OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAlisher Navoiy
Asar nomiLayli va Majnun (I- qism)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Alisher Navoiy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
NashriyotOʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining «Fan» nashriyoti, Toshkent, 1992
Hajm112KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/24
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
Alisher Navoiy - Mukammal Asarlar Toʻplami (Yigirma tomlik)

Tahrir hayʼati: K. Yashsin, E. Yusupov, Izzat Sulton, A. Qayumov, B. Nazarov, A. Hayitmetov, F. Sulaymonova, S. Gʻanieva, M. Hakimov, P. Shamsiev
Ilmiy-tanqidiy teksti asosida dostonni izohlar bilan nashrga tayyorlovchi: T. Gʻafurjonova
Masʼul muharrir: S. Gʻanieva

Taqrizchilar: S. Hasanov, S. Erkinov



iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Layli va Majnun (I- qism)
Alisher Navoiy

I


Ey yaxshi oting bila sarogʻoz,
Anjomigʻakim etar har ogʻoz(1).
Ey sendin ulus xujasta farjom,
Ogʻozingga aql toimay anjom.
Ey aqlgʻa foizi maoniy,
Boqiysenu borcha xalq foniy.
Ey elga adam baqoni aylab,
Zotinggʻa fanoni foni aylab,
Ey ilminggʻa gʻayb sirri maʼlum,
Mavjudsen, oʻzga borcha maʼdum.
Ey yoʻq qilibon adamni budung,
Yoʻqlugʻni adam qilib vujudung.
Ey husnni dilpazir qilgʻon,
El koʻnglin anga asir qilgʻon.
Ey husngʻa aylaganni shaydo,
Majnunlugʻ ila qilib huvaydo,
Ey ishq oʻtin aylagan jahonsoʻz,
Har bir shararini xonumonsoʻz,
Ey oʻrtab ul oʻtqa xonumonlar,
Ne xonu ne monki, jismu jonlar,
Ey kimniki aylabon parivash,
Majnun anga yuz asiri gʻamkash,
Ey kimni qilib parigʻa Majnun,
Ashki suyin oqizib jigargun.
Ey har sorikim qilib tajalli,
Ul mazhar oʻlub jahonda Layli.
Ey oniki Layli aylab otin,
Majnun qilmoq qilib sifotin,
Ey Majnunung xiraddin ozod,
Ohi beribop xiradni barbod,
Ey aql sening yoʻlungda gʻofil
Kim, telba sening yoʻlungda oqil.
Ey bandalarigʻa jovidona,
Omurzish uchun tilab bahona,
Ey ashk suyidin aylabon past
Doʻzax oʻti shuʼlasini payvast.
Koʻk er kibi pastu murtafiʼsen,
Balkim eru koʻkka muxtariʼsen,
Sunʼung bila toʻrt zid muvofiq,
Hukmung bila etti koʻk mutobiq.
Tun-kunki qilur sipehr novard,
Sening talabingdadur jahongard.
Boshdinki qadam qilib durur mehr
Istab ssni boʻldi zaʼfaron chehr.
Bordur talabinggʻa borcha moyil,
Lekin sepi toimoq asru mushkil.
Har negaki desa oʻxshamassen,
Sendin durur ul sen ul emassen,
Harne seni desa royi soyib,
Ul sendinu sen aroda gʻoyib,
Gʻoyibsen angaki boʻlsa nozir,
Nozirgʻa dogʻi bor ishda hozir.
Aflokka sen shitob berding,
Anjumgʻa bu nuru tob berding,
Kun yuzini aylading mushakkal,
Tun koʻzini aylading mukahhal.
Ey siymini aylading zarafshon,
Tunning shabʼasini gavharafshon(2)
Toqqa beribon libosi xoro,
Zarrin kamar etting oshkoro.
Qish mehrini chun itikrok etting,
Qorning sadafin arusak etting.
YoZ yomgʻuri etgach aylading bot,
Yer chakmanini yashil saqarlot.
Lola qadahini toshqa urdung,
Jola guharini boshqa urdung,
Gul yofrogʻini havogʻa sochting,
Gʻuncha karamin sabodin ochting,
Gulga bsribon zumurradiy taxt,
Gʻuncha kibi aylading javonbaxt.
Kecha anga boʻlmasun debon biym,
Berding nargisga mashʼali siym,
Chun koʻkni xusufzod qilding,
Oyning kumushin savod qilding.
Gohiki kasofat etti mahtob,
Mehr oltunin aylading siyahtob.
Berding chu jihatqa zeb ila far,
Boshi uza tikting olti gavhar.
Unsurni tuzuk saroy qilding,
Devorini chordoy qilding.
Kiydurding ziynat aylamakdin,
Toʻquz xilʼat anga falakdin,
Koʻk atlasu bori zarhal etgan,
Anjum duridin mukallal etgan,
Jaybi aro tugma tiyru Nohid,
Egnida tirozi Oyu Xurshed,
Yoʻq, yoʻqki, bu etti jirmi moviy.
Anda etti chobuki samoviy
Kim, borchalarini foil etting,
Sayru harakatga shogʻil etting,
Obo chu bularga ot boʻldi,
Ul toʻrt ham ummahot boʻldi.
Aylab bu ato, anogʻa payvand,
Uch qilding arolarida farzand.
Har birining oʻzgacha sifoti,
Hayvoniyu koniyu nabotiy(2).
Andoq chu tuzildi kadxudoliq,
Bu navʼ oʻldi ato-anoliq.
Bir kimsaga toʻrt agar tarabdur,
Yetti aro toʻrt bas ajabdur.
Har maylgʻa toqding, ikki zanjir,
Qilding laqabin qazovu taqdir.
Gardunni sen aylading sabuk sang,
Davronni sen aylading kuhan lang,
Gar boʻlsa sipehru arz bir-bir,
Chun sendin erur senga ne tagʻyir.
Var topsa baqoyi lonihoyat
Kim, sendin erur oʻshul inoyat.
Har shohki andin el haroson,
Yoʻq qilmoq ani qoshida oson.
Yo qaysi gadoki noni yoʻq-yoʻq,
Shoh etsang anikim, etay yoʻq.
Zohidki ulusqa qilgʻay irshod
Solsang tomugʻ ichra kimga irod?
Fosiqki erur bor ishi muhmal,
Yorliqasang oni kimga mudxal?
Bas olam ichini aylading qon,
Bir duqma yutargʻa yutti ming qon.
Bas johil erurki begʻamu ranj,
Toʻktung etagiga maxzanu ganj,
Bu ishta ne bilsun el kamohiy,
Ne erkani hikmati ilohiy.
Lekin bu taraf koʻngulga yoʻldur
Kim, harneki aylading ish uldur.
Kimni nedin aylading navosoz,
Topqon anga ne koʻp erdi, ne oz.
Har kimga ne berganing bas erdi,
Andin koʻpu oz kerakmas erdi.
Topqongʻa qanoat ulki qilmas,
Oʻz maslahatini sencha bilmas,
Bizdin neki kelsa bejihatdur,
Sepdin neki boʻlsa maslahatdur.
Doyim qilibon savol varzish,
Xoni karamingdin ofarinish.
Kunduz sanga bir gadoyi rusi,
Xursheddin egnida kadusi.
Tun dargahingga tilanchi zangi,
Egnida terisidur palangi.
Daryo sanga tolibi navola,
Kishti kafida yigʻoch piyola.
Togʻlar tutub nechukki soyil,
Ochib etagin tilarga moyil,
Yaʼni bori uzradur panohing,
Bor ulchaki bor gardi rohing.
Mulkung iki bogʻi ikki olam,
Sultonligʻ erur sanga musallam.
Bogʻing iki vardi mehr ila mah,
Ne bogʻu ne vard, allah, allah.
Shonin bilmay xiradgʻa anduh,
«Jallat olouhu va shaʼnuh»(3).

II

Pastligʻ yuzidin munojot Ul rafiuddarajot hazratidakim, sanosida aqli kull, tili lol, balki aqli kull tili shikasta maqol keldi va ul bobda maʼziratni unutmoq va uzr demokdin oʻzni maʼzur tutmoq va ajz va nomurodligʻ koʻyiga qochmoq va gadoliq ashkin sochmoq va «shayan lillah»(2) ovuchin ochmoq(1).

Poko sifatingda ahli idrok,
Soʻz surmadi gʻayri «moarafnok»(3).
Har navʼki aylasam xitobing,
Yuz oncha biyikdurur janobing,
Ulkim, «ana afsah»(4) etti daʼvo,
Fosh etti bu davʼvi ichra maʼno.
Koʻrguzdi chu pukta ichra muʼjiz,
Olam fusahosi boʻldi ojiz.
Hamdingni demak chu boʻldi komi,
«Lo uhsi»(5) edn aning kalomi.
Ul ajzigʻa eʼtirof qilsa,
Hamdingdin oʻzin maof qilsa,
Bas nazmda soʻz degan meningdek,
Men xud neki, yuz tuman meningdek,
Soʻz ajzini zohir aylamak ham,
Uz ajzini zohir aylamak ham,
Insof ila keldi nosazoliq,
Yoʻq, yoʻqki, kamoli behayoliq.
Chun hamdu sano ishi bu boʻldi
Kim, aqli kull anda uzr qoʻldi.
Ham gungi maqol boʻlmoq avlo,
Bu uzrda lol boʻlmoq avlo.
Qilmay daʼviyi xush adoliq,
Arz ayla, Navoiyo, gadoliq.
Yorab, eshigingda ul gadomen
Kim, boshtin-ayoqqacha xatomen.
Mushkum bu xatoda boʻldi kofur,
Kofur ila mushkum oʻldi benur.
Isyon oʻtidin kuyub jahonim,
Dudi bila tiyra xonumonim,
Rasvoliq oʻtin jahongʻa sochib,
Uchqunlarin osmongʻa sochib,
Ham ushbu unum toshib jahondin,
Ham uchquni oshib osmondin,
Atfoli junun jafo qilib fosh,
Har lahza boshimgʻa yogʻdurub tosh.
Majnunlugʻum ichra gar koʻrub dev,
Mendin qocharigʻa aylabon rev.
Devonaligʻim nechukki majnun,
Sargashtaligʻim nechukki gardun.
Zanjiri junun erur nishoni,
Anduh sipehri kahkashoni.
Joʻlida sochim bor charx aro tun,
Yoʻqkim, boshima kelib qaro kun.
Bu navʼ qaro kun ichra qorib,
Yaʼniki, qaro tunum oqorib.
Zunnor belimga nafs etib chust,
Kufr ichra belimni bogʻlabon rust,
Har lahza ishimni charxi bebok,
Ul rishta bila etib girihnok.
Yaxshiliq itib bu notavondin,
Holimni desam yomonroq andin.
Holim sharhiki bas uzundir,
Bu turfaki dam-badam fuzundur.
Bu ranjki keldi jovidoni,
Uzdin boʻlmas keturmak oni.
Men qilsam edi aning davosi,
Boʻlmaq manga erdi mubtalosi.
Har necha emas manga bu oson,
Lekin sanga bordur asru oson.
Boq dardu malolatimg-a, yorab,
Rahm ayla bu holatimgʻa, yorab,
Lutf ayla oʻzum sori yoʻlum chek,
Chekting chu yoʻlum tutub qoʻlum chek.
Tortib bu magʻoqdin chiqorgʻil,
Gʻarqobi halokdin chiqorgʻil.
Chun olima qoʻymading yovuz yoʻl,
Sayr ichra nasibim ayla tuz noʻl.
Shukrunggʻa tilimni qoyil ayla,
Sajdanggʻa boshimpi moyil ayla,
Oʻksutma hidoyatingni mendin,
Kam qilma inoyatingni mendin,
Boʻl rohnamun manga ul ishga
Kim, boʻlsa sanga rizo ul ishga.
Ul ish manga qil murodu maqsud
Kim, boʻlsang oʻzung ul ishta xushnud
Bir ishki emas rizosi sendin,
Ermas bu qul iltimosi sendin,
Har qissada shukr sol tilimgʻa,
Har gʻussada sabr ber ilimgʻa.
Har zuhdki ujb erur anga zam
Koʻnglum haramigʻa qilma mahram.
Har jurmki uzr erur anga yor,
Ul jurmni aylagil manga yor.
Gar uchmogʻu gar tomugʻ durur yoʻl,
Sen lutf ila anda yoʻldoshim boʻl.
Raddimgʻa qabulni mutiʼ et,
Jurmumgʻa rasulni shafiʼ et.

III

Ul risolat sipehrining quyoshi naʼtidakim, magʻrib soridin tuluʼ qilib, Makka avjida kamol tutti, balki anvori ashroqi bila mashriqdin magʻribqacha «Kashshamsi nisfunnahor»(2) yorutti va kufr shomida islom shamʼi yoqti va jomgʻa yaqin uyoqti(1).

Ey jilvagahing sipehri axzar,
Raxshing izi rashki mehri anvar.
Ey mashʼali mehr shamʼi johing,
Bal mehru sipehr xoki rohing.
Bukim sanga charx xoki rahdur,
Meʼroj tuni munga guvahdur.
Ey rifʼating olida falak past,
Ummatlaring anbiyogʻa hamdast.
Olamda risolating navidi,
Odamgʻa shafoating umidi.
Ey «kuntu nabiyyan»(3) aylab ogʻoz,
Choʻp xilqating ichra aytibon roz.
Odam shajaringgʻa meva monand,
Farzandingga olam ahli farzand.
Ey nurung oʻlub jahongʻa sobiq,
Balkim toʻquz osmongʻa sobiq.
Zoting bila muftaxir jahon ham,
Sayring bila toʻquz osmon ham.
Ey rutbada xayling ofarinish,
Yoʻq, yoʻqki, tufayling ofarinish.
Har necha jahon boʻlub tufaylyng,
Boʻlmay bu tufayl sori mayling.
Ey zoting nomai futuvvat.
Orqosida xotami nubuvvat,
Ul muhr xututi vasfi zoting,
Xotam alifiyu tesi oting.
Ey ilm sanga ladunni anjom,
Maktab sori ranja aylamay gom.
Olingga vale kelib muaddab,
Ilm ahli nechukki, tifli maktab.
Ey sunmay ilikni xoma sori,
Ul navʼki xoma noma sori.
Nomang vale andakim boʻlub fosh,
Xattidin Ulus koʻtarmayin bosh.
Ey poʻyada markabinggʻa taʼjil,
Olingda haqir payki Jibril(4).
Hudhudgʻa ne moya, qadru somon,
Sayr aylasa er uza Sulaymon(5).
Ey zumrai anbiyo shafii,
Olam eli buyrugʻung mutii.
Buyrugʻlaring elga qarz yangligʻ,
Sunnatlaring ulga farz yangligʻ.
Qadring eti charxdin muallo,
Zoting xud ikki jahondin aʼlo.
Sen boʻlmasang anbiyoda kimdur
Kim, nutqi javomiul-kalimdur.
Vah-vah, ne kalomi muʼjiz oyin
Yoʻq oʻyla rusulgʻa hargiz oyin.
Ahkomi bila jahon nizomi,
Nazmi iki olam intizomi.
Har bir alifi qilib sipon tez,
Kufr ahligʻa ul sinoni xunrez.
Miqroz ila lom-aliflari rust,
Taʼn ahli tilin tutub kesib chust.
Bu nomagʻa nusxa zoti poki,
Tengri soʻzidin ulusqa hoki.
Sunʼ ilgi chekib bu nomagʻa tam.
Orqosigʻa bosti naqshi xotam,
Xotam dema oni, mushki tar de,
Yoʻq mushkki, munxasif qamar de.
Ruxsoriki keldi qursi xurshed,
Ul mehr qamarvash oʻldi jovid.
Chun jismi jihoti boʻldi hoyil,
Nuri bu qamarning oʻldi zoyil.
Ul mehrgʻa garchi munharifdur,
Chun hoyili bor muixasifdur.
Hoyil dema, bu jahoni sugʻro,
Sugʻro emas, ul xujasta tugʻro.
Kim zoti qoshida etti toram,
Toram dema, balki arshi aʼzam.
Meʼroj tuni taboh boʻldi,
Barcha anga xoki roh boʻldi,
Bas olame oʻldi zoti kubro,
Yuz onchaki, ushbu jirmi gʻabro.
Gʻabro neki ming sipehr chogʻliq,
Nur ichra tuman bu mehr chogʻliq.
Yer uzra kelib jahondin ortuq,
Charx uzra ekanda andin ortuq.
Boʻlmasa jahondin ortugʻ ul pok,
Bas boʻlmas edi matofi aflok.
Boʻlmasa sipehrdin kiromi,
Arsh oʻlmas edi aning maqomi.
Gar mehrdin oʻlmasa munavvar,
Qilmas edi lomakonni anvar.
Gardundin oʻtar zamon buroqi,
Oy-kun boʻlubon iki junoqi.
Islom tanigʻa ul kelib ruh,
Asxobi anga fido qilib ruh.
Un yori javohiri nafoyis,
Zohir qilib ul badangʻa oʻn his.
Ul toʻrtki dingʻa keldi nosir,
Bu ruh tani uchun anosir,
Ul ruhu havosu toʻrt unsur
Kim aqlgʻa soldilar tahayyur.
Bu jismgʻa mustadom boʻlsun,
Suhbatlari bardavom boʻlsun.
Oliki, riyozigʻa shajardur,
Avlodi shajar uza samardur.
Boryasigʻa har guzin avqot,
Yuz ming salavot ila tahiyot,

IV

Ul shomi visolningkim, «Val-layli izo yagʻsho»(2) oyati boʻla olgʻay aning shonida savodi yozilmogʻi va munungdek shomda ul musofiri samoviyning shabgir baland qilmogʻi va subhi visol eshiklari yuziga ochilmogʻi va mehri murod topilmogʻi(1)

