OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAlisher Navoiy
Asar nomiMajolis un-Nafois (I- qism)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Alisher Navoiy
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm228KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/16
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Majolis un-Nafois (I- qism)
Alisher Navoiy

Muqaddima

Bismillohir-Rahmonir-Rahim
«
Yuz hamd angakim yasab jahon boʻstoni,
Aylab yuzu zulfidin gulu rayhoni.
Qildi yasagʻoch bu bogʻi ruhafzoni
Nazm ahlin aning bulbuli hush ilhoni.
»

Va durudi noma’dud ul xulosai ma’dum va mavjudgʻakim(1):

To taxti fasohat avjida topti nishast,
Ham nazmki etti zumrai tab’parast,
Ham nozimining poyasiga berdi shikast,
Ham nazmini qildi qaro tufroqqa past.

Xurdabinlar xizmatida va xiradoyinlar hazratida ma’ruz ulkim, nazm kalomi rutbasi rif’atigʻa ushbu dalil basdurkim, aning muqobilasidakim, arab fusahosi balogʻat zevarlari bila namoyishliq va fasohat gavharlari bila oroyishliq nazm ra’nolarigʻa jilva berurlar erdi va da’vo koʻsi ovozasii falakka yetkururlar erdi. Hazrati maliki allomning(2) kalomi mu’jiz nizomi(3) Jabraili(4) hujasta farjom vositasi bila xayr-ul-anom alayhissalavotu vassallamgʻa(5) nozil boʻldi. Bas nazm ilmi qoyillari va she’r fani komillarikim, daqoyiq durri pokining bahri ummoni va maoniy la’li otashnokining koni boʻla olgʻanlar, bas sharif xayl va aziz qavm boʻlgʻaylar, bu jihatdindurkim, alarning nomin otlari va kiromiy sifotlari zamon sahoyifidin va davron safoyihidin mahv boʻlmasun deb tasnif ahli ta’liflarida va ta’lif xayli tasniflarida fusuli orosta va abvobi piyrosta qilibdurlar va oʻz kitobatlarigʻa bu jamoat zikridin zeb beribdurlar. Ul jumladin biri hazrati mahdumi, shayx ul-islomi mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy(6) (madda zilli va irshodahu)(7) dur.

Ulkim bu toʻquz falakni aql etsa xayol,
Daryoi ulumigʻa topar qatra misol,
To chashmai tab’i dahr aro ochti zulol,
Hayvon suyi yangligʻ ayladi molomol.

Mundoq buzurgvor oliy miqdor «Bahoriston»(8) otligʻ kitobidakim, sekkiz ravza ochibdur va sekkiz ravzai jannat alar xijolatndin el koʻzidin ixtifo pardasigʻa qochibdur va oni Sultoni Sohibqiron(9) oti zevari bila muzayyal va alqobi gavhari bila mukallal qilibdur, bir ravzasini bu mavzun navoliq balobil va matbu’ sadoligʻ anodil gul bongidin rashki nigorxonai Chin(10) va gʻayrati firdavsi barin qilibdur va Amir Davlatshohkim(11), Xuroson mulkining asil mirzodalari orasida fazl va donish zevari bila bahramand, faqr va qanoat toji bila sarbalanddur, ham Sultonn Sohibqiron otigʻa «Tazkirat ush-shuaro»(12) otligʻ kitob bitibdur, voqean base zahmat tortibdur va bu toifani yaxshi jam’ qilibdur. Bu bobda yana dagʻi rasoil va kutub bor. Ammo barchasidan burun oʻtgan shuaro va erta kechgan fusohoning oti mazkur va sifoti masturdur va bu xujasta zamon va farxunda davron shuaro va xushta’blarikim, Sulton Sohibqiron yumni davlatidin va natijai tarbiyatidnn she’rning koʻprak uslubida, bataxsis gʻazal tavrida barchadin dilosoroq va nishot afzoroqdur, tarkibi salosat va latofatin burungʻilarga yetkuradurlar va ma’ni nazokat va gʻarobatin ulcha sharti bor, bajo kelturadurlar, otlari ul jamoat zumrasida boʻlmoqdin mahrum va soʻzlari ul tartib va qoidada noma’lum uchun shikasta xotirgʻa va sinuq kungulgʻa andoq keldikim, bir necha varaq bitilgay va bu asr shuarosi bila bu davr zurofasi otin anda sabt etilgay, to bu niyozmandlar ham burungʻi shuaro akobiri zaylida mazkur boʻlgʻaylar va bu payravlar ham ul rahbarlar xayligʻa qoʻshulgʻaylar. Bu jihatdin Sulton Sohibqironning humoyun valodatlari(13) zamonidin roʻzafzun davlatlari davronigʻachakim, qiyomatgʻacha barqaror va olam inqirozigʻacha poydor boʻlgʻay, ulcha faqir eshitibmen, ammo xizmatlarigʻa yetmaymen va ulcha xizmatlarigʻa yetibmen, ammo holo bu fano dor ul-gʻururidin baqo dor us-sururigʻa intiqol qilibdurlar(14) va ulcha holo bu farrux zamonda namoyandadurlar(15) va ul hazrat zoti malakiy sifotigʻa madh saroyandadurlar, jam’ qi-lilgʻay va har qaysining natoyiji tab’idin biror nima nishona noʻsunluq yozilgʻay. Chun bu maqsudgʻa yetildi, oni sekkiz qism etildi va har qismi nafis bir majlisgʻa mavsum boʻldi va majmu’igʻa «Majolis un-nafois»(16) ot qoʻyuldi.

Bu tuhfaki, xushmen ibtidosi birla,
Ham nazm latoyifi adosi birla,
Ummid bukim, umr vafosi birla,
Xatm aylagamen shoh duosi birla.


Avvalgi Majlis

Jamoati maxodim va azizlar zikridakim, bu faqir alarning sharif zamonining oxirida erdim va mulozimatlari sharafiga musharraf boʻlmadim

Ul jumladin, soliki atvor va koshifi asror, ya’ni: Hazrati Amir Qosim Anvor(1) (quddisa sirruhu(2))dur. Har necha alarning rutbasi shoirliq poyasidin yuqoriroqdur va valoyat ahli(3) zumrasida vasfdin tosh-qariroq, ammo chun haqoyiq va maorif adosida(4) nazm libosi dilpazirroq uchun iltifot qilur ekandurlar, tayammun jihatidan bu muxtasarni alarnnng sharif ismlari bila ibtido qilildi.

Mirning asli Ozarbayjondindur va mavludi Sarob otligʻ kentdindur. Yigitliklarida shayx Sadriddin Ardabiliy(5) (quddisa sirruhu)gʻa murid boʻldilar va sufiya odob va tariyqin andin takmil qilib shayx ishorati bila Xurosongʻa keldilar va oz vaqtda xaloyiq Mir xizmatigʻa firifta boʻlub gʻavgʻo qila boshladilar. Podshohi zamon Mirga ixroj hukmi qildi. Balx va Samarqand sari borib, muddate boʻlub, yana dor us-saltanat azimati qildilar, yana Chigʻatoy mirzodalari, balki ulus ozadalari murid boʻlnb, hujum qila boshladilar. Ravishlari pok erdi va nafaslari otashnok. El bagʻoyat alar nazmlarigʻa moyil va she’rlarin oʻqumoq va bitimakka rogʻib boʻldilar. Har oyinakim, devon jam’ qilurgʻa bu amr bois boʻldi va «Anis ul-oshiqin»(6) otligʻ muxtasarroq masnaviy ham nazm qildilar va tarje’(7) dagʻi dedilar va tabarruk jihatdan ikki matla’ bitilur, biri bukim:

Ishqi tu ki sarmoyai mulki du jahon ast,
Alminnatu lillahki, maro bar dilu jon ast(8).

Yana biri bukim:

Rindemu oshiqemu jahonsoʻzu joma chok,
Bo davlati gʻami tu zi fikri jahon chi bok(9).

Bu faqir avval nazmekim, oʻrganibmen, bu soʻnggi matla’dur. Hamono uch yosh bila toʻrt yoshning orasida erdim, azizlar oʻqumoq taklifi qilib, ba’zi hayrat izhor qilurlar erdi va masnaviylari hazrati mavlono Jaloliddin Rumiy(10) (quddisa sirruhu) masnaviylarining vaznidakim «ramali musaddas» derlar voqe’ boʻlubtur, bu misra’kim:

Bud dar Tabriz sayyidzodaye(11).

andindur, goʻyoki maqsad oʻzlaridur va tarje’larining bandi bu baytdurkim:

Tui asli hama pinhonu paydo,
Ba af’olu sifotu zotu asmo(12).

Va ul hazratning mubbrak marqadi Jom viloyatida Xarjurd qasabasidadur. Va faqir ham ul ostona joroʻbkashlaridinmen(13). Vafotlari sanai xamsa va salosina va samona miada(14) voqe’ boʻlubdur.

Mir Maxdum — Hazrati Mir Qosimgʻa(15) xalifa va farzand va mahbub masobasida erdi, otasi Makkadin Imom Ali Muso ar-Rizo(16) ziyoratigʻa Mashhadgʻa keldi, Qaytib Nishopurgʻa yetganda kadxudo boʻlub mutavattin boʻldi. Va anga uch farzand tangri inoyat qildi, kichikragi Mir Maxdum erdikim, oti Sayid Muhammaddur, shahrga tahsilgʻa keldi va zohir ulumin takmil qilgʻon chogʻda hazrati Mir Qosimning zuhur va shuhrati vaqti erdi, ul hazrat xizmatigʻa yetgach murid va vobasta boʻldi va hazrat Mir aning tarbiyat va takmiligʻa mashgʻul boʻldilar va azim riyozatlar buyurub qattiq xizmatlargʻa ruju’ qildilar. Chun Mir Maxdum poktiynat va sohibdavlat yigit erdi, ul xizmatlarni andoq qildikim: «Man xadima xudima»(17) mazmuni bila hazrat Mir Qosim anga Mir Maxdum ot qoʻydilar va doim hazrati Mir Qosim ani aziz va mukarram tutar erdilar. Bu matla’ aningdurkim:

Mutrib, bizan taronavu soqiy biyor jom
Xunash halol onki biguftast: «may harom» (18).

Va mazori Nishopur viloyatida Mehroboddadur.

Hofizi Sa’d — Mir Qosim muridlaridandur Chun loubolivash va shoʻxtab’roq kishi erdi. Xiriy shahrining lavand va ichkuchi yigitlari anga musohib boʻlur erdilar. Bu jihatdin alardin nohamvor maoshva beandom atvor zohir boʻlur erdi. Hazrati Mirgʻama’lum boʻlgʻoch, oni oʻz suhbatidin mahrum qilib xonaqoxdin ixroj qildilar va buyurdilarkim, hujrasini buzub tufrogʻin toshqari tashlasinlar. Ul mahalda Hofizi Sa’d bu gʻazalni ayttikim, bu matla’ ul gʻazaldindur:

Maro dar olami rindi ba rasvoi alam kardi,
Dilam burdiyu jonamro nadimi sad nadam kardi(19).

Va andin soʻngra Hofiz mardud boʻlub, mulozamat davlatiga musharraf boʻla olmadi. Va Hofiz hamul hirmonda olamdin oʻtti.

Xoja Abdulvafoyi Xorazmiy (quddisa sirruhu) kibori avliyodindur. Xorazm xalqi gʻoyat malakiy sifotligʻidin Xojani «er farishtasi» derlar erdi va Xoja ulumi zohiriy va botiniyni takmil qilib erdi. Va tasavvufda yaxshi musannofoti bor va mashhurdurkim, ulumi gʻariba ham bilur erdi, ammo andin zohir, boʻlmas erdi, balki gʻoyati tavajjuh va istigʻroqdin parvo ham qilmas erdi. Advor va musiqiy ilmida dagʻi mahorati bor erdikim, risolasidan ma’lum boʻlur. Xoja avsofini har kishi bitir boʻlsa, alohida bir kitob bitmak kerak, ma’lum emaskim, bir kitobda ham siqgʻaymu yo yoʻq. Bir ruboiysi bila ixtisor qiloli.

Bad kardamu e’tizor badtar zi gunoh,
Zero ki dar in hast se da’vii taboh,
Da’vii vujudu da’vii quvvatu havl,
Lohavla valo quvvata illo billoh(21).

Xoja ham Xorazmda olamdin oʻtti va muborak marqadi ham Xorazmdadur.

Mavlono Husayn XorazmiyXoja Abulvafo (quddisa sirruhu)ning zohir ilmida shogirdi erdi va botin ilmida murididur. Mavlono oʻz zamonining mashohiridindur va «Maqsadi aqso» (22) aning tasnifidur. Va Mavlono Jaloliddin Rumiy (quddisa sirruhu) masnaviysigʻa sharh bitibdur va «Qasidai burda»(23) gʻa ham xorazmiycha turkiy til bilan sharh bitibdur. Oʻzga musannafoti ham bor. Ammo axloq va sifoti botin ilmida yorugʻlik topqonning munofisidur. Va Mavlono Shohrux(24) mirzo zamonida bir gʻazal uchun takfir qilib, Xorazmdin Hiriygʻa kelturdilar. Chun donishmand va istiloh bilur kishi erdi hech nima sobit qila olmadilar. Qaytib yana oʻz mulkiga ketti. Va ul gʻazalning matlai budurkim:

Ey dar hamin olam pinhon tuvu paydo tu.
Ham dardi dili oshiq, ham asli mudovo tu(25).

Mavlononi Tansoʻfi bulogʻida (Xorazmda) oʻzbek shahid qildi va qabri Xoja Abulvafo (quddisa sirruhu) qabrining oyogʻi saridur.

Shayx Ozariy — Isfaroyinda zuhur qildi va she’ri shuhrat tutti va kuhulat sinnida mayli suluk sari tushti. Haji muborak safarigʻa borib, sayr rasmi bila Hnnd sari mutavajjih boʻldi. Anda koʻp akobir va mashoyix xizmatigʻa musharraf boʻlub ul mulk salotini anga murid va mu’taqid boʻldilar va debturlarkim, Gulbarga podshohi Shayxqa bir lak yarmoq taklif qildi, ammo oʻz rasmlari birla bosh yerga qoʻymoq, taklifi ham koʻrguzdi. Shayx ul vajhqa bosh endurmadi va bu baytni ayttikim:

Mani turk, hindu jifai jaypol guftaam,
Bodi buruti juna ba yak jav namexaram(26).

Va Hinddin qaytgʻandin soʻngra Isfaroyinda goʻsha ixtiyor qilib toatqa mashgʻul boʻldi va ba’zi kutub, misli «Ajoyib ud-dunyo» va «Javohir ul-asror»(27) Shayxningdur. Oʻzga musannafoti ham bordur. Va devoni ham mashhurdir. Va bu matla’ aningdurkim:

Boz shab shud chashmi man maydoni gir'ya ob zad,
Sayli ashk omad shabixun bar sipohi xob zad(28).

Va shayxning qabri ham Isfaroyinda oʻz maskanida — oʻqdurur va Hoji Avhad Mustavfiykim, fazoyili sharhdin mustagʻniydur, Shayxning vafoti ta’rixin (29) lafzi topibdur. Bu faqir Mavlono Toʻti Turshiziy favtigʻa lafzi tarix topib erdim, ma’lum boʻlurkim bir tarixda oʻtubdurlar.

Mavlono Kotibiy(30) — oʻz zamonining benaziri erdi. Har nav’ she’rgʻaki, mayl koʻrguzdi, anga maoniyi gʻariba koʻp yuzlandi, bataxsis, qasoidda balki ixtiro’lar ham qildi va koʻp yaxshi keldi. Va masnaviylari ham misli «Tajnisot» va «Zul-bahrayn» va «Zul-qofiyatayn»(31) va «Husn va ishq» va «Nosir va Mansur» va «Bahrom va Gulandom» bor. Ammo gʻazaliyot va qasoid devoni mashhurroq va yaxshiroq voqe’ boʻlubdur. Oxiri umrida «Xamsa»gʻa tatabbu’ bunyod qildi va anda da’volar zohir qilibdur. Goʻyo bu sababdin itmomigʻa tavfiq topmadi. Bu faqirning xayoligʻa andoq kelurkim, Mavlono Kotibiyda she’r saliqasi oncha bor ekandurkim, bizning Sulton Sohibqirondek suxandon podshoh anga murabbiy boʻlsa erdi va umri dagʻi biror nima vafo qilsa erdi koʻp elning koʻnglin she’r aytmoqdin sovutqay erdi. Ammo tole’i za’fidin bu mazkur boʻlgʻon ikki davlatqa musharraf boʻlmadi. Har taqdir bila insof uldurkim, aning asridin bu kungacha anga gʻolibi mahz she’rning-barcha uslubida kishi yoʻqtur. Aning yaxshi soʻzi koʻpdur. Ammo gʻazaliyotida bu matlai yaxshi voqe’ boʻlubdurkim:

Zi chashmu dil badani xokiyam dar otashu ob ast,
Ba chashm binu ba dil rahm kunki, kor xarob ast(32)

Va qasoidida ham bu matla’ xub voqe’ boʻlubturkim:

Ey rost ravii qazo, ba kamoni tu chun xadang
Bar tarkashi tu charxi murassa’ dumi palang(33).

Va masnaviysida kecha borib kunduz kelur ta’rifida ham bu bir bayt aningdurkim:

Shabpara az gunbazi feruzagun
Raft ba feruzai gunbaz darun(34)

Va Mavlono Astrobodda toun marazi(35) bila oʻtti, oʻtar holda bu qit’ani aytib erdikim:

Zi otashi qahri vabo gardid nogahon xarob
Astrobodki, xokash bud xushboʻtar zi mushk,
Andar u az piru barno hech kas boqi namond,
Otash andar besha chun aftad na tar monad, na xushk(36).

Va mazori Astrobodda Noʻh Goʻron degan goʻristondadir.

Mavlono Ashraf(37) — darveshvash va nomurodsheva kishi erdi. Va kiyiz boʻrk ustiga qurchuq chirmar zrdi. Va el bila dagʻi omizishi oz erdi. Koʻproq avqot «Xamsa» tatabbu’igʻa sarf qilur erdi; to ul kitobni tugatur tavfiqi topti, voqean oʻz xurdi holigʻa koʻra yamon bormaydur. Afv fazilatida «Xamsa»sidin bu bayt yaxshi voqe’ boʻlubturkim:

Ba nazdi kase k-oʻ ba donish meh ast,
Zi mujrimkushi jurmbaxshi beh ast(38).

Bu gʻazal matlai dagʻi aningdurkim:

Xohamki, choʻbi tiyr shavam, to tu goh-goh
Bar holi man zi goʻshai chashme kuni nigoh(39).

Xoja Ismatullo — Movarounnahr buzurgzodalaridandur. Zohir ilmin takmil qilgʻondur. Gʻoyat xushtab’ligʻidan oʻzin she’rgʻa mansub qilib devoni mashhur boʻldi. Va Xalil Sulton(41) otigʻa yaxshi qasidalari bor. Bu matla’ Xojaningdurkim:

Dil kabobest k-az u shoʻr barangextaand,
Vaz namakdoni Xalilash namake rextaand(42).

Va Xalil Sulton ash’orining devoni ta’rifida rangin qasidasi bor. Matlai budurkim:

In bahri begaronki, jahonest dar barash,
Gʻavvosi aqli kull nabarad pay ba gavharash(43).

Va Xojaning qabri Buxoroda oʻz hujrasidadir.

Mavlono Xayoliy — Buxorodin va Xoja Ismatulloning shogirdidir. Bu matla’ aningdurkim:

Ey tiyri gʻamatro dili ushshoq nishona,
Xalqe ba tu mashgʻul, tu gʻoyib zi miyona(44).

Ikkinchi bayti dagʻi yaxshi voqe’ boʻlibturkim:

Gah mu’takifi dayramu gah sokini masjid,
Ya’neki, turo metalabam xona ba xona(45).

Oʻzi xush xulq va xush tavr yigit ermish, hamonoki qabri Buxorodadur.

Mavlono Bisotiy — Samarqanddindur. Shoʻx tab’i bor ermish, ammo bagʻoyat omiy ermish. Bu matla’i mashhurdurkim:

Dil shishavu chashmoni tu har goʻsha barandash,
Mastand, mabodoki, banogah shikanandash(46).

Bu bayti ham xub voqe’ boʻlubturkim:

Az xuroʻshi changu daf vasli tu mexohad dilam.
Z-on ki dar har poʻste boshad xudoro doʻste(47).

Qabri Samarqanddadur.

Mavlono Yax’yo Sebak(48) — Xuroson mulkining rangin fozili erdi, koʻp ulum va fununda mohir erdi. Sanoye’ va aruz fanida barcha el ani musallam tutarlar erdi. Aning tab’i diqqatini har kishi bilay desa «Shabistoni xayol» degan kitobini koʻrsun. Avval «Tuffohiy» taxallus qilur erdi. Soʻngra «Fattohiy» ham taxallus qildi. Ammo «Xumoriy» va «Asroriy» ham taxallus qilibdur. «Fattohiy» taxallus bila bu matla’ aningdurkim:

Eyki, davri lola sogʻar xoli az may mekuni,
Raft umr, in dogʻi hasratro davo kay mekuni(49).

Va «Asroriy» taxallus bila Xoja Hofiz(50) tatabbuida bu bayt aningdurkim:

Arrai bargi kanab, ey bangiyon, z-on tez shud,
To burad bexiniholi aqlu imoni shumo(51)

Bu faqir aruz fanida vosita bila Mavlononing shogirdimen(52). Inshoollohkim, oʻz yerida kelgay. Mavlono darveshvash va qone’ kishi erdi. Goʻshaye ixtiyor qilgʻon jihatidin latoyifi tab’i ozroq shuhrat tutti. Sana isno va xamsina va samona miada(53) olamdin oʻtdi.

Mir Islom Gʻazzoliy(54) — Hujjat ul-islom Imom Muhammad Gʻazzoliy (quddisa sirruhu) avlodidindur. Zohir ulumin takmil qildi va lekin foniy sifat va betakalluf kishi erdi. Va tibb va hikmatda mahorati bor erdi. Salotin va hukkom majlisigʻa borur erdi. Gʻoyati latofati tab’idin nazmgʻa dagʻi ishtigʻol koʻrguzur erdi va aning nazmda kamoli Hakim Anvariyning(55) bu qasidasi javobidakim:

Chu murodi xeshro bo mulki Ray kardam qiyos(56).

Ma’lum boʻlurkim, Alouddavla Mirzo(57) madhida aytibdurkim, har bayti boshtin oyoq ul zamonning bir ta’rixidur. Mir Balxda Hazoraspiylar chogʻida bor ekandur, Sulton Abu Sa’id(59) Mirzo chogʻida olamgʻa vido’ qildi.

Sayid Ali Hoshimiy — Sayid Hoshimiy nasab va xushtab’ yigit erdi. Abdullatif Mirzo(60) mulozamatida boʻlur erdi. Va sipohiylik ham qilur erdi. Va shoʻx tab’gʻa bu bayt shohidi adildur.

Dar biyobonin adam budam ba fikri on dahan,
Shud padid on xatti sabzu gasht Xizri rohi man(61).

Qozi Muhammad Imomiy — mutadayyin va xushtab’ kishi erdi. Xurosonning qoziyul-quzotligʻ mansabida mutammakkin boʻldi. Va nazmgʻa gohi mashgʻul boʻlur erdi. Ash’ori Hiriy shahrida el orasida bor. Bu matla’ aningdurkim:

Guftamash gul-gul baromad rangi ruxsorat zi mul,
Gʻunchai u dar tabassum shudki, az gulho chi gul(62).

Va qabri Hiriyda Imom Quzotning goʻristonidadur.

Mavlono Muhammad Olim — Samarqand ulamosidin Ulugʻbek Mirzo(63) bila hamsabaq va musohib erdi. Ammo bagʻoyat daler va shoʻxtab’ va xiyra kishi erdi. Bahsda koʻp goʻstoxona soʻzlar va javoblar aytur erdi. Saltanati azim ush-sho’niy tahammul qila olmadi. Samarqanddin anga ixroj hukmi boʻlub Hiriyga keldi va munda Mavlononing maqdamin gʻanimat tuttilar va sokin boʻldi. Bu matla’ aningdurkim:

Mo siyah baxtemu bad roʻzemu axtar soʻxta,
Sham’i maqsude ba umri xuld shabe nafroʻxta(64).

Va Mavlono ham Hiriyda madfundur.

Mavlono Qudsiy — hiriylikdur, shiringoʻy kishi ermish. Va ogʻzida laqva marazi bor erdi, andoqkim ogʻzidin suv borur erdi va zabt qila olmas erdi, bu bobda debdurkim:

Bu vujudi chunin dahanki, marost,
She’r goʻyamki, ob az u bichakad(65).

Bu matla’ dagʻi aningdurkim:

Eyki, man’am mekuni az didani on gul’uzor,
Holati dilro namedoni, maro ma’zur dor(66).

Mavlono Ruhiy Yoziriy — Xuroson afozilining doxilidur. Tab’i xub va suluki margʻub kishi erdi.

«Bulbul bila gul» va «Sham’ bila parvona» orasida munozara bitibdur. Anda koʻp diqqat koʻrguzubtur. Saraxs viloyatidin nari Darun va Yezirgʻacha koʻprak tab’ ahli aning zamonida anga shogird erdilar.

Bu matla’ aningdurkim:

Namexohamki, kas yobad zi sirri holam ogohi,
Va garna olame soʻzam ba yak ohi sahargohi(67).

Mavlono Sohib Balxiy — bovujudi she’r fanida mahoratlik kishi erdi, advor va musiqiy ilmida komil erdi. Oʻz gʻazallarini oʻz amallariga bogʻlabdurkim, aning fazoyiligʻa dalolat qilgʻay. Ul jumladin, «Chahorgoh» amalidirkim, mashxurdur. Derlarkim, Joʻgi Mirzo(68) majolisida ul amaldin oʻzga nima aytturmas ekandurki, bu gʻazalga bogʻlabdur:

Hamchu subh az mehri roʻyat mezadam damhoi sard,
To rasam roʻze ba koʻyat dil base shabgir kard(69).

Va Xoja Salmonning(70) masnu’ qasidasigʻa javob debturkim, andin koʻp iste’dod ma’lum boʻlur za yana bir qasidasi javobida bu matla’ xub voqe’durkim:

Zi qomati tu ba olam qiyomate barxost,
Qiyomatest qadat gar buvad qiyomat rost(71)

Va gʻazaliyotida bu matla’ mashhurdurkim:

Tui koni namaku mo shoʻrbaxton,
Xudo in dod morou turo on(72).

Va tab’ida tama’ mufrit uchun bovujudi fazoyil el qoshida izzati kamrak erdi. Oshpaz bila nonvoy-din osh va non tilab yer erdi. Bu gʻarazgʻa aytqon qit’asidin bir bayt budururkim:

Magasi murda bud qaylai roʻi osham,
Shubushi zinda bud kunjudi roʻi nonam(73).

Mazori Balx navohisidadur.

Mavlono Siymiy — Nishopurdindur, koʻp fazli bor erdi. She’r va muammo va insho va xatda asridagʻi bu fan ahli musallam tutar erdilar. Bir kun da’vo bila ikki ming bayt aytib bitigani mashhurdur. Va muhriga bu baytni aytib qozdurubdurkim:

Yak roʻz ba madhi shohi pokiza sirisht
Siymiy du hazor bayt guftu binavisht(74).

Har oyinakim, bu baytdin boshqa el ichida gʻazali-din bir ozroqcha bor.

Mavlono Ali Ohiy — Mashhaddindur. «Xamsa» muqobalasida necha masnaviy aytibdurkim, chun muqobalagʻa keltursa, goʻyoki boʻlmas. Ul jihatdin shuhrat tutmaydur. «Xayol va visol» otligʻ kitobida bir bayti bor, magarkim, mulhimi gʻayb aning tiliga oʻz she’ri bobida solgʻondurkim:

She’reki buvad zi nukta soda,
Monad hama umr yak savoda(75).

Mavlono Ali Shihob — turshizlikdur. Sulton Muhammad Boysungʻur(76) mulozimi erkandur, ham ravon, ham puxta aytur erkandur. Ul zamon shuarosi andin yomon ayturlar ermish. Va Mavlono Sirriy aning oʻgʻlidurkim, oʻz yerida mazkur boʻlgʻay. Bu matla’ aningdurkim:

Chu parda az rux chun oftob bardori
Ba jonu dil kunadat mushtari xaridori(77).

Muhammad Ali Shugʻoniy — vazirzodadur, tab’i xub voqe’ boʻlgʻon jihatdin nazmgʻa koʻp mashgʻul boʻlur erdi, bu bayt aning ash’oridindurkim:

Chunon gʻariqi mayam, soqiyoki, az gili man
Agar gule badar oyad sharob az u bichakad(78).

Mavlono Tole’iy — ham Sulton Muhammad Boysungʻur modihi erdi. Tab’i gʻarobat sori maylliq shoirdur.

Imomi jin va ins Ali ibni Muso ar-Rizo madhida qasida aytibdur, matlai budurkim:

Xishti in mehri zar andudeki, bar saqfi samost,
Bahri farshi ravzai Sulton Ali Muso Rizost(79).

Mavlono Tusiy — masalgoʻy va gʻazalgoʻy erdi. She’ri base omfirib erdi. Uzun umr topti, hamonoki yoshi yuzga yetti. Bu matlai mashhurdurkim:

Zihi noʻshi labi la’lat hayoti. jovidoni man,
Ba dandon megazi labro chi mexohi zi joni man(80).

Bu matla’ ham aningdurkim:

Maro boshed, ey xubon, xudoro,
Xudoro doramu boqi shumoro(81).

Iroqda olamdin oʻtti.

Bobo Savdoiy(82) — Bovarddindur. Avval «Xovariy» taxallus qilur erdi. Gʻaybi olamdin anga jazaba yettikim, aqli zoyil boʻlub, eldin chiqib bosh-ayogʻ yalang devonalardek togʻu dashtda kezar erdi. Oʻz holiga kelib el orasigʻa kirgandan soʻngra, «Savdoiy» taxallus qildi. Boysungʻur Mirzo otigʻa qasoyidi bor. Gʻazalni dagʻi nav’i aytnbdur. Bu matla’ aningdurkim:

Anbarat xolu ruxat vardu xatat rayhon ast,
Dahanat gʻunchavu dandon duru lab marjon ast(83).

Umri seksondin oʻtti va qabri Bovardning Sukkon otligʻ kentidadur. Ikki gʻarib oʻgʻul yodgor qoʻyub bordi.

Mavlono Zohidiy — Bobo Savdoiygʻa muosir erdi. Amir Xusravning(84) «Daryoi abror»iga tatabbu’ qilibdur va Mavlono Kotibiyning «Tajnisot»igʻa ham ma’razgʻa kelibdur. Va munojotida aning bu banti yaxshi tushubdurkim:

Zuhraro chang yo rubob ki dod,
La’l dar sang, yo rab, ob ki dod? (85)

Mavlono Amiriy — turk erdi va turkcha shs’ri yaxshi voqe’ boʻlubdur, ammo shuhrat tutmabdur. Va bu bayt aning «Dahnoma» sndindur:

Ne yemakdin, ne uyqudin solib soʻz,
Yemakdin toʻyub uyqudin yumub koʻz.

Ba forsiyda shayx Kamol(86) tatabbu’i qilibdur. Bu matla’ aningdurkim:

Roʻzi qismat har kase az aysh baxshi xud sitond,
Gʻayri zohid k-oʻ riyozatho kashidu xushk mond(87).

Aning qabri Badaxshon sari Arhang Saroydadur.

Mavlono Badaxshiy — fozil kishi ermish, Ulugʻbek Mirzo zamonida Samarqandda shuaro ani xushgoʻyliqgʻa musallam tutubdurlar. Va Mirzoning dagʻi koʻp iltifoti bor ermish. Bu matla’i mashhurdurkim:

Ey zulfi shab misoli turo dar bar oftob,
Az shab ki did soyaki uftad bar oftob!(88).

Mavlono Tolib Jojarmiy — Sherozda nash’u namo topibdur. Va qabri hazrati Xoja Hofizning oyogʻi sari erdi. Bu ruboiysini qabri toshigʻa bitib erdilarkim. Faqiri haqir yod tuttumkim:

Dar koʻchai oshiqi ba paymon durust,
Meguft ba man ahli dile roʻzi naxust,
Tolib matalab kase ki u gʻayri tu just,
Tu tolibi u boshki, u tolibi tust(89).

Mavlono Burunduq — nadimvash va hazzol kishi ermish. Sulton Boyqaro(90) binni Umarshayx xizmatida boʻlur ermish va ul zamon shuarosi aning tilidin qoʻrqub, aning jonibini koʻp rioyat qilur ermishlar va ani ustod lafzi bila xitob qilur ermishlar. Va bu matla’ aningdurkim:

Labi shirini tu bo tungi shakar memonad,
Duri dandoni tu bo iqdi guhar memonad(91).

Mavlono Jununiy — hiriyliqdur. She’ri yomon ermas ekandur. Ammo nazmda tab’i hajv va hazl sari moyil erkandur. Xoja Hofiz Sharbatiy bila aning orasida nizo’ voqe’ boʻldi va ul munozaatni hajv qildi va xaloyiq ul hajvni yod tuttilar va yaxshiroq she’rlari bu jihatdin bartaraf boʻldi va ul hajv chun mashhur erdi bitmak munosib koʻrunmadi. Bu matla’ aningdurur:

Ey ahli jununro ba kamandi tu zabuni,
Z-on roʻy dar on halqa zabun ast jununi(92)

Mavlono Orifiy — bagʻoyat fozil va xushgoʻy shoir erdi. Zamon ahli ani Salmoni Soniy derlar erdi, ham she’ri munosabatidin, ham koʻzlari za’fidin. Va Salmonning koʻzi ogʻrigʻonda aytqon qasidasigʻakim, matla’i bu dururkim:

Dardoki, dard kard savodi basar xarob,
Ayyom kard chashmai chashmi maro sarob(93).

Mavlononing dagʻi koʻzi ogʻrigʻonda javob aytibdur. Bu bayti xubturkim:

Bar palaki surxi didai man dorui safed,
Boshad biaynih namaki suda bar kabob(94).

Va «Goʻy va chavgon» munozarasida ham masnaviysi bor, rangin aytibdur. Ot ta’rifida bu ikki bayt andindurkim:

Chun goʻi sipexr gird basti,
Maydon-maydon chu goʻy jasti.
Har gohki, dar araq shudi gʻarq,
Boron budi-yu dar miyon barq(95).

