OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAlisher Navoiy
Asar nomiGʻaroyib us-Sigʻar (III- qism)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Alisher Navoiy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm188KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/14
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Gʻaroyib us-Sigʻar (III- qism)
Alisher Navoiy

Vov Harfining Vallohiyyat Afzolarining Vaqoyii «Gʻaroyib»din

506

Vafo ahligʻa davrondin yetar javru jafo asru,
Jafosidin aning ozurdadur ahli vafo asru.
Bukim, ahli vafo noyob erurlar andin erkinkim,
Bu eski toq alargʻa yogʻdurur gardi balo asru.
Falak dardi iloji chiqmay andin kimsa topmaydur,
Magar noyob erur ul huqqa ichra bu davo asru.
Garonjonligʻni qoʻy, jon ber, tilar boʻlsang duri maqsud
Ki, olamda ogʻirdur ushbu javhargʻa baho asru.
Fido jonimni aylab, olam ahlidin tama’ qildim
Vafo, astagʻfirulloh, qilgʻan ermishmen xato asru.
Rizo ahlin siyosat tigʻidin qoʻrqutmagʻil, ey shah
Ki, qatlingdin sening qoʻrqargʻa oʻlmaydur gado asru.
Tabiat chohidin ruhungnn qutqarkim, xush ermastur
Qafas qaydi aro bulbulgʻa boʻlmoq mubtalo asru.
Chu kavsar jomi zikri qilmadi raf’ oʻzlugum qaydin,
Bu ranjimgʻa hamono naf’ etar jomi fano asru.
Havoyi gulshani quds et, Navoiykim, xush ermastur
Zagʻanlar birla bu gulshanda boʻlmoq benavo asru.

507

Yor mustagʻniyu muhlik gʻami hijron asru,
Ohkim, qolmisham oʻz holima hayron asru.
Raxnalar soldi oʻqung kasrati koʻnglum uyiga,
Ul yogʻin ayladi bu kulbani vayron asru.
Ey rafiq, oʻqini zaxmimdin agar chekting, lek
Yetadur jonima koʻnglumdagi paykon asru.
Shayx taklifi namoz etti, vale bilmaskim
Ishq tiygʻi yarasidin boradur qon asru.
Noz etib gʻamza oʻqin gar otar, ey jon, asra
Kim, otar gʻamza oʻqin noz ila jonon asru.
Gʻussa jomiki bu davr ichra labolabdur, ani
Vahki, bot-bot tutadur soqiyi davron asru.
Ey Navoiy, dema iqboli baqo mushkil erur,
Foniy oʻlgʻangʻa erur ushbu ish oson asru.

508

Yuzungda may guli yo gul ochilgʻan boʻstondur bu,
Gulungda qatra xoʻy boʻstondagʻi sudin nishondur bu.
Koʻzumda qatra qonlar bogʻlagʻan ermas hamonokim,
Nazar bogʻida shavqingdin ochilgʻan argʻuvondur bu.
Emas vasling tilab uchqan koʻzum atrofida kirpik
Kim, ul daryoyi qushlargʻa qamishdin oshyondur bu.
Koʻnguldin chiqqon ohim aylar afzun xalq savdosin
Ki, shaydoligʻ diyoridin yetishgan korvondur bu.
Qizil ranglar koʻzumda koʻrgan anglar ashk saylinkim,
Oqargʻa kelgan ul yoʻllar bila har sari qondur bu.
Labindin xastadur koʻnglum dam ochma, ey Masih, oʻtkim,
Ilojin yuz seningdekning beganmas notavondur bu.
Quyundek dasht aro koʻrsang meni, koʻp qochmakim, har dam
Boshinggʻa evrulur sargashtayi bexonumondur bu.
Koʻngul mayxona romi, xotirim xush may batidinkim,
Munga ruh-ul-amindur ul, anga dor-ul-amondur bu.
Dema, hijron tuni har dam yetar ul oygʻa faryodim,
Ul oy faryodinga yetmas, Navoiy, ne figʻondur bu.

509

Hajrida koʻnglumga bor ul la’li serob orzu,
Ne ajab maxmur qilsa bodayi nob orzu.
Ul pariy majnuni oʻldum bu sababdinkim, erur
Zulfining zanjiridin boʻynumgʻa qullob orzu.
La’lidin behush boʻlmogʻliq havasdur jonima,
Kimga, vahkim, boʻlmagʻay mundoq shakarxob orzu?!
Ittim ogʻzin istabon men, yoʻq tamannoligʻni voy
Kim, adam yoʻlida gum qildi bu noyob orzu.
Koʻrdim um ul but qoshlari, kofirmen, ar islomi bor,
Qa’ba ahli qilmasa bu nav’ mehrob orzu.
Faqr koʻyining qora sholi bila gulxan kulin
Topqali, billahki, qilman kishu sinjob orzu.
Gar Navoiy tarki ishq etti havas oʻlturmakim,
Chin emastur aylamish bu ishni oʻynab orzu,

510

Har yon ul yuzda ter oqizdingmu,
Yo oqar mehr chashmasidin su?
Qoldi xoling ter ostida, yoxud
Damnn asrar sugʻa choʻmub hindu.
Terdin ul yuzga boʻlmish oʻzga safo,
Qatradin garchi tiyradur koʻzgu.
Gulda shabnam ajab xud ermas, lek
Oyda anjum gʻarib erur asru.
Senda ter, menda ashkdur yuz uza,
Yigʻlasam men, sanga kelur kulgu.
Uyolib ter oqizdi anjum emas,
Shomi hajrida torami miynu.
Der Navoiyki gʻayr emas mavjud,
Turfa soʻz «lo iloha illo hu».

511

Sayli ashkim birla tutmish jumlayi olamni su,
Jumlai olam nekim, bu nilgun toramni su.
Aylagandek mardumi obiy burun koʻz mardumin,
Emdi ul nav’ aylamish xayli bani Odamni su.
Bahri ashkim yetkurur har dam quyoshqa bir hubob,
Uylakim, yetkurdi Kayxusravgʻa jomi Jamni su.
Zaxmim ichra qoldi paykoning, ne yangligʻ butkay ul,
Chunki qoʻymas yoragʻa yopushqali marhamni su.
Istangiz koʻnglumnikim, sahroda ashkim saylidin
Qayda soldi erkin ul bemori devonamni su.
Davrdin gʻamginmen, ey soqiy, qadah saylini quy,
Boʻgʻzuma to eltkay koʻnglum uyidin gʻamni su.
Ey Navoiy, uyla nazm etting bu durri obdor
Kim, ajab yoʻq rashhasidin gar tutar olamni su.

512

Belingu zulfung xayolin sharh etarmen moʻ-bamoʻ,
Tashnadurmen la’linga to bordurur jonimda su.
Orzu aylar labing ollinda jon bermakni Xizr,
Xizr suyidin oʻlug umr aylagandek orzu.
Sharbati la’ling qoʻyub noʻsh aylagan hayvon suyi
Boʻlgʻay andoqkim, qoʻyub hayvon suyin ichkay ogʻu.
Sunbulungni qilgʻali oshufta yoʻl topmas nasim,
Baski atrofidadur shaydo koʻngullardin gʻulu.
Terlagan yuz qatrasidinkim, yuzum qonin yudung,
Vah, ne deykim, ishq aro toptim ne yangligʻ obroʻ.
Koʻnglaking lavnidin oʻldum, atridin toptim hayot,
Qaysi gul barginda bor erkin bu yangligʻ rangu boʻ.
Ey Navoiy, yor sarvaqtinggʻa yetmak istasang,
Ohu ashkingdin supur vaqting harimin, balki yu.

513

Ul oygʻa ne gʻam, tushsa bu devonadin ayru,
Boʻlmas zarare sham’gʻa parvonadin ayru.
Xolingni tilab ruhum agar uchsa emas ayb,
Bu qushqa tahammul qani ul donadin ayru.
Mehnat qushi koʻnglum uyidin chiqmasa tong yoʻq,
Kim koʻrgan bor chugʻzni vayronadin ayru.
Anduhu xirad qasdim etar, voyki, mehnat
Oʻzdin manga ayruduru begonadin ayru.
Qissamni eshitkan oʻladur, ishq aro, vahkim,
Ermas ul ogʻir uyqu bu afsonadin ayru.
Tufrogʻ agar boʻlsa tanim dayrda qilma,
Ey charx, ani sogʻaru paymonadin ayru.
Masjidda Navoiy gar emas, nukta budurkim,
Nuqson qilur oʻlmoq anga mayxonadin ayru.

514

Tutqali lam’ayi ruxsorigʻa jonon koʻzgu,
Sudurur baski qoliptur anga hayron koʻzgu.
Charx zoli sanga mashshotadururkim, boʻlmish
Anga gulguna shafaq, mehri daraxshon koʻzgu.
Ne qatiq koʻngli bor oyoki oʻshul mahvashning,
Roʻbaroʻyigʻa kelur har nafas oson koʻzgu.
Jon evi ichra xayolingni bezar boʻlsa koʻngul,
Pari oʻlur tarogʻ oʻqungnungu paykon koʻzgu.
Ul pariy yuziga devona gar ermas, ne uchun
Boʻldi bozorda sargashtavu uryon koʻzgu.
Sof qil safhaym xotirni tilar boʻlsang fayz,
Aks topmoq, gar erur tiyra ne imkon koʻzgu.
Koʻzgudek borsa Navoiy oʻzidin ne tongkim,
Ayladi may quyoshin soqiyi davron koʻzgu.

515

Sochti gerdin gul uza ul sarvi gulruxsor su,
Kuymagim daf’igʻa qildi oʻt uza izhor su.
Yuzda xay tugʻyonidin gar kulsa ogʻzi yoʻq ajab,
Gʻunchagʻa boʻlmas ochilmoq, ichmayin gulzor su.
Tiygʻi bot-bot zaxm urardin zor jismim qildi za’
Zamzam oʻlsunkim, koʻp ichsa yetkurur ozor su.
Yor ayogʻi tufrogʻidin oʻzga koʻrman doruye,
Ey muolij, koʻzlarimdinkim kelur bisyor su.
Mehrkim, ul chehra aksidur nedur, gar boʻlmamish
Oʻtlugʻ ohim shu’lasidin gunbadi davvor su.
Gʻam oʻtidin, ey hakim, oʻlmak tilarmen, jomima
Zahr qoʻshsang qoʻsh valekin qotmagʻil zinhor su.
Xasta koʻnglum ogʻzi zaxmi paxtaligʻ paykonidin,
Bor aningdekkim, momuq birla ichar bemor su.
Shar’din ayru riyozatdin safo kasb aylagan,
Uyladurkim sof oʻlur taskin bila murdor su.
Toʻrt yondin oʻqi yoʻl qilmish Navoiy koʻnglini,
Ishq savdosi uchun goʻyo yasaptur chorsu.

516

Solsa zuhdung tuniga jomi hiloli partav,
Subha anjumlarin et boda quyoshigʻa garav.
Tiyra xilvatni netay, xilvat ani bilki solur,
Anda soqiy yuziyu boda quyoshi partav.
Ul pariy ishqida qochmoqdur oʻzumdin gʻarazim
Buki, gʻam dashtida Majnundek etarmen taku dav.
Zulfi hajrida damim dudi jahonni tutti,
Meni savdoyiy oʻshul zulmat aromen shabrav.
Dahr xusravligʻin ulkim tiladi, charx aning
Boshigʻa qoʻydi tugankim, der oʻlus Kayxusrav.
Fayz koʻz tutma riyozatda teshilmay yuraging,
Ochmayin ravzana uy ichra quyosh solmadi zav.
Ey Navoiy, xush erur xilvat, agar boʻlsa kishi
Dilbari birla ikov, boʻlmasa lek anda birav.

517

Jonda jonparvar soʻzidurmu labi xandonimu,
Ruhum oromi deyinmu ani jonim jonimu?
Koʻnglum ichra nishlarkim, sanchilibdur anglaman,
Nishtari mujgonidurmu novaki paykonimu?
Ey koʻngul, olam buzarda qay biri ortugʻ ekin
Nuh toʻfonimu ashkim saylining tugʻyonimu?
Jon olurda qaysining sa’b erkanin sharh aylayin,
Ishqining bedodimu, yo shiddati hijronimu?
Nesi ul gulning Eram gulzoridin ortugʻ emas,
Jilva aylar sarvimu, yo gʻunchayi xandonimu?
Eyki, berding dahr shoʻxigʻa koʻngul, qatling uchun
Ishvayi paydosimu yoʻq, ofati pinhonimu?
Qatl qildilar Navoiyni valekin bilmadim,
Koʻnglin oldurmoqmu erdi, yo koʻngul olgʻanimu?

518

Shomi hajr oʻlturdi bu noshodni, sen shod uyu,
Qaygʻum etti qasdi jon, sen qaygʻudin ozod uyu!
Kecha gar to subh moni’ erdi nolam uyqunga,
Chunki boʻldi daf’ ul afgʻon bila faryod, uyu.
Bizni hijroningda soʻnggʻi uyqu bosti, bori sen
Koʻz ochib noz uyqusidin bizni qilsang yod, uyu.
Sen bagʻoyat mastu usruk, nargising uyqu toʻla,
Chunki gʻunchang dagʻi qildi esnamak bunyod, uyu.
Tun erur kech tongla topqung uyqusizligʻdin xumor,
Bir zamon boshing qoʻyub, ey sarvi huriyzod, uyu.
Oʻtti yarim kechayu yaxshi emas masti xarob,
Koʻz yumub ochquncha suhbatni qilib barbod uyu.
Ey Navoiy, mast bir tun koʻz oyogʻigʻa qoʻyub,
Uygʻanurgʻa hashr subhin aylabon miod, uyu.

519

Gʻamimnimu deyin yo begʻam elning mojarosinmu?
Koʻngul holinmu yoxud koʻnglum olgʻanning jafosinmu?
Qatiq ishqim balovu shiddatinmu aylayin taqrir,
Yoʻq ersa benihoyat ishtiyoqim ibtilosinmu?
Adadsiz dardu ranjim sa’b ekannimu qilayin sharh,
Sifatqa rost kelmas shavqum oshubi balosinmu?
Koʻngulda vasl bogʻi orzusinmu bayon aylay,
Bagʻirda xori hijron noʻgining muhlik yarosinmu?
Vafosiz yor beparvoligʻiningmu soʻzin aytay,
Manga javru jafo tiygʻin urub, elga vafosinmu?
Falak zulmi, ulus bedodi yo bir sarvi ra’noning
Mening holimni aylab behavo har yon havosinmu?
Navoiy, iltifot ogʻoz qildi yor, bilmankim,
Firoqidin shikoyatmu qilay, vasl iltimosinmu?

520

Nazargʻa kelgali ul ikki nargisi jodu,
Koʻngulda yoʻqturur oromu koʻzda ham uyqu.
Koʻngulki qaygʻu sipohi bila nizo’ etti,
Ne shod oʻlayki, koʻngulni bosipturur qaygʻu.
Koʻzung Xoʻtan kiyigidur, yuz uzra xollaring
Magarki nofasidin mushk sochti ul ohu.
Koʻngulni tuz, tilasang foyiz oʻlsa tuz ma’no,
Nedinki, egri esa egri koʻrguzur koʻzgu.
Xush ulki, dayrgʻa borgʻach qadahni mugʻbacha mast
Yukunub ilgima berdi chiqib kelib oʻtru.
Chu kofir urdi bu yangligʻ yoʻlumni, din lafzin
Yana tilimga kechursam uyat erur asru.
Navoiy, oʻynadi jon xalqdin burun, rahm et,
Chu qildi jaldliq, emdi kerak anga joʻldu.

He Harfining Humoyunvashlarining Halokangizligʻlari «Gʻaroyib»din

521

Yuzu koʻzungda muayyan kamoli sun’i iloh,
Ne yuzdurur bu, ne koʻz lo iloha illalloh.
Jamoling oyina va-sh-shamsi koʻzgusi nozil,
Koʻzung qarosigʻa mo zogʻa surmasi hamroh.
Tiling hamesha laduniy ulumigʻa notiq,
Dom koʻnglung ilohiy rumuzidin ogoh.
Qamar har oy boshi mu’jiznamoy ilgingdin,
Qochib boshini oʻgʻurlarki boʻlur iyla dutoh.
Chu sen sipehrdin oʻttung shihobu halqayi badr
Emaski charx chekar kecha hasratingdin oh.
Sening shafoating ummidi chun erur mumkin,
Gunohkor birovdurki, yoʻqtur anga gunoh.
Navoiy gulshanining nargisi nujum oʻlgʻay,
Koʻz uchidin anga qilsang hisob vaqti nigoh.

522

Otashin gul garchi ziynatdur jahon boʻstonigʻa,
Barq erur har yel uchurgʻan bargi bulbul jonigʻa.
Garchi sham’ oʻldi shabiston zebi, koʻrkim, shu’ladin
Til chiqarmishtur susab parvonalarning qonigʻa.
Mayki quygʻay soqiyi gulrux erur hayvon suyi,
Vahki, ofat saylidur ishq ahli xonumonigʻa.
Nay yelin Iso dami tutqilki, ul bordur samum
Har nafas ahli muhabbat xotiri vayronigʻa.
Bir qadah may ichmadi bu dayr ahli bexumor,
To taharruk boʻldi bu tosi nigun davronigʻa.
Boda beranji xumor ermish fano jomida, lek
Ichmak ani kelmamish har bulhavasning shonigʻa.
Hasrat oʻlturdi meni, ey mugʻ, ketur jomi fano
Kim, chiday olman bugundin soʻng aning hijronigʻa.
Boʻlmayin foniy, muhabbat jomin ichmakdur mahol,
Sabt eting bu nuktani dayri fano ayvonigʻa.
Kom topmay kimki hirmon dardigʻa boʻlmish asir,
Istasa hamdard oʻlturtung Navoiy yonigʻa.

523

Koʻngulkim, vaslin istar har taraf dogʻi sitam birla,
Erur Yusuf xaridori necha eski diram birla.
Figʻonligʻ koʻnglumu oʻtlugʻ damimni sahl tutmangkim,
Olibmen ishq iqlimini bu tablu alam birla.
Iturdum oh ila agʻyorni ul yuz havosidin
Aningdekkim, kishi sudin ketargay xasni dam birla.
Qurugʻ jismimda qonligʻ zaxm emastur qat’ uchun har yon
Ki, payvand aylamishsen ul soʻngaklarni baqam birla.
Tugan birla alifdin, ey munajjim, holatim koʻrgil,
Ki, koʻksum taxtayi raml oʻldi har yon bu raqam birla.
Koʻngul mashhudigʻa chun boʻldi vosil boʻlsa boʻlsun til
Agar qoyil samad birla vagar zokir sanam birla.
Taayyun xirmanin kuydurgay ammo barqraftore
Ki, koʻkdin yercha manzil qat’ qilgʻay bir qadam birla.
Dema koʻksumda eskirgay tuganlarkim, koʻzum har yon
Chu toʻkti qatra dogʻ oʻldi bu sarigʻ safha nam birla.
Qadu zulfung bila ogʻzing tilab koʻz yumdi olamdin,
Navoiygʻa tarahhum aylakim, bordi alam birla.

524

Kuydi koʻnglumkim, nedin manzil emas jononagʻa
Tushti oʻt ganj orzusidin bizing vayronagʻa.
Ul pariy usruk koʻzin istab biyobon tutmisham
Kim, kiyik birla mudom ulfat boʻlur devonagʻa.
Keldimu koʻrdum yuzin qayturmen emdi oʻrtanib,
Sham’ni koʻrgan nafas yonmoq kerak parvonagʻa.
To manga begona boʻldung koʻnglum oʻldi shodkim,
Oshnodin ulfating koʻprakdurur begonagʻa.
Charxdin yigʻlarsen, ey koʻz, bilki boʻlmish yetkudek
Sayli ashkingdin xalal bu ertagi gʻamxonagʻa.
Eyki, istarsen berib jon, vasl topqanlar soʻzin,
Safhagʻa oʻt sol qachon yetsang bizing afsonagʻa.
Ey Navoiy, necha bagʻring su boʻlub toʻkkung sirishk,
Toyiri davlat chu boqmas boʻyla obu donagʻa.

525

Yonida el koʻrsam oʻq sanchilmasunmu jonima,
Menki gʻayratdin ravo koʻrman ani oʻz yonima.
Zaxmliq jonimki, ishqi oʻtidin xursand erur,
Oʻt emas ul marhamedurkim, yoqibdur jonima.
Vasligʻa koʻz mahram ermastur, netib mahram boʻlu
Ikki tar domanki, tanugʻlugʻ berurlar qonima.
Chun yetar ul oygʻa afgʻonim, erur bu dam-badam
Kim, chiqib jon dogʻi hamrah boʻlgʻusi afgʻonima.
Aqlu jondin ishqida begona boʻldung, ey koʻngul,
Ket xudoy uchun, bugundin soʻng meni ham tonima.
Tan uyin dard oʻqi koʻp zaxm etti, ammo shukrkim,
Kirmadi noshukrlugʻ saylobi bu vayronima.
Ey Navoiy, kuldi ul gul ashkima, boʻlmay xalos
Yigʻlamoqdin, kom agar budur guli xandonima.

526

Anbari tar istaman yuz uzra xoling borida,
Kam koʻrunur yangi oy mushkin hiloling borida.
Siymi ashkim itlaringning yoʻlida sarf aylaram,
Chun demishturlarki qozgʻon doʻst moling borida!
Chashmayi hayvondin, ey jonim, su ichmaydur koʻngux
Xizrvash xatting aro shirin zuloling borida.
Chun vafo qilmas kishiga oqibat davroni husn,
Bas gʻanimat bil vafo qilmoq jamoling borida.
Degasen, miskin Navoiy nolasin bulbul kebi
Ey sabo, ul gul harimigʻa majoling borida.

527

Gʻamidin garchi jon yoʻq erdi tanda,
Tirildim la’lidin oʻldum deganda.
Kecha bogʻ ichra borsam boʻe topman,
Qadingdin sarv birla norvanda.
Yashurun necha koʻz solsam adamning
Vujudi yoʻqtur ogʻzing bor ekanda.
Tilar kirpiklaringni zor koʻnglum,
Boʻlur bulbul yeri doyim tikanda.
Dema gul umrin oz, ey bogʻbonkim,
Seningdek koʻpni koʻrmish bu chamanda.
Navoiy garchi oʻldi lola yangligʻ
Gʻurur dogʻing bila qonligʻ kafanda.
Nechakim shoh beparvoligʻ etsa,
Kerak oʻksutmasa qullugʻni banda.

528

Koʻnglumning ohi qatrai xuni jigar bila
Dudedururki, ayrilur oʻtdin sharar bila.
La’l uzra xolu xatki, yuzung koʻzgusidadur,
Toʻtiygʻa hindu oʻrgatadur soʻz shakar bila.
Ul shoʻx koʻnglum oldi solib jismima shikast
Bir tifldekki, shoxin ushatqay samar bila.
Nozuklugidin erkin, yo men hasudmen,
Bukim aning belin koʻra olmon kamar bila.
Dardoki, olam ahlida bir yor topmadim,
Tun-kun niyozi shomu duoyi sahar bila.
Bu gʻussadin dedimki, boʻlay umrum oxiri
Shohi sipehrqadr Muhammad Umar bila.
El moni’ oʻlsa, tushti Navoiy kebi ishim
Majnun boʻlub adam yoʻli sari safar bila.

529

Zihe hayvon suyidek lablaringning hasrati jonda,
Xating Xizriki, pinhondur va lekin obi hayvonda.
Yuzung haq nuri, jisming ruhi pok, ey ruhdek gʻoyib,
Seningdek bir malak siymo pariyvash yoʻqtur insonda.
Iki koʻzkim, arosindin chiqib yosh oʻtti boshimdin,
Biaynih gʻarq boʻlgʻan kemalardur bahri ummonda.
Degaysen bahr davrida qamishligʻ ichra oʻt tushmish,
Koʻzum girdida qon yoshkim, yugurur xori mujgonda.
Emas paykonining ravshanligʻidin bu koʻngul aksi
Har oʻqkim, ul otar koʻnglum erur, albatta paykonda.
Oʻtub yillar, ul oy bir kunki kulbam sari yoʻl ozgʻay,
Yomon toli’din ul kun boʻlmagʻaymen baytul-ahzonda.
Navoiy qon yosh ichra gʻarqu yori may ichib doyim,
Der ermish: zarq aylaydur, koʻrung men qanda, ul qanda?

530

Pardagʻa kirgan kebi xurshidi raxshon har kecha,
Azmi xilvat aylar ul sham’i shabiston har kecha.
Ul kulub ahbob birla subhdek, men sham’vor
Oʻrtanib koʻnglum toʻkarmen durri gʻalton har kecha.
Bir quyosh hijronida uryon tanim gardun kebi
Mehr oʻtidin koʻrguzur ming dogʻi pinhon har kecha.
Gah-gah, ey maxmuri xobolud, soʻr ul xastani
Kim, yetar ogʻzigʻa la’ling yodidin jon har kecha.
Nosiho, ne nav’ pinhon toat aylakim, olur
Dinu donish naqdini bir nomusulmon har kecha.
Bir kecha soʻrgʻil meni andin burunkim, soʻrgʻasen,
Qani ul bedilki, aylar erdi afgʻon har kecha.
Chek, Navoiy, nola, koʻz may bersunu bagʻrim kabob,
Chun boʻlur ul oy xayoli bizga mehmon har kecha.

531

Ul musofirkim, erur barcha sipoh ahligʻa shoh,
Jismu ruhi xoksorimdur anga gardi sipoh.
Dedilar, ul shah qilur yoʻl azmi, bu ummid ila
Koʻksuma tirnogʻlar birla chekibmen shohroh.
Raxshining javlonini koʻrgach yer oʻpsam men zaif
Yoʻq ajab, chun xam boʻlur ermish itik yeldin giyoh.
Novaki birla toʻshuk boʻlgʻan koʻngul ahvolini
Necha sharh aylay desam, ogʻzimgʻa kelmas gʻayri oh.
Koʻzda ashkimdin qochib, kirdi xayoli koʻngluma,
Koʻp yogʻindin yoʻlda el vayrona qilgʻandek panoh.
Buki hajringdin oʻlubmen boʻlmasa bovar sanga,
Jonu koʻnglumkim sening birladurur, basdur guvoh.
Kelsa yorutqay sipah gardi Navoiy koʻzlarin,
Ul musofirkim, erur barcha sipoh ahligʻa shoh.

532

Jon olsa naylay ul buti paymongusil bila,
Chun bermisham koʻngulni anga ishqi dil bila.
Keldi manga chu belini chektim, masaldurur
Kim, tortsa boʻlur, keluri boʻlsa qil bila.
Ashkimki, qon boʻlub yuzum uzra tushar erur
Yosheki, mayl bor anga sarigʻ-qizil bila.
Qaddi havosida labidin rohat istaram,
Ichsam kerak mudom chogʻir mu’tadil bila.
Zulm ahli xalq qoni uchun til uzatmogʻi
Bor uylakim, sibo’ ichar suni til bila.
Kavsar mayini shahd uza sun’ ilgi tomizib,
La’ling muxammar ayladi ul obi gil bila.
Doim qoshingda boʻlsa Navoiy ajab emas,
Gul birla bulbul oʻlsa ne tong muttasil bila.

533

Ohkim, jon boʻynigʻa zulfung tanob oʻldi yana,
Kecha tong otquncha ishim pechu tob oʻldi yana.
Ishq asir etkan jununlugʻ koʻnglum ishi har zamon,
Oʻtqa tushkan telba yangligʻ iztirob oʻldi yana.
Ganji ilm ettim koʻngul kunjin, yetishkach sayli ishq,
Har imoratkim, qilib erdim xarob oʻldi yana.
Bir oʻq urdi gʻamzangu itti koʻngul majnun boʻlub,
Ul balo urgʻangʻa bilman, ne balo oʻldi yana?
Gul shabiston bazmida oʻt yoqti, vahkim, gʻunchadin
Barcha bulbul koʻngli ul oʻtqa kabob oʻldi yana.
Dedilar, ul shoʻx har dam oshuqub uydin chiqar,
Jon ishi chiqmoq uchun, vahkim, shitob oʻldi yana.


Ey Navoiy, bir sari boʻldi bu gʻamlar chun sanga,
Azmi dargohi shahi oliyjanob oʻldi yana.

534

Orazi yonigʻa gul sanchar jamol izhorigʻa,
Anglatur husnin ani yondoshturub ruxsorigʻa.
Evrulur boshigʻa jonlar, vahki, har jon rishtasi
Chirmashiptur gardi Yazdiy me’jari har torigʻa.
Sochbogʻ ermasturki, ul kofir gʻilof aylabdurur
Olam ichra kufr ta’zimi uchun zunnorigʻa.
Koʻz duosi chun bitirsiz sadqasi aylab meni,
Tori jonim rishtasidin tortingiz tumorigʻa.
Yeng bila nevchun yopar ogʻzin takallum holida,
Lablaridin shahd olib yoʻl ochmasa guftorigʻa.
Barg evurmay lavn, gul soʻlmay, toʻkar ermish xazon,
Bogʻlama koʻnglungni, ey bulbul, jahon gulzorigʻa.
Ka’bayi koʻyin Navoiy evrulurga za’fi bor,
Bas, madaddur yetsa ilgi qasrining devorigʻa.

535

Nasihat ahli manga derki, mayni tark et, vah,
Ilig olib kelur, ogʻiz ichar, manga ne gunah?
Manga may ichmak emas oʻzlugumdin, ey nosih,
Bu ishga chang qadi dolu shohid oʻldi guvah.
Qilur jununu qadah man’ini manga zohid,
Degaymu telbaga bu soʻzni boʻlmasa ablah.
Qadah charogʻini ollimgʻa tutqil, ey soqiy
Ki, zuhd zulmatida asru boʻlmisham gumrah.
Bu sham’ birla xarobot sari boshla meni
Ki, tiyra zuhd tuni ichra oʻlmayin nogah.
Boshimni piri xarobot dargahida qoʻyay
Ki, bor eshigida shohu gado, gado bila shah.
Navoiy aytur emish dayr aro sanam zikrin,
Bu ism zikriga kim qilsa mayl bismillah.

536

Qil uchi koʻrmay ogʻzingdin nishona,
Anga oshiq boʻlubmen gʻoyibona.
Xating bosh chekkali xoling koʻrunmas.
Koʻkardi chun ekin, gum boʻldi dona.
Bahona qilmay el qonin toʻkarsen,
Manga yetkach qilursen bir bahona.
Bulut ermaski, gardun yuz yashurmish
Ki, tortar shu’layi ohim zabona.
Bu javlonkim qilursen, vah, zamone,
Inon chekkilki, qoʻzgʻaldi zamona.
Fano ahli soʻzin koʻp ayla mazkur
Ki, uyqu daf’ etar ushbu fasona.
Oʻtar yoring, Navoiy, arz qilkim,
Qadam qoʻysang yaqindur bandaxona.

