OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAlisher Navoiy
Asar nomiFavoid ul-Kibar (II- qism)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Alisher Navoiy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm228KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/14
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Favoid ul-Kibar (II- qism)
Alisher Navoiy

Ayn Harfining Ayyorlarining Alomati «Favoyid»din

288

Menga bu nukta xarobot aro boʻldi masmu’
Ki, fano jomi riyo ahligʻa boʻlmish mamnu’.
Qaysi rindeki riyo zotida yoʻqtur bitta’b,
Koʻrunur jomi fano tortsa behad matbu’.
Kimki zotida erur shoibai ujbu riyo,
Qilgʻali qobil emas faqr tariqigʻa shuru’.
Dayr piri qulimenkim, qilibon may shoyi’,
Bergay ul ujbu riyo jonibi oʻrtarga shuyu’.
Toki bir jom bila mugʻbachai bodafurush,
Xiradu aqlni majnun yasagʻay bal masru’.
Manga ul jomni gar tutsa, fidosidur aning
Ilmu dinu xiradu zuhd ila taqvo majmu’.
Dayr piri bila to mugʻbacha boʻlmay, qilma,
Ey Navoiy, yigitu qarigʻa holingni ruju’.

289

Qilgʻali begonalarga oshno jonona tab’,
Oshnolargʻa boʻlubtur, voykim, begona tab’.
Oʻrtanurmen tokim ul el tiyra shomim yorutur,
Boʻlgʻali ul sham’vash, men boʻlmisham parvona tab’
Xoli sari aylasa parvoz koʻnglum, tong emas,
Kim taajjub aylagay gar qushqa istar dona tab’,
Yor chun kulbamga kirmas, xonumon tark ayladim,
Yoʻqsa boʻlmoq istamasmu yor ila hamxona tab’.
Men jahon afsonasi, ul shoʻx mayl etmas, netay,
Garchi shoʻx atfoligʻa doim tilar afsona tab’.
Yor to azm etti, ta’bimgʻa buzugʻlugʻ qoʻydi yuz,
Boʻlmisham ul husn ganji hajridin vayrona tab’
Davlati boqiy tilar koʻnglung, fano kasb aylakim,
Dahri foniy sari mayl aylamas farzona tab’.
To meni dayr ichra rasvo ayladi ul mugʻbacha,
Bogʻladim zunnoru istar sogʻaru paymona tab’.
Ey Navoiy, ul vafosizdin qutulsang, tutma uns,
Har nechakim bevafolar mayli qilsa yona tab’.

290

Masti bebokim qachon holimgʻa boʻlgʻay muttale’
Kim, qulogʻigʻa desam sirrini, boʻlmas mustame’.
Jam’ etar chogʻda koʻngul, zulfung parishondur base,
Lek solurda parishonligʻ, boʻlur koʻp mujtame’.
Qahr qilsa oʻlturub, bu turfakim, lutf etsa ham,
Qatl ishida boʻlmish ul qotil bagʻoyat muxtare’.
Tufrogʻimni yel sovurmay koʻyidin sof oʻlmadi,
Boʻldi bori, bor esa mendin gʻubori murtafe’.
Ishq oyinida bid’atlar tuz etting zulm aro,
Qaysi bir mazhabdasen, kofurdek oʻlgʻay mubtade’.
Ishq oʻtin tark etmasam nosih soʻzi birla, ne tong,
Pand ila parvona kuymaktin boʻlurmu mumtane’.
Doʻstlar, yozgʻurmang ar daf’ aylay olmon ishq oʻtin,
Chora birla kim qazo boʻlgʻanni qilmish mundafe’.
Kim fano dashtigʻa kirdi, oʻzni hamroh etmasun,
Qat’ chun boʻlmas bu yoʻl, oʻzluktin oʻlmay munqate’.
Koʻrgach ul oyni Navoiy tortti bexud figʻon,
Kim boʻlur behud, figʻon qilmoqtin oʻlmas muttale’.
Dilbar yuzin koʻrarga boʻldi niqob mone’,
Ul nav’kim, quyoshqa boʻlgʻay sahob mone’.
Terga uzoring andoq gʻarq oʻldikim, koʻrunmas
Kim koʻrdi ul koʻrarga boʻlgʻay gulob mone’.
Kulgilki, zohir oʻlsun gʻunchangda jolalarkim,
Dur rishtasigʻa boʻlmish yoquti nob mone’.
Koʻzda yoshunmish ul oy, ashkim boshimdin oʻtmish,
Daryoda kim koʻrubtur durgʻa hubob mone’.
Ul gʻamza qon qilurgʻa, ul koʻz vafo qulurgʻa,
Bedodu zulm bois, nozu itob mone’.
Tan tufrogʻin sovurmay, yetmas safo koʻngulga,
Boʻlgʻan kebi safodin sugʻa turob mone’.
Yor istasang, Navoiy, sabr istagilki, doim
Keldi visol ishiga jahdu shitob mone’.

292

Chun shabiston ichra qildi orazin jonona sham’,
Mash’ali mehr oʻlsakim, koʻzga koʻrunmas yona sham’.
Band ayogʻida nedindur boshida savdo oʻti,
Ey pariy, ishqingda gar xud boʻlmamish devona sham’?
Yigʻlaru oʻrtar oʻzin to subh goʻyo har kecha,
Hajr aro boʻldi meni mahzun bila hamxona sham’.
Dema kuymak savtikim, uyqu yoʻqigʻa rahm etib,
Der zabona shaklidin til tortibon afsona sham’.
Ekkali parvonalar koʻnglida goʻyo tuxmi mehr,
Ashkdin atrofida ham su sochar, ham dona sham’.
Yo muhabbat oʻtidin parvonani kuydurgali,
Yorutur oraz oʻtin har lahza mahbubona sham’.
Qoʻymadi parvonani fonus aro men zordin,
Ul mahi xirgahnishin boʻlgʻan kebi begona sham’.
Balki oshiq doʻstlardin dururkim oʻrtanur,
Toki shavqi oʻti ichra oʻrtanur parvona sham’.
Ey Navoiy, bot oʻchur ohing yelidin sham’ni,
Topti chun ul yuz furugʻidin bizing vayrona sham’.

293

Koʻzum yoshardi, ayon boʻlgʻach ul jamoli bade’,
Buloʻtqa su toʻlar ul damki, boʻldi fasli rabe’.
Tasavvur etsa qoshing toqini koʻngul titrar,
Qazo muhandisi baskim chekibtur ani rafe’.
Nedin ayogʻinga tushkay boshinggʻa evrulubon,
Quyosh gar oʻlmasa husn ichra qullugʻunggʻa mute’.
Qoshing xayoli toriqmay koʻngulda evrulsun,
Erur chu qiblanamo poʻyasigʻa huqqa vase’.
Ne nav’ barqni deykim, buroqi yangligʻ erur
Kim, ul batiyduru muzlim, bu bir muniru sare’.
Navoiy, uyla tirilkim, uyatdin oʻlmagasen,
Agar Rasul alayhis-salom boʻlsa shafe’.
Qilurni ayla rioyat demakda asra adab
Ki, doʻst fe’lingu qavlinggʻadur basiru same’.

294

Qizil koʻnglak yengin orazgʻa yopsang, vajhi yoʻq voqe’:
Quyosh ollida koʻrmaydur kishi gulgun bulut mone’.
Yuzidek mumkin ermas oy, musavvir, chekma zahmatkim,
Quyosh jirmin qoʻshub hal aylasang, rang oʻlgʻusi zoye’.
Labi ham oʻrtadi jonim, ham ochiq soʻz dedi, ya’ni
Chuchuklukdin isitqangʻa achigʻ sharbat erur nofe’.
Yuzin ochsa, necha qilsam nazar, ogʻzini koʻrmasmen,
Nazargʻa garchi kelmas zarra, xurshid oʻlmayin tole’.
Jamol ochqan soyi majnunlugʻum oshsa, ajab ermas:
Pariyning jilvasi savdogʻa hargiz boʻlmadi dofe’,
Labing jonimgʻa qilsa mayl, darding xasta koʻnglumga,
Tong ermastur, nedinkim, aylar ashyo asligʻa roje’.
Koʻzung fikri bila tan xilvatida notavon koʻnglum,
Riyozat aynidindur kunda bir bodom ila qone’.
Fano yoʻligʻa oʻzluktin shuru’ etganga tor oʻldi,
Gar oʻlsa hodii tavfiq ochiqdur behad ul shore’.
Navoiy dayr aro gar butparastu mast esa, tong noʻq,
Ne qilsa piri dayr, ul ham qilur, chunkim erur tobe’.

Gʻayn Harfining Gʻazolalarining Gʻavgʻosi «Favoyid»din

295

Oncha mahzun koʻnglum oʻlmish ishqdin ozorligʻ
Kim, qilurmen yigʻlabon, har kimni koʻrsam, zorligʻ.
Doʻstlar, koʻp zorligʻ qilsam ajab ermaski, bor
Zor koʻnglum doʻst javridin, base, ozorligʻ.
Bois ermish yngʻlamoqlargʻa boʻlub koʻngli zaif
Oshiqekim, furqat ichra cheksa koʻp bemorligʻ.
Kimsaga gar gʻam yetar, gʻamxori boʻlsa, gʻam emas,
Ul erur gʻamkim, yetib gʻam, topmagʻay gʻamxorligʻ.
Tigʻdin afgor emas, marhamni tashlangkim, iloj
Vasldur, topqan koʻngulga hajrdin afgorligʻ.
Boʻlma gulzoringgʻa koʻp mash’uf, ey dehqonki, yoʻq
Tongla rangidin bu gullarning chaman osorligʻ.
Chun Navoiy yoridur Shirinu Laylidek, ne tong
Aylasa farhodvashligʻ, yoʻqsa majnunvorligʻ.

296

Otashin la’ling oʻti ayladi koʻnglumni nsigʻ,
Boʻldi bagʻrim dogʻi koʻnglum isigʻi birla qizigʻ.
Yaraqon ot qoʻyadurlar manga hikmat ahli
Kim, harorat yuzu koʻzumni dogʻi qildi sarigʻ.
Men anga oshiqu koʻz ham yuziga oshiqdur,
Ishq ahlining erur rangi sarigʻ, ashki arigʻ.
Men agar yigʻlar esam talx chuchuk la’ling uchun,
Koʻzlarim dogʻi toʻkar ashkni achchigʻ-achchigʻ.
Ani chun koʻrdum, aning koʻyida qoldim mung ila,
Doʻstlar, siz oʻtung, ish tushti manga osru qotigʻ.
Husni davrigʻa vafo yoʻq, bu quyosh bot uyoqur,
Xoʻblardin xush erur yaxshiligʻu yaxshi qiligʻ.
Qon toʻkar koʻngli Navoiyningu ashk ikki koʻzi,
Ulgusi ishq gʻamin gar yemasa issigʻ-iligʻ.

297

Yetmay ikki labing mayidin koʻngluma osigʻ,
Shoʻroba oqti ikki koʻzumdin ochigʻ-ochigʻ.
Gohi yuzumga bir guli ra’no gʻamida boq,
Qonlarki tomdi — bir yuzi gulgun, biri sarigʻ.
To oqti sayli ashk, yudi doʻst gʻayridin
Koʻzni, bu vajh ila koʻzum oʻlmishturur origʻ.
Faryodkim, tushar manga chun dard ila firoq,
Ishq ahli ichra qatl uchun solsalar soligʻ.
Daryoi shavqidin meni man’ etma, ey xirad
Kim, oʻlgum uylakim tushar ayru sudin baligʻ.
Koʻp qovma, shayx, mugʻbachalar koʻyidin meni
Kim, koʻnglum osru yumshoqu bu ish erur qotigʻ.
Derlar fano yoʻli safarida osigʻ, base,
Oʻzluk bila Navoiy agar kirsa, ne osigʻ.

298

Yuzung hajrida kim chekti figʻonu zor men yangligʻ,
Kim ochti yuzda gulgun ashkidin gulzor men yangligʻ!
Agar ushshoqini bir tigʻ ila husn ahli qat’ etti,
Kishi hijronda qolsa, oʻlmadi dushvor men yangligʻ.
Firoq ahli agarchi oʻlmak istar, ey ajal, kelkim,
Emas sendin kishi bu ishta minnatdor men yangligʻ.
Koʻzung qatl aylab, el qonini koʻp ichti javr ila, lekin
Asire topmadi ul qotili xunxor men yangligʻ.
Majonin boʻldilar atfol toshidin koʻp ozurda,
Vale boshtin-ayoq bir boʻlmadi afgor men yangligʻ.
Biravni, eyki, sevmak orzu qilding havosinda,
Iligdin ixtiyoring bermagil zinhor men yangligʻ.
Kishi badxoʻlar ishqidin etmak ehtiroz avlo,
Yoʻq ersa koʻrgusi har lahza yuz ozor men yangligʻ.
Tilar boʻlsang zamona qaygʻusi daf’igʻa bexudlugʻ,
Kerak boʻlsa maqoming kulbai xammor men yangligʻ.
Agar bulbul guliston ichra koʻrdi xordin ozor,
Va lekin koʻrmadi, ey lolarux, ozor men yangligʻ*.
Navoiy, gar xirad mulkida savdodin batang oʻlsang,
Qadam urgʻil fano dashtida majnunvor men yangligʻ,

299

Agar kelmasa, intizorim qoʻyar dogʻ,
Valek iztirob oʻrtar, ul oy kelur chogʻ.
Manga bogʻu gulzor aning orazidur,
Gar ul boʻlmasa, baytul-ahzon erur bogʻ.
Dema shavq oʻtigʻa taskin berur may,
Yonar, shu’lam oʻtigʻa koʻp quymagʻil yogʻ.
Men ar mastu bemorligʻ birla oʻldum,
Hamisha jahon ichra sen boʻlgʻasen sogʻ.
Dedingkim, ololmasun dilrabolar
Ki, koʻnglumga qoʻydung ogʻir hajrdin togʻ.
Bahori jamolingda nolamni xush tut
Ki, tengdur, bahor oʻtsa, bulbul bila zogʻ.
Navoiy firoqingda ul nav’ itti
Ki, gardi topilmas, gʻaming solsa tufrogʻ.

300

Zahri hijroning chu ayshim komini qildi ochigʻ,
Noʻshi vasling elga yetkandip manga yoʻqtur osigʻ.
Tosh yogʻdurgʻandin atfol oʻlmadim, oʻlturdi hajr
Kim, suubatda bular andoq emas erdi qotigʻ.
Ashk aro oʻldum, yigʻishtur emdi zulfung shastini
Kim, su uzra kelgusi daryo aro oʻlgan boligʻ.
Qatra-qatra qon yoshimdin chehram oʻlmish uylakim,
Tim-tim etgaylar qizil kogʻaznikim, boʻlgʻay sorigʻ.
Yuzda hajringdinki tirnogʻ oʻrni xatlar boʻldi qon,
Har biriga ashkdin su ochibon qildim origʻ.
Olgʻali dunyo arusin, eyki, sotting naqdi din,
Umr sotib, marg olmoq angla, bu sotigʻ-oligʻ.
Istaram, la’ligʻa qilgʻaymen chuchuk jonim fido,
Ey Navoiy, anga dermen kelmagay nogah ochigʻ.

301

Pariyni kim desa ul mehri xovari yangligʻ,
Erur nachukki, degay devni pariy yangligʻ.
Boshimki, hajr yoʻlida falakdek aylandi,
Koʻzum yoshi erur ul charx axtari yangligʻ.
Firoq shu’lasida pora-pora koʻnglum erur,
Demay kabobkim, ul oʻtning axgari yangligʻ.
Koʻzung fusungar, aning oʻti otashin la’ling,
Labingda xol aning oʻt uzra anbari yangligʻ.
Junun eli shahimen, togʻ avji taxtimdek,
Qush oshiyonlari boshimning afsari yangligʻ.
Gʻanimat angla vafo bulbulunggʻa, ey gulkim,
Xazon yeli yetishur hajr sarsari yangligʻ.
Navoiy, oʻzga shahu oʻzga kishvar etma havas
Ki, topmagung shahi Gʻoziy bila Hiri yangligʻ.

302

Muddai, chun daming ermastur issigʻ,
Qilma sovugʻlugʻu hamgomani yigʻ.
Oʻxshar axloqinga husnungki, erur,
Yaxshiliq lozimasi yaxshi qiligʻ.
Tutti gar dashtni Layli, ne ajab,
Kishvari husnung aro tutti qirigʻ.
Zaxmlar uzra magar qoʻygʻali dogʻ,
Xanjaring koʻnglum aro boʻldi qizigʻ.
Husnunga oʻxshadi jonbaxsh soʻzung,
Kimki bor oʻzi siligʻ, soʻzi siligʻ.
Pardadarligʻ chu erur zohid ishi,
Xirqa uzra ne osigʻ muncha sirigʻ.
Koʻyidin qovsa, Navoiy, seni yor,
Ohu ashking bila chigʻ issigʻ-iligʻ.

Fe Harfining Fitnalarining Fusuni «Favoyid»din

303

Ulki qilgʻay oʻzi kashshof ramuzin makshuf,
Kashfi yoʻq aylamayin oʻzluki harfin mahzuf.
Bahra yetkurmadi zuhd ahligʻa fayz iksiri,
Naqdi umrin chu riyo kasbida qildi masruf.
Xirqai faqr kerak sirri nihon kasbigʻakim,
Pardai roz aning zayligʻa keldi ma’tuf.
Aylagil naqdi hayotingni fano ahligʻa vaqf,
Luqmai vaqf yemakni vale etgil mavquf.
Dunyo asbobi najosat kebidur mazbalada,
Pokravlar nachuk oʻzni anga qilgʻay mash’uf.
Har ne haq amrini der murshidi komil, ani qil,
Gar sifotulloh aro oʻzni tilarsen mavsuf.
Soqiyo, hajr xumoridin oʻlarmen — rahm et,
Charxni zarf qilu ulki bilursen mazruf.
Topsa ul zarf ila mazrufni xush sipqargʻay,
Ulki orifligʻ ila dahrda boʻlgʻay ma’ruf.
Ey Navoiy, boru ushshoq ayogʻi tufrogʻi boʻl,
Ishq sirrin, tilasangkim, sanga boʻlgʻay makshuf.

304

Qilmadim ul sarvi gulrux manzili boʻstonni tavf,
Doʻzax ahli aylay olmas ravzai rizvonni tavf.
Koʻnglum ichra yuz balo mahbus topqung, aylasang
Tavf ani andoqki, shahlar aylagay zindonni tavf.
Ochilur koʻnglum, qilur sayr el buzulgʻan koʻnglini,
Chugʻz qilgʻandek tarab kasbigʻa har vayronni tavf.
Durri ashk oqizgʻali hajring koʻzum atrofida,
Tojiredekturki, qilgʻay sohili Ummonni tavf.
Ul pariyvash manzilidakim, yiqildim, qasd emas,
Soldi bu holatqa men majnuni sargardonni tavf.
Poya oliy istasang, tajrid et avval ixtiyor,
Iso andin aylar ushbu nilgun ayvonni tavf.
Bir Navoiyning buzugʻ koʻngliga evrul, rahm etib,
Netti gohi Yusuf etsa kulbai ehzonni tavf.

305

Garchi togʻdin ogʻir etti dardu ozorimni za’f,
Lek xasdin ham yengil qildi tani zorimni za’f.
Bilmagil, holimni gar ahbob soʻrmaslar, ajab,
Kim qilibtur tanimasdek jismi bemorimni za’f.
Hajr shomi ne ajab toʻlgʻanmoqu boshimda oʻt,
Sham’ning chun toridek qildi namudorimni za’f.
Rishtai la’ling, degay, topmish uchugʻ birla girih,
Koʻrgan elkim, qongʻa solmish joni afgorimni za’f.
Sabr mumkin yoʻq junun oshubi dogʻi za’fdin,
Vahki, nobud ayladi oxir yoʻqu borimni za’f.
Xatti mavhum oʻldi tan anda, koʻngul imkoni yoʻq,
Qoʻymadi asrargʻa yer ishq ichra asrorimni za’f.
Ul quyosh ishqi qaviyroqdur, Navoiy, nechakim,
Zarracha ham qoʻymadi hijronda miqdorimni za’f.

306

Birovga musallam tariqi tasavvuf
Ki, zotida mavjud emastur taxalluf.
Tasavvuf rizo ahlidin yaxshi axloq,
Erur istilohoti zebu takalluf.
Tasavvuf emas zuhdu taqvoyu toat
Ki, anda riyo yoʻl topar betavaqquf.
Erur mahz taqvoyu lekin riyosiz
Ubudiyat sarfu ayni talattuf.
Ne el qavlu fe’ligʻa andin taaddi,
Ne haq amru nahyigʻa andin tasarruf.
Oʻzin uyla beixtiyor anglabonkim,
Ne qolib taraddud anga, ne taassuf.
Qilib haq vujudida mahv oʻz vujudin,
Navoiy, muni bil tariqi tasavvuf.

307

Chok koʻnglumni olib dardini qilding taz’if,
Meni bedilgʻa ani bermas esang, qil tansif.
Kufri zulfini qoʻyub, kim desa, islomgʻa kir,
Bordur islom elini kufrgʻa qilmoq taklif.
Yuzung ollida quyosh vasfini qilmogʻligʻ erur
Sham’ nurini quyosh olligʻa qilmoq ta’rpf.
Husn sinfida, yuzung vasfida mingdin bir emas,
Oshiqing yuz ming esa, har biriga ming tasnif.
Dardu ranjing bila borini qilibmen mamlu,
Oʻqlaring zaxmiki koʻnglum aro solmish tajvif.
Hajr oʻti birla manga ishq beribtur varzish,
Voizo, doʻzax oʻtidin yana qilma taxvif.
Yana masjidda Navoiyni tilarsen, ey shayx
Tilasang ani, ketur maykada sari tashrif.

308

Jonim ichra za’fdur yuzlangali jonongʻa za’f,
Boʻlmasun jononima za’f, oʻlsa oʻlsun jongʻa za’f.
Orazida tobu yoʻq ogʻzida kulgu goʻyiyo,
Mehr tobidin erur ul gʻunchai xandonga za’f.
Aylanurda boshigʻa za’f ayladi goʻyo asar,
Qildi aning za’fidin bu zori sargardongʻa za’f.
Hayratim za’figʻa mundoq aylamish bexud meni,
Za’figʻa hayron qolib, boʻlmish meni hayrongʻa za’f.
Bistari gulrang uza ul nav’ uzalmish za’fdin
Kim, uzori uzra boʻlsa nargisi fattongʻa za’f.
Soqiyo, bir jur’a birla quvzatimgʻa bois oʻl
Kim, base, gʻolibdurur bu xastai hijrongʻa za’f.
Ey Navoiy, yor za’fi buzdi koʻnglum, uylakim,
Mamlakat boʻlgʻay xarob, oʻlgʻan zamon sultongʻa za’f.

Qof Harfining Qiyomatlarining Qironi «Favoyid»din

309

Bu nukta soʻrdi fano dayri ichra piri tariq
Ki, betariqqa yetmas hidoyati tavfiq.
Tariqi joddai shar’ erur bu dayr ichra
Ki, anda kimki suluk etti — boʻldi ahli tariq.
Yana hidoyati tavfiq ulki, bergay haq,
Koʻngulga dagʻdagʻai azmi kishvari tahqiq.
Yoʻl osru boʻrtoq erur, tun qorongʻu, dasht uzun,
Koʻp osru qat’i tariq ahliyu yoʻq anda rafiq.
Kishiga boʻlmasa hodi, padid emas maqsad,
Hidoyat oʻlmay aning qat’in etmagil tasdiq.
Bu dasht qat’n ajab sa’b erur, tut, ey soqiy,
Toʻla qadahkn, gʻamim bahri yangligʻ oʻlsa amiq.
Kim uyla bahr ichiga shavq zavraqin sursam,
Ham oʻzlukum, ham oʻzum boʻlgʻay anda barcha gʻariq.
Erur bu bahri xarobot ishq jomi mayi,
Tutargʻa mugʻbachalar boʻlsa dilpaziru shafiq.
Navoiyo, seni ul bahrning gʻariqi degan
Magarki mast koʻrub, buyla ayladi tahqiq.

310

Ey, jamoling sham’igʻa jon birla koʻnglum muhtariq,
Gah muxolif aylanib boshingʻa, gohi muttafiq.
Ikki parvonaki, bir sham’ ustiga aylansalar,
Gah muvofiq, gah muxolif, shak yoʻq oʻlmoq muhtariq.
Gar zakoti husn ulashmak istasang, ey koʻrkaboy,
Bil yaqinkim, ushbu munglugʻdek topilmas mustahiq.
Daf’a-daf’a dudi ohim hadsiz uchqun birla koʻr,
Gʻam tunidek bir-bir uzra charxu anjum muntabiq.
Chunki sensen ruhi poku men nachukkim tiyra xok,
Suhbatimdin topsa tab’ing tiyralik, sensen muhiq.
Har nekim kelsa qazodin, shokir oʻlmoq shart erur,
Sudi yoʻq juz gʻussa, kimsa har necha boʻlsa mudiq.
Chun Navoiy riqqat aylab, nazm etar sharhi firoq,
Furqat ahligʻa tong ermas boʻlsa ash’ori muriq.

311

Choqin oʻti qila olmas gʻamim tunini yoruq,
Sahob yetkura olmas tugonlarimgʻa momuq.
Chu bordi xastamen onsiz, har oyinaki kishi
Ki, jondin oʻlsa yiroqroq, boʻlur oʻlumga yovuq.
Yuzung nazzorasidin koʻzki qoldi, yoptingkim,
Emas mutolaasiz rasm mushaf oʻlmoq ochuq.
Manga siyosati hajr ichra bir sharar basdur
Ki, moʻr oʻrtagali ermas ehtiyoj tomuq.
Xayolidur mutazarrar koʻngulda ohimdin
Qi, yoʻq tahammuli xoh issigʻ oʻlsa, xoh sovuq.
Base yorugʻlugʻ umid oʻldi uyla ravzanadin,
Tobonki dashti fano poʻyasidin oʻlsa yoruq.
Qul oʻldi manglayida dogʻ koʻp koʻrub ehson,
Vafosi bazmida baskim Navoiy etti tobuq.

312

Ey aql, qilmagʻil koʻp tavsanligʻu harunluq
Kim, ishq bizga soldi ojizligʻu zabunluq.
Men yoʻqki, charxi a’zam to bir quyosh mehrin,
Ishq ichra qilgʻali fosh, oʻldi anga nigunluq.
Kim hajr zulmatida itsa ne tongki qilgʻay,
Aynul hayot vaslin ham Xizr rahnamunluq.
To ishq shiddatida tavshalmas odamizod,
Noodamiyliq andin ketmas yiroqu dunluq.
Gar ishq zaxmigʻa vasl marham desangki qoʻysun,
Xijronda osru qilma besabru besukunluq.
Har nechakim yuz oʻlsa hijronda za’faroni,
Gʻam yoʻq berur chu qon yosh ul yuzga lolagunluq.
Bir jom ul pariyvash to tutti, kimki koʻrdi
Aytur meni: erur bu yo mast, yo jununluq.
Bu ishqi pok birla xirqamni huru rizvon
Yirtishlar, qilurgʻa hullalarin yurunluq.
Vasl istading, Navoiy, ofat boshinggʻa yogʻdi,
Boshingda qayda tushti bu tole ozmunluq.

313

Ne haddim orzu qilmoq ul oy bazmida mahramliq,
Muyassar boʻlsa xushtur, itlari xayligʻa hamdamliq.
Meni devona qilgʻan vajhdin ani pariy dermen,
Yana bir vajh bukim, tavrida kam koʻrdum odamliq.
Inon, tuz qomating haqqiyu ohimdin hazar qilgʻil
Ki, gulshan ichra nozuk naxlgʻa yeldin boʻlur xamliq.
Qotiq holimga charx aylab taponcha birla koʻk yuzni,
Nujum ashkidin etti nilufar bargini shabnamliq.
Manga boʻl yorkim, ishq ahli birla husn eli ichra,
Muqarrarligʻ manga yetti, sanga tegdi musallamliq.
Ne husnu nutq erur, yo rabki, zohir aylasang andin
Quyoshqa tiyraligʻ boʻlgay, ayon Isogʻa abkamliq.
Zamon ahlini qotiqmu deyin yo sustkim, yoʻqtur
Jafo ichra alarda sustligʻ, ahd ichra mahkamliq.
Fano dayri gadoyimen, mayim eski safol ichra,
Tamosho aylab, ey shayxlar, koʻrung ul jom ila jamliq.
Navoiy, dayr piri nuktasin fahm etmasang, mast oʻl,
Nedinkim osru koʻp voqi’dur ish sirrida mubhamliq.

314

Ne haddim bor itingning poyboʻsin muddao qilmoq,
Manga basdur muyassar boʻlsa yer oʻpmak, duo qilmoq.
Ayogʻingdur manga hojatki, gom urgʻay mening sari,
Sanga osondurur bu hojatim, jono, ravo qilmoq.
Tilu xomam jahonni tutti, ammo husnungu ishqim
Qalam ham aylay olmas naqshu til dogʻi ado qilmoq
Koʻzu qoshing koʻngulning roʻzgʻorinkim qora qildi,
Kerak shukr etmasa zohir, yuzin dogʻi qora qilmoq.
Agar mujgonu qoshing hayrati ermas edi gardun,
Ne erdi aylamak ohim oʻqu gardunni yo qilmoq.
Qilay ming sajdai shukr, ulki umrum sajdada oʻtti,
Topa olsam qoshing mehrobida borin qazo qilmoq.
Xato qilgʻach, ibodat tarki ta’na urma, zohidkim,
Ubudiyat ishinnng lozimi keldi xato qilmoq.
Riyodin ayladi ujbumni afzun xonaqah shayxi,
Xaroboti fano pirigʻa avlo iltijo qilmoq.
Navoiy ishqi ul oy husni birla tav’omondurlar,
Alarni boʻlmas, ey pand ahli, bir-birdin judo qilmoq.

315

Bir qatla boʻlsa erdi ul gul uzor oshiq,
Boʻlgʻaymu erdi muncha ollida xor oshiq.
Ishq ichra kuysa erdi bir tun, qilur edi rahm,
Gʻam shomi oh oʻtidin cheksa sharor oshiq.
Xore ayogʻin afgor etmay ne fikri boʻlgʻay,
Gar qilsa xora birla koʻnglin figor oshiq.
Jonni fido qilsam ta’n etmangizki, bordur
Yor ollida oʻlarga beixtiyor oshiq.
Sham’i jamolin ochqoch, oʻrtanmakim ne tongkim,
Kuymak aro keraktur parvonavor oshiq.
Ishq ichra e’tiboring gar yoʻq, bu mu’tabardur,
Boʻlsa kerak fanodin bee’tibor oshiq.
Oshiq esang, Navoiy, koʻp za’fdin toriqma,
Ne boʻlgʻusidur oʻlmay zoru nazor oshiq.

316

Ashkdin jismim binosin qoʻymadi obod ishq,
Ohdin berdi vujudim tufrogʻin barbod ishq.
Hajr aro gʻurbat yana bemorligʻ birla junun,
Qildi jonim qismati bu nav’ yuz bedod ishq.
Shu’lasidin tushti oʻt olamda ul yuz hajrida,
Har qachon koʻnglumni qildi oʻrtamak bunyod ishq.
Hajru dardu sabrsizligʻ keldilar qotil bari,
Lek bu fan ichra bordur barchagʻa ustod ishq.
Yuz fasonam bor ani koʻrgan zamon arz etgali,
Jilva qilgʻach, voykim, bermas birin ham yod ishq.
Qatlini ishq ahli topmas jon berib, to ayladi
Gʻamza tigʻi birla mahvashlar koʻzin jallod ishq.
Sendin oʻrgangan kebi Layliyu Shirin zulmu kin,
Mendin oʻrganmak kerak Majnun bilan Farhod ishq.
Vasl tahsili uchun, ey shayx, taqvo qilma amr
Kim, fano oyinin aylabtur manga irshod ishq.
Ey Navoiy, ofiyat koʻyida sen boʻl shodu xush,
Kim meni dardu balogʻa aylamish mu’tod ishq.

317

To meni mehnat tuniga mubtalo qildi firoq,
Roʻzgorimni savodidin qoro qildi firoq.
Qon yoshim oqmogʻligʻ erdi, dard ila gʻam hojati,
Hojatin oʻz qavmu xaylining ravo qildi firoq.
Oqibat to naylagay nozuk koʻngulga dardni,
Koʻp suubat birla holo ibtido qildi firoq.
Jonu koʻnglum har biri yigʻlarlar oʻz ahvoligʻa,
Goʻyiyo koʻksum uyin motamsaro qildi firoq.
Vasliga shukr etmagan boʻlsam, mahalli ta’n emas.
Chun yuz onchakim kerak erdi sazo, qildi firoq.
Davr koʻrkim, ulki ichti bir qadah noʻshi visol,
Soʻngi qatla zahr ila jomin toʻlo qildi firoq.
Har dam onsiz yuz oʻlum erdi Navoiy jonigʻa,
Bir oʻlum birla bu dardigʻa davo qildi firoq.

318

Ey, kalomi jon fizoying naqdi jondin yaxshiroq,
La’li jonbaxshing hayoti jovidondin yaxshiroq.
Garchi hajringdin yomon holatda men, lekin manga
Kimki andin yaxshiroq yoʻq, sensen andin yaxshiroq.
Xalq tarki ishqing aylarga biravni qatl uchun,
Gar tilarsen, topmagʻung men notavondin yaxshiroq.
Ishq sahrosida yod etma vatandin, ey xirad
Kim, bu nav’ ovoraligʻ yuz xonumondin yaxshiroq.
Istasang, ey ishq, Majnun oʻrnigʻa sargashtaye,
Bilki, topqung yoʻq bu rasvoi jahondin yaxshiroq.
Dayr aro yaxshi-yomon ollida bosh qoʻysam, ne tong,
Kimki yoʻq andin yomonroq, men yomondin yaxshiroq.
Ey Navoiy, xurdai nazminggʻa isloh istasang,
Kimsa qilmas ani shohi xurdadondin yaxshiroq.

319

Ul pariyvash muddaigʻa mehribondur, bizga yoʻq,
Filmasal ollida aning itga sondur, bizga yoʻq.
Koʻyida itlarga maskandur valek qavlar meni,
Vahki, hamdamlarga anda xonumondur, bizga yoʻq.
Elni har dam oʻlturur, bizni bu gʻam oʻlturdikim,
Lutfi aning oʻzgalarga har zamondur, bizga yoʻq.
Tong emas gar oh xoki tanni barbod aylasa,
Gardgʻa chun ostonida makondur, bizga yoʻq.
Itlari mehmon boʻlurgʻa yoʻq hadim, ne nav’ dey
Kim, ul oy mahsuslargʻa mehribondur, bizga yoʻq.
Hay deguncha chun oʻtar ham ayshu ham gʻam, bas nedur,
Gar falakdin elga ayshi begarondur, bizga yoʻq.
Qismat ar dilxoh ila ermas, Navoiy, shukrkim,
Elga bu ish mujibi ohu figʻondur, bizga yoʻq.

320

Birov jismigʻa otsa ul siymtan oʻq,
Mening jonima sanchilur yuz tuman oʻq.
Budur turfakim, buyla holimni anglab,
Manga otmas ul shoʻxi novakfikan oʻq.
Boshoqdin yogʻar obi hayvon ulusqa,
Chu yogʻdursa ul qotili safshikan oʻq.
Koʻp oʻq otmakim, gul yuzung furqatida
Erur xasta koʻnglumga har bir tikan oʻq.
Qoshingdin tushub men yiroq, yodin oʻqdek,
Manga za’fdin boʻldi goʻyo badan oʻq.
Qadah qalqonin istakim, charx oʻqidin,
Base yogʻdurur charxi bedodfan oʻq.
Navoiyu gulshanki bir guldin ayru,
Manga basdurur kunji baytul-hazan-oʻq.

321

Seningdek pariy xayli odamda yoʻq,
Demay xayli odamki, olamda yoʻq.
Parishon chu zulfung xamin qildi yel,
Parishon koʻngul yoʻqki, har xamda yoʻq.
Bu lazzatki, zaxmingda topti koʻngul,
Yaqin bildikim, hech marhamda yoʻq.
Daming xijlatidin nachuk qochmasun,
Bu dam chunki Isoi Mar'yamda yoʻq.
Koʻzung qatlidin dahr eli qolmadi,
Agar qoldi, bu yoʻqki, motamda yoʻq.
Gʻamingdnn manga ancha ayshu tarab
Ki, yuz xotiri shodu xurramda yoʻq.
Mugʻanniy, Navoiy figʻonin eshit
Ki, sozing aro zer ila bamda yoʻq.

Kof Harfining Kofirlarining Kamoli «Favoyid»din

322

Vafo tariqida ulkim tilarki, qilsa suluk,
Kerakki, tutsa vafo ahli shevasin masluk.
Bu sheva mumkin emas, negakim, vafo yoʻqtur
Ulusqa yaxshi-yomon bilu gar gadoyu muluk.
Zamona ahli vafo tarkin aylamish demangiz
Ki, bu zamonda yoʻq amri vafo kebi matruk.
Firoq shomiki, kiydi qora, yoyib sochin,
Jahonda tutti hamono vafo azosigʻa suk.
Falak vafogʻa azo tutqan oʻlsa ahli vafo,
Tirik netib yurugaylar jamoati mafluk.
Ketur qadahki, vafo lofini malak ursa,
Mening qoshimda shak ermaskim ul erur mashkuk.
Navoiy anglaki, bobi vafo yozilmaydur,
Agar Fususdurur, gar Nususu yoʻqsa Fikuk.

323

Vasli iqbolin manga tekmas tamanno aylamak,
Basdurur umrumda bir husnin tamosho aylamak.
Xat labingdin jon fizo, ul xat labingdin ruh baxsh,
Istamon afsonai Xizru Masiho aylamak,
Berma ul qomatqa har yon jilva, elning joni bor,
Vah, nedur ham dam qiyomat oshkoro aylamak.
Boʻlmagʻon boʻlsa ayon qasrigʻa pinhon borganim,
Ne edi koʻyida itlar kecha gʻavgʻo aylamak.
Bir pariy ishqi meni bu nav’ shaydo qilmasa,
Boʻlmas oʻzni oshiqu devona amdo aylamak.
Jon berib zulmin chu topmon jon topargʻa vaslini,
Bas tamannoni maholidur tamanno aylamak.
Zuhddin badhol edim, xushvaqt oʻling, ey ishq dami,
Sizga yetgay elni mundoq mastu rasvo aylamak.
Olam ahlidin tavaqqu’ aylamak ahdu vafo,
Zahrdin hayvon suyi boʻlgʻay tavallo aylamak.