Gʻazal devoni ham bor. Bu matla’ aningdurkim:

Ahd kardamki, nayoyam ba dar az mayxona,
To ba-don damki, maro pur nashavad paymona(96).

Qabri Hiriy shahridadir.

Mavlono Sulaymoniy — Bobur Mirzo(97) xizmatida boʻlur erdi. Va badihani ravon aytur erdi. Ammo Hazrati Xoja Hofizning bu matlai javobidakim:

Yod bod on ki sari koʻi tuam manzil bud,
Didaro ravshani az xoki darat hosil bud(98).

Aning bu matlai yomon voqe’ boʻlmaydurkim:

Halli on nuktaki, bar piri xirad mushkil bud.
Ozmudem, ba yak jur’ai may hosil bud(99).

Soʻnggʻi bayti budurkim:

Guftam az madrasa pursam sababi hurmati may,
Dari har kaski, zadam bexudu loya’qil bud(100).

Va mashhur mundoqdurkim, bu ab’yot Mavlono Hakim tabibning xotuni Mehriningdur(101). Va bu faqir siqqa eldin eshittimkim, Sulaymoniyningdur, vallohu a’lam!(102)

Mavlono Qadimiy — naqorachilikka mashhurdur, ammo tab’i nazmlarda mulonim erdi, bu matla’ aningdurkim:

Be jamolash didai ravshan chi kor oyad maro,
Ravshani dar dida az didori yor oyad maro(103).

Soʻnggʻi bayti yaxshiroq voqe’ boʻlubdur:

Oh az on soatki, nogah dar rahe pesh oyadam,
Muddate boyadki, to dil bar qaror oyad maro(104).

Mavlono Masihiy — Kushanj viloyatidin erdi. Pokiza roʻzgor va musulmonvash kishi erdi. Derlarki, Makka ziyorati davlatigʻa musharraf boʻldi. Va tab’i shoʻx erdi. Yaxshi ash’ori bor. Bu matla’ aningdurkim:

Moro ba jafo kushta pushaymon shuda boshi,
Xuni dili mo rexta pazmon shuda boshi(105).

Derlarki, Ka’ba safarida Mavlono bodiyada xorgʻon mahallidakim, mugʻaylon nigʻochi koʻlankasida oyogʻidin tikon sugʻururgʻa mashgʻul ekandur, qofila shoʻx tab’laridin biri bu baytni debturkim:

Az ranji rahi duru sarxori mugʻaylon,
Az omadani Ka’ba pushaymon shuda boshi(106).

Mavlono Hoji Abulhasan — turkdir, ammo tolibi ilmliqqa mashgʻul boʻlub, biror nima modda hosil qilibdur, chun tab’i xub erdi, she’r ayturgʻa mashgʻul boʻldi. Bu turkcha matla’ aningdurkim:

Kelibtur ul gulu bir hafta turub boradur,
Bu oʻt koʻngulga tushub jonni kuydurub boradur.

Muammo fanida dagʻi yaxshi erdi. ismigʻa bu latif muammo aningdurkim:

Mavlono Qutbiy — Sulton Mas’ud Mirzo(107) mulozimi erdi. Shoʻx tab’ kishi erdi. Turkiy va forsiy she’rda jald erdi. Bu turkcha matlai mashhurdurkim:

Gʻuncha gar nisbat qilur oʻziga dildor ogʻzini,
Ey sabo yeli, toʻla qon ayla zinhor ogʻzini.

Mavlono Naimiy — Mavlono Qutbiygʻa qarobatdur. Yomon tab’i yoʻq erdi. Turkiy nazmlarga tab’i muloyim erdi. Va Sulton Sohibqiron ostonasida boʻlur erdi. Chun qobiliyati bor erdi va sidq va ixlosi bila qulluq qilur erdi. Koʻp iltifot topti, oqibat sadorati oliy mansabqa sarafroz boʻldi. Bu matla’ aningdurkim:

To adamdin boʻldi paydo munchakim husnu jamol,
Sen parivashdek yaratmabdur bashardin zuljalol.

Hamul hazratning qazoqligʻida yara yeb olamdin oʻtti.

Mavlono Zayn — kissadoʻzluq san’atigʻa mansub erdi. Va oʻz zamoninnng shoʻx tab’laridin bir ani tutarlar erdi. Bu maqta’ aningdurkim:

Bo Zaynki, man’at kunad az mardumi nojins,
Begona chunoneki, gʻami xesh nadori(108).

Mavlono Muhammad Jomiy — Hazrat Mavlaviy Maxdumi Nuranning(109) inisi erdi. Zohir ulumin takmil qilib erdi. Axloq va sifoti darveshona va suluk ravishi bexeshona, advor va musiqiy ilmida mohir va soyir fazliyotda komil erdi. Ul ogʻogʻa inilikka loyiq va tariyqi alar tariyqi bila muvofiq erdi. Bu ruboiy alarningdurkim:

In bodaki, man be tu ba lab meoram,
Ne az pai shodiyu tarab meoram.
Zulfi siyahi tu roʻzi man karda siyoh,
Roʻzi siyahi xesh ba shab meoram(110).

Qabri ul hazratning manzillarida qutb us-solikin Mavlono Sa’diddin Koshgʻariy(111) (quddisa sirruhu)ning sufasida, aning ayogʻi sari voqe’durur.

Mir Shohiy(112) — sabzavorliqdur. Asli sarbadorlardin boʻlur. Boysungʻur Mirzo mulozamatida boʻlur erdi. Oti Mir Oqmalikdur. Farogʻatdoʻst va xushbosh kishi erdi. Aning she’rini choshni va salosat va yakdastlik va latofatida ta’rif qilmoq hojat ermas. Gʻazali agarchn ozdur, ammo barcha xaloyiq qoshida pisandida va mustahsandur. Faqir agarchi ani koʻrmadim, ammo aning bila faqirni orasida e’lom va irsol voqe’ boʻldi. Mulk podshohi otamni hukumat rasmi bilan Sabzavorgʻa yuborib erdi va Mir Shohiyni Astrabod hokimi tilab Jurjon mamolikiga eltib erdi. Astrabodda anga qazo yetib na’shin Sabzavorgʻa kelturdilar va obo va ajdodi daxmasida xaloyiqni oʻtru chiqorib ani oxirat yeriga dafn qildilar. Astrabodda aytqon ikki matlai tuganmay qolgʻon erdikim, vasiyat qilgʻondurkim, Xoja Avhad alarni tugatsun deb, biri budurkim:

Xarobem az dili berahm gah-gah yod kun moro,
Sagi koʻi tuyem oxir ba sange shod kun moro(113).

Yana biri bukim:

Tu shahrnyori jahon, mo gʻaribi shahri tuyem,
Vatan guzoshtai bexonumon zi bahri tuyem(114).

Xoja Avhad ikkalasin tugatti va devonigʻa bitildi va shahr shuarosigʻa marsiya taklifi qildikim, ayttilar. Bu bir bayt ul marsiya ab’yotidiidurkim:

K-oʻ bishav zeru zabar az ashku oham Sabzavor,
Z-onki shahri shoh be Shohiy nameoyad ba kor(115).

Mavlono Mushtariy — astrobodligʻdur. Oʻz vaqtida mashohirdin erdi. Bu matla’ aningdurkim:

Soqiy agar mayam nadihad dar havon gul.
Dasti man astu domani soqiyu poi gul(116).

Mavlono Ali Dardoʻzd ham astrabodligʻdur. Bu matlai mashhurdur va yaxshi voqe’ boʻlubdurkim:

Guzasht umru nameoram az sharob guzashtan.
Ki, mast xoham az in olami xarob guzashtan(117).

Mavlono Tole’iy — kamardoʻzliqqa mansubdur. Bu matla’ aningdurkim:

Yoram zi gʻamza tiyru zi abru kamon kashid.
Az roʻi xub har chi rasad metavon kashid(118).

Mavlono Muhyi — Boysungʻur mirzo mulozamatida boʻlur ermish. Bu matla’ aningdurkim:

Bo ruxat dam zi siym natvon zad,
Boʻsa onjo zi biym natvon zad(119).

«Majolis un-nafois»ning avvalgʻi majlisining itmomi

Bu valoyatosor guruh va bu fasohatshior anbuhlarning ruhlarinikim, xaloyiq ruhi alarning jonparvar nafaslaridin tozadur va ulus osoyishi alarning ruhbaxsh kalomlaridin beandoza. Haq subhonahu va taolo sahobi inoyatidin fayz yomgʻuri selobigʻa gʻariq qilsun va magʻfirati soiqasidin ruh shu’lasi anvorigʻa hariq etsun. Va alarning ruhoniyatidin Sultoni Sohibqiron humoyun tab’igʻakim, fasohat bahrining samin gavharidur, nur va safolar bersun, va balogʻat boʻrjining munir axtaridur, surur va ziyolar yetkursun. Ruboiy:

Yo rabki, bu shohkim ulus xonidur,
Tab’ ahliyu zehn xayli sultonidur.
Ne xonu ne sultonki, jahon jonidur,
Ber umr ila davlat, ulcha imkonidur.

Ikkinchi Majlis

Ul jamoati azizlar zikridakim, faqir alardin ba’zining mulozamatigʻa kichiklikda yetibmen va ba’zining suhbatiga yigitlikda musharraf boʻlibmen, alar sitta va tis’ina va samona mia(1) tarixidakim, bu muxtasar bitiladur, bu fano domgohidin baqo oromgohiga boribdurlar

Ul jamoadin:

Mavlono Sharafiddin Ali Yazdiydur(2) — Mavlononing sohibkamolligʻi olam ahli qoshida musallamdur. Shohrux sulton buzugʻligʻida faqirning volidi jamoati kasir bila roʻzgor havodisi fitnasidin Xurosondin qochib, Iroqqa borurda Taftgʻakim Mavlononing muvalladidur, yarim kecha yetib tushdilar. Ittifoqo manzil alarning xonaqohi eshikida voqe’ erdi, tong otqonda, andoqkim, oʻyuni atfol da’bi boʻlur, ul jamoatning atfoli ul xonaqohgʻa oʻynagʻali kirdilar va faqir ham alar bila erdim, taxminan olti yoshimda boʻlgʻay erdnm, va Mavlono bir rahbada oʻlturub ermishlar, tushgan jamoatning kayfiyatin ma’lum qilmoq uchun atfoldin birini tiladilar. Faqir alar sori borurgʻa muvaffaq boʻldum. Har nekim soʻrdilar javob aytdim. Tabassum qilib tahsin qildilar, dagʻi soʻrdilarkim, maktabgʻa boribmusen? Dedimkim: boribmen. Dedilarkim: ne yergacha oʻqibsen? Dedimki: «taborak» surasigʻacha. Dedilarkim: bu jamoat atfolidin biz tilaganda, sen kelib biz bila oshno boʻldung, sening uchun fotiha oʻquli deb oʻz fotihalarigʻa musharraf qildilar. Hamul zamon faqirning volidi va ul xayl ulugʻlari kelib, Mavlono xizmatida anvoi niyozmandligʻlar qilgʻondin soʻngra, faqirgʻa andoq shuur hosil boʻldi angakim, «ne kishi er-kandurlar».

Va alar musannafotidin ulcha mashhurdur: «Qasidai Burda» sharhi va «Asmoulloh»(3) sharhi va «Zafarnoma» tarixidur va muammo fanini alar tadvin qildilar, anda ham «Hulal»(4) va «Munozara» va «Muntaxab» alarning tasnifidur. Va Mavlono himmat va bazl bobida ta’rifdin mustagʻniy erdilar. Tabarrukan bir matla’lari bitildikim:

Sufiy, mabosh munkiri rindoni mayparast,
K-andar piyola partave az aksi doʻst hast(5)

Va Mavlononing qabri Taftda hamul xonaqohda-oʻqdur.

Hoja Avhad Mustavfiy — aning laqabin «Kadud» ham derlar. Oʻz asrining yagonasi erdi. Koʻproq ulum va fununni bilur erdi, bataxsis ulumi gʻaribani, ammo falakiyotda shuhrati bor erdi. Bu faqir ul buzrukvor suhbatigʻa yetar erdi, koʻp iltifotlari bor erdi. Va she’rda dagʻi devon tartib qilibdur, yaxshi qasoyidlari bor. Bu matla’ aningdurkim:

Ey zi boʻstoni jamolat chashmu jonro zebu zayn,
Gashta bar nargis havodori chashmat farzi ayn(6).

Va bu qasidani Sultoni Sohibqiron otigʻa muzayyal qilibdurkim:

Shod bosh, ey dilki, bar mo soyai rahmat fikand,
Oftobi osmoni saltanat Sulton Husayn(7).

Va Xoja Sabzavorda sokin erdi ham anda-oʻq olamdan oʻtdi va qabri oʻzi boʻlur maskanida-oʻqdur.

Mavlono Abdulvahhob — donishmand va zufunun kishi erdi va Mashhad shahrida kozi erdi.

Insho fanida benazir erdi. Imod qoʻrgʻoni kitobasida «Irama zot-il imodillati lamu yuxlaqu misluha fil bilodi»(8) oyatin bitibdur.Mashhadning shuaro na zurafosi qozigʻa shogird erdilar.

Ul zurafodin biri «Maqlubi mustaviy»(9) san’atida alfozin topib qozigʻa arz qilibdur. Ul oz taammul bila alfozi bila javob beribdurkim, bu ishi ta’rifdan tashqaridir.

Qabri Mashhadda-oʻq voqe’dur».

Xoja Fazlulloh Abullaysiy — Samarqand akobiridindur. Faqih Abullays avlodidandur. Fiqxda ani Abu Hanifai Soniy(11) derlar erdi va arabiyatda Ibn Hojib(12) kaffasida tutarlar erdi.

Sayid Sharif(13)ning shogirdi erdi va Sayid oʻz xatlari bila ulumi dars ayturgʻa ijozatnomalar aning uchun bitib erdi. Faqir ikki yil alarning qoshida sabaq oʻqub erdim, ancha iltifotlari bor erdikim, «farzand» der erdilar.

Bovujudkim, Samarqandning a’lami ulamosi erdi, she’r va muammogʻa dagʻi moyil erdi.

Bu matla’ alarningdurkim:

Qadi chun sarvi tu jon ast maro, balki ravon,
Soʻyam, ey sarv, ravon shavki, fido sozam jon(14).

Xoja Samarqandda tangri taolo rahmatigʻa bordi va oʻz xonaqohida jaddining gunbazida madfundur.

Mavlono Uloi Shoshiy — donishmand kishi erdi. Xush tab’liqgʻa barcha xaloyiq ann musallam tutar erdilar.

Muammoda Samarqand ahli ani Mavlono Sharafiddin Yazdiy muqobalasida mazkur qilurlar erdi. Faqir Samarqandgʻa borgʻonda ayogʻi sinib, sohib firosh erdi. Iyodatigʻa bordim, qoshida oʻlturub, andin hosil boʻlur bitib anga tutaberdim.

Qoshidin chiqqonda faqirning holatin soʻrub, kim erkanimni ma’lum qilgʻondin soʻngra bu muammonikim, faqirning oti andin hosil boʻlur, aytib bitib, bir shogirdidin visoqimgʻa yuborib, erdi.

Va Mavlono hamul za’d bila olamdin oʻtdi va qabri Samarqandda — oʻqdur.

Mavlono Muhammad Tabodgoniy(15) — Shayx Zayniddin(16) xulafosidindur. Oʻz zamonining muqtadosi erdi. Xonaqohi bor erdi va qalin muridlar va elning rujui Mavlono sari koʻp erdi va «Qasidai Burda»ni muxammas qilibdurur va hazrati muqarrabi boriy Xoja Abdulloh Ansoriy(17)ning «Manozil us-soyirin» (18)igʻa sharh bitibdur va fazl va kamoli sharhdin tashqaridur. Har qachon samo’gʻa kirsa erdi, bovujudi ulkim, usul qoidasi bila harakoti muvofiq ermas erdi, ammo xaloyiqgʻa andoq asar qilurkim, koʻp el yigʻlar erdilar. Bu matla’ Mavlononingdurkim:

Onhoki, ba juz qomati sarvat nigaronand,
Gar rost bigoʻi hama koʻtah nazaronand(19).

Hiriy shahrida olamdin oʻtti va qabri Xiyoboidadurkim, anda xonaqoh yasabdurlar va oʻgʻli Hamididdin va soyir sufiya ul xonaqohda suluk va ibodatga mashgʻuldurlar.

Shayx Sadriddin Ravosiy — ul dagʻi Shayx Zayniddin xoʻlafosidindur. Shayx zebo va ra’no erdi. Shakli dilpisand va haqoyiq va maorif aytmogʻi dilfirib erdi. Sharif suhbatigʻa faqir musharraf boʻldum. Badaxshon shohigʻakim, anga murid boʻlub erdi, «Fusus» (20) dars aytur erdi, koʻpglumni base sayd qildi. Zamon podshohi ham shayx mulozamatigʻa yetar erdi, oʻzga xaloyiqgʻa xud ne yeggay!

Muncha korxonai shayxliq bila nazmgʻa dagʻi ishtigʻol koʻrguzar erdi. Bu matla’ hazrati Shayxniigdurkim:

Zihi az orazat chashmi maro nur,
Hamesha az jamolat chashmi bad dur(21).

Shayx Hiriy shahrida olamdin oʻtti va na’shin Shugʻongʻa elttilar va anda madfundur.

Mir Haydar Majzub — Darvozai Xush toshida Imom Faxr(22) mazori boshida sokin erdi. Yigitligida zohir ulumin takmil qilib erdi, hamul vaqtda anga jazaba yetishtikim, aqli zoyil boʻldi. Gohiki, oʻz holiagʻ kelsa erdi, ulamo bilan ulum bahsin andoq qilur erdikim, barcha musallam tutar erdilar Muvajjah soʻzlaydurganda, orasida soʻzi parishon boʻlur erdi va xayoli junun vaqtida xotam us-saltanatliqqa rosix boʻlub erdi va xalqni oʻz navkarligiga da’vat qilib xuruj qilur soʻzin aytur erdi. Nazmida gʻarib abyot voqe’ boʻlur erdi. Bu bayt aningdurkim:

Labu dandoni on mah bo chi monad,
Chu qande bar birinji dona-dona(23).

Mavlono Muhammad Arab — ul ham donishmand kishi erdi. Dimogʻi habt qildi va xayoli Mir Haydar xayoli borgʻon sori bordi. Doyim saltanat soʻzini mazkur qilur erdi, to ulkim chin yo yolgʻon Mavlononi munga muttaham qildilarkim, uyidin xuruj aslahasi paydo boʻlubtur deb, chun aziz va musin kishi erdi, podshohi zamon anga shahardin ixroj hukmi buyurdi. Ul yerdin Siyistongʻa bordi va soʻzi ham ushbu rang erdi, oʻzining podshohligʻi qoidasida «Shohnoma» aytibdur. Bu bayt ul abyotdindurkim:

Kase mahrami shah ba juz shoh nest,
Zi ahvoli shah juz shah ogoh nest(24).

Mazori Siyistonda — oʻqdur.

Mir Muflisiy — Mashhad sodotidindur. Tab’i xub erdikim, anga jazaba yetishtikim, aqli zoyil boʻldi. Ilkiga va barmoqlariga halqalar solur erdi. Doyim oʻz-oʻzi birla soʻzlashur erdi. Hushi borida yaxshi abyotlar aytib edi. Ammo junun vaqtida bu baytni koʻp oʻqur erdikim:

Baloi margu anduhi qiyomat,
Chu chanbar soxt moro naxli qomat(25).

Va bu taxallusi ham el ichida mashhurdir.

Xalq goʻyad Muflisiy devona shud,
Lojaram devonagi az muflisist(26).

Va qabri Mashhadda Xoja Xizr langaridadur.

Mavlono Abdulqahhor — donishmand kishi erdi. Hiriy shahrining mutaayyin xush tab’laridin erdi. Mavlononing xayoli kimyogarlikka tushib koʻp nima zoye’ qildi va hech nima hosil qila olmadi.

Koʻp oʻt puflagandin modda qulogʻi sori inib kar boʻlub erdi. Ammo xub abyoti bor erdi.

Mir Xusravning javobida bu matla’ aningdurkim:

Rashkam oyad on chi bar dilho xadangi yor kard
Tiyri uro gʻayr xoʻrdu dar dili man kor kard(27).

Qabri Imomi Faxrdadir.

Mavlono Abdurazzoq(28) — Mavlono Abdulqahhorning inisidur. Xush muhovara kishi erdi, zohir ulumin takmil qilib erdi va fazliyoti ham yaxshi erdi. Xususan tarix ilmikim, anda musannafoti bor va mashhurdir. Va har kishi bu fanda aning mahoratin bilay desa oʻz tarixidin bila olur. Bu matla’ aningdurkim:

Boz abroʻ kard bolo turki tiyrandozi man,
Olamero kushtu dorad in zamon andozi man(29).

Qabri ogʻosi yonida Imomi Faxrdadir.

Mir Yodgorbek — «Sayfiy» taxallus qilur erdi. Xurosonning asil va mutaayyin mirzodalaridindur. Ammo mulozamat tariyqni tark qilib, goʻsha ixtiyor qildi. Fonivash va betakalluf kishi erdi, juz’iy mustagʻaloti hosili bila qanoat qilib erdi. Bu toifa doim aning tegrasida erdilar. Hech nimasin bulardin ayamas erdi. Yaxshi matla’lari bor, jumladin bu matla’ aningdurkim:

Dar barat pirohani katton zi tahriki nasim,
Hast chun kisai larzanda bar boloi siym(30).

Bu matla’ ham aningdurkim:

Sarvi man sabz astu shirin, rost hamchun nayshakar,
Chun ba boloi qaboi barg nay bandad kamar(31).

Qabri obo va ajdodi goʻristonida—Saripuldadir.

Mavlono Toʻtiy — asli Turshiz viloyatidindur. Bobur Mirzo mulozamatida tarbiyat topti. Yaxshi shakllik va yaxshi xulqlik yigit erdi. Qasidada Mavlono Kotibiygʻa tatabbu’ qilur erdi. Aning mav’iza qasidasigʻakim, matlai budur:

Agar ba chashm aqolim sab’a ganji zar ast,
Chu nek dar nigari ajdahoi haft sar ast(32).

Yaxshi javobi bordurkim:

Jahonki, hujrai shash toqu xonai du dar ast,
Zi chor rukni bisotash figʻoni alhazar ast(33).

Gʻazallari yaxshidur. Bu matla’ aningdurkim:

Goʻshai xumxona az la’li ravon ganji safost,
Shakli chang az bahri daf’i gʻam dahoni ajdahost(34).

Ul yigitlikda favt boʻldi. Ulcha qobiliyati bor erdikim, agar hayot topsa, xub nazmlar andin qolgʻay erdi. Favtining tarixi Shayx Ozariyning zikrida oʻttikim, faqir lafzi bila paydo qilib erdim. Qabri Xiyobondadur.

Mavlono Vaysiy — kotiblikka mashhur erdi, ammo she’r ham aytur erdi. Asru sodava goʻl kishi erdi. Faqir, balki koʻproq yoronlar taajjub kilurlar erdikim, oyo ul bu nav’ sodaligʻ bila nazm nechuk aytur erkin, ammo gʻazallari yomon ermas va devoni ham bordur. Bu matla’ aningdurkim:

Raftam ba sayri bogʻu tavofi bunafshazor,
Omad zi har bunafsha maro boʻi zulfi yor(36).

Safar ixtiyor qildi va ul safarda oxirat safari oligʻa tushti.

Mavlono Sogʻariy(37) — Sogʻar viloyatidindur. Hirot shuarosi silkida erdi. Maoshi oʻtkuncha tamavvuli bor erdi. Ammo imsoki gʻolib erdi.

Hazrat Maxdumiy Noʻran Makka safarigʻa azimat qilgʻonda, Vaysiy va Sogʻariy ikkalasi mulozamatda borur izhori qildilar.

Ammo Vaysiy eshagi yoʻk bahonasi bila va Sogʻariy yana bir bahona bila ul safardin qoldilar va Amir Suhayliy(38) bu qit'ani alar uchun aytti va el ichida base shuhrat tuttikim:

Vaysiyu Sogʻariy ba azmi haram,
Gashta budand har dushon safari,
Lek az on roh har du vo mondand,
On yak az be xariyu in zi xari(39).

Mavlono Sogʻariy agarchi bad she’r erdi, ammo bu matlai xub tushubdurkim:

Chashmi durbori manu abri bahor ast yake,
Nolai zori manu savti hazor ast yake(40).

Hiriyda favt boʻldi. Qabri hamonoki Xiyobon navohisidadur.

Mavlono Fasih Rumiy — donishmand kishi erdi. Joʻgi Mirzo xizmatida boʻlur erdi va aning bogʻoti, qasrlarining kitobalari Mavlononing ash’oridur. Xoja Salmonning masnu’ qasidasigʻa tatabbu’ qilibdur. Oʻz xoʻrdi holigʻa yomon aytmaydur. Va Hazrat Shayxning(41) «Maxzan ul-asror»igʻa javob aytibdur, bu bayt «rozni nihon asrar» bobida aningdurkim:

Har nafas k-az tu kase bishnavad,
Beshak az u hamnafase bishnavad(42).

Mavlononing qabri Hiriydadur.

Shayx Kamoli Turbatiy — koʻp diqqatlik, tab’lik kishi erdi. Xoja Hofiz gʻazallaridin koʻp muxammas qilibdur. Xurosonning muttaayyin, rangin zurafosidin erdi.

Faqirning ani koʻrarga koʻp orzum bor erdi, oshnoligʻ bu nav’ voqea boʻldikim, Sulton Abu Said Mirzo zamonida Mashhadda gʻarib va xasta bir buq’ada yiqilib erdim. Qurbon vaqfasi boʻldi, olamning aqso bilodidin xalq imom ravzasi tavofigʻa yuz qoʻydilar. Rasmdurkim, musofirlar muttaayyin buq’a gashtiga ham borurlar, ul buq’adakim, faqir yiqilib erdim, jamoati mavolivash el sayr qilib, devorda bitilgan abyotni oʻqib, bir bayt ustida bahsga tushtilar. Bir ulugʻroq kishikim, ul jamoat anga tobe’ erdilar, ul jamoatni ilzom qildi. Faqir za’f holida ul jamoat jonibidin soʻz ayttim. Anga dedilarkim: bu bemor yigit ham bir soʻz aytadur. Ul ulugʻroq kishi xud Shayx Kamol ermishkim, ziyoratga kelgan ermish, boshim ustiga kelib, mabhasni oragʻa soldi. Faqir javob bergach, oʻz soʻzidan qaytib, tahsinlar qilib, holimni tafahhus qildi. Ersa ul ham faqirni eshitgan ekandur va koʻrar havasi bor ekandur. Xushvaqt boʻlub diljoʻylugʻlar qilib, qoshimda oʻlturdi.

Muning ustida ham soʻzlar aytildi, Manziliga borib, tuhfa va tabarruk va savgʻot yoʻsuni bila yubordi va to anda erdi, doyim kelur erdi. Shayx bila oshnoligʻ taqribi bu nav’ voqe’ boʻldi.

Shayx Makkadin kelgandin soʻngra Turbatda favt boʻldi va qabri ham andadur.

Darvesh Mansur — sabzavorligʻdur. Darvesh va parhezkor va murtoz kishi erdi. Koʻproq avqot soyim erdi, aruz va sanoye’da Mavlono Yah’yo Sebak shogirdi erdi. Ikki aruz tasnif qildi va masnu’ qasida aytibdurkim, matlai budurkim:

Bas davidam dar havoi vasli yor,
Kas nadidam oshnoi asli kor(43).

Tarse’ san’ati(44) pokiza voqe’ boʻlubdur. Tasavvuf ilmida Hofiz Ali Jomiyshogirdi erdikim, aning ta’rifida aql qosirdir va tasavvufda bu ruboiy Darveshningdurkim:

Mavjud chu zarraye ba xud natvon kard,
Bis'yor hadisi neku bad natvon kard.
Ejod chu be qabul mumkin nabuvad,
Onro ki qabul kard rad natvon kard(45).

Faqir aruzni Darvesh qoshida oʻqubmen. Va Darvesh qirq bila ellik yosh orasida olamdin oʻtti va qabri Xojai Toqdadur.

Hofiz Ali Jomiy — oʻz zamonining sohib kamoli erdi, bataxsis tasavvuf ilmida. Va Maxdumiy Nuran «Nafahot ul-uns»(46) da aning Shayx Farididdin Attor(47) (quddisa sirruhu)ning bu qasidasigʻakim:

Ey roʻy dar kashida ba bozor omada,
Xalqe ba-din tilism giriftor omada(48)

sharh bitiganin zikr qilibdurlar.

Va qiroat ilmida jamei qurro aning shogirdligiga mubohat qilurlar erdi. Va faqir ham necha sabaq oʻqubmen.

Qabri Shayx Bahouddin Umar(49) (quddisa sirruhu)ning hazirasidadur.

Mavlono Muhammad Muammoiy — ani Hiriy eli «Piri Muammoiy» derlar erdi. Zarif kishi erdi. Mir Xusravning ash’or va risolasin va soyir musannifotin andin koʻproq kishi jam’ qilmabdur erdi. Ul vaqt muammo fanida zurafo aning shogirdi erdi.

Qabri Hiriydadur.

Sayyid Kamol Kachkul — Balxda sokin erdi. Sayohat koʻp qilgʻon kishi erdi. Ul yetmagan yer oz boʻlgʻay erdi. Aning holatida koʻp taajjub mahallidur. Mashhur mundoq erdikim, aning besh yuz ming bayti bor va bir qasida aytibdurkim, andin oʻn ikki ming bayt masnu’ istihroj qilsa boʻlur. Ammo ulcha faqir koʻrdum, Hazrat Xoja Abu Nasr Porso(50) (quddisa sirruhu) favt boʻlgʻonda marsiya aytib erdikim, necha baytining har misrai Xoja favtigʻa tarix erdi va necha bayti mustagʻraq tarix erdi, va necha bayti har bayt uch va toʻrt tarix erdikim, bayt ma’nosigʻa futur yoʻl topmaydur erdi(51). Bu ishlar bashar shavqidin tashqari uchun ani derlar erdikim, atorudni istixroj qilibdur(52). Yoshi toʻqsondin oʻtib erdi(53). Bu matla’ aningdurkim:

Ey ravshani az nuri ruxat didai jonro,
Bar xok nishonda qadi tu sarvi ravonro(54).

Hamonoki qabri Balxda, Amir Surx mazori navohisidadur.

Xoja Muayyad Devona — Hazrati Shayx avlodidindur. Oʻzi oshuftadimogʻ kishi erdi. Ammo nazmi ravon va salis voqe’ boʻlur erdi. Anga saltanat da’vosi bor erdi. Hamul ish ustiga ani zoye’ qildilar. Bu matla’ Xoja Hofiz javobida aningdurkim:

Chashm dorem az on sham'i saodat partav —
Ki, jahonro bidihad ravshani az sari nav(55).

Goʻyo ani talaf qilgʻonda soʻngokin topmadilarki, bir yerda qoʻygʻaylar.

Xoja Muayyad Mehna — Hazrat Shayx Abusaid Abulxayr(56) (quddisa sirruhu)ning nabiralaridindur. Yillar mazor boshida shayx erdi va zohir ulumin takmil qilib erdi va va’z majolisi bagʻoyat garm va purshoʻr voqe’ erdi. Va Xoja samo’ni dagʻi muassir qilur erdi. Salotin Xojani ta’zim qilurlar erdi. Bu matla’ aningdurkim:

Az mahi roʻi tu oinai jon soxta and,
V-andar oina jonro nigaron soxta and(57).

Xojaning mazori buzurgvor jaddi gunbazidadur.

Mir Imod Mashhadiy — «Musaviy» taxallus qilur erdi. Donishmand va xush xulq va xush tab’ kishi erdi. Mashhad shuarosi aning xizmatigʻa yigʻilur erdilar. Va har ne desa itoat qilurlar erdi. Va muammo fanida ham mahorati bor edi. Va Shayx Kamolning(58) javobida bu bayt ayingdurkim:

Guft bo chashmat bigu: to juz xayoli roʻi mo,
Surati digar nayorad dar nazar, guftam:

«Ba chashm» (59).

Shoh Badaxshon — «La’liy» taxallus qilur erdi. Xush tab’ va musulmonvash kishi erdi. Alarning xonavodasi qadim xonavoda erdi, necha ming yil erdikim, Badaxshon mulkining saltanati, alarning xonavodasidin oʻzga xonavodagʻa intiqol topmaydur erdi. Sulton Abu Said Mirzo alarni musta’sal qildi va mulku mollarini egalladi. Bu matla’ Shohningdurkim:

Mo ba savdoi tu tarki jonu sar xohem kard,
Komi jon har dam zi la’lat pur shakar xohem kard(60)

Shoh mazkur boʻlgʻon podshoh ilkida shahid boʻldi va derlarki, mazori Shayx Zayniddindadur (Vallohu a’lam).

Ibn La’liy — Shoh La’liyning oʻgʻlidur. Xush bosh va xush tab’ podshohzoda erdi. Sohib vujudloʻq va shoʻxluq andin koʻp naql qilurlar. Bu matla’ aningdurkim:

Ey zi la’li otashinat dar dili gulior nor,
Gʻayri dil burdan nadori, ey buti makkor, kor(61).

Ul ham otasining qotiligʻa maqtul boʻldi.

Mavlono Abdusamad Badaxshiy ham Badaxshondindur. Sulton Abusaid Mirzo zamonida Hiriga keldi. Podshoh anga oʻz tarixin buyurdi. Masnaviygoʻy va musannif kishi erdi. Bir baytida tajnis xayol qilib, qofiyasin gʻalat qilib erdi, faqir ani voqif qilgʻach filloh muttanabbih boʻldi va izhori minnatdorligʻ ham qildi va bu ish aning bila faqir orasida oshnoliqqa sabab boʻldi. Toʻy ta’rifida va goʻyandalar zikrida aning masnaviysidindurkim:

Zi mohi hayo-hoʻy to moh bud,
Sari ovozashon, jokam olloh bud(62).

Qabri derlarki Koʻhistondadur.

Mavlono Yusuf Shoh — «Kotib» taxallus qilur erdi, kitobat fanida mutaayyin kishi erdi va Hiriy shahrida zurafo zumrasida oʻzin doxil tutar erdi, ammo faqir va yaxshi kishi erdi. Bu matla’ aningdurkim:

Ey judo gashtaki duri zi bari hamnafason,
Mo dar in shahr ba-din roʻzu tu dar shahri kason(63).

