OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Alisher Navoiy. Mezon ul-Avzon
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAlisher Navoiy
Asar nomiMezon ul-Avzon
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Alisher Navoiy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm69KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/16
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Mezon ul-Avzon
Alisher Navoiy

Mezon ul-Avzon[1]

Bismillahir Rahmonir Rahim

Komil hamd va vofir shukr ul soni’gʻakim inson xilqati baytining nazmin anosir toʻrt rukni bila tuzdi va bu bayt arkonin nazm ahlining solim tab’ va mustaqim zehni ikki misrai bila manzum koʻrguzdi. Va jadid na’t va qarib durud ul nozimgakim, olam ahli intizomi uchun shariat mezonini adl avzoni bila rost kelturdi, to ul rostlik siqli hashr mezonigʻa madad yetkurdi.

Ammo ba’d, solim va mavzun tab’ligʻ nazm ahliga va matbu’ tab’ va muloyim zehnlik she’r xayligʻa ma’ruz ulkim, bu banda hazrati sulton us-salotin muizz us-saltanati vad-dunyo vad-din Sulton Husayn Bahodirxon xalladallohu mulkahu va adoma umrahu[2] va davlatahuning har nav’ nazm bobida ta’lim va tarbiyatlari bila va har sinf she’r uslubida tafhim va taqviyatlari bila ajam shuarosi va furs fusahosi har qaysi uslubdakim, soʻz arusigʻa jilva va namoyish berib erdilar, turk tili bila qalam surdum va har nechuk qoidadakim, ma’ni abkorigʻa ziynat va oroyish koʻrguzub erdilar, chigʻatoy lafzi bila raqam urdum. Andoqkim, to bu mazkur boʻlgʻon til va lafz binosidur, hech nozimgʻa bu dast bermaydur va hech roqimgʻa bu muyassar boʻlmaydur.

Ammo chun ul Hazratning sharif majlislari maoniy javohirining koni erdi va latif tab’lari nazm qavoidining mezoni va zamon shuarosi oliy dargohda xodim va davron bulagʻo va zurafosi maoliy borgohda mulozim erdilar, mudom nazm va nasrdin soʻz mazkur va aladdavom she’r va muammodin tab’ natoyiji mastur boʻlur erdi va ul hazratning daqoyiqshior tab’lari nazm oyini va intishorigʻa tolib va haqoyiqosor zehnlari she’r tartibi va ishtihorigʻa rogʻib; andoqki, nazm ahlining shakarrezi va muhabbat xaylining otashangezi, dardu shavq tariqining pokravi, ya’ni Amir Xusrav Dehlaviy ravvahallohu ruhahuning gʻazaliyotinikim, toʻrt devongʻa mashhurdur, ulcha sa’y va imkoni bor, qililib, yigʻdurdilar va aning abyoti adadi oʻn sekkiz minggʻa yetti va ani gʻoyati ziynatu zeb va nihoyati takalluf va jadvalu tazhib bila zamon xushnavislarigʻa kitobat qildurdilar va aning rivoj va ravnaqin quyoshdek royi olamoroy mashgʻulliqi bila falakdin oshurdilar. Chun ul malikul-kalom bu fanda mahoratu kamolidin va amiyq tab’u daqiq xayolidin koʻprak bahrda she’r aytibdur va aksar nazm nomatbu’ vaznda debdur va zamon zurafosidin ba’zining solim tab’i aning balogʻatidin qosir va idrokidin mutahayyir, balki mutanaffir erdi. Ul Hazratning humoyun tab’larigʻa gʻarib ixtiroye va ajib ijtihode keldikim, hargiz salotindin, balki shuaroyi nazm oyindin hech kimning xayoligʻa kelmaydur va xotirigʻa xutur qilmaydur.

Aning sharhi budurki, ul devonda har gʻazal boshida ul gʻazal ne bahrda va ne vaznda erkanin va arkonigʻa qaysi zihof kirib, ne nav’ tagʻayyur topqanin bitgaylar va sabt qilgʻaylar, to barcha el ul bahr ah-volini va ul vazn ashkolini ma’lum qilgʻaylar va alhaq bu xayol asru gʻarib va nodir tushubdur, balki jam’i devon tartib bergan shuarogʻa azim haqqe sobit boʻlubdur. Va bu bandaning dagʻi toʻrt devonigʻakim, turkcha til bilan nazm topibdur va abyoti adadi yigirmi besh mingga yaqinlashibdurkim, ul Hazratning humoyun alqobigʻa raqam topibdur va muzayyan boʻlubdur ham ushbu mazkur boʻlgʻon dastur bila tartib berilibdur.

Chun ul Hazratning muborak xotirlari she’r buhuru avzonigʻa va nazm qavoidu mezonigʻa muncha moyil erdi, aruz fannida bu muxtasar sabt boʻldi va anga «Mezon ul-avzon» ot qoʻyuldi va necha qoidau doira va vaznkim, hech aruzda, misli fan vozii Xalil ibni Ahmad[3] va ilm ustodi Shams Qays[4] kutubida va Xoja Nasir Tusiy[5]ning «Me’yor ul-ash’or»ida, balki Hazrati Maxdumiy[6] navvara marqadahu nuran «Aruz»larida yoʻq erdikim, bu faqir bu fan usulidin istixroj qilib erdikim, bu kitobgʻa izofa qildim. Emdi Tengridin tavfiq tilab, ul azizlar ruhidin istimdod qilib, shuru’ qililur.

Ammo bilgilkim, aruz fannikim, nazm avzonining mezonidur, sharif fandur. Nevchunkim, nazm ilmining rutbasi bagʻoyat biyik rutbadur. Andoqki, haq subhonahu va taoloning kalomi majidida koʻp yerda nazm voqe’ boʻlubdurki, aruz qavoidi bila rostdur. Ul jumladin biri bu oyatdurkim: «Lan tanolluvaal birra hatto tunfiquna»[7]dur, «ramali musaddasi mahzuf» voqe’ boʻlubdur. Va yana budurkim: «Val-mursaloti ur-fan, fal-osifati asfan»[8]kim, vazni: «maf’ulu fo’ilotun maf’ulu fo’ilotun»dur, «muzorei musammani axrab» voqe’ boʻlubdur. Va yana: «Jannoti adnin fadxulluho xolidin»[9]kim, vazni: «mustaf’ilun, mustaf’ilun, mustaf’ilon»dur va «rajazi musaddasi muzol» voqe’ boʻlubdur. Va Kalomullohda koʻp yerda bu nav’ voqe’dur. Va Rasul sallallohu alayhi vassallam ahodisida dagʻi ham bu tariq tushubdur. Ul jumladin biri budurkim, «man akrama oliman faqad akramani»[10]kim, vazni: «maf’ulu mafoilun mafoiylu faul»dur va ruboiy vaznida «hazaji axrabi maqbuzi makfufi majbub» voqe’ boʻlubdur.

Va Amir ul-moʻ’minin Ali[11] karramallohu vajhahuning ash’ori koʻpdur, balki devoni bor. Yana mashoyix va aimma va avliyoullohdin ham koʻp azimush-sha’n elning nazmi, balki devoni va masnaviy tariqi bila kitoblari borkim, istishhodgʻa hojat emas, nechunkim, xaloyiq qoshida ravshandurur va ham soʻz tatvil topar. Va bu nazmlarning asli va zobitasi aruz buhur va avzonigʻa mavqufdur.

Bas sobit boʻldikim, aruz fani sharif fandur. Va bukim, bu ilmni nechun «aruz» dedilar, muxtalif aqvol bor. Ul jumladin, biri bila iktifo qilidur. Va ul budurkim, Xalil ibni Ahmad rahmatullohki, bu fanning voziidur, chun arab ermish va aning yaqinida bir vodiy ermishki, ani «Aruz» derlar ermish va ul vodiyda a’rob uylarin tikib, jilva berib, bahogʻa kiyururlar ermish. Va uyni arab «bayt» der. Chun baytlarni bu fan bila mezon qilib, mavzunini nomavzundin ayururlar, goʻyoki qiymat va bahosi ma’lum boʻlur, bu munosabat bila «aruz» debdurlar. Baytniki uy oti birla otabdurlar, munosabati muni debdurlarki, uyning chun binosi toʻrt rukn biladur, bu baytning ham binosi toʻrt rukn biladur, bu baytda ham ma’ni haysiyatidin koʻp nimalar boʻlur, hatto uyning mahzunot va maxfiyoti oʻrnigʻa ham munda maxfiy va maktum xayolot va maoni topsa boʻlur, bu munosabatlardin ani «bayt» debdurlar.

Ammo ma’lum boʻlsunkin, aruz fani ahli nazm avzoni usulining binosin uch rukngʻa qoʻyubdurlarkim, alarni sabab va vatad va fosila debdurlar.

Sabab ikki nav’dur: sababi xafif va ul lafzedur mushtamil: bir mutaharrik va bir sokingʻa, andoqkim, may va nay va gul va mul. Va sababi saqiyl va ul lafzedur mushtamil: ikki mutaharrikka, andoqkim, yuzi va koʻzi va xati va qadi.

Va vatad dagʻi ikki qismdur: va vatadi majmu’ va ul lafzedur: ikki burunqi harfi mutaharrik va bir soʻngqi harfi sokin, andoqkim, shajar va samar va Xoʻtan va Adan. Va vatadi mafruq va ul lafzedur: burunqi va soʻngqi harfi mutaharrik va oʻrtanchi harfi sokin, andoqkim, xoma va noma va noqa va foqa.

Fosila dagʻi ikki nav’dur: fosilai sugʻro va ul lafzedur: uch harfi mutaharrik va toʻrtunchi harfi sokin, andoqkim, mirakim va yurakim. Va fosilai kubro va ul lafzedur: toʻrt harfi mutaharrik va beshinchi harfi sokindur, andoqkim, yashamagʻan va kisamagʻan.

Va bu arkonning majmui bu kalimot tarkibida darajadurkim: «Ul koʻzi qaro dardu gʻamidin chidamadim».

Va mavzun kalom ta’lif bu arkonning hech qaysini to yana birigʻa murakkab qilmagʻaylar, mustahsan tushmas. Ne sababdin, andoqkim,

bayt:

Ey oy, kelkim, yoringdurmen,
Furqat shomi zoringdurmen.

Va ne avtoddin, andoqkim,

bayt:

Qadi havosidin gahi shajar sari nazar qilay,
Yuzi xayolidin gahi chaman sari guzar qilay.

Va ne favosildin, andoqkim,

bayt:

Mirakim, tilakim chu sen oʻldungu bas,
Ne qilay yanalar koʻrarni havas.

