OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAlisher Navoiy
Asar nomiGʻaroyib us-Sigʻar (II- qism)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Alisher Navoiy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm226KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/14
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Gʻaroyib us-Sigʻar (II- qism)
Alisher Navoiy

Sin Harfining Siyminbarlarining Savdosi «Gʻaroyib»din

223

Dahr sudidin tama’ uzkim, ziyone besh emas,
Umrni tutqil gʻanimatkim, zamone besh emas.
Uy bino aylab ajabtur elni mehmon aylamak,
Ulki bu uy ichra besh kun mehmone besh emas.
Qoʻy tavonoligʻ soʻzin, yod et ajal xorinki, bil
Pashshalar nishi qoshinda notavone besh emas.
Kir fano dayridakim, har shayxu yuz savdo anga,
Ulki otin xonaqah qoʻymish, doʻkone besh emas.
Eyki, boʻlmish xil’ating zarbaft bori bilkim, ul
Ma’no ahlin kuldururga za’farone besh emas.
Mehr toju charx taxting boʻlsa gʻofil boʻlmakim,
Mehr bemehru falak nomehribone besh emas.
Shahgʻa ish el fikrini qilmoqdur ulkim, zeb kim?
Bir surug qoʻydur ruoyo, ul shoʻbone besh emas.
Gar Navoiy istadi avvoraligʻ, ey ahli hush,
Gʻam yemang devonayi behonumone besh emas.
Avji davlat uzra boʻlsun doimo Bilqisi ahd
Kim, Zuhal qasrida har tun posbone besh emas.

224

Ne ajab gar nuql tuxmi gʻam qushin rom aylamas,
Mast chun bir dam ovuch qoqmoqdin orom aylamas.
Tun quyoshqa yovuy olmasdekdur ulkim, may sari
Tiyralik shaxsi azimat bir-iki gom aylamas.
Fikru gʻam qochmoqqa maydin istasang ravshan dalil,
Shayx yo zohid nedurkim boda oshom aylamas.


Ayni nozu shevadin kofir koʻzung, ey mugʻbacha,
Tarfat-ul-ayne emaskim, qasdi islom aylamas.
Jism aro paykonlaring su qildi koʻnglum oh ila,
Bodai shavqin ajabkim, ichkali jom aylamas.
Voizo, aylab tama’ qon yutmagʻilkim, piri dayr
Bodadin oʻzga suvol ahligʻa in’om aylamas.
Dema ishq oʻynab Navoiy oqibat ne boʻlgʻusi
Kim, bu ish ogʻoz qilgʻan fikri anjom aylamas.

225

Kiyik charmi zaif egnimga majnunlugʻ nishoni bas,
Junun toshi sinuq boshim uza qush oshyoni bas
Damingni asra, ey Isoki, ranjim daf’igʻa har kun
Gʻizo ul oy qilichi zaxmining bir qatra qoni bas.
Senu hayvon suyi, ey Xizr, tutqil tarki jonimkim,
Manga yor ollida oʻlmak hayoti jovidoniy bas.
Shahu izzat saririkim, agar budur jahon johi,
Manga idbor koʻyida mazallat xokdoni bas.
Gʻaniyu koʻnglida pinhon diram fikriyu ishq oʻti
Mening koʻnglumda kuydurgan necha dogʻi nihoniy bas
Sanga kavsar suyiyu lahni Dovudiyki, dayr ichra
Mugʻanniy nagʻmasi birla manga jomi mugʻoniy bas.
Havodis daf’igʻa shah koʻk hisori uzra gar chiqsun
Ki, faqr ahli uchun dayri fano dor-ul-amoni bas
Figʻonkim, lutfu qahrigʻa tafovut yoʻqni ham anglab,
Fano ahligʻa javrin qilmadi bu dayri foniy bas.
Navoiydek oʻlar holimda demang huru jannatdin,
Sezing barchaki, bu ovoragʻa bir koʻrmak ani bas.

226

Nafis kiyguluk oʻlsa yalang tanimgʻa havas,
Hasir naqshi hasiriy libos oʻrnigʻa bas.
Sirishk yoʻlini xas birla tuttilar, yoxud
Koʻzumni yoʻligʻa surtarda muncha toʻlmish xas.
Bir oʻt dimogʻima hajr urdikim, nafas andin
Chiqar samum oʻlub, ar xud boʻlay Masihnafas.
Azim aningdek erur ishq mahmilikim, anga
Qazo falakni ikki boʻlsa boʻlgʻay ikki jaras.
Tanimgʻa choklar ochti, ne ayb agar oʻlsam
Ki, ruh bulbulining loyihi emas bu qafas.
Koʻngulki, kofiri ishq oʻldi or erur zunnor,
Nedinki mugʻbacha zulfin beliga qildi maras.
Fano havas qilu faqr et havo Navoiydek,
Vale havovu havas, qilmagʻil havovu havas.

227

Dame ermaski, la’lingdin koʻngul yuz laxt qon ermas,
Dagʻi har laxt qon yoshim bila koʻzdin ravon ermas.
Yuzung mehri ichinda koʻz solib ogʻzingni koʻrmasmen,
Agarchi zarra xurshid ollida koʻzdin nihon ermas.
Ushalgʻan har soʻngak jismimda goʻyo ka’bataynedur,
Nihoniy dagʻi zoid nuqtasidurkim ayon ermas.
Erur dardimgʻa taskin bu kecha lekin toʻshuk koʻksum,
Ajab gar novaki koʻnglumga kirgandin nishon ermas.
Meni oʻlturgali gʻamzang oʻqi umredurur, lekin
Tirig la’ling xayoli birlamen, jismimda jon ermas.
Lahad kunjin vatan aylab tiniptur umridin Majnun,
Ne boʻlsa, men kebi ovorayi bexonumon ermas.
Bu davr ichra qachon jomi farogʻe yetgay, ey soqiy,
Chu bir dam dardu mehnat zahri chekmakdin amon ermas,
Agarchi qon yutar bulbul, vale ne gʻam anga chunkim
Navola gʻunchadin ayruyu guldin oʻzga xon ermas.
Navoiy oʻldi, gar parvona kuydi, bulbul un chekti,
Bular gar yaxshidurlar, ishq aro ul ham yomon ermas.

228

Sunbulin Laylo ochiptur, yel abiroso emas,
Dogʻini Majnun qonatmish, lolayi hamro emas.
Nastaran koʻzgusida bir sari men, bir sari yor
Chehra aksin koʻrguzupturbiz guli ra’no emas.
Gulni oʻxshatqan uchun yorimgʻa goʻyo bogʻ aro,
Muztarib koʻnglum qushidur, bulbuli shaydo emas.
Sunbul ustidin nasim eskach, nigorim turrasin
Yod qildimkim, dimogʻ oshuftadur, savdo emas.
Nargis oltun jomining ollida kofuriy harir
Pardayi jonimdurur marhun, qadahpolo emas.
Dema, afgʻonimda bulbul nolasidek yoʻq nishot,
Bu ham anduhzo emas, gar ul nishotafzo emas.
Gulni sarv uzra xayol ettim koʻngul boʻstonida,
Rost aytay: sarvi gulroʻyum kebi zebo emas.
Boʻlmangiz magʻruri husn, ey shoʻxlarkim, bogʻ aro
Siz kebi bilturgʻi gullardin biri paydo emas
Manga gulrux soqiyu bulbulgʻa gul tutti qadah,
Mast erur ul ham Navoiydek, vale rasvo emas.

229

Demakim, noʻshi labidin quti jon qildim havas,
Obi hayvondin hayoti jovidon qildim havas.
La’li noʻshidin gar oʻlsam ham emastur aybkim,
Hazm eta olmas gʻizo men notavon qildim havas.
Tosh yebon atfol komi birla jon bersam ne tong
Kim, pariy vasligʻa jonni komron qildim havas
Ostoning istadim bosh qoʻysam ermas aybkim,
Saltanat taxtin meni bexonumon qildim havas.
Har fatila zaxm arokim, erdi chektim jon aro,
Koʻngluma qoʻymoq necha dogʻi nihon qildim havas.
Zuhd ila yoʻl topmadim maqsadgʻa may tut, piri dayr
Kim, oʻzumni emdi rasvoyi jahon qildim havas.
Ey Navoiy, togʻu vodiy tutmogʻim ayb etmakim,
Yashurun dardim demak tortib figʻon qildim havas.

230

Bas nedur koʻz gar xayoling xayligʻa manzil emas,
Har qora bir oʻt yeri davrinda kirpik xoru xas.
Jannat ahligʻa erur har lahza koʻyung orzu,
Doʻzax ahli uylakim jannatni qilgʻaylar havas.
Novaking paykonini to chektilar nolon koʻngul,
Aylamas afgʻon koʻngulsizlikdin andoqkim jaras.
Dema men majnungʻa, ey nosihki, bas qil ohni
Kim, manga ish ul pariy ishqida boʻlmish ohu bas.
Za’fdin bexud koʻrub, ogʻzimga ul yuz koʻzgusin
Qoʻysang ul dam urmagʻaymen, billah ar oʻlsam, nafas
Dayr piri xidmatigʻa chekmayinmu belni chust,
Kim, necha zunnordin tongmish belimga bir maras.
Soqiyo, davron agar budur, Navoiy har zamon,
Jomigʻa behush doru qotmogʻ aylar multamas.

231

Oh oʻqin jon ichra asrab, koʻnglum izhor aylamas,
Yoʻqsa bir dam bormukim, yuz jonni afgor aylamas.
Vah, ne yuzdur ulki taqlidin qilib naqqoshi Chin
Cheksa yuz suvrat, birin yuzdin namudor aylamas.
Ishqdin chun munkir oʻlmish koʻnglum oʻlturmak ne sud,
Hajrdin to ani qoʻrqutmassen iqror aylamas.
Qoʻydung, ey aql, ochqali yuz pora koʻnglum zulfini,
Har biri bir rishtasin qandinki zunnor aylamas.
Jon fido qilgʻumdurur, la’ling qabul etsun desam
Derki: Ruhullah bu nav’ ishlarga begor aylamas.
Ne osigʻ har zarragʻa ohim quyoshdek solsa oʻt,
Ul quyosh koʻngliga chunkim zarraye kor aylamas.
Soqiyo, davr ichra ul yuz aksi koʻrguzgan qadah,
Fitna aylarkim, sipehru mehri sayyor aylamas.
Foniy oʻl, gar istar ersang mehrkim qilmas nasib
Kimni bir davlatqakim tengri sazovor aylamas.
Demangizkim, barxabar boʻl telba koʻnglumdin, chu ul
Qaydakim borsa Navoiyni xabardor aylamas.

232

Zulfidin ayru jununumgʻa desam tadbir emas,
Telba itka chora derkim, qatl erur zanjir emas.
Orazin koʻrsam nedur deb soʻrma koʻnglum holatin,
Chehra tagʻyiridin angla hojati taqrir emas.
Har tun anjumdin mening holimgʻa gardun ashki bil,
Charx uza ohim buxori tafidin ta’sir emas.
Zulfi pechu tobigʻa borib kelur shaydo koʻngul,
Bovujudi tiyralik, koʻrgilki koʻp dilgir emas.
Istasang qatlim chiqargʻil tiygʻu ihmol etmakim,
Ne desang mendin boʻyunsunmoqda xud taqsir emas.
Dayr aro usruk koʻrub, zohid meni ayb aylamish,
Bilmamish miskinki, hech ish xoriji taqdir emas.
Ul pariy qilmish meni majnunu rasvo shahr aro,
Ey Navoiy, goʻsha tutkim, hojati tashhir emas.

233

Dam-badam la’ling xayolidin ichim qonmu emas,
Qatra-qatra koʻz yoʻlidin yuzga gʻaltonmu emas?!
Gah oʻlub, gohe tirilsam, tong emas, vah, gʻamzasi
Qotil ermasturmu yo noʻshi labi jonmu emas?!
Ne ajab, ishq ofatidin chiqsa jon tan mulkidin,
Shah na zolimmu emas, yo mulk vayronmu emas?!
Novaki zulm urmogʻingdin tonmagʻil, ey qoshi yo,
Tanda zaxm ermasmu, yo koʻnglumda paykonmu emas?!
Telba koʻnglumni dema koʻp vola ermas ishq aro,
Shuhrayi ofoq, yo rasvoyi davronmu emas?!
Dahr shoʻxigʻa koʻngul gar bermadim, ayb etmangiz,
Ishvasi chinmu emas, yo ahdi yolgʻonmu emas?!
Dasht aro koʻrsang Navoiyni emas majnun dema
Toshmu urmas koʻksiga, yo jismi uryonmu emas?!

234

Chok boʻlgʻan koʻngluma qilmoq iloj oson emas,
Gʻunchakim, ochildi, butkarmak ani imkon emas.
Koʻnglum ichra gulbuni dard uzra har yon gʻunchadur,
Ey muolij, daf’igʻa sa’y etmakim, paykon emas.
Mehrim oʻtin hushu sabru aqlu his yoshurmadi,
Mehri lomi’ toʻrt burqa’ keynidin pinhon emas.
Otashin la’ling gʻamidin koʻnglum erur pistaye
Kim, kuyubon chok oʻluptur gʻunchayi xandon emas.
Zohido, man’ aylading koʻnglumni maydin, bilmading
Kim, samandargʻa yolindin sud erur, nuqson emas.
Yengsa dayr ichra meni hayrat ne tong, ey mugʻbacha,
Kimdurur bu korgah vaz’igʻakim hayron emas.
Dardi hajringdin Navoiy koʻksi uzra dogʻu na’l,
Tan harimigʻa ajab gar shamsavu ayvon emas.

235

Xasta koʻyungda yotmisham bekas,
Tutquchim, qopquchim itingdur bas.
Ashk aro oʻrtadi tanimni gʻaming,
Garchi kuymas su ichra tushkan xas.
Jonu nolon koʻngul bila ne ajab
Posboning kecha yurutsa jaras.
Oʻqlaringdin ichimda istasa ishq
Yasay olur koʻngul qushigʻa qafas.
Xoni husn ichra xolingu ogʻzing
Keldi xashxoshning yonida adas.
Tori ummid aro harisni bil,
Rishtai ankabut ichinda magas.
Iting oʻldi Navoiy, ey chobuk,
Boʻynigʻa muhkam ayla halqa maras.

236

Bizga olam bogʻidin ul sarvi gulruxsor bas,
Goh andin jilva, gohe davlati diydor bas.
Yogʻligʻin zaxmimgʻa bogʻlargʻa ne haddim istamak,
Qilsa lutf andin muni tikmak uchun bir tor bas.
Men kimu zulfung tamannosi, agar kufr istasam,
Itlaring boʻyni tanobidin manga zunnor bas.
Hajr oʻtidin sindi koʻnglum istaman qasring panoh,
Soya bir koʻngli buzulgʻangʻa buzugʻ devor bas.
Koʻzda bir uyquni koʻrsam, uyquda koʻrsam seni,
To ajal uyqusi ushbu davlati diydor bas.
Voizo, men osiy erman huru jannat loyiqi
Mugʻbacha soqiy, maqomim kulbayi xammor bas.
Oʻzlugungdin oʻzni salb etsang gʻaraz bir gomdur,
Ey Navoiy, qilmagʻil bu shevani zinhor bas.

237

Manzilekim, ul pariypaykarni koʻrdum bir nafas.
Gar ani topman hamul manzilni qilsam tavf, bas.
Rangsiz xoli yuzining zebidur, vahkim, degay:
Husni xonigʻa keraklik muncha boʻlgʻay bir adas.
Bandi zulfung boʻynuma tushkach halok etti meni,
Itka, jono, hech kim oʻlturgali taqmas maras.
Ishqing ichra bulhavas gar desalar, yoʻqtur gʻamim,
Bok yoʻq bu ta’ndin boʻlsa manga vasling havas.
Ashk bahrinda agar jismim gʻariq ermas, ne tong,
Yoʻq anga ul vaznkim choʻmgʻay tengizga tushsa xas.
Bu chamanning gullariga yoʻqtur, ey bulbul, vafo,
Avlo ulkim, aylasang gulbong chekmaklikni bas.
Chora ne boʻlgʻay Navoiygʻa firoqing shomida,
Gar xayoling boʻlmasa bechoralargʻa choraras.

238

Figʻonkim, koʻnglum olgʻan dilbarim dildorligʻ bilmas,
Bilur oshiqni gʻamgin qilmoqu gʻamxorligʻ bilmas.
Nechuk dey yor emas, dushman demak boʻlmas, xud aytaykim,
Erur xud yor ul, ammo tariqi yorligʻ bilmas.
Koʻngulda zorligʻ birla figʻon koʻyungda ayb etma,
Gadoyi xastayedur juz figʻonu zorligʻ bilmas.
Ogʻirroqdur firoqim togʻidin baxtimning uyqusi
Ki, nolam boʻldi rustoxezu ul bedorligʻ bilmas.
Boʻlub majnun pariydek itmisham, nevchunki yorim ham
Pariypaykardur, ammo gʻayri majnunvorligʻ bilmas.
Ketur, ey soqiyi mahvash, manga bir sogʻari dilkash,
Ki, davron yorligʻ, aflok juz gʻaddorligʻ bilmas.
Qazo ilgi tilarmen yer bila hamvor qilgʻaykim,
Zamon ahli zamondek gʻayri nohamvorligʻ bilmas.
Mening yorimda anedurki, andin oʻrtanur jonim,
Ki, ani har quyosh yuzlug shakarguftorligʻ bilmas.
Navoiy koʻzlarining mardumidin javri qon toʻkti,
Darigʻ ul shoʻxi mardumkushki, mardumdorligʻ bilmas.

239

Chok etib koʻnglumni ochilsun demak imkon emas,
Gʻunchani amdon ochib, gul aylamak oson emas.
Dema zohidkim, nedin hayronsen ul ruxsorgʻa,
Olam ichra bir kishi topkim anga hayron emas.
Qatra sulardur koʻngul oʻtigʻa taskin bergali
Kim, ul oy yogʻdurdi qoshi qavsidin paykon emas.
Hajr dashtida quyundekmen, vale ul men kebi
Xoksoru bodapaymo dagʻi sargardon emas.
Garchi husnung koʻzgudin kirdi temur qoʻrgʻon aro,
Mehrdek oyinagun, aflokdin pinhon emas.
Gul vafosizligʻlarini sharh etar ming daston,
El gumon qilgʻan kebi bulbulda ming daston emas.
Ey Navoiy, ul pariydin odamiyligʻ koʻrmasang,
Ayb emas, ul hurdur yoxud malak, inson emas.

240

Xoʻblargʻa meng ul oyning toza qulluq dogʻi bas,
Koʻzlariga surma koʻyining qaro tufrogʻi bas.
Besutun sayrini naylaykim, manga egnimdagi
Koʻk ravoqigʻa sutun boʻlgʻan malomat togʻi bas.
Chun tanim zogʻu zagʻangʻa tu’ma boʻldi, ey sipehr,
Yuz balo qullobin olgʻilkim, alar tirnogʻi bas.
Shohu toju xil’atikim, men tamosho qilgʻali
Oʻzbagim boshida qalpoq, egnida shirdogʻi bas.
Goʻshayi mayxonadin gulshangʻa bormankim, manga
Gul uza nasrin — mayi gulrang uza kup yogʻi, bas.
Yoshing ellik boʻldi, yuz qoʻygʻil fano tufrogʻigʻa
Kim, shabob ayyomi ayshu beadabligʻ chogʻi bas.
Gar Navoiy holigʻa ul shoʻx boqmas rahm ila,
Goh ibrat birla ham ul yon nazar solmogʻi bas.

241

Sendegu kiygan shabandarroʻz hullangdek emas,
Kechavu kunduz libosin kiysalar oyu kunas.
Ishq sargardonlari boshimgʻa evrulmak ne tong
Kim, bu vodiyda quyunmen, ul jamoat xoru xas.
Ishq eli koʻnglum figʻonidin topar maqsadgʻa yoʻl,
Dasht aro har yon oziqqanlarni charlar bu jaras.
Zulf aro xoling koʻngullar xaylini toroj etar
Qalb shabravlar libosin kecha olgʻandek asas.
Oq uyidin hech jonib ul pariy qilmas havo,
Ne ajoyib, qushqa, koʻrkim, ne munosibdur qafas.
Sidq ahli ohidin, ey husn sham’i, vahm qil
Kim, kavokib sham’in etti tiyra subh urgʻach nafas.
Dayr piri mast etib, koʻnglumni oldi mugʻbacha,
Qilmang, ey ahbob, mugʻ dayri tamoshosin havas.
Bosh oqarib yuz qoraligʻdur yana tarki adab,
Doʻst gʻayrat aylamasdin burna qil isyonni bas.
Taq Navoiy boʻynigʻa desam tanobi zulf, der:
Koʻy iti boʻynigʻa kim taqqandurur mushkin maras.

Shin Harfining Shoʻxlarining Shamoyili «Gʻaroyib»din

242

Zihe kamol ila kavnayn naqshigʻa naqqosh,
Mukavvanot vujudin vujudung aylab fosh.
Vujudung ayladi mavjud ulusnikim, boʻlmas
Vujud zarragʻa mavjud boʻlmagʻuncha quyosh.
Sanga yetishmasa tong yoʻq bu aqli zulmoniy
Ki, mehr sham’igʻa parvona boʻlmadi xuffosh.
Qayu pariygʻaki qilding yuzin quyosh, berding
Koʻngul jununi uchun anbarin hilol ila qosh.
Angaki, boʻldi junun ishq ichinda yogʻdurdung
Xirad qushini uchurmoqqa tifllardin tosh,
Aningki, koʻnglida ishq ahgarini yoshurdung,
Nihoniy oʻtin ulugʻ tinmogʻidin etting fosh.
Muvasviseki, maoshini aql ila tuzdung,
Fano yoʻlida ayading berurga aqli maosh.
Hakimi qudrating ollinda charx ila anjum,
Muhaqqar uylaki xashxoshu donayi xashxosh.
Yoʻlungda oʻldi Navoiyu boʻldi tufrogʻ ham,
Yopushsa erdi bu koʻy itlari ayogʻigʻa kosh.

243

Meni sargashta jismin dogʻ ila qon lolazor etmish,
Quyun yoxud toʻkulgan lolazor ichra gulzor etmish.
Tanimdin qon chiqorgʻan har taraf paykonlaring goʻyo
Erur yomgʻurki, tufrogʻdin chechaklar oshkor etmish.
Koʻngul birla soʻngak manqal aro oʻtu oʻtundekdur,
Malomat toshlarin to ishq tegramda hisor etmish.
Yuzin may gul-gul etkandin xarosh ermas unum, balkim
Koʻngulda xorxori nolam andomin figor etmish.
Labing jonimgʻa solgʻan shu’lalar ichra qazo goʻyo
Ulugʻroq la’ldin axgar, kichikrakdin sharor etmish.
Boʻla olsam ulusqa ul quyoshni koʻrgali moni’,
Ne gʻamdur gar yoʻlida charx jismimni gʻubor etmish.
Halokim bilgay ulkim, bordur ul yangligʻ jafokore
Ki, tavrin husn beparvoligʻi oluftavor etmish.
Kabutar qasr burjida emas shah shastidin emin,
Xusho, ul chugʻzkim vayrona kunjin ixtiyor etmish.
Maof ermish qayon gom ursa rahrav noqayi jismi,
Nafas torin qazo chun burnigʻa aning mihor etmish.
Mugʻanniy nagʻmasi jon bersa bazm ahligʻa tong yoʻqkim,
Navoiy rishtayi jonin eshib changiga tor etmish.

244

Koʻngulkim zarnishon paykonlaringdin notavon boʻlmish,
Magar bu bogʻ aro ul barglar birla xazon boʻlmish.
Guli ra’no kebi kogʻaz uza nomingni yozmay men
Sarigʻ erdi yuzi, xunobi ashkim birla qon boʻlmish.
Yuzumni ashkmu yoʻllar qiliptur yo nazar payki
Seni istarga koʻp har yon yugurmakdin nishon boʻlmish.
Qurugʻ shoxedurur jismimki, koʻz davrida kirpikdin
Xayoling qushlarigʻa anda ikki oshyon boʻlmish.
Koʻzum xunob aro boʻlmish biaynih uylakim koʻnglum
Qorasi qon aro koʻnglumdagi dogʻi nihon boʻlmish.
Sirishk ollida mujgon shoxi sanchib bogʻlayin dermen,
Yoʻlin bu selningkim, elga andin koʻp ziyon boʻlmish.
Yuzung hajrida bilkim, qon yoshim oqmish chaman ichra,
Qachon koʻrsangki, har bir shox uza gul argʻuvon boʻlmish.
Murassa’ qilma chatring lojuvardiy atlasin, ey shah,
Gado ollidakim, bu nav’ chatri osmon boʻlmish.
Navoiygʻa demang ul tifl ishqin asragʻil maxfiy,
Bu damkim holi shahr atfoli ichra doston boʻlmish.

245

Chiqti yorim kecha yoʻl azmin qilib ul bagʻri tosh,
Bas, ajoyibdur qorongʻu kecha chiqmogʻligʻ quyosh.
Gar quyoshqa el nazar qilsa koʻziga yosh toʻlar,
Ul quyosh borgʻach nazardin, koʻzlarimga toʻldi yosh.
Zaxmidin koʻp qon borurdin qoldi chok oʻlgʻan koʻngul
Zangdek afgʻon chekib, xaylida boʻlgʻay erdi kosh.
Furqatingdin yigʻlabon haqdin visoling istaram,
Gah socharmen boshqa tufrogʻ, gah qoʻyarmen yerga bosh.
Qatra qonlarkim tomar koʻksumga urgʻan toshdin,
Zaxmdindur demakim, qon yigʻlar ahvolimgʻa tosh.
Chun toʻsharlar oqibat ustungga xoro birla farsh,
Ne osigʻ ostingda gar charx atlasidindur firosh.
Fosh etar mehrin Navoiyning sarigʻ ruxsorasi,
Subhdekkim sargʻarib ruxsori aylar mehr fosh.

246

Qatiq dardim zuloli ashk etar fosh,
Suzuk su ichra qolmas yashurun tosh.
Halokim vasl aro mingdin bir etting
Ki, bergay tengri bir yoshinggʻa ming yosh.
Demakka fitna ta’limin boʻlub xam,
Qulogʻing sari bosh eltiptur ul qosh.
Magar sochingni tiyding fitnadinkim,
Parishonhol ayogʻinggʻa qoʻyar bosh.
Yasar chogʻda labing rangini goʻyo
Eziptur obi hayvon birla naqqosh.
Qadah, ey mugʻki, jon aylay nisoring,
Necha boʻlsam xarobot ichra qallosh.
Navoiy joni sensiz dardisardur,
Borurda ani ham olgʻay eding kosh.

247

Chu bildi sham’kim, gʻam shomi koʻnglumni halok etmish,
Tanin ashk etmadi yoʻlkim, yoqa holimgʻa chok etmish.
Chamanda yoʻqki bulbul, zogʻ ham un cheksa za’f aylar
Hazin koʻnglumni koʻrkim, furqating ne dardnok etmish.
Koʻnguldin gʻayr yodi chiqti yetkach tiyri boroning,
Kudurat naqshidin yomgʻur suyi bu uyni pok etmish.
Quyun yangligʻ guzar koʻyiga qilmogʻ gar erur mumkin,
Gʻam ermas, vodiyi hijroni gar jismimni xok etmish.
Su ichmay koʻngli zuhdumdin agar ketmish edi soqiy,
Vuzu ibriqida maydur toʻla, keldeg ne pok etmish.
Falak paykoni zulmi, vahki, teshmish xasta koʻnglumni
Nechukkim, tomchi bir yer uzra koʻp tomib magʻok etmish.
Qadah tutkim, qizartay chehra, ey soqiyki, hijroning
Yuzumni asfar andogʻkim, xazoniy bargi tok etmish.
Balodur nafs shirki faqr yoʻlida, xush ul foniy
Ki, bir rahravgʻa jismi tufrogʻin gardi shirok etmish.
Navoiyni dedingkim, bir jafo birla halok aylay,
Vafo qil emdikim, bu orzu ani halok etmish.

248

Koʻz koʻtarman ul quyoshdin gar koʻzum qilmoqqa resh.
Pashshalar yangligʻ havo uzra chekar har zarra nish.
Telbalik bogʻi gulu nilufari erkin bukim,
Ham koʻkardi xalq toshidin tanim, ham boʻldi resh.
Xushturur koʻnglumda zulfu qaddidin na’lu alif
Kim, bu qurbondek topilmas andoq oʻqu yogʻa kesh.
Beli tori, hajridin jismim boʻluptur tordek,
Ey falak! Rahm et, bu ikki rishtani bir-birga esh.
Turfa koʻrkim, koʻngluma ishqing kirarga yoʻl boʻlur,
Nechakim, ishqimni tark etqil, debon koʻksumni tesh.
Istasang dayri fano tavfin belingdin, ey faqih,
Qayd zunnorin uzub, zunnor qaydin dagʻi yesh.
Ta’n qilmangkim, Navoiy bekasu beyor emish
Kim, anga olamda oshiqliq ish oʻlmish, ishq esh.

249

Orazin yopqach koʻzumdin sochilur har lahza yosh,
Uylakim paydo boʻlur yulduz, nihon boʻlgʻach quyosh.
Qut bir bodomu yerim goʻshayi mehrob edi,
Gʻorati din etti nogah bir baloligʻ koʻzu qosh.
Bu damodam ohim ifsho aylar ul oy ishqini,
Subhning bot-bot dami andoqki aylar mehr fosh.
Boʻsaye qilmas muruvvat asru qattiqdur labing
Desam, ogʻzi ichra aytur la’l ham bor nav’i tosh.
Novaking koʻnglumga kirgach jon talashmoq bu ekin
Kim, qilur paykonini koʻnglum bila jonim talosh.
Umri jovid istasang fard oʻlki, boʻston Xizridur,
Sarvkim, da’b ayladi ozodaligʻ birla maosh.
Qoshi ollinda Navoiy bersa jon ayb etmangiz,
Gar budur mehrob, bir-bir qaygʻusidur barcha bosh.

250

Sarigʻ gul demakim, chun sarvinozim bogʻ aro bormish,
Yuzin koʻrgach qizil gul za’f etib, ul nav’ sargʻarmish.
Koʻngul atrofida ochqan uchun hijron oʻqi yoʻllar,
Balo xaylini ishqing shahnasi ul sari boshqarmish.
Gʻaming minnat qoʻyub jonoldi, vah, jonimgʻa yuzminnat
Ki, xud bori tiriglik minnatidin jonni qutqarmish.
Kaloming gavharidek topmamish, garchi sabo ilgi
Yoqasin gʻunchaning yirtib nechakim qoʻynin axtarmish.
Koʻngulni chok-chok etkach, yetishti oʻqi har yondin,
Oʻtun qoʻymoqqa goʻyokim bu oʻtning tush-tushin yormish.
Nechakim qad chekar, sarkashlik aylar anbarin zulfi,
Agarchi kun biyik chiqqanda doim soya qisqarmish.
Ilig boʻgʻzigʻa eltib, shisha toʻkmish qon yoshin mendek,
Magar soqiy ayogʻin oʻpkali ul dagʻi yolbormish.
Yugurma rizq uchun ne yetsa haqdin anglakim, komil
Ne kelturgil demish, ne gʻaybdin kelganni qaytarmish.
Firoqu zuhd daf’igʻa Navoiy ishq sahbosin
Magar toʻqquz tutub, toʻqquz falak jomini sipqarmish.

251

Porsovash dilsitonim boʻlgʻan ermish bodanoʻsh,
To boshim boʻlgʻay ayogʻing boʻlgʻusi, ey mayfurush.
Ichganin koʻrgan zamon-oʻq mast boʻlgʻungdur, demang
Kim, eshitgan lahza mendin zoyil oʻlmish aqlu xush.
Bazmi vaslidin yiroq ogʻzimda xumdek muhr erur,
Tong emas qonimgʻa maydek shavq oʻtidin tushsa joʻsh.
Jonu koʻnglum qon yutub afgʻon chekarlar hajridin,
Ishrat ahli may ichib bazmida qilgʻondek xurush.
Chok koʻnglak birla to usruk chiqibsen, ohkim,
Kisvatin mayxona rahni aylamish yuz xirqapoʻsh.
Subhidam ul but sabuhi bazmin ettim orzu,
Chiqmagʻil dayfi fanodin deb nido qildi surush.
Ey Navoiy, qoru ermas boʻlsa yuz ming jon fido,
Gar qadahnoʻshum iki la’li mayidin tutsa qoʻsh.

252

Seni koʻrgach der edim, bir mehribonim bor emish,
Olloh-Olloh, ne balo botil gumonim bor emish.
Orazing mohiyyatu ogʻzing soʻzin sharh aylaram,
Vah, ne tab’i poku zehni xurdadonim bor emish.
Chok qil koʻksumni, ey badmehr, tokim bilgasen,
Tiygʻi hajringdin ne nav’ ozurda jonim bor emish.
Ne hayot erdi, oʻlar holimdakim, koʻrgach meni,
Noz ila dedi hanuz ul notavonim bor emish.
Javhari ishqin olurgʻa xalq maxfiy naqdidek
Jon ichinda bir necha dogʻi nihonim bor emish.
Yuz gʻamim bor erdi, mugʻ koʻyiga kirgach boʻldi daf’,
Vahki, men gʻofil ajab dor-ul-amonim bor emish.
Derki, yolqibmen Navoiy unidin, vah, yaxshidur
Kim, tiriglikdin nishondek bir figʻonim bor emish.

253

Vusma birla qoshin ul mahvashki rangin aylamish,
Koʻzi jallodi qilichigʻa yashil qin aylamish.
Koʻnglum oʻtin demakim, tortar zabona zulfidin
Kim, ul af’i til chiqarmogʻligʻni oyin aylamish.
Sunbulung af’isidin zaxme yemish goʻyo tarogʻ,
Yoʻqsa nevchun orazin boshtin-oyoq chin aylamish.
Titraguchdin qilmish ul kirpik yasoligʻa alam,
Vah, yana to ne koʻngul yagʻmosigʻa kin aylamish.
Uyladurkim, ilgini hinno uza qilmish nigor,
Ulki gulgun koʻnglak uzra toʻnin epkin aylamish.
Raz qizidin, soqiyo, birdam meni shod aylakim,
Charx zoli gʻussasi koʻnglumni gʻamgin aylamish.
Gar Navoiygʻa Sulaymon mulkicha bordur ne tong,
Buki Bilqisi zamon nazmini tahsin aylamish.

254

Ne abrashdurki, sekritmish yana maydongʻa ul mahvash,
Qizil, oq gul bila yeldin magar xalq oʻldi ul abrash.
Jahon maydonida to shoʻx chobuklar qilur javlon,
Kishi koʻrmaydur andoq abrash uzra ul sifat mahvash.
Emas abrash, sipehredur shafaqdin koʻrguzub anjum,
Quyoshturki anga rokib, tong ermas gar erur sarkash.
Nechuk oʻlmay ul abrash uzra ul mahvashni koʻrgachkim,
Hamul abrash erur sarkash, hamul mahvash erur sarxush.
Meni majnun yiqilsam koʻrgach-oʻq, hayrat yeri ermas
Ki, aqli kulga har soat erur nazzorasidin gʻash.
Pariyvash raxsh uza sarxush pariy javlon qilur, netsun
Junun jomigʻa qilmay bodapolo ahli taqvo fash.
Quyun yangligʻ egarsa abrashin ul shoʻx, dam urman
Navoiydek, nedinkim ushbu soʻz bor asru koʻp chirmash.

255

Ul sarv uzori guli serobdek ermish,
La’li labi gul uzra mayi nobdek ermish.
Koʻrdum qoshi aksini koʻngul koʻzgusi ichra,
Bu qiblanamo, ul munga mehrobdek ermish.
Koʻrdum koʻngul ahvolini koʻksum toʻshugidin,
La’ling gʻamidin qatrayi xunobdek ermish.
Husn anjumani ichra yuzin koʻrmamish erdim,
Anjum aro xurshidi jahontobdek ermish.
Devona koʻngul qaydi junundin ne qutulsun
Kim, har xami zulfung anga qullobdek ermish.
Tut faqr etagin, atlasi zarbaft soʻzin qoʻy
Kim, ul dagʻi tan hifzida moshobdek ermish.
Bir yoʻli Navoiyni yiroq solma nazardin
Kim, ul dagʻi bir kun sanga ahbobdek ermish.

256

Ne ajab gar bor esam devonavashligʻ birla xush
Kim, koʻngul olgʻan pariyroʻyum erur devonavash.
Man’ etarsiz hushi yoʻq koʻnglumga la’li bodasin,
Ayting, ey hush ahli, kelgaymu bu soʻz usrukka xush.
Sofi vasli boʻlmasa gar barcha zahri hajridur,
Soqiyo, bir jur’a tutkim, oldi jonimni atash.
Soldi koʻnglumni gʻami hijron gudozi ichra yor,
Goʻyiyokim ishq aro ul qalbda bor erdi gʻash.
Vah, ne yangligʻ sogʻ oʻlay men telba bu holatdakim,
Ul pariy ham bordurur devonavash, ham jur’akash.
Shayx boshigʻa balo erkandurur dastorkim,
Ishq asrorin eshitmaklikka moni’ boʻldi fash.
Demakim, bir yaxshi soʻz birla Navoiy jonini
Olsam, ul boʻlgʻaymu roziy yaxshi soʻzga ne kengash.