Hiriy shahrida olamdin rihlat qildi va qabri ham Hiriydadur.

Xoja Abu Ishoq — Xoja Muayyad Mehnaning oʻgʻlidir. Tolibi ilm va xush tab’ yigit erdi. Ammo badxoʻy va mutakabbir ham bor erdi. Mehnada ba’zigʻa aytqon marsiyadin bu bir bayt aningdurkim:

Kashid az dasti mo sahroi Xozar domaki gulro,
Ba sahroi qiyomat dasti movu domani sahro(64)

Qabri ham otasi mazoridadur.

Sayyid Kozimiy — xush tab’ va sabuk ruh kishi erdi va tab’i hazlgʻa moyil erdi. Podshoh hazratidin Xojai Jahongʻa risolatqa borib andin kelurda Iroqda qoldi. Andin faqirgʻa bir ikki ruq’asi keldi. Ammo oʻzi Sherozda favt boʻlubtur deb shuhrati bor. Sipohiylikda jald kishi erdi va she’ri ravon voqe’ boʻlur erdi, qasidasi Bobo Savdoiy tavri tushar erdi. Bu matla’ aningdurkim:

Subh az ufuq chu ra’yati bayzo barovard,
Oham alam ba avji surayyo barovard.
Shukri xudo ki qozii shahri Hari nayam,
Dar silki odami sifatonam xare nayam(65)

ham aningdur. Muncha gʻayri mukarrar xalq, Sayid davlatidin shuarogʻa mamduh boʻlubturlar.

Mavlono Muhammad Muammoiy — latif va sunniy mazhab kishi erdi. Koʻp akobir xizmatiga yetib erdi, manzuri nazarlari boʻlub erdi. Bobur Mirzo zamonida muazzam sadr boʻldi va andin soʻngra ham salotin majlisida maqbul va maxsus erdi. Muknati chogʻida Sherozda hazrat Xoja Hofiz qabri boshida gunbaz yasadi va Bobur Mirzoni anda tilab ziyofag qildi. Sherozning shoʻx tab’laridan biri Mirzoning koʻzi tushar yerda devorda bu baytni bitib erdikim:

Agarchi jumlai avqofi shahr gʻorat kard,
Xudosh xayr dihod onki, in imorat kard(66).

Mirzo oʻqudi va bu bobda hazllar boʻldi. Faqir bu naqlni oʻzidan eshitibmen. Faqir bila ulfati bor erdi va koʻp musharraf qilur erdi. Oxir hayotida Kichik Mirzo(67) bila haj davlatigʻa ham musharraf boʻldi va anda olamgʻa vido’ qildi.

Xoja Hasan Xizrshoh — astrobodligʻdur. Yaxshi tab’liq, yaxshi muxovaraliq kishi erdi. Oshuftasor va foniysifat ham bor erdi. She’rni yaxshi aytur erdi. Nasxta’liq xatin ham Mavlono Ja’far(68) tariyqin taqlid qilib, shirin bitir erdi. «Layli va Majnun» muqobalasida «Zayd va Zaynab» masnaviysi aytibdur. Bu bayt aning tavhididindurkim:

Ey chehra kushoi har jamili, _
Nomi tu shifoi har alili(69).

Bobur Mirzo Mashhadda favt boʻlgʻon yil ul shaharda gʻarib va xasta yiqilib erdi. Faqir gʻamxorliq qilib sihat topti. Bu matla’ aningdurkim:

Soyaat har joki, aftad bar zamin gul bar damad„
Ne guli tanhoki, sar to sar gulu shakkar damad(70),

Qabri Astrobodda masjidi jome’ roʻbaroʻyidadur.

Mavlono Hoji Nujumiy — Louboli kishi erdi va tab’i hazlgʻa moyil erdi va hazlomez qit’alari bor. Ammo bu matlai yaxshi voqe’ boʻlubturkim:

Boz iyd omad, biyo jonoki, qurbonat shavam,
Hamchu chashmi goʻsfandi kushta hayronat shavam(71),

Xoja Mas’ud Qumiy — ul viloyatning ulugʻlaridindur, Iroqtinkim Xurosongʻa keldi va faqir bila musohib erdi. Masnaviysi puxta va gʻazallari ravon erdi. Koʻp rangin abyot ham she’rlarida bordur. Sulton Sohibqiron tarixin anga buyuruldi. Oʻn ikki ming baytqa yaqin aytibdur. «Yusuf va Zulayxo», «Shams va Qamar», «Tigʻ va Qalam» munozarasi ham nazm qilibdur. Bu matli xub boʻlubtur:

Be tu chun dar gir’ya xobam, mebarad,
Xob mebinam, ki obam mebarad(72).

Bir ruq’ada bu baytni bitib ahli nazmga va xush tab’largʻa yuborib erdikim:

Mushtoqamu duram, gʻami jonkoham az in ast,
Mushtoqtaron durtarand, oham az in ast(73).

Va devoni el orasida bor va mashhurdur. Hiriy shahrida favt boʻldi va Piri Sesadsola javorida madfundur.

Hofizi Yoriy — xush suhbat va shirin kalom kishi erdi va qiroat ilmin yaxshi bilur erdi va koʻproq avqot tilovat qilur erdi va hamisha faqir bila musohib erdi. Mav’izada insof bobida bu bayt aningdurkim:

Garam bar sar hazor oyad balo shoyistai onam
Ki, hastam badtarin az xalqu xudro nek medonam(74).

«Ixlosiya»(75) madrasasida favt boʻldi va koʻchai Safo boshida qoʻyildi.

Mavlono Qanbariy — Nishopurdindur. Omi kishi erdi. Ammo nazm ayturda cholok erdi va she’rida ham choshni bor. Bu qasida matlai Bobur Mirzo madhida aningdurkim:

In guharho binki, dar daryoi axzar kardaand,
Z-in mashoil otashi xur binki chun barkardaand(76).

Qabri hamul viloyat soridur.

Mavlono Xusraviy — da’volik va buzurgmanish va tundxoʻn kishi erdi. Faqir qoshigʻa ba’zi mahalda she’r keltursa erdi, burunroq andoq kalom surar erdikim, daxl qilmoq yoʻli bogʻlanur erdi. Zaruratan barcha she’rni tahsin qilmoq kerak erdi. Devoni ham el orasida bor edi. Bu matla’ aningdurkim:

Zi la’li yor dandone giriftam,
Hayote yoftam, jone giriftam(77).

Hiriyda favt boʻldi, qabri ham andadur.

Mavlono Zayniy — dilpazir tab’lik kishi erdi. Agarchi omi erdi, ammo she’ri xoli az rangi emas erdi. Gʻazal koʻproq aytur erdi. Asli Sabzavordin erdi va Mir Shohiy bila suhbat va majlislar tutub erdi. Bu matla’ aningdurkim:

Sanavbar to zi xizmatgorii sarvat judo monda,
Shuda devonavu joʻlida moʻ sar dar havo monda(78).

Astrobodda favt boʻldi va qabri ham andadur.

Vali Qalandar — Bobur Mirzo ostonida mulozim erdi. Xira va daler behayo kishi erdi. Suxandonlar orasida badshe’rlikka mashhur erdi. Pir Budogʻ Hiriy shoirlarin Sherozgʻa eltganda ul ham bordi, nodiran bu matlai yaxshi vohe’ boʻlubturkim:

Nayam malulki, koram naku nashud, bad shud,
Shavad-shavad nashavad k-oʻ mashav chi xohad shud(79).

Sherozda favt boʻldi va qabri ham andadur.

Mavlono Volahiy — oshufta kishi erdi. «Bard» (80) lafzidin achchigʻi kelur erdi, bu jihatdin anga tashvish berurlar erdi. Bobur Mirzo Mashhadda ekanda «orosta» radif qasida aytib erdi. Baytiki «mamduh» otin bogʻlabtur budurkim:

Shoh Abulqosimki, shud dar davri u xushtar zi xuld,
Mashhadi Sulton Ali Muso Rizo orosta(81).

Harimiy Qalandar — Samarqand viloyatidin erdi. Tolibi ilmligʻi ham bor erdi. Bu turkcha matla’ aningdurkim:

Necha yigʻlay sham’dek hajringda, yorim, kechalar,
Ohkim kuydirdi dogʻi intizorim kechalar.

Qabri Samarqanddadur.

Mavlono Tarxoniy — Andxuddindur. Sipohiylik suratida yurur erdi. Hazrat Maxdumiy Nuranning bu she’ri javobidakim:

Ey zi mushkin turraat bar har dile bandi digar,
Rishtai jonro ba har moʻi tu payvandi digar(82).

Bu bayt aning she’ridinkim:

Murgʻi dil par kandamu az sina bir’yon soxtam,
To kasham peshi sagat har lahza parkande digar(83).

Ba’zi maxodim Samarqandda bandgʻa tushganda, bu turkcha she’r aytqondur. Matlai budurkim:

Tushgali band ichra boʻldum ul pari devonasi,
Koʻk saro fonusdur ul sham’u men parvonasi.

Qabri goʻyo Andxuddadur.

Mavlono Ishqiy — hiriylik erdi va qasidani puxta aytur erdi. Sulton Abu Said Mirzo Oqsaroyni yasaganda imoratning kitobasi uchun shuarogʻa she’r buyurdilar. Imorat ta’rifida aning she’ri yaxshi tushub erdi. Matlai budurkim:

In manzareki toq chu abroʻi dilbar ast,
Az xok bar giriftai doroi kishvar ast(84).

Qabri Hiriydadur.

Mavlono Abdulvahhob — Isfaroyindindur. Abdolvash kishi erdi. Ammo yaxshi tab’i bor erdi. Sabzavorda qazo mansabini anga bergandurlar. Andin soʻngra Isfaroyinda qozi boʻlgʻondur. Andin ma’zul boʻlgʻonda Astrobodqa ihtisob amrin anga ruju’ qilib yibordilar. She’rgʻa mash’uf erdi. Mir Xusrav «Dar’yon abror»i javobida bu matla’ aningdurkim:

In kuhan avroqi gardun k-ash zi anjum zevar ast,
Koʻhna tarixe base shohoni anjum lashkar ast(85).

Astrobodda favt boʻldi va qabri ham andadur.

Xoja Yusuf Burhon — Hazrati shayx ul-islomiy Ahmadi Jomiy(86) (quddisa sirruhu)ning yaqinroq avlodidindur. Faqir va fano tariyqida suluk qilur erdi. Va tajarrud va inqito’ rasmin koʻp masluk tutar erdi. Va jamei ahli turuqning sohib tariyqi erdi va musiqiy ilmin ham yaxshi bilur erdi va faqir musiqiy fanida aning shogirdimen. Koʻproq oʻz she’rigʻa musiqiy bogʻlar erdi. «Isfahon» amalini, bu baytigʻa bogʻlabturkim:

Rasid mavsumi shodiyu ayshu tarab,
Agar gado ba murodi dile rasad chi ajab» (87).

Jomda olamdin rihlat qildi. Qabri Hazrati Shayxning hazirasi eshigidadur.

Mavlono Mashriqiy — mashhadligʻdur. Kosagarlik san’atiga mansub erdi, ammo darvesh kishi erdi. Mir Maxdum (alayhir-rahma)(88) va koʻp azizlar xizmatigʻa yetib erdi. Roʻzgor shikoyatida bir obodon she’ri bor. Bu bayt andindurkim:

Az chist surx panjai marjonu poi bat,
Gar xun bajoi ob ravon nest dar bihor(89).

Hiriyda favt boʻldi.

Mavlono Havoyi — Mavlono Mashriqiyning inisidur. Naqqoshliqdin biror nima vuqufi bor erdi.

Filjumla kitobat ham qila olur erdi. Va zurafo derlar erdikim, oʻz ash’orin oʻzi bitib, jadval tortib tazhib qilib, tayyor yasab elga berurkim, bu jihatdin shuhrat tutqay. Anga aytilsa, inkor qilib hazlu mutoyiba bila oʻtkarur erdi. Bu matla’ aningdurkim:

Ba girdi koʻn tu bo sad niyoz megardam,
Bahona mekunam az duru boz megardam(90).

Hiriyda favt boʻldi. Qabri Xoja Chilgaziy javoridadur.

Mavlono Qabuliy — faqir kishi erdi. Bozori Malikda gʻazlfurushluq(91) doʻkoni bor erdi. Bir saboh ul mahalladin jam’e keldilarkim, oʻtgan kecha Mavlono Qabuliy bizlarni tilab vasiyat qildikim, bu kecha olamdin borurmen, takfin va tajhiz jihatidinkim, hech nimam yoʻqtur, saboh devonimni falon kishiga, ya’ni faqir qoshigʻa eltib niyozimni yetkurib, iltimos qilingkim, meni Sodoti Musrih goʻristonida dafn qildursun. Saboh habar tuttuq, ersa oʻtub erdi. Vasiyati dasturi bila devonin sening qoshinggʻa kelturubbiz. Faqir aning vasiyatini bajo kelturub, tadfinidin soʻngra devonin ochtuq. Ersa bu matmai keldikim:

Agar qabuli tu yobam Qabuliyam, var na
Ba har du kavn chu man noqabul natvon yoft(92).

Mavlono Muhammad Amin — Balxdindur. Soda kishi erdi. Koʻproq avqot navisanda va amaldorlar tegrasida boʻlur erdi, «dilbaram» lafzin yetti tajnis ila aytib ul gʻazalin Bobur Mirzo tobugʻida kelturdi, mustahsan tushub bu baytinikim:

Ey siyah chashmi xitoi murgʻi jonro bo tu uns.
Ba-z siyah chashmoi digar hamchu ohu dilbaram(93).

Yod tutub Mirzo oʻqur erdi. Mavlono bu ishtin bagʻoyat mubohi erdi. Andoq eshitildikim, Astrobodda olamdin oʻtubdoʻr.

Mavlono Saidiy — mashhadligʻ erdi va kosagarlik san’atigʻa mansub erdi. Bu matla’ aningdurkim:

Zi bahri qat’i hasti hila az sad joy angezam;
Magar yak lahza bo on dilbari xudroy omezam(94).

Ikki qofiya rioyat qilibdur, faqirgʻa soʻnggʻi bayti matla’din yaxshiroq kelibdurkim:

Shabe binshinu chandone sharobi behisobam deh
Ki, natvonamki to roʻzi hisob az joy barxezam(95).

Hiriyda favt boʻldi.

Mavlono Mir Argʻun — xaymadoʻzluq san’atigʻa mansub erdi va qadimiy zurafodin erdi. Soyir nazmlardin muammogʻa koʻproq moyil erdi. ismigʻa bu muammo aningdurkim:

Hiriyda favt boʻldi.

Mavlono Sadr Kotib — oshuftaroʻzgor kishi erdi, koʻpraq avqot atrok xizmatida boʻlur erdi. Lavandliq muayassar boʻlsa erdi, na she’rdin yod qilur erdi, na xatdin. Chogʻir ani andoq magʻlub qilib erdikim, ixtiyori hech ishda yoʻq erdi. Bu matla’ aningdurkim:

Hargiz dili moro ba gʻame shod naqardi,
Kushti digaronrovu maro yod nakardi(96).

Hiriyda favt boʻldi.

Mavlono Ayoziy — gʻarib shakllik kishi erdi. Atvori va soʻzi xoh nazm, xoh nasrda gʻarib erdi. Faqir bir majlisda Puli Molonda ani koʻrdum, bir anjumanda bir kasidasin oʻquydur erdi. Har bayt bunyod qilsa, soʻz uslubidin, qofiyasin ayta berur erdim. Bagʻoyat hayrat qildi. Uch yildan soʻng Bogʻi Safedda yana bir majlisda biaynihi ushmundoq voqe’ boʻldi. Ul yana hayrat bunyod qildi. Burungʻi majlis ahlidin bu majlisda ham necha kishi bor erdi. Andin soʻrdilarkim, hargiz bu nav’ kishi koʻrubmusen, chun koʻzida za’f bor erdi, dediki, koʻrmaymen, magar uch yil mundin burunroq Puli Molonda bir yigit koʻrdum, ul ham bu nav’ shu’badabozliq qildi. Majlis ahli kulushtilar. Aning oʻzi uchun aytqon mashhur bayti budurur, base xub aytibdur:

Chodarshabi xud rangi magas rida, Ayoziy
Ne jomavu ne kurtavu ne moʻza namozi(97).

Madfani ma’lum ermas.

Mavlono Anisiy — kam bizoat shoir erdi va muttaham anga erdikim, elning she’rini oʻziga bogʻlar. Bu matla’ni der erdikim, men aytibmen:

Garchi mejoʻyad dilam doim visoli yorro,
Yor mejoʻyad ba ragʻmi man dili agʻyorro(98).

Bu matla’ har kishining boʻlsa, mahalli muzoyaqa emas Qabri Hiriydadur.

Mavlono Muhammad Omiliy — zarifvash va noziksheva kishi erdi. Hazrati Mavlono Sharafiddin Ali Yazdiy (quddisa sirruhu) xizmatin koʻp qilib erdi va manzuri nazar boʻlub erdi. Nazmlardin tab’i muammogʻa muloyim erdi.

Oʻgʻli ham shoirdir, oʻz yerida kelgay. Hamonokim, Mavlononing madfani Nishopurdadur.

Mavlono Burujiy — Mavlono Sa’diddin Koshgʻariynig murididur, naqshbandiya silsilasidindur. Qalin muridlari bor erdi. Uzi shahar masjidi jomeida suluk qilur erdi. Base toliblargʻa murshidi muqtado erdi va gohi nazm ham iltifot qilur erdi. Bu matla’ aningdurkim;

Man oshiqi shoʻridavu mastam, chi tavon kard?
Dil dodavu jon dar kafi dastam, chi tavon kard? (99)

Qabri oʻz piri yonidadur.

Darvesh Nozukiy — Xurosonning odamizodalaridin erdi. Otasi Mashhad hukumatin qilib erdi. Oʻzi sipohiyliq tarkin tutub darveshlik vodiysiga tushub kapanakpoʻshluq shaqida Mashhadda goʻsha ixtiyor qildi va maoshi oʻtkunchakim, gadolik qilmagʻay, ilgida nimaginasi bor erdi, zihi sohib davlatikim ul erdi:

Birovkim chiqti eldin ogah uldur,
Gadoligʻdin kim ogahdur, shah uldur.

Alqissa bu yaxshi forsiy matla’ aningdurkim:

Manamki, nest maro juz ba jomu boda tafoxur,
Bidor soqii gulchehra, kosahoi purro-pur(100).

Qabri Mashhaddadur.

Mavlono Qavsariy — Buxorodindur. Qabuliyatlik, xush suhbat, shiringoʻy va fasih zabon va donishmand kishi erdi. Bir kun hujrasida oʻziga yarasha tabx qiladur ermish. Mavolidin birov kiribdur qazon ostigʻa oʻtun qoʻyubdur. Mavlono debdurkim: «Tabh ishida madad qilmakim, sharik boʻlursen»(101). Bu matla’ aningdurkim:

Dar xayoli pistai xandoni on bodom chashm,
Chashmai xunest chashmi moki, dorad nom chashm(102).

Hiriyda favt boʻldi. Qabri Xiyobon boshidadur.

Sayid Muslimiy — isfaroyinlikdur. Abdolvash yigit erdi. Ammo yaxshi tab’i bor edi. Bu matla’ aningdurkim:

Xoli u naqdi dilam az didai ravshan kashad,
Hamchu duzde k-oʻ matoi xona az ravzan kashad(103).

Qabri Isfaroyindadur.

Mavlono Nizom — tolibi ilm va faqir kishi erdi. Xonaqohi Malikda boʻlur erdi. Moʻammo fanigʻa koʻp mashgʻulluq qilur erdi. ismigʻa bu muammo aningdurkim:

Qabri goʻyoki Xiyobondadur.

Mavlono Yoriy — vazirzoda erdi, ammo darvesh va ozoda erdi. Faqr va nomurodligʻda koʻziga za’f toriy boʻldi, andoqkim nimani koʻrmas boʻldi va Balxda mutavattin boʻldi. Xub tab’i bor edi. Bu matla’ aningdurkim:

Qasam nishoni sari moʻy az on dahon nadihad,
Chunon ba tangam az in gʻamki, kas nishon nadihad(104).

Balxda olamdin oʻtti. Qabri ham andadur.

Xoja Ahmad Mujallid — Xurosonning shoʻx tab’laridin erdi. Ammo bagʻoyat xabissheva kishi erdi, Mutaayyin eldin oz qolmish boʻlgʻaykim, ul nazm yo muammo bila hajv yo hazl qilmagʻay.

Qabri Hiriydadur.

Mavlono Muhammad Ne’matobodiy — Pahlavon Muhammad(105) (sallamahulloh) xizmatida ul buq’aning imomi erdi. Chun Pahlavon majlisida she’r va muammo ahli doimbor erdilar, ul dagʻi muammogʻa ishq paydo qildi va Pahlavon ba’zi zurafogʻa suporish qildi, oz fursatda yaxshigina oʻrganib ayta boshladi. Ammo bot qazo yetib olamdin oʻtti, faqir muammogʻinalarin jam’ qildurdum. Va ismigʻa bu muammo aningdurkim:

Gozurgoh goʻristonida madfundur.

Sayid Abdulhaq — astrobodligʻdur, xushtab’ yigit erdi, muhovarasi dagʻi xub erdi. Xoʻchon viloyatining qozisi, eshak rishva berib sadr oni qozi qilgʻongʻa bu qit’asi mashhurdurkim:

Hame gasht dar shahr shaxse zi Xoʻjon
Ki, qozi shavad, sadr rozi nameshud,
Bidodash xare rishvavu gasht qozi,
Agar xar namebud, qozi nameshud(106).

Qabri goʻyo Astrobod viloyatidadur.

Mavlono Mir Qarshiy — Samarqandda boʻlur erdi va bozorda sahhoflik doʻkoni bor erdi, zurafo anda jam’ boʻlurlar erdi va Mavlono oʻzin ul xaylgʻa ustod tutar erdi. Shikoyat bobida bu matla’ aningdurkim:

Nest oyini muhabbat kardan az yore gila,
Varna z-on badahd mekardem bis'yore gila(107).

Ul «Xatoiy» taxallus qilur erdi va Samarqandda—oʻq olamdin oʻtti, madfani ham anda-oʻqdur.

Mavlono Javhariy — ham samarqandligʻdur, sobunxona mushrifi erdi, ham sobunxona eshigida koʻchaning oʻrtasida oʻzi uchun hujragʻina yasab erdi. Aruz bilur erdi va «Siyar un-nabi» (108) nazm qilib erdi. Bu bayt aningdurkim:

Falak baski, dar mavkibash toxta,
Ba har moh na’le biyandoxta(109).

Qabri Samarqanddadur.

Mavlono Xovariy — ham samarqandligʻdur va darzigarlikka mansub erdi. Badihani ravon aytur erdi va tab’i xeyli shoʻx erdi. Ul tarje’bandkim, bandi budur, aningdurkim:

Mezanad gah ba choʻbu goh ba musht,
Bozi-bozi maro bixohad kusht(110).

Bu matla’ aningdurkim:

Man ki umre ba havas payravii did kardam,
Umr biguzashtu nadonamki, chi hosil kardam(111).

Qabri ma’lum emas.

Mavlono Halvoiy — ham samarqandligʻdur. Shukufta tab’liq, yaxshi chiroylik yigit erdi. Shabob ayyomida favt boʻldi. Umri qisqa uchun soʻzining shuhrati ham ozdur. Bu matla’ aningdurkim:

Zohido, qiblai mo abroʻi dildor avlo,
Tuvu masjidki, turo roʻy ba devor avlo(112).

Qabri oʻz mulkidadur.

Mavlono Riyoziy(113) — samarqandligʻdur. Mutakabbir va mu’jib kishi erdi. Gʻazalni bagʻoyat xub aytur erdi. Jome’ ul-fazoyil va muqavi yud-daloyil kishi erdi va yetti qalam bilan xatni xub bitar erdi va ham mullo va ham hofizki, qur’oni majidni yetti qiroat bilan bilur va oʻqur erdi va ham kotib va ham shoir va ham maoliy erdi. Ulum fanida hech nimarsa angʻa majhul qolmas erdi. Bu ma’nigʻa taxallusi dalildurkim, har nimarsakim, xayol qilsa erdi, aytur erdi va der erdi va bogʻlar erdi va xub tasnif qilur erdi. Ilmi musiqiy va advor va nujum va istixroji ramal va gʻayri zolika hech nimarsadin benasib emas erdi. Bu gʻarro matla’ aningdurkim:

Sitorayest duri goʻshi on hilolabroʻ,
Zi roʻi husn ba xurshed mezanad pahlu(114).

Ikki misra’ orasida rabt jihatidin bir «ki» lafzi kerak. Faqir anga dedimki, bu nav’ yaxshiroq boʻlgʻayki:

Zi roʻi husn duri goʻshi on hilolabroʻ.
Sitorayestki, bo moh mezanad pahlu(115).

Insof yuzidin kerakki, musallam tutsa erdi, jadal bunyod qildi, faqir sokit boʻldum. Oʻz yoronlari taloshtilar ham qabul qilmadi. Samarqandda favt boʻldi.

Mavlono Safoiy — andijonlikdur. Soda yigit erdi. Ammo soda yuzluk yigitlar suhbatigʻa mash’uf erdi. Tab’idin goh-goh rangingina nimalar bosh urar erdiki, oʻz sodaligʻi munofisi erdi. Ul jumladin bu bayt aningdurkim:

Menamoyad gohi javlon na’li shabrangat ba chashm,
Chun mahi nav k-az nazar sozand mardum gʻoyibash(116).

Samarqandda favt boʻldi.

Mavlono Yusuf — «Badiiy» taxallus qilur erdi. Ul ham Andijondindur. Mavlono Safoiy bila boʻlur erdi. Faqir tahsil uchun Samarqandgʻa borgʻonda, ul Andijondin keldi va anda faqir bila boʻlur erdi. Sigʻari sin jihatidin she’rida xomlik boʻlsa faqir isloh qilur erdim. Bot buzurgmanish va mutasavvir? yigit boʻldi va Xurosongʻa kelib koʻp salohiyatlar ham kasb qildi. Faqirdin oʻzga kishi aning she’rida soʻz, ayta olmas erdi. Ujbi jihatidin shoʻxlar ani Yusuf Safoiy derlar erdi. Ul tagʻayyur jihatidin behol boʻlur erdi. Ammo yaxshi suhbati bor erdi va koʻprak sinf she’rni yaxshi aytur erdi va aruz bilur erdi. Bu matla’ aningdurkim:

Gar bad-in obu havo koʻyat buvad manzilga ham,
Ne zuloli Xizr boyad ne dami ruhullaham(117).

«Mir’ot us-safo»(118) qasidasi tatabbuida bu bayti yaxshi voqe’ boʻlubturkim:

Duri maqsud joʻyon majma ul-bahrayn shud sufi
Ki, bahre dar ast az chashmai har chashmi giryonash(119).

Muammo risolasi bitib, anda koʻp ish qilibtur.

Saraxsda favt boʻldi. Mazori hazrat Shayx Luqmon xonaqohidadur.

Mavlono Xokiy — Kusavdindur, Xoja Kusaviy (quddisa sirruhu) xizmatida boʻlur erdi. Darvesh kishi erdi. She’r ham aytur erdi. Bu matla’ aningdurkim:

Niyozmandi tuyem, ey ba noz parvarda,
Turo zamona ajab dilnavoz parvarda(120).

Mavlono Lutfiy(121)(alayhirrahma) — oʻz zamonining malik ul-kalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri yoʻq erdi, ammo turkiyda, shuhrati koʻprak erdi va turkcha devoni ham mashhurdur va mutaazzir ul javob matla’lari bor, ul jumladin biri budurkim:

Nozukluk ichra belicha yoʻq tori gisuyi,
Oʻz haddini bilib, belidin oʻltirur qush'

Yana biri bukim:

Sayd etti dilbarim meni oshufta sochdin,
Soldi kamand boʻynuma ikki qulochdin.

Va Mavlononing «Zafarnoma» tarjimasida oʻn ming baytdin ortuqroq masnaviysi bor, bayozgʻa yozmagʻon uchun, shuxrat tutmadi va lekin forsiyda qasidagoʻy ustodlardin koʻpining mushkul she’rlarigʻa javob aytibdur va yaxshi aytibdur. Toʻqson toʻqquz yashadi va oxir umrida radifi «oftob» she’ri ayttikim, zamon shuarosi barcha tatabbu’ qildilar, hech qaysisi matla’ni oncha ayta olmadilar va ul matla’ budurkim:

Ey zi zulfi shab misolat soyaparvar oftob,
Shomi zulfatro ba joi moh dar bar oftob(122).

Va oʻtar vaqtida bu gʻazal matlainkim, tuganmaydur erdi, vasiyat qildikim, hazrati Maxdumiy Nuran tugatib, oʻz devonlarida bitisunlar va ul matla’ budurkim:

Gar kori dili oshiq bo kofiri Chin aftad,
Beh z-onki, ba badxoʻi bemehri chunin aftad(123).

Mavlono yigitligida ulumi zohiriyni takmil qilgʻondin soʻngra Mavlono Shihobiddin Xiyoboniy (alayhirrahma) qoshida sufiya tariyqida ham suluk qilgʻondur. Aziz va mutabarrak kishi erdi.

Bu faqir borasida koʻp fotihalar oʻqubdur. Umed ulkim, chun darvesh kishi erdi, ba’zi mustajob boʻlmish boʻlgʻay.

Mavlononing qabri shahr navohisida Dehi Kanordakim, oʻz maskani erdi, andadurur.

Mavlono Yaqiniy(124) — tundroq mashrabliq kishi erdi. Turkiy va forsiy she’r aytur erdi. Turkchasidin bu matlain koʻp mubohotlar bila oʻqur erdikim:

Ohkim jonimgʻa yettim yori nodon ilgidin,
Dodu faryod ul jafochi ofati jon ilgidin,

Ammo forsiysidin bu matlai yomon voqe’ boʻlmaydurkim:

Subheki, dam ba mehr nazad yak nafas tui,
Naxleki, bor naxoʻrad az u hech kas tui(125).

Oxir damida beadabona soʻzlaridin tavba qilib, ahli saloh tariyqi bila kechti. Umedkim, ma’fu boʻlmish boʻlgay. Qabri Darai Dubarodarondadur.

Mavlono Atoiy(126) — Balxda boʻlur erdi. Ismoil ota farzandlaridindur, darveshvash va xushxulq, munbasit kishi erdi. Turkigoʻy erdi. Oʻz zamonida she’ri atrok orasida koʻp shuhrat tutti. Bu matla’ aningdurkim:

Ul sanamkim, suv qirogʻinda paridek oʻlturur,
Gʻoyati nozuklugidin suv bila yutsa boʻlur.

Qofiyasida aybgʻinasi bor. Ammo Mavlono koʻp turkona aytur erdi. Qofiya ehtiyotigʻa muqayyad emas erdi.

Qabri Balx navohisidadur.

Mavlono Muqimiy — hiriylik erdi. Darvesh, mashrab kishi erdi. Sufiya istilohotidin ham vuqufi bor erdi, Bu toifa istilohotigʻa muvofiq chun turkigoʻy erdi, turkcha tarje’ aytibdurkim, xili choshnisi bor va aning bandi bu baytdurkim:

Sensen asli vujudi har mavjud,
Sendin oʻzga vujudda ne vujud.

Qabri Hiriydadur.

Mavlono Kamoliy — Balxdindur. Koʻhi Sofda boʻlur erdi. Turkigoʻydur. Aning nazmi ham ul navohiyda xaloyiq orasida xoli az shuhrat emas erdi. Bu matla’ aningdurkim:

Irning qulidur nayshakar, ei jon, beli bogʻlik.,
Gul dogʻi yuzing bandasidur toʻni yamogʻliq.

Qabri Koʻhi Sofdadur.

Mavlono Latifiy — aning ne yerlik ekani ma’lum boʻlmadi. Ammo mundoq derlarkim, tab’i xili shoʻx ekandur. Kichik yoshida favt boʻldi. Soʻzi oz qolibtur. Bu matla’ aningdurkim:

Gah oqar, gah tomar labing shakari,
Bizga tegmasmu hech oqar, tomari.

Agarchi turkonadur, ammo qoyilining shoʻx tab’ligʻi ma’lum boʻlur. Qabri ma’lum emaskim qaydadur.

Mavlono Sakkokiy(127) — Movarounnahrdindur: Samarqand ahli anga koʻp mu’taqiddurlar va bagʻoyat ta’rifin qilurlar. Ammo faqir Samarqandda erkanda muarriflaridin har necha tafahhus qildimkim, aning natoiji tab’idin biror nima anglayin, ta’rif qilgʻonlaricha nima zohir boʻlmadi. Barchadin qolsalar soʻzlari budurkim, Mavlono Lutfiyning barcha yaxshi she’rlarn aningdurkim, oʻgʻurlab oʻz otigʻa qilibdur. Ul yerlarda bu nav’ oʻxshashi yoʻq, mazasiz mukobaralar gohi voqe’ boʻlur. Bori ba’zisi ta’rif qilibkim oʻqurlar, bu matla’ni anga isnod qilurkim:

Ne nozu bu, ne shevadur, ey jodu koʻzluk, shoʻhshang,
Kabki dariy tovusda yoʻq albatta bu raftoru rang.

Qabri ham ul sori — oʻqdur.

Mirzo Hoji Soʻgʻdiy — ham samarqandligʻdur va ul mulkning odamizodalaridindur. Agarchi ba’zi mahalda gʻarib nimalar ta’bidin bosh urar erdi. Bu baytida xili soʻz rangi va choshnisi borkim:

Oʻxshatti qomatinggʻa sanavbarni bogʻbon,
Bechora bilmas ermish alifdin tayogʻni.

Bugʻina masalni yaxshigʻina bogʻlagʻon uchun umid ulkim, tangri taolo anga rahmat qilmish boʻlgʻay. Qabri ham oʻz mulkidadur.

Nur Saidbek — xorazmligʻdur. Tab’ining ne miqdor quvvat va latofati bor erkanin she’ridin bilsa boʻlur, oʻqugʻon bilgʻay. Bu matla’ aningdurkim:

Moro dar in diyor tui dilnavozu bas,
Dorem az tu goʻshai chashme niyozu bas(128).