Pas mavzun kalom ta’lifida bu arkon tarkibidin guzir yoʻqtur va arabu ajam shuarosining jami’ ash’ori murakkab bu arkon ijtimoidindur va aruz ahli ani «afoiyl» va «tafoiyl» derlar va ul sekkiz faslgʻa munhasirdur:

  1. Fa’ulun – vatadi majmu’ taqdimi bila sababi xafifqa.
  2. Fo’ilun – sababi xafif taqdimi bila vatadi majmu’qa.
  3. Mafo’iylun – vatadi majmu’ taqdimi bila ikki sababi xafifqa.
  4. Mustafi’lun – ikki sababi xafif taqdimi bila vatadi majmu’qa.
  5. Fo’ilotun – vatadi majmu’ kivurmak bila ikki sababi xafif orasigʻa.
  6. Mafo’ilatun – vatadi majmu’ taqdimi bila fosilai sugʻrogʻa.
  7. Mutafo’ilun – fosilai sugʻro taqdimi bila vatadi majmu’gʻa.
  8. Maf’ulotu – ikki sababi xafif taqdimi bila vatadi mafruqqa.

Va ulcha bu sekkiz usuldin forsiy she’rda kasirul-vuqu’dur – beshdur: 1) mafo’ilun, 2) va fo’ilotun, 3) va mustaf’ilun, 4) va maf’ulotu, 5) va fa’ulun. Va turkcha she’rda ham ulcha mulohaza qililibdur, bu arkondin oʻzga vuqu’ topmas, magar takalluf bila. Va bu besh aslning har biriga necha far’durkim tagʻayyurlar sababidinki, ani aruziylar «zihof» derlar, hosil boʻlur. Ul jihatdin zihof va furu’ orasida bir fasl tartib berildi.

Fasl. Mafo’iylun zihofoti oʻn birdir va furui dagʻi oʻn birdur. Ammo zihofi: 1) «Qabz» – mafo’iylun «yo»sining isqotidur, to mafo’ilun qolgʻay. 2) «Qaf» – mafo’iylun «nun»uning isqotidur, to ma-fo’iylu qolgʻay. 3) «Xarm» mafo’iylun «mim»ining isqotidur, to fo’iylun qolgʻay va maf’ulun aning oʻrnigʻa bitarlar. 4) «Xarb» – mafo’iylun «mim»i va «nun»ining isqotidur, to fo’iylu qolgʻay va maf’ulu aning oʻrnigʻa bitarlar. 5) «Shatar» – mafo’iylun «mim» va «yo»sining isqotidur, to fo’ilun qolgʻay. 6) «Hafz» – mafo’iylunning oxir juzvining oxir sababi xafifi isqotidur, bas mafo’iylundin mafo’iy qolgʻay va fa’ulun aning oʻrnigʻa qoʻyarlar. 7) «Qasr» – oxir juzvining, ya’ni sababi xafif oxirining isqotidur va maqobilining iskoni bas mafo’iylun mafo’iyl boʻlgʻay. 8) «Hatm» – «hazf» va «qasr» ijtimoi, bas mafo’iylunda mafo’ qolgʻay va fa’ul aning oʻrnigʻa qoʻyarlar. 9) «Jabb» – ikki sababi xafif isqotidur, bas mafo’iylundin mafo’ qolgʻay va fa’ul aning oʻrnigʻa qoʻyarlar. 10) «Zalal» – «hatm» va «xarm» ijtimoidur, mafo’iylunda bas fo’ qolgʻay.[12]) «Batar» – «jabb» va «xarm» ijtimoidur, mafo’iylunda bas fo’ qolgʻay, fa’ aning oʻrnigʻa qoʻyarlar.

Ammo furu’i: mafo’ilun – maqbuz; mafo’iylu – maxfuf; mafa’ulun – axram; mafa’ulu – axrab; fo’ilun – ashtar; fa’ulun – mahzuf; mafo’iyl – maqsur; aul – ahtam; faul – majbub; fo’-asall; fa’-abtar.

Fo’ilotun zihofoti oʻndur va furu’i oʻn besh. Ammo zihofoti: 1) «Habn» – avval juzvning sababi xafifining sokin harfining isqotidur, bas fo’ilotundin fa’ilotun qolgʻay. 2) «Kaf» – beshinchi harf isqotidur, bas fo’ilotun fo’ilon boʻlgʻay. 3) «Shakl» – «habn» va «kaf» ijtimoidur, bas fo’ilotun fa’ilotu boʻlgʻay. 4) «Hazf» – fo’ilotunda «to» va «nun» isqotidur – fo’ilo boʻlur va fo’ilun aning oʻrnigʻa bitirlar. 5) «Qasr» – fo’ilotunda fo’ilot boʻlur va fo’ilon aning oʻrnigʻa qoʻyarlar va ba’zi hamul «to»gʻa tagʻyir bermay mazkur qilurlar. 6) «Qat’» – fo’ilotunda soʻnggʻi sabab isqotidur va vatad sokinining ham isqoti va moqabli iskoni, bas fo’il qolgay va fa’lun aning oʻrnigʻa qoʻyarlar, ammo ba’zi ani salm debdurlar. 7) «Tash’is» – fo’ilotun vatadining ikki mutaharrikidin birining neqotidur, to fo’otun qolgʻay, yo folotun qolgʻay, har taqdir bila maf’ulun aning oʻrnigʻa qoʻyarlar. 8) «Jahf» – fo’ilotunni xabn qilmoqdur va fosilani isqot qilmoq, tun qolgʻay, fa’ aning oʻrnigʻa qoʻyarlar. 9) «Tasbigʻ» – oxir juzvning sababi xafifigʻa bir harf orturmoqdurkim, fo’ilotun fo’iloton boʻlgʻay, fo’iliyon aning oʻrnigʻa qoʻyarlar. 10) «Rab’» – fo’ilotunda qat’ va habn ijtimoidurkim, faul qolgʻan.

Ammo furu’i: failotun – maxbun; fo’ilatun – makfur; fa’ilotu – mashkul; fo’ilun – mahzuf; failun – maxbuni maqsur; fo’ilun – maxbunn mahzuf; fa’lun – maqtu; maf’ulun – musha’as; fa’loi – maqtui musabba’; faul – marbu’; foiliyon – musabbagʻ; faliyon – maxbuni musabbagʻ; fo’ – majhufi musabbagʻ; fa’ – majhuf.

Va mustaf’ilun zihofoti toʻqquzdur va furu’i oʻn toʻrt. Ammo zihofoti: 1) «Xabn» – mustaf’ilunda mutaf’ilun boʻlur, mafo’ilun aning oʻrnigʻa qoʻyarlar. 2) «Tay» – mustaf’ilunning toʻrtunchi harfining isqotidur, musta’ilun qolur, mufta’ilun aning oʻrniga qoʻyarlar. 3) «Qat’» – mustaf’ilunning «nun»ining isqotidur va «lom»ining iskoni, mustaf’il qolur, maf’ulun aning oʻrnigʻa qoʻyarlar. 4) «Taxli’» – mus-tafi’lunda «xabn» va «qat’» ijtimoidur, mutaf’il qolur, fa’ulun aning oʻrnigʻa qoʻyarlar. 5) «Hazaj» – mustaf’ilunning vatadi isqotidur, mustaf qolur, fa’lun aning oʻrnigʻa qoʻyarlar. 6) «Raf’» – bir sababi; xafif isqotidur, ul juzvdinkim, avvali ikki sababi xafifdur, bas mustaf’ilundin taf’ilun qolgʻay, foilun aning oʻrnigʻa qoʻyarlar. 7) «Xabl» – mustaf’ilundin «sin» va «fo» isqotidur, ya’ni «xabn» va «tay» ijtimoidur, muta’ilun qolur, fa’ilatun aning oʻrnigʻa qoʻyarlar. 8) «Izola» – mustaf’ilunning oxiridagʻi vatadi majmu’gʻa bir sokin ortturmoqdur, mustaf’ilon boʻlur. 9) «Tarfil» – mustaf’ilunning vatadi majmu’igʻa bir sababi xafif izofa qilmoqdur, mustaf’ilotun boʻlur, mustaf’ilotun aning oʻrnigʻa qoʻyarlar.

Ammo aning furu’i: mafoilun – maxbun; muftailun-matviy; maf’ulun – maqtu’; faulun – muxalla'; fa’ilun – mahzuz; foilun – marfu’; failatun – maxbul; mafoilon – vatviyi muzol; mustaf’ilen – muzol; failaton – maxbuni muzol; mafoilotun – maxbuni muraffal; muftailotun – matviyi muraffal; musta’ilotun – muraffal.

Maf’ulotu zihofoti toʻqquzdur va furu’i oʻn toʻrt. Ammo zihofoti: 1) «Xabn» – maf’ulotuda maf’ulotu boʻlur va mafo’ilu aning oʻrnigʻa qoʻyarlar. 2) «Tay» – maf’ulotuda maf’ilotu boʻlur, foilotu aning oʻrnigʻa qoʻyarlar. 3) «Xabl» – maf’ulotuda «xabn» va «tay» ijtimoidur, ma’ilotu boʻlur, failotu aning oʻrnigʻa qoʻyarlar. 4) «Vaqf» – maf’ulotu «to»sining iskonidur, maf’ulon aning oʻrnigʻa qoʻyarlar. 5) «Kashf» – maf’ulotu «to»sining isqotidur, maf’ulun aning oʻrnigʻa qoʻyarlar. 6) «Salm» – maf’ulotu vatadining isqotidur – maf’u qolur, fa’lun aning oʻrnigʻa qoʻyarlar. 7) «Jad’» – maf’ulotuning, ikkala sababining isqoti va «to»sining iskonidur – lot qolur, fo’ aning oʻrniga qoʻyarlar. 8) «Nahr» – maf’ulotuning ikkala sababi va «to»sining isqotidur – lo qolur, fa’ aning oʻrniga qoʻyarlar. 9) «Raf’» – maf’ulotuning burunqi sababining isqotidur, ulotu qolur, maf’ulu aning oʻrnigʻa qoʻyarlar.

Ammo aning furu’i; mafoiylu – maxbun; foilotu – matviy; failotu – maxbul; maf’ulon – mavquf; maf’ulun – makshuf; faulun – maxbuni maqshuf; faulon – maxbuni mavquf; fa’lun – aslam; foilon – matviyi mavquf; foilun – matviyi, makshuf; failun – maxbuni matviyi makshuf; maf’ulu – marfu’; fo’ – majdu’; fa’ – manhur.

Va faulunning zihofoti oltidurur, furu’i ham olti. Ammo zihofoti: 1) «Qabz» – faulunda faulu boʻlur, «lom» zammi birla. 2) «Qasr» – faulunda faul boʻlur, «lom» sukuni bila. 3) «Hazf» – faulunda fau boʻlur, faul aning oʻrnigʻa qoʻyarlar. 4) «Salm» – faulunda «fo» isqotidur, ulun qolur; fa’lun aning oʻrnigʻa qoʻyarlar. 5) «Sarm» – : faulunda «fo» va «nun» isqotidur, ulu qolur, fa’lu aning oʻrnigʻa qoʻyarlar. 6) «Batar» – faulunda vatadi majmu’ isqotidur, lun qolur, fa’ aning oʻrnigʻa qoʻyarlar. Ammo aning furu’i: faulu – maqbuz; faulu – maqsur; faul – mahzuf; fa’lun – aslam; fa’lu – asram; fa’ – abtar.