537

To koʻrubon yuzin quyosh qolgʻali ishtiyoqigʻa
Goh boshigʻa evrulur, goh tushar ayoqigʻa.
Qoshida xoli hinduyi kofir erurki ahli din
Qatli uchun chiqibdurur koʻz sola dayr toqigʻa.
Dardu balovu gʻussani koʻnglum aro keturdi ishq,
Doʻstlarin birav kebi kim tilagay visoqigʻa.
Vasl meni chu oʻlturur, bor sanga oʻlmagim gʻaraz,
Rahm etib, ey ajal, meni solma aning firoqigʻa.
Poʻya qilurda chobukum uchti rikobida pariy,
Naqsh sogʻinma zeb uchun sizgʻan aning janoqigʻa.
Tolibi faqr bor esang barcha bila muvofiq oʻl,
Sen kimu e’tiroz kim ahli zamon nifoqigʻa.
Noʻshi labing zulolidin xasta Navoiy ichkali
Cheksa hayot sharbatin, zahr kelur mazoqigʻa.

538

Tushti oʻt koʻnglum uyiga ohi dardolud ila,
Koʻzda kirpik dema bu ravzan, qorarmish dud ila.
Telba it deb har taraf yoʻldin qocharlar ahli hush,
Oʻt sochib ogʻzim, yugursam jismi gardolud ila.
Charx sayr etmas, nechuk subh istagaymen gʻam tuni,
Javfi chun madrus erur bu shomi qiyrandud ila.
Yusufum hajrida Ya’qub gʻam ichra, mutribo,
Uylamenkim, xushlugʻum yoʻq nagʻmayi Dovud ila.
Dema har dardinggʻa aylay bir davo, qoʻykim oʻlay
Kim, malul oʻlgʻungdurur bu dardi noma’dud ila.
Shah tilar davlat baqosin, men gado yor ogʻzini,
Ranjadur shohu gado bir komi nomavjud ila.
Ey Navoiy, qildilar dunyoni rad ahli qabul,
Gar desang maqbul oʻlay, yor oʻlma bu mardud ila.

539

Lablaringkim, hayf erur teng tutmoq ani qand ila,
Sindurur yuz qand bozorini shakkarxand ila.
Toki hayronmen sanga nomus ila itmish koʻngul
Telba yangligʻkim, qochar el gʻofil oʻlgʻach band ila.
Odam ul soatki jannat ichra avlodin koʻrar,
Ne quvangʻay, dam-badam sen nozanin farzand ila.
Qoʻy nasihat, zohidu oʻtlugʻ damimdin vahm qil,
Telba it imkoni yoʻqturkim sogʻalgʻay, pand ila.
Hojatingni elga arz etmakka hojat boʻlmasun,
Xush chiqishsang lahzaye bu zori hojatmand ila.
Lablaring hajrinda yuz parkandkim boʻlmish koʻngul,
La’l erur mahlul qon oʻrnigʻa har parkand ila.
Chun Navoiy koʻngli sindi emdi lutfung ne osigʻ
Kim, ushatsa shishani butmas yana payvand ila

540

Mehrdin dermenki, boʻlsam doyim ul oyim bila,
Naylayinkim, charx evrulmas mening royim bila.
Hajr aro mendurmenu purohu purxam qomatim,
Gʻam cherigi xasmu men bu nav’ oʻq-yoyim bila.
Ahli majlis kuydurur tilin kesib, boshin uzub,
Sham’ da’vo qilsa mohi majlis oroyim bila.
Koʻhi dardu teshayi hijronni soʻr Farhoddin,
Anglamas Xusravki, Shirin birladur doyim bila.
Husnigʻa har lahza hayronroqmen oxir yaxshidur,
Oʻlmasam nogah bu ishqi hayratafzoyim bila.
Boʻlmayin dayri fano xammori gar qilsam badal,
Shohidi xudbin ridosin bodapoloyim bila.
Dam-badam miskin Navoiyning degil qon yutmogʻin,
Ey qadah, gar hamdam oʻlsang bodapaymoyim bila.

541

Gar sabodek hamdam erman sarvi ozoding bila,
Bormen, ey gul, qaydakim boʻlsam, sening yoding bila,
Range yoʻqtur chun qizil guldin sanga, ey andalib,
El qulogʻin asru koʻp yolqitma faryoding bila.
Eyki dersen, koʻzlarim koʻnglungni ne nav’ etti sayd,
Bir kabutar netsun oxir ikki sayyoding bila.
Masjid ichra butparast oʻlmoq necha, ey piri ishq,
Din uchun kirdim fano dayrigʻa irshoding bila.


Sehr erur, ey ishqkim, koʻnglum bila paykonidin,
Xirqayi jism ichra oʻtu suni asroding bila.
Gar itobe zohir etsang oʻzgalarning koʻnglin ol,
Negakim men xoʻy etibmen zulmu bedoding bila.
Ey Navoiy, telbalik tark etkasen koʻrgach visol
Hur siyratlik, malak xoʻluq pariyzoding bila.

542

Vahki, ul shoʻx borib, jonima oʻt soldi yana,
Telmurub ikki koʻzum yoʻlgʻa boqib qoldi yana.
Nechuk oʻlmay meni bemorki, Iso nafasim
Koʻrdi holimniyu koʻrmasga oʻzin soldi yana.
Yigʻlang, ey sham’u surohiyki, oʻlarimni bilib,
Mutribi nagʻmasaro navha kugin chaldi yana.
Zaxme istar edi koʻnglum qilichidin, goʻyo
Ilgiga tiygʻ mening koʻnglum uchun oldi yana.
Aqlu din naqdi fano dayri aro kirmas egach,
May bila mugʻbachalar yoʻlida sayfaldi yana.
Sabr elin yigʻmish edim chiqmas egach ul xurshid
Voykim, zarra kebi har sari qoʻzgʻoldi yana.
Yoʻlda, ey Xizri rahim, xasta Navoiy qoʻlini
Kim, bu yoʻl poʻyasidin bagʻri aning toldi yana.

543

Koʻnglum ogʻzingning xayolidinki toʻlmish gʻam bila,
Naqd uza mumedururkim, naqsh erur xotam bila.
Gʻam tuni anjumni ohim oʻqlari zaxmigʻa charx
Ul momuqlar bilki, qoʻymishdur yasab marham bila.
Yigʻlama, ey koʻzki, bormas zulm naqshi koʻnglidin,
Toshda qozgʻon xat ne imkonkim buzulgʻay nam bila.
Ul alifdurkim ayondur bir tarafdin shamrasi,
Qaddi bir yondin osilgʻon mushkboʻ parcham bila.
Shayxi gʻofil koʻnglin etti zarq ohidin qora
Tifldekkim, koʻzguni qilgʻay mukaddar dam bila.
Ohkim, ovora boʻldum ayta olmay shammaye,
Yoshurun koʻnglumdagi dardimni bir hamdam bila.
Ey Navoiy, gar desangkim benavoligʻ koʻrmayin,
Oshnoligʻ qilmagʻil jinsi baniy odam bila.

544

Yana ne oʻt edikim tushti xonumonimgʻa,
Yana ne shoʻ’la edikim, tutashti jonimgʻa.
Yana ne barq edikim, tushkach oʻrtadi xasdek,
Bir oʻt sharorasidin jismi notavonimgʻa.
Yana ne novaki mujgon ediki, qatlim uchun
Tiqildi koʻngluma, ya’niki kirdi qonimgʻa.
Yana ichimga magar ishq soldi oʻtki, chiqar
Shararlari qotilib oh ila figʻonimgʻa.
Balo oʻti yonadur toʻsh-toʻshimdin, ey nosih,
Eshit nasihatu zinhor kelma yonimgʻa.
Sarigʻ yuzumni qizil qilmadi visol mayi,
Bu gulshan ichra bahor oʻlmadi xazonimgʻa.
Navoiy itti qoʻyub yodgor xasta koʻngul.
Dediki, yetkurung albatta dilsitonimgʻa.

545

Meni gadoy qachon yettim ersa shohimgʻa,
Yuzumni yerga qoʻyub shukr dey ilohimgʻa.
Koʻrushmagimga agar boʻlsa multafit, boʻlgʻay
Visol tubiyi jannat bila giyohimgʻa.
Gunah yiroqligʻim erdi, chu lutf mazharisen,
Inoyat aylagilu boqmagʻil gunohimgʻa.


Dedi safarda sutun birla borgohimdur
Kishiki, boqti falak birla dudi ohimgʻa.
Baho tuganlarim oʻlmish visol uchun, hayhot,
Kishi bu tuhfani sotqaymu ul darohimgʻa.
Buzuldi koʻzu koʻnguldin ishim, magar tushqay
Bir ahli dil koʻzi bu holati tabohimgʻa.
Navoiyo, yana gar yor yuzini koʻrsam,
Mutiu qul boʻlayin baxti nekxohimgʻa.

546

Koʻngluma anduh yelidin gʻuboredur yana,
Goʻyiy ani qoʻzgʻagʻan chobuksuvoredur yana.
To ne gullar ochqay oxir ishq aylab chok-chok,
Gʻunchadek koʻnglumda bukim xorxoredur yana.
Oh dudin sahl tuttum, ohkim ul dud aro
Sabr uyin kuydurgali har yon sharoredur yana.
To labing ushshoqdin jon olmoq etti ixtiyor,
Jon berurga har taraf beixtiyoredur yana.


Tong yelidin boʻldi goʻyo sunbulung oshuftakim,
Har qayon boqsam parishonroʻzgoredur yana.
Yerga sochqan ter fano dashtida solik jabhasi,
Gavhari maqsudidin har dam nisoredur yana.
Raf’ oʻlub erdi Navoyining jununi, ey pariy,
To sanga tushmish koʻzi majnun shioredur yana.

547

Koʻradurmenki borur yoru qolurmen meni gumrah,
Bora olman, tura olman, ne qatiq holat erur, vah.
Hajridin jonima yuz biym qolayin desa andin,
Xoʻyidin koʻngluma ming vahm boʻlayin desa hamrah.


Koʻyung ummidi, yuzung hasrati birla, agar oʻlsam
Yovumay ravzagʻa vollah, tilamay hurni billah.
Maygʻa mashgʻul oʻlubon hajrni umdan unuturmen,
Buzulur zor koʻngul, kirdi esa yodima nogah.
Aql taklif qilur koʻnglumakim, tarki junun qil,
Telbadin kim bu tama’ tutqay, agar boʻlmasa ablah.
Shohu soyilgʻa nasib ar koʻpu ozdur, ne tafovut,
Teng nasib oʻldi, chu tufroqqa agar soyil, agar shah.
Yor gʻofilligʻidin zulfida jon berdi Navoiy,
Sayd oʻlar domda, sayyod agar boʻlmasa ogah.

548

Vahki, bir badmehr oʻqi jonimgʻa parrondur yana,
Tiira koʻnglum kulbasining sham’i paykondur yana.
Bir pariy ishqida jonning nuqta birla «nun»idek,
Notavon jonimda na’lu dogʻ pinhondur yana.
Baski paykoning yigʻildi, yiqti tan koshonasin,
Bu bino su kasratidin, vahki, vayrondur yana.
Tangʻa juzv oʻldi oʻqung ul nav’kim, andin ani
Olmoq anburlar bila tortib ne imkondur yana.
Eyki, koʻnglumni deding majruh emastur ishqdin,
Koʻrmading oyoki mujgonim aro qondur yana.
Chiqmisham mugʻ koʻyidin sarxush yashun, ey charxkim,
Yer bila teng qilmogʻing ollimda osondur yana.
Dasht aro Majnunni koʻrganlar Navoiyni koʻrub,
Qildilar hayratki, ne gʻuli biyobondur yana.

549

Tanimda za’fdurur to isitmish ul dilxoh,
Quyosh haroratidin ne ajab qurusa giyoh.
Aning nihol qadi titrabon terak yangligʻ,
Men evrulub boshigʻa tortibon sabodek oh.
Tanini gʻuncha kebi toʻngʻa chirmabon qat-qat,
Valek talfasadin guldek ochilib gah-goh.
Gulobxonadagʻi gul kebi soʻlub jismi,
Qilib gulob kebi terning oʻrtasida shinoh.
Yotib koʻzi kebi gulgun harir uza bemor,
Valek mendek etib sihhat ahlini gumroh.
Demanki, sharbat uchun yaxshidur chuchuk jonim,
Yarasa sadqa uchun qilgʻasiz meni ogoh.
Navoiyo, dema nevchun taning zaif oʻlmish,
Tanimda za’fdurur to isitmish ul dilxoh.

550

Hayhotkim, birav gʻamidin zormen yana,
Faryodkim, balogʻa giriftormen yana.
Ey muddaiyki, orim edi ta’nu soʻkmaging,
Forigʻ degilki, har ne desang bormen yana.
Daf’ oʻlmish erdi noʻshi labingdin malolatim.
Lutf ayla, ey tabibki, bemormen yana.
Har kecha bir quyosh gʻamida gʻussa toshidin,
Boshdin-ayogʻ sipehrdek afgormen yana.
Sufiyi aql savmaasin shukrkim buzub,
Dorulfanoyi ishqda xammormen yana.
Ogʻzim qurub, damim tutulub, sekridim, ne tong,
Kim, telba chobukumga jilavdormen yana.
Aql itti, hush ketti, koʻngul kuydi, chiqti jon,
Shukr et, Navoiyoki, sabukbormen yana.

551

Yana har dam ishim sochmoqdurur koʻz bogʻidin lola
Ki, boʻlmish loladek qonligʻ koʻngul pargola-pargola.


Koʻzungdur fitnavu afsun savodidin qora nargis,
Yuzumdur mehnatu idbor dogʻidin sarigʻ lola.
Umidim mazrain, dedim koʻkartay ashkdin, lekin
Sovugʻ ohimdin oʻldi ul ekinga bu yogʻin jola.
Shafaq ichra emas anjumki gardun javfida ohim
Harorat oncha koʻrguzdiki, erni boʻldi tabxola.
Marazliq zaxmi koʻp tandin bayone koʻnglum afgʻoni,
Buzugʻdin uyladurkim, chugʻd qilgʻay dam-badam nola.
Deb erding, jon beray oʻlsang yetishti ul mahal, vahkim,
Gado sultongʻa netkay juz gadoligʻ oʻtsa ham hola.
Navoiy dahrning kun yuzi, tun sochigʻa mayl etma
Ki, oxir umr naqdin muxtal aylar ushbu muhtola.

552

Nildin har bir alif ul mahjabin ruxsorida,
Bir niholi sarv erur goʻyo Eram gulzorida.
Ishq sultoni siyosat ayladi ushshoqni,
Xalq jismidur, somon ermas balo devorida.
Toza dogʻedur figʻonim oʻtidin boʻynumdagʻi
Har mudavvar shakl shingarfiy junun tumorida.
Tavqlar boʻlmish jaliy tortargʻa imon ahlini
Halqalar zanjiri zulfung rishtasi zunnorida.
Telbalik togʻi tanimdur, bosh uza joʻlida soch
Har biri bir notavon Majnun junun koʻhsorida.
Tushsa yuz dastor boshdin, bosh egindin, vah, ne tong
Kim, erur gulrang may boshida, gul dastorida.
Ey Navoiy, zor jisming nola qilmas za’fdin
Uylakim, sust oʻlsa, un boʻlmas mugʻanniy torida.

553

Koʻngul qushidur aning zulfi tobdori bila,
Chibinki, bogʻligʻ erur ankabut tori bila.
Sipand ofat emas, lolazor ofat erur,
Yuzinda har sari xol otashin uzori bila.
Magarki zulfida ishq ahlining koʻngullaridur,
Ne dudkim, nafasimdin chiqar sharori bila.
Niholi vasl aningdek quruptururki ani
Koʻkarta olmadi koʻz ikki joʻybori bila.
Sipehr emin emas manjaniqi ohimdin,
Oʻn ikki burjlugʻ ushbu biyik hisori bila.
Muvaffaq oʻlmasa tavfiq ila, emas mumkin
Oʻz ixtiyorini qoʻymoq oʻz ixtiyori bila.
Churuk soʻngaklarim oʻlmish quyun aro xoshok,
Boshinggʻa evurladurgan tanim gʻubori bila.

554

Dardini jismim aro asray debon tadbir ila,
Toza dogʻ ermas oʻqi zaxmin tutubmen qiyr ila.
Toki sham’i anjumandur mohi shabgardim mening,
Koʻk shabistonidin oy har tun qochar shabgir ila.
Zulfi ichra zor jismim holatin qilsang raqam,
Ey muharrir, zarhal etqaysen qora tahrir ila.
Hadding ermastur debon ishqim meni yozgʻurmakim,
Men ham anglarmen, vale ne choradur taqdir ila.
Ul pariy zulfi savodin yozgʻali boʻlmish davot
Uyla savdoyiyki, asrarlar ani zanjir ila.
Kiyr ila aylang yuzumni chum qorakim, umr oʻtub,
Doʻst koʻyi azmi qildim yuz tuman taqsir ila.
Ishqi shar’iyda Navoiy qatl ila topsang xalos,
Bilki, oʻlmakdin qutulgʻandekdurur ta’zir ila.

555

Ilgin ul gulrang etibdur lola yafrogʻi bila,
Kaflarin bargi bila, tirnogʻlarin dogʻi bila.
Rishtayi zulfi xayolidin havo qilgʻan koʻngul
Bir qushedurkim, qochibdur goʻyiyo bogʻi bila.
Reshlar koʻksumda koʻr, Farhod bahsin qoʻykim, ul
Qazmadi mendek balo togʻini tirnogʻi bila.
Sham’ hamdardimdurur hijron tunikim men kebi
Hajr oʻtida qovrulur ul dagʻi oʻz yogʻi bila.
Otashin la’ling shahidi qabridin gulgun gʻubor
Kim, qoʻpor, oʻtdur, emas qon rangi tufrogʻi bila.
Bemahal gulbong ila yolqitma bulbul elnikim,
Dahr bogʻi gullari xushtur, vale chogʻi bila.
Lola ermas, urdi oʻt gulshangʻa bir gul hajridin,
Oʻrtanib har dam Navoiy nola qilmogʻi bila.

556

Erur koʻngulda safo ishq toza dogʻi bila
Nechukki, koʻzda yorugʻlugʻ erur qarogʻi bila.
Firoq shomi yangilmas oʻqung koʻngul yoʻlini
Ki, borur ul sari paykonidin charogʻi bila.
Erur sukutu fano, ishq lozimi bulbul,
Ne voqif ancha figʻonu ulugʻ dimogʻi bila.
Ul oʻtki oʻrtadi parvonani, hamul oʻtdin
Koʻrungki, qovruladur sham’ dogʻi yogʻi bila.
Shahu ulus gʻamiyu jomi Jam, xusho ulkim,
Sinuq safol ila durd ichkay oʻz farogʻi bila.
Xumor aro tiladim soqiyyu qadah yuz shukr
Ki, ulki men tiladim, keldi oʻz oyogʻi bila.
Quchargʻa sarv niholi biri qadingdek emas,
Agar ketursa ani bogʻbon quchogʻi bila.

557

Men masti gʻarqi bodamen, aksim emas may ichra, vah,
Soqiygʻa bovar boʻlmasa bexudlugʻum bastur guvah.
Taqvo ridosi birlakim masjidgʻa bordim dayrdin,
Ey mugʻbacha, iynak rido boʻynumda, gar qildim gunah.
Keldim qochib gʻam xaylidin mayxonagʻa, ey piri dayr,
Tengri panohing, gar manga xum keynida bersang panah.
Dayr ichra sarxush mugʻbacha dinimni toroj ayladi,
Ayb etmangiz, gar kelmasa yodimga shayxu xonaqah.
Nazzoradin hush ahlining dastori tushmak ne ajab,
Mundogʻki sarxush sekritur har yon samand ul kajkulah.
Tasbihni may rahni qil, har donagʻa mayl etmagil,
Gar istasang koʻnglung qushin sayd etmagay bu domgah.
May tulgʻining har pashshasi piledurur xartumluq,
Daf’ etkali dayr ahligʻa gar cheksa dardu gʻam sipah.
Yuz birla gar dayri fano yoʻlin supursam vajhi bor
Kim, dayr piri ollida bu nav’ oʻlubmen roʻbarah.
Gulxan aro ostingda kul, uryon boshingda ishq oʻti,
Bu nav’ taxtu toj ila sensen Navoiy podshah.

558

Xush ulkim, bor edi ilgimda pechon sunbulung gah-gah,
Tutunlar chirmashur boshimgʻa ani chun sogʻinsam, vah.
Yuzungdur poklik mehri, koʻzumdur rostliq ayni,
Aningdek yuzga mundoq koʻzdin oʻzga koʻz maozallah.
Koʻngul pargolasidur har taraf ishqingdin oʻrtangan
Shararlarkim, chiqar ohim oʻti dudi bila hamrah.
Tushumda la’liyu ruxsoridur, uygʻatmang meni gar xud
Masiho birla Yusuf boshim ura yetsalar nogah.
Uchub ruhum qushi har dam havo aylar zanaxdonin,
Aningdek qush masallikkim nishiman qilmish oʻlgʻay chah.
Muhabbat koʻyida bukim, gado shahni qilur oshiq,
Biaynih bor aningdekkim, gadoni oshiq etkay shah.
Qazoyi mo mazo chun favti hol aylar zihe hasrat,
Muvaffaq ulki avvaldin boʻlur oʻz vaqtidin ogah.
Qalam yozgʻan balodin muhtariz boʻlgʻan zihe nodon,
Muqarrar boʻlmagʻan roʻziy talab qilgʻon zihe ablah.
Navoiy daftari hajring yozib koʻz toʻkti xunobin,
Chu ochsang safha-safha koʻrgasen qon oʻtkanin tah-tah.

559

Soqiyo, talx oʻldi ayshim hajr bedodi bila,
Tut achigʻ maykim, ichay Mirzo Chuchuk yodi bila.
Sipqarib jomi sipehr aqdohin aylay rez-rez,
Necha chekkaymen zabunlugʻ charx bedodi bila.
Zuhd koʻnglum koʻzgusin qilmish mukaddar, ey harif,
Sindururmen tavba piri ishq irshodi bila.
Bevafoligʻ gar budurkim, qildi ul shoʻx, ey koʻngul,
Sarfa qilmas oshnoligʻ Odam avlodi bila.
Vahki, sindi naxli ummidim, xusho, ul bogʻbon
Kim, erur xushhol bir navrasta shamshodi bila.
Chun hudoy Laylo qulogʻin yolqitur, Majnun, ne sud,
Togʻni gar kelturur afgʻongʻa faryodi bila.
Ey Navoiy, ishq sahrosida xud qoʻydung qadam,
To nechuklashkaysen ul poyoni yoʻq vodiy bila.

560

Sochib sirishk yugursam qoshing xayoli bila,
Sipehr mencha emas kavkabu hiloli bila.
Koʻzungki, mardum ila jon olur, erur shoʻxe
Ki, sayd aylagay eldin koʻngulni xoli bila.
Koʻngulda qaddu uzoring xayolin ettim naqsh,
Bu bogʻni bezadim sarvu gul niholi bila.
Ulusni javr ila husn ahli oʻlturur, lekin
Xalok etar meni ul sarv e’tidoli bila.
Emas yasangʻali gar solmas ilgidin koʻzgu
Ki, boʻldi koʻrgali darmonda oʻz jamoli bila.
Xirad koʻngul sipahin toʻqtatay dedi, vahkim
Buzuldi kirpigi xaylin koʻrub yasoli bila.
Quyosh seni koʻrub andoq uyaldi oʻz yuzidin
Ki, yerga kirdi tura olmay infioli bila.
Xazon kamindadur, ey bulbul, oʻlmagʻil gʻofil,
Dameki dast berur aysh gul visoli bila.
Mukaddar etsa koʻngul shishasini zuhd, ne gʻam,
Navoiyo, kelu yugʻil qadah zuloli bila.

561

Ishq aro dushvordur boʻlmoq kishi hamdardi shoh,
Chun de olmas dardini bir yil yugursa dodxoh.
Shox dodimgʻa netib yetsunki mulki ishq aro,
Qadri oliy shoh ila tengdur gadoyi xoki roh.
Shoh mendin ishq aro ojizroq oʻlsa tong emas
Kim, balokashlik mening xoʻyimdur, aning-izzu joh.
Shohliqning daxli yoʻq ishqu muhabbat koʻyida
Kim, kerak anda sarigʻ yuz, la’lgun ashk, oʻtlugʻ oh.
Shohkim, matlubigʻa qulluq buyurgʻay ishq emas
Kimki, oshiqdur anga zoru zabunlugʻdur guvoh.
Sarv ila xoshok agar gul oshiqidur farqi bor,
Sarvgʻa to oʻt tutashqay, kul boʻlur yuz ming giyoh.
Ey Navoiy, sidq ila boʻlgʻil gado ishq ichrakim,
Taxtu tojin bersa, bu davlatni topmas podshoh.

562

Qayu yoreki bir yori bila jomi vafo cheksa,
Vafosinda aning yillar boʻlur, dardu balo cheksa.
Musallam yorligʻ ul yorgʻakim, qoʻymagʻay minnat,
Gar oʻz yori uchun agʻyordin ming mojaro cheksa.
Vafo ahli tong ermas koʻzlariga toʻtiyo qilmoq,
Vujudum tufrogʻin gard aylabon bodi fano cheksa.
Qayonkim, ul sarigʻ toʻnluq borur men zor erishkanni
Sogʻingʻaylar qachon kahbargni bir kahrabo cheksa.
Musavvirkim, qoshing chekti, ushatti xoma naqsh ahli,
Kishi da’vo ne nav’ etgay birav bu nav’ yo cheksa.
Yetishkay begumon ayn-ul-yaqin asrorigʻa har kim
Ayogʻing tufrogʻidin koʻzlariga toʻtiyo cheksa.
Borur koʻyungga gʻam yeb oʻlgali koʻnglum, ne imkon man’,
Kishini bir taraf ham rizq cheksa, ham qazo cheksa.
Zamona ahlidin koʻz tutmasun mehru vafo podosh,
Kishi yuz yil alargʻa gar vafo aylab, jafo cheksa.
Bu gulshan qushlarigʻa benavoligʻ kelturur lahni,
Navoiy har qachon oʻz gulruxin istab navo cheksa.

563

Ne edi, ey ishq, yuz tiygʻi balo bir zorgʻa,
Hajrdin ming zahri qotil bir hazin bemorgʻa.
Yorligʻdin ermas erdi qatl qilmoq yorni,
Ul gʻazabni xossakim qilmoq ruju’ agʻyorgʻa.
Koʻnglum oldi gar koʻngulsizlikdin oʻlsa yuz gʻamim,
Uyla bedilmenki, dey olman ani dildorgʻa.
Oncha paykoning tanimdin chekti haryon boshkim,
Sa’bdur marham dagʻi yoqmoq tani afgorgʻa.
Koʻzlari qonim toʻkarlar, ey musulmonlar, ne tong,
Kechsa jonidin asir oʻlgʻan kishi kufforgʻa.
Nosiho, gar pand eshitmon bilasen ma’zurmen.
Men kebi devona boʻlsang bir pariy ruxsorgʻa.
Ujb ila taqvodin ortuq uzr ila qilmoq gunah,
May qanikim, oʻt solay bu pardayi pindorgʻa.
Rahm qil, yo rabki, isyon kasratidin yoʻqturur,
Oncha fursatkim tilim evrulgay istigʻforgʻa.
Ey Navoiy, ham zamondin, ham zamona ahlidin
Har zamon gʻam yetsa yuzlan kulbayi xammorgʻa.

564

Koʻyida yigʻlar edim men zor har bemorgʻa,
Emdi yigʻlarlar bari bemorlar men zorgʻa.
Hajri bepoyon yoʻlin qat’ aylamak dushvor erur,
Za’fdin menkim yururmen qoʻl tayab devorgʻa.
Telba koʻnglumning qushidin qonu yuzdin za’faron,
Qilsalar daf’i jununum basdurur tumorgʻa.
Ishq paydovu nihon oʻlturdi, lekin yoʻqturur
Zahra bu holimni ham ixfogʻa, ham izhorgʻa.
Zulfida men foniyu tasbih ila magʻrur shayx,
Subha torin bas, ne yangligʻ oʻxshatay zunnorgʻa.
Yoʻq ajab oʻlsam dagʻi kavsar suyi boʻlgʻay nasib
Naz’ vaqti solsam oʻzni kulbayi xammorgʻa.
Zor oʻlub miskin Navoiy nechakim chekti figʻon,
Qilmadi ul oy tarahhum bu figʻonu zorgʻa.

565

Chun kuyar parvona ul sham’i shabiston oʻtigʻa,
Anglagʻay kuymakni bir tun kuysa hijron oʻtigʻa.
Har dam oʻrtarlar meni oʻtlugʻ iki kofir koʻzung,
Necha kuygaymen ul ikki nomusulmon oʻtigʻa.


Koʻnglum oʻtidin ne tong gar topsa ruxsoring furugʻ.
Shoʻx tarso mushaf oʻrtar shayx San’on oʻtigʻa.
Otashin la’ling gar ashkimdin kular ermas ajab,
Kim kudurat bahrdin fahm etti marjon oʻtigʻa?!
Gar koʻngulning oshkor oʻtigʻa taskin bersa ashk,
Kim qila olgʻay iloj aning bu pinhon oʻtigʻa?!
Shu’la ul yangligʻki oʻrtar shoxni aylab nihon,
Satr keldi ish bu jismi zori uryon oʻtigʻa.
Gʻam tuni ermas shafaqdin shu’lakim mahrumlar,
Kuydururlar ohdin gardunni xirmon oʻtigʻa.
La’li koʻnglum ichradur qilma tutun, ey tiyra oh,
Rasm emas chun uyda dud etmak ayon kon oʻtigʻa.
Ey Navoiy, davr ayogʻin solma qoʻldin lahzaye,
Gar desang taskin beray har lahza davron oʻtigʻa.

566

Boʻlmagʻay erdi falakning kiynasi davronida,
Boʻlmasa yaldo tuni oshiqligʻim tugʻyonida.
Tun balosidin qatiqroq yoʻqturur oshiqqa hol,
Xossakim bemor ham boʻlgʻay muhabbat onida.
Tiyra shomi hajr yoʻqkim, doʻzax oʻti dudidur,
Ne qiyomat zormen ul hurvash hijronida.
Biym erurkim shu’lasi jannatni dagʻi oʻrtagay,
Boʻlsa bir ahgar oʻtumdin doʻzax otashdonida.
Garchi ul oy koʻyi ichra itlarining soni yoʻq,
Mendururmenkim, eman koʻyida itlar sonida.
Soyil andoqkim diram uzra diram qoʻygʻay, erur
Dogʻ uza dogʻi gadoyingning tani uryonida.
May bila ma’shuqdin oʻzga jahonda har ne bor,
Topmasang xushroq nechakim, zor esang armonida.
Boʻlma boʻstonu saro qaydida olam ichrakim,
Yoʻq vafo qilsang nazar olamsaro boʻstonida.
Sham’siz tun boʻlsa, ya’ni soya dagʻi boʻlmasa,
Gar Navoiy boʻlsa bir dam dilsitoni yonida.