257

To koʻz bila koʻnglumni ul gʻamza maqom etmish,
Qonimni halol anglab, uyqumni harom etmish.
Sarv oʻlmadi bogʻ ichra ohim yeli birlan xam,
Boq koʻz uchi birlankim, qaddinggʻa salom etmish.
Hayvon suyidur shudrun, Iso damidur salqin,
Boʻston sari jononim goʻyoki xirom etmish.
Hajr oʻqlari zaxmidin jismim bila ashkimni
Tutmoqqa balo saydin, gʻam donavu dom etmish.
To oshiqu shaydomen qatlim qilur ul koʻzlar,
Majnungʻa kiyiklarni ishq ulfati rom etmish.
Ma’shuq qilur jilva, har kimki aning koʻnglin
Dard oʻti kuli birla ishq oyinafom etmish.
Iskandaru jamliqdur ishqingda Navoiygʻa
Kim, raxshing izu na’lin koʻzgu bila jom etmish.

258

Borgʻoningdin jon talashmoq erdi men mahzungʻa ish,
Keldingu jonimni olding, ul borishqa bu kelish.
Vasl oshiq jonidur men jon talashim hajr aro
Hajr borib vasl yetkach, oʻlmak erur turfa ish.
Tiygʻi to koʻksumni yordi nola qilman za’fdin
Rost andoqkim, qoʻyar afgʻonni chok oʻlgʻan qamish.
Kiymamish ul sarv gulgun toʻnki, tong ermas bu rang,
Naxlkim, koʻz bogʻida qon birla topti parvarish.
E’tidoledur havoyiy ishq arokim, xush kechar
Sovugʻ ohim birla yozu koʻnglum oʻti birla qish.
Jismim uzra bor yangi butgan koʻkumtul dogʻdek
Soʻzi hajringdinki urdum gʻussadin har yerga nesh.
Kishu sinjobin ne tong gar kiysa muziy bozgun
Kim, chiqarmishtur kishilikdin ani sinjobu kish.
Tuz bul oʻqtek gar tilarsen avj, yokim, egridur,
Davr har bir goʻshadin boʻgʻzigʻa soliptur kerish.
Ey Navoiy, har dam ul oy mehri ortar koʻngluma,
Garchi yillardurkim, ul tarki muhabbat aylamish.

259

Orazin koʻrdum, nihon ashk ayladi sirrimni fosh,
Yashurun qolmas oʻgʻurluq uy arokim boʻlsa yosh.
Zulfi sarkashlik qilur har necha ul oy cheksa qad,
Soya garchi qisqarur doyim biyik boʻlgʻach quyosh.
Har sari moʻ ul pariy hijronida bir yoradur,
Baski atfoli junun boshim uza yogʻdurdi tosh.
Aylagil nolam xaroshidin hazar, ey siymbar
Kim, bu suhon birla nogah topmagʻay siyming xarosh.
Ka’badur koʻnglum uyi aylang tavof, ey dardu shavq,
Anda mehrob oʻrnigʻa yer tutqali ul egma qosh.
Dahr bogʻi ichra chun bir gulga yoʻq boʻyi vafo,
Qilmagʻay erdi havo koʻnglum qushi ul gulga kosh.
Ey Navoiy, dayr aro tutsa ayogʻ ul mugʻbacha,
Noʻsh etib olma ayogʻidin aning oʻlguncha bosh.

260

Har kun oqshomgʻacha hajringda manga zorligʻ ish,
Kecha tong otqucha anduh ila bedorligʻ ish.
Ish vafo qilmoq erur, gar qila olsangki amas,
Ey vafosiz, bu jahon ichra jafokorligʻ ish.
Ishq aro qochma koʻngul xoru zabunlugʻdinkim,
Oshiq oʻlgʻangʻa zabunluq boʻluru xorligʻ ish.
Lutfu diljoʻlugʻ erur xoʻb pariyvashlargʻa,
Ey pariy, bilki, emas javru dilozorligʻ ish,
Taqvo ahligʻa bilinsa edi charx avzo’i,
Aylagaylar edi bu dayrda xammorligʻ ish.
Olam ahli bilingizkim, ish emas dushmanligʻ,
Yor oʻlung bir-biringizgaki, erur yorligʻ ish.
Xasta koʻnglini Navoiyning olib asraki, bor
Sanga dildorligʻ ish, bizga dilafgorligʻ ish.

261

Yorkim yogʻligʻ bila koʻksum yarasin bogʻlamish,
Anda oʻt tushmush koʻnguldin qon tarashshuh qilmamish,
Buki pora-poradur kuygan bagʻir birla koʻngul,
Itlari ollida ul kofir hamono toʻgʻramish.
Rishtayi zulfungdakim, tushmish girihlar behisob,
Goʻyiyo qatl aylagan elning hisobin asramish.
Bir kishi savdoyiy oʻlmay qolmagʻay bu nav’kim,
Olam ichra sunbuli zulfung nasimi butramish.
Boshima tigʻ urdi, koʻksum choku bagʻrim qildi zaxm,
Masti bebokim dedim qahr etmish, ul xud oʻynamish.
Har sari bir zaxmliq uzvum uzulgʻan topmish el
Notavon jismimnikim, koʻyida itlar sudramish.
Olam ahli ichra bildeg mugʻtanam har kimsakim,
Har vafogʻa ming jafo aylar kishiga uchramish.
Qoʻzgʻama bulbulnn koʻp, ey gulki, davron bogʻida
Qolmamish qoʻzgʻalmayin ulkim, birovni qoʻzgʻamish.
Iztirobidin Navoiy koʻngli bir dam toʻqtamas,
Sensizin, sogʻinmakim, gʻurbatda koʻngli toʻqtamish.

262

Koʻngluma kelmas xazoniy bogʻ aro noranj xush
Kim, xazoni hajr aro boʻldi yuzum noranjvash.
Chehra noranjiyu men noranj yangligʻ talxkom,
Qayda kelgay kimsaga bul hol aro noranj xash.
Shoʻxi noranjiylibose hajri koʻnglum oʻrtadi,
Sharbati noranj eta olmas manga daf’i atash.
Boʻlmasa oltun piyola, boʻlmasun, kel, ey rafiq,
Jom etib noranj nisfidin boʻlali jur’akash.
Ul pariy ishqida otim boʻldi majnunluqqa fosh,
Andin ortuq kim burun mundin manga erdi adash.
Shayx dastorin chu may vajhi yoʻq erdi sirmadim,
Maygʻa marhun qilgʻali ul yaxshi, may suzmakka fash.
Ey Navoiy, naylay el tarxon bila barlosini
Kim, berur koʻnglumga holo molish ul shoʻxi malash.

263

Sendin ayru tanda koʻnglum yoʻqturu koʻnglumda hush,
Bedilu behushlardek ne ajab qilsam xurush.
Bodayi vaslim olur hushungni deb qoʻrqutmakim,
Vahm bu soʻzdin birov qilgʻayki, boʻlgʻay anga hush.
Hajrdin maxlas tilab noʻsh aylaram zahr ul sifat
Kim, yetishsa zahrdin achchigʻdurur ogʻzimda noʻsh.
Ishqda gʻayrat tilimni lol etibdur, ey rafiq,
Hajr zulmidin, emasturmen soʻzum yoʻqtin xamush.
Barcha jismim hajr oʻtidin reshu marhamliq momuq
Ittisolidin meni uryonni derlar xirqapoʻsh.
Hajrdin jon yetti ogʻzimgʻa olib jon naqdini,
Quyki, koʻp ogʻzini ogʻzimga qoʻyay, ey mayfurush.
Ey Navoiy, har ne olam ichra boʻlgʻay sahl tut,
Lek matlubung tamannosida boʻlgʻil saxtkoʻsh.

264

Surma bilanmu ul oy koʻzni qora aylamish,
Yoʻqsa Xoʻtan jayrani mushk ichida agʻnamish.
Koʻyida men za’fdin uylaki, har yon meni
It demayin, balki moʻr tu’ma uchun sudramish.
Gʻamzang oʻqi kasrati koʻnglum aromu ekin,
Yoʻqsa bu qush parlarin hajring oʻti churkamish.
Hullayi zarbaftdin qildimu ul oy sepech,
Yoʻqsa shuoiy xatin boshqa quyosh chirmamish.
Olam aro bir kishi telbaramay qolmagʻay,
Buylaki yetkach nasim zulfung aro butramish.
Vodiyi hajr ichrakim boʻldi soʻngak ahli ishq,
Budur oʻtunkim, ani gʻam sipahi oʻrtamish.
Lam’ayi ruxsor ila oʻrtadi ushshoqini,
Gʻayrati husni magar zorlarin tergamish.
Tegmasa bazmingda may, basdurur ul su manga
Kim, sen ichar jomni suchi olib yoyqamish.
Naylagamen bogʻlamay mugʻbacha zunnorini
Kim, bu kuhan dayr aro Iso ani bogʻlamish.
Mehru vafo aybidin pokdur abnoyi dahr,
Pok nazardurkim ul sari nazar solmamish.
Tutti Navoiy aziz koʻyida ul toshnikim,
Goh ani boshigʻa, goh boshin anga yastamish.

265

La’li ishq ahlidin oncha gʻorati jon aylamish
Kim, oʻlukka jon berur oyinin oson aylamish.
Koʻyida atfol ushshoq oʻlturur bedod ila,
Shah magar shahr ichra it qatligʻa farmon aylamish.
Subhi ayshim istamish gʻam shomigʻa boʻlmoq badal,
Yoʻqsa nevchun yuz oʻza zulfin parishon aylamish.
Yo rab, ul tunni yorutma mehr birla to abad
Kim, gʻaribe mehribon yorini mehmon aylamish.
Ahli davron koʻnglum oshubin netib man’ aylagay
Kim, ani oshufta bir oshubi davron aylamish.
Gul kebi soch xurdakim, yel yirtibon toroj etar
Gʻunchakim, oʻz naqdini ogʻzida pinhon aylamish.
Ey Navoiy, demakim bagʻrim eritmish ishq oʻti
Kim, ani hijron kunining anduhi qon aylamish.

266

Ul gulekim, bazmida zogʻu zagʻan qilgʻay xurush,
Avlo ulkim, bulbul uchqay, uchmasa boʻlgʻay xamush.
Gar Sulaymon majmaida boʻlmagʻay juz Ahraman,
Kimga ul majma’ aro, yo rab, nido qilgʻay surush
Yorgʻa agʻyor xayli boʻldi matbu’, ey koʻngul,
Emdi gʻam xumxonasida ya’s jomin ayla noʻsh.
Shoh bazmidur dagʻi mahkumlugʻ, vah, dayr aro
Hokim aylar bir qadah birla gadoni mayfurush.
Hushmand el sari bu dayr ichra boqmas mugʻbacha,
Bir qadah lutf etsa piri dayr etarmen tarki hush,
Saxtkoʻsh elga dema oxir falakdur saxtgir,
Arzimas olamda hech ish xud boʻlurgʻa saxtkoʻsh.
Ikki dunyodin agar kechsa Navoiy ayb emas,
Har qachonkim ul buti hammor elidin ichsa qoʻsh.

267

Qilgʻali kiygan libosin ul buti zebo binafsh,
Vahki, yoqmas xotirimgʻa hech rang illo binafsh.
Sarvi ra’no hullamu kiymish binafsha bargidin,
Yo libosin aylamish ul chobuki ra’no binafsh.
Hushturur gar xil’atin qilsa qora yo savsaniy
Kim, quyosh mushkin bulutdin xush koʻrunur yo binafsh.
Ezdi jannat gullaridin rang naqqoshi qazo,
Sen kiyardek chunki boʻlmas dahr aro paydo binafsh.
To binafsh etmish toʻnin ul gul borurmen hushdin,
Bogʻ aro har gulnikim koʻrsam meni shaydo binafsh.
Gul binafshazor aro tushgan kebi ul shoʻxning
Koʻnglaki volo binafshu toʻni ham kimxo binafsh.
Sabzada savsan yarashqandek muloyimdur, base,
Shoʻxi sabzoranglarning rangiga debo binafsh.
Juz binafsha bogʻ aro gul ekmagil, ey bogʻbon
Kim, libosi rangini istar bizing mirzo binafsh.
Boʻylakim, soqiy toʻnin qilmish binafsh ermas ajab!
Aksidin boʻlsa bilurin sogʻari sahbo binafsh.
Charx rangomiz erur, koʻrma tafovut zinhor
Ranglarkim, koʻrguzur koʻku yashildin to binafsh.
Ey Navoiy, ul binafshapoʻsh gulning vasfida
Boʻlmasun har ne yozarsen kogʻaze illo binafsh.

268

Tuzmagay erdi qazo bu jismi vayronimni kosh,
Chunki tuzdi, solmagʻay erdi anga jonimni kosh.
Tan uyiga jonni solgʻach qilmagʻay erdi muqim,
Ul uy ichra koʻngul otligʻ zori hayronimni kosh.
Boʻldi chun jonu koʻngul bori, nazar sham’i bila
Qilmagʻay erdi munavvar chashmi giryonimni kosh.
Chun adam sahrosidin keldim vujud ayvonigʻa,
Buzgʻay erdi marg saylobi ul ayvonimni kosh.
Chun tuzaldi tan uyi, qovgʻay edi andin ravon,
Yoʻq koʻngul devonayi rasvoyi nodonimni kosh.
Chun ani ham qovmadi, koʻr etsa erdi tigʻ ila
Koʻz degan qon yosh ila oludadomonimni kosh.
Chun bu dagʻi boʻlmadi qilmasa erdi jonima,
Muncha zebovu malihu shoʻx jononimni kosh.
Chun bu yangligʻ boʻldi jonon qoʻysa erdi marhame,
Gah-gahe koʻrgach koʻngulda dogʻi hijronimni kosh.
Ishq ichinda chora oʻlmakdin Navoiy dema, haq
Roʻziy etkay la’li jonbaxsh obi hayvonimni kosh.

269

Dedim, ul paykonni la’l etkan yurak qoni emish,
Gʻunchang armonida ul xud la’li paykoniy emish.
Pardayi jon ichra tim-tim qon sarosar loladek,
Furqatingdin toza-toza dogʻi pinhoniy emish.
Lablarin tuzluq takallum birla fahm ettim soʻrub,
La’ldin xoni jamolining namakdoni emish.
Bir jaza’ solmish maloyik xayli ichra rustaxez,
Emdikim fahm aylamishlar koʻnglum afgʻoni emish.
Gʻam tuni dedim bulutning pardasidin chiqti oy,
Zulfdin chiqqan jamoling mehri raxshoni emish.
Davr ayogʻin, soqiyo, qoʻyma yigit joning uchun
Kim, yigitlik roʻzgori aysh davroni emish.
Ey Navoiy, chok boʻlgʻan koʻnglungga qildim nazar,
Yor boqiy anda, boqiy oʻzgalar foniy emish.

270

Ilgiga moviy katon ul shoʻx nevchun chirmamish,
Goʻyiyo koʻp tiygʻi zulm urmoqtin ogʻrib bogʻlamish.
Oʻltururda kosh ul yogʻligʻ bilan-oʻq bogʻlasa
Koʻzlarimnikim, ani ilgiga holo chirmamish.
Koʻrguzur erdi yadi bayzo urarda tiygʻi qatl,
Bogʻlamish chun ilgin, el koʻzin qorongʻu aylamish.
Anglagʻuncha koʻngluma yuz dogʻi anduh oʻrtadi,
Ulki koʻrgach panjasin bogʻligʻ, dedim dogʻ oʻrtamish.
Kosh jonim rishtasidin boʻlsa erdi yogʻligʻi
Kim, ul oyning dastboʻsi davlatigʻa uchramish.
Soqiyo, maykim, aning ilgida yogʻligʻ toridek
Dardu gʻam xayli buzulgʻan xotirimni qopsamish.
Oʻlturur ilgida gar tiygʻ oʻlsa aning gar harir,
Hech bilmonkim, Navoiy ne balogʻa uchramish.

Sod Harfining Sanamlarining Siyti «Gʻaroyib»din

271

Dema, ne sud erur oʻlmoq fano harimigʻa xos,
Yana ne sud kerak oʻzlugungdin etsa xalos.
Avomdin, demakim, oʻzni qutqaray, er esang
Oʻzungdin oʻzni qutulmoqqa jahd qilgʻil xos.
Koʻngul alil esa forigʻ emas xavotirdin,
Jarohat uzra yigʻilmoq durur chibinga xos.
Ajab emastur agar topti gavhari maqsud
Birovki, boʻldi fano ashki bahrida gʻavvos.
Ovuch qoqarmen oʻz ahvolima tahayyurdin,
Ramida koʻnglum erur bu usul ila raqqos.
Desang, bu yoʻlda oʻlay, nafsni burun oʻltur
Ki, ishq shar’ida goʻyo bu nav’ keldi qisos.
Rizo yoʻlida Navoiy borur qayon cheksang,
Chu ishq bogʻladi boʻynigʻa rishtayi ixlos.

272

Gulruxum yodi bila koʻnglum erur gulga haris
Kim, berur Yusuf isi qon aro yuz pora qamis.
Lutf vaqtida ul oy ollida eldur maxsus,
Vahki, bedod qilurda meni aylar taxsis.
Ey ajal, kelmak emish boshima ul umr manga
Rahm qil joning uchun berma zamone tanqis.
Boda koʻnglumni xalos ayladi davron gʻamidin,
Goʻyiy ul oʻt bila bu qalbgʻa boʻldi taxlis.
Ishqim aylar seni qon toʻkkali har dam targʻib,
Husnung aylar meni jon bergali har dam tahris.
Band etiptur jadal ahli ishin ashkol andoq
Kim, ne «Miftoh» anga sud qilur, ne «Talxis».
Vasl hirmoni Navoiygʻa emas hech ajab,
Chunki mahrum boʻlur har kishikim, boʻlsa haris.

273

Jon yetib ogʻzimgʻa topmon dardi hijrondin xalos,
Jonni hijrondin xalos et yo meni jondin xalos.
Andoq ochti sunbulin gul uzra yelkim, boʻlmagʻay
Bir koʻngul olamda ul zulfi parishondin xalos.
Dema, nolangdin oʻchar har shom eldin uyqukim,
Tunning ul boshida el ermas bu afgʻondin xalos.
Garchi yer topting koʻngulda vahm et ohu ashkdin
Kim, kirib vayrongʻa boʻlmas kimsa toʻfondin xalos.
Yogʻsa majnun koʻnglum uzra shoʻxlar dardi ne tong,
Telba atfol ichra boʻlmas sangborondin xalos.
Istamas bir-birni sensiz jonu tan, tengri uchun
Kim ani mundin xalos etgil, muni andin xalos.
Hajr uyi ichra qobolmish yor hajridin koʻngul,
Vah, qachon boʻlgʻay bizing tutqun bu zindondin xalos.
Jom davridin xalos oʻlmoqni zinhor istama,
Eyki, boʻlmoq istading anduhi davrondin xalos.
Bandi zulfungdin Navoiyni xalos etqil desam,
Derki, boʻlmas, boʻlmagʻuncha hukm sultondin, xalos.

274

Boda meni ayladi zuhdu riyodin xalos,
Zuhdu riyo yoʻqki, ming ranju anodin xalos.
Oʻzluguma oʻt solib berdi manga ishq dame
Zuhdu vara’din farogʻ, dardu balodin xalos.
Jonni xalos ayladi jomi fano zuhddin,
Yo rab, ani aylama jomi fanodin xalos.
Yor ila agʻyordin bir nafas ayrilmasun,
Kimki tilar boʻlmagʻay nozu jafodin xalos.
Koʻngluma yogʻdurdi oʻq charx firoqing tuni,
Mumkin emas boʻlmogʻi muncha yarodin xalos.
Husnungga tokim nazar boʻlgʻusi nazzora gar
Boʻlmagʻung aylab jafo ahli vafodnn xalos.
Oʻzni Navoiy xalos istamas oʻz yoridin,
Yo rab, ani qilma ul mohliqodin xalos.

275

Ey, sening xanjari hajring yarasi jonima xos,
Har junun toshiki otsang tani uryonima xos.
Shoh qasrida tilang ayshu tarab xoslarin
Kim, erur xayli balo kulbayi vayronima xos.
Uyqu xos oʻldi mening baxti garon xobimgʻa,
Uyqusizliq nechakim diydayi giryonima xos.
Tortmoq zulmu sitam jonima xos oʻlgʻandek,
Qilmoq ul ikkini haq ayladi jononimda xos.
Ey ajal, hajr tuni jonima qasd aylama koʻp
Kim, halok etmak erur mehnati hijronima xos.
Xoʻblar nozidin oʻlmish mutanaffir koʻnglum,
Negakim boʻldi bu oyin koʻngul olgʻashsha xos.
Istama bogʻda bulbul unidin ishq asari,
Ey Navoiy, kim erur bu sifat afgʻonima xos.

Zod Harfining Zamyuron Boʻylarining Ziyosi «Gʻaroyib»din

276

Birovki amr xilofidin aylagay i’roz,
Agar ulus shahidur yoʻq aning kebi murtoz.
Riyovu ujbu hasad daf’in et fano bilakim,
Ketar bu doru ila muncha muxtalif amroz.
Amalgʻa boqmaki bebahri fazl erur yakson,
Fuzayli Barmakiy oʻlsun, vagar Fuzayli Ayoz.
Zamona ahlini bu korgoh aro bilgil,
Zurufkim toʻladur anda muxtalif agʻroz.
Haloki nafs valiy nutqi bilki, rishtayi kufr
Kesar ishiga Ali zulfiqoridur miqroz.
Zamona mushkungga kofur qotti, koʻz ochqil
Ki, chun koʻz ollidadur boʻlmas aylamak igʻmoz.
Savod jahlini yub, vaqt erurki uygʻansang
Ki, umr shomigʻa subhi ajal keturdi bayoz.
Faqir yashurun ohigʻa boqmakim, oʻrtar
Jahonni garchi erur bu choqin ishi iymoz.
Boʻlur oʻlukka Navoiy hadisi jon bersa,
Nedinki fayz eshigin bogʻlamaydurur fayyoz.

277

Ichib ul shoʻx gul-gul qildi la’li nob ila oraz,
Meni mahzun nechukkim dam-badam xunob ila oraz.
Magar siymobi ashkim qilgʻali shingarfgun ul shoʻx
Qilur shingarfdin gulguna yub siymob ila oraz.
Ham ul kun mehri iqbolimni shomi gʻam nihon qildi
Kim, ul gul qildi pinhon sunbuli serob ila oraz.
Quyoshning partavi birla agar ul yuzni teng tutsa,
Erur andoqki teng tutqay quyosh mahtob ila oraz.
Magar zanjiri zulfung shomida motam nasibimdur
Ki, har soat xarosh aylarmen ul qullob ila oraz.
Qoshi birla ishorat sajdaga aylar xush ul davlat
Ki, aylab sajda ravshan qilsam ul mehrob ila oraz.
Dema qish sovugʻ, ohimdin dururkim, chekti ul chobuk
Qoshi ustida kish burkin yopib sinjob ila oraz.
Talab yoʻlinda yuz qoʻy har eshik tufrogʻigʻa, ya’ni
Bir ahli din oyogʻigʻa yetur har bob ila oraz.
Navoiy orazi sargʻardi gʻam yeb bexud oʻlmogʻdin,
Nechuk sargʻarmagʻay bu nav’ xoʻrdu xob ila oraz.

275

Jongʻa zulfung tobidin ul la’li xandondur gʻaraz,
Xizrgʻa zulmat tilardin obi hayvondur gʻaraz.
Shavq oʻtigʻa urmasam su kuydurur koʻnglumni pok,
Istagandin oʻqlaring koʻnglumga paykondur gʻaraz.
Nevchun, ey hijron, azob aylarsen onsiz jonima,
Istagilkim, topshuray gar xud sanga jondur gʻaraz.
Yuz tugan qoʻydum, emas qoni’ keting jonu koʻngul,
Goʻyiyo ul bevafogʻa dogʻi hijrondir gʻaraz.
Ol etar boʻlsang kafingni dahshat etma, tiygʻ sur,
Men bihilmen gar sanga bu bir ovuch qondur gʻaraz.
Olamu odam fidong oʻlsunki borsen, ey habib,
Sen gʻaraz insondin ar, olamdin insondur gʻaraz.
Ey Navoiy, voqif oʻl holinggʻakim yor ollida
Bas farovondur gʻarazgoʻ asru parrondur gʻaraz.

279

Ey sabo, jonim halokin ayla jononimgʻa arz,
Yoʻqki jismi notavon ahvolin et jonimgʻa arz.
Oh dudin, ashk qonin, nola maddin aylagil
Zulfi sunbul, yuzi gul, sarvi xiromonimgʻa arz.
Kufri zulfi, dinu imonimni barbod aylabon,
Qilgʻanin jon qasdi etqil nomusulmonimgʻa arz.
Va’dayi vasligʻa yetmay oʻlganimni, ey rafiq,
Qilgʻasen har yerda koʻrsang ahdi yolgʻonimgʻa arz.
Oshiq oʻlturmakka chiqmish mast, vah, ishqim soʻzin,
Ey raqib, etsang ne ul beboki nodonimgʻa arz.
Vasl shavqi gʻolibu men gungmenkim, aylamak
Hojat ermas koshifi asrori pinhonimgʻa arz.
Ey Navoiy, hajr zindonida jonning xavfi bor,
Qilgʻasen topsang mahal, albatta sultonimgʻa arz.

Te Harfining Tannozlarining Tarovati «Gʻaroyib»din

280

Nafs qutto’-ut-tariqi manzilidur bu rabot,
Naqdi din hifzigʻa qil oʻtkuncha andin ehtiyot.
Manzil etsang bu rabot ichra iqomat qilmakim
Har kun oʻzga korvon oromgohidur rabot.
Ne toʻsharsen taxti johing farshin oltun xisht ila
Kim, seningdek shohni koʻp oʻtkariptur bu bisot.
Tavqi la’nat desalar boʻyninda tasbihin ne tong,
Makru hiylat birla shayx el birla qilsa ixtilot.
Shayxi johil boʻlmoq oʻz asrori birla munbasit,
Gʻaflat ahli bang ila qilgʻan kebidur inbisot.
Zarq jomi birla vajd etgan erur ul tiflkim,
May debon rangin suni qilgʻay ichib omdan nishot.
Faqr koʻyi itlaridin kimki kam koʻrdi oʻzin,
Topsang ani, itlari silkida topqil inxirot.
Vaslgʻa yoʻl hajrdin faqr oʻldi koʻrgil turfakim,
Birdin uchmogʻdur xijil, birdin tomugʻ, birdin sirot.
Ey Navoiy, ishq aro berabt agar sursam hadis,
Anda mazmun bil gʻaraz maqsud koʻrma irtibot.

281

Yuzda xolingdurmu yo tahrir etar holatda xat,
Tomdi qudrat kilkidin kun safhasigʻa bir nuqat.
Sabzayi hatting koʻzumni yorutur boqqan soyi,
Koʻp nazar qilsa, agarchi tiyra aylar koʻzni xat.
Oyni ruxsoring dedim goʻyo qorongʻu erdi tun
Kim, manga asru yiroqtin voqi’ oʻlmish bu gʻalat.
Jon arosigʻa kirar har dam xiromon qomating,
Garchi sokindur alifkim, jongʻa boʻlmishdur vasat.
Turki anjum shomi hajrimni yorutmas, goʻyiyo
Novaki ohimdin oʻlmish tavsani gardun saqat.
Maskaning may oʻtidin, ey mugʻ, erur otashkada,
Anda bir oʻtlugʻ samandar may toʻla har sari bat.
Zohid oʻldum deb, Navoiy ishqni tark etmakim,
Boʻlmasa ul shoʻr tuzsiz luqmadur zuhdi faqat.

282

Qilsa boʻlmas ohu afgʻondin meni shaydoni zabt
Uylakim, javru jafodin ul buti tarsoni zabt.
Har dam el qonin toʻkar usruk chiqib bedod etib,
Kimdururkim, qilgʻay ul shoʻxi qadahpaymoni zabt.
Shoʻxliqdin zulm qilmoqqa erur beixtiyor,
Mumkin ermas qilmoq ul huri malaksiymoni zabt.
Zulfi zanjirigʻa ahli ishq koʻnglin tortibon,
Yaxshi qildi bir suruk devonayi rasvoni zabt.
Telba koʻnglum dashtni qilsa masohat aybi yoʻq,
Omil ar majnundurur qilgʻay magar sahroni zabt.
Gʻunchalar ochilsa, oʻlganlar tirilsa ne ajab,
Aylay olmas kulgudin chun la’li ruhafzoni zabt.
Zabt aylay olmas ahli ishq koʻngli kishvarin.
Xusravekim aylay olgʻay sarbasar dunyoni zabt.
Ashk mavjin man’ etarsiz menda ham yoʻq ixtiyor
Kim, qiliptur xosa chayqalgʻan zamon daryoni zabt.
Davr eli zulmin xayol etmak bila boʻldum halok,
Tindi ulkim, qildi bir vasvos ila savdoni zabt.
Dayr piri bandasidurmenki nofiz hukm ila
Aylamish yuz ming juhudu gabr ila tarsoni zabt.
Ey Navoiy, sen dagʻi devonasen, koʻnglung dagʻi,
Gar seni zabt etsalar kim aylay olgʻay ani zabt.

283

Ruxsor ila labingdin etar koʻnglum inbisot
Kim, gul chogʻida boda erur mujibi nishot.
Ey oy, sipehr arsasida oʻzni sotma koʻp,
Shohim ruxin unutmaki, xoliy emas bisot.
Qilmang nazora ogʻzigʻa koʻpkim, topilmagʻay
Xurshid ichinda zarrani koʻp aylab ehtiyot.
Ul shoʻx necha gʻayr bila boʻlsa muxtalit,
Men gʻayri birla mumkin emas qilmoq ixtilot.
Shahlar, demanki, qullugʻuma boʻldi munxarit,
Gar qullaringning oʻrtasida topsam inxirot.
Qoʻyma koʻngulni dahrning eski rabotigʻa,
Soyirgʻa chun mahalli iqomat emas rabot.
Oshufta boʻlsa nazm Navoiygʻa, ey pariy,
Devonalar soʻzida tama’ qilma irtibot.

Ze Harfining Zariflarining Zuhuri «Gʻaroyib»din

284

Tariqi ishqdin boʻlmish manga balo malhuz,
Nechukki faqr tilardin erur fano malhuz.
Agarchi dardsiz oʻlmas davo valek mening
Bu dard istaganimdin emas davo malhuz.
Oyoqqa kirsa ne bushqay balo mugʻiyloni,
Gar oʻlsa bodiyadin ka’bayi safo malhuz.
Erur mulohazam ul oy rizosi ishq ichra,
Agarchi elga visol oʻldi ishq aro malhuz.
Fireb berma manga intihodin, ey zohid
Ki, bordur ahli haqiqatqa ibtido malhuz.
Niyozing oʻlsa, yetar dayr piridin qadahe,
Yoʻq ersa bazmida ermas shahu gado malhuz.
May ichki, xalq gunohin yumoqqa abri karam
Yogʻar mahalda emas rindu porso malhuz.
Ajabki, fayz charogʻi ishiga solgʻay nur,
Birovki, boʻlgʻay aning zuhdidin riyo malhuz.
Navoiy, emdi qadah sham’ini yorutqilkim,
Yorugʻlugʻ oʻlmadi taqvo bila manga malhuz.

285

Rishta diqqatdur kalomingda duri shahvor lafz,
Rishtagʻa durlar chekarsen chun topar takror lafz.
La’li jonbaxshing erur goʻyoki Ruhullohkim,
Sochilur jon har taraf qilgʻan soyi izhor lafz.
Goʻyiyo hayvon suyidin qatra sekrir har sari,
Chun takallum vaqti la’lingdin chiqar durbor lafz.
Gar oʻlugni tirgizur, vahkim, tirigni oʻlturur
La’lidin qilgʻach ayon ul shoʻxi shirinkor lafz.
Dema lafzinkim tili evrulmagondindur sinuq
Kim, topar tor ogʻzidin chiqquncha koʻp ozor lafz.
Sirri ishqimni tilarmen sharh qilmay anglasang
Kim, emas ishq oyatigʻa mahrami asror lafz.
Ey Navoiy, chun guhar beqadr erur shoh ollida,
Ne ajab gar boʻlsa nazmingdin qoshida xor lafz.

286

Masihoyin agar minbarda zohir qilsa dam voiz,
Nabiy oʻrnigʻa urmoq behayoligʻdur qadam voiz.
Aning bu jur’atigʻa boʻlmagʻan boʻlsa junun bois,
Nedin solib oyogʻ ilgin chekar un dam-badam voiz.
Oyogʻ minbargʻa qoqib aylamak dastorin oshufta,
Nedur gar zarqi mahz ermasdurur sar to qadam voiz.
Agar jomi gʻurur ichmakka majlis tutmamish, nevchun
Nazoyirxon ila oʻz lahnin aylar zeru bam voiz.
Maloda qichqirib may man’in elga aylamak ne sud,
Erur chun xilvat ichra may icharga muttaham voiz.
Karam targʻibi aylar majlis ahligʻa figʻon aylab
Ribo vajhini eldin olmasa, aylar karam voiz.
Magarkim osmonning zinasi boʻldi anga minbar
Ki, anda chiqqan oʻz gʻayri gumon aylar adam voiz.
Qadah ol dayr piridinki, bu dayri fano ichra
Qilurlar zarq yaxshi anglasang ham shayxu ham voiz.
Navoiy tong emas bu va’zdin mayxonagʻa borsa
Ki, shod etkay oʻzinkim, koʻp anga yetkurdi gʻam voiz.

287

Bu nagʻma erdimu yoʻq ersa ofat, ey hofiz
Ki, bazm ahligʻa solding qiyomat, ey hofiz.
Ulustin oldi unung hush, sen salomat boʻl,
Gar itti elga tariqi salomat, ey hofiz.
Nechaki nagʻmang erur mustaqimu lahning tuz,
Valek eldin olur istiqomat, ey hofiz.
Ne hush mulkida topqay iqomat ulki dame,
Oʻqurda topsa yoningda iqomat, ey hofiz.
Magar Masih ila Dovudsen nafas bilakim
Hayotu mavt erur ul alomat, ey hofiz.
Qilib tilovat islom eliga qasd etma
Ki, tengri ollida topqung nadomat, ey hofiz.
Magarki Hofizi Sheroz senki, bir sogʻar
Tutub Navoiygʻa qilding karomat, ey hofiz.

Ayn Harfining Iyorlarining Alomati «Gʻaroyib»din

288

Istasangkim urgʻasen davrongʻa tiygʻi inqito’,
Ul vido’ etkuncha sen qilgʻil burunrogʻ alvido’.
Jon berib shirinu muhlik joh uchun ilgingda tiygʻ,
Naz’ vaqti sharbati marg istab aylaysen nizo’.
Asrading katton kafan qilmoq uchun, ne sudkim
Hashr bozorida beqiymatdurur mundoq mato’.
Maskaning oxir chu tufrogʻdur, ne oʻtkarmakdurur
Madfaning ayvonigʻa koʻk gunbazidin irtifo’.
Sandaloyin ev yasab, eldin koʻrarsen sarzanish
Kim, bu yangligʻ koʻrdi sandalniki, yetkurgay sudo’.
Yer oʻparsen rizq uchun minnat yukidin xam boʻlub,
Tengri yoringkim, qilibsen xush namoze ixtiro’.
Dur qulogʻingda momuqdin bir chigitdur, el soʻzin
Bu momuq birla chigitdin aylamassen istimo’.
Besha sherin gar zabun qilsang shijoatdin emas,
Nafs itin qilsang zabun olamda yoʻq sendek shujo’.
Ey Navoiy, tengri asrorigʻa til mahram emas,
Chok koʻnglung ichra tutkim «jovaz-al-isnayni sho’».

289

Jismi vaslin qildim ul zulfi sumansodin tama’,
Ul kishi yangligʻki, qilgʻay siym savdodin tama’.
La’lidin tirguzmak etsam orzu ayb etmangiz
Kim, kishi oʻlturmak etmaydur Masihodin tama’.
Zarrani xurshidcha ravshan tama’ qilgʻancha bor,
Zarracha mehr etmak ul xurshidsiymodin tama’.
Ne ajab qilsam tama’ ovora koʻnglumdin junun,
Qilsa boʻlmas aql xud Majnuni shaydodin tama’.
Dogʻ etib koʻnglum tavaqqu’ qildi sabrim naqdini,
Ahli zulm andoqki qilgʻay naqd tamgʻodin tama’.
Gulxaniydin gulxan olotin tama’ qilmoqdurur,
Har kishi dunyolik etsa ahli dunyodin tama’.
Sarvi guldin koʻp demang soʻzkim, Navoiy aylamish,
Bargi guldin xil’at etgan sarvi ozodin tama’.

290

Koʻzumni toki qilmish ul saodat axtari matla’,
Qarogʻ ermaski, shabgun hulladin qildim anga burqa’.
Labing hajrinda qon yoshim kelur bagʻrim shikofidin,
Ajab ermas bu yangligʻ sugʻa boʻlsa oʻl sifat manba’.
Qilurlar qasdi jonim kelturub bir-birga bosh, goʻyo
Bukim paykonlaring koʻnglum harimin qildilar majma’.
Bu ne rokibduru markabki, javlon vaqti bordurlar
Quyoshdin poyada a’lo, falakdin poʻyada asra’.
Tushar koʻnglumga ul yuz partavi koʻksum shikofidin,
Bu ravzanni ne boʻlgʻay qilsang, ey tiygʻi qazo, avsa’.
Ne tong har kun agar bar bersa yuz ofatki, anjumdin
Sochiptur yuz muxolif xosiyatligʻ tuxm bu mazra’.
Navoiy voqif oʻl gardun arusidinki, qasdinggʻa
Ochar gah shomdin gesu, kiyar gah subhdin miqna’.