Fasl. Chun avzon va ba’zi zihofot furu’ikim, muhtojun ilayh edi, bilindi. Emdi bilkim, buhureki ba’zining takrori va ba’zining tarkibi ba’zi bila hosil boʻlur, oʻn toʻqquzdur, ba’zi arabqa maxsus va ba’zi ajamqa maxsus va ba’zi mushtarak va turk shuarosigʻa millati isti’moldin hech qaysi bu vaqtqa degincha maxsus emas ermish va muloyim tab’ligʻ nozimlar har bahr va vaznda kayfa mattafaq nazm aytur ermishlar va aruz qoida va zobitasidin bevuquf ermishlar, to bu vaqtda Tengri inoyatidin turk tili bila she’r ajam shuarosigʻa maxsus buhur va avzon dagʻi nazm silkigʻa kirdi.

Ammo buhur asomisi: tavil, madid, basit, vofir, komil, hajaz, rajaz, ramal, munsarih, muzori’, muqtazab, mujtass, sari’, jadid, qariyb, xafif, mushokil, mutaqorib, mutadorik.

Ammo tavil va madid va basit binosi ikki muxtalif juzvgʻadur, biri xumosiy va biri suboiy.


Tavil ajzosi ikki qatla: «faulun mafoiylun (faulun mafoiylun)»dur, andoqkim

bayt:

Desam orazu zulfung ul oʻtdur, tutundur bu,
Der ondin sanga kuymak, bu birdur qaro qaygʻu.

«Fo’ilotun fo’ilun»dur, andoqkim,

bayt:

Chehradin burqa’ ochib oʻtqa kuydurdung mani,
Chun kul oʻldi paykarim, koʻkka sovurdung mani.

Va basit ajzosi ikki qatla: «mustaf’ilun fo’ilun mustaf’ilun fo’ilun»dur, andoqkim,

bayt:

Ishqing meni tunu kun majnunu zor aylamish,
Koʻnglumni zoru hazin, jismim nizor aylamish.

Vofir va komil binosi subonyotgʻadur: murakkab besh mutaharrik va ikki sokindin. Vofir ajzosi musaddasda olti qatla «mafoilatun», andoqkim,

bayt:

Na furqat erur sensizin oʻrtanur yurakim,
Ne boʻlgʻay agar manga guzar aylasang, mirakim.

Va komil ajzosi ham musaddasda olti qatla «mutafo’ilun»dur, andoqkim,

bayt:

Ne balo emish sening ul xirom ila qomatiig,
Gahi sur’ating, gahi noz birla iqomating.

Va ajam shuarosigʻa bu besh bihordakim, mazkur boʻldi, nazm oz voqe’ boʻlmish boʻlgʻay.

Ammo hajaz va rajaz va ramal binosi tavil va madid va basitning suboiyotigʻadur. Hazaji musammani solimda sekkiz qatla «mafo’iylun»dur, va rajaz ajzosi sakkiz qatla «mustaf’ilun»dur va ramal ajzosi sakkiz qatla «fo’ilotun»dur. Va bu bahrni bir doiragʻa qoʻyubdurlar va ul doirani «Mu’talifa» debdurlar. Va ul bu surat bila durur:

Alisher Navoiy. Mezon ul-Avzon - 001.gif

Munsarih va muzori’ va muqtazab va mujtass va sari’ va jadid va qariyb va xafif va mushokil binosi suboiyotqadurki, anda ixtilofdur, salimlarin bir doirada jam’ qilmaydurlar. Ammo munsarihi matviy va muzori’i matviy va makfuf va muqtazabi matviy va mujtassi makfuf va maxbunniki, musammanul-ajzodurlar, bir doiragʻa qoʻyub, ul doirani «Muxtalifa» debdurlar. Bu surat biladur:

Alisher Navoiy. Mezon ul-Avzon - 002.gif

Va sari’i matviy va jadidi maxbun va maqbuz va qariybi makfuf va matviy va xafifi difis maxbun va maqbuz va mushokili makfufu maqsurki musaddasul-ajzodurlar, bir doiragʻa qoʻyub, ul doirani «Mun-tazia» atabdurlar. Bu surat biladur:

Alisher Navoiy. Mezon ul-Avzon - 003.gif

Va mutaqorib va mutadorik ajzosi xulosiyotqadurki, murakkab uch mutaharrik va ikki sokindindurlar. Mutaqorib ajzosi sekkiz qatla «fa’oʻlun» va mutadorik ajzosi sekkiz qatla «fa’ilun» va bu ikki bahrni bir doirada qoʻyub, otin «Muttafiqa» debdurlar. Bu surat biladur:

Alisher Navoiy. Mezon ul-Avzon - 004.gif

Agar munsarih va muzori’ va muqtazab va mujtass baxrigʻa zihofot yoʻl berib, musamman qilib, bir doira qoʻyubdurlar va sari’ va jadid va qariyb va xafif va mushokil bahrigʻa dagʻi zihofot doxil qilib, yana bir doira qoʻyubdurlar. Ammo bularning soliminiki, anga hech zihof kirmamish boʻlgʻay, hech doiraga tartib bila zabt qilmaydurlar.

Bu mazkur boʻlgʻan toʻqquz asl bahrning soliminiki, zihofot duxulidin salomat qolmish boʻlgʻaylar, bir doirai azimada jam’ qilib, har birining oʻrnigʻa alohida misol kelturub, toʻqquztasini yana bir misra’din ham istixroj qilib, ul «Doirai mujtamia» deyildi va bu doira rasmi zamon zurafosidin ba’zining xayoliga kelib erdi, ammo faqir anga tartib berdim va ul bu nav’ surat biladur, hokazo:

Alisher Navoiy. Mezon ul-Avzon - 005.gif

Va komil bahri bila vofir bahrida chun nazm kam voqi’ boʻlubdur, agar solim va matbu’ bahrlardur, ammo doirasigʻa oz ta’arruz qilibdurlar, ul ikki bahrgʻa dagʻi doira qoʻyuldi va aning otin «Doirai muxtalita» deyildi, bu surat biladur:

Alisher Navoiy. Mezon ul-Avzon - 006.gif

Ammo tavil va madid va basit bahri arab shuarosining maxsusidur, alar aruzlarida doiragʻa kiyurubdurlar va ajam shuarosi anga mashgʻul boʻlmaydurlar, alarni dagʻi bir doiragʻa kiyurub, bu muxtasargʻa doxil qilildikim, ul doiradin oriy boʻlmagʻay va ani «Doirai mushtabiqa» debdurlar, bu surat biladur:

Alisher Navoiy. Mezon ul-Avzon - 007.gif

Fasl. She’r taqti’i iborat andindurkim, bayt alfozini bir-biridin ayirgʻaylar, ul nav’kim, baytning har miqdori teng tushgay ul bihorning afo’iylidin birigakim, ul bayt bahrda voqi’dur va tariqi budurkim, mulohaza harakatning nafsigʻa voqi’ boʻlgʻay, yoʻqkim, ahvoligʻaki, ul fatha va zamma va kasradur va malfuz e’tibor qilgʻay, yoʻqki maktub va har harfki lafzda kelgay, agarchi kitobatda boʻlmagʻay, taqti’da hisobgʻa kirgay, nechukkim, mushaddad huruf va «alif»dekki, «hamza» ishbo’idin hosil boʻlur, andoqkim,

misra’:

Ketti ulkim, sendin orom istagayman, ey koʻngul.

Taqti’i: Ketti ulkim – foilotun – sendin orom – foilotun – istagaymen, foilotun – ey koʻngul – foilun – kim mulohaza qililsa bu misra’da oʻn toʻrt harfi taqti’ qilurda xorij boʻlur. Va ul «yo»larkim, xastaye va bastaye va yoraye va ovoraye va yonaye lafzidek tankir va sifat holida zohir boʻlur, taqti’ chogʻi doxil qilurlar, andoqkim,

bayt:

Xastayekim, bastai ul zulf erur,
Uyla yoʻq devonai farzonaye.

Taqti’i: Xastayekim foilotun – bastai ul – foilotun zulf – erur – foilun. Uyla yoʻq de – foilotun – vonai far – foilotun – zonai – foilun.

Ammo ulcha kitobatda bordur va lafzda yoʻqtur – «atfi voviy»dek misli: jonu jahon va zammai layoniyi voviydek, misli: bu va yu va zammai ishboiyi voviydek, misli: xobu xoʻrd; andoqki, bu misol ucha-lasiga shomildur,

misra’:

Xoʻrdu xobim bu dabiston olmish.

Hamul oʻtgan dastur bila taqti’ qililur. Yana «ho» harfiki, talaffuzga kirmaski: vajh va xora va yoradek, agar bayt oʻrtasida voqi’ boʻlsa, taqti’din soqit boʻlur va agar bayt oxirida tushsa, sokin harf hisobigʻa kirar, andoqkim,

she’r:

Chunki ul yuz gule erur toza,
Toza gulga ne hojat gʻoza.

Yana «nun» harfidur, har «nun»ki, «vov» va «alif» va «yo»din soʻngra voqi’ boʻlsaki, moqabl harakati alarning oʻz jinsidin boʻlsa, agar bayt oʻrtasida tushsa va anga harakat oriz boʻlsa, taqti’din soqit boʻlur, andoqkim,

misra’:

Jonon mani mahzungʻa qilurkim pinhon.

Yana «to» harfidur. Har «to»ki andin burun bir sokin harf boʻlgʻay «mast», «alast»dek, chun bayt oʻrtasida boʻlsa, bir mutaharrikka mahsubdur va agar bayt oxirida tushsa, bir sokin hisobigʻa kirar, andoqki,

misra’:

La’ling mayidin erur koʻngul masti alast.

Yana har sokin harfikim, yana bir sokindin soʻngra voqi’ boʻlsa, andoqkim,

misra’:

Yana yor ayladi bedode bunyod.

Va har «to»ki yana andin burun ikki sokin boʻlgay, agar bayt oʻrtasida tushsa va talaffuzgʻa kirsa, oʻz moqabli bila, har biri bir mutaharrik hisobigʻa kirarlar, andoqkim,

misra’:

Gʻam yukidin koʻngulda koʻftidurur.

Va agar baytning oxirida tushsa, har hol bila taqti’da soqit boʻlur, nevchunkim, aruz avzonida uch sokin hech vajh bila jam’ boʻlmas, andoqkim,

misra’:

Jahon boʻlmasun doʻst gar boʻlmasa doʻst.

