OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAlisher Navoiy
Asar nomiLayli va Majnun (II- qism)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Alisher Navoiy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
NashriyotOʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining «Fan» nashriyoti, Toshkent, 1992
Hajm138KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/24
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
Alisher Navoiy - Mukammal Asarlar Toʻplami (Yigirma tomlik)

Tahrir hayʼati: K. Yashsin, E. Yusupov, Izzat Sulton, A. Qayumov, B. Nazarov, A. Hayitmetov, F. Sulaymonova, S. Gʻanieva, M. Hakimov, P. Shamsiev
Ilmiy-tanqidiy teksti asosida dostonni izohlar bilan nashrga tayyorlovchi: T. Gʻafurjonova
Masʼul muharrir: S. Gʻanieva

Taqrizchilar: S. Hasanov, S. Erkinov



iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Layli va Majnun (II- qism)
Alisher Navoiy

XX

Majnunning atosi ani ishq bodiyasidin kelturub, Kaʼba tavofigʻa olib borgʻoni va ul munojot bahonasi bila koʻnglidagi chirin yozgʻoni va duo qilmoq taronasi bila xotiridagʻi maxfiy maqosidin tilidin chiqorgʻoni va arafot(2) ahlidin arasot(3) qoʻporgʻoni.

Mundoq dedi noqili maoni,
Qilgʻoch bu badiʼ soʻz bayoni.
Kim qochti chu ul ramida payvand,
Ul tun uyidin ramida monand.
Kunduz eli uyda toimay oni,
Boshlab yana navhayu azoni.
Haryon chiqibon ayogʻu otliq,
Qaytib bori toimayin uyotliq.
Lol etti yana atosini gʻam,
Beholu hazin anosini ham.
Oʻlturdilar ikki zori bexud(4),
Koʻp fikr etib ettilar yana rad.
Koʻp soʻz yuzin ul ochib bu yopti,
Oxir munga soʻz qaror topti
Kim, har saridin uzub tavaqquʼ
Tengriga-oʻq aylabon tazarruʼ.
Haqdin ikov oni istagaylar,
Paydovu nihoni istagaylar.
Xushvaqt qilib niyoz ahlin,
Osuda zamir roz ahlin.
Har goʻshanishinu bepavoyi,
Qilgʻaylar aning uchun duoyi.
Haq rahm etib ikki benavogʻa,
Bergay oni ul ato-anogʻa.
Haj mavsimi erdi ittifoqi,
Aylab bori Kaʼbaning yaroqi(5).
Borib necha kun tilab oʻzu yot,
Majnunni topib keturdilar bot.
Qildilar ani ul ishdin ogoh
Ul ish anga ham bor erdi dilxoh.
Oʻlturtub ani amori ichra,
Oʻtni manqali hisori ichra.
Fursatni bori bilib gʻanimat,
Kaʼba sori qildilar azimat.
Chun boʻldilar ul haramgʻa mahram,
Yoʻq, yoʻq, ne haramki, arshi aʼzam(5).
Yer uzra sipehrdin nishone,
Tufroq uza balki osmone.
Yer maqdamidin falakka monand,
Ul bu falak uzra arsh payvaid.
Har rukni kelib sukungʻa maqrun,
Arkon anga misli rubʼi maskun(7).
Yo soʻfiyi mazhari jamoli,
Juz haqdin oʻlub zamiri xoli.
Yer natʼida oʻlturub murabbaʼ
Soʻfi kibi egnida muraqqaʼ.
Oʻrnida nechukki qutbi sobit,
Atrofi ushoq toshi savobit
Ne qutbki tegrasida aqtob,
Mujgon bila xokroʻbi abvob.
Mehnat xasin anda toimayin el,
Azbaski malak qanotidin el.
Avjida maloik uchmogʻi fosh,
Har kecha nechukki xanli xuffosh(8).
Soʻzdek topibon asosi mahkam,
Koʻzdek kiyibon libosi motam.
Tavfidin ulusqa zilli shohi,
Atrofi sipehr sajdagohi.
Majnunga koʻrungach ul salobat,
Koʻngli sari yuzlanib mahobat.
Ishq etti dimogʻini mushavvash,
Koʻngli aro shavq yoqti otash.
Yogʻdurdi koʻzi yoshin yogʻindek,
Oh urdiyu sekridi choqindek.
Davrida haramning oʻldi doyir,
Yer girdida mpsli charxi soyir.
Yuz birla qilib toshini zarkor,
Ashkin oqizib nechukki parkor.
Ruxsori supurgach ul eshikni,
Halqasigʻa urdi chust ilikni.
Har bormogʻigʻaki rust oʻlub tob
Bir halqagʻa tushti necha qullob.
Ul tavqi murod ichiga darham
Qullobi muhabbat oʻldi mahkam.
Qullobi chu boʻldi halqagʻa band,
Zanjiri tazallum oʻldi payvand.
Bir navʼ tazallum ohi chekti,
Ul dud ila gʻam sipohi chekti.
Kim, charx libosmn etti ul dam,
Kaʼba toʻpidek libosi motam.
Aylab ani boʻyla motami zor,
Faryod koʻtardi motamivor.
Dediki: «Ayo hakimi dono,
Har hukmda hokimu tavono!
Ey ishq oʻtin aylagan jahonsoʻz,
Andin meni notavonni jonsoʻz.
Ey urgʻon ul oʻtni xirmanimgʻa,
Xirman neki, jon bila tanimgʻa!
Ey ishq angakim, mulozim etgan,
Hijron oʻtin anga lozim etgan!
Ey kimgaki ishqdin solib band,
Talx aylab anga nasihatu pand!
Ey ishq ila onikim qilib fosh,
Atfoldin anga yogʻdurub tosh!
Ey kimniki aylagan parichehr,
Devonasi sori bermagan mehr!
Ey jon aro solib ozari ishq,
Koʻngul sadafida gavhari ishq(9).
Ishq ichra bukun meni shikasta.
Kelmish men asiru poybasta.
Har ragi tanim ichra ishq bandi,
Jon rishtasi ishqning kamandi.
Tori badanim aro boʻgʻunlar,
Ham ishq tanobidin tugunlar.
Jismim aro dogi begarona,
Ishq oʻtlaridin kelib nishona,
Mamlu aning oʻti birla jonim,
Jonim neki, magʻzi ustuxonim.
Bu ishq oʻtikim bayon qilurmen,
Muhlik gʻamini ayon qilurmen.
Demogin meni tarabgʻa xos et,
Yoxud gʻami ishqdin xalos et!
Dermenki manga bu oʻtni hardam,
Afsun qilu, qilma zarrai kam!
Chek aynima ishq toʻtiyosin,
Ur qalbima ishq kimiyosin!
Koʻnglumga fazo harimi ishq et,
Jonimga gizo nasnmi nshq et!
Ishq isidii et damimni mushkin,
Ishq oʻtidin et yuzumni rapgin!
Boʻynum uza, «ayn»in aylagil tavq,
«Shin»in qil ichimga shuʼlai shavq.
«Qof»in manga ayla koʻhu anduh,
Koʻnglumga gʻamini koʻh to koʻh,
Uch nuqtasini sharora ayla,
Ikkisnii nkki xora ayla(10).
Ul shuʼlaga ham kerak sharora,
Bu qofga dogʻi xora pora.
Jonimgʻa sol ul sharorani ham,
Boshimgʻa ur ushbu xorani ham.
Yuz munchagʻa elni moniʼ etma,
Ming munchagʻa meni qoniʼ etma!
Koʻnglum gʻam ila toʻq ayla, yo rab!
Ishq ichra msni yoʻq ayla, yo rab!
Derlar manga «Ishqni unutgʻil,
Layli gʻamidin kanora tutgʻil».
Alloh-alloh, bu ne soʻz oʻlgʻay,
Ul qavmgʻa tengri uzr qoʻlgʻay.
Yorabki bu xushguvor boda,
Jomi talabimgʻa quy ziyoda!
Ul bodadin oʻyla tut manga qoʻsh
Kim, yodima hargiz oʻtmasun hush!
Layli ishqin tannmda jon qil.
Layli shavqin ragimda qon qil(11).
Dardini najotim et ilohi,
Yedini hayotim et ilohi!
Hardamki emas aning xayoli,
Koʻnglum uyin andin ayla xoli!
Har oʻtki yoʻq anda ishq soʻzi,
Men xastagʻa qilma oni roʻzi!
Huyiki emas aning gʻamidin,
Fosh etma bu telbaning damidin.
Dardimgʻa xayolini tabib et!
Jonimgʻa visolini nasib et!(12)
Gʻayrin nazarimda foni ayla,
Mehrin manga jovidoni ayla!
To boʻlsa hayotdin nishonim,
Savdosini qil tan ichra jonim!
Jon chiqsa bu jismi notavondin,
Yodi bila-oʻq chiqor jahondin.
Tanlar tirilurga qoʻysalar yuz,
Koʻyi elidin tanimni tirguz!
Doʻzax manga etsa jovidoni,
Ishqi oʻtidin qizitqil oni.
Jannat sari cheksa sarnavishtim,
Vasli haramini qil bihishtim.
Onsiz meni birdam etma mavjud,
Budumni qil onsiz oʻlsa nobud!»
Garm aylabon oni bu munojot,
Atrofida lol ahli hojot.
Ul qoyilu yuz asiri gʻamgin,
Borining oʻlub hadisi «omin»
Bexud qolibon faqir atosi,
Hayron bori xeshu aqrabosi.
Bu navhavu ashk nolishidin,
Bori yudilar ilik ishidin.
Ul ham chu tugatti navhai dard
Boʻldi yana aqlu hushidin fard.
Oxir koʻtarib necha dilafgor,
Manzillarin oʻldilar talabgor.
Ishq oʻti koʻngulni kuydurur chogʻ.
Manʼigʻa su quysalar boʻlur yogʻ.
Haj tavfida ishqini iroda,
Kam aylabu ul boʻlub ziyoda,
Ey, zoyiri kaʼbai saodat,
Lutfungdin etarmen istifodat
Kim, bizni dagʻi duoda yod et,
Bu ishq oʻti shuʼlasin ziyod et!

XXI

Majnunning vaqshatligʻ eldin ulfat rishtasin uzgoni va biyobon vahshiylari bila uns navosin tuzgoni va kiyiklar bila Nivfal ovi aro qolgʻoni va Navfal(2) visol vaʼdasi kamandin aning boʻynigʻa solgʻoni va kiyiklarni ozod qilib oni sayd qilgʻoni va koʻnglin ovlagʻoni(1).

Qilgʻon bu fasona kov-kovi,
Bu qissagʻa boʻyla boʻldi rovi
Kim, yondi chu haj tavofidin xayl,
Har kim vatanigʻa ayladi mayl.
Majnun atosigʻa rapji jovid,
Ugʻlidin oʻlub tamom navmid.
Zabtini bilibki mumkin zrmas,
Befoyda ish natpja bermas.
Avd etti tutub jahonni yoshi,
Maʼyus bori urugʻ-qayoshn
Devona dagʻi yonib shitobon,
Qatʼ aylab togʻ ila biyobon.
Har kun yana bir taraf xiromi
Har tun yana bir daman maqomi.
Ne turgʻonida qarori oning,
Ne azmida ixtiyori oning.
Yoʻq hech soʻz aytmoqqa mayli,
Aytur soʻzi bu qadarki: «Layli».
Ham Layli oʻlub tilida zikri,
Ham Layli oʻlub ichida fikri(3).
Haryon nazar etsa oshkoro,
Layli nazarida jilva oro.
Tasvir etibon yuzi xayolin,
Koʻzga kigorub qadi misolin.
Ikkisiga chun qilib taammul,
Sarv uzra gul aylabon taxayyul.
Ham sarvning olida qoʻyub bosh,
Ham ul gul uchun ravon qilib yosh.
Layli gʻamidin qilib tafakkur.
Yuz baytu gʻazal deb oʻylakim dur.
Ham qofiyasi aning sifoti,
Ham barcha radifi oning oti.
Eshitgach ani gʻaminu dilshod,
Yuz zavqu nishot ila tutub yod.
Abyotigʻa maʼni otasholud,
Nazmi chiqorib dimogʻidin dud(4).
Har lafzida shavq harfi mubham,
Har harfida ishq sirri mudgʻam.
Ul nazm ilakim tuzub navoyi,
Solib ulus ichra hoy-hoyi.
Pajmurdagʻa jon mulosiq aylab,
Afsurdani zoru oshiq aylab.
Ts hush dimogigʻa solib tob,
Abʼyot deb oʻylakim duri nob.
Chun monii hush oʻlub jununi,
Yeva soʻz oʻlub aning fununi.
El harne takallum etsa bilmay.
Uz soʻzini dogʻi fahm qilmay.
Oʻrtab koʻnglin junun gʻam ichra,
Hardam solib oʻzga olam ichra.
Kelmay nafase oʻziga hushi,
Sahro vuhushi kibi xurushi.
Ne yigʻlarigʻa gʻazab muayyan,
Ne kulmagiga sabab muayyan.
Ruxsori taponcha birla majruh,
Aʼzosida yoʻq nishonai ruh.
Bu holatidin gahi qilib havl,
Uz holiga aylar erdi lohavl.
Ul naqshni yona ishqi bebok,
Filhol yur erdi koʻnglidin pok,
Togʻ ichra uni tushub sabodek,
Qum uzra tapi quruq giyodek.
Yoshlardek etib yigʻiyu faryod.
Qilmay ato-anosin, vale yod.
Yor aylabu oshno baloni,
Sogʻinmay yoru oshnoni.
Anduh eb, etib jafo mayi noʻsh,
Ichmak-emagi boʻlub faromush.
Koʻz yoshidek oʻlmay oramida,
Jayran kibi xalqdin ramida.
Nafs itligidin kechib tamomi,
Dasht uzra kiyik mutiu romi.
Har qumgʻaki maqdami etishib,
Bir dasht kiyik anga erishib.
Girdida kiyik, toʻla yaboni,
Ul oʻrtada oʻylakim shuboni.
Gohi oʻpubon munung jabinin,
Gohi silabon aning surinin.
Haryon boʻri posbon itidek,
Yoʻq, yoʻq, ne dedim, shubon itidek.
Bu dashtqakim tushub guzori
Kim, koʻkka etib figʻonu zori,
Navfalki Arabda erdi nodir,
Tigigʻa qadar, oʻqiga qodir.
Yaxshiliq ila Arabda mavsum,
Oromgahi bu marz ila boʻm.
Ul kun qilibon havoyi paxchir,
Ov amrigʻa qilmish erdi tadbir.
Har xayldin el qilib murattab,
Sahro sori surmish erdi markab.
Charga aro qolmish erdi Majnun(5),
Davrida kiyik adaddin afzun.
Har saydki ul sipahni koʻrdi.
Toʻsh-toʻshdin aning sori yugurdi.
Borisigʻa ish anga yalinmoq,
To mumkin aiing sori sigʻinmoq.
Navfal koʻrub ul xilofi odat,
Hayrat anga ajz etib ziyodat.
Soʻrdi elidinki: «Bu gʻarobat
Kim, koʻnglum aro solur mahobat.
Siz ham koʻrasizmu, yoʻqsa yoʻqmu,
Yo keldi mening koʻzumga-oʻqmu?»
Ul xaylda baʼzi zrdi hamroh,
Majnun ishidin sarosar ogoh.
Navfal qoshida surub hikoyat,
Ul qissani qildilar rivoyat.
Navfal dagʻi ishq koʻrgan erdi,
Gʻam dashti aro yugurgan erdi.
Bu ishniki bnldi yigʻladi zor,
Ul sayd qilurdin oʻldi bezor.
Dediki: «Ne kimiyo erur ishq,
Ne boriqai ziyo erur ishq
Kim, har kishiniki qildi gʻamnok,
Gʻashdin qilur oʻyla qalbini pok,
Kim vahshki boʻlmas el bila rom,
Sahro aro tutmas onsiz orom.
Ishq oʻyla vujudin oritibdur,
Andoq bashariyati itibdir
Kim, vahshgʻa yoʻq qoshida dahshat
Chun ketti basharliq, ittn vahshat».
Tark ayladi saydgʻa jafoni,
Elga dedi: «Tashlang oʻqu yoni,
Ham itligintizni tashlangiz chust,
Ham itlaringizni bogʻlangiz rust!»
Chun xayligʻa qildi boʻyla ahkom,
Tushti, dagʻi qoʻydi ul taraf gom.
Majnun koʻrub oni oshnovash,
Kelmakligi keldi koʻngliga xush.
Garchi dadu dom qildilar ram,
Majnuni ramida turdi birdam.
Yetgach Navfal, salom qildi,
Majnun anga ihtirom qildi.
Dedikim: «Ayo xujasta diydor,
Chehrangda xujastaliq padidor.
Ham mehri safo yuzungda toliʼ,
Ham nuri vafo engingda lomiʼ(6).
Yuz kom sanga nasnb keldi,
Sendin koʻzuma gʻarib keldi
Kim, gʻofil ulus kibi chekib oʻq,
Vahsh etidan oʻzni istamak toʻq.
Chun yoʻq bu gʻizogʻa ihtiyojing.
Ozor nedin tilar mizojing
Kim, nafs nnshotigʻa chekib xayl,
Qon toʻkkali koʻnglung aylagay mayl.
Bu zulm ila ul gʻizomu boʻlgʻay,
Sendin bu sifat ravomu boʻlgʻay?
Gar ursa tikan ayogʻinga nesh,
Koʻnglung ayogʻing uchun boʻlur resh.
Ne mazlama yoyin oʻldi qurmoq,
Uq chekmaku jonivarni urmoq?
Haq berdi bulargʻa dogʻi joni,
Oyini hayotdin nishoni.
Bu necha ramida jonidin kech,
Bejurm guruh qonidin kech!».
Navfal koʻrub ul kalomi durposh,
Yer oʻptiyu qoʻydi olida bosh.
Dedikim: «Ayo farishta payvand,
Kelmay sifating bashargʻa monand!
Bu soʻzki muroding erdi bildim,
Harneki deding qabul qildim.
Joiimgʻa ravo koʻray qilich, oʻq,
Lekin bu suruk ramidagʻa yoʻq,
Chun sen qilding hikoyat izhor,
Emdi manga ham hikoyate bor».
Majnun anga berdi buyla posux,
Kim: «Aytqil, ey jamoli farrux».
Navfal dedi: «Ulki qilding irshod
Qil, qilma ramidalargʻa bedod.
Bildim nafasing halovatini,
Qoʻydum borining adovatini.
Senkim, eldin qilib judoliq,
Qilmishsen alargʻa oshnoliq.
Yoʻq el bila ulfating ziyodat,
Bu ish ham erur xilofi odat.
Insonki erur charogʻi binish,
Bal chashmu charogʻi ofarinish(7).
Andin oʻzin aylamak ramida,
Hayvon bila boʻlmoq oramida.
Aql olida besabab koʻrundi,
Sendin manga bas ajab koʻrundi.
Andoq dedilarki: «Guluzore,
Solmish yuragingga xorxore(8).
Gar andoq ish oʻlgʻon ersa hodis,
Boʻlgʻon esa mundoq ishga bois,
Boʻlgʻil bu ramidalardin ozod,
Kezgil necha kun mening bila shod
Ul erdaki zoru mubtalosen,
Gʻam domida bastai balosen.
Imkoni borincha aylanin jahd,
Tokim qilay oni sanga hammahd.
Yer tutmasa naqdu molu darxost,
Harsori sipoh ishin qilay rost.
Yo tuhfau moli xost birla,
Ul boʻlmasa zarbi rost birla.
Gar davri falak muovin oʻlgʻay,
Har navʼ bilaki mumkin oʻlgʻay.
Bu uqdadin istabon kushoding,
Koming bila etkuray muroding.
Gar boʻlmasa ul gʻaraz muyassar,
Bordur xud anga evaz muyassar.
Farzand qilay seni oʻzumga,
Minnatni qoʻyay yoruq koʻzumga.
Lekin dadu domdin chekib gom,
Tutqil bu ramida birla orom.
Odam bila vahsh keldi kam jins,
Odamgʻa ham odam oʻldi hamjins.
Gar yor visoli oʻlsa koming,
Bu ishda kerakdur ehtimoming».
Chun vasl soʻzin eshitti Majnun,
Shavq oʻldi burungʻidin ham afzun.
Xushholliq etti oni behol
Beholliq etti nutqini lol.
Yuz saʼy bila qilib takallum,
Koʻzida suv, ogʻzida tabassum.
Dedi: «Nekim aylading xitobim,
Borisigʻa bor edi javobim.
Chun vasl soʻzin deding unuttum,
Ul barchasidii kanora tuttum.
Bu vaʼdaki qilding oshkoro,
Voʻlmasa vafosigʻa madoro.
Yuzumdurur ashhabing tuvogʻi(9),
Boshimdurur markabing ayogʻi».
Ikki sori mundoq oʻlgoch ozarm.
Bir-birlarini soʻrushtilar garm,
Ul poyada ixtilot boʻldi,
Kim mujibi yuz nishot boʻldi.
Chun vasl ila berdi mujdagoni,
Navfal olib uyga bordi oni,
Ey hajrda jismi notavoning,
Chun mujdai vasl topti joning.
Gar vasl ishi maholvashdur
Filhol bu mujda bori xushdur.

XXII

Navfalning Layli gavharin Majnun iqdi silkiga tortar uchun gavhardek soʻzlar nazm silkiga tortib Layli atosigʻa yiborgoni va aning soʻz gavharin ushotib payvand rishtasin uzgoni va Navfal sipoh chekib, ul dogʻi adovat yasolin tuzgoni va kin arsasigʻa ot surub dov tilashgonlari va falak mansubalaridin bir-biridin qoyim ayrilishqonlari va berk erlar hisor qilib tushgonlari(1).

