OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

4 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAlisher Navoiy
Asar nomiLison ut-Tayr (II- qism)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Alisher Navoiy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
NashriyotToshkent Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1991
Hajm93KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/23
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
OʻzSSR Fanlar Akademiyasi Hamid Sulaymonov Nomidagi Qulyozmalar Instituti

Tahrir hayʼati: Aziz Qayumov, Abdulla Oripov, Abduqodir Hayitmetov, Begali Qoshimov, Natan Mallaev, Odil Yoqubov, Omon Matjon, Suyima Gʻanieva
Tuzuvchi: Nodir Rahmonov
Filologiya fanlari nomzodi Sharafiddin Eshonxoʻjaev tayyorlagan «Lisonut-tayr»ning ilmiy tanqidiy matnidan nashrga tayyorlovchi: Vahob Rahmonov

Soʻzboshi muallifi, izoh va lugʻatlar tuzuvchisi: Vahob Rahmonov



iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Lison ut-Tayr (II- qism)
Alisher Navoiy

LXXVIII

Qushlarning yoʻl kayfiyatin Hudhuddin savoli va oning javobi
Berdi Hudhud qavmga mundoq javob
Kim: «Bu yangligʻ onglangiz royi savob.
Kim bu yoʻlda ishqdur kulli sifat,
Ishq ahlidin yiroqdur maslahat.
Qimki oshiqdur — anga jondin ne bok,
Kufr olib bermak imondin ne bok.
Gar kerak oshiqqa oʻz jononidin,
Sahl erur kechmak jahonu jonidin.
Jon erur oshiq yoʻlida saddi roh,
Uylakim boʻlgʻoy birov yoʻlinda choh.
Fard erur oshiq tanu jondin dogʻi,
Lqlu hushu kufru imondin dogʻi.
Ishq olamsoʻz erur, jonsoʻz ham,
Shavq oʻtidin kufru imonsoʻz ham.
Oshiq oʻlgʻon kechti nangu nomdin,
Millatu imondinu islomdin.
Lozimi ishq oʻldi shavqu soʻzi dard,
Barq yangligʻ poʻyai getinavard.
Kimga dardu ishq mustavlidurur,
Tarki jon etmak anga avlidurur.
Kimki jonon sori oning royi bor,
Jongʻa ofat etsa ne parvoyi bor.
Ishq ishi gʻam shomi dardu soʻzdur,
Shamʼ anga ohi jahonafroʻzdur.
Dard keldi ishq soʻzidin nishon,
Dard boʻlmay oshiq oʻlmas jonfishon
Mutribo, tuz bir surudi dardnok,
Soqiyo, bedardligʻdin men halok.
Dard jomin tut meni zor etgudek,
Ishq dardi koʻngluma kor etgudek.
To oni noʻsh aylabon jondii kechay,
Aqlu hushu dinu imondin kechay.
Kufr dayri ichra maʼvo aylayin,
Azmi zunnoru chalipo aylayin.
Piri dayr ollida aylab oʻzni mast,
Kuydurub mushaf, boʻloyin butparast.
Ishq dayri ichra aylab oʻzii xos,
Jonni imon nangidin aylay xalos.
Dayr aro asmoi noqus aylayin,
But sujudinda zaminboʻs aylayin.
Belga mahkam bogʻlabon zungyurni ,
Uzdin aylay shodmon kufforni».