Gʻam shomida zoru ranjparvard,,
Kezmak necha oy xayoli shabgard.
Necha gʻam aro tuzub tarona,
Bu shomdin aytmoq fasona
Kim, tuli hayotim etti nobud,
Savdosida hech toimadim sud.
Vah, ne kechakim, qaro baloyi,
Kun ganjini koʻmgan ajdahoyi.
Dilbar sochidek harosi jonda,
Men munda, nechukki koʻnglum onda,
Bu shom fasonasi uzundur,
Haddin qaro qaygʻusi fuzundur.
Fikrida tutar koʻngulni qaygʻu,
Savdosida koʻz boʻlur qarongʻu,
Jon mehnati keldi zikri oning,
Umr ofati boʻldi fikri oning.
Bu shomgʻa istasang nihoyat,
Ul shomdin aylagil hikoyat.
Kim rangi edi chu mushki nobi,
Har yulduzi rashki oftobi
Shabnamlarikim, sochib zaroyir.
Olamni tutub nujumi soyir.
Tun gardin shabnami qilib gum,
Gʻam tiyraligʻin dogʻi ul anjum.
Gardun chiqorib kecha palosin,
Davrongʻa yopib sahar libosin.
Tun dahr yuzidin oritib meng,
Kunduzni oʻziga tutmayin teng.
Kunduz uyolib bu holatidin
Kim, erga kirib xijolatidin,
Bu ishga kulub sipehri xazro
Kim, tishlarin aylab oshkoro.
Atfoli nujum aylabon mayl
Uqurgʻavu oʻqumogʻi «Val-layl».
Chun laʼbu nishot alargʻa ortib,
Ustodi qazo falakka tortib,
yoʻqkim bori ranju gʻussadin shod,
Yaʼniki falak gʻamidin ozod.
Qolmay falak ichra zulmat oti,
Borin supurub, malak qanoti.
Degilki havoda yuz tuman hur,
Orazlaridin sochar edi pur.
Oraz xayidin sochib nihoni,
Shudrun kibi obi zindagoni.
Isoni taajjub aylabon lol,
Haryon falak uzra muztarib hol.
Bot-botki olib dami ravonbaxsh,
Olamgʻa esib nasimi jonbaxsh.
Oqshom dsmagilki, subhi ummed,
Ne subhi umed, subhi jovid.
Mundoq kecha shamʼi jilvasozi.
Ne shamʼki, mashʼali tirozi.
Mashʼal demagil, mahi munavvar,
Ne mashʼalu mahki, mehri anvar.
Tun oʻylaki, mehri osmonii,
Olam elidin boʻlub nihoiiy.
Bir xobgahi nihoni ichra,
Manzilgahi ummahoni ichra.
Bor ishdin etib oʻzini maʼzul,
Mahbub xayoli birla mashgʻul,
Kim etti baridi nur baxshi,
Hamroh anga mahz nur raxshi.
Paykiga vujud to adam gom,
Ul paykka raxsh dogʻi hamgom.
Har ergaki koʻzlari tushub tez,
Ul ergacha ikkisiga bir xez.
Chun etti ravandai samoviy,
Ul mehri samogʻa boʻldi roviy
Qim, vaslingga haqdur orzumand,
Boʻl sen dogʻi vaslidin barumand.
Bu raxshki barqi garmravdur,
Yoʻq-yoʻqki, buroqi barqdavdur.
Xilqat aro nurdin sirishti,
Ne nur, farishtai bihishti.
Yoʻq jismigʻa kimsa hamlidin dard,
Ne kimsaki, anda qoʻnmayin gard,
Loyiq sanga keldi bu janibat,
Otlanki, mahal erur gʻanimat.
Bu soʻzni eshitgach ul yagona,
Goʻyoki tilar edi bahona,
Markab uza chiqti sekribon bot.
Ioʻldosh ila yoʻlgʻa tushti hayhot.
Koʻkta tilaganni erda topti,
Chun er uza mindi koʻkka chopti.
Ul poʻyada markabi sabukpay,
Olam-olam qilur edi tay.
Gardunki koʻzin yuziga ochti,
Anjum diramin boshigʻa sochti.
Chun koʻrdi furugʻ talʼatini,
Oy chekmadi mehr minnatini.
Mukshiy koʻrubon xati savodin.
Kayvon yuziga sochib midodin.
Zuhra yoʻlida tuzub navozir,
Mutriblardek boʻlub miyongir.
Isogʻa etib chu kimiyosi,
Zarbaft boʻlub quyosh libosi.
Bahrom koʻrub biyik janobin,
Tashlab qilichin, oʻpub rikobin.
Birjisqa chun etib rikobi,
Ish anga saodat iktisobi.
Soyisligʻigʻa Zuhal urub fol,
Gazdasta bila qoʻlida gʻirbol.
Savru Hamal aylabon figʻonlar,
Qurboni aning qilurgʻa jonlar.
Javzo koʻzi toʻrt oʻlub Baqardin,
Topib Saraton ham ul nazardnn.
Ham Sher tutub yoʻlida goʻsha,
Ham Xoʻsha boʻlub otigʻa toʻsha,
Jon sanj oʻlUb izidin Tarozu,
Aqrab topib anda noʻsh doru.
Yoy goʻsha tutub qoshi xamidin,
Qoʻchqor oʻlub oʻchku maqdamidin.
Qoʻbqa suyi obi zindagoniy,
Ul suv bila toza Xut joni.
Boʻlmay chu bu burjlarda sobit,
Durlar yoʻligʻa sochib savobit.
Qolib chu oʻtib falak navardi.
Gard ichra sipehri lojuvardiy.
Chun yuqori sekretib samandin,
Arsh zgniga berkitib kamandin,
Kursi dogʻi lavx ila kalam ham,
Raxshi izidin boʻlub mukarram.
Rafraf yoʻligʻa qadamni solib,
Bir-bir oti birla payki qolib.
Borligʻ toʻnin egnidin solib chust,
yoʻqlugʻ kamarini bogʻlabon rust.
Davrida jihotdin asar yoʻq,
Unsurdin jismigʻa xabar yoʻq.
Ne davrida oltidin maosir,
Ne jismida toʻrtdin anosir.
Tan birla borib, vale borur chogʻ,
Ne oʻtu ne suv, ne el, ne tufrogʻ
Kim, tan anga jondin ortugʻ erdi,
Jon ikki jahondin ortugʻ erdi.
Solib oʻzin anda bexudona,
Oʻzdin chiqibon boʻlub ravona.
Qolib oʻzi, ul oʻzida qolmay,
Solib oʻzinu oʻzini solmay.
Bir erga etibki, aql etmas,
Ul vajh ila aql bovar etmas.
Poya topib anda qoba qavsayn,
Diydor oʻlub anga qurratul-ayn.
Tun anbari zulfini qarortib,
«Mozogʻ»(3) koʻziga surma tortib.
Ochqoch basarin bu toʻtiyodin,
Ravshan qilibon «va mo tagʻo»(4)din.
Chun koʻrdi bu surmadin ochildi,
Maqsud tilab nazora qildi.
Fahm ettiki jilva qilmish oyin,
Shodurvoni jalolu tamkin.
Haq ochib oʻz olidin niqobin,
Yetmish ming pardai hijobin,
Chekgi ani ul haramgʻa onsiz,
Ne jismu ne jon, ne jismu jonsiz.
Koʻrgach oʻzin ul haramda mahram,
Mahv oʻldi bu mahram, ul haram ham.
Chun yor qoshinda bor topti.
Oʻzni tilagoncha yor topti.
Oʻzni chu koʻrub aroda nobud,
Izhor etib oʻzga arzi maqsud.
Haqdin neki fahm etib xitobin,
Ham haq soʻzidin topib javobin,
Haq har ne ato qilib nasibi,
Ham haq bilibu bilib habibi.
Har neki alardin oʻzga agʻyor,
Balkim yoʻq alardin oʻzga dayyor.
Bal keldi alar demak xatodin,
Isnayniyat chiqib arodin.
Aylab oʻz-oʻziga arzi maqsud,
Maqsudi boʻlub oʻzida mavjud.
Ummat yozugʻin tilab tamomiy,
Topib tilagonni ulcha komi.
Harneki tilab xujasta soyil,
Boʻlmay nema toimogiga hoyil.
Har necha talab qilib fuzunroq,
Istardin ani topib burunroq.
Topqoch neki haqdin istab oni,
Avd ayladi mohi osmoniy
Yuz qoʻydi bu korgahgʻa pur joʻsh,
Behush va lek yuz jahon hush.
Oy bordiyu keldi mehri raxshon,
Dur bordiyu keldi bahri Ummon.
Borurda edu chu dastai vard,
Chun keldi bahori nozparvard.
Haq lutfidin ilgida baroti,
Mazmuni bori ulus najoti.
Xat jaybida afv xomasidin,
El maxlasi naqsh nomasidin,
Borib keluri boʻlub iki gom,
Qay bir burun erkanida ibhom.
Ey gamzada qalblar davosi,
Motamzada jismlar shifosi.
Har ishki girih kalidi sendin,
Har kimdaki biym — umedi sendin.
Men xastaki xoru zor erurmen,
Lutfungdin umedvor erurmen.
Elga nazaring chu chorarasdur,
Men xastagʻa bir koʻz uchi basdur,
Bahri karaming chu boʻldi maʼlum,
Bir qatradin etma bizni mahrum.

V

Soʻz gavhari vasfidakim, gavhar soʻzi aning qoshida gavhar olida bir qatra suvdek boʻla olgʻay, bir necha soʻz surmoq va Ganja hakimi taʼrifidakim, ganji Qorun2aning «Panj ganji»(3) qoshida ganj olida vayronadek koʻrungay — ganjfishonliq qilmoq va Hind sohirinikim, Kashmir jodulari aning olida ip esha olmaslar — aning gavhari silkiga tortmoq va oʻz nazmining churuk rishtasin va uzuk torin ham alargʻa ulamoq(1)

Uldamki yoʻq erdi budu nobud,
Maʼdum edi emdi harne mavjud,
Haq kavngʻa solmamish edi pay,
«Konallohu lamyakun maah shay»(5).
Avvalgʻi nasimi ofarinish,
Kim qildi vujud sori junbish.
Insof ila har kishi solur koʻz,
Anglar soʻz ediyu munda yoʻq soʻz,
Kim boʻldi chu amri «kun» huvaydo,
Boʻldi «fayakun» gʻulusi paydo.
Bas avvalgʻi sado soʻz oʻlgʻay,
Har savtqa ibtido soʻz oʻlgʻay
Ey soʻz, ne balo ajab guharsen,
Gavhar neki, bahru mavjvarsen.
Ul bahrki, muncha naqshi dilkash,
Bir mavj ila ayladi munaqqash.
Yer qaʼriyu toki charx avji,
Majmui aning burunqi mavji.
Derlar seni dur, savob emas bu,
Sen javhari ruhu dur quruq suv(6),
Demakki sanga shabih erur dur,
Ul navʼdururki, durgʻa moʻldur(7),
Aytib sovumas tarona sen-sen,
Olib qurumas xizona sen-sen.
Olam eli zarra yigʻsa jovid,
Nurini kam aylagaymu xurshid.
Igna uchi birla jazb etib nam,
Kim bahr suyini aylagay kam.
Ham qadru atoda bahri aflok,
Ham lutfu bahoda gavhari iok.
Xoma bila ulkn sepi sizdi,
Gavharni qaro ipakka tizdi.
Til zikring ila chu topti tarjih,
Tishlar anga boʻldi inju tasbih(8).
Bu til bila kimsa toimadi kom,
Juz ganj fishoni Ganja orom(9).
Ayvoni sharaf nuhufta ganji,
Mizoni lut(u)f xizona sanji(10).
Maʼni diramigʻa sikkapardoz,
Uzlat haramida mahrami roz.
Sarrishtai diqqati girihnok,
Har bir girihida yuz duri pok.
Ganjinai fikri gavhar oyin,
Andin bori xalq oʻlub guharchin.
Koʻngli sadafi boʻlub guharrez.
Kilki qamishi dogʻi shakarrez.
Vahdat guharin eliga olgʻon,
Uzlat kamarin beliga cholgʻon.
Maʼni haramin musaxxar etgan,
Soʻz bikrini gʻarqi zevar etgan(11).
Ham Turi fazilat uzra Muso,
Ham Qofi qanoat uzra Anqo(12).
Muso zmas ersa kilki nogʻu
Javfi aro muzmar etti jodu.
Anqo gar emas nedin hamisha,
Soʻz Qofida uzlat etti pesha.
Nazm ahlining afsahul-kalomi,
Soʻz durrigʻa muntazim Nizomiy(13).
Ul Ganjada ganjdek nihoni,
Besh ganj qoʻyub, vale nishoni(14).
Har ganjida sayrafiyi idrok,
Hadsiz topibon javohiri pok.
Har javhari mulklar xiroji,
Shahlarning zebu farri toji.
Maʼni duridin bu ganj qismi,
Alfozu iborati tilismi(15).
Ulkim qoʻli ochsa ohanin diz,
Lekin bu tilism ochargʻa ojiz.
Koʻrgach bu tilism sohiri Hind,
Joduligʻ ishida mohiri Hind.
Knlki uchi safhagʻa fusunrez,
Ul safha jahongʻa fitnaangez.
Har safhai nazmi gohi tahrir,
Fitna aro bir savodi Kashmir(18).
Har nuqta bu safhada baloe,
Ruxsor uza xoli dilraboe.
Ham xatlari shohrohi Bobul.
Ham kilkida javf chohi Bobul(17).
Ham sohiri xomasi fusunsoz,
Ham joduvi tabʼi sihrpardoz.
Aylab bu tilismona ojiz,
Sohir netgay chu koʻrdi muʼjiz.
Qochmay vale oʻylakim zabune
Ul ham qilib oʻtruda fusune.
Besh qalʼaki barcha erdi xoro,
Besh maxfi ganji oshkoro(18).
Oʻtrularida tugatdi besh qasr,
Kim har biri keldi ziynati asr.
Ham toshida naqshi dilkash etti,
Ham ichlarini munaqqash etti.
Eʼjoz ila sihr aro tafovut,
Bor onchaki Kaʼba ollida but(19).
Lekin but oʻlub emas jamodi,
Yoʻygʻon ani butgar ustodi.
Bor ul but gulruxi parivash,
Savdosida yuz xirad mushavvash.
Bori boshigʻa tushub havoyi,
Ul oʻtruda urdi dastu poyi.
Tenglik anga xud gumon emastur,
Chun yaxshidurur, yomon emastur.
Chun etti bu bazmgahgʻa Ashraf,
Boʻldi oʻzi xoʻrdigʻa musharraf(20).
Menkim bu taraf guzor qildim,
Bu ranjni ixtiyor qildim.
Avvalda koʻp ayladim taamul,
To koʻngluma kirdi bu taxayyul
Kim, Ganjada ganjlar yoshurgʻon,
Har ganjigakim yasadi qoʻrgʻon.
Yo hind najodi hinduviyzod
Kim, qasrlarini qildi obod.
Ham qalʼa uchun kerakdurur shahr,
Ham qasrgʻa bogʻusabzadin bahr.
Boʻlsa menga fursat ul qadar chogʻ
Kim, shahr ila tarh solibon bogʻ.
Bogʻini riyozi xurram etsam,
Shahrini savodi aʼzam etsam.
Bu navʼ edi doimo xayolim,
To boʻldi qazodin ul majolim.
Kim, ikki burungʻigʻa qoʻyub gom,
Kom oʻldi manga ravo saranjom.
Emdiki uchunchi nomai dard(2),
Qildi meni aqlu hushdin fard.
Ummedki bu yana iki ham
Kim, ermas iki burungʻidin kam.
Yaʼni ham oningki «Panj ganji»,
Ham soʻngra munungki ganji panji.
Aytilgʻon ikisi betaammul,
Ul navʼki ayladim taxayyul.
Boʻlgʻay bu murodgʻa kushodim,
Yetgay bu kushoddin murodim.
Bu komgʻa etmayin ne tadbir,
Chun multafit oʻldi holima pir.

VI

Valoyat sipehrining axtari jahontobi va hidoyat maʼdanining gavhari serobi va nazm avjining mehri falak ehtishomi va maoniy jomining rindi sofiy oshomi yaʼni Mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy(2) madhida nukta surmak va aning durdi jomin sumurmak

Soʻz gulshanining shugufta vardi,
Ilm oyatining varaqnavardi.
Qadrigʻa ul avj uzra poya
Kim, mehr tutub tagida soya.
Naʼlaynidin aylabon malak hal,
Surtarga sudoʼ boʻlsa sandal(3).
Hamdinki, asosi boshida tob,
Chekmakka iki jahonni qullob(4)
Noʻgida sanin aylagach kin,
Koʻr aylab dev ila shayotin(3).
Yuz donaki subhasi aro qayd,
Yuz fayz qushini aylabon sayd.
Ul torki donalar beliga,
Bil habli matin(6) jahon eliga.
Ibriqi vuzusi bahri gardun,
Har qatraki tomsa durri maknun(7)-
Loʻla anga fayzi jovidoniy,
Andin oqib obi zipdagopiy
Kaʼbi(3) eri davrai irodat,
Davr ahligʻa xalqai saodat.
Sajjoda masjidida mehrob,
Kaʼba uyiga kirarga abvob.
Mehrobi uza yozilgʻon olloh,
Evning iyasi ishida ogoh.
Boshigʻa chu bilsa sajda chogin,
«He» ( هى ) davrasidin sunub ayogʻin.
Bal sajdada jismi chun topib ham,
Aylab ani «he» xamigʻa mudgʻam.
Har sajdada haqqa boʻyla vosil,
Ne sajda dogʻi bu vasl hosil
Cholib falak uzra koʻsi rifʼat,
Aytib malak ichra darsi himmat.
Sochib laqabi jahon aro nur,
Zoti bila nurun alo-nur(9).
Abdurahmondin oti nomiy,
Lekin topib ishtihor Jomiy.
Ey ilm yuziga mashʼalafruz,
Fayz oyinasigʻa sayqalanduz.
Ey borcha suluk ichinda murtoz,
Foyiz sanga fayzi birla fayyoz.
Chun ilming bahrigʻa tushub mavj,
Bu etti hubob uza tutub avj.
Xomangdin durri maʼni oqib,
Soʻz silkiga nutqung oni toqib.
Kilking javfida sayr etib ul,
Ul novu bu dur xiromigʻa yoʻl.
Ul yoʻl aro korvoni maʼni,
Balkim kelibon jahoni maʼni.
Chun xavfdin aylabon qadam fard,
Olam yuzida boʻlub jahongard.
Yaʼni tutubon jahon yuzini,
Bal arsai osmon yuzini.
Ham nazming nasrdek kelib xub,
Ham nasring nazmdek diloshub.
Bu nazming ila nasring sipohi,
Olam yuzini tutub kamohi.
Gar «Xamsa»ni etmay murattab,
Kilking yana soʻz qilib murakkab.
Uldamki xaroshi xoma qilding,
Oʻzga nima naqshi noma qilding.
Lekin kishi boʻlsa fikratandesh,
Ul ganjga ham erur adad besh.
Chun «Silsila» aylading huvaydo,
Yuz aqlni qilding anda shaydo.
Chun «Tuhfa»ni el balosi etting,
Jon tuhfalarin fidosi etting.
Chun «Subha»ni kilking etti tavzih,
Solding malak ichra zikri tasbih.
Chun qilding «Ahsanul-qasas» fan,
Ul qissa ulusqa boʻldi ahsan.
«Devon»iiki aylading muhayyo,
Sochti boshigʻa guhar surayyo(10).
Koʻrguzdung tortmay gʻamu ranj,
Besh ganjlariga boʻyla besh ganj.
Nazming sifati bayondin ortuq,
Nasringniki dermen ondin ortuq.
To nukta ulusqa kom boʻlgʻay,
Fayzi aningelga om boʻlgʻay.
Fayzing bila bahramand olam,
Olam eli poymoli men ham.