324

Koʻzda yoshim evrulur sargashta Majnun yoshidek,
Aylanur boshim dogʻi qon ichra har dam boshidek.
Qoʻrqaramkim, tashlagʻay ul shoʻx koʻyidin yiroq
Kim, boshim aylandurur davron faloxun toshidek.
Bir-biri ichraki yolar koʻrguzur qavsi quzah,
Boʻlmagay payvasta ul ikki muqavvas qoshidek.
Koʻp diloro shakllarkim, chekti Chin suratgari,
Ochmadi bir chehra hargiz surating naqqoshidek.
Koʻzlaring qonimni qut aylarda sihhat toptilar
Kim, qilibturlar gʻizo bemor parhez oshidek.
Rind boʻlgʻay ikki olam oʻynagʻay bir dav ila,
Boʻlmagʻay lekin xaroboti fano qalloshidek.
Siymgun qushlar tong otquncha falakda, ey Masih,
Bor ekinmu biri ul mugʻ dayrining xaffoshidek.
Qonu toza dogʻ ila koʻnglum aningdek boʻldikim,
Ul qadah toshu ichidur lola ichu toshidek.
Gar zarafshon qilsa tazhib ahdi noʻgi xomasin,
Durfishon ermas Navoiy kilki gavharposhidek.

325

Oʻz tilim chun istamas rozimni ixfo aylamak,
Oʻzga tildin ne taajjub boʻlgʻay ifsho aylamak.
Menki oʻz sirrimni pinhon asray olmon, turfadur
El aning tutmogʻini maxfiy tamanno aylamak.
Telba sirrin elga gar aytur junundindur valek
Hazl erur har dam ani el oshkoro aylamak.
Nuktakim Majnun degay ermas ajab atfoldin,
Aylamak takror ul soʻzniyu gʻavgʻo aylamak.
Koʻnglida yuz qatla pinhon aylamak soʻzni ne sud,
Tilni bir qatla aning sharhida goʻyo aylamak.
Koʻz manga bas, tilni kesmak istaramkim, xoʻb emas
Roz ifsho aylamak, basdur tamosho aylamak.
Kosh oʻyulsa koʻz dogʻikim bir tamosho aylabon,
Andin oʻldi ming balo jonimgʻa paydo aylamak.
Bu balolardin zamone forigʻ aylar dayr aro,
Oʻzni bir dam kimsa masti jomi sahbo aylamak.
Muncha kuymak ishqdindur, ey Navoiy, ashkdin
Su urub tarkin, kerak haqdin tavallo aylamak.

326

Har dam istar telba koʻnglum ishq kitmon aylamak,
Barqi lomi’ni qorongʻu uyda pinhon aylamak.
Qaysi qushkim bu tamanno zohir etsa, istagay
Xas uyin otashgah oʻti birla vayron aylamak.
Sham’ oʻti fonus aro yoshunmogʻi mumkin emas,
Hulla ichra barq oʻtin pinhon ne imkon aylamak.
Ishq chun muhlikdurur xohi nihon, xoh oshkor,
Oʻlgucha dam urmayin avlodur afgʻon aylamak.
Mehr aksi goʻyiyo daryogʻa tushkandindurur,
Kaf sochib ahli junundek shoʻru tugʻyon aylamak.
Nuh davrinda magarkim oshiq erdi roʻzgor,
Yoʻqsa ashki saylidin ne erdi toʻfon aylamak.
Ishqi oʻti gar tushmamish dayri fanogʻa, bas nedur,
Kup ichin qon aylab, andin el ichin qon aylamak.
Ishq bas dushvor erur, bilgil gʻanimat, bersa dast.
Buyla mushkul ishni oʻlmak birla oson aylamak.
Ey Navoiy, boshinga keldi junundin yuz balo,
Ul pariyvashqa ne erdi koʻzni hayron aylamak.

327

Koʻzungnung ollida nargis kelib qatiq koʻzluk,
Yuzung qoshida guli otashin sovuq yuzluk.
Achiq-chuchukka labingning muteimenkim, ul
Agarchi yigʻlatur achchiq, erur chuchuk soʻzluk.
Kungulga zulfi kebi egrilik qilur ul shoʻx,
Ne boʻldi qilsa edi qomati kebi tuzluk.
Raqibdin ul oy afsun bila fan oʻrganmish,
Pariygʻa dev ne ta’lim qildi koʻr buzluk.
Kerak libosi malohatda mahvash el dilkash,
Gar egni hullaligʻ oʻlsun, vagar tani boʻzluk.
Biravki, dayri fano ichra cheksa bodai ishq,
Oʻzidin ulki burun mahv oʻlur, erur oʻzluk.
Navoiyo, ne ajab xonumoning oʻlsa qora,
Chu yoring oʻldi qora qoshligʻu qora koʻzluk.

328

Oʻzga oylardnn hayotim nash’asi bermas ilik,
Mumkin ermas oʻzgalar joni bila boʻlmoq tirik.
Gʻuncha ogʻziga agar tobi’dur ogʻzing, yoʻq ajab,
Hurmat asrar, ne uchunkim ul ulugʻdur, bu kichpk.
Sabzxatlar yoʻq yigit sonida ul yuz tobidin,
Sabzani oq etti goʻyo ul quyosh boʻlgʻach itik.
Kirgali koʻnglumga ul oy gar koʻzumni tutti qon,
Bir eshik bogʻlansa ne gʻam, ochti tigʻi yuz eshik.
Ayni za’f ichra koʻzungga shoʻxlugʻ onin erur,
Uylakim bemorlar ichra boʻlur ba’zi tetik.
Yuz yoshurdung, lek zulfung torini yoydn sabo,
Shu’la past oʻlgʻanda andoqkim tutun boʻlgʻay biyik.
Yorugʻ istarsen koʻngul, mufrit riyozat qil qabul,
Qayda koʻzgu ravshan oʻlgʻay, boʻlmasa suhon irik.
Dayr aro behushmenkim, boda tutqach mugʻbacha,
Oʻzni bilmak rasm emastur, kimda-kim boʻlgʻay bilik.
Chehra chun ochting Navoiygʻa, tong ermas iztirob
Kim, pariy koʻrgach junun ahli, qilurlar telbalik.

329

To yelak savsani aylabsenu gulgun terlik,
Oʻzidin savsanu gul ter aro yupturlar ilik.
Soldi boshigʻa ulugʻ fitnalar el qatli uchun,
Garchi shoʻxona siyahpeching koʻrunur osru kichik.
Lemuyi boʻrkung erur shu’laki, sindurdung uchin,
Kuydurur xalqni ul shu’la agar boʻlsa biyik.
Qon qilib rishtai jonlarniki qilding takband,
Bogʻlading belni magar qoʻymagʻali elni tirik.
Sen bu oshubu qiyomat bila aylab jilva,
Men netib aylamayin telbaligu sheftalik.
Garchi Ka’ba eshikin topmadi mingdin bir ochuq,
Kir fano dayridakim, anda yopuq boʻlmas eshik.
Oqsa na’sh ichra Navoiy yorasining qoni,
Chekib, ey ishq, kafan torin, aning zaxmini tik.

330

Labing xayolidakim chok erur manga koʻnglak,
Tikar edim ani, jon rishtasidin oʻlsa ipak.
Itinga ozroq esa tu’ma pora-pora bagʻir,
Uzub solay yana bir luqma oʻrni tutsa yurak.
Xating gʻamidin usholgʻan qalam kebi badanim,
Ichinda nol kebi har taraf zaif soʻngak.
Binafsha yaprogʻidinmu libos etibdur gul,
Yoʻq ersa gul kebi jismingdadur binafsh yelak.
Yuzunga obila zaxmidin oʻzga xolatdur,
Nechukki bogʻ topar zeb, chun ochildi chechak.
Libos ziynatiyu ishq lofi keldi yiroq
Ki, kuymas ar necha parvonadek uchar koʻpalak.
Navoiy aylay olurmu nihon bagʻnr tuganin
Ki, lola yangligʻ ochar pora-pora qonlngʻ etak.

331

Ul sarigʻ toʻnluq erur turgʻanda ta’zimimgʻa tik,
Shu’lakim xoshokni kuydurgali boʻlgʻay biyik.
Koʻngluma sanchargʻa, ey gul, qilma mujgoningni tez
Kim, tikonning ignasin hojat emas qilmoq itik.
Qilmadi holimgʻa gʻamzang birla la’ling iltifot,
Bor aiingdek holatimkim, ne oʻlukmen, ne tirik.
Koʻz savodidin qora jon safhasin qildim varaq,
Bu ikining rashkidindur gar sanga yozmoq bitik.
Xol ekinmu ul koʻz ostida, yoʻq ersa nofadin
Mushk tar boʻlgʻach, gul uzra qatra tomizdi kiyik.
Hajr toshi birla mehnat sholini qildim qabul.
Ey koʻngul, ishq ichra boʻlmas koʻrmayinn qattigʻ irik.
Xonaqahni bogʻlading, ey shayxu, qildiig azmi dayr,
Yuz eshik ochildi, gar bogʻlandi ersa bir eshik.
Uyla foniy boʻlki, domangiring imkon boʻlmagʻay
Kim, etak mavjud agar yoʻqtur, neni tutqay inlik?
Ey Navoiy, chun pariyvashlarga mumkin yoʻq vafo,
Qilma mundin nari gar bor esa aqling telbalik.

332

Mayda boʻlsa manga ul la’li shakarxand gazak,
Zahr boʻlsun, tilar oʻlsam shakkaru qand gazak.
Dayr piri keragu mugʻbachai bodafurush
Ki, ato quysa qadah ogʻzima, farzand gazak.
Iki la’linggʻa ajab holat erurkim, yoʻqtur
Ne aning oʻxshashi may, ne munga monand gazak.
Rangi la’li boʻlur ikki labinga yetsa nabot,
Tashla andin bu sari bir-iki parkand gazak.
Yopishur la’linga chun yetsa gazak, vah, ne ajab,
Soʻrsam anikim, erur jonima payvand gazak.
Davrkim, bodasiningdur gazagi zahr olud,
Oqil andin tilamas boda, xiradmand gazak.
Ey Navoiy, may agar zahrdurur, ichsa boʻlur,
Kimsaga gar boʻlur ul la’li shakarxand gazak.

333

Ne osigʻ ohim oʻti ravshan zuloling kunidek,
Tiyra dudi chun meni oʻlturdi hijring tunidek.
Garchi boʻlsa har sharar doʻzax oʻtidin shu’laye,
Mumkin ermas koʻnglum otashgohining uchqunidek.
Eyki, zarhal qilmoq istarsen samandi na’lini,
Topmogʻungdur anda surtarga yuzum oltunidek.
Xoʻblar lutf aylab, ul qatlimgʻa garchi hukm etar,
Hech un kelmas qulogʻimgʻa ul oyning unidek.
Vah, ne boʻlgʻay yetsa yuzu xattinga giryon koʻzum,
Ashkim oʻlsa ul gulu bu sabzaning shudrunidek.
Bil vafo rasmin gʻanimat, ey gul, andin burnakim,
Day sipohi yetkay ohu koʻz yoshim chopqunidek.
Vasli koʻyidin Navoiy koʻngli ozdi, ey rafiq,
Koʻrmaduk hargiz ul ahli ishqning ozgʻunidek.

334

Dayr aro mugʻbachadin sogʻari mastona kerak,
Nechakim tutsa ani toʻldurubon, yona kerak.
Menki bir sogʻar ichib, charxnn barham ursam,
Bu koʻhan dayri fanocha manga mayxona kerak.
Yetti daryo suyi may boʻlsa bu mayxona aro,
Loaqal xud birisi sigʻqucha paymona kerak.
Dayr piri bu xarobotnipg ayvoninda
Aqli kulga saboq oʻrgatgucha farzona kerak.
Davrida mugʻbachalar har biri jon olmoqda,
Yuz Masihogʻa sitam qilgʻuncha jonona kerak.
Buyla bazm ichra alar har birikim tutsa qadah,
Naqdi din bergali bir men kebi devona kerak.
Kim Navoiy kebi bu dayr aro tutsa vatan,
Hushu zuhdu xiradu din ila begona kerak.

335

Xarob qilmadi oncha menin mayi gulrang
Ki, qildi orazi gulrang birla soqiyi shang.
Ne soqiy ulki, aning ishvasigʻa boqsa, boʻlur
Havos lolu, xirad masxu ruhi notiqa dang.
Halok neshi aning gʻamzasiga yoʻq hamto,
Hayot javhari la’li labigʻa yoʻq hamnang.
Qiyo-qiyo boqishi yetkurub bagʻrigʻa qilich,
Qora-qora mujasi yetkurub koʻngulga xadang.
Savodi a’zami kufr ila zulchi zunnorin
Ki, topilib shikanu halqasida chinu farang.
Bu nav’ mugʻbacha may tutsa dayr aro kishiga,
Kishi emas, gar anga qolsa donishu farhang.
Navoiy oʻldi chu bu soqiy ilgidin sarxush,
Ne ayb, dayrgʻa masjiddin aylasa ohang.

336

Boshigʻa chunki alif keskay ul buti bebok,
Emas mahalln taajjub, gar oʻlsa boʻrkida chok.
Gahiki mast egarur bodpo xirad xayli,
Borur havogʻa, quyun yetkach, uylakim, xoshok.
Nekim boshimda edi, qoʻydum istabon qatlin
Ki, ossa shahsuvorim uzilmagay fitrok.
Qoshi firoqida bahri sirishkim andoqdur,
Ki, yangi oy kemasin chayqatur, urub koʻlok.
Tutub piyola farahnok qilgʻil, ey soqiy,
Meniki hajr xumori qilibturur gʻamnok.
Magar zamon gʻamidin qochmasun deb ahli ano,
Ihota ayladn bir-birining ustida aflok.
Tajalli aylasa ul pok yuz, desang avval,
Zamiring oyinasin gʻayr naqshidin tut pok.
Navoiy anduhu furqatda oʻtkarib umre,
Agar dame topibon vasl dogʻi oʻlsa, ne bok.

337

Tarki ishq ettim, meni ishq ahli xaylidin surung,
Chiqmasam ta’nu jafo toshi boshimgʻa yogʻdurung.
Balki boʻynum bogʻlabon, ushshoq ibrat olgʻali,
Ishq mulki toʻrt bozorida sudrab kezdurung.
Buyla rasvoligʻ bila torting balo maydonigʻa,
Har uqubat birlakim, nmkoni boʻlgay, oʻlturung.
Gʻussa dashtidin oʻtun toshib, tamugʻdin oʻt olib,
Solibon men xomnnng jismin ul oʻtqa kuydurung.
Chunki kul boʻldum esarda hajr dashti sarsari,
Ovuch-ovuch olibon, ul kulni koʻkka sovurung.
Sovururda doʻst javrin navham ichra darj etib,
Doʻstlar bedodu zulmin ham ayolgʻu kelturung.
Buyla holim koʻrgach, ey ishq ahli, har dam yuz balo
Yetsa, ishq otini tutmogʻdin koʻngulnn tindurung.
Doʻstlar, men ishqini tark aylagan badmehrni
Bir bahona birla men kuygan mahalgʻa yetkurung.
Garchi men boʻldum fano, bore uyatligʻ ruhuma
Badnoi sayridin jannat nasimi esturung.
Ishq dashtida navo koʻptur, Navoiydek birav
Kim, kirar anda, ani yuz ming balogʻa topshurung.

338

Zihi sekribon charx uzra rahnavarding,
Nazar topmayin toʻtiyoliqqa garding.
Koʻrunub kavokib riyohini shabnam,
Chu koʻk gulshanigʻa yetib toza varding.
Uchub yetti doʻzax oʻti, chunki ummat
Gunohin tilarda chiqib ohi sarding.
Izingdin quyosh chehra yorutmagʻandin,
Qilib za’faron kun uzorini zarding.
Rayohin aro sarvi ozod yangligʻ,
Koʻrunub rusul xaylida zoti farding.
Rusul surmadi lomakon uzra markab,
Sen erding bu maydondakim ot chiqarding.
Navoiy, nabiy na’tijin jam’ qilgʻil,
Parishon esa xotiri harzagarding.

339

Boʻlur gahikn gʻamim shu’lasin ayon qilsang,
Shararni shu’la uza nuqtalar gumon qilsang.
Koʻzum yorugʻ tilar ersang, yoshurma xolingni
Ki, koʻr oʻlur koʻz, agar nuqtasin nihon qilsang,
Xadangi ohim ila, ey falak, xato qilmay,
Qorongʻu tunda ne kavkabnikim nishon qilsang.
Iloj qilmaki, botroq kuyarga ansab erur,
Tanim chinin necha hajringda notavon qilsang.
Koʻz ichra halqa urubtur sirishk oʻlur, ey ishq,
Koʻzum qorasini ul yoshlar ichra xon qilsang.
Chu javring oʻrtadi parvonani ne sud, ey sham’,
Kesib sochingni, azosi uchun figʻoi qilsang.
Koʻzungni koʻngluma andoqki mizbon qilding,
Yuzungni koʻzuma ham, kosh, mehmon qilsang.
Bu bogʻ gullari bargida topmas, ey bulbul,
Dimogʻi mehr isi, yuz qatla imtihon qilsang.
Navoiy, aylagasen vasl kishvarini vatan,
Fano yoʻligʻa kirib, tarki xonumon qilsang.

340

Qora-qora muja xanjarlarin ititmak ishing,
Hayot naxlini keskan qiyo-qiyo boqishing.
Ishing bu erdiki, jonimni olgʻasen, tanni
Ki, sudraturmen eshiktin magar tugondi ishing.
Zuloli Xizr labing ul zulol qatralari
Ki, jola boʻldi uzoring bahori ichra tishing.
Ne gʻunchasen koʻngul oxirki yelu su yeriga,
Boʻlubtur ohu bagʻir qoni birla parvarishing.
Koʻzumga qoʻydn qadam, vah, oʻtar xayol aylab,
Olay desa ayogʻ, ey koʻz qoralari, yoshing.
Erur chu dahr buzugʻ gulxan, ushbu avlokim,
Buzugʻda kechsa yozing, gulxan ichra oʻtsa qishing.
Navoiy, istama eldin junun ilojinkim,
Bu telbalik aro yoʻq ul pariydin oʻzga kishing.

341

Ishva aylab elga, ohimdin tavahhum qilmading,
Tishlabon la’lingni, jonimgʻa tarahhum qilmading.
La’ling ichra durlaring shavqida sargʻardi yuzum,
Ohkim, bu za’faron birla tabassum qilmading.
Orzu qildim hadising — aylading qatlimgʻa hukm,
Ul dogʻi erdi ishoratkim, takallum qilmading.
Elga jon bermak sanga dushvor kelsa, tong emas,
Senki to jon olmading eldin, tana’um qilmading.
Ey koʻngul, andinki avval dud erur, andin soʻng oʻt,
Ishq aro Farhodu Majnungʻa taqaddum qilmading.
Ey qazo hukmigʻa ojiz, bu sifat mahkum oʻlub,
Farq atvorida hech ish juz tahakkum qilmading.
Tushkali ul guldin, ey bulbul, Navoiydek yiroq,
Gʻayri dilkash lahnu jonparvar tarannum qilmading.

342

Bu ne husnu noz erurkim, intihosi yoʻq aning,
Bir nafas yoʻqkim, koʻngulda yuz balosi yoʻq aning.
Xoli hijronida tim-tim yerga tomgan qon yoshim,
Har biri bir lolasdurkim, qorosi yoʻq aning.
Koʻnglum andoq toʻldi qon birlaki, chiqmas nolasi,
Boda toʻlgʻan jom yangligʻkim, sadosi yoʻq aning.
Zohir etti xasta koʻnglum yorasi ogʻzida qon,
Kim bagʻir xunobidin ayru gʻizosi yoʻq aning.
Qullugʻung dogʻin qoʻyub, koʻnglumni gʻamdin sotqun ol
Kim, bu naqdi qalbdin ortuq bahosi yoʻq aning.
Ganji ishratdur arusi dahr vasli, ohkim,
Anbarin zulfidin oʻzga ajdahosi yoʻq aning.
Hajr oʻqi zaxmin Navoiy bogʻlamish boshtin ayoq,
Yoʻq esa jismin yopar chogʻliq lnbosi yoʻq aning.

343

Toza dogʻ atrofida jismimda tim-tim qon koʻrung,
Dardu gʻam togʻida, vah-vah, lolai nu’mon koʻrung.
Nafy kilgʻanlar qurugʻ jismim haloku za’fini,
Tangʻa koʻnglumdin tiralgan har taraf paykon koʻrung.
Xalq yigʻlab tufrogʻim boshida yuz hasrat bila,
Oʻqlarni har yen tanym omochida xandon koʻrung.
Gʻam tuni yummas koʻzum davrinda kirpik xaylini
Saf chekib, koʻzning qorargan holigʻa hayron koʻrung.
Ishqin etkanlar havas, iynak bu tuhmatdin meni,
Bogʻlanib boʻynum fano bozorida, uryon koʻrung.
Charx bahri naqdini qnlgan tamanno zarralar,
Mehr gʻavvosin bu igrim ichra sargardon koʻrung.
Oʻqlaridindur Navoiy jismi mehnat gulbuni,
Gullar nynak toza qonligʻ dogʻidin har yon koʻrung.

344

Gar jafo qil, gar vafokim, dilistonim sen mening,
Gar meni oʻltur vagar tirguzki, jonim sen mening.
Xohi ra’no qad bila borgil yonimdin jilvagar,
Xohi kel qoshimgakim, sarvi ravonim sen mening
Koʻnglum ichra sensenu ishqing ne dey holim senga,
Chun bu yangligʻ mahrami rozi nihonim sen mening.
Jilva aylab har zamon, afgʻonu ohim qilma ayb,
Ham sen-oʻq chun boisi ohu figʻonim sen mening.
La’lidin bir-ikki soʻz mazkur qil, ey xasta jon,
Bori bu bir-ikki damkim, mehmonim sen mening.
Telbalardin garchi rad qilding meni, lek anglagʻil
Kim, pariy ruxsoralardin tanlagʻonim sen mening.
Oʻldi mehringdin Navoiy, bevafo debsen ani,
Ertagi nozuk mizoji badgumonim sen mennng.

345

Bogʻ ichra chu garm boʻldi bozoring,
Yuz vajh ila boʻldi gul xaridoring.
Yo gul chu xayol qildi yigʻingni,
Gʻayratdin anga oʻt urdi ruxsoring.
Qadding bila sarv qilsa sarkashlik,
Tushkan quyi boshi, koʻrsa raftoring.
Zulfungkim, erur tugun-tugun goʻyo,
El boʻldi birin-birin giriftoring.
Nargis kebi sargʻarib aso tutqan,
Koʻptur qora koʻzlar ichra bemoring.
Qil boru yoʻqung fidosi, ey koʻnglum,
Garchi teng erur anga yoʻqingu boring.
Deding: seni oʻlturay — xud oʻlturdi,
Yoʻq biymi halok, lutfi guftoring.
Ey mugʻbacha, kufr tarki jurmumgʻa
Boʻynumgʻa taqarga yaxshi zunnoring.
Gar qaytmasa Navoiy oʻlturkim,
Dayr eshiki chor choʻbidur doring.

346

Qaysi anduh oʻtikim, kuygan tanimgʻa urmading,
Ne balo toshiki, singʻan boshima yogʻdurmading.
Ne yomon umr erdikim, kelding chu za’fim soʻrgʻali,
Aylaguncha jon nisori maqdaming ham turmading.
Jon kebi kelding va lekin iztirobidin koʻngul,
Oʻlturushquncha dogʻi boshim uza oʻlturmading.
Har sari moʻyum zaboni hol ila yolbordilar,
Moʻ-bamoʻ anglab oʻzungni, bizga ham kelturmading.
Chunki chiqting — chiqti jonim, ne iyodat erdi bu,
Qatlim etting, xasta jonimgʻa davo yetkurmading.
Bogʻ aro, ey sarv, ham sarsabzsen, ham sarfaroz
Kim, nechukkim, nastaran bir xasqa bosh indurmading.
Ey Navoiy, qilmading xoli koʻngulni gʻussadin,
To qadahni uylakim koʻnglung tilar toʻldurmading.

347

Yo qoshinggʻa qatl uchun ziynat farovon aylading
Kim, ham etting lojuvardi, ham zarafshon aylading.
Buyla ikki yo uchun soz aylabon kirpikdin oʻq,
Gʻamzalar neshidin ul oʻqlargʻa paykon aylading.
Naqdi sabrim gʻunchadek ogʻzingda qilgʻandek nihon,
Xurdai ishqingni koʻnglum ichra pinhon aylading.
Olloh-olloh, to ne fikr ettingki, la’lu gʻamzadin,
Birni jonbaxshu birini ofati jon aylading.
Gul toʻkuldi, sarv ham yeldin taharruk qilmadi,
Bogʻ aro to yuz ochib, qadni xiromon aylading.
Ne ajab, ey gul, iching qon etsa gardun laxt-laxt,
Baski, bulbul koʻnglini gʻunchang kebi qon aylading.
Ey Navoiy, yor agar qovdurdi andin, anglakim,
Koʻyida oʻtgan kecha haddin koʻp afgʻon aylading.

348

Xastadur jonim mening, to bordi jononim mening,
Boʻlmasun gar borsa jononim mening, jonim mening.
Gul toʻkulmish sugʻa, bormish sarv oʻzidin goʻyiyo,
Chehra ochmish bogʻ aro sarvi xiromonim mening.
Daf’a-daf’a qon aro jismimdadur bir-bir tugan,
Lolayedur goʻyiyo har dogʻ ila qonim meniig.
Tilga olmish telba koʻnglumni yana xayli raqib,
Qolmish itlar ogʻzida majnuni uryonim mening.
Men angʻa hayronu el ming zaxm ursa bexabar,
Bexabar zaxm urgʻuchilar dogʻi hayronim mening.
Xalqdin pinhon meni mast ayla shoyad, ey rafiq,
Sokin oʻlgʻay shammai bu dardi pinhonim mening.
Ey Navoiy, boʻlmasa bir piri komil himmati,
Ul yigit bedodidin yoʻq maxlas imkonim mening.

349

Eyki, husn ahligʻa nozu sheva ta’lim aylading,
Ishvayu noz aylabon bir-birga tafhim aylading.
Har kishi ilgiga sendin bir diramdek dogʻi bor
Husni mulki sochiqin goʻyoki taqsim aylading.
Bizni ta’xir etting, aylarda vafo ushshoqinga
Lek javr ogʻoz qilgʻan chogʻda taqdim aylading.
Chun yetishtim ollinggʻa, qoʻptung vale oʻlturgali,
Ey fido jonim sangakim, yaxshi ta’zim aylading.
Hajr zahrigʻa meni taxsis etpb ahbob aro,
Vasl noʻshin ul jamoat ichra ta’mim aylading.
Xonaqah shayxiyu yuz ming qayd tinding, ey koʻngul,
Oʻzni chun dayri fano pirigʻa taslim aylading.
Ey Navoiy, yoʻq haram ehromida emdi qusur,
Kim, koʻngulga gʻayrning yodini tahrim aylading

350

Ishq sirrin hajr asiri notavonlardin soʻrung,
Aysh ila ishrat tariqin komronlardin soʻrung.
Bizga juz mehru vafo oyini boʻlmaydur nasib,
Bevafoligʻ rasmini nomehribonlardin soʻrung.
Bizni davron mehnati ham ojiz etmish, ham qari,
Husn ila quvvatni ra’no navjuvonlardin soʻrung.
Bedil el diljoʻyluq yo dilshikanlik rasmini
Fahm qilmaslar, bu ishni dilsitonlardin soʻrung.
Nek nom el ishq aro badnomligʻlar shevasin
Yaxshi bnlmaslar, ani bizdek yomonlardin soʻrung.
Fardliq zavqini soʻrmang shavkatu joh ahlidin,
Ul suubat lazzatin bexonumonlardin soʻrung.
Ajz tufrogʻida ishq ahligʻa oʻlgan hukmi bor,
Qatl hukmi aylamakni qahramonlardin soʻrung.
Bilmadi maqsudi ganjining nishonin ahli rasm,
Gar soʻrarsiz, ani benomu nishonlardin soʻrung.
Chun Navoiy ishq sahrosida itti, doʻstlar,
Ani ul yondin yetishgan korvonlardin soʻrung.

351

Doʻstlar, gulshan aro sarvi ravonimni tilang,
Topibon keltursangiz, muzdigʻa jonimni tilang.
Buki bedilligʻdin oʻlgumdir, ilojimni tilab,
Chunki topmaysiz, boshimgʻa dilsitonnmni tilang.
Boʻlgucha nomehribonim furqatida mehribon,
Mehribonligʻ aylabon nomehribonimni tilang.
Ne tilarsiz telbarab itkan koʻngulni bogʻ aro,
Qoʻyida devonai bexonumonimni tilang.
Qatlim istar dushmanim hijronidur, gar bilsangiz
Oʻlganimni hajridin, zinhor qonimni tilang.
Ogʻzi hajridin agar boʻlsam adam, ziphorkim,
Benishonligʻ kishvari sari nishonimnn tilang.
Ey xarobot ahli, yetmaydur qadahdin nash’aye,
Ul xarobotiy harifi nuktadonimni tilang.
Sovusa Farhodu Majnun qissasidin koʻnglunguz,
Bas, mening ishq ichra oʻtluq dostonimni tinlang.
Chun Navoiy oʻldi gʻamdin, ey sitamgarlar, ne sud,
Joni zorim yoʻqsa, jismi notavonimni tilang.

352

Qilmadi vasl ichra bedod uzra bedoding sening,
Ulcha qildi furqatingda dam-badam yoding sennng.
Qaysi sohirkim dedikim, Somiriy shogirdimen,
Dedi gʻamzangkim, erur shogirdim ustoding sening,
Angla Shirinikim, ne sen ma’shuqluqda oncha sen,
Ne bor erdi mencha oshiqlikda Farhoding sening.
Soya ermas, bogʻbonkim, gulruxum qaddin koʻrub,
Ozibon hushi, yiqilmish sarvi ozoding sening.
Uyqugʻa itlar uni gar moni’ erdi, ey koʻngul,
Emdi qoʻymas uyqugʻa itlarni faryoding sening.
Chun fano matlub erur solikka bil, ey shayxkim,
Kufr erur zuhdi riyoyi ichra irshoding sening.
Ey Navoiy, mehnatu gʻamdin qochar boʻlsang, kerak
Boʻlsa mayligʻ tang, su qursi gazak zoding sening.

353

Shomi hajrim koʻrdung, ammo zulm tarkin tutmading,
Va’dai sham’i visol etting, vale yorutmading.
Va’dai vasling ilig bergay deb ashkim boʻldi bahr,
Chunkim ul daryo aro gʻarq oʻldum — ilgim tutmading.
Vasl noʻshidin koʻngulni qilmading bir lahza xush,
Hajr zahri biymidin yuz qatla to qoʻrqutmading.
Otashin gul gʻunchasidek oʻrtading koʻnglumni, lek
Ochibon ani nasimi vasldin, sovutmading.
Donai ashkimgakim rom oʻldi hijron qushlari,
Ey koʻngul, bir kun figʻoningdin ani urkutmading.
Xasta koʻnglumkim, gʻamu xunoba qilding qismati,
Bu gʻizoyu sharbat ul bemordin oʻksutmading.
Vodai vaslin gʻanimat tut, Navoiy, zinhor
Kim, ne qonlarkim, bu gulgun suni istab, yutmading.

354

Yana ishq oʻtin xasta jonimgʻa urdung,
Balo barqini xonumonimgʻa urdung.
Fano shu’lasin zor koʻnglumga solding,
Sharorin tani notavonimgʻa urdung.
Qizil hoshiya diklayingda emaskim,
Etak qatl etar chogʻda qonimgʻa urdung.
Fatila edi anda paykoni marham,
Qayu oʻqki, zaxmi nihonimgʻa urdung.
Yana yonima yetti filhol rohat,
Agar tigʻi bedod yonimgʻa urdung.
Ushalsun debon naxli ummidim, ey ashk,
Ajab jolalar boʻstonimgʻa urdung.
Koʻrub boshta zaxmim dedi, ey Navoiy,
Magar gʻam tuni ostonimgʻa urdung.

355

Jon olurda jism zor erkanni bilmasmu eding!
Qon toʻkarda jon figor erkanni bilmasmu eding!
Nola jurmi birlakim, jonimni olding, nolishim
Sensizin beixtiyor erkanin bilmasmu ednng!
Qilding el mehrin sanad qatlimga, yoʻqsa jon aro,
Sirri ishqing ustivor erkanni bilmasmu eding!
Tuhmati bemehrligʻ qildingki, bilgach oʻlgamen,
Yoʻqsa, mehring jongʻa yor erkanin bilmasmu eding!
Vaslinga yetkurmagan zulm erdi, vah, yoʻqsa koʻngul
Furqatingdin beqaror erkanni bilmasmu eding!
Oshiq oʻldung, ey koʻngul, qilma figʻon bedodidin,
Ishq aro yuz muncha bor erkanni bilmasmu eding!
Ey Navoiy, gar koʻngul ishqingni yoydi, tong emas,
Nuktasi devonavor erkanni bilmasmu eding!

356

Nigor erkin bukim, barmogʻlaringdin oshkor etting,
Vayo oq kilklarni zeb uchun naqshu nigor etting.
Yuzungda xol gʻavgʻosi aro gulguna zebidin,
Koʻzung jayronlari oʻynargʻa goʻyo lolazor etting.
Shah oʻldung, ey mahi mahmilnishin, shahring sening urdu,
Bu ma’nidin saropardangni tegrangda hisor etting.
Magar qonligʻ koʻngulning qushlaridur yondoshib uchqan,
Toʻnungda tugmakim, yoquti ahmardin qator etting.
Koʻngullarning qorargʻan roʻzgori chun soching erdi,
Tarab ani, koʻngullarni parishonroʻzgor etting.
Yungin yulgʻan kabutardek bari ajzosi koʻnglumning
Tushuklardur, magar ignang bila ani figor etting.
Magar gulrang maydin erdi yo gulgunadin bukim,
Yuzungni gulgul aylab, koʻnglum ichra xor-hor etting.
Netib koʻngli qushi chiqqay Navoiyning sochingdinkim,
Chu sen ul toʻrga boʻynin, ayogʻin ustuvor etting.

357

Dudi ohimning quyuidek pech ila tobin koʻrung,
Tiyra hajrim oqshomining bahri girdobin koʻrung.
Qushkim ul oydin keturmish noma, har tirnogʻidin,
Choklar boʻlgan koʻngul elturga qullobin koʻrung.
Hinduni sohirdurur davri zanaxdonida xol,
Tavqi gʻabgʻab shaklidin bir aksi mehrobin koʻrung.
Ishq oʻti tugʻyonndin jonimki, boʻlmish tashnalab,
Daf’igʻa ul oyning ikki la’li serobin koʻrung.
Olmagʻan boʻlsa chuchuk jonim labi birla koʻzi,
Ham shakarxandigʻa boqing, ham shakarxobin koʻrung,
Soliki mahrumkim, matlubidin toʻlmish jahon,
Olloh-olloh, jonin oʻrtar dardi noyobin koʻrung.
Yor koʻyin istab, oʻzlukdin Navoiy boʻldi fard,
Ka’ba ehromigʻa isti’dodu asbobin koʻrung.

358

Boʻldi qotil koʻz bila zulfi siyahkori aning,
Kofiri masteki, bir yon tushti zunnori aning.
Istasang Layliyu Majnun husnu ishqidin misol,
Men nazirimen munung, yorim namudori aning.
Koʻrdi ul gul hajridin koʻnglum shikofin andalib,
Bilmon, afgʻon qildi yo chok oʻldi minqori aning.
Qoʻyma marham tigʻi zaxmigʻa koʻngulda, ey rafiq,
Chiqsa jon ham, chiqmasun koʻnglumdin ozori aning.
Koʻksum uzra dogʻlar boʻynumda zulfi toridur,
Toki mushkin rishtagʻa tortildi tumori aning.
Qoʻyma qasring soyasindakim, bu ohu ashkdin
Ham qora boʻldiyu ham nam chekti devori aning.
Dayr koʻyining gadoyimenki, olam shohidur
Mastligʻ vaqtida bir oshufta xummori aning.
Jom tutkim, tarhini qilgʻan zamon naqqoshi sun’,
Qildi gʻam naqshini xorij davri pargori aning.
Ey Navoiy, la’li jonbaxshi manga boʻlsa nasib,
Tong emas, har lahza yuz jon qilsam iysori aning.

359

Yana, ey ishq, guli ruxsorin oshubi chaman qilding,
Hazin bulbul tanigʻa har biridin bir tikan qilding.
Koʻngulni telba aylab qaydigʻa har yon oqar sudin,
Chaman zanjiri gesusinda yuz chinu shikan qilding.
Sahob atfoli jola toshlarin yogʻdurgʻali, ey gul,
Pariy yangligʻ zuhur aylab, junun bulbulgʻa fan qilding.
Rayohin xaylini chekmakka yer zindonidin goʻyo,
Bulut ayyoridin har qatra torin bir rasan qilding.
Niholi gul nishiman gulshan etting goʻyi, ey bulbul,
Firoq ichra tikandin bistaru xasdin vatan qilding.
Yuzung sham’ida shabnam, yoʻqsa terdur, soqiyo, vahkim,
Ul anjumdin shabiston ichra qatli anjuman qilding.
Chamanda mast yeldin, vahki, har yon xam boʻlur guldek,
Zamone jilva aylab, bizni rasvoyi zaman qilding.
Oʻluk deb ujbdin zohid anga xilvatni goʻr aylab,
Hamono pardai pindorin, ey gardun, kafan qilding.
Navoiy, qayda gʻam sayli yana koʻnglung uyin buzgʻay
Ki, aylarda imorat anda balchiqi durddan qilding.