LXXIX

Hikoyat
Shayx Sanʼon vosili dargoh edi,
Koʻngli gʻayb asroridin ogoh edi.
Kaʼbada avtod ila aqtob aro,
Uyla erdikim nabi ashob aro.
Xalq irshodiga rosix erdi ul,
Kaʼbada shayxul-mashoyix erdi ul.
Ostonining gadoyi shohlar,
Qullugʻigʻa muftaxir ogohlar.
Har duokim qilsa bir gʻamgin uchun,
Qoʻl ochib xayli malak omin uchun.
Chehrai maqsud oning oʻtrusida
Jilva aylab koʻngliniig koʻzgusida.
Toʻrt yuz olida ashobu murid,
Har bir andogʻkim Junaydu Boyazid,
Charxi aʼlogʻa shukuhidin shikast,
Arshi aʼzam himmati ollinda past,
Dudi ofatdin qarorsa olame,
Yerubon etgach duosidin dame.
Kimki boʻlsa bir baloga mubtalo,
Ul duo qilgʻoch, boʻlub dafʼi balo.
Voridoti arshdin paygʻomdek,
Voqeoti vahy ila ilhomdek.
Harna koʻrsa voqea taʼbir anga,
Koʻrgani-oʻq yuzlanib bir-bir anga.
Necha tun bir tush anga koʻrguzdilar,
Rishtai sabru qarorin uzdilar.
Uygʻonib holiga istigʻfor edi,
Yumsa koʻz ul tushga-oʻq takror edi.
Kim matofi erdi bir begona bum,
Aylasa maʼlum, ul bum erdi Rum.
Onda bir dayr ichra erdi zoru mast,
Mastlikdin dayr elidek butparast.
Chun bu tush boʻldi mukarrar, ganji roz —
Dedi: «Boʻlmas bu balodin ehtiroz.
Kimsaga maʼvo haramdur yo kunisht,
Koʻrmay oʻlmas ulcha boʻlsa sarnavisht.
Botroq ul kishvargʻa azm etmak kerak,
Har qayon tortar qazo — ketmak kerak.
Chunki boʻlsa bizga ul maʼvo nasib,
Boshimizgʻa harna kelsa, yo nasib».
Qildi chun oʻz holigʻa nazzorae,
Toimadi bormoqdin oʻzga chorae.
Yuz haramga qoʻydi sohib inqitoʼ,
Qildi yuz oshub ila tavfi vidoʼ.
Qildi chun ming huzn ila tavfi haram,
Rum iqlimi sari qoʻydi qadam.
Toptilar ashob chui ogohligʻ.
Ul safarda qildilar hamrohligʻ.
Yoʻlni qatʼ aylar edi piri tariyq,
Toʻrt yuz ahli tariyq erdi rafiq.
Shayxning koʻngligʻa savdolar tushub,
Kim ani zoeʼ qilurgʻa yovushub.
Har zamon bir iavʼ oʻlub andeshasi,,
Yoʻq bajuz andesha oning peshasi.
Holida ashob tagʻyir anglabon.
Hush ila sabrini bir-bir anglabon.
Xoslar aylab savol ul holdin,
Voqif oʻlmay ul gʻarib ahvoldin.
Kim savolekim qilib, toimay javob,
Shayxtin koʻprak alarda iztirob.
Bu sifat yoʻl qatʼ etib maqsad sari,
Qaysi maqsad — shiddati behad sari.
To qadam qoʻydilar ul kishvargʻa tez,
Shayx koʻnglunda vale yuz rustaxez.
Har nafas bir buqʼani aylarda sayr,
Marʼi oʻldi nogahon bir turfa dayr.
Toqi oning charx toqi birla juft,
Juftu toqi ichra koʻp rozi nuhuft.
Toshi anduhu baliyat togʻidin,
Kirpichi dardu balo tufrogʻidin.
Zebu koshisigʻa yuz tarhi taab,
Koʻrguzub yuz navʼ naqshi bulajab.
Gʻurfalardin fitnalar nazzoragar,
Qilgʻoli bechorau, yoʻq choragar.
Ishq aynidin yoruq har ravzani,
Lek ul ravzan balolar maekani.
Kunguridin raxnalar imon sari,
Ishq shayiining namudori bari.
Taʼbiya har kungurida toshlar,
Ishq tigʻidin kesilgan boshlar.
Ahli din boshigʻa parron qilgʻali,
Olam uzra sangboron qilgʻali.
Fitna xayliga mamar darvozasi,
Fitnagar toqi sipehr andozasi.
Halqai zanjirida yuz ming funun,
Halqai savdou zanjiri junun,
Ishq oʻtidin onda yuz otashkada,
Har birida yuz tuman savdozada.
Dayr uzra tiyra dudi hayʼati
Zohir aylab kufru isyon zulmati.
Dayr mundoq koʻrmayin to qildi sayr,
Kufru imon ahligʻa bu eski dayr.
Shayx jismidin borib ul erda tob,
Koʻnglini betoqat aylab iztirob.
Zaʼf mustavli boʻlub har dam anga,
Jilva aylab oʻzga bir olam anga.
Nozir erdi har taraf oshuftavor,
Bir taraf tushti koʻzi beixtiyor.
Manzare, ondin osilgʻon bir tutuq,
Bir quyoshqa ul boʻlub qavsi ufuq.
Yeldin ul burqaʼ chu boʻldi bartaraf»
Ul quyosh anvori tushti har taraf.
Ne quyoshkim, yuz quyosh devonasi,
Husni shamʼi davrida parvonasi.
Paykari ruhi musaveardin misol,
Ruhgʻa har lahza ondin oʻzga hol.
Hur suratligʻ parizodi ajab,
Guljabinligʻ sarvi ozodi ajab.
Ruhni oshufta aylab hayʼati,
Yuz ajab suratga solib surati.
Suratidin munfail huru pari,
Talʼatidin oftobi xovari.
Yuzi nurafshon, sochi zulmatfishon,
Nuru zulmat kufru imopdin nishon.
Yuz uza zulfin chu mushkafshon qili
Zulmat ichra nurni pinhon qilib.
Sochi nur ahligʻa zulmat olami,
Ahli savdoning savodi aʼzam.i.
— Qoshi savdoyi ulusqa yangi oy,
Yangi oy devonagʻa hayratfizoy.
Qoshi toqi ichra ofatligʻ koʻzi,
Dayr toqida aningdekkim oʻzi.
Kirpigi koʻz davrasida har taraf,
Fitna xaylidin koʻzi davrida saf.
Koʻzki boʻldi xoli oning ostida,
Nuqta yozilgʻon baloning ostida.
Ul balo ostida, yuz ustida xol,
Ikkisining nuqtasidin bil misol.
Gʻayb sirridin berib ogʻzi nishon,
Uzi gʻayb ahlidek, ammo benishon.
Laʼli joni xastalarning marhami
Nutqida Isoi Ruhulloh dami.
Ul mufarrih moyasi yoqut oʻlub,
Bu nafasdin xasta jongʻa qut oʻlub,
Ham zanaxdonida yuz ming jon asir,
Chohida yuz Yusufi Kanʼon asir.
Zulfidin solsa chiqorurgʻa kamand,
Koʻprak aylab bu kamand ul elni band,
Tavqi gʻabgʻab ul zaqan ostida nun,
Obihayvopgʻa hubob, ammo nigun.
Ham qadining naxligʻa jon jilvasi,
Ham xiromi obihayvon jilvasi.
Koʻz bila laʼli ajab sanʼat tuzub,
Har pecha ul oʻlturub, bu tirguzub.
Jismu gulgun koʻngloki gul uzra gul,
Koʻrmagidin tobsiz yuz ming koʻngul.
Koʻpglak uzra necha hulla rang-rang,
Sanʼatida jon chekib Rumu Farang.
Hulla rangi nechakim qotil boʻlub,
Atridin yuz jon yana hosil boʻlub.
Kofiri qotil koʻziga barcha kom,
Buki — din ahligʻa solgʻon qatliom.
Kimki aylab sochi zunnorin xayol,
Dinu imopini aylab poymol.
Husnu lutfi jon aro er tutqudek,
Bir ayoq suv birla balkim yutqudek.
Shuʼlai husni solib davrongʻa oʻt,
Otashin laʼlidin ammo joigʻa oʻt.
Topib otashgoh ishqin ahli hush,
Porsosoʻzandau zuhhodkush.
Qasr uza bu shakl ila tarso qizi,
Bal quyosh ayvonida Iso qizi.
Shayx koʻngliga choqilgʻoch oʻyla barq,
Shuʼla daryosigʻa joni boʻldi gʻarq.
Asradi oʻzni koʻp istigʻfor etib,
Ogʻzida «Lohavl»pi takror etib.
Shoʻx ochqoch shuʼlai ruxsorini,
Urtadi «Lohavlu» istigʻforini.
Voʻlmish erdi jismi tufroqqa nigun,
Bir dam ul uyga aso boʻldi sutun.
Orqasin qoʻydi dame devorgʻa,
Hayrat aylab ul gʻarib osorgʻa.
Ham aso, ham jismigʻa etti shikast,
Holidin bordiyu boʻldi erga past.
Tushti joni pokfarjomigʻa ishq,
Kirdi qondek etti andomigʻa ishq.
Goh behol erdi, goh oʻz holida,
Lol oʻlub ashob aning ahvolida.
Hayrat aylab bir-biriga boqibon,
Bosh quyi aylab, ovuchlar qoqibon.
Holigʻa oqshomgʻacha hayron qolib,
Balki oʻz holigʻa sargardon qolib.
Tun savodi qildi chun kunni qaro,
Zulmati kufr ul sifatkim dayr aro.
Ul qaro kun boshiga kelgan qori,
Roʻzgori ham qaro tobeʼlori —
Qoldilar mugʻ dayrining tufrogʻida»
Qaysi tufrogʻkim, baliyat togʻida.
Shayxning oligʻa keldi oʻyla kun,
Kim kishi koʻrmaydur andogʻ tira tun,
Koʻkka yoyib pardai idborlar,
Haryon axtardin qoqib mismorlar.
Charx ashkin oqizurgʻa dud etib,
Koʻkning atrofini qiyrandud etib.
Topnbon gardun taharrukdin farogʻ,
Uridin tebraimay ul yangligʻki togʻ.
Charx dard ahligʻa bedod aylabon,
Togʻ-togʻ anduh ijod aylabon.
Dahrni ul togʻlarda yoshurub,
Yuz tumai ming toshlar ham yogʻdur>b.
Koʻzlarin gardun qilib axtarfishon,
Shayx ahvoligʻa motamdin nishon.
Barcha dahr ahligʻa bu motamsaro —
Kiydurub oniig azosida qaro.
Shayx mazlumu giriftoru nahif,
Tushmagan ish boshigʻa tushgan zaif.
Ishqi zolim zulmidin zoru nizor,
Dayr tufrogʻida yotib xoru zor.
Ishq yoqib jism ila jonigʻa oʻt,
Kufr solib dinu imonigʻa oʻt.
Ashk aro yotib, vale ogʻzi qurub,
Koʻngli oʻti shuʼla ogʻzidin urub.
Ishq aylab roʻzgorin ham qaro,
Tun xud aylab yoʻqu borin ham qaro.
Yuz balo jonigʻa chui boʻldi nasib,
Der edi holigʻa yigʻlab ul gʻarib.
Kim: «Boʻlar har lahza ranj afzun mapga,
Ne edikim qilding, ey gardun, manga!
Ofiyatdin ishq sori boshlading,
Yuz yonar oʻt ichra olib toshlading.
Koʻzga avval koʻrguzub mehri munir,
Yoshurub, gʻam shomigʻa qilding asir.
Qaysi shomi gʻamki, koʻk javfi aro,
Ofarinish orazin qilding qaro?
Doʻzaxi gʻam dudi olamni tutub,
Shuʼlasin koʻnglum oʻtidin yorutub,
Olloh! Olloh! Ne kechadur bu kecha!
Saʼb mundogʻ, yo rab, oʻlgʻaymu kecha?!
Utkaribmen koʻp suubat kechalar,
Qoʻrmadim mundogʻ uqubat kechalar!
Tun emas — doʻzax oʻtining dudidur,
Ye falakning ohi qiyrandudidur.
Boʻyla tun, yo rab, namudor oʻlmasun,
Anda hech odam giriftor oʻlmasun.
Bilmon, oyo tun balosinmu deyin,
Manga tushgan kun balosinmu deyin!
Jismu aʼzovu havosu aqlu hush
Ishqdii boʻldilar andogʻ pardapoʻsh.
Kim degaysenkim biri mavjud emas,
Ishq bedodida juz iobud emas.
Paykarimda oncha yoʻq tobu tavon,
Ashkdek koʻyida boʻlgʻuncha ravon.
Gʻlnima quvvat yoʻq oicha urgʻoli,
Tosh uza gʻam fartidin sindurgʻoli.
Koʻz qoni ul oy yuziga solgʻuchi
Ul quyosh anvoridin iur olgʻuchi.
Yuz qani surtargʻa ul dargohgʻa,
Qul tazarruʼ aylagandek shohgʻa!
Qoʻl qani koʻksumgʻa xoro urgʻudek,
Boshima tufrogʻlar sovurgʻudek!
Hush qoni aylaguncha oʻzii zabt,
Bermaguncha yoʻl dimogʻ uyiga xabt.
Qoni aql etguncha ish tadbirini,
Qilgʻuchi vayron koʻngul taʼmirini?
Qoni sabr etguncha dardim chorasin,
Ye davo qilgʻuncha bagʻrim porasin?-
Gʻam eguncha holima qoni koʻngul,
Kim erur holo oʻluk soni koʻngul.
Bir nafas urguncha bori jon qani,
Kim koʻnguldek ham topa olmon ani.
Manga bu yoʻl ne baloligʻ yoʻl edi,
Har nekim andin batar yoʻq — ul edi,
Kosh hargiz boʻlmagʻay erdim tirik,
Umrni koʻrguncha bu yangligʻ irik.
Netti etsa erdi bir barqi xatar,
Qoʻymasa erdi vujudumdin asar.
Doʻstlar, netti madad etkursangiz,
Jamʼ oʻlub men zorni oʻltursangiz
To qutulsa dahr orimdin mening
Dahr eli afgʻonu zorimdin mening.
Jonima, ashob, tigʻi qatl urung,
Kuydurub, haryon kulumni sovurung.
To jahonda boʻyla rasvo boʻlmayin,
Bir oʻlay, yuz qatla hardam oʻlmayin!»
Holigʻa ashob hayron yigʻlabon,
Hardam oning dardidin qon yigʻlabon.
Boʻlubon jamʼ ul guruhi mustamand.
Shayxqa har bir berib bir navʼ pand.
Shayx alarning pandini fahm etmayin,
Nukta maʼnisigʻa dogʻi etmayin.
Aql mezoni bila qildi xitob,
Ishq tavrida topib ondin javob.
Biri deb: «K-ey murshidi arbobi din;
Xoki rohiig surmai ahli yaqin.
Kimsa yoʻlinda boʻlur bu voridot,
Uzni zabt etgan topar xayru najot».
Dedi: «Ey farzad, de oʻzluk qani,
Toki men ham zabt qilgʻayman ani».
Biri debkim: «Bu erur shayton ishi,
Zikr ila ondin topar maxlas kishi».
Shayx deb: «Jamʼiyat anda shart erur,
Men parishonman — ne xosiyat berur».
Biri deb: «K-ey muqtadoi ahli roz,
Bu balo dafʼiga vojibdur namoz».
Shayx debkim: «Urma bu maʼnnda dam,
Gelbadurmen, telbaga yoʻqtur qalam».
Biri debkim: «Qoʻp, tahorat aylagil,
Elga toatqa ishorat aylagil».
Shayx deb: «Yoʻq koʻz yoshimdin oʻzga suv,
Qon kelur hardam bogʻirdin koʻzga suv».
Biri debkim: «Gʻusli pok aylab koʻngul,
Forigʻ et gʻamdinki — budur toʻgʻri yoʻl».
Shayx debkim: «Gʻarqai bahri fano —
Boʻlmisham, mendin na istarsan yano?»
Biri deb: «Tasbehinggʻa mashgʻul boʻl,
Bu parishon holdin maʼzul boʻl» .
Shayx deb: «Tasbeh uzdi torni,
Chekti ando rishtai zunnorni».
Biri deb: «Misvokka qil iltijo,
Ogʻzinga solib ketur sunnat bajo».
Shayx deb: «Misvok agar qilsam havas,
Ajzu hayrat barmogʻi ogʻzimda bas».
Biri deb: «Sahve agar tutti vujud,
Uzrigʻa tufrogʻ oʻpur qilgʻil eujud».
Shayx debkim, oqizib qon yoshni,
«Olmogʻumdur bu eshikdin boshni».
Biri debkim: «Rumgʻa boʻldi safar,
Kaʼbani qilmoq kerak emdi maqar».
Shayx debkim: «Onda qilgʻonni talab,
Munda topdim, ie chekay ul yon taab».
Biri debkim: «Yuzlanib sahro sari,
Vaqtidur azm aylasa Batho sari».
Shayx debkim: «Munda toptim oni man,
Rum borida netay Bathoni map».
Biri debkim: «Chun safar boʻldi tamom,
Aylamak xushtur vatan sori xirom».
Shayx debkim: «Goʻiyokim zul-minan
Bizga dayr etkandurur asli vatan».
Biri debkim: «Chun mashoyixqa bu ish —-
Yetsa, bizga etgay asru sarzanish».
Shayx debkim: «Yoʻq alar birla ishim
Kim xarobot ichradur istar kishim».
Biri debkim: «Vajdu holoting qani?
Zuhd ila pokiza avqoting qani?»
Shayx debkim: «Dayr aro holot erur,
Kim tufayli oʻyla yuz avqot erur.
Ul kecha ul qavm urub yuz pechu tob,
Shayx ahvoligʻa aylab iztirob.
Taʼna aylab, Shayx parvo etmayin,
Pandlar aytib biriga etmayin.
To sahar dayr ahli gʻavgʻo aylabon,
Ahli din holin tamosho aylabon.
Hazl etib din ahli oyini bila,
Koʻp mubohat aylab oʻz dini bila.
Ahli din birla tamasxurlar qilib,
Uz tariqita tafoxurlar qilib,
Teng tutub andeshai gumroh ila,
Lot losin loi illalloh ila.
Ul ulusgʻa bu shaqovat bir sari,
Dayr ahlidin shamotat bir sari.
Shayx ashobi bila ashobi dayr,
Xoh sharʼdin nukga aytib, xoh xayr.
Shayx dayr ashobigʻa imdod etib,
Garchi dii ahligʻa xijlatlar etib.
Tong yoruq boʻlgʻuncha mundoq tira hol,
Ul musulmonlargʻa etkurdi malol.
Chun yorugʻluq tiraligʻni qildi past,
Choldilar noqus xayli butparast.
Charx koʻrguzdi quyosh anvorini,
Uylakim tarso qizi ruxsorini.
Dayr ahligʻa uzaldi mojaro,
Shayx ishqi birla ahvoli aro.
Kufr aro tushti ajab jamʼiyate,
Dayr ahli millatigʻa quvvate.
Din elining xijlati haddin oshib,
Shayxni tashlab, uyotdin torqoshib.
Shayx mahzal boʻldi dayr atfoligʻa,
Kim kularlar erdi oning holigʻa.
Ul gʻaribu oshiqu zoru qari,
Yoʻl uza yotib koʻzi manzar sari.
Bosib oʻtgan el qilib izo anga.
Yoʻq vale yuz onchadin parvo anga.
Mehnatidin gʻoyibu hozirgʻa rahm,
Shiddatidin moʻʼminu kofirgʻa rahm.
Lek tarsozodai ofoqsoʻz,
Shayxni ul navʼ qilgʻon tiraroʻz.
Din tariqidin mubarro aylagan,
Kufr dayri ichra rasvo aylagan.
Pardadin aylab nazar zori sari,
Yeshurun boqib giriftori sari.
Gʻaflat aylab chun koʻrub pomolini,
Uziga kelturmay oning holini.
Qasdi dinu gʻorati jon aylabon,
Lek oʻzni goʻlu nodon aylabon.
Furqatidin Shayx joni oʻrtanib,
Balki paydou nihoni oʻrtanib.
Kunduz — oqshomgʻocha bagʻri chok-chok
Kecha tong otquncha furqatdin halok.
Har nafas bir oydin ortib mehnati,
Bu edi bir oyga tegru holati.
Chunki haddin oʻtti ranju dardanga,
Tufroq oʻldi jismi gʻamparvard anga,
Kofiri zolimsirishti ishzagar
Yena ul manzardin oʻldi jilvagar.
Ut solib olamgʻa husnu nozidin,
Soʻrdi oʻz aftodasining rozidin —
Kim: «Ayo islom eliga rohbar,
Dinu islom ahligʻa irshodgar.
Chun sanga Kaʼba tavofi erdi fan,
Dayr eshiginda nedin tuttung vatan?
Seni derlar din eliga dastgir,
Kufr dayrigʻa nedin boʻldung asir?
Manzilida bir kecha ahli safar
Tutsa taskin, tonglasi aylab guzar,
Shayxkim, bir oy sukun fan aylamish,
Dayr tufrogʻini maskan aylamish.
Kufr dayrida boʻlur orom anga,
Zulmat ahlidin ie erkin kom anga?»
Shayx koʻrgach ul jahonoro jamol,
Istimoʼ etgach bu ruhafzo maqol.
Jumla aʼzosigʻa qoʻydi zaʼf yuz,
Goh eguldi jismi, gohi boʻldi tuz.
Hush itib, sustaydi oʻzdin bexabar,
Jismida qolmay hayotidin asar.
Dayr eli aylab gumonkim, oʻldi ul,
Ming yil oʻtganlar bila teng boʻldi ul,
Bir kecha-kunduz oʻluklardek yotib,
Ul sanam holigʻa boshin irgʻotib.
Holigʻa hayrat qilib kuffor ham,
Rahm etib ul qotili xunxor ham,
Keldilar boshigʻa ahli kufru din,
Uyla komil ishqigʻa deb ofarin.
Boshini tufroqdin aylab biyik,
Qildilar maʼlumkim, ermish tirik.
Ishqidin el koʻngliga taʼsir oʻlub,
Ul sanam holigʻa ham tagʻyir oʻlub.
Qoʻydi maqtuli boshi uzra ayogʻ,
Xastara maqsud isi tobgʻoch dimogʻ.
Ochti ul gulchehra ruxsoriga koʻz,
Ne yuzida rangu, ne ogʻzida soʻz.
Muddate ul navʼ gungu lol edi,
Nukta surmakdin tili behol edi.
Holigʻa kelturdi chun zavqi visol,
Kofiri zolim yana qildi savol.
Kim: «Chu soʻrduq Shayx holi suratin,
Ongloli deb holati kayfiyatin.
Zarq ila Shayx oʻzni behush ayladi,
Nuktadin ogʻzini xomush ayladi.
Emdi oʻz holidadur, berdik javob,
Ulcha biz avval anga qilduk xitob».
Shayx oh urdiyu boʻldi ashkrez,
Dedi:— «Zy koʻnglumga solgʻon rustaxez,
Chun soʻrorsen — arz qilmay naylayin,
Ne takalluf birla pinhon aylayin.
Maxfiy asrordin oʻtubdur chun bu ish,
Derman emdi, berkitib bagʻrimga tish.
Dayr aro bu navʼkim zor oʻlmisham,
Ishq bandigʻa giriftor oʻlmisham.
Har balo jonimgʻakim hodis durur
Orazing koʻrmak anga bois durur.
Turfa manzardin chu husnung boʻldi fosh,
Uylakim, toʻrtinchi manzardin quyosh.
Ne tahammul qoldi, ne toqat menga,
Aqlu hush itti hamul soat manga.
Mujmal oʻz holimni izhor ayladim,
Seni dardimdin xabardor ayladim.
Choram etsang ham senga oson erur,
Qatl qilsang ham hayoti jon erur.
Uylakim, arz ayladim — holimni bil,
Sen bilursen — qatl qil yo rahm qil».
Dedi shoʻx:— Ey murshidi oliy sifot,
Ahli islom ichra yoʻq ermish uyot.
Sen kibi islom eliga muqtado,
Ne parishon nuktalar qilding ado?
Ne hayo fahm oʻldi sendin, ne adab,
Sen ajab, degan soʻzung sendin ajab.
Kimki boʻlsa ahli ishq, ey peshvo,
Bil ani mahzi adab, koni hayo.
Betahoshi soʻz demak mundoq taboh
Tifllardin kelmagay, ey piri roh.
Shayxliq tavrida oting yoʻqmudur?
Oq soqolingdin uyoting yoʻqmudur?
Chun sanga toʻqsonu yuzga etti yosh,
Ham qari demak boʻlur, ham ssni yosh.
Yesh esang, kirmaydurur aqling hanuz,
Qorigʻon degay xarifliqtin bu soʻz.
Yesh emassan, qoriyu mabhut sen,
Aqlu hushung zoyilu fartut sen.
Ne iboratlar ado qilding degil,
Jinsi insondin bu kelmas bori bil.
Hech shak yoʻqtur manga, ey bulhavas,
Kim bu soʻzda tilu koʻnglung bir emas.
Ishqni maxfiy tutarlar ahli roz,
Fosh etardin koʻp qilurlar ehtiroz.
Xossa maʼshuq olida qilmoq ayon,
Boʻyla tundu behijob etmak bayon.
Dardi ishq oyini mundogʻmu boʻlur,
Zuhd eli tamkini mundogʻmu boʻlur?»
Dedi soʻzlar mahvashi farrux jamol,
Kim harifin zoeʼ etti infiol.
Koʻp xijolat birla Shayxi nomurod
Dedi:—«Ey inson sifatligʻ hurzod.
Ishqkim zoru zabun etmish meni,
Aql olib mahzi junun etmish meni.
El na hush etgay tamaʼ devonadin,
Ye adab savdo bila afsonadin.
Gar junundin betahoshi soʻz dedim,
Afv qilgʻilkim, oʻzumda yoʻq edim.
Chun nekim sharh ayladim — bor erdi rost,
Muʼtarifmen har ne qilsang bozxost.
Ne takalluf birla soʻzlay, ey nngor,
Chun tanim zor oʻlmishu koʻnglum figor.
Ulcha bor erdim — dedim soʻrgʻon zamon,
Necha yoshursam hamondur, soʻz hamon.
Chunki oshiq man emasmanu deyin
Yer vasli istamasmanmu deyin!»
Shayx chun degan soʻzidin yonmadi,
Uzru afsun jonibi aylonmadi.
Shoʻxi sarkash dedi: «Ey, johil sirisht,
Rozi oʻlsang, harna oʻlsa sarnavisht.
Kim mening vaslim tamanno aylamish,
Ixtiyor etmak keraktur toʻrt ish:
May ichib, zunnor olib boʻlgʻonda mast,
Kuydurub mushafni, boʻlmoq butparast.
Ishqning bu toʻrt erur shukronasi,
Yona ikki ish erur jurmonasi.
