin gar tutsa ushshoq,
Navoiygʻa navosizligʻ — navo bas.

237

Ey koʻngul, holimgʻa ul oy rahm qilgʻudek emas,
Zorligʻ birla ishim andin ochilgʻudek emas.
Ishqida rasvoligʻim ul nav’ boʻldi foshkim,
Zuhdu ismat pardasi birla yopilgʻudek emas.
Jomi ishqidin koʻngul ul nav’ erur masti xarob
Kim, qiyomat bazmigʻa tegru ayirgʻudek emas.
Uyla ishqi dashtida majnun koʻngul ovoradur
Kim, pariylar istagan birla topilgʻudek emas.
Soqiyo, la’ling mayidin gar iloje qilmasang,
Bu xumorim la’li may birla yozilgʻudek emas.
Dard oʻtin qilgʻan havas avval koʻngulni oʻrtadik
Kim, ul oʻt har xom koʻngliga yoqilgʻudek emas.
Ey Navoiy, ul pariyvashdin vafo koʻz tutmagʻil
Kim, junun ahlini aslo koʻzga ilgʻudek emas.

238

Zulfidur koʻnglumda har dam, oh chekmak sud emas
Kim, havogʻa mushku anbar gardi butrar, dud emas.
Husni vasfin demakim, ishqim kebi poyoni yoʻq,
Mehridin ne deykim, ul sabrim kebi mavjud emas.
Yuz vafo ahd aylasang, yoʻqtur vafoi ahd hech,
Kim, sening ahdinggʻa oyini vafo ma’hud emas.
Lablaring hajrinda jonim qasdigʻa koʻz davrida,
Neshlardur la’lgun, mujgoni xun olud emas.
Dogʻi ishqin koʻngluma qoʻydum, qanoat qilmadi,
Qalbi soyildekki, olib bir diram, xushnud emas.
Anglagʻil nobudini yuz qatla xushroq budidin,
Solikekim, faqr aro budi aning nobud emas.
Shayx agar yopti Navoiygʻa eshik, rasvo debon,
Shukr erurkim, afvu rahmat eshiki masdud emas.

239

Qilding ofat barqidin jonimgʻa oʻt yoqmaq havas,
Tifl oʻt yoqmoq uchun qilgʻandek oʻt choqmaq havas.
Telba koʻnglum shu’lai ishqingni asrar jon aro,
Uylakim ahli junun aylarlar oʻt yoqmaq havas.
Yo mizojing tund ekandin, yo raqibing vahmidin,
Boqa olmon necha koʻz istar sanga boqmaq havas.
Ishq jurmin boʻynuma tuttum, vale bu jurm uchun,
Qilmading zulfung tanobin boʻynuma toqmaq havas.
Sayli ashkim istaram sursam, vale koʻyung sari,
Istamon vayron qilur andishadin oqmaq havas.
Bazmi himmat ichra may ichsam, qilurmen hazl uchun,
Charxning farqi uza rad ilgini qoqmaq havas.
Necha oʻt yoqmaq havas qilgʻung Navoiy jonigʻa,
Anda bir qilsang boʻlur marham dogʻi yoqmaq havas.

240

Gʻamzangni kishi nazzora qilmas
Kim, bagʻrini pora-pora qilmas.
Dardimgʻa agarchi yoʻq shumora,
Ishqing muni ham shumora qilmas.
Bechora meni dengiz gʻam ichra
Kim, yor gʻamimgʻa chora qilmas.
Qilgʻanni jahongʻa ohu ashkim,
Charx aylamasu sitora qilmas.
Ishq qildi koʻngulga dardi hajring
Kim, shishagʻa sangi xora qilmas.
Topmas kishi dahr bazmidin kom,
Kim, majma’idin kanora qilmas.
Xilvat aro kirgali Navoiy,
Juz maxlasin istixora qilmas.

241

Ul oy boʻlmay manga mahbubu ma’nus,
Meni vaslidin etti charx ma’yus.
Ne bilgay holatim dasht uzra Majnun,
Ki, ermas hajr zindonida mahbus.
Magar gʻam shomi hijron qiyri birla
Yuzumga vasl eshikin qildi madrus.
Sen, ey davlat qushi, uchkim, menu chugʻz
Kim, ul manhusu baxtim dogʻi manhus.
Vafo ahli zamondin qilma bovar
Ki, ne ma’qul erur bu ish, ne mahsus.
Ketur maykim, chu boʻldum oshiqu mast,
Hamul dam daf’ boʻldi zuhdu nomus.
Navoiy ragʻmigʻa xush tutsun oʻzni
Angakim, bir anise boʻlsa ma’nus.

Shin Harfining Shoʻxlarining Shamoyili «Favoyid»din

242

Oqara boshladi boshu toʻkula boshladi tish,
Safar yarogʻini qilgʻilki, tushti boshinga ish.
Yigitligim boribon, keldi boshima qariligʻ,
Fano yoʻlida bu yangligʻ emish borishu kelish.
Yuz ulki, qirqdin ellikka qoʻydi yuz, qilsa
Ming ishidin biriga yaxshiliq mahol ermish.
Erur hayotning oʻq yangligʻ oʻtmakiga dalil,
Kishiki, yo kebi qadgʻa asodin etti kerish.
Adudur olti jihatdin manga chu yetti falak,
Ne sud yoshim agar oltmish va gar yetmish.
Yigitlik oʻldi bahoru kuhulat oʻldi xazon,
Degay bu soʻzni — qariligʻni qishqa oʻxshatmish.
Ne qish nishoti manga qoldi, ne xazon, ne bahor,
Nahorima chu xazon qoʻydi yuz, xazonima — qish.
Ne turfa ishki, birav chun toriqti umridin,
Desa uzun yasha, qargʻishdur anga bu alqish.
Navoiyo, tutar ahli fano najot yoʻlin,
Erishmak istar esang ishda, ham alarni erish.

243

Ulki bizni zoru ani asru zebo aylamish,
Ani noparvoyu bizni noshikebo aylamish.
Ishqida har kimki sodiqroq, jafosi sa’broq,
Ahli husn ichra ul oy xush rasm paydo aylamish.
Dayr aro yuz mugʻbacha ta’lim olurgʻa qoʻydi yuz,
To labing ehyoyi anfosi Masiho aylamish.
Gar itingning poyboʻsin topmasa koʻnglum, ne tong,
Ne uchunkim, haddidin ortuq tamanno aylamish.
Ishq aro oʻlmay netaykim, koʻk meni aylab gado,
Husni iqboli mening mohimni mirzo aylamish.
Togʻ aro Farhodu dasht ichra solib Majnunni ishq,
Kimni mendek jumlai olamda rasvo aylamish.
Yigʻlamish gohi kavokibdin kulub, gah subhdin,
Charxkim, holimni gʻam shomi tamosho aylamish.
Jon berib, davron elidin istamang mehru vafo
Kim, base topmish ziyon, har kim bu savdo aylamish.
Gar Navoiy, koʻngli mulki boʻlsa vayron, ayb emas,
Turktozi ishqi ul kishvarki yagʻmo aylamish.