567

Ishq aro ishlar tushar ermish kishining boshigʻa
Kim, qoʻshar ermish bagʻir pargolasin qon yoshigʻa
Qon labi hajrindakim, yuqti sarosar, qildi la’l
Ishq boshim uzra yogʻdurgʻan malomat toshigʻa.
Qoshidin naqdin oʻgʻurlargʻa hamono boʻldi xam,
Ul yoshunsun deb, teri boʻrkin chekiptur qoshigʻa.
Boʻldi rangomizliq oqu qizil guldin magar
Orazing rangin ezarda suvrating naqqoshigʻa.
Asra siyming, ey gʻaniy, may berki yoʻq tufroqcha,
Bersa olam naqdini dayri fano qalloshigʻa.
Ostoni zebigʻa tong yoʻq yetursam ashku oh,
Gah bulut saqqosigʻa, gohe sabo farroshigʻa.
Ey Navoiy, ta’n agar qilmish sening ishqingni shayx,
Oʻz ishing mashgʻuli boʻl, boqma aning qilmoshigʻa.

568

Yoʻq ilojim gar meni bir javr ila yod etmasa,
Vah, ne boʻlgʻay elni ham yuz lutf ila shod etmasa.
Ishq aro, eykim, deding, har lahza faryod etma, voy,
Oʻt tutashqan chogʻ boʻlurmu kimsa faryod etmasa?!
Nosiho, yozgʻurmakim zor oʻlmagʻay koʻnglum qushi,
Tengri ul orazni gul, ul qadni shamshod etmasa.
Xoʻblargʻa chun vafo yoʻq, avlo uldurkim, koʻngul
Oʻzni ul qattigʻ koʻngulluglarga mu’tod etmasa.
Yaxshi ochilmish bahoring gullari, ey bogʻbon,
Gʻam xazoni xushtur avroqini barbod etmasa.
Va’dayi vasl etti, olib jon xoʻyigʻa yoʻq e’timod,
Yaxshiroqdur gar bu savdo ichra miy’od etmasa.
Men vafoda oʻldum, ammo ul jafoda xoʻb erur,
Bevafoligʻ shevasin bu jonib isnod etmasa.
Boshni qutqargʻay pariylar toshidin har telbakim,
Yorligʻ rasmida mayli odamiyzod etmasa.
Dilbar bedodidin aylar Navoiy shikva, lek
Jongʻa bedod aylar ul bir lahza bedod etmasa.

569

Ishq jurmidin netib inkor etay xalq ichra, vah
Kim, erurmen bu gunah ichra bagʻoyat begunah.
Boʻlsa rahbarlarning irshodi gunahdin ijtinob,
Piri ishq etmish gunah aylarga bizni roʻbarah.
Ishq agar boʻlsa gunah menmen gunahkor, ey koʻngul,
Tonmogʻim nohaqdurur bu ishda chun haqdur guvah.
Gar gunahdur ishq kosh oʻlsa xaloyiq begunah,
Men gunahga qoyil oʻlsam koshu koʻyi qatlgah.
Men gadoliqqa ne loyiq ollida, nevchunki bor
Nozi husn aylarda ul oy husnu noz ahligʻa shah.
Vahki, bagʻrimni labi hajrida tiygʻi furqati
Yupqa-yupqa kestiyu, tuz septi anda tah-batah.
Gar Navoiy yangligʻ oʻrtansa ne tong parvona ham
Kim, aning yoridurur bir sarvqaddi kajkulah.

570

La’lidin bir soʻz sinuq koʻnglumni aylar togʻcha,
Naqdi jon bersam, yoʻq aning ollida tufrogʻcha.
Ravzadin doʻzaxqa tushkanning oʻtining shiddati,
Yoʻqturur kuymakta hijroningda qoʻygʻan dogʻcha.


Bargi guldek orazingning shavqidin tirnogʻ ila
Yuz taraf koʻksumni soʻydum, har biri tirnogʻcha.
Jismim oʻldi gulbun ul gulsiz valekin toza dogʻ
Anda gulcha kasrati gulbun aro yafrogʻcha.
Nay koʻrundi qomatingcha nayshakar shirinu tuz,
Nay aning bandi belingga bogʻlagʻan belbogʻcha.
Soqiyo, koʻnglumni ravshan istasang tut bodakim,
Yoruta olmas nima ul shu’lani bu yogʻcha.
Ey Navoiy, sen koʻngul bogʻin imorat qilki, bor
Sekkiz uchmogʻ janbida aning muhaqqar bogʻcha.

571

Yor har bazm ichra, men xorij mushavvashligʻ bila,
Vahki doxil ham boʻla olman sabukashligʻ bila.
Kirmayin bazmida topsam itlari xayligʻa yoʻl,
Shod oʻlay naylay ish ochilmas mushavvashligʻ bila.
Jonni xushlugʻ birla ul kofirgʻa berdim, negakim,
Ul xud olur, qolsa ish olmaqqa noxushligʻ bila.
Ey fusungar, qoʻp, magar ul vasldin qilgʻay iloj
Kim, meni devona aylaptur pariyvashligʻ bila.
Kim falakning shashdaridin emin oʻlgʻay buylakim,
Eltadur jon naqdini, lekin bori gʻashligʻ bila.
Der esangkim soya yangligʻ boʻlmayin tufroqqa past,
Ul quyoshqa boqmagʻil, ey sarv, sarkashligʻ bila.
Ey Navoiy, shayxqa shayton gar afsor urmadi,
Bas nega doim qilur hazl ul uzun fashligʻ bila.

572

Bahorni netayin, oʻt meniig bahorimgʻa
Ki, tushmagay nazarim sarvi gul’uzorimgʻa
Yuzi oʻtigʻaki ter shabnami qoʻyar yuz xol,
Xazondin oʻlmasun ofat bu lolazorimgʻa.
Dedingki, dayrgʻa kirsang may ixtiyor etma,
Qoʻyarmu mugʻbachayi mast oʻz ixtiyorimgʻa.
Ul oy jafo toshi yogʻdurmogʻi bila oʻlsam,
Borin yigʻib toʻkunguz, doʻstlar, mazorimgʻa.
Yopishti koʻnglakima yara qonidin xirqam,
Nechukki ul yopishibdur tani figorimgʻa.
May oʻti chun guli ruxsorin otashin qildi,
Aning sharoridin oʻt tushti roʻzgorimgʻa.
May intizorida qoʻydum tuganlar, ey soqiy,
Kelib qadah suyin ur dogʻi intizorimgʻa.
Qoʻyub behishtni mayxona sari bordimkim,
Iloj emas edi kavsar mayi xumorimgʻa.
Navoiy aylasa bulbul kebi figʻon ne osigʻ,
Chu rahm qilmadi ul gul figʻonu zorimgʻa.

Lomalifning Lolaruxlarining Lobasi «Gʻaroyib»din

573

Ul jigar pargolasi ashkimni gulgun qildilo,
Shod etay deb notavon koʻnglumni mahzun qildilo.
Va’da aylab jilvasin bogʻ ichra andoqkim pariy,
Dasht uza ovora qilmogʻlikqa Majnun qildilo.
Dedi, vaslim birla koʻptin-koʻp gʻamingni kam qilay,
Ani kundin-kunga oʻksutmaktin afzun qildilo.
Qutqaray deb charx javridin meni sargashtani,
Anjumi paykon bila jismimni gardun qildilo.
Zulfigʻa vahshiy koʻngul saydin giriftor etkali,
Yoʻq ogʻizdin bor ekancha hadde afsun qildilo.
Muflis erdim may qilib singʻon safolim jomi Jam,
Xotirim vayronasin xud ganji Qorun qildilo.
Kim Navoiydin saloh istar, erur gʻofil base,
Xirqau sajjodasin ul maygʻa marhun qildilo.

574

Vafo va’da aylab jafo ayladinglo,
Jafo va’dasigʻa vafo ayladinglo.
Mening birla yuz tiyralik zohir aylab,
Oʻkush tiyralarga safo ayladinglo.
Dedingkim, xatosiz otay koʻnglungga oʻq,
Deb oʻq otmagʻan ne xato ayladinglo.
Visolinggʻa begona aylab koʻngulni,
Firoqing bila oshno ayladinglo.
Deding, ey koʻngul, ishqdin urmayin dam,
Bu ma’noda koʻp mojaro ayladinglo.
Burun, ey falak, koʻrguzub mehr, soʻngra
Manga qism dardu balo ayladinglo.
Navoiy, koʻngulga siyosatlar aylay,
Debon borin oxir manga ayladinglo.

Yo Harfining Yagʻmoyilarining Yuz Koʻrguzmaklari «Gʻaroyib»din

575

Zihe har lahni bulbul savtining zotinggʻa isbote,
Jahon bogʻida har gul yafrogʻi husnungra mir’ote.
Vujudi zarraning mumkin emas to sobit oʻlmas mehr,
Ne hojat zarra xaylidin quyosh zotigʻa isbote.
Boʻlub zotingda ojiz har sifat ichinda mavsufe,
Aningdekkim, qila olmay sifoting sharhini zote.
Xirad zotingda tashbih etkali har fikrkim aylab,
Takallum anda yoʻl topmay magar hayhot-hayhote.
Ne qahring zahridin emin boʻlub har sokini masjid,
Ne lutfung bodasidin noumid ahli xarobote.
Ne zarra boʻlsa maqbulung quyoshdin zarra qilgʻandek,
Quyosh ul zarradin aylab sharaf birla mubohote.
Navoiy zikri otingdur, umidi ulki qutqarsang,
Ani ot istamakdin, balki andinkim, boʻlur ote.

576

Jilvamu aylar qizil toʻn birla har yon ul pariy,
Yo magarkim lolazor ichra kezar kabki dariy.
Telbalar qatli qizil qilmish libosin, ohkim,
Bir yoʻli devonalar qonigʻa kirmish ul pariy.
Xullasin xunobligʻ jon rishtasidin qildi charx,
Boʻldi jonlar joni, vah-vah, ul pariyvash paykari.
Orazing naqshimudur qonligʻ koʻngulda jilvagar,
Yo shafaqdin boʻldi toli’ oftobe xovariy.
Ich shafaqgun mayki, gardun qotiledurkim, erur
Yangi oy birla shafaq tiygʻu libosi ahmariy.
Qon aro koʻnglum yuzung shavqidin andoq xastadur
Kim, erur gulgun harir oltida aning bistari.
Ul pariy la’lida joning, ey Navoiy, boʻldi mahv,
La’lgun kisvatda mahv etgandek oʻzni ul pariy.

577

Soʻzi hajring ichra yoʻq biryon koʻngulning toqati,
Boʻlmas ermish kuygan elning oʻt bila koʻp ulfati.
Ashki tim-tim qonidin kulbam bezansa ne ajab
Kim, erur gul bargidin bulbul evining ziynati.
Tolpinur kul ichra mendek shu’la tortib goʻyiyo
Kim, quyoshning jismigʻa oʻt yoqti ul yuz hasrati.
La’li serobidin ar xat zohir oʻlmas, ayb emas,
Xizrning hayvon suyi ichkandin oʻlmish gʻaybati.


Har sari maxfiy tuganlig jism ila munglugʻ koʻngul,
Soyiledurkim, erur mamlu diramdin kisvati.
Ey musavvir, chekma nozir mendin oʻzga zinhor,
Daftari ishqim aro yozilsa ul oy suvrati.
Mudbire toptuq Navoiyni salomatdin yiroq,
Koʻrkim, ul ne nav’u ne yangligʻ jahonda shuhrati.

578

Tavsaning na’lidin istarmen boshimgʻa afsare,
Hindudekkim boshigʻa tovusdin sanchar pare.
Orazingda may, may ichra orazing zohir qilur,
Gahe axtardin shafaq, gohe shafaqdin axtare.
Bazmi ayshin koʻkka nevchun chekmagay ulkim, anga
Tutsa ruhullah dami har dam quyoshdek sogʻare.
Masnadim koʻrgilki, har tun qasri toshu farshidin,
Boshqa xoro muttakodur, tangʻa koshi bistare.
Vah, ne loʻliyvashdur ul qotilki umdan xalqning
Qonini toʻkmakka har bir kirpigidur nishtare.
Orazing vasfi tuganmas kotibi sun’ aylasa,
Dahr boʻstonida gul yafrogʻlaridin daftare.
Ey Navoiy, sarvdek ozod boʻl gar istasang,
Gul masallig shohide, bulbul kebi xunyogare.

579

Davlat tongi yuziyu sochi tong qorongʻusi,
Masti sabuh koʻzlarin eltib tong uyqusi.
Bulbul pari emas, gul erur bergali jilo,
Har bargi gulki, yeldin erur tiyra koʻzgusi.
Gulzor dahr shu’badasin goʻyiy anglamish,
Ichinda za’farondin emas gʻuncha kulgusi.
Boshimni yuqori qila olman binafshadek,
Koʻnglumga chunki chirmashur ul turra qaygʻusi.
Koʻz bahri ichra shisha kiyib mardum etti gʻavs,
Yoyildi ushbu vajh ila yuz sari injusi.
Holimgʻa hajr bazmi aro tortsam surud,
Bor navha maddi telba koʻngulning ayalgʻusi.
Qatlimgʻa mujda berdiyu oʻlturdi intizor,
Bir umrdin soʻng elga yigit va’da bergusi.

580

Zohir aylar ashk ila ohimni hajring ogʻusi,
Goʻyiy mundoq esnatur oxir nafasning uyqusi.
Hajri bepoyon, tuni muhlik, jununum bul’ajab,
Subh goʻyo motamim tutmishki, kelmas kulgusi.
Kuydurub jismimni, bergaysen kulum birla jilo,
Tiyra boʻlsa qon ila qatlimda tiygʻing koʻzgusi.
Meni majnundek tutuptur dasht demangkim, bu dasht
Togʻlar erdiki, homun qildi koʻnglum qaygʻusi.
Ey koʻngul, oh oʻqlarin ul gʻamzaning olligʻa chek
Kim, oʻq otmogʻligʻda sendin tuzdur aning qobusi.
Demangiz oshiq koʻziga ne yorugʻlugʻdur mufid,
Gʻam kuni dilbar yuzi, hijron tuni tong yogʻdusi.
Hajr aro tuzdi Navoiy vasl mulkin berdi yor,
Andoq ish qilgʻangʻa mundin kam kerakmas joʻldusi.

581

Oʻt solur el jonigʻa har dam sovugʻlugʻ birla day,
Soqiyo, sinmas havo zahri ketur taryoki may.
Tuz shabiston ichra suhbatkim, ishorat maygʻadur
Sham’i kofuriki, osti shusha muzlar birla day.
Otashin may birla, ey soqiy, qizitqil bazmni,
Mutribo, ul oʻtni tez etmakka ol ogʻzinggʻa nay.


Dahr mushkin chun havo kofuri pinhon ayladi,
Bodayi mushkini kofuriy mizoj ichmay netay.
Ichkali ixfo uchun tun mushkini istar hakim,
Shukr bu kofur aro ham zohir ermas hech shay.
Ul quyosh qor uzra chiqqach yuzum uzra anglaman,
Ashk yo koʻz oqi su boʻlub oqarmu, yoʻqsa xay.
Ilgida maylig safol, usruk Navoiy qor uza,
Ey falak, qil jomi Jam birla tamosho taxti Kay.

582

Shukr lilloh, ey koʻngulkim, raf’ oʻlub hijron tuni,
Ul quyosh yuzin koʻrarmen tengrining qutluq kuni.
Otashin la’ling aningdek oʻrtadi olamnikim,
Har taraf bir oʻt tutashqan jondur aning uchquni.
Mehrdin ruxsora sargʻargʻan sayi sargashtamen,
Zarra sargardonligʻin afzun qilur mehr oltuni.
Bodadin tim-tim qizarmish orazi, vah-vah koʻrung
Kim, ajab gullar ochiptur ul malohat gulbuni.
Shomi hijron mehnatin sharh ayla olman za’fdin,
Ul qora bosqan kishidekkim, aning chiqmas uni.
Axtaredur nahs ushshoqi badaxtar jonigʻa,
Ulki har yon iltirar hijron tunining shudruni.
Ey Navoiy, demakim uyquni tush koʻrgay koʻzung,
Yigʻlamoq bu ersa tush koʻrgay magar koʻz uyquni.

583

Gʻamingdin chun ajal goʻr ogʻzida jismim nihon etkay,
Mazorim lavhi darding sharhini tildek bayon etkay.
Qanotligʻ moʻrdek jismimni uy qilmish ajal xayli,
Magar ul nav’ qushlar bu buzugʻni oshyon etkay.
Yuz ochqoch egma qaddim za’f qildi, vah, ne bildimkim
Quyosh vasli yangi oyimni mundoq notavon etkay.
Ogʻiz boʻldi koʻngulga chokiyu til anda paykoning,
Ne tong bu til ogʻiz birla agar muhlik figʻon etkay.
Qiliching suyini istar qurugʻan naxldek qaddim,
Ajab ermas qazo aning gulin gar argʻuvon etkay.
Der erdim koʻyini yuy ashk ila el zaxmi qonidin,
Ne bildimkim, ham ul el rashki-oʻq ashkimni qon etkay.
Natija kuymagu ashkimdin oʻzga topmagʻay, ulkim,
Bu gulshan shu’lavu dudin gulu sunbul gumon etkay.
Tilar yuz laxt qon etkay nasibin dahr dehqoni
Qayu bulbulnikim, gul xoni uzra mehmon etkay.
Jigargundur Navoiy jismi qon yoshdin mahaldurkim,
Qazo bu nav’ la’l uchun fano togʻini kon etkay.

584

Sihhatim ozurda jononimda boʻlgʻay koshki,
Dardi aning tinmagʻur jonimda boʻlgʻay koshki.
Notavon koʻrguncha bistarda sinondek qomatin,
Yuz sinon bu chashmi giryonimda boʻlgʻay koshki.
Boʻlgʻucha ashki ravonim sayli har yon jilvagar,
Jilva ul sarvi xiromonimda boʻlgʻay koshki.
Koʻzuma gar kirpigim osibidin sunmas oyoq,
Barqi ofat bu nayistonimda boʻlgʻay koshki.
Ul oyoq ozurda boʻlgʻuncha boʻlub boshim fido,
Zahmati boshtin-ayoq jonimda boʻlgʻay koshki.
Nolam ul oygʻa yetib jon vaslidin mahrum erur,
Jon dagʻi payvasta afgʻonimda boʻlgʻay koshki.
Ey Navoiy, dema roziysenmu umrung istasa,
Yuz mening umrumcha sultonimda boʻlgʻay koshki.

585

Nechakim, ul oygʻa mendin mehribonroq yoʻq kishi,
Yaxshi to qilsam nazar mendin yomonroq yoʻq kishi.
Xastalar jonigʻa ul bemor koʻzdin novake
Gar otarsen bilki, mendin notavonroq yoʻq kishi.
Ohu xunobimni lahnu boda qilmishsen gumon,
Dilrabolar ichra sendin badgumonroq yoʻq kishi.
Ahli ishq ozori jonin istabon tishlar labin,
Mendin ushbu qissada, ozurdajonroq yoʻq kishi.
Yor etar ermish vatan bexonumonlar koʻnglini,
Shukr mendin koʻyida bexonumonroq yoʻq kishi.
Xoslar vasl istagaylar, vahki, men devonadin
Ul pariy koʻyida benomu nishonroq yoʻq kishi.
Ey Navoiy, xurdai nazminggʻa isloh istasang,
Shohi Gʻoziydin jahonda xurdadonroq yoʻq kishi.

586

Sensizin bazm ichra qat-qat qon, koʻngul betob edi,
Dam-badam jomi labolab chekkanim xunob edi.
Har muqannad pistakim, bazm ichra erdi jilvagar,
La’lingu ogʻzing xayolidin koʻngul betob edi.
Bazm edi jonbaxsh, may birla yorugʻ, vahkim, manga
Zulmat erdikim, hayotim chashmasi noyob edi.
Halqayi bazm elga qaydu bir musalsal turradin
Chekkali ul bazmdin jonimda yuz qullob edi.
Yetti koʻk javfi toʻla gʻamni azaldin goʻyiyo
Ishq jam’ aylab mening jonim uchun asrab edi.
Siymgun gʻalton sirishkimdurki, holo boʻldi qon,
Buki el shingarf deydurlar, burun siymob edi.
Noʻshi vasl ar yetmasa gʻam yoʻq Navoiykim, mudom
Hajrdin ahli vafo jomida zahri nob edi.

587

Tilarmen muztar etsa ofati ozurda jonimni,
Sovursa ofiyat birla tuzulgan xonumonimni.
Chiqib sarxush, chopib abrash, qilib javlon, olib maydon,
Vujud iqlimidin mahv aylasa nomu nishonimni.
Urub jonimgʻa nishi gʻam, tuzub qatlim uchun marham
Xino qilsa balo shohidlari ilgiga qonimni.
Firoq ichra alifdek qaddima gʻam togʻini yuklab,
Uhud ostidagʻi dol etsa jismi notavonimni.
Junun koʻyida usruk sudratib ratb-ul-lison qilsa
Fano avboshigʻa dayr ichra bu rozi nihonimni.
Yuzin aylab qora keynicha solib ishq atfolin,
Bori mastu malang oʻynatsa aqli xurdadonimni.
Navoiy, ne may erdikim, ichib olamgʻa fosh ettim,
Ulustin yoshurun yillar koʻngulda asragʻanimni.

588

Soqiyo, tut bodakim, bir lahza oʻzumdin boray,
Shart bukim, har necha tutsang labolab sipqaray.
Boʻgʻzuma jome quyub, qutqar gadoligʻdin meni,
Vah, necha boʻgʻzum chekib bir jur’a uchun yolboray.
Bir qadah may bersalar, vah, gʻoyati iflosdin,
Necha la’li qiymatiy topqan gadodek oldaray.
Tortay oʻzumni evaz, kim qilsa ehson bir qadah.
Bu bahona birla oʻzlukdin oʻzumni qutqaray.
Vajhi may jon naqdiyu tan dogʻidur, ey mugʻbacha,
Xilqatim ganjinasin yuz qatla gar xud axtaray.
Jongʻa yettim aql vasvosi bila, tengri uchun,
Soqiyo, jomimda afyun ezki, botroq telbaray.
Eyki, debsen gʻayrdin ayru kelu chek jomi vasl,
Gar bu xilvatda Navoiy mahram ermas qaytaray.

589

Boʻlgʻay erdi yuz tuman, ming ranju mehnat koshki,
Boʻlmagʻay erdi balovu dardi furqat koshki.
Yeldek aylarda havo sayr etkali jismim xasin
Oʻrtagay erdi urub bir barqi ofat koshki.
Xosiyat chun telbarab sahrogʻa yuzlanmak emish,
Tutmagʻay erdim pariylar birla ulfat koshki.
Ofiyat kunjin, dedim, istay buzuldum bir yoʻli,
Koʻnglum ichra kechmagay erdi bu niyat koshki.
Yuz gʻarib ahvol bekaslikda har dam bor emish,
Oʻtmagay erdi tilimga lafzi gʻurbat koshki.
Jilva qilgʻuncha tilab tovus yangligʻ ganji zeb,
Chugʻz yangligʻ tutqay erdim kunji uzlat koshki.
Yordin el rashkidin boʻldum judo, boʻlgʻay edi
Iltifotin gʻayr ila koʻrmakka toqat koshki.
Demakim, jon et fido ahbob ila topqach visol,
Ey Navoiy, umr bergay oncha muhlat koshki.

590

Xushturur gulgun qadah davrinda gulbargi tari,
Xossa bayram avvali boʻlgʻay dagʻi gul oxiri.
Har varaq bir nomayi ishratdurur fahm aylagil,
Tong yelidin abtar oʻlmastin burun gul daftari.
Gʻuncha xudi birla gul qolqonigʻa yetti shikast,
Boʻlgʻali paydo sarigʻ savsanning oltun shashpari.
Gul adam shomigʻa yuzlangan uchun zanbaq guli
Bor kumush mash’al dogʻiyu xurdalardur axgari.
Lola qon uzra boʻyalib, oʻt uza anbar qoʻyub
Bor pariyxon, chiqmagʻan gʻoyib chechaklardur pariy.
Nilufar tutmish sipehri lojuvardiy hay’atin,
Jolalar yuzinda andoqkim nujumu axtari.
Oʻpsa la’lingni Navoiy sanga xush kelmas, vale
Xushturur gulgan qadah davrinda gul bargi tari.

591

Sevungil, ey koʻngul, oxirki jisming ichra jon keldi,
Quvon, ey joni mahzunkim, hayoti jovidon keldi.
Safardin ul pariy yetti, meni mahzunni shod etti,
Koʻnguldin eski gʻam ketti, tan ichra yangi jon keldi.
Xirad, yigʻ bu masofingni tahammul, qoʻy gazofingni,
Vara’, tark ayla lofingniki, oshubi jahon keldi.
Damekim andin ayrildim, koʻngulni hamrahi qildim,
Bugun keldi koʻngul, bildimkim, ul nomehribon keldi.
Keliptur yoshurun ul shah, meni majnun eman ogah,
Pariy ermas esa bas, vah, nechuk koʻzdin nihon keldi.
Falak boqti figʻonimgʻa, ajal rahm etti jonimgʻa,
Xazonligʻ boʻstonimgʻa guli bogʻi jinon keldi.
Mugʻanniy bir navoye tuz, Navoiy nagʻmaye koʻrguz,
Ayoqchi, tomsa tut, toʻqquzki Doroyi jahon keldi.

592

Ikki hamdamkim, erur may bazm aro hamdamlari,
Topmasun bizdin malolat xotiri hurramlari.
Oyu kunkim bazm tuzgaylar falak xirgohida,
Zarrai sargashtadin ne boʻlgʻusidur gʻamlari.
Gul bila nasrinki, chekkay boda nargis jomidin,
Zulm erur voqi’ki, bulbul boʻlmagʻay mahramlari.
Chugʻzdin ram aylasa ne ayb durroju tazarv,
Xossa boʻlsa mastligʻdin oʻzgacha olamlari.
Ey tabib, oʻlgumdurur goʻyoki ushbu kechadin,
Zaxmliq koʻnglumga oʻqdek sanchilur marhamlari.
Ey mugʻanniy, boʻlma gʻofilkim, zaboni hol ila,
Navha aylaydur mening holimgʻa sozing bamlari.
Kechalar aflok nevchun yosh toʻkar kiyib qora,
Boʻlmasa miskin Navoiy holigʻa motamlari.

593

Yuz urma har taraf, ey shoʻxu zor qilma meni,
Qaror tut nafase, beqaror qilma meni.
Koʻzumni sham’i jamoling furugʻi birla yorut,
Tong otkucha kechalar ashkbor qilma meni.
Xudoy uchun yana har sari bexabar borma,
Figʻonu nolada beixtiyor qilma meni.
Tarahhum aylagil, ey ixtiyorsiz nola,
Damo-dam el ichida sharmsor qilma meni.
Hayot ranji, oʻlum yodi sa’b emish, soqiy,
Bu dayr ichinda dame hushyor qilma meni.
Men oʻzga, Vomiqu Farhod oʻzgadur, ey ishq,
Tana’’um ahli aro e’tibor qilma meni.
Qayonki borsang oʻlarmen Navoiy yangligʻ zor,
Yuz urma har taraf, ey shoʻxu zor qilma meni.

594

Ey dudogʻing sharbatida obi hayvon lazzati,
Lazzate boʻlgʻay, nasibim boʻlsa la’ling sharbati.
Kechalar hajringda bexudmen, mening holimgʻadur
Sham’ning gah kuymagi, gah nolasi, gah riqqati.
Mehnati hajringda ishim oh ila faryod erur,
Oh agar faryodima yetmas visoling davlati.
Lablaringning hasrati koʻnglumda boʻlsa ne ajab,
Shisha birla bodaning bir-birga koʻptur nisbati.
Orazinggʻa, ey pariy, majnun koʻngulning mayli bor
Telba yangligʻkim, aning oʻt birla boʻlgʻay ulfati.
Umr erur ishq ahligʻa payki nasim, ey bogʻbon,
Basdurur bu muddaogʻa shohid aning sur’ati.
Yuzu xolingdin Navoiyning koʻzidur qon aro
Loladekkim, dogʻi boʻlmish koʻz qorasi hay’ati.

595

Nargisin gul uzrakim, bemor etar noz uyqusi,
Misli shoʻxedurki, sust etkay ani yoz uyqusi.
Koʻz ochib bexudlugʻumni koʻrmasa yoʻqtur ajab
Kim, manga baxt uyqusi boʻlmish, anga noz uyqusi.
Charxi soyir goʻyiyo oshiqdururkim, kechalar
Bor aning ham men kebi koʻp ashkiyu oz uyqusi,
Bizni daf’ oʻlsun debon solmish oʻzini uyqugʻa,
Zarqdin xoliy emastur ul fusunsoz uyqusi.
Har tun aylar istimo’ el qissasin, vahkim, kelur,
Menki oʻz holim desam, ul qissapardoz uyqusi.
Ista komil xidmatin gʻaflatni raf’ aylay desang
Bordur oʻzdin gʻoyib oʻlmoq zumrayi roz uyqusi.
Ey Navoiy, ochma gʻamdin koʻzki, sirrim qildi fosh,
Yaxshiroq bedorligʻidin buyla gʻammoz uyqusi.

596

Tanuredur ichim, goʻyo qizitqan ishq oʻti ani,
Yopishturgʻan kabob oʻrni anga har dogʻi pinhoniy.
Qizil raglar emas koʻz ichrakim, koʻz mardumin gʻamzang
Aningdek nishlar urdiki, oqmish har taraf qoni.
Erur qadding xayoli gah koʻngul, gah koʻzda goʻyokim,
Budur ul joʻyboru bogʻning sarvi xiromoni.
Tariqi ishq aro koʻnglumdadur har dam gʻame ul uy
Ajab yoʻl uzradurkim, oʻksumas bir lahza mehmoni.
Gʻamim shomin yorutti qadding ul yuz shu’lasi birla,
Netar kunduzni ulkim, buyladur sham’i shabistoni.
Yonar oʻtlugʻ koʻngulda otashin la’ling firoqidin,
Qiziq har la’lgun paykon erur bir la’li paykoniy.
Xati rayhoni ichra bodayi la’lin xayol aylab,
Uchar har lahza ruhum, soqiyo, tut rohi rayhoniy.
Munungdekkim, yiroqdur ka’bai maqsad hamonokim,
Erur manzilgʻa yetmasdin jarasning tinmay afgʻoni.
Navoiy davlati boqiy tilar boʻlsang yaqin bilkim,
Erur solikka mushkil topmoq ani boʻlmayin foniy.