Qabri Marvda Xoja Hamadoniy(129) (quddisa sirruhu) javoridadur

Pahlavon Husayn — «Devona» taxallus qilur erdi. Filvoqe’ abdolvash va bagʻoyat ichguvchi kishi erdi. Ammo nomurodligʻi ham bor erdi. Chun xoli az lutfi tab’ emas erdi, nazm ham aytur erdi.

Bu matla’ aningdurkim:

Tubi misoli sarvu shamshod qomati,
Man vasfi qomati tu chi goʻyam, qiyomati(130):

Qorabogʻda maqtul boʻldi.

Mavlono Sone’iy — Boxarzdindur. Masnaviy koʻproq aytur erdi. Hazrat Maxdumiy Nuran ta’rifida bir masnaviysida bu nav’ ikki bayt debdurkim:

Ba tu har gah u da’vi mekunad,
Chi da’viyest bema’ni mekunad,
Toʻro myovai shirinu urost talx,
Chu sebi Samarqandu olui Balx(131).

Vazir erdi. Zulm va badnafsligʻi jihatidin podshoh siyosatigʻa giriftor boʻldi va maqtul boʻldi. Qabri oʻz kentida Zirihdadur.

Xoja Musayyab — andin ajabroq kishi erdi.

Ul dagʻi vazorat bexudligʻidin musulmonlargʻa ajab zulmlar qilurgʻa bel bogʻlab erdikim, qazo devonidin bevosita siyosatqa mustavjib boʻlub va el aning sharridin xalos boʻldilar.

Qabri ham oʻz viloyatidadur. Bu matla’ aningdurkim:

Guzasht umru zi gʻaflat man on chunon mastam
Ki, hech tavba nakardamki, boz nashkastam(132).

Mavlono Bilol — nadim sheva va shoʻringoʻy kishi erdi. Turkiy va forsiy she’rni yaxshi aytur erdi. Bu turkiy matla’ aningdurkim:

Jonu koʻnglumni jafo oʻti bila kuydurdingiz,
Uylakim kul boʻldumu mendin koʻngul tindurdingiz.

Hiriyda favt boʻldi va qabri Xojai Toq goʻristonidadur.

Mir Said — el orisida «Kobuliy» laqabi bila mashhurdur. Faqirgʻa tagʻoyi boʻlur. Yaxshi tab’i bor erdi. Turkchaga mayli koʻproq erdi. Bu tuyuq aningdurkim:

Ey muhiblar, yetsangiz gar yoza siz,
Gul adoqinda xumori yozasiz,
Gar men oʻlsam, turbatimning toshigʻa,
«Kushtai bir shoʻx erur» deb yozasiz.

Sulton Abu Said Mirzo ilgida Saraxs qoʻrgʻonida shahid boʻldi. Qabri shahrdadur.

Muhammad Ali — «Gʻaribiy» taxallus qilur erdi. Ul ham faqirgʻa tagʻoyi boʻlur erdi. Mir Said Kobuliyning inisidur. Xush muhovara, xush xulq va xushtab’ va dardmand yigit erdi. Koʻproq sozlarni yaxshi chalar erdi. Uni va usuli xub erdi. Musiqiy ilmidin ham xabardor erdi. Xututni xub bitir erdi. Agarchi bu faqirning qavm va xayli Sulton sohibqironing boyri qullari va mavrusiy bandalaridurlar, ammo bu mazkur boʻlgʻon salohiyatlar jihatidin ul hazratning iltifoti inoyati aning bila oʻzgalardin. Koʻproq erdi. Bu turkcha matla' aningdurkim:

Dardi holimdin agar gʻofil, agar ogoh esang,
Hech gʻamim yoʻq sen manga gar dilbaru dilxoh esang.

Bu forsiy matla’ ham aningdurkim:

Chashmi bemori tu hardam notavonam mekunad,
La’li jon baxshi tu, jono, qasdi jonam mekunad(133).

Sulton sohibqiron xizmatidin gʻariblik ixtiyor qilib, Samarqandda qolgʻonda ogʻasining qotili shahodat martabasigʻa yetkurdi.

Darveshbek — Mirzo Ali Idigu Temur(134) oʻgʻlidur. Nasabi xud olam ahligʻa zohirdur.

Hasabi jonibidin ham nasabcha sharif bor erdi. Hasab va nasab bila orosta yigit erdi va tab’i dagʻi bagʻoyat xub erdi. Bu matla’ aningdurkim:

Bubin ba qabri shahidatki, kushtai sitam ast,
K-az otashi dilu az novaki tuash alam ast(135).

Abkoi jinsida andoq kishi yoʻq erdi. Hayf va yuz hayfki, Toshkand yurushida zoye’ boʻlgʻonlar orasida talaf boʻldi. Chun fano selobigʻa gʻariq boʻldi, qabri muttaayin ermas.

Mirzobek(136) — insoniyat va xush axloqliqda Xuroson va Samarqand mulkida yagona erdi. Tab’ va fahm va otaru tutarda bu ikki mulk yigitlari orasida saromadi zamona bu nav’ ta’riflardin mustagʻniy.

Bu matla’ aningdurkim:

Koʻzung ne balo qaro boʻlubtur,
Kim jonga qaro balo boʻlubtur.

Zulqofiyatayndur va qofiyalari tardi akskim, javob aytmoq bu faqir qoshida maholatdindur. Agarchi aning tiliga bu nav’ abyot koʻp oʻtar erdi, ammo hargiz parvo qilib bir yerda bitimas erdi. Bu matlain faqir tugatib aning yodgori devonda bitibmen. Hayf va yuz hayf va darigʻ va yuz ming darigʻkim, hayot chashmasidin serob boʻlmadi va umri naxli mevasidin bar yemadi.

Mazori Samarqand mahfuzasida Ahmad Hojibek(137) (sallamahulloh(138)) madrasasida muttaayyin madfanlaridadur. Makoni ravzai jinon va ruhigʻa firdavsi a’loda makon boʻlsun!

Sayid Hasan Ardasher(139) bu faqirgʻa ota masobasida erdi. Andoqkim, Mirzobek farzand masobasida erdi, ham anga va ham faqirgʻa. Bu faqir turk va sort orasida andin tamomroq kishi koʻrmaydurmen. Yigitlikda zohir ulumin kasb qilib erdi. Ammo faqir jonibi gʻolib erdi. Tasavvufda tab’y xub erdi. Salotin tarbiyati aning huzurigʻa boʻldilar,oʻzin yiroq tortti va lekin Sultoni sohibqiron xulq va lutfi mufrit bilan ish orasigʻa kiyurdi va ulugʻ tarbiyatlar qildi va mayli bittab’ faqr sori gʻolib erdi. Oqibat hamul jonibni ixtiyor qildi va hazrat Mavlono Muhammad Tabodkoniy (quddisa sirruhu) xizmatidakim, murshidi zamon erdi va zikri oʻtti, suluk ixtiyor qilib «arbain»lar chiqarib(140), koʻp maqosidi ma’naviy hosil qildi. Ikkalasi til bila gohi nazm aytur erdi. Rindligʻi chogʻida visoqi rind va xarobotiylarning majmai erdi va bu ishni kishi andin yaxshiroq-qilmadi. Ul vaqtda bu qit’ani deb erdikim:

Chi xush boshad sabuhi bo dilorom,
Labolab az qadah har dam kashidan
Chu gʻuncha har du dar yak pirahan tang,
Baham pechidanu darham kashidan(141).

Ammo taqvo va zuhd chogʻida turkcha bu bayt ham aningdurkim:

Ilohiy, nuri irfondin koʻngulga bir safo bergil
Ki, isyon zulmati ichra xarob ahvolu hayrondur.

Muborak marqadi Miyoni Du joʻyda Gozurgoh yoʻlida oʻz otasi hazirasi ichida gunbazida erdi. Azizlar hazirasigʻa naql qilildi.

Ikkinchi majlisning ixtimomi

Bu latofat oyin aizzagʻa va bu balogʻattazyin ajillagʻakim, tab’lari natijasidin olam ahli xush-hol va zehnlari bodasidin xotirlari sogʻari molomoldur, tengri taolo alargʻa bogʻi rizvonni maqom qilsun, ravzai jinonda orom bersun va Sulton sohibqiron roʻzgorigʻa ruhlaridin madad va fayzi beadad yetkursun.

Shohekim, erur sipehr miqdorligʻi,
Tufroq aro xasm boisu xorligʻi,
Topsun bular arvohi madadkorligʻi,
Har ishtaki boʻlsa tengrining yorligʻi.

Uchinchi Majlis

Alar zikridakim, holo zamon sahoifida moiniy abkori alarning Daqiq tab’lari hullabofligʻidin nazm libosi kiyadur, nazm libosi alarning amiyk zihnlari moʻy shikofligʻidin san’at va salosat naqsh va nigore topadurkim, ba’zining mulozamatigʻa musharraf va sarbaland va ba’zining musohabatidin xushnud va bahramanddurbiz

Ul jumladin quyosheki, roi olam oroyi bila bu zamon mubohiy va ahli zamongʻa sharafi nomutananohiy muyassardur va daryoeki, tab’i gavharzoyi bila bu davron jaybi gavhardin toʻla va davron ahli qoʻyni va etagi javohirdin mamlu boʻladur.

Hazrat Mahdumiy Shayxul-islomiy Mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy (madda zillahu(1)) dururkim, to jahon boʻlgʻay alarning yorugʻ xotirlarining natoyiji, jahon ahlidin kam boʻlmasun va to sipehr evrulgay, alarning ochiq koʻngullari favoyidi davron xaloyiqidin oʻksulmasun. Chun bu muxtasarda mazkur boʻlgʻon jamoatning ra’s va raisi ul zoti nafis va bu risolada mastur boʻlgʻon guruhning muqtadosi va peshvosi ul gavhari yaktodur, muborak ismlari bu avroqda sabt boʻlurdin guzir va yozilmasa dilpazir ermas erdi, jur’at boʻldi. Chun alar latoyifi nazmi andin koʻproqdurkim, hojat boʻlgʻaykim, ba’zi bitilgay, yo elga ma’lum boʻlsun deb birori sabt etilgaykim, kutublarining otin bitilsa, bu avroqtin oshar va musannafotlari durlari zinkrin qililsa, gardun bahri andin toshar, lojaram chun bu ma’ni bililur va duo bila xatm qililur.

Ruboiy:

Yo rab, bu maoniy durrining ummoni,
Bu donishu fazl gavharining koni
Kim, aylading oni olam ahli joni,
Olam eliga bu jonni tut arzoniy.

Turfa budurkim, Xoja Muhammad Tayobodiy(2) kim, bir qarn ul hazratning maxsus mulozimi erdi, nazmlaridin bir bayt bilmas va bilsa ham nazm va nasrlaridin bir nukta fahm qilmas va qilsa ham maqsudqa muvofiq demas. Borakalloh, kamoli qobiliyat muncha — oʻq, boʻlgʻay! Ul hazrat yillar aning badxoʻylugʻin koʻrub singgurubdurlar va oʻzlariga keturmaydurlar va alarning bu holigʻa sodiq kelur ul baytkim:

Rahravoni borkashro sahl don oshomi qahr,
Dar dahoni noqa xori xushk xurmoi tar ast(3).

Amir Shayxim Suhayliy — Xuroson mulkining muttaayyin elindindurur. Kichik yoshidin tab’ osori va zihin namudori andin koʻp zohir va hamida axloq va pisandida maosh atvoridin bohir erdi, Sulton Abu Said Mirzo xizmatiga tushub maxsus mulozim boʻldi va ash’ori el orasida shuhrat tutti va holo yigirma yildin ortuqroqdurkim, Sulton Sohibqiron mulozimatidadur va rafe’ munosib va a’lo marotibgʻa musharrafdur; andoqkim, mulku mol, balki saltanatning barcha maslahat va ahvoligʻa mushorunilayh va moʻ’tamaddun-alayh(4) va amorat zayluchasida sokin va taqarrub masnadida mutamakkindurkim, hech namuloyim amrgʻa mansub va noshoyista aybgʻa mat’un va ma’yub emas va bu davlatda andoqki intizomi holi biyik boʻldi, nazmi ahvoli dagʻi avj tutti va bu «Iydiya»(5) qasidasining matlai yaxshi voqe’ boʻlubturkim:

Shukr, ey dilki, digar bor ba sad zebu jamol
Gardani shohidi iyd ast dar ogʻushi hilol(6).

Bu gʻazal matlai ham aningdurkim:

Dil, chu shikasta makush oshiqi xasta holro,
Sangi sitam chi ,mezani murgʻi shikasta bolro(7).

Bu matla’ ham yomon voqe’ boʻlmaydur:

Har zamonam qomatash dar nolai zor ovarad,
Tarsam in naxli balo devonagi bor ovorad(8).

Va «Layli va Majnun» masnaviysida, Laylining xastaligi ta’rifida bu bayt aningdurkim:

Goʻyi zanaxash zi hol gashta,
Monandai sebi sol gashta(9).

Agarchi turkcha she’rgʻa mashgʻulluq oz qilur erdi, ammo bu matla’ aningdurkim:

Zuhd eli tasbih deb hayron qolur avbosh aro,
Rishtai jismimni koʻrsa qatra-qatra yosh aro.

Avvaldin oxirgʻacha faqir bila iltifot va ittihodi koʻp uchun mundin ortuq ta’rifin qililsa, oʻzumni ta’rif qilgʻondek boʻlurdin qoʻrqib, ixtisor qilildi. Oqibati xayr boʻlsun!

Mavlono Sayfiy(10) — buxoroligʻdur, andin Hiriy shahrigʻa keldi va aksari kutubi mutadovilotni koʻrdi va tahsil asnosida nazmgʻa mashgʻul boʻldi. Andoqki she’ri shuhrat tutti va masal tariyqin bagʻoyat yaxshi aytti. Bu matla’ aningdurkim:

Dilo, vasfi miyoni nozuki jononi man gufti,
Naku rafti hadise az miyoni joni man gufti(11)

Va san’at va hirfa ahli uchun ham koʻp latofatlik nazm qilibtur va ul tariyqda muxtare’dur. Bu bayt ul jumladindururkim:.

Buti pardozgaram k-u ba kason mesozad,
Hech bo holi mani xasta namepardozad(12),

Muammo fanida ham risola bitibturur.

Mavlono hushyorligʻda base odamivash va hayo va adabligʻ yigitdur. Ammo sarxushluqda oʻzga mohiyat boʻlur erdi, balki rasvo nima boʻlur erdi. Bu uchurda tavbagʻa muvaffaq boʻldi. Umed ulkim, istiqomatqa ham muvaffaq boʻlgʻay.

Mavlono Osafiy(13) — otasi podshohi zamonning vazorat devonida muhr bosibdur va oʻzining tab’i ta’rif qilgʻucha bor va hofizasi ham bagʻoyat xubdur. Ammo ne tab’in ishga buyurur, ne hofizasin. Yatimvashlik va ra’nosifatliq va xudroylik va xudoroylik bila avqotin zoye’ qilur. Bu nav’ gʻarib sifoti koʻpdurki, agar desa soʻz uzolur. Mutlaqo pandpazir ermas. Bu jihatdin bagʻoyat parishondur. Yaxshi abyoti bor. Ammo bu matla’ mashhurdurkim:

Narext durdi may muhtasib zi dayr guzasht,
Rasida bud baloye, vale baxayr guzasht(14).

Bu turkcha matla’ ham aningdurkim:

Yuz balolar koʻrdum, ul oromi jondnn koʻrmadim,
Ikki koʻzumdin yomonlik koʻrdum ondin koʻrmadim.

Insho ollohkim, tuz yoʻlgʻa kirgay.

Mavlono Binoiy(15) — avsot un-nosdindur, muvalladi Hiriy shahridur. Bagʻoyat qobiliyati bor. Avval tahsilgʻa mashgʻul boʻldi, anda koʻp rushdi bor erdi, bot tark qildi. Xatgʻa ishq paydo qildi. Oz fursatda obodon bitidi. Andin soʻng ilmi musiqiygʻa mayl koʻrguzdi. Advor ilmi bilan bot oʻrganib, xili ishlar tasnif qilib advorda dagʻi risola bitidi. Ammo moʻ’jib va mutasavvirligʻidin el koʻngligʻa maqbul boʻlmadi. Bu sifati salbi uchun faqr tariyqin ixtiyor qildi va riyozatlar ham tortti, chun piri va murshidi yoʻq erdi, oʻz boshicha qilgʻon uchun hech foyda bermadi. El ta’nu tashniidin Hiriyda turolmay Iroqqa bordi. Andin dagʻi ushbu rang ovozalar yibordi. Ammo chun yigitdurur, qobil va koʻp gurbat va shikastaliklar tortti, umid ulkim, nafsigʻa ham shikast va tavoze’ yetmish boʻlgʻay. Har taqdir bila bu matla’ aningdurkim:

Ba surma harki siyah kard chashmi yori maro,
Basoni surma siyah kard roʻzgori maro(16).

Mavlono Qomiy — Ubadindur. Kichik yoshidin Mavlono Muhammad Badaxshiy(17) ani tarbiyat qildi. Tahsili ul yerga yettikim, Mavlono aning sabaqining uhdasidin chiqolmadi. Ulugʻroq donishmandlarga tarbiyatin ruju’ qildi. Chun saodatmand yigit erdi, tahsildi sa’ylar qildi. Holo yaxshi tolibi ilmdur. Voqean adabliq va tavozu’ va insoniyatlik odmi yigit boʻlubtur. Mavlonogʻa filhaqiqat farzand uldur. She’r va muammoni ham yaxshi aytur va ochar. Bu matla’ aningdurkim:

Kaseki, u sari dastori sarvi man chinad,
Digar zi bogʻ charo dastai suman chinad(18).

Umid ulkim bot mutaayyinlardin boʻlgʻay.

Mavlono Olim — donishmand kishidur. Dars va ifodagʻa mashgʻul. She’rgʻa dagʻi muloyim tab’i bor. Bir kun bir jamoat el bila devonboshigʻa qaziyai arz qildi va oʻz muddaosi muvofiqi arzadoshti ham, bitib erdi. Devonboshi bu voqeani Xoja Majdiddin Muhammad(19) ki, muboshir erdi, anga havola qildi. Mavlono arzasini xojaga berdi. Ammo Xojagiyning mayli xotiri aning muaddiylari sari erdi, aning kogʻazin oʻqumay chirmadi va gʻanimlari tarafin tutti. Mavlono bu baytni munosibi ahvol aytti, budurkim:

Kori moro Xoja Majdiddin Muhammad hech kard,
Kogʻazi moro naxond on roʻzu darham pech kard(20).

Bu bayt shuhrat tutti. Bu matla’ ham aningdurkim:

Oyam basar ba rohat payvasta hamchu xoma,
Kardi zi bahram az xat, ey moh, gird noma(21).

Mavlono Hasanshoh(22) — Xurosonning qadimiy shuarosidindur. Shohrux Mirzo zamonidin bu farxunda davrongʻacha koʻprak salotin va akobir va muttaayyin elga ham madhi va ham marsiyasi bor. Bu matla’ aningdurkim:

Az labat yak suxan bixoham guft,
Suxane z-on dahan bixoham guft(23).

Mavlono Muzhir — Mavlono nadimsheva va hazzol tab’ kishi uchun hazlomez ash’ori va qit’alari koʻpdur va mashhurdur. Ul jumladin, Mutahhiri Udiy(24) uchunkim, eshakini ulugʻroq, jihatidin el muzd berib, tuxum uchun oʻz eshaklariga sekritur ermishlar. Bu qit’ani debtur:

Mutahhir hast ismi bemusammo,
Najasro kay mutahhir metavon guft?
Xarash bar xar jahad u zar sitonad,
Bas oʻro kaydii xar metavon guft(25).

Bu misra’ tazmini ham qalamzanlar bobida aningdurkim:

Ba yak dast shamsheru dasti digar,
Qalamzan nigahdoru shamsherzan(26).

Mavlono Shomiy — Domgʻondindur. Koʻp tahsil qilib, mutadovilotni mukarrar oʻtkardi. Ammo mulloligʻ otigʻa kirmadi. Andin soʻng tibbqa mashgʻul boʻldi. Dagʻi koʻproq, moʻ’tabar kutubni koʻrdi. Anda ham atibbo silkiga qoʻshilmadi. She’rni yaxshi aytur erdi, ammo imlosi durust emas erdikim, she’rin bitgay. Har taqdir bila bu matla’i yaxshn voqe’ boʻlubdurkim:

Didaro guftamki, dar roʻyash ba gustoxi mabin,
Guft gustoxi chi boshad ayni mushtoqist in(27).

Mavlono Abdullo — agarchi zohir yuzidin hazrat Maxdumi Nurangʻa oʻzin qarobat tutar, ammo ma’ni yuzidin bagʻoyat yiroqdur. Soyir she’r asnofidin masnaviygʻa koʻproq iltifot qiluri uchun malik ul-kalom Firdavsiy Tusiy(28) va hazrat Shayx Nizomiy Ganjaviy va sulton ush-shuaro amir ul-umaro hazrat Xoja Xusrav Dehlaviy «Shohnoma» bilan «Xamsa»ni masnaviylarikim, boʻlgʻay pisand qilmas. Bahs balki hazrat Maxdumi Nuranning masnaviylarigʻa borurkim, pisand qilur, yo yoʻq. Biz faqirlarkim, bu jamoatning rezachini xoni va xoʻshachini xirmoni tutarbiz, balki ul hunar va qobiliyat ham yoʻq va mundoq qishi she’ri ne istehqoq bila ta’rif qila olgʻaybiz; Har necha dagʻi andoq boʻlsa tabarruk haysiyatidin ul nazm qilgʻon «Zafarnoma» masnaviysidin bu uch bayt bitildi:

Bas onki base gavmishoni nar
Ba zanjir bastand bar yakdigar
Ki, dar peshi xandak fasile buvad
Vazu har yake man’i file buvad.
Charo boyad az fil kardan hazar
Ki u chorpoyest chun govu xar(29).

Bu tarixdakim bu risola bitildi «Xamsa»din «Layli va Majnun», «Xusrav vaShirin», «Haft paykar»(30)gʻa tatabbu’ qildi. «Isqandarnoma» muqobalasida «Zafarnoma» nazmiga mashgʻul erdi. She’ri el orasida bagʻoyat mashhur va rivoji nomaqdurdur.

Na’tda bu bayt aningdurkim:

Nubuvatro tui on noma dar musht
Ki, az ta’zim dorad muhr bar pusht(31).

Urush ta’rifida bu bayt ham aningdurkim, el ichida base mashhurdurkim, urush fanida oʻqurlar:

Fitoda dar on pahn dashti durusht
Sari notaroshida chun xorpusht(32).

Burunlar yigitlik hissiyotidinkim, junundin bir shoʻ’badurur, ba’zi holatida agar biror nima nomuloyimlik bor erdi, ammo holo avqoti mazbut va maqoloti marbut zohir boʻlur va noz oʻrniga niyoz va burudat muqobalasida soʻz va gudoz jilva qilur, bu davlat anga va har kimga nasib boʻlsa, haq taollo arzoniy tutsun! Omin.

Mavlono Darvesh Mashhadiy(33) — safih va badzabon kishidur. Ba’zi azizlarni, derlarki, yomon xajvlar qilibdur. Andin ajib ermasdur va tab’i yomonluq sori har necha desa yaxshi borur. Bu faqir andin junun va oshuftaliqlar koʻrdum, ammo hajvlarin zohir qilmadi. Soyir nazmlarda bir nav’i tab’i bor. Bu matla’ aningdurkim:

Onki, az abrui u did mahi iyd asare,
Xast soleki, az on moh nayomad xabare(34).

Mavlono Xurramiy — Hiriyning odamizodalaridindur. Ammo oʻzida odamiylikdin asar, balki boʻye yoʻqtur. Badmizojliqlari jihatidan Xurosonda turolmadi, Iroqqa bordi, andin Makka va Madina va Bayt ul-muqaddas, koʻprak anbiyo va mashoyix mazorotin yayoq borib, ziyorat qildi, balki ikki qatla anga bu riyozat va mashaqqat, balki bu davlat muyassar boʻldi. Ammo oʻz zoti bedavlatligʻlari jihatidin bu safarlardin kelgandin soʻngra borgʻondin burunroqdin bexabarroq va badfe’lroq keldi va aning maddohligʻida til ojiz va aql qosirdur. Bovujudi muncha turfaliq she’r ham aytur va anda kishini pisand qilmas. Bu matla’ aningdurkim:

Ovozai ruxi gul to boz bar nayoyad,
Dar boʻston zi bulbul ovoz bar nayoyad(35).

Sayid Quroza — sherozlikdur. Tahsil qilur suratida gʻurbat ixtiyor qilib Xurosongʻa keldi. Bagʻoyat mahrum va vojib ul-rioya va nomurod koʻrundikim, ham haqir ul-jussa erdi va ham sagʻir us-sin. Aning muhofazati ahvoli qilib, sabaq jihatidan dagʻi ba’zi azizlargʻa siporish qilildi. Ulcha maqduri shafqat va muruvvat erdi, aning borasida mar’i tutulur erdi, to ulkim, bir oz fursatkim, oʻtti andin gʻaroyib ham bosh ura kirishti. Muddate eshitib-eshitmasga solib, koʻrub-koʻrmasga solindi. Oqibat ish bulardin oʻtti va angʻa yettikim, Xuroson mulkida turolmadi, Samarqandga bordi. Andoq ma’lum boʻlurkim, Samarqand xamriylari birla ham zadu xoʻrd qilib, gʻolib boʻlmasa, magʻlub dagʻi ermas. Aning ishlari andin mashhurroqdurkim, sharh qilurgʻa hojat boʻlgʻay. Bu matla’ ul badbaxtqinaningdurkim:

Digar on fasl shud k-az lola sham’i bazm dargirad,
Guli ra’no sharobi la’lgun darjomi zar girad(36).

Sayid Qutb Lakadang — samarqandligʻdur. Barcha xubluqlarda Sayid Qurozannng adili boʻla olur, balki ortuqroq. Hiriyda erdi. Andin fasode vujudqa keldikim, qatl hukmi boʻldi. Base zahmat tortildi, to bandgʻa qaror topti. Banddin qochib, holo Samarqanddakim, majolisda Sayid Quroza bila majlisoroydir va anga mu’tariz va mutaariz. Majlis ahlidin izo koʻrmakta mehtar sherik va nazmlardin ul nokasginaning mayli muammogʻa koʻproq voqe’ boʻlgʻon uchun bir muammosin bitildi.

Barcha salohiyatin ushbu muammosidin ihsos qilsa boʻlur.

Mavlono Muqliliy — Turshizdindur. Nadimsheva va hakimvash kishidur, majolisda amsol va nazoyir koʻp kelturur. Darveshlik suratida yurur. Bu matla’ aningdurkim:

Muhtasib meguft day az roʻi hol
Boda arzon shud kujoi zar halol(37).

Muddatedurkim, oyogʻigʻa maraze tori boʻlubturkim, lang boʻlubtur va bu jihatdin taraddud oz qilur.

Darvesh Xusomiy — xorazmligʻdoʻr. Bu matla’ aningdurkim:

Figʻon, ey doʻston k-on la’li shirin az havas moro
Bikushtu hech kas bar sar nayomad juz magas moro(38).

Mavlono Shavqiy — Chechaktudin boʻlur. Oʻzi maqbul va tab’i muloyim yigitdur. Ammo dimogʻigʻa mutolaa jihatidin xiffat yuzlanib, anga monii mutolaa boʻlubtur. Turkin va forsiyda tab’i yaxshi tasarruf qilur. Bu matla’ aningdurkim:

Bo gʻayr didamat ba suxan kusht on maro
Labro chu basti az suxan osud jon maro(39).

Bu turkcha matla’ ham aningdurkim:

Borib ovora koʻnglum zulfing ichra mubtalo qoldi
Tarahhum qilki, mendin bordiyu, emdi sanga qoldi.

Mavlono Ziyo — tabrizlikdur. Koʻngulga yaqin shirinadoliq maqbulgʻina kishidur. Haqir ul-jussa uchun ashobqa mujibi bast ham boʻlur. Shahrgʻa tahsil uchun keldi. Tahsil asnosida she’rga ham ishtigʻol koʻrguzdi, dagʻi yaxshigina she’rlar ham aytti. Bu matla’ aningdurkim:

Ajab nabvad agar parvona imshab tarki jon karda
Ki, binad naxli umri sham’ bunyodi xazon karda(40).

Bu matla’ ham xub zoqe’ boʻlubtur.

Xush on soatki, oyad turki man shamsheri kin bo u,
Raqibon jumla bigurezandu man monam hamin bo u(41).

Mavlono Xalaf — tabrizlikdur. Alanjaqning shayxzodalaridindur. Xulqda xub, natoyiji tab’da el koʻngliga margʻub yigitdur. Tahsilgʻa Hiri shahrigʻa keldi. Holo sultonzodai zamon hazratida mulozim va musohibdur va tab’i ham asru xub voqe’ boʻlubtur.

Mavlono Mahviy — Xurosonning odamizodalaridindur. Yaxshi tab’i bor. Ba’zi mahalda tahsilgʻa mashgʻul boʻlur. Yana yigitlik havo va havasi ani parishon tutar va musohiblar parishonligʻi ani somon qilur. Tab’ida xiligʻina choshni bor. Bu matla’ aningdurkim:

Dudeki, az dili man dar shomi gʻam baroyad.
Bar yodi turrai u pur pechu ham baroyad(42).

Mavlono Nargis — hiriydindur. Mazkur boʻlgʻon taxallus bila nazm aytur erdi. Ani «Ohiy» (43)gʻa tabdil qildi. Sababin soʻruldi, ersa obodongʻina javob aytmadi. Qaydakim, juzviy rangin soʻz yo ma’niyi nozuk koʻrsa, tasarruf qilurgʻa odat qilibdur. Insho-olloh, andoqkim taxallusigʻa tagʻyir berdi bu odatiga ham tagʻyir bergay. Bu matla’ aningdurkim:

Ba yodi safhai ruxsori u k-az mah fuzun omad,
Kushodam foli mushaf «surai Yusuf» barun omad(44).

Mavlono Solimiy — Iroq mulkining odamzodalaridindur. Xoʻrosonda fazliyotdin koʻp nima kasb qildi. Avval tahsilgʻa mashgʻul boʻldi. Andin soʻngra she’r va muammo va xatqa koʻshish qildi. Yana sozlardin ud va tanbur ham oʻrgandi va musiqiyda ham tasniflar bogʻladi. Ham nafsida salomat bor va ham tab’ida istiqomat. Bu matla’ aningdurkim:

Chunonchi ba suvrati on oftob hayronam
Ki, tigʻ agar zanadam chashmi xud napoʻshonam(45).

Mavlono Jannatiy — Xuroson mulkidindur. Tab’i yomon emas, ammo aqli ham yoʻqtur va tolei ham. Muddate podshoh mulozimi erdi, falokat anga base mustavli boʻldi, faqir ani yigʻishturdum. Falak bila siteza qilgʻonni falak yengar ermish. Hech yerga yetkura olmadim. Holo dagʻi ul nav’kim bor erdi, sargardon yurur. Tengri anga rahm qilgʻay. Bu matla’ aningdurkim:

Ba may xoʻrdan chu soqiy sogʻari mayro dahan poʻshad,
Chi shud k-uro ba sarpoʻshe savodi chashmi, man poʻshad(46).

Mavlono Anvariy — Balx tarafidindur. Oshufta mizojroq yigitdur. Gohi savdosi andoq gʻolib boʻlurkim, mizoji sihat qonunidin munharif boʻlur, yana koʻp zahmat bila muolajapazir boʻlur. Bu matla’ aningdurkim:

Ey zi tobi may turo har guna bar ruxsor gul,
Sabzai bogʻi jamolat andaku bis'yor gul(47).

Mavlono Qobiliy — turshizlikdur. Ul sipohiylik suratida erdi va elni hajv qilur erdi. Goʻyo emdi ikkalasidin mutaboid boʻlubtur. Bu matla’ aningdurkim:

Ajab navbad ba lutf arzonki, binavozi gʻaribonro,
Navozish z-onki, rasmu odati xubest xubonro(48).

Ittifoqo bu she’ri bila oʻzin hajv ham qilibtur. Bovujudkim, hech mazasi yoʻqtur va qofiyasi ham gʻalatdur.

Mavlono Sirriy — Mavlono Ali Shahobning oʻgʻlidurkim, yuqori mazkur boʻldi. Abdolvash yigitdur. Holo Marvda bir langari bor, oʻtar-borur elga xizmat qilur. Bu matla’ aningdurkim:

Bud dar da’vi ba abroʻyat mahi nav tezu tund,
Did chun xurshed roʻyat soxt xudro girdu gʻund(49).

Mir Hoj — sayid kishidur, tolibi ilmlik ham qilur. Yaxshi tab’i bor. Hamonoki, iltizom qilibturkim, koʻproq qasidasi manqabat boʻlgʻay. Ahyonan biror gʻazal ham aytur. Bu matla’ aningdurkim:

Agar dar goʻshai gʻam dur az on siymin badan miram,
Xalal dar kori ishq oyad hamon roʻzeki, mann miram(50)

Mavlono Moniy — mashhadligʻdur. Sohibjamol va zarif va ra’no yigitdur. Bovujudi ulkim, atosi benazir kosagardurkim, chinni yasar va inisi andoq naqsh qilurkim, Chin va Xitoda qila olmaslar. Ul bu ikkov hirfasidin or qilib, birin quli, birin chuhrasicha koʻrmas. Chun husni bor, husni xati va husni kalomi dagʻi bor, har ne qilsa anga tegar. Bu matla’ aningdurkim:

Chu dar sahroi gʻam devonason bo xud fitad changam,
Gahe dar changam aftad sangu gah sang aftad az changam(51).

Mavlono Soyiliy — Joʻyanning Xovarshosidindur. Darveshvash va kamsuxan kishidur. Ba’zi ash’ori yomon tushmas. Bu matla’ aningdurkim:

Maro dar dida tang omad fazoi qoʻhu homun ham,
Gʻami Farhod man doram, baloi ishqi Majnun ham(52).

Mavlono Salomiy — shahr masjidi jome’ida Muluk gunbazida xodimdur. Bu matla’ aningdurkim:

In bas az ashki jigargun zi gʻamash hosili man
Ki, ba har qatra kushoyad girihe az dili man(53).

Mavlono Forigʻiy — Xonaqohi Jadidiyda boʻlur. Darveshvash yigitdur. Bu matla’ aningdurkim:

Az bas ki on jafojoʻ ozor menamoyad,
Andak tarahhumi u bis’yor menamoyad(54).