360

Latofat oyi ul yuz, shomi savdo sunbuli tobing,
Soch uzra gardi yazdiy me’jar ul shom uzra mahtobing.
Koʻngullar xayligʻa xush-xush kirarga shohroh oʻlmish,
Tarogʻ chekkan zamon yoʻl-yoʻlki boʻldi sunbuln nobing.
Bezarda orazing mashshota hayvon chashmasi ichra,
Tushub gulguna gulgun qilmish, ermas la’li serobing.
Ipaklarkim, eshiisen jismlar zaxmi uchun goʻyo,
Muqayyad qilgʻali jonlar qushin ham uldur asbobing.
Ulusni sajdaga targʻib etarga Xizri rah boʻldi,
Demasmen voʻsmaliq qoshingki, minorang mehrobing.
Uchi xam igna birla koʻz duosin boshqa osqandin,
Yomon koʻz tegmasun, boʻldi koʻngul chekmakka qullobing.
Keturgil raz qizin, soqiy, mugʻanniy, nagʻmaye tuzgil
Ki, ul koʻktin keturgay Zuhrani afgʻongʻa mizrobing.
Tunu kun jilva qilma, ey arusi dahr, bilmishmen
Ki, mehnat subhi boʻlmish qoqumung, gʻam shomi sinjobing.
Navoiy, ofiyat istar esang, qoʻy dahr zolinkim,
Harif ermastur ul makkoragʻa bu jismi betobing.

361

Gulruxekim, jon arodur xor uza xori aning,
Xor-xoridindur ozor uzra ozori aning.
Uyla zulfungdin muqayyaddur koʻngulkim, degasen,
Yuz tugun solmish bu qush boligʻa har tori aning.
Koʻrsa vayronim qayondin el yiqilgʻay, sogʻinur
Ichkari yemrulgudektur garchi devori aning.
Tarh qilgʻanda uzoring davrini naqqoshi sun’,
Teng emish xurshid davri birla pargori aning.
Dema ogʻzi vasfida soʻz deki, maxsus oʻlmamish,
Ne oʻzini vahm aro hargiz namudori aning.
Vasldin ulkim asar istar talab vodiysida,
Topqay ar topilmagʻay hijrondin osori aning.
Ne humoyun yerdur, ey solik xaroboti fano,
Kim baqo vajhin koʻrar, jon ichra xammori aning.
Kim vafoligʻ yor koʻrdi, xurram oʻlsun oshiqi,
Kim vafo qilgʻay jafogarlikda bir yori aning.
Sihhat oʻlgʻaymu Navoiygʻaki, yuz dilxastani,
Kechalar uyqugʻa qoʻymas nolai zori aning.

362

Doʻstlar, gar doʻst qatlim istar oʻlsa, oʻlturung,
Siz agar rahm etsangiz, dushmanlarimgʻa topshurung.
Istasa yuz hajr oʻti jonimgʻa yetmak, ishqida
Budurur komim debon, arzigʻa aning yetkurung.
Gulshani umrumni vayron istasa, ey dardu ishq,
Anda har komu farogʻat naxli boʻlsa, sindurung.
Kelmasa qasri hayotim koʻngluga xush, yonchibon,
Zulm toshin yogʻdurub, gardungʻa gardin sovurung.
Bu jafolardin kechib koʻngli vafogʻa qilsa, mayl,
Zinhor ul mujdani jonim borinda kelturung.
Kimsaga bermang koʻngul, gar bersangiz, ey ahli ishq,
Gʻayri gar xud jon erur, tan mulkidin anii surung.
Chun Navoiy ayladi ishqu fano dashtigʻa azm,
Qaytib, ey dardu balo, tengriga ani topshurung.

363

Qat’ qilgʻuncha riyo dashti aro yuz ming olong,
Tashlab oʻzlukni, qadam dayri fano jonibi mong.
Ishq sargashtasi sayrigʻa ne hojat markab,
Poʻya qilmasmu quyunning ayogʻi boʻlsa yalong.
Kulli maqsudgʻa ul yetti bu yoʻl sayrinda
Kim, tobonigʻa tikan boʻldi yana bir ultong.
Xonaqah shayxidin el sirri fano anglamadi,
Dayr niri ani xub anglatur elga, anglang.
Koʻp sovugʻluq kerak oʻlmoqqa koʻngul mahzi riyo,
Bahr muz bogʻlamagʻay, bu yuzini tutmasa song.
Chunki novmid emas rahmatidin gabru juhud,
Jurmu isyon bila bizga bu umid oʻlsa, ne tong.
Chiq, Navoiy, qariding, hurmat ila maykadadin,
Sudraturlar, kishi chiqmasligʻ etib boʻlsa qoshong.

Lom Harfining Lu’batlarining Latoyifi «Favoyid»din

364

Ishqini tark et deding, xurshidi raxshondurmu ul,
Husnidin, dersenki toʻygʻil, mohi Kan’ondurmu ul?
Yuz quyoshida berur jon elga la’li, ey Xizr,
Istama zulmati zulfin, obi hayvondurmu ul?
Onsiz ermasmen zamone, lek ul paydo emas,
Vahki, bilmon yo koʻngul, yo jonda pinhondurmu ul?
Koʻzlari qatl aylar islom ahlin, ey gʻofil koʻngul,
Rahmkim andin tama’ qilding, musulmondurmu ul?
Bahri ashkim ichra, ey gʻavvoskim, yigʻding guhar,
Buki qa’rin istading, daryoyi Ummondurmu ul?
Tutti bir togʻ goʻshasin Farhod, ani mendek demang,
Hajr dashtida aloxonu alomondurmu ul?
Vahshu tayr oʻlmish ramida mendinu Majnungʻa rom,
Men kebi devonani rasvoi nodondurmu ul?
Koʻngluma onsiz bir oʻtdurkim, yomon oʻrtar meni,
Anglamon, doʻzax oʻti yo soʻzi hijrondurmu ul?
Charx koʻnglum gulshanida ochti muhlik gʻuncha koʻp,
Gʻunchadurmu, yoʻqsa, zahrolud paykondurmu ul?
Dahr bazmida, damo-dam soqiyi davron tutar,
Boda, bilmon, la’lgun maydurmu yo qondurmu ul?
Ey Navoiy, dardligʻ nolang qilur elnn halok,
Aytqil, suri qiyomat, yoʻqsa afgʻondurmu ul?

365

Yor qutlugʻ yuzidin qoldi chu mahrum koʻngul,
To nelar boshima kelturgusidur shum koʻngul.
Yor bordi, koʻngul andin burun itti goʻyo,
Bir nima yordin aylab edi ma’lum koʻngul.
Davr zulm aylaru, davr ahliyu davr ofati ham,
Necha zolimgʻa asir oʻlgʻusi mazlum koʻngul.
Rahmat ul kofiri qotilgʻaki, bedod chogʻi,
Rahm qilmas, nechakim, bor esa marhum koʻngul.
Gʻuncha ogʻzi aro vahm etsa ul oyning ogʻzin,
Topqusi doirai nuqtai mavhum koʻngul.
Koʻp vafo istadiyu topmadi eldin goʻyo,
Kim, vafodek oʻzini ayladi ma’dum koʻngul.
Yor mavzun qadi vasfida Navoiy yangligʻ,
Nazm javharlarini qilgʻusi manzum koʻngul.

366

Tunu kun ul oy xayoli birla men oshuftahol,
Bir xayol aylab meni shaydoyu elga yuz xayol.
Tongdin oqshomgʻacha gʻam togʻin qozib Farhodvash,
Kecha tong otquncha dasht uzra ozib Majnun misol.
Olam ahli ohu nolam istimo’idin malul,
Koʻngluma olam eli bedodu zulmidin malol.
Qilmagʻan jurmumgʻa, tortib charx tigʻi intiqom,
Bu balogʻa chora topmoqqa topilmay ehtimol.
Men balokashmen, manga bazm ichra hijron zahri bas,
Soqiyo, ayshu nashot ahligʻa tut jomi visol.
Mehr rasmin, ey koʻngul, davron elidin istama,
Ul quyoshqa negakim yetmay kamol, oʻlmish zavol.
Gar Navoiy telbarab javringdin itti, ey pariy,
Ul nechakim ishq aro bordi yomon, sen yaxshi qol.

367

Kuymagim koʻr, ishq oʻtining ishtiolin soʻrmagʻil,
Oʻlmakim boq, hajrining dardu malolin soʻrmagʻil.
Demagilkim, ul pariy hajrinda koʻnglung holi ne,
Telbakim gʻam dashtida barq urdi, holin soʻrmagʻil.
Eyki, dersen: hajr za’fida xayoling ne ekin,
Za’fdin ulkim, xayol oʻldi, xayolin soʻrmagʻil.
Hajr yuz oʻtlosh balo zindonigʻa solmish meni,
Buyla mahbasdin qutulmoq ehtimolin soʻrmagil.
Men oʻlub labtashnayu la’li labing obi hayot,
Bu gado komin berur boʻlsang, savolin soʻrmagʻil.
Ishq dashti ichra itkondin xabar ma’lum emas,
Ul taraf ovora boʻlgʻanning maolin soʻrmagʻil.
Vasl ummidi birla yuzlandi Navoiy koʻyinga,
Qatl qilsang —qilgʻil, ummidi muholin soʻrmagʻil.

368

Sen eding koʻnglum aro, har nscha chok ettim koʻngul,
Gʻunchadekkim, har qayon ochildi —zohir boʻldi gul.
Koʻksi ichra otashin gul gʻunchasining naqshidur,
Bulbuli bedilgʻa goʻyokim emas oʻtlugʻ koʻngul.
Bu chamandin yel uchurub gulni, bulbul qolgʻani
Rost andoqturki qolgʻay, chunki shu’la oʻchsa, kul.
Qon yutub bir gul gʻamidin oʻlganim yod aylasun,
Gul chogʻi har kimki, bir gulrux elidin ichsa mul.
Oy ila xurshid ato birla apo boʻlsa sanga,
Qul dodakdin hosil oʻlgʻandek turur mirzo oʻgʻul.
Sayli ashkimdin oʻtarga ojiz oʻlsang keskamen
Bogʻi umrin shoxsorin qilgali omoda pul.
Ey Navoiy, sen ne had birla anga qul boʻlgʻasen
Kim, beganmas aylamakka Yusufi misriyni qul.

369

Tarki ishqin qilgʻali jon boʻldi jonondin xijil,
Koʻz koʻnguldin, bal koʻngul ham koʻnglum olgʻandin xijil.
Novaking yetkach oʻluk jismimga, toptim infiol,
Naqdsiz andoqki topqay oʻzni mehmondin xijil.
Dinu imonimni toroj etti ammo bormen,
Ey musulmonlar, hanuz ul nomusulmondin xijil.
Hajrida koʻr oʻlmagʻan koʻzni qizartur qon yoshim.
Ne qizormoqturki, ermas dardi hijrondin xijil.
Ne uchun Farhodu Majnun togʻu dasht aylar vatan,
Gar emaslar men aloxonu alomondin xijil?!
Doʻst lutfi boʻlmasa, doʻzax manga yuz qatla hayf,
Buylakim mahshargʻa kirgum jurmu isyondin xijil.
Kunduz ul koʻy ichra topilmas Navoiykim, erur,
Kecha tong otquncha chekkan ohu afgʻondin xijil.

370

Ham jahonoro jamolidin guli ra’no xijil,
Ham guli ra’nosidin «Bogʻi jahonoro» xijil.
Oncha bor ul koʻy aro rasvoligʻimkim, boʻlmisham,
Barcha rasvolar aro men telbai rasvo xijil.
Nega itmishlar Masihu Xizr agar qilmaydurur,
Birni ruhafzo labi, birni xati xuzro xijil.
Tigʻ ul qotil surardakim tushar boshim quyi,
Men qilichidin xijilmen, ul emas qat’o xijil.
Demangiz, ollida vasli muddaosin aytkim,
Yo malul oʻlmoq kerak bu muddaodin, yo xijil.
Boʻldi ruhullah bu eski dayrdin ulviy xirom,
Ne uchunkim, qon toʻkardin boʻlmas ul tarso xijil.
Chun Navoiy oʻlmadi sensiz, xijolat ichradur,
Yoʻqsa sihhatdin emas ul bedili shaydo xijil.

371

Kirdi tufroqqa hilol, ochti toʻlun oygʻa jamol,
Oʻn toʻlun oyning qirogʻidin chu olding oʻn hilol.
Su bila sham’ uchini har lahza olding — yorudi,
Shu’lani garchi su birla ravshan etmakdur mahol.
Yelni tez aylabki, oʻtdin su chiqarding — turfadur,
Lek tufrogʻi aning koʻzlarga berdi iktihol.
Yoʻqdin etting bor har dam yuz Masihi ruhbaxsh,
Lek unsurdin mujarrad barchasi javharmisol.
Turfadurkim, oʻt aro ekting niholu kuymadi,
Turfaroqkim, ochti gul, garchi hadang erdn nihol.
Koʻz alam toʻlgandakim, koʻz tutmak oʻlmas juz alam,
Ani tutqilkim, alam xaylini aylar poymol.
Bu gʻazalning maqta’in matla’ xayol etgan kishi,
Ey Navoiy, shoyad etkay fahm sen qilgʻan xayol.

372

Yor hajri xohi bir kun, xoh yuz yil, ey koʻngul,
Zahrdin bir qatrayu daryoni teng bil, ey koʻngul.
Chunki onsiz oʻlgung, ushbu damki ayrilmoqqadur,
Bori ul orazgʻa oʻlguncha nazar qil, ey koʻngul.
Har qayon borsa, chu ul qotildin ayrilmas raqib,
Xoh sen qotil anga, xoh andin ayril, ey koʻngul.
Oyu yil devonayu mast oʻlmogʻingdin toʻymading,
Yilchilay ul oy borur, bir lahza ayil, ey koʻngul.
Oshiq oʻlsa shohu ma’shuqi gado lozimdurur,
Ul niyoz etmas ayon bu noz bilgil, ey koʻngul.
Ajdaholar ishq dashtida kirardindur zabun,
Oʻt tutoshubtur bu vodiy nchra — yongʻil, ey koʻngul.
Ishq tigʻi gar Navoiy koʻksini chok ayladi,
Oʻlmayin netkung durur, bir lahza ochil, ey koʻngul.

373

Yogʻligin eykim, tikarsen, igna mujgonimni qil,
Naqsh etarda tori aning rishtai jonimni qil.
Istasang torin qizil yoxud qora qilmoqqa rang,
Koʻz qorasin hal qilib, koʻzdin oqar qonimni qil.
Gar desang har yon qizil gullar qilay nusxat anga,
Koʻksim ochib, toza qonligʻ dogʻi hijronimni qil.
Gʻunchalar gul yonida tikmak tahayyul aylasang,
Anga nusxat koʻngul otligʻ zori hayronimni qil.
Gar desang har yon pariy shakli namudor aylayin,
Vah, ne nav’ aytay, vale manzur jononimni qil.
Qilsang ul yogʻligʻ aro bir she’r ham yozmoq havas,
Anda har yon naqsh bu nazmi parishonimni qil.
Ey Navoiy, kimki bu yogʻliqni tiksa yor uchun,
Muzdi jonim javhariyu naqdi imonimni qil.

374

Yana firoqida har kun erur manga yuz yil,
Valek har kechasin necha kundin ortuq bil.
Desangki oʻlturayin, ey firoq, jismimni
Chu za’fdin topa olmang, oʻluk tasavvur qil.
Men oʻldum, ey koʻngul, ul dilrabodin ayrilma,
Gar andin oʻzga sevar joning oʻlsakim, ayril.
Tanimni garchi gʻaming tigʻi etti yuz pora,
Bu shukr adosiga har birni, istaram, bir til.
Gʻamingda lola kebi chok koʻnglakim boʻlmish,
Firoq dudiyu koʻz qonidin qorayu qizil.
Chu topmogung bu chaman gʻunchayu gulida vafo,
Toʻkulma gʻuncha kebi, lek gul masallik ochil.
Navoiyo, nega aflok murtafi’ boʻlmish,
Agar gʻamimdin emas, vazn kaffasida yengil!

375

Ey, qading sham’u yuzung sham’ uza gul,
Sham’ning dudi muanbar kokul.
Dam-badam ichmas esang gulgun may,
Ne uchun orazing oʻlmish gulgul.
Yuzda xoli labing ul hindu erur
Kim, nchar xirmani gul ustida mul.
Mengakim ul qad ila zulf kerak,
Netayin savsanu naylay sunbul.
Otashin gulga vafo chun yoʻq emish,
Oʻzni koʻp oʻrtamagil, ey bulbul.
Oqibat yerga kirarsen gar xud,
Boʻlsa koʻk atlasi raxshing uza jul.
Ey Navoiy, qadam urmoq boʻlmas,
Rahnamoy oʻlmasa hodiyi subul.

376

Azm oʻlsa xayolinggʻa, koʻnguldur anga mahmil,
Osoyish agar istasa, koʻz chashmasi manzil.
Ey ishq, netib ul qora koʻzni koʻrayinkim,
Koʻzning qorasin hajrida ashk ayladi zoyil.
To boʻldi sening husnunga oshiq uza oshiq,
Ish boʻldi mening koʻngluma mashkil uza mushkil.
Ul koʻz olur el jonin oʻgʻurluq bila, vahkim,
Boqmas bu taraf, tutsam oʻzumni necha gʻofil.
Yodi bila behushlugʻum daf’ini qilmang,
Devoridin ul koʻyning ar boʻlmasa kahgil.
Ey mugʻbacha, oshiqmenu durdikash, etib rahm,
Ne yuzunga, ne jomgʻa qil pardani hoyil.
Oʻzlukni fano oʻtigʻa kuydurdi Navoiy
Kim, savmaadin xorij erur dayrgʻa doxil.

377

Ul shayxki, minbar uza afsungʻa berur tul,
Shaytondur oʻzi, majlisining ahli suruk gʻul.
Gʻaflatdin agar va’z ila uygʻotsalar elni,
Ul aylar uyutmoq uchun afsonagʻa mashgʻul.
Boshtin ayogʻi minbarining poyasi doston,
Ham oʻziyu ham ma’rifati johilu majhul.
Koʻrmay xirad ashobida bir fardni oqil,
Topmay kishi afsunida bir nuktani ma’qul.
Har neki hadis oti qoʻyub, barchasi mavzu’,
Naqliki mashoyixdin etib, borisi majhul.
Yuz pora qilib, minbari oʻt yoqqali avlo,
Bu shart ilakim, boʻlsa oʻzi qotilu maqtul.
Iblis sifat el sari mayl etma, Navoiy,
To boʻlmagʻasen zarqu riyo qaydida ma’lul.

378

Qon yoshim ichra tanim toʻlgʻangʻanin nazzora qil,
Lolazor ichra yilon gar koʻrmading, oʻt uzra qil.
Bodadinmu erkin, usruk koʻzlaringning humrati,
Yo uzoring oʻti tobidin boʻlubturlar qizil.
Koʻnglum ichra har yara ogʻzida paykoning uchi,
Keldi darding lazzatining shukrini ayturgʻa til.
To tushubmen ul uzoru ikki gesu hajrigʻa,
Ey quyosh, rahm aylakim, boʻlmish, bir oyu ikki yil.
Dogʻima andoza marhamliq momugʻdin istagan,
Koʻnglum ichra buyla har yon dogʻi beandoza bil.
Dahr boʻstonida chun yoʻqtur vafoye, ey koʻngul,
Loladek gulgun qadah tut, gʻunchadek bir dam ochil.
Iltifoting ozidin itti Navoiy telbarib,
Ey pariy, bir ham bu Majnungʻa parvo aylagil.

379

Ul quyosh ogʻzi uza mushkin xol,
Zarraning nuqtasidin keldi misol.
Gar ravondur ne tong ul qadki, erur,
Ruh sarchashmasida toza nihol.
Raxsh har yonki surar ul chobuk,
Yugurur tegrasida payki xayol.
Chobukumning otining na’li emas,
Tushti shabrang ayogʻigʻa hilol.
Gʻuncha ogʻziki takallum qilmas,
Ul ogʻiz gʻunchasi qilmish ani lol.
Hajrning chorasi bexudlugʻ emish,
Soqiyo, jom ketur molomol.
To Navoiydek oʻlay ani ichib,
Mastu Majnun sifatu sheftahol.

380

Ul pariy chehra chu koʻrguzsa jamol maqbul,
Koʻrgan emasturur oʻz aqligʻa qolmoq ma’qul.
Surtulub yuzga, agar yetsa dimogʻimgʻa isi,
Meni ul zulf tanobi bila qilgʻil maqtul.
Istasang dahrda ming telba koʻngul sargardon,
Halqa-halqa rasani zulfidin ochgʻil margʻul.
Xotirim iki jahon mashgʻulidin oʻlmish forigʻ,
Doʻst yodi bila to koʻnglum oʻlubtur mashgʻul.
Bodai la’li labing qonima berdi tahlil,
Qatl emish xosiyati, la’lki boʻlgʻay mahlul.
Vahki, maqsudni ma’lum etayin deb umre,
Bir sarimoʻy emasturki, emastur, majhul.
Gar Navoiy desa but vasfini takfir etmang,
Dayr piridin erur buyla rivoyat manqul.

381

Nolani har nechakim eldin nihon aylar koʻngul,
Seni sogʻingʻach yana bexud figʻon aylar koʻngul.
Har nechakim yoshururmen rozi ishqing xalq aro,
Bir mahalsiz oh ila borin ayon aylar koʻngul.
May tarashshuh aylagandek chok boʻlgʻan shishadin,
Zaxmidin xunobasin har dam ravon aylar koʻngul.
Qasd etar koʻnglumki, olgʻay lablaringdin komi dil,
Emdi tahqiq ayladimkim, qasdi jon aylar koʻngul.
Koʻz koʻrar yuzungniyu koʻnglum meni rasvo qilur,
Zor etar koʻnglumni koʻz, bagʻrimni qon aylar koʻngul.
Shu’lai koʻkurd koʻrguzdi qazo kuydurgali,
Dardi ishq ahlin bukim gardun gumon aylar koʻngul.
Ey Navoiy, avval ul nomehribongʻa uchratur,
Kimnikim men benavodek notavon aylar koʻngul.

382

Yuzi oyina qildi koʻzguni ul siymbar hoyil,
Aningdekkim, quyosh ruxsorigʻa boʻlgʻay qamar hoyil.
Ul oʻtluq yuzni qilmoq zarvaraq pinhon emas mumkin,
Ne imkondur koʻrarga shu’lani boʻlmoq sharar hoyil.
Koʻrunmas zor koʻnglum jahd etib paykonlaring ichra,
Magar ul qushqa boʻlmish kasrati bargi shajar hoyil.
Suni andoqki yopqay safha-safha, bargi gul tushkach,
Yoshimgʻa pora-pora boʻlmish ajzoyi jigar hoyil.
Sochinggʻa gardi yazdiy me’jaring hoyil boʻla olgʻay,
Boʻla olsa savodi shom uza shabnam agar hoyil.
Safardur mujibi hirmoni diydor ahli shavq ichra,
Hamono vasl xurshidigʻadur gardi safar hoyil.
Yuzungni och, agar xud rishtai jondindurur burqa’,
Berib jon istamas diydorgʻa ahli nazar hoyil.
Dema solikka hoyil ne ekin maqsud vaslidin,
Erur aqlu, hisu dunyoyu uqbo sarbasar hoyil.
Desangkim, oʻzlugumdin oʻzga hoyil bormu jonongʻa,
Boʻlurmu, ey Navoiy, ishq aro mundnn batar hoyil.

383

Ey musavvir, dilbarimgʻa surate monand qil,
Qoʻrmakidin xotirimni gah-gahe xursand qil.
Ul harir uzraki tarh etkungdurur timsolini,
Sigʻmasa, zayligʻa jonim pardasin payvand qil.
Boʻlmasun bu tu’madin mahrum ul koʻy itlari,
Ey ajal, taqsim uchun bagʻrimni yuz parkand qil.
Ul pariyvash chiqti usruk sekretib koʻnglakcha, voy,
Nosiho, devona boʻldum, emdi tarki pand qil.
La’li shirindinki qilding ayshni jonimgʻa talx,
Necha achchigʻ soʻz demak, bir qatla shakkarxand qil.
Jomi Jamning rohi Afridun yiloni zahridur,
Ey koʻngul, oʻzni safoli faqr ila xursand qil.
Hojati budur Navoiyning, xudoyokim, ani
Mugʻbacha husniga mugʻ dayrida hojatmand qil.

384

Zaxmliq koʻksumni gʻayrat tigʻi birla chok qil,
Ham ushul su birla gʻayridin koʻngulni pok qil.
Lam’ai ruxsoridin, ey ishq, kuymakdur ishim,
Notavon jismimni gar xud hiyma, gar xoshok qil.
Buyla oʻtkim mendadur, andin fuzun imkon emas,
Dam bila tez ayla yoxud yuzni otashnok qil.
Gʻayrgʻa shoyad gʻuborim hoyil oʻlgʻay koʻrgali,
Koʻyida, ey ishq, hasrat birla jismim xok qil.
Mast chiqmish tigʻ ila ahli nazar qatli uchun,
Ey koʻngul, nazzorai ul qotili bebok qil.
Har ne koʻkdin kelsa boʻl tufrogʻdek hoyil magar,
Nopisanding boʻlsa, man’i gardishi aflok qil.
Ey Navoiy, ishq oʻtining shu’lasi chiqsun desang,
Koʻnglaking choki ne osigʻ, koʻkragingni chok qil.

385

La’li jonbaxshiki elga jon berur, jonimdur ul,
Ulki mundoq lab bila der nukta, jononimdur ul.
Vasl shomi ul qadu yuz davrida parvonavor,
Chevrulub kuysam ne tong, sham’i shabistonimdir ul.
Nuktai mavhum emas koʻnglumda ogʻzing yodidin
Kim, bu xunin gʻuncha ichra dogʻi pinhonimdur ul.
Itlaringga tu’madur bagʻrim va lekin qoʻllarin
Ulki rangin aylamish hinno kebi — qonimdur ul.
Deb empshsen, tarki ishqim ayla, yo oʻl hajr aro,
Munda oʻlsam ham oʻlay, lekin ne imkonimdur ul.
Eyki koʻrdung hajr zindonida bir qonligʻ asir,
Notavon koʻnglum bu, lekin baytul ahzonimdur ul.
Xusrave koʻrsangki, ash’orim oʻqub holat qilur,
Ey Navoiy, anglakim, shohi suxandonimdur ul.

386

Aytaolmonkim, meni ovora birla yor boʻl,
Garchi yoʻq qilding meni ul koʻydin, sen bor boʻl,
Men agar bar topmadim sensiz hayotim shoxidin,
Naxli umrungdin sen, ey badmehr, barxurdor boʻl.
Chun meni gʻam tigʻidin qatl aylading, ne sud, agar
Motamimdin gʻam yegil, yo oʻzgaga gʻamxor boʻl.
Ey koʻngul, ul umr hajri chun bu yangligʻ sa’b erur,
Gar qutulsang jon berib, jon birla minnatdor boʻl.
Ul quyoshning koʻyidin, eykim, tilarsen chiqmasang,
Xoksor anda nechukkim, soyai devor boʻl.
To tiriksen, istasang xushvaqtligʻ, ey mayparast,
To toʻlar paymona, mugʻ dayrida xizmatkor boʻl.
Ey Navoiy, gar tilar ul shoʻx ozoring sening,
Kim deb erdikim, vafosiz elga mundoq zor boʻl.

337

Vahki, bu bedil gʻamingdin oʻldi, ey dilxoh, kel,
Ey koʻngul, sen dogʻn ul dilxoh ila hamroh kel.
Mumkin ermas ogʻzim ichra kel demakdin oʻzga soʻz,
Garchi yor ollida tengdur xohi tur de, xoh kel.
Garchi dardimgʻa davo qilgʻung yoʻq, ammo hajr aro,
Asru qattiq holatimdin boʻlgʻali ogoh kel.
Uylakim tom raxnasidin oy tushar vayronagʻa,
Chok koʻksumdin buzugʻ koʻnglum aro, ey moh, kel.
Oh oʻtin dedingki past aylay ziloli vasl ila,
Bu nafaskim shu’lasin gardungʻa chekmish, oh, kel.
Bir qadah bersang, qoʻyarmen butqa yuz, ey piri dayr,
Ikkisin olib, boshimgʻa hasbatahullohu, kel.
Garchi kelmay-kelmay oʻlturdung Navoiyni valek,
Ey Masih, aning mazori boshigʻa gah-goh kel.

388

Xil’atin to aylamish jonon qizil, sarigʻ, yashil,
Shu’lai ohim chiqar har yon qizil, sarigʻ, yashil.
Gulshan ettim ishq sahrosin samumi ohdin
Kim, esar ul dasht aro har yon qizil, sarigʻ, yashil.
Shishadek koʻnglumdadur gulzori husnung yodidin,
Tobdonning aksidek alvon qizil, sarigʻ, yashil.
Orazu xoling bila xatting xayolidin erur
Koʻzlarimning oldida davron qizil, sarigʻ, yashil.
La’lgun may tutqil oltun jom birla sabzada
Kim, bulardin yaxshi yoʻq imkon qizil, sarigʻ, yashil.
Faqr aro beranglik dushvor erur behad, valek
Xirqada tikmak erur oson qizil, sarigʻ, yashil.
Ey Navoiy, oltinu, shingarfu zantor istama,
Boʻldi nazming rangidiy devon qizil, sarigʻ, yashil.

389

Jonu koʻnglum baski koʻrdi ahli davrondin malol,
Jonima boʻlmish koʻnguldin, koʻngluma jondin malol.
Bu ikov baskim malol izhor aylarlar, boʻlur
Ham manga mundin malol, alqissa ham andin malol.
Ulki olamdin malul oʻlgʻay, elidin ham erur,
Kimga zindondin malolat, ahli zindondin malol.
Kimsa birla oshno boʻlmonki, nogah, ey rafiq,
Bir kishiga boʻlmagʻay men zori hayrondin malol.
Dasht aro ham istamon hamdamki, nogah boʻlmagʻay,
Gʻullargʻa bu aloxonu alomondin malol.
Har necha qildim vafo, juz benafoligʻ koʻrmadim,
Ne ajab koʻnglumga boʻlsa nav’i insondin malol.
Soqiyo, to mumkin oʻlgʻay jomima quy bodakim,
Dahr elidin xotirimga oʻtti imkondin malol.
To boʻlay ul nav’ usrukkim, shuurum boʻlmagʻay,
Mehnati koʻp koʻngluma yuz qoʻysa har yondin malol.
Gar Navoiy joni kuygandin bu soʻzlar der, vale
Jon malol oʻrnigʻa koʻrmas, yetsa jonondin malol.

390

Olgʻali koʻnglum minib bir barq raftor ot, kel,
Gar mening koʻnglum keraktur barqdin ham bot kel.
Men kimu vasling xayoli istamak, vahkim, manga
Barcha gar bir koʻrmagu oʻlmakturur, hayhot, kel.
Deb eding: boshinggʻa bir kun yetkum andoqkim quyosh,
Mehr lofin gar tilarsen aylamak isbot, kel.
Borgʻaningdin ayru erdi bir-biridin jonu tan,
Kelmakingdin jonu tanni bir-biriga qot, kel.
Roʻzgorim tiyra aylab, shomi hajr oʻlturgusi,
Ey hayotim sham’i, daf’ aylarga bu zulmot, kel.
Zuhd ila jonnmgʻa yettim, ey koʻngul, gar dayr aro
Bartaraf qilmoq tilarsen tovbayu tomot, kel.
Dardi hajringdin Navoiy telbarabtur, ey pariy,
Gar eshitmak istasang devonavor abyot, kel.

391

Tigʻi hajringdin erur yuz yara noshod koʻngul,
Qilsa tong yoʻq ul ogʻizlar bila faryod koʻngul.
Ey koʻngul, ishq aro gar gʻamliq esang, bok ermas,
Qayda ishq ahli aro topti birav shod koʻngul.
Gar yuzung shu’lasidin kuydi dogʻi kul boʻldi,
Lek boʻldi mening ohim bila barbod koʻngul.
Boshogʻingning temurin tesha yasab oh oʻtidin,
Gʻussa togʻini qozar uylaki Farhod koʻngul.
Ne ajab telbarasam, chunki olibtur mendin
Odamizod demon, balki pariyzod koʻngul.
Ne vafo rangiyu ne mehr isi bor, ey bulbul,
Bu chaman gullariga aylama mu’tod koʻngul.
Yor yodigʻa Navoiyni beray deb erdi,
Borgʻali qilmadi ani ham oʻzi yod koʻngul.

392

Bogʻ aro erdingmukim, bu kecha gulbez esti yel,
Boda ichtingmuki, behad ishratangez esti yel.
Yuz uza zulfungni qildingmu parishon noz ila
Kim, gahi gulboru, gohi anbaromez esti yel.
Yuzu qadding shavqidin oʻldum, hamono bogʻdin
Ochilib gul, jilva aylab, sarvi navxez esti yel.
Yelga ruxsoru taning ochib, magar berding hayot
Kim, umid ahligʻa gulposhu samanbez esti yel.
Gʻunchalar shavqungda goʻyo bogʻlagʻanlardur koʻngul
Kim, nechakim, esti ul yondin, dilovez esti yel.
Bu chamanda boʻlsa yel sokin, oʻchar sham’i hayot,
Yorutur anduhu gʻam oʻtin, agar tez esti yel.
Ey Navoiy, ranj ila xush boʻlki, Farhod ohidin
Bilki, qoʻpti tashlamoqqa toji Parvez, esti yel.

Mim Harfining Mahbublarining Malohati «Favoyid»din

393

To yigit erdim, qarilargʻa koʻp erdi xidmatim,
Qarigʻan chogʻda yigitlarga ogʻirdur suhbatim.
Ne uchun boʻldum kichik yoshligʻlar ichra koʻp saqil,
Garchi koʻp zohirdurur sinn kasratidin xiffatim.
Vahki, damdin-damgʻa, mendin yorlargʻa ijtinob,
Garchi kundin-kunga ortuqtur alargʻa ulfatim.
Gar taammul aylasam voqi’, muhiqdurlar alar,
Ne uchunkim hech qolmaydur alargʻa nisbatim.
Mushk chun kofur boʻldi — yogʻdi oʻt ustiga qor,
Xatti mushkin birla oʻtluq yuzga netsun ragʻbatim.
Bogʻ aro sarvi sihi yonida koʻrdum eski tok,
Boʻldi tuz boʻylugʻlar ichra xam qadimdin ibratim.
Ey koʻngul, tut goʻshaye emdi ibodat qilgʻali,
Qolmoq istar boʻlsang ellik yilgʻi boʻlgʻan hurmatim.
Chunki ellik manzil oʻtti umrdin, sokin boʻlay,
Ne uchunkim emdi yoʻq sur’at qilurgʻa quvvatim.
Nettim ellik yilda juz isyonki, emdi netkamen,
Yona ellik yilgʻacha tuttumki, boʻlsa muhlatim.
Lutf etib, yo rabki, imon boyligʻi qilgʻil nasib
Kim, halok etmish amal muflisligʻidin xijlatim.
Ey Navoiy, gʻam yemakim, bahri gʻufron ursa mavj,
Tengri lutfidin ne mumkin juz ummidi rahmatim.

394

Ne ajab qon yigʻlasam ahli zamondin dam-badam
Kim, alardin gʻam uza gʻamdur, alam uzra alam.
Soʻz demak boʻlmas alarning zulmi yoxud lutfidin,
Chunki ul koʻptin dogʻi koʻptur, bu kamdin dogʻi kam.
Charx goʻyokim chekar mehnat yuki davr ahlidin
Kim, bori jismida anjumdin ter oʻlmish, qaddi xam.
Lavhai xilqatlarida yoʻq magar harfi jafo,
Safhai xotirlarida yoʻq magar naqshi sitam.
Soyiri ifrod ishi bu boʻlsa, ulkim fard erur,
Barcha eldin husn aro ozdur anga yuz muncha ham.
Chun jafo tortar kishi bori biravdin tortsa,
Kim vafo qilsa kishiga, boʻlmasa ul dogʻi gʻam.
Koʻzi qotil, qoshi ofat, ogʻzining nutqi fusun,
Istaram, lekin jahonda yoʻqturur mundoq sanam.
Topmagʻung dayri fano ahlida yong boshtin baqo,
Qilmagʻuncha bodai vahdat vujudungni adam.
Ey Navoiy, mosivallohdin kesilmak kimsani,
Limaalloh manziligʻa yetkurur avval qadam.

395

Urarmen koʻksuma toshlar, gʻam etkach qasdi jon har dam,
Qoqarmen bu eshiknikim, yetar bir mehmon har dam.
Oʻluk topti buzugʻ ichra meni majnunni, goʻyo chugʻz
Navohi ahlin ogah qilgʻali tortar figʻon har dam.
Hamono tufrogʻimni la’lgun qilmoqqadur bukim,
Kelur bagʻrim shikofidin labing shavqida qon har dam.
Magar majnun koʻngulga har dam aylar ul pariy jilva,
Yoʻq ersa ne uchun oʻzdin borur bu notavon har dam.
Ochar goʻyo sabo ul gul yuzidin har zamon burqa’,
Bukim bir fitna birla qoʻzgʻalur ahli zamon har dam.
Sovugʻ ohim burudat soldi olam ichra, qish ermas,
Bulut yoʻq — dudi ohimdin koʻrunmas osmon har dam.
Kerak har dam qadahkim, may suyi har lahza qaytargay,
Bukim, davron jafosidin yetar ogʻzimga jon har dam.
Bu manzildin manga yoʻl azmigʻa boisdurur bukim,
Yetar bir korvon har dam, oʻtar bir korvon har dam.
Damo-dam javr ila buzdung Navoiy koʻnglin andoqkim,
Buzulgʻay mulki, bir zulm etsa shohi komron har dam.