597

Ey koʻngul, berding iligdin vaslining davronini,
Bilmading bu nav’ talx ermish gʻami hijronini.
Goʻyiyo Farhod erur togʻ ichrakim, cheksam figʻon,
Ul dagʻi hamdardligʻdin teng chekar afgʻonini.
Toʻtiyoe koʻz tutarmenkim, ketursang, ey nasim,
Koʻrsang ul badmehr chobuk turkning javlonini.
Qoldi koʻnglum senda, lekin asradim, ey qoshi yo,
Xasta koʻnglum oʻrnida xokiylaring paykonini.
Ne uchun kiymish qizil toʻn dahr boʻstonida gul,
Gar oqizmoq istamas oshufta bulbul qonini.
Tiyrboroni gʻaming jismimni qildi yerga past,
Vahki, yomgʻur kasrati yiqti gʻaming vayronini.
Ey ajal, tengri uchun ketkim bihil qilman sanga
Qoʻymasangkim, dardi-oʻq olgʻay Navoiy jonini.

598

Ul oyki, mehri ila olamni muhtaram qildi,
Bu telbaga nedin oyo nazarni kam qildi.
Koʻzum iziga yaqindur munga dagʻi yuz shukr,
Agarchi yoʻlida gardun qadimni xam qildi.
Nasihat etsa ulus tezrak boʻlur ishqim,
Bale, itikrak etar oʻtni ulki dam qildi.
Firoq sharhini har kirpigim yozar, goʻyo
Falak mijamni tengiz ichragi qalam qildi.
Ul oy azimat etib yuz gʻamu balo naqdin
Nasibim etti, yomon bormadi, karam qildi.
Sipehr ishqda Majnungʻa yozdi koʻp ta’rif,
Muqobilida zamona meni raqam qildi.
Koʻzumki qon aro boʻldi nihon ajab ermas
Ki, «ayn»gʻa chu dam oʻldi qarin adam qildi.
Shukufa siym chiqargʻach bu gulshan ichra xazon,
Havogʻa bargini sochmoq bila sitam qildi.
Navoiy jismin oʻqung zaxmi etti domi balo,
Visol qushlari andin magarki ram qildi.

599

Mahvashekim mehridin boʻldum jahon ovorasi,
Rahm etib bir chora qilmas oʻlsa ham bechorasi.
Zaxmlar qilding yana gʻam nishidin, ey bevafo,
Butmish erdi vasl noʻshi birla bagʻrim yorasi.
Bevafolar koʻngli tong yoʻq lablaringga boʻlsa sayd
Qaydakim la’l oʻlsa, atrofida boʻlur xorasi.
Yuziga boqqach, ajab yoʻq koʻzlarimga toʻlsa ashk,
El koʻziga yosh toʻlar qilsa quyosh nazzorasi.
Dardi hajringdin Navoiy koʻngli, koʻksi, bagʻridur,
Har biri yuz poravu ming yara har bir porasi.

600

Qildim ul oy ollida oshiqligʻim izhorini,
Men anga sirrim dedim bilman aning asrorini.
Koʻz qarosin hal qilib ul oygʻa yozgʻum nomaye,
Bore bu tazvir ila koʻrgay koʻzum ruxsorini.
Koʻzidin to jongʻa yetman la’lidin bermas hayot,
Ul Masih oʻldum deganda tirgizur bemorini.
Hayfdurkim, rishtayi tasbih qilgʻay ahli zuhd,
Kufr zulfi ichra oʻlgan xalqning zunnorini.
Orazing davrin chekarda goʻyiyo naqqoshi sun’,
Mehr davri birla teng ochmish edi pargorini.
Toʻkma jominkim, balo sayli jahonni buzmasun,
Mast koʻrsang, zohido, dayri fano xammorini.
Ey Navoiy, shavqidin oʻlsam imorat qilgʻasen,
Tufrogʻim birla muhabbat koʻyining devorini.

601

Ohkim, ul ganj yod etmas bizing vayronani,
Ul quyosh bir zarra yorutmas buzugʻ koshonani.
Egma qoshin koʻrguzub aylar manga man’i junun,
Yangi oy birla kerak sogʻ etsa bu devonani.
Koʻzuma ul vajhdin dermen yuzung afsonasin,
Kim, sevarlar uyqusizlar doyimo afsonani.
Oʻzgalar husnidin oʻrtanmanki, gardun har kecha
Yorutur ming sham’u kuydurmas biri parvonani.
Chiqti jonim bodayi la’lin koʻrub, ey mugʻbacha,
Vah, toʻla aylab netarsen qasdima paymonani.
Bilmadikim, avval aylar nafy ranjidin xalos,
Nafy qilgʻan shayx mugʻ koʻyidagi mayxonani.
Ashk yoʻlin tut, Navoiy, xoki poyi birlakim,
Gʻussa bar berur qayonkim, sochsam ushbu donani.

602

Har tikan bu gʻunchadek koʻnglumda paykon bogʻladi,
Ey jigar pargolasi, sensiz ichim qon bogʻladi.
Sendin ayrilmoq koʻngulga mumkin ermas to abad,
Chun sening birla azaldin ahdu paymon bogʻladi.
Lablaringning shavqidin har qatra qonkim, toʻkti koʻz,
Sovugʻ ohimdin ham ul dam la’lu marjon bogʻladi.
Dedi aqlu fahm ani koʻrgach, shikebe koʻzlali,
Vahki, tun bogʻin yana ul shoʻx chaspon bogʻladi.
Qondin oʻldi dard bogʻining guli har paxtakim,
Dogʻima sabr ilgi marham birla har yon bogʻladi.
Sovurub tifli xazon tufrogʻ ila teng qilmagʻan
Qaysi bir guldasta bu bogʻ ichra dehqon bogʻladi?
Ishtiyoqingdin Navoiy oʻldiyu yetmas sanga,
Goʻyiyo bu nav’ oyogʻin bandi hijron bogʻladi.

603

Ey koʻngul, kelkim, ikov boʻlub nigore koʻzlali,
Sarv qadde istabon siyminuzore koʻzlali.
Yorligʻ koʻz tutqanimiz koʻzladi chun oʻzga yor,
Bizda ham koʻz bor, borib bir yerda yore koʻzlali.
Chun gʻubori markabidin ravshan aylar el koʻzin,
Termurub turgʻuncha borib, shahsuvore koʻzlali.
Sayri bogʻu dasht etarbiz ham yana bir yor uchun,
Bogʻ sari koʻz solali, dashtsore koʻzlali.
Gar aningdek shoʻxi shahroshubi ofat topmasaq,
Bir faqire mehribone gʻamgusore koʻzlali.
Garchi nopaydo erur maqsud, armon qolmasun
Xosu om ichra qila olgʻuncha bore koʻzlali.
Ey Navoiy, boʻlmagʻung andin bular birla xalos,
Kelki, ham vaslin tilab sabru qarore koʻzlali.

604

Gʻunchadek qon bogʻlanibdur koʻnglum, ey gul xirmani,
Borgʻoli koʻz joʻyboridin jamoling gulshani.
Koʻz qorasidin yozay dermen bitig, hayhotkim,
Kuydurur gʻayratki, men mahrumu ul koʻrgay seni.
Aql qochti koʻnglum ichra sokin oʻlgʻach dardi ishq,
Moʻr manzilgohi ermas ajdaholar maskani.
Koʻnglum uyida gʻami toriqmasun har zaxmidin,
Marhamin tashlangki, har yondin ochilsun ravzani.
Argʻuvoniy ashk aro savsan masallig lolmen,
To toʻningdur argʻuvoniy, koʻnglakingdur savsaniy.
Har gul ushbu bogʻ aro koʻrsang tikan osibidin,
Gʻarqayi xunob oʻlub yuz chok erur pirohani.
Ashk qonida Navoiydur soʻngak jismi bila
Ul muborizkim, qizil jins ichra boʻlgʻay javshani.

605

Gʻaribligʻ yana koʻnglumni dardnok etti,
Shikastaligʻ yana koʻksumni chok-chok etti.
Bu barcha bir sariyu yor holatimni bilib,
Tagʻoful etmagi men xastani halok etti.
Damingni asra, Masihoki, chiqmagʻay gardim,
Bu damki, koʻyida jismimni dahr xok etti.
Yuzungga ulki quyosh tobi berdi yuz ming shukr,
Quyosh kebi meni ham ishqing ichra pok etti.
Xush ul dameki, degaylar fano oʻtigʻa falon
Qadam qoʻyarda ne vahm ayladi, ne bok etti.
Ne may, ne jom, men usruk hamesha, goʻyo ishq
Tanim hadiqasida raglarimni tok etti.
Navoiyni tila andin burunki, degaylar
Adam yoʻlin tutub ul zori benavo etti.

606

La’lingga bogʻlandi jonim hajr elindin ol ani,
Zulfungga chirmashti koʻnglum qilmagʻil pomol ani.
Bogʻladi koʻnglum manga oshiqligʻining tuhmatin,
Shart qildim koʻrgach-oʻq rasvo qilay filhol ani.


Sendin ayru xoʻblardin ochilur koʻnglum, vale
Gʻuncha yangligʻkim, ocharlar kuch bila atfol ani.
Ey sabo, bagʻrimgʻa sanchilgʻan tikankim, anglading,
Boʻlsang ul gul birla hamdam qilgʻasen irsol ani.
Ul alifkim, nil ila chekting uzoring yonida,
Husn ichinda birga oʻn qilmish yonida xol ani.
Bu chaman kayfiyyatin ozodayekim qildi fahm,
Oʻn tili savsandek oʻlsa hayrat aylar lol ani.
Ey Navoiy, deb eding koʻrgach ani jon topshuray,
Boʻlsa bu davlat muyassar qilmagʻil ehmol ani.

607

Qani visolingga bir mendek orzumande,
Visol umidi bila mehnatinggʻa xursande.
Fano mayin ichib ovoraligʻ yoʻlin tuttum,
Nasihat ahli manga emdi bermangiz pande.
Erur tanimdagi yuz dogʻ birla munglugʻ jon,
Gadoki, toʻnigʻa har sari solsa payvande.
Sabab bu erdi ekin xilqatidin odamning
Ki, boʻlgʻay anga seningdek xujasta farzande.
Koʻngulni shoʻxlar andoq talashtilar kesishib
Ki, qolmadi meni bedil nasibi parkande.
Chogʻirni oqil esang la’l deb qizitma dimogʻ
Ki, oʻtni islamadi gul debon xiradmande.
Ajal, Navoiyni qutqaz baloyi hirmondin
Ki, ul zaif bu dard ichra asru emgandi.

608

Oʻtum xud etmadi ul toshbagʻirgʻa ta’sire,
Bu yona oʻtki, topilmas bu ishga tadbire.
Ne turfa suvrati bordurki, hech suvrat ila,
Qazo musavviri qilmadi buyla tasvire.
Shikoyatim koʻpu qolmas seni qachon koʻrsam,
Tanimga tobu tilimga majoli taqrire.
Tushunda obi hayot ichtim, ohkim, kelmas
Koʻngulga la’lini oʻpmakdin oʻzga ta’bire.
Meni muqayyad etar boʻlsang ochma halqayi zulf
Ki, pashsha qaydigʻa yoʻq ehtiyoji zanjire.
Gul ichra shabnam ila xurdadur suyu dona,
Magarki, qaydigʻa bulbulnung etti tazvire.
Navoiy yordin ar zulm erurki, lutficha bor,
Sen etmasang kerak oʻz qullugʻungda taqsire.

609

Jonim chiqadur, hajr ila jonon kerak erdi,
Koʻnglum kuyadur, dard ila darmon kerak erdi.
Gʻam shomida parvona sifatkim, kuyadurmen,
Boshim uza ul sham’i shabiston kerak erdi.
Koʻz bogʻida yuz gul ochadur ishq, valekin
Yuzu xatidin lolavu rayhon kerak erdi.
Xush keldi hazin koʻnglum aro gʻamzalaringkim,
Oh oʻqlarigʻa bir necha paykon kerak erdi.
Qabrimgʻa xirom ettingu yoʻq tuhfaye, vahkim,
Bu xas kebi jon ichra bugun jon kerak erdi.
Xush ziynati koʻp nomadurur umr, valekin
Tavqi’i vafodin anga unvon kerak erdi.
Bilmay seni ul gul qovar, ey zor Navoiy,
Sendek anga bir bulbuli nolon kerak erdi.

610

Boʻldi iyd, ul turki chobuk azmi maydon qilgʻusi,
Vahki, el bexudlugʻi jonimni qurbon qilgʻusi.
Barqi ofat boʻlgʻusi har shu’layekim ayrilur,
Markabi tuynogʻidin ul damki javlon qilgʻusi.
Oʻq hunilab oʻt yolindek har tarafkim qoʻysa yuz,
Yuz koʻngulni kuydurub, yuz jonni vayron qilgʻusi.
Oshkoro jon olib har yon qilur mashgʻul oʻzin,
Elni bilmas deb yigit oʻzini nodon qilgʻusi.
Sham’ emas koʻz ochtilar nazzoragʻa ahli qubur
Kim, ul oy iyd oqshomi sayri xiyobon qilgʻusi.
Subh maydon azmi qilgʻach, vahki, yoʻq yolgʻuz meni
Olam ahlin iydi ruxsorigʻa hayron qilgʻusi.
Iydgoh ahli hujumi birla, ey shah, qilma kibr
Kim, falak bu jam’ni holi parishon qilgʻusi.
Ey Navoiy, rashkdin oʻldumki, ul qotil bugun
Har taraf bu shakl ila yuzlansa yuz qon qilgʻusi.

611

Yor ila bir xilvat istarmenki, agʻyor oʻlmagʻay,
Balki ul xilvatning atrofida dayyor oʻlmagʻay.
Koʻzga koʻnglum dardidin yigʻlargʻa imkon qolmagʻay
Tilga dardim sharhini aylarga guftor oʻlmagʻay.
Eldin andoq yoshurun istarmen ul xilvatnikim,
Koʻnglum andin voqifu jonim xabardor oʻlmagʻay.
Yor budi ichra nobud oʻlgʻamenkim, oʻrtada
Oʻzgalikdin demakim, oʻzlukdin osor oʻlmagʻay.
Buki, derlar bordurur devor keynida quloq,
Ul fazo davrida koʻz yetguncha devor oʻlmagʻay.
Maxfiy asrorimgʻa boʻlgʻay yor lafzidin ado,
Yordin ayru valekin sohibi asror oʻlmagʻay.
Ey Navoiy, qilma har yor ollida sirringni fosh,
Bormudur imkonikim, ul yorgʻa yor oʻlmagʻay.

612

Yana balo choqinin ishq telba jonima urdi,
Fano quyuni yetibon kulumni koʻkka sovurdi.
Magarki, men kebi eldin qocharni ayladi varzish,
Kiyiklar ichraki, Majnun tamomi umr yugurdi.
Men archi koʻyida oʻldum qovungki, telbarar oxir,
Churuk soʻngakni tanimdin uzub, ne itki, koʻmurdi.
Gʻaming qoʻyub tugan uzra tugan bu makr ila koʻrkim,
Tanimda har tugan ichra necha tuganni yoshurdi.
Koʻngulda gar oʻqung itmish yana bir oʻq dagʻi otkim,
Bu nav’ topsa boʻlur har kishiki, bir oʻq iturdi.
Dam urmayu qadah ichkilki, telba boʻlmasa voiz,
Nedin edi urunub, qichqiribki, ogʻzi koʻpurdi.
Firoq dogʻigʻa mash’al fatilasi keturungkim,
Navoiy ogʻzini chun kupka qoʻydi, pok sumurdi.

613

Labing takallum etib, soʻzda lol qildi meni,
Ochildi zulfungu oshuftahol qildi meni.
Yuzi koʻrundi, oching emdi zulfi silsilasin
Ki, ul pariy yana majnunmisol qildi meni.
Oyogʻin oʻpkali boshim yoʻligʻa yetkurdum,
Figʻonki, zulfi kebi poymol qildi meni.
Qoshi xayolida payvasta baski, chektim ranj,
Falak bu gʻamda nechukkim, hilol qildi meni.
Beli gʻamida xayol oʻldum ohu afgʻondin,
Bu moʻya moʻy etib, ul nola nol qildi meni.
Kup ogʻzima quyu qoʻy adl jomin, ey mugʻkim,
Qazo bu shevada bee’tidol qildi meni.
Navoiy, anglaki, jurmumcha yuz umidim bor,
Faqiri zohid oʻzidek xayol qildi meni.

614

Xarob aylading, ey ishq, xonumonimni,
Tasavvur aylaki, oʻldum, bagʻishla jonimni.
Magarki, ishq malomat oʻtin yorutmoq uchun
Qurutti uylaki xas jismi notavonimni.
Bu turfa koʻrki, fuzun boʻldi la’lgun ashkim,
Agarchi shu’layi ishqing qurutti qonimni.
Figʻonki, oʻldumu koʻyida xalq gʻavgʻosi
Aning qulogʻigʻa yetkurmadi figʻonimni.
Bugun tanimgʻa nishon ul hayotdin kelibon
Ki, tongla topmagʻasen istabon nishonimni.
Chu ishq oyatida savtu harf yoʻl topmas,
Kamoli ishq iturmish magar bayonimni.

615

Dedimki, koʻzga chekay gardi rahnavardingni,
Figʻonki, topmadi koʻz toʻtiyogʻa gardingni.
Magar zamona koʻzi surma istar erkandur
Ki, gard qolmadi surganda rahnavardingni.
Firoqu orzuvu shavq har biri bir dard,
Desamki, darding etay sharh qaysi dardingni.
Safarda yomgʻuru yel boʻlmasun muzohim anga,
Koʻz, asra ashku, koʻngul, chekma ohi sardingni.
Toʻshab samandigʻa farsh, ey zamona, oʻtkarding
Sipehru axtaridin sabza birla vardingni.
Koʻk ablaqin egarib, ey quyosh, sinon tortib,
Magar bu zarragʻa qilding ayon nabardingni.
Navoiy, emdi nishot avji tutki, gardishi charx
Keturdi mohi falaksayri tezgardingni.

616

Qoʻzgʻadi ohim soʻngak birla tani gʻamnokni,
Yel sovurdi bir ovuch tufrogʻ ila xoshokni.
Demagil sihhat soʻzinkim, koʻksum uzra tiygʻi ishq
Aylar ikki chok, tikmasdin burun bir chokni.
Buki olamgʻa havodis tushti, goʻyo qoʻzgʻamish
Ul quyosh hajrida ohim anjumu aflokni.
Men xud ettim azmi masjid, ey musulmonlar, valek
Bok emas gar koʻrmasam ul kofiri bebokni.
Qildi chun hijron meni nobud tutma jomi vasl,
Zahr chun oʻlturdi zoyi’ qilmagʻil taryokni.
Qaddidin ogʻzimda hayrat barmogʻidur, zohido,
Oʻtqa sol emdi aso, boshingga ur misvokni.
Gʻayri lof ermas Navoiy pokravliqdin hadis,
Topmayin bir gʻayr naqshidin zamiri pokni.

617

Ishqing ichra koʻksuma oncha junun toshin uray
Kim, xiradning shavkatin, taqvo shukuhin sinduray.
Qilsa tavsanligʻ koʻngul tortib junun zanjirigʻa,
Hajr zindonida ishqing shahnasigʻa topshuray.
Ul pariy koʻzdin chu maxfiydur hamesha, vah, necha
Istab ani topmasa, majnun koʻngulni yozgʻuray.
Gʻam tuni anjum koʻzi yangligʻ yumulmas koʻz bila,
Vah, necha gohe yuray, gohe turay, goh oʻlturay.
Chun ne taqdir oʻlsa tagʻyir oʻlmas ermish sa’y ila,
Qaygʻu qismim boʻldi deb ortuqsi nevchun qaygʻuray.
Ul quyoshqa zarraye ta’sir uchun yoʻqtur, ne sud
Gar toʻquz aflokni ohim oʻtidin kuyduray.
Ey Navoiy, istasam oʻlmak ne gʻam el ta’nidin,
Bore men har nav’ etib, jonongʻa jonni yetkuray.

618

Ey koʻngul, kelkim, balo bazmida jomi gʻam tutay
Oʻz qatiq holimgʻa oʻlmastin burun motam tutay.
Yigʻlabon boshimgʻa ohim dudidin chirmab qora,
Motamim el soʻngra tutquncha, oʻzum bu dam tutay.
Olam ahligʻa necha qildim vafo, koʻrdum jafo,
Ey koʻngul, kel-kelki, tarki jumlayi olam tutay.
Emdikim, ishrat surudidin ochilmang, ey koʻngul,
Navha ohangin tuzub, bir dam seni xurram tutay.
Mastligʻdin oʻzga yoʻq dardim iloji, soqiyo,
May keturkim, ham ichay, bir lahza ani ham tutay.
Qoʻygʻil, ey nosihki, mugʻ dayrida oʻz ahvolima,
Mast loya’qil yoqam yirtib, surudi gʻam tutay.
Chun jahon birla jahon ahligʻa yoʻq ermish vafo,
Ey Navoiy, men fano sarrishtasin muhkam tutay.

619

Olsa jonimni labing davron toʻkub qon yoshini,
Tong emas ul yosh ila la’l etsa qabrim toshini.
Fitna ta’lim etmasa qoshing sanga bedod uchun,
Xam boʻlub nevchun qulogʻinggʻa keturmish boshini.
Koʻz tutar erdim qalam kirpiklarimdin bogʻla deb,
Gar azalda koʻrsam erdi suvrating naqqoshini.
Mayl etar koʻnglum qushi jon pardasin qilgʻay qanot,
Koʻrgali har kecha mahram koʻyining xuffoshini.
Oshiq oʻldum, chunki may berding, magar ey mugʻbacha
Ishq oʻti birla pishurmishlar piyolang doshini.
Shayxu ahli xonaqah, tengri tuta bersun manga
Haq yoʻlin koʻrguzgali dayri fano avboshini.
Jon qushi qasdigʻa sogʻingʻay guruha birla yoy,
Ey Navoiy, kimki koʻrsa xoli birla qoshini.

620

Ey koʻngul, qoʻygʻilki, mundin soʻng gadoligʻ fan qilay,
Koʻyida bu fan bila bir yoʻl boshin maskan qilay.
Gah bu ishratdinki, ul koʻy ichradurmen shod oʻlay,
Gah bu mehnatdinki, andin ayru men shevan qilay.
Aylamakdin tangʻa anduhu balo toshin hisor,
Jonima hayru salomat xaylini dushman qilay.
Ul yuzu qomat kerak, vah, oʻzni kuch birla necha,
Moyili gul aylayin yo volihi savsan qilay.
Yoshurun gʻam soldi ravzanlar koʻngulga, ey rafiq,
Qoʻyki, men ham oh ila gardunni yuz ravzan qilay.
Soqiyo, koʻz birla koʻnglumni qora qilmish xumor,
Kelki, bu uylarni may xurshididin ravshan qilay.
Gar Navoiy mast agar maxmur oʻtar bu dayrdin,
Bodapolodin kafan, mugʻ dayridin madfan qilay.

621

Koʻnglumga shoʻr soldi biravning malohati,
Vahkim, ajab tuz oʻldi yana zaxmim ofati.
Ter qatrasin yuzida koʻrub ishqim oʻldi tez,
Afzun bu sudin oʻldi oʻtumning harorati.
Oʻynatti qoshu ohkim, ul dos noʻgidin
Bagʻrimning oʻldi toza oʻngalgʻan jarohati.
Sekritti raxshu kuydi koʻngulning ul oʻt bila
Jon mazraida xirmani oromu toqati.
Koʻnglum soʻrargʻa keldi, vale oldi jonni ham,
Mundoq boʻlurmu dilshudalarning iyodati.
Sharbati visol yo may emish qaysi xastaning
Kim, ishq anduhidin oʻluptur malolati.
Maygʻa Navoiy etti koʻngul shishasini zarf,
Bu boʻldi rindliq aro aning zarofati.

622

Qilsa kul jismimni oʻrtab otashin oraz guli,
Har ovuch kul dahr boʻstonida boʻlgʻay bulbule.
Xattu ruxsorin tilab gʻam shomi cheksam oʻtluq oh,
Har sharardin koʻk shabistonida ochilgʻay gule.
Zulfi savdosida oʻlsam tortqay qabrimda bosh
Har giyahdin xoʻshaye, har xoʻsha boʻlgʻay sunbule.
Tushta ayshim subhigʻa kirdi balo shomi magar,
Qasdima shoʻxe uzori uzra ochmish kokule.
La’li ruhafzosini koʻrsun biravkim, koʻrmamish,
Ruhoshom aylabon sarmast boʻlgʻudek mule.
May nihon ichsam kerak ogʻzim qoʻyub kup ogʻziga.
Kim, tugatsam chiqmagʻay andin sadoyi qulquli.
Ey Navoiy, istasang boʻlmoq zamiring lavhi pok,
May suyin kelturkim, ani gʻayr naqshidin yuli.

623

Orazing zar huqqalardin, ey malohat mash’ali,
Mushafedur lojuvardu oltun aning jadvali.
Turfa oyedur uzoring, koʻk anga moviy libos,
Anjum aning tanga-tanga basma qilgʻan zarhali.
Har nafas ortar jamolingning safosi koʻzgudin,
Koʻzguning andoqki kuldin boʻlgʻay afzun sayqali.
Bir pariydur lolazor ichra sarigʻ gullar aro
Yo ul oy egnidadur zarbaft gulgun maxmali.
Husni atrofida, ey mashshota, har yon qoʻyma xol
Kim, Xoʻtan mulkida hindularning oʻlmas madxali.
Nav arusi dahr aqdin istama, koʻpkim arus
Oxiri ifrit oʻlur, garchi pariydur avvali.
Ey Navoiy, vusma birla kesmadin topqan fireb,
Gar malakdurkim, boʻlur shaytonsifatlar mahzali.

624

Kamand uchigʻa yetkurmas gʻamu andesha ayyori,
Biyik chekmish magar mayxona tomin sun’ me’mori.
Xumorim za’fida kahgil isi to yetti mast oʻldum,
Suvalmishdur magar may loyidin mayxona devori.
Toʻla kup ogʻzi may xurshididur, goʻyo teng ochilmish
Chekarda bu iki xurshid davrin sun’ pargori.
May ichmish xonaqah shayxi, harobat ahli, aysh aylang
Ki, chiqmish baxya urgʻan xirqasidin mablagʻi kori.
Koʻrungan mosivo budi emas balkim namudedur
May ustida hubobu mavj shaklining namudori.
Hubobu mavj may tahrikidin zohir boʻlur, lekin
Sukun topqach vujudi maydin oʻzga qaydadur bori.
Quyosh aksimudur hayvon suyida yo koʻrunmishdur
Ravonoso may ichra soqiyi gulchehra ruxsori.
Fano dayrin koʻngul istarki, bir-bir piri dayr elga
Tutarda boda shoyad jur’aye sungʻay bizing sori.
Navosidin fano chun hosil oʻldi qilgʻasen, ey ishq,
Navoiy rishtayi jonin mugʻanniy udining tori.

625

Emas bogʻ ichra sarigʻ lola zanbaq bilki, har sori
Yangi dogʻ oʻrtab ul gul ishqidin sargʻardi ruxsori.
Bu humrat birla ermas otashin gul, oq gul erdikim,
Yuzung barqidin oʻt tushti angakim, boʻldi gulnoriy.
Qading ollida boʻlgʻan jilvagar oq savsan anglakim,
Koʻk etti barcha a’zosin sabo kojining ozori.
Shajar yafrogʻlari oʻqdek qadingning hajrida bordur
Boshogʻlarkim, chaman ashki namidin boʻldi zangoriy.
Dema kunduz, qarongʻu tun edi, chun pardadin chiqting,
Jahonni qildi kunduzdek yuzung mehrining anvori.
Desamkim, haqdurur mavjudu ashyo har nedur nobud,
Hubobu mavji bahr uzra erur aning namudori.
Navoiyning aqiq ashki ol erdiki, tutmish rang,
Suhayli orazing goʻyoki qilmish lam’a izhori.

626

Donayi xoli uzra koʻr sabzayi xat nishonasi,
Donayi xol emas erur mehr giyoh donasi.
Oʻrtanurumni ishqida bilmagan, et nazzorakim,
Tildur aning bayonigʻa koʻnglum oʻti zabonasi.
Qatlima bas bahonakim, qildi bahona qolmamish,
Emdi bahona uzrini qoʻlmoq erur bahonasi.
Tiyra firoq tunlari sharhini ayt demakim,
Ming kecha deb tuganmagay bir kechaning fasonasi.
Istama ishq bahrining sohilin, eyki gʻarqasen
Bir-biriga yetishti chun toʻsh-toʻshidin karonasi.
Tavsan edi koʻngul mayi ishqini tortqan zamon,
Koʻrki, ne rom etibdurur emdi ani zamonasi.
Boshimu dayr pirining dargahi chun tushupturur
Vahm, taaqqul aylamas vaz’ ila korxonasi.
Fikri bu korxonani qilgʻay edi halok, agar
Boʻlmasa aql zoyili jomi mayi mugʻonasi.
Baski, Navoiy ayladi dard surudida navo,
Ahli tarabni yigʻlatur majlisining taronasi.

627

Ishq ahli goʻristonida qabrim chu zohir boʻlgʻusi,
Farhod aning toshin yoʻnub, Majnun mujovir boʻlgʻusi.
Dersen, yuzum sori koʻzung koʻp boqmasun gar yuz budur,
Ul mehr tobidin erib, oqquncha nozir boʻlgʻusi.
Gʻamzangdin oʻlturmak ishin ta’lim ola kelmish ajal,
Bu nav’ ustod oʻlsa, ul oz chogʻda mohir boʻlgʻusi.
Xatti gʻuborin demakim, boʻlgʻusi ul yuz monii,
Tun pardasi oy nurigʻa ne nav’ sotir boʻlgʻusi.
Ul gʻamza kufridin koʻngul nav’e kelur islomgʻa
Kim, tarki islom aylabon goʻyoki kofir boʻlgʻusi.
Boʻlgʻusi mutlaq shu’lalar ichra samandar sayridek,
Sensiz koʻngul gulzor aro ul damki, soyir boʻlgʻusi.
Koʻnglumdagi har nishdin gar boʻlsa bir til, har biri
Yuz til bila oʻz holining sharhida qosir boʻlgʻusi.
Xotirni jam’ istar esang avval xavotir daf’in et,
Kimda xavotir boʻlmasa osudaxotir boʻlgʻusi.
Qildi Navoiy qaddingga sarvi sihiy tashbihini,
Bu tab’i nomavzun bila bechora shoir boʻlgʻusi.

628

Butmadi gulshan tavofi birla bagʻrim yorasi,
Bermadi oʻtumgʻa taskin sarvu gul nazzorasi,
Bir zamone sarvu bir dam gulga koʻp qildim nazar,
Boʻlmadi ul sarvi gulrux furqatining chorasi.
Gul bila sarv istabon gulshan sari mayl aylamas
Dashtdin ul sarvi gulruxsoraning ovorasi.
Qaddi hajrida har ohim dudi sarvedur baland,
Yuzidin ayru guledur koʻkragim har porasi.
Sarvu gul maftuni boʻlmakim, nigoru zeb uchun,
Sindurub har dam uzar ani falak makkorasi.
Sarv oʻqdur, gul tikan, bogʻ ichra to koʻz ollidin
Borgʻali ul sarvi gulruxning qadu ruxsorasi.
Ey Navoiy, sarvu guldin kechki, qaddu yuzidin
Bor emish yuz yilchiligʻ yoʻl sarv ila gul orasi.