Kim zrur bu toʻrt takbiri fano,
Ul ikki bu toʻrt ifposi yano.
Xukbonligʻ keldi bir yil yonasi,
Boʻlmoq otashgoh oʻti devonasi.
Shayx agar bu dayr aro oshiq esa,
Ishqining daʼvosida sodiq esa.
Bu edi shukrona ham, jurmona ham,
Koʻp balolar bormu mundni yona ham,
Gar mening vaslim sanga matlub erur,
Hamnishin boʻlmogʻligʻim margʻub erur.
Bu deganlarni qabul etmak kerak,
Vasl koʻyida nuzul etmak kerak.
Gar harif ermassen ushbu ishga hech,
Yoʻlgʻa azm et, erta kunni qilma kech».
Dedi Shayx:—«Ey xasta jonim ofati
Urtagan koʻnglumni ishqing hirqati.
Shuʼlai shavqung vujudum oʻrtagan,
Barqi ishqing toru pudum oʻrtagan.
Men gʻaribu oshiqu devonaman.
Hushu aqlu sabrdin begonaman.
Neki amr etsa pari ruxsora yor,
Oshiqi devonagʻa ne ixtiyor!
Harne matlub oʻlsa, hokimsan — buyur,
Qilmasam — tigʻi jafo boʻynumgʻa ur!»
Shayx chun soʻzni bu erga qildi band,
Qildi shoʻxu barcha dayr ahli pisand.
Dayr ichin firdavsoyin qildilar.
Koʻp takalluf birla tazyin qildilar.
Toʻrida taxt urdilar gardunasos,
Zebu ziynat onda behadu qiyos.
Shoʻx tarso chiqti onda shavqnok,
Shayx oni koʻrgach boʻlub har dam halok.
Shayxni kelturdilar majmaʼ aro,
Qilgʻoli imoni ruxsorin qaro.
Bir-biri uzra oʻkuldi dayr eli,
Xoh iqomat xayli, xohi sayr eli.
Boda kup-kup onda hozir qildilar,
Nuql koʻp-koʻp dogʻi zohir qildilar.
Savti noqusu navoyi argʻunun
Shayx dini motamigʻa tortib un,
Boʻldi sokin har tarafdin bir kashish,
Kim bu navʼ oʻlmaydur erdi hargiz ish.
Shoʻʼla kelturdilar otashgohdin,
Mushaf istab murshidi ogohdin.
Chun muhayyo boʻldi zunnoru salib,
Qoʻpti yuz afsun bila ul dilfireb.
Taxtidin tushti tuman ming noz ila,
Keldi Shayx olligʻa yuz eʼzoz ila. '
U.lturub bir gabraki jom etti noʻsh,
Kim koʻrub shayx etti tarki aqlu hush<
Bodadin soqiyga yuzlangach tarab,
Yana pur qildi qadahni lab-balab.
Dedi: «Ich lojurʼa, ey ulviy janob,
Jurʼa qolsa, bilki, ermastur hisob»,
Komu nokom oldi Shayxi ishqboz
Maynikim, tutmish edi ul dilnavoz.
Sochib ashk, ul mayni noʻsh aylar chogʻi,
Yub ilik islomu imondin dogʻi.
Chekti andogʻkim, boshidin chiqti dud,
May oʻtigʻa boʻldi kul budunabud.
Shayxqa chun tuttilar may necha davr,
Ishq aylay boshladi aqligʻa javr.
Boda chun hushini nokor ayladi,
Muddaoi vasl izhor ayladi.
Shoʻxi tarso soʻz bu navʼ etti bayon
Kim sharoitdin biri boʻldi ayon.
Dedi Shayx: «Ey shoʻx, ne qoldi — degil,
Harne matlub oʻlsa mendin istagilʼ
Dedi mahvash kufr eli ashrofigʻa,
Borcha mohir sheva kufr avsofigʻa.
Kufrni imonga taqdim ettilar,
Anga ul millatni taʼlim ettilar.
Xirqai irshoddin uryon boʻlub,
Kimki ul holat koʻrub, giryon boʻlub»
Berdilar may havzi ichra gʻusli pok,
Gʻoʻta urdi shayx ham bevahmu bok.
Kufr eli xilʼatlarin etkurdilar,
Shayxqa boshdin-ayogʻ kiydurdilar.
Beligʻa mahkam tangib zunnorni,
Kofir aylab soliki atvorni,
Chektilar butxonaga xoru dajam,
Mast qildi sajda but olida ham.
Ham mulammaʼ xirqani kuydurdilar,
Ham «Kalomulloh»ni oʻtqa urdilar.
Ham boʻlub jomi damo-dam birla mast,
Ham qilib mastona oʻzni butparast.
Hech rasvoliq jahonda qolmadi —
Kim aning boshigʻa gardun solmadn.
Kaʼba piri mushkilin hal qildi ishq,
Dayr atfoligʻa mahzal qildi ishq.
Uynabon dayr ichra atfoli farang,
Muqtadoi din bila mastu malang,
Har dam oʻzni bilmay ul farxundapay,
Uziga kelgach, tutarlar erdi may.
Masti loyaʼqil edi ul tunu kun,
Kim ne kun maʼlum oʻlur erdi, ne tun.
Oqibat chun ishq tugʻyon ayladi,
Bir sahar faryodu afgʻon ayladi —
Kim:—«Ayo koʻnglumgʻa solgʻon iztirob,
Xilqatim maʼmurasin qilgʻon xarob.
Ishqi chun bunyodi bedod aylagan,
Dinu imonimni barbod aylagan.
Kufr elining dini mundogʻmu boʻlur,
Ahdu qavl oyini mundogʻmu boʻlur?
Boʻyla el komin ravo qilmoq kerak,
Vaʼdagʻa mundogʻ vafo qilmoq kerak?
Harne koʻnglung istadi — surdung manga,
Yuz tuman barqi balo urdung manga.
Qaysi koming erdikim etkurmadim,
Qaysi shartingni bajo kelturmadim,—
Kim vafo vaqti tagʻofuldur ishing,
Vasl ishi ichra takosuldur ishing.
Ham gʻaribu ham qari, ham xastamen,-
Kufr zanjiri bila pobastamen.
Qecha-kunduz maygʻa tutmushsen meni,
Vaʼda qilgʻondin unutmushsen meni.
Uyla daʼviga bu navʼ isbotdin
Qoʻrqmassanmu Manotu Lotdin?»
Shoʻx tarso dedi: «Urma taʼna koʻp,,
Shartnikim qilding, itmomigʻa qoʻp.
Boʻldi toʻrt ish vaslning shukronasi,
Ikki qolmish ishqning jurmonasi.
Budur ul jurmona, ey faxri izom,
Kim bu dayr atrofida bir yil tamom —
Xotiringni solmayin ikrohgʻa,
Kecha oʻt yoqqoysen otshgohgʻa.
Kunduz oʻzni tutmagʻaysen notavon,
Qim toʻngʻuz kutmakka boʻlgʻaysen ravon.
Tunga tegru xukbonligʻ qilgʻasen,
Ul jamoatga shubonligʻ qilgʻasen.
Yil tugangach qilgʻasen azmi visol,
Men muhayyo aylabon bazmi visol.
Kufr oyini bila sur etgamen,
Vasl ila joningni masrur etgamen.
Gar qoʻya olmas esang bu yoʻlgʻa gom,
Ishq oyinida boʻlsang notamom,
Tark aylab kufru din aylab qabul,
Dayrdin ket, kaʼbagʻa qilgʻil nuzul.
Necha kun aysh etganingni muttasil,
Kim may ichting, men sanga qildim bihil.
Eski kuygan xirqadin sen dogʻi kech,
Toru pudidin takallum qilma hech.
Aylasang daʼvo baho, sen dogʻi ol,
Yoʻlda xarj aylarga chun yoningga sol.
Qil gumon har neki koʻrdung — koʻrmading,
Ye havas dayrigʻa markab surmading».
Shayx solgʻoch mahvash alfozigʻa goʻsh,
Ishq tugʻyon aylabon, chekti xuroʻsh,
Dedi: «Ey jonimda ishqing shiddati,
Xotirim oromi, koʻnglum quvvati.
Harna komingdur, qulungmen, hukm qil,
Qilmasam, qatlimdin ul dam soʻz degil,
Lek mazkur aylama hijron soʻzin,
Vasl nuzhatgohidin hirmon soʻzin».
Qoʻptiyu dedi: «Surukni kelturung,
Qoʻyni choʻpon jonibigʻa etkurung.
Ham madad aylab meni gumrohgʻa,
Lutf etib yoʻlboshlang otashgohgʻa.
Qoʻyni ham choʻponga vosil qildilar,
Soʻnggʻi komin dogʻi hosil qildilar.
Shayx kunduz galadin ogoh edi,
Kecha manzilgohi otashgoh edi.
Kecha tong otguncha oʻt yoqmoq ishi,
Kufr oʻtin ravshan etmak varzishi,
Subh chiqqoch dayrdin noqus uni,
Kim yorur erdi qaro zulmat tuni.
Dud ila kuldin chiqib majnun misol —
Kim junun gulxanga qilgʻay poymol,
Un chekib noqus ohangi bila,
Kufr elining shevau rangi bila,
Kelturur erdi toʻnguzlar sori yuz,
Tegrasida yuzdin ortugʻroq toʻnguz.
Ul bu zulmatqa giriftoru asir,
Qavmu xaylikim edi farmonpazir —
Qildilar koʻp choravu tadbir anga,
Bir sari moʻ qilmadi taʼsir anga.
Maxlasiga toimayin imkongʻa yoʻl,
Tarqadi majmuu, yolgʻuz qoldi ul,
Kaʼbada matvori oʻldilar bori,
Har biri borib uyotdin bir sori.
Shayxqa bor erdi bir foniy murid
Ishq jomidin urub hal min mazid.
Soliku qatʼ aylagan koʻp marhala,
Hodiy ul azm aylasa har qofila.
Shayx aylar chogʻda goʻyo azmi Rum,
Anga maskan erdi oʻzga marzu bum.
Chun safardin qaytib ul farxunda pay,
Qaʼba azmigʻa marohil qildi tay.
Yoʻldin-oʻq koʻrguzdi azmi xonaqoh,
Shayx atrofida istay deb panoh,
Xonaqoh erdi xarobu, piri yoʻq.
Toʻrt yuz ahli varaʼdin biri yoʻq.
Yaxshi taftish etti chun ul holni,
Dedilar anga bori ahvolni.
Rum sori Shayxning azm etganin,
Boshigʻa andin ne ishlar etganin.
Chun xalifa erdi Shayx ashobigʻa,
Kimsalar tarqotti oʻz ahbobigʻa.
Barchasin jamʼ ayladi himmat bila,
Soʻrdi Shayx ahvolini diqqat bila.
Dedilar tush birla Rum irodini, .
Dayr ila tarso qizi bedodini.
Ishq ichinda beqaror oʻlmogʻligʻin,
Holida beixtiyor oʻlmogʻligʻin,
Boda ichmak, rindu mast oʻlmogʻni ham,
Tark etib din, butparast oʻlmogʻni ham,
Maskan etmak DORI otashgohni,
Utqa ham solmoq «Kalomoʻlloh»ni,
Kim nechuk zunnorni tortib turub,
Bogʻladi beligʻa toʻrt aylandurub.
Kecha otashgoh oʻtin holo yoqar,
Boʻldi chun kunduz toʻnguzlarni boqar.
Dedi sohibdardi rindi boxabar:
«K-ey hamiyatda toʻnguzlardin batar,
Shayxkim pir erdiyu, sizlar murid,
Borchaga irshodidin behbud umid.
Faqr aro sharti irodat keldi bu —
Dim ne qilsa murshidi farxundaxoʻ,
Xaylu ashobi tashabbuh aylamak,
Tengriga lekin tavajjuh aylamak.
Gar taalluq boʻlsa, gar taj-rid anga,
Qarne qilsa aylamak taqlid anga,
Siz vafosizlargʻa faqr atvori hayf,
Ahli taqvo xirqau dastori hayf.
Ofiyat vaqti urub lofi gazof,
(Gushti ish chun oʻzni tutqaysiz maof.
Shayxingizga bevafoliq boshlabon,
Qiblangizni dayr ichinda toshlabosh
Tengridin yoʻq bimu, eldin ham uyot,
Kim bu ish tushqonda qaytib barcha bot.
Kelgasiz oʻz muqtadongizni qoʻyub,
Xizmatidin, balki shaklidin toʻyub.
Uzni tutqoysiz salohandesh ham,
Bir-biringizni debon darvesh ham.
Zuhdu tasbehu ridongizdin uyot,
Kafshu dastoru asongizdin uyot.
Boʻlsa erdi shayxqa sakbonligʻ ish;
Qilsa erdi bir necha it parvarish,
Charxdin etkanda bu yangligʻ jafo,
Koʻrmagaymu erdi itlardin vafo?
Baʼzi itsa, baʼzi qolgʻay erdilar,
Uzni atrofigʻa solgʻay erdilar.
Xasmi birla gah tutushqoylar edi,
Motamigʻa gah ulushqoylar edi,
Odami boʻlsa vafo andin yiroq,
It vafo bobida andin yaxshiroq.
Sizda gar boʻlsa edi mardonaliq,
Daʼviyi ixlos aro farzonaliq,
Shayhqa tushkanda bu yangligʻ balo,
Kim birov ishqigʻa boʻldimubtalo,
Ul oʻziga har jafo qilgʻon chogʻi,
Vojib erdi qilmoq oni siz dogʻi.
Zohir aylab barchangiz bedardligʻ;
Koʻrguzub faqr ichra yuz nomardligʻ.
Lof aro ermen degan ermu boʻlur
Kelmas ishni ilkidin dermu boʻlur?
Har nekim deb ul soʻzi jonlarga qut,
Solib ogʻzigʻa alar muhri sukut.
Qildi chun bu navʼ alarga sarzanish,
Dedi: «Oʻlturmoq bila ochilmas ish».
Qoʻbtiyu qildi azimat Rumgʻa,
Dinu imonsoʻz marzu bumgʻa.
Ul jamoat ham qilib qoʻldoshliq,
Komu nokom ettilar yoʻldoshliq.
Yettilar chun qatʼ etib yozi yabon,
Anda bordilarki shayxi xukbon.
Ne asar islomu imon keshidin,
Ne nishon aqli salohandeshidin.
Oshiqi majnun, maydin mast ham,
Dardi bexudliq bila hamdast ham.
Tonimay ul xayldin qoytardi yuz,
Qildi yuz ul yonki, ul xayli toʻnguz.
Soliki rahrav bu ish koʻrgach yurub,
Shayx uchun koʻngli buzuldi oh urub.
Ashki hasrat toʻkti koʻp ruxsorigʻa,
Dedi boqib ul jamoat borigʻa —
Kim: «Xudo hamdu sanosin aytingiz,
Bu mahalda turmay emdi qaytingiz.
Uyla shayxi murshidi sohib kamol
Xiyra ishq oshubidin boʻlmish ne hol!»
Yenibon shahr ichra topib muʼbadi,
Dahr zulm etgan ulusqa maqsadi.
Tengri dargohida rindi pokboz
Kechayu kunduz toʻkar erdi niyoz.
Ish anga — qilmoq munojotu duo,
Aylabon shayxigʻa maxlas muddao.
Chun bu maqsudigʻa sodiq erdi ul,
Sidq ahligʻa muvofiq erdi ul.
Koʻb duo qildi, chu aylab iztirob,
Tengri ham qildi duosin mustajob.
Bir kecha ashki niyoz aylab ravon,
Boʻlmish erdi yigʻlamoqtin notavon.
Subh boʻldi zaʼfdin behol oʻzi,
Koʻz yumub ochquncha yopildi koʻzi.
Koʻrdikim: farxunda nure boʻldi fosh,
Nur arosidin tuloʻʼ etti quyosh.
Ne quyoshkim, yuz quyosh hayron anga,
Zarradek mehrida sargardon anga.
Anbiyo xatmi, risolat xotimi,
Sayyidi olam rasuli Hoshimi.
Kim kelur erdi tabassum aylabon,
Laʼli jonparvar takallum aylabon.
Chun bu navʼ boʻldi ayon ul ganji roz,
Yerga tushti notavon aylab niyoz:
K-ey risolat mulkida sohib sarir,
Lutf ila aftodalargʻa dastgir.
Hojat ermas hojatim qilmoq bayon,
Kim erur ravshan zamiringgʻa ayon.
Dedi yuz ming lutf ila shohi rasul,
K-ey ochilgʻon bogʻi ummidinggʻa gul.
Sidq ila tuz niyyatinggʻa ofarin!
Saʼyu oliy himmatingra ofarin!
Oncha zohir aylading ajzu niyoz,
Kim tarahhum birla hayyi korsoz —
Ayladi ajzu niyozingni qabul,
Nolau soʻzu gudozingni qabul.
Tengri maxfiy hikmati izhorida,
Sayr dashtida, suluk atvorida
Solik olida qoʻyuptur voridot,
Kim oʻzin qutqormay ondin yoʻq najot.
Shayxingizgʻa voride erdi qavi
Koʻrmagan ondoq bu paydo rahravi
Haq najot etti karomat, shod boʻl,
Shukr aylab qoygʻudin ozod boʻl.
Chun sanga yuzlandi koʻp ranju taab,
Haq boʻ lutf aylarga sen boʻldung sabab.
Sharh qildi chun rasulalloh bu roz,
Shodligʻ ashkin toʻkub sohib niyoz.
Chekti hoʻyu zoyil oʻldi hush anga,
Ajzdin boʻldi xirad madhush anga,
Chun nasimi subh esti mushkrez,
Boʻldi tun mushki uza kofurbez.
Notavonning koʻngliga yuzlandi hush,
Sekriboi qoʻbti, tushub magʻziga joʻsh.
Chun xudo farzin ado koʻrguzdi tuz,
Qoʻbtiyu qoʻydi xudovandigʻa yuz.
Soʻrdilar ashobu ogoh boʻldilar,
Bori ul rahravgʻa hamroh boʻldilar.
Poʻya aylarda edi oshuftahol,
Sabzau suv uzra andoqkim shamol. ,
Qatʼ aylab gah nishebu gah faroz,
Ul makongʻachaki shayxi ishqboz. .
Shayxqa ham dafʼ oʻlub gumrohlik,
Yetmish erdi gʻaybdin ogohliq.
Gulshani tavfiqdin esgan nasim,
Koʻngliga taʼsir etib erdi azim. ,
Ham xijolat ashkin aylab oshkor,
Ham chekib ohu nadomatdin sharor.
Tashlab erdi kisvati kufforni,
Uzmish erdi bogʻlabon zunnorni. ;
Kufr solgʻon tira koʻngliga futur,
Yetkurub erdi hidoyat shamʼi nur. . .
Boʻyla holatda etishdi ul guruh
Koʻngliga etti, alar etgach, shukuh.
Shayxqa tagʻyir olor koʻrgan zamon,
Boʻldilar yuz shukr aylab shodmon.
Dedilar: «K-ey murshidi sohib vusul,
Mujdaki, boʻldi madadkoring rasul!»
Shayx chun voqif edi ul holdin,
Soʻz dedi xayligʻa ul ahvoldin.
Quchti istab rahravi farzoiani,
Yakjihatliq bobida mardonani.
Dedi: «Ey farxunda farzandim mening,
Rishtai jonimgʻa payvandim mening,
Sidq aro holingni tagʻyir etmading.
Yerliq bobida taqsir etmading.
Gʻzni ne til birla aylay uzrxoh —
Kim bu sidqning uzrini qoʻlgʻay ilox»
Sochib ul ham shodmonlik yoshini,
Pir ayogʻidin koʻtarmay boshini.
Barcha aylab iztirobu iatiror,
Tobqucha oshufta xotirlar qaror.
Muttafiq bori dedi: «K-ey muqtado,
Chun nasib etti bu davlatni xudo.
Bu xatarliq bumdin ketmak kerak,
Qaʼba vodisigʻa azm etmak kerak».
Shayx kiydi xirqa, aylab gʻusli pok,
Boʻldilar aehob bori zavqnok.
Sidq birla aylabon azmi haram,
Bodiya qatʼigʻa urdilar qadam.
Shayx chun azm aylabon Batho sori.
Kelduk endi mahvashi tarso sori.
Noz uyqusida erdi ul pari,
Koʻrdi tushkim indi mehri xovari\
Shoʻhqa etkurdi Isodin payom:
«K-ey vafo bobida xomu notamom!
Shayx Sanʼon murshidi ahli zamon —
Kim sening dayringgʻa boʻldi mehmon.
Mezbonliqning tariqin bilmading,
Uyla mehmongʻa nelarkim qilmading.
Dayrning mehmonligʻin tark etti ul,
Mezbonliqqa haramgʻa ketti ul.
Bot etib, boʻlgʻil musharraf dinigʻa,
Uzrung aytib, kir aning oinigʻa».
Uyqudin uygʻondi chun tarso qnzi,
Boʻlmoq istab shayx ayogʻining izi.
Keldi ne qilgʻonlari chun yodigʻa,
Tushti oʻtlar xotiri noshodigʻa.
Oh urub qoʻbtiyu qildi yoʻlga azm,
Kaʼba ehromigʻa aylab oʻzni jazm.
Ashkdin anjum toʻkub gardun kibi,
yigʻlabon Laylivashi Majnun kibn.
Tez borur erdi borgʻon sori el,
Eltgandek toza gul bargini el.
Solur erdi gomini beholvash,
Narx aning qilgʻonlaridin kinakat.
To biyobon ichra oshti shiddati,
Gʻolib oʻldi vahmu bimu hayrati.
Zaʼfu ojizliq anga koʻrguzdi yuz,
Kim nihoyatsiz edi vodiyu tuz.
Dedi: «Ye rab, ojizu sargashtamen.
Koʻzu koʻnglum qonigʻa ogʻushtamen.
Ojizu bechoradurmen, rahm qil,
Bekasu ovoradurmen, rahm qil.
Garchi juz jurmu gunohim yoʻq mening,
Sendin uzga ham panohim yoʻq mening».
Yolgʻizu bekasligʻigʻa yigʻladi,
Chorasin bilmasligʻigʻa yigʻladi.
Nozaninga oncha shiddat berdi dast,
Kim qilib zaʼf oʻldi tufrogʻ uzra past
Chun yiqildi hushi zoyil boʻldi pok,
Yetti tufrogʻ uzra xoru dardnok.
Kashf boʻldi Shayxi olijohgʻa,
Ham muridi rahravi ogohgʻa.
Boʻyla ishkim, qoʻydi yuz mahvash sori,
Qaysi mahvash — ojizu gʻamkash sori.
Yendi Shayxu rindi bolodast ham,
Ul guruh ichra balandu past ham.
Gʻofil elning har birida yuz xayol,
Kim ne erkin, yo rab, ul yonmoqqa hol.
Toki etti Shayx ila ul ahli roz,
Andakim yotmish edi ud sarvinoz.
Garchi Shayx ul ishda koʻnglin solmadi,
Yigʻlamoqni lek asray olmadi.
Nozanin boshin qoʻyub qoʻynigʻa tez,
Yuzda boʻldi kirpikidin ashkrez.
Chunki gulbarg uzra sochildi gulob,
Nargis ochildiki, erdi masti xob.
Shayxning qoʻynida koʻrgach boshini,
Toʻkti ruxsorigʻa hasrat yoshini.
Zaʼfdin ohista chiqti nolasi,
Yuz uza sochib bagʻir pargolasi.
Dedi:— «Ey taqvoshiori dinpanoh,
Qaysi til birla boʻloyin uzrxoh.
Tosh otar tifli laimishum baxt,
Soya solur boshigʻa oliy daraxt.
Bosh chekib gulbunda yuz ming noʻgi xor,
Gul ochib har xordin abri bahor.
Garchi jurmum haddu poyondin fuzun,
Lutfu ehsoning sening ondin fuzun.
Beadabligʻlarki qildim, bilmisham,
Afvung oldida siyahroʻ kelmisham.
Har nekim qildim, yamon qildim, yamon,
Men yamon, keshim hamop, dinim hamon.
Degay erdim hazratingda necha roz,
Umr oʻtar taʼjilu fursat asru oz».
Zohir etti shavqi islomini ham,
Isoi ruhilloh eʼlomini ham.
Dedi: «Qildim harza guftorimni bas,
Arz qil imonki, qolmish bir nafas».
Shayx ashk aylab ravon ruxsorigʻa,
Arzi imon etti tarso yorigʻa,
Oshnoliq.tobqoch imondin nihon,
Oh urub Shayx ollida tobshurdi jon.
Soldi din ahli aro gʻavgʻo yana,
Chektilar faryodu vovaylo yana.
Kufr ila din ichra fahm oʻldi sabab,
Vulʼajab ish zohir oʻldi, bulʼajab.
Ishq aro bu navʼ oʻlur aʼjuba koʻb,
Koʻrguzub aʼjubaliq mansuba koʻb.
Ishq bahredurki yoʻq poyon anga.
Har hubobi gunbadi gardon amga.
Olamedur ishq, lekin bas vaseʼ,
Toramedur ishq, lek asru rafeʼ.
Charxni aylar Suho anda nigun,
Pashsha aylar anda anqoni zabun.
Ishq oʻtidin etsa nogoh bir sharar,
Yetkurur yuz barqdin koʻprak zarar.
Bahrdin har qatra aylab behijob,
Dahrni seli balb birla xarob.
Ishq tigʻi qilsa yuz ming qatliom,
Ne qasosu ne diyat, ne intiqom.
Ishqdin koʻrgach yuz ofat jonigʻa,
Chora tutmoq boʻldi minnat jonigʻa.
Koʻr taajjub ishqning boʻstonidin,
Obu rangi begunahlar qonidin.
Ursa bir kirpik tuman ming jongʻa nesh,
Bilki budur hinduyi qotilgʻa kesh.
Zoyil aylar nuqtai zoyid misol!
Yuz tuman koʻz mardumin bir turfa xol.
Ishq mulkida gadou shoh bir,
Dayr ichida rahbaru gumroh bir.
Ishq aro dardu balodin oʻzga yoʻq,
Zulmu bedodu jafodin oʻzga yoʻq.
Shayxni andoqki shaydo etti ishq,
Olam ahli ichra rasvo etti ishq.
Soʻngra mendin solmadi gʻavgʻosini,
Kimsa koʻngli mulkigʻa yagʻmosini.
Holim andin kimsa gar ortuq demas,
Ortuq ermas, boʻlsa ham oʻksuk emas.
Kel, Navoiy, soʻzni holo xatm qil,
Ishq aro izhori daʼvo qilmagʻil.
Bir necha kun oʻmrdin tobsam amon,
Sharhi ishqim nazm etay bir doston.
Anda bilgay kimgakim insofdur,
Kim soʻzum chinmudurur yo lofdur.
Shayxqa alqissa etti chun farogʻ,
Dayr ishidin Kaʼbagʻa aylab yarogʻ.
Yerni dafn etti ishq ayvonida,
Dinu imon ahli goʻristonida.
Kaʼbadin andoqki qildi azmi dayr,
Dayrdin ham Kaʼbagʻa koʻrguzdi sayr.
Tengriga arz etti uzri momazo,
To ani ham yorigʻa qoʻshti qazo.