396

Ulki koʻsi unidin shomu sahar afgʻonim,
Anga yetmasmen, anga yetmak emas imkonim.
Chatri ustidagi qush anglaki, koʻnglum qushidur,
Koʻnglum oʻlmoq ne ajab, andaki boʻlgʻay jonim,
Qulogʻi la’li hamonoki dur ermish, chu meni,
Begunoh ayladi qatl, ani tutubdur qonim.
Mehriga rishtai jon bogʻladimu koʻz qorasin
Surtsam erdi anga, qolmas edi armonim.
Bu sifatlar bila mavsuf kim erkin desalar,
Boʻla olmas kishi olamda magar sultonim.
Faqr koʻyida gadoligʻ chu erur sultonligʻ,
Saltanat moyilidur xotiri besomonim.
Menu mugʻ dayri aro mugʻbachalar ishqiki bor,
Ul gadoligʻda jahon shahlarigʻa farmonim.
Piri dayr aylasa bir jomi may ehson, qilgʻay
Mast olam elini jomi mayi ehsonim.
Ne uray lof Navoiy kebi chun oʻlsa iti,
Itlari xayli aro itcha dogʻi yoʻq sonim.

397

Ayladim azmi safar, boʻlgʻay debon ishq oʻti kam,
Ul xud afzun boʻldi har manzil demaykim, har qadam.
Qaysi manzilni qadam har damki, urdum yoʻl aro,
Gʻam sipohi xayli koʻrguzdi ul oʻtdin bir alam.
Sayrkim, derlar kam aylar ishqni koʻr, ey rafiq
Kim, jahon ovorasi boʻldum, gʻalat chiqti bu ham.
Hajr vodiysigʻa qilmang azm oshiqlarki, bor,
Har xasi bir tigʻi mehnat, har toshi bir koʻhi gʻam.
Koʻyining devori ustimga yiqilsa yaxshiroq,
Andin ayru jilvagohim boʻlgʻucha avji haram.
Ishq ila toptim adam sahrosidin mulki vujud,
Oshiq oʻldum, dard qilgʻuncha vujudumni adam.
Koʻp xirad xattin Navoiy sari chekma, ey rafiq
Kim, anga kilki qazo oshiqligʻ aylabtur raqam.

398

Tutqaln shirin labing shoxi shakardur barmogʻim,
Baski, soʻrmoqdin ani ayrilgʻudektur tirnogʻim.
Istaram koʻr aylagay nazzora ahlin rashkdin,
Gar sabo tahrikidin koʻyiga borsa tufrogʻim.
Vasli bay’igʻa toʻkub el siymu men yordim yurak,
Komima mushkilki, yetkaymen bu boʻlsa yormogʻim.
Barq emaskim, oʻt choqarmen dahrni kuydirgali,
Togʻ ila boʻlmish yangi oy, chunki toshu chaqmogʻim.
Ishq aro Farhod ila Majnun sherikimdur, vale
Dardu gʻam chekmakka mencha yoʻq bu ikki oʻrtogʻim.
Dema maxmur oʻlsang oʻzni solmagʻil, ey mugʻbacha,
Istaram, boʻlgʻay fano dayrida oʻzni solmogʻim.
Ey Navoiy, dema: umrung oʻtti — ishqu maydin oʻt,
To tirikmen, ermas ushbu ikki ish aylar chogʻim.

399

Qora dastor to chirmadi mohim,
Boshimgʻa chirmashibtur dudi ohim.
Yogʻibtur nargis ichra jola, yoxud
Koʻzida ashk erur bor ishtibohim.
Anga hamrang oʻlay deb motamimen,
Qorargʻan roʻzgorim bor guvohim.
Sirishkim xatlari sharhini soʻrdum,
Dedi, xayli balogʻa shohrohim.
Manga xud bu azo boʻldi bahona,
Mudom oqmoqqa ashki goh-gohim.
Yema bozi nujumi tiyradinkim,
Erur qalb uylakim, roʻkash darohim.
Koʻzumdur tiyra, ya’ni, ey Navoiy,
Qora toʻn kiydi motam ichra shohim.

400

Firoqing doʻzaxi ichra vujudum
Boʻlubtur oʻt, nafaslar anda dudum.
Kelib jon rishtasiyu jism tori,
Vujudum xil’atida toru pudum.
Firoqingda yutub qon qilsam afgʻon,
Mayi nobimdur ul, bu bir surudum.
Qoshingda egma qad birla yer oʻptum,
Xayol et ul ruku’um, bu sujudum.
Belu ogʻzing uchun borim yoʻq oʻldi,
Vale tengdur sanga budu nobudum.
Berib din naqdi, boʻldum dayr aro mast,
Vale koʻp boʻldi bu savdoda sudum.
Bukim koʻp ashk toʻktum, ey Navoiy,
Koʻnguldin gʻayrining nashini yuvdum.

401

Damo-dam otashin la’ligʻa olur boda jononim,
Bu yangligʻ oʻtlar ichra naylasun oʻrtanmayin jonim.
Emas oy, kun iki pogʻundasin koʻk zoli berkitmish,
Quloqqa baski hajringda ani yolqitti afgʻonim.
Tanimda dogʻlarni ayladim koʻnglak bila pinhon,
Qonab, koʻnglakda fosh etti oʻzin har dogʻi pinhonim.
Koʻzumda bogʻlanib qon yosh, ne tong, gar ochqali qoʻymas,
Chu ul qonimni toʻkti, oqibat tutti ani qonim.
Buzugʻ koʻnglum aro mundoqki, paykoningni yogʻdurdung,
Ne tong, mundoq yogʻindin yer bila teng boʻlsa vayronim.
Xijolatdin qizarmish gul, taxarruk sarvdin ketmish,
Magar bogʻ ichradur gulchehrlik sarvi xiromonim.
Tasavvur birla gah maqbulmen ollida, gah mardud,
Qayu aqshomki, sultoni xayoling boʻlsa mehmonim.
Vujud iqlimidin ovora gar boʻldum, umid ulkim
Fano dashti gʻuboridin yopilgʻay jismi uryonim.
Navoiygʻa demangkim, tarki ishq et, to erur mumkin
Ki, men oshnqmenu devona, mundoq ish ne imkonim.

402

Bahoru bogʻ sayridin ne gul, ne sarvdur komim,
Budur komimki, shoyad uchragʻay sarvi gulandomim.
Oʻqung koʻp zaxmidin dom oʻldi jismim, zaxmlar ermas,
Chiqargʻa jon qushi yoʻllar yasabtur har taraf domim.
Jamoling koʻzgusi chun elga roʻbaroʻ boʻlur har dam,
Ne tong gar koʻzgu aksidek zamone yoʻqtur oromim.
Xusho Majnunki, ma’nusi edi boshigʻa qoʻngʻan qush,
Junun toshi yogʻardin boshima ul ham emas romim.
Mangakim, hajri za’fidin nafas ma’lum emas kelmak,
Ne imkon bas yetishmak ul Masihodamgʻa paygʻomim.
Firoqim kechasi bas muhlik oʻlmish, gar sahar boʻlmas,
Nafas urmoqqa goʻyo subhini qoʻymas qora shomim.
Aningdek tashnamen, ey mugʻbachakim, qoʻsh tutar boʻlsang,
Falakning huqqasin boʻl ikki, to boʻlsun iki jomim.
Baho bu benavodin gar qabul aylar esang, bordur,
Biriga javhari jonim, biriga naqdi islomim.
Harom ettim Navoiy, dunyoyu uqbo tamannospn,
Nedinkim Ka’bai koʻyi sari bogʻlandi ehromim.

403

Jafo ham qilmading — koʻz har necha husnunggʻa oldurdum,
Qiyo ham boqmading — har nechakim, ollingda telmurdum.
Vasiyat qildi qabri boshida Farhod ila Majnun,
Junun sahrosida ul toshlarkim, koʻksuma urdum.
Yaralar anjum oʻldi, qon shafaq ul oy firoqida,
Xadangi ohkim, oʻtgan kecha gardungʻa yogʻdurdum.
Firoqim shomi andin tiyradurkim, dudi anjumni,
Qora qilmish tuganlardinki, hijroningda kuydurdum.
Labing yodi chekib jon rishtasin, soldi yana tangʻa,
Koʻzung bedodidin jonni necha ogʻzimgʻa yetkurdum.
Jununum shu’lasin afzunroq etti ul pariy otqon
Ne oʻqkim, hajri tugʻyoni aro koʻksumga sindurdum.
Ajal bedodidin xoki tanim, yuz shukrkim, tindi
Ki, hijron oʻrtagan jonimni jononimgʻa topshurdum.
Qazogʻa rozi oʻlkim, gʻussa vaqti qilmadi sude,
Necha kavkabni mujrim qildimu gardunni yozgʻurdum.
Xumorimdin sadoyu sarzanish zuhd ahlidin har dam,
Chiqib mayxonadin, muncha balo boshimgʻa kelturdum.
Havolam qilsa piri dayr but yo mugʻbacha zunnor,
Ne chora, chun qoʻyib masjid, fano dayrigʻa yuz urdum.
Navoiydek yorugʻluq ul zamon topdimki, oʻzlukni
Fano oʻtigʻa oʻrtab, kulni dogʻi koʻkka sovurdum.

404

Bahori vaslda oʻrtandi rashkdin jonim,
Xayol qilki, ne boʻlgʻay xazoni hijronim.
Tanim tugonlariga marham, ey rafiq, ne sud,
Erur koʻngulda chu yuz muncha dogʻi pinhonim.
Ne nav’ deyki, buzugʻ koʻnglum ichra gah-gah kel,
Toʻkar chu gardi fano lahza-lahza vayronim.
Jununum emgagidin gar toriqting, ey nosih,
Salomat oʻl senu shahring, menu biyobonim.
Kamoli za’f koʻrungkim, yetar necha yerda,
Koʻnguldin ogʻzima yetkuncha xayli afgʻonim.
Salomat ahli, tutung dinu ofiyatqa azo
Ki, mastu arbadajoʻ chiqti nomusulmonim.
Qadah quyoshi bila, soqiyo, munavvar qil,
Ki, gʻamdin asru erur tiyra kunji ahzonim.
Zamon elida vafo yoʻq, agarchi jon bersang,
Bas oʻldi ersa vafosiz, ne ayb, jononim.
Deding, firoqida sabr ayla toki mumkindur,
Navoiyo, dema bu soʻznikim, yoʻq imkonim.

405

Boʻldi ravzan-ravzan ul qotil xadangidin tanim,
Gʻussa charxi bu tanimdur, anjumi ul ravzanim.
Aylamish zulfung xayoli roʻzgorimni qora,
Oh dudidin qorarmaydur maqomu maskanim.
Har taraf ul shoʻx tosh urmish, yarolar qonidin
Kim, quruq jismim uza boʻlmish teri pirahanim.
Dema, jon bermak fanin oʻrgan, dogʻi vaslimni tep,
Sen visoling fikrin etkilkim, erur ul xud fanim.
Qattiq ahvolimgʻa yigʻlaydurgʻan elni dema doʻst,
Doʻstlar oʻlmish, oʻlum holigʻa yetmish dushmanim.
Dayr eshikinda tanim dafn aylasang, ey mugʻbacha,
Boda loyidin gahe topqay imorat madfanim.
Dasht aro soʻr, ey Navoiy, jonu koʻnglum saydini
Kim, bukun ov azmi qilmish qotili sayd afganim.

406

Shabiston ichra kirgach, sham’larning nurin etting gum,
Kecha yorugʻroq oʻlgach, tiyraroq boʻlgʻan kebi anjum.
Chu sensen ayni insoniyat, oʻlsang diydadin pinhon,
Qorangʻudur jahon andoqki, koʻzda boʻlmasa mardum.
Ne tunkim, xoru xoro ustida koʻyungda yotqaymen,
Degaymenkim, yonim ostidadur sinjob ila qoqum.
Otang oyu onang xurshid edi erkinki, sen tugʻdung,
Vale husnu latofatda ne ab oʻxshar sanga, ne um.
Agarchi ishq bahri hajr daryosidin a’zamdur,
Va lekin gar kichikroqdur, pur ofatroqdurur Qulzum.
Quyoshdektur toʻla kup ogʻzi davridin mayi sofiy
Ki, gar boʻldi quyosh avlo bukim, garduncha boʻlgʻay xum.
Agar ma’shuqi zebo boʻlsa, ne barlosu ne loʻli,
Nafis ar boʻlsa kolo, mulki ne Bagʻdodu ne Torum.
Xaloyiq kulmagin oʻz holima koʻrganda yigʻlarmen,
Junun koʻrgilki, chun dardimgʻa yigʻlarlar, kelur kulgum.
Navoiy, shahr eli ishgʻolidin gum boʻldi maqsudung,
Bulardin istasang maxlas, fano dashtida boʻlgʻil gum.

407

Charxdin gar hardam ermas bir azogʻa kuymakim,
Nega tikkan soyi chok oʻlmoq keraktur koʻnglakim.
Sahl erur koʻnglakki, hijron oʻqiyu gʻam tigʻidin,
Tikmaku chok aylamakka mubtalodur koʻkrakim.
Har zamon koʻzdin yoshim emgaklagan bir yoshdek,
Mayl etar tufroqqa, vah, oʻlturgusi bu emgakim.
Bejigar boʻlsam balo tortargʻa, vah, emdi ne tong,
Bordi koʻzdin chun bagʻir pargolasidin koʻprakim.
Har tong erta cheksa gardun subh tigʻin qatlima,
Tong emaskim, bordur ul dushmanlar ichra ertakim.
Ayshu rohat qushlarnn sayd aylay olmon, garchi bor
Koʻz yoshidin donayu jon rishtasidin ilmakim.
Ey Navoiy, buki gardun evrulur fonusdek,
Koʻngliga kor etti goʻyo sham’ yangligʻ kuymakim.

408

Qaysi taqvo xirmanin fisq oʻtidin kuydurmadim,
Qaysi tavba naxlini nafs ilgidin sindurmadim.
Turmay oqsa koʻzdin ashkim ne ajabkim, tavbadin
Garchi koʻp soʻz dedim, ammo bir soʻzumga turmadim.
Xoʻblar ishqida koʻz birla koʻngul bedodidin,
Ne baliyatlarki munglugʻ boshima kelturmadim.
Jom barqidinmu zuhdum xirmanin kul qilmadim,
Boda saylidinmu aqlim qasrini indurmadim.
Lolaruxlardinmu har dam qilmadim ashkimni qon,
Sarv qadlardinmu gardungʻa figʻon yetkurmadim.
Dayr piri ilgidinkim, bogʻladim zunnorni,
Mugʻbacha ollida mushafni magar kuydurmadim.
Qaysi shoʻxi bodapaymo bazmidin surgach meni,
Nangsizlikdin yirogʻroq turubon telmurmadim.
Masti loya’qil yaqo yirtib, ayogʻu bosh yalang,
Yigʻlamoqdin kimnikim, oʻz holima kuldurmadim.
Yo rab, oʻz tavbamgʻa yoʻqtur e’timodim, sen magar
Tavba bergaysenki, men aytib bajo kelturmadim.
Bermading tavfiq, yoʻqsa ne uchun har qatlakim,
Tavba sindurdum, oʻzumni gʻussadin oʻlturmadim.
Ey Navoiy, istasang tinmoq, ishing tengriga sol,
Yoʻqsa men say’ aylabon, sendin koʻngul tindurmadim.

409

Vasling istab oʻqdek etkay erdi sur’at paykarim,
Naylayinkim, hajr oʻqi paykonlaridur langarim.
Otashin la’ling gʻamidin oʻrtanib, qon yigʻlasam,
Goh qondin, goh oʻtdin la’lgundur paykarim.
Koʻzu mujgoningdin ayru uyqu yoʻq men xastagʻa
Kim, momugʻ yangligʻ tnkon birla toʻlodur bistarim.
Ey niholi noz, ohimdin hazar qilkin, bukun
Koʻp koʻhan paykar shajarni yiqqudektur sarsarim.
Ul quyosh aksin may ichra koʻrgali oshuftamen,
Ne ajab oshuftaligʻkim, sugʻa tushmish axtarim.
Men ozibmen yoʻldinu bas tiyradur hijron tuni,
Toli’ oʻl, ey kavkabi iqbolu, boʻlgʻil rahbarim.
Ey Navoiy, ne ajab gar nazmim elni yigʻlatur
Kim, yozilmish hajr oʻtining dudasidin daftarim.

410

Yetkach ul qotil, erur boʻgʻzumda ikki barmogʻim,
Tigʻi oʻrnin koʻrguzub, surgil debon yolbormogʻim.
Vasl jomining agar mufrit emas kayfiyati,
Sen qachon kelgach, mening nedur oʻzumdin bormogʻim?!
Hajr tirnogʻi bila koʻnglumnikim, qildim figor,
Boʻlmasun gʻayring demakdindur bu nav’ axtarmogʻim.
Baski shavqung gʻolib oʻlmish telbalardek, ey pariy,
Yoʻqturur tun-kun xayoling birla soʻzlab hormogʻim.
Hajr aro yoʻqkim, visol istab, oʻlum istab, erur
Furqatingdin oʻzni bir tadbir ila qutqormogʻim.
Soqiyo, taklif ila ich dema, toʻldur dogʻi koʻr
Kim, ayogʻning naqshini eltur qirib sipqormogʻim.
Ey Navoiy, tortayin dermen koʻnguldin intiqom,
Yoʻqsa yuz gʻamni anga har dam nedur boshqormogʻim.

411

Yor tigʻi qatl urub, men hajr mayli qilmadim,
Koʻnglum olib qovdi, men koʻnglum bila ayrilmadim.
Zulm ila ovora aylar chogʻda oʻlturgil debon,
Ne tazallumlarkim, ul qotil qoshinda qilmadim.
Koʻnglum olurda ummidi mehr ila zor ayladi,
Dilrabolar zor etib, bemehr oʻlurni bilmadim.
Oshiq oʻlmang dermen, ey ahbob, pand aylang qabul,
Men nelar koʻrdum, chu el pandin koʻzumga ilmadim.
Lahza-lahza hajr oʻti chekti alam uzra alam,
Oʻttimu bir lahzakim ul shu’lagʻa yoqilmadim.
Hajridin bor ersa ranjing, tunu kun boʻl mastkim,
To manga bu nukta kashf oʻldi, yana oyilmadim.
Ogʻzi hajridin Navoiydek adam sahrosida,
Ittim andoqkim, oʻzum ham istabon topilmadim.

412

Harir koʻnglaku koʻksin nazzora aylamadim
Ki, koʻnglak oʻrnigʻa koʻksumni pora aylamadim.
Demaki, koʻksini men muncha pora qilmaymen
Ki, ani men xud oʻzum muncha yora aylamadim.
Firoq shomi oʻzi dogʻi tiyradur yolgʻuz,
Duxoni ohim ila ani qora aylamadim.
Dema necha tuganing bor, bilmon a’dodin,
Agarchi hargiz alarni shumora aylamadim.
Ulusqa ishqim oʻtin koʻksum ohi fosh etti,
Men ani ishqim ila oshkora aylamadim.
El istixora qilur tavbagʻa sahargahu men,
Bajuz sabuhi uchun istixora aylamadim.
Navoiyo, meni ul mast bazmidin surdi,
Yoʻq ersa kom ila andin kanora aylamadim.

413

Itingki, bordi qilib tu’ma bagʻrimu yuragim,
Oqargʻusidur aning intizoridin soʻngagim.
Firoq oʻti yuragimni su aylab oqizdi,
Chekarga hajri gʻami emdi yoʻqtur yuragim.
Etak-etak guhar ollingda sochsam ermas ayb
Ki, koʻz xazonasidin dam-badam toʻlar etagim.
Mayim firoq aro xunobi gʻamdurur, may emas,
Xayol birla labing qandi chun erur gazagim.
Tikan nishonimu guldek kafingdadur, yoxud
Yetishgach anda koʻzum, qoldi yopishib nenagim.
Sipehr zulmigʻa yoʻq chora bodadin oʻzga,
Bu ishda aqldin ermas tahammul aylamagim.
Visolin istadim — ochti sahar yadi bayzo,
Navoiyo, ajab ar mustajob emas tilagim.

414

Firoq tigʻi halokidin oncha emgandim
Ki, yetsa dogʻi ajal, oʻlmamakka oʻrgandnm.
Yerim gar oʻlsa tamugʻ, koʻp koʻrunmagay muhriq,
Firoq shu’lasigʻa munchakim, men oʻrtandim.
Halok dashtida itkan koʻngul topilmadi hech,
Quyun kebi nechakim, har yonida aylandim.
Oʻqurda ruq’a hijron uzuldi tori hayot,
Nedinki, toridek azbas oʻzumga toʻlgʻandim.
Emas boshimdin ayoq oh dudi birla qora,
Firoq dashti samumida buyla churkandim.
Demangki, xum kebi dayr ichra sokin oʻlkim, men
Surud uniga magar hol etarda tebrandim.
Navoiyo, oʻtubon umr gʻaflat ichra, darigʻ
Ki, soʻngʻi uyqugʻa koʻz mayl etarda uygʻandnm.

415

Charx ayirdi tez etib nolamni ham, ohimni ham,
Mehribon shohimni ham, nomehribon mohimni ham.
Har kishi dilxohu diljoʻyum edi, soldi yiroq,
Shohi diljoʻyumni dogʻi, mohi dilxohimni ham.
Ne figʻondurkim, latofat avjida mohimni tun,
Uyqugʻa qoʻymas xilofat taxtida shohimni ham.
Aytmon shohimni yo mohimni yetkur boshima,
Ham mahi gʻofilvashimni, shohi ogohimni ham.
Jonda shohim yodi, koʻnglum ichra mohim furqati,
Deng anga qulluq, bu birga shayalillohimni ham.
Ey falak, shohu mahim sham’i ruxidin gʻam tuni,
Yorutub uy, yoʻlgʻa keltur baxti gumrohimni ham.
Ey Navoiy, shohim ayvoni mahim husnin koʻrub,
Jon tarabgohimni topsa, koʻz nazargohimni ham.

416

Bahoru bogʻdin ortar malolatu dardim
Ki, yoʻq chaman aro gulbargi nozparvardim.
Meniki, ul yuzu xat dardmand etti, ne tong,
Bahoru sabzani koʻrmakdin ortmoq dardim.
Bahori husn tamannosi ichra bargi xazon,
Sirishk qonlaridin boʻldi chehrai zardim.
Bahor yomgʻuri rahmat sahobidindur agar,
Yogʻarda qoʻymasa chiqmoqqa koʻyidin gardim.
Bihishtning chechagu margʻzoridin ne osigʻ,
Mangaki, ul xatu yuz keldi sabzayu vardim.
Jahon xayolidin andoqkn, fard qildi meni,
Sipehr mehnatini koʻrmasin mahi fardim.
Navoiy ayladi shabzindadorligʻ, netkay
Ki, yetsa boshigʻa bir kecha mohi shabgardim.

417

Xoʻblar oshiqlarin noshod etarlar, shod ham,
Vahki, bizga yorimizdin lutf yoʻq, bedod ham.
Turfa koʻrkim, javri birla dogʻi gʻamnok aylamas,
Garchi rahmu iltifoti birla qilmas shod ham.
Yoʻqki, la’li noʻshidin qilmas hayotim fikrini,
Gʻamzai xunrezin etmas jonima jallod ham.
Mahvashidin kimsaga mehr oʻlmasa, xushtur jafo,
Mehr bunyodin yiqib, qilmas jafo bunyod ham.
Jon beribkim, xora yo poʻlod yetmas yordin,
Bu jafoni torta olmas xora bal poʻlod ham.
Soqiyo, bir jom ila bu gʻamni yodimdin chiqar,
Garchi holim shiddatidek charx bermas yod ham.
Iltifot etmay, Navoiyni qilur har dam halok,
Mavt ma’hudigʻa gar ta’yin emas miod ham.

418

Yor kelgach manga dushman boʻlurin bilmas edim,
Yoʻqsa tun-kun tilabon vasl, duo qilmas edim.
Ayrilib kelgucha oʻlturmakini bilsam edi,
Oʻlsam, andin boruri vaqtida ayrilmas edim.
Oygʻa boqtim yuzi yodi bila, qonim toʻkti,
Bilsam ul boʻlsa quyosh, koʻzga ani ilmas edim.
Bogʻi husni gulidin rang yoʻqi fahm oʻlsa,
Bogʻdek sovrulubon, gul kebi sochilmas edim.
Zarqni bilsam edi ishqu junun zumrasidin,
Ayrilib, zuhdu riyo xayligʻa qotilmas edim.
Anglasam erdiki, el rashkidin oʻlturgusidur,
Hajr dashtida tilar xalqqa topilmas edim.
Ey Navoiy, nega vaslida hazinsen demakim,
Yor kelgach manga dushman boʻlurin bilmas edim.

419

Sharhi dardim yorgʻa yozdim — javobe topmadim,
Nomadek ul sharhdin juz pechu tobe topmadim.
Yozmogʻida muztarib erdim javob ummidigʻa,
Chun javobe topmadim, juz iztirobe topmadim.
Jannati vasl orzusidin bitik qildim raqam,
Oʻtrusida gʻayri doʻzaxdin azobe topmadim.
Vasl ummidi va’dasida maks agar koʻrguzdi yor,
Umrdin shavqida aning juz shitobe topmadim.
Jonu tan ummidvor erdi, chu qat’ oʻldi javob,
Juz tani farsudayu joni xarobe topmadim.
Ruq’ai mehrinki, gardunning tilar el behisob,
Men anga ma’yusluq yangligʻ hisobe topmadim.
Ey Navoiy, yor lutfu qahrining xohonimen,
Ham erurmen xush, gar andin juz itobe topmadim.

420

Muvofiq kiydilar, boʻlmish magar navroʻz ila bayram,
Chaman sarvi yoshil xil’at, mening sarvi ravonim ham.
Chaman sarvi qolib hayron, mening sarvim qilib javlon,
Aning shaydosi bir dehqon, munga shaydo bari olam.
Chaman sarvi qolib bebar, mening sarvim boʻlub dilbar,
Ani yel aylabon muztar, bu yeldin sekretib adham.
Qoʻnub ul sarv uza bulbul, chekib gul shavqidin gʻulgʻul,
Bu sarv uzra ochilib gul, anga terdin tushub shabnam.
Qilib ohim sari parvo, buyon mayl etmading qat’o,
Sabodin, ey qadi ra’no, boʻlur ham sarv gah-gah xam.
Bu bogʻ ichra may, ey soqiyki, bormen asru mushtoqi
Ki, anda sarv ham boqiy emas, gul ahdi ham mahkam.
Navoiy, koʻyin et manzil, yuzu qaddigʻa boʻl moyil
Ki, bogʻ etmas seni xushdil, gulu sarv aylamas xurram.

421

Shomi gʻam hajr oʻtigʻa kuymakni koʻp fan ayladim,
Vasl sham’in yoqib, el bazmini ravshan ayladim.
Elga gardundin nashot etmak uchun ermish bukim,
Oh oʻqidin charxni yuz yerda ravzan ayladim.
Bor emish goʻyo visol ahli nashot aylargakim,
Hajr aro qon yosh ila davronni gulshan ayladim.
Men kuyub, el bazmi garm oʻlmoq ne, ya’ni goʻyiyo
Ani elga doʻst, oʻz jonimgʻa dushman ayladim.
Bu baliyatdin qutulmoq topmadim, ey mayfurush,
Bexud oʻlmoqqa xarobot ichra maskan ayladim.
Dayr eli tutti Masiho soʻgini, ey mugʻbacha,
Baski, Mar'yam charxidek hajringda shevan ayladim.
Ey Navoiy, yetsa yuz ming gʻam falakdin ne gʻamim,
Xossakim, dayri fano kunjini ma’man ayladim.

422

Agarchi asru koʻp zolimdurur nomehribon mohim,
Bihamdillahki, ham odildurur, ham mehribon shohim.
Shahim bordiyu men qoldim, boray desam, bora olmon,
Erishib ani, mohim boʻlmasa bu yoʻlda hamrohim.
Mahimgʻa kim dey olgʻaykim, manga bu yoʻlda hamroh boʻl,
Magar shohimki, mohim dardi ishqidindur ogohim.
Manga dnlxoh mohimdur, dogʻi diljoʻy shohimdur
Ki, yo rab, tushmasun ayru ne diljoʻyum, ne dilxohim.
Agar shohim vafosi jomidindur ishrati shomim,
Vale mohim jafosidindurur ohi sahargohim.
Manga shohim vafosi ham kerak, mohim jafosi ham,
Ki, budur mujibi shavqu tarab, ul — izzatu johim.
Agar mohim Navoiydin jahon naqdin tama’ qilsa,
Ne gʻam, shohimgʻa borib zohinr aylay shayalillohim.

423

Ul quyoshqa, vah, ne had birla bitik aylay raqam,
Noma eltur qush malak boʻlgʻay, magar had boʻlsa ham.
Tayyi arzing boʻlsa, ey payki sabo, nomamni elt,
Yoʻqsa qat’ oʻlmas bu yoʻl urmoq bila qosid qadam.
Qosido, jon naqdini ham topshururmen, nomagʻa,
Chun ilik sunsa, ayogʻigʻa nisor et jonni ham.
Sen borib kelguncha, ey qosid, oʻzumda boʻlmagʻum,
Jon yetib ogʻzimgʻa shavqung shiddatidin dam-badam.
Anglamonkim, ul haramda bor topqung, yoʻqsa yoʻq,
Bor topsang ham, olib nomang oʻqurmu ul sanam?
Gar oʻqur ham boʻlsa, radmu boʻlgʻusi yoxud qabul,
Ham qabuli tushsa, yozgʻaymu javob, aylab karam?
Ey Navoiy, noma ul yon yozgʻali ne had sanga,
Tut firoq ichra visolining xayolin mugʻtanam.

424

Ey xush ulkim, ofiyat kunji manga erdi maqom,
Surai vashshamsu vallayl erdi virdim subhu shom.
Subh andin xilvatimgʻa nafxai ruhul quds,
Shom mundin kunji faqrim ravzai dorussalom.
Sayd subham donasi birla maloyik qushlari,
Anda qoʻymay rishtai zuhdu riyoi birla dom.
Ne birovning qomati ra’nosidin nolam biyik,
Ne kishining gʻamzai jodusidin uyqum harom.
Ne ichimda lolaruxlar ishqidin qonligʻ tugan,
Ne boshinda siymbarlar vaslidin savdoyi xom.
Ham koʻnguldin nozaninlar suhbati boʻlgʻan unut,
Ham nazardin mahjabinlar surati borib tamom.
Nogahon shah bazmida jonimgʻa tushti ofate,
Men oʻzumdin bordim, ul bilmon qayon qildi xirom.
Hush ketti, aql itti, qolmadi jonu koʻngul,
Ishq chekti zuhd ila savdolarimgʻa intiqom.
Tushmish oʻt jonimgʻa ul damdin beri ul nav’kim,
Jon berib oʻlmakni topmon, aylabon yuz ihtimom.
Yor gʻoyib, dard muhlik, xalq gʻofil, naylayin,
Gʻavruma kim yetkay illo shohi gardun ihtishom.
Ey Navoiy, shohdin darding iloji boʻlmasa,
Bosh olib ketgil, urub ovoraligʻ dashtigʻa gom.

425

Ne kun kelgayki, kelgay nozaninim,
Ne xush boʻlgʻayki, boʻlgʻay hamnishinim.
Saodat xatlari qilmish huvaydo,
Iting changiga surtulgan jabinim.
Erur ul shoʻx otqan kaj guruha,
Koʻngul ganji aro durri saminim.
Nedin ul koʻz chekar oʻq goʻshalardin,
Gar oʻlturmakka qilmaydur kaminim.
Tekurma otashin la’linggʻa boda
Kim, ul oʻtdin kuyar joni hazinim.
Ketur, ey mugʻbacha, jomi mugʻona,
Erur, olsang, bahosi naqdi dinim.
Navoiy, ne osigʻ, jonongʻa yetmas
Navolarkim chekar joni gʻaminim.

426

Har qizil gulkim, yuzung shavqida olib isladim,
Yetkach ohim shu’lasi, ani sarigʻ gul ayladim.
Charx varzish aylabon Farhod ila Majnungʻa javr,
Soʻngra maqsudi mening bedodim ermish — angladim.
Toshki otdi, xasta koʻnglum chokidin solib ani,
Yor koʻnglidek meni bedil ichimda asradim.
Kirdi maydon ichra goʻy oʻynargʻa ul chobuksuvor,
Men ham aning raxshi ollida boshim goʻy ayladim.
To yoʻluqti ofiyat koʻyida ul kofir manga,
Aqlu dinim bordi, bilmon, ne balogʻa uchradim.
Subhdam dayr ichra mast oʻlsam meni muflis ne tong,
Shayx dastorin kecha masjidqa kirgach, sirmadim.
Ey Navoiy, koʻngluma ishqida qoʻydum dogʻlar,
Ul meni gar oʻrtadi, men dogʻi ani oʻrtadim.

427

Ne tong gar muhlik oʻlsa dudi ohim imtidodi ham
Ki, bir hijron tunicha bor aning qaddi savodi ham.
Labi birla mengi vasfin yozay desam, munosibdur,
Varaq jon safhasi, dogʻim qorasidin midodi ham.
Agar bir dam unutsam ani, haqdnn pstaram oʻlmak,
Agarchi oʻlturur har dam meni bedilni yodi ham.
Tutulmish zulfunga, lekin yuz ochsang, ochilur koʻnglum,
Sening ollingdadur ul telbannng bandi kushodi ham.
Hayotim naxlini hajringda ashkim sayli chun yiqti,
Madad qildi nigun aylarda ohim tundbodi ham.
Uqubatlar bila hijronda oʻltursang meni, ey ishq,
Jahon ahli aro ibrat uchun yetkur munodiy ham.
Kerakmas gʻarra boʻlmoq, shohidi davlat bosh indursa
Ki, bir xamliq erur aning salomi xayrbodi ham.
Meni zuhdi riyoiy sari targʻib etting, ey zohid,
Salohi bor esa, zohirdurur aning fasodi ham.
Navoiy, egninga qoʻydung sabu ichmakka dayr ahli,
Bu erdi umrlar, ey mugʻbacha, aning murodi ham.

428

Qaygʻudin koʻnglum toriqmishtur, koʻnguldin qaygʻu ham,
Jonigʻa yetmish bu gʻamgindin ul-u andin bu ham.
Furqatingdin ne tirikmen, ne oʻluk, vah, ne ajab,
Elga holimdin gah oʻlsam yigʻlamoq, gah, kulgu ham.
Vahki, emdi tushga ham kirmas visoling, negakim,
Koʻzdin andoqkim, uchar vasling, oʻchubtur uyqu ham.
Uyla ohimdin jahondur tiyrakim, za’fim chogʻi,
Ogʻzima qoʻymoqqa topilmas yorugʻ bir koʻzgu ham.
La’lu dur, tong yoʻq koʻzumda, ne uchunkim bogʻlamish,
Sovugʻ ohim shiddatidin anda qon, balkim su ham.
Intihosi ishqinng hijron emish, ey ahli ishq,
Vasl davroni aro magʻrur boʻlmang asru ham.
Ey Navoiy, men kimu ul oy visoli bazmi, lek
Basdur ul davlatki, oʻltursam yiroqtin oʻtru ham.

429

Yogʻliging ilgimda, ashkimni ravona aylaram,
Koʻzga surtub, ashk aritmogʻni bahona aylaram.
Ul koʻzumga chun yetib taskin topib giryonligʻi,
Koʻzdin olgʻach, yana ashkimni ravona aylaram.
Yana yetkach, koʻzga ashkim tursa olurmen ani,
Yana borsa, chorasin bu nav’ yana aylaram.
Qoʻzda kirpiklarni tillar aylabon har torigʻa,
Za’fi holim koʻz tili birla fasona aylaram.
Balki har torigʻa jonim rishtasin chirmashturub,
Jonima kasbi hayoti jovidona aylaram.
Bir qadah bersangki, tutsa mugʻbacha, ey piri dayr,
Naqdi din sarmoyai jomi mugʻona aylaram.
E, Navoiy, toki boʻlmishmen fano dayrida mast,
Aqlu din tashvishidin forigʻ tarona aylaram.

430

Koʻnglum ichra ishq oʻti yoqmogʻin angiz ayladim,
Kuydurub oʻzlukni, ohing shu’lasii tez anladim.
Ul pariy ishqida kuydurdum maloyikdin qanot,
Dudi ohimniki, har dam otashangez ayladim.
Qaddu ruxsori uchun ohim oʻtining shu’lasin,
Shomi gʻam gohi havoyi, gohi gulrez ayladim.
Gulbuni qaddigʻa el koʻngli osilmish gʻunchadek,
Mundin ul naxli vafo vasfin dilovez ayladim.
Ostoningda bosh urmoqdin agar toptim sudo’,
Ashku ul tufrogʻdin ani sandalomez ayladim.
Soqiyo, may tutkim, ul ayyomning uzrin qoʻlay
Kim, qadahdin zuhd ranji birla parhez ayladim.
Ey Navoiy, bir pariyvash turkning majnunimen,
Yoʻq ajab, har qayda raxshin surdi, men xez ayladim.

431

Har kishi yor ollida der chinni ham, yolgʻonni ham,
Vahki, ul bovar qilur voqi’ni ham, boʻhtonni ham.
Jongʻa yettim muxtalif ashobidin, ul dilrabo,
Uylakim koʻnglumni oldi, kosh olsa jonni ham.
Muddailar buyla hamroz oʻlsalar yor ollida,
Oʻzga tutmoq farzdur oʻlmakni, bal hijronni ham.
Soʻz dey olurlar gahu begah, mahallu bemahal,
Bas mahaldur, tark qilsam mulku xonumonni ham.
Chunki bagʻrim qonini koʻz yoʻlidin oqizdilar,
Dam-badamdurkim, surubturlar sarosar qonni ham.
Ey koʻngul, dahr ahligʻa yoʻq va’dayu paymon durust,
Necha kuygung sen dogʻi, uz va’da, buz paymonni ham.
Hoshalillohkim, Navoiy aylagay tarki vafo,
Bevafo kofirlar olsa jonni ham, imonni ham.