Va ham bu nav’dur «bo» harfi Gashtosb bila Loʻhrosbda.

Va yana «alif»dur, har mutaharrik «alif»kim, aning harakatin muqbiligʻa naql qilsalar, taqti’(da) soqit boʻlur, andoqkim,

misra’:

Man agar yordin ayrilmasam ermasdur tong.

Yana «yo» harfidur, chun «yo» harfidan soʻngra mutaharrik «alif»kim, mashqda boʻlgʻay, chun talaffuzgʻa kirmagay, taqti’din soqit boʻlgʻay, andoqkim,

misra’:

Bordi ul shoʻxu ketti ish mendin.

Va yana aksar malfuz harfiniki, gʻayri maktubdur va maktub harfiniki, gʻayri malfuzdur, bu mazkur boʻlgʻan hurufgʻa munhasir bilmagaylar.

Yana turkcha alfozdurkim, anda «alif» va «vov» va «yo» «fatha» va «zamma» va «kasra» harakati oʻrnigʻa bitilurki, bu hech mahalda harf hisobigʻa kirmas, balki harakat oʻrnigadurur, magar ba’zi yerdakim, baytning oxirida tushgan va ani zaruratdin qofiya qilmish boʻlgʻaylar, andoqkim,

bayt:

Belingu zulfung xayolin sharh etarmen moʻ-bamoʻ,
Tashnadurmen la’linga to bordurur jonimda suv.

Yana ortuqsi «nun»lardurkim, soʻz irtiboti uchun: zamoyirda «ning» lafzida bitilur, misli «oning» va «mening» va «sening» lafzida, andoqkim,

bayt:

Ey koʻngul, bilgilki bu jon ne seningdur ne mening,
Balki oningdur desang kimning deyinkim yorning.

Va bu mazkur boʻlgʻon alfozning «kof»laridurkim, «kof» oʻrnigʻa bitilur, ammo talaffuzga «kof» oʻrnigʻa kirmas. Va yana «nun» bila «kof»lardurkim oning va mening va tong va oʻng va soʻng va nang va tang lafzida voqi’durkim, barchasi taqti’da soqit boʻlur.

Chun mu muqaddimot bayonigʻa kirdi, ammo bilmak kerakkim, bu sanoat arbobi avvalgʻi misra’ning burunqi juzvin «sadr» derlar, soʻnggʻi juzvin «aruz» derlar va soʻnggʻi misraning burunqi juzvin «ibtido» derlar va soʻnggʻi juzvin «zarb». Va ulcha «sadr» va «aruz» va «ibtido» va «zarb» orasidadur, ani «hashv» derlar va har baytki, aning taqti’ida zihofe voqi’ boʻlmaydur, oni «solim» derlar.

Endi har birining solimin va yo zihofikim, anga kirib, ani solimligʻidin chiqoribdurki, andin ba’zi matbu’ tushubdur va ba’zi nomatbu’ tartib bila ado qililur.

Chun hajaz va rajaz va ramal bahri burunqi doiragʻa kirdikim, «mu’talifa»ga tasmiya topti va burunroq hazaj mazkur boʻldi, andin ibtdo qililur.

Birinchi Doira

(Hazaj Bahri)

Hazaji Musamman

Hazaji musammani solim ul-arkon
Zihi mulkungning oʻn sekiz mingidin bir kelib olam,
Bu olam ichra bir uyluk qulung Havvo bilan Odam.
Mafo’iylun mafo’iylun mafo’iylun mafo’iylun
Hazaji musammani musabbagʻ
Mayi la’linggʻa goʻyokim, hayoti jon erur mamzuj-
Ki, ul ermas-zuloli chashmai hayvon erur mamzuj.
Mafo’iylun mafo’iylun mafo’iylun, mafo’iylun
Hazaji musammani mahzuf
Zihi qadding niholi butub jon gulshani din,
Yuzung mehri koʻngulga kirib koʻz ravzanidin.
Mafo’iylun mafo’iylun mafo’iylun mafo’iylun
Hazaji musammani axrab
To koʻz bila koʻnglumni ul gʻamza maqom etmish,
Qonimni halol aylab, uyqumni harom etmish.
Maf’ulu mafo’iylun maf’ulu mafo’iylun
Hazaji musammani makfufi maqsur
Zihi qaddu yuzung koʻrsa uyotligʻ pariyu hur,
Desam sarvu gul ermas, bu muhiqmen dogʻi ma’zur.
Mafo’iylu mafo’iylu mafo’iylu mafoiyl
Hazaji musammani axrabi makfufi maqsur
Ey orazi nasrin, sochi sunbul, qadi shamshod,
Bulbul kibi hajringda ishim nolau faryod.
Maf’ulu mafo’iylu mafo’iylu mafo’iyl
Hazaji musammani makfufi mahzuf
Koʻzungdek qoni nargis, yuzungdek qoni gulshan?
Engingdek qoni nasrin, qadingdek qoni savsan?
Mafo’iylu faulun mafo’iylu faulun
Hazaji musammani makfufi maqsur aruz va zarb
Jamolinggʻa necha boqsam erur husning fuzunroq,
Xayolinggʻa necha tushsam boʻlur fikrim uzunroq.
Mafo’iylun mafo’iylun mafo’iylun mafoiyl
Hazaji musammani axrabi makfuf
Ortar manga hayrat gar oning husnigʻa koʻz solsam,
Oʻrtar mani gʻayrat gar oʻrtar chogʻda boqib qolsam.
Maf’ulu mafoiylu mafoiylu mafoiylun
Hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf
Ishq ichra qoni men kibi zeru zabar oʻlgʻon?
Har kimki yoʻq andin batar oʻlgʻon, batar oʻlgʻon.
Maf’ulu mafo’iylu mafo’iyli mafulun
Hazaji musammani ashtari mahzuf
Ey xating muanbar, vey qading sanubar,
Rahm qilki, boʻldum furqatingdin abtar.
Foilun faulun foilun faulun


(Hazaji Musaddas)

Hazaji musaddasi solim
Zihi ruxsoring olida quyosh tiyra,
Quyoshdin yoʻqki ondin el koʻzi xiyra.
Mafo’iylun mafo’iylun mafo’iylun
Hazaji musaddasi maqsuri aruz va zarb
Unutmogʻilki, to hajr etdi bedod,
Mani bir noma birla qilmading yod.
Mafo’iylun mafo’iylun mafo’iyl
Hazaji musaddasi mahzufi aruz va zarb
Iki koʻz manziling, ey moh mahmil,
Koʻngulga azm qil manzil-bamanzil.
Mafo’iylun mafo’iylun faulun
Hazaji musaddasi axrabi maqbuzi sadr va hashv
Bogʻ ichra chu garm boʻldi bozoring,
Yuz najh ila boʻldi gul xaridoring.
Maf’ulu mafo’iylun mafo’iylun
Hazaji musaddasi axrabi makfufi sadr va hashv
Ey husin jahon ichra balo solgʻon,
Qatl etgali xalq uzra salo solgon.
Maf’ulu mafo’iylu mafo’iylun
Hazaji musaddasi axrabi makfufi mahzuf
Gar qad budur, ey sarvi sumanbar,
Tubiy sanga bir bandai chokar.
Maf’ulu mafo’iylu faulun
Hazaji musaddasi axrabi maqbuzi maqsur
Ey la’li labing uchun fido jon,
Qolmish ul iki labing aro jon.
Maf’ulu mafo’iylun mafo’iyl
Hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf
Sansiz manga umru jon kerakmas,
Hajring aro xonu jon kerakmas.
Maf’ulu mafo’iylun faulun
Hazaji musaddasi axrami ashtari mahzuf
Ruxsoring gul kibi ochilmish,
Ashkim ham joladek sochilmish.
Maf’ulun fo’ilun faulun
Hazaji musaddasi axrami ashtari solimi aruz va zarb
Kelgilkim, hajr aro hazindurman,
Ishqingdin gʻamgʻa hamnishindurman.
Maf’ulun fo’ilun mafo’iylun.


(Hazaji Murabba’)

Hazaji murabba’ arab shuarosi da’bidur:

Sanga ul turrai hindu,
Manga solmish qaro qaygʻu.
Mafo’iylun mafo’iylun
Mafoiylun mafoiylun.

Axram zihofotining amsoli (va) axrab zihofotining amsoli.

Ruboiy vaznikim, ani «du baytiy» va «tarona» ham derlar, hazaj bahriniig «axram» va «axrab»idin istixroj qilibdurlar va ul vaznedur asru xush oyanda va nazmedur bagʻoyat raboyanda. She’r avzonidin ushbu vazndurkim, nazm ustodlari anga hadde muayyan qilibdurlar va gʻoyat latofatidin ikki baytgʻa ixtisor qilubdurlar va ul yigirma toʻrt nav’ kelibdur va majmu’i ikki qismgʻa muxtasardur.

Biri ulki, avvalqi juzvi «maf’ulun» boʻlgʻayki, hazaj bir juzvini «xarm» qilibdurlar va ani «axram» derlar. Va bu oʻn ikki nav’ kelur.

Yana biri ulki, avvalqi juzvi «maf’ulu» boʻlgʻayki, hazajning biz juzvin «xarb» qilibdurlar va ani «axrab» derlar. Bu ham oʻn ikki nav’ kelur. Ammo –

Hazaji axram
Yo rab, ne ofatdur ul husnu jamol-
Kim yoʻqtur yer ila jahon ichra misol.
Maf’ulun maf’ulun maf’ulu faul
Maf’ulun maf’ulu mafoiylu faul
Ming qatla shukrin desam oz erur,
Gar boʻlsa bir zamon manga komi visol.
Maf’ulun maf’ulun maf’ulu faul
Maf’ulun fo’ilun mafo’iylu faul
Ey sensiz umrumdin osoyish yoʻq,
Koʻz istarkim, koʻrsa jamoling toʻq.
Maf’ulun maf’ulun maf’ulun fo’
Maf’ulun maf’ulu mafo’iylun fo’
Kelgilki, bir qatla uzoringni koʻray-
Kim hajring koʻp urdi bu koʻkusmga oʻq.
Maf’ulun maf’ulu mafo’iylu faul
Maf’ulun fo’ilun mafo’iylun fo’
Ey mahvash, oʻtkay bu sarkashlik ham,
Rahm aylab bu qulgʻa jafoni qil kam.
Maf’ulun maf’ulun maf’ulun fa’
Maf’ulun maf’ulu mafo’iylun fa’
To Tengri asragʻay xaloyiqqa seni,
Aylarmen yuz duo sening sori dam.
Maf’ulun fa’ulun mafo’iylu faul
Maf’ulun fo’ilun mafo’iylun fa’

Hajaz bahrida «ahram» zihofotida oʻtgan uch ruboiykim, har misra’ oʻzga vaznda erdikim, oʻn ikki vazn boʻlur, bu shajarada jam’dur.