244

Yuz balo boshimgʻa yogʻdurgʻan dedim aflok emish,
Chunki tahqiq ayladim, ul kofiri bebok emish.
Husn avjida tulu’ aylab yorutgʻan dahrni,
Men quyosh sogʻindim, ul ruxsori otashnok emish.
Notavon jismimni sayli ashk uza qildim qiyos,
Olami ishq ichra daryo uzra bir xoshok emish.
Gʻam tuni bemehr ekandin yoʻqki koʻksum chok erur,
Subhning pirohani dogʻi bu gʻamdin chok emish.
Koʻngulu koʻz qonidin origʻ boʻlur ermish yuzi,
Oshiqekim, har gʻarazdin koʻzu koʻngli pok emish.
Yoʻq shafaq, mazlum qonigʻa qolib erdi sipehr,
Ani yugʻan bahri ashkim mavjidin koʻlok emish.
Yetsa muhlik gʻam, tilarmen bodanoʻshe negakim,
Dofi’i ul zahrning, bildimki, bu taryok emish.
Xurda sochqandin chaman mulkida sulton boʻldi gul,
Gʻuncha qonligʻ koʻngliga solgʻan girih imsok emish.
Eyki dersenkim, mening husnummu ortuq yo quyosh,
Sogʻinursenkim, Navoiy buyla beidrok emish.

245

Qomatu raftoring ul mundin, bu andin xoʻb emish,
Juzv-juzvung bir-biridin lutf aro margʻub emish.
Har ne qilsa, oʻt yoqar ahli muhabbat jonigʻa,
Ey zaif ahbob, ul oy ne balo mahbub emish.
Nomasin boʻynumgʻa osdim — dardima berdi shifo,
Ul kitobat hirzi jon ermish, demang maktub emish.
Gar tutub Layli otin, Majnun qilur ermish figʻon,
Andin ermishkim, junun oyinigʻa mansub emish.
Yor otin jondin chiqarib, tilga mazkur aylamak,
Oshiqi farzona ollinda qachon mahsub emish!
Hajrdin nevchun talab vodiysida qildim figʻon,
Chunkn tolib birla ermish, kimsakim matlub emish.
Boʻlmasa hech ish, oʻzidin bexabarliq basdurur,
Ishqi gʻolib ilgida har kimsakim, magʻlub emish.
Foniy oʻlsang, kir fano dayrigʻakim, yoʻl topmamish,
Har kim anda oʻzluki aybi bila ma’yub emish.
Gar visol ahli Navoiydin tanaffur etsalar,
Yoʻq ajabkim, hajr zindoni aro mankub emish.

246

Kirpiking neshduru gʻamzangu hajring ham nesh,
Ne ajab, koʻksumu koʻnglum bila bagʻrimdagi resh.
Soʻrdung el koʻnglini, soʻrgʻil chu dedim koʻnglumni,
Reshgʻa kimsa iloj aylamamish, sanchib nesh.
Koʻnglum andishasi vaslingdurur, ummid bukim,
Haq murodigʻa tekurgay, chu erur xayrandesh.
Koʻzlaring keshi erur kufr emas hech ajab,
Ahli islom seni gar desalar kofirkesh.
Bogʻlading zulf ila koʻnglumni, xalosin tilamon,
Berkrak chekkali shoyadki degaymenkim, yesh.
Nesh soʻl koʻziga yetganda gar oʻtru tutmas,
Oʻng koʻzin ayni rizo ani demaydur darvesh.
Doʻstung dedi Navoiy oʻzini, bilmonkim,
Ne uchun boʻldi aning dushmani begonayu xesh.

247

Ey, koʻngul gulzori vasling subhida nolanda qush,
Yoʻqki, atfoli firoqing ilgidin parkanda qush.
Qasri uzra qushmu timsol ettilar ul shahning,
Yo boshigʻa chatrdek ochti qanot farxunda qush.
Nutqi toʻti, jilvasi tovusu raftori tazarv,
Husn gulzorida yoʻqtur bir anga monanda qush.
Nomai shavqumni chun elturga ojiz boʻldilar,
Yel koʻrunmas koʻzga dam urmas boʻlub sharmanda qush.
Qush boʻlur, boshimgʻa qoʻngʻach, dudi ohimdin qora,
Koʻr junun jazbinki, anda qoʻnsa, boʻlgʻay banda qush.
Faqr tut, gar istasang uchmoqki, bu ummid ila,
Boʻynigʻa tasbih osib, yungdin kiyibtur janda qush.
Ey Navoiy, ishqdin qochma, boqib bulbul sari,
Koʻrki, maxlas topmadi bu banddin parranda qush.

248

Har nechakim javru istigʻno erur jonongʻa ish,
Juz niyozu ajz ne boʻlgʻay meni hayrongʻa ish.
Shavkat ahli yor la’lidinki, kom etmish tama’,
Ey koʻngul, oʻlsam ne tong, chunkim tushubtur jongʻa ish.
Ashku ohimdin agar koʻnglum buzulsa ne ajab,
Mulku kishvar buzmayin ne boʻlgʻusi toʻfongʻa ish.
Hajr dashtida quyun birla yugurmakdur ishim,
Mundin oʻzga boʻlmagʻay majnuni sargardongʻa ish.
Bodanoʻshum tavba tarkidinki, qildi tarki hush,
Ey koʻngul, tushti yana men zori besomongʻa ish.
Jon olibkim, va’da poboʻs etti, mumkin yoʻq vafo,
Chunki yolgʻon va’dadur ul va’dasi yolgʻongʻa ish.
Necha jon qildim fidosi — odamiyligʻ topmadim,
Tushmasun, yo rab, pariy jinsi bila insongʻa ish.
Gar Navoiy kuydi hajr otashgahida, yoʻq ajab,
Oʻrtamakdin oʻzga boʻlmas shu’lai hijrongʻa ish.

249

Ham xati xazrosi xushtur, ham labi goʻyosi xush,
Ham Xizr xush, ham aning ayni hayotafzosi xush.
Ey mugʻanniy, hajr za’fidin hazinmen uylakim,
Lahnda dudi bila kelmas Masih anfosi xush.
Bir ishorat birla oʻlturdiyu xushmenkim, kelur
Barcha gar xud qatl uchundur, yorning imosi xush.
Uylakim tojir boʻlur, xush yaxshi savdo bersa dast,
Meni savdoyini asrar zulfining savdosi xush.
Ruh xayli oldorab, oʻz holigʻa topmas shuur,
Chun xirom etsa, ravonoso qadi ra’nosi xush.
Vah, nedin ajzu niyozim noxush erkin ollida,
Nechakim, koʻnglumga kelsa nozu istigʻnosi xush.
Ey xirad ahli, senu aqlu vara’ mulkida qayd
Kim, erur ishq ahli ollinda junun sahrosi xush.
Ichkali eski safol ichra gadoligʻ durdini,
Bizga oʻzga kelmadi juz sogʻaru sahbosi xush.
Ey Navoiy, qullugʻin nazm ichra arz etmak ne sud,
Ulki qilmas nazm birla qullugʻin mirzosi xush.