LXXX

Qushlar peshvoliqqa qurʼa solib, Hudhud otigʻa tushgoni
Bu ajab soʻzni eshitgach ul guruh,
Keldilar barcha hayotidin sutuh.
Ishq oldi qoʻllaridin ixtiyor,
Shavq oʻtidin boʻldi barcha beqaror.
Qatʼ etarlar erdi yoʻl ondoqki barq,
Gʻarbdin bir haml alargʻa erdi sharq.
Barcha oʻz saʼyi bila taʼjil etib,
Har nafas bir xavfluq vodiy etib.
Boʻlsa baʼzi ul qotigʻ yoʻlgʻa harif,
Bor edi baʼzi dogʻi zoru zaʼif.
Oyrilurlar erdi, qolurlar edi,
Uzni har manzilda solurlar edi.
Qavm orasidaki sardor oʻlmadi,
Qavm holidin xabardor oʻlmadi.
Qavmning holi parishon boʻlgʻusi,
Barcha oʻz holigʻa hayron boʻlgʻusi.
Qoʻynikim suv, oʻtqa boshqarmas shubon,
Ul surukni aylagil zoeʼ gumon.
Har jamoatqaki yoʻqtur peshvo,
Yoʻlgʻa ermastur qadam qoʻymoq ravo.
Chun yoʻl erdi ham qatiqu ham yiroq,
Ul jamoat barcha aylab ittifoq.
Dedilarkim: «Bizga sardore kerak,
Aqloyin hushkirdore kerak.
Kim bori qushlargʻa boʻlgʻay hokim ul,
Qim erurbiz biz zaifu saʼb yoʻl.
Rahrave, yoʻl mushkilidin ogahe,
Xaylgʻa ham rahbaru ham hamrahe».
Soyir qushlar laimu ashrof ham,
Chektilar Hudhudgʻa bu ishni raqam.
Chui anga bu ishta urdilar salo,
Ayladi tabʼi hukumatdin ibo.
Dedikim: «Men xaylga yoʻl boshqoray.
Bilganimcha qavmny olib boray.
Oʻzga taklif etsangiz molo yutoq,
Bim erur, tushkay oramizda firoq».
Qilmadi Hudhud chu bu ishni qabul,
Uzgalar xud bor edi jamʼi jahul.
Koʻrdilarkim, barcha abtar boʻldi ish,
Qurʼa solmoqqa muqarrar boʻldi ish.
Qurʼa solib har birining zotigʻa,
Tushti ul dam 'qurʼa Hudhud otigʻa.
Onga uzr aytur fasona qolmadi,
Yoʻq demoqlikka bahona qolmadi.
Chui anga koʻp erdi boridin bilik,
Bayʼatigʻa berdilar barcha ilik.
Peshvoligʻ aylagach Hudhud qabul,
Borchasigʻa muddao topti husul.
Dedilar: «Biz tobeʼu, sen — peshvo,
Ayloli koming nekim boʻlgʻay ravo.
Sen sipohsoloru, biz barcha — sipoh,
Yoʻlda payravbiz, ne qilsang roʻ ba roh».

LXXXI

Vodiy boshigʻa etib qushlarni hayrat zabun etib, bir qushning savoli
Chun alargʻa Hudhud oʻldi peshvo,
Yoʻlni qatʼ aylargʻa qildilar havo,
Urdilar chunkim necha kun bolu par,
Yettilar vodiy boshigʻa ul hashar.
Benihoyat vodie boʻldi padid,
Kim koʻrungach, uzdilar jondin umid.
Mehnat onda haddu gʻoyatdin fuzun,
Hajr shomidek nihoyatdin fuzun.
Umr ila jon ofati nazzorasi,
Qatʼ qilmoqdin yoʻq oʻzga chorasi.
Jonlariga tushti havlu haybati,
Kim demaktin koʻproq erdi shiddati,
Vodie erdi xaloyiq etmagan,
Vusʼatini hech qush qatʼ ztmagan.
Barchaga sustaydi jismu paru bol,
Bir qush ul dam qildi Hudhuddin savol -
Kim, nedin xoli ekin oyo bu yoʻl,
Fikr etib mundoq javobin berdi ul.
Kim erur xoli ulus gʻavgʻosidin,
Shoh izzu johu istigʻnosidin.

LXXXII

Hikoyat
Hilvatidin chiqti bir kun Boyazid,
Kim ul erdi qobili hilmin mazid.
Kecha oydin tobidin ravshan edi,
Charx anjum vardidin gulshan edi.
Bahri axzardin kavokib" tobyaok,
Har biri raxshandaliqdin durri pok.
Tortibon afloki oliy borgoh,
Rifʼatu vusʼat tuzub bu korgoh.
Aql ojiz sayr ila oromida
Hush qosir vazʼ ila andomida.
Boʻyla dargoh ichra piri boxabar,
Koʻrmadi maxluq jinsidin asar.
Necha qildi saʼy ila joʻyandaligʻ,
Shahru togʻu dasht aro poʻyandaligʻ.
Kimsadin mutlaq nishoie toimadi,
Uzdin oʻzga notavone toimadi.
Dedi xoli nedin erkin, yo iloh,
Dard ila shavq ahlidin bu borgoh.
Bunda ul koʻngliga hotif ayladi,
Jonini bu navʼ voqif ayladi.
Kim erur bu dargahi izzu jalol,
Har kishi yoʻl toimagʻi yoʻq ehtimol.
Shah harimi izzining poyoni yoʻq,
Har gado mahramligʻi imkOni yoʻq.
Umrlar jon cheksalar ahli talab,
Biri bu davlatqa etmoqdur ajab.

LXXXIII

Vodiy suubatidin qushlar Hudhuddin savolot qilgʻoni va oning javob aytmogʻi
Nukta bu yangligʻki surdi rahshinos,
Rohrav qushlarga yuzlandi haros.
Kim nihoyatsiz balogʻa tushtilar,
Gʻoyati yoʻq ibtilogʻa tushtilar.
Yoʻl koʻrunur erdiyu poyoni yoʻq,
Dardi mufrit erdiyu darmoni yoʻq.
Ranj oʻti koʻkka chekar erdi alam,
Arshni kuydurgudek, kursini ham,
Uyla sekrir erdi istigʻno eli,
Singʻudek bu gunbadi xazro beli.
Boʻyla yoʻlni ul necha aftoda qush,
Jism birla jonlari mehnatqa toʻsh,
Qatʼ qilmoq qayda boʻlgʻay ehtimol,
Kim xayolin etsa ham boʻlgʻay mahol.
Jonlari chun qolmadi ul bim ila,
Jamʼ oʻlub borisi yuz taslim ila.
Koʻrguzub Hudhudqa koʻp ajzu niyoz,
Dedilar: «K-ey peshvo-yu sarfaroz.
Chun seni haq bizga qildi muqtado,
Ajzimizni farzdur qilmoq ado.
Sen chu bu yoʻldin erursen barxabar,
Dogʻi biz berohlargʻa rohbar.
Bizga mushkullar durur bu azm aro,
Kim erur farz oni qilmoq mojaro.
Har birimiz sanga arz etmak soʻzin,
Ranju mehnatdin xalos etmoq oʻzin.
Sen borining mushkilin hal aylamak,
Sharhida soʻzni mufassal aylamak.
Nukta tafsilida boʻlmoq durfishon,
Soʻzni soyilga qilib xotirnishon.
Xotiridin shubhani rafʼ aylabon,
Koʻnglining majhulini dafʼ aylabon.
Jamʼ etib koʻnglin bori ashkolidin,
Qutqorib har navʼ mushkil holidin.
Tafriqa qoʻymay koʻngulda qil uchi,
Kim keraktur tinch yoʻl qatʼ etkuchi.
Bir nafas bir maʼman ichra oʻlturub,
Xayl koʻnglin har xatardin tindurub.
Mushkulin har kim sanga qilsa xitob,
Hallida sen ham anga aytib javob.
Qolmogʻondin soʻig koʻngullarda xatar,
Hech xotirda xavotirdin asar,—
Jamʼ xotir birla qilmoq yoʻlgʻa azm,
Bu uluq maqsadgʻa tutmoq oʻzni jazm.
Yoʻqsa yoʻl bir kun ikki kunluk emas,
Bal kishi poyonigʻa ettuk demas.
Boʻyla yoʻl qatʼida jamʼ oʻlmay koʻngul,
Shubha birla bormori mushkil degul».
Peshvogʻa tushti maʼqul ul misol,
Dedi: «Jamʼ oʻldik bori ahli savol»,-
Iltimosin xaylning aylab qabul,
Bir biyik manzil topib qildi nuzul.
Qoʻndilar oning bila xaylu sipoh,
Nukta surdi murshidi irfonpanoh.