Axram Shajarasi

Alisher Navoiy. Mezon ul-Avzon - 008.gif

Ammo –

Hazaji axrab
Ey sandin oʻlub bagʻrim ham koʻksum dogʻ,
Koʻnglum oʻtu ul oʻtqa toʻkub ashkim yogʻ.
Maf’ulu mafo’iylun maf’ulun fo’
Maf’ulu mafo’iylu mafo’iylun fo’
Tan oʻlsa gʻaming ichra joninggʻa fido,
Jon kuysa muhabbatingda sen boʻlgʻil sogʻ.
Maf’ulu mafo’iylun maf’ulu faul
Maf’ulu mafo’iylun mafo’iylun fo’
* * *
Bir lahza koʻngul sensiz holin bilmas,
Javringni koʻngulga, ey parivash, qil bas.
Maf’ulu mafo’iylun maf’ulun fa’
Maf’ulu mafo’iylun mafo’iylun fa’
Hajringda figʻonimgʻa ulus nola qilur,
Qil holima rahmkim, erurman bekas.
Maf’ulu mafo’iylu mafoiylu faul
Maf’ulu mafo’iylu mafo’iylun fa’
* * *
Ey shoʻx, bizning sori bir ayla nazar-
Kim ohu figʻon oʻti chekar koʻkka sharar,
Fa’ulu mafo’ilun maf’ulu faul
Maf’ulu mafo’iylun mafo’iylu faul
Yo vasl ila koʻnglumga qarin ayla murod,
Yo qatl ila qoʻyma bu hayotimgʻa asar.
Maf’ulu mafoilun mafo’iylu faul
Maf’ulu mafo’iylu mafo’iylu faul

«Hazaj» bahrida «ahrab» zihofotida oʻtgan, yana uch ruboiykim, har misra’ oʻzga vaznda erdiki, bu ham oʻn ikki vazn boʻlur, bu shajarada jam’dur.


Axrab Shajarasi

Alisher Navoiy. Mezon ul-Avzon - 009.gif

Burunqi doiraning ikkinchi bahrn rajaz bahridurur, bu durur.


(Rajaz Bahri)

Rajazi Musamman

Rajazi musammani solim

Vayronayedur maskanim, andin manga bisyor gʻam,
Ohim bila eshikda oʻt, ashkim bilan devor nam.
Mustaf’ilun mustaf’ilun mustaf’ilun mustaf’ilun

Rajazi musammani matviyi maxbun

Kel beri, ey rashki qamar, la’li labing tungi shakar,
Furqating oʻtida koʻngul chekti sipehr uzra sharar.
Muftailun muftailun muftailun muftailun

Rajazi musammani matviyi maxbun

Gar alamimgʻa chora yoʻq, boʻlmasa boʻlmasun netay,
Vah, gʻamima shumora yoʻq, boʻlmasa boʻlmasun netay.
Muftailun mufo’ilun muftailun mafo’ilun

Rajazi musammani maxbuni matviy

Manga koʻngul hajring aro zordur, ey rashki pari,
Yuzungni koʻrguzgilu, ayla gʻussadin jonin bari.
Mafo’ilun muftailun mafo’ilun muftailun

Rajazi musammani maxbuni maqtu’

Tengri uchun qayda eding rost de, ey sarvi sihi,
Furqating oʻtidin manga rioyat ayla gah-gahi.
Mustaf’ilun mustaf’ilun mafo’ilun maf’ulun

Rajazi musammani matviyi maxbuni maqtu’

Sarv nechuk deyin seniki, yoʻq anga gulrang yuz,
Naxl nechuk deyin seniki, yoʻq anga shirin soʻz.
Muftailun mafo’ilun muftailun maf’ulun


(Rajazi Musaddas)

Rajazi musaddasi solim
Hajringda, ey gulchehra, behad zorman,
Qon ichra gʻarqa gul kibi afgorman.
Mustaf’ilun mustaf’ilun mustaf’ilun
Rajazi musaddasi maqtu’
Ey ishqing ichra odatim mahzunluq,
Hajringda da’bu siyratim majnunluq.
Mustaf’ilun mustaf’ilun maf’ulun
Rajazi musaddasi matviyi muzol
Kelki, firoqingda koʻngul boʻldi hazin,
Aylama muncha manga bedol ila kin.
Muftailun muftailun muftailon
Rajazi musaddasi matviyi maqtu’
Koʻrgali husnungni senga hayronmen,
Vodiyi hasrat aro sargardonmen.
Muftailun muftailun maf’ulun
Rajazi musaddasi maxbun
Yuzung qamar, qading shajar, labing shakar,
Manga bular xayolidin ne xobu xoʻr.
Mafo’ilun mafo’ilun mafo’ilun
Rajazi musaddasi matviyi maxbun
Vahki, yana furqating ichra tushmisham,
Oʻlgali bu furqat aro yovushmisham.
Muftailun muftailun muftailun

(Rajazi Murabba’)

Rajazi murabbai solim
Sensiz ishim faryod erur,
Oʻz jonima bedod erur.
Mustaf’ilun mustaf’ilun
Mustaf’ilun mustaf’ilun

Uchinchi bahri ramal bahridir.


(Ramal Bahri)

(Ramali Musamman)

Ramali musammani solim
Kelki, ishqingdin koʻngulda yoʻqturur sabru qarorim
Boshima yetkur qadamkim, haddin oshti intizorim.
Foilotun foilotun foilotun foilotun
Ramali musammani maqsur (aruz va zarb)
Vah, ne holatdurki, men har necha koʻrguzsam niyoz,
Ey mahi badmehr, sandin zohir oʻlmas gʻayri noz.
Foilotun foilotun foilotun foilon
Ramali musammani mahzuf
Qosidekim, yetkurur koʻnglumga jonondin xabar,
Uyladurkim, bergay oʻlgʻon jismgʻa jondin xabar.
Foilotun foilotun foilotun foilun
Ramali musammani maxbun
Subhi davlat yuzung, en, tavsani gardun, sanga ashhab,
Tojing ustidagi dur uylaki, tong boshida kavkab.
Failotun, failotun failotun failotun
Ramali musammani maxbuni maqsur
Vahki, ul mugʻbacha har damki ichar bodai nob,
Qoʻzgʻalur arbadasidin bu koʻhan dayri xarob.
Failotun failotun failotun failun
Ramali musammani maxbuni maqtu’
Olam ichra manga ul huri malak siymo bas,
Bu qachon boʻlsa muyassar, qadahi sahbo bas.
Foilotun failotun failotun fa’lun
Ramali musammani mashkul
Tilagim sening huzuring, talabim sening jamoling,
Necha kun tirikligimdin gʻarazim sening visoling.
Failotu foilotun failotu foilotun


(Ramali Musaddas)

Ramali musaddasi solim
Ey jamolingdin xijil xurshidi anvar,
Qomatingdin munfail sarvu sanavbar.
Foilotun foilotun foilotun
Ramali musaddasi maqsur
Gulshaningdin yeldek, ey ra’no nihol,
Men yomon bordim, vale sen yaxshi qol.
Foilotun foilotun foil’on
Ramali musaddasi maxbuni maqsur
Yana mugʻ dayrina kirdim sarmast,
May tut, ey mugʻbachai bodaparast.
Foilotun foilotun foil’on
Ramali musaddasi maxbuni mahzuf
Kelki, hajringda hazinmen behad,
Ne menga sabr, na hushu ne xirad.
Foilotun foilotun failun

(Ramali Murabba’)

Ramali murabbai solim
Kelgil, ey ruxsori zebo-
Kim boʻlurmen noshikebo.
Foilotun foilotun
Foilotun foilotun
Ramali murabbai maxbun
Manga hajringdin alam koʻp,
Sanamo, kilma sitam koʻp.
Failotun failotun
Failotun failotun

Ikkinchi Doira

Munsarihning musammani solimidurki, doiragʻa doxil emas va Darvesh Mansurning «Aruz»ida musbatdur.

(Munsarih Bahri)

(Munsarihi Musammani)

Munsarihi musammani solim
Ey orazing koʻnglum komi, la’li labing jon oromi.
Vasling kunin yetgurgilki, jonim olur hajrnng shomi.
Musta’ilun muf’ulotu musta’ilun maf’ulot

Ikkinchi doirakim, muayyan toʻrt bahrgʻa erdikim, gʻayri solim erdilarkim, munsarih va muzori’ va muqtazab va mujtassdur, munsarihi musammani matviyi mavqufdin bunyod qililur.

Munsarihi musammani matvini mavquf
Ohki, sensiz ishim oh ila faryod erur,
Jonima, oshubu shayn, jismima bedod erur.
Muftailun foilon muftailun foilon
Munsarihi musammani matviyi makshuf
Vahki, yana oʻt solur jonima bir hurvash,
Na’lbaru dogʻsoʻz, rindvashu jur’akash.
Muftailun foilun muftailun foilun
Munsarihi musammani matviyi makshufi maqtu’
Ishq yana hajr ila jonima qildi sitam,
Furqatu hijron oʻti boshima chekti alam.
Muftailun foilun muftailun foilun
Munsarihi (musammani) maxbuni makshuf
Gahi manga ul sanam qilur vafo va’dasi,
Vafosidin zulmu kin vale fuzundur base,
Mafoilun foilun mafoilun foilun
Munsarihi (musammani) matviyi majdu’
Charx yana zulmu javr ayladi bunyod,
Qildi falak hodisoti jonima bedod.
Muftailun foilotu muftailun fo’
Munsarihi (musammani) matviyi manhur
Shukrki, dilrabo yonib, yana mango keldi,
Maskani ayshimda vasl sham’i yoqildi.
Muftailun foilotu muftailun fa’
Munsarihi (musammani) matviyi maqtui manhur
Koʻnglum istar sayr mayli gulshan sori,
Man nega ichmay birovki boʻlgʻay yori.
Muftailun foilotu maf’ulun fa’


(Munsarihi Musaddas)

(Munsarihi) musaddasi matviy
Ishqi mani zor qildi olam aro,
Ayladi ovora xayli odam aro.
Muftailun foilotu muftailun
(Munsarihi) musaddasi matviyi maqtu’
Qoʻydi gʻaming dardu dogʻ koʻnglumga,
Qoʻymadi nshqing farogʻ koʻnglumga.
Muftailun foilotu maf’ulun


(Munsarihi Murabba’)

Munsarihi murabbai matviyi mazquf
Ayla vafo oshkor, kel beri, ey gul’uzor,
Muftailun foilon mutailun foilon
Munsarihi murabbai matviyi maxbuni mavquf
Kelki, sanga fido jon,
Vahki, fido sanga jon.
Muftailun faulon
Muftailun faulon

Doiraning ikkinchi bahri muzori’dur.