629

Gʻam chekar jismu koʻngulni kulbayi ahzon sari,
Xasqa oʻt solib gado eltur kebi vayron sari.
Hirz qolqoni, duo dir’i nedur, ey porso,
Chun balo toshi yogʻar men telbayi uryon sari.
Yor istar hajru ayni vasl erurkim, koʻngluma
Boʻldi mayl aning rizosin istabon hijron sari.
Sabza nishtar, barg paykon, gul oʻt erdi jonima
Har qachonkim, sensizin azm ayladim boʻston sari.
Ne futur islom aro tushkayki, ul kofir yana
Mast oʻlub, koʻnglakcha chiqti sekritib maydon sari.
Gar xarobot ichra mumkindur sumurmak bir qadah,
Xizr agar oʻltursa borman chashmayi hayvon sari.
Soqiyo, tezgindurur har lahza boshimni xumor,
Davr evursang jur’aye sungʻil bu sargardon sari.
Yuz Xizr umridin ortugʻroqdurur ming jon berib
Bir qadam qoʻymoq, muyassar gar boʻlur, jonon sari.
Ey Navoiy, gar desangkim fitna koʻrmay, solmagʻil,
Bir nazar har turfat-ul-ayn ul koʻzi fatton sari.

630

Gardi yazdiy mi’jar ostida qoshing, ey koʻrkaboy,
Zor aningdekkim koʻrungay gard ichinda yangi oy.
Vusmadur ul qosh uza yoxud zarofatdin koʻzung,
Oldi bu qurbon koʻngul qasdigʻa miynorang yoy.
Gar nihon soching tarar mashshota kelsunkim, erur
Kirpigimdin shona, ashkimdin su, koʻz xilvatsaroy.


Dilrabolar ichra har dam koʻzguga boqmoq nedur,
Vahki, bilman, ey pariy, xudbinmusen yo xudnamoy.
Otashin gul bargidin koʻnglak kiyibdursen, valek,
Desang oʻt solmay jahongʻa chiqmagʻil koʻnglakcha, voy.
Gah tutulsa, gah ochilsa koʻnglum ermas aybkim,
Sunbulung dilband, xandon gʻunchang oʻlmish dilkushoy.
Ey Navoiy, dahr shoʻxi oshiqi boʻldung, valek
Bilki, kobin naqdi jondur gar boʻlursen kadxudoy.

631

Boda bu maqbulluq zotimda mavjud ayladi
Kim, meni zuhdu riyo ahligʻa mardud ayladi.
May oʻtining lam’asi oʻrtab vujudim xirmanin,
Kullarin nay nagʻmasi bir damda nobud ayladi.
Bodadin xushnud oʻlubmen to meni jomi fano
Davr elining sofiyu durdigʻa xushnud ayladi.
Maygʻa rahn etgil riyo sajjodasin, ey shayxkim,
Har kishi bu nav’ savdo ayladi, sud ayladi.
Maygʻa ashkim la’lidin oludaligʻ gar istamas,
Ne uchun soqiy labi la’lin mayolud ayladi.
Odamiyligʻ koʻrguzub qilding parivashlarni qul,
Odam uldurkim, maloyik ani masjud ayladi.
El tilar mugʻ koʻyinu istar Navoiy mugʻbacha,
Azmi maqsad aylab el, ul qasdi maqsud ayladi.

632

Ohima yor ogʻzi bir dam kulmagin kam qilmadi,
Chun sabodin gʻuncha ochildi yana yopilmadi.
Nishtari ohim ajab yoʻq koʻnglungga kor etmasa,
Tezlikdin igna hargiz xoragʻa sanchilmadi.
Qatraye tomizma bizga tutqan asfar bodadin,
Sham’ oʻtidin, soqiyo, hargiz sharor ayrilmadi.
Ishqkim, har bir ishida yozdi yuz ming turfa xalq
Turfaroq budurki, yuz mingdin biri yozilmadi.
Koʻyida ohim yeli raf’ etti ul yuz burqain,
Hech gulshanda sabodin buyla gul ochilmadi.
Qaysi johilgʻa nadomat boʻlgʻay ul olimchakim,
Har ne bildi, qilmadi, har neki qildi, bilmadi.
Ey Navoiy, yor vaslin istabon ul toptikim,
Ahli hijron zumrasida istabon topilmadi.

633

Koʻnglum ohidin tabassum la’lingga fan boʻlmadi
Uylakim, la’l axgari yel birla ravshan boʻlmadi.
Istadi jism uyi bir ravzan oʻqungdin, voykim,
Qolmadi ravzan yerikim, necha ravzan boʻlmadi.
Dedi, bir dushnom uchun joningni olgʻumdur baho
Oʻlturur savdoki, miodi muayyan boʻlmadi.
El chamanda ul pariy birla kezib men telbaga
Vahki, ishrat jilvagohi gʻayri gulxan boʻlmadi.
Oh oʻtidin xirqani pok oʻrtakim, har bulhavas
Zarq ashkidin etak yub pok doman boʻlmadi.
Lofi ishq urgʻan koʻngul gʻam doʻzaxidin qochmasun
Kim, samandargʻa yolindin oʻzga maskan boʻlmadi.
Ey Navoiy, kimni sevsang qilma zohirkim, sanga
Kimdururkim, doʻstlugʻ fahm etti, dushman boʻlmadi.

634

May xalos etti riyoyiy porsoligʻdin meni,
Shukrkim, qutqardi zuhdu xudnamoligʻdin meni.
Boʻldi nobud oʻzlugum, yuz shukrkim, qildi xalos
Har zamon bu korgahda behayoligʻdin meni.


Dahr zolin toʻrt mazhab birla qildim uch taloq,
Fard qildi boriy mundoq kadxudoliqdin meni.
Boʻldilar begona ahli zuhd xush davlat bukim,
Qildi man’ ul qavm birla oshnoligʻdin meni.
Orazimdin gʻussa kojining savodin qildi ol,
Shukrkim, qutqardi mundoh yuzqaroligʻdin meni.
Bandamen soqiygʻakim, bir jomi molomol ila
Ayladi ozod yuz ming mubtaloligʻdin meni.
Tavba ahli yorumang mundoqki mahrum ettingiz
Dayr ichinda mastu loya’qil gadoligʻdin meni.
Dushmanimsiz doʻstlarkim, qovdingiz aylab hujum,
Benavoligʻ kishvarida podsholigʻdin meni.
Ey Navoiy, ham magar, yo mugʻbacha, yo piri dayr
Sindurub tavbam chiqargʻay benavoligʻdin meni.

635

Yuzidin oʻlmasa, yo rab, ravo koʻzum tilagi,
Tazallumum iligidur adolating etagi.
Koʻngulda furqat oʻqi birkishibdur andoqkim
Kishi chekarda gumon aylagay aning soʻngagi.
Chamanda gʻuncha emaskim, boʻlushur ul gul uchun
Figʻonim onchaki, qon bogʻlanipturur yuragi.
Chechak nechukki, yopar koʻzni tiyra aylaptur,
Koʻzum bahorini gulgun sirishkning chechagi.
Labi xayolida bagʻrim shikofini tiksam,
Alifdin igna qilur, jonu rishtadin ipagi.
Xazon chamangʻa shabixun kelurga boʻldi dalil
Sanavbar ushbu chamandin kanora aylamagi.
Ne koʻnglini buzadur dardu gʻam Navoiyning,
Chu ul pariyduru bas ushbu telba koʻnglidagi.

636

Kecha hajringda tiriklikdin malolim bor edi,
Tonggʻa tegru ayta olmankim, ne holim bor edi.
Furqating bedodidin yoʻq erdi bir soat majol,
Boʻlsa dagʻi yigʻlar erdim to majolim bor edi.
Tosh urub koʻksumga, tufrogʻlar boshimgʻa sovurub,
Lek bu vaqte edikim, e’tidolim bor edi.
Kelsam oʻz holimgʻa nogah bu malomatlar aro,
Goh oʻzumdin, gah ulusdin infiolim bor edi.
Vasl umidi kirmasa jonim arosigʻa gahe,
Qayda jon elturga bore ehtimolim bor edi.
Vasl tarkidin agarchi mujrim oʻldum, vah, qachon,
Hajrni bu nav’ sa’b erkon xayolim bor edi.
Ey Navoiy, furqatim ayyomi mundoq qolmagʻay,
Qolmadi chun ulki, davroni visolim bor edi.

637

Ey sabo, koʻzdin uchur Mozandaronning vardini
Kim, qilibmen surma Marvi shohi jonning gardini.
Ulki ahbobin qilur parvarda ayshu noz ila,
Ne tong boshim olib ketsam qoʻyub yoru diyorimni.
Chekma zahmat, ey tabib, ermas chu mumkin aylamak,
Sharbati vasl oʻlmagʻuncha daf’ furqat dardini.
Anglagʻay doʻzaxda bor issigʻ-sovugʻ birla azob,
Hajr aro kim koʻrsa oʻtlugʻ koʻnglum ohi sardini.
Anjumi ashkin toʻkar tong otqucha mendek sipehr,
Yoʻqlamish ul ham magar bir mehri olamgardini.
Ey koʻngul, vasl istasang bexud boʻlub gʻam yemakim,
Kom topmas kimsa qilmay tark xobu xoʻrdini.
Yor agar hijron aro soldi Navoiyni yiroq,
Bok emastur vasl ila gar qilsa boz ovardini.

638

Junun vodiysigʻa moyil koʻrarmen joni zorimni,
Tilarmen bir yoʻli buzmoq buzulgʻan roʻzgorimni.
Falak bedodidin garchi meni xokiy gʻubor oʻldum,
Tilarmen topmagʻaylar toʻtiyoligʻqa gʻuborimni.
Shak ermas partave tushkach uyi ham, raxti ham kuymak,
Chu goʻriston gadoyi sermagay sham’i mazorimni.
Demang qay sori azm etkung, manga yoʻq ixtiyor, oxir
Qazo ilgiga bermishmen inoni ixtiyorimni.
Tugandi ashki gulgun, emdi qolmish za’faroniy yuz,
Falak zulmi badal qildi xazon birla bahorimni.
Diyorim ahli birla yordin boshimgʻa yuz mehnat,
Ne tong boshim olib ketsam qoʻyub yoru diyorimnn.
Yomon holimgʻa bagʻri ogʻrigʻay har kimsakim, koʻrgay
Bagʻir pargolasidin qongʻa bulgʻangʻan uzorimni.
Hayotim bodasidin sargaronmen asru, ey soqiy,
Qadahqa zahri qotil quy, dagʻi daf’ et xumorimni.
Jahon tarkini qilmay, chunki tinmoq mumkin ermastur.
Navoiy, qil meni ozod oʻrtab yoʻqu borimni.

639

Koʻzi hajri meni bemor etti,
Qora ogʻriqqa giriftor etti.
Juzv-juzvimgʻa tikib mujgoning
Ruhum ajzosini afgor etti.
Subh gul safhalaridin bulbul
Orazing vasfini takror etti.
Labing anfosidin erdiki, Masih
Oʻlug ihyosida izhor etti.
Zarrayi mehri jamoling Yusuf
Topibon olam elin zor etti.
Ayladi zuhdu riyogʻa iqror
Kishikim, ishqdin inkor etti.
Dahrdin topti Navoiy chu malol,
Maskanin kulbayi xammor etti.

640

Ey uzoring ollida sharmanda mehri xovariy,
Yoʻqsa nevchun yoshunur har kecha andoqkim pariy.
Qomatingdin azmi sahro qildi gulshandin tazarv,
Togʻ sari uylakim faryod etib kabki dariy.
Gulshani husnunggʻa ziynat berdi terdin qatralar
Kim, koʻrubtur boʻyla gulbarg uzra shabnam gavhari.
Hajr soʻzi za’fligʻ jismim aro boʻlmish nihon,
Bas ajabdur bir ovuch xas ichra doʻzax axgari.
Safhayi husnungda haq sirrin koʻrar koʻnglum ayon,
Tong emas bulbulgʻa mushaf oʻrnida gul daftari.
Yor bazmida visol ahli chekar jomi murod,
Davr chun hajr ahligʻa qism etti mehnat sogʻari.
Ey Navoiy, yor zulmigʻa ne chora, gʻayri sabr,
Kimsa netkay sabr qilmay zolim oʻlsa dilbari.

641

Chu ishq ilgi zabun aylar dilovar podsholarni,
Taaqqul aylagilkim, naylagay bedil gadolarni.
Dalil aytay erurlar deb pariyzodu malaksiymo,
Desamkim, odamiy sonida ermas bevafolarni.
Vafoni, ey vafosiz, elga koʻrguzsang karam aylab,
Jafokash jonima bore musallam tut jafolarni.
Aningdek hushdin begonamenkim, toniy olmaslar
Meni ham oshnolar uylakim, men oshnolarni.
Qilurgʻa zulm ishq ahlini aylar jam’ ul zolim,
Nechukkim, shoh ehson qilgʻali yigʻqay gadolarni.
Agar yuz chok qildim koʻnglakimni ham yomon ermas,
Firoqing tiygʻidin jismimda bogʻlargʻa yarolarni.
Erur muhlik jahon shugʻli may ichkim, qutqarur har dam
Oʻkush vobastaligʻlardin bizingdek mubtalolarni.
Qiyomat dashti boʻlgʻay tiyra doʻzax sari yuzlansam,
Xito xoni sipah chekkan kebi boshlab xitolarni.
Agar ushshoqingga bazm ichra yoʻl bersang Navoiydek,
Birar sogʻar bila ham yod qil biz benavolarni.

642

Navbahor oʻldiyu ayshim gulbuni ochilmadi,
Kom ila bir gʻunchasi balkim tabassum qilmadi.
Vasl jomidin ulus mast oʻldilar, yuz voykim,
Bir qadah birla xumori furqatim yozilmadi.
El koʻzin yorutti barqi vasl, hijron kojidin
Qaysi oʻtlarkim, koʻzumga barqdek choqilmadi.
Vasl gulzori aro el mastu hijron dashtida,
Qolmadi erkin tikankim, bagʻrima sanchilmadi.
Lolalar koʻnglumga qonligʻ dogʻlardur navbahor
Kim, vatangʻa lolaruxsorim azimat qilmadi.
Furqatim sa’b erkanin ishq ahli ichra bilmagay,
Yorigʻa ulkim, qoʻshulmoqdin burun ayrilmadi.
Qayda bagʻrim choki muhlik erkanin fahm aylagay,
Ulki, hijron tiygʻi zahroludi bagʻrin tilmadi.
Chun oʻlarmen sirri ishqim mahfi oʻlgʻan yaxshiroq,
Bilmasun el ham chu hajri jonim olgʻan bilmadi.
Bir junun oʻti aro tushmish Navoiy telbakim,
Boʻldi kuymakdin xalos ulkim, anga qotilmadi.

643

Koʻzum tortar hamono yor kelgay,
Solur koʻnglum magar dildor kelgay.
Quchushtum sarv birla tushta, goʻyo
Buyon ul qaddi xush raftor kelgay.
Chu sen bording, koʻngul ham ketmish erdi,
Chu kelding, ul dagʻi nochor kelgay.
Qachonkim ul pariypaykarni koʻrsa,
Koʻngul ul sari majnunvor kelgay.
Meni ul koʻydin qovmangki, bulbul
Guliston jonibi bisyor kelgay.
Koʻngul bu qatla borsa xonaqahdin,
Muqimi kulbayi xammor kelgan.
Koʻngulni bir koʻz oldi, vah, ne bildim
Kim, ul sogʻ borgʻayu bemor kelgay.
Koʻngul jon oldurub keldi qoshingdin,
Ne bildim buyla minnatdor kelgay.
Navoiy borsa ul yon shod borgʻay,
Vale kelsa, topib ozor kelgay.

644

Evrulay boshinggʻau behushu hayroning boʻlay,
Bir zamon sadqang boʻlay, bir lahza qurboning boʻlay.
Xoni vaslingdin agar qovsa raqibing, ragʻmigʻa
Koʻnglum istardek taxayyul birla mehmoning boʻlay.
Netti jon topsam visolingdin labingning xolidek,
Koʻzu zulfungdin necha mastu parishoning boʻlay.
Xushturur vasling mayidin har taraf xirqamda dogʻ,
Necha, jono, mubtaloyi dogʻi hijroning boʻlay?
Garchi bandangmen, meni ozod qilma lutfdin
Kim, quyundek sadqayi sarvi xiromoning boʻlay.
Tanni jilvang vaqti tufrogʻ aylay, ey chobuksuvor,
To boshinggʻa evrulurga gardi maydoning boʻlay.
Ey Navoiy, gungu lol istar esam tong yoʻq seni,
Tobakay ozurdayi faryodu afgʻoning boʻlay.

645

Surganda jafo tiygʻin qoʻl asramading bore,
Qonimni toʻkar chogʻda rahm aylamading bore.
Yuz lofi vafo urdung, ming tiygʻi jafo surdung,
Har nechaki yolbardim, hech eslamading bore.
Ahbobni xos etting jon bergali lutfungdin,
Qatl etkali ham bizni bir istamading bore.
Qatlimni burun va’da qilding, chu gʻazab surdung
Ba’zini burun, soʻngra deb tolgʻamading bore.
Dardinggʻa quloq solgʻum deb, mast chiqib kelding,
Holim necha sharh ettim soʻz tinglamading bore.
Ey zohidi dinoyin, dayr ichra tutub taskin,
Zunnor ipini tortib, xirqang yamading bore.
Davrongʻa vafo chun yoʻq, shukr aylaki, koʻnglungni
Ul sari Navoiydek koʻp bogʻlamading bore.

646

Ey falak, bir oy gʻamidin asru zor etting meni,
Poʻyadin tun-kun oʻzungdek beqaror etting meni.
Toki qildim bir pariyvash dardi ishqin ixtiyor,
Telbalik afgʻonida beixtiyor etting meni.
Goʻyiyo har kavkabingning lam’asin bir nish etib,
Dardi hijron shomi sartosar figor etting meni.
Gar ulus ani koʻrardin man’ etar ham xushdurur,
Garchi mehnat xayli yoʻlinda gʻubor etting meni.
Yor zulfidin meni aylab parishonroʻzgor,
Tori zulfindek parishonroʻzgor etting meni.
Naylay anikim, yoshim dur boʻldi bori holima
Yigʻlamoqqa uylakim abri bahor etting meni.
Ey Navoiy, ishq torojigʻa to boʻldung asir,
Darbadarlardek jahonda xoru zor etting meni.

647

Mangaki koʻrmaki ul shoʻxning muhol oʻlgʻay,
Boʻla olurki, bu koʻrmak dagʻi xayol oʻlgʻay.
Quyosh yuzidin emastur misol husn ichra,
Magarki, ogʻzi aning zarradin misol oʻlgʻay.
Qadim niholi, deding, haddi e’tidoldadur,
Xiromi oʻlturur elni, ne e’tidol oʻlgʻay.
Falaknnng oyi yuzungga mushobih oʻlgʻay agar,
Ogʻiz Suhovu Zuhaldin yuzinda xol oʻlgʻay.
Oʻlukka ruh visolingda muhtamaldur, lek
Hayot kimsaga sensiz ne ehtimol oʻlgʻay.
Malolatimni firoq ichra anglagʻay ulkim,
Meningdek anga birav hajridin malol oʻlgʻay.
Chu moziy oʻttiyu mustaqbal oʻrtada ermas,
Sengaki hol emas mugʻtanam ne hol oʻlgʻay.
Bu damni orif esang yaxshi tutki, johil ishi
Yetishmagangavu oʻtganga qiylu qol oʻlgʻay.
Navoiy aylasa ishqingda kufru din tarki,
Qachon bu voqia shavq ahlidin muhol oʻlgʻay.

648

Vafo koʻz tutqan andin hushdin begonaye boʻlgʻay,
Paridin odamiyligʻ istabon devonaye boʻlgʻay.
Aningdek bazm aro ruhum qushi kirmakka yoʻl topti
Magar ul husn sham’i girdiga parvonaye boʻlgʻay.
Farogʻat qasridin koʻnglum agar urkub buzugʻ istar,
Ajab yoʻq chugʻdning manzilgahi vayronaye boʻlgʻay.
Yonimni soʻkti chun tiygʻing soʻngaklar shaklidin koʻrdum
Buzugʻ koʻnglum uyining farshigʻa dandonaye boʻlgʻay.
Dema, mendin uzub koʻngul yana bir yor tutmishsen,
Gumon qilmaki, olam ichra sendek yonaye boʻlgʻay.
Deding, boʻlsam sanga mehmon ne yerni bazmgah qilgʻung
Gadoyi xastagʻa manzil buzugʻ koshonaye boʻlgʻay.
Fano dayrin tilarmen boʻlmagʻay hech kimsa oʻzluk ham
Ulugʻ birla kichikdin bir kupu paymonaye boʻlgʻay.
Jahon makkorasi shoʻxedurur bas dilfirib oxir,
Ne erkim, boshidin kechgay aning mardonaye boʻlgʻay.
Navoiy gʻamgʻa xoʻy aylabdururkim, ofarinishda
Falakning javfidek mushkil agar gʻamxonaye boʻlgʻay.

649

Vah, necha ul shoʻx bedodin meni shaydo koʻray,
Ishqidin yagʻmo chekay, husnidin istigʻno koʻray.
Necha ul durri garomiy shavqida hijron tuni,
Koʻz yetishguncha sirishkim saylini daryo koʻray.
Necha ul rashki gʻazoli chinni istab dasht aro,
It kebi devona koʻnglumni jahonpaymo koʻray.
Necha bir kofir xayolining sipohi zulmidin
Kishvari jon ichra dinim naqdigʻa yagʻmo koʻray.
Necha zuhdu ofiyat ichra koʻrub taqvo elin,
Oʻzni ishq oshubidin olam aro rasvo koʻray.
Necha koʻz qoni hubobidin baliyyat dashtida
Bir yuzi gulgun gʻamidin lolai hamro koʻray.
Soqiyo, ul nav’ gʻarq etkil meni may ichrakim,
Gar dam ursam may yutay, gar koʻz ochay sahbo koʻray.
Elda chun yoʻqtur vafo sahrogʻa qildim azmkim,
Xalq ila koʻrguncha kishvar vahsh ila sahro koʻray.
Jon bila azm ettim ul qotil sarikim, sa’y etib,
Yo Navoiydek qilay jonni fidosi, yo koʻray.

650

Ey quyoshqa koʻz qamashturgʻon jamoling partavi,
Sarvi ra’nolikda xushraftor qadding payravi.
Qof togʻin gar parilar maskan etmishlar ne tong,
Qarilardur navjuvonim hijlatidin munzaviy.
Uylakim Moniy ishidin zoyi’ oʻldi naqshi Chin,
Ul buti Chin suvratidin boʻldi naqshi monaviy.
Ishq ilgi quvvati men xastani qilmish zabun,
Ey koʻngul, ne chora aylay men zaifu ul qaviy.
Bulbul ar gulbong urar gul suvratidin men xamush
Kim, takallum taxtigʻa kirmas adoyi ma’naviy.
Ishq sirrin rindi durdiykash bilur, yoʻq ahli dars
Ulcha avroq uzra sabt oʻlmas ne bilgay Mavlaviy.
Demangiz bulbul Navoiyni, samandardekki, bor
Nazmi ichra shu’layi Jomiyu soʻzi Xusraviy.

MUSTAZOD

Ey husnunga zarroti jahon ichra tajallo,
mazhar sanga ashyo,
Sen lutf bila kavnu makon ichida mavlo,
olam sanga mavlo.
Har yon kezaram telbasifat toki yashundung
koʻzdin pariy yangligʻ,
Majnundin oʻzin toki nihon qilmadi Laylo,
ul boʻlmadi shaydo.
Uryon badanim zaxmlari ichra emas qon,
yuz pora koʻnguldur.
Bu ravzanalardin qiladur har biri ya’ni
husnunggʻa tamosho.
Har yon nazarim tushsa sen ollimda turarsen,
koʻrmas vale agʻyor.
Ravshandurur ushbuki, emas qobili a’mo,
nazzorayi bayzo.
Ul nodiradinkim, laqabin hur demishlar,
husnung erur ahsan.
Ul manzaradinkim, otidur jannati a’lo,
koʻyung erur a’lo.
Zuhd ichida topmadi Navoiy chu maqome,
emdi qilur ohang
Kim, boʻlgʻay ulu bodau bir turfa mugʻanniy,
mugʻ kulbasi ma’vo.
Har gavhari tufrogʻ uza bir qatra su yangligʻ
tushkach adam oʻlgʻay.
Gar qilmasa ishfoq etibon Xusravi Gʻoziy
nazmi sari parvo.

MUXAMMASLAR

1

Halqayi zulfungda koʻnglum boʻlgʻali gʻam mahrami
Ul qora qaygʻu bilan savdoda chun ortar gʻami.
Der sanga devonavu shaydoligʻidin har dame,
Ey soching shaydo koʻngullarning savodi a’zami,
Halqa-halqa ruhning sarmanzilidur har xami.
Ey guli suriy jamoling daftaridin bir varaq,
Sabzavu rayhon sening xattingdin elturlar sabaq.
Chini zulfungni ochibon ilgingga olsang taraq,
Sunbulungni taragʻanda gul uza tongdur araq
Kim, bulutlugʻ kechaning albatta boʻlmas shabnami.
Rashkdin har dam yaqindur bagʻrim erib oqqali,
Yuzungga mashshotavu koʻzgusi mundoq yoqqali,
Zulfungga mashgʻul erur mashshota zevar toqqali,
Men yiroqdin jon berurmen toqatim yoʻq boqqali,
Yuzi qattiq koʻzgukim, boʻlmish jamoling hamdami.
Ogʻzining ramzini mushkildur farovon saqlamoq,
Kim adam boʻlsa bilur ul roz pinhon saqlamoq,
Barcha dilbarlardin oʻlur jonni oson saqlamoq,
Sen pariyvash hurdin mushkildurur jon saqlamoq
Kim, malak hayrondur ul suvratqa netsun odamiy?
Zulfi vaslin istasam ruxsori mehrafruzidin,
Yoʻq ajab chun yil kelishi bilgurur navruzidin.
Koʻzlarim uyi buzuldi ashki sayla anduzidin,
Men bu koʻz birla uyotligʻmen jamoling yuzidin
Kim, kelur har lahzavu ul goʻshaning bordur nami.
Atlasi gardungʻa yetti rostiy ushshoq uni
Kim, qabo nevchun quchar nozuk tanin vuslat tuni.
Bu ajab sarishtadur koʻrgil aro yerda muni,
Ul badanning davlatidin tugʻdi koʻnglakning kuni,
Husni toli’ koʻrkim, uldur holiy ichki mahrami.
Ey labing Iso damidek xasta jongʻa choraras,
Vah, necha gʻamzang Navoiy qatlin etgay multamas.
Ul muborak koʻnglunga boʻlgʻay muyassar bu havas,
Lutfini boshtin yana tirguzsang, ey Isonafas
Kim, yetibdur, vah, ani oʻlturgali hijron gʻami.

2

Ohkim, tarki muhabbat qildi jonon oqibat,
Boʻldum ushbu gʻussadin rasvoyi davron oqibat.
Qolmadi maxfiy gʻamim el ichra pinhon oqibat,
Yoshurun dardimni zohir qildi afgʻon oqibat,
Asragʻan sirrimni yoydi sayli mujgon oqibat.
Toki chekti oʻqu yo qasdimgʻa ul mujgonu qosh,
Ayladi paykonlari har sari bagʻrimni xarosh,
Pardayi sabru salomat yoyibon, ey bagʻri tosh,
Yoshurub erdim bagʻir chokini, vahkim, qildi fosh,
Har taraf koʻzdin tarashshuh aylagan qon oqibat.
Koʻp yugurdum ishq yoʻlida meni gumrohkim,
Bilgasen holimni, lekin boʻlmading ogohkim,
Ishq aro oʻlgumdurur bil, emdi, ey, dilxohkim,
Tiygʻi hajringdin nihon koʻksum shikofin, ohkim,
Elga ravshan ayladi choki giribon oqibat,
Tiyrboroni gʻaming yogʻdurgʻali koʻnglumga sahm,
Yuz tuman dogʻi nihon qoʻymish edi ul xavfu sahm,
Xalq ani fahm etmasun deb bor edi koʻnglumda vahm,
Voykim, koʻksum shikofidin ulusqa boʻldi fahm,
Ishq oʻti bagʻrimda qoʻygʻan dogʻi pinhon oqibat.
Ul pariykim, telbalarga ishqidin monand edim,
Zulfi zanjirida Majnundek asiri band edim.
Javrigʻa qone’ boʻlub vasligʻa hojatmand edim.
Shavqidin dam urmayin bedodigʻa xursand edim,
Vahki, boʻldum hajridin rasvoyi davron oqibat.
Orazi qoshida gul yuz vajh ila bordur karih,
Ming jihatdin nutqi ollinda erur bulbul safih.
Koʻziyu zulfigʻa ermas nargisu sunbul shabih,
Gar budur kofir koʻzu zunnori zulfi, ey faqih,
Boʻlgʻudekmen, dayr aro mastu parishon oqibat.
Jonni Majnun ul pariy ruxsora yodi ayladi,
Koʻzni giryon ishq zulmi may fasodi ayladi,
Tanni uryon, aqlu donish xayrbodi ayladi,
Ishq koʻyida jununumni munodo ayladi,
Hajr toshidin munaqqash jismi uryon oqibat.
Boda ichkim davr ishida e’tidole koʻrmaduk,
Navbahori husn aro sohib jamole koʻrmaduk
Kim, xazoni umrdin anda zavole koʻrmaduk,
Dahr boʻstoni aro sarkash nihole koʻrmaduk,
Soya yangligʻ boʻlmagʻan yer birla yakson oqibat.
Shahligʻ etkandin ne hosil faqr sirrin bilmayin
Hech kim mulki baqo sultoni boʻlgʻonmu ekin,
Foniyi mahz oʻlmayin Sulton Abulgʻoziy bikin,
Ey Navoiy, davlati boqi tilarsen vaslidin,
Ani kasb etmak fano boʻlmay ne imkon oqibat.