291

Uchuq ermaski chun boʻldi suhayli orazing toli’,
Aqiqing rang olurda boʻldi xoling soyasi moni’.
Guliston demakim, chehrang ocharda sun’ naqqoshi
Qilurgʻa imtihon ul ranglarni ayladi zoyi’,
Chu har yon tigʻ solding ul hasaddin yigʻladim, lekin
Netaykim, barq oʻtigʻa boʻlmadi yomgʻur suyi dofi’.
Koʻngul qasdigʻa yolgʻuz tiyrboron qilmadi gʻamzang,
Balovu fitna xayli kelgali ham ayladi shori’.
Halokim qasdi voqi’ boʻlmadi ul gʻamzadin, lekin
Labingdin elni tirguzmak meni oʻlturdi filvoqi’.
Chu tiygʻing kirdi qonimgʻa farah boʻldi manga afzun,
Nechukkim maygʻa su mamzuj oʻlur koʻprak boʻlur nofi’.
Labinggʻa jon boʻlur moyil, tanim xoki rahing boʻlsa,
Ajab ermas boʻlur chun barcha ashyo asligʻa roji’.
Nechuk zunnor bogʻlab boda ichmay, ey musulmonlar
Ki, piri dayr har ishkim qilur bormen anga tobi’.
Navoiy faqr koʻyida taalluq kufri mahz ermish,
Bir Olloh doʻstdin nekim, nasibing boʻlsa, boʻl qoni’.

292

Dogʻ uza dogʻdin ovora koʻnguldur zoyi’,
Ne qora kunlar anga voqi’ erur filvoqi’.
Tiyrboroni gʻaming qildi zirih jismimni,
Gar zirih bu esa koʻp boʻlgʻusi oʻqdin moni’.
Hajr oʻti dudi koʻzumdin ne ajab toʻksa sirishk,
Chunki, tun xayligʻa anjum sipahidur tobi’.
La’li shavqida sarigʻ yuzni yashurdi qon yosh,
Garchi safrogʻa chuchuk sharbat emastur dofi’.
Oʻrtanur ishqida parvona, chekar un bulbul,
Ul guli sham’jabin ishqida menmen jomi’.
El nasibi chu azal qismatida topti raqam,
Senki sa’y ortuq etarsen nechuk oʻlgʻay nofi’.
Ul quyosh har kishiga toli’ erur, vah netayin
Kim, Navoiygʻa bu nav’ oʻlmadi bir kun toli’.

293

Vasl shomi xilvatimda yoqsalar nogoh sham’,
Rashkdin jonimni gohe soya oʻrtar, gohe sham’.
Ravshan etsa uyni dilxohim, yorutmang sham’kim,
Sham’i bazmim boʻldi chun dilxoh, emas, dilxoh sham’.
Urmasun koʻp lof kuymakdinki, hijron tunlari
Toʻzmas erdi ollida tortay desam bir oh sham’.
Rishtayi joni kuyar ashki oqib, jismi erib,
Tiyra shomim zulmidin boʻlmish magar ogoh sham’.
Ohim andoq tiyra qildi koʻknikim, topmas oʻzin,
Gar quyoshdin yoqmasa Isoyi Ruhulloh sham’.
Topsa hirmon zulmati ichra ne tong hayvon suyin
Kimgakim, boʻlsa hidoyat nuridin hamroh sham’.
Hajr aro istar jamoling ham Navoiy, ham koʻngul
Kim, tilarlar tiyra tunlarda gadovu shoh sham’.

294

Yuziga koʻzguni har dam qilur ul siymbar moni’,
Aningdekkim quyosh ruxsorigʻa boʻlgʻay qamar moni’.
Jahonni ul quyoshning barqi husni oʻrtagay erdi,
Garonsiz bahri ashkim boʻlmasa erdi agar moni’.
Quruq jismimni gʻam tiygʻidin asrar dard ila shavqung
Yigʻochqa kesmagidin uylakim boʻlgʻay samar moni’.
Qabul etman qanot egnim uza chiqsa ogʻir debkim,
Yoʻlungda barqdek poʻyamgʻa boʻlgʻay bolu par moni’.
Koʻzum uzra hubobi ashk ul yuz moni’ ermas,
Biaynih shishadekkim, boʻlmas aylarga nazar moni’.
Dema zohidki, taqvogʻa ne moni’durki, bordurlar
Shabobu bodavu ishqu jununum sarbasar moni’.
Ogʻiz birla qadu qoshu koʻzung zuhdumgʻa qoʻymaslar,
Nechuk qilgʻay kishi bir ishki, boʻlgʻay bu qadar moni’.
Koʻngul baytulharomi tavfigʻa moni’ xavotirdur,
Safargʻa Ka’ba sari uylakim boʻlgʻay xatar moni’.
Navoiy jonigʻa tan garde ermish moni’i maqsud,
Nasimi vasl eskach fayz bogʻidin ketar moni’.

Gʻayn Harfining Gʻizolalarining Gʻavgʻosi «Gʻaroyib»din

295

Mehrsizlikdin falak el qatlin aylar bedarigʻ,
Yoʻqsa nevchun dafn etar har kun quyoshtin yerga tiygʻ.
Tiygʻi zulmi zaxmidin har shom andoqkim shafaq
Qonu tufrogʻ ichradur xurshidorazlar darigʻ.
Kun emas, olam koʻziga muntashir aylar bayoz,
Tun emas, balkim chekar xurshid ruxsorigʻa migʻ.
Kimgakim, doʻlobi charxidek solur sargashtalik,
Boʻgʻzin ip birla boʻgʻar qilgʻan soyi faryodu jigʻ.
Nechakim yigʻsa oʻzin, shahlar boshi uzra chekar
Chatrdek kimni sarafroz aylamaklik qilsa bigʻ.
Goʻyiyo ani sabab qildi musabbib ne uchun
Kim, anga bu qilmogʻidin ne ziyondur, ne osigʻ.
Ey Navoiy, bil nekim boʻlgʻanni haq taqdiridin,
Mundin oʻzga amrdin koʻngulni uz, ilgingni yigʻ.

296

Zaif tanda gʻamingdin yuz eski boʻlgʻan dogʻ,
Har eski dogʻ bu shox uzra bir quruq yafrogʻ.
Yuzungga husn fuzun boʻldi nil ziynatidin,
Magarki yorudi gugird oʻtidin bu charogʻ.
Qading chu ayladi gulgasht, sarvu gul demakim,
Boʻyaldi qongʻa aliflar kesib gʻamingdin bogʻ.
Sochi asirimen oʻpmay hanuz xolin, vah
Ki, donagʻa ogʻiz urmay nasibim oʻldi tuzogʻ.
Iloj silsilayi zulfidur jununumgʻa,
Agarchi mushk isidin emganur zaif dimogʻ.
Chu boʻlsa gʻayr hujumi visol mumkin emas,
Shuhud oʻlurmu xavotirdin oʻlmagʻuncha farogʻ.
Agar Navoiy iki nargising xayoli bila
Marizu mast jahondin oʻtar, sen oʻlgʻil sogʻ.

297

Soqiyo, hajr ilgidin koʻp tortadurmen zorligʻ,
May keturkim, maslahat ermas manga hushyorligʻ.
Qasdim etmish hajru bexudlugʻ ilojimdur dame,
Maygʻa afyun yor qil gar aylar ersang yorligʻ.
Mast qil andoqki, bosh qoʻysam magar boʻlgʻay manga
Mahshar ahli yo rabu gʻavgʻosidin bedorligʻ.
Chorasi yo bodadur, yo vasl, yo marg, ey tabib,
Har kishikim topsa hijron dardidin bemorligʻ.
Bar yegil, yo rab, hayoting bogʻidin, ey mugʻbacha
Kim, mayli la’lingdin oʻldi bizga barxurdorligʻ.
Zuhd, ey soqiy, balo ermish, xush ul manxorakim,
Ichkali jomi balo boʻlmish ishi xammorligʻ.
En Navoiy, zuhddin yuz qatla ortuq darbadar
Bir safol ilgimda mugʻ koʻyida qilsam zorligʻ.

298

Ul sumanbar qaddining sarvigʻa koʻnglum boʻldi bogʻ,
Otashin gullar anga har yanggʻi qonligʻ toza dogʻ.
Hajr aro ul shoʻx koʻnglum sayd etar ruxsor ochib,
Tifl oqshom qush tutargʻa ravshan etkandek charogʻ.
Mujibi koʻp yigʻlamoq ermish nazar pok oʻlmogʻi,
Uylakim aylar suyin afzun oritmogʻdin bulogʻ.
Ey hakim, olgʻil surohiy loʻlasidin paxtakim,
Sud erur qonin necha daf’ etsa mahrur dimogʻ.
Gʻunchadin to chiqti gul, mast oʻldi bulbul, soqiyo,
May surohiydinki chiqmas dahrdin topman farogʻ.
Xattu xoli nuqtasi yuz choklik koʻnglumdadur,
Bir qafasda turfadur, vah-vah, koʻrung toʻtiyu zogʻ.
Necha rangin ashk toʻksam koʻzda ul yuz naqshidur,
Loladin oʻzga ne gul bergay, suyi qon boʻlsa, bogʻ.
Yogʻmagʻuncha ashk daf’ oʻlmas koʻnguldin tiyralik,
Bu yogʻinni goʻyiyo deptur qazo ul oʻtqa yogʻ.
Faqr yoʻlinda Navoiy aylagil boshtin qadam
Kim, bu yoʻl qat’ida bosh qoʻymoqdurur qoʻymoq ayogʻ.

299

Oʻrtanurmen kechalar hajringda andoqkim charogʻ,
Ravshan ayla rishta jismimdur, koʻngul oʻt, ashk yogʻ.
Sarvu sunbul loladek qad, zulfu yuzung hajridin,
Ham alif, ham na’l kestim kuydurub yuz yerda dogʻ.
Bir koʻzumga sarv oʻqdur, bir koʻzumga gul tikan,
Sensizin, ey sarvi gulrux, nogah etsam gashti bogʻ.
Jonim ichra oʻtdurur bir la’li maygun hajridin,
Soqiyo, navbat manga yetkach labolab tut ayogʻ.
Sogʻ boʻl, devona etsang meni bir may birlakim,
Hajrdin devonamen boʻldum esa bir lahza sogʻ.
Istaram ogʻzin qilib la’lu xatu xolini vasf,
Xalq gʻoyibdin nishonlar aytib etkandek soʻrogʻ.
Ul farogʻu bu taraddud itti maqsud oʻrtada,
Gum boʻlub maqsud, oʻtti ham taraddud, ham farogʻ.
Roʻzgori tiyra, nutqi lol bulbuldur magar
Kim, xazon faslida aylarlar tasavvur ani zogʻ.
Telba deb qilma Navoiyning ilojin, ey hakim
Kim, mushavvashdur anga bir oʻzga savdodin dimogʻ.

300

Garchi men hajringdin oʻldum tortibon koʻp zorligʻ
Sen hayotingdin top, ey badmehr, barxoʻrdorligʻ.
Xasta erdim koʻzidin yetkurdi la’lin ogʻzima,
Tengri jon berdi, vale chektim base bemorligʻ.
Kechayekim tushka kirgay ul saodat axtari,
Bermagil, yo rab, manga ul uyqudin bedorligʻ.
Bodayi la’ling bila mundoqki usrukmen mudom,
Kofiri ishq oʻlgʻamen, gar istasam hushyorligʻ.
Bu koʻngul ozoridin bezormen bor muddate
Boʻlgʻali bizlar aro ozorligʻ, bezorligʻ.
Ne bino erkin bukim, bir pora koshi tushmadi,
Qilgʻali bu toqni sun’ ilgi miynokorligʻ.
Ey Navoiy, suhbatingdin qilsa or ul koʻrkaboy,
Yoʻq ajab nevchunki sensen bir gado, ul borligʻ.

301

Necha, ey oromi jon, hajringda beoromligʻ,
Doʻstlugʻ koʻrguzki, haddin oshti dushmankomligʻ.
Shukr sham’in yoqmadim vaslingda, yetti dogʻi hajr,
Bizni bu oʻtlargʻa kuydurgan erur ul xomligʻ.
Ermas oʻtlugʻ koʻnglum ogʻzing naqshidur koʻksum aro,
Qatrayi qon otashin gul gʻunchasi andomligʻ.
Deb emishsen tark etib ishqu muhabbat shevasin,
Ot chiqarmishsen saloh ichra, zihe badnomligʻ.
La’lidin za’f etti qon boʻlgʻan koʻngul, vah, bodadin
Naf’ topmas ermish ulkim, qilsa xunoshomligʻ.
Koʻz yoshimdin nam topibdur, garchi me’mori qazo,
Bogʻladi koʻk gunbadi toqini istehkomligʻ.
Zulfida dardu balo istar Navoiy ishqidin,
Ul gadodekkim, tilar ahli karamdin shomligʻ.

302

Lolagun boʻlmish surarda qatlima dildor tiygʻ,
Yo balo togʻidin etmish lolazor izhor tiygʻ.
Gul tani yuz chok oʻlub bukim boʻyalmish qon aro,
Tegdi gʻamzang xaylidin goʻyo anga bisyor tiygʻ.
Tiygʻ tortib yetkach-oʻq qildim fidosi jonnikim,
Boʻlmagʻay ozurda qotil, koʻrmagay ozor tiygʻ.
Jism paykoning bila toʻldiyu jondur gʻamdakim,
Aylasang qatlimgʻa ragʻbat boʻlmagʻay nokor tiygʻ.
Ishq dashti sabzasidin lola har yon sochilur,
Ya’ni ul sahro giyohi bor emish xunbor tiygʻ.
Olam ahli qatlini bir damda qilsang orzu,
Yuzdin ol burqa’ni, qindin chekmagil zinhor tiygʻ.
Nazm mulkin til chekib olmish Navoiy uylakim,
Cheksa olamni olur shohi falak miqdor tiygʻ.

Fe Harfining Fitnalarining Fusuni «Gʻaroyib»din

303

Kechti umrum naqdi gʻaflat birla nodonligʻda hayf,
Qolgʻani sarf oʻldi anduhu pushaymonligʻda hayf.
Jongʻa bir dushvorligʻ qoʻymay riyozat ranjidin,
Sarf boʻldi naqdi avqotim tan osonligʻda hayf.
Bogʻladim paymonadin paymon, figʻonkim, aqlu din
Boʻldi bu paymonavu ul sustpaymonligʻda hayf.
Ey musulmonlar, bilingkim, boʻldi umrum hosili
Nafsi kofir fitnasidin nomusulmonligʻda hayf.
Hayfkim, naf’ aylamas har nechakim tortib ilik,
Desam oʻz ahvolima bu nav’ hayronligʻda hayf.
Andoq ish qilkim, pushaymon boʻlmagʻaysenkim, emas
Hech osigʻ chun ish xato boʻldi pushaymonligʻda hayf.
Har ne oʻtkan soʻzlarim chindur desam yolgʻon erur,
Chin budurkim, degamen umr oʻtti yolgʻonligʻda hayf.
Chun yengilrakdur hisob oʻlgʻanda sultondin gado,
Hayfkim, boʻlgʻay gado avqoti sultonligʻda hayf.
Ey Navoiy, voqif erman xalqdin, bori mening
Kechti umrum naqdi gʻaflat birla nodonligʻda hayf.

304

Zor jismimda qiliching zaxmi har yon muxtalif,
Har biridur sarf qadding hasratidan bir alif.
Tol niholida emas yafrogʻki tillar tortibon,
Sarvi ozodim uchun quluqqa boʻlmish mu’tarif.
Qoshu koʻzin koʻrgali, ey shayx, bildim, makri bor
Har siyahpoʻsheki mehrob ichra boʻlgʻay mu’takif.
Anbarin xat birla ul yuz boʻldi olam ofati,
Olam ofatsiz emas xurshid boʻlgʻach munkasif.
Soqiyo, ul kavsaroso bodadin bir jur’a tut
Kim, meni hayrongʻa boʻlgʻay kashf sirri lav kushif.
Bodayi maqsud jomi zavqidin tab’im yuzin,
Vah, necha doyim xumori jahl tutqay munxasif.
Jon berib olsang, Navoiy, bok emas ul bodadin
Kim, erur yuhiyl-izom avsofi birla muttasif.

305

Yashurun gʻamzang qilichikim qilur koʻksum shikof,
Buki, maxfiydur, anga goʻyo qoshing boʻlmish gʻilof.
Qoshlaring ne saf chekib boʻlmish qorovul kirpiking
Kim, koʻngul sultoni xayligʻa emas hojat masof.
Mehr anglab oshiq oʻldum soʻngra yetsa koʻhi gʻam,
Ne ajab ishq ibtidosi «ayn» erur, poyoni «qof».
Qoshi koʻnglum oʻgʻrisidur roki’ oʻlmogʻligʻ ne sud,
Oʻgʻri bosh solgʻach quyi bordur dalili e’tirof.
Ishq aro Majnunni der ba’zi fuzun, ba’zi meni,
Lek holim anglagʻan topmas mahalli ixtilof.
Boʻl safo ahligʻa hamdam, yor vaslin istasang,
Aksini solgʻaymu soqiy boʻlmagʻuncha boda sof.
Ey Navoiy, gar qilur koʻnglung haram tavfini qasd,
Qat’ etib dashti fano maqsad harimin qil tavof.

306

Koʻrguzur hijron hurufi nuqtasin jon har taraf,
Sensizin ya’niki qoʻymish dagʻi hijron har taraf.
Uyla shiddat birla charx aylar meni sargashtakim
Zaxm koʻp tandin yogʻar shudrun kebi qon har taraf.
Koʻnglum ahvolin ne deykim, sharhigʻa bir tildurur
Koʻkragimdin bosh chiqargʻan noʻgi paykon har taraf.
Tashladim yetkach junun xayli tuganlar taxtasin,
Ya’ni ochtim mehmonlar ollida xon har taraf.
Ashk qonligʻ koʻzni eltur uylakim, su lolani,
Boʻlmasa yoʻlinda moni’ xori mujgon har taraf.
Rashkdin koʻp muztaribroqdur koʻngul ul goʻydin
Kim, kesib boshimni ul shoʻx ursa chavgon har taraf.
Qoʻy basharni, gar maloyik domi ermas yaxshidur,
Ul pariy mundoqki, zulf etmish parishon har taraf.
Netib oʻlmaykim, yana ul shoʻx usruk otlanib,
Ter sui markab yelidin soldi toʻfon har taraf.
Koʻr, ne hayratdur mangakim, bordurur bu dayr aro
Donishi yuz menchalar, yuz mencha hayron har taraf.
Shishadek koʻnglumni paydo oʻrtadi soqiy valek
Dogʻin etti may hubob ostida pinhon har taraf.


Ey Navoiy, navhayi hijron tuzub un chekma koʻp
Kim, kishi qolmas tirig yetkach bu afgʻon har taraf.

307

Boda xushtur gar harifim boʻlsa bir yori zarif,
May harifi gar zarif ermas, anga erman harif.
Ul sifat zoting latofat aynidin jonbaxshdur
Kim, hamono ani mazhar qildi ism-ul-latif.
Za’fdin gar dardi ishqingdin shikoyat ayladim,
Ishq shar’i ichra ermas mu’tabar qavli zaif.
Xoki poningni maloyik qildilar toji sharaf,
Olloh-Olloh, kim koʻruptur bu sifat zoti sharif.
Za’fim andoqdurki dam ursam erur biymi halok,
Ne uchunkim ul taharrukdur anga behad anif.
Davr ranjidin tilarmen maygʻa tushmak uylakim,
Maygʻa tushgan qil kebi gʻarq oʻlsa bu jismi nahif.
Ey Navoiy, qilgʻali tab’ ahli jinsi she’r nazm,
Nazming oʻldi barchasigʻa qofiya, balkim radif.

308

Bazm aro gar yoʻq may bila daf,
Ham yomon ermas un bila kaf.
Soqiyi gulrux, boda ketur
Kim, manga haddin oshti shaaf,
Davr ila dayr aro may chekkali,
Chekmak necha masjid aro saf.
Bodagʻa bersam jon naqdi,
Boʻlmoq uchundur naqd talaf.
Kel berikim, yoʻq sanga vubol
Lekin erur koʻp bizga sharaf.
Shayxi riyoyiy foniy ermas,
Ul taraf oʻlsun, yo bu taraf.
Oʻqung uchun xasta Navoiy,
Koʻzi qorasin qildi hadaf.

Qof Harfining Qiyomatlarining Qironi «Gʻaroyib»din

309

Zihe azalda karam aylabon sanga xalloq,
Karim xilqat ichinda makorimi axloq.
Sipehr gunbadini ravshan etkali zoting,
Charogʻ oʻlub, anga qandil arsayi ofoq.
Nujum koʻzlarini gardi markabing yorutub,
Gaheki sekritibon charx sohatida Buroq.
Rikobing oʻpmagining orzusida oyu kun
Berib Buroqing uchun oʻzlariga shakli chanoq.
Hilolu mehru shihob oʻldi na’lu dogʻu alif,
Falakka boʻlgʻali sendin nasib dardi firoq.
Sipehr har kecha yuz ming koʻzin nedin yummas,
Visolingga yana bir kecha gar emas mushtoq.
Maqominga yetayin deb Navoiy aylar sayr,
Gahe Ajam bila Nerez, gahe Hijozu Iroq.

310

Yordin ayru koʻngul mulkedurur sultoni yoʻq,
Mulkkim sultoni yoʻq, jismedururkim, joni yoʻq.
Jismdin jonsiz ne hosil, ey musulmonlarkim, ul
Bir qora tufrogʻdekdurkim, gulu rayhoni yoʻq.
Bir qora tufrogʻkim, yoʻqtur gulu rayhon anga,
Ul qorongʻu kechadekdurkim, mahi toboni yoʻq.
Ul qorongʻu kechakim yoʻqtur mahi tobon anga,
Zulmatedurkim, aning sarchashmai hayvoni yoʻq.
Zulmatekim, chashmayi hayvoni aning boʻlmagʻay
Doʻzaxedurkim, yonida ravzai rizvoni yoʻq.
Doʻzaxekim ravzayi rizvondin oʻlgʻay noumid,
Bir xumoredurki, anda mastligʻ imkoni yoʻq.
Ey Navoiy, bor anga mundoq uqubatlarki, bor
Hajrdin dardiyu lekin vasldin darmoni yoʻq.

311

Boʻlmas ermish dilrabolar ahdi mahkam, ey rafiq,
Gar kishi derkim, boʻlur, tutma musallam, ey rafiq!
Har pariyzodeki oʻz majnunigʻa qilmish vafo,
Bilki, andindurki, ermas nasli odam, ey rafiq!
Mohvashlar shomi zulfi ne uchun oshuftadur,
Tutmamish boʻlsa vafo ahligʻa motam, ey rafiq!
Dard muhlik umrning ta’jili koʻp, joning uchun
Kim, Masihimni ketur boshimgʻa bir dam, ey rafiq!
Qoʻydi bir oʻtlugʻ fatila dogʻ uchun har gʻunchadin,
Charx to gulshanni koʻrdi sabzu xurram, ey rafiq!
Gul emas gulbunda qonligʻ dogʻ erurkim, nastaran
Tevruk aylaptur momuq qoʻymoqgʻa marham, ey rafiq!
Bu munaqqash saqf tarixi yozigʻliq chun emas,
Koʻp mashaqqat chektim, ammo qoldi mubham, ey rafiq!
Men xud ettim azm mugʻ koʻyida rasvo boʻlgʻali,
Soʻz eshit, albatta, mendin qolma sen ham, ey rafiq!
Ich dagʻi tutqil Navoiygʻa qadahkim, arzimas
Bir nafas hushyor boʻlmogʻligʻqa olam, ey rafiq!

312

Sanga ish javlon qilib maydonda chavgon oʻynamoq,
Manga ollingda boshimni goʻy etib jon oʻynamoq.
Bosh ovuchlab egma qomat birla qolman raxshidin,
To tilar chobuksuvorim koʻngli chavgon oʻynamoq.
Koʻz qarosin oʻynatur har lahza ul mardumni koʻr,
Hinduyedekkim erur oyini qolqon oʻynamoq.
Oʻynay-oʻynay aylading kufr ila dinimni badal,
Olloh-Olloh, bumudur, ey nomusulmon, oʻynamoq.
Javr toshin ul pariy oʻynab otay der el sari,
Vahki, bu devonagʻa yetkach ne imkon oʻynamoq.
Har sari ashkim yugurmoq ne ajabkim, ayb emas,
Tiyra uydin chiqqach-oʻq yoshlargʻa har yon oʻynamoq.
Charx oʻyun birla olur din naqdin eldin, voqif oʻl,
Bu musha’bid birla boʻlmas ahli irfon oʻynamoq.
Va’da koʻp qilding Navoiygʻa va lekin oʻynabon,
Muncha boʻlgʻay el bila, ey ahdi yolgʻon, oʻynamoq.

313

Ohkim, gʻam tiygʻidin koʻksumni qildi chok ishq,
Dudi ohimdin koʻzumni ayladi namnok ishq.
Dard kirmak birla jon chiqmoqqa gar yoʻl qilmadi,
Ne uchun gʻam tiygʻidin koʻksumni qildi chok ishq.
Ul pari koʻyidakim har lahza yuz ming bosh borug
Sudrabon eltur meni devonani bebok ishq.
Koʻzuma har dam yorugʻroqdur yuzungnung koʻzgusi,
Xosiyat mundoq emish har kimda boʻlsa pok ishq.
Oshiq oʻldi xasta jon koʻrgach ul otashporani,
Olloh-Olloh, barq ila oʻynaydurur xoshok ishq.
Ishq vodiysigʻa kirgan, yonki andin har quyun
Kim, chiqar sargashtayedurkim qilibdur xok ishq.
Ey Navoiy, oshiqekim, sen kebi istar farogʻ,
Gar erur majnunki, ul qilmaydurur idrok ishq.

314

Vah, necha jismimni gʻamdin notavon etkay firoq,
Notavon jismimgʻa har dam qasdi jon etkay firoq.
Jismim aylab notavon jonimgʻa qasd aylab nihon
Qasd qilgʻan jonni rasvoyi jahon etkay firoq.
Jonni rasvo aylagandin soʻng qanoat qilmayin
Yuz gʻamu anduh xadangiga nishon etkay firoq.
Emdikim anduhu mehnat oʻqigʻa qildi nishon,
Har jarohat uzra yuz dogʻi nihon etkay firoq.
Ey koʻngul, solma oʻzungni dard ila mardona boʻl,
Bizni, shoyadkim, bu yangligʻ imtihon etkay firoq.
Vaslidin dam urmayin qilsaq firoq ichra basar,
Shoyad oʻzin bizga bir kun mehribon etkay firoq.
Kuydi jonim vaslida el rashkidin to yetti hajr,
Vasl munglugʻ jonima oʻt soldi to netkay firoq.
Doʻstdin istar rizo zinhor ani koʻrmakim,
Vasl qilgʻay komron yo notavon etkay firoq.
Ich, Navoiy, may bagʻir qonidegu bexud yiqil,
Necha vasl ummididin bagʻringni qon etkay firoq.

315

Qon yoshim sarigʻ yuz uzra oshkor etti firoq,
Za’faronzorimni gʻamdin lolazor etti firoq.
To firoq uyiga kirdim, vahki, ashkimdin edi,
Garchi yuz gavhar, ayogʻimgʻa nisor etti firoq.
Dam-badam ohim chekarga sabr ila toqatni aql
Ixtiyor etti, vale beixtiyor etti firoq.
Jon talashur elni marg andoqki aylar muztarib
Lablaring istar koʻngulni beqaror etti firoq.
Deb eduk ishq anduhidin har dam afgʻon qilmali,
Vahki, bu da’voda bizni sharmsor etti firoq.
Ket farahkim, gʻamni, mehnat toshin olib, koʻngluma
Yuz tuman mismor birla ustuvor etti firoq.
Ey Navoiy, vasl aro boʻlgʻayki, boqib kulgamen
Dogʻlarnikim koʻngulga yodgor etti firoq.
Demangiz netti firoq oxirki boʻldung dushmani,
Man’i vasli xusravi Jam iqtidor etti firoq.

316

Junun toshi xarobot ichra har dam koʻksuma urmoq,
Erur taqvoyu donish butlarin tosh birla sindurmoq.
Quyeshkim zarra qoʻzgʻab kirsa vayronimgʻa hajringda,
Koʻzugma kul sovurmoq, bil ani, koʻnglumga oʻt urmoq.
Chu piri dayr taqvo xirqasin kuydur dedi gar xud,
Aning har toridur jon rishtasi boʻlmas boqib turmoq.
Labing hajrinda xokiy tan aro koʻnglumni habs ettim,
Nechukkim jonsiz elni rasm erur tufroqqa topshurmoq.
Dema, ul dilrabogʻa ne uchun koʻnglungni oldurdung,
Uz erki birla ne mumkin kishi oʻz koʻnglin oldurmoq.
Agar ohimdin aylab jilva yogʻdurdi jafo toshin,
Ne tong gulbun sabo tahrikidin gul bargi yogʻdurmoq,
Binafsha solxurd eldekki bosh soldi quyi, goʻyo
Yaqin anglab jazoni umr anga da’b oʻldi qaygʻurmoq.
Qadah ichmak yozuq deb asru mardud etmagil, ey shayx,
Bu qism ersa azaldin, bejihatdur bizni yozgʻurmoq.
Qarogʻlardin pulak jon rishtasidin chillavor etqil,
Qoshing yosin Navoiy qasdigʻa gar istasang qurmoq.

317

Yor chun istarki, boʻlgʻaymen mudom andin yiroq,
Ul jihatdin barcha vasl istar, meni mahzun firoq.
Yaxshilargʻa bas yomondur holkim, yor ollida
Tengdurur yaxshi-yomon, balkim yomonroq yaxshiroq.
Shah yonin farzin kebi kajlar maqom etmish, ne tong,
Rostravlar arsadin gar tutsalar ruhdek qiroq.
Toza har yon dogʻ emas jismimda ul yuz ishqidin
Kim, bu kavkablargʻa boʻlmish ul quyoshdin ehtiroq.
Bu yiroqliqdin yaqindur oʻlgamen, vah, yorning
Istabon royin boʻlupturmen qinliqdin yiroq.
Mahjabinlardin siyahdillik ne tong, oykim aning
Botinin koʻrsang qoradur, gar koʻrunur zohir oq.
Koʻp Hijoz ohangi tuzma yor ila boʻl barcha vaqt,
Ey Navoiy, gar Ajam boʻlsun maqoming, gar Iroq.

318

Chiqsa jonim, ayb qilma, jismi bemorimgʻa boq,
Kuysa jonim, hayrat etma, nolayi zorimgʻa boq.
Hajr dashtining guli gar lola boʻlsa, sayli qon,
Qilmagʻil, ey gul, taajjub chashmi xunborimgʻa boq.
Eyki, koʻrmaysen quruq shoxe bezalgan gul bila,
Hajr toshidin sarosar jismi afgorimgʻa boq.
Zulfin ochti ul sanam, ey shayx, bovar qilmasang
Kim, asiri kufrmen but birla zunnorimgʻa boq.
Yer bila teng qildi xoki tan uyin ashkim suyi,
Ishq saylidin yiqilgʻan eski devorimgʻa boq.
Qilmasang tavbamni sindurgʻanni bovar, ey faqih,
Xirqayi chokimni koʻr, oshufta dastorimgʻa boq.
Bosh koʻtarmay maydin ektim jurm tuxmi barcha umr,
Ey Navoiy, umr etib zoyi’ saru korimgʻa boq.

319

Gʻamim koʻp ayta olmasmen ne tong koʻnglum halok oʻlmoq,
Ichimda yuz qilich, ne ayb koʻksum chok-chok oʻlmoq.
Ular deb shod oʻlur, koʻp koʻrsa dardim muddaiy bilmas
Ki, ishq ichra hayotim boisidur dardnok oʻlmoq.
Agarchi husn ichinda sencha pok oʻlmoq emas mumkin,
Ani ham koʻrki ishq ichra boʻlurmu mencha pok oʻlmoq.
Agar zahr ichsam ilgingdin taajjub qilma, ey soqiy
Ki, boʻlmish mastu oshiq shevasi bevahmu bok oʻlmoq.
Chu men bir jom uchun dehqon asirimen, ajab ermas
Libosim tok bargi, rishta bel bogʻlarga tok oʻlmoq.
Jahondin silkinib chiqqan etak topib yopishmogʻliq
Muyassar boʻlsa, ne ishdur talab yoʻlinda xok oʻlmoq.
Navoiy koʻksida ishq etmas oʻlsa dafn gʻam naqdin,
Oʻyulub toza dogʻi har taraf nedur magʻok oʻlmoq.

320

Demangiz ahbobkim, qilmasmusen bas yigʻlamoq
Kim, manga tengri nasib etmish tuganmas yigʻlamoq.
Asray olmon oʻzni, ashkim tutti dashtu togʻni,
Nechakim Farhodu Majnun dedilar, bas yigʻlamoq.
Mastu oshiqmen dagʻi koʻnglumda ayrilgʻan kishim,
Ey musulmonlar, ne tong men zori bekas yigʻlamoq.
Tong emas jismim oqizgʻuncha koʻzum gar toʻkti ashk,
Ne ajab abri bahoriy oqqucha xas yigʻlamoq.
Tiyra hajring shomida gar jon talashman tonggʻacha,
Boshima sham’u surohiy nedurur bas yigʻlamoq.
Dahr bogʻidin vafosizligʻ agar fahm etmadi,
Nega shabnam ashkidin fan qildi nargis yigʻlamoq?!
Ey Navoiy, toqini men dagʻi ashkimdin yiqay,
Chun manga qism etti bu charxi muqavvas yigʻlamoq.

321

Kimki, vasli ichra yoqsang sham’i ulfat, ey rafiq,
Koʻz tut ul sham’ oʻtidin-oʻq dogʻi furqat, ey rafiq.
Vasl sofi mumkin ermas chunki bedardu firoq,
Zinhor ul boda sari qilma ragʻbat, ey rafiq.
Vasl yoʻqkim, ishq lafzin tilga mazkur etmagil,
Har nafas koʻrmay desang yuz nav’ shiddat, ey rafiq.
Kuyma har bemehr oʻtigʻa, gar desang har dam seni
Qilmagʻay kul shu’layi anduhu gʻayrat, ey rafiq.
Shoʻx chobuklar gʻubori tavsanigʻa solma koʻz,
Yuzda istar boʻlmasang gardi mazallat, ey rafiq.
Boqma guldek yuz uza xay shabnaminkim, buzmasun
Aql ila sabring binosin sayli ofat, ey rafiq.
Gar solib yuz ming balogʻa mendek oʻzni boʻlmasa
Ishqsiz bir dam sanga ham sabru toqat, ey rafiq.
Toki mumkindur, kezib bir mehribon yor istagil,
Bagʻri toshlarni sevarga qilma jur’at, ey rafiq.
Gar Navoiydek boshinggʻa tushsa bir qotil gʻami,
Anda dagʻi koʻrgasen ne boʻlsa qismat, ey rafiq.

Kof Harfining Kofirlarining Kamoli «Gʻaroyib»din

322

Ey, deb sifatingda ahli idrok,
Lav loqa la-mo xalaqt-ul-aflok.
Aflok nechukki xoki rohing
Ul yoʻldaki, ojiz oʻldi idrok.
Desam aflok erur tufayling
Basdur guvahim hadisi «lav lok».
Tubiy bila shoxi sidra keldi,
Qadring chamanida ikki xoshok.
Kim tutsa shafoating umidi,
Bebokligidin anga ne bok.
Chun shomi urush qaytting bot,
Subh etti yoqani gʻussadin chok.
Vasfingda ne aytqay Navoiy,
Juz ajz ila uzri mo arafnok.

323

Vah, nedur maydonda har yon azmi javlon aylamak,
Bizga yetkach oʻzga yon ohangi maydon aylamak.
Zulfdin chavgon chekib el boshini goʻy etkali,
Koʻz yoshimni goʻydek har sari gʻalton aylamak.
Qon aro jismim boʻyab, dersenki, ishqim tarkin et,
Bu ekin olamda kofirni musulmon aylamak.
Tan gʻuborinda yoshurdum dogʻi ishqinkim, emas
Ayb muflisdin diram tufroqqa pinhon aylamak.
Koʻkta gar anjum emas ohim oʻqining yarasi
Shomlar nedur shafaqdin koʻnglakin qon aylamak.
Charx sidq ahlin gʻamin istarki, boʻlmish subh ishi
Ashkdin kavkab sochib choki giribon aylamak.
Gar Navoiy jismini ishq istamas toshdin figor,
Bas nedur ani junun koʻyida uryon aylamak.

324

Ishq aro vasling tilab hajringda boʻldum dardnok
Xasta yangligʻkim, hayot ummididin boʻlgʻay halok.
Yoʻq ajab gar ul quyosh navqanggʻa boqmas, ey koʻngul,
Oʻtqa ne gʻam garchi kuygan nola aylar dardnok.
Tekkanin yetkach ochar paykoni koʻksum chokining,
Ul kalid oʻlmish, ajal darvozasi goʻyo bu chok.


Aylar erduk pok ishq oʻtigʻa kuymak orzu,
Shukr lillah oqibat kuydurdi ishqing bizni pok.
Soldi may ul hur shavqin koʻngluma, ey bogʻbon,
Berding oʻxshar parvarish kavsar ziloli birla tok.
Ishq aro doʻzaxdin, ey nosih, meni qoʻrqutmakim,
Hajr oʻtin koʻrgan samandargʻa sharardin qayda bok.
To taning avji hayot ustidadur sen xok boʻl,
Istasangkim avj tutqaysen taning boʻlgʻanda xok.
Ey Navoiy, shomi gʻamdin ayru yoʻqtur subhi vasl,
Oq erur, lekin qorartur har neni rang etsa zog.