VII

Ul shoh madhidakim, Chin va Hind shohlari aning arsai bazmida shatranj shohlaridek harakatdin muarro va falaki farzinrav pili hamul pillardek ostonigʻa rux qoʻyub sarkashlikdin mubarrodurur va koʻkboʻz ashhabi sipehri tezdav va Bahrom qamar nochaxi bila oti olida bir piyodarav(1)

Chun yovarim oʻldi baxti farrux,
Qoʻydi manga fath ila zafar rux.
Himmat tutubon Junaydi soniy(2).
Ochtim bu xazoyini maoniy.
Bor erdi chu kezdim anda bebok,
Olam-olam javohiri pok,
Oldim bu javohiri samindin,
Sofiy duru laʼli otashindin.
Jaybu etagimni ayladim kon,
Yoʻq erdi koʻtarmak oʻzga imkon,
Andin chiqtim chu shodu xurram,
Qoʻynum toʻla, jayb ham, etak ham.
Tegramda hujum etib xaloypq,
Mep kimsa tilab ul ishga loyiq
Kim, arsai bazmi ichra etsam,
Borini aning nisori etsam.
Chun yor edi baxti jovidona,
Tortar edi meni bexudona.
To eltti bir xujasta manzil,
Har navʼ murod anda hosil,
Jannat kibi anda bazmgohe,
Taxt ustida bir xujasta shohe,
Baxt ayttikim, etak, qoʻyun och.
Shah boshi uza ovuch-ovuch soch.
Chun sochmogʻini shior qildim,
Boru yoʻqini nnsor qildim,
Dedimki, bilay ne shoh erur bu,
Ne arsai borgoh erur bu.
Bor edi shahi sipehr tamkin,
Yaʼniki, muizzi davlatu din.
Din nusratining alam tirozi,
Yaʼni Sulton Husayni gʻozi(3).
Shaʼnida nuzul oyati sharʼ,
Adli boʻlubon himoyati sharʼ(4).
Din ilmining andin intizomi,
Islomgʻa pok zoti homiy.
Islom alifi anga livo bil,
Sin kungiri qasri arshso bil.
Ham lom livogʻa zulfi pur xam,
Bu qasr sutuni soʻng alif ham.
Mimin qilibon aso naziri,
Musodek ish oʻlsa dastgiri.
Muso kibi haq ishiga maʼmur,
Taxti islom anga kelib Tur.
Bu Tur uza topqali tasalli,
Haq har nafas aylabon tajalli.
Koʻqsa anga taxtdin tanaffur,
Haq dargahi tufrogʻi tahassur.
Olam uza shoh zoti poki,
Darvesh zamiri dardnoki.
Pili falak ollidin gurezon,
Pashsha pari sinsa ashkrezon.
Sher uzra qilichi barq choqib,
Moʻr oʻlsa shikasta yoshi oqib.
Tigʻi gar etib fano jahonni,
Xulqi tuzotib yana jahonni.
Shahlar aro oʻrni toqi aflok,
Darveshlar ollida ovuch xok.
Kibr ahli qoshida arshi aʼzam,
Faqr ahli qoshida zarradin kam.
Darvesh desam ulus uza shoh,
Shoh darvesh borakalloh!(5)
Desamki, erur saxo anga fan,
Demaklik erur quyosh ravshan.
Desam bordur janobi aʼlo,
Gardunni demak durur muallo.
Umr etmay ilm kasbigʻa sarf,
Boqmay varaq uzra harf-barharf.
Lekin zihni borin qilib hal,
Ul yangligʻkim, nabiyi mursale.
Har ilmda bir kishiki aʼlam,
Yetgach ocha olmay olida dam.
Olam aro ilm ilmidindur,
Din ilmi fiqh erur yaqindur(7).
Bazmi aro har faqihi mohir,
Bir masʼala qildi ersa zohir,
Yuz shubha qilib bori muvajjah,
Kim, noqil emas biridin ogah.
Chun masʼalagoʻ qolib muattal,
Uz shubhalarin oʻzi qilib hal.
Ul deb ne oʻqub varaqda mutlaq,
Bu deb neki koʻngliga solib haq.
Chun masʼala bobida sochib dur,
Yuz mujtahid aylabon tahayyur,
Har erdaki ul debon masoyil,
Andin fuqaho yozib rasoyil.
Koʻngliga masoyil oncha maʼlum
Kim, boʻlmay yuz kutubda marqum:
Koʻshish bila oni yod tutmay,
Bir qatlaki eshitib unutmay.
Har nuktaki koʻrguzub vuzuhin,
Shod aylab Abu Hankfa ruhin(8)
yoʻq fiqh faqat hadisu tafsir.
Har qaydaki, daxl qildi bir-bir,
Haryonki tavajjuh etti-etti,
Andoqki kerak takallUm etti.
Koʻngliniki, sharʼ boʻlub mupazzah,
Xayroti bila ulus muraffah.
Har sori bino qilib masojid,
Odamcha maloyik anda sojid.
Yolgʻuz demayinki qiblagahlar,
Faqr ahliga turfa xonaqahlar.
Har sharbat ayogʻi jomi Jamshed,
Har sadqa fatiri qursi xurshed(9).
Margʻub gʻizo eb anda muhtoj,
Matbuʼ libos olib yalangʻoch.
Har yoʻldaki ofat ehtimoli,
Gardungʻa chekib raboti oliy.
Bori safar ahligʻa panoh ul,
Horib etganga takʼya goh ul.
Chun topti musofir anda orom,
Och oʻlsa taomu kirsa hammom.
Mulkida qayonki, el xiromi,
Sahroyi adam tutub haromi,
Chun jazm qilib bu ishni tojir,
Sud istayu mulkidin muhojir
Manzil qilur oʻlsa togʻ uza bogʻ,
Tamgʻodin koʻngli ichra yoʻq dogʻ.
Dilxoh ila toimasa xaridor
Qolosini qilmayin padidor,
Gar yigʻsa berib qumoshigʻa pech,
Taklif eta olmayin kishi hech.
Shahr ichida xojavor javlon
Aylab ne salomiyu ne havlon.
Tojir bu sifat yana raoyo,
Bir nafʼ farogʻ etib muhayyo
Kim, har biri oʻz ishigʻa mashgʻul,
Hosil qilib ulcha komi mahsul.
Dona tutubon jahon yuzin jum,
Ul navʼki koʻk yuzini anjum.
Bugʻdoy bila arpa bersa soyil,
Boʻlmay agar unju boʻlsa moyil.
Donagʻa gadoy mayl qilmay,
Bal shahrda bir gado topilmay.
Bu amn ila adli benihoyat
Shahr ahligʻa boisi kifoyat.
Har sudki bexasorat aylab,
Boʻstonu saro imorat aylab,
Ul elgaki dasht soridur mayl,
Turku arabu buluju har xayl,
Lola kibi zohir aylabon koʻrk,
Egri qoʻyubon qizil teri boʻrk,
Qoʻygʻa boʻridin boʻlub amonliq,
Qoʻychi iti birla posbonliq.
Desam bu degancha oʻnu gar yuz,
Mingdin bir emas bu soʻzni bil tuz.
Bu turfaki ul jahon xudovand,
Yuz munchagʻa ham emas rizomand.
Yerabki, ber ulcha komi oning
Olam yuzin et tamomi oning.
ʼoʻlmoqqa jahonda adlu dodi,
Mundin dogʻi koʻp esa murodi,
Andoqki tilar muyassar ayla,
Olamni anga musaxxar ayla.

VIII

Xilofat taxtigʻa zeb ila zayn va saltanat shaxsigʻa qurratul-ayn, yaʼni Sulton Badiuz-zamon Bahodir ibi Abulgʻozi Sulton Husayn Bahodirxon «xalladallohu taolo mulkahumo va sultonahumo ea avzaha alal-olamina birrahumo va ehsonahumo» hazratida niyoz arzi(1)

Qim bahri sifotin etsa idrok,
Tong yoʻq sifat aylasa durin pok.
Gardun soʻzin aylagan shimora,
Xurshed hadisidin nechora.
Gulshan sifatin degonga bir-bir,
Gul vasfin etarga qayda tadbir.
Aytildi chu shoh uchun sanoe,
Shahzodagʻa ham kerak duoe(2).
Shahzoda nekim, shahu shahanshoh,
Shahlar eshigida xoki dargoh.
Ham kishvari adl toza bogʻi,
Ham saltanat avjining charogʻi,
Shahligʻ chamanida sarvi gulchehr
Adlu ehson sipehrida mehr.
Olam eli ichra qahramon ul,
Yaʼniki, Vadiuz-zamon ul(3).
Gar oti oʻlub zamon badii.
Zoti kelib insu jon badii.
Alloh, Alloh, ne ot erur bu,
Ne poku xujasta zot erur bu.
Andoqki malakvash oʻldi zoti,
Keldi malakiy bori sifoti.
Judi iloyida toʻqquz aflok,
Aflok qoshida toʻdan xok.
Royi janbida mehri anvar,
Mehr ollida zarradek muhaqqar,
Adli yorutub jahopni jovid,
Ul adl boshida ayni xurshed.
Chun qahri sharori koʻkka rojiʼ,
Ul shin uza nuqta nasri voqiʼ.
Yakroni boʻlub chu charx paymoy.
Nun oʻrnigʻa naʼl anga yangi oy.
Kin vaqtikn ochilib kamandi,
Dol oʻrnigʻa fath zulfi bandi.
Oʻqi yungi shahpari malakdin,
Otqoch oʻtubon toʻquz falakdin,
Chavgongʻa(4) chu qilsa azmi maydon,
Maydon aro qilsa mayli chavgon.
Chavgoni boshi hiloli tobi,
Dasta anga hayati shihobi.
Maydon falak etgali taku poʻy,
Anjum talashib boʻlur uchun goʻy.
Har qaysigʻa teksa savlajoni(5),
Qadr oʻtkaribon falakdin oni.
Ramz ichra qitoli umr farso,
Bazm ichra jamoli olam oro.
Bazmida sipehr xoni minu,
Ul xonda nujum qursi limu.
Xunyogaru nagʻmasoz Nohid,
Lekin daf aning qoʻlida xurshed.
Taxtiki kelib sipehr soya,
Chiqmogʻigʻa necha mehr poya.
Har poyaki keldi mehr yo badr,
Topib borib poyboʻsidin qadr.
Bu poya bila yasalgʻach ul taxt,
Taxt ustida xusravi javonbaxt
Egri qoʻyubon boshi uza toj,
Yuz tojvar itlarigʻa muhtoj.
Qoʻllarin qovushturub yiroqdin,
Farmonigʻa muntazir qiroqdin.
Oʻltur, deb angaki boʻlsa farmon
Kim, yoʻq anga mundin oʻzga armon.
Bosh erga qoʻyub sano demakdin,
Turfa buki bosh oʻtub falakdin,
Bazmida bu navʼ doʻsh-bardoʻsh,
Shahlar bori yondashib qadah noʻsh.
Soqiylari hur yo paridek
Koʻk davrida mehri xovaridek.
May kimga tutub bu navʼ soqiy,
Qolmay anga aqlu hush boqiy.
May dema, zuloli zindagoniy,
Soqiysi hayoti jovidoniy.
Shahkim ichib ul mayi ravonbaxsh,
Bazm ichra boʻlub hadisi jonbaxsh.
Gah soʻz bila elga jon bagʻishlab,
Bir soʻz bila gah jahon bagʻishlab,
To boʻlgʻusidur jahon shohi,
Ofoti zamon uchun panohi.
Ham shoh jahon panoh boʻlsun,
Ham ahli jahongʻa shoh boʻlsun.

IX

Ul tun mahobati taʼrifidakim, savdoyi ishq ajdahosi dami oʻtining buxori va anjumi ul olam soʻz oʻtining sharori erdi va mundoq tunda xayol musofiri savdo adhamigʻa minib, har yon azm etmoq va ishqning yuz ofatliq dashtigʻa etmoq va ofat yogʻinlaridin balo toʻfoniga qolmoq va balo choqinlari aning jonigʻa shavq va muhabbat harorati solmoq va ishq duri shabcharogʻin ul kecha toimoq va ul shamʼi hidoyat bila soʻz maydoni javlonigʻa choimoq va Layli xayoli bila koʻrushmoq va Majnun savdosigʻa tushmoq(1).

Utgan kechakim sipehri purfan,
Nur ustiga boʻldi zulmat afgan.
Dahr uzra esib nasimi shabgir,
Koʻk javfi aro sochar edi qir.
Men gunbazi qirgunda mahbus,
Ul qir etibon eshikni madrus.
Davron uza abri qir monand, »
Tun qiri yuziga qir payvand.
Jismim boʻlubon bu qir asiri,
Koʻnglumga maqar sipehr kiri(2).
Markab anga tavsani taxayyul,
Har yon chopar erdi betaammul.
Shabrangi jahonda koʻp yugurdi,
Chun barri arabqa etti, turdi
Kim, topti mashomi ishqdin boʻy,
Tark etti, bu boʻy ila taku poʻy(3).
Chun vodiyi ishq topti manzil,
Utmakligi mushkil erdi, mushkil.
Rokibgʻa dogʻi darang boʻldi,
Markabning ayogʻi lang boʻldi.
Ham sarsari oh etib havo fosh
Yummay toʻkar erdi ham bulut yosh.
Yaʼni esar erdi el dogʻi tez,
Yomgʻur dogi erdi vahshatangez.
Tun tppraligi demakdin ortuq
Koʻzni yumub istagʻan yorugʻluq.
Gah Tur uza lamʼa koʻrguzub barq,
Andoq yorubonkn, mehrdin sharq.
Yo Muso etib ayon tamaino,
Haq Tur uza aylabon tajallo,
Ul navʼki Turu sohibi Tur
Boʻlgʻon kibi gʻarqi lujjai nur.
Gah Yasrib(4) uza bu barq inib tez
Zulmatqa ashiʼasi ziyorez.
Andoqki rasuli Hoshimiykesh(5),
Hajr ichra chu boʻldi vuslat andesh
Meʼroj tunpki avj tutti,
Yuz lamʼasidin jahon yorutti.
Chun barqvash oʻldi osmondav,
Yasribqa bu barqi soldi partav.
Gah quds uza ul choqin sochib nur,
Tup mushkiga toʻkar erdi kofur.
Andoqki Xalil oʻtin zamona(6),
Chekturgay dud aro zabona.
Yo oʻtqa borurda barq kirdor,
Namrud(7) yuziga solib anvor.
Har lahza ayon boʻlub Yamandin,
Tashlar edi otashin kamandin(8).
Andoqki Suhayl(9) boʻlsa toliʼ,
Boʻlgʻay qara tun Yamangʻa lomiʼ,
Yoʻq, yoʻqki, Uvays(10) koʻngli tobi,
Qilgʻay qora tunni mohtobi.
Gah solib Abuqubays(11) uza tob,
Andin boʻlubon haram safoyob.
Yo nur boʻlub haramgʻa nozil,
Ul togʻ uza ham yorub manozil.
Gohi Izam(12) uzra lamʼa afgan,
Shox uzra pechukki nori ayman(13).
Andoqki salam yogʻochlarin dur,
Ziynat bergay ayon etib nur.
Gah Najdn uza oʻt choqib jahongʻa,
Shuʼla chekib ul oʻt osmongʻa.
Hnjron qora shomi zoru mahzun.
Chekkan kibi oʻtluq oh Majnun.
Gah Shom(15) uza chatri bemadoro,
Subh aylabon anda oshkoro.
Andoqki qilib karashma mayli,
Zulf ichra jamolin ochsa Layli.
Sekrir edi ul choqip payopay,
Andin koʻrunub qabilavu hay(16).
Yoʻqkim choqilurda betaammul,
Yuz hayyu qabilapi qilib kul.
Boʻlgʻon soyi barq nur parron,
Haryon koʻrunub siboi darron.
Qoplon bila babru sheri xunrez,
Qon toʻkkali changlar qilib tez.
Ushshoq taniki boʻldi tufroq,
Haryon koʻrunub soʻngaklari oq.
Soʻksoʻk kibikim chu boʻldi puda,
Yotqan yozi uzra toʻda-toʻda(17).
Kun ganjin iturub ajdaholar,
Tun xayli kelib qaro balolar.
Yogʻin demakim bulut aduvdek,
Paykon toʻkub elga qatra suvdek,
Har sori qaro bulutqa junbush,
Aylab qora devdek gʻurunbush.
Hardamki boʻlub alar misosi,
Koʻk toqini darz etib sadosi.
Oqshom dema zulmati maxofat,
Jon qasdigʻa harsari yuz ofat.
Hayratda musofiri sabukpay,
Boʻlmay oyogʻida bir qadam tay.
Xud qayda qadam urar majoli,
Ul bir nimakim yoʻq ehtimoli.
Yuz ofat ichinda jon ovuchlab,
Ming mahlakadin nnhon ovuchlab.
Qoʻymay anga xavfu zaʼf gah tob,
Ul tor kibiki koʻrsa mahtob.
Ne aql aning rafiqi ne hush,
Bejon va gar oʻlsa joni, behush.
Yuz qatla kechib ramida jondin,
Ohangi rahil etib jahondin.
Ofatdin ochmay ikki koʻzni,
To chekti sahargʻa tegru oʻzni.
Tong eli chu tun kulin supurdi,
Mehnat bulutini dogʻi surdi.
Betob musofiri ramida,
Bir lahzai boʻldi oramida.
Deb oʻzigakim: «Erur bu tunmu?
Yo dashti baloda tiyra kunmu?
Munchamu boʻlur jahopda ofat,
Haryon qadam ursa anda ofat?
Ne vodiy ekin bu tiyra vodiy
Kim dam yoʻlini tutar savodi».
Ul boʻlmayin ushbu ishta voqif
Kim, qildi nido xujasta hotif(18).
Kim: «Keldi bu dasht— ishq dashti,
Jon ofati keldi sarguzashti.
Har barqki koʻrdung ozari ishq,
Har lamʼasi barqi xanjari ishq.
Har tinra sahob zulmat andud,
Gardun uza ishq oʻtidin dud.
Yomgʻur dema, qatrai bahoron,
Ishq aylabon anda tiyrboron.
Darraida siboʼkim solib shoʻr.
Bu dashtda har taraf ushogʻ moʻr(19).
Ajdar kelib ul fazoda nole,
Sheri yala moʻri xasta hole.
Qish oldorotib humumi elni,
YoZ elporotib samumi elni.
Ofat alifi kibi tikonlar,
Lolasida ishqdin tugonlar.
Kimsa boʻla olmay anda sokin,
Sokin peki, yoʻq mururi mumkin.
Juz bir kishikim sipehri bulbod
Bilmas yana bir aping kibi yod(20).
Gʻam tufrogʻi suyidin sirishti,
Ishq oʻtiyu eli sarnavishti.
Sargashtau poʻyagar nihod ul,
Gʻam bodiyasida girdbod ul.
Jismida anosiri murattab
Kim, ayladi paykarin murakkab(21).
Ham tuprogʻi dard koʻyidin gard,
Ham suyi zuloli chashmai dard.
Ham elnga qism sarsari oh,
Ham oʻti samumi ishqi jonkoh.
Vayron tani gam qushi makoni,
Singon boshi ham qush oshyoni.
Savdo tutuniga sochi monand,
Har tori junun ayogʻiga band.
Ishq ichra junun aning sifoti,
Majnun deyilib jahonda oti.
Bu dasht anga maqomu maskan,
Oʻti gulu xori dashti gulshan.
Bir nodira ishqi mubtalosi,
Ne nodirakim jahon balosi.
Andin ajamu arab alamda,
Yoʻq misli Arab bila Ajamda(22).
Ishq ichra nechukki ul yagona,
Bu — husnda ofati zamona.
Afsonalari jahonda nomiy,
Nazm aylab Xusravu Nizomiy.
Kim, ishq soʻzin rivoyat aylab,
Ham bu ikidin hikoyat aylab.
Andoqki boʻlub demakka mayli,
Nazm avjining axtari Suhayli(23)
Kim, holati pazm aro erur fard,
Durposh bayoni nazm parvard.
Xusrav ruhigʻa etkurub shayn
Lekin yana birga qurratul-ayn.
Harnecha qilib biriga bedod,
Ruhiy yaka birning aylabon shod.
Chun surmish kilki durfishonni,
Tahrir etmish bu dostonni.
Maqsudki boʻyla turfa maqsud,
Yoʻq dahr sahifasida mavjud.
Bu xaylki bu dam oʻldi maʼlum
Kim, ayladilar bu qissa manzum.
Bu dashtqa qilmayin guzar hech
Toimay bu baliyyadin xabar hech.
Eshitgan ila avomdin soʻz,
Yo roviyi notamomdin soʻz
Bu qissagʻa oncha berdilar zeb
Kim, boʻlmas vasfi ichra soʻz deb.
Senkim boʻlubon sipehr yoring,
Bu bodiyagʻa tushub guzoring.
Bilding anga hol ne ekandur,
Anduhu malol ne ekandur.
Munda etib ul kishiki yongʻay,
Ne degayu, desa kim inongʻay.
Menkim otim oʻldi hodiyi ishq,
Maskan manga ushbu vodiyi ishq.
Aytay Majnun soʻzin sanga rost,
Layli gʻami ichra bekamu kost».
Bu soʻz debon etti qissa ogʻoz,
Oxirgʻacha boʻldi nukta pardoz
Kim, boʻylau, boʻyla holi oning,
Anduhu gʻamu maloli oning.
«Chun qissani anglading ravon boʻl,
Sungʻil varaqu qalam sori qoʻl.
Sendin raqam aylamak hikoyat,
Bizdin sanga soʻz sori hidoyat.
Sabt aylamasang alarcha rangin,
Maʼnisi daqiqu lafzi shirin.
Lek oʻlgʻusi dardu soʻzi koʻprak,
Hangomai dilfuroʻzi koʻprak.
Ul yon gulu sunbul oʻlsa mavjud,
Sen oʻt yoqqung ayon qilib dud.
Koʻrsang ul yon duri yagona,
Sen qilgʻung koʻz yoshini dona.
Boʻlsa ul yon sarvi dilxoh,
Boʻlgʻusi buyon figʻon bila(1) oh».
Chun ishq havolasini bildi,
Sidqi dil ila qabul qildi.
Jonigʻa etishti zavqu holat.
Rafʼ oʻldi bori gʻamu malolat.
Soʻz derga belini bogʻlabon rust,
Ul markabi uzra sekridi chust.
Yetkurdi chu hujragʻa iqomat,
Muazzin chekti saloyi qomat.
Chun qildim adoyi farzi bori,
Qoʻl bordi davotu xoma sori.
Ul navʼki hotif etti irshod,
Men ham qildim fasona bupyod.