Mavlono Jamshed — emdi paydo boʻlgʻon xush tab’ yigitlardindur. Obodon kotib ham bor. Soyir she’r asnofidin tab’i muammogʻa moyildur.

Mavlono Shihob — emdi paydo boʻlgʻon kichiq yoshlik yigitdur. Atosi zikrikim, Mavlono Nizom xonaqohida oʻttikim, muammogʻa mashhur erdi. Oʻzi dagʻi muammogʻa koʻprak mashgʻul boʻlur.

Mavlono Abdulhaq — dagʻi kichik yoshida muammo fanigʻa shuru’ qildi. Mutasarrif yaxshigʻina tab’i bor.

Mavlono Vidoiy — Balx navohiysidindur va kapanakpoʻshluq kisvatida yurur erdi. Omiydur, ammo latif tab’i bor erdi. Bu matla’ aningdurkim:

Dilo, natvon haryfi ahli taqvi jovidon budan,
Bar durdkashon ham chand roʻze metavon budan(55).

Mavlono Baqoiy — kamongarlikka mashhur va oʻzini muammoiyliqqa ham shuhrat berdi. Ammo faqir hargiz andin muammoki, nimaga yaragay, eshitmadim. Soʻngra she’r ayta boshladi. Ammo gʻarib xayollar qilur, ammo tarkibni resh bogʻlar. Derlarki, tirandozlik fanida sohib vuqufdur, biz bilmasbiz. Bu matla’ aningdurkim:

Toba zulfi tu sar darovardam,
Sar ba devonagi barovardam(56).

Mavlono Mushrifiy — hiriylikdur. Navisandalikdin biror nima vuqufi bor. Goʻyo qushxona mushrifi erdikim, taxallusi ham uldur. Gohi ul ishni tark qilur va yana gohi pushaymon boʻlur. Bu matla’ aningdurkim:

Gavhari ashk nisori rahi yore kardam.
Shodam laz oshiqii xeshki, kore kardam(57).

Mavlono Asiliy — mashhadligʻdur. Holo ul shahrda mutaayyin xush tab’ uldur. Nasxta’liq xatin dagʻi yamon bitimas. Bu matla’ aningdurkim:

Chu ba tifliyash bididam binamudam ahli dinro.
Ki, shavad baloi jonho, ba shumo supurdam inro(58).

Mavlono Kavsariy — hiriylikdur. Kichikdin beri tab’ida nazm aytur qobiliyati bor. Ammo mashgʻulluq qilmas. Xoja Osafiyning musohibligʻi davlatidindurkim, goh-gohi she’r aytur. Bu matla’ aningdurkim:

Muhtasib gar rind boshad dayrro dar vo kunad,
Bahri rindon boda az zeri zamin paydo kunad(59).

Mavlono Hiloliy(60) — turk elidindur. Hofizasi yaxshidur, tab’i dagʻi hofizasicha bor. Sabaq oʻqumoq taklifi qilibdur, umid ulkim, tavfiq topgay. Bu matla’ aningdurkim:

Chunon az po fikand imroʻzam on raftoru qomat ham
Ki, fardo bar naxezam, balki fardoi qiyomat ham(61).

Mavlono Qabuliy — Qunduzdin Xurosongʻa kelganda boisi tahsilni zohir qildi. Chun dumogʻida biror nima parishonligʻ bor va tavrida lavandligʻ, ul muddaosi yaxshi muyassar boʻlmas. Bu matla’ aningdur oʻz hasbi holi voqe’ boʻlubtur ham desa boʻlurkim:

Xona, ey oqil, chi kor oyad mani devonaro,
Chun namedonam mani devona rohi xonaro(62).

Mavlono Abu Tohir — Badaxshon viloyatidindur, ilm tahsili uchun kelibdur, bu faqirning madrasasida sabaq oʻqur.

Mavlono Joniy — jurjonlikdur. «Rayhoniy» taxallus qilur erdi, viloyati munosabati bila anga «Joniy» taxallus buyuruldi. Xili junun zotida borkim, salohat kasbigʻa mone'dur, yoʻq ersa, gʻarobatjoʻy tab’gʻinasi bor. Bu matla’ aningdurkim:

To jilva kard xatu labi yor sabzu surx,
Otash alam zad az dili afgor sabzu surx(63).

Mavlono Ofatiy — mashhadligʻdur. Halvogarlikka mansub qilurlar. Faqir ani koʻrmaymen, ammo she’rin eshitibmen. Bu matla’ aningdurkim:

Xudo kunad ba xayoli tu har zamonam shod,
Gar az xayoli tu gardam judo, xudo nakunod(64).

Mavlono Zuloliy — hiriylikdur. Otasi darvesh kishidur. Gʻazlfurushluq qilur. Zihni sarchashmasidin nazmi zuloli sofi zohir boʻlur. Bu jihatdin anga «Zulolin» taxallus topildi. Bu matla’ aningdurkim:

Layli uzore merasad doman kashon dar xuni man,
Digar nadonam chun shavad holi dili majnuni man(65).

Sayid Naqibiy — ham hiriylikdur. Mir Abduqodir Naqib musohibligʻi jihatidin bu taxallusni ixtiyor qilibdur. Bu matla’ aningdurkim:

Didaam to shuda az mohruxi yor judo,
Dil judo xun shudavu didai xunbor judo(66).

Mir Hoshimiy — koʻftgarlik(67) bila mashhurdur va tolibi ilmligʻi dagʻi bor. Tab’i ham yaxshidur. Bu matla’ aningdurkim:

Xusham z-on roʻki, tirash dar dili noshod jo dorad
Ki, xohad yodi man kard az xadangi xud chu yod orad67.

Mavlono Sohib(68) — kabudjomaligʻdur. Yaxshi tab’i bor. Gʻoyibona shatranjni xub oʻynar va tab’ida junun choshnisi bor. Bu matla’ aningdurkim:

Doʻston, to kay ba koʻyash man’am az raftan kuned,
Tarkiraftan choʻn naxoham kard tarki mani kuned(70).

Muammo aytur va yaxshi ochar.

Mavlono Moyiliy — isfaroyinlikdur. Ul dagʻi xoli az junun emas. Ammo tab’i yaxshidur. Bu matla’ aningdurkim:

Hast dar sina zi paykoni sitamkorai man,
Jon zi dil tangu zi jon in dili ovorai man(71).

Mavlono Qavsiy — ham isfaroyinlikdur. Xili qobiliyatligʻ yigitdur. Ammo lavand, balki tananddur. Ul jihatdin hech ishta istiqomati yoʻqtur. Zaxim va kuchlidur. Hech ishkim, anda kuchning daxli boʻlgʻay, qila olmas. Sipohiyliqqa havasi bor. Anda gʻam gʻayri uyat kelturmas. Bu matla’ aningdurkim:

Chu bar man vaqty jonbozi libosi xeshtan poʻshad,
Kase xohamki, roʻzi marg bar tobuti, man poʻshad(72).

Mavlono Hajriy — balxlikdur. Bu matla’ aningdurkim:

Shuda baxti badi man monei vasli habibi man,
Chi badbaxtamki, ham baxti badi man shud raqibi man(73).

Mavlono Nuriy — koʻproq avqot Mashhadda boʻlur. Lavandvash va oshuftasifat kishidur. Bu matla’ aningdurkim:

Dilam benavo shud az in roʻ hazin ast,
Hamesha, bale, benavoi chunin ast(74).

Mavlono Doiy — doim Saraxsda hazrat Shayx Luqmon (quddisa sirruhu) mazori boshida boʻlur va goho sotigʻ-savdogʻa ham ishtigʻol koʻrguzur. Bu matla’ aningdurkim:

Justem on dahonro boloi chohi gʻabgʻab,
Dar xanda guft on mah onchoki nest matlab(75).

Mavlono Subhiy — Oʻba navohisida Goʻyon chashmasida boʻlur. Mavlono Muhammad Badaxshiy vositasi bila faqirgʻa oshno boʻldi. She’rida xili choshnisi bor. Bu matla’ aningdurkim:

Mohi man, imshab ba nuri xesh in koshonaro
Soz ravshan, varna otash mezanam in xonaro(76).

Mavlono Majnun(77) — mashhadlikdur. Shoʻx tab’i bor, zoti dagʻi maqbul tushubtur. Xushnavis yigitdur, «bozguna» xatini andoq ravon va sof bitirkim, mahalli taajjubdur va koʻrmagan kishi ishona olmas. Bu matla’ aningdurkim:

Ba va’z meravamu zor-zor megir'yam,
Bad-in bahona zi hijroni yor megir'yam(78).

Mavlono Malik — Boxarz viloyatida Korizdindur. Oʻzin Malik Zavzan avlodidin tutar. Bu jihattin «Malik» taxallus qilur. Oʻttiz yoshqa yaqingʻacha nazm aytmaydur erdi. Ulgʻaygʻonda nazmgʻa mashgʻul boʻldi. Aning bila hazl qiluvchilar. Maliki gov derlar. Bu matla’ aningdurkim:

Sad issa gar zi Layliyu Majnun rivoyat ast,
Movu hadisi ishqi tu, inho hikoyat ast(79).

Mavlono Jaloliddin — Mashhaddindur. Ali Zayniddinkim, ul yerda muttaayyin kishi erdi va xonaqohi ham bor erdi, aning avlodidindur. Tab’ining muloyimati muammo fanida ta’rif qilgʻucha bor.

Xoja Muso — oʻzin she’rga mansub qilur va el qoshida she’rlar oʻqur. Aning ahvolidin sohibi vuquf el qoshida muqarrardurkim, tab’i nazm emas, yormaq berib, bu toifagʻa oʻz otigʻa she’r ayturur va ul nav’ she’rlaridin biri bu matla’durkim:

Jomi sharobro sari rindon hubob shud,
Bis'yor sarki dar sari jomi sharob shud(80).

Mavlono Mashrabiy — mashhadligʻdur. Xush tab’ yigitdur. Bu matla’ aningdurkim:

Turki man har gah ki jo dar xonai zin kardai
Xonai zinro chu suratxonai Chin kardai(81).

Mavlono Vafoiy — ham mashhadligʻdur. Bu matla’ aningdurkim:

Kosh payvasta buvad oyina peshi nazarash,
To nazar jonibi agʻ’yor nayaftad digarash(82).

Mavlono Habib — mashhadligʻdur. Bu matla’ aningdurkim:

Chi guyam holi dil bo nozanini noz parvardam,
Chu osori muhabbat zohir ast az chehrai zardam(83).

Mavlono Harimiy ham Mashhad xushtab’laridindur. She’ri yamon ermas. Bu matla’ aningdurkim:

To ba vodii gʻam az ishqi buton dam zadaam,
Dam zi shodi mani gʻamdida digar kam zadaam(84).

Mavlono Qalandar ham Mashhad zurafosidindur. Bu matla’ aningdurkim:

On chi hardam dur az on labhoi maygun mekasham,
Kosa-qosa az du chashmi xunfishon xun mekasham(85).

Mavlono Qironiy ham mashhadligʻdur. Bu matla’ aningdurkim:

Garchi Majnun zi gʻami ishq dili purxun dosht,
Lek holeki, maro hast kujo Majnun dosht? (86)

Mavlono Shodiy ham Mashhad xushtab’laridindur. Bu matla’ aningdurkim:

Xonai dil muhr shud az dogʻi on qotil maro,
To pas az murdan bimonad mehri oʻlar dil maro(87).

Mavlono Xalil ham mashhadligʻdur. Bu matla’ aningdurkim:

Zi tigʻi tu, ey qotili dardmandon,
Chu gʻunchaast pur xun dili dardmandon(88).

Mavlono Haybatiy ham mashhadligʻdur. Bu matla’ aningdurkim:

Dahoni tangi on xurshidroʻ xoham naqu binam,
Na binad diyda hech az xiyragi chun roʻi u binam(89).

Mavlono Fanoiy — ham mashhadligʻdur. Bu matla’ aningdurkim:

Mani joʻlida moʻ bo aql az on begonagi doram
Ki, dar ishqi pari roʻe sari devonagi doram(90).

Mavlono Qanbariy — Mashhad shuarosidindur. Bu matla’ aningdurkim:

Nola az bisyorii javr ast har noshodro,
Man az on nolamki bo man kam kunad bedodro(91).

Sayyid Orif — ham Mashhad ahli tab’dindur. Bu matla’ aningdurkim:

Ey pari roʻ gar nishini dar saroi chashmi man,
Dil biyandozad gilem az pardahoi chashmi man(92).

Lutfiyi Soniy — ul dagʻi Mashhad shuarosi va zurafosidindur. Bu matla’ aningdurkim:

Shuda chu mehmoni man on sham’y shabafruz imshab,
Kosh to subhi qiyomat nashavad ruz imshab(93)

Mavlono Adimiy — Mazid tanburachining oʻgʻlidur. Yaxshi tab’i bor, mashhadligʻdur. Bu matla’ aningdurkim:

Chun zarraam pareshon doim dar orzuyash,
Jam’iyate nadoram be oftobi ruyash(94).

Mavlono Shabobiy — ham Mashhad shuarosidindur. Bu matla’ aningdurkim:

Ey sarvi sixi qomat, ey shoʻhi jafopesha.
Shud in tani majruham az tiri gʻamat besha(95).

Mavlono Darvesh — ham mashhadligʻdur. Bu Darvesh Ravgʻangardin boshqadur. Bu matla’ aningdurkim:

Dogʻho bar dasti dil k-az dasti jononi man ast,
Garchi mesuzad maro osoyishi joni man ast(96).

Mavlono Ayoniy — ham Mashhad zurafosidindur. Bu matla’ aningdurkim:

Nakard az gir’yai zori man afgʻon hechgah yore
Ki, bar afgʻoni zori u nakardam gir’yai zori(97).

Mavlono Gʻiyosiddin — ham mashhadligʻdur. Yaxshi tab’y'bor.

Sayyid Abdullatif — ham mashhadligʻdur. Oʻn toʻrt yo oʻn besh yoshida boʻlgʻay, muammoni andoq aytur va ocharki mahalli taajjubdur. Ma’lum emaskim, ul yoshda hargiz bu fanda andoq bor ekan boʻlgʻan.

Mavlono Moʻhammad — ul ham mashhadligʻdur. Ul dagʻi kichik yoshda muammo fanida jalddur.

Mavlono Fahriy — ham mashhadligʻdur.

Mavlono Rukniy — sherozliqdur. Tab’i yamon emas. Bu matla’ aningdurkim:

Gar majoli yak suxan yobam (ki) bar dildori xesh,
Arza doram peshi u sharhi dili afgori xesh(98).

Mavlono Nosihiy — xushtab’ yigitdur. Bu matla’ aningdurkim:

Kaseki, safhai rui tu dar nazar dorad,
Kay az mutolaa xohadki chashm bardorad(99).

Mavlono Toyiriy — astrobodligʻdur. Bu matla’ aningdurkim:

Xusham ba ishq, garam roʻzu ruzgore nest,
Maro ba neku badi ruzgor kore nest(100).

Sayid Xaziniy — ham astrobodligʻdur. Bu matla’ aningdurkim:

Vodii hijronki, nest gʻayr dardu gʻam dar u.
Bo xayoli u farogʻat doram az olam dar u(101).

Mavlono Mahdiy — ham astrobodligʻdur. Bu matla’ aningdurkim:

Soqiy nabuvad beadabiho ajab az mo,
Mo mardumi mastem nayoyad adab az mo(102)

Mavlono Toyifiy — ziyoratgohliq boʻlur. Bu matla’ aningdurkim:

Manki, dar xayli sagonash jo muayyan soxtam;
Az gʻubori ostonash dida ravshan soxtam(103).

Mavlono Noyibiy — tayobodligʻdur. Bu matla’ aningdurkim:

Gaheki lola biroʻyad zi xoki ahli nazar,
Zi dogʻi dil buvad on lolavu zi xuni jigar(104).

Mavlono Sifotiy — emdi paydo boʻlgʻonlardindur. Faqir hanuz ani koʻrmaydurmen, ammo she’rin eshitibmen. Bu matla’ aningdurkim:

Baski, dar sar havasi roʻi tu dorad dida,
Pusht sui manu roʻ sui tu dorad dida(105).

Mir Lavand — jahongashta kishidoʻr. Qalandarlik suratida yurur erdi. Xoli az fazlu tab’ emas erdi. Bu matla’ aningdurkim:

Ruxashro moh guftam, shahri az guftori man pur shud,
Zi dandonash suxan guftam, dahoni man pur az dur shud(106).

Mavlono Aminiy — Muhammad Ali Amin oʻgʻlidurkim, ikkinchi majlisda oti mazkur boʻldi. Tab’i bagʻoyat muloyim yigitdur. Bu matla’ aningdurkim:

Yor dar silsilai nozu itobam dorad,
Boz devonagi ishqi xarobam dorad(107).

Mavlono Muhammad Tolib — majnunvash yigitdur, tolibi ilmligʻi ham bor va shatranjgʻa ajab mash’ufdur va muammogʻa ham koʻproq mashgʻul boʻlur.

Mavlono Ziyrakiy(108) — shahr ichidagi xush tab’lardindur, tab’ida tasarruf nishonasi bor va bu matla’ aningdurkim:

Dar rohi ishq sangi jafo toʻshai man ast
Dar koʻxu dasht lola jigar goʻshai man ast(109).

Mavlono Vahdatiy — bir nav’i nazmi bor va tab’i xoli az rangi emas. Bu matla’ aningdurkim:

Gashtaam behol az on xoleki, dar roʻxsori ust,
Ofarin bar sonii k-on nuqtai pargori ust(110).

Mavlono Nodiriy — Marvdindur. Yaxshi tab’i bor. Gʻarobat tilamakta xili koʻshish qilur, ammo koʻp lavanddur. Muddate faqir bila musohib erdi. Oʻzin lavandligʻdin zabt qila olmadi. Yana oʻz ishini keyniga bordi. Boʻ matla’ aningdurkim:

Ba sanig narm kun, ey charx, ustuxoni maro,
Mabodo raxna kunad tigʻi dilsitoni maro(111).

Mavlono Zamoniy — Mavlono Muhammad Omiliyning oʻgʻlidurkim, ikkinchi majlisda oti mazkur boʻldi, «Vafoiy» taxallus qilur erdi. Faqir iltimosi bila «Zamoniy»gʻa tagʻyir berdi. Ikki jihatdin; bir jihat bukim, Sulton Badiuzzamon Mirzo(112) mulozimi erdi, «Zamoniy» — taxallusining munosabati angʻa koʻp bor erdi; yana bir jihat bukim, Ahmad Hojibek «Vafoiy» taxallus qilur va she’ri mashhurdur va devoni ham bor. Munosib ermas erdikim, ulugʻ kishiga bejihat taxallusda sherik boʻlgʻay. Bu matla’ yaxshi voqe’ boʻlubturkim:

Ba obi dida hargiz kam nashud soʻzi dili zoram,
Magar az xok taskin yobad on otashki, mann doram(113).

Mavlono Savsaniy — ozodavash kishidur. Koʻprak avqot mahdi ul’yo «Gavharshodbegim» madrasasi tegrasida boʻlur erdi. Ammo emdi shahrda sokindur. Befoida el bila musohibliq qilmas, nevchunkim, bejihat mashaqqatlarni oʻziga ravo koʻrmas. Umid boʻkim bu davlat barchagʻa nasib boʻlgʻay. Bu matla’ aningdurkim:

Mujarradonki, zi qaydi zamona ozodand,
Na sayd gashta ba domi kase, na sayyodand(114).

Mavlono Halokiy — shahrdindur. Turk eli orosigʻa koʻp kirmas oʻz nomurodligʻiga mashgʻuldur va Makka safarini hazrat Maxdumiy Nuran mulozimatida borib keldi. Zihi muvaffaq bandaiki uldur. Gohi nazm aytur. Bu matla’ aningdurkim:

Be gʻamat dam nametavonam zad,
Dame be gʻam nametavonam zad(115)

Bu bayti ham xub voqe’ boʻlubturkim:

Dast dar dyl bimondu po dar gil,
Sar ba olam nametavonam zad(116).

Doʻst Muhammad — Murgʻaniy mahallasidindur. Ham she’rgʻa, ham muammogʻa tab’i yaxshidur. Bu matla’ aningdurkim:

Balost az tu ba dil har zamon jafoi digar,
Jafoki, bar digare mekuni baloi digar(117).

Hasan Ali — bu Doʻstmuhammadgʻa qarobatdur. Aning dagʻi she’r va muammoga tab’i yaxshidur. Bu matla’ aningdurkim:

Mani bedil naxoham soya boshad hamnishin uro,
Biyo, ey shomi hajru, gum kun az roʻi zamini uro(118).

Mavlono Fathullo — dagʻi emdi arogʻa kirgan navras yigitlardindur. Muammogʻa, tab’i yaxshi bor.

Mavlono Asiriddin — tolibi ilm yigitdur va muammogʻa dagʻi tab’i muloyim tushubdur.

Mavlono Gʻuboriy — isfaroyinligʻdur va koʻproq avqot Astrobod va Isfaroyin sarkori Joʻyan va Bahrobod va ul navohiyda boʻlur. Faqirvash kishi ham bor. Bu matla’ aningdurkim:

Shabki, meraftam ba pahlui sagi on dilafruz,
Xob dar chashmam nameomad zi shodi to ba ruz(119).

Mavlono Riyoziy — Zova muhavvilotidindur. Atvori mutallavvin kishidur. Ul viloyatning qozisi erdi. Ul amrgʻa munofiy ishlar andin sodir boʻlub, ma’zul boʻldi va qayd va musodaralar tortti va base zahmatlar koʻrdi, hamul mansab muddaosigʻa ammo muyassar boʻlmadi. Va’z aytib minbarda oʻz ash’orin oʻqub, yigʻlab vajdu hol qilur. Aning ishida bu nav’-zarofat koʻpdur. Barchadin gʻaribroq bukim, bu uchurda derlarkim, shogirdlari bila togʻ gashtiga borib, tosh yumalatib, bir faqirgʻa tegib, oʻlub ermish. Yana dorugʻadin qayon qochib borgʻonin kishi bilmas. U oʻzin zabt qilaolmas. Bu matla’ aningdurkim:

Malak shusta ba obi Xizr agar domoni man budi,
Hanuzam, dasti dur az domani jononi man budi(120)

Mavlono Tohiriy — Hiriy shahridindur. Kichikida kafshdoʻzluqqa mansub erdi. Hamul ayyomda andin nazmlar naql qilurlar erdi. Ulgʻaya koʻprak boʻldi. Tab’ida shoʻxlik bor. Bu matla’ aningdurkim:

Dil ki sad pargola shud az chashmi jodui tuam,
Man ba yak dil ne ba sad dil oshiqi rui tuam(121).

Mavlono Majnuniy — Balxda boʻlur, faqir kishidur, kitobatqina qila olurki, vajhi maosh hosil qilgʻay. Xoja Ukkosha mazorida sokindur. Goʻyo she’r taxayyuli uchun boʻlgʻaykim, varaq ul-xayol murtakibidur, andoqki, ham magʻlub boʻlgʻon chogʻliqdur. Bu matla’ aningdurkim:

Mohi tobonim isitti qildi bagʻrimni kabob,
Oy edi, emdi harorattin boʻlubtur oftob.

Mavlono Hamdamiy — mashhadlikdur. Kosagarlik san’atin bilur. Bu matla’ aningdurkim:

Be ruxat motamu gʻame doram,
Motamiyu chi motame doram(122).

Mavlono Najmiy — ham mashhadligʻdur. Jomabofliq hirfasigʻa mansubdur. Bu matla’ aningdurkim:

Saram on behki, zi savdoi tu dar po boshad,
Chun nadidam sari onatki, sirrimo boshad(123).

Sayidzodai Munshiy — tab’ida xeyli diqqat bor. Ammo abluk yoʻsunluq(124) yigitdur. Bu matla’ aningdurkim:

Yor bar holi manu agʻ’yor az afgʻoni man girist,
Bar manu bar holi man ham doʻst, ham dushman girist(125).

Mavlono Osimiy — hiriyliqdur. Otasi obodon kishidur. Savdo va tijorat bila maosh oʻtkarur erdi. Oʻzi tolibi ilmligʻ qilur ham nazm aytur. Bu matla’ aningdurkim:

Chun otasham zi hajri tu bar sar zanad alam,
Sozam ravon chu sham’ zi girdobi dida nam(126).

Mavlono Faxriddin — faqirning kishi qoromdindur. Muammoni yaxshi ochar va gohi biror muammo ham aytur. Agar bu fanda mudovamat qilsa xeyli yaxshi boʻlgʻudekdur.

Mavlono Maqsud — bu Faxriddinning inisidur. Aning ham muloyim tab’i bor. Gʻazal tavrida koʻshish koʻprokgina qilur. Bu matla’ aningdurkim:

Peshi mehri rui u rah basta shud ohi maro,
To az on nabvad gʻubor oyinai mohi maro(127).

Mavlono Sofiy — Koʻhi Sof shayxzodalaridindur. Taxallusi ham anga dalolat qilur. Nazmlarida Hoja Hofiz tatabbu’i qilur. Bu matla’ aningdurkim:

Soqiyo, sarxushamu bodai sofam dori,
Gar qunam sarxushi on behki, maofam dori(128).

Mavlono Figʻoniy — Mir Said Goʻyandadur va mujallidligʻ ham bilur va naqshburligʻda hunarmanddur. Ammo ani aksar avqot xushtab’liq illata parishon tutar. Bu matla’ aningdurkim:

Dame visoli tu az umri jovidon xushtar,
Ba yodi vasli tu xush budam in zamon xushtar(129).

Mavlono Bu- Ali — devonavor yurur. Devona boʻlmasa erdi, «Bu-Ali» taxallus qilgʻaymu erdi? Bu matla’ aningdurkim:

Xalqe ba rohi ishqi tu osuda meravand
Oshiq manamu digar hama behuda meravand(130).

Mavlono Shayxiy(131) — tabaslikdur. Muddate Iroqqa bordi. Andin kelganda advor va musiqiygʻa ham sohibi vuquf boʻlub keldi. Goʻyoki ishlar dagʻi tasnif qilibdur. Tabasdagʻi avqof va tavliyat va shayxligʻin qabul qilib, Holo ul ishga mashgʻuldur. Bu matla’ aningdurkim:

In na dogʻest ki bar sinai soʻzoni man ast,
Muhri ishq ast ki az mehri tu bar joni mann ast(132).

Mavlono Hirotiy — ne yerlik ekani taxallusidin zohirdur. Yamon tab’liq kishi emas. Bu matla’ aningdurkim:

Fasli bahoru mavsumi gulho shukuftan ast,
Soqiy, biyor boda chi hojat ba guftan ast(133).

Mavlono Bihishtiy — Hisor viloyatidindur. Tahsil qilgʻali bu mulkka kelibdur. Tab’i dagʻi yaxshidur. Bu matla’ aningdurkim:

Dar kamandi tu na har besaru po aftoda ast,
In baloyestki, dar gardani mo aftoda ast(134).

Mavlono Ahliy — Turshiz viloyatidindur. Tab’ida xeyli choshni bor. Bu matla’ aningdurkim:

Dush afgʻoni man az chashmi maloyik xob burd,
Xirmani mahrozi tufoni sirishkam ob burd(135).

Mavlono Nargisiy(136) — Marv viloyatidindur. Mazlumvash yigitdur. Bu matla’ aningdurkim:

Onroki dardi ishqi tu devona soxta,
Majnun sifat bagoʻshai vayrona soxta(137).

Mavlono Xizriy — goʻyoki birovning mamluki erkandur(138). Xojasi ani, yo ul xojasini ozod qilibtur. Bori xojavor yurur va oʻzin ozodavash koʻrguzur. Bu matla’ aningdurkim:

Umri man beruxat, ey zuhrajabin, meguzarad,
Hayf az avqoti sharifamki, chunin meguzarad(139).

Mavlono Botiniy — faqir va soda kishidur. Balxda boʻlur. Tavakkul qadami bila Makkaga borib keldi. Dagʻi Balxda goʻsha ixtiyor qildi. Bu matla’ aningdurkim:

Baski, dori tangdil, ey gʻunchai xandon maro
Jon zi dil omad ba tangu dil girift az jon maro(140).

Mavlono Fazliy — hiriylikdur. Kichik erkanida naqqoshliq qilur erdi va nazmgʻina ham aytur erdi. Oʻzin tamom shoir xayol qilgʻondan soʻngra tamomi naqqoshlikni tark qilib, shoir boʻldi. Bu matla’ aningdurkim:

Zohid, biyor xirqavu rahni sharob kun,
Asbobi zuhdu xonai taqvi xarob kun(141).

Mavlono Shoʻxiy — Shayx Said Lodaning oʻgʻlidur. Agarchi yaxshigʻina tab’ nasibi boʻlubtur, ammo otasi tavridin ham benasib emasdur va bu matla’ aningdurkim:

Nest rah peshi sagoni tu mani ovoraro,
To bad-eshon goʻyam ahvoli dili bechoraro(142).

Mavlono Zohiriy — darveshvash yigitdur. Bu toifa bila gohi faqir qoshigʻa kelur, tab’i xoli az rangi emasdur. Bu matla’ aningdurkim:

Sogʻari bodaki, jon ravshan az on ast maro,
Mavji on sayqali oyinai jon ast maro(143).

Mavlono Xulqiy — hiriylikdur. Tab’i nazmlargʻa yamon emas. Bu matla’ aningdurkim:

Ey sarvinoz, dar dili mo jo namekuni,
Jo mekuni, vale ba dili mo namekuni(144).

Mir Asadulloh — simnonliqdur. Oʻz mulkidin ilm talabiga shahrgʻa keldi va faqirning madrasasida sabaq oʻqur erdi. Surat va siyrati yaxshi yigitdur.

Mir Ahadulloh — Balxdindur. Ul dagʻi shahrgʻa tahsil uchun kelibdur. Yaxshi tab’i bor. Bu matla’ aningdurkim:

Ey shabi gʻam, dur az on sham’i jamolam soʻxti,
Solho dar va’dai roʻzi visolam soʻxti(145).

Mavlono Shoh Ali — faqirning madrasasida tahsil qylur va faqirgʻa mutaalliq eldindur.

Mavlono Zeboiy(146) — faqir ani koʻrmaymen, ammo she’rin eshitibmen. Bu matla’ aningdurkim:

Qomatat shevai raftor chu bunyod kunad,
Sarvro bandai xud sozadu ozod kunad(147).

Mavlono Said — siyoh jarda kishidur. Hamonoki ubudiyatqa mansubdur, oʻz holigʻa munosib bu matla’ aningdurkim:

Gʻulomi xeshtanam xonad lola ruxsore,
Siyohi roʻyi man kard oqibat kore(148).

Mavlono Darvesh Ali — tabobatqa mashgʻuldur va bu fanning hoziq va mohirlari aning tab’in ta’rif qiladurlar. Muolijasin ham koʻrganlar oʻkodurlar. Tab’i ham yaxshidur. Ammo muammogʻa koʻprak mashgʻuldur.

Mavlono Qalloshiy(149) — atvori taxallusigʻa munosib kishidir. Goʻyo ushbu munosabatdin bu taxallusni ixtiyor qilibdur. Bu matla’ aningdurkim:

Onki, bar xuboni olam podshoh dorad turo,
Hoham az chashmi badi mardum nigoh dorad turo(150).

Mavlono Gadoiy(151) — turkigoʻydur, balki mashohirdindur. Bobur Mirzo zamonida she’ri shuhrat tutti, bir nav’i aytur va uning mashhur matla’laridin biri budurkim:

Ohkim, devona koʻnglum mubtalo boʻldi yana,
Bu koʻngulning ilgidin jongʻa balo boʻldi yana.

Mavlononing yoshi toʻqsondin oʻtubdur. Bu matla’ aningdurkim:

Dilbaro, sensiz tiriklik bir baloi jon emish
Kim, aning dardi qoshpda yuz oʻlum hayron emish.

Mavlono Vohidiy — Mavlono Hoji Muarrifning oʻgʻlidur. Mashhadligʻdur va anda boʻlur. Bu matla’ aningdurkim:

To turo turrai anbar shikane paydo shud,
Dili ovorai moro vatane paydo shud. (152)

Zova Qozisi — yaxshi tab’lik yigitdur. Masnaviylarni rangin aytur. Amir Xusravning ba’zi masnaviylarigʻa bu yaqinda tatabbu’ qilibdur. Gʻarib xayollar qilibdur. Va oʻzga nazmlar ham aytur. Bu matla’ aningdurkim:

Ki goʻyad bar sariri mulki xubi podshohiro,
Ki bar dar nolai zorest miskin dodxohiro(153).

Mir Husayn — mashhadligʻdur, yaqinda tahsil uchun shahrgʻa kelibtur va «Ixlosiya» xonaqohida boʻlur. Tab’i yaxshidur.

Mavlono Koshiy — ham mashhadligʻdur. Bu matla’ aningdurkim:

Ey dil, ba gʻamash kay saru savdoi tu doram,
Parvoi xudam nest chi parvoi tu doram(154).

Mavlono Zoyiriy — ham mashhadligʻdur. Tolibi ilmliqqa mansubdur. Bu matla’ aningdurkim:

Maro sarvest dar dil karda jo, dar chashmi ravshan ham,
Chu gul pokiza roʻ hamchun sabo pokiza doman ham(155).

Mavlono Qoneiy — ham bu toifadin. Bu matla’ aningdurkim:

Ruhi tu qiblai dilhoi beqaroron ast
Nishoni poi tu mehrobi xoksoron ast(156).

Mavlono Ziyoiy — Nishopur zurafosidindur. Bu matla’ aningdurkim:

Ba xuni oshiq imshab tashna binam la’li serobash,
Madeh may, soqiyo, tarsamki, az masti barad xobash(157).

Mavlono Nuriy — dagʻi Nishopur shuarosidindur, gʻayri ul Nuriyki mashhadligʻdur. Bu matla’ aningdurkim:

Xadangatki, shud naxli gulzori dil
Nayovarad bore magar bori dil(158).

Mavlono Fayziy — joʻnobodligʻdur. Koʻprak avqot Gozurgohda boʻlur va tolibi ilmliq qilur. Tab’i nazmlarda dagʻi yaxshidur. Bu matla’ aningdurkim:

Garchi dashnomam rasad az la’li shakkarbori u,
Hast yak shirine dar talxii guftori u(159).

Mavlono Ayniy — oʻbaliqdur. Hofizdur, kitobat ham qilur va tab’i ham nazmlarda muloyimdir. Bu matla’ aningdurkim:

Manam dur az mahi roʻi tu har shab to sahar giryon,
Surohivor dil pur xunu bar sar chashmi tar giryon(160).