Bu dasht tay aylagan musofir,
Bu navʼ etti fasona zohir
Kim, yor oʻlub ul iki yagona,
Chun boʻldilar uy sori ravona.
Navfal tiladi necha suxanvar,
Har mushkil ish ichra royi anvar,
Sharh aylab alargʻa surati hol,
Layli hashamigʻa qildi irsol.
Aylab atosigʻa boʻyla paygom:
«Key tavsani baxtu toleing rom!
Kays ulki Arabda bebadaldur,
Har fazlda el aro masaldur.
Lanli sari ishqi pok payvand,
Qilgʻon emish oni orzumand.
Ifrot hayovu infioli,
Qoʻymay qilurigʻa sharh holi.
Qavmu xaylin unutqon ermish,
Ul ishq ila dasht tutqon ermish.
Savdo aro boʻlmish oʻyla maftun
Kim, el der emishlar oni Majnun
Xayling aro kasbi ilm qilmish,
Olamda ne ilm bori bilmish.
Sen dogʻi ishin bilur emishsen,
Doyim sifatin qilur emishsen.
Boʻlgʻonda bu ishq mubtalosi,
Ne fikrni aylamish atosi.
Gar xud sanga ermas erdi farzand,
Farzandinga xud bor erdi monand.
Sen dogʻi ilik chekib ishidin,
Ahvolini anglamay kishidin,
Qoʻymishsen oni asiri anduh
Qim, tutmish gah dasht, gahi koʻh.
Mundoqmu boʻlur muruvvat oxir,
Mardumligʻ ila futuvvat(2) oxir.
Oʻtkandin shikva qilsa boʻlmas,
Har negaki oʻtti etsa boʻlmas.
Men dasht aro tilab nishoni,
Uyga keturubmen emdi oni.
Etibmen oʻzumga yoru farzand.
Boʻlmish yana voqifu xiradmand.
Emdi budur iltimos darxost
Kim, qilsak ikov nikoh ishin rost.
Koʻz ustida ulcha rasmu oyin,
Jon oʻrtada ulcha aqdu kobin.
Dur toj uza aybdin yiroqdur,
Laʼl oʻlsa yonida yaxshiroqdur.
Gar toʻlgʻar esang boʻyun bu ishdin,
Vah.m aylagasen koʻngul qolishdin».
Bu soʻz bila koʻp berib tabarruk,
Aylab alar ul sori taharruk.
Layli atosi ham oʻlgʻoch ogoh,
Majlis yasabon nechukki dilxoh.
Paygʻom ahlini aylab ikrom,
Paygʻomini aylab ahli paygʻom.
Somiʼgʻa qatigʻ kelib bagʻoyat,
Toʻlgʻondi oʻziga benihoyat.
Bevaqt oʻlub etti boʻyla taqrir,
«Kim, mundoq emish azalda taqdir
Kim, ul buti chinu mohi farxor,
Bu bogʻda gar gul oʻlsa, gar xor.
Bir oʻzga muhib habibi boʻlgʻay,
Uzga kishining nasibi boʻlgʻay.
Alqissa qazoni osmoni,
Yetkurdi yana birovga oni.
Gar boʻlmasa erdi ham bu surat
Yoʻq erdi manga base zarurat
Navfal soʻziga itoat etmak,
Har ishgaki amr qildi etmak.
Xossiki qilib soʻzini taqsim,
Bir qismin umed etib birin biyim.
Ummed ila koʻnglum aylagay xush,
Bnymi bila xotirim mushavvash.
Ul oyki asiri beadaddur,
Bu lahza birovga nomzaddur.
Gar topsa bu soʻzidin nadomat,
Ul noriyu biz beri salomat.
Bu soʻz bila toimas oʻlsa taskin,
Gar lutf ayop qilur, agar kin.
Lutf aylasa forigʻ oʻlturubbiz,
Kin koʻrguzur oʻlsa ham turubbiz.
Andoq dagʻi boʻlmasun anga fahm
Kim, kinidin etgʻumizdurur vahm.
Razm oylyasa azm qilgʻumizdur,
Azm aylasa razm qilgʻumizdur».
Oʻzni chu bu erga xatm berdi,
Dedi: «Boringizki soʻz bu erdi!»
Qoʻptilar ul el topib xijolat,
Navfalgʻa keturdilar malolat.
Navfalgʻa chu boʻldi qissa maʼlum,
Boʻldi bu xabardin asru magʻmum(3).
Ul navʼki vaʼda qilmish erdi,
Bu ish boʻlurini bilmish erdi.
Jamʼ ayladi har qabiladin xayl,
Filhol urushqa ayladi mayl.
Majnunni qilib yonida yovar.
Ut ostida el kibi takovar.
Ham toʻnigʻa etkurub shamoma,
Ham boshigʻa chirmatib amoma.
Ul harne qilurdin oʻlmay ogoh,
Gah nola qilib, gahi chekib oh.
Ot qay sarikim borur dam urmay,
Tursa dagʻi yoʻl yururga surmay.
Tayyor qilib sipohi jarror(4),
Jarrorliq ichra barcha tayyor.
Majnun ishi saʼyu hiylasigʻa.
Surdi Layli qabilasigʻa.
Ogah boʻlgʻoch alar dogʻi bot,
Oyini jalodat aylab isbot.
Haryon kishi choiturub yigʻib el
Kim, amrida mahkam aylabon bel.
Oʻtru chiqibon aduvgʻa holi,
Qoʻshish bila tuzdilar yasoli
Kim fahm etib oʻyla qahru kinlar,
Charx ayladi hardam ofarinlar.
Navfal cheriki dogʻi chekib saf,
Usruk tevalar kibi sochib kaf.
Bu navʼ iki sipohi hunrez,
Qon toʻkkali barcha vahshatangez.
Bnr-birga etishtilar gʻazabnok,
Qatl etgali barcha tundu bebok,
Markab eli arsani supurdi,
Ozarm giyahlarni sovurdi(5).
Andoqki yogʻin yogʻar bahoron,
Maydongʻa suv urdi tiyr boron
Dasht uzra egarguchi hayunlar,
Oshubda oʻylakim quyunlar,
Psch urmoq ishida har sinoni,
Boshin kishi yanchgʻon yilopi.
Dol oʻldi sinoni shed yangligʻ,
Hayat bila bargi bed yangligʻ(6).
Ittik qilich istab el haloki,
Bosh qirqar uchun nechukki poki.
Poki kibi tezlik qilib fosh,
Qirqib, lekin soch oʻrnigʻa bosh.
Uq toyirikim uchub havogʻa,
Yoʻl hayati koʻrguzub balogʻa.
Chun uchqali ochilib qanoti,
Aʼdo tanidin oʻchub hayoti.
Paykonlar oʻlub havogʻa moyil,
Yuz kavkabi nahs barcha qotil.
Har tangʻaki marg oʻtini yoqib,
Umr axtari turmayin uyoqib.
Har sori shihobvor harba,
Chun mayl qilib tamom zarba.
Boʻlsa zirih andoq oʻtub andin
Kim, igna hariru parniyondin(7).
Xanjar qilib oʻzni muttasil til,
Qon toʻkmak etib oni qizil til.
Ul zaxmi zabon ila hamesha,
El bagʻrini yormoq anga pesha.
Gurz aylab oʻzin ulusgʻa sarkoʻb,
El magʻzida hardam andim oshoʻb.
Nogahki zuhur etib xilofi.
Bosh kosalari boʻlib gʻilofi.
Naʼra bila kirdi abri gʻurron,
Ul abrgʻa barq tigʻi burron.
Ul abri balo, bu barqi ofat,
Andin bori dahr gʻarqi ofat.
Ostida hayuni vahshatangez,
Yel oʻylaki, abrni qilur tez.
Parranda xajangi javzi hurdum,
Sayr amrida rajʼat ichra anjum.
Surʼat aro barqdin daraxshi,
Rajʼat aro barq gom raxshi.
Rokib anga qatldin urub dam,
Parxosh kunia nechukki Rustam.
Har bir arabi taassuboyin,
Ravshan qilib oncha shuʼlai kin
Kim, koʻkka boʻlub sharori payvast,
Daryo suvi aylay olmayin past.
Bu navʼ iki sipohi qotil,
Bir-birga chu boʻldilar muqobil.
Navfal sipahi qalinroq erdi,
Qahrining oʻti yalinroq erdi.
Aʼdosi bu shuʼlani koʻrub garm,
Farz oʻldi tariqi hazmu ozarm(9).
Chun bor edi elga biymi ofot,
Yer berkiga moyil oʻldilar bot.
Goʻs boʻlub erdi kun dogʻi kech,
Bir sori shikast tushmadi hech.
Navfal dagʻi yondi shodu xurram,
Yer topti sipah tusharga mahkam.
Chun ikki cherikka boʻldi taskin,
Kin ahligʻa zohir oʻldi bas kin
Zulmat sipahi chu soldi soya,
Anjum yurutub anga taloya.
Chin xusravi qildi tarki avrang,
Yer yuziii tutti xusravi zang(10).
Ul ikki sipah qilib madoro,
Hazm oʻldi alargʻa oshkoro.
Har sori teloyalar ravona,
To tongla ne aylagay zamona.
Ey ishq elining siloh shoʻri,
Keldi manga gʻam sipohi zoʻri.
Tut mayki dami farax topoyin,
Ul xaylgʻa bosh yalang chopoyin.

XXIII

Layli atosi uz xaylin Navfal sipohi qoshida zabun koʻrub, aduvgʻa chekkan tigʻni oʻz jigariga urmoq istagoni, yaʼni Layli qonin oqizay degoni va ul quyoshni Majnun tushta koʻrub, zavolini ravshan qilgʻoni va motamzada tundek Navfal oldida axtari ashkin oqizgʻoni va Navfalning oʻti tarkin tutub yonmogʻi(1).

Roqimki uzotti til sinonin,
Bu navʼ evurur qalam inonin
Kim, ul kui urush chu boʻldi qoyim,
Qoʻnmoqqa sipoh boʻldi noyim.
Navfal chu urushqa erdi tolib,
Xasmi sori boʻldi vahm gʻolib.
Layli atosi koʻrub elin sust,
Chora sori bogʻladi belin rust.
Chorlatti ravon uruq-qayoshin,
Soldi oragʻa ul ish kengoshin.
Qoʻp guftu shunid arogʻa tushti,
Koʻp tul bu mojarogʻa tushti.
Oxir munga qildi soʻzni koʻtah,
Kim: «El qochibon nauzbillah(2).
Navfal sori boʻlsa fath yovar,
Sursa hashamim sori takovar,
Hukmin surubon amirlardek,
Laylini chekib asirlardek,
Xaylim ara solsa boʻyla afsus,
Tushsa qara erga nangu-nomus,
Ul lahza ajab balo boʻlur ish,
Yo oʻlmaku yo jalo boʻlur ish.
Boʻlur qaro er tubiga bormoq,
Boʻlmas arab ichra bosh chiqormoq.
Boʻlgʻuncha bu navʼ amri noxush,
Bir fikr kelur base manga xush
Kim, tongla ul oyni hozir aylay,
Bir damda ishini oxir aylay.
Oʻq ignasidin tikay libosin,
Xanjar suyidin ezay hinosin.
Tufrokqa solay qadi niholin,
Yerga kiyuray qoshi hilolin.
Har necha koʻzum charogʻi uldur,
Jonim taru toza bogʻi uldur.
Ofat elidin oʻchub charogʻim,
Toroji xazongʻa qolsa bogʻim,
Xushroqki aduvgʻa kom boʻlgʻay,
Nomus manga harom boʻlgʻay».
Chun soʻzni bu erga ayladi band,
Tahsin etib oʻldi barcha xursand.
Navfal sori nusrat erdi hosil,
Xayli sipahn edi qaviy dil.
Majnungʻa gʻarib holat erdi,
Gah zavqu gahi malolat erdi.
Chun yor visolin aylabon yod,
Koʻngli bu umid ila boʻlub shod.
Lek oʻlmogʻi yor xayli magʻlub,
Koʻnglin aning aylar erdi mankub.
Oshiqliq ishi erur zabunduq,
Mehnat chahi ichra sarnigunluq.
Bedilni engib edi bu qaygʻu
Kim, baxt koʻziga soldi uyqu.
Koʻrdiki kelur nigori zebo,
Boshtin-ayogʻigʻa xazzu debo(3).
Yoʻq, yoʻq, ne nigor, sarvi gulchehr,
Ne sarv, ne gulki, gʻayrati mehr.
Koʻz chashmasida zuloli begʻash,
Jon gulshanida niholi sarkash.
Sahroyi latofat ichra lola,
Ne lolaki, mushkboʻ gʻazola.
Daryoyi malohat ichra gavhar,
Gavhar neki, aksi mehri xovar.
Koʻz mardumidek koʻngulga yoqqan,
Yaʼniki hamesha ashki oqqan.
Hajr oʻtida shamʼi olamafroʻz,
Yaʼniki ishi gudoz ila soʻz.
Koʻz yoshini subhdek yoshurgʻon,
Yaʼni guli mehrdin dam urgʻon.
Sabrini oqizgʻon ashk sayli,
Yaʼni mahu mehr rashki Layli.
Ham ogʻzida ohi ishtiyoqi,
Ham savtida navhai firoqi.
Yetgach alif qadin qilib dol,
Majnunni ayogʻin oʻpti filhol.
Soʻngra quchushurgʻa boʻldi moyil,
Boʻynigʻa qoʻlin qilib hamoyil.
Dedikim «Ayo: rafiqi joni,
Yoʻq, yoʻqki, anisi jovidoni.
Ishqingda otam yaroq qilmish,
El ham bori ittifoq qilmish
Kim, qatlima tongla aylab ohang,
Qonim bila erni aylagay rang,
Mehrimgʻa qarin zavol qilgʻay,
Qonimni shafaq misol qilgʻay.
Mehrini shafaqvash etsa qoiim,
Yer ostini aylagay makonim.
Ishqingda manga bu erdi maqsud
Kim, koʻrsam oʻzumni anda nobud.
Davron bu murodima eturdi,
Ne istadim olima keturdi.
Ishqingda ne orzuki ettim,
Ul navʼki komim erdi ettim.
Tushti mening olima ajab yoʻl,
Sen yaxshi qol emdiyu tirik boʻl»
Bu soʻz bila koʻzdin oqizib roʻd,
Devonasi birla qildi padrud.
Majnungʻa degach bu soʻzlar ul oy,
Seskandi aningdek aylabon: «Voy!»
Kim, oʻchti ulus koʻzidin uyqu,
El hayrat etibki: «ne edi bu».
Motamzadalar kibi oʻkurdi,
Navfal sori ashkidek yugurdi.
Yetgach er oʻpub soʻz etti ogʻoz:
«Key xasmgʻa gʻolibu sarafroz!
Tengri uchun emdi chekmagil tigʻ,
Qoʻy, kinayu razm qilmogʻil bigʻ!
Kim, tigʻing etar koʻngul shigofi,
Jon qasdi etar aning masofi.
Tongla yana razm tuzma oxir,
Payvandi hayotim uzma oxir!
Kin yoyin ilikdin aylagil yoʻq
Kim, jonima tegmagay meiing oʻq».
Hayrat bila Navfal etti taftish
Kim, erdi xilofi odat ul ish.
Arz ayladi kayfiyatini Majnun,
Navfalki eshitti, boʻldi mahzun.
Jazm ettiki: «Bu qaziya chindur,
Majnun tushi begumon yaqindur»(4).
Anglab edi koʻnglining safosin,
Bal oyinai jahonnamosin
Kim, aylamas anda oshkoro,
Juz sidq jamoli jilva oro.
Chun tun arabi musofirona,
Har sori tushurdi xaylxona.
Koʻk mazrai ichra betavahhum,
Oq uyini tikti turki anjum(5).
Ham bu xabar oʻldi elga tahqiq,
El barcha qilib soʻziga tasdiq.
Navfal hashamigʻa qoʻydi yuz bot
Kim, etmagay ul sanamgʻa ofot.
Majnun dagʻi qildi dasht azmi
Kim, fath qarini boʻldi razmi.
Eykim, manga hamdamu qarinssn,
Mustavjibi yuz ming ofarinsen.
Bandangmen, agar qilib meni yod,
Boshingdin evurub etsang ozod.

XXIV

Majnunning Navfaldin ayrilgʻoni va bodpoyin devboddek surub, bodiya azmi qilgʻoni va Zayd(2)gʻa yoʻluqub ahvolin maʼlum etgoni va anga etgan bedoddin munung ham koʻngliga alam etgoni va aning istirzosi uchun harne borin anga berib, Layli hashami koʻchgan erga ketgoni(1).

Bu safhapi aylagan munaqqash,
Soʻzga bu sifat boʻlur raqamkash:
Kim, yondi chu Navfali vafokesh,
Layli eli boʻldi fikratandesh
Kim, Navfal ishi ajab koʻrundi,
Yonmogʻligʻi besabab koʻrundi.
Vahm ayladilarki; «Makr etgay,
Gʻofil qilibon boshigʻa etgay».
Ul dashtdin ettilar ravon koʻch,
Qilgʻon kibi hajgʻa korvon koʻch.
Bogʻlandi chu buxti uzra mahmil,
Oromgah oʻldi oʻzga manzil.
Ul tolii korsoz boʻlgʻon,
Aʼdosigʻa sarfaroz boʻlgʻon.
Bosh tortgʻon oʻyla shamʼ baxti
Kim, kuygan uyiyu barcha raxti.
Iqboli samandi sekrigan chust,
Tufroq uza oni tashlagan rust.
Baxti chamanida butgan ul vard
Kim, boshigʻa atridin etib dard.
Yaʼni Majnuni dil ramida
Borur edi boʻlmay oramida.
Nogoh yoʻluqti dardmande,
Yetgan anga dahrdin gazande.
Majnun koʻrub anda gʻam nishoni
Gʻamgin boʻldiyu soʻrdi oni(3).
Qim: «Charx pe ish boshinggʻa soldi.
Qim boʻyla girih qoshinggʻa soldi?
Mendek ne uchun malolating bor,
De, tengri uchun ne holatiig bor?»
Gʻamgin chekib ohi dardparvard,
Bu navʼ dediki: «Ey juvonmard!
Men, men arab ichra xoksore
Bemoyau tiyra roʻzgore.
Ul poyada ajzu benazoliq,
Kim roʻzi uchun qilib gadoliq.
Layli hashami mening panohim,
Ul hay tufrogʻi takyagohim.
Ul xayl otim xitob etib Zayd,
Bir xayli ayol etib meni qayd.
Bu vaqtki Navfali jafogar
Majnungʻa boʻlub mutiu chokar.
Orazmgʻa saddi roh chekti,
Layli eliga sipoh chekti.
Hech ish boʻlmay aroda voqeʼ,
Boʻldi yaia manziligʻa rojeʼ.
Layli zli vahm etibki nogoh,
Ul vaqtki oʻlmasa el ogoh
Gʻofil qilib elni emdi ketgay,
Yongʻay dagʻi etgay ulcha etgay.
Bordi esa ixtiyor ilikdin,
Ochilmas ish ul zamon bilikdin.
Jurʼatdin erur pishot qilmoq,
Lekin kerak ehtiyot qilmoq.
Mashʼuf oʻlubon bu nukta derga.
Chektilar ulusni berk erga.
Chun qildi qabila ahli shabgir,
Tun olam aro sochar zdi qiyr.
Chun koʻch elidin nazarni yozdim.
Ochquncha yumub nazarni ozdim.
Manzilda boʻlub alar qarori,
Men tushgan emishmen oʻzga sori,
Chun mehr sahar yoʻlin yorutti,
Ikki tevalik yoʻlumni tutti.
Navfal sipahini tarqatib jazm,
Qilgʻon emish uyga ul ikov azm.
Tutmoq mutaazzir erdi goʻsha,
Anbonchada harne erdi toʻsha(4).
Oldilaru ikki, uch diram ham,
Bal harne bor erdi beshu kam ham.
Bu oncha emas ediki yona,
Chektilar ikovla toziyona(5):
«Naqdingni netibsen, aytgʻil!» deb.
«Koʻmgan eri sori qaytgʻil» deb.
Urmoq bila jismim aylabon resh,
Chun toimadilar nima kamu besh.
Soldilaru qildilar azimat,
Men fursatni bilib gʻanimat,
Gom urgʻali bu taraf oshuqtum,
Tokim sanga bu zamon yoʻluqtum.
Sen dogʻi agar alardin oʻlsang,
Sahroda kishi talardin oʻlsang.
Yoʻq kisada naqddin nishonim.
Bordur kerak ersa naqdi jonim».
Majnun eshitib bu mojaroni,
Otdin solib oʻzni, quchti oni.
yigʻlab dedi: «Ey rafiqi majruh!
Netgay sanga aylasam fido ruh?
Jonim badaning shifosi boʻlsun,
Boshim qadaming fidosi boʻlsun(6).
Navfal elidin ne boʻlsa hodis,
Majnun anga oʻlgʻon oʻlsa bois.
Majnun meni tiyra roʻzmen bil,
Tigʻ ol, peki xotiring tilar qil.
Jismim tilagancha ayla yora,
Koʻnglumni xud ayla pora-pora.
Vahm etma bu ishda tangdilmen
Kim, harneki aylasang bihilmen(7).
Gar qatlima aylamassen ohang
Kim, olam eligadur bu ish nang.
Ham naqding uchun evazdur otim.
Ham oʻzga jihotinga jihotim»,
Deb harneki kiymish erdi soʻydi,
Majmuin aning qoshigʻa qoʻydi.
Ham qoshigʻa chekti bodpoyin,
Qolqonu qilichu oʻqu yoyin.
Koʻp boʻyla qilib ramidadilliq,
Upti ayogʻnn tilab bihilliq,
Dediki: «Agar aznmat etsang,
Layli hashamigʻa yona etsang.
Ne til bnla de, etur salomim,
Yo boʻylazu boʻyla de payomim
Kim, oncha mening xijolatim bor,
Ul poyada saʼb holatim bor
Kim, mumknp emas takallum etmak,
Xud boʻlmas api tavahhum etmak.
Boʻldung chu baloda rahshunosim.
Bordur sanga muncha iltimosim
Kim, yor qabplaspn erishgil,
Qay soriki bordilar etishgil.
Ham olma yuzungnn ul makondin,
Boshinpp; dagʻi ul ostondin.
Jisming ul eshikda xoksor et,
Shukronagʻa jonni ham nisor et.
Jon bergali bermasa koʻngul yor,
Menda dogʻi jon bila koʻngul bor.
Ikkisini sanga topshuromen,
Tufrogʻ aro tanni yoshuromen.
Jonim eshigida ayla pomol,
Koʻnglumni itining oligʻa sol».
Oni bu fasona aylabon tez,
Eshitguchi koʻngli hayratangez.
Bilgach oʻzni, anglabon kalomin
Yer oʻptiyu qildi ehtiromin.
Dedikim: «Ayo guzini ayyom,
Ishq oyati ichra harfi idgʻom!
Ul hajr tuniga subhi ummed,
Ne subhi umsd, mehri jovid,
Mehriga saodat avji matlaʼ,
Ismat hulali yuziga burqaʼ.
Ul navʼ gʻampngda notavondur
Kim, elga hadnsi dostondur(8).
Ham ogʻzi aro sening maqoling.
Ham koʻngli aro sening xayoling.
Gap qilsang ishoratiki, sursam,
Sendin xabari anga etursam.
Bu mujdadur anga jondin ortuq,
Bal harneki dermen ondin ortuq.
Nekim manga sen rioyat etsang,
Muncha nimakim inoyat etsang,
Sendin anga aytsam fasona,
Ul bergusi ikki muncha yona.
Haq soʻz desang anga etkururmen,.
Amr oʻlsa javob keltururmen.
Ham kom topar iki dilorom,
Oʻrtada manga dagʻi etar kom».
Majnun dedi: «Ey rafiqu hamdam!
Jonbaxsh daming yaramgʻa marham,
Hijroni tilimni lol etibdur.
Soʻz derni manga mahol etibdur.
Lekin chu ishimni soʻrdung oxir,
Holim bu dururki koʻrdung oxir
Kim, men meni dardmandi mahjur,
To boʻlgay otim qoshingda mazkur.
Sen chunki bu yorliq qilursen,
Harne der esang oʻzung bilursen.
Oyini vafo shioring oʻlsun,
Bor emdiki tengri yoring oʻlsun»
Zayd oʻldi falakrav uzra roqib,
Surdi andoqki najmi soqib(9).
Ul tez qabila sori surdi,
Majnun dagʻi yondi poʻya urdi.
Ul erga degin yugurdi jondin
Kim, koʻchmish edi qabila ondin.
Ey yori manozili nasimi,
Jon atri berur daming shamimi.
Yetgach bu shamim bexud oʻldum,
Jonon xabarin de, yoʻqsa oʻldum!

XXV

Quyosh chashmasi saraton makoni boʻlgʻondakim, harorat fartidin havo hubob2 sardoba(3)larida pinhon va oʻt xoro musomotida nihon boʻlurda Majnunning oʻtdek iztirob va havodek shitob bila Layli hashami oʻrnigʻa etib, qoʻtur itni nazora etgoni va it oshnogʻa yalingʻondek ul oshnoroʻy itga yalingʻoni va eldin hayratangiz xitob eshitib, vahshatomiz javob bergoni va ul it qoshidin kiyiklar suhbatigʻa etgoni va aning mushkin gʻazolidin raqami mushkbor etkurgoni.