3

Ishq oʻtidin jismi zori notavonim oʻrtading,
Qaysi jismi zorkim, ruhu ravonim oʻrtading,
Parda orazdin olib jonu jahonim oʻrtading,
Vahki, oʻtlugʻ chehra ochib, xonumonim oʻrtading,
Otashin la’lingdin aytib nukta jonim oʻrtading.
Sen chu tiygʻi kin chekib sabrim sipohi qoʻzgʻalib,
Koʻnglum olib, azm etib, zoru hazin jismim qolib,
Emdikim, koʻnglum olib, hijron oʻti ichra solib,
Dema, ne qildim, ne qildim notavon koʻnglung olib,
Oʻrtading, ey qotili nomehribonim, oʻrtading.
Furqat ichra yoʻqki jonim kuydi yolgʻuz shavqidin
Kim, kuyar mahzun koʻngul ham kecha-kunduz shavqidin,
Necha, ey gardun, dedimkim, rahm koʻrguz shavqidin,
Oʻtda qildek toʻlgʻanib, kuyganda ul yuz shavqidin,
Nechakim tob urdi jismi notavonim, oʻrtading.
Oʻt tutashmish dahr aro har yon emastur lolazor,
Dud erur boʻston ichinda sunbul ermas mushkbor,
Togʻ aro yoqutdin axgarlar oʻlmish oshkor,
Koʻkta zohirdur shafaqdin shu’la, kavkabdin sharor
Kim, ani, ey shu’laliq, ohu figʻonim, oʻrtading.
Otlanib chiqqandakim olamni qilgʻaysen xarob,
Orazing xurshididin solding bari olamgʻa tob,
Tiygʻ tortib chun koʻngul sayd etkali qilding shitob,
Bismil etkach saydni andoqki, qilgʻaylar kabob,
Zaxm etib koʻnglumni chunkim oqti qonim oʻrtading.
Ul quyosh tokim koʻrundi didayi giryonima,
Qolmadi oʻzluk xayoli xotiri vayronima,
Har tarafdin tushti ofat barqi xonumonima,
Urgʻali, ey ishqi zolim, barqi ofat jonima,
Har ne oʻzluktinki bor erdi gumonim, oʻrtading.
To belining, ey koʻngul, azmi visoli aylading,
Toki ogʻzi nuktasining qiylu qoli aylading,
Ishq oʻtida bizni bir axgar misoli aylading,
Ey Navoiy, to belu ogʻzi xayoli aylading,
Boru yoʻq, ya’niki paydovu nihonim oʻrtading.

MUSADDAS

Subhidam maxmurluqtin tortibon dardi sare,
Azmi dayr ettimki, ichgaymen sabuhiy sogʻare,
Chiqti sogʻar toʻldurub kofirvashi mahpaykare,
Naqde din olib ichimga soldi maydin ozare,
Vahki, dinim kishvarin toroj qildi kofire,
Kufr eliga homiyu din ahligʻa yagʻmogare.
Demakim, nevchun hayotingdin sanga yoʻq hosile,
Ishqdin ollingda har dam mushkil uzra mushkile,
Chun bilursen nevchun aylabsen oʻzungni gʻofile,
Buyla boʻlgʻay kimga yori boʻlsa sendek qotile,
Chobuke, ra’noqadi, noʻshinlabe, xorodile,
Mahvashe nasrinuzore, gulruxe, siyminbare.
Doʻstlar, gar xalq aro yoʻq men kebi devonaye,
Aylamang koʻp aybkim, yonimdadur mayxonaye,
Anda shoʻxkim tutar har dam toʻla paymonaye,
Qaysi shoʻxe bodanoʻshe koʻzlari mastonaye,
Jon berurda la’lidin Isosifat jononaye,
Koʻngul olurda yuzidin Yusufoyin dilbare.
Ul quyosh ishqidakim koʻnglumga yoʻqtur toqate,
Shomi zulfidin agar jonimgʻa yetsa mehnate,
Orazi mehrigʻa qilsam mayl ermas hayrate
Kim, erur har kimsakim, nazzora qilsa soate,
Zulfi koʻzlarni qora qilmoqqa shomi furqate,
Shomi furqat daf’igʻa ruxsori mehri anvare.
Mayl qilman bogʻ aro gar boʻlsa gul yo sunbule,
Yoki guldek yuzda sunbuldek sochilgʻan kokule,
Ulki, andin har dam aylarmen figʻonu gʻulgʻule,
Gul’uzoredur vale, savti nechukkim bulbule,
Ham guliston bazmi ichra sarv qomatligʻ gule,
Ham shabiston bazmi ihyosida sham’i anvare.
Rahm qilmas notavon koʻnglum aning zori boʻlub,
Chehra ochmas koʻzlarimning ashki gulnoriy boʻlub,
Iltifot etmas tanim hajr ichra bemori boʻlub,
Vaslidin marham yeturmas bagʻrim afgori boʻlub,
Olloh-Olloh, boʻyla ofatning giriftori boʻlub,
Naylagay bir men kebi zori zaifi abtare.
Koʻhi darding za’fliq tan birla chektim muddate
Kim, visol ummididin koʻnglumda erdi quvvate,
Emdi rahm etkilki, yuzlanmish ajoyib holate,
Ne koʻngulda quvvate qolmish, ne tanda sihhate,
Ne qaroru sabru ne tobu tavon, ne toqate,
Ne koʻngul, ne jonu ne ruhu ravon, ne paykare.
Ul zamonkim, boʻldum ul oy mehrigʻa moyil bu nav’,
Bilmadimkim, boʻlgʻusidur jonima qotil bu nav’,
Kelgusidur ishqida ollimgʻa yuz mushkil bu nav’,
Aylagumdur hajridin mayxonani manzil bu nav’,
Soqiyo, dildorim ul yangligʻ meni bedil bu nav’,
Rahm etib, aylab manga tutqil labolab sogʻare.
Oshnoligʻ tark etib, chun yor etar begonaligʻ,
Men qila olman salomat koʻyida farzonaligʻ,
Aylayin dayri fano ahli bila hamxonaligʻ
Kim, malomat jomidin hosil etay mastonaligʻ,
To boʻlub bexud Navoiydek qilay devonaligʻ
Kim, tarahhum qilmasa, qilgʻay tamosho ul pariy.

Tarji’band

I

Ketur soqiy, ul mayki, subhi alast
Aning nash’asidin koʻngul erdi mast.
Mayekim qilur, quysalar jom aro
Oʻzi mastu kayfiyyati mayparast.
Eshit sarguzashteki, bir kun manga
Necha mayparast oʻldilar hamnishast.
May olmoqqa piri mugʻon jazbasi
Meni chekti andoqki, mohiyni shast.
Qilib xirqa may rahniyu zarfining
Etib ogʻzini mum ila sangbast.
Kelur erdim egnimda mayliq sabu,
Boʻlub toʻqquz aflok ollimda past
Ki, ogoh oʻlub toʻsh-toʻshumdin qabab
Manga toptilar ihtisob ahli dast.
Shikastim mening oncha ermas edi
Ki, may zarfi topti orada shikast.
Chu sindi sabu, choraye topmadim,
Meni muflisi ur[u], giryoni mast.
Xarobot aro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda singʻan safol.

II

Ketur, soqiyo, mujdaye jomdin
Ki, pajmurda boʻlmishmen anjomdin.
Bu gulshan guliga chu yoʻqtur vafo,
Ne parhez etay jomi gulfomdin?
Chu yoʻq shomi hijron xumorigʻa subh,
Ichib anglamay subhni shomdin.
Xalos aylay oʻzni mayu nuqlning
Suyu donasi birla bu domdin.
Boʻlay dayr pirigʻa andoq murid
Ki, yod etmayin shayxul-islomdin.
Kiray dayr aro uyla majnunu mast
Ki, ketsun xirad xos ila omdin.
Solay bir alolo xarobot aro
Ki, chiqsun figʻon ahli ayyomdin.
Xarobotiy oʻlmogʻligʻim, zohido,
Suol etma men zori badnomdin.
Garav qilgʻali maygʻa chun qolmadi
Ne tasbihu ne xirqa, nokomdin.
Xarobot aro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda singʻan safol.

III

Safol ichra bir jur’a loye manga,
Erur jomi gitiynamoye manga.
Ketarmakka xudbinligʻim ranjini,
Qani boda yangligʻ davoye manga.
Chu men dayr piri vafosidamen,
Falakdin yetishmas jafoye manga.
Falakdin jafo yetsa, ey mugʻbacha,
Ne gʻam sendin oʻlsa vafoye manga,
Tariqat sulukini kasb etkali,
Hamul kunki, boʻldi havoye manga.
Burun zuhdu taqvoni aylab shior,
Dedimkim, yetishgay safoye manga.
Borib xonaqah ichra qildim maqom,
Bu ma’no xud oʻldi baloye manga.
Boqib xilvatu zikru sajjodani,
Zuhur etti har dam riyoe manga.
Bulardin oʻzumni xalos ayladim
Ki, to hosil oʻlgʻay fanoye manga.
Xarobot aro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda singʻan safol.

IV

Tilarmen bu dayr ichra koshonaye
Ki, boʻlgʻay jivorida xumxonaye.
Bu xumxona sahnidagʻi mayfurush
Saxo shevalig piri farzonaye.
Aning qurrat-ul-ayni kup ollida
Iliginda paymona jononaye.
Sumanbarlar ichra pariychehraye,
Pariychehralar ichra devonaye.
Menga gohi ul bersa may birla jon,
Bu qilsa gahe qatli mastonaye.
Erur telbalikdin ishim tunu kun
Xayol aylamak uyla afsonaye.
Necha muflis istab dedim may uchun
Qilali ichin oro dangonaye.
Eshittimki, qilmish yana piri dayr
Xarobot ahligʻa mayxonaye.
Bugun ochib ul maykada eshigin,
Berur har gado yetsa paymonaye.
Xarobot aro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda singʻan safol.

V

Yana boʻlmisham oshiqu zor ham,
Xarobotiyu rindu xammor ham.
Mubohot etib durdkashlik bila,
Qilib taqvovu zuhddin or ham.
Surohiyni but aylabon ogʻzida,
Qilidin eshib belga zunnor ham.
Boʻlub maygʻa sajjodavu xirqa rahi,
Borib nuql uchun kafshu dastor ham.
Fano dayri ichra qalandarsifat
Kezib balki devonakirdor ham.
Pariychehra atfolning toshidin
Boʻlub sarbasar jismim afgor ham.
Meni ishqdin oʻrtagan mugʻbacha
Ki, devonavashdur, pariyvor ham.
Chu bildimki, bu nav’ birla erur
Xarobot koʻyida mayxor ham.
Erur chunki yakranglik sharti ishq,
Bu taqrib birla meni zor ham.
Xarobot aro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda singʻan safol.

VI

Qani soqiyi gul’uzorim mening
Ki, jon qasdi etmish xumorim mening.
Firoq ichra koʻp mehnatu dardu ranj,
Chekiptur tani xoksorim mening.
Xumor emgagidek vale koʻrmamish
Tani gʻamkashu joni zorim mening.
Bu xayli balo daf’igʻa avlo ul
Ki, mayxona boʻlgʻay hisorim mening.
Koʻpu ozdin tutsa may piri dayr,
Fidosi aning yoʻqu borim mening.
Yetursa qadam boshima mugʻbacha,
Erur javhari jonnisorim mening.
Xarobot aro kirganim, ey faqih,
Deyin, boʻl dame rozdorim mening.
Kecha xonaqah ichra sarmast edim,
Bugun maysiz itti qarorim mening.
Xumor aylab ul nav’ oshuftakim,
Iligdin borib ixtiyorim mening.
Xarobot aro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda singʻan safol.

VII

Meni may bas oshuftahol ayladi,
Bu vodiyda Majnunmisol ayladi.
Boshimni koʻp atrofida mayfurush
Uzum jismidek poymol ayladi.
Chogʻir kasrati may batidek manga
Xirad bulbulin gungu loy ayladi.
Sabukashligim ayni idbordin
Qadimni yuk ostida «dol» ayladi.
Mayi la’l oltun qazah shaklidek,
Yuzum sarigʻ, ashkimni ol ayladi.
Qadimdin falak ofiyat xirqasin
Chekib rahni jomi zulol ayladi.
Sipehr atlasi dayr koʻyi aro
Mening kisvatim eski shol ayladi.
May istarda idboru oshuftaligʻ
Manga jom singʻan safol ayladi.
Xarobot piri chu bir jom uchun
Meni mundoq oshuftahol ayladi.
Xarobot aro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda singʻan safol.

VIII

Yana durdkashmen mubohot uchun,
Berib jon havoyi xarobot uchun.
Ketur, soqiyo, boda ogʻzimgʻa quy
Damekim, oʻlubmen bu mir’ot uchun.
Ne mir’ot, balkim quyosheki, fayz
Anga om erur barcha zarrot uchun.
Manga zohid etti base sarzanish
May ichmakka sarf oʻlgʻan avqot uchun.
Dedim: yaxshiroq boda ul zuhddin
Ki, qilgʻay kishi shuhratu ot uchun.
Manga bodadin boʻldi nafyi vujud,
Sanga zuhd ani qilmoq isbot uchun.
Boʻlub tund masjid sari qildi azm,
Meni qargʻayin deb munojot uchun.
Munojot etib kirdi xilvat aro
Yasalgʻon riyoyiy karomot uchun.
Karomot men qildim ul lahzakim,
Riyo biymidin daf’i ofot uchun.
Xarobot aro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda singʻan safol.

IX

Yana boshlamish boda ichmak habib,
Manga ichmay oʻlgʻaymu sabru shikeb.
Icharmen vale qon, nedinkim ichar
Habibim bila boda har dam raqib.
Nasibi raqibening ar may boʻlub,
Nasibim mening boʻlsa qon yo nasib!
Ne zulmeki, gulshanda gul mahrami
Boʻlub zogʻu mahrum erur andalib.
Ne tong bogʻlamoq, kofiri ishq oʻlub,
Kishi belga zunnoru osmoq salib.
Yoqam chok etib koʻksuma tosh urub
Solib rustaxez el aro men gʻarib.
Bular naf’ chun qilmadi koʻngluma,
Labolab qadah birla berdim fireb.
Chu bildimki, bexudlugʻumdur iloj,
Xarobot yoʻlida boʻldum nisheb.
Nechukkim, yetib rustame koʻyigʻa
Kirar erdi sarmast mahmudi habib.
Xarobot aro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda singʻan safol.

X

Nechuk may bila boʻlmasun ulfatim
Ki, jon qasdi aylar gʻamu mehnatim.
Nazar ayla bu korgah vaz’igʻa
Ki, ortar tamoshosida hayratim.
Quyosh yoʻqki, bir zarra mohiyatin
Topa olmadi sa’y ila fikratim.
Ne kelmak ayon boʻldi, ne ketmagim,
Ne mabda’ yaqin boʻldi, ne raj’atim.
Ne kasbi ulum etti hal mushkilim,
Ne tutti ilig taqvovu toatim.
Topay deb xabar ushbu maqsuddin,
Tutashti base qavm ila suhbatim.
Ne qildi bu dardim ilojin hakim,
Ne shayx ayladi daf’ bu illatim.
Ne qilmoqqa bir amrdin hosilim,
Ne kechmakka bu fikrdin jur’atim.
Mening boshima bas qotiq tushti ish,
Chu toq oʻldi bu dard ila toqatim.
Xarobot aro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda singʻan safol.

Masnaviy

Sano haqqakim, koshifi hol erur,
Xirad mushkilotigʻa halol erur,
Alimeki, yoʻqtur bidoyat anga,
Azimeki, yoʻqtur nihoyat anga;
Hazar ichra bechoralar yovari,
Safar ichra ovoralar rahbari;
Ne solikkakim, dasht etib jilvagoh,
Tavakkulni aylab anga zodi roh;
Musofirni yoʻldin kecha gum qilib,
Yonigʻa aning qumni qoqum qilib;
Anikim, qilib ishqdin yoraligʻ,
Nasib aylabon anga ovoraligʻ;
Birovga necha gʻurbat izhor etib,
Chu bir yerda koʻp turgʻuzub, xor etib;
Biravnikim aylab bir el ichra xor,
Anga chora aylab ul eldin firor;
Safarni tamugʻdin nishon aylabon,
Tamugʻ ranjin andin ayon aylabon;
Koʻngulsizga mushfiq, kishisizga yor,
Umidi yoʻq el andin ummidvor.
Aning hamdidin soʻngra yuz ming durud,
Bari farruxoyin humoyunvurud.
Nabi ravzasigʻa alayhissalom,
Ham olu ham ashobigʻa bardavom
Ado boʻldi chun hamdu na’tu sano,
Bu ovoradin yuz tuman ming duo.
Angakim erur fazl avjida mehr,
Ne mehreki, bir zarra anga sipehr.
Safo subhining mehri farxundasi,
Fano shomining sham’i raxshandasi.
Karam borgohida masnadnishin,
Adam xonaqohida xilvatguzin.
Tikib xirqalar egniga ahli roz,
Aning qoptani vuslasidin tiroz.
Toʻni charxu anda oʻzi bir jahon,
Jahonni qilib bir toʻn ichra nihon.
Oʻtuk ultangi taxta na’layn anga,
Boʻlub har qadam oʻrni kavnayn anga.
Falakdin sipohi fano oshurub,
Sipohiyliq ichra oʻzin yoshurub.
Jamol ichra tong boshi nohiddek,
Kamol ichra tush vaqti xurshiddek.
Vafo anga pesha, saxo anga fan,
Vafovu saxo koni Sayyid Hasan.
Zihe ravzadin xulqung ortuq base,
Kelib bogʻi qadringda tubo xase.
Chu sensen bugun olam ahlida fard
Ki, holin de olgʻay sanga ahli dard.
Mangakim, vidodinggʻa xursandmen,
Kanobinggʻa shogirdu farzandmen.
Gʻame yetti charxi jafopeshadin,
Hamul anjumi xorij andeshadin.
Ki, boʻlmoq vatan ichra dushvor edi,
Koʻngulga jalo daf’i ozor edi.
Safar tushti ollimgʻa beixtiyor,
Qazo amrida elga ne ixtiyor?!
Bilurmen seni ham safardin qazo,
Agar qaytarurgʻa qilib iqtizo.
Qilib avd, mayli vatan aylasang,
Ichib boda azmi chaman aylasang.
Oʻz ilgingga jomi mayi nobni
Olib istasang bir-bir ahbobni.
Alarni chu may birla shod aylagung,
Meni dogʻi, albatta, yod aylagung.
Bu azmimni shoyadki taftish etib,
Firoqim zamiringgʻa tashvish etib,
Meni yoʻqlabon borcha ahbob aro,
Tilab topmayin xayli ashob aro,
Degaysenkim, ul zori ovoravash
Ki, hijron mayidin boʻlub jur’akash,
Ne qildi ekin charxi nobaxtiyor
Ki, sargashtalik ayladi ixtiyor?
Xayoligʻa hodis ne boʻldi ekin?
Bu azmigʻa bois ne boʻldi ekin?
Chu holimdin ahbob ogoh emas,
Degaylar hadiseki, dilxoh emas,
Ayon boʻlgʻay ollingda hangomaye,
Bitimak manga farz edi nomaye,
Sanga holatimni ayon aylamak,
Bu azmim vujuhin bayon aylamak.
Manga necha nav’ oʻldi bechoraligʻ
Ki, ollimgʻa tushti bu ovoraligʻ.
Bir ulkim, chu soʻzdindur inson sharif
Chu hayvongʻa soʻz yoʻqtur uldur kasif,
Koʻngul durji ichra guhar soʻzdurur,
Bashar gulshanida samar soʻzdurur.
Erur soʻz falak jismining joni ham,
Bu zulumotning obi hayvoni ham,
Agar jon emas, bas nedurkim,
Masih Uluk tirguzur, deb kalomi fasih?
Agar obi hayvon emas bas nechuk,
Topar jon zulolidin aning oʻlug.
Ne boʻlgʻay aning vasfida el soʻzi
Ki, harneki derlar erur chun oʻzi.
Bu soʻz k-ofarinishdin ashrafdurur,
Aning dagʻi mavzuni altafdurur,
Javohir necha xoʻbu dilkashdurur,
Vale nazm silki aro xushdurur.
Soʻz ichraki, yolgʻon erur nopisand,
Chu nazm ettilar, qildi dono pisand.
Men ul menki, to turk bedodidur,
Bu til birla to nazm bunyodidur.
Falak koʻrmadi men kebi nodire,
Nizomiy kebi nazm aro qodire.
Ne nazme der ersam meni dardnok
Ki, har harfi boʻlgʻay aning durri pok.
Yetar tengridin oncha quvvat manga
Ki, boʻlmas bitiriga fursat manga.
Bu maydonda Firdavsiy ul gurd erur
Ki, gar kelsa Rustam javobin berur.
Raqam qildi farxunda «Shahnoma»e
Ki, sindi javobida har xomaye.
Musallamdurur zohiran bu ishi
Ki, ma’razgʻa kelmaydurur har kishi.
Dedi oʻz tili birla ul koni ganj:
Ki, si sol burdam ba «Shahnoma» ranj.
Ani derga boʻlsa qachon ragʻbatim,
Erur oncha haq lutfidin quvvatim,
Ki, har necha nutq oʻlsa kohilsaroy,
Bitigaymen oʻttuz yilin oʻttuz oy.
Agar xossa ma’no gar iyhom erur,
Aning kunda yuz bayti halvom erur
Vale ayt deb, kim manga tutti yuz
Ki, men yuz uchun demadim ikki yuz,
Ne yuz, ne iki yuzki, bu kilki tez,
Atorud bila qilsa zohir sitez,
Aning sayri bir davr oxir boʻla,
Falakni latoyifdin etgay toʻla.
Birav boʻlsa bir ishda bu nav’ fard,
Vale koʻrmasa bahra joʻz ranju dard.
Boʻlub Qof vajhi maoshigʻa kon,
Murabbiysi anqogʻa hamoshyon,
Uyi notavon koʻngli yangligʻ buzuq,
Bu uy ichra anduxu gʻam yer ozuq,
Mayi bazmi barcha yurak qonidin,
Surudi hazin koʻngli afgʻonidin,
Desakim, topay eski puldin farogʻ,
Topilmay juz a’zosida yangi dogʻ.
Maishat uchun orzu qilsa siym,
Ani topqay, ammo esarda nasim,
Kishi jinsi mulkida mardum giyo
Diram sinfi avzoida kimiyo.
Kishi boʻlsa andogʻki, oʻtti maqol,
Bu yangligʻ kishiga bu nav’ oʻlsa hol,
Nechuk mayli ovoraligʻ etmagay,
Boshin olibon bir taraf ketmagay?!
Yana bir bukim, zohir oʻlmish mango
Ki, chiqmish Xuroson elidin vafo.
Vafo azm aylarda boʻlmish magar
Saxovu muruvvat anga hamsafar.
Bu uch fe’l chiqqach arodin tamom,
Yana boʻlmish uch fe’l qoyimmaqom.
Vafo yerida zohir oʻlmish nifoq,
Saho oʻrnida buxl tutmish visoq.
Muruvvatqa boʻlmish hasad joygir,
Zihe hush elu mulkati dilpazir.
Ne mulku ne el emdi tahrir etay,
Alar holatin vasf bir-bir etay.
Dema mulkkim, vahshatobodi zisht,
Tamugʻ bilgurub gʻoyib oʻlgʻach bihisht.
Tamoshosini kimki, bunyod etib,
Sipohonu Ray mulkidin yod etib.
Hisori anou taab mahbasi,
Siyahcholdin tiyra roʻroq base.
Imorotida ganjdin yoʻq asar,
Xizona xaroba boʻlub sarbasar.
Masojidda toat bila nur yoʻq,
Xavoniqda non rasmi dastur yoʻq,
Ham avqofni sadr amlok etib,
Vale koʻpragin may uchun tok etib,
Ham el manzilin shah katakdek buzub,
Tovugʻ oʻrnigʻa chugʻd oʻlturgʻuzub.
Madorisda ilmu salohu yaqin
Aningdekki, dayr ichra islomu din.
Koʻngul jam’i ahli munojot aro,
Aningdekki, taqvo xarobot aro.
Elida kishilikdin osor yoʻq,
Sharoratdin oʻzga padidor yoʻq.
Ne el, ne kishi, balki shaytonu dev,
Kelib barchagʻa da’b bedodu rev.
Boʻlub lomakon sathidin xonlari,
Adam mulki bugʻdoyidin nonlari.
Qora pul uchun aylabon qatl fan,
Oʻluktin tama’ aylab ammo kafan,
Ne vayronda eski tanobe bilib,
Yilon sogʻinib, ganj da’vo qilib.
Qizil oltun istab qoratoshtin,
Falak goʻyi bir dona xashxoshtin.
Tutulsa birav oʻgʻridur deb kuchun
Tutubon ilig, lek kesmak uchun.
Oʻlum kelsa bir zori bedil sari,
Madad aylabon lek qotil sari.
Hirot ahlin eltib havodis yeli,
Esib day yelidek Samarqand eli.
Bu mulk ahli ul elga zoru asir,
Boʻlub nahbu yagʻmo qalilu kasir.
Manga bu el ichra ne bir hamdame
Ki, bir dam ikovlan deyishsak gʻame,
Ne shoheki topsa ishim ixtilol,
Madihiga koʻrguzgamen ishtigʻol.
Ne bir ahli davlatdin oncha umid
Ki, andin navo topsa bir noumid.
Ne vajhi maoshe muqarrar manga
Ki, boʻlgʻay farogʻe muyassar manga.
Ne bir hujrakim, kom topqay koʻngul,
Dame anda orom topqay koʻngul.
Ne bir shoʻx vasligʻa ul moyadast
Ki, azmim ayogʻigʻa bergay shikast.
Ne yoreki, ranjimni qilgʻay qabul,
Ne zoreki, hajrimdin oʻlgʻay malul.
Yetishsa oʻlum ranji bemorligʻ,
Su berguncha qilmay birav yorligʻ.
Su bermak nekim, zohir aylab gʻulu,
Olurgʻa agar boʻlsa jonimda su.
Sen erdingki, har ishda yorim eding,
Ne gʻamkim, yetar, gʻamgusorim eding.
Seni ham sipehri muxolifmazoq,
Oʻkush rev ila soldi mendin yiroq.
Biravgaki yuz qoʻysa muncha balo,
Ne boʻlgʻay aning chorasi juz jalo?!
Zaruratki, yasab safar bargini,
Tushub yoʻlgʻa qilgʻay vatan tarkini.
Uchunch ulki, chun xoliqi zuljalol
Ki, ham lamyazal keldi, ham loyazol.
Chu lavhi vujud uzra tortib qalam,
Iki kavn tarhigʻa urdi raqam.
Burun chekti mundogʻ sipehri rafi’,
Yana yoydi bu nav’ arzi vasi’.
Nekim jilvagar qildi aflok aro,
Ne qildi ayon arsayi xok aro.
Demay yetti obou toʻrt ummahot
Ki, xilqat toʻni kiydi chun koinot.
Emas erdi maqsud juz odamiy
Ki, haq sirrining boʻlgʻay ul mahrami.
Baridin gʻaraz garchi inson edi,
Anga dagʻi maqsud irfon edi.
Bu soʻz sidqigʻa dagʻi beta’nu tanz,
Dalolat qilur oyati «kuntu kanz».
Xayolimda andogʻ musavvar boʻlur
Ki, ul ikki ishdin muyassar boʻlur.
Biri buki, bir jazba haqdin yetib,
Koʻngulni yaqin jomidin mast etib,
Haqiqat sari turktoz aylagay,
Jahon shugʻlidin beniyoz aylagay.
Anga qolmagʻay ham oʻzidin xabar,
Oʻzidin nekim, oʻzlugidin asar.
Boʻlub raf’ imkoni mavjudlugʻ,
Topib haq vujudida nobudlugʻ.
Chu haq topti bu nisbatidin aning
Ki, maqsud edi xilqatidin aning.
Musharraf qilib ani oʻz rozidin,
Yana ham oʻz anjomu ogʻozidin.
Buyurdiki, el boʻlgʻali bahravar,
Suluku marotibgʻa qilgʻay guzar.
Yana bir budurkim, gado gar muluk
Talab yoʻlida qilgʻay oncha suluk.
Burun murshidi komil istay yurub,
Ani topqach oʻzin anga topshurub.
Suluk amrida urmayin beshu kam,
Aning amridin ayru dam yo qadam,
Fano dashtida sayri boʻlgʻach tamom,
Haq andin soʻng etkay ato ul maqom
Ki, bir jazb ila oshno boʻlgʻay ul,
Muqimi harimi safo boʻlgʻay ul.
Alarkim nishoni masolik debon,
Burungʻini majzubi solik debon.
Bu birningki, har amri margʻubdur,
Otin solike debki, majzubdur.
Chu avvalgʻi ish boʻlmadi dastgir,
Ikinchisidin xoʻb emastur guzir.
Menikim, bu savdo nizor ayladi,
Havas ilgida beqaror ayladi.
Ne imkonki, topqay qaroru sukun,
Biravkim bu fikr etti ani zabun.
Urarmen qadam toki borgʻuncha gom
Ki, boʻlgʻay muyassar menga ushbu kom.
Agar boʻlsa bu yoʻlda umrum talaf,
Chu bu yoʻldadur ul ham erur sharaf
Va gar boʻlsam oʻz komima bahramand,
Zihe mulki jovidu baxti baland.
Xusho ulki olamda gar chekti ranj,
Yana olam asbobigʻa topti ganj.
Xush ulkim, agar cheksa ming xori dard,
Soʻngi tushsa ilgiga bir toza vard.
Ne farruxdur ul hajr ovorasi
Ki, vasl etkay oxir aning chorasi.
Emas boʻlsa davron murodi bila,
Fano boʻlsa matlub yodi bila
Janobingda uldur manga multamas
Ki, men benavoni sogʻingan nafas.
Soʻzum ayt foniyligʻ ohi bila,
Madad ayla himmat sipohi bila,
Bu erdi soʻzumkim dedim men gʻarib,
Yana tengri diydor qilgʻay nasib!

Qit’alar

«Gʻaroyib us-Sigʻar» muqattaotining sarsuhanlari

1

Tengri zoti haqiqatidakim, xirad mabhutu nodondur va ahli xirad fartutu hayron

Haq zotigʻa biravki, xirad birla fikr etar,
Otin el ichra oqilu farzona aylabon.
Miqdorini tengiz suyining istar anglamoq,
Lekin hubob jomini paymona aylabon.

2

Rasuli a’zam sha’nidakim, quyoshdin olamoroyroqduru nafi qilgʻon xuffoshdin tiyraroyroq

Muhammadi arabiy sha’ni andin a’zam erur
Ki, nuqs boʻlgʻay ulus boʻlsa nafyigʻa qoyil,
Quyosh ashi’’asigʻa lam’a andin ortuq erur
Ki, zarra kasrati boʻlgʻay ziyosigʻa hoyil.

3

Fano sharbati bobidakim, ta’mi zahri qotilduru baqoyi abad nushi ul zahrdin hosil

Foniyi mutlaq oʻlmayin solik,
Anga yoʻqtur umidi maqsadi kull,
Qora tufroqgʻa sinmagan qatra,
Andin imkoni yoʻq ochilmoq gul.

4

Fano maqomigʻa yetkan solik vasfidakim, moldin anga ziyon yoʻqturu johdin nuqson

Soliki ozodani koʻrsang gʻaniy, qilgʻay debon
Mol aning man’i suluki qilmagʻil inkor anga.
Kema tiyri mol aro boʻlmish muqayyad demagil,
Koʻrki, oncha mol oʻlurmu moni’i raftor anga.