Mavlono Mu’iniy — sherozliqdur. Bu matla’ aningdurkim:

Az sad suxan ba hiyla yake gush mekuni,
On ham naguftaam kifaromush mekuni(161).

MavlonoXizriy — ul dagʻi emdi paydo bulgʻon yigitlardindur va sigʻari sindadur. Umid ulkim, yaxshiroq aytqay. Bu matla’ aningdurkim:

Zi hajrat dil damodam nolavu ohu figʻon dorad,
Gʻamat gar qasdi dil mekard, aknun qasdi jon dorad(162).

Ustod Muxammad Ubahiy — kordgarlik san’atigʻa mansubdur. Fahmi yomon emas. Bu matla’ aningdurkim:

Nasimi xuldu umri Xizr mebaxshad agar doni,
Havoi dashti Gozurgoh obi jui Sultoni(163).

Mavlono Kavkabiy — munajjim yigitdur va oʻz fanigʻa munosib taxallus ixtiyor qilibdur. Faqir andoq xayol qilurmenkim, oni koʻrmaymen. Ba’zi yoronlar derlarkim, koʻrubsey, xotirgʻa kelmadi. Bu matla’ aningdurkim:,

Be ruxash har qatrai xun bar sari mujgon maro,
Mash’ale boshad furuzon dar shabi hijron maro(164).

Mavlono Mehnatiy — ul dagʻi emdi paydo boʻlgʻon shoirlardindur. Faqir ani hanuz koʻrmaymen. Bu matla’ aningdurkim:

Sahar chu boʻi xud on moh dar niqob girift,
Figʻon zi xalq baromadki, «oftob girift» (165).

Mavlono Shukriy — masalomez ayturda Mavlono Sayfiygʻa tatabbu’ qilur. Ul uslubda zehni yaxshi borur. Bu matla’ aningdurkim:

Chu zi xat pursamat az mushki Xoʻtan megoʻi,
Chand bo mo ba sarizulfi suxan megoʻyi(166).

Mavlono Haqiriy — emdi paydo boʻlgʻon xush tab’ yigitlardindur. Ammo tab’ida xili choshnisi bor. Hiriyliqdur. Bu matla’ aningdurkim:

Meravam dar goʻshai mayxona cho xush mekunam,
Jomi may meyobamu onjo furukash mekunam(167).

Mavlono Asiriy — ham emdi zuhur qilgʻan shuarodindur. Ammo nazmi hanuz shuhrat tutmaydur va she’rida masal ravishi bor. Bu matla’ aningdurkim:

Shudam az yor judovu ba balo uftodam,
Chi balo bud ki az yor judo uftodam(168).

Mavlono Sa’d — mutasarrif tab’liq shoirdur va tab’ida xeyli xayolangezlik bor. Bu matla’ aningdurkim:

Bargi gul nestki uftoda ba tarfi chaman ast,
Punbai dogʻi dili bulbuli xunin kafan ast(169).

Xoja Kalon Bazzoz — shahr elidindur. Bu matla’ aningdurkim:

Anjum mashumur on chi dar in gunbazi xazrost,
K-az bahri tamoshoi ruxat didai havrost(170).

Xoja Mansur — Jurjon mulkidindur va bitikchi qavmidindur, filvoqe’ki, ul qavmda andin odamivashroq va insoniyatliqroq kishi yoʻqtur. Tab’i bagʻoyat yaxshidur. Bu matla’ aningdurkim:

Pardai lola tihi didamu ogʻushta baxun,
Yodam omadki maro rafta dil az parda burun(171).

Sulton Mahmud — Xoja Mansurgʻa qarobat boʻlur, Hoja Shamsiddin Muhammad bitikchining, oʻgʻlidur. Nujum ilmini istixroj qilgʻucha bilur. Bu matla’ aningdurkim:

Shud roʻzgori man siyah az hajri yori man,
Kasro mabod roʻzi manu roʻzgori man(172).

Mavlono Nizom — astrobodligʻdur. Qasidani yaxshi aytur va bu «Bahoriya» qasidasi yaxshi voqe’ boʻlubturkim:

Boz gulzori xat az sabzai tar pando kard,
Kori boʻstoni jahon rangi digar paydo kard(173).

Mavlono Yoriy — astrobodligʻdur. Tab’ida xili shoʻxluq bor. Bu matla’ aningdurkim:

Naxoham peshi mardum dida bar ruxsori yor aftad,
Chu pesh oyad nazar bar roʻi u beixtiyor uftad(174).

Mavlono Doiy — ham astrobodligʻdur. Gʻarib xayol topmoq huzurida koʻp boʻlur. Bu matla’ aningdurkim

On pariroki, zi gulbargi qabo dar bari ust,
Har taraf bandi qabo nestki, bolu pari ust(175).

Bobo Shoʻrida — qasidaxonliqqa ma’ruf va mashhurdur. Tab’ ahlining koʻpi bila musohib boʻlubtur va tab’ida koʻp choshni zohir boʻlur. Qariliq bobida aytilgʻan masnaviydin bu bayt aningdurkim:

Qadam shud chun kamonu umri man shast,
Javoni hamchu tir az shasti man chast(176).

Mavlono Sufiy — ham astrobodligʻdur. Yaxshi tab’i bor va inshosi ham xubdur. Bu matla’ aningdurkim:

Nest dar hajri tuam za’f zi bemorii dil,
Tarsam ozurda shavad tab’i tu az zorii dil(177).

Mavlono Hamidgul — Mavlono Abdulvahhobning oʻgʻlidurkim, oti yuqori oʻtti, fuzul va devonadur. Lutfi tab’din xoli emastur. Bu matla’ aningdurkim:

Shab xoki tiyra bistari mo bedilon bas ast,
Chodirshabi kashidai mo osmon bas ast(178).

Mavlono Bihishtiy — Hamid-gulning inisidur. Ammo ham tab’da, ham tavrda anga hech nisbat yoʻqtur. Bu matla’ aningdurkim:

Sham’, imshab tarki da’vi bo ruxi on moh kun,
Tira kardi majlisi moro, zabon kutoh kun(179).

Mavlono Figʻoniy(180) — Xoja Afzalgʻa qarobatdur. Yaxshi tab’i bor. Bu matla’ aningdurkim:

Har ki chun surati Chin didaba roʻi tu kushod,
Chashmi digar zi tamoshoi tu barham nanihod(181).

Mavlono Sharoriy — astrobodligʻdur. Goʻyo rangida humrat bor uchun bu taxallusni ixtiyor qilibtur. Bu matla’ aningdurkim:

Nadoram beshtar z-in toqati bemehrii jonon,
Xudoyo, bar man on nomehribonro mehribon gardon(182).

Mavlono Fidoiy — ham astrobodligʻdur va sayidzodadurkim, zohiriy safosi bor. Otasi bila Baytullo safarigʻa borib keldi. Tab’i dagʻi yaxshidur. Bu matla’ aningdurkim:

Hamesha roʻy ba devor bud Majnunro
Ki, az raqib bipoʻshad sirishki gulgunro(183).

Mavlono Mahramiy — Astrobodning mutaayyinlaridindur. Tolibi ilm ham bor va Xoja Mansurning akasidur va faqirvash yigitdur. Bu matla’ aningdurkim:

Mudom voizi mo man’i boda nush kunad,
Chi xush buvadki, dame darkashad xamush kunad(184).

Mavlono Ayoniy — ham astrobodligʻdur. Xeyli tasarrufluq tab’i bor. Bu matla’ aningdurkim:

Dar sar az loi tahi xum havasi hast maro,
Baxti bad bin ki bad-on ham narasad dastmaro(185).

Mavlono Volahiy — oliy ostonda mulozimdur. Bu matla’ aningdurkim:

On chashmai hayotki, yoband jon az u,
Juz oby hasratam nabud dar dahon az u(186).

SayidXanjar — chechaktuloʻqdur. Tahsil uchun shahrga keldi, ammo bot tark qilib sipohiylik ixtiyor qildi. Bu matla’ aningdurkim:

Judo zi yor ba juz dardi ishtiyoq nadoram,
Ajal, biyoki, digar toqaty firoq nadoram(187).

Mavlono Zoriy — emdi paydo boʻlgʻon xush tab’lardindur. Bu matla’ aningdurkim:

Chu seli ashk zi chashmi pur ob meoyad.
Du dida bar sari on chun hubob meoyad(188).

Mavlono Noziriy — yaxshi tab’liq yigitdur. Zehnida tasarruf bor. Bu matla’ aningdurkim:

Meshavad dar qahr agar xudro kusham az bahri u,
Vah, chi qahr ast on ki xudro mekusham az qahri u(189).

Mavlono Zotiy — yangi xushtab’lardindur. Bu matla’ aningdurkim:

Nay garchi dam zi zamzamai zeru bam zanad,
Dar peshi nolaam natavonadki, dam zanad(190).

Mavlono Mir Ali — Hazrat Maxdumiy Nuran madrasasida boʻlur va alargʻa mulozim ham bor. Bu matla’ aningdurkim:

Maro besarv qadash boshad, ey dil,
Ba jon har lahza tiri hajr hosil(191).

Paxlavon Kotib — ham ul Hazratning ash’or va musannafotin kitobat qilur. Bu matla’ aningdurkim:

Iyd astu maro bemahi xud xurrami nest,
Xalqe hama dar shodiyu chun man gʻami nest(192).

Uchinchi majlisning xatmi

Bu hazratkim(193), bu majlis ahlining sadrinishinidurlar sahobi maoniylari gavharrez va bu jamoatkim, ul hazrat xirmani maoniysining xushachinidurlar, gulshani tab’lari gulafshon va sumanbez, sarxaylgʻa vusuli ilohi yetsun va xaylgʻa sharafi saodat va magʻfirati nomutanohi kasib etsun. Va Sultoni sohibqironkim, ul hazratning nukot va maorifining daqoyiqi alfozini va haqoyiqi maoniysini hech donishvarlardin yaxshiroq bilmadi va hech ahli tab’ alarning ushri ashirini fahm qilmadikim, majlisda nazm tariyqida hamroz erdilar va nasr uslubida puktapardoz. Ul hazrat ruhoniyatidin alargʻa fayzi begʻoyat va imdodi benihoyat yetsun va bu faqir hamkim, bu hazratning bandai dargohi va ul hazratnnng xoki rohimen mahrum boʻlmusun.

Chun bor edilar bu hazratu ul hazrat,
Kim, ul hazrat haq sari qildi rihlat.
Bu hazrat koʻp umr ila topsun davlat,
Men bandagʻa davlatida kunji uzlat(194).

Toʻrtinchi Majlis

Asr fuzalosi zikridakim, she’rga mashhur va mubohiy emastular, ammo allardin nazm tariyqida koʻp latoyif zohir boʻlur va koʻp zaroyif bosh urar

Ul jumladin:

Pahlavon Muhammad Goʻshtigirkim, koʻb fazoyil bila orostadurkim, goʻshti fani bavujudi ulkim, aning andoq haq va mulkidurkim, ma’lum emaskim, hargiz bu fanda andoq paydo boʻlmish boʻlgʻay. Oʻzga fazoyiligʻa koʻra dun martabasidur. Musiqiy va advor ilmida davrining benaziridur. Chun kamoloti «azharu min ash-shams»(1)dur, sharh qilmoq ehtiyoj emas, faqir Astroboddin bu ruboiyni Pahlavon xizmatlarigʻa bitib erdimkim:

Dar Ka’bavu dar dayr ba irshodi tuyem,
Dar savmaavu maykada bo yodi tuyem,
Zokir saharu shom ba avrodi tuyem,
Ya’neki, yatimi Ne’matobodi tuyem(2).

Pahlavon bu ruboiyni javob bitib erdikim:

Ey Mir, tu piru mo ba irshodi tuyem,
Doim ba duoguiyu bo yodi tuyem,

In shahr ba tu xush astu mo bo tu xushem,

Murdemu xarobi Astrobodi tuyem.

Bu matla’ Pahlavonningdurkim, aytqonda Pahlavongʻa podshoh ming oltun sila inoyat qildi:

Guftamash: «Dar olami ishqi tu koram bo gʻam ast»,
Guft xandon zeri lab: «Gʻam nest, kori olam ast» (3).

Holo faqr ahlining peshvosi va tariyq xaylining muqtadosi Pahlavondur, ba’zi el Pahlavonning nasabida ta’n qilurlar, ammo faqirgʻa tahqiq boʻldikim, yolgʻon ayturlar.

Mir Sarbarahna — Turkistondindur. Xush tab’ va xush mashrab va xush suhbat va shirin kalom kishidur. Atiq ur-rahmon Shayx Luqmon (quddisa sirruhu) mazorida yigirma yilgʻa yaqin shayx va mutavalli erdi. Yil boʻldikim, yuz ming, yuz ellik ming oltungʻa yaqin aning avqofidin hosil qilib andoq masrifigʻa yetkurdikim, xudo va xalqi xudo qoshida mustahsan tushub hech kishi hech nav’ ayb topa olmadi. Soʻngra xud sadorat maskanida mutamakkin boʻlub, ulvi himmatdin andoq oliy mansabdin oʻz ixtiyori bila iste’fo qildi. Gʻoyat shoʻx tab’ligʻidin tirziq aytmoq qoidasin Mir paydo qildi. Bovujudi bu goh-goh Yaxshi tirziklar ham navish qilurlar va yigitlikda Oqil kungurga mutaallaq boʻlub, ofiyat tariyqin tark qilib, ul toifagʻa tobe’ boʻlub erishib yururda aning pesh saloti gʻoyib boʻlgʻonda, Mir ma’rakada pesh saloti boʻlub aytqon abyotdin bu ruboiydurkim:

Ononki, parastandai xurshedu mahand,
Az chashmi tu dar orzui yak nigahand,
Kungur(5) agar in astki man mebinam,
Xuboni digar pitangi ta’limgahand(6):

Mir ul viloyatning vojib ul-ehtirom sodotidindur, agarchi arzol va xubaso musallam tutmaslar va nimagina derlar, ammo ul toyifaning soʻziga e’tibor yoʻqtur. Va Mirning mufrit taom yemakka koʻp shaaflari bor. Ul jihatdin koʻproq avqot imtilo(7) marazigʻa giriftordurlar.

Mavlono Burhoniddin — Hiriy shahrining buzurgzodalaridindur, donishmand va xushtab’ va sabukruh kishidur. Bobur Sulton otigʻa muammo risolasi bitidi «Javohir ul-asmo» (8)gʻa mavsum.
Bu faqirgʻa podshoh muhr taklifi qilgʻonda, tarixe aytib erdikim, bagʻoyat xub voqe’ boʻlub erdi. Ammo chun faqirning ta’rifiki, nafs ul-amrda gʻayri voqe’dur lozim kelur erdi, bitilmadi.

«Ki» lafzidin soʻngragʻi alfozdin tarix hosil boʻlur. Gʻaroyib ittifoqotindurkim, Mir Darvesh Aligʻa muhr inoyat boʻlgʻonda oʻzining xotirigʻa «Darvesh Ali muhr zad» tarkibi kelib erdi va oʻn yil tafovut erdi va rost voqe’ erdi. Va Mavlono holo Shohrux Mirzo madrasasida va ba’zi madorisda darsgʻa mashgʻuldur va qalin talaba istifoda qilurlar. Ba’zi yoronlar mutoyiba yuzidin Mavlonogʻa derlarkim, qadimiy xush tab’lardinsiz va ul iztirob qilur, ammo chorasi yoʻqdur.

Mir Gʻiyosiddin Aziz — Mashhadda Imom Ali Muso ar-Rizo ravzalarida naqib va viloyatning ulugʻidur. Ta’riflarida bayon qosirdur. Bu matla’ alarning deb shuhrati borkim:

Bozam az dasti bute domoni ismat chok shud.
Juz xayolash har chi bud az lavhi xotir pok shud(10).

Mavlono Mas’ud(11) — Shirvondindur, oʻz mulkidin Hiriygʻa keldi ham ifoda, ham istifodagʻa ba jid mashgʻul boʻldi. Bu asnoda hazrat Maxdumi Nuran mulozamatlarigʻa yetib, biror sabaqgʻa dagʻi musharraf boʻlur erdi. Holo mahdi ulyo «Gavharshodbegim» madrasasida va yana ba’zi madorisda mudarrisdur. Yuz obodon tolibi ilmdin ortuqroq har kun andin naf’ olurlar, balki yiroq mamolikdin bu toifa aning darsi ishqigʻa gʻurbat ixtiyor qilib kelurlar. Yaxshi axloqlik va darveshvash va foniysifat kishidur. Bir kun faqir bila namozi peshin qildi. Namoz tugagandin soʻngra yana ikki rakaat qildi. Faqir ayttim ki, «tahvildor hisobin ado qilurda fozil kelturmak xiyonat dalilidur». Bu soʻz shuhrat tutti va Mavlono aytur ermishkim, ikki rakaat ortuqsi namoz qildim, yillarkim, aning malomat va gʻaromatidin qutula olmon. Bu matla’ aningdurkim:

Bisoʻz sinai maston ba riqqati mai nob
Ki, nest soʻzi maro sozkor gʻayri sharob(12).

Hofiz Sharbatiy — Xurosonning muttaayyinlaridindur. Odamivash, mutavoze’ va muaddab kishidur va xushxonliqda faridi zamonadur. Sulton Abu Said Mirzo Iroqda buzulgʻonida Makkaga borib mujovir boʻldi. Andin bu tarixqacha yigirma besh yildurkim, ul davlatqa musharrafdur. Tab’i dagʻi xubdur. Bobur Mirzo xiyobonidin may ichib keladurgʻonda Mavlonozodai Abhariykim, shahrning muftisi va rindvash kishi erdi Mirzoning yonida sarxush ermish, Mirzo Hofizgʻa debdurkim, tushub surohini olib bir bayt oʻqub, bir ayoq tut. Hofiz surohini olib Mavlonozodadin ayoq tutib, bu baytni oʻqubdurkim:

Dar davri podshohi atobaxshu jurmpoʻsh.
Hofiz qarobakash shudu mufti piyolanoʻsh(13).

Bobur Mirzo koʻp tahsin ehson qilibdur. Va Hofizning yaxshi naqshlari ham bor.

Xoja Kamoliddin Udiy — zarif kishi erdi va oʻz zamonining xushnavozi erdikim, barcha xaloyiq ani musallam tutar erdilar. Tab’i ham she’rigʻa muloyim erdi. Bu matla’ aningdurkim:

Namexoham zi dida bar ruxat oyinaye sozam,
Zi mujgon bahri zulmat anbaroso shonaye sozam(14).

Ali Karmol — dagʻi Udiy erdi. Bagʻoyat safih va badzabon kishi erdi. Ammo yaxshi tasniflari bor. Bu matla’ aningdurkim:

Kokulatroki, ba girdi sari u jon gardad,
Ba sari xud maguzarashki, pareshon gardad(15).

Mir Atoulloh(16) — Nishopurdindur. Andin ilm tahsili uchun shahrgʻa keldi. «Kofiya» va «Mutavassit» oʻqur erdi. Donishmand boʻlgʻuncha bir nav’ mustahsan maoshqa muvaffaq boʻldikim, andin ortuq mumkin ermas. Bovujudi donishmandlik, she’r va muammo va sanoye’da dagʻi mahorat paydo qildi va muammogʻa koʻp mashgʻul boʻlur erdi. Holo sabaq kasratidin anga avqoti vafo qilmas, ammo sanoye’da kitobe tasnif qilibdur. «Badoye’i Atoiygʻa» mavsumdur. Emdi bayozgʻa bordi. Ma’lum emaskim, bu fanda hargiz hech kishi oncha jam’ va mufidkitob bitimish boʻlgʻay. Bovujudi ihtisor maqlubi mustaviy(17) san’atidakim, andin mushkulroq san’at boʻlmas.

Aning tab’i diqqatigʻa bu bayt dalili basdur. Faqir gustohlik yuzidin Mirgʻa dermenkim, fazoyil va kamolotingizgʻa koʻra darveshligingiz ham boʻlsa erdi, xub erdi. Bilurkim, musallam tutmasa, sobit qilurmen, zaruratdin musallam tutar.

Mir Murtoz — kichik yoshdin berikim, ilm kasbigʻa mashgʻuldur. Anga tegrukim koʻprak ulumda donishmand boʻldi — oʻz mutolaasi. bila boʻldi. Kecha tong otquncha va kunduz oqshom boʻlgʻuncha ishi mutolaa erdi. Bovujudi bu zuhdi dagʻi a’lo martabada erdi va soyim ud-dahr(18) erdi. Bu riyozatlar jihatidin mavoli anga Mir Murtoz ot qoʻydilar va holo bu laqab bila mash-hurdur. Chun bahsda lajoji koʻp erdi aning bila har kim masala bahs qilsa erdi, mulzam boʻlmagʻuncha qutulmas erdi, balki mulzam boʻlsa ham. Shahr zarif va shoʻxlari «Vali shaloin» (19) ham derlar. Holo vuzu va namozida mubolagʻa jihatidnn anga vasvos paydo boʻlubdur, va shatranjgʻa andoq magʻlubdurkim, bir harif ilgiga tushsa, xalos boʻla olmas. Bu jihatdin hariflar andin qocharlar. Mashhurdurkim, agar ikki harif ilgiga tushsa, biri bila oʻynab, yana birining etagin berk tutib oʻltururkim, biri qochsa, bori biri ilgida boʻlgʻan. Ba har taqdir andoq benazir kishi oz boʻlgʻay. Bu matla’ aningdurkim:

To nayoyad sui dil gʻayri xayoli dilsiton,
Bar sari rah mardumoni chashm gashta didabon(20).

Mavlono Husayn Voiz(21) — «Koshifiy» taxallus qilur, Sabzavorliqdur. Yigirmi yilgʻa yaqin borkim, shahrdadur va Mavlono zufoʻnun va rangin va purkor voqe’ boʻlubtur. Oz fan boʻlgʻaykim, dahli boʻlmagʻay. Xususan va’z, insho va nujumki, aning haq-qidur va har qaysida mutaayyin va mashhur ishlari bor va musannafotidin biri «Javohir uttafsir(22) durkim, «albaqara» surasin bir mujallad bitibdurkim, munsifi qat’ bila yuz juz boʻlgʻay. Bovujudi barcha xiraliq va donoliq shahr shoʻxlaridin biri Xoja Hofizning bu matla’in bitib, minbarining ustigʻa qoʻygʻondur, budurkim:

Voizon k-in jilva bar mehrobu minbar mekunand,
Chun ba xilvat meravand on kori digar mekunand(23).

Olib oʻqugʻach koʻp mutagʻayyir va muztarib boʻlib, xili xoriji mabhas soʻzlar aytib necha vaqt va’z aytmadi. Xasmi noma’lum xud oʻz maqsudin hosil qildi. Ammo Mavlono qilgʻonining xato erkaniga voqif boʻlgʻach yana oʻz ishi boshigʻa bordi. Bormasa ikki xato boʻlur erdi. Bok yoʻqdur, aybsiz tengridur. Bu matla’ aningdurkim:

Sabz xato, zi mushki tar gʻoliya bar saman mazan,
Sunbuli tobdodaro bar guli nastaran mazan(24).

Mavlono Muin Voiz — Mavlono Hoji Muhammad Farohinning oʻgʻlidurkim, mashohirdindur. Holo oʻzi dagʻi azim voizdur va muridlari koʻp. Minbar ustida devonavor ilik tashlamogʻi va taxtani tepmagi koʻpdur va oʻzin «Muni devona» bila ta’bir qilur va koʻp baland va past soʻzlar aytur. Chun junungʻa mu’tarif, har nav’ soʻz aytsa ma’zurdur, she’rida vazn, qofiya va radifgʻa muqayyad emas, esa maof boʻla olur. Bir qatla Hazrat Amir ulmoʻ’mnnin Ali(25)ning imoni taqlidiy ekandur deganga, ul hazratning ruhidin gʻarib siyosat va shikanjalar koʻrdi. Hamonoki tavba qildikim, qutuldi. Va ogʻasi Mavlono Nizomiddinkim, donishmand va muttaqiy va darvesh ani desa boʻlurkim, ikki qatla Hiriy shahrining qazosin taklif bila anga berdilar. Ikkalasi qatla oʻzin azl qildi. Umid ulkim, bu qatla qabul qilgʻay va azl qilmagʻay. Derlarki, aytur ermishkim: «Muini mo qobiliyati bis’yor dosht, in zinapoyai chubin uro zoye’ soxt»(26).

Har taqdir bila shahrda muqarrar voiz Mavlono Muindur. Shaxr masjidi jome’ida jum’a kuni iydgohda ikki bayram kuni va’z ul aytur. Bu matla’ aningdurkim:

Magar fasli bahor omadki, olam sabzu xurram shud,
Magar vasli nigor omadki, dil bo vasl hamdam shud(27).

Sulton Ibrohim Mushasha’ — Sulton Muhsinningki, Arabistonda podshohdir, aning inisidur. Donishmand va muttaqiy va bagʻoyat ahl kishidur va xattot ham bor va arabiy she’rni yaxshi aytur va devoni ham bor. Bu bayt aningdurkim:

Sol-al habl fiymo bayn folibin soyil
Fikam jazz haddalabin mobayn kam habl(28).

Mirxond(29) — Sayid Xovandshoh oʻgʻlidurkim, Balx (qubbat ul-islomiy)ning mutaayin donishmandi va buzurgi erdi va oʻzi yigitlikda ulum takmili qildi va holo bovujudi kibari sin va ulvi nasab va kasrati hasabki barcha mujibi ujb anoniyatdurlar, ul miqdor betaayyun va foniy mashrab va xush axloq kishidurkim, andin oʻtmas. Insho va tarix fanida benazirdur. Bu faqir iltimos bila avvali ofarinishdin bu kungacha tarixi jome’i biturkim, nisfigʻa yetibdur. Inshoolloh, tugaturiga muvaffaq boʻlgʻaykim, tavorix arosida andin mufidroq tarix boʻlmagʻusidur. Vus’ati mashrab bila adami taayyun jihatidan gohi biror ayoq icharda daf’i malolat yo kasrati nishot uchun, nard oʻynargʻa ham tanazzul qilurlar. Va mashliq va mabhutluq olamin ham koʻp ta’rif qilurlar. Amir Xusravnnng «Dar’yoi abrori» tatabbuida bu bayti xub voqea boʻlubturkim:

Harki dast az obi hayvon shust, Xizri vaqt oʻst,
V-on ki az zulmoti nafs omad burun Iskandar ast(30).

Mavlono Xondamir(31) — Mirxondning farzandidur va salohnyatlik yigitdur. Tarix fanida mahorati bor.

Mavlono Hamididdin(32) — Hazrat Mavlono Muhammad Tabodkoniy (quddisa sirruhu)ning xalafidur. Insoniyati zotiy va darvishvashligi jibilliy voqe’ boʻlubtur. Adab va tavozey va ta’zim va hayosi mufrit va asru behad tushubtur. Buzurgvor atosining xonaqohida darveshlar burungʻi dastur bila borcha aning tegrasida mujtame’durlar. Xilvat va uzlat va samo va safo mavjud. Mavlono hanuz zohir ulumi takmilidin forigʻ boʻlmaydur. Agarchi ehtiyohi dagʻi yoʻqtur, ammo vajhi akmal bila tilarki, takmil qilgʻay. Tab’i bagʻoyat xub voqe’ boʻlubtur va botinining gʻoyat sofligʻidin necha yildirkim, Mavlono Muhammad Arab firibin yeb, ani darveshlik tariyqida rosih, balki musulmon balki muxlis xayol qilur. Ammo boʻla olurkim, oʻz holining satr va kitmoni uchun malomat tariyqida bu ish ixtiyor qilmish boʻlgʻay. Bu matla’ aningdurkim:

Gahe zi xasta dilon yod metavon kardan,
Dile, zi bahri xudo, shod metavon kardan(33).

Mir Kamoliddin Husayn — Mir Rafeiddin Husaynga xoharzoda boʻlur. Xurosonda ulum tahsili qildi va Iroqqa tushti. Sulton Ya’qub yaxshi e’zoz va ehtirom qilib Biyobongni suyurgʻol berdikim, yuz ming oltungʻa yaqin har yil tegar erdi. Oncha gʻanimatqa himmat etagin silkib, yana Xurosongʻa kelib, darveshlik ixtiyor qildi va hazrat irshod maobiy Nuran xizmatida matbu’ va maqbuldur va tasavvuf ilmida tab’i bagʻoyat qobil va alar istilohotidin sohibi vuquf. Hazrat Xoja Abdulloh Ansoriy (quddisa sirruhu)ning «Manozil ussoyirin igʻa sharh bitibdur va ani muborak manzilda shayx qilgʻonda bunyod qilibdur va kitobning xutbasin bu oyat bilan ibtido qilibdurki: «Rabbi anzilni munzalan muborakan va anta xayr ul-munzilin» (35).

Va yana rasoyil ham ilgida borkim, alargʻa oʻtgan kishi Mirning fazoyil va kamolatin fahm qilgʻay.

Mir xushshakl va xushtab’ va xushmuhovara yigitdur. Barcha hunarlar bila orosta va mundin oʻzga aybi yoʻqturkim, darveshvash va sufivash kishidur va oʻzin shayxliq ismigʻa mavsum qilibdur va boʻla olurkim, bu ham ahvolining satr va kitmoni uchun malomatnn ixtiyor qilmish boʻlgʻay. Bu matla’ aningdurkim:

Az in bogʻi jahonoro chi son oram qadam berun
Ki, boshad ravzai xuldash darun, bogʻi Eram berun(36).

Mir Ixtiyoriddin(37) — yaxshi tab’lik, yaxshi tavrligʻ yigitdur. Mavlono Nizomiddin qazo masnadida mutammakkin erkanda, mahkamasi va dor ulqazosida sijillot va qaboljot va shar’iyot anga, evrulur erdi. Arabiyat va fiqhi ta’rif qilgʻuncha bor, dyorlarki, bir tasnif ilgidadurkim, tugansa ma’lum boʻlurki, ne miqdor salohiyati bor. Oz ishida ayb topsa boʻlur. Ammo habislar der ermishlarkim, dastorin bu nav’ donishmandona chirmagʻuncha koʻp zahmat koʻrar erkin. El tilidin qutulgʻon kishi yoʻqtur va «Poi Hisor» havzi tuganganida bu tar’ixni xub aytibdurkim:

Havzeki, chu xoham az safoyash goʻyam,
Sad bor dahan ba obi hayvon shoʻyam
Har chandki, hast manbaash chashmai
Xizr, Ta’rixi vay az joʻyam(38).

Mavlono Muhammad Badaxshiy — Qunduzning Ishkamish otligʻ kentidindur. Avvali holida andin tahsil uchun chiqib Samarqandgʻa bordi va bir necha vaqt anda sabaq oʻqub Hiriyga keldi. Tahsil ishin takmil qilur vaqtda gʻoyat xushtab’ligʻidin va musohiblar xotiri jihatidan lavandligʻlargʻa tushti va rindliq tariyqin ul martabagʻa yetkurdikim, mast yo maxmur bosh va oyoq yalang koʻy va koʻcha va bozorda yurur erdi. Hodii tavfiq tavba nasib qilib, ani tuz yoʻlgʻa keturdi. Holo tab’ ahli orasida andin somonliqroq kishi yoʻqtur. Podshoh va gadogʻa maqbul va muloyimdur. Va muammo fanida risola bitibdurkim, koʻp el orasida mashhur va shoye’dur. Ammo agar muhovirotda gohi soʻzga betaamul javob berur, chun gʻalat kam tushar, hech tushmas va muammodin boshqa dagʻi nazmlari bor. Bu matla’ aningdurkim:

Xayoli qomatash dar didai bexob megardad,
Chu on mohiki, har su dar miyoni ob megardad(39).

Mavlono Hoji Muhammad — Mashhaddindur. Koʻprak avqot bu faqir bila musohibdur va farzand oʻrnigʻadur, balki andin ham azizroq. Axloqda malakiydur, bashar surati bila kelgan va atvorda farishtadur, inson hay’atida zuhur qilgʻok. Tab’i sofiy va tafakkuri barcha diqqatlargʻa vofiy. Zehni mushkulkusho va taammuli funun ishkoligʻa raso. Ba’ze mahal biror nazm dagʻi andin bosh urar. Bu matla’ aningdurkim:

Ey baso, tavbai derinaki, chun tavbai man,
Xubroʻyon bishikastand ba yak chashm zadan(40).

Mir Husayn Muammoiy(41) — Nishopurdindur. Shahrda tahsil qildi. Oncha hamida axloq va pisandida atvori borkim, sharhidin qalam tili va qalamzan iligi ojizdur va valoyat osori holidin paydo va fano namudori zotidin huvaydodur, Mir xizmatlarida bir tifl ta’limin iltimos qilib ermishlar va shogirdi andinkim, tufuliyat muqtazosidur, oʻqumoqqa kohilliq qilmish boʻlgʻay. Mir bir azizgʻa iltimos qilibdurlarkim, shogirdining atosigʻa aytgʻaykim, oʻgʻligʻa, muloyimat bila nasihat qilsun. Ammo andoq qilmagʻaykim, tifl bilgʻaykim, bu Mir qoshidin ekandurkim, nogoh koʻngilginasi Mirdin ogʻrimagʻay. Mundoq tariyqi koʻpdur va muammo fanining latofat va nozuklugin ul yerga yetkurdikim, andin oʻtmak mumkin ermas, va hukm qilsa boʻlurkim, bu yoʻlni band qildi.

Hofiz Muhammad Sultonshoh — xushxon hofizdur va xushnavis xattotdur. Bulardin boshqa solik va pokiza roʻzgor kishidur va yaxshi tab’i ham bor. Bu matla’ aningdurkim:

Shakli hilol abroʻyat az chashmi tar naraft,
Mohi zi ayni bahr, bale sui bar naraft(42).

Mavlono Faxriy(43) — Hiriy shahrining odamizodalaridindur. Bu matla’ aningdurkim:

Guftiki hargizam ba tu-dil mehribon nabud,
Ey sarvi nozanin, ba tuam in gumon nabud(44).