Bu arsada aylagan taku poʻy,
Soʻz sohatida(5) bu navʼ urar goʻy
Kim, etti chu ul damapgʻa Majnun
Kim, sayr etib erdi mehri gardun.
Kun tush ediyu tamuz fasli,
Javzo bila mehr tob vasli(6).
Kun garm boʻlub halok jongʻa,
Layli kibi oʻt solib jahongʻa.
Har elki esib haroratomez,
Majnun damidek jarohatangez.
Tinmay yugurub quyun tagidin,
Qum uzra ayogʻi kuymagidin.
Xurshed haroratidin anjum,
Yer soyasi ostida boʻlub gum.
Koʻk tabʼigʻa chun harorat oshib,
Jismigʻa shafaqdin oʻt tutoshib.
Togʻdin kishikim tilab nishoni,
Vir toʻda qiziq kul anglab oni.
Jismidagʻi otashin guharlar,
Andoqki kul ichra oʻt koʻmarlar.
Daryoga solib isigʻ havo tob,
Toʻlgʻonmogʻi oʻz-oʻziga girdob(7).
Oʻrdak anga chun ayogʻ uzotib,
Suv joʻshi ayogʻin elpirotib.
Ul suv tafidin tilab farogʻin,
Parda aro chirmabon ayogʻin.
Oqartib ekinii mehri purnur,
Koʻk xatni nechukki taʼbi mahrur(8).
Bugʻdoy borp xoʻshadin arilnb,
Toba naxudi kibi yorilib.
Xirman erpda tazarvu durroj,
Yer tobasidin terub qovurmoch.
Oʻrgamchi shaboqqa parda solib,
Ul parda ichinda soya olib.
Itlar tili erga tegurub bosh.
Gʻurra asad pchra aylabon fosh.
Qurtiki harorat oʻrtab oni,
Tar meva aro kirib nihoni.
Ul mevani mehr parvarishta,
Aylab bori xom ekanda kishta.
Koʻllar eri suvpi jazb etib pok
Suv hasratidin tanida yuz chok.
Ul koʻnglini hajr chok qilgʻon,
Gʻam jonini dardnok qilgʻon(10).
Ul erga etishti nogahondin
Kim, koʻchmish edi qabila ondin.
Evruldi hamul damanni bisyor,
Ne aql, vale anga ne his yor(11).
Koʻchmish edi bori xaylxona,
Yerda qolib oʻrnidin nishopa.
Har erdaki koʻrdi uy makonin,
Yuz birla supurdi ostonin.
To sayr ila etti ittnfoqi,
Ul ergakim ul sanam visoqi.
Koʻpgmlga tutoshti oʻyla piyron(10)
Kim, xilqati mulkin etti vayron.
Ham jismigʻa pechu tob tushti,
Ham koʻngliga iztirob tushti.
Bilxossa ishqi xonapardoz,
Koʻngli aro soldi maxfi ul roz
Kim, yor maqomi bu damandur
Kim, tufrogʻi joniga vatandur(13).
Ham dilbar isin topib dimogʻi.
Boʻldi yana toza ishq dogʻi.
Koʻiglini gʻam ayladi lagadkoʻb,
Joni aro tushti oncha oshoʻb
Kim, daxrin qoʻzgʻadi nihoni,
Koʻnglidagi ishq qoʻzgʻoloni.
Bnrdam chu bu oʻti topti taskin,
Qoʻpti yana ul gʻarib miskin
Manzilgʻa yuz urdi gom-bargom.
Yuz qoʻpdiyu sajda qildi har gom.
Jonon uni oʻrnini chu topti,
Jon pardasi birla oni yopti.
Kirpiklar ila erin supurub,
Tufrogʻini koʻz aro yoshurub.
Ashki bila balchigʻ aylab oni,
Berkitgali ravzani baloni.
Bir lahza tanur ichinda itti,
Oʻtlugʻ damidin ani qizitti.
Kullarni koʻziga surma tortib,
Koʻz uyini surmadek qarortib.
Oxur aro lahzai qoʻyub gom,
Kah bargidek anda tutti orom.
Har donann tomidinki chekti,
Koʻigli aro mehr tuxmin ekti.
Kiyz porasin ohi kuydurub chust
Boshi yarasigʻa bogʻladi rust.
Har yon yugurur edi urub oh
Kim, bir qoʻtur itni koʻrdi nogoh.
Eti teri zahmatidin orib,
Aʼzosi xaroshdin qizorib,
Ham supi ravop ogʻiz-burundin,
Ham jismi judo boʻgʻun-boʻgʻundin
Qoi qolmay solcha raglariga,
Jildi yopishib soʻngaklariga.
Aʼzosida unda-muida bir tuk,
Ul ham boʻlub anga bir ogʻir yuk.
Qilman yurumakka mayl hargiz,
Quyrugʻi yukin chekarga ojiz.
Erniki yopilmayin tishiga,
Yaʼniki kulumsub oʻz ishiga.
Koʻziki oʻzin chuqurgʻa solib,
Aʼzosigʻa boqqali uyolib.
Ogʻzi nafasi pasimi mehnat,
Quyrugʻ anga zayli mimi mehnat.
Yuz yoʻl taiiga yasab jarohat,
Mehnat kiribon chiqargʻa rohat.
Baskim tani ravzan uzra ravzan,
Ravzan-ravzan boʻlub anga tan.
Yaralari ichra qaynashib qurt,
Ham apda alargʻa tuʼma, ham yurt.
Qilgoch yarasini qurt darham,
Til birla yalamoq anga marham.
Balkim bu aduvgʻa qahr surmak,
Har lahza alargʻa til tegurmak.
Qopligʻ jasadida bir suruk zogʻ,
Bir lolada oʻylakim necha dogʻ.
Uchub-qoʻnub aylab anga qinlar,
Zaxm ustida oʻylakim chibinlar.
Yoʻq anga chibin qoʻrur majoli,
Qush qovgʻali xud ne ehtimoli?
Majnun koʻrgach boʻlub mushavvash
Koʻngliga bu zulm keldi noxush
Itga qoʻyubon tani itoat,
Ul xaylgʻa boshladi shafoat:
«Key talʼatu lavkingiz muborak,
Boʻlgʻon manga barcha toji torak.
Boshimdagi yuz yara nishoni,
Har bir biringizning oshyoni.
Koʻnglumdagi yuz teshuk teshib oh,
Har bir biringiz uchun vatangoh.
Aylang bu xarobani nishiman
Kim, javru jafo chekar kishiman.
Koʻzumni choʻqung, tanimni tishlang,
Oning koʻzinu tanin bagʻishlang.
Qasdingiz agar nahif itdur,
Bu xasta dogʻi zaif itdur».
Koʻrdiki bu uzru lobau pech
Qushlargʻa tafovut aylamas hech.
Faryod ila vahshat etti ogoz,
Ram topib, alargʻa boʻldi parvoz.
Keldiyu ul it tabonin oʻpti,
Gah pankari iotavopin oʻpti.
Koʻp koʻrgach aning tanida yora,
Oʻz koʻnglagin etti pora-pora.
Oldiyu oritti yoradin qon,
Ul paykari pora-poradin qon.
Qonni tanidin chu ayladi kam,
Bogʻladi yarolarini mahkam.
Uz koʻnglagini anga jul etti,
Qon yoshidin anga gul-gul etti.
Chun boʻldi ani tongordin ozod,
Yuz dard ila nudba qildi bunyod:
«Key mehru vafo bila sirishting,
Amduhu malol sarnavishting.
Uldamki taningda sihhat erdi,
Koʻnglungda shukuhu quvvat erdi.
Taʼbing topibon mizoji xuffosh,
Hazming beribon yazakka xashxash(13).
Vahming qilibon boʻri koʻzin toʻrt,
Har tun tanigʻa koʻzi solib oʻrt.
Changingga palang koʻz solur chogʻ,
Boshtin-ayogʻi bu gʻussadin dogʻ.
Babr olinga oʻylakim saqatlar,
Tirnogʻingdin tanida xatlar(16).
Bars otlamogʻing malolatidin,
Bogʻlab koʻzini xijolatidin.
Nasrin debon el kafing makonin,
Parvin deb ulus izing nishonin(17).
Ilgingga hino yoqib muayyan.
Gah jayranu gohi gavzi jayran(18).
Boʻynung aro shoʻxlar tanobi,
Boshing uza shohlar rikobi.
Gohiki gʻazab bila irildab,
Gardun asadi sori xirildab.
Bu damki malol ila boʻlubsen,
Yaʼniki bu hol ila boʻlubsen.
Sendin qilur ersa el tanaffur,
Bordur manga suhbating tafoxur.
Bir kun neki koʻyi ichra hurdung,
Itlar bila har taraf yugurdung.
Har tun neki tortibon figʻoni,
Boʻldung eshigida posiboni.
Bir vaqt nekim vafo yoʻlidin,
Boshinggʻa soʻngak eding qoʻlidin.
Bir chogʻ neki lutf etib aroda,
Solib edi boʻynunga qiloda(19).
Jonim boʻlsun taning iisori,
Bagʻrim boʻlsun tishing figori.
Yorab, falak aylaboi gʻamnng rafʼ,
Boʻlsun bori zaʼfu mehnating dafʼ
Ham burnodin emdi chustroq boʻl,
Ham tozau tandurustroq boʻl.
Ul dam yana boʻlsa baxt hamdam,
Boʻlsang yana ul eshikka mahram.
Yotligʻ sifatini tutmagʻaysen,
Men xastani ham unutmagʻaysep.
Jonim olib ul taraf guzor et,
Tufrogʻigʻa koʻyining nisor et.
Itlar bila aylasang taku poʻy.
Mendin borining qoshida yuz qoʻy.
Koʻyida soʻngak gʻizo qilur dam,
Yod et bu zaif jismini ham.
Gar toliu baxt yor topsang,
Jonon haramigʻa bor topsang,
Bor ahli qovub ul ostondin,
Kimsa seni «chiq!» demasa oidin.
Tun boʻlsau ul haram panohing,
Dahlezi ichinda takyagohing.
Yotib engaking ilikka qoʻysang,
Tumshugʻung oʻshul eshikka qoʻysang.
Mendin ul eshikni oʻp nihoni,
Yoʻq oʻylaki kimsa bilgay oni».
Ogʻzigʻa koʻzini surtubon koʻp,
Dediki: «Ayogʻi tufrogʻin oʻp.
Ikkisini tirnogʻing bila oʻy,
Bir erdaki ul ayogʻ bosar qoʻy».
Bu nuktalar ul qilib shumora,
Oʻtkunchilar aylabon nazora.
Har kim tanib oni zor yigʻlab,
Gʻam koʻnglin etib figor yigʻlab.
Tonimagʻon anlabon tahayyur,
Ahvoligʻa yoʻl topib tagʻayyur.
Koʻngli kuyub oʻyla mojarodin,
Bir soʻxta soʻrdi ul arodin:
«Key ishq oʻti ichra axgar oʻlgʻon,
Ne axgarkim, samandar(20) oʻlgʻon.
Bu oʻt bila paykaringga tarkib.
Bu oʻt bila xilqatingga tartib.
Zoting boʻlub oʻt bila sirishta,
Tong poʻq dssalar seni farishta.
Ham keldi farishtavash sifoting,
Ham boʻldi malak sifot zoting.
Munchaki topib sen itga ulfat,
It birla malak aro ne nisbat?
Har uydaki boʻlsa itga manzil,
Boʻlmas malak ul uy ichra nozil?.
Nevchun arongizdadur masofat,
Chun bor ul ikov aro munofot?»
Majnun dedi yigʻlabon chekib oh:
«Ken ishqdin oʻlmogon sen ogoh!
Yoʻq, seni malak desam gʻaribi
Kim, yoʻq sanga ishqdin nasibi.
Msndekni erur malak demak rev.
Kim, koʻrsa meni qiroq tutar dev.
Ishq oʻrtadi ul sifat vujudum
Kim, buldi nabud barcha budum.
Ul oʻt aro aylasang taammul
Topqung badanimni toʻdai kul.
Ne tong agar it xirom qilsa.
Toʻda kul aro maqom qilsa?
Har itgaki etsa bir jarohat,
Kuldin stnshur tanigʻa rohat.
Bu ptppng erur jarohati koʻp,
Demak boʻlmas kul ustidin qoʻp.
Yoʻq, yoʻqki, emastur itlik anda,
Itlik manga xatm erur jahonda.
It men, men, ulusqa or men, men,
Boshdin ayogʻi figor men, men!
Koʻp zaxm tanimni urdi barham,
Ul keldi bu zaxmlargʻa marham
Kim, boʻlsa taiida koʻp figori,
Har zaxmdin oʻlsa iztirori,
Kim marham ila davosi qilsa,
Jonin ne ajab fidosi kilsa?
Boʻlsa edi menda yuz tuman jon,
Bir toimagʻay erdi bu badan jon.
Borin anga zor qilgʻay erdim,
Yoʻligʻa nisor qilgʻay erdim».
Bu erdi fasonavu fusuni
Kim, qildi yana gʻulu jununi.
Yodigʻa chu kirdi vahshiyi dasht,
Qilmoq kiniku qulon bila gasht.
Ul itning ayogʻ-iligin oʻpti.
Naxjir azimatigʻa(21) qoʻpti.
Boʻldi yana soyiri biyobon,
Maʼnuslarin(22) tilay shitobon.
Ul lahzaki Zand boʻldi qosid.
Layli sari topibon maqosid.
Hay ichida chun qaror topti,
Xilvatda ul oygʻa bor topti.
Ul pardalar ichra gʻuncha kirdor.
Bu tashqari boʻldi anga sirdor.
Nekim bilib erdi yoridin soʻz,
Devonai beqaroridin soʻz.
Koʻrguzdi demakda ehtimomin,
Arz ayladi olida tamomin.
Layli chu aping soʻzin eshitti,
Koʻngli temurin dami eritti.
Joni aro andogʻ oʻt tutoshti
Kim, dudi aiing boshidin oshti.
Gisusimu erdi anbarolud,
Ye chiqmish edi boshigʻa ul dud?
Gisu kibi pechu tob topti,
Tob ichra oʻzin xarob topti.
Yuz uzr ila Zayd sori boqib,
Hasrat suyi koʻzloridin oqib:
«Key tan aro jon berib kaloming,
Jismimgʻa ravon berib payoming!
Jon dardigʻa chorakoʻsh sen sen,
Odam demayin, surush(23) sen sen».
Koʻp uzr qilib soʻziga payvand,
Naqdina base topib kiromand,
Tashqari yibordikim: «Muni ol,
Oz erdi qoshimda naqd filhol.
Uzrungni bu navʼ qoʻlmogʻumdur,
Yuz munchagʻa qoni oʻlmogʻumdur,
Boʻlgʻaymuki lutf ila vafodin,
Bir ruqʼa bu zor mubtalodin
Devonavashim sori etursang,
Ham munda javobini ketursang?»
Zayd etmadi dilsitongʻa minnat,
Dediki: «Erur bu jongʻa minnat.
Bot boʻlki harif muntazirdur,
Bu amrda maks bas muzirdur»(24).
Layli tilabon davotu xoma,
Filhol muharrar etti noma.
El anglaridin ichida yuz biym,
Qosidgʻa pihoni etti taslim.
Qosid olib oʻldi dashtpaymo,
Ul ergakim, ul gʻarib shaydo.
Ish kayfiyatin solib arogʻa.
Topshurdi bitikni benavogʻa.
Ne erkanini chu bildi Majnun,
Zaʼf etganidin yiqildi Majnun.
Jismigʻaki erga past tushti,
Choma kibi yuz shikast tushti.
Ul nomagʻa chun kushod berdi,
Mazmuni oʻqur zamon bu erdi.

XXVI

Laylining «laylatul-badr»dek safha bayozida «laylatul-qadr»dek nomasi savodin Majnun oʻqub, ogʻzi visol shaxdidin shirin boʻlgʻonda komigʻa zanbur nishi sonchilgʻoni va zanbur nishidek xoma noʻgin tez etib javobida kogʻaz tabaqini shaxdolud qilgʻoni(1).

«Ul tengri oti bila bu manshur
Kim, berdi koʻngulga ishqdin nur.
Urgʻoch mayi ishqning salosi,
Odamgʻa etishti ibtilosi.
Bir jurʼaki chekti ul jigarxun,
Mast oʻldi, ne mast balki majnun.
Ul may bila kimgakim berib bahr,
Talx etti firoqdin qotib zahr.
Berganga muforaqat balosin,
Yetkurdi muvosalat shifosin(2).
Bulbulniki qildi zoru gʻamnok,
Gul koʻnglagini ham ayladi chok.
Parvona gudozu soʻzi andin,
Ut shamʼgʻa dogʻi roʻzi andin».
Chun boʻyla sochib base javohir,
Andin soʻng etib bu nukta zohir
Kim, «Ushbu raqamki naqshi Chindur,
Bir xastagʻa bir shikastadindur.
Yaʼni meni zoru mubtalodin,
Sangaki qutulmading balodin.
Ey ishq oʻtida xasim nechuksen,
Ey bedilu bekasim nechuksen!
Ey boʻlgʻali ishqim ichra madhush,
Bir jurʼai vasl qilmagʻon noʻsh!
Ey furqatim ichra gar yogʻib tosh,
Ming tosh ebon yashurmayin bosh!
Ey hajrim oʻtida gar boʻlub kul,
Har shuʼla koʻrunubon anga gul!
Ey xori gʻamimni jongʻa urgʻon,
Gulbongin aning jahongʻa urgʻon!
Ey silsilai junun elingda,
Dad quyrugʻidin rasap belingda(3).
Holing nedurur firoqim ichra?
Fikring nedur ishtiyoqim ichra?
Sochingga yopushsa xoru xoshok,
Kim tortar ekin birin-birin pok?
Farqingki emish qush oshyoii,
Kim urkutur erkip andin oni?
Boshingki sipshr ushotti darham,
Kim bogʻlar ekin alargʻa marham?
Oʻltursa yuzungga gardu xori,
Kim aritur erkin oni bori?
Jismingki qonasa gʻam toshidin,
Kim yur ekin oni koʻz yoshidin?
Xoriki kafinggʻa borur erkin,
Kirpik bila kim chiqorur erkin?
Hajr oʻti taningni kuydurur chogʻ.
Kim sochar ekin ul oʻtqa tufrogʻ?
Qum uzra yiqilsa jismi zoring,
Kim bor ekin anda gʻamgusoring?
Haryon yugururda zoru bekas,
Soyang sanga hamrah erkinu bas.
Togʻ ichida issigʻ oʻlsa maʼlum,
Soya qilur erknya ustunga bum,
Vayronada muhlik oʻlsa anduh,
Choʻgʻz aylar ekin boshing uza «dux».
Hijron tuni joning olsa bebok.
Subh aylar ekin sanga yaqo chok.
Gʻam zaʼfida dasht uzra yotsang,
Qum bistar ekin ayogʻ uzotsang.
Tun boshinga vahsh oʻlur ekin jamʼ,
Olingda boʻri koʻzi ekin shamʼ.
Qon yutqali istasang piyola,
Topilmas ekin magarki lola.
Ulturur ekin chibin qoshinggʻa.
Evrulur ekin quyun boshinggʻa.
Ey kosh sipehri tnyra apjum,
Bergay manga dogʻi ul tanaʼum(4)
Kim, tunu-kun oʻlgʻamen rafiqing,
Yoʻlsiz yugururda hamtariqing.
Sen boʻlsangu men jahonda mavjud,
Boʻlsa yana koinot nobud.
Gah sobitu, gah jahonda sayyor.
Yoʻq dahr diyori nchra dayyor.
Dilxoh ila ikkimiz maoshi,
Onini visol betahoshi(5).
Maʼman badanimgʻa qoʻynung oʻlsa,
Maskan iligimga boʻypung oʻlsa.
Gah egnima takya qilsa boshing,
Tavqi zaqanimda boʻlsa qoshing.
Gah yuzuma tutsa yuzung orom,
Ogʻziigga etursa lablarim kom.
Yetsa tannma tilarda voya.
Hamxobaligʻing nechukki soya.
Naylanki sipehri harza novard
Qitdi bu muroddin meni fard.
Sening nechakim gʻaminggʻa yoʻq mahl,
Chun er kishisen bu sahl erur, sahl
Har sori uray desang takingni,
Tutquchi tikandur etatingni.
Etok dagʻi poybanding ermas,
Davri zihi ham kamanding ermas.
Miskin meni zoru poybasta,
Yoʻq, yoʻqki, zaifi poshikasta.
Ne mayli sukun, pe xaddi raftor,
Yuz qaydi balo aro giriftor.
Boʻlmoq yuz alam uyida mahbus,
Biryon, yana biryon oʻldi nomus.
Er majlisi ichra roh erur zeb,
Xotun kishiga saloh erur zeb.
Bu mehnati ishq pech-darpech,
Nomus chu ketti barchasi hech.
Pardasini gʻuncha aylasa chok,
Barbod etar oni charxi bebok.
Sensizki gʻamim dami kam ermas,
Sendin gar emas koʻp, oz ham ermas.
Sen tortibon ohi otasholud,
Men oʻt yoqibon chiqormayin dud.
Har necha gʻamimdin oh chekting,
Navfal bilakim sipoh chekting.
Xaylim yuziga balo urub koj,
Ahlu hashamimgʻa biymi toroj.
Istab ato ham haloki jonim,
Toʻkmak tilabon er uzra qonim.
Men muncha baliyat ichra xushdil
Kim, yorgʻa kom boʻlsa hosil.
Gar voqea juz halok emasdur,
Yuz muncha ham oʻlsa bok emasdur.
Mundogʻ dagʻi dedilar fasona
Kim, Navfal ila boʻlub yagona.
Chun hujlasi sori koʻz solibsen,
Qoʻlmoqqa qizini soʻz solibsen.
Boʻlsun sanga baxt yoru yovar,
Billah manga tushmadi bu bovar.
Boʻlsa dagʻi chun sanga erur kom,
Ne kom santa, manga erur kom.
Bogʻ ichra qoʻyub qadamni bir kun
Soʻrmish edim ul sanamni bir kun.
Ham xoʻbu, ham elga mehribondur,
Necha desa yaxshigʻina jondur.
Yovar sanga haq taborak oʻlsui,
Bu xayr ishing muborak oʻlsun.
Boʻlsang necha oning ila xurram,
Yod ayla gahi bu xastani ham.
Insofgʻa ham kanora tutma,
Bizni dagʻi bpr yoʻli unutma.
Majnun oʻqugʻuncha boʻyla noma,
Zaʼf etti tani misoli xoma.
Zayd oligʻa har zamon qoʻyub bosh,
Arz ayladi sayldek toʻkub yosh:
«Key chok yurakka chora andesh,
Marham aro yoshurub base nesh.
Bu nomaki jonni qildi betob
Yozmoqqa javob yoʻqtur asbob»,
Zayd aylab edi borin murattab,
Kogʻaz dagʻi xomau murakkab.
Qoʻydi borisin qoshigʻa bir-bir,
Ul qildi javobi noma tahrir,
Zayd oldiyu yoʻlgʻa xez soldi,
Har lahza qadamni tez soldi.
Poʻyada sabaq berib sabogʻa,
Topshurdi bitikni dilrabogʻa.
Xilvatgʻa kirib ochib sumanbar,
Koʻrdi suman uzra gardi anbar.
Chun soldi savodigʻa pazar tez,
Bu navʼ boʻlub edi guharrez.

XXVII

Majnunning koʻz qarosi va kirpik xomasi bila jon safhasida yozgʻon koʻngli shurhalari sharhin Layli oʻqub ishq ittihodi iqtizosi aning koʻngli jarohatlarin munung ham koʻnglin ogʻritqoni va aning talxkom boʻlgʻonidin munung dogʻi komin ochitqoni(1).