LXXXIV

Bir qushning savoli
Dedi: «Soʻrdik kimda boʻlsa mushkile?»
Boʻyla soʻz soldi arogʻa soyile:
«Kim, ayo bu xayldin boʻlgʻon aziz,
Chun senu biz barchamiz bir jinsbiz.
Tengdurur chun borimizgʻa bolu par,
Sei nedinsen — boxabar, biz — bexabar?
Bu tafovutni sarosar sharh qil,
Kim nediidur — bizga ravshan aylagil».

LXXXV

Hudhudning javobi
Utruda bu boʻldi Hudhudning soʻzsh
«Kim manga tushmish Sulaymonning koʻzi.
Haq taolokim anga aylab nazar,
Ham rasul aylab edi, ham tojvar.
Jinnu insu vahshu tayr ustida shoh
Aylab erdi oni lutf aylab iloh.
Boʻyla sohib davlati sohibsarir —
Iltifotin topti men yangligʻ haqir.
Ondin oʻldi bu qadar izzat manga,
Bosh uza bu afsari rifʼat manga.
Kimga-kim aylar nazar ahli safo,
Ul nazar tufrogʻni aylar kimyo».

LXXXVI

Shayx Najmiddini Qubroning soʻzi va itga tushgan koʻzi
«Shayx Najmiddin Kubro-qutbi dahr,
Bir nazardin kimgakim etkursa bahr,
Yerubon nuri viloyatdin koʻzi,
Uzlugidin oyrilur erdi oʻzi.
Bu sifatda etti ul erga ishi,
Kim vali boʻldi koʻzi tushkan kishi.
Sukr vaqti soldi chun bir kun nazar,
Ul nazardin boʻldi bir it bahravar.
Oshnoligʻdin etishti choshni,
Tortib itlik siyratidin boshni.
Yuz qoʻyub shayx olida qildi niyoz,
Barcha itlar uzra boʻldi sarfaroz.
Har qayon shahr ichra qilsa erdi mayl,
Itlar erdi girdida andoqki xayl,
Qayda oʻltursa edi itlarga shoh,
Halqa erdi davrida xaylu sipoh.
Chun qazodin boshigʻa etti ajal,
Shayx eshiginda qozibon bir mahal —.
Dafn etib qabrin namudor ettilar,
Qabrin insondek padidor ettilar.
Itlar aylab motamida koʻp figʻon,
Qabrining davrida tuttilar makon.
Yuz qoʻyub qabrigʻa holo ahli roz,
Koʻrguzurlar sidq yuzidin niyoz.
Bu dam ul Xorazmda mavjud erur,
Kishvarekim hokimi behbud erur.
Boʻlmagʻay olamda mundin turfa soʻz,
Kim saodat ahli itga solsa koʻz,
Yetkurur itga natija ul nazar,
Zotigʻa solur kishilikdin asar.
Itgakim etgay validin tarbiyat,
Qushqa ham tong yoʻq nabidin tarbiyat.
Ne kishilik kim inoyatdin nishon,
Nashʼai nuri valoyatdin nishon.
Qushqa ham boʻlsa payambar lutfi tush,
Ne ajab boʻlsa muteʼi barcha qush.
Sobiqan ham qissa oʻtmish bu qabil,
Sidqigʻa ashobi kahf etti dalil.
Chun inoyat aylasa hayyi mujib,
Itgavu qushqa ne tong etsa nasib».

LXXXVII

Yana bir qushning Hudhuddin savoli
Yana bir soyil dedi tortib nafir:
«K-ey bori qushlargʻa sarxaylu amir.
Yoʻl qotiqdur, meq zaifu notavoi,
Pashsha Anqogʻa boʻla olmas ravon.
Har nafas bu yoʻlda yuz mehnatdurur,
Har dam anda yuz tuman shiddatdurur.
Aqbalar onda baliyat togʻidin,
Gardlar koʻzga ajal tufrogʻidip.
Yeli oʻzni togʻ uza chun etkurub,
Toshni tufrogʻ yangligʻ sovurub.
Shergʻa etmas bu yoʻl azmigʻa zoʻr,
Ne qila olgʻay zaifu xasta moʻr».

LXXXVIII

Hudhudning okavobi
Dedi Hudhud: «K-ey nahifi mustamand
Himmating pastu oʻzung dunu najand.
Tan nechakim bor esa pastu dijam,
Himmat ar boʻlsa biyik — ondin ne gʻam
Chun ki bu ish keldi beshak ishq ishi,
Kimki oshiq ermas, ul ermas kishi.
Chun bino bu ishgʻa ishq oʻldiyu bas,
Qayda qilgʻay maylini har bulhavas.
Oshiq elga notavonligʻdur nishon,
Ishqdin bexonumonligʻdur nishon.
Notavonligʻ oshiq elga peshadur,
Balki jon tarki mudom andeshadur.
Boru yoʻqdin oʻzni foniy aylamak,
Nr ishqin jovidoniy aylamak.
Har kishiga ishqu himmat boʻlsa yor,
Bunyau tan zaʼfigʻa ne eʼtibor.
Bor anga ishq ichra jon bermak murod,
Ishq qaydidindurur barcha kushod.
Ishq aro oʻlmakdurur maqsud anga,
Jongʻa nuqson oʻlmogʻidin sud anga.
Kimgakim dunyogʻadur vobastaliq,
Yetsa ul andeshadin dilxastaliq.
Kimsaga bu zaʼf mustahsan emas,
Ahli ishq ul zaʼfni ahsan demas.
Ishqdii har kimga zaʼfu tob erur,
Ul murod oyinigʻa asbob erur.
Ishqdin chunkim murod oʻlmak emish,
Bordur oʻlmakka yaqin zaʼf ichra ish,
Zaʼfki jon tarkiga boʻlgʻay sabab,
Boʻlsa ondin ijtinob erur ajab.
Ishq aro jon tarki chun matlubdur,
Har ne oning boisi margʻubdur.
Zaʼfning poyoni boʻlsa tarki jon,
Uyla oʻlmakka fido jonu jahon.
Sen jahon mulkida ming yil.boʻldi tut,
Dardu hasrat birla oxir oʻldi tut.
Boʻlmas ermishsen xud oʻlmakdin yiroq,
Bu talabda bore oʻlmak yaxshiroq.
Yordin oʻlmak agar ummid erur,
Bil hayotedurki ul jovid erur».

LXXXIX

Shayx Abu Said Abul Xayr hikoyati
Mihna shayxikim bu yoʻlii qildi sayr,
Yer vaslidin nasibi boʻldi xayr.
Avvalida ishqning bas zor edi,
Yuz baliyat tigʻidin afgor edi.
Zaʼf toimish erdi istilo anga
Zaʼfdin ish ohu vovaylo anga.
Ishq barqidin edi jonida oʻt,
Ul sharardin jismi vayronida oʻt.
Tun anga uyqu-yu kun oromi yoʻq,
Ishq anduhidin oʻzga komi yoʻq.
Kunduz oning zikru fikri yoru bas,
Hajridin daʼbi figʻonu zoru bas.
Kecha boʻlmas erdi shahru bogʻ aro,
Uzni tortar erdi dashtu togʻ aro.
Ul damanda bor edi vayronae,
Chugʻz qasridek buzugʻ koshonae.
Onda chohe bor edi behad amiq,
Suyida shaxsi nashot oʻlgʻon gʻariq.
Osilib ul choh ichinda sarnigun,
Ishq istilosidin zoru zabun.
Tonggʻa tegru ish anga ohu figʻon,
Qatra-qatra koʻzidin tomgʻuncha qon.
Ulmak istab ishq arovu toimayin,
Ul tamannodin koʻzini yoimayin.
Bu baliyat jismini nol aylabon,
Nolasi jonini badhol aylabon.
Hajr aro yillar bu yangligʻ chekti hol,
To etishti ogʻzigʻa jomi visol.
Ishq aro budur eraplarning ishi,
Ulmayin toimas bu davlatni kishi».

XC

Yana bir qushning Hudhuddin savoli
Dedi bir qushkim:— «Qilibmen koʻp gunoh,
Bu uyatdin asru holimdur taboh.
Zoeʼ aylabtu.r meni oludaligʻ,
Qoʻymas ul yoʻlgʻa bu gʻam farsudaligʻ.
Chun najosatdin jabindur lavspok,
Anga ne nisbatdurur Simurgʻi pok.
Pok vasligʻa keraktur poklik,
Yoʻqki, lavsi jurm aro beboklik.
Ul origʻ, menda origʻsizligʻ sifot,
Vaslini istargʻa moneʼdur uyot».

XCI

Hudhudning javob aytqoni
Dedi Hudhudkim:— «Erursen muʼtarif,
Kim ishing boʻlmish gupohdin munharif.
Dahr xud ermas iqomat manzili,
Kimki bor oxir oʻlumdur hosili.
Bu gunah birla gar oʻlmak istasang,
Xalq ahvoligʻa kulmak istasang.
Bilki bas nodonu gʻofil boʻlgʻasen,
Ahli aql olida johil boʻlgʻasen.
Bu gunahdin orimoq etting havas,
Ul dogʻi oson erur, ey bulhavas.
Tavbadur oni oritmoqqa iloj,
Zulmati isyon aro budur siroj.
Jurm lavsidin kishi maʼsum emas,
Boʻyla ismat kimsaga maʼlum emas.
Odam avlodini qilmaydur iloh,
Uylakim ondin bosh urmaydur gunoh.
Boʻlmasa sendin gunoh, ey bexabar,
Afvu rahmat kimga boʻlgʻay choragar.
Jurmdin ulkim yuzi boʻlgʻay sarigʻ,
Tavba aylar ul sarigʻligʻni origʻ.
Bahri rahmat mavjga kirgan zamon,
Pok oʻlursan men kibi yuz ming ravon».

XCII

Odam Safiy alayhissalom hikoyati
«Xayli insonning otosi Bulbashar,
Kim oni xalq etti hayyi dodgar.
Boshiga qoʻydi hidoyat afsarin,
Tojiga tikti nubuvvat gavharin.
Qildilar topqoch bu yangligʻ izzu joh,
Tufrogʻin xayli maloyik sajdagoh.
Avji gardun xoki roh oʻldi anga,
Bogʻi jannat jilvagoh oʻldi anga.
Bu sifat sofiyvashi oliy hasab,
Kim Safiy keldi anga haqdin laqab.
Chupki taqdir etdi hayyi zuljalol,
Jurmu isyon birla boʻldi tirahol.
Oncha rifʼat birla ul masjudluq —
Ketti-yu boʻldi ishi mardudluq.
Koʻksiga rad panjasin etkurdilar,
Ravzai jannatdin oni surdilar.
Yuzqaroligʻlar anga aylab nasib,
Tushti Hindiston savodida gʻarib.
Qarnlar hijronda erdi ashkrez,
Solib ohu nolasidin rustaxez.
Joni oʻrtangan zamon andoqki xas,
Tavba ul holiga boʻldi choraras.
Bogʻi rahmatdin yana esti nasim,
Boʻldi yuz ming ranju mehnatdin salim.
Tavbasiga dastgir oʻldi qabul,
Ayladi hurmat harimida nuzul.
Ondoq elga etsa bu bandu kushod,
Sen kim oʻlgʻaysen zaʼifi nomurod?
Tavba qilgʻil dogʻi behbudunggʻa et,
Yoʻlga aylab azm, maqsudunggʻa et».

XCIII

Yana bir qushning Hudhuddin savoli
Yana bir soyil dedi: «K-ey zebi toj,
Menda voqeʼdur talavvuiluq mizoj.
Har sifatda keldi tabʼim noraso,-
Goh fosiqmen, zamone porso.
Goh matlubum xarobot ahlidur,
Goh margʻubum muiojot ahlidur.
Gah haram tavfida men yazdonparast,
Dayr ichinda, goh but oldinda past.
Istiqomat yoʻqturur holimda hech,
Bu jihatdandur ichimda pech-pech.
Bu talavvuni mizoji shum ila,
Bu sifatliq odati mazmum ila,—
Boʻyla yoʻlgʻakim kerak yakrangligʻ,
Uzni toimasmen sahih ohangligʻ».

XCIV

Javob
Dedi Hudhudkim: «Bu bemaʼni shior
Filhaqiqat barchaning zotida bor.
Kim borigʻa hamnafasdur nafsu ruh,
Bastaligʻ birdin etar, birdin futuh.
Uldur erkim, salb etib nafsoniyat,
Gʻolib etgay zotigʻa ruhoniyat.
Har kishida bu sharaf bizzot erur,
Ul kishi poku sharif avqot erur.
Gar talavvun boʻlsa zoti shevasi,
Sen kibi boʻlsa tahattuk mevasi.
Bu maraz toimish riyozatdin iloj,
Kim kishiga mustaqim oʻlgay mizoj,
Nafsdin har kimgakim bu bim erur,
Chora murshid oldida taslim erur.
Boʻyla illatlargʻa murshiddur tabib',
Kim xaloyiq pir derlar, ey labib.
Tolibi solikka illatlar boʻlur,
Nafs xaylidin mazallatlar boʻlur,—
Kim anga feʼli zamoynmdur laqab,
Mubtalo boʻlur aaga ahli talab.
Pir har birga qilur navʼe davo,
Kim borib illat, tonar tolib Shyfo.
Ul marazlardin bu dogʻi biridur,
Kim riyozatlar oning tadbiridur.
Sen dogʻi bu ishga oʻzni chogʻlasang,
Bir qotiqliqqa belingni bogʻlasang.
Uyladur umidkim, bir lutfi xos —
Gar tahattukdin seni qilgʻoy xalos.
Bu talablardin tarabnok oʻlgʻosen,
Haq yoʻlinda rahravi pok oʻlgʻosen.

XCV

Hikoyat
«Zumrai tahqiq sofiy mashrabi,
Vosili haq Bu Turobi Naxshabiy.
Bir muridi holiga solib nazar,
Zebu ziynatdin topar erdi asar.
Xirqasida vuslalar erdi origʻ,
Ranglar onda qizil, yoshil, sorigʻ,
Mayl koʻp nafsiga raʼnoligʻ sori,
Kisvati faqr ichra zeboligʻ sori.
Koʻp riyozatlar buyurdi pir anga,
Ul takalluf toimadi tagʻyir anga.
Koʻrdikim dafʼ oʻlmas erdi bu sifat,
Murshidi komil buyurdi oqibat:
Har kun oʻz nafsi bila razm aylamak,
Dogʻi dorussalxqa azm aylamak.
Bir sabadga qoʻyning ich-olotini.—
Solibon ihshou qozurotini,
Bosh uza oni qoʻyub, mahkam tutub,
Mehnatu ranjidin oning qon yutub,
Qatralar haryon tomib dastoridin,
Oni oʻtkargay Nasaf bozoridin.
Nafsigʻa oning etib mundoq inod,
Necha kun bu ish chu topti imtidod.
Xirqasida qolmadi zeboligʻi,
Boshidin chiqti bori raʼnoligʻi.
Bu mashaqqat qildi chun nafsyn halok,
Murshidi komil buyurdi gʻusli pok.
Ul marazdin boʻyla -qutqordi oni,
Ul xatardin boʻyla oʻtkordi oni.
To maqomi boʻldi ayvoni vusul,
Harne matlubigʻa yuz qoʻydi husul.
Sen dogʻi nafsinggʻa qoʻy bir navʼ ranj,
To nasibing boʻlgʻay oning muzdi ganj.
Yoʻq esa oʻzungpi zoeʼ boʻldi tut,
Bu talavvun doʻzaxida oʻldi tut».