325

Kelgusi ul sarvi siyminbar guli serobdek
Kim, tanimda har zamon titrar koʻngul siymobdek.
Vah, ne yangligʻ axtari sa’d erdikim qilgʻach tulu’
Tun kecha koʻzum yorutti mehri olam tobdek.
Quchqamen belin kamar zanjir ilan deb boʻldi xam
Notavon jismim mutallo aylagan qullobdek.
Sajda ul chobuksuvor ollinda andin aylaram
Kim, oyogʻi uzra naqshe koʻrmisham mehrobdek.
Aql sarrofi labing ranginu nozuk soʻz bila
Topti gulgun rishta oʻtkargan aqiqi nobdek.
Silk etak zarrishta birla gul toʻqulgʻan jinsdin
Kim, emas tori chu boʻlgʻan vaslaligʻ moshobdek.
Koʻr Navoiy masnadin ishq ichrakim, gulxan aro
Shu’la oltoyiu kullardur anga sinjobdek.

326

Turfa ruxsoringki, husn ichra erur gulzordek,
Turfaroq budurki, gulzor ermas ul ruxsordek.
Sarvnozim boshida turna parin koʻrkim, erur
Sham’ning boshida kul boʻlgʻan parishon tordek.
Bir tun ul oy hajridin kuydum, ulus koʻrdi meni
Tonglasi bir yil takassur tortqan bemordek.
Toshlarkim urdi ul shoʻx, ipga bogʻlab osmisham
Boʻynuma koʻnglum gʻami taskiniga tumordek.
Za’fdin koʻyida qoʻydum boshim ostigʻa kesak,
Soya ham gar istasam yoʻqtur buzugʻ devordek.
Ul quyosh mast oʻldi, goʻyokim qilib egri xirom
Yuz jafo jonimgʻa aylar charxi kajraftordek.
Telba koʻnglungni, Navoiy, zabt aylay olmading,
Emdi chek andin ilig har sori borsa bordeg.

327

Ne nav’ bordi ekin uyga kecha ul chobuk
Ki, tun qorongʻu edi, raxshi tund, oʻzi usruk.
Nechukki yeldin oʻlur har taraf niholgʻa mayl,
Samand uza egilur erdi ul qadi nozuk.
Agarchi kayfiyat ichra koʻrunubon bir nav’
Va lek kayfiyat andin koʻngulga yuz turluk.
Gaheki koʻz ochibon kirpigi otib novak,
Tushub qayonki otib jonu koʻnglum ichra toʻshuk.
Agarchi oʻlturubon yuz tirigni gʻamzasidin,
Va lek jon topibon nuktasi bila yuz oʻluk.
Netib oʻz ilgida qolgʻay inoni hushu xirad
Ki, boda kuchlugu raxshi inoni ham kuchluk.
Navoiyo bu balolar sangaki yuzlandi,
Xayoli ofiyat etsang, oʻzungga bor oʻtruk.

328

Menki chektim la’li shavqi birla jonondin ilig,
Goʻyiyo hayvon suyi birla yudum jondin ilig.
Chun meni hayron anga zoru oqar ashkim ne tong
Ul pariypaykar yusa men zori hayrondin ilig.
Ilgi hinnodinmu rangindurki, men qurbon anga,
Yo qilurda qatl, anga rang oʻldi qurbondin ilig.
Lutf ishida koʻrguzur har dam yadi bayzo ul oy
Ne ajab gar eltsa Musoyi Imrondin ilig.
Jon chiqar holatda bas topsam itidin poyboʻs
Ne hadim oʻpmak uchun istarga jonondin ilig.
Dayr aro chun mugʻbacha el yori boʻldi, ey koʻngul,
Yu mugʻona may bila ul nomusulmondin ilig.
Rahm etib holimgʻa solsa koʻz yoshimgʻa bir nazar,
Vah, yumay netkaymen ul dam aqlu iymondin ilig.
Bersa yuz oshub davrondin ilig men xastagʻa
Chekmagungdur hargiz ul oshubi davrondin ilig.
Sayddek oʻqtin qatil oʻldi Navoiy koʻnglikim
Sundi oylar tiygʻ ila kesmakka har yondin ilig.

329

Mahvashimda za’fu men bu gʻussadin har dam halok
Kim, ne ya’ni men tirig boʻlgʻaymenu ul dardnok.
Nogah, ey ahbob, davron qilmagʻay beboklik,
Yoʻqsa bizdek yuz tuman jonon uchun oʻlsak, ne bok.
Pok jonin, yo rab, olma poklar koʻngli uchun,
Boʻlmasa ma’shuqi, pok, oxir ne osigʻ, ishqi pok.
Koʻnglakin chok aylamish anduhdin gul, chun yoqa
Chok qilsa naylasun bulbulning oʻlmay koʻksi chok.
Gar boʻlur yuz joni pok aning fidosi ozdurur,
Men ne had birla boʻlay, chunkim erurmen tiyra xok.
Chun ajal jomin sumurmay chiqmas el bu bogʻdin,
Xurram ulkim, bosh koʻtarmas bodadin andoqki tok.


Ey Navoiy, yor dardi ne balo muhlik emish
Kim, arang za’f etkani ushshoqni aylar halok.

330

Sud qilmas etagingni iligimdin chekmak
Kim, qiyomatqa degincha bu iligdur, ul etak.
Qonima qoʻl shimalu tiygʻni chekmaki,
Qilur qatl poʻlod qilichdin burun ul siym bilak.
Qayd qilmangki, junun silsilasi qaydidamen
Kim, kesa olmas ani qilsalar olmos egak.
Tirguzurda nafasing yuzni qochurmoq ne edi,
Mayl qilmas xud oʻlug kimsadin olmoqqa muchak.
Ishqdin maxlasima aylabon ahbob duo
Mustajob oʻlmas aning meni mahzungʻa tilak.
Janda birla kishi darvish emas, boʻlsa fano
Tengdurur xoh palos oʻlsa toʻnung, xoh ipak.
Koʻyida oʻldi Navoiy bu sifatkim, bor edi
Takya xorovu hasiri yoni ostida tushak.

331

Koʻnglaking bargi gulu ustida gulrang yelak
Gul kebi jisming uza uylaki gulgun koʻnglak.
Qalagʻay sahfada ruq’angni koʻrub oqti yoshim,
Tifldekkim yugurur koʻrsa mulavvan koʻpalak.
Koʻyining tufrogʻidin qoʻpmas esam tong ermas,
Gʻam toshidin chu butun qolmadi jismimda soʻngak.
Bukun ul nav’ki mendin bosh erur, sendin tiygʻ,
Tongla ham boʻlgʻusidur mendin ilig, sendin etak.
Yuragim itlaring andoq yedilar tishlashibon
Kim, yana yoʻqtur alar olligʻa bormoqqa yurak.
Meni bir mugʻbacha oshuftavu volih qilmish,
Naylay islom aro gar koʻp esa mirzovu mirak.
Tishlabon, dayr ichida jomi hiloliy cheksam,
Qursi limusi kavokibning agar boʻlsa gazak.
Saltanat xil’atidin ortuq erur dayrda mast,
Sudrasam boda gadoligʻida yirtuq kapanak.
Oʻzlugung qaydini kesmakka Navoiy bilkim,
Yoʻqturur dahr irikliklaridin yaxshi egak.

332

Kimga bir majlisda ohu dard ila soʻze kerak,
Mundogʻ oʻt yoqmoqqa avval majlisafroʻze kerak.
Majlisafroʻze agar ham boʻlsa majlis ahlining
Bagʻrini kuydurgali ohi jigarsoʻze kerak.
Subhi vasling ichra tirguz xayli ushshoqingnikim,
Shomi hajr oʻlturgali mendek siyahroʻze kerak.
Koʻyungga har kun borib har dam koʻray dermen seni,
Menga har kun bayramu har lahza navroʻze kerak.
Yaxshi asra gʻam tuni ohim oʻqin, ey charxkim,
Sen evaz otmoqqa ham chun tiyri dildoʻze kerak.
Bir xizrvash himmatin berma iligdin, negakim
Dashti hirmon qat’iga oxir qulovuze kerak.
Ishq ta’limin Navoiydin olurlar ahli dard,
Uyla dars ahligʻa mundoq donishomuze kerak.

333

Kimki oshiq boʻlsa zoru xastahol oʻlmoq kerak,
Rashkdin olam eliga badxayol oʻlmoq kerak.
Vasl topmogʻligʻki ishq ahligʻa amredur mahol,
Kechavu kunduz ishi fikri muhol oʻlmoq kerak.
Shavq aro gah moʻyadin boʻlmoq kerak, andoqki moʻy
Hajr aro gah noladin andoqki nol oʻlmoq kerak.
Vasl mumkin yoʻq, vale hijronda har dam yuz balo
Mundoq ofat mubtalosi mohu sol oʻlmoq kerak.
Ishq koʻyida zuloli vasl ichmaydur kishi,
Dayr sari tolibi jomi zulol oʻlmoq kerak.
Zulm koʻrkim charx etib ikki sipahni kiynavar,
Moʻrlar xayli aroda poymol oʻlmoq kerak.
Ey Navoiy, istasang maxlas kuduratdin sanga
Xonaqahdin dayr sari intiqol oʻlmoq kerak.

334

Yor boʻlmish oʻrtagʻa hijron tariqin solgʻudek,
Aqlu hushu jonu koʻnglum xayli ham qoʻzgʻalgʻudek,
Yor borib aqlu hushu jonu koʻnglum qoʻzgʻalib,
Tan yotib, koʻz bulajab holimgʻa boqib qolgʻudek.
Boshni holokim, erur fursat, solayin olligʻa,
Tundlugʻdin garchi ermas ani yerdin olgʻudek.
Soqiyo, may tut, mugʻanniy navha ohangini chol
Kim, sipohi umrum oʻlmish koʻsi rihlat cholgʻudek.
Hajr aro, ey Xizri farruxpay qoʻlum tutkim, erur
Poʻya urmoqtin bu vodiy ichra bagʻrim tolgʻudek.
Hulla gul bargidin etting pardayi jonimdin et,
Boʻlsa aning ostida nogah taning tavshalgʻudek.
Ey koʻngul, naqdi hayoting qil fano yoʻlida sarf,
Hayf erur gar boʻlsa umri Nuh uchun sayfalgʻudek.
Bir zamondur umr azmi dasht etib osuda boʻl,
Boʻlsang abnoyi zamon bedodidin qiynalgʻudek
Ey Navoiy, zavraqi jisming ne tong boʻlsa gʻariq,
Bahri ashk oʻlmish chu har dam ohdin chayqalgʻudek.

335

Ey, koʻngulda shahdi la’ling hasratidin yuz teshuk,
Har teshukdur shahd zanburi uyi yangligʻ chuchuk.
Gar teri birla soʻngakmen tu’ma ham qilmas iting
Kim, teri asru qatiq boʻlmish, soʻngak asru churuk.
Ne labingdin kom toptim, ne koʻzungdnn javr oʻqi,
Bu sifat mahrumluqtin ne tirigmen, ne oʻluk.
Uyla zanjiri junun rasvosimenkim, har zamon
Tegrama farhodu Majnundek yigʻilmish bir suruk.
Ishq oʻtidin qullugʻung dogʻini qoʻydum koʻksuma,
Oʻzni bu nav’ ayladim ishq ahli ichra belguluk.
Faqr vodiysinda oʻzluk necha kamrak yaxshiroq,
Yoʻlni oson qat’ etar solik yengilrak boʻlsa kj.
Elga oʻt solding, vale kuydi Navoiy gʻussadin,
Oʻxshamas oʻt birla kuydurganga bu yangligʻ kuyuk.

336

Junun sahrosida boye yoʻq erkandur bu mahzundek
Ki, boʻlgʻay vahshiy xaylin kutkali choʻpone Majnundek,
Ne tong gar olami kubro esam har qatra ashkim chun
Tengizdekdur ichimda yuz tugan har qaysi gardundek.
Shafaq koʻk zarfin etkay la’liy, ammo la’li hajrinda
Qizarta olmagʻay olamni bu ashki shafaqgundek.
Manga atfol otqan toshu sabrim kishvarin koʻrkim,
Meni devonagʻa ul togʻdek boʻlmish, bu Homundek.
Soching savdosidin aytur parishon soʻzlarim bordur,
Fusungar san’at aylarda yilongʻa qilgʻan afsundek.
Firoqing poymoli qomatimkim, halqadek boʻlmish,
Nazar qilkim, biaynih boʻldi hijron ostida «nun»dek.
Qoʻyub Farhodu Majnun qissasin, koʻr daftari ishqim
Ki, bir-ikki xatinda topilur ul ikki mazmundek.
Chu koʻmdung yerga Qorun ganji hukmi tutti, ey mun’im,
Tutaykim naqd ila boʻldi xizonang ganji qorundek,
Vafo aylab, vafo koʻz tutma olam dunlaridinkim,
Vafosiz keldi olam dunlari ham olami dundek.
Manga dayri fano singʻan safoli jomi Jamdekdur,
Kamin soyillari eski palosi hazzu iksundek.
Navoiy nazmigʻa solsa quloq shah, ne ajabkim, bor
Aning har lafzida shohona la’lu durri maknundek.

337

Labingki, sayli sirishkimni oqizur qondek,
Erur bu qondek, emas ul valek qongʻandek.
Tomugʻ oʻti bila ahli azob jonigʻa dogʻ.
Emas firoq oʻti birla dogʻi hijrondek.
Firoq dashtida koʻnglumni qildi xori xasak
Tikanki, har yonidin bosh chiqardi paykondek.
Bihishtu boʻynuma havro salosili zulfi
Chu sensiz oʻlsa gumon ayla bandu zindondek.
Koʻngulki tushti junun dashtigʻa borib, gohe,
Quyundek ohim aning tegrasida aylandeg.
Vafogʻa garchi falak davri ojiz ersa, hanuz
Bu sheva ichra emas erkin ahli davrondek.
Qadah tubida koʻrung boda durdini maxfiy,
Gʻam ichra qon toʻla koʻnglumda dogʻi pinhondek.
Navoiy asru buzugʻ, lek Vomiqu Majnun
Emaslar ikkisi ul xonumoni vayrondek.

338

Hajr tobi ichra kim koʻrmish bu jismi zordek
Kim, topibdur barq shakli oʻtqa tushgan tordek.
Ey kabutar, tavq paydo aylagung toʻtiy kebi,
Soʻzluq nomamni ossam boʻynungga tumordek.
Boʻldi yuz ming pora jismimda soʻngak, qon qolmadi,
Molishi hajringdin oʻlmishmen siqilgʻan nordek.
Vah, ne hijrondurki, ham avval tunining tonglasi
Boʻlmisham yillar malolat tortqan bemordek.
Ey koʻngul, dayr ichra ul kofirni sevdung bilki yoʻq
Rishtaye oʻzni anga bogʻlar uchun zunnordek.
Yor agar hampovu pobarjo esa bu davr aro,
Boshigʻa har lahza evrulmak boʻlur pargordek.
Har soʻngak yonimda boʻlmish bir teshuk gʻam bazmida,
Har birida oʻzga yangligʻ nola musiqordek.
Boda ichmakka maqome istar ersang, ey rafiq,
Ma’mane bu ishga yoʻqtur kulbayi xammordek.
Har dam ul oy hajrida ovoraligʻ istar koʻngul,
Ey Navoiy, qoʻy ani har qayda borsa bordeg.

339

Ey toʻquz torami, axzar boʻlubon jilvagahing,
Xayli anjum sipahing, nuri gʻubori siyahing.
Mujdai vasl ila topmay dame orom, magar
Maqsadi sidq boʻlub bir nafas oromgahing.
Charx yuz ming koʻzi goʻyo yorudi, tortilibon
Surmagun tun ichida surmasifat gardi rahing.
Sufiyi olami qudsiy senu ashob rusul,
Arshi a’lo kelib ul xayl uchun xonaqahing.
Tah-batah bu toʻquz aflokidin oʻtganda edi
Yuqori xoliq oʻlub, moxalaqalloh tahing.
El koʻzin nuri shafoat bila yorutqaningga
Tortqan surmayi mozogʻ ikki koʻzdur guvahing.
Ey Navoiy, chu shafi’ing ul erur, boʻldi gunoh
Ul malaklargaki, yozmoq tilagaylar gunahing.

340

Qoradur xolu xattu koʻzu qoshing,
Magar borini kuydurmish quyoshing.
Yoshim torin uzattingkim, sening ham
Uzalgʻay aysh ila, yo rabki, yoshing.
Boshimgʻa toshlar yogʻdurmakim, bor
Murassa’ tojdin ozurda boshing.
Xaroshida koʻnguldin chiqting, ey oh
Ki, el koʻnglin xarosh etti xaroshing.
Nechuk sen xulfi ichra, ey koʻngulkim,
Oʻtar bas tiyralik birla maoshing.
Palosi huznu men, ey atlasi charx,
Manga loyiq emas volo qumoshing.
Navoiy foniy oʻldi, ey gʻamu dard,
Aning raxtin fano koʻyiga toshing.

341

Ey chuchuk jonim sening shirin labing,
Mevayi jonim turunji gʻabgʻabing.
Men kimu oʻpmak yuzung koʻzgusini,
Bas muyassar boʻlsa na’li markabing.
Necha elni kecha, yo rab, ey koʻngul,
Qoʻymagʻay uyqugʻa «Yo rab-yo rab»ing.
Tezlikda gardiga yetmas shihob,
Ey quyosh, javlongʻa kirsa ashhabing.
Yuzida ter qatrasin koʻr, ey sipehr,
Oy uza mundoq koʻrunmas kavkabing.
Shurbdin nuqson emas, ey porso,
Faqr ila boʻlsa muvofiq mashrabing,
Gʻamzang oʻltursa Navoiyni ne bok,
Soʻz bila chun tirguza olur labing.

342

Kulmading, to koʻzlarimni kavkabafshon qilmading,
Toʻkmading qonimni, to bagʻrim toʻla qon qilmading.
Tifldekkim, gʻuncha ochqay, qilmading, ey bagʻri tosh,
Xotiringni jam’ to koʻnglum parishon qilmading.
Elga aytur zahra yoʻq, vah, yoʻqsa qay bir turktoz
Ayladingkim yuz koʻngul mulkini vayron qilmading.
To quyoshdek jilva qilding, qoʻymading bir zarrakim,
Ofarinish ichra ruxsoringgʻa hayron qilmading.
Yuz balo toshini ishq atfolidin yogʻdurmading,
To junun torojidin jismimni uryon qilmading.
Ey falak, qaysi quyosh yuzlugni bir kun charx uza
Jilvagar qildingki, oqshom yerga pinhon qilmading.
Demakim, qoʻydum Navoiy jonigʻa dogʻi ajal,
Shukri boriy mubtaloyi dogʻi hijron qilmading.

343

Ey, mening jonim olib yaxshiligʻing,
Beribon jon yana yaxshi qiligʻing.
Qahr ila bodaki, tuttung oʻldum,
Zahrdek oʻlturur elni achigʻing.
Husndin mehr gʻarazdur, ey ishq,
Bu masaldur: siligʻingdin iligʻing.
Asradim seni koʻz ichra, ey yosh,
Qonima erdi tanugʻlugʻ osigʻing.
Mast ul kofiri bebok kelur,
Aqlu din ahli, oʻzunguzni yigʻing.
Gʻayr gardi borur ul pok sari,
Qani, ey koʻz, bu mahalda arigʻing.
Ey Navoiy, necha solgʻay oshub,
Ul pariy koʻyida devonaligʻing.

344

Iki gʻunchang ermas, ey gulchehra, teng,
Ogʻzing asru toru koʻnglung asru keng.
Ogʻzingga tegmas uzoring birla soʻz,
Boʻlmadi xurshid birla zarra teng.
Lolaning dogʻi boʻlur chun oʻrtada,
Nega tushmish orazing yonida meng.
Boʻldi ilgim dogʻu koʻksum zaxmi fosh
Kim, tanimda toʻn yoʻqu ilgimda yeng.
Solgʻucha olamgʻa oʻt orazni och
Kim, jahonni kuydurur ul oʻtlugʻ eng.
Husn da’vosigʻa qoʻl yengdin chiqar,
Yuz yadi bayzo chiqargandekni yeng.
Dang qilmishtur Navoiyni xumor,
Anga tutsun bir qadah, soqiygʻa deng.

345

Shoh boʻldi ishq ichinda sohibasrorim mening,
Ishq manshurida tugʻrodur bu shahkorim mening
La’li yodidin tirigmen, yoʻqsa oʻlgum za’fdin,
Qonki har yondin toʻkar bu jismi afgorim mening.
Men junun sahrosida yittim, gar anda har kishi
Koʻrsa Majnunni erur, bildeg, namudorim mening.
Ogʻzidin andoq adam koʻyida foniy boʻlmisham
Kim, vujud iqlimida topmaslar osorim mening.
Bulajab holim junun ichra gar elni kuldurur,
Vahki, yigʻlatur yuz oncha nolayu zorim mening.
Koʻnglum oʻz holida yoʻq, voqif boʻlung, ahbobkim,
Hajr dardidin erur hol uzra bemorim mening.
Kofiri ishq oʻldum ul but ollida, vah, yaxshidur
Dayr aro bogʻlanmasa boʻynumgʻa zunnorim mening.
Sen dagʻi koʻrguzma makru shoʻxluq, ey zoli charx
Kim, bilur sendin koʻp ortuq shoʻxi makkorim mening.
Xotirim, ham davru ham davr ahlidin ozurdadur,
Ey Navoiy, istama pand aytib ozorim mening.

346

Mutribo, gʻam bazmida to navha ohang aylading,
Za’fligʻ jismimni toru qomatim chang aylading.
Boʻldi boʻstoni uzoring bodadin afruxta,
Mayni goʻyo boʻstonafroʻz ila rang aylading.
Chok etib el koʻnglin etting gʻunchadek koʻnglum girih
Ochting el koʻnglin agarchi bizni diltang aylading.
Buki tashbih etting, ey koʻz, xoki poyin surmagʻa,
Bilki javharni qaro tufroqqa hamsang aylading.
Ishq sirri mahmilin koʻk pili chekmas, ey qazo,
Gar hilolidin gajak, xurshididin rang aylading.
Ne qatiq vodiy ekin, yo rab, sanga ey ishqkim,
Aql sarkash tavsanin qoʻygʻach qadam lang aylading.
Qil Navoiyni vujudi nangidin, yo rab, xalos,
Chun vujudin barcha olam ahligʻa nang aylading.

347

Orazing subhidin el ayshini jovid aylading,
Subhi vaslingdin mening shomimni navmid aylading,
La’li serobin tila qoʻy Isoyu hayvon suyin,
Ey koʻngulkim, orzuyi umri jovid aylading.
Qoshu yuzi aksi koʻk jomigʻa tushgach, ey qazo,
Bu birin qilding hilol ul birni xurshid aylading.
Ey mugʻanniy, zuhrasidin koʻkni qilgʻung munfail,
Senki har ter qatrasin bir turfa nohid aylading.
Ey koʻngul, oxir qilichi hattigʻa qoʻydum boʻyun,
Vahki, sayfi hirzini boʻynumgʻa ta’vid aylading.
Vasl sarkash qaddidin qilding tamanno, ey koʻngul,
Ul alifkim, ya’s arodur naxli ummid aylading.
Itlari singʻan safoli ichra chekting durdi shavq,
Ey Navoiy, ani jom, oʻzungni Jamshid aylading.

348

Ishqim ortar xatti zohir boʻlgʻali jononaning,
Sham’ dudi shu’lasin afzun qilur parvonaning.
Har dam ashkim kelturur yuz ta’n majnun koʻngluma,
Qismi yoshlardin hamesha tosh erur devonaning.
Orazingning naqshidin butxonadur koʻnglum uyi,
Ishq boʻlmish barhaman ichinda ul butxonaning.
Shomi hajrim sharhi elni bexud etsa ne ajab
Uyqu kelturmakdurur xosiyyati afsonaning.
Sudurur bagʻrimki, paykoni koʻnguldin chekti bosh
Nam havoda sabza chiqqandek uchidin donaning.
Yiqmadi koʻk gunbadin yogʻib havodis yomgʻuri
Kim, suvar erkin chiqib tomini bu koshonaning.
Oʻqlaring chok ettilar har yon Navoiy koʻnglini,
Yoʻllar etgandek yogʻin devorini vayronaning.

349

Tong nasimin soyir etkan gul uzorimdur mening,
Sekritib maydongʻa kirgan shahsuvorimdur mening.
Gard emas, gardinda balkim koʻrmasun deb el koʻzi,
Volihu sargashta joni xoksorimdur mening.
Markabining na’lidin har dam choqilgʻan oʻt emas
Kim, koʻngul otligʻ zaifi beqarorimdur mening.
Baski, telmurdi koʻzum kirgaymu deb maydon aro,
Koʻz qarosi yoʻqki, dogʻi intizorimdur mening.
Ul bahori husn mingan qatraafshon bodpoy
Gulshani aysh ochqali abri bahorimdur mening.
Chobuki mehr oʻldi bemehru harun koʻk tavsani,
Tutmang otinkim, eshitmak ani orimdur mening.
Yoʻlida aylay fido koʻz gavharin, jon javharin,
Ey Navoiy, yetsa ul chobuk, nisorimdur mening.

350

Kogʻaz uza qalamni fusunsoz qilmading,
Bir ruq’a birla bizni sarafroz qilmading.
Jonsiz tanim hayoti uchun noma yozmading,
Kilking uchini moʻ’jizapardoz qilmading.
Vasling kuniyu shomi firoqing bayonida
Kofur birla mushkni hamroz qilmading.
Bir mehr nomasi bila sargashta zarrani
Kundek jahonda mujibi e’zoz qilmading.
To roʻzgorim aylamading duddek qora,
Bir nomaning savodini ogʻoz qilmading.
Ey koʻk dabiri, kimsaga bir noma yozmading
Kim, xoma yangligʻ ani sarandoz qilmading.
Rahmat, Navoiyo, sangakim yor har necha
Zulmin koʻp etti, mehru vafo oz qilmading.

351

Gʻam xazonin zohir etmish chehrayi zardim mening,
Borgʻali yeldek bahori nozparvardim mening.
Telbalardek soʻzlashurmen oʻz-oʻzum birla mudom,
Chun oʻzumdin oʻzga yoʻq olamda hamdardim mening.
Tufrogʻ oʻlsam koʻyida, ey abri rahmat yomgʻuri,
Qil madad onchakim, andin chiqmagʻay gardim mening.
Chiqti jon bilmay maqomin mujdaye ber, ey Masih
Kim, qayu manzildadur mehri jahon gardim mening.
Har necha koʻnglum sovugʻ ohidin antur, ohkim,
Yorgʻa yoqmas nekim, aytur bu damsardim mening.
Rizq chun maqsum erur, bir qurs uchun har kun nedur
Charxdek sargashtalik koʻyida novardim mening.
Ey Navoiy, toki urdi mehr naqshin tosi charx,
Bu bisot ichra ajab shashdardadur nardim mening.

352

Har koʻngul oromi chun boʻlmish diloromim mening,
Ul sababdin yoʻqturur koʻnglumda oromim mening.
Dudi ohim sarvdek chiqtiyu gulgun boʻldi ashk,
Qilgʻali tarki vafo sarvi gulandomim mening.
Nega koʻrguzdi shafaqdin shu’la, kavkabdin sharor,
Gar emas gʻam doʻzaxi bu subhi yoʻq shomim mening.
Dilrabolar ahdigʻa hech etmasunlar e’timod,
Ey sabo, ishq ahligʻa yetkur bu paygʻomim mening.
Oshiq otigʻa kiriptur koʻnglumu topmas visol,
Fosiqi mahrumtek boʻlmish bu badnomim mening.
Donai tasbih mayli aylamas koʻnglum qushi
Rishtai zunnori zulfung boʻlgʻali domim mening.
Ey Navoiyu mendek ul but koʻyi sari kirmakim,
Kufr ila boʻldi badal bu yoʻlda islomim mening.

353

Ne lutf ediki, meni noma birla yod etting,
Ne noma erdiki, gʻamgin koʻngulni shod etting.
Tilim qalam tilidek shukrdin erur ojiz,
Bu noma birlaki bu notavonni yod etting.
Oʻqurda oqti yoshim ixtiyorsiz, goʻyiyo
Ki, hajr dudasidin nomagʻa midod etting.
Yeturdi jismima ruh, ey quyosh, magarki masih
Muallim erdi damekim ani savod etting.
Javohireki yibording bu nomuroding uchun,
Koʻngul xarobasini maxzani murod etting.
Ne sud boʻlsa amal nomasi qora gar xud
Oting nishon uza Jamshid yo Qubod etting.
Navoiy, jismingga ruh ul quyosh hadisi emish,
Masih nutqigʻa yoʻq yerda e’tiqod etting.

354

Ey ishq, yana furqat oʻtin jonima urdung,
Jismimni kul aylab, kulini koʻkka sovurdung.
Anjum dema, goʻyoki maloyikka tutashti,
Ohim oʻti uchqunlarikim, koʻkka yeturdung.
Qayd etmadingu bas xami zulfungni koʻngulga
Kim, gʻayr xayolin ham aning birla supurdung.
Poboʻsini istab magar, ey shodligʻ ashki,
Bu zor ila dilbar koʻrushur chogʻda yugurdung.
Furqat kuni bas tiyradur, ey ishq, hamono
Kim, sarsari ohim bila koʻk sham’in oʻchurdung.
Hijron tuni, ey charx, musha’bid gar emassen
Ne nav’ quyosh tosini xirqangda yashurdung.
Tark etmadi bosh qoʻymoq eshigingda Navoiy,
Bu koʻydin it deb ani har nechaki surdung.

355

Necha javrin tortayin ul sarvi hurizodning,
Yoʻqmudur poyoni oyo zulm ila bedodning?
Aql der sol koʻnglungga zuhdu vara’ bunyodini,
Ishq aytur yoʻqturur bunyodi ul bunyodning.
Tosh eritti, vahki, Xusrav koʻngliga kor etmadi
Shu’lalarkim, teshasidin sekridi Farhodning.
Koʻngli mehr aylar ayon, koʻrgach raqibi yuzini,
Koʻrmaguncha zok, chiqmas javhari poʻlodning.
Toki saydingmen, ishing nevchun gʻazabdur chun mudom
Qush giriftor oʻlsa koʻngli xush boʻlur sayyodning.
Oʻlmagimni boqma hijroningda, ey sultoni husn,
Qatl hukmi qilsa shah ne erki bor jallodning.
Roki’ erdim chang uni keldi sahargah, ohkim,
Bordi mutrib nagʻmasigʻa hosili avrodning.
Yoʻl qorongʻudur, talab noqis, qadam ne nav’ uray,
Yorumay komil damidin mash’ali irshodning.
Ey Navoiy, necha bulbuldek figʻon ul gul uchun
Yoʻq anga ta’siri chun bu nolavu faryodning.

356

Koʻngullar quti shirin dostoning,
Bagʻirlar qoni la’li durfishoning.
Nihonu oshkoro men sanga yor,
Sening agʻyor ila rozi nihoning.
Muhiblar birla har tun, bizdin ayru
Qadahlarkim, chekarsen, noʻshi joning.
Vale vahm ayla andinkim chekib voy
Damodam qon yutar bir notavoning.
Ajab la’lesen, ey ashki jigargun,
Ajab yoʻqkim, erur gʻam togʻi koning.
Kular, ey bogʻbon, har gʻuncha goʻyo
Ki, gʻofildur xazondin gulsitoning.
Navoiy ishq vodiysigʻa kirdi,
Xatarliq yoʻldur, ey ahbob, yoning!

357

Rafiqlarni borin yoru moʻ’tamad qilding,
Aroda tek meni, mardud edimki, rad qilding.
Falak jafosi, oʻlus ta’niyu firoqing oʻti,
Bas ermas erdiki, sen ham yana madad qilding.
Kechib jahon ila jondin seni dedim, jono,
Magarki qatlima bu jurmni sanad qilding.
Gʻaraz chu oʻlmagim erdi, bas erdi lutfung ham,
Gʻazab ne erdiki, ey shoʻxi sarvqad, qilding.
Gʻamingni chekkali yolgʻuz koʻngul edi ojiz
Ki, tiygʻi furqat ila ani yuz adad qilding.
Chu baxt axtari sa’d oʻlmadi ne sud, eykim,
Sipehr zijini hal qilgʻali rasad qilding.
Navoiy, yor ne javr etsa, jongʻa minnat qoʻy,
Azalda chunki bu da’voni to abad qilding.

358

Istab ul butni xirad belida zunnorin koʻrung,
Bir kaloba ip bila Yusuf xaridorin koʻrung.
La’lu xoli naqshi jonda, tanda qonu toza dogʻ,
Zohirimda botin ahvoli namudorin koʻrung.
Zor jismim chirmashur ul oygʻa yozgʻan nomagʻa,
Vasl umididin bitikka chirmagʻan torin koʻrung.
Za’fligʻ jismim egildi kasrati paykonidin,
Bu yigʻochning shoxini xam aylagan borin koʻrung.
Umr davrining baqosin bilmaganlar har taraf,
Suda yomgʻur nuqtasining davri pargorin koʻrung.
Eyki, koʻrmaysiz bino ahli fano tufrogʻigʻa,
Soyasida men boʻlur vayrona devorin koʻrung.
Demangiz hajr asru zaxm etmish Navoiy jismini,
Jismida zaxmicha yuz jonida ozorin koʻrung.

359

Xayoling husnigʻa koʻnglumda ziynat bersa hijroning,
Erur gulguna qon, mashshota ishqu koʻzgu paykoning.
Jafo sarlavhida qildi alif mashqi, koʻzung yoxud
Alifdek jongʻa nish urmoqqa saflar chekti mujgoni
Labing xat zohir etti, Xizr umri bersalar oʻlgum,
Xususankim Xizrgʻa hamdam oʻlgʻay obi hayvoning.
Tushumda vasli erdi, ey koʻngul, yo rab, balo ursun
Sangakim, meni uygʻatti ajab holatda afgʻoning.
Dimogʻi, yoʻq mushavvash boʻlmagʻan, goʻyoki butratmish,
Jahon bogʻida savdo sunbuli zulfi parishoning.
Necha yogʻdursa gʻam toshin firoq atfoli, ey Majnun,
Ne gʻam bosh uzra Laylo borgohi boʻlsa qolqoning.
Qafas qaydidadur bulbul, bukim vayrona tutmish chugʻz
Vafosi yoʻq ekanni bildi goʻyo ahli dunyoning.
Bu bazm ahli nifoqidin toriqmish koʻnglum, ey soqiy
Ezib behush doru tut manga yetkanda davroning.
Navoiy, hajrida ne nav’ sayli ashk oqizdingkim
Visoli boʻldi chun mumkin, oʻtarga yoʻqtur imkoning.

360

Chamanda chehra furugʻi uchun qadah olding,
Ne achigʻ erdiki gul xirmanigʻa oʻt solding.
Ajab yoʻq ashking agar yummayin oqar, ey koʻz
Ki, yor boqmayin oʻttiyu sen boqib qolding.
Samandi poʻyasidin sarsar urgʻan oʻt yangligʻ,
Ne holat erdi sanga, ey koʻngulki qoʻzgʻalding.
Gʻamim yukin koʻtarib, ey sipehr, hajr tuni
Chu qilmading harakat goʻyiy asru tavshalding.
Dedim taronayi jonbaxsh mutribo, sen xud
Firoq sozi tuzub oʻlturur kuki cholding.
Visol gulshanin, ey jon qushi, koʻp istarsen,
Bu domgah aro goʻyoki asru qiynalding.
Fano yoʻlida Navoiygʻa boʻlmading hamrah,
Bu dasht poʻyasidin, zohido, magar tolding.

361

Gʻam toshin jismimda paykoning bila band aylading,
Ul samarni bu yigʻochqa bargpayvand aylading.
Chun shakar shirinlik izhor etti la’ling ollida,
Demayin, qilding tabassumkim, shakarxand aylading.
Elga ishrat bodasi tuttung yoyib xoni visol,
Vahki, bizni qon yutub, gʻam yerga xursand aylading.
Istamas boʻlsang meni, bulbul kebi shaydo, nedin.
Yuzni gulgun boda birla gulga monand aylading.
Qilding ul yuz jannatidin ayru bu koʻz mardumin
Odamu har sari yoshin anga farzand aylading.
Dahr bogʻining gulida yoʻqturur boʻyi vafo,
Oʻzni, ey bulbul, agar parkand-parkand aylading.
Ey pariy, debsen Navoiy bor emish Majnun kebi,
Bir yoʻli ul telbani qaydin xiradmand aylading.

362

Ey visol ahli, ul oy koʻnglini xushhol tutung,
Gar halokim xabaridin ovunurkim, ovutung.
Yuz tuman mendek aning koʻngli rizosigʻa fido
Men agar oʻlsam oʻlay, siz ani xushhol tutung.
Gar soʻzum yaxshi-yomon xotirigʻa kelmas xush,
Ul unutqan kebi lutf aylangu siz ham unutung.
Mohvashlar bila kunduz beringiz bazmigʻa zeb,
Sham’i may birla shabistoni firogʻin yorutung.
Nozanin xotirigʻa kelmasangiz siz dagʻi xush,
Yovumang men kebi bazmigʻavu xunoba yutung.
Ishq aro xoru zabunluq kerak, ey ahli junun,
Oragʻa gʻofilu ra’noni demankim yovutung.
Gʻamzasi biymi koʻp achitti Navoiy ogʻzin,
La’li paygʻomi bila bir dagʻi komin chuchutung.