X

Qaysning adam majlisidin qutulub, vujud mahdigʻa tutulgʻoni va qon yutmoqdin xoʻrish va ishq doyasidin parvarish topqoni va ishq zoti choshnisidin el koʻziga shirin va dardi azaliy haroratidin xaloyiq nazariga isigʻ koʻrungoni(1)

Bu silsila halqasida dilgir,
Bu navʼ chekar sadoyi zanjir.
Kim, barri Arabda komroni,
Bor erdi Arabqa hukmroni.
Mahkumi aning necha qabila,
Iqboligʻa pstabon vasila.
Bechora ulusqa chorasoz ul,
Xon gustaru, mshmonnavoz ul.
Osmoqdin aning qozoni tushmay,
Tun-kun oʻti oʻchgali yovushmay,
Kim bodiya ichra yoʻl qilib gum,.
Bu oʻt anga tiyra oqshom anjum
Donish anga kasbu jud pesha,
Donish bila jud etib hamesha.
Otu tevasi hisob ila jup,
Qoʻyu qoʻzisi hisobdin koʻp.
Aylab ani umri surʼagoyin,
Bir yosh yoʻqidin asru gʻamgin.
Moli koʻpu, umri sust payvand,
Farzandgʻa erdi orzumand.
Kim, eskiribon hayoti raxti,
Mayl etsa yiqilgʻali daraxti
Naxl boʻlgʻay yopida navbar,
Raʼnoligʻi oʻylakim sanavbar(2).
Itgach shajari baland poya,
Solgʻan boshigʻa bu naxl soya.
Yaʼni duri boʻlsa gum sadafdin
Xayli yorugʻay duri xalafdin.
Boʻtrotqali molini havodis,
Qoʻymagʻay agar bor oʻlsa voris.
Umrigʻa uyoqsa mehri xovar,
Tuqqon esa yona mehri anvar.
Ul mshr chu irtifoʼ tutqay,
Majmui qabilasin yorutqay.
Gʻofilki, qurudi chun guliston,
Gulbong etmas hazordaston(3).
Yo gʻam tuni oʻchsa shamʼi apvar,
Parvonadin oʻlmas uy munavvar.
Komingni aningdek et taxayyul,
Qim, toimasang etgasen tahammul.
Chun tengriga qildi koʻp tazarruʼ
Topti nekim ayladi tavaqquʼ.
Chun komi aning bor erdi farzand,
Berdi xalafe anga xudovand.
Qaysi xalafi, xalifa zodi,
Ishq ahligʻa qiblai murodi.
Nutfaki boʻlub bu mazhari ishq,
Maʼni sadafida gavhari ishq.
Tan maxzaiining nuhufta siymi,
Jon gulshanining yorugʻ nasimi.
Mehr oyati olida huvaydo
Manshuri vafo yuzida paydo.
Hukm ayladi mulki ishq shohi
Kim dahrni moh to bamohi.
Sur ichra yarogʻlasunlar oyin,
Koʻk toqini bogʻlasunlar oyin(4).
Ul toq uza dardi jovidona,
Cholsun bu tarabda shodiyona.
Gʻam xayli aro xuroʻsh tushti,
Savdo cherikiga joʻsh tushti.
Ochti koʻzini balo sunub qoʻl
Kim, seli baloga aylagum yoʻl.
Boshin siladi firoqi avbosh
Kim, yogʻdurgʻum bu bosh uza tosh.
Yub ogʻzini dard har yomondin
Kim, oh oʻti koʻkka chekkum ondin.
Koʻngli sori ishq boʻldi moyil
Kim, yoʻq manga boʻyla pok manzil.
Alqissa atosi topqach ul dur,
Koʻp sochti guhar, qilib tafoxur.
Qays anladi oʻgʻli otini bot
Kim, oʻz atosigʻa bu edi ot.
Hifz ayladi oni necha doya,
Har navʼ ishidin topargʻa voya.
Chirmab yapa kishu os birla,
Gʻuncha kibi yuz libos birla.
Yotquzdilar oni mahd ichinda,
Gul yofrogʻi tushti shahd ichinda(3).
Doya knbi baxt ila saodat,
Alqissa nechukki boʻlsa odat,
Mardum kibi koʻzda asrab opi,
Gʻofil emas erdilar zamoni.
Koʻz uyida hifzini qilib fosh,
Qim koʻz ichida ajab emas yosh.
Koʻz mahdi aro tutub ul orom,
Zarfu mazruf, magʻzu bodom(6).
Qoʻymas edi tegrasidagi el
Kim, esgay aning sori sovuq el.
Sut boʻgʻzidin oʻtgach-oʻq boʻlub qon,
Bagʻri bu bahonadin toʻlub qon.
Mahd etmak ila tanini raija,
Tifl erkanida koʻroʻb shikanja.
Yerda yuruy olmasida beshak,
Varzish qilibon kichikdin emgak.
Oʻt koʻrsaki mayl etib nihoni,
Ishq oʻti tasavvur aylab oni.
Boʻlmay gʻofil dami gʻamu dard,
Ulgʻaytibon oni dard parvard.
Mahd ichraki tortibon figʻonlar,
Afgʻonida darddin nishonlar.
Boʻlgʻoch tili lafzdin xabarliq,
Har lafzki deb bori asarliq.
Chun aylay boshladi takallum,
El hushin etib takallumi gum.
Ruxsorida lamʼai malohat,
Guftorida nashʼai fasohat(7).
Har nuktakim ul rivoyat aylab,
El koʻngli aro siroyat aylab.
Ne qilsa bayon xiradgʻa maʼqul,
Boshdin ayogʻi nazarda maqbul.
Har sori xabar topib qaboyil,
Koʻrmaklngiga tilab vasoyil.
Atrofdin el kelib talosha,
Ul nodirani qilib tamosha.
Baʼzi yuzidin topib tahayyur,
Baʼzi soʻzidin qilib tafakkur.
Jondin sevib oni benavolar;
Har kimki koʻrub, qilib duolar.
Bas tifli ajabki, yuz kuhan sol
Boʻlgʻaylar vasfida aning lol.
Sevmakda ato-ano muvofiq,
Maʼshuq bir erdi ikki oshiq.
Behad eshptib chu bul ajab soʻz,
Debkim anga tushmasun yomon koʻz.
Jop pardasichin yopib parandi,
Koʻz mardumidin sochib sipandi(8).
Yetgach sshi toʻrtu besh arosi,
Taʼlim soʻzin solib atosi.
Istatti qaboyil ichra piri,
Taʼlim berurga benaziri
Kim, maktab aro xujasta farzand,
Boʻlgʻay bori ilmdin barumand.
Chun ilm ila arjumand boʻlgʻay,
Ofoq ora sarbaland boʻlgʻay.
Ey piri muallimu muaddab,
Aql oʻldi qoshingda tifli maktab.
Bu tifl iligiga bir varaq ber,
Lekin manga ishqdin sabaq ber!

XI

Qaysning xirad maktabida ulum avroqin evurgoni va ishq tundbodi etib, ul avroqni sovurgʻoni, yaʼni Layli husni gulshanidin zaʼf xazoni kanora qilib, sihhat bahori nasimidin latofat gullari ochilib, maktab azmi qilgʻoni va ul gullardin Qays koʻngli ayogʻigʻa oshiqliq tikanlari sonchilgʻoni(1)

Soʻz darsini ulki berdi taʼlim,
Bu navʼ etti fasona taqsim.
Kim, Qaysgʻa ilm uchun muragʻgʻib,
Har yon chu tilattilar muaddib.
Toppldi hunarvar ustode,
Odam ichida malak nihode.
Lek asru han ichra erdi pobast,
Dars ichra topib kalomi payvast.
Ul turfa qabilada sarafroz,
Har ishta hay lhligʻa navosoz.
Shaxse edi bas azim shoni.
Rifʼatda sipehrdin nishoni.
Qahr etsa dami samum yangligʻ,
Xoro iligida mum yangligʻ.
Xoni karamida mehri xovar,
Bir qursi fatirdek muhaqqar(2).
Tun atlasigʻa chu yoʻq garona,
Xaylida bir eski xaylxona.
Ut qahrigʻa boʻlmayin hamovard,
Yel xaylidin elta olmaypn gard.
Qoʻymay gʻami dahrdin tabohi,
Ul elga ihotai panohi.
Ganjida koʻp erdi gavharu dur.
Bir durdin etib, vale tafoxur.
Boʻstonida yuz gul erdi xudroʻy,
Bir guldin aning dimogʻi xushboʻy
Bir mashʼal ila koʻzi munavvar
Kim, uchquni erdi mehri xovar.
Bir shamʼ ila hujlasi muzayyan
Kim, charx uyi andin erdi ravshan.
Shamʼiyu ne shamʼ chashmai nur,
Nuriki yomon koʻz olidin dur.
Naxliyu, ne naxl, sarvi ozod,
Sarviyu, ie sarv, rashki shamshod.
Oyiyu, ne oy, badri toliʼ.
Badriyu, ne badr, mehri lomiʼ(3).
Shahd ikki labi, vale ratabnoʻsh,
Badr ikki yuzi, vale qasabpoʻsh.
Zulfi tunida uzori xurshed,
Xurshed uza zulfi shomi ummed.
Ne shomki chun ochib savodin,
Qoʻymay koʻngul ichra subh yodin(4).
Boshkim qoʻshib ikki egma qoshi,
Husn ichra ikisining taloshi.
Chun voqif oʻlub bu mojarogʻa,
Mushkin xutaba kirib arogʻa.
Chun vusma bernb alargʻa tazyin,
Minoyi oʻlub hiloli mushkin.
Yoʻqkim iki sarvi nav damida,
Har sori nasimidin xamida.
Koʻzlar iki shoʻx kofpri mast,
Har qaysigʻa boqsa uyqu hamdast
Ul sarvlar ostida uzolib,
Uyqu tamangʻa soya solib
Mujgon safining qaro balosi,
Koʻzlar uza soyaning qarosi.
Yoʻq sonki toʻrt saf chekib zang,
Majmui libosi surmai rang.
Ochqukcha yumub koʻz ul sipah tez,
Bir-birga tegib qilurgʻa xunrez.
Dema bu sipahnp xayli hindu,
Chin dashti kiyiklariga moʻndu(5).
Mushk oncha sochib bu ohuni Chin
Qim, ayladi moʻndularni mushkin
Yuz, ravzai xulddin nishona.
Xol anda fireb etarga dona.
Ul donagʻa sand oʻlub bir odam,
Bu donagʻa borcha ahli olam(6).
Shahdi labidinki komi shirin,
Andin kelibon kalomi shirin.
Laʼlida yigʻib zaxirai jon,
Ogʻzi soʻyi anda shirai jon.
Jop topibon ulki oʻpsa oni,
Mundin debon obi zindagoni.
Ham jon kelib ikki laʼli maygun,
Ham tavqi zaqan kelib anga nun(7).
Bir toza niholi sarv qomat
Kim, jilvasidin solib qiyomat.
Ne ayb qiyomat etsa hardam,
Koʻrganga etar chu oʻzga olam.
Bel rishtai jonp zor yanglpgʻ,
Jon iardasi ichra tor yangligʻ.
Toriki yopib libosi oni,
Jon pardasida boʻlub nihoni.
Ham gavhari rishta shugʻlidin pok,
Ham laʼligʻa yoʻq gazandi hakkok(4).
Pok erdi nechukki rost daʼvi,
Bikr erdi nechukki xos maʼni.
Yoʻq ikki sochi tuniga gʻoyat,
Yaʼni iki layli benihoyat.
Andin boʻlub oti jilva oroy,
Andoqki barotu qadr aro oy(9).
Kimiiki boʻlub demakka mayli,
Malfuz oʻlmay bagʻayri Layli.
Guldek yuz ila bu toza gulshan,
Aylab otaning koʻzini ravshan.
Bir uy qilibon ota murattab
Kim, boʻlgʻay ul uy bu oygʻa maktab.
Lutf ichra nechukki xirgahi moh,
Sokin boʻlub anda mohi xirgoh.
Uyni yorutub dabiri mazkur,
Taʼlim olibon farishtadin hur.
Atfol tutub ul uy ichin jum,
Koʻk xirgahini nechukki anjum.
Ul xayl aro mohi majlis oroy,
Andoqki nujum arosida oy.
Chun Qays soʻzi deyilmish erdi
Kim, volidi fikr qilmish erdi.
Ustodgʻa qilmoq oni taslim,
To qilgʻay anga ulum taʼlim.
Yoʻq erdi qabilalarda maktab,
Bu maktabdin oʻqurgʻa ansab.
Andoqki boʻlur arabda maʼhud,
Aylab neki rasm boʻlsa mavjud.
Topshurdilar oni nuktadongʻa,
Gavharni muhiti begarongʻa.
Chun topti bu navʼ gavhari pok,
Bahr oʻldi bu zavqdin tarabnok(10).
Soatni chu ixtiyor qildi,
Lavh uzra sabaq nigor qildi.
Aylab anga lavhi siym taslim,
Filhol etti sabaqni taʼlim.
Taʼlimigʻa belni chust qildi,
Ne ul dedi, bu durust qildi.
Har necha sabaq debon fuzunroq,
Goʻyoki bilib edi burunroq.
Hamdarslari bu holatidin,
Ojiz edilar xijolatidin.
Bir kun edi ham sabaqqa ham tak,
Ikinchi kun oʻtmish erdi beshak.
Kup bor edikim besh-oʻn sabaqni,
Anglab evurur edi varaqni.
Oz vaqtda ayladi zamona,
Oni bori ilm aro yagona.
Ul vaqtki ul zamona fardi
Maktabgʻa kelurni boshlab erdi.
Layli demay, ul buti parizod,
Bir oriza(11) birla erdi noshod.
Tabʼida quyosh kibi harorat,
Ayshigʻa solib edi marorat(12).
Har tabʼki zoti oʻlsa mahrur,
Oz hirqat etar tanini ranjur.
Zoriki oʻchuk yonor charogʻi,
Bot oʻrtanur ortuq oʻlsa yogʻi.
Kun qumni qilur necha qiziqroq,
Oʻt yonsa boʻlur yana isigʻroq(13).
Bor erdi quyosh mizoji pori,
Qumning ham esib nasiymi hori.
Margʻubi edi ratab bila shahd,
May ichgali ham qilur edi jahd.
Shahdu, mayu tabʼ ila havo toʻrt,
Chun mushtail oʻldi soldilar oʻrt(14).
Jismipki bor erdi yosimin gul,
Hummo qilur erdi otashin gul!
Terkim gulidan boʻlub ravona,
Uyni qilibon gulobxona.
Gʻuncha kibi hullalarda noyob,
Xurda kibi oʻt anga solib tob.
Kam boʻlsa mizojigʻa harorat.
Titratma qilur edi sharorat.
Shamshodigʻa titramak padidor,
Tong elidin oʻylakim sapidor.
Chun zilzilya boʻldi ersa xora,
Bulur nafas ichra pora-pora.
Ul tangʻaki lutfdin edi gul,
Yel titraturiga ne tahammul.
Boshi uza jamʼ oʻlub ahibbo,
Hozir qilur erdilar atibbo(15).
Bemorgʻa mushkil erdi parhez,
Andoqki koʻzi qilurda xunrez.
Bu hol ila erdi sarvi gulxad
Kim, boʻldi mizoji zaʼfi mumtad.
Har necha sipehr edi hasadgor,
Ham boʻldi tabiati madadgor.
Zaʼf ichra tabiat oʻlsa mushfiq,
Behroqki tuman tabibi hoziq!
yoʻq ersa mnzojidin muvoso.
Jon bersa ne sud elga Iso(16)
Kim, boʻlsa tabiati muolij,
Jismidin etar marazni xorij.
Chun qildi tabiati muruvvat,
Zaʼf oʻldi gumu etishti quvvat.
Yer oʻldi hakimning iloji,
Sihhat sori qoʻydi yuz mizoji.
Mayl etti mizojigʻa salomat,
Tabʼigʻa yuz urdi istiqomat.
Laʼli labi noʻshxand boʻldi,
Naxli qadn sarbaland boʻldi.
May tabʼpgʻa boʻldi ishratangez,
Qon toʻkmak uchun ushatti parhez.
Boʻldi yaia ul uzori gulgun,
Husn ichra burungʻidin ham afzun.
Bir kun erikib mahi muaddab,
Tushti boshigʻa havoyi maktab.
Mashshotai husni olam oro,
Oroyishin etti oshkoro.
Ul husnki zebi olam erdi,
Zeb ustiga yona zeb berdi.
Zulfu yuzi xad yonidagʻi dol,
Fam nuqtasi ogʻzi ustida xol(17).
Aylab yuz oʻtin yoqorgʻa taʼjil,
Gugurd oʻti yuzda har taraf nil.
Utdin gul ochib chu gulsitongʻa,
Ul gul bila oʻt solib jahongʻa.
Farqi uza zulfi anbar olud,
Gulfom oʻtigʻa anbarip dud.
Oraz uza zarvaraq nigori,
Ul oʻtu, bu dudning sharori.
Yuz uzraki oʻt yoqib jabini,
Axgar anga laʼli otashini.
Joduligʻi birla xoli hindu,
Laʼli oʻtida nihon qilib su,
Yoʻqkim labi obi zindagoni,
Suv ichra oʻt aylabon nihoni.
Ul laʼl oʻtidin jahongʻa kuymak.
Yoʻq, yoʻq ne jahonki jongʻa kunmak.
Utlugʻ iki koʻzi surmaolud,
Ul oʻtga dagʻi bu surmadin dud.
Bu oʻtlar aroki orazi gʻarq,
Oʻrtargʻa jahonni hosilan barq.
Ne barqki barqi ofat ul yuz,
Yo boriqai latofat ul yuz.
Yuz girdida iqdi gavhar andoq
Kim, oy ila boʻlgʻan axtar andoq.
Miʼjar sochi uzra torp noyob,
Ul navʼki vasl shomn mahtob(18).
Husn ichra ayogʻidin boshi xoʻb,
Boshdin ayogigʻa tegru mahbub.
Koʻrgach bu baloyi jovidona,
Qoʻzgʻolmay naylasun zamona.
Bu shakl ila ul jahongʻa oshub,
Solib sekiz osmongʻa oshub.
Kenida necha kanizi hamqad,
Borcha gul roʻyu argʻuvon xad.
Maktab sori jilva ayladi soz
Boshtin ayogʻigʻa husn ila noz,
Kim, eayr ila koʻngli xurram oʻlgʻay,
Hamdarslarigʻa hamdam oʻlgʻay
Xurram koʻrub oni farrux ustod,
Qilgʻan bori sarvlarni ozod.
Qizlar bpla azmp gulshan etgay,
Gulshanni jamoli ravshan etgay.
Maktabni yorutgʻach ul pari chehr,
Andoqki sipehr gunbadin mehr.
Borcha qilib ehtiromin oning,
Yuqori yasab maqomin oning.
Shod oʻldi jzmolidin dabiston
Andoqki bahordin guliston.
Lekin bu bahori zindagoni
Bir naxliya ayladi xazoni.
Yoʻq, koʻkki tutoshti sarbasar oʻt,
Boshtin ayogʻ oʻldi ul shajar oʻt.
Yo shuʼlaki har biriga etti,
El bargi xazon tasavvur etti.
Yaʼni koʻrubon oni Qays mahzun,
Ruxsorini qildi qahrabogun.
Ham chehrasi rangi kahrabodek,
Ham koʻnglida qoʻzgʻalon sabodek.
Hardam yiqilurga jismi moyil,
Husn dogʻi lahza-lahza zoyil.
Topib anga jismi notavon zaʼf.
Koʻnglnda dogʻi zamon-zamon zaʼf
Tagʻyirnazir koʻzga holi,
Koʻzga neki, hardam oʻzga holi.
Chun zoʻr keturdi ishqi bebok,
Avval qadah oldi hushini pok.
Bal may isi birla mast boʻldi,
Gʻam xayligʻa zeri dast boʻldi.
Koʻp saʼy oʻziga qildi hamdast,
To boʻlmadi erga soyadek past.
Koʻrgach ham oni nigori zebo,
Oʻz koʻnglini topti noshikebo.
Nozukluk ila chu qildi mafhum,
Kim erkanin etti yaxshi maʼlum.
Qolmadi havosida qarori,
Shavq oʻtigʻa tushti joni zori
Oning dogʻi bildi iztirobin,
Ishqi oʻtidin ichida tobin.
Bildiki, gar etmas ishga chora,
Ul hol oʻlur elga oshkora.
El solsalar nztirob arogʻa,
Bir navʼ tushar hijob arogʻa,
Kim yor oʻla olmay anda sokin,
Boʻlmas diydor umedi mumkin.
Taʼjil ila qoʻpti luʼbati shang
Kim, bogʻ sori qilurbiz ohang.
Atfol dogʻi bilib gʻanimat,
Oning bila qildilar azimat.
Taklif etti buti shakarlab
Kim, har kishi boʻlsa ahli maktab:
«Bir kungina tarkn dasht qilsun,
Gullar bila bogʻ gasht qilsun».
Chun kirdi arogʻa boʻyla surat,
Azm ayladi Qays ham zarurat.
Chun Qays alargʻa boʻldi yoʻldosh,
Gulshan ichidin chiqordilar bosh.
Ey gulshani ishq bogʻboni,
Gulgun qadahe ketur zamoni.
To gulki bu gulshan pchra sochqung,
Maʼlum etayin ne gullar ochqung.