«Ul tengri oti bila bu noma
Kim, ishq elidin koʻtardi xoma.
Fardiki yoʻq avval ibtidosi
Hayyiki yoʻq oxir intihosi.
Togʻ balchigʻi uzra jola urgʻon,
Qum tufrogʻi uzra mola urgʻon.
Har kimniki aylabon parproʻy,
Taʼn aylagan anga odatu xoʻy.
Hajr emgokini qatigʻ yaratqon.
Gʻam sharbatini achigʻ yaratqon.
Ishq oʻtigʻa kimni kuydurub chum,
Maʼshuqigʻa bermagan tarahhum.
Qilgʻon necha oshiq oʻlsa noshod,
Maʼshuqlugʻ iqtizosi bedod.
Oshiq ichi yuz ming oʻlsa parkand,
Maʼshuqni qilmay anga xursand.
Maʼshuqqakim esib nasimi,
Oshiq ichiga solib jahimi!».
Chun boʻyla boʻlub fasona pardoz,
Andin soʻng etib bu nukta ogʻoz
Kim, «Ushbu gʻamu alam bayoni,
Jon safhasida bogʻir nishoni.
Mendinki ichim gʻamingda qondur,
Sangaki gʻaming tanimda jondur.
Yaʼni: bu junun fasonasidin,
Rasvoliq oʻti zabonasidin
Gulruxlar arosida parigʻa,
Anjum aro mehri xovarngʻa.
Ne haddim ila duo degaymen,
Yuz madh bila saio degaymen?
Madhing degali dagʻi qoni til?
Boʻlsa de olurmu ham oni til?
Kun vasfini qilmoq oshkoro,
Xuffosh tiliga qayda yoro?
Har nechaki chekti tilni savsan.
Gul vasfida keldi lolu alkan.
Har necha bu navʼdoʻr nazirim,
Yoʻq bir necha nuktadin guzirim;
Ey kishvari husn podshohi,
Husn ahli bu kishvaring sipohi:
Ey nozu karashma bogʻida vard,
Ne vard, bahori nozparvard.
Ey lutf jahonining bahori,
Yuzung bu bahor lolazori.
Boʻlgʻonda sahar eli gulafshon,
Zulfungnimu aylamas parishon?
Mashshota(2) qilurda vusmani pok.
Qoshingnimu aylamas girehnok?
Sarmast koʻzungki erdi bemor.
Sogʻ oʻlmogi boʻldimu padidor?
Ruxsoring oʻtida xoli hindu,
Uzidek uluoni kuydururmu?
Gulbarg uza sunbulung tushub
Qil yangligʻ urarmu oʻt aro pech.
Yuzung xayiyu soching tanobi,
Bormu ul ikovning obu tobi.
Ogʻzingki adamda bor edi gum,
Aylarmu ayon ani takallum.
Qadding qilibon havoyi raftor,
Aylarmu jahon elin giriftor?
Noz uyqusidin ocharmusen koʻz,
Yuz noz ila elga dermusen soʻz?
Koʻyungdaki yoʻq mening kibi xas,
Xasdin dagʻi qadr ichinda vopas(3).
Bu ermish irodai ilohiy
Kim, sirrini bilmas el kamohi
Kim, koʻzki oʻyulgʻay erdi, ey kosh,
Ne koʻzki, kesilgay erdi bu bosh.
Ul orazi dilrabogʻa tushgay,
Jon birla koʻngul balogʻa tushgay,
Fikr etsam edi bu navʼ oʻzumni
Koʻr etgay edim iki koʻzumni.
Men kim edimu bu dardi jovid,
Zarra boshida havoyi xurshed.
Bexost yuzunga bir nigohim.
Tushganga mening «edur gunohim
Kim, muncha kelib balo boshimgʻa,
Yuz dardu balo qaro boshimga.
Devona boʻlub chiqib jahondin,
Ovora diyoru xonumondin.
Har kun vatanim bir oʻzga vodi
Har tun yana bir daman savodi.
Qum natʼi boʻlub mening saririm,
Kun qursi boʻlub mening fatirim
Ot manga jibol qullasidin,
Toʻn manga samum hullasidin.
Gah yoru musohibim dadu-dom,
Gah tutmay alar bila ham orom.
Dasht uzra chu vahshatim topib tul,
Gʻam topib vahsh, bal qochib gʻul.
Hayratda vuxush vahshatimdin,
Mehnatda tuyur mehnatimdin(4).
Aiduhu balo gumondin ortuq,
Zaʼf onchaki boʻlmas ondin ortuq
Bir tavri adam boʻlub manga jism
Kim, anga vujud beribon ism.
Bu zaʼf bila chu poʻya qilib,
Urgamchi tanobidin yiqilib.
Koʻksumniki tigʻi hajr etib chok,
Kirib hasharot ichimga bebok.
Koʻksum ichida chibin solib shoʻr,
Koʻzum uyida vatan qilib moʻr.
Bu navʼ qotigʻligʻu iriklik,
Yodingdin oʻlub manga tiriklik.
Bu damki guharnisor xomang,
Tahrir etibon etishti nomang.
Alfozin oʻqurda ruh toptim,
Har harfida yuz futuh toptim.
Lekin iki soʻz edi muharrar
Kim jonima soldi oʻt muqarrar.
Avvalki nazarga boʻldi maʼlum,
Navfal ishi boʻlmish erdi marqum
Kim, «Tortib ikov sipohi hunrez,
Haylim sari tigʻ chektingiz tez».
Alloh-alloh bu ne balodur,
Kim rishtani derki ajdahodur.
Pashsha kimu pillik xayoli,
Yo moʻrgʻa sherlik majoli.
Bu mundoq edikim: ul sipahbad,
Yetganda manga sipah edi dad(5).
Bilgach gʻami notavonligʻimni,
Ishqing aro xasta jonligʻimni.
Boʻlmish iafase qoshimda sokin,
Soʻzlar dagʻi demish ulcha mumkin.
Men birdam oʻzumdamen, dami yoʻq,
Mundin ajab elga olami yoʻq.
Soʻz ichra chu koʻrdum iztirobin,
Bilmon ne dedim aning javobin.
Ul oldi meniyu uyga ketti,
Ul erga etishti ishki etti.
Chun kinavu qatlin angladim rost,
Qildim neki mumkin erdi darxost,
Kim qinigʻa soldi xanjari kin,
Tutti yonibon uyida taskin.
Boʻlgonda fusun qilurga hamdam,
Uylanmak ishin dedi ekin x.am.
Ne angladim aylagan xitobin,
Ne oniki, ne dedim javobin.
Koʻnglumdin oʻlub ham erdi barbod,
Nomang oʻqugʻondin ayladim yod.
Qilmoq manga mundoq ishni mansub,
Tutgʻaymu muruvvat ahli mahsub?
Men muncha balo chskib vafoda,
Sen boʻyla xayolu muddaoda.
Nekim bitiding nechuk qilay rad,
Ne qilsa qilur kim oʻlsa bexud(6).
Gʻavgʻoyi junungʻa mubtalomen,
Boshtin-ayogʻimgʻacha xatomen.
Nomanggʻa fido koʻngʻul, koʻzum ham,
Lekin sanga bor bir soʻzum ham:
Navfal soʻzikim qilib eding zabt.
Mendin emas erdi voqeʼ ul xabt(7).
Ul ishqu jupundin oʻldi hodis,
Sen ishq bila junungʻa bois.
Uylaimak ishiki nisbat etding,
Bizga oʻz ishingni tuhmat etding
Kim, Ibni Salom etib xayoling,
Balkim tamaʼ aylabon visoling.
Koʻnglini, atong qilib tarozi,
Boʻlmish ne ul istaganga rozi.
Sen rozi erur, emasni bilmon,
Bilmas nima tuhmatiii qilmon.
Hay, hay, ne fasonalar boʻlur bu,
Xorij ne taronalar boʻlur bu?
Goʻyo savdo yoʻlumni urdi,
Hushumni junun eli sovurdi.
Chun soʻzda shuur emas shiorim,
Yoʻq harza demakda ixtisrim.
Devonamen, ey pari sifat hur,
Maʼzurdur ulki tutsa maʼzur.
Boʻldum chu sening gʻamingda nobud,
Nobudgʻa nukta qayda mavjud?
Yoʻqning neki soʻz boʻlur xitobi,
Tutmoq kerak oni yoʻq hisobi.
Yoʻqluq manga gar boʻlubturur yoʻl,
Sen bor boʻlu bu yoʻqqa yor oʻl.
Iqbol ila baxt yoring oʻlsun,
Jonlar naqdi nisoring oʻlsun».
Maktub oʻqugʻuncha shoʻxi margʻub,
Koʻp topti shikan nechukki maktub.
Har bir soʻzi ichra fikr etib kech,
Koʻp urdi oʻziga nomadek pech.
Insofgʻa chunki daxl berdi,
Oʻz soʻzlarining javobi erdi.
Oʻz nomasidin boʻlub mushavvash,
Bu noma zamirini qilib xush.
Taʼviz etib ul savodi mavzun,
Oning bitigin nechukki Majnun(8).
Ey qosidi nomabar xabar ne,
Degil sanga ravshan oʻlsa harne.
Bir soʻz bila dardima davo ber,
Nomang bor esa, chiqor manga ber!

XXVIII

Majnunning atosi devboddek dasht atrofigʻa evrulub oʻz devona nihodin sargashtalikda toimogʻi va junun dashti qaroqchilari hardam aning hushi korvoni xaylin savdo sipohigʻa asir etgondin gʻarib holot mulohaza qilgʻoni va nasoyih hush dorusi bila ani lahzai oʻziga kelturgoni va oʻzi bila uyiga etkurgoni(1).

Bu nomani ulki qildi marqum,
Afsonani boʻyla etti maʼlum
Kim, telbai benavo atosi,
Yuz gʻussagʻa mubtalo anosi.
Chun muddati oʻgʻlidin edi fard,
Koʻnglini jarohat aylabon dard.
Gʻolib boʻlub anga ishtiyoqi,
Sahro sori tushti ittifoqi
Kim, topsa figʻonu zor qilgʻay
Shoyadki ichiga kor qilgʻay.
Afgʻonigʻa mulhaq aylabon pand,
Shoyad ani aylagay zabonband(2).
Yuz nuktaga tilni qoyil etgay,
Shoyad ani uyga moyil etgay.
Ruhin qilib ul umed toza,
Har sori surar edi jamoza(3).
Chun necha kun ul talabda chopti,
Oxir ani bir buzugʻda topti.
Xushroq buzugʻ anga xonumondin,
Lekin oʻzi koʻp buzugʻroq ondin.
Oshuftaligʻi gumondin ortugʻ,
Ne kelsa gumongʻa ondin ortugʻ.
Gahi tutub oʻlturur zdi moʻr,
Gah tufroq ila yasar edi goʻr.
Gah shugʻli kesak toshurga taʼjil,
Yasar edi ul kesak bila mil(4).
Gah sochar edi boshigʻa tufrogʻ,
Gah tish bila olur edi tirnogʻ.
Gah tomgʻa qoʻpub minar edi chust,
Har sori ayogʻlarin etib rust.
Chimdir edi englarini har dam,
Chaynar edi englarini har dam(5).
Gah choʻgʻz bila navoda hamdard,
Gah bum yuzidin oritib gard.
Ham choʻgʻz qoʻnub qoʻlida gustox,
Ham bum boshigʻa surtubon shox.
Tom uzra pe xatki cheksa nogoh,
Ul xat kelib ixtiyorsiz «oh».
Boshigʻaki urdi zaxm gardun,
Boshi tukidin adadda afzun.
Qonligʻ koʻzida tikan bila choʻp,
Kipriklaridin hisob aro koʻp.
Koʻrgach atosi bu navʼ holot,
Hayrat aii qildi oʻrnida mot.
Dediki: «Nedin, misol ekin bu,
Subhonalloh, ne hol ekip bu?
Kim koʻrdi bu navʼ odamizod,
Kim, bermagay oʻyla odami yod».
Har nechaki saʼb edi bu surat,
Gom urdi aning sori zarurat.
Koʻrgach atospi kanora tutti,
Goʻyo atoligʻ haqin unutti.
Yigʻlab atosi yaqo qilib chok,
Bunyod etti haziiu gʻamnok:
«Key yuz yaralig bogʻirgʻa pora,
Mendin iega aylading kanora».
Majnun atosi ekanni bildi,
Oh urdiyu oligʻa yiqildi.
Boshii koʻtarib quchub atosi,
Jonin tilab anlamak fidosi.
Chirmashtilar oʻnla chustu mahkam,
Bir jins iki harf oʻlsa mudgʻam.
Bir lahza yigʻidin erdi oshub,
Hijron achigʻndin erdi oshub.
Oshublari chu topti taskin,
Bunyod etib ul zaifi miskip
Dedikim: «Ayo ramida farzand!
Payvapd bogʻirgʻa, balki parkand.
Koʻksum yarasini soʻkma muncha,
Bagʻrimni qonini toʻkma muncha.
Sening taning oʻlsa yora gʻamdin,
Mening jigʻarim boʻlur alamdin.
Bir dam jigarimgʻa qilma kovish,
Koʻrgilki pe navʼ etar tarovish.
Ul lahzaki yoʻq edi nishoning,
Qonim aro muzmar erdi qoning.
Aylab tilaringni muddaolar,
Sadqa beribu qilib duolar.
Och toʻygʻazibon yalangni yoptim,
Oʻldum deganimda seni topdim.
Uch-toʻrt yoshinggʻa tegru payvast,
Gʻam qolmadi bermagan manga dast.
Sen qatrai sutdin olgʻucha kom,
Yuz qatrai qon qilib men oshom.
Aylab toboningni chun tikan resh,
Mening jigarimga sanchilib nesh.
To ilmu-adabni kom qilding,
Maktab tarafi xirom qilding.
Gʻofil boʻlman ishingda gamdin,
Borur-kslurungda bpr qadamdin
Qim, fazlu-kamol yoring oʻlgʻay,
Ilmu-hunar ixtiyoring oʻlgʻay,
Qilgonda tanim raxil yodin,
Yetsa manga charxi bsvafodin.
Ul ishoʻi ato-anomgʻa etti,
Bir, bir apdoqki barcha ketti(6).
Sen boʻlgasen ul zamon qoshimda,
Gahi oyogʻimda, gah boshimda.
Ruh etgan ila tannmni mahjur,
Chun shamʼi hayotim oʻlsa benur.
Rishta kibi pechu tobing oʻlgʻay,
Parvonadek iztirobing oʻlgʻay.
Sen umrgʻa boʻlgʻasen vasilam,
Sendin yorugʻay yana qabilam.
Gar nuridan oʻlsa shamʼ mahjur,
Mashʼal solgʻay qabilagʻa nur.
Gum boʻlmagʻay el nchinda otim,
Begonagʻa kolmagʻay jnxotim.
Yiqqon neki maxzani hisori.
Boʻlgʻay paqdnm qoʻlungda bori.
Yel hujlama solmagʻay guzar tez.
Kimsa hashamim sori nazar tez.
Ruhum boʻlubop xalaf bpla shod,
Qolgʻay bori qavmu xaylnm obod.
Emdiki bu ish kopshmgʻa keldn,
Harneki dsdim boshimgʻa keldi.
Subhimgʻa etishti shomi mehnat,
Shomimga yuz urdi subhi riqlat.
Toʻsh-toʻshdin nchimga qoʻydi yuz gʻam,
Bu bir gʻamu ssndin oʻldi yuz gʻam.
Shamʼimgʻaki zulmat oʻldi xodis,
Ohing boʻlub oʻchmagiga bois.
Jon qushi tilab ucharni har dam,
Faryoding anga yana berib ram.
Ishq ichra tusharga joni zoring,
Bildukki poʻq erdi ixtiyoring.
Har amrki boʻlsa gʻoyati bor,
Har mahlakaning nihoyati bor.
Ishq ahli jahoida koʻrmadukmu?
Bu vodi aro yugurmadukmu?
Boʻlmoq bu sifat bir ishda magʻlub.
Ahli xirad olida emas xoʻb.
Oʻt ichraki tushti benavoyi,
Chiqti agar urdi dastu poyi.
Tolpinsa chiqar gʻariq yumkin,
Tolpinmasa oʻlmoyin ne mumkin.
Sen ham bu baloda qolma mundoq,
Bir yoʻli oʻzungni solma mundoq.
Tushsa qadahi billur aro moʻr,
Tadbir kerak chiqorgʻa yoʻq zoʻr.
Har dardki haq kishiga berdi,
Ham haqdin aning davosi erdi.
Haqkim sanga soldi bu baloni,
Ojiz emas etgali davoni.
Bu dagʻdagʻadin kanora ista,
Har fikr ila oʻlsa chora ista.
Bir yoʻli agar gumon emastur,
Tadrij ila ham yomon emastur.
Tadrij ila tifl oʻlur xiradmand,
Sokinlik ila qamish boʻlur qand(7).
Yuz yil kishi umr agar tilar bil
Kim, sabr kerakdur anga yuz yil,
Kim etsa manora uchi voya
Birdur chiqaru tusharda poya.
Chiqmoqligʻida agar kerak mahl,
Lekii tushari base erur sahl.
Sen dogʻi bu ergakim etibsen,
Tadrij ila yoʻlni qatʼ etibsen(8).
Yonmoqqa ham oʻldung ersa moyil,
Kelganchadurur yoʻlungda manzil.
Yen emdiki raxna basta ermas,
Mundoq safaring xujasta ermas.
Men boʻyla hazipu zor sensiz.
Onang dagʻi beqaror sensiz.
Oqshomdin tonggʻa joni mahzun,
Tongdin oqshomgʻa ashki gulgun.
«Oʻgʻlum» deru ul sifat chekar voy
Kim, charx oʻqining qadin qilur yoy
«Boʻtam» debon aylar ul sifat pech
Kim, qolmas ruhidin asar hech.
Yigʻlab urar oʻyla tosh uza bosh
Kim, qolur alamda boshidin tosh.
Bu oʻt chu dimogʻin etti mahrur,
Oq sochi sochar yuziga kofur.
Bilmish chekariigni koʻhi anduh,
Anduhi boʻlubdur oʻylakim koʻh.
Tufroqqa yiqilmogʻing chu bilmish,
Tufroq uza ul dagʻi yiqilmish.
Sensiz zrur oʻyla dardu gʻamlik
Kim, qolmishdur bir-ikki damliq.
Men boʻylavu ul zaif boʻyla,
Kel ikkalamizga chora ayla!
Ummedi hayotimiz ketibdur,
Ohangi rahilimiz etibdur.
Begonani uy sori yovutma,
Urnungki qiziqdurur sovutma.
Biz ikki sening gʻamingdin oʻlsak,
Sen oʻlmay motamingdin oʻlsak.
Bu ishta haq aylasa xitobing,
Fikr etki, ne boʻlgʻusi javobing?»
Surdi chu atosi boʻyla afsun,
Yigʻlab oyogʻigʻa tushti Majnun.
Kirpik bila chun yoʻlin supurdi,
Posuxda bu navʼ nukta surdi:(9)
«Key xayling eshigi qiblagohim,
Darding oʻtini yorutqay ohim.
Har choraki sen qilib taxayyul,
Koʻnglum oʻti xirmanin qilib kul,
Har sabrki sen topib nihoni,
Ashkim seli oqizib oni.
Bu necha takallumiki surdung,
Kuygan koʻngul oʻtigʻa su urdung.
Yoʻq, yoʻqki qoʻyargʻa dogʻ uza dogʻ,
Oʻt yoqdingu kuydung ustiga yogʻ.
Nutqung neki ayladi raqamzad,
Ayturgʻa javob yoʻq manga had.
Hukmung manga orzuyi jondur.
Boshimgʻa bu hukm ham ravondur.
Olingda ne soʻz de olgʻamen choʻq,
Gar boʻlsa javobim ul dagʻi yoʻq.
Lekin sanga bu emas nihoni
Kim, boʻyla qazoyi osmoniy,
Kim tori oʻlub bu notavongʻa,
Rasvo qildi bori jahongʻa.
Bu navʼ balo boʻlurgʻa jori,
Boʻlmas kishining oʻz ixtiyori.
Ishq oʻtiki bir sharora ondin,
Toʻfon qoʻporur bori jahondin.
Yuz shuʼlani maskanimgʻa urdi,
Ming barqni xirmanimgʻa urdi.
Xirman sari tushsa bir sharora,
Kuymakdin emastur anga chora.
Ming barq tushursa ishqi bebok,
Netgay aning oʻtrusida xoshok.
Ne buyrugʻung oʻlsa soʻz demasmen,
Majnun menu lek Qays emasmen.
Sarviki sen aylading taammul,
Xas boʻldiyu xas bu dam erur kul
Bu kulga magarki girdbodi,
Bergay yana sarvdek savodi.
Yetgandaki aylading nazora,
Koʻrdungki meni siyahsitora.
Yoʻq mayli sukunu azmi raftor,
Ne mehnat aro edim giriftor.
Qochmoqligʻim erdi tonimasdin,
Balkim toniringgʻa arzimasdin.
Dad har sori ketsa ketmak oʻlmas,
Nasnosni odam etmak oʻlmas(10).
Boʻlmogʻligʻ iting erur murodim,
Yoʻq itcha oʻzumga eʼtimodim.
It kimsaga bevafoligʻ etmas,
Boshin olib oʻzga sori ketmas.
Men iyasiga uzr qoʻlgʻon itmen,
Bu dashtda telba boʻlgʻon itmen.
Mumkin esa telba it oyilmoq.
Yoxud anga eʼtimod qilmoq.
Sek dogʻi meni xirad nihod et,
Har ishtaki qilsam eʼtimod et.
Uzrumni qoshingda qoʻldum oxir,
Har ishta maof boʻldum oxir»,
Chun etti uzrining tamomin,
Tez urdi jamoza sori gomin.
Yeshti rasani jihozidan chust,
Oʻz boʻynigʻa bogʻladi ani rust(11).
Topshurdi rasan boshin atogʻa,
Dedi: «Ne desang bu mubtalogʻa,
Itmen iligingda boʻyni bogʻliq»,
Deb qildi oʻzini toʻrt ayogʻliq.
Yeshti ato boʻynidin rasanni,
Azm etti havo qilib vatanni.
To tutti junun yoʻlin Navoyi
Kim, boʻldi vatangʻa rahnamoyi.
Majnundek atosi dogʻi yoʻqtur,
Maskangʻa havosi dogʻi yoʻqtur.

XXIX

<i>Navfalning Majnun qabilasi mehmonligʻidin uyiga borgʻoch, Majnun atosigʻa mizbonliq qilgʻoni va payvand rishtasi oralarida mahkam boʻlub, mehmon uyigʻa kelguncha Majnun biyobongʻa azm qilib, Layli shubonigʻa yoʻluqqoni va shubon itidek loba qilib, shubon ani qoʻylar arosida yashurgʻoni va Laylini koʻrgach qurbon qoʻyi bila Xoʻtan oyuayranining yiqilmogʻi va har qaysini bir vasila bila oʻz qabilalarigʻa eltmoqlari*.