432

Ey musulmonlar, kelur holim koʻrub, kofirgʻa rahm,
Naylayinkim, kelmas ul shoʻxi pariy paykargʻa rahm.
Rahm etarlar telba koʻnglumni koʻrub ahli junun,
Ne koʻngul boʻlgʻayki, kelmas ul pariy dilbargʻa rahm.
Gar jafosi boru rahmi yoʻq, anga ne e’tiroz
Kim, xudo bermaydur ul shoʻxi jafogustargʻa rahm.
Xoʻblugʻ rasmin ilikdin berma, ey berahmkim,
Xoʻblar oshiqlaridin qildilar aksargʻa rahm.
Yoʻlung ustida yotibmen xastayu zoru zaif,
Bir oʻtarda aylagil bu bekasi muztargʻa rahm.
Bevafolar sari gar dunlargʻa rahm ermas, ne tong,
Yoʻqki dunlar, balki yoʻq garduni dunparvargʻa rahm.
Ey Navoiy, sarv yangligʻ dudi ohu siymi ashk,
Ne osigʻ chun kelmadi ul sarvi siymnnbargʻa rahm.

433

To oʻyuldi xanjari hijron bila giryoi koʻzum,
Ul tanur oʻldiki, zohir ayladi toʻfon koʻzum.
Vola ul suratqa, jono, to boʻlubturmen. erur
Surati bejon koʻzidek, ul taraf hayron koʻzum.
Dedim: etkil orazing birla koʻzung vasfin, dedi:
Orazim davri qamar, sarfitnai davron koʻzum.
Ashkdin yuz sari chun zohir qilur durri samin,
Goʻyiyo koʻz mardumi gʻavvos erur, Ummon koʻzum.
Boʻldi bir gulgun boʻyalgʻan sham’ining xam shu’lasi,
Qilgʻali rangin sirishkidin tanimni qon koʻzum.
Chun keraktur pok koʻz manzuri boʻlmoq pok yuz,
To yuzung bor, oʻzga yuz koʻrmak emas imkon koʻzum.
Ey Navoiy, yoʻq hadim ul shoʻxni koʻrmakka, lek
Har qayon azm etsa, asrar xalqdin pinhon koʻzum.

434

Javhari paykonlaringning maxzani jon istadim,
Jondin ortuq tuhfani jon ichra pinhon istadim.
Tarki ishq irshod qildim koʻngluma, qatl aylading,
Bu edi jurmumki, kofirni musulmon istadim.
Ey sabo, devona koʻnglumdin xabar topqilki, men
Topmadim, chun ul pariy koʻyida har yon istadim.
Zulf aro qoshing koʻrungach, boʻlmadi zohir hilol,
Shomi iyd ani sipehr uzra farovon istadim.
Vasl aro ahbob ila ul zolim oncha qoʻydi dogʻ
Kim, ul oʻtqa toʻzmagandin dogʻi hijron istadim.
Xonaqah ahli azobidin may ettim orzu,
Zohido, oʻldum deganda, obi hayvon istadim.
Ey Navoiy, ishq aro oʻlsang dogʻi vasl istama
Kim, muyassar boʻlmadi, men ulcha imkon istadim.

435

Labnng hayot suyidin zulol emish — bildim,
Zulol nuqtasi ustida xol emish — bildim.
Uchuq labingda emas, reza inju la’l uzra
Ki, bargi gul uza bir qatra bol emish — bildim.
Qadimki xam boʻlub, ogʻzing xayolidin itti,
Adam ichinda hamonoki, dol emish — bildim.
Qoshingda xolning ovozasin eshitmish edim,
Bu Ka’ba toqiyu ul bir Bilol emish — bildim.
Yuzungni bilmas edim zulf aro chu qildi tulu’,
Gʻarib axtari farxundafol emish — bildim.
Daniy tajammulu ozodaning falokatidin,
Zamon tabiati bei’tidol emish — bildim.
Firoq shomida soʻrdum Navoiy ahvolin,
Soching xayolida oshuftahol emish — bildim.

436

Ne uchun tarki muhabbat qildi mohim — bilmadim,
Bu gʻazabkim, ayladi mohim, gunohim — bilmadim.
Oshiq oʻldum, yordin topqay debon koʻnglum visol,
Hajr bu yangligʻ boʻlurni kiynaxohim — ilmadim.
Yor koʻyi ichra itti zor jismim ohdin,
Qayda tushkanni bu yeldin bargi kohim— bilmadim.
Ishq boʻstonigʻa kprganda havoiy qush kebi,
Sunbuli zulfi boʻlurni domi rohim — bilmadim.
Aqlu xushu sabrim itti, koʻrgach ul kirpik safin,
Bir-bir oʻlmogʻni qora koʻrgach, sipohim — bilmadim.
Kirmaguncha dayr aro tinch oʻlmadim, tut bodakim,
Gʻussadin bu qal’a erkanni panohim — bilmadim.
Ey Navoiy, buyla qilgʻan roʻzgorimni qora,
Hajr shomi erdi yoxud dudi ohim — bilmadim.

437

Ey, koʻngulga yuz tuman bedod sendin, jongʻa ham,
Muncha birla rashk andin munga, mundin ongʻa ham.
Moviyu gulgun toʻn ermaskim, koʻzu koʻnglum aro,
Sugʻa dogʻi tushmish ul usruk, boʻyalmish qongʻa ham.
Husnigʻa hayronmen ul yangligʻ, meni hayronki el,
Ham aning husnigʻa hayrondur, meni hayrongʻa ham.
El buzugʻ koʻnglin soʻra borgʻan emish ul ganji husn,
Ranja qilgʻaymu qadam, yo rab, bizing vayronga ham.
Lam’ai paykonidinmu koʻnglum ichra tushti oʻt,
Yoʻqsa koʻnglumdin oʻqigʻa tushti oʻt, paykongʻa ham.
Qil gadoyinggʻa vafo, ey xoʻblar sultonikim,
Bevafoligʻdur gadogʻa umr ishi, sultongʻa ham.
Ey Navoiy, davr ayogʻin tut gʻanimat, ushbu dam
Kim, sabote yoʻqturur bu davrgʻa, davrongʻa ham.

Nun Harfining Nozaninlarining Namudori «Favoyid»din

438

Tilab jannatni, oʻtmon doʻst koʻyida gadoligʻdii,
Muhaqqar bogʻ uchun kechmak boʻlurmu podsholigʻdin.
Boʻlub bsgona, ul may dogʻi to xirqamdadur bildim
Ki, dogʻi hajr emish oxir natija oshnoligʻdin.
Firoqing ichra qolgʻach, oʻlmakimga qilma hayratkim,
Oʻlumdin oʻzga ish yoʻq, jismgʻa jondin judoligʻdin.
Ajoyib ibtilodur bandi zulfung ichra jonlargʻa
Ki, bor oʻlmakcha bir soat najot ul mubtaloligʻdin.
Jahon shoʻxinki, el mahbubidur, aqd aylading, lekin
Taammul qilki, ne lozim kelur bu kadxudoligʻdin.
Yorut may lam’asidin xilvatimni bir kun, ey mugʻkim,
Yorugʻlugʻ topmadim xilvatda yillar porsoligʻdin.
Koʻzum andoq qorarmish tiyra zuhd ichraki, gar soqiy,
Demon may tutsa, zahr ichkaymen ani koʻz qoroligʻdin.
Bu gulshan gʻunchasida jola ermaskim, tish irjaytib
Kular oshufta bulbul navhasigʻa bevafoligʻdin.
Navoiy, benavoliq shevasin berma ilikdinknm,
Navo har kimki istabtur, topibtur benavoligʻdin.

439

Yetkurub erdim firoqing tunlari gardungʻa un,
Shukrkim, vasling kuni emdi ne ul undur, ne tun.
Yuz yopib, qilding uzun shomi gʻamimni, ey quyosh,
To quyosh magʻribqa moyil, soyasi koʻprak uzun.
Dema: zulfum bandidin bosh chekma, boʻynung toʻlgʻama,
Tigʻ agar sursangki, men bosh qoʻydumu tuttum boʻyun.
Tiyra ohim elga zohir qildi koʻnglum kuymakin,
Garchi oʻt yoshunsa, ani oshkor aylar tutun.
Oʻrtanib jismim, balo dashtida sargardon kezar,
Shu’ladin tarkib topqon buylakim koʻrmish quyun.
Soqiyo, tut jom, solma tonglagʻa may va’dasin,
Tongla chun ma’lum emas, bori gʻanimatdur bukun.
Ey Navoiy, qoʻl surohidek boʻyunni quchqali
Yetmasa, bori surohi boʻynigʻa ilgingni sun.

440

Yuzungkim tozaroqdur bargi guldin,
Uchar koʻzdin vale chiqmas koʻnguldin.
Kuyub hajringda kul boʻldum va lekin
Yoruqtur ishq mir’oti bu kuldin.
Ajab farxunda zote senki, odam
Mubohot aylagay sendek oʻgʻuldin.
Qulimen ishqningkim, tanlamaydur
Muhabbat shevasida shahni quldin.
Siroti mustaqim oʻldi shariat
Ki, jannat topmogʻung oʻtmay bu puldin.
Bagʻoyat hiylagardur zoli gardun,
Agar ersen, hazar qilgʻil bu tuldin.
Tariqi ishq ila borgʻil, Navoiy
Ki, ozdi har kishikim, chiqti yoʻldin.

441

Ishq chun berdi tanim shu’lasigʻa koʻkta oʻrun,
Chekti bir-birdin ani, ayirib uchqun-uchqun.
Ishq oʻti yoqqali chok etti quruq jismimni,
Yorsa xushroq tutashur, necha quruq boʻlsa oʻtun.
Shu’laliq tan bila gʻam dashtida sargardonmen,
Goʻyiyo yeli samum oʻlsa, boʻlur buyla quyun.
Dudi ohimgʻa yetishmas, chiqibon abri bahor,
Uylakim rif’at ila abri bahoriga tutun.
Charx yogʻdursa kavokibni, sirishkimcha emas,
Qanda daryo bila teng boʻlgʻani bordur shudrun.
Tiyr boroni gʻaming jonu tanimdin oʻtti,
Olloh-olloh ne balo bu yogʻin ermish oʻtkun.
Koʻkragim chokini tikmak bila butsun demangiz,
Subhning koʻnglakining chokini kim koʻrdi butun.
Zohido, tonglagi kavsar mayidin koʻp dema soʻz,
Kelki, mayxona aro xush tutoli oʻzni bukun.
Istamas boʻlsang ishing uzra girih, tuzluk qil
Kim, yogʻin rishtasigʻa qatrasi xud keldi tugun.
Mastmen, lek unaman tugmai toj aylasa shayx,
Zuhdi koʻyi aro xirqamdin agar tushsa yurun.
Ey Navoiy, dema zulfi aro holingni, degil
Kim, erur asru aning qissasi chirmashu uzun.

442

Rishtai jonim sanga bogʻligdur, oʻltur bir zamon
Kim, erur qoʻpmoq hamonu rishtani uzmak hamon.
Fahm etar yaxshi yomon vasling manga tegmasnikim,
Yaxshilardin yaxshisen sen, men yomonlardin yamon.
Vasli noʻshi lazzatin soʻrdung, javobin ne deyin,
Menki hijron neshidin bir lahza topmasmen amon.
Ashk uza qolqir zaifu zor jismim ohdin,
Tund yel tahrikidin andoqki, bahr uzra samon.
Eldin oʻlmishmen ramida ani rom aylay debon,
Lekin ul yor elga rom, ammo erur mendin ramon.
Bu fano dayrida har damkim oʻtar, tut mugʻtanam
Kim, yana bir damgʻacha mumkin emas boʻlmoq zamon.
Ey Navoiy, davr agar budur, meni mast etkali
Sen toʻla quykim, men aning sofu durdin tolgʻamon.

443

Ul koni malohatda demon bor edi bir on,
Lav tanzur fi husnihi-l-on kamo kon.
In ihtariqa jismi min nori havoyih,
Kuymasligi xasning choqin yetkanda ne imkon.
Oʻlgum susabon hajr biyobonida, rahm et,
Konat shafahak-aynu hayot ano atshon.
Yo qurratu ayni ji’ va-r-ham bidumu’i,
Kim qildi bu selob koʻzum uyini vayron.
Ey qonki, koʻzumdin oqasen rahmki, oʻlgum,
Min jayri dami-l-ayni lano hosilu iyqon.
Lav lam yakuni-r-royihati-l-manzili salmo,
Yuz qatla band manzilidin ketmish edi jon.
Har vajh ila gar oʻlsa Navoiy ne ajabkim,
Min kulli vujuhin sufi vajhika hayron.

444

Ey, yuzung ustida koʻz andoqki, oraz uzra ayn,
Nun bila ikki qoshing ichra tafovut binu bayn.
Men kimu taqvo musulmonlarki, har soat solur
Koʻngluma ul ikki kofir koʻz xayoli shoʻru shayn.
Anjum istar charx tosida tugonlar ishqdin,
To koʻrubtur ul muqammirvash qoʻlida ka’batayn.
Yirtting umrum sijillin, tigʻ ila boshim chopib,
Qolmadi boʻynumda hijron oʻlturub bori bu dayn.
Dedi: ogʻzimdur sening umrung, visolim istagil,
Umr agar boʻlsa, visolin topqamen al umr ayn.
Soqiyo, koʻp va’da qilding, roh ila rohat yetur,
Yoʻqsa qil ma’yuskim, al’yasu ihd-al rohatayn.
Ey Navoiy, nega ma’yus oʻlgʻay ulkim, shohidur
Xusravi Gʻoziy muizzi mulku din Sulton Husayn.

445

Ishq aro kuysam, kulumni lutf etib yo zulminan,
Xayli moʻri qilkim, ul koʻy ichra qilgʻaylar vatan.
Koʻyida uryon tanim dafn aylang, oʻlsam ishq aro
Kim, shahid oʻlgangʻa tufrogʻ pardasi basdur kafan.
Dard oʻqi jismimgʻa yogʻdi, goʻyiyo boʻldi sipehr,
Har hilol andoza qavsidin manga novak fikan.
Koʻyida qatlimgʻa rozimen, nechukkim telba it,
Cheksalar, lekin toqib boʻynumgʻa zulfidin rasan.
Nozik ermas hulla, jonlar rishtasidin koʻnglak et,
Kim anga jisming tahammul qilgʻay, ey nozuk badan.
Bu chaman gulzorigʻa berma koʻngul, ey andalib,
Kim erur, har gulki koʻrsang, tegrasida yuz tikan.
Ey Navoiy, koʻyiga bordim tilab qaddu yuzin,
Bogʻni naylay, keraklik yoʻq manga sarvu suman.

446

Musavvireki, qilur koʻyi gardining raqamin,
Qoʻyungki, koʻzga chekay surma milidek qalamin.
Yilon taharrukin ar qush tutarda koʻrmaysen,
Koʻngul olur chogʻi koʻr bandi zulfi pechu xamin.
Nihon tan ichra tuganlardin oʻldi munglugʻ jon,
Gadoki, ta’biya qilgʻay libos aro diramin.
Koʻngulki, gʻam sipahin koʻrdi — chekti shu’lai oh,
Birov kebiki, tikar moʻr xayligʻa alamin.
Xiromin asru sevarmen vale koʻngul ichra,
Ayogʻ chu qoʻydi, tilarmen, koʻtarmagay qadamin.
Xumor muhlik edi, dayr piri tutti qadah,
Unutmogʻum, agar oʻlsam dogʻi, aning karamin.
Navoiyo, adam istar falak vujudungni,
Teng onglasin dogʻi aning vujud ila adamin.

447

Netib tama’ qilayin boʻynuma soching rasanin
Kim, ul quyosh yuziga soldi chin ila shikanin.
Buzugʻ koʻngul aro ishqing chu kirdi — qochti xirad,
Bu ajdahoni koʻrub, bum qoʻydi oʻz vatanin.
Tirildi xattu yuzungdin koʻngul, magar ekting,
Xizr suyi bila bu bogʻ sabzayu samanin.
Qatili ishqing agar kirsa ravza tavfigʻa hur,
Ketursa hulla, ola olmagʻay aning kafanin.
Koʻngulda xor gʻamidur — oʻlarman, ey Mar’yam,
Masih ignasi birla chekay desang tikanin.
Jahonda raz qizining la’lidin ogʻiz olma,
Desangki, koʻrmagasen zoli charx makru fanin.
Navoiy usruk agar dayr ichinda oʻrtadi dogʻ,
Magarki suzguch ila kimsa bogʻlagʻay tuganin.

448

Necha kundurki xabar topmamisham siymbarimdin,
Ne asardur xabarimdin, na xabardur asarimdin.
Nazarim ollida oysiz kechadin tiyraroq oʻldi,
Hajr kunduzlari, to bordi quyoshim nazarimdin.
Zaxmi qotil ekanin derga erur har biri bir til,
Tigʻi hajri qayu pargolaki, tildi jigarimdin.
Keluram oh nla rasvoligʻ oʻti har sari sochib,
Ofiyat ahli, salomat qoʻpunguz rahguzarimdin.
Buylakim, ul koʻzi ofat yonar oʻt jonima urdi,
Barqi ofat choqilur olam aro har shararimdin.
Ul sifat ishqu junun togʻ ila dashti aro ittim,
Ki,na Farhod nishon topti, na Majnun xabarimdin
Dahr bogʻida vafo naxli ekib, berdi jafo bar,
Bogʻbono, deki, ne bergamen ul samarimdin.
Nosiho, ishqu junundur hunarim, tarki buyurma,
Sanga or oʻlsa, manga faxrdurur bu hunarimdin.
Ey Navoiy, boribon yor, fano dashtigʻa tushtum,
Magar ul qaytsa, men qaytqamen bu safarimdin.

449

Yoʻq furqat aro bahram ne tandinu ne jondin,
Billahki, toʻyubturmen ham mundinu, ham ondin.
Jon dushmanu jonon xud andin manga dushmanroq,
Tong yoʻq, koʻp esa dardim jondin esa jonondin.
Koʻksumga urar toshqa gar tegdi oʻqung ne sud,
Kuydurmakima, chunkim oʻt sekredi paykondin.
Men xastani rashk oʻrtar, aylarga malak surma
Gardeki, chiqar koʻkka javlonida maydondin.
Zulfidin agar koʻnglum jam’ oʻlmadi, ayb ermas
Kim, topqusi jamiyat ul xayli parishondin.
El zarqu firibidin voqif kishi Majnundek,
Ne ayb, koʻngul uzmas gar gʻuli biyobondin.
Zahr ichgilu may ichma, dahr ichra Navoiydek
Kim, naf’ xumor-oʻqdur bu sogʻari davrondnn.

450

Muzahhab aylagan paykonlaring jismim aro har yon,
Dema bosh chektikim, chekti zabona shu’lai hijron.
Qachon paykon koʻrunmas, hajr oʻtining shu’lasi boʻlsa,
Ani tortib chiqarmoq zaxm ichidin bormudur imkon.
Ne tosh otib, tanimni zaxm qilsang, gʻamgʻa qolurmen,
Munga ne bogʻlay ani, qayda bogʻlay, deb meni uryon.
Balo dashtida koʻrgan vahsh Majnunni, meni dogi,
Xirad ahli qoshinda telba koʻrgandek, qolib hayron.
Soʻngaklarni tanimdin bir-bir ayirdi gʻami hajring,
Mahaldur itlaringni aylasam kulbam aro mehmon.
Ne men qolgʻum, ne sen boqiy, zamone kelgil, ey soqiy,
Qadah davrini xush tutkim, vafosizdur base davron.
Vafosizdur zamon ahli, zamonda ne vafo boʻlgʻay,
Vafo ahli bulardin gar vafo istar, erur nodon.
Xusho, dayr ichra mayxona, toʻla ilgimda paymona,
Menu ahli fano ogʻzida kullu man alayho fon.
Fano dayrida soyilliqni sultonlnqdin ortuq tut
Ki, oʻlmaklikda tengdurlar agar soyil, agar sulton.
Jahon ichra kishining chun yoʻqiyu bori yaksondur,
Ne farrux kimsadur koʻrgan jahon boru yoʻqin yakson.
Navoiy, oʻzni xush tutkim, kishiga dahr ishi bordur,
Agar mushkul tutar — mushkul va gar oson tutar — oson.

451

Furqatingdin sudurur koʻnglum, xayoling ul sudin
Uyla zohirdurki, zohirdur jamoling koʻzgudin.
Ul yuz ollimdin koʻrungach, qochti hijron zulmati,
Soya qolgʻandek keyin, xurshid chiqqach oʻtrudin.
Hajr biymi ichra boʻldum past, baskim, yigʻladim,
Vasl ummidi dogʻi topsam, sustayurmen kulgudin.
Deb eding qatlinggʻa kelgum, chun ishim oʻlmakdurur,
Kelsa oʻlgum, kelmasa ham, oʻlgum ushbu qaygʻudin.
Chekmisham qotil koʻzung ollinda koʻnglum saydini,
Chun qulaydur — bir oʻq ot, oʻtkarma ani qobudin.
Dermen, aylay surma bir sohib nazarning gardini,
Ohkim, uygʻonmagʻur baxtim, koʻz ochmas uyqudin.
Koʻrgali ani Navoiydek oʻzumdin bormisham,
Oʻziga kelturmas ul ayyor ushbu bexudin.

452

Yorutmas quyosh tiyra shomim qorosin
Ki, bu shom etar tiyra aning ziyosin.
Ochar shoh oʻzi band qilgʻanni, lekin,
Xalos aylay olmas birov mubtalosin.
Gar Ayyub sabr etti turluk baloda,
Vale koʻrmadi hajr shomi balosin.
Bulut boʻldi ohimkim, ul oyni yopqay,
Ulustin qilib tiyra ishqi havosin.
Diram oʻrnigʻa bersa anjumni tashlar,
Agar imtihon qilsang, ul oy gadosin.
Qani ra’iy mundin savob, ey koʻngulkim,
Kishi qoyil oʻlsa, bilib oʻz xatosin.
Navoiy erur bulbulung lekin, ey gul,
Unutturdi hajring xazoni navosin.

453

Netib oʻpkaymen ul chobuk ayogʻin,
Oʻpa olmon chu raxshining tuvogʻin.
Bularni boʻlmasa oʻpmak, ne imkon
Taxayyul birla ham oʻpmak dudogʻin.
Aziz andoqki koʻz ichra savodi,
Koʻngulda ham tutarmen toza dogʻin.
Kerak tutmoq xating atrini topqan
Binafshazordin oʻtsa dimogʻin.
Menu sogʻar, faqihu jomi kavsar,
Bale, har kimsa koʻrsun oʻz ayogʻin.
Jahon makrin biravkim bildi, bermas
Jahon mulkiga bir damligʻ farogʻin.
Saranjom oʻlmak ermish, ey Navoiy,
Xizr umri muyassar boʻldi sogʻin.

454

Ikki gul kecha kulbamni guliston aylabon,
Oldilar jonimni bedod, ulcha imkon aylabon.
Biri boʻrkin sindurub, jonlar safin sindurgʻali,
Aqlu din mulkin safi mujgoni vayron aylaboi.
Biri bir necha hilolin egri bogʻlab noz ila,
Anjumu aflokni husnigʻa hayron aylabon.
Biri xatti sabzasidin gulga bogʻlab hoshiya,
Bazmin ul sabzayu gul bogʻi rizvon aylabon.
Biri olam ahlining koʻngli qushin sayd etkali,
Sunbuli domini gul uzra parishon aylabon.
Biri qoshu kirpigidek oʻq bila yo ilgida,
Lekin ul yo birla-oʻq jonlarni qurbon aylabon.
Biri voʻsma birla surma rangidin koʻk toqini,
Ofat angizu qora nargisni fatton aylabon.
Biri bogʻlab bargni toʻn uzra minorang qur,
Naxli qaddin gʻayrati sarvi xiromon aylabon.
Biri gulgun toʻngʻa sarigʻ astardin zeb etib,
Sarvi ra’nosin guli ra’noda pinhon aylabon.
Mastligʻdin ul qilib ilgida dogʻin oshkor,
Shoʻxligʻdin jongʻa bu yuz dogʻi pinhon aylabon.
Zulm ila ul oʻlturub, bu lutf birla tirguzub,
Gar bu qilsa zulm, ul ham lutfu ehson aylabon.
Men agar boqsam bu yon, tigʻ urub aning ishvasi,
Boqsam ul yon, gʻamzadin bu tiyr boron aylaboi.
Ey Navoiy, bu fasonang yo tush erkin, yo xayol,
Necha lof urmoq oʻzunga muncha boʻhton aylabon.

455

Ey koʻngul, gar quti jon qilmoq tilar boʻlsang labin,
Yoʻqtur imkon solmayin boʻynunggʻa tavqi gʻabgʻabin.
Shomi hijron uyla muhriqdurki, har soat qurur,
Oʻl qilib daryogʻa yopinsam bulut chodirshabin.
Tiyradur ul nav’kim, qilgʻay quyosh nurin qora,
Garchi kunduz charx toli’ qilsa baxtim kavkabin.
Uyla usruk chiqti javlon aylab ul, oykim, qilur
Yer bila teng, koʻk uza sekretsa nogah ashhabin.
La’li jon olmoq tilar, yoʻqsa takallum aylasa,
Ruh ila qilgʻay musharraf yuz Masiho qolibin.
Sofi may ichkim, kuduratdur sarosar, angladim
Ham zamon rasmini, ham ahli zamonnnng mashrabin.
Charx toqidin sado ermas, maloyik zikridur,
Chun Navoiy yetkurur gardungʻa yo rab-yo rabin.

456

Yetishti bayramu raf’ etti roʻza qaygʻusin,
Hilol musayqali yorutti boda koʻzgusin.
Sipehr jomi hiloligʻa jilva berdi, magar
Ki, boda zabt eta olmas nashot kulgusin.
Magarki, qildi shabistongʻa azm shohidi iyd.
Ki, toʻkti farruh ayogʻigʻa axtar injusin.
Dalil rohi shafaq rangu jomi minoyi,
Shafaq mayini koʻru charx jomi minusin.
Farogʻate tilar ersang, koʻp ogʻzi xishtini ol,
Ushat bu xisht bila zuhd nangu nomusin.
Saharki, xalq musallogʻa yuz qoʻyar, xush tut,
Borurgʻa dayri fano sari tong qorongʻusin.
Navoiy, ich qadahu foniy oʻlki, topti baqo,
Biravki, topmadilar el surogʻu belgusin.

457

Sebakedur orazim rangi birav hijronidin,
Olmadek boʻlmish qizil har yoni ashkim qonidin.
Novaki qonligʻ koʻnguldin, eykn, dersen oʻtmamish,
Aylagil bore nazarkim, qon tomar paykonidin.
Men kebi majnunni ham bosti mazallat gardikim.
Fahm boʻlmas zaxm ila dogʻi tani uryonidin.
Goʻy urardin yoʻqki, ul chobuk qilur bir boshni goʻy,
Buki bir gʻavgʻo chiqar har dam aning maydonidin.
Xoʻblugʻ davrida yod etgil gahe ushshoqni
Kim, base yod aylagungdur xoʻblugʻ davronidin.
Aysh bazmin, ey koʻngul, mayxona ayvonigʻa chek
Kim, balo toshi yogʻar har dam sipehr ayvonidin.
Koʻyida itlar figʻoni andin erkin har kecha
Kim, uyumaslar Navoiy nolayu afgʻonidin.

458

Yuzung koʻrgach, ilik koʻksumga urmon, ishq tobidin
Ki, koʻnglumga qoʻyarmen, sekrer aning iztirobidin.
Chiqibtur chun tishing hajrinda ohim abri naysondek,
Ne tongdur, yogʻsa jola oʻrnigʻa aning sahobidin.
Koʻnguldin poralar ma’lum oʻlurkim, istar ul oyni,
Damim oʻti sharorining falak sari shitobidin.
Havoyi ishqdurkim, buzgʻay uylarni hubob oso,
Buzulgʻochkim, havo chiqsa koʻzum bahri hubobidin.
Savodi hajr shomicha toʻkulgay mushk har sari,
Parishon aylasa yel, tob ochib zulfung tanobidin.
Oʻtukin to rikob oʻpti, aning rashkidin istarmen,
Ki, tishlab-tishlab, oʻtuk na’lidek uzsam rikobidin.
Ajab yoʻq, totsa har it telbarab ogʻzidin oʻt sochqay,
Junun koʻyida tushkan shu’laliq bagʻrim kabobidin.
Sadodin obi hayvon qatrasi sekrirmu har sari,
Vayo soʻz der zamon, dur sochilurmu la’li pobidin.
Desang hajring xumoridin xalos oʻlgʻaymen, ey soqiy,
Magar ogʻzimgʻa quygʻaysen labi la’ling sharobidin.
Ne mozidur, ne mustaqbal orada, sensenu bu dam,
Ne shod oʻlmoqdurur har dam uzun umrung shitobidin.
Desang doʻzax azobin chek Navoiy, tortsun ming yil,
Xalos etsang ani, yo rab, dame hijron azobidin.

459

Malolat bumi uchmas men gado vayroni tomidin,
Muzahhab qush kebi shah qasrining mili maqomidin.
Jamoling subhidin soʻrdung nishone, vah ne nav’ aytay,
Qutulmaymen chu hargiz tiyra zulfung hajri shomidin.
Bu yangligʻkim taqibsen har koʻngulga zulfdin tore,
Koʻngullar ne qutulgʻaylar qading sarkash xiromidin.
Yuzungnung hajrida bu koʻz qorasin lola yangligʻ bil,
Qorasi davrida evrulgan ashki lolafomidin.
Seni istarda bu majnun xiromi barqdek, tong yoʻq
Ki, poʻya vaqtida oʻt choqilur har tez gomidin.
Labing obi hayotida erur Iso dami muzmar,
Ne tong, boʻlsa oʻluk jonbaxsh aning shirin kalomidin.
Chu koʻrdum ogʻziyu zulfini, hushum bordi yagʻmogʻa
Ki, mul kayfiyati fahm oʻldi aning mimu lomidin.
Nasimi zulfin istishmom qilsa aqli kuli chiqmas —
Junun atri qiyomatqa degin aning mashomidin.
Ul oy hajrnnda mahzunmen, kerak mayxona ul yangligʻ
Ki, may kam boʻlmagʻay yillar ichib aflok jomidin.
Manga chun dayr piri sa’y qildi butparast oʻlmoq.
Unuttum xudparast oʻlmogʻni aning ihtimomidin.
Erur koʻngli qushigʻa halqamu ushshoq otin koʻrgach,
Navoiy otigʻakim, halqa chekting ul asomiydin.

460

Dema gulgundur libosimkim, sirishkim qonidin,
Rang tutmish, qon oqar siqsang, tutub har yonidin.
Necha koʻnglum bogʻida, ey ishq, kirsang topilur,
Sarv birla gʻuncha aning novaku paykonidin.
Oshkoro ganji husnndin chu bahram yoʻqturur,
Qayda topqaymen tamattu’ xurdai pinhonidin.
El bila kasbi havoyu su qirogʻi istading,
Boʻlma gʻofil ohu ashkim sarsaru toʻfonidin.
Xoʻblugʻ davronida ushshoqdin yod et gahe
Kim, base yod aylagungdur xoʻbluq davronidin.
Istamang oxir giyohi mehr yo bargi vafo
Kim, koʻkarmaydur bular hargiz jahon boʻstonidin.
Ey Navoiy, yoqmasa ul oygʻa, bas qildim navo,
Lek man’ aylarga ojizmen koʻngul afgʻonidin.

461

Tilab maqsad harimi tavfini yeldek xiromimdin,
Oziqqan hamrahim topmas asar qum uzra gomimdin.
Qiyomatqa degincha zahr oʻtidin margʻzor oʻlgʻay,
Agar bir qatra tomsa, furqating bazmida jomimdin.
Qamar davrida yorugʻluq yuzini koʻrmagay kimsa,
Quyosh ruxsorigʻa gar tushsa xole tiyra shomimdin.
Shamimi zulf vasfidin eshittim nuktaye bir kun,
Erur yillarki, mushki nob isi ketmas mashomimdin.
Sipehr uzra emas gulgun bulut, har sarikim tushmish,
Falak mir’otigʻa aksi sirishki la’lfomimdin.
Kabobim juz bagʻir yoʻq, garchi bor ohim aningdekkim,
Tushar vayronim ichra churkanib, qush oʻtsa tomimdin.
Xalos oʻldum ishim tengriga solib, toki bildimkim,
Ochilmas ish menpig behuda sa’yu ehtnmomimdin.
Mugʻanniy nagʻmasidpn toza boʻlmas, ey Navoiy, ruh,
Agar zeb etmasa la’ligʻa ruhafzo kalomimdpn.

462

Shioiy xatlar ayrilgʻan kebi xurshidi raxshondin,
Koʻngullar yoʻllar etmishlar jamoling sari har yondin.
Sirishkim yomgʻuriyu shomi hijronimgʻa rahm etkim,
Bu oʻtti Nuhning umridin, ul bir oʻtti toʻfondin.
Dema, ey Xizr, jon birla baqosi bobida koʻp soʻz,
Fano ahli aro jonon borinda kim desun jondin.
Buzugʻ koʻnglum aro xattu uzoring, ey bahori husn,
Erur andoqki, butkay sabza birla lola vayrondin.
Toʻladur koʻksum ichra novaking, surtub ilik, fahm et,
Tanimda har sarnmoʻ oʻrnida bir noʻgi paykondin.
Chu davr ahli jafosidin icharmen boda, ey soqiy,
Unutma davr ayogʻidin, vale yod etma davrondin.
Qachon oy kahkashondin soyir oʻlsa, boʻlgʻay ul yangligʻ
Kim, ul xurshndi siymo sayr uchun oʻtkay xiyobondin.
Chu gulda yoʻq vafo rangi xazon yetkuncha, ey bulbul,
Sabodin bargi gul yangligʻ uchub chiq bu gulistondin.
Navoiygʻa Hijoz ohangi boʻldi, to yana qaytib,
Maqom etmas Iroq ollida, yod etmang Xurosondin.

463

Lolalar ochilsa vayron marqadim har yonidin,
Dogʻi koʻnglum oʻtidindur, rangi zaxmim qonidin.
Har oʻqungnung zaxmidin qon oqsa, tong yoʻq, nov-nov,
Xossa ikki nov ham topqay ul oʻq paykonidin.
Borgʻali devona koʻnglum tan uyin sogʻinmadi,
Itti Majnun, uylakim, yod etmadi vayronidin.
Hajr shomi yigʻlaram gʻurbatdin, ey hamsoyalar,
Bu kecha voqif boʻlung bu saylning tugʻyonidin.
Hajr yuz ming yilchayu ashkim urar gardungʻa mavj,
Men ham oʻttum Nuhdin, bu ashk ham toʻfonidin.
Eyki, bu bazm ichra ichting kom ila bir davri may,
Bilki, nokom oncha qon yutqung falak davronidin.
Ey Navoiy, tush koʻrarsenmu vatanni, demakim,
Telba tushdek sogʻinur, yod etsa xonumonidin.

464

Yuz oʻtida yuz qatra su, tong yoʻq, xoʻyi gʻaltonidin,
Koʻnglum oʻtida yoʻqmudur yuz qatra su paykonidin.
Qilgʻanda raxshin garmpoʻy ul shahsuvori tundxoʻy,
Qilgʻay debon ollida goʻy, olmon boshim maydonidin.
Bu dardu gʻamdin lolmen, maydon aro pomolmen
Kim, koʻrgach-oʻq beholmen ul ishvagar javlonidin.
Boshim sari nazzora qil, ey charx, dod, boringni bil,
Dogʻi saodat anglagʻil har zaxm aning chavgonidin.
Maydongʻa ul chobuk surub, boshimgʻa chavgon yetkurub,
Sargashta jonim kuydurub, el poʻyasi har yonidin.
Koʻk mazraidin xoʻshaye kasb aylasang, qil toʻshaye,
Kom istabon tut goʻshaye, goʻyi falak davronidin.
Gardun chekib tigʻin nihon, yuz javr birla toʻkti qon,
Oxir Navoiy topti jon, topqach vafo jononidin.

465

Gar meni yod etmas ul oy zulm ila bedodidin,
Shukrkim, gʻofil emasmen bir dam aning yodidin.
Lutf etib, gar yod etar, yo zulm ila bedod etar,
Men rizosin istaram yodidinu bedodidnn.
Kecha aysh ahli mugʻanniy lahnidin xushhol emas,
Onchakim men tonggʻa tegru itlari faryodidin.
Xotirim sinmoq tilar, koʻngli tilarmen, men dogʻi,
Har ne bu shishamga kelgay xushtur, ul poʻlodidin.
Sabr toshidin koʻngulga koʻp bino tarh ayladim,
Koʻz yoshim sayli qoʻngardi barchani bunyodidin.
Dayr piri dedi: maydin bosh koʻtarma, ey rafiq,
Solik uldur, chekmagay boshini pir irshodidin.
Soʻrma, ey hamdam, Navoiyning gʻaminkim, olame
Gʻam bila toʻlgʻay, dam ursa xotiri noshodidin.

466

Yorab, ulkim vasl shomi kom olur zebosidin,
Tiyra qilma ayshi koʻzgusini subh anfosidin.
El mayn la’lin netay, mamzuj esa obi hayot
Kim, mening jomim erur mamlu fnroq olmosidin.
Ul pariy ishqi agarchi ayladi majnun meni,
Shukr erur, boreki qutqardi xirad vasvosidin.
Fosh mehri tuxmini koʻnglumda ektim, koʻr nishon,
Har soʻngak yonimda urmoqqa muhabbat dosidin.
Urmagʻaysen posbonlngʻ lofi koʻk qoʻrgʻonida,
Voqif oʻlsang, ey ajal, hajrim tuni bir posidin.
Qilmagʻil bu korgah vasfigʻa fikru boda ich
Kim, xirad idroki ojizdur aning ehsosidin.
Ey Navoiy, piri soqiyvashqa andoq men xarob
Kim, unutmishmen jahon tarxon ila barlosidin.