250

Ul oydin ham vafo xush, ham jafo xush,
Ne kelsa oʻzgalardin — barcha noxush.
Tabibo, lutf etib, qoʻpqil boshimdin
Ki, kelmaydur bu dardimgʻa davo xush.
Farogʻ ahligʻa jomi vasl xushtur,
Menga lekin erur zahri balo xush.
Yoʻq ersa vasl iqboligʻa haddim,
Vale koʻnglumga bor ul muddao xush.
Agar noʻshi visol, ar zahri anduh,
Nekim tutsang icharbiz, soqiyo, xush.
Bu dayr ichra ul oʻzluktin qutuldi
Ki, kirgach tortti jomi fano xush.
Navoiy xushtur ashku ohi birla,
Anga chun keldi bu suyu havo xush.

251

Muhabbat shevasining lozimi ajzu niyoz ermish,
Vafo oyinining xosiyati soʻzu gudoz ermish.
Der erdilarki, ajz ahli niyozi nozaninlarning
Qilur nozini kam, ul mujibi tugʻyoni noz ermish.
Qaddining jilvasi ollinda sarvinozni koʻrdum,
Bu bir asru furutan, ul bagʻoyat sarfaroz ermish.
Netib oʻlmayki, sabrim ozdin-ozu shavq koʻptin-koʻp,
Ul oyning husni koʻptin-koʻp, vafosi ozdin-oz ermish,
Jahon bogʻida rustaxez tushmish erdi har yondin,
Jihat ma’lum qildim, sarvnozim jilvasoz ermish.
Birav bazmin bu aqshom rashki jannat dedilar,bilduk,
Shabistonin munir etkan bizing sham’i Tiroz ermish.
Balo zahrini chekmay zuhdung, ey soʻfi, erur borid,
Haqiqat ishqigʻa ham choshni ishqi majoz ermish.
Vafosiz erkanin dahr ahli bilmay, jon fido qildim.
Vafo ahligʻa bu eldin munosib ehtiroz ermish.
Navoiy, oʻt Nahovandu Spahon birla Nayrezdin,
Husayni tuygʻuchakim, sanga ohangi Hijoz ermish.

252

Feruza tugma birla nigorim boʻynida kish,
Oyu tunga charx javharidin ziynat aylamish.
Ul oyni hajr sari dalolat qilur ulus,
Bil, ey buzugʻ koʻngulki, yana bizga tushti ish.
Kelmakni tark qildiyu borurgʻa boʻldi jazm,
Boʻlmay orada bir-iki qatla borish-kelish.
Koʻzni samandi na’ligʻa qoʻygʻanda koshki,
Anda tikarga aylasa kirpiklarimni shish.
Ey hajr tigʻi, sen dogʻi kesmakta qil madad,
Ul koʻy itiga uzgali bagʻrimgʻa ursa tish.
Barq uzra tarki mehr gumon ayladi koʻngul,
Poʻyanda raxsh uza bizning shahsuvor emish.
Gʻam yoʻq, Navoiy, etsa azimat safargʻa yor,
Desang iti oʻzungni qayonkim borur ermish.

253

Toʻ’makim, topmas iting ursa tani zorimgʻa tish,
Gʻussadin men ham urarmen jismi afgorimgʻa tish.
Men kimu kulmak soʻzi, chun gʻuncha ichra joladek,
El aro irjaymadi hargiz chu dildorimga tish.
Ne ajab sarigʻ yuzum tagʻyiri chun qon ichkali,
Bagʻrima mahkam boʻlur har lahza xunxorimgʻa tish.
Kufr aro tushmish girih dinimgʻakim, ochilmadi
Nechakim urdum tugun ochmoqqa zunnorimgʻa tish.
Tanni tishlab-tishlab uzmak istaram, vah, ne osigʻ
Kim, ochilmas bir-biridin emdi bemorimgʻa tish.
Bul-ajab holimgʻa gar hijron tuni kulmas falak,
Nega anjumdin koʻrundi xasmi gʻaddorimgʻa tish.
Ey Navoiy, erni aning la’ldur yo yuqti qon,
Berkiganda bagʻrima shoʻxi sitamgorimgʻa tish.

254

Garchi atfol otti bir-bir jismi uryonimgʻa tosh,
Koʻrki, xirman-xirman oʻldi jam’ har yonimgʻa tosh.
Kulbam atrofida bedodu malomat toshidur,
Goʻyiyo yogʻmish falakdin baytul-ahzonimgʻa tosh.
Hajr togʻida labi shavqida oqsa qon yoshim,
La’l oʻlur goʻyo boʻyalsa har taraf qonimgʻa tosh.
Doʻstlar, bastur mazorimgʻa malomat toshlari,
Chekmangiz mehnat qoʻyargʻa qabri vayronimgʻa tosh.
Bas qiling atfol tosh otmoqki, qon boʻlmish ichim,
Tegdi goʻyo toza qoʻygʻan dogʻi pinhonimgʻa tosh.
Garchi toshing tutti yer jismimda, lekin zulm edi,
Buki oʻtti zaxm aro chun tegdi paykonimgʻa tosh.
Chun toʻyubtur notavon jismim baliyat toshidin,
Berma, ey gardun, gʻizo yangligʻ yana jonimgʻa tosh.
Vazn uchun paymonani qilgʻil ulugʻ, ey mayfurush
Kim, emas tortar uchun hojat bu mezonimgʻa tosh.
Jomni chekmakta gʻam daf’igʻa qolqon ayladim,
Ey Navoiy, charxdin yogʻdi bu qolqonimgʻa tosh.

255

Ey, gulshani husn ichra xating sabzai dilkash,
Kim atri etib ruh dimogʻini mushavvash.
Ul koʻzga emas hojati sogʻar, negakim bor
Qon ichmak ila mastu mayi noz ila sarxash.
Olamni agar qoʻzgʻabon oʻt solsa, tong ermas,
Ul shoʻxki sarxush chiqibon, sekretur abrash.
Ruhoniyatim gʻolib erur, toki ichib roh,
Jonimgʻa solur aksini ul huri pariyvash.
Davr ahlida yoʻq sofki, aning gʻashi yoʻqtur,
Juz soqiyi davr ilgida sofiy mayi begʻash.
Zohid, senu kavsar, bizu mugʻ dayri nedinkim.
Bir zahri balokash bizu sen noʻshi riyochash.
Gʻayringdin origʻ ayladi koʻnglini Navoiy
Kim, but raqami birla bu uy erdi munaqqash.