XII

Bahor farroili nafas-nafas esgan nasimlar puvlamoki bila lola charogʻin yorutqonda va sahob mushaʼbidi lahza-lahza tushgan choqin chushkurmokidin togʻ dimogʻin qurutqonda ul koʻzin husn charogʻi yorutqon va dimogʻin ishq savdosi qurutqonining gulruxlar bila bogʻ tavfigʻa azm etgoni va Layli husni gulining nasimi dimogʻigʻa etib bir yoʻli oʻzidin ketgoni(1)

Mehr istadi chun hamal farogʻi,
Dasht uzra butar qoʻzi qulogʻi.
Gul shamʼi havoyi gulshan aylar,
Gulshanni furugʻi ravshan aylar.
Toʻti boʻlurigʻa charx etar zavq,
Kim qavsi quzahni(2) aylagay tavq.
Gar toʻti oʻlurgʻa qilmas ohang,
Aylar nega erni toʻtagi rang(3).
Yo toʻti oʻlub sipehri xazro,
Boʻlur aiga joʻja farshi gʻabro(4).
Aʼzosidakim butub yangi par,
Tutqon bori ernn sabzai tar.
Tun —kunii qilur binafsh sizgʻon,
Kofur ila mushkdin soqizgʻon.
Sorigʻ gul uza sabuhi yomgʻur,
Oltun tabaq ichra koʻrguzur dur.
Yoxud yaraqon(5) oʻtin qilib tez,
Sorigʻ yuziga boʻlur araq rez,
Marz uzra kiyar sebarga javshan,
Shashpar koʻtarur boshigʻa savsan(6).
Gʻuncha boshi uzra koʻrguzur xud,
Yax tigʻi qilur chamanni padrud(7).
Meva yigʻochigʻa siym oʻqulur,
Andoqki diram aro koʻmulur.
Ilgin koʻrubon chinor xoli,
Kuydurur ichin diram xayoli.
Togʻ bagʻrida sel yoʻqki, har tosh,
Farhod(8) firoqidin toʻkar yosh.
Sahroda ne lola boʻlsa barbod,
Parvez(9) kulohidin berur yod.
Har gʻunchai lola huqqan laʼl,
Ochilsa livoda shuqqai laʼl(10).
Chun bargi tushargʻa mayl qildi,
Bagʻri qaro dasht uza yoyildi.
Dasht uzraki sayr oʻlur sabogʻa,
Bagʻri qoralar uchar havogʻa.
Suv ichra bipafsha har zamoni,
Soʻna boshidin berur pishoni.
YoSh gʻunchagʻa istamak boʻlub ish,
Jola tushub ogʻizgʻa boʻlur tish.
Yo gʻunchaki kulgusin uzotur,
Davron toshi ogʻzini qonotur.
Har balbalani qilur makoni,
Turno koʻziyu tazarv qoni(11).
Nargis olur oʻlsa bodadin kom,
Noranj terisidin yasar jom.
Nasrin bargi toʻkulsa sahbo,
Koʻp yogʻini aylar oshkoro.
Zanbaq varaqp aro separ mushk
Kim, atri dimogʻini qilur xushk(12).
Goʻyo tutulub shamnmi chogʻi,
Bogʻ ichra bipafshaping dimogʻi.
Dol oʻldi dimogʻi zaʼfigʻa bu
Qim, shabnam birla oqizur suv.
Shudrun toʻkulub chaman qilur fosh,
Xashxosh gul yuzinda xashxosh(13).
Har qushqina jufti birla purjoʻsh,
Hampar boʻlur uchsa, qoʻnsa hamdoʻsh.
Bargiki boʻlur yigʻoqcha xilʼat,
Qushlargʻa boʻlur maqomi xilvat.
Har xaylki rafʼ etib nadamin,
Sahro sori qoʻysalar qadamin,
Chun azmi sharobi nob etarlar,
Jayran qoʻzisii kabob etarlar.
Bu faslda ul guruhi cholok,
Gulshangʻa yoyildilar tarabnok.
Bogʻi edi ravzadin pishopa,
Shom ahli yasab nishotxona.
Har naxli falakka tegurub bosh,
Parvin bila xoʻsha aylabon fosh.
Najd etagidin chnqib bulogʻi
Kim, toza boʻlub bu navʼ bogʻi.
Davron toshi emdi oni koʻmmish,
Ul chashma suvin koʻzini yummish.
Ashobgʻa mayli lolavu bogʻ,
Ul ikki(14) ichinda loladek dogʻ.
Ashobgʻa gʻuncha sori ohang,
Bu IKKI nechukki gʻuncha diltang.
Ishq nchra necha etib maloli,
Mahvash qilur erdi zabt holi.
Bedilgʻa bu hifz mushkil erdi
Kim, hush ila aqli zoyil erdi.
El harneki soʻrsa fahm qilmay,
Fahm etsa javob derni bilmay.
Ishqin necha aylamay debon fosh,
Andin ajab amrlar urub bosh.
Gah koʻzidin oqib ashk nogoh,
Gohi chekib ixtiyorsiz oh.
Ahvolida har zamonki tagʻyir,
Koʻngli gʻamin aylab elga taqrir.
Tagʻyirigʻa topib oni chora
Kim, yorngʻa aylagay nazora.
Lekin solayin degan nazar tez,
Koʻngli oʻti tortibon sharar tez.
Boqqay desa dogʻi quvvati yoʻq,
Boqmay desa dogʻi toqati yoʻq.
Koʻz uchi bila boqib chu gohi,
Jondin chekib andoq oʻtlugʻ ohi
Kim, bogʻ yuzin xazoni aylab,
Koʻk bargini zaʼfaroni aylab.
Mahvash qilibon nazora nogah,
Boʻlmoqqa aning oʻtidin ogah.
Ham jismida pechu tobin anglab,
Ham koʻnglida iztirobin anglab.
Oʻz koʻnglida ham topib asarlar,
Oning gʻami oʻtidin shararlar.
Bir furja topargʻa koʻp qilib mayl
Kim, bir nafas oʻlsa gʻofil ul xayl.
Maqtuligʻa etkurub hayoti,
Soʻrmoq bila qilsa iltifoti.
Anglatsa oʻz iztirorini ham,
Ishqi oʻtining sharorini ham.
Bogʻ erdi vasiu xalq soyir,
Ashjor gʻulusi elga sotir.
Gulbun chamanining ittisoli.
Ishq ahligʻa pardai visoli(15).
Atfol boʻlub oʻyungʻa mashʼuf,
Sarvu gul oʻlub alargʻa maʼluf.
Sayr ichra etishti mohi dilxoh,
Bir gul chamani ichiga nogoh.
Gulbun bila rust toʻrt yoni,
Kirsa kishi kimsa toimay oni.
Kirgach anga ul shugufta gulzor,
Koʻrdi tikon ichra bulbuli zor.
Kirmish edi anda Qays gʻamnok,
Gul yangligʻ etib yaqosini chok.
Oʻz holigʻa zor yigʻlar erdi,
Besabru qaror yigʻlar erdi.
Ogʻzida taronai firoqi
Kim, yor etishti ittifoqi.
Chun bulbulining guli shugufta.
Topti bori xalqdin nuhufta.
Har necha yoʻq erdi soʻzga tobi,
Koʻnglida koʻp erdi iztirobi.
Yoʻq erdi guziri necha soʻzdin.
Borgʻudek oʻlub deguncha oʻzdin.
Bunyod etti hijob birla,
Bal xijlati behisob birla:
«K-ey turfa yigit, ne holating bor,
Ne navʼ gʻamu malolating bor?
Kim, shodligʻing yoʻq oʻzgalardek,
Obodligʻing yoʻq oʻzgalardek.
Ashobgʻa mayli bogʻu gulzor.
Ham tan sanga reshu ham koʻngul zor.
Bu damki esib nasimi navroʻz,
Gul atrini qildi majlisafroʻz.
Bogʻ oʻldi bahordin gulafshon,
Sunbul bu gul uzra kokulafshon.
Bu faslda azmi gulshan etgay.
Boʻston haramini maskan etgay.
Bor oning uchunki shod boʻlgʻay.
Har bandigʻa bir kushod boʻlgʻay,
Sen nola qilib gʻamin nedin sen,
Ashking oqizib hazin nedin sen?
Ishrat chogʻi mehnating ne yaʼni,
Shoʻrobai hasrating ne yaʼni?
Bu gʻam sanga qaydin oʻldi hodis
Kim boʻldi bu shiddatinggʻa bois?»
Boisni chu soʻrdi ul dilafroʻz,
Bedil chekibon bir ohi jonsoʻz,
Shirin soʻzidin boʻlub edi lol,
Qon yosh ila yuzga yozdi ahvol.
Yoʻq, yoʻqki, zaboni hol birla,
Sharh ayladi bu maqol birla:
«Key jonima hayrat oʻti solgʻon,
Koʻnglumni burun nazarda olgʻon.
Avvalki jamolidin sochib barq,
Ut ichra vujudum aylagan gʻarq.
Zulf ochmoq ila olib qarorim,
Qilgʻon qaro roʻzu roʻzgorim.
Avvalki fasona zohir etgon,
Koʻnglumning ishini oxir etgon.
Qilgʻonni yoshurmogʻing ne erdi?
Mendin yana soʻrmogʻing ne erdi?
El onglamasun debon namuna
Urmoq ne bu naʼli bozguna!(16)
Sendin etibon bu shiddat oxir,
Kimga toqoyin bu tuhmat oxir?!
Koʻnglumniki olmishang nihoni,
Sendin ola olmogʻum xud oni,
Kim aʼjami aylab oʻzni yona,
Bu navʼ surar labing-fasona(17).
Jonimpiki oʻrtading bas erdi,
Tonmoq bu sifat kerakmas erdi.
Oʻt uzra ne erdi quymogʻing yogʻ!
Kuyganga ne erdi qoʻymogʻing dogʻ!
Chun boʻyla necha xurush qildi,
Zaʼf ettiyu tarki hush qildi.
Tufroq uza boʻldi ul sifat past
Kim, erdagilarga boʻldi hamdast.
Qoʻynigʻa olib nigor boshin,
Sochib koʻzidin yuziga yoshin.
Behushgʻa aylab iztirobi,
Hardam yuziga urub gulobi.
Oʻlturganiga oʻzi ebon gʻam.
Yigʻlab tutar erdi boʻyla motam.
Istab ani bir, iki dilorom,
Ul voqia ichra qoʻydilar gom.
Gar zulf ila mushkbez edilar,
Ikkisi anga kaniz edilar.
Koʻzlariga dahr oʻlub qarongʻu,
Qoʻrqub dedilar: «Ne hol erur bu
Mahvash ishidin chu parda qoʻpti,
Ikkisining olida er oʻpti.
Ul ish neki voqiʼ oʻldi bexost,
Bir-bir dedi ul ikisiga rost.
Dahr etti chu sirrin oshkora,
Yigʻlab tiladi gʻamiga chora.
Bor erdi birisi dardparvard,
Filhol sanamgʻa boʻldi hamdard.
Dedi: «Yema gʻamki bok emastur,
Kim ishq oʻtidin halok emastur.
Sen qoʻpgʻilu bizga topshur oni,
Azm ayla qabilagʻa ravoni.
To boʻlmasun el bu ishdin ogoh,
Biz fikr etali nechukki dilxoh».
Mahvash ul ikov degandek etti,
Koʻnglin qoʻyub anda evga ketti.
Bedil kishisin topib alar ham,
Qildilar ul ishga yoru mahram.
Chun boʻldi rafiq anga mulozim,
Boʻldi ul ikov ham uyga ozim.
Ey soda rafiq, benavomen,
Ishq ilgiga zoru mubtalomen.
Bexudmenu oʻlturur navoyib,
Bir lahza boshimdin oʻlma gʻoyib!

XIII

Qaysning hajr shabistonida shabnam gulobi yuziga sochilgʻonidin kuzi ochilgʻoni va bulbuli shabxez bila ishq dostonlari adosida nola qilgʻoni va bulbul soyasidek tufroqqa yiqilgʻoni va atosi aning bulbuldek figʻonlarin eshitib boishgʻa etgoni va mahmil qafasigʻa solib olib ketgoni(1)