Soʻz noqasining rahilkoʻshi,
Bu navʼ chekar hudi xurushi(2).
Kim, chun hashamigʻa keldi Majnun
Shod oʻldi alarki erdi mahzun.
Ham qoʻydi atosi notavonliq,
Ham boʻldi anosi toza jonliq
Kiydurdilar anga xazzu debo,
Xilʼatlari barcha chustu zebo.
Har sori etishti bu hikoyat
Kim, «Hush anga aylamish siroyat».
El koʻnglida bu xayol pishti,
Navfalgʻa dagʻi xabar etishti.
Ul xud eb aning gʻamin hamisha,
Zikrin qilib erdi virdu pesha.
Koʻngliga xayolidin tafakkur,
Jonigʻa visolidin tahayyur.
Bu soʻzni eshitgach oʻldi xushdil,
Borib koʻrariga boʻldi moyil.
Otlandiyu surdi ul taraf ot,
Majnun eli ham xabar topib bot.
Soz aylab asosi mehmoni,
Xushdilliq ila tushurub oni.
Majnun bila ul sipahbadi chust,
Yuz mehr bila quchushtilar rust.
Oqshomgʻacha komronligʻ aylab,
Bu xayl anga mizbonligʻ aylab.
Ul xud boʻlubon bu ishga xushhol,
Majnun oʻz ishiga qolibon lol.
Chun navfali mehr yuz yoshurdi,
Majnuni falak yoshin oshurdi(3).
Rah toʻsha kulicha yoydi kavkab,
Navfal dagʻi yoʻlgʻa soldi markab(4).
Borur edi barcha yoʻl aro shod.
Majnun qolibon uy ichra noshod.
Lekin atosigʻa yuzlanib kom
Kim, Navfal aning sori qoʻyub gom.
Ham ayladi shodu xurram oni,
Ham xayl ichida mukarram oni.
Koʻngliga tushub bu soʻzki Navfal,
Majnunni chu koʻrmish erdi avval.
Layli eli birla harb etib bigʻ.
Kim, chekti aning ishi uchun tigʻ.
Majnun gʻamini chu er ekandur,
Payvand soʻzin dagʻi degandur(5).
Shak yoʻkki erur bu ishga moyil
Kim, qildi bnzing hashamni manzil.
Yoʻqsa Majnungʻa yoʻqtur ul yoʻl
Kim, kelgay ani koʻrar uchun ul.
Emdi budurur adab manga ham
Kim, hay elppp qilib faroham.;
Oning sari xizmat etgabiz fosh
Kim, boʻlgʻay aning ishiga podosh(6).
Topsaq yana lutf ila madoro,
Ul soʻzni ham etsak oshkoro.
Rozi esa baxtdin quvonsoq,
Yoʻq desa qabila sori yonsoq.
Istatti hasham ulugʻlarii bot,
Arz etti alargʻa bu maqolot.
Borisigʻa dilpazir tushti,
Qilmoqligʻi noguzir tushti.
Majnun ishi chunki erdi matlub,
Oning boruri koʻrunmadi xoʻb.
Harneki kerak qilib muhayyo,
Yerim kecha oʻylakim surayyo.
Jamʼ oʻlubon aylabon bu tadbir,
Qildilar oʻshul guruhi shabgir.
Bu gom aro yuz fasona boshlab,
Har birki tugandi yopa boshlab.
Borur edilar debon bu soʻzni,
Bu soʻz bila xushdil aylab oʻzni.
To dashtni oncha qildilar tay
Kim, Navfal uyigʻa qoʻydilar pay.
Ul ham qilib ulcha sharti ikrom,
Manzilda berib alargʻa orom.
Qildi tarabu nishot oncha,
Ul xayl ila inbisot oncha.
Kim bori koʻrub mahalni qobil,
Boʻldilar oʻshul gʻarazgʻa qoyil.
Navfalga gʻaraz chu boʻldi masmuʼ,
Koʻngliga bu nukta keldi matbuʼ.
Dediki: «Bu soʻz deyilmish erdi,
Majnungʻa bu gʻam eyilmish erdi.
Qildim chu qabul anga raqamzad,
Emdi dagʻi qilmogʻumdurur rad.
Siz emdi qoʻyung hasham sori gom,
Men sur ishini qilay saranjom(7).
Sizga dagʻi ulcha dastrasdur,
Ortuq manga orzu emasdur.
Soz anlab eting buyon azimat
Kim, fursat erur base gʻanimat.
To oʻylaki boʻlsa shart papvand,
Majiunni qilay oʻzumga farzand».
Miodi nikoh topti taʼyip,
Ul xaylgʻa yonmoq oʻldi oyin.
Shod uy sari boʻldilar ravoia,
Bilmayki ne feʼl etib zamona.
Ul tunki alargʻa qolmay orom,
Navfal sari urmish erdilar gom.
Majnunki uy ichra qoldi diltang,
Koʻzdin toʻkar erdi ashki gulrang.
Chun qoʻymadi hajr oʻti qarorin,
Ishq ilgidin oldi ixtiyorin.
Ishq oʻti chekib zabona chiqti,
Uydin yana bexudona chiqti.
Dasht uzra yugurdi besaru poy,
Gah tortib huyu, gah chekib voy.
YoY erdi qaddiyu, novak ohi,
Gardunni qilib nishonagohi.
Bu — yoyigʻa chun qurar edi oʻq,
Gardun koʻziga urar edi oʻq.
Oyini havolanib taku dav(8),
Ul navʼki mehri osmonrav.
Eltur edi yor mehri opi,
Bosh urgʻucha mehri osmoni.
Chun jadyin sogʻdi charx zoli,
Sut qatralarin oritti holi.
Ul sut bila sanʼat aylabon zol,
Koʻrguzdi panir qursi filhol(9).
Oligʻa etishti bir suruk qoʻy,
Choʻponi koʻrundi oshnoroʻy.
Majnunni dagʻi shubon chu koʻrdi.
Ahvolini lutf birla soʻrdi,
Majnun dedi: «Ey yuzi humoyun,
Qayda seni koʻrmish erdi Majnun
Kim, talʼatning sshio koʻrundi,
Dardigʻa soʻzung davo koʻrundi.
Sen ham anga aylading navozish,
Ul dogʻi navozishinggʻa pozish».
Choʻpon qoʻyubon ayogʻiga bosh,
Bu navʼ takallum anladi fosh
Kim, «Menkim ishnm erur shubonliq,
Qoʻy birla qoʻzngʻa mehribonliq.
Tilsiz gala hamzabonidurmen,
Layli qoʻyining shubonidurmen.
Seni koʻrub erdim ul hashamda,
Maktabda sabaq oʻqur alamda.
Ishqing alamin dagʻi bilurmen.
Har chora qilay desam qilurmen».
Majnun tobonigʻa qoʻydi boshin,
Naʼl etti oʻtuklarig!a qoshin.
Dediki: «Ayo daming ravonbaxsh,
Nutqung oʻlgan tanimgʻa jonbaxsh.
Isodek oʻlukni tirguzursen.
Xush muʼjizadurki koʻrguzursen.
Yoʻq, yoʻqki, shubonliq ichra Muso,
Ilgingda aso ham ajdaroso.
Muso neki, Xizri(10) rohim oʻldung,
Gʻam zulmatida panohim oʻldung.
Yetkur manga obi zindagoni,
Yaʼppkn koʻray yiroqdin oni
Kim, hajrida xasta jon men asru,
Rahm aylaki notavon men asru.
Choʻpon dedi: «Ey xujasta sohib,
Oqshomgʻacha boʻl mangʻa musohib.
Chora tarafi pazora aylay,
Bir navʼ ishingga chora aylay».
Majnun chekibon duosigʻa til.
Boʻldi aiga ul kun oʻylakim yil,
Magʻrib sari mehr aylagach roʻy,
Surdi choʻpon hasham sari qoʻy.
Bir qoʻy terisin chiqordi filhol,
Majnungʻa dediki: «Egninga sol.
Qoʻydek bu terini xilʼat ayla,
Boshdin ayogʻinggʻa kisvat ayla.
Qaddingni gʻanam(11) ichinda xam qil,
Oshiq esang oni mugʻtanam bil
Kim, kelgusidur buti parichehr,
Andoqki hamal fazosigʻa mehr.
Qizlar bila oʻynayu talosho,
Qoʻy sogʻmogʻin etgali tamosho
Yetganda boshinggʻa sen bilursen,
Ne navʼ nazorakim qilursen».
Majnun yopinib terini mahkam,
Qoʻylar aro anlabon qadin xam.
Borur edi toʻrt ayogʻlanib tez,
To qildi zamoia fitnaangez.
Qoʻylar chu qabilagʻa yovushti,
Qizlargʻa xirom joʻshi tushti.
Anjum kibi chnqtilar shitobon,
Layli ul aroda mohitobon.
Chun ishq aro koʻp boʻlub maloli,
Oshuftavu tiyra zulfu xoli.
Hijron oʻtidin uzorida tob,
Gulbargi sirishk birla serob.
Gnsuki boʻlub yoʻligʻa jorub,
Olamgʻa sochib gʻuboru oshub.
Fitnaki koʻziga surma tortib,
Jon naqdin olurgʻa koʻz qarortib,
Mujgoniki qatl aylab ohang,
Yuz shuʼlasi dudidin tutub rang.
Oʻtlugʻ yuzikim boʻlub dilafroʻz.
Majnunkushu balki nuktadon soʻz.
Bu navʼ jamol ila etishtn
Yuz gʻanju dalol(12) ila etishti.
Majnungʻa koʻrungach ul parizod,
Oyini hayoti boʻldi barbod.
Bir ohi falak shigof chekti
Kim, koʻkni anga gʻilof chekti.
Qoʻy ichra yiqildi zoru bedil.
Qoʻydekki qilurlar oni bismil.
Ul nolaki chekti bemadoro,
Qoʻylargʻa ram oʻldi oshkoro.
Boʻtrashti chu har birisi bir yon,
Qoldi orada gʻarib giryon.
Layli IChYI oʻrtab oʻtlugʻ ohi,
Keldi bilayin debon kamohi.
Boqsa yotur erdn er uza poʻst,
Ul poʻst aro nihon boʻlub doʻst.
Baskim gʻam oʻti tanin qarortib,
Ul mushk oʻziga nofa tortib.
Mushkin koʻrunub tani nizori,
Layli sochining nechukki tori.
Gulruxgʻa chu boʻldi qissa maʼlum,
Oh urdiyu hushi boʻldi maʼdum.
Yor uzra yiqildi sarvqad hur,
Tufroq uza tushtn goʻyiyo nur.
Ishq ichra tani nizor birla,
Hamxobaligʻ etti yor birla.
Oshiqki erur ishida sodiq,
Maʼshuq boʻlur boshida oshiq.
Qizlar boʻlubon ul ishdin ogoh
Kim, boʻyla yiqildi ikki dilxoh.
Gulruxni koʻtardilar ham uldam,
Vasl oʻlmay alargʻa xushsiz ham.
Azm aylab oʻkush fasona birla,
Ul amrda yuz bahopa birla.
Sahroda qolib gʻaribu bexesh.
Hayratda shuboni choraandesh
Kim, topsa xabar qabila ahli,
Birdam yoʻq anga hayot mahli.
Mundoqda nki jamozalnq tez,
Yettilar etib jamozalar xez(13).
Bu holat ichinda topqoch oni,
Bir noqa(14) choʻkurdilar ravoni.
Noqa uza oni qoʻpdilar chust.
Ilgin ayogʻini tongdilar rust.
Voqif boʻlmay qabilada el,
Azm oʻldi alargʻa oʻylakim el.
Mundoq dedi roviyi fasona
Kim, kelgach atosp uyga yona.
Bildiki ketibdur ul hamul shom,
Koʻp yngʻladi uyda tutmay orom.
Yigʻlay-yigʻlay izin irishti,
Ul erda etishtikim etishti.
Bogʻlab teva uzra chunki topib,
Kelturdi uyiga tegru chopib,
Yetkurguncha hashamgʻa oii,
Yuz qatla labigʻa etti joni.
Chun etti qabilagʻa yobondin.
Yod etmadi qoʻy bila shubondin.
Ey vodiyi Ayman(15) ichra qoʻychi,
Itmen sanga oʻz qoshingda qoʻychi!
Shugʻlung bila boshladim yoʻlumni
Tut lutf ila sek dagʻi qoʻlumni.

XXX

<i>Majnun atosi oʻgʻlina koʻp nasihatlar bila Navfal hashamigʻa olib borgoni va Navfal sur asbobini surur bila chiqargʻoni va tazvij rshitasi aqdi tuzslgoni va ul girih mahkam bulmasdin burun uzulgoni va bir oshiq maʼshuqi vaslidin kom topqoni va yana bir oshiq maʼshuqi vaslin tilay gom urgʻoni(1).

Mashshotaki soʻz durini terdi,
Bu bikrgʻa boʻyla jilva berdi
Kim uyga chu keldi zor shaydo,
Magʻzi aro boʻldi hush paydo.
Yigʻlab atosi qilib shikoyat,
Etib yana pandi benihoyat.
Ul soʻz demayin malolatidin,
Boqmay atogʻa xijolatidin.
Fahm oʻlgoch atosining maloli,
Tufrogʻ etib ani infioli.
Yuz erga qoʻyub tutub qulogʻin.
Koʻp oʻpti atosining ayogʻin.
Dediki: «Kechur gunohim oxir
Kim lutfung erur panohim oxir?»
Koʻrgach ato ajz eʼtirofi,
Dedi: «Bu ishinggadur talofi(2).
Qilgʻon boridin rujuʼ qilsang,
Ne ishga desam shuruʼ qilsang.
Mendin tilasang rizo qabul et.
Ne sharʼ etar iqtizo qabul et».
Majnunki futuvvat ahli erdi,
Ihsonu muruvvat ahli erdi.
Hush oʻlsa dimogʻi ichra sokin,
Tarki adab ermas erdi mumkin.
Odobi hidoyat ahli yangligʻ,
Oyini valoyat ahli yangligʻ.
Andoqki tilab xudo rizosin,
Andin soʻng ato-ano rizosin.
Dedi: «Sanga harnekim rizodur,
Qilmogʻligʻ ani manga sazodur.
Hukm etki ne navʼ etay shiorim,
Etmakda ani ne ixtiyorim?»
Boʻldi atosi bu nuktadin shod,
Navfal ishidin soʻz etti bunyod
Kim, Navfalkim Arabdadur toq,
Yoʻq, yoʻq, ne Arabki, toqi ofoq.
Koʻp boʻldi seiing uchun alamsanj,
Koʻngliga ishingda etti koʻp ranj.
Chunkim yoʻq edi azalda taqdir.
Topmadi ishing butarga tadbir.
Emgaklari boʻynunga erur qarz,
Uzrin qoʻlmoq sapga erur farz.
Emdi budurur aning rizosi,
Ham xasta atongning iltimosi
Kim, zohir etib tariqi payvand,
Qilsoq anga dogʻi seni farzand.
Bir yotlngʻi bor emish parivash,
Boshtin-ayogʻi latifu dilkash.
Iffat haramida ul jamila,
Savdosida zor yuz qabila.
Vaslin tilar elga xud adad yoʻq,
Ayturgʻa aiga valek had yoʻq.
Bu ish biladur manga mubohot,
Taʼxirda keldi biymi ofot.
Mendin tilasang rizo, rizo ber,
Bu qissa rizosini manga ber!»
Majnun tilin andoq ayladi band
Kim, boʻldi rizosi birla xursand.
Xushvaqt oʻlubon qoʻpub tarabiok,
Indatti qabila ahlini pok.
Harneki kerak ul ish yarogʻi,
Omoda qilib ziyoda dogʻi.
Majnunni yasab libos birla,
Tun-kun kibi kishu os birla(3).
Hech ish bila favt qilmay avqot,
Navfal sori azm qildilar bot.
Ul ham chu eshitti mojaroni.
Jamʼ ayladi xeshu aqraboni.
Jashi anjumanin(4) azim qurdi.
Ul xaylni bazm aro tushurdi.
Oyini tarabgʻa qoʻydilar yuz,
Ichku edi necha kecha-kunduz.
Chun boʻldi tarab ishiga anjom,
Birdam koʻtarildi bazmdin jom
Koʻp ziynatu zeb etib ikovni,
Gulchehra kelin bnla kuyovni.
Qiznn asrab hijob ichinda,
Oydek toʻquz niqob ichinda.
Bazm ichra kuyovga qoʻydurub gom,
Berdilar el oʻrtasida orom.
Oʻlturdi xatibi Iysi iʼjoz(5),
Haq hamdu sanosin aylab ogʻoz.
Oy birla quyoshni ayladi aqd,
Boshi uza sochtilar base naqd.
Chun mehr kelin kibi yoshuidi,
Tun erga kuyov kibi yukundi.
Gardun koʻrubon bu ish muvofiq,
Kelturdi toʻquz tabaqda sochiq.
Ul uygaki urmish erdilar taxt,
Taxt ustida solmish zrdilar raxt
Boshladilar ul, ikkovni xandon,
Yoʻq kulgu vals alargʻa chandon.
Majnunni qarin qilib parigʻa,
Topshurdilar oynp Mushtarigʻa.
Uy girdidin elpi surdi Navfal
Kim, qolmadi anda elga madxal.
Ul tegrada jamʼ yo jarida,
Alqissa yoʻq erdi ofarida(6).
Bir pos chu tundin oʻtti ul xayl,
Toʻshluq-toʻshi qildi uyqugʻa mayl.
Navfal yiroq oʻlturub ichib mul,
Hardam qilur erdi bir taxayyul.
Savdosi bu yoʻlgʻa tutti oni
Kim, uy yonigʻa kelnb nihoni
Sekin qilib uy kiyzini pora,
Ul furjadin ayladi nazora.
Koʻrdi eridin qizinki qoʻpti.
Majnui qoshigʻa kelib er oʻpti.
Bunyod ettiki: «Ey yagona,
Ishq ichra yagonai zamona.
Ham mehri safo yuzungda toliʼ,
Ham nuri vafo engingda lomiʼ,
Bu nukta erur qoshimda ravshan,
El olida ham erur muayyan
Kim, Layli ishida notavonsen,
Ishqida jahongʻa dostonsen.
Koʻnglungdur aning gʻamida mahkam
Kim, ishqi erur sanga musallam,
Koʻnglung oʻtidin sovutmogʻungdur,
Ul borida yor tutmogʻungdur.
Ikkimiz atosining rizosi,
Solmish sapga bu ish ibtilosi.
Chun kishvari ishqning shahisen,
Ishq ahli oʻtining ogahisen.
Bordur manga dogʻi dardmandi,
Ishqim rasanigʻa ponbandi.
Dardim oʻti ichra tobi oning,
Men dogʻi kelib xarobi oning.
Lekin ikimiz oʻti nihoni,
Ne meni ulus bilib, ne oni.
Fikr aylaki ul asiri mahjur,
Fahm etsa seping bila mayga sur.
Bu kecha aning ne holi boʻlgʻay?
Umri kunining zavoli boʻlgʻay!
Sirrimni sanga chu ayladim fosh.
Sendin manga budur emdi podosh
Kim, rozi boʻlub gʻaromatimgʻa(7),
Boʻynungni qoʻyub malomatimgʻa.
Qilmay meni el aro fazihat(8),
Qoʻpsang dagʻi aylasang azimat.
Har kimgaki bu fasona etsa,
Ul xayl seni malomat etsa,
Men boʻlmasam el aro muotab,
Qilsaig sen oʻzungni-oʻq muxotab(9).
Bu navʼ muruvvat oʻlsa sendin,
Izhori futuvvat oʻlsa sendin.
Ummedim erurki qodiri pok,
Layliniki keldi nodiri pok
Uz hifzi aro zimonda tutgʻay,
Har mahlakadin amonda tutgʻay.
Ham hajrida olmagʻay shikibing,
Ham vaslini aylagay nasibing».
Majpupgʻa etib bu soʻzdin ozor,
Ul xasta ishiga yigʻladi zor.
Dedikim: «Ayo ramida payvand!
Boʻl ishqu mu.habbatnnggʻa xursand.
Yoringgʻa vafo shioring oʻlsun
Kim, tepgri hamisha yoring oʻlsun.
Men xud tushubon ichimga anduh
Qilgʻum edi azmi vodiyu koʻh.
Koʻnglungni knlur uchun rioyat,
Oshufta zamir edim bagʻoyat.
Bu lutfki sendin oʻldi zohir,
Uzrungpi nechuk qoʻlay men oxir
Ketmakkaki jazm niyatim bor,
Ketsam sanga xud ne minnatim bor.
Men xud ketar erdim ushbu soat
Berding safarimgʻa istitoat.
Minnat sanga yoʻq, oʻzumga qoʻydum.
Jon birla iki koʻzumga qoʻydum», —
Deb qoʻnti anga duolar aylab,
Mundoq karamu atolar aylab.
Soz etti ogʻoligʻu singillik,
Koʻp istadi singlidin bihillik.
Chiqti dagʻi azmi poʻya etti.
Gʻam bodiyasigʻa kirdi ketdi.
Navfal koʻruboi bu turfa holat,
Qiz birla kuyov aro maqolat.
Qoʻpti dogʻi uyda tebradi dang,
May ichra kishi egan kibi bang.
Koʻrgan neki yod etib uyolib.
Ne asray olib, ne ayta olib.
Uyning yana sori qahru kinda,
Qiz oshiqi bor emish kaminda.
Ilgi arodashnai(10) tutub tez
Kim, boʻlsa ul ikki ishratangez.
Ul ikkini ham halok qilgʻay,
Uz koʻksini dogʻi chok qilgʻay.
Pok erdi chu ishqi ichra ul zor,
Ishq ayladi anga oʻtni gulzor,
Majnungʻa tutub oʻzini taslim,
Koʻp topti tariqi ishq taʼlim.
Tufrogʻigʻa surtubon jabinlar,
Tavrigʻa dedi koʻp ofarinlar.
Ham dilbaridin topib nishona,
Oyini vafoda gʻoyibona.
Bexud qilibon bu holat oni,
Ul mehru muhabbati nihoni.
Chun shavqida toqati boʻlub toq,
Un ichra kirib harif mushtoq.
Yer ustida ayladi tanin past,
Tufroqqa jonni qildi hamdast.
Maʼshuq chu koʻrdi potavonin.
Yuz saʼy ila asradi figʻonin.
Mexr ila boshigʻa soya soldi,
Boshtin koʻtardi koʻnglin oldi.
Yillarki bu ishq aroda erdi,
Kundin-kunga ziyoda erdi.
Bermaydur edi ikovga payvast,
Bu tungicha vasl davlati dast.
Bir-biriga mehr etib padidor
Boʻldilar ikovla masti didor
Juz nafs murodikim yoʻq erdi,
Oʻzga bori kam dast berdi.
Tong otgʻucha gungu lol edilar,
Sarmasti mayi visol edilar.
Chun tong qushi nola yod qildi
Oshiq dagʻi xayrbod qildi.
Bosh oldiyu ketti vasldin shod,
Maʼshuqasi qoldi gʻamdin ozod.
Chun subh arusining yuzida,
Koʻrguzdi sapida dam sapida.
Mashshotai charx tutti oʻtru,
Kun chashmasidin yuziga koʻzgu(11).
Sur eli yuz urdi bomdodon,
Qiz birla kuyov qoshigʻa shodon.
Ul uyda biri edi, ikov yoʻq,
Qiz yolgʻuz edi, vale kuyov yoʻq.
Toʻldi yana gʻamdin ul arozi,
Majnun eli xud oʻlumga rozi.
Navfal bilibonki iedur ahvol,
Ayturgʻa vale tili boʻlub lol.
Majnun eliga base qoʻlub uzr,
Aytur soʻzi sarbasar boʻlub uzr
Kim, «Tengridin erdi boʻyla taqdir,
Nekim taqdir erur, ne tadbir(12).
Ne sizdin oʻlub bu ish, ne bizdin,
Balkim ne oʻgʻuldinu ne qizdin.
Taqdirdin erdi boʻyla holat,
Shukr aylangu rafʼ eting malolat».
Bu uzr ila barchani uzotti,
Yondi oʻziyu uzoldi yotti.
Ul navʼ nuhufta ranju temor,
Bistar uza jismin etti bemor(13).
Bemormen, ey tabibi hoziq,
Tashxising emas vale muvofiq,
Jonimni olur gʻami nihonim,
Dafʼ aylavu yo bagʻishla jonim.

XXXI

<i>Falak zoli mushaʼbidligʻining buqalamunlugʻi Majnunni Navfil qizi visoligʻa etkurmasdin burun ayirgʻondek Laylini dogʻi Mbi Salom malolatidin salomat ayirib hajr karo tunida ikki nomurodni murodgʻa etkurgoni va badansiz ruhni ruhsiz badangʻa kivurgoni va ruh bila badan vasli muyassar boʻlgʻoch tigʻi firoq surgoni va ul suv bila bu visol oʻtin oʻchurgoni(1).