256

Shukrkim, sochtim esa gʻam tuni anjum kebi yosh,
Vasli subhida tulu’ ayladi ollimgʻa quyosh.
Zaxmlar ustida marhamgʻa momugʻluq qiladur,
Gʻam sahobi necha yogʻdurdi sinuq boshima tosh.
Tutosh erdi gʻam aro navhalarim bir-biriga,
Ayshdin kulgularim bir-biriga oʻldi tutosh.
Hajr xunobi mayi vasli manga berdi samar,
Zahr boʻlgʻay edi ogʻushta bu xunobigʻa kosh.
Ahli ishq, oʻlmangiz ozurda firoq oʻtlaridin,
Ul tomugʻqa bore vasl uchmogʻi ermish podosh.
Ishq aro vaslni kom ahli nachukkim, talashur,
Hajrni zumrai nokom kerak qilsa talosh.
Kim firoq oʻtigʻa sabr etsa Navoiy yangligʻ,
Otashin gullar anga boʻlgʻusi ul oʻttin fosh.

257

Bizga yoʻqtur olam ahlidin jafodin oʻzga ish,
Har zamon yuz dardu har dam yuz balodin oʻzga ish.
Ohkim, andin jafodin oʻzga kelmas oʻtruda,
Garchi mendin kelmadi hargiz vafodin oʻzga ish.
Menmenu oshnqliq, ey nosihki, umrum borida,
Boshima juz ishq kelmaydur qazodin oʻzga ish.
Zulfi zanjiri aro ming zulm koʻrsam, ey koʻngul,
Juz tazallum istamamen mubtalodin oʻzga ish.
Nozu istigʻno necha koʻrguzsa ul sultoni husn,
Juz niyozu ajz ne kulgay gadodin oʻzga ish.
Xizmatigʻa qaysi yuz birla boraykim, kelmamish
Tiyralikdin oʻzga men yuzi qorodin oʻzga ish.
Doʻstu lutfidin umidim onchadurkim, gʻayri afv
Istay olmon, garchi qilmaymen xatodin oʻzga ish.
Mendin oʻzga ish kelmay juz mayi subhiy chekib,
Juz gʻino kelmas yana ahli riyodin oʻzga ish.
Ey Navoiy, va’dai vasligʻa boʻl xursandkim,
Charx nogah qilmagʻay zohir oradin oʻzga ish.

258

Olur jonimni ishqu manga dam urmoq mahol oʻlmish,
Birovdekkim, tili aning oʻlar holatda lol oʻlmish.
Erur har sari keskan na’l yo raxshing izi bilmon,
Tanim tufrogʻi to javlongahingda poymol oʻlmish.
Ichib qonimni ul koʻzkim qizarmish, notavonedur
Ki, ham bemorligʻda may chekib, ruxsori ol oʻlmish.
Tanim to rishtai zulfung xayoli birla chirmashdi,
Biaynih rishtai zulfunggʻa chirmashqan xayol oʻlmish.
Qoshing hajrida tishlar birlakim jismimni naqsh ettim,
Nazzora aylakim har paykari mushkin hilol oʻlmish.
Koʻngul bogʻida ohim oʻqlari qadding firoqidin,
Bari gʻam bergali har qaysi bir ra’no nihol oʻlmish.
Fano koʻyiga kirkim, jam bila jomi jahonbindur,
Gadokim, jom anga bu dayr aro singʻan safol oʻlmish.
Sen uyqu ichrasen, xurshid avji davlating tushdur,
Ham ushbu tushda ul xurshidqa doim zavol oʻlmish.
Yuzung koʻrgach Navoiy koʻngli ozdi, zulfdin band et
Kim, ul majnun bahori vaslidin oshuftahol oʻlmish.

259

Husni devoni uza matla’dur ul payvasta qosh,
Kotibi taqdir aning misra’larin yozgʻan tutosh.
Jolai ofat kebi ul oy bahori husnida,
Charx anjum javharidin yogʻdurur boshimgʻa tosh.
Oʻtlugʻ ohimdin boʻgʻuz ogʻzimgʻacha majruh erur,
Ayb qilma, ey koʻngul, nolamda fahm oʻlsa xarosh.
To sirishkim qongʻa evruldi dame tinmay oqar,
Muztarib boʻlmoq ajab yoʻq, boʻlsa xun oluda yosh.
Yoshurun erdi gʻamim, mufrit qadah oʻtkan kecha
Yigʻlatib, beixtiyor etkan emish el ichra fosh.
Xilvat etkan ixtiyor ilgida bir ibriqi may,
Tong emas gar qilsa bir bodom ila har kun maosh,
Ey Navoiy, keldi yoru bordi koʻnglungni olib,
Yana bir qatla kelib, joningni dogʻi olsa kosh.

260

Yozuqsiz, jurmsnz bedod etar fosh
Manga ul surmasiz koʻz, voʻsmasiz qosh.
Figʻonkim, bu taraf boqmay oʻtarsen,
Nechakim, koʻzlarim yummay toʻkar yosh.
Sirishkim sayli har yon uyla surdi
Ki, topmon koʻksuma urmoq uchun tosh.
Iliging oʻpkali ochmish ogʻizlar,
Qilichingdin sarosar zaxmligʻ bosh.
Hamono qolmas oʻz holida rangi,
Sizarda suratnngni koʻfsa naqqosh.
Bahodur naqdi din, ey dayr piri,
Karam qil mayki, borbiz asru qallosh.
Demish: kelsam Navoiy qatlin aylay,
Kelib, ne koʻngli istar, aylagay kosh.

261

Pariyzodeki, mushkin zulfi jonim mustamand etmish,
Maloyik qushlari ul halqa moʻlar birla band etmish.
Samandingkim, yolindek tez erur, yuz shukrkim, gardun
Anga bizni samandarvash, munga gardi samand etmish.
Chekarga ishq otashgohigʻa devona koʻnglumni,
Qazo har bir sharar torini bir oʻtluq kamand etmish.
Vafogʻa telbalikdin nopisand oʻlsam, ani koʻrkim,
Jafogʻa kimni mencha ul pariy paykar pisand etmish.
Mayi ravshan tut, ey soqiyki, koʻnglum tiyra qilmish shayx,
Damu afsun bila baskim, anga izhori pand etmish.
Labingda noʻshu zahri hajr ogʻzimda tong ermas, gar
Menga har zaharxand oʻlgʻanda ul bir noʻshxand etmish.
Labi la’lin malohat xoli birla bahravar qilgʻan,
Mening jonimni dagʻi ishq birla bahramand etmish.
Biravkim, sarvdek ozodavash boʻldi bu bogʻ ichra,
Qazo dehqoni ham sarsabz ani, ham sarbaland etmish.
Navoiy, kech visol ummididinkim, haq seni behad
Zalilu zoru yoringni azizu arjumand etmish.