467

Ey musulmonlar, figʻon ishqi baloangezdin,
Ohu vovaylo baloligʻ furqati xunrezdin.
Qayda faryodim eshitkay ulki, koʻyi kam emas,
Xalq afgʻoni bila gʻavgʻoi rustoxezdin.
Gul yuziga xoʻy tushub, la’ligʻa koʻnglum qildi za’f,
Boʻylakim za’f aylamish qandi gulob omezdin.
Koʻnglim ichra gulsitoni husnidur, ey bogʻbon,
Kelki, ohim farqi yoʻqtur nafhai gulbezdin.
Ahli din qatligʻa mundoq chiqsa mast ul mugʻbacha,
Soqiyo, may berki, kechtim taqvoyu parhezdin.
Ishq oʻti mazlumkushdur, bilmas ani ahli zulm,
Anglagʻil bu nuktani Farhod ila Parvezdin.
Ey Navoiy, itlarin koʻrmakka borsang, bagʻring uz,
Kim guziring yoʻqturur bu nav’ dastovezdin.

468

Dameki ishq oʻtida qolmagʻay asar mendin,
Namuna boʻlgʻusi uchmakda har sharar mendin.
Pariyvashim gʻamidin telba itdek oʻlmishmen,
Salomat ahli, bukun aylangiz hazar mendin.
Aningdek ashk ila ohim solibturur toʻfon
Ki, bordurur yeru koʻk vaz’igʻa xatar mendin.
Aningdek oʻldi fano ishq aro vujudumkim,
Adam diyorida ham topmogʻung xabar mendin.
Anga yetarga boshoq saqli man’ etar garchi,
Xadangi kasratidin chiqti bolu par mendin.
Taayunot ichida ishq bnr haqiqat erur,
Gar oʻlsa bulbulu parvonadin va gar mendin.
Navoiy, aylama tun-kun nishotu ta’lim ol,
Shabona oh bila nolai sahar mendin.

469

Har kishi bayram sabohi shodu men gʻamnokmen,
Iydgoh ichra ayogʻ ostidagʻi xoshokmen.
Garchi el bayram sabohi shodmondurlar, valek
Sogʻinurmen barcha gʻamgindur, chu men gʻamnokmen.
Oh dudi birla toju ashk qonidin libos,
Ul qora, bu ol, ul yangligʻkim, bu bebokmen.
Qavsang ollingdin, yonarda demagil kohil meni,
Qoʻy inoningda yugurmak, koʻrki, ne cholokmen.
Borma mahvashlar tamoshosigʻa dersen men kebi,
Zohido qilding gumonkim, muncha beidrokmen.
Toki qildim raz suyidin tarki hush, ey bogʻbon,
Xam boʻlub, qoʻl har taraf solgʻan nachukkim tokmen.
Ey Navoiy, fayzdin anfosim oʻlmish ruhbaxsh,
To Masihodek aloyiq zulmatidin pokmen.

470

Qadni ul xurshid ayogʻinda agar dol etkamen,
Jilvasigʻa zulf yangligʻ oʻzni pomol etkamen.
Xoldek yuzum qora, gar toʻygʻamen ruxsoridin,
Gar koʻzumnung mardumin ruxsorigʻa xol etkamen,
Ul pariy paykarga forigʻbol yetmak istabon,
Tunu kun tengridin istid’o paru bol etkamen.
Har kecha holim xarob oʻlgʻanda, yolgʻon tush bila,
Va’dai vasl aylab, andin oʻzni xushhol etkamen.
Gar desamkim, koʻyi tufrogʻin aylay koʻz halqasin
Ming teshukluk pardai jon birla gʻarbol etkamen.
Bodani boʻgʻzumgʻa quygʻaysen yiqib, ey mugʻbacha,
Gar icharda tavba uzri birla ihmol etkamen.
Rishta jismingdin, somon sarigʻ yuzungdin chirmayin,
Ey Navoiy, nomakim ul oygʻa irsol etkamen.

471

Bilgasen, chekmas kishi dardu balo andoqki men,
Gar birovga mubtalo boʻlsang, sanga andoqki men.
Ishq dardigʻa davokim vasl debsen, ey hakim,
Bu balogʻa kimsa ermas mubtalo andoqki men.
Uylakim, yoʻq sen kebi husn ahli ichra bir pariy,
Yoʻqturur bir telba ahln ishq aro andoqki men.
Eyki qoʻymaysen, tanimni tu’ma qilgay itlaring,
Itlaringga jonni kim qildi fido andoqki men?!
Ey Navoiy, fayzdin anfosim oʻlmish ruhbaxsh,
To Masihodek aloyiq zulmatidin pokmen.

470

Qadni ul xurshid ayogʻinda agar dol etkamen,
Jilvasigʻa zulf yangligʻ oʻzni pomol etkamen.
Xoldek yuzum qora, gar toʻygʻamen ruxsoridin,
Gar koʻzumnung mardumin ruxsorigʻa xol etkamen.
Ul pariy paykarga forigʻbol yetmak istabon,
Tunu kun tengridin istid’o paru bol etkamen.
Har kecha holim xarob oʻlgʻanda, yolgʻon tush bila,
Va’dai vasl aylab, andin oʻzni xushhol etkamen.
Gar desamkim, koʻyi tufrogʻin aylay koʻz halqasin
Ming teshukluk pardai jon birla gʻarbol etkamen.
Bodani boʻgʻzumgʻa quygʻaysen yiqib, ey mugʻbacha,
Gar icharda tavba uzri birla ihmol etkamen.
Rishta jismingdin, somon sarigʻ yuzungdin chirmayin,
Ey Navoiy, nomakim ul oygʻa irsol etkamen.

471

Bilgasen, chekmas kishi dardu balo andoqki men,
Gar birovga mubtalo boʻlsang, sanga andoqki men.
Ishq dardigʻa davokim vasl debsen, ey hakim,
Bu balogʻa kimsa ermas mubtalo andoqki men.
Uylakim, yoʻq sen kebi husn ahli ichra bir pariy,
Yoʻqturur bir telba ahli ishq aro andoqki men.
Eyki qoʻymaysen, tanimnn tu’ma qilgʻay itlaring,
Itlaringga jonin kim qildi fido andoqki men?!
Garchi oʻlturdung jafo birla meni, lekin tilab,
Topmogʻung davronda bir ahli vafo andoqki men.
Yoʻqturur davron jafosidin qutulmoq, ey rafiq,
Tutmasang mayxonaning kunjini to andoqki men.
Ey Navoiy, gar berur husni zakotin yoʻq kishi,
Xastaye zore gʻaribiy benavo andoqki men.

472

Yorab, anglabmu ekin ul oykim, aning zorimen,
Kechalar savdosidin andoqki zulfi torimen.
Sihhatim boʻlsa, topibmen la’li yodidin shifo,
Notavon ham boʻlsam, aning koʻzlari bemorimen.
Yoʻqturur haddim demakka yornmen yoxud iti,
Itlariga har kishi yor, ul kishining yorimen.
Xoʻblar ushshoqigʻa jon bersalar, ul qilsa qatl,
Har sari yuzlansa ishq ahli, men aning sorimen.
Istasa el jonini, bilmon berur-bermaslarin,
Boʻlsa yuz jon ham, anga borin berurmen borimen.
Jilva aylab mast, to koʻnglumni oldi mugʻbacha,
Dayr piri itlari silkida xidmatkorimen.
Hajrdin to notavon jonimni qutqardi ajal,
Ey Navoiy, anglakim, jon birla minnatdorimen.

473

Yuz jafo, tong yoʻq, gar ul nomehribondin koʻrgamen,
Kim vafo koʻrmish biravdinkim, men andin koʻrgamen.
Kimsa abnoyi zamondin koʻrdimu hargiz vafo
Kim, men ul xunrezu oshubi zamondin koʻrgamen.
Qoʻyki, itdek telba koʻnglum necha mehnat, ey rafiq,
Har dam ul ovorayi bexonumondin koʻrgamen.
Oʻzgalar lutfin netaykim, jonima orom erur,
Javru bedodikim, ul oromi jondin koʻrgamen.
Nozaninlar jilvagohi ichra har yon telmurur
Koʻzlarimkim, ul sumanbarni qayondin koʻrgamen.
Yeru koʻknii ashku ohim saylu dudi qildi gum,
Necha ranju mehnat ul ikki yomondin koʻrgamen.
Dema ul oy orazin koʻrsang, urar boshinggʻa tigʻ,
Har balo kelsa boshimgʻa osmondin, koʻrgamen.
Xirqayu sajjodani qilsam fano dayrida rahn,
Ikki olam sudini mundoq ziyondin koʻrgamen.
Ey Navoiy, soʻrmagʻilkim, qilmagʻumdur oshkor,
Yuz nihoniy dardu mehnatkim, falondin koʻrgamen.

474

Telba koʻnglum javridin andoq parishonholmen
Kim, aning bedodining sharhin demakdin lolmen.
Gʻam sipohi chun hujum aylar aning toʻsh-toʻshidin,
Holigʻa rahm aylabon, gʻam xayligʻa pomolmen.
Gohi majnunvashligʻi birla boʻlurmen muztarib,
Goh behol oʻlmagʻidin za’f aro beholmen.
Za’f holinggʻa necha rahm aylagaymen, ey koʻngul,
Sen dogʻi rahm etki, men ham bas za’f ahvolmen.
Ishq aro gohi boʻlurmen zor moʻyangdin chu moʻy,
Furqat ichra goh nolangdin nachukkim, nolmen.
Kosh itsang, uylakim nomu nishoning topmasam,
To desam ishq anduhidin emdi forigʻbolmen.
Ey Navoiy, necha dermen ishq tarkin aylayin,
Chun ish ishga yetti, aylarmen yana ehmolmen.

475

Hajr shomidin qorongʻuroq tun oʻlgʻaymu ekin,
Yo rab, ul tundin xalos oʻlgʻan kun oʻlgʻaymu ekin?!
Barq yangligʻ olam oʻrtar lam’ai shomi firoq,
Doʻzaxi hijron chiqargʻan uchqun oʻlgʻaymu ekpn?
Koʻyida itlar izi ruxsorima boʻldi baho,
Mundin oyo qimmatiroq oltun oʻlgʻaymu ekin?
Subh furqat bir balo daryosi buzdi xalqni,
Shomi hijronimda yogʻqon shudrun oʻlgʻaymu ekin?
Gul masallik toza qonligʻ dogʻlar birla tanim,
Dard bogʻida ochilgʻan gulbun oʻlgʻaymu ekin?
Tiyr boroni firoq ahbob jonidin oʻtar,
Hech yomgʻur mundin, oyo, oʻtkun oʻlgʻaymu ekin?
Bogʻ aro gullarga oʻt soldi Navoiy nolasi,
Benavo bulbulgʻa, vah, mundoq un oʻlgʻaymu ekin?!

476

Bu kecha hajr kuni shomi qiyrgunimu erkin,
Yoʻq ersa sa’b gʻamim doʻzaxi tutunimu erkin?
Chu shayx xirqasigʻa ruq’a tikti, jismi tutashti,
Samum hullasidek koʻnglagim yurunimu erkin?
Firoq dashtida itkan koʻngul yelib chiqa olmas,
Aning bu vodi aro gʻul rahnamunimu erkin?
Koʻzum uyiniki sayli sirishk buzdi, yiqilmas
Qading xayoli bu vayronaning sutunimu erkin?
Bu oʻtki telba koʻngulni pariy xayoliga solmish,
Yuzung shioimu yo shu’lai jununimu erkin?
Biravki kasbi fano qildi, koʻkka qoʻydi qadamni,
Bumu zabun anga yo ul munung zabunimu erkin?
Navoiy ozdi esidin, chu kettin jismiga koʻp na’l,
Talab yoʻlining alar na’li bozgunimu erkin?

477

Demangiz kelmish alam sihhat ketib, yor ilgidin
Kim, manga ham yuz alamdur ul jafokor ilgidin.
To ilik boʻynigʻa osti yuz duoyu hirz ila,
Surtubon yuzni musharraf boʻldi, tumor ilgidin.
Zor koʻnglum ilgida, ozor ham ilgidadur,
Bedavo ozorini kasb etti bu zor ilgidin.
Kosh jonimni aning ilgiga qilgʻaymen fido,
Jongʻa har ne boʻlsa boʻlgay, bori dildor ilgidin.
Dardini minnat tutub, jonimga aylarmen qabul,
Anglasamkim, kam boʻlur bir zarra ozor nlgndin.
Boda olgʻach, titratur har subh ilgimni xumor,
Ichmasam ikki labolab jom xammor ilgidin.
Ey Navoiy, koʻnglum ilgidin chekarmen yuz balo,
Tuxmat aylarmenkn, bor ul moh ruxsor ilgidin.

478

Garchi ul mahvash jafo aylar, taammul qilmayin,
Chunkn oshiqmen, vedur choram tahammul qilmanin.
Hajr biymin anglabon aylar koʻngul vaslida maks,
Qatl uchun elturda el bormas, taallul qilmayin.
Ogʻzin anglarda belnn koʻnglumda aylarmen xayol,
Xurdadon boʻlmas kishi, nozuk taxayyul qilmayin.
Ishq sirrin gar bayon aylar esam, ey piri aql,
E’tiroz etma, hadisimni taaqqul qilmayin.
Vah, necha qon yutqamenkim, soqiyi davron manga
Chun yetar har davr aro, oʻtmas tagʻoful qilmayin.
Foniy oʻl, faqr istar ersangkim, erur maqsad muhol,
Yoʻlga chun qoʻygay qadam rahrav, tavakkul qilmayin.
Ey Navoiy, shart qildimkim, agar boʻlsam xalos,
Ishqidin oʻzga bu ish zikrini bikull qilmayin.

479

Oʻrtama koʻnglumni komin hosil etmastin burun,
Qushni kim biryon etibtur, bismil etmastin burun.
Jism aro ishqing vatan qilmay, hanuz oldi koʻngul,
Oʻt yoqar yer topti uyni manzil etmastin burun.
Oshiq oʻldum, jonim osonligʻ bila ol, ey ajal,
Ishq dardi jongʻa ishni mushkul etmastin burun.
Ey koʻngul, yor ochti yuz, hijronda oʻlmak sa’b erur,
Jon fido qil yuzga burqa’ hoyil etmastin burun.
Pandlar berdi xirad koʻnglumga, yuz shukr, ey pariy,
Telba qilding nosih ani oqil etmastin burun.
Foniy oʻlsun kim baqoyi jovidon istar ani
Foniy oʻlgʻanlargʻa davron doxil etmastin burun.
Ey Navoiy, gʻayr naqshidin orit koʻnglungnikim,
Fayz mumkin ermas, oʻzni qobil etmastin burun.

480

Yorumas sham’i jamoling, rishtai jon oʻrtabon,
Furqating dardi kam oʻlmas, dogʻi hijron oʻrtabon.
Koʻngluma oʻt, boshima solding qilich, ammo ne sud,
Oshkoro urmagʻing su, uyni pinhon oʻrtabon.
Barqe kulmak birla kuydirgan kebi jismim xasin,
Ohkim, kul qildi gul gulbargi xandon oʻrtabon.
Xayli ishqing har soʻngakni tanda biryon oʻrtadi,
Korvon yoqqondek oʻt, xaslarni har yon oʻrtabon.
Oʻqlarin oʻrtab tanimda, toʻkti koʻnglum qonini,
Turfa saydi ayladi bismil, nayiston oʻrtabon.
Soqiyo, sol otashin la’ling bila bir oʻt manga
Kim, koʻngulga shu’la solsun, jonni oson oʻrtabon.
To Navoiydek boʻlay ozod oʻzluk mulkida,
Har nenikim oʻrtamaklik boʻlgʻay imkon oʻrtabon.

481

El gʻamimdin kuymasun deb, nolai zor aylamon,
Dardi holimning mingidin birni izhor aylamon.
Yoʻqsa yoʻqtur hech soatkim, figʻoni zor ila,
Yuz tuman ming bagʻri toshning koʻnglini zor aylamon.
Turfa bukim, tortibon yuz muncha doʻzax shu’lasi,
Yor koʻnglin bu haroratdin xabardor aylamon.
Turfaroq bukim, figʻonimdin uyumay dahr eli,
Uyquluq baxtim koʻzin bir lahza bedor aylamon.
Ishq aro men oʻzga, Farhod oʻzgadur, ey doʻstlar,
Teshai gʻam birla men togʻ bagʻrin afgor aylamon.
Soqiyo, andoq sabuh istar koʻngulkim, bersa dast,
To qiyomat subhi andin oʻzni hushyor aylamon.
Ey Navoiy, sudrab eltur boda birla mugʻbacha,
Ixtiyorim birla azmi koʻyi xammor aylamon.

482

Qatra terlardin yuzinda dur nishonimu deyin,
Yo takallum vaqti la’li durfishoninmu deyin?
Ogʻzidin jismim adam boʻlmagʻligʻinmu sharh etay,
Gʻuncha yangligʻ tah-batah koʻnglumda qoninmu deyin?
Tan firoqinmu desun, jon ishtiyoqinmu desun,
Men xayoli tan guzori jonsitoninmu deyin?
Eyki, dersen nuktai ishqu junun ahlidin ayt,
Oʻz fasonam, yoʻqsa Majnun dostoninmu deyin?
Soqiyo, koʻnglumda may hirsin koʻrub, soʻrdung sabab,
Hajri dardin yo xumori begaroninmu deyin?
Charxdin qilsam shikoyat soʻrmang, ey xalqi zamon,
Xalqning javrinmu, oshubi zamoninmu deyin?
Qolgʻali shomi firoq ichra Navoiy sham’dek,
Kuymakinmu aytayin, ashki ravoninmu deyin?

483

Gʻam tuni la’ling surudi hajr der men zor uchun,
Chun ajal yetti — Masiho zahr ezar bemor uchun.
Koʻzki uchqan chogʻda ustiga yopishturdum somon,
Nomabar qushdurki, sarigʻ ruq’a eltur yor uchun.
Orazing shavqidakim, ashkim toʻkar koʻz mardumi,
Bogʻbon yangligʻdururkim, su ochar gulzor uchun.
Koʻyi tufrogʻin meniig diydamgʻa sol, ey tong yeli
Kim, erur ul surma loyiq diydai bedor uchun.
Chun yiqildi za’fdin jismim uyi, naylay, aso
Kim qilibtur sarvi pushtibon yiqugʻ devor uchun?!
Umr naqdigʻa imorat aylang, ey dayr ahlikim,
Vaqfi jon mulkin qilibmen kulbai xammor uchun.
Gar Navoiy, hajr dashtidin oʻta olmas, ne tong,
Yoʻl yuruy olmas kafi gʻam toshidin afgor uchun.

484

Necha ashkimdin manga, ey ishq bedod etkasen,
Ohdin jismim xasin har lahza barbod etkasen.
Elga dilbar iltifotidin meni aylab gʻamin,
Elni boʻlgʻandin manga nomultafit shod etkasen.
Menkim oʻldum, gʻamda jon bermak manga ta’lim etib,
Ulki qotildur, anga oʻlturmak irshod etkasen.
Ey koʻngul, bergaysen elga suri nafxidin xabar,
Aylab ohingdin qiyomat, chunki faryod etkasen.
Har zamon ishqing chu yuz ming qatligʻa qoni’ emas,
Furqatingdin yoʻqturur hojatki, imdod etkasen.
Ishqdinkim jonima yuz gul ochilmish, ey hakim,
Jahl erur,gar nomiya ruhigʻa isnod etkasen.
Uyla mahv oʻlmish Navoiy xotiringdin, ey pariy
Kim, unutub, shoyad ul devonani yod etkasen.

485

Yer holidin manga, vahkim, xabar yoʻqtur bu kun,
Bu jihatdin aqlu hushumdin asar yoʻqtur bu kun.
Subh selobi sirishkim oqti koʻp, ey doʻstlar,
Pand uchun kelmangkim, ul sudin guzar yoʻqtur bu kun.
Kecha gar bagʻrim boʻlub qon oqti koʻzdin, gʻam emas,
Gʻam budurkim, itlariga mohazar yoʻqtur bu kun.
Men bukun oʻlgach, aning koʻyiga toʻldi xalqkim,
Ashku ohim saylu barqidin zarar yoʻqtur bu kun.
Va’dai vaslini tongla demagilkim, umrgʻa,
E’timodim hajr shomi to sahar yoʻqtur bu kun.
Ichmagum, ey dayr piri, jomi may, ul mugʻbacha
May tutargʻa bazmi aysh ichra agar yoʻqtur bu kun.
Oʻzlukin chun soldi oʻlgan kun Navoiy boshidin,
Bu jihatdindur anga gar dardisar yoʻqtur bu kun.

486

Koʻzlarim koʻr et, koʻngulga dogʻi hijrondin burun
Kim, bu ikki kuydurubturlar meni andin burun.
Garchi koʻptur oshiqing, lekin yuz ochsang, kimsaning
Oʻlmaki mumkin emas men zori hayrondin burun.
Ashk ila dersen buzay koʻnglungni, ey koʻz, lek ishq
Yer bila teng qilmish ani sayli mujgondin burun.
Kel-kel, ey jonu koʻngul oromikim, boʻlmoq fidong,
Jon koʻnguldin burnaroq istar, koʻngul jondin burun.
Sofi vasling borida tutma desam durdi firoq,
Derki, zahr ichmaklik avlo obi hayvondin burun.
Gar sanga yoʻqtur vafo, husnungʻa ham yoʻqtur vafo,
Bas gʻanimat bil vafo, boʻlmoq pushaymondin burun.
Ey Navoiy, yetkay ul oygʻa figʻonim der edim,
Ohkim, to ochti yuz — jon yetti afgʻondin burun.

487

Yuzung subhida xoling nuqtayedur, subh aro boʻlgʻan,
Yoʻq ersa koʻrmaduk tong yulduzin hargiz qoro boʻlgʻan.
Xato boʻlmas koʻnguldin xud oʻqung, ammo tilar koʻnglum
Ki, ham tekkay anga, har sari otqandin xato boʻlgʻan.
Ne bilgay kirpiku qoshing gʻamin bir shastigʻa magʻrur
Ki, bilgay bir meningdek ohi novak, qaddi yo boʻlgʻan.
Birovkim otashin la’ling uza xoling koʻrar — anglar
Ki, oʻtlugʻ jonima ushbu qarogʻimdur balo boʻlgʻan.
Davoyi ishq erur yo vasl, yo marg, ul emas mumkin
Bu birdur, kimsa topilsa, bu dardigʻa davo boʻlgʻan.
Tomugʻ oʻtin ogʻizgʻa olmagʻaysen, voizo, bir dam,
Sanga boʻlsa firoqim ohidin, yillar mango boʻlgʻan.
Qadah doir qil, ey soqiyki, bu topmish iloju bas,
Bu foniy dayr aro davron gʻamigʻa mubtalo boʻlgʻan.
Butu zunnor mugʻanniysin ne bilgay xonaqah ahli
Ki, andin ramz soʻrgay sokini dayri fano boʻlgʻan.
Ne tong ming til bila afgʻoning, ey bulbulki,sendursen
Bu gulshanda Navoiydek asiru benavo boʻlgʻan.

488

Buki koʻnglum yarasidin oqadur, qonmu ekin?
Yo qizarib erigan su kebi paykonmu ekin.
Ul xatu labki berur koʻzga safo, jongʻa hayot,
Sabzai jannat aro chashmai hayvonmu ekin?
Husn xoni arokim, yoydi qazo yuzu labing,
Qursi xurshid bila la’li namakdonmu ekin?
Gʻuncha ogʻzigʻamu gulshanda yogʻibtur jola,
Yo jamoling guli ichra labi xandonmu ekin?
Yor der: koʻzni yuzumdin nega bot olmassen,
Doʻstlar, tengri uchun deng: bu ish osonmu ekii?
Yor javriyu ulus zulmi, falak bedodi,
Manga yolgʻuzmu ekin, barchagʻa yaksonmu ekin?
Ey Navoiy, el aro fitnadur ul kofirgʻa,
Azmi maydonmu ekin, mayli xiyobonmu ekin.

489

Koʻz bogʻida gul ekmisham ul yuz xayolidnn,
Vojibdurur koʻzumga su bermak jamolidin.
Oʻptum labin yuz ochqach, erur turfa koʻrmakim,
Gul birla meva bir yoʻli ul qad niholidin.
Ruxsori koʻzgusiga, koʻzum mardumigʻa aks,
Fahm ayladim biaynihi ul yuzda xolidin.
Jonim gadoligʻ etti bir oʻpmak, vale labing
Bersa javob koshki aning savolidin.
Roʻyiyat chogʻi biyik daraja birla yangi oy
Koʻrdi nazzora ahli qoshingning hilolidin.
Zohidki, qildi mastligʻim ayb, ayilmagʻay,
Bir dam su ichsa, maykada singʻan safolidin.
Faryod ila Navoiy aning vaslin istamish,
Faryod, aning bu nav’ xayoli muholidin!

490

Bir musofirda koʻrub timsolini, bechoramen,
Topqali ani jahon mulki aro ovoramen.
Dema, za’fingdin kachon koʻz yumgʻassi, kel soʻrgʻali
Kim, turubmen muntazir, mavqufi bir nazzoramen.
Eyki soʻrdungkim: qachondin telbasen, andin beri
Kim, nihoni zor ul shoʻxi pariy ruxsoramen.
Munchakim javrigʻa men toʻzdum, emasmen odame,
Goʻyiyo tufrogʻmen, zulmida balkim xoramen.
Deb etmish: kim aning boshin ketursa, lutf etay,
Boshim olib iynak ul qotilni istay boramen.
Dasht yo togʻ ichra oʻlgan topqunguz bir kun meni,
Buylakim Majnun bila Farhodqa hamkoramen.
Chun kishilikdik chiqarmishdur meni ishqu junun,
Ey Navoiy, bas ajabdurkim, xaloyiq oramen.

491

Uyga kelmish, deb xabarlar aytibon jononadin,
Mast elturlar bu nav’ aldab meni mayxonadin.
Boʻlmasam loya’qilu mundoq libosot oʻlmasa,
Tushmakim ayru ne mumkin sogʻaru paymonadin.
Istamang Farhodu Majnun tavrini mendinki, xalq
Qilmamish ahli xirad rasmin talab devonadin.
Ishq mulkida ulugʻ hangoma tuzgay ahli dard,
Aylagan bir doston zoxir bizning afsonadin.
Boʻlmish ul begonavash begonalargʻa oshno,
Oshnoligʻlar isi topsam, ne tong, begonadin.
Orazu xoling giriftori esa koʻnglum, ne ayb
Kim, guziri yoʻqtur ul qushning bu obu donadin.
Bu kuhan dayr ichra kim topsa rafiqu sogʻare,
Odam ermas, tashqari qoʻysa qadam vayronadin.
Sarv qadlar sadqasi boʻlgʻangʻa oʻrtanmakdur ish,
Ravshan et bu mojaroni sham’ ila parvonadin.
Xorligʻ gardi aro botib, havodis toshining,
Vahmidin har dam chiqa olmon buzugʻ koshonadin.
Himmating bor esa, dunyo shoʻxidin ozod boʻl,
Shohidi makkora mayli xoʻb emas farzonadin.
Kim Navoiyni qilur gʻoyib, topar mayxonada,
Goh dudi ohu gohi na’rai mastonadin.

492

Ishq aynidin koʻzumni qilmadi yoruq jahon,
Ne uchunkim Qof togʻi ostida erdim nihon.
Qof togʻi ostigʻa qolgʻan oʻluk tufrogʻni,
Ne qadar ayni anodin qutqara olgʻay jahon?
Vahki, to kirdim jahon bogʻigʻa maxlas topmadim,
Lahzaye yuz Qofcha dard ostidin men notavon.
Dushmanimdin ne balolar yetmish oʻlgʻay jonima,
Doʻstdin menkim, jahonda koʻrmadim juz qasdi jon.
Anikim jonu jahonim der edim, jonigʻa aysh
Yoʻq jahonda onchakim olgʻay mening jonim ravon.
Muncha bedod oncha ermaskim, meni maxjur etib,
Muddailar vaslidin topqay hayoti jovidon.
Soqiyo, jonim fidong oʻlsun, tutub bir jomi may,
Yuz tuman anduhdin jonimni qutqar bir zamon.
Boribon ahbobu men gʻaflat asiri boʻlmagʻim,
Uyladurkim, it uyub qoldiyu koʻchti korvon.
Ey Navoiy, ish qila olur chogʻingda qilmading,
Chun qariding, ne osigʻ hasrat bila ohu figʻon.

493

Koʻngul, qaygʻurmakim, dashti fanogʻa borgʻudekturmen,
Ham oʻzni, ham seni hajr ilgidin qutqargʻudekturmen.
Siyosatgohi ishq ichra fano jallodi chekkach tigʻ,
Ayogʻigʻa tushub ta’jil uchun yolborgʻudekturmen.
Balo bazmida soqiyi ajal jomi fano tutsa,
Tagʻor oʻlsunki, ogʻzimgʻa quyub sipqargʻudekturmen.
Firoq anduhi oʻti dudidin koʻnglum uyi toʻlmish,
Aning daf’i uchun koʻksumni har dam yorgʻudekturmen.
Bu yangligʻkim, fano dashtida yuzlandim, toʻyib jondin,
Masiho boʻlsa yoʻldoshim, ani qaytargʻudekturmen.
Bu yangligʻkim, oqar gʻam shomi bagʻrimdin shafaqgun qon,
Sahargʻa tegru subhi hajrdek sargʻargʻudekturmen.
Munungdekkim, fano dayrida tutti mugʻbacha sogʻar,
Navoiy voqif oʻlgʻinkim, oʻzumdin borgʻudekturmen.

494

Boʻldi shomu qildi jonimgʻa jafo bunyodi tun
Kim erur oshiqlaru bemorlar jallodi tun.
Tush koʻrub, bir kun qiyomatni boʻlub erdi unut,
Berdi hajringda meni mahzungʻa ul kun yodi tun.
Men tirik qolmoq edi hijron tuni behad muhol,
Xossakim, qatlim uchun qildi aniig imdodi tun.
Kahkashon domida anjum donasin sochmoq nedur,
Gar emas oʻlturgali umrum qushi sayyodi tun.
Dedilar, hijron tunidin soʻngra subhi vasl erur,
Naylayinkim, subhgʻa tegru tirik qoʻymadi tun.
Bu chamanda demangiz shabxez qushlar nolasi
Kim, erur ushshoqi mahzun oh ila faryodi tun.
Hajr shomi gar Navoiy jonin oldi, tong emas
Kim, erur ahli baliyat qatlining mu’todi tun.

495

Bahor andoqki bulbul gul’uzori toza istarmen
Ki, ul gulbong ila oʻzni baland ovoza istarmen.
Chu ul gul toza-toza oʻt solur koʻnglum aro, men ham
Ul oʻtdin koʻkragim dogʻini toza-toza istarmen.
Chu yoʻq andoza ishqim birla shavqimgʻa, ul oyni ham,
Jamolu mehr oyinida beandoza istarmen.
Eritsam gar koʻngul choki uchun paykonlaring, tong yoʻq
Temurdin chun hisori dard uchun darvoza istarmen.
Uzori shavqi tigʻidin oʻlub qonligʻ kafan birla,
Aning har xoridin huro yuziga gʻoza istarmen.
Firoqing ichra rozimen falak jismim uyin yiqsa,
Xilofi odat uy vayron qilurgʻa roza istarmen.
Navoiy nazmining avroqi zulfungdin parishondur,
Aning jildigʻa sunbul toridin sheroza istarmen.

496

Voykim, dushvorroqdur mehnati ayyomdin,
Subhim oʻtkan subhdin, shomim ham oʻtkan shomdin.
Vaslidin yoʻq komu hijronda ne umr oʻlgʻay bukim,
Bir oʻlar jon minnatin chekmak kerak nokomdin.
Sabrdnn yoʻq muztarib ovora koʻnglumga asar,
Ul sifatkim, dasht paymo jismima oromdin.
Tiyr boroni balokim, paykarimgʻa yogʻdi, ruh
Qochti andin uyla qushdekkim, qutulgʻay domdin.
Hech ish sarvi gulandomimgʻa beandom emas,
Gʻayri javru zulmikim, xorijdurur andomdin.
Jomdin bizga gʻaraz may ichra dilbar aksidur,
Yoʻqsa oʻz aksi ham aylar jilva xoli jomdin.
Ey Navoiy, necha za’fing yozib ul bazl aylagay,
Oʻlmaguncha ish ochilmas ishq aro paygʻomdin.

497

Ne bahor oʻlgʻayki, nolam ra’d erur, ashkim yogʻin,
Barq der koʻrgan jahon ichra damim oʻt solmogʻin.
Notavon boshimga yogʻdurmoqdin oʻzga qasdi yoʻq,
Sarsari ofat uchursa hajr koʻyi tufrogʻin.
Charx uza ermas shihob, ul ham bir oy hijronida,
Resh qildi, tortibon koʻksiga axtar tirnogʻin.
Sogʻinib koʻyungda oʻlgan itlaringni sen unut,
Men unut boʻlgʻanni ham ul oʻlgan itlardin sogʻin.
Yoʻqki ul xurshiddin, xurshid andin kuymasun,
Derki, bir yondin solur chobuksuvorim qolpogʻin.
Ul anokim, bor edi farzandi sendek durri pok,
Yub edi erkin sadafdek lavslardin qursogʻin.
Tavbayu taqvo qarigʻan elga boʻldi lozima,
Ey yigit, bilgil gʻanimat ishqu majnunlugʻ chogʻin.
Arsh parvoz oʻldi kirgan jannati axloq aro,
Ey xush ulkim, topti ul xushxoʻyligʻning uchmogʻin.
Gar Navoiy soyir erdi hajrdin gʻam togʻida,
Tebrana olmas, chu hajr egniga qoʻydi gʻam togʻin.

498

Chu yor koʻnglaki chokin nazzora aylarmen,
Yaqoning oʻrnigʻa koʻksumni pora aylarmen.
Raqib bazmida maxsus boʻldi, men mardud
Topib panoh yiroqtin nazzora aylarmen.
Ne anjumandaki ul boʻldi, el tafarruj etib,
Men elga daldalab, andin kanora aylarmen.
Chu xoʻyi nozuk erur, topmanam ilojin aning,
Qoshiga borgʻali har necha chora aylarmen.
Koʻrunmas oxiri holida juz pushaymonligʻ,
Chu ishq tarki uchun istixora aylarmen.
Darigʻu dardki, ahbobdin biri yoʻqtur,
Necha tafakkur ilakim shumora aylarmen.
Navoiy oʻldi aning ishqini yoshurmaqdin,
Ne boʻlsa boʻlsun, ani oshkora aylarmen.

499

Biravdurur manga matlub dilrabolardin
Ki, ani jonima tanlabmen ul balolardin.
Itik qora-qora mujgon tikildi bagʻrimgʻa,
Manga bu foyda yetdi koʻzi qorolardin.
Koʻzum firoqida koʻnglum yarolari kebidur
Ki, qon tarashshuh etar tinmay ul yarolardin.
Soʻrung mening dogʻi ovora telba koʻnglumni,
Kishi xabar desa koʻyida mubtalolardin.
Yana junun bila ishqim fasonasin demangiz
Ki, men malul boʻlubmen bu mojarolardin.
Qarib anosiru aflok tugʻmadi farzand,
Bizing yigit kebi andoq ato-anolardin.
Zamona ahli vafosizdur, ey zamon ahli,
Zamone xush boʻlingu yod qilmang olardin.
Iloji za’fim erur bir qadah may, ey soqiy,
Ki, noumid boʻlubmen bori davolardin.
Gadoligʻ etti Navoiy aning visolini, lek
Shah etsa or, ne tong, benavo gadolardin.

500

Xarob erdim agar yori sitamkorim jafosidin,
Oʻlarmen bu zamon yori vafodorim azosidin.
Biri javri qazodur jonima, birga qazo yetti,
Xalos ermas kishi har hol ila tengri qazosidin.
Aning hajri dogʻi muhlik, munung dardi dogʻi qotil,
Nechuk jon eltkaymen buyla ikki ish arosidin.
Jafosidin munung charx etmasun bori meni mahrum,
Agarchi ayladi mahjur ul birning vafosidin.
Munung javru jafosi roʻzgorimni qora qildi,
Bu mahzunni chiqarmay roʻzgor aning qorosidin.
Aning hajri gar oʻlturdi, bu birning vasli tirguzdi,
Tirik boʻlsam chiqa olmon munung shukri adosidin.
Tiriklik jonima bu ikki ishtin bir balo boʻldi,
Ajal, qutqar meni mundoq tiriklikning balosidin.
Kishiga boʻlmasun bu nav’ ikki yorkim, oʻlgay
Birining ishtiyoqidin, birining ibtilosidin.
Navoiy ishqi tavrin ibtido qilgʻandadur yuz hayf
Ki, bir ham qilmading andisha bu ish intihosidin.

501

Zulm tigʻi qolmadi gardun boshimgʻa urmagʻan,
Har tuki soyi jafo toshi bila sindurmagʻan.
Yuz oʻlumcha bordurur agʻyor ila oʻlturmagʻi,
Javri tigʻidek yonimda bir zamon oʻlturmagʻan.
Koʻrgach ani, notavon koʻnglumni uzdi iztirob,
Doʻstlar, mundoq koʻngulni kimdurur oldurmagʻan.
Borsa ashkim yer quyi, ne vajh ila istay ani,
Men koʻzumda asrabon, mundoq vatanda turmagʻan.
Bir pariy ishqinda mendek boʻlsa rasvo, tong emas,
Sirrini devonaligʻdin koʻnglida yoshurmagʻan.
Qoshidin koʻrsam jafo tong yoʻqki, bu qavsi sipehr
Hech kim jonigʻa ermas javr yosin qurmagʻan.
Bu koʻhan dayr ichra tinmasliqqa qolgay tunu kun,
Xotirni yaxshi yomon savdosidin tindurmagan.
Jonni jonon istasa — bergil, Navoiykim, emas
Oshiqi sodiq nekim jonon tilar, topshurmagʻan.

502

Kosh koʻnglumdin chiqargʻay erdim ul oy ulfatin,
Vasl ayyomida-oʻq xoʻy etkay erdim furqatin.
Vaslini zikr etmagay erdi tilim, bal ishqini,
Bilsam erdi hajrida bu nav’ koʻnglum holatin.
Koʻrmamish boʻlsang yogʻochkim, bargin ol etmish xazon,
Jismim uzra koʻr yangi qonligʻ tugonlar hay’atin.
Tanda har yon hajr tigʻi, zaxmi chektim, qilma chok,
Jonning, ey tigʻi ajal, yuz ming yamogʻliq kisvatin.
Tigʻ ila gʻamgin koʻngul oʻtigʻa taskin bermadi,
Ohkim, tufroqqa elturmen ul su hasratin.
Demagil uzr, ey mugʻanniykim, unum topmish xarosh,
Qir oʻshul suhon ila koʻnglumdin anda suratin.
Ey Navoiy, istasang kasb etmak oyini fano,
Xonaqah shayxin qoʻyub, qil dayr piri xidmatin.