363

Ishq keltursa ishim dayri fano azmida oʻng,
Xonaqah kunji havas aylamayin andin soʻng.
Rostlar ma’manidur dayr, tuz ur ul sari gom,
Kimki ul egri qadam urdi, ishi kelmadi oʻng.
Himmat ahli bila har tiyragʻa tegmas parvoz
Nasri toyir bila ne nav havo qilgʻay qoʻng.
Borkashlarga fano man’i qachon qilgʻay joh?
Tevaning koʻngli kichikdur gar erur paykari choʻng.
Ohu ashkidin erur oʻtu su ichra oshiq,
Zohido, ne gʻam anga gar qizigʻ oʻlgʻil, gar toʻng.
Zoʻr bozu kishiga dahr chu qoʻymas jovid,
Sa’y etib qoʻlda birovni, chu yetar emdi qoʻlung.
Karamin ista Navoiyki, kishi toat etib.
Noma ma’lum emas, soʻl qoʻlidindur yo oʻng.

Lom Harfining Lu’batlarining Latoyifi «Gʻaroyib»din

364

Ey koʻngul, yer-koʻk asosin asru bebunyod bil,
Ul kesakni suda koʻr, bu safhani barbod bil.
Jism uyi chunkim erur foniy, tafovut yoʻq ani
Gar fano saylobidin vayronu gar obod bil.
Toʻrt unsur qaydidin to chiqmagʻaysen, naf’ emas
Osmoniy toʻrt daftarni tutaykim yod bil.
Eyki debsen, haqni ne ta’rifu vasf ila bilay,
Vasfdin mustagʻniyu ta’rifdin ozod bil.
Tengri zikrikim, maloyikka gʻizoyi ruh erur,
Bu gʻizoni haq yoʻligʻa kirgan elga zod bil.
Gar habibim qilsa izhori kalom, ey piri dayr,
Isoyi Maryamni ul dam gungi modarzod bil.
Mantiqi ishq ichra oshiqni tasavvur ayla nav’,
Fard boʻlgʻanlarni bu yoʻlda anga afrod bil.
El oyogʻigʻa tushardin boshqa chiqmoq rasmini
May kuhanpiridin ushbu dayr aro irshod bil.
Ey suluk ahli, qachon maqsud topqumdur desang,
Mosivallohni fano koʻrgan kunin miy’od bil.
Eyki debsenkim, bilay tavhid sirridin xabar,
Shar’din nekim tajovuz ayladi ilhod bil.
Doʻst vaslin topmagʻan dunyovu uqbodin kechib,
Ushbu dardinggʻa Navoiy holin istishhod bil.

365

Ogʻzidin chiqqan hadisi nozuku ranginni bil,
La’l suftidin chiqargʻan rishtadur rangi qizil.
Bir zabona har yaramda soʻzi ishqingdin erur,
Koʻnglum oʻti sharhigʻa ochqan ogʻizlar ichra til.
Ey ajal, koʻyida boshim qil ogʻirkim, aylamish
Hajr ashkim saylin ildam, za’f jismimni yengil.
Qon yosh ichra gʻarqadur jismim, chiqar, ey mugʻbacha,
Koʻrsang andoqkim olursen la’lgun may ichra qil.
Xoʻblar har dam oʻtar sensiz qoshimdin, vahki, bor
Har nafas hajring manga bu oylar oʻtgan birla yil.


Sarsaredur har daming maqsud izin gum qilgʻali,
Gar bu vodiy ichra gʻaflat birla yuz ming yil tiril.
Ey Navoiy, faqr tufrogʻigʻa koʻp toʻktung sirishk,
Gar tilar boʻlsang fano ham anda-oʻq emdi yiqil.

366

Aningdek mastmen day subhikim, bu mushkil ermas hal
Ki, mayliq shisha quygʻan shiradur yo shu’laliq manqal.
Quyoshdek titramak daf’in sahargah orzu qilsang,
Quyoshdek jomni titrab sumurmak farz erur avval.
Muningdek faslkim, tun mushkini charx etti kofuriy,
Sabuhiy maydin ulkim, boʻlsa loya’qil erur a’qal.
Sudo’im gʻolibu gulgun mayimni muhtasib toʻkmish,
Topib ollimgʻa ul balchiqdin-oʻq surtay qizil sandal.
Sovugʻ yo tiyra ersa day sabuhi, ista ravshan may,
Netarsen mehr oʻtidin shu’la yo oy nuridin mash’al.
Xush ul maxmurlugʻdin tiyra koʻzkim, ochqach-oʻq boʻlsa,
Oʻshul koʻzguga soqiyning hiloli qoshidin misqal.
Mahosin subhdin bogʻlab, sochar oʻt ogʻzidin gardun,
Sabuh ahli, nishot aylangki, topmishsiz ajab mahzal.
May ichra aks erur soqiy yuzidin anglaman, yoxud
Koʻzum nazzoradin toʻrt oʻldi, yoxud boʻlmisham ahval.
Quloq har soʻzga solma istasang ishq ichra rasvoligʻ
Ki, voiz koʻp chekib faryodu nosih koʻp degay muhmal.
Muyassardur, Navoiy, yor vasli xilvati topsang
Ki, ya’ni boʻlmasa ul xilvat ichra oʻzlugung ankal.

367

Yuzungni koʻrdum emdi koʻzlarimni bogʻla, ey qotil
Ki, nogah boʻlmagʻaylar oʻzga yuzni koʻrgali moyil.
Kitob avroqidek boʻlgʻay musattah qolmayin davri
Gʻamim toshigʻa boʻlsa bir nafas toʻquz falak homil.
Meni bedilning ohin oʻgmakim, olamni kuydurdi,
Hanuz ermas koʻngulning shu’lasi bu oʻt aro doxil.
Tanimda gul emas gulxan nishoni telbalikdinkim
Kul oʻldum oʻrtanib ishqing oʻtidin, lek sen gʻofil.
Labing shavqi koʻnguldin xalq ta’n aylab qachon ketsun,
Sabodin gʻunchaning hargiz boʻlurmu humrati zoyil.
Nedur oy safhasi boʻlgʻan qoradin dogʻligʻ, goʻyo
Jamoling daftarin yozgʻanda boʻlmish bir varaq botil.
Mening jurm ichra uzrum shayxning zuhd ichra ujbidin
Batardur doʻst lutfi holima gar boʻlmasa shomil.
Figʻoni oʻqidin bulbulning, ey gulbun, hazar qilkim,
Tikan paykonigʻa gul javshani hargiz emas hoyil.
Navoiy qullugʻin faqr ahlining piri qabul etsa,
Erur bir banda ozod aylagan yangligʻ shahi odil.

368

Hajr oʻtigʻa istasang yoqilmagʻaysen, ey koʻngul,
Yordin zinhorkim, ayrilmagʻaysen, ey koʻngul.
Vah, ne toli’durki topmay umre istab yorni,
Chun seni yor istagay topilmagʻaysen, en koʻngul.
Buki qon boʻldung desangkim, oshkoro boʻlmasun
Mayl etib yoshlar sari qotilmagʻaysen, ey koʻngul.
Desalar: Laylomu ortuq husn aro yo ul pariy?
Garchi Majnunsen kerak yongʻilmagʻaysen, ey koʻngul.
Qildi chun soqiy labi yetkan qadah hushungni mahv.
To abad zinhorkim, oyilmagʻaysen, ey koʻngul.
Gʻunchasen gʻamdin, vale soqiy bahori orazin
Ochsa bilmankim, nedin ochilmagʻaysen, ey koʻngul.
Davlati boqiy Navoykdek erur topmoq muhol,
To tamom oʻzlukni foniy qilmagʻaysen, ey koʻngul.

369

Chamanda qonini baskim oqizdi zor koʻngul,
Sogʻinma gʻunchaki gulbun keturdi bor koʻngul.
Ne gullar ochqay alam gulshanida gʻuncha kebi
Nihoniy zaxmlarin qilsa oshkor koʻngul.
Toʻnungda tugma emas barcha la’li paykoniy,
Labing havosigʻa borur tuzub qator koʻngul,
Chamanda qon yogʻar oʻtsang, magar sanavbar uza
Ochar jarohati ogʻzini har figor koʻngul.
Tutashqan oʻt durur oʻtun aro, bukim topmas
Firoqing oʻqlari birla dame qaror koʻngul.
Fatilalarni yaramdin chekib tutashturdi,
Magar gʻamingda qoʻyar dogʻi intizor koʻngul.
Firoq zaxmida ochmish ogʻiz ketur, soqiy,
Qadahki, istamas oʻlmogʻni hushyor koʻngul.
Ne mehr isi, ne vafo rangi topqung, ey bulbul,
Bu bogʻ gullariga berma zinhor koʻngul.
Navoiy etkay aning tarkin ixtiyor, vale
Qachon berur anga bu ishda ixtiyor koʻngul.

370

Men jahondin kechtimu kechmas mening jonimdin el,
Men ilig jondin yudum, chekmas ilig qonimdin el.
Toʻsh-toʻshumdin baski rasvoligʻ oʻti lov-lov yonar,
Har taraf yoʻldin chiqarlar oʻtsalar yonimdin el.
Baxtim uyqusigʻa goʻyokim surudedur hazin,
Koʻyida bukim uyumas har tun afgʻonimdin el.
Tanimaslar bir-birin yogʻqan mazallat gardidin,
Soʻrgʻali holim kirib chiqquncha vayronimdin el.
Menda tumori junundek pech, vahkim, bexabar,
Har taraf koʻnglumda qonligʻ dogʻi pinhonimdin el.
Istaram, ey Xizr, kelgaymen qilib jon birla tavf,
Ka’bayi koʻyin xabar topquncha borgʻanimdin el.
Ey Navoiy, qilmagʻaylar ayb agar devonamen,
Ul pariy vasfin oʻqugʻan soyi devonimdin el.

371

Qaro koʻzum kelu mardumlugʻ emdi fan qilgʻil,
Koʻzum qarosida mardum kebi vatan qilgʻil.
Yuzung guliga koʻngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholigʻa jon gulshanin chaman qilgʻil.
Takovaringgʻa bagʻir qonidin hino bogʻla,
Itingga gʻamzada jon rishtasin rasan qilgʻil.
Firoq togʻida topilsa tufrogʻim, ey charx,
Xamir etib yana ul togʻda koʻhkan qilgʻil.
Yuzung visoligʻa yetsun, desang, koʻngullarni,
Sochingni boshtin-ayogʻ chin ila shikan qilgʻil.
Xazon sipohigʻa, ey bogʻbon, emas moni’,
Bu bogʻ tomida gar ignadin tikan qilgʻil.
Yuzida terni koʻrub oʻlsam, ey rafiq, meni
Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilgʻil.
Navoiy anjumani shavq jon aro tuzsang,
Aning boshogʻligʻ oʻqin sham’i anjuman qilgʻil.

372

Nomasi qoʻynumda baskim, iztirob aylar koʻngul,
Oʻpgali chiqmoqqa goʻyokim shitob aylar koʻngul.
Toza butmish erdi koʻksum choki, vahkim, tolpinib
Chiqqali ul raxnani har dam xarob aylar koʻngul.
Oʻqi zaxmi yoʻlidin solsam ichimga nomasin,
Bir fatila marham oʻrnigʻa hisob aylar koʻngul.
Chirmabon jon pardasin manshur uza volo kebi
Koʻrmasun deb gʻayr ani, goʻyo niqob aylar koʻngul.
Gʻunchadek qat-qat boʻlub qon ul musofir shavqidin
Nomasi yangligʻ damo-dam pechu tob aylar koʻngul.
Mubham ermish ruq’asi davronning, asru yovakim,
Jongʻa bu andeshadin har dam azob aylar koʻngul.
Ey Navoiy, ochti koʻksumning tikilgan chokini,
Nomasi qoʻynumda baskim, iztirob aylar koʻngul.

373

Yordin kelmish manga bir turfa maktub, ey koʻngul
Kim, erur har satri, bal har lafzi margʻub, ey koʻngul.
Lafz yoʻq, har harfi jon hirzi, dagʻi har nuqtasi
Mardumak yangligʻ biaynih koʻzga matlub, ey koʻngul.
Ayladim tumor agar tumor etar daf’i junun
Bu meni qilmish junun ilgida magʻlub, ey koʻngul.
Safhada ermas muhabbat sharhikim kelmish kiyib,
Hullayi kofurgun bir turfa mahbub, ey koʻngul.
Asru koʻp takror etardin ul pariyvash nomasin,
Boʻlmisham el ichra majnunluqqa mansub, ey koʻngul.
Gʻayrdin safhangni qilgʻil pok, ya’ni aylama
Xotiring lavhini har xat birla ma’yub, ey koʻngul.
Gʻamdin ozod oʻldi xattidin Navoiy, bermasa
Begiga qulluqqa xat boʻlgʻaymu mahsub, ey koʻngul.

374

Ul pariykim, bandi zulfigʻa majonindur uqul,
Men kebi devonalar qaydin qachon qilsun qabul.
Zarra ermaskim quyosh ajzosi nur aylarga kasb
Ul pariy qasrigʻa ravzandin qilur har dam nuzul.
Olamoro husn ila jonbaxsh nutqungmu ekin,
Yo Masiho ruhi Yusuf jismida qilmish hulul.
Eyki dersen, keldingu shod oʻlgʻusi vaslinggʻa yor,
Shod boʻlgʻay erdi boʻlgʻan boʻlsa hajrimdin malul.
Mushafi avsofingda ermish, Olloh-Olloh, mujmale,
Sura-sura har karashmang sharhida iynak fusul.
Yerga soching sudralur kulbamga kirsang xam boʻlub,
Mehr past oʻlgʻan zamon andoqki topqay soya tul.
Ikki zulfung toʻlgʻanur har dam sabo tahrikidin,
Ikki hindu nagʻma birla zohir etkandek usul.
Rostliqdin dayr toqigʻa mador oʻlmoq ne ayb,
Solikekim boʻlsa xidmatda sutun yangligʻ hamul.
Boʻlmasa erdi Navoiy sirri ishqinggʻa amin,
Ne zalum etkay eding aning xitobin, ne jahul.

375

Qon toʻkar koʻz orazing gulgunaliq koʻrgan mahal,
Ne uchunkim suyi aning qon ila boʻlmish badal.
Toqi axzar qotti barcha fitnavu bedodini
Qoshingga mashshota goʻyo vusma aylar chogʻda hal.
Nildin gulgun uzoring bogʻida har sari xol,
Nilufar gulshan aro har yon ochilmish filmasal.
Kechrak ochmoq burqa’ ermas el oʻlar deb rahm uchun,
Balki aylarsen ulus koʻprak yigʻilsun deb hiyal.
Bogʻ aro har rang toʻn egnida chiqmish uylakim,
Hur jannat sayrigʻa chiqqay kiyib turlug hulal.
To yudung zunnori zulfungni, sochilgʻan suyidin,
Kishvari islom aro yuz ming bino topmish xalal.
Dahr shoʻxidin, Navoiy, tut qiroqkim, bogʻlasang
Bir ayoq su birla aqdin, uldurur jomi ajal.

376

Koʻzumda hajr oʻtining humratin koʻr, dema qondur ul,
Qora sogʻinma, paykoning suyi tomgʻon nishondur ul.
Labing xoliki xat yashurdi jonni yashurun oʻrtar,
Hamono ishqdin jonimdagʻi dogʻi nihondur ul.
Koʻngul bogʻi aro har yon oʻqung zaxmi emas, goʻyo
Niholi mehring ekmaklik uchun qozgʻan makondur ul.
Koʻzumning mardumikim, to sahar kavkab sanar har tun
Ul uydin uyqu ayyorin qovargʻa posbondur ul.
Koʻnguldin kelgan ohim xaylini man’ etmasam avlo
Ki mehnat kishvaridin azm qilgʻan korvondur ul.
Qading sarvidadur koʻnglum qushi, vah, sunbulung erma!
Kim, ul sarv uzra qush qasdigʻa chirmashqan yilondur ul
Surohiy ogʻzida qil shaklidin xushdilmen, ey soqiy,
Magar ayshu farogʻat toyirigʻa oshyondur ul.
Emas boʻlsang taayyun xonaqohi shugʻlidin emin,
Fano dayrigʻa kir filholkim dor-ul-amondur ul.
Navoiy za’fin anglab oʻzgaga haml etma javrungni
Ki, yillar ushbu ogʻir yukni chekkan notavondur ul.

377

Qani bir chehraki mayl etkay anga xasta koʻngul,
Qani bir zulfki, boʻlgʻay anga vobasta koʻngul.
Zaxmiy ogʻzida labing zikriyu ahvoli qatiq,
Jon yetib ogʻzigʻa hol ustidadur xasta koʻngul.
Gʻussa tirnogʻi bilakim qilur atrofini resh,
Naqsh etar egma qoshing shaklini payvasta koʻngul.
Gʻam yeman buzdi esa koʻnglum uyinkim, qoʻymas
Maxzani ishqini to boʻlmasa shoyista koʻngul.
Tah-batah qon demakim, ikki yuzung shavqidin
Dard bogʻida qilur lolavu guldasta koʻngul.
Koʻnglung ar boʻlmasa vobasta, tong ermas, ey shayx,
Bormu oxir bori olam aro vorasta koʻngul.
Zulmidin desa Navoiyki, qilay ishqin tark,
Man’ etib ichkaridin yolbarur ohista koʻngul.

378

Har kishi koʻrsa qizil xoroda ul mahvash jamol,
Qon yoshim mavji aro qilgʻay quyosh aksi xayol.
Novakin chekmangki, chirmalmish anga jon rishtasi
Kuch bila chiqmoq ne imkon resha berkitkan nihol,
Ul quyoshning markabi koʻk tavsanidur ne ajab,
Gar rikob oʻlmoqqa bosh bir-birga yetkurgay hilol.
Nun boshinda shamra yangligʻdur qoshing uzra girih
Oraz uzra nuqta mislidur uzoring uzra xol.
Goʻyiyo qilgʻay shafaq birla quyoshtin rang hal,
Sun’ naqqoshi tasavvur qilsa chehrangdin misol.
Mayda soqiy aksini koʻrgach egildim oʻpgali,
Bosh koʻtarman emdi, ya’nikim topibmen infiol.
Ey Navoiy, oʻlgil andin burnakim, yetkay ajal
Kim, ajal yetkach oʻlarga bermagay shoyad majol.

379

Qildi ovora meni xastani ovora koʻngul,
Xonumonimni qora qildi yuzi qora koʻngul.
Itlaring ollida yuz pora koʻngulni soldim,
Muna koʻr, har birining ogʻzida bir pora koʻngul.
Yor yuz pora qilib bordi hazin koʻnglumni,
Hech oʻsonmay yana har lahza borur pora koʻngul.
Yosh toʻkar koʻnglum aning vasligʻa mayl aylasa koʻz,
Qon yutar koʻz, yuzini aylasa nazzora koʻngul.
Noz oʻqin jon bila jismimgʻa urub xud oʻttung,
Boqki, qoldi boqibon yolbora-yolbora koʻngul.
Lu’bati dahr firebi bila boziy yemakim,
Bermadi kimsaga bu shohidi makkora koʻngul.
Koʻngli istarki, sinuq boʻlsa Navoiy koʻngli,
Boʻlmasun shisha koʻngul qasdida, vah, xora koʻngul.

380

Ne qoshu yuzdurur sanga, ey sun’i loyuzol,
Bir oy boshida koʻrmadi hech kim iki hilol
Ogʻzi soʻzin demakda beli yodima kelur,
Ore daqiq nukta aro yuz berur xayol.
Koʻzu qoshing biaynih nargis boshinda nun,
Zulfung ayogʻing ostida chun vard ayogʻi dol.
Xat lafzi kimki yozsa qoʻyar nuqta yuqori,
Mushkin xatingning ustida andoq koʻrundi xol.
Sarsabz erur hamesha bu gulshanda sarvdek,
Ozodayeki boʻlsa mizojida e’tidol.
Vasl istaram ayon qilibon ashk durlarin,
Soyil yetimlar yigʻib etkan kebi savol.
Ul chobuk ollida boshin etti Navoiy goʻy,
Chavgon sarguzashtima basdur guvohi hol.

381

Yorab, ul oy husnin el fahmigʻa nomafhum qil,
Buyla mavjud etmasang, avval meni ma’dum qil.
Barcha yuzdin uylakim koʻzumni mahrum aylading,
Barcha koʻzni ul pariyvash yuzidin mahrum qil.
Boʻlsa ishqimda qusure koʻnglini mendin sovut,
Ishqim ar pok oʻlsa, toshdek koʻnglin aning mum qil.
Qilsa zulm ul zolim elni qilmagʻil, yo rab, zabun,
Chun tazallumdur ishim doim meni mazlum qil.
To koʻzum qutlugʻ yuzidin oʻzga sari tushmasun,
Har ne koʻz koʻrgay mening baxtimgʻa ani shum qil.
To tirikmen ishqi harfidur ichimda, ey rafiq,
Oʻlsam oni-oʻq mazorim toshida marqum qil.
Demakim, bormu ekin mehrim Navoiy koʻnglida,
Anda sensen, bir taammul aylabon ma’lum qil.

382

Boʻynumgʻa qayda qilgʻay ul oy qoʻlini moyil
Kim, basdurur quloda it boʻynigʻa hamoyil.
Yuz xoʻb jilva qilsa bormas koʻzumdin ul oy
Kim, zarra xayli boʻlmas hargiz quyoshqa hoyil
Ulkim, kulub koʻziga surma chekar ne fikri?
Gar koʻz yoshimdin oʻlgʻay koʻzning qorasi zoyil.
Noz etki sarvu gulda, bal insu jinda yoʻqtur
Bu husnu bu latofat, bu shaklu bu shamoyil.
Qil sigʻmas ogʻzing ichra koʻp nukta tong emaskim,
Nozukrak oʻldi qildin har soʻzga boʻlsa qoyil.
Bu shukr uchun karam qil, soyilgʻa, ey gʻaniykim,
Ermastur ul tavongar, sen xidmatida soyil.
Hijronda bexud istar oʻzni Navoiy, ey shayx,
Oyu yil ani usruk koʻrsang, demaki, oyil.

383

Zulfini ochmish sabo yuziga chiqmish tobi mul,
Zulfu yuzi aksidin toʻnigʻa tushmish dolu gul.
Qon yutub koʻnglum tilar har lahza ishqing dogʻini,
Qursi limu istagandek ahli ishrat ichsa mul.
Par emas bulbulda, balkim otashin gul shavqidin
Gulxaniy devonadurkim, yuqmish a’zosigʻa kul.
Yuzu xoling oʻti to dogʻ etti, boʻlmish loladek
Koʻhi gʻam tiygʻi jafodin chok-chok oʻlgʻan koʻngul.
Borgʻusi garding falakka bodpolar sayridin,
Bodpoyinggʻa ne osigʻ atlasi aflok jul.
Gar binafsha xattinga qulluq qilurdin qochmadi,
El aro nevchun erur boshi quyi, boʻynida gʻul.
Kirpik ermaskim Navoiy oʻtkay ul chobuk debon,
Koʻz qora suyigʻa bogʻlaptur qamishlar birla pul.

384

Koʻnglung istar yorlar birla hamesha shod boʻl,
Mendinu kimdinki, koʻnglung istamas, ozod boʻl.
Garchi sabrim uyi yangligʻ aylading vayron meni
Doimo, yo rabki, husnung mulkidek obod boʻl.
Men chekib anduh oʻlay, ey joni boʻlsun ul Masih
Sovrul, ey charxi nigun, v-ey dahri dun, barbod boʻl.
Bevafolar zulmu bedodigʻa ermassen harif,
Ey sinuq koʻnglum, agar xud shisha, gar poʻlod boʻl.
Tuttum oʻlmakdin tirilmak hajrida tengdur manga,
Emdi gar bergil ziloli Xizr, agar jallod boʻl.
Chekma boshkim emin ermassen xazon yagʻmosidin,
Bu chaman ichra agar savsan, agar shamshod boʻl.
Ey Navoiy, olam ahligʻa chu yoʻq ermish vafo,
Kelu mundin nari, bekaslik bila mu’tod boʻl.

385

Qomatinggʻa har zamon yuz jilva, ey zebo nihol,
Notavon koʻnglumga har bir jilvasidin oʻzga hol.
Evrulur koʻnglumda ul chobuk xayoli har kecha,
Shu’laliq koʻnglumni qildi charx fonusi xayol.
Bosh qoʻyay dedim oyogʻi tufrogʻigʻa dedi: qoʻy
Boʻsa istab la’li rangin soʻrdum ersa, dedi: ol.
Gʻunchayi xandonki, derlar munfaildur ogʻzidin,
Lek kulmak birla istar qilsa daf’i infiol.
Xattu xoli hasratidin oncha ashkim oqtikim,
Bir koʻzum tutti gʻuboru bir koʻzumga tushti xol.
Davr xam qildi qadingni, goʻshaye tut, yoʻq aso,
Negakim, dard-oʻq boʻlur zohir alif yondashsa dol.
Ey koʻz, onsiz oʻzga yuz koʻrmakni qilmishsen havas,
Hajr tiygʻidin oʻyul, yoxud Navoiydin uyol.

386

Bogʻ mendek sargʻarib, bulbul meningdek boʻldi lol,
Goʻyiyo mundoq boʻlur bir guldin ayrilgʻangʻa hol.
Yerdagi yofrogʻ gʻaribu xoksor ar boʻlmasa,
Men kebi ne vajhdindur yuzi sarigʻ, ashki ol?
Sugʻakim tushmish qizargʻan barglar, koʻrgan kishi
Koʻz yoshim ichra bagʻir pargolasi aylar xayol.
Shox Majnundurki, uryon boʻlubon afgʻon qilur,
Barg Laylodurki, nilu igna birla qazdi xol.
Hajr aro ohimgʻa boqmay bordi, lekin shukr erur
Kim, xazonda sarvgʻa osib yetkurmas shamol.
Bu sarigʻ ruxsor uza har sari ashkim oʻxshashur
Bir xazonligʻ bogʻ ichinda har taraf ravshan zulol.
Vasl angla ishq bogʻining bahoridin nishon,
Hajr, bilgil gar tilar boʻlsang, xazonidin misol.
Bu chaman ra’nolari sarkashlik etgandin ne sud
Kim, xazon torojidin emin emastur bir nihol.
Ey Navoiy, bu xazon oʻlgʻay bahor ila badal,
Kelsa davlat gulbuni shahzodayi sohibjamol.

387

Sarvnozim, yoʻq ajab, gar roʻzadin topmish malol
Kim, su ichmasdan topar pajmurdaligʻ nozuk nihol.
Yillar ogʻzimkim qurutmishsen zuloli vasl uchun,
Bilding erkin shammayekim, sa’b erkandur bu hol
Kun tush oʻlmay roʻzavu issigʻdin ul oy qildi za’f,
Ne haroratdur quyosh, yo rabki, topqaysen zavol.
Roʻza za’fidinki chiqmas uydin oʻlmish mohi nav,
Za’f koʻrgilkim, toʻlun oyimni aylaptur hilol.
Roʻza muhri sogʻinib dermenki, olsam tishlabon
Har qachon koʻrsam aning shirin dudogʻi uzra xol.
Sharbatin dermen ezay jon shirasidin qil madad,
Zulmatingdin tiyralik, ey Xizru chashmangdin zulol.
Elga shom oʻlmish, Navoiygʻa yuzungdin subh erur
Kim, sogʻinsun roʻza shomin, bor egach subhi visol.

388

Uygʻonib subh uyqusidin mehr sham’in tor qil,
Koʻz ochib harggoʻshadin bir fitnani bedor qil!
Koʻzni afsunsoz etib jonbaxsh labdin nukta ayt,
Somiriy sihrin, Masiho mu’jizin izhor qil!
Koʻz toʻla uyqu ogʻirliq solmoq uchun qoʻl ochib,
Ul muhol ummid birla bizni minnatdor qil!
Sep qora yer uzra xob olud koʻzga su urub,
Koʻz yetarcha yerni ul su birla nargiszor qil!
Uyqudin ul gulni koʻrmak gar murodim boʻlmasa,
Koʻzuma, yo rabki, har bir kiprigin bir xor qil!
Doʻst matlub ersa gʻaflat uyqusidin koʻz ochib
Uchmoq ummidi, tomugʻ biymidin istigʻfor qil!
Ey Navoiy, tushta ul oy dedikim, vasl istama!
Aks erur tush, sen talabni ulcha mumkin bor qil!

389

Ul mukahhal koʻz jafosidin agar boʻlsam qatil,
Surma toshidin yasab qabrim qoʻyung boshida mil.
La’li jon olgʻan dalili ulki, yoʻqtur elgʻa jon,
Buki elga jon bagʻishlaydur, bu dagʻi bir dalil.
Rashkdin har sari ishqing dogʻin aylarmen nihon,
Bogʻlabon marham diram har yon yoshurgʻandek baxil.
Yuzda yoʻllar shakli tutmish qon yoshimning xatlari,
Kelki, qilmish koʻz xayoling xayligʻa qonin sabil.
Orazingdin xay manga tomgʻaymu deb tufrogʻ men,
Ul kishi yangligʻki, boʻlgʻay obroʻ istab zalil.
Soqiyo, tut bir qadah maykim, eritgay toshni
Kim, gʻamu anduh gʻizosidin erur koʻnglum saqil.
To ani ichkach, Navoiygʻa ochilgʻay gulsiton,
Gar sabuk ruhona kirsa oʻtqa andoqkim Xalil.

390

Qilgʻali xil’atin ul sarvi gulandom qizil,
Qildi qon toʻkmak ila dahrni gulfom qizil.
La’li shavqi bila gar boʻlsa koʻngul qon ne ajab
Kim, qizil may bila toʻlsa koʻrunur jom qizil.
Charx agar holima qon yigʻlamadi hajr tuni,
Nega bas boʻldi shafaqdin yuzi ul shom qizil.
Qildi qonligʻ koʻngul ul zulf xayolin rangin,
Raqam etkan kebi shingarf bila lom qizil.
Gul sevarmenki, bu rang etkali xil’at ul shoʻx
Ranglar ichra berur koʻngluma orom qizil.
Husn sotma shafaqing rangidin, ey zoli sipehr
Kim, ani qoʻymagʻusi gardishi ayyom qizil.
Komi dil garchi Navoiygʻa mayi la’ling erur,
Boʻlgʻusi chehrasi xunob ila nokom qizil.

391

Yoʻqturur olamda ahli ishqdek bechora el,
Hajr zulmi birla xonumonidin ovora el.
Ishq saylobi jafosi birla hijron tiygʻidin
Xotiri vayron jamoat, koʻngli yuz ming pora el.
Chiqsang uydin telba boʻlmoq olam ahli ne ajab
Koʻrmamish hargiz chu sendek bir pariy ruxsora el.
Anglakim, ovora boʻlgʻanlardur ul oy ishqidin
Hajr sahrosida koʻrsang togʻu vodiy ora el.
Oʻrtab, ey hijron, meni dudumni qil koʻyida miygʻ,
To ul oy husnigʻa aylay olmagʻay nazzora el.
Chun qazo tagʻyir topmas komi ozligʻdin, gila
Mahz nohamvorligʻdur aylamak hamvora el.
Ey Navoiy fitna yogʻdursa ul oy ishq ahligʻa,
Osmondin harnekim kelsa ne qilgʻay chora el?

392

Kecha bordi yoru andin qolmadi giryon koʻngul,
Ollida mash’al sogʻindim bor emish soʻzon koʻngul.
Ul sifatkim, gʻunchaning tab’ida boʻlgʻay gul nihon,
Orazing naqshin ichinda aylamish pinhon koʻngul.
Topmas erdim koʻyida istab, agar xud zaxmidin
Toʻkmasa erdi qayon azm aylagandin qon koʻngul.
Gʻunchayi ummid agar la’lingdin uzman, ayb emas
Kim kishiga jonidin uzmak emas oson koʻngul.
Hajr aro jonlar berib chunkim qoʻshuldi yorigʻa,
Ey rafiq, ayrilmoq andin emdi ne imkon koʻngul.


Bir nasihat qilgʻum, ey ishq ahli, aylang istimo’,
Solmangiz har sori koʻz, to boʻlmasun har yon koʻngul.
Ey Navoiy, yordin tushmak yiroq imkon emas,
Koʻyidin chun ixtiyor etmas dame hijron koʻngul.

Mim Harfining Mahbublarining Malohati «Gʻaroyib»din

393

Boʻlmish andoq munqati’ ahli zamondin ulfatim
Kim, oʻzum birla chiqishmas ham zamone suhbatim.
Ey xush ulkim, tutmish erdi vahsh ila sahroda uns,
Muhish ahvole mangakim, bor oʻzumdin vahshatim.
Istaram qochmoq adam vodiysidinkim, kirgali
Vomiqu Farhodu Majnun bas gʻuluvdur xilvatim.
Toʻlgʻanurmen oʻzlugumdin chiqgʻali bukim erur,
Dard vodiysida sargardon quyundek hay’atim.
Ey ajal, tan xirqasin kuydurki, boʻlmish bas ogʻir,
Bu malomat oʻqlari birla tikilgan kisvatim.
Ey falak, anjum ushoq toshin yigʻib boshinggʻa ur,
Chun fano mayxonasi xishtidin oʻldi turbatim.
Yetti koʻkni koʻk varaqlardek sovurgʻay har taraf,
Toqi minoyiy aro chirmalsa ohi hasratim.
Qoʻy duru feruza bahsinkim, nujumu charxni
Nilufar bargi uza shabnamcha koʻrmas himmatim.
La’ldek boshim osilsun gʻarqai xunob oʻlub,
La’l tikkan saltanat tojigʻa boʻlsa ragʻbatim.
Turfa koʻrkim, xalq komi birla umrum boʻldi sarf,
Turfaroq bukim birovga yoqmadi bir xidmatim.
Ey Navoiy, ikki olamdin kechib toptim visol,
Bu iki butxonadin ermish bu yoʻlda ofatim.

394

Ul pariy nazzorasigʻa, vahki, yoʻqtur toqatim
Kim, qachon qilsam nazar devona aylar hayratim.
Bas, ne nav’ aylay tamannokim, visoli sham’idin
Hajr shomi gah-gahe boʻlgʻay munavvar suhbatim.
Suhbatida bor ham topsam bu toli’ qaydakim,
Bir nafas mahramlari silkida boʻlgʻay xidmatim.
Xidmatigʻa mahram oʻlsam ham qachon imkoni bor
Kim, degay bir lahzaye boʻlgʻil harifi xilvatim.
Boʻlsa ham xilvat muyassar, vahki, hargiz yoʻqturur
Poyboʻsi davlatin zohir qilurgʻa jur’atim.
Gar oyoq sunsa koʻzumga ham koʻngul ne voykim,
Ul zamon koʻz rashkidin kuydurgusidur gʻayratim.
Vasl umidin qoʻy Navoiykim, xayoledur muhol,
Bu muhol ummid ila har lahza berma zahmatim.

395

Chamanda munisim ne sarv erur, ne gul, ne sunbul ham,
Manga sarve kerakkim, sochi sunbuldur, yuzi gul ham.
Ajab yoʻq toʻlgʻanib jismim, qorarsa subhi ayshimkim,
Tushub ul kokul uzra chin, yuziga tushti kokul ham.
Demang ul shoʻx ila ashob bazmin qil tafarrujkim,
Talaffuz aylay olman bu hikoyatni, taxayyul ham.
Yuzung birla quyosh ta’rifida gar davr erur hosil,
Kelur zanjiri zulfung vasfida lozim tasalsul ham.
Yuzu qaddigʻa huru tubiy oʻxshar debsen, ey voiz,
Yiroq ermas soʻz ayturda gahe qilsang taammul ham.
Chekib koʻhi firoqiya sabr qildim, vasligʻa yetkach
Figʻon cheksam ajab yoʻq muncha-oʻq boʻlgʻay tahammul ham.
Yuzung shavqida koʻnglum ohi sham’u gulga oʻt soldi
Ki, kuydi notavon parvonavu kul boʻldi bulbul ham.
Gʻanimat anglasun bulbulni gul yetgachki, boʻstondin
Uchar gul yafrogʻi ham, qolmas uchmay garchi bulbul ham.
Xumor oʻlturmish erdi boʻlmasang mugʻ dayrigʻa ozim,
Bu ishga, ey Navoiy, ayladi tengri seni mulham.

396

Ne tong uzorim agar sargʻarib, qizardi yoshim
Ki, yuz qoraligʻu isyon bila oqardi boshim.
Quyosh kebi yuz ila togʻdek gʻamin netayin,
Meningki togʻ boshigʻa yetibdurur quyoshim.
Magarki jon talashur vaqt uchun ayon boʻlgʻay
Muloaba yuzidin xoʻblar bila talashim.
Zamon eli gar urushsunu gar yarashsunlar
Ki, ne urushim alar birla boru ne yarashim.
Oʻqugʻan elni halok aylagay kitobasida,
Ichimdagini ayon qilsa qabrim uzra toshim.
Yasasalar ne ajab dayr uza mazorimni
Meningki mugʻbachalardur harifi jur’akashim
Navoiyo, magar idbor gardini yuzdin
Yugʻay nadomatu hasrat bila toʻkulsa yoshim.

397

Hajr toshining koʻkumtul dogʻidin kuydi tanim,
Ohkim, koʻkurd oʻti birla tutashti xirmanim.
Tiyra kulbam ichra oʻt soldi firoqing, voykim,
Yorudi kuymak oʻti birla qorongʻu maskanim.
Nildin xolu alif yuz uzra to naqsh aylading,
Dogʻ kuydurmak ishim boʻlmish, alif kesmak fanim.
Ishq aro boʻldum gʻaniy, koʻnglum aro paykonidin
Kim, toʻluptur ul javohir birla ushbu maxzanim.
Zarvaraq birla bezabdur gul yuzin, vah, turfa koʻr
Kim, bahor ichra xazon zohir qiliptur gulshanim.
Emin oʻlman xonaqohu xilvat ichra ujbdin,
Zohido, mayxona mulkim, kup ichidur ma’manim.
Ey Navoiy, ul xat etmish roʻzgorimni qora,
Tong emas yirtuq yoqa birla qalamdek shevanim.