(Muzori’ Bahri)

(Muzori’i Musamman)

(Muzori’i musammani) makfufi maqsur
Manga, ey sumanbarim, jafo qilma behisob,
Yuzunga zamon chekib yopmagʻil niqob.
Mafoiylu foilotu mafoiylu foilun
Muzori’i musammani) makfufi mahzuf
Yuzungdin xijil qamar, labingdin dogʻi shakar,
Manga har biridin oʻt, sanga qilmay ul asar.
Mafoiylu foilun mafoiylu foilun
(Muzori’i musammani) axrab
Ishqu junun erurlar beixtiyor manda,
Mendurmanu bu ikki, oʻzga ne bor manda.
Maf’ulu foilotun maf’ulu foilotun
(Muzori’i musammani) axrabi musabbagʻ
Men ishq eli gadosi, sen husn eliga sulton,
Boʻlmas gadogʻa hargiz sulton visoli imkon.
Maf’ulu foilotun maf’ulu foilotun
(Muzori’i musammani) axrabi makfufi mahzuf
Hayhotkim, birov gʻamidin zormen yana,
Faryodkim, balogʻa giriftormen yana.
Maf’ulu foilotu mafo’iylu foilun
(Muzori’i musammani) axrabi makfufi maqsur
Ul shoʻxdin manga gah erur nozu, gah itob,
Yoʻq anda ixtiyor, dogʻi menda ijtinob.
Maf’ulu foilotu mafoiylu foilon
(Muzori’i musammani) axrabi makfufi solim aruz va zarb
Sendin manga tahammul emas bir zamon yirogʻliq,
Jon rishtasi erur chu sening sunbulinggʻa bogʻliq.
Maf’ulu foilotu mafoiylu foilotun
(Muzori’i musammani) axrabi mahzuf
Ishqing ajab balodur, ey nozanin sanam,
Jon anda mubtalodur, koʻrmas ba juz sitam
Maf’ulu foilotun maf’ulu foilun

(Muzori’i Musaddas)

(Muzori’i) musaddasi makfufi maqsur
Seningdek jahonda kimsa ne imkon,
Buyon kel, qilay qoshingda fido jon.
Mafoiylu foilotu mafoiyl
(Muzori’i) musaddasi makfufi mahzuf
Koʻngul boʻlgʻan xayolinggʻa moyil,
Koʻzum ham oʻldi husninggʻa zoyil.
Mafoiilu foilotu maf’ulun
(Muzori’i) musaddasi axrabi makfuf
Ishqingda oxu nola qilur koʻnglum
Kim, qon yoshini jola qilur koʻnglum.
Maf’ulu foilotu mafoiylun
(Muzori’i) musaddasi axrabi makfufi mahzuf
Ey xotirim havosi qoshinggʻa,
Evrulgali hamisha boshinggʻa.
Maf’ulu foilotu faulun

Doiraning uchunchisi muqtazab bahri erdi.


(Muqtazab Bahri)

(Muqtazabi Musamman)

Muqtazabi musammani matviy
Ey nigori mahvashim, ey harifi jur’akashim,
Tut qadahki, behad erur ishq tobidin otashim.
Foilotu muftailun foilotu muftailun
Muqtazabi musammani matviyi maqtu’
Ey yigit, buyon kelki, shavqdin xarobingmen,
Boʻyni bogʻligʻ it yongligʻ bastai tanobingmen.
Foilotu maf’ulun foilotu maf’ulun


(Muqtazabi Murabba’)

Muqtazabi murabbai matvin
Furqating yoshim oqizur.
Hasratnng qonim tomizur.
Foilotu muftailun
(Muqtazabi) murabbai maqtu’
Boda keltur, ey soqiy,
Qilma ayshni boqiy.
Foilotu maf’ulun
Foilotu maf’ulun
Muqtazabi murabbai maxbuni matviy
Jamolingda qoldi koʻzum,
Gʻamingda uzoldi soʻzum.
Mafoiylu muftailun
Mafoiylu muftailun
(Muqtazabi) murabbai matviy
Hasratingda afsurdamen,
Furqatingda ozurdamen.
Foilotu mustaf’ilun
Foilotu mustaf’ilun

Doiraning toʻrtinchi bahri mujtass bahri erdi.


(Mujtass Bahri)

(Mujtassi Musamman)

Mujtassi musammani maxbun
Yetishsa ishq aro yuz mehnatu balo, qadah ichgil,
Nafas-nafas quyubon may, toʻlo-toʻlo qadah ichgil.
Mafoilun foilotun mafoilun foilotun
Mujtassi (musammani) maxbuni maqsur
Koʻngul haroratin anglatti ohi dardolud,
Uy ichra oʻt ekanin elga zohir aylar dud.
Mafoilun foilotun mafoilun foilon
Mujtassi (musammani) maxbunn mahzuf
Firoq isitmasi andoq tanimdin oʻt chiqorur-
Ki, gar tabib iligim tutsa, bormogʻi qoborur.
Mafoilun failotun mafoilun failun
Mujtassi (musammani) maxbuni maqtu’
Bizning sori ul shoʻxi ishvagar kelmas,
Bilurki furqatidin oʻlmisham, magar kelmas.
Mafoilun failotun mafoilun fa’lun
Mujtassi (musammani) maxbuni musabbagʻ
Ul oy mening bila bemehr ekanin anglabmen,
Mani oʻziga vafosiz deganni anglabmen.
Mafoilun failotun mafoilun failon
Mujtassi (musammani) maxbuni mahzufi musabba’
Bizning sori kelmassen, ne boʻldi, ey badmehr,
Vafo yoʻlin bilmassen yopib niqob ila chehr.
Mafoilun maf’ulun mafoilun failon
Mujtassi (musammani) maxbuni mahzufi musabba’
Agar ochilsa ul yuz niqobdin, vah,
Qachon oʻzida qolgʻay gado bilan shah.
Mafoilun maf’ulun mafoilun fa’


(Mujtassi Murabba’)

Mujtassi murabbai maxbun
Yuzung koʻzumga keraktur,
Uzung oʻzumga keraktur.
Mafoilun failotun
Mafoilun failotun
Mujtassi murabbai maxbuni maqsur
Gʻaming mani qildi zor,
Yuzung manga boʻldi yor.
Mafoilun foilon
Mafoilun foilon

Uchinchi Doira

Uchinchi doira besh bahrdur: sari’ va jadid va qariyb va xafif va mushokil, ammo hech qaysi solim emasturlar.

(Sari’ Bahri)

Sari’i (Musaddasi)

Sari’i (musaddasi) matviyi mavquf
Yoʻq manga hajringda juz ohu figʻon,
Ishqu muhabbat oʻtidin al’amon.
Muftailun muftailun foilon
Sari’i (musaddasi) matviyi makshuf
Bizga qizil gul yuzung afkandasi,
Savsani ozod qading bandasi.
Muftaliun muftailun foilun
Sari’i (musaddasi) matviyi aslam
Istamasang eslamasang bizni,
Men oʻparam yoʻlung uza izni.
Muftailun muftailun fa’lun
Sari’i (musaddasi) maxbuni matviyi makshuf
Qaro koʻzum, biror biza boq axi,
Jarohatimgʻa marhame yoq axi.
Mafoilun mafoilun foilun
Sari’i (musaddasi) matviyi maxbuni makshuf
Sendin yana oʻt ichradur yurakim,
Oʻtumgʻa suv ur, vasl ila mirakim.
Mustaf’ilun mustaf’ilun failun

Uchunchi doiraning ikkinchi bahri jadiddur va ul mustahdas bahrdurkim, oni gʻarib ham debdurlar.


(Jadid Bahri)

Jadidi (musaddasi) maxbun
Iki ruxsoring erur gul chaman aro,
Araqing yuz uza shabnam suman aro.
Failotun failotun mafoilun

Uchinchi doiraning uchunchi bahri qariybdur va bu ham mustahdas bahrdur va bu bahr ajam shuarosi she’rida oz voqe’dur.


(Qariyb Bahri)

Qariybi (musaddasi) makfuf
Jamolingda tahayyurgʻa qoldi koʻz,
Bu ma’nida ulus ichra tushti soʻz.
Mafoiylu mafoiylu foilon
Qariybi (musaddasi) axrabi makfuf
Ishqingda koʻngul ichra nolalardur,
Yuz uzra yoshim qoni lolalardur.
Maf’ulun mafoiylu foilotun
(Qariybi musaddasi) axrabi mahzuf
Kel bizga vafo birla, ey pari,
Bu telbani furqatdin qil bari.
Maf’ulu mafoiylun foilun

Uchunchi doiraning toʻrtunchi bahri xafifdur va bu bahrning matbu’ avzonida ajam shuarosi masnaviylar bitibdurlar.


(Xafif Bahri)

Hafifi (Musaddasi)

Hafifi (musaddasi) maxbun
Furqati nesh sochti yurokimga,
Ashk qonin oqizdi bu etokimga.
Foilotun mafoilun failotun
Xafifi (musaddasi) maxbuni solimi sadr
Ey yuzungdin boʻlub koʻzum ravshan,
Durru la’l aylabon ani maxzan.
Foilotun mafoilun fa’lun

Xafifi Maxbuni

Xafifi maxbuni maqtui musabba’
Sani ul damki koʻrdum, ey gulchehr,
Tushti koʻnglumga orazingdin mehr.
Foilotun mafoilun failon
Xafifi maxbuni maqtu’
Kalimoti gʻarib der nosih,
Xirad ahligʻa hashvdur vozih.
Failotun mafoilun fa’lun
Xafifi maxbuni musha’as
Keldi dildoru men qadah ichgumdur,
Zuhdu nomusu nangdin kechgumdur.
Foilotun mafoilun maf’ulun

Uchunchi doiraning beshinchi bahri mushokildur va bu ham mustahdas bahrdur. Pahlaviy she’rni koʻprak bu bahrda aytibdurlar.


(Mushokil Bahri)

Mushokili Musaddasi

Mushokili musaddasi makfufi maqsur
Ishqing ichra manga asru sitamdur,
Koʻnglum oʻtigʻa charx uzra alamdur.
Foilotu mafoiylu mafoiyl
Mushokili musammani makfufi maqsur
Qayda bordi nigorimkim, gum oʻldi qarorim,
Oʻldi jismi zaifim, kuydi joni nizorim.
Foilotu mafoiylu foilotu mafoiyl

(Mushokili Murabba’)

(Mushokili) murabbai makfuni maqsur
Ey nigori pariyroʻy,
Gul’uzori sumanboʻy.
Foilotu mafoiyl
Foilotu mafoiyl
(Mushokili) murabbai makfuni mahzuf
Qayda erdi habibim,
Gʻussa boʻldi nasibim.
Foilotu faulun
Foilotu faulun

Toʻrtunchi doira ikki bahrdur, mutaqorib va mutadorik va ajam tili bila asli masnaviy mutaqorib bahridur.