262

Sahob ermaski, kukrab togʻ uza har sari aylanmish
Ki, dudi ohu afgʻonim falak toqigʻa chirmanmish.
Aning ilgidadur koʻnglumki, andin ayrila olmas,
Tamom ul qush masallikkim, kishi ilgiga oʻrganmish.
Kecha uyqu birovda boʻlmasa ne tongki, koʻyungda
Toʻshanmish xorni ostidayu xoroni yastanmish.
Choqilgʻach lam’ai husnung, manga qolmas asar boqiy,
Birovga ne asar qolgʻayki, barq oʻtigʻa oʻrtanmish.
Raqibing ham, iting ham koʻpglumga koʻyungda dushmandur
Ki, tunlar to sahargah tortmish afgʻonu kungranmish.
Jahon ahligʻa gar uyqu harom oʻlsa ajab ermas
Ki, noz uyqusidin ul kofiri bebok uygʻanmish.
Meni oshuftani ul turradin qilmoq xalos oʻlmas
Ki, jonim rishtasi birla aning har tori toʻlgʻanmish.
Zamongʻa bovujudi bevafoligʻ ta’n qilmangkim,
Zamona ahlidin rasmi vafo bobinda saylanmish.
Manga zuhdi riyoi xirqasidin ul palos ortuq
Ki, yuz qatla fano dayrida may loyigʻa bulgʻanmish.
Xusho mugʻ dayrikim, bir damda aylar muflisu rasvo
Biravkim, umrlar ham molu ham nomus qozgʻanmish.
Navoiy zuhd xarfin tavba qilsa, ey riyo ahli,
Anga kelmas oʻlum, bir harzani gar aytmish-tonmish.

263

Dardi koʻp uryon tanimgʻa yuz tuman dogʻ oʻlmamish,
Toki har bir dardigʻa bir dogʻ etar chogʻ oʻlmamish.
To koʻzung oyini usruklukduru bemorligʻ,
Za’fligʻ sarmast koʻnglum lahzaye sogʻ oʻlmamish.
Gʻam tuni ul oydin ayru aylamish anjum xirosh,
Har taraf koʻksumni goʻyo ranja tirnogʻ oʻlmamish.
Poya ishq ahligʻa olidur, yoʻq ersa xalqdin,
Qochqali Farhodning manzilgahi togʻ oʻlmamish.
Foniy oʻlkim, dayr piri jur’asidin bahravar
Boʻlmamish, har kimki bu dayr ichra tufrogʻ oʻlmamish.
Ne asar qilgʻay koʻrub qonligʻ tanim uzra tugan,
Senki hargiz may tomib, gulgun toʻnung dogʻ oʻlmamish.
Ey Navoiy, vasligʻa sendin keyinrak yoʻq kishi,
Kimsa garchi oshiqi sendin burunrogʻ oʻlmamish.

264

Demagil mujgonkim, ul koʻz qasdi ahbob aylamish
Qim, temurdin neshlar aylab, siyahtob aylamish.
Xolu xatdin mushafi ruxsorigʻa kilki qazo,
Mushk birla nuqta, anbar birla e’rob aylamish.
Uyqudin bosh qoʻygʻay ul koʻz sajda, xud qilgʻusi yoʻq
Kofirekim, mastligʻdin azmi mehrob aylamish.
Toʻlgʻadi jon rishtasiyu tori zulfi xushturur,
Gar bir ip eshmak uchun ul ikkini tob aylamish.
Nomabar qush yordin kelgach, oʻlarmen shavqdin,
Jon chekarga goʻyo har tirnogʻni qullob aylamish
Ey xush ulkim, bu havodis dayrigʻa kirgan kishi
Chiqqucha, davron ani masti mayi nob aylamish.
Ey Navoiy, zavraqi umrung qutulmaskim, qazo
Davrigʻa aning falak bahrini girdob aylamish.

265

Dardi ishqing uyla zor etmish meni, ey bagʻri tosh
Kim, qoʻyarmen yigʻlabon har notavon ollida bosh.
Koʻngluma koʻzdin kirib, gʻayri xayolin qoʻzgʻadi,
Zarra xayli qoʻzgʻalur, chun kirdi ravzandin quyosh.
Chun meni qildi balo togʻi junun, tosh otmangiz,
Negakim yerdin olib otmas kishi togʻ uzra tosh.
Reshdur boʻgʻzum balo zahri ichardin, yoʻq ajab,
Holima yigʻlarda andin oʻtkan un topmoq xirosh.
Oʻqi yetkachkim, boʻlub jon birla koʻnglum muztarib,
Iztirob ermas, boshoq ustida aylarlar talosh.
Durdi joming ham gʻizo, ham bodadur, ey mugʻbacha,
Piri dayr iqbolidin shahlargʻa yoʻq mendek maosh.
Eyki, koʻrmaysen Navoiy ohi oʻqi hay’atin,
Bir stundek shu’la koʻk sahfigʻacha, koʻrgil, tutosh.

266

Xil’atinmu qildi ul gulroʻi siyminbar binafsh,
Yo binafsha aylamish gulshannn sar-tosar binafsh.
Argʻuvongun yuz, binafsha rang xat jonim olur,
Xil’ati boʻlsun aning gar argʻuvoniy gar binafsh.
Yoʻqki, ul sanchar binafsha dastasin dastorgʻa,
Egnida xil’atlarin dogʻi qilur aksar binafsh.
Savsaniy boʻrkung yopar kechkangni, ey mir’oti husn,
Koʻzgu yangligʻkim, oʻchasen qildi ohangar binafsh.
Xayli ruhoniy hamonokim, binafsh aylar libos
Kim, haririn aylar ul huri pariy paykar binafsh.
Burqa’ olgʻach, kiydi moviy xil’at uzra savsaniy,
Mehrdin qilgʻan kebi moviyni nilufar binafsh.
Ne binafshadur, ne nofarmon guli, ne savsaniy
Toʻnkim, ul kiygali loyiq emastur har binafsh.
Gul kebi jisminggʻa, ey soqiy, binafsh oyin toʻnung,
Uyladurkim, bodai gulrang uchun sogʻar binafsh.
Gar Navoiy aqli mabhut oʻlsa, qilmang aybkim,
Hoshiya zarbaft etib, deklay kiyar dilbar binafsh.