Sayyid Ja’far(45) — Sayyid Muhammad Nurbaxshning oʻgʻlidur. Shoh Qosimdinkim, ogʻasi boʻlgay koʻp yaxshiroqdur. Xurosongʻa keldi. Podshoh e’zoz va ikrom qilgʻondin soʻngra, yilda besh ming oltun yormoq va ikkk yuz harvor oshliq vajhi maosh uchun muqarrar qildilar. Bovujudi ulkim, bir quruq boshligʻ mujarrad kishi erdi, ozdur deb yomonlab Arabistongʻa bordi. Ammo xushtab’ va yaxshi yigitdur. Va lekin, atosi mahdiylik da’vo qilgʻondin ne balolarkim, boshigʻa keldi va holo qirq yildin ortuqdurkim, oʻlubdur. Aqidasi hanuz budurkim, otasi yo Mahdiydur yo mahdiy ekandur. Bu matla’ aningdurkim:

Turki man dast chu bar xanjari bedod burd, ,
Tashnaro obi zuloli Xizr az yod burd(46).

Mir Sayyid Husayn Abivardiy(47) — tahsil uchun viloyatidin shahrgʻa keldi. Aning asnosida hazrat Kichik Mirzo mulozamatida Ka’ba safarigʻa borib Iroqda ayrilib qoldi. Andin Rum va Misr va Halab balki ul tarafning koʻprak mamolikiga musofirat qilib, olti-etti yil qolib arabiy tilni ravon qilib mutabarruk mazorotgʻa yetib, balki Makka va Madinagʻa musharraf boʻlib, koʻp azizlar suhbatin topib, Xurosongʻa keldi. Borurda aql va tab’i qillatigʻa mat’un erdi, kelganda ikkalasin tamom qilib keldikim, hech kishigʻa mahalli ta’n va tashne’ boʻlmagʻay. Bir bayt moddasida aqli va tab’i ne miqdor ekanin isbot qilibdur. Ul bayt budurkim:

Ey zi mehri orazat gardun gʻulom,
Yusufero kardaand Ya’qub nom(48).

Tab’i natijasi bu boʻldikim, mundoq bayt aytti va vuquf ahli bu baytning ma’nisi yoʻqtur, nomavzundur deganda, emasdur, deb bahs qildi va aql natijasi bukim, Xuroson ahlin tajhil qilib, bu baytin xubluqgʻa bitib Iroqgʻa Ya’qub Mirzo oʻrdusigʻa yibordi va Mirning mundoq ishlari loyuaddu va loyuhsodur. Ammo chun qobildur, bok emas. Umid borkim, islohpazir boʻlgʻay!

Sayyid Gʻiyosiddin — Mashxadning sodoti, balki nuqabosidindur. Ahl va muloyim kishidur. Mazox va mutoyiba mizojigʻa gʻolibdur. Shoʻxluqdin faylasufvash va ulvi nasabdin tazvir va buzurg manishlikda beixtiyor tushubtur. Chun Sayyidning humoyun basharalarida sufrat gʻolibdur, Sayyid shirgʻa ham derlar. Ba’zi maymungʻa ham tashbih qilurlar. Faqir xud bu nav’ gustoxliqlar qila olmasmen, ammo Mirning markabin ul itga oʻxshatibmenkim, anga bir maymunni mindururlar. Agarchi Mirgʻa noxush kelur, ammo hazl bila oʻtkarur. Bu matla’ aningdurkim:

Dame az dasti duni vo narastam,
Biyo, soqiyki, yakdam mayparastam(49).

Sayyid Asadulloh — yaxshi tab’liqdur.

Mavlono Qosim — Mavlono Abdurahim munajjimning nabirasidir. Oʻz zamonida nujum ahkomida muqarrar va musallam erdi va oʻzi ham nujum fanini yaxshi bilur. Bu matla’ aningdurkim:

Mo masti mudomem zi mayxona chi pursam,
Az beshu kami sogʻaru paymona chi pursam(50).

Mavlono Ali — hamonoki turshizlikdur va tab’i muammo fanida koʻp muloyim tushubtur.

Shayxzoda Puroniy — Shayx Abusaid Puroniyning xalafidur. Ikki pushtidin valoyat anga mavrusiydur. Va oʻz zotida ham qabuliyat koʻpdur. Oz fursatda xututni andoq bitidikim, ul fan ustodlari oʻttiz yilda oncha bitimaqdurlar. Holo tahsidgʻa mash-gʻuldur, derlarkim, rushd osori zohirdur(51). Bu ruboiy aningdurkim:

Chung man ba gʻami tu dar jahon farde nest,
Dil soʻxtai niyozparvarde nest,
Xoham gʻamu dardi xeshro sharh kunam.
Lekin chi kunamki, hech hamdarde nest(52).

Mavlono Safiy(53) — Mavlono Husayn Voizning oʻgʻlidur. Bagʻoyat darveshvash va foniy sifat va dardmand sheva yigitdur. Hiriydin Samarqandgʻa Hazrat Xoja Ubaydulloh Ahror suhbatigʻa musharraf boʻlur uchun bordi va andoq derlarkim, onda qabul sharafin topib, irshod va talqin saodatigʻa sarafroz boʻlub, yana Xurosongʻa keldi. Tab’i xub voqe’ boʻlubturkim, bu matla’ aningdurkim:

Bo labi la’lu xatu gʻoliyagun omadai
Ajab orosta az xona burun omadai(54).

Mavlono Shihob — Mudavvin laqabi bila mashhurdur va ani «ajoyib ul-maxluqot» desa boʻlur. Bovujudi ulkim, «Kalomulloh» oyotini bot topar uchun tadvin qilibdurkim, ulamo va qurro taajjub va hayrat yuzidin tahsin kilurlar. Mundin boshqa ham salohiyatliq kishidur. Bir nav’ qadimona she’r ham aytur, ammo yaqindur odamiyliq suratidin munxale’ boʻlub oʻzga jonvor suratigʻa masx boʻlgʻay. Andoqkim, insoniyat siyratidin subo’ va bahoyim siyratigʻa mubaddal boʻlubtur. Ammo bu da’vo isbotigʻa bu misra’ki «maqlubi mustaviy» san’atida aytibdur.

Bovujudi bular anga shahr shayx ul-islomidin ajab zulm oʻttikim, hech kishi gʻavrigʻa yeta olmadi.

Hofiz Jaloliddin Mahmud — «Ixlosiya» xonaqohining shayxidur va «Qudsiya» masjidi jomeining xatib va imomi va yaxshi mehrobxon hofizdur. She’r va muammo aytur va xatni yaxshi bitir. Muncha salohiyatni bot kasb qildi. «Ixlosiya» madrasasigʻa kelganda nomavzun ham tashlar edi. Emdi ham yongilib hamul tariyqni masluk tutsa ajab emas, nechunkim, ham shayxdur va ham xatib va ham imom. Bu matla’ aningdurkim:

Masih agar shunavad yak takallum az dahanash,
Digar zi sharm naboshad majoli dam zadanash(55).

Mavlono Pomiy — sabzavorliqdur. Insho bila noma xatin biturga mashhurdur. Ammo inshoda hech munshi oni begonmas, batahsis Mavlono Abdulvose’(56) va «noma» xatida hech hushnavis oni pisand qilmas, xususan Shayx Abdullo Devona va Xojai Dehdorki(57), hazrat podshoh majlisida nadimlik yuzidin koʻp elni taqlid va tashbih qilur mustahsan tushar. Mavlononing takallumida bir hol borkim, ani anga tashbih qilibtur, sobun chaynaydur va ogʻzidin magʻzoba zohir boʻladur va takallumni ham taqlid qilurda ikkalasin ahli idrok koʻp tahsin qilurlar. Bu matla’ aningdurkim:

Lofad ba xatat nofa zihi besaru poi,
Gʻammozi siyah botini mo dar baxatoi(58).

Ba ba’zi zurafo derlarkim, Xoja Dehdor uchun bu matla’ni aytibdur, nechunkim xeyli munosabati bor va yiroq ham emaskim, chin aytadur ermish boʻlgʻaylar (vallohu a’lam).

Mavlono Abdulvose’ — insho fanida mohir, bagʻoyat sabukruh kishidur, ul gʻoyatqachakim, xuffat va taxattukga bosh tortar. Zurafo aning bila mutoyiba koʻp qilurlar. Ul shirin iztiroblar qilurki, yana mu’jibi hazl boʻlur. Safohat qilsa ham, eldin qutulmas. Anga bu mansab Xoja Majdiddin Muhammad davlatidin yetishti. Derlarki, aning uchun besh yuz baytdin ortuq hajvi bor va soyir xalq uchun ming baytdin ortuq. Bu matla’ aningdurkim:

Ey kashida turki chashmat dar qamon payvasta tir,
Mohi nav gasht az kamoni abruvonat goʻsha gir(59).

Xoja Sulton Muhammad — Shoraxtdindur. Shahrda nash’u-namo topti. Xushsuhbat va xushmuhovara kishidur. Suhbati mujibi bast va takallumi mujibi nishotdur va noma xatin dagʻi shirin bitir va boshining tuki biror nima ozroq uchun burun koʻp mutaraddid va mutagʻayyir boʻlur erdi. Ammo emdi vus’ati Mashrabi ul yorga yetibdurkim, majlisda bosh yalang-oʻlturur va bir sari moʻ gami yoʻqtur. Tab’i yaxshidur. Bu matla’ aningdurkim:

Ba dandon uqdai zulfi turo xohamki bikshoyam,
Az in savdo shudam devonavu zanjir mehoyam(60).

Mirak Husayn — aning oʻgʻlidur va tab’i emdi nazmlargʻa moyil boʻlubtur. Bu matla’ aningdurkim:

Kujo rasad zi tu, ey bevafo, visol maro
Ki, az jununi gʻamat nest e’tidol maro(61).

Mavlono Muhammad Noiniy — ahl kishidur. Tib ilmidin vuqufi bor. Nazmlardin muammo fanida koʻprak shuuri bor. Bu fan ustodlari ittifoq bila muammo ta’rifin mundoq qilibdurlarkim, «mavzun kalomdurkim, ishorat va imo bila andin ot hosil boʻlur» va ul debdurkim, «mavzuni kalom qaydi ta’rifda hojat emas va ishorat bila ham emasdur». Va misol muni debdurkim, birovning oti «Sadr» (63)dur. Yana birov soʻrsakim, oting nedur? Ayt! Ul ilik koʻksiga qoʻysa, dalolat anga qilurkim, oti Sadr boʻl-gʻay. Va birov bir maxzan bir yerda dafn qildi va ustida bir zange sarnigun osti, daqiqtab’ nigun «zang» din «kanz»(64) vujudin tahqiq qilurkim, hech qaysida ne kalomning daxli bor va ne nazmning». Ammo fan donolari bu taxayyulin bang xayolotigʻa haml qildilar.

Mavlono Nur — soda va abdolvash kishidur. Bir majlisda anga aytildikim hukamo hissi shommani(65) dimogʻning toʻrida ta’yin qilibdurlar. Bas bu e’tibor bila mashmumotni ikki qosh orasigʻa islasa kerakki, isi botroq ma’lum boʻlgʻay. Ul bu soʻzni ma’qulsinib, yaxshi islik ash’yoni ikki qosh orasigʻa qoʻyub, nafasin yuqori tortar erdi. Ammo xoli az tab’ emas. Bu matla’ aningdurkim:

Turo nilufari pirohanu man monda hayronash
Ki, sar bar mezanad xurshed har roʻz az girebonash(66).

Mavlono Sher Ali — olamning mashohiridindur. Oʻz zamonida «nashta’liq» xatin andoq bitidikim, hech kishi taqlid qila olmadi, balki mushkilki, hargiz ham taqlid qilsa boʻlgʻay. Tab’i ham tasavvuf va ham muammo va soyir fazliyotda yaxshidur. Holo muddatedurkim, inzivo ixtiyor qilibdur. Va oʻz nomurodligʻigʻa mashgʻuldur. Va el bila ixtiloti yoʻqturkim, tengri bu davlatni har kimga hamki, faqr davlatigʻa tolibdur anga arzoniy tutsin.

Mavlono Sulton Ali(67) — mashhadligʻdur. Bu kun Xurosonda va olamning aksar bilodida «nasx ta’liq» xatida qiblat ul-kuttobdur va kitobat mulkining qalamravi yak qalama anga musallamdur. Oncha hamida axloq va guzida atvor bila orosta va pirostadurkim, sharhidin qalam tili ojiz va husni xulqda naziri yoʻqtur va tab’i dagʻi xub voqe’ boʻlubtur. Bu matla’ aningdurkim:

Gul dar bahor az on ruxi gulgun namunayest.
Chun ashki manki, az dili purxun namunayest(68).

Ammo chun Mashhadiydur, ul alfozgʻa tamom tagʻayyur bera olmaydur, va lekin koʻp hunar muqobalasida oz ayb tushmas.

Mavlono Sulton Ali- Qoyiniy — darvesh yigitdur va hazrat Maxdumiy Nuran mulozamatlari sharafi anga dast berubdur va alar musannafotidin oʻzga nima oz kitobat qilur va necha yil Makkada mujovir erdi va tab’i va salohiyati koʻpdur. Ammo bir kun anga kitobat buyurulub erdi, muzd ta’yin qilurda mubolagʻani ul yerga yetkurdikim, har bir baytim bir tangaga arzir, deb bir ma’nidin yiroq ham emas. Ul soʻzlarkim, ul bitir ortuqroqqa ham arzir. Bu matla’ aningdurkim:

Ey ishqat otash dar zada nomusu nangu nomro,
Doda ba bod nesti-yu hastii xosu omro(69).

Mavlono Sharifi Bogʻi Shahriy — ham kotib yigitdur va yaxshi tab’i bor va nazmlargʻa dagʻi ishtigʻol koʻrguzur. Bu matla’ aningdurkim:

Navbahoron garchi gul az sabza berun medamad,
Sabzai xatti tu az gulbargi tar chun medamad(70).

Mavlono Shoh Ali — habissheva yigitdur va zihni muammogʻa yaxshi borur.

Mavlono Bahlul — tabibsheva, tolibi ilm yigitdur.

Sufiy Piri Sesadsola — Darvesh Husaynning nabirasidur va Mavlono Muhammad Chohuning oʻgʻlidur. Sufiliqqa tabobatni zam qilibtur. Goʻyo maraz riyozatin tortqon soliklarga «Mutu qabla an tamutu» (71) irshodin qilur. Bu ruboiy aningdurkim:

Manamoy ba gʻayri man rux, ey siym zaqan,
K-az gʻoyati gʻayratam ravad jon zi badan,
Xoham ki shavam mardumaki didai xalq,
To rui tu hech kas nabinad juz man(72),

Sufining mizojining tezlik va nozikligi bu gʻoyatgʻacha derlarkim, bir yigitga taalluq lofi urar ermish, ammo yigiti aning rayi bila bormasa safihona alfoz bila fahsh aytur ermish va tayogʻlamoqgʻa dagʻi ham qilur ermish (Aluhdatu alar-roviy) (73).

Mavlono Vasliy — Mavlono Xoja Kalon qozining oʻgʻlidur. Otasini Hiriy ahli ittifoq bila aql va ra’ygʻa musallam tutarlar erdi. Oʻzi xeyli salohiyatlik yigitdur. Kabir va sagʻir shatranjni xub oʻynar. Yaxshi suhbatliq, xushtab’ va salim nafas odamiydurur. Bu matla’ni yaxshi aytibdurkim:

Maro dar dida nur az gardi rohi on sipoh omad,
Bihamdillahki, nuri chashmi man az gardi roh omad(74).

Mavlono Gʻiyosiddin — tolibi ilm va xush-tab’ yigitdur. Holo tabobatqa mashgʻuldur va shuhrati tabobatqa oʻzga ishlardin koʻprak emishdur. Balki rasoil tasnif qilibdur va nazmlarda hazrat Shayxning «Maxzan ulasror»igʻa tatabbu’ qilibdur. Rangin va hamvor aytibdur. Bu matla’ aningdurkim:

Ey sabo, k-on bogʻi orazro tamosho kardai,
Muztarib mebinamat goʻyo gule vo kardai(75).

Shayxzodai Ansoriy — Shayx Abdulla Devonaning oʻgʻlidur. Kichik yoshidin tahsilgʻa yaxshi mashgʻuldur va muammo fanida koʻp muloyimat andin zohir boʻlur, ham ayturida va ham ocharidakim, ulugʻroq elga mahalli taajjubdur.

Andoq zohir boʻlurkim, volidasi ham xush tab’durur va «Bediliy» (76) taxallus qilur. Goʻyo bu matla’ aningdurkim:

Ravam ba bogʻu zi nargisi du dida vom kunam
Ki, to nazorai on sarvi xush xirom kunam(77).

Shayx Abdullo — dagʻi agarchi majnunshior kishidur, ammo chun salim fitrati bor, goh-goh tiliga nazmlar oʻtar. Bu matla’ ul jumladindurkim:

Mani miskin ba sari koʻi tu harchand davidam,
Gʻayri oheyu sirishke zi dilu dida nadidam(78).

Desa boʻlurkim, aning uyida zano-mardi xush tab’durlar.

Xoja Mahmud — sabzavorlikdur. Bobo Ali Xushmardon(79)ning nabirasi, Xoja Imodiddin Hasan oʻgʻlidur. Otasining yaxshi-yomonida soʻz desa boʻlmaskim, bagʻoyat mashhurdur. Ammo jaddi darvesh kishi erdi. xonaqohi va muridlari bor erdi. Uzi salohiyatliq yigitdur. Xututni yaxshi bitir, nazmi ham yaxshi. Bu yaqinda «darjiy» (80) bitib erdi va olti asl qalamni tartib bila sabt etib erdi va «darj»ning oxirida necha bayt masnaviy ham xatlari ta’rifida nazm qilib erdi va soʻnggʻi baytida tarix ham «darj» qilib erdi. Ul budurkim:

Chun usuli shash qalam kardam raqam,
Gasht tarixash «usuli shash qalam» (81).

Ustod Qulmuhammad(82) — Shibirgʻondindur. Qichik yoshida gʻijjak cholar erdi. Qobiliyat osori ul fanda andin koʻp zohir boʻlur erdi. Tarbiyatigʻa mashgʻul boʻluldi. Holo ul fan ustodlari mutaaddid aning musannafotin yod tutub, shogirdligiga mubohiydurlar. Tolibi ilmliqqa dagʻi mashgʻuldur. Uzga ushoq fazoyili ham bor: ma’rifati taqvimdek, naqqoshliqdek, xatdek. Ammo ud va gʻijjak va qoʻbuzni asrida oncha kishi chala olmas va. muammo qavoidin ham mazbut bilur.

Mavlono Sharbatiy — ul faqir qoshida ulgʻayibdur. Tarix va inshodin sohibi vuqufdur va she’r va muammodin xabardordur va naqqoshliq ham bilur. Bir tasnifi ilkidaborkim, tugansa koʻp favoyid andin elga mutasavvardur. Abnoi jinsida oncha salohiyatliq kishi ozdur. Funun kasbida ul martabada mohirdurkim, kichik yoshida qorilikni ham kasb qilibdur. Bu matla’ anyngdurkim:

Junun omad shior va mehri roʻi on parizodam,
Mani devona z-on roʻ dar zaboni mardum aftodam(83).

Pahlavon Darvesh Muhammad — Pahlavon Muhammad (alayhir-rahma)ning inisidur. Holo-Pahlavon oʻrnida qoyim maqomi uldur. Bu matla’ aningdurkim:

In maqomestki, injo ruxi purgard xush ast,
Dardmandiyu niyozu dili purdard xush ast(84).

Inisi Husayniy ham muammo aytur.

Muhammad Ali — ham Pahlavon ushshoqlaridindur.

Pahlavon Sulton Ali Goʻshtigir — ul dagʻi Pahlavon (alayhir-rahma)ning xulafosidindur. Yaxshi tab’i bor. Bu matla’ aningdurkim:

Musofirest maro dar safar nameoyad,
Ba manki, bexabaram z-oʻ xabar nameoyad(85).

Xoja Abu Said — Mehnadindur. Hazrati Sultoni tariyqat Shayx Abu Said Abulxayr (quddisa-sirruhu) avlodidindur. Xoja Muayyad Devonaning oʻgʻlidur. Nomurod kishidur. Ammo oʻz she’rin oʻqurda yigʻlamsinib oʻqur, dagʻi oʻzi mutaassir boʻlub, hardam ulugʻ tinar, to bas qilmagʻuncha el tinmas. Bu matla’ aningdurkim:

Ba tavba dodanam, ey shayx, iztirob makun,
Maro, baroi rizoi xudo, azob makun(86).

Mavlono Hoji — Mashhadda imom Ali Muso» ar-Rizo (alayhittahiyati vas-sano) (87) ravzasida imom va muarrifdur va «Gavharshodbegim» masjidi jomeida xatibdur. Fozil va sunniy mazhabdur. Aql maoshi ul martabadadurkim, bovujudi tasannun ul ravza boshidagʻi sodot bila borishur, bu jihatdin ba’zi ani nifoqqa va ba’zi xuruj mazhabigʻa nisbat berurlar. Yaxshi tab’i bor. Bu matla’ aningdurkim:

Kadom ayshu tana’um buvad barobari inam
Ki, sar zi xob baroram sabohu roʻi tu binam(88).

Mavlono Abdurrazzoq — tolibi ilm kishidur. Ammo balohati gʻolibdur. «Gavharshodbegim» madrasasining talabasi, sohib jam’ vazifalarin kechroq barot bitidurgon uchun shikoyatga bu faqir qoshigʻa keldilar. Ittifoq bila soʻzni ul ayturgʻa muqarrar qilgʻon ermishlar. Faqir jamoati kasir koʻrdum ersa soʻzlarin soʻrdum. Aning taqririgʻa havola qildilar.

Andin soʻruldi, ersa bu iborat bila takallum surdikim «barot namenavisad»(89). Va rangining hurmati bor uchun mutoyiblari ani «surx qalb» (90) derlar. Bu matla’ aningdurkim:

Joni man toza shud az la’li tu xunxorii dil,
Ba’daz in movu sari koʻi tuvu zorii dil(91).

Mavlono Hoji — darvesh va munqate’ kishidur va Hazrati Maxdumiy Nuranning mulozim va musohiblaridur. Necha qatla Ka’bagʻa borib, ba’zi qatla, hamonoki, yayoq ham bor ekandur. Ul hazratning andoqki, aning bila xususiyati bor, oz kishi bila boʻlgʻay. Gohi nazm ham aytur. Tab’i yaxshidur. Bu matla’ aningdurkim:

Pirona sanam toza nihole ba bar omad,
K-az meva gʻamu gʻussavu xuni jigar omad(92).

Mavlono Jamoliddin — Hazrat Maxdumiy Nuranning qarobatlaridindur. Tolibi ilm boʻlubtur. Agar lavandligʻi mufrit boʻlmasa erdi, donishmand ham shoyad boʻlgʻay erdi. Ul hazratning shahar ichidagi madrasasida mudarrisdur. Bu matla’ aningdurkim:

Manam on qumrii nolon zi shavqi sarvi dil joʻyat
Ki, doram tavqi gardan az xami qullobi abroʻyat(93).

Xoja Abu Nasr — Xoja Muayyad Mehna (alayhirrahma)ning oʻgʻlidur. Mehna shayxzodalarining nohamvor maoshi koʻptur. Andoqkim, alar har qachon bir-birlari bila nizo’ qilsalar, ikki jonibdin yasol yasab, oʻq va qilich va nayza bila urushurlar. Ammo holo ba’zideydurlarkim, Xoja Abu Nasr xeyli salohga kiribdur. Inshoollohki, rost boʻlgʻay! Bu matla’ aningdurkim:

Namonad sabru toqat otashi gʻam chun shavad tezam,
Az on chun shu’la binshinam dame, sad bor barxezam(94).

Xoja Husayn Kirangiy(95) — Abivard viloyatidindur va Xoja Abu Nasr Mehnaning xoharzodasidur. Otasi Xoja Qanbar Xurosonning mutaayyin arboblaridin erdi. Oʻzi mujid va sulb va yakroʻy kishidur. Yillar sadorati oliy mansabida mutamakkin erdi va podshoh inoyati anga a’lo darajada. Ul bu inoyatqa andogʻ, mustazhirkim, ba’zi mahalda podshoh maslahati uchun tengriliqdin ham tajovuz qilur erdi boʻlgʻay. Oqibat podshohning muborak xotirigʻa ani andoq koʻrguzdilarkim, aning iloji kishi ilgidin kelurning imkoni yoʻqtur. Magar ham tengri podshohning muborak xotirigʻa solgʻay (inshoolloh). Va Xojaning yaxshi tab’i bor. Bu bayt aning abyotidindurkim:

Hech ohe juz ba yodat bar nameoyad zi dil,
Hech naqshe juz xayolat dar nameoyad ba chashm(96).

Xoja Qutbiddin — Hazrat Shayx Abu Said Abulxayr avlodidindur. Bagʻoyat solih va muttaqiy va pokiza roʻzgor kishidur va shayx atvori aning atvoridin zohirdur. Bu matla’ aningdurkim:

Muddate shud k-on pari paykar nameoyad ba chashm,
Soxt manzil dar dilu digar nameoyad ba chashm(97).

Xoja Yusuf Mehna — Xoja Rukniddinning oʻgʻlidur va hazrat Shayxning buzurg avlodidindur. Tolibi ilm va solih va xush tab’ yigitdur va tab’ida koʻp muloyimat bor. Bu matla’ aningdurkim:

Dili zoramki, jo dar zulfi on nomehribon dorad,
Gar az savdo pareshonhol boshad joi on dorad(98).

Xoja Abu Tohir — Xoja Abdulloh Mehnaning oʻgʻlidur, xeyli latif tab’i bor. Bu matla’ aningdurkim:

Onchi shabho bar dilam z-on ja’di purxam merasad,
Bar giriftoroni zanjiri balo kam merasad(99).

Xoja Qutbiddin Ahmad — Hazrat shayx ul-islom Zinda Fil Ahmad Jom (quddisa sirruhu)ning avlodidindur. Farishtavash va malaksheva kishidur. Chun Xoja Ahmad Jomiy qush asrab solur, alar dagʻi taqlid qilibdurlar. Solur chogʻida ulogʻlari yoʻq ermish, bagʻoyat biyik kishi, bir qullarigʻa oʻzlarin koʻtarib qush solur ermishlar. Bu matla’ aningdurkim:

Sabo, biyor gʻubori rahi suvori maro
Ki, toʻtiyo buvad on chashmi ashkbori maro(100).

Mavlono Muhammad Xurosoniy — louboli va lavandsheva, abtarvash kishidur. Va hodii tavfiq anga rahnamoyliq qilib, ani hazrat Mavlono Muhammad Tabodkoniy (rahmatulloh) xizmatigʻa soldi. Ul buzurgvor ilgida tavba qilib, sufiya odob va tarinqiga mashgʻul boʻldi va «arbain»lar oʻlturub, derlarkim, kushonishlar topti va yayoq soyim ud-dahr muborak safarin qilib ul davlatqa musharraf ham boʻldi. Holo uzlat kunjida ibodatgʻa mashgʻuldur. Va bu ruboiy aningdurkim:

Yak chand zi doʻston judo xoham bud,
Bo mehnatu dard mubtalo xoham budx
To yor nasozad oshnoii xesham,
Begona zi xeshu oshno xoham bud(101).

Xoja Kamoliddin Husayn — Xoja Nizom ul-Mulkniig oʻgʻlidur. Otasining taayyun va ishthori burungʻi Nizom ul-Mulkdin ortugʻroq boʻlmasa, oʻksuk ham emas. E’tibor yuzidan aning bila teng bor edi. Ammo mansab yuzidan ortti, nechukkim, ul vazir erdi, bu vazorat mansabin tay qildi va holo ashrofi oliy martabasida mutamakkindur. Oʻzi muloyim yigitdur. «Noma» xatin yaxshi bitir. Va derlarki, musiqiyda ham daxli bor va ba’zi naqshlarni anga mansub qilurlar.

Tab’i yaxshidur. Bu matla’ aningdurkim:

Garchi dar jannat nasimi xuldu obi kavsar ast,
Xonai xammorro obu havoi digar ast(102).

Xoja Abdulloh Sadr(103) — Xoja Muhammad Marvorid(104) oʻgʻlidurkim, muddate vazorat devonida muhr bosar erdi va oʻz ixtiyori bila istigʻfor qilib, ofiyat kunji ixtiyor qildi. Bu toifadan anga muyassar boʻlgʻondek oz kishiga boʻlmish boʻlgʻay. Oʻzi kichik yoshida ulum kasb qildi. Advor va musiqiy ilmida va xutut fanida benazir boʻldi. Va qonunni ma’lum emaskim, hargiz kishi andoq cholmish boʻlgʻay. Va podshoh xizmatida oliy mansabqa sarfaroz boʻldi. Ud jumladin biri, sadoratdur. Va insho fanini ham kamolgʻa yetkurdi. Va oʻzi yaxshi muhovaraliq va yaxshi xulqluq va yaxshi suhbatliq yigitdur. Gʻaflat va beparvoligʻdin oʻzga hech aybi yoʻqdur. Chun yigitdur, umidi daf’ bor. Va bu matla’ aningdurkim:

To dil dahonu turrai on dilnavoz yoft, .
Xoʻrd obi zindagoni umri daroz yoft(105).

Xoja Yahyo — Xoja Abdullohning inisidur. Yaxshi tab’i bor. Bu matla’ aningdurkim:

Ba in shukrona, ey hamdamki, megoʻi suxan bo u,
Chi boshad gar bigoʻi shammaye az holi man bo u(106).

Mavlono Fasihiddin — Mavlono Nizomiddin Hiravin ahfodidindurkim, alarni Nizomiylar derlarkim, Xurosonda mundin sharifroq nasab yoʻqtur. yigirmi yoshigʻa yaqin ekanda ulumni takmil qildi. Holo oʻttuz yilgʻa yaqin borkim, ifodagʻa mashgʻuldur. Zohir ulumidin hech qaysi boʻlmagʻaykim, dars aytmagʻay. Va har bir ilmki aytur, koʻrida havoshiy va mufid musannafoti borkim, ulamo andin bahramanddurlar. Muncha purkorligʻ va ranginlikbila aql va bazli ham borkim, munofii bu ulumdoʻr. Koʻp hamida axloq va pisandida avsofgʻa muttasyfdur. Bovujudi moʻncha kamol bu faqirning tanazzul qilib, safar va hazarda koʻprak avqot oʻz sharif suhbati bilan musharraf qilur. Necha fikr qililsa, bu tiyra roʻzgor nakoʻhida atvor musohibligʻidin oʻzga ayb onda topsa boʻlmas, ammo aybsiz tengridur.

Toʻrtinchi majlis oxiri

Bu diqqatpesha va zarofatandesha azizlardin agarchi ba’zi ajal mayidin mast va bexabardurlar, ammo ba’zi hayot bazmida sarmast va jilvagar va nazmgustardurlar, tengri taollo oʻtgan jamoatni oʻz qoshidin gʻariyqi daryoi rahmat qilsun va qolgʻon ahli xizmat va ubudiyatni shoh lutfidin shoyistai ehsoni beminnat.

Ruboiy:
Ul xaylgʻa tengri rahmaty yor oʻlsun,
Bu jam’gʻa shah lutfi madadgor oʻlsun,
Ham shohqa yuz falakcha miqdor oʻlsun,
Ham qullari ehsongʻa sazovor oʻlsun!</div>

Beshinchi Majlis

Xurosonning va ba’zi yerning mirzodalari va soyir» Ozodalari zikridakim, tab’ salomati va zihi istiqomati alargʻa boisi nazm boʻlur, ammo mudovamat qilmaslar

Ul jumladin:

Amir Davlatshoh(1) — Firuzshohbekning amakizodasi Amir Alouddavla Isfaroyiniyning oʻgʻlidur. Firuzshohbekning muknat va azamati xud olam ahli qoshida gunashdin ravshanroqdur, ta’rifqa ehtiyoj ermas. Amir Alouddavla dagʻi ahl kishi erdi. Ammo dimogʻi hiffat paydo qilib, zoye’ boʻldi. Va lekin Amir. Davlatshohhushtab’ va darveshvash va koʻp salohiyatligʻ yigitdur. Obo va ajdodi tariyqidinkim, amorot va zohir azamat va tajammuli boʻlgʻay, kechib goʻshaye ixtiyor qilib, faqr va dahqanat bila qanoat qildi va fazoyil va kamolot iktisobi bila umr oʻtkardi. Ushbu mazmundakim, bu muxtasar bitiladur, «Majma ush-shuaro» (2) tasnif qilibdurkim, har, kishi ani mutolaa qilsa, musannifining iste’dod va kamolin ma’lum qilur. Ammo bu yaqinda xabar keldikim, foniy olamdin rihlat qilibdur. Voqe’ boʻlsa tengri ani rahmat qilgʻay.

Bu matla’ aningdurkim:

Zihi az oftobi orazat chashmi jahon ravshan,
Zi chashmi ravshani karda dilamro xonumon ravshan(3).

Mir Husayn Ali Jaloyir(4) — «Tufayliy» taxallus qilur erdi. Aln Jaloyirning oʻgʻlidurkim, otasi Yodgor Mirzo eshigida amir ul-umaro va sohib ixtiyor erdi. Ammo oʻzining otasigʻa nisbati yoʻqtur. Faqirsheva va foniyvash va betakalluf va xushtab’ yigitdur. Nazmlargʻa tab’i muloyimdur. Ammo qasida uslubi aning haqqidur. Andoqki, bu toifa ham musallam tutarlar. Sulton sohibqiron otigʻa gʻarro qasoyidi bor. Ul hazrat ham ani yaxshi tarbiyatlar qildilar. Andoqkim, viloyat bildi va qoʻsh devonida muhr bosti va parvonachi boʻldi va taqarrub va nayobatqa daxli bor erdi.

Falakning andinkim, fazl ahligʻa hasadi bor, bir taqsir bila oni dargohi falak ishtibohdin yiroq solibdur, aning xud bu qaygʻudan kunduz qarori va kecha uyqusi yoʻqtur. Umid ulkim, podshohona lutf va karam dastgiri boʻlgʻay.

Bu matla’ aning qasoyididindurkim:

Bihamdillahki, digar rah ba iqboli shahi odil,
Burun omad gulam az xoru xor az povu va po az gil(5).

Umid ulkim, bu matla’ munosibi holi boʻlgʻay. Bu gʻazal matlai ham aningdurkim:

Bute k-az gul buvad ozori po dar gashti boʻstonash,
Chi roʻ dar dida joʻyam bovujudi xori mujgonash(6).

Aybi mufrit lavandligʻ va junundin oʻzga yoʻqtur.