Kilkiki bu safha qildi xorish,
Afsona bu navʼ etar nigorish
Kim, ul necha kunki charxi purfan
Kim, koʻproq anga fireb erur fan.
Hazl etti ne hazl, behayolik,
Majnungʻa buyurdi kadxudoliq(2).
Ham Ibni Salom ittifoqi,
Soz ayladi uylanur yaroqp.
Harnski kerak qilib murattab,
Layli xashamigʻa surdi markab.
Chiqtilar alar dagʻi topib kom,
Berdilar anga uy ichra orom.
Xaylini dagʻi tushurdilar bot,
Bazm ichra qadah keturdilar bot.
Ul navʼki rasm erur ziyofat,
Aylab anga dogʻi koʻp izofat.
Aysh ayladilar necha tunu kun
Kim, ne kunya maysiz erdi, ne tun.
Chup boʻldi mahalki aqdi tazvij.
Bergay bu nishot ishiga tarvij(3).
Boʻlmish edi soat ixtiyori,
Jamʼ oʻldi qabila ahli bori.
Til chekti xatibi harzapayvand
Aqd ichra kuyovni ayladi band.
Chun topti pikoh ishi sarapjom,
Layli haramigʻa urdilar gom
Kim, mayl etibon tumap jafogʻa,
Bergaylar ul oyni ajdahoga.
Yer ilgi chu ilgiga yovushti,
Miskingʻa gʻarib qissa tushti.
Tabʼi xafaqondin erdi maʼlul,
Koʻp boʻlsa edi qadahqa mashgʻul,
Andoq solur erdi jismigʻa pech
Kim, kelmas edi anga nafas hech.
Ichti pecha kun chu bemadoro,
Ul zaxmati boʻldi oshkoro.
Ul navʼki tarki hush qildi,
Oʻlgan kishilar kibi yiqildi.
Ul boʻldi hayotidap chu mahjur,
Motamgʻa mubaddal oʻldi ul sur.
Oʻlgan sogʻinib xaloyiq oni,
Bir uyga kiyurdilar ravoni.
Gʻavgʻo boʻldi kuyov boshigʻa
Kim, kelmadi el kelin qoshigʻa.
Bechora kelinni lol etib fikr,
Tovusi shikasta bol etib fikr.
Koʻngli aro erdi yuz tafakkur,
Ul bordiyu kelda ming tahayyur.
Oʻz qatlini aylamish edi bigʻ,
Pinhon qilib erdi zahrlik tigʻ
Kim, xasm topar nafas anga kom,
Oʻlturgay oʻzini kom-nokom.
Agʻyordin oʻzni ori etgay,
Oʻz yori vafosi birla ketgay:
Tigʻ oʻziga ixtiyor qildi,
Xasmi badanigʻa kor qildi.
Koʻrguzdi butun falak nifoqi,
Koʻp amri gʻarib ittifoqi.
Bu erdi biriki ul iki fard
Kim, jonlari erdi dardparvard.
Bahri falak urdi ul sifat mavj
Kim, ayladi ikki fardni zavj.
Har birni yana birov bila juft,
Yetkurmadi hech dur aro suft(4).
Bir buki bu navʼ iki kudurat.
Bir kecha ichinda tutti surat.
Ham ul kecha ayrilishtilar bot,
Oʻz boʻlmayin oʻldilar yana yot.
Goʻyoki munajjimi nazarbip,
Bir erdiki soat etti taʼyin.
Bu ishda munajjim ar zabundur,
Yaʼni «kazabal-munajjimun» dur(5).
Alqissa kuyov chu boʻldi behol,
Zaʼf ayladi paykarini pomol.
Majmuʼ el onda erdi ul tun,
Kadbonuvu zolu bikru xotun(6).
Layli boʻlub ul balodin ozod,
Topti gʻamgin zamirini shod.
Koʻrdiki qoshida kimsa yoʻqdur,
El barcha kuyov boshida oʻqdur.
Koʻngli toʻla erdi hujra xoli,
Uy yonida bir qum erdi oliy.
Uydin tashqarp qoʻydi gomin,
Ul qum uza koʻrguzub xiromin.
Tutmas edi lahza-lahza orom,
Sekin-sekin urar edi gom.
Har lahza der erdi shukri bori,
Borurda yoʻq erdi ixtiyori.
To oncha masofat ayladi tay
Kim, qilsa nazar koʻrunmagay hay.
Majnun dagʻikim tutub biyobon,
Bu sori kelur edi shitobon.
Ul munga, bu anga chup yovushti,
Ikkisiga iztirob tushti.
Layli tanibon aning navosin,
Navha aro nazmi jonfizosin.
Majnungʻa etib aning nasimi,
Kolmay ichida firoq biymi.
To bir-biriga etishtilar bot,
Kim koʻrdi visol boʻyla, hayhot?
Chun bir-birispn tanishtilar jazm,
Ruh etti badan harimigʻa azm.
Yaʼni badan oʻldi zoru majruh,
Maʼshuqi oʻshul badan aro ruh.
Ruhi qudsiy nuzul qildi,
Xoki tan aro hulul qildi.
Ikki guhar oʻrni boʻldi bir durj,
Ikki quyosh avjn boʻldi bir burj,
Bir sogʻar aro tushub iki mul,
Bir gʻuncha aro butub iki gul.
Bir jismda ikki ruh oʻlub gum,
Bir koʻz arosida ikki mardum.
Vasl ayladi ikkilikni boqiy,
Vahdat qadahini tutti soqiy.
Bu boda birini mast qildi,
Ul birini mayparast qildi.
Yoʻq, yoʻqki, ikisi mast boʻldi,
Ham ikkisi mayparast boʻldi.
Bu turfaki gar iki edi ot,
Topilmas edi bagʻayri bir zot.
Ikki qadahi obi zindagoni
Qoʻshulsa, kim ayru anglar oni?
Bu qand ediyu ul zulol monand,
Jazb ayladi ul zulolni qand.
Bu suv edi ul hubob hosil,
Bir oh ila oʻldi anga vosil.
Bir lahza sipehr oʻlub muloyim,
Fitna koʻzin etti kecha noyim.
Aflok vafogʻa boʻldi bois,
Aflok uyidin chiqib havodis.
Amn ila zamonai mushaʼbad,
Atrofigʻa dahrning chekib sad.
Yor erdi sipehru, davr yovar,
Aql aylamayin bu ishni bovar.
Harneki hisobi ofarinish,
Aylab ul ikovga vasl xohish(7).
Urgamchi shaboqqa julni tirmab,
Tumshugʻini rishta birla chirmab.
Xuffoshki sayri davr topib,
Olamgʻa qanoti parda yopib.
Yuziga tushub boʻri qulogʻi,
Andin yopilib koʻzi charogʻi.
Nogah uku chekmagay debon un,
Tumshugʻi etib koʻzini chobun.
Qoʻychi ktin uyqu devi bosib,
Qoʻylar yupgi rishtasidin osib.
Makr ila savodi anbarolud,
Doʻltu toʻshugiga solibon dud.
Osuda charandavu paranda,
Uyquda gazandavu daranda.
Imdod ayon qilib taboyiʼ,
Boʻlmasqa bu navʼ vasl zoyiʼ.
Ne gard qoʻpub, ne el ravona,
Suv sokinu chekmay oʻt zabona.
Yoymoqqa havo mijozi moyil,
Oʻtning kurasi yuziga hoyil.
Ham parda tiroz oʻt hariri,
Inmasga sipohi zamhariri.
Ul dogʻi falak yuzin tutub pok,
Bir-bir yuzini toʻqquz aflok.
Nahsiyatidin kechib savobit,
Sayyor saodat ichra sobit.
Oy qursida yoʻq ziyo nishoni,
Yer anga quyosh qoʻmondoni.
Tong otqucha yummayin koʻzin tiyr
Aylar edi «in yakodu» tahrir.
Zuhra ne oʻqub, ne cholibon chang,
Parda aro kirmak aylab ohang.
Koʻp shamʼiki er tubiga borib,
Xilvat kecha shamʼni chiqorib.
Bahrom chekib sinon, solib shoʻr.
Kim boqsa yomon koʻz aylagay koʻr.
Birjis qoʻl ochubon duogʻa,
Fursat tilab ikki dilrabogʻa.
Nahsiyyatidin Zuhal yumub chang,
Tunga berur erdi yuzidin rang.
Tun qirgʻa bulgʻabon qoʻlini,
Berk aylar edi sahar yoʻlini.
Sovuq nafasini urmayin subh.
Tun kullarini sovurmayin subh.
Sodiqqa nafas urar havas yoʻq,
Kozibga xud ul kecha nafas yoʻq.
Tun dudi tutub falak xamini,
Tutmish edi subhlar damini.
Yoʻq elga yorugʻ charogʻi binish,
Uyqu aro qolib ofarnnish.
Ul ikki nechukki baxti bedor,
Boʻlub biri-birga masti diydor.
Yillar boʻlgʻan falak xilofi,
Bir kechada topibon talofi.
Chirmashtplar oʻnlakim tanu jon,
Ye sarvi snhiyu ishqpechon.
Gohi bu oʻpub aning ayoqin,
Goh ul islab munung saqoqin.
Bu goh qilib qoʻlini qullob.
Ul tangʻa sochi kibi urub tob.
Ul goh tutub munuig qoʻlnp tuz,
Gah surtubop anga koʻz, gahi yuz.
Bu goh ochar edi qulochin,
Chirmar edi qoʻlgʻa yor sochin.
Yaʼni anga ganjkim havasdur,
Chirmashsa yilon ajab emasdur.
Ul goh munga ayon qilib dard,
Joʻlida sochidin oritib gard.
Yaʼni bu savodi gʻam gʻubori,
Behkim mapga nofan totori(8).
Majnun sogʻinib oʻzini Layli,
Aylar edi nozu ishza mayli.
Layli oʻzini sogʻindi Majnun,
Shukr ettiki, yori erdi maqrun.
Ul bu boʻldiyu lek bu ul,
Topmadi aroda ikkilik yoʻl.
Har ishqi oʻtub haloklikdin,
Ayru emas erdi poklikdin.
Ishq ahli bu nazʼ oʻlsalar pok,
Gar sasl muabbad oʻlsa nebok?
Oshiqki murodi kom boʻlgʻay,
Oshiqliq anga harom boʻlgʻay.
Alqissa ul ikki yori dilband,
Chun boʻldilar oʻyla vasl payvand
Payvandi sipehrning uzuldi,
Ohangʻi jafo yana tuzuldi.
Yolgʻon kulariga boʻldi rogʻib
Kim, qildi tuluʼ subhi kozib(3).
Chun subh qarori togʻdin oshti,
Majnun yuragiga oʻt tutoshti.
Laylidin oʻlub tarab gurezon,
Tong shamʼidek oʻldi ashk rezon.
Bildilar ikovki charxi bemehr
Oʻz mehriga zohir etgusi chehr.
Yuz uzr ila qoʻptk sarvi navhez,
Nargislarin aylab argʻuvon rez.
Sharh ettiki fitnai havodis,
Oqshom ne ish etmish erdi hodis.
Yaʼni: «Turarimgʻa yuz jihatdur,
Borsam dagʻi ayni maslahatdur».
Bagʻri yarasin bu dogʻi soʻkti,
Baʼzi kecha oʻtkan ishni toʻkti.
Bir-birlarining oʻpub ayogʻin,
Toza qilibon firoq dogʻin.
Devopaga qoldi gʻam tuni dard,
Uz burjigʻa chiqti mohu shabgard.
Xush davlat erur visol shomi,
Ochilmasa subhi hajr domi.
Ul shom yuz ilcha gar havasdur,
Chun subh dam urdi bir nafasdur.

XXXII

Majnunning firoq toshi koʻksiga urar uchun Najd togʻini(2) oromgoh silgʻoni va ul togʻda koʻzidin toʻkkan bagʻar xunobasi bila lolazor ochilgʻoii va gʻazoli mushkboʻyi yodidin mushkin gʻazoli bila takallum tuzgoni va nasimi mushkafshon bila navo koʻrguzgoni(1).

Afsonasaroyi dardparvad,
Mundoq dedi bu fasonai dard
Kim, ul kechakim iki dilorom
Bir-birining vaslidin olib kom,
Dasht uzra birisi qoldi yolgʻuz,
Qoʻydi birisi qabilagʻa yuz.
Xoli qolib erdi xirgahi moh,
Soldi oʻzin anda mohi xirgoh(3).
El boʻlmadi holidin xabardor,
Kim vaslidin oʻldi bahrabardor.
Ul zumrai nomurod gʻofil
Kim, boʻldi anga murod hosil.
Chun subh kuyovdek aylab oro,
Jilva bila boʻldi oshkoro.
Tangi nafas etti oni asfar,
Ul rang ilakim guli muasfar(4).
Sohib xafaqon kuyov koʻz ochti,
Boshidagʻi el sari soʻz ochti.
Dediki keturdilar amori,
Azm ayladi oʻz visoqi sori.
Kim, zaʼfi qachonki boʻlsa zoyil,
Boʻlgʻay yana aylar ishga moyil.
Layliki uy ichra tutti taskin,
Hajr anduhidin koʻp oʻldi gʻamgin.
Yor isi topib edi dimogʻi,
Onsiz boʻla olmadi farogʻi.
Ham dardida bor edi qatigʻliq,
Ham ayshida bor edi achigʻliq.
Majnungʻaki stti davlati vasl,
Fahm etmagan erdi lazzati vasl.
Kuyub gʻam oʻtigʻa oʻylakim xas,
Vasl oti eshitur erdiyu bas.
Chun vasl ila toza boʻldi joni,
Noʻsh etti yuz obi zindagoni.
Toʻkti bu hayot noʻshin ayyom,
Tutti yana zahr toʻla yuz jom.
Hajriki anga murattab oʻldi,
Avvalgʻidin emdi asʼab oʻldi.
Koʻngli aro yuz baloyi hoyil,
Boʻldi, yana Najd sori moyil.
Ul qullaki Najd derlar oii,
Yer uza kelib sipehri soni.
Avjiki etib falak simoin,
Qoplondin olib qamar nizoin.
Ham qoplonidin asadgʻa emgak,
Ham takkasi jady birla hamtak(13).
Gulgunau vusmadin yuzi fard,
Yaʼniki yoʻq anda sabzau vard.
Qolqonigʻa onning urub tigʻ,
Bal mehr yuziga tegurub tigʻ.
Tigʻi uza pora-pora xora,
Andoqki qilichda sangpora.
Xoro edi jismi koʻh to koʻh,
Oshiqqa nechukki koʻhi anduh.
Oshiqqa jafo qilur uchun fosh,
Qoʻyniyu etaklari toʻla tosh.
Har xor anga hajr peshidek tez,
Har xora firoqdek gʻamangez.
Majnungʻa bu togʻ avji maskan,
Ul avjda xoraroʻbu xaskan.
Yaʼni buki tutqoch anda manzil,
Manzuri edi bori qaboil.
Layli hashamni qilib pishoni,
Koʻzidin nturmas erdi oni.
Bu navʼ qilib gʻamigʻa chora,
Ul hayni qilur edi nazora.
Chiqsa edi ul qabiladin dud,
Aylar edi koʻznn surmaandud.
Gard oʻlsa falak sori alamkash,
Bor erdi koʻziga toʻtiyovash.
Urdi yana ul taraf qadamni.
Tortib yana ohi dam-badamni.
Ul togʻ uza chiqti otashangez
Apdoqki biyikka oʻt chiqar tez.
Tikti yana ul qabilagʻa koʻz,
De boshladi oʻz-oʻzi bila soʻz.
Davrida vuhush boʻldi paydo,
Hush ichra alar vale bu shaydo.
Girdida tuyur boʻldilar jamʼ,
Parvopa alar valek bu shamʼ.
Bu navʼ boʻlub shiori oning,
Ul xayl ila roʻzgori oning.
Ul vahshki erdilar jalisi,
Bir jayran edi aning anisi,
Ham koʻziyu boʻyni shoʻxu nozuk,
Ham paykaru shaxsi chustu chobuk.
Surat anga lutf xomasidin,
Nofa anga jon shamomasidin(6).
Devonagʻa yoru oshno ul,
Takya qilur oʻlsa muttako ul.
Boʻynin quchar erdi koʻrguzub mehr,
Surtar edi chehriga aning chehr.
Ashkin aritib qulogʻi birla,
Jismini qashib tuvogʻi birla
Vasfi ora soz etib tarona,
Der erdi qulogʻiga fasona:
«Key dilshudalarga oshno xoʻy,
Boshdin-oyogʻinggʻa oshno roʻy.
Molida taning ipak kiyib jum,
Ostingda ipak eriga qoqum.
Ham toza kuful bila sarining
Ham turfa uzor ila jabining(7).
Ogʻzing aro loladin navola,
Tildin qolib anda bargi lola.
Tishlar sanga lola uzra moʻldur,
Moʻldur demayinki rishtai dur(8).
Qilmoq bila lola bargidin qut
Erning topibon dur uzra yoqut.
Rang ichra iki koʻzung qarosi,
Pozahri(9) ila qaro arosi.
Yuz noʻshdin elga etkurub bahr,
Har koʻz yumub ochqucha bu pozahr
Yo qatl qilurgʻa keldi xashming,
Pozahrdin oʻldi zahr chashming?
Pozahr dema, qaro balo ul,
Jon birla koʻngul aro balo ul.
Layli koʻzidek fusungaru shang,
Besurma, valek surmai rang.
Nozuk qalaming nazarda mutlaq,
Yoʻngʻon qalamidurur uchi shaq(1)v.
Tuynoq emas anglasam kamohi,
Yuqmish qalam uchigʻa siyohi.
Raʼno soʻngaging soʻngakka payvand,
Andoqki qalamda ham boʻlur band,
Bu turfaki yozgʻali raqamni,
Yoʻqmishsen bandlnq qalamni.
Ushbu qalampng bila xirom et,
Layli hashami sari maqom et.
Chiqqanda bahor gashti sori,
Gar tushsa ssning sori guzori.
Davr ayla burun, yugur qiroqdin,
Evrul boshigʻa, vale yiroqdin.
Chun davr ila aylasang taku poʻy.
Tuproqqa har oʻn qadamda yuz qoʻy,
Tut sayrda yoʻl valek mendin,
Xoki rahi boʻl valek mendin,
Ham yuzni sening yuzungga surtay,
Ham koʻzni sening koʻzungga surtay.
Ul yonki xirom etar ravon boʻl,
Lola bila gul aro nihon boʻl.
Yetgach oyogʻigʻa surt yuzni,
Xoki qadamigʻa ikki koʻzni.
Boʻzlab gʻamim ayla oshkoro,
Mungrab mungum ayt bemadoro».
Bu navʼ kiyik bila niyozi,
Qushlar bila oʻzga navʼ rozi.
Har birga deb oʻyla qissai gʻam
Kim, qush tili yolborib damodam.
Jon safhasi uzra noma yozib,
Har lafz yozarda koʻngli ozib.
Jon rishtasi birla nomani chust,
Bogʻlabon alar qanotigʻa rust.
Gah tayri havodin aylab eʼlom,
Gah bodi sabodin aylab eʼlom.
Koʻngli havasi visoli birla,
Lekin bu havas xayoli birla.
Ul vaslki toimish aylabon yod,
Oning bila koʻnglin aylabon shod.
Yuz yil kishi hajr aro chekib dard,
Boʻlsa nafase visol parvard.
Gʻam yoʻq yana boʻlsa hajr payvast,
Ul ham manga(11) vahki, bermadi dast!

XXXIII

Majnunning ato-anosi aning muhlik firoqidin halok oʻlub, ul alarning bu navʼ voqialarini voqiada koʻrub tufrogʻlarigʻa eldek etib, ato goʻri boshida yatimlik dardi bila va ano qabri toshida asirlik mungi bila navha qilgʻoni*.

Bu bazmi gʻam ichra dardparvard,
Bu navʼ chekar surudi purdard
Kim, Navfal uyidin ul jigarxun
Yaʼniki gʻarib xasta Majnun,
Chun bodiya sori azm qildi,
Tonglaki ato-anosi bildi.
Baskim kelibon ulus uyoti,
Qatʼ oʻldi ikisining hayoti.
Ozim boʻlub uyga zorligʻdin,
El olida sharmisorligʻdin.
Yuzlandi atosigʻa isitmoq,
Ter suyini jismidin ilitmoq.
Bistar uza yotti dard birla
Issigʻ teru ohi sard birla.
Koʻproq necha qildilar iloji,
Sihhatqa yuz urmadi mizoji.
Hikmat eli koʻrguzub mahorat,
Kam boʻlmadi tabʼidin harorat.
Sharbat kibi ichsa erdi kofur,
Tabʼi oʻti aylar erdi mahrur(2).
Chun naxli hayot boʻldi bebarg,
Sharbat boʻlur elga sharbati marg.
Gar bersa tabib tuxmiyona,
Bil zahri giyah butarga dona(3).
Ich qabz topar taranjabindin,
Safro ortar sikanjabindin(4).
Boʻlur taʼviz birla afsun
Bois bori ranj oʻlurgʻa afzun.
Bas muhlik edi mariz ranji,
Boʻlmadi iloj chora sanji.
Chun etti surushi osmoni,
Topshurdi vadiati nihoni(5).
Azm ayladi tayri sidra maskan,
Uz maskanin etgali nishiman
Yuzlandi qabilagʻa azoyi,
Soʻg ahligʻa tushti hoy-hoyi.
Bu voqia ichra notavon zol(6),
Andinki degaylar oʻldi badhol.
Bir yondii oʻgʻul gʻamu shikanji,
Bir yondin abushqa(7) dardu ranji
Baskim oʻzin etti pora-pora,
Yoʻq erdi hayotidin shumora.
Oq sochin uzubki elga berdi
Bir tor zaif jismi erdi.
Oni dogʻi gunbazi jafokoʻsh,
Uz juftigʻa ayladi hamogʻoʻsh.
Gar oʻgʻli firoqi birla ketti,
Ne boʻlsa abushqasiga etti.
Tuttilar aning dagʻi azosin,
Kiydilar aning dagʻi qarosin.
Goʻristoniyi muayyan erdi
Kim, ul hay eliga madfai erdi,
Chun etti koʻz ochmas uyqu chogʻi.
Yondoshti ikovla anda dogʻi.
Mundinki ne feʼl qildi gardun,
Najd uzra xabarsiz erdi Majnun.
Bir kun oshibon ichiga qaygʻu,
Keldi nafase koʻziga uyqu.
Chun koʻzlari boʻldi rohatomez,
Koʻrguzdi xayoli suratangez
Kim, ikki kabutari yagona,
Bir uyda chiqordilar javona(8).
Chun chiqti javonagʻa paru bol.
Charx ayladi oni muztarib hol.
Oshufta boʻlub dimogʻu royi,
Boʻlmish edi muddate havoyn.
Ato-anodin tamom uzuldi,
Sahroyi xiyal aro qoʻshuldi.
Ul ikkisi keltururga oni,
Parvoz ila tuttilar havoni.
Toptilaru rom boʻlmadi hech,
Joʻyoyi maqom(9) boʻlmadi hech.
Yondilar alar ikovla novmid
Kim, boʻldi ayop baloyi jovid:
Yuqoridin indi ikki burgut,
Qildilar iki hamomani qut(10).
Chun voqia koʻrguchi koʻz ochti,
Koʻzdin qonligʻ sirishk sochti.
Chun istadi ul tushiga taʼbir,
Oʻz holigʻa dol topti bir-bir.
Bildiki ato-anosi oʻlmish,
Xurshedi hayoti tiyra boʻlmish.
Togʻdin qoʻpub ayladi quyi mayl,
Har qoʻlgʻa toʻkub sirishkidin sayl
Ul ergacha aylab ohu zori,
Gom urdnki xaylining mazori.
Qildi chu quburni(11) nazora,
Boʻldi iki qabr oshkora.
Tufrogʻlar aro yangi yasalgʻon,
Gʻam balchigʻidin yuzi suvalgʻon.
Ustiga yogʻib gʻubori mehnat,
Butgon ayogʻida xori mehnat.
Mehnat tikanidin ochilib vard,
Rayhoni mashaqqatu guli dard.
Lolasidakim, koʻrunub anbuh,
Xunobi firoqu dogʻi anduh.
Toshi ushotib nishot ayogʻin,
Gardi yoshurub tarab charogʻin
Vaʼzi iki shamʼkim yiqilgʻon,
Anduh shamoli tiyra qilgʻon.
Madfunlari ikki gʻam sirishta,
Ul navʼki shamʼ ichinda rishta.
Dema iki shamʼi munxasifdek(12),
Oshiq tanida iki alifdek.
Qilgʻon ani jismi xoksori,
Joni bila koʻnglining mazori.
Chun koʻrdi ato-ano mazorin,
Goʻyo choqin urdi jismi zorin,
Boshigʻa sovurdi oncha tufroq,
Goʻyoki yiqildi bu kuhan toq.
Tosh urmoq ila tani najandin,
Goʻyoki oyirdi band-bandin.
Chekmak bila oh oʻti duxonin,
Tor ayladi dahr xonumonin.
Urdi atosi mazorigʻa bosh
Kim, kul-koʻmak etti boshin ul tosh.
Chun chekti figʻoni jon gudozin
Mundoq toʻkti nuhufta rozin:
«Key bodiya ahli arj(umandi!
Koʻk toqigʻa himmating kamandi.
Ne bodiya, balki Makka to Shom,
Dasht ahligʻa xoni rahmating om.
Aʼrobi kiromi zerdasting,
Mendin etibon bori shikasting.
Ham koʻnglung oʻlub gʻamimda noshod,
Ham umrung oʻlub ishimda barbod.
Istab menn boʻlgʻali farogʻing,
Mendin oʻchubon yoruq charogʻing.
Topmoqda meni sochib diramlar,
Topmay mendin, bajuz alamlar.
Gavhar bila zsbligʻ tilab bosh,
Boshigʻa hamul guhar boʻlub tosh.
Zaxminggʻaki istabon fatila,
Dogʻ oʻrtagali boʻlub vasila.
Tigʻiki tilab nechukki poki,
Ham andin oʻlub taningda choki.
Shamʼ istabon uy qilurgʻa ravshan,
Andin kuyub, uy demayki, xirman.
Yaʼni meni mubtaloni istab,
Ikki yuzi chum qaroni istab.
Olib bu qaro esing qaroring,
Aylab qaroroʻz — roʻzgoring.
Bu gʻamda netib tirik boʻlay, voy?
Uzrungni ne til bila qoʻlay, voy?
Amring bila chunki tutmadim yoʻl,
Ruhunggʻa nechuk deyin bihil boʻl?
Nogoh ar mendnp oʻyla toʻydung
Kim, gʻam togʻin orqam uza qoʻydung.
Bir-bir soʻngagim ushotting oxir,
Tufroqgʻa tanimni qotting oxir.
Har nechaki bor esam bad axtar,
Qilgʻon esa toliim rad axtar.
Afv ayla karam bila gunohim,
Ruhungni-oʻq ayla uzrxohim».
Tosh uzra qilib tanini sarkoʻb,
Mijgonini aylabon zaminroʻb.
Chun boʻldi vatan anosi goʻri,
Tushti yapa olam ichra shoʻri.
Koʻksin yoqa oʻrnigʻa qilib chok.
Urdi yuragiga tigʻi bebok.
Yerni tengiz etti ashkidin sayl,
Boligʻdin oʻlub quburi bir xayl.
Qum ustida lek tobi ohi,
Oʻz jismini etti toba mohi(13).
Toba uza jismi soʻznoki,
Bugʻdoy kibi koʻksi uzra choki.
Andoq tani dardnok birla,
Yoʻq, yoʻqki, bu jismi chok birla
Koʻp abri bahordek oʻkurdi,
Kaf sayl kibi yuziga urdp.
Qildi anosigʻa moʻya ogʻoz,
Yuz dard ila boʻldi navha pardoz:
«Ksy jonima qibla, qnblama nur,
Mushkung boʻlub emgakimda kofur.
Jonim tarabi koʻzum charogʻi,
Koʻnglum xushi xotirim farogʻi.
Sen Kaʼba mangavu men tilab dayr,
Tavfing sori hech qilmayin sayr.
Solib sanga iztirob har dam,
Kaʼbamni qilib xarob hardam.
Kaʼbam boʻlmish mening xarobim,
Tengriga ne boʻlgʻusi javobim?
Jisming sadafida charxi avbosh,
Solgʻon emish inju sogʻinib tosh.
Tuqqonda ne boʻlgʻay oʻlsam erdi,
Tugʻmogon ila teng oʻlsam erdi,
Ulmay meni mudbiri siyahroʻz,
Boʻldum sanga chun baloyi jonsoʻz.
Mehrimgʻa koʻngulni moyil etting,
Qoʻl mahdim uza hamoyil etting,
Har kun ichinga ishimda qaygʻu,
Har tun koʻzunga harom uyqu.
Uyqungni harom etib figʻonim,
Tinmay kecha zor yigʻlagʻonim.
Kunduz-kecha mehnatimda tinmay,
Ichmakni, emakni ham sogʻinmay.
Gar luqmai nonki aylabon qut,
Andin gʻarazing boʻlub manga sut.
Bu navʼ umed ilaki nogoh,
Boʻlsa sanga zoli charx kinxoh.
Mehnat yukidin qading xam etsa,
Chin birla yuzungni darham etsa.
Jismingga zarurat oʻlsa bistar,
Boshing dogʻi boʻlsa takya istar
Men xam qad ila turub qoshinggʻa,
Gardun kibi evrul^ub boshinggʻa.
Qul yangligʻ oʻgʻullugʻungni qilsam,
Ugʻul kibi qullungʻungni qilsam.
Harnavʼ etishsa charxdin band,
Mening bila koʻnglung oʻlsa xursand.
Chun boʻldi bu ish ayon hamono,
Sen zoru zaifu men tavono.
Ham shaybgʻa qoldi xasga joning,
Ham jilvagar oʻldi navjuvoning.
Mundoqda meni laimi mudbir,
Boʻlmay nafase boshingda hozir.
Shafqat bila tutmayin qoʻlungni,
Koʻz birla supurmayin yoʻlungni.
Ranjing tani notavongʻa qoʻymay,
Ushbu minnatni jongʻa qoʻymay.
Yoʻq kam xizmatligʻ ayladim koʻp,
Kofiri neʼmatligʻ ayladim koʻp.
Sendin tunu-kun judoligʻ ettim,
Bilmasligu bevafoligʻ ettim.
Solgʻondek oʻzumni telbalikka,
Koʻnglung ola olmadim ilikka.
Dardinggʻa xud etmadim davoyi,
Bu turfaki har nafas baloyi.
Mendin seni notavongʻa etti,
Koʻnglung alamimda jopgʻa etti.
Goʻyoki bu ranji begarondin,
Chiqting gʻamu dard ila jahondin.
Men harzyasaroyi dashtpaymoy,
Yoʻqkim Majiuni besaru poy.
Ruhungniki ravzadur panohi,
Jannoti naim jilvagohi.
Mendin bilsamki shod emasdur,
Oʻzdin oʻzuma bu zulm basdur.
Bechoramen oʻzga naylagaymen,
Dardimgʻa ne chora aylagaymen?».
Deb boʻyla surudi benavoliq,
Yo navhaki aylagay azoliq.
Mashʼuf bu navʼ soʻzpi derga,
Koʻp urdi sinuq boshini erga.
To zaʼf qilib yana dimogʻi,
Past oʻldi er uzra jismi dogʻi
Uzdin yana ul masoba ketti
Kim, koʻni ato-anogʻa etti(14).
Ey doʻst, boshimgʻa bir nafas et,
Motamzadaliqqa boqu rahm et
Kim, boʻldi bu bekasu faqiring,
Hajr ichra yatimingu asiring.