Chun gulshani charx gul uzori,
Magʻrib sori tortti amori.
Anjum guli birla bu shabiston,
Olam yuzin ayladi guliston.
Ul toza bahori nozparvard,
Gʻunchadek ichini qon qilib dard.
Soz etti qabila sori ohang,
Bedil gʻamidin valek diltang.
Behol qabilasigʻa ketti,
Gʻamdin anga etti ulcha etti.
Gulshan aro Qays hushdin fard,
Yetib edi erda oʻylakim gard.
Ham magʻzida hushdin xabar yoʻq,
Ham jismida ruhdin asar yoʻq.
Yorim kechakim nasimi gulbez,
Boʻldi chaman ahli uzra gulrez.
Gul atrn dimogʻigʻa solib hush,
Ochti koʻzin ul gʻaribi madhush.
Koʻrdi oʻzini chaman ichinda,
Sarvu gulu yosuman ichinda.
Bulbul boshi uzra nagʻma pardoz,
Ahvoligʻa navha aylab ogʻoz.
Gul holigʻa chun nazora aylab,
Gulgun yoqasini pora aylab.
Nargis shabnamdin ashk etib fosh,
Ahvoligʻa yummayin toʻkub yosh.
Chun koʻksida hajrdin koʻrub dogʻ,
Koʻksi uza lola kuydurub dogʻ.
Zaxmi koʻkidin binafshada gʻam,
Soʻgiga(2) kiyib libosi motam.
Topib chu vuquf bu azogʻa,
Ashjor alam chekib havogʻa.
Sunbul qilibon qaro uzorin,
Ochib qaro zulfi mushkborin.
Soʻgigʻa oqar su zor yigʻlab,
Un tortibu soʻgvor yigʻlab.
Sarv oʻlmay mehnatidin ozod,
Qolmay shamshod dardidin shod.
Debkim ani qildi ishq bejon,
Chirmonib oʻziga ishqpechon.
Sabza qilib oʻzni sarbasar til,
Aytib gʻamidin fasona har til.
Bu soʻglar aylab ul nazora,
Toimay oʻlmakdin oʻzga chora.
Haryon boqib anda yor toimay,
Anduhi oʻti qaror toimay.
Ne davrida xayli doʻstdori,
Ne olida sarvi gulʼuzori.
Xurshed ketib, kelib qaro shom,
Yo hajr kuni, vale siyah fom.
Ye hajr oʻti boʻtratib duxonin(3),
Aylab qora dahr xonumopin.
Koʻngliga oʻkuldi koʻhi anduh,
Anduhi yigʻildi koʻh to koʻh.
Sogʻindi qachon nazora qildi
Kim, charx uyi boshigʻa yiqildi.
Chun dardigʻa toimadi karona,
Dard ashkini ayladi ravona.
Chok ayladi tortibon yaqosin,
Chekti tan ofiyat libosin.
Yoʻqkim bu libosini suvurdi
Kim, jismidin oni oʻtqa urdi.
Chun boʻldi libosi otash olud,
Gardungʻa etishti ohidin dud.
Yoʻq, yoʻqki, bu dud ohi erdi.
Urtanguchi jismi kohi(4) erdi.
Gohi bu somonda shuʼla, gah dud,
Andin tutubon jahonni kahdud(6).
Kahdudu falakka etkurub bosh,
Aflok koʻziga keturub yosh.
Koj urdi sorigʻ yuziga oncha
Kim, oni koʻk etti ul taponcha(6),
Garchi yuzi erdi zaʼfaroni,
Boʻldi gulidin koʻki nishoni.
Koʻnglida bu zaʼfarondin ozor,
Kulmak oʻrnida yigʻlatib zor.
Koʻksiga urub firoqdin tosh,
Yerga urub ishtiyoqdin bosh.
Koʻksi aro shuʼlai firoqi,
Bu oʻt bila dogʻi ishtiyoqi.
Koʻngliga sipah chekib alamlar.
Ohi oʻti koʻrguzub alamlar(7).
Solib bu sipah ichiga oshub
Koʻngli mulkin qilib lagadkoʻb.
Utmay bu sipah eli kamohi,
Yetib yana bir balo sipohi.
Har xayli jafo qoʻlin sunub keng,
Ul mulkni er bila qilib teng.
Gʻam xayli ichinda sondin ortuq,
Har nechaki desam ondin ortuq.
Bu navʼ edi hajri ibtilosi,
To chekti alam sahar livosi.
Tun urdi koʻmurlarini darham,
Mehr oʻtini subh ayladi dam.
Koʻk gulshani gullari toʻkuldi,
Gullarki toʻkuldi gʻuncha kuldi(8).
Koʻk bogʻida gullar oʻldi nobud,
Yer bogʻida gullar oʻldi mavjud.
Ul bogʻda har nekim sochildi.
Goʻyoki bu bogʻ aro ochildi.
Bedil koʻrubon yorugʻ jahonni,
Chekti yana oh ila figʻonni.
Gul boshigʻa evrulub sabodek,
Uchrab koʻziga gul oshnodek.
Debkim: «Qani ul guli shakarxand
Kim, bu gul erur yuziga monand?»
Ul chehradin zrdi yodgori,
Boʻlmasa edi yonida xori.
Gʻuncha sori boqibon urub pech,
Uxshatmayii oni ogʻzigʻa hech.
Gah sarv ayogʻigʻa qoʻyub yuz,
Ohin yana sarvdek chekib tuz.
Debkim: «Gar emas qadi ravoni,
Lekin qadidin erur nishoni».
Gah mehr qilib binafshagʻa fosh,
Bir lahza koʻtarmay olidin bosh.
Atridin oʻlub murod komi,
Ul turra isi topib mashomi(9).
Gah sabzagʻa surtubon uzorin.
Koʻkka chekibon figʻonu zorin
Kim, «Gulshan aro xirom chogʻi.
Tegmish sanga gulruxum ayogʻi».
Nargis koʻzi aylab oni volih,
Yori koʻzidek koʻrub biaynih.
Yigʻlab koʻrub oncha ranju temor
Kim, zaʼf qilib nechukki bemor.
Tufrogʻda koʻrub ayogʻ nishoni,
Yopib iki koʻzi birla oni.
Kim: «Yor ayogʻi etmish erkin,
Tufrogʻini surma etmish erkin».
Gohi tilabon suvdin nishona,
Ashkin qilibon suvdek ravona
Kim, «Jilva qilurdi ul sumanboʻ,
Aksini topib edi ekin suv».
Bulbul bila soz etib navoni,
Bulbuldin oshar edi figʻoni
Kim, «Bejihat oʻldi bu maloling,
Chun yoring ila erur visoling.
Maskan sanga boʻldi toza gulshan,
Gulbun uza aylading nishiman.
Gulshan aro mahrami haramsen,
Gul suhbati ichra muhtaramsen.
Goʻyo bu murod emas pisanding,
Yo yor visolidin oʻsonding
Kim, shomu sahar qilib marogʻa,
Ming til bila un solib arogʻa.
Elga eturub unungdin ozor,
Aytursen oʻzungni oshiqi zor,
Kim sen kibi ursa ishqdin dam,
Ishq ahli qachon tutar musallam.
Sen ahli visolsen dam urma,
Hajr ahli qoshida nukta surma!
Miskin mepu dardmandi majruh,
Toimay tan aro nishonai ruh.
Yaʼni gʻam oʻtida jismi zorim,
Shoʻx jon kibi sarvi gulʼuzorim
Sen tortma nola mubtalovor
Kim, pola erur manga sazovor.
Olingda sening visoldin bogʻ,
Bagʻrimda mening firoqdin dogʻ.
Vningda seping guli bahori,
Koʻnglumda mening firoq xori».
Chun chekti bu erga navhai dard,
Boʻldi yana aqlu hushdin fard.
Ul navʼ yiqildi tortibon oh
Kim, joni degilki chiqti nogoh.
Bosh ustidagi nigohboni
Kim, topshurub erdi qizlar oni.
Bir gulbun aro tutub kanora,
Ahvolin etar edi nazora.
Chun holin aning bu pavʼ bildi,
Qoʻptiyu qabila azmi qildi.
Yetgach qilibon qadamnn rahkoʻb,
Uy ichra xud erdi behad oshoʻb.
Bu voqiadinki Qays ul shom,
Tutmaydur edi vatanda orom,
Haryon kishilar qilib ravona,
Andin tilar erdilar nishona.
Chun ul ish edi xilofi odat,
Hardam edi gʻamlari ziyodat
Kim, etti xujastafol qosid,
Boʻldi borigʻa ravo maqosid(10).
Andin boʻlub ul guruh afgor,
Itgon Yusuflarin talabgor(11).
Ul dogʻi qilib tarona ogʻoz,
Koʻrganga boʻlub fasona pardoz.
Har qissaki anglabon tamomin,
Sharx ettn yoshurmayin kalomin
Chun boʻldi ayon bu mojarosi,
Behol oʻlubon ato-anosi.
Boʻldilar ani tilarga ozim,
Bal ahli qabila ham mulozim.
Qosid dagʻi xayl aro qadamkash,
Ul erga deginki ul sitamkash,
Koʻrgach ani aylabon nazora,
Koʻnglak dema, koʻksi pora-pora.
Tufrogʻ ila er uza hamogʻush,
Aylab gʻami ishq gʻorati hush.
Bori qilibon figʻonu zori,
Hozir qilibon ravon amori(12).
Aylab anga mahmil ichra manzil,
Manzil sori azm qildi mahmil.
Ey mahmili ishq sorboni,
Azm ayladi dard korvoni.
Bir gom qabila sori solma,
Har sori bu xayl borsa qolma.

XIV

Qaysning hajr shomida anduh xaylxonasidin chiqib, visol qabilasigʻa azm etgoni va ul qabila oʻti bila hamzabonliq va iti bila hamdostonliq qilib qabila qirogʻigʻa etgoni va Layli aning unidin hashamdin chiqib bir-birin koʻrgach ham ul va ham bu oʻzidin ketgoni(1)

Bu nomai dard uza qalamkash,
Mundoq qalamin qilur raqamkash
Kim, Qays ramida hushu behol,
Bilmas edikim etishti ne hol.
Chun magʻzida hush boʻldi paydo.
Ochdi koʻzin ul zaif shaydo.
Ato-anosida gʻam uza gʻam,
Ne gʻam uza gʻamki, soʻgu motam.
Bu mehr ila manglayin oʻpti,
Ul boshigʻa evrulurgʻa qoʻpti.
Fahm ayladi Qays chun bu holat,
Suv qildi vujudini xijolat.
Ul birga xijolat aylabon fosh,
Bu bir oyogʻidin olmayin bosh.
Yaʼniki uyotdin oʻzda qolmay,
Andoqki yuqori boqa olmay.
Chun koʻrdi ato bilo anosi
Kim, oni halok etar hayosi.
Ahvoligʻa qildilar muvoso,
Soʻz demadilar nasihat oso
Kim, bu ish anga shuguft tushmish,
Bu hodisa nogirift tushmish:
«Biz koʻp soʻrsak bu soʻz maqoli,
Nobud etar oni infioli(2).
Bu voqia tarki tutti erkin,
Ul vasvasani unutti erkin.
Tutqay oni emdi tabʼi sofi,
Bu ishgaki aylagay talofi.
Iffat haramida kesh tutqay,
Taqvi bilan zuhd pesh tutqay».
Qoʻptilar etib bu fikr loyiq,
Yoʻqkim ul ikov, bori xaloyiq.
Bu deb: «Anga turfa hol tushmish».
Ul debki: «Ajab xayol ushmish»
Xalq olida dev urub anga yoʻl,
Bilmay munikim pari emish ul(3).
Har kim uyi sori gom solib,
Gʻam hujrasi ichra Qays qolib.
Bir lahza engib ani tafakkur,
Oʻz holatiga etib tahayyur.
Birdam ishiga qilib nazora,
Toimay qatigʻ emgakiga chora.
Ishq ichra tutarga koʻhu vodi,
Manʼ aylab ato-anosi yodi.
Tutmoqqa saloh ishq etib zoʻr,
Koʻngli mulki aro solib shoʻr.
Ul choqqachakim sipehri xudkom,
Ofoq uza yoydi pardai shom.
Kofurni yopti mushki suda,
Koʻk shamʼi jahongʻa sochti duda.
Tiyga uy ichnda ul gʻam andud,
Toʻlgʻonib oʻziga oʻylakim dud.
Chekkach yana ishq oʻti zabona,
Qoʻymadi vujudidin nishona.
Gʻam xayli koʻngul hisorin oldi,
Ishq ilgidin ixtiyorin oldi.
Layli gʻami oʻyla qildi bedod
Kim, ato-anoni qilmadi yod.
Oshiqlari xolini unutti,
Maʼshuq uyining yoʻlini tutti.
Yuz urdi balo qabilasigʻa,
Ul mohliqo qabilasigʻa.
Ne gom solurda hush yori,
Ne poʻya qilurda ixtiyori.
Hardam yiqilib qoʻpub urub gom.
Es birla ne sayr anga, ne orom.
Qoʻpub yiqiluri mastlardek,
Bexudlugʻi mayparastlardek.
Chun boʻldi qabila oʻti paydo,
Ul oʻt bila kuydi zor shaydo.
Koʻngli aro qoʻzgʻolib sharori,
Qolmodi sharoradek qarori.
Koʻkka chekib ohi otasholud,
Ut sori yuz urdi oʻylakim dud.
Til chekti demak uchun tarona,
Ul navʼki oʻt chekar zabona.
Oʻtdek dam ila tutub sarogʻoz,
Oʻtqa boqib oʻldi nukta pardoz:
«Key hajr tunida axtari ishq,
Raxshanda nechukkn gavhari ishq.
Bal mashʼalai farogʻ sensen,
Yo gavhari shabcharogʻ sensen.
Dud ichra shararlaring hujumi,
Gʻam shomi taharruki nujumi(4).
Sargashtai gʻamgʻa tun savodi,
Lamʼang kelibon xujasta hodi(5).
Dudung bila dahr anbarolud,
Yoʻq dudkim, ul savodi maqsud.
Koʻmgan kulung ichra har fatiri,
Koʻk xoii aro mahi muniri.
Har koʻzniki ul etib yashortib,
Uchqon kulung anga surma tortib.
Gar qilmasa koʻz yorutmoq ohang,
Koʻzga nega keldi surmai rang.
Yo oningdek ochargʻa koʻzni,
Xokistari etti surma oʻzni.
Axgar sanga harbiri samin laʼl.
Oʻrtargʻa koʻngulni otashin laʼl
Rangi noriyu, tabʼi nori,
Rummoni oʻlub bu laʼl bori(6).
Toj ustida laʼldin tarabdur,
Laʼl ustida toji zar ajabdur.
Gʻam shomi aro qoʻlumni tuttung,
Hijron tunida koʻzum yoruttung.
Madhingni ztay ne navʼ zohir,
Shukrungni ne til bila de oxir.
Oy-kun sanga ikki manqal oʻlsun,
Heming bori udu sandal oʻlsun(7).
Doyim bu tariqu shevani tut,
Ham yoru va ham jahonni yorut».
Kam qilmamish erdi bu navoni
Kim, haydin keldi it figʻoni.
Ham jismigʻa pechu tob tushti,
Ham koʻngliga iztirob tushti.
Faryod qilib ravon ul itdek,
Yuz navʼ chekib figʻon ul itdek
Andoqki jafoyi osmondin,
Oqshom kishi qolsa korvondin,
Istab ani cheksa kaʼra yori,
Ul ham chekgay figʻonu zori.
Dasht uzra ul un soʻngicha ketgay,
To maqsadu manziligʻa etgay.
Solur edn gomi bexudona,
Ogʻzida valek bu tarona:
«Key mujdai jon hazin nafiring,
Ruhumga gʻizo biyik safiring(8).
Ham gʻam tuni koʻrguzub vafo sen,
Ham gumshudalargʻa rahnamo sen.
Ul koʻyga evrulub qoʻyub bosh,
Kim boshinga men ham evrulay kosh
Ul koʻygakim boʻlub badandesh,
Changolu tishing tanin qilib resh.
El qoni ayoqlaring hinosi
Kim, jonim ayogʻlaring fidosi.
Men gar toimay bu komronliq,
Sen aylabon anda posbonliq.
Bu kim senu men biz ikki hamdam,
Men xoru valek sen mukarram.
Sen yor eshignda shodu masrur,
Mahrum men gʻaribu mahjur.
Sen koʻyida har taraf shitobon,
Men zorgʻa jilvagah biyobon.
Sen koʻyida tosh uza qoʻyub bosh,
Boshimgʻa firoqi yogʻdurub tosh.
Sen mendin oʻlub vafoda afzun,
Ham sidqda, ham safoda afzun.
Yoʻqsa ne uchun falak xiromi,
Xor etti meni, seni kiromi?
Bu shukrgʻakim sipehri xunxor,
Qildi seni muhtaram, meni xor
Kim, soz etibon figʻonni mendin,
Gohi oʻp ul ostonni mendin».
It birla tuzub bu mojarosin
Kim, koʻrdi qabilaning qarosin.
Oshufta ichiga yuzlapib shoʻr,
Qolmadi yurur ayogʻigʻa zoʻr.
Har necha yururgʻa saʼy qildi,
Chirmashti ayogiyu yiqildi.
Nechaki yiqildi, qoʻpti yona,
Yer oʻimak edi anga bahona.
Chun haygʻa yiqila-qoʻpa etti,
Jon ogʻzigʻa etti, hushi ketti.
Gah hushida, goh hushidin fard,
Hay davrigʻa aylar erdi novard(9).
Gʻam xayli balaid poyasi ul,
Fitna cheriki taloyasi(10) ul.
Har lahza chekib figʻoni jonsoʻz,
Tortib oʻtlugʻ damin jahonsoʻz.
Layliki edi arab balosi,
Ham bor edi Qays mubtalosi.
Koʻnglida qilib nuhufta dardin,
Forigʻ boʻlub erdi xobu xoʻrdin.
Tun-kun ichida aning xayoli,
Jonigʻa murod aning visoli.
Ul kscha bu choqka tegru qaygʻu,
Qoʻymaydur edi koʻziga uyqu.
Hardam urar erdi zulfdek pech,
Ogʻzi kibi sabri yoʻq edi hech.
Tiyra qilibon kunin qaro tun
Qim, nogah eshntti bir hazin un.
Ul undin ichiga tob tushti,
Koʻngliga ham iztirob tushti.
Qoʻpti dogi qoʻydi ul sari gom,
Koʻnglidin itib qaroru orom.
Majmui qabila uyqu masti,
Illo buki ishq poybasti.
Beishq ulusqa kom uyqu,
Ishq ahligʻadur harom uyqu.
Voqif edi doya holatidin,
Ishq ofatida malolatidin.
Ham Qaysgʻa erdi mehribon ul,
Shavqidin etib fidoyi jon ul.
Maktab aro zoli mehrpesha,
Koʻnglini soʻrub aning hamesha,
Ham bu yasab oʻzni doya monand,
Ham ul munga aylab oʻzni farzand.
Ul oy chu yugurdi, chiqti doya,
Bordi soʻnggʻicha nechukki soya.
Oyni chekar erdi ishq bebok,
Ul erga deginki Qays gʻamnok.
Bir-birini koʻrgach ikki dilxoh,
Chektilar aningdek otashin oh
Kim, oʻtlaridin jahon yorushti,
Xirmanlarigʻa bu shuʼla tushti.
Emdiki kul oʻldi xirmani hush,
Behush yiqildi ikki madhush.
Doyaki bu ishqi pok koʻrdi,
Ul shuʼlai soʻznok koʻrdi.
Bu navʼ iki ishq oʻtigʻa tafson,
Ogʻizlari noladin sadafson(11).
Boʻlgʻonda bu vasl oshkoro,
Nutq urgʻali yoʻq biriga yoro.
Ne bu anga dardu rozin aytib,
Ne ul gʻami jongudozin aytib.
Xurshed uyoqti boʻlmayin layl,
Devor yiqildi etmayin sayl.
Koʻp gʻam edi soʻgvor yigʻlab,
Ikkisiga zor-zor yigʻlab.
Vahm ettiki kimsa bilsa nogoh,
Boʻlgʻuncha ul ikki oʻzdin ogoh
Boʻlgʻan ikisiga xavfi kon ham,
Boʻlgʻay talaf ikki notavon ham.
Egniga qoʻyub birini holi,
Andoqki quyoshni charx zoli,
Ul hamlda xam qilib qadin ham.
Ul navʼki zoli charxi qadham(12).
Kelturdiyu bistarigʻa soldi,
Yotquzdiyu yondi poʻya oldi,
Ul erga deginki Qays bedil
Tufrogʻ uza yotmish erdi gʻofil.
Kuyub onadek gʻamida joni,
Gah sudradi, gah koʻtardi oni.
To chekti qabiladin yiroqroq,
El vahmu gumonidin qiroqroq.
Kim koʻrsa bu holi badpisandi,
Jonigʻa tegurmagay gazandi.
Dsvonani chun yiroq chiqordi,
Yendiyu pari qoshigʻa bordi.
Yetkurdiyu yotti doyagona,
To tongla ne oʻynagʻay zamona.
Ey zoli zamona dodu faryod!
Atfolinga necha zulmu bedod!
Bu xaylnikim, halok ztarsen,
Oʻz bagʻring erurki chok etarsen.