398

Qilgʻali yuz til kebi koʻnglumni chok ul qotilim,
Tiygʻi ishqi lazzatin aylar hikoyat har tilim.
Har kecha gʻam togʻi ichra jon yetib ogʻzimgʻa, bor
Mushfiqim bosh uzra bumu koʻzi sham’i mahfilim.
Yigʻlagʻan soyi sarigʻroqdur yuzum, toli’ koʻrung
Kim, socharmen donavu andin somondur hosilim.
Halqa-halqa zulfi domi ichramen, vahkim, kelur,
Toʻsh-toʻshumdin nishi hajru bu zirihdur hoyilim.
Gʻam sipohi ollidin qochmoq ne imkonkim, berur
Oh oʻtiyu ashk qonidin nishon har manzilim.
Nega dahr oyo vafo ahlining istar oʻlmagin,
Ohkim, oʻlgumdurur hal boʻlmayin bu mushkilim.
Ey Navoiy, qilma koʻp Majnun hadisi naqlini
Kim, men etsam naql, Majnun boʻlgʻusidur noqilim.

399

Bahor boʻldiyu gul mayli qilmadi koʻnglum,
Ochildi gʻunchavu lekin ochilmadi koʻnglum.
Yuzung xayoli ila vola erdim andoqkim,
Bahor boʻldiyu gul mayli qilmadi koʻnglum.
Gum oʻldi bogʻda ogʻzing xayolidin, yuz vah
Ki, gʻunchalar ora istab, topilmadi koʻnglum.
Koʻzumda jilva qilib, koʻnglum olmoq istadi gul,
Iting izicha ani koʻzga ilmadi koʻnglum.
Yuzung nazorasida mastu mahv edi, ya’ni
Ki, gul chogʻida zamone oyilmadi koʻnglum.
Zamona gulbunida gʻunchadekdur el koʻngli,
Alargʻa shukrki bore qotilmadi koʻnglum.
Navoiy gʻuncha tilab, koʻnglum ogʻzin etti havas.
Agarchi topmadi, lekin yongilmadi koʻnglum.

400

Magarki koʻz yoʻlidin oqti qon boʻlub yuragim
Ki, togʻ etaklaridek lolagundurur etagim.
Ne tushki, hajri balosin koʻrarda seskansam,
Toʻkuldamak bila qoʻshnini uygʻotur yuragim.
Gʻaming boʻgʻun-boʻgʻunumni oyirdi, ham xushtur
Itingga tashlamoq uchun birin-birin soʻngagim.
Emas bu xolki, koʻz orazinggʻa yetkanda
Qolibdurur yopishib, ayni shavqdin nenagim.
Ne bazm erur mayi hajring sumurmagim, hayhot
Ki, hasrat ilgi ovuch qoqmogʻimdurur gazagim.
Demangki, qoshlari mehrobida tilak tilagin
Mangaki, qoshlari mehrobi-oʻqdurur tilagim.
Chamanda savsanu ra’no qadigʻa moyilmen
Ki, savsaniy toʻn ila jilva koʻp qilur miragim.

401

Koʻngul jon birla bordi hamrahing, men dard ila turdum,
Sanga jon birla koʻnglumni, seni tengriga topshurdum.
Nishondur tiyra boʻlgʻan axtari baxtim savodidin
Tuganlarkim, firoqing oʻtidin gʻam shomi kuydurdum.
Yigʻoch birla boshoqkim, tanda qolmish uldurur marham
Junundinkim, firoqing oʻqlarin jismimda sindurdim.
Tutashti sham’dek har barmogʻim hijron sharoridin,
Ilig marham qoʻyay deb chun koʻngul chokiga yetkurdum.
Chu ul kofir chiqar koʻz solmagʻaysiz, ey musulmonlar
Ki, men bechora koʻnglumni boqib turgʻuncha oldurdum.
Qotibdur koʻzlarimkim, ne yopilmoq, ne taharruk bor,
Qiyo boqqaymu bir deb azm etarda baski telmurdum.
Yuzin koʻrgach boshimgʻa tushti mushkin zulfi savdosi,
Figʻonkim, bir boqishda yuz balo boshimgʻa kelturdum.
Koʻngul tinmasqa qolmish erdi, har nav’ orzu birla,
Rizo koʻyida to qoʻydum qadam koʻnglumni tindurdum.
Makon gulxan kulin qildim Navoiy, telbadek ya’ni
Junun torojidin oxir qora tufroqqa oʻlturdum.

402

Ayni za’fimdin qoʻlum chun qoʻldading, ey dilbarim,
Qoʻyma ilgimniki, qoʻrqarmen toʻkulgay paykarim.
To junun bemorimen, gulxanning oʻtluq kullari
Boʻldi gulgun rishtadin gullar tiqilgan bistarim.
Sovuq ohimdin zarar topqay edim gʻam bazmida
Jism uyinda boʻlmasa oʻtlugʻ koʻnguldin mijmarim.
Qatra xaylar ichra ul orazni koʻrdum, ey rafiq,
Oʻlmagim ermas ajabkim, sugʻa tushmish axtarim.
Dema, la’lim shavqidin sipqarmading qon bir qadah,
Men icharmen, koʻz toʻkar, netib tugansun sogʻarim.
Gulshani faqr ichra to kirdim, erur balkim emas
Gunbadi nilufariy gulshanda bir nilufarim.
Hajr tigʻi koʻp uchun jismimda har yon chekti bosh
Ey Navoiy, men mazallat toyiri, budur parim.

403

Tun oqshom boʻldiyu kelmas mening sham’i shabistonim,
Bu anduh oʻtidin har dam kuyar parvonadek jonim.
Ne gʻam koʻrguzsa koʻksum porasin choki giribonim,
Koʻrunmas boʻlsa koʻksum yarasidin dogʻi pinhonim.
Gʻamidin durri maknundek, sirishkim oqti Jayxundek,
Muzayyan qildi gardundek jahonni ashki gʻaltonim.
Falak ham toʻldi kavkabdin, quyosh ham tushti ashhabdin,
Kelib tushmas bu markabdin mening xurshidi raxshonim.
Jahonni zulmat etti chah, bu zulmat ichra oʻlgum, vah,
Manga boʻlsang ne Xizri rah, yetib, ey obi hayvonim.
Dema koʻktin quyosh ketmish, falakka tiyralik yetmish,
Ul oy hajrida tor etmish falakni dudi afgʻonim.
Navoiy kebi hijrondin, bu oqshom oʻldum afgʻondin,
Gʻamim yoʻq buyla yuz jondin, yetib gar kelsa jononim.

404

Ishq ila boʻldum masal, savdo bila afsona ham,
Shukrlillohkim, yana oshiqmenu devona ham.
To unutdi oshnoligʻ rasmin ul begonavash,
Oshno yigʻlar mening holim koʻrub, begona ham.
Gʻam tuni mendurmen ohu ashkdin sham’im oʻchub,
Boshima yemrulgali turmish buzugʻ koshona ham.
Elga mehring bor, buzuq koʻnglumga ham bir zarra boq
Kim, quyoshning tobidin mahrum emas vayrona ham.
Ey malohat sham’i har soat meni kuydurmakim,
Koʻp yorumas sham’ agarchi oʻrtanur parvona ham.
Yoʻq, bu dayr ichra berur jomi ajal ta’mini may
Kim, erur paymona toʻlmoqdin nishon paymona ham.
Ey Navoiy, gar desang, ul turfa qushni sayd etay,
Rishtayi jismingni dom et, koʻz yoshingni dona ham.

405

Kecha ul mahvashni yod aylab farovon yigʻladim,
Mehrim oshti subhdek har nechakim qon yigʻladim.
Sham’ avval ohshom-oʻq kuydi figʻonim oʻtidin
Kim, men oʻt sochqon bulutdek tortib afgʻon yigʻladim,
Tun qorongʻu, kulba xilvat, hajrdin koʻnglum toʻla,
Tosh urub koʻksumga to bor erdi imkon yigʻladim.
Yor hajridin kishiga ayta olmas gʻussani,
Koʻnglum etti sharhu men mahjuru pajmon yigʻladim.
Charx ham toʻkti quyoshning hajridin kavkab, vale
Yigʻlamoq ul erdikim, men zor giryon yigʻladim.
Subhdek xurshid vaslidin agar kulsam ne tong
Menki, subhi vasl uchun koʻp shomi hijron yigʻladim.
Ey Navoiy, tosh eshitsa navha qilgʻay oshkor,
Yoʻq ajab gar bir tun oʻz holimgʻa pinhon yigʻladim.

406

Soqiyo, kechagi may nash’asidin jon toptim,
Zulmat ichra masala chashmai hayvoi toptim.
Ogʻzinga olma olibkim manga tishlab berding,
Ham oʻshul ogʻiz ila goʻyi zanaxdon toptim.
Boda tobiyu yuzung partavidin tiyra kecha
Toʻlun oy koʻrdumu xurshidi daraxshon toptim.
Mehrdin koʻp nafas urma der edim tonggʻa boqib
Kim, men ushbu kecha xurshidni mehmon toptim.
Men toʻkub ashk falakdek vale bexudlugʻuma
Dam-badam yorumagʻur subhi xandon toptim.
Telba koʻnglumki, labu zulfung uchun itmish edi,
Kecha mayxona aro mastu parishon toptim.
Charxdin mehr tama’ tuttumu ofat koʻrdum,
Yordin vasl talab qildimu hijron toptim.
Zulfi fikrida Navoiyni labi tirguzdi,
Soqiyo, kechagi may nash’asidin jon toptim.

407

Bitigingdinki, savodini koʻrub jon toptim.
Zulmat ichra masala chashmai hayvon toptim.
Bahrdin qatragʻa ta’zim ila tahsin koʻrdum,
Mehrdin zarragʻa e’zoz ila ehson toptim.
Har alif sarv edi, he gʻunchavu doli sunbul
Demayin nomaki, bir toza guliston toptim.
Anbarin madlarikim mehr edi mazmuni aning,
Har uzun kechada bir mehri daraxshon toptim.
Qatra qonlarki, koʻzum sochti oʻqur holatida
Har shaba ustida bnr la’li Badaxshon toptim.
Ne shaba erdiki, mazmuni bila ashkimdin
Har shaba ustida bir la’li Badaxshon toptim.
Gah-gahe xasta Navoiy tanigʻa jon yetkur
Bitigingdinki, savodin koʻrub jon toptim.

408

Visol tuxmini ektim firoq bar toptim,
Vafo niholini tiktim, jafo samar toptim,
Muhabbat oʻtiki, yoqtim visol sham’i uchun
Oʻzumni oqibat ul oʻtdin-oʻq sharar toptim.
Men ashk birla yudum gʻayr naqshini koʻzdin,
Valek gʻayrgʻa-oʻq yordin nazar toptim.
Umid bahrida har necha gʻoʻtakim urdum,
Sadaf koʻzumdinu koʻz yoshidin guhar toptim.
Dedim: bu ramzni anglay, vale xirad pirin
Bu nukta kayfiyati ichra bexabar toptim.
Chu dardi ishq biyobonlarini qildim qat’,
Adam viloyatidin nari yuz xatar toptim.
Navoiyo, kecha-kunduz xatu yuzini tilab,
Shabona navha bila nolai sahar toptim.

409

Vasl bargin uzki, men hijron gulin boʻy etmisham,
Mehr tarkin tutki, men mehnat bila xoʻy etmisham.
Naxli qaddinggʻaki, berdim koʻz yoshidin parvarish,
Emdi bosh tortarki, yoshdin yuz sari joʻy etmisham.
Har sari javlon qilib yetkach manga chekting, inon
Bu ekin jurmumki, yoʻlungda boshim goʻy etmisham.
Noma ichra chirmashibon sanga yetkaymenmu deb,
Orazim kahbargu jismim rishtasin moʻy etmisham.
May boʻlub ashkim, gʻizo bagʻrim, surud afgʻonlarim,
Keling ahli ishqkim, gʻam xayligʻa toʻy etmisham.
Shayx boqiy boʻlsunu zarq ichra tinmasligʻki, men
Tinmisham tokim fano dayri sari roʻy etmisham.
Topmadim gulchehralardin shammaye boʻyi vafo,
Ey Navoiy, nechakim yeldek taku poʻy etmisham.

410

Tirig yururmenu bor mendin ayru jononim,
Bu umr birla yurub oʻlmagan mening jonim.
Bagʻirda yuz xalavu, vah, demakka yoʻq zahram,
Koʻngulda qon toʻlavu yoʻq dam urmoq imkonim.
Ne bir aniski, aritsa lolayi ashkim,
Ne bir rafiqki, anglasa dogʻi pinhonim.
Koʻrub qoshida muhiblarni jam’u men mardud,
Mungayibon buzulur xotiri parishonim.
Koʻngul xud ittiyu jon hamdami boʻla olman
Bir-ikki lahzaki, bor ul zaif mehmonim.
Azimat etkali ul ganji husn andoqdur
Ki, chugʻz or qilur koʻrsa emdi vayronim.
Navoiyo, bu navolarki kecha tortarmen.
Zuhal eshituru xurshid eshitmas afgʻonim.

411

Ey qading sarvi ravon, koʻyung bahori gulshanim,
Mehnatu afgʻon sening hajringda koʻrgan-bilganim.
Qabr toshidur bezaklik sarbasar gul bargidin,
Toza-toza dogʻ ila koʻhi balo boʻlgʻan tanim.
Charx mehnat toshidin to ravzan ochti har taraf,
Men malomat bulbuli, goʻyo qafasdur maskanim.
Mehnatu gʻam oʻqlarigʻa, vahki, yuz ming zaxmliq,
Ashki siymandud qilgʻan hay’at oʻldi javshanim.
Tiygʻekim, koʻksum uyin ochti, eshikdekdur anga
Ochilib yopilsa har dam choklig pirohanim.
Doʻstlar, meni koʻngulsiz deb soʻrarsiz, shodmen,
Boʻlmayinmu shodkim, daf’ oʻlmish andoq dushmanim.
Ishq naqdi dogʻi gʻam kirmish Navoiy, koʻngliga,
Vahki, bir dam ajdahodin holiy ermas maxzanim.

412

Mehr koʻp koʻrguzdum, ammo mehribone topmadim,
Jon base qildim fido, oromi jone topmadim.
Gʻam bila jonimgʻa yettim gʻamgusore koʻrmadim,
Hajr ila dilxasta boʻldum, dilsitone topmadim.
Ishq aro yuz ming malomat oʻqigʻa boʻldum nishon,
Bir kamon abruda tuzlukdin nishone topmadim.
Koʻnglum ichra sarv oʻqdur, gʻuncha paykon, gul tikan
Dahr bogʻi ichra mundoq gulsitone topmadim.
Husn mulki ichra sendek shohi zolim koʻrmadim,
Ishq koʻyida oʻzumdek notavone topmadim.
Koʻp oʻqudum Vomiqu Farhodu Majnun qissasin,
Oʻz ishimdin bul’ajabroq dostone topmadim.
Ul amon ichinda boʻlsun, ey Navoiy, garchi men
Bir zamon ishqida mehnatdin amone topmadim.
Tab’ ganjidin maoni xurdasin, yuz qatla hayf
Kim, nisor etmakka shohi xurdadone topmadim.

413

Oqizdi limuyiy boʻrkungni koʻrgach, oncha qon koʻnglum
Ki, za’f etti sarigʻ gul gʻunchasidek notavon koʻnglum,
Koʻngulda baski gʻunchang fikratidin xurdayi ma’no,
Yigʻibmen gʻuncha koʻnglidek, boʻluptur xurdadon koʻnglum.
Sanavbar koʻngliga koʻnglumni oʻxshatmangki, oʻrtabdur
Nihon har tuxm ummidigʻa bir dogʻi nihon koʻnglum.
Badan vayronida ul husn ganji hajridin gohe
Gah oʻz yolgʻuzlugʻidin chugʻzdek tortar figʻon koʻnglum.
Duri ishqingni to topmish, agar chok oʻlsa sartosar
Guhar yutqan baligʻ yangligʻ dam urmas notavon koʻnglum.
Aningdek topti siymin soiding yodi bila ulfat
Ki, dastomuz qushdek onsiz ermas har zamon koʻnglum.
Maqomi gah balo togʻidurur, gohe fano dashti
Ki, ishq ichra berur Farhodu Majnundin nishon koʻnglum.
Falak zoli gʻamu dardin chekardin oʻldum, ey soqiy,
Keturgin raz qizin botkim, tilar bir navjuvon koʻnglum.
Navoiy derki, koʻnglungni keturgil ishq koʻyidin,
Bagʻoyat yaxshidur, gar boʻlsa roziy ul yomon koʻnglum

414

Ne ayb, agar mayi sofiy gʻamidadur koʻnglum
Ki, changi halqayi zulfi xamidadur koʻnglum.
Falak haqiqati fikrida kuydi ersa ne tong
Ki, ajdahoye damonning damidadur koʻnglum.
Mugʻanniyo, kelu tuzgil xaroshliq unuma
Hazin taronaki, rudung bamidadur koʻnglum.
Nishotdin dema soʻz, navha birla boshla surud
Ki, dardu gʻamzadaligʻ olamidadur koʻnglum.
Firoq oʻtigʻa tushub dam-badam toʻkar qon yosh
Ki, oxir oʻlgusi oʻz motamidadur koʻnglum.
Ne ayb vaslidin ar marham oʻlsa koʻnglumda,
Hamesha chunki aning marhamidadur koʻnglum.
May ich, Navoiyu, ahli zamondin aylama yod
Ki, ushbu xayldin asru ramidadur koʻnglum.

415

Vayronayedur maskanim, andin manga bisyor gʻam,
Ohim bila eshikta oʻrt, ashkim bila devor nam.
Noʻshidin elga guftugoʻ, ey hajr icharmen men ogʻu,
Kosh oʻlsumu koʻnglumni bu anduhdin qutqorsam.
Qil ishq dayrida maqar, sukkonigʻa solgʻil nazar
Kim, bor bu majma’ ichra har durdiykashi xammor Jam.
Har yerki anda bir nafas, ishratqa topsam dastras,
Yuz qatla aylarmen havaskim, boʻlsa erdi yor ham.
Soqiy, bugun mayni unut, mendek dame xunoba yut,
Mutrib navoyi navha tut, sozinggʻa bogʻla tori bam.
Desamki, ey badmehr oʻgʻul, yuzung koʻrub oy tutti yoʻl,
Der: yer quyi gar bordi ul, bir shabravi ayyor kam.
Miskin Navoiy bersa jon, ey diyda, har dam toʻkma
qon,
Ul har necha qilsa figʻon, sen asragʻil zinhor dam.

416

Oncha kavkab toʻkti shomi gʻam xayolingdin koʻzum
Kim, yorudi oqibat subhi visolingdin koʻzum.
Xoldin koʻz tiyra boʻlmoq rasm erur, bu turfakim,
Yorudi koʻz mardumidek turfa xolingdin koʻzum.
Quy aqiqi may suhayli jom aro, ey mugʻbacha
Kim, yorur ul axtari farxunda folingdin koʻzum.
Vaslinga yettim bihamdillahki, zoni’ boʻlmadi,
Ulki, qon yigʻlar edi har dam xayolingdin koʻzum.
Bu sababdinkim, nedin sensiz qolib koʻr oʻlmadi,
Boqa olmaydur yuzungga infiolingdin koʻzum.
Yangi oy koʻrgach xaloyiq, koʻzni tutmoq rasm erur,
Lekin ochildi koʻrub mushkin hilolingdin koʻzum.
Shukr lillahkim, Navoiydek munavvardur yana
Xoki poyingdin yuzum, sham’i jamolingdin koʻzum.

417

Yer yuzini tutti ashkim, koʻkka yetti nolishim,
Yuqori tengriyu quyi sendin oʻzga yoʻq kishim.
Lojaram devonavu rasvoyi olam boʻlgʻamen,
Chun tushuptur, ey pariypaykar, sening birla ishim.
Tish qadabmen la’linga uzmasmen andin bu tama’
Anburi hijron bila bir-bir sugʻursalar tishim.
Har dam issigʻ ashku sovugʻ ohdin darmondamen,
Yuzu zulfung davrida mundoq kechar yozu qishim.
Tiyralik dudu shafaqdur shu’lavu anjum sharor
Goʻyiyokim soldi oʻt hijron tuniga qargʻishim.
Mehri yoʻqluqtin erur har tun sinoni oh ila,
Koʻk hisori xayli birla tonggʻa tegru sanchishim.
Ey Navoiy, gar sening nolanggʻa yigʻlar andalib,
Bir kun ul gul koʻngliga ham kor qilgʻay nolishim

418

La’ling gʻamidin diydayi giryon bila bordim,
Koʻrmay seni yuz nolavu afgʻon bila bordim.
Vaslinggʻa yetay dedimu hajringgʻa yoʻluqtum,
Ummid ila keldim, vale armon bila bordim.
Vaslinggʻa shitob aylab oʻkush gʻam bila yondim,
Oʻqdek kelibon bir necha paykon bila bordim.
Olamgʻa vido’ ettim oʻshul yuz havasidin,
Yuz shukrki, oxir dami iymon bila bordim.
Umre tilab ish sirrini ketmak kerak oxir
Kim, shammaye andin meni hayron bila bordim.
Olamgʻa vido’ ettim, och ul yuzni damekim,
Zodi abad eltay chu bu borgʻan bila bordim.
Dedimki Navoiydek oʻlay mehring ilan-oʻq,
Yuz shukrki, ul va’davu paymon bila bordim.

419

Vodiyi hajringda bir dam qon yutardin qonmadim,
Ushbu oʻtlugʻ vodiy ichra tinmadim to yonmadim.
Oʻlganimdin soʻngra keldi soʻrgʻali dardimni yor,
Uyqu koʻrkim, boshima yetib quyosh uygʻonmadim.
Orazim sargʻardi oltundek soching savdosidin,
Mundin oʻzga naqd ul savdo aro qozgʻanmadim.
Koʻyiga aylandurung na’shimki, hijron za’fida
Oʻlturub hasrat meni bir ul taraf aylanmadim.
Nol yangligʻ garchi xatting shavqidin boʻldum zaif,
Lek javring tiygʻi boshimgʻa kelib toʻlgʻanmadim.
Saltanat koʻrkim, nuhole mehrdin arz ettilar,
Juz fano mayxonasining kerpichin yostanmadim.
Ishq aro iqror koʻp chekma meni oʻlturgali,
Ey Navony, chunki men hargiz bu ishtin tonmadim.

420

Oncha yigʻlatti jafodin doʻstdur deb sevganim
Kim, kular ahvolima har qayda koʻrsa dushmanim.
Doʻstkim qilgʻay meni bedodi dushman kulgusi,
Buyla dushmankomligʻdin yaxshiroqdur oʻlganim.
Doʻst dushmandin manga koʻprak chu tekurdi jafo,
Ne ajab gar emdi dushmandoʻstlugʻ boʻlgʻay fanim.
Ursa dushman zaxm erur marham tavaqqoʻ’ doʻstdin,
Ikkisi zaxm ursa tong yoʻq chok-chok oʻlmoq tanim.
Ta’na birla buzma, ey dushman, koʻngul uyin dagʻi,
Ushbu baskim, doʻst zulmidin buzulmish maskanim.
Doʻstqa jon berdimu dushmandur emdi, vah, ne tong
Oʻrtasa ham doʻst, ham dushmanni ohu shevanim.
Ey Navoiy, doʻst xud yoʻq, vah, ne holatdurki, bor
Boshim uzra dushman ikki diydayn tar domanim.

421

Xazon rangi yuziga bersa tong yoʻq shu’layi dardim
Kim, elga sham’i bazm oʻlmish bahori nozparvardim.
Aning vasli muholu hajrida dardim fuzun har dam,
Birovni hamdami gar koʻrsam, afzunroq boʻlur dardim.
Sabo birla bulut tufrogʻimen, koʻyiga gardimni
Biri eltib, biri qoʻymasa andin chiqqali gardim.
Chu sursang tiygʻi zahrolud koʻnglum ochilur, nevchun
Kim, uldur sabzamu qonkim, bagʻirdin oqizur vardim.
Agar hijron tunida umrum oʻtti, ey koʻngul, gʻam yoʻq,
Toparmen jon agar bir tun yoʻluqsa mohi shabgardim.
Xazon birla bahorin dahrning naylay, chu yoshurdi
Birisin lolayi ashkim, birisin chehrayi zardim.
Falakdek, ey Navoiy, boʻlmasam bir oy firoqinda
Nedur bas charxdek tun-kun jahon girdida novardim

422

Aqlu jon qasdida koʻrdum ul koʻzu mujgonni ham,
Chektim ul mujgonu koʻz ollida aqlu jonni ham.
Novaking yetkach qiziq koʻnglum yigʻochin kuydirib
Qatrayi su yangligʻ oshom ayladi paykonni ham.
Koʻz yoshimni qon qilib, bagʻrim su etting ey firoq,
Yoʻqki yolgʻuz suni qon qilding, su qilding qonni ham.
Ishq dashtida quyundek xoksoringmen, gahe,
Istasang ushshoqni, yod et bu sargardonni ham.
Goʻydek boshim necha raxshing ayogʻi zarbidan.
Poʻya qilgʻan, gah-gahe yetkur anga chavgonni ham.
Ey tavongar, nechakim qasringni qilding zarnigor
Asru holiy koʻrma darvesh oʻlturur vayronni ham.
Koʻnglum olib bordingu qolmish manga bir xasta jon,
Har qachon kelsang Navoiy topshurur qolgʻanni ham.

423

Ajoyib tiyradur hajrim tuni, ey mehri yoʻq mohim,
Magar sovurdi ishqing oʻrtaganlarning kulin ohim.
Vujudum ul quyosh hajrida andoq murtafi’ boʻldi
Ki, mumkin yoʻq ani istarda boʻlmoq soya hamrohim.
Yuzumningg aksi kohiy qildi koʻyungning ushoq toshin
Kamoli ishq koʻrkim, qahrabo ijod etar kohim.
Koʻngul har gʻamzasi oʻqinki, bordur, orzu qildi,
Bihamdillahki, yetkurdi nekim, bor erdi dilxohim.
Yasay dard oʻqlaridin bir oq uy jon gulshani ichra
Ki, koʻnglumda toriqsa, anda kirgay mohi xirgohim.
Koʻngul afsonasin gohe desam, elni tutar uyqu,
Va lekin har zamon seskandurur afgʻoni nogohim.
Qilib mayxona tufrogʻin vatan qon yutmogʻim koʻrgil
Ki, bu bir bodayi ayshimdurur ul masnadi johim.
Erur bir mugʻbacha ilgidin ichmak orzusidin
Fano dayrida har dam bir eshikdin shay’ilillohim,
Umid ulkim qadam sarvaqtima yetkurgan ogohe,
Navoiy gar talab yoʻlida boʻlsa joni ogohim.

424

Tandin oʻqungni cheksalar, ogʻrirdin ermas shevanim,
Andin qilurmen navhakim, ayru tushar jondin tanim.
Gulxan kuli ichra nihon, jismim junundindur nishon,
To telbalik barqi ayon boʻlgʻach kuyuptur xirmanim.
To ishq aro afsonamen, oʻt ichraki devonamen,
Ul sham’ uchun parvonamenkim, boʻlmish oʻrtanmak fanim.
Ul shoʻx sekritti samand, ermas nasihat sudmand,
Har doʻst bersa emdi pand, uldur ulugʻroq dushmanim.
May ichkali ul noʻshlab zohir qilur har dam tarab,
Bu nav’ ochilmoq ne ajab, andoq su ichkan gulshanim.
Chun odamiyda yoʻq vafo, koʻr ul pariy ishqi aro
Javlongahim dashti fano, vayronayi gʻam maskanim.
Ram tigʻidin qochmoq havas qilma, Navoiy, har nafas,
Ul tiygʻning daf’igʻa bas, yuz pora xirqa javshanim.

425

Quruq tanimgʻa tugan kuydururda bebokim
Fatila oʻti yetishkach tutashti xoshokim.
Tan ichra telba koʻngul iztirob etar asru,
Tikib ne nav’ oʻngansun bu siynayi chokim.
Hazin koʻngulni magar chok qilgasen, ey gul
Ki, gʻuncha yangligʻ ochilgʻay dame bu gʻamnokim.
Havoyi ishqing aro oʻzga olamim bordur
Ki ashkim anjum erur, oh dudi aflokim.
Dedim: boshimni chopib tu’ma elt itlaringga,
Dedi: bu yukdin uzulmish yaqinda fitrokim,
Figʻonki, ishq hadisi daqiq erur andoq
Ki, qosir oʻlmish ani anglamoqdin idrokim.
Deding: Navoiy emish hushmand, bore degil,
Jahonda kim durur andoq xarobu rasvo kim?

426

Visol ichra ul oyning furqatin oson gumon qildim,
Chu bordi, voykim, ne nav’ dushvor erkanin bildim.
Der erdim, hajrida shoyad oʻzumni asray olgʻaymen,
Bu soʻz hashv erkanin bildim hamul soatki ayrildim.
Figʻonkim, dardu gʻam kirmakka xush-xush raxnalar boʻldi,
Koʻngulkim toʻsh-toʻshidin dardu gʻam chiqsun debon tildim.
Hamul dam ishq dashtida meni gum qildi bexudlugʻ,
Agar hushu xirad sa’yi bila bir lahza topildim.
Fano yoʻligʻa tushtum yetkali Farhodu Majnungʻa,
Nechuk yoʻl bormayinkim, yaxshi hamrahlargʻa qotildim.
Chu ichtim ishq jomin bexud oʻldum tarki hush aylab,
Aningdek may ichib bu nav’ usruklukdin oyildim.
Firoqi mushkil ermish, bilmayin men ham Navoiydek
Visol ichra ul oyning furqatin oson gumon qildim.

427

Hajr ila koʻrma ravo jonimgʻa bepoyon oʻlum,
Tiygʻ surkim, xushturur oz ogʻrigʻu oson oʻlum.


Jon berib istarmen oʻlmakni, oʻlum xoʻbroqki, jon,
Jonim oʻlmakdur chu istaydur manga jonon oʻlum.
Xalq dushvor oʻlmagim hayronidurlar, turfa koʻr
Kim, erur dushvor hajrim ollida hayron oʻlum.
Hajr qolmas yoshurun ohu figʻon chek, ey koʻngul
Kim, yashurmoq birla hargiz qolmadi pinhon oʻlum.
Dardi hijron sa’bu yetmas sharbati vasl, ey tabib,
Goʻyiyokim ushbu dardimgʻa erur darmon oʻlum.
Foniy oʻlmay qilgʻan izhori fano, bilkim, erur
Ul gadokim rizq uchun zohir qilur yolgʻon oʻlum.
Ey Navoiy, jahl ila oʻlmak qatiq ishdur, vale
Chun kamoli ma’rifat kasb oʻldi, ne nuqson oʻlum.

428

Boʻlmasun koʻnglung qushigʻa durru gavhar vasli kom
Kim, qazo ul donalargʻa bahr mavjin qildi dom.
Gar malak tasbihi dona, hur zulfi dom erur
Kim, bu domu donagʻa ziyrak qush ersang, boʻlma rom.
Dahr bogʻining havosidur samumu suyi zahr,
Anda boʻlmas bu havovu su bila qilmoq maqom.
Bogʻkim, nilufariy koʻkurd oʻtidur anglakim,
Ne muattar boʻlgʻay andin tarbiyat topqan mashom.
May oʻti birla dimogʻingni qizitmakim, bu oʻt
El dimogʻida pishirmaydur bajuz savdoyi xom.
To oʻzungni xascha koʻrgungdur emassen odamiy,
Gar havoda sayr qil, gar su uza koʻrguz xirom.
Kul qil ul xasni fano otashgahigʻa tashlabon,
To koʻngul mir’oti ul kuldin jilo topqay tamom.
Istaram, koʻzguda koʻrsam yor aksin bir nafas,
Soqiyo, maykim! Erur ishq ahlining koʻzgusi jom.

429

Menki, davron zulmidur koʻnglumga, balkim jongʻa ham,
Naylay olgʻaymen angakim, zulm etar davrongʻa ham.
Koʻr gʻamim afzunlugʻin har damki, ashkim xaylining
Qatrasi bahr oʻldi, emdi aylaniptur qongʻa ham.
Yopmangiz Farhod ila Majnunnikim, mehnat toʻzi
Satr uchun basdur manga ham, ul iki uryongʻa ham.
To topibmen ishqi oʻti birla tiygʻi zahrini,
Iso anfosigʻa boqman, chashmai hayvongʻa ham.
Goh koʻnglum gʻunchasin istar, gahe paykonini
Kim, koʻngul bordur munosib gʻunchagʻa, paykongʻa ham.
Nilufar naqsh aylab ayvoninggʻa magʻrur oʻlmagʻil,
Yoʻq, vafo naqshi chu bu nilufariy ayvongʻa ham.
Muddaiylar chun Navoiy ishqin anglab, jonigʻa
Qasd qilgʻanlar emish, bore dengiz jonongʻa ham.

430

Ul quyosh vaslida oʻzni rashkdin gum aylaram,
Soyadin yonimda tebrangach tavahhum aylaram.
Ul pari koʻnglumdadurkim, soʻzlashurmen demakim,
Telbalikdin oʻz-oʻzum birla takallum aylaram.
Shomi hajrim tongsiz oʻlmish ne ajabkim, ajzdin
Shomdek yigʻlamsinib, tongdek tabassum aylaram.
Qatl hukmi aylasa oʻlturtubon ushshoqni
Ishq aro, chunkim men akmalmen, taqaddum aylaram.
Elga rahm etman, uqubatlar bila qatl aylasang,
Oʻz-oʻzumga mahzi hirmondin tarahhum aylaram.
Poklik da’bi gar ermastur suluk ichra, ne sud,
Bahru barda gar tahorat, gar tayammum aylaram.
Ey Navoiy, to muqarrar qildim ohangi Hijoz,
Gah Iroqu gah Ajam sari tarannum aylaram.

431

Sensiz ashkim yomgʻuri saylini toʻfon ayladim
Kim, aning tugʻyonidin olamni vayron ayladim.
Buyla toʻfongʻa koʻzumni abr etib, nolamni ra’d,
Oh oʻti uchqunlarin barqi daraxshon ayladim.
Yoʻqki, koʻnglum shu’lasidin dahr aro soldim bir oʻt
Kim, tomugʻni el koʻziga bogʻi rizvon ayladim.
Muncha, bal yuz muncha ham ermas ekin mingdin biri,
Ulcha men ul oydin ayru shomi hijron ayladim.
Sa’b erur hajr oʻlmang, ey ahbob, oshiq zinhor
Kim, bu ish tahqiqini men ulcha imkon ayladim.
Sevganim bu ahd aro maydur, qani paymonaye
Kim, kishi sevmakdin emdi ahdu paymon ayladim.
Ey Navoiy, ishq tarkinkim, dedim, ma’zur tut
Kim, muhiqdurmen bu ishda garchi tugʻyon ayladim.

432

Husnungga hayratdin oʻldi barcha besomonligʻim,
Men kimu somon, chu ortar har nafas hayronligʻim.
Koʻyida tun-kun kezay dermen nihon qolmas, valek
Oh oʻtiyu ashk qoni rangidin pinhonligʻim.
Gʻayr xoshokin agar sovurmas ersam bas nedur,
Koʻyi davrida quyundek muncha sargardonligʻim.
Ul etak qonim bila koʻrguzdi gulgun hoshiya,
Ne ajab, tutsam ani bu dam chu uldur qonligʻim.
Tifllar toshi terimni eltibon, qoldi soʻngak,
Ul pariy savdosida bordur ajab uryonligʻim.
Dinu dunyo naqdini sochtim, chu kirdim dayr aro,
Bu edi avval qadah ichkanda dastafshonligʻim.
Dedi zohid: ul pariydin hur umidi birla kech,
Ey Navoiy, boʻlmagʻay bu hadqacha nodonligʻim.

433

Jonima dogʻe qoʻyuptur la’ling uzra xolkim,
Koʻngluma oʻt tushmish andin yuzga burqa’ solkim.
Tushmagay el koʻngliga oʻt hamki, aning rashkidin
Biym erur, boʻlgʻaymen andoq ojizu beholkim.
Ashk sayli aylagay koʻyungdin ovora meni,
Bu sifat ovoraligʻdin ayla forigʻbolkim.
Garchi majnunmen sening koʻyungni-oʻq aylab vatan,
Anda-oʻq boʻlsam boʻlay bozichayi atfolkim.
Yogʻsa uryon jismima oʻt anda aylarmen qabul,
Oʻzga yerda gar yogʻar gul, aylaram ehmolkim.
Anda yogʻqan tosh erur jannat gulidin yaxshiroq,
Bu jihatdin anda boʻlmoq istaram pomolkim.
Qatl qilgʻaysen meni bir kun vale aytur koʻngul:
Ey Navoiy, kech bu soʻzdin, sen kim, ul iqbol kim?

434

Yuzung gʻamidin erur abri navbahor koʻzum,
Ne ayb, yer yuzini qilsa lolazor koʻzum.
Savodu qoni bila bir gʻarib lola erur
Ki, lolazor base qildi oshkor koʻzum.
Ne qoni lola erur, ne savodi dogʻi aning
Ki, qoʻydi hajr oʻtidin dogʻi intizor koʻzum.
Agarchi qildi meni xoru zor koʻnglumu bas
Valek ayladi koʻnglumni xoru zor koʻzum.
Ne konu bahr ekinkim, labu tishing gʻamidin
Gulu sumangʻa qilur la’lu dur nisor koʻzum.
Bukim qorardi chu tardoman erdiyu gʻammoz
Firoq shomidadur tiyraroʻzgor koʻzum.
Navoiy, ayla nazar tarkini demang, chunkim
Men ixtiyor etibon, qilmas ixtiyor koʻzum.