XCVI

Yana bir kushning Hudhuddin savoli
Dedi bir soyilki: «Ey farxundaxoʻ,
Nafsi zolimdur manga behad adu.
Har ne amr etsam qilur zohir xilof,
Irtikobidin tutar oʻzni maʼof.
Boʻyla yoʻlda dushman oʻlsa ul manga,
Tay nechuk boʻlgʻay bu qattiq yoʻl manga»,

XCVII

Hubhudning javobi
Dedi Hudhud: «K-ey zabuni hirskesh,
Nafs zulmi aylagan koʻnglungni resh.
Nafsning mahkumi boʻlgʻon tunu kun,
Uzga bu hangomani qilgʻoi uzun.
Nafs ne amr etsa boʻlgʻon zerdast,
Ul biyiklik qilsa, qilgʻon oʻzni past.
Urmagʻon ul amr qilmay bir nafas,
Hosil aylab har ne ul etgan havas.
Umr oning farmoni birla sarf etib,
Ul tamanno aylagan sori ketib.
Bir eshakdek boshinga afsar urub,
Nafsni oʻz orqang uzra mindurub.
Ul qayon sursa, urib gom ul taraf,
Qayda tursa, topib orom ul taraf.
Tifl ekonda xud oning zori eding,
Lahv ila gʻaflat giriftori eding.
Chun yigit boʻldung ham ondin yonmading,
Lahzae oʻz holiigga aylonmading.
Qarigʻonda xud etishti varzishing,
Fisqu isyonda tamom oʻldi ishing.
Umrung oʻtti gʻaflatu isyon bila,
Yetti oʻlmak yuz tuman armon bila.
Tengri amrin umr oʻtub yod etmading,
Sheva juz izlolu ifsod etmading.
Dahr aro yoʻq sen kibi zoti ajab,
Umr oʻtib oʻtkargan avqoti ajab.
To tirik erding — bu erdi gʻaflating,
Boʻyla oʻlsang, koʻr, ne boʻlgʻay holating»,

XCVIII

Hikoyat
«Podshohe mast edi, bebok ham,
Zolimu gʻoratgaru saffok ham.
Nafsi zolim har necha maʼmur etib,
Qilmogʻida ul oʻzin maʼzur etib.
Bir kun aylar erdi jomi aysh noʻsh,
Koʻrdikim borurlar ikki jandapoʻsh.
Bir-biriga ikkisi yoru rafiq,
Hamdamu hamrozu gʻamxoru shafiq.
Shah tilab qildi birisidin savol,
Ul birining holidin soʻrdi maqol:
«Kim bukim keldi sening hamkisvating
Zohir etkim — anga nedur nisbating?»
Dedi: «Nisbat ikkimizda yorligʻ,
Hamdamu hammashrabu hamkorligʻ».
Masti gʻofil dedi:— «Ey sohib tariq,
Oytkim, men yaxshiroq yo ul rafiq?»
Dedikim: «Ulcha manga boʻlmish ayon,
Ikkingizning holini aylay bayon.
Chunki boʻldung ikkisidin barxabar,
Sen oʻzung hukm aylagil, ey tojvar.
Sen agarchi bir ulusqa shohsen,
Tengri yoʻlunda, vale gumrohsen.
Har ne haq debtur — xilofidur ishing,
Kecha-u kunduz bu boʻldi varzishing.
Ul agarchi boʻlsa darveshu gado,
Tengrining amrini xub aylar ado.
Haq yoʻlidin tashqari qoʻymas qadam,
Balki haq amridin urmas ayru dam.
Sen shoh, ammo nafsqa zoru haqir,
Ul gadou nafsni aylab asir.
To tiriksiz ikkingizga hol — bu,
Ul gado, sen shohgʻa minvol — bu.
Ulsangiz, xud shoh — uldur, sen — gado —
Kim, sen erding mast, ul — ahli iqtido»:
Nuktani bu navʼ surgach piri roh,
Seskonib ul uyqudin uygʻondi shoh.
Mast edi, etti anga hushyorligʻ,
Uyqusigʻa qoʻydi yuz bedorligʻ.
Shohligʻ zarbaftidin yuzlandi or,
Tashlab oni, janda qildi ixtiyor.
Koʻngliga haqdin etib ogohligʻ,
Bildikim, darveshlikdur shohligʻ.

XCX

Yana bir qushning Hudhuddin savoli
Dedi bir soyilki: «Iblisi lain
Qasdim aylar, zohir aylab makru kin.
Uz huzurumgʻa meni qoʻymas dame,
Kelturur koʻnglumga hardam olame.
Boshima har lahza solur bir xayol,
Kim emas ondin qutulmoq ehtimol.
Chuiki yoʻq ondin qutulmogʻligʻ menga,
Choradur maʼmuri boʻlmogʻligʻ manga.
Uyla muztarmen oning vasvosidin,
Kim zabundur aql oning ehsosidin».

C

Javob
Dedi Hudhud:—«Toki nafsingdur qarin,
Anga bor iblis shogirdi kamin,
Nafs oncha koʻnglunga solur gʻurur,
Yetkurur oncha zamiringgʻa futur.
Kim oni shayton koʻrub hayron qolur,
Vodii hayratda sargardon qolur.
Qaysi ishdinkim etar nafsinggʻa kom,
Topar ondin komiii shayton mudom.
Nafs hukmi birlakim qilsang har ish,
Irjayur ul komdin shaytonga tish.
Demakim, shaytongʻa boʻlmishmen zalil,
Ul sening nafsingni aylabtur vakil.
Har ne ul qilmoq kerak nafsiig qilur,
Har nekim shayton bilur, ul ham bilur.
Har ne dunyogʻa taalloʻqdur umur,
Sarbasar shaytongʻa doxildur zarur.
Nafsing andoq haqqu mulk etmish ani,
Kim erur darj anda yuz shayton fani.
Nafsing oncha koʻrguzur talbisni,
Kim qilur sharmanda yuz iblisni.
Senki, yor oʻldung bu yangligʻ nafs ila,
Ne uchun shaytondin etkaysen gila».

CI

Hikoyat
Keldi Xaraqoniy qoshigʻa bir murid,
Uz suluku toatidin noumid.
Dedikim: «Iblis purfanlik qilur,
Koʻngluma har ishda rahzanlik qilur,
Ham namozimga etar ondin qusur,
Zikru tasbehimgʻa dogʻi yuz futur».
Murshidi komil dedi:— «K-ey zulmkesh,
Tigʻi javruig birla shayton koʻngli resh
Onda ham sendin shikoyatlardurur,
Javru zulmungdin rivoyatlardurur.
Der manga qism etmish avvaldin iloh,
Makr ila el holini qilmoq taboh.
Rohzanliq aylamak isyon sari,
Boshlamoq yoʻl vodii nuqson sari.
Sen muride aylamishsen tarbiyat,
Kim anga mendin fuzundur bu sifat.
Har qachon keldim bu sharrun-nosgʻa,
Kim solay koʻnglini bir vasvosgʻa.
Qaysi munkarkim manga maqbul edi,
Koʻngli, koʻrdumkim, anga mashgʻul edi.
Har taxayyulkim manga erdi mahol,
Xotirida erdi mamlu ul xayol.
Aylamakni sanga talqinlar base,
Bizni shayton qildi tahsinlar base.
Rahmat ushbu makr ila tazviringa,
Kim degay shaytonki: Rahmat piringa».
Dedi: «Shayton aylamish tuhmat manga,
Ul berur har lahvga ragʻbat manga».
Dedi shayx: «Asantu bu yangligʻ maosh,
Kim sanga shayton bila boʻlgʻay talosh.
Men aroda boʻlgʻamen hukm etkuchi,
Yergʻu aylab, uzrunguzgʻa etkuchi.
Ham sanga yuz qatla shaytondin uyot,
Ham anga sen shumi nodondin uyot».

CII

Yana bir qushning Hudhuddin savoli
Dedi bir soyilki: «Ey farrux jamol,
Koʻngluma behad muhabbat soldi mol.
Ham visoli jonima solur nashot,
Ham unidin koʻiglum aylar inbisot.
Bir nafas gar boʻlmasa ilkimda sim,
Hajridin jonimga bor oʻlmakka bim».

CIII

Javob
Dedi Hudhud: «K-ey haqiqatdin yiroq,
Joninga qoʻygʻon diram dogʻi firoq.
Hirs jomi aylagan koʻnglungni mast,
Sen boʻlub ul mastligʻdin zerdast.
Bu ne soʻz boʻlgʻayki, zikr etgay kishi,
Kim emas, bu odamiylarning ishi.
Odamiyligʻning bu ishtin ori bor,
Kim bu sichqongʻa erur daʼbu shior.
Yerni qazmoq aylabon koʻp ehtimom,
Tufroq ichra xoru zor aylab mudom.
Naqb urub uylarga hirsi shumdin,
Jon chekib bu xislati mazmumdin.
Har nafas bir uy sari solib toʻshuk,
Iogahon chiqqach kamindan bir mushuk.
Aylab oni sayd ishratlar bila,
Tuʼma aylab hirsu ragʻbatlar bila.
Yeb sharahdin jismi birla qonini,
It nechukkim siflalar sichqonini.
Ye yilon yangligʻki, ganj aylab havo,
Yillar oʻlgʻay tufrogʻ ichra mubtalo.
Charx mundoq aylagay podoshini,
Kim koʻrungach, yonchqoylar boshini.
Ye yilon boʻl yoki sichqon, ey najis,
Muncha xud bordur sening zotingda his.
Kim alarga boʻyla boʻlsa oqibat,
Bilgasenkim yaxshi ermas bu sifat.
Siym sevgonkim, anga pobast oʻlur,
Shavqidin oning ajoyib mast oʻlur.
Uyladurkim johilu nodon mast,
Siymdin but aylab, oʻlgay butparast.
Jahl birla tarki islom aylagan,
Uzga doʻzax azmin anjom aylagan.
Toki boʻlgʻay dahr bogʻida tirik,
Roʻzgor andoqki bu yangligʻ irik.
Siym uchun yuz hirsu shaydoligʻ bila,
Ulmagay oxir bu rasvoligʻ bila.
Men seni sichqon demay, Qorun tutay,
Yoʻq yilon, alhaqki, Afridun tutay.
Oqibat borin chu solib ketkasen,
Nettilar ul xaylkim, sen netkasen.
Bu tamannoni chiqargʻil boshdin,
Boshni qutqar bu qattiq toshdin.
Er esang maqsudi asli koʻzlagil,
Har nekim soʻzlarsen — ondin soʻzlagil.
Qilma ul ishkim etib nuqson sanga,
Oxiri boʻlgʻay vuboli jon sanga».

CXIV

Hikoyat
«Basra shahrida laime bor edi,
Bebasarligʻ fannida dinor edi.
Mayli jamʼ aylarga dinoru diram,
Ul sifat gʻolibki, Hotamgʻa — karam.
Koʻp mashaqqatlar bila duni laim,
Vir-bir uzra jamʼ aylar erdi siym.
Onchakim jamʼ oʻldi bir maxzan anga,
Yer tubida ayladi madfan anga.
Bovujudi muncha naqd ul dunxisol'
Toʻnigʻa tikmish edi gardun misol —
Beadad maxfiy diramlar hirsi shum,
Kunduz andoqkim falak ichra nujum.
Kim bulardindur manga tan quvvati,
Uylakim tan quvvati — jon sihhati.
Ittifoqo bir kun oʻldi manzili,
Mol savdosigʻa daryo sohili.
Suv qirogʻinda eb ul moli harom,
Molning savdoda sudidin taom.
Boʻldi daryoda ilikni yurda xam,
Chun ogʻirlik qildi bir sori diram.
Tushdi daryogʻa laimi dunsirisht,
Chekti qaʼriga oni ul feʼli zisht.
Tolpinib koʻp zohir etti iztirob,
Kim birov solgʻay oning sori tanob.
Maxlasigʻa mayl koʻrguzguncha xayl,
Koʻprak etti bahrping qaʼriga mayl.
Chun ogʻir erdi diramdin langari,
Suv tubin tutti sadafdek gavhari.
Siymdin etti bu ofat jonigʻa,
Tushti yagʻmo maxzani pinhonigʻa.
Siym yigʻmoqqa natija boʻldi bu,
Sen oning savdosidin ilkingni yu(v)v
Mutlaq oning sori mayl etma yano,
Kim talotumda erur bahri fano».

CV

Yana bir qushning Hudhuddin savoli
Dedi bir soyilki: «Ey ulvi xirom,
Maskanimdur bir bihishtoso maqom.
Har shajar onda kelib toʻbi misol,
Har taraf kavsar kibi ravshan zulol.
Suyi ruhafzo, havosi jonfizo,
Sahnida mavjud tanparvar gʻizo.
Bogʻi jannatdek fazosidur vaseʼ,
Urtada qasri binosi bas rafeʼ.
Qasr ichi naqqoshlikdin zarnigor,
Toshida naqqoshligʻ gavharnigor.
Qasr aro bir xisrave oromgir,
Surati xush, siyrati xotirpazir.
Boʻyla gulshan ichra manzildur manga,
Boʻyla shohning vasli hosildur manga.
Mensiz ermas bir dam oning majlisk,
Tunu kun menmen rafiqu munisi.
Bu tarablarni qoʻyub, aylab havo,
Istamak Simurgʻ boʻlgʻaymu ravo?!»

CVI

Javob
Dedi Hudhud:—«K-ey xayoling barcha hech,
Sharhida bu qilu qoling barcha hech.
Garchi zebo gulshanu dilkashdurur,
Koʻzga suv birla havosi xushdurur.
Onda toʻbivash yigʻochlar jilvasoz,
Gullari yuz lavn birla ishvasoz.
Ham vafosiz keldi nasrinu guli,
Ham baqosiz sarv birla sunbuli.
Chun bahorigʻa xazon solur shikast,
Boʻlur ul gullar qaro tufroqqa past.
Qasrini ham charx chun davron qilur,
Xasta oshiq koʻnglidek vayron qilur.
Shoxigʻa dogʻi jafoi roʻzgor,
Taxta uzra taxtdin berur qaror.
Bogʻigʻa gulchehralardek yoʻq vafo,
Shoxigʻa badmehrlardek yoʻq baqo.
Sendin onda kim desun xud, ey zaʼif,
Bir tikan bargiga ermassen harif.
Er ersang Qofi baqogʻa azm qil,
Avjida bir shoh vasli istagil.
Kim bu gulshangʻa kamol ondin durur,
Ham xazonu ham zavol ondin durur.
Shohgʻa zebu far jamolidin oning,
Azlu favti ham jalolidin oning.
Qasrii obod aylagan ham hikmati,
Soʻngra vayron dogʻi qilgʻon qudrati».

CVII

Hikoyat
«Bir qalandar bor edi mabhutu dang,
Subhu shom oning gʻizosi erdi bang,
Tark ahlidek namudori oning,
Jurʼadonda lekin asrori oning.
Chun gʻizo eb oʻzni aylar erdi lol,
Aysh anga qilmoq xayoloti mahol.
Tushti koʻprak bir kun ul nofeʼ gʻizo,
Muntasbeʼni chekti bir vayron aro.
Takya soldi bir buzugʻ devorgʻa,
Soyir oʻldi olami asrorgʻa.
Koʻrdi oʻzni bir nazah gulshanda shod,
Tegrasida jamʼ asbobi murod. .
Maskani qasri binosi bas qaviy,
Zebi oping korgohi Monaviy.
Uzi bir taxt ustida Jamshedvash,
Yonida gulchehrai xurshedvash.
Aysh etib ul xisravi oliy maqom,
Topib ul gulchehradin har lahza kom.
Bu xayolot ichra ul koshonada,
Yetmish erdi goʻshai vayronada.
Kim buzugʻning goʻshasidin bir chayon,
Nishi noʻgida ajal zahri ayon.
Chiqti ul vayron tavofin mayl etib,
Sanchar erdi nish haryoikim etib.
Noʻshlabdin kom olurda harzakesh,
Ul chayondin erniga sanchildi nesh.
Qichqirib qoʻpti qalandar beqaror,
Zohir aylab iztirobu iztiror.
Ne gulu gulshan edi, ne qasru taxt,
Ne yonida mahvashi feruzbaxt.
Ul xayoloti topib bori xalal,
Yeb va lekin erniga nishi ajal.
Bildi harne qilgʻoni ermish xato,
Qilmadi sude pushaymonligʻ ango.
Sanga ham mutlaq ham adnoq keldi hol,
Yoʻl dimogʻinggʻa topib fosid xayol.
Chun ajal nishin ebon seskongʻosen,
Gʻaflating uyqusidin uygʻongʻosen.
Har necha qilsang figʻoiu zorligʻ,
Qilgʻusi yoʻq bir sari moʻe osigʻ.
Onglagʻungkim kimdii oʻlmishsen yiroq,
Qolgusi joning aro dogʻi firoq».