267

Meni ishq ichra degan oqilu farzona emish,
Degay ulkim, soʻzin eshitsaki, devona emish.
Yopsa yuz har kecha koʻnglum qushidin, tong yoʻqkim,
Malak ul sham’i jahontobqa parvona emish.
Qasri ul husn shahining erur andoq oliy
Ki, falak kungurasi qasrigʻa dandona emish.
Koʻzlarim andin emish qonu ramad aynidakim,
Durd hamkosa munga, hajr anga hamxona emish.
Zaxmi koʻp tanda jununluq koʻngul oromidin
Telbalar maskani fahm oʻldiki, vayrona emish.
Jannatu kavsar umidi bila oʻldung, ey shayx,
Bilki, naqd ushbu fano dayrida mayxona emish.
Zuhd ila eyki Navoiyni oʻkarsen, koʻrduk
Ishi usrukluk emish, hamdami paymona emish.

268

Bizing shaydo koʻngul bechora boʻlmish,
Malolat dashtida ovora boʻlmish.
Anga baskim yogʻar tosh ustida tosh,
Tanida yara uzra yora boʻlmish.
Urarda dam-badam xorogʻa boshin,
Soʻngaklar anda pora-pora boʻlmish.
Balo togʻi aro yotqanda bemor,
Xirad sinjobi xoru xora boʻlmish.
Qora qildi nachukkim roʻzgorim,
Aning ham roʻzgori qora boʻlmish.
Qadah xurshidi qanikim, gʻamidin
Sirishkim kavkabi sayyora boʻlmish.
Navoiy, choradin koʻp dema soʻzkim,
Gʻaminggʻa chorasizligʻ chora boʻlmish.

269

Ul qadar ul kofir islom ahlini qatl aylamish
Kim, shahodat barmogʻin ham zaxm aylab bogʻlamish.
Garchi din ahligʻa aning ilgidin yuzlandi qatl,
Ilgining qonin dogʻi emdi oqizmoq boshlamish.
Qatliga koʻnglumni toʻxtatsam agar yoʻq, vah, ne sud,
Chun meningdeklarni oʻlturmakka koʻngli toʻqtamish.
Nozu istigʻnoda kim ifrot etar, ma’lum oʻlur
Kim, jamoli mufrit erkanni oʻzi ham anglamish.
Ishq zulmi haddin oʻtti koʻngluma, ey porso,
Goʻyiyo bir mustajobud-da’va ani qargʻamish.
Qochmayin aftodaligʻdin, arzi ixlos aylakim,
Doʻst lutfi oqibat aftodalarni qoʻldamish.
Bagʻriyu koʻngli Navoiyning nedin yuz poradur,
Itlaringga toʻ’ma aylarga hamono toʻgʻramish.

270

Har pariy paykarga bir devonayekim zor emish,
Kunda ming zulm oʻlsa, bir ham rahm gohe bor emish.
Qaysi majnuni balokashga pariy ruxsoridin
To abad zulm uzra zulm, ozor uza ozor emish.
Sen bu oyini jafo solding oragʻa, yoʻqsa xalq
Koʻrsa shiddat lutf birla, yoʻqsa barxurdor emish.
Olloh-olloh. bu ne soʻz boʻlgʻay menu hijron tuni,
Vasl subhi qay qachan beyorlargʻa yor emish.
Hajr shomi shiddatidin ishq tarkin har kecha
Jazm etibmen, lek doim subh istigʻfor emish.
Davr jomi birla taskin topmas ermish, soqiyo,
Kimnikim sargashta qilgʻan bu toʻquz pargor emish.
Deb emishsen: Jonni bergaymu Navoiy istasam,
Bilmagansenkim, bu xud jon birla minnatdor emish.

Sod Harfining Sanamlarining Sayti «Favoyid»din

271

Ishqing eliga ranju ano birla ixtisos,
Xayli gʻaminggʻa dardu balo birla ixtisos.
Fitna agar jahonni qora istamas, nedin
Istar ul ikki koʻzi qora birla ixtisos.
Maxsus boʻlmasam sanga yoʻq ayb, boʻlmasa
Olam elida shahgʻa gado birla ixtisos.
Topsa koʻngul qadinggʻa xususiyat, etma ayb,
Kim, koʻrguzar Kalim aso birla ixtisos.
Ul koʻzga qoshu kirpik ila ixtisos esa,
Ne tong qaroqchigʻa oʻqu yo birla ixtisos.
Ovoralarni ista jahon ichrakim, kerak
Dayri fanoda ahli fano birla ixtisos.
Ul gul firoqi ichra Navoiy figʻon bila
Bulbuldururki, topti navo birla ixtisos.

272

Istaram furqat aro jonu jahondin maxlas,
Istamasmen vale ul ofati jondin maxlas.
Hajrida jondin agar oʻzni xalos istarmen,
Jongʻa ne mumkin erur istamak andin maxlas.
Yaxshi ermas manga sendin tilamak oʻzni xalos,
Sen muhiqsen, tilar ersang bu yomondin maxlas.
Tilamang nomu nishonimni balo dashti aro,
Berdi chun ishq manga nomu nishondin maxlas.
Kecha itlar unidin garchi xalos istar xalq,
Itining komi bu faryodu figʻondin maxlas.
Bir zamon zulmlaridin chu xalos ermasmen,
Yoʻq ajab, gar tilasam ahli zamondin maxlas.
Garchi jon mehnatidin qildi Navoiyni xalos,
Qatl ila istamak oʻlgʻaymu falondin maxlas.

273

Raqib ul nav’ erur jonongʻa maxsus
Ki, muhlik dardi aning jongʻa maxsus.
Junun toshin libos ahligʻa otmang
Ki, ul boʻlmish meni uryongʻa maxsus.
Buzugʻ jismimda turmas zor koʻnglum,
Agarchi chugʻz erur vayrongʻa ma.xsus.
Visol ahliyu dardu gʻam, ne ya’ni
Ki, bor ul ojizi hijrongʻa maxsus.
Demang Majnunni yor ollida oʻlmish
Kim, ul ishdur, bu besomongʻa maxsus.
Ne tong davron eliga bevafoligʻ,
Chu bu oyin erur davrongʻa maxsus.
Surudi ayshu kom ahliki boʻlmish,
Navoiy nolayu afgʻongʻa maxsus.

274

Qilmadi jonimni hijron bandidin davron xalos,
Men netib oʻzni xalos istay, chu boʻlmas jon xalos.
Oʻqini chekkanda paykondin xalos oʻldi, vale
Boʻlmadi tutqan soʻngaklar hibsidin paykon xalos.
Jon menga, men jongʻa, oʻlmak istar erdim onsizin,
Meni jondin, jonni mendin ayladi hijron xalos.
Ul pariy ishqin demang yoshurki, ul taklifdin
Telbalik uzri bila boʻldum, meni uryon xalos.
Uyla muhlikdur gʻami hijronki, gar vasl oʻlmasa,
Yo oʻlum andin kishi boʻlmoq emas imkon xalos.
Jon berib, dushvorligʻlar birla davron ahlidin,
Kimki maxlas topti, boʻlgʻan bil ani oson xalos.
Ul pariy shaydolaridin, ey Navoiy, istaram
Uylakim, hush ahlidin majnuni sargardon xalos.