Toʻrtunchi Doira

(Mutaqorib Bahri)

(Mutaqoribi Musamman)

Mutaqoribi musammani solim
Yana sansizin munisim gʻam boʻlubdur,
Koʻzumga yurak qoni hamdam boʻlubdur.
Faulun faulun faulun faulun
(Mutaqoribi) musammani maqsur
Manga koʻyi sayrigʻa yoʻq ehtimol,
Esa olmas ul yon nasimi shamol.
Faulun faulun faulun faul
(Mutaqoribi) musammani mahzuf
Ochildi chaman, gul’uzorim qani,
Sihi sarv boʻyligʻ nigorim qani?
Faulun faulun faulun faul
(Mutaqoribi) musammani aslam
Ey shoʻxi zebo, ey sarvi ra’no,
Boʻldum gʻamingdin majnunu shaydo.
Fa’ulun faulun fa’ulun faulun
Mutaqoribi musammani asram
Kelki gʻamingdin jongʻa yetibmen,
Hajrda oʻlmak chora etibmen.
Fa’ulu faulun fa’lu faulun
Mutaqoribi musammani asrami maqsur
Kelki gʻaminggʻa boʻldum asir,
Zarramanu sen mehri munir.
Fa’ulu faulun fa’ulu faulun
Mutaqoribi musammani maqbuzi aslam
Agar soʻrarsen va gar tilarsen,
Shʻzung bilarsen, nekim qilarsen.
Faulu fa’lun faulu fa’lun

Ajam shuarosining mutaaxxirlaridin ba’zi maqbuzi aslam binosin oʻn olti ruknga qoʻyub nazm aytibdurlar, bu nav’kim,

bayt:

Yuzung xayolida zor boʻldum,
Beling gʻamidin nizor boʻldum.
Dedim bu shiddatda nola chekmay,
Netayki, beixtiyor boʻldum.
Faulu fa’lun faulu fa’lun
Faulu fa’lun faulu fa’lun
Mutaqoribi musammani mahzuf
Manga, ey sanam, jafo aylading,
Oʻzungdin mani judo aylading.
Faulun faul faulun faul


(Mutaqoribi Musaddas)

Mutaqoribi musaddasi solim
Yana hajr aro zor boʻldum,
Firoqingdin afgor boʻldum.
Faulun faulun faulun
Mutaqoribi musaddasi mahzuf
Qading sarvi noz, ey yigit,
Soʻzung dilnavoz, ey yigit.
Faulun faulun faul

Toʻrtunchi doiraning ikkinchi bahrikim, mutadorik bahridur va ann «rakzul-xayl» va «savtin-noqus» ham derlar, bu nav’dur.


(Mutadorik Bahri)

Mutadoriki Musammani

Mutadoriki musammani solim
Ne mongishdurki, tanlar habosi aning,
Ne boqishdurki, jonlar fidosi aning.
Foilun foilun foilun foilun
Mutadoriki musammani maxbun
Ne samand ekon ulki, buyon surasan,
Boshim uzra jafo qilichi urasan.
Foilun failun failun failun
Mutadoriki musammani maqtu’
Boʻlmang bizga hargiz moyil,
Ne holing bordur, ey qotil.
Fa’lun fa’lun fa’lun fa’lun
Mutadoriki musammani maxbuni maqtu’
Ishqdin ishim mushkil aylading,
Hajrin manga qotil aylading.
Foilun faul foilun faul

(Mutadoriki Musaddas)

Mutadoriki musaddasi solim
Furqatingda mani soʻrmading,
Rahm koʻzi bilan koʻrmading.
Foalun foilun foilun
Mutadoriki musaddasi maxbun
Mani istamasang netayin,
Bosh olib qayone ketayin.
Failun failun failun
Mutadoriki musaddasi maqtu’
Eldin ul yuzni yop,
Koʻnglumning komin top.
Fa’lun fa’lun fa’lun

Beshinchi Doira

Beshinchi doirakim, andin toʻqquz buhur usuli mustaxraj boʻlurkim, alar munsarih, xafif, muzori’, muqtazab, mujtass, mushokil, sari’, jadid, qariybdurlar va «doirai mujtamia»gʻa mavsum boʻlubdur. Avvalgʻi bahr chun «munsarih» erdi, andin bunyod qilurlar, andoqkim:

Munsarihi musaddasi solim
Ey furqating mahzunlargʻa jon olgʻuchi,
Ushshoqni koʻrgan chogʻda oʻt solgʻuchi.
Mustaf’ilun maf’ulotu mustaf’ilun
Xafifi musaddasi solim
Oʻlgum erdi bir lahza gar kelmasang, bil,
Qayda erding, ey mahvashim, sharh qilgʻil.
Foilotun mustaf’ilun foilotun
Muzori’i musaddasi solim
Enging oydur, orazing gul, soching sunbul,
Bular shavqidin icharmen tunu kun mul.
Mafoiylun foilotun mafoiylun
Muqtazabi (musaddasi) solim
Kelmas bizga ul kofiri qotil dame,
Vahki, bizni oʻlturgusi oning gʻami.
Maf’ulotu mustaf’ilun mustaf’ilun
Mujtassi (musaddasi) solim
Ey orazing guldin ortuq gulshan ichra,
Sendin yiroq xotirimdur shevan ichra.
Mustaf’ilun foilotun foilotun
Mushokili (musaddasi) solim
Necha sensiz firoqingda figʻon aylay,
Nola birla ulus bagʻrini qon aylay.
Foilotun mafoiylun mafoiylun
Sari’i (musaddasi) solim
Sendin yiroq koʻzning erur hayronligʻi,
Hajring aro har lahza sargardonligʻi.
Mustaf’ilun mustaf’ilun maf’ulotu
Jadidi (musaddasi) solim
Ne baloligʻ hajr erurkim zor oʻlmisham
Kelki, ul koʻz hajrida bemor oʻlmisham.
Foilotu foilotu mustaf’ilun
Qariybi (musaddasi) solim
Jamolingdin quyosh asru bor uyotligʻ,
Sochinggʻa banda bogʻ ichra sunbul otligʻ.
Mafoiylun mafoiylun foilotun

Oltinchi Doira

Oltinchi doiraki, andin ikki bahr mustaxraj boʻlur, bu ham ajam shuarosi aruzlarida koʻrulmaydurkim, alardin biri komil bahridurur va biri vofir bahrikim, musammani solimda oz she’r voqi’ boʻlubtur.

Komili musammani solim
Ne xayol edi yanakim, koʻngul qushi saydini havas aylading,
Badanimgʻa har soridin xadang urubon anga qafas aylading.
Mutafoilun mutafoilun mutafoilun mutafoilun
Vofiri musammani solim
Firoq oʻtidin kuyar badanim, tafidin erib oqar jigarim,
Gʻamim budururki, bogʻlanibon yuzung sori tushmagay nazarim.
Mafoilotun mafoilatun mafoilatun mafoilatun

Yettinchi Doira

Yettinchi doirakim, andin uch bahr mustaxraj boʻlur va ul arab shuarosi nazmining maxsusidur va alar tavil va madid va basit bahrlaridurlar.

Tavili musammani solim
Firoqingda jon berdim, boshimgʻa qadam yetkur,
Agar xud tirik ermas, chu yolgʻon dedim oʻltur.
Failun mafoiylun faulun mafoiylun
Madidi musammani solim
Ey qadingdin sarvgʻa ming xijolat har nafas,
Sarv qadingdin mening koʻngluma yuz ming havas.
Foilotun foilun foilotun foilun
Basiti musammani solim
Ey sunbulung halqasi boʻynumgʻa toqib rasan,
Har tobida yuz balo, har torida ming shikan.
Mustaf’ilun foilun mustaf’ilun foilun

Sakkizinchi Doira

Chun doiragʻa kirgan buhurdin forigʻ boʻluldi, yana bir necha vaznki, ba’zini ajam shuarosi mutaaxxirlari aytibdurlar va ba’zi bu zamonda nazm topibdur va hech aruzgʻa doxili boʻlmaydur, agarchi filhaqiqat aruz buhurigʻa doxildurlar, ishorate alar sori qilmoq xoli oz munosabate ermas erdi. Ul jumladin, ramali maxbundurki, har misrai sakkiz rukndurki, bayti oʻn olti boʻlgʻay, Xoja Ismat Buxoriyda purbaho debdurlar, bu uslub biladur.

Qomatu zulfu koʻzu qoshu uzoru xat ila xoli
Labingdurki, alarcha emas, ey shoʻxi sitamgar.
Failotun failotun failotun failotun
Failotun failotun failotun failotun
Sarv ila sunbul nargis yangi oyu quyoshu sabzai
Jannat kurai nofau gulbarg aro shakkar.
Failotun failotun failotun failotun
Failotun failotun failotun failotun</div>

Yana turk ulusi, bataxsis chigʻatoy xalqi aro shoyi’ avzondurkim, alar surudlarin ul vazn bila yasab, majolisda ayturlar.

Birisi «tuyugʻ»durkim, ikki baytqa muqarrardur va sa’y qilurlarkim, tajnis aytilgʻay va ul vazn ramali musaddasi maqsurdur, mundoqkim:

(Tuyugʻ)

Yo rab, ul shahdu shakar yo lab mudur?
Yo magar shahdu shakar yolabmudur?
Foilotun foilotun foilon
Jonima payvasta novak otqoli,
Gʻamza oʻqin qoshigʻa yolabmudur?
Foilotun foilotun foilon

Yana «qoʻshiq»durkim, argʻushtak usulida shoyi’dur va ba’zi advor kutubida ul usul zikr boʻlubdur va ul surud a’robining teva surar hudilari vazni bila madidi musammani solimda voqe’ boʻlur, aning asli bu nav’durkim,

bayt:

Vahki, ul oy hasrati, dardu dogʻi furqati,
Ham erur jonimgʻa oʻt, ham hayotim ofati.
Foilotun foilun foilotun foilun

Ammo bu latif zamonda va sharif davronda bu surudni ramal musammani mahzuf vaznigʻa elitib, musiqiy va advor ilmida muloyim tab’liq benazir yigitlar gʻarib nagʻamot va alhon bila ajab tasarruflar qilib, Sultoni sohibqiron majlisida ayturlarkim, aning muloyimligʻ va xushoyandaligʻi vasfqa sigʻmas va ta’sir va raboyandaligʻi sifatqa rost kelmas, balki ul hazratning ixtiroidur va bu ham ul hazratning Masihoso anfosi natoyijidin istishhodgʻa kelturmak munosibroq erdi, andoqkim,

bayt:

Sabzai xatting savodi la’li xandon ustina,
Xizr goʻyo soya solmish obihayvon ustina.
Foilotun foilotun foilotun foilun

Yana «chinga»durkim, turk ulusi zufof va qiz koʻchurur toʻylarida ani ayturlar, ul surudedur bagʻoyat muassir va ikki nav’dur. Bir nav’i hech vazn bila rost kelmas va bir nav’ida bir bayt aytilurkim, munsarihi matviyi mavquf bahridur va yor-yor lafzini radif oʻrnigʻa mazkur qilurlar, andoqkim,

bayt:

Qaysi chamandin esib keldi sabo, yor-yor,
Kim damidin tushti oʻt jonim aro, yor-yor?
Muftailun foilon muftailun foilon

Va yana ham turk ulusida bir suruddurkim, ani «Muhabbatnoma» derlar va ul hazaji musaddasi maqsur bahridadur va holo matrukdur, budur,

bayt:

Meni ogʻzing uchun shaydo qilibsen,
Manga yoʻq qaygʻuni paydo qilibsen.
Mafoiylun mafoiylun mafoiyl

Va yana bu xalq orasida bir surud bor ekandurkim, hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf vaznida anga bayt boshlab bitib, aning misraidin soʻngra hamul bahrning ikki rukni bila ado qilib, surud nagʻamotigʻa rost keltururlar ermish va ani «mustazod» derlar ermish, andoqkim,

mustazod:

Ey husnunga zarroti jahon ichra tajalli.
Maf’ulu mafoiylu mafoiylu mafulun
Mazhar sanga ashyo.
Maf’ulu faulun
Sen lutf bila kavnu makon ichra muvalli,
Olam sanga mavlo.