CVIII

Yana bir qushning Hudhuddin savoli
Yana bir soyil dedi: «K-ey benazir,
Aylamish bir ishq koʻnglumni asir.
Koʻrmasam maʼshuq ruxsorin dame,
Tiyradur ul dam koʻzumga olame.
Bir nafas onsiz qarorim yoʻq turur,
Dardu gʻamda ixtiyorim yoʻq turur.
Rrazi nazzorasi komim mening,
Vaslidin koʻnglumda oromim mening.
Ondoq oning birladur ulfat manga,
Kim erur onsiz gumon shiddat manga.
Qilmasam lahiii zamone istimoʼ,
Jismdin ruhum qushi aylar.vidoʼ.
Koʻnglum oning furqatining xastasi,
Jonim oning vaslining vobastasi.
Furqatidin jonima bedod erur,
Tunu kun koʻnglum ishi faryod erur.
Oyrila olmasmen ondin bir zamon,
Ondin oyrilmoq hamon, oʻlmak hamon.
Ul sanam ishqin nechuk tark etkomen,
Oyrilib ondin qayone ketkomen?»

CIX

Javob
Dedi Hudhud: «K-ey ishing soʻzu gudoz,
Solibon koʻnglungga oʻt ishqi majoz.
Tushkoning ishqi haqiqiydin yiroq,
Urtagan koʻnglung aro dogʻi firoq.
Asli yoʻldin koʻnglung etkon ijtinob,
Farʼ sori azmni koʻrgan savob.
Chashmai hayvondin oʻtgan xushklab,
Birkadin dafʼi atash qilgʻon talab.
Durri yaktodin qilib gʻofil koʻngul,
Jola sori aylagan moyil koʻngul.
Mehri xovar nuridin qilgʻon udul,
Shamʼu mashʼal partavin etgan qabul.
Surati zohir bila topqon fireb,
Toimagʻon maʼni jamolidin nasib.
Husni zohirniig ne navʼ oʻlgʻay ishi,
Yuzda balgʻam birla qon oroyishi.
Yuzini vasfin deding huri chigil.
Balgʻamu qondin esa oqu qizil.
Husni zohirning vafosi yoʻqturur,
Ham sabotu ham baqosi yoʻqturur.
Oshiqu shaydo boʻlurgʻa arzimas,
Ishqidin rasvo boʻlurgʻa arzimas.
Kim anga boqiy emastur xoʻbluq,
Oriyatdur shaklida mahbubluq.
Gar bu kundur xoʻb, tanglo xoʻb emas,
Xoʻbkim bu navʼdur, margʻub emas.
Oni sevkim, husni boʻlgʻay barkamol,
Boʻlmagʻay mumkin quyoshigʻa zavol.
Yuz tuman ming sendek oʻlsa oshiqi,
Boʻlmagʻay oshiqligʻining loyiqi.
Bersalar ishq ahli yuz jon har biri,
Husni yuz ming munchagʻa qilgʻay gari»,

CX

Hikoyat
«Bor edi shaxse Arastugʻa murid,
Halqai darsida ul erdi muʼid.
Aylabon oni hakimi arjmand,
Jumlai shogirdlar ichra pisand.
Anga maxfiy ilmlarni oytibon,
Tifl ekoidin olida ulgʻoytibon.
Toʻrt yuz hikmat elidin aʼlam ul,
Barchadin orguq, Arastudin kam ul.
Qoʻnglida mundoq xayol aylab hakim,
Kim Skandarga oni qilgʻay nadim.
Kim oʻzi bir sorikim qilsa xirom,
Boʻlgʻoy ul farzanddek qoyim maqom.
Hikmat ichra nuktai mavzun bila
Soʻz degay majlisda Aflotun bila.
Borur erdi yoʻl bila .bir qatla ul,
Urdi koʻngliga birovning ishqi yoʻl.
Kufr dayridin chiqib mahpaykare,
Kofiri sangindili siyminbare.
Noz ila yuz dinni yagʻmo qilgʻuchi.
Hikmat ahlin zoru shaydo qilgʻuchi.
Ul hakim oʻlgʻoch giriftori oniig,
Koʻnglini koʻrdi ajab zori oning.
Bogʻlab oning vasligʻa etmakka bel,
Saʼylar aylab arogʻa soldi el.
Toki koʻp xarj aylabon ajnosu naqd,
Rom etib ul dilraboni qildi aqd.
Emdikim ul but vasli berdi dast,
Kufr ahli yangligʻ oʻldi butparast.
Kecha-yu kunduz koʻz ondin olmayin,
Vola oʻldi safhagʻa koʻz solmayin.
Boʻldi ul mahvashqa andoq shifta,
Kim sabaq bahsidin oʻldi kifta.
Aylabon ustod oning nazzorasi,
Dedi, aylay pand birla chorasi.
Berdi istab koʻp nasihat birla pand,
Boʻlmadi pand ul balogʻa sudmand.
Koʻrdi ilmu hikmati zoeʼ boʻlur,
Necha yilliq zahmati zoeʼ boʻlur.
Necha fikr etti hakimi beiazir,
Koʻrmadi ul ish davosidin guzir.
Maxfiy ondin oʻzni tutti choragʻa,
Berdi muhlik dorue mahporagʻa.
Kim yiqildi ohu afgʻon tortibon,
Dam-badam ul notavonligʻ ortibon.
Choralar qildi yigit — sud etmadi,
Ul sanamdin notavoiligʻ ketmadi.
Ojiz oʻlgʻach choradin ul dardmand,
Keldi ustod olligʻa zoru najand.
Bosh quyi solib malolatlar bila,
Sharhi hol etti xijolatlar bila.
Koʻrdi chun ustod andoq ehtiyoj —
Keldikim bemorgʻa qilgʻoy iloj.
Dedikim: «Qoʻp, sen bu kun xizmatqa bor,
Tur Skandar hazratida bandavor.
Men mudovo aylayin bemoringa,
Yetkuray sihhat parivash yoringa».
Ul qabul aylab ravoni tutti yoʻl,
Sundi ustodi iloj aylarga qoʻl.
Mushile soz etti behad zoʻrmand,
Berdikim oni sumurdi mustamand.
Dedi mahramlargʻakim, voqif turung,
Tasht eltib ul eshikda oʻlturung.
Har nekim xorij boʻlur — toʻkmang oni,
Bir ino ichra solib asrang oni.
Chiqqoch oytib soʻzlar ul oliy mahal,
Qildi mushil dogʻi bunyodi amal.
Qildi yuz majlischa ixroji mavod,
Ulturub erdi eshikda ustod.
Xastaning tobu tavoni qolmadi,
Jismida bir qatra qoni qolmadi.
Balgʻamu safrovu savdo birla qon
Dafʼ oʻlub, boʻldi sumanbar notavon.
Kechqurun qilgʻoch yigit azmi visoq,
Dedi donokim:—«Kirib yoringgʻa boq!»
Kirgach, istar erdi shoʻxi dilkashi,
Koʻrdikim yotmish karihi noxushe.
Tonimay dedi:— «Meniig yorim qann,
Sarv boʻyluq lola ruxsorim qani?»
Eshitib kirdi hakimi kordon,
Aqli kulldek olimi bisyordon,
Dedi: «Topshirgon inoni kelturuig,
Nozaninni oshiqigʻa etkurung».
Boribon kelturdilar chun zarfni,
Qim eshitmishtur bu yangligʻ harfni.
Muxtalif axlot ila mamlu edi,
Muhliku makruh lavni bu edi.
Dedi: «Olgʻilkim parizoding budur,
Gul jabiiliq sarvi ozoding budur.
Budur ulkim mubtalo boʻlmish eding,
Oshiqu vola munga boʻlmish eding».
Ul yigit ustoddin boʻldi xijil,
Koʻrgach oni ustodi muzmahil.
Dedi:— «Ey farzand, koʻrdum ehtiyoj,
Yoʻq anga, bilkim — sanga qildim iloj.
Sen dogʻi oshiqsanu mahbubung ul,
Zoru shaydo aylagan matlubung ul.
Boʻyla oshiqliqdin, ey oluda zot,
Pok ishq ahli qoshindadur uyot!»

CXI

Yana bir qushning Hudhuddin savoli
Yana bir soyil dedi tortib figʻon:
«K-ey sen oʻlgʻon voqifi sirri nihon.
Yoʻlda jonimga oʻlumdin bim erur,
Jon burun manzilda-oʻq taslim erur.
Xavf mustavli yaqin behad zaʼif,
Boʻyla yoʻlga naylab oʻlgʻayman harif?»

CXII

Javob
Dedi Hudhud: «K-ey nahifi xastadil,
Necha qolgʻung olam ichra — fikr qil.
Kimki keldi — oqibat borgʻusidur,
Koʻksini tigʻi ajal yorgʻusidur.
Zi hayot oʻlmak uchundur oqibat,
Boʻyla tahqiq etti ahli maʼrifat.
Yoʻqki orif, kimki yoʻqtur oʻyla kul,
Bu muhaqqaq amrdin gʻofildur ul.
Ming yil oʻyasang dahr aro yo bir zamon,
Kim ajal oxir sanga bermas amon.
Avliyo bu vartagʻa boʻlmish asir,
Anbiyogʻa bu yurishdin yoʻq guzir.
Vahm qilmoqdin qutulmoq yoʻqturur,
Qaygʻurub ozod boʻlmoq yoʻqturur.
Rishva bermak birla yoʻq ozodligʻ,
Ham qilur tigʻi ajal jallodligʻ.
Iigʻlamoq birlavu yolbormoq bila,
Chora yoʻqtur juz bu yoʻl bormoq bila.
Zohidu fosiq bila shohu gado,
Qilmayin boʻlmas bu yoʻl qatʼin ado.
Qoʻrqmogʻdin kimsaga yoʻq foida,
Gʻayri koʻrmaklik humumi zoida.
Hech navʼ oʻlmas chu oʻlmakdin guzir,
Avlo ulkim, boʻlgʻosen farmonpazir».

CXIII

Hikoyat
«Naqldurkim, avji rifʼat kavkabi,
Mehtari aʼzam Sulaymoni nabi —
Bir kun erdi taxt uza oromgir,
Olida devu pari farmonpazir.
Jinsi maxluqot insu vahshu tayr,
Koʻrmay oning xizmatidin oʻzni gʻayr.
Nofiz ul borigʻa farmoni oning,
Om majmuʼiga ehsoni oning.
Turmish erdi olida bir ahli hush,
Hush oni aylab tafakkurdin xamoʻsh.
Boʻyla holatda etishti bir malak,
Qobizi arvohu jallodi falak.
Qnldi paygʻambargʻa taʼzimu salom,
Soʻngra arz ettiki: «Ey faxri kirom!
Asru maxfiydur ilohi hikmati,
Kim erur onda xiradning hayrati.
Bu azizekim qoshingda bu zamon —
Turmish, oʻlmaktin anga yoʻqtur gumon.
Umrigʻa toʻlmish ajal paymonasi,
Hukm etmishkim, boʻlub hamxonasi —
Ham bu soat qatl tigʻin solgʻomen,
Hind iqlimida jonin olgʻomen.
Ushbu ishda gʻolib oʻlmish hayratim,
Dam-badam ortar oʻzumga vahshatim».
Ul bu maʼnida takallum deb ravon
Qim nabi olida turgʻon notavon.
Keldi er oʻptiu toʻkti pas niyoz,
Soʻngra dedi: «Yo rasuli sarfaroz
Bu kun oʻz holimgʻa hayronmen base,
Marg vahmidin parishonmen base.
Chora qilkim boʻlmayin bu mulk aro,
Kim koʻzumni vahm aylabtur qaro.
Yelga amr etti Sulaymon ul nafas —
Qym: «Oni elt andakim — qilgʻay havas!
Qaysi erdakim desa, bergil qaror,
Dafʼ qil koʻnglidin oning iztiror».
Yel oni olib uchurdi tundu tez,
Bori aʼzosigʻa solib rustaxez.
Kim ishorat qildi Hindiston sari,
Onda etgach, oʻtmadi ondin nari.
Dedi: «Bu erda manga orom ber,
Kim erur boʻlmoqqa matlubum bu er».
Tushti rokib, bordi raxshi teztak,
Uzni etkurdi bu holatda malak.
Tengri sunʼigʻa debon koʻp ofarin,
Oni ham qildi yonolargʻa qarin.
Yel bila hamtaklik etsa gar kishi,
Ruh qabzi keldi Azroil ishi».

CXIV

Yana bir qushning Hudhuddin savoli
Yana bir soyil dedi: «K-ey pokzod,
Jumlai umrimda koʻrmaymen murod.
Doimo gʻam birla eltibmen basar,
Shodligʻdin menda yoʻq ermish asar.
Yoʻl borurgʻa xotiri xurram kerak,
Dahr ranjidin malolat kam kerak.
Chun meni gʻamparvar etmish roʻzgor,
Har zamon bir gʻam bila jonim figor.
Ne koʻngul xushlugʻ bila yoʻl qatʼ etay,
Koʻngli xushlar qayda ketsa, men ketay».

CXV

Javob
Dedi Hudhud: «K-ey najandi gʻamsirisht,
Zotinga gʻamdin bahoia sarnavisht.
Boʻyla vodiy qatʼida beishtiboh,
Gʻamni etmishlar eranlar zodi roh.
Yoʻl gʻami kelmish eranlarning ishi,
yoʻlda gʻamsizni kishi demas kishi.
Gʻamdin aylarlar eranlar shodligʻ,
Bu muqayyadligʻ durur ozodligʻ,
Gʻam eridur mehnatobodi jahon,
Onda har navʼ elga bir gʻamdur ayoi.
Olam ahli koʻnglida olam gʻami,
Xud budur koʻprak bani odam gʻami.
Lek alarkim keldilar ahli yaqin,
Yoʻl gʻamidin keldilar doim hazin.
Kimsaga avvalgʻi gʻam mamnuʼdur,
Odamidin soʻnggʻi gʻam matmuʼdur.
Gar burungʻidin esang zoru najand,
Yoʻldin oʻzni shod qil, ey mustamand.
Soʻnggʻidin gʻamgin esang — qil shodligʻ,
Kim koʻngul ondin topar obodligʻ.
Gʻamdin aylar shodligʻ ahli vidod
Bor alarg-a nomurod oʻlmogʻ murod.
Yoʻl gʻamidur maqsadu maqsud uchun,
Kim er ul gʻamii koʻpgul behbud uchun.
Ondakim yoʻqtur bu gʻam — er ermas ul,
Zod gʻamdin topti qatʼ etgan bu yoʻl».

CXVI

Hikoyat
«Misrda bor erdi oliyhimmate,
Olami maʼnida sohibdavlate.
Ishrat asbobi bori tayyor anga,
Ne xayol etsang yuz ul miqdor anga.
Jannatoso qasr ichinda manzili,
Hurvash mahbub oning hammahmili.
Lek ul oliy sifati pok zot
Bor edi bu barchagʻa beiltifot.
Dardu gʻam erdi anga yoru nadim,
Hajr zindonida Yusufdek muqim.
Dedilar: «K-ey koʻnglung anduh birla juft,
Bizga ravshan ayla bu rozi nuhuft!
Kim muhayyo bori asbobi nashot,
Kim koʻngulgʻa boʻlgʻay ondin inbisot.
Xotiring nechun dame xurram emas,
Gʻamdin oʻzga koʻnglunga hamdam emas?»
Dedi: «Yoʻl ahligʻa zindondur jahon,
Negakim matlubi koʻzdindur nihon.
Ish budurkim aylagay qatʼ ushbu yoʻl,
Koʻnglining matlubiga etguncha ul.
Kimsa zindonda qachon xurram boʻlur,
Baytul-ehzonda netib begʻam boʻlur.
Menki ayru yordin darmondamen,
Gar Eram bogʻidamen — zindondamen.
Boʻlmagʻuncha vasl gulzorigʻa xos,
Boʻlmagʻum gʻam xorxoridin xalos».

CXVII

Yana bir qushning Hudhuddin savoli
Yana bir soyil dedi: «K-ey benazir,
Men oning amrigʻamen farmonpazir.
Muitazirmen amr ila farmonigʻa,
Yoʻq muqayyad qahr ila ehsonigʻa.
Harne amr etsa —topar mendin husul,
Ul bilur gar rad qilur, yoxud qabul.
Ne buyursa ul ishimdur yozu qish,
Yoʻq manga raddu qabuli birla ish.
Amrigʻa iqdom odatdur manga,
Chun ado qildim saodatdur manga».