XV

Qaysning gʻoyib boʻlgʻoniga qabila ahli hozir boʻlub eldek togʻ va vodigʻa etib aning bir qum ichinda bexud yotqonin nazora etib, el xoshokni eltgandek uyga eltganlari va aning ul pari ishqida xirad tariqin unutqoni va Majnunluqqa shuhrat tutqoni(1)

Mehnat tunidin fasona ovar,
Bu qissagʻa buyla toqti zevar
Kim, ul kecha Qays zori bedil
Kim, boʻldi qabila sori moyil.
Layli hashamigʻa chun yovushti,
Tushti aiga harne ishki tushti.
Kunduz koʻrub uyda oni gʻoyib,
Tushti eliga yana masoyib.
Ham qildi atosi yigʻlamoq soz,
Ham etti anosi pavha ogʻoz.
Har yon kishilar qilib ravona,
Andin tilamak uchun nishona.
Jamʼiki izip topib saranjom,
Layli hashami sari urub gom.
Ul pay chu etib muhoziyi hay(2),
Haydin chiqibon yana iki pay.
Boʻlgʻoch uchov ikkisi uzolib,
Qum uzra aning nishoni qolib.
Aidoq topibon bu xayli chovush
Kim, boʻlgʻon ekin ul ikki behush
Kim, qum uza qolibon nishona,
Yenmogʻlari vazʼi bexudona.
Bir yotgʻoni sudralib shitobon,
Devopa kibi tutub biyobon.
Bir yotgʻon oʻlub nihon paridek,
Yoxud kecha mehri xovaridek,
Bir iz yonibon qabila sori,
Kelgan sari-oʻq tushub guzori
Ul jamʼ bilibki boʻyla holat,
Ne ishlarga qilur dalolat.
Sudralgan xat bila tutub yoʻl
Kim, qum uza yoʻl yasab edi ul.
Topib ani qum arosida gum,
Yel esibu jismini yopib qum.
Tufroq aro gʻark poy to farq,
Oning bila yoʻq oʻluk aro farq.
Qum ichra nuhufta zor jismi,
Jonsiz kibi xoksor jismi.
Ul xayl etibon yaqolarin chok,
Yigʻlab boshi uzra zoru gʻamnok.
Andoq soginibki, goʻyi oni,
Koʻmmishlar oʻlturub nihoni
Tortib ani tufrogʻini ochib,
Tufrogʻini boshlarigʻa sochib.
Anglab bir asiri dardu ohi,
Ogʻziga nafas kelurpn gohi.
Shukr aylabon oʻldilar yapa shod,
Vayrona koʻngulni aylab obod.
Tongib birov ustiga ani rust,
Azm ayladilar qabilagʻa chust.
Holin koʻrubon bu navʼ atosp,
Yigʻlodiyu gʻolib oʻldi yosi.
Aylab anosi dagʻi figʻonlar,
Koʻzdin toʻkubon yuziga qonlar.
To qoʻpti kslib dimogʻigʻa hush,
Boshi quyi erdi ogʻzi xomush.
Oʻz holida koʻrmayin salomat.
El har saridin qilib malomat.
Ul debki: «Sanga bu ne havasdur»,
Bu deb: «Havas oʻlsa muncha basdur».
Har yondin oʻlub nasihat angez,
Har pand anga bir sinoni xunrez(3).
Qattigʻ soʻz ilaki pand etib fosh,
Devona boshigʻa yogʻdurub tosh.
Bu toshki zohir oʻlmay otib,
Tan yoʻqki soʻngaklarin ushotib.
Bu dedn: «Kerak qulogʻigʻa pand»,
Ul dedi: «Kerak ayogʻigʻa band».
Ul kun dagʻi boʻldi soʻz bila kech,
Oshufta yigitga yoʻq xabar hech.
Ne zajr mizoji ichra noxush,
Ne lutf tabiati aro xush(4).
To dahr yoshurdi kun charogʻin,
Savdozada qildi tun dimogʻin.
El aylabon uyqu sori ohang,
Savdo qilib oni uyda diltang.
Sekrib chiqibon qabiladin tez,
Dilbar hashami sori solib xez.
Tongla yana zoru notavonlar,
Haryon yugurub qilib figʻonlar.
Topib yana oni zoru mahzun,
Dard ichra burungʻidin ham afzun
Har tun bu sifat aning firori,
Har kun bu boʻlub alar shiori(5).
Chun oshti qiyosdin balosi,
Islohdin oʻtti mojarosi.
Devonagʻa hush ahlidin pand,
Majnun soʻzidur dogʻi xiradmand0.
Har kui tilabon aning davosi,
Har lahza oshib aning balosi(7).
Tadbirida el fusuni oshib,
Dam birla oʻti batar tutoshib(8).
Ojiz boʻlubon ato-anosp,
Balkim bori xaylu aqrabosi.
Nosihlari dam-badam zabunroq,
Savdosi zamon-zamop fuzunroq.
El etmogʻida chu boʻldilar sust.
Ul dogʻi jununin ayladi rust.
Savdo qilib oni muxtalif hol,
Tinmay yugurub soʻngicha atfol.
«Majnun» bila aylabon xitobin,
Kim harne desa berib javobin.
El deb chu etishsa ul jigar xun:
«Keldi Majnunu, keldi Majnun»
Ul boʻlub otin biluridin yot,
Mundin dogʻikim, ne nimadur ot.
Oʻz otiyu qavmu xayli oti,
Yoʻq yodida gʻayri Layli oti.
«Layli, Layli» debon chekib un,
El deb: «Majnundur, ushbu Majnun».
Bu surat ila har sabohu har shom,
Layli hashami sori urub gom.
Atrofiga evrulub necha davr,
Uz koʻksiga toshdin qilib javr.
Hay gomki koʻksiga urub tosh,
Avval qadzm oʻrnigʻa qoʻyub bosh.
Har davrda deb: «Toʻkulsa qonim
Qim, sadqa qabilasigʻa jonim».
Andin soʻng ashkidin toʻkub sayl,
Sahro sori chun qilur edi mayl.
Manzuri qabilai dilorom,
Sayr ichra keyin-keyin urub gom.
Uldamki arogʻa kirsa hoyil,
Boʻlur edi dashg sori moyil.
Ey dashtni aylagan vatangoh,
Yoʻl ozmisham, oʻl zamone ogoh.
Qoldim oʻronishda, tut qoʻlumni,
Koʻrguz karam aylabon yoʻlumni.

XVI

Majnunni bexabar oshiqligʻidin Layli atosi xabardor boʻlub, Majnun atosigʻa til sinoni, balki sinon lisoni bila zaxm zabonlar yiborgoni va ul bu halohil zahrin noʻsh etib, singurub, Majnunni salosil va agʻlol bila muqayyad qilgʻoni(1)

Bu safhani aylagan nigorish,
Afsona bu navʼ etar guzorish
Kim, qildi chu gardishi zamona,
Majnun soʻzin el aro fasona.
Har kim tiliga bu erdi mazkur,
To barcha Arabda boʻldi mashhur.
Layli atosigʻa ham nihoni,
Arz etti bir-ikki mehriboni
Kim: «Omir elida Qays badroʻz,
Bu haydaki erdi donishomoʻz.
Topib ilmu xiradgʻa payvand,
Ham olim ediyu, ham xiradmand.
Boʻlmish boridin farogʻi goʻyo,
Xabt etmish aning di|mogʻi goʻyo(2).
Dasht uzra figʻon qilib hamesha,
Kezmak anga boʻlmish emdi pesha.
Oshuftaligʻigʻa yoʻq nihoyat,
Devonaligʻigʻa haddu gʻoyat
Lekin el aro budur iborat
Kim, aqlu havosigʻa bu gʻorat.
Bir ishq gʻamu balosidindur,
Bir hur sifat havosidindur».
Somiʼ(3) chu eshitti boʻldi gʻamgin,
Tishlab iligin dediki: «Miskin!
Taʼrifida koʻp oʻtar edi soʻz,
Goʻyoki anga tegurdilar koʻz.
Bas qobil ediyu dilpisand ul,
Ozodavashu niyozmand ul.
Aqli komilu kalomi maʼqul.
Bor erdi manga ham asru maqbul.
Ne erkin aning atosi holi,
Bechora anosining maloli?
Ne oʻtdin ekin bu tobi oyo,
Koʻngli aro iztirobi oyo.
Qay guldin ekin bu xorxori.
Qay sarvdin ashki joʻybori?
Bu holigʻa kim vasila erkin
Qiblagahi ne qabila erkin?»
Noqil dedi: «Ey xujasta surat!
Chun soʻrdung erur demak zarurat;
Bu ishq gar oʻlsa zisht yo xoʻb,
Aylarlar ulus bu haygʻa mansub.
Goʻyoki ulus gumoni jupdur
Kim, bu ishiga dalil koʻpdur.
Bu dashtda koʻpdurur qaboyil
Kim, koʻngli emas biriga moyil.
Lekin anga har sabohu har shom,
Yetmay bu qabilagʻa yoʻq orom.
Ham qiblai joni bu qabila,
Ham jonu jahoni bu qabila.
Bu hujla erur harimi iffat,
Esmay anga juz nasimi iffat(4).
Atrofida pardalar namudi,
Ismat bila zuhd toru pudi(5).
Lek ohi eli etishsa bebok,
Koʻk iardasi boʻlsa ham qilur chok.
Afgʻonida barcha bexabarliq,
Alfozida barcha pardadarliq.
Tabʼi xushu nazmi ham ravondur
Andoqki sanga dagʻi ayondur.
Nazmida bori bir ism mazkur
Kim, ermas zikri bizga maqdur(6).
Biz ayttuq emdi sen bilursen,
Bu ishta ne fikrkim qilursen».
Eshitguchi bildikim nedur hol,
Toʻlgʻondi oʻziga oʻylakim nol(7).
Boshin tutub oʻldi bir zamon gech,
Soʻz demadi yaxshi, yo yomon hech.
Chun yaxshi taammul etti laxte,
Til chekti nechukki shoʻr baxte.
Noqilgʻa dediki: «Tez urub gom,
Qil sayyidi omiriygʻa eʼlom.
Kim, boʻyla hadisi nomuposib,
Ne bizgavu, ne sanga munosib.
Bor ermish ulustilida jori,
Sendin bu ajab koʻrundi bori
Kim, mundoq ish anglab oshkoro,
Bu choqqacha aylading madoro
Kim, topsa edi junungʻa payvand,
Majnungʻa iloj band erur, band.
Bilmangmu shukuhu savlatimni,
Aʼrob aro molu shavkatimni?
Ham oʻgʻlunga, ham sanga bilurmen
Kim, harne qilay desam qilurmen.
Lekin sanga bu tagoful oʻlmish.
Gʻaflat yuzidin tajohul oʻlmish.
Qil zabtin aning chu boʻldung ogox,
Mundin norikim, nauzu billoh!..(8)
Boʻlsa yapa boʻyla amr zohir,
Avval ani aylagumdur oxir.
Soʻigra sapga dogʻi qahr surgum,
Xaylingni bu dashtdin iturgum!»
Bu qahr oʻqidin chekib zabona,
Soʻz homilin ayladi ravona.
Qosid kelibon aning payomin,
Aytur kishiga. dedi tamomin.
Somiʼ chu eshitti soʻz hisobin,
Soʻz toimadi degali javobin.
Koʻnglini ul ish malul qildi,
Chora yoʻq edi — qabul qildi.
Qosid qoʻpubon chu boʻldi rahkoʻb,
Tushti bu qabila ichra oshub.
Toʻsh-toʻshqa chiqib bori qabila,
Majnungʻa topib yigʻor vasila.
Topib ani bir qum ichra nolon,
Qilgʻon kishidek qaroqchi tolon.
Dasht uzra anga qaror bermay.
Kelturdilar ixtiyor bermay.
Soldilar ani uy ichra bexud,
Zanjir ila aylabon muqayyad.
Andomi salosil ichra mahqam,
Har silsila pech-pechu, xam-xam(9).
Ey silsilai junun aro band!
Boʻlgʻil bu salosil ichra xursand.
Bu qayd ila kimki shod boʻldi,
Mustavjibi yuz kushod boʻldi(10).

XVII

Majnunning firoq chohida tanur ichidagi oʻtdek tobi va hajr bandida tuzoqqa tushgan qushdek iztirobi va hakim fusunidin jununining tugʻyoni va tabib parhezidin isitmasining gʻalayoni va oʻz zahr komligʻigʻa toʻkkan talx-talx shoʻrobasi va bu shoʻrobadin komida achchigʻ-achchigʻ xunobasi va koʻngli oʻtidin temur bandi suv boʻlgʻoni va suvdek sahro azmi qilib ashki suyidin vodilar toʻlgʻoni

Bu halqa aro asiri qullob,
Soʻz rishtasidin bu navʼ ochar tob
Kim, telba chu boʻldi band asiri,
Ul band aro yuz gazand asiri.
Bir necha kun uyda erdi pobast.
Faryod anga goh balandu, goh past.
Yoʻq kunduzu kecha xoʻrdu xobi,
Dom ichida qushdek iztirobi.
Uyqu koʻzidin tutub kanora,
Har kirpiki uyqugʻa katora.
Ul koʻzda ne navʼ turgʻay uyqu
Kim, bir nafas anda turmagʻay suv.
Koʻngli aro hushdin xabar yoʻq,
Ne hushki koʻnglidin asar yoʻq.
Qolmay chu solib balo oʻti joʻsh,
Tanda koʻngulu koʻngul aro hush.
Savdo oʻtidin yoiib charogʻi,
Dudigʻa maqar boʻlub dimogʻi.
Bu dud chu ul uy ichra ortib,
Taqvoyu xirad yuzin qarortib.
Emdiki bu ikki toshibon raxt,
Anda urubon junun shahi taxt
Ul dud boʻlub sipohi savdo,
Hardam solib ul sipoh gʻavgʻo.
Bu navʼ dimogʻi ichra oshoʻb,
Koʻnglini junun etib lagadkoʻb(2).
Gʻam xanjari birla yora koʻngli,
Ne yoraki, pora-pora koʻngli
Oning bu sifat gʻamu balosi,
Bu turfaki notavon atosi
Boshi uza kelturub hakimi
Kim, bergay anga umedu biymi.
Ul ishq balosidin xabarsiz,
Koʻngli bu zabonadin shararsiz.
Anglab chu tabib iztirobi,
Har lahza anga qilib azobi,
Gah nukta surub nasihatomiz,
Oʻtin bu nafasdin aylabon tez.
Sharbat icharin iroda aylab,
Qon yutmogʻini ziyoda aylab.
Berganda gʻizo olur uchun bahr,
Ogʻzigʻa navolalar kelib zahr(3).
Chun manʼ etib ashki xunfishonin,
Afzun qilib oh ila figʻonin.
Chun debki: «figʻonni aylagil kam».
Qon yoshi boʻlub fuzun damodam.
Gohiki yogʻoch olib, urub rust,
Kulgu qilibon ramidani sust.
Chun kulgusidin topib xijolat,
Yigʻlamogʻi etkurub malolat.
Har lahza aiga qilib jafoyi,
Koʻrmak ani xastagʻa baloyi.
Fahm aylamayin hakimi bedard
Kim, oʻrtar ani ne soʻzu, ne dard.
Paykondin etay debon tanin pok,
Jismin qilur erdi har taraf chok.
Bu chok tikarga mehribonlar,
Igna chikibon demay, sinonlar.
Paykon uchun ul tanini yorib,
Tikmakka bu xayl oʻq chiqorib.
Javrida bulargʻa bu takupoʻ,
Paykon hud oʻlub gʻam oʻtidin suv(4).
Ul suvlar oqib bori koʻzidin,
Bechora sudek borib oʻzidin.
Gah oʻzida, gah yoʻq oʻznda,
Gah suv, gah qon aning koʻzida.
Bu navʼ edi necha vaqt holi,
Lahza-lahza oshib maloli.
Bir tunki sipehri zulmatandud
Kun safhasin etti anbarolud.
Vah tun demakim qaro baloyi,
Kun ganjini koʻmgan ajdahoyi
Gʻam doʻzaxining buxor udi(5),
Otashkadai firoq dudi.
Dudidin oʻlub malak siyahbol,
Tulidin oʻlub falak kuhansol.
Tong bulbuli tumshugʻin tutub rust.
Xuffosh qanotlarin qilib sust.
Bir uchi unutib ibtidoni,
Bir uchi sogʻinmay intihoni.
Tun yoʻqki, qorongʻu mehnatobod,
Oshiqlaru xastalargʻa jallod.
Har telbaki notavoni savdo,
Ul kecha anga jahoni savdo.
Bedardni masti xob qilgʻon,
Dard ahli ishin xarob qilgom.
Bu kechada dardmandi mahzun,
Hijron tunining asiri Majnun.
Oʻz holigʻa chun taammul etti,
Gʻam barqi vujudini kul etti.
Oʻz holigʻa qildi navha ogʻoz,
Har dardigʻa boʻldi navhapardoz
Kim, «Boʻlmasa netkay erdi budum
Yo boʻlsa edi adam vujudum.
Men xastani aylamakta mavjud,
Ne erdi ekin qazogʻa maqsud.
Jismimgʻa qadarki ruh berdi.
Bermasa edi ne boʻlgʻay erdi?
Choʻp jismima ruh boʻldi yoʻldosh,
Tuqqon nafas oʻlsam erdi, ey kosh.
Maʼlum etibon chu oʻlganimni,
It oligʻa solibon tanimni.
Jonimni xalos etib anodin,
Qutqorsalar erdi ming balodin.
Jismimni talashsa erdi itlar,
Qonimni yalashsa erdi itlar
Qut aylasa qonu raglarimni,
Chaynab, ushotib soʻngaklarimni.
Ul tuʼmaning ustida ulushub,
Qut aylasalar edi urushub.
Bal it dagʻi hayf bu gʻizogʻa,
Solmoq nedur itni ham balogʻa.
It jismimakim tish urgʻay erdi,
Urgʻon nafas-oʻq quturgʻay erdi.
Telba boʻlub oʻt jahongʻa solib,
Yuz xastai notavongʻa solib.
Tor aylab oʻkush nafas charogʻi,
Ulturgay edilar opi dogʻi.
Ayalo bu ediki shayn boshlab,
Kuydursalar erdi oʻtqa tashlab(6).
Ul oʻt aro pechu tob birla,
Kuysa edi iztirob birla.
Qolgʻoch kuli oʻt aro nishoni,
Sovursalar erdi koʻkka oni.
Ul koʻkka dagʻi etib kasofat,
Boʻlgʻay edi shoyad anda ofat.
Emdiki ne bu va ne ul oʻldi,
Jismimgʻa baqo sori yoʻl oʻldi.
Yetmasdin burun ishqdin zoʻr,
Kosh oʻlgʻay edi iki koʻzum koʻr.
Izhor etibon bu benavoliq,
Qilsam edi qut uchun gadoliq.
Muhtoj boʻlub ilik-ilikka,
Sayr etsam edi eshik-eshikka.
Bir luqmagʻa men boʻlub balokash,
Bir luqmaxoʻr olima asokash.
Bu hodisai halok ichinda,
Onsiz yiqilib magʻok(7) ichinda.
Tortib bu mashaqqatu baloni,
Koʻrmagay edim bu ibtiloni(8).
Koʻzdin bu anogʻa uchramishmen,
Yuz dardu balogʻa uchramishmen.
Boʻlmasa ul ikki(9) motamangez,
Boshimgʻa iki baloyi xunrez.
Boʻlgʻaymu edim nazarda maʼzur,
Qilgʻaymu edim kishini maizur.
Mashʼuf boʻlub nazar ishiga
Bergaymu edim koʻngul kishiga.
Xossa, ne kishiki, jon balosi,
Ne jonki bari jahon balosi.
Ulkim el agar ochib niqobin,
Koʻrguzsa jamoli oftobin.
Bir lamʼadin(10) oʻt jahongʻa tushgay,
Balkim toʻquz osmongʻa tushgay.
Ul oʻt ichida quyosh fatiri,
Oyni ne deyinki, qurs qiyri(11).
Men dahrda bir zaif xasmen
Kim, jismda xascha ham emasmen.
Koʻz koʻrmak ila ypgʻib havasni,
Ul oʻtgʻa gʻanim etar bu xasni.
Netkay necha boʻlsa ishq bebok,
Mpng barqning oʻtrusuda xoshok.
Choʻp zoʻr qilib bu mubtalogʻa.
Solgʻay bu azim ibtilogʻa.
Qoʻymagʻay ul oʻtqa xos boʻlmoq,
Oʻrtanmak ila xalos boʻlmoq.
Hijron oʻti boʻlgʻay anga roʻzi
Kim, boʻlgʻay aning ming ulcha soʻzi.
Hajr oʻtida ham junungʻa solgʻay,
Ham mehnati guna-gungʻa solgʻay.
Boʻlmay bu baliya birla xursand,
Zindongʻa solib ham aylagay band.
Chun hush ila aqlini iturgay,
Boshigʻa hakim ham keturgay.
Yuz mehnatu binm dardi biryon,
Bedard hakim dardi biryon.
Jon yora qilurgʻa ul qoʻyub yuz,
Pand ahli sepib yarosigʻa tuz.
Yuz muncha gʻam oʻlsa umr farsoy,
Boʻlsam edi koʻhu dasht paymoy,
Gah togʻ uza nola ursam erdi,
Gah bodiyada yugursam erdi.
Filjumla bor erdi ehtimoli.
Qilmoq nafase koʻngulni xoli.
Bir uy qachon oʻlsa oʻtqa maskan,
Bogʻlansa eshik tutulsa ravzan(12).
Chok oʻlmoqdin maof boʻlgʻay,
Bal har tarafi shigof boʻlgʻay
Oʻt har tarafin shigof qilmoq,
Boʻlgʻay anga mujibi yiqilmoq.
Koʻnglum unin etti qaygʻu zindon,
Jism uyi yana qarongʻu zindon.
Zindonki tanimdur anda mahbus,
Ham tungluki, ham eshiki madrus.
Ichkarrak uy ichra gʻussa tobi,
Bal furqat oʻtining iltihobi.
Uylar ne ajab yorilmoq oxir.
Bir-biri uza yiqilmoq oxir.
Bu ikki-uch uy chidorgʻa ne had,
Bal etti-sekiz rafiʼ kunbad.
Ul oʻt tafidin ayon qilib larz,
Ochilgʻali har birnga yuz darz.
Ovaxin bu oʻtdin oʻldi tobim,
Yoʻq, yoʻqki, ichinda iztirobim.
Kulbamdavu maskanimda bu oʻt,
Jonimda bu oʻt, tanimda bu oʻt.
Oʻt ichra birovnikim solurlar,
Bandini ayogʻidin olurlar.
Oʻt band ila buldi jilvagohim,
Mundoqmu azim emish gunohim?
Oʻt oncha emaski bu qaro dud,
Yoʻq dudki shomi duda andud.
Jonimda oning qaro balosi,
Koʻnglumda ham oning ibtilosi.
Tun yoʻqki meni qaro bosibdur.
Yo koʻhi gʻamu balo bosibdur.
Gar bosmadi jismim ul ogʻir yuk,
Mundoq nega boʻldi betaharruk»
Yo jon qushi uchti jismn xasdin.
Azmi vatan ayladi qafasdin?
Tangʻa ne taharruk ixtiyori.
Oʻlgan harakatdin oʻldi ori.
Jismini qilib mazanna sokin,
Tolpinmoq edi ishi va lekin(13).
Chun jismi edi nahif asru,
Oyogʻ, iligi zaif asru.
Solgʻonda oyogʻ ilik urub tob,
Jon rishtalarigʻa kelturub tob.
Ham singʻon emish yigʻochgʻa payvand,
Ham chiqmish ayogʻidin temur band.
Chun topti bu iztirobi taskin,
Chekkach oyoq ul gʻaribi miskin.
Koʻrdiki xalos erur ayogʻi,
Ikki qoʻli, balki boʻyni dogʻi.
Yuz shukr ila erga qoʻydi boshin,
Koʻzdin oqizib niyoz yoshin.
Ohista qoʻpub eshikni ochti,
Borgʻoncha zaif oyogʻi qochti.
Bir dashtqa ketti ul makondin
Kim, qatʼi yiroq zdi gʻumondin.
Ey qaydi zamona birla xursand,
Boʻlgʻon senga oʻzlukung ogʻir band.
Oʻzlukdin oʻzupgpn apla ozod,
To dashti fapogʻa kirgasen shod.