5

Oʻzlukdin qutulmoq suubatida va ananiyyat tarki shiddatida

Ey koʻngul, tan taxtasin bu qa’ri yoʻq girdobdin
Istasang sohilgʻa chekmak, bilki, bu oson emas,
Piru iste’dodu tavfiq oʻlmasa boʻlmas bu ish,
Kimdururkim, bagʻri bu hasratdin aning qon emas.

6

Aqlning barcha tariqida maoshni dushvor bilmagu junungʻa qaror bermak

Vajhi maosh uchun kishikim desa fikr etay,
Qismat rizosidin anga begonaliq kerak.
Kunji qanoat archi erur saltanat valek
Eldin tama’ni uzgali mardonaliq kerak.
Kim ishq asiri oʻlsaki, mumkin emas visol
Dardu balogʻa hamdamu hamxonaliq kerak.
Lazzoti nafs tarki samari ofiyat berur,
Lek ul shajarni ekkali farzonaliq kerak.
Tajrid nuridin kishi koʻz yorutay desa,
Ahbob hajri sham’igʻa parvonaliq kerak.
Gar anjumanni desa muridu muti’ etay,
Koʻp nuktavu fasonada afsonaliq kerak.
Botin harimida tilasa maxzani huzur,
Zohir uyi asosigʻa vayronaliq kerak.
Zohir yuzidin ar tilasa toju izzu joh,
Dardu balo muhitigʻa durdonaliq kerak.
Desang xalos oʻlay borisidin Navoiydek,
Bexudlugʻu may ichmagu devonaliq kerak.

7

қаноат нақшининг ифшосию нақшбандия тариқининг адоси
Qanoat tariqigʻa kir, ey koʻngul
Ki, xatm oʻlgʻay oyini izzat sanga.
Desang shoh oʻlay yeru koʻk basdurur,
Bu bir taxtu ul chatri rif’at sanga.
Fano shu’lasida yoshur jismni,
Kerak boʻlsa zarbaft xil’at sanga.
Yetar lola butkan qoya qullasi,
Murod oʻlsa gulgun hashmat sanga.
Erur bas arigʻ nuktavu qon yoshing,
Duru la’ldin zebu ziynat sanga.
Desang xilvatim anjuman boʻlmasun,
Kerak anjuman ichra xilvat sanga.
Vatan ichra sokin boʻlub soyir oʻl,
Safardin agar boʻlsa mehnat sanga.
Nazarni qadamdin yiroq solmagʻil,
Bu yoʻl azmi gar boʻlsa ragʻbat sanga.
Damingdin yiroq tutmagʻil hushni
Ki, yuzlanmagay har dam ofat sanga.
Bu toʻrt ish bila rub’i maskun aro,
Chalinmoq ne tong koʻsi davlat sanga.
Bu ohang ila boʻlgʻasen naqshband,
Navoiy, agar yetsa navbat sanga.

8

Tavakkul sifatiyu betavakkullar mazammati

Tavakkulni ulkim qoʻyub, xotirigʻa
Tushar shoh ollinda qulluq havosi,
Nasibi aning bir ayoq osh erur bas,
Agar ganji Qorun erur muddaosi.
Biravkim, boʻlur bir ayoq osh uchun qul,
Yuziga keraktur qazonning qarosi.

9

Mahluq mulozamatidin tanfiru gʻayri haq mulozamatidin tahzir

Kimki mahluq xizmatigʻa kamar
Chust etar, yaxshiroq ushalsa beli.
Qoʻl qovushturgʻucha bu avlodur
Ki aning chiqsa egni, sinsa eli.
Chun xushomad demakni boshlasa kosh
Kim, tutulsa dami, kesilsa tili.

10

Kamol kasbiga dalolatu nuqsonidin izhori malolat

Kamol et kasbkim, olam uyidin
Sanga farz oʻlmagʻay gʻamnok chiqmoq.
Jahondin notamom oʻtmak biaynih,
Erur hammomdin nopok chiqmoq.

11

Jabha chinining man’iki, oraz gulining xoriduru murod yuzining gʻubori

Biravkim, jabhasida chin erur tuta olmas
Murod shohidining soidini komi bila.
Agarchi fannida sohib kamol erur sayyod,
Qachon baligʻ tuta olgʻay su mavji domi bila.

12

Soʻzga quloq solmoqu ogʻiz ochmamoq, gavharni terib, oʻz gavharin sochmamoq

Quloqda asra garonmoya soʻzniyu fikr et
Ki, dursiz oʻlsa, ne boʻlgʻusidur sadaf holi.
Soʻzungni dagʻi koʻngul ichra asragʻilkim, hayf
Kim, uyla durjni guhardin etkasen xoliy.
Bu durju ikki sadafni toʻla dur etkanga,
Zihe uluvvi guhar, balki gavhari oliy.

13

ҳидоят аҳлиға ҳаводис осиб еткура олмасдаву навойиб зарар еткура олмасда
Ne rahraveki, toji hidoyat boshidadur,
Yoʻq bok anga havodisi aflok toshidin,
Hudhudki, qoʻydilar azaliy toj boshigʻa,
Tushkaymu jola yogʻqan ila toji boshidin.

14

Zohidi riyoyiy koʻnglidin malomat ahli kiyni rishtasin uzmagu salomat yoʻlin koʻrguzmak

Koʻrsang, ey zohid, muqomirvash qalandarpeshaye,
Boʻlma koʻp mashgʻulu dunyo shugʻlidin qil ijtinob.
Dona oʻynab vajhin isor etsang andin yaxshikim,
Evurub tasbihu yormoq sudin etkaysen hisob.

15

Badasl elga muloyamatdin ehtiroz koʻsin urmoqu idbor ahli suhbatidin ijtinob qilmoq

Yuziga asli yomonning koʻp ochma gulshani xulq,
Siyahgilemga albatta mehr aylama fosh
Ki qilmadi gul isi birla toza ruh jual,
Quyosh charogʻigʻa parvona boʻlmadi xuffosh,

16

Dushmandin tahzir qilmoqkim, biymi boʻlgʻay, xususankim, ul dushmani qadimiy boʻlgʻay

Chu dushman oʻldi qadimiy ziyonidin hazar et,
Agarchi nutqi ravonbaxshi jongʻa rohat erur.
Su birla oʻt aro ziddiyat oʻldi chun azaliy,
Agar hayot suyidurki, oʻtqa ofat erur.

17

Viqor targʻibidakim, qofi qurb qofidin nishonaduru ul qof davlat anqosigʻa oshyona

Viqor gavhariyu hilm ma’dani boʻlakoʻr,
Desangki, qilgʻay itoat sanga gado bila shoh.
Bu sheva togʻda zohirdururki, davrondin
Qachonki tafriqa yetti, ulusqa boʻldi panoh.

18

Tuzluk irtiqobidavu egrilik ijtinobida

Biyik maqomigʻa ulkim tilar sabot, kerak
Ki, egrilikni qoʻyub, tuzluk aylasa qonun.
Tuz oʻlsa soyasida el tinib manor kebi,
Sipehr uyida turar qarnlar nechukki sutun.
Gar egridur yogʻibon oʻqu bogʻlanib boʻyni,
Boʻlur qabaq yigʻochidek besh-oʻncha kunda nigun.

19

Rostliq sifatiyu rostravlar karomati

Xiromon suda soyir boʻlmoqu uchmoq havo uzra
Ajab ermas, qachonkim rostravliq qilsa zoda.
Shior aylab bu ishni kema tiyri, koʻrki, su uzra
Xirom aylab havogʻa bodbondin soldi sajjoda.

20

Tazvir ashki shaqovat donasiyu nodon yovasi idbor nishonasidur

Poklar joni boʻlur ozurda tazvir ashkidin,
Koʻzgu ruxsori nechukkim, zang tutqay nam bila.
Rostlar koʻnglini aylar tiyra nodon yovadin,
Sham’ni ul nav’kim, johil oʻchurgay dam bila.

21

Nihoniy saxovatda koʻshish osoriyu aning jilvasida nikuhish izhori

Saxiy uldurki, nav’e bazl qilgʻay,
Agar xud sufra ichra boʻlsa noni.
Kim, ul chodir koʻmachidek yetishkay
Gado uyiga koʻzlardin nihoniy,
Falakdek yoʻqki, avval jilva bergay
Quyoshning qursidek olamgʻa oni.

22

Takalluf ahlining dunyogʻa sheftaligʻidavu dunyolikka fireftaligʻida

Toʻnni zarbaft aylabon xiffatdin uchqan har taraf,
Yoʻq ajab gar bor esa dunyo matoi kom anga.
Ul chibinkim, koʻzga oltun yangligʻ eshnar xil’ati,
Koʻpragi, bilkim, najosat uzradur orom anga.

23

O3 soʻz demakning manfaatidavu koʻp soʻzning mazarratida

Navoiy, tiling asragʻil zinhor,
Desangkim, yemay dahr ishidin fusus.
Nazar qilki, oʻq ogʻzi tilsiz uchun,
Qilur tojvarlar bila dastbus.
Necha tojvardur kesarlar boshin,
Chu hangomsiz nagʻma tortar xurus.

24

Hindu tarbiyatidakim hadis mazmuni bila betaxallufduru xilof qilgʻongʻa bahraye taassuf

Issigʻ nafas bilan hindugʻa tarbiyat qilsang,
Xisoli haryon oʻlur jahl tavsanin surmak.
Koʻmirni oʻtqa solib la’li otashin etsang,
Natija boʻlgʻay anga qayda tushsa kuydurmak.

25

Laimgʻa ta’zim oʻz-oʻziga ranji azimdur, balki azobi alim

Laim farqigʻa iqbol tojini qoʻymoq
Yaqinki, boʻlgʻusidur mujibi azobi aning.
Nutuqchi boshigʻa shunqor tumogʻasi tong emas
Ki, boʻlgʻusi sababi ranju iztirobi aning.

26

Oliy sha’n el kichik yoshligʻ ekanda ham olamoroyduru oy bir kechalikda angushtnamoy

Biyik maqomligʻ el tifl ekanda ham boʻlmas
Ki, tiyra qilgʻay ani jahlu zulmat ahli tili.
Qamar charogʻi agar boʻlsa barcha bir kechalik,
Ne nav’ oʻchurgay ani shabparak qanoti yeli.

27

Saxovu buxl bobida nuqta surmak va arolarida ikki vosita kelturmak

Debon bergan kishi erdur valekin
Demay berganga erlik bil musallam.
Ne deb, ne bersa bilgil ani xotun,
Debon bermasni xotundin dagʻi kam.

28

Avom roʻzasin bayon qilmoq va dahanboʻstlar ochligʻin ayon qilmoq

Ne roʻza boʻlgʻay angakim, ochuq boʻlub ogʻzi,
Dame kam oʻlmagʻay andin kalomu harza-kalom.
Gʻaribroq buki, qilgʻay bahonayi sunnat
Ki, sharbat aylagay oshom zohir oʻlmay shom.
Namoz qilmagʻayu qilsa ham namoz ichra
Taxayyul aylamagay gʻayri lavn-lavn taom.
Chiqib namozdin oʻlgʻay taom ila mamlu
Bu shart birlaki boʻlgʻay taomi barcha harom.
Dimogʻ topsa rutubat bu nav’ at’imadin
Gunas bosh urgʻucha uygʻanmagʻay kishi nokom.
Koʻzin chu ochti yana roʻza aylagay niyat,
Agarchi fosid erur me’davu saql andom.
Bu turfakim, tilagay bu qadr qabohat ila
Ki, roʻza tutmagʻini anglagʻay xosu avom.
Bu savm ilaki malak ani yozmagʻay juz fisq,
Zihe malakvash soyim, zihe xujasta maqom.
Navoiyo erur ortuq bu yemak-ichmakdin
Yilon etini yebon, zahrin aylamak oshom.

29

Achchigʻ su kasratidin tanbihu daryoda chuchuk suni anga tashbih qilmoq

Uyla gʻarqi maydururlar xalq bu davr ichrakim,
Shar’ning ayn-ul-hayotidin asar mafhum emas.
Ul sifatkim, bahrning achchigʻ suyida ba’zi el
Topilur derlar chuchuk su ham vale ma’lum emas.

30

Podshoh muqarrabi kishiga el hasad yemak va bu ishning dilpazir jihatin demak

Shahgʻa muqarrab oʻlsa birav barcha xayldin,
El barcha dushman oʻlsa aning birla vajhi bor.
Kim xaylu shoh oshiqu ma’shuq erur yaqin
Gulchehrayeki, oshiq anga boʻlsa beshumor.
Ul barchasidin oʻlsa birisiga multafit,
Dushman boʻlurda oʻzgalariga ne ixtiyor.

31

Ablahning harzasi intibohidavu eshakning faryodi ikrohida

Umrin ablah kechurub gʻaflat ila,
Nukta oʻrnigʻaki tortar xarros.
Bir eshakdurki, tagʻoful yuzidin
Qilgʻay izhor payopay arros.

32

XOʻBLAR VASLIGʻA MAGʻRUR BOʻLMAMOQU ALARNING ILTIFOTIGʻA MASRUR
Zamona xoʻblarining visoli sharbatidin,
Navoiyo, tilabon kom koʻp chuchutma mazoq.
Ki, har piyolasi zimnida koming etkay talx,
Sipehr tutqusidur yuz tagʻora zahri firoq.

33

«annosu’ ’alo dini muluk» hadisining tafsiri

Shahning af’oli etar xaylu sipohigʻa asar,
Chu nabi dediki, «annosu ’alo dini muluk».
Hukamo ham dedilar shahni tengiz, xayli ariq,
Ul achigʻdur, bu achigʻ, ul chuchuk oʻlsa, bu chuchuk.

34

Javohirsevar salotin inkoridavu aning toshqa mushobahati izhorida

Shaho, el javhari jonin chiqarding,
Javohir hirsidin bedod etib fosh.
Chu oʻlgungdur ne osigʻ toʻkmak ani
Mazoring uzra andoqkim, ushoq tosh.

35

Atfolni qarilar xizmatigʻa yoʻldamoqu chuchuk soʻz bila aldamoq

Qarilar xotiri nozukdur, ey tifl,
Shikastidin qilib vahm, oʻlma gustoh:
Unuttungmuki, atfol oʻynagʻanda,
Sinar oz mayl koʻrgandin quruq shoh.

36

Oʻz toifadin shikoyatu elga yaxshiliq qilib, yomonliq koʻrgan hikoyat

Ne toli’durki, har kimni desam yor,
Manga ul oqibat boʻlur badandesh.
Biravdur gar ani desam koʻzumsen,
Chekar mujgon kebi qasdimgʻa yuz nish.

37

Ul bobdakim, husn qushi ashk donasi bila sayd boʻlmasu jon rishtasi bila giriftori qayd

Ul turfa qush havosida koʻz toʻkti durri ashk,
Jon yoydi rishtasin anga aylab havoyi qayd.
Lekin gar inju sochsa kishi dona oʻrnigʻa,
Tovusni qachon qilur oʻrgamchi domi sayd.

38

Ul mazmundakim takallufluq toʻn mujibi kulfatduru betakallufluq adami ulfat

Kiyib samur ila kish qilma asru ra’noliq,
Ipak libos ila tutma gʻurur jomi toʻla.
Tiyinning oʻz tuki-oʻq boʻldi jonigʻa ofat,
Farisaning paridin keldi oʻz boshigʻa balo.

39

Lojuvarddin range koʻrmagan koʻkin tuzmagu ul koʻkta range koʻrguzmak

Shohi sipehrqadr Abobakr ul shahe
Kim, koʻk ravoqi dargahi qadrigʻa toq erur.
Bu charxi lojuvard uza xurshid, goʻyiyo
Koʻkboʻz takovarigʻa muzahhab janoq erur.
Bir pora lojuvard sari goʻyiy angladi
Kim, bu zaifi xastagʻa koʻp ishtiyoq erur.
Hukm etti bir quligʻaki, taslim aylasun,
Goʻyo vusuli ul kishi ollinda shoq erur.
Yerdin desa qazib chiqaray, yer erur qatiq,
Koʻk konidin desaki, olay, koʻk yiroq erur.

40

Kuch bila kulgudin yiroq sovuqluqqa yovugʻroq, vale kuch bila yigʻlamoq erur andin sovugʻroq

Hikmat ahli ollida sovuq sifat yoʻq kimsada
Subhi kozibdek mahalsiz aylagon kulgu kebi.
Lek mundin koʻp sovuqdur ashk toʻkmak zoʻr ila
Day yelida qatra-qatra muz tomizgʻan su kebi.

41

Anoniyat uyin buzmoq bobidakim, fano zoviyasin tuzmakdur va oʻzin kam qilmoqda oʻzin koʻrguzmak

Kimki, oʻzluk imoratin buzdi,
Boʻldi naqdi fano aning muzdi.
Ul imoratni buzmayin solik
Boʻla olmas bu naqdgʻa molik.

42

Qoni’ vasfidakim, «alqano’atu kanzun lo yufno» mazmuni bila amal qilur va har necha naf’ topsa qanoat qilmas

Qanoat goʻshasin tutqilki, chun anqo bu da’b etti,
Anga qushlar ichinda qurb qofida nishimandur.
Chu parvoriy tovugʻning ogʻzi tinmas tu’madin garchi,
Oʻlar oxir anga avval katak zindoni maskandur.

43

Yurushda otlari za’fi ta’rifidakim, muammo ichidagi otdek paydo emas erdilar

Bu yurushda iki ulogʻim bor,
Lek bormen sipohiyliqda yayoq.
Iki shatranj otidek birisi
Koʻtara olmay oʻz yeridin oyoq.
Chopsa shatranj xonasi xatidin.
Biri rangi qoradurur, biri boʻz,
Sekrimaklik alargʻa behad shoq.
Qora yerdur dagʻiyu boʻz tufroq.

44

Ul imom bobidakim, namoz qilmoqdin maqsudi jamoatdin oʻzni mumtoz qilmoq erdi

Turfa ish koʻrkim, falon har vaqtkim, qilgʻay namoz,
Anda bir ish, gʻayri nomashru’, zohir boʻlmagʻay.
Gar qiyomu gar qiroat, gar rukuu gar sujud,
Har ne qilgʻay biri oʻz yerinda sodir boʻlmagʻay
Boʻlmagʻay hozir jamoatqa vale yolgʻuz dagʻi,
Qilmagʻay to bir jamoat anda hozir boʻlmagʻay.
Bovujudikim, jamoat aylagaylar barcha hazl,
To imomat qilmagʻay osudaxotir boʻlmagʻay.

45

тус мазорлари бобидаким вайронада ганжи мадфунға, балки садаф ичра дурри макнунға мушобиҳдурлар
Avliyoullah mazori Tus vayroni aro
Koʻpturur, yoʻq bok agar tavfida koʻrsa kimsa ranj,
Munchakim vayrona kezdim ganj bir ham yoʻq edi,
Buyla vayron kim koʻruptur anda madfun muncha ganj.

46

Gʻalat bitir kotib bobida qalam surmagu qorasining gʻalatin yuziga kelturmak

Falon kotib ar xatni mundoq yozar,
Bu mansabdin ani qoʻparmoq kerak.
Yuzin nomasidek qora aylabon,
Qalamdek boshin dagʻi yormoq kerak.
Qoradin qoragʻa beribon uloq,
Qalamravdin ani chiqarmoq kerak.

47

Komil qalamzan soʻzidakim, ta’rifi lozim kelgayki, qalam tilin bilur kishi ani bilgay

Qiblat-ul-kuttobkim, derlar ani Sulton Aliy,
Kim qazo qilki masallik xomasi yozmas gʻalat,
Qaysi qit’amniki yozdi bordi andin she’rlik,
El solurlar juzvdongʻakim, erur bir qit’a xat.

48

Himmat bobidakim sarvning sarafrozligʻigʻa sababduru arigʻning xoksorligʻigʻa bois

Himmat ahliki erur tuzluk aro sarv kebi,
Dahr boʻstonida sarsabzduru ozoda.
Ulki, su yangligʻ erur past nihodu kajrav,
Chekib afgʻon anga tinmasligʻ erur omoda.

49

Dilbastaligʻ man’idakim vasl naf’i jon tortmoqduru hajr sarsari jon bermak

Ey Navoiy, kishiga berma koʻngul,
Agar ul hurdurur, yoʻqsa pariy,
Vasli naf’i buki, chekkaysen jon,
Oʻlturur, lek firoqi zarari.

50

Qalamining siyahkorligʻining berohligʻi va oʻzining siyohroʻligʻining uzrxohligʻi

Ilohiy, ul raqamekim, chekibdurur qalamim,
Min-ash-sharorati av gʻayriho farartu ladayk.
Agar xud oʻlsa malih ajri rahmatingdur aning,
Va lav yakunu qabihan, fa-minhu, tubtu ilayk.

Ruboiylar

1

Subhonallohi xoliqi z-ul-majdu alo
Kim, andin erur toʻla xalo birla malo.
Gar mehr aning misli degaylar uqalo,
Mehr ollida zarra yangligʻ oʻlgʻay masalo.

2

Koʻk poʻyavu sayr ila talabgor sanga,
Kun sorgʻoribon ishqda bemor sanga.
Oy dogʻ ila qulluq aylab izhor sanga,
Tun anjumi naqdidin xaridor sanga.

3

Yo rabki, inoyatingni yor ayla manga,
Yoʻqluqqa hidoyatingni bor ayla manga,
Ham kahfi kifoyatingni dor ayla manga,
Ham durri inoyating nisor ayla manga.

4

Shoheki falak sori chu mayl oʻldi anga,
Koʻk zarfi sochargʻa nur kayl oʻldi anga,
Aflok shahi tobeu xayl oʻldi anga,
Balkim, yeru koʻk xayli tufayl oʻldi anga.

5

Jonimdagʻi «jim» ikki dolinggʻa fido,
Andin soʻng «alif» toza niholinggʻa fido,
«Nun»i dagʻi anbarin hilolinggʻa fido,
Qolgʻan iki nuqta ikki xolinggʻa fido.

6

Bu qosid ishim ohu figʻon ayladilo,
Bu ruq’a tanimni notavon ayladilo.
Bu sa’b xabar ichimni qon ayladilo,
Bu qonligʻ ichim haloki jon ayladilo.

7

Uylansa birav toriy oʻlub nakbat anga,
Makkoraki, qaltabon surar shahvat anga.
Zisht ersa gar eldin yoshurur rahmat anga,
Xoʻb ersa gar elga koʻrguzur la’nat anga.

8

Kim boʻlsa bu motamkadadek olam aro,
Sayr aylasa gʻamsirishtlik odam aro,
Gar odam erur boʻlsa keraktur gʻam aro,
Olamda esa, boʻlsa kerak motam aro.

9

Ishqingda necha zor boʻlay furqat aro,
Yetsam xush erur bazminga bir ishrat aro.
Koʻz ikki yuzungdin olmasam suhbat aro,
Ikki taboningdin uylakim xilvat aro.

10

Noʻsh aylar emish qadahni jonona toʻla,
Soqiy, manga tut jomi harifona toʻla.
Quy, gar xud erur sipehr paymona toʻla,
Har nechaki, xoliy etsam, et yona toʻla.

11

Nomangki, tirikligimdin uldur matlub
Ochib oʻqugʻach bir necha lafzi margʻub,
Koʻp toʻlgʻanib ashk ichra oʻzumdin bordim,
Ul nav’ki, su ichiga tushkay maktub.

12

Nomangki, erur boisi iqbolu tarab,
Yetkursa tarab meni hazingʻa ne ajab.
Yolgʻuz mendin ketarmadi ranju taab
Kim, boʻldi base xalq hayotigʻa sabab.

13

Bir aybgʻa garchi xalq qilgʻay mansub,
Faqr ahlidin iztirob emastur mahsub
Sidq ersa xud etmak kerak oʻz fe’lini xoʻb
Kizb ersa, malomat dagʻi bordur matlub.

14

Su koʻzgusini bogʻ aro aylarda shitob,
Siymob qilur erdi taharruk bila tob.
Day qildi bu simobni andoq koʻzgu
Kim koʻzgu aning qoshida boʻlgʻay siymob.

15

Vasling boʻlubon jongʻa muyassar, yo rab,
Chehrang qilibon koʻzni munavvar, yo rab,
Nutqung sochibon bazmda gavhar, yo rab,
Yo rabki, ijobat aylagil har «yo rab».

16

Mahbubdurur gulu visoli matlub,
Koʻrmak ani gulbun uzra bilgil mahsub.
Bazm ichra uzub keturgan ermas margʻub,
Ul nav’ki majlis ichra oʻlgan mahbub.

17

Ey ulki, soʻzung tushti habib ollida xoʻp,
Mendin yoʻligʻa boshing qoʻyub, tufrogʻin oʻp
Ahbobgʻa ham birin-birin xidmat etib,
Arz ayla, niyoz ila duo koʻptin-koʻp.

18

Gardun uza bazm uchun maqom ayladi tut,
Ul bazmda xurshidni jom ayladi tut.
Ul jom ila ishratni mudom ayladi tut,
Oxir dami yer quyi xirom ayladi tut.

19

Gar oshiq esang zebu takallufni unut,
Yaxshiyu yomon ishda taxallufni unut.
Oʻtkan gar erur yomon taassufni unut,
Kelgan gar erur yaxshi tasarrufni unut.

20

Ey ishq, aning koʻyida tavfi haram et,
Bizni dagʻi ul tavfgʻa boshla, karam et,
Bir doyira koʻyi tegrasida raqam et,
Gar chiqsa oyogʻim raqamingdin, qalam et.

21

Chun xanjari hajring manga qat’ etti hayot,
Bori gʻamu darding oʻqini tinmayin ot
Kim, oncha qovursun par oʻlub butsa qanot,
Toyir boʻlubon yetkamen oxir sanga bot.

22

Boʻldi mening oʻlmagimga savdo bois,
Savdogʻa havoyi jomi sahbo bois.
Sahbogʻa dagʻi dayru chalipo bois,
Bu barchagʻa ul dilbari tarso bois.

23

Koʻnglumni olibdur ul shahi sabzdavoj,
Kim gʻamza bila olur mamolikdin boj.
Boshi uza mamlakat xiroji bir toj,
Toji uza gavhari mamolikka xiroj.

24

Kunduz koʻrsang oʻzungni mahzun, qadah ich,
Andoqki, quyosh ravshanu mavzun qadah ich.
Ul damki, quyosh botti, shafaqgun qadah ich,
Jomingni qilib nechukki gardun, qadah ich.

25

Gul vaqti muyassar oʻlsa gulfom qadah,
Andin soʻng tutsa bir gulandom qadah.
Man’ aylasa barcha ahli islom qadah,
Qofirmen agar qilmasam oshom qadax

26

Ruhumgʻaki maydin erdi har lahza futuh,
Nosih tili nishi qildi ani majruh.
May loyini marham qilayin shomu sabuh,
Ul vaqtqachaki, toza boʻlgʻay manga ruh.

27

Qoʻrqutma meni tamugʻdin, ey zohidi yax,
Jannat manga boʻlgʻusi debon urma zanax
Kim, doʻzax aning yodi bila jannat erur,
Jannat bori sening biladur doʻzax.

28

Ruxsori uza xollarin ul dilband,
Ochti chu meni koʻrdi base hojatmand.
Ayshimgʻa yomon koʻz etmagan emdi gazand,
Xossaki, ul-oʻq boʻlubtur oʻt uzra sipand.

29

Yoshimgʻa bagʻir qoni chu erdi monand,
Koʻz asradi yoshdek boʻlub andin xursand.
Turmadi koʻzumda yetkach ul sarvi baland,
Boʻlmas kishi farzandi kishiga farzand.

30

Koʻnglum saydi uzub ulustin payvand,
Sargashtasifatligʻ bila erdi xursand.
Qullobi muhabbating yana soldi kamand
Saydeki, uzub edi rasan, ayladi band.

31

Ey sharbati la’ling obi hayvondin alaz,
Hayvon suyini qoʻyki, chuchuk jondin alaz.
Ne jondin alaz, ne obi hayvondin alaz
Kim, harneki yoʻq, andin alaz, andin alaz.

32

Budur tilagimki ulki, ma’budung erur,
Tutqay seni ul yonki, sening sudung erur.
Koʻnglungga yeturgay ulcha behbudung erur,
Ilgingga keturgay ulcha maqsudung erur.

33

Gul zikrin eshiturmenu yoʻq guldin asar,
Bu bogʻ eshigidin istaram oncha guzar
Kim, topmasa gul jamolidin bahra nazar,
Bore isidin yetsa dimogʻimgʻa xabar.

34

Soqiy, badanimni notavon etti xumor,
Koʻnglumni qadahdek toʻla qon etti xumor.
Har uzvuma yuz ranj ayon etti xumor,
Tutqil qadaheki, qasdi jon etti xumor.

35

Mulk ochqali har xusravi oliymiqdor,
Insofu adolatu saloh etsa shior.
Fath oʻlgʻay aning nihoyati oxiri kor,
Alminnatu lillahki, sanga barchasi bor.

36

Koʻzum uchadur, magarki yorim keladur,
Es har dam ozar, magar nigorim keladur.
Yo bodiyayi firoq sayrida qilib,
Yuz marhala qat’ shahsuvorim keladur.

37

Oshubki ul koʻz tarfi aylanadur,
Bogʻlabsenu jon bu darddin oʻrtanadur.
Yo gʻoyati usruklugʻidin bulgʻanadur,
Ul mast kebiki, bulgʻanur bogʻlanadur.

38

Agʻyor ila juft berma fardim bor
Kim, furqati za’fida ruxi zardim bor.
Gar dardidin ohi gʻussa parvardim bor,
Man’ aylama, ey rafiqkim, dardim bor

39

Har lahza koʻngul gʻamingda mahzun boʻladur,
Mahzunlugʻi lahza-lahza afzun boʻladur.
Savdo anga yuz onchaki, Majnun boʻladur,
Yuz muncha desam ham ne ajab chun boʻladur.

40

Ey bodi sabo, aylasang ul sari guzor,
Jon birla koʻngulni topshuray olgʻach bor.
Koʻnglumni itiga tu’ma qilgʻil zinhor,
Jonimni dagʻi oyogʻigʻa anla nisor.

41

Ey jism, aning koʻyini paydo qilakoʻr,
Ey koʻngul, oʻshul koʻyni ma’vo qilakoʻr.
Ey koʻz, sen aning yuzin tamosho qilakoʻr,
Ey ashk, aning koʻyi sari oqilakoʻr.

42

Eldin qochib ulki, tutsa togʻ ichra qaror,
Sovugʻda yeri bu togʻning javfida gʻor.
Issigʻda makoni andakim, yotmish qor,
Olam elining shahligʻidin bor anga or.

43

Andin berikim, qoshimda yorim yoʻqtur
Hijronida juz nolayi zorim yoʻqtur.
Dasht oʻzra quyun kebi qarorim yoʻqtur,
Sargashtaligimda ixtiyorim yoʻqtur.

44

Har garmraveki, boʻlgʻay ul koshifi roz,
Maqsud qarimi sari qilgʻach parvoz.
Tong yoʻq falak uzra aylabon jilvayi noz,
Na’layni malakka boʻlsa mehrobi namoz.