CXVIII

Javob
Dedi Hudhud: «Xoʻb soʻzdur bu soʻzung,
Xoʻbroqkim, demagay oni oʻzung.
Kimsaga bu yoʻlda hayyi loyazol,
Bu tariq ichra nasib etmish kamol.
Kim oning farmonigʻa boʻlgʻay muteʼ,
Keldi bu yoʻlda oning johi rafeʼ.
Amridin chekkon boʻyun mardud erur,
Borgohi izzidin matrud erur.
Na humoyunfol maqbul bandadur,
Kim oning farmonigʻa afkandadur.
Amrigʻa toat erur komi oning,
Yoʻq, bu ishsiz birdam oromi oning.
Lek har necha itoat aylasa,
Amru hukmi birla toat aylasa,
Bu ishi birla mubohot aylamas,
Kibrni jonigʻa ofot aylamas.
Toat etsa ozu koʻp yo botu kech,
Bori-yu yoʻqi erur ollinda hech.
Boʻlmasa maqbul kirdori oning,
Balki teng boʻlsa yoʻqu bori oning.
Qilmasa oʻzni tafoxurdin aziz,
Toatigʻa koʻrsa qiymat bir pashiz,—
Uldurur goʻyi saodat eltgon,
Nafʼi taqvou ibodat eltgon.
Bar egan oʻz toatu taqvosidin,
Bahravar boʻlgʻon bu ish maʼnosidin»,

CXIX

Hikoyat
«Tengri Odamni yaratmasdin burun,
Ruh shamʼin tangʻa qotmasdin burun —
Kim maloyik xayliga erdi hujum,
Toatu taqvoda odobu rusum.
Borigʻa sarvar Azozil erdi bas,
Murshidu mushkillarigʻa choraras.
Necha ming yil oʻyla toat ayladi,
Tengri amrigʻa itoat ayladi —
Kim erur vasfida oning nutq lol,
Aql ollinda erur amri mahol.
Naql mundoqdurki, sathi xokda,
Yona bu oliy toʻquz aflokda —
Qolmamishtur sajda qilgʻuncha makon,
Kim yuz onda qoʻymamish ul notavon.
Tengri chun Odamni maxluq ayladi,
Uzni oshiq, oni maʼshuq ayladi.
Amr qildikim maloyik sarbasar,
Sajda qilsunkim, budur — xayrulbashar.
Chun maloyikka bu amr etti iloh,
Qildilar Odam janobin sajdagoh.
Ul necha ming yil ibodat aylagan,
Amr ila taqvou toat aylagan.
Chun gʻurur etti ishiga oshkor,
Xayl aro rad qildi oni kirdikor.
Koʻnglidin olib ibodat zavqini,
Soldilar boʻynigʻa laʼnat tavqini.
Necha ming yil boʻldikim mardud erur,
Necha ming yillik ishi nobud erur,
Onglakim, bu yoʻlda qilmaydur iloh —
Uzni koʻrmaklikdin ortugʻroq gunoh.
Uzni koʻrmak — toatin koʻrmakdurur,
Qilgʻonin koʻngliga kelturmakdurur».

CXX

Yana bir qushning Hudhuddin savoli
Yana bir soyil dedi: «K-ey sarfaroz,
Kimki boʻlsa haq yoʻlinda pokboz.
Nafʼi oning ne ekan — izhor qil,
Chun manga mubhamdurur — sharh aylagil
Kim bu yoʻlda— men erurmen pokboz.
Borni oʻynabmen toʻkub ajzu niyoz».

CXXI

Javob
Dedi Hudhudkim: «Bu ish dushvor erur,
Sahl etar tengri angokim yor erur.
Topsa bu davlatni har oliynihod,
Mundin ortiq yoʻqturur bu yoʻlga zod.
Yaʼni bu yoʻl zodidur bezodligʻ,
Zodu toʻsha qaydidin ozodligʻ.
Lek oning sharti budurkim, rohrav —
Harnekim boru yoʻqini jav-bajav.
Toatu zuhdu ziyonu sudini,
Haq yoʻlnnda bud ila nobudini —
Jamʼ etib solgay fano oʻtigʻa poq
Kuydurub, kul aylab, oni zavqnok.
Kulii sovurgʻay havogʻa sarbasar,
Ul sifatkim qolmagʻay ondin asar.
Soʻngra koʻngliga solib afgʻon eli,
Ul chamanga esturub nayson eli.
Qilgʻonin mutlaq chiqorgʻay koʻnglidin,
Har ne qilmish erdi — borgʻay koʻnglidin,
Chun vujudin bu sifat qildi adam,
Soʻngra bu yoʻl azmigʻa urgʻay qadam.
Ulki derlarkim, suluk ahliga yoʻl
Bir qadamdur yaxshi voqif boʻlsa ul —
Ul qadam budurki, yoʻqu-borini —
Urtagaykim, qoʻymagʻay osorini.
Bu qadam qoʻygʻoch, etar matlubgʻa,
Hajr borib, qovushur mahbubgʻa».

CXXII

Hikoyat
«Ulki bu yoʻlda ishi taslim edi,
Ibi Adham shoh Ibrohim edi.
Haq yoʻlinda murshidi din erdi ul,
Pokbozu pok oyin erdi ul.
Kim bu yoʻlda mulku taxtu kishvarin —
Uynadi, tashlab boshidin afsarin.
Janda kiydi koʻrguzub yuz ming niyoz,
Yoʻlgʻa tushti shohi rindi pokboz.
Balxdin azmi Nishopur ayladi,
Oni vayron, muni maʼmur ayladya.
Bu makon boʻldi chu ul gavharga kon,
Yetti yil bir togʻ aro qildi makon.
Onda sulton soyimud-dahr erdi kui,
Ul sifatkim qoyimul-layl erdi tun.
Jamʼ etib vodiyda kunduz xasu xor,
Bir quchoq bogʻlar edi mardonavor.
Egniga bogʻlab borib bozorgʻa,
Sotar erdi shom uchun iftorgʻa.
Bas riyozatdin hilol oʻlmish edi,
Jismi ul yangligʻki nol oʻlmish edi.
Bir kun egnida oʻtun, jismida ranj,
Shahrga borur edi ul koni ganj.
Toʻstilar yoʻlini aqtobi zamon,
Qilgʻoli oning sulukin imtihon.
Urdi bir yumrugʻ biri boʻyniga rust,
Dedi ul faqru fano tavrida chust —
Kim: «Onikim sen tilaysen qoldi ul,
Balxdin men bu taraf tutqonda yoʻl».
Dedilarkim: «Notamom ermish hanuz,
Bu oʻtun ostida xom ermish hanuz.
Balx oning chiqmaydur ermish yodidin-
Kim bosh urdi xotiri noshodidin.-
Necha yil cheksa bu yangligʻ ranju dard,
Mulkning yodidin oʻlgʻay koʻngli fard».
Iil oʻtub yona ul ikki-uch harif,
Toptilarkim borur erdi ul nahif.
Yana bir musht imtihongʻa urdilar,
Ozmun shartin bajo kelturdilar.
Chiqmadi bu qatla sultondin nafas,
Mumtahanlar boʻldilar faryodras.
Dedilar topib ul oyin birla kom —
Kim suluk ichra ishi boʻlmish tamom.
Shukrlar bu ishta ifsho ettilar,
Uzni sultongʻa padidor ettilar.
Bir-birigʻa hamdamu damsoz oʻlub,
Kaʼba azmi qildilar hamroz oʻlub.
Shahgʻa andin soʻngra itti shohligʻ,
Rohravlar etkurub ogohligʻ.
Gʻayr yodi koʻnglida to bor edi,
Parda yangligʻ moneʼi asror edi.
Koʻnglidin bilkull chu zoyil boʻldi ul,
Parda qoʻpqoch peshgahgʻa topti yoʻl.
Bu fanogʻa kimki topti dastras,
Oni derlar pokboz, ey bulhavas».

CXXIII

Yana bir qushning Hudhuddin savoli
Yana bir soyil dedi: «K-ey hushmand,
Menda bordur himmati behad baland,
Gar biyik himmatning elga nafʼi bor,
Manga nafʼ oʻlmoq keraktur oshkor.
Men zaifu himmatim asru qaviy,
Soʻz bu maʼnida ne aytur maʼnaviy».

CXXIV

Javob
Dedi Hudhudkim: «Bu daʼvong oʻlsa joʻb,
Topqung ondin ushbu yoʻlda nafʼ koʻp.
Past elning gar biyikdur qimmati,
Bor oning xoʻrdida izzu rifʼati.
Gavhar oʻldi himmatu odam — sadaf,
Bu sadafqa ul guhardindur sharaf.
Himmat oʻlsa, masnadu joh oʻlmasun,
Mulku mol onchaki dilxoh oʻlmasun.
Kimki yoʻqdur naqddin peroyasi,
Bilki himmat bas durur sarmoyasi.
Kimsaga hech ishta gar etmas ilik,
Bok yoʻq gar himmati boʻlsa biyik.
Erga himmatdin berur yuz eʼtibor,
Johu mulku ganjning ne daxli bor.
Mol oʻlub gʻar yoʻq kishining himmati,
Maʼni ahli olida yoʻq izzati.
Kimki boʻlgʻay himmati oliy anga,
Bar berur bu himmat iqboli aiga.
Shahgʻa hikmat past agar berdi xudo,
Xushroq ondin himmati oliy gado.
Podshahkim, boʻlsa himmat ichra past,
Keldi himmatligʻ gadodin zerdast.
Odamining zebi himmatdin durur>
Nafsning taʼdibi himmatdindurur.
Last himmat gar topar baxti balaid,
Mudbiri koʻhidek ermae arjmand.
Ming adad qoʻy birla muzduri shabon,
Muzd olib qoʻylargʻa boʻlmish posbon.
Chun boʻridin qoʻygʻa etsa tumtaroq,
Ul shabondin onda bir it yaxshiroq.
Ulki ganji boru yoʻq himmat anga,
Bu shabonu qoʻygʻadur nisbat anga.
Ga.njgʻa ul bir nigahbon besh emas,
Uylakim ul qoʻygʻa choʻpon besh emas.
Rindi sohib himmatonda chun etar,
Ul surukni bir gadogʻa bazl etar.
Rindga himmat bila boʻlsa karam,
Naqdi anjumdur anga xarlsi diram».

CXXV

Hikoyat
«Boʻyla soʻz manqul erur axbor aro,
Himmat ahli holidin osor aro.
Kim qiyomatkim erur yovmun-nushur,
Onda har kim qabridin aylab zuhur.
Zohidu fosiq gadou muhtasham,
Arsai mahshar aro qoʻygʻoy qadam.
Shayxi Jom ul murshidi oliy maqom,
Zinda Pili mastdek aylab xirom.
Doʻzax ahli sori chun qilgʻay guzar,
Solibon ibrat koʻzi birla nazar.
Koʻrgach anda elga gunogun azob,
Himmati bahrigʻa tushkay iztirob.
Tengriga izhori hojot aylagay,
Boʻyla oyini munojot aylagay.
Kim ilohiy, ahli doʻzaxni tamom,
Harne boʻlgʻay shayxu shobu xoeu omsh,
Borchaning qilgʻon gunohin afv qil,
Yorlaqab, lutf aylab ozod aylagil.
Sanga bu lutfu karam oson erur,
Bu ulus boru yoʻqi yakson erur.
Gar munga rozi emassen — ber mango,
Uyla jismikim tomugʻ boʻlgʻay toʻlo.
Gar sanga boʻlsa azob etmak gʻaraz,
Men boʻlay bu notavonlargʻa evaz.
Rindi sohib himmati oliy janob,
Chun shafoatda bu navʼ etgay xitob.
Bu sifatkim zohir oʻlgʻay koʻshishi,
Anga loyiq haqdin oʻlgʻay baxshishi.
Chun humoi himmati ochqay qanot,
Yuz tuman ming xalq topqaylar najot».

CXXVI

Yana bir qushning Hudhuddin savoli
Yana bir soyil dedi: «K-ey, poksayr,
Kimsada insof boʻlgʻay, bormu xayr?
Haq manga insof qismat aylamish,
Quti jonim boʻyla neʼmat aylamish.
Bu sifatqa ulki boʻlsa nisbati,
Bormu ul hazratda oning qurbati?»

CXXVII

Javob
Dedi Hudhudkim: «Bu naqledur hasan,
Borcha el olinda mustahsan bu fan.
Odamigʻa yaxshi koʻp avsof erur,
Lek alarning ashrafi insof erur.
Kimgakim insof yoʻq — inson emas
Munsiz atvorida juz nuqson emas.
Bu sifat keldi eranlarning ishi,
Boʻyla davlatqa etishmas har kishi.
Odam ermas ulki noinsof erur,
Odam insof istamas — ammo berur.
Istamaslar eldin insof ahli haq.
Kim alarga keldi.munsifligʻ sabaq.
Bermay insof, ulki insof istadi,
Uzni noinsof mutlaq ayladi».

CXXVIII

Hikoyat
«Xojai dinparvari oliy nasab,
Kim otiga Porso erdi laqab.
Makka sayrin ollida jazm ayladi,
Kaʼbai islomga azm ayladi.
Xoja Bu Nasr erdi xizmatkor anga,
Xodimu farzandu xosu yor anga.
Chun musharraf boʻldilar maqsudqa,
Shukr zohir aylabon maʼbudqa.
Qildilar harneki farz erdi ado,
Xalqning hajjini aylarga duo.
Kim qabul etgay haq aylab ittifoq,
Xojani majmuʼ koʻrdilar yiroq.
Olti yuz ming rahnavardi haqshunos,
Xojagʻa koʻrguzdilar bu iltimos.
Sohibi «Qudsiya»vu «Faslul-xitob»,
Ul jamoatqa dedi mundoq javob:
«Kim manga bu ishki tortibsiz raqam,
Men xud ondin toshqari qoʻymon qadam.
Gar munga bonsdurur fazlu kamol,
Olami insof aro beqilu qol.
Mendan ansabdur bu ish Bu Nasrgʻa,
Kim duo qilgʻay bu ahli asrgʻa».
Chun bu yangligʻ oni taʼrif ayladi.
El duosin anga taklif ayladi.
Xojaning insofin ul ehson bila,
El qabul aylab sarosar jon bila.
Xoja Bu Nasr etti minbarni makon,
El duosin aylabon virdi zabon.
Tengri oldida munojot ayladi;
Xalq uchun izhori hojot ayladi.
Xoja minbarning tubin aylab maqom,
Sidq ila omin der erdi bardavom.
Yetgach oxirgʻa duo birla savol,
Dedi soyil: «K-ey ilohi zuljalol.
Koʻrmasang loyiq duo oyinini,
Qilmagʻil zoeʼ oning ominini?»
Olti yuz ming xalqdin chiqti nafir,
Zor yigʻlab ham sagʻiru ham kabir.
Ofarinlar deb alar avsofigʻa,
Ham atovu ham oʻgʻul insofigʻa.
Mundin ahsan kimsaga yoʻqtur sifat,
Onglamas oni juz ahli maʼrifat».

CXXIX

Yana bir qushning Hudhuddin savoli
Yana bir soyil dedikim: «Xayl aro —
Bandagʻa gustoxligʻ bormu ravo?
Sidragʻakim keldi oliy shoxligʻ,
Gar qushe qilsa ayon gustoxligʻ.
Jurʼati janbida boʻlgʻaymu uqob,
yoʻqsa istigʻnogʻa boʻlgʻaymu hisob?»

CXXX

Javob
Dedi Hoʻdhudkim: «Bukim qilding savol,
Sen javobinda bil oning ikki hol.
Kimsakim gustox oʻlur shoh ollida,
Ye kerak maxsus dargoh ollida.
Uzlugining qaydidin boʻlgʻay xalos,
Uzga ulluq birla bergan ixtisos.
Harne bu der ul degandekdur yaqin,
Bulluqu ulluq boʻlib rafʼ oʻrtodin.
Munda zohirda agar jurʼatdurur,
Lek maʼni yoʻlidai vahdatdurur.
Yo keraktur ishq savdosida past,
Oshiqi oshuftavu majnunu mast,
Kim muhabbat qilmish oʻlgʻay oni zor,
Boʻlgʻay oytur holida beixtiyor.
Ne inod oʻlgʻay, ne kibr oida gʻaraz,
Juz muhabbatkim anga yoʻqtur evaz.
Uyla haq mashʼufi boʻlgʻay mutlaq ul,
Kim dey olmagʻay hadise juz haq ul».
II- qism