275

Ey, sening dardu gʻaming jonima xos
Kim, alardin tilamon jonni xalos.
Meni hijron evazi aylar, aning
Ishqi har kimga raqam sursa qasos.
Mehmon boʻlmaq emish jon uyida
Yorkim, koʻnglum oʻlubtur raqqos.
Meni ishq etti zabunu ojiz,
Bu emish dardu muhabbatqa xavos.
Xating ul Xizriki, terlasa yuzung,
Obi hayvon aro boʻlgʻay gʻavvos.
Doʻst koʻyida gadolar bilgil,
Boʻlsa xarrozu gar xud xavvos.
Ey Navoiy, tilar ersang maxlas,
Ishq koʻyida shior et ixlos.

Zod Harfining Zamiron Boʻylarining, Ziyosi «Favoyid»din

276

Vah, nelar boʻldi menga ishq gʻamidin oriz,
Yuz ming oncha dogʻi hijron sitamidin oriz.
Ishqu hijron oʻtidin oriz ekancha yuz ming,
Boʻldi agʻyorgʻa ashkim alamidin oriz.
Sabru oromim uyiga bu yiqilmoq boʻldi,
Sar-basar koʻzlar aro ashk namidin oriz.
Xirmani hushuma kuymak ham erur koʻnglumning
Hajr aro soiqakirdor damidin oriz.
Kishvari xotirima muncha buzugʻlugʻlar erur
Barchasi xayli muhabbat qadamidin oriz.
Koʻngluma mugʻbachalar ishvasidin jon xatari,
Dayr pirining oʻlubtur karamidin oriz.
Tori jisminggʻa, Navoiy bu qadar tob oʻlmish,
Ul sanam turrasining pechu xamidin oriz.

277

Holim kim ekin aylaguchi yorgʻa ma’ruz,
Men bedil ishin qilgʻuchi dildorgʻa ma’ruz.
Yerlar oʻpubon ashk toʻkub, nolalar aylab,
Bir xasta gʻamin etkuchi gʻamxorgʻa ma’ruz.
Ey bodi sabo, jon sadqang, gar qila olsang
Zori soʻzin ul boisi ozorgʻa ma’ruz.
Qoʻpqanda sabuhi uchun etsang bu hazinning
Baxt uyqusin ul davlati bedorgʻa ma’ruz.
Hijroni xumori aro ranjur oʻlarimni,
Kim aylagay ul dilbari xammorgʻa ma’ruz.
Hajrim tunida charxki qoldi harakatdin,
Ey ashk, qil ul kavkabi sayyorgʻa ma’ruz.
Bu dardu firoq ichra Navoiyki, topilmas
Bir-bir kim ekin aylaguchi yorgʻa ma’ruz.

278

Ey, yetib la’ling mayidin ruhuma osori fayz,
Lam’asidin kasb etib koʻnglum uyi anvori fayz.
Olloh-olloh, ne labu ne nutqi ruhoso ekin
Kim, Masiho birla Xizr andin qilur izhori fayz.
Fayzlarkim, yetti ishqingdin manga, ofoqni
Gʻarqa aylar fayz bahri, aytsam asrori fayz.
Bu jazo munkirga bas ermasmu kim foiz dedi,
Qobili fayz ermas ulkim, aylagay inkor fayz.
Kir xarobot ichrakim, bir jur’asidin yetkurur,
Fayzni yuz shayxcha bazm ahligʻa xammor fayz.
Dayr piridin yetar yuz fayzu bir yoʻq shayxdin
Kim, munga yetmish yaqin fayzu anga pindor fayz.
Ey Navoiy, mugʻtanamdur piri dayru mugʻbacha
Kim, biridin yetmasa, yetar biridin bor fayz.

279

Ey, latofatda sanga lolayu nasrin oraz,
Bizga aning gʻamidin qon bila rangin oraz.
Meni ul koʻyida bexud koʻrub el der: oʻlmish
Qoʻyubon ollida tufroqqa miskin oraz.
Naylayin ul qaddu oraz gʻamidin bogʻnikim,
Anda yoʻq sarv sifat qaddu gul oyin oraz.
Har pariy tavrida ul orazu lab oʻlturadur
Kim, base tuzluq erur ul labu shirin oraz.
Yangi gulbarglari hoshiyasidin boʻlmish,
Orazing ollida zoli anga purchin oraz.
Demakim, bogʻda yeldin toʻkulubtur gulkim,
Xoʻblar qoʻydi ul oy yoʻlida chandin oraz.
Chu Navoiy koʻrubon yor yuzin, jon berdi,
Gʻamza ta’riz etibon ayladi tahsin oraz.

Te Harfining Tannozlarining Tarovati «Favoyid»din

280

Gar fano rasmini qilmoq tilar ersang mazbut,
Nafs ila ruhni zinhorki qilma maxlut.
Ruh ul nurdururkim, haq anga bermish avj,
Nafs zulmatqa qolib, qilmish anga poya hubut.
Ruh rahmoni erur, nafs erur shaytoni,
Ikkisin bir-biriga qoʻshmaq emastur mashrut.
Ruhgʻa sheva Kalimullo ishin qilmoq fosh,
Nafs fir’avnliq asbobini aylab marbut.
Ruhgʻa daa’b Habibullo ishi oyini,
Nafs Bujahlliq asbobini aylab mabsut.
Yo rab, et bizni habibing sifatigʻa rosix,
Ayla Bujahl tariqin ichimizdin masqut.
Qil Navoiyni hamul xat bila, yo rab, ozim
Kim, biror yonidin ayrildi oʻtuz olti xutut.

281

Qilgʻay ul orazni koʻrmakdin meni hayronni zabt,
Kimki qon toʻkmaktin etkay ul koʻzi fattonni zabt.
Zabt qil dersen koʻzung yoshiyu koʻnglung ohini,
Olloh-olloh, kim qilibtur sarsaru toʻfonni zabt.
Gʻayridin koʻnglum qushi koʻksumni mazbut asradi,
Chugʻzi ojiz, vah ne qilgʻay, aylamay vayronni zabt.
Menki afgʻondin koʻngulni zabt eta olmon, ne nav’
Zulm etar bedodidin aylay koʻngul olgʻanni zabt.
La’li hajrinda firoqi neshidin oʻlsam, ne tong
Kim, qila olmon koʻngulning yarasidin qonni zabt.
Nolani men qayda zabt ettimki, aylay olgʻamen,
Hajrdin har lahza koʻnglum aylagan afgʻonni zabt.
Charxdin ne kelsa, xush tut oʻznikim, qilmas qazo,
Bir sening ra’ying uchun bu gunbadi gardonni zabt.
Zabt qilmas davr ayogʻin sipqorurda, soqiyo,
Shahki jomi adl birla aylagay davronni zabt.
Ey Navoiy, zabt qilmon oʻzni hijron bazmida,
Qilmasam tong yoʻq surudu nagʻmai hijronni zabt.
Soqiyo, may toʻla bermakin azm aylading,
Usruk oʻldumkim, qiladur suhbati jononni zabt*.