435

Sendin ayru to asiri dardi hijron qolmisham,
Buki oʻlmay qolmisham, holimgʻa hayron qolmisham.
Xonumonimni gʻaming toroji barbod ayladi,
Xonumon borib aloxonu alomon qolmisham.
Ishq dashtining samumi hullasin aylay panoh,
Xayli gʻam yagʻmosidin mundoqki uryon qolmisham.
Dardu gʻamdin yoshuna olman kamoli za’fdin,
Xurdabinlarning koʻzidin garchi pinhon qolmisham,
Dashtdin Farhodu Majnunni yigʻib mushfiqlari,
Men gʻarib ul nav’kim, gʻuli biyobon qolmisham.
Vasl davri jomidin ahbob sarmast oʻldilar,
Dayr aro tek bir man-oʻq maxmuri davron qolmisham.
Ey Navoiy, uchti bulbullar xazonda bogʻdin,
Men qanotsiz qush masallik aylab afgʻon qolmisham.

436

Ne ul quloqqa yetar, arzi hol ado qilsam,
Ne ul koʻngulga yoqar, naqdi jon fido qilsam.
Koʻngul shikofigʻa ul koʻy tufrogʻi qanikim,
Bu xushk doru ila zaxmima davo qilsam.
Kerak quyosh dirami tanga boʻlsa bay’ona.
Chu Yusufumni iki dahrgʻa baho qilsam.
Figʻonki, ishq chekar bogʻlab ani boʻynumgʻa
Nechaki zuhdu vara’ pardasin rido qilsam.
Koʻzumga dahrni har lahza tiyraroq aylar,
Savodi xolingga har necha koʻz qaro qilsam.
Ishim chu savmaa shayxi bila tuzalmadi, kosh
Ki, emdi maykada pirigʻa iltijo qilsam.
Navoiyo, chu sabo hamnafasdur ul gulga
Ne boʻldi, sarsari ohimni gar sabo qilsam.

437

Koʻngulni bagʻir qonidin lola qildim,
Qoʻyub dogʻ pargola-pargola qildim.
Sovugʻ ohdin qatra paykonlaringni
Yurak gʻunchasi javfida jola qildim.
Koʻzumda ul oy mardum oʻrnini tutti,
Savodin aning davrigʻa hola qildim.
Ne qavmogʻki, uygʻonmadi garchi tunlar
Tong otquncha itlar kebi nola qildim.
Koʻrub obi hayvon yuzinda xubobin,
Tasavvur labing uzra tabxola qildim.
Falak zolining makridin boʻldum emin,
Nedinkim, taloqi bu muhtola qildim.
Navoiy sarigʻ yuzida dogʻi idbor
Chu koʻrdum, gumon sarigʻ lola qildim.

Nun Harfining Nozaninlarining Nozi «Gʻaroyib»din

438

Istaram yuz manzil oʻtkaymen Adam sahrosidin,
To zamone tingʻamen olam eli gʻavgʻosidin.
Umr naqdin sarf etay dermen fano bozorida,
To qutulgʻay xotirim sudu ziyon savdosidin.
Xushturur vayronaye taskin uchun, lekin yiroq
Yuz ming illiq yoʻl falakning gunbadi miynosidin.
Chiqmayin bu dayrdin mumkin emas boʻlmoq xalos
Har kecha yuz ming buti siymin badan yagʻmosidin.
Har soʻngak yonimda qasdi umr etar, vah, xoʻshaye
Bormu imkonkim, qutulgʻay muncha mehnat dosidin
Za’faroniy yuzda gulgun ashk toʻkmak ne osigʻ,
Ishva koʻrgan dahr bogʻining guli ra’nosidin.
Gʻarqa el dafni uchun sardobayedur har hubob,
Ishq vodiysinda ashkim saylining daryosidin.
Ishvagarlar dogʻidin jon pardasin koʻr, ohkim,
Bu harir eskirdi zolim shohlar tamgʻosidin.
Ey Navoiy, dahr bogʻidin qutulmoq istakim,
Bulbul uchqan yaxshiroq zogʻu zagʻan ma’vosidin.

439

Koʻngulni ayladim yuz chok ishqingdin, meni mahzun
Ki, husnung vasfi yozgʻaymen kitobe kogʻazi gulgun.
Koʻngulning mazraikim novakingdin boʻldi yuz xirman,
Boshoq termak uchun kelgay magar Farhod ila Majnun.
Qabab har tun chekib yuz ming sinon anjum shuoidin,
Magar sabrim sipohigʻa shabixun kelturur gardun.
Labing shavqida koʻnglum har ne borin boshidin qoʻydi,
May istab rindi muflis ayladi dastorini marhun.
Koʻngulda shoʻxlar nozidin ortar har nafas ohim,
Yonar oʻtqa chu atfol evrushurlar, dud oʻlur afzun.
Mayi la’ling uchun bexudlugʻum andoqdur, ey soqiy
Ki, qotsang tong emas, jomimgʻa kasbi hush uchun afyun.
Ilig zulfunggʻa eltur orzudin yova ayturmen
Birovdekkim yilon tutmoq uchun ogʻzidadur afsun.
Toʻkub feruzagun koʻk motaminggʻa gavhari anjum,
Seni feruzavu gavhar xayoli aylabon maftun.
Navoiy, nazm lofin qoʻyki, koʻz bir kunlugi ermas,
Agar yuz yil socharsen tab’ bahridin duri maknun.

440

Bulut hayvon zuloli birla tirguzdi havo jonin,
Sevunmak ashkidin shodob qildi sabza mujgonin.
Emastur sabzavu lolaki, jola toshidin gardun
Koʻkartib yer yuzin har sari zohir ayladi qonin.
Irik nevchundurur shox uzra gulbun bargi suhondek,
Ititmas boʻlsa bulbul joni uchun gʻuncha paykonin.
Chaman Laylosidin ayru degaysen lola Majnundur
Ki, gardun jola toshidin qonatmish dogʻi hijronin,
Chaman bahri latofat boʻldi nayson durlari birla,
Qizil toldin muhayyo qildi har yon shoxi marjonin.
Bu fasl ichra malomat toshidin solim birov qolgʻay
Ki, chekkay may sumurmakda yuziga jomi qalqonin.
Mayekim, otashin, chiqgʻay sarigʻ gullar, agar dehqon
Tomizsa qatraye andin suvarur chogʻda boʻstonin.
Birovkim, dahr bogʻining firebin bildi, nargisdek
Qadahdin bosh koʻtarmay surdi ishrat birla davronin.
Guli maqsud ul qondur, Navoiykim, ayogʻingdin
Chiqar chekkanda maqsad Ka’basi xori mugʻiylonin.

441

Muhabbat rishtasin uzdiki, oʻlturgay bu gʻamnokin,
Magar ul rishta birla tikmish erdi koʻkragim chokin.
Emas giryon koʻzum kirpiklarikim, sarsari ohim
Solib mavj ul tengizga bir qiroqqa soldi xoshokin.
Munajjim koʻnglum oʻti daf’igʻa dedi topay soat,
Damim dudi aro ne anjumin topti, ne aflokin.
Boshim chopqanda ul chobuk yoshingni asragʻil, ey koʻz
Kim, ul sudin yugʻaysen, qon yuqardek boʻlsa, fitrokin.
Nazar yoʻlin sirishkim pok yub, koʻz pardasin ochti
Ki, chiqqach pardadin koʻrgaymen aning chehrai pokin.
Koʻzin uyquda koʻrgach oʻldum, oyo oʻlmayin netkay
Kishi gulshanda bexud koʻrsa turki masti bebokin.
Yuzung koʻp ochma, gohe soʻz degilkim, aql dehqoni
Ne gul isrofini yaxshi demish, ne gʻuncha imsokin.
Oʻgub jannat gulin voiz tilarkim, aylasam savdo
Necha eski diramgʻa Yusufum, vah, koʻrgil idrokin.
Desam ul oy, borib chiqmas gʻami koʻnglumdin ayturkim:
Navoiy, ne ajab, boʻlmoq qamar soyir, hajar sokin.

442

Baski qaddi gʻunchadek el koʻnglin olib qildi qon,
Gulbuni noz oʻlmish el koʻnglidin ul sarvi ravon.
Koʻzlaring xunxorligʻdin doyimo bemor erur,
Boda koʻp ichkandin andohkim, boʻlur el notavon.
Yoshurun husnungda bir onedururkim, jon aro
Ham alif, ham na’l uza dogʻim erur andin nishon.
Yuzidin biynomen archi yuz chiqarmas pardadin,
Nurdin koʻrmakdur, ammo nur erur koʻzdin nihon.
Ishq komil boʻlsa, mehnat oʻqlaridin bok emas,
Ne zarar bulbulgʻakim, boʻlgʻay tikandin oshyon.
Ishq bogʻining suyi qondur, ne tong gar ohu ashk
Anda yoxud otashin gul ochsalar yo argʻuvon.
Subhning har tong erur el gʻaflatidin kulgusi,
Mehr xonidin gumon qilmaki, yebdur za’faron.
Topmadim bu dayr holidin xabar, ey mugʻbacha,
Bexabar qil meni oʻz holimdin emdi bir zamon.
Dard agar budur, Navoiy chiqsa olamdin ne tong,
Mastu uryon koʻkragiga tosh urub, tortib figʻon.

443

Ishqida yaxshi-yomon bedodidin topman amon
Yaxshi to qilsam nazar yoʻqtur kishi mendin yomon.
Lahza-lahza bosh chekar ishqim sharori, ey rafik,
Al’amon shavqu muhabbat shu’lasidin, al’amon.
Yuz adam mulkiga qoʻydum, kelki, istaydur koʻngul
Bu uzun yoʻl zodi koʻz tikmak yuzungga bir zamon.
Oʻrtabon ushshoq jismin, gʻofil oʻlma ohidin
Kim, zararligʻ dud zohir aylar oʻt tushgan somon.
Kuymagimga novaking paykoni bas, hijronni qoʻy,
Xasqa oʻt solmoq uchun uchqun hamon, doʻzax hamon.
Sen magar tugʻqanda kun tugʻqandururkim, zarraye
Farq fahm oʻlmas orangizda nechukkim, tav’amon.
Ul quyosh hajrida ohim oʻqidin vahm etmasa,
Koʻk temur ichra nihon nechun boʻluptur osmon.
Vaqtdin ol naqdi ayshingniki, mundoqkim erur
Dam-badam koʻzdin nihon boʻlmas anga boʻlmoq zamon.
Ey Navoiy, telba koʻnglum dardini anglay desam
Oncha aytur yovakim, bir lafz andin anglaman.

444

Yuzu zulfungni sogʻinib kelmisham, ey mahjabin,
Kechani kecha demay, kunduzni kunduz demayin.
Ohu afgʻon chekma deb, ogʻzimgʻa, jono, muhr qoʻy,
Chunki la’ling xotamu yoquti nobingdur nigin.
La’lining har bir hadisi shahddek shirin erur
Ore-ore doyimo gul bargidindur angabin.
La’l uza xat ichra xolingdur nihon yo hinduye,
Sabzada yoshundi shakkar qasdigʻa aylab kamin.
Yangi oy xurshid aro boʻlmoq ayon ma’hud emas,
Vah, nedur aylab gʻazab solmoq jabining uzra chin.
Sham’ni parvona kuydurmakdin, ey gul, qilma ayb,
Bulbul ermasturmu kul, yo sen emassen otashin.
Ey Navoiy, ochmagʻay qonimdin oʻzga lolaye,
Har giyah bu yoʻldakim, qatlimgʻa chekmish tiygʻi kin.

445

Shikeb uyin buzadur benavo koʻngul, netayin,
Xarobligʻ qiladur mubtalo koʻngul, netayin.
Dedinki, asra koʻngulni oʻzungdavu sabr et,
Chu menda turmasu borur sanga koʻngul, netayin.
Koʻngulni qaydi junundin chiqar deding, ey aql,
Ketursa boshingga yuz ming balo koʻngul, netayin
Koʻngulni oʻtqa solib, koʻzni istaram oʻysam,
Baloni koʻz ketirur jongʻa, yo koʻngul, netayin.
Men ul koʻzi qora ishqin qoʻyub edim billah,
Tahammul etmadi, yuzi qora koʻngul, netayin.
Tagʻoful etsam itarsen, oʻlarsen etsam qayd,
Sening bila, degil, ey bevafo koʻngul, netayin.
Navoiyo deb eding: Zuhd tarhi bunyod et,
Shikeb uyin buzadur benavo koʻngul, netayin.

446

Ne tong, sarigʻ yuzumda ashki rangin
Ki, kiymish sabzi talx ul sabzi shirin.
Oʻzi gavhar, toʻni daryoyi ofat,
Boʻlub mavji balo ul toʻn uza chin.
Sanga hamrang toʻnluq shoʻxlar bor,
Nechukkim sarv oyogʻinda rayohin.
Erur jismingda axzar xil’at ul nav’
Ki, gulbun bargidin toʻn qilsa nasrin.
Degaylar sarv qaddu xil’atingni
Va lekin sarv kim koʻrmish gulogin.
Xating shavqida koʻnglum toʻtiyodur
Ki, yoʻq zikringdin oʻzga anga talqin.
Navoiy, charxi axzardur siyahkor,
Tama’ sarsabz boʻlmoq qilma andin.

447

Argʻuvoniy toʻnmudurkim kiymish ul sarvi ravon.
Yo magar sarv ravon qilmish libosin argʻuvon.
Sarvning har bargi bagʻrim qonidin serob erur,
Yoʻqsa boʻlmas argʻuvoniy barglik sarvi ravon.
Sarvdin to topti ziynat argʻuvon yuz shavq ila,
Boshqa sanchar argʻuvon har zod sarvi navjavon.
Argʻuvonu sarv istarmen chamanda, to meni
Argʻuvoniy toʻn bila ul sarv qildi notavon.
Koʻrguzur qaddu libosing shavqidin qonligʻ mija,
Koʻzda har dam argʻuvonu sarvdin bir korvon.
Argʻuvoniy toʻn bila qatl aylamas ul sarvkim,
Qon ila qilmish libosin argʻuvoniy bir avon.
Argʻuvonu sarvdin to dahr bogʻi zebdur,
Boʻlsun ulkim dahr aro ham shoh erur, ham pahlavon.

448

Ishq aro menmen dame bemehnatu gʻam boʻlmagʻan,
Jonidin mahrum oʻlub, jonongʻa mahram boʻlmagʻan.
Yuz vafo aylab, jafodin oʻzga naf’e koʻrmagan,
Ming jafo koʻrub, vafosi zarraye kam boʻlmagʻan.
Ming quyoshcha koʻrgan oʻz yorin, vale yor ollida
Ming ulushidin biricha zarraning ham boʻlmagʻan.
Olam ahli ishq aro rasvoligʻim ta’n etmangiz,
Kimdurur oshiq boʻlub, rasvoyi olam boʻlmagʻan?
Anjum ermas terdur ohim oʻtidin koʻk saqfida,
Vahki, bu terdin binoye qolmadi nam boʻlmagʻan.
Dastgire istakim gʻamdin xalos imkon emas,
Ilki bir zarrin kamar beliga muhkam boʻlmagʻan.
Ey Navoiy, bilki topmas la’lidin quti hayot,
Jonni taslim aylamaklikda musallam boʻlmagʻan.

449

Xurshid tulu’ etsa, quyoshing sogʻinurmen,
Koʻrgach yangi oy maylini qoshing sogʻinurmen.
Har gulki jahon gulshanidin jismima, ey shoʻx,
Yetkach, meni savdozada toshing sogʻinurmen.
Ey koʻz, qurudung, lek qayu sayli balokim,
Bir uyni xarob ayladi yoshing sogʻinurmen.
Ey jism, ajal chobuki har goʻykim oʻynar,
Maydoni fano ichida boshing sogʻinurmen.
Nay sharhin eshitkach qilib, ey nola, seni yod,
Koʻz sharhalarin koʻrsa, xaroshing sogʻinurmen.
Ey xasta koʻngul, boʻlgʻali sen ishqda majnun,
Koʻrgach seni sargashta, adashing sogʻinurmen.
Oʻlgan itin, ey xasta Navoiyu raqibin
Chun koʻrsam iti ollida loshing sogʻinurmen.

450

Har xazon bargi erur zoreki dahr ozoridin
Sargʻarib mendek tushar ayru sihiyqad yoridin.
Har qurugʻan shox majnundurki tufrogʻ uyiga
Topshirur har dam ilig yub nozanin bemoridin.
Bogʻ aro, demang, xazonkim oshiq oʻlmish men kebi,
Bilgurur sovugʻ nafas birla sarigʻ ruxsoridin.
Har oqar suni xazon tiygʻi qilibdur zarfishon,
Keskali mehru vafo naxlin jahon gulzoridin.
Bu sarigʻ yuz birla oʻlsam koʻyida, tobutima
Shoxlar bogʻlang xazoniy ishqpechon toridin.
Koʻyida kuymish koʻngul bukim, xazondur bogʻ aro
Esti bir yel, goʻyiyo kuygan gʻaribim soridin.
Kohi yuz birla oʻlarmen, Isaviydam soqiyo,
Boda tut xurshidi jomi kahrabokirdoridin.
Bodayekim jur’asi tomgʻach, xazon yafrogʻlari
Tok bargidek qizargʻay sarbasar ashjoridin.

451

Shavqdin ashk ichra gʻarq oʻlub, dey olmasmen gʻamin
Kim tengizda gavhar istar, asramoq kerak damin.
Ayshu suhbat xayligʻa tushkay nasimidin vabo,
Qayda solsam zaxmi islangʻan yurakning marhamin.
Paykarim gardin sovurgʻudek esar hijron yeli,
Lutf etib, ey gul, sahobi vaslning yetkur namin.
Qolib etti yangi oyni toq uchun me’mori sun’
Qudrat ilgi bogʻlagʻan soat qoshing toqi xamin.
Koʻnglakidur choku kiz boʻynida fonus, ey ajab,
Tutti ul ham sham’dek, gʻam shomi koʻnglum motamin.
Sham’ chobukluk aro loʻliyvashimgʻa yetmadi,
Dudidin har nechakim qildi mutarro parchamin.
Motami hijronda sozedur Navoiy jismikim,
Nolasidin zerini toqmish oʻkurmakdin bamin.

452

Meni bedil sanga jon oʻynamoq birla yaraydurmen,
Bale sen tiflni bu tuhfa birla argʻadaydurmen.
Labing koʻrgach, iligim tishlaram har dam tahayyurdin,
Ajab holatki, bolni tutmay«in barmogʻ yalaydurmen.
Dedim: koʻnglumga har yondin xadanging nedurur yora?
Muhabbat oʻtigʻa, dedi, oʻtundurkim, qalaydurmen.
Chu ahli dard uchun payvasta qosh yosini tortibsen,
Manga oʻq novakingni xush kushod etkim, qulaydurmen.
Anga yetkur soʻzum, ey ohkim, ul husn mir’oti
Chu qildi jilva, koʻzgu aksi yangligʻ aldaraydurmen.
Magar eltur pariylar, ey fusungar, telba koʻnglumni
Ki, turmaydur nechakim jismim uyinda qabaydurmen.
Navoiy telbarab to ul pariy koʻyiga yuzlanmish,
Eshiturmen figʻon, lekin hadisin anglamaydurmen.

453

Tikmisham majruh koʻnglum zaxmini gʻam nishidin,
Chiqmasun deb xanjaring zavqi koʻngulning reshidin.
La’ldin mahrur edi koʻnglum, chu fassod ochti qon,
Qatra qonlar yoʻqki, jonlar tomdi ul dam nishidin.
Qoshi maylin olmasa qurbon koʻnguldin bas manga,
Yoʻqsa ne gʻam cheksa yo qatlimgʻa har dam kishidin.
Koʻnglum andogʻkim, itib Majnun otadin tutti togʻ,
Dardi ishq istar qochib aqli saloh andishidin.
Soqiyo, chun davr ishi ma’lum emas, bir may bila
Forigʻ et jonimni aqli xurdadon tashvishidin.
Ul mayekim toʻlgʻucha paymona ozod aylagay
Bu daniy xumxona durdu sofiyining taftishidin.
Asradi munglugʻ Navoiy rishtayi jonin chekib,
Asragʻandek shohlar sarrishtaye darveshidin.

454

Anglaman sudek yuzungmudur koʻrungan koʻzgudin,
Yo yuzungdin koʻzgu su boʻldi, yuzung zohir sudin.
Roʻ-baroʻ boʻlgʻach yuzung gʻam shomi ollimdin ketar,
Soya tushkandek keyin xurshid boʻlgʻach oʻtrudin.
Yigʻlamoq chun ayladi da’vo koʻzum birla bulut,
Barq goʻyo muni fahm aylab yiqildi kulgudin.
Tushta ul mahvash yuziga to koʻz ochtim har kecha,
Istamasmen turfat-ul-ayne koʻz ochmoq uyqudin.
Xoli ul yuz vajhi topqan vajhdin bir goʻshada
Zulfi yangligʻ toʻlgʻanib boshim quyidur qaygʻudin.
Kom soqiy lablaridin toptim ammo oldi jon,
Eyki davrondin qoʻsh ichting, gʻofil oʻlma qorudin.
Borgʻan ermushmen oʻzumdin jilva qilgʻan chogʻda yor,
Soʻrmay oʻtmish, ey Navoiy, xudnamoyim bexudin.

455

Yana ne qad jilva qildikim, demakdin lolmen,
Yona qaysi zulf ochildikim, parishonholmen.
Za’fdin qaddim alif boʻldi, ul ikki lomi — zulf
Har yonimdin fitnagar, vah ne ajab, gar lolmen.
Itlaringning izidin yuz gul koʻzum bogʻidadur,
Shukr erur bu hamki, ishqing yoʻlida pomolmen.
Jismim anduh ichra dard ostida qolmish, ne ajab
Egma qad birla agar zulfung gʻamidin dolmen.
Itti ul koʻnglumki, vasl uchun tilar erdi hayot,
Shukr emdi oʻlgali ishqingda forigʻbolmen.
Ishq oʻti bu nav’kim uryon tanimni churkadi,
Ahli dard uchun fano yuziga mushkin xolmen.
Ey Navoiy, ne ajab yuzum uza yugursa yosh,
Chunki Majnun boʻlgʻali bozichayi atfolmen.

456

Vahki, mendin ayru yuz jon, yoʻqsa jononmu ekin?
Manga onsiz ming oʻlum yo dardi hijronmu ekin?
Soʻrgʻali za’fimni la’lidinmu erkin bir hadis,
Yo buzugʻ jismimda mamlu yuz tuman jonmu ekin?
Ravzanimni to yoruttung, kulbam ichra har taraf,
Zarralar soyirmu yoxud mehri raxshonmu ekin?
Olam ahligʻa labing zikrimudur ratb-ul-lison,
Yo bori olam labolab obi hayvonmu ekin?
Zulf aro qadding xayolidin koʻzum yorutqali
Anbarin yuz sham’ yoxud xayli mujgonmu ekin?
Koʻngluma ul yuzu lab yodimu erkin gʻam tuni,
Yo shabistonim toʻla gulbargi xandonmu ekin?
Gʻayrigʻa boqgʻan uchun koʻz mardumin qatl ayladim,
Ashki gulgun yoxud aning zaxmidin qonmu ekin?

457

Yaramni tikkali boshing uza bichakmu ekin?
Bichakda rishtai jonimmu yo ipakmu ekin?
Koʻz asru tiktim aning oʻymogʻigʻa, bilmankim,
Koʻzum oqimu ekin anda, yo soʻngakmu ekin?
Tun uzra oydinu, oydinda subh erkinmu,
Vayo sochingda burunchak uza lachakmu ekin?
Gul uzra har sori tob urdi sunbulung, yoxud
Yuzungda ziynat uchun sanchqan kajakmu ekin?
Labingdin istadi jonim hayot, bilmasmen
Ki, bir soʻkunchmu yo qasdi bir muchakmu ekin?
Bir usruk elni chiqib qirgʻan ermish, ey lutfe,
Sening begingmu ekin, yo bizing mirakmu ekin?
Navoiy, ushbu parishon hadis ila gʻarazing
Avom xotirini sayd aylamakmu ekin?

458

Yuzung oʻtigʻa tutun zulfi muanbarmu ekin?
Otashin la’ling ul oʻt ichida axgarmu ekin?
Mehr sarchashmasidin qatramu tomdi yoxud
Orazing birla qulogʻingdagi gavharmu ekin?
Gʻam tuni har taraf ohim oʻqi ul oy gʻamida
Charxdin oʻtkanining oʻrnimu, axtarmu ekin?
Muztarib koʻnglum ekinmu kuyadurgan tan aro
Yo bu otashkada kunjida samandarmu ekin?
Qon ekinmu yangi dogʻim aro, yo hajringda
Jomi gulnoriy ichinda mayi ahmarmu ekin?
Zohid uchmogʻ tiladi yordinu men ham oʻzin,
Yo rab, ushbu iki matlub barobarmu ekin?
Ey Navoiy, dema Farhod parishonligʻidin
Ul bu Majnuncha balo togʻida abtarmu ekin?

459

Ulki har tun uygʻanib, yonida koʻrmas hamdamin,
Yoʻq ajab gar soyani hamdam qilib aytur gʻamin.
Qoʻynida af’iy, ne mumkin koʻzga uyqu kirmagi
Ulki har tun yod etar bir zulfning pechu xamin.
Takya ne imkon tushub bistar aro yuz ming tikan,
Ulki bir mujgon xayoli tiyra qilmish olamin.
Kecha afgʻon qilmasam tong yoʻq, birovkim koʻngliga
Hajr oʻqi tevruldi, mushkildur qatiq urmoq damin.
Ne yorugʻ boʻlgʻay hayoti sham’i ulkim, ishq anga
Gʻam shabistoni aro yogʻdurdi hijron shabnamin.
Zaxminga sep, ey koʻngul, navmidligʻ tufrogʻikim,
Topmadi koʻk huqqasida kimsa vuslat marhamin.
Charx anjum ashkini sochib, nedin kiymish qora,
Hajr shomi tutmagʻan boʻlsa Navoiy motamin?

460

Porso yorim sogʻinmas masjidu sajjodadin,
Ne uchunkim, to may ichmish bosh koʻtarmas bodadin.
Boqmasa tasbihu mushaf xattigʻa yoʻq aybkim,
Forigʻ ermas dona nuqliyu harifi sodadin.
Roʻzasin siroʻza may qilsa ne tongkim, sa’b erur,
Nasya ummidigʻa kechmak ishrati omodadin.
Tokim ul gulsiz bulut yangligʻ havoyiy boʻlmisham,
Bazmi ayshi yodidin ashkim qolinmas bodadin.
Maygʻa jonim rahn etay maxmur esamkim, farz erur
Sarvi ozodegʻa qulluq oshiqi ozodadin.
Kim qizitti ishq oʻti birla koʻngul, maydin dimogʻ,
Ne gʻami bor nosihi beaqlu shayxi lodadin.
Za’fdin maxmurlugʻ yiqti Navoiy jismini,
Yor ayshi bazmida yod aylang ul uftodadin.

461

Chiqargʻach ul mahi mahmilnishin oraz niqobidin,
Jarasdek nola aylarmen koʻngulning iztirobidin.
Emas koʻksumda eski dogʻlar, bal suqbalardurkim,
Suvabmen to xayoling chiqmagʻay koʻnglum xarobidin.
Havoyi ishqing asrargʻa erur har yon kumush gunbad
Ki, qilmishmen imorat bahri ashkimning hubobidin.
Bagʻirda nishi gʻam oʻlturdiyu koʻnglumda yuz gʻamkim,
Iting qut etmagay nogah quyuk bagʻrim kabobidin.
Tanu jon zavraqin gʻarq etkali girdobi ofatdur
Quyunlarkim, yugurur ishq dashtining sarobidin.
Qoshi mehrobidin yuz qiblagʻa qoʻy dersen, ey nosih,
Muvajjah deb ekinsen, vahki, ojizmen javobidin
Xirad mulkini sabrim kishvaridek buzdung, ey soqiy,
Bu selikim ravon qilding qadahpolo sahobidin.
Bu bazm ahlini bot yiqmoqdin oʻzga soqiyi davron
Ne qildi qasd bu nilin qadah davri shitobidin.
Navoiy rishtayi fikri chekar ma’no sumanboʻyin,
Xush ul tojirki, Yusuf chehra koʻrguzgay tanobidin.

462

Subh yetkurdi sabo gulbargi xandon mujdasin,
Yo koʻngul topti Masih anfosidin jon mujdasin.
Yo falak berdi yigʻi koʻr aylagan Yoqubning
Koʻzlari ochilmoq uchun Mohi Kan’on mujdasin.
Ne guli xandon, ne Isodur, ne Yusuf mujdasi,
Topti bir mahjur oʻlar holatda jonon mujdasin.
Gʻuncha erdim gʻam yelidin toʻngʻa sigʻman gʻunchadek,
To sabo yetkurdi ul sarvi xiromon mujdasin.
Hajr aro, ey payk, agar sen noma yetkursang ne tong.
Tong yeli har kun berur xurshidi tobon mujdasin.
Naqdi jon berdim, musulmonlar, uyatligʻmen hanuz
To eshittim paykdin ul nomusulmon mujdasin.
Ey Navoiy, shomi hijron yigʻlarim daf’ oʻldikim,
Subh yetkurdi sabo gulbargi xandon mujdasin.

463

Yonida boʻlmasam nafase dardnokmen,
Koʻrsam yonida gʻayrni ul dam halokmen.
Jonimgʻa yuz gʻam ignasini tikti ul
Masiho bildikim, quyosh kebi ishqida pokmen.
Vasling tahayyuliyu men, insofdin emas
Kim, ruhi poksen senu men tiyra xokmen.
Vahm ayla, ey sipehr, bukun ohim oʻqidin
Ki, hajr dardidin yana bevahmu bokmen.
Juz vasl sharbati manga sud etmas, ey tabib
Kim, men firoq mehnatidin dardnokmen.
Zotimda chun mayi azaliy choshniysi bor,
Har sori mast qoʻl solib andoqki tokmen.
Ohim, Navoiyo, nechuk asray koʻngul aro,
Chun men firoq tiygʻi bila siynachokmen.

464

Koʻnglum ochilmas dame bu badani zordin,
Uylaki, mahkam tugun inichkarak tordin.
Hajr aro dardimgʻa rahm qilmasa ul koʻz ne tong,
Kimsa marazgʻa iloj topmadi bemordin.
Orazida tobligʻ zulfni koʻrgilki, bor
Mushafi sherozasi rishtayi zunnordin.
Gar yorutur el koʻzin koʻyi aro ul quyosh,
Baski meni soʻrmasa soyayi devordin.
Savmaagʻa bormasam ayb yoʻq, ey shayxkim,
Hech gilam yoʻqturur kulbayi xammordin.
Olam aro yorligʻ qolmadi, goʻyoki bor
Yorgʻa yuz nav’ alam har nafase yordin.
Bas manga vayron maqar, sen quvon, ey charxi dun,
Toqi muqarnas bila shamsayi zarkordin.
Necha jafovu sitam tortqay ahli vafo,
Dahri jafopeshadin, charxi sitamkordin.
Tan yalangu bosh ochuq, telba Navoiygʻa boq
Kim, ne boʻlubtur xalos jubbavu dastordin.

465

Koʻnglum uyin har nechakim, istasang gʻam topqasen,
Dogʻi hajru gʻussayi besabrligʻ ham topqasen.
Kam emas oshiq sanga, solsang meni koʻzdin, vale
Oshiqekim, sodiq oʻlgʻay men kebi kam topqasen.
Noʻshi vasl, eykim tilarsen, nishi hijron koʻrmayin,
Chun emas bagʻring jarohatligʻ ne marham topqasen.
Ne gʻaming yuz zarra sargardonligʻidin, ey quyosh,
Senki rif’atdin Masiho kebi hamdam topqasen.
Kulma xam qaddimgʻakim, yuklansa ishqing Qof aro,
Ishq ostida yozilgʻan «qof»dek ham topqasen.
Muncha furqat ashki birla boʻlsa doʻzax maskanim,
Koʻzlasang yuz qari oʻtub, xirqam tengin nam topqasen.
Ey nasihatgoʻ, Navoiy yaxshidur deb istading,
Bilmadingkim, buyla bir rasvoyi olam topqasen.

466

Yuz balo hijron topar har dam bu mahzun jon uchun,
Tengri goʻyokim yaratmishtur meni hijron uchun.
Hajr uyida man’i ashkimga malomat toshlari
Farsh erur, goʻyo yiqilgʻur kulbayi vayron uchun.
Qomating hajrinda koʻnglum soʻrgʻuchi nosih tili.
Nishtaredurkim, yorar oʻq zaxmini paykon uchun.
Hajr aro holimni yozdim yod tut, ey navhagar
Kim, base loyiqdurursen soz etar daston uchun.
Ishq gʻam bazmida egri qaddima jon rishtasin
Tor etib, soz ayladi koʻnglum chekar afgʻon uchun.
Ajdaho ogʻzi bil oʻtlugʻkim, ochiptur qasdinga
Munchakim volihsen, ey bulbul, guli xandon uchun.
Chun Navoiy nomayi shavqin yetursang, ey rasul,
Tengri haqqi ruq’aye bu zori sargardon uchun.

467

Furqatingdin kechalar oʻrtar meni baxti zabun,
Goʻyiyo men bir yonar oʻtmen, qorongʻuluq tutun.
Ashk etib gʻammozligʻ koʻnglum buzulsa ne ajab
Kim, topar ozor yoshlardin mudom ahli junun.
Men tilarmen vaslu aning koʻngli har agʻyor ila,
Manga ikki tosh arosinda kerak albatta un.
Qaddingu ernning havosi jondadur, ayb etmagil,
Boʻlsa afgʻonim biyik, sayli sirishkim la’lgun.
Kim kafanni yod etar, andin oʻlug ogohroq,
Gar libosin bilsakim, erur katon yoxud katun.
Sayli ashkimdin falak gʻamxonasi vayron edi,
Qilmasa erdi jafosi dudi ohimdin sutun.
Koʻrmasam qoshing boʻlurmen turgʻanim birla figʻon,
Voyi erur, bas chu boʻlmasa «Navoiy» birla «nun».

468

Sensizin, ey umr, bir soat manga jon boʻlmasun,
Sen boʻlu bas, tubiyu firdavsu rizvon boʻlmasun.
Deb emishsen: kuyduray bir dogʻ ila koʻnglin aning
Har nechuk dogʻ oʻlsa oʻlsun, dogʻi hijron boʻlmasun.
Qoshigʻa qilgʻach sujud, oʻlturdi ul kofir meni,
Hech musulmon yori, yo rab, nomusulmon boʻlmasun.
Ishqida jonim uqubatlar bila ol, ey ajal,
To aning oshiqligʻi hech kimga oson boʻlmasun.
Ul pariy koʻnglumda mehmon oʻlmish, ey jon voqif oʻl,
Oh oʻti dud etmasun, zaxm ichra paykon boʻlmasun.
Ey koʻngul, maste chiqib shahr ichra solmish rustahez,
Vah, xabar tutkim, bizing beboki nodon boʻlmasun.
Dedikim: jon ber dogʻi oʻpgil ayogʻim tufrogʻin,
Ey Navoiy, tezrak boʻlkim, pushaymon boʻlmasun.

469

Vaslinggʻa yetibon sogʻinurmen xayol ekin,
Holimni anglaman, manga, yo rab, ne hol ekin.
Ushshoq ashkidin su ichib bar jafo berur,
Yo rabki, qomating ne ajoyib nihol ekin.
Zulfungda xol «jim» arosindagʻi nuqtadek,
Yuzungda zulf vard yonindagʻi «dol» ekin.
Har nechakim kuyarmen, aning zarra mehri yoʻq,
Oyoki, toliim kuni koni zavol ekin.
Dersenki: seni qaysi pariy telba aylamish?
Ey bagʻri tosh, bilib yana bu ne savol ekin.
Zanburning evi kebi koʻnglum teshuk-teshuk,
La’ling xayoli har teshuk ichinda bol ekin.
Miskin Navoiy jonigʻa koʻyungda qilma qasd,
Sayd aylamak haram qushin oxir vubol ekin.

470

Ishqing etagin jon iligi birla tutubmen,
Sen kirgali yodimgʻa oʻzumni unutubmen.
Koʻnglumga kelur har sari oʻq otsa nedinkim,
Jon shirasidin ogʻzini aning chuchutubmen.
Yoring, dedilar, gʻayr bila boda ichibdur,
Tahqiqini bilguncha ne qonlarki yutubmen.
Garm oʻlmangiz, ahbob tilab vasl charogʻin,
Menkim, yuragim kuydi, ne chogʻligʻ yorutubmen.
Hajring tuni ollimgʻa ne mehnatki yetibdur,
Vasling kuni yodidin oʻzumni ovutubmen.
Xilvat asari ujb ekanin angladim, ey shayx,
Ayb etma, fano dayrida gar kulba tutubmen.
Ashk ila Navoiy su berur, sabr niholin
Bilmaski, ani ohim oʻtidin qurutubmen.