503

Ishq ahli, sotqun, olsa izing toʻtiyosidin,
Qilgʻil tarozu ikki koʻzumning qorosidin.
Qoshingki juzv-juzvida bor qavs hay’ati,
Oʻq yogʻdururgʻa jongʻa otar barcha yosidin.
Koʻrmak tilar yuzungni koʻngul, kosh itlaring
Yonimni tu’ma qilsa soʻngaklar orosidin.
Ey noz, sham’i kokulung ermaski, dud erur
Kim, zohir oʻldi shu’lai husnung ziyosidin.
Gar oʻlturur habib murodimgʻa yetmayin,
Istay desam hayot, Masiho davosidin.
Mendek qul oʻlgʻan elga qoʻyub tengri qullugʻin,
Mingdin bir ermas emgakim aning sazosidin.
Dam urma bu chamanda, Navoiyki, bir gule
Bilmas zagʻan figʻonini bulbul navosndin.

504

Kul oʻlsa raxshi na’li barqidin ishq ichra bir xirman,
Vafo ahli koʻzi ul kuldin oʻlgʻay surmadek ravshan.
Xayoling har koʻngulga kirgach, ani oʻrtasang tong yoʻq,
Anga nevchunki oʻtlugʻ koʻnglum otashgohidur maskan.
Chu koʻnglum mazraida xirmani sabrimgʻa oʻt solding,
Yangi dogʻim emas, qolmish qora oʻrni kuyub xirman.
Nihon ishqing agar qatlimgʻa boisdur, boʻyinsundum,
Kechar jon naqdidin ulkim, yoshurgʻay shoh uchun mahzan.
Firoqing biymidin bir yerda yoʻq gʻam shomi oromim,
Kecha yer koʻp yuvutkar kimki bor qasdida bir dushman.
Boshinda savsani belbogʻ ila ul sarv etar jilva,
Nazar aylang ochilgʻan bogʻ aro ozoda qad savsan.
Buzugʻ koʻnglumda ravzan boʻldn tigʻing zaxmidin, yoxud
Bu vayron uy, hamonkim ochilmishdur, emas ravzan.
Sipehr oʻlsa sanga markab, shafaq anjum bilan rangi,
Koʻp ildam surmakim, sen mast erursen, abrashinng tavsan.
Navo chek vasl gulzorida gul shavqidin, ey bulbul
Ki, hijron bogʻida boʻlmish Navoiy shevasi shevan.

505

Borsang ol jonimni, to sensiz manga jon qolmasun,
Jon qolib, jon ichra nogah dogʻi hijron qolmasun.
Chun oʻlarmen — chin deyin, ishqi buzugʻ koʻnglumdadur,
Men oʻlub, ul ganj bu vayronda pinhon qolmasun.
Ey koʻngul, dey koʻzga bu damkim, tirikmen, kelsa yor,
Orazidin bahra olsun, asru hayron qolmasun.
Hajrida oncha balo yetkur manga, ey charxkim,
Oʻzgalar ishqin havas qilmoqqa imkon qolmasun.
Mujdai vaslin tilab, eykim, koʻnguldin hajr oʻqin
Tortasen, vah, oncha voqif boʻlki, paykon qolmasun.
Dahr aro andoq maosh etgilki, sendin qolmasa
Toat andoqkim, keraktur bori isyon qolmasun.
Ey Navoiy, sobit oʻlsun shoh Gʻoziy davlati,
Ollida qul boʻlmagʻan olamda sulton qolmasun.

Vov Harfining Vilohatafzoylarining Vaqoye’i «Favoyid»din

506

Tariqi ishq aro gar oʻzni fard qilsa birov,
Harif emas yeru koʻk, necha gar erurlar ikov.
Koʻnguldin ayla mavolid maylini kam-kam,
Boʻlurgʻa fard mavoni’dururlar ushbu uchov.
Desang falakka chiqay, foniy ul anosirdin,
Nedinki, ruhungadur chormix bu toʻrtov.
Havosi xams ila maqsud boʻlmadi mudrik,
Koʻngulni top iki-uch uzv, besh emas bu beshov.
Fanoiy mahz yetar «Sittai zaruriya»
Nedinki yoʻqqa zarurat emas bu nav’ oltov.
Xilofi shar’ agar yetti koʻkka chiqqungdur,
Yaqinki, yetti tamugʻdin batardur ul yettov.
Navoiyo, sekiz uchmoq havosidin kechgim,
Bular mavoni’ erur, yor istar oʻlsa birov.

507

Oʻt yolindek sen qachon chopsang samandi barqrav,
Bir alam ul oʻtqa boshing ustida gulgun yalav.
Tortibon tigʻi jafo, bagʻrimni yuz chok ayladi,
Bordi ulkim der edilar el meni bagʻri butav.
Hullai kofurgun ul xil’ati xazro uza,
Sabzai jannatqa goʻyo tushti rahmatdin qirav.
El inoni ixtiyori chiqqti yaksar ilgidin,
Poʻyada har sari ul chobukki qaytardi jilav.
Xoʻblar ichra birav koʻnglumni olmishkim, ani
Mendin oʻzga kimsa birla qilmagʻil, yo rab, ikav.
Tiyralar lutf aylabon tutmas safo ahli yerin,
Yorigʻan birla uchi, sham’ oʻzini tutmas koʻsav.
Gar Navoiy kilkidek el kilki shakkarrez emas,
Ayb qilma, birdek oʻlmas nayshakar birla gʻarav.

508

Yordin ayru may ichmak qindurur balkim ogʻu,
Xoh ogʻzda talx su, xohi burunda shoʻr su.
Deb eding, ey hajr, yoring kelmasa jon bergasen.
Chiqti jonim birga, vah, bu ikkidin vaqt oʻldimu.
Istasam husnung zakotin, gar boʻlur moni’ raqib,
Ne ajab, chun it boʻlur doim gado birla adu.
Nevchun ogʻzinggʻa yetar deb jomi gulgun dam-badam,
Xasta koʻnglum gʻunchadek qon bogʻlanibtur toʻ-batoʻ.
Menki, oʻldum koʻyida, koʻnglum oʻtining dudidur,
Zogʻdin qilmang gumon, qonligʻ tanim uzra gʻulu.
Zohidi xudbingʻa xirqam zayli tegdi, ey rafiq,
Olib egnimdin, fano dayri aro may birla yu.
Ey Navoiy, koʻrgach ul qotilni, qoʻydung yerga bosh,
Buyla bosh qoʻygʻach nafas tashvishidin forigʻ uyu.

509

Ey sabo, ovvora koʻnglum istayu har yon boru,
Vodiyu togʻu biyobonlarni bir-bir axtaru.
Topakoʻr ani chu topsang, har qayon ozim esa,
Boshigʻa evrul quyundek, dogʻi aldab qaytaru.
Say’ etib kelur mening sari, vagar xud kelmasa,
Ollida bedilligimning dostonin oʻtkaru.
Aytqilkim, sen xud itting, jon dogʻi chiqmoqtadur.
Boshima yetkur, vagar xud kelmas oʻlsa, yolbaru.
Olakel var boʻlsa Majnun shevayu beixtiyor,
Qoʻymayin oʻz ixtiyorigʻa, bu sari boshqaru.
Kelturub, chok aylabon koʻksum, ani oʻrnigʻa sol,
Meni bedillik baloyu mehnatidin qutqaru.
Ushbu yangligʻ istagil doim Navoiy koʻnglini
Kim, gar andin yetmasa, haqdin sanga yetkay qoru.

510

Yigʻlamoq kam qilmadi bu diydai giryonda su,
Ikki arigʻ ayrilib ne oʻksugay Ummonda su.
Yetmay el ogʻzigʻa la’li obdoring jon berur,
Bu latofat birla yoʻqtur chashmai hayvonda su.
Ne ajab koʻrgach yuzung, koʻp oqsa yoshimkim, boʻlur
Chashmalar ichra bahor ayyomida tugʻyonda su.
Har koʻzumdin goh su, gah qon oqar koʻyung aro,
Toʻrt ariq oqqan masallik ravzai rizvonda su.
Buzgʻudektur charx uyin ashkim, hamono yoʻq emish
Nisficha olamni vayron aylagan toʻfonda su.
Jongʻa shirindur oʻqung, vah, nayshakardurmu nayi,
Yo magar jon shirasidin boʻldi ul paykonda su.
Eyki dersen, la’li serobimgʻa koʻp labtashnasen,
Mundin oʻzga yoʻq ishim, to boʻlgʻusidur jonda su.
Soqiyo, maxmurluq ogʻzim qurutmish, rahm etib,
Boda gar yoʻqtur, solib ber sogʻari davronda su.
Shodligʻ xayli, Navoiy koʻngliga tushmay oʻtung
Kim, bu manzilning oʻti koʻptur vale yoʻq anda su.

511

Soqiyo, men yutmagʻan xunobi hijron qoldimu,
Bermasang may, emdi qon yutmoqqa imkon qoldimu.
Eyki, dersen, istasang vaslimni, jon qilgʻil fido,
Muni soʻr avvalki, hajringdin manga jon qoldimu.
Ishq maxfiy qolmas oxir, ey koʻngul, koʻp chekma jon.
Men ham avval koʻp yoshurdum, koʻrki, pinhon qoldimu.
Chektilar majruh koʻnglumdin xadangin kuch bila,
Bore, ey jon, mujdaye bergilki, paykon qoldimu.
Koʻrgach ul oyni, junundinkim yiqildim, ey rafiq.
Tengri uchun aytkim, holimgʻa hayron qoldimu?
Ey koʻngul, bu gulshan atrofigʻa boqkim, gʻunchaye
Kim, koʻngul jam’ ayladi, boʻlmay parishon qoldimu.
Ey Navoiy, qochmagʻil hamdamligʻimdin, koʻrki yor,
Gar sanga mehrin kam etti, bizga yakson qoldimu.

512

Garchi koʻp sargashlik etti bogʻ aro bunyod sarv,
Qomatinggʻa banda boʻlmay, boʻlmadi ozod sarv.
Dahr dehqoniki, yuz ming sarv qildi jilvagar,
Gulshani davron aro bermas qadingdek yod sarv.
Boshigʻa to qomating da’vosidin tushti havo,
Koʻrdi koʻp qushlar lagadkoʻbi bila bedod sarv.
Topmamish yeldin sado birla taharrukkim, koʻrub
Qomatingni iztirob aylab, qilur faryod sarv.
Goʻyiyo qaddinggʻa oshiqliq havosin tuzdikim,
Sarsari ohim yetib, berdi oʻzin barbod sarv.
Laxli qadding shavqidin boʻston aro chun tushsa oʻt,
Shu’la tez aylar oʻtundin, uylakim, shamshod sarv.
Sheva qil tuzlukka, osibe xazondin koʻrmadi,
Toki boʻldi rostligʻ oyinida mu’tod sarv.
Doimo ozodlarning sabzu xurram boʻlmogʻi,
Bogʻ aro bulbul tili birla qilur irshod sarv.
Ey Navoiy, dahr boʻstonida bulbul men kebi
Boʻlmagʻay, topsang yurub, bir guljabinlik zod sarv.

513

La’lini desam chashmai hayvon erur ushbu,
Der muktai jonparvarikim, jon erur ushbu.
Jismimnn ajal dedi junun dashtida goʻyo,
Sahroyi qiyomat, dogʻi uryon erur ushbu.
Bilmonki, erur gʻunchai nobing koʻngul ichra,
Yo hajr oʻqidin qon aro paykon erur ushbu.
Gʻam dashti aro oh samuminki yoyibmen,
Kim koʻrsa degay: shu’lai hijron erur ushbu.
Koʻz hayratini toglamakim, to seni koʻrmish,
Yo husnunga, yo holima hayron erur ushbu.
Gʻam shomi erur tiyra, gar ichsam mayi ravshan,
Ayb etma manga, sham’i shabiston erur ushbu.
Ishqimni Navoiy qiladur tark demishsen,
Jon tarkini kim qilsa, ne imkon erur ushbu.

514

Hajrida oshiqning afgʻondin qarori bormu,
Kecha it faryod etarda ixtiyori bormu!
Roʻbaroʻmen yor ila, ey xozini jannat, degil:
Ravzaning mundoq xazon birla bahori bormu?
Mehr ul yuzcha emas desam, tong ermas mehrning
Koʻzu qoshu xattu xoli mushkbori bormu?
Gʻunchadin ortuqdur ogʻzi, gʻunchagʻa aylang nazar,
Buyla ikki rasta durri shohvori bormu?
Yorutur parvona shomin sham’ nuri vaslidin,
Men kebi aning qorargʻan roʻzgori bormu?
Adl jomi bazm aro, soqiy, bukun nnsof emas,
Hech kimning mencha oshubi xumori bormu?
Demaknm, olamni xascha koʻrmamishsen mu’tabar,
Ayt filvoqi’ki, oncha e’tibori bormu?
Eyki bizni xonaqah sari tilarsen dayrdin,
Shayxnnng xilvatda jomi xushguvori bormu?
Ey Navoiy, demakim, ushshoq sari yorning
Iltifoti koʻp degil, men xasta sori bormu?

515

Kamandi zulfung aro solma pechu tob asru,
Koʻngul shikanjasigʻa eshmagil tanob asru.
Bihishti vasl aro, qoʻykim, dame tana’um etay
Ki, hajr doʻzaxida chekmisham azob asru.
Kuyub bagʻir uza shoʻroba toʻkma koʻp, ey koʻz
Ki, qochmagʻay iti, shoʻr oʻlsa bu kabob asru.
Raqiblargʻa tutub jomi ayshu men mardud,
Alarni mastu meni aylading xarob asru.
Ayogʻ sol ikki koʻzum halqasigʻa, ey chobuk
Ki, oʻpmasun ayogʻing ul ikki rikob asru.
Visol chehrasidin parda och, boʻlub foniy
Ki, oʻzlukung tuzi oʻlmish, anga hijob asru.
Navoiy oʻlgusidur, azm istasang, jono,
Tilab halokin aning qilmagʻil shitob asru.

516

Bulbuli ruhum qilur bogʻi visolin orzu,
Suyu dona oʻrnigʻa ruxsoru xolin orzu.
Ham koʻngul gulzorida gulbargi ruxsorin havas,
Ham nazar boʻstonida qaddi niholin orzu.
La’li serobin gar ettim orzu, vah, kimdurur
Ulki, qilmas chashmai hayvon zulolin orzu.
Men kimu topmoq va lekin bir yiroq ummid uchun,
Doim aylarmen visoli ehtimolin orzu.
Ishq aro ahvolim andoq sa’bdurkim, tunu kun,
Aylaram Majnun bila Farhod holin orzu.
Muntaqildur jon adam mulkiga baskim, bor aning
Qildi gʻurbatdin vatanga intiqolin orzu.
Sham’i gulroʻyum firoqinda qilurmen uchqali
Jismima bulbul parin, parvona bolin orzu.
Shoh dardu ishq agar qilsa havas, bor uylakim,
Soyil etkay saltanat johu jalolin orzu.
Ey Navoiy, goʻyiyo ul yuz koʻzum ollindadur,
Baski aylarmen tamoshoye jamolin orzu.

517

Oʻtluq uzoring uzra ul turfa xoli jodu,
Oʻtqa tushub kuyubtur otashparast hindu.
Ayni xumordindur ul koʻzga za’f oncha
Kim, holin anglamoqqa ul yuz keturdi koʻzgu.
Hijron kuni yoshimning koʻprak boʻlur zuhuri,
Xushroq koʻrunur anjum, chun tun boʻlur qorongʻu.
Raglardin ip taqayin, koʻksumda dogʻlardin,
Dardu balo chekarga ishq aylasa tarozu.
Bu noʻshxand qildi, ul zahrxand, chunkim
Ogʻzingda kulgu koʻrgach, koʻrguzdi gʻuncha kulgu.
Ichgil mayi shafaqgun, miynoyi aylabon jom
Kim, qon toʻkar shafaqdin har tun bu charxi minu.
Oʻlgach Navoiy, ul oy gar boʻlsa shod, tong yoʻq,
Ul qoʻymadi chu borib, olam tunida qaygʻu.

518

Oyati vashshams xurshidi uzoridin oʻqu,
Surai vallayl xatti mushkboridin oʻqu.
Qomating shavqi shahid etkanlar armonin agar
Bilmasang, har qaysining mili mazoridin oʻqu.
Ul quyosh ruxsoriyu sarigʻ yuzumning sharhini,
Safhai xurshid, xatti zarnigoridin oʻqu.
Oʻt tutashqan koʻnglum ahvolin, desangkim, anglayin
Ul xututekim, boʻlur paydo, sharoridin oʻqu.
Sabzai xat birla bu gulshan vafosiz erkanin,
Kilki qudrat yozdi, rayhoni bahoridin oʻqu.
Boda gʻam daf’in qilur kayfiyatin, desang, bilay,
Ol ilikka jomu arqomi kanoridin oʻqu.
Isatasang dardu junun, ochib Navoiy daftarin,
Telbalik sharhini topib, holi zoridin oʻqu.

519

Yuziga tushub erdi uyquda gesu,
Quyoshni yoshurgonda tun ne tong uyqu.
Yaram kasratidin ulus yigʻlar, ammo
Kelur har birisiga holimgʻa kulgu.
Iki koʻz jamolingdin ar bahra topti,
Koʻngul yutti qonlar, budur qushqa qoru.
Yuzung oʻtrusida quyosh xush koʻrunmas,
Quyoshqa aningdekki, oy boʻlsa oʻtru.
Yuzung oʻtin ohim yorutur erur, shukr
Ki, ul dam bila tiyra boʻlmas bu koʻzgu.
Manga may nashotin koʻrub qaygʻurur shayx,
Nashot aylaram men koʻrub anda qaygʻu.
Navoiyni ishq oʻlturur, tirguzur ham,
Zihi ishq ishi ne qnyomat erur bu.

520

Ul oyni koʻrgan el derlarki, mehri xovaridur bu,
Meni chun aylamish devona dermenkim, pariydur bu.
Qulogʻi durru la’likim quyoshqa yondoshibturlar,
Sharaf avjida ul kavkab, saodat axtaridur bu.
Yuzin xoʻy toza qilgʻanni nazzora ayladim, goʻyo,
Eram gulzorida serob gulbargi taridur bu.
Qadining jilvasin yuz noz ila boʻston aro koʻrgan,
Degay, tovusi ra’no yo magar kabki dariydur bu.
Yuzinda la’li nutqidin chu toptim ruh, bildimkim,
Quyosh ichra Masih ul, nuktai jonparvaridur bu.
Koʻnguldin otashin la’li xayoli birla cheksam oh,
Bu oʻtning shu’lasidur ul va lekin axgaridur bu.
Manga dayr ichra berdi mugʻbacha bir mayki, jon toptim,
Bu jannatning hamono huri uldur, kavsaridur bu.
Sovurma dayr tufrogʻini har xorij nafas birla
Ki, jon bergan Masih anfoslarining paykaridur bu.
Xiyobonda Navoiy sabrini gar xoʻblar oldi,
Oʻzidin voqif oʻlsun, negakim shahri Hiridur bu.

He Harfining Humoyunvashlarining Halokangezligʻlari «Favoyid»din

521

Falakdin yaxshiliq yetkay debon, koʻnglungni shod etma,
Yomonligʻkim yetar, holo unut, oʻtkanni yod etma.
Zamona ahligʻa gar yuz quyoshcha koʻrguzubsen mehr,
Vafo zinhorkim, bir zarra chogʻligʻ e’timod etma.
Nujumu charx deb oʻkma gadoning bax’yaliq sholin,
Tutunni charx, uchqunlarin anjum e’tiqod etma.
Fano ahli ayogʻi tufrogʻi sharhin yozar boʻlsang,
Qarogʻimni hal ayla, ey rafiq, oʻzga midod etma.
Midod etkan qarogʻimni qilibon kirpikim xoma,
Koʻzumning pardasidin oʻzga kogʻazga savod etma.
Qilib solih amal kasbi shioringni saloh etgil,
Vale fosid xayoling birla har dam bir fasod etma.
Chu bilding, rizq erur maqsum, chekma doʻstdin minnat,
Qazodin xorij ermas ish, adugʻa inqiyod etma.
Tilarsen faqr dashtin qat’i qilgʻaysen eranlardek,
Bagʻir su qil, yurak pargolasidin oʻzga zod etma.
Navoiy, istasang uqbo murodin, nomurod oʻlgʻil,
Agar dunyo murodi yoʻqtur, oʻzni nomurod etma.

522

Chamanda sarv yo gul chun sabodin tebranur nogah,
Sogʻinib sarv gulroʻyum kelur, afgʻon chekarmen, vah.
Boshimni olmagʻaymen sajdai shukr aylayu yerdin,
Agar sarvi xiromonimgʻa boʻlsam soyadek hamrah.
Oʻzum ham ermon oʻz holimdin ogah, to ani koʻrdum,
Yoʻq ulkim, ermas ahvolimdin ul nomehribon ogah.
Zanaxdoningda hoʻy ermaski, obi zindagonidur
Ki, hayvon chashmasining ostida voqi’durur ul chah.
Yuz olman sarv birla gul ayogʻidinki, vah, yoʻqtur
Aning qaddu yuziga bogʻ aro bu ikkidin ashbah.
Yuzung vasfini yuz tah safhagʻa yozsam, tamom oʻlmas
Ki, boʻlgʻay safhai xurshidcha ul safhadin har tah.
Jununum man’ qilding ul pariy ishqida, ey nosih,
Kishi devona boʻlsa yaxshiroq, yuz qatlakim ablah.
Tajammul raxtidin, ey shah, gadogʻa qilma istigʻno,
Chu bogʻlar raxt bu dayri fanodin gar gado, gar shah.
Navoiy, koʻp dema gʻam xaylidin mayxona ma’mandur,
Azimat qilsang ul dorul-amongʻa fi amonullah.

523

Ne poʻya urdum yoʻlida, ne boshim oʻldi xoki rah,
Ul shoʻx ishqi sa’yida boshtin ayogʻimdur gunah.
To boda ichti ul sanam, to maygʻa choʻmdi la’li ham,
Jonimda oʻtdur dam-badam, bagʻrimda qondur tah-batah.
Chun jilva boʻldi yorgʻa, aysh oʻldi joni zorgʻa
Kim, ul qadu raftorgʻa jon gulshanidur jilvagah.
Jon qasdigʻa qilsa kamin, xayli erur yuz nozanin
Xurshid cheksa tigʻi kin, anjum ne tong boʻlmoq siyah.
Yuz ishva birla boqibon, jonimgʻa oʻtlar yoqibon,
Lab tishlabon, koʻz qoqibon, tirgizdiyu oʻlturdi, vah.
Ochqach yuzin ul noʻshlab, qildim figʻon birla taab,
Bulbulgʻa tushsa ne ajab, oshubu afgʻon subhgah.
Umr oʻtmakin andisha qil, davrongʻa yoʻqtur mehr — bil,
Ey shah, gadoni koʻzga ilkim, ne gado qolur, ne shah.
Soqiy, toʻla jome ketur, dardimgʻa orome ketur,
Holimgʻa anjome keturkim, gʻam ani qilmish tabah.
Har yon, Navoiy, sunma qoʻl, ne kelsa haqdin — rozi oʻl,
Sen ojizu hokimdur ul, al fajru lak al hukmu lah.

524

Sarvu gul husn ichra yoʻq ul sarvi gulruxsorcha.
Uylakim, qumriyu bulbul nolada men zorcha.
Ul bahori husn uchun har sayl ranginkim, bulut
Zohir etti, yoʻq edi bu didai xunborcha
Garchi davron xoridin gul yafrogʻidur yuz teshuk,
Hajr neshidin emas bu xotiri afgorcha.
Zulfining har tori bir moʻminni chun kofir qilur
Desa boʻlgʻay ani din ahligʻa ming zunnorcha.
Koʻyini ul hurnnng selobi ashkim kasrati
Aylamish jannatu tajri tahtuhol-anhorcha.
Abri rahmat soyai sihhat boshimgʻa solmagʻay,
Ul quyosh koʻyi qirogʻinda buzugʻ devorcha.
Bu koʻhan dayr ichra bir dam qilgʻali daf’i xumor,
Amni manzil topsa, boʻlmas kulbai xammorcha.
Olam ahligʻa vafo aylab, jafo koʻrgan erur,
Yuz tuman ming zor emas, ammo biri men zorcha.
Chun Navoiy koʻnglini snndurdung, endi topmagʻi
Mumkin ermas, itti chun har yon tushub bir porcha.

525

To qulogʻinggʻa zirih soldingu qoshinggʻa girih,
Xasta koʻnglumdurur yuz girih, andoq zirih.
Qoʻngluma gʻuncha kebi tushti tugun uzra tugun,
Qoʻrgali sunbuli zulfungda girih uzra girih.
Ne nazohatdurur ul gulshani ruxsordakim,
Ravzai xuld aning shabnamidin boʻldn nizih.
Boʻldi qoshu koʻzidin zulf saromad, ne ajab
Kim, koʻngul qaydi uchun ikkisidin keldi firih.
Qoshi yosigʻa dedim chilla kerak rishtai jon,
Bu soʻzumga, ne ajab, bor esa har goʻshada zih.
Anga gʻam tigʻi bu bogʻ ichra harom oʻldikim,
Kiydi pashmina sarigʻ yuz bila, andoqkim beh.
Honaqah ichra Navoiygʻa yetar koʻp makruh,
Dayrdin ul sari bormoqqa ham erdi korih.

526

Dayr ichra yana kirdim bir jur’a uchun, vah,
Ul but manga minnat qoʻyar alminnatu lillah.
Masjidqa yana kirmasu yuz sajdagʻa qoʻymas,
Har kimki, boʻlur dayr ila but sirridin ogah.
But shohid erur, dayr dogʻi dayri fanodur,
Kufr ahli erur sirrini chun bilmadi gumrah.
Dermen kechakim tongla chiqay dayrdin, ammo
Loya’qil etar mugʻbacha may birla sahargah.
Soqiygʻa vayo aksigʻa may ichra boqarmen,
Andin munga, mundin anga chun topmadim ashbah.
Dayr ichra bu kun kavsaru hur oʻldi nasibim,
Tanglagʻa manga va’da berur voizi ablah.
Haq sirrini har kimga bayon etma, Navoiy,
Ta’n aylamagay, bilmas ulus anglasa nogah.

527

Tun-kunkim evrulur meni bemor boshigʻa,
Sudrab evursa kosh meni yor boshigʻa.
Netkay meni havoiy agar ashk durlarin
Sochsam borin bulut kebi dildor boshigʻa.
Ul naxl noz boshida guldur, yoʻq ersa charx
Payvand qildi gulni sapidor boshigʻa.
Boshim oqardi ishqda, yo ishq tigʻidin
Momugʻ yopushturuldi bu afgor boshigʻa.
Rahm etki, ishq jurmi bila chektilar meni,
Bogʻlab tanob boʻynuma, bozor boshigʻa.
Tun-kun hariri boʻldi quyoshning amomasi,
Tun chirmadi ola-bula dastor boshigʻa.
Boshida ham oʻtagʻayu ham boda, ham itob,
Topti nelar yoʻl ul buti ayyor boshigʻa.
Muhlikdurur xumor meni kosh, ey rafiq,
Yetkursang erdi koʻchai xammor boshigʻa.
Qatl aylar elni gʻadr ila gardun,
Navoiyo, Tufrogʻ ushbu qotili gʻaddor boshigʻa.

528

Ey koʻngul, tortar esang sarsari oh,
Olam ahlin burun etgil ogoh.
Buki qon etti labing bagʻrimnn,
Ikki xunbor koʻzum ikki guvoh.
Hola ul yuzga mudavvar koʻzgu,
Yuzining aksidur ul koʻzguda moh.
Mehri ruxsoring uza sabzai xat,
Ajab ermas bu esa mehri giyoh.
Dahrdin boʻldi panohim ishqing,
Oʻt samandargʻa, ne tong, boʻlsa panoh.
Istaram mastligʻ ul yangligʻkim,
Oʻlgucha boʻlmasam oʻzdin ogoh.
Soqiyo, bodaki, bu hasrat ila
Oʻlmagaymen meni mahzun nogoh.
Johu mol ahlida yoʻq mehru vafo,
Bas manga mehru vafo mol ila joh.
Gar Navoiy gunahi ishqing erur,
Afv qilmoqchi ham ermas bu gunoh.

529

Boʻlur shom ul mahi Naxshab ravona,
Kamandi zulfin ochib shab ravona.
Qora tun azm etarkim, koʻrmagay el,
Jamolidin vale yorur zamona.
Meni man’ etmish oʻz hamrahligʻidin,
Manga, vahkim, ajab ish tushti yona.
Hayotim emdi xud mumkin emastur
Ki, oʻlmakka tilar erdim bahona.
Koʻz ochqaymen magar mahshar sabohi
Ki, ichmishmen ajab jome shabona.
Bu gulshan gullari chun bevafodur,
Alardin chekma, ey bulbul, tarona.
Navoiy oʻlsa, yodin qilmagʻilkim,
Oʻlar el ham, desang andin fasona.

530

Nash’a yetmas boda gulgun bazmgah gulzor esa,
Gar koʻngul ichra birovning xorxori bor esa.
Bazm aro gar hoziru gar gʻoyib oʻlsun — bok emas,
Tengri yori qayda boʻlsa, yori bizga yor esa.
Vasl noʻshidin agar ummid marhamdur, ne tong,
Hajr neshidin bagʻir choku koʻngul afgor esa.
Ham kecha hojat emastur sham’u ham kunduz quyosh,
Munisim gar subhu shom ul sarvi gulruxsor esa.
Naqdi imonimni ul kofir chu toroj ayladi,
Ne ajab ollimda but, boʻynumda ham zunnor esa.
Qechalar har koʻchada itdek yugursa, tong emas,
Kimki aning dilbari bir shabravi ayyor esa.
Ey xarobot ahli, bizdin jur’aye tutmang darigʻ
Kim, erur may rahni gar xud jubba, gar dastor esa.
Tut qadah davrini xushkim, yoʻq bajuz sargashtalik,
Dahr davrida bu toʻqquz gunbadi davvor esa.
Ey Navoiy, may bila daf’ ayla ul oy hajridin,
Xasta jisming zor esa, koʻnglungda yuz ozor esa.

531

Mehri ruxsorigʻa xat zohir etibtur dilxoh,
Ne ajab, sabzai xattini desam mehri giyoh.
Surma chekkan koʻzi ohim tutuni kasratidin,
Ohkim, qildi meni ham oʻzidek xonasiyoh.
Bir kichik yoshligʻ uchun boʻlmish uluq tinmaq ishim,
Garchi ishqida dame tingʻali qoʻymas meni oh.
Buki qonimni toʻkub, dermen ichibsen, basdur
Gʻamza tigʻi bila xunxora koʻzung ikki guvoh.
Xoʻblardin sanga gar yetsa gʻubore, ne ajab,
Shohgʻa boʻlmadi gard, aylamayin xaylu sipoh.
Davr eli javridin oʻldum, qani mayxona yoʻli
Kim, erur qochqali koʻp daldasi har lahza panoh.
Faqr yoʻligʻa agar kirmasa el, andindur
Kim, bu vodiyda xatar koʻpturu ozdur hamroh.
Shoh dargahigʻa gar bor esa hojib moni’,
Ey gado, mujdaki behojib erur bu dargoh.
Xayru shar boʻlmasa taqdirdin ayru, ey shayx,
Bas Navoiygʻa gunah aylaganidin ne gunoh.

532

Sham’dek qomatu yuz sham’i ila jonona,
Qildi oʻrtarga koʻngullar qushini parvona.
Aqlning silsilai zulfunga vobastaligʻi,
Koʻrunur uylaki zanjir ichida devona.
Oshnodur chun sanga jon bila koʻnglum azali,
Ne tafovut, manga boʻlsang abadiy begona.
Koʻp buzugʻ koʻngluma yogʻdurma balo oʻqinikim,
Bir yogʻindin teng oʻlur yer bila bu vayrona.
Yor agar kulbai ehzonima kirmas, tong emas,
Kimsa bosh suqqudek ermas bu buzugʻ koshona.
Xonaqah ichra riyo ahlidin oʻldum diltang,
Ey xusho ahli xarobot bila mayxona.
Bogʻlasam dayrda zunnor, ne tong, mundoqkim,
Dinni yagʻmo qiladur mugʻbachalar mastona.
Dema farzona biravdurki, ulustin chiqmish,
Teng koʻrar chunki ulus boru yoʻqin farzona.
Ey Navoiy chu erur boisi gʻaflat koʻp soʻz,
Qariding, ish qilakoʻr, aytmagʻil afsona.

533

Firoq neshi koʻngulning ichiyu toshida,
Tikilmish onchaki, ohim chiqar xaroshida.
Namoz botil erur, chunki egridur mehrob,
Girihdur ofati din tushsa yer qoshida.
Visol vaqti yuzung oʻrtasa meni, ne ajab
Kim, oʻzga tob boʻlur yorning quyoshida.
Iki koʻzungki, koʻngul saydini talashdilar,
Nelar kesildi bu sayd ul ikov taloshida.
Pariyu hur ul oygʻa qarobat oʻlmishlar,
Va lekin oncha kishi yoʻq uruq qayoshida.
Toriqmasin, necha gardundin egrilik yetsa,
Biravki tuzlugi yoʻq xalq ila maoshida.
Navoiy oʻldi, chu boshigʻa yetti tigʻn firoq,
Boshini ayladi past ulcha erdi boshida.

534

Menmudurmen koʻz yoshim rangin bagʻir qoni bila,
Lek bagʻrim qon biravning tigʻi hijroni bila.
La’li yodindinki, koʻnglum muztaribdur, ey rafiq,
Pand anga koʻp bermakim, darmondadur joni bila.
Su oʻgʻirlab boʻlsa koʻnglum zahmi muhlik, ne ajab
Kim, su kelturdi oʻqung zaxm ichra paykoni bila.
Xatti koʻnglumda soʻngak yangligʻ tanimni chirmagʻan,
Muhrluq bir noma, bilgil, dogʻi piihonn bila.
Dardkim, koʻnglumni buzdi, chiqmas andin, yaxshidur
Chugʻz yangligʻkim, erur xursand vayroni bila.
Chun bu gulshanga vafo yoʻq, ey koʻngul, zinhorkim,
Koʻp quvonma sunbulu sarvi xinromoni bila.
Ey Navoiy, gar muroding davlati boqiy erur,
Uns tutmoq bartaraf qil olami foniy bila.

535

Zulfi qonligʻ paykarimnn chekti pechu xam bila,
Ul sifatkim, tortqay ajdar biravni dam bila.
Nola chekmakdin chu qilding man’, ey la’ling nigin,
Bir yoʻli ogʻzimni qilgʻil muhr ul xotam bila.
Marhami vaslin koʻngul chokidin olma, ey rafiq
Kim, chiqar jonim dogʻi ayrilmay ul marham bila.
To gʻaming vodiysida ovora boʻldum, ohkim,
Oʻzni hargiz topmadim bir xotiri xurram bila.
Rashkdin ishqing tutarmen jonu koʻnglumdin nihon,
Boʻlmas el sirrin deyishmak ikki nomahram bila.
Betalab yoʻq vaslidin tolib, vale mahjurmen,
Qolmisham darmonda ushbu nuktai mubham bila.
Ey Navoiy, xalqdin tut goʻshakim, men tinmadim,
Toki boʻldum oshno xayli bani odam bila.

536

Tong sahobi uygʻatur uyqulugʻ elni su bilan
Kim, sabuhi vaqti boʻldi favtu sen uyqu bila.
Su sepib uygʻotqusidurlar seni uygʻonmasang,
Gʻunchai subhu surohi gʻulgʻulu kulgu bila.
Umrdin bir subh olgʻil bahrakim, fasli bahor
Lola ham jomin tutubtur nargisi jodu bila.
Nastaran yo sunbul ollida boʻlung xushhol ikav,
Gar xitoyi birlasen sargarmu gar hindu bila.
Xushturur bir vasl subhi may bila topmoq nashot,
Necha hijron shomi boʻlmoq qon yutib qaygʻu bila.
Goh afgʻoningni tuzgil bulbuli xudroy ila,
Goh dildoringni yondoshtur guli xudroʻ bila.
Har qushunggʻa zahr ila qoru tutar shomi ajal,
Bir sahar sen ham hayote top qushu qoru bila.
Ne zulolu otashin guldurki, boʻston shohida,
Aylar oroyish bu englik dogʻi ul koʻzgu bila.
Ey Navoiy, subhung oʻldi shom, tinmay yigʻlakim,
Shoyad oʻlgay nomai jurmung origʻ ul su bila.

537

Aningdek oʻt yana ishq urdi xonumonimgʻa
Ki, shu’la ayrilib andin, tutashti jonimgʻa.
Jununi daftaridin aqlu hikmag etkay fahm,
Qachonki, Majnun koʻz solsa dostonimgʻa.
Chu za’fdin soʻngak oʻldum, sinar vale qonamas,
Firoq toshi yetib jismi notavonimgʻa.
Qolib gʻam ichra, yana koʻrmadi nashot yuzin,
Birovki soldi quloq nolai nihonimgʻa.
Emastur ashhabining toʻrt ayogʻ elinda xino
Ki, koʻnglum ichra qilib jilva, kirdi qonimgʻa.
Menga harom fano dayri pirining qadahi,
Vujud xonaqahi gar oʻtar gumonimgʻa.
Navoiyo, tutubon boda, sirri vahdat soʻr
Ki, chekmay ikki qadah kirmas ul bayonimgʻa.
Uyquni ohim yeli koʻzdin uchurdi bu kecha,
Aqlu his avroqu ajzosin sovurdi bu kecha.
Anjam ermas, charx zulmin holima anglab qazo,
Tiyra ruxsorimgʻa ming qatla toʻkurdi bu kecha.
Hajrdin tufrogʻ boʻldum, goʻyiyo ashkim suyi
Boshima charxi koʻhan toqin yemurdi bu kecha.
Zulm toshi yogʻdurub, hijron qilichi indurub,
Ne balolar ishq boshimgʻa keturdi bu kecha.
Zaxm koʻptin men oʻlum holida oʻlgan sogʻinib,
It yalab qonim, soʻngaklarni koʻmurdi bu kecha.
Subh toli’ boʻlmadi, garchi ul oydin ayru hajr,
Boshima ming qatla gardunni uyurdi bu kecha.
Charx men sargashta yoshidin xijil boʻldiki, koʻp
Anjumi ashkim shihoboso yugurdi bu kecha.
Tiyra andindurki, oy, kun sham’in ohim sarsari
Charx fonusi aro bir-bir oʻchurdi bu kecha.
Ey Navoiy, oʻlmakim anglab ul oyning koʻyida,
Itlari bir dam ulub, bir lahza hurdi bu kecha.