XXXIV

Majnunning yor hajri oʻtidin kuygan tanigʻa ato-ano soʻgi yana ikki muhlik dogʻ qoʻygʻon jihatdin mehnati qattigʻ boʻlgʻonin Layli eshitib ul soʻxtani kuydurgon oʻtlar tobidin isitib dudidin roʻzgori hayoti qaro boʻlgʻoni.

Bu safhani aylagan zarafshon,
Soʻz bu sifat etti gavharafshon
Kim, telbaki bor edi navosiz,
Chun boʻldi atosizu anosiz.
Oʻrtab edi oni yor dogʻi,
Zam boʻldi bu ikki zor dogʻi.
Hijron berib erdi zahri qotil,
Oʻlguncha bu soʻgi qildi bismil.
Furqat ushoturgʻa toshin otti,
Singʻonni bu soʻg ham ushotti.
Dard ustiga dardi chun uzoldi,
Ul goʻriston ichida qoldi.
Bor erdi maqomi ul hazira,
Olam anga misli goʻr tiyra.
Har kun ishi shaynu nola qilmoq,
Yuz gʻamgʻa oʻzin havola qilmoq.
Uz jonigʻa aylamoq jafolar,
Tutmoq oʻzi-oʻziga azolar.
Ato-ano furqati iki dogʻ
Hijron quyub ikki oʻt uza yogʻ.
Garchi iki dogʻ edi nihonsoʻz,
Hijron oʻti erdi barqi jonsoʻz.
Chun muncha gʻamu balo yigʻildi,
Ul gʻamkashu mubtalo piqildi.
Zaʼf oʻldi tanigʻa oʻyla gʻolib
Kim, yotti hamul damanda qolib.
Boshi uza domu dad solib shoʻr,
Kiyiklar ediyu ul qolip goʻr.
Boʻldi anga ish chu boʻyla mushkil,
Bu navʼ rivoyat etti noqil
Kim, andaki gulruxi parizod,
Boʻldi Majnuni vaslidin shod.
Ul vaslni charxi bemuhassal,
Qildi yana hajr ila mubaddal.
Marham yarasigʻa yoqqach-oʻq bot,
Oʻt yoqti talashib oni, hayhot.
Oʻrtar edi bu oʻt ul sanamni,
Doʻzaxqa solib guli Iramni(2).
Mahzun edi joni zori asru,
Betob tani nizori asru.
Chun yorigʻa etti boʻyla motam
Kim, oʻldi anga ato-apo ham.
Bu dard gʻamin fuzunroq etti,
Anduhi yoʻlin uzunroq etti.
Ul voqealarki dast berdi,
Bilmish edikim sabab ul erdi.
Majnun aning erdi dardnoki,
Majnunning ato-ano haloki.
Bu ishgaki charx qildi hodis,
Bir vosita birla erdi bois.
Bu mehnat ani najand qildi,
Anduh oʻtigʻa sipand qildi.
Yigʻlar edi bu fasonani deb,
Navxa bila bu taronani deb
Kim, «ey kajrav sipehri xudroy,
Zulmungdin voyu yuz tuman voy!..
Jonimgʻa necha sitam qilursen?
Koʻnglumga nasib alam qilursen?
Bir gulga necha taponcha urmoq,
Yaprogʻlarinn uzub sovurmoq?
Har bargki boʻyla boʻldi holi,
Qilmoq bor xalq poymoli.
Ul barg gʻam elga bermas erdi,
Bir kavkabi nahsing ermas erdi.
Bir sarvgʻa zarbi dast bermak,
Har shoxigʻa yuz shikast bermak.
Urtab oʻtunini betaammul,
Shoxin oʻtu, oʻtin aylamak kul.
Ul sarv emas erdi zuzanobing,
Nahsiyatidin jahon xarobing?(3)
Bir laʼlgʻa pecha xora otmoq,
Ikki tosh arosida ushotmoq?
Ham boʻlmayin iktifo bu poya,
Toshlar aro aylamak saloya.
Bahrominga(4) ermas erdi hamsang,
Qoni bila tutmamish edi rang.
Chun koʻrmak bir gʻazoli mushkin,
Chekmak qatligʻa xanjari kin.
Bismildin ham kanora qilmoq,
Har uzvini boshqa pora qilmoq.
Bu bor edi bir gʻazoli xushboʻ,
Xud shum asading emas edi bu.
Bir turfa tazarv uchun qoʻyub dom
Tutqoch qatlida tutmay orom.
Yulmoqqa parin shitob qilmoq,
Ut uzra ani kabob qilmoq.
Ne boʻlsa bu erdi bir tazarv-oʻq
Sayd etguchi nasri toyiring yoʻq.
Layliyi zaifu bepavoni,
Yuz dardu baloga mubtaloni
Oʻlturmak ila ham etmayin bas,
Hajr oʻtigʻa solmoq oʻylakim xas.
Bu Layli edi nedur xayoling.
Ermas edi hiyla pesha zoling?!
Sovrulgʻasiz, ey ravanda aflok!
Qoʻzgʻolgʻasiz, ey nujumi bebok!
Jismimni qatil qildingizlo!
Jonimni zalil qildingizlo!
Bugʻdoy kibi necha qovruloyin,
Somon kibi necha sovruloyin?
Ham hujrai xilqatim buzoʻldi,
Ham rishtai toqatim uzuldi.
Jismim gardin uchurdi ohim,
Ey charx, arimadimu gunohim?!
Buzdi koʻnglim uyin shikanjing,
Ey dahr, tuganmadimu ranjing?
Bu dardu shikanj ham mangadur,
Yerimdagʻi ranj ham mangadur.
Oningki ato-anosi oʻlmish,
Goʻyoki manga bu soʻg boʻlmish.
Ul gar boʻlub ersa dardparvard.
Lekin manga ikki onchadur dard,
Anga ato-anoning gʻamidur,
Ham bu manga, ham aning gʻamidur.
Layliki baloyifurqati bor,
Iki Majnuncha mehnati bor.
Umr anga gʻalat havasdur oxir,
Jon tarki ajab emasdur oxir!»
Chun navhasi oʻti haddin oshti,
Jismigʻa harorati tutoshti.
Ul oʻtdin isitti mehri gulchehr,
Andoqki zavol chogʻida mehr.
Gul bargiki terdin oʻldi serob,
Ham topti isitma oʻtidin tob.
Ter suyi bila araq nishin gul„
Hummo oʻti birla otashin gul(5).
Bor erdi ano ishidin ogah,
Chun qizni bu navʼ koʻrdi nogah
Koʻngli ishi iztirob boʻldi,
Goʻyo jigari kabob boʻldi.
Bagri kuyaridin ul jigarxor,
Qildi atosin dagʻi xabardor.
Yuzlandi anga dagʻi malolat
Kim, koʻrdi qizida saʼb holat.
Yigʻlab ato-ano, bal ahibbo,
Boshigʻa keturdilar atibbo.
Koʻp boʻldi quyoshning iztirobi,
Yuzda sorigʻi tanida tobi.
Sihhatqa tabib xasta tolib,
Xasta badanida zaʼf gʻolib.
Saʼy etti hakimi Isaviy dam,
Boʻlmodi qoʻyosh harorati kam.
yoʻq erdi muolajatda behbud,
Chun etti ajal iloj nesud?
Har kun tani zaʼfi ortar erdi,
Anduhi uzoqqa tortar erdi.
Afzun edi dam-badam sudoi
Kim, tushti bu soʻz ham istimoi
Kim, «Darddin ul asiri motam,
Oʻlgudek oʻlubturur damodam.
Goʻriston ichra zoru mahjur,
Oʻlgon knshidek hayotdin dur.
Goh oʻzida, goh yoʻq oʻzida,
Mayyit(6) kibi nur yoʻq koʻzida.
Oʻz motamn birla jismi ranjon
Darding xud olur bu jismidin jon.
Boʻlmish anga yuz gam uzra motam,
Sensiz ishi motam uzra motam.
Joni gʻamu dard poymoli,
Haddin tosh erur xarob holi».
Mahvash chu zshitti bu fasona,
Oʻti bir edi ming oʻldi yona.
Umri kemasi vahalgʻa botdi,
Koʻnglipi oʻlumga qoʻydi, yotti.
Qilmon yana, ey tabib, parhez,
Dardim oʻti dam-badam boʻlur tez.
Sharbatdin erur ichimda tobi,
Bergil iligimga sharbat obi!

XXXV

Xazon eli bogʻ zebolari hayoti shamʼin oʻchurganda Layli hayoti bahorining gullarini ajal xazoni tundbodi koʻkka sovurub, Majnunning dogʻi bulbuli ruhi badan kafasin gulbun uzra tashlab, ul havolangʻon gul bargi soʻngincha havo tutkoni(1).

Chun etti xazon elining ohi,
Boʻston chiroyini qildi kohi.
Yaproq yuzi boʻldi barcha sorigʻ,
Oyin magar oʻldi sorigʻ ogʻrigʻ.
Har bargki xastavor yotti,
Yer bistarida oyogʻ uzotti.
Goʻyo tubida uzun sabogʻi,
Boʻldi uzun aylagan oyogʻi.
Yel oʻyla etishti mahrajondin
Kim, barg koʻtardi mehr jondin(2).
Titratmaga qoʻydi yuz shajar ham,
Uy kunjiga chekti yuk samar ham.
Sarsar solibon chamangʻa toroj,
Boʻston elin ayladi yalangʻoch.
Ul oʻtki chinor ichiga tushti,
Gardungʻa sharorasi yovushti.
Boʻston tifli topib bu hiyla,
Ul oʻt bila kuydurub fatila.
Yel bargin uchursa bogʻ sori,
Gulrez toʻkub bori chinori.
Gard ayladi bogʻni shabiston,
Yafrogʻ ani qildi kavkabiston.
Bu tturfaki yuz tuman kavokib,
Tufroq sori boʻldi barcha gʻorib.
Bir koʻzgu har axtari xujasta,
Zohir qilibon sabogʻi dasta.
Yuz koʻrguzmay ne kelsa oʻtru,
Ul navʼki oltun oʻlsa koʻzgu.
Sorigʻ varaq ol obkashdin,
Oshiq yuzi ashki laʼlvashdin.
Ul ashk chekib bu yuzda xatlar,
Qatra kibi har sori nuqatlar.
Har bargi shajargʻa nomai marg
Nuqtalari yangligʻ ayrilib barg.
Yel suv uza bargi asfarafshon,
Movi varaqi yasab zarafshon(3).
Yoʻq, yoʻqki, oqar suv tigʻi sofi,
Oltundin oʻlub oning gʻilofi.
Alvon bila tok bargi raʼno,
Raʼno kaf aro nigoru hinno.
Ul fasl ketibki gulda sunbul,
Ochqay gulgun yuz uzra kokul.
Lola kafiga xizob bergay,
Zulfigʻa binafsha tob bergay.
Bir vaqt etibki tund sarsar
Vpqay suv hariri uzra marmar.
Gul soʻgini bogʻ toza etgay,
Gardun uza el xurushi etgay.
Bulbul toimay oʻzin azosiz,
Boʻlgʻay pari boʻynigʻa qaro kiyz
Chun ettn bu navʼ roʻzgori,
Uchradi xazongʻa navbahori.
Gulshangʻa xazon boʻlub sitezon,
Ashjorigʻa soldi barg rezon.
Gulbargini qildi er uza past,
Naxlin qora erga qildi hamdast.
Ham lolasin etti zaʼfaroni,
Ham qildi bahorini xazoni,
Chun soldi xazon sovurdi haryon,
Gul barglarin uchurdi haryon.
Layligʻakim erdi husn bogʻi,
Jannat guli boshidin ayogʻi.
Ul zaʼf nasimi tez boʻldi,
Boʻstonigʻa bargrez boʻldi.
Ochildi kamand zulfidin tob,
Jonlar boʻyinidin oldi qullob.
Husni shahin etti zaʼf noshod,
Tutqunlarin ochib etti ozod.
Ozodlar oʻldi tez raftor,
Tek qoldi hamonda bir giriftor.
Qoshlari ikki qulochin ochib,
Zoʻldi koʻzi uylariga hojib.
Yaʼniki ham anda kirmasun noz,
Ham boʻlmasun ul ulusqa tannoz,
Qon yosh etti gulini toza,
Mashshotai marg urdi gʻoza.
Yaʼni «chu ishq ayirsa jondin;
Chiqqungdur surxroʻ jahondin».
Xay saylidinul ruxi araqnok,
Yub gʻozau nilu vusmadin pok.
Yaʼni iturub xazonda bogʻi,
Gul birla binafsha, sabza dogʻi.
Shahdi labi tobdin qurushti,
Yoʻq, yoʻq biri-biriga yopushti.
Yaʼni labin etti nuktadin band,
Boʻldi uchugʻ anda muhr monand.
Chohi zaqan ogʻzin ochti dilxoh,
Nilin xoli kabutari choh(4).
Yaʼni bu kabutar oʻlgusidur,
Tufrogʻ ila chu koʻmulgusidur.
Yopti chu etishti boʻyla bandi,
Gul uzra binafshagun parandi.
Yaʼni uyoqurda mehri dilkash,
Yuzida binafsh abr erur xush.
Bu holda nozanin musofir,
Qildi sakaroti mavt(5) zohir.
Jazm ettiki ketmagi kerakdur.
Jon tarkini etmagi kerakdur.
Xilvat talab aylabon zamone,
El kasratidin topib amone.
Oʻz oligʻa istabon anosin,
Arz etti nuhufta mojarosin:
«Key joning oʻlub mening makonim
Kim, joninga sadqa xasta jonim.
Ranjimni oʻzungga olding asru,
Dardu alamimgʻa qolding asru.
Ming yil ham agar tirik boʻloyin,
Uzrungni ne til bila qoʻloyip?
Xossaki gulum xazongʻa tushti,
Day eli bu gulistongʻa tushti,
Bedod sipehr qildi noyob.
Bogʻimda gulu gulum aro ob.
Sarvimgʻa ajib surat oʻldi
Kim, tarki chaman zarurat oʻldi.
Har hol ila ketmagim etibdur,
Bu bogʻda boʻlmogʻim ketibdur.
Bu damki erur mahalli padrud,
Qissamni yashurmogʻimda yoʻq sud.
Sen bildingu aylading madoro,
Men emdi qilurmen oshkoro:
Bu lahzki topshurub vadiat,
Tufrogʻ sori aylagum azimat.
Desamki azogʻa qilma koʻp mayl,
Har sori oqizma ashkdin sayl.
Yuz qilma taponcha birla majruh,
Bedod ila ranja aylama ruh.
Yer tutmagʻusi bu soʻz bilurmen,
Bir oʻzga vasiyating qilurmen
Kim, tutma bu soʻg aro azo koʻp,
Kiydurma uzoringa qaro koʻp.
To mumkin oʻzungga sabr yor et,
Taskinu shikeb ixtiyor et.
Tengri sanga sabr yor qilsun,
Xayling uza poydor qilsun.
Gul borsa chamangʻa boʻlmasun dard,
Kun botsa falakka etmasun gard»(6).
Koʻp boʻyla duolar aylab oni,
Fosh ayladi nuktai nihoni
Qim, «Boʻlsa, bu motam oshkoro,
Fahm etgusi ahli koʻhu sahro.
Shak yoʻqki mening gʻaribi zorim,
Gʻam shomida tiyra roʻzgorim,
Jismida hayot yodim oʻlgʻon,
Ulmakligi xayrbodim oʻlgʻon,
Gar dasht uza sayr etar sabodek,
Gar togʻ aro chirmanur sadodek;
Bu soʻz qulogʻigʻa etgusidur,
Bu hodisani eshitgusidir.
Yumkinki qachon bu zor eshitgach,
Bu qissai jongudoz eshitgach,
Ruhum sori ruhi istabon yoʻl
Oʻz qolibin aylagay tihi ul(7).
Yo ulki buyon azimat etgay,
Umrum kunidek boshimgʻa etgay.
Oʻzdin ketorib firoq javrin,
Koʻrguzgay ulusgʻa ishq tavrin.
Tufrogʻima tufrogʻini qotgʻay,
Ruhini mening sori uzotgʻay.
Jonsiz boʻlubon tani nizori,
Tufrogʻ uza yotsa jismi zori.
Zinhorki aylab ehtiromin,
Yonimda yasogʻasen maqomin.
Ul jismi sharif xud erur pok,
Yoshing bila ham yusang emas bok,
Qoʻy kinau lutfu mehr fan qil,
Jon pardasidin anga kafan qil.
Chirma meni dogʻi ul kafangʻa,
Bir jins kafan iki badangʻa.
Farzanddek aylab anga asbob,
Farzanding ila qil oni hamxob.
Chun ruh ila ruh topti payvand.
Bir mahd aro yotqur ikki farzand».
Yumdi tugatib anosigʻa soʻz,
Ham soʻzdinu ham anosidin koʻz.
Jonin Majiun soʻzida berdi
Hargiz Layli degil yoʻq erdi.
Chun koʻrdi anosi bu qaro kun,
Chekti bu qaro gaun ichra bir un
Kim, bagʻri sipehrning teshildi,
Ul nola oʻqi guzora qildi.
Evruldi boshigʻa dilraboning,
Andoqki ajal boshigʻa oning.
Qoʻz qoʻydi toboni uzra yigʻlab,
Uygʻotgʻali kirpiki qichigʻlab.
Yaʼni: «Emas uyqu vaqti koʻz och,
Xandon chskibon ayogʻni soʻz och».
Gah qoʻynigʻa tortibop qoʻlin chust,
Titrab yigʻlab quchar edi rust.
Yaʼni anga uyqu haddin ortib,
Uygʻotmoq uchun qoʻlini tortib,
Oshufta sochin gahi qilib jamʼ,
Ul tiyra tun ichra koʻrguzub shamʼ.
Yaʼni: «Kecha qolmadi qarongʻu,
Koʻz ochki lsunosib ermas uyqu».
Gah orazigʻa yuzin tegurdi,
Ruxsorigʻa ashkdin su urdi.
Yaʼni su tegib yuziga nogoh,
Seskangay oʻz uyqusidin ul moh.
Koʻp urdi bu navʼ pech ila tob,
Koʻz ochmadi mahvashi garonxob.
Uygʻonmogʻidin ch,u boʻldi navmed,
Tushti quyoshigʻa shomi jovid.
Oq sochini yoydi navha tuzdi,
Har nschaki urdi borin uzdi.
Ohidin etib jahoppi mahrur.
Taskiniga separ erdi kofur.
Koʻksini yaqodek etti pora
Kim, koʻnglidin urdi oʻt sharora.
Andoqki yaqoni subh etib chok,
Chekkay shararini mehri aflok.
Tirnogʻlarin chu yuzga qoʻydi,
Tirnogʻ, tirnogʻcha erlar oʻydi.
Uygʻonlar ichindakim sizib qon,
Koʻz chashmalaridek oqizib qon.
Deb nahva bila bu tortibon voy
Kim, «Ne ogʻir uyqudur boʻtam hoy?
Koʻz ochki erur havoyi ravshan,
Qizlarga erur havoyi gulshan.
Borigʻa tavofi bog mayli,
Mavqufki mayl etarmu Layli.
Yuz zevaru dur toqibdururlar
Yoʻlunggʻa sening boqibdururlar.
Margʻulai sunbulung ochoyin(8),
Olamgʻa abiridin sochoyin.
Zohir qilaiin yugʻonda oni,
Zulmat aro obi zindagoni.
Ochqonda ani tararda qoʻllar,
Zulmatda qilay padid yoʻllar.
Urmak ochilurning oʻlsa dafʼi,
Ganjing uza tashlay ikki afʼi(9).
Afʼi neki anbarin tanobi,
Bogʻlargʻa koʻngullar anda tobi,
Vusmadin etay qoshingni ranggin,
Koʻz tuki qilichigʻa yashil qin.
Koʻzungga savod surma tortay,
El koʻziga dahrni qarortay.
Gulguna chekarga qilsam ohang,
Zam aylay anga bu chehradin rang.
Har sori uzoringa chekib nil,
YoMON koʻz uchun ani qilay mil.
Shahdi labing ostida qoʻyay xol,
Ul nuqta kibiki yozsalar «bol»
Xoli qoʻyayin yuzungga yona,
Boʻston afroʻzi ichra dona(10).
Soching qiday oʻyla miʼjar oro,
Ham anda nihon, ham oshkoro.
Egningga solay libosi gulrang
Kim, ranggi xiradni aylagay dang
Yasab seni ofati zamona,
Gulshan sori aylayin ravona.
Qizlar bila ul taraf xirom et,
Din ahligʻa zuhdni harom et.
Majnun dagʻi intizor tortar,
Bogʻ ichra figʻoni zor tortar.
Sen kech borib ul batang kelsa,
Istab seni bedarang kelsa.
Soʻz aytsa ne qilay xitobin?
Soʻrsa seni ne beray javobin?
Ham meii, ham oni zor qilma,
Andin meni sharmsor qilma».
Ul boʻyla qilib jahonni tiyra,
Ohi bila osmonni tiyra.
Tashqori ato yalang qilib bosh,
Yirtib yaqo, koʻksiga urub tosh.
Yalgʻuz ato yoʻqki qavmu xayli,
Tortib bu azoda voyi-vayli.
Layligʻa solib bu hol taqdir,
Majnun soʻzin aylay emdi taqrir:
Yetmish edi ul qubur ichinda,
Uryon ahli nushur ichinda.
Goʻriston ichra jopi poki,
Goʻr axli kibi vujudi xoki.
Layligʻa chu boʻldi notavonligʻ,
Yiqti ani dogʻi xasta jonligʻ.
Maʼshuq chu dardnok boʻldi,
Oshiqni ne de halok boʻldi.
Oning bila barcha hol birla,
Gah tush bila, gah xayol birla.
Gah pok zamiru, goh hotif,
Dildoridin aylab oni voqif.
Ul kunga deginchakim parivash
Boʻldi ajal ilgidin qadahkash.
Devonada erdi pech ila tob.
Titrab koʻngli nechukki siymob
Kim, etti qulogʻigʻa xurushe,
Aytur edi bu xabar surushs:
«Key dardu balo sipohiga shoh!
Ishq ahli qoshingda xoki dargoh!
Ham kishvari dard qahramoni,
Ham zumrai ishq hukmroni.
Ishq ahligʻa qullugʻung havasdur,
Qoʻpqilki yoturgʻa vaqt emasdur
Kim, tushti xazongʻa toza bogʻing,
Tong eliga uchradi charogʻing.
Bulbullugʻung oʻlsa ayla parvoz,
Parvonaligʻingni qilgʻil ogʻoz(1)
Yor oʻldi safar ishiga mashʼuf,
Hamrahgʻadurur valek mavquf
Hamrahligʻing aylagungmu zohir,
Yo boʻlsunmu ul oy musofir?»
Devona chu bildikim nedur hol,
Garchi tani erdi zaʼfdin nol.
Qoplon kibi sekridi yotogʻdin,
Yo oʻylaki koʻk gʻazoli togʻdin.
Yuz urdi qabila sori holi,
Ogʻzida tarannumi visoli.
Jon qoʻlgʻa tutub nisorliqqa,
Sekrib oʻzi jonsiporliqqa.
Ham ashki nishot anga yogʻindek,
Ham poʻyada sekridi choqindek.
Mehri oʻti yoritub jahonni,
Bal mehr kibi tutub jahonni.
Ne koʻnglida qatldin harosi,
Ne dushmanidin ichinda posi.
El vahm qilib salobatidin,
Baʼzi dadu dom ofatidin.
Urdi Layli eshigiga gom,
Dadlar tutubon yiroqroq orom.
Xayl ichra shukuhidin tavahhum,
Andoqki qilib ilik-ayogʻ gum.
Chun etti ul ostongʻa boshi,
Kirdi uy ichiga betohoshi.
Layli qilibon safargʻa niyat,
Aylarda anosigʻa vasiyat.
Har nuktaki aylabon guzorish,
Majnunni qil)ur edi siporish
Kim, kirdi uy ichra yori joni,
Yoʻq, yoʻqki rafiqi jovndoni,
Bir-birga nazar kushod topti.
Ham bu va ham ul murod topti.
Jononigʻa ul fido qilib jon,
Bu jop beribon nechukki jonon.
Ul azm ztti chu topti yoʻldosh,
Bu olmadi yoʻlidin aiing bosh.
El kirdi uy ichra beshumora,
Majnun sori qildilar nazora.
Jismi yotib erdi erga maqrun,
Layli bila bormish erdi Majnun
Hayrat qilib ul qabilani lol
Kim, topti vuquʼ boʻlmogʻon hol.
Aylab bori elni ishq poki,
Ishq ichra bu oʻlmagi haloki.
Chun taʼziyat oʻtin ettilar past,
Bu turfa hadis oʻtti payvast
Kim, dafn ishi bordurur zarurat,
Ul tutqusidur ne navʼ surat.
Bori dedilar: «Bu ikki gʻamnok,
Har shoyibai fasoddin pok
Kim, umrlarida ishqi qotil,
Qilmay nafase alarni xushdil.
Hajr ichra toʻyub ramida jondin,
Armon bila bordilar jahondin
Chun ruhlarigʻadur nihoni,
Jannatda visoli jovidoii.
Netgay qoʻshulub iki badan ham,
Goʻr oʻlsa alargʻa bir kafan ham.
Vasl oʻldi chu ruhlargʻa hosil,
Tufroqqa tufroq oʻlsa vosil».
Ham shoʻx vasiyatin qilib yod,
Barcha bu fasoradin boʻlub shod.
Aylab ne keraklik oʻlsa mavjud,
Mayyitni yasab nechukki maʼhud(12).
Bir naʼshqa soldilar ikovni,
Jonsiz kelinu, oʻluk kuyovni.
Kirdi iki jism bir kafangʻa,
Yoʻq, yoʻq, iki ruh bir badangʻa.
Bir naʼsh ila ul iki dilorom,
Andoq edikim du dona bodom.
Yoʻq, yoʻq, dema oni ikki dona,
Ul dona emas edi dugona.
Dugoiagʻakim iki badandur,
Har birigʻa boshqa bir kafandur.
Bir dona edi vale iki juzv,
Bir-biriga uyla muttasil uzv
Kim, shiddati vahdati visoli,
Bermay anga ikkilik majoli.
Donadek oʻlub iki badan bir,
Dona qobugʻi kibi kafan bir.
Alqissa ul ikki yori joni,
Topqoch bu visoli jovidoni.
Naʼsh uzra yopib hariru debo,
Rangi xushu, naqshi dogʻi zebo.
Bosh ustiga eltmak qilib fan,
Ul ergachakim bor erdi madfan.
Tobut ila ikki dilraboni,
Madfan ichiga kirib nihoni.
Yetkurdilar oʻz nishonasigʻa,
Tufroq gʻaribxonasigʻa.
Tufroqqa qoʻyub alarni hayhot,
Chun tiyra uy erdi chiqtilar bot.
Yoshurdi chu oyu kun yuzin abr,
Chun goʻr bir erdi, boʻldi bir qabr.
Ishq ahligʻa oʻchti shamʼi ummed
Kim, er quyi botti oyu xurshed.
Ne ishq eliga shoh qoldi,
Ne husn avjida moh qoldi.
Layli atosi anosi birla,
Xayli dagʻi aqrabosi birla
Har kun iki vaqt edi yigʻilmoq,
Ul qabr boshida navha qilmoq.
Bir-bir berdi mururi ayyom(13),
Tufroqqa alargʻa dogʻi orom.
Ey navhagar, ayla navha bunyod
Kim, umr binosi keldi barbod.
Gar boʻldi ul ikki yor ozim,
Ne men qolgʻumu, ne dilnavozim!