XVIII

Laylining sarvi xiromoni gulshandin uyga xirom qilgʻonda Ibi Salom koʻngli qushi ul sarv sori havo qilgʻoni va ul havoda bahor nasimi shukufa yafrogʻin toʻkkondek diramposhliq qilib, umed gulbunidin murodi guli ochilgʻoni va ul nasim taharrukidin sarvi gulrux soyadek takassur tufrogʻiga yiqilgʻoni

Mundoq dedi soʻz guharfishoni,
Ayturda bu nuktadin nishoni.
Kim, unga sumanbari gulapdom,
Chun bogʻdin etti azm ul shom.
Olam aro chehradin gul ochib,
Xay(3) birla gulob ergʻa sochib
Zohir qilib ul gulu gulobi,
Ishq oʻtidin oʻzga obu tobi.
Har bir mongishida yuz latofat,
Iuq, yoʻqki, sochib jahongʻa ofat.
Gul bargiga sarv uzra manzil,
Ham sarvi ravoni gulga homil.
Taʼrif qilurcha yuz jamoli,
Vasf etgucha yuz ming eʼtidoli.
Lekin gʻami ishqdin mushavvash,
Uyga borur erdi ul parivash.
Yoʻlda oni koʻrdi navjuvone.
Xayli arab ichra komrone.
Solim anga barcha aybdin zot,
Baxt Ibni Salom deb anga ot(4).
Ham otigʻa yoʻq shumora paydo,
Ham qoʻyigʻa yoʻq kanora paydo.
Sahroii tutub tevasi yakband,
Haykal aro barcha koʻx monand.
Chun moligʻa kimsa bilmayin son,
Har mushkil oʻlub qoshida oson.
Mehnat tunida yoʻl aylagan gum,
Gʻam yoʻq chu koʻrar diramdin anjum
Chun Ibni Salom koʻrdi onn,
Shavq oʻtigʻa tushti xasta jopi.
Ul chora ishiga boʻlmadi sust,
Payvand xayolin ayladi chust.
Azm etti qabilasigʻa filhol,
Yigʻdi neki mumkin erdi amvol.
Yuz navʼ hadiyai kiromi,
Yuz tuhfai naqd barcha nomi.
Hodi qilibon necha xiradmand,
Afsona guzoru shayx monand.
Sharh aylab alargʻa orzuni,
Ul bobda barcha guftu-goʻni.
Maqsudgʻa soʻzni band aylab,
El barcha soʻzin pisand aylab.
Yuklab bori tuhfavu xizona,
Maqsad sari boʻldilar ravona.
Layli otasi boʻlub xabardor,
Ul mujdadin oʻldi bahra bardor.
Chun Ibni Salomni burunroq
Tonir edi barchadin fuzunroq.
Kim yor anga hush ila xiraddur,
Moliyu jihozi beadaddur.
Ham xayli Bani Asadgʻa(5) voli,
Yuz xayli Bani Asadcha moli.
Topib chu bu navʼ komronliq;
Yuz mehr ila qildi mizbonliq.
Mehmanlar ani chu koʻrdilar garm.
Fosh ayladilar shafoatu sharm.
Tortib neki tuhfai kiromand,
Andin soʻngoʻlub fasona payvand.
Izhor etibon viqoru tamkin.
Yuz nukta surub balogʻat oyin.
Taʼriflar oʻylakim sazodur,
Mazkur etib ulcha muddaodir.
Maqsudlarin chu aylabon fosh,
Posux tilayu(6) quyi solib bosh.
Somiʼ chu qolib gʻarazni tahqiq
Dediki: «Xudoy bersa tavfiq,
Ul qilsa oʻgʻullugʻum havosi,
Boʻlgʻaymenu men dagʻi atosi.
Durrum anga zebi torak oʻlgʻay,
Inshoolloh muborak oʻlgʻay.
Lekin anga sabr ham kerakdur
Kim, shoxi gulum shikastarakdur.
Ham navras erur bu naxli ummed.
Yaʼniki hilol erur bu xurshed(7),
Ham tabʼida qolmasun maloli.
Ham sarvigʻa etsun eʼtidoli.
Andin soʻng bu xujasta farzand,
Ne komki boʻlmish orzumand.
Qelsun dagʻi jomi vasl etib noʻsh,
Sarv oʻlsunu gul bnla hamogʻoʻsh».
Ummed ila barcha shodmona,
Uylar sari boʻldilar ravona.
Ul vaqtkim ul buti diloro,
Gulshan sari boʻldi mahfiloro.
Bogʻ ichra kezarda har taraf tez,
Gullar anga ochti ishqi xunrez
Kim, rozi ochildi har birndin,
Bal qon isi keldi har biridin.
Yaʼniki sugʻurdi tigʻi bebok,
Koʻngli aro soldi chok uza chok.
Chun gʻunchani pora-pora qildi,
Ishq ichra anga bu gul ochildi.
Yoʻqkim chamanida gʻunchai dard.
Chok oʻlgʻach ochildi otashpn vard.
Chun ishq bu otashin gul ochti,
Gulbarg kibi sharora sochti.
Bu oʻt bila kuydi joni dogʻi.
Balkim tani notavoni dogʻi.
Bas yoʻq edi ishq oʻti gudozi,
Yetti gʻami hajr turktozi(8).
Ul ravzadin ul nishonan hur,
Ham shpnqu ham zaifu mahjur
Hosnl xoʻru xobp ketmpsh erdp.
Ul sori azimat etmish erdk.
Hardam boʻlur erdi notavonroq,
Ahvoli nafas, nafas yomonroq.
Lekip bu soʻz erdi qiylu-qoli
Kim, sayrda avd etib maloli(9).
Boʻlmish tanigʻa isitma ozim,
Zafar oʻlmish aning bila mulozim
Degan anga oʻzni yoru yovar,
Bu soʻzni qilurlar erdi bovar.
Lekin bilur erdi baʼzi oni
Kim, oʻzga balodurur nihoni.
Doya oila necha mahrami roz,
Bor erdilar anga gʻussapardoz
Ranjida gʻamin erurlar erdi,
Dardida koʻigul berurlar erdi.
Anglab edi doyap jigarsoʻz
Ham ul necha mahrami gamandoʻz,
Kim, Ibni Salom ishini ul hur
Fahm etgach oʻlub mizoji ranjur
Ham jismi zabunroq oʻlgʻusidur,
Ham dardi fuzunroq oʻlgʻusidur.
Andin yoshururlar erdi behad
Kim, bnlmagay oni sarvn gulxad.
Ul ishq oʻtpdin mushavvash erdi.
Bu shuʼla ichinda sarkash erdi..
Bir kup pecha xaylu oshnosi,
Nisbat ara xeshu aqrabosi
Kelmishlar edi iyodatigʻa,
Bal mehnatining znyodatigʻa.
Bir zoli ramida hushi fartut,
Tadbiri xatovu aqli mabhut(10).
Bedilpi dami qilurgʻa xushdil,
Til chekti, ne tilki tigʻi qotil.
Zohir qilib ul gʻami nihoni,
Soldi arogʻa bu mojaroni
Kim, «Gʻam ema, ey guli sumanbar,
Zulfung sochib ul yuz uzra anbar.
Tonglaki etib zamoni sihhat.
Topsa badaiing nishoni sihhat,
Baxt ichra ayon boʻlub kushoding,
Hosil boʻlgay borp muroding.
Ul navʼki yoʻq sanga nazire,
Yering dagʻi tushti dilpazire.
Mahvashlar aro bu guftu-goʻdur,
Iqboling alargʻa orzudur.
Lekin bu talab natija bermas.
Davlat ishi saʼy birla ermas.
Baxting mayi toʻldi shukr lilloh,
Bas turfa ish oʻldi shukr lilloh»
Ul kimsaki dostonin aytib,
Ham otinu ham nishonin aytib.
Bu soʻzlar eshitgach ul diloro,
Bildi ne ish oʻlmish oshkoro.
Koʻnglin buzub ul sifat masoyib,
Zaʼf etti oʻzidin onn gʻoyib.
Ey maxfiy oʻlub, valek zohir,
Koʻzga gʻoyib, koʻngulga hozir.
Chun yorutqung koʻngul charogʻi,
Qil jilva ayon koʻzumga dogʻi.

XIX

Ul gʻazoli mushkin saydigʻa Bani Asad axli qasda maʼlum boʻlub, quyosh zarrin gʻazolasi magʻrib xilvatgohida sorgʻorib titrab, shafaq xunobin toʻkkandek xilvat uyda tufrogʻ va qon aro iztirob koʻrgoʻzgoni va falak zolidek anosi ul ishdin voqif boʻlub aning hoyaigʻa navha tuzgoni(1)

Soʻz chashmasin ulki qildi kovish,
Bu navʼ su ayladi tarovish(2)
Kim, zaʼf ila sarvi sidra poya
Kim, yotmish edi nechukki soya(3).
Chun hushigʻa keldi ayladi yod,
Ul soʻzniki andin erdi noshod.
Ortar edi dam-badam maloli,
Koʻnglin qila olmas erdi xoli.
Koʻrdiki halok boʻlgudekdur,
Umri toʻni chok boʻlgʻudekdur
Doyasigʻa koʻp tazallum etti,
Yuz ajz bila takallum etti:
«Key holima aylagan madoro,
Sirrim pazaringda oshkoro.
Sendin ishim oʻlmagʻay pihoni,
Har mehnatim oʻlsa bilgan oni.
Bir soʻz eshitib durur qulogʻim
Kim, shuʼlasidin kuyar dimogʻim.
Goʻe oni sen dagʻi bilurssn,
Lekin mendin nihon qilursen.
Gar dafʼ eta olsang erdi oni,
Qilgʻung edi anda saʼyi joni.
Sen dafʼ etmak emas chu maqdur
Tong yoʻq seni tutsam aida maʼzur.
Lekin erur ushbu iltimosim.
Birdam tutsang eshnkda posim
Kim, koʻnglum erur xalul asru,
Gʻavgʻodin erur malul asru(4).
El kirmasa xilvatimgʻa birdam,
Qoʻysa meni mehnatimgʻa(5) birdam».
Doya koʻziga qoʻyub ilikni,
Chiqti dagʻi bogʻladi eshikni.
«Turmang — dedi — uyga yoqin ul bu
Kim kirmish ul oy koʻziga uyqu».
Layli koʻrub eldin uyni xoli,
Chok etti urub yaqoni holi.
Gah baxti koʻziga urdi tufroq,
Gah boshi uza sovurdi tufroq.
Koʻksinki urub figor qildi,
Tirnogʻi bila shiyor(6) qildi.
Ekti sochiboi sirishk anbuh,
Tan mazrai ichra tuxmi anduh(7).
Rangin yoshidinki toʻkti xunob,
Yuz safhasi ichra chekti abvob .
Har bobida yozilnb hisobi,
Gʻam darsida bir balo kitobi.
Hasrat ovuchin qoqib, chekib oh
Kim, tortar edi figʻoni jonkoh.
Ul unlar ila topib damodam,
Iqbolu nishot qushlari ram.
Egar edi koj urub qamarni,
Kun chashmasi ichra nilufarni.
Ul yuzga boʻlurga gʻayr mahram,
Kindurur edi libosi motam.
Debkim: «Nedur, ey sipehri zolim,
Solmoq bu shikastalikka holim.
Naxlimgʻaki erdi zeri dasting,
Ne erdi shpkast uza shikasting?
Naxliki ushotting oni oson,
Tufroq ila qaddi boʻldi yakson.
Tortib yana teshai jafoni,
Yuz pora pe erdi qilmoq oni?
Emdiki qilib jafo pisandin,
Bedoding ayirdi band-bandin.
Nedur yana juzv-juzvin olmoq,
Otashkadan balogʻa solmoq?
Men bor edim ul niholi navras,
Yoʻq shoxima xoru tegrama xas.
Shoxi tarabim bu dam qilib gul,
Boshim uza tongla ochilib gul.
Ne naxlima mevadin nishoni,
Ne bargima ofati xazoni
Kim, bagʻrigʻa xor tiktim erkin,
Ne koʻkka boshimni chektim erkin.
Kim ishq eliga qotting oni,
Ul sarsar ila ushotting oni.
Ishq oni ushotkach oshkora,
Hijron qoʻligʻa berib qatora.
Boshtin-oyogʻini yora qilding,
Ajzosini pora-pora qilding.
Chun aylading oni necha parkand,
Qilmay munga ham oʻzungni xursand.
Kuydurgali juzv-juzvin olding,
Gʻam doʻzaxi ichra dogʻi solding.
Doʻzax manga emdi bu xabardur.
Kim, jonima oʻtidin sharardur.
Yoʻq, yoʻq, ne shararki, barqi ofat,
Andin bori dahr gʻarqi ofat.
Ofat oʻti dahr aro tutoshsa
Kim, dudi oning falakdin oshsa,
Andin manga tushsa bir sharora,
Kul boʻlmoqdin yoʻq oʻzga chora.
Xossa, tutoshib bu notavonga,
Andin sharare tushub jahoigʻa.
Ham dahrni qilgʻay otasholud,
Ham koʻkka etushgay oʻtidin dud.
Ul oʻt aro bu zaifi gʻamnok,
Qaysi gʻampok, balki xoshok.
Xoshok dema, shikasta moʻri,
Joni yukidin tanigʻa zoʻri.
Ul moʻrgʻa tushsa boʻyla doʻzax,
Ovah nechuk etgusidur, ovah.
Ul moʻr meni shpkastanomen
Kim, bu tomugʻ ichra mubtalomen.
Bir moʻr ne qilmish oʻlgʻay, ey charx,
Qilmoqni ne bilmish oʻlgʻay, ey charx
Kim, qasdigʻa tez oʻlub xiroming,
Ming barq ila boʻlgʻay intiqoming.
Men xud bu sifat balo asiri,
Yuz mehnatu nbtilo asiri.
Ul zoru zaifi noguzirnm
Kim, bordur ul mening asirim.
Oyo ne ekin gʻamimda holi,
Chirmonmoq ila tani chu poli?
Ishqim oʻtida yodarmu erkin,
Hajrim gʻamida chidarmu erkin?
Shavqim chiqorurmu erkin ohin,
Ohi uchururmu jismu kohin?
Savdoki sochim gʻamida tortar,
Har lahza nechuk junupi ortar?
Chun qaddim uchun tuzar navoni,
Ne navʼbiyik boʻlur figʻoni?
Chehram tilab oʻlsa navhaangez,
Aylarmu ekin sprishki gulrez?
Zulfum shikapida qilsa atnob,
Jismigʻa nechuk tushar ekin tob?
Gʻamzam sari boʻlsa fikrat andesh,
Sonchilur ekinmu bagʻriga nesh?
Laʼlimki suv oqizur koʻzidin,
Borurmu ekin sudek oʻzidin?
Ogʻzim soʻzin aylagach takallum,
Boʻlurmu ekin adam aro gum?
Belim sori chun tushar xayoli,
Qolurmu vujudi ihtkmoli?
Qoshim xamndin chu tortqach voy,
Qaddi xam oʻlurmu oʻylakim yoy?
Fikriki mpjamdin aylar erkin,
Yuz xora aro koʻngli naylar erkin?
Koʻzum sari sursa mojaroni,
Koʻrmas ekin oq ila qaroni.
Ernim gʻami ashkin etsa Jayhun(8),
Borurmu ekin ul ashk maygun?
Xolim gʻami sb toʻyarmu erkin,
Koʻz mardumini oʻyarmu erkin?
Yod etsa tazarvdek xiromim,
Boʻlurmu ekin asiri domim?
Istarmu ekin yuzumpi har kun,
Yoʻqlarmu ekin sochimii har tun?(9)
Darimdip oʻzi yodob ekiimu,
Hajrimdin ishi xarob ekinmu?
Bas yoʻq edi muncha mehnatu gʻam
Kim, bilgusidur bu qissani ham.
Bu ishki emas xujasta foli,
Xud boʻlmogʻining ne ihtimoli.
Olam eli biryon oʻlsa yaksar.
Mumkin emas oʻlmogʻi muyassar!
Sogʻingʻay ul emgak oshnosi,
Mendin boʻlmoq bu ish rizosi.
Gar har gʻam aro oʻzumni solmon,
Bu gʻamgʻa netayki tuza olmon.
Faryodki oʻlgudek gʻamim bor,
Tong yoʻq gar oʻzumga motamim bor».
Xilvatda anga bu pavhalar nsh,
Ongdib onasi kaminda ermish.
Anglab oni boʻyla munqalib hol,
Koʻp boʻldi bu gʻamda muztarib hol.
Tun-kun ishp mohpora fikri,
Bu dardu gʻamigʻa chora fikri.
Ey chorapamo, ilik yigʻishtur
Kim, dardima chora saʼb ishtur.
Chora tilamakdin et kanora,
Bechoraliq angla bizga chora.
Avvalgi
I- qism