539

Ishq rahm etsa bu sargardon tani bemorgʻa,
Qaytara aylandurur tob ochqan eldek torgʻa.
Hajr dardidin quloqlashmaqqa mahram soyadur,
Tak’ya solmoq shomi furqat za’fdin devorgʻa.
Uchti yo yanchildi mahvashlar toshidin, ey rafiq,
Yoqma mundin nori marham bu tani afgorgʻa.
Gʻam emas oʻlsamki, joni xoksorimdur mening,
Gardkim, oʻlturdi javlon vaqti ul ruxsorgʻa.
La’lu xattining Masihoyu Xizrdin ori bor,
Ey musavvir, sunma qoʻl shingarf ila zangorgʻa.
Tark etib savdo, aning savdosigʻa tushmish ulus,
Kirgali Yusuf jamolim sayr uchun bozorgʻa.
Ne bade’ avzo’ erurkim, aql boshi aylanur,
Gar dame fikr aylasam bu gunbadi davvorgʻa.
Tuzma oyini muhabbat el bila, gar istasang
Kim, oʻzungni solmagʻaysen ranj ila ozorgʻa.
Ey Navoiy, yordin agʻyor mayli qildi yor,
Yorkim koʻrdi bu yangligʻ zulm qilgʻay yorgʻa.

540

Yoʻlunda tufrogʻ oʻldum, ey sabo, oʻtsang gʻuborimgʻa,
Quyun boʻl dogʻi eltib sadqa qilgʻil guluzorimgʻa.
Gar oʻlsam ul malak siymo pariy hajrinda, aylangʻay
Pariy birla malak parvonadek sham’i mazorimgʻa.
Firoqi tiyr boroninki, chektim qushgʻa oʻxshatqay
Ki, yulmishlar yungin boqqan kishi jismi figorimgʻa.
Quyosh yangligʻ yuzung hajrinda ermas yorumoq mumkin,
Gar oʻlsa yuz quyosh toli’ qorargʻan roʻzgorimgʻa.
Yigitlar ishqini gar ixtiyor etmay desam, qoʻymas
Yigitlik birla oshiq shevalik oʻz ixtiyorimgʻa.
Junun vodiysida qolur sabo yuz dashti poʻyamdin,
Anga yetmon, ne ildam sayr ekin chobuksuvorimgʻa.
Seni, ey mugʻbacha, mahrumluqdin asrasun tengri,
Agar bir jomi may birla iloj etsang xumorimgʻa.
Fano mayxonasining mayfurushigʻa fido jonim
Ki, may ehson qilur holatda boqmas yoʻqu borimgʻa.
Vafo oʻtigʻa men kuydum vale topqay Navoiydek
Muhabbat rishtasi boqqan kishi har bir sharorimgʻa.

541

Surati devordek hayronmen ul ruxsorgʻa,
Yoʻqsa gʻamzang oʻqlari tikmish meni devorgʻa.
Zor jismimda boʻgʻunlar mehnatimning sonidur
Kim, sanab, har yerda tugdum bir tugun har torgʻa.
Tori zulfung ichrakim, ashkim toʻkar kofir koʻzing,
Mehrai tasbih tortar rishtai zunnorga.
Bir-iki kun zor koʻnglumdin firoqingni ketar,
Zahrkim, bermish bu kunluk tonglaliq bemorgʻa.
Zaxmi koʻpluktin koʻngul sirrini fahm etmak boʻlur
Kim taammul birla boqsa bu tani afgorgʻa.
Gar desang sargashtalik koʻrmay yoʻlungnn tuz yuru,
Gar inonmaysen, nazar qil charxi kajraftorgʻa.
Ey Navoiy, gar desang hijron xumorin daf’ etay,
Jahd etib, solgʻil oʻzungni kulbai xammorgʻa.

542

Ikki yuzdin qadinggʻa ikki gesu boʻldi piroya,
Chu sham’ oʻldi iki, el qaddigʻa ikki boʻlur soya.
Sening gulgun toʻnungkim, naqsh erur zar rishtadin har yon,
Biaynih uyladurkim, zarvaraq ostidagʻi loya.
Chekarmen voyu doyim buki, jon la’lingdin olgʻay kom,
Mening jonimgʻa voy ar hosil oʻlmas, anga bu voya.
Labi jonbaxshing oʻldi yuqori ul xoli jodudin
Ki, teng ermastur i’joz ahliyu sehr axligʻa poya.
Ajab yoʻq, sabzai xat soyasida jonfizo la’ling
Munosibturki, boʻlgʻaylar Masihu Xizr hamsoya.
Ato-onangga rahmat, ey oʻgʻilkim, koʻrmamish sendek
Ne ul toʻqquz ato, bal ne bu toʻrt asragʻuchi doya,
Manga sarmoya zuhdu sud ummidi bihisht erdi,
Chu toptim boda birla dayr, bordi sudu sarmoya.
Koʻngul to hajr aro itti, anga bir lahza ming yildur,
Manga ma’lum ermas holi ul chogʻdin ilo gʻoya.
Navoiy, chun har ish qilsang, kerak piroyayu sozi,
Fano yoʻligʻa kirkim, ne kerak sozu ne piroya.

543

Yor ishqim anglamay, la’li susabtur qonima,
Toki ma’lum etsa, kelgay ne balolar jonima.
Ochmay oʻtluq chehra chunkim oʻrtadi koʻnglum uyin,
Ochsa ne oʻtlarki, tushgay kulbai ehzonima.
Uyquda ul koʻz manga yuz fitna bedor aylamish,
Noz ila uygʻonsa, netkay, angla, xonumonima.
Ichmayin may buzdi koʻnglumni, gar ichsa, tutsa ham,
Koʻr — ne ofat sayli yuzlangay yiqugʻ vayronima.
Mast oʻlub zunnor zulf ochsa, muhiqdurlar agar
Aqlu zuhdu ilm motam tutsalar imonima.
Nosiho, chun oshiq oʻlduq tanima mundin nari,
Tanimasbiz biz seni, sen dogʻi bizni tonima.
Gar Navoiydek boʻlub oshiq, oʻlarmen pand deb,
Jonima qilmang azob, ayting ani jononima.

544

Yor aksi chunki aylar jilva may koʻzgusida,
May icharmenkim, yuzi boʻlgʻay yuzum oʻtrusida.
Ul sabohat birlakim, kuldung, manga mehr oʻldi fahm,
Mehr fahm oʻlmoq tong ermas subhning kulgusida.
Uylakim, xayli hubob ichra tushar xas, bormen
Ashk aro sargashta ul sultoni husn urdusida.
Urdi olam buzgʻali bir-birga kirpik saflarin,
Fitnalar bedor qilmoq koʻr ul oy uyqusida.
Ne xato qilgʻay koʻngullarga koʻzung mujgon oʻqin,
Har qayon chun boqsa, saydedur aning qobusida.
Navbahori dahrgʻa qoʻymang koʻngulkim, yoʻq vafo
Ne guli boʻstonida, ne lolai xudroʻsida.
Shohlar poboʻsing etkandin, Navoiy, yaxshiroq
Kim, boshingni xokirah etsang aning poboʻsida.

545

Men oʻlar holatdayu koʻyida itlar qoshima
Jam’ oʻlub ahbobdek, afgʻon qilurlar boshima.


Charx koʻzgusin shafaqgun topqay aning aksidin,
Ul yuzu lab hajridin boqqan kishi qon yoshima.
Oʻlmisham la’li mayi shavqida, may soling mudom,
Yoʻndurub har yon qadahlar qabr qilgʻan toshima.
Koʻyiga qoʻygʻach qadam, boshimgʻa urdi tigʻi zulm,
Sarfaroz etti bu xidmat aylagan podoshima.
Topmagʻay shoyad sabuh aylarga mayl, ey tong yeli,
Elt jonim naqdini mayxorai qalloshima.
Shammaye fosh ayla sargardonligʻimdin, ey quyun,
Uchrasang dasht uzra Majnun ismlik qardoshima.
Dur sochar koʻzdin Navoiy, lek ul yoʻqturki, yor
Bir kecha soʻngʻay ayogʻin didai durposhima.

546

Koʻrgali chun toqatim yoʻqtur seni bir yor ila,
Vah, ne boʻlgʻay holatim koʻrgan zamon agʻyor ila,
Gʻussa togʻida ulus koʻrgay ochilgʻan lolazor,
Har yon etsam mayl bu uryon tani afgor ila.
Torami xurshid uza naylay Masihodin iloj,
Za’f aro koʻyida xushmen soyai devor ila.
Qondurur koʻnglumda, yonimda soʻngaklar qobsabon,
Kom olur ishrat mayidin lahni musiqor ila.
Ey fusungar, yozma tumor ul junun daf’igʻakim,
Sharhi yozilsa, tuganmas yuz tuman tumor ila.
Koʻnglum ichrakim, sigʻishmas novaking paykonlari,
Berkitibturlar oʻqung shavqini yuz mismor ila.
Dema jismimda mudavvar dogʻlarkim, davri charx
Oʻrtamakka qismat aylabtur ani pargor ila.
Qasri jannat birla kavsar mayli qilmon, ey faqih
Kim, koʻngul ulfat tutubtur kulbai xammor ila.
Olam ahligʻa qoʻshilmoqqa oʻzungni qilma zor,
Chunkn ayrilmoq keraktur soʻngra yuz ozor ila.
Dayr aro badmastligʻ jurmonasi, ey mugʻbacha,
Buynuma osgʻil sabu, bogʻlab ani zunnor ila.
Ey Navoiy, tuz boʻlub, ne kelsa, tutqil oʻzni hush
Kim, sitez etmaklik oʻlmas charxi kajraftor ila.

547

Novakingning tusidin ermas nishone boʻynigʻa
Kim, erur qatl aylagan ahbob qoni boʻynigʻa.
Begunah ishq ahligʻa tigʻi jafo surgum desang,
Bilki, mendin oʻzga tutmas kimsa ani boʻynigʻa.
Hajrdin gar yuz qilich boʻynumgʻa urdung, ey sipehr
Sarbasar qildim qoʻlum yetkan zamoni buynigʻa.
Qotilimni kimsa bilmay, zaxm yeb oʻldum, valek
Men bilurmenkim, erur qonim faloni boʻynigʻa.
Tavq bil jannat qushi boʻynigʻa to mushkin ipak,
Tushti ta’viz etkali hirzi yamoni boʻynigʻa.
Maygʻa egnimdinki, sajjodam garovdir, qildi man’,
Goʻyiyo zohid koʻra olmas ridoni boʻynigʻa.
Gar Navoiy oʻlsa, ul kofir diyorigʻa cheking,
Bogʻlabon sudrarda zunnori fanoni boʻynigʻa.

548

Vahki, chamandin yana esti shamol oʻzgacha,
Har dam oʻlur atridin koʻngluma hol oʻzgacha.
Bulbulu qumri chekib lahnu navo oʻzga nav’,
Koʻrguzadur sarvu gul gʻanju dalol oʻzgacha.
Savsan oʻlub sarbaland, gʻuncha qilib noʻshxand,
Elga alardin yetib daf’i malol oʻzgacha.
Sunbuli purtob ham, lolai serob ham,
Dud ila oʻtdin boʻlub shibhu misol oʻzgacha.
Kirdi magar dilbarim, huri pariy paykarim,
Gulshan aro koʻnglida fikru xayol oʻzgacha.
Boʻlsa manga dogʻi yoʻl, andaki aysh aylar ul,
Qilsam edi mast oʻlub qolu maqol oʻzgacha.
Umri abad topqamen, tutsa manga bir qadah,
Nash’aye maydin anga husnu jamol oʻzgacha.
Dahrda yoʻqtur karam, dahrning ahlida ham,
Qilmagʻasen, ey koʻngil, fikri muhol oʻzgacha.
Zuhd, Navoiy sanga bermadi masjidda fayz,
Emdi kirib dayr aro, tarhni sol oʻzgacha.

549

Qayu qushkim, qoʻnar bu paykari Majnun misol uzra,
Erur tan za’fidin qushdekki, yoʻngʻaylar xilol uzra.
Balo toshi xam oʻlgʻan qaddim ustidin yiroq ketmas,
Biaynih nuqta yangligʻkim, tushar yozgʻanda zol uzra.
Agar maygunlugʻidin rang aylar ersa mashshota,
Koʻzumnung mardumin qoʻygʻul oʻyub ul turfahol uzra.
Qoshingning toqi ustida emastur anbarin xoling,
Zuhal goʻyo ochibtur orazi mushkin hilol uzra.
Ne tong, nozuklugidin gar qurayshi boʻrk ogʻir keldi,
Xam aylar, chun qirov koʻprak yogʻar nozuk nihol uzra.
Savodi xat bila ham orazing xurshidi ravshandur,
Safoda ne tafovut soya tushkandin zulol uzra.
Belingga to soching chirmashti, rashkidin aning har tun
Dimogʻimda tong otquncha xayol ermish xayol uzra.
Koʻzumni istasang ravshan, qadahni yopma, ey soqiy,
Kerakmastur sahob ul axtari farxundafol uzra.
Navoiy, yor la’lida uchuqtur, yoʻqsa yopushti
Chibinning parridin bir pora qoʻngʻan chogʻda bol uzra.

550

Hajr oʻti dogʻi bila koʻnglumni, ey jon, oʻrtama,
Doʻzax oʻti birla kuydur, dogʻi hijron oʻrtama.
Oʻrtabon har kimni, oʻt jonimgʻa solma rashkdin,
Xalqni paydo, meni, majnunni, pinhon oʻrtama.
Lam’ai ruxsor ila din kishvariga solma oʻt,
Muncha islom ahlini, ey nomusulmon oʻrtama.
Ohim oʻti uchqunin gardungʻa tortib, ey pariy,
Ul choqinlardin malak xaylini har yon oʻrtama.
Gar qulum, gar jismu jonim oʻrtading, qildim bihl,
Oʻz qulung, ey jismu jonim sadqang, oson oʻrtama.
Chunki sen ham qolmogʻung oʻrtanmay, ey sham’i tiroz,
Oraz oʻti birla parvonangni parron oʻrtama.
Chun Navoiy vasldin kechti, ani hajr oʻtida
Oʻrtamay deb aylab erding ahdu paymon, oʻrtama.

551

Zulfigʻa mayl, ey nasimi anbarafshon aylama,
Tarqatib yuz pora koʻnglumni parishon aylama.
Olam ahli jonigʻa rahm aylab, ey chobuksuvor,
Otlanib usruk, yana ohangn maydon aylama.
Azmi gasht aylab tun aqshom, oy kebi aylab tulu’,
Charxning yuz ming koʻzin husnungga hayron aylama.
Zaxmligʻ bagʻrimni yuz ming pora aylab tigʻ ila,
Zulmdin har porasin bir qatrai qon aylama.
Deb emishsen, aylagum islom elinda qatli om,
Aylama bu zulmni, ey nomusulmon, aylama.
Gar desang koʻnglungni gardun tah-battah qon etmagay,
Xurda maylim gʻundachek koʻnglungda pinhon aylama.
Ey Navoiy, bazm tuzgan ermish ul gul bogʻ aro,
To parishon boʻlmasun, bulbuldek afgʻon aylama.

552

Toʻkulgudek edi jismim quruq soʻngaklar ila
Magarki, bogʻladi ishq ul soʻngakni raglar ila.
Halokim aylasa ul pok etaklik, ermas ayb
Ki, tufrogʻim toshigʻay poklar etaklar ila.
Taashshuqumdin irik pandlar xalos etmas,
Bu bandni kesa olmas kishi egaklar ila.
Visol shomi dey olmon labingni yolqitsam,
Vale taboninga koʻz surtubon muchaklar ila.
Mayi visol ichib, lablaring oʻpay dermen,
Gʻarib boda tilarmen ajab gazaklar ila.
Zamona ahliki, davlat chogʻi qulungdurlar,
Muloyamat yana koʻp qilma ul dadaklar ila.
Navoiy oʻlsa, xalos aylay olmagʻay oshiq,
Jamol ahli anga va’da aylamaklar ila.

553

Bir kichik yoshligʻ nigore topmisham nozukkina,
Sekreturda tavsanin maydon aro chobukkina.
Gah vafo, gah nozu gah afsun bila oʻzginasin,
Koʻrguzub har lahza dilbarligʻda bir turlukkina.
Javr ila tahdidi bedillargʻa bori chingʻina,
Mehr ila har va’dakim, qildi bori oʻtrukkina.
Osru yolgʻon va’dasidin kuymish erdi jongʻinam,
Ongdibon bir kecha tushti ilgima usrukkina.
Istadim boʻynin quchib, yuzginasidin oʻpkamen,
Iztirob aylab talashti, bor emish kuchlukkina.
Yuz oʻparga qoʻymadi, ilgin dedim bori oʻpay,
Tashlabon yumruqqina, qildi koʻzumni koʻkkina.
Har ne deding bor edi yolgʻongʻina boshtin ayoq,
Ey Navoiy, muncha yolgʻon degucha boʻl shukkina.

554

Ul yashil toʻnluq pariyvash la’li shakkarbor ila,
Ruh toʻtisin qilibtur munfail guftor ila.
Garchi ahzar toʻn bila bogʻi latofat sarvidur,
Lek hayron aylamish yuz sarvni raftor ila.
Gar soʻkuldi ul etak, kirpik bila tiksa boʻlur
Kim, erur gul xil’atin tikmak munosib xor ila.
Angla axzar sham’u sarigʻ boʻrki, aning shu’lasi,
Tiyra kulbamnn yorutsa, koshki, ruxsor ila.
Naxli qaddurmu yashil toʻn ichra, yoxud naxli mum,
Bogʻlagʻan sun’ ilgi yuz ming san’atu hanjor ila.
Soqiyo, jomi zumurradgun aro quy la’li may
Kim, erur shingarf behad xushnamo zangor ila.
To boʻlay la’lu zumurrad orzusidin xalos,
Tortibon ani Navoiydek navoye zor ila.

555

Har oyki gʻayrima bir zarra mehri fosh oʻlsa,
Aning sari boqa olmon, agar quyosh oʻlsa.
Koʻzumda ashkdek ul tifl parvarish topmish,
Nazar haqini kerak bilsa necha yosh oʻlsa.
Visol umidiga oʻzni yaqin solur oshiq,
Firoqdin necha javrinda davr bosh oʻlsa.
Ne tong, firoqi bagʻridin xaroshliq chiqmoq,
Birovki, bagʻrida gʻam changidin xarosh oʻlsa.
Bahorim oʻldi chu gulchehra shoʻxlar, ne ajab,
Yogʻar nima boshima jolavor tosh oʻlsa.
Xush ulki, togʻ etagin tutsa xalqdin qochibon,
Uzalsa ostida xoro anga firosh oʻlsa.
Demang, Navoiy, agar yoring oʻlsa qatlnng etar,
Nekim murodidurur uyla qilsa, kosh oʻlsa.

556

Eyki, yuz ming dogʻ qoʻydung jismi gʻamparvardima,
Bilki, boʻlmish har biri oxir davo bir dardima.
Xajr aro holim gahe behushluq, gah gʻam yemak,
Ishqing iqbolida qil nazzora xobu xoʻrdima.
Toza qonligʻ dogʻ isi koʻnglum aro muhlikdurur,
Atri ruhafzo koʻrung gʻam bogʻi ichra vardima.
Oʻyla xoki jism ila ketmak tilarmen dahrdin
Kim, ajal ham yetmagay sur’atlar aylab, gardima.
Sovugʻ ohim hayrati ishq ahli koʻnglin oʻrtadi,
Turfa ishdur el ichin kuydurmak ohi sardima.
Dahr bogʻinpng hazoni yafrogʻidur qon yoshim,
Obkash yangligʻki, xatlar chekti roʻyi zardima.
Yel kelturgach koʻyi tufrogʻini, toptim shohligʻ,
Ey Navoiy, qil tamosho ganji bodovardima.

557

Qoʻydi usruk yuzni bu xoki tani bemorgʻa,
Sham’ yangligʻki tayamishlar ani devorgʻa.
Anjum oʻlsa mehr uza, oncha koʻrunmas lutf aro
Kim, gahi ter qatrasi ul mehrvash ruxsorgʻa.
Ul koʻz ermaskim, chekilmishdur uchi zulfung sari,
Kofiredur, olgʻali mayl aylamish zunnorgʻa.
Qildi olamni guliston, ulki gulgun raxsh uza,
Chiqti gulgun toʻn kiyib, gul sanchibon dastorgʻa.
Dahr tufroqigʻa mehnat sabzasi bosh chekti boq,
Har taraf paykon uchi chiqqan tani afgorgʻa.
Husni davroni oʻtar barham boʻlur, ey sarvi noz,
Zor koʻnglumni koʻrub, mayl etmasang ozorgʻa.
Istadi foius aro surat kebi sargashtalik,
Elga ulkim, davr berdi gunbadi davvorgʻa.
Yor yoʻq olamdakim, bir yor sirrin asragʻay,
Bas ajab sirredururkim, el degay agʻyorgʻa.
Ey Navoiy, xonaqahda koʻrmading juz dardi sar,
Ani daf’ aylarga yuzlan kulbai xammorgʻa.

558

Soluram ruq’asini koʻngluma urgʻach yora,
Uylakim tom shikofi aro kogʻaz pora.
Meni Farhod ila Majnun dogʻi istab topmas,
Togʻu homun aro to ayladi ishq ovora.
Ey Masih, urma nafaskim, sovurur gardimni,
Ishq maqtuligʻa kim aylay olibtur chora.
Charx tosh yogʻdurubon, yerga koʻmilmish jismim,
Yosagʻon anglama qabrimda oʻkulgan xora.
Ey munajjim, gar ul oy sabru sukunum xabarin
Demasang, yer quyi ham sobitu ham sayyora.
Gar vafo boʻlmasa davr ahlida, tong yoʻqki, hanuz
Qilmamish charx vafo sogʻarini inkora.
Gar Navoiy gʻam aro qoni qurub, boʻldi halok,
Ne ajab, dilbari bir qotil erur xunxora.

559

Bilgay ulkim manzil etkay xotiri vayronima
Kim, ajab dushvorligʻlardur balokash jonima.
Hajr dashtida hamono berkitibtur bir balo,
Har tikankim nesh sanchibtur tani uryonima.
Dardu gʻam ahli oʻlum holi boʻlurlar chiqqucha,
Kirsalar holim soʻrargʻa kulbai ahzonima.
Bagʻrimu koʻnglum gʻamu dardigʻa taskin bergali,
Oʻlturubturlar baliyat oʻqlari har yonima.
Buki bagʻrim qon edi, qatlimgʻa xud hajr erdi bas,
Rashk oʻqi ham hojat ermas erdi kirmak qonima.
Qilma koʻp oshufta ul zunnori zulf, ey mugʻbacha
Kim, tugunlar tushti andin rishtai imonima.
Ey Navoiy, men xud oʻldum olgʻali koʻnglumni yor,
Jonni dogʻn olibon, yetkur koʻngul olgʻonima.

560

Ishq koʻp soldi meni dardu baliyat chohigʻa,
Vahki, emdi sudratur hijron siyosatgohigʻa.
Ey xush ulkim, aylay olgʻay oʻltururda dardi ishq,
Bir tazallum shohigʻa yo bir vasiyat mohigʻa.
Ul quyosh har yonki borsa, soya hamrohi aning,
Soyadek behol oʻlurmen rashkdin hamrohigʻa.
Qoʻrqaramkim, yetmagay holimgʻa may nisyonidin,
Nechakim, bor e’timodim xotiri ogohigʻa.
Yo rab, u bedilki, bir dilxoh aning matlubidur,
Ani ham yetkur meni bedil kebi dilxohigʻa.
Uyladurkim, sotibon Yusufni olgʻay siymqalb,
Kimki matlubnn qoʻyub, mayl etsa dunyo johigʻa.
Bir bihishtiy hur hajridin tamugʻning dudidur,
Boqsang oʻtlugʻ koʻnglidin chiqqan Navoiy ohigʻa.

561

Netib oʻzumni tasavvur qilay visol ichra,
Dalir chun boqa olmon anga xayol ichra.
Qadi latofati bor e’tidoldin ortuq,
Valek jilvasidur haddi e’tidol ichra.
Nihol qaddin iki zulf sunbulida koʻrung,
Alif kebiki, qazo qilki yozdi dol ichra.
Chaman aro qizarur, sargʻarur guli ra’no,
Magarki, qoldi jamolingdin infiol ichra.
Degilki, xolidagʻi nuqtasi boʻlur zohir,
Tutargʻa rang qoʻyar chunki nuqta xol ichra.
Quyosh hayot suyinda koʻrundi yo soqiy,
Jamol aksini soldi mayi zulol ichra.
Zamona ahlida yoʻqtur vafo, ani tilama
Ki, qolmagʻaysen ani topmasang, malol ichra.
Chu savtu harf ila tavhid sirri mumkin emas,
Ne ogah ahli jadal muncha qilu qol ichra.
Navoiy ilgini tutqilki, vasling ummidi
Solibturur ajab andishai muhol ichra.

562

Raqib kelmagi ul noʻshi lab sanam birla,
Erur nechukki, birav umr topsa gʻam birla.
Ne umrdur buki, men gʻam bila kechurgaymen,
Nechuk ichar kishi hayvon suyini sam birla.
Alam chu yetti, ketar ishq lazzati jondin,
Kishi ne nav’ qilur ayshni alam birla.
Yetishsa yor raqibi, meni chekar soʻz ila,
Ne ganjdurki, yutar ajdahosi dam birla.
Bu guliston aro chun xorsiz gule butmas,
Oʻzungga aylamagil xorliq sitam birla.
Nechuk qul oʻlmagʻamen dayr pirigʻaki, necha
Ki, kamligʻimni koʻrar, oʻtkarur karam birla.
Navoiy ogʻzi xayoligʻa tushti, istamangiz
Ki, tushti emdi yoʻli vodiyi adam birla.

563

Necha qamchi tushubtur ul qadi siymin badan uzra,
Payopay sonqa tushkan kebi sarvu suman uzra.
Ne boʻlgʻay erdi har bir oʻrnigʻa tushsa edi yuz ming,
Aning ishqida men farsudai dardu mihan uzra.
Koʻzumga oʻt choqilgʻan hajr kojidin, hamonokim,
Choqindektur, damo-damkim tushar bu zor tan uzra.
Asar koʻr ishqi komilgʻaki, zaxmi menda zohirdur,
Ne qamchikim, tushubtur ul buti paymonshikan uzra.
Aning nozuk tanida zaxm tong ermaski gardundin,
Erur xoro aro qon la’lu gul jismi tikan uzra.
Mening holimgʻa yigʻlangkim, agar Shiringʻa gul yogʻsa,
Yogʻar yuz sangboroni baliyat koʻhkan uzra.
Navoiy, yorgʻa gulbarge teksa oʻlgudek erding,
Ne ayb oʻlsang, koʻrub zaxm ul buti siyminbadan uzra.

564

Hujumi xol erur ul guli jamol uzra,
Nachukki, mushk sochilgʻay hariri ol uzra.
Junun salosili boʻynumda, za’fliq tan ila
Hunarvar uylaki, zanjir osar xilol uzra.
Qading tahammuli yoʻq ruhlargʻa andoqkim,
Tuyur qilsa vatan nozanin nihol uzra.
Beling xayoli tanim birla toki chirmashti,
Xayoldur meni devonagʻa xayol uzra.
Menu firoq yuki hamli oʻzga qavmdurur
Ki, bazmi aysh tuzar masnadi visol uzra.
Solur futur safoligʻ koʻngulga xorij dam,
Yel ul sifatki, tamavvuj solur zulol uzra.
Navoiy ayladi jonin fidoyu vasl soʻzi,
Emas yaqinu oʻtar barcha ehtimol uzra.

565

Koʻrung, gʻam qatlgohida, balo jallodi qoshimda,
Junun zanjiri boʻynumda, siyosat tigʻi boshimda.
Ichimning qonu dogʻidin toshimgʻa ham asar yetti,
Nishondur loladek ul gul gʻamidin ichu toshimda.
Erur ul gul gʻamidin sarguzashtimdin ayon xatlar,
Hubobu mavjkim, zohir boʻlur gulrang yoshimda.
Yuzimda ashk siymin birla gʻam tuzdi maoshimni,
Ne holim bor ekin zohirdurur vajhi maoshimda.
Koʻngul hajr ilgining tirnogʻidin har yon xarosh oʻlgʻay,
Quloq solsang, erur zohir figʻon ichra xaroshimda.
Gʻamingdin jon talashmoqdur ishim, jono, tirilgaymen
Madad qilsang labingdin bir takallum bu taloshimda.
Koʻngulga boda garchi dosh yangligʻ soldi oʻt, lekin
Pishurmak juz qadah savdosi yoʻqtur ushbu doshimda.
Jafo toshi meni gar ayladi tufrogʻ, topmaslar
Nazzora qilsalar harfi vafodin oʻzga toshimda.
Navoiy sihr emas, goʻyo Qalimullo asosidur,
Bu mu’jizlarki, zohir boʻldi kilki nuktaposhimda.

566

Borgʻali shah, oyda bir may ichmadim mohim bila,
Qoshki, bir oychiliq borgʻay edim shohim bila.
Shohimu mohimgʻa mardud oʻlsam, ermas aybkim,
Bormadim shohim bila, chun qolmadim mohim bila.
Tiyra baxtim yoʻldin ozdi vodiyi ishqim aro,
Bilmon, oxir netkamen bu baxti gumrohim bila.
Nechakim, dardim yoshursam, ishq etar bir damda fosh,
La’lgun ashkim bila, yo tiyrafon ohim bila.
Oʻlturur sharbat, vale ranjim boʻlur daf’, ey hakim,
Boʻlsa koʻnglum istagandek boda dilxohim bila.
Dayr koʻyida gadoyu mastmenkim, rashki bor
Shohlarning koʻrsalar bu ishratu johim bila.
Ey Navoiy, dersen oʻzni saxla, koʻrsang yorni,
Netkamen beixtiyor afgʻoni nogohim bila.

567

Ul soʻyulgʻan bargi gul chogʻliq yuzung boʻstonida,
Bir qizil gul bargi butmish goʻyi oq gul yonida.
Yoʻqsa oyning yonida Bahrom boʻlmish jilvagar,
Jilvasi Bahromning, ne tong, qamar davronida.
Yoʻqsa bir tirnogʻing oʻlmishdur xinodin la’lgun,
Oyati keldi yadi bayzo chu ilging shonida.
Yoʻqsa nomam safhasin bir qatra qon etti nnshon,
Qon yoshim mahzun koʻngul dardin sanga yozgʻonida.
Yoʻqsa ul yuz koʻzgusi bir qatra terdin tutti rang,
Chun quyosh tobi ayon boʻldi sipehr ayvonida.
Safhai jonimgʻa, ey soqiy, tomiz bir qatra may
Kim, oʻzin topting, koʻngul ne hol esa jononida.
Orazi ul shoʻx chobukning soʻyulgʻan vajhidin,
Yuz ming andoq zaxmdur miskin Navoiy jonida.

568

Niholi qadding eldin jon olur nozuk xirom ichra,
Yuz ul olgʻancha gul barging berur shirin kalom ichra.
Erur uryon tanimda boʻriyoe hajr naqshidin,
Koʻngul bir notavon qushkim, giriftor oʻldi dom ichra.
Manga ishq otashin la’ling xayoli to bishirmakdur,
Ne oʻtlarkim, tutashti jongʻa bu savdoyi xom ichra.
Nishiman ayladi koʻnglum qushi koʻyungda, qayd etma,
Kabutargʻa kishi qasd etmadi baytul-haram ichra.
Agar hayvon suyi tomizsalar hajringda ogʻzimgʻa,
Berur men xastagʻa zahri halohil ta’mi kom ichra.
Ajoyib tiyradur gʻam shomi yo dud oʻldikim, oʻrtar
Muhabbat ahlini mehr oʻtigʻa gardun bu shom ichra.
Bukim, Jamshidqa davron vafo koʻrguzmayin yiqti,
Oʻqu kayfiyatinkim, yozilibtur davri jom ichra.
Bu eski dayr chun qilmas mudom elga vafo, xush tut
Oʻzingni doim eski may bila ayshi mudom ichra.
Deding, koʻyida boʻlgʻumdur Navoiy birla hamsuhbat,
Raqib oxir koʻp, aning birla boʻlma bu maqom ichra.

569

Gar quyoshtin qadrim ortugʻroqdurur shoh ollida,
Zarradin yuz qatla oʻksukrakmen ul moh ollida.
Yenida oy ollida xurshid erur har kimsakim,
Goh boʻlsa dilbarining yonida, goh ollida.
Koʻz yumub ochquncha garchi koʻnglum olib oʻrtadi,
Vah, netib asray koʻngulni buyla dilxoh ollida.
Oy falak xirgohida andin chekar yuzga sahob,
Kim ocha olmas yuzin ul mohi xirgoh ollida.
Husn shohi boyu men munglugʻ gadoligʻ qilmasam,
Kimni topib aylagaymen shayalilloh ollida.
Ulki, vahdat sharhin aylar, sirridin ogoh emas,
Gar fano kasb etmagan boʻlsa bir ogoh ollida.
Ishq iqboli Navoiygʻa ekandur sarnavisht,
Koʻrmay oʻlmas ulki, mehnat boʻlsa yo joh ollida.

570

Gulekim, yor bergay men kebi uryon gadolargʻa,
Magarkim, sanchqaymen ani bosh uzra yarolargʻa.
Ne gul, tufrogʻ keltursa sabo, koʻzlarga tortarmen,
Samandi yoʻlidin tarjih aylab toʻtiyolargʻa.
Koʻzu qoshini to koʻrdum — koʻzum qoshigʻa hayrondur,
Yana hech iltifotim yoʻq koʻzu qoshi qorolargʻa.
Chu ul begonavashdin oshnoligʻ koʻrdum, aylabmen
Oʻzumni bir yoʻli begona barcha oshnolargʻa.
Ani haq asrasun bir oʻzidekka mubtaloligʻdin,
Tarahhum aylasa gohi oʻziga mubtalolargʻa.
Jafosin garchi koʻp tortib, vafo qildim, talofiydur,
Gar etsa bir vafo oʻtgan zamon qilgʻan jafolargʻa.
Necha husn ahlidin yogʻsa balo, ushshoq tortar, vah,
Balokash el tahammul aylamay netkay balolargʻa.
Menu may gʻulgʻuliyu shoʻx soqiy hukmi ijrosi,
Sola olmon quloq davr ahli aylar mojarolargʻa.
Zamona shugʻli tavqi la’natin solgʻan boʻyunlardin,
Ajab yukdin oʻzin qutqardilar, yuz rahmat olargʻa.
Hamono gʻofil oʻldi podsholar podshohidin,
Gadoyekim, oʻzin muhtoj koʻrgay podsholargʻa.
Navo topti Navoiy, bargi gulkim, yordin keldi,
Aning altofi yetkurdi muni bargu navolargʻa.

571

Chunkn moyildur koʻngul agʻyor sari yorgʻa,
Sadqa jonim yorning koʻngli uchun agʻyorgʻa.
Istaram agʻyor ayogʻin oʻpkamen, balkim koʻzin
Kim, borib koʻyiga yetmish davlati diydorgʻa.
Chun yetar atri dimogʻimgʻa, kirar jismimgʻa ruh,
Har nasimikim, esa ul sarvi gulruxsorgʻa.
Har biriga jonni dermen sadqa aylay jilvada,
Yuz tuman jon sadqa boʻlsun ul qadu raftorgʻa.
Naqdi jonu xirmani umrumni sarf ettim, valek
Ul sanam qoni’ emas bu mablagʻu miqdorgʻa.
Xalqdin yuz dasht yoʻl tutsun qiroq ul zorkim,
Derki oʻzin solmayin har lahza ming ozorgʻa.
Xilvatingda chun kushode topmadim, ma’zur tut,
Boʻlsam, ey shayx, emdi azm kulbai xammorgʻa.
Ey Navoiy, besarupoligʻ chu qilding ixtiyor,
Kir fano koʻyiga, boqma kafsh ila dastorgʻa.

572

Hirotdin agar oʻt tushsa Sabzavorgʻacha,
Boʻlay samandaru tortay oʻzumnn yorgʻacha.
Koʻngul dogʻi bu oʻt ichra yoʻluqsa ham xushtur
Ki, boʻlsa hamrahim ul sarvi gul’uzorgʻacha.
Junun aro yorishib gohu goh qichqirishib,
Yetishsak ikkimiz ul tundi shahsuvorgʻacha.
Emas chu umr ishi ma’lum, har nechuk boʻlsa,
Oʻzumni yetkurayin yor oʻlur diyorgʻacha.
Ajal chu yetti aning koʻyi sari sudransam,
Fidosi jismi nizor oʻlsa joni zorgʻacha.
Chu koʻyi ichra mazorimgʻa bersalar tartib,
Qadamin qilsa gahe ranja, ul mazorgʻacha.
Visol qaydayu men qayda, soqiyo may tut
Ki, moʻr sayri emas charxi zarnigorgʻacha.
Erur bahor gʻanimat, may ichki, bilmassen
Ki, dahr bogʻida boʻlgʻung yana bahorgacha.
Navoiyo, gʻamim oʻlturdi, gʻamzada may ber,
Yoʻq ersa boshla meni yori gʻamgusorgʻacha.
II- qism