471

Oʻlgumdurur chu furqat ila ishtiyoqdin,
Kel qutqar, ey ajal, meni ushbu firoqdin.
Tong yoʻq qizarsa lola kebi koʻz, chu mardumi
Har dam gʻamingda qon yutadur ul ayoqdin.
Sen may icharsen el bila, ul gʻamza qon qilur,
Men qon yutub nazora qilurmen yiroqdin.
Atfol sang arbadasi vahmidin dame,
Devonalar kebi chiqa olman visoqdin.
Ichtim iting safolida may, vah, qachon yugʻay,
Hayvon zuloli zavqini aning mazoqdin.
Maydin hayot tutki, beganmas Masihni
Har shappareki, uchsa bu eski ravoqdin.
Mutrib bila ne koʻngli ochilsun Navoiyning
Kim, men firoqdin desam, ul der Iroqdin.

472

Eykim, tanimgʻa jon berasen har tariqdin,
Oʻlsam ne, ayru tushqucha sendek rafiqdin.
Beling mudurki, anga qizil foʻta bogʻlading,
Yo rishtayeki oʻtkarilibdur aqiqdin.
Savdovu rishta zaxmatigʻa uchradi koʻngul,
Zulfu beling xayolida fikri daqiqdin.
Har dam demaki koʻz yoshidin sarguzashte ayt,
Daryo fasonasin ne soʻrarsen gʻariqdin.
Ohim koʻngulni koʻyung aro solsa ne ajab,
Gulzor aro Xalil tushar manjaniqdin.
Zuhd ahli ujb tafriqasidin xalos emas
Sharti fano firohdurur ul fariqdin.
Tolpinma ashking ichra Navoiyki, chiqmadi
Sech kimsa gʻoʻta birla bu bahri amiqdin.

473

Gʻamingda har kecha, ey gul’uzor, yigʻlarmen,
Sahargʻa tegru chekib intizor yigʻlarmen.
Menu qora kecha, yoʻq nisbatim sanga, ey subh
Ki, sen kularsenu men sham’vor yigʻlarmen.
Burungʻi mehru vafo, soʻnggʻi javru zulmingni
Birin-birin sogʻinib zor-zor yigʻlarmen.
Kularlar el manga beixtiyorkim, har dam
Eshitsam otini beixtiyor yigʻlarmen.
Mungaydi koʻnglum aningdekki, hazl nagʻmasidin
Ki, elga kulgu etar oshkor, yigʻlarmen.
Kular sipehri daniy iztirobigʻa koʻnglum,
Vale oʻzumda koʻrub iztirob yigʻlarmen.
Navoiy, ashkim oqizgʻay gʻamim tunin mundoq
Ki, charxdek kecha tutmay qaror, yigʻlarmen.

474

Lolaning gʻunchasidek koʻnglum oʻluptur toʻla qon,
Vahki, el gʻofilu kuydurdi meni dogʻi nihon.
Zahri hajr ichkali dermenki, qilay ishqin tark,
Aytqandek kishi muhlik maraz ichra hazayon.
Roʻzgorimki qora boʻldi, erur ishq asari,
Qayda oʻt tushsa, qoraligʻi qolur yerda nishon.
Ishqing oʻtinki, yoshurdum, el aro yoydi raqib,
Kim isitmani nihon tutsa qilur marg ayon.
Xating ichinda labingning iki xoli ne ajab
Ikidur nuqta, yozilur esa xat ichinda jon.
Hajr uchun qonim ichar har sari qonligʻ tuganim,
Xon erur ollida, to koʻngluma boʻlmish mehmon.
Charxdin mehr isi topqangʻa takabbur ne ajab,
El dimogʻigʻa chu koʻkurd oʻti aylar nuqson.
Xalq ta’n etsa, Navoiy egilib nola qilur
Igri yangligʻki, qilur yel asari birla figʻon.

475

Safhayi husnungda jonbaxsh irining, ey siyminbadan,
Oʻxshashurkim, aylagay Iso quyosh ichra vatan.
Yoʻq ajab, ey gul, koʻngul zaxmi aro novaklaring,
Rasm erur: chun raxna boʻlgʻan yerga qoʻymogʻligʻ tikan.
Hasratingdin, bilki, oʻlmishmen, agar koʻyung aro
Bir gado nogah gʻarib uchun tilar boʻlsa kafan.
Koʻzungu zulfu qoshingdin injudek boʻldi yoshim,
Xalq ushbu vajhdin derlar, ani durri Adan.
Voqif oʻl, ey bogʻbonkim, har taraf gul shaklidin,
Sendek elning qabridurkim zohir etmish bu chaman.
Koʻnglakining atri jonsiz jismima berdi hayot,
Goʻyiyo el jonidin maxluq oʻluptur ul badan.
Chun Navoiy nazmining har harfidur sharhi gʻaming,
Desa boʻlurkim erur har bayti bir baytul-hazan.

476

Falak sitezasidin boʻlma, soqiyo, mahzun,
Qadah keturki, erur besabot olami dun.
Manga tama’ karam ahlidin oʻldi may vajhi,
Yoʻq ersa yer quyi ul ganjim, yigʻar qorun.
Muraqqa’ uzra diram kebi vuslalar ne osigʻ
Ki, bir diramgʻa chogʻir uchun oʻlmagʻay marhun.
Bu shukr uchun gahe, ey shoʻx, ber nazrki, xudoy
Seni azizu sharif etti, bizni xoru zabun.
Yema bu lujjayi miyno rumuzi halligʻa gʻam,
May ichki, topmadi hech kim bu safhagʻa mazmun.
Xumor jonima qasd etti, soqiyo, may ber
Ki, jongʻa solsa bir oʻtkim, boshimgʻa chiqsa tutun.
Navoiy nazmidurur yaxshi, gar quloq solsang,
Tarannumeki qilur oʻzi birla ahli junun.

477

Gʻam yelidin, yo rab, ul gulga gʻubore boʻlmasun,
Balki onsiz dahr bogʻida bahore boʻlmasun.
Qaddining sarvigʻakim, bogʻi latofat naxlidur,
Chashmayi hayvondin oʻzga joʻybore boʻlmasun.
Ayshu ishrat jomidin boʻlsun yuzi gul-gul, valek
Koʻngliga gʻam gulbunidin xor-xore boʻlmasun.
Jilvasoz oʻlgʻanda maydon ichra chobuk shoʻxlar
Shohu sarxayl andin oʻzga shahsuvore boʻlmasun.
Gar buyursang sadqa boshigʻa evurmak, ey rafiq,
Budur ummidimki, mendin oʻzga bore boʻlmasun.
Dahr bogʻining nasimi sovurur gul xirmanin,
Anga ul gul gulshani sari guzore boʻlmasun.
Ey Navoiy, qil duo jonigʻavu jahd aylakim,
Mayling aning qullugʻidin oʻzga sori boʻlmasun.

478

Eykim nafase gʻoyib emassen nazarimdin,
Vahkim, gʻami hajring oqizur qon jigarimdin.
Rasvoligʻ oʻti birla tutashib keladurmen
Ey ahli salomat, qoʻpunguz rahguzarimdin.
Sen gʻofilu men vahm qilurmen kecha-kunduz,
Bu nolayi shabgir ila ohi saharimdin.
Gʻam yelidin ul nav’ oʻtum urdi alamkim,
Yuz barq yasar abri balo har shararimdin.
Beling gʻamidin moʻya bila yigʻladim oncha
Kim, ashk duru gavhari oʻtti kamarimdin.
Ey zuhd, yoʻlum urmaki, bu marhala ichra
Maqsadgʻacha sensen biri yuz ming xatarimdin.
Ey ishq, fano yoʻli sari boshlaki, tinman
Gar topsa Navoiy xabar ushbu safarimdin.

479

Ne tirigmen, ne ulug, ne sogʻ, ne bemormen,
Ayta olmankim, firoqingdin ne yangligʻ zormen.
Nuqtayi ogʻzing gʻamidin tortibon jadvaldek oh,
Ashk saylin oqizib sargashta chun pargormen.
Doʻstlar, koʻnglum hadisin demangiz tengri uchun
Kim, men ul devonayi sargashtadin bezormen.
Koʻnglagingdinkim topar jon dam-badam Yusuf isi,
Ey azizim, men ham ul koʻnglak aro bir tormen.
Bir quyosh hajrinda tundek roʻzgorim tiyradur,
Tong emas gar tun kebi motam tutub yigʻlarmen.
Mayda afyun ezgil, ey mugʻkim, bu eski dayr aro,
Telbararmen gʻussadin gar bir nafas hushyormen.
Nevchun el dushnomu ta’nidin boʻlay oshuftahol,
Ey Navoiy, chun nekim derlar yuz oncha bormen.

480

Sarveki nolishim biyik oʻldi havosidin,
Yuz ming figʻonki, ogah emas mubtalosidin.
Koʻnglumni koʻzlaridin ayirmangki, chiqmagʻay
Majnun nasihat ila kiyiklar arosidin.
Men tiyra uyda bexudu yuz nav’ guftugoʻ
Har koʻ boshinda telbaligim mojarosidin.
Koʻnglumda toza dogʻlaring shaklin istasang,
Fahm ayla oʻtlugʻ ikki koʻzungning horasidin.
Quvvat tutar labing gʻamini yeb hazin koʻngul,
Goʻyoki qon tavallud etar bu gʻizosidin.
Davlat libosi shahgʻaki, yoʻqtur shikoyatim,
Mugʻ dayri tegrasida gadoligʻ palosidin.
Gʻam shomidin Navoiyni netkay xalos etib,
Yorutsang uyini sham’i jamoling ziyosidin.

481

Doʻstlar, bir chora men devonayi shaydo uchun
Kim, oʻlarmen ul pariypaykar malaksiymo uchun.
Otashin gul tegrasida la’lgun yuz barg emas,
Balki yuz na’l oʻtqa solmish bulbuli shaydo uchun.
Xom koʻnglumkim, dudogʻingni tilab afgʻon qilur,
Bor durur ul tifldekkim, yigʻlagʻay halvo uchun.
Ashk ichinda gʻarqamen, zulfungni tutqaymenmu deb,
Uylakim tojir tengiz ranjin chekar savdo uchun.
Turki mastedur koʻzung uyquda, koʻz kunjida xol
Oʻgʻrikim, qilmish kamin yonida qoʻygʻan yo uchun.
Gulxaniydekdurki istar gulxanu olotini,
Siflakim mehnat chekar dunyovu mofiho uchun.
Bu Navoiy bandani, ey sarvi ozod, asrakim,
Buyla bir bulbul kerak sendek guli ra’no uchun.

482

Koʻngul olurda ajab dilrabo emishtuksen,
Ne dilraboki, baloyi xudo emishtuksen.
Koʻngul berurda sanga bilmas erdim, ey badmehr
Ki, xasta koʻngluma mundoq balo emishtuksen.
Tabib ojiz oʻlub oqibat dedi bildim
Ki, ishq dardi bila mubtalo emishtuksen.
Gadoligʻ ettim esa boʻsaye, achigʻlanibon
Dediki: asru uyatsiz gado emishtuksen.
Koʻngulni kuydurubon jon olursen, ey yangi dogʻ,
Figʻonki, bir yoʻli koʻngli qaro emishtuksen.
Cherig vuhushu senga taxt qulla, ey Majnun,
Fano mamolikida podsho emishtuksen.
Dedim: kamina itingmen, kulub manga aytur:
Navoiy, ne balo xudnamo emishtuksen?

483

La’lu gʻamzang birla baskim nuktadon ustodsen,
Bir nafas borsen Masiho, bir zamon jallodsen.
La’li shavqidinki gʻam togʻin qozarsen, ey koʻngul,
Ne balo Shirin havaslik notavon Farhodsen.
Ahli dillar chehrasi oltun, sirishki siym erur,
Toki siymi nob aro qilding nihon poʻlod sen.
Nargisingdin bir nazar qilgʻilki asru bir yoʻli
Qullaring holidin, ey sarvi ravon, ozodsen.
Nayshakardek qaddinga, vah, bargni toʻn demakim,
Ishqpechon bargida boʻlgʻan nihon shamshodsen.
Xurram oʻlmassen sumurmay bir qadah, eykim, mudom
Charxdin koʻnglung boʻlub yuz laxt qon noshodsen.
Ey Navoiy, jisminga paykonlaridin langar et,
Yoʻqsa bu ohing yelidin nogahon barbodsen.

484

Yoridin hech kim meningdek zoru mahjur oʻlmasun,
Jumlayi olamda rasvoliqqa mashhur oʻlmasun.
Men boʻlay ovora to ishqimdin aylab guftugoʻy,
Oti aning har kishi ogʻzigʻa mazkur oʻlmasun.
Jonima bedodu zulmin, yo rab, ul miqdor qil
Kim, aning oshiqligʻi har kimga maqdur oʻlmasun.
Men xud oʻldum, lek har oshiqki, bordur pokboz,
Navha tortib motamim tutmoqda ma’zur oʻlmasun.
Pand ila koʻnglum uyin qilma imorat, ey rafiq,
Bizni buzdi hargiz ul, yo rabki, ma’mur oʻlmasun.
Kechalar ul gul chekar ermish qadah, ey tong yeli,
Voqif oʻl holimni aytur chogʻda maxmur oʻlmasun.
Yor vasligʻa quvondim, qovdi koʻyidin meni,
Ey Navoiy, hech kishi davlatqa magʻrur oʻlmasun.

485

Noumide men kebi bormu ekin jononidin,
Jongʻa yetkan koʻnglidin, koʻngli tutulgʻan jonidin.
Fard hushu sabridin, mahjur zuhdu ilmidin,
Ayru shahru mulkidin, ovora xonumonidin.
Tangʻa mehnat ravzanin ochqan yoqaning chokidin,
Jongʻa rihlat navhasin tuzgan koʻngul afgʻonidin.
Ham saloh uyin qora aylab tuganlar dudidin,
Ham balo yuzin qizil qilgʻan aliflar qonidin.
Men dagʻi bir kun saloh ahli edim, ey porso,
Bu uqubatlar aro qoldim birov hijronidin.
Jomima har davr huy, soqiy, halohil zahrikim,
Tah-batah qondur ichim tosi nigun davronidin.
Ey mugʻanniy, tuz maqomi navhakim, chiqmoqtadur
Xasta jon jism uyi otligʻ kulbayi ahzonidin.
Jon berur har dam Navoiy, ne ajab gar bersa jon
Qulki, ayrilgʻay begidin, beg nekim, sultonidin.
Rostligʻda sarvi ozode yigitlik bogʻidin,
Poklikda la’li raxshone eranlik konidin.

486

Yor paygʻomi ne osigʻ oʻzgalar tahriridin,
Jon qachon bergay Masih alfozi el taqriridin.
Ruq’asi gar barcha qatlim hukmidur xushdurki, bor
Qatl hukmi hirzi jon Isodamim tahriridin.
Kimki, koʻrsa, vahki, maxfiy ishqim oʻtin fahm etar,
Ruq’asin ochib oʻqurda holatim tagʻyiridin.
Nomasin ochqanda yuz devonaligʻ qilding dema
Kim, xabar yoʻqtur manga, billah, alarning biridin.
Ne fusun qilmish edi bilmanki, yoʻqtur aqlu hush,
Notavon koʻnglum aro alfozining ta’siridin.
Ruq’ayedur charx chirmashliqki, mazmun suratin
Hech kim fahm etmadi unvonining tasviridin.
Har ne yozmish ollingga qilki qazo koʻrmak kerak,
Ey Navoiy, qochmoq oʻlmas tengrining taqdiridin.

487

Kelki, vaslingdin hazin jonimni xursand aylayin,
Sen jigar pargolasin bagʻrimgʻa payvand aylayin.
Chok etib koʻksumni mahv aylay seni bagʻrim aro,
Necha bu ummid ila koʻnglumni xursand aylayin.
Koʻzda mardum boʻl, koʻngulda jon yerin tut, vah necha,
Koʻzni mushtoqu koʻngulni orzumand aylayin.
Oz balo soldi koʻngul boshimgʻa one, ey rafiq,
Qoʻyki, tishlab-tishlabon, parkand-parkand aylayin.
Ne achigʻlanmoqdur andin, ne chuchuk soʻz, ey koʻngul
Xoh achchigʻ yigʻlayin, xohiy shakarxand aylayin.
Gulshani vaslin tilar jon, yer quyi, jismi zaif,
Necha qudsiy qushqa mundoq torni band aylayin.
Der Navoiy, Vomiqu Majnundek oʻlgʻil, vah, ne nav’
Kuch bila hush ahligʻa oʻzumni monand aylayin.

488

Masihodin labing afsah, quyoshtin orazing ahsan,
Quyoshinggʻa falak hayron, Masihinggʻa quyosh maskan.
Koʻzumda gardi maydoning, tanimda naqdi paykoning,
Anga koʻz mardumi xozin, munga jon kulbasi maxzan.
Yasarmen yuz maqolat, vah, boʻlur koʻrgach ani nogah,
Koʻzum hayron, tanim larzon, esim volih, tilim alkan.
Shikebu sabr uyin buzdiki, ruxsorinda koʻrguzdi
Xatidin nur uza zulmat, yuzidin oʻt aro gulshan.
Toʻkarsen qon koʻzung birla, berursen jon soʻzung birla,
Ajoyib zufununisenki, har fan ichra sen yakfan.
Malomat toshi dogʻidin yorudi ishratim sham’i,
Ajab koʻkurd oʻtidin ayladim bu sham’ni ravshan.
Yasarda sun’ me’mori falak gʻamxonasin goʻyo
Ki, qildi dardu gʻam kirmakka har kavkabni bir ravzan.
Sen istab Xizr umri, turfa bukim, gunbadi xazro
Yuziga tun qorasin surtubon aylar sanga shevan.
Navoiy, asrabon tamkin, kishidin istama tahsin,
Chu shah koʻrguzdi istihson, koʻrub nazmingni mustahsan.

489

Azal naqqoshi tarh aylarda gul bargi namudorin,
Magar pargor qildi bulbuli sargashta minqorin.
Qazo mashshotasi parvonalar jismi kuli birla
Hamonokim, yorutdi sham’ning mir’oti ruxsorin.
Degin, Majnun qora jonining uzgan rishtasidindur
Ki, sun’ ilgi mutarro qildi Laylo zulfi zunnorin.
Magar Farhod jonidin sizib qonidin etti rang
Qadar suvratgari Shirin labi la’li shakarborin.
Tarozu bargi gul, ip rishtayi jon, tosh la’l etti
Chekarda xozini hikmat labing yoquti miqdorin.
Qarogʻlarim emastur, balki topqach koʻzga qoqmishmen,
Itardin vahm etib, raxshing sitomin, balki mismorin.
Ayogʻing kirpigimdin ogʻrigʻan boʻlsa, yorib koʻksum
Isiq qonimgʻa qoʻykim, ul hino-oʻq, cheksun ozorin.
Xarobot ahli uru dogʻ, derkim, kuydurung, soqiy,
Davo yoʻq sirmabon qochmoqdin oʻzga shayx dastorin.
Magar boʻldi quyun tufrogʻ ila yel, may, su birla oʻt,
Yasarda masti sargardon Navoiy xilqati zorin.

490

Rashkdin dermenki mehr itsun sipehr ayvonidin,
Bori itqay soya ayvon ichra aning yonidin.
Koʻksuma urmoqqa olgʻan toshqa oʻqi tegdi, lek
Qildi kul jismimni oʻtkim, sekridi paykonidin.
Otashin ochildi ichkach bogʻning oq gullari
Ashk ila har qatrayekim, bordi bagʻrim qonidin.
Anjum ermaskim, falak mir’oti ichra tushti aks,
Baski, dur sochildi yer uzra koʻzum ummonidin.
Dema nolangdin yumulmas koʻzlarimkim, tong emas,
Kelmasa bemorlargʻa uyqu it afgʻonidin.
Mehrning ermas shafaq ichra shuoiy xatlari,
Hajr zulmi qon toʻkar har shom aning mujgonidin.
Jon olur la’lim hadisi, deb meni qoʻrqutmagʻil,
Kim, bu bir soʻzdurki, aytursen Navoiy jonidin.

491

Koʻrubmen kirpiging boshitin-ayogʻ teshkan koʻngul holin,
Qushedurkim, tiriglay yulmish oʻlgʻaylar paru bolin.
Ekib tuxmini andoqkim ochilgʻay boʻstonafroʻz,
Ochar xunoba koʻz bogʻida eksam donayi xolin.
Jamolin va’d agar debmen, koʻp etma, ey arab, hayrat
Yuzi aynin koʻrub har yon nazar qil zulfdin dolin.
Tanimnikim, quruptur xomadek nol oʻqlaringdindur,
Qalam qilsang qil, ammo tashlama har yon chekib nolin.
Bu majnun qatlin ul tifli pariyvash istamas boʻlsa,
Nedin toshlar bila qasdimgʻa soldi shahr atfolin.
Gʻamin koʻrmang balo togʻida la’li shavqidin jonni
Ki, har bir toshidin sotmas abad umrigʻa misqolin.
Chu boʻlmas sham’siz parvonavu gul birladur bulbul,
Firoq oʻrtar koʻngulni chun koʻrar vasl ichra amsolin.
Sabuhiy jom ila xushmen, nechuk xush boʻlmagʻay ulkim,
Munungdek axtari farxunda qilgʻay subh aning folin.
Javod ilgida piri dayrning may zavraqin koʻrsun,
Birovkim, koʻrmamish daryo ichinda jung timsolin.
Shah egnida murassa’ tugmalig xil’atqa bermasmen,
Yigʻochlar birla ollin tevrabon kiygan fano sholin.
Navoiy, istasang koʻyin, itiga oshno boʻlgʻil,
Yalingʻan yangligʻ ul it oshnogʻa, sen anga yolin.

492

Shahid oʻlsam libosi lolagun sarvi ravonimdin,
Yasang qabrim uza mile, boʻyang gulrang qonimdin.
Koʻrub tumordek chirmanmogʻim hajrida rahm etmas
Ki, gʻofildur ichimda har taraf dogʻi nihonimdin.
Quruq tandinki, qilding sharha-sharha, nola tortormen,
Ne tong vajd oʻlsa elga dam-badam naydek figʻonimdin.
Alifsiz jon kebi yoʻq ul pariydin oʻzga mavjude,
Hazin jonimda to hijron xadangi chiqti jonimdin.
Koʻrunub zulfining tori, koʻrunmas za’fdin jismim
Nedinkim ul tavonoroqdurur bu notavonimdin.
Koʻngul koʻz oʻtu saylidin kelib holim koʻra olmas,
Maloyik ravzanimdin, bal xaloyiq ostonimdin.
Erur qotildin etmak orzu jonbaxshliq rasmi,
Umidi mehribonligʻ bogʻlamoq nomehribonimdin.
Meni uyqugʻa solmish dahr bogʻining nasimi, vah,
Ne gul tergaymen ushbu tushta koʻrgan boʻstonimdin.
Navoiy, bilki topmishmen nishon maqsuddin beshak,
Oʻshal kunkim, nishone topmasang istab nishonimdin.

493

Sogʻinmang soya gʻam shomi malul ermas figʻonimdin,
Bosib oʻlturmasam, yuz qatla qochqay erdi yonimdin.
Uchuq zaxmi labingda bilgurur-bilgurmasun koʻrdeg
Nishona kimki istar jon aro dogʻi nihonimdin.
Baliyyat shohidi gulguna qilsa bas munosibdur
Momugʻlarkim, yara ogʻzida gulgun boʻldi qonimdin.
Ichimda baski, toʻldi novaking har yon alif ermas
Ki, raglardek oʻqung bilgurdi jismi notavonimdin.
Koʻz ichra uyqu xayli gar kira olmas, ajab ermas
Ki, xoliy turfat-ul-ayne emas ashki ravonimdin.
Dema roviy erur Farhodu Majnun qissasi muhlik
Ani alqissa bir dolu alif bil dostonimdin.
Yuzumni, ey bahori husn, qon yosh ichra koʻrgulkim,
Yuzung shavqida ne gullar zuhur etti xazonimdin.
Ulus taklifidin koʻp xasta qildim jonni, vah emdi,
Yaqindur oʻlgamen, baskim, xijilmen xasta jonimdin.
Navoiy, vaqtni toatqa yo ishratqa sarf etkim,
Sogʻinsam oʻrtanurmen tiyra oʻtkargan zamonimdin.

494

Mehr koʻrsa har kishi oʻz dilbari zebosidin,
Oʻrtanur munglugʻ koʻngul bemehrim istigʻnosidin.
Ey musulmonlar, netib soʻrmoq tamannosin qilay,
Menki bir soʻkmak tilab topman labi goʻyosidin.
Qaddi ra’nosidin elga jilvayi vaslin netay,
Chun menga yoʻq juz duru boʻlmoq guli ra’nosidin.
Yetkurub elga labi jonbaxshidin quti hayot,
Juz oʻlum hukmi manga yoʻq la’li ruhafzosidin.
Tong yeli, tund esma ul yonkim, uyumaydur kecha
Itlari faryodiyu ushshoqining gʻavgʻosidin.
Qon yutarmen durdi sogʻar shavqidin, ey piri dayr
Sogʻare ber, mugʻbacha, la’li qadahpaymosidin.
Ey Navoiy, shukr qil zulm etsa ul sultoni husn
Kim, qayu qul sencha topti tarbiyat mirzosidin.

495

Toʻla qondur koʻzumning halqasi to qoldi yorimdin,
Magar tushmish qorasi toza dogʻi intizorimdin.
Kavokib demagil, gardun koʻzi goʻyo yosharmishdur,
Tutundinkim, chiqar gardun sari sham’i mazorimdin.
Yaramgʻa hech marhamdin yetishmas oncha rohatkim,
Chiqarib til iting qonin yalar jismi figorimdin.
Men ul oy rashkidinkim, el koʻrar, tufrogʻ agar boʻlsam,
Koʻrar el koʻzlarin koʻr ayla, ey gardun, gʻuborimdin.
Egarmas koʻk hisori davrigʻa turki falak koʻrgach,
Evurmak ashhabin bir xisht uza chobuksuvorimdin.
Erur qonligʻ koʻngulda koʻzlaring, vah, turfadur asru
Ki, chiqmaslar dame ul ikki jayran lolazorimdin.
Ichib gar tutmasang erdi qadah, ey noʻshlab soqiy,
Ne imkon erdi qutqarmoq meni muhlik xumorimdin.
Meni yozgʻurmangiz qilsam sabuhiykim, azal subhi
Chihiptur ixtiyor ilgimdinu ish ixtiyorimdin.
Inoyat yomgʻuri ollida daf’i sahl erur, garchi
Yogʻar idbor gardi, ey Navoiy, roʻzgorimdin.

496

Meni zaifni sargashta ayladi gardun,
Shitobu davr ila xoshokni nechukki quyun.
Tutashti telba koʻngul ul pariy uzoridin,
Bu oʻtni gul sogʻinib, vahki, kuydi ul majnun.
Hubob onchaki Jayhun uza erur mumkin,
Tasavvur ayla koʻzumning hubobidin gardun.
Yuzung shahidlari tufrogʻin sovurmish yel,
Bukim bulut koʻrunur koʻkta har taraf gulgun.
Ne ayb, shodligʻ ashkim koʻp oqsa vaslingda,
Bahor fasli boʻlur chashmalar suyi afzun.
Qadinggʻa sarv bosh indurmamish emas aksi
Ki, dahr adab qilur ani solib su ichra nigun.
Ushotib oʻqini mahzun koʻngulni sindurmang,
Ki, ev shikast topar har qachonki, sindi sutun.
Yer ostidin kup ila la’lni chiqar, ey mugʻ,
Ki, bordi yer quyi, chun soʻz eshitmadi Qorun.
Gʻam oʻlturur meni, qoʻy pandu bir qadah berkim,
Qilur bu zahrni taryok daf’, yoʻq afyun.
Navoiy, istar esang saltanat, fano boʻlkim,
Jahon zabunung erur, boʻlmasang jahongʻa zabun.

497

Yelga berdi kuydurub ul gul tanim xokistarin,
Otashin gul hajri sovurgʻan kebi bulbul parin.
Anglaman bulbul qiziq koʻnglimudur, yo atr uchun
Gʻunchasidin gul murattab qildi oʻtlugʻ mijmarin.
Bargi guldur, yoʻqsa bulbulning tutashmish har pari,
Baski, yorutdi sabo gul mijmarining axgarin.
Gul emastur, balki bulbul oshyonin oʻrtagan
Ishq oʻti bil, koʻrsang aning davru lavni ahmarin.
Qoʻy gulu bulbulni, gulgun may toʻla tut bulbula,
To oʻquy bulbul maqolotin ochib gul daftarin.
Dahr bogʻida gulu bulbulgʻa yoʻq bargu navo,
Solmadi bu gʻussadin nargis iligdin sogʻarin.
Soqiyo, hayvon suyin mamzuj qilsang ichmagay,
Gar Navoiy topmasa may ichra la’ling javharin.

498

Nihon ishqingki koʻnglum ichra tushti yuz sharor andin,
Nihoniy dogʻlar qolmish ichimda yodgor andin.
Muqavvas qoshlaringning naqshidin giryon koʻzum boʻlmish
Bulutdekkim, boʻlur qavsi quzahlar oshkor andin.
Boʻluptur sarvinozim husn sham’i, boshida aning
Boʻrk zar rishtasi ulkim, yonar bir necha tor andin,
Buzugʻ koʻnglumki atrofida ul yuz shavqidin qondur,
Erur vayronayekim, lolalar butgay bahor andin.
Ne kirpiklar ekin ulkim, taxayyul aylamak birla
Boʻlur jism ichra har dam jonim andomi figor andin.
Qadi naxlidin oʻlsam, doʻstlar, budur vasiyatkim,
Boshim uzra ekib sarve qiling mili mazor andin.
Jafodin yumsa koʻz, taskin topar koʻnglum oʻti, goʻyo
Qarori yoʻq koʻzi har dam olur sabru qaror andin.
Jahon bahri emish muhlik, tuman ming shukrkim, garchi
Koʻp urdum dastupo, tuttum valek oxir kanor andin,
Navoiy yangligʻ oʻlmish xonaqah ahli surugʻ majnun,
Magarkim sarxush oʻtmish ul pariy devonavor andin.

499

Dema mehnat togʻining Farhodi sargardonimen,
Toza yuz ming dogʻ ila ul qullaning qaplonimen.
Lam’ai ruxsoridin parvonadek kuysam ne tong
Menki, yillar ul malohat sham’i sargardonimen.
Husnungga hayron esam, kelmas ulus hayronligʻi,
Kimki hayroning emastur, men aning hayronimen.
Men oʻlar holatdavu jon qasdi aylar ul pari,
Odamiyligʻ koʻrgʻuzurkim, bir nafas mehmonimen.
Gar koʻngul buzdi meni, yor erdi bois shukrkim,
Chugʻzning yoʻq bir malohat ganjining vayronimen.
Dayr piri tutsa may, noʻsh etsam ermas aybkim,
Zahr agar ich derkim, aning bandayi farmonimen.
Telbalikdin aql sari istamish zohid meni,
Ey Navoiy, muncha nodon bilmas erdim ani men.

500

Subhi vaslin elga koʻrgandin parishonmen bugun,
Shomi hajrin ulki nafi ettim, pushaymonmen bugun.
Subhi vasl ul, shomi hijron bu, meni sargashta, vah,
Naylagaymen deb, oʻz ahvolimgʻa hayronmen bugun.
Qayda bilgaymen visol ahli nishotu ayshini
Menki, zoru mubtaloyi dardi hijronmen bugun.
Doyimo mehmonim erdi yor koʻyi itlari,
Jam’ oʻlupturlarki, men borigʻa mehmonmen bugun.
Parlar oʻrnigʻa baliyyat oʻqlarining zaxmidur,
Menki parsiz qush kebi hajringda uryonmen bugun.
Soqiyo, bir may bila vahmimni kamroq aylakim,
Shomi hajr osibidin behad harosonmen bugun.
Chun xayoli mehmonimdur Navoiy, ne ajab,
Gar taxayyul shaxsidek koʻzlarga pinhonmen bugun.

501

Firoqinda koʻzumdin yigʻlamoq boʻlgʻaymu kam bir kun,
Kulub kirgaymu vayron kulbam ichra ul sanam bir kun?
Maloyik, tarqashingkim, ul quyosh hajrinda qoʻrqarmen,
Teshib oʻtgay falakni ohim oʻtidin alam bir kun.
Harimi vasligʻa mahramlar oxir shukr eting, kulmang,
Meni mahrum debkim, men ham erdim muhtaram bir kun.
Fasonam yozgʻuchi, bilkim, bitik uzra sochar kuldek,
Kuyub sochilgʻusi kogʻazga ilgingdin qalam bir kun.
Emas gʻam shomi anjum, qatralar ohim tafidin bil,
Ne tong kun koʻzgusin gar tiyra qilsa ushbu nam bir kun.
Eshittim, telba it koʻyida qatl aylar emish, ayting
Kim, ul koʻy itlaridin erdi bu devona ham bir kun.
Talab dashtida yillar poʻya aylab, vahki, to yettim
Harimi vasligʻa derkim, boʻlur tavfi haram bir kun.
Koʻnguldin tavba qaydin raf’ qilmas xonaqah shayxi,
Magarkim, dayr piri zohir etkay bu karam bir kun.
Navoiy, ruhparvar nuktavu muhlik tajarruddin
Ajab, gar qoʻymagʻay koʻkka Masihodek qadam bir kun.

502

Jamoling shavqidin gʻam shomi kuymak ibtilosidin,
Koʻzum sham’i kul aylaptur ayon qonligʻ qarosidin.
Firoqingda tugan uzra tugon qoʻydum ne hosilkim,
Manga un boʻlmadi hosil, bu ikki tosh arosidin.
Quyoshni Yusufum bay’igʻa bermak bor esa mumkin,
Degaymen tangai bay’onadur, ermas bahosidin.
Chekay ishqing yukin deb, xasta koʻnglum qon yutub gʻam yer,
Ne quvvat kasb eta olgʻay bu sharbat, ul gʻizosidin.
Jafosi tirguzur elniyu men bu ayshdin mahrum,
Musulmonlar bilingkim, oʻlgum ul kofir jafosidin.
Erur majnun koʻngulda yuz girihkim, ne sababdindur
Musalsal qissalar el ichra zulfung mojarosidin.
Xumori hajrdindur tiyra koʻzu koʻnglum, ey soqiy,
Yorutqil ham jamoling sham’idin, ham man safosidin.
Gar oʻlsam, dayr piri tong belim zunnor ila mahkam!
Manga tobutpoʻsh aylab fano dayri palosidin.
Adam farshida to qoʻydi fano toshi uza boshin,
Navoiy or etar yer nat’iyu koʻk muttakosidin.

503

Man’ qilmas ashk la’lingdin tutashqon jon oʻtin,
Past ne nav’ aylagay daryo suyi marjon oʻtin.
Ulki aytur hajr taskini uchun dogʻ oʻrtagil,
Koʻrmamish boshtin-oyogʻim oʻrtagan hijron oʻtin.
Ishq dashtining samumidin gumon etkay quyun,
Vodiyi hijron aro koʻrgan bu sargardon oʻtin.
Bul’ajabligʻ ishq aro koʻrgilki, koʻnglum cheksa oh
Zaxmi ogʻzidin musha’biddek sochar har yon oʻtin.
Otashin guldin qizarmish bogʻ yoxud andalib,
Urdi gulbunlargʻa gul hijronidin afgʻon oʻtin.
Charx uza ermas shafaqkim, oʻrtanurga ahli dard
Tez etar har tun qazo otashgahi davron oʻtin.
Ey Navoiy, har nasim ul gul harimi tavfidin
Kim, yetar ravshan qilur koʻnglumdagi hirmon oʻti

504

Sirishk qonin oyogʻing uchun xino qilayin,
Qabul tushsa qarogʻim ezib qaro qilayin.
Aqiqi la’linga jon javharin nisor aylay,
Savodi xolinggʻa koʻz mardumin fido qilayin.
Qora menging bila qadding xayoli kelsa, vatan
Munga koʻz ichra yasay, anga jon aro qilayin.
Qadingki soya soliptur, ulay anga, ya’ni
Ki, ishq ilmin alifbedin ibtido qilayin.
Labini qasdima tishlar, yuziga telmursam,
Boqib turub necha oʻz jonima jafo qilayin.
Koʻngul qushikim erur jilvagohi gulshani quds,
Bu domgohda nedin ani mubtalo qilayin.
Navoiyo, gʻamim ahli vara’din oʻlmadi kam,
Qoʻy emdi maykada piriga iltijo qilayin.

505

Chekkanda naqqoshi qazo ul sarvi gulrux suvratin,
Goʻyo beganmay tashlamish tarh aylab oy, kun hay’atin
To jilva qildi ul sanam, Laylo soʻzi boʻldi adam
Savdom oʻti chekkach alam, past etti Majnun shuhratin.
Ruxsor ochib ul siymbar, qomatni aylab jilvagar,
Uzdiyu kesdi sarbasar gul ragʻbatin, sarv ulfatin.
Koʻnglum yuzung bechorasi, jonim labing xunxorasi,
Soʻr, ey jahon ayyorasi, gohe alarning holatin.
Taqvo evi hamvor erur, subham ipi zunnor erur,
Uy kulbayi xammor erur, to koʻrdum ul Chin lu’batin
Jannatqa qilmasmen nuzul, ul koʻy aro topsam vusul,
Doʻzaxni aylarmen qabul, ammo yoʻq aning furqatin.
Aylab salosil orzu, ortar jununum moʻ-bamoʻ,
Nogah nasimi mushkboʻ yetkursa zulfung nakhatin.
Ish sirrin oyo kim bilur, kimdin bu mushkil ochilur,
Zahkim, bu gʻam muhlik qilur, har lahza koʻnglum holatin.
Boʻlgʻil, Navoiy, roʻbarah, qilgʻil fano koʻyin panah,
Tark ayla zuhdu xonaqah, qil dayr piri xidmatin.
II- qism