282

Ey, xayolingdin manga har dam nishot,
Koʻngluma vasling soʻzidin inbisot.
Gar sanga boʻlmoqqa had yoʻq muxtalit,
Ham tahayyul birla xushtur ixtilot.
Xoʻblarni rux bila qil motkim,
Shoh koʻrmaydur seningdek bu bisot.
Dema, ruxsorim nachuk vasf aylagung,
Qoʻyki, bir dam yaxshi aylay ehtiyot.
Gar pariy sendek dedim yozgʻurmakim,
Telba alfozida boʻlmas irtibot.
Eski olamgʻa koʻngul koʻp bogʻlama
Kim, musofirgʻa vatan boʻlmas rabot.
Koʻrsa hajringdin Navoiy yuz malol,
Raf’ etar, vaslingdin oʻlgʻach bir nishot.

283

Yuzung yonidakim bosh chekti har yondin muanbar xat,
Gul uzra mushkdin kilki qazo qilmish muharrar xat.
Jamoling safhasigʻa ikki qoshing matlayedurkim,
Yozibtur kotibi sun’ ani husn ahli uchun sarxat.
Guli ruxsoringa koʻp zeb berdi sabzai xatting,
Bagʻoyat xushnamo ermish qizil kogʻazda axzar xat.
Yuzungnung tegrasida xatmudur yo sun’ pargori,
Quyoshning davrigʻa tahrir uchun chekti mudavvar xat.
Yuzungnung dogʻi birla aijumungdin ne osigʻ, ey oy,
Quyoshdek oraz uzra xushturur gar xol erur, gar xat.
Meni maxmurlugʻ ranjidin ozod etsang, ey soqiy,
Yozarmen, garchi ilgim titramaktin kelsa abtar xat.
Xating vasfida har nekim savod etmish koʻngul, andin
Erur bir anbarin zanjiri savdo ahligʻa har xat.
Koʻrunur gul kebi orazda mushkin xat, base, dilkash,
Varaq gar xoʻb emastur, xoʻb emas yozmoq muyassar xat.
Navoiy, berma pandim, xosa xat bosh chekti ul yuzdin,
Chiqa olmon xatidin, har nachukkim cheksa dilbar xat.

Ze Harfining Zariflarining Zuhuri «Favoyid»din

284

Gar yorning ahvoligʻadur yor mulohiz,
Oz ham xush erur, boʻlmasa bisyor mulohiz.
Bu davrda yor uyladurur yorgʻa dushman,
Kim tutmas oʻzin onchaki agʻyor mulohiz.
Davr ahligʻa soqiy ne mulohiz boʻla olgʻay,
Nevchunki emas gunbadi davvor mulohiz.
Ne yori vafodor mulohiz ekan oxir
Kim, boʻlmadi ul shoʻxi jafokor mulohiz.
Faryodki, ishqim marazi boʻldi fuzunroq,
Har nechaki, boʻldum meni bemor mulohiz.
May berki, qazo topmogʻusi aql ila tagʻ’yir,
Har nechaki boʻlsa xirad osor mulohiz.
Koʻngliga Navoiyning urar ishq nihon oʻq,
Naylab boʻla olgʻay bu dilafkor mulohiz.

285

Ey, labing zohir etib shirin lafz,
Xoh yolgʻon desun ar xud chin lafz.
Chinu yolgʻonn aning shirindur,
Gar desa bir dam aro chandin lafz.
Otashin la’ling erur bas rangin,
Ne ajab, qilsa ayon rangin lafz!
La’li alfozi meni tirguzdi,
Qaysi bir deb, ne qilay ta’in lafz.
Qahru lutfung bori jonbaxshdurur,
Buyla kim koʻrdi hayotoyin lafz.
Anglamon gʻoyati ma’ni soʻzinga,
Gʻoyatash aylagamen tahsin lafz.
Qil, Navoiy, soʻz aro ma’ni qasd,
Istama uylaki suratbin lafz.

286

Ul pariy tarkida aqlim dedi yolgʻon alfoz,
Ne ajab, aytsa devona parishon alfoz.
Ahli ishq ollida ne lafz degay mustahsan,
Ne degay ahli xirad ollida nodon alfoz.
Hur husnini qiziqroq dedi ul yuzdin shayx,
Surmagay buyla sovugʻluq bila inson alfoz.
Sirri ishqimdin el ollida biror lafz dedim,
Bu emish qilgʻuchi qoyilni pushaymon alfoz.
Lafzi jonbaxsh ila ul umr magar boʻldi Masih,
Yoʻq esa buyla asar birla ne imkon alfoz.
Bir-iki lafz dedim ishqidin — oʻlturdi meni,
Magar emdi degamen hashrda qolgʻan alfoz.
Ul pariy kulmak uchun, koʻrki, Navoiy gʻamidin,
Fosh etar ahli junundek chekib afgʻon, alfoz.

257

Soʻz adosindadur ul koni malohat laffoz,
Uylakim vasfi aro ahli balogʻat laffoz.
Nomasin qush keturub, sayrasa avsofida koʻp,
Yoʻq ajab, chunki boʻlur ahli risolat laffoz.
Yaxshi alfoz ila til gar desa ul oy qavlin,
Tong emastur, kim erur ahli maqolat laffoz.
Vasfi har lafzida yigʻlatdi koʻngul dard ahlin,
Qayda topti bu qadar dard ila holat laffoz.
Koʻngul ollida gʻamin qilma talaffuz, tilkim,
Yetkurur ahli maoniyga malolat laffoz.
Soʻzda ma’ni bila koʻp lafzgʻa mayl aylamakim,
Zohir oroyishini ayladi odat laffoz.
Lafz zebida Navoiyga berur ma’ni yuz,
Qayda ma’nida topar muncha mahorat laffoz.
Avvalgi
I- qism
 



  1. Bu gʻazal «Navodir un-nihoya» devonidan kiritilgan boʻlib, qoʻlyozmada
    Soʻzu yoru yordin soʻrmongki, hijron dashtida
    Qolgʻali bekas unut boʻlmish manga yoru diyor
    bayti bor, ammo u «Xazoyin ul-maoniy»ning XV—XVI asr qoʻlyozmalarining birortasiga ham kiritilmagan, shuning uchun mazkur bayt tushirib qoldirildi.