45

Olam bor emish, Navoiyo, shoʻrangiz,
Olamdagʻi el boshtin-ayogʻ rangomiz.
Ishq istar emish seni adam Misri sari,
Borgʻilki, erur el tilagan yerda aziz.

46

Ahbob dengizki, xonumondin tama’ uz,
Ne xonu ne mon, kavnu makondin tama’ uz.
Ne kavnu makon, jonu jahondin tama’ uz,
Lekin demangiz muniki, andin tama’ uz.

47

Jondin seni koʻp sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni koʻp sevarmen, ey umri aziz.
Har neniki, sevmak andin ortuq boʻlmas,
Andin seni koʻp sevarmen, ey umri aziz.

48

La’lingni qilib nuktasaro, ey qorakoʻz,
Ishq ahli hayotigʻa yaro, ey qorakoʻz.
Chekma yana surma koʻz aro, ey qorakoʻz,
El qonigʻa qilma koʻz qaro, ey qorakoʻz.

49

Ul koʻzki, dame boʻlmadi sogʻ, ey qorakoʻz,
Qonimdin ichar mudom ayogʻ, ey qorakoʻz.
Bilmonki erur anga qarogʻ, ey qorakoʻz,
Yo mast edi qoʻydi toza dogʻ, ey qorakoʻz.

50

Jonbaxsh labing chashmayi hayvonmu emas?!
Hajridin aning ichim toʻla qonmu emas?!
Har qatrayi qon la’li Badaxshonmu emas?!
Har porayi la’li javhari jonmu emas?!

51

Gar oshiq esang, mehru vafo qilma havas,
Dard istavu daf’igʻa davo qilma havas,
Hijronu visol mutlaqo qilma havas,
Dildoringdin gʻayri rizo qilma havas.

52

Mahbubqa e’timod qilmoq boʻlmas,
Andin talabi murod qilmoq boʻlmas.
Koʻzning qorasin midod qilmoq boʻlmas,
Gar boʻlsa bitig savod qilmoq boʻlmas.

53

Ham savmaa kunji shayxi tarrorgʻa bas,
Ham shayx yuzi zohidi hushyorgʻa bas.
Ham dayrda mastligʻ meni zorgʻa bas,
Ham mugʻbacha vasli joni bemorgʻa bas.

54

To subh xuruse uygʻanib urdi nafas,
Xuffosh qanot ochqucha may qilma havas,
Chun valvala chekti koʻy aro tabli asas,
May ich anga tegrukim, yetar savti jaras.

55

Gʻurbatda gʻarib shodmon boʻlmas emish,
El anga shafiqu mehribon boʻlmas emish.
Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulgʻa tikandek oshyon boʻlmas emish.

56

Ul durri saminki, bor edi koʻzuma yosh,
Aylarda ajal anga jafo rasmini fosh.
Gʻam tirnogʻidin qilib qarogʻimni xarosh,
Yashurgʻay edim ani koʻzum uyida kosh.

57

Yoʻq bodayi vasl, obi hayvon ul emish,
Ahbob muloqoti dema, jon ul emish.
Gardun gʻamu ranj suvratin naqsh etsa,
Jon chehrasi atrofigʻa hijron ul emish.

58

Yillar tutubon shayx maqolotigʻa goʻsh,
Ne koʻngluma zavq yetti, ne jonima joʻsh.
Jonimgʻa navo soldiyu koʻnglumga xurush,
Bir jur’a bila mugʻbachayi bodafurush.

59

Sharbat manga xunobu gʻizo gʻam boʻlmish,
Bistar tufrogʻu oh hamdam boʻlmish.
Holimgʻa xaloyiq ishi motam boʻlmish,
Sensiz oʻlarim sa’b edi, ul ham boʻlmish.

60

Soqiy, meni xorxordin ayla xalos,
Gul-gul yuzung och, bahordin ayla xalos.
Yo may beru intizordin ayla xalos,
Yo oʻlturubon xumordin ayla xalos.

61

Ber jomu ol, ey mugʻbacha, jonimni evaz,
Qoʻsh tutqilu, ol ikki jahonimni evaz.
Ani sumururda qatraye tomsa agar,
Sen ham toʻk aning oʻrnida qonimni evaz.

62

Kim istasa saltanat, saxodur anga shart,
Har va’daki aylasa vafodur anga shart.
Kim faqr talab qilsa, fanodur anga shart,
Olligʻa nekim kelsa, rizodur anga shart.

63

Bu davrda yoʻq sen kebi xushxon hofiz,
Huffoz aro sarhalqayi davron hofiz.
Qur’ongʻa sen oʻlgʻan kebi yakson hofiz,
Boʻlsun sanga barcha ishda Qur’on hofiz.

64

Kim aylasa soqiyi gulandom tama’,
Ilgidin aning sogʻari gulfom tama’.
Andin soʻng agar taqvoyu islom tama’,
Aylar esa, gul mardak erur xomtama’.

65

Ul damki, quyosh ayladi magʻribqa ruju’,
Gar suhbat oʻshul quyosh bila topsa vuqu’.
Xushtur qilmoq jom quyoshigʻa shuru’,
Ul damgʻachakim, qilur quyosh jomi tulu’.

66

Mugʻ dayrida dast bersa bir lahza farogʻ
Kim, mugʻbacha ishqidin qizigʻ boʻlsa dimogʻ.
Ul tutsa mugʻona lahn ila har dam ayogʻ,
Bosh olsam oyogʻidin kerak boshima dogʻ.

67

Bir gul gʻamidin dedim qoʻyay bagʻrima dogʻ,
Borgaymu debon atri dimogʻimgʻa farogʻ,
Borgin chu mulavvas ayladi bum ila zogʻ,
Emdi ani islamakka yuz hayf dimogʻ.

68

Berding manga dayr aro iqomat, ey mugʻ,
Tuttung qadahi mayi malomat, ey mugʻ.
Bu ishni xud aylading karomat, ey mugʻ,
Yo rabki, hamisha boʻl salomat, ey mugʻ.

69

Nomang yetibon topti koʻngul izzu sharaf,
Har lafzi boʻlub murod durrigʻa sadaf.
Har satri alam cherigining daf’i uchun,
Iqbol sipohidin chekibon bir saf.

70

Soqiy, badanimni qildi gʻam tiygʻi shikof,
Qonim bori oqti, tutma oʻzungni maof.
Tutqil badali moyatahallal mayi-sof,
To mast qilay gʻam cherigi birla masof.

71

Yuz mehnatu gʻam koʻngluma yetkurdi firoq,
Jonimgʻa balovu dard oʻqin urdi firoq.
Jismimni fano oʻtigʻa kuydurdi firoq,
Chun kuydi, kulini koʻkka sovurdi firoq.</div>

72

Koʻnglumni gʻamu dard ila qon ayladi ishq,
Koʻz yoʻlidin ul qonni ravon ayladi ishq.
Har qatrani bilmadim qayon ayladi ishq,
Bedil ekanim buyla ayon ayladi ishq.

73

Ul damki quyosh bottiyu sargʻardi shafaq,
Bazminggʻa shafaqgun may ila ber ravnaq.
Ne haqni unut, ne mayni quygʻil mutlaq
Kim, tongla erur tengri karimu barhaq.

74

Ollimda tabibi chorasozim ham yoʻq,
Yonimda rafiqi dilnavozim ham yoʻq.
Tegramda anisi jongudozim ham yoʻq,
Boshimda shahi bandanavozim ham yoʻq.

75

Kim koʻrdi ekin jahonda oyo xushluq,
To bir kishi aylagay tamanno xushluq.
Yuz yilda agar bir oʻlsa paydo xushluq,
Omodadurur yonida yuz noxushluq.

76

Hajringda mening sabrima juz nuqson yoʻq,
Koʻnglum aro gʻayri nolavu afgʻon yoʻq.
Jonimgʻa hayot umidi xud imkon yoʻq,
Yoʻq-yoʻq, yoʻq, sabr yoʻq, koʻngul yoʻq, jon yoʻq.

77

Yoʻq dahrda bir besarusomon mendek,
Oʻz holigʻa sargashtavu hayron mendek.
Gʻam koʻyida xonumoni vayron mendek,
Ya’niki, aloxonu alomon mendek.

78

Berahmdurur olamu zolim aflok,
Bemehrdurur anjumu davron bebok.
Qay sarvi chamanki, jilva qildi cholok
Kim, yerga toʻkulmadi nechukkim xoshok.

79

Zohid senga, hur, manga jonona kerak,
Jannat sanga boʻlsun, manga mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha boʻlsa toʻla, yona kerak.

80

Ey jonu koʻngul, bir-biringizga qorishing,
Ul koʻy sari raxshi tamanno yorishing.
Hol ustida erkanim soʻzin oʻtkarishing,
Holimni soʻrargʻa kelmasa yolbarishing.

81

Oʻlsam yasamang munda mazorimni mening,
Yuklab eliting jismi figorimni mening.
Oʻtru chiqarib ahli diyorimni mening,
Koʻyida qoʻyung tani nizorimni mening.

82

Ey ulki, zamona ahlidin ayrilding,
Ishq ahli tariqi xoʻb ekanni bilding.
Xush qilding, alar tavriniyu qotilding,
Rahmat sanga, yaxshi aylading, xush qilding.

83

Koʻksumni jafo tiygʻi bila yora qiling,
Koʻnglumni chiqaring dagʻi yuz pora qiling.
Har porasini bir sari ovora qiling,
Ishqim oʻtigʻa bu nav’ ila chora qiling.

84

Gar dilbar emas malakvashu hurxisol,
Andin soʻng ulusning koʻzi koʻru tili lol.
Ne husnigʻa ru’yatu ne ishqimgʻa maqol,
Billah menu oshiqliq erur amri mahol.

85

Bir sari sarigʻ parlou men tutsagʻ yoʻl,
Ne togʻu, ne tuz, desang ne obodu, ne choʻl.
Yirtuq kepanakdin chiqarib yalang qoʻl,
Ul qochsayu men qovsamu, men qochsamu ul.

86

Turmay meni zoru notavon birla koʻngul,
Ulfat tutmish ul oston birla koʻngul.
Yoreki manga jon edi ham azm etti,
Men mundavu xizmatingda jon birla koʻngul.

87

Umring quyoshigʻa bermasun charx zavol,
Joning qamarini qilmasun davr hilol.
Tun-kun boʻlgʻil mahravishu mehr xisol,
Dahr ahligʻa nurbaxshu farxundajamol.

58

Ey joni habibu koʻngli ahbobqa lol,
Men ham qildim jonu koʻngulni irsol,
Koʻnglumga ber ahbob bila jomi visol,
Jonimni habib oyogʻi tufrogʻigʻa sol.

89

Sadbarg, binafsha, yoʻqsa nargis, yo gul,
Ichmak boʻlmas bular havosi bila mul.
To hajr yelidin oʻldi oshufta dimogʻ,
Yuz noxuna koʻz ichravu yuz pora koʻngul.

90

Togʻ ichra ajab shohdur ul sheftahol,
Kim topsa bulogʻe suyi andoqki zulol.
Boshi uza chatri saltanat har yangi tol,
Su ichkali jomi ayshi bir eski safol.

91

To dahrdurur, dahr uza sulton boʻlgʻil,
To olam erur, olam uza xon boʻlgʻil.
Davron elining jismida ham jon boʻlgʻil,
Ham jonlarigʻa moyayi darmon boʻlgʻil.

92

Mugʻ dayri sari bugun tamanno qildim,
Ul mugʻbacha husnini tamosho qildim.
Din naqdini kufri birla savdo qildim
Kim, qildi bu ishkim, meni rasvo qildim?!

93

Yoshungʻan emish qora bulutqa mohim,
Gardunni sovurmogʻliq erur dilxohim.
Kirmish qora tufroqqa quyoshdek shohim,
Nevchun qora qilmasun quyoshni ohim.

94

Johilki, hasad boʻlgʻay aning jahligʻa zam,
Nur el koʻzidin anglasa oʻz koʻzida kam.
Koʻzlarni olishmoqqa chekib tiygʻi sitam,
El koʻzini ham oʻygʻayu oʻz koʻzini ham.

95

Bahru kemadin koʻngulda koʻptur alamim
Kim, sekrimayin qadam, yugurmay qalamim.
Maqsuddin oncha soldi bir damda yiroq
Kim, yuz yil ani tay qila olmas qadamim.

96

Gʻurbatqa tushub zaifu bemor oʻldum,
Dardu gʻamu mehnat ilgida zor oʻldum.
Sartosar ajal toshidin afgor oʻldum,
Sensiz ne balolargʻa giriftor oʻldum.

97

Ishq ahliki, manzurdin istarlar kom,
Ul kom kerakki, bir nazar boʻlsa tamom.
Gar boʻlsa nazzorasida andishayi xom,
Koʻzlarga nazar dogʻi harom oʻldi harom.

95

Masjidqa necha ahli riyodek yetayin,
Yo rind kebi azimati dayr etayin.
Maqsud topilsa yaxshi, yoʻqsa netayin,
Boshimni olib qay sari emdi ketayin.

99

Jonim aro oʻt la’li suxandoning uchun,
Yuzum uza kavkab mahi toboning uchun.
Koʻksumda alif sarvi xiromoning uchun,
Soʻzlab, yuz ochib kel bu taraf joning uchun.

100

Zulfung girihigʻa poybast oʻlmishmen,
La’ling mayidin bodaparast oʻlmishmen,
Ul mayni ichib yoʻlungda past oʻlmishmen,
Hay-hay, ne dedim, magarki mast oʻlmishmen.

101

Zogʻeki choʻqub oqizdi qon koʻnglumdin,
Tirnogʻ ila uzdi notavon koʻnglumdin.
A’zosida koʻr asar damim dudidin,
Minqor ila changida nishon koʻnglumdin.

102

Xushtur boʻlsak, ikovla hamdam senu men,
Bir-birga desak, yetushsa har gʻam senu men.
Boʻlsaq bor esak haramgʻa mahram senu men,
Mugʻ dayri aro boʻlsa vatan ham senu men.

103

Ey bodi sabo, agar havo aylagasen,
Gulshangʻa yetarni muddao aylagasen.
Sarv ollida yer oʻpub duo aylagasen,
Gul qoshida qullugʻum ado aylagasen.

104

Menmenmu visol umididin shod oʻlgʻan,
Bir-bir gʻamu anduhdin ozod oʻlgʻan.
Oz-ozgʻina bergan soyi gul atri nasim,
Bulbuldek ishim nolavu faryod oʻlgʻan.

105

Isyon tutuni bermayu chehramga amon,
Ul nav’ qora qildiki, moʻrida samon.
Oq aylamagini men siyahroʻyi yomon,
Aylayolmon afv suyi birla gumon.

106

Isyon aro qolgʻan ibtilonimu deyin?
Ma’mur etkan nafsi vagʻonimu deyin?
Yoʻq toat ila kibru riyonimu deyin?
Yaxshi demak oʻzni bu balonimu deyin?

107

Dayr ichra tilab jomi hiloliy partav,
Sajjoda garav boʻlsa ne tong, ey rahrav,
Chun mugʻbacha ollida qilur sajda birav,
Yoʻq ayb musallosi aning maygʻa garav.

108

Jonimgʻa qilur javru jafo yor asru
Kim, yor ichida javru jafo bor asru.
Boʻldum chekibon javru jafo zor asru,
Men javrkashu yor jafokor asru.

109

Gar qilsa kishi qilib gunohe, tavba,
Ul jurmgʻa boʻlsa uzrxohi tavba.
Qilmoq necha goh jurmu gohe tavba,
Bu jurm ila tavbadin ilohiy tavba.

110

Ne yuzini gʻoza aylamish farsuda,
Ne koʻziga surma tortmish behuda.
Ne qoshini vusma aylamish oluda,
Bu yuzu koʻzu qoshdin eman osuda.

111

Nomang manga ruhdin nishon boʻldi yana,
Osoyishi joni notavon boʻldi yana.
Har harfi aning tanimda jon boʻldi yana,
Har lafzi hayoti jovidon boʻldi yana.

112

Chun lola toʻkuldi, lolagun jom ichma,
Gul fasli tugandi mayi gulfom ichma.
Javzoda chu tutti mehr orom ichma,
Koʻp boʻlsa zarurat oʻlmayin shom ichma.

113

Mugʻ dayrida boʻlsa manga bir koshona,
Malja’ dagʻi piri dayrdek farzona.
May mugʻbacha tutsa har zamon mastona,
Kofir boʻlayin boʻlsa murodim yona.

114

Ham jismingga za’f boʻlsa jonim sadqa,
Ham joningga jismi notavonim sadqa.
Sarvinggʻa shikast oʻlsa ravonim sadqa,
Yoʻq-yoʻqki, sanga jonu jahonim sadqa.

115

Yo koshifi asrori nihon boʻlsa kishi,
Halloli rumuzi osmon boʻlsa kishi.
Yo oshiqi zori notavon boʻlsa kishi,
Devonavu rasvoyi jahon boʻlsa kishi.

116

Sen xud borasen koʻngulni qaytargʻil, axiy,
Bedilliq oʻtidin meni qutqargʻil, axiy.
Yo tiygʻ chekib toʻsh-toʻshidin yorgʻil, axiy,
Bir porasini bizga berib borgʻil, axiy!

117

Sen borgʻali ortmish koʻngul zorligʻi,
Oh oʻqlaridin har nafas afgorligʻi.
Bilman unutulgʻanmu ekandur manga hajr,
Yo koʻprak erur bu qatla dushvorligʻi.

118

Jonimgʻa yetipturur xumor, ey soqiy,
May tutqilu berma intizor, ey soqiy.
Avval oʻzing ayla ixtiyor, ey soqiy,
Tutqil menga soʻngra zinhor, ey soqiy,

119

Oxir dami umr etsa shitob, ey soqiy,
Tutqil manga oncha mayi nob, ey soqiy
Kim, hashrda mast oʻlay xarob, ey soqiy,
To anglamay etsalar azob, ey soqiy.

120

Dedim zaqaning tutub, saqogʻingni oʻpay,
Koʻz qoshingga surtubon qabogʻingni oʻpay.
Guldek yuzung islabon dudogʻingni oʻpay,
Yoʻq, yoʻq-yoʻq, agar desang, ayogʻingni oʻpay.

121

Har zulf xamigʻa qilma vobasta meni,
Har koʻz havasidin etmagil xasta meni.
Har qosh tamaigʻa solma payvasta meni,
Yo rab, borisidin ayla vorasta meni.

122

Jonimda xumordin azob, ey soqiy,
Koʻnglumda ham andin iztirob, ey soqiy.
Yetkur manga jomi mayi nob, ey soqiy
Kim, holim erur asru xarob, ey soqiy.

123

Furqat sahari gʻamgʻa yoʻliqturdi meni,
Hijron kuni yuz balogʻa topshurdi meni.
Gʻam shomi oʻlum holigʻa yetkurdi meni,
Tong otqucha uyqusizligʻ oʻlturdi meni.

124

Munglugʻ boshim ostidagʻi toshimnimu dey?
Tosh ustidagi gʻarib boshimnimu dey?
Hasrat suyidin koʻzimda yoshimnimu dey?
Oʻlmakdin sa’broq maoshimnimu dey?

125

Ne dashti maxuf emish fano sahrosi
Kim, anda kirarga yoʻq balo yarosi.
Hargiz chu yonib kelmadi nopaydosi,
Kimdin kishi aylagay nishon ilqosi.

126

Avval menga vasli ruhparvar ne edi,
Soʻngra qilmoq hajr ila muztar ne edi.
Desam boʻlar, ey shoʻxi sitamgar, ne edi,
Derkim, senga ne, men bilayin har ne edi.

127

Koʻz birla qoshing yaxshi, qabogʻing yaxshi,
Yuz birla soʻzing yaxshi, dudogʻing yaxshi.
Eng birla menging yaxshi, saqogʻing yaxshi,
Bir-bir ne deyin, boshdin ayogʻing yaxshi.

128

Yo rabki, fano bazmida xos ayla meni,
Faqr ahligʻa sohib ixtisos ayla meni,
Yo doxili zumrayi xavos ayla meni,
Yo ranji avomdin xalos ayla meni.

129

To dasht bahor birla rangin boʻlgʻay,
Gulzor nigorxonayi Chin boʻlgʻay.
Dasht uzra senga saltanat oyin boʻlgʻay,
Gulzor aro taxt ustida taskin boʻlgʻay.

130

To charx visoli koʻyidin surdi meni,
Qatl aylagali hajrgʻa topshurdi meni.
Gar hajr oʻlum holigʻa yetkurdi meni,
Yor etkani ta’na, lek oʻlturdi meni.

131

Hajring sipahi zeru zabar qildi meni,
Gʻam kishvari ichra darbadar qildi meni.
Andinki batar emas, batar qildi meni,
Jon olgʻucha ne deyki, nelar qildi meni.

132

Nomangki, menga mujdayi jone erdi,
Hijron gʻamidin xatti amone erdi.
Zulmatqa savodi gar nishone erdi,
Mazmun anga obi zindagoniy erdi.

133

Til soʻz bila to qizitti hangomamni,
Bir ham tiya olmadim bu xudkomamni.
Har necha itikrak ayladim xomamni,
Ul xoma qaroroq ayladi nomamni.

Koʻrsatkichlar

Tarixiy, Adabiy Va Mifik Shaxslar Nomi Koʻrsatkichi

Abobakir — qit’a 39, 1.

Abulgʻoziy Sulton Husayn Bahodirxon— debocha, 10.

Ayoz —gʻazal 213, 6; 276, 3.

Aliy — gʻazal 276, 5; qit’a— 47, 1.

Amir Xusrav Dexlaviy — debocha, 11.

Afridun — gʻazal 97, 7; 105, 9; 22, 7.

Axraman — gʻazal 266, 2.

Bahrom — gʻazal 172, 6.

Bilol — gʻazal 51, 4.

Bilqis —gʻazal 223, 9; 253, 7.

Bulahab— gʻazal 45, 8.

Bul’alo — gʻazal 45, 8.

Vomiq —gʻazal 2, 6; 111, 3; 149, 5; 337, 8; 393, 3; 412, 6; 487, T; 593, 6.

Dovud — gʻazal 225, 6; 287, 5; 538, 4. Doro — gʻazal 5, 3; 591, 7, debocha, 9.

Jamshid (Jam)— gʻazal 1,3; 16,6; 41,9; 97,7; 105,8,9; 120, 7; 178, 6; 222, 7; 257, 7; 315, 7; 347, 7; 353, 6; 415, 3; 511, 3; 556, 5; 573, 6; 581, 7; 650, 7.

Imron —328, 4.

Iskandar (Skandar) —5, 3; 257, 7; 591, 7.

Iso —gʻazal 90, 1; 114, 3; 133, 2; 207, 5; 225, 2; 257, 3; 264, 9; 293, 5; 347, 2; 364, 6; 429, 4; 450, 7; 462, 3; 475, 1; 486, 2; 522,4; 542,2;

muxammas—1,7 bandi

musaddas — 3 baid.

Kay — gʻazal 581, 7.

Kayoniy — debocha 19.

Kalim — gʻazal 51, 6.

Kayxusrav — gʻazal 511, 3; 516, 5.

Laylo —gʻazal 2,4; 20,4; 45,6; 72,6; 184,5; 198,5; 221,7; 228, 1; 359, 6; 368, 4; 386, 4; 440, 4; 489, 2; 505, 2; 559, 6; mustazod 1, 4.

Lutfiy — gʻazal 457, 6.

Mavlaviy — gʻazal 650, 6.

Majnun —gʻazal 2, 4; 20, 4; 35, 4; 45, 6; 60, 3; 68, 5; 72, 6; 105,6; 113,3; 114,6; 126,5; 135,4; 138,5; 149,5; 184,5; 187, 5; 221, 7; 222, 1, 2, 3; 227, 6; 228, 1; 257, 5; 289, 4; 305, 5; 320, 2; 335, 4; 336, 1, 7; 337, 8; 345, 3; 359, 6; 361, 7; 368, 4; 386, 4; 393, 3; 398, 7; 412, 6; 413, 7; 426, 5; 429, 3; 435, 5; 439, 2; 440, 4; 449, 6; 453, 4; 455, 7; 458, 7; 480, 2; 482, 6; 487, 7; 489, 2; 493, 6; 505, 2; 528, 7; 548, 7; 552, 5; 559, 6; 590, 573, 2; 598, 6; 612, 2; 627, 1;

muxammas —2, 5 band, 7 band;

tarji’band —7 band, 1 misra;

ruboiy —39, 3.

Malik shox Alp Arslon — debocha, 11.

Maryam —gʻazal 146, 5; 364, 6.

Mirak — gʻazal 331, 6.

Mirzo Chuchuk —gʻazal 559, 1.

Moniy — gʻazal 650, 3.

Muxammad — debocha 1.

Muxammad Umar — gʻazal 528, 6.

Namrud — gʻazal 5, 2.

Nizomiy — masnaviy VII, 5.

Nux —gʻazal 102, 5; 196, 7; 334, 7.

Odam—gʻazal 6, 1; debocha 5.

Rustam — tarji’band IX, band 9; masnaviy VII, 8.

Rasul — gʻazal 5, 7; 89, 7.

Ruxulloh (Masih, Muso) — gʻazal 18, 3; 23, 6; 49, 5; 57, 5; 59, 1; 65, 2; 73, 4; 89, 2; 101, 3; 120, 6; 139, 4; 146, 6; 150, 5; 156, 5; 164, 4; 165, 3; 219, 5; 226, 3; 231, 5; 285, 2; 287, 5; 289, 2; 293, 5; 311, 4; 328, 4; 351, 4; 353, 4, 7; 374, 3; 384, 3; 388, 2; 462, 1; 463, 2; 465, 4; 471, 6; 483, 1; 486, 1; 488, 1; 501, 9; 508, 6; 558, 4; 600, 3; 605, 3; 639, 4; masnaviy VI, 6.

Saynid Hasan — masnaviy III, 6.

San’on — gʻazal 565, 3.

Somiriy — gʻazal 388, 2.

Sulaymon —gʻazal 7, 7; 157, 8; 196, 7; 253, 7; 266, 2.

Suxayb — gʻazal 51, 4.

Suxayl —gʻazal 21, 4; 291, 1.

Uzro (Azro) — gʻazal 2, 6.

Farhod —gʻazal 2, 7; 35, 4; 111, 3; 118, 5, 126, 5; 149, 5; 187, 5; 205, 6; 222, 1, 2, 3; 320, 2; 335, 4; 336, 7; 335, 3; 393, 3; 412, 6; 413, 7; 426, 5; 429, 3; 435, 5; 439, 2; 458, 7; 483, 2; 489, 4; 493, 6; 499, 1; 540, 4; 555, 3; 593, 6; 597, 2; 627, 1.

Firdavsiy — masnaviy VII, 8.

Fuzayl Bormoqiy— gʻazal 376, 3.

Xalil — gʻazal — 2, 8; 389, 7; 472, 5.

Xizr —gʻazal 16,6; 24,6; 57,5; 74,1; 101,3; 225,3; 249,6; 278, 1; 334, 5; 359, 3; 370, 6; 384, 5; 387, 6; 403, 5; 488, 8; 512, 2; 529, 1; 542, 7; 577, 4; 629, 6, 8.

Xotam — debocha 5.

Xusrav —gʻazal 156, 9; 282, 7; 355, 3; 540, 4; 650, 7.

Shirin —gʻazal 2, 7; 483, 2; 489, 4; 540, 4.

Shuayb — gʻazal 51, 6.

Yusuf —gʻazal 272, 1; 358, 1; 374, 3; 436, 3; 441, 8; 461, 9; 462, 3; 479, 4; 502, 2; 523, 1; 538, 4; 558, 4; 639, 5; musaddas 3 band.

Ya’juj— gʻazal 209, 7.

Ya’qub —gʻazal 462, 2; 538, 4.

Qorun —gʻazal 56,6; 97, 7; 336, 8; 476, 2; 496, 8; 573, 6.

Qubod —gʻazal 120, 7; 353, 6.

Xomun — gʻazal 336, 4.

Hofiz Sheroziy — gʻazal 287, 7.

Geografik Nomlar Koʻrsatkichi

Adan — gʻazal 475, 4.

Ajam —gʻazal 199, 9; 309, 7; 317, 7; 430, 7.

Afranj — gʻazal 92, 9.

Badaxshon — gʻazal 407, 5; ruboiy 50, 3.

Batxo — gʻazal 6, 7.

Bogʻi Safid — gʻazal 127, 7.

Boki Zogʻon — gʻazal 127, 7.

Zamzam — gʻazal 6, 5.

Zuhal — gʻazal 223, 9.

Jayxun —gʻazal 20, 1; 2; 403, 3; 496, 3.

Imron — gʻazal 328, 4.

Iroq—gʻazal 91, 9; 199, 9; 309, 7; 317, 7; 430, 7; 471, 7.

Kan’on —gʻazal 144, 2; 462, 2.

Ka’ba —gʻazal 6,4; 117, 9; 196, 5; 294, 8; 370, 6; 440, 9; 509, 5.

Kashmir — debocha 12.

Madina — gʻazal 92, 9.

Marv — gʻazal 637, 1.

Mozandaron — gʻazal 86, 7; 637, 1.

Nerez — gʻazal 309, 7.

Ray — musaddas XI, 2.

Samarqand— muxammas XIII, 2.

Sipohon — musaddas XI, 2.

Tus — qit’a 45, 1.

Ummon —gʻazal 95, 4; 407, 6; 529, 3.

Xuroson — masnaviy X, 3.

Xutan —debocha 12; gʻazal 264, 1; 520, 3; 623, 5.

Qof —gʻazal 133, 6; 194, 6; 465, 5; masnavny IX, 3.

Qulzum — gʻazal 95, 4.

Chin —gʻazal 231, 2; 505, 5; 650, 3; ruboiy 129, 2.

Yaman — gʻazal 21, 4.

Yasrib — gʻazal 6, 8.

Hinduston — gʻazal 167, 5.

Hijoz —gʻazal 91,9; 199,9; 213,7; 309,7; 317,7; 430,7.

Hiriy (Hirot) — gʻazal 91,9; masnashsh XSh, 2.

Etnik Nomlar Koʻrsatkichi

Arab — gʻazal 45, 6; 89, 6.

Barlos — gʻazal 262, 7.

Gabr — gʻazal 282, 10.

Juxud — gʻazal 116, 4; 282, 10.

Loʻli —gʻazal 140, 8; 451, 6; 578, 5.

Tarxon — gʻazal 262, 7.

Turk —gʻazal 213,5; 441,6; 481,5; 499,5; masnaviy VII, 4.

Tarso — gʻazal 282, 10.

Xito — debocha 12 bet; gʻazal 641, 8.

Oʻzbak — gʻazal 240, 4.

Hindu —gʻazal 24, 1; 58, 7; 116, 3; 197, 5; 312, 3; 374, 7; 444, 4; 510, 2; 528, 2; 578, 1; 623, 5.

III- qism
 
Keyingi