Yana Iroq ahli tarokimasida surudedur shoyi’kim, ani «aruzvoriy» derlar va aning bayti koʻprak hazaji musammani solimdadur, andoqkim,

bayt:

Saqohum rabbuhum xamri dudogʻing kavsarindandur,
Bu mayni ichtikung nuqli hadising shakkarindandur.
Mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun

Va yana ramali musammani mahzuf vaznida ham ayturlar, andoqkim,

bayt:

Davlati vasl iltimosi ne hikoyatdur mango,
Buki yoding birla jon bersam kifoyatdur mango.
Foilotun foilotun foilotun foilun

Chun oʻzonlarning oʻzmogʻi va oʻzbaklarning budi-budoyi hech vazn bila rost emas erdi, anga taarruz qililmadi, agarchi asarlari bordur, ammo aning aruz ilmigʻa daxli yoʻqtur.

Yana surudedurkim, ani «turkiy» debdurlar, bu lafz anga alam boʻlubdur va ul gʻoyatdin tashqori dilpisand va ruhafzo va nihoyatdin mutajoyiz aysh ahligʻa sudmand va majolis oro suruddur, andoqki, salo-tin ani yaxshi aytur elni tarbiyatlar qilibdurlar, turkigoʻylik laqabi bila mashhurdur va ul dogʻi ramali musammani maqsur vaznida voqi’dur, andoqkim,

bayt:

Ey saodat matla’i, ul orazi mohing sening,
Ahli biynish qiblagohi xoki dargohing sening.
Foilotun foilotun foilotun foilon

Hazrati Sulton sohibqiron bu vaznning gʻoyat ravonligʻ va latofatidin va ruhparvarligʻ va salosatidin oʻz devonlarinki, jami’ davovin orasida badanlar aro jondekdur va kavokib ichra xurshidi raxshondek voqi’ boʻlubdur, boshdin-oyoq iltizom qilib, bu vaznda tartib beribdurlar erdi.

Gʻaraz bu maqolotdin va maqsud bu muqaddimotdin bu erdikim, chun turk alfozi bilakim nazm voqi’ boʻlubdur, anga zobitaye va qonune yoʻq erkondur va ul fan rivoji uchun kishi aruz fannida kitobe yo risolaye bitmaydur. Bu xujasta zamondakim, zamon podshohi devon tartib berdilar, muborak xotirlarin she’r vaznigʻa va bayt taqti’igʻa mashgʻul qildilar, bu jihatdin she’rning poyasi yetti koʻkdin oʻtti va bu baytning martabasi bayt ul-haromgʻa yetti; har oyinakim, muloyimtab’ligʻ ozodalar, balki qobilfahm va zehnlik shahzodalar bu sharif ilmgʻa ishtigʻol koʻrguzadur erdilar va buhur avzoni va taqti’i va zihofoti va davoyiri ilmidinki, arab fusahosi va ajam bulagʻo va shuarosi ul ilmda kitoblar tasnif qilibdurlarki, onsiz bu fanga vuqufe va shuure boʻla olmas, bu alfoz nazmida yoʻq erdi va Sulton us-salotinning muborak xotirlari munga multafit boʻlub, andoqki, kitobning ibtidoye voqi’ boʻlmish boʻlsa, e’tiroz bila oʻtmagaylar va sabab boʻldi va bu sababdin bu ilm zobitasigʻa qalam suruldi.

Iltimos bu fan ahlidin ulkim, har yerda sahv va xatoye voqi’ boʻlmish boʻlsa, e’tiroz bila oʻtmagaylar va isloh qalami bila tuzatgaylar.

Ruboiy:

To charx davoyiridin oʻlgʻay ayyom,
To she’r xayolotigʻa yoʻqtur anjom,
To bayt tarokibida boʻlgʻay ibhom,
Topsun nazming bila jahon ahli nizom.

  1. Navoiyning bu asari turkigoʻy xalqlarni aruz ilmidan bahramand etish niyatida yozilgan. Shoir an’anaviy aruzga turkiy she’riyatga xos boʻlgan vaznlarni, ularning bahrlarini qoʻshdi.

    «Mezon ul-avzon»dan avval Shayx Ahmad Taroziyning «Fununi balogʻa», keyin esa Boburning «Risolai aruz»i turkiyda yaratilgan.

    «Mezon ul-avzon» 1993 yilda prof. Kamol Eraslan tomonidan Turkiyada nashr etilayotgan Navoiy kulliyotining 14-jildi sifatida bosmadan chiqdi. Undagi qisqa ma’lumotnomada Navoiyning hayoti, adabiy faoliyati va asarlari adadi beriladi. Asarlar sanogʻida «Zubdat ut-tavorix» ham bor, lekin bu Navoiyning alohida asari boʻlmay, «Tarixi anbiyo va hukamo» va «Tarixi muluki Ajam»ga shoir bergan umumiy nomdir.

    Kirishda Kamol Eraslan aruz va aruz ilmi, bu sohadagi Navoiy xizmati haqida, jahon xazinalaridagi «Mezon ul-avzon»ning qoʻlyozmalari haqida ma’lumotlar beradi. Asar matni soʻngida nusxalardagi farqlar (3 bet), matnning hozirgi turk tiliga oʻgirilgan matni, aruz vaznlari (5 bet) va aruz atamalari (71 bet) berilgandir.
  2. Tarj. ar.: Olloh mulkini dahlsiz va umrini uzun qilsin!
  3. Xalil ibn Ahmad (vaf. 175/791) – Aruz ilmining asoschisi. Aruzga oid asari «Kitob ul-ayn» deb ataladi. Bir rivoyatga koʻra u aruz haqidagi asarini Makkada, boshqasida Basrada yozgan deyiladi.
  4. Shams Qays – Shamsuddin Muhammad bin Qays Roziy (vaf. 628/1230 – 31) Eronning Ray shahrida tugʻilgan. Movarounnahr, Xuroson, Xorazm, Buxoro, Marv, Iroqda yashagan, moʻgʻullar istilosi yillarida sarson-sargardonlikda mashaqqatlar chekkan. Uning «Al-moʻ’jam» asari mashhur boʻlgan.
  5. Xoja Nasir Tusiy (597/1200 – 1201 – 672/1273 – 1274) – «Asos ul-iqtibos» va «Me’yor ul-ash’or» nomli aruzga oid asarlari bor.
  6. Maxdumi Nuran – Abdurahmon Jomiyning laqabi.
  7. Tarj- ar.: «Suygan narsalaringizni infoq-ehson qilib bermaguningizcha hargiz yaxshilikka (jannatga) yetmagaysiz» (Qur’on. «Oli Imron» surasi, 92-oyat).
  8. «Paydar-pay yuboriladigan shamollar va qutiradigan boʻronlarga qasam» (Qur’on. «Var-mursalat» surasi, 21. 1, 2-oyatlar).
  9. «[Taqvodor zotlar uchun] barcha darvozalari ochiq mangu jannatlar bordir. Unga mangu qolgʻuvchi boʻlgan hollaringizda kiringiz» (Qur’on. «Sod» va «Zumar» suralari. 50 va 70-oyatlar).
  10. Amir Xusrav Dehlaviy – Qarang: Ushbu kitob, izohlar, 311-bet.
  11. Amir al-moʻ’minin Ali – Hazrat Ali ibn Abu Tolib (661 yilda qatl qilingan). Muhammad paygʻambarning amakivachchasi va kuyovi. U «xulafo ar-roshidin» (toʻgʻri yoʻldan boruvchi xalifalar) deb atalgan («Choryorlar» ham deydilar) dastlabki toʻrt xalifadan toʻrtinchisi. Islomdagi ikki asosiy oqimlardan biri «shialik»ni tashkil etgan va shialarning birinchi imomi.
  12. Xoja Ismat Buxoriy (vaf. 1437) – Buxoroda yashab ijod qilgan shoir. Xalil Sulton saroyida xizmat qilgan. Xalil Sulton zindonband etilgandan soʻng u sargardonlikka uchraydi. Ulugʻbek taxtga oʻtirgach, Ismat Buxoriyni saroyga taklif etadi. Lekin shoir taklifni qabul qilmaydi, u uzlatni, darveshlar orasida boʻlishni afzal koʻradi. Ismat Buxoriyning 8000 ming baytdan iborat she’rlar devoni, «Ibrohim Adham» nomli masnaviysi mavjud. Shoirning tasavvufiy fikrlar, soʻfiyona his-tuygʻular bilan yoʻgʻrilgan she’rlari xalq orasida mashhur boʻlgan. Shoirning devonida Ulugʻbekka (13), Xalil Sultonga (40) va Temuriy shahzodalarga bagʻishlangan jam’i 75qasida, 466 gʻazal, muxammas, qit’a va boshqa shakllardagi she’rlari mavjud. Bu devon 1987 yilda Tehronda nashr qilindi. Unga Ahmad Karamiy «Zabardast olim va porso orif» nomli (6,5 sah.) soʻzboshi yozgan. Soʻzboshida ta’kidlanishicha, irfoniy jihatdan Ismat Buxoriy she’rlari Hofizga va ravonlikda Sa’diyga oʻxshaydi. Shoir «Ismat», «Ismatulloh», «Nasiriy» taxalluslarida yozgan va oxirgisini unga Xalil Sulton tavsiya etgan ekan.