Mir Haydar(7) — «Sabuhiy» taxallus qilur. Ota otadin bu dargohning boyrisi, balki tugʻmasidur. Bu faqirgʻa shiddati qarobatdin farzandligʻ nisbati bor. Tufuliyatdin shabob ayyomngʻacha ulum iqtisobi qildi va tab’i she’r va muammo va soyir fazliyotda moʻloyimdur. Agarchi bot tark qildi, ammo sipohiylikda ham erdamlarkim boʻlur, oʻq otmoqda jald va qilich chopmoqda chobuk va soyir jalodatlarda oncha borkim, asrining ahli pisand qilurlar. Chun junun nasha’sidin bebahra emasdur, suluki tariyqida koʻp ofat va andoz boʻldi. Umid ulkim, oqibat istiqomatda rosih boʻlgʻay. Bu matla’ aningdurkim:

May ast la’li tu yo shahdi nob: az in du kadom ast?
Xay ast bar ruhi tu yo gulob: az in du kadom ast? (8)

Abdulvahhob — «Suhoiy» taxallus qilur. Shayximbekning xoharzodasidurkim, Abdurrazzoq atkaning oʻgʻli. boʻlgʻay. Shayximbek ta’rifi oʻz zikrida aytildi. Abdurrazzoq dagʻi goʻyoki Alouddavla Mirzo(9) devonida muhr bosqondur. Oʻzi dagʻi sipohisheva yigitdur. Kitobe, derlarkim, jam’ qilgʻondur va otin «Abdol-noma» (10) qoʻygʻondur. Ammo faqir koʻrmadim. Bukim, tab’ini gohi tagʻoyisi ta’rif qilur, anga shu sharaf basdur. Bu matla’ aningdurkim:

Doshtam az chashmi bemorash ba dil sad gunna dard,
To ba chashmi xud nadid on dardro bovar nakard(11).

Goʻyoki birovning koʻzi ogʻrigʻonda aytqondur.

Sulton Husayn(12) — «Xatmiy» taxallus qilur. Shayx Bahlulbekning oʻgʻlidur. Agarchi otasi holo faqr tariyqin ixtiyor qilib goʻsha tutubdur, ammo Sulton sohibqiron davlatidin Xorazm taxtida hukumat qilib, amorat devonida muhr bosti va ogʻasi yillar Balx (qubbat ulislomiy)da hukmron erdi. Oʻzi faqirvash va nomurodsheva yigitdur. Tab’i ham xoli az salomat emas. Bu matla’ aningdurkim:

Maro bis’yor mushkil menamoyad furqati jonon,
Vidoi joni shirin hast dushvor, ey musulmonon(13).

Mir Ibrohim — Sulton Husaynning oʻgʻlidur va faqirning ogʻasining nabirasidur. Faqir oni oʻgʻil, chilay asrabmen.

Muhammad Solih(14) — ismi munosabati bila «Solih» taxallus qilur. Nur Saidbekning oʻgʻlidurkim, koʻp vaqtlar Chahorjoʻy navohisidin Adoq navohisigʻa degicha amorat qildi va Sulton Abu Said Mirzo eshigida, Ulugʻbek va Joʻgi Mirzo eshigida sohib ixtiyor va jumlat ul-mulk erdi. Ammo bagʻoyag badfe’l va badxulq kishi erdi. Oʻzi muloyim yigitdur. Atvorining otasi atvorigʻa nisbati yoʻqtur. Anga ham gʻarib sahv tushtikim, Sulton Sohibqiron qullugʻidin gʻaybat ixtiyor qildi.

Ba’zi derlarkim, bexudligʻ olamida yomon musohiblar ani bu yomon yoʻlgʻa tutubturlar. Tab’ida xeyli diqqat birla choshni bor. Xatqa ham qobiliyati koʻpdur. Bu matla’ aningdurkim:

Nayam oshufta gar poʻshida kokul mohi tobonash,
Chi gʻam az tiragii shab, chu boshad subh poyonash? (15)

Sheram — Xurosonning odamizodalaridindur. Solim nafsliq va salim tab’liq yigitdur va tab’i nazm tavrida koʻp muloyimdur. Bu matla’ aningdurkim:

Yoridin har kim tushar ayru parishonligʻ chekar,
Vasl qadrin bilmagan mendek pushaymonligʻ chekar,

Bu forsiy matla’ ham aningdurkim:

Mashav nosih ba koʻi aqlu donish rahnamun Moro
Nadorem ixtiyori to chi farmoyad junun moro(16).

Mir Ishqiy Jahon Malikbekning nabirasidurkim, gʻoyat taayyundin goʻyoki ta’rifi hojat emas. Amir Yodgorbekkim, zikri yuqori oʻtti, inisining oʻgʻlidur va otasi Aloulmulk dagʻi tab’din xoli emas erdi. Tab’i yaxshidur. Bu matla’ aningdurkim:

Zi bahri on ki oyad qissai jononi man berun,
Zi xubon har zamon dar anjuman oram Suxan berun(17).

Mir Ali Doʻst — «Rafiqiy» taxallus qilur. Alaykabek(18)ning nabirasi boʻlur. Aning sha’ni andin azimroq va shuhrati andin koʻprokdurkim, sharh qil-moq bila kishi oni elga tanitqay. Otikim, mazkur boʻldi, basdur. Anga ma’ruf madrasa va goʻrxona va raboti basdur. Oʻzining tab’i muloyim tushubtur. Bu matla’ aningdurkim:

Davoi dardi dili xeshro koʻjo joʻyam,

Koʻjo ravam, chi kunam, holi dil kiro goʻyam? (19)

Yomgʻurchibek — «Sipohiy» taxallus qilur. Mir Valibek oʻgʻlidur. Mir Valibek(20)ning ta’rifi hamul Alaykabek ta’rifiga hukmi bor. Oʻz tavrida azamati andin ortuq boʻla olur erdikim, oʻksuk yoʻq. Ammo osori oncha qolmadi. Oʻzi xushtab’ voqe’ boʻlubtur. Bu matla’ aningdurkim:

Ba masjideki, ravam dar firoqi dilbari xesh,
Bahona sajda kunam bar zamin niham sarn xesh(21).

Muhammad Ali Jaloyir — «Nisoriy» taxallus qilur. Ali Jaloyir oʻgʻlidur va Husayn Alibekning inisidur. Ikkalasining ta’rifi yuqori oʻtubdur. Ammo oʻzi ne sipohiyliqda otasigʻa oʻxshar va ne oʻzgaga. Atvorda ogʻasigʻa nisbati bor. Gʻarib tavrlik kishidur. Chun Xuroson ahlining aksari bilurlar, bitimak befoydadur. Ammo she’r aytur. Bu matlai yaxshi voqe’ boʻlubturkim:

Kase hargiz maro begʻam nadidast,
Chu man gʻam didaye gʻam ham nadidast(22).

Mavlono Kavkabiy — emdi zohir boʻlubtur va Shayx Boyazid Ilaning oʻgʻlidur. Faqir ani koʻrubmen, ammo she’r ayturin ma’lum qilmaydur erdim. Mashhadda boʻlur va oboajdodi goʻrxonasida boʻlur. Andin kelganlar bu matla’ni andin naql qildilarkim:

Kushti! mani dilxastaro, turki kamonabroʻi man,
To boz yobam zindagi tiyre biyafkan soʻi man(23).

Ibrohim Muhammad Xalil — Muhammad Xalilning oʻgʻlidur va Xalilbek yillar Nimroʻz mulkidin Gʻazni navohisigʻacha hukumat qildikim, ba’zi vaqtda hech podshohqa tobe’ ham emas erdi va bu Ibrohimning yaxshi tab’i bor. Oʻzi dagʻi muloyim tavrliq vaadab va hurmatligʻ yigit erdi. Bu matla’ aningdurkim:

Koʻrub agʻyorni filhol ilik koʻksumgakim, urdum,
Emas ta’zim uchun, xanjarlari zaxmini yoshurdum.

Mir Habibulloh — Mir Sadrning oʻgʻlidur. Otasining ta’rifi yuqorida mazkur boʻldi. Oʻzi muloyim yigitdur. Ud cholargʻa ham qobiliyati bor, ham ishqi bor. Umid ulkim, ul fanda yaxshi boʻlgʻay, tahsil ham qiladur. Bu matla’ aningdurkim:

Az chi dar shomi gʻamat olam ba chashmam shud siyoh,
Gar namurd az sarsari oham charogʻi mehru moh? (24)

Muhammad Ja’far — Muhammad Ali Koʻkaltosh oʻgʻlidurkim, otasi Mashhadi muqaddasa dorugʻasidur. Oʻzining yaxshi tab’i bor. Bu matla’ aningdurkim:

On shabki, sham’i chehraro az tob meafroʻxti,
Rahme nakardi bar manu parvonavoram soʻxti(25).

Shoh Quli Uygʻur — kichikdin tab’i tahsilgʻa va aksar fazliyotqa muloyim erdi. Ota-onaning suyukligi jihatidin omi qoldi. Va koʻprak qobiliyati zoye’ boʻldi. Qabilaning mirzosidur. Hukm uldurkim, ul qilgʻay, Tab’i muammoda muloyim tushubtur.

Darvesh Abdulloh — Tarxoniylarda Shayx Salmon atkaning oʻgʻlidur. Tab’i nazmlargʻa kichikdin moyil erdi. Bu matla’ aningdurkim:

Az xayoli labu dandoni tu chashmam ki pur ast,
Hamchu roʻdestki, sangash hama yoqutu dur ast(26).

Abduqahhor(27) — Shayxzoda Muhammadning oʻgʻlidur. Otasi podshoh devonida amorat mansabi topti, bahodir kishi erdi va zotida bovujudi omiyligʻ muloyamat bor erdi. Ugʻliga bulardin hech meros tegmadi. Ammo muammo faniga qobiliyati bor otigʻa bu muammo aningdurkim:

Bek Malakiy — Hasan Malakiyning oʻgʻlidur. Kishi otasi bobida andoqki, har necha ta’rif va vasf etsa tamom qila olmas. Aning bobida aks voqe’dur. Agarchi burun biror muammogʻina ayta olur erdi, ul dagʻi emdi yuqorigʻi hampoyidek, andin ham oriydur.

Soqiy — Ja’far baxshining oʻgʻlidur. Kichikligida qobiliyati koʻp erdi, ham nazmlargʻa, ham soyir insoniyatqa, turkiy va forsiy she’rda rushdi bor erdi va sipohiylik tariyqida jalodati ul martabada erdikim, Xurosonning sipohiylaridin mutaayyin va muqarrar kishilar ani imkoni boricha ta’rif qilurlar erdi. Arkoni davlat qoshida, balki podshoh hazratida multafat va maqbul erdi. Hech ma’lum boʻlmadikim, anga na balo urdikim, ushbu sifatlardin hech nima anda qolmadi va el orosidin chiqti. Umid ulkim, bu idborin haq taolo iqbolgʻa mubaddal qilgʻay. Bu matla’ aningdurkim:

Qilodai sagi u kun zihi girebonam,
Ki, har zamon nafitad chok to ba domonam(28)

Turkcha masnaviyda kechimlik ot ta’rifida debturkim:

Tazarve erdi ra’noliqda oti,
Iki yonchoq boʻlub ikki qanoti.

Beshinchi majlisning gʻoyati

Bu tab’ latofati bila orosta, ozodalar va zehni zarofati bila piyrosta mirzodalardin ham agarchi ba’zi adam makmanida pardai ixfodadurlar, ammo ba’zi vujud anjumanida zoviyai zuhur va baqodadurlar, ma’dumlarni haq rahmati magʻfiratidin bahramand qilsun va mavjudlarni shohning xizoni in’omu lutfidin arjumand va sarbaland etsun!

Ruboiy
yo rabki, chu shahni aylading arsh janob,
Zillullah aning zotigʻa yozildi xitob,
Utgan qullar yozugʻini qilma hisob,
Qolgʻonlarin et bazmida iqbol taob.</div>

Oltinchi Majlis

Xurosondin oʻzga mamolik fuzalo va zurafosi zikridakim, bu asrda holo bordurlar va har qaysi oʻz xoʻrdi holigʻa koʻra shiringuftor "va sohibdevon va ash’ordurlar

Ul jumladin Samarqand ahligʻa shuru’ qilali:

Ahmad Hojibek(1) — Sulton Malik Koshgʻariyningkim, zamonining bebadallaridin erdi, oʻgʻlidur. «Vafoiy» taxallus qilur. Surati xush va siyrati dilkash, axloqi hamida va atvori pisandida yigitdur. Xurosonda tarbiyat topti. Hirot dor us-saltanatida oʻn yilgʻa yaqin hukumat qildi. Samarqand mahfuzasida ham muddate hokim erdi. Va bir qarn boʻla bordikim, istiqlol bila amorat va istiqror bila podshohgʻa nayobat qiladurkim, hech kishi andin bir nomuloyim nimakim, mujibi e’tiroz boʻla olgʻay, naql qilmaydur. Bovujudi bu Bekning sipohiylikda jalodat va bahodurlugʻin har kishikim tanir, musallam tutar. Va tab’i bagʻoyat xub voqe’ boʻlubtur va nazmgʻa koʻp iltifot qilur. Bu matla’ aningdurkim:

Girifti joni man az tan ba zulfi purshikan, basti,
Kushodi parda az ruxsori xeshu chashmi man basti(2).

Xoja Xurd — Samarqand taxtining yakqalama qozisi va «Ulugʻbek Mirzo» madrasasining mudarrisidur. Bovujudi fazlu kamolu aql va donish hulyasi bila orastadur va bovujudi zuhdi taqvo, husni axloq zevari bila piyrostadur. Muncha mashogʻil va avoriz bila chun lutfi tab’i gʻolibdur, nazm va insho va tarix va muammo fununida ham ishtigʻol koʻrguzur va ismiga bu muammo aningdurknm:

Va Bobo Xudoydod kim, derlarkim, abdoldin ermish, Samarqandda favt boʻlgʻonda, favtning tarixini(3) topqondur. Faqirning «Vaqfiya» (4)sining tashihin qilurda tarix(5) topibtur. Ikkalasiga ta’rif hojat ermas. Aning diqqatigʻa ikki adl guvohdurlar.

Abulbaraka — harnekim, Xoja Xurd qozi vasfida aytilibdur, aning moddasida tamom bar aks voqe’dur. Chun Xuroson va Samarqandda ani andoqkim bor, bilmas kishi yoʻqtur. Koboha holatini mazkur qilmoqda koʻp behijobliq kerak va ul sharh bir naql bilakim, aning bobida bir soxib davlatning muborak ogʻzidin chiqibdur, iktifo qililur. Aning sharhi bukim. Abulbaraka Shahrisabzda qozi erdi, podshoh hazratida aninng zulmidin dodxoh koʻp kelgan jihatdin ma’zul boʻldi va Xurosongʻa keldi. Munda dagʻi gʻarib shahkorlar tashladikim, gʻarobatining tuli bor. Munda ham tura olmay, yana Samarqandgʻa bordi. Anda dagʻi arkoni davlatdin ba’zini munga kelturgandurkim, yana ul yerda qozi yoʻq ekandur. Aning havodorlari ul mansab egasizdur, munosib kishi topibbiz deb, bir libos bila podshoh arzigʻa yetkurgandurlar. Yana ba’zi navvob ul badmaosh kishidur, deb ul soʻzni rad qilgʻondurlar. Podshoh degandurkim, har necha badmaosh va badbaxt boʻlsa, ul burunqi qozidin yaxshiroq boʻlgʻusidur.

Aning nazmidin xotirda yoʻq erdi, ammo bu baytni zurafo aning uchun debturlar:

Devi shayton sifat Abulbaraka,
Bod joyash ba haftumin dargga(6).

Xoja Xovand — Xoja Fazlulloh Abullaysin (rahmahum olloh)ning oʻgʻlidur. Donishmand va xushtab’ yigitdur. Tab’i ham nazm sori, ham hazl sori moyil bor. Eshitgandurkim, Abulbaraka Hiriyga kelganda Darvesh Husayn bila aning orasida kudurate voqe’ boʻlgʻondur. Abulbaraka Darvesh Husayngʻa qattigʻ kelsun deb, buq’asiga mujibi ihonat boʻlsun deb, qarongʻuda kelib Piri Sesadsola qabri boshida hadas qilibdurkim, oʻzi ul mazor boshiga borgʻoni hamul ma’ni-oʻq erdi. Xoja Xovand bu ma’nida hazl yuzidin bu baytni aytibdur, bagʻoyat munosib va yaxshi voqe’. boʻlubtur va bayt budurkim:

On javonmargeki, oʻ bar Piri Sesadsola rid,
Pir agar gardad, nagardam hech pirero murid(7).

Amir Mahmud Barlos(8) — bovujudi ulvi nasab va kasrati hasabdin darveshvash va foniy mashrab va betakalluf kishidur. Va Kirmon viloyatida hukumat qildi va muddatedurkim, podshoh eshigida: amorat devonida muhr bosadur.

Bu matla’ aningdurkim:

Maguki, hast ruxi man zi ob ravshantar
Ki, hast peshi man az oftob ravshantar(9).

Darvesh Shuhudiy(10) — Darvesh Sanid Boyazid parvonachining oʻgʻlidur. Kichik ekanda xeyli shoʻxluq qilar erdi. Endi darveshliq va saloh suratigʻa kiribtur va Mir Sarbarahna ayttikim, oncha kashf va karomat hosil qilibdurkim, agar birovning saqolin tutub aytsakim, yigirma ikki ming toʻrt yuz sakson besh tuk-tur, sari moʻyi taxalluf qilmas. Majlis ahlidin birov dedikim, magar sizning mahosingiz tuki adadidin sizni voqif qilibdur, el kulushtilar. Mirga tafovut qilmadi.

Bu matla’ aningdurkim:

In dogʻhoki, bar tani ahli muhabbat ast,
Bar koʻhi dard rexti boroni hasrat ast(11).

Mavlono Moʻ’miniy — «Xalosiya» xonaqohida tahsil qilur. Oti Abdulmoʻ’mindur, taxallusi bu munosabatdin voqe’ boʻlubtur. Samarqanddindur. Tab’ida muloyimat bor. Bu matla’ aningdurkim.

Bikusho dahanki, noʻshi laboʻ noʻshxand ham,
To qiymati shakkar shikani, narxi qand ham(12).

Orif Farkatiy — Samarqand navohisining Farkat degan mavzuidundur. Koʻp vaqt Xurosonda, Hirot taxtida boʻlur erdi. Goh sabaq oʻqur erdi va goh lavandliq qilur erdi. Va irfon izhorigʻa mash’uf erdi. Iroq sori bordi va ahvochi ma’lum boʻlmadikim, ne boʻldi. Bu matla’ aningdurkim:

Dar holati takallum az nozuki zabonash,
Bargi gulest goʻyo dar gʻunchai dahonash(13).

Mavlono Nosiriddin — Ahmad Hojibek mulozimidur. Otasi donishmand va muttaqi va valoyat shior kishi ermish. Ammo oʻzi sipohiyliqqa havasnok va takallufotqa rogʻib kishidur. Doyim turkcha aytib qush solo otlangʻan va tablboz bogʻlab beliga bahli(14) sanchqay va rangin otlargʻa minargʻa mayl qilgʻay. Bovujudi bu ishlar tab’in yaxshidur. Bu yaqinda andin bir bayt naql qildilar. Imkoni borkim, Samarqand shoʻx va habislari anga bu baytni bogʻlamish boʻlgʻaylar. Ul bayt budurkim:

Tubuchoq abrashe agaram zeri zin buvad,
Mulki jahon maro hama zeri nigin buvad(15).

Mavlono Baqoiy — xorazmliqdur , Yaxshi tab’liq va yaxshi xulqluq yigitdur. Onasi rizosi uchun bovujudi odami istitoat va nomurodliq haj safarin ixtiyor qilib, onasini eltti. Hanuz ahvoli ne boʻlgʻon, xabari kelmaydur. Umid ulkim, matlubi hosil boʻlub kelgay. Bu matla’ aningdurkim:

Namehohamki, dil dar bandi on zulfi duto aftad,
Charo az pahlui man darmande dar balo aftad(16).

Mavlono Xayriy ham xorazmliqdur. Devonavash, abtarsheva yigitdur. Doyim iflos va falokat bila oʻtkarur. Ammo shoirlikda xeyli quvvati bor. Qasoyidi bor, gʻazaliyoti ham yamon emas. Tab’ ahli qoshida mat’undur mungakim, abyotining ma’nisin soʻrsalar bilmas, bilsa ham ayta olmas. Ammo ul muni musallam tutmas. Bu matla’ aningdurkim:

Ba roʻzi tashnagi obi ravon nabvad havas moro,
Dami tigʻi turo gar bar gulu yobem bas moro(17).

Mavlono Soyilin — qarshiliqdur. Aningdek sari’ ulqalam kotib oʻz zamonida yoʻqtur. Har kunda besh yuz bayt osonlik bila bitir Turkvash soda yigit koʻrunur. Ammo koʻrungandek emas. Bu yaqinda devon dagʻi tartibi huruf bila tuzatti. Bu matla’ annngdurkim:

Na bar zaxmash dilam paykoni on abroʻ kamon dorad
Ki, bahri zaxmi digar obi hasrat dar dahon dorad(18).

Mavlono Shamsiy — badaxshonliqdur. Faqir ani agarchi koʻrmaymen, ammo Mavlono Muhammad Badaxshiydin ta’rifin eshitibmen. Andoq ma’lum boʻlurkim, tab’ida xili tasarrufluq va shoʻxluq bor. Bu matla’ aningdurkim:

Chashmoni man ba roʻyat dar oshiqi chunonand,
K-az rashk yak digarro didan nametavonand(19).

Mavlono Solihiy — agarchi xurusonliqdur, ammo koʻp yildurki, Hisordadur. Hamonoki, avval rozaliq san’atigʻa(20) mansub erdi va she’r ayturdin soʻngra aruz oʻrgandi va sanoyi’din dagʻi sohibi vuquf boʻldi. Andoq eshitilurkim, Hisorda podshohning kitobdoridur. Xayolgʻa andoq kelurkim, bu matla’ aning boʻlgʻankim:

Agar, ey sham’, shabe hamnafasi man boshi,
Chi duo behtar az in astki, ravshan boshi(21).

Mavlono Darvesh Dehakiy(22) — Qazvin viloyatidindur. Xishtmolliq san’atigʻa mansubdur. Derlarkim, abdolvash kishidur. Devoni doyim beliga bogʻliqdur. Har bayti, yo ma’nisigʻa ehtiyoj boʻlsa, koʻrgali filhol devonin chiqarib, topib koʻrguzur. Fil-voqe’ faqirning to she’rgʻa shuurum bor ul tarafdin aning abyotidin yaxshiroq nazm kelmadi. Bu matla’ aningdurkim:

Bar misoli surati devor bejon mondaam,
Pusht bar devoru roʻ soʻi tu hayron mondaam(23).

Bu bayti dagʻi xub voqe’ boʻlubtur:

Ba gʻayri noqai Layliki, mekanad xore,
Digar kiro gʻame az rahguzori Majnun ast(24).

Qozi Iso(25) — sovaliqdur. Sulton Ya’qub ani ul martabada ta’zim va tarbiyat qildikim, hech podshoh ahli aloqadin hech kishini oncha tarbiyat qilganini tarixlarda koʻrulmaydur. Oʻzi savdoyi mizoj va mutakabbur kishi erdi. Derlarkim, she’rgʻa andoq mash’ufdurkim, kunda oʻn gʻazal, balki koʻproq ham aytur ermish. Bu matla’ aningdurkim:

Har kas bagashti gulshanu gulzori xeshtan,
Movu dile chu gʻuncha giriftori xeshtan(26).

Muknat va azamati chogʻi hech ish qilmadikim, andin desa boʻlgʻay. Holo xabar budurkim, sufi Xalil ani oʻlturubtur (Vallohu a’lam!)

Shayx Najm(27) — ham sovaliqdur va Qozi Isogʻa qarobatdur. Sulton Ya’qub qoshida andin maxsusroq va noyibroq kishi yoʻq erdi. Har necha qozi Iso elga istigʻno va azamat koʻrguzdi. Ammo shayx xaloyiq bila yaxshilar borishti. Fuqaro va masokinning ishiga koʻp madadkorliqlar qildi. Andoqki, yaxshi oti atrof va javonibqa bordi. Bu faqir bila dagʻi gʻoyibona muhabbat va yorliq va iniliq qoidasin mar’i tutti. Bu matla’ aningdurkim:

Ba shoʻxi mexurad xuni dili man chashmi xunxore,
Baloi fitnajoʻe ofati jone.xitamkore(28).

Xoja Afzal(29) — Kirmon mulkining ashrofidindur. Tab’i va axloqi xub mutaanniy va mutavoze’ yigitdur. Ahli qalam bu zamonda barcha muttafiqdurlar mungakim, siyoq va daftar va hisob va zarb va qismat ilmida benaziri davrondur. Oʻn besh yilga yaqin hazrat Sulton sohibqiron qullugʻida vazorat devoni aning ixtiyori erdi. Majdiddin Muhammad buzugʻligʻidakim, ahvoliga futur yetmagan kishi qolmadi, ani dagʻi podshohqa yomon koʻrguzdikim, zaruratidin jalo ixtiyor qildi. Ammo ul safarda Makka ziyoratigʻa musharraf boʻldi. Balki mirhojliq mansabi anga mufavvaz boʻldi. Har necha ul mamolik salotini mulozamat taklifi qildilar, qabul qilmadi, debturkim: «Agar qulluq qilsam, oʻz podshohimgʻa qilurmen yoʻq ersa yoʻq». Holo derlarkim, Qum viloyatidadur. Bu matla’ aningdurkim:

To har sharare dona shavad kishti jahonro,
Barbod dihad otashi dil xirmoni jonro(30).

Adhami Ibrohim — Shoh turkmanning taxallusidur. Turkman beklarida mutaayyin xushtab’ va zarofatliq kishi erdi. Devoni ham bor. Bu matla’ aningdurkim:

Hargizam dil be xayoli anbarin xole nabud,
In dili devona hargiz xoli az xole nabud(31).

Xoja Alouddin — Kirmon mulkidin. Xoja Afzaliddin Muxammadqa qarobatdur va Bibicha Mukajjimaning inisidur. Zohirin ulumni takmil qilgʻondin soʻngra mayli darveshliqlarga gʻolib boʻlub, Mak-ka azimati qildi va oʻttiz yilgʻa yaqindurkim, anda mujovir boʻlub, suluk va toatqa, mashgʻuldur. Andoq ma’lum boʻlurkim, bu sulukda biyik manzilat va yorugʻlugʻlargʻa musharraf boʻlubdur va oliy martabagʻa yetibdur. Ulvi himmatdin dunyo mofiyhogʻa etak silkib maqsud ka’basida munqaviy boʻlubdur va hamuldarajadin moxalaqalloh balki mosivollohni mavhumi mahz, balki ma’dumi mutlaq bilib vusul harimida e’tikof qilibdur. Bu yaqinda silai rahim rioyati uchunki, adoi farz qilgʻay, Xurosongʻa kelib erdi, necha vaqt hazrat Maxdumiy Nuran bila suhbati xushti. Ul jihatdin tavaqquf qildi. Chun ul hazrat baqo olamigʻa rihlat qildi, yana Makka azimati, asli maqomgʻa bordi. Borurda yoʻlda Shayx Nizomiy «Xamsa»sining avvalgʻi kitobi «Maxzan ulasror» vaznida bir masnaviy antib yuborib erdi va koʻp haqoyiq va maorif anda darj qilib erdi. Bu yaqinda Makkadin yana bir masnaviy ham tasavvuf istilohatida hadiqa vaznida aytib yuboribdurkim, aning ta’rifidin qalam tili qosirdur, ahli tahqiq oʻqugʻondin soʻng qoyilining kamolin ma’lum qilgʻaylar. Kitobi hamdining avvalgʻi bayti budurkim:

Ey ,jahon yofta namud az tu,
Bar adam tuhmati vujud az tu(32).

Mavlono Shahidiy(33) — Qum shahridindur. Oshuftavash va devonasor kishi koʻrunur. Ammo bu tariyqlari ja’li rang ham bor. Iroqdin Xurosongʻa ikkn navbat kelib bordi. Badihasi ravondur va taassubi gʻolib va tab’i hazlgʻa koʻp rogʻibdur. Bu matla’ aningdurkim, yaxshi voqe’ boʻlubtur:

Biyo, ey ishq, otash zan dili afsurdai moro,
Ba nuri xesh ravshan kun charogʻi murdai moro(34).

Mavlono Humoiy — ma’lum emas ne yerliqdur. Ammo koʻprak avqot, balki hamisha Iroqda boʻlur. Bir qatla kelib ketti. Bagʻoyat faqir va kamsuxan va nomurod kishi koʻrunur. Ammo nauzu billoh andinkim, bir majlisda anga bir ayoq bersalar, ul arbada va purgoʻyliqkim, andin zohir boʻlur, aning sharhi mutaazzirdur. Har taqdir bila bu matlai yaxshi voqe’ boʻlubturkim:

Jono, manam zi dasti firoqi tu murdaye,
Xun dar tanam namonda chu nori fushurdaye(35)!

Mavlono Xolidiy(36) — Hisori Shodmon tarafidin boʻlur. Hiriy shahrigʻa tahsil uchun kelib. koʻp vaqt sabaq oʻqub, xeyli salohiyat kasb qildi. Hamonoki, Xolid Valid avlodidindurkim, «Xolidiy» taxallus qilur. Bu matla’ aningdurkim:

Matars az tani xoki ba vaqti kushtani man,
Agar ba tigʻi tu garde rasad ba gardani man(37).

Mavlono Yoriy(38) — sherozliqdur. Andinkim, Xurosongʻa keldi. Naqqoshliqqa mansub erdi, ammo mubtadiy erdi. Faqir oni tazhib ahligʻa siporish qildim, oz fursatda obodon naqqosh boʻldi. Va lekin andoq ma’lum boʻldikim, gʻarazi naqqoshliq oʻrganmakdin naqshbozligʻ ekandurkim, andin ajab naqshlar ish yuzaga keldi va aning sharhining tuli bor. Bu matla’ aningdurkim:

Zi ashki didaki, dil pur zi durri maknun ast,
Biyoki, bahri nisori tu ganji Qorun ast(39).

Mavlono Mirakiy ham sherozliqdur. Sayr rasmi bila Xurosongʻa keldi. Bir necha vaqt turub, muovadat qildi. Kichik yoshlik, xom tab’roq yigitdur. Imkoni bordurkim, tab’igʻa koʻp ish buyursa puxtaligʻ paydo qilgʻay. Bu matla’ aningdurkim;

Jono, mabosh dar pai ozoru kin hama,
K-in olami xarob nayarzad bad-in hama(40).

Mavlono Ahliy(41) — sherozliqdur. Hamonoki, tolibi ilmligʻi bor. Nazmlardan har sinf she’rda mahoratligʻ kishidur, bataxsis qasida uslubida. Necha qatla Sherozdin rangin qasidalar aytib yuborib erdi. Bu yaqinda Xoja Salmon Sovajiy. «masnu’» qasidasigʻa javob aytib bir gʻarib ruboiy dagʻi izofat qilib yuboribdur. Hola oncha chogʻliq quvvatligʻ kishi demaslarki, boʻlgʻay. Bu matlai ham xeyli choshniligʻ tushubturkim:

Manu Majnun du, asiremki, gʻamu shodii most,
Harki in sheva nadonist na az vodii most(42).

Mavlono Fazlullo ham sherozliqdur. Tijorat tariyqi bila Astrobodgʻa keldi. Lavandvashligʻi gʻolib uchun beparvoligʻ qilib, dastmoyasigʻa nuqsonlar voqe’ boʻldi. Salohiyatliq yigitdur. Tolibi ilmligʻi ham bor. She’r va muammo va nard va shatranji hozirona va gʻoyibona, balki sagʻir va kabirni bilur. Bu matla’ aningdurkim:

Saodati tu fuzun bodu davlati tu ziyodat,
Hazor sol bimoni ba davlatu ba saodat(43).

Mavlono Muin(44) ham Sherozning odamizodalaridindur. Xurosongʻa kelganidin beri faqirlar tegrasida boʻlur. Zohiri xud sodavash koʻrunur, Ammo bu yaqinda andin bir hazl koʻruldikim, sodaligʻning munofisi erdi. Bu matla’ aningdurkim:.

Shud dalqi muraqqa’ garavi bodavu shodem,
K-oxir ba sari koʻi mugʻon joma nihodem(45).

Xoja Imod — Lor viloyatidindur. Tijorat bila maosh oʻtkarur. Odamivash yigitdur. Masnaviysida xili rang va ziynat bor. «Layli va Majnun»gʻa tatabbu’ qilibdur. Koʻp eldin yaxshiroq tushubtur va gʻazal tavrida dagʻi yaxshi tab’i bor:

Burd sui lab zabonu shu’la zad bar joni man,
Kard zohir lam’ai az otashi pinhoni man(46).

Mavlono Bayzoiy — Mahmud Barlos Hisordin elchilikka kelganda bila kelib erdi. Ul borgʻonda xasta boʻlub qoldi. «Dor ush-shifo» (47)da muhofizatin qilgʻondin soʻngra sihat topib, yana Hisorgʻa bordi. Hamonokim, hamul navohiydindur. Bu matla’ aningdurkim:

Bizan bar sinai man xanjaru afkan sar az tan ham
Dari in xonai torikro bikshovu ravzan ham(48).

Sayyid Imod — Yazd shahridindur. Iroqtin qonuniylik unvoni bila keldi. Munda xeyli iltifot topti. Ammo beaql, bemaoshlik bila har ne topqonnn zoye’ qildi. Ul chogʻir bila nardning oluftasidur. Bu matla’ aningdurkim:

Dilam nashkuft dar bogʻi jahon chun gʻunchavulola,
Zi paykoni on mah to nashud pargola-pargola(49).

Oltinchi majlisning nihoyati

Bu balogʻat maob va fazoyil intisoblardin ham birori, agar zamon sahifasida oʻz nazmlari savodidek mavjuddur, ammo aksari zamona vafosidek nobuddur va podshohlari ham fano mahallidin ketibdurlar, baqo sarmanziligʻa yetubdurlar. Va filhaqiqat, Sultoni sohibqironning qarobat va tavobiidin erurlar ham modihlari, haq taolo lutfidin ma’zur va ham mamduhlari ruhi ravzai rizvonda masrur va mabrur boʻlsun:

Ruboiy:

To modihlaridin asar oʻlgʻay mavjud,
Mamduhlari ruhini tutqil xushnud.
To modihu mamduhlar oʻlgʻay nobud,
Sultoni zamongʻa umr bergay ma’bud!
Avvalgi
I- qism