XXXVI

Ishq taʼrifidakim, aynining nurligʻ tobi tufrogʻni «ayn» qilur va shinining sharoraligʻ shuʼlasi koʻngullar xayligʻa shayn solur va qofining garonsang togʻi har kimga yuklansa nobud etar va nuqtalarining toza dogʻi har chok koʻngulga tushsa lolaning besh bargidek qongʻa boʻyar(1).

E ishq, gʻarib kimiyosen,
Bal oyinai jahonnamosen.
Ham zotinga darj kimiyoliq .
Ham oyinai jahonnamoliq.
Bukim sangadur bu ikkidin zot,
Bir-bir qilayin ikisin isbot.
Qildim esa kimiyo xitobing,
Andin ham erur biyik janobing.
Berdi anga bu natija gardun,
Kim misga etishsa qilgʻay oltun.
Insonniki xalq qildi xalloq,
Yoʻq tiynat anga bagʻayri tufroq.
Senkim anga oshnolik etting,
Tufroqqa kimiyoligʻ etting.
Oltun qilding uzorin oning
Balkim tani toksorin oning.
Bu navʼ ila dogʻi qilmading bas,
Hajr oʻtigʻa solding oʻylakim xas.
Ul oʻtda chu ihtizoz topti
Andoqki kerak gudoz topti(2).
Har gʻashligʻdinki erdi noqis,
Boʻldi bu gudoz birla xolis.
Ham oltun oʻlub bu paykari xok,
Ham oʻldi bu navʼ xolisu pok.
Chun xolisu poku begʻash oʻldi,
Oltun neki kimiyovash oʻldi.
Garchi sitamu jafo qilursen,
Tufrogʻni kimiyo qilursen.
Ikkinchi dedim yorugʻsen asru,
Andoqki jahonnamoy koʻzgu.
Munda dogʻi topilur tafovut,
Kim ochsa nazar bilur tafovut.
Ul oyinakim Skandar(3) etti,
Poʻloddin oʻyla paykar etti,
Kim, Rum aro chekib manori,
Boqturdi ani Farang(4) sori.
Chun berdi jamoligʻa kushoyish
Koʻrguzdi Farangdin namoyish.
Topqoch ani bu sifat ziyoliq,
Toqti otigʻa jahonnamoliq.
Bu navʼki ul demish emasdur,
Menkim ne dedim hamonu basdur.
Xurshedi jahonkushoy sen-sen.
Mirʼoti jahonnamoy sen-sen,
Kim qildi sanga nazarni ravshan,
Koʻrdi eru koʻkdagin muayyan.
Chun boqqali ixtiyor topti,
Har soriki boqti yor topti.
Ham naqshi vujudin etti foni
Ham topti baqoyi jovidoni
Bu ishqki baxti komrondin
Xoli boʻlmay zamoni ondin.
Garchi iki navʼ oʻtti rozi,
Avvalgʻini anglagʻil majozi(5)
Kim, dardu gudozu soʻz birla,
Yuz shuʼlai jonfuroʻz birla.
Chun ayladi pok;„lkka mavsuf,
Ul navʼ qilur birovga mashʼuf,
Kim ishq aro firoq ila dard,
Uzlukdin etar tamom ani fard.
Bil soʻngragʻi ishqni haqiqiy
Kim, davlat erur aning rafiqi.
Avvalgʻi vujudin etsa zoyil,
Chun boʻlsa ikinchisiga moyil.
Yoʻq-yoʻqki ikinchi oni cheksa,
Koʻngliga visol tuxmin eksa,
Ul navʼ ketursa turktozi(6)
Kim, qolmasa surati majozi,
Mazhardin koʻrmayin nishoni,
Mazharda oʻzini topsa foni,
Maqsud budur, hayotdin bu,
Bal xilqati koinotdin bu.
Majnungʻa biri boʻlub musallam,
Bahra topti ikinchidin ham.
Ermas edi oʻzidii bu ishlar
Bal ishqdin erdi ul kashishlar.
Harkimgaki ishq yuz ketursa,
Yo mashʼali shavq shuʼla ursa,
Togʻ ersaki suv qilur vujudin,
Nobud etar nabudu budin
Tur uzra tajalli aylagach fosh,
Chayqaldi suv yangligʻ ul qatigʻ tosh
Bu shuʼla koʻngulga tushsa kori,
Kuymakda aning ne ixtiyori.
Bu oʻt ne kishiga boʻlsa roʻzi,
Kuydursa ne tong jahonni soʻzi.
Ishq ichraki jismi toʻlgʻonur bil,
Ul navʼdururki oʻt uza qil.
Tong yoʻq bu oʻt etsa ashk aro gʻarq,
Yomgʻur yogʻar andakim tushar barq.
Gar ashk bu oʻtni aylamas kam,
Yomgʻur suvidin choqingʻa ne gʻam?
Kim zarqu riyovu shoʻr birla,
Oshiq etar oʻzni zoʻr birla,
Ishqi oʻti boʻlmas elga jozib,
Andoqki, ziyoda subhi kozib(7).
Rangin koʻpalak erur dilafroʻz
Parvona kibi emas jigarsoʻz.
Oshiq dema kimni koʻrsang asfar
Kim boʻlmadi zaʼfaron muasfar,
Bejazb sarigʻ erur riyoliq,
Samgʻ aylay olurmu kahraboliq.
Safratda nechaki qilsa tavbih,
Oltun bila teng boʻlurmu zirnix(8).
Har ohki shaydgʻa yovuqdur,
Ne issigʻ ul ohu, ne sovugʻdur,
Oshiq sovugʻ oh cheksa nogoh,
Olamgʻa solur oʻt ul sovuq oh.
Chun urdi xazon eli sovuq dam,
Yoproqni qurutdi, choʻrkadi ham.
Bedard kishiki ashk toʻkkay,
Ul qatradururki mushk toʻkkay.
Soʻz ahli erur toʻkar zamon yosh,
Bir shamʼki ashkin etsa durposh.
Ishq oʻldi kishiga boisi dard,
Qilmoq iki kavn fikridin fard
Parvonani ishq etmasa mast,
Urgʻaymu oʻzini oʻtqa payvast?
Uldamki kuyarda kechti jondin,
Ne fikri aning iki jahondin?
Telba oʻzin oʻtqa solsa nogoh,
Kavnayn ishidin qachondur ogoh.
Ut sekrisa tifl emas xabardor,
Kim hirqatida ne navʼ asar bor?
Koʻrgan kishi oʻt koʻrar zabona,
Kuygan kishi koʻrguzur nishona,
Kim ishq nasibidur azaldin,
Ul ishq erur bariy(9) xalaldin.
Parvonada xolliq qanoti,
Ishq oʻtidin oʻldi dogʻ zoti.
Bu dogʻdin ibtidoyi ahvol,
Ishq etmadi oni forigʻulbol(10).
Bu ishq oʻtigʻa davomu boʻlgʻay?
Har kim tilasa ravomu boʻlgʻay?
Yorab, meni dardmandi mahjur,
Kim ishq oʻti jonim etti mahrur.
Bu oʻtdin koʻnglum etma mahzun,
Bal shavqini qil damodam afzun.
Ham axgaridin tanim qurutqil,
Ham shuʼlasidin koʻzum yorutqil.
Ohimniki dudidin nishon et,
Ul dud ila koʻz yoshim ravon et.
Koʻnglum qushikim samandar oyin,
Otashkadasida topti taskin,
Sochqil shararidin anga dona,
Ber hemasi uzra oshyona.
Ul dona bila toʻq ayla oni,
Bu shuʼla aro yoʻq ayla oni.
YoQ mugʻbacha shuʼlai majusi
Kim, dudi gʻamimdur obnusi(11).
Yaʼniki mugʻona sogʻaring ol,
Bir sogʻar ila ichimga oʻt sol!

XXXVII

Shahzodai sipehr janob va sipehri xurshed intisob, yaʼni Sulton Uvays Bahodir madhida soʻz intihosi va nasoyih bisotida koʻp laʼl va durri maknun va mavoiz xonida favoqih va niami guno-gun ul hazratqa quloqqa olmoq va ogʻziga solmoqning salosi(1).

Ey soqiyi davr! Bir qadah tut,
Huzn ahligʻa sogʻari farah tut.
Avval qadahingni ayla gardun,
Quygʻil anga bodai shafaqgun.
Chun boʻldi labolab ul piyola,
Qil oni mening sori havola.
Koʻrgach ani hushdin boroyin,
Bir dam bila oni sipqoroyin
Kim, toimasun ul sipehri sogar,
Atrofida qatradin bir axtar.
To soʻzda falak nishonligʻ aylay,
Axtar kibi durfishoiligʻ aylay.
Topqach duri bahru laʼli koni,
Shahzoda nisori aylay oni.
Shahzodai maʼdalatshior ul,
Yetti ato shohu shahriyor ul(2).
Sultoni zamon, Uvays ul shoh(3)
Kim, charx anga keldi xoki dargoh.
Zotigʻa sirishta izzu tamkin,
Ham lutf ishida chust ham kin.
Kin andaki, boʻlsa razm chogʻi,
Lutf andaki, ichsa bazm ayogʻi.
Bazm ichra demayki barcha avqot,
Maxluq anga lutfi mahzdin zot.
Zotida hayo bila adab ham
Ul navʼki ammu xolu ab ham(4).
Tabʼida saxo bila shujoat
Dahr etsa ne tong anga itoat.
Vasfida necha deyilsa maʼni,
Gardunni biyik demak, ne yaʼni.
Ham aqd ila budurur muvofiq
Kim, ulki soʻz ichra boʻlsa sodiq,
Safha uza kilk etib ravona,
Yozgʻay necha pandi mushfiqona.
Ey gulshani mulk sarvi nozi!
Qay nozki, sarvi sarfarozi!
Chu bir necha soʻz quloqqa olgʻil,
Balkim necha dur quloqqa solgʻil.
Bilkim ne jahondadur vafoe
Ne umr binosigʻa baqoe.
Ham suv uzadur jahon qarori,
Ham el bila umrning madori
Kim, tuprogʻu suvgʻa shod boʻlgʻay,
Yelga qachon eʼtimod boʻlgʻay?
Yuz yil kishi gar jahonda shahdur,
Yoʻq ersa gadoyi xopaqahdur.
Marg ajdari chun ogʻiz ochar keng,
Yutmoqqa shahu gado erur teng.
Gar aysh aro sen va gar gʻamu dard,
Haq yodidin oʻlma bir zamon fard.
Ham qahrigʻa boqu tarsgor oʻl,
Ham rahmatidin umedvor oʻl!
Shahlar desangoʻlgʻay olinga past,
Past oʻl darveshlargʻa payvast.
Topsang necha shahlar uzra shahliq
Faqr ahligʻa ayla xokirahliq!
Boʻl banda ato-anogʻa yakson
Kim, haq dedi volidayn ehson(5).
Qulluqlarip ayla rasmu odat,
Kavnayn aro bil muni saodat.
Davlat talab aylasang xudodin,
Bosh tortma sharʼi Mustafodin(6).
Jannatqa borurgʻa istasang yoʻl,
Bu joda birla mustaqim oʻl.
Nafs aylasa fisq ila tabahkor,
Haq ollida oʻzni bil gunahkor.
Cheksa gunah oʻti shuʼla payvast,
Qil oni nadomat ashkidin past.
Toat qilu koʻzga ilma oni,
Koʻrmak bila hech qilma oni.
Toatqa riyoni aylasang zam,
Sogʻinmagʻil oni fisqdin kam.
Jurmeki yonidadur nadomat,
Ul keldi najotdin alomat.
Kim cheksa qadah niyoz birla,
Xushroqki riyo namoz birla.
Chun tengriga zohir oʻldi toat,
Ham sharʼ tariqigʻa itoat,
Andin soʻng shoh xizmatin qil,
Ul zilli iloh(4) xizmatin qil.
Topsang qayu ishta muddaosin,
Saʼy aylayu hosil et rizosin.
Shohiki atong anga agʻodur,
Ul sanga agʻoduru atodur.
Bu ikki atogʻa qil oʻgʻulluq
Yoʻq-yoʻqki, bu ikki shahgʻa qulluq.
Bu navʼ iki jahon xudovand
Kim, sen boʻldung alargʻa farzand.
Uzdin ikisinp ayla xushnud
Kim, dunyayu oxiratdadur sud.
Qul boʻlsang alargʻa shohsen-sen,
Doroyi jahonpanohsen-sen.
Boʻlsa biridin rizo bagʻoyat
Yetsa yana biridin inoyat
Kim, bir kishvargʻa hukm sursang,
Iqbolu shukuh koʻsin ursang,
Zinhorki zulm rishtasin uz,
Insof ila adl qasrini tuz.
Mulk ahligʻa mehribonliq ayla,
Andoq ramagʻa shubonliq ayla.
Kim boʻrilik etsa qovla oii,
Ul er iti birla ovla oni.
Bedodi etar zamonda asra
Qoʻyni boʻridin amonda asra!
Mazlumgʻa zolim etsa bedod,
Dodin berib ayla xotirin shod.
Maqsudini aylay olmasa arz,
Takror ila soʻramogʻini bil farz.
Lutf ayla ani soʻrarda oyin,
Kim topqay iztirobi taskin.
Taskin bila angla halotini,
Adl aylabon ol malolatini.
Ne zulm qilurgʻa elni qotqil,
Ne zulm qoʻlin oʻzung uzotqil.
Qassobdin oʻygʻa gar xoʻrishdur,
Ulturgali oni parvarishdur.
Uygʻa ne asigʻ qilur bu parvor,
Kim, oʻlsau bihi kelsa xarvor(8).
El molin oʻzungga mol bilgil,
Xaylin oʻzunga ayol bilgil.
Yaʼni nechuk asralur ayoling,
Mahfuz nechukki tursa moling.
Andoq bori el ayolii asra,
Oʻgʻridin amonda molin asra.
Bedodgʻa borsa xalq moli,
Mahshar kuni shahgʻadur savoli.
Gar shahrda istasang rayosat,
Sahroda aningdek et siyosat,
Kim dagʻdagʻa toimagʻay muhojir,
Xohi guzariyu, xoh tojir.
Tojirgʻaki dast topti rahzan
Nogahdur aning yonida kahzan.
Bu turfaki har ne qolsa andin
Chun shahrgʻa etti biym jondin,
Tamgʻochi etib boshigʻa javlon,
Hardam tilagay zakoti havlon(9).
Mundoq nimalardin ehtiyot et,
Chun nafʼipa topting inbisot et.
Har fisq xayoli qilsa xotir,
Tengrini boshingda angla hozir.
Nafsinggʻa ne zulm boʻlsa maqsud
Shahpi ilayingda angla mavjud.
To barcha ishing degandek oʻlgʻay,
Koʻnglung nechuk istagandek oʻlgʻay,
Dunyoda ishing butub kamohi,
Uqboda ham oʻlmagʻay tabohi.
Din jonibidin etib kushoding,
Yetgay iki dahr aro vidoding.
Soqiy, qadahiki shahzoda,
Tutqay manga ul qadahda boda.
Lojurʼa(10) burun oʻzi sumurgay,
Ul navʼ maaga dagʻi ichurgay.
II- qism